forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Muslimа 20 Fevral 2007, 10:04:20

Nom: Ajabo...
Yuborildi: Muslimа 20 Fevral 2007, 10:04:20
Assalomu alaykum!
Kecha bir dugonamning gaplarini eshitib lol qoldim.
Dugonamning kursdoshi Rayhonni konsertiga ikkita chiptani 80 000 so'mga sotib olibdi. To'g'ri qurbi etgan odam albatta pulini hohlaganicha ishlatadi, man hich nima dimoqchimasman. Faqat hozirgi vaqtda nima sababdan shunchalik chiptalarni narhi ko'tarilib ketayotgani mani hayron qoldiryapti. Rayhonnni konserti faqat bir misol halos. Hozirgi kundagi deyarli barcha konsertlarni ahvoli shu. Mani eng ajablantiradigan narsa shuki, ba'zan umuman ovozi yo'q yoki Alloh tomonidan berilgan bir hislati bo'lmagan "san'atkorlarimiz" ni konsertlariga chiptalar osmon narhda bo'ladide, asl san'at egalari esa arzimagan bir kichik joyda konsert qo'yishadi. Nega san'atni asl egalarini qadrlamaymiz?
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: islimakhanim 20 Fevral 2007, 13:11:02
  Wa aleykum salam!
Rohatoy opajon,  bunin sababini uzoqdan qidirmang, sababi- biz dinimizdan uzoqlashib ketganimiz, o'zligimizdan yiroklashib ketganmiz. Balki gapim rayhon, shahzoda, yana shunga oxshaganlani buyuk san'atkor deb hisoblaydiganlar uchun erish tuyulib, ensalari qotib ketayotgandir? Ensezni qotirishga shoshilmang, osha sahnada necha minglab tomoshabinni oldiga yarim-yalang'och (astagfirullah) holda chiqib, o'zini reklama qilib, qo'shiq deb aytishga arzimaydigan nimanidir aytayotgan "qo'shiqchi" o'rnida o'zizni singlizni, opeyiz, yoki jiyaniz,  va yoki ayolizni tasavvur qilib ko'ring, nima ahvolga tushasiz? Unga tikilayotgan minlab ko'zlar oldida  nima degan odam bo'lardiz?  Endi esa nima uchun islom dini nomahramga qarashlik (ko'z zinosi) dan qaytarganligi haqida biiiir mulohaza qilib ko'ring.... 
  Mana shu ko'z zinosi ketidan qancha gunohlarni o'zizga ishlab olayotganligizniyam hisobga olib qo'ying. Keyin esa shu gunohlarni falonnnnn pulga sotib olganizni mulohaza qiling.... Do'zaxning to'ridan o'ziz uchun 80 minglik svejiy joy tayor bo'layotganliginiyam biiiirrr tasavvur qiling, yana davomidan o'sha 80 minglik joyda mazza qilib kuyib, jizg'anak bo'lib, azoblanayotganligizni tasavvur qiling-da, keyin  qo'lizdagi biletga qarang. Ho'sh, qalay, haliyam konsertga kirish fikridamisiz???
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Muslimа 20 Fevral 2007, 13:47:01
Islimakhanim, sizni fikrizda jon bor.
Gaplarizdan aniq kimlarni dur ensasi qotadi. Lekin man fikrizga qo'shilaman. Masalan mani kichkina singlim Shaxzodani qo'shiqlarini sevib tinglidi, balki qo'shiqlari yaxshidur, lekin ohirgi klipi va qo'shig'ini eshitganimda qattiq jahlim chiqdi. Umuman ma'nosiz bir qo'shiqqa ma'nosiz va behayo klip olingan. Singlim shu klipni ko'rsa, to'g'risi boshqa kanalga olaman yoki umuman o'chirib qo'yaman! Singlim mandan hafa bo'ladi. Lekin singlimga o'xshagan yoshlarni deyarli hammasi shunaqa kliplarni tomosha qilishadiku!
Man bir kuni Yulduzhonim Usmonovani intervyularini eshitib qoldim, va hayron qoldim! Ularni "Iymon" qo'shig'iga olingan kliplarini televizor orqali qo'yishga ruxsat berishmabdi! Juda ham jaxlim chiqdi, chunki u klipni keyin o'zim ko'rdim u klipda hech qanaqa yomon narsani ko'rmadim, topa olmadim! Jaxlimni chiqargan narsa, shaxzodani yarim yalang'och chiqqan klipini qo'yishga ruxsat borda, Yulduzni "Iymon" iga ruxsat yo'q!
Hullas gapirsa gap ko'p! Hammaga iymonni Allohni o'zi bersin!
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Mahdiyah 28 Fevral 2007, 15:13:16
Oldingi yili yozda odatiy bo’lgan buvimnikiga Vodiyga borganimizda bir hol meni juda qattiq ranjitdi.

Shom namozini o’qib, kelinoyimga ovqatga qarashaman deb maxsulotlarni tozalayotganimda, kelinoyim so’rab qoldilar: "œShomni juda uzoq o’qir ekansiz a?" dedilar. Hayron bo’lib qaradim. Yana so’radilar "œQandaydur duolar qo’shasizmi?".
Men "œMen asosan tasbeh o’giraman. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning "œKim bomdod va shom namozlaridan keyin o’rnidan turmasdan 10 marta :
"œLa ilaha ilollohu vahdahu la shariyka lah lahul mulku va lahul hamdu yuhyi va yumiytu va huva ‘ala kulli shay’in qodiyr"
Ma’nosi:"œBir va sherigi bo’lmagan Allohdan boshqa iloh yo’q. Mulk Unikidir. Hamd Unga hosdir. Tiriltirguvcha va o’ldirguchi Udir. U har narsaga qodirdir" desa Alloh unga 10 ta savob yozadi, 10 ta gunohini o’chiradi, 10 marotaba darajasini yuksaltiradi. Butun kun davomida o’zi xohlamagan barcha narsalardan yiroq bo’ladi. Shayton ham unga yaqinlasha olmaydi. Shu kuni xech qanday gunoh qilmaydi. Allohga sherik qo’shish bundan mustasno"(Termiziy)" deganlarini aytdim

Kelin oyim menga "œBizga shomning vaqti kam deyishgan, shunchun hech qanday tasbeh aytmaymiz" dedilar. Men "œnimaga endi ahir "œhech bir hadisda "œShomda tasbeh aytilmaydi, yoki tasbeh aytish kerak, lekin shom namozi bundan mustasno" deyilmaganku" deb o’zim o’qigan kitoblarni misol keltirdim.
Kelin oyim "œBilmadim" dedilar.
Bu hol dugonamning uyida ham takrorlandi. Ular ham shomni huddi shunday tasbehlarsiz, iloji bo’lsa tezroq o’qisharkan. Hatto men namozlarimda sunnatdan keyin duoni ko’proq qilsam, "œbuncha ko’p duo qilasan, sunnatda shart emas" deyishdi.

Bir necha kundan keyin videokassetada mahallamizdagi bir yigitining nikoh to’yini tomosha qilayotgan edik. Ko’zim bir narsaga tushdi. Domla nikoh o’qiyabdi, kelin odatiy bo’lgan "œoq rangli, go’zal BALNIY" kelin ko’ylakda, yigit ham go’zal to’nda o’tiribdi. Bir ayol kiyovning ustida turvolib nimadur tikayabdi.
Tushunmasdan ayamdan so’radim: "œAya, anavi ayol, nima qilayabdi?" Ayam: "œKiyovni ustida nina-ip bilan tikayabdi" dedilar.
Men yana hayron so’radim "œNimaga? NIma uchun?"
Ayam ham "œIrimi shunaqada" dedilar.

O’ylab qoldim: "œNahot insonlar irim-sirimlar desa tomchisigacha qoldirmay bajarishadiyu, namozdek muqaddas ibodatda o’zlari uchun qisqartmalar qilishadi, irim sirimlar desa vaqtlarini ayamaydilar, ibodatga kelganda go’yoki ish qilib yurganday cho’ziladilar""¦
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: BaÑ…tiyor 31 Avgust 2007, 19:02:21
Avvalo barcha forumchilarni kelayotgan Ramazon oyi bilan qutlayman ! Sizlarga quyidagi She'riy-maqolani miriqib o'qishni tavsiya qilaman ! O'qing ich-ichingizni jumbushga keltiring ! Va shu she'riy-maqola haqida qanday fikrda ekanligingizni bayon qiling ! O'ylayman-ki , bu maqola sizga ijobiy ta'sir qiladi !


" Ajabo"  


Ajabo urm o'tmoqda deb tinmay hayqiramiz-u , qalbimizda bu umrning chindan ham o'tib borayotganiga afsus-u , nadomat topa olmaymiz !

Ajabo qo'limizdagi 1000 so'm masjidga berishga , alloh uchun exson qilib
yuborishga ko'plik qiladi-yu , bozorga naqadar oz !

Ajabo maxfiy qolganimizda bir yarim soat zikir qilishimiz biz uchun 1 hafta o'tib ketgudek uzoq tuyuladi-yu , 90 minut futbolni hotirjamlik bilan kuzatib qanday o'tkazib yuborganimizni bilamymiz !

Ajabo agar futbolda qo'shimcha vaqt o'tiladigan bo'lsa naqadar hayajonlanib turamiz-u , ramazondagi qo'shimcha nomozni uzoq deb nolimiz !

Ajabo duoda so'zlar naqadar topilmaydi-yu , g'iybatda shu qadar quyilib keladi !

Ajabo " Qur'on " dan bir sahifa o'qish qiyin-u , " Darakchi " dan 30 bet naqadar oson !

Ajabo bir necha daqiqa masjidda naqadar uzoq-u , navbatdagi serial qarshisida oz !

Ajabo xonanda qarshisida oldingi qatorlarga naqadar intilamiz-u , Hudovando uyida so'nggi saflarda turishda havasmandmiz !

Ajabo odamlarga Juma-a-a maruzasini esda saqlab boshqalarga yetkazish naqadar og'ir-u , ig'vo-uu , mish-mishlarni tashib yurish naqadar yengil !

Ajabo odamlarning u bo'libdi , bu bo'libdi degan cho'pchaklariga ishonamiz-u , parvardigorning haq so'ziga shubxa qilamiz !

Ajabo dunyoning istalgan matohini intizor ko'zlarimiz bilan kutamiz-u , namoz vaqti deyarli o'tib ketsa ham unga xech qancha tayyorgarlik ko'rmaymiz !

Ajabo serial qahramonlarini naqadar sevib ,ularni kuyib , pishib muhokama qilamiz-u , masjidda yonimzda turgan namozxonni tanimay o'tib ketamiza !

Ajabo har kim " Jannat "ga kirhsini xar qancha tamaaa qiladi- yu , buning uchun bir nima qilish , gapirish yoki ishonish kerakligini xech qancha o'ylamaydi !

Ajabo ertagachi ? bu hayratlarning asl sababini o'rganishga kirishaylik ...
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: sevar 27 Sentyabr 2007, 12:19:16
Assalomu alaykum haqiqatdan ham shu qadar haq so'zlar  yozilganki :10 tan bermay iloj yo'q. Hamma gaplarni hayotga tadbiq qilib ko'rilsa inson o'z xatolarini yaqqol ko'ra oladigan darajada .Haqiqatga  juda ham yaqin, hayotimizda she'rda kelgan hodisalarni ko'p guvohi bo'lamiz.Shu she'rni forumga  joylaganga  ham she'rni  egasiga ham tashakkurimni  bildirib qolaman. Olloh rozi  bo'lsin sizdan. :D
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Huseyn 27 Sentyabr 2007, 15:57:33
Ajabo, Internetdan soatlab dunyoviy kuy va qo'shiqlarni ko'chirib olishga imkon topamiz, lekin Qur'oni ham ko'chirish imkoni borligi bilan qiziqmaymiz.
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: BaÑ…tiyor 03 Oktyabr 2007, 15:04:15
Assalomu alaykum haqiqatdan ham shu qadar haq so'zlar  yozilganki :10 tan bermay iloj yo'q. Hamma gaplarni hayotga tadbiq qilib ko'rilsa inson o'z xatolarini yaqqol ko'ra oladigan darajada .Haqiqatga  juda ham yaqin, hayotimizda she'rda kelgan hodisalarni ko'p guvohi bo'lamiz.Shu she'rni forumga  joylaganga  ham she'rni  egasiga ham tashakkurimni  bildirib qolaman. Olloh rozi  bo'lsin sizdan. :D


Mulohaza uchun rahmat !
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: the_best 08 Oktyabr 2007, 18:57:49

mana bu li
Avvalo barcha forumchilarni kelayotgan Ramazon oyi bilan qutlayman ! Sizlarga quyidagi She'riy-maqolani miriqib o'qishni tavsiya qilaman ! O'qing ich-ichingizni jumbushga keltiring ! Va shu she'riy-maqola haqida qanday fikrda ekanligingizni bayon qiling ! O'ylayman-ki , bu maqola sizga ijobiy ta'sir qiladi !


" Ajabo"


Ajabo urm o'tmoqda deb tinmay hayqiramiz-u , qalbimizda bu umrning chindan ham o'tib borayotganiga afsus-u , nadomat topa olmaymiz !

Ajabo qo'limizdagi 1000 so'm masjidga berishga , alloh uchun exson qilib
yuborishga ko'plik qiladi-yu , bozorga naqadar oz !

Ajabo maxfiy qolganimizda bir yarim soat zikir qilishimiz biz uchun 1 hafta o'tib ketgudek uzoq tuyuladi-yu , 90 minut futbolni hotirjamlik bilan kuzatib qanday o'tkazib yuborganimizni bilamymiz !

Ajabo agar futbolda qo'shimcha vaqt o'tiladigan bo'lsa naqadar hayajonlanib turamiz-u , ramazondagi qo'shimcha nomozni uzoq deb nolimiz !

Ajabo duoda so'zlar naqadar topilmaydi-yu , g'iybatda shu qadar quyilib keladi !

Ajabo " Qur'on " dan bir sahifa o'qish qiyin-u , " Darakchi " dan 30 bet naqadar oson !

Ajabo bir necha daqiqa masjidda naqadar uzoq-u , navbatdagi serial qarshisida oz !

Ajabo xonanda qarshisida oldingi qatorlarga naqadar intilamiz-u , Hudovando uyida so'nggi saflarda turishda havasmandmiz !

Ajabo odamlarga Juma-a-a maruzasini esda saqlab boshqalarga yetkazish naqadar og'ir-u , ig'vo-uu , mish-mishlarni tashib yurish naqadar yengil !

Ajabo odamlarning u bo'libdi , bu bo'libdi degan cho'pchaklariga ishonamiz-u , parvardigorning haq so'ziga shubxa qilamiz !

Ajabo dunyoning istalgan matohini intizor ko'zlarimiz bilan kutamiz-u , namoz vaqti deyarli o'tib ketsa ham unga xech qancha tayyorgarlik ko'rmaymiz !

Ajabo serial qahramonlarini naqadar sevib ,ularni kuyib , pishib muhokama qilamiz-u , masjidda yonimzda turgan namozxonni tanimay o'tib ketamiza !

Ajabo har kim " Jannat "ga kirhsini xar qancha tamaaa qiladi- yu , buning uchun bir nima qilish , gapirish yoki ishonish kerakligini xech qancha o'ylamaydi !

Ajabo ertagachi ? bu hayratlarning asl sababini o'rganishga kirishaylik ...
 
Avvalo barcha forumchilarni kelayotgan Ramazon oyi bilan qutlayman ! Sizlarga quyidagi She'riy-maqolani miriqib o'qishni tavsiya qilaman ! O'qing ich-ichingizni jumbushga keltiring ! Va shu she'riy-maqola haqida qanday fikrda ekanligingizni bayon qiling ! O'ylayman-ki , bu maqola sizga ijobiy ta'sir qiladi !


" Ajabo"


Ajabo urm o'tmoqda deb tinmay hayqiramiz-u , qalbimizda bu umrning chindan ham o'tib borayotganiga afsus-u , nadomat topa olmaymiz !

Ajabo qo'limizdagi 1000 so'm masjidga berishga , alloh uchun exson qilib
yuborishga ko'plik qiladi-yu , bozorga naqadar oz !

Ajabo maxfiy qolganimizda bir yarim soat zikir qilishimiz biz uchun 1 hafta o'tib ketgudek uzoq tuyuladi-yu , 90 minut futbolni hotirjamlik bilan kuzatib qanday o'tkazib yuborganimizni bilamymiz !

Ajabo agar futbolda qo'shimcha vaqt o'tiladigan bo'lsa naqadar hayajonlanib turamiz-u , ramazondagi qo'shimcha nomozni uzoq deb nolimiz !

Ajabo duoda so'zlar naqadar topilmaydi-yu , g'iybatda shu qadar quyilib keladi !

Ajabo " Qur'on " dan bir sahifa o'qish qiyin-u , " Darakchi " dan 30 bet naqadar oson !

Ajabo bir necha daqiqa masjidda naqadar uzoq-u , navbatdagi serial qarshisida oz !

Ajabo xonanda qarshisida oldingi qatorlarga naqadar intilamiz-u , Hudovando uyida so'nggi saflarda turishda havasmandmiz !

Ajabo odamlarga Juma-a-a maruzasini esda saqlab boshqalarga yetkazish naqadar og'ir-u , ig'vo-uu , mish-mishlarni tashib yurish naqadar yengil !

Ajabo odamlarning u bo'libdi , bu bo'libdi degan cho'pchaklariga ishonamiz-u , parvardigorning haq so'ziga shubxa qilamiz !

Ajabo dunyoning istalgan matohini intizor ko'zlarimiz bilan kutamiz-u , namoz vaqti deyarli o'tib ketsa ham unga xech qancha tayyorgarlik ko'rmaymiz !

Ajabo serial qahramonlarini naqadar sevib ,ularni kuyib , pishib muhokama qilamiz-u , masjidda yonimzda turgan namozxonni tanimay o'tib ketamiza !

Ajabo har kim " Jannat "ga kirhsini xar qancha tamaaa qiladi- yu , buning uchun bir nima qilish , gapirish yoki ishonish kerakligini xech qancha o'ylamaydi !

Ajabo ertagachi ? bu hayratlarning asl sababini o'rganishga kirishaylik ...
 



huddi shu yozilganlarni mana bu http://www.file-zona.com/cat1.php link orqali video sini ko'chirib olishingiz mumkun..

ishlarga omad tilab ~The-BesT~
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Robiya 23 Oktyabr 2007, 10:46:34
Ajabo: mol davlatimiz ortdi,ammo huzur-halovatimiz yo’qoldi.
Ajabo: Qulayliklar ortdi,ammo vaqtimiz kamaydi.
Ajabo: Dorilar ko’paydi,kasalliklar ozaymadi.
Ajabo: Kech yotib,saharda charchoq bilan uyg’onamiz.
Ajabo: Ko’p gapiramizu,kam e’tibor beramiz.
Ajabo: Pul topishni o’rgandik,sarfini eplolmadik.
Ajabo: Oyga uchib-qaytishni bilamiz,lekin qo’shnimiz bilan ko’rishishga ikki qadam bosmaymiz.
Ajabo: Havoni tozalaymiz,lekin ruhlarimiz kir.
Ajabo: Rejalarni tuzamizu,natijalar ko’rinmaydi.
Ajabo: Shoshilishni o’rgandik,sabrni esdan chiqardik.
Ajabo: Yutuqlarimiz ko’p,quvonchimiz oz.
Va nihoyat: umrga yillar qo’shdik,ammo yillarga hayot baxsh etolmadik"¦
                                                           (Musulmonlar taqvimi kitobidan olingan)
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Muzayyana 15 Noyabr 2007, 13:29:59
Bularni o'qib lol  qolishdan o'zga iloj yo'q! Naqadar xaq gaplar! Qani endi bularni xar banda bilsa!
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Miss Shaxrizoda 15 Noyabr 2007, 13:43:44
Ajabo! Umr shu qadar tez o'tadiki, ko'p odamlar u oxirlab qolganidan keyingina qanchalik oz savob ish qilganini anglab yetadilar... Afsus unda kech bo'ladi...
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Ahmadiy 12 May 2008, 22:39:10
-Ajabo... Bu dunyoda yahshi yashashga va insonlarni oldi bo'lishga, farzandlarimizda mahhallamizni ko'rki bo'lishiga, qilgan ishimiz "baland" joylarda mahtalishinga, mingan markabimiz (Avtomobil yoki bror transport vositasi nazarda tutilgan) "chet elniki" yoki qimmatboho bo'lishiga, qurgan imoratimiz qo'shninikiga nisbatan balandroq va hashamatliroq bo'lishiga, aytgan gapimiz tengho'rlarimiz va kerak bo'lsa bizdan kattalar uchun ham qonun bo'lishiga harakat qilamiz-u.......

-Lekin shularga boshqa bir "KO'Z" bilan qaramaymiz....
-Yani "Qalb ko'zi" bilan........ Keling shu bilan qaraylikchi... Va shunday harakat qilayliakchi...

-Bu dunyoda to'g'ri va halol yashashga, farzandlarimiz o'tganimizdan so'ng bizga atab bir yoki ikki "oyat" Quro'n o'qib bahshanda qilishi, qilgan ishlarimiz bu dunyodan o'tganimizda "Qanday odam edi"-degan savolga "Yahshi edi"-degan javobga kafforot bo'lishiga, "To'rt oyoqli yog'och otimiz" ni yuzlab va minglar dindoshlarimiz ko'tarishiga, qiyomatgacha turar "manzilimiz" yoruq,keng va rohatbahsh bo'lishiga, qoldirgan ishlarimiz va qilgan nasihatlarimiz odamlarni yahshilikka boshlashiga va hizmat qilishiga....... Harakat qilamizmi???

-Ajabo bu haqida o'ylamaymiz...
-Ajabo bugun "o'tgan" devor qo'shnimizni taziyasidan chiqamizu bozorga borib o'zimizga yangi kiyim bosh olamiz...
-Ajabo shu pallada oppoq "libos"da tor teshikdan "haqiqiy" dunyoga ravona bo'lgan qo'shnimiz ko'z oldimizdan o'chib ketadi.....

-Ajabo bizni yaratgan zod Alloh JJni bilamiz va har doyim qudratiga tan beramiz lekin bir kunda shu "HAQ ZOD" uchun hech qancha "qulligimiz"ni ado etmaymiz......

-Ajabo shu gaplarni yozib qo'lim titraydiyu, dilim titramaydi........ holimga voy bo'lsin......
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Odila 13 May 2008, 17:16:14
Ajabo, shaytondan panoh tilaymiz-u, lekin uning tuzog'iga osongina tushamiz.
Ajabo, ibodatlarni o'zimiz uchun qilamiz-u, yana kibrga ketamiz, riyoga boramiz.
Ajabo, bir mo'minga yaxshilik qildim deb o'ylaymiz-u, ikkinchisining qalbini yaralaymiz.

Ey Yaratgan Egam, barchamizni shaytondan. riyodan, kibrdan, o'zgalar ko'ngliga ozor yetkazishlikdan, zalolatdan asra!
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Odila 13 May 2008, 17:17:05
Ajabo, shaytondan panoh tilaymiz-u, lekin uning tuzog'iga osongina tushamiz.
Ajabo, ibodatlarni o'zimiz uchun qilamiz-u, yana kibrga ketamiz, riyoga boramiz.
Ajabo, bir mo'minga yaxshilik qildim deb o'ylaymiz-u, ikkinchisining qalbini yaralaymiz.

Ey Yaratgan Egam, barchamizni shaytondan. riyodan, kibrdan, o'zgalar ko'ngliga ozor yetkazishlikdan, zalolatdan asra!
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Hadija 27 Avgust 2008, 15:51:46
Ajabo
Ajabo umr o’tmoqda deb tinmasdan hayqiramiz —u, qalbimizda bu umrni chindan ham o’tib borayotganiga afsus-u nadomat topa olmaymiz. Ajabo qo’limizdagi ming so’m, masjidga berishga, Alloh uchun ehson qilib yuborishga ko’plik qiladi-yu, bozorga naqadar oz.! Ajabo mahfiy qolganimizda bir yarim soat zikr qilishimiz, biz uchun bir hafta o’tib ketgudek uzoq tuyuladi-yu, 90 minut futbolni hotirjamlik bilan kuzatib, qanday o’tkazib yuborganimizni bilmay qolamiz. Ajabo, agar futbolda qo’shimcha vaqtga o’tiladigan bo’lsa naqadar, hayajonlanib turamiz-u, Ramazondagi qo’shimcha namozdan uzoq deb noliymiz, Ajabo duoda so’zlar naqadar topilmaydi-yu, g’iybatda shu qadar quyilib keladi. Ajabo, qur’ondan bir sahifa o’qish naqadar qiyin-u, darakchidan 30 bet naqadar oson, Ajabo bir necha daqiqa masjidda naqadar uzog’-u, navbatdagi serial qarshisida naqadar oz, Ajabo honanda qarshisida oldingi qatorlarga naqadar intilamiz-u, Xudo vando uyda so’ngi  saflarda turishga havasmandmiz, Ajabo odamlarga Jum’a ma’ruzasini esda saqlab odamlarga yetkazish naqadar og’ir-u, ig’vo-yu, mish-mishlarni tashib yurish naqadar yengil. Ajabo odamlarning u bo’pti, bu bo’pti degan cho’pchaklariga ishonamiz-u, Parvardigorning haq so’ziga shubha qilamiz. Ajabo dunyoning istalgan matoxini intizor ko’zlarimiz bilan kutamiz-u, namoz vaqti deyarli o’tib ketsa ham unga hech qancha tayyorgarlik ko’rmaymiz. Ajabo serial qahramonlarini naqadar sevib, ularni kuyib-pishib  muhokama qilamiz-u, masjidda yonimizda turgan namozhonni tanimay o’tib ketamiz, Ajabo har kim jannatga kirishni har qancha tamarg’a qiladi-yu, buning uchun bir nima qilish, gapirish yoki ishonish kerakligini hech qancha o’ylamaydi, Ajabo ertagacha bu hayratlarning asl sababini o’rganishga kirishaylik.!!!
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Mr.Twister 12 Sentyabr 2008, 09:19:48
Qoyil qolidm!
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Hadija 13 Sentyabr 2008, 12:22:04
Ajabo, shaytondan panoh tilaymiz-u, lekin uning tuzog'iga osongina tushamiz.
Ajabo, ibodatlarni o'zimiz uchun qilamiz-u, yana kibrga ketamiz, riyoga boramiz.
Ajabo, bir mo'minga yaxshilik qildim deb o'ylaymiz-u, ikkinchisining qalbini yaralaymiz.

Ey Yaratgan Egam, barchamizni shaytondan. riyodan, kibrdan, o'zgalar ko'ngliga ozor yetkazishlikdan, zalolatdan asra!
Amin, Assalam alaykum Odila, judayam qalbni larzaga keltiruvchi tilaklar yozibsiz, Alloh rozi bo'lsin, riyodan ALLOHni o'zi asrasin.
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Robiya 10 Iyun 2009, 13:22:30
- Ажабо! - Узимизни тугри йулдамиз деб бонглар урамиз-у, аслида тугри йулдагиларга тош отамиз!!!

- Ажабо! - Дин учун бирон нарса килмадигу, лекин тинмайин динга хизмат килаётганларга тош отамиз!!!

- Ажабо! - Илмимиз хеч вале, Уламолар гуштини еймиз!!!

- Ажабо! - Жаннатнинг калитини кулга киритдик-ми, ё, снг тугри йулда сканимиз хакида васика олдикми, ва ёхуд Аллохнинг рахматини таксимловчиларга айландикми-ки, одамларни анави адашган, манави залолатда дес синфларга ажратишга тушдик?!.. Ажабо, бунинг урнига уз нафсимиз билан шугуллансак булмасмиди?!..

- Салафларга сргашамиз дес оламни бузаётганимизда бешак тилларимиз ёлгон сузлади. Салафлар биздан безорлар. Биз бу пок номга хали бери лойик смасмиз... Чунки, биз улар билан факатгина  сшакнинг кучи халол-у гушти харом кабилида муомала килмокдамиз холос... 

- А­й, мангина тугри йулдаман дес бонг ураётган бечора!.. Кузингни оч!.. Душманинг колиб дустингга тош отма!.. Ахмаду Ауъмондек салафларингни ссла!.. Ибрат ол!.. Лайгамбаринг асхоби хаётига назар сол, ундан кейин узингга бир бора назар сол, сунгра сна бир бора кузларингни узингга кайтар! Кузларинг ноумид булиб узингга кайтмасин!..

Илмни чукурок сгалла!.. Кеча чиккан, адолатини шубха булгаган мутаолимлар огзидан чикаётган сафсатаю игволар карнайига айланиб колишдан схтиёт бул!.. Салафларга сргашаман десанг кам гапириб купрок илм ол. Уларнинг одобидан намуна ол. Таквосидан бахра ол. Калбингни ихлос суви ила покла. Акс холда, бечоралагингча колиб кетасан... 

Сенга не булди-ки тилинг захридан, киличинг кахридан, найзанг сахмидан факатгина мусулмон биродарларинггина озор топмокда?!..

Узинг ерсан-у осмонни коралайсан!!! Хали узинг киёматда кандай муомала куришингни билмайсан, гунохларингга йигламайсан, бирок, гунох устига гунохни шодлик ила орттирасан... Уламолар кабрига гишт калайсан, ва буни рисолат мохисти деб уйлайсан...

Хар бир олим, хар бир мухлис, хар бир дин ходими, сен учун то узингнинг мухтабарингда текширувдан утмагунча, акси собит булмагунча, адашган бандадир... Ким-ки сенинг куйинг билан сайрамас скан, у бидъатчи, нобакордир... Уни шарридан хаммани огохлантириш даркор!!!... Чунки, у сен тушунган суннат йулда смасдир!!!... Тугрироги сенинг суннат йулингда смасдир... Ахир сен билмаган холда суннатни ихтикор килиб олмокчи булаётганингни хам фаркида смассан... 

А­й, хакикий рисолат булоги колиб, сароб сари интилаётган одам!.. Кузингни оч, гафлат уйкусидан уйгон... Етти кават самолар узра оламлар Хожаси томонидан индирилган мукаммал динга мукаммал нигох ила назар сол... Исломни тор ва беухшов, нокису номавзун колипингга солиб куйма... А исолатни уз гуштини узи ейиш учун туширилган гийбатлар манбаи килиб курсатиб куйма...

А­й, пайгамбар хадисига сргашаман дес даъво килаётган толиби илм!.. Даъвоингни бир текшириб кур. Хадиси шарифларнинг матни колиб санади билан уралашмаётганмикан-сан?!.. Асли колиб фаръини тафтиш килмаётганмикан-сан?!.. Ичидаги маъно колиб рижоллар холи билангина машгул булмаётганмикан-сан?!.. Хадислар китобларини факатгина тирнокни остидан кир кидириш, схшилар номини булгаш максадида титкиламаётганмикан-сан?!..

А­й, Куръон менинг конуним дес давъво килаётган дустим... Хар сафар Куръон укиганингда узингни имтихон кил... Куръоннинг худудлари колиб хуруфларини коим килмаётганмикан-сан?!..

Агар шундай булса сенга ажаблар булсин... Ажабки, айнан сенга ухшаган адашганлар учун айтилган хадисларни аслида сенга айтиши керак булган одамларга карата ишлатасан!..

Аслида таажжубдан кура сенинг холингга таассуф муносиброкдир... forum.islom.uz saytidan
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Kumush 10 Iyun 2009, 16:49:11
Ajabo shunday fikrlaydigan birodarlarim bor ekan.
Ajabo...
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Abdullah_Hayrullah 19 Iyun 2009, 11:43:48
Ajabo,  bu odamlar bilarmikin jahannamning borligini va uning neqadar dahshatli ekanligini. Adashishsa jahannamga otilishligini
                          :jaza:
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Abdullah_Hayrullah 19 Iyun 2009, 11:53:27
Ajabo, biz bilamizmi bu umr haqiqiy hayotimiz bilan taqqoslarsak kiprik qoqanchalik emas ekanligini
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 19 Iyun 2009, 14:59:57
Ajobo Mol-davlatimiz ortdi,ammo huzur halovatimiz yo'qoldi.
Ajobo Qulayliklar ortdi,ammo vaqtimiz kamaydi.
Ajobo Dorilar ko'paydi, kasalliklar ozaymadi.
Ajobo Kech yotib, saharda charchoq bilan uyg'onamiz.
Ajobo Kam kitob o'qiymiz, ko'p televizor ko'ramiz.
Ajobo Ko'p gapiramiz-u, kam e'tibor beramiz.
Ajobo Pul topishni o'rgandik, sarfni eplolmadik.
Ajobo Oyga uchib qaytishni bilamiz,lekin qo'shnimiz holidan habar olish uchun ikki qadam bozmaymiz.
AjoboFazoda nima bo'layotganini bilamiz,lek ichki kechinmalarimizdan behabarmiz.
Ajobo Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.
Ajobo Rejalar tuzamiz, natijalar ko'rinmaydi.
Ajobo Shoshilishni o'rgandik, sabrni esa yoddan chiqardik.
Ajobo Tanishlarimiz ko'p, do'stlarimiz kam.
Ajobo Yutuqlarimiz ko'p, quvochlarimiz kam.
Ajobo Ko'p narsani bilamiz, amalimiz kam.
Ajobo Doimo labimizda kulgu,lek ko'z yoshimiz kam.
Ajobo Va nihoyat: umrga yillar qo'shdik, ammo ba yillarga hayot bahsh qilolmadik...
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: Abdul_Malik 27 Iyun 2009, 19:54:22
Ajabo, shuncha ibratli so'zlarni yozamizu, o'zimiz ularning hammasiga ham amal qilavermaymiz...
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 10 Iyul 2009, 11:44:45
Ajobo o'limni haqligini bila turib kulgan odamga,
Ajobo dunyoni o'tkinchiligini bila turib unga rag'bat qilgan odamga,
Ajobo hammasi qadarga bog'liqligini bila turib o'tgan ishga g'am chekkan kishiga,
Ajobo ohiratda hisob-kitob muqarrarligini bila turib mol to'plagan kishiga,
Ajobo do'zahni bila turib gunoh qilgan kishiga,
Ajobo Allohni haqligini bila turib boshqa kishilarni nomini zikr qilgan kishiga,
Ajobo jannatni bila turib dunyodan rohatlangan kishiga va
Ajobo shaytonni dushmanligini bila turib unga itoat qilgan kishiga ajablanaman va achinaman.
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 04 Avgust 2009, 13:29:32
«Ey Odam farzandi! Kishi o‘limga iymon keltirib, yana qanday xursand bo‘layotganidan ajablandim. Hisob-kitob bo‘lishiga iymon keltirib, mol-dunyo to‘playotganiga ajablandim. Oxiratga iymon keltirib, nechuk rohatlanayotganiga ajablandim. Dunyo va uning zavoliga ishonib, nechuk unga xotirjam bo‘layotganiga ajablandim. Tilida olim, qalbda johil kishidan ajablandim. Suv bilan o‘zini poklasa ham, qalbi poklanmagan kishidan ajablandim. Odamlarning ayblari bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘zining ayblaridan g‘ofil qolgan kishidan ajablandim. Alloh taolo kuzatib turganini bilgan holda yana qanday Unga osiylik qilayotgan kishiga ajablandim. O’zining yakka holda o‘lishini, yakka holda qabrga kirishini, yakka holda hisob-kitob qilinishini bilaturib, (nechuk Parvardigoridan o‘zgani do‘st tutgan kishidan ajablandim). Haqiqatan Mendan o‘zga iloh yo‘q. Albatta Muhammad (alayhissalom) Mening bandam va rasulimdir».
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: _B_E_K_ 01 Oktyabr 2009, 15:31:49
Ажабо каттан бунча совук ва хакикатни асл башарасини курсатгувчи  лек хар биримиз укиган билан хеч биримиз амал килмайдиган гаплар ?
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 01 Oktyabr 2009, 15:54:24
Ажабо каттан бунча совук ва хакикатни асл башарасини курсатгувчи  лек хар биримиз укиган билан хеч биримиз амал килмайдиган гаплар ?

Do'stim bizdan so'zlash, sizdan esa ibrat va amal, Ollohdan esa Hidoyat.

Ps: Nima dimoqchi ekanizga tushunmadim.
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: _B_E_K_ 01 Oktyabr 2009, 16:09:36
Ажабо каттан бунча совук ва хакикатни асл башарасини курсатгувчи  лек хар биримиз укиган билан хеч биримиз амал килмайдиган гаплар ?

Do'stim bizdan so'zlash, sizdan esa ibrat va amal, Ollohdan esa Hidoyat.

Ps: Nima dimoqchi ekanizga tushunmadim.

Узр дустим. Ман шунчаки хакикатнинг аччик киёфаси тугрисида азгина тушунганимма баён килдим. Бу хеч кимга тегишли смас. шунчаки фикр !
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 03 Oktyabr 2009, 13:59:21
Ajobo  Dunyoni yolg‘onchi deb, uning yolg‘onlaridan taskin topamiz.

Ajobo Yaxshilik qilamiz deymiz-u, ammo yaxshilik qilganlarning qadrini bilmaymiz.

Ajobo Ko‘p narsani ixtiro qildik, ammo qalbimizni ocha oldikmi?

Ajobo Kunlar tez o‘tayotganini ta’kidlaymiz, biroq umrimiz ham shu kunlarga qo‘shilib oqayotganini o‘ylamaymiz.

Ajobo Ko‘p gapiramiz, eshitishni bilmaymiz.

Ajobo Pul topamiz, barakasini sezmaymiz.

Ajobo Tez harakat qilishni o‘rgandik, sabrni yoddan chiqardik.

Ajobo Ibodat qilyapmiz, zavqini tuya olyapmizmi?

Ajobo Ko‘p narsani bilamiz-u, amalda qilmaymiz.

Ajobo Hatto chin ko‘ngildan yig‘lashni ham, kulishni ham yoddan chiqarib qo‘ymoqdamiz.... nimaga ekan-a
Nom: Re: Ajabo...
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 05 Oktyabr 2009, 19:20:19
Ajabo, Qur’onni o‘qish degani, faqatgina arabcha muborak kalimalarni takrorlash deganimi? Rabimizning "O’QI!" amridan maqsad shugina xolosmi?

Ajabo, Allox Taolo Qur’onni bizga uni xatm qilishimiz uchun, savob qozonishimiz uchungina nozil qilganmi? Bu kitob faqatgina muborak kechalarda, Ramazon oyida o‘qiladigan zikr kitobimi?

Ajabo, Qur’oni karimga bo‘lgan xurmatimiz, samimiyatimiz uni devorlarda bezakli jildlar ichiga osib qo‘yish yoxud kindigimizdan yuqoriga ko‘tarish bilan hosil bo‘ladimi?

Yoki rabbimiz bu kitobni o‘liklarimiz ortidan o‘qishimiz uchun nozil qiligan mozorlik kitobimi?

Qur’oni karimga taxoratsiz tegina olamizmi?

Ajabo, Qur’oni karim muqaddas kitobimiz bo‘lishidan avval xayotimizning Qo‘llanma kitobi emasmi?

Qur’oni karimni faqatgina domlalar tushuna olishadimi? Bizchi? Agar anglay olmasak, u holda nima sababdan

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْآنَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

"Darhaqiqat, Biz Qur’onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!" ("Qamar" surasi, 17) oyati nozil bo‘lgan?