Bilgilki, qo‘shnichilik faqat ozor bermaslikkina emasdur, balki hamma ishlarda yaxshiliq qilmokdur. Xabarda kelibdurki, qiyomat kuni kambag‘al qo‘shnilar boy qo‘shnilarni tuturlar va ayturlar, «Ey, bor Xudoyo, bulardan so‘rag‘ilki, nima uchun bizlarga yaxshiliq qilmadi va nima uchun yuzimizg‘a eshikni yopti?!»
Ulug‘lardan birining uyida sichqon ko‘p bo‘lib, zarar yetkurdi. Aytdilar: «Nima uchun mushuk saqlamassanki, sichqon yo‘qbo‘lg‘ay edi». U dediki: «Qo‘rqarmenkim, sichqonlar mushuk ovozini eshitib, qo‘shnilarimning uyiga tarqagay. O’zimga ravo ko‘rmagan ishni qo‘shnimg‘a ham ravo ko‘rmagaymen».
Rasul alayhissalom aytdilar: «Qo‘shnilar haqqi ushbudurki, agar sendan yordam so‘rasa, yordam bergil. Agar qarz so‘rasa, qarz bergil. Agar kambag‘al bo‘lsalar, madad qilg‘il. Agar kasal bo‘lsa, chiqib ko‘rgil. Agar vafot qidsa, janoza orqasidan borg‘il. Agar shod bo‘lsalar, muborakbod qilg‘il. Agar g‘amgin bo‘lsalar, ko‘ngil so‘rab, dalda bergil. Uying tomini ularning uyidan baland qilmag‘ilki, shamolg‘a mone’ bo‘lmag‘ay. Har nimarsa yesang, qo‘shnig‘a ham chiqarg‘il. Agar chiqara olmasang, pinhon yegil. Ravo ko‘rmagilki, farzandlaring qo‘lig‘a non tutib chiqib, qo‘shnilar farzandig‘a ozor yetkurgay. Qo‘shnilarga oshxonang tutuni birla ozor bermagil. Tutuni ko‘rinsa ul oshdan qo‘shnig‘a bergaysan. Qasam qilurman Alloh taoloning azimatig‘aki, mening hayotim aning qudrati qo‘lidadur, qo‘shnilar haq-huquqini hech bir kishi ado qilolmas, magar ul kishiki, Xudo azza va jalla anga rahmat qilg‘on bo‘lg‘ay». Bilgilki, qo‘shnilar haqqidan ba’zisi buki, (devordan) ani uyig‘a qaramag‘il va ayb bo‘lg‘udek ishlarini yopg‘il va sening eshitishingni xoxdamagan so‘zlariga quloq solmagil. Haramidan ko‘zingni yumg‘il va kanizaklarig‘a nazar solmag‘il. Ushbudur musulmonchilik huquqi, rioya qilg‘aysen.
Abu Zarr G’iforiy roziyallohu anhu aytur: «Menga rasul alayhissalom vasiyat qildilarki, har vaqtiki osh pishirur bo‘lsang, suvni ko‘proq solsinki, toki qo‘shnilarga ham bergaysan».