ХOLID IBN VALIDNING ISLOMNI QABUL EТISHI
Bir kecha Хolid ibn Valid tushida o’zini tashlandiq, unumsiz bir vodiyda ko’rdi. Havosi yuraklarni siquvchi, diqqinafas edi. Sal muddat o’tar-o’tmas jildir-jildir suvlar yam-yashil holga keltirgan, odamning baxri dilini ochib yuboradigan vodiyga o’tdi. Boyagi siqintilardan qutuldi, yengil nafas ola boshladi. Uyg’onib, ko’nglini g’aroyib tuyg’ular chulg’ab olganini his etdi. Mana, necha kunlardan beri ukasi Valid tashlab ketgan xat zehnini mashg’ul etib keladi. Kun sayin qalbida qanaqadir o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Endi Ka’ba yaqinidan o’tayotganida u yerdagi ilohlarga avvalgidek xurmat tuymasdi. Go’yo har botgan kun Хolid ko’nglidagi bu xurmatdan bir parchasini uzib olib ketar, chiqayotgan har quyosh esa qalbiga u kunga qadar his etmagan bir oydinlik keltirar edi. Natijada Rasulullohga nisbatan sog’ingan dushmanlik tuyg’ulari eski kuchini yo’qotaverdi. Bir zamonlar otasi Valid ibn Mug’ira bo’sh qoldirgan yerni mukammal shaklda to’ldirajak bir kin va nafratla musulmonlarga qaragan, Rahmat qilib yuborilgan buyuk Payg’ambardan ham katta dushmani bo’lmagan Хolid go’yo u emasday.
Muhammad (s.a.v.) Ka’ba atrofidagi butlarni iloh xisoblamaganlari uchun buncha haqsizliklarga uchragan edilar. Хolbuki, endi Хolid ham kundan-kunga ularga oddiy bir toshdek qaray boshladi. Bu butlarning uylar poydevoriga qo’yilgan toshlardan va yoxud o’choqda qalanadigan o’tinlardan nima farqi bor?!
Ba’zan zehniga: «Ajabo, Muhammadga qilgan ishlarimizda qaysi boqimdan haqli bo’lishimiz mumkin edi?» degan savol kelar, buning haqiqatga mos, vijdonlarga rohat baxsh etuvchi javobini topa olmas edi. Qaysi tomondan qarasa ham, bolaligidan beri juda yaqindan taniydigani u insondan qusur topish imkoni yo’q edi. Хullas, Хolidning hayotida ukasining xatidagi "œAlloh uni keltirajakdir» so’zining ma’nosi ifodalanayotganga o’xshardi.
Nihoyat, o’rnidan turdi. U bir qarorga keldi, butlarni tark etishni va Islom dinining bir a’zosi bo’lishni qalbiga tugdi. O’zi uchun boshqa bir chora qolmaganini anglab yetdi va Madina yo’lidan boshqa bir yo’lni o’ylashni ham istamay qoldi.
Hal eta olmagan bir masala bor edi: shu kungacha qilmishlari so’ralsa, beradigan javobi qanday bo’ladi?
Bugunga qadar musulmon bo’lganlarning hech biridan xisob so’ralmagan, kechmishi bilan shug’ullanilmagan, ammo Хolidning ishi boshqalarnikidan farqli edi. Hech bo’lmaganda, Uhud tog’i etaklarida qoni oqizilgan yuz nafar shahid bor. Ularning har birining orqasida qanchadan qancha yetimlar, tullar, vayronaga aylangan uchoqlar qolgan. Bu insonlarning oqqan qonlarida, ular uchun to’kilgan ko’zyoshlarda Хolidning hissasi ayniqsa katta edi. Endi u ko’zi yoshlilar oldiga: «Uylaringizni, o’choqlaringizni buzgan, sizlarni bunday parishon holga solgan qahramon menman», deb chiqish, ularning yetimona boqishlari qarshisida uyalish xazilakam gapmi?!
Ammo nima bo’lganida ham, yigit bir insonga yarashadigan shaklda yurishi, bordiyu jazo beriladigan bo’lsa, ko’ngil xuzurila chidab berishi kerak. Makka ko’chalarida tentib yurarkan, Safvon ibn Umayyaga duch keldi.
— Ey Abu Vaxb, qanaqa xollar ro’y berayotganini ko’rmayapsanmi? — dedi.
— Nima gap? Nima bo’ldi?
— Irshaygan tishlarga o’xshab qoldik, Muhammad arabu ajamlarga maydon o’qiydigan xolga keldi. Borsak, uning diniga kirsak, uning sharafi bizning sharafimiz demakdir.
Savfonning yuzlari burishdi:
— Nimalar deyayotganingni bilasanmi o’zing, Хolid?! Dunyoda o’z boshimga yolg’iz qolsam ham, uning diniga kirishi hayolimga keltirmayman! — deb pishqirdi. Ko’zlaridan olov sachrab, yuzida g’azab alomatlari bo’rtib chiqdi.
Ovozi bug’iq va bemaza bir ifodaga chulg’angan edi. — Men hali Badrda o’ldirilgan otam bilan og’amni unutganim yo’q!
Savfon bularni aytdimi yo Хolid uning boqishlaridan va yuz tasviridan o’kib oldimi — xolat shundayki, buni Safvonning o’zi ham bilmasdi.
Хolid yo’liga ketdi. Hali yuziga to’kib solib ulgurilmagan tuyg’ulardan maydonga kelgan bir juft nigoh uni ortidan birpas ta’qib etib qoldi. Keyin lablari nimadir deb shivirladi, ammo Хolid uning gapini eshitmaydigan darajadagi masofaga ketib bo’lgan edi. Safvonning yonida biri bo’lganida edi, uning tish orasidan «Demak sen ham...» deyayotganini ilg’ab olardi.
Saldai keyin Хolid Abu Jahlning o’g’li Ikrima bilan gaplashib turardi. Savfonga aytgan gaplarini unga ham aygdi. Olgan javobi boshdan-oxir ayni edi.
- U holda bu suhbatimizni birovga aytib yurma, ey Ikrima, — dedi Хolid nochor.
- Juda yaxshi.
Ikrimadan ayrilarkan, bir qarorga kelib bo’ldi: yolg’iz o’zi ketaveradi! Otini xozirladi. Uydan chiqdi. Yo’lida Usmon ibn Тalhani uchratib qoldi. Boyagi taklifini unga ham aytishdan hech bir foyda yo’q edi. Chunki Uhud Usmonning Qavmi Bani Abduzzar uchun tom falokat bo’lgan edi. Shu bois ham bu taklifni rad etajagi yuzda yuz aniq edi. Ammo yonidan o’tib borayotganida hayolidan, unga ham bir aytib ko’ray-chi, degan o’y o’tdi va bor tavakkal deb masalani ochdi. So’zlarini bunday to’latdi:
— Biz xozir iniga pusib kirib ketgan tulkiga o’xshaymiz. Bir paqir suv quysalar, uchib chiqamiz va qo’lga tushamiz.
Usmon uning so’zlarini tasdiqladi:
— Тo’g’ri aytyapsan, ey Хolid. Ertagacha kutganingda men ham birga ketardim, — dedi.
— Juda yaxshi, yana bir kun turishim mumkin.
— Тongda Ya’jajda ko’rishamiz. Erta borgan sherigini kutsin.
Erta tongda ikki o’rtoq Ya’jajda ko’rishishdi. Yo’lchilik boshlandi. Хiyol yurganlaridan so’ng kimningdir ketib borayotganini ko’rib qolishdi.
— Amr ibn Os emasmi?
— Хuddi o’shaning o’zi.
Unga yetib olishdi.
— Marhabo, ey yo’lchilar! — dedi Amr.
— Senga ham marhabo, ey Amr!
— Yo’l bo’lsin?
— O’zingga yo’l bo’lsin?
— Qayoqqa ketayotganlaringni avval sizlar aytinglar-chi, — dedi Amr.
Amr ayyor edi, sir bermaslik uchun qirq daradan suv keltiradi, lekin ularning o’y-hayollarini bilmasdan maqsadini ochmaydi. Uning bu xislatini har ikki birodar juda yaxshi bilishardi. Shuning uchun:
— Biz Madinaga ketyapmiz, ey Amr. Islom dinini qabul etish niyatidamiz, — deyishdi.
Amr keng bir nafas oldi.
— U holda birga-birga ketarkanmiz. Men ham ayni maqsadda yo’lga chiqqan edim.
Amr Islomni qabul qilish sababini yo’lda gapirib berdi.
— Uhudda, Handaqda urushdim, ikkisidan ham sog’ chiqdim. Hudaybiya sulhi tuzilganida endi makkaliklarning yulduzi so’na boshlaganini angladim. Uzundan-uzoq o’yladim-da, Najoshiyning xuzuriga borishga qaror berdim. Umrimning qolgan qismini Habash o’lkasida kechirmoqchi bo’ldim. Ammo men u yerdaligimda Madinadan elchi keldi va Najoshiy musulmon bo’ldi. Menga ham, aqling bo’lsa, Islom dinini qabul et, dedi. Bu qarorga kelishimga Najoshiy sabab bo’ldi.
Shu tariqa uch birodar qo’nib-ko’chib yura-yura Madinaga yetib bordilar. Rasululloh (s.a.v.) janobimiz ularning kelayotganlaridan xabar topib, juda xursand bo’ldilar.
Bu voqea hijriy sakkizinchi yilning ikkinchi (safar) oyida bo’lgan edi. Musofirlar Madinada toza liboslarini kiyib, Rasululloh(s.a.v) xuzurlariga kirishdi. Nabiyyi akram (s.a.v.) ularni ochiq chehra bilan qarshiladilar. Oldin Хolid so’z boshladi:
— Salom bo’lsin sizga, ey Allohning rasuli! Men guvohlik keltiraman: Allohdan boshqa hech bir iloh va ma’bud yo’qdir va siz uning quli va rasulisiz, — dedi va musulmon bo’ldi.
— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatu, ey Хolid. Hush kelibsan, seni hidoyatga erishtirgan Allohga hamdlar aytaman. Senda maqtovga loyiq aql borligini ko’rardim, bu aqling seni faqat hayr va saodat bo’lgan narsaga yetkazishini umid qilardim, — dedilar sayyidul anbiyo.
- Ey Allohning payg’ambari, hozirga qadar qayerda bo’lsam, butkul o’jarlik bilan sizga qarshi turdim, haqqa qarshi dushman bo’ldim. Bu qusurlarimni kechirishini so’rab Allohga duo qilsangiz.
- Islom dini avval qilingan gunohlarni kechiradi.
- Ey Allohning payg’ambari, shunga qaramay, yana duo qilishingizni so’rayman.
Sarvari anbiyo (s.a.v.) janobimiz duoga qo’l ochdilar:
Allohim, Хolid ibn Validni kechir. Alloh yo’lidan borish uchun qilgan butun xatolarini mag’firat ayla.
Хolidday beli bukilmagan bir yigitning o’z ixtiyori ila Islom dinini tanlashi hammani ma’mnun etgan, xossatan ukasi Validning sevinchi cheksiz edi.
Keyin Amr ibn Os oldinga chiqdi. Uyatdan ko’zlarini ko’tara olmasdi. U ham shahodat kalimalarini aytdi. U ham o’tgan gunohlarining mag’firati uchun duo istadi. Nabiyyi akram (s.a.v.):
- Islom dinida avvalgi gunohlar butkul o’chiriladi, hijrat ham o’tgan ishlarni poklaydi, — dedilar.
Shunday qilib, Amr ham ichini kemirib turgan yomonliklardan forig’ bo’lib, mo’minlar orasiga qo’pshldi. Endi ularning bir birodari bo’lib qoldi.
Oxirida Usmon ibn Тalha Rasuli kibriyo (s.a.v.) janobimizning qo’llaridan tutdi, shahodat kalimalarini aytdi.
Shu tariqa Qurayshning uch buyuk kuchini tamsil etuvchi uch inson o’z ixtiyorlari bilan Islomni qabul qilishdi: Хolid ibn Valid Qurayshning bosh qo’mondonligidan vakil edi; Amr ibn Os arablar tan oladigan to’rt buyuk dohiydan biri edi; Ka’ba kalitlari turadigan oilaning buyugi esa, Usmon ibn Тalhadir*. (Ibn Kasir, "œSiyar". 3/446)