forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 08 May 2007, 15:34:01

Nom: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Muhammad Amin 08 May 2007, 15:34:01
Har bir siringni do’stingga aytaverma. Ajab emaski, bir vaqt kelib senga dushman bo’lib qolar, dushmaningga har qanday yomonlikni ravo ko’raverma, ajabmas bir kun sen bilan do’stlashsa.Yashirmoqchi bo’lgan siringni eng yaqin do’stingga ham aytma, chunki har bir do’stingningdo’sti vado’stining ham do’sti bordir.

Birovga sir aytib saqla degandan,
Dil sirin hech kimga aytmagan maqul.
Ariq toshib ketsa bog’lab bo’lmaydi
Suvni eng boshidan qaytargan maqul
Bekitmoqchi so’zni aytib bo’lmaydi
Har majlisda aytib, qaytib bo’lmaydi.      Sadiy. "œGuliston" asaridan.[/color][/tt][/font][/flash] :9
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: lolo 13 May 2007, 22:58:40
Tiling bo'lsa edi sir uchun yo'ldosh,
Qilichdan uzilmas edi xasta bosh!
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: lolo 13 May 2007, 23:00:59
Sirlar ichkaridan chiqib tashqari,
Necha botirlarni qilar sar-sari!
Qanday yaxshi gapni aytmish bir hushyor:
"Boshing kerak bo'lsa sir saqlash darkor!"
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: lolo 13 May 2007, 23:04:51
Otalar so'zi:

- Siring hamon ichingda ekan u sening asiringdir, tashqariga chiqsa sen unga asir bo'lasan.

- Ikki kishi bilgan sir butun mahallaga yoyiladi.

- O'ttiz ikki tish orasidan chiqishga muvaffaq bo'lgan sir o'ttiz ikki mahallaga tarqaladi.
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: lolo 13 May 2007, 23:10:39
Aflotuh hakim aytadi: "Dunyoda eng ojiz va notavon odam o'z sirini yashira olmagan kishidir. Agar kishi o'z sirini o'zi asray olmasa hech qanday do'st uni asrashga qodir emas!"
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Ansora 18 Fevral 2010, 15:16:47
Agar sirni birovga aytsak- u sir bo'lishdan chiqib, g'iybatga aylanishi ham mumkin, Xudo saqlasin. Shuning uchun sirni sir bo'lib qolishi shart, deb o'ylayman...
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: uzboy 18 Fevral 2010, 15:27:22
Manimcha sirni qanaqaligiga bog'liq. Ba'zida insonlar har narsani ham ichlarida saqlab yurishsa o'zlarini sog'liqlariga zarar, ruhiy tomondan siqilish bulishi mn.
Balki onasigami yoki o'zi ishongan boshqa kishigami aytsa, usha sirli muammoga yechim topilib qolar. Chunki baz'ida biz uchun yangi umuman echimi topilmay turgan narsalr, boshqalar uchun oddiy bo'lishi mumkin. Vaziyatga qarab ish tutish kerak
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Abu Muso 19 Fevral 2010, 01:05:10
 :as:

Mavzuni o'qib turib bir, jumla esimga tushdi:

Siringni aytmoqchi bo'lsang, xo'p sara
Saradek do'stingga, dushmandek qara.


                      Muallifini bilmayman.  :D
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Akbarjоn 19 Fevral 2010, 01:11:11
Ko'rinib turibdiki xamma sirni birovga aytilishiga qarshi
o'zgaga aytilgan sir o'zingni xoxishingdan tashqari ekanligini xamma yaxshi biladi

menimcha bu mavzu xam o'z xayotni yashab bo'ldi shekilli
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: JaviK 19 Fevral 2010, 09:29:30
IKKI INSON BILGAN NARSA SIR EMAS
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Habib 19 Fevral 2010, 10:49:44
Hech narsani sir saqlab bo'lmaydi! Alloh biladi barini.
Lekin dilimdagilarni ONAJONIMGA aytgaman doimo. Bu dunyoda hech kim, hech qachon (bandalari orasida) ota-onamdek bo'l olmaydi ham,dardlarimni tushunmaydi ham.
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Mr.Twister 20 Fevral 2010, 08:58:19
Ichga yutib o`sha sirni sirligicha saqlaganni afzal ko`raman...
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: devonbegi 07 Mart 2010, 12:04:12
Inson uzi ichida saqlay olmagan sirni boshqalar qanday saqlasin???
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Ansora 13 Mart 2010, 19:35:16
Siz uchun sir bo'lgan narsa, boshqasiga aytilgandan keyin jiddiyatini yo'qotadi...

Shuning uchun sir sirligicha qolishi kerak...

3 kishi bilgan sir sir emas!
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: ibrohim 20 Mart 2010, 03:35:22
Sirni aytmagan ma'qul, manimcha. agar o'sha sir kelgusida birorta amalga oshadigan ish bo'lsa-yu amalga oshme qosa, sir aytgan inson uyalib qolishi, hijolat bo'lib qolishi mumkin. Undan ko'ra o'sha sirni yashirib, ishi amalga oshgandan keyin surpriz qisa yaxshi bo'ladi. ;D  (mani fikrim)  ;D
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Muzayyana 25 Mart 2010, 15:13:11
manimcha sir bu bir kishida bo'ladi, u kimgadir aytildimi, bo'ldi endi u sir emas!
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: JaviK 25 Mart 2010, 15:23:56
Sirni aytmagan ma'qul, manimcha. agar o'sha sir kelgusida birorta amalga oshadigan ish bo'lsa-yu amalga oshme qosa, sir aytgan inson uyalib qolishi, hijolat bo'lib qolishi mumkin. Undan ko'ra o'sha sirni yashirib, ishi amalga oshgandan keyin surpriz qisa yaxshi bo'ladi. ;D  (mani fikrim)  ;D

Men o`z sirimni onamga aytaman va qiladigon ishimni onamga aytaman amalga oshsa ham oshmasa ham habardor bo`lishlarini hohlayman. Hammamizni sirimizni biguvchi  zot bu OLLOHdir
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: UzMuslim 01 Aprel 2010, 21:50:05
Iloji boricha Sir Sirligicha qolishi Kereg,Alloh hammasini Ko'rib bilib Turguvchidir..
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: munisaxon 02 Aprel 2010, 01:08:43
Bir ustozimiz darsda aytib qoldilar: "Sizlar o`z sirlaringizni birovga aytasizlaru yana xafa bo`lib qo`yasizlar meni sirimni boshqaga aytibdi deb. Bundan xafa bo`lish kerak emas o`z siringiz o`zingizning tilingizdan uchibdimi, boshqa inson uni qanday saqlay olsin"
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: BelleQizcha 02 Aprel 2010, 02:07:28
Sirimi CHin dugonamga etaman...
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: ibrohim 07 Aprel 2010, 18:11:06
Sirimi CHin dugonamga etaman...

chin dugonez ham aldab ketadi..   ;D
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: UzMuslim 08 Aprel 2010, 00:18:28
Man Sirlarimi Eng Yaqin Insonimga Etaman,,,
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: BelleQizcha 08 Aprel 2010, 03:25:31
Sirimi CHin dugonamga etaman...

chin dugonez ham aldab ketadi..   ;D

Chin dugonamga ishonganim uchun hamm etaman..
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: ibrohim 08 Aprel 2010, 16:00:18
Sirimi CHin dugonamga etaman...

chin dugonez ham aldab ketadi..   ;D

Chin dugonamga ishonganim uchun hamm etaman..

"Do'stinga o'rtacha do'stlikda bo'gin, bir kun kelib dushman bo'lib qolishi mumkin,
dushmaninga o'rtacha dushmanlik qil bir kun kelib do'st bo'lib qolishi mumkin" digan ma'nodagi hadisni o'qiganidim.


p.s. hadisni to'liq va roviylarisiz yozganim uchun uzr to'lig'ini bilmasidim, to'lig'ini kim bilsa yozsa yaxshi bo'lardi, oldindan rahmat!
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Shoxjahon12 08 Aprel 2010, 16:02:55
Sirimni hech kimga aytmayman. Aytsam, uning sirligi qaerda qoladi.. :))
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: shirin_a 02 Avgust 2010, 05:37:46
Ikki odam bilgan narsa u sir emas balki gap bo`ladi, shunga man sirimni hech kimga etmiyman. Abatta Alloh taoloning O`zigina biladi inshaAlloh xayrlisini beradi hayotimizga.  :) :) :)
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: UzMuslim 02 Avgust 2010, 19:18:11
Endi Hech Kimga Aytmeyman Chunki O'sha Eng Yaqin degan Insonim Buni Eshitgisi Ham Kelmaydi Endi..
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Nоdirbek 03 Avgust 2010, 19:31:56
O'zi manda umuman sir yo'q. Bo'lgan taqdirda ham osonlik bilan hech kimga aytmayman. Aytish kerk bo'lsa, vaziyatga qarab, akamga yoki otamga yoki onamga aytaman. Alohida sirdosh do'stim yo'q...
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Dilafruza 03 Avgust 2010, 19:46:37
man iloji boricha sirimni Allohga etishga va ungagina suyanishga harakat qilaman. To'g'risi lekin  oldin ko'nglim bo'sh  edi birovga tez sirimni etib qo'yardim. Hozir sal do'st dushmanga qarab etaman.
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: jasur.best 13 Noyabr 2010, 11:15:03
Har bir siringni do’stingga aytaverma. Ajab emaski, bir vaqt kelib senga dushman bo’lib qolar, dushmaningga har qanday yomonlikni ravo ko’raverma, ajabmas bir kun sen bilan do’stlashsa.[/color][/tt][/font][/flash] :9
men ko'pincha ba'zi sirimni do'stimga aytardim. Endi sizni gaplaringizga rioya qilishga harakat qilaman.
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Saliha 17 Noyabr 2010, 18:14:25
mani o'zi ja sirli gaplarim yo'gu, lekin nima bo'lsa ham kotta opam va kotta akamga etaman bor sirlarimmi...ayniqsa akam bilan ko'p sirlashaman..
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: UzMuslim 17 Noyabr 2010, 23:29:35
O'zi Etgan Gaplari Rost Ekan...Ikki Kishi BIlgan Narsa Sir Hisoblanmeydi...
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: afifa 20 Noyabr 2010, 12:21:27
Men sirimni xechkimga aytmayman, agar sirim xatolik bo'lsa to'g'irlashga vaqt ajrataman va xechkimga oshkora qimayman,chunki xechkimga ishonmayman! Ishonib aytgan sirimi birovdan eshtigan paytlarim bo'lgan!
Allox meni sirimi yashirsayu o'z aybim bilan sirni oshkor qilishlik to'g'ri kelmaydi!
Menga aytilgan sirni xechqachon oshkor qilmayman!
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: _IYMONA_ 20 Noyabr 2010, 15:05:40
Shaxsiy sirlarim hech kimga aytmayman. 1 kun kelib aytgan har bir so'zingizni o'zingizga qarshi qurol bo'lishi mumkin. Yechishga qiynalayotgan/imni esa albatta yaqin/imdan yordam sorayman
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Gabriela 20 Noyabr 2010, 20:24:37
ayta oladiganlarimni singlimga aytaman, lekin ba'zi bir sirlar borki o'zimdan boshqasiga aytolmayman
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: yoqutxon 20 Noyabr 2010, 21:14:52
 :as:
 :bs1:
Olloh eng yaxshi sirdosh.......
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: ibnUyayna 20 Noyabr 2010, 22:27:22

 
   ilmli,taqvoli bırodarlaga
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: AL_laziz87 21 Noyabr 2010, 11:25:08
O'le agar xechkimga ayitmiman... Naxotki,Naxotki... Alo melitsiyami? uyini o'g'ri urgan Shpak gapiryapti lekin gap o'g'irlik xaqida emas....
Xammani esiga tushgandir! ana shunaqa bo'lib tarqab ketishi mumkun aytilgan sirlariz extiyot bo'ling...Lekin kimgadur aytishimiz kerak bo'lgan sirlarimiz xam bor Sirdosh tanlashda adashmanglar.
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Sakiina 21 Noyabr 2010, 18:57:24
men oz sirimni qizlarimga aetaman kopincha katta qizimga
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Anjela 26 Noyabr 2010, 08:04:53
sirlarimni  qalbimga  saqlayman
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Solihatun 06 Dekabr 2010, 13:22:32
Albatta Alloh bilguvchi...Eng yaxshi do`st va sirdosh hamdir!
 
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Zulfina 06 Dekabr 2010, 20:13:32
 :as:
Albatta ayajonimlaga, yaqin muslima birodarlarimga aytaman.
Ammo,Allohdan o'zga ishonchli sirdoshim yo'q!
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: UzMuslim 13 Dekabr 2010, 10:26:17
ALLOH TAOLO eng Yaxshi Sirdosh.
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Nurdinboy 19 Dekabr 2010, 20:06:35
Tushinadigan odamga, qiyin paytlari jo'yali maslahat bera oladigan odamga...
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: akula 07 Avgust 2011, 22:28:49
Hech kimga sirimni etmiman ichimda saqlab yururaman borib borib esimdan ham chiqib ketadi.  lekin dilimdagi gaplarim ayamga etaman hamma hammasini ..
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Shuhrat_ 07 Avgust 2011, 23:37:49
 :asl3:
Man sirlarimni deyarli xech kimga aytmayman,oilada kam gapro buganim uchun uydagila ,Sani ichingda kotta xuming bor usha xumga gaping siringni yutaverasan.deyishadi
Mani sirim yolg`iz ALLOHGA ayon
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: NANO 07 Avgust 2011, 23:45:08
Sirimni kompimdagi txt fayillaga etaman!
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Sofdil 08 Avgust 2011, 00:38:45
Keyingi mavzu:
Siz pulizzi qatga bekitas, ilije kreditkezzi paroli nima LOL

Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: azizbek_mx 08 Avgust 2011, 04:03:51
Porumga... Ja sirli sirim bösa anonim qilib bösayam yozvoraman. Porumga aloqasi bömasayam... Rozi bölasla...
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: roma89 09 Avgust 2011, 23:10:47
Siringni xato quduqa xam aytma.





Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Donishmand 12 Avgust 2011, 09:28:17
Sirni to'rt xil darajaga bo'laman. To'rtinchisi vaqtinchalik sirlar, bir kuni ayon bo'ladi. Uchinchisi biror sirdoshga aytiladigan sirlar, aytilganidan so'ng u yog'i Ollohga tavakkal, yo sirligicha qoladi, yoki oshkor bo'ladi! Ikkinchisi saqlanadigan sirlar - hech kimga aytilmaydi! Birinchisi... birinchisi shunday sirki uni saqlash tugul o'zim ham unutvorsam deyman...
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Solihatun 11 Oktyabr 2011, 00:10:16
Rabellaga aytaman:)
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Chustiy 11 Oktyabr 2011, 01:35:13
mavzuni, siz o'z sigiringizni deb o'qimman :) qarivossan Chustiy qarivossan diydigan odam yo'q :)))
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Shoxjahon12 11 Oktyabr 2011, 05:57:40
Sir o'z nomi bilan sir.Uni birovga aytilsa sirligi qoladimi? ;)
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Shuhrat_ 03 Noyabr 2011, 07:44:52
mavzuni, siz o'z sigiringizni deb o'qimman :) qarivossan Chustiy qarivossan diydigan odam yo'q :)))
qirivossiz chustiy qarivossiz.
Keyingi paytlada ovqatla ham tag oladigan bup qoldi shekil.
Yo ovqatla kompda,netda,fecebookda,forumda pishyapti
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: serdar 03 Noyabr 2011, 16:36:44
hamma sirlar "bir kun" ociliwi hec kimga sir emasku...
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Bonuxon 03 Noyabr 2011, 17:39:01
Nimagadir manda he4am sir bömagan bögan bösayam man xammaga eturaman... Yana blmadim...
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: AL_laziz87 03 Noyabr 2011, 17:42:54
хаммага айторганиздан кейин сир колармиди?
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: serdar 03 Noyabr 2011, 21:27:34
Sirni to'rt xil darajaga bo'laman. To'rtinchisi vaqtinchalik sirlar, bir kuni ayon bo'ladi. Uchinchisi biror sirdoshga aytiladigan sirlar, aytilganidan so'ng u yog'i Ollohga tavakkal, yo sirligicha qoladi, yoki oshkor bo'ladi! Ikkinchisi saqlanadigan sirlar - hech kimga aytilmaydi! Birinchisi... birinchisi shunday sirki uni saqlash tugul o'zim ham unutvorsam deyman...
öwa siz aytgan 1- si har qanday insondan ruhiy tarafdan juda köp kuc talab qiladi . . .
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Ansora 05 Noyabr 2011, 23:33:09
Eng yaxshisi sirlarsiz yashash...
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Aqoid 05 Noyabr 2011, 23:38:33
Menga sir aytganlar hafa bo'lmaysizlar degan umiddaman. Sir saqlashni bilmayman. Jaa ko'pchilikka aytmayman, choyxonachi b-n sartaroshga aytaman xolos.
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Usmon 07 Noyabr 2011, 15:09:30
Facebook minan twitterdan yaxshi sirdosh yo'q diganakan Diogen
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Shuhrat_ 07 Noyabr 2011, 15:26:34
Menga sir aytganlar hafa bo'lmaysizlar degan umiddaman. Sir saqlashni bilmayman. Jaa ko'pchilikka aytmayman, choyxonachi b-n sartaroshga aytaman xolos.
yana magazinchigayam aytsangiz, butun vodiyga aytganday bo'lasiz ;D
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Музаффар 07 Noyabr 2011, 17:54:04
ман сирни холдилникда сақлайман. нонуштамни сирсиз тасаввур қилолмайман...
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: BelleQizcha 07 Noyabr 2011, 18:01:25
ман сирни холдилникда сақлайман. нонуштамни сирсиз тасаввур қилолмайман...
sirni eskisi yaxshi bilasizmi? qancha sir eskirsa shuncha pizza mazzalik va tortinchoq chiqadi orgili...
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Музаффар 07 Noyabr 2011, 18:05:36
ман сирни холдилникда сақлайман. нонуштамни сирсиз тасаввур қилолмайман...
sirni eskisi yaxshi bilasizmi? qancha sir eskirsa shuncha pizza mazzalik va tortinchoq chiqadi orgili...


плесень  ли сирни нормаси бслса керагов... жа сскисисм одамни ссини ағдар тснтар қивориши мумкин. пишевой безопасность â„–1....
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: BelleQizcha 07 Noyabr 2011, 18:09:32


плесень  ли сирни нормаси бслса керагов... жа сскисисм одамни ссини ағдар тснтар қивориши мумкин. пишевой безопасность â„–1....
[/quote]orgili, ishavoyizi bilmadim-u lekin sir yaxshi narsa-de..
lekin-chi siz svejiy sir yeying mazza qilasiz,
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Usmon 07 Noyabr 2011, 21:50:57
Tortinchoq pizza bu uyatchanmi? uyaleeeb turib shartta jig'ildonga kirib ketadimi :-)
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Maysara 08 Noyabr 2011, 07:44:20
Tortinchoq pizza degani bu ancha haptalab öz likopchasida turaveradi degani. Lekin bizani Bella opoqi uniyam öz holiga qöymidila, yozgan postlarida bilinadiyu eski sirni ta'siri borligi! :D
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Akbarjоn 08 Noyabr 2011, 10:37:52
Achib qolgan sir dan hudo saqlasin
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Lu`lu` 31 Dekabr 2011, 05:33:12
Шахзода Бадиуззамон сирини тарих очиб бердими, демак сирни азизлиги кадимлийлиги билан ;)

Бир кун Алишербек била мирзонинг орасида бир суҳбате сттиким, мирзонинг тез фаҳмлиғиға ва Алишербекнинг риққати қалбиға долдур. Алишербек сиррий  ссзларни мирзоға гсшаки ғалаба  айтти. Дағи дедиким:—Бу ссзларни унутунг.— Мирзо филҳол айттиким:— Қайси ссзларни?— Алишербек бисёр мутаассир бслуб ксп  йиғлади.
 
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: MUSLIM_uz 07 Yanvar 2012, 00:04:48
Oynaga qarap uzimga aytaman ''ikki kishi bilgan narsa sirmas''
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Gulicha* 07 Yanvar 2012, 20:18:58
Menga sir aytganlar hafa bo'lmaysizlar degan umiddaman. Sir saqlashni bilmayman. Jaa ko'pchilikka aytmayman, choyxonachi b-n sartaroshga aytaman xolos.
P.s: ;-D Choyxonachi bilan sartarosh bildi digani hamma bildi diganiku. :-D
Mangayam kimdur biror gapni etib ketidan "hichkimga etmagin xo'p?! " diyishsa, "xo'p hichkimga etmiman,faqat internetta xabar tarqataman :p " diman hazilashib...
O'zimga keladigan bo'se haqiqiy "sir" bo'lishi kere bo'gan sirlarlarimi o'zim va Ollohdan boshqasi bilmidi. Faqat Olloh sirdoshim...!
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Humayro 09 Yanvar 2012, 16:16:10
Sir saqlash ham oson ish emas lekin.

Manga birov bir sir aytaymi desa ko'pincha o'ylab ko'raman deyman )))

Yoz kunlarining birida, yarim kecha, hamma yoq jim-jit, deraza oldida turib ko'chani kuzatayapman.

Ruparadagi domda ikki qo'shni podeyzdagi ayol, 3 qavatda derazalaridan boshlarini chiqarib gaplashayapti. Biri ikkinchisiga aytaypti"
- qo'shni bir sir aytsam heeeeeech kimga aytmaysizmi?  :7
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Muhammad Sanjar 22 Yanvar 2012, 17:59:28
Senga sir deb aytsa, ishonma hecham,
Senga aytgan aytar boshqalarga ham.

(Sa'diy Sheroziy)
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Sitora Sayfullayeva 22 Yanvar 2012, 18:41:59
hoZIrgi kunda ichimga yutaman
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Muhammad Sanjar 22 Yanvar 2012, 19:07:00
O'ttiz ikki tishdan so'z qutulgan on,
O'ttiz ikki quloq, dil unga makon.
Qaytib kelmog'ining imkoni hech yo'q,
Og'izdan chiqqan so'z - yoydan uchgan o'q.

(Abu Shukur Balxiy)
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: SAHOBEAT 11 Avgust 2012, 05:03:57
hech kimga aytmasliga harakat qilaman
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: My Ummah 11 Avgust 2012, 19:12:11
opamga. menimcha hozir ko'chadan sirdosh topish qiyin nazarimda, lekin sirni ichiga yutish ham yaxshi emas
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Secret 18 Avgust 2012, 07:59:34

  Muoz ibn Jabal (r.a.): Hojatlaringiz baroridan kelishi uchun uni sir tutish ila yordam talab qiling. Chunki har bir ne'matga erishgan kishiga hasad qiluvchilar bor. Abu Nu'aym rivoyatlari.
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Хадича 18 Avgust 2012, 09:34:33
Shunaqa gapla bo'ladiki,opamga etgim kemiydi. Shunaqa gapla bo'ladiki,sirdosh deb yurgan dugonalarimgayam etgim kemidi.hech kim mani aslimi,ichimdagilani bilmidi. Lekin hamma sirlarimdan bohabar va ishonchli zot - Alloh bor. Demak,yolg'iz ishonchli sirdoshim Alloh. Hatto mani o'zimga ayon bo'lmagan sirlarimdan,hayolotimdagi hayollardan,ko'nglimdagi maxfiylarimdan ham habardor Zot... O'ylap qarasam,hech kim mani Allohdan yaxshiroq bilmas ekan. Allohdan yaxshiroq tushunmas,man haqimda har nedan ,harakterim,kunglimdan bohabar emasakan...
O'zingga shukr... Shunday sirdoshim borligi uchun  :)
Nom: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Abdulhafizaka 18 Avgust 2012, 11:15:44
Куртлар вадисидан:
- икки кишини билагани сир смас!
Nom: Javob: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Muxsiya 06 Mart 2013, 17:33:19
hech kimga
Nom: Javob: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: aka sohib 09 Mart 2013, 01:55:23
xech kimga aytmaslikni o'rgandim. Xayot o'rgatmoqda
Nom: Javob: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Muxsiya 11 Mart 2013, 09:07:57
lekin shunday sirlar bo'ladiki uni ichingga yutsang seni adoyi tamom qiladi

Nom: Javob: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Abdulloh_8800 11 Mart 2013, 09:56:09
Куртлар вадисидан:
- икки кишини билагани сир смас!

aslida shunday hadis bor ekan
Nom: Javob: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Muxsiya 11 Mart 2013, 12:30:00
aytilmagan siringga sen hukmdorsan, aytilgan siring esa senga
Nom: Javob: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: kamoliddinov 12 Mart 2013, 20:29:26
Куртлар вадисидан:
- икки кишини билагани сир смас!

aslida shunday hadis bor ekan
Huddi shu gapni, faqat 3 kishi deyilgan edi, savol qilinib zakovatchilarda so'ralgan edi.
Nom: Javob: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: kamoliddinov 12 Mart 2013, 20:30:42
Bazilarini yaqin o'rto'gimga aytaman, lekin juda ham kamlarini, asosiylari ichimda yashaydi :)
Nom: Javob: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 13 Mart 2013, 09:17:14

  Muoz ibn Jabal (r.a.): Hojatlaringiz baroridan kelishi uchun uni sir tutish ila yordam talab qiling. Chunki har bir ne'matga erishgan kishiga hasad qiluvchilar bor. Abu Nu'aym rivoyatlari.

Go'zal hadis ekan!
Nom: Javob: Re: Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...
Yuborildi: Bechora_Bandang_ 13 Mart 2013, 09:18:41
Shunaqa gapla bo'ladiki,opamga etgim kemiydi. Shunaqa gapla bo'ladiki,sirdosh deb yurgan dugonalarimgayam etgim kemidi.hech kim mani aslimi,ichimdagilani bilmidi. Lekin hamma sirlarimdan bohabar va ishonchli zot - Alloh bor. Demak,yolg'iz ishonchli sirdoshim Alloh. Hatto mani o'zimga ayon bo'lmagan sirlarimdan,hayolotimdagi hayollardan,ko'nglimdagi maxfiylarimdan ham habardor Zot... O'ylap qarasam,hech kim mani Allohdan yaxshiroq bilmas ekan. Allohdan yaxshiroq tushunmas,man haqimda har nedan ,harakterim,kunglimdan bohabar emasakan...
O'zingga shukr... Shunday sirdoshim borligi uchun  :)

Mashaaloh! Bizni ham shunday go'zal muhabbat sohiblaridan qil!