forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: AbdurRohman 02 Sentyabr 2007, 14:24:45

Nom: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 02 Sentyabr 2007, 14:24:45
                 Amir Temurning o'lim to'shagida so'ylaganlari

O'g'illarim,
millatning ulug' martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o'qing, aslo unutmang va tadbiq eting.
Millatning dardlariga darmon bo'lmoq vasifangizdir.
Zaiflarni qo'ring, yo'qsullarni boylar zulmiga tashlamang. "Adolat va Ozodlik" dasturingiz, rahbaringiz o'lsun. Men kibi uzun saltanat surmak istasangiz, qilichni yaxhsilab uylab chekingiz. Bir da'fa chekkandan so'ngra-da uni ustalik-la qo'llangiz.
Orangizga nifoq urug'lari ekilmasligi uchun ko'p diqqat bo'ling. Ba'zi nodimlaringiz va dushmanlaringiz nifoq tuxumlari sochmoqlikka, bundan foydalanmakka chalishajakdurlar. Faqat vasiyatimda sizga idora shaklini, uning ilkularini ko'rsatdim. Bularga sodiq qolsangiz toj boshingizdan tushmas.

O'lim to'shagida so'ylagan otangizning so'zlarini unutmangiz.

Mendan so'ng xoqon, Pir Muhammad Jahongir o'lajakdur. Onga, menga itoat etar kibi itoat etajaksiz. Qo'mondonlarim, hozir itoat omini etingiz.

Butun qo'mondonlar, saroy odamlari yig'layarak omin deb fotiha o'qidilar.

Temur 1405-yil 19-mart kuni vafot etdi.
Uning so'nggi so'zi "La-ilaha Illolloh" bo'ldi.
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 02 Sentyabr 2007, 14:29:05
                          "Temur tuzuklari"dan

"Biron mamlakatda jabr-zulm va fisq-fasod kuchayib ketarkan, asl podsholar adolat o'rnatib, fisq-fasodni, zulmni yo'qotish niyatida ana shunday mamlakatga hujum boshlashi lozim. Tangri taolo shu niyatining sharofati bilan mamlakatni zolimning qo'lidan tortib olib, odil (podshoh)ga topshiradi".
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 02 Sentyabr 2007, 14:37:04
"Yana amr qildimki, g'anim tomonidan bizning qo'limizga har qanday sipohiy asir bo'lib tushsa, uni o'ldirmasinlar, unga ixtiyor bersinlar. Agar navkarlikni qabul qilsa, navkar qilsinlar, yo'q esa uni ozod etsinlar. Bunga misol, men (Qaysar bilan urushda) to'rt ming rumlik askarni ozod qildim"
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 02 Sentyabr 2007, 14:45:36
"Qaysi vazir g'iybat gaplarni aytsa, uydirma gaplarga quloq solsa, jabr-zulm qilsa, o'ziga yoqmagan kishilarni yo'qtoish payiga tushsa, uni vazirlikdan tushirish lozim. Nasliyu zoti yomon, hasadchi, kina-kek saqlovchi, qora ko'ngil kishilarga zinhor vazirlik (lavozimi) berilmasin. Buzuq, qora ko'ngilli, zoti past odam vazirlik qilsa, davlatu saltanat tez orada qulaydi".
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 02 Sentyabr 2007, 15:36:13
"Dono vazir shuldirki, o'z o'rniga qarab, goh qattiqqo'llik bilan gohida esa muloyimlik bilan ish yuritadi. Bunday vazir ortiqcha qattiqqo'llik ham qilmaydi, ko'p muloyimlik bilan ham yumshab ketmaydi. Agar muloyimlik qilsa, dunyotalab, ta'magir odamlar uni yutib yuboradilar. Agar ortiqcha qattiqqo'llik ishlatsa, undan qochadilar va unga (boshqa) yo'lamaydilar".
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 02 Sentyabr 2007, 16:18:15
"O'g'rilar xususida buyurdimki, ular qayerda bo'lmasin, kim tutib olsa, Yoso (Chingizxon joriy etgan qonun) bo'yicha jazolansin. Kimki birovning molini zo'rlik qilib olgan bo'lsa, mazlumning molini zolimdan tortib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda kim tish sindirsa, ko'zni ko'r qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino ishlar qilsa, devondagi shariat qozisi yoki ahdos qozisiga olib borib topshirsinlar. Shariatga oid ishlarni hal etishda islom qozisi hukm chiqarsin. Urf-odat ishlarini esa ahdos qozisi taftish qilib, so'ng menga yetkazsin ".
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 02 Sentyabr 2007, 16:24:48
"...O'n (nafar) o'nboshi jam bo'lsa, o'z ichlaridan ish ko'rgan, tajribali, bahodirlikda nomi chiqqan birovini amir qilib, uni yuzboshi deb atashsin.
Agar o'n yuzboshi yig'ilsalar, amirzodalar aqlli, shijoatli bahodir bir kishini amir saylab, uni mingboshi desinlar va amri hazora deb atasinlar".
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 02 Sentyabr 2007, 16:28:25
"Kimniki huzurimga kiritgan bo'lsalar va ko'zim unga tushgan bo'lsa, holiga yarasha hurmatlab, sovg'a-in'omlar bilan kuzatsinlar. Har qanday odam mening adolat devonimdan panoh topgan ekan, gunohi bo'lsa ham kechirsinlar. Ikkinchi, uchunchi yana gunoh qilgudek bo'lsa, u chog'da gunohiga yarasha jazolasinlar".
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 02 Sentyabr 2007, 17:08:03
"...butun mamlakatda buyruq, farmon berish ishlari podshohning o'zida bo'lishi lozimki, har ishda podshoh o'zo hukm chiqarsin, toki hech kim uning hukmiga aralashib, o'zgartira olmasin".
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 02 Sentyabr 2007, 19:15:34
"...podshohlik ishlarini tamoman boshqaga topshirib, erkni unga berib qo'ymasinkim, dunyo xiyonatchi xotin singari, uning xushtori ko'pdir. Agar shunday qilar ekan, uning nafsi podsho bo'lishni tilab, saltanat taxtini o'zi egallashga kirishadi. Chunonchi, Sulton Mahmudga xiyonat qilgan vazirlar uni saltanat taxtidan tushirib, taxtga o'zlari ega bo'ldilar. SHunday bo'lgach, saltanat ishlarini ishonchli va mo'tabar bir necha kishiga bo'lib berish lozim. Shunda har biri o'z ishiga bog'lanib saltanat taxtiga ko'z tika olmaydi".
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 02 Sentyabr 2007, 19:20:23
"Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan bo'lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug' va asbob berishsin. Agar fuqarodan birining o'z imorati buzilib tuzatishga qudrati yetmas ekan, unga yordam bersin".
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 02 Sentyabr 2007, 19:24:47
"Hech kimdan o'ch olish maqomida bo'lmadim. Tuzimni totib menga yomonlik qilganlarni Parvardigori olamga topshirdim. Ish ko'rgan, shijoatli er-yigitlarni qoshimda tutdim. Sofdil kishilar sayyidlar, olimlar va fozillarga  dargohim doim ochiq edi. nafsi yomon himmatsizlarni, ko'ngli buzuq qo'rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim".
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 02 Sentyabr 2007, 19:34:13
"Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o'zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo'lishga intildim".
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 05 Sentyabr 2007, 13:37:09
"Raiyat ahvoldan ogoh bo'ldim, ulug'larni og'a qatorida, kichiklarni farzand o'rnida ko'rdim. Har yerning tabiatini, har elning rasmi-odat, yo'l-yo'sinlaridan voqif bo'lib turdim, har bir o'lka va shahar aholisining ulug'lari va buzurglari bilan oshno bo'ldim va ularning mijozlariga, tabiatiga to'g'ri kelgan, o'zlari tilagan odamlarni ularga hokim qilib tayinladim. Har bir diyor aholisining ahvolidan ogoh bo'lib turdim. har bir mamlakatning ahvolini, sipohu raiyat kayfiyatini, turmushlarini, xulq atvorlarini, qilish-qilmishlarini, bular o'rtasidagi aloqalarni yozib menga bildirib turish uchun diyonatli, to'g'ri qalamli kishilardan voqeanavislar belgiladim. Bordiyu noto'g'ri narsa yozgan bo'lsa, bunday voqeanavislarni jazoladim. Hokimlar, sipoh va raiyat qaysi biri xalqqa jabr-zulm qilganini eshitsam, insof-adolat bilan darhol uning chorasini ko'rdim".
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 05 Sentyabr 2007, 13:42:12
"Dilimning mashriqdan ko'tarilgan birinchi tuzuk shundan iborat bo'ldiki, islom dinin yoyib, Muhammad, unga Tangrining marhamatlari va salomlari bo'lsin, shariatni quvvatladim. Jahonni turli mamlakatlari, katta va kichik shaharlarida islom dinini va yaxshi odamlar orasida shariatni yoydim va o'z saltanatimni shariat bilan bezadim".
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 05 Sentyabr 2007, 13:46:04
"Qaysi bir sipohiy tuz haqi va vafodorlikni unutib, xizmat vaqtida o'z sohibidan yuz o'girib, mening oldimga kelgan bo'lsa, unday odamni o'zimga eng yomon dushman deb bildim".
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdulAziz 10 Oktyabr 2007, 06:40:32
Assalomu alaykum!
Negadir bu mavzu to'xtab qolibdi...
Nom: Re: Temur tuzuklari
Yuborildi: AbdurRohman 10 Oktyabr 2007, 11:06:55
Assalomu alaykum!
Negadir bu mavzu to'xtab qolibdi...
Va aleykum assalom.
Ayrim sabablaga ko'ra shunaqa bop qoldi. InshaAlloh, davom ettiraman. agar davom ettirishni xoxlovchila bo'lsa marhamat!