forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Shahina 04 Fevral 2007, 19:54:51
-
Shakli xuddi shar,
To‘ni beqasam.
Mazasi shakar,
Men totib ko‘rsam.
-
Beli bog‘liq, bir tutam,
Lekin emas guldasta.
U bilan uy, hovlini.
Qilsa bo‘lar orasta.
-
Kecha-kunduz yurar jadallab,
Yurmoqlikda tinim bilmaydi.
O‘z burchini o‘tar-u, lekin,
Yurgan bilan joydan jilmaydi.
Kunda qarar unga har kishi,
Chunki tushar hammaning ishi.
-
Suvda yashar bir hayvon,
O‘zi juda ham polvon.
Qalindir uning tani,
Tanida bor fontani.
-
1-Tarvuz
2-supurgi
3-soat
4-delfin tugrimi?
-
1.Tarvuz
2.Supurgi
3.Soat
4.Kit
O'zimga malades,ozimga ofarin.Qani sovg'am? ::)
-
Javoblaringiz to'g'ri.
Masturaxon, 4-chisi kit.
Sizlardan ham kutib qolaman.
-
1. O'zini yeb tugatadi.
2. O'zi yerda, boshi ko'kda.
-
1. O'zini yeb tugatadi.
Sham
-
1. O'zini yeb tugatadi.
Sham
Javobingiz to'g'ri.
-
2. O'zi yerda, boshi ko'kda.
Ko'tarma kranimasmi?
-
2. O'zi yerda, boshi ko'kda.
Ko'tarma kranimasmi?
Yo'q.
Uning boshi ko'tarma krannikidanda yuksakda.
-
Qo'lsiz, qalamsiz, bo'yoqsiz rasm chizar.
-
Yo'lga qo'yilgan narvon
Undan o'tar uy-karvon.
-
2. O'zi yerda, boshi ko'kda.
Minor bo'lsa kerak.
-
Qo'lsiz, qalamsiz, bo'yoqsiz rasm chizar.
Qishadagi izg'irin sovuq-ayoz. Vallohu a'lam.
-
Yo'lga qo'yilgan narvon
Undan o'tar uy-karvon.
yo'lga qo'yilgan narvon-bu temir yo'l
unda o'tadigan uy-karvon esa-poyezd.
-
Qorni yo'q, suvdan o'tar.
-
Qorni yo'q, suvdan o'tar.
Kapalak
-
Qorni yo'q, suvdan o'tar.
Kapalak
Javobiz to'g'ri. Ofarin.
-
2. O'zi yerda, boshi ko'kda.
Minor bo'lsa kerak.
Yo'q, topolmadingiz.
Man buni 2-sinf jiyanimning kitobidan olgandim.
U yerdagi javob tutun ekan.
-
Qo'lsiz, qalamsiz, bo'yoqsiz rasm chizar.
Qishadagi izg'irin sovuq-ayoz. Vallohu a'lam.
Javobingiz to'g'ri.
-
Yo'lga qo'yilgan narvon
Undan o'tar uy-karvon.
yo'lga qo'yilgan narvon-bu temir yo'l
unda o'tadigan uy-karvon esa-poyezd.
Javobingiz to'g'ri.
-
Qavat-qavat ko'ylagi bor,
Tugmasi yo'q.
-
Ko'k beqasam to'nim bor,
Ichim baxmal lolazor.
Mazam shirin, go'yo qand,
Meni yegan tortmas dard.
-
Qavat-qavat ko'ylagi bor,
Tugmasi yo'q.
Karom bo'lsa kere.
-
Ko'k beqasam to'nim bor,
Ichim baxmal lolazor.
Mazam shirin, go'yo qand,
Meni yegan tortmas dard.
Tarvuzmasmi??
-
Qavat-qavat ko'ylagi bor,
Tugmasi yo'q.
Karom bo'lsa kere.
To'g'ri
-
Ko'k beqasam to'nim bor,
Ichim baxmal lolazor.
Mazam shirin, go'yo qand,
Meni yegan tortmas dard.
Tarvuzmasmi??
Javob to'g'ri.
-
yana yozingla topishmoq. bir bolaligimni eslay. :D
-
yana yozingla topishmoq. bir bolaligimni eslay. :D
Man yozayotgan topishmoqlar juda oson-da. 2-sing O'qish kitobidan olingan.
Navbatdagi topishmoqlar
O'zi bir kichkina narsa,
Kerak bo'lar har darsda.
Chizib qo'ysang noto'g'ri,
Yo'q qiladi bir pasda.
-
Sirti tayoq,
Ichi bo'yoq.
-
Qush emas qanoti bor,
Burgutdan zo'r haybati bor.
Uchsa lochin yetolmas,
Tolmas zo'r qanoti bor.
-
Bir ajoyib ishxona,
Ichi doim qishxona.
-
Man yozayotgan topishmoqlar juda oson-da. 2-sing O'qish kitobidan olingan.
Navbatdagi topishmoqlar
O'zi bir kichkina narsa,
Kerak bo'lar har darsda.
Chizib qo'ysang noto'g'ri,
Yo'q qiladi bir pasda.
o'chirg'ich :D
-
Sirti tayoq,
Ichi bo'yoq.
qalam.
-
Qush emas qanoti bor,
Burgutdan zo'r haybati bor.
Uchsa lochin yetolmas,
Tolmas zo'r qanoti bor.
Samolyot.
PS: bo'ldi boshqa yozmiman. kechirasila silaga imkon bermaganim uchun. so sorry.
-
Bir ajoyib ishxona,
Ichi doim qishxona.
Muzlatgich-xolodilnik
-
Barcha topishmoqlar javobi to'g'ri.
Yangi topishmoqlar
Sharti: Bir user faqat bitta topishmoqni topadi. Qolganini boshqalarga qoldiradi.
Ikki ajib qulog'i bor
Biri tinglar, biri so'zlar.
-
O'zi bitta,
Qo'li ikkita,
Tishi yuzta.
-
O'tin yorar erta-kech,
O'zi yorilmaydi hech.
-
Barcha topishmoqlar javobi to'g'ri.
Yangi topishmoqlar
Sharti: Bir user faqat bitta topishmoqni topadi. Qolganini boshqalarga qoldiradi.
Ikki ajib qulog'i bor
Biri tinglar, biri so'zlar.
Telefon go'shagi :D
-
O'zi bitta,
Qo'li ikkita,
Tishi yuzta.
Arra bo'lsa kere.
-
O'tin yorar erta-kech,
O'zi yorilmaydi hech.
Bolta
-
Barcha javoblar to'g'ri.
Navbatdagi topishmoq
Yorug'i bor, dovrug'i bor,
O'zi yo'q, ovozi bor.
-
Barcha javoblar to'g'ri.
Navbatdagi topishmoq
Yorug'i bor, dovrug'i bor,
O'zi yo'q, ovozi bor.
Chaqmoq
-
Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bo'lar oziq.
-
Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bo'lar oziq.
Sabziiii
-
Yer tagida oltin qoziq,
U hammaga bo'lar oziq.
Sabziiii
Ofarin! Buni yosh bollar ham biladi :)
-
Yer bilan osmon o'rtasida nima bor??
-
Yer bilan osmon o'rtasida nima bor??
Bilan so'zi bor.
-
Yer bilan osmon o'rtasida nima bor??
Bilan so'zi bor.
qoyilman, opajon. javobiz to'g'ri!
-
Navbatdagi topishmoqlar
Qator-qator tosh terdim, jayron otni bo`sh qo`ydim
-
Tanasi bor boshi yo`q, qo`li bor oyog`i yo`q
-
U yog`i zarang, buyog`i zarang, o`rtasida boymirza garang.
-
O`yib oldim izi yuq.
-
1 va 2 topishmoq javobi chun kotta shahar berdim ::)
3) J: Yongoq
4) J: Suv bulishi kere
3-javobiz xato.
4-si to'g'ri ofarin.
boshqalar ham topishga harakat qilsinchi
-
Navbatdagi topishmoqlar
Qator-qator tosh terdim, jayron otni bo`sh qo`ydim
Til va tishlar.
-
Navbatdagi topishmoqlar
Qator-qator tosh terdim, jayron otni bo`sh qo`ydim
Til va tishlar.
qoyil opajon topdiz! : )
-
Yana topishmoqlardan bo'lsa bering B-boy.Zo'r topishmoqlar ekan..
-
Yana topishmoqlardan bo'lsa bering B-boy.Zo'r topishmoqlar ekan..
oldingilani 2tasi bor hali shulani topin
-
NIMA XAMMA TILDA GAPIRADI ?
-
Javobi Tarozi :)
-
U yog`i zarang, buyog`i zarang, o`rtasida boymirza garang.
-
Bir yigit bir kiz bilan ketyotib ro'paradan yana bir boshka yuradigan kizini ko'rib kolibdi,agar ular to'knashsa ikkovidan ham kuruk koladi,shunda yigit shunde bir so'z aytadiki ikkovi ham sevgilisi bo'lib koladi va bola vaziyatdan chikib ketadi???
-
MAFIYA_BAXTIYOR:
NIMA XAMMA TILDA GAPIRADI ?
Lola:
Javobi Tarozi
YO'Q!!!!
-
U yog`i zarang, buyog`i zarang, o`rtasida boymirza garang.
Javobi Tarozi :)
Javobiz to'g'ri )))) faqat bu gal aniqroq yozing iltimos
-
Xo`p. Xatoim uchun uzr so`riyman.
-
SAVOL:
TOPISHMOQ SO'ZINI QANDAY O'QISH MUMKIN ?
-
SAVOL:
TOPISHMOQ SO'ZINI QANDAY O'QISH MUMKIN ?
ISH-TOPMOQ
-
YO'Q...JAVOB NOTO'G'RI!!!
-
SAVOL:
TOPISHMOQ SO'ZINI QANDAY O'QISH MUMKIN ?
savolga unchalik tushunmadim to'risi, lekin tushunganimcha javob berishga harakat qilaman.
"topishmoq" so'zini o'zagi "topmoq"
"top" fe'liga -ish bigalik nisbat qo'shimchasi qo'shilgan, ya'ni "birgalikda uylashib topmoq, topishmoq" ma;nosini beradi. keyinchalik bu so'z ot so'z turkumiga ko'chgan, aniqrog'i Konversiya!
-
Bir yigit bir kiz bilan ketyotib ro'paradan yana bir boshka yuradigan kizini ko'rib kolibdi,agar ular to'knashsa ikkovidan ham kuruk koladi,shunda yigit shunde bir so'z aytadiki ikkovi ham sevgilisi bo'lib koladi va bola vaziyatdan chikib ketadi???
islomda 4 tagacha hotinga uylanish joizligini aytadi...
-
TOPISHMOQ SO'ZINI QANDAY O'QISH MUMKIN ?
Javob: ma'nosini boshqacha chunmoq mumkin: UCHRASHMOQ (yoki tanishmoq)
-
Mushukni dushmani ? ??? :D
-
Assalomu alaykum!
Mushukni dushmani kuchukligini yosh bolayam biladi-yu :(
-
Mushukni dushmani ? ??? :D
manimcha sichqon bo'sa kere, shu uchun doim ta'qib qiladi sichqonni.
-
Chiroyli qizcha ko'rdim
Baxtiyorlar bog'ida.
Atirdullar sochadi,
Tabassumi chog'ida.
Ra'no qiz shuncha so'lim
Bir ko'rgan unga shaydo.
Oy yuzi porlab turar
Qora ko'zlari shahlo.
So'radim: Oting nadur?
Dedi: Har baytdadur.
Savol: qizni ismi nima??
-
Xich kim yozmasa kerak javobini?!
qizni ismi Charos.
Chiroyli qizcha ko'rdim
Baxtiyorlar bog'ida.
Atirdullar sochadi,
Tabassumi chog'ida.
Ra'no qiz shuncha so'lim
Bir ko'rgan unga shaydo.
Oy yuzi porlab turar
Qora ko'zlari shahlo.
So'radim: Oting nadur?
Dedi: Har baytdadur.
-
man javobini bilardim, lekin anchadanberi forumga kirmayatudim, buncha shoshqaloqsiz (http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/29.gif)
-
man javobini bilardim, lekin anchadanberi forumga kirmayatudim, buncha shoshqaloqsiz (http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/29.gif)
Lolo- jangdan keyingi qahramon..(http://img.uz/images/1724754.gif) (http://img.uz)
-
man javobini bilardim, lekin anchadanberi forumga kirmayatudim, buncha shoshqaloqsiz (http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/29.gif)
manam rasa 2 hafta kuttim!
-
Yerga ko'milmaydi,
Kosaga quyilmaydi,
Dunyoda hamma odam
Ichmay qo'ymaydi.
-
Sultonxon degan podsho umrining oxirida Huroyim degan qizga uylanmoqchi bo'ladi. Sultonxon Huroyimga sovchi yuboribdi.
Huroyim qalinimga:
O'nta uloq,
Yigirmata bo'ri,
O'ttizta yo'lbars,
Qirqta tulki,
Ellikta no'xta,
Oltmishta axta,
Yetmishta sarg'aldoq,
Saksonta chaqaloq,
To'qsonta tumaloq,
Yusta jumaloq bersin
va shu so'zimning ma'nosini ayirib bersin debdi.
Podsho fikr qilib, Huroyimning aqlli ekanligini aytadi. Bu topishmoqning ma'nosi kishining hayotiga bog'liqligini aytadi. Kishi:
O'nda uloqday bo'ladi,
Yigirmada bo'riday bo'ladi,
O'ttizda yo'lbarsday bo'ladi,
Qirqda tulkiday bo'ladi,
Ellikda no'xtalgan otday aqli raso bo'ladi,
Oltmishda axtalangan otday qaytib qoladi.
Yetmishda sarg'aldoqday tilda boru dilda hech narsa bo'lmaydi,
Saksonda go'dak boladay bo'lib qoladi.
To'qsonda uydan chiqmay dumaloq bo'ladi,
Yuzda bergiligidan nargiligi o'ng'ayliroq bo'lib qoladi.
Sultonxon Huroyimning so'rog'iga javob bergandan keyin, Huroyim unga turmushga chiqib, Rustamxon degan o'g'il tug'adi

Menimcha "qasam" bo'lsa kerak.
-
SAVOL:
TOPISHMOQ SO'ZINI QANDAY O'QISH MUMKIN ?
Topishmoq so`zini CHapdan o`nga qarab o`qish kerak
-
Mushukni dushmani ?
ragatka
-
Bir parcha patir,
Olamga tatir!
Bu nima?
-
oy :11
-
Quyosh :9
-
oy :11
to'g'ri!
-
Pakana kampir tom supurar
nima bu?
-
Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas.
-
Oppoq sandiq ochildi,
Olamga nur sochildi.
-
Bir parcha patir,
Olamga tatir.
-
Onasi bitta,
Bolasi mingta.
-
Zar gilam, zar-zar gilam
Ko‘taray desam og‘ir gilam.
-
Otasi egri-bugri,
Onasi silliq juvon,
O’g‘li qo‘shiqchi,
Qizi o‘yinchi.
-
Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas.
Osmon
-
Zar gilam, zar-zar gilam
Ko‘taray desam og‘ir gilam.
Yer
-
Bir parcha patir,
Olamga tatir.
Oy
-
Oppoq sandiq ochildi,
Olamga nur sochildi.
Quyosh
-
Onasi bitta,
Bolasi mingta.
Oy va yulduzlar
-
Otasi egri-bugri,
Onasi silliq juvon,
O’g‘li qo‘shiqchi,
Qizi o‘yinchi.
Ariq, suv, baqa, baliq
-
Pakana kampir tom supurar
nima bu?
bu soch oladigan mashinka bo'sa kere-a nima dediz.
Tug'ri
-
O'zbekona topishmoq:
Yettitasi birga bo'lsa,
U beshovlon birlashar!!!
Savol, nima bu?
-
Ruscha topishmoq:
Ajinli yigit butun qishloqni yig'ar!
-
Qoil, men bergan topishmoqlarning barchasiga to'g'ri javob beribsizlar.
Navbatdagi topishmoqlar:
Qanoti bor, Qoni yo‘q. Tuxum qo‘yar, Soni yo‘q.
-
Hasan aka tikka turadi,
Bolalari chapak chaladi.
-
Yozda ham qishda,
Bir xil kiyimda.
-
Chopsang kular,
Chopmasang o‘lar.
-
Ariq bo‘yida to‘shak.
-
Qat-qat quloq,
Dum-dumaloq.
-
Bir savat anor,
Hadding bo‘lsa ol.
-
Yalt-yalt etadi,
Yamlab ketadi.
-
Oyoqsiz, qo‘lsiz tomga qarab yo‘rg‘alar.
-
Qoil, men bergan topishmoqlarning barchasiga to'g'ri javob beribsizlar.
Navbatdagi topishmoqlar:
Qanoti bor, Qoni yo‘q. Tuxum qo‘yar, Soni yo‘q.
Kapalak
Yozda ham qishda,
Bir xil kiyimda.
Archa
Ariq bo‘yida to‘shak.
Maysa ???
-
Oyoqsiz, qo‘lsiz tomga qarab yo‘rg‘alar.
Pechak gul
-
Qoil, men bergan topishmoqlarning barchasiga to'g'ri javob beribsizlar.
Navbatdagi topishmoqlar:
Qanoti bor, Qoni yo‘q. Tuxum qo‘yar, Soni yo‘q.
baliq bo'lishi kere
-
Qat-qat quloq,
Dum-dumaloq.
karom
-
Hasan aka tikka turadi,
Bolalari chapak chaladi.
Терак ва барглари
-
Chopsang kular,
Chopmasang o‘lar.
Гсза
-
Yalt-yalt etadi,
Yamlab ketadi.
O't
-
Qoil, men bergan topishmoqlarning barchasiga to'g'ri javob beribsizlar.
Navbatdagi topishmoqlar:
Qanoti bor, Qoni yo‘q. Tuxum qo‘yar, Soni yo‘q.
Kapalak
Yozda ham qishda,
Bir xil kiyimda.
Archa
Ariq bo‘yida to‘shak.
Maysa ???
Uchala javob ham to'g'ri.
-
Oyoqsiz, qo‘lsiz tomga qarab yo‘rg‘alar.
Pechak gul
Bu javob ham mantiqan to'g'ri.
Men o'ylagan javob esa olov edi.
-
Qat-qat quloq,
Dum-dumaloq.
karom
To'g'ri.
-
Hasan aka tikka turadi,
Bolalari chapak chaladi.
Терак ва барглари
To'g'ri.
Qaysar, qolgan javoblaringiz ham to'g'ri.
-
Bir savat anor,
Hadding bo‘lsa ol.
Cho‘g‘
-
Yangilaridan:
Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi,
Tushda ikki oyoqlab yuradi,
Kechqurun uch oyoqlab yuradi.
-
To‘rtida tariqday,
O’ttizda ayiqday,
To‘qsonida tovuqday.
-
O’zi bitta, Kallasi ikkita,
Dumi bitta, Oyog‘i oltita.
-
Bir to‘bada yetti teshik.
-
Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi,
Tushda ikki oyoqlab yuradi,
Kechqurun uch oyoqlab yuradi.
Inson chaqaloqligida emgaklab yuradi,voyaga yetganda ikki oyoqlab,qariligida xassaga tayanib yuadi!
-
Bir to‘bada yetti teshik.
Bosh, og‘iz, burun, ko‘z va quloq
-
Iqboljon, Mohinur, javoblaringiz to'g'ri.
-
Qorong'i uyim bor edi,
Parangi to'nim bor edi,
Urdi pichoqni belimdan,
Nima gunohim bor edi?
Topishmoqning javobi nima?
-
Tog'da ulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.
Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.
-
Qorong'i uyim bor edi,
Parangi to'nim bor edi,
Urdi pichoqni belimdan,
Nima gunohim bor edi?
Topishmoqning javobi nima?
Manimcha tarvuz bo'lsa kerak
-
Tog'da ulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.
Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.
1. Bo'ri
2.Baliq
3.Sumalak
4.Toshbaqa
5.Bunisini bilmadim.
-
Qorong'i uyim bor edi,
Parangi to'nim bor edi,
Urdi pichoqni belimdan,
Nima gunohim bor edi?
Topishmoqning javobi nima?
Manimcha tarvuz bo'lsa kerak
Yo'q, javob noto'g'ri. Yana harakat qilib ko'ring. Yordam: uni bozorlarda ikki ko'rinishda ko'rish mumkin: biri xom, biri pishgan.
-
Tog'da ulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.
Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.
1. Bo'ri
2.Baliq
3.Sumalak
4.Toshbaqa
5.Bunisini bilmadim.
Assalomu alaykum! 2,3,4-savollarga bergan javobingiz to'g'ri. Qolganlarini ham topishga harakat qilib ko'ring.

1. Ilon
5. Eshshak

Yo'q, yana biroz o'ylab ko'ring.
-
Tog'da tulaymonni ko'rdim,
Suvda sulaymonni ko'rdim,
Betuz pishgan oshni ichdim,
Yo'lda qotgan toshni ko'rdim,
Ko'chada gadoymonni ko'rdim.
Bu yerda 5 narsa haqida gap ketyapti.
To'g'ri javoblar:
1. Tulki
2. Baliq
3. Sumalak
4. Toshbaqa
5. Tovuq
PS.: 2,3,4-savollarga Akbar to'g'ri javob berganlar.
-
Qorong'i uyim bor edi,
Parangi to'nim bor edi,
Urdi pichoqni belimdan,
Nima gunohim bor edi?
Topishmoqning javobi nima?
To'g'ri javob: lavlagi
-
1 qassob qirq qo'yni 7 kunga toq bo'libdi. Qanday qilib?
-
Bir uyim bor bir bolor.
-
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu,Robiya xonim. Kechirasiz,qassob to'g'risidagi topishmoq aslicha berilganmi,boshqacharoqmasmidi? Ikkinchisi manimcha qabr.
-
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu,Robiya xonim. Kechirasiz,qassob to'g'risidagi topishmoq aslicha berilganmi,boshqacharoqmasmidi? Ikkinchisi manimcha qabr.
Vaalaykum assalom, Saraton07! Qassob to'g'risidagi savol o'z ma'nosida emas, mantiqan o'ylab javob topsa bo'ladi.
2-savolga bergan javobingiz ham noto'g'ri, u narsa har bir o'zbek xonadonida bor.
-
Sandiq
-
Sandiq
Yo'q, yana biroz o'ylab ko'ring.
-
Bir uyim bor bir bolor.
Erto'la-podvalmasmi? :5
-
Ko'rpa
-
Bir uyim bor bir bolor.
Erto'la-podvalmasmi? :5
Assalamu alaykum, Ikbaljohn aka! Yo'q, podval ham emas.
-
Ko'rpa
Yo'q, topa olmadingiz. Dushanba kunigacha javoblaringizni kutaman.Dushanba kun to'g'ri javobni kiritaman.
-
Bir uyim bor bir bolor.
To'g'ri javob - Beshik
-
bir podshox qiz va uni oilalarini o`ldirishga hukm qilibdi, shunda qiz so`ngi iltimosim menga suv berilar dedi, suv olib kirishibdi suvni ichib bo`lgach qiz shunday debdi....
shox qizni aqliga qoyil qolib ularni ozod qilibdi.
Savol: qiz qanday javob qilgan
-
meni savolimga hechkim tushunmagan yoki hech kim topa olmayapti shekilli? ??? :o
-
bir podshox qiz va uni oilalarini o`ldirishga hukm qilibdi, shunda qiz so`ngi iltimosim menga suv berilar dedi, suv olib kirishibdi suvni ichib bo`lgach qiz shunday debdi....
shox qizni aqliga qoyil qolib ularni ozod qilibdi.
Savol: qiz qanday javob qilgan
Qiz unga men endi sizning mehmonimgiz bo`ldim. <ehmon esa otangdan ulug`deganlar deb javob bergan
-
Qishda yozda bir hil rangda,,.,, Archa mas lekin,...
-
$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$ emasmi
-
$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$$ emasmi
Qoil.. topdizz hehehehehehehehehehhehehe yosh bolani topishmoqi edi oziyam..
-
Sizdan bundan ortiqroq topishmoq ham kutmiman o`zi :D
-
Topishmoq\
Go'st ichidan Miq Chiqdi?Bu NIma?
-
Topishmoq\
Go'st ichidan Miq Chiqdi?Bu NIma?
Shashlik :D
-
Topishmoq\
Go'st ichidan Miq Chiqdi?Bu NIma?
Shashlik :D
Shashliyni ichidan mixmas six chiqardi adashmasam, manimcha topishmoni javopi mixli go'sht :D
-
Topishmoq:
ikki tomon tog' o'rtasi saryog'
-
Topishmoq:
ikki tomon tog' o'rtasi saryog'
Semechka (Kungaboqar) yoki yong'oq emasmi?
-
Topishmoq:
ikki tomon tog' o'rtasi saryog'
Semechka (Kungaboqar) yoki yong'oq emasmi?
Yong'oq
-
Shakli xuddi shar,
To‘ni beqasam.
Mazasi shakar,
Men totib ko‘rsam.
tarvuz
-
Topishmoq\
Go'st ichidan Miq Chiqdi?Bu NIma?
baliq emasmi?
-
Qishda yozda bir hil rangda,,.,, Archa mas lekin,...
Svetofor emasmi? : )
-
g'it-g'it deydi ishlaydi yerga kukun tashlaydi
-
g'it-g'it deydi ishlaydi yerga kukun tashlaydi
Arra
-
Topishmoq.
Kichkina dekcha
Ichi to'la mixcha
-
Anor
-
Yangi topishmoq. Oy yuzli qalam qoshli,uni topgan ming yoshli.
-
Anor
to'g'ri