Sizning xizmatlaringiz va tashabbusingiz bilan forumga boshqacha ruh kirdi. "Eng fidoyi user" nominatsiyasi ham qo'yilganda hech bir mubolag'asiz Ikbaljohnga medalni topshirardik.
Kotta raxmat.
Nima endi hammaga bor,bizga yo'qmi
Murodbek,arrani opkeling,Looser medalini ikkiga bo'lishga to'g'ri kelyapti
Shu, Iqboljon, medallarni ozgina kattaroq qilganingiz yaxshimidi?
Ba'zilarida yozuvlar juda kichik bo'lib ketibdi.
Odatda oltindan keyin, kumush, bronza medallari bo'lardi.
Ularniyam egalariga topshirsangiz, juda xursand bo'lishardi.
Shoshilinchda sal kichkina chiqib qopti.O'zi tayyorlashgayam 2 soatcha vaqtim ketdi shekilli.Keyingi yilga barcha o'rinlarga topshirishga harakat qilaman.
aqat shu bitta narsaga hech aqlim yetmayapti zanglab yotgan arrani tishi qanaqa qilib tillani bo'lishga o'tdi
Arrani kim zanglagan dedi? Bizziki elektr arra.Nechinchi asrda yashayapsiz?
Mdaa,manga rosa tosh otadigan bo'lishdi-da shu mavzum uchun forumchilar
Nega endi tosh otisharkan? Hamma sovrindorlarni tabriklab qolamiz. Kelgusida bundan-da katta muvaffaqiyatlarga erishihliginiyam tilab qolamiz. Lekin juda adolatli bo'libdi. Buni "Eng yaxshi avatar sohibi" nominatsiyasi taqdimotidan ham bilsa bo'ladi
Nega endi tosh otisharkan? Hamma sovrindorlarni tabriklab qolamiz.
Muslima forumdosh sifatida g'aroyib narsalarni o'ylab topguvchi ajoyib kallangizga ooozgina Allohni kalomidan ham olishga harakat qiling degan bo'lardim ikbaljohn akaga..(uzr, bu gaplarimni og'ir olmaysiz deb umid qilaman, o'zim uchun sevimli bo'lgan narsani bir forumdosh singil sifatida sizga ham aytdim)
Shuni nazarda tutgandim.Toshmas,bir yo'la g'isht keldi.
Shunaqa gaplaringiz bor ekan,PM degan narsa bor,o'shandan foydalansez bo'lardi-yu
Nima bo'sayam,hammalaringizni Alloh panohida asrasin