Man aytdim: - «qo‘ylarni chaqirsam keladi». Siz men bilan turung, keyin ko‘rasiz, bu qo‘ylar menin qo‘limdan tuz yeb o‘rgangan. Cho‘ntagimdan bir yumaloq tuz olib, qo‘ylarg‘a ko‘limni ko‘tarib chaqirdim. Qo‘ylar hammasi mening atrafomni o‘rab oldi. Direktor qo‘ylarni dumbasini tekshirib ko‘rdi, qo‘ylar hammasi semiz, qo‘zilar ham sog‘lom. — «qo‘yingiz nechta?» dedi. Man aytdim: - «Menga topshirgan vaqtda 500 edi. Hozir 700ga bordi». Yon daftarig‘a yozib oldi va aytdi: -«Man sizni chaqirtiraman, borasiz». Shu vaqtdan 15 kun o‘tgandan so‘ng brigadamiz kelib aytdi: -«Seni zavodga chaqirtirayapti». Bizni bu turgan joyimizdan shahar 40 kilometr kelib, otdel kadrg‘a uchradim. Ul menga aytdiki: - «Kechqurun klubda majlis bo‘ladi, shu majlisg‘a kirasan?». Kechqurun klubg‘a kirdim. Majlisg‘a hamma yig‘ildi. Qarasam yuqori sahnada zavodning kattalari o‘tirubtilar, polkovnikni ham shularning ichida ko‘rdim. Zavodda yaxshi ishlaganlarni nomi bilan chaqirdi. Shul qatorda meni ham chaqirdi, bordim, sahnaga chiqdi. Polkovnik majlis ahliga aytdi: - «Bu odamg‘a qaranglar, o‘zi o‘zbek ekan. Armiyadan qaytib bizni ixtiyorimizda edi. Biz muni zavodning qo‘ylarini boqishga qo‘ydik. Qo‘ylarni yaxshi tarbiyalagan, hamma qo‘ylar semiz, sog‘lom, sakkiz yuzga ko‘paygan. Qo‘ylarni chaqirsa, itoat qilib oldig‘a yugurib keladi. Mundaqa cho‘ponni ko‘rganim yo‘q edi. Munga zavod tarafidan mukofot berish kerak ekan». Shu bilan menga yaxshi palto, yomg‘urda kiyadigan fosh, 50 so‘m pul bilan rahmatnoma mukofot berdi. Man aytdim, bu orada menga oylikni ham ziyod qilib berdi. Bir kun bir voqea ro‘y berdi. Odatda tush vaqtida qo‘ylarni dam oldirar edim. Qo‘ylar ham yotar edi, men ham bir chekkada o‘xlar edim. Qattiq o‘xlab qolib bilmayman, qo‘ylar o‘rnidan turub to‘qayg‘a kirib ketibdi. O’rnimdan turib har qadar axtardim, topmadim. Brigadirga ta’yinladim. Brigadir sigir boqar uchovimiz uch kun qaradik, qo‘y yo‘q.