forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Rasululloh SAV va sahobalar => Mavzu boshlandi: Munira xonim 31 Avgust 2007, 21:36:12

Nom: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 31 Avgust 2007, 21:36:12
Birinchi tavsiya.
Kalimayi tavhidning fazilati.

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Aytdimki:"Yo,Rasululloh, Qiyomat kuni shafoatingiz nasib etadigan eng baxtli inson kim bo'ladi?" Rasululloh s.a.v. marhamat qildilar:"Ey, Abu Hurayra, sizning hadisga bo'lgan ishtiyoqingizdan xabardorligim uchun ham sizdan avval hech kim bu savolni bermasligini bilgan edim. Qiyomat kuni shafoatim ila eng mas'ud kishi ixlos bilan va chin ko'ngildan "La ilaha illalloh",degan kimsadir".
(Imom Buxoriy rivoyati)

Uboda ibn Sobitdan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh s.a.v. marhamat etdilar:"Kim yolg'iz Allohdan boshqa iloh yo'qligiga, Muhammad Uning bandasi va rasuli ekanligiga, Iyso a.s. Allohning bandasi va rasuli bo'lib, hazrati Maryamga Alloh tomonidan yuborilgan ruh va kalima ekanligiga, jannat va jahannam xaqligiga shahodat keltirsa, Alloh taolo ushbu amal uchun uni jannatga doxil qilur".
(Imom Buxoriy, Muslim va Termiziy rivoyatlari.)

Ba'zi rivoyatlarda:"JAnnatning sakkiz eshigining qay biridan hohlasa..." ilovasi ham mavjud.
Imom Muslimdan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda:"Kim Allohdan boshqa iloh yo'qligiga, Muhammad Uning rasuli ekanligiga shahodat qilsa, ALloh unga do'zaxni harom qilur.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 01 Sentyabr 2007, 17:37:20
Ikkinchi tavsiya.
Yolg'iz Allohdan najot kutishlik fazilati.


Ibn Abbosdan r.a. rivoyat qilinadi:"Bir kuni Hazrati Muhammad s.a.v.ning yonlarida edim. Menga marhamat qildilar:"Ey,o'g'lim!Men senga bir qancha so'zlar o'rgataman:Allohga nazar qilki,U ham senga nazar solsin,Uni qarshingda topgaysan. Bir narsa tilaganingda yolg'iz Allohdan tila. Yordam talabida bo'lsang, Allohdan yordam ista. Shuning bilgilki,butun xalq senga foyda keltirish uchun birlashsa ham, faqat Alloh senga taqdir qilgan miqdorda foyda yetkazishadi va agar butun xalq senga zarar yetkazish uchun birlashsa ham, faqat Alloh taqdir etganchalik zarar yetkazishlar mumkin. Qalamlar ko'tarilgan, sahifalar qurigan".
(Imom Tremiziy, Ahmad ibn Hanbal rivoyatlari)

Boshqa bir rivoyatda esa shunday marhamat qiladilar:"Allohga nazar solki, qarshingda ko'rgaysan.Allohning farog'at oningda tanigilki, U seni qiyinchilik vaqtingda tanigay. Shuni bilgilki, boshingga tushmog'i nasib etmagan narsaning senga tegishi imkonsizdir. Va boshingga tushishi taqdir etilgan narsaning kelmasligi mumkin emas. Bilki, yordam va g'alaba sabr qilishlik bilan bo'ladi. Shodlik qayg'u bilan birgadir. Tabglik va qiyinchilik rsa yengillik bilan birga bo'ladi".
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 01 Sentyabr 2007, 17:56:36
Uchinchi tavsiya.
Ilm tahsil etishning fazilati.


Qubaysa ibn Muhorik r.a. rivoyat qiladilar:"Rasulullohning s.a.v. yonlariga kelgan edim. Menga:
- Ey, QUbaysa, sizni bu yerga keltirgan narsa nima?
Men:
- Yoshim bir joyga borib qoldi, suyaklarim noziklashdi, Alloh menga foyda keltiradigan narsalarni o'rgating, deb xuzuringizga keldim.
Bunga javoban Rasululloh s.a.v.marhamat etdilar:
- Ey, Qubaysa, biron toshga, daraxtga, yohud tuproq uyumiga duch kelganingizda ular mutlaqo sizga istig'for aytishadi. Ey Qubaysa, bomdod namozidan keyin, uch marta "Subhanallohi-l-A'ziym va bihamdihi", deb ayting. Shunda ko'r bo'lib qolishlikda, juzzom xastaligidan va falajdan omonda bo'lasiz. Yana shunday duo qiling:"Allohumma inni as'aluka va afid alayya min rohmatika va anzil alayya min barokatik".
Ya'ni, "Ey Allohim, men Sening xuzuringdan istaymanki, menga lutfingdan ado etgaysan.Menga rahmatingdan yuborgaysan.Ustimga barokotingni nozil qilgaysan.
(Imom Termiziy va Ahmad ibn Hanbal rivoyatlari)
Rasululloh s.a.v.ning ushbu tavsiyalari ilm o'rganishga azm qilgan kishining fazilatiga dalolatdir.

Abu Dardodan r.a. rivoyat qilingan hadisi sharifda esa shunday marhamat qiladilar:"Kim ilm o'rganish uchun yo'lga otlansa, Alloh taolo unga jannat yo'lini osonlashtiradi. Malaklar ilm tolibining amalidan xushnud bo'lganlaridan qanotlarini yozadilar. Yerdagi va samodagi barcha mavjudotlar va hatto baliqlar ham ilmli kishiga istig'for keltirib, unga Allohdan avf tilaydilar. Olimning obiddan ustunligini misoli to'lion oyning boshqa yulduzlardan ustunligi kabidir. Shubhasiz, olimlar Payg'ambarlarning merosxo'rlaridir. Muhaqaqki, Payg'ambarlar o'zlaridan keyin na bir dinor, na bir dirham qoldirurlar. Ular faqat ilmni meros qoldiradilar. Kim uni olsa, o'ziga juda ulug' bir ulush olgan bo'lur".
(Abu Dovud, termiziy, Ibn Moja, Ibn Xibbon va Byahaqiy rivoyatlari)

Shuningdek, bu xususda Safvon bin Assaldan r.a. shunday hadis naql qilingan:"Rasululloh s.a.v.ning xuzurlariga borgan edim. U zot masjidda qizil xirqada edilar.
- Yo Rasululloh s.a.v. men ilm istab keldim,-dedim.
Bunga javoban marhamat qildilar:
- Ilm tolibiga marhabo, muhaqqaqki, ilm tolibiga farishtalar qanotlarini yozadilar, keyin u ilm tolibi istagan narsaga bo'lgan sevgi  va muhabbatlaridan bir-birlariga singgan holda dunyo samosiga tushadilar".
(Ahmad ibn Hanbal,Tabaroniy, Ibn Hibbon, Hakim rivoyatlari)
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 01 Sentyabr 2007, 18:23:59
To'rtinchi tavsiya.
Tang ahvolda qolgan kimsalarga yordam qo'lini uzatishning fazilati.


Abdulloh ibn Umardan r.a. rivoyat qilinishicha Rasululloh s.a.v. marhamat qiladilar:"Musulmon musulmonga birodardir.Unga zulm qilmaydi, uni boshqalarga taslim ham etmaydi. Kim bir birodarining xojatiga yetishsa, Alloh ham uning xojatiga yetishgay. Kim bir musulmonni g'amdan halos etsa, Alloh ham uni Qiyomatda g'amdan xalos etadi. Kim bir musulmonni ixota qilsa, Alloh ham uni Qiyomat kunida ihota qilur."
(Imom Buxoriy, Muslim rivoyatlari)

Yana bu xususda Abu Hurayradan r.a. Rasululloh s.a.v.ning ushbu hadislari rivoyat qilinadi:"Kim bir mo'minning dunyo azoblaridan bir azobdan tin olishiga imkon bersa, Alloh taolo ham uni Qiyomat kunida azoblaridan bir azobdan tin oldiradi. Kim qiyinchilikda qolgan bir kimsaga yordam qo'lini cho'zsa, Alloh ham unga dunyo ham oxiratda ihota etadi. Banda birodarining yordamida bo'lgan muddatida Alloh ham u bandaning yordamida bo'lur. Kim ilm talabida yo'lga chiqsa Alloh unga jannat yo'lini osonlashtirgay.Hech bir jamoat yo'qki, Alloh uylaridan bir uyda Allohning kitobini o'qimoq va oralarida o'rganib tadqiq etmoq uchun jam bo'lsalar-u, ustlariga xazina tushmagan, ularni rahmat qoplab, malaklar o'rab olmagan bo'lsin va Alloh taolo ularni O'z xuzuridagilarga xabar bermagan bo'lsin. Kim amalni orqaga sursa, nasli uni oldinga o'tkazishni tezlashtira olmaydi".
(Imom Muslim rivoyati)
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 02 Sentyabr 2007, 21:21:11
Beshinchi tavsiya.
Allohga sajda qilishning fazilati.

Ma'dan ibn Abu Talha r.a. naql qiladilar:"Rasulullohning s.a.v. mavlosi Savbonni uchratdim va unga shunday dedim:
- Amal qilganimda Alloh meni jannatiga qo'yadigan bir ishni ayting. (Boshqa bir rivoyatda "Alloh yahshi ko'radigan amalni ayting" deyiladi.)
Bunga javoban u biroz sukut saqlab turdi, keyin men takror so'radim, yana sukut saqladi, keyin uchinchi marta so'radim, u shunday dedi:
- Men bu xaqda Rasulullohdan s.a.v. so'ragan edim, menga shunday javob qildilar:"ko'p sajda qilishga harakat qiling. Chunki Allohga qilgan har bir sajdangiz uchun Alloh sizni bir daraja ko'taradi, sizdan bir xatolikni o'chiradi".
(Imom Muslim,Termiziy, Nasaiy,Ibn Moja)

Uboda ibn Sobitning r.a. Rasululloh s.a.v.dan shu hadisni eshitgan rivoyat qilinadi:"Allohga sajda qilgan hech bir banda yo'qki, Alloh bu sajda tufayli unga bir hasana yozib, undan bir gunohni o'chirmagan bo'lasin va sajda tufayli uni bir daraja ko'tarmagan bo'lsin. Shu sababdan ko'p sajda qiling".
Ibn Moja.

Shuningdek, bu xususda Huzayfadan r.a. Rasulullohning s.a.v. shunday marhamat qilganlari naql qilinadi:"Alloh uchun bandasining yuzini yerga qo'yib sajda qilgan holatidan sevimliroq hech bir holati yo'qdir".
Tabaroniy,"Al-Avsat".
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 04 Sentyabr 2007, 09:42:52
Oltinchi tavsiya.
Sadaqaning fazilati.


Ka'b ibn Ujradan rivoyat qilinishicha, Rasululloh s.a.v. marhamat etdilar:
- Ey Ka'b, harom yo'l bilan ozuqlanib o'sgan na qon, na go'sht jannatga kirmas, u jahannamga loyiqdir. Ey Ka'b, insonlar tongda ikki holtda chiqadilar, biri bordirki, nafsining qullik zanjirini parchalab, bu sabab ila uni ozod etib chiqadi, boshqasi esa, uni bog'lab chiqadi.
Ey Ka'b, namoz yaqinlikdir, ro'za qalqondir, sadaqa esa go'yoki, gardning porloq toshdan qoib ketgani kabi xatolarni o'chirar".
Ibni Xibbon rivoyati.

Muoz ibn Jabaldan r.a. naql qilinishicha:"Rasululloh s.a.v. bilan birga safarda edik, u zot shunday dedilar:
- Ey, Muoz, sizga xayr eshiklarini ko'rsataymi?
Men bo'lsam:
- Ha, ko'rsating yo Rasululloh s.a.v.,-dedim.
rasululloh s.a.v. marhamat qildilar:
- Roza zirhdir, sadaqa esa suv otashni o'chirgandek xatolarni o'chirar".
Imom Termiziy rivoyati.

"Shubhasiz, sadaqa o'z egasidan qabrlarning otashini o'chiradi. Faqat va faqat mo'min qiyomat kunida sadaqasining soyasidan soya topadi".
Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyatlari.

Maymuna binti Sa'd shunday rivoyat qiladi:"Yo, Rasululloh s.a.v., bizga sadaqa haqida tushuntiring", dedim. U zot marhamat qildilar:"Shubhasiz, sadaqa Alloh rizosi uchun bo'lib, u savobini Allohdan kutgan bandani otashdan to'sadi".
Tabaroniy rivoyati.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 04 Sentyabr 2007, 10:55:15
Yettinchi tavsiya.
Ikki rakat choshgoh namozi va oyda uchun kun ro'za tutishning fazilati.


Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Mening habibim s.a.v. menga har oyda uch kun ro'za tutishimni, ikki rakat choshgoh namozini ado etishimni va uyqudan avval vitr namozini o'qishligimni tavsiya etdilar".
Imom Buxoriy, Muslim, Tremiziy, Abu Dovud, Nasaiy rivoyatlari.

Ibni Xuzaymaning kitobida esa bu hadis shu tarzda naql qilinadi:"Mening Habibim s.a.v. tark etmaganim uch narsani tavsiya qildilar:Vitr namozini o'qimasdan uxlamasligimni, ikki rakat choshgoh namozini qoldirmasligimni,chunki choshgoh namozi Allohga intilganlarning namozidir, har oyda uch kun ro'za tutishligimni".

Abdulloh ibn Amr ibn Osdan r.a. rivoyat qilinadi, Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qilinadi:"har oyda uch kun ro'za tutmoqlik butun yil davomida ro'za tutish demakdir".
Imom Buxoriy, Muslim rivoyati.

Abu Zarrdan r.a. qivboyat qilinishicha, Rasuli Akram s.a.v. marhamat qiladilar:"Har bir tasbeh bir sadaqadir,har bir tahmid bir sadaqadir, har bir takbir bir sadaqadir. Yahshilikka buyurmoq bir sadaqadir. Yomonlikdan qaytarmoq bir sadaqadir. Choshgoh vaqtidagi namoz ham bunga bir badaldir".
Imom Muslim rivoyati.

Yana Abu Zarradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qiladilar:"KIm har oyda uch kun ro'za tutsa, bu bir yil ro'za tutganga tengdir.
Alloh taolo  ham O'z Kitobida bu hukmni tasdiqlab marhamat qiladi:"Kim bir hasana keltirsa, unga o'n misli bordir".
"An'om surasi", 160-oyat mazmuni.
Shu sababdan bir kun o'n kunga to'g'ri keladi".
Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja, Ibni Xuzayma, Ahmad ibn Hanbal.

Abdulloh ibn Amrda r.a. rivoyat qilinadi:"Bir kishi Rasululloh s.a.v.dan ro'za haqida so'ragan edi. Rasululloh s.a.v. marhamat qildilar:"Har oyning o'n uchunchi, o'n to'rtinchi va o'n beshinchi kunlari ro'za tuting".
Tabaroniy rivoyati,"Al-Avsat."

Jarir r.a. Rasulullohdan s.a.v. bu hadisi sharifni rivoyat qiladi:"Har oyda uch kun ro'za tutmoqlik bir yil ro'za tutish demakdir. Har oyning 13,14 va 15 tongi Ayyomu-l-Biyddir".
Nasaiy va Bayhaqiy rivoyatlari.


Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 04 Sentyabr 2007, 14:20:03
Sakkizinchi tavsiya.
Tasbih namozi.


Tobe'inlardan Ikrima sahobiy Ibn Abbosdan rivoyat qiladi:"Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qildilar:"Ey,Abdumutallibning o'g'li Abbos, sizga bir narsa beraymi? Sizga bir narsa baxsh etaymi?Sizga bir narsa tuhfa qilaymi? Sizga o'n gunohdan mag'firat ettirguvchi xislatni bildiraymi? Buni bajrganingizda, ALloh sizning avvalgi va keyingi, eski va yangi, hoh bilib qilganingiz, hoh bilmay qilganingiz, hoh katta, hoh kichik, yashirin va ochiq bo'lsin, mag'firat qiladi. O'sha o'n xislat to'rt rakat namoz o'qimog'ingizdir. Har rakatda Fotiha surasini o'qiysiz, birinchi rakatning qiroatini tugatgach, qiyomda turib,"Subhallohi val-hamdulillahi va la' ila'ha illallohu vallohu akbar", deb o'n besh marta aytasiz, keyin ruku'ga borasiz, ruku'da bu duoni o'n marta zikr qilasiz, keyin boshingizni ruku'dan ko'tarib, yana o'n marta aytasiz, keyin sajdaga borasiz va sajdada ham o'n marta aytasiz,keyin boshingizni sajdadan ko'tarib yana o'n marta zikr qilasiz, keyin yana sajdaga borib o'n marta zikr qilasiz, keyin yana boshingiz ko'tarib o'n marta o'qiysiz. Bularning bari bir rakatda 75 marotabadir. Buni to'rt rakatda ado etasiz. Agar bu amalni har kuni bajarishga kuchingiz yetsa har kuni qiling. Agar kuchingiz yetmasa, har jum'ada qiling. Agar qila olmasangiz bir oyda bir marta qiling. Agar buni ham qila olmasangiz bir yilda bir marta qiling. Agar buni ham bajarolmasangiz umringiz davomida bir marta bo'lsa ham bajaring".
Abu Dovud, Ibn Moja, Ibn Huzayfa.

Tasbih namozi deb atalmish ushbu namozning fazilati g'oyatda ulug'dir. Ey musulmon birodarim, qo'lingdan kelganicha bunga ahamiyat ber. Alloh bizni va seni bu xayrda muvaffaq aylasin.
Ba'zi olimlar, masalan, Ibn Taymiya tasbih namozining rivoyat tarzini zaif ko'rishgan. Ibn Abbos naql qilgan hadis hasan hadis shartlariga yaqindir. Imom Zahabiy bu xususda hech narsa demagan. Abu Mansur ad-Daylamiy "Musnad-ul Firdavs"da:"Tasbih namozi isnod jihatidan eng sog'lom va eng mashhur namozdir", degan bo'lsa,Bayhaqiy:"Abdulloh ibn Muborak bu namozni o'qir edi. Solih kishilar buni bir-birlariga naql etardilar", deb aytgan. Abdulloh ibn Muborakdan avval yashab o'tgan Abdulaziz ibn Abu Dovud:"Kim jannatni hohlasa tasbih namozida davom etsin", degan.  Abu Hamid, Al-Juvayniy, Al-G'azzoliy va boshqalar ushbu namozni mustahab ekanligini ma'lum qilganlar.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 04 Sentyabr 2007, 19:24:56
To'qqizinchi tavsiya.
ALlohdan mag'firat va ofiyat tilamoqlikni fazilati.


Abul Fazl Abbos bin Abdumutallib r.a. naql qiladi:"Yo Rasululloh s.a.v. menga Allohdan istashim uchun bir narsa o'rgating", dedim.
"Allohdan ofiyat tilang", deb marhamat etdilar.
Bir nech kundan keyin yana:"Ey,Rasululloh s.a.v. menga Allohdan istashim uchun bir narsa o'rgating", dedim. Menga shunday marhamat qildilar:"Ey,Abbos, ey payg'ambarning amakisi, Allohdan dunyo va oxiratda ofiyat tilang".
Imom Termiziy rivoyati.

Aziz birodarim. Endi quyida Rasululloh s.a.v. ashoblariga o'rgatgan ba'zi duolarni keltiramiz.
Ibni Umardan r.a. shunday rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. ashoblariga ushbu kalimalar bilan duo qilmasdan majlisdan kamdan-kam turar edilar:"Allohim biz bilan Senga nisbatan isyonlarning orasida to'siq bo'lguvchi taqvoyingdan, bizni jannatingga tekazuvchi toatingdan va bizga dunyo musibatlarini osonlashtiruvchi yaqin sobit iymondan bizlarga taqsim ayla. Bizni yashatganing muddatgacha quloqlarimizdan, ko'zlarimizdan va quvvatlarimizdan bizlarni foydalantir. Bularni o'limimizga qadar barqaror ayla. Qasosimizni faqat bizlarga zulm etganlarga qarshi qil. Dinimizni musibatli qilma, dunyo uchun g'am chekishlikdan va dunyo uchun ilmni vosita qilishlikdan bizni asra. Marhamatsizlarni bizning ustimizga musallat etma".
Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 04 Sentyabr 2007, 20:03:59
Abu Hurayra r.a. Rasulullohdan s.a.v. usbu hadisni rivoyat qiladilar:"Kimki og'ir va g'amgin damlarida Alloh taolo duosini qabul qilishini  hohlasa, farog'atli damlarida ham ko'p duo qilsin".
Imom Termiziy rivoyati.

Abdulloh ibn Mas'uddan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh s.a.v. shunday marhamat etdilar:"Ey, Allohim, men Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylik tilayman".
Imom Muslim rivoyati.

Toriq ibn Ashyam al-Ashjoiy r.a. aytadi:"Bir kishi musulmon bo'lganida Rasululloh s.a.v. unga namoz o'qishlikni o'rgatar, keyin ushbu so'zlar bilan duo qilishni buyurar edilar:"Allohim meni mag'firat qil, menga marhamat ayla, meni hidoyatga yetkaz, menga ofiyat ber va meni rizqlantir".
Imom Muslim rivoyati.

Imom Msulimdan rivoyat qilingan bishqa bir hadisdaToriqning r.a. Rasululloh s.a.v. dan shuni eshitgani naql qilinadi:"Bir kishi kelib Rasulullohga s.a.v. dedi:"Yo Rasululloh, Rabbimdan bir narsa tilaganimda qanday tilayin?"
U Zot marhamat qildilar:"
Shunday deng:"Allohim, meni mag'firat qil, menga marhamat ayla, menga ofiyat ato et va meni rizqlantir". Mana shularning bari sizning dunyo va oxiratingizni ta'minlaydi".

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinishicha:"Rasululloh s.a.v. marhamat etdilar:"Allohim ustida turganim ishimni xatolardan muhofaza etguvchisi bo'lgan dinimni men uchun isloh qil. Ichida rizqlanayotganim dunyoyimni ham men uchun isloh qil. Ichida oxirgi borar joyim, qaytishim bo'lgan oxiratimni ham men uchun isloh qil. Men uchun barcha yahshiliklarda hayotni barqaror ayla. O'limni esa menga har qanday yomonliklardan uzoq holda oson ayla".
Imom Muslim.

Abu Imoma r.a. shunday dedi:"Rasululloh s.a.v. shunday duo qildilarki, biz uni yodlab ololmadik. Shuning uchun:"Yo Rasululloh s.a.v. shunday duo qildingiz-u, biz ulardan hech nima eslab qololmadik,-dedik.
Rasululloh s.a.v shunday marhamat etdilar:
- Sizga bularning barisini o'zida jamlagan narsani duoni o'rgataymi? SHunday deysiz:"Allohim, Sendan Payg'ambaring Muhammad s.a.v. tilagan xayrli narsalarni Sendan tilayman. Payg'ambaring Muhammad a.s. sharridan Senga sig'ingan yomonliklardan Senga sig'inaman. Oxir qaytish Sengadir. Allohdan boshqa quvvat va mone' yo'qdir".
Imom Termiziy rivoyati.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 04 Sentyabr 2007, 20:36:07
O'ninchi tavsiya.
Ro'za tutishning fazilati.


Abu Umomadan r.a. shunday rivoyat qilinadi:
- Yo, Rasululloh s.a.v. menga bir amal buyuring,- dedim.
Marhamat etdilar:
- Ro'za tuting. Darhaqiqat, uning o'rnini bosadigan hech narsa yo'q.
- Yo, Rasululloh s.a.v. menga bir amal buyuring,- dedim.
Marhamat etdilar:
- Ro'za tuting, darhaqiqat, uning o'rnini bosadigan hech narsa yo'q.
- Yo, Rasululloh s.a.v., menga bir amal buyuring,- dedim uchinchi marta.
- Ro'za tuting, darhaqiqat, uning o'rnini bosadigan hech narsa yo'q,- deya marhamat etdilar.
Ibn Huzayma, Nasaiy rivoyatlari.

Nasaiyning rivoyati shu tariqa naql qilingan:"Yo,Rasululloh s.a.v. bajarganimda Alloh undan meni foydalantiradigan bir amal buyuring",- dedim. Shunday marhamat etdilar:"Ro'za tuting, darhaqiqat, unga o'hshash hech narsa yo'q".

Boshqa bir rivoyatda esa bunday zikr qilinadi:"Yo Rasululloh s.a.v. meni jannatga kiritadigan bir amal buyuring", dedim. Marhamat qildilar:"Ro'za tuting, darhaqiqat, unga o'hshash hech narsa yo'q.
Keyin roviy so'zida davom etadi:"Mehmon keladigan kunlardan tashqari Abu Umomaning uyida boshqa kunlar tutun ko'rinmasdi".
Ibn Hibbon rivoyati.

Abu Saiddan r.a. keltirilishicha, Rasululloh s.a.v. shunday marhamat etganlar:"Alloh yo'lida bir kun ro'za tutgan hech bir banda yo'qki, Alloh bu sababdan uning yuzini jahannamdan yetmish yil uzoqlashtirgan bo'lmasin".
Imom Buxoriy, Termiziy, Muslim, Nasaiy rivoyatlari.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 05 Sentyabr 2007, 09:15:48
O'n birinchi tavsiya.
Allohga tavba qilishning fazilati.


Yasor al-Muzaniy r.a. Rasulullohdan s.a.v. naql qiladi:"Ey,insonlar, Allohga tavba qiling,Undan mag'firat tilang. Men ham kunda yuz mahal tavba qilaman'.
Imom Muslim.

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. shunday deganlarini eshitdim:"Allohga qasamki, men bir kunda yetmish mahaldan ko'p Allohdan mag'firat tilab, tavba qilaman".
 Imom Buxoriy.

Abu Hamza Anas ibn Malik al-Ansoriydan naql qilinadi:"Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qilganlar:"Alloh taolo bandasining tavbasiga sizlardan bir kishi cho'lda tuyasini yo'qotib, keyin topib olganida sevinganidan ko'proq sevinadi".
Imom Buxoriy, Muslim.

Abu Muso Abdulloh ibn Qays al-Ashoriydan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. marhamat qildilar:"Alloh taolo kunduzi gunoh ish qilganning tavba etishi uchun kechasi qo'lini ochadi. Tunda gunoh qilganning tavab qilishi uchun esa quyoshning botishidan qayta chiqishiga qadar kechasi qo'lini ochadi".
Imom Muslim.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2007, 09:12:41
O'n ikkinchi tavsiya.
Islom ruknlari.


Muoz ibn Jabal r.a. aytadi:"Rasululloh s.a.v. bilan birga safarda edim. Bir kuni yaqinlarida bo'ldim. Birga yurib borar ekanman:
- Yo Rasululloh s.a.v. meni jannatga kiritib, do'zaxdan uzoqlashtiradigan bir amal ayting,-dedim.
Shunday marhamat etdilar:
- Siz haqiqatan ham ulug' bir narsa haqida so'radingiz. Ammo bu narsa osonlashtirgan kishi uchun mutlaqo yengil bo'ladi. Allohga shirk keltirmasdan bandalik qilasiz, namozni to'la ado etasiz, Ramazon ro'zasini tutasiz, zakotni berasiz, Ka'bani haj qilasiz.
Keyin yana marhamat qildilar:
- Sizga xayr eshiklarini ko'rsataymi?
Men bo'lsam:
- Ha, ey Rasululloh s.a.v.-dedim.
Marhamat qildilar:
- Roza qalqondir, sadaqa suv olovni o'chirgandek xatolarni o'chiradi. Kishi tun yarmida o'qigan namoz ulug' amaldir.
Keyin ushbu oyatni o'qidilar:"Yonlari yotoqlaridan uzoq turadi, Rabbilariga umid va qo'rquv bilan duo qiladilar va o'zlariga berganimiz rizqlardan infoq qilurlar".
Sajda surasi, 16-oyat mazmuni.
Keyin yana shunday marhamat qildilar:"
- Ishning boshini, asos tayanchini, eng baland nuqtasini bildirayinmi?
- Ha, bildiring, yo Rasululloh s.a.v,-dedim.
- Ishning boshi Islom, asos tayanchi namoz, eng baland nuqtasi jihoddir.
Keyin yana dedilar:
- Bularning barchasini tutib turgan narsasini ko'rsataymi?
Men:
- Ha, ko'rsating, yo Rasululloh s.a.v,-dedim.
Tillariga ishora qilib aytdilar:
- Mana shuni tutishingizdir.
Men dedimki:
- Yo Rasululloh s.a.v. biz gapirgan gaplarimiz bilan ham so'roqqa tortilamizmi?
Shunday marhamat etdilar:
- Hay, Alloh xayringizni bersin, insonlar tillari bilan ekib o'rganlaridan boshqa narsa bilan ham yuztuban holda jahannamga tortiladilarmi?"

Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja, Ahmad ibn Hanbal.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 06 Sentyabr 2007, 09:23:24
O'n uchinchi tavsiya.
Ota-onaga yahshi muomalada bo'lishlik.


Abu Hurayra r.a. naql qiladi:"Bir kishi Rasulullohning s.a.v. yonlariga keldi va dedi:
- Yo, Rasululloh s.a.v. mening yahshi muomala qilishimga insonlardan eng ko'p kim xaqli?
Marhamat qildilar:
- Onangiz.
- Keyin kim,-dedi.
- Onangiz,-deya marhamat qildilar.
- Keyin kim,-dedi.
- Onangiz,-dedilar.
- Keyin kim,- dedi.
Otangiz,-deya marhamat qildilar".
Imom Buxoriy, Muslim rivoyatlari.

Abu Hurayra r.a. keltirgan boshqa bir hadisda shunday deyiladi:"Yo Rasululloh s.a.v. yahshi muomalaga eng ko'p kim xaqliroq?" Marhamt etdilar:"Onangiz, onangiz, keyin yana onangiz, keyin otangiz, keyin sizga yaqin bo'lgan kishilar".
Imom Muslim.

Yana Abu Hurayradan r.a. keltirilgan bir rivoyatda Rasululloh s.a.v. marhamat etganlar:"Qarigan paytlarida ota-onalariga, ulardan birlariga yoki har ikkisiga erishib, keyin jannatga kira olmagan kishining burni yerga surtilsin, burni yerga surtilsin, yerga surtilsin".
Imom Muslim.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2007, 21:25:50
O'n to'rtinchi tavsiya.
Namozni davomli ado etishning fazilati.


Abdulloh ibn Umardan r.a. naql qilinishicha, bir kuni Rasululloh s.a.v. namoz haqida shunday marhamat etganlar:"Kim namozda davomli bo'lsa, uning uchun namoz Qiyomat kunida najot, burhon va nur bo'ladi. Kim davomli bo'lmasa, uning najoti ham, burhoni ham, nuri ham bo'lmaydi. Qiyomat kunida esa u Qorun, Fir'avn, Homon va Ubay ibn Halaflar bilan birga bo'ladi".

Ahmad ibn Hanbal rivoyati.

Anas r.a. aytadi:"namoz Hazrati Rasululloh s.a.v.ga Me'roj kechasi ellik vaqt etib farz qilindi, keyin besh vaqtga tushirildi. Keyin esa shunday nido qilindi:"Ey, Muhammad, darhaqiqat, Mening xuzurimda so'z o'zgartirilmaydi. Sizga bu besh vaqt namozda ellik vaqtning savoni bordir".
Imom Buxoriy, Muslim, Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja.

Abu Qatodadan r.a. naql qilinadi:"Rasululloh s.a.v. aytganlar:"Alloh taolo shunday marhamat qildi:"Men umatingga besh vaqt namozni farz qildim va O'z xuzurimdan shu so'zni berdimki, kim bu besh vaqt namozni vaqtida ado etib kelsa, jannatga kiritaman. Kim bunga rioyat qilmasa, Mening xuzurimda uning uchun hech qanday so'z yo'qdir".
Abu Dovud.

Aburayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. aytdilar:"Nima deysiz, sizdan bir kishining eshigi yonida bir daryo bo'lsa va unda har kuni besh marta yuvinsa, uning kiridan bir narsa qoladimi?"
U yerdagilar:"Yo'q, undan hech narsa qolmaydi",dedilar.
Rasululloh s.a.v. marhamat etdilar:"Namoz ham huddi shundaydir. Alloh taolo u bilan hatolarini o'chirur".
Imom Buxoriy, Muslim Termiziy, Ibn Moja, Nasaiy.

Amr ibn Said r.a. naql qiladi:"Hazrati Usmonning r.a. yonida edim. Tahorat olish uchun suv so'radi va shunday dedi:"Rasulullohning s.a.v. shunday deganlarini eshitdim:"Farz namozi vaqti kirganda namozning tahoratini, xushu'ini, ruku'sini chiroyli ado etgan hech bir musulmon kishi yo'qki, namozdan oldingi katta gunohlari mustasno, qilgan xatolari bu bilan berkitilmagan bo'lsin. Bu xolat har doim shundaydir".
Imom Muslim.

Usmon Ibn Affon r.a. Rasulullohning s.a.v. shunday deganlarini eshitganlarini naql qiladilar:"Kim jamoat bilan xufton namozini ado etsa, go'yoki kechaning yarmini ihyo etgandek bo'ladi. Kim jamoat bilan bomdodni ado etsa, u go'yoki butun kechani ihyo etgandek bo'ladi".
Imom Muslim.

Abu Musodan r.a. naql qilinadi:"Rasululloh s.a.v shunday marhamat qildilar:"Kim bomdod va asr namozini ado etsa, jannatga kiradi".
Imom Buxoriy, Muslim.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 09 Sentyabr 2007, 21:35:27
O'n beshinchi tavsiya.
Yaxshi ahloq bayoni.


Abu Dardor.a. naql qilgan rivoyat keltirilishicha:"Rasululloh s.a.v. marhamat etdilar:"Qiyomat kuni bandaning tarozusida yaxshi axloqdan og'ir keladigan boshqa narsa yo'qdir. Shubhasiz, Alloh taolo yomon ishlar qilgan va yomon so'zlar so'zlagan bandalariga g'azab qiladi".
Abu Dovud, Termiziy.

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh s.a.v. shunday dedilar:"Iymon jihatidan eng komil mo'min axloqan eng ustun bo'lgan mo'mindir. Sizlardan eng yaxshilaringiz oilasiga yaxshu muomalada bo'lganingizdir".
Abu Dovud, Termiziy.

Jobirdan r.a. keltirilgan rivoyatda Rasululloh s.a.v. shunday marhamat etganlar:"Shubhasiz, Qiyomat kunida mening majlis va suhbatimga eng yaqin va mahbub kishi sizlardan axloqan yaxshi bo'lgan kishidir. Va Qiyomat kuni mening majlisimdan va suhbatimdan eng uzoq va mardud kishi sizlardan ezmalik qiladigan, behuda so'zlaydigan va mutavayxiq bo'lgan kishidir".
Sahobarlar:"Yo Rasululloh s.a.v. mutavayxiq nimadir? - deb  so'radilar.
Marhamat qildilarki:"Kibru xavoli bo'lgan kimsalardir".
Imom Termiziy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Sentyabr 2007, 18:59:46
O'n oltinchi tavsiya.
Namoz oxirida o'qiladigan duolar bayoni.


Muoz ibn Jabal r.a. naql qilishicha, Rasululloh s.a.v. uning qo'lidan tutib shunday marhamat etganlar:"Ey, Muoz, vallohi, men sizni yahshi ko'raman". Muoz ibn Jabal r.a:"Ota-oanm sizga fido bo'lsin, yo Rasululloh s.a.v. men ham sizni yahshi ko'raman", dedi. Rasululloh sav:"Sizga tavsiyam bor, ey Muoz, har namozning oxirida shu duoni o'qishni aslo kanda qilmang:"Allohumma ainna a'la zikrika va shukrika va husni ibadatik". ya'ni,"Allohim, Seni zikr etishimga, Senga shukr va chiroyli ibodat qilishimga O'zing yordam ber".
Abu Dovud, Nasaiy, Ibn Huzayma,Ibn Hibbon.

Abu Hurayra r.a. naql qilingan hadisda:"Rasululloh sav marhamt qiladilar:"Kim bir namozdan keyin 33 marta Allohni tasbeh etib "Subhalloh" deb,33marta Allohga hamd aytib, "Alhamdulillah", deb, 33marta Allohga takbir aytib "Allohu akbar" deb, buning ja'mi 99dir, keyin esa "La ilaha illallohu vahdahu la sharikalahu, lahul mulku, va lahul hamdu va huva a'la kulli shay'in qodiyr", deb yuzda tamomlasa, gunohlari dengiz ko'pigi qadar bo'lsa ham, mag'firat qilinadi".
Imom Muslim.

Sa'd Ibn Abi Vaqqosning r.a. rivoyat qilishicha, Rasululloh sav har namozning oxirida ushbu duoni o'qiganlar:"Allohim, men qo'rqoqlikdan va baxillikdan Senga sig'inaman, umrimning eng pastini qaytarilishlikdan Senga sig'inaman, dunyo fitnasi va imtihonida Senga sig'inaman, qabrning fitnasi va imtihonidan Senga sig'inaman".
Imom Buxoriy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2007, 09:24:56
O'n yettinchi tavsiya.
Zikrning fazilati.


Abdulloh ibn Bushr r.a. qivoyat qilishicha, Rasulullohga sav shunday degan:"Yo Rasululloh sav, Islom shari'atining qonunlari menga og'ir kelyapti. Shu sababdan menga kuchim yetadigan bir narsa o'rgating".
Rasululloh sav marhamat etdilar:"Tilingiz doimo Alloh zikri bilan nam bo'lsin".
Imom Termiziy, Ibn Moja, Hakim, Ibn Hibbon.

Muoz ibn Jabaldan r.a. qivoyat qilinishicha,bir kishi kelib Rasulullohdan sav so'radi:"Mujohidlarning qaysi biri ajrda ulug'dir?" Rasululloh sav marhamat qildilar:"Alloh taoloning eng ko'p zikr qilganlar".
U kishi:"Solihlarning qaysi biri ajrda ulug'roqdir?" dedi.Rasululloh sav:"Alloh taoloni eng ko'p zikr qilganlari,- deya marhamat qildilar.
Keyin u kishi namoz, zakot, haj va sadaqa haqida ham shu savollarni berdi. Rasululloh sav esa:"Alloh taoloni eng ko'p zikr qilganlar", der edilar.
Shunda ABu Bakr r.a. Harati Umarga r.a:"Ey ABu Hafs, ALlohni zikr qilganl;ar hamma narsani olib ketdilar", dedi. Rasululloh sav buni tasdiqlab:"Ha", dedilar".
Ahmad ibn Hanbal, Tabaroniy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2007, 09:40:18
O'n sakkizinchi tavsiya.
Nafs tarbiyasi bayoni.


Zaydu-l-Xaur r.a. aytadi:"Yo Rasululloh sav, haqida Alloh yahshilik istagan kishining alomati bilan, haqida Alloh yahshilik tilamagan kishining alomati qanday bo'ladi?"
Rasululloh sav shunday marhamat qildialr:"Ey, Abu Zayd, qanday tong ottirdingiz?"
Men:"Yahshilikni va yahshilik ahlini tilab tong ottirdim. Agar yahshilikka kuchim yetsa unga harakat qildim. Agar qo'ldan chiqargan bo'lsam, g'amgin bo'ldim, ammo uni, yahshilikni orzu qildim,-dedim".
Rasululloh sav marhamat qildilar:"Ana shu Allohdan yahshilik tilagan kishining alomatidir. Agar Alloh sizga bu alomatlardan tashqari bir narsa tilaganida uni sizga xozirlagan bo'lardi".
Razzin.

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Payg'ambarlarni sunnatlarida to'rt narsa bor. Bular - hayo, hushbo'y narsalar surish, uylanish va misvok ishlatish".
Imom Termiziy.

Abu Hurayradan r.a. keltirilishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Sizlarning xayrlilaringiz va sharrlilaringiz haqida xabar beraymi?". Buni uch marta so'radilar. U yerda hozir bo'lganlar:"Ha, xabar bering", deyishdi. Marhamt etdilarki:"Sizlarning xayrlilaringiz yahshilgidan umid qilingan va yomonligidan emin bo'lingan kishilardir. sharrlilaringiz esa, yahshiligidan umid qilinmagan, yomonligidan emin bo'linmgan kimsalardir".
Imom Termiziy.

Abu Bakrdan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasulullohdan sav so'radilar:"Insonlarning yahshisi kim?".
U Zot marhamat etdilar:"Umri uzoq solih amalli kishi".
"Insonlarning yomoni kim?", deb so'rashdi.
Shunday marhamat qildilar:"Umri uzoq yomon amalli kishi".
Imom Termiziy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2007, 09:23:20
O'n to'qqizinchi tavsiya.
Gunohlardan voz kechib, Allohga itoat etmoq va zikrni ko'paytirmoq bayonida.


Ummu Anas r.a. rivoyat qiladi:"Yo Rasululloh sav menga bir tavsiya bering", dedim. U zot sav marhamat etdilar:"Gunohlardan hijrat eting, zero, bu hijratlarning eng fazilatlisidir. Farzlarda davom eting, zero, bu jihodning eng fazilatlisidir. Allohni ko'p zikr qiling, chunki siz ALlohga ko'p zikrdan boshqa yahshiroq bir narsa keltirolmaysiz".
Tabaroniy.

Abu Hurayra r.a. rivoyat qilishicha, Rasululloh sav aytdilar:"Alloh shunday marhamat etadi:"Men bandam Meni zikr qilganida yonida bo'laman, agar meni o'z ichida yolg'iz yod qilsa, Men ham uni yolg'iz yod qilaman. Agar meni jamoat ichida zikr qilsa, Men ham uni u jamoatdan xayrliroq jamoat ichida yod qilaman. Agar bandam menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashaman. Agar bandam Menga bir quloch yaqinlashsa, Men unga ikki quloch yaqinlashaman. Agar bandam Menga yurib kelsa, Men unga chopib boraman".
Imom Buxoriy, Muslim Termiziy.

Muoviya r.a. shunday naql qiladi:"Payg'ambar sav masjidga zikr xalqasini oldiga chiqdilar va:"Sizlarni bu yerga nima to'pladi?" deb so'radilar. Ular:"Allohni zikr qilish uchun, bizni Islomga muvaffaq qilib, bu bilan bizga ehson baxsh etgan narsalariga hamd aytish uchun o'tirdik", deyishdi. Rasululloh sav dedilar:"Alloh xaqqi aytinglar, sizni bu yerga to'plagan narsalar faqat shumi?" Ular aytishdi:"Alloh xaqqi, biz faqat shu uchun o'tiribmiz". Rasululloh sav marhamat qildilar:"Qarang, men sizlarga bejiz qasam etdirmadim, shu narsa haqiqatki, menga Jabroil a.s. keldi va Alloh taoloning sizlar uchun iftixor etib, farishtalar oldida maqtanganini ma'lum qildi".
Imom Termiziy, Muslim, Nasaiy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2007, 09:29:10
Yigirmanchi tavsiya.
Bomdod namozidan avval ikki rakat namozning fazilati.


Abdulloh ibn Umar r.a. rivoyat qiladi:"Bir kishi shunday dedi:"Yo Rasululloh sav menga shunday bir amal ko'rsatinki, Alloh u bilan menga naf bersin". Rasululloh sav marhamat etdilar:"Bomdod namozining ikki rakat sunnatini o'qishda davom eting, zero, unda fazilat mavjud".
Tabaroniy.

Yana Abdulloh ibn Umar r.a. aytadi:"Rasululloh savning shunday deganlarini eshitdim:"Bomdod namozidan oldingi ikki rakat namozni tark qilmangiz, chunki bu namozda rag'bat va yahshilikar bordir".

Hazrati Oisha r.a. rivoyat qiladilar:"Rasululloh sav shunday marhamat qildilar:"Bomdod namozining ikki rakati dunyo va dunyoda bo'lgan har narsadan xayrliroqdir".
Imom Termiziy va Muslim.

Imom Muslimning rivoyatida shunday jumlalar ham bor:"Ikki rakat menga butun dunyodan sevimliroqdir".
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2007, 09:36:25
Yigirma birinchi tavsiya.
Namoz ichida o'ngu so'lga qaramaslik bayonida.


Anasdan r.a. rivoyat qilinishicha:"Rasululloh s.a.v. shunday marhamat qilganlar:"Ey o'g'lim, namozga turganingizda o'ngu so'lga qayrilib qarashdan tiyiling, chunki namozda bunday qayrilib qarash tahlikalidir".
Imom Termiziy.

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh sav shunday marhamat qilganlar:"Banda namozga turganida Rahmon - Allohning xuzuridadir. Agar o'ngu so'lga qayrilib qarasa, Alloh taolo:"Kimga qayrilyapsan? Mendan ham xayrliroqmi? Ey odam bolasi, Menga tavjjuh et, Men qayrilib qaragan narsalaringni barchasidan xayrliroqman",deydi.
Al-Bazzor.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 15 Sentyabr 2007, 09:41:24
Yigirma ikkinchi tavsiya.
Ixlosli bo'lishlik bayonida.


Rivoyat qilishlaricha, Muoz ibn Jabal r.a. Yamanga yuborilayotganida Rasululloh sav.ga:"Yo Rasululloh sav menga bir tavsiya bering", dedi.
Rasululloh sav shunday marhamat etdilar:"Diningizda ixlosli bo'ling, oz amal sizga kifoya qiladi".
Hakim rivoyati.

Savbon r.a. Rasulullohdan sav shunday eshitganini rivoyat qiladi:"Muxlislar qanday baxtli kishilar. Ular hidoyat yo'lining nurlaridir. Ulardan har turli zulmatli fitnalar uzoqlashgay".
Bayhaqiy rivoyati.

Abu Imomadan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Aziz va Jalil Alloh faqat ixlos bilan va O'z rizosi uchun qilingan amalni qabul qiladi".
Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 19 Sentyabr 2007, 13:02:34
Yigirma uchinchi tavsiya.
Allohdan hojati bo'lgan kishining bayoni.


Abdulloh ibn Avfadan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav marhamat etdilarki:"Kimning Allohdan yoki Odam farzandlaridan biror kishidan hojati bo'lsa, u kishi chiroyli tahorat olib ikki rakat namoz o'qisin. So'ng Allohga hamdu sano, Payg'ambarga salovat aytsin va shunday desin:"Halim va Karim Allohdan boshqa iloh yo'qdir. Arshi a'loning Rabbiga tasbeh aytamiz. Hamd olamlarning Rabbi Allohga xosdir. Allohim, Sendan rahmatingni vojib etuvchi narsalarni, mag'firatingni azimatlarini, har turli yahshilikdan g'animatni har qanday yomonlikdan salomatlikni tilayman. Men uchun Sen tomoningdan kechirilmagan bir gunoh, bartaraf qilinmagan bir g'am, rizoyingga muvofiq bo'lib, ravo qilinmagan bir hojat qoldirma.Ey marhamat etguvchilarning eng marhamatlisi".
Imom Termiziy, Ibn Moja.

Ibn Mojaning rivoyatida:"Ey marhamatlilarning eng marhamatlisi" jumlasidan keyin shunday ilova bor:"Keyin dunyo va oxirat ishlaridan hohlaganini so'raydi. Shubhasiz, Alloh har narsani taqdir etgusi".
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:35:33
Yigirma to’rtinchi tavsiya.
Nafsning ofatlari bayonida.


Abu Zarr r.a. rivoyat qiladi:"Rasululloh sav shunday marhamat qiladilar:"Uch kishi borki, Qiyomat kuni Alloh taolo unga nazar qilmaydi, ular bilan gaplashmaydi va ularni kechirmaydi. Ular uchun alamli azob ham bordir". Rasululloh sav uch marta shunday dedilar. Men esa:"Bu zararga uchraganlar kimlar?" dedim. Shunday marhamat qildilar:"Yurar ekan kibr bilan kiyimlarini uzaytirgan, qilgan yahshiligini minnat qilgan va yolg’on qasam bilan mollarini sarf etganlardir".
Imom Termiziy,Muslim,Abu Dovud, Nasaiy.

Abu Barza Aslamiy r.a. Rasulullohning sav shunday deganlarini rivoyat qiladi:"Sizdan eng ko’p xavotirlanib qo’rqqan narsam qorinlaringizda va bellaringizdan quyida bo’ladigan shahvat va fitnalardir".
Razzin.

Jobir ibn Abdullohdan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat qilganlar:"Zulmdan tiyiling,zero zulm Qiyomat kunining zulmat va qorong’uliklaridir. Baxillikdan saqlaning, zero baxillik sizdan oldingilarni xalok etgan, ularni qon to’kishga va mahramlarini halol deb bilishga yetklagan".
Imom Muslim.

Jundubdan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav marhamat etdilar:"Kim birovning yashirin ayblarini atrofga yoysa, Alloh ham unikini yoyadi. Kim birovning yashirin ayblariga qarasa, Alloh ham unikiga qaraydi".
Imom Buxoriy, Muslim.

Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:36:37
Yigirma beshinchi tavsiya.
Allohdan tilamoq bayonida.


Jobirdan r.a. boshqa bir nusxada Ibn Umardan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh sav marhamat etdilar:"Kim ALloh nomi bilan panoh tilab kelsa, uni muhofaza qiling va kim Alloh nomi bilan tilasa, unga bering va kim szini chaqirsa, da’vat etsa, ijobat qiling. Sizga yahshilik qilganni mukofatlang. Agar uni mukofatlaydigan biror narsa topolmasangiz, uni mukofatlaganingizni ko’rsin, uning haqqiga duo qiling".
Abu Dovud, Nasaiy, Ibnm Hibbon, Hakim.

"œAlloh rizosi uchun", deb tilanishning man’ etilgani haqida esa shunday hadis mavjud:"Rofe’dan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Alloh rizosi uchun deb tilangan kishi rahmatdan uzoqdir. Birov Alloh rizosi uchun deb, tilanib kelganida, bermagan kishi ham rahmatda uzoqdir".
Tabaroniy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:37:47
Yigirma oltinchi tavsiya.

Fotiha surasining fazilati.


Abu Huaryradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasulullohning sav shunday deganlarini eshitdim:"Alloh taolo marhamat qildiki,"Namozni O’zim va bandam orasida ikkiga bo’ldim. Bandam uchun istagani beriladi".
Boshqa bir rivoyatda esa quyidagicha:"Namozning yarmi menga, yarmi bandamga oiddir. Banda:"Alhamdulillahi Robbilo’lamiyn", deganida, Alloh:"Bandam  manga hamd aytdi", deydi. Banda:"Ar-Rohmanir Rohiym",deganida, Alloh:"Bandam meni maqtadi", deydi. Banda:"Maliki yavmiddin", deganida, Alloh:"BAndam meni ulug’ladi", deydi. Banda:"Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’iyn", deganida, Alloh:"Bu Men bilan bandam orasidadir. Bandamga istaganini beraman", deydi. Banda:"Ihdinas — sirotol mustaqiy, sirotollaziyna an’amta alayhim g’oyril mag’zuubi alayhim valazzolliyn", deganida, Alloh:"Bu bandam uchundir va bandamga istagani beriladi", deb marhamat qiladi".
Imom Muslim.

Abu Said al-Mualliydan r.a. rivoyat qilinadi:"Masjidda namoz o’qiyotgan edim, Rasululloh sav meni chaqirdilar, men darhol javob bermadim. Keyin yonlariga bordim va:"Yo Rasululloh sav men namozda edim", dedim. Buni eshitib shunday marhamat etdilar:"Alloh taolo:"Sizni chaqirganida Alloh va Rasuliga javob bering",deb buyurmaganmi?" (Anfol surasi, 24-oyat mazmuni)
Keyin yana aytdilar:"Sizga masjiddan chiqishdan avval senga bir sura o’rgataman, bu Qur’ondagi eng ulug’ suradir". Qo’limni tutdilar va masjiddan chiqayotganimizda men:"Yo Rasululloh sav, Siz Qur’ondagi eng ulug’ surani o’rgataman, degan edingiz", dedim. Shunday marhamat etdilar:"Alhamdulillahi Rabbil’olamiin,bu  Sab’ul-Masaniydir va menga berilgan eng ulug’ suradir".
Imom Buxoriy, Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Moja.


Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:38:36
Yigirma yettinchi tavsiya.
Qur’ondagi ba’zi sura va oyatlarni fazilatlari.


Anasdan r.a. rivoyat qilinishicha,"Rasululloh sav sahobalardan bir kishidan so’radilar:
-   Siz uylandingizmi?
   U kishi:
- Yoq.Allohga qasamki,yo Rasululloh sav bisotimda uylanadigan hech narsam yo’q,-dedi.
Marhamat qildilar:
-   Bisotingizda "œQul huvallohu Ahad"¦" yo’qmi?
   U kishi:
- Bor,-dedi.
Rasululloh sav:
-   Bu Qur’onning uchdan biriga tengdir,-deb marhamat qildilar. Va:"Bisotingizda:"Iza ja’a nasrullohi val — fath"¦" yo’qmi?
U odam:
- Bor,-dedi.
Rasululloh sav bu Qur’ondan to’rtdan biridir. Uylaning, uylaning,-deya marhamat qildilar>
Imom Termiziy.

Ixlos surasi, oyatl Kursiy va "œAmanarrosu’lu"¦" haqida esa quyidagicha rivoyat bor.
Muoz ibn Anas Al- Juhaniydan r.a. rivoyat qilinadi,Rasululloh sav shunday marhamat qilganlar:"Kim Ixlosni oxirigacha o’n marta o’qisa, Allo u kishiga jannatda bir qasr bino etadi".
Buni eshitib Umar ibn Xattob r.a:"Yo Rasululloh sav, u holda biz buni ko’p o’qiymiz", dedi.
Rasululloh sav:"Allohning fazli yana ham ko’p va yana ham yahshiroqdir", deb marhamat qildilar".
Ahmad ibn Hanbal."Musnad".
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:39:13
Abu Zardan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh sav marhamat etdilar:"Alloh Baqara surasini ikki oyat bilan yakunlaganki, bu ikkisini Menga Arshning ostidagi hazinasidan bergandir. Ularni o’rganing va bolalaringizga hamda ayollaringizga o’rgating. Zero, bu ikki oyat namozdir, Qur’ondir va duodir".
Hakim roviyati.

Mo’minlarning onasi Oisha r.a. rivoyat qiladilar:"Rasululloh sav Sariyaning boshiga bir kishini yubordilar. Bu kishi namozda birodarlariga qiroat qilar va uni "œQul huvallohu Ahad", bilan bitirar edi. Bu haqda Sariya Madinaga qaytganida,Rasulullohga sav xabar yetkazdilar. Rasululloh esa:"So’rab ko’ringlar-chi, nima sababdan bunday qilar ekan", dedilar. Ular so’rashdi. Haligi kishi:"Chunki bu sura Rahmon — Allohning sifatidir. Men buni o’qishni yahshi ko’raman", deb javob berdi. Rasululloh sav marhamat qildilar:"Unga xabar bering, Alloh ham uni yahshi ko’radi".
Imom Buxoriy, Muslim, Nasaiy.

Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 27 Sentyabr 2007, 11:39:35
Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh sav menga Ramazon oyining zakotini saqlash vazifasini topshirgan edilar. Birdaniga bir kishi paydo bo’lib, yeguliklardan ola boshladi. Men darrov uni tutib oldim va:"Seni Rasulullohga olib boraman", dedim. U odam:"Men juda ham muhtojman, qaramog’imda muhtoj oilam bor. Juda og’ir ahvoldaman", dedi. Men uni qo’yib yubordim. Ertalab chiqqanimda, Rasululloh sav:"Ey Abu Hurayra, kecha asiringiz nima qildi?" dedilar. Men:"Yo Rasululloh sav, u muhtojligidan va qaramog’ida oilasining holidan shikoyat qildi. Unga rahmim kelganidan qo’yib yubordim", dedim. Marhamat qildilar:"Qarang, u yolg’on gapirdi, u hali yana qaytib keladi". Rasulullohning sav gaplaridan keyin uning qaytib kelishini kutdim. Birdaniga paydo bo’ldi va yeguliklardan olishga kirishdi. Men:"Seni albatta Rasulullohga sav olib boraman", dedim. U bo’lsa:"Men qo’yib yubor, men bir bechoraman. Qaramog’imda oilam bor. Boshqa qaytib eklmayamn", dedi. Unga rahmim keldi va qo’yib yubordim.Ertalab chiqqanimda, Rasululloh sav menga:"Ey Abu Hurayra, kechagi asiringiz nima qildi?" dedilar. Men uning gaplarini aytdim. Marhamat qildilar:"U yolg’on gapirdi, hali yana qaytib keladi". Men uning uchinchi marta kelishini poyladim. U birdan paydo bo’ldi va yana yeguliklardan ola boshlaganida, men uni tutdim va:"Seni Rasulullohni sav oldilariga olib boraman. Bu uchinchi kelishing. Sen qaytib eklmayamn deydan, yana qaytib eklaverasan", dedim. U esa:"Meni qo’yib yubor, senga bir qancha kalimalar o’rgataman. Alloh taolo ular bilan seni manfaatlantiradi", dedi. Men:"Ular nima?"dedim. U:"Yotoqqa kirganingda Oyatal Kursiyni o’qi. Shunda tonggacha sening boshingda Alloh tomonidan yuborilgan muhofiz farishta qo’riqchilik qiladi, senga shayton yaqinlasha olmaydi", dedi. Men uni qo’yib yubordim. Ertalab chiqqanimda,Rasululloh sav:"Asiringiz nima qildi?" dedilar. Men:"U menga bir qancha manfaat keltiruvchi kalimalarni o’rgatishni va’da qildi, men uni qo’yib yubordim. Rasululloh sav:"Nima ekan u ?’ dedilar. Men u zotga uning so’zlarini aytib berdim. Shunda Rasululloh sav:"Qarang, u o’zi yolg’onchi bo’lsa ham, senga rost gapiribdi. Siz uch kundan beri kim bilan yuzma-yuz bo’layotganingizni bilasizmi?" dedilar. Men"Yo’q", dedim. "œU shayton edi" dedilar.
Imom Buxoriy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:28:43
Yigirma sakkizinchi tavsiya.
Sunnatni ihyo qilishlik.


Amr ibn Avfdan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav, Bilol ibn Horisaga marhamat etdilar:"Ey, Bilol, biling..". Bilol r.a:"Yo,Rasululloh sav nimani bilay?"<dedi. Shunday marhamat qildilar:"Shuni bilingki, kim mendan keyin sunnatlarimdan tark etilgan bir sunnatni ihyo qilsa, unga bu sunnatga amal qilganlarning ajrlaridan kamaytirilmagan holda ajr beriladi. Kim Alloh va Uning rasuli rozi bo’lmaydigan bir bid’atni yuzaga chiqarsa, unga ham bu bid’atga amal qilganlarning gunohlaridan kamytirilmagan holda gunoh yoziladi".
Imom Termiziy, Ibn Moja.

Ibn Abbosdan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav marhamat etganlar:"Ummatim zalolatga ketgan paytda kim sunnatimga yopishsa, unga yuz shahidning savobi beriladi".
Bayhaqiy, Termiziy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:29:30
Yigirma to’qqizinchi tavsiya.
Dunyoga ruju’ qo’ymaslik.


Abul Abbos Sahl ibn Saidiy r.a. rivoyat qiladi:"Bir kishi Rasululloh,sav, xuzurlariga kelib dedi:"Yo Rasululloh sav, menga bir amal o’rgatinki, uni bajarganimda Alloh meni yahshi ko’rsin, insonlar ham yahshi ko’rishsin". Rasululloh sav merhamat qildilar:"Bu dunyodagi narsalarga ahamiyat bermang, Alloh sizni yahshi ko’rsin, insonlarning yonidahi narsalarga ahamiyat ebrmang, insonlar ham sizni yahshi ko’rsin".
Ibn Moja.

Abdulloh ibn Mas’ud r.a. rivoyat qiladi:"Rasululloh sav bo’yra ustida uxlagan edilar. Turganlarida yon tomonlarida bo’yraning izi qolgan edi. Biz:"Yo, Rasululloh sav sizga to’shak qilib bersak", dedik. Shunday marhamat etdilar:"Men bu dunoyda bir daraxt soyasida panohlanib, keyin u yerni tark etib ketgan musofirdan boshqa emasman".
Imom Termiziy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:29:51
Ubaydulloh ibn Muhsan al-Ansoriydan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Sizdan kim ko’nglida ishonch, badanida sihat, bisotida kunlik ozig’I bo’lgan holda tong ottirsa, u kishiga dunyo ziynatlari kabi berilgan kebidir".
Imom Termiziy.

Sa’d ibn Abu Vaqqosdan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasulullohning sav xuzurlariga bir kishi kelib:"Yo Rasululloh, menga bir tavsiya bering, lekin oz vas oz bo’lsin", dedi. Rasululloh sav marhamat etdilar:"Insonlarning qo’llaridagi narsaga umid qilmang, ta’madan tiyiling,zero ta’ma ayni paytda faqirlikdir. Ma’zur ko’rilgan narsalardan saqlaning".
Bayhaqiy.

Ibn Umar r.a. aytadi:"Rasululloh sav yelkamdan tutdilar va:"Dunyoda bir musofirday yoki bir yo’lovchidek bo’l., deya marhamat qildilar.
Ibn Umarning r.a. o’zi esa shunday deydi:"Oqshomga yetsang tongni kutma, tongga yetsang oqshomni kutma. Bemorliging uchun salomatligingdan bir narsalar, o’liming uhcun hayotingdan bir nimalar olib qol".
Imom Buxoriy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:30:35
O’ttizinchi tavsiya.
Jahannamdan xalos bo’lish.

Horis ibn Muslim at-Tamimiy r.a. Rasululloh sav shunday marhamat etganlarini rivoyat qiladi:"Bomdod namozini o’qiganingizda hech narsa gapirmasdan yeti marta "œAllohumma ajirni minan-nar" (Allohim,meni jahannam otashidan asra0, deb ayting. Shuni bilingki, siz bugun o’lsangiz, Alloh sizni jahannamdan asralganlar qatorida qilgay. Shom namozini o’qiganingizdan keyin ham hech narsa gapirmasdan turib, yeti marta "œAllohumma ajirni minan-nar"ni o’qing. Shuni bilingki, siz shu kecha o’lsangiz, Alloh sizni jahannamdan asralganlar qatorida qilgay".

Nasaiy, Abu Dovud.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:31:37
O’ttiz birinchi tavsiya.
Jannati odam.


Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladi:"Bir badaviy Rasulullohning sav yonlariga kelib dedi:"Yo Rasululloh sav menga bir amal ayting, uni bajarganimda, jannatga kiray". Rasululloh sav shunday marhamat etdilar:"Allohga ibodat qilib, Unga shirk keltirmaysiz, farz namozlarini ado etib, Ramazon ro’zasini tutasiz, farz bo’lgan zakotni berasiz". Badaviy:"Jonim Qudrat qo’lida bo’lgan Allohga qasamki, men buni na ko’paytiraman, na kamytiraman", dedi. U kishi ketganidan keyin Rasululloh sav:"Kim jannati odamni ko’rmoqchi bo’lsa bunga boqsin", dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:32:15
O’ttiz ikkinchi tavsiya.
Istixora namozi.


Jobir ibn Abdyllohdan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh sav barcha ishlarimizda bizga Qur’ondan bir aura o’rgatgan kabi istixorani o’rgatar ba shunday der edilar:"Sizlardan bir kishi bir ish qilmoqchi bo’lsa, ikki rakat nafl namozi o’qisin va shunday desin:"Allohim, men Sening ilming ila Sendan xayr tilayman. Seni qudratingdan qudrat tilayman va ulug’ fazli karamingdan nasib etishingni so’rayman. Sen har narsaga qodir Zotsan. Men esa kuchsizman,Sen har narsani bilguvchisan, men esa bilmayman. Va Sen butun g’aybni muakmmal bilguvchisan. Allohim, agar qilmoqchi bo’lgan ishim menga dinimda, hayotimda va amallarimning oqibati xozirda va kelgusida yahshi bo’lsa, uni menga taqdir qilgaysan va osonlashtirgaysan. Keyin bu ishimda menga barakot ato etgaysan. Agar bu qilmoqchi bo’lgan ishim menga dinimda, hayotimda va amallarimning oqibati xozirda va kelgusida yomon bo’lsa, uni mendan, meni esa undan uzoqlashtirgaysan. Yahshilik qaysida bo’lsa uni menga taqdir qilgaysan,keyin meni unga rozi qilgaysan",desin va xojatini aytsin".
Imom Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja

Istixoraning foydasi haqida quyidagi jadisni ham zikr qilish mumkin:
Sa’d ibn Abu Vaqqosdan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Bani Odamning Allohga qilgan istixorasi uning mas’ud va baxtiyorligidandir".
Ahmad ibn Hanbal,"Musnad".
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:34:02
O’ttiz uchinchi tavsiya.
G’am-anduhdan xalos bo’lish uchun duo.


Anas r.a.dan rivoyat qilinishicha Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Ey,Ali, sizga bir duo o’rgatyapmanki,agar sizga g’am va anduh yetsa, bi bilan Robbingizga duo qilsangiz, Allohning izni bilan duoyingiz qabul bo’ladi, g’am anduh sizdan ketadi. Avval tahorat olib, ikki rakat namoz o’qing,Allohga hamdu sano ayting, Payg’ambarga salovat keltiring. O’zingizga va mo’min va mo’minalarga istig’for ayting. Keyin shunday deng:"Allohumma anat tahkumu bayna iba’dika fima ka’nu’ fihi yahtalifuna la’ ilaha illallohul a’ziym. La ilaha illallhul halimul kariym. Alhamdulillahi Rabbil a’lamiyn. Allohumma ka’shiful g’ammi, mufarrijal  hammi, mujiba da’vatilmuztorrina iza daavka. Rahma’nad dunyo val oxira va rahimahuma farhamni fiy hajati ha’zihi bi qazoiha va najohiha rahmatan tug’ni biha an rahmati man siva’ka".
Al-Isbahoniy.
Ibn Abbos r.a rivoyat qiladi:"Rasululloh sav shunday marhamat etadilar:"jabroil a.s. menga bir qancha duolar keltirdi va:"Agar sizga dunyo ishidan bir ish kelsa, bu duolarni o’qing va hojatingizni ayting", dedi. Duo ushbudir:"Ya’badias-samavati val arz. Ya’ mustag’isina, ya’ ka’shifas-su’I, ya’ arhamar rohimiyna, ya’ mujiba da’vatil muztorrina, ya’ ilahal o’lamiyna, bika unzilu ha’jati va anta a’lamu biha faqziha".
Al-Isbahiniy rivoyati.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:34:39
O’ttiz to’rtincha tavsiya.
Ko’p sajda qilishlik jannatga kirishga sabab bo’ladi.


Rasulullohning sav xizmatkorlari va Ashobi suffadan bo’lgan Abu Firas Robia ibn Ka’b r.a. rivoyat qiladi.:"Kechalari Rasulullohning sav tahorat suvlari va boshqa hojatlarini chiqarar edim. Menga:"Mendan bir nima tilnag", deya marhamat qildilar. Men:"Jannatda Siz bilan birga bo’lishni istayman", dedim. "œBundan boshqa niam tilagingiz bor?" dedilar. Men:"Tilagim faqat shu", dedim. "œSiz nafsingizga muqobil ko’p sajda qilishlik bilan menga yordam bering", deb marhamat qildilar".
Imom Muslim.

Abu Abdulloh Savbon r.a. Rasulullohning sav shunday marhamat qilganlarini eshitagnini rivoyat qiladi:"Ko’p sajda qiling, zero, har sajda qilishingizda Alloh sizni bir saraja yuqoriga ko’taradi va sizdan bir gunohni o’chiradi.
Imom Muslim.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:34:59
Jobir r.a.Rasulullohdan sav shunday rivoyat qiladi:"Shubhasiz, kecha ichida bir soat borki, bir musulmon u soatda Allohdan dunyo va oxirat ishidan bir narsa tilasa, Alloh mutlaqo u narsani unga beradi. Bu har kechda shundaydir".
Imom Muslim rivoyati.

Abu malik al-Ash’ariydan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Hach bir kishi yo’qki, tunda uyg’onib, ayolini ham uyg’otsa, hatto ayoliga uyqu g’oliblik qilsa, yuziga suv sepib, ikkisi namozga tursa va kechaning bir vaqtida Allohni zikr qilsa, Alloh ularning kechirmagan bo’lsin".
Tabaroniy.

Mug’iyra ibn Sh’badan r.a. rivoyat qilinnadi:"Bir kuni Rasululloh sav peshin namoziga turdilar, hatto oyoqlari shishib ketgan edi. U kishiga:"Alloh sizning avvalgi va keyingi gunohlaringizni kechirgan-ku", deyishdi. Rasululloh sav shunday marhamat etdilar:"Shukr qiluvchi banda bo’lmayinmi".
Imom Buxoriy, Muslim, Nasaiy.
Ibn Abbos r.a. aytadi:"Rasululloh sav bizni tunda namoz o’qishga buyurdilar, hatto buni tashviq qilib, shunday marhamat etdilar:"Bir rakat bo’lsa ham, tunda namoz o’qishga harakat qiling".
Tabaroniy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:37:00
O'ttiz beshinchi tavsiya.
Taom yedirmoq, salomni ko’paytirmoq va tungi namozning fazilati.


Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladi:"Rasulullohga sav:"Yo Rasululloh sav Sizni ko’rganimda ko’nglim shodlanadi, ko’zim yorishadi, menga hamma narsadan xabar bering", dedim. U kishi:"Hamma narsa suvdan yeratildi", deb marhamat qildilar. Men:"Menga shunday narsadan xabar bringki, uni bajarganimda jannatga kiray", dedim. Shunday marhamat etdilar:"Taom yediring, salomni ko’paytiring, qarindoshlarning holidan xabar oling, odamlar uxlab yotganida tungi namozni o’qing jannatga kirasiz".
Ahmad ibn Hanbal, Ibn Hibbon.

Abu Malik al-Asha’riydan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat qildilar:"Jannatda tashqarisidan ichi va ichidan tashqarisi ko’rinadigan bir uy borki, Alloh uni taom yedirgan, salomni ko’paytirgan va odamlar uxlaganida tunda namoz o’qiydigan kishilar uchun xozirlagandir".
Ibn Hibbon.

Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:37:36
O’ttiz oltinchi tavsiya.
Qo’shniga izzat ikrom ko’rsatish bayonida.


Abu Zarr r.a. rivoyat qiladilar:"Rasululloh sav shunday marhamat etdilar:"Ey, Abu Zarr, sho’rva pishirganingizda suvini ko’proq quying va qo’shnilaringizga xabar oling".
Imom Muslim.

Yana Abu Zar r.a. shunday deydi:"Sodiq do’stim menga shuni tavsiya etdilar va aytdilar:"Sho’rva pishirganingizda suvini ko’proq qiling, keyin qo’shnilaringizdan xabar oling va ularga muvofiq ravishda sho’rvadan solib bering".

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh sav marhamat etdilar:"Rasululloh sav marhamat etdilar:"Kim Allohga va oxiratga iymon keltirgan bo’lsa, musofirga izzat ikrom ko’rsatsin, kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo’lsa, yahshi so’z so’zlasin yoki sukut saqlasin.
Imom Buxoriy, Muslim.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:38:07
O’ttiz yettinchi tavsiya.
Kambag’allarni yahshi kp’rishlik bayonida.


Abu Zarr r.a. aytadi:"Sodiq do’stim menga yetti narsani tavsiya qildilar:Kambag’allarni yahshi ko’rishimni, ularga yaqin bo’lishimni, mendan past bo’lganlarga qarashimni, o’zimdan yuqori bo’lganlarga qaramasligimni, menga aziyat yetkazgan bo’lsa-da, qarindoshimni ziyorat qilishimni, "œla’ havla vala’ quvvata illa’ billah", kalimasini ko’p takrorlashimni, achchiq bo’lsa hamhaqiqatni gapirishimni, insonlardan hech narsa istamasligimni".
Ahmad ibn Hanbal, Tabaroniy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:38:42
O’ttiz sakkizinchi  tavsiya.
Kambag’allik va boylik bayoni.


Abu Zarr r.a. Rasululloh sav unga shunday marhamat qilganlarini aytadi:"Ey, Abu Zarr, molning ko’pligini boylik hisoblaysanmi?" Men:"Ha, Yo,Rasululloh sav", dedim. U kishi:"Molning kamligini kambag’allik nishonasi deb bilasizmi", dedilar. Men:"Ha, yo, Rasululloh sav", dedim. U zot shunday marhamat qildilar:"Boylik aslida qalb va ko’ngil boyligidir. Kambag’allik esa qalb va ko’ngil kambag’lligidir. Kim qalban boy bo’lsa dunyoda ducha kelgan narsalari unga zarar yetkaza olmas. Kim qalban kambag’l bo’lsa, dunyodan ortiq uni boy qiladigan narsa yo’qdir va dunyoning xasisligi uning nafsiga zarar yetkazishi mumkin".
Ibn Hibbon.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:39:17
O’ttiz to’qqizinchi tavsiya.
Allohdan qo’rqishlik bayoni.


Abu Zarr r.a. naql qiladi:"Rasulullohga sav aytdim:"Yo Rasululloh sav, menga bir tavsiya bering". Shunday marhamat qildilar:"Allohdan qo’rqing,zero, bu barcha ishlarning boshidir". Men:"Yo Rasululloh sav, yana biron tavsiya bering", dedim. "œQur’on o’qing, chunki bu sizga dunyoda nurdir,samoda esa biriktirilgan sarmoyadir".
Ibn Hibbon rivoyati.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:39:53
Qirqinchi tavsiya.
Qur’on o’qishlik fazilati.


Abu Umoma al-Bohiliydan r.a. rivoyat qilinishicha,u Rasulullohning sav shunday deganlarini eshitdim:"Qur’on o’qingiz, zero, Qur’on qiyomat kunida Qur’on ahliga shafoat qiladi. Baqara va Oli Imron suralarini o’qing, zero, bu ikkisi qiyomat kunida ikki bulut kabi yoki saf tortgan qush galasi kabi ashobini muhofaza qilishga keladi. Baqara surasini o’qing, zero, uni qo’lga kiritish barakotdir, tark etish zarardir. Unga sehr qiluvchilarning kuchi yetmaydi".
Imom Muslim.

Abdulloh ibn Amr ibn Osdan r.a. rivoyat qilinishicha,Rasululloh sav marhamat etgalar:"Qur’on ashobiga:"O’qi, yuksal, dunyoda to’g’ri o’qiganingdek o’qi, sening maqoming eng oxirgi o’qigan oyatingga qadardir",deyiladi".
Imom Termiziy, Abu Dovud,Ibn Moja,Ibn Hibbon.

Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:40:23
Qirq birinchi tavsiya.
Xayrli amallar bayoni.


Anas ibn Molik ra rivoyat qiladi:"Tamim qabilasidan bir kishi Rasulullohning sav xuzurlariga keldi va:"Yo Rasululloh sav, mening ko’p tuyalarim bor, mol-mulk va do’stlarim bor. Menga nima qilishimni, xayr yo’lida qanday sarflashimni ayting", dedi. Rasululloh sav marhamat qildilar:"Molingizdan zakotni chiqarasiz, zero, bu sizni poklaydigan bir poklovchidir. Qarindoshlaringiz bilan munosabatingizni davom ettirasiz, kambag’al qo’shni va tilanchilarning haqqiga rioya qilasiz".
Ahmad ibn Hanbal. "œMusnad".
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 30 Sentyabr 2007, 09:40:57
Qirq ikkinchi tavsiya.
G’amdan va qarzdan xalos bo’lish uchun duo.


Abu Said al-Xudriy r.a. aytadi:"Bi rsafar Rasululloh sav masjidga brogan edilar. Qarasalar, ansordan Abu Umoma degan kishi masjidda o’tirgan ekan.Unga:"Ey Abu Umoma, nima bo’ldi, namoz vaqti bo’lmasa ham masjidda o’tiribsiz. Nima gap?"dedilar. U:"yo Rasululloh sav, qarz va g’am-alamlar yoqamni qo’yib yubormayapti", dedi. Rasululloh sav:"Sizga bir duo o’rgataymi? Agar uni o’qisangiz, Alloh taolo g’amingizni ketkazadi, qarzdan xalos etadi", dedilar. U:"Ayting, yo Rasululloh sav", dedi. U kishi shunday marhamat qildilar:"Tongda va oqshomga chiqqaningizda shunday deng:"Allohumma a’uzu bika minal hammi val huzni va a’uzu bika minal buhli val jubni va a’uzu bika min g’alabatid-dayni va qahrirrija;li". Abu Umoma shunday deydi:"Men shunday qildim,Alloh taolo menga g’am-anduh va qarzdan xalos bo’lishimni nasib etdi".
Abu Dovud.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2007, 14:19:27
Qirq uchinchi tavsiya.
Uyqudan avval o’qiladigan duo.


Abu Umora al-Baro ibn Ozib r.a. rivoyat qilishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Ey, falonchi, uyquga yotishdan oldin shunday deng:"Allohumma aslamtu nafsi ilayka va vajjahtu vajhi ilayka va favaddtu amri ilayka va alja’tu zahri ilayka va rohmatan ilayka la’ malja’a va la’ manja’ minka illa ilayka a’mantu bi kitabika allaziy anzalta va nabiyyaka allaziy arsalta fainnaka in kittu min laylatika mittu a’lal fitrati va in asbahtu asbahtu xoyron".
Imom Buxoriy, Muslim.

Abu Said al-Xudriydan r.a. naql qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Kim yotig’iga kirgan paytida:"Astag’firulloha allaziy la’ ila’ha illa’hu al Hayyul Qayyuma va atubu ilayh", desa, gunohlari dengiz ko’pigi, daraxt berglari, qum uyumining zarralari va dunyo kunlarning adadicha bo’lsa ham, kechiriladi".
Imom Termiziy.

Anas ibn Molik r.a. rivoyat qiladi:"Rasululloh sav shunday marhamt qiladilar:"Kim yotog’iga kirganida:"Alhamdulillahillaziy kafa’ni val hamdulillahillaziy manna alayya fa afzala", desa, butun maxluqotning maqtovi ila hamd aytgan bo’ladi".
Bayhaqiy.

Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2007, 14:20:02
Qirq to’rtinchi tavsiya.
Uyqusiz kishi o’qiydigan duo.


Zayd ibn Sobit r.a. shunday deydi:"Rasulullohga sav uyqusizligimdan shikoyat qildim. U kishi marhamat qildilar:"Shunday deng:"Allohumma g’aratin-nujumu va hada’atil uyuni va anta Hayyun Qayyumun la’ ta’xuzuka sinatun va la’ navmun ya’ Hayyu ya Qayyumu ahdi layli va anim ayni". Zayd ibn Sobit shunday deydi:"Men bu duoni o’qidim va Alloh taolo Mandan bu dardni zoil etdi".
Ibn Sunniy rivoyati.

Yana Rasululloh sav Xolid ibn Valid uyqusizlik dardiga chalinganida, unga shunday duo qilishlikni o’rgatganlar:"Allohumma Rabbas-samavatis-sab’i vama azallat. Va Rabbil — arzina vama’ akallat va Rabbash-shayatina vama’ adallat. Kun li ja’ran min sharri xalqika kullihim jaim’an an yafruta alyya ahadun min hum av an yatg’a, Azza ja’ruka va Jalla sana’uka".
Imom Termiziy, Tabaroniy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2007, 14:20:32
Qirq beshinchi tavsiya.
Eng fazilatli inson.


Abu Said al-Xudriy r.a. naql qiladi:"bir kishi:"Yo Rasululloh, insonlarning qay biri fazilatliroqdir?", dedi. Marhamat etdilarki:"Mo’min bo’lgan, joni va moli bilan Alloh yo’lida jiddu jahd etgan kishidir". U kishi:"Undan keyin kim?",dedi. "œVodiylardan bir vodiyga chekinib, Robbiga yuzlanib ibodat qilgan kishidir", deya marhamat qildilar".
Imom Buxoriy,Muslim.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2007, 14:21:07
Qirq oltinchi tavsiya.
O’tirilgan majlisning kafforati.


Abu Hurayradan r.a. naql qilinishicha,Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"kim bir majlisda hozir bo’lsayu, u majlisda behuda gaplar va baqir-chaqirlar ko’p bo’lsa, u kimsa majlisdan turishidan oldin:"Subhanakaallohumma va bihamdika ashhadu an la’ ila’ha illa’ anta astag’firuka va atubu ilayka", desa, bu majlisda bo’lgan narsalar undan kechiriladi".
Imom Termiziy, Abu Dovud, Nasaiy, Ibn Hibbon.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2007, 14:21:37
Qirq yettinchi tavsiya.
Tasbehning fazilati bayonida.


Abu Zarr r.a. aytadi:"Rasululloh sav menga:"Allohga eng maqbul bo’lgan so’zni sizga bildiraymi?’ dedilar. Men:"Ha, bildiring yo Rasululloh", dedim. Shunday marhamat etdilar:"Alloh taologa eng maqbul so’z:"Subhanallohi va bihamdihi"dir".
Imom Muslim, Nasaiy.

Imom Muslim keltirgan rivoyatda xabar berilishicha, Rasulullohdan sav:"Qaysi so’z fazilatliroqdir?’, deb so’raganlarida, Rasululloh sav:"Alloh taolo farishtalari va bandalari uchun tanlagan "œSubhanallohi va bihamdihi", deya marhamat qildilar.

Abdulloh ibn Amrdan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Kim "œSubhanallohi va bihamdihi", desa, uning uchun jannatda bir xurmo daraxti ekiladi".
Al-Bazzor.

Abu Hurayra r.a. aytadi:"rasululloh sav marhamat etdilar:"Subhanallohi va bihamdihi", "œSubhanallohil-a’ziym" tilga yengil, mezonda og’ir bo’lgan va Rahmonga xush keladigan ikki so’zdir".
Imom Buxoriy, Muslim, Termiziy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2007, 14:22:02
Qirq sakkizinchi tavsiya.
Sayyidul istig’for.

Saddod ibn Avsdan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Sayyidul istig’for" (Ya’ni eng fazilatli istig’for va tavba-tarj) bandaning shunady deyishidir:"Allohumma anta Robbi la’ ila’ha illa’ anta xalaqtani va ana a’bduka va ana a’la ahdika va va’dika mastata’tu a’uzu bika min sharri ma’ sana’tuabu’u laka bini’matika alayya va abu’u bi zanbi fag’firli fa innahu la’ yag’firuz-zunuba illa’ anta".
Kim buni ixlos bilan kunduzi aytsa va oqshomdan avval vafor etsa, inshaalloh, u jannat ahlidan bo’ladi. Kim buni ixlos bilan kechasi aytsa va tongdan avval vafot etsa, inshaalloh, jannat ahlidan bo’ladi".
Imom Buxoriy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 02 Oktyabr 2007, 14:22:38
Qirq to’qqizinchi tavsiya.
Jannat daraxti.

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinishicha, u daraxt ekib turganida, Rasululloh sav uning yoniga kelib shunday marhamat etdilar:"Ey Abu Hurayra, nima ekayapsan?’. Men:"Daraxt ekyapman", dedim. Rasululloh sav:"Men sizga bundan ham xayrliroq daraxtni ko’rsataymi, "œSubhanallohi valhamdulillahi vala’ ila’ha illallohu vallohu akbar", bu duoni har o’qiganingizda jannatda sizga bir daraxt ekiladi".
Ibn Moja, Hakim.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 04 Oktyabr 2007, 09:26:08
Elliginchi tavsiya.
Chayon chaqishiga qarshi muhofaza.

Abu Hurayra r.a. naql qiladi:"Bir kishi Rasulullohning sav huzurlariga kelib:"Yo Rasululloh sav kecha meni chayon chaqib, qanchalar azob tortganimni bilsangiz edi", dedi.Rasululloh sav marhamat etdilarki:"Kechga chiqqaningizda agar:"A’uzu bi kalimatillohi at tammati min sharri ma’ xalaq", deb, duo qilganibgizda, sizga hech qanday zarar yetkazmagan bo’lardi".
Imom Molik,"Muvatto",Muslim, Termiziy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 04 Oktyabr 2007, 09:26:47
Fotiha surasini o’qib davolanish.

Abu Said al-Xudriy r.a. aytadi:"Bir guruh sahobalar safarga chiqishgan edi. Ular arablarning qabilalaridan biriga borishdi va ulardan mehmon qilishni so’rashdi. Lekin qabila ahli ularni mehmon qilishni istashmadi. Shu paytda qabila raisini hashorat chaqib, har tomonga yugurib qolishdi., ammo hech narsa foyda bermadi. Bir kishi:"Ana u musofirlarning yoniga borsangiz, balki ularda bir nima topilib qolar", dedi. Ular darhol yonlariga kelib:"Ey, jamoa, raisimizni hashorat chaqdi, barcha harakatimiz zoye’ ketdi. Balki szilarda bir nima bordir?’, deyishdi. Sahobalardan biri:"Allohga qasamki, men davolay olaman. Ammo sizlardan bizni mehmon qilishingizni so’ragan edik, rad javobini berdingiz.Shuning uchun haqqini to’lamasangiz, men ham davolamayman",dedi. Ular bir nech qo’y berishga va’da qilishdi. Sahobiy Fotiha surasini o’qib ufladi. Rais chigali yozilgan kabi jonlandi va turib ketdi.Og’riqdan xalos bo’ldi. Ular kelishilgan haqni unga berishdi. Sahobalardan biri:"Qo’ylarni bo’lishing", dedi. Davolagan sahobiy esa:"Yo’q, Rasulullohga borib, ahvolni xabar bermaguncha bir narsa qilmang. U kishi qanday amr qilishlarini ko’raylik", dedi. Rasulullohning sav xuzurlariga borib, bo’lib o’tgan, voqeani tushuntirishdi. Rasululloh sav:"Foriha surasini davolashini qayerdan bildingiz? Sizga g’animat keldi, uni bo’lib oling, o’zingiz bilan birga menga ham hissa ajrating", deya marhamat qildilar va kuldilar".
Imom Buxoriy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 10:06:52
Ellik birinchi tavsiya.
Rizqning ochilishi va qarzdan xalos bo’lish uchun duo.

Mo’minlarning onasi Oisha r.a. naql qiladilar:"Abu Bakr r.a. mening yonimga keldilar va:"Rasulullohdan sav bir duo eshitib o’rgandim", dedilar. Men:"u nima ekan?", dedim. Shunday dedilar:"Maryamning o’g’li iyso birodarlariga shunday der edi:"Agar sizlardan bir kishi tog’chalik oltin qarzi bo’lsa ham, ushbu duoni o’qisa, Alloh taolo uni qarzdan xalos etadi:"Allohumma fa’rijil hammi ka’shifal g’ammi mujibadda’vatil-muztorriin Rahma’nud-dunya val o’xiro va Rahimahuma anta turhimuni farhamni bi rahmatin tug’nini biha’ an rahmati man siva’ka". Abu Bakr r.a aytadiki:"men shu tarzda duo qilardim,Alloh menga ko’p naf’ keltirar, qarzlarin to’lanardi".
Hazrati Oisha r.a. deydilarki:"Men ham shu duo bilan duo qilardim. Qisqa vaqt ichida ALloh taolo meni na sadaqa sifatida kelgan van a meros yo’li bilan kelgan bir rizq bilan rizqlantirardi. Alloh qrzdan xalos etdi, bu rizqni chiroyli tarzda oilamga bo’lib berdim. Abdurahmonning qiziga ham bu moldan uch uqiyya taqinchoq va ziynar berdim, o’zimizga ham yahshigina mol ortib qoldi".
Al-Bazzor, Hakim, Isbahoniy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 10:07:51
Ellik ikkinchi tavsiya.
Infoq ehson qilishlik bayonida.

Abdulloh ibn Amr ibn Os r.a. naql qiladi:"bir kishi Rasulullohdan sav so’radi:"Musulmonlikda qaysi amal yahshiroq?". Rasululloh sav shunday marhamat etdilar:"Taom yedirasiz va tanishga ham, notanishga ham salom berasiz".
Imom Buxoriy, Muslim.

Abu HUrayradan rr.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Bandalar ichidan hozir bo’lgan hech bir kun yo’qki, ikki farishta nozil bo’lib, ulardan biri:"Allohim,xayr yo’lida infoq ehson qilgan bandalarning molini davomli qilgin". Boshqasi:"Allohim, qo’li berk bo’lganlarning moliga talofat ber", demagan bo’lsin.
Imom Buxoriy, Muslim.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 10:08:24
Abdulloh ibn Mas’ud r,a. rivoyat qilishicha, Rasululloh sav shunday marhamat qilganlar:"Faqat ikki kishiga hasad qilish bordir. Bular — Alloh taolo mol-mulk bergan va bu molni haq yo’lda sraflagan kimsa va yana Alloh taolo hikmat ato etgan va bu hikmat ila hukm etib, bu hikmatni boshqalarga o’rgatgan kimsa".
Imom Buxoriy, Muslim.

Yana Abdulloh ibn Mas’uddan r.a. rivoyat qilinadiki, Rasululloh sav shunday marhamat etgnlar:"Sizlardan kimga meros qolgan mol o’z molidan sevimliroqdir?". Sahobalar:"Yo Rasululloh, bizning oramizda o’z moli sevimliroq bo’lmagan hech kimsa yo’q", deyishdi. Rasululloh sav marhamat etdilar:"uning moli tirikligida xayr yo’lida ehson qilganidir. Vorisning moli esa xayr yo’lida sarflamay orqada qoldirganidir".
Imom Buxoriy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 10:08:45
Adiy ibn Hotimdan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav marhamat etganlar:"Yarimta xurmo bilan bo’lsa ham, do’zavdan himoyalaning".
Imom Buxoriy, Muslim.

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav marhamat etganlar:"Alloh shunday marhamat qiladi:"Ey bani odam, xayr yo’lida ehson qilginki, senga ham ehson qilinsin".
Imom Buxoriy,Muslim.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 10:09:43
Ellik uchinchi tavsiya.
Tongga va kechga yetgandan hamda uydan chiqqanda o’qiladigan duo.


Abu Hurayra r.a. hazrati Abu Bakrning shunday deganini rivoyat qiladi:"Yo Rasululloh sav, tongga va kechga yetganimda qanday qanday so’zlarni aytishimni buyurasiz", dedim. Marhamat etdilarki:"Allohumma fa’tiras-sama’vati val arz, A’limal — g’aybi vash-shahadati, Robba kulli shay’in va malikahu. Ashhadu an la’ ilaha illa anta a’uzu bika min sharri nafsi va min sharrish-shaytoni va shirkihi", buni tongga va kechga yetganingizda o’qing, uyquga yotganingizda o’qing".
Abu Dovud, Termiziy.

Mo’minlarning onasi Ummu Salama naql qiladilar:"Janobimiz sav uydan chiqayotganlari shunday derdialr:"Bismilla’hi tavakkaltu allohi, Allohumma inni a’uzu bika an adilla av udalla, av azilla av uzalla av azlima av uzlama av ajhala av yujhala alayya".
Abu Dovud, Termiziy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 10:10:07
Anasdan r.a. rivoyat qilinishicha, rasululloh sav shunday marhamat etgnalar:"Kim uyidan chiqayotganida:"Bismilla’hi tavakkaltu alallohi la’ havla va la’ quvvata illa’ billahi", desa, unga shubady deyiladi:"Hidoyatga erishding, ishlaringda kifoyatga erishding, yomonliklardan muhofaza qilinding", va undan shayton uzoqlashadi’.
Abu Dovud, Termiziy.

Anas ibn Molikdan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav qizlari hazrati Fotimaga shunday marhamat qilganlar:"men tavsiya qiladigan narsalarni tinglashdan sizga nima mone’lik qilishi mumkin? Tongga va kechga yetganingizda shunday deng:"Ya’ Hayyu ya’ Qayyum bi rahmatika astag’iysu, aslih li shan’I kullahu vala takilni ila’ nafsi tarfata aynin".
Nasaiy, Al-Bazzor.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 10:10:46
Ellik to’rtinchi tavsiya.
Amaldorlikka intilmang.


Abu Said r.a. rivoyat qilishicha, Abdurahmon ibn Sumroga Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Ey Abdurahmon, amaldorlikni istamang, chunki, bu vazifa sizga o’zingiz istamagan holda berilsa, sizga yordam qilinadi, agar bu vazifa sizga talabingizga ko’ra berilsa, siz buning javobgarligini olgan bo’lasiz, bir narsaga qasam ichgandan keyin undan yahshirog’ini ko’rsangiz, yahshiroq bo’lganini bajaring, qasamingiz uchun kafforat to’lang".
Imom Buxoriy, Muslim.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 10:11:11
Abu Zarr r.a. rivoyat qiladi:"Yo Rasululloh, menga biror ish bermaysizmi?", dedim. U Zot qo’llarini yelkamga qo’yib, shunday marhamat qildilar:"Ey Abu Zarr, siz zaufsiz, amal esa omonatdir. Vazifa va javobgarlik qiyomat kunida pushaymonlik va zalillikdir. Albatta, bu vaizfani xaq ila ado etgan, ustidagi vazifa bilan bog’liq javobgarlikning vojiblarini bajargan vazifadorlar bundan mustasno".
Imom Muslim.

Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Sizlar amaldorlik xususida juda ehtirosli bo’lasiz, ammo bu qiyomat kunidagi pushaymonlik bo’ladi".
Imom Buxoriy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 10:11:44
Abu Said r.a. va Abu Hurayradan r.a. rivoyat qilinishicha, Rasululloh sav shunday deganlar:"Alloh jalla jalalahu mahram do’sti bo’lmagan hech bir payg’mbar yubormagan va hech bir xalifa tayin etmagan. Ba’zi mahram do’st kishini yahshilikka amr etadi, yahshilikni targ’ib qilkadi. Ba’zi mahram do’st esa, yomonlikka amr etadi va yomonlikni targ’ib qiladi. Faqatgina gunoh va xatolardan muhofaza qilingan kimsa Alloh taolo hifz etgan kimsadir".
Imom Buxoriy.

Hazrati Oisha onamizdan r.a. naql qilinishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Alloh taolo bir amaldorga yahshilik tilasa, unga haqgo’y bir yordamchi nasib qiladi va amaldor vazifa va javobgarlikni unutsa, u yordamchi unga eslatadi, eslaganida unga yordam beradi. Agar Alloh bundan boshqacha bo’lishini tilasa, unga yomon yordamchi nasib qiladi, u vazifasini unutsa unga eslatmaydi, eslasa yordam bermaydi".
Abu Dovud.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 10:12:42
Ellik beshinchi tavsiya.
Uylarda masjidlar qilish.


Oishadan r.a. rivoyat qilinadi:"Rasululloh sav bizga uylarda masjidlar qilishimizni va uni poklab chiroyli tutishimizni amr qildilar".
Imom Termiziy, Abu Dovud, Ahmad ibn Hanbal.

Samura ibn Jundub r.a. deydi:"Rasululloh sav bizga uylarimizda masjidlar qilishimizni va ularni pok tutishimizni arm qildilar".
Imom Termiziy,Ahamd ibn Hanbal
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 10:13:16
Oxirgi tavsiya.
Bu tavsiyalarni Ibrohim a.s. Ummati Muhammadiyaga bergan tavsiyalari bilan yakunlashni lozim topdik. Abdulloh ibn Mas’uddan r.a. rivoyat kelishicha, Rasululloh sav shunday marhamat etganlar:"Me’rojda hazrati Ibrohim bilan yuzlashdim, menga shunday dedilar:"Ey Muhammad, ummatingizga mendan salom ayting va shuni xabar beringki, jannatning tuoprog’I g’oyatda go’zaldir, suvi shirin, yeri ravondir. Uning daraxti esa:"Subhanallohi valhamdulillahi va la’ ila’ha illallohu valohu akbar" dir.
Imom Termiziy, Tabaroniy.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 21:43:54
O’n nasihat.

1.Har kuni o’qiy olganingizcha, Qur’on o’qing, payg’ambarga sav salovat ayting.

2.Besh vaqt namoz bilan birga ikki rakat bo’lsa ham, tungi va choshgoh namozida bardavom bo’ling.

3.Ustingizda farz bo’lgan zakotni bering. Oz bo’lsa-da, har kuni sadaqa qiling. Agar berishga narsa topolmasangiz, yahshi so’z aytish bilan bu vazifani ado eting. Ramazon ro’zasi bilan birga oyda uch kun ro’za tuting.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 21:44:25
4. Alloh yahshi ko’rgan bandalar jumlasidan bo’lishni hohlaysizmi? Payg’ambarni sav u zotni ahli baytini yahshi ko’ring, ota-onangizga yahshilik qiling.

5. Siz:"Yo Rabbiy,yo Rabbiy", deya, ALloh taolo:"Ha, ey bandam, tila tilaganing beriladi", deya marhamat etgan kimsalardan bo’lsihni hohlaysanmi? Unday bo’lsa, taomingizni halollang, duoyingiz qabul bo’lsin. Insonlarga insof bilan munosabatda bo’ling. Insonlarga go’zal ahloq bilan munosabatda bo’ling.

6. Duosi qabul bo’lgan va Qiyomat kunida sahifasi nur ila porlagan kimsalardan bo’lishni istaysizmi? Qalbingizni poklang, "œLa’ ila’ha illalloh" zikrini ko’paytiring, gunohlaringizga tavba qiling, o’zingiz uchun hamda mo’min va mo’minalar uchun istig’for ayting. Allohni eslashdan g’ofilq olganlardan bo’lmang.
Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 21:44:50
7. Allohga hamd va shukr keltirib, Unga yaqin bo’lganlar toifasiga kirishni istaysizmi? Bilingki, banda:"Alhamdulillah", desa Alloh:"Bandam menga hamd aytdi,menga shukr qildi", deya marhamat etadi. Bas, shunday ekan, "œAlhamdilillahi va sala’mun ala’ iba’dihillaziynastafa" zikrini kanda qilmang.

8. Allohga shukr qilguvchilardan va Alloh taolo naslini isloh etgan kimsalardan bo’lishni istaysizmi? U holda shu ikki oyati karimadagi duolarni o’qishda bardavom bo’ling:
"œRobbim, menga,ota-onamga lutf etganing ne’matga shukr qilishni, Senga xush kelgan foydali ishlarni qilishimni ilhom etgaysan va rahmating ila meni solih bandalarning jumlasidan aylagaysan".
Naml,19.
"œRobbim, meni menga, onamga va otamga baxsh etganing ne’matga shukr qilishga, O’zing rozi bo’ladigan foydali ishlarni ado etishga yo’naltirgaysan, men uchun naslimdan salohni davom ettirgaysan. Men Senga yo’naldim, Senga taslim bo’ldim".
Ahqof, 15.

Nom: Re: Rasulullohning s.a.v. 55 tavsiyalari va 10 nasihatlari.
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2007, 21:45:06
9. Ham dunyoni, ham oxiratni o’zida jamlagan narsani sizga ko’rsataymi? U holda qo’lingizdan kelganicha, Allohning amrlarini bajo keltirishga harakat qiling. "œEy, Insonlar ruku’ qiling, sajda qiling, Robbingizga ibodat qiling, xayrli amallarda bo’lingki, najotga erishursiz".
Haj,77

10. Barcha narsalarni asos mohiyatini sizga ko’rsataymi? "œAllohga iymon keltirdim deng, keyin to’g’ri xaq istiqomat ustida bo’ling".