Har doimgidek masjidda shom
o'qidik. Keyin yonginamizdagi
choyhonaga chiqik do'stim
bilan. Stollarni bir biriga
qo'shib olib bir guruh
musulmonlar o'tirishgandi. Bizniham taklif qilishdi, birga
o'tirdik. Afsuslar bo'lsinki
birodarlarimizdan juda
ko'pchiligini puli joyi yo'q
ekan. Ikkitasi Marokashlik,
bittasi Azarbayjan, Turk, Dog'istonlik ikki kishi, bitta
Tojik, bitta Qirg'iz, men
o'rtog'im ikkita O'zbekmiz.
Millatlarimiz tilimiz boshqa
boshqa lekin qalblarimiz bitta
edi. Hammalarini yuzida tabassum, bir birlariga mehr
to'la ko'zlar boqib turishardi.
Puli borlarimizni buyurtmamiz
kelguncha, puli yo'qlarimiz
o'zlaridagi yemishlarni
chiqarishdi, kimdadir shirinlik, kimdadir pecheniya, yana
kimdadir slafanga o'ralgan bir
to'g'ram non (hleb). Ularham
bizlarni o'zlariga o'hshagan
puli joyi yo'q deb o'ylab
o'zlaridagi narsalarni mehr to'la ko'z, tabassum bilan ilina
boshlashdi. O'zlarida juda oz
bo'lishiga qaramay chin dildan
bizga ilinishi meni hayratda
qoldirdi.