BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING YIG’LAGANLIKLARI VA ZORILARI HAQIDA BAYON QILINADI
Insonning yig‘lashi bir necha sababdan bo‘ladi. Goho bir kishiga rahmi kelib yig‘lar, goho qo‘rqib yig‘lar, goho sog‘inib yig‘lar, goho xursandlikdan yig‘lar, goho og‘riqdan yig‘lar, goho xafalikdan yig‘lar, goho mazlumlikdan yig‘lar, goho tavba qilib yig‘lar, goho munofiqlikdan yolg‘on yig‘lar. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning yig‘ilari aksari biror o‘lgan musulmon holiga achinib, rahmlari kelib, shafqatdan bo‘lar edi, yoki Alloh Taolodan qo‘rqib va Uning muhabbatidan yig‘lar edilar.
248. Abdulloh ibn Shixxir roziyallohu anhu dedilar: Bir kun men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldim. Janob namozga mashg‘ul ekanlar. Ichlaridan yig‘laganliklaridan go‘yo mis qozon qaynab turgan kabi ovoz kelar edi.