"Nega man hamma bilan bir xil bo`lishim keraak! Ahir boshqachamankuuu!!" deb:))
yoshlikdagi harakterimiz bir hil bo'lgan ekan
...Ular ham Alifbe bayramidan keyin ko'chishsa bo'lardi-ku...
Farzandingizni bunday kunlarini jiddiyga oling, unutmang, aziz ota-ona va bo'lajak ota-onalar!
haa,,Kapalakhon to'g'ri aytasiz,bir narsa esimga tushdi .
yaqinda (bahorda) o'g'limizni alifbe bayrami bo'ldi.bayramni juda alo darajada tashkillashtirishibti,bolalar qolib Ota-onalar mazza qildik.
bayram tugashidan bir oz avval Ustozlari hamma ota onalarga tashakkur bildirib, bolalarga bittadan gul tarqatishdi.hamma bolalar Onajonlariga gulni berishi kk ekan,
bolalar yugurishganicha o'z onalariga gul berib, qaytib sahnaga chiqishdi.shunda bir bola u yoqqa bu yoqqa yuguradi onasini topolmay,
avvaliga hamma kuldi "voyy onasini tanimayapti shekilli " deb,
haligi bola mo'lltillaganicha onasini ohtarish bn ovora,endi Ustozlariyam birga qarab chiqdi ,,,
u bolani oilasidan hech kim kelmagan ekan,
bola bechora qo'lida gul bn yig'lavordi....
u go'dak nima uchun yig'ladi Alloh biladi,
tengdoshlari orasida hijolat bo'lganidanmi,ota onasini beparvoligidan qadriga yig'ladimi ....
(ehhh....
mana hozir ham ko'zimga yosh keldi)
o'sha yerda tomog'imga bir narsa tiqilgandek bo'g'ilib qoldim,,chidamay yig'lavordim,
boshqalar ham ko'zlariga yosh kelib haligi bolani ota onasini beparvoligidan hafa bb gapirib o'tirishdi.
Ustozlari tez bolani yupatishga harakat qilib aldab chetga oldi,
balki oilasida sharoit bo'lmagandir,lek nima bo'lganda ham bir vakil junatishi kk edi..