forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:27:04

Nom: Har kimning o`z qarichi...
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:27:04
 Har kimning o`z qarichi...
Chumoli: Bu galvarslar aynan bizning yo`limizdan boshqa erga uy qurishga joy topisholmagan, shekilli.

Nom: Re: Har kimning o`z qarichi...
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:27:31
Shilliqurt: Chumolilar — qalang`i-qasang`i. Buni qarangki, ular dunyoni buyuk shilliqurt bishqaraytganini xatto bilishmaydi.

Xo`roz: Hali tong otmagan, chunki men hali xabar berganim yo`q!
Nom: Re: Har kimning o`z qarichi...
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:27:59
Chumchuq: Bulbul — buyuk qush. Ammo biz chumchuqlar xiylagina ko`pmiz.

Xalqaro bitim: Biz, quyonlar tovuqlar bilan bir-birimizni emaymiz, deb bitim tuzdik. Ko`raylikchi, qarchig`ay bunga nima der ekan?
Nom: Re: Har kimning o`z qarichi...
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:28:30
Changalzordagi ikki yo`lbars: Biz tinchlik manfaati uchun uchrashdik va shunday biimga kelishdikki, endi birga ov qilamiz.

Tulki: Jamiki maxluqlar uch toifaga bo`linadi: dushmanlar, raqiblar va o`lja.
Nom: Re: Har kimning o`z qarichi...
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:28:56
 

Baqa: Taraqqiyotmi? Ha, bilaman, bilaman. Mana, masalan, men bor-yo`g`i itbaliq edim.

Pashsha: Suratdagi dog`larni ko`ryapsizmi? Bu mening ishim, men ham rassomman.

Echki: Bo`rilar bilan tinch-totuv yashasak, dunyoda osoyishtalik bo`lardi.
Nom: Re: Har kimning o`z qarichi...
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:29:25
Ho`kiz: Men aytayotibman-ku, kiyiklarni boshingizga urasizmi?!

Bog`langan echki: Dunyo shuncha ham tor bo`ladimi?

Deraza oynasidagi pashsha: Hayot chegarasi qaerda ekanini endi bildim.

Chumchuq: Ko`ryapsizmi, bahor kelishi uchun qancha chirqillashga to`g`ri kelyayotibdi?!
Nom: Re: Har kimning o`z qarichi...
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:29:56
Madaniylashgan kalamush: Qishloqda men nima ham qilardim? U erda hatto meg`zava oqadigan quvurlar ham yo`q.

Bo`ri: Qo`chqorning niyati yomon edi — u mendan yashirinmoqchi bo`ldi.

Sichqon: Mushuk chumchuqni ushlab oldi, endi biz qo`rqmasak ham bo`ladi.
Nom: Re: Har kimning o`z qarichi...
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:30:31
Sassiq qo`ng`iz: Hayot bir qonun asosida davom etmoqda. Dunyodagi hikmat bitta. Donishlamndlik ham bitta: qattiq bo`lish.

Bir kunlik kapalak: Yuz yoshli toshbaqa! Qanday qilib bu qadar qoloq bo`lish mumkin?!

Xazon: Zamonning talabimi? Bilamiz: yelda pildirash kerak.
Nom: Re: Har kimning o`z qarichi...
Yuborildi: Muhammad Amin 10 Sentyabr 2007, 18:31:00
Qo`shni: Bu Arximed deganlari qo`rqoq va sotqin. Bizning shaxarga dushman bostirib kelayotibdi-yu, u bo`lsa, chizma-chizig`i bilan ovora.

Yangi avlod:
- Yoshlarga yo`l bering!
- Necha yilga?
- Salkam ellik yil kifoya qiladi.

Diplomatiya: Biz, albatta, zo`ravonlikni qoralaymiz, ammo qurol-yarog` yetkazib berishga tayyormiz.
Nom: Re: Har kimning o`z qarichi...
Yuborildi: Usmon 24 Dekabr 2007, 13:38:12
Ikki mahbus kamera panjarasidan tikilib turarkan. Biri bir chetdagi bir uyum axlatni ko'ribdi. Ikkinchisi esa musaffo osmondagi behisob yulduzlarni..
Nom: Re: Har kimning o`z qarichi...
Yuborildi: Y_U_R_I_S_T 12 Noyabr 2009, 12:46:44
Har kimning o`z qarichi...

Juda ajoyib mavzu ekan, ko'rmagan ekanman... Ayniqsa bugungi kunda juda ham dolzarb bo'lib turibdi...

Qarichlar, qarichlar....
Turfa xildir - qarashlar.
Fikrni hurmat qilsak,
Xo'b chiroyli yarashar...
Nom: Re: Har kimning o`z qarichi...
Yuborildi: Abdulhafiz 19 Yanvar 2012, 09:36:40


Barchani o'z gazi bilan o'lchash tor aql ko'chasiga kirishdir.

Pisarev


Nom: Re: Har kimning o`z qarichi...
Yuborildi: Lu`lu` 01 Avgust 2012, 07:10:53
Ikki mahbus kamera panjarasidan tikilib turarkan. Biri bir chetdagi bir uyum axlatni ko'ribdi. Ikkinchisi esa musaffo osmondagi behisob yulduzlarni..

Ланжарага икки тарафдан караш бор. Истасанг, ичкаридан, иста - ташкаридан кара.

Тафаккур кенглар бор, тафаккури торлар бор,
тафаккури согларчи?...

Аеллар кахрамонларни смас, голибларни севадилар. :5