Assalom aleykum.
Bir dugonamning onaizori to'satdan bandalikni bajo keltirdi. Habarni eshitishimdan atigi bir soat oldin dugonam bilan gaplashgan edim, har doimgiday sho'x shodon edi.......
habarni eshitganimda etim jimirlab ketdi, bir g'alati bo'lib ketim, ko'p narsalar haqida o'ylab qoldim...... Ertasi kuni marhumani so'ngi yo'lga kuzatadigan kunda dugonamnikiga bordim.Tumonat odam kelgan, uyiga yaqinlashganim sari yig'i ovozi balandroq eshitilibb boraverdi, hovliga kirdim, tanish- notanish odamlar. Taziyamni bildirib, dugonam qayerdaligini so'radim, tomorqa tarafda ko'rganliklarini aytishdi. Tomorqaga o'tsam bir o'zi turibdi, bejol, qaddini zo'rg'a tutib turibdi....... yoniga yaqinlashdim, meni ko'rib o'zini tutib tura olmadi............ Bag'rimga oldim , hozir unga hech qanday tassali so'zlari yordam bermasligini anglab hech nima demadim,ko'zimga shunaqangi yoshlar oqib kela boshladiki, o'sha yerda ancha yig'lab turdik so'ssiz, sassiz.......aynan mana shu uchun yig'ladim deb ayta olmayman, chunki bu inson oddiy so'zlar bilan tariflab bera olmaydigan kechinmalar, hisslardir. Hozir shularni yozayapmanu yana tamog'imga bir nima tiqilganday bo'lyapti...............