Shukronalar bo'lsinkim, biz avvalo muslumonmiz, Alloh taoloni, Uning Kitobini, Uning farishtalarini, Payg'ambarlarni, Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo (sav)ni, sahobiylarni, tobeiynlarni, ularning yo'llarini bosib o'tgan solih insonlarni taniymiz, tanish yo'lidamiz, tanimagan bo'lsak niyatimiz shu!!!
Shukronalar bo'lsinkim, Qur'oni Karim tufayli biz necha asrlar avval bayon etilgan Allohning mo'jizalaridan xabardor bo'lish imkoniga egamiz, bunga iyomn keltiramiz.
Shukronalar bo'lsinkim, biz ota-onamizga o'zgacha bir mehr-muhabbat, xurmat ila munosabatda bo'lamiz, g'ayridin ahlining ba'zi qatlamlari 18-19 yoshdan keyin na onaga na otaga o'zini muhtoj sezadi, ba'zi qatlamlari ota-onasini qarigan chog'ida zor qaqshatib qariyalar uyiga tashlab ketishadi.
Shukronalar bo'lsinkim, boshqa chet mamlakatlarida o'zaro yoki ichki urushlar, qahatchilik bo'lib turgan bir paytda biz Allohning nazari tushgan, tinch, alhamdulillah to'q davlatda yashayapmiz.
Shukronalar bo'lsinkim, og'ir kunda, yengil kunda yonimizda turadigan, bizga haqiqiy ko'zgu bo'lguvchi birodarlarimiz bor.
Shukronalar bo'lsinkim, farzandlarimizga chiroyli tarbiyani berish kabi muhim va o'ta jiddiy masalada ham muborak dinimiz yordamga keladi.
Shukr, shukr....