forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => O'zbek nasri => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 18 Mart 2007, 01:41:04

Nom: Tog'ay Murod. Ot kishnagan oqshom (qissa)
Yuborildi: AbdulAziz 18 Mart 2007, 01:41:04
Ot kishnagan oqshom (qissa)

(http://www.ziyouz.com/images/books/oqshom.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=16)

Muallif: Tog'ay Murod
Hajmi: 213 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=16)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1244.0)
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:05:16
(http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/oqshom.jpg)

Bu qissalar ne bir kunlarni ko‘rmadi!
Zoti nomard bo‘ldi, ushbu qissalar yoqasidan oldi. Og‘zi buzuq bo‘ldi, ushbu qissalarga tupugini sochdi. Qo‘li nopok bo‘ldi, ushbu qissalardan butun-butun boblarni o‘chirib tashladi.
Oqibat, ushbu qissalar o‘z vaqtida pati yulinmish tovuq misol chop etildi.
Alqissa, dorilomon kunlar keldi. «Ot kishnagan oq­shom»dagi Ziyodulla chavandozchasiga aytar bo‘lsak... uloq Tog‘ay Murodda ketdi!


1
     
Birodarlar, ko‘rgilik, ko‘rgilik!
Bir erta uyg‘onib, kallamga qo‘l yugurtirdim. Sochlarim orasida yara-chaqalar uch berdi. Par¬voyim falak bo‘ldi, yura berdim. Onamga-da aytmadim.
Chaqalar kun sayin bolaladi. Katta-katta bo‘ldi. Qo‘tir bo‘lib qichidi.
Shunda, qishlog‘imiz do‘xtiriga bordim. Do‘xtir fu, deya aftini burishtirdi. Yurchidagi kalxonaga olib jo‘nadi.
Yo‘lda mashinadan tashlab qochdim. Ushlab kelib, yana mashinaga bosdi.
Kalxonada... Uh, aytgili yo‘q. Do‘xtir degani berahm ekan. Onamni ko‘rdim, birodarlar, onamni...
Bari kalga qaytadan jingala soch bitdi. Mening kallam yaltirab qoldi. Bitta-da soch bitmadi! Do‘xtirlar ajablandi, kamdan kam uchraydigan voqea, dedi. Xo‘rligimdan yig‘lab-yig‘lab uyga keldim.
Onamiz tap-taqir kallamni ushlab-ushlab ko‘rdi. Ich-ichidan kuydi. Aytib-aytib yig‘ladi.
— Kambag‘alni tuyaning ustida it qopadi, degani shu-da, — dedi.
Katta telpak sotib oldim. Qishin-yozin quloq¬larimgacha bostirib kiyib yurdim. Maktabda-da telpagimni olmadim.
Matematika muallimimiz oyog‘ini tirab talab etdi:
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:05:28
— Bosh kiyimingni olmasang, dars o‘tmayman!— dedi.
Old qatorda o‘tirgan sinf oqsoqolimiz muallimga bir nimalar dedi. Ammo muallim o‘z so‘zida turdi:
— O‘quvchi darsda yalangbosh o‘tirishi lozim! Qoida shunday!
Telpagimni kallamga bosib ushladim.
— O‘quvchi Qurbonov, senga aytyapman!
Miq etmadim. Muallimimiz telpagimni boshimdan yulib oldi. Derazadan tashqariga otib yubordi.
Sinfimiz bolalar kulgisidan zirillab ketdi. Bolalar kallamni oftobga mengzab qiyqirdi:
— Ura-a-a, kun chiqdi!
Kallamni qo‘llarim bilan yashirdim, ho‘ngrab yig‘ladim. Siyohdonni olib, muallimning yuziga otdim. Tegmadi. Keyin, tashqari otildim. Mak¬tabdan qochib ketdim.
Yana qaytib maktabga oyog‘imni bosmadim. Direktor bilan sinf rahbarimiz kelib tavallo qildi. Onamiz aldab-avradi. Baribir maktabga bormadim.
Beshinchi sinf kallam bilan qoldim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:06:18
2


Odamlar meni kal deydigan bo‘ldi! Ziyodulla kal emish! E, tavba-e, tavba-e!
Avval-avval uyatdan quloqlarimgacha lovullab yondim. Ko‘nglim o‘ksidi. Keyin-keyin botmaydigan bo‘ldi. Kal so‘zi ko‘nglimga singdi. Quloqlarim kalga o‘rganib qoldi.
Endi, Ziyodulla kal, demaydiganlardan o‘pka¬ladim. Ayniqsa, pochtachidan hafsalam pir bo‘ldi. Qachon ko‘rsa o‘rtoq Qurbonov, deydi. G‘ashim keladi. Meni mayna qilayotganday tuyuladi.
Bir safar jerkib tashladim:
— Nimaga meni o‘rtoq Qurbonov deysiz? Men bir amaldormidimki, yo, diplomim bormidiki, o‘rtoq Qurbonov deysiz? Bor-yo‘g‘i beshinchi sinf kallam bo‘lsa. Ko‘p mayna qilmang, sochim bo‘lmasayam tarog‘im tillodan!
— Bo‘lmasa nima deyin?
— El qatori Ziyodulla kal deya bering. O‘z otim o‘zim bilan...
Xudoga shukur-e, endi pochtachi-da kal deydigan bo‘ldi! Diplom so‘ramaydigan turli ishlarda ishladim. Qorovul bo‘ldim, go‘loh bo‘ldim. Oxiri podachi bo‘ldim. El qo‘yini boqdim.
Adirlarda qo‘y boqib, nay chaldim. Nafasim yetmay qoldi. Shunda, eski bir do‘mbira topdim. Do‘mbiramni sayratdim, bepoyon adirlar, yoyilib o‘tlayotgan qo‘ylar, cho‘qqilar uchida uzmay chug‘urlayotgan qushlar, pag‘a-pag‘a oppoq bulutlarga qarab doston aytdim. Bu dostonlarni to‘ylar, olis yaldo kechalari bobolarimiz biri qo‘yib biri aytar edi. Bobolarning ko‘plari rahmatlik bo‘ldi. Rahmatliklarday doston aytib bo‘lmaydi. Bizniki, baholi qudrat...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:06:29
3


Birodarlar, siz so‘ramang, men aytmayman... Oti Momosuluv emish. Yuzlari kulchadaymi, yo, su¬luvmi? Ko‘zlari qorami, yo zig‘ir gulidaymi? Qosh¬¬¬lari quyuqmi? Quyuq bo‘lsa, qayrilmami? Ke¬chasiligidan ko‘rmas emishman, bilmas emishman.
Ko‘roydin emish. Momosuluvlar ko‘chasida telba bo‘lib yurar emishman. Bir nima yo‘qotganday tentirar emishman. Yo‘l chetidagi toshga cho‘nqayibman, kaftlarimni iyamgimga tirabman. Oyga mahliyo bo‘lib-mahliyo bo‘lib termilibman. Oyning beti kir emish. Oyga sonsiz oshiqlar mahliyo termildi. Oy qaysi oshiqqa bir o‘pich berdi? Oy qaysi oshiqqa vafo qildi?
Oyga qo‘l siltab, o‘rimdan turibman. Momo¬suluvlar devoridan oshibman. Iti yo‘q emish. Daraxtlar panalab, derazasiga termilibman. Olma¬laridan uzib-uzib yebman. Keyin, ayvoniga, undan ichkariga kiribman. Timirskilanib, to‘shagini to¬pibman. Momosuluv uyg‘onib ketibdi, chirillayman, ket, debdi. Men yolvoribman. Qo‘limni uzatib¬man. U qo‘limni qaytarib, o‘zimga suribdi. Keyin, Momosuluvning qo‘yniga kiribman!
Birodarlar-ye, jamiki olam bir taraf, qo‘yin deganlari bir taraf ekan! Ahay-ahay!
Boriga shukur qilsam bo‘lmasmidi? Tek yotsam bo‘lmasmidi? Qo‘yniga qanoat qilsam bo‘lmasmidi?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:06:37
Men tinmas, Momosuluvning ko‘ngliga-da kiribman! Oshiqona-oshiqona qadamlar bosib, ko‘nglini ovlabman. Zim-ziyo bir olam emish. Tevarak huvillab yotarmish. Qimirlagan jon yo‘q emish. Erkak zotining o‘zi tugul, izlari-da yo‘q emish. Be¬hishtday bir olam emish.
Tevarakka alanglab, kular emishman: ushbu behishtga mendan o‘zgalar kelmabdi!
Ko‘nglimni zo‘r bir xushvaqtlik qitiqlar emish: ushbu behishtga birinchi bo‘lib men qadam qo‘yibman! Ahay-ahay!
Ko‘zimni ochsam uy zimiston, bolishni qu¬choqlab yotibman.
Uyqum qochdi. Uyqumni quvalab, shiftga qarab yotdim. Chin, qishlog‘imizda shunday qiz bor. Oti Momosuluv.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:06:51
4


Ertalab ta’til qildim. Belimga tushlik o‘radim. Zarang tayog‘imni oldim.
Elburutdan podayotoqqa bordim. Bir toshga yonboshlab oldim.
El qo‘y-echkilarini haydab keldi. Shunda... shunda, u-da keldi!
Men o‘rnimdan turib qaradim. Xayolimda, yuzlarim lovullab qizidi.
U qo‘lidagi xivichni qo‘ylari ketidan otib yubordi. Iziga qayrilib ketdi. Menga qayrilib-da qaramadi. Ajabo, u kecha meni ko‘rdimikin? Uyalganidan tez qayrilib ketdimikin?
Birodarlar, shu qiz ko‘z oldimdan ketmay qoldi! Kechasi-da, kunduzi-da! Shu qizga sovchi qo‘ydim!
— Tegmayman, kallasi kal, — debdi.
Yo, pirim-ey, yo pirim-ey! Kal bo‘lsa nima bo‘pti? Gap jundami? Junda aql bormi, xohlagan yeriga bita beradi-da. Birovga quyuq bitadi, birovga siyrak bitadi. Yana birovga bitta-da bitmaydi. Bu yaratganning ishi-da!
Jun ekish dehqonchilikmidiki, ayb bo‘lsa! Ana, kallasiga jun ekmadi, eksa-da, sug‘orib, parvarishlamadi, oqibat, qurib qoldi, desa. Mayli, ana unda meni kamsitsin. Ziyodulla kalda erkaklik uquv yo‘q, mushtday kallasiga jun ekib ololmadi, desin. U yaxshi er bo‘lmaydi desin...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:06:58
Men baribir shashtimdan qaytmadim. Sovchini bosib qo‘yaberdim.
— Aytib qo‘yinglar, men hali ot olib, ko‘pkari chopaman! — dedim.
Momosuluv noz qilib-qilib, oxiri ko‘ndi!
To‘y-tomosha bo‘ldi. U mastona-mastona qadam qo‘yib, chimildiqqa kelin bo‘lib kirdi. Men mardona-mardona odim qo‘yib, kuyov bo‘lib kirdim.
Momosuluvga ko‘rgan tushimni aytib berdim.
— Sen ham shunday tush ko‘rib edingmi? — dedim.
— Ko‘rib edim, — dedi.
— Chiningni ayt, — dedim.
— Chinim, — dedi. — Lekin, taniyolmay qolib edim, chiroq o‘chiq edi, — dedi.
— O‘sha men edim! — dedim, ko‘kragimga urdim.
— Siz ekanligingizni bilib tegdim-da, — dedi.
— Ahay-ahay! — dedim.
Birodarlar, Momosuluv tushimda. Cho‘lpon edi, hushimda Oy edi, qo‘ynimda Oftob bo‘ldi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:07:12
 5

Bir suruv qo‘y sotdim. Pulini belimga o‘radim. Namoz chavandozni oldimga solib, Oboqliga jo‘nadim.
Birodarlar, bizning Surxonda mana bunday gap bor: ot olsang, Oboqlidan ol, ayol olsang, Irg‘alidan ol!
Buning mag‘zi shuki, ot deganlari dev! Ot bepoyonlikni deydi. Ot masofa nimaligini bilmaydi. Ot qahraton qishda-da dasht-biyobonlarda chopib o‘sadi. Ana shunda dirkillagan ot bo‘ladi! Qo‘l¬tiqlari cho‘ziladi, ko‘kraklari enlik bo‘ladi! Uchqur keladi! Bedov ot bo‘ladi!
Oboqli ana shunday dasht!
Irg‘ali deganida qiz bor! Irg‘alining qizlari zuvalasi pishiq keladi. Kiymagani yettinchi kalish kiyadi! Barining beli baquvvat, bo‘limli bo‘ladi. Irg‘alining qizlarini quchoqlasa, qo‘yin to‘ladi! Irg‘alining qizlari ko‘rgan farzand-da alpomish-kelbat bo‘ladi. Boisi, Alpomish ayni shu Irg‘alida o‘tgan-da!
Ana, bildingizmi, elning gapi qayoqqa bora¬yapti?
Men ikki kun ot sayladim. Oboqli dashti gala-gala ot! Dasht changitib chopib yuribdi! Bir yashar qulunlar, uch yashar toylar, to‘rt yashar g‘o‘nonlar, besh yashar do‘nonlar!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:08:10
Sag‘risiga uy tiksa bo‘ladigan baytallar! Haybatli ayg‘irlar!..
Birovini ushlab, old tuyoqlarini juftladim. Tuyoqlari orasidan musht urdim. Mushtim o‘t¬madi. Bordi-yu o‘tsa, yaxshi ot bo‘ladi. Qo‘yib yubordim. Yana birovini ko‘rdim. Durustgina-yu, faqat qorni yo‘q. Bor bo‘lsa-da, juda tor. Buniyam qo‘yib yubordim, bo‘lmaydi!
Birodarlar, ot olsang, ho‘kiz qorindan ol, ho‘kiz olsang, ot qorindan ol!
Orqa kezanagi bolaning bilagiday bo‘lib turadigan ot yaxshi keladi. Shundayini izladim. Yo‘liqmadim. Qopqog‘i enlik ot-da yaxshi bo‘ladi. Bundayinga-da ko‘zim tushmadi.
Galani aylanib yurdim. Bir bo‘zga ko‘zim tushdi. Shuni ushladim. Tishlarini ko‘rdim. Yoshi yettida bo‘lsa-da, hali oziqli tishi chiqmabdi. Aslida, besh yoshida chiqadi. Demak, endi chiqmaydi. Oziq tishsiz ot xosiyatli ot bo‘ladi!
Birodarlar, shu bo‘zga dil ketdi!
Uch mingni naqd sanab berdim. Bo‘zni minib keldim.
Omborxona oldidagi ustaxonaga olib bordim. Bo‘zga burov soldim: ipga tayoqcha bog‘ladim, tumshug‘idan o‘rab buradim. Burov tayoq bo‘z tumshug‘iga botdi. Bo‘zni qimirlatmay qo‘ydi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:08:23
Usta bo‘z oyoqlariga nag‘al qoqdi.
Birodarlar, asov otni taqa to‘xtatadi!
Hovli chetida oxur qildim. Bo‘zni shu oxurga bog‘ladim.
 Onamiz norozi bo‘ldi. Beti burishib-burishib og‘rindi. Labini burib ming‘illadi:
— Otim nimam... otdan mashina yaxshi... — dedi.
— Mashinam nimam? Oti borning — qanoti bor, — dedim.
— Otga yemish qani...
— Yemish? Xudo har jonivorni o‘z rizqi ro‘zi bilan yaratadi. Ot bitdi — qanot bitdi. Yemish to¬piladi.
Birodarlar, mashina deganlari temir! Joni yo‘q! Joni yo‘q temir odamga el bo‘lmaydi! Temirning yuragi yo‘q-da! Ot odamga el bo‘ladi. Boisi, otning joni bor, yuragi bor-da!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:08:32
6

El menga-da burnini jiyirib qaradi, otimgada burnini jiyirib qaradi. El, og‘zini ushlab kuldi, piq-piq kuldi, qo‘li bilan ko‘rsatib kuldi, pana-pa¬nalarda kuldi.
Bildim, el, Ziyodulla kal, otangni ko‘rdim — ahmadi forig‘, onangni ko‘rdim — tovoni yoriq, ko‘rpangga qarab oyoq uzat, dedi. O‘zing bir sag‘ir bo‘lsang, senga kim qo‘yibdi otni, dedi. Yana tag‘in kal bo‘lsang, kalga otim nimam, dedi. Kalga eshak ham bo‘ladi, dedi.
Birodarlar, el shunday! El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi! Odamzot shunday! Bor bo‘lsa, ko‘rolmaydi, yo‘q bo‘lsa, berolmaydi!
Shunday ekan, odam bo‘laman desangiz, el og‘ziga e’tibor bermang! Odam bo‘laman desangiz, el gapiga parvo qilmang! Ammo beparvo-da bo‘lmang!
Birodarlar, ot azzancha xosiyatli bo‘lsa-da, azzancha fahm-farosatli bo‘lsa-da, azzancha xushsuvrat bo‘lsa-da, baribir, ot, o‘z oti o‘zi bilan ot! To‘rt oyoqli jonivor! Dumli hayvon!
Dunyoda nima mo‘l, to‘rt oyoqli jonivor mo‘l! Duch kelmish to‘rt oyoq jonivorni qanday bo‘lsa, shundayligicha el orasiga olib kirib bo‘ladimi? Bo‘lmaydi! Qanday bo‘lsa, shundayligicha el qilib bo‘ladimi? Bo‘lmaydi! Avvalambor, to‘rt oyoqli jonivorni ot qilmoq lozim!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:08:42
To‘rt oyoqli jonivorni ot qilishning o‘zi bo‘lmaydi. Dumli hayvonni odamga el qilish barchaning-da qo‘lidan kelmaydi!
To‘rt oyoqli jonivorni ot qilish uchun, avvalambor, ko‘ngilda bo‘lmog‘i lozim! Avvalambor, badanda bo‘lmog‘i lozim!
Barakalla! Bor-da, badanda bor-da! Ko‘ngilda bor-da! Shu boisdan ot oldim-da! Ahay-ahay!
Dostonchi doston aytadi. Xato aytsa, shartta bas qiladi. Boshqatdan, tuzatib aytadi.
Shoir kitob bitadi. Kitobida bir joyi yoqimsiz bo‘lsa, shoir qalam bilan shartta-shartta o‘chiradi, yoqimli qiladi.
Rasmchi surat chizadi. Suratda odam qoshi qoshday bo‘lmadi. Ot yoli yolday bo‘lmadi. Qiyomiga kelmadi. Rasmchi darhol odam qoshini qoshday qiladi, ot yolini yolday qiladi.
Chavandoz bo‘lsa, otni tuzatolmaydi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:09:04
To‘rt oyoqli jonivor ot bo‘layotib... ha-ha, ot bo‘layotib... nima fe’l-atvor topsa, shu fe’l-atvorida qoladi. Nima qiliq topsa, shu qilig‘ida qoladi. Nima ko‘rsa, nima bilsa, nima o‘rgansa, barcha-barchasi tanasida qoladi, miyasida qoladi.
Ana shundan keyin chavandoz otni tuzataman desa, o‘ziga javr qiladi. Otni tuzatib bo‘lmaydi!
Birodarlar, sara ot, chavandoz aql-zakovatidan bino bo‘ladi! Sara ot, chavandoz qalb qo‘ridan bino bo‘ladi!
Shu bois, bo‘zni tarbiyalay berdim, kecha-yu kunduz tarbiyaladim. Zo‘r berib tarbiyaladim. Qanday qilib tarbiyaladim? Aytmayman, birovlar bilib qoladi, aytmayman...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:09:27
7

Birodarlar, bo‘z ot qanday bo‘ladi? Surpday oppoq bo‘ladi! Bordi-yu, ajdodida bo‘lsa, to‘qqizga to‘lganda tarlon bo‘ladi. To‘qqiz yoshida bo‘zning badanida xolday-xolday qora donalar paydo bo‘ladi. Shundan boshlab u bo‘z emas, Tarlon ot bo‘ladi. Tarlon — xol-xol ot! Tarlon — otlar sarasi!
Birodarlar to‘riq otning yuzdan biri yaxshi bo‘ladi, tarlon otning yuzdan biri yomon bo‘ladi!
Birodarlar, ot tanimasang, Tarlon ol!
Bizning bo‘z to‘qqizga to‘ldi, to‘qqizda bo‘ldi. Shunda... shunda, bir orzum, o‘n orzu bo‘lib bola¬la¬di. Bir quvonchim o‘n quvonch bo‘ldi!
Birodarlar, bo‘z otim — Tarlon bo‘ldi! Men Tarlon otli bo‘ldim!
Otning sarasi menda, quling o‘rgilsini menda!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:09:44
8

Tarlonni qora ishlarga solmadim. Adirlarda o‘ynoqlatib mindim. O‘ynoqlatib-o‘ynoqlatib qo‘y boqdim.
 Shunday bir kunda kolxoz raisi shofyori ot choptirib keldi. Uni rais yuboribdi. Borib, Ziyodulla kalni olib kel, debdi. Radiodan odam kelibdi. Eng yaxshi podachini ayting, radioda chiqaraman, debdi. Shunda, rais meni aytibdi.
Avval-avval ishonqiramadim. Shofyorga sin¬chik¬lab qaradim. Chin gapga o‘xshadi. Shundan keyin qo‘ylarni shu yaqindagi Asad cho‘ponga tayinlab keldim.
O‘zimda yo‘q xushvaqt bo‘ldim. E, yashang-e, rais aka-ye, dedim. Bizga o‘xshagan kallarning yaltiroq boshiga-da oftob chiqsin debsiz-da, dedim. E, shop mo‘ylovingizdan-e, dedim.
Yo‘lda uyimizga tushdim.
Hali tutilmagan beqasam choponimni kiydim. Telpagimni kiydim...
Binoyiday orasta bo‘ldim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:09:55
9

Tarlonni idora oldiga bog‘ladim.
Do‘mbira, tushlik solingan xurjunni yelkamga tashladim. Asta-asta ichkariladim.
— Assalomu alaykum! — dedim.
— Aha, keling uka, keling.
Gilamdan avaylabgina yurdim. To‘rdagi nimkatda yalpayib o‘tirgan odam bilan qo‘shqo‘llab ko‘rishdim.
Darrov tanidim, bu o‘zimizning qishloqlik Rixsiyev bo‘ldi.
Men qayerga o‘tirishimni bilmay kalovlandim. Rixsiyev barmog‘ini nish qilib joy ko‘rsatdi.
Xurjunimni derazaga qo‘ydim. Omonatgina o‘tirdim. So‘rashayin degan maqsadda Rixsiyevga qaradim.
— Aha, familiyangiz nima edi, uka? — so‘radi Rixsiyev.
— Ziyodulla kal! — dedim.
— Aha, ha-ha-ha! Yo‘q, familiyangiz? Qur¬bonov? Aha, yaxshi, yaxshi! Sog‘liq qalay, o‘rtoq Qurbonov? Otday bo‘lib yuribsizmi?
— Shukur muxbir aka, shukur. Otday bo‘l¬masakda, yuribmiz. Ishqilib, birnavi. O‘zingiz qanday, bardamginamisiz? Bolalar chopqillab yuribdimi? Qachon bo‘lsa, sizni maqtayman. Mana, bizdan-da yozadiganlar chiqdi deyman.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:10:01
— Rahma-a-at, rahma-a-at. Gap bunday, o‘rtoq Qurbonov, men, siz haqingizda radioocherk yozaman!
— Eb-ey, u nima deganingiz, muxbir aka?
— A? Ha-ha-ha! Ha, o‘rtoq Qurbonov, o‘rtoq Qurbonov! Shunaqa janr bor! Aha, publitsistik janr! Bunda qahramonlar madh etiladi!
— Ha-a, xayriyat-e. Men yomon gapmikin debman. Endi, men sizga aytsam, biz unga arzimaymiz-da, muxbir aka.
— Aha, yo‘lini qilib arzittiramiz-da, o‘rtoq Qurbonov. O‘zimizning qo‘limizda-yu. Mana qog‘oz, yozing. Ruchka yo‘q? e, chatoq-ku.
— Bizda tayoqdan boshqa nimayam bor, muxbir aka.
— Xo‘p, mana, ruchkayam berdim. Qani, bo‘ling. Ungacha reportyorni tayyorlab turaman.
— Shu, muxbir aka, xatimiz bundayroq. Beshinchi sinf kallamizga yarasha. Siz so‘rang, men aytayin.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:10:14
— Yo‘q, yozing. Og‘zingizga kelganini pala-partish gapirasiz, uni borib, montaj qilishni aytsangizchi! Yozing: «Quyosh zarrin kokillarini yoyib, ufqdan bosh ko‘tardi...» Yo‘q, o‘chiring. Badiiy qismini  o‘zim yozaman, sizga og‘irlik qiladi. Aha, boshladik: «Bolaligimdan cho‘pon bo‘lish orzum bor edi. Shu orzu meni cho‘ponlikka chorladi. Maktabni bitirib, qalb amri bilan kolxozda qoldim. Mana, hozir javlon urib meh¬nat qilmoqdaman...» Aha, endi plan, majburi¬yatlarni yozing. Kim bilan sotsialistik musobaqa o‘ynagansiz? Ana shuni yozing. Keyin, har bir sovliqdan qo‘shimcha qanchadan qo‘zi olmoqchisiz? Ana buni yozing!
— Muxbir aka, men el qo‘yini boqaman, chakana cho‘ponman.
— Aha, shundaymi? Obbo-o, rais do‘ppi olib kel desa, boshni olib keladiganlardan ekan-da. Xo‘p, yozavering-chi. Mehnatlaringiz taqdirlanganmi?
— Esa-chi, muxbir aka, esa-chi. Raisimiz har ko‘rganda to‘xtab, ko‘rishib-so‘rashadi. Rahmat, uka, rahmat, deydi. Elning xizmatini qilyapsan, deydi. Yelkamga qoqib-qoqib qo‘yadi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:10:29
— Ha-ha-ha! Bori shumi? Ha, o‘rtoq Qurbonov, o‘rtoq Qurbonov! Bular abstrakt gaplar! Ra¬dio¬ocherkka konkret faktlar kerak! Ordenlar! Medal¬lar! Yorliqlar!... Hmm, bo‘pti, o‘rtoq Qur¬bonov, sizga ruxsat.
Qalamni Rixsiyevga uzatdim. Qulog‘imning ketini qashidim. Magnitofonga qaradim.
— Muxbir aka, xabaringiz bormi-yo‘qmi, uncha-muncha doston aytib turaman.
— Aha, shundaymi?
— Ota-bovamizning hunarini yerda qoldirmayin deyman-da. Kalning nimasi bor, temir tarog‘i bor. Ana, ana, do‘mbiram bor.
— Aha, hunarni asrabon netgumdur oxir, olib tuproqqamu ketgumdur oxir! Alisher Navoiy!
— O‘lmang!
Jo‘shib ketdim. Do‘mbiramni olib dostonimni boshladim. Dostonimda bir hovliga kelin keldi. Hovlida gulxan yoqildi, chanqovuz chalindi. Kelin otda keldi. Ot olovni bir aylandi. Ot doston bo‘ldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:10:44
Boli boli boling bor,
Ming tumorli noring bor,
Jasadingga qarayman
Chopadigan holing bor.
     
— Malades, o‘rtoq Qurbonov, malades. Aha, endi, chanqovuz, gulxan... eski gaplar, o‘rtoq Qurbonov. Doston, ha, doston! Zamon, davr nafasi yo‘q. Intellektuallik yo‘q, intellektuallik! Ko‘rib turibsiz, hozir atom asri. Mana, kosmo¬navtlar yana oyga uchdi... Xo‘p bo‘lmasa, o‘rtoq Qurbonov.
Xayr-ma’zurni eshitib eshitmaslikka oldim, bilib bilmaslikka oldim. Do‘mbiramni chuldiratib, doston aytib qo‘yaverdim.

Otlardi boqsang qashib boq,
Olisdan suvini tashib boq,
Sira uzmagin yemini,
Yemini yemiga qo‘shib boq.

Bir  qiyo boq, ey, umidli dunyo!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:10:52
— Aha, yaxshi, yaxshi! A-a-auf, chyort, uyqu bosayapti. Nima desak, ekan... otlar... otlar patriarxal hayvon, o‘rtoq Qurbonov. «Otni boqsang qashib boq, suvini tashib boq!» Xo‘sh, nima bo‘pti? Ma’lum gap-ku! Albatta otga suv beradi-da, bo‘lmasa benzin berarmidi? Qup-quruq didaktika! Xalq og‘zaki ijodi, ha, xalq og‘zaki ijodi! Primitiv, primitiv! Intellektuallik yo‘q, intellektuallik! Intellektual problemalar ko‘tarilib, ijobiy hal qilinmagan! Ijodingizga muvaffaqiyat, o‘rtoq Qurbo¬nov. Izlaning, ko‘proq klassiklarni o‘qing. Aytaylik, Betxoven, Chaykovskiy, Ashrafiy...
Rixsiyev qo‘zg‘oldi. Ketar bo‘ldi.
Shunda, Rixsiyevlar qo‘yi esimga keldi. Balki, qo‘ylari yuzxotirini qilar, degan umidda qo‘ylaridan gap ochdim.
— Muxbir aka, qo‘ylaringiz yaxshi! — dedim.— Dirkillab-dirkillab o‘ynab yuribdi!
Rixsiyevning yuzlari yorishdi.
— Aha, aytganday, bizning qo‘ylar yaxshi yuribdimi, o‘rtoq Qurbonov? — dedi.
Ko‘nglimda umid uchqun berdi. Qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib, bosh irg‘adim.
— Shukur, muxbir aka, shukur. Yaxshi yuribdi! — dedim. — O‘zlariyam... qo‘ymisan qo‘y-da!
— Aha, qo‘y!..
— O‘lmang!
— Qo‘y, qo‘-o‘-o‘y! Qo‘y yaxshi!
— O‘lmang!
— O-o-o, qo‘-o‘-o‘y! Qo‘y yaxshi narsa!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:11:54
— O‘lmang! Ayniqsa sizning qo‘ylaringiz! Ming qilsa-da, hi-hi-hi, ming qilsa-da, muxbirning qo‘ylari-da.
— Aha, rahma-a-at, rahma-a-at!
— Anavi to‘ng‘ich akangizning qo‘ylari bo‘lmaydi! Bari o‘ziday kaltafahm! Sizning qo‘y¬laringiz shunday dono, shunday o‘qimishli... Hay-hay-hay, sadag‘asi ketsang, muxbirning qo‘ylari¬ning!!
— Aha, rahma-a-at, rahma-a-at!
— Bir kuni deng, hayt-hayt, deya qo‘ylarni soyga haydadim. Qo‘ylar o‘zini qirga urdi. Faqat sizning qo‘ylaringiz soyga qarab yurdi. Men, ha, omon bo‘lgurlar-e, ming qilsa-da, muxbirning qo‘ylarisan-da, dedim.
— Aha, rahma-a-at, rahma-a-at! Qo‘ylarni tarbiyalang, o‘rtoq Qurbonov, qo‘ylarni tarbiyalang!
— Bay-bay-bay, qo‘ylaringiz muxbirning qo‘y¬lari ekanligi shundaygina bilinib turadi-ya! Mol egasiga o‘xshaydi, deganlari shuda...
— Aha, rah-ma-a-at, rahma-a-at!
Rixsiyev tashqariladi.
Xurjunimi yelkalab, izidan yurdim. Tarlonni minib, adirga yo‘l oldim.
Birodarlar, ko‘nglim og‘riyapti...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:12:05
10

Tarlonni boylovga tashladim.
Otxonadagi baland oxurga bog‘ladim.
Go‘ng chiqariladigan teshikni janda bilan kechalari yopib qo‘ydim, kunduzlari ochib qo‘ydim.
Tarlonga arpa yem berib boshladim.
Azonda to‘rt kilo arpa yem berdim.
Tushda olti kilo arpa yem berdim.
Oqshomda besh kilo arpa yem berdim.
Kaftimda tuz berdim.
Tarlon tuzni kapalab-kapalab yedi.
Kaftimda oq qand tutdim.
Tarlon qandni lablari bilan oldi. Qars-qars yedi.
Endi so‘yilgan qo‘y quyrug‘ini tuzlab-tuzlab berdim...
Birodarlar, ot usti behisht, og‘zi do‘zax!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:12:21
11

Rosa qirq kecha-yu qirq kunduz bo‘ldi.
Ana shunda Tarlonni otxonadan olib chiqdim. Tarlonni sovuta boshladim.
Hovli etagida arqonini uzun tashlab bog‘ladim. Tarlon bo‘ynini ko‘zoynakli ilon misol gajak-gajak qildi. Qoziqni aylanib chopdi. Old oyoqlarini ko‘tarib kishnadi. Arqonini selkillatdi. Dirk-dirk o‘ynab kishnadi. Tarlon mast bo‘ldi!
Arqon yetadigan yerlarga oz-ozdan xashak yoydim. Tarlon goh u uyumdan, goh bu uyumdan xa¬shak yedi.
Kuniga bittadan xom tarvuz berdim. Tarlon tarvuzni qarsillatib-qarsillatib yedi.
Fayzi sahar vaqti Tarlonni jabduqlab mindim.
Katta ko‘chada ohista-ohista qadamlatib yurdim.
Tong oqardi.
Xo‘rozlar qichqirdi. Itlar hurdi.
Ko‘cha yuzidagi radiokarnay nag‘ma chaldi.
Ariqlarda jildirab-jildirab suvlar oqdi.
Sahar yellari xur-xur esdi. Bizlarni silab-siy¬padi...
Tarlon vazmin-vazmin qadam tashladi. Tuyoq tovushlari bir maqomda tikilladi: tik-tik-tik...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:12:28
Oldimizdan ariq keldi.
Oyoq ildim. Tarlonni ariqdan sapchitmadim. Sapchitsam, ichidagi moyi uzilib tushadi. Keyin, bir yilcha ko‘pkarida chopolmaydi.
Shu bois, ariqni aylanib o‘tdim.
Tarlonni suvladim. Izimizga qaytdim.
Tarlon tag‘in terib-terib qadam tashladi: tik-tik-tik!
Tarlonni qirq kun sovutdim. Tarlon bir yerda turolmay qoldi, tuyoqlari yerga tegar-tegmay yurdi. O‘ynoqlab-o‘ynoqlab, osmonga sapchidi. Quyundayin uchgisi keldi!
Paxta terimi tamom bo‘ldi.
To‘ylar boshlandi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:12:37
12

Birodarlar, ot bilmaydigan nima yo‘q!
Ot qor-yomg‘irni, dovulni oldindan biladi.
Ayniqsa, to‘y-ma’rakani darrov biladi. Boisi, to‘yda ko‘pkari bo‘ladi-da!
Bizning Tarlon kechasi bilan pishqirdi.
Alag‘da bo‘ldim, choponimni yelkamga tashladim, tashqariladim.
Oy yorug‘, osmon ochiq bo‘ldi.
Tarlon qoziqni aylanib chopdi.
Tarlonni ushladim. Yollarini siladim.
Bir yerda to‘y bor-ov, dedim.
Aytganim bo‘ldi.
Ertasi kuni shundaygina yonimizdagi Obshir qishlog‘idan to‘yxat keldi.
Omborxonada ot abzallarini — terlik, bellik, chirgi, boz, jahannik, jul, pushton, quyushqon, yugan, ko‘pchik, uzangili egarni qo‘ltiqlab keldim.
Tarlonni qashilab-qashilab egarladim. Og‘ziga suvliqni solib, yuganladim. Peshonasiga do‘lana shoxidan bo‘lgan ko‘ztumor ildim.
Egar qoshidan oldim. Uzangiga oyoq soldim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:12:47
13

Obshirga yigirma otliq bo‘lib  bordik.
Surnay navosi chiqayotgan, osmonga quyuq tutun o‘rlayotgan to‘yxona ostonasida oyoq ildim.
Bizga Turdi podachinikidan joy tegdi.
Telpagi quloqlarini tushirib olgan bir odam bizni tor ko‘chalar bo‘ylab ergashtirdi. Podachi¬nikiga olib bordi.
Podachi darvozasi xiyla past bo‘ldi. Oti mo‘minlar ostonadan egarga enkayib o‘tdi. Oti boqiliqlar yerga tushib, yetaklab o‘tdi.
Birodarlar, otga minsang — boshingni o‘yla, yerga tushsang — otingni o‘yla!
Chavandozlar otlarini yalang‘ochladi. Egar-abzallarni daraxt shoxlari ayrisiga ildi. Supalar, devorlarga qo‘ydi.
Chavandozlar otlarni shamollatdi.
Tarlon yerga ag‘nadi. Goh o‘ng, goh chap yog‘iga ag‘nadi. Badani qichig‘ini qondirdi. O‘zini o‘zi qashidi! Tag‘in oyog‘ida turdi. Oyoqlarini kerib-kerib silkindi. Badan-yollariga ilashgan xas-changlarni qoqdi.
Tarlon ustiga gilam tashladim. Pushtonini salqi qilib tortdim. Qozig‘ini tepib-tepib qoqdim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:12:54
Safar chavandoz qora to‘rig‘i qozig‘ini Tarlon yonidan qoqdi.
G‘ashim keldi. Ensam qotdi.
— Safar aka, — dedim. — To‘rig‘ingizni xolisroqqa oling, baraka toping.
— Hech nima qilmaydi, yer keng.
— Men yerni qizg‘anmayapman. To‘rig‘ingiz tepong‘ich, shuni o‘ylayapman.
— Ko‘ngilni keng qiling, ot tepkisini ot ko‘ta¬radi.¬¬¬¬¬
To‘riq bizning Tarlonga yomon-yomon qaradi.
Men, ana, ko‘ryapsizmi, demoqchi bo‘ldim. Ammo Safar chavandoz mehmonxonaga jo‘nadi. Izidan qo‘l siltab qoldim. Keyin, men ham bordim.
To‘yxonadan ulushimiz — turli noz-ne’matli dasturxon, ikkita shisha keldi.
Uy bekasi qozon osdi. Palovga urindi.
Chavandozlar davra bo‘lib o‘tirdi. Sabzi to‘g‘rab berdi.
Shu vaqt otlar achchiq-achchiq kishnadi. Tarlon ovozini darrov tanidim, chopib chiqdim.
Safar chavandoz to‘rig‘i old oyoqlarini ko‘tarib pishqirdi, Tarlonga yopishdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:13:00
Men olisdan qo‘l siltadim. Tarlonga do‘q urdim:
— Bo‘ldi, bas! — dedim.
Tarlon o‘zini keyinga oldi. Old tuyoqlari bilan yer tirnadi. Tishlarini irjaytirib kishnadi. To‘riqni ogoh qildi. Yaqinlashma, degan bo‘ldi.
Tarlon no‘xtasidan ushladim. Tarlonni tinchlantirdim:
— Bo‘ldi! Tak-tak-tak! Tak deyman! Safar aka, ana, aytmadimmi, to‘rig‘ingiz odam emas deb! Mana, Tarlonning ko‘nglini og‘ritdi!
— Odam so‘zlashib topishadi, yilqi kishnashib topishadi, Ziyodulla chavandoz! Shunday-shunday topishadi-da!
Safar chavandoz to‘rig‘ini Tarlondan xolis oldi. Otlar tinchidi.
Palov yedim. Kechasi olishni* tomosha qildim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:13:11
14

Ertalab ta’tillanib, otlandim. Lalmi dashtga yo‘l oldim.
Dasht bir-biriga ulashib ketgan adirlar ora¬lig‘ida bo‘ldi. Kunbotar qo‘ng‘ir tusli qirlar bo‘ldi. Dasht chetlari yo‘g‘on-yo‘g‘on tutlar bo‘ldi.
Ko‘pkari tomoshaga kelganlar shu tut shoxlarida, devorlarda chumchuqdayin tizilib o‘tirdi.    Teva¬rak¬¬¬dagi adirlarda to‘da-to‘da bo‘lib yonboshlab yotdi.¬
Adir betlarida chavandozlar otlarini yalan¬g‘ochladi, otlarini ko‘pkariga shayladi.
Men ham adirning bir chetini oldim. Tarlonni yalang‘¬ochladim, yerga yumalatdim. Keyin egar bosdim.
Oyog‘imga paytava o‘radim. Xurjundan ko‘p¬kari etigimni olib kiydim. Etik baland poshnali etik, takaning terisidan bo‘ladi. Teri teskarisi ichiga qaratib tikiladi. Teskarisi yaltiroq, sirpanchiq bo‘ladi. Yuzasi terining o‘ng tarafidir. Etikni mol charvisi bilan moylab turaman. Shunda suv, qor, sovuq o‘tmaydi, yirtilmaydi.
Butlari bir qarichcha yirtiq cholvorimni kiydim. Cholvorimni atayin yirtib qo‘yibman. Bo‘lmasa, ko‘pkarida butimga biron nima ilashadi, cholvo¬rimni og‘igacha ayirib yuboradi.
Telpagim qulog‘ini tushirdim. Uzangiga oyoq ilib, egar qoshidan oldim. Dashtga qarab endim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:13:23
Chavandozlar tevarakni aylanib chopdi. Cha¬vandozlar otlarini pishitdi.
Odamlar qishloq tarafga qaradi.
— Ana, uloq kelayapti! — dedi.
Qishloqdan ikki otliq keldi. Birovi oldida qora uloq. O‘ngarib oldi. Otliq uloqni oldimizga olib kelib tashladi.
Chavandozlar uloqni otlariga iskatdi. Uloq yonverini, tevaragini aylantirib ko‘rsatdi.
Otlar to‘p bo‘ldi.
Yuzlari tandirdan endi uzilgan nonday qizil, mo‘ylovli bir odam uloq boshiga keldi.
Ana shu mo‘ylov bakovul bo‘ldi. Qamchi sopini boshi uzra ko‘tardi. Jarangdor ovozda aytdi.
— Chavandozlar-ov! Gapimni o‘ng qulog‘ing bilan-da, chap qulog‘ing bilan-da, eshitib ol! Chilvir solma — bir! Bir-birovingni yomon gap bilan so‘kma — ikki! Qamchi solma — uch! Yiqilgan chavandoz ustiga ot solma — to‘rt! Ot qochganda ushlashga yordam ber — besh! Ol, ha-ol!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:13:28
Bakovul shunday dedi-da, o‘zi to‘dadan chetga chopib chiqdi. To‘dani aylanib chopib, jar soldi:
— Birinchi zotiga bir ro‘mol, o‘n so‘m puli bor! Eshitmadim demanglar!
Chavandozlar to‘daga ot soldi. Otlarini qimti-di, otlarini tizzalari bilan niqtadi, otlarini qamchiladi, otlarini uloqqa haydadi.
Uloq sonsiz ot tuyoqlari orasida qoldi.
Qo‘llar uloqqa talpindi, ammo ololmadi.
— Ha-ha-ha!
— Chu-chu-chu!
— Bos-bos-bos!
Talpinishlar samara bermadi. Uloq yerdan qo‘zg‘olmadi. O‘zini uloqqa urayotganlar o‘zi-da, otlari-da g‘arq terga botdi. Chavandozlar dastlabki shashtidan qaytdi, otlar shashtidan qaytdi. Ayrim chavandozlar to‘da chetiga chiqdi, peshonalarini artdi, tomoshago‘y bo‘ldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:13:37
Endi, to‘da tevaragida yurgan chavandozlar o‘zini uloqqa urdi.
Men Tarlon boshi uzra qamchi havolatdim. Tarlonni qimtib-qimtib, to‘daga haydadim. Tarlon otlar siquvida turtinib-burtinib uloqqa yetib keldi. Uloqni bir aylanib to‘xtadi.
Men qamchini sopidan tishlab oldim. O‘zim uloq¬qa uzaldim. Endi ko‘tarib edim, bir ot tuyog‘i bosib qolib, uloq qo‘limdan tushib ketdi.
Tarlonni otlar to‘dasi surdi. Tarlon qalqib-qalqib, uloq naryog‘iga gandiraklab o‘tdi. Chetga chiqib qoldi.
Tarlon shashti qaytmasin, ruhi tushmasin, deya bir chaqirimcha yerga chopib borib, chopib keldim. Go‘yo uloqni olib chiqdim!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:13:50
15

Uloq yerdan qimirlamadi.
Shunda bakovul zotni oshirdi.
— Chavandozlar-ov, eshitmadim demanglar, ustiga yana bir go‘sam serka qo‘yildi!
Chavandozlar chuh-chuh, deya otlarini uloqqa chorladi. Sag‘rilariga tars-tars qamchilar urdi.
Otlar pishqirdi, otlar kishnadi.
Nihoyat, uloq yerdan ko‘tarildi. To‘da asta-asta jonlandi. Otlar qulog‘i lik-lik etdi. To‘da pastga siljidi.
Bakovul jar soldi.
— Uloq ko‘tarildi, uloq ko‘tarildi!
To‘da birdan jonlandi. Otlar yoppasiga chopdi. dupur-dupur-dupur... otlar uloq tevaragida chopdi. Bor e’tiborlari uloqda bo‘ldi.
— Uloq ketdi! Uloq Burnoch bilan Samanda borayapti!
Nimaga burnoch ot deymiz! Boisi, burnoch ot peshonasida qashqasi, burni uchida olasi bo‘ladi. Butlari-da ola bo‘ladi. Burnoch otning xili ko‘p bo‘ladi. Ko‘k burnoch, qora burnoch, to‘riq burnoch, jiyron burnoch!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:13:59
Saman ot bo‘lsa, sariq, yollari, dumlari qora bo‘ladi. Yol-quyrug‘i oqlari-da bo‘ladi.
Burnoch bilan Saman quloqlarini quyon quloq¬lari misol chimirib chopdi, zinkiyib chopdi. Uloq oralarida shalvirab bordi. Uloqning bir buti Burnochda, bir buti Samanda bo‘ldi.
Chavandozlar o‘z taraflariga chalg‘ayib, tortishib bordi. Tevaragida o‘nlab qo‘llar uloqqa uzaldi, ammo yetolmadi. Yetganlari uloqni yulib ololmadi.
Otlar Burnoch bilan Samanni o‘rab chopdi, dupur-dupur-dupur...
— Uloq Burnoch bilan Samanda borayapti! Uloq Samanga o‘tdi, uloq Samanda! Bos!
Darhaqiqat,  Saman chavandozi epchillik bilan uloqni taqimiga bosdi. O‘ng tarafiga qiyshaydi. Jilovni o‘ngga burdi. Saman yo‘lini o‘ngdan soldi.
Chavandozlar talashish foydasizligini bildi. Birin-birin orqada qoldi.
— Halo-o-ol! Samanniki halol! Tashla, Saman, tashla! E barakalla-ye! Saman, kel, haqingni ol!
Saman uloqni yerga tashladi. Bakovulga qarab yurdi.
Chavandozlar yerga tushgan uloqqa qarab yurdi. Yana uloqqa yopirildi. Uloq bu gal maydagi¬na bir to‘riqda ketdi.
Birodarlar, to‘riq ot malla bo‘ladi. Bo‘yni xuddi ko‘zoynakli ilon misol gajak-gajak bo‘ladi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:14:09
16

Yanagi uloq menga nasib etdi.
Men uloqdan umid qilmadim, to‘da chetida turdim. Uloqni Yaratganning o‘zi yetkazdi.
Bir qizilko‘k uloqni yerdan sudrab chiqdi. Qizilko‘k shundaygina yonimizga keldi. Shunda chavandozi uloqni ot tizzasi bo‘yi ko‘tardi.
Men enkayib, uloqqa yopishdim. Qaddimni ko‘tardim, Tarlon biqiniga tizzamni nuqib ayqirdim.
— Ha-a!
Tarlon bir yulqinib, to‘dadan uzib chiqdi. Ketimdan chavandozlar ot soldi. Ko‘plari menga yetib keldi, uloqqa uzaldi.
Shunda Tarlonga qamchi bosdim. Ammo Tarlon jadallamadi, aksincha, tobora sekinlab chopdi.
Hayron bo‘lib, olg‘a qaradim. Ana shunda nima gapligini bildim. oldinda bir odam bo‘yi soy bo‘ldi...
Nima qilishimni bilmadim. Jilovni buraman degunimcha soy labiga kelib qoldim. Tarlon soy yoqalab chopdi. Uloq soy tarafda bo‘ldi. Shu sababli-da uloqqa birov kelolmadi.
Shunday bo‘lsa-da, qo‘li uzun chavandozlar Tarlon sag‘risi, Tarlon bo‘yni osha uloqqa uzaldi. Men uloqni bermadim. Ayniqsa, Tarlon uloqni bergisi kelmadi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:14:17
Soy yoqalab chopdim. Shunda-da bakovul ovozidan darak bo‘lmadi. Endi jilovni qo‘yib yubordim. Taqimimdagi uloqni qo‘shqo‘llab ushladim. Tarlon endi o‘z bilganicha chopdi. Soyda esa, adog‘ bo‘lmadi...
Chavandozlar ketimdan qolmay ta’qib etdi.
Shunda Tarlon birdan... soyga qarab zinkiydi. Old oyoqlarini ko‘tardi, o‘zini soyga tashladi.
Etlarim jimir-jimir etdi. Ko‘zlarim otilib chiqib ketayotganday bo‘ldi. Oyog‘im yerdan uzilganini tuydim. O‘zimni muallaq sezdim. Ko‘nglimdan, o‘lgan shunday o‘lar ekan-da, degan gap o‘tdi. Ko‘zlarimni chirt yumdim, uloqni qo‘yib yubordim...
Zo‘r bir zarbdan qalqib ketdim. Yuragim tovo¬nimga tushib ketganday bo‘ldi. Hushim boshimdan uchdi. Jonholatda Tarlon bo‘yniga yopishdim. Mahkam quchoqlab oldim...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:14:26
17

Ko‘zlarimni ochdim. Yo, tavba, Tarlon hamon chopib borayapti. Endi soyda chopib borayapti.
Tarlon bir-bir bosib, oyoq ildi. Boshini egdi. Pishillab nafas oldi.
Men qaddimni rostladim. O‘zimga keldim. Men tag‘in ko‘zimni yumdim.
Yuqoridan bakovul ovoz berdi.
— Zot joyida! Zot joyida qoldi!
Yuqoriga o‘girildim. Otliqlar soy labida qator bo‘lib qaradi. Uzalib, jilovni oldim. Yuqoriga chiqadigan yo‘l qidirib, soy yoqaladim.
Yuqorida chavandozlar salmoqlab-salmoqlab gapirishdi.
— Odamning boshi aylanib ketadi-ya!
— Shu Tarlonda ikkita yurak bor!
— Bordi-yu, bitta bo‘lsa, o‘zining kallasiday!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:14:32
— Tarlon dilovar ot ekan!
Bakovul tayinladi:
— Tarlon-ov, uloqniyam olib chiq! — dedi.
 Men o‘zimni eshitmaslikka oldim. Uloqqa qaytib borgim kelmadi. Bir nishabroq yerdan yuqoriladim.
Egar-abzallar oldiga bordim. Tarlonni yalang‘ochladim. Tarlonning bor vujudini qarab ko‘rdim. Oyoqlarini siladim. Xudoga shukur, lat yemadi. Yerga yumalatib-yumalatib sovutdim. Bosh-adoq qashiladim. Bo‘ldi, endi Tarlonni uloqqa solmayman. Bo‘ldi, Tarlon g‘olib bo‘ldi...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:14:47
18

Keyin... keyin, o‘zimning-da, araz fe’lim tutdi...
Birodarlar, sizga bir nima aytayinmi? Men araz urishni yaxshi ko‘raman! O‘layin agar-a!
Oy tug‘adi, o‘ttizida to‘ladi. Shu oyda biror bir nimadan, aqalli bir martagina bo‘lsa-da, arazlamasam bo‘lmaydi. Shu oyda kun ko‘rganday bo‘lmayman!
Ko‘nglim g‘ash bo‘lib yuradi. Bir nima yo‘qotganday tevarakka alanglab qolaman. Bahonatalab bo‘laman. Biron-bir bahona izlayman. Qildan qiyiq chiqaraman. Ignaday nimani tog‘day qilib ko‘ng¬limga olaman. Tumshuq qilib olaman!
O‘zimni o‘zim xo‘rlangan deb bilaman. Ko‘ng¬lim cho‘kib... otam bechorani eslayman! Odamlar meni sag‘irligimni bilib xo‘rlayapti, deyman. Sag‘ir bo‘pmiz, aybdor bo‘pmizmi, deyman.
Undan keyin... kallamdan o‘pkalayman! Xo‘rla¬nishim boisini kal kallamdan ko‘raman. Kallam kal-da, bo‘lmasa, meni shunchalik xo‘rlarmidilar, deya o‘ksinaman.
Shunda: uzangi yo‘ldoshlarim oraga tushadi. Ot jilovini ushlab, tavallo qiladi:
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:14:56
— Bir martagina shaytonga hay bering, Ziyodulla chavandoz! — deydi.
Arazlashimning ana shu yerlari ko‘nglimga yog‘day yoqadi! Qobog‘imni uyub-uyub, olislarga qarayman. Miq etmayman!
Uzangi yo‘ldoshlarim yanada g‘ayrat qiladi.
— Ziyodulla chavandoz, siz ko‘p ulug‘ chavandozsiz, shu safar bizni o‘ylang! — deydi.
Ahay-ahay! Jonning huzuri-ya! Vujudim huzur qiladi, vujudim rohat qiladi!
Ana shunda moyillik beraman! O‘ychan-o‘ychan bosh irg‘ayman.
— Mayli, ko‘p qo‘ymadilaringiz, yuzlaringizdan o‘tolmadim, — deyman.
Ko‘pdan buyon araz urish xumor qilib yurib edi. Mana, qulay vaqt keldi! Yaratganning o‘zi suygan bandasiga yubordi! Bahona-da binoyiday bo‘ldi: ot insonni deb jonini ayamadi, bakovul bo‘lsa, ot fidoyiligini taqdirlamadi! Ana bahona!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:15:03
19

Men arazlab o‘tira berdim.
Bir jiyron ot seldanang otib keldi. Bakovul oldiga bordi.
Birodarlar, jiyron — malla ot bo‘ladi. Oyog‘i olapaycha. Ayrimlari peshonasida qashqasi-da bo‘ladi. Bunisida yo‘q bo‘ldi.
Jiyron chavandozi soqoldor chavandoz bo‘ldi. Chavandoz ovozi nordon-nordon bo‘ldi, ammo xushtalqin bo‘ldi:
— Ay bakovul, mo‘yloving bo‘lgan bilan, inso¬fing yo‘q ekan! — dedi. — Qara, Tarlon o‘zini qa¬yerdan tashladi! Ot sendan, mendan qo‘rqqanidan tashlamadi, yo‘q, odamzotga fidoyiligidan tashladi! Bundayin botir ot boshidan zar sochsang-da, haqing ketmaydi! Ber haqini!
— Uloq qo‘lidan tushib ketdi! — dedi bakovul.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:15:09
— Bersang berding, bermasang, shu Tarlonga uyimdan bir qo‘y olib kelib beraman! Ayt, bo‘larini ayt!
Bakovul arosatda qoldi. Nima qilishini bilmadi, nima deyishini bilmadi. Haq berayin desa, boyatdan buyon bot-bot bekor, dedi. Endi gapidan qaytish bo‘ladi. Haq bermayin desa, tag‘in bo‘lmadi. Soqoldor chavandozda avzoy yomon, uyidan qo‘y olib kelib beradi. Yomon-yomon, ana unda yomon! Bakovul nomiga yomon, to‘y nomiga yomon!
Bakovul o‘yladi-o‘yladi, oxiri gapini qaytib oldi. Soqoldor chavandozga yuzlandi.
— Chavandoz bova! — dedi. — Oshingni yesa-da mard yesin, boshingni yesa-da mard yesin! Bunday tantilikdan keyin, haq sizdan aylansin! — dedi.
Bakovul menga bir serka bilan yigirma besh so‘m pul berdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:15:25
20

Ko‘pkari oxirigacha yonboshlab yotdim.
Uzangi yo‘ldoshlarim bir marta-da uloq olol¬madi.
Ko‘pkaridan qo‘lini burunlariga tiqib qaytdi.
Shunda, uzangi yo‘ldoshlarimga yuz soldim.
— Endi qaysi yuz bilan elga ro‘para bo‘la¬miz?— dedim. — Yigirmaday chavandoz-a! Olganimiz bor-yo‘g‘i bitta serka bo‘lsa! Shuniyam tilab oldik!
Chavandozlar boshi egik bo‘ldi. Bilmadik, deya yelka qisdi.
— Yaxshisi, bunday qilamiz. Yo‘lda oyoq ilamiz. Qishloqqa qorong‘ilatib-qorong‘ilatib kirib boramiz. Binoyimi?
— Binoyi, binoyi, — dedi chavandozlar.
Qishloqqa bir adir qoldi.
Chavandozlar otdan tushdi. Adirda yonboshlab yotib oldi.
Toshday qorong‘i tushdi.
Chavandozlar tag‘in otlandi.
Birov-yarim duch keladi, degan hadik bilan men oldinda yurdim. Oldimda serka bor-da. El ko‘zi...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:15:32
Aytganim bo‘ldi. Toshloqdan o‘tib, bir qoraga yo‘liqdim. Yo‘lni burib soldim.
Qora olisdan ovoz berdi:
— Hay, o‘sha yoqda bir ola mol ko‘rmadilaringizmi?
— Ko‘rmadik.
— Ziyodulla chavandoz? Senmisan? Ko‘pkaridan qaytdilaringmi?
— Shunday, shunday!
— Qalay, quruq qaytmadilaringmi, ishqilib?
— Esa-chi!
— Bilinmayapti-ku!
Men oldimdagi serka junini og‘ritib-og‘ritib tortdim. Serka uzib-uzib ma’radi.
— Eshityapsizmi, ovozini?
— Ha, yaxshi-yaxshi! Ishqilib, bo‘sh kelmanglar! Sizlar, elning e’tibori-da!
— Ana shunday ovozli jonlilardan barimizda bor! Xurjundagi qat-qat to‘nlarni aytmasak-da bo‘ladi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:15:41
21

Boysunga to‘yga jo‘nadim. Yer bilch-bilch loyligidan, ot dumini tugib qo‘ydim.
Birodarlar, boysunliklar qitmir el, baxil el, ichiqora el! Birovga bir nima qiymaydi! O‘zlari bo‘lolmaydi, bo‘lganni ko‘rolmaydi! Bizning oma¬dimizni kamsitadi! Bizning muvaffaqiyatimizni yerga uradi! Parokandaligimizni ko‘rib quvonadi! Yayrab kuladi, miriqib kuladi! Voy bechora-ye, voy bechora-a, deydi! Nachora, birodarlar, nachora, sut bilan kirgan, jon bilan chiqadi!.. Bugungi ko‘pkarida-da shunday bo‘ldi.
Sho‘rchidan Fayzulla chavandoz keldi. Vo ukkag‘ar, ana chavandoz! Besh ketdim! Ostidagi oti qizbel! Suv ilonday chopdi! Uloqni ketma-ket ikki bor ayirdi!
Uchinchisi menda ketdi.
Uloq goh sho‘rchiliklarda, goh bizda, goh vaxshivorliklarda yurdi. Boysunliklarga tegmadi.
Fayzulla chavandoz uloqni uchini bor yerdan uzib oldi!
Ana shunda boysunliklar kuyib ketdi! Bir boysunlik Fayzulla otining jilovidan tortib qoldi. Yana bir boysunlik uloqni yulqib-yulqib tortdi, Fayzulla chavandoz qo‘lidan tushirib yubordi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:15:47
Fayzulla chavandoz yana uloqqa uzaldi. Yana uloqni olib jo‘nadi. Qizbeli toziday chopdi!
Boysunliklar keyinda qolib ketdi. Ammo ulkan bir ayg‘ir izma-iz yetib bordi. Ayg‘ir chavandozi uloqqa uzalmadi. Yo‘q, uzalmadi. Ayg‘ir, Fayzullaning Qizbelini ko‘kragi bilan urib o‘tib ketdi! Qasddan qildi, qasddan!
Fayzulla chavandoz Qizbeli umbaloq oshib yiqildi. Fayzulla Qizbel oti boshidan yerga aylanib tushdi.
Qizbel sapchib turdi, besh-olti odim qo‘ydi. Keyin, chavandoziga qarab yurdi. Chavandozi oldida oyoq ildi.
Fayzulla chavandoz yiqilish zarbidan irg‘ib turib ketdi. Ust-boshlarini qoqdi.
E, tavba-ye, tavba-ye! Chavandoz devordan ag‘nasa, albatta bir yeri lat yeydi. Maydagina eshakdan yiqilsa, xiyol vaqt qimirlamay yotadi. O‘qday uchib borayotgan otdan yiqilsa, hech nima ko‘rmaganday, sapchib turib ketadi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:15:52
Birodarlar, eshak yiqitsa, tuyog‘ini to‘shaydi, ot yiqitsa, yolini to‘shaydi!
Fayzulla chavandoz Qizbel oldiga bordi. Qizbel badaniga yopishgan loylarni artdi. Qorniga sidirilib tushgan egarni oldi. Qaytatdan egarladi.
Tag‘in to‘daga ot qo‘yib keldi. Uloqqa qahr bilan yopishdi.
Bu safar boysunliklar uloqni ot tuyoqlari ostiga bostirib oldi.
Fayzulla chavandoz uloqni tuyoqlar ostidan tortib ololmadi. To‘dadan entikib-entikib chiqdi.
— ... sig‘sa ot min-da, bachchag‘ar! O‘l-e, shu kuninga-ye! Tfu! — dedi.
Fayzulla chavandoz tupigi ulkan ayg‘ir sag‘risiga sachradi.
Fayzulla chavandoz araz urib ketdi. Izidan uzangi yo‘ldoshlari jo‘nadi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:16:31
22

Boysunlik chavandozlar uloq ololmasligini bildi. Endi qing‘irlik yo‘liga o‘tdi.
Uloqqa chilvir soldi! Chilvir yarim qulochcha keladigan arqon bo‘ladi. Yo‘g‘onligi boshmaldoqday bo‘ladi. Uchlari bilak bilan egar qoshi sig‘adigan qilib tugiladi. Chavandoz chilvirni uloq kezanagidan o‘tkazib olib, bilagiga o‘raydi. Ana undan keyin uloqni tortib olib bo‘lmaydi!
Uloqqa chilvir solishning zo‘r bir xili bor.
Boysunliklar ayni shu zo‘rini qo‘lladi: birovi bir amallab uloqni yerdan uzdi. Chilvirni kezanakdan o‘tkazib oldi. Uchlarini egar qoshiga ildi. Keyin, uloqni taqimiga bosib chopdi.
Shu uloqni olib bo‘ladimi? Yo, chavandozni egar-abzali bilan ag‘darib olib bo‘ladi, yo, oti bilan qo‘shib yiqitib olib bo‘ladi. Bo‘lmasa, olib bo‘l¬maydi!
— Chilvir! Chilvir soldi!
— Ay bakovul, to‘riq chilvir soldi!
— Harom, to‘riqning ulog‘i harom!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:16:43
Bakovul barini ko‘rib turdi, barini eshitib turdi. Ammo yelkasini qisdi, labini burdi, talmovsirab turib oldi.
— Chilvir? Qanaqa chilvir? Okun, mehmoni azizsiz, bo‘hton qilmang! To‘riq, kel, haqingni ol!— dedi.
Chavandozlar gapi besamar bo‘ldi. Ko‘plar ko‘pkaridan qo‘lini yuvib, qo‘ltiqqa urib ketdi.
Sho‘rchilik Hamdam chavandoz ketayotib, mana bunday dedi:
— Ay bakovul, shunday haq olib yegandan ko‘ra, ko‘chadan... terib yesalaring bo‘lmaydimi? Bir mo‘min banda o‘zi yemay, o‘zi ichmay yig‘indi, elga to‘y berdi. O‘yla-da, imonsiz! Shu haromliging o‘zingga, o‘zingga bo‘lmasa, bola-chaqangga uradi, mana ko‘rasan!
Bakovul yerparchin bo‘ldi. Ammo gapidan qaytmadi:
— Okun, chilvir solmagani haqiqat! — deya chikilladi.
— E, tupurdim, shu haqiqatingga!
Hamdam chavandoz etagini qoqib ketdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:16:58
23

Birodarlar, chavandozlar nimaga etagini qoqib ketayapti? Adolatga! Nimaga tupurib ketayapti? Adolatga! Kimdan arazlab ketayapti? Adolatdan! Bir to‘da nomard, imonsizga achchiq qilib, adolatni o‘tga tashlab ketayapti!
Birodarlar, biz hamisha adolat, adolat deymiz. Tildan qo‘ymaymiz. Adolatsizlikni ko‘rib, xuni-biyron bo‘lamiz. Hayotdan, taqdirdan noliymiz. Adolat yo‘q, adolat osmonda, deymiz.
Yo‘q, birodarlar, adolat yerda! Oyoqlarimiz ostida! Adolat tuproqqa qorishib yotibdi! Adolatni kim bundayin xor qilayapti? Biz — o‘zimiz! Men, siz, Fayzulla chavandoz, Hamdam chavandoz! Ana, ular qochib ketdi! Shu-da, adolat jafo chekayotganda qochamiz! Adolatdan yuz o‘giramiz! Ko‘rib, ko‘rmaslikka olamiz!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:17:05
Bir imonsiz adolatni bo‘g‘sa, yo‘limizni chap solamiz. Yomondan qoch-da qutul, yo, ton-da qutul, deymiz. Yomon bilan teng bo‘lmayin, deymiz. O‘zimizni bilmaganga olib o‘tiramiz. Tilimizni tishlaymiz. Obro‘yimiz ketib qolishidan, yo, amalimizdan ayrilib qolishdan qo‘rqamiz. O‘zimizga g‘anim orttirishdan qo‘rqamiz. Qo‘y-qo‘ya ber, to‘g‘ri gap tuqqaningga yoqmaydi, deya qo‘l siltaymiz.
Ana, bari qochib ketdi! Qochish, bizning uzangi yo‘ldoshlarga-da yuqdi.
— Yuring, ketdik! — dedi.
Men jerkib berdim:
— Hech qayoqqa ketmayman! Ko‘pkari oxirigacha chopaman! — dedim.
— Nima qilasiz, shular bilan teng bo‘lib! Bularning jazosini xudo bersin!
— Nimaga endi bari nimani xudoga solasizlar?! O‘zlaringiz odam bo‘lib nima qilib yuribsizlar?! Xudo bo‘lsa, shunday imonsizlik bo‘larmidi!
Uzangi yo‘ldoshlarim ko‘nglimga qaradi.
Bir boysunlik chavandoz yonidagiga shivirladi:
— Yaxshi bo‘ldi, bari ketayapti. Uloq endi o‘zimizga qoladi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:17:24
24

Qahrim qo‘zigandan qo‘zidi. Tarlonni Samad chavandozga berdim. O‘zim Samadning chekkagir ko‘k samanini mindim. To‘da girdini poylab yurdim.
Bir boysunlik uloqqa yana chilvir soldi. Lip etib yonidan bordim, uloq butidan ushladim. Uloqdan qo‘limni olmadim.
 Oxiri boysunlikning oti holdan toydi. O‘ziningda hafsalasi pir bo‘ldi. Uloqni qo‘yib yubordi. Uloq yerga tushib ketdi. Men ushlab qololmadim.
Ko‘k samanni olisdan qayirib keldim. Pesho¬nam¬ni yengim bilan artdim. Yoqamni ko‘tarib-ko‘tarib, ko‘kragimni shamollatdim. Shunday rohatlandim, shunday rohatlandim. Shunday ro¬hat¬landim, shunday rohatlandim! Tani jonim yayradi! Savob ish qilganday bo‘ldim!
Endigi uloq vaxshivorlik Yo‘ldosh chavandozda bo‘ldi. Yo‘ldosh uloqni chilvirsiz, halol olib ketdi.
Yo‘ldosh chavandozga ziyon bermadim, oshiga sherik bo‘lmadim.
Tag‘in to‘da chetiga borib turdim. Ostimdagi ko‘k saman og‘irligini orqa oyoqlariga soldi. Ketiga xiyol chayqalib turdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:17:35
Endi Jiyron otli bir boysunlik uloqni olib jo‘nadi.
Men darrov ko‘k samanni yonidan qo‘shdim. Uloqqa ushlashdim. Basma-bas ushlashdim. Tengma-teng ushlashdim.
Bechora chavandoz chap berib, chap berib, ko‘p chopdi.
— Qo‘yib yubor, haqning yarmini beraman, — deya shivirladi.
O‘zimni eshitmaslikka oldim, uloqni ushlab chopdim.
Boysunlik alamidan yomon-yomon o‘qraydi, yomon-yomon chaqchaydi. Burab-burab so‘kdi. Oxiri uloqni tashlab yubordi.
Ishqilib, boysunliklarga uloq bermadim. Boysunlik chavandozlar uloq ololmadi.
Bakovul barini ko‘rib turdi, barini bilib turdi. Ana endi... ana endi, qitmirning borib turgan qitmiri qiladigan ishni qildi: uloqni to‘dadan chetga olib jo‘nadi. So‘raganlarga:
— Butlari shalvirab qolibdi, — deya javob berdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:17:42
Chavandozlar bakovul yo‘liga qarab turdi. Bakovul to‘daga yangi uloq so‘yib keladi, deya umid qildi.
Xiyol o‘tdi, bakovul qaytib keldi. Uloqni to‘daga olib kelib tashladi.
Uloqni ko‘rib, yoqalarimni ushladim. Yo, tavba, yo, tavba! O‘sha-o‘sha uloq. Lekin bo‘yni yo‘q! Butlari yo‘q! Haligina bor edi, bakovul qirqib tashlabdi! Bunday uloqni yerdan ko‘tarib bo‘lmaydi! Boisi, ushlaydigan yeri yo‘q! Junidan ushlab ko‘tarayin desa, juni yulinib ketadi!
Shunday bo‘lsa-da, chavandozlar noumid shayton deya, uloqqa talpindi. Ammo yerdan uzib ololmadi.
Bakovul ko‘nglidagiday bo‘ldi! Ana endi bakovul ko‘pkarining oxirini aytdi:
— Eshitmadim demanglar, olgan-olgani! Olgan-olganiga shu uloqning o‘zi, bir kilo yog‘, bir kilo guruch, sabzisi bor! Ol!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:17:49
Bunday uloqni yerdan uzib olishning bir yo‘li bor. Lekin juda-juda qiyin...
Baxtash tavakkal! O‘zimizning Tarlonni minib oldim. Uzangi yo‘ldoshlarimga, bot-bot tayinladim. O‘zim uloqqa qarab yurdim. Uzaldim, uzaldim... tag‘in uzaldim... uloq junini eti bilan qo‘shib ushladim, g‘ijimlab ushladim. Bor kuchim bilan siltab ko‘tardim, egar qoshiga o‘ngarib oldim! Ko‘kragim ostiga bosdim, bilaklarim bilan bosdim!
Ko‘z ilashmay qoldi!
Qolgan ish, Tarlon ishi bo‘ldi! Tarlon tulkiday chopdi!
Ko‘pkari oxiri menda ketdi. Men zafar qozondim!
Birodarlar, o‘zbek eli o‘r keladi, o‘zi o‘jar, zo‘r keladi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:18:00
25

Rixsiyev qishloqqa ko‘chib keldi.
Birov urilib keldi dedi, birov shahardan bezor bo‘lib keldi, dedi. Urilib keldimi, surilib keldimi, ishqilib keldi. Maktabda muallim bo‘ldi.
Bizdan ikki hovli narida ota meros ko‘hna hovlisi bor edi. Ana shu hovlida yashadi. Qish bo‘lsada, hashar qildi, hovlisini sozladi.
Bir kuni meni-da hasharga aytdi. O‘lmayinning kunidan bordim. Hamsoyachilik, qosh bor, qoboq bor-da.
Rixsiyev supada yonboshlab oldi. Qo‘lini loyga urmadi. Hasharchilarga gap berib turdi.
Birodarlar, Rixsiyev quloq-miyani qoqib, qo‘lga berdi! Bidir-bidir... Olamda gap qolmadi! Qayerda urush bo‘layapti, qayerda surgun, qaysi mamlakat podshosi qayerga bordi, nimaga bordi, nima dedi, poyezdda bordimi, samolyotda bordimi, mezbonlar bilan quchoqlashib ko‘rishdimi, yo, qo‘l uchida ko‘rishdimi, hech nima qolmadi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:18:06
Boshim g‘uvillab qoldi. Tishimni tishimga qo‘yib chidadim.
Rixsiyev ertaga-da hasharga aytdi.
— Kelolmayman, ertaga ko‘pkari bor, — dedim.
Shu vaqt uydan odam keldi. Palovga qaramadim, hadahalab uyga bordim. Uyimizda cha¬qaloq inga-ingaladi.
Birodarlar, men ota bo‘ldim, ota! O‘g‘il! Xumor xolamiz o‘g‘limizga momochi bo‘ldi!
Tongni ko‘z yummay oqladim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:18:20
26

Ertalab Tarlonni suvlatmadim. Yemni kamroq berdim. Qishloq mashrig‘idagi chimzorga bordim.
Otlar siyrak bo‘ldi. Borlari-da o‘zimizning otlar bo‘ldi. Mehmon otlar taxchil bo‘ldi.
Tarlonni to‘daga soldim. Tarlon to‘daga kirmadi! Keyiniga tisarildi. Suvlig‘ini chaynadi, boshini sarak-sarak etdi.
Tizzam bilan biqiniga niqtadim, sag‘risiga qamchiladim.
Tarlon seskandi, Tarlon turgan joyida yer depsindi.
Ko‘z qo‘rqitar uchun boshi uzra qamchi havolatdim.
Tarlon ursang ur, mana, degandayin quloqlarini chimirib turdi.
Bildim, Tarlonda kayfiyat yo‘q, bildim!
Birodarlar, har bir otning o‘z fe’l-atvori, kayfiyati bo‘ladi. Ot kayfiyati yo‘q kunlari insonga bo‘yin egmaydi. Ana shu kunlari inson ko‘p g‘ashiga tegsa, inson yelkasidan g‘archillatib tishlab olishdan-da, qovug‘iga tarsillatib tepishdan-da qaytmaydi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:18:26
Bunday vaqtlarda ayrim chavandozlar qamchi dastasi bilan otning boshiga uradi. Oqibat, ot jon achchig‘ida chavandozini yiqitib qochadi.
Ana shunda ot insondan bezadi. Ot insondan qaytadi! O‘zining devlar ajdodiga tortadi! Ajdod¬larini qo‘msaydi, adirlarga qarab qochadi. Gala¬larga borib qo‘shiladi. Ayg‘irlari bilan ko‘rishadi, biyalari bilan suykashadi. Ajdodlarining havosini oladi! Bir-birlari bilan iskashadi. Inson zotidan nolib-nolib boshlaydi, ko‘nglini yorib-yorib boshlaydi, dardini to‘kib-to‘kib boshlaydi... Dev boshim bilan insonga bosh egdim, deydi, ta’zim qildim, deydi, qul bo‘ldim, deydi, ammo el bo‘lmadim, deydi...
Yo‘q, kayfiyati yo‘q kunlari otga indamaslik lozim bo‘ladi, ko‘ngliga qarash lozim bo‘ladi!
Shu boisdan Tarlonni oshiqcha zarbalamadim. To‘da tevaragini aylanib yurdim. Shunchaki tomoshago‘y bo‘ldim.
Chimzorda yer yorib chiqqan cho‘qir toshlar ko‘p bo‘ldi. Shu bois, chavandozlar ko‘ziga qarab chopdi. Otlarini qoqilib ketishdan avaylaydi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:18:31
Oqtuyoq otlar bir chetda tomoshago‘y bo‘ldi. Boisi, oqtuyoq otlar toshli yerda chopolmaydi. Toshlar tuyog‘ini urib tashlaydi.
Ko‘pkari oxirida bakovul jar soldi:
— Chavandozlar deyman-ov, bugun ot kam keldi! Uzoq-yaqindagilar to‘yning ikki kunidayam ko‘pkari bo‘lishini bilmagan-da! Shu boisdan qobil polvon ertaga katta ko‘pkari beradi! Armonda qolma!
Uyda Tarlonni iliq suv bilan yuvdim. Qashilab-qashilab parvarishladim.
Xufton vaqti-xufton vaqti to‘yxona tevaragini aylantirdim. Karnay-surnaylar ovozini eshittirdim, to‘yxona havosini oldirib-oldirib keldim. Keyin, hovli etagiga solqi qilib boyladim.
Yarim kechada Tarlon kishnadi.
Tashqariladim, Tarlondan xabar oldim.
Tarlon old oyoqlari bilan yer tirnadi. Qoziqni aylanib-aylanib chopdi. Pishqirib-pishqirib chopdi.
To‘y havosi Tarlonni qo‘zg‘adi. To‘y havosi Tarlonni ko‘pkariga chorladi!
Tarlon tushkun kayfiyatdan foriq‘ bo‘ldi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:18:41
27

Ertasi kuni otlar serob bo‘ldi. Ot ko‘pligidan binoyiday otlar-da to‘daga tumshug‘ini tiqolmadi.
Bir osh pishirim vaqt o‘tdi. Uloq yerdan qimirlamadi. Qimirlasa-da, besh-o‘n odim sudralib borib, tag‘in tushib qoldi.
Oxiri bir Cho‘bir ot enlik ko‘kragi bilan to‘dani yorib-yorib, uloqni olib chiqdi. To‘da chetida chag‘ir otliq bir chekkagir chavandoz uloqni poylab turib edi, shu chekkagir chavandoz chag‘ir otini Cho‘bir yonidan soldi. Jipslashib keldi-da, uloqni yuldi-ketdi. Ellik-oltmish qadamcha chopib bordi.
Katta-katta ko‘pkarilarda uloq to‘dadan sag‘al chiqsa bo‘ldi, halol bo‘ladi. Shu bois bakovul darrov qamchisini boshi uzra ko‘tardi:
— Halo-o-ol! Tashla, Chag‘ir, tashla! — dedi.
Birodarlar, chekkagir chavandoz o‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir chavandoz bo‘ladi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:18:47
Chekkagir chavandoz to‘da chekkasida gir bo‘lib poylab yuradi! Shu sababli-da ularni chekkagir deydilar. O‘zlari-da, otlari-da chekkaga o‘rgangan bo‘ladi. Chekkagirlar to‘dadan uloq ololmaydi. Chekkada turib, tayyor oshni poylaydi. Uloq to‘da¬dan chiqdimi, bo‘ldi, chekkagir uloqni tulkiday ilib ketadi.
Uloqni to‘dadan olib chiqqan chavandoz esa, mehnatiga kuyib qoladi!
Men ming azob bilan uloq olib chiqdim. Mening ulog‘imni-da shu Chag‘ir chekkagir yulib ketdi. Men sonimga urdim, attanglab qola berdim.
Chag‘ir chekkagir boshga bitgan balo bo‘ldi.
Shunda men, bir ustalikni qo‘lladim. Uloqni oldim-da, kun tarafga qarab ot soldim. Kunga yuzma-yuz chopdim.
Yonimda kelayotgan Chag‘ir ot yo‘lda qolib ketdi. Boisi, Chag‘ir otning ko‘zi ko‘k bo‘ladi! Kunga qarab chopolmaydi! Ko‘zlari shafaqlanadi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:18:53
— Tarlonniki halol, Tarlonniki halol! Tarlon, ma, haqing! Chavandozlar, endi qoralik qo‘yaman! Mana! — dedi bakovul.
Bakovul shunday deya bir yirtim qizil matoni ko‘z-ko‘z etdi. Matoni yarim qulochcha cho‘p uchiga ildirib, bayroqcha qildi. Bayroqchani chimzor chetidagi kattaroq o‘choqday chuqur labiga qadadi.
— Mana shu chuqur qoralik! Kimki uloqni shu chuqurgacha olib kelib tashlasa bir qo‘y, ellik so‘m pul, bir to‘n oladi! Qulog‘i og‘irlar bo‘lsa, qaytarib aytaman...
Qoralik — ko‘pkarining eng mushkuli, eng qiyinidir. Shu sababli-da ko‘pkari g‘ururidir, ko‘pkari yuzidir. Qoralikni halollash chavandozga-da, otga-da faxr! Uloqni qoralikka bir marta olib borib tashlash, to‘dadan uch marta uloq ayirishdan ziyod!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:19:03
28

Ko‘pkari qizigandan-qizidi.
Shu vaqt, Jo‘ra bobo ot yo‘rttirib keldi.
— Ziyodulla chavandoz, bizning to‘riqniyam bir ko‘ring, ukam, — dedi.
Jo‘ra bobo shunday deya, otdan tushdi. Jilovni menga uzatdi. Men Tarlon jilovini unga berdim. Boboning qora to‘rig‘ini mindim.
Jo‘ra boboning gapini yerda qoldirib bo‘lmaydi. Jo‘ra bobo oltmishdan oshib qoldi. Ammo farzandi yo‘q...
Ikki marta uylandi. Ikkovida-da farzand bo‘l¬madi. Uchinchisiga uylandi. Bundan-da bo‘lmadi. Qo‘yib yuborgan ayollari boshqalarga tegib-tegib ketdi. Bolalik bo‘lib-bo‘lib ketdi.
Shunda, Jo‘ra boboning boshi egilib qoldi. Yuzi ko‘ksiga qarab qoldi. Davralarda dasturxondan ko‘z olmadi. Ko‘chalarda etiklari uchiga qarab yurdi. Ovozini qo‘yib gapirolmadi...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:19:14
Jo‘ra bobo bir nimaga e’tibor berdi. Jo‘ra bobo, degan ot eldan qoldi. El o‘zini, yo, uyini ko‘rib, Jo‘ra boboni esladi. Ko‘rishib, bardammisiz, Jo‘ra bobo dedi. Bu uy Jo‘ra boboniki, dedi.
Boshqalarning oti bo‘lsa, hamisha el og‘zida bo‘ldi. Aytaylik, hamsoyasining o‘g‘li maktabga boradi. Muallim yo‘qlama qiladi. Murodov, deydi. Hamsoyasining o‘g‘li sapchib turadi, men, deydi. Sinfga bir kunda oltita muallim kiradi. Demak, hamsoyasi Murodning oti olti bor jaranglaydi. Hamsoyasining sakkiz bolasi bor. Bari maktabga boradi. Har birovi otasining otini kuniga olti marta jaranglatadi! Demak, hamsoyasi bir kunda qirq sakkiz bor el og‘ziga tushadi!
Yana tag‘in, ko‘chalarda necha martalab oti aytiladi. Bu kimning o‘g‘li? Murodning o‘g‘li? Bu kimning qizi? Murodning qizi!..
Jo‘ra bobo joniga to‘ydi. Bir tushda qoradori yedi. Ustidan sovuq suv ichdi. Yorilib o‘lmoqchi bo‘ldi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:19:26
Bir chinni kosa suvni og‘ziga olib bordi. Lablariga tekkizdi. Shunda, birdan aynidi. Mardona-mardona, achchiqma-achchiq ish qilish fe’li tutdi! Suvni zarda bilan otib yubordi. Kosa chil-chil bo‘ldi...
Mol-qo‘ylarini sotdi. Puliga qaymoqrang «Jiguli» oldi. Rulni hamsoyasining to‘ng‘ich o‘g‘liga berdi.
— Aytgan yerimga mindirib borib kelsang bo‘ldi, — dedi. Asl maqsadi boshqa bo‘ldi. Asl maqsadi — mashinasi ko‘chani changitib yursin, odamlar bu Jo‘ra boboning mashinasi, desin. Jo‘ra boboning mashinasi qaymoqrang, desin. Yo‘lda GAIlar ushlab ujjat ko‘rsin, Jo‘ra bobo, degan nomni o‘qisin...
Jo‘ra boboning bundan-da ko‘ngli to‘lmadi. Mashinasini pulladi. Puliga ana shu To‘riqni oldi. Farzandlar nasibasini-da, farzandlar rizqi ro‘zini-da ana shu To‘riqqa yedirdi...
Qaridi, o‘zi uloq chopmadi. Shunday bo‘lsa-da, to‘riqni ko‘pkarilarga boqdi, ko‘pkarilarga shayladi. Chavandozlar bilan olislardagi ko‘pkarilarga bordi. Birovning oti tolib qolsa, yo yaramay qolsa, ana-shu chavandozga To‘rig‘ini berdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:19:32
Jo‘ra boboning dardi yolg‘iz bo‘ldi, dardi ezgu bo‘ldi: to‘rig‘i uloqni ayirsin. Bakovul uloqni Jo‘ra boboning oti ayirdi, deya jar solsin. Jo‘ra boboning oti, kel, haqingni ol, desin. Ko‘pkari ahli Jo‘ra bobo degan nomni eshitsin. Qulog‘i og‘irlar uloqni kim oldi, deya qayta so‘rasin. Shunda bakovul, uloq¬ni Jo‘ra boboning oti oldi, deya qayta-qayta jar solsin. Jo‘ra bobo degan nomni olam-jahon odam eshitsin...
Bakovullar-u chavandozlar Jo‘ra bobo dilidagini darrov ilg‘ab oldi.
Ko‘pkarilarda Jo‘ra bobo to‘rig‘ini marhamat etsa, chavandozlar yo‘q demadi. Ko‘ngliga qaradi. Jo‘ra bobo to‘rig‘ini bersa berdi, bermasa, atayin so‘rab oldi.
Bakovullar Jo‘ra bobo ko‘nglidan bordi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:19:42
29

Jo‘ra boboning to‘rig‘iga qoralikni ko‘rsatib keldim, qoralikni iskatib keldim.
Xiyol o‘tdi, to‘da guvillab qo‘zg‘oldi. Uloqni bir Chil ot olib chiqdi.
Birodarlar, Chil otning bir yeri ko‘k, bir yeri oq, yana bir yeri qora bo‘ladi. Shu boisdan chil-da!
Chil yo‘lini chap solib-chap solib chopdi. Chag‘ir chekkagir Chilga yaqin-da borolmadi. Chekkagir armonda qoldi.
Bakovul qamchisini boshi uzra silkidi.
— Bekor, Chilniki bekor! Qoralikka tushmadi!— dedi.
Chin, uloq chuqur labida ilashib oldi. Uloq chuqur ichiga tushsagina halol bo‘ladi.
Bakovul uloqni qoralikdan xolisga olib borib tashladi.
— Chavandozlar, qo‘yilgan zotlar joyida qoldi! Ol-ha, ol! — dedi.
Boyanagi chil ot uloqni tag‘in olib chiqaman dedi. Bir havasim keldi, bir hayratim keldi. Nimaga endi faqat shu chil ot olayapti? Hatto chekkagirlarni-da dog‘da qoldirayapti?
Farosat bilan qaradim. Bir talay uzangi yo‘ldoshlari Chil ot tevaragini o‘radi. Chil chavandozi uloqni xotirjam uzalib oldi. To‘dadan sug‘urila boshladi. Uzangi yo‘ldoshlari o‘zga otlarni Chilga yo‘latmadi, yo‘l bermadi. Go‘yo uloq¬qa talashayotgan bo‘lib, Chil otni o‘rab-o‘rab chopdi. Chil sag‘risiga qamchilab-qamchilab, madad berib-madad berib chopdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:19:48
— Darband! hayda, Darband! G‘ayrat qil, Darband! — deyishib chopdi.
— Bos, bo‘sh kelma, Darband! — deyishib chopdi.
Demak, bular darbandlik chavandozlar bo‘ldi. Darbandlik chavandoz uloqni taqimiga bosib oldi. Ayqirib-ayqirib ot qo‘ydi:
— Oho-hay, oho-hay, oho-hay! Hay otam, hay otam-a, hay otaginam-a! Hayda-ya!..
Birodarlar, Darbandlik chavandoz otni otam deyapti, otam! Ahay-ahay!
Chil ot bu safar uloqni dangal tashladi.
— Halo-o-ol! Chil, chil deyman-ov! Uloqni olgan yeringga olib borib tashla! Chavandozlar, endigi zotga katta bir ho‘kiz qo‘yildi. So‘ysang bir to‘yni to‘ydiradi! Ol, armonda qolma!
To‘da yana qoralikka qarab ot qo‘ydi. Uloq bu gal «8-Mart» kolxozilik Samanda bo‘ldi.
«8-mart»liklar haybarakalla qildi:
— Qo‘yma, «8-Mart», qo‘yma!
«8-Mart», ehtiyot bo‘l, ketingdan Chag‘ir borayapti!
— Bos, joning boricha bos!
— «8-Mart», otni qamchila!
Ho‘kiz «8-mart»liklarda ketdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:20:00
30

Endigi uloqni men olib chiqdim. Otlar oldimni oldi. Yo‘limni yopib chopdi, yonlarimni yopib chopdi. Otlar meni qoralikka yo‘latmadi.
Birodarlar, yolg‘iz otning changi chiqmaydi, changi chiqsa-da, dong‘i chiqmaydi!
Alamimdan xunob bo‘ldim. O‘zimizning chavandozlarga baqirdim:
— Jonlaring bormi?! Kelinglar-da endi!
Shundagina bizning chavandozlar o‘ziga keldi. Gapni bir yerga qo‘ydi.
Men yana uloqqa kirdim. Uzalib, uloqni yerdan uzdim. Jo‘ra boboning to‘rig‘i olg‘a yurdi.
Bakovul jar soldi:
— Uloqni jo‘ra boboning oti ko‘tarayapti, Jo‘ra boboning!
Besh-olti qo‘l uloqqa uzaldi. Ammo men kuch bermadim. Uloqni bor kuchim bilan ushlab oldim. To‘dadan sug‘urilib chiqdim.
— Uloq Jo‘ra boboning otida! Eshitmadim demanglar, Jo‘ra boboning otida!
Uzangi yo‘ldoshlarim tevaragimni olib chopdi. O‘zga otlarga yo‘l bermadi. Jo‘ra boboning To‘rig‘ini qamchiladim, haybarakalla qildim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:20:06
— Ha, bos, Jo‘ra boboning oti!
— Ha, selkillagan yolingdan aylanayin! Hayda-ya, Jo‘ra boboning oti!
— Iy-iy-iy, iy-iy-iy!..
Dupur-dupur-dupur... Otlar pishqirdi, otlar kishnadi. Yollar selkilladi. Dumlar tovus pati misol yoyildi. Tuyoqlar ostidan chang o‘rladi. Dupur-dupur-dupur...
Jo‘ra boboning oti qoralikka zabt bilan keldi. Chuqurdan sapchib o‘tdi. Shunda uloqni qo‘yib yubordim.
— Hal-o-ol! Jo‘ra boboning to‘rig‘iniki halol! Jo‘ra boboning to‘rig‘i, kel, haqingni ol!
Haqni olib, Jo‘ra boboning oldiga bordim. Jo‘ra bobo jilmayib, bosh irg‘adi. Tevarakka g‘olibona ham xushvaqt qaradi. Ko‘rdilaringmi, uloqni biz¬ning otimiz oldi, degan bo‘ldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:20:16
31

Qish qaridi.
Havoda ko‘klam isi anqidi. Boychechaklar ketidan qoraqoshlar ochildi.
Ko‘klamni bag‘rimga bosdim, to‘yib-to‘yib iskadim.
Bir gap eshitib, ko‘klam kayfiyatim qish bo‘ldi. Ko‘klam rangim sindi.
— Jamiki otlar go‘shtga topshirilar emish.
Kolxoz radiouzeli shunday dedi.
Brigadir uyma-uy yurib aytdi. Vajini so‘radim. Brigadir yelka qisdi. Ko‘rsatkich barmog‘i bilan shipni ko‘rsatdi.
— Bari yuqoridan, bizda gap yo‘q, — dedi.
Brigadir aytgan yuqoridan odam keldi. Idora oldida ko‘rdim. Yonida ikkita militsioneri-da bor.
Kattalar uyma-uy yurib, ot oldi.
El ot bermayin desa — kattalar! El yoqalashayin desa — yonida shapkalar!
El ostonagacha otlariga ergashib bordi.
El qonqora qaqshadi.
El dardi ichida bo‘ldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:20:25
32

Ha-ye, dedim, peshonada borini ko‘ramizda-ye, dedim.
Hofiz qassobdan ikki kilo qo‘y go‘sht oldim. Belboqqinamga tugib, uyga keldim. Supada chordana qurib, go‘sht nimtaladim. Lahimni bir yoqli, suyakni bir yoqli qildim. Ukkag‘ar Hofiz qassob sersuyak qilib beribdi. Xiyla ovora bo‘ldim.
Shu vaqt, Tarlon pishqirdi.
Ko‘zimni go‘shtdan olib qaradim.
Tarlon joyida telbalarcha irg‘ishladi. O‘zini uyoqqa urdi, buyoqqa urdi. Tasir-tusur yer tepdi. Old oyoqlari orasiga tumshuq tiqdi. Qorniga tumshuq cho‘zdi. Sag‘riniga tumshuq cho‘zdi. Tumshug‘i sag‘rinlariga yetib-etmadi.
Dumlari bilan sag‘rinlarini urdi, qorinlarini urdi.
Orqa oyoqlarini ketiga siltab-siltab pishqirdi. Go‘yo bir nimani tepgan bo‘ldi.
Men avval-avval, Tarlon sho‘xlashib o‘ynayapti, deb o‘yladim.
Yo‘q, Tarlon sho‘xlashib o‘ynamadi.
Tarlon dingilladi! Ding-ding etdi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:20:34
Shu Tarlon yo ya’juj-ma’juj ko‘rdi, yo olabo‘ji ko‘rdi, deya o‘yladim.
Hadahalab bordim. Tevarak-boshni qaradim. Ya’juj-ma’juj-da ko‘rmadim, olabo‘ji-da ko‘rma¬dim.
Hayron bo‘ldim. Ot arqonini ushladim.
— Tak-tak, tak deyman! — dedim.
Tarlon shunda-da dingilladi. Dingillab, arqonini yulqidi. Dingillab, arqonini silkidi.
Ketimga chalqayib oyoq tiradim. Arqonni qo‘sh¬qo‘llab tortdim. Shunda-da bo‘lmadi. Dal¬banglab-dalbanglab ketdim. Bor-e, deya arqonni qo‘yib yubordim.
Bor e’tiborim bilan qaradim. Bor farosatim bi¬lan o‘yladim. Qarab-qarab topdim, o‘ylab-o‘ylab topdim.
Bizning Tarlonga go‘balak doridi!
Go‘balakda bingak pishiday zahar nish bo‘ladi. Shu nishini ot badaniga suqib-suqib ola beradi.
Go‘balak osmondan tushmaydi, yerdan chiqmaydi. Chetdan-da uchib kelmaydi.
Unda, go‘balak qayerdan keladi? Go‘balak otning o‘zida bo‘ladi! Ot deb atalmish har bir jo¬nivorning o‘z go‘balagi bo‘ladi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:20:39
Go‘balak otning qayerida bino bo‘ladi? Go‘balak otning dumi ostida bino bo‘ladi!
Shu bois, go‘balak otpashsha deyiladi!
Bir qo‘lim bilan ot arqonidan mahkam ushladim. Bir qo‘lim bilan kallamdan telpagimni oldim. Telpagimni shaylab turdim.
Go‘balak ot dumi ostidan chiqdi degandan, telpagim bilan tapillatib urib o‘ldirdim.
Joyimga qaytib borib o‘tirdim.
Tarlon tag‘in qozig‘ini aylanib-aylanib chopdi. Dirk-dirk o‘ynadi. O‘ynab-o‘ynab pishqirdi.
Tarlon go‘balakdan xalos bo‘ldi-da! Endi, o‘ynaydi-da!
Tarlon dumlari yoyildi, yollari hurpaydi. Yol¬lari bir chap bo‘ynida, bir o‘ng bo‘ynida o‘ynadi!
Bir qo‘lim go‘shtda, bir qo‘lim pichoqda qoldi. Ko‘zim Tarlonda qoldi! Yo, pirim-ey, yo, pirim-ey! Go‘shtga topshiradi? Shunday zotni-ya? Shunday xushro‘y zotni-ya? Go‘sht qiladigan boshqa jonivor quridimi? O‘zi, qanday qilib go‘sht qiladi? Mana bundaymi?
Dasturxondagi go‘shtga tikildim. Ana shunday-da? Tarlon hademay shunday bo‘ladi-da? Lahimi bir yoqli, suyagi bir yoqli bo‘ladi-da? Eb-ey, eb-ey!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:20:44
Keyin, kalla-poychasi alohida bo‘ladi. Tuyoq¬larini itga otib yuboradilar. Itlar tuyoqlarni g‘ajib yeydi. Faqat tuyoqdagi nag‘allar qoladi.
Yollari bilan dumlarini ko‘mib tashlaydilar. Yollar tuproq ostida chiriydi. Shunday yollar-a? Bu yol emas, ipak, ipak! Bu yol emas, do‘mbira tori, do‘mbira tori!
Tarlon ot emas, Jumanbulbul kuylagan «Qun¬tug‘¬mish»! Fozil Yo‘ldosh kuylagan «Alpomish»!
Gajak-gajak bo‘yinlar bo‘yin  emas, do‘mbira, do‘mbira!
«Kuntug‘mish»ni go‘shtga topshirib bo‘ladimi? «Alpomish»ni go‘sht qilib bo‘ladimi?
Tarlon dirkillab-dirkillab o‘ynadi. Birdan oyoq ildi. Orqa oyoqlarini keng yoydi. Boshini sarak-sarak qildi. Old oyoqlarini ko‘tardi! Tag‘in, tag‘in-da ko‘tardi. Old tizzalarini xiyol bukdi. Old tu¬yoqlari yerga egildi. Quloqlari olg‘a ding bo‘ldi.
Tarlon orqa oyoqlarida tik turdi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:20:50
Devor uzra olis-olislarga qaradi. Bobotog‘ cho‘qqilariga qaradi. Qaradi-qaradi... bor ovozi bilan kishnadi!
Qishloq uzra kishnash taraldi. Xayol qildim, adirlardan aks sado keldi. Xayol qildim, kishnash Bobotog‘gacha bordi.
Birodarlar, tani jonim rohat qildi! Jonim entikdi, tanim yayradi! Ko‘nglim xo‘rsindi, ko‘nglim jo‘shdi.
— Ahay-ahay! Ha, ovozginangdan-a! — dedim. O‘zim kulib, o‘zim aytdim!
— Ha, jon! — dedim.
Kishnash emas, rubobiy musiqa eshitganday bo‘ldim! Do‘mbira sozi eshitganday bo‘ldim!
Birodarlar, ot — rubobiy musiqa, ot — ko‘rkam suvrat!
Bali-ye, Tarlonboy-ey, bali-ye!
Ko‘zim yana qo‘limdagi go‘sht bilan suyakka tushdi...
Yo‘q-yo‘q, o‘lsam-da yo‘l qo‘ymayman...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:20:59
33

Yarim kechasi Tarlonni jabduqlab mindim. Obshirga ot qo‘ydim.
Obshir qishlog‘i kunbotarida oq tuproqli adirlar, tepalar mo‘l. Ana shu tepalar nishabida kamarlar mo‘l. Tarlonni ana shu zimiston kamarlardan birovga olib kirib bog‘ladim.
Kun yoyildi, olam munavvar bo‘ldi. Ana shunda uyga qaytib keldim. Ta’tillanib, podayotoqqa bordim.
Oqshom vaqti o‘n kilo arpa bilan bir qop samonni aralashtirdim. Qosh qoraytirib, qopni orqalab jo‘nadim. Yo‘lda terladim. Dam olib-dam olib bordim. Qopni kamarga suyab qo‘ydim. Kaftimda gugurt chaqdim. Tarlon ko‘rsin, meni tanisin deya, olovni yuzimga olib keldim. Tarlon yemsirab, iltijoli pishqirdi.
Tarlonni yetakladim. Shu yaqindagi ariqdan suvlab keldim. To‘rvasida yem berdim. Badanlarini qashiladim. Tarlonga qarab-qarab ketdim.
Uyda tamaddi qildim, yonboshladim. Oyoqla¬rimni yozdim. «Vaqt» eshittirishlari-da ado bo‘ldi. Shunda, to‘shakka o‘tib yotdim. Ko‘zim ilindi, ko‘zim ketdi.
Bir mahal, ayolimiz turtdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:21:09
— Tursin, birov chaqirayapti, — dedi.
Uyqusirab, qo‘zg‘oldim. Choponimni yelkamga tashlab, tashqariladim.
Olapar itimiz darvozaga tarmashib-tarmashib hurdi. Olaparimizga do‘qlab-do‘qlab bordim. Olapar dumini likillatib-likillatib, o‘zini chetga oldi.
Darvozani ochib qaradim. Ostonada raisimiz, undan keyin do‘ppili odam bilan ikkita militsioner bo‘ldi.
Raisimiz boshi bilan do‘ppili odamga ishora qildi.
— Bu kishi rayon vakili, qishloq xo‘jalik boshqarmasidan, — dedi.
— Binoyi, binoyi. Qani, ichkarilangizlar.
Do‘ppili odam ichkariladi. Ketidan boshqalari ergashdi.
Kattalarga sinchiklab-sinchiklab qaradim. Do‘ppili katta mendayin bir kal bo‘ldi. O‘zimizdan ekan, dedim.
Kal katta tevarakka alangladi.
— Ot qani? — dedi.
— Qanday ot? — dedim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:21:16
— Ot qanday bo‘ladi? To‘rt oyoqli, ikki quloqli ot-da.
— Menda unday ot yo‘q, katta. Kaldan taroq so‘rama, deydilar. Siz bo‘lsa, ot so‘rab o‘tiribsiz.
— Top, top, kallani garang qilma! Adi-badi aytishib o‘tirishga vaqt yo‘q. Senga o‘xshaganlar¬ning soni mingta!
— Menda ot nima qiladi, katta. Ana, qarangiz¬lar. Bo‘lsa olib keta beringizlar.
Kal katta barmoqlarini o‘ynatib, militsionerlarga imo qildi.
— Tintinglar! — dedi.
Militsioner bilakday xitoyi fonarlarini yoqdi. Molxona, otxonalarni qarab keldi.
— O‘zi yo‘q, tezagi bor ekan, — dedi.
Kal katta menga yuzlandi.
— Ana, tezagi bor deyapti-yu? — dedi.
— Men sizga aytsam, katta, eshikli uy, meh¬monlarning oti tezak tashlagandir-da. Tash¬lama deb bo‘lmaydi, mehmon ot.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:21:35
— Familiyang nima? Xo‘-o‘sh, Qurbonov, ta-a-ak, Qurbonov Ziyodulla. Mana, ro‘yxatda tu¬rib¬san, oting bor. Gap shu, ertaga yana kelamiz. Otni topsang topding, topmasang, o‘z o‘pkang o‘zing bilan bo‘lsin!
Kal katta darvozaga qarab yurdi. Ketidan mili¬tsionerlar shaxdam odimlar otib jo‘nadi. Raisimiz kattalar ketidan pildirab ergashdi.
Shunda, ichkaridan onamiz chiqib keldi.
— Ayt, ulgu berib ketsin, — dedi.
Kattalarga darvoza ostonasida yetib oldim.
— Katta, uyda chaqalog‘imiz bor, otini Ibrohimboy deydilar.
Kal katta yelkasi bilan gapirdi:
— Nima qilay shunga?
— Chaqaloqli uyga bemahalda kelib bo‘lmaydi. Mabodo birov bilmasdan kelib qolsa, undan ulgu olib qolish lozim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:21:47
— Qayerdan olasan?
— Bizga baribir. O‘ngiringizning uchidan maydagina bir ip bo‘lsa-da mayli. Ayollar chaqaloq¬li uyda ipni isiriqqa qo‘shib tutatadilar.
— Endi, shungayam etagimni yirtaymi?
— Yo‘q, yirtish darkor emas, katta. Kiyi¬mingizga ilashgan biron-bir qil bo‘lsa-da bo‘ladi.
Kal katta qo‘l siltadi. Yo‘liga burilib ketdi.
Men qaytib keldim.
— Ulgu bermadi, — dedim.
Onamiz qarg‘ab-qarg‘ab ichkariladi. Taypoq toboqda isiriq tutatdi. Chaqaloqli uyni uch aylantirdi. Ziyon-zahmatlarni quvdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:22:00
34

Kattalar xo‘jako‘rsinga lalmi do‘q urib ketdi, deb o‘yladim.
Yo‘q, ertasi kuni tag‘in keldi.
Iskalanib-iskalanib otxonani qaradi, chaqaloqli uyni qaradi.
Kattalar qilig‘i hamiyatimga tegdi. Tishimni tishimga zo‘rg‘a bosib turdim.
— Xo‘sh, qani? — dedi kal katta.
— Nima qani?
— Ot!
— Ot? Katta, siz menga qaysi bozordan ot olib berib edingiz? Denovning bozoridanmi, yo, Sho‘rchining bozoridanmi?
— Tishingni ko‘p g‘ijirlatma, biz sendan qo‘rqmaymiz! Yaxshilikcha otni chiqar! qo‘sha qo‘sha mol, qo‘y, tovuq, ot... buncha hayvonni nima qilasan? Ana, magazinda hamma narsa muhayyo. Go‘sht deysanmi, sut, kefir deysanmi...
— Katta...
— Nima, yo, kapitalist bo‘lmoqchimisan? Kechirib qo‘yasan! Biz sotsialistik jamiyatda yashayapmiz! Hademay kommunizmda yashaymiz! To‘g‘rimi, o‘rtoq rais?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:22:10
Raisimiz labbaygo‘y bo‘ldi.
— To‘g‘ri, kommunizm sari bormoqdamiz! — dedi.
— Yo, ot minib bosmachi bo‘lmoqchimisan? Kechirib qo‘yasan! O‘zi, ajdodingda bosmachi o‘tmaganmi? Bir tekshirib ko‘rish kerak...
— Katta, unday demang. Otam bechora Sovet tuzumini deb qurbon bo‘ldi. Otga kelsam, ot — yigit¬ning yo‘ldoshi, katta. Qolabersa, ot bilan ko‘pkari chopamiz.
— Iya-iya, sen o‘zi qaysi jamiyatda yashayapsan, miya? Shu paytgacha eshakning qulog‘iga tanbur chertyapmanmi? Ko‘pkari — eskilik sarqiti! Ko‘pkari — yovvoyilar o‘yini!
— Katta... o‘zi, kal kalla — kalla emas ekan-da! Bir mening kallam shundaymikin desam, siznikiyam menikidan qolishmaydi!..
— O‘chir-e...
— Katta, enamni so‘kmang. U bechora ichkarida nevarasiga qarab o‘tiribdi. Sizga bundayin beposhna gaplar ep bo‘lmaydi.
— O‘chir deyman-e...
— Esa, men ham sizning...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:22:17
Gapim oxiriga yetmay qoldi. Kal katta quloch¬kashlab jag‘imga urdi. Qo‘li ayolning qo‘liday ekan, jag‘im og‘rimadi. Gapimni oxirigacha yetka¬zib aytdim.
Shunda kal katta ketimga tepmoqchi bo‘lib shaylandi. Men o‘zimni chetga oldim. Chap berib qoldim.
Kal katta o‘z shashti bilan, o‘z zabti bilan supadan uchib ketdi. Chuqurga borib tushdi.
Raisimiz dovdirab qoldi.
— Eb-ey, eb-ey!.. — dedi.
Chuqurga sakrab tushdi. Kal kattani suyab olib chiqdi.
Kal katta hansirab-hansirab nafas oldi. Qo‘li bilan meni ko‘rsatdi.
— Ushlanglar, banditni ushlanglar! — dedi.
Ikki militsioner ikki yonimdan keldi. Qo‘lla¬rimni ketimga qayirdi. Ketimga bir tepdi. Kolxoz idorasiga olib bordi. Maydagina mashinaga bosib jo‘nadi.
Yo‘lda qusib-qusib bordim.
Birodarlar, benzin isini yomon ko‘raman! Ben¬zin boshimni aylantiradi. Ko‘nglimni aynitadi, qustiradi. Osmondan tushganday bo‘lib qolaman.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:22:25
Rayonga keldim. Organ oldida mashinadan tushdim. Kal katta ketidan chap tarafdagi oynavand xonaga kirdim.
Telefon oldida o‘tirgan militsionerlar o‘rnidan turdi. Kal katta militsionerlarga kiyimlarini ko‘rsatdi, dardini aytdi.
— Hamkasblarning bilan davlatga go‘sht olish uchun borib edik, — dedi. — Mana bu tipga otni ber, desam bermadi. Meni tutib so‘kdi. Onam ham qolmadi, xotinim ham qolmadi. Keyin, bir urib chuqurga ag‘anatib yubordi. Mana fakt — ust-boshim loy! Hamkasblaring jonli guvoh! Ana, rais ham bor. To‘g‘rimi, rais?
— To‘g‘ri! To‘g‘ri! Chuqurga yumalatib yubordi! — ma’qulladi rais. Bir militsioner so‘kinib, oldimga keldi.
— Uh, hayvon, uh bandit! Sen hali rahbarlarga qo‘l ko‘taradigan bo‘ldingmi? — dedi.
Militsioner ichimga urdi. Men ichimni ushlab, boshim bilan devorga suyandim. Ko‘nglim ozdi, ko‘z oldim qorong‘i bo‘ldi. Odamlar goh uchta, goh to‘rtta bo‘lib ko‘rindi... Xona bir yumalab, yana joyiga keldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:22:32
Militsioner kal katta oldiga qog‘oz qo‘ydi.
— Mana, raport yozib, boshliqqa olib kiring. Buni bir tiqib qo‘yaylik, ko‘zi ochiladi.
Kal katta qog‘ozni to‘lg‘azib, olib ketdi. Xiyol o‘tib, yana qaytib keldi.
— Tush oldimga! — dedi.
Men oldiga tushdim. Tor yo‘lakdan hovliga chiqdim. Keyin yana bir xonaga kirdim.
Xona to‘rida baqaloqli bir odam o‘tiribdi. O‘tirishidan katta odam ko‘rindi. Yelkasidagi yulduzlari-da katta-katta bo‘ldi.
Kal katta qo‘li bilan meni ko‘rsatdi.
— Mana bandit! — dedi.
To‘rdagi katta vazmin ovozda so‘radi:
— Nega rahbarlarni urasiz, o‘rtoq Qurbonov?
Men bor gapni qo‘shib-chatmay aytib berdim. To‘rdagi katta endi nima deysiz, degan bo‘lib, kal kattaga qaradi. Kal katta o‘rnidan turib ketdi.
— Yolg‘on! U o‘zini oqlayapti! Biz rahbarlarga ishonasizmi, yo, mana shunga o‘xshagan podachiga ishonasizmi?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:22:40
— Albatta rahbarlarga ishonaman. Rahbarlar yolg‘on gapirmaydi.
— Bo‘pti-da!
O‘pkam to‘lib-to‘lib keldi. Dimog‘imda ming‘irladim:
— Katta bova, meni melisalaringiz urdi...
— Nima-nima? Urdi?
— Eshik oldida urdi. Hushdan ketib qoldim....
— Unday bo‘lishi mumkin emas, hozir chaqiramiz.
Ostonada ichimga urgan militsioner qora berdi. Qo‘lini chekkasiga tekkizib g‘o‘daydi.
— Buyrug‘ingizga binoan keldim, o‘rtoq polkovnik! — dedi.
— Leytenant Ismatov, ayting-chi, nega bu kishini urdingiz?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:22:48
— Kimni? Qo‘limniyam tekkizganim yo‘q, o‘rtoq polkovnik!
— Urdi deyapti-ku.
— Sof leytenantlik so‘zim, qo‘l ko‘targanim yo‘q! Ana, serjant Xalilov ham bor, chaqirib so‘rashingiz mumkin.
O‘ng qo‘limni qornimga qo‘yib ko‘rsatdim.
— Manavi yerimga urdi... — dedim.
Shunda kal katta gapga suqildi.
— Qo‘liniyam tekkizgani yo‘q, o‘zim ustida edim! — dedi.
To‘rdagi katta menga yuzlandi.
— Ana, eshitdingizmi, o‘rtoq Qurbonov? — dedi. — Biz urmaymiz! Sovet militsiyasi urmaydi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:23:06
35

Badbo‘y hujrada yotdim.
Hujrada kun-da bir bo‘ldi, tun-da bir bo‘ldi.
Bir mahal temir darvoza sharaqlab ochilib, sharaqlab yopildi.
Birov ichkariladi.
— Kal, qayerdasan? — dedi.
Ichimga urmish militsioner ovozini darrov tanidim.
Joyimdan turdim. Darvoza taraf yurdim.
Militsioner yoqamdan bir qo‘llab ushladi. Bir-ikki silkiladi.
— Nimaga meni boshliqqa sotding? — dedi.
— Sotmadim, birodar, bor-yo‘g‘i urganingizni aytdim, — dedim.
— Urdim? Qachon urdim?
Militsioner chotlarim oralatib tepdi.
— Men urdimmi?
Militsioner sozlab tepdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:23:12
— Seni urdimmi?
Militsioner yomon tepdi!
— Men-a? Seni-ya?..
Chotlarim uyushib-uyushib og‘ridi. Achishib-achishib og‘ridi.
Ketim bilan shilq etib tushdim...
Tong-saharlab badrabxona tozaladim. Hovli supurdim. Ko‘cha supurdim.
Onamiz bilan ayolimiz xo‘rak olib keldi.
Onamiz yig‘lab-yig‘lab hol so‘radi.
Ayolimiz kuyib-kuyib ko‘ngil so‘radi.
Onamiz bilan ayolimiz biri qo‘yib biri qarg‘adi:
— Senlar mening bolaginamni oyoqosti qilgan bo‘lsang, sen shapkalarni xudoyim xudovando oyoqosti qilsin!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:23:19
— Xudoyim xudovando, bolaginangning o‘lganini ko‘r, sendaychikin shapkalar!
— Xudoyo, shu otlar bilan qo‘shilib, o‘zing ham go‘sht bo‘lib ket, sendaychikin shapkalar!
— Xudoyo, qirg‘inning oldida qirilib ket, sendaychikin shapkalar!
— Ilohi omin, xudo bandam desa, Muhammad payg‘ambar ummatim desa, shul shapkalar elga ermak, xalqqa shaloq bo‘lsin, ollohu akbar!
Onamiz bilan ayolimizga Tarlonni aytmadim.
Ayol zoti og‘zi bo‘sh bo‘ladi. Birov-yarimga aytib qo‘yadi.
Qolabersa, Tarlonni yolg‘iz o‘zimga o‘rgatib edim. Shu bois, Tarlon mendan o‘zgani o‘ziga yo‘latmaydi. O‘zgalar qo‘lidan yem-da yemaydi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:23:29
36

Rosa o‘n kunda ozod bo‘ldim.
Yo‘lda ko‘nglimga hadik tushdi. Hadik tanamga-da yoyildi.
Uyim qolib, Obshirga yo‘l oldim.
Adirga o‘rladim. Kamar oldida serrayib qoldim. Ketimga chalqaydim. Ko‘kragim otilib ketadiganday bo‘ldi.
Kamarda... kamarda to‘rt tayoq ustida bir nima turdi. Joni bormi, yo‘qmi, bilib bo‘lmadi. Ikkita nima yiltiradi. Ko‘zlar bo‘ldimikin?
Ichkari kirdim. Tarlon bo‘yniga osilib-osilib yig‘ladim. To‘yib-to‘yib yig‘ladim...
Tarlonni kamardan olib chiqdim. Adirdan pastga yetakladim. Tarlon ohista-ohista pastladi. Pastlayotib, old oyoqlari bukildi. Yig‘ilib ketayin-yiqilib ketayin, dedi.
Ariqdan sag‘al suvladim. Ariq yoqalatib yetakladim. Oyoqlarini yozdim. Qashilab yuvdim. Yana suvladim.
Kamarga qaytarib olib keldim. Burchakda turgan qopdan to‘rvada yem olib kelib osdim.
Tarlon jonlanganday bo‘ldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:23:37
37

Birodarlar, necha-necha qorabayirlar ketiga qarab-qarab ketdi.
Necha-necha jayronlar kishnab-kishnab ketdi.
Necha-necha samanlar go‘sht bo‘lib ketdi!
Qishloqda otlar kishnamay qoldi.
Saharlari ko‘chalarda ot tuyoqlari tikillamay qoldi.
Oqshomlari otlar tarsillatib yer tepinmay qoldi.
Adirlarda otlar dupur-dupur chopmay qoldi...
Chavandozlar chemakdoshi urushdan qaytmagan bo‘zbola misol mung‘ayib qoldi.
Kelinlar otda emas, mashinada keladigan bo‘ldi.
Olamni mashina ovozi buzdi: dut-dut-dut...
Qishloqda ot nomi o‘chdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:23:46
38

Ora sovidi. Qishloq tinchidi.
Ana shunda Tarlonni uyga olib keldim.
Chavandozlar beliga pul o‘rab, Oboqliga yo‘l oldi. Oboqlidan ot olib keldi.
Ot bilan ajab gaplarni-da topib keldi.
Go‘shtga ot olish ko‘pga kelgan to‘y emas emish. Oboqli taraflarda otlar bus-butun emish, tus-tugal emish...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:23:59
39

Bu gap qishloqdagi besh-olti arizaboz qulog‘iga yetdi.
Arizabozlar qulog‘i ding bo‘ldi. Arizabozlar kechalari uyma-uy yurdi, ariza to‘pladi.
Bir kecha biznikiga keldi. Arizabozlar sultoni bo‘lmish Botir mirob sirli ovozda tayinladi:
— Darvoza ichkaridan tambalansin. Hovli chirog‘i o‘chirilsin. Bola-chaqa bu uyga yaqin yo‘latilmasin. Ichkari eshik zichlab yopilsin. Deraza pardalari tushirilsin. So‘ng, qarshimizga kelib o‘tirilsin!
Botir mirob aytganlarini bajarib keldim. Dav¬raga qo‘shilib o‘tirdim.
Arizabozlar boshimdan kechgan savdoni gapirib berishimni so‘radi.
Men sir bermadim, talmovsiradim. Boisi, o‘shanda o‘n kun yotganim elga doston bo‘ldi. El orasida yuruvsiz bo‘ldim. Mana, dostonim deyarli unut bo‘ldi. Ko‘ngilsiz dostonimni yana qo‘zg‘agim kelmadi.
— Botir aka, bo‘lgan ish bo‘ldi, buyog‘i sindi. Qo‘ying, shu arizabozlikni, — dedim.
— Iya-iya! Hey, og‘izga qarab gapirilsin! Kim arizaboz? Bizmi? Biz yozuvchimiz, bilib qo‘y, yozuvchi! Xalq yo‘lidagi, haqiqat yo‘lidagi yozuv¬chilarmiz! Anavi g‘azal, roman... yozuvchilar yana nima yozadi, o‘rtoq Hamidov?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:24:05
Qabatidagi adabiyot muallimi o‘z ulushini qo‘shdi:
— Poema, ballada...
— Ha-ha! Poema, ballada yozuvchilaring yozuv¬chi emas, biz yozuvchi! Mana, biz! Yozuv¬chilaringning asarlarida fakt yo‘q, adres yo‘q! Masalan, mana o‘zimizning Tog‘ay! Bo‘ri bechora¬ning o‘g‘li! O‘lishni kitob qilib yozdi. Endi ko‘p¬kariniyam kitob qilayotgan emish. Yozishga yozdi, lekin tekshirtirmadi, chora ko‘rdirmadi. Xalqqa nafi tegmadi. Xalq yozuvchilarning kitobini pul sarf qilib oladi. Vaqtini isrof qilib, erinmay o‘qiydi. Keyin... qayg‘uli asarni nima deydi, o‘rtoq Hamidov? Ha-ha, tragediya! Tragediya bo‘lsa ta’sirlanib yig‘laydi. Agar... o‘rtoq Hamidov? Vo-vo-vo, satirik bo‘lsa, qah-qah urib kuladi. Bari quruq safsata! Xalqning biron-bir ishini bitkazib bermaydi. Xalqning kam-ko‘sti esa achib yotibdi. Xalqqa kim amaliy yordam beradi? Biz! Demak, asl yozuvchi biz! To‘g‘ri, yozganlarimizni kitob qilib chiqarmaymiz. Asarlarimiz turli idoralarda qolib ketadi. Lekin kitob qilib chiqaramiz desak, chiqaramiz. Ana, sandiqda yuzlab shikoyat asarlarimiz nusxasi taxlanib yotibdi. Ikkinchi marta og‘izdan arizaboz degan gap chiqarilmasin, ha!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:24:12
— Tavba qildim aka, tavba qildim.
— Shunday bo‘lsin! Endi gapirilsin. Boshidan boshlansin.
— Shu, bir kechasi mendan beshbattar iyig‘i chiqqan bir kal keldi. Yonida ikkita shapka-da bor...
— Menga qaralsin, nima, dunyoning ishi ko‘p¬karimi? Kal deyilmasin! O‘rtoq Falonchiyev deb aytilsin! Shapkang kim? Militsioner? Menga qaral¬sin, shapka inson emas! Shapka — latta! Shapka— karton qog‘oz! Shapkani javobgarlikka tortib bo‘lmaydi! Leytenant Falonchiyev, serjant Falon¬chiyev deb aytilsin!
— Xo‘p. Oy hamsoyamiz Qulmat polvonning teraklari uchiga osilib qolgan-da...
— Uf-f, mabodo shoir-poir emasmisan? Bo‘lmasa nega oydan, yulduzdan gapirasan? Oydan pastga tushilsin! Yerdan gapirilsin! Lirika suvga borib aytilsin! Bizning ishimiz jiddiy, xalq ahami¬yatiga molik ish! Sudlarda qatnashilganmi? Yo‘q? Unda, kolxoz hisobot majlisida kaminaning nutq so‘zlagani ko‘rilganmi? Ana, kamina majlisda qanday gapirgan bo‘lsa, ana shunday gapirilsin!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:24:17
Botir mirobning kolxoz umumiy majlisida gapirishini yodladim. Xuddi mirobday qo‘llarimni qornimga qovushtirdim. Boshimni tik tutdim. Kiprik qoqmadim. Dona-dona qilib aytib berdim.
Mirob oldimga qog‘oz bilan qalam qo‘ydi.
— Endi qanday aytilgan bo‘lsa shunday yozilsin. Nimaga? Beshinchi sinf? Ma’lumoting mendan bir sinf yuqori bo‘laturib yozolmaysanmi? Ha, mayli. O‘rtoq Hamidov, siz yozing, bu kishi qo‘l qo‘yib beradi.
Birodarlar, arizabozlardan Denov qolmadi, Termiz qolmadi, Toshkent qolmadi. Idorama-idora chopdi.
Arizaboz degani ajabtovur el bo‘ldi. Bo‘lmasa, arizabozlarning otini olmadi. Arizabozlarga yel-yu¬gur, deb, birov bir chaqa bermadi. Arizabozlar o‘zlari yonidan o‘zlari chopdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:24:27
40

Bir safargisida meni-da ergashtirib jo‘nadi.
— Boshingdan o‘tgan savdoni o‘z tiling bilan o‘zing aytib berasan, — dedi.
— O‘zi, qayerga borayapmiz? — dedim.
Botir mirob shahodat barmog‘ini labiga bosdi.
— Tish-sh-sh! — dedi.
Arizabozlarga ergashdim. Dushanbega yo‘l oldim. Yo‘lda avtobus derazasidan ikki marta qusdim.
Dushanbedan Moskvaga uchdim.
Umrimda birinchi marta samolyotda uchdim. Qani, ko‘rayin, qani, samolyot degan ulov qandaychikin ekan, dedim.
Samolyot bir pasaydi, bir ko‘tarildi. Yuragim tovonimga tushib ketganday bo‘ldi.
Keyin, joyida turib qoldi. Nag‘masi ko‘p bo‘ldi. Odamning yuragini yordi. Ulov bo‘lsang, sidirg‘a yur, ukkag‘arning samolyoti, dedim.
Samolyotdan ko‘nglim qoldi. Ulovligi yo‘q ekan, ha, demadim.
Samolyot derazasidan qarab hayron bo‘ldim. Shundaygina ostimizda paxta uyulib yotibdi! Samolyot tegayin-tegayin deydi.
Qabatimdagi Hamidov muallimga yuzlandim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:24:34
— Eh-he, paxtani qarang, paxtani! — dedim.
Hamidov qaradi. Keyin, ketiga chalqayib kuldi. Telpagimni yulib oldi. Taqir kallamga shapatiladi! Kallamga shapatilab-shapatilab kuldi.
Kallamni yelkalarim orasiga oldim. Kaftim bilan bekitdim. Telpagimni tortib olib kiydim. Tag‘in derazadan qaradim. Ana endi bildim. Ko‘rinayotgan paxta emas, oppoq bulutlar bo‘ldi.
Moskvada tushdim, arizabozlar ketidan ergash¬dim.
Moskvada nima ko‘p, mashina ko‘p bo‘ldi. Bitta-da ot bo‘lmadi!
Avtobusda yurdim-yurdim, bir joyga keldim. Yo‘l chetida turdim, o‘tkinchi-ketkinchi mashi¬nalarga qo‘l ko‘tardim. G‘uj-g‘uj mashinalardan birovi-da to‘xtamadi. Ko‘taraberib, qo‘llarim charchadi. Turaberib, oyoqlarim toldi. Qornim qur-qur qildi. Toqatim toq bo‘ldi.
Shunda uzun bir mashina jiring-jiring etib kelaberdi. Tezlab kelayapti-da, deb bo‘lmaydi, ohistalab kelayapti-da deb bo‘lmaydi. Yaqin kelib, yanada ohistaladi. Farosat qildim, qo‘l ko‘tarsam, to‘xtaydigan ko‘ngli bor.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:24:40
— Ay, Hamidov muallim, bu qanday mashina bo‘ldi? — dedim.
— Tramvay, — dedi muallim.
— Ko‘cha yuzida simyog‘ochday bo‘lib turamizmi? Ana shu tramvayni kira qilamiz! Xarajati mendan! — dedim.
Hamidov muallim kuldi.
— Tramvay qimmat, — dedi.
— Qimmat bo‘lsa bo‘lar! Ketsa, bir qo‘yning puli ketar! — dedim.
— Unda, o‘zingiz kira qiling.
Chopqillab bordim. Tramvay oldini oldim. O‘ng qo‘limni boshim uzra ko‘tardim.
— Ay, tramvay, ostanovka! — dedim.
Tramvay jiring-jiring etib oyoq ildi. Tram¬vaychi derazadan qaradi. Menga iyak qoqdi. Ha, nima deysan, degan bo‘ldi.
Men o‘ng qo‘limni olg‘a sermadim.
— To‘g‘riga! — dedim. — Aytgan pulingni beramiz! — dedim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:24:46
Tramvaychi bosh-adog‘imga qaradi-qaradi-da, bosh irg‘adi. Mayli, degan bo‘ldi. Boshmoldog‘i bilan tramvay eshigiga ishora berdi.
— Ayda! — dedi.
Shunda eshik taraq etib ochildi. Men lip etib tramvayga minib oldim. Ketimdan arizabozlar mindi.
Arizabozlarga havolanib-havolanib qaradim.
— Ana, bir og‘iz gap! — dedim.
— Ha, kuchingdan, Ziyodulla kal! — dedi Botir mirob.
Tramvay bir yurdi, bir to‘xtadi. Chayqalib-chayqalib xiyla yurdi.
Bir joyda Hamidov muallim:
— Hozir tushamiz! — dedi.
Birinchi bo‘lib men tushdim. Tramvay kira qilish¬ga qildim, endi kira haqini to‘layin, deya qo‘ynimni kovladim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:24:54
Shunda Botir mirob:
— Men to‘ladim, — dedi.
— Ha-a, binoyi, — dedim.
Shu, Botir mirob ko‘pga tushib ketdiyov. To‘rt odamga kira haqi to‘lashning o‘zi bo‘ladimi. Tushsa tushar! Nima, mirobga meni ergashtirib kel, dedimmi! Ergashtirib keldimi, to‘lasin-da!
Arizabozlar katta bir idoraga kirib ketdi. Men ostonadagi qorovul oldida qoldim. Arizabozlar o‘r¬gatgan gaplarni ichimda bot-bot qaytarib o‘tirdim.
Nihoyat, arizabozlar chiqib keldi. Kattalar meni yo‘qlamabdi. Arizabozlar gapiga ishonibdi. Yaxshi bo‘libdi. Tag‘in kattalar salobati bosib, duduqlanib qolamanmi, deya qo‘rqib edim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:25:08
41

Ertasi kuni Dushanbega uchdim. O‘tirganlar shahodat barmog‘ini likillatib, o‘rtada laylakqushday lo‘killab yurgan qizni imladi. Qiz ularga mayda idishda suv olib keldi.
Mening boshqalardan qayerim kam? Kallam kal bo‘lgan bilan, telpakning ostida ko‘rinmaydi.
Dadil bo‘ldim, o‘zimni bir sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim. Shahodat barmog‘imni likillatib, qizni imladim. Suv, deya og‘zimni ko‘rsatdim. Qiz bosh irg‘adi, suv olib keldi. Suvni bir yutishda yo‘qotdim. Boshqalarday bosh irg‘adim.
— O‘lmang! — dedim. — Katta qiz bo‘ling.
Ko‘kragimni kerdim, baqalog‘imni shishirib o‘tirdim.
Oynadan pastga qaradim. Past o‘zimizning Vax¬shivorsoyga kelbat berib ketdi. Qator-qator uylarni ko‘rdim. Mayda-mayda qoralarni ko‘rdim. Hamidov muallimga, shu bizning qo‘ylarmikin, degim keldi. Tag‘in kallamga shapatilashidan qo‘rqdim. Gapimni ichimga yutdim.
Samolyot Dushanbeda gurs etib tushdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:25:15
42

Taksida qishloqqa keldim.
Men qayerga borib keldim? Odamlar buni biladimi? Ana shuni odamlarga bildirgim keldi. Qayerga bordim, qayerda bo‘ldim, barini aytib, maqtangim keldi. Uyga bormadim. Katta ko‘chada ohista-ohista vazmin-vazmin qadamlar bosib yurdim. Odamlarga quyuq-quyuq salomlar berdim. Duch kelgan odam bilan qalin-qalin so‘rashdim. Qozon-tobog‘igacha qoldirmay so‘radim.
El og‘ziga mahtal bo‘lib qaradim. El, ko‘rinmay ketdingiz, Ziyodulla chavandoz, deya so‘ramadi!
Ko‘chani tag‘in bir aylanib keldim. El aqalli, kamnamosiz, Ziyodulla kal, demadi! Uch kun-a, uch kun qishloqda bo‘lmadim! Yaxshimi-yomonmi, shu elning molini boqayapman. Odamning qad¬riyam shunday bo‘ladimi. Qadrimga kuydim. Ay, qadrim-a, bechora qadrim-a!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:25:25
Eldan xafa bo‘lib, uyga keldim. Choy ichib, yonboshladim. O‘ngimga ag‘darildim — bo‘lmadi, chapimga ag‘darildim — tag‘in bo‘lmadi! Tars yorilib ketguday bo‘ldim!
Moskvada yo‘l-yo‘lakay bir kilocha qand-qurs olib edim. Bola-chaqa qo‘limga qaraydi, dedim-da.
Ana shundan bir siqimini qo‘ynimga soldim. Tarlonni minib, Mamat oshnamiznikiga yo‘l oldim. Devordan bo‘ylab ovoz berdim.
— Mamat! Mamat uydami, kelin? Uyg‘ot, gap bor! — dedim.
Mamat ichkaridan uyquli ko‘zlarini uqalab-uqalab keldi.
Men, tevarakdagi hamsoya-qo‘llar eshitsin uchun, ovozimni qo‘yib gapirdim:
— Yaxshimisan, dimog‘ing chog‘mi? Ma, mana¬vi qandni nevaralarimga bo‘lib ber, yesin! Mozor bosib kelgan-da, tabarruk!
— Qayerlardan so‘raymiz?
— Moskva!!!
— «Moskva» kolxozimi?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:25:33
— Kolxoz? Qanday kolxoz? Sen o‘zi, meni kim deb o‘ylayapsan? Men uncha-muncha joylarga bormayman! Borsam, faqat Moskva shahri azimlarga boraman, ha! Faqat Moskva!!. Juda past ketsam, Dushanbelarga shunchaki, yo‘l-yo‘lakay oyoq ilib o‘taman! Menga qara, kun qiyom vaqti-qiyom vaqti uyingning ustidan bir samolyot uchib o‘tdimi? Qanotlarida parragi-da bor?
Mamat sergak tortdi. Osmonga bir qarab oldi.
— Uchib o‘tganday bo‘ldi, nima edi?
— O‘lma! Men senga bir narsa aytayinmi? Shu samolyotning ichida men bor edim!
— Ha, kuchingdan!
— O‘ng yog‘ida o‘tirib uchdim! Parrakning shunday yonida, ha!
— Vo ukkag‘ar, Gagarin bo‘l-ey!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:25:40
— Kim? Eb-ey, Gagarining kim bo‘pti! Osmonga lip etib uchgan-da, qaytib tushgan. Men to‘rt osh pishirimdan-da ko‘p uchdim!
— Eh-e-e! Yoril-e, bachchag‘ar-e, yoril-e!
— Ko‘rib turibsan, chakana odam emasman! Endi men bilan o‘ylab gapirish!
— Bo‘ldi, bo‘ldi, taraf yo‘q.
— Yana bir gap. Samolyot osmonda varrakka o‘xshagan bilan mayda emas ekan, ha! Ichi Obshirning kamariday keladi!
— Kir uyga, choy ichamiz.
— Yo‘q, ishim zaril. Shunday o‘tayotib, bir hol-ahvol so‘rashib ketayin dedim...
Jilovni bo‘shatdim. Tarlon yo‘l oldi.
Birodarlar, parday yengil bo‘ldim!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:25:48
43

Birodarlar, Moskvadan odam kelibdi. Shlyapasi bor emish!
Shlyapali odam rayon kattalarini yig‘ibdi. Kal kattani o‘rtaga olibdi. Ana shunda masala oydin bo‘libdi.
Oydin bo‘lishicha, hukumat, hamma o‘z imko¬niyatiga yarasha go‘sht topshirsin, debdi. Buyruq rayonga kelibdi. Rayon kattalari kal kattani bizga vakil etib yuboribdi.
Kal katta bir zina yuqori o‘smoqchi bo‘libdi. O‘sish uchun go‘sht topshirishdan foydalanmoqchi bo‘libdi. Qaysi yo‘l bilan bo‘lsa-da, go‘sht topshirishni muddatidan oldin, oshirib bajarib, kattalarga yaxshi ko‘rinmoqchi bo‘libdi, yelkasiga qoqtirmoqchi bo‘libdi. Shu yo‘l bilan ko‘zlagan amaliga minmoqchi bo‘libdi.
Birodarlar, bir kalning hiylasi — qirq kishini charchatadi!
Kal katta o‘z niyatiga elni talab erishmoqchi bo‘libdi, elni xo‘rlab erishmoqchi bo‘libdi.
Shlyapali katta kal kattani urishib-urishib, amalidan olibdi. Partiyadan o‘chirmoqchi bo‘libdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:25:54
Shunda, kal katta ho‘ng-ho‘ng yig‘lab qo‘ya beribdi. Shafqat qilibdi.
— Erkak odamning yig‘lagani — o‘lgani, — debdi.
Birodarlar, haq saqlasa balo yo‘q, haq qarg‘asa davo yo‘q!
Ayni kunlarda kal katta choyxonada yonboshlab yotar emish.
— Haqiqat yo‘q, bu dunyoda haqiqat yo‘q... — der emish.
Birodarlar, o‘zing yaxshi — olam yaxshi, o‘zing yomon — olam yomon!
Choynagidagi choyi oq emish! O‘zi quyib, o‘zi ichar emish.
Elga ermak, xalqqa shaloq emish!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:26:07
44

Birodarlar, shukur-shukur, arizabozlarning boriga shukur!
Arizabozlar nohaqlikka yo‘l qo‘ymaydi. Harom-tomoqlarga kun bermaydi. Elning haqini birovga yedirmaydi.
Arizabozlar bo‘lmasa, kattalar biz avom elni bozorda sotib yeydi! Arizabozlar bo‘lmasa, kattalar biz avom el og‘zidagi oshni yulib oladi!
Arizabozlarga mehrim tushib qoldi!
Bozor oqshomi barcha arizabozlarni uyimga aytib keldim. Boqib yotgan bir qo‘yimni so‘yib berdim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:26:15
45

Qishloq tag‘in otlarga to‘ldi.
Chavandozlar otlarini boylovga tashladi.
Tarlonni-da boylab boqdim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:26:24
46

Qarluqda to‘y bo‘ldi.
Shu to‘yga yo‘l oldim. Yo‘lda Tarlon tezak tashlab-tashlab bordi. Ajabo, bundaychikin qilig‘i yo‘q edi...
Bir muallimnikiga tushdim. Qoziqni molxona yoniga qoqdim.
Tarlon quloqlari shalpaydi. Boshi egildi. Devor kavagiga munis termilib qoldi. Yem yemadi. Irimiga labini-da tegizmadi.
Ko‘nglim hadiksiradi. Tomog‘imdan tuz o‘tmadi. Tarlondan ko‘z uzmadim.
Uzangi yo‘ldoshlarim-da oromini yo‘qotdi. Qarluqda otni zo‘r biladigan bir sinchi chol bo‘ldi. Ana shu cholni aytib keldi.
Chol Tarlonni aylanib ko‘rdi. Enkayib, ko‘zlariga qarab ko‘rdi. O‘zicha, bosh irg‘adi. Keyin, tirsagimdan ushladi. Meni mehmonxonaga ergashtirib bordi. Yelkamga qo‘lini qo‘ydi.
— Menga qara, el chavandozi, — dedi. — Shu otni menga sotmaysanmi? Yigirma qo‘y beraman. Gapning erkagini ayt.
Zardam qaynadi. Men nima g‘amda-yu, chol nima g‘amda!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:26:32
— Bova, — dedim, — erta birov aytgan ekan, men o‘z g‘amim bilan, mulla mening... deb! O‘zi nima gap, avval ayting-da!
Chol mujmaltob bo‘ldi.
— Sen bo‘larini ayt, el chavandozi. Keyin men aytaman, — dedi.
— Yo‘q! Qiyomatda-da sotmayman! Bo‘ldimi?
— Ha, mayli. Unda eshit, el chavandozi. Oting, zo‘r ot. Ko‘rgandan besh ketdim. Adashmasam, yaqinda og‘ir bir dardni boshidan kechirgan deyman-ov!
Tarlon kamarda o‘n kun och yotdi, ana shu xa¬yolimdan o‘tdi. Ammo cholga sir bermadim.
— Ha, dardga chalinib edi. Keyin, forig‘ bo‘lib edi.
Chol mahobat qildi.
— Bali, el chavandozi, — dedi. — Ot hozir shuni eslayapti, ertaga bo‘ladigan ko‘pkarini o‘ylayapti. Darddan avvalgiday chopolamanmi, yo‘qmi, degan g‘am otni o‘yga solayapti. Men buni ko‘zlaridan bildim. Meniyam aytdi dersan, el chavandozi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:26:40
Chol ketdi.
Men bemahalgacha gurunglashib o‘tirdim. Tarlonning qayg‘usi ko‘nglimdan ko‘tarilmadi. Qayg‘u yuzimga-da urdi shekilli, uy xo‘jasi ko‘nglimni ko‘tardi.
— Ko‘p qayg‘ura bermang, chol sinchi, bilong‘ich, — dedi. Keyin, chol kimligini aytib berdi.
Emishki, otlar bir yilda bir marta kavsh qaytaradi. Ot kavsh qaytarganda yonadi! Badanlari tovlanadi, ko‘zni qamashtiradi! Ayniqsa, ko‘zlari porlab yonadi! Ot — dev-da! Ot kavsh qaytarishi horiqulodda* yerda, horiqulodda vaqtda kechadi. Ko‘z ochib, ko‘z yumguncha bo‘lib o‘tadi! Ot kavsh qaytarishini ko‘rgan odam, yo telbanamo bo‘ladi, yo sho‘rpeshona bo‘ladi, yo baxtli, yo dono, yo nuktadon bo‘ladi!
Emishki, chol ot kavsh qaytarganini ko‘rgan emish...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:26:48
47

Ko‘pkari ekinsiz qisirpoyada bo‘ldi.
Men Tarlonni qizitdim. Qisirpoyani aylantirib chopdim. Tarlon xiyol o‘zgardi. Boshini tik tutdi, dirk-dirk o‘ynadi. Suvlig‘ini shiqirlatib-shiqirlatib chaynadi. Tarlon to‘daga talpindi, Tarlon meni uloq¬qa chorladi!
Ayni qishning ilk ko‘pkarisi-da, ot mo‘l yig‘ildi.
Demak, ko‘pkari yaxshi bo‘ladi. Boisi, oz otli ko‘pkarida yerdan uloq olish mushkul bo‘ladi. Sababi, bari ot o‘zini zo‘r deb biladi. Oqibat, yoppasiga uloqqa yopishadi. Talashib-tortishadi. Uloqni na o‘zi oladi, na birovga beradi. Bir-biriga xalaqit beradi, bir-biriga ziyon beradi. talashib yota beradi.
Ot mo‘l bo‘lsa, aksincha bo‘ladi. Bunda zo‘rlar zo‘ri, otlar oti uloqqa talpinadi. Bundayroq otlar to‘da chetida tomoshago‘y bo‘ladi. Bordi-yu, uloq¬qa intilsa, to‘dadagi o‘zr otlar yo‘l bermaydi, ketiga surib yuboradi.
Shu boisdan mo‘l otli ko‘pkarida to‘dadan uloq olib chiqish oson bo‘ladi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:26:56
48

Uloq keldi.
Tarlonni gijinglatib-gijinglatib bordim. Uloqni iskatib-iskatib oldim. Uloq butidan ko‘tarib-ko‘tarib ko‘rdim. Uloq bir tana bo‘ldi. Ellik-oltmish kilolar keldi. Uloq jiqqa ho‘l bo‘ldi. Boisi, kechasi bilan suvga pishib qo‘yilgan bo‘ldi. Buning nafi — uloq zilday og‘ir bo‘ldi. Ana endi torta-tortda uloq terisi ayrilmaydi, bo‘lak-bo‘lak bo‘lib ketmaydi. Bo‘lmasa, torta-torta uloq butun qoladi- mi?
Bakovul zotlarni aytdi:
— Bir juft kalish, o‘n so‘m puli bor! Ol!
To‘da uloqqa talpindi. Uloqni bir jiyron olib chiqib ketdi.
Keyingi zot qo‘yildi:
— Bunisida bir qo‘y, bir to‘n, o‘n so‘m puli bor! Zot kattardi, armonda qolma!
Tarlonni uloqqa soldim. Tarlon pishqirib-pishqirib qimtinadi. Uloqqa men o‘ylagan, men xohlagandan-da vaqtliroq, osonroq bordi. Odaticha uloqni bir aylandi. Uloq boshida oyoq ildi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:27:07
Bir chavandoz Tarlon o‘ktamligidan g‘ashlandi. Tarlon sag‘risiga qamchi urdi.
Tarlon bir seskandi. Lekin joyidan qimirlamadi. Ikki ko‘zi uloqda bo‘ldi.
Men uloqqa teskari yoqdagi tovonimni uzangidan olmay, egar korsoniga ildirdim. Uloq taraf uzangidagi oyog‘imni bukdim. Tizzamni Tarlon biqiniga bosdim.
Tarlon menga kift berdi, kift!
Men enkaydim, uloqni bir qo‘llab ushladim. Qomatimni ko‘tarayotib, bukilgan oyog‘imni uzan¬giga tik tiradim. Bor qiyinchilik, shu oyog‘imga tushdi. Busiz uloqni ko‘tarib bo‘lmaydi.
Shunda, bir mug‘ambir ot uloqni tuyoqlari bilan bosib qoldi.
Men tag‘in uloq butidan ushladim. Tag‘in ot tizzasi baravar ko‘tardim.
Tarlon uloqqa qarab-qarab olg‘a yurdi.
Uloqni atayin yerda sudrab bordim. Birdan ko‘tarsam bo‘lmaydi, poylab turganlar yopishadi.
— Uloq ko‘tarilayapti, uloq ko‘tarilayapti!
Sag‘al ochiqqa keldim. Uloqni dast ko‘tarishga shaylandim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:27:13
— Uloq Tarlonda ketayapti, Tarlonda!
Uloqni zarb bilan ko‘tarib oldim. Ko‘tarayotganimda Tarlon sozlab bir silkindi. Madad berdi, ko‘tarishib yubordi!
Tarlon bilan olg‘a chopdim. Otlar keyinda qolib ketdi. Ammo bir to‘riq qolmadi. Chavandozi uloq butidan ushlab, biz bilan baravar chopdi.
— Yo‘q, uloq Tarlon bilan To‘riqda ketayapti! Uloq Tarlon bilan To‘riqda!
Uloqni taqimimga bosib oldim. Yonimga chal¬qay¬dim. Jilovni qo‘yib yubordim. Uloqni qo‘sh¬qo‘llab ushlab oldim.
Ko‘p otlar avval-avval asta-asta chopadi. Keyin-keyin tezlab chopadi.
Bizning Tarlon bo‘lsa turgan joyidan zabt oladi. Birinchi qadamidanoq shiddat bilan, birdan otilib chopadi. O‘zga otlar bundayin zabtli shiddatga hozirlanmagan bo‘ladi. Oqibat, o‘zga otlar o‘zlarini o‘nglab olgunlaricha, Tarlon o‘zib ketadi. Hozir-da shunday bo‘ldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:27:18
Tarlonda yana bir fazilat bor. Bordi-yu, biror bir ot yetib olsa, Tarlon shu ot bilan baravar chopadi. O‘zib-da ketmaydi, keyin-da qolib-da ketmaydi. Go‘yo, oxirgi holi shunday, bir me’yorda chopadi. Qabatidagi ot shu me’yorga ko‘nikadi. Baravar chopib borayotgani bilan qanoatlanadi. Shunda, Tarlon birdan zabt oladi, shiddat oladi! Bunday bo‘lishini xayoliga-da keltirmagan qabatidagi ot keyinda qolib ketadi.
Ayni shu vaziyatda chopayapmiz! Mendan Tarlon uchun bir so‘z kifoya bo‘ldi.
— Ha-a!
Tarlon, tarlonligini qildi, horiqulodda yulqindi, zabtini birdan oshirdi.
Qabatida kelayotgan to‘riq chavandozning qo‘li uloqdan uzildi. To‘riq keyinda qolib ketdi.
Men jo‘shib ketdim:
— Hu-u-uy, hu-u-uy, hu-u-uy!..
Tarlon yulduz uchganday chopdi!
— Halo-o-ol. Tarlonniki halol! Tashla, Tarlon, tashla!
Ellik-oltmish kilolik uloqni yerdan qanday qilib ko‘tarib oldim? Belim barobar devorda o‘tirib, ellik kilo yukni yerdan bir qo‘llab ko‘tarib ololmayman. Ellik kilo yukni qo‘shqo‘llab ko‘tarib, otga ku¬chana-kuchana ortaman. Ko‘pkarida bo‘lsa, otda enkayib, ellik kilo uloqni bir qo‘llab ko‘tarib olaman! Buning siri nimada?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:27:23
Birodarlar, otning shamoli bor! Uloqni ana shu shamol olib ketadi! E’tibor etgan bo‘lsangiz, ot uloq¬dan ko‘z uzmadi! Ot menga kift berdi! Atayin, men uchun qulaylik yaratdi! Uloqni ko‘tarayotga¬nimda esa, yelkasiga yuk olayotgan odamdayin bir silkindi! Ana shunda men uloqni yerga tashlab yubormasam bo‘ldi, birovga berib yubormasam bo‘ldi. Chavandozligimni qilsam bo‘ldi! Ot — otli¬gini qiladi!
Bilayapsiz, ko‘pkarining sakson-to‘qson foizi ot bo‘ynida bo‘layapti. Shu boisdan-da ko‘pkarida chavandoz emas, ot nomi aytiladi! Ko‘pkari boshidan-adog‘igacha ot nomi jaranglaydi! Ot nomi sharaflanadi! Ot nomi ulug‘lanadi!
Tarlon ellik-oltmish kilolik uloq bilan, yana tag‘in men bilan qanday qilib chopdi? Atayin, otga oltmish kilo bug‘doy ortib oldim, deyin. Yana tag‘in, o‘zim-da minib oldim, deyin. Ana shundan keyin ot ana shunday shiddat bilan chopoladimi? Chopolmaydi! Uloqqa kelganda esa, quyunday uchadi!
Birodarlar, uloqning havosi bor! Otga ana shu havo quvvat beradi, qanot beradi!
Tarlon g‘ayrat qildi. Yana ikki marta uloq ayirdim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:27:29
Shunda, g‘uj odamlar orasidan kimdir birov ovoz berdi.
— Tarlon, buyoqqa bir qarang! — dedi.
Bordim, ovoz bergan kechagi chol bo‘ldi. Chol kaftini qoshiga qo‘yib qaradi. Boshini irg‘ab-irg‘ab qaradi. Kulimsib-kulimsib qaradi.
— Endi qandaysiz, el chavandozi? — dedi.
— Qulluq, qulluq.
— Endi menga qarang, el chavandozi, otga dam bering, ha. Bo‘lmasa, ko‘ziktirib qo‘yasiz...
Tarlon halollagan to‘nlar bilan pullarni cholga uzatdim.
— Olmayman, yo‘q, olmayman!.. — dedi chol.
Qo‘yarda-qo‘ymay berdim. Keyin, jabduqlar tarafga yurdim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:27:39
49

Birodarlar, hamsoyamiz Qulmat polvon bozorlab keldi. Mayiz sotib keldi.
Devorimizdan avaylab bo‘yladim. Narx-navoni so‘radim.
— Qani, polvon, — dedim, — mayiz qanchadan bo‘ldi?
Polvon qo‘llarini ko‘ksi barobar qildi. Kaftlarini katta-katta ochdi. O‘nta barmog‘ini yoyib ko‘rsatdi. Og‘zini to‘ldirib:
— O‘n so‘m! — dedi.
— Yo‘g‘-e?
— Chinim, o‘n so‘mdan bo‘ldi. Mayizingiz bo‘l¬sa, armonda qolmang!
Mayiz bizda bor-da! Olti unxalta! Saratonday sariq mayiz!
Qo‘chqorday-qo‘chqorday o‘g‘illarim bor! Katta bo‘lsa otning Tarlonini minaman deyapti! Mayizni shularning to‘yiga bosib yotibman! Bu qish kuchim yetmaydi, kelasi qishda katta to‘y beraman! Nasib bo‘lsa!
Shanba oqshomi ombordan bir xalta mayiz sud¬rab chiqdim. Supadagi gilamga yoydim. G‘alvirda elab-elab, changdan pokiza etdim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:27:48
Subhi sodiqda Tarlon bilan bozorladim.
Qizilsuvga doxil bo‘ldim. Daryodan kechib o‘tib, yuqoriladim.
Mol bozori oldida tevaragi sim bilan o‘ralgan yer bo‘ladi. Bozorlab keluvchilar ot-ulovlarini ana shu yerga bog‘lab qo‘yadi. Tarlonni-da shu yerga bog‘lab qo‘ydim.
Mayizimni orqalab, bozor oraladim.
Dimog‘im manti hidini tuydi.
Bukilib-bukilib yurdim.
— Po‘sht-po‘sht! — deb yurdim.
Bozorchilar qatoridan joy oldim. Mayiz xaltamni ochdim. Mayizimni maqtab-maqtab o‘tirdim. O‘n so‘mdan pastga tushmadim!
Chipor gulstukli bir odam mayizimni kaftiga olib ko‘rdi. Salmoqlab-salmoqlab ko‘rdi.
— Sal tushing, dehqonsiz-ku! — dedi.
— Nima, dehqon mayizni ko‘chadan topib oladimi? — dedim.
— Tok tuggan noz-ne’matni o‘n so‘m deb o‘tiribsiz-a!
— Noz-ne’mat degani dehqonning peshona teri degani!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:27:55
— Ko‘p minnat qilmang! Shusiz ham oy bitsayam, kun bitsayam, dehqonga bitib yotibdi!
— Bitadi-da! Ust-boshlaringdan tortib, yegan-ichganlaringgacha dehqonning peshona teridan kelayapti! Idorada o‘tirib qog‘oz qoralaganlaring bilan osmondan yeydigan, yo, kiyadigan biror nima tushmaydi! Dehqon topganining to‘qson foizini sizlarga jo‘natib, qolgan o‘n foizinigina o‘zi yeydi!..
Chipor galstukli odam unday desa, bunday dedim, bunday desa, unday dedim. Ishqilib, galstuklidan qolishmadim!
Birodarlar, sochim bo‘lmasa-da tarog‘im tillodan!
Qaradim-qaradim, savdoning ma’quli bo‘lmadi.
— Bor-ye, yetti so‘mdan bo‘ldi! — deb yubordim.
Shu zahotiyoq bir mayizjallob dikonglab keldi. Ko‘tarasavdo qilib olib ketdi.
Xaltamni tizzamga urib qoqdim. Buklab-buklab qo‘ltig‘imga qisdim.
Bozor oralab, bozorlik qildim. Noz-ne’matlar oldim. Jiydaga boshqorong‘i ayolimizga Xorazm jiydasi oldim. O‘g‘illarimizga xo‘rozqand, qog‘o¬zida kuchugi bor qand, teshikkulcha oldim. Barini xaltamga solib, choyxonaga yo‘l oldim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:28:03
50

Ostonadan ichkari mo‘raladim.
Choyxona to‘la odam bo‘ldi.
Choyxona havosi dim bo‘ldi. Nafasim qaytib ketdi.
Tashqari so‘rilarda-da odam mo‘l bo‘ldi. Birovlab sanasa yuzlar bo‘ldi.
Xaltamni so‘ri ustuniga suyab qo‘ydim. Bo‘sh joy izladim. Bir odam turib ketdi, joyi bo‘shab qoldi. Xaltamni oldim. Yaqinimdagi odamga:
— So‘raganlarga bu joy egalik deng, — dedim.
Choy bilan kulcha olib keldim. Ko‘chaning narigi yuzida bir sermo‘ylov odam katta qozonda baliq qovurdi. Ana shu mo‘ylovdan ikki kilo baliq olib keldim.
Chordona qurib, baliq tushirdim. Baliq serqiltiq bo‘ldi, xo‘p xunob qildi.
Shunda, burchak so‘rida ikkita militsioner paydo bo‘ldi.
Og‘zimdagi og‘zimda, bo‘g‘zimdagi bo‘g‘zimda qoldi. Ko‘nglim aynidi, ishtaham buzildi.
Ko‘rmayin-da, kuymayin-da, dedim. Chappa burilib o‘tirib oldim. Tag‘in, o‘shalar bo‘lsa-ya, deya hadiksiradim. Ko‘z qirim bilan qarab-qarab oldim. Yo‘q, ular emas, boshqalar bo‘ldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:28:12
51

Shu vaqt, bozor darvozasi tarafdan ovozlar keldi.
— Ushla, o‘g‘rini, ushla! — dedi ovozlar.
G‘uj-g‘uj odamlar orasidan bir bola chopib chiqdi. Ketidan bir beqasam choponlik odam quvib keldi.
Bola ko‘chani kesib chopdi. Yuqoridan kelayotgan qizil mashinaga bel bo‘ldi. Mashina «shig‘g‘» etib, toyib kelib to‘xtadi. Bola o‘zini yo‘lning berigi betiga otdi. Qop-qora suvli ariqqa shaloplab tushdi. Loy bo‘lmagan yeri qolmadi.
Quvib kelayotgan odam mashina ketidan o‘tdi. Bolaning loy yoqasidan juftlab ushladi. Bola tipirchiladi, ammo beqasam choponlik changalidan chiqolmadi. Beqasam choponlik, bolaning oyoqlariga qo‘shib, qoqib, yerga yumalatdi.
— Pulni chiqar! Qani pul?! — dedi beqasam chopnlik.
— Men emas! — dedi bola.
— Sen! Qo‘lingni kissamda ushladim-ku! Yaxshilikcha chiqar, bo‘lmasa enangni Uchqo‘r¬g‘ondan ko‘rsataman!
— Men emas deyapman-ku!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:28:19
— Unda o‘zim topaman! Tort qo‘lingni! Manavi kissangni ko‘rsat!
Yo‘ldan o‘tkinchi-ketkinchilar oyoq ildi. Choy¬xonadagilar borib qaradi. Tumonat odam bo‘ldi.
Men so‘rida tik turib qaradim.
Beqasam choponlik bolaning kissasini kovladi. Qo‘yniga qo‘lini tiqdi. Qo‘ynidan bir dasta pul oldi. Bolaning tumshug‘iga olib bordi.
— Bu nima, enangning qalinimi? — dedi.
Bola boshini yelkalari ichiga oldi. Yuzini loy kaftlari bilan pana qildi.
Beqasam choponlik bolaning quloq-chakkasiga qulochkashlab soldi. Bola balchiq suvga shalop etib tushdi.
Beqasam choponlik bolaning yoqasidan juftlab ushladi. Suvning oqishiga qarab sudradi.
— Senga kissavurlik qilishni ko‘rsatib qo‘ya¬man! Yur melisaga!
Bola oyoqlarini tiradi, gavdasini orqasiga tashladi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:28:25
Shu vaqt, olomon orasidan ikkita novcha bo‘z¬bola sug‘urilib keldi. Ikkovining-da sochlari yelkasida bo‘ldi. Ust-boshlari badanlariga chippa yopi¬shib turdi. Botinkalari tovoni ot tuyog‘iday-ot tuyog‘iday qalin-qalin bo‘ldi.
Bo‘zbolalar beqasam choponlik ketidan keldi. Bir bo‘zbola beqasam choponlik tirsagidan ushladi. Beqasam choponlik, bolani qo‘yib yubordi. Ketiga qayrilib qaradi. Shunda, bo‘zbola beqasam choponlik iyagiga qulochkashlab bir urdi.
Beqasam choponlik zuvalasi pishiqlardan bo‘ldi. Ketiga gandiraklab-gandiraklab bordi. Ammo yiqilmadi.
Olomon haybarakallachi bo‘ldi:
— Ur! Sol, tumshug‘iga!
— Ur! Musht turganda muomala nima kerak!
Beqasam choponlik bir bo‘zbolani qo‘shqo‘llab bir urdi. Bo‘zbola chalpak bo‘lib tushdi.
Omon turgan bo‘zbola beqasam choponlik ketidan keldi. Biqiniga sozlab bir tepdi.
Beqasam choponlik enkaydi. Biqinini ushlab-ushlab, enkayib qoldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:28:34
Olomon haybarakallachi bo‘ldi:
— Ur! Kalla qil, kalla!
Shunda, maydagina bir qora kuchuk vangillab-vangillab chopib keldi. Keldi-yu, beqasam choponlikni urayotgan bo‘zbola butiga yopishdi. Bo‘zbola kuchukka oyog‘ini sermadi.
Kuchuk ketidan sermo‘ylov baliqpaz chopqillab keldi. Kuchugini urishib-urishib, oldiga solib haydab ketdi.
Chalpak bo‘lib yiqilgan bo‘zbola joyidan sapchib turdi. Beqasam choponlikni tepa ketdi. Loyga belangani-da qo‘shilib tepdi. Bo‘zbolalar ko‘zlariga qaramay tepdi. Beqasam choponlik yuzlari burishdi. Bir ichini, bir biqinini ushladi. Keyin, yerga cho‘k tushdi.
Men olazarak bo‘ldim. Tevarak-atrofimga alangladim. Burchakda o‘tirgan militsionerlarga qaradim.
— Ay, anavilarni oracha qilinglar-ay! —dedim.
Militsionerlar parvoyi falak bo‘ldi. Beg‘am-beg‘am choy ichdi. Boshlarini sarak-sarak etdi.
— Bizga aloqasi yo‘q! — dedi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:28:41
— Bu yer boshqa birovning uchastkasi! Bizning uchastkamiz vinzavod tarafda! — dedi.
Olomon yakun yasadi:
— Tamom, nokdaun!
Yo‘q, tamom bo‘lmadi.
Beqasam choponlik cho‘kkalab o‘tirdi-o‘tirdi-da, birdan sapchib turdi. Biqiniga tepgan bo‘zbola yuziga kalla qildi.
Bo‘zbola yuzlarini kaftlari bilan yopdi. Xiyol enkaydi. Barmoqlari orasidan qon sizib chiqdi.
Shunda, birovi kaftiga bir qora nima qo‘ydi. Shu qora nima bilan beqasam choponlikning pe¬shonasiga qulochkashlab bir urdi.
Beqasam choponlik:
— Voh, o‘ldim-a! — deya baqirdi. Peshonasini ushladi. Taltangladi, gandirakladi. Ana yiqilaman, mana yiqilaman dedi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:28:49
Kalla yegan bo‘zbola turgan joyida sapchib, beqasam choponlikning ko‘kragiga tepdi.
Beqasam choponlik bargday uchib tushdi. Qo‘llarini yonlariga yoyib, qimirlamay qoldi.
Bo‘zbolalar beqasam choponlikni o‘rtaga olib tepdi. Oyoqlari ostiga olib tepdi. Ko‘zlariga qaramay tepdi.
Birodarlar, ezilib ketdim, ich-ichimdan ezilib ketdim! Jonim halqumimga keldi!
Alam ham armon bilan burchakka qaradim. Yo‘q, militsioner yo‘q. Tevarak-atrofga alangla¬dim. Militsionerlar oldinma-keyin bo‘lib, choyxona yonalab pisib-pisib ketayapti.
Qahr bilan, nafrat bilan so‘ridan tappa tashladim. Beqasam choponlik bilan bo‘zbolalarni oracha qilayin, dedim. Olomonni qulochlarim bilan yorib, o‘rtaga kirib bordim.
Bir bo‘zbolani bilagidan qo‘shqo‘llab ushladim. Ketiga sermab yubordim. Bir bo‘zbolani sochlaridan g‘ijimlab ushladim. Sochlaridan chetga tortdim.
— Imoning kuygurlar! Bir mo‘min bandani o‘ldirasanmi! — dedim. Sochlarini g‘ijimlab turgandim, yulqindi. Bo‘lmadi. Tag‘in yulqindi. Yana bo‘lmadi. Keyin, chotlarim orasiga o‘xshatib bir tepdi.
Birodarlar, orachiga — olti tayoq!
Esankirab qoldim, dovdirab qoldim. Jon shirin-da! Jon achchig‘ida qo‘lim yuzasi bilan bo‘zbola ko‘zlarini oralatib bir soldim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:28:57
Bo‘zbola chinqirib yubordi.
Shu vaqt, mashina ovozi eshitildi. Katta ko‘chadan bemorxona mashinasi keldi.
Olomon o‘zini chetga oldi. Ko‘cha yuzida to‘p bo‘ldi.
Mashinada o‘tirgan oq kiyimlik odam ko‘zoynagini ustidan qaradi. Sulayib yotgan beqasam choponlikni ko‘rdi.
— Nima bo‘ldi bunga? — dedi.
Xo‘rligim kelib... yig‘lab yubordim...
— Bechorani qarang... Ular uchov bo‘lsa, bu bechora birov bo‘lsa! — dedim.
— Tushunarli! Dam olish kuni deb, o‘zidan ketib qolmay, kamroq ichsin!
— Buni olib keting, birodar, o‘lib qoladi...
— Bizning zakazimiz bor! Boshqa «Skoriy pomosh» chaqiringlar! Ketdik, haydang!
Bemorxona mashinasi shunday oldimdan o‘tib ketdi. Ketidan qarab qoldim. Keyin, qoniga belanib yotgan beqasam choponlikka qaradim. Qaradim-qaradim...
Birodarlar, o‘pkam to‘lib keldi. To‘lib-to‘lib keldi... Yenglarimga yig‘ladim, choponimning yoqalariga yig‘ladim, o‘ngirlarimga yig‘ladim...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:29:03
Olomonga alangladim.
— Ay, birodarlar, bir bechora inson shunday o‘lib keta bersa yaxshimi? Uyida bola-baqrasi bordir! — dedim.
Birov ovoz berdi:
— Tanishingiz bo‘lsa, olib keting! — dedi.
Shunday ko‘cha yuzida turgan maydagina ma¬shina xo‘jasiga elandim. Bir amallab ko‘ndirdim.
Beqasam choponlikni yelkasidan sudrab keldim. Quchoqlab ko‘tarib, mashinaga soldim. Yerda shalvirab qolgan oyoqlarini ichkari oldim. O‘zim qabatida o‘tirdim. Bir qo‘lim bilan bilagidan ushlab oldim.
Birov endi kelib, shu yerdagilardan so‘radi:
— Nima bo‘ldi-a, nima bo‘ldi? — dedi.
— Zo‘r tomosha bo‘ldi! Uchchalasi bittasini shunaqangi soldi! Paq-paq! Nokdaun!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:29:11
52

Beqasam choponlikni bemorxonaga olib jo‘nadim.
Bemorxona beqasam choponlikni olmadi. Oppoq kiyimlik bir ayol:
— Bu sudebniy ish! — dedi.
Militsiyaga sim qoqdi.
Bir militsioner kelib, beqasam choponlikni aylan¬¬¬tirib ko‘rdi. Suratga tushirdi. Daftar to‘l¬dirdi.
Keyin, meni so‘roq qildi. Zot-makonimni so‘¬radi. O‘zimni aytib berdim. Militsioner yozib oldi. Undan keyin, nima bo‘ldi, deb so‘radi. Men oqizmay-tomizmay aytib turdim. Militsioner yozib bordi.
— Hozircha bo‘shsiz, keyinchalik uchastka¬voyingiz orqali chaqiramiz! — dedi.
Mashina xo‘jasiga uch so‘m uzatdim. U olmadi.
— Qulluq, qulluq! — deb ketdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:29:19
53

Choyxonaga qaytib bordim. Bozorlik xaltamni qaradim. Yo‘q. So‘ri ostini qaradim. Yo‘q, bozorlik xaltam yo‘q.
Choyxonachidan so‘rab-surishtirdim.
— Mabodo, bizning xaltamizga ko‘zingiz tushmadimi? — dedim.
— Yo‘g‘-a, ko‘zim tushmadi-ya!— dedi choy¬xo¬nachi. — Shunga ko‘zim tushmadi-ya! Qanday, beqasam choponlik oshnaginangiz qanday?
— Bir balo qilib joylashtirib keldik...
— Iya-iya...
Choyxonachi angrayib qoldi. Yuzlari bo‘zardi. Qo‘llarini etagiga artdi. Fotiha o‘qimoqchiday, kaftlarini hozirlay boshladi.
— Bandachilik qildimi-a, — dedi. — Voy, bechora-ye, voy, bechora-ye...
— Yo‘g‘-e, bemorxonaga joylashtirib keldik, deyapman.
— E, ha-a, shunday deng...
Bozor oralab, boshqatdan bozorlik qildim. Barini belbog‘imga tugib oldim.
Tarlonimiz oldiga bordim. Tugunimni egar qoshiga ilib oldim. Darvoza oldida o‘tirgan cholga bir so‘m uzatdim. O‘zimga o‘zim oq fotiha berdim. Otlanib, bozordan qaytdim.
Birodarlar, osmondan tushganday bo‘lib qoldim, dunyoni endi ko‘rayotganday bo‘lib qoldim...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:29:29
54

Vo darig‘o, shunday kunlar-da bo‘ladi!
Bosgan qadamimiz ketimizga ketadi. Jamiki ishlarimiz chappasiga yuradi. Omad deganlari salomini-da bermaydi. Og‘zimizdagi oshimizni-da oldirib qo‘yamiz.
Birodarlar, nasib etsa, kelar Shom-u Iroqdan, nasib yitsa, ketar qosh-u qaboqdan!
Xurram soliqchining ko‘pkarisida shunday bo‘ldi. To‘daga kirolmadim, kirsam, uloqni ololmadim. Bordi-yu olsam, birov yo qo‘limdan yulib ketdi, yo yerga tushib ketdi. Taqimimdagi uloq¬larni-da oldirib qo‘ydim.
Birodarlar, davlat-da egiz-egiz, mehnat-da egiz-egiz!
Tarlon mendan hayron bo‘ldi, men Tarlondan hayron bo‘ldim.
Unday qildim bo‘lmadi, bunday qildim, bo‘lma¬di. Puf sassiq, deya ketib qolmoqchi bo‘lmadim. Yana tag‘in shaytonga hay berdim. Elan-qaran keldim, endi ketmayin, dedim.
Tarlonni qamchilab-qamchilab to‘daga soldim.
Otlar g‘ij-g‘ij bo‘ldi. Osmondan telpak tashlasa yerga tushmadi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:29:38
To‘dani yorib, uloqqa keldim. Uloqqa har alvonda uzaldim. Qo‘lim yetmadi. Yana-da uzalgani, otlar qo‘ymadi.
Quyuq changda ko‘rib turdim, bir qo‘l uloqni ushladi. Shunda, Tarlon uloqni o‘ng tuyog‘i bilan tappa bosib qoldi. Tarlon buni ilkisdan qilmadi. Yo‘q, bilib-ko‘rib qildi. Uloqni bergisi kelmadi!
Uloqqa havoyilarcha yopisha berish Tarlonimiz joniga tegdi. Tarlon uloqqa tashna bo‘ldi!
Men qamchi sopidan tishladim. Tarlon qop¬qog‘iga shapatiladim. Tarlon boshini sarak-sarak etdi. Tevaragidagi otlar boshini o‘zidan xolislatdi. O‘ziga kenglik yaratdi, erkinlik yaratdi.
Keyin, Tarlon old tizzalarini bukdi. Uloq oldida cho‘k tushdi! Tarlon uloq oldida cho‘kkaladi!
Quyuq changda ko‘zlarimni arang ochdim. Tarlon ko‘kragi oldida yotgan uloqni qo‘shqo‘llab ushladim. Panjalarimni botirib ushladim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:29:45
Tarlon ko‘z qiri bilan qarab turdi. Barini ko‘rib turdi, bilib turdi. Uloqni mahkamlab ushlaganimga amin bo‘ldi.
Shundan keyin, bir silkinib, tizzalaridan turdi. Sonsiz otlar poylab turgan oldiga emas, yo‘q, ketiga tisarildi. Ketiga tis bo‘lib, to‘dadan sug‘urildi. Ochiqlikka chiqib olib, birdan oldiga burildi. Joyidan zarb bilan uchdi, yelday uchdi! Ko‘rganlar ko‘rib qoldi, ko‘rmaganlar armonda qoldi!
Tarlon qoralik chuqurchani yonlab keldi. Uloqni taqimimdan tashlab yubordim. Qo‘llarimni ko‘tarib chopib ketdim.
Ammo bakovul ovozidan darak bo‘lmadi. Hayron bo‘ldim.
Qoralik joyga qaytib keldim. Chuqurchaga qarab... tars etkazib tizzamga urdim. Uloq chuqur ichiga emas... labiga tushibdi!
Alamimdan, arazlagim keldi!
Barchaga, inchunun, bakovulga eshittirib aytdim:
— Biz ketdik! Bizga qachon haq berilib edi-da, endi beriladi! — dedim o‘zimcha, ko‘pkariga qo‘l siltab jo‘nadim. Tarlonni tars-tars qamchiladim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:29:53
— Ketdik, Tarlon, ketdik, odamlar biz sag‘ir¬larga qayishmaydi! — dedim.
To‘dadan olislab bordim. Tarlonni tag‘in tars-tars qamchiladim.
— Ketdik, Tarlon, ketdik, bizning kallamiz kal! Biz kallarga haq yo‘q! — dedim.
Ketimga qayrilib qaradim. Uzangi yo‘ldoshlarim yo‘ldan qayirar, deya umidlandim. Tarlonni imillatdim. Tag‘in o‘girilib qaradim. Izimdan birov-da kelmadi!
Devorda tizilib o‘tirgan tomoshago‘ylarni yonlab yurdim. Birovi yo‘ldan qayirar, deya o‘yladim. Shuncha odam oldidan o‘tdim, qani endi birovginasi miq etsa! Aqalli, yo‘l bo‘lsin, Ziyodulla chavandoz demadi! Shular ham odam bo‘ldi-yu! Suf-e!..
Endi tomoshago‘ylardan arazladim!
— Ko‘r bo‘lib ko‘pkarini tomosha qilib o‘tira beringlar, men uyga borib, maza qilib yotaman, — deya pichirladim.
Qishloqqa olib boradigan yo‘ldan yurdim. Yo‘lni kesib o‘tadigan ariq bo‘yida oyoq ildim.
Tarlon suvga talpindi. Suv ichirmadim. Shokirqulning tomidan chiqib turgan dastak uchiga bog‘ladim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:30:01
Ust-boshlarimni qoqdim. Yuzlarimni yuvdim. Qo‘shhovuchlab-qo‘shhovuchlab suv ichdim. Enti¬kib-entikib suvga termuldim.
Shunda, ariq bo‘yida suvga kucha botirib yeb o‘tirgan bolaga ko‘zim tushdi. E’tibor berib qaradim. ishtoni ho‘l.
— Kimning uli bo‘lasan? — dedim.
— Otamning.
— Otang kim?
— Shokirqul.
— Ha-a, oting nima? Karim? O‘lma! Bu, ishton ho‘l-ku, Karimboy?
— Enam to‘yda.
— Ha-a, o‘zim kiyolmayman deng. Bizdan so‘rasangiz, Karimboy, biz ko‘pkaridan qaytdik, ha! Ko‘pkarida adolat qolmadi, Karimboy. Bari oshna-og‘aynigarchilik bo‘lib ketdi!
— Ko‘pkari tamom bo‘ldimi?
— Yo‘q, hali bo‘layapti.
— Unda, boring-da.
Men sergak bo‘ldim. Bolaga e’tibor berib qaradim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:30:12
— Bir nima deganday bo‘ldingizmi, Karimboy?
— Suv ichib bo‘ldingiz-ku.
— Ha, suv ichib bo‘ldim, Karimboy. Endi nima qil deysiz, Karimboy?
— Ko‘pkariga boring.
— Borsam degan edim, Karimboy. Bizga haq yo‘q!
— Bormasangiz ado bo‘ladi.
— Ko‘p qo‘ymadingiz-qo‘ymadingiz-da, Karim¬boy. Borsam-borayin, sadqayi suxaningiz.
Tarlonni yechib, tag‘in otlandim.
— Karimboy, sizning so‘zingizdan o‘tolmay qaytayapman. Bo‘lmasa qaytmas edim, — dedim.
Qaytishimda tomoshago‘ylarni qoralab yurdim. Tomoshago‘ylarga xo‘mrayib-xo‘mrayib qaradim.
— Senlar ham odam bo‘lding-u, ana, haqiqiy odam Karimboy ekan, — deya pichirladim.
To‘da chetiga borib turdim. Bakovul menga ajablanib qaradi. Bildim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:30:18
Bakovul menga qarab-qarab qo‘ydi. Keyin, yonida turgan chavandozga bir nima dedi.
— Itga o‘xshab, o‘zi ketib, o‘zi keldi. — Bildim, shunday dedi. Boshqalar-da shunday dedi.
Endi, men nima desam ekan?
Karimboy qaytardi desam, qaysi Karimboy desalar-a? Shokirqulning ishtoni ho‘l o‘g‘li deymanmi? Ha yo‘g‘-e... surishtirib borayaptimi. Bordi-yu, surishtirsalar, Karim muallim, deyman...
Samad chavandoz uzangi yo‘ldoshimga aytdim, barcha-barchaga eshittirib aytdim:
— Yo‘lda Karimboy jilovni ushladi! Qayting-chi qayting, deb qo‘ymadi! Odamning yuzi issiq-da, yuzidan o‘tolmadim!..
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:30:27
55

Otar adirda yoyilib o‘tladi.
To‘dalagunimcha kech bo‘ldi. Uyga qosh qorayganda keldim.
Uchastka militsionerimiz bir parcha qog‘oz tashlab ketibdi. Ayolimizga qayta-qayta tayinlabdi.
— Ertaga soat o‘nda organda bo‘lsin, — debdi. Sherigimiznikiga borib uzrimni aytdim.
— Ertaga qo‘yni sen boq, zaril ishim chiqib qoldi, biror kun qaytararman, — dedim.
Sahar-mardonda Tarlon bilan shahar jo‘nadim.
Eshik oldida o‘tirgan militsionerga qo‘ynimdagi qog‘ozni olib ko‘rsatdim. Militsioner meni eshigi g‘ilofli xonaga kiritib bordi.
To‘rda o‘tirgan yigit o‘rnidan turdi.
— Keling, keling, — dedi.
Men bilan qo‘l berib ko‘rishdi. O‘zini kapitan Ro‘ziyev, dedi.
Kapitan katta baxmal pardani tushirib qo‘ydi, ko‘rsatdi. Men kapitan katta ko‘rsatgan joyga o‘tirdim.
— Xo‘sh, familiyangiz Qurbonov-a? Nega kechikib yuribsiz, aka? Soat o‘n ikki bo‘ldi-yu? — dedi kapitan katta.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:30:34
— Men sizga aytsam, kapitan katta, Tarlonning oyog‘iga qaradim.
— Xo‘sh, Tarloningiz kim?
— Bizning otimiz-da, kapitan katta.
— Xo‘sh, hali otda keldingizmi? Shuncha texnika turib-a!
— Esa-chi, kapitan katta. Texnika bizga bo‘lmaydi, kapitan katta. Benzin isini xush ko‘rmayman, kapitan katta.
— Xo‘sh, banditlarni izlayapmiz, aka. Shubhali tiplarni jabrlanuvchiga yuzma-yuz qildik. Bular emas, dedi. Siz esa kelmadingiz. Endi boshqa kun chaqiramiz.
Tarlon bilan qishloqqa qaytdim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:30:42
56

Kechqurun televizorga qarab o‘tirib edim, Rixsiyev keldi. Bolishni buklab yonboshladi, damini uzun oldi.
— Radiouzel orqali o‘qigan dokladimni eshitdingizmi, o‘rtoq Qurbonov? — dedi.
— Yo‘q, qachon o‘qidingiz?
— Ana xolos, hozirgina o‘qidim-ku. Yigirma minut, qirq sekund!
— Men televizorga qarab qolibman. Nima deb o‘qidingiz?
— Xalqaro ahvol xususida!
— Ha-a, olamda nima gap ekan?
— Aha, xalqaro ahvol chatoq, o‘rtoq Qurbonov, juda chatoq. Vaziyat tobora keskinlashib borayapti. NATO mamlakatlari Yevropada qanotli raketa joylashtirayapti. Salvadorda qonli jang bo‘layapti, Nikaraguada vaziyat tobora murakkablashayapti, Falastin xalqining ahvoli ayanchli. Aha, hammasiga AQSH imperialistlari aybdor, o‘rtoq Qurbonov. Imperializm provokatsiya bilan shug‘ullanayapti. Aha, masalan, AQSH imperialistlari Polsha dav¬latida diversiya-provakatsiya tashkil qildi. Xalqni mafkuraviy zaharladi, aha. Polshada sotsialistik jamiyatni qo‘porib tashlamoqchi bo‘ldi. Lekin imperialistlarning yovuz planlari fosh bo‘ldi. Polsha Birlashgan Ishchi partiyasi sotsializmni himoya qildi...
Gapning biroviga-da tushunmadim. Televizorga qarab, ha-ha, deb o‘tirdim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:30:54
57

Ikki kun deganda uchastka militsonerimiz tag‘in qog‘oz olib keldi.
Tarlon bilan azonda yo‘l oldim. Bu safar Tarlonni qichab haydadim. Vaqtida yetib keldim.
Kapitan katta to‘rtta bo‘zbolnani ro‘para qildi.
— Yo‘q, bular emas edi, — dedim. — Ularning sochi uzun-uzun edi, — dedim. Kapitan katta kuldi.
— Xo‘sh, eslay olmaysizmi, aka, ularning yuzida biron jarohat izi yo‘qmidi?
— Esa-chi, kapitan katta. Iziyam gapmi, yara¬ning o‘zi bor edi, kapitan katta.
— Xo‘sh, qanaqa jarohat?
— Ikkovining yuzidan qon oqdi. Beqasam choponlik kalla qilib edi-da.
— E-e-e, shuni ertaroq aytmaysizmi, aka. Ana bu boshqa gap!
— Keyin, bir maydarog‘ining ust-boshi loy bo‘ldi, kapitan katta.
Kapitan katta yoza-yoza, bosh chayqab kuldi. Nimaga kuldi — farosatim yetmadi.
— Xo‘sh, ayting-chi, aka, shu voqeani ko‘rganlardan aqalli birontasini taniysizmi?
— Men sizga aytsam, kapitan katta, lof bo‘lsada, yuzdan oshiq odam bor edi. Qaysi birini taniyman. Hatto ikkita melisa-da bor edi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:31:00
— Kim-kim? Melisa? Xo‘sh, formadami?
— Esa-chi, kapitan katta. Melisalar shunday burchakda o‘tirib choy ichdi.
— Xo‘sh, ular shu voqeani ko‘rdimi?
— Esa-chi, kapitan katta. Barini ko‘rib turdi, kapitan katta.
— xo‘sh-xo‘sh!
Kapitan katta temir sandig‘idan bir qalin qog‘oz olib yoydi. Ichi to‘la g‘ij-g‘ij surat bo‘ldi.
— Qarang-chi, aka, shuning ichida siz ko‘rgan melisalar bormi.
Suratlarga barmog‘imni yugurtirib qaradim. Oxiri, ko‘rganlarimdan birovini tanidim. Peshona¬siga barmog‘imni nuqib turdim.
— Hayla, anavi! — dedim.
Kapitan katta enkayib qarab, bosh irg‘adi. Suratlarni taxlab, yana sandig‘iga soldi. Tash¬qarilab qaytdi.
— Xo‘sh, siz, aka, mana bu xonaga kirib turing. O‘zim chaqiraman.
Yon xonaga kirib o‘tirdim. Xona eshiksiz bo‘ldi.
Kapitan katta baxmal pardani tushirib qo‘ydi. O‘zi, o‘z xonasida qoldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:31:08
Xiyoldan keyin kapitan katta oldiga birov kirib keldi. Kapitan katta undan so‘radi.
— Xo‘sh, siz yigirma to‘rtinchi yanvar yakshanba kuni soat o‘n ikkilarda qayerda edingiz? — dedi.
— Qaysi yanvar, bu yilgi yanvarmi? Uchastkada edim, — dedi kelgan odam.
— Xo‘sh, aniqroq ayting!
— Vinzavod atrofini nazorat qilib yurgan edim!
— Xo‘sh, demak, zavodda?
— Ha, zavodda!
— Xo‘sh, shu kuni choyxona oldida bo‘lgan voqeadan xabaringiz bo‘lmadimi?
— Qanaqa voqeadan?
— O‘sha yerda bo‘lgan to‘polondan?
— O‘limdan xabarim bor, bundan xabarim yo‘q!
— Xo‘sh, buyoqqa bir qarang, Qurbonov aka!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:31:17
Kapitan katta oldiga qaytib chiqdim. Kelgan odam xuddi o‘sha militsionerlarning birovi bo‘ldi. U meni ko‘rdi-yu, rangi oqarib jo‘nadi. Kapitan katta meni ko‘rsatib so‘radi:
— Shu odamni biron marta ko‘rganmisiz?
Militsioner menga tikilib turdi-turdi-da, yelkasini qisdi.
— Eslayolmayapman, — dedi.
Kulgim keldi. Balki tanir, deya choyxonani eslatdim. Militsioner shipga qarab o‘ylab-o‘ylab, ko‘rsatkich barmog‘ini chakkasiga nuqidi.
— E, ha! Bo‘ldi, bo‘ldi! Endi esladim. O‘sha yerdan uchastkamga o‘tib ketayotgan edim. Ko‘chada odamlar to‘planib turgan ekan. Biron nima sota¬yotgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladim.
— Eb-ey, ikkovimiz gapirishdik-ku, inim! Men sizga...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:31:22
— Men bilan-a? Bekorni aytibsiz! Tuhmat! Soqolingiz bor, og‘zingizga qarab gapiring! Siz meni boshqa odamga adashtirayapsiz!
Kapitan katta baxmal pardani tushirib qo‘ydi.
— Ana, bo‘lmaganman deyapti-ku? — dedi.
Men yoqamni ushladim.
— Yo tavba, yo tavba! — dedim.
— Xo‘sh, yana biron kishini eslay olmaysizmi, aka?
— Esa-chi, kapitan katta. Shu gaplarni choy¬xonachi-da ko‘rdi.
— Choyxonachi? Yana?
— Keyin, baliqpaz-da biladi.
— Xo‘sh choyxonachi, baliqpaz... Buguncha bo‘ldi, aka, qolganini boshqa kun gaplashamiz.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:31:30
58

Endigi qog‘oz kelishida bormadim.
Boisi, Dono momo bandalik qildi. Janozasiga bordim. Momoni o‘rab-chirmab, yig‘lab-yig‘lab qo‘yib keldim.
Uyda azali kayfiyatda yonboshlab yotib edim, Rixsiyev kelib qoldi.
— Ahay, choy qo‘yinglar! — dedim ayolimizga.
— Kayfiyatingiz yo‘q, o‘rtoq Qurbonov? — dedi Rixsiyev.
— Dono momoni qo‘yib keldik, — dedim.
— Qayoqqa qo‘yib keldingiz?
Shunda, Rixsiyev janozada bo‘lmaganini bildim.
— Dono momo olamdan o‘tdi, shuni aytayap¬man,— dedim.
— Aha, dafn qildik deng. Qo‘yib keldik de¬ganingizga biror nimani qo‘yib kelibdimi debman.
Yuzimni o‘girib, ko‘zlarimni yumdim. O‘zimni bosolmadim. Tag‘in o‘ng bo‘ldim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:31:36
Ko‘nglimga qay bir gaplar keldi. Gap kelganda gapirmasa, shu gap o‘ldim, deb ketadi. Shu bois, umrimda birinchi marta Rixsiyevga oqsoqolchilik qilishga jur’at etdim:
— Rixsiyev aka, — dedim, — siz o‘qigan odamsiz, olamdagi bor gapni bilasiz. Sizga o‘rgatib bo‘l¬maydi. Hech qachon eldan qolmang, aka. Xususan ikki vaqt elning yonida bo‘ling. Biri — to‘yida. Elning to‘yini belingizni besh joyidan boylab xizmat qilib, o‘ynab-kulib, xush-xushvaqt o‘tkazib bering. To‘y ko‘pniki, ha. Yana biri — azasida. Yig‘lab-siqtab elning qayg‘usiga hamdard bo‘ling. O‘lim qayg‘usini bir odam ko‘tarolmaydi. Og‘irlik qiladi. Shunda siz yonida bo‘lib, qayg‘usiga sherik bo‘ling. Odam ana shu ikki vaqtda odamligini bildiradi.
— Men unday momoni tanimayman, u kim?
— O‘zimizday odam. Faqirgina bir momo edi. Umri kolxozda ishlab o‘tdi. Qarigan chog‘ida ma¬gazinda qorovul bo‘ldi. Na qizi bor, na uli bor edi. Bechorahol momo edi. Yig‘laydiganlari-da bo‘l¬madi. O‘zimiz momomlab, xolamlab yig‘lab jo‘natdik. El ko‘mdi...
— Aha, qulog‘imga bir chalinganday bo‘ldi. Maktabga darsga ketayotgan edim, kimdir, birov o‘libdi, dedi. E’tibor bermabman.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:31:42
— Ana shu-da. Shu sababli-da janozada odam taxchil bo‘ldi. Ko‘nglim yarim bo‘lib qaytdim. Odamzotning qadri endi shu bo‘ldimi, dedim. Rixsiyev aka, bir kun kelib biz ham ketamiz. O‘lim barimizning boshimizda bor savdo. Shunday kunda bir-birovimizning kunimizga yaramasak, odam bo‘lib nima qilib yuribmiz...
Rixsiyev gapimni og‘zi bilan eshitdi.
— Hammaning borishi shartmi, o‘rtoq Qur¬bonov, — dedi. — Qarindosh-urug‘idan to‘rt kishi borsa bo‘ldi-da. Tobutning to‘rt yog‘ochidan ushlab ko‘tarib boradi. To‘rt kishidan ortig‘i ortiqlik qiladi. Aha, xo‘p, olti kishi ham bo‘lsin. Ikkitasi go‘r qazib turadi.
— Rixsiyev aka, odam it bo‘lsa ekan, oyog‘idan sudrab olib borib, chuqurga tashlab kela bersa. Odam o‘z nomi o‘zi bilan odam. Odamdan ulug‘ jonzot bormi...
Rixsiyev gapimni og‘zi bilan eshitdi.
— Ha, endi, bir kampir ekan-da. Bor-yo‘g‘i qorovul! — dedi. — Xalqaro ahamiyatga, aqalli mahalliy ahamiyatga molik shaxs bo‘lsa ekan, bilagimizga qora lenta taqib faxriy qorovullikda tursak! Motam tutsak, nutq so‘zlasak!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:31:47
— Rixsiyev aka, odamning katta-kichigi bo‘lmaydi. Bariyam odam. Bir odam yaxshimi-yomonmi bir umr yashadi. Qo‘lidan kelgancha tirikchilik qilib, o‘zini odam sanab yurdi. Biz bilan betma-bet bo‘ldi, yelkama-elka bo‘ldi, davrma-davr bo‘ldi. Endi qaytmas bo‘lib ketayapti. Odam qaytmas bo‘lib ketayotganda bormagan odam odammi...
Rixsiyev gapimni og‘zi bilan eshitdi.
— Kampirlarning o‘limi mahalliy gap, o‘rtoq Qurbonov, — dedi. — E’tiborga molik emas. Ana, xalqaro arenada qanchadan qanday tragediyalar sodir bo‘lmoqda. Eron shohi Pahlaviy yashirin buyruq berib, bir kinoteatrni yoqib yuboribdi. Ichida besh yuz inson bor ekan. Aha, tragediya deb buni aytadi! Dahshat! Men Eron xalqiga chuqur ta’ziya bildiraman. Men xalqaro ahvoldan tashvishdaman, o‘rtoq Qurbonov, qattiq tashvishdaman! Xalqaro vaziyat kun sayin keskinlashib bor¬moqda...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:31:56
59

Ertasi ertalab uchastka militsionerimiz keldi.
Salom yo‘q, alik yo‘q, ostonada turib siyosat qildi:
— Sovet organi sizga o‘yinchoqmi? — dedi.
— Eb-ey, biz nima qildik? — dedim.
— Nega chaqirgan vaqtda bormaysiz?
Zardam qaynab ketdi:
— Borgim kelmadi! Ayolimiz bilan kinoga bordik! Bo‘ldimi? — dedim.
— Mashinaga chiqing!!
Hayron bo‘lib, devordan bo‘yladim. Eb-e-eb-e! Darvozamiz oldida militsiya mashinasi turibdi! Sap-sariq!
Ko‘nglim, «shig‘g‘» etdi. Etlarim uvishdi. Ichimda nimadir bir nima o‘pirilib tushdi.
— Uchastkovoy birodar, — dedim, — bu ishing bo‘lmaydi! Mashinangni tez eshikdan ol!
— Nima, mashinani yelkangizda ko‘tarib yuribsizmi?
— Birodar, hech bandaning eshigiga do‘xtir¬ning mashinasi bilan melisaning mashinasi kelgulik qilmasin! Tez ket, birov ko‘rmasin!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:32:02
— Bo‘ling, bo‘ling, falsafa sotmang!
Militsioner tumshug‘i ostiga tiqilib bordim. Yuz-ko‘zlariga o‘qrayib-o‘qrayib qaradim. Militsio¬ner niyati qat’iy bo‘ldi.
O‘qrayib turdim-turdim, keyin, choponim yoqa¬larini ochdim. Militsionerga ko‘kragimni tutdim.
— Mana, otib tashla! Leking melisaning mashinasiga chiqmayman! Juda zaril bo‘lsa, avtobusda boraman! — dedim.
— Unda, tez izimizdan yetib boring!
Tag‘in, militsiya mashinasini birov-yarim ko‘rib qolgan bo‘lsa-ya, degan hadikdan devordan ko‘cha¬ga qaradim. Bovujud, ko‘chada odam bo‘lmadi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:32:12
60

Avtobusda rayon jo‘nadim. Yo‘lda derazadan qusib-qusib bordim.
O‘sha g‘ilofli eshikni ochdim. Kapitan kattaga Dono momoni aytib berdim. Kapitan katta bosh irg‘ab, hamdardlik bildirdi.
Xonaga bir militsioner kirib keldi. Kapitan katta oldiga bordi.
— Ayrimlar, Furqat ko‘chasida turadigan Mo‘mindan ko‘rayapti, o‘rtoq kapitan, — dedi.
— Xo‘sh, qayerda ekan, bu bola?
— Ko‘rinmayapti. Bildirmay, hamsoyalaridan surishtirdim. Uyida yuzlariga dori surtib yotgan emish.
— Unda, hozircha ko‘z-quloq bo‘lib turing, hidlanmasin. Men aytganda olib kelasiz. Hozir borib bozorning og‘zidagi choyxonachi bilan baliqpazni olib keling.
Xiyol o‘tib, militsioner qaytib keldi.
— Olib keldim, o‘rtoq kapitan, kirsinmi? — dedi.
— Olib kiring.
Ostonada choyxonachi bilan baliqpaz ko‘rindi. Choyxonachi egilib salom berdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:32:18
Kapitan katta qalami uchini choyxonachiga nish qildi.
— Avval siz kiring. Siz esa koridorda o‘tirib turing, — dedi.
Choyxonachi qo‘llari ko‘ksida gilamdan yurib keldi. Kapitan katta bilan ko‘rishmoqchi bo‘ldi.
Ammo kapitan katta qog‘ozdan boshini ko‘tarmadi. Qalami uchi bilan choyxonachiga joy ko‘r¬satdi.
Choyxonachi dovdirab, qalamni qo‘shqo‘llab ushlab olishga bir bahya qoldi. Qo‘llarini tez tortib olib, qalam uchi tarafga o‘tirdi. Menga ro‘para bo‘ldi. Men bilan bosh irg‘ab so‘rashdi.
Kapitan katta bir dasta qog‘ozning uyog‘iga qaradi, buyog‘iga qaradi. Keyin, choyxonachiga yuzlandi. Choyxonachining kimligini yozib oldi.
— Xo‘sh, endi bizga choyxonangizda bo‘lgan urushni gapirib bering, Sattorov aka, — dedi.
— Urush? Qanaqa urush?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:32:24
— Yigirma to‘rtinchi yanvar, yakshanba kuni bo‘lgan urushni.
— Qanaqa urush? Tush mahali? E, ha-a, bo‘ldi, bo‘ldi! Bu bizning choyxonada emas, ko‘chada bo‘lgan, kapitan uka.
— Ishqilib, choyxonangiz oldida bo‘lgan-da.
— Endi, kapitan uka, bozor kuni odam ko‘p bo‘ladi. Qo‘lim qo‘limga tegmaydi. Hatto qulog‘im eshitmaydi...
— Xo‘sh, oddiy choyxona shovqini bilan ur-to‘polon shovqinining farqiga borarsiz?
— Bormayman, kapitan uka, bormayman. Hamma gap shunda! Mana shu quloqlarim osti «g‘uvv-g‘uvv» etadi. Kim gapirayapti, nimani gapirayapti, farqiga bormayman. Sizga yolg‘on, menga chin. Manavi barmoqlarim bilan sanab aytaman: ovozlarning ichida cholnikiyam bor — bir! Yoshnikiyam bor — ikki! Momonikiyam bor — uch! Qiznikiyam bor — to‘rt! Chaqaloqnikiyam bor — besh! Xo‘-o‘sh, beshta bo‘ldimi? Endi boshqalar¬niyam sanaymiz. Bulardan boshqa ko‘chadan o‘ta¬yotgan «Jiguli»nikiyam bor — bir! Bozordan qaytgan sigirnikiyam bor — ikki...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:32:31
— Bo‘ldi, bo‘ldi. Siz menga ko‘rgan voqeangizni gapirib bering!
— Iya, eshitmagandan keyin qanday qilib ko‘raman, kapitan uka?
— Ko‘zingiz bor-ku, ana-ku.
— To‘g‘ri, ko‘zim bor. Yaratganning o‘zi bizgayam ko‘z bergan, ko‘rib turibsiz. Lekin bilasizmi, kapitan uka, choyxonamizning bir piyola choyi nasib etganda ko‘zingiz tushgandir, samovar choyxonaning ichida, ha! Maydagina tuynugi bor. Mana shuncha! Shu tuynikdan choy beraman. Tuynuk ko‘kragim baravar keladi. Mana shunday enkayib qaramasam, tashqarini ko‘rmayman. Egila berib-egila berib, bellarim og‘rib ketdi, kapitan uka.
— Xo‘sh, shu voqeadan sal bo‘lsayam xaba¬ringiz bordir?
— Bor, kapitan uka, bor. Bir egilib qarab, ko‘cha yuzida odamlar to‘dalashib turganini ko‘rdim. Boshqa hech nimani ko‘rmadim.
— Bo‘pti, boring. Zaril bo‘lsa, yana chaqiramiz. Hamrohingizga ayting, kirsin.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:32:41
Choyxonachi qo‘llari ko‘ksida kapitan kattaga bosh irg‘adi. Go‘yo birov quvib kelayotganday pildirab, eshikka qarab yurdi.
Baliqpaz kirib keldi.
Kapitan katta baliqpazning-da kimligini yozib oldi.
Baliqpaz yoyilib o‘tirishi, eshitamiz, deganday kapitan kattaga qoshlarini chimirib qarashidan dimog‘dor, ko‘pni ko‘rgan odam bo‘ldi.
Birodarlar, men shu odamdan umid qildim!
— Xo‘sh, endi sizdan eshitamiz, Shukurov aka?
Baliqpaz pinagini-da buzmadi. Mijjasini-da qoqmadi.
— Nimani eshitasiz? — dedi.
— Xo‘-o‘-o‘sh...
— Eshitdim, uchastkavoy aytdi. Men hech nimani ko‘rganim yo‘q. Shu! Yozib berishim ham mumkin. Shu! Ketsam maylimi? Uyog‘da ish qolib ketayapti. Shu!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:32:49
— Gap endi boshlandi, shoshilmang. O‘rningizga odam qo‘yib kelgandirsiz.
— O‘g‘lim qoldi. U hali yosh, xo‘randalarni ranjitib qo‘yishi mumkin. Shu!
— Xo‘sh, ko‘p shushulamang! Gapga javob bering! Bir inson taqdiri hal bo‘layapti! Tushun¬dingizmi?
— Siz ham mansab stolingizdan foydalanib, xalqqa baqirmang! Shu!
— Men xalqqa emas, sizga gapirayapman!
— Xalq bir kishidan boshlanadi! Shu! Men xalqning bir bo‘g‘iniman, shunday ekan, menga ko‘p baqirmang! Shu!
— Baqirayotganim yo‘q, gapirayapman.
— Baqiryapsiz! Shu!
— Xo‘sh, ana baqirmadik. O‘zi bugun chap yog‘ingiz bilan turganga o‘xshaysiz, Shukurov aka. Boring, sizga ruxsat, yana chaqiramiz.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:32:56
— Ixtiyoringiz! Baribir, shu gapim gap! Shu!
Baliqpaz g‘o‘dayib chiqib ketdi.
Kapitan katta menga-da javob berdi.
— Yana kelasiz, — dedi.
— Kapitan katta, uyda ishlarim qo‘qib yotibdi. Buyog‘i ko‘pkarilardan qolib ketayapman. Boshim¬ni qashigani fursatim yo‘q...
— Xo‘sh, men nima qilay, aka? Bu ishga o‘zi guvohning keragi yo‘q, ana meditsina xulosasi bor. Sizlar faqat jinoyatchilarni aniqlashga yordam bersalaringiz bo‘ldi. Haligi baliqpaz bilan choy¬xonachi jinoyatchilarni taniydi. Ularning gapini esa eshitdingiz...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:33:05
61

Yo‘l chetidan yurdim. Shu gap bo‘lgan yerdan o‘tdim.
Bir mahal oq xalatlik bir odam yo‘limni to‘sdi. Bu o‘sha baliqpaz bo‘ldi. Baliqpaz tirsagimdan ushlab, meni baliqxonasiga yetakladi. Qozondan xolisroq bir joyga o‘tirg‘izdi. Tizzamga kaftini qo‘yib so‘radi:
— Meni siz chaqdingizmi, aka?
— Chaqqanim yo‘q.
— Chaqibsiz-da! Shu! Chaqish bundan ziyod bo‘ladimi?
— Men ko‘rganimni aytdim, birodar.
— Aka, chaqish — ayolning ishi! Shu! Siz binoyiday erkaksiz-ku! Ko‘rganimni aytdim, deysiz. Nimani ko‘rdingiz? Xo‘sh, qani?
— Endi, birodar, men sizga aytsam, o‘zingizdan ham o‘tdi-da. Ko‘rib turib bormadingiz-a. It boshi bilan kuchugingiz chopib keldi.
— Endi u — it! Shu! O‘zi oti o‘zi bilan — it! Bo‘lgan-bo‘lmaganga aralashib, hurib yotadi! Bo‘l¬masa, birov bilan nima ishi bor? O‘zini bilib yotmaydimi? It — it-da! Itligiga boradi-da! Axir, siz bilan biz odammiz-ku, odam! Kelib-kelib, itga teng bo‘lib o‘tiramizmi! Itga teng bo‘lmasligimiz kerak! Shu! O‘zi, qarindoshingiz ajab odam ekan. Bolalar urib yiqitadi, yana turadi, yana yiqitadi, yana gandiraklab turadi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:33:11
— Nima qilsin bo‘lmasa?
— Yota bersin! Shu! Uch yigitga yolg‘iz o‘zi bas kelarmidi! Men bo‘lganimda birinchi musht kelib tushdimi, bo‘ldi, o‘zimni yerga tappa tashlar¬dim. Qaytib joyimdan turmasdim! Shu! Tursam, baribir, yana uradi-da! Ular ketguncha o‘zimni behushlikka olib yotardim. Qarabsizki, bir musht bilan qutulib qolardim! Biron yerim ham shikast yemasdi! Shu! Ana, oqibat, qarindoshingiz chalajon bo‘lib, kasalxonaga ketdi! Shu! Holidan xabar olib turibsizmi? Qalay endi?
— Borganim yo‘q!
— Iya, nega?
— Men uni tanimasam, bilmasam...
— Iya, hali tanimaysizmi?
— Esa-da.
Baliqpaz yuzimga enkayib qaradi.
Gapim jiddiyligini bilib, tizzasiga urib kuldi.
— E, aka-ye, aka-ye! Afandi ekansiz-ku!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:33:18
Baliqpaz yog‘och panjara oldida yotgan kuchu¬giga qaradi. O‘zicha boshini chayqadi. Tag‘in kuldi.
— E, aka-ye, e, aka-ye! Qarindoshingiz bo‘l¬masa, aqalli tanishingiz bo‘lmasa, sizga nima? Qip-qizil Afandi ekansiz! Shu! Yo, undan biron nima undirdingizmi!
— Nima undirardim, birodar...
Baliqpaz barmoqlarini bir-biriga ishqab ko‘r¬satdi.
— Pulmi? Unday demang, birodar, unday demang...
— Bo‘lmasa nimaga buncha kuyib-pishasiz? E, aka-ye! Afandi! Shu! Hali yana borasizmi? Unda, bunday, aka, siz meni ko‘rganingiz yo‘q, men sizni ko‘rganim yo‘q. Agar yana chaqsangiz, qattiq xafalashamiz! Shu!
Avtobusga o‘tirdim. Ko‘zim ilinib-ilinib ketdi.
Birodarlar, boshim og‘riyapti, boshim...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:33:26
62

Nazir juvozkash ko‘pkariga Olmako‘z baytalini minib keldi.
O‘ziyam, baytali Olmako‘zmisan, Olmako‘z bo‘ldi-da! Ko‘zlari bo‘taloq ko‘zlariday katta-katta, dum-dumaloq, olmaday-olmaday keladi! Yana tag‘in, chuqur-chuqur, qop-qora! Sag‘rinlari enlik-enlik! Sag‘rinlari lo‘mbillaydi, biliq-biliq etadi!
Tarlonimiz ko‘zi ana shu Olmako‘zga tushdi! Tarlonimiz bir boshqa bo‘lib qoldi! Tarlonni uloqqa soldim — Tarlon Olmako‘z tarafga yurdi. Jilovni tortdim — Tarlon Olmako‘zga qarab talpindi. Tarlonni uloqchi ot ketidan qo‘ydim — Tarlon Olmako‘z tarafdan chopdi! Nima qilishimni bilmadim.
Nazir juvozkashga aytgichimni aytdim:
— Ay birodar, shu baytalingizni ko‘zdan pana qiling, baraka toping!
Chavandozlar hingir-hingir kuldi. Sho‘xchan-sho‘xchan gaplar otdi.
Nazir juvozkash ko‘pkaridan ketdi.
Shukur qilib, Tarlonni uloqqa soldim. Tarlon tag‘in taysalladi. Bo‘lmasa, kayfiyati binoyiday bo‘ldi.
Toqatim toq bo‘ldi. Zardam qaynadi. Qamchi dastasi bilan Tarlon boshiga soldim.
— Padaringga la’nat, mana senga, mana! — dedim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:33:32
Tarlon old oyoqlarini ko‘tarib-ko‘tarib falakka sapchidi. Bo‘g‘ilib-bo‘g‘ilib pishqirdi. Olislarni aylanib chopdi. G‘arq terga botdi. Peshonasidan terlar oqdi. Baliq og‘ziday kappa-kappa ochilib-yopilayotgan burniga sizib tushdi.
Choti aralash qamchi solib-solib, tag‘in uloqqa qo‘ydim. Tarlon tag‘in o‘zini keyiniga oldi!
Bu safar qamchi dastasi bilan quloqlari orasiga urdim, yuzlariga urdim...
— Hali kammi? Mana bo‘lmasa, mana! Yega¬ning burningdan chiqqur! — dedim.
Tarlondan egar-abzalini, yuganini shilib oldim. Kallasiga bir urdim.
— Ket, hayvon, ket! Qazisan, qartasan, asli naslingga tortasan! Tortding, aslingga! Ket! — dedim.
Tarlon yollari selkillab-selkillab qochib qo‘ya berdi.
Birodarlar jahl kelganda aql ketadi, deganlari shu-da!
Ko‘pkari oxirini qaramadim. Egar-abzallarni qo‘ltiqlab, uyimizga jo‘nadim.
Ayolimiz alag‘da bo‘lib, Tarlonni so‘radi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:33:41
— So‘rama ayol, so‘rama, — dedim. — Termizdan artistlar kelib, klubda teatr qo‘ygani esingdami? O‘sha teatrda Alisher Navoiy nima deb edi? Hayvonni qancha tarbiya qilma, it bo‘ladi, eshak bo‘ladi, aslo odam bo‘lmaydi, deb edi! Navoiy haq ekan, ayol! Bekorga Navoiy, Navoiy, demas ekanlar! Ko‘kayim qurib ot boqdim. O‘zim yemadim, Tarlonga yedirdim, o‘zim ichmadim, Tarlonga ichirdim. Bolalar rizqidan-da urib, Tarlonga yedirdim. Tarlon baribir odam bo‘lmadi! Urib-urib haydab yubordim! Bahridan o‘tdim! Tarlon ko‘r bo‘ladi, Tarlonni tuzim ko‘r qiladi...
— Bekor qilibsiz-da, ko‘p pullik mol edi, — dedi ayolimiz.
— E-e, puli boshimdan sadaqa! Ayol zoti boshdan adoq zarga o‘ralgan bilan, shoyi-shomilaga belangan bilan, o‘zi yomon bo‘lsa, unday ayolning kimga keragi bor? unday ayolni zari bilan qo‘shib, shoyi-shomilasi bilan qo‘shib, uch taloq qo‘ymoq lozim! Ot ham shu-da! Yomon ot — yomon ayolday gap! Erkakni el orasida sharmanda qiladi! Mana, Tarlon yuzlab chavandozlar oldida yuzimni yerga qaratdi!
Shunday deyishga dedim. Ana, dedim. Ammo ko‘nglim tub-tubida nimadir... nimadir bir nima mayda-mayda ushoq bo‘lib-bo‘lib ketdi. Tarlon uchun ich-ichimdan rahmim kelib-kelib ketdi...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:33:51
63

Kechasi bir mahalda katta darvoza do‘q-do‘q etdi.
Yelkamga choponimni tashlab, tashqariladim.
— Kim u bemahalda kelgan? — dedim.
Tashqaridan ovoz bo‘lmadi. Darvoza zanjiri shil¬dir-shildir etdi. Oshiq-moshig‘i g‘iyq-g‘iyq qildi.
— Hozir, mana hozir! — dedim.
Borib, darvoza tambasini oldim. Zanjirini yechdim. Darvozani lang ochdim.
— Eb-ey-eb-ey!
Ostonada o‘zimizning Tarlon turibdi! Bir o‘zi!
Kambag‘al iltijoli pishqirdi, kambag‘al tum¬shug‘ini cho‘zdi, kambag‘al mo‘ltayib qaradi.
Nima deyishimni bilmadim, nima qilishimni bilmadim.
— Kelibsan-da... Kelmasang, oq butum qora kuyarmidi... — deya to‘ng‘illadim.
Tarlon bilan gap qo‘shmadim. Yuziga-da qaramadim. Yuzimni teskari burdim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:33:57
— Sen ham odam bo‘lding-u... — deya to‘ng‘il¬la¬dim.
Birodarlar, eshikdan kelgan odamni ket, deb bo‘ladimi? Bo‘lmaydi, bo‘lmaydi!
Shu bois, miq etmadim. Gapsiz-so‘zsiz ichkari yurdim.
Tarlon ketimdan ergashib keldi.
Borib, otxona eshigini ochib turdim.
Tarlon mo‘mingina bo‘lib kelib, otxonaga kirib oldi. Ichkari kirib olib, pishqirdi. Endigi pish¬qirishida ko‘ngli to‘qlik bo‘ldi.
Ustidan zanjirlab keldim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:34:06
64

Ertasi ertalab Nazir juvozkash keldi. Devordan bo‘ylab ovoz berdi.
— Ziyodulla chavandoz, berman bir qarang! — dedi. Bir-bir bosib bordim. Devordan qo‘l uzatdim. Ko‘rishib-so‘rashdim.
Nazir juvozkash bola-baqrani so‘radi, tomi toshni so‘radi. Keyin, mol-holga o‘tdi.
— Ha-a, — dedi. — Bizning kuyov qanday? Xo‘p damliginami?
O‘ylab turdim-turdim. Nazir juvozkash nima dedi, tushunmadim.
— Qanday kuyov? — dedim.
— Qanday kuyov bo‘lardi, Tarlon kuyovimiz-da.
— E, ha, Tarlonmi? Shukur, shukur.
— O‘zi, kuyov keldimi?
— Keldi, ha, keldi. Nima edi?
— Shunday, alag‘da bo‘lib so‘rayapman-da.
Nazir juvozkash bo‘lib o‘tmish gapni bir boshidan aytib berdi.
Emishki, bizning Tarlon o‘sha ketishida to‘g‘ri Nazir juvozkashnikiga boribdi. Darvozadan kish¬nab-kishnab kiribdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:34:12
Bu vaqtda Nazir juvozkash Olmako‘zini yalan¬g‘ochlayotgan bo‘libdi. Tarlonni ko‘rib, hayrondan hayron qolibdi. Nima qilishini bilmabdi, nima deyi¬shini bilmabdi.
Nazir juvozkash nima-da qiladi, nima-da deydi? Kuyov o‘z oyog‘i bilan o‘zi kirib keldi. Eshikdan egilib kelib turgan kuyovga bir nima deb bo‘ladimi? Bo‘lmaydi, bo‘lmaydi!
Nazir juvozkash o‘ylab qolibdi. Kuyov-ku uyalmadi, kuyov-ku, or qilmadi. Endi men uyalayin debdi, endi men or qilayin, debdi. Chaponi yoqasi bilan yuzlarini berkitibdi, yerga qarab-qarab, uyiga kirib ketibdi.
Birodarlar, kuyovni payg‘ambarlar-da siylagan! Ahay-ahay!
Men devorga tirsaklarim bilan suyanib eshitdim. Boshimni sarak-sarak etib eshitdim.
Tarlon Olmako‘zga bo‘y berib-bo‘y berib bo¬ribdi.
Olmako‘z hurpayibdi, quloqlarini dikkaytiribdi, yollarini hurpaytiribdi, dumlarini tikraytiribdi. To‘l¬¬g‘onib-to‘lg‘onib kishnabdi. Orqa oyoqlarini ser¬¬mabdi. Tepib yuboraman-tepib yuboraman, debdi.
Tarlon bir sapchib chetlanibdi. Olmako‘zni aylanib chopibdi. Dirk-dirk o‘ynabdi. Olmako‘z te¬va¬ragida doira yasabdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:34:18
Tarlon Olmako‘zga kift berib-kift berib boribdi.
Olmako‘z zinkiyib-zinkiyib pishqiribdi. Tishla¬rini irjaytirib-irjaytirib g‘ijirlatibdi. Tishlab olaman-tishlab olaman, debdi.
Tarlon epchillik bilan chetlanibdi. Olmako‘zni aylanib chopibdi. Dirk-dirk o‘ynabdi. Olmako‘z tevaragida doira yasabdi.
Tarlon Olmako‘z bilan yuzma-yuz boribdi. Yuzlarini yuzlariga tekkizibdi.
Olmako‘z pishqirib-pishqirib, yuzlarini chetga buribdi. Yuzlarini olib qochibdi.
Tarlon Olmako‘zni aylanib chopibdi. Dirk-dirk o‘ynabdi. Olmako‘z tevaragida doira yasabdi.
Tarlon Olmako‘z bilan tumshuqma-tumshuq kelibdi. Olmako‘z bilan tumshuqlarini tekkizib-tekkizib iskashibdi. Pishqirib-pishqirib iskashibdi. Olmako‘zining og‘ziga pishqirib iskashibdi, burniga pishqirib iskashibdi. Olmako‘zga bir nimalar debdi, bir nimalar aytibdi. Nimalar debdi, nimalar aytibdi — unisini yolg‘iz o‘zi bilibdi, yolg‘iz Olmako‘z bilibdi...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:34:24
Tarlon ko‘ngil beribdi, Olmako‘z ko‘ngil olibdi! Ahay-ahay!
Oxir-oqibat... Olmako‘z dildorlik beribdi!..
— Yo‘g‘-e? — dedim.
— Ha-da! — Endi quda bo‘ldik, Ziyodulla chavandoz, quda-qudag‘ay bo‘ldik!
— Hazillashmang-e, juvozkash, hazillash¬mang-e!
— Behazil, quda, behazil! O‘ziyam qayliq o‘yini¬misan, qayliq o‘yini bo‘ldi-da... O-o-o!.. Kuyovni nima berib boqqansiz, Ziyodulla chavandoz?
Boshimni chayqab-chayqab kuldim. Qo‘limni siltab-siltab kuldim.
— Gapingiz qursin-e, juvozkash-e, gapingiz qursin-e!
— Ebo-e, ana qayliq o‘yini, mana qayliq o‘yini... O-o-o!..
Yuzlarimni ushlab-ushlab kuldim, yuzlarimni berkitib-berkitib kuldim.
— Bo‘ldi-e, juvozkash-e, bo‘ldi-e!
— Ebo-e... Qarang-a! Ebo-e... qarang-a!
— Astarog‘-e, ayol eshitadi-e!
— Ebo-e... Qarang-a! Biz ham yurgan ekanmiz-da... O-o-o, ana mana!..
— Qanday-qanday?.. Bo‘ldi-e, ayol eshitadi-e!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:34:32
— Siz bilan biz ham... yurgan ekanmiz-da, Ziyodulla chavandoz! O-o-o, ana... mana...!
— Astaroq deyman-e, ayol eshitadi-e!
— O-o-o, haloling bo‘l-e, kuyov-e, haloling bo‘l-e!..
Xandon-xandon otib kuldim.
— E, tavba-e, e, tavbangdan-e! Sho‘xlashmang-e, juvozkash-e, sho‘xlashmang-e!
— Besho‘xi, quda, besho‘xi! Ana kuyov, mana kuyov! O-o-o, ana... mana..!
Qah-qah urib keldim.
— Bo‘ldi-e... Bizning Tarlon sho‘x ekan-da, a, sho‘x ekan-da?
— Ha-da! Egasiga tortganmi, bilmayman! Mol egasiga o‘xshaydi, deydi-ku...
Ketimga chalqayib-chalqayib kuldim.
— Nima-nima? — dedim.
— Mol egasiga o‘xshamasa, harom bo‘ladi...
Devordan bug‘doyday kesak olib, Nazir juvozkashga otgan bo‘ldim. Juvozkash bilagi bilan betini pana qilgan bo‘ldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:34:40
— Astarog‘-e, ayol eshitadi, astarog‘-e! — dedim. Kaftlarimni kaftlarimga qars-qars urib kuldim.
— Bizning Tarlon sho‘x ekanmi-a, shunchalik sho‘x ekanmi? Ay, Tarlon-e, ay, Tarloni tushmagur-ey! Qo‘llarimni bir-biriga ishqab-ishqab kuldim.
— Bizning Tarlon sho‘x-da, sho‘x! Bir sho‘x¬lashibdi-da! O‘tadigan dunyoda bir sho‘x¬lashayin, debdi-da! — Kula berib-kula berib, ichlarim og‘rib qoldi. Kula berib-kula berib, ko‘zlarim yoshlanib qoldi.
— Mol egasiga o‘xshaydi, deysiz-da? Ay, ukkag‘arning qudasi-e! — dedim. — Ayniqsa, ot egasiga o‘xshaydi, deysiz-da? Ay, ukkag‘arning qudasi-e!..
Garchi qo‘limga bir nima ilashmasa-da, devordan kesak olib otgan bo‘ldim. Garchi bir nima otilib bormasa-da, juvozkash pusib qolgan bo‘ldi.
— Ay, kuchingdan Tarlon-ey, kuchginang¬dan-e!— dedim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:34:46
Miriqib kuldim, huzurlanib kuldim, maza qilib kuldim!
Bir amallab o‘zimni bosib oldim. Yuz-ko‘zlarimni artdim.
— Ha-e, shunday-shunday bo‘ladi-da-e! Issiq jonda-e, issiq jon! — dedim. — Qani, ichkarilang, quda, choy ichamiz?
— Yo‘g‘-e, quda, yo‘g‘-e. Esimning borida juvozxonamga ketayin. Bo‘lmasa, kuyov bo‘lmish kelinni ko‘rib qoladi-da, tag‘in hiqillab yopishadi!
— Shundaymi, unda, maylingiz. O‘zi, kelin qaerda, quda?
— Ana kelin, ana!
Devordan uzalib qaradim.
Nazir juvozkash ostidagi otini ko‘rsatdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:34:56
65

Samad chavandoz ko‘pkarining olgan-olgani¬ni— oxirini oldi.
Qaytishimizda barimizni uyiga aytdi. Samad chavandoz uyi oldiga kelganimizda o‘ylanib qol¬dim. Mendan bo‘lak chavandozlar uyi yaqin bo‘ldi. Chavandozlar otlarini bog‘laydi-yu, keladi.
Bizniki xiyla olisda bo‘ldi. Tarlonni uyimizga bog‘lab kelaman degunimcha, qozon ikki qaynaydi. Chavandozlar mening yo‘limga qarab o‘tirmaydi. Go‘shtni yeydi-qo‘yadi!
Yana tag‘in, erinib, kelolmasligim-da bor.
O‘ylab-o‘ylab, qoladigan bo‘ldim. Nafs qurg‘ur yomon-da!
Tarlonni darvoza ustuniga bog‘ladim. Ko‘pkaridan olgan gilam, to‘nlarni egardan oldim.
Shunda, ko‘chadan kenja qaynimiz Qoraqul o‘tdi.
— Yo‘l bo‘lsin? — dedim.
— Siznikiga, — dedi qaynim.
— Ma, Tarlonni-da ola ket, — dedim.
Qaynimni oyog‘idan olib, otga mindirib yubordim.
Samad chavandoznikida yonboshlab olib, tana ilik so‘rdim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:35:02
Chavandozlar bo‘lib o‘tmish ko‘pkari gurungini qildi. Otlarga ta’rif berdi. O‘zlaridan o‘tgan xato¬lik¬larni betlarga aytdi. Yaxshiliklarini yodladi. Bir-birlari yelkalariga qoqdi, tizzalariga shapati¬ladi.
— Ay, yasha-e, yasha! — dedi.
Chavandozlar hamroz bo‘ldi. Bir-biriga aql bo‘ldi.
Samad chavandoz mixda osig‘liq do‘mbirasini oldi. Tinqillatib-tinqillatib sozladi. Chertib-chertib boshladi.
Xayollarga g‘arqob bo‘lib yonboshlab yotib edim, gal menga keldi. Men chordona qurib o‘tirib oldim. Bilaklarimni turdim. Do‘mbirani sozimga soldim. Hakkalabosim-hakkalabosim nag‘malardan chaldim. Chavondozlar ko‘nglini qitiqladim.
Samad chavandoz o‘tirgan yerida yelkalarini qoqib-qoqib o‘ynab qo‘ya berdi!
So‘zni so‘zga cho‘qishtirdim, gapni gapga urishtirdim, otlarni nag‘malarga soldim. Otlar ashula bo‘ldi! Ahay-ahay!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:35:08

Bul sag‘ringga qarayman
Kuyovli qiz yotguday,
Burningdan chiqqan damingga
Karrak bossa yonguday,
Quloqlaring orasidan
Qo‘shtegirmon suv o‘tguday!..

Birodarlar, ashula ichidagi ot bor-ku? O‘sha o‘zimizning Tarlon, ha!
Ana, Tarlon dirk-dirk o‘ynadi. Beponyon Vaxshivor adirlariga qarab kishnadi. Zalvorli adirlardan aks sado keldi...
Yo, sizning otingiz-da bizning Tarlondaymi? Bizning Tarlonga kelbat beradimi? Unda, sizning otingiz-da ashula bo‘libdi-da? Ahay-ahay!
Hadeb otni ashula qila berish bo‘lmas! Endi chavandozlarga-da o‘tayin! Kimni ashulaga solsam ekan? Shu burchakda o‘y surib o‘tirgan Odina chavandozni ashulaga solsammikin? O‘ttizni urib qo‘ydi, hali-da uylanmadi! Bir qitig‘iga tegayin! Zora, yigitlik g‘ururi varaja qilsa! Ahay-ahay!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:35:16
Qidirib chopsang biror kun
Keng Qo‘ng‘irotning to‘yini,
Olib yotsang, jo‘rajon
Qora uyning to‘rini,
Olib quchsang naylayin
Burni kulgan bir parini,
Shu chiqarar kuygan yurak cherini!

— Ha, do‘-o‘-o‘st!
— Qo‘yma, Ziyodulla chavandoz, qo‘yma!
Chavandozlar gap qayoqqa borayotganini bildi.
Gap egasi-da o‘zini bildi, o‘zini tanidi. Ko‘zlari pir-pir etdi. Ko‘zlari yerga qadaldi.
Birodarlar, bo‘ydoqning aqli ikki ko‘zida bo‘ladi!
Men endigi gapimni nag‘malarsiz aytdim:
— Odina chavandoz deyman-ov! Yigitning boshi ikkita bo‘lmagunicha, moli ikkita bo‘lmaydi! Uylan-da endi, birodar! Og‘zingga tolqon solganday miq etmay yurasan! Ayt-da, o‘zi nima gap? Biz se¬ning uzangi yo‘ldoshlaringmiz! Yaxshi kuningga-da, yomon kuningga-da yaraymiz!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:35:22
Chavandozlar gapimni quvvatlab turdi, ma’qullab turdi.
Oxiri, Odina chavandozdan sado chiqdi! Odinasi qurg‘ur, bizning qaynsinglimizni ko‘z ostiga bosib yuribdi ekan! Ana, gap! Bir safar sovchi-da qo‘yibdi, ammo qaynonamiz yo‘q, debdi! Ana.
— Odina chavandoz-ov, yosh yigit ko‘zi bilan qiz olma, deydilar. Bizning qaynisinglimizdan boshqasi bo‘lmaydimi? — dedim.
— Yo‘q, bo‘lmaydi! — dedi Odina.
Odina chavandoz olamda bizning qaynsinglimizdan o‘zgasini tan olmas emish! Qaynsinglimiz olamda yakkayu yagona emish!
— Yo‘g‘-e? — dedim.
— Ha! — dedi.
— Chiningni ayt? — dedim.
— Chinim! — dedi.
Birodarlar, dil ketgan emish, dil! Ahay-ahay!
— Ay, Odina chavandoz, unda, qo‘lni ber, o‘zim¬¬ sovchi bo‘laman! — dedim. — Qaynsinglimni senga olib berib, sen bilan boja bo‘lmasam, Ziyodulla chavandoz otimni boshqa qo‘yaman! Shu kundan e’tiboran, ikkovimiz boja! Ay, Odina chavandoz-ov, nariroq o‘tir, boja bojani ko‘rsa... — dedim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:35:35
66

Birodarlar, yosh bolaga ish buyur-u, izidan o‘zing yugur, degani haqqost chin bo‘ldi!
Qaynimiz nima qilibdi deng? Qaynimiz uyimiz oldidan oqadigan ariqqa kelib, Tarlonni suvga qo‘yibdi. G‘arq terga botib turgan Tarlon to‘yib-to‘yib suv ichibdi. Keyin, Tarlonni otxonaga olib kirib bog‘lab qo‘yibdi...
Ertalab Tarlonni otxonadan yetaklab chiqdim. Aylantirib qaradim. Qorin etlari dir-dir uchdi, pir-pir uchdi!
Birodarlar, otga suv tushsa ana shunday bo‘ladi! Tarlonga suv tushibdi!
Ay, qaynim-e, ay, kalla-e! Endi senga nima deyin? Ot g‘arq terga botsa, suv ichirib otxonaga bog‘lab bo‘lmaydi, deyinmi? Mabodo ichirsa, xiyla yo‘l yurish lozim bo‘ladi, bo‘lmasa otga suv tushadi, deyinmi? Keyin, ot ko‘pkariga yaramay qoladi, deyinmi! Maktabda komsomollar kattasi bo‘lsang-da, shuni-da bilmaysanmi, deyinmi? Bitta-da to‘rti yo‘q a’lochi Qodirov Qoraqul bo‘laturib, shunga-da farosating yetmadimi, deyinmi? Omon surnaychi¬ning qizi bilan partaning ostidan xat olishib-xat berishib turishga yetgan aqling shunga yetmay qoldimi, deyinmi? Mendayin bir kal bo‘lsang ekan, aqli sochi bilan qo‘shilib to‘kilib ketgan desam, deyinmi? Kallang to‘la jun bo‘lsa, deyinmi?
Demayin, demayin! Qayniga ilkis gapirib bo‘ladimi...
Opasi bizda!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:35:42
67

Tarlonni mindim, suvini tushirish bilan mashg‘ul bo‘ldim.
Ko‘pkarilarga minib bordim.
Borsam-da, chopmadim. Birovlar otida chopdim
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:35:51
68

Vaxshivordagi bir ko‘pkarida-da shunday bo‘ldi.
Mag‘ribdagi oppoq tog‘ Keragatog‘ bo‘ldi. Keragatog‘ Hisor tog‘lari davomi.
Keragatog‘ni yaqin deb bo‘lmaydi. Purviqor¬ligidan bir qadam bo‘lib ko‘rinadi. Keragatog‘dagi mayda-mayda olachiporlar archa bo‘ldi. Aslida archalar-da mayda emas. Olisdan mayda ko‘rinadi. Archalar ulkan-ulkan, bo‘yi qayrag‘ochday keladi. Beli odam beliday keladi.
Qirlar, adirlar qor bo‘ldi. Amirlar o‘ngiridagi Qorbosdi dashtida qora bo‘ldi. Etik ko‘mar qor bo‘ldi.
Qorda jonivorlar izi bo‘ldi. Izlar tevaragida tovuq patlari sochilib yotdi. Bular tulkilar ishi bo‘ldi. Besh panjali izlar bo‘riniki bo‘ldi.
Osmon yuzi pokiza bo‘ldi.
Boshimizda kun yondi. Kun betiga qarab bo‘lmadi. Baliq tangasiday-baliq tangasiday qor uchqunlari yilt-yilt etdi, ko‘zdan yosh oqizdi.
Tevarak moyakdayin ravon, supradayin oq bo‘ldi. Qayer chuqur, qayer o‘r, bilib bo‘lmadi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:35:59
Ko‘nglimga hadik tushdi. Uloqqa oyog‘im tortmadi. Kelishga-ku keldim, endi chopayin, dedim. Chopadigan bo‘ldim.
Jo‘ra boboning otida chopishni azm etdim.
— Ko‘zingga qarab chop! — dedi Jo‘ra bobo.
Ko‘nglimga yanada hadik tushdi. Telpagimni qoshimgacha bostirib, ko‘zimni kundan pana etdim. Ichimda kalima qaytardim. Supraday oppoq dashtda uymalashayotgan qop-qora to‘daga qarab yurdim.
Chavandozlar bilan otlar nafasi bug‘lanib-bug‘lanib yoyildi. Otlar chopishini ko‘rib, otlarga rahmim keldi, kulgim-da keldi. Otlar oyog‘ini qordan zo‘rg‘a oldi. Tor-tor odim otdi. Yo‘rtib yura¬yotganday bo‘ldi. Zabtli-zabtli chopolmadi. Oyog‘i qorga botib-botib qoldi.
Qor, ot ko‘zini shafaqlatdi, ot ko‘zini oldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:36:09
69

Uloqqa ko‘nglim chopmadi. Chetroqda tomoshago‘y bo‘lib turdim.
Shunda, ajab bir chavandoz ko‘rdim. Qo‘limni qoshim ustiga qo‘yib ko‘rdim.
Chavandoz ostidagi ot maydagina, yermitti ot bo‘ldi. Sariq junlari buzoqnikiday uzun-uzun bo‘ldi.
Uzangisiz shekilli, chavandoz oyog‘i qorga shalvirab-shalvirab turdi.
Kulgim keldi. Bu chavandoz kim bo‘ldi ekan, deya yaqinroq borib qaradim. Chavandoz betiga qarab, angrayib qoldim. Kulgim qochib ketdi. Bu chavandoz... o‘sha qatron bo‘ldi! Qatron kal bu yoqlarda nima qilib yuribdi?
To‘da naryog‘ida turgan Jo‘ra bobo oldiga bordim. Jo‘ra bobodan so‘radim.
Jo‘ra bobo qo‘l siltab javob berdi.
— Bir yaxshiga bir yomon har yerda bor. Darrov tanidingmi? — dedi.
— Kalladosh bo‘lgandan keyin taniymiz-da... — dedim.
Qabatimdagi birov gapga aralashdi:
— Shu, boshqarmaning eski boshlig‘imi? O‘zim ham aytdim-a, bir gap bor deb.
— Nima bo‘pti?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:36:17
— Kal deganimni ko‘nglingizga olmang-u, Ziyodulla chavandoz, bu kalning yuzi qursin! Ana, xalqning qarg‘ishi urdi!
— Indamagin kalga — o‘zi kelar holga, deydilar.
— Otangizga rahmat. Ana, ko‘chada itday tentirab qoldi.
— Nima sizlarga-da kelib edimi?
— Eha, siz so‘ramang, men aytmayin! Otlarni qiyratib ketdi! Shu to‘y xo‘jasi oshnasi bo‘ladi, buniyam oti qolmadi! Bechora o‘shanda oti ketidan yig‘lab qoldi! Kal endi to‘yiga kelib o‘tiribdi! Bilmayman, qaysi yuz bilan keldi. O‘zi, kallasi bilan yuzining farqi yo‘q ekan...
— Unga o‘zi otni kim berdi?
— O‘zi so‘radi. O‘zi dir-dir qaltiraydi, botin¬kasini botinkasiga uradi. G‘irt mast! Hojiqulboy ham bopladi! Hurmat qilgan bo‘lib, bir eshakday otni o‘ngladi. Siz kattasiz, yaqinroqdan borib ko‘pkarini nazorat qilib turing, dedi. Bechora ishonib, ko‘pkariga rahbarlik qilgani keldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:36:26
— Otdan tushsa ham, egardan tushmaydi...
Chavandozlar otini zo‘r berib niqtadi, sag‘risiga qamchi bosdi. Hayqiriqlar berib, uloqqa chorladi.
Bakovul to‘dani aylanib, haybarakallachi bo‘ldi:
— Ot qo‘y! Ha, ot qo‘y!
Qatron kal, hayqirib chorlayotgan chavandoz¬larni tartibga chaqirib turdi:
— Shovqin, o‘rtoqlar, shovqin! Shovqin kamroq bo‘lsin! — dedi.
Bir chavandoz oti uloqqa bora bermadi. Shunda chavandoz otini qamchi ostiga oldi.
— He, padar la’nati! Mana, bo‘lmasa, mana! — dedi.
Qatron kal chavandozga ogohlantirish berdi:
— So‘kinmang, o‘rtoq chavandoz! Bu yer jamoat joyi! — dedi.
Chavandoz eshitmadi.
Ammo bakovul eshitdi. Qatron kalga xo‘mrayib-xo‘mrayib qaradi.
— Kal o‘zini ovutar — qo‘ltig‘ini sovutar, degani shu-da — deya to‘ng‘illadi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:36:36
70

Birodarlar, ko‘nglimda armon bolaladi!
Tarlon yaxshi bo‘lsa edi, uloqqa solardim... Qatron kalga bir ko‘rsatib qo‘yardim...
Jo‘ra boboning To‘rig‘i gijingladi. Jilovni sil¬kib, uloqqa talpindi. To‘riq uloq ayirgisi keldi! Bunday vaqtda otni yo‘ldan qayirish insofdan bo‘l¬maydi. Otni suvga olib borib, quruq qaytarib kelish bo‘ladi. Oqibat, ot yomon o‘rganadi. Uloqdan, chavandozdan ko‘ngli qoladi.
Jo‘ra boboning To‘rig‘i jilovni tag‘in silkidi. Shunda, to‘daga soldim.
Uloqni bir saman Burnoch bilan baravar olib chiqdim! Saman Burnoch abjirroq bo‘ldi, yo‘lini burib soldi.
Uloqqa ushlashib bora berdim. Bir mahal qo‘lim sovuqqa qotib, uloqdan chiqib ketdi.
Shunday bo‘lsa-da, Jo‘ra boboning oti Bur¬noch¬dan qolmay chopdi. Uloq bilan oramiz bir qulochcha bo‘ldi. Ketimizdan otlar chopib keldi. Bunday vaziyatda uloqqa uzalish qaltis bo‘ladi. Boisi, ketimizdan kelayotgan otlar abjirrog‘i oramizga yorib kiradi, uzalgan qo‘lni sindirib yu¬boradi...
Shu boisdan uloqqa qo‘l uzatmadim. Jo‘ra boboning otini burib ketdim.
Men endi qizib boshladim. Badanim jimirlab, varaja qildi. G‘ayratim keldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:36:44
Uloqni bir Buyra ot ko‘tardi.
Junlari qo‘zichoq junlariday jingala-jingala, ko‘zlari olako‘z-olako‘z otni ko‘rib edingizmi? O‘lmang! Buyra ot ana shu! Buyra ot olako‘z bo‘ladi!
Bu safar Jo‘ra boboning oti uloqqa jipsroq chopdi. Uloqdan bir qadamcha keyinda. Chil ot sag‘risi baravar chopdim.
Bunday vaziyatda uloqqa uzalish o‘ta, o‘ta qal¬tis bo‘ladi! Boisi, bordi-yu, uloqni yulib olsam, uloq kelib otimning ko‘kragiga, undan keyin tizzalariga zabtli kelib uriladi. Oqibat, ot qoqilib yiqiladi!
Bunday uloqni olishning yaxshi yo‘li bor. O‘zib o‘tayotib, ha-ha, o‘zib o‘tayotib, uloqni yulib olib ketish lozim bo‘ladi.
Shunday qilmoqchi bo‘ldim. Uloqni uzalib ushlab, Jo‘ra boboning otiga qamchi bosdim. Ammo Jo‘ra boboning oti bizning Tarlondayin olg‘a emas, yoniga burib soldi.
Uloq mening qo‘limga o‘tdi. Uloqni dast ko‘¬tarib ololmadim. Uloq Jo‘ra boboning oti ko‘kraklariga, undan o‘tib, old oyoqlariga zabtli kelib urildi. Jo‘ra boboning oti bir munkidi. Endi munkishida oldiga egildi.
Qo‘limda uloq bilan ot boshidan oshdim...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:36:54
71

G‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovoz eshitdim.
Ko‘zimni ochib, osmonrang olamni ko‘rdim. Yaxshilab qaradim, ko‘rayotganim osmonning o‘zi bo‘ldi.
Hayron bo‘lib, tevaragimga alangladim. Teva¬ragimda Jo‘ra bobo bilan besh-olti uzangi yo‘ldoshlarim turibdi. Oyog‘im tarafda otlar turibdi.
Uzangi yo‘ldoshlarim jonlandi.
— Ko‘zini ochdi, xayriyat-e, — dedi.
— O‘ziga keldi, betiga yana qor surtinglar.
— Ziyodulla chavandoz, qalay suyaklar yen¬gilmi?
Shundagina nima gapligini bildim. Joyimdan turmoqchi bo‘ldim. Uloq ushlagan o‘ng qo‘lim qimirlamadi. Go‘yo joni yo‘qday bo‘ldi. Bor kuchim bilan intildim. O‘ng qo‘lim zirillab og‘ridi. Ko‘z oldim xira bo‘ldi. Oppoq qor qop-qorayib qoldi...
— Turaman deyapti, turg‘izinglar.
O‘zimga kelib, ko‘zimni ochdim. Oyoq tara¬fimdagi otliqlardan birovi qatron kalligini bildim. Qatron kal betiga sinchiklabroq qaradim. Kal yuzlarida xushvaqtlik bo‘ldi, tabassum bo‘ldi. Kal— kalga kuldi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:37:01
Qatron kal tevaragidagilarga qarab gapirdi:
— Men bundan ko‘p yillar muqaddam aytganman, ko‘pkari eskilik sarqiti, salomatlik dushmani, hayot uchun xavfli deb! Mana isboti! — dedi. — Mana shu otini go‘shtga bermay, men bilan qonunlashgan! — Mana oqibati! Go‘shtga topshirib yuborganida bunday falokat bo‘lmas edi! Ana endi mayib-majruh bo‘lib qoladi, tamom!
— Yaxshi otdan yiqilsa, yomon ta’nachi bo‘ladi!
Bu gapni Jo‘ra bobo aytdi. Bobo bir o‘q bilan ikki quyonni urdi!
Men og‘zimda qo‘lansa bir nima tuydim. Jag‘larimni qimirlatdim. Bir nima g‘ijirladi. Tilim uchi tishlarim orasiga kirdi. Barmog‘imni og‘¬zimga solib ko‘rdim. Barmog‘im qon bo‘ldi. Yonimga yashirib, o‘ngirimga artdim. Bildim, og‘zimdagi qo‘lansa is qon bo‘ldi. Lunjlarimda g‘ijirlab o‘ynayotgan tishim bo‘ldi. Tilim uchi kirib chiqayotgan kavak tishim joyi bo‘ldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:37:10
Ko‘nglimda nimadir bir nima qo‘zg‘oldi. Ku¬chanib-kuchanib, bor vujudimni tarang etdim. O‘ng qo‘lim zir-zir og‘ridi. Chap tirsagimga suyanib qo‘zg‘oldim.
Uzangi yo‘ldoshlarim qo‘ltig‘imdan oldi.
Bir amallab joyimdan turdim. Boshim aylanib-aylanib ketdi. Ko‘z oldim zim-ziyolandi. Tishimni tishimga qo‘yib kuchandim. Tosh bo‘ldim! Olam yana asliga keldi.
Og‘zim limmo-lim qon bo‘ldi. Sag‘al xayolladim, og‘zimdan otilib ketaman-otilib ketaman, dedi. Qaerga tupurishimni bilmadim. Tevarak oppoq, tupursam, qor qip-qizil bo‘ladi. Keyin, Qatron kal qonni ko‘radi...
Mening ko‘zim Qatron kalda, Qatron kal ko‘zi menda bo‘ldi!
Bo‘lmadi, bo‘lmadi! Og‘zimdagi qonni tishim bilan qo‘shib, ichimga yutib yubordim! Yana bir yutinib, qolgan qonlarni-da yutdim!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:37:22
72

Kiprik qoqmay, alp-alp odim otib, Jo‘ra bobo¬ning oti oldiga bordim. Chap qo‘lim bilan egar qoshidan olib otlandim. Shunda, o‘ng qo‘lim yomon og‘ridi...
Jilovni chap qo‘llab ushlab, to‘daga yurdim. O‘ng qo‘limni qimirlatmadim.
Ulog‘ini berib qo‘ygan chavandoz ko‘ngil so‘radi.
— Qalay, chavandoz, biron yeringiz lat yemadimi? — dedi.
Kulimsirab, sog‘ qo‘limni siltadim.
— Mijjamga-da kelmadi. Ust-boshimga sag‘al qor ilashdi, — dedim. Hamon angrayib qarab turgan qatron kal, gaplarimni-da angrayib eshitdi!
Zirq, zirq! Uh, qo‘lim-a, qo‘lginam-a!..
O‘ng qo‘limni avaylab, qo‘ynimga soldim. Bir oz orom oldim.
Uloq ko‘tarildi. To‘da ketidan chopdim. Beix¬tiyor qo‘limni qo‘ynimdan oldim.
Zirq, zirq! Uh!..
Uloq kimda ketdi, bilmadim. Otlar ketidan shunchaki chopib bordim.
Qo‘limni yana qo‘ynimga soldim. Jo‘ra boboning otini uloqqa niqtadim. To‘riq zor bo‘lib turgan ekan shekilli, to‘dani yorib kirdi-qo‘ydi! Ich-ichimdan zil ketdim! Endi uloqni qanday ko‘taraman?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:37:28
Nima qilishimni bilmay, gangib qoldim, Bo¬vujud, bir Saman yo‘limizni yopib oldi. Jo‘ra boboning oti uloqqa borolmay qoldi.
Shundagina ko‘nglim tinchidi. Yengil nafas oldim. Samanga qarab, boringga shukur-e, dedim.
Zirq, zirq!..
Boshqa vaqtlari ana shunday qarab tursam, uloq men tarafga kelmaydi. Kelib-kelib, uloqli ayni shunday vaqtda menga qarab yursa bo‘ladimi! Men uloqqa zormidim, dardim uloqmidi...
Ana, uloq keldi! Barcha qarab turibdi. Ayniqsa qatron kal!
Men tishimni tishimga qo‘ydim. Og‘riq qo‘limni uloqqa uzatdim. Bor kuchim bilan butidan changallab ushlagan bo‘ldim. Aslida, barmoqlarimni uloq junlariga shunchaki tegizib turdim!
Zirq, zirq!..
Go‘yo uloqni olib ketmoqchiday bo‘ldim. Jo‘ra boboning otiga ayqirib qamchi bosdim.
— Ha, jonivor-a! — dedim.
Jo‘ra boboning oti uloqdan keyinda qolib ketdi.
Men xo‘jako‘rsinga bosh irg‘adim! Qamchili qo‘limni alamli siltadim. Go‘yo, hay, attang-a, omad kulib boqmadi, dedim. Omaddan noligan bo‘ldim.
Zirq, zirq!..
Xayriyat, xayriyat-e, ko‘pkari sob bo‘ldi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:37:41
73

O‘zimizning Tarlonni minib, uyga keldim.
— Chopib borib, do‘xtirni aytib kelinglar! — dedim. Xudoyqul do‘xtir bir quticha ko‘tarib keldi. Og‘riq qo‘lim yengini silkib tortdi.
Men ingrab yubordim!
Zirq, zirq!..
Yengim hadeganda sug‘irila bermadi. Shunda, Xudoyqul do‘xtirga pichog‘imni olib uzatdim.
Do‘xtir yengimni pichoq solib ayirdi.
Tirsagim yo‘g‘onligi sog‘ tirsagimdan uchov keldi! Tirsagim tirsillagan shish bo‘ldi!
Xudoyqul do‘xtir bosh chayqab-bosh chayqab, meni mashinasiga soldi. «Xazorbog‘» sovxozi bemorxonasiga olib bordi.
Do‘xtirlar shishgan qo‘limni bir apparat ostiga qo‘yib ko‘rdi.
— Ko‘p qo‘rqmang, tirsakdan chiqibdi, xo¬los, — dedi.
Qo‘rqarmidim-e, qo‘rqarmidim! Qo‘lim chiq¬qanini otdan yiqiliboq bilib edim!
Birodarlar, og‘zing qora qon bo‘lsa-da, g‘anim¬ning oldida tupurma!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:37:47
74

Shu yotishimda yigirma kundan ko‘p yotdim.
Nihoyat, do‘xtirlar gipsni oldi, uyga javob berdi.
Ko‘ngil so‘rab keluvchilarga qo‘limni yalan¬g‘ochlab ko‘rsatdim. Hasan bobo qo‘limni aylantirib ko‘rdi.
— Eb-ey, qiyshiq-ku! — dedi Hasan bobo.
E’tibor berib qaradim, qo‘lim chindan-da tirsa¬gimdan qiyshiq bo‘ldi.
— Qurbon tabibga bor, nima gapligini aytadi, — dedi Hasan bobo. Ertalab Tarlonni mindim. Qoraxonga yo‘l oldim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:37:55
75

Bir vaqtlari Qoraxonda Xidir degich bo‘ldi. Odamlar uni Xidir mirob, dedi. O‘zi, miroblik qilardi-da!
Ana shu Xidir mirob chiqqan suyaklarni joyiga soldi, singan suyaklarni davoladi.
Shu odam ketdi! Qayoqqa? Qayoqqa bo‘lardi, qiyomatga-da!
Shunday odam-da ketdi-ya! Hech ishongim kelmaydi! Men, bunday odamlar dunyo turguncha turadi, deb o‘yladim. Keyin-keyin bilsam, birov-da bu dunyoga ustun bo‘lolmas edi...
Shu odamdan Qurbonnazar degan o‘g‘il qoldi. Qurbonnazar otasining qo‘lini olib qoldi. Otasi og‘ziga tupurgan bo‘lsa ajab emas!
O‘zi, rais! Lekin men raisman, demaydi! Kattaga-da bir, kichikka-da bir!
Shu odamning darvozasini qamchi dastasi bilan taq-taq urdim. Ichkaridan bir zaifa chiqdi.
— U kishi ishdalar. Kirib o‘tirib turing, hamzamat kelib qoladilar, — dedi zaifa.
Qurbonnazar mehmonxonasiga salom berib kirdim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:38:14
Zaifa dasturxon yozib ketdi.
Choyni o‘zim quyib, o‘zim ichib o‘tirdim.
Qurbonnazar ukamiz keldi.
Quchoqlashib ko‘rishdim. Taomlardan keyin dardimni aytdim.
Qurbonnazar dasturxon chetini qayirib qo‘ydi. Oldimga siljib keldi.
— Qani, yeching qani, — dedi.
Qo‘limni yalang‘ochlab tutdim. Qurbonnazar qo‘limni aylantirib ko‘rdi, uyoq-buyog‘ini ko‘rdi. Yelkamdan barmoqlarim uchigacha siladi. Bo‘g‘in¬larim qo‘shilish yerida sabr qildi. Ayniqsa, tirsa¬gimda ko‘p sabr qildi. Ko‘zlarini yumib turdi.
Xayolimda, Qurbonnazar tirsagimdan bir nimalarni eshitdi. O‘zicha bosh irg‘adi. Yana eshitdi. Ko‘zlarini yumib eshitdi.
Hayron bo‘lib qoldim. Avvalambor, tirsagim nag‘ma chalayotgan radio emas, televizor-da emas! Bor-yo‘g‘i et bilan suyak! Yana aytsam, eshitgan odam qulog‘i bilan eshitadi-da! Nima, qo‘li bilan eshitadimi?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:38:20
Lekin bu gaplarni Qurbonnazarga aytmadim. Ichimda aytdim. Qani, nima deyar ekan, deb sabr qildim.
— Bekor ovora bo‘libsiz-da. Sag‘al lat yegan ekan, yaxshi bo‘p ketibdi. Do‘xtirlarning gipsi tuzatibdi, — dedi Qurbonnazar.
— Men sizga aytsam, kelmas edim, Hasan bobo qo‘ymadi, bor-chi bor, deb.
— Ha, mayli, Kelganingiz yaxshi bo‘pti. Shu bahona bir mehmon bo‘p ketasiz. Qani, yoting, bir muolaja qilib qo‘yayin. Yana qaytib lat yemaydigan bo‘ladi.
Men ko‘rpachaga cho‘zildim, yostiqqa bosh qo‘ydim. Qurbonnazarga qo‘limni berib, shipga qarab yotdim.
Qurbonnazar barmoqlarim uchidan boshlab uqaladi.
— Ko‘zingizni yuming, yaxshi bo‘ladi, — dedi Qurbonnazar. — Ha, ana shunday! Endi, pinakka keting! Go‘yo, uxlayotgan bo‘ling. Qo‘lingiz pishiq suyakli ekan. Ilgarilariyam otdan yiqilib, lat yeganmisiz?
— Yo‘q, — dedim.
— Nimaga kelib-kelib, endi shunday bo‘ldi?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:38:26
— Ot o‘zimniki emas edi. Jo‘ra boboning oti menga tushunmadi, men otga tushunmadim. Oqibati mana shunday bo‘ldi.
— Ha-a, o‘zingizning otingiz qayerda edi?
— Bizning Tarlonga suv tushib edi.
— Otga suv tushishini-ku, bilaman. Ot oyog‘iga yem tushdi, degani nima degani?
— Ot oyog‘iga yem tushsa, oyog‘i qotib qoladi. Paylari dirillab-dirillab uchadi.
— Ha-a, har ikkovidayam ko‘pkariga chopib bo‘lmaydi-ya?
— Esa-chi.
— Qora ot yaxshi bo‘ladimi, yomon bo‘ladimi?
— Yomon bo‘ladi. Qora ot o‘jar, serjahl bo‘ladi.
— Ha-a. Seton-Tompson ham shunday yozgan. Demak, chin ekan-da.
— U chavandoz qayerdan?
— U chavandoz emas, kanadalik yozuvchi. O‘zining «Yovvoyi yo‘rg‘a» degan kitobida shunday yozgan.
— Kim bo‘lsa-da, otni bilar ekan.
— Ot xomlab qoldi, deydi, u nima degani?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:38:32
— Unda, ot moy tashlaydi. Keyin, ko‘pkariga yaramay qoladi. Boqilgan otni bilib-bilmay chopib qo‘ysangiz, ot ichida moy to‘lib qoladi. Bunday otni-da bir yilgacha ko‘pkarida chopib bo‘lmaydi.
— Ha-a, Ot odamni bosmaydi, nimaga shunday?
— Boisi, ot odamzotni ulug‘laydi. Odamzotga vafo qiladi. Hayvonlar ichida ot bilan it shunday. Pishakni-da shunday deyishadi. Men bu gapga qo‘shilmayman. Pishak suyuqoyoq ayolday gap. Kim qornini to‘yg‘azsa bo‘ldi, pish-pish, deya boshini silasa bo‘ldi, ketidan ergashib keta beradi. Eshik egasini tanimaydi, pishak bekasini tanimaydi. Keyin ot joyida taqqa to‘xtay oladi. Eng yaxshi mashina qaysi mashina? O‘lmang! Ot tormozi, ana shu «Chayka» tormozidan-da yaxshi ishlaydi. Oldida odam borligini ko‘rdimi, bo‘ldi, taqqa to‘xtaydi. Bordi-yu, dovdirab qolsa, odam ustidan oshib o‘tadi.
— Ha-a. Aytishlaricha, ayol boqqan ot yaxshi bo‘lar emish. Shu chinmi?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:38:42
— Esa-chi. Boisi, ot sag‘ali kam odamday bo‘ladi. Qonida pichagina devning qoni bor, xolos. Otga yem bergani borsak, u hamisha bizga suy¬kanadi, erkalik qilgisi keladi. Bizni iskaydi, dumi bilan yelkamizga uradi. Shunda biz uni tek o‘tir-e, sabil qolgur, deb qamchilaymiz. Bu qilig‘imiz otga malol keladi. Ayol bizga nozlanib suykalasa, shunda uni jerkib tashlasak, ayolga qanday malol keladi? Ot ham shunday-da! Ot ko‘ngli ayol ko‘ngliday nozik bo‘ladi. Ayollar bo‘lsa, otni urmaydi, otning erkasini ko‘taradi. Ayolning muloyim tabiati otga xush kelib qoladi. Ayol boqqan otning yaxshi bo‘lishiga yana bir sabab, ayol hamisha uyda bo‘ladi. Ayol ichkari kiradi, tashqari chiqadi. Otning ko‘zi ertadan kechgacha ayolga tushib turadi. Ayol ot kishnaganda darrov yemini beradi, suvini beradi. Biz erkaklarning bo‘lsa, uyda borligimizdan, uyda yo‘qligimiz ko‘p bo‘ladi. A-a-ay, o‘ldim-e!...
Tirsagimda bir nima qirs etdi. Vujudim qizidi, peshonamdan ter chiqdi. Qurbonnazarga qaradim. Qurbonnazar kulimsib turibdi.
— Ana endi qo‘lingiz yaxshi bo‘ldi, — dedi Qurbonnazar.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:38:49
Ana shundagina Qurbonnazar meni jo‘rttaga gapga solib, meni gap bilan alahsitganini bildim.
Meni, aldab-avraganini bildim...
Xiyla yotdim. Og‘riq tindi. Shundan keyin jo¬yimdan turdim.
Qurbonnazar qo‘limni ipga solib, bo‘ynimga osib qo‘ydi. Dori-da ichirmadi, igna-da suqmadi, rasmga-da turishmadi.
— Vrachlar qo‘lingiz chiqqanini ko‘rib-bilib gipsga solgan, — dedi. — Vrachlar hamisha shunday qiladi. Kitoblarida shunday yozilgan-da. Agar kelmaganingizda qo‘lingiz hadeb qo‘zg‘ala berib-qo‘zg‘ala berib, o‘ynama bo‘lib qolardi. Endi butunlay bitib, asliday bo‘ladi. Oz-ozdan mo‘miyo tanovul qilib turing, suyakka madad bo‘ladi...
Oqshom qo‘nguncha gurunglashib o‘tirdim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:39:01
Keyin, otlanib qaytdim. Qaytayotganimda Qurbonnazar bot-bot tayinlandi:
— Tag‘in, qo‘lingizni solganimni birovga aytib yurmang. Yaxshi bor, yomon bor... — dedi.
Uyga borgunimcha o‘ylab bordim. Ay, do‘xtirlar-e, nimaga qo‘lim chiqqanini ko‘ra-bila turib gipsga solding? Ko‘ra-bila turib qotirib tashlading? Bilasan, chiqqan suyak joyiga tushmasa, hadeb qo‘zg‘ala beradi! Odamni yarimjon qilib qo‘yadi! Umr bo‘yi qiynadi! Bilmasang, Qurbonnazardan so‘rab bil! Yo Qurbonnazar tabibga bor, de! Chopib kela beraman!
Bovujud, Qurbonnzarlar bor... Hali-hali Qurbonnazar bor, keyin-keyin nima qilamiz?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:39:14
76

Birodarlar, uchastka militsionerimiz odam bo‘lib qoldi!
Ha, odam bo‘lib muomala qildi, odam bo‘lib gapirdi.
— Qanday, jiyanlar katta bo‘layaptimi, suyaklar yengilmi, aka?... — dedi.
— Shukur, shukur, — dedim.
— Ikki marta kelib ketdim...
— Ayolimiz aytdi, yo‘qladi, dedi.
— Chavandozchilikda shunday-shunday bo‘ladi-da, aka. Odamlar samolyotdan tushib ketayapti. Siz yiqilsangiz, otdan yiqilibsiz-da.
— Shunday, shunday...
— Qalay, endi tuzuk bo‘p ketdingizmi, aka?
— Shukur, shukur?
— Unda, rayondan bir xabar oling, aka. Ka¬pitan ko‘p so‘radi, aka.
— Maylingiz, inim, maylingiz.
Endi, bir dushman ko‘zi qilayin, dedim. Qo‘limdan ipni olib tashladim. Qo‘limni qo‘ynimga solib oldim.
Otlanib, rayon bordim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:39:25
Kapitan katta eshigidan ichkariladim. Ichkarida o‘sha beqasam choponlik odamni ko‘rdim. Bechora, yuzlari yarasi hali-da bitmabdi, bechora...
Beqasam choponlik meni tanimadi. Kapitan katta tanitdirdi.
Shunda, beqasam choponlik meni bot-bot bag‘riga bosdi. Kipriklari nam bo‘ldi...
Biqinma-biqin o‘tirib dardlashdim. Zot-boborakotini, mazgilini so‘radim. Beqasam chopon- lik «Navoiy» kolxozidan bo‘ldi, oti Rahmon bo‘ldi.
Rahmonboyning ko‘ngli buzildi. Ovozi qaltirab chiqdi:
— O‘la-o‘lgunimcha sizga qulluq qilib o‘taman, mana ko‘rasiz, — dedi.
— Unday demang-e, nima karomat ko‘rsatdimkin, menga qulluq qilasiz, — dedim.
Kapitan katta ishlarini aytib bordi. Ishlar deyarli hal bo‘libdi. Bezorilarni ushlab, Rahmon¬boyga yuzma-yuz qilibdi. Rahmonboy shular edi, debdi. Lekin bezorilar tonibdi, aybini bo‘yniga olmabdi.
Gap menda qolibdi.
— Hozir olib keladi, — dedi kapitan katta.
Aytganiday, bir millitsioner bo‘zbolalarni haydab keldi. Birovi o‘tirmoqchi bo‘ldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:39:33
Kapitan katta:
— Tur, tur deyman! — deb baqirib berdi.
Bo‘zbola qo‘llarini qovushtirib qotib qoldi.
— Manavi odamni taniysizmi?! — dedi kapitan katta.
Bo‘zbolalar men tarafga sigir qarash qildi.
— Tanimaymiz, — dedi.
Kapitan katta menga yuzlandi.
— Shularmi? — dedi.
— Shular, ha, shular, — dedim.
— Olib keting bularni! — dedi kapitan katta.
Militsioner bo‘zbolalarni haydab ketdi.
Kapitan katta menga javob berib yubordi.
— Xo‘sh, sizga katta rahmat, aka. Tergov tugagach, deloni sudga oshiramiz. Sud kuni bordi-yu chaqirsalar, bir kelib keting.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:39:39
— Men sizga aytsam, kapitan katta, shuncha kun mazam bo‘lmadi. Sherigim mening navbatimda-da qo‘y boqdi. Odamning yuzi chida¬mayapti...
— Xo‘sh, tushunaman, aka, tushunaman. Siz sudda bo‘lmasangiz ham bo‘ladi. Lekin anavi tirriqlar ko‘p ishlarni bo‘yniga olmasligi mumkin. Ish yana lanj bo‘ladi. Siz sudda savol tug‘ilganda ha yo yo‘q, deb tursangiz bo‘ldi. Sizdan boshqa jonli guvoh yo‘q. Mana shu birodaringiz uchun yana bir kelasiz, endi.
Birodarlar, kapitan katta jon joyimdan ushladi! Bilibmi, bilmaymi, ishqilib, birodaringiz uchun, dedi! Shu gap ko‘nglimni oldi! Rahmonboy birodarimizni deb, yo‘q demadim.
Rahmonboy birodarimiz meni uyiga yetakladi.
— Mazam yo‘qroq, boshqa vaqt borarman, birodar, — dedim.
— Unda, biror kun o‘zim uyingizga boraman, to‘n yopishib og‘a-ini bo‘lamiz, — dedi.
— Shunday-da og‘a-ini, birodarmiz, — dedim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:39:49
77

Militsiya mashinasi eshigimizga kelganini el bildi.
Birodarlar, elning qulog‘i ellikta!
El ajablandi, el hadiksiradi...
Duv-duv gap bo‘ldi...
Birodarlar, yomon gap, raketadan oldin yuradi, yaxshi gap, toshbaqadan keyin yuradi!
Xufton vaqti-xufton vaqti uzangi yo‘ldoshlarim bilan hamsoyamiz Rixsiyev ko‘ngil so‘rab keldi.
Ayolimiz dasturxon yozdi.
Bo‘lg‘usi bojamiz Odina chavandoz ayolimizdan nam tortib, yerga qarab o‘tirdi.
Uzangi yo‘ldoshlarim gapni nimadan boshlashini bilmadi. Istihola qildi.
Shunda, Rixsiyev gapni indallosidan boshladi:
— Sizni militsiya mashinasi uyingizdan olib ketibdimi, o‘rtoq Qurbonov? — dedi.
— Bekor gap-e! — dedim.
— Ana, hamma shunday deyapti-yu?
— Olib ketgan yo‘q, aytib ketdi. Men avtobusda bordim, — dedim.
Farosat etsam, el og‘zida ko‘p gap bo‘libman. Elga bir gap tegmasin. Chibinday gapni tuyaday qilib gapiradi. El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Endi bor gapni aytayin...
Aytib-aytib berdim. Bir gapni-da qoldirmadim!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:39:55
Uzangi yo‘ldoshlarim dildo‘z so‘zlar aytdi, dildo‘z gaplar aytdi.
— Xo‘p juvonmardlik bo‘pti-da! — dedi.
Rixsiev bolishdan tirsagini oldi. Chavan¬doz¬larga sigirqarash qildi.
— Katalizatorlar! — dedi. — Bu, sargardon- lik-ku, sargardonlik!
— Sargardonligi bo‘ptimi, shu bahona Tarlon ikkovimiz shaharni sayil qilib kelayapmiz, — dedim.
— Aha, u falsafangizni boshqalarga o‘qing, o‘rtoq Qurbonov. Sayil emish! Bunday ishlar turgan-bitgani g‘alva, sargardonlik!
— Sayil-da — sayil, sargardonlik-da — sayil.
— Siz endi ko‘rayotgandirsiz-da? Aha, men shaharda yashayotganimda bunday ishlarning bir nechtasiga duch kelganman. Sizdan yaxshi bilaman, oqibati nima bo‘lishini! Bir dam olishda bizni paxtaga olib bordi. O‘zingiz bilasiz, bir kunlikka borgan hasharchilar paxta termaydi. Ichib, kayf-safo qilib qaytib keladi. Men ham tagimga qo‘yish uchun ikki kilocha paxta terib, etagimdagi paxtaga yonboshladim, mudrab yotdim. Shunday pastimdan bir daryo loyqa suv oqayapti. Shunda, daryo bo‘yida ikki-uchta qora ko‘rindi. Ko‘zimni kattaroq ochib qaradim. Bizning hasharchilar emas, shu yerning yigitlariga o‘xshadi. O‘zlaricha bir-birlarini turtkiladi. Hazillashayapti, deb o‘yla¬dim. Aslida urishayapti ekan. Ikkitasi bittasini o‘rtaga olib urdi. Tayoq yeyayotgani yoqalab qochdi. Daryo ustidan bir ingichkagina truba o‘tar edi, shu trubadan qochdi. Truba o‘rtalarida muvozanatini yo‘qotdi. Goh o‘ng, goh chap qo‘lini ko‘tarib-ko‘tarib, suvga tushib ketdi. Boshqalari qochdi. Bola suv yuzida goh ko‘rinib, goh yo‘qolib oqdi. Boshi ko‘ringanda dodlab baqirdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:40:01
— Siz ko‘rib turdingizmi? — dedim.
— Bo‘lmasam-chi! Shunday oyog‘im ostidan oqib o‘tdi! Suzishni bilmas ekan-da, bo‘lmasa, suv sekin edi, bemalol suzib chiqsa bo‘lardi. A? Yo‘q, pastroqda bir operator yigitimiz ovozini eshitib qolib, o‘zini suvga tashladi. Sudrab olib chiqib, oyog‘ini osmonga ko‘tardi. Baribir kech bo‘ldi, bola o‘lib qoldi... Ishonsizmi, shu operator yi¬gitimiz bir oydan ortiq organga qatnab, so‘roq berdi! Ona suti og‘ziga keldi! Ko‘r bo‘l, dedim, o‘zini bilmaganning kuni — shunday bo‘ladi, dedim. Dunyo shunday, o‘rtoq Qurbonov, o‘zi¬ngizni biling, o‘zgalarni qo‘ying!
— Ha-e, taqdir peshona ekan-da. Olamda nima gap?
— Olamda gap ko‘p, o‘rtoq Qurbonov. Xalqaro vaziyat tobora keskinlashib borayapti. Tinchlik xavf ostida...
— Kim xavf solayapti?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:40:09
— AQSH imperalistlari! Buni xalqaro panogramada o‘rtoq Zorin ham aytib o‘tdi. Aha, «Za rebejom»da ham yozibdi. Mana, faktlarga murojaat qila¬miz. AQSH ma’muriyati 1983-yilda 810 million dollar miqdorida ximiya-bakteriologiya quroli ishlab chiqarishni planlashtiribdi.
— U qanday miltiq?
— Aha, miltiq emas, zaharli ingredient.
— O‘zimizning dehqonchasiga gapiring. Biz bir iyig‘i chiqqan kal bo‘lsak, unday gaplarni qayerdan bilamiz.
— Aha, ingredient bu, ikki xil suyuq moddadan tashkil topgan zaharli dori. Miyani shol qilib tashlaydi. Aha, o‘n-o‘n besh daqiqa ichida vafot etasiz!
— Shuni inson o‘ylab topdimi? Odamzotni qirish uchunmi? Yo, tabba! Biznikilar nima de¬yapti?
— Aha, bizning hukumatimiz tinchlik posboni bo‘lib keldi, bundan keyin ham shunday bo‘lib qo¬ladi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:40:20
78

Uzangi yo‘ldoshlarim uy-uyiga ketdi.
Ayolimiz dasturxon yig‘ishtirdi.
Kenjamizni qo‘limga berdi.
— Manavini picha ushlab tursin, qozon-tobog‘imni yuvib olayin, — dedi. Kenjamizni tizzamga oldim.
Kenjamiz dasturxon olib ketayotgan onasiga jimit qo‘llarini cho‘zib ingilladi.
— Ing-ing-ing!... — dedi.
— Bo‘ldi, enang hozir keladi! — dedim. — Hay, anavi suratdagi kim? Aka-ya? Aka de, aka!
Kenjamiz ovunmadi. Ingillay berdi.
Shunda kenjamizni tizzamda tebratib suydim:
Kelgin, bolam, tizzamga,
Yol bo‘larsan o‘zimga,
Quloq solgin so‘zimga,
Huyyo, bolam, huyyo!..
Birodarlar, kuygan — o‘lanchi bo‘ladi, suygan— laparchi bo‘ladi?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:40:27
O‘z-o‘zimdan kuyib-kuyib, ich-ichimdan kuyib-kuyib, kenjamizni suyib-suyib, o‘lanimni aytib qo‘ya berdim:
Jonim bolam ot chopsin,
Otiga baxmal yopsin,
Huyyo solsin otasi,
Orqasidan yol topsin,
Huyyo, bolam, huyyo!..
— Ay, enasi-ya, kel, ulimga mamma ber! Ulim mammasirab qopti. Ana, aytdim, enang keladi, mamma beradi!
Bolam, sen ham botirim,
Chopib kelayotirim,
Cho‘pon bo‘lsang qo‘ylarga,
Boqarsan o‘tloq, soylarga,
Huyyo, bolam, huyyo!..
— Bo‘ldi-ye, enag‘ar! Og‘zim bor deb ingillay berasanmi! Og‘iz bir senda bormi? Mana, bizda-da bor! Nimaga biz ingillamaymiz? Izzatingni bil-da! Yo, otiga baxmal yopsin, qo‘ylarini boqsin, dega¬¬- n¬imga o‘zingdan ketayapsanmi? Qani o‘sha ot¬laring, qo‘ylaring? Hovlidagilarni aytayapsanmi? Eb-ey, eb-ey, ular sening bovangdan qoldimi? Ular mening otamdan qoldi! Ular meniki, bildingmi?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:40:33
Huyyo-huyyo, huyyo qani?
Bovang bergan tuyang qani?
Bovang bergan tuyang bo‘lsa
Boqib yurganlaring qani?
Boqib yurgan tuyang bo‘lsa
Adir ham cho‘llaring qani?
— Ana bo‘lmasa, ukkag‘arning kenjasi! Mard bo‘lsang javob ber, ukkag‘arning kenjasi! Ana, sa¬sing chiqmay qoldi-ku! Ingillaysan-a, ingillaysan! Ha? Ha-ha-ha! Sho‘xlashdim, ukkag‘arning kenjasi, sho‘xlashdim! Sho‘xlashishni-da bilmaysanmi. Ulim, manavi uylar-da, qo‘tondagi qo‘ylar-da, osmondagi oylar-da, ko‘pchib yotgan yerlar-da, bari-bari seniki! Bor-e, Tarlonni-da berdim, bor-e! Ol-e, ukkag‘arning kenjasi-e, ol-e!..
Huyyo qilay huydad
Oting solgin to‘daga
Huyyo qilsam uxlagin
Otang sendan sadag‘a
Huyyo, bolam, huyyo-i-i-i!..
— Ulim, bir nima esingda bo‘lsin. Gagarinday boshing osmonga yetsa-da, olim bo‘lib yetti iqlimni so‘rasang-da, sen avvalambor Ziyodulla chavandozning uli bo‘l! Mening ulim bo‘l! Menday bo‘l, menday! Menday bo‘lasan-a, menday bo‘lasan-a?..
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:40:42
79

Suddan qog‘oz keldi.
Oyog‘im tag‘in uzangida bo‘ldi, organ yo‘lida bo‘ldi.
Bora-borgunimcha Yaratganning o‘ziga sig‘inib bordim. Shu yurishimni bo‘ldi qil endi, meni bunchalar jonhalak qilma endi, deb bordim.
Sudda odam serob bo‘ldi.
Bir tarafda urgan bo‘zbolalar, bir tarafda Rahmon birodarimiz o‘tidi.
Kattalar yuqorida bo‘ldi.
Bo‘ldi so‘roq, bo‘ldi javob!
Urgan bo‘zbolalar aybini bo‘yniga olmadi. Bir-birlariga to‘nkab turib oldi.
Shunda, yuqorida o‘tirgan kattalar mendan so‘radi. Da’volarini mendan ma’qullatib oldi. Men asqotib turdim.
Bir katta Rahmon birodarimizni so‘roqqa tutdi:
— Ayting-chi, nega voyaga yetmagan bolani urdingiz? — dedi.
— Urganim yo‘q, kalla qildim, — dedi Rahmon birodarimiz.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:40:49
— Baribir, urgan hisoblanadi. Yuzida jarohat bor. Pulingizni o‘g‘irlagan ekan, yana tag‘in ushlab olibsiz ekan, militsiyaga topshirish kerak edi!
— Kuchim yetmadi.
— Urishga yetgan kuchingiz, militsiyaga yetaklab borishga yetmadimi?
— Uch birday yigitga qanday qilib kuchim yetadi?
— Unda militsiyaga telefon qiling edi. Yoki, odamlrani yordamga chaqiring edi. Ana, ko‘cha to‘la odam!
— Odam? Qanday odam? Qani odam...
Rahmon birodarimiz gapirolmadi. Dimog‘i to‘lib keldi. Ovozi ichiga tushib ketdi. Yengi bilan ko‘zlarini artib-artib oldi.
— Bir soat tanaffus! — dedi kattalar.
O‘tirib-o‘tirib, qornim ochqadi. Choyxonaga qarab yurdim.
Men choy ichib qayta berdim, odamlar suddan chiqib kela berdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:40:57
Demak, sud sob bo‘pti, endi sud oqibatini so‘rayin, dedim. Rahmon birodarimizni qidir-dim.
Shunda, bir to‘da momolar bilan ayollarga ro‘para keldim. Momolar sel-sebor yig‘ladi. Pe¬shonalariga urib-urib yig‘ladi. Tizzalariga mushtlab-mushtlab yig‘ladi...
Bildim, bular ana shu bo‘zbolalar momosi bo‘ldi, ana shu bo‘zbolalar onasi bo‘ldi.
Men ana shu ko‘z yoshlar oqishi uchun o‘zimni aybdor deb bildim. Yoshlar to‘la ko‘zlarga, yoshlarga belangan yuzlarga qarab turolmadim...
Birodarlar, barmog‘imning qaysi birini tishlasam-da og‘riydi!
Ohista-ohista ketimga qayrildim.
Tarlonimiz oldiga bordim. Otlanib, qishloqqa qaytdim. «8-Mart» kolxozidan o‘tib, Hayrondaraga doxil bo‘ldim.
Tevarak mayda-mayda adirlar bo‘ldi. Arg‘am¬chiday yo‘l bir yuqoriladi, bir adoqladi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:41:07
80

Oqshom vaqti bo‘ldi.
Olamga-da oqshom qo‘ndi, ko‘nglimga-da oqshom qo‘ndi. Ko‘nglim oqshomday mahzun bo‘ldi.
Beixtiyor ketimga qayrilib qaradim. Bir qizil mashinani ko‘rdim. E’tibor bermadim.
Adirga o‘rladim. Adir qoq ustida tag‘in ketimga qayrilib qaradim. Mashina qorama-qora keldi.
Adirdan enib boshladim. Adir tikkaligidan Tarlon o‘zini ketiga tashlab-tashlab yurdi. Old oyoqlarini og‘ir-og‘ir bosdi.
Adir adog‘iga tushdim. Mashina adir ustida imillab qoldi. Hayron bo‘ldim. Mashina degani tez yurar bo‘lardi, bu mashina xiyladan buyon bir otdan o‘tolmaydi. Yo, biron yeri nosozmikin?
Yo‘lni kesib o‘tadigan ariqqa keldim. Ariqdan loyqa suv oqibdi. Ichi qip-qizil loy bo‘libdi. Loy ot tizzasiga keladi.
Shu bois, Tarlonni ariqqa solmadim. Ariqdan hatlattirmoqchi bo‘ldim. Ammo bu niyatimdan-da qaytdim. Vaji, ariq yoqalari-da loy. Tarlon toyib ketadi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:41:12
Ariq yoqalab, yuqoriladim. Sayozroq yer qi¬dirdim.
Mashina-da quyiga endi. Ariq bo‘yida oyoq ildi. O‘tolmasligini bildi shekilli, bizning izimizdan yurdi.
Bizning Tarlon torroq bir yerdan cho‘chib o‘tdi.
Mashina Tarlon hatlagan yerda oyoq ildi.
Mashinadagilarga qamchi sopi bilan yuqorini ko‘rsatdim.
— Yana sag‘al yursalaring yuqorida yoyilma bor! O‘shandan mashina o‘tadi!
Shunday deya yo‘limga burildim.
Shunda, ketimdan ovoz keldi:
— U, shef! Tormoz!
Ovozni tanimadim. Nima deyapti, tushunmadim. Kim bo‘lsa-da, bir inson ovoz berayapti, borayin, dedim. Ariq yoqalab bordim.
Mashinadan to‘rt odam tushdi. Ikkovi olisroqdan chopib kelib, ariqdan hatlab o‘tdi.
Tarlon hurkib, keyiniga tisarildi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:41:17
Keyin, qolgan ikkovi-da keldi. Barining ko‘zida qora ko‘zoynagi bo‘ldi. Ko‘zlari ko‘rinmadi. Sochlari yelkasiga tushdi, quloqlari sochi ostida bo‘ldi. Kiyimlari ajabtovur bo‘ldi. Birovning soqo¬lida bo‘ldi. O‘zimizday o‘rta yoshli odammikin, deya sinchiklab qaradim. Yo‘q, u o‘ttizlarda bo‘ldi.
— Chaqirganday bo‘ldilaringizmi, birodarlar?— dedim.
Ular miq etmadi. Soqoldori oldin yurdi.
— Otdan tushing-chi, shef! — dedi.
— Ayta beringlar, qulog‘im kar emas, — dedim.
— Tush degandan keyin, tush!
Ularning sensirashi ko‘nglimga tegdi. Tusha-tusha, ko‘nglimni aytdim.
— Sensiramang, birodar, salkam otingiz qatoriman-a, — dedim.
— He, senday otam qatorining...
Qo‘limda jilov, serrayib qoldim. Qahrim keldim. Qamchi sopini mahkam ushladim.
— Otingni bog‘lab, buyoqqa yur!
— Nima gapingiz bor, birodar, shu yerda ayta bering.
— Yur, degandan keyin, yur!
Ular ariq yoqalab yuqoriladi. Birovi-da ko‘zoynagini olmadi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:41:27
81

Jilovni egar qoshiga qistirdim.
Tarlonni bo‘sh qoldirdim.
Keyin, ular oldiga bordim.
— O‘zi kimsizlar? Kimning bolasi bo‘lasizlar? O‘zlaringni tanitinglar-da axir, birodarlar, — dedim.
Ular meni o‘rab oldi. Go‘yo yovvoyi odamni tomosha qilayotganday bo‘ldi. Birovi o‘z-o‘zidan to‘ng‘iladi. Hali tanishib qo‘yamiz! — dedi.
Tavba, bularning menda nima ishi bor ekan? Ertaroq aytmaydimi, kech bo‘layapti...
— Ay, birodarlar, zaril gaplaring bo‘lsa ayting¬lar. Bo‘lmasa ketayin, bola-baqra alag‘da bo‘ladi,— dedim.
— Ketasan, ketasan, shoshilma. Qaytmaydigan bo‘lib ketasan...
Zardam qaynadi, ketimga burildim.
Shunda, ulardan birovi yo‘limga g‘ov bo‘ldi. Birovi chapimga o‘tdi. Ikkovi oralig‘idan o‘tib ketmoqchi bo‘ldim.
Shunda, o‘ngimdagisi yelkamdan g‘ijimlab ushlab oldi.
Men qo‘lini shartillatib urib tashladim.
— Qo‘lingizni oling, birodar! — dedim.
Shunda, u iyagim ostiga o‘xshatib-da bir urdi!
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:41:32
Ketimga gandiraklab-gandiraklab borib o‘tirib qoldim. Nogiron qo‘lim zirqirab og‘ridi.
Qamchi o‘rimini qo‘limg o‘rab-o‘rab joyimdan qo‘zg‘oldim. Shu urganning bo‘yin tomirini mo‘l qulochkashladim.
Ketimdagisi qamchini ushlab qoldi.
Yana o‘tirib qoldim. Endi qamchini ushlab qolganiga qarab, qo‘zg‘oldim.
Shunda birovi ketimdan keldi, belimga tepdi.
Men yuztuban yiqildim. Nogiron qo‘lim zirqirab-zirqirab og‘ridi.
Turib o‘tirdim. Tevarakka alangladim. Rayon o‘ng yog‘imdagi adir ortida bo‘ldi. Ko‘rinmadi. Qishloq chap yog‘imdagi adir ortida bo‘ldi. Qishloq-da ko‘rinmadi. Osmon boshimda bo‘ldi. Baribir olisda bo‘ldi.
Xo‘rligim keldi: ay, yolg‘izligi qursin-a!
Ko‘nglim buzildi: ay, nogironligi qursin-a!
O‘pkam to‘lib keldi. Qo‘ynimdagi nogiron qo‘limni tashqari chiqardim.
— Birodarlar, Jo‘ra boboning otidan yiqilib, qo‘lim chiqib edi, mana... mana... — dedim.
Ular xoxolab-xoxolab kuldi. O‘zaro gapirishdi:
— Bu o‘zi unga kim bo‘ladi?
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:41:38
— Hech kim!
— Hech kim? Yo‘g‘-e?
— Demak, bu o‘zicha ritsarlik qilmoqchi bo‘libdi-da?
— O, ritsar! XX asr ritsari!
— Don Kixot!
— Don Kixot! XX asr Don Kixoti!
Men shundagina ular kimligini bildim. Qo‘lim nogironligini aytib, yig‘lamsiraganlarimga ming-ming pushaymon bo‘ldim...
Yerga qaradim. Qo‘limni qo‘ynimga solmadim. Sog‘lom qo‘limdayin yerga tiradim.
Nogiron qo‘lim zirqillab og‘ridi. Tishimni tishimga bosdim. Yuzlarim lovullab yondi...
Bir balo qilib, joyimdan turdim. Oyoqlarida tik turdim.
Shunda birovi jag‘imga urdi.
Men ketimga tisarilib-tisarilib, bunisiga borib urildim.
Bunisi yelkamdan suyab qolib, harommag‘izimga urdi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:41:43
Gandiraklab-gandiraklab, unisiga bordim.
Unisidan iyagimga yedim.
Bir aylanib tushdim. Osmon gir-gir aylandi. Osmon qop-qora bo‘ldi.
Tag‘in turdim. Dalbanglab-dalbanglab bordim. Birovning bo‘yniga osildim.
— Birodarlar, men sizlarga nima qildim... — dedim.
Uni jonimning boricha quchoqlab turdim.
U, ichimga ko‘p musht urdi.
Nafasim hiqillab bo‘lindi. Ichimda bir nima ezildi. Qo‘llarim bo‘shashib, yelkasidan sidirilib tushdi.
Oyog‘imda majolim qolmadi. O‘zimni yerga chalqancha tashladim...
— Birodarlar, aybimni ayting, aybimni... — deya ingrandim.
Belimga uchli bir nima zarb bilan tegdi. Keyin biqinimga tegdi. Zarb har tekkanda jonim hal¬qumimga kelib ketdi.
— Birodarlar, men ham odam-ku... — deya ingrandim.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:41:53
82

Shunda... shunda, ot kishnadi.
Umrim ot bilan o‘tdi. Hay bir otlarni ko‘rdim, hay bir kishnashlarni eshitdim.
Ot suvsab kishnadi, ot ochqab kishnadi. Shunda ot ko‘nglini suv berib oldim, ot ko‘nglini yem berib oldim.
Ot avlod-ajdodlarini qo‘msab kishnadi, ot ulpi-tomirlarini yo‘qlab kishnadi. Otlar ovozini eshitib kishnadi, baytallar havosini olib kishnadi.
Shunda, otni egarladim, dasht-u dalalarni aylantirdim, ot oyog‘ini yozdim. Otni sovutdim, otni yupatdim.
Ot ilon sharpasini olib kishnadi. Uydan otilib keldim. Ot yonini oldim, bo‘yinlarini uqaladim. Otga yo‘ldosh bo‘ldim.
Ot bo‘ri hidini olib kishnadi. Ha, jonivor, ha, deya ovoz berib chopdim. Ot bo‘yniga qo‘limni qo‘ydim, ot yollarini siladim. Ot oldida bo‘ldim. Otga gapirib-gapirib turdim, birodar bo‘lib-bo‘lib turdim.
Kishnash ko‘rdim, kishnashlar ko‘rdim, ammo ushbu oqshomdagidayini ko‘rmadim.
Vo darig‘o, bu qandaychikin kishnash bo‘ldi? Kishnash ko‘ngil-ko‘nglimni o‘yib yubordi, vujud-vujudimni qaqshatib yubordi. Tanamdagi og‘riqlar-da bilinmay qoldi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:42:01
Bizning Tarlonga nima bo‘ldi, birodarlar? Nima bo‘lsa-da, yomon bo‘ldi! Bizning Tarlon nima ko‘rdi, birodarlar? Nima ko‘rsa-da, yomon ko‘rdi!
Bizning Tarlon ilon ko‘rdimikin? Yo‘q, bizning Tarlon ilon ko‘rsa bundayin kishnamaydi. Bizning Tarlon bo‘ri ko‘rdimikin? Yo‘q, bizning Tarlon bo‘ri ko‘rsa-da, bundayin kishnamaydi.
Bizning Tarlon ilondan-da yomonini ko‘rdi, bizning Tarlon bo‘ridan-da yomonini ko‘rdi!
Tarlonni yo‘qlab qarayin dedim. Boshimni ko‘tarayin dedim. Bo‘lmadi, bo‘lmadi!
Ko‘zim osmondaligicha qoldi. Osmon olis, yer qattiq bo‘ldi...
Ot uzib-uzib kishnadi.
Ko‘zlarim tindi. Bepoyon osmon, beg‘ubor osmon qop-qora qozon bo‘ldi!
Yuzimni chapimga burdim. Avval-avval bir nimada ko‘rmadim. Keyin-keyin oq bilan qorani fahmladim. Ana shunda Tarlonni ko‘rdim.
Tarlon bo‘ynini gajak-gajak qildi.
Tog‘larga qaradi, zorlanib-zorlanib kishnadi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:42:07
Tarlon dumlari yoyilib-yoyilib kishnadi, yollari hurpayib-hurpayib kishnadi.
Adirlarga qaradi, chorlab-chorlab kishnadi.
Tarlon quloqlari chimirilib-chimirilib kishnadi, pishqirib-pishqirib kishnadi.
Qishloqqa qaradi, yolvorib-yolvorib kishnadi, zor-zor kishnadi.
Tarlon jilovini silkib-silkib kishnadi, yulqib-yulqib kishnadi.
Keyin, men sari yuzlandi. Oyoqlarini katta-katta yoydi. Bo‘ynini cho‘zdi. tumshug‘ini cho‘zdi. Quloqlarini chimirdi.
Tarlon zinkiydi!
Old tuyoqlari bilan tarsillatib-tarsillatib yer tirnadi. Keksaklab-kesaklab yer otdi. Tuyoqlari osti changidi.
Tarlon qahr ham iztirob bilan kishnadi. Oqshom kishnashdan zir titradi.
Oqshom, Tarlon kishnashidan, Tarlon kishnashi, oqshomdan-da mungli bo‘ldi, oqshomdan-da ayanchli bo‘ldi.
Uchli zarb, chap tizzam ko‘ziga kelib tegdi.
Chinqirib yubordim. Ko‘z oldim qop-qora bo‘ldi...
— Tepib o‘tirasanmi, biqiniga tiqib ol!..
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:42:17
— E-e-e, ot!
— Qoch, ot kelayapti!
Shunda, tag‘in hushimga keldim. Ohista ko‘zimni ochdim.
Tarlon tumshug‘ini cho‘zib zinkiyib, ularni quvdi. Birini qo‘yib, birini quvdi.
Ular ariqdan hatlab qochdi. Birin-ketin mashinasiga kirdi.
Ammo birovi Tarlondan qochib qutulolmadi. Uyoqqa burib soldi, bo‘lmadi, buyoqqa burib soldi, bo‘lmadi. Nima qilishini bilmadi. Oxiri yerdan nimadir olib, Tarlonni boshiga bir urdi.
Tarlon boshini silkib-silkib ohistaladi.
Unisi-da ariqdan hatlab o‘tdi.
Tarlon-da ariqdan o‘tdi. Mashina oldiga keldi. Old tuyoqlari bilan yer tirnab-yer tirnab kishnadi.
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:42:25
Mashina g‘izillab jo‘nadi.
Tarlon mashina ketidan xiyla yo‘lgacha chopib bordi. Keyin, iziga qaytib keldi.
Ariqdan o‘tib, boshimga keldi. Yuzlarimga tumshug‘ini tekkizib-tekkizib ko‘rdi. Yuzlarimni iskab-iskab ko‘rdi.
Men Tarlon nafasini tuydim. Tumshug‘ini qo‘shqo‘llab quchoqladim. Jag‘lari, peshonasini siladim.
Shunda, kaftim ho‘l bo‘ldi. Ter, ot teri deb o‘yladim. Kaftimni ko‘zlarimga olib kelib qaradim. Keyin, Tarlonga tikilibroq qaradim.
Tarlon peshonasidan qon sizdi...
Ho‘ngrab yig‘lab yubordim. O‘pkamni bosayin dedim, bosolmadim...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:42:33
83

Qosh qoraydi.
Odam odamni tanimaydigan bo‘ldi.
Bir amallab chap yonbosh bo‘ldim. Tarlon oyog‘ini quchoqladim. Tizzasiga peshonamni qo‘ydim. Uzalib, old qopqog‘iga shapatiladim.
Tarlon yelkalarimni iskadi. Keyin, old oyoqlarini asta-asta bukdi. Tarlon tizzaladi!
Men chap qo‘lim bilan egar qoshidan oldim. Egarga ko‘kragimni berdim. Timtalanib-timtalanib egarga bel bo‘lib yotdim. Nafasimni rostlab oldim. Tag‘in qimtinib, oyog‘imni egardan oshirdim. Tarlonni quchoqlab oldim.
Tarlon qaddini rostladi.
Shamol boshimni yalab o‘tdi. Shunda, bosh yalangligimni bildim. Telpagim yerda qolibdi.
Tushayin dedim, tag‘in, minishimni o‘yladim. Telpagimga qo‘l siltadim. Belbog‘imni yechib, boshimni tang‘ib bog‘lab oldim.
Katta yo‘l chetidan yurdim.
Bor bo‘yicha qorong‘i tushdi. Adirlar qop-qora soyaday bo‘ldi.
Egarda chayqalib-chayqalib, ko‘nglim shu kechaday zim-ziyo bo‘lib-bo‘lib, o‘ksib-o‘ksib bordim...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:42:42
84

Tarlon-ay, nima kunlarga qolding-a?...
Tushda bo‘layaptimi, yo o‘ngda bo‘layaptimi?
Sen farqlamasang, men farqlay olmay qoldim, Tarlon...
Haligilar qanday jonzot edi, Tarlon! Sin-simbati odamga kelbat beradi. Ust-boshlari-da bor. Odamga mayzab gapiradi, odamga mayzab kuladi...
Bilmadim, Tarlon, bilmadim. Sen bilmasang, men bilmadim. Men seni bilaman, Tarlon. Ular men uchun begona, Tarlon...
Ayo Tarlon, sen mening ukamsan, ukam.
Bo‘ldi, men endi ularni ukam demayman. Mening ukam sensan. Sen mening ukamsan, Tarlon. O‘zi menga o‘xshaysan, Tarlon, menga... Ukasi akasiga o‘xshaydi-da, Tarlon...
Tarlon ukam-ov, endi nima qilamiz? Endi, bola-chaqaga borib nima deymiz? El so‘rasa nima deymiz?..
Ayo Tarlon, sen mening jiyanimsan, jiyanim.
Bo‘ldi, men endi ularni jiyanim demayman. Mening jiyanim sensan, Tarlon. Sen menga tort¬ding, Tarlon. Jiyan tog‘asiga tortmasa, kimga tortadi, Tarlon...
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: shoir 05 Noyabr 2007, 10:42:55
Tarlon jiyanim-ov, yo yo‘lda yiqildik, deymizmi? Ko‘zlaring bor edi-ku, desalar-chi? Ariq loy ekan, toyib ketdik, deymiz. Binoyimi, Tarlon jiya¬nim? Bo‘lmasa, elga ermak, xalqqa shaloq bo‘lamiz...
Ayo Tarlon, sen mening akamsan, akam.
Bo‘ldi, man endi ularni akam demayman. Mening akam sensan, Tarlon. Uka desa degulik, mendayin ukang bor, aka desa degulik, sendayin akam bor, nima g‘amim bor, Tarlon...
Ayo Tarlon, sen mening birodarimsan, birodarim.
Bo‘ldi, men endi ularni birodarim demayman. Mening birodarim sensan, Tarlon...
Ayo Tarlon, sen mening qiyomatlik birodarimsan, qiyomatlik birodarim...

1979
Nom: Re: Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog'ay Murod
Yuborildi: AbdulAziz 21 Noyabr 2009, 11:02:02

Ot kishnagan oqshom (qissa)

(http://www.ziyouz.com/images/books/oqshom.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=16)

Muallif: Tog'ay Murod
Hajmi: 213 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=16)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1244.0)