Imom Sha’roniy. Payg'ambarimizning (s.a.v) hazrati Aliga (r.a.) nasihatlari  ( 72749 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:59:19

68 Imomi Muslimning (r.a.) "Kitabul imora" nomli asarlarida shu mavzuga oid hadisi sharif rivoyat qilingan.
Unda mujohid nomi uchun jihod qilgan olim nomi uchun Quroni Karimni o‘rganib, o‘rgatgan; saxiy nomi uchun molini sadaqa qilgan kimsalarning amallari ixlosi bo‘lmagani, riyo bilan qilganlari sababli do‘zaxga tushish xabari berilgan.

69 Muhammad Hamdiy Yazir (r.a.) bu oyat tafsirida aytadilar: "Alloh taoloning huzuriga borish, hisoblardan najot topib savobga kirishish, roziligini topish, jamolini ko‘rishni umidida bo‘lgan banda shunga loyiq amal qilsin va Rabbiga ibodatda hech kimni sherik qilmasin. Oyatning avvalida aytilganidek, kofirlar kabi ochiq shirk ham, yashirin shirk ham qilmasin" (Muhammad Hamdiy Yazir, "Haq dini Qur’on tili", 5/398)
Hasan Basriy (r.a.) hazratlari nafslarini ko‘p bora hisobga tortib der ekanlar: "Sen, Allohning obid, zohid va solih bandalari kabi so‘zlab, fosiq, munofiq va muroilarning (riyokor) ishini qilasanmi?! Vallohi, ixlosli bandalarning sifati bunday emas!"
Hazrati Ali (r.a.) aytdilar: Riyokorlikning uch alomati bo‘ladi:
1. Yolg‘izligida erinib va nafl namozlarni o‘tirib o‘qiydi.
2. Insonlar oldida o‘zini g‘ayratli ko‘rsatadi.
3. Maqtalmasa kam, maqtalsa ko‘p amal qiladi. (Umar Temizel, "Tanbehul-mug‘tarriyn" tarjimasi, 29-sahifa, 33).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:59:31

QUR’ON, DUO, ISTIG’FOR VA BOShQA ZIKRLAR

69 Nu’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: "Duo - ibodatdir." Keyin bu oyati karimani tilovat qildilar: "Rabbingiz buyurdi: "Menga duo qiling. Sizni ijobat (va duoingizni qabul) qilaman. Menga ibodat qilishdan o‘zlarini katta olganlar xor va haqir holda jahannamga kiradilar" (Mo‘minlar surasi, 60-oyat mazmuni). (Termiziy, "Da’avot", 2; "Tavsir", 2/16; Ibni Moja, "Duo", 1; Ahmad, 4/267; 271, 276),
"Duo - ibodatning (qullikning) eng yaxshisidir" (Termiziy, "Da’vat", 2).

71 Rasuli Akram (s.a.v.) marhamat qildilar: "Azon va takbir orasida qilingan duo qaytarilmaydi" (Termiziy, "Solat", 44; "Da’vat", 128; Abu Dovud, "Solat", 35, 37; "Jihod", 39; Ahmad, 3/119, 155,225, 254).
"Kim Allohga duo qilmasa, unga Allohning g‘azabi keladi" (Ahmad, 2/443; Ibni Moja, "Duo", 1).
"Alloh taolo duo qiluvchilarning zerikmasdan, davomli so‘raganlarini sevadi" ("Kashful-xofaa" 1/287).
Duo qabul bo‘lishining bir necha shartlari bor:
1. Duoning qabul bo‘lishiga ishonish.
2. Alloh jalla jalaluhu buyurgani uchun duo qilish.
3. Duo qilishda g‘aflatda bo‘lmaslik.
4. Toatda davomli bo‘lish.

72 Hazrati Anas (r.a.) aytadilar: "Men Rasulullohning (s.a.v.) duoga qo‘l ko‘targanlarida, qo‘ltiqlari oqini ko‘rdim" (Muslim, "Istisqo’", 5, 7; "Fazoil", 165).
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) qo‘llarini ko‘tarib duo qilganliklari haqida o‘ttizdan ortiq rivoyat sobit bo‘lgan. (Ahmad Dovud o‘g‘li, "Sahihi Muslim", tarjima va sharhi, 10/410).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:59:44

73 Bu duoning odoblaridandir. Eng komil odobli Rasuli Akramdirlar (s.a.v.). U Zotni (s.a.v.) odoblantirgan Allohdir, jalla jalaluhu. O’ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘iga qarash qalb va til ila zorlanib, diqqat bilan duo qilish uchundir.

74 Imomi Muslim (r.a.) Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Abu Muso (r.a.) aytib berdilar: "Bir safarda Rasululloh (s.a.v.) bilan birga edik. Jamoat oshkora takbir ayta boshladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunda marhamat qildilar: "Ey insonlar! O’zingizga achining! Sizlar duo qilayotgan na kar va na g‘oibdir. Sizlar shubhasiz eshituvchi va yaqin Zotga duo qilyapsizlar. U sizlardan ogohdir" (Muslim, "Zikr", 44).
Odamlar namoz o‘qiyotganlarida boshqalarning ovoz chiqarib Qur’oni karimni tilovat qilishi va oshkora duo qilishi joiz emas. Bu ularning namozlari buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bir savob ish uchun boshqalarning savob ishlariga mone’lik qilinmaydi.
 
75 Alloh taolo Qur’oni Karimda marhamat qiladi:
"U holda Siz ular nima desalar sabr qiling. Quyosh chiqishidan avval va botishidan avval Rabbingizga hamd va tasbeh ayting. Tunning bir qismida va kunning atrofida ham (peshin va asr mahalida) tasbeh aytingki (Uning) roziligini topasiz" (Toha surasi, 130-oyat mazmuni).
Alloh taoloning hayo qilishi bandani azobdan jahannamdan uzoqlashtiradi demakdir.
Haromlardan saqlangan, amrlarni imkon qadar bajargan kishi bu vaqtlarda zikrda davomli bo‘lsa, jahannam azobiga tushmaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xabar berdilar: iAlloh taolo aytadi: "Meni bir kun zikr qilgani va yoki bir marta Mendan qurqqanni jahannamdan chiqaraman!" (Termiziy, "Jahannam", 9).
Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Allohning azobidan Allohni zikriday qutqaruvchi yo‘qdir" (Termiziy, "Da’avot", 6; "Adab", 53).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 11:59:52

76 Asosiy ishini bajarib qo‘shimcha ish qilgan ziyoda qilib beriladi. Bu bomdod namozini jamoat bilan o‘qib, so‘ng masjidda quyosh chiqquncha o‘tirgan kimsaga beriladi.
Ibodatning darajasi uning qiyinchiligi va zahmati bilan bog‘liqdir. Nafsga eng og‘ir ish o‘limdir. Shuning uchun shahidlik barcha gunohlarga kafforat bo‘ladi. haj qilgan kishi onasidan tug‘ilgandek gunohlardan pokiza bo‘dadi. Bomdod namozining savobi juda ham ulug‘. Bomdod vaqti malaklar hozir bo‘ladigan va navbat almashadigan ondir. Duolar qabul bo‘ladigan vaqtdir.
Paygambarimizniig (s.a.v.) bu tavsiyalaridagi haj va umra savobidan maqsad nafl haj va nafl umra savobidir.
Alloh taolo uchun ming dinor sadaqa qilishning savobidek ko‘p savob olishga ishoradir.

77 Istig‘forning ma’nosi: "O’zimga, ona-otamga, barcha mo‘min-musulmon erkak-ayollarga, ulardan hayot bo‘lganlarga va vafot topganlarga buyuk Allohdan mag‘firat so‘rayman."
Alloh taolo marhamat qiladi: "Allohdan mag‘firat so‘rang. Shubhasiz, U G’ofur va Rahimdir" (Niso surasi, 106-oyat mazmuni).
"... gunohlarga mag‘firat so‘rab turganlari holida Alloh ularni azoblamaydi" (Anfol surasi, 33-oyat mazmupidan).
"Rabbingizdan mag‘firat so‘rang, tavba qilingki, sizlarni ma’lum vaqtga (o‘limga) qadar go‘zal holatda qoldiradi va (oxiratda) har bir fazilat sohibiga mukofotini beradi" (Hud surasi, 3-oyat mazmunidan).
Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Allohga qasamki, men har kuni yetmish mahaldan ko‘p istig‘for aytaman va Unga tavba qilaman" (Termiziy, "Jannat", 2; "Daavot " 98).
"Duoniig eng xayrlisi istig‘for aytishdir" ("Kanzul-Ummol", 2085, 2112).
Rasululloh (s.a.v.): "Banda bilmay gunoh qilib qo‘yib, ortidan tahorat olib namoz o‘qisa va Alloh taolodan mag‘firat so‘rasa, Alloh taolo uning gunohini albatta kechiradi", — dedilar va Bu oyati karimani o‘qidilir: "Ular biror yomon ish qilsalar yoki nafslariga zulm qilsalar Allohni yod etadilar, gunohlariga istig‘for aytadilar. Gunohlarni kechiruvchi Allohdan o‘zga kim bor? Va ular qilgan (gunohlari) uzra davomli bo‘lmaydilar" (Termiziy, "Tafsir», 3/135, 3009-hadis).
Komil mo‘min katta gunohlar qilmaydi, kichik gunohlarda davom etmaydi. Unga darhol istig‘for aytadi va tavba qiladi. Istig‘for va tavba kichik gunohlarni ketkazadi. Komil mo‘min bo‘lgan Allohning do‘stlari, ya’ni valiylar faqat o‘zlari uchun emas, balki mo‘min birodarlari uchun ham istig‘for aytadilar.
Haromni qilish qanday gunoh bo‘lsa, buyruqlarni tark etish ham shunday gunohdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:00:00

78 "Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Uning borligini avvali yo‘q. Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Uning borligini so‘ngi ham yo‘q. Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Rabbimiz Boqiy, har narsa foniy".

79 Alloh taolo marhamat qiladi: "Arshni ko‘targan (malaklar) va uning atrofidagilar Rabbilariga hamd ila tasbeh aytadilar, Unga iymon keltirurlar. Hamda iymon keltirgan zotlar uchun istig‘for aytadilar: "(Ey) Rabbimiz! Barcha narsa ilming va rahmating qamrovida. Tavba qilib, yulingda bo‘lganlarni kechir Ularni jahannamdan saqla" (G’ofir surasi, 7-oyat mazmuni).
Duolar ikki qismdir:
1.Fe’liy duo,
2. Qovliy duo.
Qovliy duo fe’liy duodan so‘ng bo‘lsa ijobat bo‘ladi. Namoz o‘qimay, faqatgina namoz so‘ngidagi duoni o‘qishlikda ma’no yo‘q. Parhezni tark etib dori ichish bilan qaerga boriladi? Barcha duo va zikrlar fe’liy duolarga ilova tarzidagi ibodatlardir.
Mo‘minning iymoni qalbidadir. Qalbdagi iymonni tilda va jismda ko‘rinishi farzdir. Til qalb tarjimoni, vujud tasdig‘idir. Til va vujud qalb bilan bo‘lsa, iymon qiymatli bo‘ladi.
Alloh jalla jalaluhu marhamat qiladi: "Alloh kimniki ko‘ksini islomga yoygan ekan, u Rabbidan bir nur uzra emasmi? Allohning zikridan qalblari qattiq bo‘lganlarga voy bo‘lsin. Ular ochiq zalolat uzradirlar" (Zumar surasi, 22-oyat mazmuni).
Ibni Mas’ud (r.a.) hazratlari rivoyat qiladilar: "Biz so‘radik: "Ey Rasululloh! Alloh kishi qalbini islomga yoyishi qanday bo‘ladi?" U Zot (s.a.v.) iltifot qildilar: "Nur qalbga kirgach qalb ochiladi, kengayadi (va rohat topadi)." Biz so‘radik: "Ey Allohning Rasuli, buning alomati nima?" U Zot (s.a.v.) iltifot qildilar: "Abadiy yurtga (oxiratga) yo‘nalmoq, aldoqchi yurtdan (dunyodan) yuz o‘girish va o‘lim kelmasidan avval o‘limga hozir bo‘lish" ("Tafsiri Qurtubiy", 15/247).
Mo‘min oxiratni topish uchun dunyoni qo‘lga kiritsa, har kuni o‘lishim mumkin deb o‘limga hozir bo‘lsa, oxirat yo‘lchisi ekanini unutmay jannatga eltuvchi amallarni ixlos bilan qilsa, Allohning zikrini, shukrini qilsa va shu holda o‘lsa behisob jannatga kirishidan umid qilinadi.
Alloh xayr istovchiga xayr beradi, xayrli amal istovchini unga muvaffaq qiladi. Fe’liy duosi qavliy duosiga, qavliy duosi fe’liy duosiga zid bo‘lmagan kimsalar iymon bilan o‘lsalar, oson hisob qilinadi yoki hisobsiz jannatga kiradilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:00:08

80 Savob va daraja bir-biridan farqlidir. Anbiyo bilan avliyoning darajalari farqli. Avliyo bilan sahobai kiromlarning (r.a.) darajalari farqli. Ularni solishtirib bo‘lmaydi. Avliyoning savobi qanchalar ko‘p bo‘lmasin sahobalar darajasiga yetolmaydi. (Suhbati Nabaviyyadan (s.a.v.) olgan fayzlari ularni shariatimiz "osmoni"ning "yulduzlari" maqomiga chiqardi - tarj.)
Bomdod namozi vaqti ayni uyqu mahali, to‘shakdan ayrilish qiyin bo‘lganidan, u vaqtda turish va takbir, tahlil aytish savobi ko‘p. Asr vaqti ham xuddi shunday. Dunyo ishlari mashg‘uloti orasidan ma’nan ajralib takbir, tahlil aytish ko‘p savoblidir. Shuning uchun ham nafsi bilan jihod qilganlar tashqi dushman bilan jihod qilgandan ustun bo‘ladilar. Chunki tashqi dushman ochiq ma’lum. Ichki dushman esa do‘st ko‘rinadi. Tashqi dushmanga yengilib o‘lgan kimsa shahid bo‘ladi, darajalarning eng balandiga erishadi. Ichki dushmanga yengilgan kimsa esa Allohdan uzoqlashadi, shaytonga do‘st bo‘ladi.

81 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Kim menga bir salavot aytsa, Alloh unga o‘nta salavot (marhamat) etadi" (Muslim, "Solat", 70).
Payg‘ambarimizga (s.a.v.) salovat aytish Alloh taoloning amridir: "Shubhasiz, Alloh va malaklar payg‘ambarga salavot aytadilar. Ey mo‘minlar! Sizlar ham unga salotu salom ayting" (Azhob surasi, 56-oyat mazmuni).
U Zotta (s.a.v.) Alloh taoloning salavoti marhamatidir. Malaklarning salavoti - istig‘for, mo‘minlarning salavoti duodir.
Rasuli Akram (s.a.v.) marhamat qildilar: "Kim menga bir salavot aytsa, Alloh taolo unga bir qiyrot (savob) yozadi. Qqyrot Uhud tog‘i qadardir" (Munaviy, "Fayzul - Qodir", 6/170, 8813-hadis).
Payg‘ambarimizga (s.a.v.) salavot "Sallollohi alayhi va sallam" deyish bilan bo‘ladi. Alloh taolo oyati karimada buni amr qilgan.
Payg‘ambarimizga (s.a.v.) salotu salom aytish u zotning shafoatlariga bois ekanligi haqida shunday deganlar: "Muazzin azonini eshitganingizda uning aytganlarini takrorlang. Keyin menga salavot ayting. Kim menga bir salavot aytsa, Alloh unga o‘nta salavot (marhamat) etadi. Allohdan meni vasila bo‘lishimni so‘rang. Vasila jannatdagi bir maqomki, Allohning bandalaridan biriga nasib bo‘ladi. Umid qilaman, u menga nasib bo‘ladi. Kim meniig vasilaga noil bo‘lishimni duo qilsa unga shafoatim vojib bo‘ladi" (Muslim, "Salot", 11).
Imomi Buxoriy (r.a.) rivoyat qiladi: iKim azon eshitganda: Allohim, bu yetgan da’vat va boshlangan namoz Xojasi! Muhammadga vasila va fazilat ber. Uni va’dang — Maqomi Mahmudga erishtir" desa, u kimsaga Qiyomat kuni shafoatim vojib bo‘ladi" (Buxoriy, "Azon", 8).

82 Istig‘for - duo va zikrdir. Duo va zikr ko‘p aytilsa qal’a bo‘ladi. Qal’a himoya unsuridir. Istig‘for ham qal’a kabi mo‘minni himoya qiladi. Alloh taolo mo‘minlarni istig‘for aytgan hollarida azoblamasligini va’da qilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:00:15

SODIQ VA SADOQAT

83 Alloh taolo marhamat qiladi: «Alloh sodiqlarni sadoqatlari tufayli mukofotlantiradi» (Ahzob surasi, 24-oyat mazmuni).
Sodiq bo‘lish uchun avval «egrilikni» va «egrilarni» tashlash kerak. Keyin sodiqlarni topib, ular bilan birga bo‘lish lozim. Alloh taolo marhamat qiladi: «Ey mo‘minlar! Allohdan qo‘rqing va to‘g‘rilar (sodiqlar) bilan birga bo‘ling!» (Tavba surasi, 119-oyat mazmuni).
Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: «Unda (rostgo‘ylikda) halokatni ko‘rsangiz ham rostgo‘ylikni axtaring (va undan chetlashmang). Chunki najot rostgo‘ylikdadir» (Munaviy, «Fayzul Qodir», 3/232) «(So‘zda va ishda) to‘g‘rilik insonni yaxshilikka yetaklaydi. Doimo to‘g‘ri so‘zlovchi banda Alloh huzurida «siddiq» deb yoziladi. Yolg‘onchilik, insonni yomonlikka, yomonlik esa jahannamga yetaklaydi. Doimo yolg‘on so‘zlovchi banda Alloh huzurida «yolg‘onchi» deb yoziladi» (Buxoriy, «Adab» 69; Muslim, «Birr» 103, 104, 105; Abu Dovud, «Adab» 80; Termiziy, «Birr» 46; Ibn Moja, «Muqaddima» 7; «Duo» 5; Dorimiy, «Riqoq» 7).
Siddiq halokatli joyda ham haqni aytishdir, siddiq amal bilan so‘zning uyg‘un bo‘lishidir.
Junayid Bag‘dodiy aytadilar: «Siddiqning haqiqati yolg‘ondan o‘zga qutqarmaydigan o‘rinda to‘g‘ri so‘zlashdir» (Sulaymon Ulug‘tog‘, «Qushayriy Risolasi» tarjimasi 356—358-sahifa).
Mo‘min dunyoda foydali narsani bilganidek, oxirati uchun foydali narsalarni bilishi lozim. Dunyosi uchun foydali narsaga intilib, oxirati uchun zahira yig‘magan kimsa mo‘min emas. Mo‘minning dunyosi oxiratga narvon bo‘ladi. To‘g‘rilikni ushlash, oxiratni ushlashdir. Aqlli kimsa - foniy yo boqiydan birini tanlashi lozim bo‘lsa, albatta, boqiyni tanlaydi. Aql mo‘minlikni taqazo qilganidan mo‘min dunyoda zarar ko‘rsa ham, oxiratda foydali bo‘lgani uchun to‘g‘rilikni tanlaydi. Dunyoning o‘tkinchi foydasidan oxiratning boqiy foydasini ustun tutadi.

84 Gunoh Alloh rozi bo‘lmaydigan, man’ etgan ishlarni qilish va buyurgan ishlarni qilmaslikdir.
Gunoh qilgan Alloh g‘azabiga loyiq bo‘lganidan payg‘ambarlar, malaklar, solihlar va aqlli insonlar e’tiborida hurmatini yo‘qotadi. Gunoh fitratga zid ishdir.
Gunoh nafs va shayton xohishidir. Nafs va shayton Alloh taolo dushmanlaridir. Dushmanga ergashgan xoin sanaladi. Xoin tuban, manfur va qiymatsizdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:00:25

85 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: «Kim menga jag‘lari, oyoqlari orasidagi a’zolarini muhofaza qilishga kafolat bersa, men uni jannatga kirishiga kafolat beraman!» (Buxoriy, «Riqoq», 23, «Hudud», 19; Ahmad, 5/279, 281).
«Inson bolasi tong ottirganida barcha a’zolari tilga zorlanib, yolvorib deydilar: "Bizning haqqimizda Allohdan qo‘rq! Biz barchamiz senga bog‘liqmiz. Sen to‘g‘ri bo‘lsang, biz ham to‘g‘ri bo‘lamiz. Sen egri bo‘lsang, biz ham egri bo‘lamiz!» (Termiziy, «Zuhd», 61).

86 Narsani qo‘lga kiritishdan ko‘ra qo‘lga kirgan narsani muhofaza qilish mushkul. To‘g‘ri so‘zli bo‘lish, doimo to‘g‘ri so‘zlash - to‘g‘ri ish qilishning boshi va asosidir. So‘zi to‘g‘rining ishi to‘g‘ri bo‘ladi. Hamisha to‘g‘ri so‘zlash hayotda to‘g‘ri odam bo‘lish, to‘g‘ri ishlash omilidir.

87 Alloh taolo marhamat qiladi: «Biz omonatni osmonlarga, yerga va tog‘larga taklif qildik, ular esa olishdan chekindilar, qo‘rqdilar. Inson esa (bu omonatni) oldi. Haqiqatan u juda zolim va juda johildir» (Ahzob surasi, 72-oyat mazmuni).
«Alloh sizlarga omonatni egalariga berishingizni amr qildi» (Niso surasi, 58-oyat mazmuni).
«Ular (najot topuvchi mo‘minlar) omonatlariga va bergan so‘zlariga rioya qiladilar» ( Mo‘minlar surasi, 8-oyat mazmuni).
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: «Munofiqning alomati uchtadir: so‘zlasa yolg‘on so‘zlaydi, va’dasini bajarmaydi, omonatga xiyonat qiladi» (Buxoriy, «Shahodat». 28; Muslim, «Iymon», 107, 109; Termiziy, «Iymon», 14).
Begonalar orasida gapirilishi istalmagan so‘zni eshitgan kishiga, u so‘z omonatdir.
Ibni Abbos (r. a.) shunday deydilar: «Omonat Alloh jalla jalaluhuga va Rasuliga (s.a.v.) itoat. Va Haq taoloning farz qilgan narsalaridir» (Hasan Basriy Chantay, «Kur’oni Hakiym va Maoli Karim», 2/757).
«Namoz va tahorat omonatdir, o‘lchov va tarozi omonatdir... Bularning eng og‘iri vadiyadir (saqlashga berilgan narsa)» (Ibni Kasiyr, 1/515).
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) «Qiyomat qachon?» deb so‘ragan badaviyga javob berdilar: «Omonatdorlik yo‘qolganda qiyomatni kut!» Badaviy: «U qanday yo‘qoladi?», deb so‘radi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: «Ish layoqatsizlarga berilsa, qiyomatni kut!» (Buxoriy, «Ilm», 2).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:00:53

88 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: «Saxiylik Allohning saxovatidandir. Siz saxovat ko‘rsatsangiz, Alloh ham sizga saxovat ko‘rsatadi Saxovat jannatdagi bir daraxtdir. U daraxtning shoxlari dunyoga bo‘y cho‘zgandir. Kim u daraxtning bir shoxidan tutsa, Alloh uni jannatga kirgizadi, saxiylik iymondandir. Iymon esa jannatdadir» («Itxafus sadah», 8/195; «Kanzul Ummal», 16/217).
 Rasulullohning (s.a.v.) hazrati Aliga (r.a.) saxovat haqidagi tavsiyalaridan murod ko‘ngil to‘qligi bo‘lishi ham mumkin. Bu borada U zot (s.a.v.) iltifot qildilar: «Boylik mol ko‘pligi emas. (Haqiqiy) boylik ko‘ngil to‘qligidir» (Buxoriy, «Riqoq», 15; Muslim, «Zakot», 120; Termiziy, «Zuhd», 40; Ibni Moja, «Zuhd» 9; Axmad, 2/243, 261, 315, 390, 438, 443, 539, 540).
Ko‘ngli to‘q bo‘lgan kimsa na yo‘qotganiga xafa bo‘ladi, na topgan narsasiga xursand bo‘lib havolanadi.

89 Iffat deganda xalqum va jinsiy a’zolarni haromdan asrashni tushunish kerak. Halol luqma yeyish muhimligini yuqorida oyat-hadislar bilan tushuntirildi. Jinsiy a’zoni haromdan saqlash lozimligi haqida Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: «Avratingni ayoling va joriyangdan boshqasidan saqla! Uni boshqaga ko‘rsatma!» So‘radilar: «Ko‘pchilik bir joyda bo‘lsachi, unda nima qilamiz?»
«O’zgalar ko‘rmasligini imkonini qilsang, hech kimga ko‘rsatma!»
Yana so‘rashdi: «Yolg‘iz o‘zimiz bo‘lsakchi?» Shunda Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: «Hayo qilishlikka Alloh insonlardan ko‘ra loyiqdir» (Abu Dovud, «Hammom», 2; Termiziy, «Adab», 22; Ahmad, 5/3-4).

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 12:01:00

90 Oxirat saodatiga yetishga ko‘mak bergan dunyo qiymatlidir. Do‘stlik ham shunday. Eng yaxshi do‘stlik qiyomat kuni foyda beradigan do‘stlikdir. Bu haqda Alloh taolo marhamat qiladi: «Do‘stlar (gunoh ishda do‘st bo‘lganlar) u Kuni (qiyomat kuni) bir-biriga dushman bo‘ladi. Taqvo sohibi (bir-birini gunohdan saqlagan do‘stlar) zotlar mustasnodir» (Zuxruf surasi, 67-oyat mazmuni).
Do‘st bo‘lganlar do‘stlik haqqiga rioya etishlari lozim. Agar do‘stlik haqqiga beparvo bo‘lsalar, do‘stliklari haqiqiy bo‘lmaydi. Do‘sting senga nisbatan vazifasini bajarmasa ham, sen uning oldidagi vazifangni bajar!
Do‘st tanlash haqida Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Mo‘mindan boshqa bilan do‘stlashma. Taomingni taqvodorlar yesin!» (Ahmad, 2/168; Termiziy, «Birr», 28; Dorimiy, «Siyar», 3).
«Kishi do‘stining dinidadir. Do‘stingiz kim ekaniga diqqat qiling!» (Termiziy, «Zuhd», 45).
Xorun Rashid aytadilar: «Ehtiyoj jiqatidan do‘stlik uch turli bo‘ladi:
1. Ozuqa kabi zarur do‘stlik, busiz mumkin bo‘lmaydi.
2. Dori kabi lozim do‘stlik. Bunga ba’zan zarurat bo‘ladi.
3. Zahar kabi ziyon do‘stlik. Bu hech ham lozim emas».
Imom G’azzoliy «Ihyou-ulumiddin» asarlarida shunday yozadilar: «Do‘stlik yaxshi ko‘rinish jihatidan uch qismga bo‘linadi:
1. Xizmatkoridek yaxshi ko‘radigan do‘st, unga molidan ortganini beradi.
2. O’zini yaxshi ko‘rgandek yaxshi ko‘radigan do‘st. Unga molining yarmisini beradi.
3. O’zidan ortiq yaxshi ko‘radigan do‘st. Unga, o‘zi muhtoj bo‘lsa ham, molini beradi. O’zidan uni afzal ko‘radi».
Kishi narsa xarid qilsa, olganda do‘stidan olib, unga ko‘proq foyda beradi. Sotganda do‘stiga sotib, o‘zi ozgina foyda ko‘radi.
Mutarrif ibn Abdulloh (r.a.) shunday der ekanlar: «Kimni menda bitadigan ishi bo‘lsa qog‘ozga yozib, menga jo‘natsin. Chunki men musulmonning yuzida tilanish illatini ko‘rishni xohlamayman. Zero, istalgan narsani berish qanchalar ulug‘ ish bo‘lmasin so‘ramoq juda og‘irdir.

91 Rasululloh (s.a.v.) Anas ibn Molikka (r.a.) iltifot qildilar: «Sirimni saqla! (Komil) mo‘min bo‘lasan» (Abu Yama).
«Bir majlisda bo‘lgan kimsa omonatga (sirga) rioya qilsin. Undagi (sirini) hatto do‘stiga fosh etishi halol emas» (Abdurrazzoq).
«Kimsa uchrashganda bir so‘z aytsa, ketgach, so‘zi eshitganga omonatdir» (Ibni Abu Shayba, Abu Dovud, Ibni Hojar Asqoloniy, Fathul Boriy, «Sharhi sahihil Buxoriy», 11/82).
Sir omonatdir. Omonatga rioya qilish farzdir. Omonatga xiyonat qilish munofiqlik alomatidir. Munofiqlik alomati bo‘lgan kimsa yomon do‘stdir. U do‘stlikka loyiq emas.

Qayd etilgan