Qo'rqitmoqchi emasman Humayro, postimda umuman qizlar sha'niga tegadigan gap bo'lmadi, yigitlarga ham qizlarga ham birday tegishli edi, shunchaki to'ydan oldin shartlar qo'yish amalda ish bermasligini, halqimizdagi urf odatiga amal qilib surishtirish yaxshi ekanligini va "avval o'zingga boq, so'ng nogora qoq" maqoliga amal qilishni takidlamoqchi bo'ldim holos.
Belle Qizcha. Qizlar ham yigitlarga istagancha shart qo'yaveradi, lekin ko'p hollarda yigitlar qizlarga bergan va'dasiga vafo qilmaydi.
Endi Usmon r.a.day, Ali k.v.day zotlar dunyoga kelmaydi, shunga kuyovga shartlar qo'yib "o'zim xohlaganday" qilib oldim deb o'ylash hato. Yigitda taqvo bo'lmasa, umuman shartlariga amal qilmaydi, ishonavering. Xotinidan qo'rqib vaqtincha amal qilar, lekin bu uzoq davom etishi mumkinmas.