forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Robiya 29 Avgust 2007, 12:50:51

Nom: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2007, 12:50:51
"œMaqomoti Shohi Naqshband "da silsilai sharif darj qilingan.Quyida shu silsilai sharifga kirgan zoti shariflar nomlarini keltiramiz.Zero bu tariqat boshida payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom turganliklarini va qolgan tariqat pirlari vazifasi esa ehyos-sunna, ya’ni payg’ambar sunnatlarini qayta tiriltirish ekanligini doimo yodda tutmog’imiz darkor.Silsilai sharif budir:

Bahouddin Naqshband   
       Hazrat Mir Kulol   
     Xoja Muhammad Boboyi Samosiy   
     Xoja Ali Rometaniy   
     Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy 
     Xoja Orif Revgariy
       Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy 
      Yusuf Hamadoniy
      Shayx Abu Ali Farmadiy 
    Abul Qosim Gurgoniy "¦
  Shayx Abul Qosim Gurgoniy nisbatlari botin yuzasidan ikki yo’l bilan silsilaga bog’langandir.       
  1.Abul Qosim Gurgoniy     
   Shayx Abulhasan Xaraqoniy 
      Boyazid Bastomiy   
   Hazrat Imom Ja’far Sodiq"¦
  O’z navbatida Imom Ja’far ham ikki yo’l bilan silsilaga bog’langan.(bu ikki xalqa quyida keltirilgan.)
  2. Abul Qosim Gurgoniy
       Abu Usmon  Mag’ribiy
           Abu Ali Kotibiy   
      Abu Ali Rudrobiy   
    Junayd Bag’dodiy   
     Shariy Saqtiy
       Ma’ruf Karxiy
       Dovud Tahiy 
        Habib Ajamiy 
       Hasan Basriy   
      Hazrat Ali raziyallohu anhu 
   Muhammad Mustafo salollohu alayhi vasallam.
 Ushbu ro'yxatning dastlabki yetti piri murshidlarining qadamjolari Buxoro viloyatida joylashgan(Bahouddin Naqshband, Hazrati Mir Kulol(Kogon tumanida),Xoja Boboyi Samosiy, Xoja Ali Romitaniy(Romitan tumanida),Xoja Anjir Fag'naviy(Vobkent tumanida),Xoa Orif Revgariy(Shofirkon tumanida),Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy(G'ijduvon tumanida) ).Ular musulmon olamida "Yetti pir" nomi bilan mashhur.
Hazrati Imom Ja’far :
  1.Hazrati Imom Ja’far 
        Imom Muhammad Boqir 
       Imom Zaynulobidin   
      Imom Husayn 
       Hazrat Ali raziyallohu anhu   
         Muhammad Mustafo salallohu alayhi vasallam.(Silsilatuz zuhhob, ya’ni oltin xalqa a’zolari)
  2.Hazrati Imom Ja’far   
     Qosim ibn Muhammad bin Abu Bakr Siddiq   
      Salmoniy Farsiy   
     Abu Bakr Siddiq   
    Muhammad Mustafo salollohu alayhi vasallam.   
  Olloh nasib etsa yuqorida keltirilgan zoti shariflar haqida o'qiganlarimni, ular haqidagi ma'lumotlarni forumga kiritaman.Dastlabki ma'lumot  Hazrat Bahouddin Naqshband haqida bo'ladi.Kamchiliklarimiz bo'lsa, oldindan ma'zur tutasizlar.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2007, 16:51:50
      Naqshbandiya tariqatining asoschisi "œBaho ul - Haq"(Haq taoloning nuri), "œBaho ud-din"(Dinning nuri) kabi faxriy unvonlar bilan mashhur buxorolik shayx, so’fiy Muhammad ibn Muhammad Naqshband Buxoriy(1318-1389)dirlar.U kishi Xoja Yusuf Hamadoniy,Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy ta’limotlari negizida Naqshbandiya tariqatiga asos solganlar.Naqsh soluvchilik bilan shug’ullanganliklari uchun u kishiga "œNaqshband" laqabi berilgan.Naqshband deyilishlariga ikkinchi sabab shuki, Hazrat Bahouddin muborak qo’llari bilan "œLo iloha illalloh, Muhammadur rasululloh" kalimasini matoga zar(tillo) ip bilan tikib, qiblaga osib qo’yganlar va unga qarab zikr qilganlar.Shunda undan ilohiy nur taralaib, qalblariga naqshday o’rnashib qolgan.Shu sababdan "œNaqsh band bar dil band" — Alloh nomini dilingda naqsh qil, - deyiladi Naqshbandiya tariqatida.
   Ular Qur’oni Karim, Hadisi sharif, payg’ambar alayhissalom va sahobai kiromlarning sunnatlariga doimo amal qilib, uni tiriltirish( "œihyo us - sunna") ni asosiy maqsad qilib olganlar.Imom A’zam mazhablari,Abu Mansur Moturidiy aqidalari,Imom Buxoriy va ulug’ muhaddislar rivoyat qilgan kitoblarga tayanib, o’z ta’limotlarini yaratganlar.
    Alloh zikrini baland ovoz bilan (jahriy zikr) aytish oldingi tariqatlarda mashhur va ma’ruf edi/Naqshbandiya tariqatida zikr birov eshita oladigan darajada baland ovoz bilan aytilmaydi.Chunki Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladiki: "œRabbingizga zorlanib va xufyona(ovozsiz) duo qilingiz!"(A’rof surasi, 55-oyat.)
     Payg’ambar alayhissalom aytadilar: "œYashirin(xafiy) zikr baland ovozda aytiladigan(jaliy) zikrdan afzal".
     Shuning uchun xafiy zikr(qalbdan yashirin aytish) riyosiz.Qalb doimo Allohning zikri bilan band bo’lishi bu oyati karima va hadislarga amal qilishning asosiy maqsadlaridandir.Shu sababdan Naqshbandiyada 11 muborak rashha(insonlar hayot tarzini belgilab beruvchi muborak ilohiy hikmatlar)ga amal qilish tariqatning mohiyatini tashkil qiladi.Bundan tashqari, Naqshbandiya tariqati quyidagi 4 asosga qurilgan:
     1.Shariat bilan zohirni poklash;
     2.Tariqat bilan botinni poklash;
     3.Ma’rifat bilan Allohga yaqin bo’lish;
     4.Haqiqat bilan Allohga erishish;
      Har bir rashha zamirida oyat va hadislar mavjud bo’lib, ushbu rashhalar shularga asoslangandir.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 14 Sentyabr 2007, 12:17:45
      Ular quyidagilar:
1."œHush dar dam"(Aql qalbda, nafasda) Nafasning asli qalb.
Ichimizdan chiqqan har bir nafas g’aflat bilan emas, balki hushyorlik bilan va huzur baxsh etib chiqsin.Ya’ni nafas chiqqanidan to kirguniga qadar Alloh yodi bilan bo’lsin.
"œHush dar dam" rashhasini Alisher Navoiy quyidagicha tarannum qilganlar:
Damingdin yiroq tutmagil hushni
Ki yuzlanmagay har dam ofat sanga.

2."œNazar dar qadam"(Nazar qadamda) Bundan maqsad Allohga gunohkor bo’lishga undaydigan yo’lga qadam bosmaslik, undan yurmaslik,o’ylab qadam tashlash.Alloh taolo aytadi:
"œAxir yuz tuban(yerga qarab) yuradigan kimsa Haq yo’lni topuvchiroqmi yoki tik holda to’g’ri yo’lda yuradigan kishimi!?"(Mulk surasi,22-oyat.)
        Har qadamda Allohni esdan chiqarmasdan qilgan ishlari uchun hisobot berish.
            Nazarni qadamdin yiroq solmagil,
            Bu yo’l zamin gar bo’lsa rag’bat sango.(A.Navoiy)

      3."œSafar dar Vatan" (Safar Vatanda) — solikning bashariy sifatlardan malakiy sifatlarga, yomon sifatlar(kibr,hasad,ujb,riyo,baxillik)dan yaxshi sifatlar (muhabbat, ixlos,to’g’ri so’zlik,e’tiqod)ga safar qilishi, ko’chishi;O’z Vatanida turib,fikran dunyo kezishi.
      Alisher Navoiy aytadilar:
            Vatan ichra sokin bo’lib soyir o’l
            Safardin agar bo’lsa mehnat sanga.

     4."œXilvat dar anjuman"(Xalq ichida yurib, yolg’iz bo’lish) ya’ni tashqi tomondan xalq bilan va ichki tomondan Haq bilan bo’lish;
O’zi xalq ichida bo’lsa ham,xilvatda o’tirgandek fikru zikri Alloh bilan bo’lishi;
     Hadisi qudsiyda Alloh aytadi: "œKimki xalq ichida bo’la turib Meni zikr qilsa, Men uni ulardan ham yaxshiroq kishilar orasida zikr qilaman";
     Xalq bilan aralashib,suhbatda bo’lib,ularning dardlariga sherik bo’lish,Alloh taolo roziligi  yo’lida xalqqa xizmat qilish.Naqshbandiya tariqatida xilvat ko’p targ’ib qilinmaydi.
A.Navoiy ta’kidlaganlaridek:
             Desang xilvatim anjuman bo’lmasun,
       Kerak anjuman ichra xilvat sanga.
Ushbu to’rt rahshaga Xoja Yusuf Hamadoniy asos solganlar.     

           5. "œYod kard"(Esga olish) — qalb-dilni bir lahza bo’lsa ham Alloh zikridan g’aflatda qoldirmay,Allohdan ogoh bo’lib,uni zikr qilish,ya’ni "œDast ba koru dil ba Yor"(Qo’ling mehnatda diling Ollohda bo’lsin)
      Alloh taolo aytadi:
"œUnutgan vaqtingizda (yodingizga kelishi bilan) Rabbingizni zikr qiling".(Kahf surasi,24 oyat);
            Til bilan zikr qilishdan dil bilan zikr qilishga o’tish.
      6. "œBoz gasht" (Qaytish) Allohga qaytajagimimzni eslash,dilda yana Allohga
qaytish,zikr qiluvchi (zokir) tili yoki dili bilan Lo iloha illalloh — "œAllohdan boshqa iloh yo’q"ni aytganda,buning orqasidan "œIlohiy, anta maqsudiy va rizoka matlubiy"(Ilohi, maqsadim Sensan va talabim rizoligingdir)ni aytish.Chunki "œboz gasht" kalimasi yaxshi yoki yomon fikrlarni inson xotirasidan ketkazib,zikrni xolis qiladi;
       O’limni eslash(robitayi mavtiya),Allohga qaytishni eslash.
       Oyatda aytiladi:
"œAlbatta,biz Allohning mulkimiz va albatta, biz Uning sari qaytuvchilarmiz".(Baqara surasi,156- oyat.)
       Boshqa bir oyatda:
"œHar bir jon o’lim(achchig’i)ni totuvchidir!So’ngra Bizga qaytarilursizlar!".(Ankabit surasi,57-oyat)

       7. "œNigohdosht" (Saqlash) — Qalbdagi fikr va xotiralarni muroqaba qilish;solik hech bo’lmaganda bir-ikki soat yoki undan ko’proq vaqt xotirasini, xayolni boshqa narsalarga yubormasligi,zikr paytida xotirni parishon qilmasligi va boshqani yodga keltirmaslik,Allohning zikridan cjalg’ituvchi narsalarga xotirni yubormasligi.
      Alloh taolo aytadi:
"œKishilar borki,ularni na tijorat ba na savdo(ishlari) Allohning zikridan, namozni mukammal ado etishdan va zakot berishdan chalg’ita olmas".(Nur surasi,37-oyat)

      8. "œYod dosht" (Zikr etish) — Har lahza Haq taolodan xabardor bo’lish;doimiy ravishda Allohni yodda tutish.Alloh taolo aytadi:
"œBas, Meni yod etingiz,Men ham sizlarni yod eturman".(Baqara surasi,152-oyat.)
       Yana bir oyati karimada aytiladi:
"œRabbingizni ichingizdan tazarru va qo’rqinch bilan hamda gapirganda ovozni ko’tarmasdan ertayu kech zikr (yod) eting".(A’rof surasi,205-oyat.)
      Bu to’rt rashhaga Abdulxoliq G’ijduvoniy asos solganlar.

      9. "œVuqufi zamoniy" (Vaqt manzili) — Vaqtni g’animat bilib, vaqtdan unumli foydalanish,vaqtning qanchasi savob ishlar bilan va qanchasi gunoh ishlar bilan o’tganini bilish, undan ogoh bo’lish.Agar bandaning vaqti ogohlik bilan, Allohning zikri bilan o’tgan bo’lsa,unda Allohga shukronalar qilish, aksincha, agar faqat g’aflat bilan o’tgan bo’lsa, tavba, istig’for va pushaymon qilish.
      Payg’ambar alayhissalom aytadilar:
"œBesh narsadan oldin besh narsani g’animat bilgin:kekaligingdan oldin yoshligingni,betobligingdan oldin salomatligingni,faqirligingdan oldin boyligingni, o’limingdan oldin tirikligingni,bandligingdan oldin bo’sh vaqtingni".

      10."Vuqufi adadiy" (Hisob-kitob manzili) — adadga, sanoqqa, tartibga rioya qilish.Zikr qiluvchi Lo iloha illalloh — Allohdan boshqa iloh yo’q kalomasini bir nafasda 3 marta yoki 7 marta yoinki 9 marta yoxud 21 marta aytishi.Mabodo bir nafasda bu adaddan ko’proq zikr ayta olsa, o’shani toq qilib tugatishi.Zikr aytishda toqlikka amal qilisj lozim.
       Payg’ambar alayhissalom aytadilar:
"œAlloh toqdir.Toqlikni sevadi".

      11. "œVuqufi qalbiy" (Qalb manzili) — buning ikki ma’nosi bor.birinchisi — zikr qiluvchining qalbi Haq taolodan ogoh va voqif bo’lishi.Ikkinchisi — zokir o’z qalbidan voqif bo’lishi.
      Alloh taolo "œAnfol" surasining 24-oyatida:
"œBilib qo’yingizki, Alloh inson bilan uning dili(o’rtasi)da "œparda" bo’lib turadi, ya’ni Alloh shu qadar insonga yaqindir."
      Qalb Allohning zikri bilan taskin topishi to’g’risida Alloh taolo marhamat qiladi:
"œOgoh bo’lingizki, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur".(Ra’d surasi,28-oyat)

      Ushbu uch rashhani Hazrat Bahovuddin Naqshband qaddasallohu sirrahu qo’shganlar.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 14 Sentyabr 2007, 12:19:02
Payg’ambarimiz me’roj tunida arshga yetdi.Jonlardin bir jon yetmish hijob (parda) din o’tib, Alloh taolo birla sirdosh bo’lub, arsh kungirasiga qo’ndi.Payg’ambar alayhissalom aytdi: "œYo rab!Bu na holdur,sen aytgan erding "œSendin so’ng payg’ambar bo’lmas",- deb.Bu na ajib holdur.Sening ila payg’ambarlar kabi sirlashur?" Javobi rabboniy keldikim:
   "œYo Muhammad, ogoh bo’lgin!Sendin so’ng bir valiy kelur.Ani ismi sening isming kabi bo’lur, laqab ismi Bahouddin bo’lur, sening ummatlaringdan yetmish kishiga jannat ila suyunchi berur, dedi"
    Payg’ambar alayhissalom buni eshitib, "œManim ummatlarimdan ulug’lar bor ekan, deb suyundi.Yana Bahouddinni "œImomi rabboniy" derlar, tangri ila sirdosh bo’lgani uchun"
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 14 Sentyabr 2007, 12:19:59
  Aytishlaricha, ilgari Xoja Bahouddinning avliyo ekanligini Buxoroda hech kim bilmas edi.Vaqtiki , uch turli karomat zohir bo’ldi.Shundan so’ng Hojaulhaqq deb ism berdilar.Karomatlarining birisi ul erdiki, bir zamonda Samarqand jamoasindin uch kishi bozirgon (savdogar) bo’lib keldilar.Birisi habbozlik(nonvoylik) qilur edi va birisi do’konda o’ltirur edi va birisi bazzozlik qilur edi.Bir kun Xoja hazratlari g’ayb olamiga borganida habbozga qazo kelurini ko’rdi.Habbozga bordi.Aytdi: "œYo habboz, manga Alloh uchun bir ekmam(non) bergil", - dedi.Habboz bermadi.Yana tavajjuh ayladi.Qazo habbozga yaqin keldi.Yana bordi, so’radi.Bermadi.Uchinchi martaba Xoja ko’p uzr ayladi.So’ngra yorti non berdi.Xoja nonni qo’liga olib, havo yuzina tashladi (osmonga otdi) , aytdi: "œYo habboz, be ekmakni tilamagim o’zim uchun emasdir, balki o’zing uchundir.Havo yuzina qara", -dedi.Habboz qaradikim,bir qora bulut kabi narsa yerga tushmak tilar, ekmak(non) uni tushirmasdin turar.Xoja payg’ambar alayhissalomning hadisini o’qudi: "œSadaqa rasulullohi-l- baloyan ".Habboz yoqasini yirtub, vovaylo ayladi.Borib xojaga murid bo’ldi.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 18 Sentyabr 2007, 15:32:06
           Ikkinchi karomati shulki,bu uch kishi bir tug’ma (tug’ishgan) edilar.Habboz alarning kichigi erdi.Xojaning karomatini og’alariga borib aytdi: "œMen o’luk bo’layin.Meni tobutga solib,Xojaning qoshig’a eltinglar.Agar menga janoza o’qisa, yaqosina yopushing, tirik kishiga nega janoza o’qiysan deb.Bular shunday maslahat qilib, habbozni tobutga solib, Xojaning uyi to’g’risiga keltirdilar.Aytdilar: "œYo, Xoja, janozaga hozir bo’lungiz", dedilar.
     Xoja chiqdi.Janoza o’qib berdi.Do’konchi Xojaning yoqasiga yopishdi. "œTirik kishiga nega janoza o’qursan, o’zing azizlik da’vosini qilursan?", dedi.Xoha aytdi: "œEy ko’zumning nuri, bolam, tobutni qarang".Chun tobutni ochdilar.Habboz o’lib, suyaklari qotib qolibdur.Do’konchi o’zini Xojaning oyoqlari ostiga tashladi, uzrlar tiladi.Endi, duo bilan o’likni tiriltirib bering, dedi.Xoja duo o’qidi.O’lik tirildi.Barcha jamoat Xojaning haq avliyo ekanini bilib, "œHojau- l haq va-d-din" deb ataldilar.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 18 Sentyabr 2007, 15:32:59
      Uchinchi mashhur karomati uldurkim, bir zamonda Buxoro daryosining suvi oz bo’ldi.Oshliq tarig’ni sug’ora olmadilar.Alqissa, Buxoroda yetti yilgacha ocharchilik bo’ldi.Hatto bir hovuch bug’doy bit tilla bo’ldi.Oshiqlar ishqini unutdilar.Xoja bug’doy do’konchisi qoshig’a bordi. "œEy do’konchi, menga bir hovuch bug’doy bergil, sotib olayin", - dedi.Do’konchi aytdi: "œOqchang bormu?"Xoja aytdi: "œOqcham yo’qdur.Ammo dastor ila jubbamni berurman".Do’konchi Xojaning dastori va choponini oldi.Bir hovuch bug’doy berdi.Xoja ul bug’doyni olib, uyiga keldi.Xojaning Ahmar ismli bir devonasi bor edi.Uni chaqirib, ikkalasi dalaga bordilar.Xoja o’zini ho’kuz qilib, devonasiga "œMeni qamchi bilan uring, bug’doy ekamiz", dedi.Devona Xojani qamchilay boshladi.Xoja Bahouddin dalada yugurib, boyagi bir hovuch bug’doyni sepa boshladi.Orqalariga qarasalar, Xoja o’tgan yerlarda bug’doy unib, yetilib,xirmon tog’day bo’lubdir.Xoja "œXalqni chaqirsang, bug’doydan nafaqa olsun", dedi.Devona xalqni chaqirdi, ularga bug’doy ulashdi.Aytishlaricha, Xoja Bahouddin shu kuni kechasi bu olamdan o’tgan ekan.

Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 25 Sentyabr 2007, 11:52:26
  Bahouddin Naqshband dastlabki ta’limni Bobo Samosiy va Hazrati Amir Kuloldan olganlar.
  Bobo Samosiy va Amir Sayyid Kulol yosh Bahouddinga oxiratdagi abadiy hayotning ma’nolarini,bu dunyo va u dunyodagi ruhiy,ma’naviy,ilohiy qadriyatlarini, tushuntirdilar.
  Xoja Bahouddin bir kun xilvatdagi pinhoniy zikr chog’ida joynamozi ustida shayx Azizon(Romitaniy)ning kulohi paydo bo’lib qoldi.Shayx Azizonning mazkur kulohini kiyib,duolar o’qiganida bemorlar har qanday darddan shifo topib ketar edilar.
  Manoqiblarda yozilishicha, Xoja Bahouddin qirq kunlik xilvatda toat-ibodat qilib o’tirganida shunday mo’jiza ro’y bergan.Xojaning ko’ziga Turkiston mashoyixlaridan Sulaymon Boqirg;oniy(Hakim ota) ko’ringan.Hakim ota asli xivalik bo’lib,umrining oxirida Oqqo’rg’on qishlog’iga kelib qolgan.Alqissa,Hakim ota Bahouddinga ko’rinib aytganki, "œBundan buyon tarbiyat,tahsil uchun darvesh Xalil qoshiga safar qil,uning yo’lidan borgil".Shunday deb Hakim ota yoniga darvesh Xalilni chaqirib, Bahouddinni unga tanitgan.Bu g’aroyib uchrashuvni Xoja Bahouddin bobosiga gapirib berganda, u nevarasiga : "œBo’tam,senga azizlik va avliyolik Turkiston shayxlaridan kelur", degan.Shundan so’ng Bahouddin darvesh Xalilni izlab topib,unga murid bo’lib,bilim olishni davom ettirgan.
  Yettisuv tomonlarda hukmronlik qilgan sulton Xalil saroyida xizmat qilgan yillari Bahouddinga bilim,ma’rifat tahsiliga keng yo’l ochildi.Bahouddin saroy kutubxonasidagi juda ko’p nodir kitoblar,qo’lyozmalar bilan tanishib chiqdi.U "œAnal-haq" degani uchun oyoq-qo’li chopilgan Mansur Xalloj, Abu Homid G’azzoliy,Ahmad Yassaviy,Ibn Arabiy asarlarini katta e’tibor bilan o’rgandi.
Sharqda Ibn-Arabiyning "œFutuhoti - Makkiya" asari mashhur bo’lib,xudoyi-taolo qudrati va mo’jizalarini,ilmi g’ayb sirlarini faqat valiy odamlarga ochuvchi qomusiy asar hisoblanadi.Mazkur asarda Ibn Arabiy Haq-taologa yetishishning manzillari va maqomlari haqida yozadi.Uning ta’lim berishicha, Haq-taologa yetishish yo’llarida 19 maqom,360 manzil va karvonsaroy bor.Manzillardan biri — ishonch, ikkinchisi — sabr; uchinchisi — itoat; to’rtinchisi- shukr qilmoqdir.
  Shu asarda Ibn Arabiy tasavvufning ikki qutbi — al-fikr va al-zikr haqida gapiradi.Ibn Arabiy fikricha, Iblis Xudoning dushmani ham,do’sti ham emas,Iblis faqat insonga dushmandir.Muso payg’ambar bilan olishgan Fir’avn ham Xudoning dushmani emas.Ibn Arabiyning shunday ziddiyatli fikrlari ko’p olimlarnmi o’ylantirib,sarosimaga soldi.
  Xoja Bahouddin bunday murakkab,ziddiyatli mulohazalarning qayerdan kelib chiqqanligini bilishga urindi.Va shunday xulosaga keldiki, dilida doimo Allohni yod etib yashaydigan odamlarga Iblis zarar yetkazolmaydi.
  Yosh Bahouddin payg’ambar Muhammad SAVning yolg’iz Xudodan boshqa hech qanday rahbari yo’qligini eslab sulton Halilga xizmat qilishdan voz kechdi.U saroyni,hashamatli hayotni tark etdi.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 04 Oktyabr 2007, 15:09:41
Shohona pushti-panohi sulton Xalil saroyini tark etgach,hazrat Bahouddin shogirdi bilan Buxoroga keldi va Rivortun qishlog’ida manzil tutdi.
 Kechalari Bahouddin g’ayb olamiga kirib,Buxoroi sharif atrofidagi aziz-avliyolarning mozorlarini aylanib yurar,ko’ngliga ilohiy o’ylar kelar edi.Ana shunday kechalardan birida g’ayb olami ahllari bilan qanday uchrashuv yuz berganini Bahouddinning o’zi keyinchalik shogirdlariga hikoya qilib bergan edi.Shu kechasi uning ko’ziga foniy dunyodan ketgan aziz-avliyolarning pirlaridan biri Abdulxoliq G’ijduvoniy shogirdlari va ashoblari davrasida taxtda o’tirgan holda namoyon bo’ldi.Va ul zot shu kecha Bahouddinga ilmi g’ayb sizlarini o’rgatib, so’fiylarning zikri "œavvali,o’rtasi,oxiri" qanday bo’lishini tushuntirdi.
 Mazkur g’oyibot ahli bilan tungi ko’rishuv manzarasi Bahouddin taqdiriga katta ta’sir o’tkazdi,kelgusi yo’lini ravshanlashtirdi.Shuningdek,Abdulxoliq G’ijduvoniy unga haqqa yetishish yo’llarida yashirin zikr marosimi sirlarini o’rgatdi. Bahouddin bu bashoratni shukronalar bilan qabul qildi.U toat-ibodatni hamma oldida emas,ko’nglida,hammadan xilvatda bajarish zarur,degan xulosaga keldi.
  Bir qancha vaqt mazkur qishloqda yashab,ruhan quvvat topgan Xoja Bahouddin ko’nglida makka ziyoratiga va Madinaga,payg’ambar qabrini ziyorat qilish,Mag’rib va Mashriqdagi aziz qadamjolarni ko’rib kelish istagi tug’ildi.Bu olis va mashaqqatli safarga Bahouddin bilan birga shogirdlari Muhammad Porso va Alouddin Attor hamroh bo’ldilar.Shayx Bahouddin haj safariga o’zi istagan shaharlari orqali bordi.U dastlab Xuroson shaharlaridan Marv va Hirotni ziyorat qildi.So’ng Nishopurga bordi.So’ng Bag’dod,Damashq, shundan keyin Makkai munavvara va Madinatu-n-nabi ziyoratiga bordi.
  Marvda Bahouddin so’fiylarning e’zozlangan piri Yusuf Hamadoniy mozorini buyuk ixlos bilan ziyorat qildi.U bir hafta davomida ustoz shayx mozori yonidan ketmay,toat-ibodat bilan shug’ullandi.Shundan keyin ham Bahouddin Marvda yana bir necha kun qolishiga to’g’ri keldi.Chunki bu kattakon shaharda Naqshband izdoshlari ko’p ekan. Bahouddin qaysi masjidga namoz o’qishga borsa, o’sha yerga uning ortidan gurra-gurra musulmonlar yog’ilib kelar ekan.Xoja boshqa shaharlarga ziyoratga borganida ham shunday bo’ldi.Bu hol Bahouddinning o’sha vaqtlardayoq shuhrati olislarga yetib borganidan dalolat edi.
  Bag’dodda Xoja Bahouddin shuningdek, butun dunyo so’fiylari ustoz deb hisoblaydigan Junayd Bag’dodiy qabrini ziyorat qildi.
  Haj ziyoratida qandaydir sabablar bilan qurbon hayitga ulgurib kelolmagan ziyoratchilar Makka,Madina,Jidda va boshqa shaharlarda qolib ketadilar va kelgusi qurbon hayitini kutadilar.Shuni bilgan Xoja Bahouddin Mashriq va Mag’ribdagi bir qancha shaharlarni tez-tez ziyorat qilib,u yerlarning kutubxonalaridagi tasavvufga doir asarlar bilan tanishib, shogirdlari Alouddin Attor va Muhammad Porso bilan birga zulhijja oyining yettinchi kuni Makkai mukarramaga yetib keldilar va ziyoratchilar oqimiga qo’shildilar.Ziyoratchilar bilan birga Arofat tog’i etagida tushib qolganlarida Xoja Bahouddin hayotidagi mo’jiza-karomatlardan biri yuz berdi.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 04 Oktyabr 2007, 15:10:42
Xojaning hayotnomasida shu voqea keltiriladi: "œHazrat Bahouddin zulhijja oyining to’qqizinchi kuni Arofat tog’i etagida tabarruk tunni o’tkazib,azonda chehrasi yorishib uyqudan uyg’ondilar.Ba bizga aytdilarki, kamina hazrat Ibrohim xalilulloh siymosini ko’rishga musharraf bo’libmen.Ul hazrat osmondin nur shu’lasi ila men tomonga tushubdur va meni suhbatiga muyassar etibdur.Ibrohim payg’ambarning "œQaysi yurtdan kelding?" degan savoliga hazrati xojam Buxorodin,deb javob beribturlar.Alqissa,Ibrohim payg’ambar aytdilarki,man yuqori osmondan quyi osmonga o’tib,parvoz qilib yurganimda barcha shaharlarga osmondin nur yog’ilur,faqat bir shahardan osmonga nur taralib turar edi.Bu sirning boisini farishta Jabroildin so’radim.Ul farishta aytdiki, osmonga nurini sochib turgan shahar Buxoroi sharifdir.Bul payg’omdin hazrat Bahouddin  ko’ngillari xurram bo’ldi.Shu zahoti surai fotihani o’qib,Ibrohim payg’ambarning barlarini ushlashga musharraf bo’ldilar."
  Qurbon hayitini o’tkazib ziyoratchilar kelgan yurtlariga bir-bir qayta boshladilar.Ammo, Xoja Bahouddin qaytishga shoshilmadi.U yana bir yilcha Madinada, payg’ambar qabri yaqinida manzil tutib,Kalomi sharif — Qur’onni 99 marta xatm qildi.Shundan so’nggina qilgan-qilmagan barcha gunohlariga tavba-tazarru,istig’for aytib,quvvai hofizasini mustahkamlab,ruh,kuch-qudrat kasb etib,muqaddas ma’volar bilan xayrlashdi.
  Xoja Bahouddin shogirdlari bilan Iskandariyaga borib, u yerdagi mashhur kutubxonalarni aylandi.Mag’rib mamalakatlarini kezishdi.Shundan so’nggina Bag’dod,Nishopur,Marv orqali Buxoroga kirish oldidan Qizilqum cho’llarida tunab qoldilar.qadrdon yurtidan ketganlaridan buyon uchinchi marta bahor kelishi edi. Bahouddin shu kecha xufton namozini o’qigach,Buxoroga yaqinlashganiga dili xushnud bo’lib,toshga boshini qo’yib uxlab qoldi.Shu kecha yana Ibrohim xalilullohni tush ko’rdi.Payg’ambar unga oq bulutustida o’tirgan folda ko’rindi.U baland osmondan asta-sekin Bahouddin qoshiga yaqinlashib keldi"¦Taajjubki, Ibrohim payg’ambar qo’lida Ka’badagi Qoratosh parchasi bor edi.Xoja Bahouddin ko’ngli ravshanlashib,Ka’badagi kabi, yana muqaddas Qoratoshga labini bosib tavof qildi va Qur’oni majiddan fotiha surasini o’qidi.Shundan so’ng Ibrohim alayhissalom Xoja Bahouddinga "œKa’ba ziyoratidan nima olib qaytursan?" deb savol berdi.Xoja Bahouddin Ka’ba ziyoratidan tabarruk suv to’la ko’za,tabarruk tasbeh va tut og’ochidan aso(hassa) olib kelayotganini aytdi. Ibrohim alaayhissalom aytdiki: "œQadrdon qishlog’ing Qasri orifonga borganingdan so’ng, onang qabri ustida Alloh tomonidan berilgan valiylik dalolatini olursan!Qabr boshida Qur’on tilovat qilgach,tasbehing donalarini muridlaring-shogirdlaringga bo’lib bergil;ular tariqatingni o’zga o’lkalarga borib yoysunlar.Hassangni hovuz bo’yiga yerga suqib qo’ysang,u ko’klab yaproqlari sening haj safaridan valiy bo’lib qaytganingdan dalolat bergay! "
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 04 Oktyabr 2007, 15:11:37
Qasri Orifongacha  Xoja Bahouddin payg’ambar karommati ta’sirida hayajonga g’arq bo’lib bordi.Ziyoratchi dilida xushnudlik bilan qadrdon qishlog’iga  kelib,to’g’ri onasining qabri qoshiga bordi.Qur’on tilovat qilganudan so’ng onasi qabridagi oqtosh shu zahoti Ka’badagi silliq Qoratoshga o’xshab qoldi.Bu tosh  xudoning karomati bilan Ibrohim payg’ambar osmondan olib tushgan deb hisoblanadi va u hozir ham Xoja BahouddinNaqshband maqbarasining shimoliy tarafiga suyab qo’yilgan.Mahalliy aholi bu toshni Sangi murod deb ataydi.Ibrohim payg’ambar amri bilan hovuz bo’yiga suqilgan hassa o’sib,katta tut daraxtiga aylangan.Asrlar o’tib,tabarruk tut daraxti umri bitib qurigach,hozir xonaqoh oldidagi tosh poydevorga yotqizib qo’yilgan.
  Manoqiblarda yozilisjicha,Xoja Bahouddin umri oxirlaganini sezgach,Buxoroi sharif karvonsaroylaridan biriga borib,holsizlanib yotadi.Joni uzilayotgan lahzada Xoja Bahouddin joynamoz ustida fotihaga qo’l ochib,uzoq o’tirib qoladi va shu alfozda ruhi o’zga olamga yo’l oladi.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 04 Oktyabr 2007, 15:14:03
Mana, Hazrat Bahouddin Naqshband haqlarida suhbatlashdik.Endi,u kishining ustozlari Hazrat Amir Sayyid Kulol haqlarida fikrlashamiz.Sizlar yana qaysi alloma yoki valiy haqida bilmoqchisiz?Shuni yozing,ma'lumotlarni topishga harakat qilamiz.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 07 Oktyabr 2007, 11:11:17
Xoja Mir Kulol — taxminan 1288 yilda tug’ilib,1372 yil marhum bo’lganlar. "œTuhfat az-Zoirin"da Sayyid Mir Kulolning bir yuz o’n to’rtta xalifa (o’rinbosar)lari bo’lgani,ularning yetugi Mavlono Orif Deha-Deggaroniy Xoja Bahouddin Naqshband,Xoja Jamol Dehai Osiyoiy,Shayx Shamsuddin Kulol, Shayx Yodgor Xoja Shayx Darzuniy va Mavlono Jamoliddin Keshiylardir deb yozilgan.
 Mir Kulolning Sayyid Amir Burhon,Sayyid Amir Hamza,Sayyid Amir Shoh, Sayyid Amir Umar ismli farzandlari bor edi.
  Naql qilurlarki,Hazrat Mir Kulol onalari der ekanlar: "œAmir Kulol qornimda ekan nogoh shubhali luqma yutib qo’ysam,ko’kragim ostida shu qadar qattiq og’riq paydo bo’lardiki, hatto hushdan ketayozardim.Keyin ma’lum bo’ldiki, bu hol pokiza farzandim barakotidan ekan".
  Naql qilurlarki, o’z zamonasining ulug’laridan bo’lgan Hazrat Sayyid Ato bilan Hazrat Amir Kulol otalari o’rtalarida do’stlik ahdi barqaror ekan.Bu ulug’ zot har zamonda Buxoroga safar etar asnosi birrov Afshona qishlog’iga ham qo’nib o’tar va bu yerda turg’un bo’lib turgan Amir Kulol padari buzrugvorlari bilan muloqotda bo’lar edi.Odatdagidek kunlarning birida Fazrat Sayyid Ato yo’li Afshona qishlog’iga tushib,Amir Kulol otalariga dedilarki, yaqinda Alloh Taolo sizga bir o’g’il ato qilur,uning ismini Amiri Kalon deb qo’yingiz!Bu farzand xizmati butun jahonni zabt qilur.
   Darhaqiqat, ancha muddat o’tgach, Fazrat Sayyid Ato bashorat qilgan farzand dunyoga keldi va unga Amir Kalon deb ism qo’yildi.(Amir Kalon kulolchilik bilan shuhrat topganlari uchun butun dunyoga Amir Kulol,Mir Kulol nomlari bilan mashhur bo’ldilar).Kunlardan bir kun Hazrat Sayyid Ato Afshona qishlog’iga kelib,qadrdonlari bilan uchrashib,o’sha o’zlari aytgan farzandni yo’qladilar va Amir Kalonni bag’irlariga olib,duo qildilar.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 07 Oktyabr 2007, 11:13:10
Boshqa bir rivoyatda aytilishicha,Hazrat Sayyid Ato ko’chadan o’tib ketayotganlarida o’ynab turgan bolalar orasidan bir bola yugurib kelib,odob bilan salom beradi.Bu Hazrat Amir Kulol edi.Sayyid Ato Hazrat Amir Kalonni qo’llaridan yetaklab,uyga olib keladilar va bag’irlariga bosib,duo qiladiar.So’ng boshlaridagi sallani teng ikkiga bo’lib,birini o’z boshlariga, ikkinchi bo’lagini Hazrat Mir Kalon boshlariga o’rab,u kishini chiqarib yuboradilar.Hazrati Amir ko’chaga chiqib,yana bolalar bilan o’yinga mshg’ul bo’ladilar.Bir soatdan keyin Hazrat Sayyid Ato bolani chaiqirib kelishni buyuradilar.Hazrat Amir Kalon qayta hozir bo’lgach,sayyid Ato haligi teng ikkiga bo’lingan sallani bir-biriga taqqoslab,o’lchab ko’rsalar, bolaning boshidagi salla uch bosh hajmda uzun bo’lib qolibdi.Uch marotaba qayta-qayta o’lchab ko’ribdilar,har o’lchashganda,shu hol takrorlanibdi. Shundan so’ng Hazrat Sayyid Ato mushohada qilib,xitob aylab debtilarki, Amir Kalon martabasi ulug’,hatto mendan ham ziyoda bo’lgusidir!
  Naql qilinishicha, Hazrat Mir Kulol Romitanda kurash tushar,Hazrat Muhammad Boboyi Samosiy esa xayolga botgan holda devor soyasida o’tirib, maydondagilarni tomosha qilib turganlarida mahramlaridan biri so’raydiki: "œEy Maxdum! Bu mardum bid’at ish bilan mashg’ul,siz nega ulardan nafratlanish o’rniga hayratlanib boqib turibsiz?" Boboyi Samosiy: "œEy farzand,bu maydonda bir mard borki,o’zi sayyidzoda bo’lib,suhbatifan barcha komil insonlar bahramand bo’lgusidir.Biz shu mardni kutib turibmiz,zero uning parvozi g'o’at baland,maqomi ham oliydir", - dedilar.Banogoh shu asnoda Mir Kulol nazarlari Boboyi Samosiyga tushib,vovaylo bo’lib, oshufta va oshiq yurak Hazrat Bobo to’riga sayd bo’ladi va maydonni tark etadilar.Boboyi Samosiy Mir Kulolni farzandlikka qabul etib,shu kundan e’tiboran hech kim Hazratni na kurash maydoni va na bozordagi kurashchilar davrasida ko’radi.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 15 Oktyabr 2007, 14:31:06
Naql qilinishicha, Hazrat Amir Kulol yigirma besh yil davomida agar shom namozini Suxorda o’qisalar, xufton namozini esa samosda ado etar,lekin hech kim bu ishdan voqif emas edi.

Naql qilurlarki, Hazrat Amir Kulol ma’rifatga mustag’raq bo’lib, yoronlariga haj etish qissasini bayon qilar,majlis ahli Hazratni hayratlanib tinglardi.Amir ziyorat etish odobi,manzillari va ulamolarning bu xususdagi muxolif fikrlari va yo ittifoqlari,xullas muqaddas haj ziyoratining jamiki ikir-chikirlarigacha bayon etardilar.Shu asno davradagilarning biri ko’nglida shubha o’tadi: "œAxir,Hazrat Ka’batullohga borganlari yo’q-ku!Hech bo’lmasa umrida bir marta Ka’bani ko’rgan kishi bu gaplarni aytsa,boshqa gap".Bir soat o’tar-o’tmas Hazrat Amir tashqariga chiqib,haligi odamning qo’lidan tutib,shunday xitob qildilar: "œEy nodon,ko’zingni och va yuqoriga nazar sol,tomosho qil!".U yuqoriga qarasa Amir boshlari ustida Ka’batulloh jilva qilib turibdi va Amirni tavof qilyapti.Haligi kishi bu holni ko’rib mushohada etgach,Amir oyoqlari ostiga o’zini tashlab,tavba qildi.Amir buyurdilarki: "œEy nodon qay bir kimsaki,o’zida hech vaqo yo’q,boshqalarda ham hech vaqo yo’q deb gumon qilur.Shuni unutmagilki, to haqiqiy (botiniy,qalb ko’zi) ko’z ochilmaguncha hech narsa (haqiqat) ni ko’rib bo’lmaydi."
Ruboiy: Ko’zingni yum,toki ko’zga aylansin ko’ngil,
              Bu ko’z bila endi boshqa jahonni ko’rgil.
              Haq zikriga lang ochginu qalb eshigin,
              Falak tomida ne bo’lsa,so’ng tomosha qil.


Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 23 Oktyabr 2007, 10:11:08
Naql qilurlarki,bir kun Hazrat Amir alayhi rahma o’z ashoblari bilan Hazrat Foyzalanvor mozorlarini ziyorat etgani yo’lga chiqdilar.Ancha yo’l yurganlaridan keyin bir zamon qarasalarki, yo’l ustida bahaybat sher turibti.Amir Kulol darhol sher yoniga borib, bo’ynidan quchoqlab, yo’l chekkasiga chiqarib qo’ydilar.To ashoblar o’tib ketgunlaricha sher yo’l chetida go’yo odam odamga ta’zim qilgandek bo’yin egib turaveribdi.Ashoblar bu holni ko’rib,mushohada etibdilar va Hazratdan so’rabdilarki: "œEy Maxdum, biz ko’rgan bu ishning sharhi nedur?" Hazrat javob berdilar: "œEy yoronlar, shuni biling va ogoh bo’lingki,kim Xudoyi Taolodan ham zohiran,ham botinan qo’rqsa,unday odamdan Xudoyi Azza va Jalla jamiki jonivorlarni qo’rqadigan qilib qo’yadi!"
  Va yana Hazrat Amir dedilarki: "œAlloh Taolo mavjudotni odamdan qo’rqadigan qilib yaratgan va hech bir xilqat odamga hukmron emas.Lekin shart shuki,odam Alloh Taolodan qo’rqib, hech bir jonivorga ozor bermasin.Faqat shundan keyingina odam najot va darajot topgusidir."
  Va Hazrat Amir Kulol yana dedilarki, deylik siz bir serdaraxt boqqa kirdingiz, u yerda son-sanoqsiz daraxtlar ko’kka bo’y cho’zib turibdi,har bir daraxtning behisob shoxlari va har bir shoxning beadad barglari bor va har bitta bargda bittadan qush qo’nib, yangroq va faseh ovoz bilan: "œAssalomu alaykum, ey valiyulloh!" deyishsa, bu qanchalik yoqimli bo’lmasin,siz zinhor bundan g’ururlanmang,shu zahotiyoq ham zohir,ham botiningizda Alloh Taolodan qo’rquv joy olsin.Goho banda Alloh Taolodan shu qadar qo’rqsinki,do’zax faqat men uchun bino qilingan.degan fikr uning qalbida bo’lsin.Va goho Allohning rahmatidan umidvor bo’lib,shodlansin,zero Xudoning nazdida butun olam gunohini mag’firat qilish dushvor emas.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 04 Noyabr 2007, 14:45:07
Naq qilinishicha, Hazrat Amir Kulol foniy olamdan boqiy olamga rixlat qilganlaridan so’ng Makka va Madinadan bir guruh tasavvuf ahli Buxoroga kelib, Suxor qishlog’ini so’roqlabtilar.Ulardan ziyorat sababi so’ralganda, biz Hazrat Mir Kulol diydorlariga musharraf bo’lmoqchimiz, deyishibti.Buxoroliklar Hazrat Mir Kulol vafot qilganliklarini bildirishgainida, ular oh urib, ko’z yosh to’kib, ul zoti muborakning zurriyotlari bormi, hech bo’lmasa o’shani ko’raylik deb so’rashibti. Hazrat Amirning farzandlari: Sizlar Hazrat Amirni qayerdan bilasiz?Axir ul zot umrlarida Makkayu Madinaga safar qilmaganku? — deyishsa, mehmonlar: Biz ham umrimizda birinchi bor Buxoroga kelishimiz,lekin hammamiz Hazrat Amirning muridlarimiz va Makkayu Madinadagilarning barchalari Hazratga bay’at qilganlar va o’ttiz ikki yildan buyon xonai Ka’bani Amir rahbarliklarida tavof etardik.Vale, shu yil Hazrat Amir haj ziyoratiga kelmay qo’ydilar.Biz bu holdan taajjub va xavotirga tushib, Hazratni ko’rmoq va hol-ahvollarini bilmoq umidida Buxoroi sharifga keldik.Afsus Hazrat mahrum bo’lgan ekanlar — deyishibti.
  Mehmonlarni Hazrat Amir Kulol qabrlariga olib borishibti.Ular, ziyorat etib, Hazrat bilan xayrbod qilibtilar.
  Shundan so’ng mehmonlar Makkayu Madinaga qarab ravona bo’lishibti.Azizlardan biri debdikim, vo darig’, Hazrat Amir martabalari onqadar ulug’kim, bu hol hatto Makkayu Madinagacha shoyon, ammo o’z yurtdoshlari bundan bexabar!
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 15 Noyabr 2007, 12:00:10
  Hazrat Amir Kulol naql etarlarki: "œBaxtli va saodatli ul odamlar — Hazrat  Muhammad salallohu alayhi vasallam suhbat va xizmatlariga muyassar, va agar bu nasib etmagan bo’lsa, tobeinlar, ya’ni payg’ambarimiz suhbatlarini olgan sahoblar suhbatiga musharraf zotlardir.Zero tabaa-tobeinlar ham Haq Subhanohu Taolo nazdida buyuk sharafga egadurlar.Va bu jamoat ham marhum bo’lganlaridan keyin xalq orasida turli xil ixtilof paydo bo’lib, marhum bahsu munozara qila boshlaydi va bema’ni da’volar bilan chiqaroq o’zlarini zohid va obid sanab yuradigan bo’ladilar.Illo haqiqat uldurki, Muhammad alayhissalomga ergashgan, sunat ahli mazhabida bo’lgan, jamoat birla yashab, shariat qonunlaridan bir qadam ham chetga oyoq qo’ymaydigan, o’zini haq xizmatiga vaqf, qalbini g’aflat pardasi ozod va muttasil Kalomulloh tilovati ila umrguzaronlik qilganlargina, faqat shunday kishilargina — Alloh Taologa yaqin zotlardir".
 
Shu yerda Hazrat Amir Kulol haqidagi ma'lumotlarimiz nihoyasiga yetdi.Endi yana bir zoti sharif Hazrat Boboyi Samosiy haqida bilganlarimizni e'tiboringizga havola qilamiz.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 05 Dekabr 2007, 15:24:04
Хожа Муҳаммад Бобойи (13-а. охири, А омитан туманидаги Самос қишлоғи -1340/1354) - хожагон-нақшбандис тариқатининг йирик намосндаси, бухоролик етти пирнинг бешинчиси. Хожа Али А омитанийдан таҳсил олиб, унинг вафотидан сснг хожагонлик силсиласини бошқарган. "Силсилаи шариф"да 14-ҳалқанинг пири сифатида келади. У саййид Мир Кулол Бухорийга таълим берган. Бахоуддин Аақшбанд туғилгач, уч кунлик чақалоқни маънавий фарзандликка қабул қилиб, шогирди Мир Кулолга Баҳоуддин тарбисси б-н шуғулланишни топширган. С. ҳақида "Мақомати Мир Кулол", "Мақомати Шоҳи Аақшбанд", "Аасойим ул-муҳаббат" асарларида муҳим маълумотлар бор. Самос қишлоғида дафн стилган. Қабри устидаги мақбара, атрофдаги масжид ва тошқудуқ мустақиллик йилларида таъмирланган.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 05 Dekabr 2007, 15:25:13
Xoja Muhammad Boboyi Samosiy Xoja Mir Kulolning ustozlari bo’lib, bu zot haqida bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan.Shuning uchun u kishi haqlaridagi hikoyamiz bugun nihoyasiga yetadi.
Bu zot 1354 yilda vafot etib, qabrlari Romitan tumani, Samos qishlog’idadir.
 U kishi tomonidan aytilgan  birgina hikmatni e'tiboringizga havola qilamiz:
"œInson ko’p narsa haqida o’ylaydi. U, men yagonaman, deb biladi. Aslida esa u bir necha birliklarga bo’linadi. Toki shu yo’sinda Yagona bo’lib yetishguncha, u kim ekanligini to’g’ri tasavvur etishga qodir bo’lolmaydi".
Keyingi zoti sharif Ali Romitaniy
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 12 Dekabr 2007, 09:25:40
ROMITANIY Xoja Ali, Xojai Azizon (13-a. o‘rtasi, Romitan tumanidagi Qo‘rg‘on qishlog‘i - 1316/1321) - xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik yetti pirning to‘rtinchisi. Xoja Mahmud Anjirfag‘naviydan tahsil olgan. Uning vafotidan so‘ng xojagonlik silsilasini boshqargan. "Silsilai sharif"da 13-halqaning piri hisoblanadi. R.ning "Risolai Azizon" asari mashhur bo‘lib, unda tasavvuf maqomlari xususida so‘z yuritilgan. Tojik tilida bitgan she’rlarida tasavvuf g‘oyalari ilgari surilgan. Xoja Muhammad Boboyi Samosiyga ustozlik qilgan. Qo‘rg‘on yaqinidagi Saribo‘ston qishlog‘ida dafn etilgan. Qabri ustida maqbara qurilgan. G.Navro‘zova va I.Qosimov "Hazrat Xoja Ali Romitaniy" risolasini nashr qilishgan (1984).

  Romitaniy: Axborot parokanda bo’lib qoladi, bilim unday emas. Axborotning parokandaligi safsatabozlik tufaylidir.

 "Birodaring haqqiga begunoh til bilan duo qil, rad bo'lmaydi. Ya'ni sening tiling uning haqqiga, uning tili esa sening haqqinga gunoh qilmagan bo'lsin.Birodarning birodarga duosi shu tarzda bo'ladi".http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=193.360

Keyingi zoti sharif Anjir Fag'naviy
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 22 Dekabr 2007, 13:57:38
ANJIRFAG’NAVIY Mahmud [12-a. oxiri, Vobkent tumanidagi Anjir Fag‘nav (hoz. Anjirbog‘) qishlog‘i - 1286] - xojagon-naqshbandiya silsilasining yirik namoyandasi, buxorolik yetti pirning uchinchisi.
Xoja Orif Mohitobon - Revgariydan tahsil olib, uning vafotidan so‘ng xojagonlik silsilasini boshqargan. "Silsilai sharif"da 12-halqaning piri hisoblanadi. Xufiyona (yashirin) zikr b-n jahriya (baland tovushli) zikrga barobar amal qilgan. Xoja Ali Romitaniy (Xojai Azizon)ga ustozlik kilgan. Tug‘ilgan qishlog‘ida dafn etilgan. Qabri ustidagi maqbara mustaqillik davrida ga’mirlangan.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:41:46

Xoja Orif Revgariy
  Xoja Orif Revgariy Bahouddin Naqshbandning tariqati, ma’rifat va haqiqat samosida parvoz qilishlarida bir qanot bo’lgandirlar. Faxriddin Ali Sofiyning  "œRashahotu ayn — ul hayot" asarida Xoja Bahouddinning "œsilsilai nisbat va irodati" Abdulxoliq G’ijduvoniy xalifalari orasida Xoja Orif xizmatlariga borib tutashishi qayd qilingandir.
  Basirati ochiq, idroki behad o’tkir, suhbati ma’rifat nuri va zavqi ila tinglovchini sarmast aylaydigan ruhoniyat sohibi bo’lgan Xoja Orif Revgariy din va tasavvufning ulkan bilimdoni, valiylarning Mohitoboni o’laroq, hali hayot ekan, Buxoro sarhadlaridan tashqarida ham keng hurmat va ehtiromga sazovor bo’lgan edi.
  Xoja Orifning ilmu ma’rifati sharofati bilan Shofirkonda takrorlanmas Ruhoniyat "œqasri" maydonga kelgan. Afsuski, Xojaning o’limlari bilan o’sha mavjudlik g’oyib ham bo’lgan. Lekin Xoja Orifning kamolot tajribalari, diniy — tasavvufiy saboqlari boqiy qolgan. U kishining oftobday munavvar va bezavol Ruhlari tirik — Shofirkonda kezib yuribdi.
  Xoja Orif Revgariy Xojagon silsilasiga mansub valiylardan. Xoja Orif to’g’risida Abdurahmon Jomiyning "œNafahot ul - uns", Faxriddin Ali Sofiyning "œRashahot", Abul Vahhob Sharoniyning "œMadorij — us solikin", Hofiz Tanish Buxoriyning "œSharafnomayi Buxoro", Shayx Jamoliddin Qozikumuhlning "œAl — adab — ul marziya fit — tariqati naqshbandiya" va yana boshqa bir qancha asarlarda hikr va ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Aksariyat qadimiy manbalarda Xoja Orif "œqutbul avliyo — valiylar yo’lboshchisi" deb baholangan.
  Bu ulug’ zot Buxoroning Shofirkon tumanidagi Revgar qishlog’ida tavallud topgan. "œRashahot"da bu qishloq Buxoro shahridan olti farsang olisda deb ko’rsatilgan. Xoja Orif yuz yildan ortiq muddat davom topgan fayzu saxovatli umrining asosiy qismini shu qishloqda o’tkazganlar. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Xoja Orif o’rta bo’yli, oy yuzli, yirik ko’zli, qoshlari hilol yanglig’ nozik, oq — qizg’ish tusli kishi bo’lgan. Va muborak vujudlaridan doimo mushki anbar hidlari taralib turgan.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:13:09
Tavba - soliklar yo‘lining boshlang‘ichi, xato va gunohlardan qutulishning ilk chorasi. Va muridlarni shubhali barcha narsalardan muhofaya qiluvchi "œqalqondir". Tavbaning ma’nosi — gunoh va ma’siyatni insonni Ollohdan yiroqlashtiruvchi tahlikali bir narsa ekanligini bilmoq, ruhoniy aql nuri ila g’aflat, jaholat va gumrohlik zulmatini quvmoq erur. Xoja Orif demishlar: "œSoliklar tariqatining boshlanishi va saodati kaliti va dinning amri — tabva — tazarrudir. Payg’ambar alayhissalom deganlarki, "œTavba etgan kishi begunhodek bo’lib qoladi". Chunki tavba katta — kichik barcha gunohlarni bilish va ularni tark etmoqdir. Tavba — insondagi shaytoniy, hayvoniy sifatlar nimayu malakoniy xususiyatlar nima — mana shularni bexato farqlash, farqlagan sayin pushaymonlik, hasrat va nadomat ko’z yoshlari ila qalbni poklash demak. Zero, tavbaning uchta muhim sharti bor: biri — nadomat, ikkinchisi — pushaymonlik, uchinchisi — yomonlik va yomonlardan aloqani uzmoq. Odam nadomat chekarkan, albatta, o’zining ilohiy mohiyatiga nigohini qaratadi. Shunda uning tasavvurida har qanday kichik gunoh kattalashadi, aytiladigan har bir so’z, qilinajak har bir ishga ma’suliyat va javobgarlik tuyg’usi nihoyatda kuchayadi. Darhaqiqat, yolg’on, aldov, kibr, g’azab, ta’ma aralashmagan yaxshi amal — tavbaning tamali bo’lganidek, tavba ham xayrli ish va amallarning asosidir. Agar johillar — jaholatdan, kazzoblar — yolg’ondan, g’ofillar — g’aflatdin, zolimlar — zulmdan, haromxo’rlar — haromdan, osiylar — kufrdan, makkorlar — makru riyodan tavba qila olishganda edi, bu dunyo allaqachonlar jannatga aylangan bo’lurdi. Mana shuning uchun ham Xoja Orif tavbani "œIslom dinining tug’i!" deya ta’riflagandur.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:20:06
Abdulxoliq G’ijduvoniy shogirdlariga haq yo’liga kirgan solik "œkitobullohni o’ng ilkiga tutgay va rasul sunnatini so’l ilkiga va bu ikki yorug’lik orasida yo’l suluk qilgay", deya saboq berganlar. Xoja Orif ustozining bu o’gitlarini bir umr esdan chiqarmagan va u kishining sayru suluk yo’llari ikki muqaddas nur — Qur’on va payg’ambar sunnatidan munavvar edi. Xoja Orifning Qur’oni karimga ishinch — e’tiqodi va muhabbati cheksiz edi. U Qur’on haqiqatlari va sirlari to’g’risida juda ko’p mushohada yuritar, bu muqaddas kitobning oyatlarini tafsiru talqin qilishdan aslo toliqmasdi. Shayx Keksayib, yoshi yetmishga yaqinlashib qolganda doimiy musohiblariga bunday degandi:
-Qur’onni bilgan — Ollohni bilur, Ollohni sevgan — Qur’onni sevur. Qur’on va Ollohni sevgisi esa rasuli akromga bo’lgan ishqni kamolga yetkazur. Men yigirma yildan ortiq muddat Qur’on haqiqatlarini bilish va o’zlashtirishga kuch va umr sarf etdim. Bu yillar hayotimdagi eng saodatli, eng farog’atli va farahbaxsh damlar bo’lgandi. Lekin Qur’on zavqini surish menga oradan yana yigirma yil o’tgach, nasib ayladi. Shuni xotirdan faromush etmagaysizlarkim, bundoq zavq — unsiyat va muhabbatdan paydo bo’lur. Unsiyat ham, muhabbat ham davomli intilish, uzoq zahmatlardan so’ng qo’lga kiritilur. Qur’oni karim tilovati ila toat — ibodat qilmoqqa ne yetsin?!
  Qur’onda tafakkur maydonlari ko’p. Ma’rifat bo’stonlari sonsiz — sanoqsiz. Ruhoniyat bog’u bog’chalari, ma’naviy lazzat mevalari behisob. Ul maydonlarda kezishdan ko’ngil kengayar va imon quvvatlanar. Qur’on bo’stonlari va bog’u bog’chalarida qalban uzoq — uzoq sayru sayohat qilishdan Olloh sizlarni, iloho, benasib qilmagay. Ko’ngil xastaliklariga shifo tilasangiz, qur’on o’qing! Zohir ila botin muvofiqligini istasangiz, Qur’onni tilovat aylashdan to’xtamang! Zeroki, qora yurak, chirkin ko’ngil butun azoyi badanni kasofatga burkar. Axir, Alloh diydoriga vosil bo’lish yo bo’la olmaslik ayni shu ko’ngil tufayliku! Dunyo dilni Xudodan ajratuvchi va yiroqlashtiruvchi to’siq. O’rtadan bu to’siqni butunlay ko’tarib tashlamoq matlabida bo’lsangiz, Dilni Qur’onga g’arq eting!
  Xoja Orif orifona so’z va suhbatlarini tinglash g’oyatda maroqli, bag’oyat fayzbaxsh edi. Shayx hech vaqt chalajon yo o’lik so’zlarni tilga olmas, eshituvchini zeriktiradigan bir maromda so’zlamas, qalbga ta’sir o’tkazmaydigan fikrlarni aytmasdi. Uning so’zlaridan hamisha ma’rifat, zakovat, hikmat saslari taralar, sokin va qat’iyatli ovozi musohbilarning qalbini ilohiyot dunyosiga boshlab ketardi. Shayx tabiatan kamgap, kamsuqum kishi bo’lib, xilvat va zikrni juda yoqtirgan. U ilm va ma’rifatni ko’z — ko’z etishni sayozlik va xudparastlik nishoni deb bilar, xususan, boy — badavlat kimsalar huzurida ilmu donishdan bahs yuritishga qarshi edi. Uningcha, "œilm va ma’rifatni puldor dunyoparast va badavlatlar oldiga "œdastruxon" etish oriflik axloqiga mutlaqo zid sanalardi." Xoja Orif o’z suhbatlarida ma’rifat muammolariga keng to’xtalar va oriflik sirlarini ochishga ko’p harakat qilardi.


Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 30 Yanvar 2008, 12:12:12
Orif kim-u, oriflik nima? Bu to’g’rida ma’lum fikr va tasavvurga ega bo’lmasdan, Xoja orifning maqsad va maslagiga ham, shaxsiyati va kamolot martabasiga ham to’g’ri yondashib bo’lmaydi.
  Orif — Ollohni tanigan, bilgan va ilohiy ma’rifatdan mukammal xabardor solik. Borliqda foniy bo’lib, Haqning borlig’ida tirik yurmoq orzusi ila yashashi tufayli orifning holatlarida shoshqinlik, besaranjomlik, shikoyat va tangdillik ko’zga chalinmaydi. Orif mushohada yuritarkan, Ollohning hayot, ilm, qudrat, kalom singari sifatlarini teran idrok etish yoki o’zlashtirish bilan cheklanmaydi. Balki butun koinot — borliq olamning sir — asroridan ham chuqur ogohlikka yetishadi. Orif oxirat zavqi va mukofoti uchunmas, "œvaliligin ishoratlarini anglamoq " uchun davomli va sokin bir nazar bilan Tangri dargohiga talpinadi. Xoja Orif tomonidan naql etilgan bir necha hikoyat ham xuddi shu mohiyatni isbotlashga xizmat qiladi. Mana, hikoyatlardan biri: "œYahyo Roziyning bir birodari bo’lib, u Makkaga boribdi-da, o’sha yerda muqim qolibdi. Oradan ancha muddat o’tgach, u og’asiga maktub yozib debdi: Menda uch armon bor edi. Ikkitasiga erishdim. Biri — umrim oxirida shunday bir manzilga yetsamki, ul joy barcha yerga nisbatan muqaddas va fazilatli bo’lsin! Ikkinchisi — bir xodima topayki, hamisha menga sadoqat bilan xizmat etsin"¦ Inshoalloh, bular menga muyassar bo’ldi. Uchinchisi — o’limimdan oldin sening diydoringni ko’rib ko’nglim taskin topsa. Lekin hanuz ushbu uchinchi murodim ushalmay turibdi.
  Yahyo Roziy maktubini olib o’qigach, unga javob bitibdi: "œSening har uchala orzuying ham Haqdan yiroq bo’lganlar orzusidir. Xatingda "œFazilatli zamindaman" debsan. Sen fazilatli odamlar qatoriga qo’shilmoqqa harakat qil, zero fazilatli mard joyni aziz etar, joy mardni fazilatli qilmas"¦ "œMenga bir sadoqatli xodimani Xudo berdi", deb xushnud bo’lib o’tiribsan. Agar sen mard bo’lganingda edi — hargiz birovning xizmatini orzu ham va qabul ham qilmas eding. Zero, maxdumlik — Haq sifati va xodimlik banda sifatidir. Binobarin, bu orzuying ham botildir"¦ Va meni ko’rmoq orzuyingga kelsak, agar sening yuragingda Haq taoloning muhabbati joy olgan bo’lsa, o’zga kishi uchun u yerda joy yo’q. Va agar sen Alloh taolo muhabbatini topgan bo’lsang — unda men ortiqchaman, agar topmagan bo’lsang — enda mendan foyda yo’q!"
  Yahyo Roziyning mazkur so’zlari to’la ravishda oriflik maslagini ifodalaydi. Orif — ilohiy odami. Orifning dili — ilohiy Nur qaynog’i. Shuning uchun Abu Turob Naxshabiy: "œOrif — hech nimadan tiyralashmaydigan, balki hamma narsa undan ravshanlashadigan zotdir", degan edi. Orif hatto o’lim haqida so’zlaganda ham o’z ma’rifati va ishqiga sodiq qoladi. Xoja orifning risolalarida shunday savol-javob berilgan: "œShaytoni lain har sahar orifga mundoq vahimali savol qilur: "œBugun ne tanovul qilursan?" Orif derki: "œO’lim!" Shayton yana derki: "œLibosing yo’q, qay libosni kiyursan?" Orif javob qilurki: "œKafanni!" Yana so’roq qilur: "œQayu yerga borursen?" Javob: "œGo’rga!"
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 30 Yanvar 2008, 12:12:28
Ushbu savol-javob to’ppa — to’g’ri mazmunda qabul etilsa, o’quvchi tasavvurida orif o’lim sog’inchi bilan yashaydigan bir kimsa yoki tiriklikdan o’limni afzal ko’ruvchi tushkun, aftoda bir odam qiyofasida gavdalanishi shak — shubhasiz, albatta. Bunda asil haqiqatni bilmoq uchun uch jihatni hisobga olmoq shart. Qur’on oyatlari va payg’ambar hadislarida o’limni eslashga da’vat qilingan. Masalan, rasululloh bir hadisda, "œHamma lazzatlarni qirqib tashlovchi — o’limni ko’p yod etinglar"¦", deganlar.
  Shaytonning "œsan’ati" nima? Uning bir "œsan’ati" insonni to’g’ri yo’ldan ozdiruvchi, dunyoning o’tkinchi, nafsoniy lazzatlarga rag’batlantirib, dunyoparastlik hirslarini olovlantirmoqdir. Shuning uchun orif shaytonning ilk savoliga "œO’lim!" deb javob berarkan — bu, uning "œruhoniy hayotda tirilib, nafsoniy hayotda" o’lishga erisha olganini e’tirof qilgani bo’ladi. Endi ikkinchi jihat haqida: hadisda ko’rsatilishicha, "œShayton odam bolasining qon yo’lidan yuradi". Shaytonni mag’lub etish yoki uning ra’yi — ravishidan o’zni muhofaza etishning behad qiyinligi mana shunda. Orifning keyingi ikki javobi, uning go’yo shaytonga "œkafan" kiydirib, uni "œgo’rga" tiqa olganligidan shahodat beradi. Shayx Shibliy tasnifiga binoan, o’limga olib boradigan yo’llar uchtadir: birinchisi, dunyo uchun o’lmak. Mol — dunyo yig’ishtirib, horislik va tamagirlikdan sira charchamay dunyoga muhabbat bilan o’lgan kimsa munofiq erur. Ikkinchisi, uqbo uchun o’lmak, Janat orzusi ila yashab, shu orzu ila jon taslim qilgan odamga zohid deyilur. Oxirgisi — Mavlo uchun o’lmak. Olloh ishqiga o’zini qurbon etgan orifdir. Olloh ishqida o’zni qurbon aylash — bu, o’lim emas, balki boqiy umrga yetishmoq erur. Demak, orif "œo’lim" tushunchasi orqali Olloh ishqiga sodiqligini shaytoni lainga isbotlay olgan.


Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 13 Fevral 2008, 11:49:47
Tariqat arboblarining diniy-tasavvufiy maslaklarida zikr juda muhim o’rin ishg’ol qiladi. Bu gap Xoja Orifga ham tegishli.
"œSo’fiyon Savriy rahmatullohi alayhi bir kecha Faqil yoniga bordi, - U oyat, axbor va osorlardan gapirdi. Pirovardida So’fiyon dedi: "œBu kecha na qadar fayzli va muborak bo’ldi". Faqil dedi: "œBu kecha va suhbat na qadar bemaza bo’ldi". So’fiyon dedi: "œNega bunday deyapsan?" Dedi: "œZero, sen bu kecha faqat menga manzur bo’lgulik bir fikr aytmoqqa va men ham sening dilingni xushnud etuvchi suxan demoq ila mashg’ul bo’ldik. Vaholanki, har ikkalamiz ham Olloh taolo zikridan mosuvo bo’ldik".
Zikr —so’zlash, bayon qilish, xotirlash, yod aylash, xotiradagini unutmaslik ma’nolaridagi arabcha kalmia bo’lib, tasavvufda g’aflat va nisyon — esdan chiqarishning ziddi o’rnida tadbiq qilingan.
Tasavvufda zikr ikki qismga ajratilgan: "œZikri xos". Zikri omma savobga erishmoq maqsadida amalgam oshirilib, unda zikr qiluvchining tabiatidan yomon xislatlar, aytaylik, kibr, g’urur, manmanlik, g’azab, qahr, makr kabilar butunlay barham topmagan bo’ladi. Xoslarning zikri esa buning aksi: unda zokir Olohning go’zal ismlarini xotirlash orqali nafsini to’la taslim aylaydi. Qalb huzur topib, ma’rifati iloh dunyo go’zalliklarini chuqur his qilishga keng yo’l ochiladi. Shu tariqa ruhoniy hayot sirlari kashf etiladi. Xoja Orifning yuqorida keltirgan hikoyatni naql qilishdan ko’zlagan bir maqsadlari ham zikri xosni targ’ib va tashviq qilmoq bo’lgan. Chunki Xoja Orif zikrullohni tariqatdagi barcha maqomlarning poydevori va tasavvufiy axloqning husnini ochadigan ziyo manbai deb qaraganlar. Umuman, zikrga bugungi kun nuqtai nazari bilan munosabat bildirilganda, tariqat pirlarining zikrning foydalari haqidagi qarashlariga ham befarq bo’lmaslik kerak. Chunki ular zikr — shaytonni quvar, qalbni g’am — g’ussalardan xalos aylar, ko’ngilda shodlik, kenglik va poklik hosil qilar, xulqni go’zallashtirar, tafakkur va ma’rifatni yuksaltirar, xato va gunohlarning ildizini quritar, degan ishonchdan sira chekinmaganlar.


Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:23:40
Bir kun xovariylar Iso alayhis-salomdan;"Ey Ollohning ruhi ,hozir yer yuzida senga o’xshash yana bir odam bormi ?" deb so’rashganda Hazrati Iso "œHa bor.So’zi zikr sukuti fikr,nazari ibrat bo’lganlar menga o’xshashdirlar "degan ekan. Darhaqiqat,tafakkur va marifat oddiy insonni ham payg’ambarlarga yaqinlashtiradigan va nabilar,rasullar erishgan haqiqatlardan baholu qudrat ogoh aylaydigan yuksak maqomdir.Mana shuning uchun mashxur so’fiy Hasan Basriy,"Bir soatlik tafakkur,bir kechalik toat ibodatdan xayrlidir ",deydi.
Tafakkurdan asosiy maqsad nima? Nimani nima uchun va qanday tarzda fikrlash lozim? Tafakkurning eng lazzatli mevalari nimayu achchiq iztiroblari nima? Fikr tarbiyasi qachon boshlanib qanday yo’llar bilan davom topmog’i zarur?Bunday savollar har bir kishini qiziqtirishi va har bir odam ularga o’zicha aniq javoblar topmog’i shart erur. Odam farzandi o’zini ko’p narsalardan,aytaylik,shon-shuxrat,boylik,soxta obro’,amalu martabalardan bemalaol benasib qilishi mumkin. Bunda u ma’nan va ruhan hech nima yutqizmaydi. Biroq inson o’zini o’zi fikrlashdan va tafakkurning mashaqqatli sayoxatlaridan mahrum qilsa,insoniylik uchun asosiy hislatlardan ajraladi. Chunki tafakkurdan to’xtash-bu, ma’naviy-ruhiy anglashdan to’xtash,to’g’rilik va haqiqatning kuch-qudratiga ishonchdan to’xtash degani bo’ladi. Tafakkurda hatto sayozlikka ham  erk berish mumkin emas. Hind payg’ambari Budda ta’limotida chuqur fikrlash-tiriklik va baqo yo’li,sayoz fikrlash —o’lim va fano yo’li,deb belgilanishi bejiz emas.
   Sharqning ko’pchilik orifu valiylariga o’xshab Xoja Orif Mohitobon bobomiz ham mushohada va muroqabaning buyuk g’amxo’ri va jonkuyari bo’lganlar.
   "œImoni komil mo’min uldurki ,pulu davlatdan yuz o’girsin,rangin liboslar va nozu ne’matlar uni o’ziga maftun etmasin,-deydilar Xoja Orif,-katta nafs gadosiga aylanmasin ! Va u bularning barchasiga zulm etib, haqorat nazari bilan qarasin! Uning nafsi sarkashlik va hursandlik etmasin,ro’zg’or tashvishlaridan malul bo’lmasin. Va yaxshi kun ham, yomon kun ham uning uchun barobar mohiyat kafb etsin". Bunday holga erishish —donishmandlikning baland cho’qqilarini egallash demak. Bunday holislik va qanoatga oddiy aqlning kuchi ham, imkoni ham yetmaydi. Buning uchun vijdoning murshidi, e’tiqodning hoqoni ,diyonatnig posboni —imoniy aql zarur. Jaloliddin Rumiy imoniy aqlni "œAqlnig aqli" deydi va mo’minlarga ato etiladigan bu aqldan ufqlar nurlanib, qalb va ruh nurga to’lishini ta’kidlaydi.
   Mavridi kelganda bir narsani sharxlab o’taylik. Bizda tasavuffiy maslak mol-mulk va boylikka qarshi,tasavuf odamlarni faqrlik, qashshoqlik va yupunlikka chorlaydi, degan noto’g’ri bir qarash yashab keladi. Xoja Orifning yuqoridagi gaplari ham shunday mulohazalariga sabab bo’lmog’i mumkin. Odam bu o’tkinchi dunyoga boy bo’lmoq ,boylik ichida g’arq bo’lb yashamoq yoki qashshoqlik, yo’qchilik qo’lida qurib-qaqshab kun o’tkazmoq uchun kelmaydi. U Odam bo’lmoq, aql, ma’rifat, tafakkur orqali o’zligini bilib, Rabbisinig huzuriga pok va yorug’ yuz bilan qaytmoq uchun tug’iladi. Shu ma’noda moddiy boylik insonning ilohiy mohiyatidan xorijdagi bir narsa bo’lganidek, kambag’allik va yo’qsillik ham o’sha mohiyatdan tashqaridagi narsadir. Masalan, birov millioner deylik.O’z —o’zicha o’sha million so’mning nima yomonligi bor? Hech yomonligi yo’q. Yomonlik pulga, boylikka hirs qo’yishdan, unig qimmatini noto’g’ri baholashdan yoki boylikning tub mohiyatini to’g’ri tushunmaslikdan yuzaga chiqadi. Naql borki, Tangri, Imom g’azoliyga "œSen har kun dunyo ahlini qoralaysan. Xalqning bir-birlari bilan aloqalarini hamisha to’xtatishga intilasan. O’zingning og’ilda shuncha ot va hachirlarning bor, og’ilhonangning mixi oltindan. Yana qanchadan —qancha mol- mulking bor. Shunday bo’lgach ul so’zlaring nimasi?", deganda, G’azoliy:"Men og’ilhonaning mixini loyga qoqqanman, dilga emas ", deb javob bergan ekan. Demak, hamma gap dunyoni hech qanday zohiriy boyligini ko’ngilga yaqinlashtiermaslik va dildan ularga mehr bog’lamaslikda. Tasavvufdagi faqrlik tashviqotini xuddi shu ma’noda tushunmoq kerak. Zero,mutlaq haqiqatdan yiroq, undan ajralgan orzuyu a’mol odamni tafakkur hurriyatidan yiroqlashtiradi. Xoja Orif "œUl qushki,bo’ynida o’g’ir yuk osig;lik ekan,bas,qandoq ko’kka parvoz aylasun?Sollikim ,bu dunyoga dilbandligi bisyordir,ilohiy parvoz qilolmasva talab vodiysiga qadam qo’yolmas ", deganda naqadar haq bo’lganlar.
   Rivoyat qilinishicha,Luqmoni hakim ko’p payt yolg’iz o’tirar va uzoq-uzoq fikrga berilarkan. Do’stlari unga: "œNechun buncha yolg’iz o’tirursen? Jamoatga aralashib ular bilan hamsuhbat bo’lganing yaxshi emasmi?" deganlarida u :"Yolg’izlik fikrlamoq uchun behad o’ng’aydir"¦", degan ekan. Abdulvohuid binni Zayd esa bir kun uzlatga chekingan soliqqa duch kelib,unga "œBu tanholigingdan ajablanayotirman",deganda u:"Agar yolg’izlikning zavqiga yetsayiding, o’zing o’zingdan bezib,vahshat tuyarding . Axir, yolg’izlik ibodatning ibtidosi-ku", debdi. Xilvat — xoli joy, tanholik, hech nimaga bog’lanmaslik, dunyoning hilma hil narsalaridan forig’lik demak. Tsavvufda esa shayx rahnamoligi va ko’rsatmalariga binoan muridning maxsus bir go’shada bekinib Haq bilan ruhiy aloqa o’rnatishi anglashiladi. Kamida qirq kun davom qiladigan bu jarayonga "œchilla"yoki "œarbain chiqarmoq"deyilgan.
   Xilvat va uzlat masalasidagi zamonaviy fikr- qarashlar ham juda tor, sayoz va halatdir. Din va tasavvuf hech qachon butun hayotni xilvatda o’tkazishni targ’ib etmagan. Uzlat — hayotdan qochish , turmushdan ajralish odamlardan bezish ehtiyojimas, balki ma’lum muddat "œkasbi kamol va sayri jamol " aylagach, ruhiy shavq va kamolot ila yana faoliyatda bo’lmoqdir. Xilvat sharti bo’yicha inson tanholik go’shasiga berkinarkan,u"Boshqalar mening yomonlik va gunohimdan halos bo’lsinlar", deya niyat qilmog’i shart sanalgan . Buning aksini o’ylab,"Men odamlarning sharorat va gunohlaridan emin bo’lurman",degan fikrda bo’lsa, u kibru havoga yo’l qo’ygan sanaladi. Xilvatdan ko’zda tutilgan asosiy muddao va xilvatning foydalari haqida juda ko’p mulohazalar aytilgan. Lekin hamma olimu allomalar ham uzlatning afzalligini yoqlamaganlar. Xoja Orif Revgariy esa uzlatni maqbul ko’rgan So’fiyon Savriy, Ibrohim Atham , Bashir al-Xofiyga o’xshash mashoyixlarning qarashlarini qo’llab- quvvatlagan:
   - Ey solik! Hazrati Umar "œUzlatdan nasibingizni olingiz!" ,demishlar. Uzlatdan benasib qolmag’aysen. Inson farzandi qanoat etsa-badavlat bo’lur. Hasad va xasislikning qutilsa —muruvvati oshkor bo’lg’ay. Uzlat ixtiyor etsa —farog’at topur. Xilvat-aqlga quvvat, ko’ngilga osoyish berur. Xilvat qilsang har turli hojatsiz mashg’uliyatlardan qutulursan. Dunyoning makru hiylalari noraso xaloyiqning g’iybatu adovatlaridin emin bo’lursen. Mashoyixlarning : "œAxmoq bir kimsadin uzoq bo’lmoq,Olloh toologa yaqinlashmoqdir ", degan so’zlarini yodda saqla! Zarurat bo’lmasa jamoat birla o’tirma. Uzlat eshigini ochsang, dahri bemanining eshigi sen uchun yopilur. Tariqat xilvati qoidalariga to’lig’ rioya qil-ruhing Arshga yuksalg’ay"¦     



Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:26:43
Xoja Orif yoshi ulg’aygani sayin ilohiy xayollarga cho’mib, davomli tarzda sukut saqlashni juda xush ko’radigan bo’lgandi. Muridlari bilan sukut "œtili"da so’zlashuvni, sukut yo’li bilan ko’ngildagini boshqalarga yetkazishda shayx mahorat kasb aylagandi. Vujudi ruhoniy quvvatga to’liq ul xoksor zot, sukut oriflar uchun xos fazilat va sukutning ta’siri goho kalomdan ortiqligini teran anglagandi. Uzoq umri mobaynida u qanchadan — qancha so’zga chechan, qanchadan-qancha sergap va ezma kimsalarga duch kelmadi? Biroq ulardan hech biroviga hatto ishorat tili bilan ham tanbeh bermadi. Sukut — tingan va poklangan dil holati. Ayni shu holatda hayrat pardalari ochilgay. Sukut — dilning dil bilan so’zlashuvi. Sukut — bu borliqning tili. Sukutda borliq-jahonni tinglash mumkin. Xojaning sukut borasida o’z i suygan va takror-takror eslaydigan rivoyatu hikoyatlari bor edi.
  Kunlardan bir kun Luqmoni Hakim Dovud alayhissalomning huzuriga tashrif buyuribdi. Ko’rsaki, ul zotning qo’llarida temir parchalari mum yanglig’ yumshab, istalganidek kichik-kichik xalqalar shaklida bir-biriga ulanmoqda ekan. Hech duch kelmagani bu san’atdan taajjublangan Luqmoni hakim o’sha xalqalardan nima hosil bo’lishini Hazrati Dovuddan so’ramoqchi bo’libdiyu, ammo ko’nglidagi hikmat buni so’rashga monelik etibdi. Ish tugallanib xalqalardan "œto’qilgan" narsani Dovud kiygach, "œBu zirh inson uchun muxoraba asnosida metin bir qal’a erur" — debdi. Shunda Luqmoni hakim unga: "œMening sukutimga ne dersanki, uning nimaligini men sendan so’ramadim?" deganida u: "œSukut bir hikmatdirki, uning sohibi ozdir. Sukut til va jon muhofazasi uchun bag’oyat mukammal bir qal’a hisoblanadi", deb javob qaytargan ekan. Xoja Orif negadir, sukutda chin orif farishtalarga ham ustozlik qila oladi, deb o’ylar va ko’p yeb, ko’p uxlaydiganlar singari ko’p vaysaydiganlarning ham jonlarida bir xastalik borligiga ishonardi. Uningcha, jondagi xastalikning shifosi hikmat va ma’rifat edi. Ha, oriflikda yuzaga kelgan sukut odamni o’ziga tobe aylaydi. Biroq, odam bu sukutni tobe qilolmaydi. Shuning uchun orif sukutni
emas, sukut orifni boshqaradi. Buni anglash ham yana bir hikmat.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:14:41
Xalqimizda "œHaloli — hisob, haromi - azob", Degan qadimiy bir maqol bor. Shu hikmatni mag’zini chaqqan kishi — tasavuffiy axloqning juda ko’p sir va fazilatlaribni kashf qila oladi. Diniy — tasavuffiy maslakka ko’ra dunyoda bitta qo’rquv bor: bu — Xudodan qo’rquv! Xoja Orif ham "œAlbatta qo’rquv — faqat Alloh taolodan bo’lmog’i lozim", deydilar. Va shunday hikoyani naql qiladilar.
   Abu Turob Nahshabiy dedi: Qorong’u tundan bir sahrodan o’tar edim, banogoh otliq bir kishi paydo bo’ldi. Qorqib ketdim va so’radim: "œsen devmi yo pari?" Otliq dedi: "œO’zingchi , musulmonmi yo kofir?" Dedim: "œMusulmonman!"Dedi: "œMusulmon Alloh taolodan boshqa zotdan qo’rqmaydiku?! Rasulilloh sallollohu alayhi vassalam: Man xofa anillohi xofa anhu kulli shayen — Rasulilloh sallolohu alayhi vassalam dedilarki, Alloh taolodan qo’rqqan kishidan hamma narsa qo’rqadi". Xavf tanamni tark etdi va bildimki, U Haq Subhonohu tarafidan yuborilgan kishi ekan!"
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:15:16
Harom bilan halolni farqlamagan, haromga o’rgangan odam hamma narsadan qo’rqishi mumkin, ammo xudodan qo’rqmaydi. Bu isbotini topgan hodisalardan bo’lganligi uchun ham Sahl Abdulloh Tustariy "œHalol luqma yemaganlarning ichida alloh qo’rquvi bo’lmas", degandir. Odam odamdan qo’rqsa — ular bir-biridan yiroqlashadi yoki qay birining bag’rida nafrat va g’zab qo’zg’aladi. Ilohiy qo’rquvdan esa qalb poklanadi va Ollohga muhabbat kuchayadi. Inson hayotidagi ko’p azob, ko’p kulfat va hasratlar haromdan parhez qilmaslikdan tug’ilishi tufayli dinda ham, tasavuffda ham bu to’g’rida nihoyatda chuqur va keng mubohasa yuritilgan. Payg’ambarimizning ko’rsatmalari bo’yicha, "œHalol bilan harom bir narsadir. Ammo ikkalasini bir-biridan farqlashda noaniqliklar mavjud. Odamlarning ko’plari ularni bilmaslar (Halol yo harom ekanini). Shuning uchun kimki shubhali narsalardan o’zini tiygaydir, dinini kamchiliklardan, obro’yini ta’nadan saqlagaydir va kimki shubhali narsalardan tiyilmaydir, u birovning ekini chekkasida qo’y boqayotgan cho’ponga o’xshaydir. Uning qo’ylarini ekinga tushirish ehtimoli bordir. Ogoh bo’lingizkim, har bir podshohning o’z chegarasi bor". Payg’ambar ta’kidlari bo’yicha, Ollohning zamindagi chegarasi harom qilingan narsalardir. Yolg’on va aldov, xushomad va tilyog’lamalik, tama va munofiqlik bilan erishilgan har qanday manfaat yo daromad insonning axloqiy quvvati va ichki xotirjamligiga yomon ta’sir o’tkazadi. Bu dunyoda hamma narsaning o’z harakat tarzi bo’lganidek, halol va haromning ham o’z harakat tarzi bor. Halolning qadami sokin, u ohista va ohistalik bilan keladi, harom esa haddan tashqari yugurik, u to’fonga o’xshab yopirilib keladi va to’fon yanglig’ hamma narsani barbod qiladi. Halol tuyg’usi shakllangan hech qachon birovning haqini yemaydi, hech payt tamagirlik etmaydi, hech vaqt el yurtning ko’ziga xas tashlamaydi. Chunki u eng avvalo Ollohdan qo’rqadi. Haromdan ruh tiyralashishi, g’urur shikast topishini yaxshi fahmlaydi.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:16:34
Biz halol luqmaning xosiyati va qudratini to’liq tasavvur qilishni istasak, albatta, tariqat sohiblari — shayxlar, valiylar, oriflar hayotiga murojaat etishimiz kerak. Ular halol luqmadan "œfayz va ma’rifat zoyanida" bo’lishini amalda namoyish qilganlar. Ular haromdan shu darajada qo’rqib, o’zlarini muhofaza qilganlarki, bir shubhalik luqma oncha tiyralik keltururki, ko’p vaqt aning islohiga mashg’ul bo’lingani bilan bu tiyralikdan qutulish dushvor, degan aqidani ilgari surganlar. Mashoyixi kibordan ko’pchiligining kashfu karomatlari va odamlarga o’tkazadigan ta’sir quvvatlari halol luqma hosilasi ekanligini isbotlaydigan rivoyat va hikoyatlar tasavvuf adabiyotida tez-tez uchraydi. Bunday rivoyat va hikoyatlardan xabardor odam faqat Xoja Orif emas, balki tariqat pirlarining deyarli barchasi halol luqmaga qanday ahamiyat berganligini aniq tasavvur qiladi.
  Naql etilishicha, Shayx Abul Hasan Haraqoniyning xorijiy talabalari mamlakatlariga qaytayotganda pirlaridan duo qilishni so’rabdilar. "œXavf-xatarli yoki qo’rqinchli joyda "œYo, Abul Hasan!" denglar debdi Shayx. Ular yo’l yurib, bir tunda qaroqchilarning hujumiga yo’liqishibdi. Va "œYo, Olloh!" deya qichqirib yuborishibdi. Yolg’iz bir murid "œYo, Abul Hasan!" debdi, xolos. Qaroqchilar xuddi shu muridni ko’rmay qolishibdi. Qolgan muridlarning hamma narsalarini tortib olishibdi. Ertalab, pirning topshirig’ini bajargan muridning hech qanday ranj va zarar ko’rmaganligidan hamma hayron    qolib, undan buning sababini so’rabdilar. "œYo, Abul Hasan!" dedim, xalos bo’ldim, debdi u. Vaqt o’tib muridlar pirlari yoniga qaytgach, bo’lgan voqeani aytib, "œBiz Olloh dedik tutildik, falonchi Yo, Abul Hasan! Deya qutildi, buning siri nedur, ustoz?" deyishibdi. Shunda Haraqoniy: "œOg’zingizdan harom kirib, harom chiqsa, Olloh taoloni to’la suvratla taniy bilmassiz. Shunchaki, tildan Olloh dersiz. Tabiiyki, bunday kimsalarning duolari ijobat bo’lmas. Olloh taolo ul birodaringizning nidosini Abul Hasanga yetkurdi, u esa uni qutulishini tilab Ollohga yolbordi. Bilursizki, Abul Hasan harom yemas. Harom ichmas, Harom so’z aytmas. Ollohga faqat tilda emas, ko’ngli bilan bog’lliqdir. Shu bois duosi qabul bo’lib, ul rafiqingizga shikast yetmadi", degan ekan.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:18:21
Xoja Orif ham harom yemagani, harom ichmagani, harom demagani uchun qutbul avliyo martabasiga yetgan. Shayx: "œSizga Alloh taolo qay bandadan rozi bo’lishini aytaymi — kishikim, mehnatiga va mehnatdan kelgan ne’matga shukrona qilur", deganda halol luqma xosiyati, halol luqmadan paydo bo’lajak ma’rifat va ilohiy shukuhga urg’u bergandir.
  Xoja Orifni nega Mohitobon deyishgan? Chunki u kishining ko’ngli mi’roti Haqqa aylangan. Xojaning ruhoniyatiga basirat nigohi ila qaray olganlar unda Olloh tajalliysini ko’ra bilganlar. Xalloqi olam sifatining zuhrini idrok etganlar. Shuningdek, u kishining yuksak tabiati va go’zal axloqidan oy nuriga o’xshash bir nur taralib turgan. "œAql to’rt turli nurdan maydonga kelmishdir: bulardan birinchisi — oy nuri, ikkinchisi — quyosh nuri, uchinchisi — sidratul-muntaho nuri, to’rtinchisi — arsh nuri", deydi Xoja Bektoshi Valiy. Bu gap qanchalik to’g’ri yo noto’g’ri — qat’iy bir narsa deyish qiyin. Lekin Xoja Orif toifasidagi siymolarning aqlu idrokida shu nurlarning birlashmaganiga inonmoq qiyin, albatta.

Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 20 Mart 2008, 11:51:16
Bir guruh kimsalar saltanat taxtini tark etib, darveshlik shohligiga erishgan Ibrohim Adhamning yoniga kelib unga: "œBiz doimo Ollohga duo aylarmiz. Nima uchun Olloh bizning duomizni qabul aylamas? Axir, Olloh taoloning o’zi "œMenga duo o’qing, duongizni qabul eturman", degan-ku", deyishibdi. Ibrohim Adham esa ularga: "œChunki sizlarning qalblaringiz o’likdir, duolaringiz ijobat bo’lmasligi mana shundan", debdi. "œYo ajab, qalblarimizni nima o’ldirgan?", deya so’rashganda Ibrohim Adham debdi: "œQalblaringizni o’ldirgan sakkiz xislatdir: 1. Siz Ollohning haqqini bilursiz, ammo o’rnida ado qila olmassiz. 2. Qur’on o’qirsizlar, lekin uning amrlarini amalda tadbiq qila olmassizlar. 3. "œBiz Hazrati Payg’ambarni sevurmiz" dersizlar, biroq uning sunnatiga ko’ra amal qila olmaysizlar. 4. "œO’limdan qo’rqamiz" dersizlar, lekin o’lim uchun hozirligingiz yo’q" 5. Olloh Taolo "œMuhaqqaq shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar", deya buyurmish. Siz esa shaytonga bo’yin egarsiz — gunohlarga ko’milib yasharsiz. 6. "œBiz otashdan qo’rqurmiz", deysizlaru, vujudlaringizni nafs va hirs otashlarida halok qilursizlar. 7. "œBiz jannatni sevurmiz", deya da’vo qilursizlar, biroq to’g’ri amaliy harakat ko’rsatmaysizlar. 8. Yotoqlaringizdan turganingiz zamon ayblaringizni yashirursizlar, sirtingizga suv yuqtirmaslik uchun munofiqlik qilursizlar. Boshqalarning ayblaridan bahs etib xushnud bo’lursizlar. Va shu zaylda rabbingizni g’azabga keltirursizlar. Bas, ahvol shunday bo’lgach, Olloh sizlarning duolaringizni qanday qabul etsin?"
  Ibrohim Adhamning ushbu gaplari Payg’ambarimizning "œKishi badanida bir parcha go’st bor, agar u tuzalsa, a’zolarning barchasi tuzalgay. Agar u buzilsa, a’zolarning barchasi buzilgay. Bu — Qalb erur", degan bashoratlarini to’la quvvatlaydi. Xoja Orifning "œqora yurak, chirkin ko’ngil butun a’zoyi badanni palid — harom qilg’ay", degan so’zlari tub mohiyati ila mazkur tushunchalarning davomi emasmi? VA ular Xojaning qalb taqdiri, qalb tirikligi va qalb kamolotiga g’amxo’rlikni birinchi darajaga ko’targanligini isbotlamaydimi? "œOrifnoma"ni o’qing, "œqalb — rabboniy va ruhoniy bir latiflik" ekani, shu latiflik insonning bilimi, idroki, fikr va tuyg’ulariga keng yo’l ochishini darrov fahmlaysiz. Qalbdan boshqa vujuddagi hech bir a’zo bilan Ollo ma’rifatiga hatto hozirlik ham ko’rib bo’lmasligiga to’la iqror bo’lasiz. "œMa’rifat — qalbning Alloh yagonaligini tadqiq etmog’idir!". "œBu dunyoda vujuding bilan va oxiratda qalbing bilan bo’l!". "œTavhidning ma’nosi ushbudir: Sening qalbingda Allohdan boshqa zot uchun joy yo’q, sig’magay". "œDunyoni tark etmoq degani, Allohdan boshqasini qalbdan o’chirmoq, yo’qotmoq demakdir". Bular Xoja Orif aytgan va bizga meros qolgan hikmatlar. Biz ularning zamiridagi ma’no va mohiyatni to’liq anglab, to’liq fahmlay olamizmi? Buning uchun aqliy, ma’rifiy, ruhiy imkoniyatlarimiz yetarlimi? Yo’q albatta! Lekin bugun dinimizga yuz burdik, tasavvuf haqiqatlarini o’rganishga keng imkon ochildi. Mana shu imkondan foydalanib bilishga, qalbni halokatga aylaydigan barcha narsalardan kechishga, o’tkinchi umr mazmunini to’g’ri belgilab, imkon darajasida ruhoniy hayot sirlaridan voqif bo’lishga intilmog’imiz kerak.


Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Mubashshir Muhammad 22 Mart 2008, 11:58:00
Assalamu alaykum bu lahzalar uchun katta rahmat juda go'zal lahzalar ekan Alloh rozi bo'lsin...
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:41:12
Biz ulug’ ajdodlardan meros qolgan milliy qadriyatlarimiz, asrlar sinovidan o’tgan ma’rifat va tafakkur ma’voi va yo’llarimizga qaytmog’imiz shart. Bu ortga ketishga emas, ilgarilashga, ma’naviy-axloqiy rivojlanishga xizmat qiladi. Sharq dunyoqarashining tamali — din va Ruh. Sharq doimo ruhoniy Aqlga tayangan. Shuning uchun Sharq odamidagi muruvvat, saxovat va himmat G’arb kishisi uchun xos va xarakterli xususiyat emas. G’arb odami manfaat odami, u vaqtni manfaatga bo’ysundiradi. Hamma narsaga manfaat nigohi bilan qarab, hamma narsani manfaat mezonida baholaydi. G’arbda ma’rifat deyilganda aql va falsafa tushunilgan. Sharqda esa ma’rifatning mazmun-mohiyati juda keng va u imon va islom, ilm va tafakkur, unsiyat va tavakkul, ishq va tavhid, fano va baqo kabi o’nlab tushunchalarning birligidan tarkib topgan. Albatta, G’arb madaniyati va tafakkur mahsullarini o’qib-o’rganish, puxta bilish kerak. Lekin bu ish o’zimizning ma’naviyatimiz, din, falsafa, tarix va adabiyotimizni sayoz o’zlashtirish yoki bilmaslik hisobidan bo’lmasligi lozim. Tariqat pirlarining bizga muhtojliklari yo’q. Ammo biz ularning ruhoniy madadlari, ma’rifat va haqiqat yo’lidagi izlanishlaridan chuqur xabardor bo’lib, ham axloqda, ham fikrda, ham ruhda yangilanishga juda-juda muhtojmiz. "œMurshid uldurkim, xalqni dunyodan uxroga — oxiratga, ma’siyat —gunohdin — toatga, hirsdan — zuhdga, baxillikdan — saxovatga, kibrdan — tavozega, g’aflatdan — ogohlikka, g’ururdan — parhezkorlikka chorlagay!".
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:43:00
  Xoja Orif Revgariy xuddi shunday ish bilan mashg’ul bo’lganlar. Tabiblar vujud xastaliklarining xaloskori bo’lsalar, tariqat pirlari — Shayx va Murshidlar ruh tabiblari, qalb va axloq shifokorlaridirlar. Ular dil, til, imon-e’tiqod, fikr va axloqning solimligi uchun bor kuch va qobiliyatlarini bag’ishlaganlar. Agar ko’zlangan maqsadga erisha olmasalar qattiq aziyat ham chekkanlar. Ibn Muborak hazratlari bir safar chog’ida yomon axloqli bir kimsa bilan do’stlashibdi. Undan ko’rgan aziyatlarini ichga yashirib, uning bilan yaxshi muomalada bo’lib, go’zal axloq sirlaridan bahs yuritibdi. Ammo undan ajralgan zamon yig’lay boshlabdi. Ibn Muborakdan "œNechun yig’larsiz?" deb so’rashganda: "œXayrlashganimiz kishiga bo’lgan shafqatimdan yig’larman. Men undan ajraldim. Ammo uning yomon axloqi undan ayrilmaydi", debdi. Tasavvufda, birinchi galda axloq va odobga diqqatning qaratilishi teran ma’noga ega. Chunki axloqiy quvvat bevosita irsiyat, ma’rifat va ruhoniyat bilan bog’liqlikda tajassum topadi.
  Agar biz kuchli millat va kelajagi buyuk deb belgilangan davlatning komil farzandi bo’lishni istasak, aql va axloq, ma’rifat va ruhoniyat kuchiga tayanmog’imiz shart. Moddiy boylik juda kerak, juda zarur ham. Umar Xayyom aytmoqchi:

Sim archi na moyan xiradmandon ast,
Besiminro bog’i jahon zindon ast.

Ya’ni: pul va boylik garchi aqlli odamlar uchun bosh maqsad bo’lmasa-da, pulsizlarga jahon bog’i zindondir. Bu masalada ham realist bo’lmoq kerak, albatta. Lekin moddiy boylikka mayl hech qachon, hech qanday sharoitda ma’naviy boylikka ishtiyoq ustidan hokimlikka erishmasligi lozim. Jamiyatda munavvar va musaffo bir ruhiy iqlim g’olib kelmasa, bunday jamiyat kishilarining ongini qorong’ulik, ko’nglini qahr va qo’pollik, xulqini ojizlik va zabunlik qurshab olishi shubhasizdir. Bu holatda tariqat haqiqatlari va tariqat pirlarining maqsadlaridan bahs yuritish ham befoydadir.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 16:30:28

Ruhoniy hayot degani — biror bir moddiy narsaga erishish yoki nafs talablarini qondirishmas, Ruh va ruhoniy hayotning mohiyatini chuqur idrok qilish, ruh zavqi, ruh quvonchi ila yashash. Ruhoniy hayot Navoiy bobomizning:

Ruh rahmoni erur, nafs erur shaytoni,
Ikkisin bir-biriga qo’shmoq emasdur mashrut,

Degan so’zlarini subru toqat, ma’rifatu zakovat bilan amalda isbotlashdir. Tasavvufiy tasavvurga ko’ra, avom va johillarning ruhi bo’ri suvratida bo’lib, bo’riga o’xshab harakat qilarkan, ma’rifat sohiblarining ruhi juvon shaklida, komil insonlarning ruhi bag’oyat munavvar va bezavol latif kuch tarzida namoyon bo’larmish. Ehtimol mana shuning uchun Xoja Ahmad Yassaviyning muborak nomini tahqirlab, hatto tarix sahifasidan surib tashlamoqchi bo’lganlar sultonul orifinning ruhlari qarshisida hamisha kuchsiz va ojiz qolgandirlar. Najmiddin Kubroning mo’g’ul kufforlari mag’lub aylay olmagan shavkatli va shijoatli ruhi o’zbek xalqini qullik va manqurtlikning qanchadan-qancha ofatlaridan muhofaza qilganligiga shak keltirish mumkinmi? Bahouddin Naqshbandning ruhi poklari balogardon bo’lmaganda Haq va haqiqat, din va ma’rifat yo’liga chiqishimiz nihoyatda qiyin kechardi.
  Tasavvufda solikning murshidi komil bilan suhbati eng maqbul yo’l deb topilgan. Naql borki, Bag’dod xalifasi Ravim otlig’ darveshga "œEy beadab!" debdi. Ravim esa, "œYarim kun Junayd (Junayd Bag’dodiy) bilan suhbat tutibmen, nechuk meni beadab degaylar, ya’ni har kishi yarim kun Junayd bilan suhbat qursa, unda tarki adab bo’lmagay", debdi. Xoja Orif ham quvvai nazar va quvvai qalblarni behad o’tkir avliyoulloh toifasidan bo’lganliklari uchun ham Qutbul avliyo, Mohitobon, Orifi billoh nomlari bilan keng dong taratganlar. Xoja Orifning irfoniy suhbatlari mashhur shayx, orif va darveshlar hayoti, kashfu karomotlaridan hikoya qiluvchi naqlu rivoyatlarga boy bo’lgan. Buni "œOrifnoma"dan ham oson ilg’ash  va anglash mumkin.

Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 16:13:15
Biz So’zimizni Mohitobon bobomiz o’z pirlari Abdulxoliq G’ijduvoniy hazratlairdan eshitganlari va o’zlari ham suhbatlarida naql qilganlari bir hikoyatning mazmunini bayon etish bilan tugallamoqchimiz: Horun Rashid zamonida nufuzli bir amaldor bor ekan. U har kuni Xizr alayhissalom bilan ko’rishib suhbatlasharkan. Bir kun shu kishi o’z ishiga iste’fo beribdi. Va zohid bo’lib, insonlardan bir chetda toat-ibodatga sho’ng’ibdi. Lekin shundan bir kun o’tishi bilan uning Xizr ila uchrashishi ham to’xtabdi, ya’ni Xizr uning huzuriga tashrif buyurmay qo’yibdi. Shu tarzda kunlar ketidan kunlar, yillar ortidan yillar o’taveribdi. Zohid esa tundan tongga qadar Ollohga yolvorib, ko’z yoshlarini oqizib, tavba-tazarru etishdan to’xtamabdi. Nihoyat bir kecha uning tushiga Xizr alayhissalom kirgach, u yolvorib, debdi: "œEy vafoli do’st! Men sen bilan doimiy tarzda suhbat qurmoq maqsadida dunyo va dunyo ishlariga etak silkidim. Uzlatga chekinib, tanholikda ibodat qilishga kirishdim. Bu esa seni menga yanada yaqinlashtirur, deb o’yladim. Holbuki, buning tamom aksi bo’ldi: sen diydoringni butunlay darig’ tutding. Muborak jamoling ko’rmay hasratda qoldim. Nechun bunday bo’ldi? Buning hikmati nedur? Yana tokaygacha hasratu hijron o’tida yonajakman?". Xizr debdi: "œEy rafiq! Mening sen ila ko’rishib, suhbatlashuvimning boisi: qilayotgan ibodatlar, xayr hasanot uchnu emasdur. Balki o’sha mas’ul vazifada musulmonlarning ishlarini haq va adolar bilan bajo keltirganing uchun edi. Sen esa u mas’uliyatli vazifani yelkangdan soqit aylab, musulmonlarga xizmatni tark qilding. Va o’zingning shaxsiy kamoloting uchun bir go’shaga chekinding. O’z ma’naviy manfaatingni ko’pchilik manfaatidan ustun qo’yding. Endi sening o’rningni egallagan adolatsiz kimsa mo’min-musulmonlarga zulm va g’ayrimashru’ ishlar bilan alam va azob yetkazmakdadir. Shu kunlarda ular ranj va qadar og’ushidadirlar. Bularning bariga sen sabab bo’lding! Shuni bilginki, sening shaxsiy manfaating musulmon qardoshlaringning umumiy manfaatlari oldida katta bir qiymatga ega emasdir. Chunki uzlatga kirib, namoz o’qib, ro’za tutib, zikr aylashni hamma ham ado etmog’i mumkin. Biroq xalqqa xolis, yuksak ma’rifat va diyonat maqomida xizmat ko’rsatishni hamma ham uddalay olmas. Gap nimadaligini endi tushungandirsan: mana shuning uchun sendan aloqani uzgandirman"¦". Zohid bu so’zlarni tinglarkan, ko’zidan yoshlari sel bo’lib oqar va "œJuda to’g’ri.. Juda to’g’ri"¦" deyishdan nari o’ta olmas ekan. U uyqudan uyg’ongach, mushohada yuritmay, yo’l qo’ygan xatosiga tan beribdi.
  Imom G’azzoliyning ta’kidlashicha, Muhammad alayhissalomning boshqa payg’ambarlardan ustunligining bir hikmati, "œdin va dunyo ishlarini o’z qo’lida birlashtirgani edi. Ollohu taolo rasuli akrom ila insonlarni ham din, ham dunyolaridagi salohlarini kamolga erishtirmishdir. Undan boshqa hech bir payg’ambarga har ikki vazifa birdaniga berilgan emas". Shuning uchun islom tariqatlarida ham din va ma’rifat ishlari, dunyo ishlari va dunyoviy taraqqiyot harakatlaridan ajratilmagandir. Xoja Orifdan meros qolgan eng zo’r saboq ham ana shu! 
    Ahli tasavvuf dunyosida g’azab ham, nafrat ham yo’q , - deydi Javood Nurfaxsh ,- uhda erkinlik hukmron va ziddiyatga mutlaqo o’rin yo’qdir. Munofiqlik va aldov ham yo’q"¦ So’fiylik olamida faqat poklik, xotirjamlik va muhabbat mavjuddir. Bu haqiqatda barcha yurak orzu qiluvchi bir xayoldir. Bu- shu dunyoda erishilajak jannat erur.
   Xoja Orif ana shunday dunyoning buyuk vakillaridan edi. Ul zoti sharif 1259 yilda mana shu go’zal, xayoliy olamlarini tark aylab, chin dunyoga rihlat qilgandirlar.

Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2008, 13:55:46
Navbatdagi zoti sharif - XOJA ABDULXOLIQ G'IJDUVONIY
Bismillahir   rahmonir   rohim
Xoja Abduholiq  G’ijdivoniy quddisa sirrihu — Xojai Jahon, Xoja Abduholiq nomi bilan butun duhyoga mashxur. Otasi Xoja Abduljamil Rumiy Rahmatullohi Alay imom nomi bilan mashxur bo’lib, masjidda imomlik qilgan. Imomi Molik avlodidan. Rumlik. Rum poqshoxlari avlodiga ham mansubligi bor. Ul zot o’z zamonasining allomasi-zohiriy va botiniy ilmlarning olimi. Xizr allayhissalomga suhbatdosh bo’lgan. Zoti sharifning tushiga Xizr alayhissalom kirib, Buxoroi sharifga safar qilishga, G’ijdivonda nash’u namo topib, farzand ko’rishi va tug’ilajak farzandning muborak ismuini Abdulholiq qo’yishini bashorat qilgan.
   Xoja Abduljamil rumiy roziallohu anhu Rumdan karvon bilan Buxoroi sharifga yo’l olgan. Va, tushda ayon bo’lganidek, Gijduvonda nash’u namo topib, 1103 yilda farzand ko’rib, ismini abdulholiq qo’ygan.
   Xoja Abdulholiq uzun bo’yli, katta boshli, qalin qoshli, bug’doy ranglim, go’zal yuzli ulug’ zot bo’lgan.

Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2008, 14:12:05
  Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy diniy oilada, islomiy tasavvur va urf-odatlar qurshovida unib o’sgan. Xizr alayhissalomning savoba farzandi hisoblangan. To’qqiz yoshida Qur’oni Karimni yod olgan, o;n yoshidan boshlab darveshlarning zikr tushishlarida faol ishtirok etgan.
  Ilk ustozi — o’z zamonasining mashhur bilimdoni, tafsir ilmining sultoni Imom Sadriddin atalmish ulug’ zot bilan Buxoroi sharifda uchrashib, tafsir ilmini mukammal o’rganadi. Va tafsir o’qib: "œUd’u rabbakum tazarru’an va xufyatan innahu lo yuhibbu-l-mu’tadiyn", (A’rof, 55-oyat. "œDuo qilinglar parvardigorlaringizga yolvorib-yashirib, albatta u haddin oshguvchilarni do’st tutmas") oyatga yetadi. Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy ushbu oyat mazmuniga muvofiq ustozidan:
Bu xufyaning haqiqati va yo’li qanday bo’ladi? Deb so’raydi.
  Ustoz Imom Sadriddin:
- Agar zikr aytuvchi baland ovoz bilan o’qisa yo zikr qilayotgan vaqtda biror a’zosini qimirlatsa, o’zgalar bundan xabar topadilar. "œAsh shaytonu ajri fi ibni Odama majra — d - dami", hadisiga ko’ra, shayton ham undan ogoh bo’ladi. Buning mohiyatini to’la anglab yetish mushkul. Bu — ilmi Laduniy — ilohiy ilmdir. Agar Haq subhanahu va taolo sizni bundan voqif qilishni xohlasa, albatta sizning oldingizga ahlulloh (o’z odamlari)dan birini yuboradi va u sizga ta’lim beradi, - deb javob aytadi.
   

Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 14:00:57

    Laduniy ilmi haqida "œG’iyosul lug’ot"da shunday xabar bor: "œAlloh toolo tomonidan ato qilingan ilm. Unday ilmga urinish, sa’y-harakat, riyozat chekish natijasida, Alloh taolo xoxlasa, erishish mumkin. Chunki bu Alloh o’zi xohlagan kishilargina nasib qiluvchi ilohiy ilmdir."
   Laduniy ilm uchga bo’linadi: vahiy, ilhom, farosat. Vahiy — payg’ambarlarga, ilhom- avliyolarga, farosat- so’fiylarga Allohning izni bilan beriladi.
   Imom Sadriddin bilan bo’lgan suhbatdan o’tgandan so’ng Xizr alayhhisalom kelib, Abdulholiq G’ijduvoniyga xufiya zikridan ta’lim beradilar va farzandlikka qabul qiladilar.
   Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy butun hayotini Alloh yo’liga bag’ishlab, farz va sunnat ammalarini bajarish kabi ulug’ ibodatda shuxrat topdi. Yigirma ikki yoshida, Buxoroyi sharifda baland maqom, butun sharq olamida nomi mashxur shayx Abu Yoqub Yusuf Hamadoniy bilan uchrashadi. Va tez orada mashxur shayxning muridiga aylanadi. Xoja Yusuf Hamadoniy Abdulholiq qalbida Alloh zikri borligini bilib, so’fiylar jamoasiga olib kiradi.
   Xoja Yusuf Xamadoniyning tariqatlari- ZIKRI ALONIY — oshkora zikr edi.
   Kunlardan bir kuni Xoja Abdulholiq Xoja Yusuf Hamadoniy hazratlariga Xizr alayhissalomdan zikri xufiya — maxfiy zikr sabog’ini olganligini izhor qiladi. Shunda Yusuf Hamadoniy: "œBir vajekim alardin ma’mur bo’libsiz, mashg’ul bo’ling", deb fatvo beradi.
   Yusuf Hamadoniy Abdulholiq G’ijdivoniyga so’fiylik xirqkasini kiygizgan. Abdullo Barqiy, Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulholiq G’ijduvoniy Yusuf Hamadoniyning shogirdlari hisoblanadilar.
   Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy ustozi Xoja Yusuf Hamadoniy Xurosonga ketgunga qadar u ulug’ zotning xizmat-mulozamatlarida bo’lib, ko’p ilm o’rganadi. O’zini ibodatu riyozatga mashg’ul qilib, butun hayoti  davomida "œRisolayi sohibiya", "œRisolayi shayxushshuyux Hazrati Yusuf Hamadoniy", "œMaqomoti Xoja Yusuf Hamadoniy", "œAz guftar Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy" kabi besh buyuk asar bitadi.
   Xoja Abdulholiq ustozini ta’limotini har tomonlama boyitib, amaliyotga zikri hufiyani olib kirdi. Va, xojagonlik tariqatining sakkiz rashxa — qonun- qoidasini
shakllantirib berdi.                       
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 15 May 2008, 12:46:39
Birinchi rashha — XUSH DAR DAM — ichdan chiqayotgan har bir nafas ogohlik va huzur yuzasidan bo’lishi, g’aflat unga hech yo’l topmasligi kerak.
  Hazrat Mavlono Sa’duddin Koshg’ariy roziyallohu anhu aytadiki, xush dar dam — bir nafasdan ikkinchi nafasga o’tish g’ofillik yuzasidan bo’lmay, huzur yuzasidan bo’lsin va olinayotgan har bir nafas Haq subhanonu va taolodin xoli va g’ofil bo’lmasin. Hazrat Xoja Bahouddin shunday ta’kidlaydi: bu yo’lda ishning asosini nafas ustiga qurmoq kerakki, zamonning muhim vazifasiga mashg’ul bo’lishda xayolni o’tmishdan va fikrni kelajakdan ozod etsin va har bir nafasni zoye etmaslikka urinsin. Nafas g’aflat bilan kirib chiqmasin.

Ruboiy:

Ey monda zi bahri ilm bahr sohili ayn,
Dar bahr farog’at astu bar sohil shayn.
Bardor safoyi nazar zi mavji kavnayn,
Ogoh ba bahr bosh bayn un-nafasayn.

Tarjimasi:

Ey, ilm dengiziga kirmay, buloq sohilida qolgan kishi,
Dengizda farog’at bor, sohilda esa baxtsizlik.
Dunyoning mavjlanishiga xush nazar bilan boqma,
Har ikki nafas o’rtasida dengizdan ogoh bo’l.

Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 15 May 2008, 12:47:43
Ikkinchi rashha — NAZAR BAR QADAM — nazar doim oyoqda bo’lishi kerak. Toki, solikning nazari sochilmasin va nolozim joyga tushmasin.

Masnaviy:

Kam zada behamdamiyi xush dar dam,
Dar nag’zashta nazarash az qadam.
Baski, zi xud karda ba sur’at safar,
Boz namonda qadamash az nazar.

Tarjima:

Hushyorliksiz biror nafas ham olmagan,
Nazari qadamidan o’zga yerda bo’lmagan.
U o’zligidan sur’at bilan safarga ketgan,
Har bir qadami nazaridan xoli bo’lmagan.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 15 May 2008, 12:49:10
Uchinchi rashha — SAFAR DAR VATAN — solik odamiylikning tabiatida safar qiladi, ya’ni — odamiylik sifatidan farishta sifatiga o’tadi, yomonlik sifatidan yaxshilik sifati tomon ko’chadi.
  Tariqat shayxlarining fikri va ahvollari safar yoki muqimlik borasida turlicha bo’lgan. Ulardan ba’zilari ibtidoda safar qilishadi va intihoda muqim turishadi.Ba’zilari esa ibtidoda muqim bo’lib, intihoda safar qiladilar. Ba’zilari ibtidoda ham, intihoda ham safar qilmaydilar. Ayrimlari esa ibtidoda ham, intihoda ham safar qilaveradilar.
  Xojagonlarning a’mollari safar va muqimlikda shundayki, ibtidoda ular safar qilib, biror azizning xizmatida va uning huzurida muqim turadilar. Ammo o’z yurtlarida shunday bir azizni topsalar, tarki safar qilib, uning xizmat-mulozamatida bo’lishadi va ogohlik malakasiga erishishda astoydil harakat qiladilar. Malaka hosil qilganlarida esa ularga safaru muqimlik barobar bo’lib qoladi.
  Xoja Ubaydulloh Ahror aytganki, ibtidoda safar qiluvchiga parishonlikdan o’zga foyda yo’q. Solik bir azizning suhbatiga yetishdimi, demak — chidam fazilatini hosil etishi, xojagonlarning nisbat malakasini qo’lga kiritishi va shundan so’ng istagan yerga borishi mumkin:

Ruboiy:

Yo rab, chi xush ast bedahan xandidan,
Bevositayi chashm jahonro didan.
Binishin, safar kun, ki bag’oyat xo’b ast,
Bezahmati nogirdi jahon gardidan.

Tarjimasi:

Yo rab, og’iz bo’laturib, og’izsiz kulmoq,
Ko’zsiz butun jahonni ko’rib turmoq naqadar soz.
O’tirgan ko’yi jahonni kezmoq,
Oyoqqa zahmat yetkazmay, safar qilmoq naqadar soz.

Bu borada mavlono Abdurahmon Jomiyning "œShiqqat ullam’ — ast" risolasida yanayam ibratli bir bayt bor:

Oynayi suvrat az safar dur ast,
K-on naziroyi suvrat az nur ast.

Ya’ni:

O’zida suvratni aks ettiruvchi oyna suvrat sari safardan xolidir,
Negaki, uning suvratni aks ettirishi nur tufaylidir.

Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 15 May 2008, 12:50:13
To’rtinchi rashha — XILVAT DAR ANJUMAN.

Xoja Bahouddin Naqshband hazratlaridan so’radilar:
Sizning tariqat yo’lingizning asosi nima?
Hazrat javob berdilar:
Xilvat dar anjuman — zohiran xalq bilan, botinan Haq bilan. Haq subhanohu va taoloning (Qur’onda): shunday odamlar borki, ularni na savdo va na sotiq Xudoni yodlashdan chalg’ita oladi, degan aynan shu holatga ishoradir.

Xoja Avliyoyi Kabir deydiki:
Zikrda mashg’ullik shu darajaga yetib boradiki, bozorga kirsa, yurakdagi zikr g’alabasidan zokir hech qanday so’z va ovozni eshitmaydi.

Xoja Ubaydulloh Ahror aytadiki:
Zikrga qattiq sa’yu harakat qilish bilan besh — olti kun ichida shunday martabaga yetishish mumkinki, odamlarning so’zlari, hikoyalari quloqqa zikr bo’lib eshitiladi. Hatto o’zi gapirayotgan so’z ham zikrdek tuyuladi, biroq kuchli harakat qilmay bunga yetishib bo’lmaydi.

Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 15 May 2008, 12:50:59
Beshinchi rashha — YODKARD — bu zikri lisoniy (til zikri) yoki zikri qalbiydir.
  Mavlono Sa’duddin Koshg’ariy aytadiki:
Zikrni ta’lim berishning yo’li shuki, shayx avval tili bilan: "œLo iloha illallohu muhammadur rasululloh", deydi. Murid esa diqqatini jamlab, ko’nglini shayxning ko’ngli ro’parasida tutadi, ko’zini ochib, og’zini mahkam yumadi, nafas olmay, ehtirom va kuchli ichki quvvat bilan yuqoridagi zikrni ayta boshlaydi. Bu zikrni tili bilan emas, balki ko’ngli bilan aytadi. Hisbi nafas (nafas olmaslik)da chidasin va bir nafas olmasdan uch marta Lo Iloha Illollohu Muhammadur Rasulullohni aytsin. Toki zikrning halovati ko’ngilga yetsin.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 15 May 2008, 12:52:58
Oltinchi rashha — BOZGASHT — shundayki, zikrni aytuvchi tili yoki dilida kalimai toyyibani aytganda: "œXudovando, mening maqsudim sensan", deydi. Bu bozgasht kalima yaxshi yoki yomon fikrlarni odamdan haydovchidir. U zikrni xolis qiladi, zikrni o’zga nafaslardan ozod etadi. Zikrni boshlovchi bu bozgasht so’zlarni aytayotgan paytda mabodo chin dildan bo’lmayotganini sezsa ham, uni aytishni tark etmasin, bora-bora u chinakamiga aylanib ta’siri zohir bo’ladi.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 15 May 2008, 17:44:24
Yettinchi rashha — NIGOHDOSHT — har xil fikrlardan xalos bo’lish, tashqi olamdan ajralish uchun intilish bo’lib, kalimai toyyibani bir nafasda bir necha marta aytsa, o’sha paytda xayolni boshqa narsalardan xalos qilish lozim.
  Mavlono Sa’duddin Koshg’ariy aytganki:
Bir soat yoki ikki soat va undan ham ko’p vaqt, imkoni boricha, o’zni o’zga xayolu fikrlardan asrasin.

  Xoja Ubaydulloh Ahrorning eng yaqin do’stlaridan  biri mavlono Qosim: aytishlaricha, nigohdoshtda shunday malaka hosil qilibdiki, kunchiqardan to choshgohgacha ko’nglini narsalarning fikridan saqlay olar ekan. Shuncha vaqt ichida xayol quvvati o’z amalida qolar ekan.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 15 May 2008, 17:48:11
Sakkizinchi rashha — YODDOSHT — shundayki, undan maqsad, Haq subhanohu va taoloni doimo zavqu shavq bilan yodda tutib, ogoh bo’lishdir. Ba’zilar uni G’OYIB BO’LMAYDIGAN HUZUR degan ibora bilan ham ataydilar. Ba’zi haqiqat ahlining nazarida u shunday bir mushohadadurki, Haq subhanohu va taolo muhabbati ko’ngilni tamoman qamrab oladi, bu esa yoddoshtning hosil bo’lishidan darakdir.

Xoja Ubaydulloh Ahror oxirgi to’rt kalimaning sharhida quyidagilarni aytadi> Yodkard — zikrda qattiq harakat qilish, bozgasht Haq subhanohu va taologa yuzlanib, har gal kalimayi toyyiba — LO ILOHA ILLOLLOHU MUHAMMADUR RASULULLOHni aytganda "œXudovando, maqsudim sensan" deyishdir. Nigohdosht — til bilan aytmay, dil orqali aytish, yoddosht — nigohdoshtda mustahkam turishdir.

Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 15 May 2008, 17:50:07
Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniyning sakkiz rashha — axloqiy talablariga Xoja Bahouddin Naqshband uchta qo’shganlar:

Vuqufi zamoniy — ya’ni, solik doimo o’z vaqtini sarhisob qilib turishi lozim. Umrining qay qismi yaxshilikka, qay qismi yomonlikka, qay qismi behudaga sarflanyapti — shularni bilishi zarur.

Vuqufi adadiy — ya’ni, solik hamisha zikr payti adadga rioya qilmog’i kerak. Zokir zikr vaqti adadga rioya qilsa, o’z xayolini idora eta biladi.

Vuqufi qalbiy — ya’ni, solik doimo Alloh taoloni zikr etib turishi shart, zokir qalbi hamisha Allohdan ogoh bo’lishi kerak.


Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:30:32
Xojajalar ahlining xojasi Abdulxoliq G’ijduvoniy 1179 yilda, 76 yoshida vafot etgan. Qabri G’ijduvon shahrida tabarruk ziyoratgoh hisoblanadi. Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy mozori onasining oyoq tomonida. Vaqtiyi zamonida ziyoratgoh yonida chillaxona, shuningdek qirq zinali narvon ham bo’lgan. Hozir chillaxona ham, narvon ham yo’q, lekin toshquduq bor.
  Butun dunyoga mashhur Naqshbandiya tariqati xojagonlikdan unib o’sgan. Shu bois ularmolar ul buyuk zot Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniyga SARXALQAYI SILSILAI NAQSHBANDIYA  deb ta’rif beradilar.

  Valiyulloh Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniydan so’ng bu vorislik Xoja Orif Mohi Tobon Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy, Xoja Ali Rometaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Xoja Sayyid Mir Kulol Buxoriy, Xoja Muhammad Bahouddin ibn Sayyid Jaloliddin Naqshband kabi o’z zamonasining mashhur shayxlari tomonidan davom ettirilgan. Va bu ta’limot butun dunyo xalqlari o’rtasida cho’ng shuhrat qozongan.

  Xoja Langar Ato va Xoja So’fiy Cho’yan kabi mo’tabar zotlar Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniyning muridlari hisoblangan. Xoja Langar Ato qabri ayni zamonda ham ziyoratgohdir.

  Xoja Ahmad Sadoqiy — Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniyning birinchi xalifasi. Asli buxorolik. Qabri Buxorodan yigirma chaqirim masofada joylashgan Mog’iyondadir.

Xoja Avliyoyi Kabir — Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniyning ikkinchi xalifasi. Buxorolik, qabri Burji Ayyordadir.

Xoja Sulaymon Karmaniy — Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniyning uchinchi xalifasi. Qabri Karmanada. U o’z zamonasining donishmand shayxlaridan bo’lgan.

Xoja Orif Ar-Revgariy — Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniyning to’rtinchi xalifasi.
  Revgariy qishlog’i Buxorodan 36-38 chaqirim masofada joylashgan. Bu manzil Shofirkon shahridadir.
  Xoja Orif yuz yildan ziyod umr ko’rib, 1259 yilda vafot etgan. Qabri ziyoratgohdir.

Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 07 Iyun 2008, 15:56:31
                                         Xoja Yusuf Hamadoniy

    Xoja Yusuf Hamadoniy 1049 yilda Hamadonda tavallud topganlar. To'liq ismlari - Abu Ya'qub Yusuf ibn Ayyub Hamadoniy. U kishi Xojagon-Naqshbandiya tariqatining asoschisi bo'lib, tasavvuf ta'limotning O'rta Osiyoda yoyilishida alohida jonbozlik ko'rsatgan yirik mutasavvif, muhaddis olim va orif zot. Abu ishoq Sheroziy,Abu Ali Farmadiy,Abdulloh Juvayniy,Hasan Simnoniy kabi olimu oriflardan ta'lim olganlar. U zotningf 4 ta shogirdlari quyidagilar:
 
  Xoja Abdulloh Baraqiy - Xorazmiy, Xoja Hasan Andaqiy -Buxoriy,Xoja Ahmda Yassaviy va Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy.

  Xoja Yusuf Hamadoniy 1141 yilda 92 yoshda vafot etganlar.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 26 Iyun 2008, 13:57:33
HAMADONIY Yusuf (1048, Hamadonning Buzanjird qishlog‘i - 1141, Afg‘onistonning Bomiyon sh.) - tasavvufning yirik namoyandasi, mashhur olim. Bag‘dodda Abu Ishoq Sheroziydan tahsil olgan. Isfahon, Samarqand, Buxoroda o‘z bilimini oshirgan. Tasavvufni Abu Ali Faryumodiy, Abdulloh Juvayniy va Hasan Simnoniydan o‘rgangan. Zamonasining yetuk allomalari Abdulqodir Giloniy (G’avsul-a’zam), Imom Razzoliy, shayx Hamiduddin Multoniy b-n muloqotda bo‘lgan. 30 marta haj ziyoratiga borgan. H. Buxoroda uzoq muddat yashab, Ahmad Yassaviy va Abdulxoliq Rijduvoniyni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. U keyinchalik xojagon-naqshbandiya tariqatining bosh shiorlariga aylangan "xush dar dam", "nazar bar qadam", "safar dar vatan", "xilvat dar anjuman" qoidalarini ishlab chiqqan. Xalifalaridan 4 nafari: Xoja Abdulloh Barqiy (Barraqiy) Xorazmiy, Xoja Hasan Andoqiy Buxoriy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy ustozidan so‘ng muridlarning tarbiyasi b-n shug‘ullanganlar. H. "Rutbat ul-hayot"("Hayot mezoni"), "Kashf", "Risola dar odobi tariqat", "Risola fi annal-kavna musaxxarun lil/inson", "Risola dar axloq va munojot" kabi asarlarni yozgan. "Hayot mezoni" risolasi o‘zbek tilida ham nashr qilingan (T., 2003).
Hirotdan Marvga qaytayotganda Bomiyon sh.da vafot etgan. Keyinchalik xoki muridlari tomonidan Marv sh.ga ko‘chirilib, qayta dafn etilgan. H. haqida Abdulxoliq Rijduvoniy, Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy o‘z asarlarida muhim ma’lumotlar keltirishgan.  "Islom ensiklopediyasi"
 
 
 
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 26 Iyun 2008, 13:58:59
Hoja Yusuf Hamadoniy:

"Nafsoniy va shaytoniy sevgi bilan Rahmoniy sevgi o'rtasidagi farq shuki, mahluqot sevgisidan o'zidan ketish va devonalik yuzaga keladi, Alloh sevgisidan esa ko'ngilda farosat, hikmat va ma'rifat hosil bo'ladi".
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Adbrurahmon 31 Iyul 2008, 15:36:37
      Naqshbandiya tariqatining asoschisi "œBaho ul - Haq"(Haq taoloning nuri), "œBaho ud-din"(Dinning nuri) kabi faxriy unvonlar bilan mashhur buxorolik shayx, so’fiy Muhammad ibn Muhammad Naqshband Buxoriy(1318-1389)dirlar.U kishi Xoja Yusuf Hamadoniy,Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy ta’limotlari negizida Naqshbandiya tariqatiga asos solganlar.Naqsh soluvchilik bilan shug’ullanganliklari uchun u kishiga "œNaqshband" laqabi berilgan.Naqshband deyilishlariga ikkinchi sabab shuki, Hazrat Bahouddin muborak qo’llari bilan "œLo iloha illalloh, Muhammadur rasululloh" kalimasini matoga zar(tillo) ip bilan tikib, qiblaga osib qo’yganlar va unga qarab zikr qilganlar.Shunda undan ilohiy nur taralaib, qalblariga naqshday o’rnashib qolgan.Shu sababdan "œNaqsh band bar dil band" — Alloh nomini dilingda naqsh qil, - deyiladi Naqshbandiya tariqatida.
   Ular Qur’oni Karim, Hadisi sharif, payg’ambar alayhissalom va sahobai kiromlarning sunnatlariga doimo amal qilib, uni tiriltirish( "œihyo us - sunna") ni asosiy maqsad qilib olganlar.Imom A’zam mazhablari,Abu Mansur Moturidiy aqidalari,Imom Buxoriy va ulug’ muhaddislar rivoyat qilgan kitoblarga tayanib, o’z ta’limotlarini yaratganlar.
    Alloh zikrini baland ovoz bilan (jahriy zikr) aytish oldingi tariqatlarda mashhur va ma’ruf edi/Naqshbandiya tariqatida zikr birov eshita oladigan darajada baland ovoz bilan aytilmaydi.Chunki Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladiki: "œRabbingizga zorlanib va xufyona(ovozsiz) duo qilingiz!"(A’rof surasi, 55-oyat.)
     Payg’ambar alayhissalom aytadilar: "œYashirin(xafiy) zikr baland ovozda aytiladigan(jaliy) zikrdan afzal".
     Shuning uchun xafiy zikr(qalbdan yashirin aytish) riyosiz.Qalb doimo Allohning zikri bilan band bo’lishi bu oyati karima va hadislarga amal qilishning asosiy maqsadlaridandir.Shu sababdan Naqshbandiyada 11 muborak rashha(insonlar hayot tarzini belgilab beruvchi muborak ilohiy hikmatlar)ga amal qilish tariqatning mohiyatini tashkil qiladi.Bundan tashqari, Naqshbandiya tariqati quyidagi 4 asosga qurilgan:
     1.Shariat bilan zohirni poklash;
     2.Tariqat bilan botinni poklash;
     3.Ma’rifat bilan Allohga yaqin bo’lish;
     4.Haqiqat bilan Allohga erishish;
      Har bir rashha zamirida oyat va hadislar mavjud bo’lib, ushbu rashhalar shularga asoslangandir.

Alloh rozi bulsin
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Robiya 15 Iyun 2009, 16:35:59
 :as:

Navbatdagi zoti sharif Abu Ali Formadiy. Ushbu pir haqlarida ma'lumot topish ancha qiyin bo'ldi :)

Ikkita hikmatlarini topib, Sizlarga havola etishni ma'qul topdim.

ABU ALI FORMADIY HIKMATLARI:

Dunyodor darvishlarga tavozu qilsa, din — imonni saqlagan bo’lur.

Darvishlar dunyodorlarga tavoze qilsa, gunohkor bo’lur.
Nom: Re: "Silsilai sharif"ga kirgan zoti shariflar...
Yuborildi: Ummu Muslima 09 Fevral 2010, 09:58:14
ALLOH rozi bo'lsin singiljon,

ilmingiz ziyoda bo'lsin,
Ulug' zotlar izlaridan yurishni ,
ALLOH rizoligin topishni nasib etsin hammamizga