158
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Abu Abdulloh Jadaliydan, u Abu Mas’ud Ansoriydan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Mas’ud Ansoriy aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) musulmonlarga oson bo‘lsin, deb vitrni kechaning avvalida, o‘rtasida va oxirida o‘qiganlar. Bu vaqtlarning qaysisida o‘qisalar ham to‘g‘ri bo‘ladi. Biroq kim tun oxirida uyg‘onishiga ishonsa, vitrni kechaning oxirida o‘qisin. Chunki bu afzaldir».
Bir rivoyatda Abu Abdulloh Jadaliy Uqba ibn Omir va Abu Musodan (r.a.) rivoyat qiladi. Bu ikkisi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) musulmonlarga kenglik bo‘lsin, deya ba’zan kechaning avvalida, ba’zan o‘rtasida, ba’zan esa oxirida vitr namozini o‘qir edilar».