forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: Shahina 15 Fevral 2007, 03:07:51

Nom: Sensiz...
Yuborildi: Shahina 15 Fevral 2007, 03:07:51
Nargis,
nigohlarim sarg‘ayib borar,
kelar yo‘llaringga cho‘kkanicha tiz,
hijron yomg‘irlari boshimni yorar,
Sensiz.

Sensiz

nigoron dil yig‘idan tinmas,
mungli qo‘shig‘ini kuylaydi unsiz
u desam ovunmas, bu desam ko‘nmas
hargiz.

Hargiz

hasratlarim yetmas poyonga,
Ko‘zingni eslatib termular yulduz.
Meniyam olib ket... osmonga,
Nargis.

Nargis,

iqbolimiz nechun hayallar?
ayt, visol onlari bunchalar olis?!
meni mendan judo aylar xayollar
Sensiz.

Sensiz...

gapirgim ham kelmaydi, aytsam,
hayot ham ko‘zimga g‘alati, hissiz,
senga baribirmi, nahot mensiz ham?
Esiz!...

Abdulaziz Muborak
Nom: Re: Sensiz...
Yuborildi: Farida 01 Avgust 2007, 18:46:35
MENSIZ

Mensiz ham hayoting chiroyli edi,
Men bilan bo’ldi u yana chiroyli.
Va yana mensizsan lekin baribir,
Kunlaring quyoshli, tunlaring oyli.

Men sensiz baxtlarning ismin unutdim,
Sensizlik... toabad zulmatdir taqdir.
Ne uchun mensiz ham yashnayverasan,
Nega mensiz baxtsiz emassan axir?

Sensizlik qalbimni ketmish pichoqlab,
O, sening kuylaring hamon avjida.
Men sensiz Xudodan ketdim uzoqlab,
Sen esa Xudoga yaqinsan juda.

Guljamol Asqarova
Nom: Re: Sensiz...
Yuborildi: MUSLIM_uz 12 Fevral 2012, 22:14:51
Yashamog`im mumkun yupun savlatsiz
dambabasiz boylik molu davlatsiz
senig guzaligig dunyoda tengsiz
ayt qanday yashayman dunyoda sensiz

Nom: Javob: Sensiz...
Yuborildi: Muxsiya 10 May 2013, 11:58:35
Mana bir umrni yashadim sensiz
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib
Tobuting boshida cho'kkanimda tiz
Farzandlar ko'tardi qo'limdan tutib


Shundan beri tikman har enga qalqon
Baxtga bahorgaham qishga qayg'uga
Birov azasida yig'layman qon-qn
To'yida yayrayman o'xshab ohuga


Lekin qolganimda qalbimla tanho
Tuyg'ular zoriga tutganda quloq
O'zni g'arib, nodon sezganda goho
Alamdan beraman azobli so'roq


Tirik ekan nega tashlab ketmading
Bo'lib mendan go'zalrnin husniga oshiq
Mendan nafisrog'i rom etib seni
Tirik ayrilishning dog'i og'irmish
Xo'rlik kemirarmish yurakni chaynab






.......




Zulfiya "Sensiz" Hamid Olimjon xotirasiga bag'ishlangan