forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: BaÑ…tiyor 30 May 2007, 11:16:00
-
KELAJAKDA QAYSI KASB EGASI BO'LMOQCHISIZ ?
MAN KO'CHMAS MULK MAGNATI BO'LMOQCHIMAN !
-
man olima bo'lmoqchiman
-
man olima bo'lmoqchiman
Allohim ezgu niyatlaringizni amalga oshirsin!
-
Allohim ezgu niyatlaringizni amalga oshirsin!
Etganiz kelsin
-
Yoshligimda diplomat bo'lishni orzu qilardim.Xoz umuman boshqa soxadaman... ::) Nimagadir bolalar yoshligida (man bizni pokoleniyani nazarda tutyapman) kosmonavt bo'lishni orzu qilardi,qizlar esa vrach... : )
-
O'qituvchi bo'lishni.
Bolalarga ilm o'rgatishni...
-
Doctor-kimnidir hojatini chikarsam meni rosaaaa duo kilsa
O'zi asli med.ins ga vrachlarni farzandlariga karab meniyam farzandlarim shunaka chiroyli bolsin deb kirgandim,bilmadim nimaga biunde deb o'ylaganman ???
Hozir umuman boshkacha : )
-
man kelajakda taqdirimga yozilganidek odam bo'lmoqchiman
-
Assalomu Alaykum!
Kelajakda har qanday inson bo'lishimdan qatiiy nazar insonlarga foydam tegsa, mening harakatim tufayli yurtim yanada tarraqiy etsa, dinim ravnaq topsa, oilam manfaat ko'rsa men uchun eng oliy baht shudir...(vallohu a'lam)
-
Hammaga salom.
Man kelajakda doktor bo'lmoqchiman.
-
O'zim koreys tilini bilganim uchun, O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi bo'lishni orzu qilaman.... :)
-
O'zim koreys tilini bilganim uchun, O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi bo'lishni orzu qilaman.... :)
kechagi koreys bokovoyini xatosidan keyinam shu fikrdamisiz :14
-
Men kelajakda militsiya xodimi bo'lmoqchiman;yoshlikda uchuvchi, futbolchi, bokschi,o'qituvchi bo'lishni orzu qilganman
-
O'zim koreys tilini bilganim uchun, O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi bo'lishni orzu qilaman.... :)
kechagi koreys bokovoyini xatosidan keyinam shu fikrdamisiz :14
Shuni eslatmang...(((((((((
Koreys hakamining saviyasi pastligini internetdagi koreys saytlariyam aytishyapti....
-
Men kelajakda militsiya xodimi bo'lmoqchiman;yoshlikda uchuvchi, futbolchi, bokschi,o'qituvchi bo'lishni orzu qilganman
Qiz bola uchun militsiya xodimi... Qiziq, nima uchun shu kasbga qiziqasiz?
-
Man kotta bo'sam,bog'chada bolalar tarbiyachisi bo'laman.Offtop qimaslikka yoshligidan o'rgatardim
-
Manmi, man kotta bo'sam, biznesmen-tikuvchi bo'lamaaaan...
-
:as:
Man katta bo'sam tikuvchi bo'lmoqchiman kim nima niyat qilgan bo'lsa niyatiga yetsin inshaAlloh...
-
Men bolaligimda futbolchi bo'lishni orzu qilganman. Lekin oxir-oqibat jurnalistikada o'qidim. ;)
-
Bu mavzuni o'qib bir voqea esimga tushib ketti. Boshlang'ich sinfda qanaqadur bayramda chiqish qilib hamma katta bo'lsa kim bo'lishligini aytadigan bo'ldi. Oldindan rejalashtirilgan albatta. O'qituvchimiz hammaga matn yozilgan qog'ozchalarni tarqatib chiqdi. Manga tushgan qog'ozchaga qarasam "Men injener bo'lmoqchiman..." deb boshlangan ekan. Man esa yoshligimda doktor bo'laman derdim. Chiqish vaqtida manga navbat yetganda qog'ozchadagi yozuvni unutib "Men doktor bo'lmoqchiman..." deb boshlab qolsam deng. :)
ON: Man katta bo'lib bo'ldim. Shuning uchun ON yo'q ;D
-
Off:
O'qituvchi o'quvchisidan so'rabdi: katta bo'lsang kim bo'lasan?
O'quvchi: Tuya bo'lsam keraak...
O'qituvchi: Nimaga?
O'quvchi: Chunki dadam meni bo'talog'im deydilar.
-
Men bolaligimda avvalo doktor-jarroh bo'laman der edim.
Keyinroq jurnalist bo'laman, dedim.
Qaror berishga kelganda esa- Nizomiyga Til-adabiyot fakultetiga topshirdim hujjatlarimni.... : )
Har bir insonning ichidagi qiziqishi har doim o'rtaga chiqar ekan. O'qish davomida doimo turli hil mavzularda aktiv bo'lishga harakat qildim. Bu ishlarni majburiy qilmadim, ichimdagi qiziqishlarim meni bu ishlarni bajarishimiga sabab bo'ldi...
Har bir ota-ona farzandining qiziqishlarini yaxshi bilishi va uni shunga qarab yo'nlantirishi kerak....
-
MENI NICKMGA QARELA! (a tak yurist bumoq4iman mafiyaligimiz odamlarga foydamiz tegiwi u4un holos)
-
ezgulikka xizmat qilguvchi, har harakatimdan insonlarga foydam teguvchi hech bo'lmaganga tilim va harakatlarim bilan insonlarga zarar yetkazmaydigan ollohning suyukli bandasi bo'lmoqchiman inshaolloh
-
Mavzu ancha eskirib chang bosib ketgan ekan puf-puf. Menimcha bu mavzuga javob bergan userlar allaqachon biror kasb egasi bo'lishgan yoki bir ishni boshini tugan dib umid qilaman. Men forumdoshlarga boshqacha savol bermoqchiman kelajakda farzandingiz qanday kasb egasi bo'lishini istardingiz?
-
Assalomu alaykum!
Muxsiya opa, (otalik baxtiga muyassar qilsa, inshaalloh), farzandlarim xalqqa, el-yurtga foydasi tegadigan, halol kasb egasi bo'lishlarini istardim. Men uchun muhimi - o'sha kasbni chin dildan sevsa, u bilan zavqlana bilsa bo'lgani.
Balkim, boshqa kasb egasi bo'lishini hoxlab qolarman, lekin men tanlagan kasbda ko'ngli bo'lmasa, boshqalardan ko'proq pul topgani bilan, o'zi sevgan kasbda ishlaganichalik baxtiyor bo'lolmaydi... Bu hozircha mani shaxsiy fikrim...
Endi o'zimga kelsak, hozir tibbiyot akademiyasida o'qiyabman. Inshaalloh, yaxshi bir shifokor bo'larman, lekin bu bilan cheklanib qolmoqchi emasman. Bolalikda orzu qilgan stuiyamni ochib, u yerda ham o'zim suygan mashg'ulotim bilan band bo'lish istagidaman. :)
-
Men hali maktabda o`qiyman. Kelajakda o`qituvchi bo`lmoqchiman
-
Bolalikda orzu qilgan stuiyamni ochib, u yerda ham o'zim suygan mashg'ulotim bilan band bo'lish istagidaman. :)
Shundan boshla kere edi uzi... :D
Kim bo'samam bo'bo'ganman endi uje kech... :D
-
Men hali maktabda o`qiyman. Kelajakda o`qituvchi bo`lmoqchiman
Borakalloh!