forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Muslimа 09 Iyul 2007, 09:38:29

Nom: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Muslimа 09 Iyul 2007, 09:38:29
Assalomu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!!!
Quyida keltiriladigan hikoyaga e’tiborliroq bo’lishingizni so’rab qolardim.

Kun o’tdi.


Banda uyqudan ko’zini ochdi. Tong yorisha boshlaganini ko’rdi-yu, darhol tahorat ola boshladi. Bomdod namozini o’qib, Allohga hamdu sanolar aytdi. So’ng o’z ishiga jo’nadi. U erda ham Alloh zikrini yodidan ko’tarmagani sababli haromga qo’l cho’zmadi, qaramadi. Bugungu kun uchun rejalashtirgan hamma ishlarni osonlik bilan hal bo’lgani uchun Allohga shukrona keltirdi. So’ng uyiga — oilasi bag’riga qaytdi. Ota-onasi, ayoli, farzandlari bilan dasturxon atrofida suhbatlashib o’tirish unga hush yoqardi. Kun so’nggida xufton namozini o’qib bo’lgach, tahorat oldi-da, uyquga ketishdan oldin shunday duo qildi: "œEy Allohim, Senga behad hamdu sanolar bo’lsin! Mendek ojiz bir bandangni ham, ahli oilamni ham to’g’ri yo’lingdan adashtirmagin! Ertangi kunga sog’-salomat yetib olishimizni va kunimizning hayrli bo’lishini nasib etgin! Oxiratda ham jannat ahillari qatoridan joy olishimizni O’zing musharraf aylagin, Allohim!"

***

Shu kuni Allohning yana bir bandasi uyqudan ko’zini ochdi. Ochdi-yu, endi tong yorishayotganini ko’rib; yana uyquga ketdi. Vaqt allamahal bo’lganida ko’zini ochdi. Negadir boshi qattiq og’rir, hech narsaga qo’li bormasdi. Shu yo’sinda ishga jo’nadi. Kun bo’yi lanj bo’lib yurdi, lekin biror marta ham Allohning zikrini qilmadi. Nima sababdan ishlari orqaga ketayotganini u g’ofil banda tushunmas edi. Chala qolgan ishlarini tashlab, ulfatlari bilan maishatni qildi va kechga yaqin shirakayf holda uyiga qaytdi. Kunlik odati bo’yicha janjal ko’tarib, uyidagilarning qistovi bilan uyquga ketdi.

Kun o’tdi. Soniyasiga qadar o’lchab berilgan KUN. Umr sahifalaridan yana bir kun ortda qoldi"¦

Muhammad Halim tayyorladi
"œMusulmonlar taqvim kitobi" 1427(VI)/2006 dan olindi.


P.S. Ha, aziz birodarlar. Bu ikki inson ham Alloh taoloning bandalari. Lekin Alloh oldidagi vazifalarini bajarishga ular ikki hil munosabatdalar. Alloh taolo mehribon Zot. Hech qachon bandalarini hojatidan ortiq ishlarga buyurmaydi. Bu ikki inson misolida keltirilgan voqeaga jiddiyroq qarang va fikr qiling. Agar birinchi inson kabi yashayotgan bo’lsangiz "œAlhamdulillah!!!" deng va Allohdan to’g’ri yo’lida bardavom qilishini duo qiling!
Bordiyu ikkinchi banda kabi hayotingizni zalolatda o’tqazayotgan bo’lsangiz, yaxshilab fikr qilig! Tavba qiling birodar! Zero, hech birimizga jannat eshiklaridan kalit berilmagan, hech birimizga qancha vaqt yashashimiz haqida aniq habar kelmagan, hech birimiz amoli daftarimiz o’ng tomondan beriladi deb ayta olmaymiz, chunki bu bizning ihtiyorimizda emas!!! Alloh taolo sizga shu kunga qadar umr berdimi, fikrlang, shuncha gunoh qilsangiz ham Alloh sizga zulm qilmadi. Chunki Alloh taolo rahmlilarning eng rahmlisi bo’lgan Zot. Vaqt g’animatligida tavba qilib qolingki, keyin vaqt o’tgach pushaymonlikda qolmang!!!
Alloh taolo hech birimizni to’g’ri yo’ldan adashtirmasin!
Hidoyat va tavfiq yolg’iz Allohdandir!!!
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Muslimа 09 Iyul 2007, 09:47:55
Yuqoridagi hikoyaga iqtibos o’rnida yana fikrlab ko’rishingiz uchun bir hikoyachani keltirmoqlikni lozim topdim. Zero vaqt g’animatligi haqida fikr yuritishimiz faqat o’zimiz uchun foydalidir! Hech kim biz behuda ketqizgan vaqtimiz uchun ma’sul emas! BEHUDA O’TGAN HAR BIR SONIYAMIZ UCHUN O’ZIMIZ FAQAT VA FAQAT O’ZIMIZ JAVOB BERAMIZ!!!   

Hisobsiz harajat.

Tasavvur qiling, bank deb atalmish muassasa har tong sizga 86 400 so’m qarz berib tursa.86 400!!! Nima qilgan bo’lardingiz? Albatta, tiyinini ham qadrlab sarflardingiz — a? Hammamizda ham ana shunday muassasa mavjud. Uning nomi VAQT. U har kuni bizga 86 400 soniyani qarzga beradi. Har tong amal daftarimizda ana shu qarzning yangi sahifasi ochilib, kechqurun yopiladi. Keyingi sahifangizni qanday bo’lishini tasavvur ham qila olmaysiz. Shuning uchun amallarni ortga surib, "œerta" deb atalmish sahifaga qoldirmaslik kerak. Bir soniyalik beparvolik hayotingizni ostin-ustun qilib yuborishi mumkin.
Demak, hammamiz uchun "œkecha" tarix, "œerta" mo’’jiza, "œbugun" inoyat bo’lishi kerak. Shuni bilingki, vaqt sizni kutib turmaydi. U xuddi oxirat manzili uchun tobora yaqinlshib kelayotgan ulovga o’xshaydi. U faqat oxiratda gapiradi. Shuni ham yodingizda tutinki, u gapirganda ham sizning e’tirozingizga o’rin qolmaydi.


   Muhammad Halim tayyorladi
"œMusulmonlar taqvim kitobi" 1427(II)/2006 dan olindi.

P.S. Vaqt biz uchun qarz ekan, nechun uni behuda sarflaymiz? Omonatni Egasiga topshirishda uyalib qolishimiz haqida o’ylamaymiz? Qorqmaymizmi?! Yoki shaytonni shunchalik o’zimizga yaqin olib, u bilan do’stlashdikmi?
Aziz birodar o’tagan bugungi kuningizni sarhisob qilib ko’ringchi? Kerakli ishlarga ko’p vaqt sarf qilibsizmi yoki behuda ishlargami? Oxiratingizni obod qilishga ko’proq intilibsizmi yoki dunyoni aldovlariga ko’proq ishonib, unga bog’lanib qolibsizmi? Har doim kun so’ngida o’zingizga "œBUGUN ALLOH UCHUN NIMA QILDING?"  degan savol bilan murojat qiling! Va savolga javob berishni ham unutmang!!!
Alloh hammamizga ikki dunyo saodatini nasib qilsin!
Assalomu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!!!
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Muslimа 12 Iyul 2007, 15:27:52
Payg'ambarimiz Rasululloh sallalohu alayhi vassallam: "Dunyo hayoti bir onlik vaqtdan iboratdur. U holda uni Alloh yo'lida sarf eting", deya marhamat qilganlar.
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Muslimа 12 Iyul 2007, 15:34:33
Payg'ambarimiz Rasululloh sallalohu alayhi vassallam bir hadisda shunday deydilar: "Ikki ne'mat bordir. Insonlarning ko'pi buning qadriga yetishmaydi. Salomatlik va VAQT".
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2007, 17:57:13
Assalamu alaykum!

Vaqt bu nima?
Vaqt bu umr.
Umr - qumsoat.
Qum zarralariga qo'sgilib, umrimiz - vaqtimiz ham o'tib boraveradi.
Umr soati Alloh nasib qilmaguncha hech qachon to'xtamaydi.
Biz esa mana shu qum uzra darbadar kzgan yo'lovchimiz.
Hamma uchun manzil bitta. Ammo yo'llar har xil.
Bu qum vodiysi ichra qanday kezmoq, asosiy manzilga qaysi yo'l bilan borish ixtiyori o'zimizda.
Vaqt - umr esa o'taveradi...
Manzilimiz obod bo'lsin!
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Akmal 09 Avgust 2007, 04:58:34
А остини айтсам (кимларгадир ғалати туюлар), мен учун вақтнинг умуман аҳамисти қолмаган. Туну кун бирдек, лекин бир дсстимнинг айтган гапини жуда қадрлайман ва сшанга амал қиламан. У айтгандики,

"Ҳар куни уйғонганимда бугун нимани срганарканман деб тураман"
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Amina 14 Avgust 2007, 16:41:45
Vaqt bu eng oliy hakam.
vaqtni chindan qadrlagan inson, sabr qilishshi biladigan insondir!
vaqtni qadrini abiturentdan sorang :)
insonning bir daqiqasi ham katta boylik. osha 1 daqiqada inson nimanidir yoqotsa, yana nimadir topishligi mumkin. shunday ekan yoqotishdan qorqish kere. Doimo vaqtni qadrlash kam xatoga yol oqyishga olib keladi!
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Iroda 14 Avgust 2007, 18:14:59
-Vaqt bu Kitob..."Hayot kitobi"
Kimningdir bu kitobi necha boblardan tolib ketsa, kimningdirriki esa 1varrog'dan tashkil topgan...
Inson shuncha yil yashashi mumkin, lekin mana shu yillarda faqat bir kungina haqiqiy hayot kechirgan bolishi mumkin. Mana shu haqiqiy hayot - Yaxshilikdir!
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Sentyabr 2007, 18:00:53
Vaqt men uchun bu eng qadrli narsa va uni qadri men uchun eng kattadir. Yo'qotilgan vaqtni hech qachon qaytarib bo'lmaydi. Vaqtdan unimli foydalanish men uchun muhim narsa.
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Muslimа 25 Sentyabr 2007, 12:50:23
Ko’rdimki, vaqtini "œessiz", "œqaniydi", "œkoshki" lar bilan o’tkazgan kishining umri eng qisqa ekan.
Najimiddin Kubro
Nom: Vaqt siz uchun nima?
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Noyabr 2007, 11:08:04
Ko'pchillik vaqtni pul bilan o'lchaydi va vaqt bu pul deb aytishadi. Lekin men umuman bu fikrga qo'shilmayman. Hech qachon pul vaqt bo'lolmaydi.
Siz qanday o'ylaysiz? vaqt nima?
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Usmon 26 Noyabr 2007, 16:01:18
Iqtisodchi fikricha vaqt bu pul. Mo'min odam uchun vaqt bu ezguilik, ibodat, va barcha yaxshi amallar. Iqtisodchi vaqt bu pul deganda, har bir soniyada inson foydali ish qilish orqali, ma'lum miqdorda pul ishlashi mumkinligini, soniyalar bekor ketganda esa, shu pullar "yo'qotilayotganini" tushunadi. Mo'min esa bekor ketgan soniyalarda ezgu amallarni ko'radi. Har bir inson har bir o'tgan kuninig oxirida qilgan amallarini sarhisob qilsa-yu, ular ichida ezgusini topolmasa, demak kun, ya'ni vaqt bekor o'tgani shu bo'lsa kerak....
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Muslimа 06 Dekabr 2007, 16:21:31
Vaqtga e’tibor

Yusuf Qarzoviy

Qur’oni karimda va sunnatda vaqtga har tomonlama va turli shaklda e’tibor berilgan. Shunday e’tiborlarning eng avvalida vaqt ham Allohning buyuk bir ne’mati ekani va uning ahamiyatini bayon qilish (g’oyasi) turadi. Qur’oni karim vaqt qadrini buyukligi hamda Allohning insonga atagan fazlu karami kengligi haqida bayon qilib: "œU doimo aylanib turuvchi quyosh va oyni ham sizlar uchun bo’yinsundirdi(yani, sizlar yaxshi yashashingiz uchun tartib-intizomga solib qoydi). Yana u Zot kecha va kunduzni sizlar uchin bo’yinsundirdi. Shuningdek, sizlarga barcha so’ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar sizlar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog’iga yetaolmaysizlar" (Ibrohim, 33-34, oyatlar mazmuni), deydi

Va yana aytadi: "œU eslatma-ibrat olmoqchi bo’lgan yoki shukur qilmoqchi bo’lgankishilar uchun kecha va kunduzni (bir-birining) o’rnini bosuvchi qilib qo’ygan zotdir"(Furqon,62,oyat mazmuni).
Yani, Alloh kechaning ortidan kunduz va kunduzning ortidan kechani keladigan qilib qo’ydi, demak, kimda — kim ulardan birini behuda amallar bilan o’tqazsa, ikkinchisida o’sha qilgan hatolarini to’g’irlashga imkon bor. Vaqtning ahamiyatini bayon qilib, Alloh taolo Makkada nozil qilgan suralarni qasam bilan boshlaydi. Bunga misol tariqasida "œVal-Layl", "œVal-Fajr", "œVaz-Zuho", "œVal-Asr" kabilarni olish mumkin. Mazkur suralarni ko’zdan kechirsak, Allohning quyidagi so’zlarini o’qiymiz:
(Borliqni o’z zulmati bilan) o’rab kelayotgan kechaga qasam; Yorishib ko’ringan kunduzga qasam" (Val-Layl, 1-2, oyatlar mazmuni).
"œTongga qasam (Zulhijja oyidagi ilk)o’n kechaga qasam" (Val-Fajr, 1-2, oyatlar mazmuni).
"œChoshgoh vaqtiga qasam (o’z zulmati bilan chor atrofni) qoplab o’rab olgan kechaga qasam" (Vaz-Zuho, 1-2, oyatlar mazmuni).
"œAsr (vaqti) ga qasamki (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir" (Val-Asr, 1-2, oyatlar mazmuni).
Alloh O’z mahluqlaridan birining nomi bilan qasam ichishi u narsa yo hodisaga insonlarning diqqatini qaratish hamda o’sha qasam ichilgan narsaning qadri va manfaati buyukligini insonlarga bildirish hisoblanishini mufassir olimlar tushuntirishgan.
Payg’ambar sunnatlarida ham vaqt qiymati alohida ta’kidlanadi va uning Alloh oldida qiyomat kunida inson bo’ynidagi bir mas’uliyat ekani tasdiqlab o’tilgan. Hatto hisob — kitob kunida ham bandaga beriladigan asosiy to’rtta savoldan ikkitasi ana shu vaqt haqidadir.
Muoz ibn Jabaldan rivoyat qilinishicha, Payg’ambarimiz salallohu alayhi vassallam: "œBanda qiyomat kuni to’rt hislatdan so’ralmagunicha bir qadam ham oldinga siljiy olmaydi. Bu savollardan birinchisi- umrini nima bilan o’tkazgani; ikkinchisi — yoshlik davrida nima bilan mashg’ul bo’lgani; uchinchisi — mol-dunyoni qay yo’sinda (qaysi kasb orqali) topgani va nimalarga sarflagani; to’rtinchisi — o’rgangan ilmiga qanday amal qilgani so’raladi".
Shuningdek, inson umrining har bir davridan umumiy ravishda, yoshlik davridan esa, o’ziga hos shaklda so’raladi. Yoshlik umrning bir bo’lagi, lekin uning boshqa davrlardan ajratib turuvchi o’ziga hos qiymatdor tarafi bor. U g’ayratu shijoatga, o’tkinchi maqsadlarga to’la fasldir hamda go’daklik va keksalik zaifliklari orasidagi jismoniy quvvatga to’lishgan bir davrdir. Rum surasi 54-oyati mazmuni bunday: "œAlloh shunday zotdirki, sizlarni nochor narsadan (yani, bir tomchi suvdan) yaratdi, so’ngra (sizlar uchun) nochorlikdan keyin kuch-quvvat (paydo) qildi, so’ngra kuch-quvvatdan keyin yana nochorlik va qarilikni (paydo) qildi"¦"

A’zamjon Muhammadalixon tayyorladi
"œHidoyat"jurnali.
Nom: Re: Daqiqa qudrati. O’ZINGIZNI SINAB KO’RING-CHI!
Yuborildi: Muslimа 23 Fevral 2008, 10:53:41

     Bir daqiqa vaqtining qadriga yetmagan inson, bir soatlik vaqtini ham qadrlamaydi.
Qadimgi maqol.


  Alloh insonlarga eng buyuk ne’mat qilib hayotni berar ekan, uning jo’shqin, qiziqarli o’tishiga vaqtni biriktirdi. Insonning bu aldamchi dunyoda qancha hayot kechirishini vaqt orqali belgilab qo’ydi. Ammo biz g’ofil insonlar vaqtning qadriga yetish u yoqda tursin, bugun Alloh yo’lida nimalar qilishga ulgurdim, degan savolni berishga ham iymanib qoldik. Buning uchun soatlar emas, bir daqiqaning o’zi ham kifoya qilishini unutdik. Sababi insoniyat uchun daqiqa oddiy lahzaga aylanib qoldi. "œBir daqiqa vaqtingizni olsam maylimi?", "œBir daqiqa kutib turing", "œHozir, bir daqiqa" so’zlari bugungi kun shioriga aylanib bo’lgan. Ammo shu "œarzimas" daqiqa ichida nimalar qila olishimiz mumkinligini o’ylab ko’rganmisiz? Yaqinda Islom olimlari inson oltmish soniya ichida qanday ishlarni amalga oshira olishi mumkinligi haqida tadqiqot o’tkazdilar. Hulosa esa quyidagicha bo’ldi:
- inson oltmish soniya ichida uch marotaba FOTIHA SURASINI o’qiy oladi. Vaholanki, bir marotaba aytilgan bu suraga olti yuz hasanot va’da qilingan;
- bir daqiqada o’n marotaba IXLOS SURASINI ayta oladi. Bu surani uch marta o’qigan bandaga Qur’onni o’qigan savobi va’da qilingan. Demak, inson bir daqiqada uch marotaba xatm qilgan savobiga ega bo’lishi mumkin;
- bir daqiqa ichida Qur’onning bir sahifasini o’qish yoki kichik bir oyatni yodlab olish mumkin;
- bir kunlik gunohlarni barchasiga kafforat bo’lguvchi "œSUBHANALLOHI VA BIHAMDIH" kalimasini oltmish marta ayta oladi;
- "œLA ILAHA ILLALLOH" kalimasini ellik marotaba qaytarish mumkin;
- bir yuz yigirma marta "œSUBHANALLOH", bir yuz o’n marta "œALHAMDU LILLAH ", bir yuz o’ttiz marta "œALLOHU AKBAR" kalimasini ayta oladi;
-   yaxshi niyatlar ila duo qilishga ham daqiqa yetadi.
Xullas, inson har bir o’tayotgan soniyalari uchun qandaydir ajrlarga ega bo’lishi, bir daqiqa aytgan kalimasi tufayli jannat ahllari qatoridan joy olishi mumkin. BIR DAQIQA JUDA KATTA IMKONIYAT.
      Olimjon Abdushukur.
      "œHilol-3" 2006, mart-aprel (1427, Rabi’ul avval)

P.S. Aziz forumdosh siz bir daqiqada yuqorida keltirilgan kalimalardan qanchasini ayta olasiz?

Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Imron 24 Fevral 2008, 01:48:18
Вақт ҳақида схши рисола.. (http://islom.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=483&Itemid=50)
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Mahdiyah 02 Noyabr 2009, 08:09:38
Vaqt bu fursat.

kimgadur... yaxshilik qilib olish uchun...

kimgadur... "mazza" qilib "yashab qolish" uchun...

kimgadur... manfaatli ish qilish uchun...

kimgadur... asli berk ko'chadan asosiy ko'chaga chiqish uchun...

kimgadur... yanada yaqinroq bo'lish uchun...

 
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: siddiqa 02 Noyabr 2009, 08:24:33
vaqt bu ..........
imkoniyat.
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Nоdirbek 02 Noyabr 2009, 08:36:49
Vaqt qilich kabidir, sen uni kesmasang, u, seni kesadi.
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Nоdirbek 02 Noyabr 2009, 08:39:36
Inglizlar esa, Time is money deyishadi
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Hadija 02 Noyabr 2009, 14:07:54
Vaqt bu, Unga yetishish uchun ko'prik...
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2009, 22:46:18
Vaqt - bizni qabrga yaqinlashib borayotganimizni ko'rsatguvchi ko'zgu.
O'tib borayotgan vaqtimiz kun sayin, soat sayin, daqiqa sayin bizni o'lim huzuriga olib ketyapti...
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Muslimа 02 Noyabr 2009, 22:52:53
Vaqt - bizni qabrga yaqinlashib borayotganimizni ko'rsatguvchi ko'zgu.
O'tib borayotgan vaqtimiz kun sayin, soat sayin, daqiqa sayin bizni o'lim huzuriga olib ketyapti...

 :as:
Gaplariz haq, opajon. Gyotening yaxshi gapi bor edi, adashmasam "Tug'ilish O'LIMGA qo'yilgan ilk qadamdir" degan. Tug'ilgan kunimizdan boshlab vaqt o'tgan sayin, bizning "hayot daftari" mizning varroqlari birma-bir uzilib, kamayib boraveradi. Bu daftardagi yozuvlarni qanday bo'lishi bizning harakatimizga bog'liqdir.
Allah "daftarimiz" da faqat hayrli yozuvlar bo'lishini nasib qilsin!
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: Ansora 03 Noyabr 2009, 14:55:28
Dunyo-inson uchun yaratilgan. İnsonlardan tashqari jonzotlar uchun vaqt, degan tushunchaning o'zi yo'q. Rabbim meni bir daraxt, yoki bir chumoli holida yaratishi ham mumkin edi. Lekin meni-Dunyoni Payg'ambarimizning yuzi-suvi hurmati uchun yaratgan jinsdan-inson holida yaratdi, (alhamdulillah)  O'Zİni, Dinini, qulligimni tanib-bilishim uchun menga aql berdi. Bu aqlimni ishlatishim uchun fursat, vaqt berdi....Qancha vaqt berganligini yana Holiq Egamgina biladi.
Rabbimga men uchun berilgan bu vaqtni Uning mening "Yaratgan Egam", mening esa uning "quli" ekanligimni har soniya yana ham yurakdan his qilgan holda ishlata olishim uchun duo qilaman.

Bu vaqtni yana da ziyodalashtirishi uchun, foydali o'tkazishimizga sabab bo'ladigan hayirli bahonalar chiqarishini barcha Mo'min qardoshlarim uchun tilab qolaman.
Nom: Re: Vaqt siz uchun nima? (mulohaza uchun mavzu)
Yuborildi: siddiqa 03 Noyabr 2009, 16:48:50
shu kunlarda vaqt men uchun oqar suvdan ham tez o'tayapti .hech narsaga ulgurmayapman ,
vaqtga bo'lsa to'htab tur deyishning imkoni bo'lmayapti ..