573-bob. Kishi do'stlari oldvda oyog'ini uzatishi yoki yonboshlashi haqida
1233. Shihob bin Ibod Asriy aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga yaqinlashib qolganimizda (tepalik-ka) ko'tarildik, yo'lda ulovini tezlatab, bizga yaqinla-shib kelayotgan odam bilan uchrashdik, u odam salom ber-di, biz alik oddik. So'ngra to'xtatib: "Qaysi qabiladan-siz?" - deb so'radi. "Abulqays (qabilasi) elchilarimiz", deb javob berdik. U kishi: "Marhabo, xush kelibsiz, men sizlarni poylayotgan edim. Sizlarga xushxabar berish uchun keldim. Kecha Rasululloh (s.a.v.) Mashriq tomonga qarab: "Mana shu tarafdan ertaga arablarning eng yaxshi elchi-lari keladi", degandilar, shuning uchun bu yerda sizlarni kutib turgandim. Tong ottach, yuklarimni tuyamga ortib, kun chiqquncha yo'l yurdim. Qaytmoqchi bo'lib turgandim, tuyalaringazning boshlari ko'rindi". Keyin u odam tuyasining jilovini burib, tezlatab ortiga qaygib, Ra-sululloh (s.a.v.)ning huzurlariga borgach to'xtadi. Ul zot-ning atroflarini muhojirlar va ansorlar o'rab olgan-dilar. Hz. Umar (r.a.): "Ota-onam sizga fido bo'lsin, siz-ga Abulqays qabilasining elchilari xabarini keltir-dim", dedi. Ul zot: "Sen ularni qaerda (ko'rding), yo, Umar?" - deb so'radilar. Umar (r.a.): "Ana ular, izimdan kelib qolishdi", dedi. Umar (r.a.) shu gapni aytgach, Ra-sululloh (s.a.v.): "Alloh seni ham yaxshi xabar bilan xur-savd qilsii!" - deb duo qildilar. Rasululloh (s.a.v.) ridolari etagini qo'llari tagiga tashlib, yonboshlab, oyoklarini uzatib olgandilar. Elchilar kelishdi. Bundan muhojirlar ham, ansorlar ham xursand bo'ldilar. Elchi-lar Rasululloh (s.a.v.) va sahobiylarini ko'rib behad shod bo'lib, tezda yaqinlashdilar. Qavm kengaydi. Ashaj kech qoddi, uning asl ismi Munzir ibn Oiz ibn Munzir ibn Horis ibn Numon ibn Ziyod ibn Asar edi. U tuyalar-ni to'plab, cho'ktirib, ustidan yuklarini tushirdi va nar-salarini yig'di. So'ng yukdonini chiqardi, ustidan safar kiyimini yechib, (boshqa) libos kiydi. So'ngra ohista yurib keldi. Rasululloh (s.a.v.): "Sizlarning ulug'ingaz va boshlig'ingaz kim?" - deb so'radilar. Hammalari baro-bariga u (Ashaj)ni ko'rsatishdi. Ul zot: "U sayyidingiz-ning o'g'limi?" - deb so'radilar. Ular: "Uning ota-bobo-lari johiliyatda bizning sayyidlarimiz, ulug'larimiz bo'lishgan, uning o'zi esa Islomga boshlovchimizdir", deyishdi. Ashaj ishini tugatib, chetroqtsa o'tirmoqchi bo'lgan edi, Rasululloh (s.a.v.) to'g'ri o'tirib olib: "Bu yoqqa (kel), ey, Ashaj", dedi-lar. U o'sha kundan e'tiboran "Ashaj", deb atala boshlandi. Uni go'dakligida eshak te-pib yuborib, yuzida oyga o'xshash izi qojandi. U kelib ul zotning yoshgariga o'tirdi. Ul zot uni (sheriklaridan) fazilatliroq ekanligini bdlib, unga iltifot ko'rsat-dilar. Qavm ul zotga yaqin kelib (ba'zi narsalarni) so'ra-dilar. Ul zot ular so'ragan narsalarni bildira turib, so'zlarining oxirida "Yemishlaringizdan biron narsa qol-ganmi?" - deb so'radilar. Ular: "Ha", deb shoshilib o'rin-laridan turdilar. Ulardan har biri yuklaridan bor xur-molarini hovuch-hovuch qilib ul zot oldidaridagi matoga to'kdilar. Ul zotning ko'llarida ikki gazdan kaltaroq, bir gazdan uzunroq bir xurmoning bargsiz navdasi bor bo'lib, yurganlarida unga tayanardilar, goho-goho uni tash-lab ham ketardilar. Rasululloh (s.a.v.) ana shu tayoq bilan xurmo uyumiga ishorat qildilar va: "Buni azuz (shirin, qora xurmo) deysizlarmi?" - dedilar. "Ha", deyishdi. Ul zot: "Buni sarafon (yaxpt xurmo) deb ataysizlarmi?" - dedilar. "Ha", deyishdi. "Bunisini barzaniy (toza xur-mo), deysizmi?" - so'radilar yana. "Ha", deb javob be-rishdi. Ul zot: "Bu xurmozorlaringizning eng yaxshisi va eng pishganidir", dedilar". Ba'zi mahalliy oqsoqollar-dan biri bu hadisga shunday ilova qiladilar: "Baraka-lilik borasida eng a'losidir", dedilar". Biz sifatsiz xurmolarni tuya va hayvonlarimizga yedirardik. Ushbu safardan qaytganimizdan keyin bu xurmolarga nisbatan buyuk rag'bat tuydik. So'ng bu xurmoning navdalarini ek-dik. Hatgo bu xurmolarimiz o'shandan yuzaga keldi, Biz undan baraka topdik.
Ashaj -peshonasida tirtig'i bor, degani .