forum.ziyouz.com

Kutubxona => Boshqa kitoblar => Mavzu boshlandi: Robiya 29 Avgust 2007, 13:59:54

Nom: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2007, 13:59:54
Mahmud Sattorning ushbu kitobi o’zbek iboralari namunalarining qisqa sharhi va izohiga bag’ishlangan.Dastlabki mavzu "Bozor"
 
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2007, 14:01:10
BOZOR-O’CHAR
Otang bozor — onang bozor.Buning ma’nosi bozor seni o’z hukmiga yetaklaydi, bahosini o’tkazadi,bozor qonunlariga rioya qilish joiz.Ota-onaga bo’ysunish shart bo’lganidek,bozorga,narx-navoga bo’yin egishga majbursan.Hatto ota-onang peshonangga bitkazolmagan mol-dunyoni omon bo’lsang, omading yurishsa, qo’ling uzunlashsa,bozordan olasan.Qo’shni,hamkasb,qarindosh-urug’ingga,do’st-og’aynigga sarg’ayib nima qilding?!Beminnat bozor bor.Turmush,tirikchilik,hayotingni bozor belgilaydi.Otang bozor,onang bozor.Muqobili : "œPul bo’lsa, changalda sho’rva".

Bozorga kech bor, erta qayt.Sababi bozor erta tongda qimmat bo’ladi.Choshgohga borib qiziydi.Tobora arzonlasha boradi.Xaridingiz unumli,tejamli bo’ladi.Erta qaytishning muhimligi sababi, har xil kissavuru hangomatalab qalang’i-qasang’ilarning xurujidan xoli bo’lasiz.

Haftada bir bozor, uni ham yomg’ir buzar.Bu qofiyali jumla bechora, kambag’al dehqonning ko’ngil izhori bo’lib haftasiga bir keladigan bozordan chamasidagiday naf ko’rolmagan odamning pushaymonidir.Ko’chma ma’nosi ham bo’lib, uzoq rejalashtirib yurilgan ishning favqulodda to’siqlar bilan amalga oshmay qolganidan ranjish holatidir.Muqobili: "œMen o’g’irlikka tushdimu, oy oydin bo’ldi".

Tuya bir tanga, qani bir tanga, tuya ming tanga , mana ming tanga.Bu maqol bozorning arzon-qimmatligidan tashqari, insonning imkon darajasi haqida ma’lumot beradi.Tuyoqlar borasida eng katta, salmoqli tosh bosadigani tuyadir.Zamonki bo’ladi shu tuya,bir tangaga sotiladi, biroq bir tanganing qadri-qimmati, kuchi-quvvati juda baland.Shu sabab, bir tangaga tuya olishning imkoni yo’q(Qani bir tanga!.)Tag’in shunday bir davr keladiki,tuyaning narxi ming tangaga chiqib ketadi.Ammo siz shu ming tangaga bo'lsa-da, tuya olishga qurbingiz yetadi.
  Buning ikki sababi bor: Pulning qadri tushib ketdiyu, mol-mulk, o’lmas jihozning narxi balandlashdi.Ikkinchisi siz yosh go’dak bola edingiz,qo’lingiz qisqa edi, voyaga yetib pul topar, mol topar, mulkli davlatli bo’ldingiz.Endi imkoniyatingiz kengayib,qo’lingiz uzunlashdi.Shu sabab ming tanga bo’lsa-da, tuyani tap tortmay sotib ololasiz(mana ming tanga!).

Bozorga boryapti, bozordan qaytyapti.Xabar ko’rinishidagi bu sodda iboralarning ma’nosi chuqur: Odam bozorga boryapti.Oldinda bozor, xarid, sarguzashtlar,omad, tole,intilish, baxt yoinki bularning aksi"¦Odam bozordan qaytyapti.Xarid qilindi.Yutdingmi, yutqizdingmi,tutdingmi,tutqizdingmi,toleing o’ng keldimi,tersmi, nima bo’lganda ham bugungi bozoring o’tdi.Safardan qaytding.
   
Kambag’alni tuyaning ustida it qopibdi.Kambag’al omadi yurishib, tuyaga minib qoldi!(Toleni qarang-a).Biroq baxti yotgani shundaki, shuncha bahaybat,baland,yuksak jonivor — tuyaning ustida ham uni it taladi, qopdi-ya!Kambag’alning peshonasi qursin.Ko’rgan kuni qursin.Bu iboraning muqobili sifatida xalq "œnasib etsa, kelur shomu Iroqdin,nasib etmasa,ketur qoshu qaboqdin" naqlini ham iste’molda qo’llaydi.
Keyingi mavzu "Gapni gapir uqqanga"
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2007, 17:00:33
Gap otish.Gap tosh,kesak,o’q bo’lmasada, u ham otiladi.Ibora salbiy ohangda qo’llaniladi.Yigitlar qizlarga gap tashlashadi, otishadi.Qitmir, hazil,jiddiy gap otilishi mumkin.Aksincha, qizlar yigitlarga ham shunday muomalada bo’lishlari, gap otishlari kuzatiladi.Gap otish faqat ishqibozlik ma’nosida bo’lmasdan, dushmanlik, do’stlik,ig’vogarlik,masalaga aniqlik kiritish, luqma ma’nolarida ham bo’lishi mumkin.

Gap ko’p, ko’mir oz.Maza-matrasiz,ta’sirsiz,hech qanday samarasiz gap bo’lib turganda mana shu ibora qo’llaniladi.Aftidan, ko’mirchi kosiblar dastgohi yonida yaratilgan ibora bo’lsa kerak.Kop’mir yo’qligi,bosqonning ishlamasligi,demakki foydali mehnatning to’xtab,temirchining qo’li bo’sh qolishiga sabab bo’ladi.Tag’in bir ma’nosi: bu gaplarda o’t, olov, taft yo’q,kam degan mazmun tashiydi.Foydasiz gaplardan ensa qotganda,ishonchsizlik tug’ilganda odamlar odatda shunday deyishadi.

Gapga to’n kiygizadi.Odatda gapni lof urib gapiradigan,mahmadona,so’zamol,oshirib-toshiradigan kimsalarga nisbatan bu ibora ishlariladi. "œGapga to’n kiygizish" obrazli qilib aytganda,gapni jonlantirib,uni odamga aylantirib,hatto chopon ham kiygizishdir.Ikki xil ma’noda ishlatiladi: ijobiy,salbiy.Ijobiysida sovchilik,vakillik,elchilik ishlarida shunday gapga chechan,to’n kiygizadigan odamlar tanlanib,yuboriladi.Salbiysi o’zingizga ma’lum.

 Gapi kaltakday.Bu birikma ko’pincha ana ketdi, mana ketdi bo’lib yotgan keksa,bemor emin-erkin so’zlashib o’tirganda yoki yosh bola kattalarning gapini qilib,salmoq bilan so’zlaganda ishlatiladi.Yana bir ma’nosi andishasiz odamning gapi sovuqligi,odamga botishi,kaltakdayligi ko’zda tutilib aytiladi.
  Kaltakday,degan so’zda salbiy ohang kuchli bo’lib, o’ziga munosib bo’lmagan shaxsning gapi o’tkirligiga kinoya sifatida qo’llaniladi.Bu iborada tanqidiy mayldan tashqari xayrixohlik,mutoyiba,istehzo,beg’ubor kulgi ma’nolari ham bor.   

Gap tegdi.Bir necha ma’nosi bor:Gap navbati tegdi,gap olindi,gapga kirishildi.Asosiy ma’nosi ko’chmadir.Tanbeh eshitildi,shu gap orqali yomon fikr bildirildi, mazmunida.Muqobili: "œGap eshitdi".

Gap ko’tarmaydi.Gap ham og’ir,yengil,o’rtacha bo’ladi.Uning ham hammasini baravar ko’tarish qiyin.Yuklar orasida aslida eng og’iri ham gapdir.Odamlarga ta’rif berilganda,ularni gap ko’taradigan,gap ko’tarmaydigan toifalarga bo’lishadi.
  Bir xil kishilar haqida gap ketganda,bu odam gap ko’tarmaydi,minatlik oshin ichmaydi,juda oriyatli,o’ziga,sha’niga dog’ qo’ndirmaydi,degan gapni aytishadi.Gap ko’tarmaslik ikki xil bo’ladi.O’z kunini o’zi ko’rishga, mustaqil bo’lishga,beminnat hayot kechirishga intilgan,halol odamlar borki,ular haqida bu ibora ishlatiladi.Ikkinchi toifasi jirttaki,sirkasi suv ko’tarmaydigan,burnidan balandroq gapirsangiz lovillab ketadigan sharttaki,jizzaki odamlardan iborat.Demak bu ibora ham ijobiy, ham salbiy ma’noda qo’llanilar ekan.
         Keyingi mavzu : "Jon kuydirmasang jonona qayda"
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 18 Sentyabr 2007, 15:13:18
                                  JON KUYDIRMASANG — JONONA QAYDA
Mol achchig’i — jon achchig’i.Pul jigardan bo’lgan deydi xalq.Pulga neki boylik,bisot sotib olinib,jamg’arilsa,u jonga yaqin bo’lib qoladi.Shu boylik,molni yo’qotish,qo’ldan chiqarish,boy berish — jon chiqishiga yaqin keladi.Shuning uchun ham o’zbek mol achchig’i jon achchig’i deydi.Molu bisot oraga kirgan ota-ona,farzand,aka-uka,og’a-ini,do’stu ulfat o’rtalariga tiklab bo’lmas nifoq,qutqu tushadi.Pulim keygan deb bir kambag’al achchiq qalampirni chaynagan ekan,degan gap bor.Mol achchig’i yomon bo’ladi.U har qanday yaqinlikka qaramay,odamlar o’rtasida hayot-mamot kurashi,jangni keltirib chiqarishi mumkin.

Joniga tegmoq.Jon ruh kabi modiy bir a’zo emas.Biroq xalq,dard qayda bo’lsa,jon shu joyda bo’ladi deydi.Shu ma’noda dardli,og’riqli yerga tegish — jonga tegish,jonni og’ritishdir.Ko’chma ma’nosida esa,jonga tegish,me’daga urish,g’ashga tegish,takrorlanaverib,aytilaverib siyqasi chiqmoq mazmunini beradi.Joniga tegmoq,bezor bo’lmoq,bezori jon bo’lmoq,bu mashg’ulotni hazm qilolmay qolish,turmushni yangi izga solishga olib keladi.

Joni kirdi.Aslida jon chiqib ketsa,qaytib tanaga kirmaydi.O’lgan qaytib tirilmaydi.Joni kirdi deganda o’zbek biror ish,voqea-hodisa,ko’mak bir kishiga juda qo’l keldi,unga o’ta ma’qul bo’ldi,ayni o’rniga tushdi,ko’ngildagiday bo’ldi kabi ma’nolarni ko’zda tutadi.Joni kirmoq — manfaat topmoq,kuutganidan ham a’lo darajada lazzatlanmoq mazmunidadir.Shifokorlar yuragi urishdan to’xtayotgan bemorni qayta dunyoga keltirishganda bu ibora ishlatilishi ham mumkin. "œIchiga issiq kirgan" keksaga,sovuqdan muzlab qotib qolgan kishiga olov xuddi shunday "œjon kirgizishi" mumkin.

Jonim-otim.Jonfidolik,sidqidillik,ixlos,zo’r ishonch,e’tiqod ramzi.Keksalar yoshlaga nasihat qilib,yo’l ko’rsatganda, "œbir ish qilsang,sidqidildan,jonim-otimlab qil,qo’l uchida , xo’ja ko’rsinga,elko’rarga qilmagin", deydi.Jonim-otimlik — yaxshi tarbiya ko’rganlik,muayyan ish,shaxsga nisbatan ixlos va sadoqat timsolidir.

Jonidan o’tmoq.Pichoq borib suyakka yetmoq,joni og’rimoq iboralari uning muqobili. "œJonidan o’tdi" deganda, sabr kosasi to’ldi, chidam bardoshi tugadi,endi bu yog’iga chidashning iloji yo’q, ma’nosi anglashiladi.Jonidan o’tish,jonidan kechishning ikkinchi ko’chma ma’nosida hukmdor aybdorni avf etdi, joniga qasd qilish,hayotdan mahrum qilishdan voz kechdi mazmuni ham bor.Bu o’rinda "œbir qoshiq qonidan kechdi" iborasi muqobil bo’la oladi.

Jonim-jonimlab joningni oladi.O’zbek unday odamlarni muloyim xunuk deydi.Undaylar yomon,qo’pol gapirishmaydi.Silliq,madaniy muomalada bo’lishadi.Biroq samimiyatdan yiroq,soxta gaplari,zahil yuzlari,ilmoqli so’zalri bilan rostdanam joningizni olishadi.Minnatsiz,tamasiz biror ish qilishmaydi.Xalq bunday odamlardan qochadi,chetlab o’tadi.

Joniga pul olmoq.Jonini tikmoq,jonini garovga qo’ymoq iboralarining ayni muqobili.Qimor uchun jonini garovga qo’yish.Ko’chma ma’noda joniga pul olgan — jonini biror va’da,buyum,boylik evaziga sotmoq,tikmoq.Keksalar uddasidan chiqish qiyin bo’lgan ishga bel bog’lagan yoshlarga "œqo’y bu ishingni,nima joningga pul oldingmi,bo’ladigan ishning boshini tut" deb tanbeh berishadi.

Jon kuydirmasang — jonona qayda.Toqqa chiqmasang — do’lana qayda,xotin olmasang — qaynona qayda iboralari bilan ma’nosi to’ldiriladi.Mehnatni,ko’zda tutilgan ishni sidqidildan bajarishga da’vat.Haqiqatan ham,qo’l uchida ish qilish bilan maqsadga yetish amrimahol.Jon kuydirmasang,jondan kechmasang jonona visoliga yetish mushkul.Ibora tabiatida mutoyiba,hazil,ishqibozlik kayfiyat-ohanglari mujassam.
Keyingi mavzu "Bosh omon bo'lsa..."
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 25 Sentyabr 2007, 11:54:19
Bosh omon bo’lsa - do’ppi topiladi.Haqiqatan ham bosh lahadga kirganda,do’ppining keragi yo’q.Do’’pi kiyish uchun boshning omon,bor bo’lishi shart.Ko’chma ma’nolari: tashvishlanma,jafo chekma,bu gal oldirgan,yutqazgan bo’lsang,yanagi gal omading chopib,olasan,yutasan,sevgan ishingdan, boringki, jonajon ro’zg’oringdan ajralding,nadomat chekma,dadil bo’l,g’arib boshing sog’-omon bo’lsa,do’ppi topilib,ishli,ro’z’g’or-oilali ham bo’lasan.Tavakkal,shahd ma’nolari  ham bor.

Boshidan o’tganning qoshidan o’tma.Bu iboraning ma’nosi chuqur, sermazmundir.Birov hayotida ko’p mashaqqatlar chekadi,turli azob-uqubatlarga duch keladi.Nihaq tuhmat,bevaqt o’lim,turli fojialar uni ezib,bukib qo’yadi.Bunday odamlarni xalq "œboshidan ko’p savdolarni kechirgan,boshidan o’tgan achchiq tajribali odamlar" deydi.
  Iboraning ikkinchi qismi — qoshidan o’tma deyilgani — bilib-bilmay bunday odamning ko’nglini og’ritma,qalbiga ozor berma,yonidan,yaqinidan o’tganingda va har bir muomalangda ham ehtiyot bo’l,deya ta’kidlashning tasviridir.Boshidan o’tgan odam kelajak istiqbolni ham yaxshi tushunadi,u donishmand odam,qoshidan o’tishda mana shuni hisobga ol,hurmatini bilib,e’zozda bo’l,ma’nolari mujassam"¦

Boshi aylandi.Balanddan pastga qaragasangiz,qarama-qarshi yurib borayotgan poyezd-vagonlari orasida tursangiz boshingiz aylanadi.Oqar suvga uzoq tikilish ham shu holga olib kelishi mumkin. "œBoshi aylandi"ning ko’chma ma’nosi ko’p: 1.Muammoga aqli yetmay,boshi aylanib qoldi.2.Sevgi,muhabbat boshini aylantirib tashladi.3.Kutilmagan katta amal havolantirib,boshini aylantirib qo’ydi.4.Ochlik kishi boshini aylantiradi.5.Qo’g’irchoqning boshini aylantirib qo’yishingiz mumkin.

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 25 Sentyabr 2007, 11:55:20
Boshini boyladi.Ro’mol,mato bilan boshni boylash.Ko’chma ma’nosi: non sindirib,unashtirib,yigitning,qizning boshini(to’ygacha) boylab qo’yish.Boshini boylash — o’likning tanglayini bog’lash ma’nosida ham tushunilishi mumkin.Suvning qulog’idan qayirib,boshini boylash ham bor.Bir ishning oldini olish,zudlik bilan harakat qilish.Salbiy,ijobiy ma’noda.

Boshi oxurda.Molxonadagi oxurlarga yem tashlanganda sigir-buzoq,qo’y-qo’zi,ot-tuya va hokazolar bo’ynini cho’zib,yem yemoq bilan mashg’ul bo’ladilar.Bunday paytda ular yoniga boshqa uy hayvonlari haydab kirilsa,erinibgina qarab qo’yib,tag’in yoqimli mashg’ulotlarini davom ettiradilar.Mana shu ko’rinishni odamlar ham o’z hayotlariga qiyos qilib,obrazli gap bilan,o’z ish o’rinlarida sidqidildan xizmat vazifalarini bajarib turgan xodimlarga nisbatan boshliqlar, hammaning "œboshi oxurda-ku",deya hazil qiladilar.

Bosh-ko’zdan sadaqa.Ilgari zamonda har bir kasb-hunarning o’z qavmlari,sulolalari bo’lardi.Shular orasida maddohlar ham bozor-o’char,mahalla-ko’y,qishlog’u shaharlarda kezib,axloq-odob,hadis namunalaridan qiroat bilan yod o’qib,kishilarni insof-diyonatga,oxiratni o’ylashga chaqirardilar.Aynan shu suyak suruvchi,qonuniy maddohlarga odamlar sidqidildan xayr-sadaqa berar,ularning duolarini olib,o’z ko’ngillarini xotirjam qilar edilar.Xayr-sadaqa asosan non bo’lib,bitta yoki yarimta non peshona,qosh-ko’zga surtib,maddohga uzatilar,bu bilan "œboshu ko’zimdan , bola-chaqamdan,uy-joyimdan,mol-holimdan Sizga sadaqa,xayr" degan ma’no anglashilardi.Gadoy ham xuddi shunday nonni yuz-ko’ziga surtib qabul qilgach,duoi joningizni qilib fotihaga qo’l ochardi.
  Hozirgi kunda ham xayriya,sadaqa ko’rinishlari ko’payib ketdi.Ammo odamlar sadaqa-xayrga ma’naviy,moddiy haqqi,ehtiyoji bo’lmagan kimsalar, gadolar, daydilarni noo’rin siylamoqdalar.Ularga non emas,pul,mol,turli kiyim-kechagu xayriyalar berib rag’batlantirmoqdalar.Xayr-sadaqaning o’z egasi bo’ladi.Xudoyini yeydigan bor,yemaydigan bor.O’ziga to’qqa xudoyi berish ginohi azimdir.Sadaqa inson uchun vojib,faqat uni o’z egasi ma’naviy,axloqiy haq-huquqqa ega, xudojo’y,taqvodor kishilarga bergan ma’qul.
  Boshini devorga urdi.Ibora o’z ma’nosida: ruhiy aziyat chekib,o’zini boshqara olmagan odam shunday qiladi.Dushman raqib boshini devorga urishi mumkin.Odatda og’ir yo’qotish,yaqin kishisidan ajralish holatlarida odamlar boshlarini devorga urib yig’laydilar. "œBoshini devorga urish"ning ko’chma ma’nosi qilgan ishidan pushaymon bo’ldi,afsus qildi,tavba-tazarru qildi mazmunini beradi.

Keyingi mavzu "Har kimning peshonasiga bersin"
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 15 Oktyabr 2007, 13:35:20
Peshonasi sho’r.Odam berilib mehnat qilsa,ketmon chopsa,peshonasi terlaydi.Ter oqib ko’zga tushsa,uni achishtiradi.Og’zingizga kirsa,terning ta’mi sho’rligini his qilasiz.Peshonaning teri sho’r.Peshonaning o’zi sho’rligiga bag’ishlangan bu ibora baxtsizlik,omadsizlik,tolesizlik ma’nolarini bildiradi.Ishi yurishmay,teskari ketgan,omadsiz,foje taqdirli odamga nisbatan "œpeshonasi sho’r" iborasi ishlatiladi.Iborada insonga achinish.muruvvat,hamdardlik mazmuni mujassam.

Ko’z bo’lmasa peshona baloni ko’rsinmi? Darhaqiqat,ko’z bo’lmaasa,peshonaning o’zi hech nimani ko’rolmaydi.Xalq shu gapni tasdiqlash uchungina bu iborani yaratmagan.Odatda,ushbu ibora kinoya,istehzo,achchiq-tiziq,norozilik ohanglarida qo’llaniladi.
 Ko’ra-bila turib,oldindan ogohlantirilganingiz holda boshingizni biror to’siqqa urib olsangiz,qo’lingizagi chinni idishni sababsiz tushirib sindirsangiz,qo’pol harakat birovni daf’atan turtib yuborsangiz va hokazo holatlarda kattalar shu kinoyaviy iborani ishlatadilar.
 
Peshonasiga shapatilab qoldi. Peshonangizga xira pashsha qo’nib bezovta qilaversa,unga shapatilaysiz.Ko’chma ma’noda peshonaga shapatilash attang,afsus qilish,pushaymon bo’lish mazmunini beradi.

Qachon sendan peshonam terlarkin? Peshona terlashining sabablari ko’p.Mehnatdan,issiq ovqatdan,xijolatdan,bemorlikdan va hokazolar.Qachon sendan peshonam terlarkin?, degan ibora mamalakatimizning janubiy hududlarida qo’llaniladi.Buning ma’nosi shundan iborat:
  Buvi yo bob, ota nabira yo bolaga pand-nasihat qiladi, nomaqbul ishlari uchun koyiydi,dashnom beradi.So’ng shu iborani xulosa-niyat sifatida ishlatadi.Bu degani qachon sen odam bo’lib, oila-ro’zg’or qilasanu, men sening ro’zg’oringdan ro’shnolik ko’rib,issiq ovqatingni ichib,peshonam terlab,rohatingni ko’rarkanman,degan yaxshi niyatdan iborat.

Peshonasiga bersin. Har kimning peshonasiga bersin,deydi xalq.Birovning rizqini birov bermaydi,birovning birini boshqasi ikki qilolmaydi,peshonasiga bitgani,Xudoning aytgani bo’ladi. "œMen qilaman jahdu jadal,Xudo qilur ahdu azal", "œo’zganing davlatiga hasad qilma,havas qil,peshonangga bitgan bo’lsa, sen undan ham mo’l-ko’lroq,ketnas davlatga ega bo’lishing mumkin, deyishadi ota-bobolar.Bunda taqdiri ilohiyga ishonch,umidvorlik,sadoqat bilan birga,har kimning o’z halol mehnati,bunyodkorligi,tinimsiz izlanish,harakatda barakat borligi ko’zda tutiladi.

Peshonasi keng. O’zbekda "œqo’chqor bo’lar qo’zining peshonasi do’ng bo’lar, og’a bo’lur yigitbning peshonasi keng bo’lur",degan maqol bor.Peshonaning kengligi miyaning to’laligidan dalolatdir.Miyasi to’la odam fahm-farosatli,ishning ko’zini bilgan bo’ladi.daholar,faylasuflar,olimu-fozil odamlarning odatda, peshonalari keng bo’lgan.Peshonasi kenglik bag’ri kenglik,katta xayrli ishlarga bosh-qosh bo’lish,odamlarning og’irini yengil qilib,hojatini chiqarish kafolatini bergan.Keng peshona, farishtalik,istarasi issiq kabi atama va birikmalar unga muqobil bo’la oladi.Asosan ijobiy, xayrixoh,mehr-muhabbat,hurmat-ehtirom ohanglari mavjud.
Keyingi mavzu : "Odamning yuzi issiq"
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 22 Oktyabr 2007, 14:37:50
Yuzi issiqlik qildi. Xalqda,shartta betiga gapirardimu biroq yuzi issiqlik qildida,degan gap bor.Buning ma’nosi: eski,qadrdon yuzi-yuzga, ko’zi-ko’zga tushadigan odamga beodoblik qilsa ham qattiq gapirolmadim,o’zi tushunib yuzi shuvut bo’lib qolar,mazmuniga ega.Muqobili: "œyuz amri shirin"

Yuzga aytganning zahri yo’q. Birov kishining ortidan gapiradi,pismiqlik qiladi.Ayrimlar odamning yuziga kamchiligini oshkora aytadilar.O’sha zamon Sizga og’ir botib, ko’nglingiz og’riydi.Biroq ertasi unutib,kamchiligingizni tuzatib olasiz.Bu gap, tanbeh,ma’lumotning yuragingizda zahri,og’rig’i qolmaydi.Orqadan gapirishning esa zahri yomon.U sizni chayonday chaqib,umringizni qisqartiradi.Shundan xalq yuzga(betga) aytganning zahri yo’q,deydi.

Yuzini sarg’aytirdi. Birovga ishing tushib borishing — bu xijolat,ikkilanish,iztiroblar natijasidir.Shunday paytda albatta mushkul holatdagi kishining "œyuzi sarg’ayadi,o’kinadi,qiynaladi."Bu holatni xalq falonchi pismadonchiga sarg’ayib(yuzini sarg’aytirib) bordi, deydi.Bu iborada boruvchiga achinish,hamdardlik ohangi mavjud.
  Bu iboraning tag’in boshqa ma’nosi murojaat qilib kelgan odamning yuziga solish,uni xo’rlash,haqoratlashdir.Bunday paytdagi "œyuzini sarg’aytirdi" iborasida xalq mezbonni g’ayriinsoniylik,bag’ritoshlikda ayblaydi.

Yuzingda ko’zing bormi demaydi. Sharttaki,oldi-ketdini o’ylamay gapiradigan,hovliqma kishilarga,ularning muomalalariga nisbatan ushbu ibora ishlatiladi.Surbet,beibo odam yuizingda ko’zing bormi demay,yoshing,saviyang,mavqeing bilan hisoblashmay,og’ir haqoratomuz gaplarni qiladi. Muqobili: "œbeandisha", "œdilozor".

Yuzi ochiq. Serma’no: yuzi ochiq — beti ochiq,andak salbiy ohangi, norozilik bor.Ikkinchisi,yuzi ochiq — chodrali,chachvonlining teskarisi,yuzning ochiqligi.Uchinchisi: yuzi ochiq — xushmuomalalik,takallufli,mehmonnavoz bo’lish, to’rtinchisi — yuzi ochiq o’ta salbiy, tanqidiy ohangda: besharm beti qattiq,axloqsiz,pardasiz odam ma’nolarida.Yuzi ochiqlik asosan,yaxshi odam,degan iboraning muqobili bo’la oladi.

Yuzi yo’q. Bir odam siz bilan arzimagan masalada san-manga borib, qattiq janjallashib qoladi.Oradan bir-ikki kun o’tmay ishi tushib qolgach,tag’in o’rtada hech gap o’tmaganday sizga yuzini solib kelaveradi.Shunday paytlarda "œyuzi yo’q ekanku buning,kechagi gapi qaydayu,bugungizi qayda", deysiz.

Ishi yuz. Biror kishining omadi chopsa, ishlari o’ngidan kelsa,hatto u juda baxtiyor kishi bo’lib, bir umr hayoti yaxshilik tomon ilgarilay bersa, bunday odamlarga nisbatan "œishi yuz" degan ibora ishlatiladi.Bu degani rejalashtirgan,oldiga qo’ygan ishi,maqsadi yuz foiz bajarilgan,xatosi,kamchiligi yo’q ma’nolaridadir.Muqobili: "œishi besh".

Yuziga solmoq. Bir ma’nosi yuzga shapati tortmoq,urmoq,ko’chma ma’noda kishining kambag’alligini,bemorligini,amal mavqei pastligini,ilgari o’tgan aybi-gunohini ataylab,yomon niyatda eslatmoq,yuziga solmoq.Yuzga soluvchiga nisbatan salbiy ohangda aytiladi.Nomardlik,beodoblik,oqibatsizlik sifatida tanqid etiladi.
Keyingi mavzu: "Ko'z - ko'ngil bulog'i"
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 27 Oktyabr 2007, 16:52:12
Ko’zning egasi bor. Insondi,hayvondir, jonu jonzot borki,o’z ko’zining egasi ekanligi Sizga ayon.Lekin bu iboraning mag’ziga boshqa ma’no yashiringan.Hayotda har xil tasodiflar bo’lib turadi.Bexosdan birov otgan tosh yo kesak, o’zingiz ishlatib turgan o’roq,panshaxa yuzingizning bir joyiga tegib ketadi.Qoshingiz,yuzingiz,peshonangizga,qulog’ingiz,yonog’ingizga.
  Xayriyatki,ko’zingizga kirmaydi.Shunday paytda keksalar: "œavvalo Xudoning o’zi bir asrasin-u,ko’zning egasi bor-da", deyishib,shukrona qilishadi.Darhol bosh-ko’zdan sadaqa,hadya atab yuborishadi. "œKo’zning egasi bor" degani uni Tangriga,ilohiyotga bog’lashdir.Ko’z ko’ngil bulog’i.Albatta,bu hodisada insonning aqli bovar qilmaydigan sehr bor.Demakki,ko’zning egasi bor"¦

Ko’ziga tikan bo’lmoq. Ilonning yoqtirmagan giyohi inining og’zidan chiqadi.Kishi yoqtirmagan,xush ko’rmagan odami doimo unga hamroh bo’lib yonida yursa,shu gapni aytishadi.

Ko’zini shamg’alat qilmoq. Birovni aldash,unga nisbatan ko’zbo’yamachilik qilish.Aldam-qaldamlik,ko’ziga cho’p solish.Ko’zini shamg’alat qilmoq — kuppa-kunduzi,ko’ra-bila turib,hammaning oldida biror g’ayri-axloqiy ishni chapdastlik bilan uddalash.Bajaruvchiga nisbatan tanqid,g’azab,la’nat ifodasi bor.

Ko’zining paxtasi chiqdi. Kishining jaholati qo’zib,g’azabi kelganda,baqirib-chaqiradi,so’kinadi, bilak kuchini ham ishga solishi mumkin.Shunday paytda odamning ko’zi ola-kula bo’lib, "œpaxtasi chiqadi", ya’ni katta ochilganidan oqi to’la ko’rinib,paxtani eslatadi.Muqobili: "œko’zi qinidan chiqdi"

Ko’zi olma-kesak teradi. Odatda yosh bolalar g’arq pishib turgan bog’ yonidan o’tayotganda bu ne’matlarga bee’tibor o’tib ketisholmaydi.Olmani ko’rgan ko’z daf’atan kesak tosh,kaltak qidirib qoladi.Asl ma’nosi shundan olingan.Ko’chma ma’nosi — salbiy,tanqidiy ohangda bo’lib, odamga nisbatan ko’zi olma-kesak teradi,deganda behayo,besharm,ko’zi qattiq atamalari mazmuni mujassam.Iborada ramziylik,olma deganda juvonlarga nisbat ma’nosi ham bor.

Birov ko’z,birov qosh. Odatda xodimlariga nisbatan keskin choralar ko’rolmaydigan rahbar shu iborani qo’llaydi : "œnima qilay, kimni jazolay: birov ko’z, birov qosh bo’lsa?!". Bu bilan "œhammasi ham o’zimnikilar,begonasi yo’q.Shoxiga ursang — tuyog’i zirqiraydi,bir quloq chekkasi kelib mening o’zimga taqaladi", degan gapni aytmoqchi bo’ladi.

Ko’zim usti. Shoir G’.G’ulomda "œKo’zim usti,minnating — boshimga durra" misrasi bor.Bu o’rinda "œko’zim usti" — ko’z qarog’i,ko’z qorachig’i iboralariga muqobildir.Ko’z qorachig’i qanchalik asrab-avaylansa, "œko’zim usti" iborasida ham shu aziz-allonlik,jonnisorlik mazmuni mujassam. "œKo’zim usti" ko’tarib yurishga yaqin,undan nozik,yurakka yaqinroqdir. Marhamat,saxovat,himmat,muhabbat ifodasi bor.
Keyingi mavzu: "Teshik quloq eshitadi"

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 04 Noyabr 2007, 13:57:36
Qulog’ini tishlab qo’ygan. Beshikketdi odati.Hali 4-5 yashar bolani "œyor" qilib, "œholva"ning qulog’ini tishlatish.Bu odat turkiy o’zbek qavmlari orasida qadimdan mavjud.Qulog’i tishlab qo’yilgan deganda, biror ish, masala, oldindan kelishilgan,hal qilib qo’yilgan ma’nosi anglashiladi.Muqobili: ishni pishitib qo’ygan

Quloq qoqmadi. Bir ishni, vazifani hech ikkilanmasdan, zudlik bilan bajarish.Uyoq buyoqqa tashlamaslik.Quloq qoqmadi — parvo qilmadi, ishni bajarmadi ma’nosida ham ishlatiladi.

Qulog’idan kun ko’rinib qopti. Mutoyiba ibora. Yangi uylangan yigit chilladan,chimildiqdan chiqqan kunlari o’rtoqlari, kattalar hazillashib shu iborani qo’llaydilar.

Uzunquloq gap yuribdi. Biror shaxs, voqea, hodisa to’g’risida gapirilganda, mana shunday "œuzunquloq gap yuribdi", deb eshitilgan xabarni aytishadi. "œUzunquloq" deganda, rost-yolg’onligini bilmayman, uzoqdan eshitilgan gap, degan ma’no anglashiladi.Uzunquloqning tag’in bir ma’nosi xufyalik.Shubhali-gumonli ishonsa ham, ishonmasa ham bo’laveradigan gap haqida Uzunquloq atamasi qo’llanadi. "œUzunqulo" gap yetkazgan, aytgan odamga nisbatan ham xalq "œuzunquloq" nomini berib, salbiy munosabat bildiradi.

Qulog’ing qani desa, og’zini ko’rsatadi.Odatda go’dak bolalarga ilk bor bu og’iz, bu burun, bu ko’z,bunisi quloq deb ko’rsatib o’rgatishadi.Bola hali so’zni aytolmasada, onaning ishorasiyu savoli bilan so’ralgan a’zoni ushlab ko’rsatadi.Ba’zan yanglishib qulog’ing qani desa, og’zini ko’rsatadi.Bu iboraning birinchi ma’nosi.Mana shu hazilomuz holat bayonidir.Ikkinchi ko’chma ma’nosi esa uquvsiz,epaqasiz,bilimsiz odamga nisbatan qo’llaniladi.

Quloq boshi. Ariqning,suvning bo’lingan,ajralgan joyi quloq deyiladi.Shuning uchun ham qishloq,dala,katta ekin yerlariga nisbatan quloqning boshi, quloqning o’rtasi iboralari faol qo’llaniladi.Suvning miqdori shunga qarab belgilanadi.Ko’chma ma’nosida har ishning boshi, boshlanishi, manbai ma’nolarida qo’llanadi.

Qulog’i ostida qolibdi. Har qanday og’ir-fojiali gap, ibora ham xalqda ba’zan mutoyiba — yumorga o’rab beriladi.Shunday iboralardan biri — "œqulog’i ostida qolibdi"dir.Vafot etgan, dunyodan o’tgan odamlar, asosan qarib-chirib,umri poyoniga yetgan mo’ysafidlaru, keksa kampirlar haqida shunday deyiladi.Yosh bolalar janozadan qaytgan otalariga, nima bo’libdi,kim o’libdi, deya savol berishsa, falonchi boboning qulog’i ostida qolibdi,tepkilab-tepkilab ko’mib keldik deyishadi. Nega tepdingizlar, degan savolga, qaytib chiqib kelmasin dedik deyishadi. Bu bilan 90-100 yoshga kirgan mo’ysafidning o’limi, uning ham, qolganlarning ham aslida to’yidir degan aqidaga ishora qilinadi.

Nonni qulog’iga yemaydi.Ayrimlar o’zini go’llikka, o’ta soddalikka solib, bilganini bilmaganlikka, bilmaganini bilganlikka oladi.Bir ishda taysallab, bu vazifa qo’lidan kelmasligini aytadi.Aslida u tamagirlik bilan o’z manfaatti yo’lida sizdan biror narsa undirish uchun shunday, o’zini taroziga solayotgan bo’ladi.Oqibat ko’nglini topib biror nima uzatib, nafsini qondirsangiz, ishingizni bitkazadi.Ana shundaylarga nisbatan xalq, "œbu mug’ombir, nonni qulog’ida yemaydi, ayyorlik qiladi", deydi.
Keyingi mavzu: "Burun ta'rifi burundan"
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 15 Noyabr 2007, 12:59:49
Dimoq — firoq qilmoq. Ko’chma ma’noda noz-karashma,xarxasha,erka-tantiqlik. Dimoqda (burun bo’shlig’i yuqori qismi) tantiqlanib gapirish, erkalanish.Firog’i kuydirish,yalintirish, ishqibozlik, xushtorlik mazmunini tashiydi. "œDimoq — firog’ingdan o’rgildim", istehzoli — kinoyaviy iborasi bor o’zbekning.Bu bilan dimoq-firoq ham yoshiga, chiroyiga, qobiliyatiga yarasja bo’lishi kerak.Yoshiga , saviyasiga mos kelmaydigan dimoq — manqalanish eshituvchining g’ashini keltiradi, deyilmoqchi.

Burunni sassiq deb kesib tashlab bo’lmaydi. O’z ma’nosi — burun miya najsi manbai.Biroq buning boshqa muhim vazifasi: kishi jismoniy a’zosi,nafas olish, hid bilish organi bo’lganligi uchun boyagi salbiy xislatini deb kesib tashlab, voz kechib bo’lmaydi, ma’nosini beradi.Asosiy ko’chma ma’nosida esa biror farzand, qarindosh — urug’,do’st-o’rtoqni uning fe’li ba’d, aqli noqis, tili zahar,fe’l-atvori yoqimsiz bo’lsada, nima bo’lganda ham bizning yaqinimiz,o’z urug’imizku, deb undan voz kechib bo’lmasligiga ishora qilinadi.

Burniga narvon yetmaydi.  "œBurni ko’tarilgan", "œdimog’idan qurt yog’iladi" iboralari muqobili.Oliftalik, takabburlik,asossiz havolanish belgisi.Go’yoki shu qadar burnini ko’targanki, har qanday narvon ham (ramziy ma’noda) yetmaydi, degan ma’no anglashiladi.

Burnidan baland gapirib bo’lmaydi.   Bu ibora jizzaki, gap ko’tarmaydigan odamlarga nisbatan qo’llaniladi.Bunday shaxslar ortiqcha kibor,o’ziga bino qo’ygan yoki tarbiya darajasining pastligi tufayli to’g’ri gap,tanbeh, nasihatni tan olmaydilar.Yana bir ma’nodoshi amali, dunyosi, "œo’pkasi"  katta odamlarga nisbatan ham qo’llaniladi.

Burnidan chiqdi.   Bola uzum yeganda, hovliqib, biror donasi ezilmay,tomoq qolib, burun teshigi havo yo’liga o’tib ketishi mumkin.Shunday payt aksirganda, uzum burnidan chiqadi.Ko’chma ma’nosi chuqur va teran.Mol-mulk yig’ib, insofsizlik bilan besh qo’lini og’ziga tiqib, oqibat turmush kulfat bilan yakunlansa, o’ylamay bir ishni boshlasayu, oqibati xunuk bo’lib chiqsa, birovga nohaq jabr o’tkazsayu, o’zi xudoning g’azabiga yo’liqsa, xalq falonchining bu qilmishi burnidan chiqdi, deydi.Tanqid, satira,shu holdan norozilik, xayrixoflik ma’nolari bor.

Burnini toshga ishqalash.  Munosib jazosini berish,tobe qilish, o’ch olish,kaltaklash va boshqa ma’nolarni beradi.Xalq yomon ko’rgan odamini "œbuni burnini toshga ishqalash kerak", deydi.

Puchuq burun.   Jismoniy kamchilik.Biroq ko’chma ma’nosida yosh qizchalarga nisbatan keksa chol-kampirlar "œpuchuq burun"  degan birikmani ishlatadilar.Bu erkalash, suyish hazil-mutoyiba qilish mazmuniga ega.

Burnidan bo’lak nimasi bor?  Bu ibora yigitlarga nisbatan qo’llaniladi.Yigitning burni bo’lsa bo’lgani, degan ibora ham borki, unga qo’shimcha sifatida bu ibora yaratilgan.Yigitning ko’rki,chiroyi, go’zalligi shart emas, burni kelishgan bo’lsa, yuzning markaziy a’zosi sifatida qolgan a’zolar ham shunga yarasha bo’ladi, qabilida ma’no tushunilgan.Burnidan bo’lak nimasi bor, deganda yigitning mol-mulki, boyligi, hunari, topar-tutari bormi degan haqli savol anglashiladi.


Keyingi mavzu: "Yaxshi gap ham, yomoni ham bir og’izdan."
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 22 Noyabr 2007, 14:34:21
Og’zi katta.Birinchi ma’nosi og’izning tabiiy kattaligi.(yuzning ko’p qismini egallaganligi).Asosan ko’chma ma’noda ishlatiladi.Og’zi katta deganda xalq o’ylamay gapiradigan takabbur,ko’tarma,hovliqma odamni ko’zda tu tadi.Og’zi kattalar deyilganda amali vazifasi katta kishilar ham nazarda tutilishi mumkin.Mahalla ko’yda og’zi katta odamni uncha xush ko’rishmaydi.Bu gapni kinoyaviy istehzo tarzida ishlatiladi.

Og’ziga cho’p o’lchatib olgan.Birovning gapi bilan ish ko’radigan, o’z mustaqil fikri bo’lmagan,irodasiz odamga nisbatan ishlatiladi.Go’yoki bu odam xotini, onasi, boshlig’iga o’z ixtiyorini shunchalik topshirib, tobe bo’lib qolganki, hatto ikkinchi shaxs uning og’ziga cho’p o’lchab olib og’zingni shu o’lchovdan katta ochmaysan, ya’ni mening gapimdan chizgan chizig’imdan chiqmaysan deb qo’rqitib qo’ygan.Og’ziga cho’p o’lchatish, inson uchun to’tiga o’xshab birovning gapini takrorlab qolishdan iboratdir.Faqat salbiy ohangda qo’llaniladi.

Og’zingga moy. Balli, rahmat,baraka top, yashavor,og’zingga shakar, og’zingga bol iboralarining muqobili.Rag’batlantirish,rozilik,minnatdorlik,yoqtirganlik,ma’qul ko’rish,xayrixohlik ifodasi.

Og’ziga talqon solib olgan. Og’ziga suv olgan, og’ziga qatiq uvutgan, mum tishlagan iboralarining muqobili.Indamas, ichimdagini top kishilarga nisbatan qo’llaniladi.Og’ziga talqon solgan odam gapirolmaydi.Salbiy ma’nosi o’zga kishining topshirig’i bilan gapirmaslik, indamaslik ham ko’zda tutiladi.

Og’zini katta ochdi. Og’zini kafti bilan to’sdi, qattiq esnadi iboralariga ma’nodosh.Biroq ko’chma ma’noda muayyan kasb egalari orasida ish, iltimos evaziga katta pul, pora, mol so’radi mazmunini ham anglatadi.Og’zini katta ochish insofsizlik sifatida qoralanadi.Besh qo’lni og’ziga tiqish, nafsi buzuqlik salbiy ohanglarni beradi.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 22 Noyabr 2007, 14:37:26
Og’zi-burnini to’ldirdi. Ko’p ma’noli ibora.Xum,idish,xalta, qopni o’ta to’latish.Ikkinchisi birovga ko’p miqdorda sovg’a-salom, hadya,pora berish.Uchinchisi kishini nojo’ya so’zlar bilan haddan ortiq haqoratlash ifodasidir.Ijobiy ko’proq salbiy ohang mazmuniga ega.

Og’izga olib bo’lmaydi. Taom tuzi ko’payib ketgan achigan,sasigan,buzilgan yemaklarga nisbatan ishlatiladi.Og’izga olib bo’lmaydi iborasining ikkinchi, ko’chma ma’nosi biror shaxsning aytgan gapi shu qadar haqoratli,uyatli,andishasizki, uni og’izga olib gapirib, aytib, eslatib bo’lmaydi degan ma’nolarni beradi.

Og’zi oshga yetganda.Bu ibora afsus nadomat,achinish,rahmdillik, hamdardlik ma’nolarini beradi.Bir shaxsning endi ishlari yurishib mehnati evaziga tayyorlagan oshi taomini yemakka o’tirganda biror kulfat,fojea,falokatning sodir bo’lishi.Mana shunday holatlarda aytiladigan ibora.

Og’ziga kuchi yetmagan.Ig’vogar, fisqu-fasodchi,og’zidan bodi kirib, shodi chiqadigan kishilarga nisbatan qo’llaniladi.Salbiy ohang, tanqid ifodasi kuchli.

Keyingi mavzu: "Tish sinsa — og’zi ichida"
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 05 Dekabr 2007, 14:59:19
Tishining kavagida saqlaydi. G’animat, omonat, eng tansiq, topilmas matoh.podsholar eng noyob ganj, yoqut, gavhar,olmoslarini qaro kunga "œtishlarining kavagida saqlaganlar".Kambag’al bisotidagi ota-boblaridan qolib kelayotgan uzuk, zirak kabi yakkayu yagona boyliklarini tish kavagida saqlab keladi.Noyob,qimmatbaho,qadrli buyumlar haqida , ko’z qorachig’iday asraladigan narsa xususida shu ibora qo’llaniladi.

Tish yormaydi. Indamaslik, sukut, sir boy bermaslik.Uydagi gapni ko’chaga chiqarmaslik. "œTish sinsa,og’iz ichida, bosh yorilsa, do’ppi ostida" aqidasiga rioya qilish.Ya’ni o’z dard — hasratini o’zgalarga dasturxon qilib, yoymaslik, izhor etmaslik.Tishni tishga qo’yib, bosib turilsa, ora yorilmasa, ochilmasa, gapirilmagani,indalmagani,sukut saqlangani shu bo’ladi.Demak, tish yorilmaydi.Tish yordi — tish chiqa boshladi ma’nosida.Tish yormadi esa asl ma’noda — tish chiqmadi, tish o’smadi ifodasini beradi.

Tishi gazillaydi. Og’riq tishga tegib ketsangiz, gazilab, joningizni oladi.Ko’chma ma’nosida biror nimaga , odamga achinish, afsuslanish, biror voqea-hodisadan pushaymon bo’lish.Kishi bir paytlar qilgan, qilmagan, ulgurgan, ulgurmagan ishlariga pushaymon yeyishi, afsus — nadomat chekishi mumkin.Tishi gazillash — pushaymon bo’lishning o’ta hissiyotli, oliy ko’rinishidir.

Tishlab — tirnog’lab"¦ Bu ibora tabiiy ko’rinishda, vafo ramzi itga nisbatan ishlatiladi.It bolalarini tishlab xavf — xatarsiz, qulay joyga keltiradi, tirnog’lab, o’z oilasiga joy hozirlaydi.mana shu ko’rinish ko’chma ma’noda odamga ko’chirilgan.Ona har qanday sharoitda ham o’z onalik qudrati bilan bolasini "œtishida tishlab" , oq yuvib, oq tarab, hayot zarbalaridan himoya qilib, parvarishlaydi, voyaga yetkazadi.
  Hatto zalvorli yukni tortadigan turmush hamrohisiz qolganda ham, iborada aytilganday, tishlab — tirnog’lab, o’z zurriyotini balo-qazolardan omon olib o’tadi.Shuning uchun ham xalq "œotasiz yetim — gul yetim, onasiz yetim — o’l yetim" degan naql ijod qilgan.

Tishga bosgulik nima bor? Tish og’riganda, unga dori — darmon, og’riqsizlantiruvchi vosita qidirib qilingan murojaat.Ko’chma ma’noda yegulik, qorinni to’ydiegulik nima bor, savoli mazmunini tashiydi.Go’sht, qazi — qarta, non, meva — cheva, sabzavot "œtishga bosgulik narsa" sanaladi. Kambag’al uyda mudom suyuq — sayoq, shildir sho’rva ichaversa, joniga tegib, xotiniga shu iborani ishlatadi. Atala — bulamiq, piyova kambag’alning "œo’lmasning kunidan" qorinni aldash vositasi sanalaib, "œtishga bosgulik" narsani juda qadrlaydi.Eskidan, "œKambag’alning bir to’ygani — bir boy bo’lgani" degan naql qolgan.

Tish sinsa og’iz ichida"¦ O’zbekning andishalilik aqidasi.Uydagi gapni ko’chaga chiqarmasligi.Tishning singani, birovdan kaltak yeyilganini do’st — dushmanga izhor etmaslik, og’iz ichida saqlash. Ko’chma ma’nosi: sir saqlash, o’z aybini o’zi ochmaslik, borini oshirib, yo’g’ini yashirish.Ibora maqolning ikkinchi, uni to’ldiruvchi qismi bor: "œbosh yorilsa do’ppi ostida"¦" aybni, dardni o’zgalar ko’zidan nari tutish, bildirmaslik, sirini bermaslik. Bardosh, chidam,oqil — fozillik,uzoqni o’ylash, bosiqlik namunasi.Ibora kishini sabr — toqatli, chidamli,matonatli bo’lishga chaqiradi.

Tish og’rig’ining davosi ombir. Tishni "œqurt yeb ketgan", uni davolashning iloji bo’lmasa, haqiqatan ham, uning davosi — ombir bo’ladi. Biroq bu o’rinda iboraning ko’chma ma’nosi ham borki, ba’zi illatlar, kamchiliklar shaxsning , hatto vaziyatning katta nuqsoni sanalganda, uni butunlay sug’urib, yo’q qilib tashlamaguncha undan qutulib bo’lmaydi, degan mazmun anglashiladi.

Keyingi mavzu: "Til — dil tarjimoni"


Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: JaviK 06 Dekabr 2007, 01:45:14
Tilini tishladi- birortasi ayb qilgan bo`lsa o`sha aybni bo`yniga qo`ysa hijolat bo`lganida shu gap ishlatiladi.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 12 Dekabr 2007, 09:20:56
Tili chiqibdi. Bolaning tishi, oyog’i, tili chiqadi. Bu go’daklik fasli bilan bog’liq tabiiy hodisa. Ammo xalq tili chiqibdi, sdeganda bu iboraning ko’chma ma’nosini ko’;zda tutadi. Biror yuvosh, gap qaytarmaydigan odam daf’atan o’zgarib, aytganingizni qilmay , hatto e’tiroz bildirib, norozilik bayon qilsa, "œtiling chiqib qolibdi - ya" deysiz. Tili chiqmoqning muqobili: "œo’zgarib qolmoq, "œisyonkorlashmoq"ma’nolarini beradi.

Tili kuygan. Til qaynoq choy, sho’rva, sut va hokazolardan kuyib qolishi mumkin. Shuning uchun ham xalq orasida "œsutdan og’zi kuygan qatiqni ham puflab ichar", degan maqol bor. Bu maqolning asl mazmuni bo’lsada aslida kochma ma’nosi, mantiqli va chuqurdir. Biror ishdan zarar ko’rib, kasidga uchragan, pushaymon qilgan odamga nisbatan "œuning falon narsadan tili kuygan" deyishadi.

Tili g’aliz. Bu ibora shaxsga nisbatan emas, badiiy, ilmiy adabiyot, kino, tele, radio asarlarga nisbatan faol qo’llaniladi. Tili g’aliz deganda asar til nuqtai nazaridan me’yoriga yetmagan, mahorat darajasiga ko’tarilmagan, san’at yuksak talablariga javob berolmaydigan degan ma’nolardagi xulosa kelib chiqadi.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 12 Dekabr 2007, 09:22:53
Tilli — jag’li. Odamlar bo’ladiki, damdo’z, ichimdagini top , indamas, zerikarli. Yana bir toifasi unga qaram — qarshi o’laroq dalli — g’ulli so’zamol, xushchaqchaq, qiziqarli, quvnoq va hazilkash. Aynan shunday odamlarni, falonchi tilli — jag’li, odamni zeriktirmaydi deyishadi.
  Safarga, suhbatga, gap — gashtakka shunday odamni hamroh qilishadi. Aslini olganda hamma ham tilli — jag’li. Biroq barcha inson ham Xudo bergan shu tilu jag’ni baravar ishlatavermaydi. Uni suiiste’mol qilganlarni ham xalq topib bahosini beradi: gapni olib qochadi, xudo gapdan bergan, aravani quruq olib qochadi, tili bir qarich kabi obrazli iboralar ishlatadi.

Tili bir qarich. Tili uzun, tili bir quloch kabi iboralarning muqobili bo’lib, asosan salbiy ohangda ishlatiladi. Hech kimga gap bermaydigan , so’zamol,. Mahmadona odamga nisbatan bot — bot ishlatiladi. Ko’proq ayollar, kelin yo qaynonalarga , quda — andalarga, mahallaning xotin — qizlariga nisbatan qo’llaniladi.

Tilidan tutildi. Tilidan topdi, iborasining muqobili. Kishi gap orasida biror masalani xotiriga keltiradiyu, suhbatdoshining dashnomiga, taxyiqiga duchor bo’ladi. So’ng tilini tiymagani, tishlamaganiga pushaymon bo’ladi. O’ziga o’zi tashvish orttiradi.
  Qadimda bir kambag’al, maqtanchoqlik qilib o’zga shaharlik musofirni bundan buyon shaharga tushadigan bo’lsangiz joy izlab ovora bo’lib yurmang, to’g’ri biznikiga kelavering, deya o’z manzilini aytib yuborgan ekan. Musofir ko’p o’tmay tanishini yo’qlab kelibdi. Mehmon eshikni taqillatib, yangi oshnasi bilan ko’risharkan otni qayoqqa bog’lay, debdi. — Tilimga bog’lang degan ekan tilidan tutilgan mezbon.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 19 Dekabr 2007, 11:10:18
Bo’y - bo’ylashmoq. Tengdoshlik, yosh va qomatning nisbatan baravarligi. Bo’y — bo’ylashish — o’g’ilu — qiz bolalar yil sayin kamolga yetib bir — biriga tenglashib, o’sib boradi. Tag’in bir ma’nosi — bo’y so’zini bir necha kishi birgalikda, bir paytda baravar aytishi. Qishloqda ko’chadan birov o’tsa, (otliq, piyoda) yosh bolalar, qizchalar pastak devorlardan mo’ralashib, bo’ylashishga ham shu ibora aytiladi. Bo’y, o’rni bilan hid, atir, ifor mazmunini ham tashishi mumkin. Bunday paytda hid (atir) hidlash ma’nosida ishlatiladi. Bo’y — sohil, ariq, daryo, hovuz bo’yi kabi mazmun tashishi ham mumkin.

Bo’yni yo’g’on (To’qbo’yin). Ho’kizning bo’yni yo’g’on, chumoliniki qildek ingichka. Odam,larning bo’yinlarini ham ho’kiz yo chumolinikiga o’xshatish mumkin. Tabiiy ravishda yo’g’on — ingichkaligidan tashqari, bo’yin ko’chma ma’noda ham "œyo’g’on" va "œbo’sh" shakllarida ishlatiladi. Bo’yni yo’g’on  degani — takabbur, ishyoqmas, manman, olifta, zo’ravon , qaysar va o’jar , o’ziga bino qo’ygan kabi muqobillari bilan yanada aniq — ravshan ma’no tashiydi. Bo’yni bo’sh — hoksor, muloyim, bo’sh — bayov ma’nolarida ishlatiladi.

Bo’yiga qarab to’n bichmoq. Ko’rpangga qarab oyoq uzat, teng — tengi bilan, tezak qopi bilan, deydi donolarimiz. Bo’yiga qarab to’n bichmoq — eshagiga yarasha tushovi, iborasining muqobili. Kishining moddiy, ma’naviy, iqtisodiy imkoniyatlari, saviyasi, mavqei, jamiyatda tutgan o’rniga qarab unga baho bewriladi. Ya’ni obrazli qilib aytganda, "œbo’yiga qarab to’n bichiladi". To’n bo’ydan uzun, kalta, keng — tor bo’lsa, qalb bilan qiyofaning muvozanati buzilib, nomutanosiblik, kulgi, masxara bo’lishga olib keladi.

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 19 Dekabr 2007, 11:11:12
Bo’yni yor bermaslik. Ma’lum ish — vazifa, masalaga jonim — otimlab, sidqidildan, xush ko’rib kirishmaslik. Xohish — istakning yo’qligi, xushyoqmaslik, tanballik. Bo’yni yor bermaslik obrazli, jonlantirilgan ibora bo’lib, bizningcha aslida, bo’yni yor bermaslik (bo’ynidan yuk uchun joy, o’rin bermaslik) shakli va mazmunida bo’lgan. Yana bir taxmin bo’yni yor bermaslik shaklida bo’lgan bo’lishi ham mumkin.

Bo’ynini ichiga tortib yuribdi. Tili qisiqlik bilan o’z sha’niga dog’ tushiradigan ayb, gunohni bilgani holda, o’zini bilmaganga solib, indamay, lom — lim demay yuribdi kabi ma’noni beradi. Bo’ynini ichiga tortib yurish aslida sovuq, og’riq yoki tabiiy hodisalar tufayli bo’lishi ham mumkin. Ko’chma ma’nosida inson shaxsiyati, or- nomusi, erk — erksizligi ko’zda tutiladi. Bu xislat qo’rqoqlik, ojizlik, oyoqostilik, tuproqqa teng bo’lish bilan barobardir.

Bo’ynini suv qilmoq. Rosa ishlatib, bo’ynini terga pishib, jonini olmoq. Majbur qilib, urib — so’kib, ko’zini qo’rqitib, mulla mingan eshakday qilib qo’yish. Bo’ynini suv qilish — o’ldirib yuborib hamma a’zolar irib — chirib ketgani singari bo’ynining ham bordan yo’q bo’lishi, tuproqqa aylanishi ko’zda tutiladi. Bo’ynini suv qilish — yuvinish, bo’yinni ho’l qilish kabi oddiy, to’g’ri ma’no tashishi ham mumkin.

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 19 Dekabr 2007, 11:13:30
Bo’yidan balandga sakramoq. Eshagiga yarasha tushovi, ko’rpangga qarab oyoq uzat, bo’yiga qarab to’n bich kabi maqol, iboralar bor. Biroq shunday kishilar borki, o’z bo’ynidan baland sakrashga, imkoniyatlardan ortiqroq darajalarga, qobiliyatlaridan balandroq martabalarga intiladilar, da’vo qiladilar. Bundaylarni xalq hazil — mutoyiba bilan, otasi urmagan to’ng’izni, bolasi urmoqchi qo’ng’izni, deydi. Bu bilan, ota — bobosi qilmagan ishni qilmoqchi, degan ma’no anglashiladi. Tavakkalning boshi kal, deganday, ba’zan bunday shaxslar favqulodda omadlari chopib, ishlari yurishib ketishi ham mumkin. Aslida ota kasbidan chekinmagan, o’z bo’yidan (haddidan) baland sakramagan yutadi. Mo’tadil, osoyishta hayot kechiradi.


Bo’y cho’zmoq. Bu ibora o’z va ko’chma ma’nolarida faol ishlatiladi. Bo’y cho’zish — qo’l uzatish, biror narsa — buyumga cho’zilish, uzayish, butun tana uzunligida intilish. Bo’y cho’zish — voyaga yetish, ko’karish, bo’ynining uzunlashishi. Bo’y cho’zish — turli harakatlar bilan o’z bo’yini uzaytishga intilish. Bo’y cho’zdi, bo’y ko’rsatdi, iboralari jismoniy tomondan tashqari ma’naviy hodisalarga nisbatan ham qo’llanilishi mumkin. Falon ta’limot bor bo’y — basti bilan namoyon bo’ldi, yangi siyosat bo’y ko’rsatdi va hokazolar qabilida.

Keyingi mavzu : "Teshik tomoq chirimas"
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 28 Dekabr 2007, 13:35:11
Tomog’i tushdi. Bu narsa biror narsaga, yegulik — ichgulikka ko’zi tushib, og’zi suv ochib, havasi kelsayu topib yeyolmasa, unga yetisholmay qolganda aytiladi. Ona, bolamning uzumga tomog’i tushdi deydi. Tomog’i tushish ma’lum ne’matga yetisholmay, tomoqning sun’iy ravishda tushib ketishi, so’lak oqishi kabilardir. Xotin — qizlarga nisbatan (homiladorlik) boshqorong’i bo’lish deb ham yuritiladi.

Tomog’ida tosh paydo bo’ldi. Bu holat sevinch yoki xafalikdan, hissiyotlarning junbushga kelishidan hosil bo’ladi. Odam, kattadir — kichikdir, biror narsadan ko’ngli erib, yumshab, yig’lab yuborishi oldidan, shunday, tomog’iga bir nima, tosh tiqiladi. Nafas o’tmay, hiqildoq liqillab, tomoqqa tiqiladi. Shunday holatni "œfalonchining tomog’ida tosh paydo bo’ldi" deyishadi.

Tomog’i taqillamoq. Laylakning tanglayi taqillaydi. Insonga nisbatan bu birikma asosan ichuvchi "œpiyonista" larga nisbat berib aytiladi. Tomog’i taqillash — ichkilikni, sharobni qo’msash, chaqirishdir. Taqillagan tomoq albatta sharob yutishi, o’ziga kelishi kerak. Aks holda, kasallik xuruj qilib, "œbemor"ni ado etadi.

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 28 Dekabr 2007, 13:36:04
Tomoqqa yamoq. Obrazli birikma bo’lib, tomoq, nafsni qondirish uchun taom, ne’mat, yegulik — ichgulik talab qilinadi. Tomoqqa yamoq — tiriklik, moddiy hayot manbaidir.


Tomog’ini moylamoq. To’g’ri ma’nosida o’zi yo o’zganing tomog’ini moylash, ho’llash, choy, ovqat iste’mol qilish, shaxsiy manfaati yo’lida unga pora berish, yedirib — ichirib, kiydirib, xullas, shu yo’l bilan ish tutib, kerakli shaxsni ko’nglini topish, uni xursand qilish. Tomoq moylash aroq ichirish, yaxshi ziyofat qilish, qo’liga tutqazib yuborish yo’llari bilan amalga oshiriladi.

Tomog’idan qiydi. Yeyish — ichishdan o’zini tiydi. Davolanish, iqtisod, tejamkorlik, kambag’allik vajlaridan bo’lishi mumkin. Tomog’idan qiyish o’ziga yaqin kishiga rizq — nasiba ilinish sababidan bo’lishi ham mumkin. Odatda, ota — ona, bobo — buvi o’z bolalari, nevaralariga tomoqlaridan qiyib uzum, nok, xuemo, qand — qurs asrab qo’yadilar. Keyin qo’yarda — qo’ymay bu ne’matlarni bola, nabiralariga yediradilar.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 28 Dekabr 2007, 13:37:37
Tomog’idan o’tmadi. Bu o’rinda ham asosan, ota — onaning farzand ueyagunga qadar biror taom tomog’idan o’tmaydi. Ilinj ishtahani qochiradi. Bu iboraning ikkinchi ma’nosi ham bor. Insonning joni uzilish oldidan tomog’idan luqma, hatto suv ham o’tmay qo’yadi.

Yirtiq tomoq. Teshik tomoq, degan iboraning muqobili bo’lib, xalq teshik, yirtiq tomoqni to’ldirib bo’lmaydi, ro’zg’or — g’or deganday, to tirik ekansan, qancha yeb — ichganing bilan teshik , yirtiq tomoqni to’ldirib, bas qilib bo’lmaydi, degan hayotiy falsafani yaratgan.

Tomoq yemoq.
Tomoqni yeb bo’lmaydi. Bu o’rinda tomoq taom, luqma, ne’mat, ovqat ma’nolarida ishlatilib, taom iste’mol qilish mazmunini beradi.

Tomog’i yirtildi.
Qichqirish, baqirib — chaqirish, tomoqni yirtgudek bo’lish. Tomog’i yirtildi, degan iborada salbiy ohang bor.

Tomog’i titramoq. Tovushi titradi, ovozi, ko’ngli buzildi ma’nolarini beradi. Tomog’i titramoq hissiy, ruhiy hayajon natijasidir.

Tomog’i xirilladi. Shamollaganda, uyquda xurrak tortganda, tomoq xirillaydi. Bo’g’izlangan odam, qo’y va hokazolar ham shunday xirillash ovozi chiqaradi.

Tekintomoq. Tomoqning o’zining kishi a’zosi sifatida tekinu pulligi bo’lmaydi. Biroq ko’chma ma’noda alohida mazmun kasb etadi. Tekintomoq deganda, xalqimiz xasis, qurumsoq va is chiqqan joydan qolmaydigan, tekinxo’r, sur, mechkay odamlarni ko’zda tutadi.
  Tekintomoq kishilar o’zgalar hisobidan kun ko’rishni xush ko’rishadi, mehnatdan qochishadi. Bu yo’lda hatto insoniy sha’nlarini, qadr — qimmatlarini ham oyoqsoti qilishadi. Bunday odamlar haqida xalq "œtekon kafan topilsa, o’lishga ham tayyor" deb ta’rif berishadi.

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 28 Dekabr 2007, 13:38:49
Siron tomoq (shirin tama’). Oilada shirinlikni: qand — qurs, meva —cheva, murabbo va hokazolarni yaxshi ko’radigan bolalarga nisbatan (ba’zan ayrim kattalarga ham) ishlatiladigan ibora. Shirintomoqning yana bir kinoyaviy ma’nosi bor. Bu kishi juda shirintomoqlar, deyilganda, mazkur kishining nozikta’b, nozikmijozligi ta’kidlanadi.

Baqbaqa to’ram. Xalq haromxo’r, tekintomoq odamlardan hamisha nafratlanib kelgan. Baqbaqa to’ram iborasida tanqid, kinoya, istehzo ohanglari bo’lib, o’zgalar hisobidan kun ko’rib, huzur — halovatda yurgan odam masxara qilinadi. Odatda, odamning birdan ko’zga tashlanadigan tashqi alomatlari bo’ladi. Birovning o’zidan oldin xonaga qorni kiradi, boshqa kishi yuzidagi xoli, dog’i bilan ajralib turadi. Tomoqdan tumshuqqacha bo’lgan masofada joylashgan baqbaqa ham ba’zi kishilarning "œbezagi"dir. Bu "œdavlat" egasining anchayin loqayd, o’zganing dardi bilan ishi yo’q, o’zidan, hayotdan mamnun ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham xalq "œbaqbaqa" yoniga "œto’ram"ni qo’shib, bir atama yaratarkan, ma’lum toifa kishilar timsolini yaqqol ko’z o’ngizmiga keltiradi.

Keyingi mavzu: "Yelka tutmoq"
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:37:57
Yelkasi yerga tegmagan. Bu iborani ishlatganda kishilar hech qachon kurashda yengilib, yiqilib, yelkasi, kuragi yerga tegmagan polvonlarni olqishlashadi. Ibora faqat kurash, musobaqani ko’zda tutadi. Negaki, har qanday devsifat, pahlavon ham ma’lum vaqtlarda uxlaydi, orom oladi, demakki, "œyelkasi yerga — ko’rpa-gilamga tegadi".

Yelkasi yo’q. Insonga nisbatan qo’llanadi. Odamning keng bo’lsin, tor bo’lsin, yelkasi bo’lmasligi mumkin emas. O’zbek, yelkasi yo’q, deganda nozikta’blik bilan, yaltoqi, xushomadgo’y, o’z manfaati yo’lida, boshliqqa uchrasa, patagi paytava bo’ladigan, shilqim odamni ko’zda tutadi. Bu bilan yelkasi yo’q, ilonday ichingga kirib ketadi, degan istehzo, kinoya, kesatiq ifodasi berilgan. Yelkasi yo’qlarning millati, vatani, qavmi, qarindoshi bo’lmaydi. Ular uchun shaxsiy manfaatdan muqaddas kuch yo’q.

Yelkasi tirishdi. Ensasi qotdi, peshonasi tirishdi iborasining muqobili. Yelkasi tirishish biror buyurilgan ish, vazifa, taklif, iltimosni istamaslik, yoqtirmaslik, og’rinish, ko’ngilga og’ir olish, o’z mavqeidan past ko’rishdir. Yelkasi tirishishning ikki ma’nosi bor. Kishi haqiqatan ham o’z sha’niga nomunosib, haqoratomuz taklifdan og’rinishi, buni hazm qilolmasligi mumkin. Ikkinchisi tanbal, ishyoqmas, tekintomoqligi sababidan bu taklifdan norozi bo’lishi ham kuzatiladi.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:38:58
Yelkasi oftob ko’rmagan. Mudom kiyim ichida yurgan yelka oftob ko’rmaydi, oq bo’ladi. Bu ibora ko’chma ma’noda bo’lib, yelkasi oftob ko’rmaslik hayotda kun ko’rmaganlik, ro’shnolikni bilmaganlik, kosasi oqarmaganlik ko’zda tutiladi. Yelkasi oftob ko’rmagan — peshonasi yorlaqamagan, boshiga baxt qushi qo’nmagan, omadi chopmagan, ishi yurishmagan iboalarining ayni muqobili hisoblanadi.

Yelkasida tegirmon toshi o’ynatmoq. Pahlavon kelbat, kuch quvvati mislsiz, juvonmard shaxslar ta’rifi. Ikki ma’noda: 1.Ijobiy polvon, pahlavon, mard. 2. Birovga zug’um qilib, uning yelkasiga og’ir, tegirmon toshidek zil zambil yukni ortmoqlamoq. Atayin o’zgaga yomonlik ravo ko’rish.

Yelka tutmoq. Ko’p ma’noli ibora. 1. Yukka yelka tutmoq. 2. KO’rishmoqchi bo’lgan keksa kampirga engashib (yelkaga qoqishi uchun) yelka tutmoq. 3. Kurashda raqibning yelkasidan tutish. 4. Do’st, g’arib, miskin kishi og’irini yengil qilish uchun unga yelkadosh bo’lish, ko’maklashish, yomon kunga yarash. 5. Tobutkashlik, so’nggi yo’lga kuzatilaypotgan marhum tobutiga yelka tutish (tanish — notanishligidan qat’iy nazar). Barcha ma’nolarida ham yelka tutishgan shaxs odamijon, juvonmard, imon — insofli, diyonatli inson sifatida ulug’lanadi.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:39:51
Yelka qoqmoq. Qop ko’targach, yelkangizni qoqasiz. 2. Kampirlar so’rashganda (Toshkentda) yelkangizga qoqishadi. 3. Daf’atan tomog’ingizga bir nima (ovqat, suv) tiqilib, yo’talib qolsangiz, yelkangizga qoqib, o’tkazishadi. 4. Bolalardan bir gap so’rasangiz,bilmadim degan ma’noda yelka qoqishadi. 5. Kishi o’ynaganda — raqsga tushganda yelka qoqishi mumkin. 6. Kurashda polvonlar yelka qoqishadi.

Yelka burmoq. Yuz o’girmoq, ters bo’lmoq, qo’l siltamoq, iboralari muqobili. Yelka burish — norozilik, ensa qotish, jahl chiqishi ifodasi.

Yelkasi yag’ir bo’lmoq. Ibora asl ma’noda mudom og’ir yuk tashigandan va xalacho’p zarbidan yelkasi — bo’yni yag’ir, yara, kir-chir bo’lgan eshakka nisbatan ishlatiladi. Kir — chirlik, isqirtlik ham yag’irlik muqobili. Ko’chma ma’noda, odamga nisbatan qo’llanganda, birovning xizmatini qilaverib kosasi oqarmagan, mehr — oqibat ko’rmagan, sho’rpeshona shaxs ko’zda tutiladi.

Yelkasi yamoq. Kambag’alning choponi qirq yeridan yamoq bo’ladi. Etagi, yengi, tirsagi, yoqasi,"¦ Yelkasi yamoqligi — kishining haddan ziyod kambag’al, nochor, bechoraligidan dalolatdir. Yelkaning yamoqligi yukning ko’pligi beto’xtov , zil — zambilligi, himoyasizlik, chorasizlik daragidir
Keyingi mavzu: Qo'li yengil
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:31:21
Qo’l olmoq. Qo’l olishning ma’nolari ko’p.Qo’l olib ko’rishish, so’rashish, qo’l olib ish boshlash, qo’l olib murid bo’lish, sig’inish, qo’l olib raqs (tansa) ga tushish. Qo’l olib ustaga shogird bo’lish va hokazolar. Qo’l olinadi (qo’lning yaroqdan xoliligini isbotlash). Qo’l bergan eshon, pirining kaftini tutib, etagini o’pib, murid bo’linadi. Qo’l olib bir necha yil shogird bo’lgach, to ustaning oq fotihasini olguncha sidqidildan xizmat qilinadi. O’zbek "œqo’l olish" iborasiga ilohiy hurmat bilan munosabatda bo’ladi. Qo’l bergan piriga, ustoziga shakkoklik qilishi uning ko’nglini og’ritishi, ranjitishni gunoh sanaydi.

Qo’li uzun (qisqa). Qo’lning o’lchovini yuqorida aytdik. Aslida odamlarning yoshi — bo’y — bastiga qarab, qo’llari ham shu yosh va gavdaga munosib bo’ladi. Ular bir — birlaridan uzun — qisqalikda tabiiy ravishda juda kam farq qiladilar. Ko’chma ma’noda esa bu borada yer bilan osmonchalik tafovut bor. Qo’li uzunlar qurbi yetadigan, davlati, oshna — og’aynisi, demakki, jamiyatda mavqei ko’p baland shaxslardir. Ular zar yo zo’rlari bilan ko’pda g’ayriqonuniy ishlarni ham xamirdan qil sug’urgandek silliq bajarib keta oladilar. Qo’li qisqalarning — mol — mulki, mavqei, zariyu zo’ri bo’lmaganlarning ahvoli achinarli. Ular arzimagan to’sqinliklar oldida ojiz qolib, ranglari za’faron bo’ladi. Amaldorning tomog’ini moylashga qurblari yetmaydi. Ishlarini bitkazolmay xunob bo’ladilar. Bora — bora bu holga ko’nikib, o’zlarini "œqo’li qisqalar" safiga qo’shib, keyin "œko’rpalariga qarab oyoq uzatadigan" bo’ladilar.

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:32:12
Qo’lga qaragan. Birovning xasmi, shunga qarab qolgan, kim kelsa, qo’liga qaraydigan — tamagir, sulloh ma’nolarini tashiydi. Qo’lga qarash — insof, diyonat,xoksorlik,shukronalik belgisi sifatida ham ta’riflanadi. Ma’nolariga qarab muqobillari ko’p. Qo’lga qarab qolgan — keksa, bemor,ojiz, bechora. Qo’lga qaraydigan — nafsi hakalak otgan poraxo’r, tamagir xotin. Qo’lga qaragan — imon — insofli, yaxshi inson.

Qo’lga kirdi, qo’ldan chiqdi. Qo’l darvoza, qop — qanor, idish emas, unga narsa kirsa yo chiqsa. Ko’chma ma’noda qo’lga kirdi, deganda biror mulk,boylik, narsa,buyum, mol — holga ega bo’lish, uni qo’lga kiritish, o’z tasarrufiga olish tushuniladi. Iboraning teskarisi "œqo’ldan chiqdi"da aynan shu narsalarning kishi tasarrufidan chiqib, o’zganing, davlatning mulkiga aylanib ketishi yoki sovurilib, talon — taroj bo’lishi, xalq tili bilan aytganda, vafo qilmasligi, buyurmaganligi anglashiladi.

Qo’lini yuvib qo’ltig’iga artdi. Tasavvur qiling: yaxshi bir tanishingiz to’y — ma’rakada sizga ro’para kelib qoldi. Siz to’y egasining yaqini sifatida xizmatdasiz, tanishingizning qo’liga suv quymoqchi bo’ldingiz, u bunga qaramay jo’mrakni burab, o’zi qo’l yuvdi. Siz shoshib yelkangizdagi sochiqni unga tutdingiz. Oshnangiz sochiqni olmay, sizdan uzoqlashib borarkan, yo'’ -—yo'l’kay qo’lini cho’ntagiga, qo’ltig’iga artib ketdi. Bu nima, parishonlik, hardamxayollikmi? Yo’q, nimadir bo’lgan, o’zingiz bilib — bilmay do’stingiz ko’nglini og’ritgansiz. U sizdan xafa, o’pka — gina qilib yuribdi. Shundan qo’lini yuvib, qo’ltig’iga artdi. Mening bunday do’stim yo’q dedi. Muqobili: "œhafsalasi pir bo’ldi", "œvoz kechdi""¦
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:32:53
Qo’ldan berganga qush to’ymas. Bu iboraning ma’nosi birovning qo’liga qaramlik, qo’liga qarash kishini bemalol to’ydirib — ozdirmaydi, mustaqil, o’zing topib — tutib, yeb — ichganingga, kun ko’rganingga nima yetsin, deganidir. Qo’ldan berilganiga hatto shu kichik jig’ildon — qush ham to’ymaydi, agar o’zi emin — erkin terib yeb — ichib yursa, ham ozod, ham to’q — farovon yashaydi deyilmoqchi.


Qo’li qimirlaganning og’zi qimirlaydi. Bu degani mehnat bilan mashg’ul bo’lib, shundan ma’lum daromad topgan odamning tirikchiligi halol, beminnat, yaxshi o’tadi. Qo’li qimirlamay, olma pish, og’zimga tush, deb yotadigan bo’lsa, kuni o’tmay, og’zi qimirlamay, rizq — nasiba topolmasligi aniq. Hazrat Bahouddin Naqshband "œDil ba yoru dast ba kor" — ko’ngil Xudodayu, qo’l ishda bo’lsin, deganlarida aynan shu halol, foydali mehnatni ko’zda tutganlari rost.


Qo’li pok, xalqumi toza. Ko’chma ma’nodagi ibora. Hamma zamonlarda ham tamagir, jig’ildon bandasi, birovning haqi evaziga boylik, davlat orttirishga intilgan kimsalar bo’lgan, hozir ham bor. Ammo insoniyatning, jumladan o’zbek xalqining baxti, mustaqillik istiqboli shundaki, millatdoshlar orasida qo’li pok, xalqumi toza shaxslar ko’pchilikni tashkil qiladi. Iboraning ma’nosi: Qo’li pok — toza, tamagirlik, poraxo’rlik, qo’lini haromga bulg’amagan odam, xalqumi toza — tomog’idan jig’ildoni tomon haqom luqma, birovning haqi o’tmagan kishi. O’zgalarning rizqini qiyishdan, birovning haqiga xiyonat qilishdan hazar qiladigan shaxs.


Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:34:04
Qo’li yengil (og’ir). Tirik odamning qo’lini hech kim taroziga qo’yib, og’ir — yengilligini o’lchab ko’rmagan. "œQo’li yengil" iborasi ayrim kasb egalarining mahoratli ustalariga atalgan. Yaxshi shifokor, jarroh bemor a’zosiga tig’ urib, uni tikkach, tez bitib, sog’ayib ketsa, shu shifokorning qo’li yengil deyishadi. Aksincha holni "œqo’li og’ir" deya og’rinib gapirishadi.
  Ikkinchisi, bozorga ul — bul xarid qilgani borsangiz,, sahar molini bozorga olib tushgan dehqon irim qilib, savdosini erkak odamdan boshlaydi. Negaki, erkak kishi dehqonchilik, savdo — tijoratda yarim payg’ambar hisoblanadi. Bundan tashqari, sizdan albatta, qo’lingiz yengilmi, og’rimi deb so’raydi. Qo’lingiz yengilligiga ko’zi yetsa, bergan pulingizni mahsulotiga siypab "œilohim barakasini bersin, bozorim yengil ko’chsin" , deya niyat qiladi.


Qo’liga suv quyolmaydi. Odamlarga baho berganda, birovni birovga qiyoslab, falonchi pismadonchining qo’liga suv ham quyolmaydi, degan ibora ishlatiladi. Bu bilan ilmu ma’rifat, bilimdonlik, tajribalikda bu ikki shaxs saviya jihatidan bir — birlaridan shu qadar yiroqlarki, birinchisi ikkinchisining qo’liga suv quyuvchi, xizmatkorlikka ham yaramaydi, degan xulosa chiqariladi.

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:35:43
Qo’l qo’lni taniydi. Qo’l bilan qo’l oshiq ma’shuq emas, ularning qosh — ko’zlari, qalblari yo’q. Shuning uchun asl ma’nosida qo’l qo’lni tanimaydi. Ibora ko’chma ma’nosida alohida ta’sir kuchiga ega. "œQo’l qo’lni taniydi" deganda, xalq kishilar o’rtasidagi oldi — berdi, qarz — havola, kishi bilmas, yashirin munosabatlarni ko’zda tutadi. Bir odamdan qarz ko’targan bo’lsangiz, uni qaytarish, uzishda o’g’lingizdan yuborishingiz to’g’ri emas.
  Uni qaytarish, uzishda iloji bo’lsa, guvoh vositasida, bo’lmasa, shaxsan o’zingiz minnatdorchilik bildirib, (mehmonga chaqirib) o’z qo’lingiz bilan o’sha odamning o’ziga topshirganingiz joiz. Chunki shu qo’ldan olinganmi, qo’lni tanib, shu qo’lga qo’sh — qo’llab topshiring, deyilyapti. Boshqa ma’nosida yashirin, xufya qilingan oldi — berdi nazarda tutiladi. Bunday nozik ishda o’zgani, begonani aralashtirmaslik talab qilinadi.


Qo’l uchida kun ko’rmoq. Kambag’allik, kamdaromadlilik, og’ir mehnat vositasida kamtar, xoksor kun kechirish, zo’r — bazo’r umrguzaronlik qilish. Qo’l uchida, deganining ma’nosi qo’l mehnati bilan, qo’li, kafti to’lmasdan, hamda favqulodda holatda, qo’l uchidagi davlat, ro’zg’or tez tushib, to’kilib, yo’q bo’lib ketishi mumkin, ma’nolarini beradi.


Keyingi mavzu: "œYurakka qo’l solmoq"
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:21:50
Yurak yutdi. Chingiziylar o’z raqib podsholiklarining ko’zini qo’rqitish, ruhan mayib qilish maqsadida ularning bolalari, nabiralarini asir tushirib, barchaning ko’z o’ngida norasida go’dak ko’kragini yorib, yuragini sug’urib olganlar va "¦ yutganlar, yosh yurakni yeganlar. Ibora ko’chma ma’noda, "œyurak yutdi" deyilganda, cho’chib, ikkilanib bo’lsa ham, shu ishni qilishga, shu firkni aytishga jur’at etdi mazmuniga egadir. Yurak yutish — tavakkal qilish, jazm etish, jur’atkorlik, o’z — o’zini yengish mantiqini tashlaydi.

Yuragiga g’ulg’ula (vahima) tushdi. Yuragi uvishdi, yuragi qinidan chiqdi, yuragi yorildi, yuragi siqildi, yuragi toshdi iboralarining muqobili. Biror noxushlikni sezib, bezovtalanish, xavotir olish holati.

Yuragi yo’q. Insondir, hayvondir yuragi yo’q bo’lsa, u yashay olmaydi. Yuragi yo’q, ko’chma ma’no tashuvchi ibora bo’lib, qo’rqoq, quyon yurak, mudom cho’chib yashaydigan odam haqida aytiladigan iboradir. Bir ishni qilishdan cho’chib, "œorqasidan bir balosi chiqmasin" deb yuradigan shaxslarga bu ibora juda mos keladi.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:22:31
Yuragi yarimta. Yuragi xasta, dardkash kishi haqida shunday deyiladi. "œYuragi yarimta", ko’ngli yarimta, ko’ngli yarim, iboralari muqobili. Ko’chma ma’noda yaqin kishisidan ajralgan. Hayotda ro’shnolik ko’rmagan, ozurda odam mazmuni ifodalanadi.

Yuragiga yaqin oldi. Ma’nolari: 1.O’ziga yaqin tutdi, mehr — oqibat ko’rsatdi. 2.Biror yoqimsiz, g’alamislik bilan aytilgan gapni yuragiga yaqin oldi. Shundan yuragi xastalandi mazmuni bor.

Yuragiga qo’l soldi. Hozirgi zamonda jarroh bemorning yuragiga qo’l solishi, barmoq tekkizishi mumkin. Biroq ko’chma ma’noda yurakka qo’l solish kishining ko’nglini bilish, fikri, niyati,maqsadini anglashga intilish ifodasidir. Muqobillari: "œko’ngliga qaradi", "œichidagini topdi", "œqalbiga quloq soldi", "œyuragiga kalit topdi", "œyuragi qulfini ochdi" va h.k.

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:23:13
Yurak — bag’ri ezildi. Bag’ir — jigar degani. Qattiq mushtlashuv, tasodifiy falokat, tabiiy ofat tufayli jigar — bag’ir ezilishi mumkin. Ko’chma mazmunda, xafa bo’ldi, ko’ngli o’ksidi, yuragi ezildi, yuragi yondi, yuragi tushdi, yuragi dard — hasratga to’ldi iboralarining muqobilidir. Xalq bunday holatni boshdan kechirgan odamni ayadi, unga hamdard bo’ladi, xayrixohlik qiladi.

Yuragiga qil sig’maydi. Bu o’rinda ko’ngil, qalb ma’nolarida ishlatiladi. Ko’ngli shunchalik xufton bo’lgan, qorong’ulashgan, ruhi tushganki, hozir uning yuragiga hatto qil ham sig’maydi, degan ibora. Birov og’ir insoniy fojiani boshdan kechirsa, qalbi dardu alamga to’la bo’lganligidan unga boshqa narsa, gap, tashvish, havas sig’maydi, deyilmoqchi. Yuragiga sig’maydi, yuragi bir xilda, yuragi dardu g’amga to’la, g’amboda, ibora va sifatlari muqobili
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:23:52
Yurak oldirgan. Odam tish, soch — soqol, tirnoq oldirishi mumkin. Biroq yurak oldirib bo’lmaydi. Aks holda, yuraksiz, demakki, hayotsiz qoladi. Xalq "œyurak oldirgan" iborasini ishlatganda, turli taloto’plar tufayli yaqin kishilaridan ajralib qolgan, ko’p jabru sitamlar ko’rgan, ayrim shaxslarning boshidan og’ir kulfatlarini kechirganligini, ko’ngli ozurda bo’lib qolganligini ko’zda tutadi. Sutdan og’zi kuygan — qatiqni ham puflab ichadi, maqolidagiday, bunday odam o’ta andishali, mulohazali, har narsadan shubhalanadigan, cho’chiydigan, qo’rqadigan bo’lib qoladi. Muqobili: "œyuragi urmay qo’ydi".

Yuragida dog’i qoldi. Yurak xastalanib, surunkali davolansa, uning biror yerida oldingi xastalik belgisi — dog’i (biror qora — qo’ng’ir nuqta) qolishi mumkin. Bu o’rinda ko’chma ma’noda bo’lib, og’ir dard, o’lim, yo’qotish, qattiq ruhiy iztirobdan so’ng yurakning ozurda bo’lib qolishi. Bu dardning, baribir, yurakdan chqimasligi tasviri. O’sma ketar, qosh qolar, deganday, dard ketar, uning dog’i qolar, deydi xalq. Uzilgan tor ulansa, chandig’i, ulog’i qoladi. Oradan gap qochib, so’ng tag’in yarashib ketilsa, uning og’ir iztirobi yuragingizda uzoq vaqt qolib ketadi.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:24:29
Yuragi toq bo’ldi. Sabri chidamadi, toqati toq bo’ldi, bardoshi tugadi, yuragi bezovta bo’ldi, iboralarining muqobili. Toq — yakkalik. Yuragi toq bo’lishi — kishining yakkalanib, o’zini ruhan tushkun his qilishi, yurakning hapqirishi. Odam zoti borki, u — juftiga — sevimli yor, sadoqatli do’st, yaxshi odamlar mehr — muhabbati, muruvvatiga mushtoq, muntazir bo’lib yashaydi.

Yuragidan chiqarib gapirdi. Gap og’izdan, nafas yo’li bilan tovush o’pkadan chiqadi. Yuragidan chiqarib gapirdi, deganda xalq sidqidildan, ko’ngildan, yolg’on, soxtalik aralashtirmay gapirdi, degan ma’noni anglaydi. Yuragini to’kib soldi, yuragida borini aytdi, iboralarining muqobili. Odam zoti odamiga, vaziyatga, o’z kayfiyatiga qarab, hammavaqt ham bor, to’g’ri gapni gapiravermaydi. Kishi ba’zan — ba’zan yorilishi, gapning orqa — ldini o’ylamay, yurak yorishi, ko’ngildagini to’kib solishi holatiga shunday iborani ishlatadilar. O’zbekda mastlik — rostlik degan ibora ham borki, bu hol shu ibora mazmuniga yaqin keladi.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:25:25
Yuragiga o’t tushdi. Bir narsa, voqea, kishiga qattiq qiziqib qolish. Yurakka o’t tushishi — sevgi-muhabbat tuyg’usi bilan bog’liq. Birov ikkinchi bir shaxsni (qizni) ko’rib, qattiq sevib, yuragi ishq o’tida o’rtanib qolishi mumkin. Birov yaxshi otga, itga, mashinaga, hovli-joyga, amalga ishqi tushib, yuragida o’t yonishi ham kuzatiladi. Muqobillari: "œyuragi o’rtaydi", "œyuragi yondi", "œyuragini baxshida qildi".

Yurak o’ynog’i. Yurak-tomir qon yurish maromining buzilishi, betartiblashishi. Odam bunday paytda muvozanati buzilib, yuragiga vahima, g’ulg’ula tushadi, yuragi tushib, gumirib ketganday bo’ladi, boshi aylanadi, chayqaladi. Bu holatni tez — tez boshidan kechirib turadigan kishilarni yurak o’ynog’i kasaliga mubtlo bo’lgan odam deyishadi.
  Ko’chma ma’nosida noqobil farzand, xiyonatkor turmush hamrohi, sadoqat saqlamagan do’stlar haqida shunday deyiladi. Bunday "œyaqinlar" tez — tez yuragingizni o’ynatib, uni changallab qolishingizga majbur qilishi bilan sizga sodiq xizmat qiladilar. Muqobillari: "œyuragini changalladi", "œyuragi uvishdi", "œyuragi to’xtab qoldi".
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:26:07
Yuragi achishadi. O’z ma’nosida yurak achishadi, hapqiradi, sanchadi va hokazo. Ko’chma mazmun kasb etganda, yurakning achishi birovning birovga, biror jonivorga, narsa — buyumga hamdardlik, xayrixohlik qilishi, uning uchun kuyunishi anglashiladi. Xalqda, begona bo’lsang, dardim yo’q edi, lekin o’zimnikisan,jigarimsan, yuragim achishganidan gapiraman, degan gap bor. Nafaqat odam, vafodor itingiz beoqibat qo’shningiz qo’li bilan igna yutib o’lib qolsa, yaxshi ko’rgan daraxt yoki gul ko’chatingiz bevaqt so’lib qolsa, do’stingizning yurak bag’ri g’am — anduhga to’lib qolsa, yuragingiz achishadi, joningiz og’riydi. Muqobillari: "œyuragi achidi", "œyuragiga oldi", "œyuragi ko’tarolmadi", "œyuragi og’ridi" va h.k.

Keyingi mavzu: "œO’pka — gina yaqindan"

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:21:06
O’pkangizni bosib oling. Ko’chma ma’noda hovliqma, ko’tarma, qo’pol kishilarga nisbatan ishlatiladigan ibora. Tovush o’pkadan chiqadi. Qattiq, g’azab bilan gapirilganda u zo’riqadi, shishadi. Shunga ishora qilib o’pkangizni zo’riqtirmay, mo’tadillashtiring — bosib oling, degan iboradir. Muqobili: "œog’irroq bo’ling", "œbir gapdan qoling".

O’pkasini qo’ltiqlagan. Yuqoridagi ibora mazmunidan kelib chiqadigan gap. O’pkani qo’ltiqlab bo’lmaydi. Obrazli ifoda bo’lib, shoshqaloq, vahimachi, vos — vos odamlarga nisbatan ishlatiladi. Yaxshi tarbiya ko’rgan odamlarda ham bunday holat favqulodda voqea — hodisalarda sodir bo’ladi. Kishi qattiq cho’chib qolsa, ruhi, kayfiyati tushib ketsa, yoki aksincha, kutilmagan xursandchilikdan shoshib, hovliqib qolsa, "œo’pkasini qo’ltiqlagan"i kuzatiladi. Yomonning yaxshi bo’lib qolganiga ishonib bo’lmaganiday, bunday hollarda darhol yaxshini ham shoshqaloq, "œo’pka bo’lib qolibdi", degan xulosaga bormaslik kerak. Muqobili: "œo’pkasini qo’liga olgan".

O’pkasi yo’q. Lof iboralardan biri. Kishining o’pkasi bo’lmasa, yashay olmasligi ma’lum. O’pkasi yo’qlik o’pkani qo’ltiqlagandan ham battar hovliqmalik, vahimachilik namunasi. Gapning oldi — ketini o’ylamaydigan yoki biror katta vazifadagi suyanchig’iga ishonib gapni juda katta gapiradigan shaxslarga nisbatan, odatda, orqavarotdan aytiladi. Xalq "œo’pkasi yo’q" deb hovliqma, baqiroq, amalparast rahbarlarni shunday ta’riflashadi.

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:22:04
O’pka — jigar bo’lmoq. Mol, qo’y so’yilganda, uning o’pka — jigari alohida idishga qo’yiladi. Ya’ni, ko’chma holda, bir toifaga, bir safga kirib, yaqin bo’lish, turish ma’nosi anglashiladi. Ko’pchilikdan, ommadan ajralib qolish ma’nolarini ham tashishi mumkin.

O’pkasidan urgan. Bu iboraning bir necha ma’nolari bor. 1.O’pkasini sovuq oldirgan, bemoq, betob bo’lib qolgan. 2.Tamaki chekaverib o’pkasi ishdan chiqqan. 3.Kinoyaviy ma’noda biror shaxs, buyum, amalni yoqtirib sevib qolingan xabari. "œO’pkasidan urgan", iborasi bu o’rinda jigaridan urgan , yuragidan urgan, oshiqi beqaror,majnun bo’lib qolgan iboralarining ma’nodoshi ham bo’la oladi.

Qip-.qizil o’pka O’pka och qizil, oqimtir qizg’ish rangda bo’ladi.Avvalo shunga ishora.Ikkinchisi,naqdvahimachi xudo urgan shoshqaloq,o’pkasi yo’q,o’pkasini qo’ltiqlagan odam mazmunini tashiydi. Bunday shaxs haqida gap ketganda bu odam bilan gaplashib munosabatda muloqotda bo’lishning iloji yo’q,gapga quloq solmaydi,borib turgan buyruq voz degan mazmun anglashiladi.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:22:56
   O’pkasi tushdi. Chekuvchilar qattiq yo’talib qolganlarida keksa kampirlar; ‘voy xudoyimey,naqd o’kasi tushdiya’,deyishadi.Bubilan yo’talining zo’rligi shunchaki,o’pkasi uzilib,og’zidan chiqquday bo’lyapti,degan fikrni bayon qilishadi.Ikkinchisi,johil ota o’g’il-qizlarini ayamay ursa,boboyu buvi,"esingni yig’ib olsangchi,bola paqirning naqd o’pkasini tushurdingku",deb o’rtaga tushishadi.Muqobili:"œo’pkasi uzildi".

O’pka-gina qilmoq.O’pkaladi,ranjidi,kudurat qozonini ochdi,iboralari muqobili.O’pkalashning o’z ma’nosi hissiy hayajon tufayli hiqillish yig’lab-siqtash,o’pka muvozanatining buzilishi.O’pka-gina qilish qarindosh-urug’,ayniqsa keksalar uzoqda ma’lum amal-vazifada yurgan qarindoshlarini ko’rib qolganda,oldin jigarlari (boyagi yigitning ota-onasi)ni eslab,ko’ngillari buzilib,ko’z yoshi qilib oladilar.So’ng jiyanni oqibatsizlikda ayblab,yengil ranjiydilar.
  Xalq shundan,  "œo’pka-gina yaqindan"deb,kishi umid qilgan,o’ziga yaqin olgan,jon jigar deb bilgan odamidan o’pka-gina qiladi,begonaga ham qilsinchi,deydi. 

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:23:48
O’pkasi qozonday.Yuqoridagi iboraga mazmunan yaqin.O’pka-gina qilgn odamning eng ashaddiy ko’rinish.Bu odam o’z yaqinidan shu qadar ranjikanki,xafa bo’lganki,o’pkasi shishib,qozonday bo’lib ketgan,deyilmoqchi.Tag’inbir ma’nosi,o’pkasi qozonday qorayibqolgan,uni toalab,chiroyini ochish osonmas,mazmunini tashiydi.Gina-kudurat kasaliga surunkali mubtalo bo’lib qolgan odamlarga nisbatan faol ishlatiladigan ibora. "œHech kimning ma’rakasiga bormasang ham shunikiga bor bilam,bo’lmasa o’pkasi qozonday bo’lib,bir umr qovog’idan qor yog’ilib yuradi",deyishadi keksalar fe’lini yaxshi bilgan qarindoshlari haqida.

Uzoqdagi quyruqdan yaqindagi o’pka yaxshi.   Naqd va nasiya narsa, oziq — buyum haqida aytiladi. Uzoqdan yaxshi mol olish, yaqindan yomonrog’ini olishga nisbatan qimmatga tushadi, ham nasiya bo’lib, uning unish — unmasligi noaniqdir. Yaxshi bo’lsa ham undirib, to o’z xonadningga keltirib o’zlashtirguningcha u ham yomonlashishi, sifati buzilishi mumkin. Shuning uchun ham har ishning toshu tarozusini yaxshi bilgan tajribakor xalq "œhar joyni qilma orzu, har yerda bor tosh - tarozu", deydi. "œUzoqdagi qarindoshdan, yaqindagi qo’shing yaxshi" maqoli ham bu iboraning muqobilidir.


Keyingi mavzu: "œIchagi ingichka".
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:06:35
Ichini it tirnaydi. Kishi biror narsa, voqea — hodisadan qattiq bezovtalansa, hayajonini bosib ololmay, hovliqsa, shu ibora ishlatiladi. Bu o’xshatish ibora bo’lib, aslida kishining ichiga it kirib, tirnamaydi. Ustini, tashqi a’zolarini it qopishi, tirnab — tirmalashi mumkin. "œIchidan qirindi o’tdi" bu iboraning muqobili. Kishi o’zini bir joyga qo’yolmay, ichiga chiroq yoqsa yorishmay, halovat, xotirjamlik topolmasligi, ich — etini yeyishi hodisasi. Ichini it tirnagan odam vijdonli, imonli, hech bo’lmaganda, odamgarchiligini saqlab qololgan shaxs hisoblanadi.

Ichagi ingichka. Odamda, hayvonda bo’lsin, ikki xil ichak bo’ladi. Yo’g’on (to’g’ri) va ingichka (o’ram) ichak. Ingichka ichak — ichagi ingichka deganda, ko’chma ma’noda insonning qo’li qisqa, imkoniyatlari cheklangan kambag’alu nochorligi, faqir kishi ekanligi nazarda tutiladi. Ichagi ingichkalik — ichi torlik, jisman, tabiatan kamquvvat, kamimtiyozlilik ma’nolarini ham beradi. Bunday odamlar o’z bo’ylaridan baland sakray olmaydilar, hadlarini bilib umrguzaronlik qiladilar. Ichagi ingichkalik ayni paytda insof — diyonatlilik, o’z o’rni va qobiliyatini to’g’ri baholash ham hisoblanadi.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:08:45
Ichakuzdi. Mol so’ysangiz, qornini yorganda, ichagini uzasiz. Yemak ichak bo’lsa, narsa tiqib hasip qilasiz. Ko’chma ma’noda "œichakuzdi" atamasi kulgi, hangoma, qiziqarlilik, yoqtirganlikning zo’ridan ichak uzilguday bo’lib, rosa to’yib, zo’riqib kulish, "œbiti to’kilish", xumordan chiqish mazmunini tashiydi. Askiya, qiziqchilik, mutoyiba hosilasi.

Ichi achiydi. Biror yoqimsiz, achchiq, zaharli narsani daf’atan iste’mol qilsangiz, tabiiy, ichingiz achiydi. Biroq, bu o’rinda ibora ko’chma ma’noda bo’lib, ich achish birovning dardiga hamdard bo’lish, unga qayishish,  qayg’urish, xayrixohlik qilish ko’zda tutiladi. "œIchi achishadi" iborasi qarindoshlik tuyg’usi bilan ham bog’liq. Inson eng avvalo, o’z oilasi — bola  - chaqasi, ota — onasi, qarindosh — urug’lari taqdiri, sog’lig’i; baxti — iqboli uchun qayg’urib, ichi achib, joni koyiydi. Undan so’ng insofli, diyonatli inson sifatida qolgan barcha mo’min — musulmonlarga yomon kunida hamdard, hassakash bo’ladi. Ichi achiydi — "œichi achishadi", "œjoni achishadi", "œichi kuyadi" kabi muqobillarga ega.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:10:53
Ich etini kemirmoqda. Ko’p ma’noli:1 Chaynamoq, iste’mol qilmoq, yeyish, yutish.2 Ichak -chavog’iyu go’shtini yeyish. Ko’chma ma’nosida ichini it tirnamoq, ichidan qirindi o’tmoq, ichi yonmoq, ichi kuymoq, ichiga chiroq yoqsa yorishmaslik iboralari muqobili. Og’ir pushaymonlik, armon ,o’z atosi, gunohi, qilmishidan afsus- nadomat chekish, chuqur istirobga tushish.Ich-etini kemirish,iborasi hamisha shaxsga nisbatan xayrixohlik ohangida aytiladi. Bunday odam imonli, diyonatli insofli shaxs sanaladi.

Ichini og’ritadimi? Xalq, ishning ko’zini, ayniqsa, o’z foydsini bilmagan yalqov kimsalarga nisbatan, oldidagi shu bir parcha yerini chopib, yumshab, ul — bul ekib, ro’zg’origa yaratsa, topgani ichini og’ritadimi degan iborani qo’llaydi. Bu bilan, "œey musulmon, mundoq odamlarga o’xshab, bor imkoniyatingni ishga solib, o’zingu bola — chaqang manfaatini o’ylasangchi, harakatingni qilmasang Xudo senga osmondan tashlaydimi", demoqchi bo’ladi. Ichini og’ritadimi? Iborasi zarar qiladimi, koni foydaku, ishining ko’zini bilsangchi, jumla — iboralari ma’nosiga yaqin turadi.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:13:36
Ichini yordi. Qassob mol — qo’yning ichini yoradi. Muvofiq maqsadini amalga oshiradi. Ich yorish — ko’chma ma’noda ichidagi dardini, gapi, siri, maslahatini ochib, bayon qilish. "œIchini yordi" deganda indamas, "œichimdagini top" odam o’z do’sti, onasi, otasi, yaqin kishisiga dardini yordi, ko’nglini ochdi, gapini (sir) aytdi, degan ma’nolar anglashiladi. Ich yorish jiddiy odamlarda kamdan — kam uchraydi. Mast — alastlikda esa kishi og’ziga tekkach, do’st — dushmanning farqiga bormay, ichini yoraveradi. Uyning gapi ko’chaga chiqadi. Muqaddas tuyg’ular, sir — sinoat dasturxon qilib yoziladi.

Ichi qora. O’t yoqilavergaligidan mo’rining ichi qora. Nur tushmagan uyning ichi ham qorong’i. Ayrim odamlarning ichi, ko’kragi, yuragi bulardan — da qoraroq bo’ladi. Bu past tabiat, hasad, ko’rolmaslik, o’zgalar iqbolidan iztirobga tushish kabi salbiy tuyg’ular oqibati, hosilasidir. Ichi qora odamlar hamma yaxshi, olijanob, foydali va insoniy tuyg’ulardan aziyat chekishadi. O’zgalarning ishi, omadi yurishishidan ichlari kuyadi. Bunday kimsaning o’zga, yaxshi kishilarga, jamiyatga katta zarari tegadi. Ammo sirlari oshkor bo’lib, otning qashqasidek tanilib qolgach, nazardan qolishadi. Ichi qoraning ishi qora, deydi xalq. Bunday shaxslar oqibat o’z umrlariga o’zlari zavol bo’ladilar.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:14:15
Ichi g’ash. Ko’ngli g’ash, ichiga chiroq yoqsa yorishmayudi, dili xufton, shashti past, popugi pasaygan, iboralarining muqobili. Ichi g’ashlik — ruhiy mo’tadillikning buzilishi, biror nimadan tashvishga tushish, xavflanish, aziyat chekish. Bunga ma’lum ish, gunoh, g’ayriqonuniy faoliyat turtki bo’lishi yoki aksincha, aniq sababning bo’lmasligi, ichki intuitsiya, sezgi — kechinmalar asosida bo’lishi mumkin. Inson o’z salohiyati, hayotiy tajribasi, bilim jamg’armasi bilan moddiy va ma’naviy dunyo tabiatini yaxshi biladi. Shu tufayli ma’lum ma’noda bashoratchilik ham qila oladi.

Ichi toshdi. Sut pishsa — toshadi. "œIchi toshdi"ning ko’chma ma’nosi "œichi qizidi"ga yaqin turadi. Ichi toshish — zerikish, toqatsizlanish, biror ishning tashvishini qilish. Sabr — qanoatning tugashi. Ichi toshgan odam uyda o’tirolmaydi. Salomatligi, jismoniy, ruhiy imkoniyatlari bilan hisoblashmay, bo’yidan baland sakrashga harakat qiladi. Toliqib, uzilib qolsa ham uzoqdagi farzandini borib ko’radi, qarindosh — urug’ining yaxshi — yomon kuniga yaraydi va hokazo. Ichi toshish tuyg’usi insonning oliy insoniy fazilatidir.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:14:50
Achchiq ichak. Ingichka ichakning to’plami, g’aramlisi. Odatda mol, qo’y, quyonning bunday ichagi itlarga beriladi. Achchiq ichak, odamga nisbatan qo’langanda, ezma, g’alamis, gapni cho’zib, olib qochadigan, qitmiq kishilar ko’zda tutiladi. Xira, yoqimsiz, shilqim, shildir kimsalar tanqid qilinadi. Gap ham betamiz, bemaza bo’laversa, kishilar: "œnamuncha achchiq ichakday cho’zilaverding, bas qil, qisqa qil", degan tanbehni ishlatadilar. Achchiq ichak odamlarning gapida tuz bo’lmaydi, gap ko’p — ko’mir oz bo’ladi. Tabiiy ravishda mol ichagini bir chetidan tortsangiz cho’zilavergani sayin, gapning ham cho’zilaverishini achchiq ichakka qiyos qilishadi.

Ichagini boshiga salla qilmoq. Bu ibora haqorat, dag’dag’a, so’kish, mensimaslik bo’lib, ayrim chapani yigitlar bir — birlariga dahanaki daf qilishganlarida ishlatib qoladilar. Ichagini boshiga salla qilish birovni chavaqlab, ichak — chavoqni boshiga ilish, uning joniga qasd qilishdir.

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:16:38
]Ichingda iloning bormi? Ba’zi odamlar jussasi kichik bo’lsa ham to’g’ri ichak bo’lganidan yeb to’ymas bo’lishadi. Hammadan ko’p iste’mol qilsa ham nafsi orom olmagan bunday kimsalarga keksalar: nima balo, ichingda iloning bormi, deyishadi. Go’yoki u yeyapti, yutyaptiyu, kimsaning ichida joylashib olgan ilon og’izga tushgan luqmani yutaverib, haq deb qarab turganday. Tag’in bir ma’nosi, ba’zi bolalarning ichida ilonchagi — gijjasi bo’lib, yegani o’ziga yuqmaydi, rangi siniq, o’zi rangpar, ozg’in bo’lib yuradi. Opvqatni ishtaha bilan tushirib, sal nafsi qoniqqan shaxsga nisbatan ham odamlar: "œiloningning boshi qaytdimi, haytovur", degan iborani ishlatishadi.

Ichimga issiq kirdi. Tanamga jon kirdi, o’zimga keldim, jonimni chaqirib oldim, jonim jasadimga qaytdi, iboralarining muqobili. Ichimga issiq kirdi, deganda o’lguday sovqotib, tirishib turgan edim, ichim, bag’rim, qo’ynim isidi ma’nolari mujassam. Ichi isish — issiq kirishining sababi — issiq ovqat iste’mol qilishdandir. Aroq ham, laxcha cho’g’ o’tin ham kishi ichini isitishi, issiq bo’lib kirishi mumkin.


Ichidan pishgan. Xorazm qovunlari, lalmi tarvuzchalar ko’rinishida juda ko’rimsiz, xamakday tuyulsa-da, aslida ichidan pishgan, shirin bo’ladi. Inson hayotiga ko’chirilganda, ichidan pishgan iborasi juda pishiq, qipchagar, puxta, mug’ombir, ishning ko’zini biladigan, bilgani ichida odam, ma’nolarini beradi. Ichidan pishib yuribdi, deganda keksa kishilarni qovunday pishib yuribdi, bir kun uzilganini bilmay qolasan, deyishadi. Ichidan pishgan — ketidan qarigan, iborasining muqobilidir.


Keyingi mavzu: "œQornimgamas qadrimga".
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 13 Fevral 2008, 11:42:03
Qornimgamas qadrimga (yig’layman). Bu ibora insonning qadr-qimmati, sha’ni-shavkati, oila, jamoada tutgan o’rni bilan bog’liq bo’lib, qornimgamas qadrimga yig’layman, deganda xalq qornim to’ymagani, yaxshi yedirib — ichirib kiydirib, sarpo-surug’ qilib e’zozlamaganiga emas, to’y-ma’raka, yig’in, ko’pchilik oldida meni hurmat qilmay, nazarga ilmay, izzatimni qilmagani, qadrimga yetmagani odam o’rnida ko’rmaganiga xafaman, degan ma’no anglashiladi. O’zbek o’ta andishali, ko’ngilchan bo’lishi bilan birga o’z izzat-nafsini qadr-qimmatini baland tutgan xalq bo’lganligidan o’z o’rni, mavqei, qadr-qimmatini biladi. Qadrsizlik, o’z sha’nining toptalishi uning uchun o’lim bilan barobardir. Bu ibora o’zbek xalqi ruhiyatining o’ziga xos ixcham tavsifidir.

Qorin qayg’usi. Tomoq,tomoqqa yamoq, atama va iboralari kabi qorin qayg’usi iborasi tirikchilik,umrguzaronlikning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bo’sh qop tik turmaydi, deydi xalq. Tanangiz tik yurishi, sog’lom bo’lishingiz uchun inson tanasi a’zolari uchun kerak barcha yemak-ichmak iste’mol vositalari mavjud bo’lishi talab etiladi. Mana shular qorin qayg’usini tashkil etadi. Tirikchilik deb yugurib-yelasiz. Ro’zg’or g’or deysizu, bir umr uni to’ldirishga, yuhodek nafsini qondirishga tirishasiz. Salbiy, ijobiy ohang yo’q. Majhul.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 13 Fevral 2008, 11:43:09
Och qoringa achchiq sarimsoq. O’lganning ustiga tepgan, kabi maqol muqobili. Och qoringa achchiq sarimsoq deganda, o’ziku qornim o’lgudek och, unga achchiq sarimsoq berib, yanada ochirding, mazmuni anglashiladi. Sarimsoq odatda, ishtaha ochish, ovqatni ko’proq iste’mol qilish uchun yeyiladi. Bu holatda ovqatning o’zi yo’g’u bu kimsaga achchiq sarimsoq berib, uning ishtahasini karnay qilishdan iboratdir. Iborada istehzo, kesatiq, mazax,yengil yumor ohanglari bor.

Qorin piyozning po’stidek bo’lib ketdi. Qattiq ochiqish, ishtahaning qo’zg’alishi, ovqat iste’molining kutilgan vaqtdan o’tishi, ishtiyoqli mehnatdan so’ng qorin ochishi — mana shunday paytlarda bu ibora qo’llanadi. Bu degani mehnatning, ochlik, parhezning zo’ridan qorinning yog’I, charvisi go’shti ketib, ozib, yolg’iz terisi qoldi, u piyozning po’sti (bir qavati) day yupqa bo’lib qoldi, ma’nosini beradi. Iborada hazil-mutoyiba, hayotsevarlik, xushchaqchaqlik kayfiyati mavjud.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 13 Fevral 2008, 11:44:29
Qorni ochdan qorni to’qning ne parvoyi bor? Bu ibora o’z ma’nosida ham to’g’ri va mantiqli. Ya’ni qorni to’q odamning qorni och kishi bilan necha pullik +ishi bo’lsin? Ko’chma ma’nosida esa uning mazmuni yanada chuqur. Boy kambag’alga qayishadimi? To’q ochni o’z to’piga oladimi? Baxtiyor kishi g’arib va miskin bilan oshna bo’ladimi? Sog’lom inson dardmandu bemor bilan ne xususda gaplashsin? Bu ibora qo’lanilganda istehzo, achinish, xayrixohlik, takabburona ohanglari mavjud bo’ladi.

Jig’ildoni qaynadi. Ibora, oshqozonda kislotaning ko’payishi oqibatida kishi ba’zi ovqatlarni iste’mol qilsa me’dasi qaynaydi, yaxshi hazm qilmaydi — ushbu holatda aytiladi. Jig’ildon qaynashining ikkinchi ma’nosi — vijdonim qaynadi, jahlim chiqdi, yuragim hapqirib ketadi, jonim chiqib ketdi kabi ko’chma iboralar mazmunini tashiydi. Birovning sovuq, oqibatsiz, befarosatlik, ko’tarmalik bilan aytgan gapi, kattazanligi jahlimni chiqardi  ma’nosida ishlatiladi.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 13 Fevral 2008, 11:45:57
Qornini yorsa alif chiqmaydi. Alifni kaltak deydi, savodi g’ovlab ketgan kabi iboralar muqobili. Alif — arab alifbosining birinchi bosh harf-tovushi, to’g’ri chiziq shaklida. Qornini (ichini ) yorsa, alif chiqmaydi, deganda bilimlar dunyosidan bexabar, hatto alifbening alifi ham yo’q uning boshida, aqlida, ko’nglida (ichida, qornida) mazmuni ko’zda tutiladi.Ibora o’ta salbiy, tanqidiy, kinoyaviy ohang kasb etadi.

Qorni kajavaday. O’xshatish ibora. Qorni katta, qorni meshday, qorniga arqon yetmaydi, qorni korsonday iboralarining muqobili. Kajava — ikki to’lqinli to’qima savat. Pillaning kattalashtirilganini eslatadi. Bir tomoni ochiq, osti yopiq. Eshak, ot, tuyaga yuk (olma, anor, yong’oq) joylab ortishga qulay. Qorin aslida kajavaday bo’lishi mumkin emas. Xalq ochofat, tekintomoq, beg’am kishilarni kajava qorin, qorni kajavaday, deb masxaralab tanqid qiladi. Mamlakatimizning janubiy viloyatlarida faol qo’llaniladi.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 13 Fevral 2008, 11:46:45
Nafsi yoriq. Ochofat, tamagir, manfaat bandasi, boylik quli, vijdonini nafsiga qo’shib yutgan, imonsiz odamlarning ixcham ta’rifi. Nafsi yoriq — obrazli ifoda bo’lib qancha yegani bilan to’ymaydi, chunki tomog’I, nafsi yoriq, og’ziga (ichiga) kirganining bir qismi to’kilib, sochilib, yerga tushib ketadi, degan ma’no tashiydi. Shafqatsiz tanqid, hazar qilish, la’nat, o’ta salbiy baho, ohang bor.

To’qlikka sho’xlik. To’q bola sho’xlik, o’yin-kulgiga ruju’ qo’yishi rost. Och bo’lsa, ovqat ilinjida g’ingshib, yig’lamsirab o’yinni sho’xlikni ham yig’ishtirib qo’yadi. Kattalarga nisbatan ishlatilganda o’ziga to’q, mol-davlati yetarli, ro’zg’ori but odam insofini yeb qo’ysa, sho’xlikka o’tadi , o’ynash tutadi, maishatga beriladi, topganini sovuradi, bola-chaqasining rizqini qiyadi — oqibat biror kasofatga yo’liqadi, degan ma’no ko’zda tutiladi. Bunday shaxslar bir baloga giriftor bo’lsalar, keksalar "œsemizlikni qo’y ko’taradi, o’zini bosib ololmay qoldi, to’qlikka sho’xlik qildi, o’z boshini o’zi yedi", deya afsuslanadilar. Salbiy ohangga ega.

Keyingi mavzu: Belida belbog’i bor.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Miss Shaxrizoda 15 Fevral 2008, 23:49:33
"Til — dil tarjimoni"- Bu degani dildagi gaplarni til bilan bayon qilib bermoq, insonga yetkazmoq deganidir.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:09:46
Bel boylamoq. Belni chopon ustidan, ichdan belbog’ bilan boylamoq"¦ Kamar taqish. Bel boylash — ishga kirishish, faoliyatni boshlash, mehnatning boshi. Bel boylash, o’z va o’zga tomonidan bo’lishi mumkin. O’zbek o’zidan tashqari aiziz mehmoni, quda-andasi, e’tiborli — hurmatli kishisiga, siylab, chopon-do’pi kiygizadi, belbog’ o’rab, belini boylaydi. Beli boyloqli, deganda o’ziga to’q, mehnatga tayyor, tayin, subutli shaxs degan ma’nolar ham anglashiladi.

Ishning beliga tepmoq. Belga tepish o’z ma’nosida bo’lishi ham mumkin. Ko’proq ko’chma ma’noda ishlatiladi. Belga tepish, deganda xalaqit berish, qarshilik qilish, atayin kishining yo’lini to’sish tushuniladi. Kishilar, "œishim yaxshi ketayotgandiku, falon voqea belga tepdi-da" deb koyishadi. Ishning beliga tepmoq — bo’lib, pishib turgan ishni buzish, maqsadga yetkazmaslik, yo’ldan urish, ozdirish ma’nolarini beradi. Ko’proq achinish, afsus-nadomat chekish, pushaymon bo’lish, xafa bo’lib, qayg’urish ohanglari mavjuddir.

Belida belbog’i bor. O’zbek odamning ishonchli, puturli, tayinli, diyonatliligini bilmoqchi bo’lsa, belida belbog’i bormi, deydi. Belda belbog’ning bo’lishi — suyansa, ishonsa, qo’shilsa bo’ladigan odam mazmunini tashiydi. Bu ibora kishi hamiyatiga tegish, yigitmisan o’zi, qabilida raqibning jig’iga, g’ashiga tegish maqsadida ham ishlatiladi. Belida belbog’i borlik yigitlik, juvonmardlik, tayinli, subutlilik garovi.

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:11:43
Beli og’rimaganning non yeyishini ko’r. Og’zi qiyshiq bo’lsa ham boyning bolasi gapirsin, iborasiga muqobil. Ba’zi fahm-farosatsiz kimsalar tekin tomoq topilsa, orqa-oldilariga qaramay, paqqos tushirishadi, katta-katta gap sotishadi. Shunday paytda, ko’pni ko’rgan keksalar shu iborani ishlatadilar. Bu bilan bu kaltafahm jon koyitib, bel og’ritib, biror joyda halol ter to’kib, non topibdimi, bu ne’matlarni ne azobda topib-tutib oldiga qo’yganingni qayerdan bilsin, degan fikrni bildirishadi.

Beli sinmoq. Ibora o’z ma’nosida odam, jon-jonivor, buyum-narsaning qattiq shikastlanishi, jarohatlanishi, hayotdan ko’z yumishini ifodalaydi. Asli, ko’chma ma’nosida esa beli sindi deganda, insonning boshiga og’ir mushkullik tushdi, xonavayron bo’ldi, oilasida kulfat yuz berdi, kabi mazmun anglashiladi. "œBeli sinmoq" iborasi insonning hayotda bundan buyon o’z mavqeini, ro’zg’or-tirikchiligi, umrguzaronligini qaytadan tiklab, o’ng’arib olishi, mushkul degan fikr anglashiladi. Iborada kimga nisbatan (do’st, dushman) ishlatilishidan qat’iy nazar, achinish, hamdardlik, xayrixohlik tuyg’u-kayfiyati ohanglari mavjud.

Belga mador bo’lmoq. Qariganda kishining beliga hassa bir qoshiq issiq ovqat, jamg’argan besh — o’n tangasi mador bo’ladi, kuniga yaraydi. Asl, ko’chma ma’noda esa insonning beliga mador uning qobil farzandlari, nabiralari, oqibatli qarindosh-urug’ va orttirgan sodiq do’stlaridir. Belga mador bo’lmoq deganda, o’z mehr-oqibati, saxovati, sadoqati bilan qariganimda belimga quvvat, ko’zimga nur bo’ldi, yaxshi-yomon kunimga yaradi. Do’stga zor, dushmanga xor qildirib qo’ymadi. Bergan tuzimni oqladi, oq sutimni unutmadi, duoyi joni qilinadi. Tabiiy va ko’chma ma’noda boylik, ayniqsa oltin-kumushni belga mador deyishadi. Rostdan ham oltin josmoniy-ruhiy tomondan kishi beliga mador, unga bog’lab yursa, yuragiga ishonch va aqlu shuuriga ravshanlik-o’ktamlik g’ayrat-shijoat soladi.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:17:12
Beli chiqib ketdi. Beli sindi, beliz uzildi, beli sinib ketdi, belini sindirdi  iboralarining muqobili. Kishi o’z quvvatidan ortiqcha yukni ko’tarsa, beli chiqadi. Ibora odatda, xoh ixtiyoriy, xoh majburiy o’z imkoniyatidan ortiq darajada to’y-hasham, ziyofat berib, oqibat katta qarzga botib, qora qozonini suvga tashlab qo’ygan kimsalarga nisbatan ishlatiladi. Biror kulfat, majburiyat tufayli katta chiqimdor bo'’ib qolgan kishilar ham beli chiqib ketgan hisoblanadi. Kishining beli chiqishi mo'’adil hayotdan salbiy tomonga yo’nalishi, ishning chappasidan ketishi, ko’z tegishi, omadning yuz o’girishidir.

Qamishdan bel bog’lab. Qamish egiluvchan, qayish bo’lgani tufayli obrazli qilib, belni mahkam, sidqidildan bog’lashni shunday ifodalashadi. Qamishdan bel bog’lab xizmat — hurmat qilgan, sevgan, ixlos qo’ygan odamiga nisbatan qilinadi. Xalqimiz yosh avlodni elu yurt xizmatida, hamisha kori xayriga yarab, kamarbasta bo’lishga chaqirib, tayyorlab, tarbiyalab keladi. Xayrixohlik, minnatdorlik, mehr ohangi bor.

Bel bo’lmoq. Ko’p ma’noli ibora. Kishining beli uning kuch-quvvati, sog’lomligi, juvonmardligi ramzi. Qiz-juvonlarga nisbatan xipchabel, nozik bel, beli qilday, beli ingichka iboralari ishlatiladi. Bel bo’lmoq, deganda o’zbek xalqi biror ish-hodisada ma’lum shaxsning hal qiluvchi hissa qo’shganligini ko’zda tutadi. Bel tananing o’rtasi bo’lganligi uchun bu ibora ba’zan ko’prik, bog’lovchi ma’nolarida ham ishlatiladi. Bel bo’ldi, deganda ikki kishining ishi bitishi, yurishishida uchinchi shaxs — bel vositachi bo’ldi mazmuni anglashiladi.

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:18:19
Bel bellamoq. Belkurak bilan yeri chopmoq, ag’darmoq, bellamoq iborasining asl ma’nosidir. Bu qurolni ishlatishda garchi oyoq xizmatda bo’lsada, belning kuchi quvvati mador bo’lgani tufayli jihoz nomi ham bel nomi bilan ataladi.

Belini tiklamoq. Qaddini tutmoq, o’zini tutib olmoq, iboralariga ma’nodosh. "œBelini tiklamoq" oldin bir beli sinish, bukilishdan keyin qayta omadning chopishi, baxt kulib boqishidan bo’lishi mumkin. Aslida ibora yosh avlodning kamolga yetib, o’zini tuta borishi, biri ikki bo’lib, davr o’tishi bilan qaddini tiklab olishi, ya’ni o’ziga to’q holga kelib, ro’zg’ori but, turish-turmushi havas qilgulik darajaga yetishi ifodasidir. Belini tiklash o’z kuchi, mehnati bilan, ba’zan o’zga shaxs ota-ona, qaynota-qaynona, xotin, er, homiy, vositachi yordamida bo’lishi mumkin.

Keyingi mavzu: "œOyog’i olti — qo’li yetti".
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:14:29
Oyog’ini qo’lga oldi. Hind yoglari, o’zimizning kurashchi yigitlar shunday mashqni bajaradilar. Shoshilish, ishni tezlashtirish, xabar yetkazishni zudlik bilan amalga oshirish. Kattalar bir xabarni bolaga tayinlar ekanlar falonchi amakingning bolasi armiyadan qaytdi, tez oyog’ingni qo’lingga olib qo’shni qishloqqa xabar qilib kel deydilar.

Oyog’i kuygan tovuqdek. Tovuq oyog’i kuysa, qaqog’laydi, bir joyda turolmay, qanot yozib, o’zini har tomonga uradi. Ko’chma ma’noda odamga nisbatan ishlatilib, biror hodisadan bezovta qalbi kuygan odamlar holati shunday ifodalanadi. Bunday odam ham "œuf-uf"lab bir joyda muqim turolmay, uyoqdan buyoqqa yuradi, tinim topmaydi. Salbiy ma’noda besarishta, bardoshsiz odamlarga nisbatan qo’llanadi
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:15:33
Oyog’ining uchida ko’rsatadi. Odatda birovni uzoqdan tanishtirish, ko’rsatishda bosh imosi bilan, juda bo’lmasa, qo’l bilan, hu, haylo, ana u odam, deb ajratiladi. Oyoq yoki oyoqning uchi (barmoq) bilan ko’rsatish — o’zbekning lof mubolag’ani o’rniga qo’yishidan dalolat.
  Ko’chma ma’nosida esa, bir kishining ikkinchi odamni mensimasligi, unga nisbatan takabburlik qilishi tushuniladi. Birovni oyoq uchida ko’rsatish u har qancha yaramas odam bo’lsa ham bu ishni bajaruvchi shaxsga nisbatan salbiy, tyanqidiy ohangda aytiladi. Kattalik Xudoga yarashadi, deydi xalq. Nonni katta tishlasang ham gapni katta gapirma. Tag’in kichkina demang bizni, ko’tarib uramiz sizni, degan naql ham bor.

       
Oyog’i olti, qo’li yetti bo’lmoq. Epchillik, qo’l-oyog’i chaqqon, ishga, mehnatga sidqidildan kirishgan. To’y-ma’rakada yigitlar bellariga qamishdan belbog’ bog’lab, yugurib-yelib xizmat qilishadi. Shunday holatlarni xalq "œoyog’i olti, qo’li yetti bo’lib xizmat qildi", deydi. Chapdast udaburon choyxonachi, do’kondor, qassob, quruvchi, shifokor va boashqa mutaxassislarga ta’rif sifatida qo’llanadi.

Axmoq oyog’idan qariydi. Munosabat-naql. Kishining huda-behuda, jonsaraklik bilan yuraverishui, bekorga vaqt sarflashi tanqidi. Rejasizlik, ishbilmaslik, uquv va malakaning yo’qligi, eng muhimi, bunga istakning bo’lmasligi kishini shu ko’yga soladi. "œAxmoq oyog’idan qariydi" deganda, xalq ahli zakovati to’lishmagan, aqliga ish buyurmagan odam qimmatli umrini behuda, hech qanday samarasiz, oyoq ustida o’tkazib yuboradi, uni oyog’i qaritadi, boshi ishga solinmay, dunyodan bexabar o’tib ketadi, degan ogoh-ibrat ma’nosini ko’zda tutadi.

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:16:03
Oyog’i osmonda. Badantarbiya ustalari, yosh yigitchalar qo’li yerda, oyog’i osmonda mashqini oson bajaradilar. Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko’r maqoli ham bor. Bu o’rinda bir gap fikr, xulosani teskari tushuntirish, oyog’ini osmondan keltirib ta’riflash nazarda tutiladi. Oyog’i osmonda, iborasi taslim bo’ldi, yengildi ma’nosini ham beradi. Bu holat faqat salbiy ohang kasb etadi.

Bir oyog’i to’rda, bir oyog’i go’rda. Bu ibora keksa mo’ysafid yoki og’ir xasta yotgan kishi haqida aytiladi. Odatda o’zbeklar keksalarni hurmat qilib, hamisha to’rga chiqarishadi. Iboraning ikkinchi qismi ma’nosi — bir oyog’i go’rda ekanligi — keksa odamning safdosh, tengdoshlari birin-ketin olamdan o’tib boradi.
Shu munosabat bilan mo’ysafid, hali ooyoqda yurga bo’ksada har zamon har zamonda mahrum do’sti tanishi salafini kuzatib machitga janopzaga mozorga u bilan vidolashgani so’ngi manzili tuproqqa qo’yganmi borib turadi. Keyingi ramziy ma’nosi oz’ining ham umri poyoniga yetib, oxirati yaqinlashib qolgan, qazoi muallaqdan so’ng o’z qabri go’riga kirishiga vaqt yaqin qolgan ishorasi ko’zda tutiladi.
  Tag’in bir ma’nosi, keksalar o’z avlodlari xilxonasidan joy ajratib, o’zlariga sag’ana soldirib qo’yadilar. Shundan, xilxona va sag’anadan xabar olib, jorubkashlik qilib turadilar.

Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:16:28
Oyoq uzatmoq. Ibora ma’nolari: oyoqni yozmoq, cho’zmoq, uzatmoq. Oyoqning chigilini yozmoq. Gap-gashtak, izdihomda yemak-ichmakdan so’ng bemalol, oyoq uzatib, yonboshlab tengdoshlar gurunglashishlari mumkin. Ota-onalar, bobo-buvilar ba’zan farzandlari haqida gap ketganda, qachon bularni joy-joyiga qo’yamanu (uzataman, uylantiraman) so’ng bemalol oyog’imni uzatib yashayman deyishadi.
  Bu o’rinda bola-chaqa tashvishidan qutulib, halovat topish, ota-onalik qarzi, majburiyatidan uzilish ko’zda tutiladi. Mutoyiba ma’nosi ham bor. Zayniddin Vosifiy hikoyatlarida aytilishicha, nosik bir izdihomda, hazrat Mir Alisher Navoiy yonlaridan joy olib qolgan mavlono Binoiy oyog’ini yozayotganda bexosdan hazrat etaklariga tegib ketadiyu shoshib bu holat — xijolatpazlikdan chiqish uchun askiya qilib undan battar xol qo’yadi: bu zamonda shoirlar shu qadar ko’payib ketdiki, oyoq uzatsangiz, shoirga tegadi, debdi. Hazrat bobo beandisha shogirdiga ma’noli tikilib, "œto’g’ri aytasiz, hatto oyog’ingizni yig’ib olsangiz ham shoirga tegadi", degan ekanlar shakkok shogirdga vaqtida javob qilib.
  Oyoq uzatmoqning yana bir ramziy ko’chma ma’nosi insonning o’limi, hayotdan ko’z yumishi mazmunini tashiydi.
                                                                                                                       


Oyog’ini beip bog’lamoq. Keksalar o’g’lini tiyilmayotganligidan nooligan ota-onalarga, oyog’ini boylab qo’y, deyishadi. Bu uylantirib, bo’yniga ro’zg’or olaxurjunini tashla, o’zi bilan o’zi ovora bo’lib, o’z xonadoni atrofida parvona bo’lib qoladi, degani. Shu ham oyoqni beip bog’lash. Boshqa ma’nosi: Birov siz bilan falon soatda ko’rishishni va’da qilib qo’ygan. Vaqtida kelmaydi, siz endi qilar ishingizni ham, ketish-qolishingizni ham bilmaysiz. Shunday damlarda "œobbo, oyog’imni beip bog’lab ketdi-ku" deysiz.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:17:37
Oyog’idan yitdi. Axmoq oyog’idan qariydi, iborasining xulosasi — natija ko’rinishi. Har yerda sayoq yurgan besar oyoq oxir-oqibat bir baloga giriftor bo’ladi. Shunday damlarda ko’pni ko’rgan kishilar "œo’ziga o’zi qildi, axir oyog’idan yitdi" deydilar. Oyog’idan yitish — yomon yo’llaga kirib ketib qlish, narigi dunyoga ravona bo’lish ma’nolarini beradi. Salbiy ohang, mazmun tashiydi.

Oyog’i loy. Bahor, kuz oylari loygarchilikda piyoda yursangiz, oyog’ingiz loy bo’lishi tabiiy. Biroq bu o’rinda xalqimiz, odamning biror aybi, gunohi borligi, shu shaxsning  muayyan jinoyat yoki qaltis ishga daxldorligini ko’zda tutadi. Oyog’i loy — bir paytlar do’stiga xiyonat qilgan, birovning haqini yegan, harom-harishdan hazar qilmagan kishi bo’lib, garchi keyingi yillar bu yomon odatini tashlab, gunohlaini yuayotgan bo’lsada, uni yaqindan biluvchi kishilar nazarida gunohkor, aybdor banda bo’lib qolaveradi. Ummatining savobu uvoli orasiga tushish payg’ambarimiz salallohu alayhi vasallamning ishlari bo’lib, tavba-tazarru, taqvodorlik, yolg’iz olloi taologa sig’inib, undan gunohlaridan kechishini so’rab iltijo qilish bandasining vazifasidir.


Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 09:19:29
Assalomu alaykum! Mana aziz userlar va forum qatnashchilari! Bu mavzu o'z nihoyasiga yetdi. Undagi ma'lumotlar sizga nechog'lik foyda qildi, bilmadim. Agar kamchilik va nuqsonlarga yo'l qo'ygan bo'lsak ma'zur tutgaysiz. Beayb Parvardigor deydilar. Ushbu mavzu haqida fikr-mulohazalaringizni kutib qolamiz.
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: lolo 17 Noyabr 2009, 08:19:09
* * *
"Tekin bo'lsa lo'mni ko'ndalang yutadi"

* * *
"Ho'rozqand chet elniki desa yotvolip yalaydi"

* * *
"Bor tovog'im, kel tovog'im..."


(hammasi o'zbeylarni gapi)
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: Habib 16 Iyul 2010, 12:22:09
Yaqinda uyimizga Namangandan xolalarim kelishgan edi. Ularni aylantirgani olib bordim. Kechki payt shahrimiz yanada go'zalroq ko'rinishini inobatga olib O'zbekiston forumlar saroyi oldidan o'tdik.
-Mana shu yangi qurilgan bino. Chiroyliligini qarang-dedim ularga. Kichkina xolam sal hazilkashroq:
-Kirib,bir ko'rib chiqamizmi ;)-dedilar. Katta xolamiz bo'lsa soddaroqlar.
-Qo'y, kech bo'lganda nima qilamiz-dedilar. ;)
Nom: Re: O'zbekning gapi qiziq...
Yuborildi: jasur.best 13 Noyabr 2010, 11:23:54
Bo'y yetmoq - voyaga yetish, kamol topish, oila va turmush qurishga tayyor bo'lish ma'nolarida kelgan. Bu ibora bolalalik, o'smirlik, o'spirinlikdan yoshlik sari qadam tashlagan, turmushga chiqish, uylanishga tayyor qiz-u yigitga nisbatan qo'llanadigan ibora. (M.Sattor. yuqorida keltirilgan asar)