Kishikim, ziyrak va dono bo‘lur, botinini ma’siyat , gunohlardan sof qilsa, bu ilmga yo‘l topib, kori oxirat dilga sobit va mahkam bo‘lg‘usidur. Aksari xalqning oxiratga iymoni za’if va sustdir. Agar xohlasang o‘lim haqiqatidan andak fahm qilg‘aysan.
Bilgilki, odamda ikki ruh bordur. Birini ruhi hayvoniy atarmiz. Yana biri maloika ruhlari jinsidan, ani ruhi insoniy dermiz. Va ruhi hayvoniyning manba’i yurakdurki, bu go‘sht poradirkim, odamning chap yonida qo‘yg‘ondur. Va ruhi hayvoniy shunga o‘xshashkim, tiriklik badan ichidagi xiltlardindur. Aning mijozi mo‘‘tadildur. Va ruhi hayvoniy o‘ruq, ya’ni zavarib otlig‘ tomirning harakati vositasi birla dimog‘qa va hamma andomiga yetar. Va ruh hamma quvvat va his-harakatlarini ko‘tarib yurguchidir. Vaqtiki bu ruhtomir va dimog‘g‘a yetsa harorati kamroq bo‘lub, mu’tadilroq bo‘lg‘usidur. Ko‘z ul ruhdin quvvati basirat topar. Va quloq aningdin eshitmoqlik quvvatini kasb etar. Balki hamma hislar ul ruxdin quvvat topar. Bas, ruhi hayvoniyning misoli chirog‘qa o‘xsharkim, chirog‘ni qorong‘u uyda qo‘ysalar, uyning qorng‘uligini ravshan qilur. Munga o‘xshash, hazrati Haq subhonahu va taoloning qudratidin ruhi hayvoniy badanda bo‘lmoq birla ko‘rish va eshitmok^lik va hamma hislar hosil bo‘lg‘usidur. Agar ba’zi tomirga to‘siq bog‘lab, ruhi hayvoniy qon aylanishiga mone’ bo‘lsa, ul uzvi his-harakatdin qolib, mafluj (falajlangan, shol) bo‘lur. Bas, ruhi hayvoniy chirog‘ning o‘tiga o‘xshashdur va dil fatilaga (pilikka) o‘xshashdur. Chunonchi, chirog‘da yog‘ bo‘lmasa chirog‘ o‘char. Munga o‘xshash, vaqtiki odam taom yemakni tark qilsa, ruhi hayvoniyning mijozi aynib, botil bo‘lib, odam vafot etgusidur.
Chunonchi, chirog‘ning fatilasi me’yordan ziyoda yog‘ quyilsa o‘char. Chunonchi, chirog‘ga tosh va tayoq tiqilsa chirog‘ o‘char. Yog‘ va pilik o‘z joyida bo‘lsa yonar. Munga o‘xshash, odam va hayvong‘a qattig‘ zaxm yetsa, aning sababidin o‘lar. Agarchandiki ruhi hayvoniy mijozi mo‘‘tadil bo‘lsa ham.