forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Muslimа 15 Fevral 2007, 17:55:42

Nom: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Muslimа 15 Fevral 2007, 17:55:42
Assalomu alaykum!                             
Hammangizga shu savolni bermoqchiman.
Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Do'stni haqiqiy do'st ekanligini qanday bilish mumkin?
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: shoir 16 Fevral 2007, 00:56:08
Va alaykum assalom!
O'zimga nimani ravo ko'rsam do'stimga ham shuni ravo ko'raman.
Haqiqiy dos't yaxshi kuningda ham, yomon kuningda ham yoningda bo'ladi
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: shoir 26 Fevral 2007, 01:38:53
Odatda haqiqiy do'stlar juda kam bo'ladi.
Ular yo bitta yo ikkita bo'ladi xolos.
Odatda haqiqiy do'st bo'lish juda qiyin.
haqiqiy do'stlik, qardoshlikdan ham, qarindoshlikdan ham ustun turadi.
Nom: Omad kelmasa
Yuborildi: Foniy 10 Mart 2007, 15:32:07
Assalomu alaykum!

Omad kelmasa
A. Musayev so'zi
Azizbek Zaynobiddinov musiqasi va ijrosi


Birodarim zamonni so'kma,
Shukur qil-u ko'z yoshing to'kma,
Kimlarnidir poyiga cho'kma,
Omad senga kulib boqmasa!

Umid bilan to'plasang to'yga,
To'plaganing yetmasa q'o'yga,
Mayus bo'lib tolmagil o'yga,
Omad senga kulib boqmasa!

Erkaliging onangga yoqmas,
Ertaklaring bolangga yoqmas,
Tashriflaring xolanga yoqmas,
Omad senga kulib boqmasa!

Sirdoshlaring siringni ochar,
Soxta do'stlar yoningdan qochar,
Ayoling ham zahrini sochar,
Omad senga kulib boqmasa!

Derlarki boy boylarga boqar,
Ko'lmakkamas suv soyga oqar,
Qaysi do'sting eshiging qoqar,
Omad senga kulib boqmasa!

O'ksib jonga qilmagil jabr,
Shoh gadoga barobar qabr,
A'zam kabi qilaver sabr,
Omad senga kulib boqmasa!
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: gayrat17 10 Mart 2007, 18:16:31
Assalomu alaykum!                             
Hammangizga shu savolni bermoqchiman.
Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
nimani hohlasa imkoniyatga qarab, osmondagi oyni so'ramasa bo'lgani
 
Iqtibos
Do'stni haqiqiy do'st ekanligini qanday bilish mumkin?
menda shunday savol tug'ilganda uje u menga do'st emas ekan. ehc qanday savol tug'ilmaslik kerak, manimcha,
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: islimakhanim 11 Mart 2007, 15:04:42

Assalomu alaykum!                            
Hammangizga shu savolni bermoqchiman.
Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
 
 Wa aleykum salam!
 Mani mol-mulkimga o'zimdan ko'ra do'stimning haqqi ko'prok bo'ladi! Afsuski unaqa dostlarim yok desam ham bo'ladi....
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Muhammad Amin 10 May 2007, 18:37:38
Assalomu alaykum!!!
Do'st kim degan savolga quydagicha javob bermoqchiman. Do'st insonning eng yaqin kishisi. Avvalo do'st do'stini tushinishi, hamisha u bilan do'stini qadrlashi yaxshi va yomon kunlarida bir biriga dalda bo'lishi kerak. Qanday inson do'st bo'la oladi? Qachonki ikki inson bir-birini tushinsa, xarakterlari to'g'ri kelsa o'shandagina do'st bo'lishi mumkin.
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Muhammad Amin 15 May 2007, 15:38:36
Kunlarning birida ikki do’st o’rmonga chiqishibdi. Ular yo’lda ketayotsa bir kattakon ayiq chiqib qolibdi. Buni ko’rgan do’stlarning biri boshqa do’stiga aytmasdan qochib daraxtga chiqib ketibdi. Ikkinchisi esa qochishga ulgirolmay qolibdi. Shunda u nima qilishni bilmasdan erga yotib ozini ayiqqa jonsiz qilib ko’rsatibdi. Shunda ayiq kelib uni hidlab-hidlab qaytib ketibdi. Shunda daraxtdagisi tushib kelib "œ Ayiq senga nima dedi" deb kinoya qilgan holda so’rabdi. Shunda ikkinchisi javob beribdi:
   -Hech qachon senga do’st bo’la olmaydigan, boshga ish tushganida faqat o’zini o’ylaydigan insonlar bilan aslo do’st bo’lma, dedi menga.
   Shunda daraxtga chiqani shunday uyalibdiki er yorilmabdi erga kirib ketmabdi. Azizlarim do’stlik bu shunchaki rishta emas. Chin do’st bo’lish har kimning ham qo’lidan kelmaydi.
   Ollohim har birimizni yomon ko’zdan asrasin!!!
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: SHahinur 15 May 2007, 17:21:55
Assalomu alaykum,dostimga uzimga nima yahshi narsalarni ravo korsam unga ham huddi shulani ravo koraman agar ishonchimni oqlasa undan ham ortigini ravo korgan bolardim.
Haqiqiy dost topish qiyin ayniqsa hozirgi zamonda chunki hozir ayrim insonla mol-dunyosi mansabi obrusiga qarab dost boladi,haqiqy dost yahshi yomon kuningda sani yolgiz qoldirmidigan san bn hamma yahshi yomon narsalani birga koradigan boladi, haiqiy dostligini boshga yomon ish tushganida bilish mumkun.
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Shoxjahon12 16 May 2007, 14:38:52
Haqiqiy do'stim deb yurgan bir inson meni juda qattiq hafa qildi....
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Munira xonim 16 May 2007, 16:17:02
Assalamu alaykum.
Siz o'z do'stingizga juda ishnib ketmang, u bir kun kelib dushmanga aylanib qolishi mumkin.
Siz o'z dushmaningizdan haddan ziyod nafratlanmang, u bir kuni sizga do'st bo'lib qolishi mumkin....

Har bir narsani me'yori chegarasi bo'lishi lozim...
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: lolo 16 May 2007, 21:57:40
Donolarning aytishicha do’st 3 hil bo’ladi: 1-jon do’st, bunday do’st haqiqiy hisoblanadi va u o’z do’sti uchun jonini ham ayamaydi. 2-til do’st, u rasman tilda do’stlik izhor qiladi, ammo boshga biror kulfat tushsa o’zini ko’rsatmaydi. 3-mol do’st, bunday do’st yeb-ichish uchungina do’st bo’ladi. Puling tugaganda esa qorasini ko’rsatmaydi.

Kulib boqsa kishiga tole’,
Kamayadi dushmanlari ham.
Bevafolik qilsa tolei,
Dushmanlarga to’lar har qadam!
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Amina 17 May 2007, 11:02:14
Bir mashhur kishi aytgan ekan: Agar dostingni 1 yil baxtli bolishini istasang, unga xazina topib olishni tilagin, agar 1 oy baxtli bolishini istasang, sevib qolishni tilagin, agar bir umr baxtli bolishi istasang, unga sog`lik tilagin" degan ekanlar. shuning uchun man har doim dostimga sog`lik tilayman avvalo!
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Dilnura 18 May 2007, 15:46:34
Bilmadim to'grisi, JONIMNI so'ramasa bo'lgani ,AHIR BU YAKKAYU YAGONA OMONATIMKU.......
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Ansora 22 Mart 2010, 01:28:38
O'zimga ravo ko'rganlarimni yana ham a'losini do'stimga ravo ko'raman har doim.
Zotan shunday bo'lmasa u inson uchun "mening do'stim" deyishim kulliyan yolg'on bo'lur....

Dushmanim uchun ham yomonlik tilamayman, mendan yaxshi bo'lsin-ki meni qizg'onib, qarshimga dushmanlik harakatlari bilan chiqmasin inshalloh....
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Shoxjahon12 01 Aprel 2010, 18:00:59
O;zimga nimani ravo ko;rsam do;stimga ham shuni ravo ko;raman.
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: BelleQizcha 01 Aprel 2010, 18:42:56
Dostimga avvalo baxt tiliyman,iymon,insof......
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Akbarjоn 01 Aprel 2010, 18:46:11
Do'stimga eng avvalo salomimni ravo ko'raman
suhbatning boshi salom bo'lganidan keyin do'stingizga sog'lik salomatlik tilab muroojat qilishdan yana ortiqroq nima bor ekan ...
undan keyin qolganlari bo'laveradi, agar Alloh nasib qilgan bo'lsa
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: JaviK 11 Aprel 2010, 19:45:25
Do`stimga menda bor jamiyki narsani ravo ko`raman
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: ibrohim 12 Aprel 2010, 16:55:02
Do'stimga obeddagi ovqatni ravo ko'raman.....   ;D

p.s. ertalabki ovqatni o'zing ye,
      obeddagini do'stinga ber,
      kechqurungisini dushmaninga....  ;D
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: BelleQizcha 13 Aprel 2010, 01:41:19
Do'stimga obeddagi ovqatni ravo ko'raman.....   ;D

p.s. ertalabki ovqatni o'zing ye,
      obeddagini do'stinga ber,
      kechqurungisini dushmaninga....  ;D
Bu maqolizi forumchilarning afruzulariga yozishiz kere.
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Jamila 13 Aprel 2010, 02:48:23
 Do'stimga Jannatga kirishini va Allohni yuzuni ko'rishni tilardim, hamma uchun bir sevimli inson bo'lishini ravo ko'rardim, va Duo qilardim, chunki u mani eng ogir onlarimda man bilan bila bo'lgan...!

Alloh hammamizga Sadoqatli Do'stlar bersin. Amiyn!
Nom: Re: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Ansora 13 Aprel 2010, 13:46:50
Do'stimga o'zimga tilash esimga kelmagan barcha barcha hayirlarni har ikki dunyoda tilayman, agar shunday bo'lmasa yo men yolg'ondan "do'stim" debman, yoki u "do'st" sifatiga loyiq inson emas, degani bo'ladi!!!
Nom: Javob: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Abdulhafiz 25 Yanvar 2013, 19:10:10
Hqiqiy do'stni ta'riflab beriylar. Iltimos!
shundek ta'rifliylarki, yaqin do'stim ko'z oldimga kelsin. :) [size=78%] O'zim ham aniq bilmayman shunaqa do'st umrimda bo'lganmikan yoki yo'qmi[/size] ???
Quyidagi linkka qarab ko'ringchi.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3622.0 (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=3622.0)
Nom: Javob: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Abdulhafizaka 25 Yanvar 2013, 22:56:52
Hqiqiy do'stni ta'riflab beriylar. Iltimos!
shundek ta'rifliylarki, yaqin do'stim ko'z oldimga kelsin. :) [size=78%] O'zim ham aniq bilmayman shunaqa do'st umrimda bo'lganmikan yoki yo'qmi[/size] ???
Дсст - Сизга ёÒ›маса-да хаÒ›иÒ›атни гапиради!
Дсст - Ўзи зиён ксрсахам сизни фойдангизни сйлайди!
Дсст - Сиз уни тушунмасангиз, у сизни тушунади!
Дсст - Хафа Ò›илсангиз, кечирим ссрашингизни кутмай сзи кечирим ссрайди!

Nom: Javob: Do'stingizga eng avval nimani ravo ko'rasiz?
Yuborildi: Хадича 25 Yanvar 2013, 23:26:01
Дсст - Сизга ёÒ›маса-да хаÒ›иÒ›атни гапиради!
Дсст - Ўзи зиён ксрсахам сизни фойдангизни сйлайди!
Дсст - Сиз уни тушунмасангиз, у сизни тушунади!
Дсст - Хафа Ò›илсангиз, кечирим ссрашингизни кутмай сзи кечирим ссрайди!

Agar do'st shunday bo'lsa,unda Opajonim mani haqiqiy do'stim ekanlar :)
Rahmat.