forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Rasululloh SAV va sahobalar => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 09 Avgust 2007, 14:23:02

Nom: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Avgust 2007, 14:23:02
O’n sakkiz ming olamga sarvar bo’lgan Muhammad
O’ttiz uch ming ahsobga rahbar bo’lgan Muhammad
Yalong’ochu ochlikkaqanoatlig’ Muhammad
Oshi, joni ummatga shafoatlig’ Muhammad
Tunlar yotib uyumas, tilovotlig’ Muhammad
G’arib birla ytimg’a murruvvatlig’ Muhammad
Yo’ldan ozgan gumrohga hidoyatlig’ Muhammad
Ehtiyoj tushsa har kimga kifoyatlig’ Muhammad
Abu Jahl, bu Lahabg’a siyosatlig’ Muhammad
Malomatli zabunu salomatlig’ Muhammad
Namoz, ro’za qilivchi ibodatlig’ Muhammad
Tinmay tasbeh aytivchi riyozarlig’ Muhammad
Ma’lun-lian shaytong’a siyosatlig’ Muhammad
Shariatli yo’lig’a inoyatlig’ Muhammad
Duolari mustajob ijobatlig’ Muhammad
Yomonlikkka yaxshilik karomatlig’ Muhammad
Tavfiq bergan zolimg’a jalolatlig’ Muhammad
Sajda qilgan egilib itoatlig’ Muhammad
Arshu kursu bozori inoyatlig’ Muhammad
Sakkiz behisht egasiviloyatlig’ Muhammad
Miskin Ahmad qo’lig’a kitobatlig’ Muhammad
Etim, faqir, g’aribg’a saxovatlig’ Muhammad.


Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Avgust 2007, 14:23:19
Al-kazzobu lo ummati" dedi biling Muhammad
Yolg’onchilar qavmini ummat demas Muhammad
To’g’ri yurgan qulini, haqni izlab yo’lini
Rost yurgan qulini ummat degay Muhammad
Har kim ummatman desa, rasul ishin qo’ymasa
Shafot kuni bo’lsa mahrum qo’ymas Muhammad
Tangri-taolo so’zin, Rasulilloh sunnatin
Inonmag’on ummatin, ummat demas Muhammad
Ummatmen deb yurursan, buyrug’ini qilmassan
Nechuk umid tutarsen, anda so’rmas Muhammad
Mushkuldir osiy banda, ummat demasa anda
Rasvo ulur Mahsharda, ummat demas Muhammad
Ummat degay Muhammad, chin so’zlasa qul Ahmad
Tongla bo’lsa qiyomat, mahrum qo’ymas Muhammad.

Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Avgust 2007, 14:24:12
[b]Ko’rgan zamon inong’on Abu Bakr Siddiqdir
Ustun bo’lib tayang’on Abu Bakr Siddiqdir
Munglashg’onda yig’labon, qulluqqa bo’l bog’lag’on
Ich, bag’rini dog’lag’on Abu Bakr Siddiqdir
Bir qavlidin qaytmag’on, sirrin hargiz aytmag’on
G’ofil bo’lib yotmag’on Abu Bakr Siddiqdir
Jon jononag’a qovshurg’on qizin qo’ldin topshirg’on
Qo’l qovshirib yolvorg’on Abu Bakr Siddiqdir
Aytkon so’ziga etkon, nafsi havodan ketkon
Haq Rasulni berkitkon, Abu Bakr Siddiqdir
Muhammadga qaynota, qilg’on emas hech xato
Bo’ynig’a solg’on fito Abu Bakr Siddiqdir
Qul Xoja Ahmad qil tasdiq, yori g’oring qil tafriq
Oriflikda bil sodiq bo Bakri Siddiqdir.[/b]
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Avgust 2007, 14:24:34
Ikkinchisi yor bo’lg’on adolatlig’ Umardur
Mo’minlig’da yor bo’lg’on adolatlig’ Umardur
Bilolg’a azon ayturg’on, shariatni bildirg’on
Din so’zini uqtirg’on adolatlig’ Umardur
Kaba eshigin ochtirg’on barcha butni sindirg’on
Rasul ko’nglin tindirg’on adolatlig’ Umardur
Shariatni pos tutkon, tariqatni rost tutkon
Haqiqatni xo’p bilg’on adolatlig’ Umardur
O’g’lin chorlab kelturg’on, darra urib ulturg’on
Adil qilib yo’l surg’on adolatlig’ Umardur
Chirog’ bo’lib ochmag’on, din yo’lidin yonmag’on
Nohaq ishni etmag’on adolatlig’ Umardur
Miskin Ahmad kelg’il, yod qilg’il, ojizingni bunyod
Shoyad ruhi qilg’ay shod, adolatli Umardur.

Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Avgust 2007, 14:24:53
Uchinchi yor bo’lg’on Usmoni bohayodur,
Har nafasda yor bo’lg’on Usmoni bohayodur
Haq Rasulni domida, dinimizni odobi,
Dindorlarni ozodi Usmoni bohayodur
O’qig’oni shotibi, oyat, hadis kitobi,
Minbar uzra xitobi Usmoni bohayodur
Munojati ko’hi Tur, olg’onlari ikki nur
Aytganlari barcha dur Usmoni bohayodur
Ko’plar kelib piyoda, qo’ymadilar shahzoda
Shahid qildilar anda Usmoni bohayodur
Tavsif qilding Usmonni, Hoja Ahmad sen ani,
Uo’qdur shakku gumoni, Usmoni bohayodur

Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Avgust 2007, 14:25:23
To’rtinchisi yor bo’lg’on sheru xudo Alidur
Ham me’rojda yor bo’lg’on sheru xudo Alidur
Aytg’on so’zi rahmoniy, ko’rsang yuzi nuroniy
Kofirlarni qironi sheru xudo Alidur
Himmat quri dilida, mavlom yodi tilida
Zulfiqori ilgida sheru xudo Alidur
Minib chiqsa Duldulg’a erga tushar zil-zila,
Kofirlarg’a g’ulg’ula sheru xudo Alidur
Dushmanlarg’a muqobil, bo’ldi kofirlarga qotil
Qilg’on botilni zoil sheru xudo Alidur
Rahmat qilg’ay biru bor, har ne qilsa erki bor
Hoja Ahmadga madadkor sheru xudo Alidur.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Munira xonim 09 Avgust 2007, 22:11:33
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!!!
Juda ham go'zal misralar.
Alloh sizdan ham bu misralarni yozgan bandasidan ham rozi bo'lsin...
Bizga ham sahobiylarni yo'lini bersin... Amiyn.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: AbdulAziz 10 Avgust 2007, 09:25:26
Assalamu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin!

ushbu baytlarning muallifi kim?
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Avgust 2007, 10:28:39
Assalamu alaykum va rahmotullohu va barakathu!!!
Men xursandman sizlar ushbu misralarni o'qib ijobiy fikir bildirganlaringiz uchun.
Bu misralarning muallifi Xoja Ahmad Yssaviy.
Men Yassaviyning DEVONI HIKMAT asarini har bir forum a'zosiga o'qishni maslahat berardim.
Allohim barchamizdan qilgan ishlarimizdan rozi bo'lsin ... Amin
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Sentyabr 2007, 18:15:09
Qahhor otlig’ qahringdan qo’rqibyig’lar Xoja Ahmad
Pahmon otlig’ rahmingdan umid tutar Xoja Ahmad
Gunohim ko’p ilohim kechirg’aysan gunohim
Barcha qullar ichinda osiy quldir Xoja Ahmad
Munofiqlar yururlar, fisqu fijir qilurlar
Harom, shubha eyurlar, qo’rqib yig’lar Xoja Ahmad
Tariqatni bilmading, haqiqatni qilmading
Pir buyurug’in tutmading, uzri ko’pdur Xoja Ahmad
Oxir zamon bo’lg’ondir, podsho zolim bo’lg’ondur
Harom, shubha to’lg’ondur, hayron bo’lur Xoja Ahmad
Sharmanda osiy qulmen, ishq yo’lida bulbulmen
Arslon bobog’a qulmen, quling bo’lur Xoja Ahmad
Qul Xoja Ahmad toat qil, yig’lamakni odat qil
Balo kelsa toqat qil, Haqdin bo’lur Xoja Ahmad
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Sentyabr 2007, 18:15:54
Muhammadning biling zoti arabdur
Tariqatning yo’li kulli adabdur
Haqiqat bilmagan odam emasdir
Bilinggiz hech nimaga o’xshamasdur"¦
Qahrlansa qilurlar er birlan yakson
Bo’lodur zilzila er birlan osmon
Rahm qilsa bilingiz rahmati bor
Berur bo’lsa tuganmas ne’mati bor
Muhammadni sifat qilsam kamina
Onasini oti bilgil Amina
Otasi oti Abdulloh ekandur
Onodin tug’mayin o’lg’on ekandur
Muhammadni bobosi saqlog’ondur
Yalong’och, ochlarni yo’qlog’ondur
Bobosin bilingiz Abdulmutallib
Ko’ngilda saqlag’aysiz yaxshi bilib
Bobosini otosi erdi Hoshim
Eshitganda oqadur ko’zda yoshim
Bilingiz to’rtinchisidur Abdulmanaf
Alarni bilsa har kimko’nglidur sof
Rasulni bilsa har kim bu to’rt pushtin
Qiyomatda kezarsekiz bihishtni
Bobosi etti yoshda o’libdur
Rasulni ammasiga ham beribdur
Abutolib alini otasidur
Qamug’ arablarini kattasidur
Abutolib bo’ladur ish boshida
Muhammad o’lturur doim qoshida
Muhammadni yoshi o’n etti bo’ldi
Ki ul vaqtda Xadichani oni ko’rdi
Muhammadni bilinki misli shunqor
Xadicha  oni ko’rib bo’ladur zor
Xadicha ko’nglida oni so’yodur
Muhammad ishqida ichi ko’yodur
Kecha kunduz tilar uni Xudodin
Bilingiz oqibati topdi murodin
Ko’ringizlar xudoning shevasini
Muhammad boqg’ay ekan tevasini
Xadichag’a Rasul shokir bo’libdur
Bu bois birla bil oni olibdur
Rasulni yoshlari qirqqa etibdur
Ki andin so’ng xudodin vahi inibdur
Ki ondin so’ng muhammad bo’ldi podshoh
Rasulni ko’nglida yor bo’ldi Olloh
Muhammad ishini Olloh biturdi
Xaloyiq barchasi imon keturdi
Rasulni boshida bo’ldi amoma
Kamol topdi o’ttiz uch ming sahoba
Rasulg’a barchasi xizmat qiladur
Adab birlan yurib izzat qiladur
Rasul oldig’a bir etim kelibdur
G’aribu mubtalomen deb aytibdur
Rahm qildi Rasul ani holig’a
Tilaganin oni berdi qo’lig’a
Rasul aydi anga men ham etimmen
Etimlikda, g’ariblikda yotibmen
Muhammad aydilar har kim etimdur
Bilingiz ul meni xos ummatimdur
 Etimni ko’rsangiz og’ritmangizlar
G’aribni ko’rsangiz dog’ etmangizlar
Etimlar bu jahonda xor ekandur
G’ariblarni ishi dushvor ekandur
G’ariblarni ishi doim sulukdur
Tirik ermas g’arib misli o’likdur
Xudoyig’a g’ariblar bilgulugdur
G’aribni erta, oqshom so’rgulugdur
Sifat qilsam Ali sheri xudodur
Ki shamshir birla kofirni qirodur
Kofirlarni qilurlar imong’a da’vat
Berodur har zamon islomg’a quvvat
Ki mo’min bo’lg’onin olib kelodur
Qabul qilmog’onin chopib kelodur
Ki shamshir qo’lg’a olib minsa Duldul
Toshodur qavmi kofirlarg’a g’ulg’ul
Qo’lidagi yarog’i zulfiqori
Chopishganda uzolar qirq qari
Alini bor erdi o’n sakkiz o’g’li
Ani har qaysisidur katta tug’li
Ali islom uchun qonlar yutodur
Ki islom tig’inimahkam tutodur
Xoja Ahmad g’ariblikka tushibdur
Rasul avlodig’a so’zlar qotibdur.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Sentyabr 2007, 18:16:16
Umrim oxir bo’lg’onda ne qilg’aymen Xudoyo       
Jon olg’uchi kelg’onda ne qilg’aymen Xudoyo?
Jon bermakning vahmidin, Azozilning zaxmidin,
Shafqat bo’lmasa sendan ne qilg’aymen Xudoyo?
Jon bermak ishi dushvor, oson qilg’il yo Jabbor,
Sendan o’zga yo’q g’amxo’r ne qilg’aymen Xudoyo?
Jonim judo bo’lg’onda, tanim munda qolg’onda,
Taxta uzra olg’onda ne qilg’aymen Xudoyo?
Ojiz bo’lib yotganda, farishtalar kirganda,
"œMan rabbuk" deb so’rganda ne qilg’aymen Xudoyo?
Eltib go’rga qo’yg’onda, etti qadam yong’onda
So’rg’uchilar kirg’onda ne qilg’aymen Xudoyo?
"œMan rabbuk" deb turg’onda, qora kundir o’sha onda,
"œRabbing kimdur" deganda ne qilg’aymen Xudoyo?
Qul Xoja Ahmad, sen banda nafs ilgida
Mahshar kuni bo’lg’onda ne qilg’aymen Xudoyo?

Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Sentyabr 2007, 16:09:51
Саййидимиз А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳазратларининг сийрати шарифларини срганиш ҳар бир мсмини комил учун вожибдир. Лайғамбаримиз алайҳиссалоту вассаломнинг ҳаётларини, суннати мутаҳҳараларини срганмасдан туриб Ислом динининг моҳисти-жавҳарини, Қуръони каримнинг маъноларини тушуниб етиш муҳол, съни, мумкин смасдир. Айниқса, А асулуллоҳ алайҳиссаломнинг сийратларини саҳиҳ манбалар асосида срганиш жуда ҳам аҳамистли, зарур ва долзарб масала.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:35:28
XADIS

Bir kun aytdi Muhammad Mustafo:
"œUl qiyomat dashtida etti turlik
Ummatimga soya solgaydir Xudo
Birisi odil podishoh, xalq g’amin doim egan
E’tiborlik birla diomxalq hayotin o’ylagan
Ikkinchisi shunday odamki, yosh ibodat aylagan
Yosh yigitlik chog’ida Alloh rozisin izlagan
Uchinchisi shundog’ kishikim, qalbin masjidgabog’lagan
Tong sahardan e’tiqod birla, masjidga yo’l olgan
To’rtinchisi, ikki birodar, Haq yo’lida do’st bo’lgan
Yaxshi-yu yomon kunda bir-birin tashlamagan
Beshinchisi shunday yigitkim, nafsini qo’lga olgan
Gar chiroyli navjuvon chorlasa inkor qilgan
U degay qo’rqarman Allohdan zino qilmoqqa bil
Chin yurak bardosh berolmasdo’zaxga tushmoqlikka bil
Oltinchisi shunday saxiykim, ko’p saxovat aylagay
O’ng qo’li bergan zakotni chap qo’li ham bilmagay
Ettinchisi, doim Xudoga zorlanib ko’p yig’lagay
Doim tun kechalar Allohga nola aylagay".
Ettisidan biri bo’lsak ajab ermas biza
Shul umidkim, ul yaratgan soya solsa biza.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:36:13
SAKKIZ SO’Z.

Aytdilar biga Muhammad Mustafo
Haq taoloning Rasuli bo Safo:
"œSakkiz so’zni men tayin qildim, ayoummat, eshit
Gar amal qilsang anga, bo’lgay sanga sakkiz behisht
Sen namozda dilni saqla, maqbuli dargoh bo’lur
Xalquming saqla xaromdin, muddao hosil bo’lur
So’zlaganda tilni  saqla, bu ishing a’lo bo’lur
Saqla ko’zni behayo ishtonki, imoning samo bo’lur
Yaxshilik qilsang birovga, san uni darhol unut
Gar yomonlik ko’rsang undan, ko’nglingga olma, unut   
Hamma ishda hamma vaqt Alloh nomin yodda tut
Qancha yil ko’rsang umr, oxir o’lim yodingda tut".
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:23:16
Муаллиф: Абдулмалик Косим

Таржимон: Абу Мухаммад ал Асарий

Бисмиллахир рохманир рохиm

Лайгамбарини хидост ва хак дин билан юборган Аллох таолога хамду-санолар, барча оламга рахмат килиб юборилган пайгамбаримизга, Унинг оиласи ва барча сахобаларига салавоту саломлар бслсин.

Бугунги кундаги одамларнинг ксплари ё гулув кетган ва ёки локайд бслган. Уларнинг айримлари расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам хикида гулув кетдилар, охир окибат сса ширк келтириш даражасига етиб бордилар ва сз схтиёжларини расулуллох саллаллоху алайхи ва салламга дуо килиб, Ундан мадад ссрай бошладилар. Баьзилари сса расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг олиб келган йсли ва сийратига сргашишдан гафлатда колиб, У зотни сз хаёти учун йсл ксрсатувчи маёк ва белги килиб олмади.

А асулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг сийратлари ва хаётининг нозик тафсилотларини оммага кулай ва енгил услуб билан скинрок олиб келиш максадида, барчасини сз ичига олмасада, ушбу сахифаларни тслдирмокдамиз... Шундай бслса-да, бу ёзганларимиз расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хаёти ва сифатларининг мсъжизагина дебочасидир. Мен уларни тслалигича баён килмадим, балки, бугунги кунда одамлар хаётида ксринмай колган деб сйлаганим хислат ва фазилатларга чекландим. Хар бир хислат ва фазилатнинг баёни учун икки ёки уч хадис зикр килишга чекландим. Холбуки, расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хаёти — Уммат хаёти, даъват ва хаёт дустури сди. А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам тоат-ибодатда, гсзал ахлок ва хушмуомала хамда макомнинг олийлигида пешво сдилар. Унга Аллох таъолонинг айтган мактови етарлидир: «Сиз улуг ахлок узрасиз».
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:23:35
Ахлуссунна вал жамоа расулуллох саллаллоху алайхи ва салламни Аллох ксйган манзилатга кссдилар. У Аллохнинг кули ва расули, дссти ва танлагани. Униболалари ва оталаридан хаттоки сзларидан ксра кспрок севадилар. Бирок унинг хакида гулув кетмайдилар, уни хаддан зиёд олкишламайдилар, унинг учун юкорида айтилган манзилати кифосдир.


Биз шу йслдан кетамиз: мавлидларни пайдо килиб, базмлар уюштирмаймиз. Балки, расулуллох саллаллоху алайхи ва салламни буюрганларидек севамиз, У зотга буюрганларида итоьат стамиз, кайтарган ва тсхтатган нарсаларидан сакланамиз.

Биз учун бу дунёда расулуллох саллаллоху алайхи ва салламни ксриш насиб стмаган, сртамизда канча — канча асрлар бслсада, мен Аллох таолодан расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам куйидаги хадисларида зикр килган кишилардан килишини ссрайман. «А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам: «Кани снди биродарларимизни ксрсам сдим» — дедилар, Сахобалар: «Биз сизнинг биродарларингиз смасмизми?» — деб ссрадилар. А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам: «Сизлар менинг сахобаларимсиз. Биродарларимиз сса хануз келмадилар» — дедилар. Сахобалар: «А расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам, хануз келмаган умматингизни кандай танийсиз?» — деб савол бердилар. А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам: «Кани айтингчи агар бир кишининг кашка отлари тим кора отлар орасида юрган бслса у сз отларини таний оладими?» —дедилар. Сахобалар: «Бслмасачи, ё А асулуллох» —деб жавоб бердилар. А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам: «Улар тахорат сринлари порлаган холда келадилар. Мен сса уларни хавзим олдида кутиб тураман» — дедилар» (Имом Муслим ривости).

Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:23:53
Аллох таъолодан бизларни хам расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг осорларига сргашиш, сийратидан намуна олиш ва суннатидан сипкирганлар каторида килишини, шунингдек, бизларни расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам билан бирга Адн жаннатларида бирга килишини хамда Унга килган хизматлари свазига катта — катта мукофотлар беришини ссрайман.

Аллох таъоло пайгамбаримиз, Унинг оиласи ва сахобаларига салавоту саломлар йслласин.

Абдулмалик ибн Мухаммад ибн Абдур

Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:24:12
Зиёрат


Кадим асрларга кайтиб, стган тарих сахифаларини вараклаймиз, унинг сахифаларини скиб, хар бир сатри хакида тафаккур киламиз хамда харфлар ва ссзлар оркали расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг уйларини зиёрат стамиз...

Биз расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг уйларига кириб, ахволи ва вокеий холати билан танишиб, унинг ссзларига кулок солайлик хамда пайгамбарнинг уйида факатгина бир кун мехмон бслиб, дарсу-ибрат олайлик-да, айтилган ссзлар ва килинган ишлар билан калбимизни ёритайлик...

Одамларнинг билими ошиб, ксп нарсаларни скиб, Шарку Гарбни китоблар, мактублар, филмлар ва хужжатлар оша зиёрат ста бошладилар... Биз сса расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг уйини шаръий зиёрат килишга, унда ксрган ва билган нарсаларимизни хаётимизга жиддий татбик килишга улардан ксра лойикрокмиз. Азилажак сахифалар ксп бслмагани учун хам, расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг уйларида муайсн макомлардагина тсхталиб стамиз. Шосд бу билан нафсимизни тарбислаб, уларни хаётимизда татбик килсак.

Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:24:35
Мусулмон дсстим!

Биз стган асрлар сахифасини ксзимиз ксрмаган нарсалар билан завкланиш ва сшаб стган инсонларнинг хаётини ксриш учунгина варакламаймиз. Аксинча, Аллох таоълонинг сз пайгамбарини севиш учун килган амрига итоат стиб пайгамбаримиз саллаллоху алайхи ва салламнинг хаётини скиш, суннатларига сргашиш ва у зотнинг дастури ва йслларида юриш билан Аллохга ибодат киламиз. А асулуллох саллаллоху алайхи ва салламга бслган мухаббатнинг снг мухим белгиси сса, унга амр стилган нарсаларида итоат стиш, кайтарган ва тсхтатган нарсаларидан тийилиш, демакдир...

Аллох таъоло расулуллох саллаллоху алайхи ва салламни пешво ва намуна килди. Шунинг учун хам, У расулуллох саллаллоху алайхи ва салламга бсйсуниб, итоат стишни фарз килиб деди:

«(А­й Мухаммад ), айтинг: «Агар Аллохни схши ксрсангизлар, менга сргашинглар, шунда Аллох сизларни (хам) схши ксради ва гунохларингизни кечиради. Аллох кечирувчи ва рахмли зотдир)» (Оли Имрон: 31);

«Аллохнинг пайгамбарида сизлар, — Аллох ва охиратдан умидвор бслган хамда Аллохни ксп ёд олган кишилар учун намуна бордир» (Ахзоб: 21).

Аллох таъоло пайгамбарга итоат стишни Куръон Каримнинг киркка скин ерида зикр килди (Ибн Таймийс, «Мажмуъул-фатава»:1/4)

Банданинг бахт — саодати, охиратдаги нажоти Аллохнинг пайгамбарига сргашишдадир: «Ким Аллох ва унинг расулига итоат стса остларидан дарёлар окиб турадиган жаннатларга киритади. Улар у ерда мангу коладилар. Бу буюк ютукдир. Ким Аллох ва унинг расулига осий бслиб Аллохнинг белгилаб ксйган хадларидан тажовуз килса, уни абадий коладиган жойи бслмиш жаханнамга киритади. Ва унинг учун хорловчи азоб бордир». (Аисо: 13,14)

А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам сзларини схши ксришни иймон халоватига сришиш сабабларидан бири килдилар: «Уч хислат бор. Улар кимда бслса, у одам иймон халоватини топади: «Аллох ва расули унга бошкалардан ксра севимлирок бслса...» (Муттафакун алайх);

«Жоним кслида бслган зотга касамки, Мен сизлардан бирингизга отаси ва фарзандидан ксра севимлирок бслмагунимча, у одам (хакикий) мсъмин бсла олмайди» (Имом Муслим ривости)

А асулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хаёти — покиза хаёт бслиб, ундан срганамиз ва уни хаётимизга татбик стамиз.

Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:25:04
Сафар


А асулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг уйи томон сафар килиш, ул зотнинг хаётининг икир-чикирлари ва муомала санъанити ксриш аслида ста кизикарли иш. А­нди биз шу иш ортидан ажру-савобни умид килсакчи?! Албатта, расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хаёти насихат ва ибрат, сийрат ва намуна, сргашиш ва срнак олишдир. Бу сафаримиз китоблар ва сахобалар тилидан накл килинган ривостлар воситаси ила бслади. Зотан, расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам зикр килинганларидек, учта масжиддан бошка хар кандай кабр, пайгамбарнинг уйи ва ундан бошка жойларга (ибодат максадида) касд билан сафар килиш мумкин смасдир: «Факат Масжидул-Харом, менинг масжидим ва Масжидул-Аксоганина (ибодат макасдида) сафар килинади» (Имом Бухорий ва имом Муслим ривости).

Биз расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг ушбу амрларига бсйсунишимиз ва уч масжиддан бошка хеч бир ерга (ибодат нистида) касдли сафарга чикмаслигимиз керак. Холбуки, Аллох таъоло: «Лайгамбар олиб келган нарсаларни махкам ушланглар ва кайтарган нарсалардан тийилинглар!», демокда (Хашр: 7).

Биз пайгамбаримиз саллаллоху алайхи ва салламнинг кадамжойларини хам касд килмаймиз. Ибн Ваззох рахимахуллох деди: «Умар ибн Хаттоб разисллоху анху остида расулулох саллаллоху алайхи ва салламга байъат килинган дарахтни кесиб ташлашга амр килди. Чунки, одамлар у жойга бориб, дарахт остида намоз скир сдилар. Умар ибн Хаттоб разисллоху анху одамлардан ширк амали содир бслиб колишидан ксрккан сдилар»

Ибн Таймийс рахимахуллох Хиро гори хакида шундай дейди: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам пайгамбар бслишдан аввал у горда ибодат килган ва сша горда биринчи вахий нозил бслган сди. Бирок, расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам вахий нозил бслгандан сснг, у горга хатто унинг скинига хам кайтиб бормадилар, шунингдек асхоблари хам скин йсламадилар. А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам пайгамбар бслганларидан сснг сн йилдан кспрок Макка шахрида колганларига карамай, бирон марта хам Хиро горини зиёрат килмадилар ва унга чикмадилар. А асулуллох саллаллоху алайхи ва салламга иймон келтирган бирон бир сахоба хам, у горга бормади. А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам хижратдан сснг Худайбийс ва Жиъиррона хамда Фатх йилидаги умраларида Маккага бир неча марта келдилар ва Фатх йилида йигирма кунча колдилар аммо Хиро горига бормадилар ва уни зиёрат килмадилар»(Ибн Таймийс, «Мажмуъул-фатава»:27/251).

Мана биз Мадинаи Мунавварага нигох ташлаймиз. Унинг катта белгиларидан бири — Ухуд тоги рспарамизда ксрина бошлади. А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам Ухуд тоги хакида: «Бу тог бизни севади ва биз хам уни севамиз» деган сдилар (Мутттафакун алайх).

А асулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг уйларига кадам ранжида килишдан аввал, уйнинг курилиши ва шаклини ксрамиз. Агар кичикинагина уй соддагина ёток-жойни ксрсак бундан ажабланмайлик. Чунки, расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам дунёдаги одамларнинг снг зохиди, дунёвий нарсаларни озайтирувчи, дунёнинг зийнат ва бойликларига ксз тикмаган, балки «кувончи намозда килинган» зот сдилар (Аасоий ривости).

А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам дунё хакида: «Менинг дунё билан ишим нима! Мен билан дунёнинг мисоли иссик кунда сафарга чиккан, бир дарахт остида озгина салкинлаб, сснгра уни тарк килиб йслида давом стган отликка схшайди», деган сдилар (Имом Термизий ривости).

А­нди расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг уйи томон Мадина ксчаларида илдам кадам ташлаб кетмокдамиз. Ана, баъзилари хурмо барглари устига лой чаплаб, баъзилари сса тош териб курилган, хаммасининг томлари хурмо барглари билан тссилган расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хотинларининг уйлари ксринди.

Хасан разисллоху анху шундай дер сди: «Мен Усмон разисллоху анхунинг халифалик даврларида расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хотинларининг уйларига кирардим ва унинг томларини (пастлиги сабаб) ксларим билан ушлардим» (Ибн Саъд «ат-Табакотул-Кубро»: 1/274)

У камтарона уй ва кичик хужралардан иборат сди. Бирок, иймон, итоат, вахий ва рисолат билан обод сди.

А ахмон ал- Косим

Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:25:25
А асулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг ксринишлари


Биз расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг уйларига скинлашиб, кириш учун рухсат ссраб сшикларини кокамиз. Сснгра, хаёлимизни расулуллох саллаллоху алайхи ва салламни ксрган одамлар билан ксйиб юборамиз.. У бизга расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг муборак ташки ксринишлари ва табассумли юзларини ксриб турганимиздек таърифлаб беради.

Баро ибн Озиб разисллоху анху деди: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам одамлар ичида юзи чиройлироги, ахлоки гсзалроги ва срта бсйли сдилар» (Имом Бухорий ривости)

Бошка ривостда деди: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам срта бсйли, кенг елкали бслиб, сочлари кулокларининг юмшоклари кадар тушар сди. Мен кизил ксйлак кийган пайтларида у зотдан ксра чиройлирок одамни ксрмадим» (Имом Бухорий ривости).

Абу Исхок Сабиъий рахимахуллох деди: «Бир одам Бароъ ибн Озибдан: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг юзлари килич каби сдими?» — деб ссраганида: «Йук, Ой каби сди» — деб жавоб берди» (Имом Бухорий ривости).

Анас разисллоху анху деди: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг кафтларидан ксра мулойимрок бслган на ипак на бошка нарсани ушламадим ва расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг бсйидан ксра хушбсйрок хидни топмадим» (Муттафакун алайх)

Хаё хам расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг сифатларидан бири сди. Абу Саъид ал-Худрий разисллоху анху деди: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам чимилдикка кирган бокира киздан хам хаёлирок сдилар. Агар бирон нарсани ёктирмасалар, биз уни юзларидан скир сдик» (Имом Бухорий ривости).

Булар расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хилкати ва хулки хакида накл килинган баъзи сифатлар, холос. Холбуки, Алох таъоло пайгамбаримиз саллаллоху алайхи ва салламнинг хилкати ва хулкини мукаммал килиб сратгандир. Ота—онам унга —саллаллоху алайхи ва саллам- фидо бслсин.

Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:25:44
А асулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг

Гапиришлари


Биз расулуллох саллаллоху алайхи ва салламни ва у зотнинг баъзи сифатларини ксрдик. А­нди пайгамбаримиз саллаллоху алайхи ва салламнинг сзлари бизга гапиришларидан аввал, гапиришлари ва гапириш услубларини бир ксрайлик.

Оиша разисллоху анхо дедилар: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам сизлар каби тез гапирмас, балки, равон ва дона—дона гапирар ва атрофидагилар унинг ссзларини ёдлаб олар сдилар» (Абу Довуд ривости).

А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам мулойим, атрофдаги одамларнинг тушунишларини севар, Умматига харис бслганларидан одамлар сртасидаги фаркларни, тушуниш ва англаб олиш даражаларини риос килар сдилар. Бу сса унинг сабрли ва халим бслиши кераклигини такозо килар сди.

Оиша разисллоху анхо дедилар: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг ссзлари уни сшитган хар бир киши тушуна оладиган дона—дона сди» (Абу Довуд ривости).

Сиз расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг ссзлари схши тушунилиши учун бир неча марта такрорлаётгандаги сабри ва юрагининг кенглигини мулохаза килинг!!..

Анас ибн Молик разисллоху анху: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам схши тушунилиши учун бир ссзни уч марта такрорлар сдилар» — деди (Имом Бухорий ривости).

Баъзи одамлар расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хузурларига келганида унинг хайбатидан ксркувга тушар, расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам сса уларга мулойим гапириб, юракларидаги ксркувни кетказар сдилар.

Абдуллох ибн Масъуд разисллоху анху деди: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам хузурига бир одам келди, у билан гаплашдилар. Уодамнинг оёк-ксли титрай бошлади. А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам унга: «Тинчлан, мен подшох смасман. Мен куритилган гсшт ейдиган хотиннинг фарзандиман, холос» — дедилар» (Ибн Можа ривости).

Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:26:07
Уй ичида


Бизга пайгамбар саллаллоху алайхи ва салламнинг уйларига киришга изн берилди, мана биз уйнинг сртасида турибимиз. Келинг, уйга бир нигох ташлайлик. Сахобалар бизга бу уйда бслган ксрпа-тсшак ва бошка жихозлар хакида ссзлаб берсинлар.

Табиийки, биз хоналар ва ховлиларга изнсиз нигох ташлаш мумкин смаслигини биламиз. Бирок, бу муборак уйнинг баъзи нарсаларига намуна бслиши ва срнак олиш учун карайимз. Дархакикат, бу уйнинг пойдевори камтарлик, сармосси сса иймондир. Унинг деворларига бокинг, унда бугунги кундаги ксплаб мусулмонлар осиб кссдиган жонли нарсаларнинг суратлари йск! Холбуки, расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг сзлари: «Ит ва суратлар бслган уйга фаришталар кирмайди», деган сдилар (Имом Бухорий ривости). А­нди А асулуллох саллаллоху алайхи ва салламинг кундалик хаётида истеъмол килган буюмларга бир назар ташланг.<!--[if !supportFootnotes]--><!--[endif]-->

Собит рахимахуллох деди: «Анас ибн Молик разисллоху анху бизга ёгочдан килинган, кспол ва белидан темир «белбог» билан богланган кадахни ксрсатди ва: «А­й Собит, бу — расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг кадахлари» — деди» (Имом Термизий ривости).

А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам шу кадахда сув, ивитилган хурмо шарбати, асал ва сут ичар сдилар (Имом Термизий ривости).

Анас разисллоху анху: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам ичар сканлар уч марта нафас олар сдилар» — деди (Муттафакун алайх).

Яъни, идишдан огзини узоклаштириб нафас олар сдилар.

А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам идиш ичида нафас олиш ёки идишга пуфлашдан кайтарганлар (Имом Термизий ривости).

Аммо расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам жиход, харбий тскнашувлар ва жанговар кунларида кийган совут хозир уйда йск бслса керак. Оиша разисллоху анхонинг айтишига караганда, расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам уни бир схудийдан карзга олган сттиз соъ арпа свазига унинг олдига гаровга ксйган сканлар (Муттафакин алайх). А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам вафот стдилар, совут сса схудий олдида гаровлигича колди.

А асулуллох саллаллоху алайхи ва саллам оиласи олдига ксккисдан бостириб келмас, балки, киришларини оиласига билдириб кирардилар. Кирганларида уларга салом берар сдилар (Ибн Коййим «Зодул—Маод»: 2\381).

Синчков ксз ва онгли калб билан расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг ушбу ссзларида фикр юритинг: «Исломга хидостланган, хаёти кундалик тирикчилигига етадиган даражада бслиб, шунга каноат килган кишига хушхабарлар бслсин!» (Имом Термизий ривости). Мана бу улуг хадисга хам кулок солинг: «кимки жони омонда, жасадида саломатлик, хузурида кундалик озукаси билан тонг оттирган бслса, гсё унга дунёнинг барчаси жам бслибди» (Имом Термизий ривости).

Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Noyabr 2007, 16:26:51
 Абдуллох ибн Аббос Умар ибн Хаттобдан ривост килади. Умар деди: «А асулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хузурларига кирдим, ул зот бсйра устида ётибдилар. Олдиларига стирдим, расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг сгнида факат изор-лунги (белдан пастга кийиладиган матох) бор сди, холос. Бсйра ёнбошларига ботиб кетибди, уйдаги нарсаларга назар ташладим. Уйнинг бир четида уч-тсрт ховуч арпа, акас ксзоги ва деворда осиглик мешни ксриб ксзимдан ёш куйилди. А­й Умар нимага йигласпсиз деб ссрадилар? А­й Аабиюллох нега йигламас сканман, бсйра ёнбошингизга ботиб кетган бслса, уйингизда нима борлигини хам ксриб турган бслсам! Кисро ва Кайсарларни каранг, мевалар, анхорлар ичра бслишса-ю, сиз Аллохнинг пайгамбари, танлаганининг холи бу бслса!» «А­й Хаттобнинг сгли, охират бизга ва дунё уларга бслишига рози смасмисан» — дедилар. Ибн Можа ривости.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 17:54:53
TO'RTINCHI HALIFA HAZRAT ALI (raziyallohu anhu) DAVRLARI
HAZRATI ALI KARRAMALLOHU VAJXAHU XALIFALIK DAVRLARI TO'G'RISIDA QISQACHA MA'LUMOT
IKKI SHAHIDNING SHAHID OTALARI

Birdan og‘riq qattiq tutib ketganidan madad istagan holda Ka'baning pardapushlariga osilib atrofga qarab, erlari Abu Tolibni istashga tushadilar. Abu Tolibni topib o‘zlari tushib qolgan holatdan yordam olmoqchi bo‘ladilar. Biroq bexosdan to‘lg‘oq tutib qoladi. Atrofdagilarning ko‘zlari tushib qolishidan uyalib Ka'baning pardapushiga o‘ralib olgan holda orqasiga o‘tib bekinib oladilar.
Mana shu holda Ka'ba pardapushiga o‘ralib odamlar ko‘zidan bekinib turadilar. Bir necha daqiqalar o‘tib-o‘tmay Fotima Ka'ba pardapushiga o‘ralgan bolani ko‘tarib zohir bo‘ladilar. Bu tug‘ilgan bola shunday ulug‘ sharafli makonda, shunday ulug‘ sharafga ega bo‘lgan birinchi bola edi. Bundan avval ham, bundan keyin ham biror bola bunday yuksak sharafga noil bo‘lolmagandur. Olloh taolo quraysh shayxini hamda Islom dini zohirga kelgan paytda ikkinchi ayol bo‘lib dinni qabul qilgan onasini shunday ikromga vosil etdi. Onalari bolaning nomini o‘tgan bobolarining nomini eslab turish-lik uchun Haydar deb qo‘ymoqchi bo‘ldilar, lekin otalari Abu Tolib bolaning yuksak oliy bir maqomda tug‘ilish sharafiga noil bo‘lganligini ko‘rib nomlarini Ali deb qo‘yganlar.
Mana shunday buyuk bir sharafli holatda Hasan va Husaynning otalari ahli baytning vakili bo‘lgan Ali ibni Tolib melodning 601 yilida dunyoga keldilar. Ota-onalarining qo‘ynida sakkiz yoshga qadar (ba'zi rivoyatlarda esa to‘qqiz yoshga qadar) tarbiya topdilar. To‘qqiz yoshga yetgan paytlarida Rasululloh hazratlari Ali ibni Tolibni o‘z tarbiyalariga oladilar. Ibni Ishoq bu voqeani kitoblarida shunday deb rivoyat etadilar:
Quraysh aholisining qattiq qahatchilik balrsi yetganligi aslida Ali ibni Tolibga Ollohning cheksiz in'omi va unga Olloh, yetkizgan yaxshiliklarni iroda etganligi bo‘ldi. Qurayshga ocharchilik yetgan  edi. Abu Tolib serbola odam edilar. Shu sababli bir kuni Rasululloh hazratlari amakilari Abbosga qarab: «(Abbos qurayshlarningboyrohlaridan edilar) «Ey amaki, birodaringiz Abu Tolib serbola odam, ahvolini ko‘rib turibsiz, hamma yoqda ocharchilik, yuring, borib biroz bo‘lsa-da, bolalaridan yengillataylik. Men bittasini olay, siz ham bittasini oling, sal unga yengillatib qo‘yaylik», dedilar. Abbos «xo‘p bo‘lmasa, shunday qilaylik, yuring», deb ikkovlon Abu Tolibning oldilariga kelib, muddaolarini aytdilar. Abu Tolib ularning gaplarini tinglab, «mayli ixtiyor o‘zlaringda», deya javob berdilar. Shundan keyin Rasululloh bolalarning ichidan Alini olib ketdilar. O'z uylarida to Olloh taolo va taborak olamga payg‘ambar qilib yuborgunga qadar birga saqlab yurdilar. Olloh taolo va taqaddus u zot insoniyatni baxt-saodat yo‘llariga yo‘l ko‘rsatishlik uchun olamga rahmat payg‘ambari qilib yuborgan paytida hazrati Ali Rasulullohga ergashdilar va imon keltirdilar, rost deb tasdiq etdilar. Hazrati Ali yosh yigitlar ichida yangi porloq dinga birinchi bo‘lib bo‘ysinganlardan edilar. Va hamda qurayshlar ichida butlarga aslo sajda qilmagan birinchi kishi ham edilar. Mana shu sababga ko‘ra, hazrati Alini karamallohu vajxahu Olloh mukarram qilgan zot deyiladi. Zsro, Rasulullohning xonadonlarida o‘sganliklari tufayli, Rasululloh. hazratlari o‘zlari ham payg‘ambarlik payg‘omi kelmasdan burun butlarga sajda qilishlikni karix ko‘rardilar. Nomaqbul ish deb sanardilar. Mana shunday bir oilada ulg‘aygan bola albatta, o‘sha oilaning muhiti ta'siridan sezilarli hissa olgan edi.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 17:55:17
ISLOMGA QANDAY DOXIL BO'LGANLIKLARI
Hazrati Ali kunlardan bir kuni Rasululloh. alayhissalomning hovlilariga kirdilar. Kirgan paytlarida uyda Rasululloh bilan birgalikda asllari Xadicha hamda kichkina qizlari Fotima birga edilar. Hazrati Ali Rasululloh hamda Xadicha onani birga ruku' va sajda qilayotganlarini, yonlaridagi qizchaning ham ularga o‘xshab yotib-turganini ko‘rib hayratdan qotib qoldilar. To‘xtab turib, Rasulullohning xazin va yoqimli talaffuzda o‘qiyotgan so‘zlariga quloq sola boshladilar. Tugatganlaridan keyin Ali u zotdan nima qilayotganlarini so‘radilar. Va nimani o‘qiganliklarini aniq tushuntirib bering deya o‘tina boshladilar. Rasuli akram hazratlari hazrati Aliga o‘qigan narsalari Ollohning kalomi ekanligini va hamda yangi din kelganligini, bu din basharga qismatga qadar baxtlarini ta'minlashga layoqatli ekanligini tushuntirib berdilar. Keyin esa «agar xohlasangiz mana shu buyuk ne'mati ilohiy bo‘lgan dinni qabul etish va hamma oshkoru-muhfiydan xabardor va ko‘rib turadigan, o‘zing esa hech qachon ko‘zlar ko‘rolmaydigan yakka ulug‘ xalloqu olamga ibodat qiling», deb so‘z yuritadilar. Rasulullohdan bu gaplarni eshitib hazrati Ali dedilar: «Siz menga bir necha kun muhlat bering, toki men otam bilan bir maslahatlashib kelay», dedilar. Rasulullox, «Mayli, maslahatlashib keling», dedilar. Keyin Ali Rasulullohni uylarida qoldirib, otalari ila maslahatlashgani jo‘nab ketdilar. Lekin uylariga otalari ila maslahatlashgani bormay, balki amakilari uylarida kechasi bilan o‘ylab fikr etib tonggacha uxlamay bezovta bo‘lib chiqdilar. Erta saharda o‘rinlaridan turib xonadan tashqariga chiqib ketayotganlarida bir necha yosh yigitlarga yo‘liqdilar. Ular Alini qattiq ovoz bilan chaqirayotgan edilar. Ulardan bittasi turib: «Ey, Ali, erta turib shoshib baytullohni ziyorat etgani ketayapsizmi?» deb so‘raydi. Yo‘q, men boshqa yerga ketayapman», deya javob beradilar. Yana bittasi «agar biror ishingiz bo‘lmasa biroz fursatdan keyin biz ham tavof qilgani boramiz, biz bilan borarsiz», deganiga javoban: «meni o‘z holimga qo‘y», deb rad javobini beradilar. Bunday ters javobni eshitgach: «Ey Ali, onang seni sanamlar uyida tuqqan bo‘lsa, sen esa borishdan bo‘yin tovlasang, bu qanaqa gap?» dedi. Ali esa uning so‘zini bo‘lib: «balki Ibrohimning uyida tuqqanlar, ammo sizlar talpinadigan butlarga kelsak, men unga yuzimni ko‘rsatishdan or qilaman», dedilar. Ular o‘z yo‘llariga ketaverdilar. Ali esa darhol Rasulullohning oldilariga keldilar va shunday dedilar: «Ey amakivachcham, men siz aytgan hamma gaplaringizni eshitdim va hammasini dilimdan qabul qildim, hamda men Ollohdan o‘zga hech bir loyiqi ibodat zot yo‘q deb, siz - Ollohning barhaq payg‘ambarisiz, deb Islom shahodatini beraman». Keyin esa: «yo Rasululloh, men otamga eshittirishni va dinni qabul qilishligimda maslahatlashishni istamadim. Tahqiq, Ollox, meni yaratishlikda otam bilan maslahat qilmagan-ku, albatta men, yo Rasululloh, Olloh tomonga yetaklandim. Men bu dinga faqat Ollohning roziligi, istaganim uchungina kirdim», dedilar. Hazrati Ali uch yilga qadar Rasulullohga ergashib, boshqa ergashgan musulmonlar bilan Rabbilarining vazifasini odamlar ko‘zidan bekitgan holda ado etib yuradilar. Bir kuni kechqurun sahrodan namozni o‘qib kelayotganlarida oldilaridan otalari chiqib qoladilar. U kishining bemahal sahrodan kelayotganlarini ko‘rib: «Ey o‘g‘lim, qaerda o‘ynab yuribsan, sahro senga o‘yinxonami?» deb so‘raydilar. Otalarining so‘zlariga javoban: «Men Rabbimning haqqini ado etib kelayapman», dedilar. Boshqa rivoyatlarda Ali bilan Abu Tolib o‘rtalaridagi gapning jarayoni to Abu Tolib: «Ey o‘g‘lim, Muhammad albatta seni faqat yaxshilik tomonga yetaklaydi, sen uni mahkam tut», degunlariga qadar davom etgan. Rasululloh hazratlari da'vatni oshkora aytishga Rabbilari tomonlaridan buyurilib, o‘zlarining qarindoshlarini bunday buyuk sharafli vazifani bajarishlikda yordam berishlariga chaqirgan paytlarida ular bunday yordam berishdan bo‘yin tovlik qilib, amakilari Abu Lahab esa Rasulullohni qattiq jerkib bergan vaqtida hazrati Ali, qarindoshlarining o‘zlarini bunday tutishlaridan achchiqlari keladi va o‘rinlaridan shart turib Rasululloh tomonga qo‘llarini cho‘zadilar: «Siz aslo qayg‘uga tushmang, Ollohga qasamki, albatta siz odamlarning eng pokrog‘isiz. Ularning adashganliklari kasofati o‘zlariga uradi, albatta men va Olloh sizning yordamingizdamiz. Men, siz dushman bo‘lgan kimsaga dushmanman», deydilar. Shunda qarindoshlaridan bittasi Abu Tolibga qarab: «o‘g‘ling nima deyayot-ganini eshityapsanmi?» - deydi, Abu Tolib esa: «qo‘yaveringlar, men amakisining o‘g‘li undan yaxshiliklarini ayamaydi, deb o‘ylayman», deb javob qaytardilar. Yana boshqasi esa Rasulullohni masxara qilib: «Ey Muhammad, mana shu go‘dak senga yordamchilikka yetsa ke-rak", deb ta'naomuz so‘z qildi.
 
HIJRAT KUNIDA RASULULLOHGA JON FIDOLIKLARI
Rasulullohni doimiy ravishda o‘z himoyalarida mushriklar jafosidan saqlab yurgan Abu Tolib vafot etgach, qurayshlar Rasulullohga astoydil izolar boshladilar. Holat bu darajaga yetganidan Rasululloh asxoblariga Madinai munavvaraga hijrat etmoqlariga amr etdilar. Saxobalar birin-ketin vatanlarini, mol-mulklarini tashlab yagona imonlarini saqlab qolish uchun Madina shahriga jo‘nab ketdilar. Rasululloh esa Rabbilarining amriga muntazir bo‘lib Makkada bir muncha vaqt yashab turdilar. Oxiri mushriklar hammalari bir ray' ila Rasulullohni o‘ldirib butunlay u kishidan xalos bo‘lishlikni qat'iy qaror qilishgach, Rabbilari u zotga kofirlarning yomonligi va hiylalaridan qutulishlikni ajab bir rejasini tuzib berdi.
Rasululloh, hazrati Alini chaqirib: «Bu tun menga mushriklar behosdan hujum uyushtirmoqchilar. Rabbim menga Makkadan jo‘nab ketishlikka ruxsat berdi. Shuning uchun siz mening joyimga yotib xoinlarning ko‘zini bo‘yashlik uchun chakmonimga o‘ralib olasiz»,- dedilar. Ali Rasulullohning aytganlarini darhol hech qanday to‘xtovsiz qabul qildilar va o‘rinlariga yotib o‘ralib uxladilar. Holbuki, tashqarida tish-tirnog‘igacha qurollangan shafqatsiz kishilar poylab turganligini va ular hammasi birdan yopirilib Rasulullohni xuddi bir kishi o‘ldirgani kabi o‘ldirishlik uchun shaylanib turganligini va hamda ular Alini Rasululloh deb gumon etib bilmasdan o‘ldirib qo‘yishlari ham mumkin ekanligini juda yaxshi bilardilar. Mana shularni bilib turib, biroq o‘zlari ixtiyoriy ravishda xo‘p, deb qabul etdilar. Jonlarini risolat sohibiga toki dinlari odam ahliga yoyilishligi uchun, Ollohning kalimasi oliy bo‘lishligi uchun fido etdilar. Jonni fido etishlik degani, jumardlikning eng yetuk cho‘qqisidur. Mana shunday oliy cho‘qqiga hazrati Ali yeta oldilar. Jonlarini hech ayamay, achinmay, qo‘rqmay Ollohning dinini olam uzra hukmron bo‘lishligi yo‘lida risolat sohibiga fido etib yubora oldilar. Ana saxiylik, ana jumardlik, ana jonfidolik, tarix bunday jonfidolikni ilgari ham keyin ham uchrata olmagan bo‘lmasa kerak. O'z jonini Islom yo‘lida fido etishlikni hech narsa fahmlamay bemalol fido etib yuboraverdilar. Bunday jonfidoliklar besamara qolgani yo‘q, albatta. Dunyoda ham juda ulkan yutuqlarni qo‘lga kirita oldilar, oxiratda, albatta Olloh oldida buyuk, ulkan mukofotlarga ega bo‘ladilar.
Olloh taolo va taborak o‘zining Rasulini kofirlar xiylalaridan saqlab, hadsiz kuvvati bilan ixota etib ularning qo‘llaridan qutqazib yubordi. O'z jonini Olloh yo‘lida qurbon qilishga tayyor zotni ham qonxo‘rlar qo‘lidan qutqazib qoldi. Shundan keyin Ali bir necha kunlar Makkada qolib ketdilar. Rasulullohga omonat qo‘yganlarning omonatlarini egasiga yetkazib, topshirib bo‘lganlaridan so‘ng Ali otalari Ibrohim qurgan baytullohni vidolashuv tavofi bilan ziyorat qildilar. Ziyoratni tugatib, yayov holda Madina tomonga yo‘lga tushdilar.
Uzoq va davomli, mashaqqatli yo‘lni piyoda bosib o‘tguncha juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keldilar. Hammasiga bardosh berib mardona qadamlar ila olg‘a ketaverdilar. Madinaga uzoq kunlar yurib, oyoqlari qavarib, shishib ketgan holda ozib-to‘zib yetib keldilar. Rasululloh hazratlari Alini mana shunday majruh bir suratda ko‘rib rahmdan yig‘lab yubordilar. Va qadamlariga muborak tupuklarini surtib duo qildilar. Shundan keyin Alini oyoqlari aslo og‘rigan emas. Madinada muhojirlar bilan ansorlarni Rasululloh o‘zaro birodar bo‘lib olishdi. Yolg‘iz Ali o‘zlari qoldilar. Rasululloh Aliga qarab: «Siz mening diniy birodarimsiz», dedilar.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 17:56:24
ISLOM G'ALABASI YO'LIDA QILGAN MEHNATLARI
Hazrati Ali shajoatli, jasur, juda ham pahlavon kimsa edilar. Badr jangida mardlarcha kurashib quraysh mushriklarining bahodirlaridan bo‘lgan Valid ibni Utaybani jang asnosida kallasini tanasidan judo qilganlar. Va mana shu ulug‘ Badr jangida amakilari Hamza bilan birgalikda Utba ibni Rabiaga sherdek tashlanib iflos ruhini do‘zax tomonga jo‘natganlar. Shuningdek, Hunayi g‘azotida ham bahodirlarcha jang qilganlar. Ushbu jangda Alining shijoatlari namoyon bo‘lgan va mushriklar qo‘rg‘onini vayron etishda mohirliklari oshkor bo‘lgan. Jonlarini hech ayamay, achinmay, qo‘rqmay, Ollohning dinini olam uzra hukmron bo‘lishligi yo‘lida risolat sohibiga fido etib yuboroldilar. Rasululloh hazratlari haybar yahudiylariga qarshi jang qilayotgan vaqtida ularning Naim qo‘rg‘onini qo‘lga olishda bir necha ulug‘ sahobalarga bayroqni berganliklari, biroq qo‘rg‘on qo‘lga olinmay barchalarini ham qo‘llaridan bayroq yerga tushganligi rivoyat qilinadi. Rasululloh hazratlarining oldilariga kelib bo‘lgan voqea xabari aytilgan paytda, Rasululloh hazratlari: «Men ertaga bayroqni shunday kishi qo‘liga topshiramanki, u kishi Ollohni hamda Rasulini sevadi, Oloh va Rasul ham u kishini sevadi», dedilar. Sahobai kirom barchalari eshitgach, mana shunday kishi kim bo‘larkin, deb har birlari kutib yotdilar. Tong otgach, Rasululloh hammadan ilgari «Ali qaerda?» deb so‘rardilar. «Ko‘zlari og‘rib qolibdi», deb javob berildi.
Rasululloh Alini chaqirtirib olib keldilar va ko‘zlariga muborak tupuklaridan surtib qo‘ydilar. Ollohning izni bilan o‘shal onda ko‘zlari butunlay tuzalib qoldi. Keyin Alining qo‘llariga bayroqni berdilar va duo qildilar. Shundan keyin haybar yahudiylari bilan sherlarcha olishib, ularni butunlay tor-mor etib, ulkan g‘alabaga erishib qaytib keldilar. Haybarda o‘zlaridan bir necha barobar sonda ortiq bo‘lgan yahudiylar ustidan musulmonlar hazrati Ali qo‘mondonliklari ostida mardonavor jang qilib zafar quchganlar. Bu jangda Alining o‘zlari shijoatda hammaga shaxsiy namuna ko‘rsatib, Ollohning dushmanlarini butunlay tor-mor keltirganlar. Ali, karamallohu vajxahu, shijoatliklaridan tashqari yana shariat asrorlariga olim, dinni juda puxta biladigan huquqshunos, uning usul va maromlarini chuqur tushunadigan va hujjatlari sobit bo‘luvchi bilimdon, dunyo matolaridan yuz o‘girgan zohid ham edilar. Doim xalloqu olam, Olloh taolo va taborakning fikriga cho‘mib yurardilar. Rasululloh hazratlarini «Men ilmning shahariman, Ali esa uning eshigi", deganlari sahih hadislarda kelgandur. Islom millatining eng hushyor bilimdoni bo‘lgan Abdulloh ibni Abbos: «biror narsani Ali aytganlari bizga isbot bo‘lgan chog‘da boshqa kishi nima derkin deb turmas edik», deydilar. Amiral mo‘‘minin Umar ibni Hattob ham hazrati Alidan ko‘p masalalarda maslahat qilardilar. U kishining aytgan maslahatlari qanchalik yuksakka parvoz etganliklarini hamda din va shariat hukmlarini bag‘oyat yaxshi bilishliklarini ko‘rsatib turibdi. Umar kabi bir zot ham Aliga diniy masalalarda murojaat etib, keyin esa aytgan fikrlariga amal qilishliklari, albatta bu o‘z-o‘zidan Alining qanchalik maqomga ega ekanliklarini ko‘rsatib turmoqda.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 17:57:31
FOTIMAI ZAHROGA UYLANISHLARI
Hazrati Ali o‘zlari boy sohib mulk kishi bo‘lmasliklariga qaramasdan Rasulullohning oldilarida yaqinliklari va hayrixoxliklari hamda ishonchliliklari tufayligidan juda qadrli bir kishi edilar. Shuning uchun Rasululloh Rabbilariniig amri bilan nasablarini saqlashlik uchun hazrati Alini tanlaganlar.
Tarix kitoblari shunday rivoyat qiladi: Abu Bakr bilan Umar Rasulullohdan: «Qiyomat kuni butun nasablar uzilishib ketadi. Magar meni nasabimgina uzilmaydi»,- deganlarini eshitgani tufayli o‘z nasablarini Rasululloh nasablariga qo‘shishlikka nihoyatda xaris bo‘lgan edilar. Rasululloh sulolaridan faqatgina erga chiqmagan yolg‘izgina olam ayollarining sayyidasi bo‘lgan Fotimai Zahro qolgan edilar.
Kunlardan bir kuni Abu Bakr Rasulullohning oldilariga bordilar va Fotimaning katta bo‘lib qolganligini eslariga soldilar. Rasululloh alayxissalom esa bir nima deb javob qaytarmaydilar. Bundan Abu Bakr savollari muvofiq kelmaganligani tushunib indamay huzurlaridan odob-la chiqib ketadilar. Hazrati Umar indamay alohida bir kun kelib Fotimani so‘raganlarida Rasululloh hazratlari indamay qo‘ya qoldilar. U kishi ham savollari nomuvofiq kelganligini tushunib huzuri muboraklaridan ta'zim-la chiqib ketdilar.
Hazrati Ali esa bu vaqtlarda na Fotimaga va na boshqa bir ayolga uylanish to‘g‘risida kambag‘alliklari sababli hamda o‘zlari bilan o‘zlari ovora bo‘lib yurganliklari tufayli fikr ham qilib ko‘rmasdilar. Kunlardan bir kuni singillari Ummu Xoni u kishi bilan gaplashib turib gapning orasida: «Abu Bakr bilan Umar Rasulullohning oldilariga alohida kelib Fotimani so‘rashibdi, biroq Rasululloh rozilik bermabdilar. Mening o‘ylashimcha, Rasululloh Fotimani sizga saqlab tursalar kerak, vaqtni o‘tkazmay sovchi bo‘lib boring» - dedilar. Bunga javoban Ali: «Fotimaga uylanishlik uchun nimam bor? Rasululloh menga Fotimani berishlari mumkinligani kim aytdi, dedilar. Shunda Ummu Xoni: «Men buni o‘zim sezib yuribman, siz taraddudga tushmay tez boravering», dedilar. Ummu Xoni Alini holjonilariga qo‘ymay qistayverganlaridan keyin Ali Rasulullohning uylariga borishga jazm qildilar. Rasulullohning xonai muboraklariga kelib u janobni ko‘rgan zahotilariyoq tillari duduqlanib gapirolmay qoldilar. Holbuki, Ali nihoyatda gapga chechan kishilardan edilar. Shunga qaramay hijolatdanmi tillari kalimaga kelmay qoldi. Rasululloh hazratlari esa jilmayib tabassum-la Aliga boqib: «gapiravering, gapiravering» deb shijoatlantirdilar. Shundan keyin Ali istaklarini duduqlana-duduqlana tushuntirishga boshlab: «Fotimani bir eslab keluvdim» dedilar. Mehribon va mushfiq zot sallallohu alayhissalom u kishiga boqib: «xush kelibsiz» dedilar, xolos. Boshqa so‘z aytmadilar. Ali esa Rasulullohning ishlaridan hayratga tushib qaytib ketaverdilar. Lekin Alining ba'zi bir oshnalari: «bu deganlari «xo‘p» deb qabul qilganlari» deb Alini xotirjam qildilar. Mehribon ota qizlarining yonlariga borib tabassum ila boqib, ra'yilarini so‘raganlarida, Fotima indamay turaverdilar. Bir oz jim turgach: «Ey otajon, menga qurayshning ichidan shu kambag‘al yigitdan boshqa kishini topmadingizmi?» - dedilar. Rasululloh hazratlari Fotimaning bu so‘zlariga qarshi: «Ey Fotima, sizni haqiqatda Olloh hamda uning Rasuli erga beryapti», deganlarida, Fotima: «Unday bo‘lsa men Olloh va Rasuli buyurgan kishini qabul qilaman», dedilar. Shundan keyin Rasululloh Alini chaqirtirib kelib: «Biror narsangiz bormi?» deb so‘radilar. Ali esa «Qalqonimdan o‘zga hech narsam yo‘q», dedilar. «Bo‘lmasa qalqoningizni sotib keling» deb buyurdilar. Ali qalqonlarini hazrati Usmon Zinnuraynga yetmish to‘rt dirhamga sotdilar. Keyin pulni choponlarining bir bariga tugib olib Rasulullohning oldilariga qo‘ydilar va «Rasululloh, mana shu qalqonning puli», dedilar. Rasululloh puldan bir necha tangani olib hazrati Bilolga bozordan atir-upa sotib olib kelishlarini buyurdilar. Qolganini esa Ummu Salama oldiga borib nikoh kuni kelinchakka taqib yasatishlik uchun taqinchoqlar olishga beradilar. Keyin kambag‘al sahobalarni chaqirtirib keladilar va ularga g‘oyat mazmunli va maroqli xutba o‘qiydilar. Xutbalari asnosida Ollohga xos bo‘lgan sanolar aytdilar va hamda uylanishlik foydalarini so‘zladilar, Gaplarini: «Men Fotimani Ollohning izni bilan Aliga xotinlikka berdim», deya yakunladilar. Hazrati Aliga va Fotimaga Olloh taolo solih farzandlar ato etsun, deya duolar qildilar. Nikoh marosimi tugagach, bir tovoqda xurmo keltirdilar. Rasululloh hozir bo‘lganlarga qarab: «Qani xurmodan olinglar», deb marhamat qildilar. Fotima yangi uylariga borib joylashganlaridan keyin u kishini otalari shunday kalimalar bilan chaqirdilarki, bular Alini Rasululloh qoshlarinda naqadar izzatga ega ekanliklariga guvoh bo‘la oladi.
Rasululloh Fotimaga qarab: «Men seni, ey aziz qizcham, imoni har qanday boshqa insondan ko‘ra quvvatliroq, ilmi hammaning ilmidan ko‘ra ko‘proq, o‘zi esa qavmimiz ichida axloq va sharafda afzalroq bir kishining oldiga omonatga qo‘yib qo‘ydim», deganlar. Rasulullohning bu aytgan gaparidan hazrati Alini qanchalik darajada ehtirom qilishlari bilinadi. Hazrati Ali Islomga jon fidoliklari tufayli mana shunday oliy martabaga noil bo‘ldilar.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 17:58:05
RASULULLOH ALAYHISSALOM VAFOTLARIDAN KEYINGI VOQEALAR
Musulmonlar o‘z payg‘ambarlari bo‘lgan Rasulullohni Rabbil olamin o‘z panohiga olishlikni ixtiyor qilganligini bilgan vaqtlarida ularga juda qattiq qayg‘u va musibat tushdi. Odamlar ikki toifaga - rost deguvchi va yolgon deguvchilarga bo‘linay deb qoldilar. Agar Abu Bakrni mana shunday holatda dinning hiybatini hamda Islomning jiddiyligini saqlagan qattiq turishlari bo‘lmasa edi, ishlar oxiri nima bilan tugashini yolg‘iz Ollohning o‘zidan boshqa hech kim bilmas edi.
Bu paytda Ali muborak choponlariga o‘rab qo‘yilgan ulug‘ bobolarining bir yonlarida o‘ltirgan edilar. O'zga tomonlarida esa amakilari Abbos hamda amakizodalari Fazl va Qusam o‘ltirardilar. Shu vaqt Abbos Aliga qarab: «Ey Ali, qo‘lingizni bering, men sizga bay'at beraman. Odamlar Rasulullohning amakilari amakivachchalariga bay'at beraveradi», dedilar. Bunga javoban Ali ko‘zlarini muborak jussaga qaratgan holda: «Ey amaki, biz Rasululloh bilan mashg‘ulmiz. U kishini janozaga tayyorlashimiz kerak, zaruri shu», dedilar. Bular bu ahvolda turishgan paytda musulmonlar bani Saidning Saqifa nomli soyagohida xalifa masalasini maslahatlashuv uchun to‘plangandilar. Oxiri Abu Bakrga hamma bay'at berishlik bilan ish tugadi. Ushbu kengashda Ali va hamda bani Hoshimdan biror kishi ham ishtirok etmadi. Zero, ular xalifalikka o‘zgalardan ko‘ra haqliroqmiz degan e'tiqodda edilar. Umar ibni Hattob Alini bay'at bermoqlikka qistab ham ko‘rdilar. Biroq Ali bay'at berishdan bosh tortdilar. Chunki xalifani to‘g‘ri saylanganligiga qanoat hosil qilmagandilar. Axiri ancha vaqt o‘tgandan keyin Ali Abu Bakrga bay'at qiladilar va bu bilan o‘rtadagi kelishmovchilik barham topadi. Hazrati Ali Abu Bakrga bay'at qilganliklaridan keyin o‘z ishlari bilan shug‘ullanib yurdilar. Abu Bakr u janobni qizg‘anib hech bir jangga yubormadilar. O'z oldilarida eng yaqin maslahatchi qilib ushlab turdilar. Qachon biror diniy ish xususida Abu Bakr hukm chiqarishda qiynalsalar, darhol Alini chaqirib so‘rardilar. Abu Bakr xastaliklariga yo‘liqgunga qadar ahvol mana shunday davom etdi. Qachon Abu Bakr kasallari og‘irlashib ajallari yaqinlashganida, o‘limni sezgach, Usmon ibni Affonni chaqirib o‘zlaridan keyin o‘zlariga Umar ibni Hattobni valiahd etib qoldirganliklarini yozdirib muhrlatib qo‘ydilar.
Umar ham Abu Bakr Ali bilan qanday muomalada ish yuritgan bo‘lsalar, shunday ish yuritdilar. Balki u kishidan ham ko‘proq Aliga murojaat etadigan bo‘ldilar. Umar o‘zlariga Alini maslahatchi vazir qilib oldilar. Har bir xoh diniy bo‘lsin, xoh dunyoviy ish bo‘lsin Alidan bemaslahat hukm yuritmas edilar. Umar doimo «gar Ali bo‘lmasalar edi, Umar halok bo‘lardi», degan gapni qaytarar edilar. Hazrati Alini Umar ibni Hattobning qoshlarida qanday martabaga hamda hurmat va ehtiromga loyiq bo‘lganliklarini bilmoqchi bo‘lgan odam Umar xalifalik davrlari xaqida yozilgan bobni qayta o‘qib chiqsun. Shunda qanchalik Ali Umar nazdlarida ehtiromga sazovor ekanliklarini juda yaxshi bilib oladi. Alining qanchalik ilmga ega ekanliklarini, adolat bobida qanchalik mustahkam turishlarini u yerda ochiq-oydin yozib qo‘yilgan.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 17:58:53
USMONNING XALIFALIK DAVRLARIDAGI ALINING TUTGAN MAVQELARI
Hazrati Alining Umar bilan aloqalari eng go‘zal soflikda va eng yetuk hamkorlikda davom etdi. Bunday holat to Islomning eng iste'dodli xalifasi va eng adolatli hokimini xoinona o‘ldirmoq uchun yahud va forslar tuzgan suiqasd kengashining ta'siri tufayli Mug‘iraning qo‘li bo‘lgan Abu Luluani qo‘lida shahid topgunlariga qadar davom etib keldi. Umar ibni Hattob nobakor din dushmanlari tuzgan maxfiy fitna orqali shahid bo‘lgan paytlarida sahobalar: «Yo Umar, o‘zingizdan keyin kim xalifa bo‘lishligini vasiyat etib keting», dedilar. Bu so‘zni eshitib Umar: «Agar buni o‘zingizga havola etib qoldirsam, mendan avval qoldirgan mendan yaxshiroq zotga, ya'ni Rasulullohga ergashgan bo‘laman. Mabodo, vasiyat etsam, unda ham mendan avvalroq vasiyat qoldirgan zotga, ya'ni Abu Bakrga ittibo ko‘rgizgan bo‘laman», dedilar. Oxirida ish Rasululloh rozi bo‘lgan hollarida vafot etgan olti kishini xalifalik masalasida vakil qilib qoldirdilar. Bular Usmon ibni Affon, Ali, Talxa, Zubayr, Abdurahmon ibni Avf va Sa'd ibni Abu Vaqqoslardan iborat edilar. Mazkur olti janobdan Usmon ibni Affon tanlanib xalifalik mansabiga qo‘yildi. Shundan keyin ham Ali avvaldagi kabi dinlarini o‘rganmoqchi bo‘lib murojaat etadiganlarga din o‘rgatuvchi kishi bo‘lib qolaverdilar. Ayrim musulmonlar yangi saylangan xalifaning ko‘ngli yumshoq, saxiy ekanliklarini oz vaqt o‘tmay sezib qolishib, fursatni g‘animat bildilarda, Umar joriy etgan qattiq qo‘lliklardan qutulishganiga suyunib dunyo matolariga berilishga havas qila ketdilar. Oqibatda hatto xalifadan sovg‘alar tama' eta boshladilar. Odamlarning ishtahalari juda ochilib ketganidan Usmon ularning barchalarini barobar xursand etishga yarolmay qoldilar. Diddagi istagan sovg‘asini ololmagan odamlar esa u janobga qarshi har xil ig‘volarni tarqatdilar. Xalifaning qarindosh-urug‘lariga ko‘proq narsa berayotganlarini ko‘rganlarida achchiqlari chiqadigan bo‘ldi. Natijada odamlar Usmon xaqlarida har xil gaplar tarqatib masxara qilishni ham boshladilar. Hazrati Ali u janobning Islomga qilgan xizmatlarini va hamda o‘zlarining Islomda barqarorliklarini juda yuksak qadrlar edilar. Shu bilan birga yuz berayotgan xato ishlarga ham befarq emas edilar, xususan hazrati Ali xalifaning qarindoshlari bo‘lgan bani Umayya qabilasi odamlarining mehribonliklari va nuqsonlarni suistemol qilib yuksaklikni istayotgan musulmonlarning g‘azablariga ham parvo etmay davlat ishlarida nafs bandalariga aylanib qolayotganlarini ko‘rgan paytlarida Usmonning oldilariga borardilar. U kishiga qarindoshlari to‘g‘risida odamlardan eshitgan shikoyatlarini yetkazdilar. O'zaro suhbatlashib turib goho ittifoq bo‘lishadi, gohida esa tortishib ham qolishadi.
Ish qiziganidan qizib, oxiri tarix eshitmagan buyuk fitna yuz beradi. Ya'ni jinoyatchilar eshitsa badanlari titraydigan jinoyatni sodir etib, u zotning hovlilariga xoinona bostirib kirib ablahona tarzda o‘ldirishlari sodir bo‘ladi. Buning tafsilan bayoni Usmon Zinnurayn xalifalik davrlari haqida so‘z yuritgan qissada aytib o‘tilgandur.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 17:59:22
ALINING XALIFALIKLARI
Madinaturrasul sallollohu alayhi vassallam to‘s-to‘polon bo‘lib ketdi. Hamma yoqda beboshlik yuz bergani kabi odamlar hech narsani anglamas, hamma hushidan ajralgan kabi hayajonda edi. Bir tunda kishilar Ali ibni Abu Tolibning oldilariga xalifalik vazifasini yuklash uchun bordilar. Lekin hazrati Ali xalifalikdan butunlay voz kechgan, hech qanday mansabni xohlamas edilar. Shuning uchun kelgan odamlarga qarab: «Sizlar boshqa kishini ixtiyor etinglar, meni tinch qo‘yinglar, kimni saylasangiz saylangiz, men birinchi bo‘lib o‘shanga bay'at berurman. Zero, meni yaxshi vazir bo‘moqligim, xalifa bo‘lishimdan ko‘ra afzalroqdur», dedilar. Biroq kelgan kishilar o‘z so‘zlarida mahkam turib u kishini qattiq qistab iltimos qildilar. Ular hadeb qistayverganliklaridan keyin hazrati Ali bir nima deyishga hayron bo‘lib: «Unday bo‘lsa masjidga boringlar va u yerda to‘planib, yaxshilab o‘zaro kengashib ko‘ringlar, sizlarga yana takror aytamanki, vazir bo‘lib turganim, amir bo‘lishimdan ko‘ra yaxshiroq», dedilar. Lekin ular qichqirishib qattiq turgan holda «Sen bizni rozi qilasan» dedilar. Shu payt Qufa boshliklaridan biri bulgan Ashtar ibni Xoris o‘rnidan turib: «Ollohga qasamki qo‘lingni cho‘zasan, bay'at aytamiz, yo bo‘lmasa ko‘zingni tepasidan uchinchi ko‘z chiqarasan» deb sayxa tortdi. Bunga javoban hazrati Ali xotirjamlik bilan: «Meni o‘z holimga qo‘yinglar, mendan boshqa bir odamni qidirib topinglar. Ey odamlar, kelajakda aql ishonmaydigan turli fitnalar, yuz tuman qiyinchiliklar bo‘lishligi kutilib turibdi», dedilar. Biroq odamlar bo‘lib o‘tgan fitna voqeasini eslariga solib turib «xudodan qo‘rqmaysizmi?» deyishdi. Ali ancha o‘ylanganlaridan keyin xotirjamlik bilan ularga rad javobini berdilar. Keyin ularga qarab: «Ogoh bo‘linglar va yaxshi bilib qo‘yinglarki, agar sizlarga xo‘p, deb vazifani ustimga olsam unda achchig‘imdan o‘zim bilmagan holda sizlarni qattiq koyib qo‘yaman. Agar meni bu ishni qabul qilishga majbur etmasangizlar, boshqa kimni saylasangiz men o‘shanga sizlarning birinchingiz sifatida quloq solaveraman, itoat etaveraman», dedilar. Odamlar hazrati Alining gaplarini eshitib bo‘lib: «Biz sizga toki bay'at bermay turib ajralib ketmaymiz», dsya qichqirdilar. Hazrati Ali ularni juda ham ustuvor turganliklarini ko‘rib: «Agar shunday qilish kerak bo‘lsa, masjidga kiringlar. Agar menga bay'at beradigan bo‘lsangizlar, mening bay'atim maxfiy suratda bo‘lmasun. Butun musulmonlarning roziliklarida ado topsun. Xalqning ichida oshkora suratda amalga oshirilsun», dedilar. Kishilar ertaga ertalab masjidda ko‘rishishga kelishib olishgandan so‘nggina tarqalib ketishdi. Ertasiga tongda hazrati Ali masjidga kirdilar va minbarga ko‘tarilib odamlarga qaradilar-da ohista tovushda so‘z boshladilar: «Kecha sizlar bilan o‘zicha hal qilishga hech kimning haqqi bo‘lmasdan bir ishga kelishib ajralgan edik, agar hohlasangiz bugun o‘sha ishni sizlarinng ixtiyoringizga qayta topshiraman».
Bu so‘zni eshitib hammalari: «Biz kecha siz bilan nimaga kelishgan bo‘lsak, o‘sha qarorda qat'iymiz. Ollohning kitobi bilan sizga bay'at beramiz. Olloh, o‘zing guvoh bo‘l!», deya barobar suronli qichqirdilar. Eng birinchi bo‘lib Talxa ibni Ubaydulloh, keyin Zubayr ibni Avom, keyin esa o‘sha yerda hozir bo‘lganlar Alini oldilariga borib bay'at bera boshladilar.
Bay'at berib bo‘linganidan so‘ng hazrati Ali o‘rinlaridan turib minbarga chiqdilar va odamlarga qarata xutba o‘qidilar. Xutbalarining mazmuni shunday edi:
- Ey odamlar! Sizlarga Olloh, yetaklovchi bir kitobni yubordi. Bu kitob barcha yaxshilikni va yomonlikni ochiq-ravshan ko‘rsatib be-radi. Sizlar mana shu ko‘rsatilgan yaxshilikni o‘zlashtirib olinglar, yomonliklarni esa o‘zingizdan chetga tashlanglar. Olloh tomonidan ustingizga yuklangan vazifalar bor. Ularda Olloh xarom narsalarni ma'lum etgan. Musulmonlarning hurmatini saqlashlikni boshqa hamma narsadan ko‘ra ortiqroq qilgan. Musulmonlar huquqini ixlos bilan bog‘liq qildi. Musulmon degani - kishilar uning qo‘lidan va tilidan salomat bo‘lsalar degani. Har biringiz xos ishlaringizda o‘limni esdan chiqarmanglar. Zero, odamlar - oldilaringizda, orqangizda esa qiyomat sizlarni chaqirib turmoqda. Uchrashishlik uchun o‘zingizni yengillatib tayyorlanglar. Haqiqatda odamlarni oxirigacha kutib turadi. Ey Olloxning bandalari! Ollohning mamlakatlari va bandalari to‘g‘risida Olloxdan qo‘rqinglar. Zero, sizlar hamma narsa uchun - hatto yerlar uchun ham, hayvonlar uchun ham javobgarsizlar. Doimo Ollohga itoatda bo‘linglar. Uning amriga osiylik qilishdan qo‘rqinglar. Qaerda yaxshilik bo‘lsa, uni rivojlantiringlar. Qaerda yomonlikni ko‘rsangizlar, yo‘qotishga kirishinglar. Bir vaqtlardagi ozchilik bechora hollaringizni eslab yuringlar. Xutbani tugatib minbardan pastga tushdilar.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 17:59:40
ALINING SIYOSATI
Ali karamallohu vajxahu xalifalikni avvalgi Abu Bakr hamda Umar davrlarida bo‘lgan holatiga qaytarmoqni iroda qildilar. Hazrati Ali bu ishni dabdabalarga berilmaydigan, tarafkashlik qoniga singimagan qarindosh, urug‘lariga, quda, andalariga davlat xazinasidan hadyalarni bo‘lib berib yubormaydigan bir diniy rahbar sifatida iroda qilgandilar. Biroq, Alidan boshqa ayrim kishilar esa xalifalik dunyoning aldamchi matolariga o‘ralgan yolg‘on dabdaba, saltanat ishida mast bo‘lgan podshohlik bo‘lishini istagan edilar. Hazrati Ali yangi fatxlarni amalga oshirishdan avval, Islomga yangi yerlarni qo‘shib kengaytirishdan avval asosiy g‘oyalarini amalga oshirish ya'ni davlatning ichki holatini tuzatishga kirishdilar. Xalifalik muddatlari ichki fitnalarni tinchitish hamda xalifalikning asosiy g‘oyasidan uzoqlashib o‘z maqsadlariga yetish maqsadida yuruvchi xudbinlarni tugatish bilan o‘tib ketdi. Hazrati Ali mana shunday ulkan ishga, ya'ni xalifalikni avvalgi xolatiga qaytarishga kirishganlari sababli tortishuvlar chiqa boshladi. Isyonlar va qarshiliklar yuzaga keldi.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 18:00:34
ALINING YURITGAN ISHLARI
Hazrati Ali xalifalik mansabiga minib boshlagan ishlarining avvali viloyat boshliqlarining qaysinisidan musulmonlar shikoyat qilgan bo‘lsalar, o‘shanisini ishdan olishlik bo‘ldi. Muoviya ibn Abu Sufyon Umar davrlaridan beri Shom viloyatiga voliy edi. Umar xalifalik davrlarida u zotdan Muoviya nixoyatda qo‘rqib turardi. Umar undan xar doim qilgan ishlari to‘g‘risida, yuritayotgan siyosati haqida birdak hisob olib turadilar. Hazrati Umarning qattiqqo‘llik bilan yuritgan siyosatlari sababli voliylar oldilarida xam, yo‘qliklarida ham barobar birdek qo‘rquvda turadilar. Biron bir o‘zboshimchalik bilan ish qilishlikdan havf etardilar. Chunki Umar bularni doimo qattiq tekshiruv ostida ushlab turardilar.
Hazrati Umar Muoviyani dabdaba bilan yashayotganini, eshigi oldida soqchi askarlar qo‘yib qo‘yganligini eshitib qoldilar. Darhol Muoviyaga «bu qanday ahvol, tezda menga anig‘ini yozib yubor», deb xat yozadilar. Muoviya Umarning maktublarini olgan zahotiyoq qo‘rquvdan qaltirab quyidagi javobni yozib yuboradi: «Shom ahli bilan mana shu tariqa muomala qilinmasa bo‘lmaydi. Agar amiral mo‘‘minin tutayotgan yo‘limni o‘zgartirmoqligimni xohlasalar, albatta hech qanday to‘xtovsiz o‘zgartiraman». Muoviyaning javobi Umar hazratlariga yetgach, unga quyidagicha tahdidli javob yubordilar: «Agar rost aytayotgan bo‘lsang, albatta, bu kishini shakga soladigan ish va agar yolg‘on aytayotgan bo‘lsang, albatta bunday ish odob berishga loyiqdur. Men seni qil ham demayman, qilma ham demayman».
Oradan ko‘p o‘tmay Umar oddiy bir otga minib patriarxi bilan sulh shartnomasi tuzgani yo‘lga chiqdilar. Muoviya buni eshitib Umarni kutib olish uchun o‘zining ko‘rkam basavlat otiga minib a'yonlari ila peshvoz chiqdi. Hazrati Umar muntazir turgan Muoviyaga parvo qilmay orqalaridan piyoda ergashgan holda qoldirib ketaverdilar. Piyoda yurganidan oxiri juda ham qattiq charchab madori qurib ketdi. Qadam bosgani ham madori yetmay qoldi. Shunda Abdurahmon ibni Avf Umarga qarab: «Ey amiral mo‘‘minin, orqangizdan ergashib ketayotgan kishi holdan toyib, terga botib ketdi. Biror narsa desangiz-chi», dedilar. Keyin Umar to‘xtab, Muoviyani chaqirdilar va odamlarning ko‘z oldida otlarining orqasiga behol suyab qo‘ydilar, Muoviyaning ahvoli Umar xalifalik davrlarida shunday tekshiruv ostida edi. Ammo yumshoq ko‘ngil Usmon davrlariga kelib Muoviya butunlay o‘zgarib ketdi. Dunyoviy mol-mulklarga ega bo‘lish yo‘lini tuta boshladi. Rasululloh alayhissalom mehribon Robbilari huzuriga bormoqdan avval barham bergan johiliyat tarafkashligiga asta yana o‘zini ko‘rsata boshladi. Muoviya shunday qulay sharoitni qo‘ldan berishni istamadi. O'zi uchun hamda kelajak avlodlari uchun xalifalikni mol-mulk qilib olishlikka yo‘l hozirlay boshladi. Hashamatli yashash tarziga o‘tgani to‘g‘risidagi hamda ish yuritish uslubining yomonligi to‘g‘risidagi xabarlar ayon bo‘lgandir. Muoviyaning siyosati uning yaqin qarindoshi, xazrati Usmonning vazir hamda maslahatchisi, havorijlarni Usmonga qarshi qilib qo‘ygan Mavlon ibni Hikamning ham siyosati mana shundan iborat edi. Shu sababli xazrati Ali xalifalikka saylangan kunlaridayoq eng avval boshqa voliylardan ko‘ra Muoviyani ishdan chetlatish haqida fikr etdilar. Abdulloh ibni Abbos, Mo‘g‘ira ibni Shu'ba hamda Zayid ibni Hamzaga hazrati Alining oldilariga kirib nasihat qildilar. Bular uchchovlon xam ishbilarmon va tadbirkor kishilardan edilar. Mo‘g‘ira ibni Shu'ba hazrati Aliga qarab: «Ey Ali, albatta, itoat etdirish va nasihat etishlik xaqqi sizniki. Bugungi kunda erta uchun ehtiyot chorasini ko‘rishlik lozim. Bugun agar nima yo‘qotilsa, ertaga ham yo‘qotiladi. Muoviyani o‘z amalida qoldiring, boshqa amaldorlarni ham ishdan chetlatmay turing, toki hamma sizga itoat etib bo‘lgach, hamda harbiylar ham qasamyod qilib bo‘lishgach, xohlasangiz almashtirasiz. Xohlaganingizni o‘z ishida qoldiraverasiz», dedilar.
Hazrati Ali Shu'baning takliflariga javoban: «Men dilimda laganbardorlik qilmayman va ishimni paskash kishilarga ham topshirmayman», dedilar. Mo‘g‘ira yana hazrati Aliga qaytadan murojaat qilib: «Mayli, kimni xohushsangiz ishdan olingaz-u, ammo Muoviyani o‘z ishida qoldirib turing. Zero, u jur'atli kishi. O'zi esa ahli Shom ichida e'tiborli kimsa», dedilar. Hazrati Ali jiddiy holda ularga qarab: «Ollohga qasamki, men Muoviyani bir kun ham o‘z ishida qoldirmasmen», deb qat'iy qilib javob berdilar. Hazrati Ali bunday keskin javob berganlariga qaramay Abdulloh ibni Abbos yana Aliga qarab «Ey Ali, Muoviya hamda uning sahobalari dunyodor kishidurlar. Ularni o‘z ishlarida qoldirsangiz, kimni voliy etilsa ham bo‘yin egadilar. Agar ishdan olsangiz ular ishni Ali maslahatsiz o‘zicha egallab olgan, deb gap yuritadilar. Mana shunday yuritilgan mish-mish gaplar sababli birodarimiz Usmon o‘ldirildilar. Ularning hammalari xalqni sizga qarshi chiqishga tezlaydilar. Natijada Shom va Iroq ahli qo‘zg‘olon qilib yuboradilar», dedilar. Ibn Abbos so‘zlarini tugatganlaridan keyin hazrati Ali u kishining biror maslahatlarini ham qabul etmay, balki yana qat'iy ravishda: «Ey ibni Abbos, men bilgan haqiqat va ma'rifat o‘z ishida qoldirmaydigan qilib qo‘ygandur. Agar ular yaxshilikcha mening taklifimni qabul qilib ishni topshirsalar, o‘zlariga yaxshi va agar keyin qaysi birlari bo‘yin tovlik qilsalar, bo‘yinlarida qilich bo‘ladi», dedilar. Hazrati Usmon ba'zi bir kimsalarga bergan yerlarini hamda mulklarini Ali musodara qildirib, qaytadan baytullohga topshirishga amr etdilar. Ummul mo‘‘minin Oyisha, raziyallohu anho, hajning farzini ado etmoqlik niyatida Madinadan chiqib ketgan edilar. Madinadan chiqib ketishlarini ochiq sababi ba'zi bir muhojirlarining rivoyatlariga qo‘ra, janob Usmonning yuritgan siyosatlaridan hamda yaqinlarining ish yuritishlaridan achchig‘lanib qolganlari edi. Fitna juda qattiq tus olgan paytda Oyisha onamizga: «Ey Ummul mo‘‘minii, Usmonning oldilariga borsangiz, u kishini himoya etsangiz, ehtimol shunda mushkulliklar uchun hal etishlik imkoniyati tug‘ilsa», deyilganda, Ummul mo‘‘minin bu gaplarni qabul qilmadilar, balki Madinani tashlab chiqib ketdilar. Makkaga yetib kelib haj farzlarini tugatgan paytlarida Zubayr bilan Talxa Madinadan chiqib oldilariga keldilar va hazrati Alining xalifa etib saylanganliklari xabarini eshitib Oyisha onamiz: «Koshki bunga, Aliga ish topshirilmay erishilganda edi,- dedilar,- Usmon mazluman o‘ldirilgandirlar, men albatta uning qonini talab etaman». Bu esa Zubayr hamda Talxa va Oyisha singallari Asmonning o‘g‘li Abdullohning kutgan fursatlariga mos kelib qoldi. Zero, Zubayr ham, Talxa ham xalifalikka umidvor kishilardan edilar. Ular bunday qulaylikdan foydalanishga urinadilar. Oyisha onamiz Madinaga qaytmoqchi edilar. Endi u fikrdan qaytdilar. Ummul mo‘‘minin raziyallohu anho Mavlon ibni Hikam va shunga o‘xshash boshqa mansab tadabgorlari bo‘lgan, adashgan kimsalarga bilmasdan ergashib qoldilar. O'rtada «jamal» jangidek mudhish jang Ali bilan Oyisha onamiz o‘rtalarida kelib chiqdi.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 18:01:51
JAMAL VOQEASI
Ummul mo‘‘minin Oyisha haj marosimlarini tugatib, Makkani tashlab Madina sari yo‘lga chiqqan paytlarida Ali ibni Abu Tolibga bay'at qilinganligini eshitdilar. Bu xabarni eshitgach, Makkaga qaytib keldilar. Oyisha onamizning bu ishlaridan odamlar hayron qolib nima uchun yo‘ldan qaytib keldilarkin, deyishib turdilar. O'zlaridan Makkaga qaytib kelganliklarining sababini so‘raganlaridan keyin ish odamlarga ravshan bo‘ldi. Zero, Oyisha onamiz mazlumona shahid uchun adolat istab va o‘chlarini olmoqlikni talab etib kelgan ekanlar. Makkada esa hazrati Usmonning qarindosh-urug‘lari hamda u zotga qadrdon bo‘lgan kimsalar juda ko‘p edi. Shu sababli Oyisha onamiz chaqiriqlariga javoban tezdan barchalari jam bo‘lib atroflariga to‘plana boshladilar. Bularga Makkaning yana boshqa odamlaridan ham ko‘pchilik kelib qo‘shildi. Oyisha onamiz Makkaga qaytib kirgan paytlarida u janobdan «nima uchun yana qayta yo‘ldan keldilar» deyilganda, «Usmon mazlumona o‘ldirildi, agar mana shu gavg‘o tinchitilmas ekan, hech qachon ishni to‘g‘ri yo‘lga solib bo‘lmaydi. Sizlar Usmonning qonini talab etinglar. Islomning sha'nini buyuklatinglar», dedilar. Oyisha onamizning mazkur chaqiriqlari ba'zi bir tabaqalar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi. Talxa hamda Zubayr xuddi mana shunday fursatni kutgan edilar. Bunday kishilar Oyisha onamiz oldilariga kirib haybarakallachilik qilishdi. Bu ikki buyuk sahoba hazrati Aliga bay'at etganlarini unutib ham qo‘yishdi. Keyin Alidan ruxsat olib hajga kelganliklarini ham esdan chiqardilar, so‘raganlarga «biz Aliga majburiyat ostida bay'at berganmiz», deb javob bera boshladilar. Bularning barchalari hozirgi davrda musulmonlarning eng muhim bo‘lgan ishlari - Usmonning qotillarini jazolashlik, deya ray'i etdilar. Ular hazrati Usmonning qonli ko‘ylaklarini Damashq shahriga yubordilar. Odamlarni jangga chorladilar va Usmon hazratlarini o‘ldirgan kimsalarni hamda mana shu ishda ishtirok etgan kishilarni o‘ldirishlikka chaqira boshladilar.
Muoviya ibni Abu Sufyon esa bunday fursatni g‘animat bilib zarbasini nishonga to‘g‘rilab, vaqtdan foydalanishga kirishdi. U hazrati Aliga «Muoviya ibni Abu Sufyondan» degan jumlagina yozilgan maktubni jo‘natdi. Bu hazrati Aliga ochiq-oydin isyon etilganligiga bir ishora edi. Muoviyaning maktublarini olib kelgan kishi hazrati Alidan ruxsat bo‘lgach, xatni topshirdi. Hazrati Ali xatni o‘qish uchun ochsalar, oppoq sahifaga faqatgina «Muoviya ibni Abu Sufyondan Aliga» degan jumla bor, xolos. Xatni olib kelgan elchi bu holni payqab qattiq qo‘rqdi va menga omonlik beriladimi?» dedi. Unga «ha, elchiga zulm yo‘q, seni o‘ldirishmaydi» deyildi. Shundan keyin elchi aytdi: «Damashqda 60 mingdan ortiq kishi Usmonning ko‘ylaklariga boqib yig‘lab turmoqdalar. Ular qasos olishni talab etmoqdalar. Damashq minbariga Usmonning qonli kuylaklari osib qo‘yilgandur. Barchalari mana shu ko‘ylak ostiga to‘planib Usmon uchun qasos olishga bir-birlarini undamoqdalar». Elchining ushbu gapini tinglagan Ali dedilar: «Men Usmonning bunchalik xunxo‘rlari ko‘pligini sezib turibman. Ey Olloh, men sendan Usmon qonlaridan qutqarmog‘ingni so‘rayman».
Demak, hech qanday sir qolmadi. Faqat shaxsiy tama' egalari o‘z orqalaridan Ummul mo‘‘mininni ergashtira boshladilar. Oxiri ularga itoat etib qoldilar. Madinaga Muoviya urush uchun tayyorgarlik ko‘rayotganining xabari kelgan edi. Shomga borib itoat etishdan bo‘yin tovlaganlarga adab berishlikdan o‘zga chora qolmadi. Lekin shu vaqtda Zubayr va Talxa hamda Ummul mo‘‘minin to‘planib Aliga qarshi harakat qilayotganlarining xabari ham kelib qoldi. Biroq Ali tezikmay sabr qildilar, va dedilar: «Ularning tiyilishlarini kutib turaman, agar tinchib qolishsa hech narsa qilmayman». Lekin yana ular urushga tayyorgarlik ko‘rayotganliklarini hamda Basraga qarab yurishlik niyatida ekanliklari to‘g‘risida yangi xabar kelib qoldi. Ushbu mash'um xabarini tinglagan Ali «agar ular shunday harakat qilsalar, albatta musulmonlarning birligi qirqiladi», dedilar. Ummul mo‘minin qavmga boshchilik qilgan holda yo‘lga chiqdilar. U janob Zubayr hamda Talxa va jiyanlari Abdullohning maslahatiga quloq solib ular bilan yo‘lga chiqdilar. Kundoshlari Ummu Salama bu xabarni eshitib darhol Oyisha onamizni yo‘ldan qaytarishga kirishgan holda odam yubordilar. Maktub yozib unda shunday jumlalar bilan gap boshlagan edilar:
«Rasulullohga nima degan edingiz? Bugun esa Olloh lozim qilgan xijobni yirtib tashladingaz. Agar men siz ixtiyor etayotgan ishni qilgan bo‘lsamda, keyin o‘lganimdan so‘ng jannatga kiring, deyilsa, albatta men Rasulullohga yo‘liqishdan hayo qilgan bo‘lardim». Lekin Oyisha onamiz yo‘llarida davom etdilar. Bunday gaplarga quloq solmadilar. Oyisha onamizning atroflaridagilar chaqiriqni umum manfaatlarni ko‘zlash degan nom bilan atab, odamlarni aldashga kirishdilar. Shuningdek, o‘zlarining harakatlariga Abdulloh ibni Umar va shu kishi kabi boshqa Islom muttaqiylarini ham tortmoqchi bo‘ldilar. Biroq bunga erisha olmadilar va hamda Madinaga yurish qilishga qodir bo‘lisha olmadi. Zotan u yerda Ali bor ekanlar, yurish boshlashga yuraklari dov bermadi. Keyin ular «Shomga qarab yuramiz, chunki u yerda sizlar xunini talab etayotgan kishining qarindoshi bor», dedilar. Ushbu falokatli holatda Marvon ibni Hikam ham chetda holmadi. Zero, uning Usmon davrlarida qanday ishlar yuritganligi va Usmonning fitnalariga asosiy sababchi bo‘lganligi o‘tgan boblarda aytilgandur. Hazrati Ali uni qilmishiga yarasha mansabidan bo‘shatganlari sababli tinchib turmay balki Aliga qarshi ish yuritardi. Butun yo‘l-yo‘riqlarni, ko‘rsatmalarni berib turdi. Tortisha-tortisha ular Shomga borishlikdan voz kechadigan bo‘ldilar. Chunki Shomga borishsa Muoviya bilan o‘rtalarida kelishmovchilik chiqishi turgan gap edi. Ichlaridan bittalari Basraga borish kerak, degan taklifni kiritadi. Ularning hammalari shunga rozi bo‘ladilar. Oyisha onamizni ham mana shu taklifni qabul qilishga ko‘ndiradilar. Oyisha onamiz ham ularning Basraga borishlik fikriga qo‘shiladilar. Talxa bilan Zubayr, Abdulloh ibni Umarni o‘zlariga qo‘shib olishga yana bir urinib ko‘radilar. Lekin Abdulloh ularga qarab: «Ey shayxlar, Oyisha onamizning uylari xavdajlaridan ko‘ra, o‘zlariga yaxshiroq ekanligani, sizlarga esa Madina Basradan ko‘ra xayrliroq ekanligani, bo‘ysinishlik qilich tutishingizdan ko‘ra afzalroq ekanligani bilib olinglar. Aliga qarshi kurashganlar, albatta, yaxshi kishilar bo‘laolmaydilar», dedilar. Shundan keyin jarchilar kishilarni Ummul mo‘‘minin saflariga qo‘shilishga chaqira boshladilar. Basra hamda Yaman zakot moli yordami bilan tayyorlangan kattagina qo‘shin ham Oyisha onamizga ergashdi. Yaman va Basra zakotini ibni Zabat va ibni Omir yig‘dirib shar'iy hukumat boyligiga yubortirmagan edi. Qo‘shin hali Makkadan Basraga tomon yo‘l solmay turib Mo‘g‘ira ibni Shu'ba ibni Sa'd ibni Os bilan Talxa va Zubayra o‘rtalarida keskin tortishuv kelib chiqdi. Tortishuvning asosiy sababi Alining ustilaridan g‘alabaga erishilgan choqda kim xalifa bo‘ladi, degan masala edi. Talxa bilan Zubayr «Ikkimizdan birimiz bo‘lamiz» deya javob beradilar. Unga qarshi Sa'd ibni Os esa «Yo‘q, sizlar emas, balki Usmonning o‘g‘illaridan biriga topshirasizlar» dedi. «Undan ko‘ra muxojirlarni chaqirib, ularning bolalariga topshirib qo‘ya qolamizda» dedilar. Shu payt Sa'd ibni Os Oyisha onamizning oldilariga keladi va u kishidan maqsadlari nima ekanligini so‘raydi. Oyisha onamiz «Men Basraga Usmonning xunlarini talab etib bormoqdaman» deydilar. Shunda Sa'd «Usmonning qotillari siz bilan birga-ku» deydi. Ba'zi odamlarga ish nimada ekanligi ravshan bo‘lib qoldi. Bu o‘ch olish talabi emas, balki mansab tama'sida uyushtirilgan bir fitna ekanligini tushunib qoldilar. Bu orada Aliga fitna avj olayotganligi xabari kelib turadi. Hazrati Ali ham nima ish qilish, qanday chora ko‘rish to‘g‘risida o‘ylay boshladilar. Agar indamay sabr etib turaversalar, ular hazrati Alini tahqirlaydilar va agar ularning harakatlariga yarasha harakat qilib urushsalar, zero har ikki firqa ham omon topaolmaydi, deb fikr yuritadilar. Agar ular yaxshilik-la unab qo‘yaqolsalar edi, hazrati Ali tinchlik yo‘lini tutib ular ustidan g‘olib keladilar. Hazrati Alining safdoshlari esa ularga qarshi qo‘shin bilan chiqib jang qilishga qiziqtira boshladilar. Lekin Ali o‘zlarining maslaklarida mahkam turdilar. Ya'ni tinchlik bilan masalani hal qilish yo‘lini ushlashda davom etdilar. Abdulloh ibni Sadam Aliga uchrashib Madinadan tashqariga chiqmasliklarini o‘tinib so‘radilar. «Agar chetga chiqsangiz, keyin hargaz Madinaga kiraolmaysiz», dedilar. Hazrati Ali ushbu ra'yga moyil bo‘ldilar. Biroq atroflaridagi jamoat u zotni majburan chetga chiqardilar. Biroq Ali hanuz urush boshlanmaslik qarorida mahkam turdilar. Masalani tinchlik va sulh yo‘li bilan hal etishga harakat etdilar.
 «Ikki firqa o‘zaro tortishib har qaysi tomonda bulsunlar. Keyin o‘shani qabul qilsunlar, toki Islom millatining birligi avvalda bo‘lgan holiga qaytsun», degan rag‘batda bo‘ldilar. Hazrati Ali o‘z qo‘shinlari safiga Usmonning o‘ldirishlikda ishtirok etganligi ehtimoli bo‘lgan kimsani yoki mana shu ishga kishilarni qiziqtirilganligi ehtimoli bo‘lgan kimsalarni olmaslikka harakat etdilar. Hazrati Ali qo‘shinni tayyorlab turgan paytlarida safdoshlaridan biri: «Hazrati Ali, bu bilan nima istaysiz?» deb so‘radi. Hazrati Ali unga: «Agar ular bizning taklifimizni qabul qilsalar va bizga itoat etsalar, sulhni xohlamay va agar bizga itoat etmoqni istamasalar, taqdir ularga nimani ko‘rsatsa ko‘rsunlar, deya o‘z hollariga tashlab ho‘yib sabr etib turamiz, agar bunga ham rozi bo‘lishmasa, bizlarni o‘z holimizga tinch qo‘yinglar deymiz va agar bizni o‘z holimizga tinch qo‘ymoqqa ham rozi bo‘lmasalar, unda ulardan, o‘zimizni mudofaa etamiz», deb javob berdilar. Maqsadlari tinchlik hamda musulmonlarning umum birliklarini saqlashlik ekanligini takror-takror aytib turdilar. Basra aholisi ikki kimsaga, Ummul mo‘‘mininga yordam etuvchi hamda hazrati Aliga tarafdorlik qiluvchilarga bo‘linib ketdi. Hazrati Ali qo‘shinlar Basra ostonalariga yetib kelmasdan burun u yerdagilarni sulhga va hamkorlikka chaqirish uchun elchilar yubordilar. Hazrati Ali qurolsiz yuzma-yuz turib, haqiqiy niyatlarini nima ekanligiii bilib olishlari uchun ular bilan uchrashishlikni ixtiyor etdilar. Basraliklar qo‘shini oldida hazrati Zubayr urush qilmoqqa moyil ekanliklarini bildirib, qurollangan hodda adl qomat-la turardilar. Hazrati Ali Zubayr tomonga qarab qilich ham taqmay, sovut ham kiymay, oddiy kiymda yurdilar. Borib qarasalar, Talxa hazratlari ham mukammal qurollangan hollarida tayyor turibdilar. Har ikkalalarining oldilariga borib ularga qarab: «Umrimga qasamki, sizlar otlarni, odamlarni jangga tayyor holga keltirib qo‘yibsizlar. Biroq qiyomat kuni Olloh subhona oldiga borganingizda unga aytadigan uzrlaringizni ham tayyorlab qo‘ydingizmi? Ollohdan qo‘rqinglar, bunday bema'ni urushga bel bog‘lashdan tiyilinglar. Sizlar o‘zi avvalda mahkam etgan arqonni o‘zi chuvab tashlaydigan kimsa kabi bo‘lmanglar. Zero, mana shu buyuk Islom jamiyatini barpo etishda o‘zingizning benihoya xizmatlaringiz singgan. Endilikda esa uni parchalab tashlovchi kishilardan bo‘lib qolmanglar. Sizlarni tutayotgan ushbu ishlaringiz Islom jamiyatini qismatga qadar birlasha olmaslik fitnasiga giriftor etmasun, o‘zimizdagi ichki adovatga barham bermasak, tezda bizni tashqi dushmanlar mag‘lub etajak. Mana shunday mag‘lubiyat amaliga uchramasligimiz darkor. Aks holda biz ichki tortishuvni bir yoqlik qilmay o‘zaro birodarkushlik olovini yoqib yuborsak, kelajak avlodlarimiz uchun g‘oyatda katta xiyonat qilgan bo‘lamiz. Kuch faqat birlikdadur. Qaysi millat birligini yo‘qotsa, o‘sha millat kelajagi uchun qayg‘urmagan bo‘ladi. O'ziga halokatni lozim etib olgan bo‘ladi. O'rtadagi kelishmovchiliklari-mizni o‘zaro kelishib Ollohning ulug‘ kitobiga hamda Ollohning muborak payg‘ambarining ko‘rsatgan yo‘llariga amal qilgan holda bartaraf etmog‘imiz darkor», dedilar.
Hazrati Alining gaplarini tinglab turgan hazrati Talxa Aliga qarab: «Siz Usmonga qarshilar tomondasiz, Usmon qotillariga la'nat bo‘lsun!» - dedilar. Keyin hazrati Ali Talxaga qarab: «Menga bay'at etgan edingiz-ku?» - dedilar. Bunga javoban Talxa: «Men majburan bay'at etgan edim»,- dedilar. Hazrati Ali Zubayr qalblarini yumshatadigan narsalarni eslatib shunday dedilar: «Bir kuni Rasululloh hazratlari bilan bani G'anam mahallasidan birga o‘tib ketayotganimizda Rasululloh menga tabassum qildilar. Shunda men ham u zotga qarab tabassum etdim. Keyin siz u janobga «Abu Tolibning o‘g‘li gerdayishni tashlamaydi-ya», dedingiz. Rasululloh hazratlari so‘zingizni tinglab turib sizga, u aslo gerdaygan emas, albatta siz unga zolim bo‘lmagan holda qitol urush etasiz» deganlari esingizdami? Zubayr Alining gaplaridan keyin qalblari yumshab ahdlaridan qaytdilar. U kishi, men Aliga qarshi urishmoqchi emasman, deb qasamyod etardilar. Xususan, Ammor ibni Yosir hazrati Ali bilan birga ekanliklarini bilganliklaridan so‘ng butunlay shahdlaridan qaytdilar. Chunki Rasululloh hazratlari Ammorga qarab «Sizni zolim guruhlar o‘ldiradi» degandilar. Hazrati Zubayr bu xabardan ogoh edilar. Zubayr xato qilganliklarini sezgandek bo‘ldilar. Zero, u kishi Olloh uchungina amal qiladilar. Har vaqt Olloh uchun qilingan amal haqiqatga qaytuvchiroq, to‘g‘ri yo‘lni topguvchiroq bo‘ladi. Shundan keyin hammalari bir-birlarini tushungan holda o‘z qavmlarini oldiga qaytib ketdilar. Barchalari endi albatta, sulhga kelinadi degan ishonch bilan tarqalishdilar. Lekin Alining dushmanlari fursatni g‘animat bilib tunda xoinona ish yuritishga, qanday bo‘lmasun ikki toifa o‘rtasiga nifoq solib urushtirib yubormoqlik harakatini boshladilar. Bunda asosiy ishni «Yamanlik yahudiy ibni Sabo' bajardi. Tunda bir necha kishilarga xoinona nayza sanchib o‘ldirildi. Birdan to‘s-to‘polon ko‘tirilib ketdi. Hech kim jangni kim boshlagani va nayza qaerdan kelib sanchilayotganini ham bilolmasdi. Tundagi to‘polonda ikki toifa bir-biriga aralashib ketishganidan kim-kimni o‘ldirayotgani, dushmanimi yoki birodarini - bilolmasdi.
Hazrati Ali shovqin-suronni eshitib olishuv bo‘layotgan joyga bordilar va odamlarga qarab: «Ey odamlar, tinchlaninglar, tinchlaninglar!» deb qattiq ovozda qichqirdilar. Yo‘lda uchragan kimsadan nima bo‘layapti, deb so‘radilar. U odam «behosdan bizning ustimizga ular hujum yasadilar. Biz ularni kelgan tomonlariga yubordik», deb javob berdi.
Undan bu javobni eshitgan Ali «Zubayr bilan Talxa qon to‘kmagunlaricha tiyilmasliklarini bilgan edim. Ular hargiz bizga itoat etmaslar», deb o‘yladilar. Keyin qo‘llariga Qur'onni ko‘targan holda askarlarini aylanib yurib, kim ushbu Qur'onni qo‘liga olib ularni mana shu kitob hukmiga qaytmoqlikga da'vat eta oladi, deb qattiq ovoz-la qichqirdilar.
Alining chaqiriqlariga qufalik bir yosh yigitcha «men olib boraman!» deb o‘rnidan turadi. Hazrati Ali yigitga qarab... «Ey yigit, agar o‘ng qo‘lingni kesib tashlasalar, chap qo‘ling bilan mahkam ushlaysan va agar chap qo‘lingni ham kesib tashlasalar, unda tishing bilan mahkam tishlab olasan», dedilar. Yigit albatta shunday qilaman, deb so‘z berdi. Shundan keyin hazrati Ali Qur'onni berdilar va unga qarab: «Ey yigit, buni ularga ro‘baro‘ qil va «bu siz bilan bizning o‘rtamizni hal qiluvchi narsadur. Olloh sizlarni ham, bizlarni ham qonimizni to‘kmoqlik ni xarom qilgan», deb ayt», dedilar. Yigit qo‘liga Qur'onni olib boshi uzra baland ko‘targan holda ular tomonga jo‘nadi. Biroq ular yigitning chaqirig‘iga quloq ham solmadilar. O'zini nayza bilan parchalab tashladilar. Ishning bu tariqa tus olganini ko‘rgan hazrati Ali urush qilishdan boshqa chora qolmaganini sezdilar. «Endilikda ularga qarshi urushmoqlik o‘z-o‘zidan ruxsatli bo‘ldi», dedilar. Harbiy sarkardalarni chaqirib qo‘shinga tartib berishlikka amr etdilar. Ka'b ibni Suvor jamal safida turib ahvolni kuzatardilar. Hazrati Ali tomonlaridagi qo‘shinlarning safga tizilib jangovar holga keltirilayotganini ko‘rib shoshilinch ravishda Ummul mo‘‘minin Oyisha onamiz huzuriga chopdilar. Oldilariga yetib kelgan zahotiyoq Oyisha onamizga qarab: «Yo Ummul mo‘‘minin, kishilar jangga qattiq hozirlik ko‘rib qolishdi, o‘rtada behuda qon to‘kiladiganga o‘xshaydi. Shoyad, Olloh siz tufayli bularning o‘rtasini islohga keltirsa», dedilar. Oyisha onamiz Ka'badan bu so‘zlarni eshitgan zahotlariyoq o‘rinlaridan turib: «Ey Ka'b, tuyadan tush va ularga Ollohning Qur'onini ro‘paro‘ qilib hammalarini mana shu kitob hukmiga itoat etishlikka chaqir», deb Ka'bni qo‘llariga Qur'onni tutqazdilar. Ka'b hanuz kitobni ro‘paro‘ qilishga ham ulgurmay turib nogahoniy kelib tekkan o‘qdan avvaldagi zikri o‘tgan bola kabi yer tishlab qoldilar. Oyisha onamiz buni ko‘rib, o‘rinlaridan turib odamlar o‘rtasida: «Ey bolalarim, Ollohdan o‘zga hamma narsa o‘tkinchidur. Ollohni unutmanglar, hisob kunini ham esadan chiqarmanglar», deya qichqira boshladilar. Afsuski, biron kimsa ham u zotning gaplariga quloq solmadi. Birdan ikki o‘rtasida jang qizib avjga chiqdi. Yer betini qonlar ila lolazor etdi, kishilar jasadi-la mozor ayladi. Har ikki taraf kishilari hech qanday to‘xtovsiz jangga kirib bir-birlarini ayovsiz ravishda tig‘dan o‘tkazdilar. Mana shunday to‘polon avjiga chiqib, qir-pichoq bo‘lib turgan paytda, Alining safdoshlaridan bo‘lgan Abdulqays qabilasidan bir kishi oldinga otilib chiqdi va odamlarga qarab hayajonlanmay: «Ey odamlar, men sizlarni Ollohning kitobiga itoat etishga chaqiraman», dedi. Odamlar uning gapini eshitishni ham xohlamay unga qarab: «Ollohning haddini bajarmaydigan odam qanday qilib Ollohning kitobiga kishilarni chaqira oladi? Ollohga chaqirayotgan Ka'b ibni Suvorni kim o‘ldirdi?», deb shovqin-suronila qichqirdilar. Jang avjiga chiqib aqldan ko‘ra vaxshiylik hukmronligi kishilarga ta'sir ko‘rsata boshladi. Jamal safida urushayotganlar bir-birlarini «Ey Usmonning o‘ch oluvchilari» deb atay boshladilar. Ular Usmonning qotillarini baland ovoz ila la'natlashar edilar. Hazrati Ali ularning gaplarini eshitib: «Olloh Usmonning qotillarini la'natlasun», dedilar. Shu payt hazrati Alining yonlariga safdoshlaridan bo‘lgan ibni Xo‘jayn degan kishi kelib: «Ey amiral mo‘‘minin, bizning qarshimizda yuz ming yalang‘och qilich turibdi. O'ng qanot hamda chap qanot himoyachilari chekinishga boshladi. Siz bo‘lsangaz hali ham uyqusirab turibsiz», dedilar. Bu gapni u odam shuning uchun aytdiki, hazrati Ali qo‘shinning o‘rtasida jang maydoniga kirib qolganliklarini sezmasdan beparvo turgan edilar. Bu gapdan keyin Ali turgan o‘rinlarini tark etib, chetga chiqib Rabbillariga g‘oyat dilgirlik ila yolvorib murojaat etishga kirishdilar. Duolari ushbudur: «Ey butun borliqni yo‘qdan barpo etgan zot, sen bilursanki, men Usmonning orqalarini qora qilgan emasmen. O'zing bugun madad ayla.» Shundan keyin tezlik bilan o‘rinlaridan turib ularning hujumlariga qarshi mudofaa uyushtirishlik zarurligini tushundilar.
Jumodil oyining oxirgi kunida boshlangan jang Basra yerida kun bo‘yi to‘xtamay davom etdi. Ikki guruh bir-biriga tinimsiz hujumlar "uyushtrib bir-birlarining qonlarini ayovsiz to‘kdilar. Shunchalik jang qattiq tus oldiki, bir nafas dam olishga ham hech iloj topolmay qoldi. Avvalda kamondan o‘q uzish bilan boshlangan jang bora-bora avjiga minib oxiri to‘s-to‘polonga aylanib ketdi.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 18:02:17
DAVOMI

Hazrati Ali bayroqni olib o‘g‘illari Muhammad Xanafiyga berib: «olg‘a yur!» dedilar. Muhammad u kishiga boqib: «olg‘a yurishga hech iloj yo‘q, oldinda nayza tishlari turubdur», dedilar. Hazrati Ali undan bayroqni tortib oldilar-da, qo‘llariga ko‘tarib o‘ng qo‘llarida mashhur zulfiqorlarini ko‘tarib yakka o‘zlari dushman qo‘shiniga hujumga o‘tdilar. Tarix bahodirlari ega bo‘lmagan bunday mardonavorlikga yagona Ali ibni Abu Tolib ega bo‘ldilar. Alining safdoshlari ham barobar Alidan o‘rnak olib shijoat-la hujumga o‘tdilar. Jamal askarlari g‘alaba ila gerdayib turishardi. Ular bunday shijoat-la uyushtirilgan hujumdan sarosimaga tushib orqalariga qarab tum-taraqay qochdilar. Saflari butunlay buzilib tar-tibsiz holda sochilib ketdi. Zubayr ibni Avom ham jang maydonini tashlab qochdilar. Avvalroq Talha hazratlari g‘oyib bo‘lib qolgan, edilar.
Hazrati Aliga bir tuyaning himoyasi tufayli odamlarning bekordan bekorga fojea holatda o‘layotganlari juda qattiq og‘ir botdi. Shu sababli Ali Ashtar bilan Ammor ibni Yosirni chaqirib mazkur tuyani safdan chiqarish to‘g‘risida ularga amr etdilar. Zero, tuya bir yoqli qilinmaguncha o‘rtadagi behuda qon to‘kilishi ham pasaymas. Ular tuyani o‘zlariga qibla qilib olib uning himoyasiga g‘oyat jon-dildan qattiq bel bog‘lagandilar. Biroq tuyaning oldiga borishlik dahshatdan-daxshatliroq, qanchadan-qancha jasur atoqli kimsalarning, ulug‘ -kishilarning o‘liklari qolib ketdi. Mana shu tuyani yo‘qotish uchun yetmishdan ortiq quraysh bahodirlarining onalari bolasiz qoldi. Xotinlari beva, bolalari esa yetim bo‘ldilar.
Hazrati Ali mazkur jangai tezroq hal etib to‘xtatishni o‘ylaydilar. Lekin hech iloji yo‘q kabi edi. Chunki tuya boshini ko‘tarib bayroq kabi ularning o‘rtalarida qaqqayb turardi. Himoyachilar hamma narsani butunlay unutib uni benihoya sadoqatla himoya etishardi. Bir guruh tuya himoyasida turib jon bersa, o‘rniga boshqasi kelib yana himoyani davom ettirardi. Hazrati Ali, odamlar mabodo tuya tirik turarkan, aslo tarqalmasliklarini aniq bilardilar. Yoki Oyisha onamiz biror daydi o‘qdan shikast topib yiqilsalargina ularning shidatlari pasayishi mumkin edi. Hazrati Ali Oyisha onamizning mana shunday biror daydi o‘qdan o‘lim topishlaridan qattiq qo‘rqdilar. Agar shunday hol yuz bersa, Rasululloh hazratlariga qaysi yuz bilan uchrashaman, deb qattiq iztirobda qaldilar. Shu sababli safdoshlariga qarab «tuyani so‘yinglar, agar tuya o‘ldirilsa, ular tarqab ketadilar», dedilar. Keyin bani Saqfa qabilasidan bo‘lgan . bir kishiga ishora qilmb: «ey Ibni Dalja, sen tuyaning oldiga bor», dedilar. Ibni Dalja ham bir hiyla ishlatib tuyaning oldiga yetib bordi va oyog‘ini kesib tashladi. Tuya og‘riqdan qattiq bo‘kirgan holda yerga yotib qoldi. Odamlar bu ahvolni bexosdan yuz berganini ko‘rib, hushlari boshlaridan uchdi. Tuya yerga yumalagan damda hazrati Ali odamlarga qarab: «Ey odamlar, sizlar albatta, omonlikdasiz», deb qattiq ovoz bilan qichqirdilar. Kutilgani kabi o‘rtadagi mojaro ham birdan to‘xtab qoldi.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 18:02:41

ALI RAZIYALLOHU ANHU VA UMMUL MO'MININ OYISHA ONAMIZ
O'rtadagi jang Ummul mo‘‘minin askarlarning asirga tushishlari bilan tugadi. Alining safdoshlari, barcha asirlarni tig‘dan o‘tkazishni taklif etdilar. Ularning takliflariga qarshi o‘laroq, hazrati Ali: «Men qibla ahli asirlari agar tavba qilib yana o‘z hollariga qaytsalar, o‘ldirmasman», dedilar.
Hazrati Ali Oyisha onamizni nodon kishilar axmoqliklari tufayli ranjitib qo‘ymasalar edi, deb qattiq tashvishga tushdilar. Ya'ni ular Oyisha onamizga har xil bema'ni ta'nalar qilib dillarini ranjitib qo‘ymasalar edi, deb tashvishga tushdilar. Kutilgan voqea yuz berdi. Shu sababli hazrati Ali Oyisha onamizni alohida bir xonaga kechqurun tushirib, ichiqoralarning ko‘zlaridan yiroq tursunlar, deya parda to‘stirib qo‘ydilar. Shunchalik ehtiyot choralarini ko‘rganliklariga qaramay baribir ba'zi nodon kaltafahm kishilar Oyisha onamizga har xil bema'ni gaplarni qilib dillarini og‘ritdilar. Juda qattiq ta'nalar bilan malomat etdilar. Ish bunday tus olganini ko‘rgan hazrati Ali buyruq chiqarishga majbur bo‘ldilar. Kimki Oyisha onamizni behurmat qilsa yoki u kishi sha'nlariga noloyiq so‘zlarni so‘zlasa, unday beadab kishi darra bilan uriladigan bo‘ldi. Hazrati Ali xusumatchilar bilan nihoyatda ochiq ko‘ngillikda edilar. Zero, u janob Talxa (r. a.)ning Mavlon ibn Hikam qo‘lida shikast yeb vafot topganliklarining xabarini eshitgan paytlarida juda ham qattiq alam chekdilar. Zubayr ibni Avom (r. a.) ning namoz o‘qiyotgan chog‘larida o‘ldirilganliklari xabarini eshitgan vaqtlarida hazrati Ali qattiq tovushda shunday dedilar: «Ibn Safiya aslo ko‘rqqan ham emas, laim ham emas edi. Lekin hozir nihoyatda xunuk xodda o‘ldirilibdi.» Zubayr hazratlarining qotillari bo‘lgan ibni Jurmuzdan Zubayrning qilichlarini berishni talab etdilar. Keyin u janobning qilichlarini qo‘llarida mahkam ushlagan holda «Mazkur qilich uzoq zamonlar Rasululloh allayhissalomning muborak yuzlaridan qudratlarini ketkizgan edi», dedilar. Jurmuzdan Zubayrni «Sen o‘ldurdingmu» deb so‘radilar. U: «Ha, men o‘ldirdim, endi buni mukofotini xohlayman», dedi. Hazrati Ali uning gapini eshitib, unga qarab: «senga do‘zax mukofot bo‘ladi», dedilar va o‘ldirishlikga amr etdilar. Keyin odamlarga qarab: «Abu Abdullohni Olloh rahmat qilsun. Men tahqiq Bashirannazir sallallohu alayhi vassallamdan ibni Safiyani o‘ldirgan kishining joyi do‘zax bo‘ladi, deb bashorat etganlarini o‘z qulog‘im bilan eshitganman», dedilar.
Oyisha onamiz hazrati Ali g‘alabaga erishganlaridan so‘ng: «Ey ibni Abu Tolib, qo‘lingga tushdik, endi o‘zing yumshoq ko‘ngillik ayla», dedilar. Hazrati Ali Oyisha onamizning gaplariga iltifot ko‘rsatdilar. Va odil muzaffardan ko‘ra kechiruvchi muzaffar g‘olibroq deb o‘yladilar.
Bir necha isyonchilar Oyisha onamizning himoyalariga sig‘indilar. Hazrati Ali ularga hech narsa qilmadilar, keyin Ali, ibni Abbosni Oyisha onamiz huzurlariga yuborib «endi ketsunlar», dedilar. Avval Oyisha onamiz «yo‘q, ketmayman», deb turdilar. Bir oz vaqt o‘tgach, Oyisha onamiz .ketishga rozi bo‘ldilar va «men Olloh xohlasa tezda uyimga ketajakman», dedilar. Basradan Madinaga qarab yo‘lga chiqdilar. Hazrati Ali Oyisha onamizga kattagana karvonni jihozlab berdilar va o‘n ikki ming dirham sovg‘a ham berdilar. Alining birodarzodalari bo‘lgan Abdulloh ibni Ja'far ham o‘z hisoblaridan beadad mol va pul ajratib Oyisha onamizga berishga taraddud ko‘rdilar. Keyin bu pullarni Oyisha onamizning oldilariga qo‘yib: «bular meni o‘z hisobimdan sovg‘a», dedilar. Hazrati Ali Oyisha onamizni hech bir narsadan kamsitmay, balki nihoyatda hurmat-ehtiromlarini joyga keltirdilar. Oyisha onamiz ketayotgan paytlarida kuzatuvchilarning o‘rtasida turgan Alini ko‘rib: «Ollohga qasamki, men bilan Alining o‘rtamizda avvalda ham hech qanday xusumat bo‘lgan emas. U mening oldimda eng yaxshi kishilardan hisoblanadi», dedilar. Hazrati Ali Oyisha onamizning gaplariga javoban: «Oyisha onamiz rost aytdilar, bizning o‘rtamizda hech qanday xusumat bo‘lgan emas. U janob payg‘ambarimizning dunyoyi oxiratda zavji muboraklaridurlar», dedilar. Hazrati Ali Abdul Qays qabilasidan 40 ta ayolga erkakcha kiyim kiygazib Oyisha onamizni to o‘z uylariga eson-omon yetib kelgunlariga qadar kuzatib borishlikni buyurdilar. Ular erkakcha kiyinishib Oyisha onamizning karvonlarini kuzatib yo‘lga tushdilar. Oyisha onamiz ularni ko‘rib erkak kishi deb o‘ylab, Ali meni obro‘imni to‘kibdi, deb achchiqlari chiqdi. Biroq Makkaga yetib borganlaridan keyin mazkur ayollar boshlaridan sallalarini olib yuzlarini ochganlaridan keyin ularning ayol ekanliklarini bildilar. Bu Oyisha onamiz ommaviy hayotda ishtirok etgan eng so‘nggi voqea bo‘ldi. Shundan keyin Oyisha onamiz toki vafot etgunlariga qadar uylaridan tashqarita chiqmadilar. Toat-ibodat-la mashg‘ul bo‘lib oliy darajaga yetgunlariga qadar yashab o‘tdilar.
Tarixchilarning juda ko‘plari Ali karamallohu vajxahu taraflaridan Oyisha onamiz (r. a.)ga qilingan ushbu go‘zal muomalani sharhlashga kirishib, shunday deb yozadilar: «Bu shunday go‘zal muomalaki, tarixda bo‘lgan bunga o‘xshash muomala eshitilmagan. Biror bir kitoblar sahifasida ham aks ettirilmagan. G'olibning mag‘lubga nisbatan qilmaydigan amalni xazrati Ali tomonlaridan qilinishi haqiqatda Abul Hasanayn karamallohu vajxahuning bir buyuk qalb egasi ekanliklariga dalolat etadi», dedilar. Biroq, mana shunday tabir-la sharh etuvchilar ushbu kabi hayronliklarini, qilingan amal oldida izoh etuvchilar ulug‘ payg‘ambar maktablarining ishtirok etgan shogirdlaridan biri bo‘lgan Ali ibni Abu Tolib kim bilan mana shunday go‘zal muomalada bo‘lganliklarini unutganga o‘xshaydilar. Axir, u janob ushbu kabi tarixda o‘xshashi bo‘lmagan muomalani Muhammad alayxissalomning sevimli ayollariga va Rasulullohning g‘ordagi yo‘ldoshlari hamda eng birinchi musulmon bo‘lgan Abu Bakr Siddiqning sadoqatli qizlariga nisbatan qilganlar.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 18:03:06
TO'G'RI GAP

Juda ko‘p tarixchilar umumiy tafsilotlarga berilib ketib, Ali bilan Oyisha onamiz o‘rtalardagi xoliflik sabablarini bayon etishlikda gapni juda ham cho‘zib yuborib mubolag‘a darajasiga yetkazganlar. Ular shunday deb yozadilar: Ummul mo‘‘minin dillarida hazrati Aliga ya'ni erlarining amakivachchalariga nisbatan rashk aralash karoxiyat saqlar edilar. Zero, hazrati Ali Rasululloh alayhissalom oldilarida katta hurmatga ega va hamda eng sevimli qizlari Fotimai Zahroning erlari va mehribon payg‘ambarga odamlarning eng sevimlisi bo‘lgandilar. Oyisha onamiz qalb dardidagi nafrat bani Mustaqil g‘azotidan qaytganda yo‘lda Oyisha onamizga nisbatan zulm va dushmanlik sababi ila qilingan bo‘hton voqeasidan keyin yana ham ziyodalashgandi. Rasululloh alayhissalom Zayd ibni Xorisa hamda Umar ibni Hattobdan ushbu voqea to‘g‘risida qanday fikrdasiz, deb so‘raganlarida, ularning har ikkovlari «biz Oyishaga aslo biror xunuk ish sodir bo‘lganligini ko‘rgan emasmiz», deb javob berganlar. Ammo hazrat Alidan so‘ralgan chog‘da u janob ulug‘ payg‘ambarning yuzlaridagi alam asarini ko‘rib, Muhammad alayxissalom ado etastgan ulug‘ risolatga biror nuqson yetib qolishidan qo‘rqqanlari sababli Rasulullohga qarab o‘zlaridagi doimiy ochiq gapirish xislatiga binoan: «Yo Rasululloh, bundan boshqa ham ayollar ko‘p-ku» deb javob berganlar. Bu degan javoblarining ma'nosi, agar u kishidan shakllanayotgan bo‘lsangiz, qo‘yib yuboring-da, boshqasiga uylanib qo‘ya qoling, degani edi.
Ba'zi tarixchilar esa hazrati Ali Oyishaning xodimlarini oldirib kelib nima ish bo‘lganligini aytasan, deb ko‘rganlar. U xodima «Oyisha yosh, tajribasiz qizlar, gohida xamirni qorib turib uxlab qoladilar. Keyin esa qo‘ylar kelib yeb ketardi. Bundan boshqa Oyisha onamizning ayblari yo‘q», degan gapdan o‘zga churq ham etmadi, dedilar. Mana shu sabablarning har biri Oyisha onamiz dillarida yetarlicha ta'sirini qoldirgan edi. Oyisha onamiz qalblarida Aliga bo‘lgan bunday asarni dunyo ta'magirlari g‘animat bilib Usmon raziyallohu anhuni o‘ldirganlaridan so‘ng qo‘zg‘ab harakatga solib yubordilar Bunday qo‘zg‘ashni shaxsiy yoki yakka suratda emas, balki ommaviy suratda ancha jiddiy ravishda avj olishga erishdilar. Natijada o‘tgan voqea yuz berdi, dedilar.
Ba'zi bir rivoyatlarda esa bu hodisa quyidagacha tartibda aks ettirilgan: Bir kuni Rasululloh alayhissalom Oyisha onamiz oldilarida boshlarini egib turar, Oyisha onamiz esa muborak boshlarini yuvayotgan edilar. Yonlarida Ummul mo‘‘minin Ummu Salama esa xurmo bilan sutni aralashtirib har ikkovlariga taom tayyorlayotgan edilar. Shunda Rasululloh hazratlari birdan: «Men sizlardan biringiz dumli tuya sohibi, Havoib suvining itlarini xurdiradigan va natijada to‘g‘ri yo‘ldan toyadiganingiz qay biringiz bo‘ladi, bilolmayman», dedilar. Bu so‘zni eshitgan zahotlariyoq Ummu Salama taomdan qo‘llarini qo‘rquvga to‘la holda ko‘tarib, shoshilgan holda «men shunday bo‘lishdan Ollohdan hamda uning Rasulidan panoh tilayman», dedilar. Rasuli Akram hazratlari ularga qarab: «menimcha sizlardan bittangiz Havoib itlarini xurdirsangiz kerak,- dedilarda, kaftlari bilan Oyisha onaning orqalariga urib:- «Ey humayra, shunday bo‘lishlikdan ehtiyot bo‘ling», dedilar. Biroq Oyisha onamiz shunday bo‘ldilar. Ollohning taqdir sahifasiga yozganlarini bo‘lmoqligidan na ehtiyot qildirishlik va na ogohlantirishlik to‘sib qo‘ya oldi. Lekin mana shu rivoyatni aytayotgan kishilar bir narsani tashlab ketganlar, u ham bo‘lsa Oyisha onamiz vaqtiki mazkur makonga yetganlarida «ushbu suvning nomi nima?» deb so‘raydilar. Kishilar «Havoib suvi deb» javob berdilar. Ushbu javobini eshitgan Oyisha onamiz: «tezda meni bu yerdan olib ketinglar, Ollohga qasamki, men Havoib sohibasi bo‘lib qolaman», deganlar. Shu payt oldilariga singillarining o‘g‘li Abdulloh ibni Zubayr kelib, Islomda eng birinchi bo‘lib yolg‘ondakam guvohlikni berganlar. Ularning yolgon guvohliklariga ishonib, Oyisha onamiz ularga bo‘ysinib qolganlar. Natijada avvalda tarkib topgan taqdir yuz bergan. Bo‘lar ish bo‘lib o‘tgan.
Hazrati Alini ba'zi bir tarixchilar malomat etib shunday deydilar. Emishki hazrati Ali Usmon qotillarini hibsga olishda sustkashlik qilganlar. Halifalik mansabiga o‘ltirganlaridan so‘ng esa ishni o‘z holiga tashlab qo‘yishlari Oyisha onamizni qattiq achchiqlanishlariga olib keldi va Oyisha onamizni mazkur jinoyatchilarga nisbatan Islom jazo choralaridan chora qo‘llashlikni talab qilib chaqiriqda bo‘lishlariga olib keldi.
Din hamda toza vijdon egasi bo‘lgan tarixchi bunday ishni o‘zicha sharhlashdan tiyilishi kerak edi. Balki ahvolni o‘tmish tarixchilari tushuntirganlaridek tushuntirishlari zarurdir. Hazrati Ali Muhammad alayhissalomning amakivachchalari Fotimai Zahroning erlari, to‘rtinchi halifa, Badr va Husayn urushlarining qahramoni, Haybar qo‘rg‘onini shikastlovchi, Rasululloh alayhissalomga xijrat kechasi o‘z jonini fido etuvchi, bundan tashqari hisobsiz fazilatlarga ega bo‘lish bilan birga, butunlay ma'sum emaslar. U kishi Imom va Mujtahid, demak to‘g‘ri ijtihod qilgan bo‘lsalar, cheksiz ajrga ega bo‘ladilar va agar xato ijtihod etgan bo‘lsalar, unda bitta ajrga ega bo‘ladilar. Oyisha onamizning ham shu kabi juda ko‘p buyuk fazilatlari bo‘lgan. Bunday ishlarda to‘g‘ri hukm chiqarishlik mumkin ham emas, chiqarib ham bo‘lmaydi. Eng yaxshisi bunday holatda ishni g‘ayblarini biluvchi, yeru-osmonda hech narsa unga maxfiy bo‘lolmaydigan zotga topshirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Bunday mushkul shakli masalalarda fikr bildirishdan to‘xtab, ishni Olloh taolo va taborakka topshirishlikda juda katta hikmatlar bordur. Eng to‘g‘ri yo‘l ham shudir. Olloh talo karamallohu vajhahudan rozi bo‘lsun. Oyisha onamizdan ham rozi bo‘lsun. Har ikkovlarini Olloh uchun g‘azablanadigan havmlar mukofoti kabi mukofotlar ila mukofotlansun. Omin.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 18:03:27
SAFIN VOQEASI
Hazrati Ali Jamal voqeasidan hanuz tinib-tinchimay turib yana yangidan Muoviya ibni Abu Sufyon Shom qo‘shnida hazrati Aliga qarshi dushmanlik uyg‘otib u zotga qarshi kurashga otlantirayotganligining xabari kelib qoldi. Muoviya askarlarga juda ham saxiylik bilan sovg‘alar ulashib o‘z tomoniga og‘dirib oladi. Ular ichida Aliga qarshi fitna shu darajada yurgiziladiki, hatto Ali Usmon (r. a.)ning xunlarini o‘z vaqtida olmaganlari yetmaganiday bunga qo‘shimcha ravishda hazrati Usmonni qatl etishda ishtirok etgan ibni Sabo' qo‘shinini o‘ziga birlashtirib olganligi uchun ham mas'uldir, degan da'voga ularda qanoat hosil qildirdi. Albatta, bunday mish-mishlar askarlar orasida o‘zining yomon ta'sirini ko‘rgazmay qolmadi. Mazkur mash'um xabar hazrati Aliga yetib ma'lum bo‘lgach, u janob Jarir ibni Abdullohni qo‘llariga maktub berib Muoviya tomonga jo‘natdilar. Maktubda muhojirlar bilan ansorlar hazrati Aliga to‘la quvvatlangan holda bay'at berganlarining xabari hamda Talxa bilan Zubayr bay'at etganlaridan keyin bay'atlarini buzganliklari va oqibatda Jamal voqeasida xunuk holatda o‘ldirilganliklarining xabari bayon etilib, oxirida esa Muoviyani hazrati Aliga bay'at berishlikka chaqiriq bilan tugatilgan edi. Hazrati Aliga bay'at qilmagan voliylardan yagona Muoviyaning o‘zi qolgan edi. O'zga barcha viloyat boshliqlarining hammasi bay'at berib bo‘lgan edi. Muoviya hazrati Alining maktublari qo‘liga tekkanidan keyin esa bir hiyla ishlatishlikni qasd etdi. Alining elchilariga javob berishni keyinga surib, «men yaxshilab o‘ylab olishim kerak», deb chalg‘itib o‘zi esa Amr ibni Osni chorlab maktub yozib yubordi. Maktubni olganlaridan so‘ng, Amr ibni Os Muoviyaning oldiga yetib keladilar. Muoviya Amrdan «hazrati Ali xususlarida nima qilishim kerak», deb maslahat so‘raydi. Amr ibni Os Muoviyaga: «Siz Alidan Usmonning qasosini talab eting, mabodo Ali bunga rozi bo‘lmasa, unda Aliga qarshi Shom lashkarlari yordamida urush oching», deya maslahat so‘raydilar. Ushbu rivoyatda aytilgan:
Amr ibni Os Muoviya Usmon to‘g‘rilarida hech narsa demay maslahat berganlar. Buni Ya'kubiy rivoyat etganlar. Bu rivoyatlardan qaysi biri to‘g‘riroqligi noma'lum. Biroq, hazrati Alining elchilari Muoviya qoshlaridan Muoviya Aliga qarshi Shom qo‘shnini tayyorlayotganligi xabarini olib kelganlar. Xabar mazmuni ushbu edi: Muoviya Shom askarlari ichida hamiyatni qo‘zg‘ashlik uchun Usmonning qonga belangan kuylaklarini hamda xotinlarining panjalarini Damashq minbariga bayroq qilib ostirib qo‘yadi. Askarlarga juda ko‘p sovg‘alar berib ularni o‘ziga og‘dirib olganidan so‘ng esa mana bu mazmundagi xatni ular ichida o‘qib eshitdirgandi. Go‘yo ular Usmonning o‘chini olish uchun jang qilar emishlar.
Hazrati Ali ham 37-hijriy yilning 25-shavval oyida to‘qson ming askar bilan birgalikda Safin degan joyga qarab yurdilar. Muoviya ham sakson besh ming askar bilan Frot daryosining sohiliga kelib tushdilar. Muoviya askarlari Ali askarlari bilan daryoning o‘rtasini to‘sib qo‘ydilar. Askarlar qarorgohlariga o‘rnashgandan ikki kun o‘tib hazrati Ali Muoviya tomonlariga elchi yubordilar. Muoviyani birlashishga, hamda Islom jamoatiga kirishlikka chaqiradilar. Muharram oyining oxirgi kuniga qadar ikki o‘rtada tinchlik shartnomasi tuzildi. Biroq ikki toifa o‘rtasida urush alangasini butunlay to‘xtatishlikka muvaffaq bo‘lolmadilar. Safar oyi kirib, o‘rtadagi shartnoma vaqti bitishi bilan ikki orada urush boshlanib ketdi. Jang benihoya qizidi. Shu paytda Ammor ibni Yosir Muoviya askarlarning bir qanchalariga to‘satdan hujum etib, ularning barchasini tig‘dan o‘tkazdilar. Bu ishni ko‘rgan Ali askarlari g‘ayratga kirib, dushmanlariga qarshi qattiq hujumga o‘tdilar. Muoviya askarlari sarosima ichida qoldilar. Agar shu vaqtda Amr ibni Os bir xiyla ishlatmaganda edi, albatta, Ali askarlari g‘alabaga erishgan bo‘lardilar. Chunki Muoviya askarlari chekinishga tushay deb qolgandilar. Biroq shu paytda Amr ibni Os qo‘llarida Kur'onni ko‘tarib Qur'on hukmiga itoat etishga har ikki toifani chaqirgan bo‘ldilar. Buni ko‘rib Alining askarlari o‘rtasida ixtilof paydo bo‘ldi. Iroqliklar «Ollohning kitobiga javob berishimiz kerak», dedilar. Hazrati Ali ularga: «Bu ish bir aldamchiliqdur, xolos, sizlar bunga ishonib naqd g‘alabani qo‘ldan chiqarmanglar. Ular bu bilan sizlarning birligingizga barbod bermoqchilar», deb tushuntirdilar. Biroq ular o‘z so‘zlarida mahkam turib olib, Alining so‘zlariga e'tibor bermadilar. Muoviyaning‘ chaqiriqlarini qabul etishimiz kerak, deb qattiq oyoq tirab turib oldilar. Sarkardalari Ashtar ibni Molikga urushni to‘xtatish to‘g‘risida hukm berib odam yuborishga hazrat Alini majbur qildilar. Ashtar ibni Molik g‘alabani qo‘lga kiritay deb turgan bir holida bunday hukm kelganini ko‘rib majburan urushni to‘xtatdi.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 18:03:56
HAKAMLAR MUHOKAMASI

Ikki o‘rtadagi qonli urush tindi. Shundan keyin Ali Muoviyaning qanday fikrda ekanliklarini bilishlik uchun oldilariga elchi yubordilar. Elchi Muoviyaga hazrati Alining takliflarini yetkazdi. U quyidagi mazmunda edi: Bizlar ham, sizlar ham Olloh taolo kitobida buyurgan amriga imtisol ko‘rguzaylik. Sizlar o‘zingiz rozi bo‘lgan shaxsni yuboringlar. Bizlar ham o‘zimizdan odam yuboramiz. Keyin ularga Ollohning amriga binoan ish yuritishlarini topshiramiz. Muoviya bunga rozimiz deb javob berdilar. Muoviya o‘tkir siyosat yurgiza oluvchi Amr ibni Osni tanlaydilar.
Avvalda ham osongina aldangan Iroq ahli esa hazrati Alidan Abu Muso Ash'ariyni mazkur ishga vakil qilib tayinlashlarini qattiq turib so‘raydilar. Hazrati Ali ularga qarab: «Sizlar avvalda ham menga osiylik qiddingizlar. Endilikda keling, osiylik qilmanglar», deydilar va Jamal voqeasida Abu Musoning odamlarni o‘z holiga tashlab ketganliklarini hamda u kishi mohir quv odam bo‘lgan Amr ibni Osga nisbatan nihoyatda sodda, go‘l odam ekanliklarini ochiq suratda tushuntirdilar. Abu Muso Ash'ariy Amr ibni Os bilan so‘z yuritib to‘g‘ri xulosaga kelolmasliklarini ularga aytib, «shuning uchun men o‘z vakolatimni Abu Musoga topshira olmayman», dedilar. Biroq Iroq ahli o‘z so‘zlarida qattiq turib oldilar. Bu holni ko‘rib hazrati Ali ichlarida afsus va nadomat-la ularning ra'ylarini majburan qabul qildilar. Hazrati Ali to‘rt yuz kishidan iborat guruh bilan ularga bosh vakil qilib Abu Muso Ash'ariyni, Muoviya esa u ham shuncha odamga bosh vakil qilib Amr ibni Osni mazkur o‘ttiz sakkizinchi hijriyning ramazon oyida muhokama yurgizyshlik uchun Dumatil jandal degan yerga yubordilar. Bu yerda Abu Muso va Amr ibni Os o‘rtalarida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan qattiq muhokama bo‘ldi.
Amr ibni Os Abu Muso Ash'ariyning har xil tilyog‘lama gaplar bilan aldashga kirishdi. Oxirida «aytgan gaplarimizni yozdirib qo‘yaylik», degan qarorga kelishdi. Ollohning kitobi hakam bo‘ladigan bo‘ldi. Ikki hakam Ollohning kitobiga binoan, qanday fikrga kelsalar, har ikki guruh mana shu ular ittifoq qilishgan fikrga yuradigan bo‘ldilar. Oxirgi ikki hakamning oxirgi yuzma-yuz uchrashadigan vaqti kelganda, Abdulloh ibni Abbos Abu Musoga qarab: Ey Abu Muso, sen agar o‘zingning kim ekanligangni unutsang xam, biroq, hazrati Aliga bay'at qilganlar Abu Bakrga, Umarga, hamda Usmonga bay'at qilgan kishilar ekanliklarini unutmagin. Hazrati Alida uni xalifalik mansabidan uzoqlashtiradigan hech bir xislat yo‘qligini, Muoviyada esa xalifalik mansabiga yaqinlashtiradigan hech bir xislat yo‘qligini esingdan chiqarmagin. Sen yana Amr ibni Osning xiyla tuzog‘iga ilinib qolmagin», deb qattiq tayinladilar. Ikki o‘rtadagi uchrashuv o‘sha yili ramazon oyida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Amr ibni Os Abu Musoni yumshoq so‘zlar, maqtovli gaplar bilan asta o‘zlari tomonga og‘dirib olishga kirishdi. Zero, Amr hech qanday munozaraga va gapning ko‘payib ketishiga tarafdor emasdi. O'rtada bir kotibni chaqirib olib, olib borilayotgan munozara bahsini yozib borishlikka ittifoq etdilar. Oxirida yozilgan maktub «Biz Alining Usmonni o‘ldirishlikda ishtirok etganlariga hujjat keltiramiz», degan so‘z bilan tugadi. Abu Muso «Bu ish Islomda yangalik bo‘ldi, bizlar bu yerga Muhammad ummatini Olloh tezda yana ahvolni sulhga keltiradigan bir ish qilishga yig‘ildik, dedilar. Amr ibni Os u kishidan «Bu nima deganingaz?» deb so‘radilar. Shunda Abu Muso: «Iroq ahli Muoviyani yaxshi ko‘rmaydilar. Shomliklar esa Alini do‘st tutmaydilar. Shunday bo‘lgach, biz har ikkisini mansabdan bo‘shatsak-da, o‘rniga Abulloh ibni Umarni tavsiya etsak», dedilar. Amr Abu Musodan bu gapni eshitib u kishining ra'yini to‘g‘irlashga qasd etdi. Abdulloh ibni Umarni saylanishiga qarshi chiqdi. Abu Musoga bir necha sahobalarning nomlarini aytib mana shulardan birlarini xalifalikka tavsiya etishlarini so‘radilar. Abu Muso Abdulloh, ibni Umardan boshqa kishini xalifalikka tavsiya etilishiga rozi bo‘lmadilar.
Amr, saxifaga har ikkovlari o‘z qo‘llarini qo‘yib imzo chekkanlaridan keyin taxlab qo‘ydilar. Keyin Abu Musoga bir necha xalifalikka nomzod etib nomlarini aytganlaridan so‘ng u kishi rozi bo‘lmagach, «xo‘p, o‘zingizni ra'yingiz nima?», deb so‘radi. Abu Muso Amr ibni Osga qarab: «Mening ra'yim har ikkovlarini ham mansabdan olib tashlash, keyin xalifalikka nomzod ko‘rsatib saylashlikni musulmonlar ixtiyoriga bersak, xohlagan kishilarini o‘zlariga xalifa etib saylab olsalar», dedilar. Amr bu gapni eshitib, «mening ra'yim ham sizning ra'yingiz kabidur. Demak, endi tashqariga chiqib odamlarga qarab «biz ittifoqga kelishdik», deb e'lon eting», dedi.
Shundan so‘ng Abu Muso o‘rnilaridan turib: «Mening bilan Amrning ra'yimiz bir ish ustida to‘xtadi. Umid etamanki, shoyad Olloh buning bilan Islom millatini hozirgi tang ahvolidan qutqazib najot baxsh yo‘lini ko‘rguzsa», Abu Musoning gaplarini Amr, to‘g‘ri aytayapti, deb tasdiqladilar. Keyin Abu Musoga qarab: «Ey Abu Muso, oldinga chiqing va odamlarga fikringizni ayting», dedilar. Abu Muso oldinga chiqib ketayotganlarida Abdulloh ibni Abbos orqalaridan yetib kelib, u kishini to‘xtatib: «Ey Abu Muso, gumonimcha seni Amr aldaganga o‘xshaydi, agar biror fikrda ikkovlaringiz qaror qilgan bo‘lsanglar, unda avval Amr chiqib so‘zlasin, keyin esa siz so‘zlang», dedilar, lekin Abu Muso ushbu nasihatga quloq solmay chiqib ketdilar. Odamlarga qarab: «Ey odamlar, men va Amr ibni Os, Ali bilan Muoviyani o‘z vazifalaridan olib tashlashlikka qaror qildik, Millatning o‘zi bu ishni ko‘rib chiqishga ittifoq etdik. Ular ichlarida o‘zlari sevgan va ishongan kishilarini o‘zlariga xalifa etib saylab olaversinlar. Men Ali bilan Muoviyani o‘z vazifalaridan bo‘shatdim», dedilar. Abu Muso so‘zlarini tugatib bo‘lgach, Amr ham o‘rnilaridan turib xalqqa qarab: «Ey odamlar, o‘zlaringiz eshittingizki, bu odam o‘zining sohibini ishdan bo‘shatdi. Men ham uni ishdan bo‘shatdim. Ammo o‘zimning sohibimni esa amalida qoldirdim. Chunki u Usmon tayinlagan voliylardandur, hamda Usmonning hukmlarini talabgoridur», dedi.
Kutilmagan bu gapdan so‘ng ikki o‘rtada qattiq to‘qnashuv bo‘ldi. Lekin vaqt o‘tgan edi. Abu Muso xijolat chekkanlaridan Makkaga qarab ketdilar. Shom ahli ham o‘z joylariga jo‘nadi. Xalifalikni Muoviyaga topshirdilar. Muoviya Shomga g‘alaba qilgan holida muzaffarona qadamlar bilan qaytib ketdi. Hazrati Ali esa o‘z askarlari oldida ularning ichida fasod oralagan holda qaytib ketdilar.
Mana shundan keyin askar ichida bir guruhi o‘zini «Havorijlar» deb atab bir-birlarini so‘kishib, ajralib chiqib ketdi. Islomdagi eng birinchi o‘zini «Havorij partiya» deb atagan guruhning ajralib chiqishligi yangi guruhlar paydo bo‘lishligining boshlanmasi edi.
Ular avvalda Aliga yordam uchun to‘plangan edilar. O'rtalaridagi chiqarilgan hukm shartnomasidan keyin esa, Alini tashlab chetga chiqib ketdilar. Ushbu guruh tarafdorlari Basra va Qufa aholisidan tashkil topgandi. Ular Ali askarlaridan ajralib chiqib o‘zlariga Abdulloh ibni Rasmiyni xalifa etib saylab oldilar. Ular o‘z ra'ylariga qarshi chiqqan yangi xalifalarni tan olmagan kishilarni o‘ldirishga kirishdilar. Usmon hamda Alini la'natlay boshladilar. Mamlakatda turli fasotlar qo‘zg‘ab har tomonga yoya boshladilar. Hazrati Ali ularni tinchitish uchun askarlarni qurollantirib jang qilishga majbur bo‘ldilar. Ularga qarshi urushib, ularni butunlay tor-mor keltirdilar. Keyin Ali askarlarini Shomga qarshi yurish boshlashga da'vat etdilar. Askarlar urushdan nihoyatda charchaganlari uchun Alidan bir oz vaqtga muhlat so‘radilar, hazrati Ali muhlat berdilar va «hammangiz o‘zingizni urushga tayyorlanglar hamda shomliklar bilan ishini bir yoqli etmaguncha hech kim o‘z ahli yoniga bormasun», deb buyruq berdilar. Lekin ular asta sekin bittadan bo‘lib Qufaga ketib qolish-di. Qarorgoh butunlay bo‘shab qoldi. Muoviya Ali askarlari ichida yuz bergan bunday parokandalikdan foydalanib Amr ibni Osni o‘zi tomonidan Misrga voliy etib tayinladi. Amr Misrga qo‘shin bilan borib uni o‘ziga bo‘ysindirdi, shundan keyin Muoviya Misrni butunlay Amr ibni Osga topshirdi. Misrga Ali tayinlagan voliylar bo‘shatildi.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 18:04:23
ALINING SHAHID BO'LISHLARI

Xavojirlar ochiqdan-ochiq va pinhona ham turli suiqasdlarni uyushtirishning tadbirlarini ko‘ra boshladilar. Kunlaridan bir kuni xavojirlardan uch kishi bir yerga to‘planib o‘zaro maslahat qilib har uchchala boshliqni, ya'ni hazrat Alini, Muoviyani hamda Amr ibni Osni o‘ldirishga qaror qildilar. Bular Abdurahmon ibni Maljam, Barq ibni Abdulloh va Umar ibni Abu Bakr nomli shaxslar edilar. Har uchchalasi bir kunga va'dalashib uch tomonga, a'ni Abdurahmon ibn Maljam hazrati Alini o‘ldirgani Qufaga, Barq ibni Abdulloh Muoviyani o‘ldirgani Shomga, Umar ibni Abu Bakr esa Amrni qatl etgani Misrga jo‘nab ketdilar. Va'dalashilgan kuni ertalab ya'ni 40 hijriy yilining 17-ramazon jum'a kuni Barq ibni Abdulloh Muoviyaga pichoq sanchadi. Biroq pichoq uning dumbasiga tekkanligi sababli, Muoviya o‘lmay qoladi. Barq ushlanib o‘ldirib yuboriladi. Umar ibni Abu Bakr esa Misrga borib Amr ibni Osga pichoq urdim deb o‘ylab, u kishini o‘rniga Amr kasalliklari sababli namozga imom bo‘lgan Xorija ibni Hubaybni o‘ldirib qo‘yadi. Abdurahmon Qufaga keladi. U yerda qufalik oshnalari bilan uchrashadi. Ular uni yashirib qo‘yadilar. Abdurahmon ularning ichida bir ayol bilan uchrashib qoladi. Uning ismi Fitom edi. U ayol benihoya go‘zal bo‘lganligidan ibni Maljam uni o‘ziga xotinlikka so‘raydi. Ayol ibni Maljamga «Bir necha shartlarim bor, agar bajarsang tegaman» deydi. Ibni Maljam ayoldan «qanday shartlaring bor» deb so‘raydi. Uning otasini, akasini Ali o‘ldirib yuborgan edilar. «Birinchi shartim, menga uch ming dirham pul berasan, ikkinchisi esa, Alini o‘ldirasan» deydi. Ibni Maljam uning qo‘ygan shartlarini qabul qiladi. Shundan keyin ayol unga yordam beradigan odam ham topib beradi. O'zining qavmidan Vardon ismli odamni uning oldiga yuboradi Vardon ibni Maljamning aytganlarini qabul qiladi. Va'dalashilgan kuni ertalab Vardon bilan ibni Maljam masjidga kirib hazrati Ali kiradigan eshiklarning yoniga kelib o‘ltiradilar. Hazrati Ali ertalabki namozga eshikdan kirayotgan vaqtlarida Vardon qilich bilan bexosdan uradi. Ali eshikni yondarasiga ag‘darilib tushadilar. Shu pallada ibni Maljam ham Alining qornilariga qilich bilan uradi va «Ey Ali, xokimiyat senga ham va seni ashoblaringga ham emas hokimiyat Ollohga» deb aytadi.
Vardon qochib qutilmoqchi bo‘ladi, biroq kimdir uni ushlab olib o‘ldirib tashlaydi. Hazrati Ali o‘rnilariga Ja'ada ibni Xubayrani namozga o‘tkazadilar. Ibni Maljamni tutib, bog‘lab qo‘yadilar. Hazrati Ali keyin odamlarga qarab: «jonga - jon, qonga - qon, agar o‘lib ketsam, uni ham meni qanday o‘ldirgan bo‘lsa, shunday o‘ldirib yuboringlar. Agar tirik qolsam, unda o‘zim nima qilishlikni o‘ylab ko‘raman. Ey Bani Abdul Mutallib, amiral mo‘‘mininni o‘ldirdilar, degan bahona bilan musulmonlarning qonlarini to‘kmanglar va sho‘ng‘imanglar. Meni faqat bir qotil o‘ldirdi, xolos. Ey Hasan, menga qaranglar, mana shu zarba sababli, men o‘lsam uni xuddi shunday zarba bilan o‘ldiringlar. Zero, men Rasululloh alayhissalomdan «qiynab o‘ldirishdan saqlaninglar, agarda quturgan it bo‘lsa ham» deganlarini eshitganman», dedilar. Alining huzurlariga Jund ibni Abdulloh kirib «Ey amiral mo‘‘minin, agar siz bizni yo‘qotayottan bo‘lsangiz ham biz sizni yo‘qotmasmiz, o‘g‘lingiz Hasanga bay'at qilamiz», dedilar. Hazrati Ali unga qarab: «men tavsiya ham qilmayman, ma'n ham etmayman, o‘zlaringiz o‘ylab ko‘rasiz», deb javob beradilar. Keyin Hasan bilan Husaynni chaqiradilar: Ularga qarab: «Ey aziz farzandlarim, men sizlarga Ollohdan taqvo qilishga tavsiya etaman. Dunyoga aldanib qolmanglar. Yo‘qotgan narsalaring uchun dard chekib yig‘lamanglar. Doimo haqni gapirishga odat etinglar. Bechoralarga rahm-shafqat qilinglar. Bechoralarga yordam beringlar, oxirat harakatida bo‘linglar. Zolimga dushman, mazlumga esa yordamchi bo‘linglar. Ollohning kitobida buyurilgan narsalar bilan amal qilinglar. Sizlarni malomatchilar malomati Olloh haqida rost so‘zlashdan to‘xtatib qo‘ymasun», dedilar.
Keyin Muhammad ibni Xanafiyga qarab: «mening akalaringizga qilayotgan vasiyatlarimni siz ham esingizda saqlab turasizmi?», dedilar. U kishi «ha» deb javob berdilar. Hazrati Ali u kishiga qarab: «men sizga akalaringizga qilganim kabi vasiyat qilaman. Yana akalaringizni hurmat qiling, ularning ishlarini o‘zingizga o‘rnak eting hamda ularning maslahatisiz o‘zingizcha biror ish qilmang, deb vasiyat etaman», dedilar. Keyin yana Hasan va Husaynga qarab: «Sizlar ukangizni ehtiyot qilinglar, uni otangiz yaxshi ko‘rishini esdan chiqarmanglar», dedilar. Yana imom Hasanga boqib: «Ey o‘g‘ilcham, Ollohdan qo‘rqing, deb; namozni o‘z vaqtida ado eting, deb; taxoratni chiroyli-chiroyli qilib kamoliga yetkazib qiling, deb; zero, namoz taxoratda bo‘ladi, zakotni o‘z mahalida bering, deb vasiyat qilaman. Yana sizga birovlarning gunohini kechiring, deb achchig‘ingizni yuting, siylayi-rahm qiling, johillarni hilim ila qarshi oling, dinni yaxshi o‘rganing - har bir ishda barqaror turing, deb; Qur'onga hamkor bo‘ling, deb; qo‘shnilar bilan xushmuomalada yashang, deb; yaxshi ishlarni qilishga odamlarni buyuring, deb; yomon nojo‘yaliklardan tiyiling, deb; yaramas kirdikorlardan saqlaning, deb tavsiya etaman», dedilar.
Shundan keyin to jonlari jasadlaridan chiqqunga qadar Ollohning zikrida bo‘lib turdilar. Vafot bo‘lganlaridan keyin u janobni o‘g‘illari imom Hasan va Husayn hamda amakivachchalari Abdulloh ibn Ja'far yuvdilar, keyin kafanladilar. Ha.
Hazrati Ali (r. a.) xalifalik mansabida to‘rt yilu yetti oy davomida turdilar. Uz zotning xalifalik kunlari Olloh taolo va taborak Islom millatiga turli ixtilof hamda qiyinchiliklar ila sinashni ixtiyor etgan davriga to‘g‘ri keldi. Butun xalifalik davrlari o‘zaro ichki kelishmovchilinlarni bartaraf etishlikka harakati bilan o‘tib ketdi. Bu davrda biron bir muhim voqea ro‘y bergani yo‘q.
Hazrati Ali shahidlik jomini ichgach Qufa ahli katta o‘g‘illari imom Hasanga bay'at qildilar. Imom Hasanga birinchi bo‘lib bay'at etgan kishi Hays ibni Sa'd ibni Uboda bo‘ldilar. U kishi imom Hasanga qarab: «Qo‘lingizni uzating, men sizni Ollohning kitobiga va Rasulining sunnatiga binoan hamda mahalliylarga qarshi jang qilishlikga bay'at etaman» dedilar. Uning bu gapiga qarshi imom Hasan «Ollohning kitobiga hamda uning Rasulining sunnatiga binoan bay'at berishlikni» o‘zi kifoya bo‘ladi. Zero, har ikkisi qolgan hamma shartlarni o‘z ichiga olgandir», dedilar. Keyin qolgan odamlar ham mana shu shartga binoan imom Hasanga bay'at qildilar.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 18:04:54
IMOM HASAN

U kishi Ali ibni Abu Tolibning o‘g‘illaridurlar. Volidai muhtaramalari Rasululloh alayhissalomning sevikli qizlari Fotimai Zahrodurlar. O'zlari hijratning uchinchi yili Madinai Munavvarada dunyoga kelganlar. Imom Hasan Rasuli akram hazratlariga ko‘rinishda o‘xshaydigan kishi edilar. Rasululloh. alayhissalom u zotni hamda inilari Husaynni benihoya sevar edilar.
Imom Hasan haqlarida Rasululloh «Ey Olloh, men Hasanni do‘st tutaman, sen ham uni do‘st tutgin va uni do‘st tutadigan kishini sevikli qilgin», deb duo qilgan edilar. Shu kabi yana Buxoriyning sahifalarida rivoyat qilingan hadisdan ham Rasululloh Hasan haqlarida shunday degan edilar «Mening bu nabiram sayiddur. Shoyad Olloh, buning sababi-la ikki buyuk mo‘min toifaning o‘rtasini islohga keltirsa». Yosh go‘dak bo‘lganliklari sababli Rasululloh alayhissalom qilgan g‘azotlarining birontasida ham qatnashmagan. Rasululloh alayhissalom vafot etganlarida endigana yetti yoshdan sal o‘tgandilar. Umar ibni Hattob kishilarga moyana tayin etgan vaqtlarida Hasanni Rasulullohning hurmatlaridan Basrada qatnashgan kishilar qatoriga kirgazgandilar. Isyon vaqtida Usmon (r. a.) ni mudofaa qilgan kishilar ichida edilar. Usmonning mudofaalarida isyonchilarga qarshi jasurona kurashganlar. Hatto Usmon (r. a.) ning o‘zlarini «qo‘ying, deb to‘xtatib qo‘yganlari Amiral mo‘‘minin hazrati Aliga bay'at qilganligidan boshlab to umrlarining oxirigacha butun jangu jadallarda Ali bilan birga bo‘lganlar. Hazrati Ali shahid etilgach, Alining tarafdorlari bir og‘izdan Imom Hasanga bay'at qilishga ittifoq etganlar. Imom Hasanning bir necha xotinlaridan ko‘pgina bolalari bo‘lgan. O'zlaridan keyin faqat Hasanul Musanno va Zayt nomli o‘g‘illari hayot qolgan, xolos.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 18:05:33
XALIFALIK DAVRIDA TUTGAN ISHLARI
Imom Hasanga bay'at qilingan paytda otalari shomliklar bilan jang qilishlik uchun kattagina qo‘shinni jihozlab qo‘ygan edilar. Hasan ham otalari qasd qilgan ishni oxiriga yetkazishlik niyatida mazkur tayyorlangan qo‘shinni jangovar holga keltirishga buyurdilar. Qays ibni Sa'dni esa lashkar bilan oldinga jo‘nashga amr etdilar. Ammo Olloh subxonahu va taolo Rasuli Akram salallohu alayhi vassallamning Hasan to‘g‘rilarida oldindan bergan xabarlarini haqiqatga aylantirishni xohladi-da, u janobga to‘g‘ri yo‘lni ilhom qildi. Zero, imom Hasan kishilarning o‘zlariga bergan bay'atlarini o‘ylab tekshirib qaradilar. U bay'at otalariniki kabi emasligiga aqllari yetdi. Zero, bay'at umum ittifoqla amalga oshirilgan bo‘lmay faqatgana Alining tarafdorlari bo‘lgan iroqliklar tomonidan berilgandi, xolos. Boshqa tomondan ham o‘ylab qarasak o‘zaro tortishuv bo‘lgan Iroq ahli yordamida hech qanday kuchli bir davlatni paydo bo‘lishi ham mushkul edi. Bundan ular ichidagi har xil kelishmovchiliklar oxiri ehtimolki, u janobni egallagan mansablaridan bir kuni mahrum etishligi mumkin. Mana shu sabablarni hisobga olgan imom Hasan bir necha shartlarni qo‘yib, sulh tuzishlikni taklif etgan holda Muoviyaga elchi orqali maktub yubordilar. Muoviya ham o‘z o‘rnida imom Hasanga osti imzolanib, muhr urilgan oq qog‘ozni yuborib, «mazkur qog‘ozga nimani shart qilishni istasangiz yozib yuboring», dedilar. Imom Hasan mazkur qog‘ozga bir necha shartlarni yozib yubordilar. Shartlardan eng muhimi o‘zlarini hamda lashkarini va otalarining tarafdorlarini hayotlarini saqlashlikni ta'minlash edi. Muoviya imom Hasan qo‘ygan hamma narsa va shartlarni so‘zsiz qabul qildilar va o‘zlari Iroqga keldilar. Imom Hasan Muoviyani ochiq yuz bilan istiqboliga chiqdilar va kutib oldilar. O'zlari hamda butkul lashkarlari Muoviyaga bay'at berdilar. Mana shu qilgan ishlari bilan Rasululloh hazratlarining «Bu o‘g‘lim sayyiddur, buning sababi-la ikki buyuk mo‘‘min toifaning o‘rtasi sulhga keladi» deb aytgan muborak bashoratlarini amalda isbot etdilar. Imom Hasanning Muoviyaga davlatni topshirishlari sababli Xulafoi roshidin davlatining ikkinchi davri bo‘lgan fitnalar avj olgan davri tugadi. Bu davrning boshlanishi isyonchilarning Usmonga qarshi qo‘zg‘olonlaridan bo‘lsa, nihoyasi imom Hasanning davlatni o‘z qo‘llari  bilan topshirishlari tufayli bo‘ldi. Mazkur fitna o‘n yillar davom etdi. Agar mana shunday qattiq fitna o‘zga bir davlat ichida ro‘y berganda edi, albatta o‘sha davlat tagtomiridan sug‘irilib butunlay inqirozga uchragan bo‘lurdi. Lekin Olloh subhonahu va taolo o‘zining qavmi diniga inoyat ko‘zi bilan qaragani sababli uning ahllari kalimasini yana birlashtirdi. O'zi va'da qilganidek uni yo‘q bo‘lib ketishliqdan saqlab qoldi. Olloh subhonahu va taolo bandalari uchun rozi bo‘lib tanlagan bu din to dunyo hayoti tugagunga qadar davom etadi. Gohida avjlangan kabi olamga nuri yorqinroq ko‘rinsa, gohida Ollohning hikamati-la avji pastlangan kabi dunyoda nuri barqsiz ko‘ringanday bo‘ladi. Bundan kofirlar endi din tugaydigan bo‘ldi, nuri o‘ngashga boshladi, deb o‘ylab, ichlarida shodlanishga tushdilar. Aslida ular o‘ylagani kabi nuri so‘nishga yuz tutgan bo‘lmaydi. Zero, butun mavjudodning yaratguvchisi hamda egasi bo‘lgan Olloh buni har qanday burulishdan, yo‘qolishdan saqlashlikni o‘z zimmasiga olgandur. Kofirlar shodlanib dinni endilikda butunlay yer yuzidan supurilib ketishligi muqarrar bo‘lib qoldi, deya olamga jar solib turgan bir paytlarida, nogahon ular kutmagan tomondan uning nuri o‘z aksini yangidan ko‘rsatib qoladi. Bundan tashvishga tushib qolgan kofirlar uning nurini yana qaytadan o‘chirishga urinadilar. Biroq buyuk Ollohning balosiga giriftor bo‘lib o‘lib ketadilar. Butun mehnatlari evaziga ega bo‘lgan mukofotlari dunyoda xorlik, oxiratda esa do‘zax degan azob-uqubatlar makoni bo‘ladi.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 18:05:58
HAZRATI ALINING MUBORAK QABRLARI VA MOZORLARI


Hazrati Ali Qufa shahridagi masjidil jome'ning yaqiniga dafn etilganlar. Hozirgi kunda u yerda katta bino va mozorlari bor. Minglab kishilar u joyni ziyorat qilib ibrat va nasihat olishni iltimos qilgani keladilar.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 18:06:24

XOTIMA

Shi'a kitoblarida hazrati Alini nihoyatda ulug‘lab, hatto u zotni muqaddaslashtirib, a'lo darajaga ko‘tarib, u zotga tarafkashlik qilgan hollarida ba'zi bir kamchiliklaridan ko‘z yumib, benihoya maqtovli sifatlar bilan sifatlanganlar. Ali (r. a.) ular maqtayotgan sifatlaridan ko‘ra ham oliyroq va ko‘proq sifatlarga ega ekanliklarida shak-shubha yo‘q. Hazrati Ali kishilikda shunday yuksak insoniylik fazilatlariga ega bo‘lgan edilarki, agar u janobda bo‘lgan mazkur insoniylik fazilat sifatini bir necha minglab odamlarga taqsim etilganda mazkur sifatdan ulush tekkan kimsalar, shubhasiz Ollohning eng ko‘zga ko‘ringan xayrli maxluqlaridan bo‘lardilar. Lekin bunday sifatlar bilan sifatkashlik boshqa narsa, ammo u janobni muqaddaslashtirishlik, nubuvvat martabasiga ko‘tarishlik, ba'zi shi'alar da'vo etayotganlaridek abadiy hayot manbaiga ega qilishlik hamda Abu Bakr va Umardan afzalroq deyishlik esa boshqa narsa. Bu ishlarda biz ularni qo‘llab-quvvatlamaymiz bu to‘g‘rida ular fikriga qo‘shila olmaymiz.
Muoviyani mudofaa etuvchilarning kitoblari esa hazrati Alini so‘kish va turli ta'nalar etish bilan to‘lib ketgan. Shu kabi ulardan shunday jirkanchli rivoyatlar naql etilganki, eshitgan quloqlar dahshatdan hayratga tushadi. Sog‘lom aql, to‘g‘ri tabiat qabul qilishdan bo‘yin tovlaydi. Magar shunday rivoyatlardan birida aytilishi-cha, Muoviyaning oldiga har kuni hazrati Alini badnom qilib so‘kadigan kimsalar to‘planishar ekan. Kishilar hazrati Alini yomonlab so‘kish bilan Muoviyaga yaqinlik hosil qilishar ekan. Minbarlarda va boshqa o‘rinlarda hazrati Aliga eng jirkanchli tuhmatlarni yog‘adiradigan kimsalar Muoviya oldida katta hurmatga ega bo‘lar ekanlar.
Bu yerda yana bir boshqa betaraf jamoat bo‘lib, ular tarix yozmoqlikka qattiq muhabbat qo‘ydilar. Tarixni bir tomondan jiddiy tasvirlash bilan birga yana o‘zlarining tomonlaridan unga tushuntirishlarni ham ilova etib ketdilar. Shu sababli ular ba'zan Ali haq edilar, u janob juda arzimas xatoga yo‘l qo‘ygandilar, xolos deyishsa, o‘zga bir o‘rinda esa Muoviyaning qalbaki ishlarida unga har xil uzrlar keltirishga urinishdan, zero, ularning iddaolariga ko‘ra go‘yo hazrati Ali o‘zlariga Muoviyani bay'at etmaganligani hujjat qiltan holda urushni birinchi boshlaganlar. Zotan, bay'at bermaslik urushni lozim qilmaydi. Chunki Alining o‘zlari ham avvalda Abu Bakrga bay'at berishdan bosh tortgandilar, deyishadi.
Bizning ra'yimizga ko‘ra, Muoviyaning qilgan xatoliklari Alining bu xatoliklari oldida undan bir necha bor kattaroq va xatarliroq bo‘ldi. Agarchi, buyuk gunoh demasak-da, ammo juda ulkan xatolik edi. Muoviyaning Alini so‘kuvchilarning so‘kishlariga quloq solishlarini va Alining dushmanlarini o‘zlariga yaqin tutishlarini qanday izohlasa bo‘ladi? Ummaviyalar bilan Hoshimiylar o‘rtasidagi adovat qadim zamonlardan beri ularning dillariga o‘rnashib ketgan adovat edi. Tarix Olloh taolo va baborakot hazrati Ali uchun Ummaviylardan bir solih xalifani mansabga o‘tqazdi.
U janob Umar ibni Abdulaziz (r. a.) edilar. U kishi xalifalik mansabiga o‘tirishlari bilan birga darhol hazrati Alini minbarda turib haqorat etishlikni bekor qildilar. Uning o‘rniga Qur'oni Karimdan bir necha oyatlarni o‘qishlikni yo‘lga qo‘ydilar. Bu xatolik ham vaqti bylan tuzatildi. Lekin juda ham ulkan bir boshqa xatolik yuz bergan ediki, buni aslo tuzatib ham, kechirib ham bo‘lmasdi. Bu xatolik Muoviyaning ruhiy xalifalik mansabini, o‘g‘il otadan, ini birodaridan meros qilib oladigan vorisiy moliklikka aylantirishlari bo‘ldi. Natijada ruhiy mansab bo‘lgan xalifalik bora-bora dunyoviy ko‘rinish kasb etdi. Endi undan yaqin oshna-og‘aynilar, qarindosh-urug‘lar foydalanadigan narsa bo‘ldi. Buning sababi bilan Islom zaiflashaverdi. Keyin esa turli fikrlarga bo‘linib keta boshladi. Oxirida esa biror Islomiy davlat yoki birodari bilan muttasil bo‘lgan Muhammadiy millat ko‘zga tashlanmaydigan holga kelib yetdi. Bo‘lmasa ayting, qani u bir jasad kabi bo‘lgan mo‘‘minlar? Jasadning biror a'zosi og‘rib qolsa, qolgan a'zolari tunlari uxlamay isitma ila tuzatishga kirishadi. Qani mana shunday Rasululloh ta'rif etganlari kabi Muhammadiy millat?! Birisining boshiga musibat tushsa qolganlari unga yupanch berib tuzatishga kirishish o‘rniga, quvonadigan bo‘lib ketdi-ku!!! Bizni shunday ahvolga tushishligamizning ochiq sabablaridan biri shaksiz Muoviyaning mana shu tutgan yo‘llari bo‘ldi. Toki Olloh bizga boshqa ishni izn etgunga qadar mana shu holatda yashab turamiz. Biroq biz Muoviyani sahoba ekanliklarini, vaxiy kotiblaridan bo‘lganliklarini inkor etmaymiz.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Dekabr 2007, 18:07:10
XULAFOI ROSHIDIN DAVRLARIGA QISQACHA MA'LUMOT

Islom tarixida janobi Rasululloh sallallohu alayhi vassallamdan so‘ng ish boshiga kelgan hazrati Abu Bakr Siddiq, Umar ibni Hattob, Usmon ibni Affon va Ali ibni Abu Tolib raziyallohu anhumlar hukmronlik qilgan vaqtlarini Xulafoi Roshidin davri deb nomlanadi. Asosan, bu muborak davrda janobi Rasululloh alayhissalom Rabbil izzat tomonidan yuborilgan hidoyat nurini yerning bir burchagida yoqqanlaridan keyin mazkur nurni yerning qolgan burchaklariga ham yetkazildi. Madaniy olamdan qum sahrolari bilan ajralib qolgan arab yerlarida yangi aqidaning tuxumi ekilgandi. Mana shu aqida rivojlanib butun yer yuzi aholisiga erishtirilishi uchun Olloh taolo butun madaniy dunyo hayotidan ajralib qolgan arab yerini tanlagandi. Mana shu yerdan aqida porloq nurini butun olam uzra yoyaoldi. Bu narsa Olloh taolo va taborak mazkur yangi aqidani nechog‘lik o‘z rivoyatida va himoyatida asrashligani ko‘rsatadi. Chunki ushbu aqidani avvalo biror katta mamlakatning hukmroni qabul qilib keyin uni boshqalarga ham yuqoridan turib majburan qabul qildirgani yo‘q. Balki hamma teng barobar avvalda mazkur aqidani dunyo xalqlari orasida yoyilishiga to‘sqinlik qildi. Shunga qaramay, «Aqida» oddiy xalq tomonidan qabul qilindi. Aqidani qabul qilganlar boshiga tushgan kunlar tarixdan sizga ma'lumdir. Har qanday bilim va siyosat sohasida yo‘q darajada bo‘lgan oddiy kishilar mana shu aqidani qabul qilishganidan so‘ng siyosat, madaniyat, odamgarchilik, axloq sohalarida shunday yuksak darajaga erishdilarki, dunyo bundayini o‘z tarixida boshidan kechirmagandi. Olam sahnasida hech qanday ahamiyat kasb etmagan oddiy kishilar, madaniyat, axloq sohasidai yiroq holda jo‘ngana turmush kechirayotgan sodda odamlar, mazkur aqidani qabul qilganlaridan keyin nafaqat madaniyat, axloqda yuksak darajani egallash bilan kifoyalanib qoldilar, balki avvalda hech qanday o‘zligi bo‘lmagan kimsalar endilikda aqida barokoti tufayli olamga axloq, madaniyat maydonida namuna bo‘lib qoldilar. Dunyo butunlay jaholat hukmronligi ostiga tushib qolgandi. Mazkur aqidani egallagan zotlar jahonni jaholat huqmronligidan qutqazib nuroniy olamga olib chiqdilar. Hech qanday bosmaxona, radioeshittirish, televidenie bo‘lmagan bir zamonda ular butun dunyo xalqlariga nisbatan juda oz bo‘lgan chorak asr mobaynida o‘zlari ega bo‘lgan bilimlarini yetkaza oldilar. Bularning barchasi Olloh taoloning fazli va fayzi tufayli amalga osha oldi. Nasroniy dinini qabul qilganidan keyin amalga oshdi. Mazkur sultonning jiddi-jahdi bilan nasroniy dini Sharqdan asta-sekinlik bilan G'arb dunyosiga kirib bordi. Hazrati Isoning hayotlik davrlarida bir necha kishilargina dinni qabul qilishgandi, xolos. Mazkur davrdan 400 yil keyingana Rum sultoni nasroniylikni qabul qilishi tufayli, Sulton rioyasi ostida din sifatida shakllanib yuzaga chiqa oldi. Ammo Islomga kelsak, tarixda hech bir dinda ko‘rilmagan qisqa davr ichida biron-bir sulton rioyasi ostida emas, balki oddiy xalq harakati orqasida, Rasululloh alayhissalom hazratlaridan so‘ng chorak asr ichida Sharqda Indoneziyadan tortib G'arbda Ispaniyagacha, Janubda Afrika mamlakatlari bo‘ylab tarqalib bo‘ldi. Islom o‘zining dunyo bo‘ylab tarqalish bosqichida boshqa din va falsafa oqimlari tarqalish jarayonida qilingani kabi odamlarni qo‘rqitib majbur qilib dinga kirgazgani yo‘q. Har kimga dunyoda birinchi bo‘lib vijdon erkinligini berdi. Har kim o‘zi xohlagan va qalbi ishongan dinga itoat etishi mumkin, deya e'lon etdi. Nasroniylar tomonidan ta'qibga uchragan yahudiylarni Islom ozodlikka chiqardi, ularni diniy kamsitilishidan qutqarib oldi. Rum sultoni quvg‘uniga uchragan yahudiylarni Islom o‘z qanoti ostiga olib, panoh berdi. Ularga erkin suratda o‘z dinlariga ibodat qilishlari uchun imkoniyat yaratib berdi. Asrlardan beri doimiy ta'qib ostida ezilgan yahudiylar Islom quchog‘ida panoh topdilar. Mana shu bepoyon mamlakatlarda barpo bo‘lgan Islomiy davlat ham chetki hurujlar va fitnalar hamda ichki kelishmovchiliklar tufayli tez orada parchalanib ketdi. Mazkur davlat o‘rnida yuzlab mustaqil xukumatlar tashkil topdi. Islom ichida ro‘y bergan ushbu holatni ko‘rib G'arb davlatlari Islom olamini yer yuzidan supurib tashlash uchun, xalqlar dilidan Islom ta'limotini chiqarib tashlash uchun fursatni g‘animat bilib umum Salb yurishi e'lon qildi. G'arbdagi hukumatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan salbchilar Islom dunyosiga 990 yil melodiyda ochiqdan-ochiq qurolli hujum boshladilar. Ular juda ko‘p Islomiy xalqlar yashaydigan yerlarni bosib oldilar. Kishilarni Islom dinidan chiqarishlik uchun qo‘llaridan kelgan hamma harakatlarni qilib ko‘rdilar. Biroq hech narsaga erisha olmay, Islom dunyosidan xorlarcha qochib chiqib ketdilar. Lekin bu bilan ularni Islomga bo‘lgan qarshi harakatlari tingani yo‘q. Ular har doim Islomga zarba urish uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqdalar. Tashqi tomondan qurolli harakatlari muvaffaqiyat topolmagach, ular ichki tomondan Islom dunyosini buzishga kirishdilar. Ichki fitnalar uyushtirdilar. Islom xalqlari orasida o‘zlarining zaharli ta'limotlarini tarqatishlik uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan kishilarni tayerlab, ularni musulmon xalqlari o‘rtasiga nifoq solishlikka yubordilar. Ularning harakatlari ahli Islom orasida o‘z ta'sirini qoldirdi. Juda uzoq tayyorgarlikdan so‘ng Islom olamiga qarshi ikkinchi marta yana umum  salb yurishini tashkil etdilar. Bu ming yetti yuz va ming sakkiz yuz yillarda bo‘ldi. Bu safar ular butun Islom dunyosini ochiqdan-ochiq qo‘llariga kiritib oldilar. Bu safar ular Islom xalqlarini o‘z dinlaridan voz kechishlari uchun qo‘llaridan kelgan hamma hiyla-nayranglarini ishga solib ko‘rdilar. Musulmonlar o‘rtasida behayolikni yoyishlikka harakat etdilar. Uzoq, ya'ni yaqin 200 yil davomida musulmonlarni aldab, quvg‘in qilib ularni dindan chiqarmoq uchun tinimsiz harakatda bo‘ldilar. Biroq nimaga erishdilar. Hech nimaga erisha olmadilar. Musulmonlarni yoppasiga kofir qilmoqchi bo‘ldilar. Ammo qilolmadilar. Yana Islom dunyosida ichki .qo‘zg‘alish boshladi. Bunga dosh beraolmay G'arb mustamlakachilari u yerlardan o‘zlarini zanjirli hokimiyatlarini olib chiqib ketdilar. Ochiqdan-ochiq mustamlaka etishga yarolmay qolib yangi ma'naviy mustamlakachilik yo‘lini kashf qildilar. Mustamlakachilar yoniga sionistlar, mulxidlar, qo‘shildi, ular birlashib Islomni yer yuzidan yo‘qotib yuborishga kirishdilar. Biroq shunchalik uzoq davr mobaynida ta'qib etilishiga qaramay, musulmonlar hargiz dinlaridan qaytganlari yo‘q. Ularning sonlari ozaymadi ham, aksincha ziyoda bo‘la bordi. Bugungi kunda Islom olamida Islom aqidasini o‘ziga yetakchi deb bilgan xalqlar soni statistik ma'lumotlar axborotiga ko‘ra aniq hisobda milliarddan ortib ketdi. Yagona kishidan boshlaganidan tortib quvg‘in va ta'qibga uchragan musulmonlar yuz million bo‘ldilar, ikki yuz million bo‘ldilar, mana hozirda milliardga yetib o‘zib ketdilar. Uzoq asrlardan beri Islom aqidasini himoya etuvchi biror bir kuchli davlat bo‘lmadi. Aksincha, hamma kuch, texnika va resurslar Islom dushmanlari qo‘lida bo‘ldi. Ular mana shu texnika va kuchlarni ishga solib hech narsaga ega bo‘lmagan xalqlarni dinlardan chiqarishlik uchun doimiy harakatda bo‘ldilar. Biroq hech narsaga erisha olmadilar. Agar biron bir qudratli davlat Islom aqidasining himoyachisi sifatida ish yuritganda edi, ehtimol unda ta'na etuvchi kofirlarga gap topilib qolgan bo‘lardi. Ular Islomni falon qudratli davlat himoya etayotgani sababli xalqlar ichida yashab turmoqda, deya ayta olgan bo‘lardilar. Lekin baxtga qarshi, ya'ni ularning baxtlariga qarshi bunday bo‘lgani yo‘q. Bu narsa Islom butun olam moliki tomonidan yuborilgan narsa ekanligani bildirmaydimi? Axir qaysi falsafa va oqim bo‘lmasun, u faqat biror bir kuchli davlat himoyasida yashab tura olishi tarixdan ochiq-oydin va ravshan ma'lum-ku.

Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Dekabr 2007, 17:28:12
U kishi asli quraysh toifasidan bo‘lib, nasablari Rasululloh nasablariga Abdumannob orqali birlashadi. Usmon (r. a.) fil yilining oltinchi sanasida, ya'ni eng to‘g‘ri rayga ko‘ra Rasululloh hazratlarining tug‘ilishlaridan olti yil keyin dunyoga kelganlar. U zot barokat Toif shahrida olamga keldilar. Onalari Arvo Qurayz ibni Habib ibni Abdu Shams ibni Abdumannobning qizlaridurlar.
Momolari esa nabiy alayhissalomning ammalari bo‘lmish Abdul Mutallibning Bayzo nomli qizlari edilar. Usmon (r. a.)ning Islomdan avvalgi hastlari to‘grisida tarix bizga juda oz narsani ma'lumot bsrgan. U kishi ko‘rkam, o‘rta bo‘yli, chiroyli yuzli edilar, demoqdan o‘zga narsalar to‘g‘risida mufassalroq xabar bsrmaydi. «Quyuq sochli, bug‘doyrang yuzlarida chechakdan qolgan ikki nuqtalari bo‘lgan xushtabiat bir kishi edilar», deya yozadi tarix kitoblari. Bundan tashqari, ya'ni u zot Quraysh qabilasining nasabida ulug‘laridan bo‘lganliklari hamda yaxshi-yomonni ajratishda tamizli bir zot bo‘lganliklari, xasli hamda, Qurayshning katta savdogarlaridan bo‘lganliklari ham qayd etilgan. U kishi haqlarida Islomga kslmasdan burun aytilgan gaplar, aniqrog‘i mana shulardan iboratdur.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Dekabr 2007, 17:28:59
USMON RAZIYALLOHU ANHUNING ISLOMGA KIRISHLARI VA UNDAN KEYINGI HAYOTLARI

Rasululloh hazratlari olamga nuri hidoyat etib yuborilganlaridan so‘ng darhol u zot bu xabarni birodarlari Abu Bakr Siddiqqa kelib aytdilar. Abu Bakr Siddiq darhol u kishini tasdiq etib imon keltirganlar.
Abu Bakr Islomga doxil bo‘lganlaridan uch kun o‘tgach, bir guruh, Do‘stlarining ichlarida turgan Usmonu Zinnuraynga Islomni arz etdilar. Usmon (r. a.) ham Abu Bakrning takliflarini qabul qilib dinga kirganlar. Usmon dilni qabul qilganlarini eshitgan amakilari
Hakim ibni Os u kishini ushlab olib kelib uyga zanjirlab bog‘lab qo‘yadi va u kishiga qarab: «Hali sen ota-bobolaringning dinlaridan qaytib allaqanday dinni qabul qildingmi? Ollohga qasamki, yana ota-bobolaring diniga qaytib kirmasang, kishandan hargiz bo‘shatmasmen!» dedi.
Usmon uning so‘zini tinglab shunday javob berdilar: «Olloh nomiga qasam ichib aytamanki, hargiz bu dindan qaytmasmen. Ssn esa qo‘lingdan kelganini qilaver». Amakilari Usmonni bunday sabotliklarini ko‘rgach, o‘z hollariga tashlab qo‘ydi va zanjirdan bo‘shatib yubordi Islomga doxil bo‘lganlaridan keyin Usmon (r.a.) Rasululloh. hazratlariga eng yaqin sirdosh kishilardan bo‘lib qoldilar. Rasululloh qizlari Ruqiyani u kishiga xotinlikka berdilar. Usmon Ruqiyaga Makkada yashagan vaqtlarida uylangandilar. Birgalikda Xabash viloyatiga xijrat qilganlar.
Xabashda Abdulloh ismli o‘g‘illarini ko‘rganlar. Usmon (r.a.) mazkur o‘g‘illarining nomi bilan kuniyalanib Abu Abdulloh deya atardilar.
Abdulloh olti yoshga yetganlarida ko‘zlarini xo‘roz chuqib olganligidan, yuzlari jarohatlanib vafot etganlar.
Rasululloh, hazratlari Badr urushiga tayyorgarlik kurayotgan paytlarida Ruqiya kasal bo‘lib qoladilar. Rasululloh hazratlari Usmonni Ruqiyaning kasaliga qarab turishlik uchun Madinada qoldirib ketadilar. Badrda musulmonlar mushriklar ustidan zafar topganliklarining sevinch xabari Madinaga kelgan kuni Ruqiya vafot etadilar. Usmon xotinlari vafotidan so‘ng qattiq qayg‘uradilar.
Rasululloh u kishining bunday qattiq alam chekayotganlarini ko‘rib: «Sizga nima bo‘ldi, muncha ham qattiq qayg‘urmasangiz», deganlarida Usmon u zoti barakotga qarab: «Biror kishiga hanuz mening boshimga tushgan kabi musibat tushganmiki, Rasulullohning mening nikohimdagi qizlari vafot etgan bo‘lsa, endi o‘rtadagi kuyovlik aloqasi uzilgan bo‘lsa», deya javob berdilar. Rasulullohga qarab shunday deb so‘zlab turgan paytlarida Rasululloh hazratlari «Jabroil kelib menga Olloh taolodan sizga qizimning singlisi Ummu Gulsumni bermoqlikka farmon bo‘lganligini buyurayaptilar» dedilar. Avvalgi mahr barobariga Ummi Gulsumni Usmon (r. a.)ga to‘y qilib berdilar. Usmon (r. a.) u kishi bilan olti yil umr ko‘rganlaridan keyin vafot etib ketadilar. Qizlari vafot bo‘lganidan keyin Rasululloh hazratlari agar yana bir qizim bo‘lsa edi, albatta Usmonga xotin qilib berar edim, degandilar. Mana shu sababli Zinnurayn deya nom olgandilar. Zero, u kishi Rasulullohning ikki pokdamon muborak qizlariga uylangan edilar.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Dekabr 2007, 17:29:59

USMONNING HAYOTLARI TO'G'RISIDA BIR SHINGIL

Hazrati Usmon nihoyatda qattiq xisli, uyatchan kishi edilar. Oyisha onamizdan shunday rivoyat qilingan: Abu Bakr Siddiq Rasulullohning xonalariga kelib, oldilariga kirmoqlikka ijozat so‘radilar. Rasululloh, o‘rinlarida Oyisha onamizning choponlariga o‘ralib yotardilar.
Shunday holda yota turib kirishlariga ruxsat berdilar. Abu Bakr oldilariga kirib ishlarini bitkazib, qaytib chiqib ketdilar. Keyin bir ozdan so‘ng Umar (r. a.) oldilariga kirmoqlikka ruxsat so‘rab keldilar. Avvalgi hollarida yotganlaricha kirishlariga ijozat berdilar. Kirib, ahvollarini gapirib, ishlarini bitkazib chiqib ketdilar. Birozdan keyin Usmon (r. a.) kelib oldilariga kirishga ruxsat so‘ragandilar. Rasululloh darhol o‘rinlaridan turib o‘ltirdilar. Oyisha onamizga qarab: «Choponingizni kiyib oling» dedilar. Usmon, oldilariga kirib, ishlarini bitkazib chiqib ketdilar. Ketganlaridan so‘ng Oyisha onamiz Rasulullohga qarab: «Yo Rasululloh, Abu Bakr va Umarga nechun Usmonga qilganingiz tarzida muomala qilmadingaz?» deb so‘radilar. Rasululloh u kishiga qarab: «Usmon nihoyatda uyatchan kishi, agar mazkur holda tursam u o‘z hojatini gapirolmay qolishdan havf etganligim uchun o‘rnimdan turib o‘ltirdim», deb javob berdilar. Abu Muso Ash'ariy hazratlari: «Men falonchining bog‘ida Rasululloh bilan birga o‘ltirgan edim. Eshikni bekitib qo‘ygan edik, kimdir kelib, eshikni taqillatdi. Rasululloh menga qarab: «Ey Abdulloh ibni Qays, borib eshikni ochib qo‘ying, jannati kishi keldi», deya bashorat berdilar. Men o‘rnimdan turib eshikni ochdim. Abu Bakr kelgan ekanlar. U kishiga Rasulullohning bashoratlarini yetkazdim, eshitib xursand bo‘lganlaridan Ollohga hamd aytib ichkariga kirdilar va majlisga o‘ltirdilar. Keyin yana eshikni zanjirlab qo‘ydim. Rasululloh qo‘llaridagi novdani yerga sanchib o‘ltirar edilar. Shu asnoda yana eshik taqillab qoldi. Rasululloh menga, turing eshikni oching, jannati kishi keldilar deya bashorat berdilar. Men borib eshikni ochsam, Umar turgan ekanlar. U kishiga sevinch xabarini aytdim, eshitib shodlanganlaridan Ollohga hamd aytib, ichkariga kirib hammaga salom berdilar, va qatorga kelib o‘ltirdilar. Rasululloh boyagi novdani egib o‘ltirib edilar, yana kimdir eshikni qoqib qoldi. Menga yana Rasululloh eshikni ochmoqni buyurib jannati kishi kelganini bashorat berdilar. O'rnimdan turib eshikni ochsam oldimda Usmon turibdilar. Men u kishiga Rasulullohning bashoratlarini aytganimda g‘oyatda sevinib Ollohga hamdlar ayta-ayta kelib o‘ltirdilar».
Rasululloh hazratlari Usmon (r. a.)ni jannatga kirishlari bilan bashorat bsrgan hamda u janobni Rasululloh hazratlarining huzurlarida juda ham katta hurmatga ega ekanliklarini ko‘rsatgan hadislarni aytganlar. Usmon (r.a.) o‘zlarining vahiy kotiblaridan edilar.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Dekabr 2007, 17:30:44
USMONNING MAKKAGA ELCHILIKLARI

Xudaybiya g‘azotida Rasul akram hazratlari Umar ibni Hattobni chaqirdilar. U kishiga «Siz Makkaga borib Qurayshning sardorlariga men Makkaga ular bilan urushgani emas, balki Baytullohning ulug‘ligini yetkazib, saqlangan holda ziyorat etmoqlik maqsadida kelganim xabarini yetkazib keling», dedilar. Rasul akram hazratlariga qarab: «Yo Rasululloh, men qurayshlar oldiga borishdan havf etaman, chunki Makkada bani Addiy qabilasidan menga madad bera oladigan biror kimsa yo‘q. Lekin men sizga qurayshlar uchun mendan ko‘ra hurmatliroq bo‘lgan Usmonni yuborishingazni maslahat beraman», deb javob berdilar. Keyin Rasululloh hazratlari Usmonni chaqirtirib keldilar va Makkaga borib quraysh sardorlariga «Rasululloh sizlar bilan urushgani emas, balki Ka'bai-muazzammani ziyorat qilmoqlik uchun kelganlar», deya xabar berishlari uchun yubordilar. Usmon Rasulullohning huzurlaridan chiqib Makkaga qarab jo‘nadilar. Kiraverishda Saidga yo‘liqdilar. Keyin uning himoyasi ostida Makkaga kirib keldilar.
Makkada Abu Sufyon hamda qurayshning boshqa sardorlariga uchrashib ularga «Rasululloh bu yil sizlar bilan urushgani emas, balki Baytullohni ziyorat qilmoqlik maqsadida kelganlar», deya aytdilar. Ular esa Usmonga qarab: «Agar o‘zing Baytullohni tavof etmoqni xoqlasang, marqamat tavof et», dedilar. Usmon esa ularning so‘zlariga kirmay «Rasululloh tavof etmagunlaricha hargiz men aslo tavof etmasmen», dsb javob bsrdilar. Bundan g‘azablangan qurayshlar Usmonni tutib qamoqqa oldilar va xalq orasida «Usmon o‘ldirildi», deya shum xabar tarqatdilar. Ushbu mash'um xabar Rasululloh hazratlarining quloqlariga yetgach, «Ularga qarshi urushmay turib, bu yerdan hargiz ketmasmen», dsdilar. Shu yerda Bayatirruzvon voqeasi bo‘ldi. Hamma sahobai qirom bir-bir kelib bay'at bera boshladilar. Navbat Usmonga yetganida Rasululloh o‘ng qo‘llarini chap qo‘llari ustiga qo‘yib: «Ey ulug‘ Olloh, bu sening hojatingda va Rasulingning hojatida yurgan Usmon tomonidan bay'at demakdir», dedilar.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Dekabr 2007, 17:31:20
USMONNI ISLOMGA KIRISH SABABLARI

Usmon (r. a.) serpul, savdogar odam edilar. Tabuk g‘azotida musulmonlarning qo‘shinini to‘liq qurollantirgan kishi mana shu Usmon bo‘ldilar. Ibni Ishoq «Usmon tabuk jangchilariga shunchalik ko‘p pul sarfladilarki, hech bir kishi u zot barobarida pul sarflagan emasdur», deb yozadilar. Usmon Rasulullohni hujralariga ming dinor pulni olib kelib sochib yuborganlar, 950 ta tuya va 50 ta ot hadya qilib olib kelganlar.
Rasululloh hazratlari bunday saxovatlarini ko‘rib: «Usmon bu ishi bilan aslo zarar qilgani yo‘q», deganlar. Keyin esa: «Kimki nochor askarni qurollantirsa, unga jannat nasiba bo‘ladi», deb bashorat qildilar.
Usmon bu bilan ham kifoyalanib qolmay, balki yahudiydan Rum qudug‘ini ham sotib olganlar. Yahudiy uning suvini sotib foydalanardi. Mazkur quduqning yarmini 20 000 tanga va yuzta yosh tuya barobariga sotib oldilar. Musulmonlar o‘zlariga belgilangan muddatda kelib mazkur quduqning suvidan olib keta boshladilar. Hech kim yahudiyning suvini olmay qo‘ydi. Buni ko‘rib yahudiy qolgan yarmini ham juda arzonga sotib yuboradi. Mazkur quduqning hammasini sotib olganlaridan so‘ng Usmon musulmonlarga Olloh yo‘lida hadya qilib yuborganlar.
Abu Bakr Siddiq xalifalik qilayotgan vaqtlarida bir yil yog‘ingarchilik kam bo‘lib ocharchilik boshlanadi. Abu Bakr odamlarga: «Bor narsalaringni berkitmay to Olloh kenglik bergunga qadar yeb turinglar», deb buyuradilar. Ertasiga Abu Bakrga Usmonning hovlilariga ming qop bug‘doy va taom kelib tushganligini xabari yetadi. Ertalab savdogarlar Usmonning hovlilariga borib eshiklarini qoqdilar. Usmon eshikni ochib ularga peshvoz chiqdilar-da, «nega keldingiz» deb so‘radilar. Ular «siznikiga ming qop bug‘doy va taom kelib tushibdi, shuni eshitib sotib olgani keldik» deyishdi. «Unday bo‘lsa, marhamat, ichkariga kiraveringlar»- deb Usmon ularni hovliga boshlab kiradilar. Hovlida bug‘doylar to‘lib yotibdi. Usmon ularga qarab: «Shomdan sotib olgan bahoyimga qanchadan foyda berasizlar?» deb so‘radilar. Ular: «o‘niga o‘n ikkidan beramiz», deyishdi. Usmon «bu kamlik qiladi», deganlarida ular «bo‘lmasa, o‘n beshdan beraylik» deyishdi. Usmon «yana qo‘shinglar», deganlarida, ular «yana qancha qo‘shaylik», axir biz Madina savdogarlarimiz-ku?» deyishdi. «Har tangasiga o‘n tangadan bera olasizmi?» dedilar. Ular «yo‘q» deb javob berishdi. «Unday bo‘lsa guvoh bo‘ling, ey savdo ahli, bu bug‘doy Madina kambag‘allariga sadaqa qilinadi» dedilar va hammasini bepul sadaqa qilib yuborganliklarini ibni Abbos rivoyat qiladilar.
Usmon shu darajada oliy himmat saxiy edilar. U janob Ollohdan benihoya qo‘rqardilar. U kishi Abu Bakr, Umar va boshqa sahobalar kabi urushdan katta martabalarga ega bo‘lmaganlar. Zero, Rasululloh hazratlari Zotir ruko' va G'atfon g‘azotlariga chiqqanlarida Usmonni Madinada o‘z o‘rinlariga qoldirib ketgandilar. Qurayshlar ichida qarindoshlariga yaxshilik qiladiganlaridan edilar. Kunduzlari ko‘pincha ro‘za tutardilar, kechalari esa uyg‘onib namoz o‘qirdilar. Rasululloh hazratlari 146 ta hadis rivoyat qilganlar. O'zlari so‘zamol kishi bo‘lmaganlaridan xalifalikka saylangan vaqtlarida xutbalar o‘qiyotib ham va'z ayta turib juda qiziqib, zo‘rg‘a gapirar edilar.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Dekabr 2007, 17:32:15

USMON MUSULMONLARNING XALIFALARI

Usmon xalifalikka 23-hijriy yil zulhijja oyining oxirgi kuni saylandilar. 24-hijriyning birinchi muharram oyida davlat kursisini qabul qilib oldilar. Shu vaqtda yoshlari hijriy yil hisobida 70 da edi.
Usmonni xalifalikka saylanishlari Umar (r. a.) Sho‘batuoni Mug‘iraning quli majsusiy Abu Lu'luaning qo‘lidan xanjar yeganlaridan keyin sodir bo‘lgan. Umarning o‘lishlari aniq bo‘lib qolganidan keyin sahobalar oldilariga kirishib u kishidek xalifalikka biror kishini tayinlab qoldirishlarini so‘radilar. Shunda Umar, agar bu ishni shunday qoldirib ketsam, mendan avval, mendan ko‘ra afzalroq zot, ya'ni Muhammad alayhissalom qoldirib ketgandilar. Va agar tayinlab ketsam, mendan ilgari, mendan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgan zot, ya'ni Abu Bakr tayin etib ketgandilar. Men olti kishini, ya'ni Alini, Zubayrani, Usmonni, Talxani, Abdurahmonni, Sa'd ibni Abu Vaqqosni saylovchilar qilib qoldiraman. Chunki Rasululloh vafot etib ketgan onlarida mazkur olti kishidan rozi bo‘lgan holda ketdilar. Abdulloh ibni Umar ham saylovda hozir bo‘ladi. Lekin saylanishda hech qanday ovozga ega bo‘lolmaydi. Mazkur olti shaxsdan birlaringizni xalifa etib saylab olinglar. Agar o‘rtada xiloflik chiqsa yoki ikki kishiga ovozlar teng bo‘lib qolsa, Abdullohni hakam etinglar. Mabodo Abdullohni hakam etishga rozi bo‘lmasangizlar, unda Abdurahmon ibni Avf bo‘lgan tomondagi shaxsni saylanglar. Saylov uchun uch kun kengashinglar. Biroq to‘rtinchi kuni xalifa saylangan bo‘linishi shart. O'rtada fitna tug‘ilib, ixtilof kuchayib ketmasligi uchun Abdurahmon ibni Avf bo‘lgan tomondagi shaxsni xalifa etib saylashga qolgan boshqa guruh qarshilik ko‘rsatsa, qilichdan kechiringlar. Uch kunga qadar Suxayb kishilarga namozda imom bo‘lib tursin, deya vasiyat etaman, dedilar.
Umar (r.a.) vafot etganlaridan so‘ng yuqoridagi nomlari kechgan kishilardan Talxa ibni Ubaydullohdan boshqalari Misvar ibni Maxrajning hovlilariga to‘plandilar. Talxa ibni Ubaydulloh bu vaqtda Madinada emasdilar. Tezda o‘rtalarida tortishuv kelib chiqdi. Lekin Abdurahmon ibni Avf tortishuvning alanga olib ketishidan saqlab qoldilar. Ularga qarab shunday taklif kiritdilar: «Sizlardan kimki o‘zini saylashlaridan bosh tortsa - o‘sha sizning eng afzalingizdur!» Hech kim bu taklifga javob bermadi. Shunda o‘zlari «Men o‘zimni saylashlaridan voz kechdim», dedilar. Alidan boshqa hammalari rozi bo‘ldilar.
Abdurahmon: «Ey Abu Hasan, siz nima demoqchisiz?» deb so‘radilar. Ali (r. a.) Abdurahmonga qarab: «Siz menga faqat haqni tanlayman, xohishimga ergashmayman, men qarindoshlarni qarindosh bo‘lganliklari tufayli boshqalardan ko‘ra xosroq etmayman, deb so‘z bering», dedilar. Abdurahmon hammalariga qarab: «Sizlar menga kimni o‘zgartirsam va almashtirsam mening bilan birga bo‘lishlikka hamda Ollohga ont ichib, qarindoshimni xos qilmayman deb bergan ahdimga ko‘ra, men kimni sizlarning ichingizdan xalifalikka tanlasam rozi bo‘lmoqlikka so‘z beringlar», dedilar. Keyin Abdurahmon ulardan bir-bir ahd oldilar. O'zlari ham ularga ahd berdilar. Shundan so‘ng u zot sahobalar va harbiy boshliqlar va katta kishilar bilan nomzodlar o‘rtalarida xalifalikka qay birlari loyiqroq bo‘ladilar, deya maslahatlasha boshladilar. Ba'zilari Usmonni ko‘rsatishdilar. Abdurahmon Ali (r. a.)dan «Agar siz bu ishga saylanmay qolsangiz kimning bo‘lishiga rozilik berardingiz»? deb so‘radilar. Hazrati Ali «Usmonning bo‘lishiga rozilik berardim» deb javob berdilar. Shuningdsk Zubayr va Sa'd (r.a.) dan so‘raganlarida ular ikkovlon «Usmonga rozi bo‘lardik», deb javob berishdi. Usmonning o‘zlaridan so‘raganlarida «men Alining bo‘lishlariga rozi bo‘lardim», deb javob berdilar. Oxirida xalifalikka saylanishlik Ali bilan Usmon o‘rtalarida xos bo‘lib qoldi. Hazrati Umar shart etgan to‘rtinchi kun yetgach, Abdurahmon (r. a.) odamlar ichlarida yurib voqeani o‘rganganlaridan keyin tong namozi paytida masjidga kirdilar va o‘rinlaridan turib: «Ey odamlar, kishilar o‘zlarini saylagan kishilarini bilishlikni istaydilar», dedilar. Ammo ibni Yosir o‘rinlaridan turib: «agar odamlar ixtilof qilishmasun, desangiz Alini saylang», dedilar. Miqdod ibni Asvad ham Ammorning gaplarini qo‘llab-quvvatladilar. Abdulloh ibni Sarh esa o‘rinlaridan turib: «agar qurayshlar o‘rtasida ixtilof kelib chiqmasun, desangiz tezdan Usmonni saylangda, ikki firqa o‘rtasidagi janjalni, toki ularni bo‘lib tashlamay turib, pasaytirib qo‘ying», dedilar. Said ibni Abu Vaqqos Abdurahmonga qarab: «odamlar fitnaga tushmay turib ishni hal etib qo‘ya qoling,» dedilar. Bu gaplarni tinglab bo‘lganlaridan keyin Abdurahmon «men tekshirib chiqdim va kengashdim, sizlar janjallashmay turinglar», dedilar.
Bir vaqt Alini chaqirib: «Ey Ali, OLLOHning kitobi va Rasulining sunnati hamda u zotdan keyingi ikki xalifalarning siyratlari bilan amal qilaman, deb OLLOHga qasam ichishingiz lozim bo‘ladi», dedilar. Ali ham «men kuchimni yetganicha, bularga amal etaman, deb umid qilaman», dsya javob berdilar. Keyin Usmonni ham chaqirib Aliga aytgan gaplarni qaytarib aytdilar. Usmon ham shunday qilishlikka qat'iy so‘z berdilar. Abdurahmon shu onda Usmonni xalifalikka saylab bay'at qildilar. Shuning bilan saylov nihoyasiga yetdi. Usmon (r. a.) xalifa etib saylandilar.
Usmon (r. a.) bay'at berilgan vaqtidan boshlab musulmonlar o‘rtalarida umaviylarga, hoshimiylarga, alaviylarga taqsimlanish yuz berganligini mulohaza etamiz.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Dekabr 2007, 17:33:43
USMONNING BIRINCHI XUTBALARI

Usmon Zinnurayn saylov tugab, xalifalik mansabiga ega bo‘lganlaridan keyin asta minbarga ko‘tarilib, odamlarga qarata mana bu mazmundagi nutqni so‘zladilar:
«Ey odamlar, albatta sizlar hozir vaqtinchalik kulbadasizlar. Muddatli umrni yashaysizlar. Shunday bo‘lgach, vaqtlaringizni iloji boricha yaxshi amallar qilish bilan o‘tkazinglar, dunyodan ertalab kelib, yo peshinda, yo esa kechqurun ketgandek ketasizlar. Ogoh bo‘linglarki, dunyo kishini aldovchi narsadur. Sizlarni dunyoda tirik turishingiz aldab qo‘ymasun. OLLOHning yodidan bir nafas ham beparvo qilib qo‘ymasun. Uzlaringizdan avvalgi yashab o‘tgan avlodlaringiz holidan ibrat oling. Keyin esa jiddiy harakatga tushing, g‘aflat ila aziz umringizni behudaliklar yo‘lida o‘tkazib yubormang. Zotan, amal sizdan hargiz g‘olib qolmagay. Aytingchi, qani bu dunyoni aziz ko‘rib jon-dillari ila mehr-muhabbat qo‘yib yashaganlar, ularni ham dunyo o‘z og‘zidan tupurib tashladimi? Dunyoni OLLOH qaerga otgan bo‘lsa, sizlar o‘sha yerga yetinglar-da, oxirat hastini istaydigan bo‘linglar. Zero, Olloh taolo oxirat hayotini dunyo hastidan ko‘ra yaxshiroq deb ta'rifladi. Dunyo hayoti haqida sha'ni buyuk OLLOH mana bunday dedi: «Dunyo hayotini ularga zarbulmasal qilib bering, u go‘yoki biz suvni yerga tushirdik, keyin u suv yordamida yerda o‘simliklar o‘sdi, keyin esa shamol uchiradigan xazonga aylandi». OLLOH narsani o‘lchovli qilgandur. Mollar va farzandlar dunyo hayotining bir ziynati xolos. Abadii qoladigan yaxshi amallar esa OLLOH oldida savobi ulug‘ va yaxshiligi umidliroq», deya so‘zlarini tugatdilar. Ushbu xutbalaridan ko‘rinib turibdiki, Usmonning hech qanday amaliy yo‘llarining siyosatini bayon etuvchi bir reja emas, siyosatga hech qanday aloqasi yo‘q bo‘lgan xolis diniy nasihatdangana iboratdur. Go‘yoki Usmon o‘zlarining musulmonlarini va hamda boshqa islomiy davlatda yashovchi aholilarni xotirjam etadigan biror xos siyosat bilan bog‘lanishlikni xohlamadilar. Biroq u zot tezdan ommaviy va siyosiy ishlarning tadbirini ko‘rgani kirishib ketdilar. Viloyat hokimlariga, askar boshliqlariga va xiroj yig‘uvchi amaldorlarga, hamda shaharlardagi umum musulmonlarga xatlar yubordilar. Yozgan maktublarida ularni amru-ma'ruf qilishlikka, naxiy-munkar etishlikka, ahli zimmiylarga shafqat bilan muomala qilmoqlikka, xirojni adolat bilan yig‘ib olishga tavsiyalar berardilar. Xiroj yig‘uvchi amaldorlarga mana bu mazmundagi xatlarni jo‘natgandilar: «Albatta, OLLOH mahluqotlarni haqlik-la yaratdi. Shu sababli OLLOH faqatgina haqni qabul qiladi. Sizlar ham haqli yerdan olinglar va xaqli yerga beringlar. Omonatni haqlik bilan saqlanglar. Sizlar xoinlardan bo‘lib qolmanglar. Va'dalaringizga vafo etinglar. Yetimlar haqqiga va hamda ahdlashganlar haqqiga zulm etmanglar. Zotan Olloh taolo ularga zulm etganlarga dushmandur».
Naqadar ma'naviy axloq cho‘qqisiga yetgan, o‘z qo‘l ostidagilarga haqlik bilan muomala qilishlikka tavsiya etuvchi maktub. Bunday tavsiyali maktublar faqat qog‘ozdagina qolib ketmadi, balki amaliy hastda ham o‘z aksini ko‘rsatdi. Islom amaldorlari mana shunday oliy janob ko‘rsatmalarga amaliy jihatdan faollikda bo‘lganliklari tufayli tarixan juda qisqa davr ichida Islom yer yuziii juda ko‘p mamlakatlariga o‘z qanotini yozdi. Bashar tarixida bunga o‘xshagan voqea bo‘lganligi ma'lum emasdur.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Dekabr 2007, 17:35:52
   
USMONNING XALIFALIK DAVRLARIDAGI AMALLARI

Usmon (r. a.) xalifalik davrlarida ham Umar Foruq davrlarida boshlangan chet davlatlarni fath etishlik zanjiri uzilib qolmadi. Usmon fathlarni kelgan yeridan yana boshlab yuborganlar. Usmon (r. a.) hukmronlik davrlarida Armaniya, Afrika va Kipr davlatlari fath etilgan. Tabariston viloyati Said ibni Osning qo‘llarida fath etilgan 31-yilda Xuroson aholisi Usmonga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targanlar. Ularni bostirishlik uchun Basra vyuoyatidan hukmdorlari bo‘lgan Abdulloh ibni Omirni katta qo‘shin bilan yuborganlar. U yerda Abdulloh to‘la muvaffaqiyatga erishganlar. Keyin esa Ahmad ibni Qaysni katta qo‘shin bilan Tabariston tomon yo‘naltirdilar. Tabariston qo‘shinlari bilan qattiq janglardan keyin g‘alabaga erishdilar. Bu yerdan chiqib yo‘lda uchragan shaharlarni sulh tuzib fath etganlar. Keyin Xorazmni ham fath etishga kirishganlar. Biroq bunga erisha olmaganlar. Orqalariga qaytib Amudaryoni kechib o‘tdilar. Movarounnahrdagi shaharlarga yetib kelganlar, ular bilan sulh tuzdilar. Shuningdsk, Usmon ba'zi bir Islomiy davlat qo‘l ostida yashayotgan qo‘zgolonchilarni ham shafqatsiz ravishda bostirganlar,
Qufaga Valid ibni Ukbani voliy qilib tayinlagan edilar. Vaqtiki, Ozarbayjon viloyati juz'ya berishdan bosh tortgan vaqtida va Arman davlati Islom hukumatiga itoat etishdan bo‘yintovlik qilgan vaqtida Valid ibni Uqbani Usmon (r. a.) ularga qarshi yuborganlar. Valid u yerga borib ularni butunlay tor-mor keltirib tashlaganlar. Muoviya ibni Abu Sufyon Umar xalifalik davrlaridan Shom viloyatida voliy edilar. Muoviya (r. a.) harbiy daryo floti tuzgan edilar. Ularning yordamida Vizantga qarshi urush qilardilar. Hatto kichik Osiyoni ichkarisiga kirib ketgandilar. Shu kabi yana Kipr va Rodos orollarini hamda juda ko‘p qit'alarni fath etgandilar.
Kipr oroli O'rta Yer dengizidagi eng katta orollardan bo‘lganligi sababli uning fath etilishining alohida ahamiyati bor edi. Orolning fath etilishi 28-hijriy yilida ro‘y bsrdi. Zsro, Muoviya (r. a.) Kiprga qarshi urushni Umar ibni Hattob zamonlarida fikr qilgan va bu to‘g‘rida Umardan izn so‘raganlar. Xims qo‘rg‘onidan rumliklarga qarshi O'rta Yer dengizidan kirib urush qilishga ijozat so‘ragandilar.Umarga shunday degandilar: Ey amiral mo‘‘minin, Ximsning qishloqlarida yashovchi rumliklar itlarining vovullashini, xo‘rozlarining qichqirishini eshitib turadilar». Bu gapdan keyin Umar ibni Osga dengizni va unda bo‘lgan kemalarni ta'riflab berishliklarini so‘rab xat yozgandilar. Hali u vaqtda musulmonlarning dengiz flotlari mavjud emasdi. Amr ibni Os Umar hazratlariga O'rta Yer dengizi nihoyatda katta ekanligini va u yerda qudratli flotga ega bo‘lgan qal'alar borligini, musulmonlarga ular bilan urishishlik uchun imkon yo‘qligini ko‘rsatib javob xati yozgandilar. Mazkur javobni olganlaridan so‘ng Umar (r. a.) dengizda urush qilishlikka ruxsat bermagandilar. Shu bilan Kiprga qarshi yurish to‘xtab qolgan edi. Usmon (r. a.) xilofot masnadiga jonishin bo‘lganlaridan so‘ng yana Muoviya (r. a.) u kishiga Kiprga qarshi yurish boshlashga izn so‘rab bir necha marta xatlar yozib ijozat so‘raydilar. Oxiri Usmon (r. a.) ijozat beradilar. Biroq dengizda qilinadigan janglarda qatnashishlik uchun musulmonlarni majbur qilmaslik, balki har kimning ixtiyoriy o‘ziga berishlikka shart etdilar. Kiprga qarshi urush qilish uchun Abdulloh ibni Qays qo‘mondonligi ostida birinchi musulmonlar dengiz flotini jihozlatgan edilar. U kishiga Iskandariya portidan suzib kelgan kemalar bilan Abdulloh ibn Said ham kelib qo‘shildilar. Kipr yaqinida har ikki flot qo‘shildi.
Ular Kipr aholisi bilan har yili rumliklarga to‘lab kelishayotgan 7000 dinor to‘lashlik barobariga sulh tuzdilar. Shunday qilib, musulmonlar osonlikcha Kipr orolini egallab oldilar. U yerda masixiylarni himoyachilari juda oz bo‘lganligi sababli ular musulmonlarga qarshi urishishga yarolmadilar.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Dekabr 2007, 17:37:02

MALXONNING QIZI UMMU XIROM QISSASI

Mana shu Kipr uchun bo‘lgan janglarda ulug‘ sahobai muhtaram, sahoba Ubodat ibni Sobitning xotinlari Malxonning qizi Ummu Xirom shahodat sharafiga noil bo‘lganlar. Ummu Xirom Islomga birinchilar qatori kirgan ansoriylardan edilar. Rasululloh hazratlari u kishining hovlilariga ziyorat etgani keladilar. Masjidil Qubo yaqinidagi xonalarida peshin vaqtlarida uxlab istirohat etardilar. Kunlardan bir kuni Rasululloh hazratlari Ummu Xiromning uylarida kunduzi uxlab dam olayotgan edilar. Uygonib tabassum qilgan holda: «Men tushimda bir guruh ummatimni O'rta Yer dengizida kemada suzib yurganlarini ko‘ribman», dedilar. Ummu Xirom shunda: «Yo Rasululloh, duo qiling, Meni ham OLLOH o‘shalardan qilsun», dsdilar. Rasululloh hazratlari «Sen o‘shalar bilan bir bo‘lasan» dedilar. Keyin yana yotib uxladilar. Bir ozdan so‘ng kulgan hollarida uyg‘ondilar. Kulganlarining sababini Ummu Xirom so‘ragandilar, Rasululloh.: «men tushimda ummatimdan bir guruhining O'rta yer dengizida suzib yurganlarini ko‘ribman», deb javob berdilar. Shunda Ummu Xirom: «Yo Rasululloh, duo qiling men ham o‘shalardan bo‘lay», deganlarida, Rasululloh «albatta, ssn birinchilardan bo‘lasan», dedilar. Ubodat ibni Sobit u muhtaram aslga uylandilar. Keyin o‘zlari bilan birga birinchi dengiz jangiga boshlab chiqdilar. Qirg‘oqqa yetganlarida Ummu Xirom bir eshakka minib olib qirg‘oq bo‘ylab ketardilar. Yo‘lda eshak yerga yiqitib urdi va o‘ldirib qo‘ydi. Mana shu sababli Ummu Xirom Kipr uchun bo‘lgan janglarda eng birinchi shahid bo‘ldilar. U aziza aslning qabrlari Kipr butunlay turk musulmonlari qo‘l ostida bo‘lgan vaqtda musulmonlar ziyorat qiladigan mazor bo‘lib turdi. Keyinchalik Kiprga Markos prezident bo‘lib saylangach, orol ikkiga taqsim qilindi. Ummu Xiromning qabrlari bo‘lgan mavzu nasroniy taqsimiga o‘tib qoldi. Nasroniylar endilikda musulmonlarga mazkur ulug‘ yodgorlikni kelib ziyorat etmoqlikni ma'n etib qo‘ydilar. Endi Misrda bo‘lib o‘tgan voqealarga kelsak, rumliklar bilan bo‘lgan o‘rtadagi ahd buzilgan edi. Iskandariya xakimlari o‘zlarining xorlik chekayotganlarini shikoyat qilib va Iskandariyani bosib olish yo‘llarini ko‘rsatib, qirol Konstantinga maktub yo‘lladilar. Iskandariyada musulmonlarning himoyachilari oz sonli qo‘shindan iborat edilar.
Konstantin lashkarboshisi Emannuel boshchiligida juda katta qo‘shinni Iskandariyani bosib olishga yubordi. Ular osonlikcha bosib oldilar. Kibtiylar rumliklarni yana qaytadan Iskandariyani bosib olganliklardan g‘azablanib xalifaga Amr ibni Osni urushmoq uchun bosh qo‘mondon qilib tayin etishlarini so‘rab xat yozdilar. Usmon Amr ibni Osni hokimiyatdan chetlatgan edilar. Yana qaytadan tayinlab rumliklarga qarshi urishishlikka ijozat etdilar. Amr ibni Os bilan rumliklar o‘rtasida quruqlikda va dengizda juda qattiq dahshatli janglar davom etdi. Ancha davom etgan shiddatli janglardan keyin musulmonlar dushman ustidan to‘la g‘alabaga erishdilar. Dushmanni Iskandariyaga qadar quvlab borib qaqshatgich zarba berib, butunlay tor-mor keltirdilar. Urush musulmonlar g‘alabasi bilan tugagach, Amr jangni to‘xtatishga buyurdilar. Bo‘lib o‘tgan buyuk voqeadan nishona bo‘lib qolishligi uchun «Masjidi rahmat» deb nom qo‘yilgan masjidni qurishlikka amr etdilar.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Dekabr 2007, 17:38:02
HAZRATI USMON XALIFALIK DAVRLARIDA TASHQI FATHLAR

Amr ibni Os (r. a.) hazrati Umar tomonlaridan Misrga voliy qilib saylangan edilar. Misrning g‘arbiy chegaralari Burka (krilanka) viloyatini 21-hijriyda sulh bilan fath etilgani sababli va 22-yil Tarablusni jang bilan egallanilgani tufayli xotirjam edi.
Keyin Nofi bilan ibni Abdul Qaysni Nubil viloyatini fath etishlik uchun katta qo‘shin bilan yubordilar. Nofi (r. a.) Nubilda juda qattiq jang qildilar. So‘ngida dushmanlar Nubilni musulmonlarga bo‘shatib berib chiqib ketdilar. Amr ibni Os ishdan chetlatilib o‘rinlariga Abdulloh ibni Abu Sarh tayinlanganlaridan so‘ng u zot Afrikaga qarshi yurish boshlashni fikr etdilar, va bu to‘g‘rida xalifa Usmondan ijozat so‘radilar. Xat yetib kelganidan keyin Usmon (r. a.) sahobai qiromni to‘plab majlisga chaqirdilar va ular bilan bu haqda maslahat qildilar. To‘planganlar Afrikaga qarshi yurish qilish uchun Abdullohga ruxsat berishlik kerak degan ittifoqga keldilar. Qaror qabul qilingandan so‘ng Usmon (r. a.) Abdullohga madad uchun katta qo‘shin tayyorlab Madinadan jo‘natdilar. Qo‘shin ichida bir necha adat ulug‘ sahobalar ham hamroh bo‘ldilar. Qo‘shin Afrikaga qarab yo‘l oldi. Oradan ancha vaqt o‘tgach, Afrikaga jo‘natilgan qo‘shindan hech qanday xabar kelmay qoldi. Bundan tashvishga tushgan xalifa bir necha kishilar bilan Abdulloh ibni Zubayr janoblarini qo‘shinlarining ahvollarini bilib kelishlik uchun Afrikaga jo‘natdilar. Abdulloh ibni Zubayr Afrikaga yetib keldilar, kelganlaridan keyin Abdulloh ibni Sarhni urush rejasini tekshirib chiqib, uni xatoga chiqardilar. Chunki bu rejaga ko‘ra qo‘shin ertalabdan to kech peshinga qadar dushmanga qarshi jang qilar, kech peshin bo‘lgach, jangni to‘xtatib, ertasiga qadar hech qanday hujum uyushtirmas edi, Abdulloh ibni Zubayr buni dushman qo‘shinlariga qayta tayyorlanish uchun berilgan fursat deb topdilar. Bunday fursatdan ularni mahrum etishlik uchun ibni Sarhga qo‘shinni ikkiga bo‘lishlikni tavsiya qildilar. Ertalabdan to peshinga qadar birinchi qismdagi jangchilar bilan urishib turadilar. Ikkinchi qismdagi askarlar esa dam oladilar. Peshindan so‘ng esa birinchi qism jangchilar dam olgani to‘xtadilar. Bu payt ikkinchi qismdagi askarlar behosdan dushman ustiga hujumga o‘tadilar. Bunday qilish bilan dushman qayta tartibga kelish fursatidan, imkoniyatidan mahrum etiladi. Ushbu usulga ertasidan boshlab amal qilgan askarlar peshinga qadar birinchi qism bilan urishib keyin o‘z manzilgohlariga dam olish uchun qaytib kelgan dushman ustiga birdan kutilmaganda hujum qilib qoldilar. Bunday bo‘lishni kutmagan dushman askarlari sarosimaga tushib, betartib ravishda mudofaaga o‘tishdi. Biroq, biroz fursat ham o‘tmay qo‘shin ichida mutlaqo tartib qolmagani tufayli Islom lashkarlari buyuk g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Dushman qo‘shinlari qo‘mondoni Jirjis ham mana shu jangda musulmonlar qo‘lida halok bo‘ldi. Islomning shonli askarlari Abdulloh ibni Zubayrga va u janobning xayrli maslahatlariga amal qilganliklari tufayli dushman ustidan to‘la g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Mazkur jangda musulmonlar dushmanlaridan juda ko‘p g‘animatlarni qo‘lga kiritdilar. Bilozariy «Futuxi Buldon» nomli kitoblarida va Kinday «Alv Lot» nomli kitoblarida yozishlariga qaraganda, bitta otliq askarning mana shu g‘animatdan nasibasi uch ming dinorga, piyoda askarlarning esa ming dinorga yetgan edi.
Jang tugab, g‘alaba qo‘lga kirganidan keyin Abdulloh ibni Zubayr janoblari Madinaga qaytib ketdilar. Xalifa Usmon hazratlariga xushxabarni yetkazdilar. Xalifa ushbu xabardan benihoya sevinchga to‘ldilar. Abdulloh ibni Zubayrdan ushbu quvonch xabarini odamlarga masjidda xutba o‘qib eshittirishlarini iltimos etdilar. Abdulloh ibni Zubayrda «bunday xushxabarni odamlarga o‘zingiz yetkazing», deb Usmonga aytdilar. Usmon (r. a.) odamlar o‘rtasida turib ushbu sevinchli xabarni uzun xutbaning ichida ularga eshittirdilar.
Bundan keyin ibni Sarh Nubilga qaytdilar. U yerda Nubil bilan yangidan g‘azot qildilar. 31-yili hatto Dungolo nohiyasiga qadar yetib bordilar. U srning aholisi ibni Sarhga qarshilik ko‘rsatgani tufayli ular bilan mislsiz jang qildilar. Biroq ibni Sarh, ular ustidan butunlay g‘alabaga erisha olmadilar. O'rtada yarash sulhi tuzildi. Ibni Sarh Misr bilan Qubil o‘rtasida yarim iqtisodiy shartnoma o‘rnatdilar. Bu shartnomaga ko‘ra Misr Nubilga urug‘lik bug‘doy va sabzavotlar yuborib turdi. Nubil esa o‘z navbatida un mahsulotlarini jo‘natadigan bo‘ldi.
34-yili Iskandariya yaqinida, O'rta Yer dengizi havzasida musulmonlar bilan rumliklar o‘rtasida urush olovi yoqildi. Rum qo‘shinlariga qirol Konstantinning o‘zi rahbarlik qilardi. «Suvoriylar jangi» deb nom olgan mazkur urushda arablar rumliklar ustidan ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdilar. Dengiz jangida arablarning qo‘lga kiritgan harbiy kemalari, birinchi Islom Flotini barpo etishlikda juda qo‘l keldi. Barpo etilgan mana shu flot ummaviylar hukmronligi vaqtida musulmonlar bilan vizantiyaliklar o‘rtasida davom etgan dengiz janglarida juda katta ishlarni amalga oshirishda benihoya xizmatlar qilgan.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Dekabr 2007, 17:39:19
USMONNING BA'ZI BIR AMALLARI

Usmon (r. a.)ning Olloh taolo va taborakning roziligini istagan holda sof niyatda amalga juda ko‘p islohotlari va maqtovga loyiq ishlari bo‘lgan. Mazkur islohot va amallarni xalifalik davrlarida o‘zlarining bevosita taklif va jiddiyatlari tufayli amalga oshirganlar. Quyida biz u zot harakatlari orqasida amalga oshgan ba'zi bir ishlarni hurmatli o‘quvchilarga taqdim etamiz.
Makka aholisi 26-yili Eson dengiz portini yangidan Jidda yaqinidagi sohilga ko‘chirish to‘g‘risida maslahat qildilar. Chunki bunday qilinganda port Makkaga yaqinroq bo‘lgan bo‘lur edi. Hazrati Usmon o‘zlari sahobai qiromlar bilan birgalikda Jidda sohiliga boradilar. U yerni sinchiklab o‘rganganlaridan so‘ng, port quriladigan joyni ko‘rsatib bergandilar. Keyin dengizga tushib u yerda g‘usl qilganlar. «Bu yer muborak sohil bo‘lsin», deb duo qilganlar. O'zlari bilan kelganlarni ham dengizga tushib cho‘milib, qirg‘oqda oftobga tovlanib yotishga amr etdilar. O'sha davrda barpo etishga asos solingan Jidda porti hanuzgacha Makkayi-mukarramaga xizmat qilib kelmoqda. Yana o‘sha yili Baytullohning atroflaridagi hovlilarni sotib olib Baytullohga qo‘shganlar. Baytulloh atrofiga katta koshonali xonalarni bino ettirganlar. Ollohning baytul haramini birinchi bo‘lib kengaytirgan shaxs Usmon (r. a.) bo‘ldilar. Shuningdek, Baytullohning muborak padarpushlari johiliyat zamonida teridan qilingan edi. Hazrati Usmon Baytullohning ustlaridagi teri yopqichni oldirib tashlab, o‘rniga Misr ipak paxtasidan to‘qilgan oq mato yoptirganlar. 24-yilda Madina aholisi Usmon (r. a.) bilan Masjiddin nabaviyni kengaytirish xususida so‘z yuritganlarida hazrati Usmon kibor sahobalar ila bu haqda maslahat qildilar. Hammalari eski masjidni buzib, o‘rniga keng va kattaroq masjid bino qilishlikka ittifoq etdilar. Ushbu maslahat bir yerga tinganidan so‘ng hazrati Usmon peshin namozini xalq bilan o‘qidilar. Namoz tugagach, o‘rinlaridan turib minbarga chiqdilar va xalqqa qarata nutq so‘zladilar.
Nutqlarining iborasi quyidagicha edi: - Ey xaloyiq! Men masjidi Rasulullohni buzub tashlab o‘rniga qaytadan yangi va keng, kattaroq qilib qurmoqchiman. Men guvohlik berib aytamanki, Rasululloh alayhissalomdan, «Kimki bir masjidni bino qilsa, unga jannatda bir xona bino qilinadi», deganlarini juda ko‘p bor o‘z qulog‘im bilan eshitganman. Mendan avvalroq o‘tgan salaf Umar ibni Hattob ham masjidni kengaytirganlar. Men o‘shalarga ergashgan bo‘laman. Men kibor sahobai kirom ila bu haqda maslahatlashdim. Ular masjidning eski binosini buzib tashlab o‘rniga kengroq va ulkanroq qilib qurishga ittifoq qildilar.
To‘plangan xaloyiq Usmon (r. a.)ning ushbu fikrlarini to‘g‘ri deb topdilar. Shundan keyin Usmon (r. a.) ishchilarni yollab, o‘zlari ish boshida boshqarib turib qurilishni boshlab yubordilar. Qurilish 29-yil rabiul avval oyida boshlanib, bir yilga yetmagan vaqt ichida ya'ni 30-yil boshlarida nihoyasiga yetkazildi.
Rivoyat qilinishicha, Usmon (r. a.) odamlar bilan gaplashib masjidni buzish haqida maslahatlashmoqni iroda qilgan vaqtlarida oldilariga Mavlon ibni Xikam kelgan ekan va u kishiga qarab: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, juda xayrli ishga kirishibsiz. Biroq, odamlarning esidan chiqmaydigan bir ish qilsangiz bo‘lardi», degan ekan. So‘zini tinglab turib Usmon «holingga voy, Usmon bizga qattiqliklar qilardi, deb gapirib yurishlarini yomon ko‘raman»- deya javob berdilar. Mavlon debdi: «Umar masjidni kengaytirgan vaqtlarida ularga qanday muomala qilganlarini ko‘rmadingizmi?» Usmon ung‘a qarab: «Jim bo‘l! Umar ularni juda qattiq qo‘lliq bilan ushlab turganlaridan hammalari u kishidan qo‘rqqanlar. Agar hammalarini bir tor hujraga kirgizsalar edi, kirib ketaverar edilar. Men esa ularni unday qilolmayman. Ularni qo‘rqitadigan bo‘lib qolishni istamayman», debdilar. Shunda Mavlon u kishiga qarab; «Bu gapingizni biror kimsa sizdan eshitib qolmasun. Unda sizga qarshi chiqishga jur'atli bo‘lib qoladi», debdi. Usmon (r. a.) xalifalik yillarining barchasida musulmonlar bilan birgalikda, Rasulullohning zavji-muboraklarini qo‘shib olib xajga borgandilar, Faqat uylariga qamal qilib qo‘yilgan yillarida xajga borolmay qolganlar xolos.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Dekabr 2007, 17:40:08
DAHSHATLI FITNA

Hazrati Usmon xalifaliklarining yarmiga qadarli davr ichida musulmonlarning sevikli xalifalari va butun Islom olami rozi bo‘lgan shaxs sifatida hukm surdilar. Musulmonlar hazrati Usmonning yumshoq ko‘ngil, xushfel bo‘lganliklari sababli doimiy xalifalik etishlarini orzu etardilar. Xususan, u kishi qattiqqo‘l Umar xalifaliklaridan keyin davlatga rahbarlik qilganliklari uchun odamlarga juda ham yoqqan edilar. Hazrati Umar musulmonlarni qattiq intizomda saqlar hamda ularni shaharlarga safar etishlikdan man etgan va katta qasr va hashamatli imoratlarga ega bo‘lishlikdan tiygan edilar. Buning sababi musulmonlar dunyo matolariga aldanib, natijada fitna kelib chiqmasligi uchun edi. Davlat hukmronligi Usmon qo‘llariga o‘tgach, odamlar benihoya shodlanib xalifalikda yuritgan ishlaridan rozi bo‘ldilar. Xalifalik mansabiga mingan vaqtlarida yoshlari yetmishda bo‘lgan. U kishi, tabiiyki, yoshliklaridan ko‘rkam hayotga odatlanib katta bo‘lgan edilar.
U janob Abu Bakr kabi va Umari odil kabi qattiqqo‘l emasdilar. Bunday sifatlar Islom davlati kabi bepoyon mamlakatni boshqarishlikda hokimiyat tepasida turgan hukmronga lozim bo‘ladigan sifatlardan edi. Xususan arablar oddiy, qashshoq hast kechirishlik davridan dabdabali va mo‘lko‘lchilik davriga o‘tayotgan davrlarida boshchilik qilayotgan hukmronga mana shunday jasurlik, qattiq qo‘llik kabi sifatlar zarur bo‘lardi. Usmon (r. a.) kibor sahobalarga chet mamlakatlarga safar otishga va u yerlarga borib mol-dunyo ortdirishga yo‘l qo‘ydilar. Ular esa qanday istasalar shunday ado etadigan bo‘ldilar. Madina va Makkaga har tomondan kelib to‘plangan boyliklar avvalda bunday mo‘l-ko‘lchilikka odatlanmagan arablar ruhida o‘z ishini ko‘rsatadi. Bunday katta boylik ularni asta-sekin dabdaba va isrof yo‘llarida foydalanish darajasiga yetkazdi. Avvallarda Madinada noma'lum bo‘lgan har xil behuda o‘yinlar, kaptarbozlik kabi lavh ishlar shaharda tarqala boshladi. Hatto ish shu darajaga yetdiki, oxirida Usmon (r. a.) bunday behudagarchiliklar bilan shug‘ullanadigan kimsalarni jazo choralari belgilab tiyib qo‘yishlikka majbur bo‘lib qoldilar. Birinchi bo‘lib Ka'b ibni Zulxayqani noo‘rin harakati uchun jazoladilar. Bundan achchig‘i chiqqan Ka'b o‘zining bir necha oshna-og‘aynilari hamda o‘g‘illarini ishga solib, o‘zi bilan birga achchiqlangan holda Shomga ko‘chirib olib chiqib ketdi. Shuningdek, behuda o‘yin-kulgi va ichkilik ichgani uchun Zobi ibni Xorisni hibs etishga buyurdilar.
Qufada bir necha jamoat to‘plangan bo‘lib ichlarida Ashtar va Zayd ibni Sujon ham bor edi. Ular ham Usmonga qarshi fitnagarlik qilishga urindilar. Ular: «agar modomiki Usmon hokimiyat tepasida turarkan, hech kimning boshini ko‘targani ham qo‘ymaydi» deb fitna, ig‘vo, qutqu-gaplarni tarqatdilar. Bunday ig‘vogorona gaplardan junbushga kelgan Zobi va Kuxayl ibni Ziyod kabi befarosat kimsalar esa «biz Usmonni albatta o‘ldiramiz», deyishgacha bordilar. Tabariyning rivoyat etishlariga qaraganda, hazrati Usmonga qarshi fitna chiqib, juda qattiqlashib ketgan paytda Umayr avvalda qilgan qasdidan qaytadi, ammo Kuxayl esa o‘ldiraman, degan qasdida mahkam turdi. Hatto, Usmonning oldilariga tajovuzkorlar bostirib kirgan paytida o‘ldirgani jasorat etib harakat ham qiladi. O'ldirgani payt poylab Usmonga tashlangan vaqtida hazrati Usmon u beadabni musht bilan urib yubormaganlarida, balki u befarosat hazrati Usmondek oliyjanob bir sahobani shahid etgan bo‘lardi. Fitnaning boshlanishi yoki ahvolning o‘zgarishi mana shu nuqtadan boshlangan edi. Bunga qo‘shimcha yana ba'zi bir kibor sahobalar bilan Abdulloh ibni Mas'ud, Abu Zar G'ifforiy va Ammor ibni Yosir kabi hurmatli sahobalar bilan hazrati Usmon o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchiliklar ham fitnaning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Bu ishdan ibni Mas'ud qattiq ranjidilar. Ibni Mas'udni hazrati Usmon taraflaridan ozorlanganliklarini ko‘rib u kishiga tarafdor bo‘lgan bani Xuzayl va Bani Zuhro urug‘i Usmon hazratlarini juda yomon ko‘rib qoldilar. Abu Zarning achchiqlanganlarini ko‘rib G'iffor va ularga ittifoqchi bo‘lgan urug‘lar ham Usmondai g‘azablanib qolishdi. Bani Maxzum urug‘i esa xalifa Usmon (r. a.) Ammor ibni Yosirni ixonat etganliklari uchun unga qarshi bo‘lib qoldilar, bularning barchalari hazrati Usmonga qarshi isyonga chaqirayotganlarga tezlik bilan javob beradiganlar edilar. Juda ko‘p odamlar ochiqdan-ochiq u kishining tutayotgan ishlaridan norozi bo‘lishar va yurg‘izayotgan siyosatlaridan xafa bo‘lib tanqid etardilar. Misol uchun siz hazrati Usmonning avvalgi ikki xalifa davrlarida bo‘lmagan ishlarni yangadan paydo qilganliklarini olib ko‘ring. U kishi takbirda eng birinchi ovozlarini past etgan va eng birinchi bo‘lib zakot berishlikni odamlarning o‘zlariga topshirgan va eng birinchi bo‘lib otlardan zakot olgan va eng birinchi bo‘lib chorvador boqishligi mumkin bo‘lmagan chegara to‘siqlarini yo‘qotgan kimsa bo‘ldilar. Shuningdek, Usmon hazratlari amakilari Hikam ibni Os hamda bola-chaqalarini Madinaga qaytarib olib kelganlari uchun ham odamlarning achchig‘i kelib qoldi. Hikam vafot etganda hazrati Usmon qabrning ustiga chodir tiktirdilar. O'g‘lini esa Madinadagi bozorga oqsoqol saylab qo‘ydilar. Bozorga oqsoqol bo‘lib olganidan so‘ng uning fe'li o‘zgardi, asta-sekin mol jamg‘arishga tushib qoldi. Shu kabi boshqa amakivachchalari bo‘lgan Mavlon ibni Hikamni juda iltifot ko‘rsatib o‘zlariga vazir hamda maslahatchi qilib oldilar. Noto‘g‘ri maslahatchi bo‘ldi. Shuningdek, musulmonlar hazrati Usmonning Umar tayinlagan voliylarini birin-ketin ishdan olib, ularning o‘rniga o‘z qarindosh-urug‘larini tayinlab qo‘yganlari uchun xafa bo‘lib qolishdi. Bular Madinada bo‘layotgan ishlar edi. Ammo Madinadan tashqarida esa hazrati Usmonning siyosatlariga qarshi turganlarga qo‘shimcha yana yallig‘lanib yonay deb turgan ikki tabaqa ham mavjud edi. Bir tabaqa behisob boyliklardan xohlaganicha foydalanayotgan holda ikkinchi tabaqa esa hayot go‘zalliklaridan butunlay mahrum bo‘lgan bechorahollar edilar. Mana shu ishlar Islom davlatini o‘zgartirib yubordi. Ushbu o‘zgarishlik esa xalifaning siyosatiga qarshilikni kuchaytirdi. Davlat ishlarida yurgizayotgan tartiblariga kishilar noroziligini tug‘dirdi. Madinada va qolgan boshqa o‘lkalarda xalifa siyosatiga qarshilik ko‘rsatish harakatini yuzaga keltirdi. Mana shunday g‘azab va nafrat bilan to‘lgan holat esa Abdulloh ibni Sabo' hamda unga ishonib ergashganlar da'vatini qabul qilishga imkoniyat yaratib berdi. Ibni Sabo' odamlarni xalifa Usmonga qarshi qo‘zg‘agan eng birinchi shaxslardan va hamda ushbu ulug‘ sahoba OLLOH jannat bilan bashorat bergan buyuk zotni o‘ldirishlik fitnasiga boshchilik qilgan odam edi.
Abdulloh ibni Sabo'ning xalifa Usmonga qarshi yuritayotgan g‘alamislik chaqirig‘i Basrada juda keng tusda qabul etila boshladi. Ishning bunday keng tus olayotganini hamda katta bir xatarning kelib chiqishini sezgan Basra voliysi ibni Sabo'ni shahardan badarg‘a qildirdi. Ibni Sabo' Basradan quvilganidan keyin Qufa viloyatiga keldi. U yerda odamlarni xalifa hamda voliyga qarshi g‘azabini qayrashga kirishdi. Odamlar Qufada voliyga nisbatan qattiq nafratda edilar. Ular Balko va Iroq chegaralarida joylashgan Sivor nomli o‘rinda yashayotgan qurayshlarni badnom etib, obro‘larini to‘ka boshladilar. Qo‘zg‘olonchilar Sivorda qurayshlarga tegishli bo‘lgan bog‘larni ulardan tortib olib qo‘ydilar. Mulklarini taladilar.
Isyonchilar asta-sekin ochiqchasiga birlashishga va Usmonga ochiq-oydin la'natlar ayta boshladilar. Ular dunyoda sodir bo‘lgan jinoyatlar ichida eng dahshatlisi bo‘lgan og‘ir jinoyatni sodir qilishga kirisha boshladilar.
Ibni Sabo' Qufadan ham xorlarcha voliy tomonidan quvilgach, Shomga qarab yurdi. Shomda esa chaqirig‘iga labbay, deb javob beradigan odamlarni topa olmadi. U yerdagi holat anchagina intizomda edi. Shomda o‘rin topa olmagach, Misrga qarab yo‘lga chiqdi. U yerda o‘zining, din libosini kiygizib odamlar ko‘zini bo‘yagan zaharli ta'limotni tarqatishga imkon topa olmadi, ammo keyinroq imkon topa oldi. Odamlar ichida Ali ibni Abu Tolibga tarafkashlik qilish chaqirig‘ini yoydi. Raj'iy mazxabini e'lon etdi. Ya'ni «Rasululloh yana ikkinchi marta hayotga qaytib keladilar», degan uydirma xurofiy fikrlarni odamlar o‘rtasida va yana «Ali Rasululloh vasiyat qilgan xalifalari va hamda o‘zlaridan avvalgi o‘tgan xalifalardan afzal», degan safsataning zararli oqimini odamlar miyasiga quydi. Shuningdek yana musulmonlar o‘rtasida forslardan o‘tgan ilohiy haq nazariyasini rivojlantirdi. Bunday nazariyani Islom qat'iy ravishda ma'n etadi. Ushbu nazariya ta'limotiga ko‘ra go‘yo Ali Nabi alayhissalomdan so‘ng eng haqiqiy xalifa emishlar. Va hamda Ali Nabi davlat ishlarini yurgizishda Ollohdan madad olarmishlar. Hazrati Usmon esa xalifalikni nohaq egallagan emishlar. Bu nazariya oxirigacha mana shunday zaharli fikrlardan iborat bo‘lgan, Islomga qarshi bir uydirma edi. Abdulloh ibni Sabo' Misrda Misr xalqi xalifa Usmon tomonidan tayinlangan voliy Abdulloh ibni Sa'dga qarshi bo‘lganliklari sababli o‘z da'vatini keng tusda yeyishga muvaffaqiyat topa oldi. Zero, voliy xalifaning qarindoshlaridan bo‘lganligi uchun Misr xalqi uni yomon ko‘rib qolgandi.
Shu kabi Muhammad ibni Xuzayfa bilan Muhammad ibni Abu Bakrni ushbu da'vatga qo‘shilishlari g‘azab o‘tini Misrda alanga olishiga va hamda ibni Sabo' o‘zining zaharli ta'limotini yoyishda muvaffaqiyat topishiga yordam berdi. Misrda, Basrada va Qufada holat ancha yomonlasha boshladi. Oxirida Usmon davlat arboblaridan mazkur viloyatlardagi aniq holatini tekshirib bilib kelishlik uchun to‘rt kishini tanlab u yerlarga yuborishga majbur bo‘lib qoldilar. Shundan keyin Muhammad ibni Salamani Qufaga, Usoma ibni Zaydni Basraga, Abdulloh ibni Umarni Shomga, Ammor ibni Yosirni esa Misrga yubordilar. Ammor ibni Yosirdan tashqari qolgan uch kishi u yerdagi holatni tekshirib haqiqiy voqeani aks ettirgan ma'lumotlarni to‘plab xalifa qoshiga qaytib keldilar. Ammor ibni Yosir esa ilgari eslatib o‘tganimizdek, xalifa bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan kelishmovchiliklar tufayli qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketdilar. Bu esa qo‘zg‘olonchilarni yanada shijoatlantirib yubordi.
Ibni Sabo' viloyatlarini xalifa Usmonga qarshi birlashtirishga erisha oldi. Unga haybatli hamda nufuzli Muhammad ibni Abu Bakr, Muhammad ibni abu Xuzayfa va Ammor ibni Yosir kabi sahobalar ham qo‘shildilar. Ibni Xuzayfa ibni Sabo'ni yozgan maktublarini Misr, Qufa va Basra xalqi orasida yoyishda ishtirok etdilar. Shundan keyin har bir viloyatdan yetti yuzdan oshiq kishi chiqib Madina tashqarisiga kelib to‘plandilar. Keyin ular o‘zaro Usmondan so‘ng kimni xalifa etib tayinlash xususida tortishib qolishdi. Basrada kelgan jamoalar Zubayrni, Qufadan kelganlar esa Talxani, Misr aholisi esa ibni Sabo' boshliq Alining bo‘lishligini talab etdilar. Hazrati Usmon Misr elchisini qabul qildilar va talablarini qondirishga va'da berdilar. Keyin ular tinchlanib o‘z mamlakatlariga keta boshladilar. Ular yo‘lda ketayotgan vaqtlarida uzoqdan bir otliqni goh ko‘rinib, goh ko‘rinmay ketayotganini ko‘rib qolishdi. Ular mazkur otliqdan shubhaga tushib quvib ketishdi. Tutib olib tintuv qilishdi. Uning yonidan xalifa Usmon tomonidan yozilgan maktubni topib olishdi. Xat oxirida Misr voliysiga isyonchilarning hammasini Misrga kirgan zahoti tutib dorga osishlik buyurilgan edi. Xatni o‘qigan isyonchilar yana qayta g‘azablangan holda Usmonning oldilariga qaytib kelishdi. Hazrati Usmondan bu haqda so‘rashdi. Hazrati Usmon bu xatni yozmaganlariga, buyurib ham yozdirmag‘anlariga qasam ichdilar. Ular bu Mavlon ibni Hikamning xalifa nomidan o‘zi yozib yuborganligini dalil ila bilib oldilar. Shundan so‘ng ular Mavlonni ularga topshirishlikni talab etdilar. Usmon (r. a.) esa Mavlonni ularga topshirishlikdan bo‘yin tovladilar. Keyin hazrati Usmon hovlilarini isyonchilar yigirma kunga yaqin musoxara etib to‘rdilar. Bu, Usmon Zinnuraynga qarshi ochiqdan-ochiq musoxara bo‘ldi. Bir jamoa sahobalar fitna o‘z ishini ko‘rsatmasligi uchun u kishini himoya etishga kirishdilar. Hazrati Usmon atrof viloyatlarga madad so‘rab maktublar jo‘natdilar. Isyonchilar xaj mavsumi tugaganini va atrof viloyatlardan yuborilgan madad kuchlar bexosdan bostrib kelib qolishligini o‘ylab ishga jiddiyroq kirishdilar. Mudofaachilar bilan ular o‘rtasida qattiq olishuvlar bo‘ldi, keyin Usmonning hovlilariga xoinona bostirib kirib bordilar. Hazrati Usmon madad tilab hazrati Aliga maktub yozib yuborgan edilar. Hazrati Ali o‘g‘illari Hasan va Husan (r. a.) ni hamda Zubayr boshliq bir necha adad bahodir kimsalarni yubordilar. Ularga hazrati Ali Usmonni poylashlikka hamda biror kishi hazrati Usmonga izo va jafo yetkazishligi uchun imkoniyat bermaslikni buyurib edilar. Ular kelib hazrati Usmon hovlilarining darvozasini to‘sib turdilar.
 
OG'IR JINOYAT
Biroq isyonchilar darvozani qo‘yib tuynuklardan kirishga harakat qildilar. Ular u yerdan kirib xalifani qo‘lga olishga harakat qilib qoldilar. Buni ko‘rib hazrati Usmon ularning oldiga chiqdilar va ularga qarab: «Sizlardan Olloh nomi bilan so‘rayman, sizlardan Rasululloh alayhissalom sahobalari tariqasida so‘raymanki, sizlar Rasululloh «qurol topa olmagan kishilarni qurollantirgan kimsaga jannat bo‘ladi» deganlarida men o‘sha askarlarni qurollantirganimni bilmaysizlarmi? Rasululloh Rum qudug‘ini qazigan kishi jannati bo‘ladi deganlarida men o‘sha quduqni qazdirganimni bilmaysizmi?» dedilar. Lekin ular aqlsiz, vijdonsiz bir qavm bo‘lganliklari sababli bu gaplar ularga ta'sir qilmadi. Hech qanday ibosiz holatda hazrati Usmonniig hovlilariga vahshiyona bostirib kirdilar. Hazrati Usmon ro‘za tutgan holda namozgohlarida Ollohning muborak kitobini o‘qib o‘ltirgan edilar. Mana shu holatda o‘ltirgan kimsaning oldilariga ulardan bittasi yaqinlashib keldi-da, qo‘lidagi o‘tkir temir asbobi bilan qattiq zarba urdi. Bu zarbadan hazrati Usmon hushdan ketib yiqildilar. Muborak qonlari, o‘qib o‘ltirgan sahifaning ustiga sochildi. U zot quyidagi oyatni tilovat etib turgandilar. Mazmuni: «Olloh sizni ulardan tezda himoya atadi. Olloh eshituvchi va dono zotdur». Yana bittasi Usmon tomonlariga tashlanib, qilichi bilan hamla qilmoqchi bo‘lganida xotinlari Noila hazrati Usmonni himoya etib ustlariga tashlandilar. Mazkur ablahning qilichi Noilaning qo‘llarini, barmoqlarini qirhib ketdi. O'lganlarini bilgan zahoti uylarini talashga va mol-mulklari, ya'ni musulmonlar mulkini egallab olishga kirishib ketdilar. Ular hech qanday ahtsga rioya qilmadilar, parvardigorlaridan qo‘rqmadilar. Shahriya xaramni ham ehtirom etmadilar. Zero, bu voqea 35-yilda zulhijja oyining sakkizinchi kuni sodir bo‘lgandi.
Ular badxulq, bezori, dinsiz kishilar edilar. Shu sababli umr bo‘yi ro‘zador, kechalari namozguzar sakson yoshdan o‘tgan bir kimsani ro‘za holida Ollohning kitobini o‘qiyotgan paytida hech narsaga e'tibor va hurmat ko‘rsatmay o‘ldirdilar. O'ldirmaslaridan biroz burunroq hazrati Usmonning xizmatkorlaridan birlari oldilariga kelib, «Ey amiral mo‘‘minin, biroz choy va non olib kelsam tamaddi qilib olasizmi?» deb so‘raganlarida hazrati Usmon «yo‘q» deb javob berdilar. «Men Rasulullohni hofimda qo‘rdim, u janob menga birga nonushta qilamiz deb bashorat berdilar», dedilar.
Usmonu Zinnurayn raziyallohu anhu o‘ldirilishlari tufayli Islom olamida hanuzgacha balqi qiyomatgacha, davom etadigan kulfat va baxtsizlik boshlandi. Yillar o‘tar, asrlar o‘tar, zamonlar o‘zgarar, hokimlar yangilanar, ammo ushbu jinoyatning qora dog‘i Islom tarixidan aslo yuvilib ketmagay. Rasulullohning xalifalarini, ikki muborak qizlarining erlarini va rumo arig‘ini qazitgan kimsani, askarlarni g‘azotga jihozlagan kimsani, sanoqsiz shaharni fath etgan zotni, birinchi Islom harbiy flotini tashkilotchisi, qolaversa saxiy, mehribon, hayoli kishini o‘ldirishlikka qanday jur'at etildi?! Nechun shunday ulug‘ zot o‘ldirilarkan, axir, yagona nushaga umum musulmonlarni amal qilishga jamlagan kishini va Islomga kirgan kundan boshlab butun umri davomida benihoyat manfaatlar yetkazgan kimsaga qo‘l ko‘tarish mumkinmidi? Qanday qilib, qaysi vijdon, qaysi qo‘l bilan o‘ldirilarkan shunday sifati oliylarga ega bo‘lgan kishi?! Muncha jinoyat nima uchun qilindi va nima uchun shunday zotga ko‘rildi. Ba'zi bir kamchiliklarni qildilar debmi? Yoki bir necha qarindoshlarini ishonib ishga qo‘yganlari, ular esa Rabbilaridan hayiqmay ishonib ish topshirgan kimsaga hiyonat etganlari uchunmi? Ular razil vazirlar, badbaxt maslahatchilar bo‘lganligi uchun isyonchilar o‘zlarini hakam deb o‘ylab, qutqaruvchilar deb o‘ylab, mehrobda shahid bo‘lgan kimsaga hujum qilib uni jinoyatkorona tarzda uldirdilarmi? Mol-mulklarini beibona taladilarmi? Xosxonalariga xiyonatkorona bostirib kirdilarmi?
Ey, pok parvardigor! Albatta, bu narsa sen rozi bo‘lmaydigan jinoyatdur, lekin sening ulug‘ qudrating va oliy azamatingdur. Buni albatta, bizning aqllarimizdan maxfiy bo‘lgan sening o‘zingga xos hikmatlari bor. Ey bor xudoyo! Zulmona, jabrona o‘ldirilgan, mehrobda shahid bo‘lgan zotdan rozi bo‘lgin. Shunday zotni o‘ldirishga jur'at etib qo‘l ko‘targan jinoyatchi xoinlardan, qotillardan intiqom olgin.
Zotan, sen hokimlarning eng adolatlisi, odillarning eng hikmatlirog‘idursan. Albatta, ssn «agarchi ko‘knor urug‘i vaznida biror ish qilingan bo‘lsa, uni hisobga olgaymiz, biz har narsani hisobini olishga yaraymiz», deb va'da bergansan. Albatta, sening va'dang barhaq. Demak, hech qanday arzimas, oz deb gumon etilgan jinoyat ham, yaxshilik ham buyuk Ollohning oldida, uning nazaridan chetda qolmas ekan-da. Parvardigor! Qilgan xatoliklarimizni avf etgin. Zero, sen arxamar roximinsan. Omin va rabbil olamin.

Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 10:18:14
IKKINCHI HALIFA UMAR IBNI HATTOB  (RAZIYALLOHU ANHU) DAVRLARI
UMAR IBNI HATTOBNING TARJIMAI HOLLARI SIFAT VA OILALARI


Haq birla botilni o‘rtasini to‘g‘ri ajratganliklari uchun Rasu-lulloh hazratlari tomonlaridan ushbu Foruq, ya'ni ajratuvchi de-gan laqab bilan laqablangandilar. Onalari Xantama nomli ayol bo‘lib, Qurayshning bani maxsum naslidandurlar. Umar (r.a.) fil yilidan uch yil keyin tug‘ilgan bo‘lib, Rasululloh payg‘ambarlikka musharraf bo‘lgan vaqtlarida 27 yoshlar chamasida edilar.
Umar ibni Hattob johiliyat zamonida sharif va sayyid kishilardan bo‘lib, Qurayshning elchilik xizmatini bajarardilar. Yoshlik pallalaridan tortib to xalifa bo‘lgunlariga qadar savdogarlik bilan shug‘ullangandilar. O'zlarining aytarlik katta boyliklari yo‘q edi. Yoshlik vaqtlarida otalarining qo‘ylarini boqib yurardilar. Xalifa bo‘lib, amalga mingan vaqtlarida mana sho‘ yoshlik ayyomlarida qo‘y boqib yurgan yerlaridan o‘tib qolsalar har doim «Mana shu yerlarda Hattobning qo‘ylarini o‘tlatib podachilik qilardim. Otam muomalasii qattiq kishi edilar. Ba'zan qo‘y boqib, ba'zan esa o‘tin terib kunni o‘tkazardim. Hozir esa xalqni kutishga boshladim. Endilikda mendan ustun Rabbil olamindan boshqa kimsa yo‘q» - der ekanlar.
Ular johiliyatda Abu Jahl kabi xalq ichida nufuzga ega kimsa bo‘lgandilar. G'oyat qattiq qo‘lliklari bilan omma o‘rtasida shuhrat topgandilar. Musulmon bo‘lmasliklaridan burun ahli Islom Umardan juda qattiq izolar chekkandilar. Shu sababdan Rasululloh Abu Jahl yohud Umarni Islomiyatga kiruvlarini orzu etardilar. Shunday bo‘lganda ahli Islomga mushriklar izolari bilan pasayar, degan umidda bo‘lardilar. Umar Islomga kirmaslaridan avval ahli Islom o‘zlarining ozchiliklari hamda qurayshlarning jafolaridan ehtiyot chorasi sifatida ibodatlarni yashirin tarzda ado etardilar. Ko‘proq ular Arkam ibni Abu Akram hovlilariga yashirincha yig‘ilib ibodatlarini o‘tashar va hamda Rasulullohdan din ta'limlarini o‘rganishardi.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 10:23:25
ISLOMGA KIRISHLARI VA RASULULLOH BILAN SUHBATLARI

Paygambarlik kelganiga olti yillar bo‘lgan chamasida Umar ibni Hattob bir kuni Makka ko‘chalaridan birida aylanib yurgandilar. Bir kishi kelib: «Ey, Umar, senga nima bo‘ldi, «Men - u, men - bu!» deb maqtanasanu holbuki, Islom o‘z xonadoningga ham yo‘l solibdi-ku?!» - dedi. Umar bunga g‘oyatda ajablanib, «Qanday qilib kiribdi, ayt», dedilar.
«Kuyoving bilan singling allaqachon dindan qaytib, Muhammadga ergashib ketdilar» - deDi haligi odam. Bunga Umarning xushlari boshlaridan uchib, kuyovlarining uyiga shoshib yo‘l soldilar. Kela solib eshikni qoqdilar. Hovlida ashobdan ikki kishi bo‘lib, bir necha odam qog‘ozga yozilgan Qur'on oyatlarini o‘qib, o‘rganmoqda edilar. Ular Umarning ovozlarini eshitgach, har birlari har tomonga yashirinishga shoshilib, qog‘ozni yerga tushirib qoldirdilar. Umarning singillari eshikni ochgach, shu zahotiyoq, «Sen badbaxt dindan qaytdingmi?!» deb yuzlariga qo‘llaridagi narsa bilan urib jarohatladilar. «Ha, men musulmon bo‘ldim, qo‘lingizdan kelganini qiling!» deb singillari ham bo‘sh kelmadilar. Ushbu gapdan Umar darg‘azab bo‘lib, bo‘g‘ilishlariga sal qoldi. Yerdagi qog‘ozni ko‘rib: «Nima u, olib kel menga», dedilar. Singillari avval qog‘ozni bermaslikka tirishsalarda, oxiri majburan olib berdilar.
Umar «Bismillohir rohmanir rohim» degan yozuvga ko‘zlari tu-shishi bilan qog‘ozni chetga otib yubordilar. Birozdan keyin jahllari sal bosilib, qog‘ozni qaytadan qo‘llariga olib o‘qishga tutindilar. Qog‘ozdagi «XADID» surasi edi.
Yozuvda Ollohning ismi zikr etilgan sayin Umarning achchiqlari bosilib, qo‘rquvlari orta bordi. Shu tariqa suraning oxirigacha o‘qib chiqdilar va o‘sha zahotiyoq butunlay boshqa Umarga aylanib qoldilar. Birdaniga shahodat keltirib, dinni qabul etib yubordilar. Kishilar shodlikdan na qilarlarini ham bilmay qoldilar. Takbirlar aytib, quvonchlarini namoyon etdilar. «Dushanba kuni Rasululloh rabbilaridan Abu Jahl yohud Umar birla Islomni madadlantiruvlarini so‘rab duo qilgandilar. Ollohga hamdlar bo‘lsinki, ushbu sharafga siz noil bo‘ldingiz», deb Umarni muborakbod etdilar. Umar ulardan Rasulullohning qaerdaliklarini bildilarda, to‘g‘ri Arkamning hovlilariga kelib eshikni qoqdilar. U yerdagilar Umar kelganliklarini bilib nima qilarlarini bilmay shoshib qoldilar. Yolg‘iz Rasulullohgina hech qanday e'tirozga o‘rin qoldirmaydigan darajadagi xotirjamlikla eshikni ochishga buyurdilar.
Umar eshiqdan kirganlarida Rasulullohga suiqasd niyatida kelgan bo‘lmasin, deya ikki kishi qo‘llaridan ushlamoqchi bo‘lishdi. Biroq Rasululloh tegmanglar, deya ishorat etdilar. Umar janob Rasulullohning oldilariga yaqinlashganlarida, Rasululloh Umarning ko‘ylaklaridan tortib: «Ey Hattob o‘g‘li, Islomga kelsang bo‘lmaydimi?» dedilar. Bunga javoban Umar hech kutilmaganda, Ashhadu anlo iloha illallohu va annaka rasulullohu - deya shahodat kalimasini aytib yubordilar. Kishilar shodlikdan hamma yoqni takbir sadosida to‘ldirib yuborishadi. Umar musulmonliklarini yashirgilari kelmadi. Bu yerdan to‘g‘ri chiqib Abu Jahlning oldiga borib, musulmon bo‘lganliklarini aytadilar. Abu Jahl uyiga kiritmaydi. Keyin Ka'baga borib jam bo‘lib o‘ltirgan quraysh mushriklariga Islomiyatga kelganliklarini so‘zlaydilar. Ular bundan g‘oyat g‘azablanib Umarni ta'na va dashnomlar ila so‘ka boshlaydilar. Janjal ko‘tarilib ahvol yomonlashuvini sezgan Umarning ona tomonlaridan qarindoshlari bo‘lgan Os ibni Voil nomli kishi ajratib oladi.
Umar ibni Hattob (r. a.) Islomga kelgan vaqtlari payg‘ambarlikning 6-yilida bo‘lib, bu davrda 39 erkak va 23 ayol kishigina dinni qabul qilgandilar. Umar o‘zlari ibodatni mushriklardan yashirib qilishga rozi bo‘lmaganlaridek, o‘zga musulmonlarni ham yashirin tarzda ibodat etishlariga rozi bo‘lmadilar. Ochiq, erkin suratda ibodat qilishlikka targ‘ib etdilar.
Rasululloh alayhissalom ham asxobni o‘z dinlarini xalq orasida oshkora etishga ko‘rsatma berdilar. Shundan so‘ng asxoblar Umar va Hamza kabi jasur kishilar panohi ostida Ka'baga borib ochiq ibodat etdilar. Mushriklar ahli Islomning qilgan ishlaridan o‘lar darajada bo‘g‘ilsalar-da, biroq ularga qarshilik etishga jur'at qilolmadilar. Hazrati Umar Islomga kelganlaridan so‘ng butun kuch-g‘ayratlarini Islom va Rasululloh himoyatlarida sarf etdilar. Avvalda Islomga qanchalik qarshi bo‘lsalar, dinga musharraf bo‘lganlaridan keyin esa mushriklarga bundan ko‘ra bir necha daraja ortiq qarshi bo‘ldilar. Xijrat-da ko‘rsatgan atvorlarida buni ochiq ko‘rsatsa kerak, jami ashob berkinib qochib xijrat etganlari holda, hazrati Umar ochiqdan-ochiq yashirinmay xijrat etishga qaror qildilar.
Zero, «Haq hamisha g‘olib keladi: uni yashirish kerak emas», degan e'tiqodda edilar. Shu sababdan xijrat etmoqqa qaror qilganlaridan so‘ng qilichlarini taqib, kamonlarini belga osib bir necha dona o‘qlarini o‘qdonga joylab tayoqlariga tayanib Ka'baga kirdilar. U yerda quraysh mushriklari majlis tuzib o‘ltirgandilar. Hech qaysisiga iltifot etmayincha to‘g‘ri borib Ka'bani yetti bor tavof qildilar. Undan keyin bemalol namozni o‘qidilar. Keyin majlisdagilar oldiga bir-bir qadam bosib borib o‘zlarini Madinaga xijrat etmoq ekanliklarini aytdilar. Hamda kimda-kim onasini bolasiz, bolasini yetim, xotinini tul qoldirmoqchi bo‘lsa, menga falon yerda uchrashsun dedilar. Lekin ortlaridan biron-bir ta'qib etuvchi bo‘lmadi. Yigirma choqli kishi o‘sha kuni Umar (r. a.) bilan barobar Madinaga jo‘nab ketgandilar.
Hazrati Umar xijratdan avval Rasululloh va Islom himoyatida qanchalik jonbozlik ko‘rsatgan bo‘lsalar, xijratdan keyin ham shunday qildilar. Rasulullohga hech bir kimsadan zulm va izo yetishini aslo xohlamasdilar. Munofiq va mushriklarning harakatlarini doimo ziyraklik bilan kuzatib turardilar. Rasulullohga biron bir kimsadan izo yetganini yoki suiqasd tayyorlanayotganini bilsalar darhol oldilariga kelib haligi kishiga adab berishlikka, aksariyat esa o‘ldirishlikka ruxsat so‘rardilar. Ishni ko‘pincha qilich bilan hal qilishga kirishardilar. Rasulullohga qarshi nutqlar so‘zlagan mashhur arab notiqi Suxayl ibni Amr Badrda asir tushganida hazrati Umar Rasulullohning oldilariga kelib uni o‘ldirib yuborishlikka ruxsat so‘raydilar. Hazrati Umar «Yo Rasululloh, menga ruxsat eting, buning tishlarini sindirib, tillarini sug‘urib olay. Toki ikkinchi bor sizga qarshi gap qilolmay qolsin», degavdylar. Badr jangida asir tushgan mushriklarni o‘ldirib yuborishga maslahat bergan ham Umar edilar. Mushriklarni naqadar yomon ko‘rganliklaridan, Islomga ne darajada muhabbatlari bo‘lganligidan shunday maslahat bergandilar. Umar ibni Vahob degan kimsa Badr fojiasidan keyin Safvon ibni Umayya kengashi bilan Rasulullohni o‘ldirishlik uchun Madinaga kelgan edi. Buning yomon niyat bilan kelganini sezib qolgan Umar darhol ikki qo‘lidan mahkam tutib, Rasululloh huzurlariga kiritmaslikka harakat qilgandilar. Bu ishlarning hammasi Umarning ne darajada Rasulullohga muhabbatli ekanliklarini isbot etadi. Bundan boshqa juda ko‘p urushlarda hazrati Umar Rasululloh hamda Islom himoyasida jonbozlik ko‘rsatganlarki, bularning har biri zikr etilaverilsa, alohida kitob kerak bo‘ladi.
Hazrati Umar favqulodda to‘g‘ri fikrli va to‘g‘ri so‘zli kishi edilar. Bir necha masalalar, jumladan, Ummul mo‘‘minlarni hijob ostiga oluv, hamda araqni harom etuvlarda Qur'onu Karim Umarning ra'yilariga muvofiq nozil bo‘lgandi. Shuning uchun Rasululloh alayhissalom Umar haqlarida «Olloh taolo to‘g‘rilikni Umarning tiliga va qalbiga soldi», degandilar. Rasululloh hazratlari Umar (r. a.) Islomiyatga qilgan xizmatlarini juda qadrlar edilar. Janob risolatpanoh sallallohu alayhi vasallam ko‘p vaqtlarda: «Men, Abu Bakr va Umar kirdik, men, Abu Bakr va Umar chiqdik», deya bu ikki ulug‘ning nomlarini o‘zlari bilan qo‘shib so‘zlar edilar. Hamda o‘zlaridan keyin bu ikki zotni o‘zlariga namuna etarga va ularga ergashishlikka asxobni undar edilar.
Umar ibni Hattob Rasululloh bilan birgalikda butun g‘azotlarda ishtirok etgandilar. Ba'zi bir qo‘shinlarga Rasululloh Umarni lashkarboshi qilib yuborganlar. «Zotis salosil» seriyasida Amr ibni Os qo‘l ostlarida, Rasulullohning oxirgi kasalliklari paytida esa Usoma ibni Zayd qo‘l ostlarida oddiy askar sifatida ham janglarda ishtirok etgandilar. Hazrati Umar qaysi bir sifatda - xoh qo‘mondon, xoh oddiy askar sifatida qatnashgan bo‘lmasin, har qanday holatda ham ko‘zlagan maqsadlari bir - Islom kalimasining yer yuzida oliy bo‘lmog‘i edi. Butun fikr-zikrlari, o‘y-xayollari dushmanni yakson etishlik bo‘lgandi. U janobning maqsadlari tugal edi.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 10:27:02
UMAR IBNI HATTOBNING TAXT XUTBALARI

13-yil 22-jumodil avvalda (634 yil 23 avgust) xalifalik mansabiga saylangan Umar ibni Hattob «Islom davlatini boshlab to‘g‘ri asosga bino qilgan zot», deya ta'rif etiladurlar. O'zlarining eng birinchi xutbalarida tutayotgan siyosatlari haqida qisqacha, ammo g‘oyat ochiq tarzda bayonot bergandilar. Mana shu xutbalarida aytgan so‘zlariga umrlarining oxirigacha amal qiloldilar, uddasidan chiqdilar. «Arablar yetaklovchiga ergashadigan asov tuyalarga o‘xshaydilar. Ammo men ularni, Ollohga qasam ichib aytamanki, to‘g‘ri yo‘lga solaman», degandilar. Voqean shunday bo‘ldi. Hech qanday tartib va intizomni bilmaydigan arab jazzirasidagi xalqlarni bir butun davlat qo‘l ostida birlashtirib, o‘z zamona-sidagi eng kuchli sanalmish Eron va Vizant saltanatlariga tahdid soladigan millatga aylantira oldilar.
Mana shu boshboshdoq xalqlarni birlashuvi oqibatida tuzilgan davlat Eron kabi yuksak taraqqiyotga ega bo‘lgan saltanatning to‘rt ming yillik tarixini yer yuzidan o‘chirib tashlay oldi. Vizant saltanatining arklarini esa larzaga solib yubordi. Juda ko‘p yerlarni qo‘lidan tortib oldi va o‘z davlati chegarasiga qo‘shdi. Iroq, Suriya, Misr kabi dunyoda eng unumdor boy mamlakatlar sanalgan joylarni ham arab davlati hisobiga kengaytirib qo‘shib oldi. O'n yildan ortiqroq vaqt mobaynidagi hukmdorliklarida Umar ibni Hattob Abu Bakr zamonlarida boshlangan futuhotlarni g‘oyat jiddiyat ko‘rsatib davom etdirdilar. Amalda zo‘r muvaffaqiyatga erishdilar.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 10:29:00
IDORALARI

Umar ibni Hattob davrlarini ko‘zdan kechirsak, u janobni ikki qarama-qarshi, qattiqqo‘llik va adolat sifati bilan imtiyoz etilganliklarini ko‘ramiz. Bir qo‘llariga darralarini tutib, ikkinchi qo‘llarida esa adolatni ushlab davlatni idora etardilar. Bu xususda shunday muvaffaqiyat qozondilarki, tarix u janobni eng zo‘r siyosiylardan hamda eng adolatli xukmdorlardan sanaydur. Biror kishiga jabr yohud biror munosabatsiz gunoh ish qilgan kim-sa, qanday darajadagi kishi bo‘lmasun Umarning darralaridan qutula olmasdi. Shu sababli Umar xalifalik qilgan davrlarida boshboshdoq arab sardorlari, cheksiz hur imtiyozlarni sevuchi amal-Dorlar podachi qo‘lidagi yuvosh qo‘ylar kabi intizomli bo‘lib qolgandilar.
Umar ibni Hattob raiyatni qattiqqo‘llik bilan boshqarsalarda halq u janobdan mamnun hamda rozi edi. Chunki adolatlari hech bir kishini nohaq jabr chekuviga imkoniyat bermasdi. Zero, Umarning qattiqqo‘lliklari dastavval asosan o‘zlarining ma'muriyatlariga va davlat arboblariga tegishli bo‘lgandi. Hazrati Umar amaldorlarni xalqqa qay tariqa muomala qilayotganlarini kuzatish bilan birgalikda yana yeyish-ichish va kiyinish kabi shaxsiy ishlarida ham nazorat o‘rnatgandilar. Ularni oddiy kiyinishlikka, ortiq darajada dunyoga berilib ketmasliklariga, yeyish-ichishda ham maishatbozlik qilmasliklariga amr etardilar. Biror viloyatga voliy tayin etadigan bo‘lsalar, unga izvoshda yurmaslikga, qimmatbaho kiyimlar kiymaslikga, yeyish-ichkshda haddan oshmaslikga, hojatli kishilar uchun eshigini doim ochiq tutmoqlikni tavsyya etardilar. «Men sizlarni xalqning mol-mulkiga, taniga va obro‘siga xo‘jayin qilganim yo‘q, balki sizlarni ularga namoz o‘qib berishlikka va o‘rtalarida adolatni o‘rnatishlikka amaldor qildim», der edilar. Voliylarni bunday qattiq nazorat ostida tutishlarining sababi, ular odmi kiyinish va oddiy hayot kechirishliklari bilan isrofsiz yashash bobida xalqqa namuna bo‘lishlari, hamda dabdabali turmushga o‘rganib qolib, pora olishga o‘tib ketmasliklarini ko‘zda tutganlaridan edi. O'zlari qattiqqo‘llik ko‘rsatsalarda, ammo qo‘l ostilaridagi amaldorlarga xalqqa yumshoqlik ila muomalada bo‘luvlarini tavsiya etardilar. Shu sababli yumshoq ko‘ngil kishilarni voliy tayin etardilar. Bir vaqt Abu Muso Ash'ariy bir kishini aroq ichganligi uchun jazo berib, bunga qo‘shimcha yana sochini qirdirib, yuziga kuya surkatib ko‘chada kezdirgan va xalq orasida sharmanda qilgandilar. Xalqqa mazkur kishi bilan o‘tirmaslikka, suhbatlashmaslikka amr ettandilar. Haligi jazo olgan odam kelib Umarga shikoyat etgandi. Bundan Umarning achchiqlari behad qo‘zg‘ab, Abu Musoga shunday mazmunda maktub jo‘natgandilar: «Falon kishi sening haqingda menga shunday deya shikoyat etdi. Ollohga qasam ichib aytamanki, agar ana shunday bir noma'qulchilik qilsang, o‘zingning burnigga qora surtib xalq orasida rasvo qilib sharmanda etdiraman. Gapimni qanchalik rostligin bilmoqchi bo‘lsang, yana shunday ishni bir qilib ko‘r».
Bir vaqt Umar (r.a.) voliylar haqida xalqqa: «Ey, xaloyiq, men sizga voliylarni sizni urishi, so‘kishi, qiynashi va mollaringizni talashi uchun yubormayman. Balki sizga diningazni o‘rgatishligi uchun, o‘rtangazda haqlik va adolat ila hukm yurgizishligi uchun yuboraman. Agar biror kishiga shundan tashtsari ish qilinsa darhol menga yetkazsun. Men uning qasosini olib berurman», degandilar. Shunda Amr ibni Os o‘rinlaridan turib: «Agar birontamiz qo‘l ostimizdagi kishiga adab berishlik uchun ursak ham qasos olib berasizmi?» deb so‘ragandilar. Bunga javoban Umar (r. a.) «Albatta, qasos olib berajakman. Nima uchun qasos olmas ekanman. Zero, Rasululloh o‘zlaridan ham qasos oldirar edilar», degan ekanlar.
Umar (r. a.) o‘z qo‘l ostilaridagi voliylariga xalq orasida adolat ijro etuvga, katta-kichik, boy-kambag‘al o‘rtasini ayirmasdan hammaga bir tekis ko‘z bilan qararga buyurardilar. Qaysi bir yerdan elchi kelsa eng avvalo voliylar haqida so‘rardilar. «Kasallaringizni borib ko‘radimi? Qullarni ziyorat etadimi? Zaif bechoralarga yumshoqlik bilan muomalada bo‘ladimi? Shikoyatchilar, hojatmandlar uchun eshigi ochiqmi?» degan savollarni berardilar. Agar birorta savollariga yo‘q javobini olsalar va bu dalil tekshiruvda isbotlansa, to‘xtovsiz o‘sha voliyni ishdan bo‘shatardilar. U janob dalillarni juda mukammal ravishda tekshirtirardilar. Agar tekshiruv natijasi bo‘shatishlikni taqozo etsa, qanday darajadagi kishi bo‘lmasin, to‘xtovsiz ishdan olib tashlardilar. Hazrati Umarning viloyat hokimlarining muomalalarini kuzatib yuruvchi josuslari bo‘lardi. Hamda voliylarni tekshirishlik uchun umum taftish guruhi ham ta'sis etgandilar. Umar davrlarida umum taftish idorasining raisi Muhammad ibni Maslamas Ansoriy edilar. Umar (r. a.) xalq manfaatini ko‘zlab, qo‘l ostlaridagi ma'muriyatni bunday darajada qattiq nazorat ostida tutar edilar. Oddiy odam ularga biror bir amaldor tomonidan nohaq jazo yetmasligini nazarda tutib voliy va hokimlarni mana shunday qattiq nazorat ostida saqlardilar. Voliylar ham Umar (r. a.)dan nihoyat darajada qo‘rqib to‘g‘ri ish yuritishga harakat etardilar. Har qanday shikoyatchining shikoyatini, qanday oliy darajadagi amaldor ustidan bo‘lmasin, albatta tekshirib ko‘rib, agar shikoyat to‘g‘ri deb topilsa, mazkur amaldordan qasosini olib berardilar. Bir vaqt Umar ibni Hattob (r. a.)ga misrlik bir qibtiy kelib Amr ibn Osning o‘g‘illaridan shikoyat qilgandi. «Men Amrning o‘g‘lidan poygada o‘zib chiqsam, alami kelib, meni qamchin bilan nohaq urdi. Ustingdan shikoyat etaman, desam «Biz - aslzodalarmiz, qo‘lingdan kelganini qilaver», deb meni haqorat etdi» dedi. Umar (r.a.) darhol Amrga xat yozib o‘g‘li bilan Madinaga to‘xtovsiz yetib kelishga amr etdilar. Yetib kelishganlaridan so‘ng esa haligi misrlikni chaqirtirdilar-da, qo‘liga qamchilarini berib Amrning o‘g‘lini urishni buyurdilar. Har urganda Umar (r. a.) «Ur, aslzodaning bolasini!» deb turdilar. O'g‘lini urib bo‘lgach, endi otasi Amrni urishga amr etdilar. Misrlik esa «Otasida qasdim yo‘q, o‘g‘lidan qasosimni oldim», deb javob berdi. Amr ibni Os hazrati Umarga ushbu voqeadan bexabar ekanliklarini aytib uzrxohliklar qildilar. Amrga qarab: «Sizlar qachondan beri xalqni o‘zingizga qul qilishga boshladingiz? Holbuki, onalari ularni ozod holda tuqqan-ku?!» deb ta'naomuz so‘zlar bilan koyidilar. Umarning adolatlarini qarang-ki, shikoyatchi oddiy misrlik bir qibtiy, Amr esa butun Misr viloyatining yangicha ta'bir bilan aytganda general gubernatori vazifasidagi kishi edi.
Kunlardan bir kuni Umar (r.a.) Madina ko‘chalarida yursalar bir odam: «Ey Amiral-mo‘minin, sen voliylaringga yolg‘iz nasihatlar qilish bilan Ollohning azobidan qutilib qolaman, deb o‘ylaysanmi? Holbuki, Misrdagi vbliying Iyoz ibni G'anam nafis kiyimlar kiyadi, eshigida soqchi ham saqlaydi», dedi. Buni eshitgan onlaridayoq hazrati Umar taftishchilar boshlig‘i Muhammad ibni Maslamani chaqirib Misrga borishga hamda Iyozni qanday holda topsalar shundayligicha Madinaga olib kelishga amr etdilar. Voqean Iyoz nafis kiyimlar kiygan va epshklarida soqchi ham saqlagan ekanlar. Hazrat Umar (r. a.) Iyozni yechintirib, qora chakmon kiygizdirib qo‘llariga bir tayoqni tutqazdilar-da, «Endi sen bor, mana bu qo‘ylarni o‘tlat», dedilar. Iyoz bunga qarpsh, «Menga o‘lim bundan yaxshiroq» dedi. Umar (r. a.) esa unga takror aytdilar. U esa takror o‘z javobini qaytardi. So‘nggada Umar (r. a.) «Sening otang qo‘y boqqanligi uchun g‘anam, ya'ni qo‘y deb nomlangan bo‘lsa kerak» dedilar. «Albatta, o‘zimni tuzataman, xatolarni hargiz qaytarmayman», dedilar Iyoz. Shundan so‘nggina Umar (r. a.) Iyozning chakmonlarini yechishga buyurdilar. Va avvalgi ma'muriyatlariga qaytardilar.
Umar (r. a.) voliylar ishini taftishchilar orqali tekshirish bilangana kifoyalanib qolmay balki haj mavsumlarida butun voliylarni hajga taklif etar va yuz minglab xaloyiq o‘rtasida ularni xalqdan qanday ish yuritayotganlarini so‘rardilar.
Bir haj mavsumida butun xalqni yigib voliylar ishtirokida ularga xutba so‘zladilar. «Ey xaloyiq, men ushbu voliylarimni sizga haqlik bilan hukm yurgizishlari uchun yubarganman. Sizning tanin-gizga, molingazga ega bo‘lishliklari uchun yubormaganman. Biror kishi bulardan jabr ko‘rgan bo‘lsa turib aytsun», dedilar. Shu vaqt yolg‘iz bir kishigina turib, Misr voliysi yuz qamchi urganligini aytdi. Buni eshitib Umar, Misr voliysiga «Nechun bunga yuz qamchi urasan», dedilar. Va undan qasos olishga amr etdilar. Shu payt Amr ibni Os o‘rinlaridan turib: «Ey amiral mo‘‘minin, siz bunday yo‘lni tutsangiz voliylaringizga og‘ir botadi. Sizdan keyingilarga ham ushbu ish odat bo‘lib qoladi», dedilar. Umar (r. a.) bunga javoban: «Nechun qasos olmaslik kerak? Hatto, Rasululloh ham o‘zlaridan qasos oldirar edilar»,- dedilar-da, haligi kimsaga qarab «Voliyni yuz qamchin ur», dedilar. Amr ibni Os boshqa chora topaolmaganlaridan Umarga qarab: «Ey amiral mo‘minin, bo‘lmasa bizga rizo qilishga ruxsat eting»,- dedilar. Har qamchiga ikki dinordan berib, ikki yuz dinor barobariga qasosdan qutulib qoldilar. 20 dinorga ega bo‘lgan odam zakot berishga qodir hisoblanadi.
Qo‘fa shahri bino kilinganda shahar hokimi uchun boshqalardan ko‘ra yuksakroq saroy solingan va bu imorat xalq tilida Sa'dning saroyi deb yuritilardi. Mazkur saroy solingan joy bozor maydoniga yaqin bo‘lib bozordagalarning tovushlari eshitilib turardi. Saroyda eshik og‘asi bo‘lib, Sa'd unga «bozordagilar tovushlarini ko‘tarib so‘zlashmasinlar», deb amr etibdi, degan gap oralab qoladi. Oxiri bu gap Umar (r. a.)ning quloqlariga ham borib yetadi. Darhol taftishchilar raisi Muhammad ibni Maslamani chaqirib: Qo‘faga borib Sa'd saroyining darvozasini yondirib tashlashga hamda bir maktub yozib berib, mana shuni Sa'dga topshirib qaytishga amr etdilar. Muhammad ibni Maslama Qo‘faga kelib Sa'dga bildirmay saroy darvozasiga o‘t qo‘yib yuboradilar. Sa'd Muhammad ibni Maslamani tayaib qolib saroyga chaqirtiradilar. Biroq, Muhammad ibni Maslama oldilariga bormaydilar. Oxiri o‘zlari Muhammadning oldilariga kelib uylariga mehmonga taklif etadilar. Bunida qabul qilmaydilar, oxiri yo‘l uchun, oziq-ovqat uchun, ishlatishga biroz narsa tayyorlab keladilar. Biroq Muhammad bunida qabul etishdan qat'iyan bosh tortadilar. Maktubni Sad'ga topshiradilar. Maktubda: «Sen o‘zingga saroy soldirib xalqdan ayrilib yashar ekansan. Saroying «Sa'dning saroyi» deb mashhur ekan. Xalqning bemalol kirishlari uchun to‘siq bo‘lishligiga darvoza ham qurib, eshik og‘asini ham qo‘ygats emishsan. Ul seni saroying emas, balki fasod saroyidur. Bundan keyin saroyga darvoza qurdirib, xalqning kiruviga mone' bo‘lma» degan mazmunda gaplar yozilgan edi. Sa'd ibni Muhammad ibni Maslamaga qasam ichib xalq orasida yurgan gap-so‘zlar yolg‘on ekanligini, hech qachon bunday gap gapirmaganlarini aytdilar. Muhammad ibni Maslama qaytib kelib Sa'dning qasam ichganlarini aytganlaridan so‘nggana Umar qanoat hosil qilgandilar. Ushbu voqea Umar (r. a.) o‘z ma'muriyatlariga qanchalik ehtirom ila nazoratda bo‘lganliklarini, agarchi amaldor nechuk kishi bo‘lmasin xotirini saqlamaganliklarini ko‘rsatadi.
Umar ibni Hattob (r. a.) amaldorlarni pora olishlariga yo‘l ochib bermaslik niyatida amaldorni biror yerga ishga yuborishdan avval mol-mulkini hisobga oldirardilar. Oradan vaqt o‘tgach, mulkni taftish qilardilar. Agar avvaldagi hisobdan ortiq chiqsa, ortig‘ini davlat xazinasiga oldirib qo‘yardilar. Shu kabi Kanona arablariga zakot omili bo‘lib borgan Utma ibni Abu Sufyon Madinaga kelganida «buni men savdogarchilik etib ko‘paytirganman» deganiga qaramay baytul molga oldirib qo‘ygandilar.
Xolid ibni Valid Ash'as ibni Qaysga o‘n ming dirham mukofot berganlarini eshitib Xolidni ishdan olgan, pulni esa xazinaga musodara etdirib olib qo‘ygandilar. Mana shunday ish tutganliklaridan Usmon ibni Affon davrlarida xazina molini o‘z xohishlariga sarf etib, ba'zi bir raislarga mukofotlar berib o‘z tomonlariga og‘dirib oladigan Muoviya kabi zotlar ham Umar davrlarida jim turishdan o‘zga chora topaolmagandilar.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 10:30:51
DAVOMI

Hazrati Umar voliylari va amaldorlari ustidan xalqqa jabr va zulm etmasliklari uchun shunchalik qattiq nazorat o‘rnatgan bo‘lishlariga qaramay baribir xotirjam bo‘laolmasdilar. Shahid etilishlaridan avval butun mamlakatni aylanib chiqib har yer-har yerda bo‘lib xalqlarning kechirayotgan hayotlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, shikoyatlarini o‘z quloqlari bilan eshitib, ichlarqda qanday orzulari borligani bilmoqchi bo‘lgandilar. «Men,- degandilar Umar,- agar salomat bo‘lsam, yaqin kunlarda butun mamlakatni bir yil davomida aylanib chiqurman. Chunki xalqning menga hojatlari bo‘lishi mumkin. Voliylar menga yetkazmaganliklari, o‘zlari esa oldimga kela olmaganliklari sababli hojatlari o‘talmay qoluvi ehtimol. Avvalo Shomga borib ikki oy turaman, keyin Jaziraga borib ikki oy, Misrga borib ikki oy, Baxraynga borib ikki oy, Qo‘faga borib ikki oy, Basraga borib ikki oy turajakman. Qanday go‘zal yil bo‘lardi bu!» Faqat taqdir xiyonat etganligidan ushbu maqsadlari amalga oshmay dunyodan o‘tib ketdilar.
Hazrati Umar favqulodda qattiqqo‘l bo‘lishlari bilan birgalikda xalqga nihoyat darajada mehribon, zaiflarga shafqatli edilar. Amal-dorlarga har doim xalqqa go‘zal muomalada bo‘luvni shart etardilar, biror-bir munosabatsiz ish qilgan voliyni amalidan bo‘shatib yuborardilar. Bir kuni amalga tayinlangan buyruq qog‘ozini olgani kelgan bir kishi hazrati Umarning yosh bolalarini quchoqlab erkalatib o‘pganlarini ko‘radi. Shunda, «Siz bolani o‘pasizmi? Men aslo yosh bolani erkalatib o‘pgan emasman», deydi. Bu so‘zni eshitib Umar uning qo‘lidan buyruq qog‘ozini tortib oladilar. «Sen hali yosh bolalarga mehribonlik qilishni bilmas ekansan-ku, qanday qilib mazlum xalqqa shafqat qilasan. Senga amaldorlik munosib emas ekan», degandilar. Bu ish Umarning xalqqa nisbatan shafqatlarining asari bo‘lmay nima axir?!
Hazrati Umarning idora uslublarini qattiqligidan mustabid hukmdor ekanlarda, degan fikr anglashilmasun. Bil'aks, hazrati Umar nizom va qonun bilan bog‘langan hukmdor edilar. Ishni o‘z fikrlariga suyanib qilavermasdilar. Kichkina ish bo‘lsa ham butun kibor asxobni yig‘ib kengashar, agar kattaroq ish bo‘lsa, unda butun xalqni yig‘ar, ularga maslahat solar va bergan maslahatlariga yurar edilar. Umar butun Islom hukmdorlari orasida kengashga yurgdnlardan edilar. Xulafoi roshidin ichlarida «Sho‘ro» qoidasiga og‘ishmay amal qilganlardandurlar. Madinada doimo kengashmoq uchun yonlarida bir necha kibor asxobni birga tutardilar. Ular Umarga maslahatchilik vazifasini ado etardilar. Ushbu jihatdan Ali ibni Abu Tolib, Usmon ibni Affon, Abbos ibni Abdumuttalib, Abdurahmon ibni Avf, Abdulloh ibni Abbos eng yaqin kengashchilaridan edilar. Umar ibni Hattob aslo o‘z fikrlariga yopishib olgan zot emasdilar. Kim bo‘lmasin, agar to‘g‘ri fikrni so‘zlasa, Umar o‘z fikrlaridan qaytib, o‘shani fikriga qo‘shilardilar.
Bir vaqt xalq mahrning bahosini ortirib yuborganligidan unga bir chegara belgilamoqchi bo‘lgandilar. Minbarda turib mana shu haqdagi gaplarni aytgandilar. Shunda eng orqada turgan ayollardan biri o‘rnidan turib: «Sen Olloh bizga ato etgan haqqimizdan mahrum qilmoqchimisan? Olloh taolo o‘zi «agar birontalariga tog‘dek mahr bergan bo‘lsangaz ham qaytarib olmang», degan-ku?!» deb Umar (r. a.)ga qarshi so‘z qilgandilar. Shundan so‘ng Umar o‘z fikrlari xato ekanligi uchun qaytib, xotinning so‘zi to‘g‘ri, Umarning fikri noto‘g‘ri degandilar va boyagi chegara belgilash to‘g‘risidagi fikrlaridan voz kechgandilar.
Bu voqea Umar ibni Hattobni xalq fikrini ne darajada ehtirom etganliklarini va ularga qonun doirasida tom hurriyat berganliklarini ko‘rsatadi. Umar ibni Hattob katta yoshdagalar bilan kengashganlari kabi yoshlar bilanda kengashardilar. «Yoshlarning zehni o‘tkir bo‘ladi», deyar edilar.
Madinada aql va fikr egalari bo‘lgan bir necha ayollar bo‘lib, hazrati Umar ular bilan ham ko‘p vaqtlarda maslahatlashar hamda ularning ba'zi bir masalalarda fikrlarini tinglardilar.
Umar (r. a.) davlat ishlarida keng xalq ommasi bilan kengashib ish yuritganlari kabi ularga tanqid etmoqliklariga ham keng erk berar, o‘zlarini tanqid etishlikka chaqirardilar. Chet viloyatlardan biror kishi kelsa yohud o‘zlari kibor sahobalar o‘ltirishgan majlisga kirib qolsalar yurish-turishlarini hamda xalq bilan tutayotgan mu-omilarini qanday ekanligani so‘rab surishtirardilar. No‘‘mon ibni Bashir aytadilar: Bir vaqt muxojir va ansorlar yig‘ilgan majlisga, Umar ibni Hattob kirib kelib ularga qarab, agar meni ba'zi bir ishlarda sustkashlik qilayotganligimni ko‘rsangazlar nima qilardingizlar, deb so‘rab qoladilar. Hech kim javob bermagach, mazkur sa-volni uch bor qaytaradilar. Shunda Bashir ibni No‘‘mon o‘rinlaridan turib: agar shunday ishingizni ko‘rsak, sizni o‘qni to‘g‘rilaganimiz kabi to‘g‘rilab qo‘yardik deydilar. Bu javobdan Umar nihoyatda xursand bo‘lganlaridan, unday qilsangiz odam ekansizlar - deydilar. Xalqqa ushbu darajada tanqid etarga huquq bergan hukmdor mustabid bo‘lurmi?
Bir vaqt Umar (r. a.) minbarda turib xalqqa mening aybimni bilgan kishi ro‘yi-rost aytsun deb qoladilar. Shunda bir kishi: «Ey amiral mo‘‘minin, men seni bir aybingai bilaman. Sen ikki qavat kiyim kiyasan va hamda ikki xil ovqat yeysan. Holbuki, odamlarning ko‘plari bunga qodir emaslar», deydi. Umar shundan keyin aslo ikki qavat kiyim kiymagan va ikki taboqdan ovqat yemagan ekanlar.
Umar ibni Hattobni umumxalqqa sevdirgan narsa ham mana shu kabi xislatlari edi. Umar (r.a.) butun kuchlarini, quvvatlarini aql foydasiga ishlatdilar. Favqulodda ulug‘ nufuzga ega bo‘lgan Kisro va Qaysarlar hokimiyatini ag‘dargan hukmdor bo‘la turib oddiy kishilar kabi kiyinardilar, yashardilar. Shariat va qonun oldida o‘zlarini o‘zga oddiy xalq bilan barobar tutardilar. Mana shuning uchunda tarix u janobni taqdir etdi.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 16:35:36
ADOLATLARI HAQIDA IKKI OG'IZ SO'Z

Umar ibni Hattob (r. a.) favqulodda odil bir kishi edilar. Yuqorida yozilgan misollarda ne darajada adolatli ekanliklari bilinsa-da, yana ba'zi bir jihatlarini ochiq-ravshanroq namoyon bo‘lmog‘i uchun hukmdorliklari davrida yuritgan adolatli hukmlaridan bir-ikki misol keltirib o‘tamiz.
Umar butun xalq orasida tenglik qoidasiga amal etardilar. Huzurlarida boy bilan kambag‘alning, kuchli bilan kuchsizning, ulug‘ bilan faqirning hech ayirmasi bo‘lmasdi. Hammasini qonun oldida barobar tutardilar. O'zlari ham qonun oldida oddiy bir kishi kabi tiz cho‘kardilar.
Umarning shaxsiy hayotlarida Ubay ibni Ka'b bilan sodir bo‘lgan bir hodisa buni ochiq ko‘rsatadi. Ubay ibni Ka'b bilan o‘rtalarida qandaydir it xususida janjal chiqqandi. Nizoni hal qilish uchun Zayd ibni Sobitning oldilariga kelgandilar. Ikki hasm, ya'ni da'vogar Zaydning oldilariga kirganlarida Zayd Umarga yuqoridan joy ko‘rsatib, «Ey amiral mo‘‘minin, tepaga o‘tiring », degandilar. Umar (r. a.)ning bunga achchiqlari kelib: «Seni bu ishing o‘rtadagi majoroni adolatli hal qilolmasligingni ko‘rsatadi. Men hasmim bilan barobar o‘ltirishim lozim»,- degandilar. Keyin har ikkovlari Zaydning quyi tomonlariga barobar o‘tirgandilar. Ubay ibni Ka'b da'vo etarga boshlagan, Umar esa inkor qilgandilar. Ubay ibni Ka'bning guvohlari bo‘lmasa kerak, hazrati Umarga qasam ichishlikka to‘g‘ri kelib qolgandi. Shunda Zayd ibni Sobit Ubay ibni Ka'bga qarab, «Umarni qasam ichishga majbur qilmasangiz bo‘lardi. Oddiy bir kishi bo‘lganda sizdan bunday o‘tinchda bo‘lmasdim», degandilar. Bunga javoban Umar: «Hukmdor bilan oddiy fuqaroni o‘z nazarida teng tutolmaydigan Zayd aslida hukm chiqarmoqlikka haqli bo‘lolmaydi», degandilar. Hazrati Umarning adolatlari to‘g‘risida so‘z ketganda Jablaxa o‘g‘li Ayxam voqeasini zikr etmay ilojim yo‘q. Voqea shunday kechgan edi:
Yarmuk jangida rumliklar tomonida kurashgan G'ason amiri Jablaxa mana shu urushdan so‘ng Islomni qabul qilgan edi. U 16-yili o‘zining yoronlari bilan tantanali ravishda Madinaga kelgan edi.
Umar (r. a.) va boshqa kibor sahobalar uning kelishidan g‘oyat shodlangandilar. O'sha yili Jablaxa xaj qilish uchun Makkaga ham borgandilar. Xaj mavsumida olomon ichida yurgan paytda bir sahro arabi Jablaxa egnidagi choponning etagini bosib oladi. Jablaxa arabning yuziga tarsaki bilan urib, jerkib tashlaydi. Umar ibni Hattob (r. a.)ning adolatlariga naq ishonchda bo‘lgan sahroyi kelib shikoyat etadi. Hazrati Umar Jablaxani topdirib keladilar. «Buni rozi qil, bo‘lmasa sening ham yuzingga uning shapalog‘i tushadi»,- dedilar. «Oddiy xalq bilan amirning orasidagi munosabat hali shumi?» deydi zorlanib Jablaxa. «Islom nazarida amir bilan oddiy kishi o‘rtasida ayirma yo‘q» deb aytadilar hazrati Umar. Shundan so‘ng Jablaxa hazrati Umardan ertagacha muhlat so‘raydi. Kechqurun esa Makkadan butun shon-shavkati bilan qochib, Konstantinopolga o‘tib ketadi. Rum qirolichasi Ummu Gulsum yuborgan ozgina sovg‘alari barobarida nihoyatda qimmatbaho narsalarni hadya etib yuborgandi. Hadya yetib kelishi bilan hazrati Umar Ummu Gulsum yuborgan narsalarning barobaridagisini olib, qolganini esa xazinaga musodara etdirgandilar. Xalifaning bu ishlari go‘yo adolat-sizlikka yo‘l qoldirmaslik uchun edi.
Bir vaqt xazinadan xalqqa aqchalarni bo‘lib berayogganlarida kichkina bir bolalari kelib bir dirham tangani og‘ziga solib olib ketadi. Buni bilib qolgan Umar (r. a.) bolaning orqasidan quvlab kelib og‘zidan tangani yig‘latib olib qo‘yadilar. «Umarning oilasini boshqalardan bir dirham ortiq olishga haqqi yo‘q»,- degandilar. Bir vaqt xalifa Umarning o‘g‘illari Abdurahmon Misrda yosh yigitchalar bilan birgalashib araq ichishgandi. Qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lishib Misr voliysi Amr ibni Osga ayblarini bo‘yinlariga olib aytib berishgandi. Voliy bularning barchalariga jazo berib darra urdirgandilar. Voqeani keyinchalik eshitgan Umar Abdurahmonni yana qaytadan darra urdirtirgandilar. «Xalifaning o‘g‘li deb yaxshi urmagan bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman»,- degandilar Umar.
Umar ibni Hattobning adolatlariga bundan ko‘p boshqa misollar bo‘lsa-da, biz mana shu bir-ikki voqeani yozish bilan kifoyalanamiz.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 16:36:37
UMAR DAVRLARIDA VILOYATLAR VA VOLIYLAR
 
Hazrati Umar Islom davlatini bir necha viloyatlarga bo‘lgandilar. Har bir viloyatga alohida voliy tayin etgandilar. O'sha davrdagi eng katta viloyatlar quyidagicha edi:
1. Madina viloyati. Bunda Umarning o‘zlari turardilar.
2. Makka viloyati. Bunda Nofi' ibni Abdulxoris Huzoiy voliy edilar.
3. Toif viloyati. Bunda Sifyon ibni Abdulloh Saqafiy voliy edilar.
4. Yaman - bunda Ya'lo ibni Munil voliy edilar.
5. Ummon - bunda Huzayfa ibni Mixson voliy edilar.
6. Baxrayn va Yamoma - bunda Usmon ibni Abdul Os voliy edilar.
7. Kufa - bunda bir necha kishilar voliy bo‘lib turgandilar. Kufa viloyati Iroq va Eron vohasidagi eng katta viloyat sanalardi.
8. Basra - bunda Abu Muso Ash'ariy voliy edilar.
9. Xims - bunda bir necha voliylar almashtirilib, oxirida Umayr ibni Sa'd voliy edilar.
10. Damashq - bunda Muoviya ibni Sufyon voliy edilar.
11. Urdun - bunda avvalda Shurhabil ibni Hasana voliy edilar. Vafot etgach, Damashq voliysi Muoviya har ikki viloyatga barobar voliy tayin etilgandilar.
12. Falastin - bunda Alqama ibni Muhazzaz voliy edilar.
13. Misr - bunda Amr ibni Os voliy edilar.
Umar davrlarida viloyatlar asosan mana shulardan iborat bo‘lgandi. Viloyatlar boshliqlari ham askarga, ham xalqqa, ham diniy rahbarlikka boshchilik etardilar. Abu Bakr davrlarida qozilik mansabi ham voliylar bo‘ynida bo‘lgandi. Hazrati Umar esa har bir viloyatga alohida voliylardan tashqari adliya ishlariga boshchilik qilish uchun qozilar tayin etgandilar.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 16:37:14
TARIX YOZDIRUV

Umar zamonlariga hadar Islom davlatida hech qanday yil ishlatilmasdi. Umar ibni Hattob umum hisob-kitoblarini ma'lum bir hujjat asosida mahkamlash maqsadida yangi bir tarix yasashni iroda qildilar. Kibor sahobalar bilan kengashib Rasululloh alayhissalomning xijratlaridan boshlanadigan yangi yil tarixi-ni barpo etdirdilar. Bu voqea xijratning 16-yilida bo‘lgandi.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 16:37:57
UMAR RAZIYALLOHU ANHUNING BA'ZI BIR MADANII ISLOHOTLARI

Pochta xizmatini eng birinchi bor Islom davlatida yo‘lga qo‘ygan kishi Umar ibni Hattob bo‘lgandilar. Avvaldan pochta xizmati sodda usulda bo‘lgan. Uni alohida yo‘llarda xizmat ko‘rsatadigan bo‘limlari va boquvda turgan otlari bo‘lmagan. Asosan pochta xizmatining to‘laqonli ravishda yo‘lga qo‘yilishi Muoviya zamonlarida bo‘lgan, shu tufayli tarixchilar pochta xizmatining tashkilotchisi deb Muoviyani tilga olganlar. Biroq, bizningcha ilk bor asos soluvchi kimsa hukmdor Umar bo‘lsalar ke-rak. Zero, Umar davrlaridagi ba'zi bir voqealar buni tasdiqlay-di.
Xalifabeka Ummu Gulsum Vizantga jo‘nab ketayotganlar orqali Rum qirolichasiga maktub va ba'zi bir sovg‘alar yuborganlari, Rum qirolichasi maktub va sovg‘ani olganidan keyin u ham o‘z tomonidan qimmatbaho sovg‘a va maktub yuborganligi Tabariy rivoyatlarida bitilgandur. Bu narsa pochta xizmatini yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatish bilan birgalikda, Suriya Islom lashkarlari tomonidan fath etilganidan so‘ng Vizant davlati bilan Islom davlati o‘rtasida do‘stona aloqalar o‘rnatilganini xam ko‘rsatadi. Arab davlatlarida Islomga qadar asosan Rum va Eron pullari muomalada ishlatilardi. O'zlarining maxsus muomgolada ishlatiladigan milliy pullari bo‘lmagandi. Xijratning 15-yilida Xolid ibni Valid nomlariga birinchi bor dinor pul ishlab chiqarildi. Keyinchalik Umar ibni Hattob tomonlaridan kumush tangalar ham ishlab chiqarildi. Ular asosan Eron tangalari shaklida bo‘lib faqatgina ba'zi bir yozuvlar qo‘shimcha qilingandi, xolos. Ushbu hrlat Abdul Malik ibni Marvon davriga qadar davom etdi. Abdul Malik yangi arab harflarida qiymati yozilgan tilla va kumush, mis tangalarni ishlab chiqartirdi. Shundan keyin Rum va Eron hamda avvalda ishlab chiqarilgan pullarni Islom davlatida muomaladan chiqartirib yubordi.
Umar ibni Hattob (r. a.)ning obodonchilik yo‘llarida qilgan xizmatlarining eng zo‘ri Basra, Kufa va Misrda Fistot shaharlarini bino qildirishlari bo‘ldi. Basra shahrining o‘rni avvalda askarlar turadigan qo‘rgon bo‘lgandi. 14-yilda arab fotihlari fath etishga-nidan keyin harbiy qarorgohga aylantirishgandi. 17-yilda Kufa shahrini bino qilish boshlanib, Basra ham shaharga aylantirildi. Basrani Utba ibni G'azvon, Kufani esa Sa'd ibni Vaqqos ustida turib bino qildirishgandur. Misrda esa xalifa ruxsati bilan Misr fotihi va voliysi tomonidan Fistot shahri bino qiliidi.
Umar ibni Hattobni obodonchilik yo‘lida qilgan zo‘r xizmatlaridan biri, Nil daryosi bilan Qizil dengazni tutashtiruvchi anhor qazitganlaridur. Keyinchalk Amiral mo‘‘minin qo‘ltig‘i deb nom olgan ushbu kanalni Umar ibni Hattob ruxsatlari bilan Amr ibni Os qazitgan edilar.
Xalifa Umar ibni Hattob (r. a.)ning obodonchilik yo‘llarida qil-gan boshqa ishlari ham ko‘pdur. Masalan: Iroq fath etilganidan keyin u yerda kerak o‘rinlarga ko‘priklar soldirgan va ariqlar qazitgandilar. Makka birla Madina orasidagi yo‘lga musofirxonalar bino qildirgandilar. Shu kabi Shom bilan Xijoz o‘rtasidagi katta qatnov yo‘lga ham musofirxonalar qurdirgan edilar. Har bir fath etilib ahli Islom o‘rinlashgan yerlarga masjidlar qurdirgandilar. Makkada masjidil xaramni, Madinada esa masjidi nabaviyni kengaytirgandilar.
Islom davlatida taftish idorasini vujudga keltirgan kishi ham Umar ibni Hattobdurlar. Mazkur idora avvalda nihoyatda sodda, jo‘n holatda bo‘lib, asosan xizmati shaharning tozaligini, bozordagi oldi-sottilarni, tosh-tarozularni tekshirishdan iborat edi. Keyinchalik esa mazkur idora nihoyatda zo‘rayib ketdi. Amru-ma'ruf qilishlik, imom va muazzinlarni o‘z vazifalarini qanday o‘tayotganlarini tekshirishlik, namozni o‘z vaqtida ado etilishni tekshirishlik kabi ishlar ham ushbu idora vazifalaridan bo‘lib ketdi.
Islom davlatida hibsxona tashkil etgan zot ham Umar ibni Hattobdurlar. Shomga borgan vaqtlarida maxov kasaliga mubtalo bo‘lgan kimsalarga xazinadan maosh ya'ni nafaqa tayin etganlari, qarovchisiz bolalarga xazina hisobidan boqiladigan bolalar uyi tashkil etganlari rivoyat etiladi. Xulosa qilib aytganda, Umar ibni Hattob o‘n yildan iborat hukmronliklari davrida katta-katta futuxotlarni qo‘lga kiritganlari kabi, madaniy-maishiy sohalarda ham katta amaliy ishlarni yo‘lga qo‘ygan edilar.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 16:39:41
UMAR IBNI HATTOB DAVRLARIDA ERON VA ALJAZIRA FUTUXOTI

Umar ibni Hattob (r. a.) Abu Bakr Siddiq (r. a.) boshlagan futuxotni xalifa bo‘lganlaridan keyinoq darhol jiddiy suratda davom ettirdilar. Xolid ibni Valid Shom viloyatiga qo‘mondon bo‘lib ketganlaridan so‘ng Iroq viloyatiga Musanno ibni Xorisa bosh qo‘mondon bo‘lib qolganliklari va eronliklar tomonidan Iroqqa hujum uyushtirish uchun tayyorgarlik ko‘rilayotganini sezib Madinaga yordam so‘rab o‘zlari kelganliklari yozilgan edi. Bu vaqt Abu Bakr vafot kasalliklarida edilar. Umar ibni Hattob xalifalikka saylangach, eronliklarga qarshi urushmoq uchun xalqdan ko‘ngilli askarlarni yig‘dirardilar. Musanno yordam yetajagini bilib Iroqqa qaytib ketadilar. Umar esa askar yig‘ish bilan mashg‘ul bo‘lib anchagina qo‘shin to‘pladilar va bu qo‘shinga Abu Ubayda ibni Mas'udni bosh qo‘mondon tayin etib Iroqqa jo‘natdilar. Bu vaqt eronliklar qo‘shinida bosh qo‘mondon Rustam nomli zo‘r sarkarda edi.
U Jabon va Nerso nomli qo‘mondonlar qo‘l ostidagi sara qo‘shinni Iroqqa jo‘natadi. Abu Ubayda 13-yil rajab oyining oxirlarida Jabon lashkarlarini Torik degan yerda tor-mor keltirdilar. Neros lashkarlarini esa Kekkirda tor-mor keltirdilar. Nersoning o‘zi zo‘rg‘a qochib qutuladi. Shundan keyin Rustam yana ham katta qo‘shin to‘plab unga Baxman nomli kishini sarkarda etadi. Ularga Eronning «Dar-pushi kofa» nomli bayrog‘ini beradi. Bu bayroqni eng katta janglardagina tutardilar.
Baxman Abu Ubayda qo‘shinlari bilan «Qussul nitof» nomli kichkina daryo yaqinida jang qiladi. Eronliklar qo‘shinida mingdan ortiq jangovar fillar ham bor edi. Urush goyat qattiq tus oladi. Abu Ubayda shahid bo‘ladilar. Qo‘mondonsiz qolgan qo‘shin orqaga chekinadi. Bu urushda arab qo‘shinlarini butunlay tor-mor bo‘lib ketishidan Musanno ibni Xorisa saqlab qoladilar. Madinadan yangi madad kuchlari kelgach, Musanno olg‘a harakat qilgani kirishadilar. Eronliklar Mehron nomli sarkarda boshchiligida katta qo‘shin jo‘natadilar. Mehron qo‘shinlari ozgina fursatda tor-mor keltiriladi. Ushbu mag‘lubiyat xabaridan butun Eron larzaga keladi, ular endilikda poy-taxt ham xavf ostida qolganini sezib o‘zlarini va Eronning shon-shavkatini saqlab qolishlik uchun umumsafarbarlik e'lon qiladilar.
Eronliklarning bunday katta harakatlari haqida Musanno xalifaga xabar yetkazadilar. Xalifa tezdan yordam kuchlari borishligini aytib, arab chegarasiga yaqinroq yerga chekinishga amr etdilar. Musanno asta-sekinlik bilan Iroq yerlaridan Arabiston yaqinidagi Jul degan yerga chekinib ularni to‘playdilar. Umar ibni Hattob tezdan yordam uchun yangidan askar to‘plashga kirishadilar. Ahvolni jiddiyligidan o‘zlari bosh bo‘lib, urushga bormoqchi ham bo‘ladilar. Biroq kibor sahobalar bunga yo‘l bermaydilar. Ular bosh qo‘mondOn qilib Sa'd ibni Vaqqosni yuborishga maslahat beradilar. Bu vaqt Sa'd Havozonda zakot ma'muri edilar. Sa'd ibni Abu Vaqqos sobikin avvalindan bo‘lib, shuning bilan birga nihoyatda yurakli, bahodir, tadbirkor kimsa edilar. Shularni hisobga algan Umar (r. a.) Sa'dni bosh qo‘mondonlikka muvofiqdeb topib o‘zlarini chaqirtirdilar.
Umar ibni Hattob Sad'ni bosh qo‘mondonlik vazifasiga qo‘yganlaridan so‘ng shunday tavsiya etdilar: «Ey Sa'd, Rasulullohning yo‘ldoshi va qarindoshi dsb aytishlariga mag‘rur bo‘lma. Olloh birla hech kimning orasida nasab yo‘qdir. Ollohga yaqinlik yolg‘iz unga itoat etuv birla bo‘lur. Yuqori va tuban kishilar Ollohning nazarida tengdurlar. Olloh ularning barchasini xo‘jasi, ular esa - uning bandasidurlar. Xalqning bir-biridan ortiqligi va Ollohning ajr hamda savobiga noil bo‘lishligi toat birla bo‘ladur. Rasulullohning payg‘ambar bo‘lib kelgan kunlaridan boshlab to bizdan ayrilurgacha bo‘lgan ahvol va atvorni ko‘z oldingda tutib shunga mulozimat qil. Mening senga tavsiyam ushbudur. Agar bunga ahamiyat bermasang amaling bekor ketar. O'zing esa ziyonkorlardan bo‘lursan».
Sa'd to‘rt ming askar bilan Iroqqa jo‘nadilar. Musanno ibni Xorisa Sa'd birla qo‘shilib eronliklarga qarshi Islomiyat yo‘lida jang qilishga tayyor turgan bir paytda vafot etadilar. Juda uzoq vaqtlar urushda qatnashib og‘ir jarohatlar olgandilar. Mana shu jarohatlardan birining srilib ketishi tufayli Islomiyat yo‘lida sarkarda sanalgan Musanno ibni Xorisa vafot topadilar. Sa'd ibni Abu Vaqqos Musannoga hurmat yuzasidan o‘rinlariga u janobning ukalari Muannoni qo‘mondonlikka qo‘yadilar. Sa'd ibni Abu Vaqqos «Qodisiya» degan yerga kelib o‘rnashadilar. Umar ibni Hattobga Eron askarlarini nihoyatda ko‘pligini yozib yuborgandilar. Xalifadan shunday degan javob keladi: «Dushmanning qattiq hozirlik ko‘rganini eshitib zinhor talvasaga tushmang. Ollohdan yordam so‘rang. Unga tavakkul eting. Kisroga bir necha jasorat va fikr egalaridan yuborib dinga da'vat etdiring. Chunki ularni da'vat etuv, ularning qo‘rquvlariga bizning esa g‘alaba qilishimizga sabab bo‘lajakdur».
Maktubdagi amrga binoan Sa'd No‘‘mon ibni Makrun boshchiliklarida bir guruh kishilarni Kisroga elchi qilib yuboradilar. Ular Kisroga borib ularni dinga kirishga, bo‘lmasa juz'ya berishga da'vat etdilar. Agar bulardan biri qabul qilinmasa, unda masala qilich bilan hal etilajagi bildirildi. Kisro arablarini nazar-pisand qilmay tahdid birla quvlab chiqartirdi.
Rustam Bars degan yerda o‘z askarlari bilan o‘rnashib 4 oy kutib turdi. Kisrodan buyruq kelgach, hujumga o‘tishga tayyorgarlik boshlandi.
Qodisiyada Eron askarlari bilan Islom lashkarlari o‘rtasida qattiq jang boshlandi. Bir necha kun davom etgan shiddatli olishuvdan keyin Eron bosh qo‘mondoni Rustam o‘ldirildi. Bosh qo‘mondon o‘ldirilgandan keyin Eron askarlari tartibsiz ravishda chekinishga tushdilar.
Islom tarixida eng katta janglardan hisoblangan «Qodisiya» urushi Islom lashkarlarini misliz g‘alabalari bilan tugadi. Chunki bu urushda Islom lashkarlari son jihatdan o‘zlariga uch barobar bo‘lgan dushman ustidan g‘alabaga erishgandylar. Dushman askarlaridan 30 mingga yaqin kishi qirib tashlangandi. G'alaba xushxabarini Sa'd darhol poytaxtga elchi orqali yetkazishga shoshildilar. Umar ham urush nima bilan tugashini sabrsizlik bilan kutib turardilar. 15-yil shavvol oyining oxirlarida Sa'd Eron saltanatining poytaxti bo‘lgan «Madoin» tomon harakatga tushdilar. Madoin yo‘lida Eron askarlari Sa'dga qarshilik ko‘rsatishga urinsalar-da, biroq hech nima qila olmadilar. Sa'd to‘g‘ridan-to‘g‘ri Madoin shahriga kirib «Oq saroy» deb atalmish podshoh xosxonasiga 16-yil safar oyida tushadilar. Madoinda shohning asosiy xazinasi saqlanardi. Ular buning barchasini qo‘lga kiritdilar.
Uch yuz yildan beri Sosoniylar davlatining poytaxti bo‘lib kelgan shahar Islom lashkarlari qo‘l ostiga kirdi. Undagi behisob boyliklar, juda ko‘p zebu-ziynatlar, shoh va amaldorlari maishat o‘tkazadigan katta zar va tillolardan har xil suratlar solib naqshlangan gilamni ham g‘animatga oldilar. Biroq aholining molmulklariga tegmadilar.
Madoin fath etilganidan keyin Sa'd Bobilda qarshilik qilib oxiri qochishga majbur bo‘lgan dushman askarini tor-mor etuv uchun Naxravonga Zuhra ibni Huvayya qo‘l ostlarida bir guruh askar jo‘natdilar. Bundan so‘ng yana Abdul ibni Mutam qo‘l ostlarida Mesopotam o‘lkasidan Taqrit atrofiga yoyilgan Eron askarlarini tor-mor keltirishlik uchun bir guruh askar yubordilar. Zuxra Naxravondagi dushman askarlarini mag‘lub etib shaxarni fath etdilar.
Abdulloh ibni Mutam ham dushman askarlarini quvlab yuborib, Taqritni fath etdilar. Mesopotamni to‘la fath etilishi 19-yil bilan 20-yil orasida Iyoz ibni G'anam qo‘llarida amalga oshdi. Madoin fath etilishi bilan eronliklar mag‘lubiyatni butunlay tan olmagan edilar. Ular yuz chaqirimcha uzoqda bo‘lgan Xilvonda o‘rnashib olib, bularga askar yuborib tashvishga solib turardilar. Sa'd bunga barham bermoq uchun Hoshim ibni Utba qo‘l ostlarida 12 ming kishidan iborat askar jo‘natdilar. Ular Jalulo degan yerda Eron askarlari bilan uchrashib qonli olishuvdan keyin ularni tor-mor keltirdilar. Shundan keyin Xilvonda o‘rnashgan Eron shoxi Yazdijurd arab askarlarini bu yerga kelivu ehtimoli uzoq emasligiga ko‘zi yetib Ray shahriga ko‘chib ketadi. Qisqasi, Umar ibni Hattob davrlarida Eron bilan Mesopotam ya'ni Aljazira deb nomlangan davlat tamomila fath etilib bo‘lindi. Mesopotam Dajla va Yefrat daryosining oralig‘iga joylashgan keng sug‘orish inshootlariga va serhosil dalalarga ega bo‘lgan bir o‘lka edi. Eron davlati asosan Sa'd Abu Vaqqos qo‘l ostlarida, Mesopotam esa Iyoz ibni G'anam qo‘l ostlarida fath etildi.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 16:40:36
UMAR IBNI HATTOB DAVRLARIDA SURIYA VA MAG'RIB FUTUXOTI

Sa'd ibni Abu Vaqqos qo‘mondonliklari ostida Islom qo‘shini Iroq, Mesopotam va Eronda jang olib borgani kabi Xolid ibni Valid qo‘mondonliklari ostida bir vaqtning o‘zida Suriya, Falastinda ham urush olib borilgan. Suriya, Falastin, Urdun yerlari asosan Rum saltanati ho‘l ostidagi mustamlakalar edi. Rumliklar bilan birinchi marta «Ajnodin» degan yerda Abu Bakr davrlarida to‘qnashuv bo‘lib, jang Islom lashkarlari g‘alabasi bilan tugagan-di. Shundan keyin Umar davrlarida ham rumliklarga qarshi Suriya yerlarida qat'iyroq kurash olib boriladi. Ular «Ajnodin» urushidan qochib qutulgan Rum askarlari bilan har yer-har yerda urush olib borib, Damashq, Xims kabi qadimiy va mashhur shaharlarni fath etib, Urdun viloyati tomon o‘zlariga yo‘l ochadilar. Damashq eng qadimgi shahar bo‘lib dunyoning eng go‘zal yeriga joylashgan, boy va madaniy yodgorliklari bilan mashhurdur. Islom askarlari Damashqni 14-yil rajab oyi yoki 635-yil avgust-sentyabr oylarida qo‘lga kiritgandilar.
Damashq aholisi bilan juz'ya to‘lash shartiga binoan sulh tuzildi. Sulh shartiga ko‘ra aholi o‘z din va urf-odatlarida erkin suratda qoladilar. Biron-bir cherkov va butxonalar buzib ham tashlanmaydi. Xims shahri ham bir necha kunlar qamal etilgandan so‘ng Islom lashkarlariga taslim bo‘ldi. U yerda ham Damashqda tuzilgani kabi sulh shartnomasi tuzildi. Qo‘shinning qolgan guruhlari Falastin va Urdun yerlarini fath etish bilan mashg‘ul bo‘ldilar.
Bundan keyin Islom lashkarlariga yanada ichkarilab borishlik shmkoniyati tug‘ildi. Ammo Rum sultoni yangidan quvvatli ko‘shin tuzayotgani haqida xabar kelib, olg‘a yurish to‘xtatilib, butun Suriya bo‘ylab tarqab ketgan bo‘linmalarni bir yerga to‘plashga qaror beradi. Zero, Rum sultoni yuz mingdan ortiq jangchiga ega bo‘lgan qudratli sara qo‘shinni tashkil qilib, Islom lashkariga qarshi urushmoq uchun Suriyaga yuborgan edi. Mazkur sara qo‘shinning yo‘lga chiqqani eshitilgandan keyin mohir qo‘mondon Xolid ibni Valid askarlarini Damashq, Xims kabi shaharlardan chekintirib, arab yerlariga yaqin joyga joylashtirish taraddudiga tushadilar. Qo‘shin asta-sekin chekina borib Urdun viloyatiga o‘rinlasha boradi. Bu yerga to‘plangan Islom askarlarining soni 40 mingga yaqin edi, xolos.
Rumliklar ham payt poylab, juda sekinlik bilan harakat qilib olg‘a siljib kelardilar. Ular qo‘llariga qaytadan kirgan yerlardagi aholini qo‘shinlariga jalb etardilar. Rum askarlari bilan yarim yil qadar vaqt o‘tganidan so‘ng oxiri «Yarmuq» degan yerda to‘qnashib o‘rtada zo‘r jang bo‘ldi. Har ikki toifa ham g‘oyat matonatli jang qildilar. Hal etuvchi jangda Islom lashkarlari sonda ikki barobardan ham ortiqroq bo‘lgan Rum qo‘shinlari ustidan to‘la g‘alabaga erishdilar. Jangda Rum lashkarlarining bosh qo‘mondoni Feodor o‘ldirildi. Rum askarlari behisob talofot berdilar.
Islom askarlaridan ham uch mingga yaqin kishi o‘ldirildi. O'lganlar ichida mashhur qahramonlardan Aqrama ibni Abu Jahl va o‘g‘li Amr Salma ibni Xishom, Amr ibni Sa'd, Jund ibni Amr, Tuayl ibni Amr, Said ibni Xoris, ibni Qays, Tulayb ibni Amr va Xishom ibni Os kabi bahodirlar bor edilar. Ushbu jangda eng shijoatli urushib qahramonlik ko‘rsatgan kishi Xolid ibni Valid bilan Aqrama ibni Abu Jahl bo‘ldilar. Jang maydonida Islom lashkarlarini sarosima egallay boshlagan paytida Aqrama arslon kabi har tarafga yurib: «Men Rasulullohga qarshi urushib qochmagan, endi qochaymi?» deya hammani shijoatlantirib, jangga tashviq etdilar. Ushbu jangda «G'asson» amiri ham asir tushib, so‘ng Islomni qabul qiladi. Mazkur jangda musulmon ayollari kam juda qattiq jonbozlik ko‘rsatib yuborgandilar. Ular yolg‘iz hamshiralik vazifasini ado etibgina qolmay, balki qo‘llariga qurol olib jang maydonida rumliklarga qarshi urushda faol ishtirok etdilar. Suriyada olib borilgan janglarda «Yarmuk» urushining ahamiyati g‘oyat katta bo‘ldi. Rumliklar bundan keyin Islom askarlari yana qaytadan Suriyadagi shaharlarni fath etishni boshladilar. Har bir qo‘mondon o‘ziga atalgan viloyatni fath etish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Yarmuk janggidan so‘ng Suriyadagi eng muhim ish amalga oshirib bo‘lindi. Yarmuk g‘alabasining xabari xalifa Umar ibni Hattob (r. a.)ga yetib kelishi bilan darhol Ubayda ibni Jarrohga maktub yozdilar.
Maktubda Ubayda ibni Jarrohni bosh qo‘mondon tayin etilib, Xolid ibni Valid esa bosh qo‘mondonlikdan olinganligi yozilgandi. Ba'zi bir siyosiy holatlarni hisobga olgan Umar (r. a.) Xolid ibni Validni vazifalaridan bo‘shatib, oddiy qo‘movdonlik amaliga tushirgandilar.
Zotan oliyjanob bir kimsa bo‘lgan Xolid ibni Valid ichlarida har qancha xafa bo‘lmasinlar, ustlarida bildirmay yana avvalgiday g‘ayrat va shijoat bilan Islom lashkarida xizmatlarini davom ettiraveradilar.
Ubayda ibni Jarroh bosh qo‘mondon bo‘lsalar-da, Xolid ibni Validni juda hurmatlar, doimo maslahatlarini olib ish yuritardilar.
Shom viloyatida eng asosiy shaharlardan sanalgan Quddus shahri bor edi. Mazkur shahar nasroniylar qoshida muqaddas sanalgani uchun uning qo‘ldan ketishi nasroniy olamiga g‘oyatda yomon ta'sir qoldiradi. Rum sultoni Konstantinopolga ko‘chib o‘tgan bo‘lsada, biroq Qudusni qo‘ldan boy berishni istamasdi. Chunki Quddus orqali harbiy kemalarda askar olib kelib, Shom viloyatiga tushirish mumkin bo‘lardi.
Quddus shahrini olish uchun bir kunlar qamal qilindi. Oxiri shahar aholisi xalifaning o‘zi kelsa unga shaharni topshirishga rozi bo‘ldi. Shunga binoan, Umar ibni Hattobning shaxsan o‘zlari Quddusni olish uchun Madinadan Shomga safarga chiqdilar. O'rinlariga Ali ibni Abu Tolibni tayinlab o‘zlari oddiy otga mingan holda yo‘lga chiqdilar. 15-yilda Quddus ham Islom lashkarlariga taslim bo‘ldi.
Umar ibni Hattob Quddus aholisiga omonlik xati yozib berdilar. Bosh qo‘mondon Ubayda ibni Jarroh Xolid ibni Validni Qinnarsarinni fath etgani, Ubayda ibni Sobitni esa Lozukiyani fath etgani askar bilan yubordilar. 16-17-yillar ichida har ikki qo‘mondon o‘zlariga topshirilgan vazifalarini sharaf bilan ado etdilar.
Bundan keyin bosh qo‘mondon Abu Ubaydaning o‘zlari Xalabga yurdilar. Xalab juz'ya beruv sharti bilan sulh so‘radi. Xalab fath etilgach, Antokiyaga yurdilar. Antokiyada anchagana askar bor edi. Shuning uchun ular Abu Ubayda askarlariga qarshi urishmoq uchun Antokiya qo‘rg‘onidan olti chaqirimcha yerda kutib turdilar. O'rtadagi urush dushman askarlarining qochishi bilan tugadi. Antokiya xalqi ham juz'ya beruv sharti bilan sulh tuzdi. Sulton, Xerakl Islom askarlari bilan qat'iyroq bir suratda urushib, qaqshatgich, o‘nglanmas zarba berish ishtiyoqida kuchli qo‘shin tayyorlayotgan edi. Mazkur qo‘shin tayyor bo‘lgach, kemalar bilan Antokiyaga yuboriddi. Bosh qo‘mondon Abu Ubayda ham har tomonga taralib ketgan Islom lashkarlarini tez orada bir o‘ringa jamladilar. Hims yaqinidagi juda qattiq jang rumliklar mag‘lubiyatidan va butun Suriya viloyatini fath etilishi bilan zafarli yakunini topdi.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 16:41:52
XOLID IBNI VALIDNING BUTUNLAY ISHDAN BO'SHATILISHLARI

Suriya voqeasi tamom bitganidan keyin Umar ibni Hattob Xolid ibni Validni oddiy qo‘mondonlikdan ham bo‘shatdilar. O'rtada ba'zi bir sabablar bunga bahona bo‘ldi. Xolid ibni Valid Antokiyaga hujum qilib juda ko‘p g‘animatni qo‘lga kiritgandilar. Ba'zi birovlar g‘animatdan ulush olish ilinjida Xolidning oldiga boradilar. Ash'ab ibni Qays Xolid ibni Valizdan o‘n ming dirham mukofot olgandi. Mana shu mukofotni qaysi puldan berganligi tekshirilib, oxiri Xolid ibni Validni ishdan olish yakunlandi.
Xolid ibni Valid johiliyat zamonida arab zadogoni Valid ibni Mug‘iraning o‘g‘li edilar. Mahoratli askar bo‘lganlaridan Makkaning suvoriylariga qo‘mondonlik qilardilar. Uhud kabi mushriklar g‘alaba qilgan urushlarda asosiy ish ko‘rsatgan kimsa ham Xolid ibni Valid edilar. 7-yili Amr ibni Os bilan bir vaqtda Islomni qabul qilgandilar. Islomni qabul qilgach, avvalgidan ko‘ra ham shijoatla va mahoratla janglarda qatnashgandilar. Rasululloh hazratlari Xolid ibni Validga «Sayfulloh» deb laqab bergandilar. Janob risolat maobdan so‘ng Abu Bakr davrlarida ko‘tarilgan isyonlarni bostirishda ham Xolid ibni Valid zo‘r qahramonliklar ko‘rsatgandilar. Iroq va Suriyani fath etilishida ham zo‘r jasoratlar ko‘rsatgan kim-sa edilar.
Biroq Umar ibni Hattob siyosiy nuqtai nazar bilan Xolid ibni Validni avval qo‘mondonlikdan, keyin fursat topib, oddiy qo‘mondonlikdan ham bo‘shatib yubordilar. Albatta, siyosiy jihatdan ehtimol Umarning ishlari to‘g‘ri bo‘lgandir. Zero, Xolid ibni Valid askarlar ichida ham, xalq orasida ham obro‘-e'tiborlari juda zo‘r bo‘lib ketgandi. Uzoqni ko‘ra bilgan Umar ibni Hattob ehtimol mana shu obro‘-e'tibor natijasida kelajakda biror ko‘ngilsiz voqea kelib chiqishining oldini olish maqsadida Xolidni umuman davlat ishlaridan chetlashtirgan bo‘lsalar kerak. Biroq Xolid ibni Valid nihoyatda oliyjanob bir kimsa edilar. Vazifalardan ketishlari har qancha og‘ir botgan bo‘lsa-da, ammo biror-bir qarshilik ko‘rsatishni o‘ylab ham ko‘rmadilar. Bo‘lmasa askarlar ichida obro‘lari juda yaxshi edi. Mana shu obro‘ga ishonib qarshilik qilsalar ham bo‘lardi. Lekin oliyjanob sifatlarga ega bo‘lgan Sayfulloh Xolid ibni Valid Islom davlatini ichidan yemirilishiga ko‘maklashadigan bunday noma'qul ishga qo‘l urmadilar. Ma'muriyatdan butunlay uzoqlashtirilgach, Xolid ibni Valid Ximsda yashadilar. O'lim oldida ushbu gapni aytganlari rivoyat etiladi: «Men yuzdan ortiq hujumlarda qatnashdim, Badanimda qilich tegmagan yohud jarohatning asari bo‘lmagan o‘rin yo‘qdur. Umrimning oxirida esa xuddi eshak kabi ko‘rpamda yotib o‘lmoqdaman». Xolid ibni Validning qabri muboraklari hozir ham Ximsdadur.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 16:43:11
MISR FUTUXOTI

17-18-yillarda Suriya tamom fath etib bo‘lingach, Amr ibni Os qo‘mondonliklari ostida 4000 ga yaqin askar Misr viloyatini fath etmoqqa kirishdi. Misr Vizant saltanatining qo‘li ostida edi.
Misrni rumliklar tomonidan qo‘yilgan hokim va rumlik amaldorlar boshqarardilar. 6 million xalqqa ega bo‘lgan Misr davlatini ozgina askar bilan qo‘lga kiritmoq uchun yurish boshladilar. Amr ibni Os g‘oyatda mohir va juda siyosatdon kimsa bo‘lganlar. Go‘zal siyosatlari bilan, Misrning yerli xalqini tez orada o‘z tomonlariga butunlay og‘dirib oldilar. Uzoq asrlar davomida rumliklardan jabru-jafolar ko‘rgan, og‘ir soliqlar azobini tortib kelayotgan Misr xalqi Islom askarlarining muomalalarini ko‘rishgach, ortiq qarshiliksiz sulhlar tuzishga kirishdilar. Amr ibni Os Misrning turli viloyatlarini ikki yil ichida birin-ketin qo‘lga kiritdilar. Ammo Misr davlatining asosiy shaharlaridan hisoblangan Iskandariya esa hamon rumliklar qo‘lida turardi. Rum sultoni Iskandariyaga dengaz orqali yordam kuchlari yuborib shaharni qo‘ldan chiqarmaslikka jon-jahdi ila harakat qilardi. Xalifa ibni Hattob yangidan 12 ming kishilik qo‘shin tayyorlab Amr ibni Osga yordamga jo‘natdilar. Yordam kuchi yetib kelgach, Amr ibni Os Iskandariya shahrini qamal qiladilar. Qattiq janglardan keyin Rum askarlari butunlay mag‘lubiyatga uchraydi. Bir qismi esa kemalarga o‘ltirib dengiz orqali Konstantinopolga, bir qismi esa ichki Misrga qochadilar. 20-yilda Misrni fath etilishi nihoyasiga yetadi.
Rumliklar har yili Misrdan 20 million dinor soliq olardilar. Amr ibni Os tuzgan sulh shartnomasiga ko‘ra esa misrliklar har yili arablarga 8 million dinor juz'ya beradigan bo‘ldilar. Amr ibni Os hozirgi Qohira shahrini o‘rnida Fustot shahriga asos soldilar. Olingan soliqlarning bir qismi ichki yo‘llar va ko‘priklarni tuzatish ishlariga ishlatildi. Misr fath etib bo‘lingach, Amr ibni Os Tarablis, Jazoir va Tunis tomonlarga ham yurish boshladilar.
Amr ibni Os Misrda 5 yil davomida voliy bo‘lib turdilar. Voliylik zamonlarida yuritgan siyosatlaridan Misr xalqi behad minnatdor bo‘lib qoldi.
Ba'zi bir tarixchilar Iskandariyadagi mashhur kutubxona Umarning buyruqlari bilan Amr ibni Os tomonidan o‘t qo‘yib kuydirib yuborilgan degan uydirmani yozganlar. Qadimgi nasroniy va arab tarix manbaalarida esa bu haqda hech qanday so‘z yuritilgan emas. Bunday tuhmatona gaplar 13-asr nasroniy tarixchilari tomonidan Islomga nisbatan xalq orasida nafrat uyg‘otishlik uchun to‘qib chiqarilgandi. Keyingi davrdagi tarixchilarning ham mana bu tuhmat gap asosini tarixiy hujjatlar yordamida tekshirib o‘tirmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z kitoblariga olib kirganlarini 18-asrning insofli nasroniy olimlari tan oldilar. Iskandariya kutubxonasining yondirilishi tarixiy manbaa jihatidan noto‘g‘ri ekanligani isbotlab chiqqan kishi ingliz tarixchisi Tsibbon (1734-1794) bo‘ldi. U o‘zining «Rum saltanatining inqirozi» nomli kitobida 13-asr tarixchisi Abul Farak tomonidan yozilgan gaplarga ishonmasligini bildirib, o‘z tomonidan bunga dalillar keltirdi. Shundan keyin insofli tarixchilar asta-sekin kelib manbaani tarixiy hujjatlar asosida haqiqatlashga kirishdilar. Nemis tarixchisi Fyodor Sheller (1776-1861) o‘zining «Tarixi umumiy» nomli kitobida Amr ibni Os tomonidan Iskandariya kutubxonasidan yondirilish masalasini gapirib kelib shunday deydi: «Bu qissaning butunlay uydirma bo‘luvida aslo shubha yo‘q. Chunki mashhur kutubxonaning asosiy bo‘lmasi imperator (sulton) Yulyan Misrga hujum qilgan vaqtida yondirilgan edi. Qolgan bir qismi esa Islom fathidan bir necha yil avval xarob bo‘lgandi. Avgus Myullerning (1848-1892) «Islom tarixi» nomli kitobida ushbu so‘zlar yozilgandur: «Umarning amri bilan mashhur Iskandariya kutubxonasi yondirildi, degan gap uydirmadur. Bunday xabar esa arab tarix manbaalarida va eski Rum tarix manbaalarida ko‘rsatilgan emasdur. Bu xabarni eng avvalo 13-asr tarixchilaridan biri so‘zlagandi. Buni tarixiy haqiqatga har jihatdan teskariligi ko‘zga tashlanib turadi. Iskandariya kutubxonasi Islomdan bir necha asr muqaddam imperator Fedosey (346-395) davrida Feofil tomonidan o‘t qo‘yib yondirilgandi».
20 juzdan iborat bo‘lgan «Katta qomus» kitobida Iskandariya kutubxonasi haqida shunday jumlalar bor: «Iskandariya Yulian tomonidan qamal qilingan vaqtida kutubxona yong‘in ichida qolgandi. Bu nuqson Antoni tomonidan qirolicha Kleopatraga hadya qilingan 20 ming jildlik kitob hisobiga to‘ldirilgandi». Milodning 389 yilida imperator Yulinus davrida yepiskop Patrik Feofilning qistovi bilan shaharning sharqiy qismi ichida kutubxona ham yondirilgandi. Bundan keyin omon qolgan asarlar uchun yangi kutubxona qurildi. Arablar Iskandariyani fath etishlaridan birnecha yillar muqaddam kutubxona Yulian tomonidan Konstantinopolga ko‘chirilgandi». Mana shular 13-asr tarixchilari tomonidan Umar ibni Hattobga va Amr ibni Osga chaplangan balchiqlarni yuvib tashlashga kifoya qilsa kerak.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 17:00:30
HAZRATI UMAR VA HAZRATI ALI RAZIYALLOHU ANHUM

Abu Bakr (r. a.) xalifalik mansabiga bani Saqifa soyagohida muxojir va ansor sahobalardan bir guruhlari tomonidan saylan-gan paytlarida Ali ibni Abu Tolib (r.a.)ning bay'at berishdan bosh tortganliklari yuqorida yozib o‘tilgandi. Mazkur bay'at vaqtida Umar (r. a.) hazrati Alini bay'at berdirishga majbur qilganlari to‘g‘risida ham gap yuritilgan edi. Umar ibni Hattob (r. a.) ustlariga hokimiyat javobgarligi yuklangan paytida u janobning xalq o‘rtasida yuritgan ish uslublari Abu Bakr Siddiqning Umar to‘g‘rilarida o‘ylagan fikrlarini rostga chiqardi. Hazrati Umarni o‘z o‘rinlariga valiahd qilib qoldirmoqchi bo‘lganlarida kishilar kirib «Umar juda qattiqqo‘l, berahm», deyishgandi. Shunda Abu Bakr ularga qarab: «Agar Umar ish boshiga kelsa, albatta, qattiqqo‘lligidan asar ham qolmaydi, balki odamlarga eng mehribon va shafqatli kimsa bo‘lib qoladi», degandilar. Abu Bakrning mazkur gaplarini Umarning xalq orasida yuritgan muomalalari rostga chiqardi. Xalifalik mansabiga o‘ltirganlaridan keyin hazrati Alini o‘zlariga eng yaqin maslaxatchi hamda eng yaqin yordamchi qilib ola-dilar. Har qanday hukm chiqarishdan avval albatta hazrati Alining fikrlarini olardilar. Keyin Aliga muvofiq kelsa hukm chiqarardilar.
Rivoyatlarda aytilishicha, bir kishi Umarning oldilariga ayolidan «olti oyda tug‘ib qo‘ydi», deb shikoyat qilib kelgan ekan. Shikoyatini tinglagan Umar ayolga jazo bermoqchi bo‘libdilar. Shunda hazrati Ali: «Ey Umar, agar men sizga kitobullohdan hujjat keltirsam, albatta g‘olib bo‘lib chiqaman», debdilar. «Qanday qilib?» deb so‘rabdilar Umar. «Olloh taborak va taolo o‘z kalomi majdidida «homilasi va sutdan chiqishi o‘ttiz oy», degandilar. Keyin yana bir o‘zga surai muborakida esa «Onalar bolalarini ikki yil to‘la emizadilar, agar er shuni istasa», demishdur. Agar bir mazkur oyatda aytilgan ikki yilni avvaldagi o‘ttiz oydan olib tashlasak, olti oy qoladi. Demak, homiladorlikning eng ozi - 6 oy bo‘ladi», degan ekanlar. Alining ray'ilarini hazrati Umar qabul qilgan ekanlar. Hazrati Umar hazrati Aliga bo‘lgan muhabbatlarining isboti sifatida Fotimai Zahrodan bo‘lgan qizlariga uylangan edilar. Hazrati Alini bunchalik Umar oldilarida hurmat va e'tibor topishlariga sabab bo‘lgan hodisalar ko‘p o‘tgandi. Shulardan bittasini yozib o‘tamiz.
Hazrati Alining ustlaridan bir yahudiy Umarga shikoyat etib kelgandi. Umar hazrati Alini topdirib keladilar. Hazrati Ali kelgan vaqtlarida Umar Aliga qarab: «Ey Abul Hasan, da'vogaringizning oldiga borib turing»,- deydilar. Shunda hazrati Alining muborak chehralarida andak achchiqlanish alomati ko‘ringandi. Masala bartaraf etilib bo‘lganidan keyin Umar hazrati Alidan achchiqlanish sabablarini so‘raydilar». Men sizga «da'vogaringiz yonida turing», deganimga xafa bo‘ldingizmi?» deydilar. Islom odobi va adolati bilan bezangan Ali: «Ey Umar, men bunga emas, balki yahudiyni o‘z nomi bilan, meni esa hurmatli laqabim bilan chaqirganingiz uchun achchiqlandim, zero meni hurmatlab chaqirishingiz yahudiyning dilida adolatda hukm chiqarmog‘ingizga shubha paydo qilib qo‘ymadimikin, deya xavotirlandim», degan ekanlar. Ushbu javobni eshitgan Umar hayratdan chapak chalib: «Sizning xonadoningizdan payg‘ambar chiqqanligiga ajablanmasa bo‘laverar ekan», dedilar. Hazrati Umarning Rasululloh alayhissalom nabiralari bo‘lmish muhtaram Hasan va Husaynga qilgan muomalalariga kelsak, har qanday ta'rifu tavsifdan tashqaridur:
Fazl va Atoda o‘z o‘g‘illaridan ham yuqori qo‘yardilar. Bir payt oradan uch-to‘rt kun o‘tsa-da, hazrati Hasanni ko‘rmay qoladilar. Ko‘rishganlarida: «Qaerda yuribsiz, bir necha kundan beri ko‘rolmayman», deydilar. Hazrati Hasan hazrati Umarga qarab: «Men oldingazga kelayotgan edim. Yo‘lda Abdulloh ibni Umarni uchratdim. Mendan qaerga ketyapsiz», deb so‘radilar. «Amiral mo‘‘minin oldilariga», deb javob berdim. «Men,- dedilar Abdulloh,- Amiral mo‘‘mininni istab borgandim, biroq oldilariga kiritmadilar». Abdullohning gaplarini eshitib men ham orqamga qaytib ketdim», dedilar. «Ey Hasan, siz qaerdayu, Abdulloh qaerda: axiri Abdulloh sizdek bo‘la oladimi?» dedilar.
Hazrati Umar Rasulullohning ahli baytlariga hurmatlari juda ziyoda bo‘lgandi.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 17:02:46
DAHSHATLI QOTILLIK

Bir millatga baxt bo‘lib tushgan narsa albatta ikkinchi millatga baxtsizlik bo‘lishligi tajribalarda isbot etilgandur. Shunga binoan arablar futuxoti zotan o‘z shaklida arablarga qanchalik yaxshiliklar keltirgan bo‘lsa, mag‘lub bo‘lgan Iroq va Eron davlatlariga inqirozni keltirdi.
To‘g‘ri, Umar ibni Hattob bosib olingan joylardagi yerli xalqlarga adolat va insof bilan hukmronlikda bo‘lgan bo‘salar-da, biroq mazkur davlatlardagi mansablaridan ayrilgan ayrim kimsalar ichlarida Islom hukmdoriga nisbatan qandaydir ichki adovatda uyg‘onishi tabiiydur. Eronning ko‘zga ko‘ringan hukmdorlaridan biri Bo‘lgan Xurmuzon urushda asir olinib Madinaga keltirilgan edi. U hazrati Umarga hiyla ishlatib o‘z jonini saqlab qolgandi. Bundan boshqa yana o‘z mulklaridan urush tufayli ajragan yana bir necha shaxs-lar Madinada yashab turardilar.
Bizzot bunday ichida adovati bo‘lgan kishilarning poytaxtda yashashligi siyosiy nuqtai nazaridan qaralganda ham durust tugal edi. Biroq hazrati Umar Islomdan biroz shikast yeb yaralangan bunday kimsalarni paytaxtdan chetga surmoqchi ham bo‘lgandilar. Lekin amalga oshirmagandilar. Mana shunga o‘xshash dillarida g‘araz bo‘lgan kimsalar bekituqcha to‘planib hazrati Umarni o‘ldirishga qaror bergandilar. Ular bu ishga Mug‘ira ibni Shubaning quli nasroniy Abu Lu'luani tezlardilar. Abu Lu'lua bir kuni hazrati Umarga shikoyat qiladi. Umar uning shikoyatini tinglab yaxshi tavsiyalarda bo‘ladilar. Biroq u hazrati Umarga bir necha: og‘ir gaplar bilan tahdid etadi. Adolatda nomdor bo‘lgan Umar qulning tahdidiga e'tibor bermay o‘tib ketaveradilar. Ammo Abu Lu'lua qatiy ishga kirishib bir xanjarini zaharlab tayyorlab qo‘yadi. Uldirishga qasd qilgan kuni ertalab u masjidga keldi. Tongi namozni hazrati Umar juda erta o‘qirdilar. Shundan foydalanib u masjidga kirib Umarning namoz boshlashlarini kutib, orqalariga yaqin joyda poylab turdi. Hazrati Umar namozga takbir aytib kirishlari bilan og‘ulangan xanjarni urdi. Bir necha marta sanchib ko‘p yerlarini yaraladi. Hazrati Umar «meni o‘ldirdi» ushlanglar!» deb qichqirdilar. Odamlar uni ushlashga urindilar. U bir necha kishini yaralab qochib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin bir sahoba orqasidan kelib yiqitib oldilar. Qo‘lga tushganiga aqli yetgan Abu Lu'lua o‘ziga-o‘zi xanjar urib o‘ldirdi. Voqeadan faqat Umarning yaqinlarida turgan kishilar xabardor bo‘ldilar. Ortda turganlar esa Umar qiroatdan to‘xtaganlarida taajjubda «Subxonalloh, subxonalloh» deyishdi.
Abdurahmon ibni Avfni o‘rinlariga imom qo‘ydilar. Tezdan namozni tugatib Umarni uylariga olib ketshtsdi. Voqeani eshitgan ahli Madina qayg‘uga tushdi. Ko‘chalarda yig‘lab motam tutuvchilar ham bo‘ldi.
Umar uylariga keltirilgach, o‘g‘illarini chaqirib «menga kim qasd qilganini bilib kel» dedilar. O'g‘illari «Joningizga Abu Lu'lua qasd qildi ekan», deganida Umar «Alhamdullilloh, meni Ollohga sajda qilgan kimsa o‘ldirmabdi», dedilar. Darhol tabib chaqirtirdilar. Tabib kelib jarohatni ko‘rdi. Yaxshilab tekshirib chiqqanidan keyin Umarga qarab, «Qiladigan ishingizni qilib oling, jarohatingiz og‘ir», dedi.
Asxob hirom Umarning oldilariga kirib ko‘p taassuflar bildirardilar. Umar hazratlariga suiqasd xijratning 23 yili zulxijja oyining seshanba kuni ertalab bomdod namozi paytida bo‘lgan edi. Vafotlari ham shu kuni kechqurun bo‘ldi. Vafot et-ganlarida hazrati Umarning o‘ttiz-qirq dirhamga yaqin boyliklari qolgan bo‘lib, ustlarida 80 ming dirhamga yaqin qarzlari bor edi. Qarzlarini o‘z mol-mulklaridan to‘lashga, agar yetmasa qarindosh-urug‘larining mulklaridan to‘lashga tavsiya etdilar. Butun Arabistonni tilloga ko‘mib tashlagan hukmdordan qolgan boylik mana shu arzimas dirhamlardan iborat bo‘lgandi. Vasiyatlariga binoan chorshanba kuni Oyisha onamizning hujralariga Rasululloh va Abu Bakrning yonlariga dafn qilindilar. Janoza namozi masjidda o‘qildi, Suxayb Rumiy imom bo‘ldilar.
Hazrati Umarning xalifalik davrlari o‘n yilu olti oy bo‘lib, vafot etganlarida yoshlari 63 da bo‘lgandi.
Hazrati Umar jismonan o‘lgan bo‘lsalar-da, biroq Islom uchun Olloh yo‘lida kishilar baxtiyorligini istab qilgan xizmatlari tufayli xalq orasida nomlari yaxshilik va adolat timsoli sifatida yashab qoldi.
Inshoolloh kelajakda ham yashab qolajakdur!
Esang istar dilo umri farovon
Haqiqat yog‘iga qovrilgan ey jon!
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 17:03:47
XULOSA

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam tomonlaridan arab jazirasida sof ilohiy qonunga binoan amal etadigan yagona hukumat barpo etilgandi. Hazrati Abu Bakr va hazrati Umar davrlarida esa mazkur hukumat ancha kengayib, ba'zi bir qo‘shni davlatlarni ham o‘ziga birlashtirib oldi, kuchli mamlakatga aylandi.
Rum va Eron saltanatlari asrlardan beri qo‘shni davlatlarni goh unisi-goh bunisi bosib olib hukm surib kelgandilar. Ularning yuritgan siyosatlari faqat mazkur bosib olingan yerlardan o‘z foydalariga soliq undirish, o‘z davlatlarining xazinalarini chetki tushumlar hisobiga ko‘paytirishdan iborat edi. Ular boSib olingan xalqlarni zo‘rlab o‘z qo‘llari ostida tutib turardilar. Rum va Eron amaldorlari qo‘sh ayvo» li saroylarda yashardilar. Tez-tez turli bazmlar uyushtirardilar. Bu bazmlarga behisob aqchalar sarflanardi. Bularning hammasi oddiy mehnatkash xalq hisobidan qilinardi. Saltanatlar qo‘l ostida yashovchi xalqlar zulm va zo‘ravonlik siyosatidan nihoyatda bezor bo‘lib, qalblari ularga nisbatan nafratga to‘lib ketgandi. Mana shuning uchun ular Islom askarlariga ortiq qarshilik ko‘rsatmay taslim bo‘lgandilar. Ular Islom hukmdorlarida misli bo‘lmagan adolat va oliyjanoblikni ko‘rganlaridan keyin Rum va Eron amaldorlari tomonidan xo‘rlangan oddiy xalqqa hech qanday ortiq qarshiliksiz shahar darvozalarini ochib bergandilar. Arablarga, Rum va Eron kabi kuchli va qudratli sanalgan saltanatlarga bir vaqtning o‘zida hujum qilib har ikki maydonda ham g‘alaba keltirgan narsa eng avvalo ilohiy ta'limot bo‘lgan Qur'on ko‘rsatmalariga hech qanday og‘ishmay tinchligu urush holatlarida amal qilganlari bo‘lsa kerak. Ular mazkur saltanatlarni bosib olib u yerdagi boyliklarni shaxsiy manfaatlari yo‘lida istaganlaricha foydalanishga imkoniyati bo‘lish uchun urush qilganlari yo‘q. Balki maqsadlari har qanday manfaatdorlikdan sof bo‘lgan holda mazkur sultonlar qo‘li ostida asrlardan beri «kishi-kishiga qul», degan tushuncha zulmi ostida ezilib xor bo‘layotgan Ollohning mushtipar bandalarini, «kishi-kishiga emas, balki hamma barobar yagona Ollohga qul», degan shiorni joriy etish uchun urush qilgandilar. Buning natijasida tabaqalanish zulmi, kishini-kishi tomonidan ezish, xo‘rlash, zulmi yo‘qolib, o‘rniga hamma umum huquqlarga ega va barobar bo‘lgan adolatli tuzum yuzaga kelardi. Tabaqalanish zulmi dunyo xalqlarini eng jirkanchli suratda uzoq asrlardan beri ezib kelardi. Mazkur zulmni xalqlar ustidan ko‘tarib tashlashlik uchun Islom, o‘zining «hamma yagona ota va onadan tarqalgan» degan oliy shiorni e'lon qilgandi. Demak, barchaning kelib chiqishi yeri bir bo‘ladigan bo‘lsa, tabaqalar ichidagi imtiyoz o‘z-o‘zidan barham topadi.
Ikkinchidan, qadimiy xalqlar orasida taqsimlash ham g‘ayri-qonuniy suratda bo‘lgandi. Bir hovuch makkor kimsalar umum boylikka egalik qilardilar. Qolgan mehnatkash xalq, mana shu boylikning hosil bo‘lishida asosiy xizmatni qilgan oddiy mehnatkash xalq esa hamma narsadan mahrum qolaverardilar. Bunday holatni go‘yo tabiiy deya, xudo tomonidan shunday bo‘lishligiga ishora etilgan deya diniy rahbarlar talqin etardilar.
Uchinchidan, davlatlar ichida amalda bo‘lgan qonunlar hech qanday adolatga asoslanmay balki ba'zi bir guruhlarning xohishlarini ifoda etardi. Natijada joriy qonunlar ham mehnatkashlarni ezish, ularni xorlashlikning bir turi bo‘lib qolgandi.
To‘rtinchidan, diniy tushunmovchilik tufayli xalqlar o‘rtasida paydo bo‘lgan turli xurofiy odatlar va bu xurofiy odatlarni din nomidan talqin etilishi sababli xalqlar ustiga juda ko‘p yomonliklar tushgandi. Olloh taolo o‘z payg‘ambarlariga yuborgan asl dinni kishilar o‘z xohishlari tomonidan qo‘shilgan xurofotlar butunlay qoplab olgandi. Natijada azizu mukarram bo‘lgan inson o‘zini-o‘zi hor qilib allaqanday jonsiz toshdan va yog‘ochdan yasalgan but hamda haykallarga, hatto oddiy xayvonlarga ibodat etib, talpinadigan bo‘lgandi.
Beshinchidan, xurofiy illatlar natijasi o‘laroq, olam va tabiat sirlarini to‘g‘ri ilmiy asoslar bilan sharhlab o‘rganishlik yo‘li to‘sib qo‘yilgandi. Oqibatda insoniyat tabiat sirlariga to‘g‘ri yondoshish orqali oshno bo‘lmay, balki allaqanday tagi yo‘q gumon va taxminlar qorong‘uligida shabko‘rdek kezardi.
Oltinchidan, odamlarni dunyoda yaralishliklarida maqsad va dunyodagi vazifalari nimadan iborat ekanligi to‘g‘risida har turli xurofiy fikrlar sababidan asosiy maqsad berkinib ketib, haqiqat anglashilmay qolgandi.
Yettinchidan, «Hamma narsani kuch hal qiladi», degan noto‘gri tushuncha xalqlar orasida hukmron bo‘lib qolganligi sababli, erkaklarga nisbatan nimjon bo‘lgan asllar jamiyatda butunlay nufuzlarini yo‘qotgandilar. Ular hech qanday, na shaxsiy va na ijtimoiy hukuqlarga ega bo‘lmay qolgandilar.
Sakkizinchidan, boshliqlar o‘z ustlariga xalq tomonidan yuklangan vazifani to‘g‘ri anglab yetmaganlari sababli, xalqlar esa boshliqqa nisbatan qanday mavqe'da ekanliklarini tushunishlikda chigalliklar sababli o‘rtada do‘stona mushtarak aloqa etuvchilarga emas, balki bir-biriga adovat saqlovchilarga aylangandilar. Dunyoda hukm surayotgan mana shu kabi holatlarni to‘g‘ri tushunchada tushuntirishlik uchun Olloh taolo va taborak Arab yarim orolida yashovchi Muhammad ibni Abdullohga vahiy yuborgandi. Mana shu ilohiy vahiyda bayon etilgan narsalarni yer yuzi xalqlariga yetkazishlikka taklif etgandi.
Eng birinchi sonda bayon otganimiz jins va tabaqalar tafovutini Islom, «hammangiz bir ota-onadan tarqalgansiz», degan shiori bilan, «arabning ajamdan, ajamning arabdan ortiqigi yo‘q, fazilat faqat taqvoda»; degan shiori bilan barham berishga kirishdi.
Ikkinchi sonda basn etilgan boyliklarni taqsimlashdagi adolatsizlikka Islom moldor kimsalarga qarata: «Ey moldorlar, sizlar men bergan boylikdan mahrum kimsalarga ham beringlar. Molini mening yo‘limda kambag‘al bechoralarga, yetimlarga, bevalarga bermay saqlab qo‘yganlar uchun qiyomat degan dahshatli kunda qattiq azoblar hozirlab qo‘yganman», degan tahdidli shiori bilan barham berishga kirishdi.
Uchinchi sonda bayon etilgan jabrona qonunlarini Islom: «Qonun chiqarishlik yagona Ollohning haqqi, hukm faqat Ollohga xos, havolaringiz xohishiga qarab qonunlar chiqarsangaz, hukmlar joriy etsangiz, unda sizlar zolimlar, kofirlar va fosiqlardan bo‘lasiz» degan shiori bilan barham bergani kirishdi.
To‘rtinchi sonda bayon etilgan hurofotlarga Islom: «Ey aziz insonlar, sizlar faqat o‘zlaringizni yaratgan ilohgagina ibodat etinglar», degan, «Ollohdan o‘zga narsalar zarar ham yetkazolmaydi, foyda ham yetkazolmaydi», degan, «hamma narsa Ollohning mahluqi» degan shiori bilan barham bergani kirishdi.
Beshinchi sonda bayon etilgan tabiat sirlarini noto‘g‘ri yo‘l bilan o‘rganishlikka Islom o‘zining «har bir narsani hujjatiga qarab qabul qilinglar, taxmin va gumonlar haqiqatni o‘zgartira olmaydi», degan shiori bilan barham bergani kirishdi.
Oltinchi sonda bayon etilgan odamlarni yaratilishi va vazifalarini ularga anglatish uchun Islom: «Sizlar faqat Ollohga ibodat qilish uchun yaratilgansizlar, yer yuziga xalifa, ya'ni Olloh tomonidan o‘rinbosar etilgansizlar. O'rinbosarlik sizlarga aynan har bir mavjudot haqqini adolatda ado etmog‘ingizni taqozo etadi. Tiriklik kunlaringizni yaxshi amallar bilan o‘tkazishingiz kerak, degan shiorni olg‘a surdi.
Yettinchi sonda bayon etilgan «kuch - hal qiluvchi omil», degan tushunchani Islom o‘zining «erkakka ham qilgan amallaridan nasiba bor, ayolga ham qilgan amallaridan nasiba bor», dsgan shiori bilan barham berish uchun kirishdi.
Sakkizinchi sonda bayon etilgan chigalliklarni barham berish uchun Islom o‘zining «hammangiz boshliqsiz va hammangiz o‘z qo‘l ostilaringizdagilardan javobgarsiz, Ollohga va uning Rasuli hamda o‘zlaringiz saylab qo‘ygan boshliqlarga itoat eting. Agar sizlarga qora, boshi tepakal qul boshliq etilsa, ichlaringizda kitobullohning amrini og‘ishmay amalga oshirsa unga itoat etinglar», degan shiorni e'lon etdi.
Yuqorida aytib o‘tilgan yuksak ta'limotlarni jahon xalqlari o‘rtasida, olamda ezilib yotgan afgor omma o‘rtasida qaror toptirishlik uchun, ularni asrlardan bsri o‘rab olgan zulm, jabr, adolatsizlik zanjiridan xalos etishlik uchun, zolim, mustabid, xohishparast hokimlarni va ularga hamtavoq bo‘lgan, o‘zlarini diniy arboblarimiz, deb atagan kishilarning qo‘llaridan xalqlar taqdirini hal qilishlik sultasini olib uni haqiqiy egasi bo‘lgan Ollohga topshirishlik uchun jihodlar qilingan. Arab saltanatini Rum va Eron saltanati o‘rnida barpo etishlik maqsadida emas, balki umum jahon afgor ommasiga o‘z huquqini o‘zi belgilashlik, ozodligini berishlik uchun jihodlar qilingan. Islomiy jihodlar bilan o‘zga xalqlar olib borgan urushlar o‘rtasidagi asosiy farq mana shulardan iborat.
Hozirgi kunda oddiy bir shahar hokimining uyi taftish etilganda, noqonuniy suratda jamg‘arilgan millionlab pullar chiqayotgan bir onda, butun Islom davlatining umumrahbari bo‘lgai xalifalar vafot topishgan vaqtida qoldirishgan boyliklari bo‘yinlaridagi qarzlari bo‘lgan, xolos. Ular ham agar o‘zga rahbarlar kabi g‘amlari mol jamgarish bo‘lganida edi, albatta, bunday imkoniyatga ega edilar. Lekin ulardagi iymon, xalqlarga bo‘lgan haqiqiy muhabbat, Ollohga bo‘lgan muhabbat har qanday o‘tkinchi narsalar muhabbatidan yuksak bo‘lgandi. Ular boyliklarga umum mulki dsb, Olloh - umum insoniyat mushtarak holda o‘z ehtiyojini qondirish uchun boyliklarini yaratgan degan, ko‘z qarashda bo‘lgandilar. Ular boylikni taqsimlab turganlarida kichkina bolalari og‘ziga solib olgan bir dirhamni ham zo‘rlab olib qo‘ygandilar. Zero, Umar umummushtarak molda bir dirham ham ortyqcha, o‘zgalarlan haqqi yo‘q, dsgan ko‘rsatmaga ishora qildilar.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 17:09:48
BIRINCHI XALIFA ABU BAKR SIDDIQ (Raziyallohu anhu) DAVRLARI

Abu Bakr Siddiq, raziyallohu anhu fil yilidan ikki yilu to‘rt oydan so‘ng tug‘ilganlar. Rasululloh alayhissalomdan ikki yoshu to‘rt oylik kichkina edilar. Rasululloh alayhissalom ul janobning rostgo‘yliklari, omonatdorliklari hamda Isro va Me'roj hodisasini eng birinchi bo‘lib tasdiqlaganliklari uchun Siddiq deb nom qo‘ygan edilar. Ya'ni, Rasulu akrom hazratlari janobni rostgo‘ylarning rostgo‘yrog‘i degan yuksak sifat bilan oliy maqom darajasiga ko‘targandilar.
Yahudiylar Rasululloh alayhissalomdan Isro voqeasini eshitgan so‘zlariga ishonmasdan, Abu Bakr huzurlariga keladilar. «Sohibingiz mana shunday deyapti, siz shunga ishonasizmi?» - deb so‘raydilar. Shunda Olloh va Rasulining do‘sti, Islom ravnaqi yo‘lida butun borlig‘ini fido etuvchi zot bo‘luvchi Abu Bakr makkor yahudiylarga shiddat-la qarab: «Agar bundan ham boshqa ajabliroq narsalarni Rasululloh hazratlari aytsalar men ko‘nglimga zarracha shubha va shak keltirmagan holimda hech bir to‘xtovsiz darhol tasdiq etaman», dedilar, Ushbu kundan boshlab Islom jon fidosining taxalluslari laqablari Siddiq bo‘lib qoldi. Qiyomatga qadar, inshoolloh, shunday bo‘lib qoladi.
Olloh Kalimasining yuksalishi yo‘lida sof niyatli, xolis ixlosda xizmat qiladigan har bir muxlis mo‘‘minning nomi albatta jahon ayvonida mana shunday yuksak fazilatli nomlar qatorida avlodlar qalbiga muhrlanib, to qiyomatga qadar unutilmay qolajakdur. Nodonlik va nafosatsizlik, befarosatlik kasalligiga yo‘liqqanliklari sababli OLLOH kalimasining yuksalish yo‘llariga g‘ov solishga behuda chiranib urunuvchi badbaxtlarning nomlari esa asrlar osha la'nat tamg‘asiga uchrab avlodlar nafratiga sazovor bo‘lajakdur.
Bu ikki yo‘ldan birini o‘zingiz tanlab olavering, misollar esa atrofingazda qalashib yotibdi.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 17:11:04
ISLOMDAN AVVALGI HAYOTLARI

Abu Bakr (r. a), Makkada o‘sib ulgayganlar. Balog‘atga yetganlaridan keyin Makka ahlining odatiga ko‘ra savdogarchilik bilan shug‘ullanganlar. Johiliyat zamonida ham Abu Bakr (r. a.) to‘g‘riliklari, sharifliklari, xushxulqlari, murosago‘yliklari bilan xalq ichida tanilgan edilar. Abu Bakr hazratlari aslo araq ichmagan edilar. Araqni o‘zlariga o‘zlari xarom etgandilar. Bunga sabab bo‘lgan voqeani tarixchilar quyidagicha ta'riflaydilar:
Bir kuni Abu Bakr mast bo‘lib uchib qolgan odamning yonidan o‘tib ketayotgan edilar. Qarasalarki, mast kishi siydigiga qo‘lini tiqib yuziga surtayotibdi. Bunday jirkanch manzarani ko‘rib behad nafratlangan holda, «Men aslo bunday noma'qulchilik qilmayman», deb o‘zlariga so‘z bergan ekanlar. Mana shundan keyin hatto bir tomchi ham tatib ko‘rmaganlar.
Tarix bizga u janobning butlarga aslo sajda qilmaganliklarini ham hikoya etadi. Otalari bir kuni u janobni olib, ahli Makka odatiga ko‘ra, butlarga sajda qilmoqlik uchun Ka'baga borgan ekanlar. Keyin katta butni ro‘parasiga olib kelib «Mana, shu sening ilohing bo‘ladi», deb uzlarini yolg‘iz qoldirib ketgan ekanlar. Otalari nari ketgach, u janob butning yoniga yaqin borib, «men ochman, to‘yg‘iz» debdilar. Butdan sado chiqmagach, yana «men yalang‘ochman, kiyintir», debdilar. But esa jim, serrayib turaveribdi. Buni ko‘rgan Abu Bakr yerdan katta bir toshni olib butning yuziga qarab otibdilar-da, hech narsaga qaramay yugurgancha tashqariga chiqib ketibdilar. Shundan keyin aslo butlarga sajda qilmagan ekanlar.
Quraysh qabilasi u janobni rostgo‘yliklarini, ochiq-ko‘ngalliklarini bilganlari sababli juda yaxshi ko‘rardilar, xurmat qilardilar. Janobda mujassam bo‘lgan yuksak insoniy fazilatlar qurayshlar qalbida o‘zlariga nisbatan muhabbatni paydo qilgan edi. Johiliyatda Abu Bakr harir savdosi bilan mashhur edilar. Bundan juda katta foyda ham ko‘rardilar.
Rasululloh hazratlari bilan o‘rtalarida ayrilmas do‘stlik aloqasining barqarorligaga asosiy sabab - har ikki janobning yuksak sifatlarda hamohang bo‘lganliklari edi, Yoshlari qariyb tengdosh, hovlilari hamsoya, o‘zlari esa omonatdorlik va rostgo‘ylik sifatlari bilan bezanganliklari sababli johiliyat zamonida, Rasulullohga payg‘ambarlik kelmasdan avval ham ul janoblar bir-birlariga yaqin edilar.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 24 Dekabr 2007, 17:11:56
ISLOMGA KIRISHLARI

«Xiro» g‘orida Rasululloh hazratlariga vahiy nozil bo‘lib, Jabroil alayhissalom «Siz Rabbil olamin tomonidan yuborilgan payg‘ambarsiz», deb xabar bergan zahotlariyoq tezdan Xadicha onaning oldilariga kelganlar va mazkur xabarni aytganlar. Xadicha ona o‘shal ondayoq hech bir ikkilanmay, imon keltirganlar. Qalblariga qo‘rquv ketar-ketmas, Rasululloh hovlilaridan chiqib Baytullohni tavof qilgani borayotganlarida yo‘lda Abu Bakrni uchratganlar. Rasululloh hazratlari Abu Bakr raziyallohu anhuga Islomni arz etganlar. Hazrat ham xuddi Xadicha ona kabi hech bir ikkilanmay, darhol tasdiqlab, qabul qilganlar. Bu to‘g‘rida so‘ralgan paytida, «Men Muhammadni aslo yolg‘on gapirganligini bilgan emasman. U janob yuksak omonatdorliklari, husnu xulqlari sababidan payg‘ambarlikka loyiq zotlar», deb javob bergandilar. Shu tufayli Rasululloh hazratlari u janob haqlarida shunday degandilar:
- Men kimni Islomga da'vat etsam bir oz to‘xtalar, taraddudga tushar edi. Abu Bakr esa men arz etgan chog‘imda hech qanday taraddudsiz darhol qabul qilgandur.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:02:52
RASULULLOH ALAYHISSALOM BILAN BIRGA BO'LGANLIKLARI


Abu Bakr Siddiq (r,a.), Rasululloh alayhissalom bilan Islomni e'lon qilgan kunlaridan boshlab doimo birga hamsuhbat bo‘lganlar. U janob qurayshlardan va boshqa nodonlardan juda ko‘p izo jafo chekkanlar. Boyliklari ham, nasablari ham, xalq orasida tutgan o‘rinlari, e'tiborlari ham, xushxulqlari ham qurayshlarning izosidan qaytara olmagan. Islom diniga birinchilardek musharraf bo‘lganliklari Rasulullohning eng yaqin hamkorlaridan bo‘lganlari sababli qurayshliklar u janobga har turli izo jafolarni yetkazganlar. U janobning Rasulullohning juda ko‘p o‘rinlarda mushriklardan mudofaa qilganliklari tarix kitoblarida bitilgandur, U janob Rasulullohni himoya qilish yo‘lida mushriklar izosidan zarracha qo‘rqmay, jafolarini pisand etmay, jonfidoliklar etganlar. Siyrat kitoblarda bu haqda quyidagi voqea bayon etilgan.
Quraysh mushriklari baytulxaramdagi Ismoil hujralariga to‘planishib o‘zaro suhbat qurganlar. Gaplari asosan mana shu xususda bo‘lgan:
- Biz hanuzgacha bu kishi kabi o‘zidan juda katta ketgan odamni ko‘rgan emasdik. Mana bu odamning o‘z qavmiga yangiliklar kiritgani kabi biron kishining yangaliklar kiritib fitna qo‘zgaganini ham bilmaymiz. Endi u dinimizni ayblamoqda, aqlimizni kamsitmoqda, olixalarimizni esa obro‘sizlantirmoqda. Boshimiz qotib, nima qilishni ham bilolmay qoldik.
Mushriklar shunday deb turgan paytlarida Rasululloh hazratlari behosdan kirib kelib, rukn oldiga yetib qoladilar. Ularning yonlaridan o‘tayotganlarida ular axmoqona so‘zlar aytib Rasululloh hazratlarini masxaralashdi. Rasululloh hazratlari tavof qilib bo‘lgach, yana ularning oldilaridan o‘tadilar. Mushriklar beandisha gaplarini yana takror aytishadi. Shunda Rasululloh hazratlari ularga qarab: «Ey, quraysh jamoalari, men sizlarga qurbonlik keltirdim», deydilar. Odamlar biror narsa deb javob berishga yarolmay jim bo‘lib qolishadi. Keyin tarqalib ketishadi. Ertasiga yana to‘planishib, kechagi bo‘lib o‘tgan gaplarni eslashadi. Shunda bittasi o‘rnidan turib, ularga: «Ey, qurayshlar, kecha uni yo‘qligida rosa chaynadinglar. Oldingizga kelganida esa lom-mim deyolmay qoldinglar-ku?» dedi.
Ular suhbatlashib turgan onlarida Rasululloh hazratlari baytulxaramga adl qadamlar bilan kirib keladilar. Shunda ular janobi sarvari olamga har tomondan itday tashlanib, «senmi hali bizga falon-falon gapni aytgan», dsb so‘roqqa tutadilar. Sarvari koinot dadil «Ha!» deb javob berganlaridan so‘ng oralaridan bittasi belbog‘ini yechib Rasulullohning muborak bo‘yinlariga solib bo‘g‘moqqa boshlaydi. Bu holni ko‘rgan Abu Bakr ularning oldiga tezlik bilan yetib keladilar. Ularga qarab: «Qanday badbaxt kishisizlar! Axir «rabbim - yagona olloh!» degan kimsani bekordan-bekorga o‘ldirmoqchimisizlar?!»- deydilar. Ular endi Abu Bakrga tashlanib, uzun soqollaridan tortqilab, urmoqqa boshlaydilar. Ular hech ayamay rosa do‘pposlab, urib azob berishadi. U janob uylariga boshlari yorilgan holda, og‘riq zo‘ridan aziyat chekib, arang yetib keladilaru hushlaridan ketib qoladilar. Ancha vaqt behush bo‘lib yotadilar. Hushlariga kelgach, birinchi savollari «Rasulullohning ahvollari qanday?»- deb so‘rashlik bo‘ladi. «Yaxshi» deyishlariga ham qanoat qilmay, ko‘ngillari xotirjam bo‘lmay, onalariga va yana bir qo‘shnilariga suyanib Rasulullohning hovlilariga yo‘l oladilar. Rasululloh alayxissalomning nodonlar qo‘lidan eson-omon qutulganlarini ko‘rib, xursandliklaridan o‘zlarini tutib turolmay Rasululloh hazratlarini quchoqlab oladilar.
Ha! Islom yuksalishi yo‘lida mana shunday jonfidoliklar ko‘rguzishgandi! Olloh yo‘lida jonlari o‘zlariga hech qanday qiymatsiz tuyulgandi. Ular jonlarini aziz bilib, uzoq tinch yashab yuraylik, deb quyon yuraklik qilishmay, «bizning hayotimizdan ko‘ra olloh kalimasining yer yuzida o‘rnashib oliy bo‘lishligi qiymatliroq, muhimroqdir», deb bilishgandi. Zero, ular insoniyatni jon-dillaridan sevadigan, unga yaxshilikni xolis dil bilan istaydigan yuksak ong egalari, ko‘zi ochiq kimsa edilar. Shuning uchun narsalar qiymatini baholashda xatoga hech yo‘l qo‘yishmagandi. Harakatlari zoe ketmadi. Nomlari abadiyat taxtasida hurmat-ikrom martabasiga yozilib qoldi.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:03:16
OLLOH YO'LIDA QILGAN SARFLARI

Abu Bakr Siddiq (r. a.), o‘zlarining sodiqlaridan, sevikli habiblaridan bir nafas ham ajralmay, uzoqlashmay, doimo birga bo‘lishga harakat etardilar. Faqat bir narsa oldi-sotti qilgani biror yoqqa borganlaridagina biroz fursat ajralishga majbur bo‘lardilar. Ishlarini bitkazgach, tezdan yana do‘stlarining yonlariga qaytib kelardilar. O'zlarida bo‘lgan bor narsalarini xoh arzon, xoh qimmat bo‘lsin, din g‘alabasi yo‘liga ayamay sarf etardilar. Bir kuni Umay ibni Xalaf ismli kofirlar sardori Bilol ibni Rabboh degan xabash qulni Islom dinidan qaytarish uchun azoblayotganini, qumloq sahroga olib chiqib qaynoq qumlarga yotqizib ustlariga og‘ir toshlarni bostirib qiynayotganini ko‘rdilar. Berilayotgan azob qulning faqat iymonini ziyoda qilardi xolos. Shunchalik qiynoq va azoblar chekib turgan paytida ham og‘zidan yagona «AHAD», «AHAD» degan so‘z chiqardi, xolos. Abu Bakr, Umayya shaytondan Bilol ibni Rabbox raziyallohu anhuni katta pul barobariga sotib oladilar. Keyin esa Olloh uchun va rabbil olamin hidoyat qilib yo‘llagan Islom muhabbati uchun uni ozod qilib yuboradilar.
Umar ibni Hattobning Zamir Rumiya ismli cho‘rilari bo‘lar edi. U ayol Umardan avvalroq Islom diniga musharraf bo‘lgandi, Hazrat Umar uni qattiq qiynab, juda ko‘p martaba urganlari natijasida cho‘rining ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolgandi. Ammo shu holatida ham rabbil olamin ko‘rsatgan yo‘lidan chetga toymagandi. Ko‘zidan ajralsa-da, iymonidan ayrilmagandi. Abu Bakr bu cho‘rini sotib oladilar. Keyin esa ollohning rizoligi yo‘lida ozod etib yuboradilar. Cho‘rining kuzlari ojiz bo‘lib qolgan paytda qurayshlar, «mana bu mochag‘ar Lot va Manotning qarg‘ishrga qoldi», deb gap-so‘z yuritgandilar. Ularga qarab baxtli ayol shunday degandi:
- Bu gaplaringiz behuda. Lot va Manot hech narsani bilmaydi va hech narsa qilolmaydi ham. Mening mehribon rabbim esa hamma narsaga hatto meni ko‘zimni qayta ochib qo‘yishga ham qodirdur!
Ertasiga tong otganda ollohning marhamati tufayli ayolning ko‘zi qayta ochilib yorug‘ dunyoni yana ko‘rishga muyassar bulgandi. Qurayshlar buni kurib, bu Muxammad ibni Abdullohning sehridan bo‘lgan ish degandilar. Qurayshlar yolg‘on aytgandilar, buyuk Olloh esa rost aytgandi.
Abu Bakr Siddiq (r. a.) faqat mana shu ikkovlariiigina ozod etib qolmagandilar. Balki Omir ibni Fuxayrni, Ummu Unaysni va Abr ibni Juminaning joriyasi bo‘lgan ikki qizni ham va bulardan boshqa yana qancha-qancha kishilarni ozod etgandilar. Shunchalik ko‘p mollarini Olloh yo‘lida sarflaganlari sababidan hatto Olloh taolo u janob haqlarida oyat nozil qilgandi. Mazmuni: «Kimki bersa va taqvo qilsa, Islomni tasdiq etsa bas, biz uni skonlikka yo‘llab qo‘yamiz».
U janob mana shu martabaga loyiq bo‘lganlar. Islomga dohil bo‘lgan vaqtlarida boyliklarining qiymati qirq ming dirhamga yetgandi. Mana shu ulkan boylikdan Madinaga xijrat etayotgan paytlarida faqatgana besh ming dirxam qolgandi, xolos. Boshqasini Olloh dinining g‘alabasi yo‘lida sarf etib yuborgandilar. Rabbilariga yo‘liqqan onlarida esa yonlarida hech qanday boyliklari xam kolmagandi.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:03:46
MADINAGA HIJRATLARI

Sayyidino Abu Bakr Makkada Rasululloh sallallohu alayhi vasalam bilan doimo birga turdilar, Xabash viloyatiga ko‘chib boruvchilar ichida bormadilar. Bechorahol musulmonlar Makka mushriklarining izosi nihoyatda qattiq tus olgan paytda Xabashga ko‘chib ketishganda ham Abu Bakr Makkada qoldilar. Dastlab ko‘chib ketmoqchi ham bo‘lgandilar. Biroq, yo‘ldan tez qaytib kelib, Makkada o‘zlarini butunlay Islom yo‘liga baxsh etdilar. Kishilarni islom yo‘liga va diniga hormay-tolmay chaqirdilar. Mehnatlari evazi o‘laroq Makka atroflaridan bir necha guruh Abu Bakr qo‘llarida Islomga musharraf bo‘ldilar. Usmon ibni Affon, Abdurahmon ibni Afa, Zubayr ibni Avom, Talxatubni Ubaydulloh, Sa'd ibni Abu Vaqqos va bulardan boshqa yana qancha-qancha Makka ahlining atoqli kimsalari Abu Bakrga ishonganlari va u janobning faqat to‘g‘ri yo‘lga da'vat etishlariga amin bo‘lganlari sababli, chaqiriqlariga labbay, deb javob berdilar. Islom dinini qabul qildilar.
Quraysh kofirlarining musulmonlarga nisbatan zulmlari kuchaygan va sohibi-da'vat sallallohu alayhi vasallam aqaba bay'atidan keyin da'vatlarini keng yoyish uchun Madinada osoyishtalik va tinch joy topganligidan so‘ng musulmonlarning Makkada quraysh mushriklaridan haddan ziyoda izo jafolar chekayotganlarini ko‘rib, ularga bemalol ibrat qilish imkoniyatiga ega bo‘lish hamda dinlarining asosini kenglikka yoyishga erisha olishga sharoit yaratish uchun Madina shahriga ko‘chib borishlariga ruxsat etdilar. Juda ko‘p musulmonlar Makkadagi yer-suvlardan, hovli-joylaridan ba'zilari esa boyliklaridan xam kechib Madinaga ko‘chib ketishdi. Makkada juda oz musulmonlar qolishdi. Shular qatorida Abu Bakr ham hanuz jo‘nab ketmagan edilar. Ustozlari va yo‘l ko‘rsatuvchilari bo‘lgan Muhammad alayhissalom huzurlariga kelib birodarlari va hamkorlariga ergasharoq Madinaga ko‘chib borishlikka ruxsat so‘radilar. Shunda Risolat panoh sallallohu alayhi vasallam: «Kutib turing, shoyad Olloh subxonahu vataalo sizga biror yo‘ldoshni belgilasa», dedilar. Hazratning gaplarini eshitib Abu Bakr sohibin nazir va bashir janoblarining o‘zlari ushbu tarixiy safarda hamroh bo‘lishliklarini his etdilar. Rasululloh alayhissalom har kuni kechqurun Abu Bakrning hovlilariga borardilar. U yerda ko‘p vaqtlarini o‘tkazardilar. Quraysh mushriklari esa o‘zlarining majlisxonalariga to‘planib bu janob taqdirini nima qilish tug‘risida bosh qotirardilar. Mana u Madinada o‘zini qo‘llab-quvvatlovchi yordamchilarga ega bo‘ldi, juda ko‘p safdoshlari Madinaga ko‘chib borib o‘rnashdi. Endi nima qilishim kerak?» deya tinmay kengashlar o‘tkazishardi. Mana shu majlislarida shayton boshliqlaridan bo‘lgan bir iblisi la'in, ularning hozir qanday qaror qabul qilishlarini kuzatib turardi. Ular turli takliflarni o‘rtaga tashlashdi. Shaytonsifat chol esa hammasini rad etaveradi. Oxiri munfiqlar sardorlaridan bo‘lgan Abu Jahl o‘rnidan turib majlis a'zolariga har bir qabiladan bittadan qonxo‘r yigitlarni atrofdan taklif etdi. Abu Jaxlning rejasi bo‘yicha, bu qonxo‘r yigitlar Rasululloh eshiklari yonida payt poylab, ertalab Rasululloh odatlariga binoan, masjidga namoz o‘qimoq uchun hovlilaridan chiqqanlarida birdaniga tashlanishlari, hazratning aziz jonlariga qasd qilib, o‘ldirmoqlari zarur edi. «Shunday qilinsa,- dedi u la'in,- Muhammadning qoni butun qabilalarga tarqalib ketadi, natijada Abu Mannof urug‘i majburan xunbahosini olishdan o‘zga chorasi qolmaydi». Ushbu taklifdan Iblis benihoya shodlandi va uni qo‘llab-quvvatladi. Shundan keyin tayyorgarlik ko‘rishga kirishdilar. (Ular ham tadbir ko‘rdilar, Olloh ham tadbir ko‘rdi. Olloh eng yaxshi tadbir ko‘ruvchidir!) Olloh subhonahu o‘z payg‘ambarini kofirlar qilayotgan yashirin xiylalaridan xabardor etdi va Madinaga xijrat etmoqliklariga amr qildi. Safar yo‘llarini Olloh subhonahu ko‘rsatib berdi. Shundan so‘ng Rasululloh alayhissalom darhol Abu Bakrning hovlilariga jo‘nadilar. Borib xabarni aytdilar. «Safarga tayyorgarlik ko‘ravering», dedilar. Abu Bakr (r. a.) esa allaqachon safar jabduqlarini tayyorlab, ikkita nor tuyani uzoq yo‘lga mo‘l boqib turardilar. Abu Bakr Rasulullohdan xabarni eshitgan onlarida ko‘zlaridan sevinch yoshlari oqdi. Ummul Mo‘‘minin Oyisha onamiz shunday deydilar:
- «Men hech kimni Rasululloh Abu Bakrga, «siz men bilan Madina safarida hamroh bo‘lasiz», degan paytlarida shodlikdan yig‘laganlaridsk yiglaganini aslo ko‘rmadim.»
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam tuzib berilgan ko‘rsatma bo‘yicha do‘stlari va rafiqalari Abu Bakr (r. a.) bilan birgalikda uylaridan chiqib Savr nomli g‘orga yetib keldilar. G'orga avval Abu Bakr kirib, ichini tekshirib, do‘stlariga zarar yetkazadigan biror hasharot yo‘qligiga ishonch xosil qilib xotirjam bo‘ldilar. Yo‘lda borishayotganda Abu Bakr goh oldinga o‘tib, goh esa orqada qolib yurdilar. Rasululloh alayhissalom nega bunday qilayotganlarini so‘raganlarida «Goho oldinga o‘tib ketishim - yo‘lni tekshirib biror xavf yo‘qligini bilib kelish uchundir. Gohida orqada kolishim - yana orqamizdan biror kimsa ergashib kelayotgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib men yo‘liqay deganligimdan edi», dedilar. Ular g‘orda berkinib yotganlarida izlariga tushganlar yaqiniga kelib izlashganda Abu Bakr Rasulullohni xavfdan ogoh etib, qattiq xayajonga tushdilar. «Agar birontasi shunday pastga qarasa, bizni ko‘radi», dsganlarida, Rasululloh u janobga qarab: «Ey, Abu Bakr, ikki kishining uchinchi xamrohi Ollohning o‘zi bo‘lsa, nsga gam qilasiz», dsya tasalli berdilar.
Abu Bakrning Rasululloh hazratlariga mehribonliklari benixoya edi. G'orda Rasululloh u janobning tizzalariga bosh qo‘yib uxlab stganlarida Abu Bakrni chayon chaqib oladi. Og‘riqning qattiqligiga qaramay, sarvari olam bezovta bo‘lmasinlar, deb Abu Bakr qimir etmay turadilar. Og‘riq zo‘ridan ko‘z yoshlari o‘z-o‘zidan quyilib kelaveradi. Shunda mehribon va shafqatli zot bilib qoladilar. O'rinlaridan turib muborak qo‘llari bilan chayon chaqqan yerni silab qo‘yadilar. Abu Bakr o‘sha zahotiyoq og‘riqdan forig‘ bo‘ladilar.
Abu Bakr hazratlarining xijrat qilmaslaridan avval juda ko‘p safarlarga borishlari odamlarga ma'lum edi. Abu Bakr bilan Rasululloh hazratlari yo‘lda ketayotganlarida uchragan odamlar Abu Bakrdan «kim bilan ketyapsiz»? deb so‘raganlarida u janob «yo‘l ko‘rsatuvchim bilan ketyapman», deb javob berardilar. Yo‘lda hech kim Rasulullohning ishlaridan xabardor bo‘lolmadi. Ikkovlon uzoq mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tib,, eson-omon Madinaga yetib keldilar.
Suvsiz sahro yo‘lida, quyoshning o‘tli nafasiga chidab, sanoqsiz qum barxonlarini oshib o‘tib qariyb 500 chaqirim yo‘l bosishning o‘zi bo‘lmaydi. Bunda aziz jonini garovga tikib, ko‘zlangan maqsad sari chidam, sabr va matonat bilan xarakat qilishlik talab etiladi. Safar mashaqqatidan sillasi qurigan yo‘lovchi ko‘ziga olis-olis ufqlar go‘yo keti yo‘q kabi tuyulib yurakni ezadi. Sahro quyoshi yo‘lovchini qadam baqadam ta'qib etib shunday boshini qizdiradiki, bir lahza bo‘lsin, tin olgani yo‘l bermaydi.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:04:26
MADINADAGI AHVOLLARI

Abu Bakr Siddiq Madinaga ko‘chib borilganidan keyin ham Rasululloh alayhissalomdan ajralmay birgalikda hamkorlikda bo‘ldilar. Rasululloh hazratlari Abu Bakrni nihoyatda izzat, hurmat etganlaridan qizlari Oyisha onamizga uylandilar Bu xususda Makkadalik vaqtlarida ahd boylangan edi. Madinaga ko‘chib borishganvdan keyin dohil bo‘lganlar. Oyisha ona Rasululloh hazratlarining eng sevikli va qalblariga eng yaqin ayollaridan edilar. Abu Bakr (r. a.) Rasululloh alayhissalom bilan birgalikda hamma g‘azotlarda ishtirok etadilar. Badr jangida Rasululloh hazratlari bilan chodirda hamnishin edilar. Harbiy asirlarni fidya, ya'ni pul barobariga ozod etishlik fikrini ham Abu Bakr taklif etgandilar. Badr g‘azotida Abu Bakr musulmonlarning ehtiyojlariga qarab, o‘rtaga ushbu fikrni tashlagan kimsa edilar. Bergan maslahatlariga binoan asirlar fidya muqobiliga ozod etilgandi. Zero, o‘sha kunlarda musulmonlar moliyaviy holatlarining nochorligidan mablag‘ga nihoyatda ehtiyojli edilar. Buyuk qonunchi sallallohu alayhi vasallam mana shu maslahatga amal qilganlari uchun Olloh taolo tomonidan itob, ya'ni tanqid etilgandilar.
Uxud g‘azotida Abu Bakr Rasululloh hazratlarining himoyachilari ichida sobitqadam turgandilar. Umumlashkar parokandalikka uchrab, holat og‘irlashgan bir paytda sarvari olamni dushmanlar o‘qidan bahodirona himoya etgan shijoatli sahobalar safida Abu Bakr Siddiq (r. a.) ham jonlari ham ko‘zlariga ko‘rinmay, ilohiy nur hidoyatchisining omonligi yo‘lida sabotla mardona turgandilar.
Xudaybiyya sulhida munofiqlarning aldovlariga tushib qolmay, ularga qarshi keskin raddiya bergan sahobalardan birlari Abu Bakr (r. a.) bo‘lgandilar. Tabuk g‘azotida esa eng katta bayroqning bayroqdori vazifasida qatnashgandilar. Hijratning to‘qqizinchi yilida Rasululloh hazratlari Abu Bakrni o‘zlariga noib etib, hajga ketayotgan karvonga xojiboshi qilib tayinlagandilar. Abu Bakr juda ko‘p musulmonlarga boshchilik qilib hajga borib va u yerda kishilarga haj farzlarini o‘rgatgandilar. Abu Bakr Siddiq (r. a.) hech bir fikrda va hech bir maslahatda yo‘lboshchilari bo‘lgan Rasululloh hazratlariga ixtilofda abadiy bo‘lmaganlar. Janob sarvari olam sallallohu alayhi vassallamning ko‘rsatmalaridan bo‘yin tovlamay to‘xtovsiz ravishda bajo keltirganlar. Biror ra'yilariga qarshi o‘laroq fikr ham bildirgan emasdilar. Qanday bir masala ko‘ndalang kelmasun, har qanday hodisa yuz bermasun Rasululloh, hazratlari hamma holda Abu Bakr (r. a.) uchun, o‘z bolalaridan, ahli ayollaridan ko‘ra va moli dunyolaridan ko‘ra ham sevikliroq bo‘lardilar. Janob risolat maob xushliklari boisida Abu Bakr (r. a.) har bir narsa-laridan hech qanday qaroxiyatsiz voz kecha olardilar. Abu Bakr (r. a.) Ollohga bo‘lgan iymonlarining natijasi o‘laroq, uning payg‘ambariga mana shunday jon fidoliklar qilardilar. Rasululloh alayhissalom bir safar Oyisha onamiz bilan o‘z o‘rtalarida yuz bergan bir voqeada hukm chiqarmoq uchun Abu Bakrni chaqirtirib kelganlarida Abu Bakrning tutgan yo‘llari bunga eng yaxshi misol bo‘la oladi. Rasululloh alayhissalom Oyisha onamizga qarab «men gapirib beraymi yoki siz gapirasizmi?» deganlarida, Oyisha onamiz «siz gapiring, ammo faqat haqiqatni ayting, deydilar. Shunda Abu Bakr o‘rnilaridan shartta turib qizlarining yuziga tarsaki tushiradilar. Va «Ey beadab, hali Rasululloh haqiqatdan tashqari gapni gapirarmidilar!» deydilar. Ehtimol mana shu xodisa va bunga o‘xshash yuz bergan hodisalar Abu Bakr (r. a.) ning iymonlari janob risolatpanoh sallallohu alayhi vasallam vasf etgan darajaga yetkanligiga dalil, hujjat bo‘lib isbot etsa kerak. Janob sarvari olam «Butun yer yuzi aholisining iymoni Abu Bakr iymoni bilan tarozuda solishtirilganda, albatta, uning iymoni ularning iymonlaridan bosib ketgan bo‘lardi», deb marhamat etgandilar.
Hazrati Sodiqul amin alayhissalom Abu Bakr to‘g‘rilarida «agar men do‘st tutadigan bo‘lsam edi, albatta Abu Bakrni do‘st tutardim. Lekin Islom birodarligi o‘zi kifoya qiladi», deganlarida Abu Bakr sha'nlariga ko‘p gapirilgan bo‘lmaydi. Balki janob risolat maobning u janob haqlarida «Quyosh chiqishi va botishida Abu Bakrdan ko‘ra boshqa yaxshiroq kimsaga duch kelmaydi», demaklariga ajablanmasa bo‘ladi. Abu Bakr raziyallohu anhu zaiflarga g‘oyatda shafqatli, xushxulq, latofatli bo‘lishliklari bilan birgalikda din dushmanlariga benihoya qattikqo‘l edilar Xususan, Madina shahriga to‘lib kettan yahudiylarga nisbatan chek siz nafrat-la shiddatli muomalada bo‘lardilar. Ularning tilyog‘lamaliklariga aldanib, yolg‘on maqtovlariga uchib, bergan ba'zi bir sovg‘alaridan xush bo‘lib o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymasdilar Mo‘‘minlar buyoqda qolib, ularni maqtashga o‘tib ketmasdilar.
Rasululloh hazratlarining payg‘ambarliklarshi o‘zi tavrotdan o‘qib bilgani holda inkor etganida Pinxos ismli yahudiyga qattiq tanbeh berganlari va «Olloh kambag‘al, biz boymiz, Olloh bizga muhtoj bo‘ladi», degan vaqtida og‘ziga qarab ayamay urganlari u janobning iymonlari qanchalik quvvatli ekanligiga, ishonchlari mustahkamligiga dalil bo‘lolsa kerak. Xalifalik mansabiga minganlaridan keyin ahli riddalarga qarshi urushmoqlik uchun muzokara ketayotgan vaqtda tutgan o‘rinlari u janobning sobitqadam bir kishi ekanliklarini isbot etsa kerak. Umar (r. a.) «Zakot berishdan bosh tortganlarga qarshi urushmang», deb iltimos qilganlarida Abu Bakr qatiy suratda rad etganlari va bu bilan dinning haybatini va sharafini saklab qolishda o‘zlarini tutishlari u janobni qanchalik sohibi ra'y kishi ekanliklarnni ko‘rsatolsa kerak. Qur'oni karim bir necha mavzularda Abu Bakr Siddiq sha'nlariga ishora qilgandur. Surai Laylda shunday deyiladi: «Bas, kimki bersa va o‘zi taqvo qilsa, Islomni tasdiq etsa, biz uni tezda osonlikka yo‘llaymiz».
Surai Nurda qarindoshlarn bo‘lgan Mistah bo‘hton qiluvchilarga qo‘shilib Oyisha onamizni bo‘hton qilganligi uchun unga berayotgan ehsonlarini bermayman deb qasam ichgan paytlarida u janobga ishoratan shunday deyilgan: «Sizlardan bo‘lgan boylar va ne'mat egalari qarindoshlariga, miskinlarga va Ollohning yo‘lidagi muxojirlarga ehson qilmoqlikdan qasam ichmasun. Ularni avf etsunlar va kechirsunlar. O'zingiz ham Olloh sizni kechirishini istamaysizmi. Olloh kechiruvchi mehribon zotdur».
Ushbu oyat nozil bo‘lganidan keyin Abu Bakr eshitgan zahotlariyoq darhol uylariga borib, oziq-ovqat va boshqa narsa-lardan olib, qarindoshlari Mistoxning hovlisiga ko‘tarib jo‘nab qoldilar. Yo‘lda bora-borguncha «Ollohning mag‘firatini istayman, Olloxning mag‘firatini istayman», deb ketdilar.
Rasudulloh sallallohu alayhivasallam, Abu Bakr (r. a.) Najd o‘lkasidagi Bani Qilob jangiga askarboshi qilib yuborganlar. Shu kabi Fazora jangiga ham askarboshi qilib jo‘natganlar. Mazkur janglarda Abu Bakr hazratlari kofirlar ila shiddatli jang qilganlar va zafar qozongan holda qaytib kelganlar.
Xajjatul vado'da janob risolat maob hazratlari arofotda odamlarga xutba o‘qib turgan onlarida Olloh taoloning: «Bugun dinlaringizni mukammal etdim va ne'matlarimni sizlarga to‘la ayladim, hamda sizlarga Islomning din bo‘lishligiga rozilik berdim»- degan oyati nozil bo‘lgan vaqtida Abu Bakr hazratlari yig‘lab «vahiy to‘xtatishga yaqin qolibdi-da», degandilar. Sevikli habiblariga va murshidlariga dorul fanodan dorul baqoga safar etishga izn berilganligini his etgandilar. Bir arab shoirining baytini misolga o‘qigandilar:

Har ish avjiga yetsa,
boshlandi puhsoni,
Quyosh chiqsa qiyomga
boshlangay zavoli.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:05:05
RASULULLOH XASTALIK PAYTLARIDA MUSULMONLARGA IMOMLIK QILGANLARI

Janobi Risolat maob sallallohu alayhi vasallam Madinada o‘n yil yashadilar va u yerda mustahkam yangi Islom hukumatini barpo etdilar. Madina shahrini mustahkam qo‘rg‘onga aylantirdilar. Islomiy da'vatni yon qo‘shni davlatlarga ham tarqatdilar. Olloh subhonahu va taolo u janobga oxirgi sura -«izo joa nasrullohi»ni nozil qildi. Bundan sarvari olam sallallohu alayhi vasallam bu dunyodan ketadigan vaqtlarini yaqinlashganini sezdilar. Shundan keyin Olloh subxonahuga yanada ko‘proq hamdu sano ayta boshladilar. Bir kuni Janob sarvari koinot sahobai kirom raziyallohu anhumga boqib: «Ollohning bandalaridan bir bandasiga Olloh dunyo va oxiratni va o‘zining huzuriga kelishlikni tanlashga ixtiyor berdi, Banda esa Olloh huzurini ixtiyor etdi», dedilar. Janob risolat panoh sallallohu alayhi vasallamning ushbu gaplarini Abu Bakr (r. a.) eshitib ko‘zlaridan jala kabi yoshlar to‘karoq, qalblari ayriliq o‘tidan alanga olaroq janoblariga boqib: «Yo Rasululloh, sizga jonlarimiz va ruhlarimiz fido bo‘lsa bo‘lmaydimi?»- dedilar.
Rasululloh hazratlari xastalanib o‘ringa yotib qoldilar. Kasalliklari qattiqlashib, xastalik og‘ir holatga ko‘chgach, sahobalarga boqib: «Aytinglar, Abu Bakr namozda imom bo‘lib tursinlar» deydilar. Oyisha onamiz shunday deydilar: «Hazrati Bilol namozga azon aytdilar. Shunda janob risolat maob «Abu Bakrga aytinglar, odamlarga imom bo‘lsinlar», dedilar. Men u janobga boqib «Yo Rasululloh, Abu Bakr nimjon kishi, sizning o‘rningizda imom tursalar odamlarga takbirni va qiroatni eshitdirolmaydilar. Hazrati Umarni ta'yinlasangiz yaxshi bo‘lardi»,- dedim. Rasululloh esa bir necha .marta o‘z gaplarini qaytardilar. Men Xafsaga dedim: «Siz Rasulullohga ayting, o‘rinlariga Umarni tayimasunlar. Chunki u kishi ovozlari juda kuchli odam». Xafsa mening gapimga kirib hazrati Rasulullohga mazkur gapni aytdilar. Shunda Rasululloh «Abu Bakrga aytinglar, odamlarga imom bo‘lsin, sizlar Yusufning ham suhbatlarisizlar», dedilar. Bu gapdan keyin Xafsa Oyisha onaga qarab o‘pkaladilar. «Sizni deb shu gapni eshitdim» dedilar. Keyin Abu Bakr odamlarga imom bo‘lib namozni o‘qidilar. Bir kuni Rasululloh Umarni takbir aytayotganlarini eshitib qoldilar. Shunda «Abu Bakr qaerda, Olloh va musulmonlar bunga rozi bo‘lmaydilar», dedilar.
Voqe'a bunday bo‘lgandi:
Rasulullohning buyurganlaridan bexabar bir sahoba Abu Bakrning yo‘qliqlarini ko‘rib, Umarga «siz imom bo‘lib qo‘yaqoling», degandilar. Shu tufayli Umar hazratlari imom turgakdilar. Keyin Abu Bakr qaytib keldilar, namoz Rasululloh buyurganlariga amal qilinib qaytadan o‘qildi.
Ruhi poklari malail a'lo tamon parvoz etgan dushanba kuni Rasululloh hazratlari muborak boshlari bog‘langan holda Oyisha onaning eshiklaridan masjidga chiqdilar. Odamlar janobi risolat maob sallallohu alayhi vasallamning nurona chehralarini ko‘rib behad shodlandilar. Janobi Risolat maob ularga namozlaringizni davom ettiravering degan ishorani qildilar. Abu Bakr, raziyallohu anhu, ham odamlar harakatlarini ko‘rib, namozgohlaridan orqaga chekinmoqchi bo‘ddilar. Lekin Rasululloh alayhissalom «o‘rningizda turib, namozni o‘qib bering» dedilar. Janob rasuli akram Abu Bakrning yonlariga kelib o‘ltirgan holda namozni o‘qidilar. Namozni o‘qib bo‘lganlaridan keyin odamlarga yuzlandilar, ularni atroflariga to‘pladilar. Muborak ovozlari masjidning eshigi yonida ham eshitilib turdi. Hamma jamlanib bo‘lgach, ularga qarab: «Ey, insonlar, do‘zax qizitilgan, fitnaning esa zulmat tuni kabi qorong‘uligi yuzaga chiqqan. Men faqatgina sizlarga Olloh halol qilgan narsani halol qilganman, xarom qilgan narsani men ham xarom qilganman», dedilar.
Rasuli akram so‘zlarini tugatib ichkariga kirib ketadilar. Ali karamallohu vajhahu Rasulullohning oldilaridan tashqariga chiqqanlarida odamlar Rasulullohning ahvollari nechuk dsb so‘radilar. «Ollohga shukrlar bo‘lsin ahvollari ancha yaxshi», deb javob beradilar. Abbos ibni Abdumuttalib hazrati Alining qo‘llaridan ushlab turib: «Ey Ali, Ollohga qasam ichib aytaman-ki, men Rasulullohning muborak yuzlarida Abdumuttalibning so‘nggi soatlarida yuzlarida ko‘rgan holatni ko‘rdim. Shuning uchun bizni Rasululloh huzurlariga boshlab kirsangiz. Agar xalifalik bizning haqqimiz bo‘lsa unda bilib olamiz va gar bizdan boshqalar haqqi bo‘lsa talab qilamiz. Xalifalik bizni haqqimiz ekanligini odamlarga tavsiya etadilar», dedilar.
Hazrati Ali Abbosning gaplariga javoban: «Ollohga qasamki, men hargiz bunday qilmasmen. Agar u janob bizdan xalifalikni ma'n etsalar, xudoga qasamki, hech kim bizga uni qaytarib berolmaydi, dedilar.
Kun choshgohga ko‘tarilgan vaqtida janob risolat maob sallallohu alayhi vasallamning ruhi poklari fano olamidan baqo gulistoniga rabbil izzatning ne'matlaridan faraxbol bo‘lishlik uchun parvoz etdi.
Mash'um xabar bir zumda butun Madinaga yoyildi. Kibor sahobalardan birinchi bo‘lib eshitgan kimsa Umar ibni Hattob bo‘ldilar. Eshitgan zahotlaridayoq shoshilib odamlarning oldilariga keldilar. Ularni to‘plab, ularning o‘rtasida turib: «Munofiqlar Rasululloh vafot etdilar, deya da'vo etmoqdalar. Rasululloh alayhissalom o‘lgan emaslar, lekin Rabbilarining oldiga, Muso alayhissalom ham qavmlarini qoldirib borganlari kabi ketdilar. Muso alayhissalom qirq kundan keyin, hamma Muso o‘ldi, deb gap tarqatib yurganida tirik qaytib kelganlar. Ollohga qasamki, Rasululloh ham Muso alayhissalom qaytib kelganlaridek, albatta qaytib keladilar. Keyin esa Rasululloh o‘ldilar deb gap tarqatgan kishilarning qo‘l-oyoqlarini qirqadilar», dedilar. Xabarni eshitgan onlarida Abu Bakr ham masjidga qarab yugurdilar. Umar odamlar o‘rtalarida turib so‘zlab turardilar. Hech kimga qaramay to‘g‘ri Rasululloh alayhissalom yotgan xonalariga kirdilar. Xonaning bir yonida Janob Rasulullohning jasadi muboraklari oq yamaniy choponlariga o‘rab qo‘yilganini ko‘rdilar. Gulgun chehralarini ochib yuzlaridan o‘pdilar. Faraxbaxsh yuzlariga boqib, «Ey Rasululloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, Olloh azalda yozgan ajal zavqini tortibdilar-da», dedilar. Keyin gulgun chehralarini avvalgidek urab qo‘ydilar. Tashqariga chiqsalar, Umar hanuz odamlarga so‘zlab turardilar. Oldilariga borib «shoshmang, ey Umar», dedilar. Biroq Umar to‘xtamay gaplarida davom etaverdilar. Shunda Abu Bakr ham odamlarga qarab so‘zlamoqqa kirishdilar. Odamlar Abu Bakrning ovozlarini eshitib yuzlarini o‘sha tomonga karatdilar. Umar yakka qoldilar. Eng avvalo Ollohga hamd, keyin Rasulullohga salovat aytib Abu Bakr shunday deb so‘z boshladilar:
- Muhtaram jamo'at, kimki Muhammadga ibodat qilib yurgan bo‘lsa, u janob vafot topdilar. Va agar kimki yolg‘iz Ollohga ibodat qiladigan bo‘lsa yaxshi bilsunki, Olloh hargiz o‘lmaydi, doimiy tirikdur.
Keyin ushbu muborak oyatni o‘qidilar: «Muhammad ham o‘tmishdagi payg‘ambarlar kabi bir payg‘ambardir. Agar u o‘lsa yoki o‘ldirilsa, sizlar orqangizga qaytib ketasizlarmi? Kimki dindan orqasiga qaytib ketsa, hargiz Ollohga zarar yetkazaolmaydi, Olloh tezda shokirlarni yaxshi amallariga binoan mukofotlaydi».
Ushbu oyatni eshitganda Umar «Ollohga qasamki, men hali bu oyatni Abu Bakr o‘qimaslaridan burun eshitmagan ekanman», dedilar. Va birdan o‘zlaridan ketib qoldilar. Rasululloh alayhissalom vafot etganlarini jazm bilgan paytlarida hazrati Umar o‘zlarini tutib turolmay qolgandilar.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:05:41
BANI SOIDANING SAQIFA NOMLI GUZARIDA

Madinada xabar tezda hamma yoqqa tarqaldi. Ansorlar bani Soidaning saqifa nomli guzargohida Sa'd ibni Uboda yonlariga to‘plandilar. Ali ibni Abu Tolib, Talxa ibni Ubaydulloh va Zubayr ibni Avomlar odamlardan ajralib hazrati Fotimaning uylariga alohida yigildilar. Qolgan muhojir sahobalar esa barchalari Abu Bakrning oldilarida jam bo‘ldilar. Bir kishi kelib ansorlar, bani ansorlar bani Soida saqifasida to‘plaiib «Rasulullohga kim xalifa bo‘ladi», degan masalani ko‘rishyapti degan xabarni Abu Bakrga aytdi. Ushbu xabarni eshitgan zahotlariyoq hazrati Umar Abu Bakrga «Bizni o‘sha yoqqa boshlab boring. Gap nimada ketayotganligini birgalashib ko‘raylik», dedilar. Tezdan ikkovlon yo‘lga chiqib jo‘nadilar. Borayotganlarida xalifalikka Ubayda ibni Jarroxni tavsiya etishlikni, zero u Islom millatining ishonchli kimsalaridan, deb maslahatlashdilar. Saqifaga yetib kelishgach, ansorlar Sa'd ibni Ubodani halifalikka nomzod etib ko‘rsatishlik taraddudida turganliklarini ko‘rishdi. «Men Rasululloh hazratlarshshng «halifalik - Quraysh haqqi», deganlarini eshitganman», dedilar.
Abu Bakr bu bilan butun ish muhojirlarning o‘zlariga tegishli ekanini eslatmoqchi bo‘ldilar. Abu Bakr amaliy ishga hozirlik ko‘rishni istab odamlar oldida xutba o‘qishga turdilar. Ollohga hamd va sano aytganlaridan so‘ng Abu Bakr kishilarga qarab so‘z boshladilar:
- Olloh taolo Muhammadni o‘z xalqiga payg‘ambar qilib yubordi. Yakka Ollohga ibodat qilmoqlari uchun va uni shirkdan poklab yagonalamoqlari uchun o‘z millatiga nigohbon etib yubordi. Odamlar turli olihalarga ibodat etardilar. Bular bizni shafoat etadi, bizga foyda yetkazadi, deb gumon qilardilar. Haqiqatda esa ibodat etayotgan narsalari jonsiz toshlardan yo‘nilgan xaykal va yog‘ochlardan yasalgan butlardurlar, Ular o‘zlariga zarar ham, foyda ham yetkaza olmaydigan Ollohdan boshqa narsalarga ibodat etadilar. Bular Olloh oldida bizni shafoat etadilar», deydilar. «Biz bularga bizni Ollohga yaqinlashtirishlari uchungina ibodat etamiz», deyishadi. Biroq, arablarga ota-bobolaridan meros bo‘lib qolgan xurofiy dinlarini tashlamoqlik oson bo‘lmadi. Juda katta ish ko‘rindi. Ularni mana shu xurofiy odatlarini tashla-moqliklari uchun yordamlashishga Olloh taolo muxojirlarning avvallarini xos qildi.
Abu Bakr (r. a.) ushbu yuqoridagi so‘zlarni so‘zlaganlaridan keyin ansor qiromning manoqiblarini, fazllarini va Islom da'vatini xalqlar o‘rtasida yoyishda ko‘rsatgan xizmatlarini bir-bir yodga ola boshladilar. Kishilar shovqin-surondan tinchib qoldilar. Keyin yana so‘zlarida davom etib dedilar:
- Arablar hargaz bu ishni bilaolmagan bo‘lurdilar. Zero ular faqat Qurayshlardan bo‘lgan zotga kelgan vahiy orqali bunday yuksak ilmiy va olamiy fazilat cho‘qqilarini egallash vositasini bilib yetdilar, Quraysh qabilasi esa arablar ichida o‘rnashgan yeri hamda nasabi jihatidan eng o‘rtadagi xalq hisoblanadi. Sizlar Umar yoki Abu Ubaydani o‘zlaringazga Rasulullohdan xalifa etib saylab olsangaz men roziman.
Abu Bakr so‘zlarini tugatib o‘rinlariga o‘ltirgashshrqdan keyin muxojirlardan bittalari o‘rinlaridan turib: «Balki biz Abu Bakrga ba'yt etamiz. Rasululloh diniy ishimizni ishonib u janobga topshirgan ekanlar, nechuk biz dunyoviy ishimizni ishonib topshirmaylik?» dedilar. O'rtada ancha tortishuv bo‘ldi. Har kim o‘z tomonidan ko‘rsatgan nomzodni mansabga ega qilishlik uchun harakat qilib ko‘rdi. Ahvol keskinlashib ketib va ixtilofga aylanib ketishligidan havf etgan Umar o‘rinlaridan turib Abu Bakrga «Qo‘lingizni cho‘zing, men sizga bay'at beraman», dedilar.
Abu Ubayda ham o‘rinlaridan turib, «Men oramizda Rasulullohga g‘orda ikkinchi hamroh bo‘lgan kishi turib ushbu ishga u janobdan ilgari qo‘l urmasmen», dedilar va qo‘llarini Abu Bakrga bay'at berishlik uchun uzatdilar.
O'sha ovda Abu Bakrga bay't berdilar. Muxojir va ansorlar ham birin-ketin Abu Ubaydaga ergashib Abu Bakr raziyallohu anhuga bay'at bera boshladilar. Oxiri xammalari Abu Bakr mu-sulmoilarning halifalari deb tan olib bay'at berib bo‘ldilar. Abu Bakr raziyallohu anhuga bay'at berilib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib so‘zlashga botshtadilar. Avvalo Olloh taologa hamd va sano aytganlaridan keyin o‘zlarini xalifalik mansabiga minganlaridagi birinchi hutbani irshod etdilar. U quyidagi mazmundan iborat edi:
- Ey odamlar, men sizlarga ishboshi bo‘ldim, aslida sizlardan ko‘ra yaxshiroq emasman. Bas, agar ishni to‘g‘ri olib borsam, menga yordam beringlar va agar noto‘g‘ri qadam qo‘ysam, meni to‘g‘rilab qo‘yinglar. Rostlik Olloh tomonidan berilgan omonatdur. Yolg‘onchilik esa xiyonatdur Sizlarning ichlaringizda zaif sanalganlar mening qoshimda quchlidir. Toki haqqini zo'e etmay undirib bergum, inshoolloh, ichlaringizda kuchli deb e'tibor etiladiganlar mening qoshimda zaifdur. Toki birovning haqqini undan oldirib bergum, inshoolloh, qaysi bir qavm Olloh yo‘lida jihod etishlikdan tiyilsa, albatta Olloh ularga xorlik libosini kiyguzur. Qaysi bir qavm ichida yaramas buzuq ishlar avj olsa, barchalarini balo yakson etur.
Sizlar men Ollohga va Rasuliga qanchalik itoat etsam, menga shunchalik itoat etinglar. Agar men ularga itoat etmay, osiylik qilib o‘z xohishim yo‘liga kirib ketsam, u takdirda sizlarga itoat etishlik lozim bo‘lmay qoladi. Namozlaringazga turinglar! Olloh sizlarga rahm etsun!..
Avvalda ba'zi bir bani Hoshim ularning ichlarida Ali ibni Abu Tolib ham Abu Bakrga bay't berishliqdan bosh tortib turdilar. Biroq uzoq vaqt o‘tmay hammalari bay'at etishdi. Zero, Abu Bakr raziyallohu anhuning yurgizgan go‘zal siyosatlari, Qur'on va sunnat talablariga binoan yuritgan ish uslublari Ali ibni Abu Tolib kabi Islom donishmandini ham Abu Bakrga ixtiyoriy ravishda sidqidildan bay't berishlikka undagan edi.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:06:31
ABU BAKRNING XALIFALIK DAVRLARIDA YURITGAN BIRINCHI AMALLARI

O'n birinchi yil safar oyining oxirlarida Rasululloh hazratlari Usoma ibni Zayd qo‘mondonliklari ostida askar tortib etib, Zayd ibni Xorisa va u janobning safdoshlarini shahid etgan Rumlarga qarshi urushmoq uchun yubormoqchi bo‘lgandilar. Faqat bu davrda Rasululloh xastalanib qolganliklari sababli askarlar sog‘ayishlarini kutib jihodga chiqmay to‘xtab turishgandi. Askarlarning harbiy qarorgohi Madina shimolida joylashgan «Jurf» degan qishloqda edi.
Rasululloh hazratlari vafot topib, o‘rinlariga Sayyidino Abu Bakr xalifa etib saylanganlaridan keyin u janobning birinchi ishlari mana shu qo‘shinni jangta jo‘natmoqlik bo‘ldi. Qo‘shin ichida Kibor saxobalar bo‘lishib, ular mazkur yurishni to‘xtatib turishlikka maslahat berdilar. Biroq Abu Bakr, raziyallohu anhu, hech qanday taraddudga tushmay, «Men Rasululloh boshlagan ishlarini hech so‘zsiz oxiriga yetkazaman. Agar meni yirtqichlar tortqilab ketsalar-da, Usoma askarini Rasululloh buyurganlaridek Rumlarga qarshi muxoraba etuvga yuboraman!» dedilar.
Avval ahvol nihoyatda noziklashib turgan bir paytda, atrof qabilalar zakot bermaslikka ahd etib, Islom davlatiga qarshi chiqib turgan ahvolda Abu Bakr g‘oyatda jasorat va azimat ko‘rsatdilar. Bu bilan chetki xurujlar ta'siri ostida Islom davlati ichida paydo bo‘ladigan taraddudli holatga barham berildi. Zero, Usoma askaridagi kuchlar Madina davlatining asosiy qo‘shinidan iborat edi. Bu qo‘shinni jangga yuborishlik bilan Abu Bakr (r. a.) birinchidan, aholi o‘rtasida tug‘iladigan noxush holatni bartaraf etgan bo‘lsalar, ikkinchidan, esa Rasululloh hazratlarining buyruqlarini bajarishlik hamma holatda qat'iy lozim ekanligini amaliy suratda ko‘rsatib berdilar. Abu Bakr razilohu anhu Usoma askarlarini darhol Jurfdagi harbiy qarorgohga jamlanishga amr etdilar. Askar jamlanib bo‘lgach, Usomaning o‘zlari ham eng asosiy kuchni jangga olib ketib, Madinai Munavvaraning mudofaasini tahlika ostiga qoldirmaslik fikrida Umarni o‘rtaga vositachi qilib, askarni jangga yubormaslikni Abu Bakr (r. a.) dan iltimos etgani jo‘natdilar. Hamda mazkur qo‘shin boriladigan bo‘lsa, o‘rinlariga biron nomdor sahobani qo‘mondon etib tayinlashlarini ham aytishlikka o‘tindilar. Hazrati Umar o‘zlari ham mazkur qo‘shinda qatnashuvchilar ichida edilar. Abu Bakrning oldilariga kelib Usomaning iltimoslarini aytdilar.
Abu Bakr (r. a.) qat'iy suratda qo‘shin albatta jangga yuborilishini aytdilar. U holda qo‘shinga biror nomdor sahobani bosh qo‘mondon qilib ta'yinlash lozimligini maslahat tariqasida aytdilar. Bu so‘zni eshitgan onlarida Abu Bakr (r. a.) o‘rinlaridan sapchib turib, Umar (r. a.)ning soqollaridan ushlab, «Onang bolasiz qolgur, Umar, hali sening gapingga kirib men Rasululloh hazratlari shaxsan tayinlagan qo‘mondonni ishdan olaymi?!» dedilar. Zotan, Rasululloh alayhissalom Usomani qo‘mondon etib ko‘rgan vaqtlarida ham xaloyiq ancha-muncha gaplar qilishgan, o‘rinlariga nomdorroq sahobani tayinlashlarini ham so‘zlashgan edilar. Biroq Rasululloh alayhissalom ularning gaplariga e'tibor bermay Usomani xalq o‘rtasiga qo‘yib xutba so‘zlagan va uni qo‘mondolikka tayinlagan edilar. Bu safarda ham o‘sha avvalgi gap qaytarildi. Johiliyat odati bo‘lgan nomdor, ulkan kishilarni e'zozlash kabi holatni Abu Bakr butunlay sahobai qirom ichlarida tugatmoqqa qaror berganlaridan hech qanday gapga quloq solmay Usomani yana qo‘mondon etib tayinladilar. O'zlari Jurfga borib askarni qo‘zg‘olishga buyruq berdilar. Piyoda yurgan holda qo‘shinni uzoq masofaga kuzatib ham qo‘ydilar.
Abu Bakr (r. a.) piyoda, Usoma esa otda ketayotganlarida: «Siz yo otga minib oling, yo esa men ham yayov bo‘lib olay»,- deganlarida, «Sen ham yayov bo‘lmaysan, men ham otga minmayman. Olloh yo‘lida bir necha qadam piyoda yursam nima qipti», deb javob berdilar. Yo‘lda ketayotganlarida Abu Bakr (r. a.) Usomadan «Umarni qoldirib ketishliklarini, davlat ishlarida yordam berib turishlari lozimligini aytib, ijozat so‘radilar. Usoma ham, tabiiy, ijozat berdilar. Abu Bakr hazratlarining bu ishlari bir tomondan, Islom askariga bo‘lgan tavozu'lik bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Usomaning qo‘mondonligiga dillari rozi bo‘lmagan kishilarga saboq edi. Chunki xalifa bo‘la turib oddiy bir qo‘mondondan qo‘l ostidagi bir jangchisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib qolavermay, ijozat so‘raganligi, kishilar o‘z qo‘mondonlariga ne darajada itoat etishlari zarurligini ko‘rsatadi. Bu bilan Usomaning askarlar ichida obro‘-e'tibori kuchayardi. Usoma qo‘mondonligidan norozi holda bo‘lganlar ham Abu Bakrning qilgan ishlarini ko‘rib lom-mim deya olmay qoldilar. Vidolashuv vaqtida askarlarga qarab xutba o‘qidilar:
- Xiyonat qilmangaz, ahdlaringizni buzmangiz, birovni qiynab o‘ldirmangiz, yosh bolalarni, qari kishilarni, ayollarni o‘ldirmangiz, mevali daraxtlarni sug‘urib tashlamangiz, o‘t qo‘yib kuydirmangiz, qo‘y, mol va tuyalarni faqat yeyish uchun so‘yingiz, cherkovlarda ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan kimsalarni o‘z hollariga tashlab qo‘yingiz, ularga tegmangiz. Yelkalariga shayton minib olgan yovuz kishilarni ko‘rsangiz bo‘yinlarini qilich bilan uzib tashlangaz. Olloh nomi bilan madad tilab ish yuritingiz.
Shundan keyin Usomaga qarab Rasululloh amrlarini qattiq tutishlikni ta'kidlab tavsiya etdilar. Askar jo‘nab ketdi, Usoma ham Abu Bakrning tavsiyalarini o‘rniga keltirib Kuzoa va Rum yerlariga hujum qildilar. Usoma ham ushbu safarda ikki oydan ortiqroq yurib, oxiri eson-omon mo‘l-ko‘l g‘animatlar bilan Madinaga qaytib keldilar. Kutib olgan bir necha sahobalar hamrohligida Abu Bakrning o‘zlari ham Madinadan tashqariga chiqdilar, Zafar quchib kelayotgan Islom lashkarining shavkatli jangchilarini takbir va tahlil aytgan hollarida kutib oldilar. Usoma askarlarini yuborishlik Islom ahliga ma'naviy jihatdan juda foydali bo‘ldi. Chunki arab qabilalari buni eshitib, ahli Islomda yetarli kuch borligini bildilar. Agar bularda yetarli kuch bo‘lmasa edi, chet qo‘shinlar bilan urushmoq uchun bunga ko‘p askarni jo‘natolmas edilar, deb o‘yladilar. Shu tufayli ba'zi bir Islom davlatiga qarshi chiqishlikni o‘ylab turgan qabilalar o‘z ra'yilaridan qaytishga majbur bo‘ldilar. Chunki atrof qabilalar Muxammad alayhissalom vafotlaridan so‘ng barpo etilgan davlat parchalanib kstadi, chet qabilalarni o‘z ta'sir doirasida tutib turmoqqa yarolmaydi, deb xom xayol qilgandilar. Biroq o‘z dinini saqlab olamga yetkazishlarini iroda etgan Olloh taolo Abu Bakr kabi to‘g‘ri fikrli, sobit qadam kishini ish boshiga keltirib, ularning xomxayollarini puchga chiqardi. Zero, ular Islom Muhammad alayhissalomning o‘zlari o‘ylab topgan xayollarining samarasi deb gumon etardilar. Islom Olloh taolo yoqqan nurdan bir mash'ala ekanligini, shoxlari yetti qavat osmonda cho‘zilib ketganligini, asllari esa yetti qavat yerning ichiga mahkam o‘rnashganligidan bexabar g‘ofil edilar. Butun xayollari puchga chiqdi, Islomning porloq nurini butun yer yuzi uzra sochmoqqa muvaffaq bo‘ldi. Kelajakda ham shunday bo‘ladi, inshoolloh, Omin!..
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:07:16
ABU BAKRNING XALIFALIK DAVRLARIDA YURITGAN BIRINCHI AMALLARI

O'n birinchi yil safar oyining oxirlarida Rasululloh hazratlari Usoma ibni Zayd qo‘mondonliklari ostida askar tortib etib, Zayd ibni Xorisa va u janobning safdoshlarini shahid etgan Rumlarga qarshi urushmoq uchun yubormoqchi bo‘lgandilar. Faqat bu davrda Rasululloh xastalanib qolganliklari sababli askarlar sog‘ayishlarini kutib jihodga chiqmay to‘xtab turishgandi. Askarlarning harbiy qarorgohi Madina shimolida joylashgan «Jurf» degan qishloqda edi.
Rasululloh hazratlari vafot topib, o‘rinlariga Sayyidino Abu Bakr xalifa etib saylanganlaridan keyin u janobning birinchi ishlari mana shu qo‘shinni jangta jo‘natmoqlik bo‘ldi. Qo‘shin ichida Kibor saxobalar bo‘lishib, ular mazkur yurishni to‘xtatib turishlikka maslahat berdilar. Biroq Abu Bakr, raziyallohu anhu, hech qanday taraddudga tushmay, «Men Rasululloh boshlagan ishlarini hech so‘zsiz oxiriga yetkazaman. Agar meni yirtqichlar tortqilab ketsalar-da, Usoma askarini Rasululloh buyurganlaridek Rumlarga qarshi muxoraba etuvga yuboraman!» dedilar.
Avval ahvol nihoyatda noziklashib turgan bir paytda, atrof qabilalar zakot bermaslikka ahd etib, Islom davlatiga qarshi chiqib turgan ahvolda Abu Bakr g‘oyatda jasorat va azimat ko‘rsatdilar. Bu bilan chetki xurujlar ta'siri ostida Islom davlati ichida paydo bo‘ladigan taraddudli holatga barham berildi. Zero, Usoma askaridagi kuchlar Madina davlatining asosiy qo‘shinidan iborat edi. Bu qo‘shinni jangga yuborishlik bilan Abu Bakr (r. a.) birinchidan, aholi o‘rtasida tug‘iladigan noxush holatni bartaraf etgan bo‘lsalar, ikkinchidan, esa Rasululloh hazratlarining buyruqlarini bajarishlik hamma holatda qat'iy lozim ekanligini amaliy suratda ko‘rsatib berdilar. Abu Bakr razilohu anhu Usoma askarlarini darhol Jurfdagi harbiy qarorgohga jamlanishga amr etdilar. Askar jamlanib bo‘lgach, Usomaning o‘zlari ham eng asosiy kuchni jangga olib ketib, Madinai Munavvaraning mudofaasini tahlika ostiga qoldirmaslik fikrida Umarni o‘rtaga vositachi qilib, askarni jangga yubormaslikni Abu Bakr (r. a.) dan iltimos etgani jo‘natdilar. Hamda mazkur qo‘shin boriladigan bo‘lsa, o‘rinlariga biron nomdor sahobani qo‘mondon etib tayinlashlarini ham aytishlikka o‘tindilar. Hazrati Umar o‘zlari ham mazkur qo‘shinda qatnashuvchilar ichida edilar. Abu Bakrning oldilariga kelib Usomaning iltimoslarini aytdilar.
Abu Bakr (r. a.) qat'iy suratda qo‘shin albatta jangga yuborilishini aytdilar. U holda qo‘shinga biror nomdor sahobani bosh qo‘mondon qilib ta'yinlash lozimligini maslahat tariqasida aytdilar. Bu so‘zni eshitgan onlarida Abu Bakr (r. a.) o‘rinlaridan sapchib turib, Umar (r. a.)ning soqollaridan ushlab, «Onang bolasiz qolgur, Umar, hali sening gapingga kirib men Rasululloh hazratlari shaxsan tayinlagan qo‘mondonni ishdan olaymi?!» dedilar. Zotan, Rasululloh alayhissalom Usomani qo‘mondon etib ko‘rgan vaqtlarida ham xaloyiq ancha-muncha gaplar qilishgan, o‘rinlariga nomdorroq sahobani tayinlashlarini ham so‘zlashgan edilar. Biroq Rasululloh alayhissalom ularning gaplariga e'tibor bermay Usomani xalq o‘rtasiga qo‘yib xutba so‘zlagan va uni qo‘mondolikka tayinlagan edilar. Bu safarda ham o‘sha avvalgi gap qaytarildi. Johiliyat odati bo‘lgan nomdor, ulkan kishilarni e'zozlash kabi holatni Abu Bakr butunlay sahobai qirom ichlarida tugatmoqqa qaror berganlaridan hech qanday gapga quloq solmay Usomani yana qo‘mondon etib tayinladilar. O'zlari Jurfga borib askarni qo‘zg‘olishga buyruq berdilar. Piyoda yurgan holda qo‘shinni uzoq masofaga kuzatib ham qo‘ydilar.
Abu Bakr (r. a.) piyoda, Usoma esa otda ketayotganlarida: «Siz yo otga minib oling, yo esa men ham yayov bo‘lib olay»,- deganlarida, «Sen ham yayov bo‘lmaysan, men ham otga minmayman. Olloh yo‘lida bir necha qadam piyoda yursam nima qipti», deb javob berdilar. Yo‘lda ketayotganlarida Abu Bakr (r. a.) Usomadan «Umarni qoldirib ketishliklarini, davlat ishlarida yordam berib turishlari lozimligini aytib, ijozat so‘radilar. Usoma ham, tabiiy, ijozat berdilar. Abu Bakr hazratlarining bu ishlari bir tomondan, Islom askariga bo‘lgan tavozu'lik bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Usomaning qo‘mondonligiga dillari rozi bo‘lmagan kishilarga saboq edi. Chunki xalifa bo‘la turib oddiy bir qo‘mondondan qo‘l ostidagi bir jangchisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib qolavermay, ijozat so‘raganligi, kishilar o‘z qo‘mondonlariga ne darajada itoat etishlari zarurligini ko‘rsatadi. Bu bilan Usomaning askarlar ichida obro‘-e'tibori kuchayardi. Usoma qo‘mondonligidan norozi holda bo‘lganlar ham Abu Bakrning qilgan ishlarini ko‘rib lom-mim deya olmay qoldilar. Vidolashuv vaqtida askarlarga qarab xutba o‘qidilar:
- Xiyonat qilmangaz, ahdlaringizni buzmangiz, birovni qiynab o‘ldirmangiz, yosh bolalarni, qari kishilarni, ayollarni o‘ldirmangiz, mevali daraxtlarni sug‘urib tashlamangiz, o‘t qo‘yib kuydirmangiz, qo‘y, mol va tuyalarni faqat yeyish uchun so‘yingiz, cherkovlarda ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan kimsalarni o‘z hollariga tashlab qo‘yingiz, ularga tegmangiz. Yelkalariga shayton minib olgan yovuz kishilarni ko‘rsangiz bo‘yinlarini qilich bilan uzib tashlangaz. Olloh nomi bilan madad tilab ish yuritingiz.
Shundan keyin Usomaga qarab Rasululloh amrlarini qattiq tutishlikni ta'kidlab tavsiya etdilar. Askar jo‘nab ketdi, Usoma ham Abu Bakrning tavsiyalarini o‘rniga keltirib Kuzoa va Rum yerlariga hujum qildilar. Usoma ham ushbu safarda ikki oydan ortiqroq yurib, oxiri eson-omon mo‘l-ko‘l g‘animatlar bilan Madinaga qaytib keldilar. Kutib olgan bir necha sahobalar hamrohligida Abu Bakrning o‘zlari ham Madinadan tashqariga chiqdilar, Zafar quchib kelayotgan Islom lashkarining shavkatli jangchilarini takbir va tahlil aytgan hollarida kutib oldilar. Usoma askarlarini yuborishlik Islom ahliga ma'naviy jihatdan juda foydali bo‘ldi. Chunki arab qabilalari buni eshitib, ahli Islomda yetarli kuch borligini bildilar. Agar bularda yetarli kuch bo‘lmasa edi, chet qo‘shinlar bilan urushmoq uchun bunga ko‘p askarni jo‘natolmas edilar, deb o‘yladilar. Shu tufayli ba'zi bir Islom davlatiga qarshi chiqishlikni o‘ylab turgan qabilalar o‘z ra'yilaridan qaytishga majbur bo‘ldilar. Chunki atrof qabilalar Muxammad alayhissalom vafotlaridan so‘ng barpo etilgan davlat parchalanib kstadi, chet qabilalarni o‘z ta'sir doirasida tutib turmoqqa yarolmaydi, deb xom xayol qilgandilar. Biroq o‘z dinini saqlab olamga yetkazishlarini iroda etgan Olloh taolo Abu Bakr kabi to‘g‘ri fikrli, sobit qadam kishini ish boshiga keltirib, ularning xomxayollarini puchga chiqardi. Zero, ular Islom Muhammad alayhissalomning o‘zlari o‘ylab topgan xayollarining samarasi deb gumon etardilar. Islom Olloh taolo yoqqan nurdan bir mash'ala ekanligini, shoxlari yetti qavat osmonda cho‘zilib ketganligini, asllari esa yetti qavat yerning ichiga mahkam o‘rnashganligidan bexabar g‘ofil edilar. Butun xayollari puchga chiqdi, Islomning porloq nurini butun yer yuzi uzra sochmoqqa muvaffaq bo‘ldi. Kelajakda ham shunday bo‘ladi, inshoolloh, Omin!..
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:07:55
RIDDA URUSHLARI

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam butun Arabiston yerini vafot etgunlariga qadar Islom bayrog‘i ostida birlashtirgan edilar. Biroq, ba'zi bir sahro arablari Islomga butunlay jon-dildan berilib ketmagandilar. Ular zakot berishlikni jarimg deb tushunganlari sababli malol kelardi. Shunga ko‘ra Rasululls» alayhissalomning ruhi poklari oliy dargohga parvoz etgach, ba'zi qabilalar zakot berishlikdan qutulish fursati kelib qoldi, deb o‘ylab, Abu Bakrga zakot bermasliklarini ayta boshladilar. Ba'zi bir qabilalarda esa hatto payg‘ambarlikni da'vo etuvchilar ham mavjud edi. Ular o‘zlariga ergashgan kimsalar yordamida Islom hukumatiga qarshi isyon uyushtirishga kirishdilar.
Makkai Mukarramadan tashqaridagi hamma arab qabilalari mana shu kabi holatga giriftor bo‘ldilar. Rasululloh hazratlari tiriklik vaqtlarida ham payg‘ambarlikni da'vo etuvchilar bor edi. Shulardan biri bani Hunayf qabilasidan bo‘lgan Musaylamatubni kazzob hatto Rasululloh hazratlariga maktub yozishga ham jur'at etgandi. Uning maktubida shunday iboralar bor edi:
«Ollohning elchisi Musaylamadan, Ollohning elchisi Muhammadga, ma'lum bo‘lsinki, yerning yarmi sizga tegishli, qol-gan yarmi esa Qurayshlarga tegishlidur. Lekin Qurayshlar insof qilmayaptilar. Sizga salom bilan Musaylama».
Rasululloh ushbu maktubni olganlaridan so‘ng, unga quyidagi mazmunli maktub jo‘natdilar:
«Bismillohir rohmanir rohim, Olloxning elchisi Muhammaddan, yolg‘onchi Musaylamaga ma'lum bo‘lsinki, yer Olloxning o‘ziga xos mulkidur, kimga xohlasa o‘shanga beradi. Oqibat mutaqqiylar foydasidadur».
Buning orqasidan bir ayol kishi ham bani Tamim qabilasidan payg‘ambarlik da'vo etib chiqqandi, Bu ayol Abu Bakr xalifalik zamonlarida Musaylama bilan urushgani o‘z ergashuvchilarini boshlab ham chiqdi. Biroq, Musaylama xiyla ishlatib, ayolning ko‘nglini topib unga uylaidi. Shu zaylda ayol payg‘ambarlikni Musaylamaga ravo ko‘rib, tarafdorlarini Musaylamaga ergashmoqlikka amr etadi. Har ikki qabilaning qo‘shilishi oqibatida kattagina qo‘shin tuziladi. Bu ham yetmaganday Talxatubni Xuvaylidin va Asvad ibni Xabs kabi kimsalar ham payg‘ambarlikni da'vo etib Islom hukumatiga qarshi bosh ko‘tardilar. Ahvol juda jiddiy tus olgandi. Bir tomonda payg‘ambarlik da'vosi, ikkinchi tomonda zakot bermaslik da'vosi bilan hukumatga qarshi kuchlar maydonga kelgandi. Bularning barchasi bilan urush qilmoqlikka musulmonlarning kuchlari yetmaydi degan mulohaza bilan Abu Bakrning xuzurlariga kelib, zakot bermovchilar bilan vaqtinchalik sulh tuzib turmoqlikni ham taklif etdilar. Ko‘proq kuchga ega bo‘lgunlarigacha urushmay turishni o‘tindilar. Maslahatchilar safidagi kibor sahobalaridan Umar ibni Hattob Abu Bakrga qarab «Zakot bermovchilar bilan urushmay turing», dedilar. Shunda Abu Bakr (r. a.) xalqqa qarab «Agar ular Rasululloh vaqtla-rida berib kelgan birgina uloqchani bermasalar, o‘shalarga qarshi urush ochaman», dedilar.
Umar ibni Hattob ham nihoyat Abu Bakrning ra'yilarini qabul qildilar. So‘ng qolgan musulmonlar ham o‘z ra'yilaridan qaytib Abu Bakr (r.a.)ning fikrlarini ma'qulladilar. Keyin o‘n qo‘mondon rahbarlik ostida alohida-alohida askar to‘pladilar.
Islom lashkarida Xolid ibni Valid, Amr ibni Os, Ukrima ibni Abu Jahl kabi jasoratli sahobalar boshchilik qildilar. Abu Bakr bularning barchalarini to‘plab xutba o‘qiganlaridan so‘ng ular birin-ketin belgilangan marraga qarab yo‘l oldilar.
Bu sa'y harakatdan oldinroq isyonchilarni ogohlantirib maktub ham yozib yubortirdilar. Zakotlardan bosh tortgan qabilalardan bir qanchasi xatolarini anglab, qilgan ishlariga pushaymon yeb tezdan yana zakotlarni yig‘ib, xalifa huzuriga yubordilar. Qo‘shin zimmasidagi vazifalarini sharaf bilan ado etib, isyonchilarni butunlay tor-mor keltirib, Madinaga zafar g‘alabalari ila qaytib keldilar. Islomning avvalgi haybati qaytadan yana tiklandi.
Musaylama jangda quturgan itdek o‘lib ketdi. Yolg‘ondakam payg‘ambar Talxa ibni Xuvaylidin askarlari ham Islomning shavkatli, bahodir, jonfido jangchilari hamlasiga dosh berolmay jangda butunlay tor-mor bo‘ldi. Talxa ibni Xuvaylidin esa ahvol jiddiylashganini ko‘rgach, qo‘shinni tashlab, juftakni rostlab qoldi. Keyin har yerlarda yashirinib yurdi. Umar ibni Hattob xalifalik vaqtlarida tavba bilan kelib Islomni qabul qildi. Islom tarixida «Ridda» deb nomlangan voqea mana shulardan iboratdur. Arablar butunlay Islomdan chiqib ketmagan bo‘lsalar-da, biroq besh farzdan birisini ya'ni zakot berishlikdan bosh tortganlar.
Abu Bakr (r. a.) ning to‘g‘ri ra'yilari hamda jasoratlari tufayli Islom davlati o‘z ichida paydo bo‘lgan ixtilofga tez orada barham berdi. Va dinning shavkatini saqlab qoldi. Butun ahli Islom tutgan to‘g‘ri siyosatlari uchun Abu Bakrdan minnatdor bo‘lib qoldilar.
Agar Abu Bakrning o‘z ra'yilarida qattiq turishlari bo‘lmaganda edi, ehtimol Islom hukumati ichida paydo bo‘lgan ixtilof yomon oqibatlarga olib kelgan, dinning yuksak shavkati balki mustahkam o‘rnashib qolmagan bo‘lurdi. Lekin Ollohning inoyati ila bunday nochor ahvolning oldi to‘g‘ri yo‘l bilan olindi. Islomning so‘nmas shavkati arablar ichida saqlab qolindi.
Albatta, ushbu mavqe'da Abu Bakr (r. a.)ning tutgan o‘rinlari katta ahamiyat kasb etadi. Zero, Umar kabi qattiqqo‘l kimsalar ham ra'y qilmagan ishni qilishlikda o‘z ra'yilarida sobit qadam turdilar. Natija kutilganidek yaxshi oqibatli tugadi.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:08:25
XOLID IBNI VALID SABABLARIDAN TUG'ILGAN IXTILOF

Sayfulloh Xolid ibni Valid ridda urushining eng jasoratli qahramonlaridan va dushmanga eng g‘oratgir bahodirlardan edilar.
Lekin mana shu jang asnosida yurgan paytlarida kichkina bir xatoga yo‘l qo‘yadilar. Umar ibni Hattob (r. a.) Xolidni qilgan mana shu xatolari tufayli bosh qo‘mondonlik vazifasidan bo‘shatishlikni maslahat ko‘radilar. Xolid dushman askarboshisi Molik ibni Nuvayrani o‘ldirib ayoliga, iddasi bitgach, o‘zlari uylangandilar. Mazkur xato ishning xabari Madinaga yetgan vaqtida Umar (r. a.) ga Xolidni o‘z vazifasidan bo‘shatishlik lozim ekanligini aytadilar. Zero, «bunday xatoni kechirib bo‘lmaydi»; deydilar. Abu Bakr (r. a.) esa Xolidni bosh qo‘mondonlik vazifasidan bo‘shatmaslikni ra'yi etdilar. Qilgan xatosi uni vazifasidan bo‘shatishlik kabi jazoga sazovor etmaydi deb o‘yladilar. Nuvayraning ayolini taloq etib yuborsalar, shuning o‘zi xatolariga jazo sifatida kifoya qilardi degan fikrda bo‘ldilar. Xalifa o‘z ra'yilarini amalga oshirdilar. Xolidni chaqirtirib kelib, juda qattiq tanbeh berib koyidilar va ayolni taloq etib yuborishlariga amr etdilar. Xolid darhol xalifa amrlarini bajardilar. Yana qaytadan borib qo‘mondonlik vazifasini ado etaverdilar. Biroq, Xolidning qilgan kirdikorlaridan Umar norozi bo‘lib yuraverdilar. Xalifalik mansabiga o‘ltirgach, Xolidni qo‘mondonlikdan bo‘shatib, o‘rinlariga Ubayda ibni Jarrohni tayin etdilar. Lekin katta qalb egasi bo‘lgan Xolid o‘zlarini ishdan bo‘shashlaridan hech qanday tushkunlikka tushmay, musulmon askarlarining saflarida Islom dushmanlariga qarshi oddiy jangchi sifatida qahramonona jangni davom ettiraverdilar. Xolidning bunday yuksak mardonavorliklarini ko‘rgan Umar (r. a.) u kishi haqlarida o‘ylab yurgan noto‘g‘ri fikrlaridan qaytib shunday degandilar: «Olloh Abu Bakrni rahmat qilsun, u janob odamlarni tanishlikda mendan ko‘ra bilimdonroq ekan. Abu Bakr aql-zakovatlari, idrok va layoqatlari yordamida Rum askarlarini itoat etdirganlarini, Islomdan qaytib ketgan juda ko‘p qabilalarni yana qaytadan g‘olib shavkatli din bayrog‘i ostida jam etganlarini tarix aslo unutgan emasdur.
Dunyo ayvonidan baqo bo‘stoniga rixlat etib ketayotgan vaqtlarida Islom mustahkam tarzda arab yerlarida o‘rnashgan, ta'limotlari bir butun holda hukm surayotgan edi. Islomni qaytadan yana oyoqqa turg‘izib uning tengsiz ta'limotini hech qanday ortiqu kamsiz musulmonlar ichida o‘rnatishlikda Abu Bakrning xizmatlari maqtovga loyiq bo‘lgandi. Ummul mo‘‘minin Oyisha raziyallohu anho janob Abu Bakr haqlarida mana shu gapni juda to‘g‘ri aytgandilar: «Rasululloh alayhissalom baqo gulistoniga ko‘chgach, Madinada nifoq o‘rmalab qolgan, butun arablar esa yoppasiga dindan qayta boshlagandilar. Olloh taolo taborak Abu Bakr qo‘llari orqali ularni yana qaytadan jam etdi. Abu Bakrning boshlariga tushgan kun agar salobatli tog‘ boshiga tushsa edi, albatta, uni o‘rnidan tebratib yuborgan va maydalab tashlagan bo‘lardi».
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:09:26
QUR'ONNI JAMLASH

Ridda urushi tugagandan keyin hazrati Umar o‘zlarining ziyrak fahmlari bilan qarasalar, juda ko‘p Qur'onu Karimni yodlagan qori sahobalar mazkur urushda shahid bo‘lishibdi. Bundan hazrati Umar Qur'onni tezda qalblardan zoe' bo‘lib ketishligidan havf etdilar. Zero hali oldinda katta janglar kutib turmoqda edi. Shu sababli xalifani oldilariga borib dedilar: «Men janglarda qorilarning shahid bo‘lib ketishlari tufayli Kur'on zoy'e bo‘lib ketishligidan havf etib qoldim. Qur'onni jamlab qo‘ysak degan ra'ydaman». Abu Bakr bu gaplariga javobat «Men Rasululloh alayhissalom qilmagan ishni qilmasman» dedilar. Umar (r. a.) janobga qayta-qayta murojaat etib, mazkur ish xayrli narsa ekanligani tushuntirdilar. Nihoyat, Abu Bakr (r. a.) ham mazkur amalni xaqiqatdan xayrli ish ekanligiga fahmlari yetib, Qur'onni jamlashga rozilik berdilar. Eng mashhur qorilardan va Qur'onni yod olganlardan biri bo‘lgan Zayd ibni Sobit (r. a.)ni chaqirib keltirdilar. U janobga qarab: «Siz Rasulullohning vahiy kotiblaridan bo‘lgansiz, shunga ko‘ra Qur'onni tekshirib chiqing va bir yerda jamlang», deb buyurdilar. Zayd ibni Sobit (r. a.) xalifaning buyruqlariga binoan Qur'onni tekshirib chiqdilar. Har xil narsalarga yozilgan Qur'on suralarini to‘pladilar. Biror narsaga yozilmay qolgan oyatlarini jamlashlikda mazkur oyatni Qur'ondan ekanligaga va qaysi surada joylashishiga ikki kishi guvohlik bergan-dan keyin sahifaga yozishga kelishib olgandilar.
Agar ikki guvoh topilmasa mazkur oyat tashlab yuborilgan, Mana shunga ko‘ra yozilmay qolgan oyatlarni ikki qori guvoxlik berganlaridan so‘ng, ular ko‘rsatmasi inobatga olinib, Qur'on sahifasiga yozib, qo‘shib qo‘yilgan. Og‘zaki eshitilgan oyatning qaysi suradan ekanligiga sahobalardan ikki kishi chiqib guvohlik berolmagan taqdirda uni ham Qur'onga qo‘shmay tashlab yuborilgan. Mana shu tariqa ila Qur'onni jamlovchilar hech qanday ixtilofsiz oxirigacha jamlab chiqdilar. Faqat ikki oyatda tortishib qolishdi.
Xuzaymatil ansoriy bo‘lmaganlarida zdi, Umar (r. a.) mazkur ikki oyatni xazf etgan bo‘lurdilar. Rasululloh sallallohu alayhi, Xuzaymatil ansorning guvohliklarini ikki kishi guvohligi o‘rnida qabul qilishlikka ishora etgandilar. Xuzayma (r. a.) o‘zlari mana shu ikki oyat haqiqatan ham Qur'ondan ekanligiga o‘zlari o‘zlariga guvohlik berganlaridan keyin guvohliklari ikki kishi guvohligi barobarida hisoblanib Qur'onga qo‘shib qo‘yildi.
Qur'on, hammasi to‘plab bo‘linganidan keyin, Umar (r. a.)ning qizlari Rasululloh hazratlarining zavji muboraklari Xafsa onaning huzurlariga qo‘yib qo‘yildi.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:10:07
ABU BAKR VA FOTIMAI ZAHRO (RAZIYALLOHU ANHUM) O'RTALARIDA

Rasulu akram hazratlari rafiqil a'loga intiqol etishlaridan avval «Fadaq» degan joyda biroz ekinzor yer qoldirgandilar. Hazrati Rasululloh vafot etganlaridan keyin Abu Bakr xalifa bo‘lib tayinlanganida jahon ayollarining sayyidalari bo‘lmish fotimai Zaxro xalifaning huzurlariga otalaridan qolgan «Fadak» qishlog‘idagi yerni meros tariqasida talab etib keldilar. Abu Bakr (r. a.) Fotimai Zahroning talablarini inobatga olib, Fadakdagi yerni meros tariqasida bermoqchi bo‘lib turganlarid hazrati Umar Rasululloh alayhissalomning «Biz payg‘ambarlardan meros olinmaydi. Qoldirgan narsamiz sadaqa bo‘ladi», degan muborak gaplarini aytib qoldilar. Ushbu hadisni eshitganlaridan keyin xalifa Fotimai Zahroga uzr aytib «Fadakdagi Rasulullohdan qolgan yerni sizga meros tariqasida mulk qilib berolmayman», dedilar. Fotimai Zahro bu hukmni eshitib achchiqlari kelgan holda «Yolg‘iz Muhammadning qizlaridan boshqa hamma odamlarning bolasi otasidan meros olarkan-da», deb chiqib ketdilar. Hazrati Ali Karmallohu Vajhu Abu Bakr (r. a.) bay'at bermaganlarida hazrati Umarning «yoqib yuboraman», deb tahdid solishlari achchiqlarini yanada ziyodalashtirdi. Shunchalik jahlga banda bo‘lganlaridan «Umar va Abu Bakr ila gaplashmayman», deb Fotimai Zahro qasam ichdilar va qasamlarida sobit turdilar.
Abu Bakr sayyidatin nisoning g‘azablanganlaridan nihoyatda diqqat bo‘ldilar. Fotimai Zahroning erlari bo‘lgan Ali ibni Abu Tolib (r.a.)ning oldilariga keldilar. «Agar Fotimai Zahro qasamlaridan qaytmasalar va meni kechirmasalar, men albatta xalifalikdan iste'fo beraman. Fotimai Zahroning ichlarida menga nisbatan g‘azablari bo‘la turib mazkur vazifada qololmayman», dedilar. Hazrati Umar xam shunga o‘xshash so‘z aytdilar. «Agar Rasulullohning aziz qizlari rozi bo‘lmasalar, men ham albatta Madinani butunlay tashlab chiqib ketaman». dedilar. Hazrati Ali Fotimai Zahro yonlariga kirib bu xususda ancha so‘z qildilar, Xalifa va Umar tutgan ishlarida shariat doirasidan chiqmaganlari va musulmonlar ijmosida tajovuz qilmaganlariii aytdilar. «Achchiqlanishingazga, g‘azabda davom etishligingizga shuning uchun hech qanday bahona yo‘q,- dedilar. Fotimai Zahro Alining ko‘rsatgan hujjatlaridan qanoat hosil
qildilar va Abu Bakr (r. a.)ga bay't berdilar. Hamda Rasulullohning «Bizdan qolgan narsa meros bo‘lmaydi, uni sadaqa qilinadi», degan gaplariga ham qanoat hosil qilib, ichlarida bo‘lgan adovat asarini butunlay chiqarib tashladilar. Abu Bakr va Umar kabi Rasulullohning jonfido safdoshlariga nisbatan gina-kuduratlar ko‘tarilib qalblari ularga nisbatan yana musaffo qolgan holga keldi, Ushbu hodisadan ko‘p vaqt o‘tmay Fotimai Zahro eng sevikli kishilariga uchrashmoqlik ilinjida u janobning ikki sahobalaridan mamnun va rozi bo‘lgan hollarida dunyodan rixlat qilib ketdilar.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:10:43
ABU BAKR DAVRLARIDAGI FUTUXOTLAR

Arab yarim orolida yangidan tashkil topgan Islomiy ta'limot Hukmronligi ostida yashovchi davlatni ikki tomondan o‘sha davrlarda eng madaniylashgan va taraqqiy topgan Eron va Rum davlatlari o‘rab olgan edi.
Miloddan 753 yil avval tashkil topgan, dunyoning eng kuchli va taraqqiy topgan davlatining poytaxti avvalda Rum shahri bo‘lgandi. Konstantin tomonidan 330 yidda Konstantinopol shahri bino etilgach, poytaxti mazkur shaharga ko‘chirilgandi. Oradan bir necha asrlar kechgach, Rum saltanati (imperiyasi) sharqiy va g‘arbiy saltanatlarga bo‘linib ketgandi. G'arbiy Rum saltanatining poytaxti Eski Rum shahrini poytaxt etgan g‘arbiy Rum saltanati oz muddat ichida inqirozga uchrab dunyo yuzidan yo‘qoldi. Biroq sharqiy Rum saltanati yoki Vizant saltanati deb nomlangan davlat esa milodiyning V asriga kelib kuchaydi. Sharqda Dajla daryosiga, g‘arbda Adriat dengaziga, shimolda tatar yerlariga, janubda esa Xabashiston mamlakatiga qadar bepoyon yerlarni qanoti ostiga oldi. Inchunun, Eron saltanati ham o‘sha davr muqobalasida bepoyon mustamlakalarga ega bo‘lgan qudratli davlat hisoblanardi. Rum va Eron saltanatlari o‘rtasida eskidan qattiq adovat mavjud edi. Bunga sabab o‘zaro raqobat, yangi mustamlakalarni talashuv edi.
Islom olami zuhur etgan paytga kelib ular o‘rtasidagi adovat juda keskin tus olgan. Rum bilan Eron har yer-har yerda o‘zaro urushlarni davom ettirishardi. Erondagi ichki kelishmovchiliklar esa davlatning anchagina zaiflashuviga olib keldi.
Abu Bakr (r. a.) xalifalikka o‘ltirganlaridan so‘ng chet davlatlarga qarshi muxoraba etuv niyatida bo‘ldilar. Birinchi maqsad, ezilayotgan mazlumlarni ezuvchi hukmdorlar zulmidan ozod etuv bo‘lsa, ikkinchidan, Islom davlati sarhadini kengaytiruv edi. Zotan, arab yarim orolida tuzilgan davlat agar o‘z yerlarini chetki mamlakatlarini istilo etish hisobiga kengaytirmasa, tabiiyki, quruq sahro bag‘rida tashkil topgan davlat xalqaro maydonda taraqqiy etgan qo‘shni davlat bilan raqobatda teng kela olmas edi. Zero, yuksak taraqqiy etgan qudratli davlatning qad rostlashi uchun eng avvalo odam va yer boyliklari yetarli miqdorda ta'minlangan bo‘lmoqligi zarurdir. Bularsiz xalqaro maydonda zo‘rlar bilan bellasha oladigan davlatni barpo qilish o‘yi bir xom xayol bo‘lurdi. Siyosat va ijtimoiy sohada faoliyat ko‘rsatib yuksak malaka hosil qilgan Abu Bakr buni juda to‘g‘ri baholay olgandilar. Shuning uchun birinchi bo‘lib Eron saltanatiga qarashli bo‘lgan Iroq orlariga qo‘shin yuborish taraddudiga tushdilar. Xolid ibni Valid qo‘l ostlarida Iroqga qarshi muxoraba olib borish uchun Hijriyning 12 yili (melodiy 663 yil boshlari) 10 ming askarni yubordilar. U yerda Musanno ibni Xorisa 8 ming askar bilan kutib turardi. Har ikki firqa birga qo‘shilganidan so‘ng Xolid ibni Valid qo‘shin bilan Iroq chegarasidan ichkariga suzub kirdilar.
Basra yaqinidagi «Xafir» nomli suv yoqasida dushmanni qarshi oluv uchun Xolid ibni Valid askarlarni uch qismga taqsimlab kutib turdilar. O'sha davrda Iroq muzofotiga Xurmuz ismli Eron sarkardalaridan zo‘r bir kishi boshchilik etardi. U juda katta qo‘shinga ega edi. Xolid ibni Valid Xurmuzga talabnoma jo‘natdilar. Mazmuni quyidagicha: «Yo Islomni qabul qilib, joningni saqlab qol, yohud bizning zimmamiz ostida himoyalanuvni qabul qilib juz'ya berishga rozi bo‘l. Agar bu ishlardan birisini qabul qiluvdan bosh tortsang, unda o‘zingdan ko‘r. Men shunday lashkar bilan keldimki, ular o‘limni sizlar hayotni sevganingiz kabi sevadilar».
Xurmuz talabnomani Eron shohi Kisroga jo‘natib, o‘zi qo‘shinga bosh bo‘lib Xolid askarlariga qarshi so‘qishuv uchun yo‘lga chiqdi. Ular Kozifa degan yerda ro‘paro‘ keldilar. Jang boshlanmasdan oldin har ikki qo‘mondon o‘rtaga chiqib kuch sinashdilar. Xolid ibni Valid jang maydonida Xurmuzning boshini tanasidan judo qil-dilar. Keyin ikki o‘rtada qattiq olishuv bo‘ldi. Islom lashkarlarining hammasiga dosh berolmagan Xurmuz qo‘shinlari betartib suratda tumtaraqay qochdilar. Dushman askarlari qochmaslik uchun bir-birlari bilan bog‘lanib olishgan ekan. Shu sababli ushbu jang tarixda «Zotissalosil» jangi deb nomlanadi.
Kisro Xurmuzga yordam bsrish uchun Qorin nomli sarkardasi boshchiligida katta qo‘shin junatdi. Bular Xurmuzning qochoq qo‘shinlari bilan birgalashib Sano degan yerda Xolid ibni Valid askarlari bilan yana to‘qnashdilar. Jang oqibati shu bo‘ldiki, Qorin qilichdan kechirilib, askarlari esa butunlay tor-mor etildi. Mazkur jangdagi olingan asirlar ichida Hasanul Basriyning otalari Habib ham bulgan ekanlar, Qorin mag‘lubiyatidan so‘ng Eron shohi «Anzar zargar» nomli sarkardasi boshchiligida yanada kuchliroq qo‘shin jo‘natdi, Bular bilan ham «Nalija» nomli joyda qattiq jang qildilar. Oqibat dushman askarlarini Islom lashkarlari o‘rab oldilar va butunlay tor-mor etadilar. Bu voqea 12 yil safar oyida bo‘lib o‘tadi.
Nalija voqeasida arab nasroniylaridan ham qo‘shin ichida jangda qatnashganlari qirilib bitgandi. Qolgan nasroniy arab qabilalari bularning o‘chini olish uchun eronliklarga yordam tariqasida askar yuborishga qaror qildilar. Eron va arablardan to‘plangan juda katta qushin «Ulays» degan yerda jamlanib Xolid ibni Valid askarlari bilan to‘qnashadilar. Jang benihoya qizg‘in kechadi. Dushman askarlari son jihatidan musulmon askarlaridan bir necha barobar ortiq edilar. Ammo Ollohning kalimasini baland-latuv maqsadida jang qilayotgan oz sonli qo‘shin kufr saltanati himoyasida shaytonga tarafdorlik qilib jang etayotgan ko‘p sonli qo‘shin ustidan zafar topdilar. Bu zafarli voqea 12 yil safar oyining oxirlarida (623 yil may oyida) Firot daryosi yakinida be-nihoya ko‘p qonlar to‘kilganligidan o‘sha yerdagi bir jilg‘aga «qonli jilga» deb nom berildi.
Mazkur zafardan so‘ng Xolid ibni Valid lashkarlarni «Munozara» davlatining poytaxti Xira shahriga qarab boshladilar. Yo‘ldagi qo‘rg‘onlarni zabt eta borib Xira shahrini qamal etadilar. Oqibatda xiraliklar bilan Xolid har yili 190-ming dirxam juz'ya beruv barobariga sulh tuzadilar. Xira axolisi, eski odatlariga ko‘ra, Xolidga ham hadyalar berishadi. Xolid bularni Madinaga juz'yaga qo‘shib jo‘natib yuboradilar.
Abu Bakr pora olishga bahona topilmasligi uchun mazkur hadyani juz'yadan hisob etishga buyuradilar. «Munozara» davlatining poytaxti Xira qo‘lga olinganidan keyin shu atrofdagi qolgan viloyatlardan ham sulh tuzishlik uchun Xolid huzurlariga elchilar kela boshladi. Xususan Banikiya va Barusi viloyatlarining bosh-liqlari Xolid huzurlariga kelib yiliga o‘n ming dirxam juz'ya beruv barobariga sulh tuzadilar.
Shundan ksyin Xolid ibni Valid butun Iroq muzofotini to‘laligicha qo‘lga kirituv harakatiga tushadilar. Bir necha janglar davomida dushman askarlariga orqama-orqa zarbalar berib zafar nog‘oralarini chalib olg‘a qarab Iroqning eng ichkarisigacha kirib boradilar.
Xolid ibni Valid Iroq muzofotida bir yilu ikki oy mobaynida turib, juda katta ishlarni amalga oshira oldilar. Hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eron chegarasiga yo‘l ochib ko‘ydilar. Shundan keyin xalifa buyruq yuborib, Xolidni Shom viloyatida jang olib borayotgan Islom qo‘shiniga yordamga chorladilar. Iroq viloyatiga Musanno ibni Xorisa bosh qo‘mondon bo‘lib qoladilar.
Abu Bakr 12-yil xajdan keliboq butun arabistonga chaqiriq qog‘ozlari jo‘natdilar. Kattagina qo‘shin hozirlanib 12-yil safar oyida Suriya viloyatiga qarshi yurish boshlandi. Suriya asosan Vizant saltanati qo‘l ostidagi mustamlaka davlat hisoblanardi. Bu yerda yashovchi xalq vizant hukumatining zulmidan benihoya ezilgan edi. Shu sababli Islom askarlari kuchli qarshiliksiz Suriya viloyatini birin-ketin qo‘lga kirita bordilar. Oxiri Rum sultoni Xiraqil arablarga qarshi urushmoqlik uchun ukasi Feodor boshchiligida juda katta qo‘shin hozirlab jo‘natdi, Mazkur qo‘shin Islom lashkarlari bilan «Ajnodin» degan yerda muxorabaga kirishdi. Ikki o‘rtadagi qattiq olishuv Feodorning sharmandalarcha qochishi bilan tugadi. Ajnodin voqeasi 13-yil jumodil avval oyining oxirida (634-yil iyulda) bo‘lib o‘tgandi. Mazkur jangda, tarixchilar rivoyatiga ko‘ra, rumliklar tomonidan yuz mingdan ortiq kishi qatnashgan ekan. Mazkur g‘alaba Abu Bakr davrlaridagi eng oxirgi zafar bo‘ldi. Sevinch xabari yetganidan uzoq vaqt o‘tmay Abu Bakr (r. a.) fano olamidan baqo dunyosiga rixlat etgandilar.
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:12:57
ABU BAKRNING BOSHQARUV SIYOSATLARI VA XISLATLARI

Rasululloh vafot etgan vaqtlarida Islom mamlakatining chegarasi qanday holda bo‘lsa Abu Bakr xalifalik davrlarida ham asosan shu darajada bo‘lgan. Iroq va Suriyaning ba'zi bir viloyatlari Islom lashkarlari tomonidan qo‘lga kiritilgan bo‘lsada, biroq hali u yerlarda to‘la tartib joriy etib bo‘linmaganligidan ularni ham Islom davlati hududiga qo‘shuv mumkin emasdi. Iroq va Shom o‘lkalari asosan fath etilib, Madina davlatining qo‘l ostiga birlashuvi Umar ibni Hattob davrlarida amalga oshgandi. Shu bilan birgalikda Iroq va Shom fatxini boshlab beruvchi hamda mazkur fathlar uchun kuchli qo‘shinni tartibga keltiruvchi shaxs Abu Bakr (r.a.) bo‘lganliklari tufayli mazkur o‘lkalarni fatx etuv sharafining yarmi albatta u janobning hissalariga tushadur. Abu Bakr davrlarida ham davlatchi boshqaruv holati Rasululloh davrlaridagidek bo‘lib, muhim bir o‘zgaruv va isloh kirgizmagan edilar. Chunki Abu Bakr (r. a.) Arabistonda yuz bergan umumboshdoqlikni bostirishlik va fatxlar ila mashg‘ul bo‘lganliklaridan ikki yil uch oy davom etgan boshqaruv davrlarida bunday ishga tashabbus ko‘rsatmaklariga fursat ham bo‘lmagan edi.
Islom davlatining mukammal bir davlat tarzida oyoqqa turg‘izgan kishi Umar ibni Hatob bo‘lgandilar. Shu sababli u janob Islom davlatining asoschilaridan sanaladurlar.
Abu Bakr (r. a.) Rasululloh o‘rinlariga qolgan bir kishi bo‘lganlaridan ahli Islomning diniy hamda dunyoviy raisi hisoblanardilar. Bu janob ahli Islomni namozda imomlari, mamlakatni idora etishda hukmdori edilar.
Rasululloh hazratlariga noib bo‘lganliklaridan xalifatu Rasululloh deb yuritilardilar. Abu Bakr va hamda u janobdan keyin davlatni boshqargan xulafoi roshidin davrlarida hukumat asosan sho‘ro usulida boshqariladi.
Xalifa muhim ishlarda o‘zicha mustabidona hukm chiqaravermay balki kibor sahobalarini to‘plab ularga maslahat solardi. Zotan, Qur'onu Karimning ta'limoti va Rasulullohning sunnatlari shunday edi.
Nizo va xusumatlarni hal etish uchun xalifa avval Qur'onu Karimdan shunga doir hukmni izlar, agar Qur'onda topolmasa, Rasulullohning shunday ishda hukm qilganqilmaganliklarini tekshirar, agar bulardan ham ma'lumot ololmasa, unda kibor sahobani yig‘ib, masalani o‘rtaga tashlab, ularning fikrlarini so‘rab va shu ra'y bilan hal etardi.
Abu Bakr (r. a.)ning asosiy kengashchilari Umar ibni Hattob, Abu Ubayda ibni Jarroh, Ali ibni Abu Tolib, Usmon ibni Affon edilar. Kotiblari esa Zayd ibni Sobit (r. a.) bo‘lgandilar.
Abu Bakr (r. a.) davrlarida Arabiston yarim oroli asosan o‘nta viloyatga bo‘linib, har biriga alohida voliylar tayin etilgan edi.
Abu Bakr (r. a.) davrlarida davlatning asosiy kirim xazinasini zakot mollari, zimiylardan yig‘ilgan juz'ya, hamda urushlarda tushgan g‘animat molining beshdan biri hisobiga yig‘ilgan mollar tashkil etardi. Xazinaga yig‘ilgan «kirim» xalifa tomonidan mustahiq kishilarga darhol bo‘lib berilardi. Xazinada pul saqlanmasdi. Xalifaning maoshi ham baytul mol hisobidan belgilangandi.
Rasululloh hazratlari davrlarida Islom millatining ijtimoiy hollari na ravishda bo‘lsa, Abu Bakr davrlarida ham xuddi shu ravish uzra bo‘ldi. Qur'onu Karimning oliy ta'limoti Rasulullohning sunnayi soniyalari asxobi qiromning naq yuraklari-ga o‘rnashgandi. Shunga binoan ularning butun xatti-harakatlari din va qardoshlik asosiga bino qilingandi. Ularning bir-birlariga xayrixohliklari va mehribonliklari benihoya edi. Abu Bakr (r. a.) davrlarida futuxotlar boshlanib, Madinaga chetdan daromad keluvi ko‘paygan bo‘lsa-da, musulmonlar hamon oddiy kiyimlar kiyishar, o‘rtacha darajada hayot o‘tkazishar edi. Xalifaning o‘zlari ham kiyinish hamda yashash tarzida ularga namuna bo‘larli darajada edilar. Haqqoniyat va adolat hukm surganligidan birovga jabr, zulm qilguvchida bo‘lmas, shikoyat etuvchida qolmagandi. Abu Bakr xalifalik etib Umar ibni Hattob qozilik vazifasini bajargan vaqtlarida bir yil davomida biror nizolashuvchi da'vogar da'voga kelmaganligining o‘zi ham usha davrda haqqoniyat nechog‘lik hukm surganligini ko‘rsatib turmoqdadur. Xalifa butun axloq va odatlarida Rasululloh kabi bo‘lishga, butun kuchlar bilan Rasulullohning sunnatlarini ijro etishga, idora va siyosatda izlaridan borurga tirishardilar. Abu Bakrning idoralari xalqni g‘oyatda mamnun etgandi. Shu sababli keyingi xalifalarni saylagan vaktlarida Abu Bakr kabi idora usulini yuritmoqni undan talab etadigan bo‘ldilar.
Abu Bakr g‘oyat kichik ko‘ngilli, yumshok, tabiatli, xalqqa juda ham marhamatli edilar. U janob ozg‘in va tabiatlari yumshoq bo‘lgani holda kerakli o‘rinlarda shunday yurakli va qattiqqo‘llik ko‘rsatardilarki, buni ko‘rib eng yurakli va kattiqqo‘l sanalgan Umar va Ali (r. a.)lar ham hayron qolardilar. U janob to‘g‘ri fikrli, uzoqni ko‘ruvchi, sabotli bir shaxs edilar.
Abu Bakr xalifa bo‘lmaslaridan avval ham asxobi kiromning eng ortig‘i bo‘lib, jo‘mardlik, shafqat va marhamat, qanoat va taqvolik, tavozu va shijoat kabi fazilatlari bilan ajralib turardilar. Xalifa bo‘lganlaridan keyin o‘zlarining bu kabi go‘zal axloqlari bilan xalqqa namuna bo‘ldilar. U janob xalifa bo‘ldim, deb sira mag‘rurlanmadilar. Dunyo lazzatlariga berilmadilar.
Bil'aks, xalifa bo‘lganlaridan keyin bu dunyo lazzatlaridan ko‘proq yuz o‘girdilar. O'zlarining kattagina boyliklari va xazinadan keladigan yaxshigina daromadlari bo‘lishga qaramay o‘rta darajada kiyinadilar, Ochlikni to‘sar darajadagina ovqatlanar-dilar. Bir vaqt xotinlari kundalik sarflaridan orttirib birozgina to‘plagan va bunga bir narsa olmoqchi bo‘lgan ekanlar. Abu Bakr buni bilib yig‘ilgan aqchani baytul molga topshirgan va oyliklaridan ayollari jamg‘arib qolgan miqdordagi pulni kamaytirgan ekanlar. Vafot etgan vaqtlarida olgan oyliklarini o‘zginasidan qarz-qurzlarini to‘lashga vasiyat etganlari bu dunyodan naqadar yuz o‘girganlarini va kishilar haqqiga munosabatlari ne darajada bo‘lganliklarini ko‘rsatadi.
Abu Bakr xalifa bo‘lmaslaridan avval Madinaning yuqori tarafida Sux degan yerdagi hovlilarida yashardilar. G'oyat shafqatli va marhamatli hamda kichik ko‘ngil bo‘lganliklaridan qo‘ni-qo‘shnilariga har vaqt yumshoqlik etar, hatto joriyalarga qo‘y-echkilarni sog‘ishga yordamlashar, podalarni haydashar edilar. Xalifa bo‘lganlaridan keyin bir qiz «Abu Bakr endi bizga qarashmasa kerak» degan ekan. Buni eshitib haligi qizni oldiga borib qo‘ylarini sog‘ishdilar va «Sizga albatga yordamlashib yuraman, xalifa bo‘lmoqligim - avvllgi xulqimni o‘zgartirmasa kerak, degan umiddaman», dedilar.
Voqean Suxda turgan vaqtlarida bularga yordam etib yurdilar. Bir kuni Abu Bakr bir necha kishilar bilan o‘ltirgandilar. Shunda bir kishi kelib «Assalomu alaykum, yo xalifai Rasululloh», degan edi. Bunga Abu Bakrning achchig‘lari kelib, «Boshqalarni qoldirib yolg‘iz mengagina salom berasanmi?», deb tanbeh etgandilar. Umar ibni Hatgob kun sayin bir qari kampirning oldiga borib yordam etib kelib yurarkanlar. Ko‘p vaqt o‘tmay o‘zlaridan avval kimdur unga yordam ko‘rsatib ketayotganini fahmlab holdilar. Shunda bu kim ekan deb poylab turdilar. Qaysi ko‘z bilan ko‘rsinlarki, kampirga kelib yordam etayotgan xalifa Abu Bakr ekanlar. Abu Bakr (r. a.)ni yozamiz desak, maqtovga sazovor sifatlari juda mo‘ldur. U janobning Islom yo‘lida qilgan xizmatlarini yozib adosiga yetish mushkuldur.
Biroq biz bu yerda maqsadimiz qisqacha bayon etishlik bo‘lgani sa-babli mazkur bir-ikki voqeani yozish bilangina kifoyalandik, xolos.
Birgina Abu Bakr emas, balki Rasululloxning sahobalaridan har birlari ham maqtovga sazovor sifatlarga ega edilar. Xususan, xulafoi roshidin deb atalmish Umar, Usmon va Ali kabi zotlarning barchalarida xalqqa o‘z islomiy xulqlari bilan muqtado bo‘luvchi, go‘zal, ergashiluvchi namunalar mavjud edi. Ularni bu borada birlarini birlaridan ajratib bo‘lmasdi. Hammalari ham Olloh yo‘lida haqqoniyatni olamga hukmroi bo‘lishi yo‘lida dunyo xalhlarini ozodlik, erkinlik, hurfikrlilik kabi asriy orzulari bo‘lgan narsalarga yetishlari yo‘lida hech bir narsalarni, hatto jonlarini ayamay sarf etgandilar. Ularning amal g‘ururi alday olmagandi. Xushomadgo‘ylar maqtovi xushlarini o‘g‘irlamagandi. Katta mansabga minsalar edi, oddiy xalq kiyadigan kiyimdan ham arzon bahoroq kiyimlar kiyishardi, oddiy tarzda ovqatlanishardi. Oddiy hovlilarda faqirona tarzda hayot kechirishardi. Dunyo matolariga ahamiyat ko‘zi bilan aslo boqishmagandi. Ular hukmdorlik vazifasini to‘liq ado etishlikda hanuz olam osmonida yagona yorug‘ yulduz bo‘lib porlab turishmoqda. Olloh hammalaridan rozi bo‘lsin, bialardan ham o‘zi rozi bo‘lsin, rahmatiga musharraf aylasin. OMIN!!!
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:13:57
ABU BAKRNING KASALLARI VA UMAR RAZIYALLOHU ANHUNI VALIAHD TA'YIN ETUVLARI

13-yil jumodil oxir oyining avvalgi haftasida Abu Bakr (r. a.) sovuq kuni hammom qilgan edilar. Shunda qattiq shamollab o‘ringa yotib qoladilar. Kasalliklari og‘irlashib qolganidan namozga chiqa olmasliklari sababli Umar ibni Hattobni o‘rinlariga imom bo‘lishga buyurdilar.
Abu Bakrning kasalliklari kun sayin og‘irlasha bordi. Tuzalishdan ko‘ra tuzalmasliklari bilina boshladi.
Mo‘minlar Abu Bakrning sihat topishlarini istab har doim duolarda bo‘lib turdilar. U janobdan eng ko‘p kelib xabar olib turuvchi kimsa Usmon ibni Affon (r. a.) edilar, Bir kuni bir necha asxoblar ko‘rgani kirib: «Ey Abu Bakr, tabib chaqirib kasalingazni ko‘rsatsakmikin», deganlarida, ularga javoban: «Tabib kelib meni ko‘rib ketdi», deganlarida, asxob, «Tabib nima dedi?» - deb so‘radilar. Men xohlaganimni qilaman, dedi», deb javob bergan ekanlar. Abu Bakr (r. a) o‘zlarining xalifalik davrlarida butun hayotlarini Islomiyatning quvvat va shavkat kasb etuviga xalqning adolat va haqqoniyat bayrog‘i ostida tinch-totuv yashashla-ri yo‘lida Arabiston davlatini soglom bir asos ustiga qurib, butun qayg‘ulari shu xalqning manfaat va maslahatlarini ko‘zlaganlari kabi kasal hollarida ham mana shu qayg‘uda bo‘ldilar. Agar o‘zlaridan keyin xalifa saylash masalasini xalqning ixtiyoriga tashlab ketsalar, xalifalikni istovchilar o‘rtasida fitna chiqib, biror kor-hol yuz berishidan cho‘chir edilar. Zero, Saqifa bay'atida bo‘lib o‘tgan ba'zi bir ko‘ngilsizliklar hamon yodlaridan ko‘tarilgani yo‘q edi. Shu sababdan asxob kiromning fikrlarini olib, o‘zlaridan keyin ma'lum bir kishini valiahd etib tayinlash maslahatida bo‘ldilar. Asxobi kirom oralarida xalifalik mansabiga loyiq kishilar yetarlicha bo‘lib, bularning eng avvalgi saflarida Umar ibni Hattob bilan Ali Ibni Abu Tolib (r.a.)lar turardilar. Bularning har ikkilarida xilofatga o‘zlarini eng ahl deb bilar va mamlakatni go‘zal idora eta olishga hamda xalq orasida adolat ruhini amalga oshira olish-ga iymonlari komil edi.
Abu Bakr Umar ibni Hattobni o‘zga saxobadan ortiqroq bilib, o‘zlaridan keyin valiahd etib qoldirmoqchi bo‘ldilar. Mazkur fikrga kelganlaridan keyin saxobayi kiromga o‘zlarining fikrlarini kinoya tarzida anglata boshladilar. Abdurahmon ibni Avfni chaqirib, Umar haqlarida qanday fikrdasiz?» deb so‘radilar. Abdurahmon (r. a.) «U kishining qattiqqo‘lligidan boshqa aybi yo‘q», dedilar. Abu Bakr bunga javoban: «U mening yumshoq bo‘lganim uchun shunday qattiqqo‘llik qiladi, agar o‘zlari ish boshiga kelsalar albatta qattiq qo‘lliklaridan anchasini tashlaydilar, deb o‘ylayman», dedilar. Bundan keyin Usmon ibni Affonni ham chaqirib fikrlarini oldilar.
Hazrati Usmon Umarning «Ichi tashqarisidan yaxshiroq, bilishimcha, bizning ichimizda u kishiga o‘xshash odam yo‘q», dedilar. Boshqa bir necha kibor sahobalardan ham Umar haqlarida mana shunday yaxshi, iliq gaplar eshitdilar. Abu Bakr (r. a.) Umar haqlarida bir necha asxobning fikrlarini olgach, u janobni valiahd etarga qaror qildilar. Va kotib-lari Usmon ibni Affonni chaqirib quyidagi vasiyatnomani yozdirdilar:
 «BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM»
Bu Rasulullohning xalifasi Abu Bakr tomonidan dunyoda eng oxirgi va oxiratga esa birinchi qadam qo‘yishi oldidan bergan ahdnomadur. Men sizga Umar ibni Hattobni xalifa etib tayinladim. Agar ishni tuzuk yuritsa va adolat o‘rnida bo‘lsa juda yaxshi. Mening uni haqqida fikrim va bilishim ham shudir. Agarda jabr va zulm qilsa, siyratni o‘zgartsa, javobgarligi menga bo‘lmayajakdur. Chunki men g‘aybni bilmasmen, men bu ishimdan yolg‘iz yaxshilikni istadim. Har kimga o‘zi qilgan amalining jazosi bo‘lajakdur. Zolimlar ne ahvolda tushishlarini kelajakda bilurlar...» degan mazmunda ahdnomani yozdirib, muhr urdirib qo‘ydilar.
Umar ibni Hattobning valiahd tayin etiluvi ba'zi bir xalifalikka umid etuvchi kibor sahobalarga yoqmayajak edi. Xususan Umar ibni Hattobning qattiqqo‘l bo‘lib, yuz xotir saqlamasliklari ko‘pchilik kishilarning qarshiliklariga sabab bo‘lajak edi. Buning ustiga Umarni valiahd tayin etilishi «sho‘ro» asosiga xilof bo‘lganligidan masalani yanada mushkullashtirar edi. Haqiqatda Umarni xalifa tayin qiluv xabari asxob orasida yoyilishi bilan xalq o‘rtasida turli mish-mishlar tarqala boshladi. Hatto ba'zi bir kibor asxoblar Abu Bakr oldilariga kirib bu to‘g‘rida raddiya berdilar.
Talxa ibni Ubaydulloh bir necha kibor asxoblari bilan kirib: «Umar ibni Hattobni shu qadar qatiqqo‘lligini bilib turib xalifalikka o‘zingizdan so‘ng tayin etibsiz. Agar bu to‘g‘rida Rabbingiz sizga savol bersa, ne deyajaksiz?» dedilar. Abu Bakr (r. a.) bularning raddiyalariga ahamiyat bermadilar. Talxa ibni Ubaydullohdan hech ham achchiqlanmay: «Meni Olloh birla qo‘rqitmoqchi bo‘lasizmi? Men unga: «Sening yaxshi bandangni tayin etdim», deb javob beraman. Boshqalarga ham ushbu gapimni eshitdirib qo‘yinglar», dedilar. Abu Bakr (r. a.) o‘zlaridan so‘ng xilofat masalasida ba'zi bir nomatlub voqealar yuz berajagini sezganlari sababli xalifani tayin etish fikrlaridan qaytmadilar. Umar ib-ni Hattobda bo‘lgan davlat siyosatini yurgizuv iqtidorini bilganliklari tufayli ba'zi bir asxobni bu ishdan norozi bo‘lganliklarini nazarga olmay o‘z ra'yilarida sobit qoddilar. Abu Bakr o‘zlarining qattiq kasalliklariga qaramay xalq o‘rtasida ta'sir ko‘rsatadigan bir xutba o‘qidilar. Minbarga ko‘tarilib masjidda xaloyiq o‘rtasida o‘zlarini xalifalik mansabiga kishi tanlashlikda aslo xatoga yo‘l qo‘ymaganliklarini, balki xalqning manfaatini ko‘zlab ish tutganliklarini, asxob oralaridan davlat siyosatini yurgizishlikka eng iqtidorli kimsa tayin etilganini, valiahd tayin etilgan kishi o‘zlarining qarindoshlari bo‘lmaganliga sababli bu ishni qarindosh-urug‘chilikka tortishuv deb baholamasliklarini bayon etib, Umar ibni Hattobning xalifaliklariga rozi bo‘lishga va itoat etishlikka chaqirdilar. Xalq qoshida favqulodda nufuzga ega bo‘lgan va ehtirom qozong‘an, ko‘ngillarga muhabbati naq o‘rnagan bu buyuk. zotga qarshi chiquvchi biror kimsa-da bo‘lmadi.
Umar ibni Hattobni valiahd tayin etilishiga kibor asxobni kayflarini ketgazganiga ushbu quyidagi voqea ochiq misol bo‘la oladi.
Abu Bakrning so‘nggi kunlarida ahvollaridan xabar olmoqlik. uchun bir necha sahobalar bilan birla Abdurahmon ibni Avf oldilariga kirgandilar. Xalifaning bu vaqt kayfiyatlari anchagina tuzuk edi. Abdurahmon kiribok, xalifaga qarab, «Ahvolingaz nechuk, men sizni tezda sog‘ayib ketasiz degan umiddaman», dedilar. Abu Bakr bunga javoban «Mening ahvolim juda og‘ir. Sizdan ko‘rgan narsalarim esa kasalimdan ham og‘irroqdur. Men eng or-tiqrog‘ingizni xalifa tayin etdim, Xalifalikni har biringiz o‘zingizga olmoqchi bo‘lib bunga kayfingiz ketdi, Sizga dunyo iqbol qildi, tezda ipak kiyimlar kiyasiz, ipak ko‘rpalarda yotasiz. Ollohga qasam kchib aytamanki, sizni hech bir jinoyatga qo‘l urmay bo‘yningazning chopilishi dunyo lazzatiga cho‘muvingizdan or-tiqroqdur», dedilar. Abdurahmon ibnk Avf bu gaplarni eshitgach, xalifaga: «O'zingizni bunday ishlar bilan diqqat qilavermang, bo‘lmasa kasalingiz yangidan kuchayib ketadi. Xalq sizning haqqingizda ikki fikrda bo‘ldi, bir firqa bu xususda sizning fikringizda - bu ishingizdan mamnun va rozi bo‘ddilar. Ikkinchi firqa esa sizga karshi kelib o‘z fikrini so‘zladi va maslahat berdi. Sizning yo‘ldoshingaz haqida yaxshilikdan boshqa narsa bilmaymiz. Sizning bu qilgan ishingizdan yaxshilikdan boshqa narsani o‘ylagansiz deb gumon etmaymiz. Siz doimo solih. va muslix bo‘ldingiz. Dunyoda qilgan hech bir ishingiz uchun kuyinishga sizga yo‘l yo‘q», dedilar. Buning uzriga xalifa: «To‘g‘ri, men yolg‘iz mana shu ishlar uchun kuyunaman, men qilgan uch ish bor. Koshki shularni qilmagan bo‘lsam edi. Uch narsa bor. shularni qilgan bo‘lsam edi. Uch narsani Rasulullohdan so‘ragan bo‘lsam edi: Ali menga urush e'lon qilgan bo‘lganlarida ham uylariga bormagan bo‘lsam edi. Saqifa kuni Abu Ubayda yohud Umarga bay'at berib o‘zim vazirlik mansabida qolgan bo‘lsam edi. Fujoatul Sulamiyni yondirmayincha o‘ldirtirmagan yoki ozod etgan bo‘lsam edi. Ash'as ibni Qaysni ozod etmay o‘ldirtirgan bo‘lsam edi. Chunki men uni yaxshi odam bo‘lib ketishiga aslo ko‘zim yetmaydi. Xolid ibni Validni Shomga yuborgan vaqtimda Umar ibni Hattobni Iroqga yuborgan bo‘lsam erdi. Bunda ikki qo‘lni barobar Olloh yo‘lida uzatgan bo‘lurdim. Rasulullohdan, o‘zlaridan keyin xalifalik kimga tegishli bo‘lishini so‘ragan bo‘lsam edi. Bu vaqt nizoga o‘rin qolmasdi. Ansorni xalifalikka haqqi bormi yoki yo‘qligini so‘ragan bo‘lsam edi. Inining singlisi birla amakining merosin so‘ragan bo‘lsam edi. Chunki bu ko‘nglimda bir qadar g‘ashlik bor», dedilar.
Mana bu gaplar xalqni Umar haqlarida ikki turli fikrda bo‘lganligini ko‘rsatadi. Faqat Abu Bakr (r. a.) vafot etib, Umar (r. a.) bay'at oluvga o‘ltirganlarida biror qarshi chiquvchi kimsa topilmadi. Bu narsa Abu Bakrning xotirlarini saqlov va u janobga ehtirom yuzasidan bo‘lgandi. Hazrati Umar valiahd tayinlangan chog‘da bir qadar kimsalar norizo bo‘lgan bo‘lsalarda, ammo xalifalik mansabida yuritgan adolat siyosatlari tufayli oxiri hammalari Umardan bag‘oyat minnatdor va rozi holda bo‘ldilar. Umardan keyingi xalifa saylov vaqtida Abu Bakr va Umarlar yurgan yo‘ldan yurishlikni shart etiluvi buning eng ochiq isbotidur.
Umar (r, a.) xalifalik davrlarida shunday adolat bir tarzda hukm yurgizganlari sababli sharqu g‘arb tarixchidari tomonidan dunyoda eng adolatli, to‘g‘ri ijro etgan hukmdor sanaladi.
Abu Bakrning ahvollari og‘irlashib qolganidan keyin qizlari Oyisha (r. a,)ni chaqirib hujralarida qabr uchun joy hozirlamoqqa vasiyat etdilar. Ustlaridagi ikki qavat kiyimlarini yechib shunga, uchinchi qavat bir kiyimni qo‘shib kafan qilishga buyurdilar. Oyisha onamiz «Ey, ota, hozir biz boymiz, yangi kafan olib kafanlatsak ham bo‘ladi-ku», deganlarida, Abu Bakr «yangi kiyimga mendan ko‘ra tirik-lar muhtojrok», dedilar. Yuvishlikni xotinlari Asmo bintu Umaysga vasiyat qildilar. Yordamga o‘g‘illari Abdurahmonni olishni buyurdilar. Baytulmoldan olingan narsalarni o‘z kissalaridan to‘lashga amr etdilar. Mollaridan beshdan birini hayrot yo‘llariga sarf etishlikka buyurdilar, Vafot etgan kunlaridan kechiktirmay darhol dafn etarga amr qildilar. Abu Bakr mazkur kasallaridan shifo topmayincha 13-yil-ning jumodil oxir oyining 21-kuni dushanba shom bilan hufton o‘rtasida fano olamidan tinchlik ila baqo olamiga rohat bilan safar etdilar. Bu melod hisobiga 634 yil avgustga to‘g‘ri keladi.
U janobning oxirgi so‘zlari: «Ey Rabbim, meni musulmon etib o‘ldirgin va solihlarga qo‘shgii» degan duolari bo‘ldi. Vasiyatnomaga binoan Asmo bintu Umays Abdurahmon yordamlarida yuvdilar, uch qavat kafanga kafanlanib minbar masjid orasiga qo‘yilib, hazrati Umar tomonlaridan janoza o‘qiddi. Qabrlariga Umar, Us-mon, Talxa va Abdurahmon ibni Abu Bakr tushdilar. Janoza o‘qilib dafn etilgan kun ham dushanba kechqurun edi. U janobning hukmdorlik davrlari ikki yilu uch oy davom etdi.
Abu Bakrning vafot etuvlari Rasulullohning vafotlari kabi asxobi kiromga favqulodda qattiq ta'sir etdi. Butun Madina qayg‘u va dahshat ichida koldi. Ushbu vaqt Abu ibni Ali Tolib yoshlariga belanib yugurib kelib Abu Bakrning eshiklari oldida to‘xtadilar va u janobning fazl va sifatlarin bayon etuvchi ushbu xutbani so‘zladilar:
«Ey Abu Bakr, Olloh seni rahmat etsun, sen hammadan avval Islomni qabul qilgan, imoni eng eski, ishonchi eng aniq kishi eding. Sen Rasulullohga eng mulozim, xulk va fazl hamda siyrat jihatdan eng yaqin, ahl Islomni himoya etuvchi kishi eding. Butun xalq Rasulullohni yolg‘onga chiqarganda, sen uni tasdiq etding. Xalq izo yetkazganda, sen yordamga shoshilding. Xalq o‘ldiradigan vaqtida sen u bilan birga bo‘lding. Olloh seni o‘z kitobida Siddiq deb atadi. Sen ahli Islom uchun bir tayanch, kofirlar uchun balo va musibat eding. Sen yo‘lingda hech birda adashmading, senga za-iflik va qo‘rqoqlik aslo yo‘l topaolmadi. Sen go‘yoki subutda salobatli tog‘dek eding. Sen Rasululloh aytganlaridan badaning zaif, dining quvvati, tavozuli, Olloh qoshinda ulug‘, mo‘minlar qoshinda buyuk va qudratli eding. Senga hech kim biror xususda tama' etolmasdi. Kuchli va kuchsiz sening qoshingda barobar edi. Kuchlidan kuchsizning haqqini olib berganga qadar kuchli sening qoshingda kuchsiz sanalardi. Kuchsiz esa kuchli sanalardi. Olloh sening ajringdan bizlarni mahrum qilmasun. Sendan so‘ng bizni adashtirmasun...»
Umar ibni Hattob ham Abu Bakr yonlariga kirib qisqa, ammo g‘oyat mazmunli bir nutq irod etdilar. «Ey Rasulullohning xalifasi, sen o‘zingdan so‘ng xalqqa goyat og‘ir yuk yuklading. Senga yetish qayoqda, sening ortingdan boruvga bizga mumkin bo‘lmayajak!»
Abu Bakrga marsiya o‘laroq Ummul mo‘‘minin Oyisha va boshqalar tarafidan xutbalar so‘zlandi. Xison kabi buyuk so‘z ustalari tomonidan sherlarda tartib etildi. Biroq Ali ibni Tolibning so‘zlagan g‘oyat balog‘atli xutbalari oldida bularni so‘zlab o‘ltirishga hojat qolmaydi.
 
Nom: Re: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v va xalifalar haqida bitiklari.
Yuborildi: Muhammad Amin 26 Dekabr 2007, 11:16:26
XULOSA

Dunyodan ne-ne nomdor hukmdorlar, fotihlar, sohibqironlar o‘tdilar. Ular hayotlari davomida qancha-qancha ishlarni amalga oshirgandek bo‘ldilar. Hatto ba'zilari yer yuzidagi mamlakatlarning juda katta qismini o‘z qo‘llari ostida birlashtirishga muvaffaq bo‘laoldilar. Qancha-qancha qasrlar, saroylar, muhtasham imoratlar barpo qildilar. Kishilarni hanuz hayratga soluvchi mo‘‘jizakor imoratlarini qurdirdilar. Dahshatlaridan o‘z davrlarida olam titradi. Biroq, zamonlarning o‘tishi bularning barchasini kishilar dilidan birin-ketin chiqarib tashladi. Hech birlari mana shunchalik boylikka, hashamga ega bo‘lganligi bilan kishilar dilini o‘zlariga rom qilaolmadilar.
Zero, tutayotgan ishlari, siyosatlari ko‘pincha havolari amriga itoatan bo‘lardi. Adolatni o‘z o‘lchovlari bilan o‘lchardilar. Haqqoniyatni o‘z ra'ylari bilan ifodalardilar. Mana shu tufayli bo‘lsa kerakki, ular vafot topishlari bilan nom-nishonlari ham vafot topib ketdi. Hech kim ularni dilida muhabbatla yod etmaydi. Zero, ular haqiqiy adolat va haqqoniyatni asl manbaidan o‘rganib, uni xalq orasida og‘ishmay amalga oshirish o‘rniga hoyu havaslarga ko‘milib, havolariga qulga aylanib, nafslari buyrug‘ini bajaruvchi xor kimsalar edilar. Kishi nafsining domidan ozod bo‘lmay turib hech qachon ozodlik nash'asini surolmaydi. Dunyo hokimiyatini butunlay o‘z qo‘liga kiritgan bo‘lsada, butun olam ahli uning amriga muntazir tursada, biroq o‘zi nafsining domidan o‘zini xalos etolmaydigan bo‘lsa, unday odamni shox emas balki gado deb atamoq savobga yaqindur.
Nafs xohishlarida qutulmoq uchun, nafsni ba'zi bir nodonlar o‘ylagani kabi butunlay mahrumiyatga duchor qilish kerak emas. Bil'aks, uni xohishlarida o‘rtacha darajani topish lozim. Lekin bu o‘rtacha darajani kishi biron bir manbaaga suyanmay turib, o‘z aqli va ilmi bilangina o‘zicha topaolmaydi.
Ilm va falsafada eng yorqin yulduzlar sifatida tanilgan kimsalar ham faqat o‘z aqllariga suyanganlari uchun mazkur darajani belgilashda xatoga yo‘l qo‘ydilar, og‘ib ketdilar. Ularning ilm va mantiqlariga maxliyo bo‘lib ergashgan bashariyat ham ular qilgan xatolari orqasida juda ko‘p jabru-jafolar tortdi. Adashishlar qorong‘uligida darbadar kezadi. Bunday o‘rtacha darajani o‘rganishlik uchun yagona manbaa bu vahiy ilohiy edi. Ya'ni, payg‘ambarlarga ergashishlik ular ko‘rsatgan yo‘lga yurishlik, buyurgan ishlarini qilishlik, ma'n etgan amallaridan to‘xtashlik bilan kishi adolatni, haqqoniyatni topa olardi. Adolat nima ekanligini tushunish uchun, uni amalda tatbiq etish uchun yagona qo‘llanma - bu ilohiy vahiydur.
Ilohiy vahiy esa payg‘ambarlarga yuborilgan bo‘ladi. Demak, qolgan bashar mana shu ilohiy vahiy orqali adolat mezonini bilishga ega bo‘lgan payg‘ambar ko‘rsatmasini o‘rganishligi kerak. O'rganganda ham hech qanday o‘zining ra'yiga yopishib olmasdan, ko‘rsatmani o‘z xohishiga qarab o‘zgartirmasdan to‘g‘ri aql va sog‘lom qalb bilan o‘rganmog‘i kerakdur. Mana shunday sog‘lom qalb bilan payg‘ambar ko‘rsatmasini egallagan Abu Bakr kabi zot dunyoda hukmdorlik davrlarida adolatni asl mag‘zini ko‘rsata olishga muvaffaq bo‘laoldilar. Hukmdorlik ko‘zlarini pardalab, aqllarini hoyu-havas zanjiriga kishanlab qo‘ya olmadi. Negaki, u janob payg‘ambar ko‘rsatmasini qalblariga to‘g‘ri joylab olgandilar, Mana shu ko‘rsatmadan na hukmdorlik davrlarida va na oddiy fuqarolik davrlarida chetga og‘madilar.
Dunyoning maftunkor matolari aqllarini o‘g‘irlab, o‘zlarini orqasidan ergashtiraolmadi. Chunki har bir bosgan qadamlari payg‘ambar ko‘rsatmasiga binoan bo‘lardi. Natija kutilganidek bo‘lib chiqdi. Olam ahli qalbida o‘chmas iz qoldira oldilar. Bularning barchasiga eng avvalo payg‘ambar ko‘rsatmasini dasturil amal qilganliklari bilan erisha oldilar. Demakki, qachon bir millat va shaxs hayot olamida najot muvaffaqiyat yo‘lini tutmoqni istasa, payg‘ambar ko‘rsatmasini o‘ziga asosiy yo‘llanma qilib olishi zarur bo‘ladi. Boshqa shaytoniy shaxslar tomonidan tuzilgan amal dasturlari kishilik jamiyatini ilal oqibatda halokat jariga yetaklab keladi. Va mana shu halokat jariga tashlab yuboradi. Natijada olam sahifasidan nom-nishonsiz o‘chib ketadi. Ba'zi bir davrlarda ko‘zga tashqi tomondan ilgarilab ketganga o‘xshasa-da, ichki tomondan esa zil ketaveradi.
Bahorda ichi tushib qolgan qovun ustidan qaralganda uncha bilinmasada, so‘yilgan paytida suv bo‘lib oqib ketgani kabi, payg‘ambar ko‘rsatmalarini chetga qo‘yib, allaqanday shaxslar tomonidan tuzilgan ko‘rsatmalarni o‘zlariga asos qilib oluvchi millatlar ham mana shu ichi tushgan qovunga o‘xshab qolishadi. Ichi tushgan qovun hech narsaga yaroqsiz bo‘lib boraveradi. Tarix bunday hodisa va voqealardan behisob bo‘lib o‘tganligiga guvohdir. Tarix bizga ibrat bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa biz ham ibrat bo‘lib qolamiz. Kelajagamizga achinsak, avlodlarimizga muruvvat ko‘rsatmoqni istasak, g‘aflat uyqusidan uygonmoqligimiz kerak. Ungu so‘lga ibrat nazari bilan boqib domiga tortayotgan jarlikdan qutulish chorasini shoshilinch ravishda topishimiz darkor. Chora esa yagona, u ham bo‘lsa payg‘ambar ko‘rsatmalaridur. O'tmish bobolarimiz mana shu ko‘rsatmaga amal qilishib yuksak fazilat cho‘qqilarini egallashgan ekan. Oliy insoniy sharafni butun olamga namuna tarzda ko‘rsata olishgan ekan. Bizlar ham qachon shunday oliylikni istasak, sharaflikni istasak, o‘shalar amal qilgan dasturga amal qilishimiz zarur bo‘ladi.
Ey rabbimiz, bizga mana shu ko‘rsatpsh yo‘lingda yurishlik paytida yetgan qiyinchiliklarga sabr ato etgan! Oyoqlarimizni haqiqatga yetaklovchi haq yo‘lida barkaror aylagin! OMIN!!!