forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Muslimа 22 Iyun 2007, 07:23:50

Nom: Islom muolajasi...
Yuborildi: Muslimа 22 Iyun 2007, 07:23:50
Islom muolajasi.

Yuragingiz sizni tez-tez bezovta qilib turadimi, aziz birodar? Sizga atagan dorimiz bor: dilingizni og’ritgan har bir shaxsni yuragingizdan "œozod" qiling, iltimos. Kechirsangiz, KECHIRILASIZ"¦
O’pkam yallig’langan deysizmi? Keling, birgalashib yaxshi insonlarga havas qilaylik. Hursandchiliklariga sherik bo’laylik, g’amgin do’stlarimizga quvonch bag’ishlaylik. Havas qilsangiz, albatta erishasiz"¦
Nega uch kundan beri tumovsiz, mo’min do’stimiz? Balki o’tayotgan umrimizni sarhisob qilish payti kelgandir, ey aziz? Ko’z yoshlaringiz xazinasidan o’zingizga bir exson qiling: yig’lab — yig’lab oling. Zero astoyidil to’kilgan ko’z yoshlar ruhni poklaydi"¦
O’t pufagingizda og’riq bormi? Sizga tavsiya: achchig’ingiz chiqishi bilan tahorat oling. Bag’rikenglik — hotirjamlik ko’prigi"¦
Asabingiz tarang tortilibdi. Atrofingizga boqib, do’stu yorlaringizga TABASSUM hadya eting. Axir, bu hadya siz uchun arzimas muruvvat-ku! Zero TABASSUM — Payg’ambarimiz Rasululoh sallallohu alayhi va sallamning tashrif qog’ozlari edi"¦
Yurak bezovtaligiga qarshi kuniga uch mahal "œKechirim", o’pka yallig’lanishiga qarshi kun davomida "œHavas", tumovning asoratini kesish uchun haftada ikki bor "œKo’z yoshi", o’t pufagining sog’ligi uchun "œJahlni bosish", asabingiz tinchligi uchun har daqiqada "œTabassum" dorilaridan iste’mol qiling. Qo’shimcha ma’lumotlar uchun o’zingizdagi QALB MUOLAJASI dorixonasiga murojaat qiling!
         Habiba.
         "œIrfon taqvimi"1428(III)/2007 dan olindi.