Bir ajab mahsan hama mahlar aro qurbing azim,
Kim sani e’zoz qilsa, hashrda30 bexavfu bim,
Hurmatingdin hurlar tobti yangi, ko’hna kiyim,
Sohibi iftor erur mahsharda ozodi jahim,
Qaysi mah san yangli sohib, xayru ehson, alvido.
Hurmatingdin ѕarqi nur erdi bu jismu jonimiz,
Ravshan erdi xatmi Qur’oning bilan imonimiz,
Xasta erduk, sandin erdi necha kun darmonimiz,
Alvido, ey rahmati Haq, ko’b erur nuqsonimiz,
Jurmu isyonimni qil, Haq so’rsa pinhon, alvido.
Xo’31 qilib erdim, ketib qilding mani oshufta hol,
Garchi badman32, yaxshi arz et, so’rsa gar Vojib taol,
Umrga yo’q e’timodim33, to keluncha yangi sol34,
Xizmating erdi manga ayni rizoyi Zil jalol,
Ey mahi farxundai nuri shabiston, alvido!
Kim sani boringda behad erdi ehsonu savob,
Emdi xush ket, to keluncha bo’ldi ahvolim xarob,
Kim sani e’zoz etar, jannat egosi behisob,
Xatm qildim35 arzimi, vallohu a’lam bis-savob,
Mashrabingdin36 rozi bo’l, ey yaxshi mehmon alvido!
Ushbu muxammas «Tuhfatul obidin» («Obidlar tuhfasi») kitobidan olindi. (Toshkent, 1915, 79-80 betlar).
30 Hashr — tirilish, to’planish, o’lganlarning tirilish chog’i, yig’iladigan yeri.
31 Xo’ qilmoq — o’rganib qolmoq, bog’lanib qolmoq.
32 Bad — yomon.
33 E’timod — ishonish, suyanish.
34 Yangi sol — yangi yil.
35 Xatm qilmoq - tugatmoq.
36 Mashrab so’zi taxallus ma’nosida qo’llanmagan (Tarjimon).