forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumdoshlar hayoti => Mavzu boshlandi: JustMe 26 Aprel 2007, 09:44:17
-
Assalamu Alaykum
aziz forum userlar , forumga kuptan beri kirib
va uz hissalarini qoshkan forumdoshlar
sizga umuman ZIYOUZ.forumi( +) va( - )bergan?
qandey tasurotlarga egasiz?!
-
Vaalaykum assalom.Forum manga bilim,bo'sh vaqtimmi ko'ngilli o'tkazish va ko'pdan ko'p do'stlarni berdi.Fikr almashish imkonini berdi.Va +40 va -29 berdi...:)
-
Manga uzbektilini urganishni ham berdi;))
-
Bu forumda kayfiyat ko'tarilar ekan, miyya dam oladi, shunisi yoqti manga.
+ va - lar nimalar?
-
Ijobiy va salbiy tarafdan dimoqchilar manimcha
-
ha, sizga aynan + tarafi yaniy ijobiy va - salbiy, (ball baholarni nazarda tutmodim...)
-
Asalomu alaykum.
Forum menga juda ko`p narsa berdi. Muhimi islomiy bilimlarimni oshirib, namoz o`qishni boshladim. Boshqalarga o`xshab + yoki - berdi deb norozi bo`lganim yo`q.
-
Assalomu alaykum.
Forum manga kop narsa berdi buni uqib kop narsa organdim oldinroq topmaganimga afsusdaman.Hozir internetdigi vaqtimni hammasini shu forumni uqishga ketgizvomman oldin bekorchi narsala uchun vaqtimni ketgizganimdan judayam afsusdaman :'( qisqasi bu forum manga faqat + taraflani berdi. :)
-
Forum manga juda yoqdi. Bu erdan man ko'p narsani o'rgandim va o'rganayapman.
-
Forum menga oq va qorani ajratishni, muamolarni yechishni, to'g'ri fikrlashni o'rgatdi.Ajoyib suhbatdoshlar bilan suhbat qurish imkonini berdi.O'ylaymanki, qiyomatli do'stlarga ega bo'ldim.
-
Bu forum man kirgan forumlarni ichida eng birinchisi va man sevgan forum bo'lib qoldi.Fu forumga kirishimga sababchi bo'lgan Lolaga katta rahmat aytaman mani shundek ziyo ulashuvchi forumga olib kirgani uchun.Lekin hali do'stlar ortirganim yo'q unchalik missga o'hshab.Insholloh do'stlarim ham ko'payib qolar.Bir narsani aytishim mumkinki bu forumdan faqatgina yahshilik ko'rdim.
-
Biz soat sayin ulg'ayishimiz, aqllilashishimiz va jiddiylashishimiz kerak. Zerkib vaqtni o'tkazish emas, yaxshilab uyg'onib maqsad sari hech ikkilanmay olg'a ketishimiz kerak (biz esa bir-birimizga tikilib keragi yo'q suhbatlar bilan o'tiraveramiz).
MashaAllah!!
bo'larkanu, tasanno, olqishlar... :)
-
forum bu net ........ ;) net bu pul...... ;) ;) ;)
aslida forum qalblarga haqiqiy o'zining nomidaqa ziyoni berib kelmoqda .
-
O'zbek tilida hech qachon bunday ko'p yozmagandim:)
-
Faoliyatim ilk bor shu forumdan boshlandi desam ham bo'ladi.Jurnalist bo'lmayman,jurnalistlar faqat yo'q narsalarni maqtashadi deb yurgandim.Jurnalist bo'lishga ishtiyoqim AbdulAziz aka ijodi tufayli jonlandi desam sizlarni aldamagan bo'laman.Xullas,forum menga erkin ijod qilish imkoniyatini berdi....
-
Faoliyatim ilk bor shu forumdan boshlandi desam ham bo'ladi.Jurnalist bo'lmayman,jurnalistlar faqat yo'q narsalarni maqtashadi deb yurgandim.Jurnalist bo'lishga ishtiyoqim AbdulAziz aka ijodi tufayli jonlandi desam sizlarni aldamagan bo'laman.Xullas,forum menga erkin ijod qilish imkoniyatini berdi....
go (olg'a)
va yana goooooooooooooooooooooo
-
Forum-turfa fikrlar maydoni.
Bazan-tabassum, bazan-kulgu, bazan esa-ko'z yoshi beradi...
-
Assalamu alaykum.
Forum siz nimani olishni xohlasangiz o'shani bera oladigan ajib bir maskan.
Xohlang ilm,xohlang yaxshi kayfiyat, xohlang ko'z yosh, xohlang ibrat,xohlang do'st va xohlang....
-
:as:
Xullas FORUMGA gap yuq
man forum ga kirmagan kunim yuq
kirmagan kunim nimanidir yuqotgandey bulib yuraman
kam pst qoldiraman lekin ko`proq uqiyman
-
Forum... ::) ...mmm... Forum... :o nima disamikin... :(
xullas porum manga sizga nima bergan bo'lsa shuni berdi. Sizga hech nima bermagan bo'sa, so'rasez berib turadi... Vay nima diyopman xullas o'rganaman disez orgatadi, o'rgataman disez o'rganadi, kuldiradi, eslatadi, yig'latadi... Tushunmagan odam o'tiraveradi bosh qashlaaab... Lekin o'ziga ipsiz bog'lab oladi... Xullas ko'pchili forumziyouznuqtacomoterapiya bo'limiga tushib qolopti... Iloyim bu kasallik sindromlari hech kimi tark etmasin db qolaman...
Etgancha, menga fotoshopni o'rgatishniyam o'rgatdi ;) ;D
-
Yana bita gap, aynan shu porumi smaylikchalariga ishqibozmanda ayniqsa bunisiga ;D
-
Assalomu aleykum.
Forum men qidirib topa olmagan va men bilmagan yana boshqa bir qancha kitoblarni o'qish imkoniyatini berdi. Vaqtni samarali sarflashimga sabab bo'lmoqda. Sabr bermoqda. Fikrlashimga turtki bo'lmoqda... Turfa qiyofalarni ko'rsatmoqda... Men hohlagan ilmni hozircha shu yerda topmoqdaman!
-
Sabr qilishni
-
сххх, агар манга формумдан теккан манфаатларни санаб қолсам, сизлар аниқ ухлаб қоласизлар.
-
сххх, агар манга формумдан теккан манфаатларни санаб қолсам, сизлар аниқ ухлаб қоласизлар.
Alla aytishni o'rgandizmi? (Hazil) :P
-
Sabr qilishni
Bazan esa sabrsizlikni o'rgatarkan