Aziz forumdoshlar, bu mavzuni ochish niyati paydo bo`lganda qayerga joylashni o`ylab qoldim va shu yerga joylashga qaror qildim, agar hato joylagan bo`lsam admin akamiz mos yerga joylab qo`yar, to`gri joylagan bo`lsam qolsin inshaolloh.
Mavzudan maqsad o`zimizdagiu hadislarni o`rtoqlashish, hadislar orqali bilimimizni oshirish.
SHartlar: :hadis boshidan ozgina keltiradi a`zolar esa buni davom ettirish kerak. har javob bergan user yangi hadisni kiritadi, keyingi user davomm ettirib, yangi hadis kiritadi shu tariqa davom etadi.
Zeroki:
Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Mas`ud, Muoz ibn Jabal, Abu Dardo, Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn abbos, Anas ibn Molik, Abu hurayra, Abu Said al Hudriylar ko`p sanadlar bilan turli shakllarda rivoyat qilinadigon hadisda Payg`ambarimiz sollalloxu alayhi va sallam shunday marhamat qiladilar: "œKimki ummatiga dini bilan aloqador bo`lgan Qirqta hadis yodlatsa, Alloh u kimsani qiyomat kuni faqihlar va olimlar guruhiga kiritadi. " Boshqa bir rivoyatda : "œAlloh uni faqih olim qilib tiriltiradi. ", deyiladi. Abu Dardo roziyallohu anhuning rivoyatida: "œQiyomat kuni men u kimsa uchun guvoh va shafoatchi bo`laman", Ibn masud roziyallohu anhuning rivoyatida esa "œEshiklarning qaysinisidan hohlasang, o`shandan kir! Deyiladi ". Ibn Umar r.a rivoyatida : "œUning nomi olimlar guruhiga yoziladi, shahidlar bilan birga tiriltiriladi," deyiladi.
Olloh sizlardan rozi bo`lsin
Boshladik!!!!