46. AXLOQI FAXRI OLAM
Rasuli akram afandimiz o‘rta bo‘yli, bug‘doy rangli va ochiq yuzli, shahlo ko‘zli, sunbul mo‘yli, siyrak soqolli, muhabbatli, shafqat va muruvvatli, tez fikr va xo‘b andishali, halim va sabrli bir zot edilar. So‘zlagan so‘zlari ta’sirli, dunyo va oxirat uchun foydali so‘zlar bo‘lub, qabohat, g‘iybat, lof, zamm, hajv kabi so‘zlarni aslo so‘zlamas edilar. Saxiy va olijanob bo‘lub, hech bir gadoyni quruq jo‘natmas, sadaqa molini olmas, hadya va tuhfalarni qaytarmas, bir kishi so‘z boshlasa tashlab ketmas, ko‘b to‘yub oshamas, bir kishi ila ko‘rishsalar, avval qo‘llarin tortmas, ko‘b yotub uxlamas, taajjub ishlarda tabassum qilub qahqaha ila kulmas edilar. G’ayrat va shijoat to‘g‘risinda eng bahodirlardin bahodir, balovu qazog‘a sobir, har kim uyiga chaqirsa borur, o‘turgan vaqtlarinda kishi tarafina oyoq uzatmayur, yonlarindagi kishilar tizindin tizlari o‘zmayur, ashoblari ila ahvol so‘rashur, tez-tez kengash qilishur, boy ila kambag‘alni barobar ko‘rur, xastalarni borub holin so‘rur, o‘lgan kishilarga duo qilub "Inno lillohi va inno ilayhi roji’un" (tarjimasi: "Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz") oyatini o‘qur, uzrni qabul qilub kechirur, to‘g‘ri kelgan kiyimni kiyur, ko‘b vaqt faqir va miskinlar ila suhbat qilur, ishlab turgan kishilar tepasinda qarab turmay yordam berur, jamoat oldindin bosub o‘tmakni yamon ko‘rur, muboh o‘yinlarga ijozat berur, kofirlarni hidoyat ila duo qilur, uy ichlarini yaxshi tarbiya qilub urush,
17 Vafoti Faxri olam sanai milodiyning 632 yili, farangi hisob ila 7, rumi va rusi hisob ila 5 iyunda edi.
18 Qur’on. Baqara surasi, 155-oyat.
koyish, qo‘rqutish kabi ishlarni aslo qilmayur edilar.