Assalomu alaykum, Kapalak opa. Salomatmisiz
Savolim Turkiya haqida emasku, lekin bog'liqligi bor Turkiyaga.
Stambulda tikish mashinalari qancha turishini ayta olasizmi? Albatta, mashinkaning bajaradaigan funksiyalari, markasiga qarab bahosi ham farqlanadi. Shunday bo'lsada, ularning o'rtacha bahosini bilmoqchi edim. Qaysi firmalarnikini topsa bo'ladi? Bojxonadan olib o'tish qanday bo'ladi, alohida to'lovi bormi? Yoki umumiy bagaj (20 kgmidi) hisobida ketaveradimi? O'zimizda to'lib yotgan Xitoy mashinkalarini olishga shoshmay, Turkiyada tekstil rivojlangan, balki mashinkalar bozori ham boyroq va sifatliroqmikan deb avval ma'lumot yig'sam degandim. Vaqtingizni olamanda yana