"Avesto"
"œAvesto" O’rta Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Avestoda ham turkey, ham eroniy xalqlar dunyoqarashi, urf-odatlari,yashash tarzlariga oid ma’lumotlar uchraydi. U zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lib, undagi ma’lumotlarning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-1000 yillarga taalluqlidir.Ular "œGotlar" va "œYasht"lar deb nomlangan. Beruniy (973-1048 y) "œQadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida: "œPodshoh Doro ibn Doro xazinasida "œAvesto"ning 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtdan buyon "œAvesto"ning beshdan uch qismi yo’qolib ketdi. "œAvesto" o’ttiz "œnask" edi. Majusiylar qo’lida o’n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur’on bo’laklarini haftiyaklar deganimizdek, nask "œAvesto" bo’laklaridan har bir bo’lakning nomidir" deb ma’lumot bergan. "œAvesto" o’sha davrlar tarixi, fan, madaniyati haqida ma’lumot beruvchi qomusiy asar bo’lib, pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Uning qisqartirilgan nusxasi "œZand Avesto" nomi bilan mashhur. "œAvesto"da olam ikki asos, ya’ni yorug’lk va zulmat, yaxshilik va yomonlikning kurashidan iborat, deb izohlanadi. Yaxshilik va ezgulik xudosi Axuramazda (Hurmuzd) bo’lib, u yomonlik xudosi yovuzlik ramzi Ahriman bilan kurashadi. "œAvesto"da yozilishicha, zardushtiylikda qo’riq yer ochib, bog-rog’ qilgan odam ilohiyot rahmatiga erishadi. Yaxshilik va yovuzlik o’rtasidagi kurash 3-4 ming yillardan so’ng adolat, ezgulik g’alabasi bilan tugaydi. Yerga osmondan uch soshyanta farishta tushadi va insoniyatni yomonliklardan qutqaradi. Uchinchi farishta tushganda qiyomat — qoyim bo’lib, barcha o’lganlar tiriladi. Xurmuzd va uning farishtasi yovuz ruh — Ahrimanni qaynab turgan ma’fanga tashlaydilar. "œAvesto"da ifodalangan zardushtiylik diniga ko’ra, odam vafot etgach, to’rtinchi kuni Tangri farishtasi Surush (farishta Jabroyilning boshqacha nomi) uning ruhini Chinvod qil ko’prigiga olib keladi. Yaxshiliklari ko’p bo’lgan odam qil ko’prikdan o’tib, jannat bog’lariga kiradi. Gunohkorlar do’zaxga boshlovchi dev Vizrash ixtiyoriga topshiriladi. "œAvesto" ta’limotiga ko’ra, yaxshilik qiluvchi odam pokizalik urug’larini ekadi, bu yaxshilik urug’lari iymonni oziqlantiradi. Yaxshilik qilmay, jabr-zulm qiluvchilar iymonsiz, do’zaxiy odamlardir. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o’rtasidagi kurash Mitra, Anahita, Qayumars, Yima (Jamshid), Gershaps, Elibek va boshqa obrazlarda mujassamlashtirilgan. "œAvesto"ni o’zbek tiliga birinchi bo’lib tarjima qilgan shoir Asqar Mahkamovning xizmatlari tahsinga sazovordir.