forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:55:20

Nom: Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy. Durratun nosihiyn
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:55:20
Usmon ibn Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy

DURRATUN NOSIHIYN
(Nasihatgo‘ylar duri)

Tarjimon: Abdurahim Mirzo

«Movarounnahr», Toshkent-2004

«Nasihatgo‘ylar duri» insonning axloqiy, e’tiqodiy, ma’rifiy jihatdan shakllanishiga xizmat qiluvchi asardir. Unda turli mavzular alohida-alohida majlislarda xalqchil tilda bayon etilgan.
Risola keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
© «Mutarjim», Toshkent, 2004 y.

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72420#msg72420)
1-majlis: Ramazon oyining fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72423#msg72423)
2-majlis: Ramazonning fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72430#msg72430)
3-majlis: Ilm fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72439#msg72439)
4-majlis: Ro‘za tutish fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72449#msg72449)
5-majlis: Allohning qudrati va mo‘’jizalarini ko‘rib, qalbni xotirjam qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72452#msg72452)
6-majlis: Alloh yo‘lida sadaqa berishning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72456#msg72456)
7-majlis: Ribo yeyishning chirkinligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72461#msg72461)
8-majlis: Jamoat bilan namoz o‘qishning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72464#msg72464)
9-majlis: Tavhidning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72472#msg72472)
10-majlis: Tavbaning fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72477#msg72477)
11-majlis: Muborak rajab oyining fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72673#msg72673)
12-majlis: Erkaklarning ayollardan ustunligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72678#msg72678)
13-majlis: Ota-onaga yaxshilik qilish fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72684#msg72684)
14-majlis: Alloh va uning rasuliga bo‘lgan muhabbatning fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72690#msg72690)   
15-majlis: Salomlashishning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72696#msg72696)
16-majlis: Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) vafotlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72701#msg72701)
17-majlis: Aroq ichguvchini mazammat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72707#msg72707)
18-majlis: Hasadning yomonligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72713#msg72713)
19-majlis: Isoning (a.s.) duosi bilan osmondan dasturxon nozil bo‘lgani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72720#msg72720)
20-majlis: Shavvol oyida olti kun ro‘za tutishning fazilati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72724#msg72724)   
21-majlis: Jahriy va maxfiy duo qilishning fazilati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72731#msg72731)
22-majlis: Iymon bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72736#msg72736)
23-majlis: Allohning buyruqlarini tark qilish haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72742#msg72742)
24-majlis: "Oltin-kumushni bosib, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalar…" oyati karimasi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72745#msg72745)
25-majlis: Rajab oyining fazilati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72752#msg72752)
26-majlis: Saxiylikning fazilati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72756#msg72756)
27-majlis: Rizq haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72762#msg72762)
28-majlis: Zolimga yordam berishning mazammat qilingani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72939#msg72939)
29-majlis: Qiyomat kunida insonlarning ahvollari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72954#msg72954)
30-majlis: Tavba qabul qilinishining bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72961#msg72961)
31-majlis: Adolat va ehsonning bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72975#msg72975)
32-majlis: Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) me’rojga chiqishlari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg72987#msg72987)
33-majlis: Insonning mukarramligi haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg73001#msg73001)
34-majlis: Tahajjud namozining bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg73010#msg73010)
35-majlis: Sahobalarning fazilatlari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg73019#msg73019)
36-majlis: Dunyoning mazzamat qilingani va uning zavolga ketishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg73027#msg73027)
37-majlis: O‘limning qattiqligi bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg73035#msg73035)
38-majlis. Namozni tark qiluvchilar bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120294#msg120294)
39-majlis. Qur’ondan yuz o‘giruvchining mazammat qilinishi bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120298#msg120298)
40-majlis. O’lim achiqligi bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120302#msg120302)
41-majlis. Qiyomat soatining bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120308#msg120308)
42-majlis. Tavozu’ haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120313#msg120313)
43-majlis. Ma’siyat va zulmning mazammat qilingani haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120318#msg120318)
44-majlis. Zikr va tavhid bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120323#msg120323)
45-majlis. Zikrning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120328#msg120328)
46-majlis. Allohning omonatiga xiyonat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120334#msg120334)
47-majlis. Qur’oni karim qiroatining fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120341#msg120341)
48-majlis. Jahannamda kofirlarning azoblanishi bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120345#msg120345)
49-majlis. Ibrohim alayhissalomning Ismoil alayhissalomni qurbonlik qilishlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120349#msg120349)
50-majlis. Ayyub alayhissalomning sabrlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120353#msg120353)
51-majlis. Do‘zaxning bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120357#msg120357)
52-majlis. Jannat bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120363#msg120363)
53-majlis. Farishtalarning mo‘minlar uchun istig‘for aytishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120366#msg120366)
54-majlis. To‘g‘ri­ustivor bo‘lish haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120369#msg120369)
55-majlis. Tavba fazilati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120374#msg120374)
56-majlis. Sha’bon oyining fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120379#msg120379)
57-majlis. Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120384#msg120384)
58-majlis. Shaytonning adovati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120389#msg120389)
59-majlis. Allohga toat­ibodat uchun hijrat qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120395#msg120395)
60-majlis. Qiyomat kuni va hisob­kitob haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120399#msg120399)
61-majlis. Ota­onaga yaxshilik qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120403#msg120403)
62-majlis. Yomon gumon qilish va g‘iybat haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120408#msg120408)
63-majlis. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mo‘jizalari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120414#msg120414)
64-majlis. Yig‘lash bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120419#msg120419)
65-majlis. Jumaning fazilati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120423#msg120423)
66-majlis. Jahannam va uning zaboniyalari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120428#msg120428)
67-majlis. Tavbaning bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120431#msg120431)
68-majlis. Saodat va badbaxtlik alomatlari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120434#msg120434)
69-majlis. Nafs haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120440#msg120440)
70-majlis. Qadr kechasining fazilati haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120445#msg120445)
71-majlis. Ramazon hayitining fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120449#msg120449)
72-majlis. Zulhijja oyining o‘n kuni haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120453#msg120453)
73-majlis. Qurbonlik qilish fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120457#msg120457)
74-majlis. Ixlos surasining fazilati  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.msg120461#msg120461)
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:55:48
MUQADDIMA

Dinida mustahkam bo‘lgan olimlar ilmidan irfoniy fahm ato etib, insonlar orasidan ajratib «nasihatgo‘y» bandalardan qilgan buyuk Parvardigorga hamdu sanolar bo‘lsin.

O‘zining dini Islomi ila barcha botil dinlarni bekor etgan Muhammadga va u kishining shariatini mustahkam tutgan ashobu oilalariga salovot va salomlar yog‘ilsin.

Ammo ba’d: Qodir Rabbining rahmatu fazliga muhtoj faqir va mushfiq banda Usmon ibn Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy (Alloh u zotni lutfu karami ila mukarram etsin) aytadilar: «Men Qistontiniya (Istambul) ismlik katta bir shaharda hayot kechirdim. Alloh uni va barcha islomiy shaharlarni ofatu balolardan saqlasin. Insonlar orasida zulmatdagi chiroqlar kabi bo‘lmish ulug‘ mashoyixlar, tolibi ilmlar va anbiyolar merosi — ilm xazinalarini mustahkam tutgan fozil ulamolarning tillaridan sermazmun, ko‘ngilga yoqib tushadigan mav’izalarni eshitdim. Lekin mav’zalar Qur’oni karimning oliy darajadagi uslubida tartiblanmagan edi. Shu chog‘da ulardagi xatolarni Allohning inoyati ila tuzatishni va tartibga solishni qalbimga tugib qo‘ygan edim.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:56:03
Zero, men ba’zi talabalarning shariat kitoblarida mavjud bo‘lmagan har xil xato narsalarni aytib, mav’iza va nasihatlarida gunoh ishlar sodir qilayotganlariga bir necha bor shohid bo‘lganman. Ular ushbu xatolar bilan insonlar qalbiga vasvasaga soluvchi shaytonni xursand qilmoqdalar xolos. (Allohning o‘zi bunday ishlarni qilishdan panoh bersin.)

So‘ngra kutilmaganda taqdiri ilohiy ila qattiq kasalga chalindim. Kasalim shu darajaga yetdiki, hatto bir og‘iz gapirishga ham kuchim yetmay, bir necha kun to‘shakda yotib qoldim. Shunda men kasalim asnosida Allohga nazr etdimki, agar Alloh menga shifo bersa va bu kasallikdan xalos qilsa, albatta, muxlislarga ular sevadigan bir risolani hadya etaman.

Alloh kasallikdan meni forig‘ qilgach, yana mav’izadagi zotlar sodir etgan xato va noqisliklarga duch keldim, shundan so‘ng Allohning inoyati va marhamati bilan kitobni yozishga kirishdim. Undagi barcha masalalar yoqut-marjon bo‘lib bitildi. Kitobda har bir mavzuni alohida qildim, tegishli oyati karimalarni, hadisi shariflarni va ko‘ngil ko‘tarar qissalarni saralab bayon etdim.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:56:19
Bu muborak kitob onasining qornidan foniy dunyoga chiqqach (yozilib bo‘lgach), u bir ulug‘ ismga muhtoj bo‘ldi. Shunda men «Durratun nosihiyn» (Nasihatgo‘ylar duri) deb nom qo‘ydim.

Katta olim va fozillardan qolaversa, oddiy ziyrak kishilardan ushbu kitobni ta’lif etish jarayonida xato va qusurlarim sabab yuzaga kelgan kamchiliklarni to‘g‘irlab qo‘yishlarini iltimos qilaman.

Bandalarini afv etish va gunohlariga kafforatlar belgilash mehribon va kechirimli Zot tarafidandir. Gunohlar va amaldagi qosirlik bandaga xosdir.

Alloh xohlagan bandasini to‘g‘ri yo‘l sari chorlar. U menga kifoya qiluvchi va eng yaxshi vakildir. Har doim U zotga hamdu sanolar bo‘lsin».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:56:49
Birinchi majlis
RAMAZON OYINING FAZILATI


Alloh taolo aytadi:
"(U sanoqli kunlar) ramazon oyidirki, u oyda insonlar uchun hidoyat bo‘lib va hidoyat va Furqon (haq bilan botilni ajratuvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur’on nozil qilingan" (Baqara surasi, 185-oyat).

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mening ismim zikr qilinganida, salovot aytmagan kishi xor bo‘lsin. Ota-onasining ikkovining ham yoki birortasining tirikligida xizmatini qilib, roziligini olmagan farzand xor bo‘lsin. Va shuningdek, ramazon oyi kelib, bu muborak oy oxirida mag‘firatdan bebahra qolgan kishi ham xor bo‘lsin". Chunki ramazon oyi mag‘firat va rahmat oyidir ("Zubdatul voiziyn").

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilindi: "Kimki ramazon oyi kirib kelishidan xursand bo‘lsa, Alloh uning jasadini jahannamga harom qilib qo‘yadi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:57:01
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Ramazon oyining birinchi kechasi bo‘lsa, Alloh aytadi: "Kim bizni yaxshi ko‘rsa, Biz ham uni yaxshi ko‘ramiz. Kim Bizni talab qilsa, Biz ham uni talab qilamiz. Kim Bizdan mag‘firat so‘rasa, Biz uning gunohlarini ramazon hurmatidan kechiramiz".

Alloh taolo ramazon oyi kelganida amallarni yozib turuvchi farishtalarga: "Ularning faqat yaxshiliklarini bitinglar, gunohlarini yozmanglar", deb buyuradi. So‘ng insonlarning o‘tmish gunohlarini o‘chirib yuboradi".

Rivoyat qilishlaricha, Ibrohim (alayhissalom) sahifalari ramazon oyining birinchi kechasida nozil bo‘lgan. Tavrot Ibrohimning (alayhissalom) sahifalaridan yetti yuz yil keyin ramazonning oltinchi kechasida tushgan. Zabur Tavrotdan besh yuz yil keyin ramazonning o‘n ikkinchi kechasida nozil bo‘lgan. Injil esa, Zaburdan bir ming ikki yuz yil keyin ramazonning o‘n sakkizinchi kechasida ingan. Qur’oni karim Injildan olti yuz yigirma yil keyin ramazonning yigirma yettinchi kechasida nozil bo‘lgan.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:57:14
Ibn Abbos (r.a.) bunday deganlar: "Men Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): "Agar ummatlarim ramazondagi fazilatlarni bilganlarida edi, yilning hammasi ramazon bo‘lishini orzu qilardilar", deganlarini eshitdim". Chunki ramazondagi toatlar maqbul, duolar mustajob, gunohlar mag‘firat, jannat ro‘zadorlarga mushtoqdir.

Hafs al-Kabir Dovud at-Toiydan rivoyat qilganlarki: "Ramazon oyining birinchi kechasida uyqu g‘olib kelib, uxlab qoldim. Tushimda jannatda dur-yoqutlardan bo‘lgan bir anhor oldida o‘tirgan emishman. To‘satdan ko‘zim hurlarga tushib qoldi. Ular yuzlaridan nur taratar, go‘yo quyoshga o‘xshar edi. Shunda men: "La-a ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh", dedim. Ular ham darhol "La-a ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh", deb so‘zimni qaytarishdi va: "Bizlar ramazon oyida ro‘za tutadiganlar, hamd aytadiganlar, ruku’ va sajda qiladiganlar uchunmiz", deyishdi".

Shuning uchun ham payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlar: "Jannat to‘rt nafar kishiga mushtoqdir. Qur’on o‘quvchilarga, tilini yomon so‘zlardan tiyganlarga, ochlarni yedirib-ichirib, to‘ydirganlarga va ramazon oyida ro‘za tutganlarga" ("Ravnoqul majolis").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:57:24
Xabarda kelishicha, ramazon oyining hiloli ko‘ringanda, Arsh, Kursi va ularni ko‘tarib turuvchi farishtalar: "Muhammadning ummatiga jannat bo‘lsin", deb hayqiradilar. Alloh huzurida tayyorlab qo‘yilgan karomatlarni ko‘rib, quyosh, oy, yulduzlar, havodagi qushlar, suvdagi baliqlar, shaytonlardan boshqa barcha jonzotlar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ummatlari uchun Allohdan mag‘firat so‘raydilar. O‘sha kechada biror kishi mag‘firatsiz tong ottirmaydi. Alloh taolo maloikalarga: "Ramazondagi hamma salovotu tasbihlaringizni Muhammad (alayhissalotu vassalom) ummatiga bag‘ishlanglar", deydi.

Umar ibn Xattob (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilganlar: "Sizlardan birontangiz ramazon oyida uyqusidan uyg‘onib, to‘shagida u yon-bu yoniga ag‘darilsa, bir farishta unga: "Tur, Alloh senga baraka bersin", deydi. Shunda banda namoz o‘qish niyatida o‘rnidan tursa, uning haqiga to‘shagi duo qilib: "Ey Parvardigor, bunga jannatning baland-baland to‘shaklaridan (ko‘shklaridan) ato qil", deydi. Kiyinganida kiyimi: "Ey Alloh, unga jannat kiyimlaridan ato et", deb duo qiladi. Kavushini kiysa, kavushi: "Ey Alloh, uning qadamini sirot ko‘prigida sobit qil", deb iltijo etadi. Tahorat olsa, suv: "Ey Alloh, uni gunoh va xatolardan pok qil", deydi. Namoz o‘qishga kirishsa, uyi: "Ey Alloh, uning qabrini keng va nurli qil", deb aytadi. So‘ng Alloh unga rahmat nazari bilan qaraydi. Duo qilayotganida Alloh aytadi: "Ey bandam! Sendan duo, Mendan ijobat! Sendan so‘rash, Mendan berish! Sendan istig‘for Mendan esa mag‘firat!"
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:57:36
Ibn Mas’ud (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilganlar: "Qiyomat kunida menga insonlarning eng yaqini menga salovot aytuvchilaridir". Zayd ibn Robe’ning rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Kim menga har juma kuni yuz marotaba salovot aytsa, Alloh uning gunohini dengiz ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham, mag‘firat qiladi", deganlar.

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: "Kim ramazon oyida taroveh namozining savobiga ishonib, ixlos bilan ado etsa, uning oldingi gunohlari mag‘firat qilinadi".

Ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilganlar: "Ramazon oyining birinchi kuni Arsh ostidan Musira degan shamol esadi, u jannat daraxtlarining barglarini harakatlantirib turadi. Undan bir sado eshitiladiki, unday tovushni hech kim eshitmagan! Hurlar unga qarab: "Ey Alloh, bizni shu oyda bandalaringga kelin qilib qo‘y", deyishadi. Shunda Alloh har bir ro‘zadorga chodirdagi hurlardan kelin qilib beradi. Chunonchi Alloh qadim kalomida bunday marhamat qilgan: "Ular chodirlarda asralgan hurlardir". Har bir hurning yetmish qavat kiyimi bor, rangi bir-birinikiga aslo o‘xshamaydi. Har birining qizil yoqut va durlar bilan o‘ralgan so‘risi bor, u so‘rida yetmish qavat to‘shagi bor va har xil taomli yetmish xil dasturxoni bor, bularning hammasi faqat ramazon oyida ro‘za tutganlar uchundir. Shunday ekan, har bir mo‘min bu oyni ehtirom qilishi, yomon ishlardan o‘zini tiyishi va toat-ibodat bilan mashg‘ul bo‘lishi zarurdir.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:57:48
Alloh taolo Musoga (a.s.): "Ey Muso! Men ummati Muhammadga ikki nurni berdimki, ularga ikki zulmat zarar bermasin", dedi. Muso (a.s.): "Ey Rabbim, u ikki nur nima?" deb so‘radilar. Alloh: "Birinchisi ramazon, ikkinchisi Qur’on nuridir", dedi. Muso (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Rabbim, ikki zulmat nima"? deb so‘radilar keyin. Alloh aytdi: "Birinchisi qabr zulmati, ikkinchisi Qiyomat kunidagi zulmat".

Anas ibn Molikdan qilingan rivoyatda bunday deyilgan: "Ramazon oyida ilm majlisiga hozir bo‘lgan kishining har bir bosib kelgan qadamiga Alloh bir yillik nafl ibodatini bitadi va u Arsh soyasida bo‘ladi. Ota-onasiga ramazonda yaxshilik qilgan farzandga Allohning rahmat nazari tushadi. Ramazonda erlarining roziligini istagan xotinlarga Maryam va Osiyoning savobi beriladi. Alloh Qiyomatda ramazon oyida birodarlarining bitta hojatini chiqarganning mingta hojatini chiqaradi".

Abu Hurayra (r.a.) quyidagilarni Hazrati Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) eshitdim deganlar: "Ramazon oyida masjidda chiroq yoqqan kishi uchun shu chiroq qabrda nur bo‘ladi. Maloikalar va Arshni ko‘tarib turganlar, toki chiroq shu masjidda yonib turarkan, u kishining haqiga tinimsiz istig‘for va salovotlar aytadilar" ("Zaxiratul obidiyn").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:57:59
Hazrati Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingandirki: "Ramazon oyining birinchi kechasida shaytonlaru jinlar zanjirband qilinadilar. Do‘zax eshiklari yopiladi va ana shundan keyin birortasi ochilmaydi. Jannat eshiklari ochiladi va birortasi qayta yopilmaydi. Ramazon kechasining har birida Alloh taolo uch marta: "So‘rovchilar bormi, so‘raganini beraman. Tavba qiluvchilar bormi, tavbalarini qabul etaman. Istig‘for aytuvchilar bormi, mag‘firat qilaman", deydi".

Shak kunida ro‘za tutish yetti xil bo‘ladi. Ulardan uch xili karohiyat ila joiz. Yana uchtasi karohiyatsiz joiz va bittasi aslo durust emas. Birinchi uchlik: birinchisi, shak kuni ramazon niyatida ro‘za tutish; ikkinchisi, u kundagi ro‘za bilan boshqa bir vojib ro‘zani niyat qilish; uchinchisi, ikkilanib ro‘za tutish, ya’ni, agar bugun ramazon oyining birinchi kuni bo‘lsa, bu ro‘zam ramazondandir, agar bugun sha’bon oyidan bo‘lsa, bu ro‘zam sha’-
bonniki bo‘lsin, deyishi. Ikkinchi uchlik, ya’ni, karohiyatsiz bo‘lish: Shak kunida nafl niyati bilan ro‘za tutish; sha’bon niyati bilan ro‘za tutish; Mutlaq ro‘za niyati bilan ro‘za tutish. Uchinchisi esa, aslo durust bo‘lmaydigan suratdir: shak kunida "agar bugun ramazon bo‘lsa, men ro‘zadorman. Agar ramazondan bo‘lmasa, unda men ro‘zador emasman", deyilganligidir. Bunday niyat mutlaqo durust emasdir ("Fatovoyi Qoziyxon").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:58:28
Ikkinchi majlis
RAMAZONNING FAZILATLARI
   

Alloh taolo aytadi:     
"Ey iymon keltirganlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan oldin o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi kasal yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi" (Baqara surasi, 183—184-oyat).

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Alloh taolodan naql qilib aytganlarki: "Har bir odam bolasining amali o‘zi uchun, illo ro‘zasi bundan mustasnodir. Ro‘za Men uchundir. Uning mukofotini O‘zim berurman". Chunki ro‘za boshqa ibodatlar kabi inson ko‘zi tushadigan, barcha xabardor bo‘ladigan amal emas. Uni Allohdan boshqa hech kim ko‘ra olmaydi. Shu sabab Alloh taolo bu amalning mukofoti yolg‘iz o‘ziga taalluqli ekanining xabarini berdi. Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan bir hadisi sharifda bunday deyilgan: "Qiyomat kuni qushlarniki kabi qanoti bor insonlar keladi. Ular qanotlari bilan jannat devori ustiga uchib borishganida, jannat qo‘riqchisi: "Sizlar kimsizlar?" deb so‘raydi. Ular: "Muhammad (alayhissalom) ummatidanmiz", deyishadi. "Hisob-kitobni ko‘rdingizmi?" deb so‘raganda, "Yo‘q", deb javob berishadi. Farishta ulardan: "Sizlar sirot ko‘prigini ko‘rdilaringizmi?" deb so‘raydi. Ular: "Yo‘q", deb javob berishadi. So‘ng: "Sizlar bu darajaga nima bilan erishdingiz?" deydi. "Biz dunyo hovlisida Allohga maxfiy (beriyo) ibodat qilganmiz. Oxiratda Alloh ham bizni jannatga maxfiy holatda kirgizmoqda", deydi ular ("Zubdatul voiziyn").

Ro‘zador ochlik va chanqoqlik tufayli halok bo‘lishidan xavfsirasa yoki kasal bo‘lsa, ro‘za ahvolini og‘irlashtirsa, uning ro‘za tutmasligi durust bo‘ladi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:58:45
Bu zarurat holidadir. Albatta, zarurat holida ta’qiqlar muboh bo‘ladi ("Ravzatul ulamo").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Mening ummatimga oldingi ummatlarning birortasiga ato qilinmagan beshta xislat berildi: 1) ramazon oyining avvalgi kechasida Alloh taolo ularga rahmat nazari bilan qaraydi. Alloh qaysi bandasiga rahmat nazari bilan qaragan bo‘lsa, abadiy azob qilmaydi; 2) Alloh maloikalarga Muhammad (alayhissalom) ummati uchun istig‘for aytishni buyuradi; 3) ro‘zador kishining og‘zidan chiqqan hid Alloh nazdida mushki anbardan ham xushbo‘yroqdir; 4) Alloh taolo jannatga: "Ziynatlan", deb buyuradi va so‘ng: "Mo‘min bandalarimga jannat bo‘lsin, ular Mening do‘stlarimdir", deydi; 5) Alloh taolo ularni mag‘firat qiladi". Shuning uchun ham Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilgan hadisda aytilganki: "Kim ramazon oyi ro‘zasini iymon va ixlos bilan tutsa, uning oldingi gunohlari kechiriladi" ("Zubdatul voiziyn").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Ramazonning har bir soatida Qadr kechasigacha olti yuz mingta do‘zaxga mahkum bo‘lgan kishi do‘zaxdan ozod qilinadilar, Qadr kechasida esa, oyning avvalidan boshlab ungacha ozod qilinganlar miqdoricha kishi ozod qilinadi. Hayit kuni esa, bu muborak oyning boshidan to oxirigacha ozod qilinganlarning adadicha kishi ozod qilinadi" ("Mishkot").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:58:56
Jobir (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilganlar: "Ramazon oyining oxirgi kechasida yeru osmonlar va maloikalar: "Muhammad (alayhissalom) ummatiga musibat bo‘ldi", deb yig‘laydilar. Shunda: "Ey Rasululloh, u qanday musibat ekan?" deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar": "Ramazonning ketishidir. Chunki bu oyda duolar mustajob, sadaqalar maqbul, yaxshiliklar ko‘paytirilgan, azob esa, daf’ qilingandir".

Ramazonning ketishidan ham kattaroq musibat bormi! Osmonlaru yer va maloikalar yig‘lashidan ko‘ra, bizlar afsuslanishga va yig‘lashga haqliroqmiz. Chunki bu fazilatu karomatlar ulardan emas, bizdan uzilmoqda ("Hayotul qulub").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim ro‘zani iymon va ixlos bilan tutsa, o‘tgan gunohlari kechirilgay".

Aytishlaricha, ro‘za uch xil bo‘ladi: 1. Avom ro‘zasi. 2. Xoslar ro‘zasi. 3. Eng xos bandalarning ro‘zasi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:59:07
Omilar ro‘zasi qorin va farjlarni shahvatdan tiyishdir. Xoslar ro‘zasi solih bandalar ro‘zasi bo‘lib, inson gunohlardan saqlanish bilan bu darajaga ko‘tariladi. Bu ish besh ishga davomli amal qilish bilan bo‘ladi: 1. Nomahramlarga qaramaslik. 2. Tilni yolg‘on, g‘iybat va chaqimchilikdan tiyish. Anas (r.a.) Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlarini rivoyat qilganlar: "Besh narsa ro‘zani buzadi (ya’ni, savobini ketkazadi): Yolg‘on so‘zlash, g‘iybat qilish, chaqimchilik, yolg‘on qasam va nomahramga shahvat bilan nazar qilish". 3. Makruh (bema’ni, gunoh gap-so‘zlarni, kuy-qo‘shiqlarni) eshitmaslik. 4. Jami a’zolarni gunohdan tiyish va iftorda shubhali taomlardan saqlanish. Chunki halol taom bilan saharlik qilib, harom taom bilan iftorlik qilingan ro‘zada ma’no yo‘qdir. Buning misoli bir qasrni qurib, ketidan uni buzganga o‘xshaydi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Qanchadan qancha ro‘za tutadiganlar bor. Ularning faqat ochqab, chanqagani qoladi", deganlar. 5. Iftorda qorinni bo‘ktirib taom yemaslik. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: "Alloh taolo uchun halol taom bilan to‘ldirilgan qorindan ko‘ra g‘azabliroq idish yo‘qdir".

Xoslar xosining ro‘zasi esa, qalbni dunyoviy fikrlar va har xil g‘amlardan, boshqacha qilib aytganda, Allohdan tashqari har bir narsadan o‘zini tiyishdan iboratdir. Shu martabadagi ro‘zador ro‘zasi davomida Allohdan boshqa biron narsani tafakkur qilsa, ro‘zasi ochiladi. Bu Payg‘ambarlar va siddiq bandalar martabasidir. Chunki bu maqomning haqiqati Allohga, yakka Uning o‘ziga yuzlanish va boshqalardan (maxluqotu mavjudotdan) yuz o‘girishdir" ("Zubdatul voiziyn").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:59:19
Yaxshi bilmoq lozimki, ro‘za insonlarga sezilmaydigan amaldir, bu amalni faqat Alloh va ro‘zadorning o‘zigina biladi.

Shuning uchun ham ro‘za banda va Rabbining o‘rtasidagi xos ibodat deb aytilgan. Alloh taolo ro‘zaga ajr berish yolg‘iz o‘ziga taalluqli ekanini aytdi, ya’ni: "Ro‘za Mening uchundir. Mukofotini o‘zim beraman".

Ro‘zaning boshqa ibodatlardan yana bir farqli fazilati shundaki, unda Allohdan o‘zgani sherik qilish hech bir qavm tarafidan sodir bo‘lmagan. Masalan, mushriklar butga sig‘inishgan, quyosh va oyga ibodat etishgan, sanamlarga atab qurbonlik qilishgan, ammo ularga atab ro‘za tutishmagan. Shuning uchun ham bu ibodatda Allohga hech kim va hech narsa sherik qilinmagan. Shuning uchun ham Alloh ro‘zani O‘ziga xosladi, ya’ni: "Ro‘za Men uchundir, uning mukofotini O‘zim beraman", deb marhamat qilgan.

Abul Hasan: "Mukofotini o‘zim beraman", degan so‘zga sharh aytib shunday dedilar: "Har bir toatning mukofoti jannatdir, ro‘zaning mukofoti esa, Allohning o‘ziga yo‘liqish, Allohga nazar solish va Allohning unga nazar qilishi hamda U bilan elchi va tarjimonsiz gaplashishdir. Bu so‘zlarni yodlang. Siz mutashabbeh (o‘xshatuvchilar) toifasidan bo‘lmang. Bizning mazhabda soim (ro‘zador) xotinini o‘pishi va ushlashi o‘ziga ishonch bo‘lgan vaqtda durust. Ammo ushlash inzol yoki jimo xavfini paydo qilsa, durust emas". (Inzol — erkak va ayol pusht suviing chiqishi.)
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:59:34
Said ibn Musayyab: "Ro‘zadorga xotinini o‘pish yoki ushlashga inzoldan xavf qilgan yoki undan emin bo‘lgan vaqtda ham ruxsat berilmaydi", deganlar. Bu gaplarini tasdiqlash maqsadida Ibn Abbosdan (r.a.) quyidagilarni rivoyat qilganlar: "Bir yigit Ibn Abbosning oldiga kelib so‘radi: "Ro‘zador holimda xotinimni o‘psam bo‘ladimi?" Ibn Abbos: "Yo‘q", dedilar. So‘ng u kishining oldiga bir chol keldi. "Ro‘zador holimda kampirimni o‘psam bo‘ladimi?" dedi. Ibn Abbos: "Bo‘ladi", deb javob berdilar. Shunda haligi yigit kelib: "Hammamiz bir dinda bo‘lsak, nima uchun menga harom qilgan narsani unga halol qildingiz", dedi. Ibn Abbos: "U choldir, o‘z a’zosiga egalik qila oladi. Sen esa, shavhat vaqtida a’zoyinga ega bo‘lolmaysan", dedilar ("Ravzatul ulamo").

Ro‘zadan maqsad Allohning dushmaniga qahr qilmoqdir. Chunki shaytonning vasvasasi ham shahvat bilan amalga oshadi. Shahvat esa ko‘p yeyish va ichish bilan hosil bo‘ladi. Shuning uchun Allohning dushmaniga qahr qilish, shavhatni sindirish yemishni ozaytirish bilan bo‘ladi.

Ro‘zaning mashru qilinishi haqida quyidagicha rivoyat bor: Alloh aqlni yaratib, unga: "Oldinga o‘giril", dedi. U o‘girildi. So‘ng "Orqangga o‘giril", dedi. Yana o‘girildi. Keyin Alloh: "Sen kimsan-u Men kimman?" deb savol qildi. Aql: "Sen Rabbimsan, men esa, zaif qulingdirman", dedi. Shunda Alloh aqlga: "Sendan ko‘ra azizroq maxluq yaratmaganman", dedi. So‘ng Alloh nafsni yaratib unga: "Oldinga o‘giril", dedi, ammo u itoat etmadi. Shunda Alloh: "Sen kimsan va Men kimman?" dedi. Nafs: "Men menman, Sen Sensan", deb javob qildi. So‘ng Alloh uni yuz yil jahannam o‘tida azobladi. Keyin jahannamdan chiqarib: "Sen kimsanu Men kimman?" dedi. Nafs yana oldingiday javob qildi. Shundan so‘ng Alloh uni ochlik olovida yuz yil azobladi. Nafs shundan so‘nggina o‘zining banda ekaniga iqror bo‘ldi va Rabbiga tazarru qildi. Shu sabab Alloh taolo nafsga ro‘zani farz qildi" ("Mishkot").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:59:46
Ro‘zani o‘ttiz kun qilib belgilanishidagi hikmat shuki, aytishlaricha otamiz Odam jannatda o‘zlariga man qilingan daraxt mevasidan yeb qo‘ygach, u yemish o‘ttiz kun qorinlarida qoldi. So‘ngra Allohga tavba qildilar. Shunda Alloh unga o‘ttiz kecha-kunduz ro‘za tutishni buyurdi. Chunki dunyoning lazzati to‘rttadir. Birinchisi yeyish. Ikkinchisi ichish. Uchinchisi jimo’. To‘rtinchisi uyqu. Bu lazzatlar bandani Allohdan to‘suvchidir. Alloh taolo Hazrati Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) va u zotning ummatlariga fazl-karami bilan faqat kunduz kuni ro‘za tutishni farz qilib, kechqurunda yeb-ichishga ruxsat berdi ("Bahjatul anvar").

Hikoya qilinishicha, bir ma’jusiy o‘g‘lini ramazon oyida bozorda taom yeb yurganini ko‘rib qolib urdi, "Musulmonlarning hurmatini muborak oylarida nima uchun joyiga qo‘ymayapsan", deb koyidi. Bir majusiyki ramazonni sharaflab shunchalik qilsa, musulmonlar qanchalik uning hurmatiga rioya qilishlari lozim bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) naql qilganlarki: "Har bir odam bolasining qilgan ishini Alloh ajrini o‘n barobardan yetti yuz barobargacha ko‘paytiradi. Magar ro‘za Uning uchundir, mukofotini Uning o‘zi beradi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 17:59:56
Ulamolar ushbu hadisi xususida, har xil fikrlar bildirishgan. 1. Ro‘zaga riyo aralashmaydi. U qalban bajariladigan narsa, boshqa amallarga riyo aralashgan bo‘lishi mumkin. Chunki ro‘zadan boshqa ibodatlar xatti-harakat bilan sodir qilinadi. Ibodatlar ichida faqat ro‘zagina insonlardan maxfiy, niyatning o‘zi bilan amalga oshiriladi. 2. "Uning o‘zi mukofotlaydi", so‘zining ma’nosi ro‘zaga beriladigan ajr-savob miqdorini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi, deganidir. 3. "Ro‘za Alloh uchun, Alloh uni mukofotlaydi", degani "Alloh xolisona qilingan ibodatni yoqtiradi", degan ma’nodadir. 4. Bu o‘rinda tashrif ulug‘lash bo‘lyapti, chunonchi "Baytulloh" so‘zidagiga o‘xshash. 5. Taom va yemishlardan behojat bo‘lish yolg‘iz Allohning sifatidandir. Mo‘min ro‘zador bo‘lganida mana shu ilohiy sifat bilan xulqlanadi, Allohga qurbat hosil qiladi. 6. Bunda maloikalarga o‘xshashlik ham bordir. Chunki maloikalar taomdan behojatdirlar. 7. Hamma ibodatlarda ba’zan bandalarga zulm yetkazib qo‘yish ehtimoli bor, ro‘zada esa, bunday emas. Ulamoi kiromlar, Alloh uchun tutilgan ro‘za tilida va ishida gunohlardan saqlangan kishining ro‘zasi ekaniga ittifoq qilishgan.

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Kim ro‘zani iymon va ixlos bilan tutsa, uning oldingi gunohlari kechiriladi". Bu so‘zlar haq-rostdir.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:00:28
Uchinchi majlis
ILM FAZILATI


Alloh taolo aytadi:
"Eslang (Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: "Men yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman", deganida, ular aytdilar: "U yerda buzg‘unchilik qildigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz". (Alloh) aytdi: "Men sizlar bilmagan narsani bilaman". Va U zot Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘para qilib dedi: "Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarining ismlarini Menga bildiring?" Ular aytdilar: "Ey pok Parvardigor, biz faqat Sen o‘zing bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta, Sen ilmu hikmat sohibisan". (Alloh): "Ey Odam, sen ularga bu narsalarning ismlarini bildir", dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirgandan so‘ng, (Alloh) aytdi: "Sizlarga Men yeru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?!" (Baqara surasi, 30—33-oyatlar)

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi. U zot aytdilar: "Qiyomat kunida qo‘rqinchdan sizlarning eng najot topuvchiroqlaringiz menga ko‘p salovot aytuvchilaringizdir" ("Shifou sharif").

Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilib, bunday dedilar: "Kim ilm istab yo‘lga chiqsa, Alloh uni jannatga yo‘llab qo‘yadi. Va olim uchun yeru osmon va hatto dengizdagi baliqlar ham mag‘firat tilaydilar. Albatta, olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:01:03
Abu Zar (r.a.) Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlarini rivoyat qilganlar: "Ey Abu Zar! Ertalab turib, Allohning kitobidan bir bob ta’lim olmog‘ing sen uchun yuz rak’at nafl namoz o‘qishdan afzaldir".

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim insonlarga o‘rgatish maqsadida ilm tahsil qilsa, unga yetmishta payg‘ambarning savobi ato qilinadi".

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim olim oldida ikki soat o‘tirsa yoki birga taomlansa yoki birga gaplashsa va yo u bilan birga ikki qadam yursa, Alloh unga ikki jannat ato qiladi. Har bir jannatning kengligi bu dunyoga ikki barobar keladi" ("Mishkotul anvar").

Hazrati Ali (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilganlar: "Men Jabroildan olimlar haqida so‘radim, u zot aytdilarki: "Ular dunyo va oxiratda ummatlaringizning chirog‘idurlar. Ularni hurmat-ehtirom qilmay, ularga bug‘zi adovat va g‘azabnok bo‘lganlarga vayl bo‘lsin" ("Kavoshiy").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:01:16
Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Kim jamoat bilan namoz o‘qib, ilm halqasiga qo‘shilsa, Alloh kalomini tinglasa, so‘ngra unga amal qilsa, Alloh unga olti narsa ato etadi: 1. Halol rizq. 2. Qabr azobidan najot topish. 3. Namoi amolini o‘ng tomonidan olish. 4. Sirot ko‘prigidan chaqmoqday o‘tish. 5. Mahshar kuni payg‘ambarlar bilan birga bo‘lish. 6. Alloh taolo uning uchun jannatda qizil yoqutdan bo‘lgan qirq eshikli bino qurdiradi" ("Zubdah").

Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Ulamolarning darajasi mo‘minlarning darajasidan yetti yuz daraja balanddir. Har darajaning o‘rtasida besh yuz yillik masofa bor".

Aytilishicha, "Ilm amaldan besh jihatdan afzaldir. 1. Ilm amalsiz ham bo‘lishi mumkin. Amal esa, ilmsiz bo‘lmaydi. 2. Ilm amalsiz ham foyda berishi mumkin. Lekin amal ilmsiz foyda bermaydi. 3. Amal lozim narsa, ilm esa, chiroqday nurli narsa. 4. Ilm payg‘ambarlarning maqomidir. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bu haqda bunday deganlar: "Ummatimning olimlari Bani Isroil payg‘ambarlari kabidirlar". 5. Ilm — Allohning sifati, amal esa, bandalarning. Allohning sifati, albatta, bandalarning sifatidan ustundir" ("Tafsirut taysir").

Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Sulaymonga (a.s.) ilm va podsholikdan birini tanlash ixtiyori berildi. U zot ilmni ixtiyor qildilar. Shundan so‘ng u kishiga ilm ham, podsholik ham ato qilindi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:01:35
Ba’zi donolarning aytishicha, ilm uch harf bo‘lib, "ayn" — illiyyindan, "lom" — lutfdan, "mim" esa mulkdan olingan, deydilar. "Ayn" o‘z sohibini illiyyinga (eng baland maqomga) olib chiqadi. "Lom" uni latif-muloyim qiladi. "Mim" esa, uni insonlar orasida ulug‘, boy qiladi".

Ilmning ulug‘ligiga Alloh taolo Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Rabbim, ilmimni ziyoda qil", deb ayting", degan xitobi ham dalolat qiladi. Haqiqatan, Alloh Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) barcha narsaning ilmini ato qildi, ilmdan boshqa narsalarda ziyodalik so‘rashni buyurmadi.

Bir kuni Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) masjid eshigi oldida shaytonni ko‘rib qoldilar va: "Ey iblis! Bu yerda nima qilyapsan?" dedilar. Shayton: "Men masjidga kirib, namozxonning namozini buzishni xohlayapman, lekin kirolmay turibman. Sababi masjidda uxlab yotgan kishidan qo‘rqyapman", dedi. Shunda Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ajablanib so‘radilar: "Ey shayton! Ibodatdagi kishidan qo‘rqmasdan, g‘aflatdagi kishidan qo‘rqmoqdamisan?" Shayton aytdi: "Namozxon johil kishi, uning ishini buzish oson, lekin uyqudagi bu odam olimdir. Men agar bu johilning namozini buzsam, u olimni tezda uyg‘otib, namozini qanday tuzatishni so‘rashidan qo‘rqmoqdaman". Mana shuning uchun ham Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Olim kishining uyqusi johil odamning ibodatidan afzaldir", deganlar ("Minhajul mutaallimiyn").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:01:47
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim ilm egallashni xohlasa, unga besh xislat kerak bo‘ladi: 1. Kechqurun hech bo‘lmasa, ikki rak’at nafl namoz o‘qishi. 2. Doim tahoratda yurishi. 3. Zohiri va botinida taqvo bo‘lishi. 4. Taomni ibodatga quvvat uchungina yeyishi. 5. Misvok ishlatishi".

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Dunyo va oxiratning yaxshiligi-yu sharafi ilm bilan bo‘ladi. Bitta muttaqqiy olim Allohning nazdida mingta shahiddan afzaldir".

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Alloh taolo Arsh ostida bir shahar yaratib, uning darvozasiga: "Kim ulamolarni ziyorat qilsa, u go‘yo payg‘ambarlarni ziyorat qilibdi", deb yozdirib qo‘ygan". Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Olimlar bilan ozgina vaqt o‘tirish Alloh nazdida ming yillik (nafl) ibodatdan mahbubroq", deganlar. Va yana Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: "Alloh taolo Arsh soyasida bu dunyoga o‘n barobar keladigan bir shahar yaratdi. U yerda marjon, yoqut, dur va zabarjatdan imoratlar bo‘lib, daraxtlari bordir. Qiyomat bo‘lganda uning barglari ochiladi. Va Alloh tarafidan bir jarchi nido qilib: "Besh vaqt namozni jamoat bilan o‘qib, ilm halqasida qatnashganlar bu daraxt soyasiga kelsinlar", deydi. Shunda ular daraxt soyasiga kelib o‘tiradilar. Ularning oldlariga nurdan bo‘lgan dasturxon yoziladi. Bu dasturxonda ko‘zlar quvonadigan va nafs xohlaydigan narsalar muhayyodir. Daraxt ostidagilarga: "Hammalaring dasturxonga marhamat qilinglar!" deyiladi" ("Mukoshafatul asror").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:01:58
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim bir olimning o‘lganidan xafa bo‘lsa, Alloh taolo unga mingta olim va mingta shahid savobini yozadi".

Va yana aytdilar: "Olimning o‘limi olamning o‘limidir".

"Kavoshiy" asarida keltirilishicha, "Kimki olimni jimo’ so‘zi bilan so‘ksa, o‘zi kofir, xotini taloq bo‘ladi". Bu hukm Imom Muhammad va ahli fiqh qarashlariga ko‘radir! "Fatavoyi Badiyuddin" kitobida esa bunday deb yozilgan: "Olimni pastga urgan kishi kofir, xotini boyin taloq bo‘ladi".

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Yaqin zamonda mening ummatlarim olim va faqihlardan uzoqlashadilar. So‘ngra Alloh ularni uch baloga giriftor qiladi: 1. Kasblaridan baraka ko‘tariladi. 2. Zolim sulton ularga podshoh bo‘ladi. 3. Ular dunyodan iymonsiz holda ketadilar" ("Mukoshafatul asror").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:02:10
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qiyomat kunida to‘rt nafar kishi hisob-kitobni ko‘rmasdan jannat eshigi oldiga keltiriladi. Ularning birinchisi — ilmiga amal qilgan olim. Ikkinchisi — befasod haj qilgan hoji. Uchinchisi — jang maydonida o‘ldirilgan shahid. To‘rtinchisi — halol mol topishni kasb qilib, Alloh yo‘lida riyosiz infoq-ehson qilgan saxiy. Bular jannatga qaysi birlari avval kirishi haqida tortishib qoladi. Shunda Jabroil (a.s.) ularning o‘rtasida hukm chiqarish uchun yetib keladilar. Birinchi bo‘lib shahiddan dunyoda nima amal qilganini va nima uchun birinchi bo‘lib jannatga kirishni xohlayotgani haqida so‘raydilar. Shahid: "Men jang maydonida Alloh roziligi uchun o‘ldirildim", deydi. Jabroil (a.s.): "Shahidning savobini kimdan eshitgansan?" deb so‘raydilar. Shahid: "Ulamolardan", deb javob beradi. Shunda Jabroil (a.s.): "U holda mualliming oldida odob saqla!" deb tanbeh beradilar. So‘ngra hoji bilan ham shunday savol-javob bo‘ladi. Va nihoyat saxiy bilan ham shunday savol-javob qiladilar. Shunda olim: "Ey Rabbim! Men bu ilmimga saxiyning saxovati va ehsoni bilan erishdim-ku?" deydi. Shunda Alloh taolo: "Ey jannat (qo‘riqchisi), eshigingni och! Bu olim to‘g‘ri gapirdi. Shuning uchun avval saxiy, so‘ngra qolgan uchovlon kirsinlar!" deb amr qiladi ("Mukoshatul-anvar").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Olimning obiddan ulug‘ligi mening sizlarning eng kichiklaringizdan farqim kabidir". Zero, Alloh taolo Ibrohimga (a.s.) vahiy qilib: "Men olimman, olim bandamni yaxshi ko‘raman", dedi.

Hasan (r.a.): "Ulamolarning siyohi bilan shahidlar qoni Qiyomat kunida o‘lchanadi. Shunda ulamolarning siyohi shahidlar qonidan og‘ir keladi", dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:02:23
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ham: "Bu dunyoda olim bo‘l yoki mutaalim (ilm o‘rganuvchi) bo‘l yoki ularni tinglovchi bo‘l! To‘rtinchi kishi (ya’ni, ilm olmaydigan, ularni eshitmaydigan) bo‘lma, halok bo‘lasan", deganlar.

Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam): "Amalning afzali qaysi?" deb so‘rashdi. Shunda ul zot: "Oxirat ilmi", dedilar. Chunki ozgina amalning, agar u ilm bilan qilinagan bo‘lsa, foydasi bor. Johilning ko‘p amalidan esa foyda yo‘qdir. Ma’lum bo‘lmoqdaki, ilm ibodatdan sharafliroqdir. Lekin ibodat ham banda uchun zarur. Bordi-yu aksincha bo‘lsa, bandaning amalsiz ilmi oddiy sochilgan tuproq kabi bo‘ladi.

Yana aytganlarki: "Haqiqatdan ham, Alloh va maloikalari va yeru osmon ahli, hatto inidagi chumolilar, dengizdagi baliqlar ham insonlarning yaxshi muallimiga salovot aytadilar" ("Zubdatul voiziyn").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:02:36
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Alloh Odam bolasini sakkiz xislat bilan yaratdi. Ulardan to‘rttasi jannat ahli uchundir: 1. Muloyim, ochiq chehralik. 2. Rostgo‘ylik. 3. Qo‘rquvchi qalb. 4. Saxiylik. To‘rtta xislat do‘zax ahli uchundir: 1. Qovoq soluvchi yuz. 2. Bema’ni, behayo gaplar so‘zlovchi til. 3. Qotgan qalb. 4. Baxillik, ziqnalik".

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Uch toifa insondan hazar qilinglar: 1. G‘ofil ulamolardan. 2. Mutakabbir faqirlardan. 3. Johil so‘filardan". Va yana aytdilar: "Dunyoning tik turishi to‘rt narsa bilandir: 1. Ulamolarning ilmi. 2. Podshohlarning odilligi. 3. Boylarning saxovati. 4. Faqirlarning duosi". Agar ulamolarning ilmi bo‘lmasa, johillar halok bo‘ladi. Boylarning saxovati bo‘lmasa, faqirlar halok bo‘ladi. Faqirlarning duosi bo‘lmasa, boylar halok bo‘ladi. Amirlarning adolati bo‘lmasa, insonlar bir-birlarini hayvonlar kabi yeydi.

Yana aytganlarki: "Kim tolibi ilmga bir dirham ehson qilsa, u go‘yo Uhud tog‘icha qizil tilloni Alloh yo‘lida sadaqa qilgan bo‘ladi".

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim besh vaqt namozni jamoat bilan o‘qisa, Alloh o‘sha bandani munofiqlikdan xalos qiladi". Yana aytdilarki: "Kim bomdodni o‘qiganidan so‘ng zikr uchun yana bir oz o‘tirsa, Alloh unga Firdavs jannatida tillo va kumushdan bo‘lgan yetmishta qasr ato qiladi". Yana aytdilar: "Namoz eshigingiz oldidan oqib o‘tuvchi anhorga o‘xshaydi. Sizlar anhorda besh marta yuvinsalaringiz, sizlarda kir qoladimi?" Sahobalar: "Albatta, yo‘q", deyishdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Namoz ham suv kabi gunohlarni yuvadi", dedilar ("Daqoiqul axbor").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:03:02
To‘rtinchi majlis
RO‘ZA TUTISH FAZILATI


Alloh taolo aytadi:
"Bandalarim sizdan (Ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman, Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarning duolarini ijobat qilaman. Bas, haq yo‘lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (da’vatimga) ijobat qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar" (Baqara surasi, 186-oyat).

Alloh taolo bundan oldingi oyatlarda insonlarga ro‘za tutishni buyurdi. So‘ngra ushbu oyatlar bilan ularni shukr va duoda bo‘lishga targ‘ib etib, ularning duolarini ijobat qilishni va’da berdi.

Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilib, bunday deganlar: "Har bir duo va osmon o‘rtasida parda bor. Toki Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) salovot aytilmagungacha, duo qabul bo‘lmas. Agar salovot yo‘llansa, u parda kuyib, duo osmonga chiqadi. Agar salovot aytilmasa, duo qaytib tushadi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:03:47
Hikoya qilinishicha, solihlardan biri namozda o‘tirar ekan, salovot o‘qishni esdan chiqarib, salom berib yubordi. Shu kuni tushida Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rdi. U zot: "Menga salovot aytishni esdan chiqarding", dedilar. Shunda u kishi: "Yo Rasululloh! Men Allohning ibodati va madhi ila mashg‘ul bo‘lib, sizga salovot aytishni esdan chiqaribman", deb aytdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) unga qarata: "Ayo, sen mening: "Amallar va duolar to menga salovot aytilmagungacha to‘xtab turguvchidir", degan gapimni eshitmaganmisan?! Zero, banda Qiyomat kuni butun dunyo ahlining ezgu amallari mislicha amal bilan kelsa, toki unda menga yo‘llangan salovot bo‘lmas ekan, uning biror yaxshiligi ham qabul qilinmaydi. Balki o‘ziga qaytariladi", dedilar ("Zubdah").

Muso (sollallohu alayhi vasallam) Rabbiga munojot qilib: "Ey Rabbim! Biror bandangni meni ikrom qilganingchalik ikrom qilganmisan? Axir, Sen menga o‘z kalomingni eshittirding", dedilar. Shunda Alloh: "Ey Muso! Men sen bilan gaplashgan vaqtimda o‘rtamizda yetmish ming parda bor edi. Lekin oxir zamon bo‘lganda Mening shunday bandalarim bo‘lgayki, Men ularni ramazon oyi bilan ikrom qilaman, ularga Men bu muborak oyda judayam yaqin bo‘laman. Ummati Muhammad ro‘za tutib, labi oqarib, ranggi sarg‘ayib iftorlikka o‘tirgan soniyalarda Men shu pardalarni ko‘taraman. Ey Muso! Ramazon oyida qorni och qolib, jigari kuyganlarga jannat bo‘lsin. Men ularni jamolimni ko‘rishdek ulkan baxtga musharraf qilgayman".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:04:01
Shuning uchun ham oqillar bu oyning hurmatini bilishlari va qalbni musulmonlarga nisbatan gina va adovatlardan saqlashlari lozim bo‘ladi. Shuningdek, xavfu rajo orasida ro‘zamiz qabul bo‘ldimi yoki yo‘qmi, degan qo‘rquv turishlari kerak. Zero, Alloh taolo: "Albatta, Alloh muttaqiylardan qabul qiladi", deb marhamat qilgan.

Xabarda kelishicha, ro‘zadorlar qabrlaridan chiqib, tutan ro‘zalarini taniydilar. So‘ng har xil tuhfalar berilgay, dasturxonlarga taklif qilingaylar, shunda ularga: "Sizlar insonlar to‘q bo‘lib, suvga qonib yurgan vaqtda och va chanqoq edilaringiz. Mana endi maza qilib yeb-ichinglar, boshqalar esa hisob-kitobdadir" ("Tanbehul g‘ofiliyn").

Oyisha onamiz (roziyallohu anho) aytdilar: "Kim ixlos bilan e’tikof o‘tirsa, oldingi gunohlari kechiriladi".

Yana Oyisha onamiz aytganlarki: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ramazonning oxirgi o‘n kunida e’tikof o‘tirardilar. Vafot etgan yillari ham bu odatlariga rioya qildilar" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). Shuning uchun u zotning vafotlaridan keyin muhtarama zavjalari ham o‘z uylarida e’tikof o‘tirishdi. Fuqaholar ayollarning uylarida e’tikof o‘tirishlari mustahabdir, deganlar ("Sharhu mashorihul anvor").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:04:30
Beshinchi majlis
ALLOHNING QUDRATI VA MO‘JIZALARINI KO‘RIB, QALBNI XOTIRJAM QILISH


Alloh taolo aytadi:
"Eslang (ey Muhammad), Ibrohim: "Parvardigorim menga o‘liklarni qanday qilib tiriltirishingni ko‘rsat", deganida, Alloh: "Ishonmaganmiding?" dedi. Ibrohim aytdi: Yo‘q, (ishonaman-ku), lekin yana ko‘nglim taskin topish uchun". Alloh aytdi: "To‘rtta qushni olib, ularni o‘z oldinga to‘plagin, keyin har bir tog‘ning ustiga ularni bo‘lak-bo‘lak qo‘ygin va shundan so‘ng ularni chaqirgin. Darhol oldinga uchib keladilar. Bilgilki, Alloh shubhasiz qudratli va hikmatli Zotdir" (Baqara surasi, 260-oyat).

"Tafsiri Maolim"da keltirilishicha, Ibrohim (alayhissalom) bir o‘limtik oldidan o‘tdilar, uni quruqlikda va suvda yuradigan jonivorlar yeyishardi. Yerga tushgani tuproqqa aylanib ketyapti. Jonivorlar ketgach, qushlar kelib cho‘qimoqda, ulardan qolganini shamol uchirib ketyapti. Shunda Ibrohim (alayhissalom) bu o‘likni qanday tiriltirilishidan ajablanib: "Ey Rabbim! Iymonim quvvat, qalbim taskin topishi uchun har qaerga sochilib ketgan bu o‘limtikni qanday tiriltirishingni menga ko‘rsat", dedilar. Shunda Alloh aytdi: "Ayo, sen ishonmaysanmi?" Shunda Ibrohim (alayhissalom): "Ishonaman, faqat ko‘zim bilan ko‘rib, uni mushohada qilib, qalbim yanada xotirjam bo‘lishi uchun so‘ramoqdaman", dedilar. Shunda Alloh u zotga to‘rt qushni olib, ularni maydalab, so‘ng bir-biriga qo‘shib tog‘larga uloqtirishni buyurdi. Mujohid (r.a.) aytganlarki, bu to‘rt qush tovus, xo‘roz, kaptar, va qarg‘a bo‘lgan. Ibrohim (alayhissalom): "Alloh ismi bilan oldimga kelinglar!" deb ularni chaqirganlar. Shu zahoti har bir qushning qoni, pati, go‘sht va suyaklari bir yerga jam bo‘lib qo‘shildi — tirildi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:04:42
Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Kimki bir birodariga molu matoda zulm etgan bo‘lsa, u kishi mazlumdan o‘zini kechib yuborishini so‘rasin yoki dinor va dirham topilmaydigan Kunda barcha savoblari xasmlari tomonidan olib qo‘yilishidan oldin uni shu dunyoda rozi qilsin".

Hikoya: Avval zamonlarda bir ovchining balig‘ini bir kishi tortib olib, ovchini urdi. Shunda bechora ovchi Allohga: "Ey Alloh! Buni kuchli, meni esa zaif qilib yaratding, shuning uchun u menga zulm qildi. Endi yaratgan narsalaringdan birini unga ustun qilib, musulmonlarga ibrat etgin", deb duo qildi. Bu zolim kishi uyiga kelib baliqni pishirdi, dasturxonga qo‘yib, yemoqchi bo‘lgan edi, Allohning izni bilan baliq uning qo‘lini tishlab oldi. Shu bilan qo‘li qurtladi. Og‘riqqa chidolmasdan qo‘lini kesdi. Qurtlash tirsakka ham ta’sir qildi, tirsagini ham kesib tashladi. Kunlardan bir kun tushida "Birovning haqqini o‘ziga qaytarmaguningcha, bu balodan najot topmaysan", degan ovozni eshitdi. Ertalab turgach, hamma narsani tushundi-da, ovchini topib, unga o‘n ming dirham berdi, o‘zini kechirishini va rozi bo‘lishini so‘radi. Ovchi uni kechirgach, Allohning qudrati ila qo‘lidan qurtlar bir pasda yo‘qoldi, qo‘li yana eski holiga qaytdi ("Mukoshafatul qulub").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:04:52
Abu Umoma Bohiliydan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: "Kishi vafot qilib qabrga qo‘yilganida, uning bosh tarafiga bir farishta keladi va uni gurzi bilan qattiq uradi. U odam parcha-parcha bo‘ladi. Shundan so‘ng unga: "Allohning izni bilan turgin!" deyiladi, u turib insu jindan boshqa yeru osmondagi hamma jonzot eshitadigan darajada qattiq qichqiradi. So‘ng bu azob farishtasiga: "Nima uchun meni azoblaysan? Axir, men ro‘za, namoz, zakot va boshqa amallarni to‘la-to‘kis bajargan edim-ku?" deb nola qiladi. Farishta: "Sen yo‘lda ketayotganingda, bir mazlum yordam so‘ragan edi, unga yordam bermading. Va yana bavlingdan poklanmasdan namoz o‘qirding. Mana shuning uchun seni azoblamoqdaman", deydi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: "Kimdan mazlum yordam so‘rasayu, u odam imkoni bo‘laturib yordam bermasa, u banda qabrida olovlik xivich bilan yuz marta uriladi" ("Mukoshafatul qulub").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim muslima cho‘ri yoki hur ayol bilan zino qilsa-yu, tavba qilmasdan vafot etsa, Alloh unga qabrida uch yuzta do‘zax eshigini ochib qo‘yadi. U Qiyomat kunigacha azob chekadi. So‘ngra (Qiyomat kuni) u do‘zaxga kiradiganlar bilan birga jahannamga kiradi" ("Hayotul qulub").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:05:17
Hikoya: Hasan Basriy, Molik ibn Dinor va Sobit Banoniylar Robiya onamizning oldilariga kelib, ulardan birlari bilan turmush qurishni ixtiyor qilishlarini so‘rashdi va nikoh sunnat amali ekanini ta’kidlashdi. Robiya onamiz: "Mening savollarim bor, javob berganga tegaman", dedilar. Avvalo, Hasan Basriyga savol qilib: "Almisoq kuni insonlar ikki sinfga — do‘zaxiy va jannatiylarga bo‘linganlarida, men qaysida bo‘lganman?" deb so‘radilar. Hasan Basriy: "Bilmayman", dedilar. "Ikkinchi savol: Farishta meni onamning qornida qay suratda suratlagan, badbaxtmi yoki saodatlimi?" Uchovlari ham: "Bilmaymiz", deyishdi. "Qiyomatda bir toifa insonlarga: "Sizlar qo‘rqmanglar va xafa ham bo‘lmanglar", deyilsa va yana bir toifaga: "Sizlarga esa xushxabar yo‘q, sizlarga faqat azob bor", deyilsa, men shu toifaning qaysi birida bo‘laman?" dedilar.

Uch olim: "Bilmaymiz", deyishdi. "Qabr jannat bog‘laridan bir bog‘cha yoki do‘zax chohlaridan bir chohdir, deyilgan. Mening qabrim qaysi biriga mansub bo‘ladi?" Yana: "Bilmaymiz", deb javob berishdi. "Yuzlar oqaradigan va qorayadigan Kunda mening yuzim qay ahvolda bo‘ladi?" Ular yana: "Bilmaymiz", deyishdi. "Qiyomat kuni nido qiluvchi nido qilib: "Falonchi saodatli bo‘ldi va falonchi badbaxt bo‘ldi", deganida, men kim bo‘laman?" Bu savolga ham "Bilmaymiz", deb javob berishdi va hammalari uning huzuridan yig‘lab chiqib ketishdi ("Baxjatul anvor").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:05:44
Oltinchi majlis
ALLOH YO‘LIDA SADAQA BERISHNING FAZILATI


Alloh taolo aytadi:
"Alloh yo‘lida mollarini infoq-ehson qiladigan kishilarning misoli, xuddi har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqargan bir dona donga o‘xshaydi. Alloh istagan kishilariga bir necha barobar qilib beradi. Alloh (fazli-karami) keng va bilguvchi zotdir" (Baqara surasi, 261-oyat).

 Bu oyat Affon o‘g‘li Usmon va Avf o‘g‘li Abdurahmon haqlarida nozil bo‘lgan. Tabuk g‘azotiga chiqish vaqtida Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) sahobalarini sadaqa qilishga qiziqtirdilar. Shunda Abdurahmon (r.a.) to‘rt ming dirham olib kelib: "Ey Rasululloh! Mening sakkiz ming dirhamim bo‘lib, yarmini o‘zimga va ahli oilamga qo‘ydim, yarmini esa, Alloh yo‘lida ehson qildim", dedilar. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) u kishining haqqiga: "Alloh o‘zingda olib qolganingga ham, ehson qilgan mollaringga ham baraka bersin", deb duo qildilar. Hazrati Usmon: "Jihozsiz, aslahasiz askarlarning ta’minoti mening bo‘ynimda", dedilar. Shunda yuqoridagi oyat nozil bo‘ldi.

Kalbiy bilan Muqotil esa: "Bu oyatning nozil bo‘lish sababi Hazrati Ali (r.a.) bilan bog‘liq", deydilar. U zotning bor-yo‘g‘i to‘rt dirham puli bo‘lishiga qaramay, sadaqaga targ‘ib qilib oyat nozil bo‘lganida, ulug‘ ajrga noil bo‘lish uchun birini kechqurun, birini kunduzi, birini maxfiy va oxirgisini hammaning oldida sadaqa qilganlar, shunda mana shu oyat nozil bo‘ldi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:06:00
Anas (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) quyidagilarni rivoyat qilganlar: "Alloh yerni yaratganda ustidagi narsalarning og‘irligidan yer titradi. Shunda Alloh tog‘larni yaratib, uning ustiga qo‘ydi va yerning titrog‘ini to‘xtatdi. Maloikalar ajablanib: "Parvardigoro! Xalqing ichida tog‘lardan ham qattig‘i bormi?" deyishdi. Alloh: "Ha, temir", dedi. Ular: "Temirdan ham qattiqrog‘i bormi?" deyishdi. Alloh taolo: "Ha, olov", dedi. "Olovdan ham qattiqrog‘i bormi?" deyishdi. "Ha, suv", dedi. "Suvdan ham qattiqrog‘i bormi?" deb so‘rashdi keyin. Alloh: "Ha, shamol", dedi. "Shamoldan ham qattig‘rog‘i bormi?" deyishdi. Shunda Alloh: "Mazkurlarning hammasidan ashaddiysi o‘ng qo‘li qilgan sadaqani chap qo‘li bilmagan odam bolasidir", dedi.

Binobarin, sadaqani maxfiy qilish lozim. Ba’zi bir salaflar sadaqalarini berishda o‘zlarini bildirmaslik uchun ko‘r faqirlarni izlar edilar. Ba’zi birlari esa, uxlab yotgan faqirlarning kiyimiga sadaqani qo‘yib ketardilar. Ikkinchi, minnat va ozor yetkazishdan saqlanish lozim. Chunki Alloh taolo Qur’onda minnat qilishdan qaytargan. Uchinchi, halol moldan sadaqa berish lozim, chunki Qur’onda Alloh taolo: "Suygan, yaxshi ko‘rgan narsalaringizdan infoq qilib bermaguningizcha, hargiz yaxshilikka yetmagaysiz", deb murojaat qilgan. Sufyoni Savriy aytganlarki: "Kim Alloh yo‘lida harom moldan ehson qilsa, go‘yo nopok kiyimini siydik bilan yuvib poklanmoqchi bo‘lganga o‘xshaydi. Holbuki, faqat pok suv bilangina poklanur. Shuningdek, gunohdan faqatgina halol molni ehson qilish bilan poklaniladi. To‘rtinchi, qovoq solmay, ochiq chehra bilan berish lozim. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: "Xursandlik bilan halol bir dirhamni sadaqa qilish norozi bo‘lib berilgan yuz ming dirhamdan afzaldir". Beshinchi, joyini topib, agar imkoni bo‘lsa, muttaqiy olimga yoki tolibi ilmga yo solih kishilarga berish lozim. Chunki Qur’onda Alloh taolo sadaqalarning o‘rnini bayon qilgan. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Berilgan vaqtda sadaqa o‘z sohibiga beshta gap gapiradi: "Men kichkina edim, kattaga aylantirding. Mening qarovulim eding, endi men sening qorovuling bo‘ldim. Dushmaning edim, do‘sting bo‘ldim. Sen meni foniylikdan boqiylikka aylantirding. Men oz edim, ko‘paytirding", deydi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:06:13
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim bir musulmon birodarining qornini to‘ydirsa, Alloh taolo uni do‘zaxdan uzoq qiladi, do‘zax va uning o‘rtasiga har biri besh yuz yillik masofaga teng bo‘lgan yettita xandaq qo‘yadi".

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Saxiylik jannatdagi bir daraxtdir, uning shoxlari dunyoga tushib turadi. Kim uning birorta shoxini tutsa, u shox uni jannatga yo‘llaydi. Baxillik ham do‘zaxdagi bir daraxtdir. Uning shoxlari dunyoga tushib turadi. Kimki uning shoxidan tutsa, u shox uni do‘zaxga eltadi. Saxiy Haqqa ham, xalqqa ham yaqindir. Baxil Haqdan ham, xalqdan ham uzoqdir".

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Baxil odam jannatga kirmaydi".

Hikoya qilishlaricha, Sulaymon ibn Dovudning oldiga bir qush kelib: "Bir odamning daraxtiga men in qurganman. O‘sha yerda bola ham ochaman, lekin daraxt egasi bolalarimni qiynaydi va ularni o‘ldiradi", deya shikoyat qildi. Shunda Sulaymon ikki jinni chaqirib, ularga aytdi: "Agar yanagi yil ham bu kishi shu ishini takror qiladigan bo‘lsa, uni ikkiga bo‘lib, bir bo‘lagini mag‘ribga va birini mashriqqa uloqtirib yuboringlar!" Yanagi yil keldi, u kishi o‘z odatiga ko‘ra daraxtga chiqib, qushning bolalarini oldi. Shu vaqtda qush Sulaymonga (alayhissalom) shikoyat qilishga otlandi. Lekin u kishi sal oldin bir luqma sadaqa qilgan edi. Shunda qushning shikoyatini eshitgan Sulaymon (alayhissalom) ikki jinni chaqirib: "Nima uchun sizlar u zolim kishining ta’zirini berib qo‘ymadingizlar?" dedi. Shunda jinlar: "Biz unga daraxtga chiqib ketayotganida yopishmoqchi edik, lekin u bir parcha non sadaqa qilib, keyin chiqdi, shunda Alloh osmondan ikki farishtani tushirib, ular bilan bizlarning birimizni mashriqqa, birimizni esa mag‘ribga uloqtirdi va bizning ishimizni Alloh uning sadaqasi barakasi bilan daf qilib yubordi", deyishdi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:06:27
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki mehmonga hurmat-ehtirom ko‘rsatsa, meni hurmatlabdi va meni hurmatlagan Allohni hurmat qilibdi. Kimki mehmonni behurmat qilsa, u menga g‘azab qilibdi va menga g‘azab qilgan Allohga g‘azab qilibdi", dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Mehmon mo‘minning uyiga o‘zi bilan birga ming rahmat va baraka bilan keladi", dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Kimning uyiga mehmon kelsa-yu, uni uy egasi bor taomlari bilan ikrom qilsa, Alloh mezbon uchun jannat eshigini ochib qo‘yadi", dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Kim och odamni tuydirsa, unga jannatga kirish vojib bo‘ladi", dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:06:36
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Yer yuzidagi amallarning eng afzali uchtadir. Birinchisi — ilm talab qilish. Ikkinchisi — jiddu jahd. Uchinchisi — haloldan kasb qilish. Bas, ilm tolibi Allohning suygan bandasidir, mujohid Allohning do‘stidir, haloldan kasb qiluvchi esa, Allohning barakotli qulidir".

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Do‘zaxdan o‘zlaringizni yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham, qutqarib qolinglar", dedilar.

Xulosa shuki, Alloh yo‘lida qilingan har bir ehsonlarimiz, bizni dunyo va oxiratda ulug‘ ajrlarga noil bo‘lishimizga va baloyu musibat, qo‘rqinchlardan najot topishimizga sababchi bo‘lar ekan. Buni Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) ushbu hadislari ham tasdiqlaydi: Xatib Hazrati Anasdan (r.a.) rivoyat qilganlarki: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Sadaqa yetmish xil baloni daf qiladi, u balolarning eng yengili maxov va peslikdir" ("Al-jomi’us sag‘ir").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:07:14
Yettinchi majlis
RIBO YEYISHNING CHIRKINLIGI


Alloh taolo aytadi:
"Sudxo‘r kimsalar qiyomat kuni qabrlaridan jin chalgan odam kabi turadilar. Bunga sabab ularning: "Oldi-sotdi ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku?!" degan so‘zlaridir. Holbuki, Alloh oldi-sotdini halol, sudxo‘rlikni esa harom qilgandir. Bas, kimga Parvardigoridan chiroyli nasihat yetgach, (sudxo‘rlikdan) to‘xtasa, uning avval qilgan gunohi o‘zigadir va uning ishi Allohga (topshiriladi). (Ya’ni, Alloh xohlasa, uni afv etur.) Va kimki sudxo‘rlikning haromligini bilganidan keyin yana (sudxo‘rlikka) qaytsa, ana o‘shalar jahannam egalaridir va ular do‘zaxda abadiy qolurlar" (Baqara surasi, 275-oyat).

Zayd ibn Habbob (r.a.) rivoyat qilganlarki: "Men Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) mana bunday deganlarini eshitdim: "Kimki: "Ey Alloh! Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) salovot yubor va ul zotni Qiyomatda O‘zingga yaqin bo‘lgan manzilga qo‘y", desa, o‘sha bandaga shafoatim vojib bo‘ladi" ("Shifo").

Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bunday dedilar: "To‘rt toifa kishini jannatga kirgizmaslik va ne’matlaridan bahramand etmaslikni Alloh taolo va’da qildi. Birinchisi — doim mast qiluvchi ichimliklarni ichib yuruvchi kishilar. Ikkinchisi — sudxo‘r kimsalar. Uchinchisi — yetimlarning haqqini nohaq yeyuvchilar. To‘rtinchisi — ota-onasiga oq bo‘lgan (ularni norizo qilgan) farzandlar" (Hokim rivoyati).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:07:29
Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilganlar: "Odam bolasining do‘zaxda abadiy qolishiga sabab bo‘luvchi yetti narsadan saqlaninglar. 1. Allohga shirk keltirishdan. 2. Sehrdan. 3. Nohaq odam o‘ldirishdan. 4. Ribo yeyishdan. 5. Yetim molini yeyishdan. 6. Urush maydonidan qochishdan. 7. Pok mo‘mina ayollarni zinokor, deb ayblab so‘kishdan".

Abdulloh ibn Ma’sud (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilib, bunday dedilar: "Ribo yetmish uch xil gunohdir. Uning eng yengili odam o‘z onasi bilan nikohlanishiga tengdir".

Sumra ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ertalab namozdan so‘ng, bizlarga qarab: "Sizlardan birortangiz (bu kecha) tush ko‘rdimi, u tushga Allox xohlaganicha ta’bir aytilajak", dedilar. Sahobalar: "Yo‘q", deb javob berishdi. Shunda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Lekin men bu kecha tush ko‘rdim, tushimda ikki shaxs kelib, meni muqaddas joyga chiqarib qo‘yishdi va yurib-yurib bir anhor oldida to‘xtadik. Anhorning suvi qon edi, unda bir kishi tikka turibdi, sohilda yana bir kishi, uning oldida esa toshlar juda ko‘p. Qachon anhordagi kishi chiqishga harakat qilsa, sohildagi kishi tosh otib, uni ortiga qaytaradi, uning og‘ziga tosh otib, uni qayta o‘z joyiga tushirib yuboraveradi. Shu ish doim to‘xtamasdan takror bo‘lib turibdi", dedilar. Sumra ibn Jundub: "Anhordagi kishi kim?" deb so‘radi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ribo yeyuvchidir (sudxo‘r)," deb javob berdilar (Imom Buxoriy rivoyati).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:07:40
Ulamolar oldi-sotdi bilan riboning o‘rtasidagi farqni bayon qilib bunday deyishgan: Masalan, bir kishi o‘n dirhamlik kiyimni yigirma dirhamga oldi. Bu farq o‘zaro muqobil bo‘la oladi. Chunki bunda ikki taraflama rozichilik bor. Kiyim bilan pul bir-biri uchun moliyatda tenglashdi. Hech bir taraf o‘rinsiz biror narsa olgan bo‘lmadi, balki ikki taraf rozilik bilan foyda ko‘rishdi. Ribo esa o‘n dirhamini yigirma dirhamga sotishga o‘xshaydi, chunki bunda o‘n dirham ortiqcha pul beo‘rin olingan hisoblanadi. Kimdir: "O‘rtadagi muhlat-chi, o‘sha o‘rin bo‘ladi", deyishi mumkin. Yo‘q, muhlat berish hech qanday mol emas, biror bir narsa ham emaski, u ortiqcha o‘n dirhamga pullansa. Farq mana shunda ("Hayotul qulub").

Riboning harom qilinishi haqida bir necha fikrlar bor. Avvalo, ribo birovning molini evazsiz, o‘rniga biror narsa bermasdan olishdir. Ikkinchisi, ribo muomalasi insonlarni halol oldi-sotdi bilan shug‘ullanishdan man qilib qo‘yadi. Boisi moli ko‘p odam o‘zini qiyinchilik va mehnatga urmasdan, molining ko‘payishini xohlaydigina emas, balki insofsizlarcha xohlaydi. Bu esa insonlar orasida tijorat manfaatlarining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Uchinchisi, ribo insonlar o‘rtasidagi qarz olish va berish muomalasining yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Ribo agar harom bo‘lsa, insonlar ko‘ngillari to‘q holda bir-birlari bilan pul oldi-berdisini, qarz berish va olishni xotirjam yo‘lga qo‘yadigan bo‘ladilar. To‘rtinchisi, riboning harom ekanini Qur’onning oyatlari ochiq-oydin bayon qilib qo‘ydi. Bu harom qilinishda ko‘pdan-ko‘p hikmatlar bordir ("Hayotul qulub").

Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlar: "Oltinni oltinga, kumushni kumushga, bug‘doyni bug‘doyga, arpani arpaga, xurmoni xurmoga, tuzni tuzga sotmanglar".

Chunki har xil narsalarda ribo bo‘lmaydi, jinslari ham bir xil emas. Aziz birodarim, bilgin! G‘ofillardan bo‘lma!
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:08:16
Sakkizinchi majlis
JAMOAT BILAN NAMOZ O‘QISHNING FAZILATI


Alloh taolo aytadi:
"Albatta, iymon keltirgan, yaxshi amallar qilgan va namozni to‘kis ado qilib, zakotni bergan zotlar uchun Parvardigorlari huzurida ajr bor. Ular uchun hech qanday xavf-xatar yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar" (Baqara surasi, 277-oyat).

Bir kuni Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) masjidda o‘tirganlarida, bir yigit kelib qoldi. U yigitni hurmatlab yonlariga, Abu Bakrdan (r.a.) ham yuqoriroqqa o‘tkazdilar. So‘ngra Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Abu Bakrga (r.a.) uzr aytib: "Ey Abu Bakr! Nima uchun bu yigitni sizdan yuqoriga o‘tkazganimni bilasizmi? Chunki dunyoda bu yigitchalik biror kishi menga ko‘p salovot aytmagan. U har tongda va kech kirganda ushbu salovotni aytadi: "Allohim! Hazrati Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) salovot aytgan va salovot aytmagan kishilarning miqdoricha salovot yuborgin. Va O‘zing yaxshi ko‘rganingdek va bizga buyurganingdek salovot yo‘llagin". Shuning uchun uni sizdan ham yuqoriroqqa o‘tkazdim", dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:08:47
Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilindi: "Besh vaqt namozni jamoat bilan o‘qigan kishiga besh narsa beriladi:
1. Dunyoda faqirlik ko‘rmaydi.
2. Qabr azobidan forig‘ bo‘ladi.
3. Nomai a’moli o‘ng qo‘lidan beriladi.
4. Sirot ko‘prigidan chaqmoqday o‘tadi.
5. Hisob-kitobsiz jannatga kiradi" ("Masobih").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kishining jamoat bilan o‘qigan namozi uyida qirq yil yolg‘iz o‘qigan namozidan afzalroqdir".

Rivoyat qilinadi: "Qiyomat kuni Alloh yuzlari yulduz kabi bo‘lgan bir qavmni tiriltiradi. Maloikalar ulardan: "Nima amal qilgansizlar?" deb so‘raydi. Ular: "Biz azonni eshitgan vaqtimizda hamma ishni tashlab, tahorat olgani turardik", deyishadi. U Kunda yana bir qavmning yuzi oy kabi nurli bo‘lur. Ulardan: "Sizlar nima ish qilgansizlar?" deb so‘raladi. Ular: "Biz azondan oldin tahorat olardik", deydilar. Va yana bir qavm ham bo‘lurki, ularning yuzlari quyosh kabi porloq, nurlik bo‘lur. Ulardan ham buning boisi so‘ralgay. Shunda ular: "Biz azonni har doim masjidda eshitardik", deydilar ("Durratul voiziyn").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:09:06
Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Banda namozga takbir aytib kirgan vaqtda, Alloh taolo farishtalariga: "Uning bo‘ynidan gunohlarini olib tashlanglar, toki u Menga pok holida ibodat qilsin", deydi. Namozdan so‘ng farishtalar: "Uning gunohlarini qaytarib qo‘yaylikmi?!" deb so‘rashadi. Shunda Alloh: "Ey maloikalarim! (Bu ish) Mening karamimga loyiq emas. Men afv etdim, bu bandaning gunohlarini kechdim", deydi".

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Alloh taolo Jabroilni (a.s.) chiroyli suratda yaratib, unga olti yuz qanot berdi. Har bir qanotning uzunligi mashriq va mag‘ribning oralig‘ichadir. Shunda Jabroil o‘z suratiga nazar qilib: "Ey Alloh! Mendan ham chiroyliroq maxluqni yaratganmisan?" dedi. Alloh unga: "Yo‘q", dedi. Hazrati Jabroil shukr aytib, ikki rak’at namoz o‘qidi. Mana shu ikki rak’at namozni yigirma ming yil o‘qidi. Alloh Jabroilga: "Sen haqiqiy ibodat qilding, hech kim Menga sendek ibodat qilmagan edi. Lekin oxir zamonda mening mahbub payg‘ambarim Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) keladi. Uning gunohkor va zaif ummatlari ikki rak’at namozni oz bir vaqtda va har xil sahvu xatolar ila ado qiladi. Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, ularning o‘sha namozi Mening nazdimda sening qirq ming yillik namozingdan afzaldir. Chunki sening namozing Mening amrim bilan emas, balki shukrona bilan bo‘lur. Ularning namozlari esa, Mening amrim bilandir". Shunda Jabroil (a.s.) Allohga: "Ey Alloh! Ularning ibodatlari evaziga nimani berasan?" deb so‘radi. Alloh: "Ularga Jannatul ma’voni beraman", dedi. O‘sha jannatni ko‘rib chiqishga Jabroil Alloh taolodan izn so‘radi. Izn berilgach, hamma qanotlarini ochib uchdi. Har ikki qanotini ochganda uch ming yillik masofani bosib o‘tdi. Shu tarzda uch yuz yil uchdi va nihoyat charchab jannatdagi bir daraxtning soyasida to‘xtadi va Allohga sajda qildi. Sajdasida: "Ey Ilohim! Jannatul ma’voning yarmiga yetdimmi? Loaqal uchdan bir, to‘rtdan biriga bo‘lsa ham yetdimmi?" deb iltijo qildi. Alloh: "Ey Jabroil, agar yana uch ming yil uchgudek bo‘lsang va oldingidek kuching va yana olti yuz qanotlaring bo‘lganda ham, Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) ummatlariga beradiganim Jannatul ma’voning o‘ndan biriga ham yeta olmaysan", dedi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:09:19
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki meni ulug‘lab, menga salovot aytsa, Alloh uning uchun bir qanoti mashriqda, ikkinchi qanoti mag‘ribda, oyog‘i yetti qavat yer ostida, bo‘yni Arshga ko‘tarilgan bir farishtaga amr qilib: "Sen bu bandamga Qiyomatgacha salovot aytgin", deydi ("Zubdatul voiziyn").

Hadisi qudsiyda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Allohdan rivoyat qilganlar: "Uch amal bor, kimki uni doim bajarsa, u banda Mening haqiqiy valiy qulimdir va kimki ularni zoe qilsa, u Mening haqiqiy dushmanimdir", dedi Alloh taolo". Shunda: "Yo Rasulalloh, ular qaysi amallar?" deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Namoz o‘qish; ro‘za tutish; har doim pok yurish", dedilar. Keyin aytdilarki: "Bu amallar Alloh va bandasi o‘rtasidagi omonatlardir. Alloh taolo bandalarini shu amallarni muhofaza etishlarini, ularga befarq bo‘lmasliklarini buyurdi".

Yuqoridagi namoz amalidan ko‘zda tutilgan maqsad, namozlarni vaqtida, farzlari, vojiblari va sunnatlarini o‘z o‘rnida bajarishdir. Agar kishi namozlarini vaqtida o‘qimasa, zoe ketgazuvchilar qatoriga kiradi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: "Isro kechasida men bir necha ayolu erkaklarning boshlariga gurzi bilan urilayotganini va ularning dimog‘laridan qon katta anhor bo‘lib oqayotganini ko‘rdim. Shunda men: "Ey Jabroil! Bular kimlar?" deb so‘raganimda, Jabroil (alayhissalom): "Ular namozlarini vaqtida o‘qimaganlar", deb javob berdi", dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:09:32
Bu qo‘rqituv namozni jamoat bilan o‘qimayotganlarga ham tegishliligiga ushbu hadisda ishora bordir. Bir kishi Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga kelib: "Men tushumda bir qo‘limda yigirma dinor va boshqasida esa to‘rt dinor ko‘rdim, o‘ng qo‘limdagi yigirma dinor qo‘limdan tushib ketdi, ikkinchi qo‘limdagi to‘rt dinor esa qizil cho‘g‘dek qizarib ketdi", dedi. Shunda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Sen xuftonni jamoat bilan o‘qidingmi?", deb so‘radilar. U kishi: "Yo‘q", dedi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Qo‘lingdagi tushgan yigirma dinor u sen o‘tkazib yuborgan jamoatning fazilati edi. To‘rt dinoring esa uyingda o‘qigan to‘rt rak’at xufton namozing bo‘lib, uning qizarishi sendan namozingni qabul bo‘lmagani belgisidir", dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki besh vaqt namozini (vaqtida chiroyli ado qilib) muhofaza etib borsa, shu namozlar Qiyomatda uning uchun nur, hujjat va najot bo‘ladi. Kim buning aksini qilsa, uning Qiyomat kuni nuri, hujjati, najoti bo‘lmagay" ("Taboyinul mahorim").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "O‘n nafar kishi bordirki, ularning namozlarini Alloh qabul qilmaydi:
1) yolg‘iz bir o‘zi qiroatsiz chala-chulpa namoz o‘qigan kishining;
2) namoz o‘qib zakot bermagan kishining (bu boylarga tegishli);
3) muqtadiylari (qavmi) uning imomchiligini suymaydigan kishining;
4) egasidan qochib ketgan qulning;
5) doimiy aroq ichuvchi kishining;
6) erini g‘azablantiradigan ayolning;
7) ro‘molsiz namoz o‘quvchi ayolning;
8) adolatsiz zolim podshohning;
9) ribo yeyuvchi kishining;
10) o‘qigan namozi uni fahsh va yomon ishlardan qaytarmagan kishining".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:09:45
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Kimning namozi uni fahsh va yomon ishlardan qaytarmas ekan, demak, uning namozi unga Allohning nazdida g‘azab va uzoqlikdan boshqa narsani ziyoda qilmayotgani aniqdir".

Hasan Basriy aytdilar: "Namozing seni fahsh so‘zlardan qaytarmasa, bilginki sen haqiqiy namozxon emassan. Qiyomatda o‘sha namozing yuzingga kir-chir bir parcha lattadek qaytarilajak" ("Mukoshafatul qulub").

Muoz ibn Jabal va Jobir ibn Abdulloh (r.a) aytishlaricha: "Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Me’rojga chiqqan kechalarida birinchi osmon yaratilgandan beri Allohga zikr aytib turgan farishtalarni ko‘rdilar, ikkinchi osmon yaratilganidan beri Alloh uchun ruku’da turgan farishtalarni ko‘rdilar, uchinchi osmonda esa, sajdada turgan farishtalarni ko‘rdilar, ular boshlarini sajdadan ko‘tarmaganlar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ularga salom berganlarida, ular boshlarini ko‘tarib alik oldilar va qaytib ikkinchi sajdaga ketdilar. Shuning uchun biz namozda ikki marta sajda qilamiz. To‘rtinchi osmonda "tashahhud"da o‘tirgan farishtalarni ko‘rdilar. Beshinchisida esa, tasbih aytayotganlarni ko‘rdilar va Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) shu ibodatlarning savobini o‘zlariga va ummatlariga bo‘lishini juda ham xohladilar. Shunda Alloh Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) ishtiyoqlarini bilib, ul zotga: "Ey Habibim Muhammad (alayhissalom). Kimki besh vaqt namozni bekamu ko‘st ado etib borsa, u yetti osmon farishtalarining ibodatlari savobiga noil bo‘ladi", dedi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:09:57
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: "Namoz — Allohning rizosi, payg‘ambarlarning sunnati, maloikalarning yaxshi ko‘rgani, ma’rifat nuri, iymonning asli, duolarni ijobat etuvchi, amallarni qabul qildiruvchi, mol va kasbga baraka keltiruvchi, dushmanga qarshi qilich, shaytonni g‘azablantiruvchi, sohibi va o‘lim farishtasi o‘rtasida shafoat qiluvchi, Qiyomatgacha qabrda chiroq, Qiyomat kuni boshga soyabon, toj, badanga libos, do‘zaxdan parda, Alloh oldida sohibining (foydasiga) hujjat, tarozining (yaxshilik) pallasini og‘irlashtiruvchi, sirot ko‘prigidan o‘tkazuvchi, jannatning kalitidir".

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qiyomat kuni bo‘lganida, Xorish ismli chayon bolasi chiqadi, u uzunligi osmon va yer oralig‘icha, kengligi mag‘rib va mashriqqacha keladigan bahaybat bir maxluqdir. Jabroil (a.s.) undan: "Qaerga boryapsan va kimlarni izlayapsan", deb so‘raydi. U: "Besh nafar kishini izlayapman, — deydi. — Ular: benamoz, zakot bermaydigan boy, ota-onasiga oq bo‘lgan farzand, aroqxo‘r, masjidda dunyo so‘zidan gapiruvchilar". Shuning uchun ham Alloh taolo Qur’onda: "Albatta (barcha) masjidlar Allohnikidir. Bas (masjidlarda) Alloh bilan birga yana biron kimsaga duo iltijo qilmanglar!" degan.

Ey birodarim! Ey aql egalari! E’tibor qilaylik, g‘ofil kimsalardan bo‘lmaylik!
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:10:25
To‘qqizinchi majlis
TAVHIDNING FAZILATI


Alloh taolo aytadi:
"Alloh, farishtalar va ilm ahllari — yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar. U adolat bilan turguvchi — Hukm qilguvchidir. Hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning O‘zi bor. U qudratli, hikmat egasidir. Albatta, Alloh nazdidagi (maqbul bo‘ladigan) din Islom dinidir. Ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar) ularga (Islom va Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) haq payg‘ambarligi haqida) aniq bilim-hujjat kelganidan keyin faqat o‘zaro hasad-adovat qilganlari sababligina talashib tortishdilar. Kim Allohning oyatlariga kofir bo‘lsa, bas, albatta Alloh tez hisob-kitob qilguvchi zotdir" (Oli Imron surasi, 18—19-oyatlar).

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mening huzurimga Jabroil, Mikoil, Azroil, Isrofillar (a.s.) kelishdi. Jabroil: "Ey Rasululloh! Kimki sizga o‘nta salovot aytsa, men uni qo‘lidan ushlab sirotdan olib o‘taman", dedi. Mikoil (a.s.): "Men unga Havzi Kavsardan suv ichiraman", dedi. Isrofil (a.s.) aytdi: "Men boshimni sajdadan to Alloh uning gunohini kechirmaguncha ko‘tarmayman". Va nihoyat Azroil (a.s.): "Men uning ruhini Payg‘ambarning ruhini qabz qilganimdek qabz qilaman", dedi.

Yuqoridagi oyatda keltirilgan: "Alloh... guvohlik berdi" lafzining ma’nosi bandalarga xabar berish va bildirishdir. Farishta va mo‘minlarning guvohligi esa, Allohning vahdoniyatini (yolg‘izligini) e’tirof, iqror etishlaridir. Oyatdagi "ilm ahllari" kimligi haqida turli xil fikr bildirilgan. Ba’zilar payg‘ambarlar deyishdi, ba’zilar Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) muhojir va ansoriy sahobalari, deb aytishdi. Ba’zilar esa, ulamolar, degan fikrni bildirishdi. Ushbu oyatda ilm ahli odamlarning afzali ekaniga ochiq-oydin dalolatlar mavjud, zero, biror sifat olimlikdan ko‘ra ulug‘ bo‘lganida, albatta, Alloh taolo o‘zining va maloikalarning ismi bilan birga uni ham zikr qilgan bo‘lardi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:10:39
Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilindi: "Fotiha surasi, Oyatul kursi, "Shahidallohu..." oyati, "Qul illahumma malikal mulki tutil mulka..."dan to "big‘oyri hisab"gacha bo‘lgan oyat nozil qilinayotganda, ular Arshga osilib olishdi va: "Ey Rabbimiz! Sen bizni gunoh ishlarni qilishga o‘rgangan qavmga tushirmoqdamisan?" deyishdi. Shunda Alloh: "Ulug‘ligimga qasamki, qaysi bir banda sizlarni farz namozlari ketidan tilovat qilsa, men uni, albatta, mag‘firat qilaman va yetmish marta rahmat nazarim ila boqaman va yetmish hojatini ravo qilaman, u hojatlarning eng kichkinasi mag‘firatimdir", dedi.

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "U kishi bir kuni g‘amgin holda turganlarida, oldilariga Jabroil (a.s.) kelib tasalli berdi: "Ey Rasululloh! Nimaga xafa bo‘lasiz. Alloh sizning ummatingizga besh xislatni ato etdi. Unday xislatlar boshqa ummatlarga berilmagan.
1. Alloh taolo: "(Mo‘min) bandalarim Menga nisbatan qanday gumonda bo‘lsalar, Men ham ularga shundoq muomalada bo‘laman", dedi.
2. Qaysi mo‘minning gunohi bu dunyoda bekitilsa, demak, Alloh taolo uni Qiyomatda sharmanda qilmagay.
3. Ummatingizga har doim tavba eshiklari ochiq bo‘lgay.
4. Kim sidqidildan "La-a ilaha illallohu Muhammadur rasululloh", desa, agar uning gunohi yer yuzini to‘ldirib yuboradigan bo‘lsa ham, kechirilgaydir.
5. Tiriklarning duolari sharofati bilan o‘liklardan azob ko‘tarilgay".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:11:10
"Sanoniya" kitobida keltirilishicha, Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilgan hadisda bunday deyilgan: "Qiyomat kuni bo‘lganda amallar o‘z sohiblarini oqlash va shafoat qilish uchun keladilar. Namozi kelib: "Ey Rabbim! Men uning namoziman", deydi. Alloh: "Sen yaxshisan", deydi. Sadaqasi ham kelib, "Men sadaqasiman", deydi. Alloh: "Sen ham yaxshisan", deydi. Shuningdek, ro‘zasi ham keladi va guvohlik beradi. Bir payt dini keladi va "Men Islomman", deydi. Shunda Alloh: "Dunyoda sendan yuz o‘girganlarni bugun azoblayman va seni ixtiyor qilganlarga esa, bugun yaxshilik ato qilaman", deydi".

Hikoya: Iso (a.s.) zamonlarida bir kir yuvuvchi odam bor bo‘lib, u har kuni uyidan ancha uzoqroq joyga borar, ariqning boshida turib kirlarni chayqar, suvni mag‘zava bilan bo‘lg‘ab, insonlarga ozor va zarar yetkazar edi. Qishloq ahli bunga chidolmasdan Isoning (a.s.) oldilariga borib shikoyat qilishdi. Uning haqqiga duoyibad qilishlarini so‘rashdi. Iso (a.s.) ularga xo‘p deb: "Ey Alloh! Unga bir ilon jo‘natgin, uni ketgan joyidan qaytarmagin", deya duo qildilar.

Haligi kir yuvuvchi kir chayqash uchun, ariq tomonga ketayotib, o‘zi bilan uchta kulcha oldi. Ariq boshiga yetib kelganida ro‘parasidan, bir necha yillardan beri ibodat qilayotgan bir obid chiqib qoldi va undan: "Biror parcha noning bormi, koshki bir tishlamgina yesam edi, chunki bir necha kundan beri tuz totganim yo‘q", deya tilandi. U kulchalaridan birini olib uzatdi. Obid sevinganidan: "Ey kir yuvuvchi! Alloh gunohingni mag‘firat etib, qalbingni pok etsin", deb duoi xayr qildi. Kir yuvuvchiga tilanchining duosi yoqdi, ikkinchi kulchani ham berdi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:11:25
Obid: "Alloh kelajak va o‘tmishdagi gunohlaringni mag‘firat qilsin", deb yana duo qildi. So‘ng uchinchi kulchani ham uzatdi. Obid: "Alloh senga jannatda qasr ato etsin", deb duo qildi. Kir yuvuvchi qishloqqa qaytib kelgach, qishloq ahli Isoga (a.s.) yana shikoyat qilishdi, u eson-omon qaytib keldi-ku, deyishdi. Shunda Iso (a.s.) uni chaqirtirdi va undan: "Bugun nima yaxshi ish qilding? Shuning xabarini ber", dedilar. Kir yuvuvchi Isoga (a.s.) yuqoridagi obid bilan bo‘lgan uchrashuvni aytib berdi. Iso (a.s.) uning xaltasini olib kelishlarini buyurdi. Xaltani ochishganida, ichidan og‘zi kishanlangan bir katta ilon chiqdi. Iso (a.s.) ilonga: "Sen nimaga jo‘natiluvding, nima qilib bunday yuribsan?" deb savol berdilar. Ilon vishillab: "Men bu kishining jonini olishga jo‘natilgan edim, lekin u tilanchiga non berib, uning duosini oldi. Farishtalar uning duosiga "omin" deyishdi. Shundan so‘ng Alloh bir farishtani menga jo‘natib, meni kishanladi", dedi. Iso (a.s.) ajablanib: "Ey kir yuvuvchi! Alloh sening gunohingni mag‘firat qilibdi, bunga shukr etib, ibodat qil. Eski ishingni zinhor qilma!" dedilar.

Hikoya: Ibrohim al-Vositiy (rahmatullohi alayh) Arofot tog‘i ustida qo‘llariga yetti dona toshni olib: "Ey toshlar! Guvoh bo‘linglar, men "La-a ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh", demoqdaman", dedi. Shu kecha tushida Qiyomat qoim bo‘lganini ko‘rdi. Uni hisob-kitob qilib, do‘zaxga mahkum qilishdi. O‘zini farishtalar do‘zax tomonga olib ketayotganlarini ko‘rdi. Lekin to‘satdan bir tosh kelib, do‘zaxning eshigiga to‘siq bo‘lib oldi, farishtalar u toshni olib tashlay olmay, uni do‘zaxning boshqa eshigidan olib kirishga qaror qilishdi. Lekin avvalgi holat takrorlanaverdi, yetti tosh yetti do‘zax eshigining oldiga to‘siq bo‘ldi. Bu toshlarning hammasi jo‘r bo‘lib shahodat kalimasini takrorlaverdilar. So‘ngra farishtalar bandani Arshga olib borishdi. Alloh farishtalarga: "Tilsiz, aqlsiz toshlar uning shahodatiga guvohlik beramoqda. Men esa ulug‘likda tengi yo‘q zotdirman. Qanday qilib unga azob bergum?! Yo‘q, uni jannatga olib boringlar", dedi. Jannatning oldiga yetib kelishganda, jannatning hamma eshiklarini qulflangan holda ko‘rdilar. Bir payt tavhid kalimasi keldi va eshiklarni ochib berdi. U kishi xotirjam jannatga kirdi ("Mavo’iz").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:11:53
O‘ninchi majlis
TAVBANING FAZILATLARI


Alloh taolo aytadi:
"U (taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarining mag‘firatini so‘raydigan, har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilishini bilgan hollarida qilgan gunohlarini davom ettirmaydigan kishilardir. Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va taglaridan daryolar oqib turguvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshi amal qilguvchilarni ajrlari naqadar yaxshi ajr!" (Oli Imron surasi, 135—136-oyatlar).

Bu oyatning nozil bo‘lish sababi haqida "Kashshof"da bunday deyilgan: "Bir xurmo sotuvchining oldiga bir chiroyli ayol xurmo sotib olish uchun keldi. Buni ko‘rgan xurmofurush u ayolni xonaga olib kirdi-da, majburan bo‘sa oldi, so‘ngra bu ishiga qattiq afsus-nadomat qildi. Qilgan gunohlariga tavba qila boshladi. Shundan so‘ng ushbu oyat unga taskin berish maqsadida nozil bo‘ldi".

Oyatdagi "gunohlarining mag‘firatini so‘raydilar" degan jumlada, pushaymon dilga xursandchilik va quvonch, shuningdek, tavbaga targ‘ib ma’nolari ham bor, insonlarni Allohning rahmatidan noumid bo‘lmaslikka, garchi ularning gunohlari juda ko‘p bo‘lsa ham, uni Alloh afv etishi, Uning fazli-karami qarshisida arzimas narsa ekaniga ishoralar bor".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:12:05
"Majolisur-Rumiy" asarida: "Gunohkorning tavbasi joni halqumiga kelmagunga qabul qilinadi. Chunki jon halqumga kelgan vaqtda endi unga hech narsa yordam bera olmaydi. Zero, tavbaning maqbul bo‘lish sharti gunohga qayta qo‘l urmaslikni qat’iy niyat qilish, uni mutloqo tashlashni qasd etishdir. Bu holat joni halqumiga kelib qolgan odamda topilmaydi, chunki bu paytda u bunga qodir bo‘lmaydi", deyilgan.

Abdulloh ibn Umardan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilinadi: "Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Shubhasiz, Alloh taolo bandaning tavbasini, to uning joni halqumiga kelmaguncha, albatta, qabul qiladi".

Jon halqumga kelganda ko‘zdan pardalar ko‘tariladi, odam bolasiga bu hayoti dunyoning bir sinov ekani aniq ayon bo‘ladi. Bu asnoda tavba qilish imkoniyati o‘tgan bo‘ladi ("Masobih").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Odam (a.s.) yaratilishidan to‘rt ming yil oldin Arshning kungurasiga: "Albatta, Men tavba qilgan, iymon keltirgan va solih amal qilgan kishilarning gunohlarini kechiruvchidirman", degan so‘zlar yozilib qo‘yilgan" ("Tanbehul g‘ofiliyn").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:12:23
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Men Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bilan birga o‘lim to‘shagida yotgan bir ansoriyning uyiga kirdim. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) unga: "Tavba qil", dedilar. U tili bilan ayta olmadi, lekin osmonga qarab imo-ishora etdi. Shunda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) tabassum qildilar. Men: "Yo Rasululloh! Tabassumingizning boisi nima?" deb so‘radim. Ul zot: "Bu kasal tili bilan tavba qilolmasdan, ko‘zini osmonga qilib, qalbi bilan tavba-nadomat qildi. Alloh: "Ey farishtalarim! Bu bandam ojiz qolib, qalbi bilan Menga tavba qilyapti, guvoh bo‘linglarki, Men uning gunohini mag‘firat qildim", dedi", dedilar" ("Durratul majolis").

Alloh taolo Nur surasida bunday marhamat qilgan:
"Barchalaringiz Allohga tavba qiling, ey mo‘minlar! Shoyadki shunda najot topsangizlar" (31-oyatdan).

Donolar tavba to‘rt ish bilan haqiqiy bo‘ladi, deganlar.
1) yolg‘ondan, g‘iybatdan, chaqimchilikdan va bekorchi gap-so‘zlardan tilni tiyish;
2) insonlarga nisbatan adovat va hasad qilmaslik;
3) yomonlar bilan do‘stlashmaslik;
4) o‘limiga har doim tayyor bo‘lish, o‘tgan gunohlariga tavba-nadomatda bo‘lish va Allohga toat-ibodatda g‘ayratli bo‘lish.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:12:35
Umar ibn Xattobdan (r.a.) tavbai nasuh, ya’ni haqiqiy tavba haqida so‘rashdi. U kishi: "Qilgan yomon ishiga qattiq tavba qilgandan keyin unga hargiz qaytmagan odamning tavbasi", dedilar.

Ibn Abbosdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qiladilarki, bu zot Alloh taoloning: "Allohga haqiqiy tavba qilish bilan tavba qilingiz!" oyati xususida bunday deganlar: "Tavbai nasuh, ya’ni, haqiqiy tavba avvalo qalb bilan bo‘ladi, so‘ng til bilan istig‘for aytishdir, shundan keyin qayta o‘sha gunoh ishga o‘lguncha qo‘l urmaslikdir".

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinganki: "Tili bilan tavba qilib, a’zolari bilan doim gunohda bo‘luvchi go‘yo Rabbi bilan hazil-mazax qilib o‘ynayotgan kishi misolidir" ("Ravzatul-ulamo"). Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Sizlar "Astag‘firulloh-a’ziym" bilan "La-a ilaha illalloh Muhammadur Rasululloh"ni doim aytib yuringlar, chunki mal’un iblis: "Insonlarni gunoh ma’siyatlar bilan o‘ldiraman", deydi, sizlar uni istig‘for va kalimai tavhidni ko‘p aytish bilan o‘ldiringlar!" (Abu Bakr Siddiqdan "Durrun-ma’sur"da rivoyat qilingan.)
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:12:56
Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinganki: "Shayton: "Ey Rabbim! Sening izzatu jalolingga qasam, modomiki insonlarning jasadlarida jonlari bor ekan, men ularni doim vasvasa qilaman", dedi. Shunda Alloh: "Ey mal’un! Ulug‘ligimga qasamki, ular Menga tavba qilib, mag‘firat so‘rasalar, Men ularni mag‘firat qilaveraman", dedi".

Ato ibn Xolid aytdilar: "Menga yetgan xabarga ko‘ra, Alloh taoloning:
"Har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilishini bilgan hollarida qilgan gunohlarini davom ettirmaydigan kishilardir" (Oli Imron surasi, 135-oyat), oyati nozil bo‘lganida, Iblis (alayhil la’na) askarlarini chaqirib qattiq qichqirdi va boshiga tuproq sochib dod-faryod qildi. Uning alamli chinqiriq va chaqirig‘ini eshitgan quruqlikdagi va suvdagi barcha malaylari uning oldiga yetib kelishdi. Ular: "Ey shohimiz! Sizga nima bo‘ldi?" deyishdi. Shayton: "Odam bolalaridan tavba qilganlarning gunohlari kechirilishi va azoblanmasliklari haqida Allohning oyati nozil bo‘ldi", dedi. Ular: "Bu nima degani?" deb so‘rashdi. Iblis ularga tushuntirdi. Shunda askarlari: "Siz xafa bo‘lmang! Biz ularga havoyi nafs yo‘llarini va kayfu safo, buzuqchilik eshiklarini lang ochib qo‘yamiz, natijada ular tavba qilmay, o‘zlarini haq yo‘lda yuribmiz, deb gumon qilib qoladilar", deyishdi. Shayton shundan keyin xotirjam bo‘ldi.

Hadisi qudsiyda Alloh marhamat qilganki: "Ey bandam! Mendan umid qilsang va so‘rasang, Men kam-ko‘stsiz ato qilaman. Ey odam bolasi! Agar gunohlaring osmon toqicha bo‘lsa ham, Mendan istig‘for so‘rasang, Men seni mag‘firat qilgum. Ey odam bolasi! Agar sen Menga yerning tuprog‘ichalik xatolar qilib kelgan bo‘lsangu, shirk keltirmagan bo‘lsang, bas, Men seni mag‘firatim ila siylayman" (Imom Termiziy rivoyati).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 22 Sentyabr 2007, 18:13:10
Hadisda: "Kim doim istig‘for aytsa, Alloh uning torligini kenglikka, g‘amini shodlikka aylantiradi va rizqini o‘ylamagan tarafidan yetkazib beradi", deyilgan. Boshqa bir hadisda esa Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Allohga qasamki, men o‘zim bir kunda yetmish martadan ko‘p istig‘for aytaman", deganlar. Yana bir hadisda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ey insonlar! Sizlar Allohga tavba qilinglar, chunki men ham bir kunda yuz marta tavba qilaman", deganlar.

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Har bir odam bolasi xatokordir. Xato qiluvchilarning eng yaxshisi esa tavba qiluvchilardir".

Xotamul anbiyo bo‘lgan Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ham bir kunda yuz marta tavba va istig‘for qilar ekanlar. Holbuki, ul zotning o‘tgan va kelajakdagi xatolari mag‘firat qilingandir. U holda biz ojiz bandalar Allohga har bir nafasda va har bir joyda tillarimizni istig‘for va tavbalar bilan mashg‘ul qilmog‘imiz lozim bo‘ladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: "Alloh qaysi bir bandasiga yaxshilikni istagan bo‘lsa, uni bu dunyoda (gunohlariga kafforot bo‘lsin deb) har xil mehnatu mashaqqatlarga duchor qiladi. Agar qaysi bandasiga yomonlikni xohlagan bo‘lsa, unda unga (bu dunyoda hech qanday mashaqqat bermasdan) gunohlarini asrab qo‘yadi va Qiyomat kuni uni hisob-kitobga tutadi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:49:19
O‘n birinchi majlis
MUBORAK RAJAB OYINING FAZILATI


Alloh taolo aytadi:
"Va Parvardigoringiz tomonidan bo‘lg‘usi mag‘firatga hamda eni osmonlar va yer barobarida bo‘lgan jannatga shoshilingiz! U (jannat) taqvodor zotlar uchun tayyorlab qo‘yilgandir" (Oli Imron surasi, 133-oyat).

Ibn Abbos oyatdagi "mag‘firat"ni Islom deb tafsir qilganlar. Hazrati Ikrima va Ali ibn Abu Tolib (r.a.) "Farz amallarni bajarish", deb tavil qilganlar. Anas ibn Molik Hazratlari esa: "U takbiri tahrimadir", deganlar.

Anas ibn Molikdan (r.a.): "Jannat yerdami yo omondami?" deb so‘radilar. U kishi: "Qaysi osmonu yer uni o‘ziga sig‘dira oladi", dedilar. "Unda qaerda?" deb so‘rashdi. Anas ibn Molik: "Jannat yetti osmon ustida va Arshning ostida. Do‘zax esa yetti qavat yer ostidadir", deb javob berdilar.

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Kimki rajab oyining ilk kechasini ibodat bilan o‘tkazsa, uning qalbi o‘lmaydi va Alloh yaxshiliklarni uning boshidan quyadi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:49:37
Anas ibn Molik (r.a.) Rasuli Akramdan (sollallohu alayhi vasallam) bunday rivoyat qilganlar: "Kimki rajab oyining ilk kechasi shomdan keyin yigirma rak’at nafl namoz o‘qisa va har rak’atida Fotiha va Ixlos suralarini zam qilsa va ikki rak’at-ikki rak’atdan o‘qib, o‘n marta salom bersa, Alloh u bandaning o‘zini va bola chaqasini dunyo ofati va oxirat azobidan saqlaydi" ("Zubda").

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilindi: "Me’roj kechasida (jannatda) suvi qordan sovuq, asaldan ham shirin, mushku anbardan ham xushbo‘y anhorni ko‘rdim va Jabroildan (a.s.): "Bu anhor kimlar uchun?" deb so‘radim. U: "Sizga rajab oyida salovot aytganlar uchundir", deb javob qildi".

"Rajab" so‘zida uchta harf bor. "R" — Allohning rahmati. "J" — bandaning jinoyatchi ekani. "B" esa Allohning saxiyligiga dalolat qiladi. Ma’nosi: "Ey bandam! Sening jinoyat va gunohlaringni rahmatim va saxiyligim o‘rtasiga oldim, rajab oyining hurmatidan endi senda jinoyat ham, gunoh ham yo‘qdir", deydi ("Majolisul anvor").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:49:48
Rajab oyi tugaganidan keyin u osmonga chiqar ekan, Alloh: "Ey rajab! Seni zamindagilar hurmatlab ulug‘lashdimi?" deb so‘raydi. Rajab oyi jim turadi. Alloh ikki-uch bor savol qiladi. Shunda rajab oyi: "Ey Rabbim! Sen butun ayblarni yashiruvchi zotsan va bandalaringni ham bir-birlarining ayblarini yashirishga buyurgansan. Sening Rasuling Hazrati Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ham meni "kar oy" deb nomlagan. Ey Rabbim! Men ularning (mo‘min bandalarning) toat-ibodatlarini, tavba-istig‘forlarini eshitdim. Gunoh masiyatlarini esa, eshitmadim", deydi. Alloh: "Ey rajab! Sen ham, bandalarim ham xatokorsizlar. Men sening hurmatingdan ularning aybu nuqsonlarini avf etdim. Senda bir bor nadomatu tavba qilganlarni mag‘firat etaman va ularning gunohlarini yozdirmayman", deydi ("A’rojiyya").

Aytilishicha, mukarram kotib farishtalar bu oyda insonlarning namoi a’mollariga faqatgina yaxshiliklarini yozib, yomonliklarini yozmas, balki boshqa oyda yozar ekanlar. Sababi bu oyda ular biron bir banda tomonidan bajarilgan yomonliklarni eshitmas ekanlar, shuning uchun bu oy "rajab — kar oy" deb nomlangan.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Albatta, rajab Allohning oyi, sha’bon mening oyim, ramazon esa, ummatlarimning oyidir" ("Zubda").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:49:59
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Jannatda bir anhor bor, uning ismi Rajabdir, suvi sutdan oq, asaldan shirinroq. Alloh u suvdan bu oyda ro‘zador bo‘lganlarnigina bahramand qiladi" (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Bu oyning "rajab" deb nomlanishiga sabab — arablar uni ulug‘lashgan. "Rajab"ning yana bir ma’nosi "ulug‘lamoq" degani. Uni ulug‘lashib, bu oyda har kuni Ka’ba eshigini ochib qo‘yardilar, boshqa oylarda esa faqatgina dushanba va payshanba kunlarida ochilardi. Ular: "Bu oy Allohning oyi, Ka’ba ham Allohning uyi, bandalar ham Allohning bandasi, demak, bu oyda Allohning bandasi Allohning uyidan to‘silmasligi kerak", der edilar ("A’rojiyya").

Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Rajabning birinchi juma kechasining uchdan biri o‘tganda osmonu yerdagi hamma farishtalar Ka’ba atrofiga jam bo‘lur. Alloh ularga: "Ey farishtalarim! Xohlagan narsalaringizni so‘ranglar", deydi. Shunda farishtalar: "Ey Rabbimiz! Bizning hojatimiz rajab oyini hurmatlab, unda ro‘za tutganlarni mag‘firat qilishingdir", deyishadi. Alloh farishtalarga: "Ularning gunohidan o‘tdim", deydi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:50:15
Ummul mo‘minin Hazrati Oyishadan (r.a.) rivoyat qilinadiki: "Qiyomatda besh toifa insonlardan tashqari har bir inson och va chanqoq bo‘ladilar. Bu besh toifa insonlar:
1) payg‘ambarlar;
2) ularning ahli oilalari;
3) rajab oyida ro‘za tutganlar;
4) sha’bon oyida ro‘za tutganlar;
5) ramazon oyida ro‘za tutganlardir" ("Zubdatul vo’iziyn").

Xabarda kelishicha, Qiyomat kunida bir nido qiluvchi: "Rajabiylar (rajab oyini ro‘za va toat bilan o‘tkazganlar) qaerda?!" deb nido qiladi. Shunda ulug‘ bir nur chiqib, Jabroil va Mikoil boshchiligida rajabiylarni ergashtirib, sirot ko‘prigidan chaqmoqdek tez olib o‘tadi. Rajabiylar Allohga shukrona tarzida sajda qiladilar. Shunda Alloh: "Ey bandalarim! Boshlaringni ko‘taringlar, zero, sizlar dunyodalik chog‘laringizda rajab oyida sajdalar qilgansizlar, endi esa jannatda o‘z o‘rinlaringizga boringlar" deydi ("Ravnaqul majolis").

Hazrati Savbon (r.a.) hikoya qilganlar: "Men Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bilan bir qabriston oldidan o‘tib ketayotgan edim, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) yig‘ladilar va duolar qildilar. Shunda men: "Ey Rasululloh! Nimaga yig‘layapsiz?" dedim. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Savbon! Bu qabristondagilar hozir o‘z qabrlarida azoblanmoqdalar. Men Allohga ularning azoblarini yengillashtirish tilab duo qildim", dedilar. So‘ngra aytdilarki: "Ey Savbon! Agarda bular (o‘lganlar) rajab oyida bir kun ro‘za tutgan va biron-bir kechasini toat-ibodat bilan o‘tkazganlarida edi, qabrlarida aslo azoblanmagan bo‘lardilar". Shunda men: "Ey Rasululloh! Atigi bir kunlik ro‘za va bir kechalik toat-ibodat ulardan azobi qabrni ko‘tararmidi?" dedim. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Meni payg‘ambar qilib yuborgan Zotning nomiga qasamki, qaysi bir muslim yoki muslima rajab oyida bir kun ro‘za tutsa va bir kecha ibodat bilan bedor bo‘lsa, buni faqat Allohning rizoligini istab qilsa, albatta, Alloh uning namoi amoliga yuz yillik nafl ro‘za va shuncha kecha ibodat qilganlik savobini bitadi", dedilar" ("Zubdatul vo’iziyn").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:50:54
O‘n ikkinchi majlis
ERKAKLARNING AYOLLARDAN USTUNLIGI


Alloh taolo aytadi:
"Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ularni birovlaridan birovlarini (erkaklarni ayollardan aqlda va mas’uliyatda) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. Bas, ibodat-itoatli va erlari yo‘qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar — yaxshi xotinlardir. Xotinlaringizning itoatsizligidan qo‘rqsangiz, avvalo ularga pand nasihat qilinglar, so‘ng (nasihatlaring kor qilmasa) ularni yotoqlarda tark etinglar (ular bilan bir joyda yotmanglar, yaqinlashmanglar), so‘ngra (ya’ni shunda ham sizlarga bo‘ysunmasalar) uringlar. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar. Albatta, Alloh eng yuksak va buyuk bo‘lgan zotdir" (Niso surasi, 34-oyat).

Ushbu oyatda oilada er bilan xotinning o‘rni qanday bo‘lishi belgilab berilgan. Shariat hukmicha, er, avvalo oilaning barcha moliyaviy va ma’naviy taraflariga javobgar bo‘lgan, uni chetdan bo‘ladigan har qanday xurujlardan himoya qiladigan shaxsdir. Mana shular evaziga hamda erkak kishi uchun fazilat hisoblanmish og‘ir-bosiqlik, oila tebratishdagi tadbirkorlik kabi sifatlar sababli u oilaning boshlig‘i sanaladi. Yaxshi xotin esa, diyonatli, erining uyini obod qiladigan va unga bir umr sadoqatli bo‘lgan ayoldir.

Ushbu oyat Sa’d ibn Robe’ al-Ansoriy va uning ayoli Muhammad ibn Maslamaning qizi haqida nozil bo‘lgan. Bu ayol Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) eri ustidan shikoyat qilib kelganida, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) undan qasosini olishga buyurdilar. Bir soatdan so‘ng ushbu oyat nozil bo‘ldi: "Erkaklar xotinlari ustidan rahbardirlar". Ya’ni, erlar ayollarga odob berishda va ishlarini idora etishda boshliqdirlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:51:07
Fuzayl ibn Ubayda (r.a.) rivoyat qiladilar: "Bir kishi masjidga kirib keldi-da, namozdan so‘ng: "Ey Alloh! Meni mag‘firat qil va menga rahm et", deb duo qildi. Shunda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ey namoz o‘quvchi! Sen shoshding, namoz o‘qib bo‘lganingdan keyin, avvalo Allohga hamd, menga salovot ayt. So‘ngra nimani tilasang, tilayver", dedilar. Shu chog‘da yana bir kishi masjidga kirib keldi. Namozdan so‘ng Allohga hamd, Payg‘ambarimizga salovot aytib, turib ketmoqchi bo‘ldi. Payg‘ambarimiz: "Ey namozxon! Duo qil, duoing ijobat bo‘ladi, duo qil, duong ijobat bo‘ladi", deb takrorladilar. Va so‘ng: "Mening ismimni eshitgan chog‘ida salovot aytganlarning ham duolari mustajobdir", dedilar.

Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Ayol kishining afzali qarasang, xursand qiladigani, ish buyursang, itoat etadigani, uyda bo‘lmaganingda o‘zini va molingni saqlaydigani", dedilar-da, so‘ng "Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar", oyatini o‘qidilar.

Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Ayol kishi besh vaqt namozini o‘qisa, bir oy ro‘zasini tutsa, avratini (nomahramlardan) to‘sib, eriga itoatli bo‘lsa, jannatga jannatning xohlagan eshigidan kiradi" (Abu Na’im rivoyati).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:51:18
Abdurahmon ibn Avf (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qildilar: "Bitta soliha ayol mingta fosiq erkak kishidan yaxshidir. Qaysi xotin erining yetti kun xizmatini qilsa, yetti do‘zax eshigi yopilib, sakkiz jannat eshigi ochiladi va u xohlagan eshigidan jannatga kiradi", dedilar.

Hikoya: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) zamonlarida bir kishi g‘azotga ketayotib xotiniga: "Men qaytmagunimcha uydan chiqma", deb tayinladi. Ayolning otasi kasal bo‘lib qoldi. U ayol Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi vasallam) elchi jo‘natib ruxsat so‘radi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Eringga itoat et", dedilar. Bu ish yana ikki marta takrorlandi. Ayol erining gapiga kirib, uydan chiqmadi, hatto otasi vafot etganda ham borolmadi, sabr qildi. Bir necha kunlardan keyin eri keldi. Shunda Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi vahiy nozil bo‘ldi: "Erining amriga itoat etgani uchun shu ayolning gunohi kechirildi".

Abdulloh ibn Ma’sud (r.a.), Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Ayol erining kiyimini yuvsa, Alloh uning nomai amoliga yuzta yaxshilik yozib, ikki mingta xatosini o‘chirgay. Quyosh nuri tekkan har bir narsa unga istig‘for aytadi. Va darajasini ming daraja yuqori qiladi" ("Musnodul Firdavs"da Abu Mansur rivoyat qilgan).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:51:29
Hazrati Ali (r.a.) aytdilar: "Fotima ikkimiz Rasulullohning huzurlariga kirdik, u kishini yig‘layotgan ekan. "Sizni nima yig‘latdi?" deb so‘raganimizda, u zot: "Men Isro kechasida do‘zaxda qattiq azoblar bilan azoblanayotgan bir necha guruh ayollarni ko‘rdim, dedilar. — 1. Bir ayolga qarasam, sochidan osib qo‘yilgan, halqum-dimog‘i qaynab turibdi. 2. Yana bir ayol tilidan osilib, qo‘li orqasidan chiqarib qo‘yilgan. 3. Yana bir ayol siynasidan osilgan va zahar-zaqqum tomog‘idan quyilmoqda. 4. Bir ayol oyoq-qo‘li peshonasiga bog‘lab osib qo‘yilgan, ilonu chayonlar chaqib yotibdi. 5. Bir ayol o‘zining jasadini o‘zi yemoqda, do‘zax olovi ostidan uni kuydirmoqda. 6. Bir ayol esa o‘z jasadini olovli qaychi bilan qirqmoqda. Yana bir ayolni ko‘rdim, yuzi qorayib ketgan, o‘z ichak-chavoqlarini yemoqda. 7. Bir ayol kar, ko‘r, o‘tdan bo‘lgan tobutda soqov holda yotibdi, uning badani peslar va maxovlarning badanidan ham iflos va sassiq edi. 8. Bir ayolni ko‘rdim, boshi cho‘chqaning boshiga, badani eshakning badaniga o‘xshaydi, ming xil azoblar bilan azoblanmoqda. 9. Yana bir ayol ko‘rdim, it suratida, ilonu chayonlar og‘zidan kirib, orqasidan chiqmoqda. Maloikalar uning boshiga o‘tdan bo‘lgan gurzi bilan urmoqdalar". Shu vaqt Fotima sapchib o‘rnilaridan turib: "Ey otajon! Bu toifa ayollarning amallari qanday bo‘lganini gapiring. Ular bu dunyoda qanday ayollar bo‘lgan?" dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Fotima! Birinchi toifadagi ayollar sochlarini nomahramlardan yashirmasdan, ochiq-sochiq qilib yurgan ayollardir. Ikkinchi toifa esa, erlariga tillari bilan ozor yetkazgan ayollardir. Uchinchi toifa erining ruxsatisiz birovlarning go‘daklarini emizgan ayollardir. To‘rtinchi toifa erining ruxsatisiz uyidan chiqqan va hayzu nifosdan keyin g‘usl qilmaydigan ayollardir. Beshinchi toifa ayollar erkaklarga o‘zini ziynatli qilib ko‘rsatgan va g‘iybatchi xotinlardir. Oltinchi toifa o‘zini nomahram erkaklarga tanitgan va o‘zidagi ziynatiga qaragan har qanday nomahramni yaxshi ko‘rgan ayoldir. Yettinchi toifa namoz va ro‘za amallariga qodir bo‘lib, lekin biror marta tahorat qilmagan, hayzdan poklanib boshini sajdaga qo‘ymagan ayollardir. Sakizinchi toifa chaqimchi va yolg‘onchi xotinlardir. To‘qqizinchi toifa o‘z eriga yuzini tirishtiradigan, g‘azab qiladigan ayollardir", dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:51:42
Abu Zar (r.a.) aytganlar: "Men Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam): "Qaysi bir ayol o‘z eriga la’nat aytsa, zolimdir, Alloh uni yetti osmon ustidan turib la’natlaydi", degan so‘zlarini eshitganman".

Abdurahmon ibn Avf (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qaysi bir ayol nafaqa ishida eriga g‘am tug‘dirsa yoki undan toqat qilolmaydigan ishlarni talab qilsa, Alloh u ayolning farz va nafl ibodatlarini qabul etmaydi".

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Qaysi bir ayol, agarchi yer yuzidagi bor tillo va kumushni uyiga olib kelgan bo‘lsa ham, bir kuni shu mol-davlati bilan eriga faxrlanib, "Bor mol-mulkni men topganman, sening moling yo‘q", desa, Alloh o‘sha ayolning barcha amallarini habata (yo‘q) qiladi, agar u soliha ayol bo‘lganda ham".

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qaysi bir ayol erining ruxsatisiz uyidan chiqsa, to uyiga qaytgunga qadar, unga quyosh va oy nuri tushib turgan har bir narsa la’nat aytadi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:51:57
Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi: "Ayol erining uyidan ziynatlanib atrlarni sepib ko‘chaga chiqsa va uning bu ishiga eri rozi bo‘lsa, Alloh unday erga uning xotinining har bir qadami barobarida do‘zaxdan bir uy bino qiladi".

Talha ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qaysi bir ayol erining yuziga noxush nazar qilib, qalbiga g‘am-anduh solsa, to u ayol erining yuziga kulib xursandchilik bilan boqib, surur baxsh etmaguncha, Allohning g‘azabida bo‘ladi".

Salmon Forsiy (r.a.) rivoyat qilganlar: "Fotima (r.a.) Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kelib, Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi vasallam) nazar solib yig‘lab yubordilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Fotima! Nimaga yig‘layapsan?" dedilar. Fotima: "Kecha men bilan kuyovingiz ikkovimizning o‘rtamizda mazaxli so‘zlar bo‘ldi. Natijada erim mendan ranjib qoldi. Shunda men erimning g‘azabnok bo‘lganini ko‘rib, g‘am-anduhga tushdim, afsus-nadomatlar qildim. Erimning atrofida yetmish ikki marotaba aylanib, "Mendan rozi bo‘ling", dedim, axiyri yuzlarida xursandchilik va rozilikni paydo qildim", dedilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ey qizim! Allohga qasamki, agar sen eringni rozi qilmay vafot qilganingda, janozangni o‘qimasdim", dedilar. So‘ng: "Ey qizim! Bilki, erning rizosi Xudoning rizosi va erning g‘azabi Allohning g‘azabi turur. Ey qizim! Agarchi ayol Imron qizi Maryamdek Allohga ibodat qilsa ham, lekin undan eri rozi bo‘lmasa, Alloh uning ibodatini qabul qilmaydi. Ey qizim! "Ayolning eng oliy ibodatlari — eriga itoat etish, afzal amallari esa tikish-bichishlaridir. Zero, bir soat to‘qish ishi ayollar uchun yuz yillik ibodatdan afzaldir. Chunki to‘qigan kiyimlari barobarida bir shahidning savobi ularning namoi amoliga bitilgay. Ey qizim! Qaysi bir ayol ip yigirib, undan eriga va bolalariga kiyim qilsa, unday ayolga jannat vojib bo‘ladi", dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qaysi bir kishining ikkita xotini bo‘lib, ikkalasining o‘rtasida taomda, nafaqa va yotishda barobarlikni qilmasa, unday er mening shafoatimdan umid qilmasin", dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimning xotini ikkita bo‘lib, ammo ularning o‘rtasida odillik bilan ish yuritmasa, birisiga ko‘proq moyil bo‘lsa, qiyomatda u bir yelkasi bir tarafga osilgan holida keladi" ("Murshidul mutfahhilin").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:52:26
O‘n uchinchi majlis
OTA-ONAGA YAXSHILIK QILISH FAZILATLARI


Alloh taolo aytadi:
"Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar. Ota-onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qullaringizga yaxshilik qilingiz! Albatta Alloh o‘zlari baxillik qiladigan va o‘zgalarni ham baxillikka chaqiradigan hamda Alloh fazlu karamidan bergan ne’matlarni yashiradigan mutakabbir va maqtanchoq bo‘lgan kimsalarni sevmaydi" (Niso surasi, 36—37-oyatlar).

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim menga salovot aytsa, unga maloikalar menga aytgan salovotidek salovot aytadi, bas, xohlasa oz aytsin, xohlasa ko‘p" ("Shifoi sharif").

Aytishlaricha, otaning bolasi ustida o‘nta haqqi bordir. Farzand mana shu o‘nta haqni chiroyli ado qilmog‘i lozim:
1. Ota-onasiga taom berish.
2. Xizmatlarini qilish.
3. Chaqirganlarida "labbay" deb javob berish.
4. Gunoh bo‘lmagan bir ishga buyurganida, itoat etish.
5. Otasi bilan yumshoq ohista gaplashish.
6. Unga kiyim olib berish.
7. Yurganda orqasidan yurish.
8. O‘ziga ravo ko‘rgan narsalarni otasiga ham ravo ko‘rish.
9. O‘ziga ravo ko‘rmagan narsalarni otasiga ham ravo ko‘rmasligi.
10. Duo qilganda otasini ham qo‘shib Allohdan mag‘firat tilash.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:52:41
Faqihlardan ota-onasi norozi bo‘lib o‘tgan farzand haqida, unda ota-onasini rozi qilish imkoni bormi, deb so‘rashdi "Faqat uch yo‘l bilan bo‘ladi, — dedilar. — 1. Solih bo‘lishi darkor. 2. Ota-onasining yaqin qarindoshlari bilan bordi-keldi qilishi zarur. 3. Ularning haqlariga har kun duo-istig‘for aytishi lozim".

Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Bandaning qalbi to‘g‘ri, mustahkam bo‘lmaguncha, iymoni mustahkam bo‘lmagay, tili mustahkam bo‘lmaguncha, qalbi mustahkam bo‘lmagay. Shuning uchun mo‘min to qo‘shnisi uning ozoridan omonda bo‘lmaguncha jannatga kirmaydi", dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim qo‘shnisini hurmat qilsa, unga jannatga kirish vojib bo‘ladi. Kimda-kim o‘zining qo‘shnisiga ozor bersa, uni Alloh va maloikalar va barcha insonlar la’natlaydi" ("Hayotul qulub").

Hikoya: Umar ibn Xattob uylariga mehmon kelsa, o‘rinlaridan turib, mehmonga xizmat qilardilar. U kishidan: "Siz nima uchun mehmon kelganda o‘zingiz xizmat qilasiz?" deb so‘rashdi. U kishi: "Men Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam): "Maloikalar mehmonlari bor manzilda tik turadilar, o‘tirmaydilar", degan gaplarini eshitganman. Maloikalar oyoqda tik turishganda men o‘tirishdan hayo qilaman", dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:52:52
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kishi birodarinikiga mehmon bo‘lib borganida o‘zi bilan ming baraka olib kiradi. Shu mehmon hurmatiga mezbon xonadonini Alloh taolo mag‘firat qiladi, agar uy egalarining gunohlari dengiz ko‘piklaridan, daraxt barglaridan ko‘p bo‘lsa ham" ("Kanzul axbor").

Abu Hurayra (r.a.), Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Odam bolasi vafot etganida faqatgina uch tarafdan nomai amoliga savob borib turadi: 1. Sadaqai joriyasidan. 2. Qoldirgan ilmidan. 3. O‘zidan keyin uning haqqiga duo qiluvchi solih farzandidan".

Faqih Abu Lays aytadilar: "Alloh Tavrotda, Injilda va Qur’onda barcha payg‘ambarlarga buyurgan: "Ey bandam! Mening roziligim ota-onangning rizosidadir, g‘azabim ularning g‘azabidadir".

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam): "Amallarning eng afzali nima", deb so‘rashganda, ul zot: "Vaqtida o‘qilgan namoz, so‘ngra ota-onaga yaxshilik qilish va Alloh yo‘lida jihod qilish", deb javob berdilar.

Qur’on oyatlarida uch oyat bir-birlari bilan yonma-yon zikr etilgan. Kimda-kim birini qilib, boshqasini bajarmasa, bajargani qabul bo‘lmagay.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:53:03
Birinchi oyat: "Namoz o‘qinglar va zakotni beringlar". Demak, kishi namozini o‘qisa-yu, zakotini bermasa, namozi qabul bo‘lmaydi. Buning aksi ham xuddi shunday.

Ikkinchi oyat: "Allohga itoat etinglar va Uning rasuliga itoat etinglar". Demak, kimda kim Allohga itoat etsa-yu, Payg‘ambarning muborak sunnatlarini qilmasa, uning Xudoga qilgan toat-ibodati xush kelmaydi, uning aksi bo‘lsa ham, xuddi shunday.

Uchinchi oyat: Alloh taolo marhamat qilganki: "Menga shukr qil va ota-onangga shukr qil", ya’ni "Meni va ularni rozi qil". Demak, Allohga shukr qilib, ota-onasiga shukr qilmagan odamning Allohga qilgan shukri o‘tmaydi. Zero, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) hadislarida: "Kim o‘z ota-onasini rozi qilsa, Xoliqini rozi qilibdi. Kimki ota-onasining g‘azabini keltirsa, Xoliqining g‘azabini keltiribdi", deganlar ("Tanbehul g‘ofiliyn").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:53:14
Hikoya: Kunlardan bir kuni Sulaymon (a.s.) yer-osmon o‘rtasida aylanib yurib, bir chuqur dengizga duch kelib qoldilar va dengizda bahaybat to‘lqinni ko‘rdilar. Shunda shamolga to‘xtashni amr qilganlarida shamol to‘xtab, to‘lqin ham to‘xtadi. Sulaymon (a.s.) o‘zlarining qul jinlari bo‘lmish Ifritga dengizning qa’riga sho‘ng‘ishni buyurdilar. U sho‘ng‘ib dengiz qa’riga yetganda, oppoq durdan bo‘lgan qubbani ko‘rdi. Uni Sulaymonning (a.s.) oldilariga olib chiqdi. Sulaymon (a.s.) ajablanib, buning asroridan boxabar qilishni tilab, Allohga duo qildi. Qubba ochildi. Dur qubba ichida bir yigit sajda holida turardi. Sulaymon (a.s.) yigitga: "Sen farishtamisan, jinlardanmisan yoki insonmisan?" dedilar. Yigit: "Insonman", deb javob berdi. Sulaymon (a.s.) yigitga: "Nima sabab bo‘lib sen bunday ulug‘ karomatga erishding?" dedilar. Yigit: "Mening onam bir notavon kampir edi, uni men orqamga opchib yurardim. Onam haqqimga duo qilib: "Ey Parvardigor! O‘g‘limni qanoatli qil va vafotimdan keyin uning o‘rnini bir joy qilginki (u joy) na osmonu na yerda bo‘lsin", derdi. Onam o‘lganlaridan so‘ng shu dengiz sohilida aylanib yurganimda, dengizda bir Qubbani ko‘rdim. Unga yaqinlashganimda ochildi, unga kirdim. Shundan keyin Allohning izni ila bekilib qoldi. O‘sha kundan beri qubbadaman. Bilmaymanki, yerdamanmi yoki osmonda". Sulaymon (a.s.): "Senga Alloh rizqingni qanday yetkazadi", dedilar. Yigit: "Och qolsam, Alloh Qubba ichida bir daraxt o‘stirib, undan mevalar paydo qiladi. Chanqasam, Qubbadan bir buloq paydo bo‘ladiki, uning suvi sutdan oq, asaldan shirin", dedi. Sulaymon (a.s.): "Kunning kech bo‘lganini qaerdan bilasan?" dedilar. Yigit: "Tong otganda Qubba oppoq tusga kiradi, shunda men kunduz bo‘lganini bilaman. Quyosh botib qorong‘u tushsa, Qubba qorayadi, bilamanki kech bo‘libdi". So‘ng yigit duo qildi. Allohning izni bilan Qubbaning eshigi yopildi va avvalgi holiga keldi  ("Majmatul latoif")
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:53:28
Hikoya: Muso (a.s.) duo qilib: "Ey Alloh! Menga jannatda men bilan birga bo‘ladigan do‘stimni ko‘rsat", deb iltijo qildilar. Allohdan vahiy kelib: "Falon shaharning falon bozoriga bor. U yerda bir qassob bor, uning ko‘rinishi shundoq, u jannatda doim sen bilan birga bo‘ladi", dedi. Muso (a.s.) borib, mazkur do‘konni topdilar, kun botguncha qassobni kuzatdilar. Kun botgach, qassob bir parcha go‘shtni savatiga solib do‘konidan chiqdi. Muso (a.s.) uning oldidan chiqib, uyingda bir kecha mehmon bo‘lsam maylimi, dedilar. Qassob rozi bo‘ldi va uyiga olib bordi. Qassob haligi go‘shtdan mazali sho‘rva tayyorladi, so‘ngra kaptar bolasi kabi bir zaifa kampirni savatda ko‘tarib keldi-da, chiqardi. Taomni kampirning og‘ziga solib, qornini to‘yg‘azdi. Keyin kiyimlarini yuvdi, toza kiyim kiydirib, yana savatga qo‘ydi. Shu lahzalarda Muso (a.s.) kampirning labi qimirlayotganini ko‘rib qoldilar. Muso (a.s.) quloq tutdilar. Kampir pichirlab: "Ey Parvardigor! O‘g‘limni jannatda Muso bilan birga qil", deb duo qilardi. Qassob savatni bir qoziqqa ilib qo‘ydi. Muso (a.s.): "Nima uchun bunday qilding?" dedilar. Qassob: "Bu ayol onam, qarib kuchlari ketib, hatto o‘tira olmaydigan bo‘lib qolganlar", dedi. Shunda Muso (a.s.): "Ey birodar! Senga xushxabar bor. Men Muso payg‘ambarman, sen esa mening jannatdagi qo‘shnimsan", dedilar.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Sadaqada besh xislat bor:
1. Mol-mulkka baraka kirib ziyoda bo‘lishi.
2. Kasalning davosi.
3. Baloning ko‘tarilishi.
4. Sirotdan chaqmoqdek o‘tish.
5. Jannatga hisob-kitobsiz kirish".

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Afzal amallar quyidagilardir: besh vaqt namozni vaqtida o‘qish va chiroyli axloqli, tavoze’li bo‘lish" ("Daqoyiqul axbor").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:54:00
O‘n to‘rtinchi majlis
ALLOH VA UNING RASULIGA BO‘LGAN MUHABBATNING FAZILATLARI


Alloh taolo aytadi:
"Kimda kim Alloh va Rasulga itoat qilsa, ana o‘shalar Allohning in’omlariga sazovor bo‘lgan zotlar — payg‘ambarlar, haq-rost iymon egalari, shahidlar va faqat yaxshi amallar bilan o‘tgan kishilar birga bo‘lurlar. Ular esa, eng yaxshi hamrohdurlar" (Niso surasi, 69-oyat)

Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilindi. Ul zot aytdilar: "Kimda kim menga uyqudan uyg‘onganda va uyquga ketayotganda o‘n marta salovot aytsa, Alloh u bandani qiyomat kunidagi katta qo‘rqinchdan omon qiladi, u banda jannatda payg‘ambarlar va siddiqlar bilan birga bo‘ladi" ("Zubdatul vo’iziyn").

Yuqorigidagi oyatda ham "Ular jannatda payg‘ambarlar va siddiqlar bilan birga bo‘ladilar", deyildi.
Bu oyat Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) ozod qilgan qullari Savbon (r.a.) haqida nozil bo‘lgan. U zotning Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi vasallam) muhabbatlari qattiq bo‘lib, firoqlariga sabr qilolmasdilar. Bir kuni Hazrati Savbon Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga yuzlari qizargan va jismlari titragan holda kirib keldilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) undagi bu holni ko‘rib, sababini so‘radilar. Savbon (r.a.): "Men kasal emasman, lekin sizni ko‘rmay qolganim uchun, qattiq vahshatga tushdim. Shu asnoda oxirat esimga tushib qoldi. Shubhasizki, siz jannatda payg‘ambarlar bilan birga bo‘lasiz. Men agar jannatga kirsam ham, siz bilan birga bo‘lolmayman. Chunki mening manzilim sizning manzilingizdan ancha pastda bo‘ladi. Men jannatga kirolmasam, unda sizni abadiy ko‘ra olmayman. Oxiratda holim qanday bo‘lishini o‘ylab, jismim titramoqda", dedilar. Shunda yuqoridagi oyat nozil bo‘ldi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:54:10
Ummul-mo‘minin Hazrati Oyishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Kim Allohni yaxshi ko‘rsa, Uni ko‘p zikr qiladi. Bu zikrning samari esa, Alloh uni rahmati bilan eslashi, payg‘ambarlari va avliyolari bilan birga jannatga kirgizishi va unga jamolini ko‘rsatishidir. Kimda-kim Payg‘ambarimizni (sollallohu alayhi vasallam) yaxshi ko‘rsa, u zotga ko‘p salovot aytadi. Salovotining samarasi ul zotning shafoatlariga erishishi va jannatda birga bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishidir".

Kim Payg‘ambarimizni (sollallohu alayhi vasallam) tushida ko‘rishni xohlasa, ul zotga ko‘proq salovot aytsin va ul zotni chin dildan yaxshi ko‘rsin. Bu muhabbatning alomati Rasuli akramning (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlariga ergashishdir ("Jomi’us sag‘ir").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga Quzoa’ qabilasidan bir kishi kelib: "Yo Rasulalloh! Agar men Allohning yakkayu yolg‘izligiga va sizning payg‘ambarligingizga guvohlik bersam, besh vaqt namozni o‘qisam, bir oy ro‘za (ya’ni, Ramazon ro‘zasini) tutsam va zakot bersam, ayting-chi, men kimlar bilan birga bo‘laman?" deb so‘radi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Kim shu holatda vafot etsa, u qiyomat kuni payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladi", dedilar va barmoqlarini bir-biriga jips qilib ko‘rsatdilar. So‘ng qo‘shib qo‘ydilar: "Modomiki ota-onasiga oq bo‘lmasa". Chunki ota-onasini norizo qilganlar Allohning rahmatidan uzoq kishilar hisoblanadilar ("Mishkotul anvar").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:54:21
Ummul mo‘minin Hazrati Oyishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Alloh taolo mo‘minlarni jannatga kirgizishni xohlasa, bir farishtani qo‘lida hadyasi va kiyimlar bilan ularning oldilariga jo‘natadi. Mo‘minlar jannatga kirayotganlarida haligi farishta: "To‘xtab turinglar, men Allohdan sizlarga hadya-sovg‘alar olib kelyapman", deydi. Mo‘minlar: "U nima hadya?" deb so‘raydilar. Farishta: "O‘nta uzuk, birinchisiga: "Sizlarga salomatlik bo‘lsin, jannatga abadiy qolish uchun kiringlar!" degan so‘z yozilgan. Ikkinchisiga: "Jannatga tinch holda kiringlar!" deb, uchinchisiga: "Sizlardan g‘am-g‘ussa va xafachiliklarni ketkazdim", deb, to‘rtinchisiga: "Sizlarga jannat kiyimlaridan kiydirurmiz", deb, beshinchisiga: "Sizlarni huru ‘iynlarga uylantirurmiz", deb, oltinchisiga: "Bugungi kunda men sizlarning sabringizga najot topishingizni mukofot qilmoqdaman", deb, yettinchisiga: "Sizlar yigitga aylanasiz va abadiy qarimaysiz", deb, sakkizinchisiga: "Sizlar abadiy xavf-xatarsiz tinchlikka erishdingiz", deb, to‘qqizinchisiga: "Sizlarning rafiqlaringiz payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlardir", deb, o‘ninchisiga: "Sizlar endi Allohning qo‘shnisiga aylandingiz", deb yozilgan", deydi. Ular ham jannatga kirayotib: "Bizdan g‘am-anduhlarni ketkazgan Allohga hamdu sano bo‘lsin. Rabbimiz shukr qiluvchilarning shukrini qabul qiluvchi va mag‘firat egasi bo‘lgan zotdir", deydilar" ("Safiynatul abror").

Ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Kimda kim mening sunnatimni ummatlarim fisqu fasodga ketgan chog‘da mahkam tutsa, unga yuzta shahidning ajri beriladi" ("Tariqatul Muhammadiyya").

Zayd ibn Talha otasidan, otasi otasidan, u kishi Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Albatta din g‘arib bo‘lib boshlangan va tezda g‘ariblikka qaytadi. Bas, mendan keyingilar buzgan sunnatlarimni isloh qiluvchi g‘ariblarga jannat bo‘lsin".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:54:34
Hazrati Muqotil aytadilar: "Hayvonlardan o‘ntasi jannatga kiradi. 1. Ibrohimning (a.s.) buzog‘i. 2. Ismoilning (a.s.) qo‘chqori. 3. Solihning (a.s.) tosh orasidan chiqqan tuyasi. 4. Yunusning (a.s.) balig‘i. 5. Musoning (a.s.) sigiri. 6. Uzayrning (a.s) eshagi. 7. Sulaymonning (a.s.) chumolisi. 8. Malika Bilqisning hudhudi. 9. Ashobi Kahfning iti. 10. Hazrati Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) buroqlari. Bu hayvonlarning hammalari qiyomat kuni qo‘chqor suratida bo‘ladilar. So‘ngra insonlar bilan bo‘ladigan hisob-kitob boshlanadi. U Kunning qo‘rqinchini, shiddatini ko‘rgan har bir muqarrab farishta, payg‘ambarlar va shahidlar ham najot topishlariga gumon qilib qoladilar" ("Mishkotul anvor").

Bilingki, kishining amali uch xil bo‘ladi.
1. Qalbi qilgan amal. U tasdiqdan iborat bo‘lib, ko‘rilmaydi ham, eshitilmaydi ham, balki seziladi, xolos.
2. Tili qilgan amal. U faqat eshitiladi.
3. A’zolari qilgan amal. U ko‘riladi.

Demak, banda yuqoridagi uch turli a’zolari bilan biror bir solih amal qilsa, Alloh uning qulog‘i uchun biror bir quloq eshitmagan va ko‘zi uchun biror ko‘z ko‘rmagan va qalbi uchun biror bir jonzotning qalbiga xotir bo‘lmagan mukofotni beradi. Shunday ekan, toatlarda bardavom bo‘lishimiz lozim. Zero, Alloh yaxshiliklarning ajrini nuqson qilmaydi, aksincha, ziyoda qilib beradi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:54:47
Hotam Zohid aytganlarki: "Kimda kim Mavlosini yaxshi ko‘rishni taqvosiz da’vo qilsa, u yolg‘onchidir. Kimki jannatga kirish da’vosini xayru sadoqatsiz da’vo qilsa, u odam ham yolg‘onchidir. Kimda kim Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) muhabbatini ul zotning sunnatlariga ergashmasdan da’vo qilsa, uning da’vosi ham yolg‘ondir. Kimki bechora, faqir va miskinlar bilan birga muomala va suhbat qilishni yomon ko‘rib, ulardan jirkansayu, jannatdagi darajotlarni umid qilsa, uning ham da’vosi yolg‘ondir.

Rivoyat: Sa’dun al-Majnun qo‘lining kaftiga "Alloh" deb yozib olganini Sirriy Saqatiy ko‘rib qoldilar. "Qo‘lingga Alloh nomini nega yozding?" deb savol qildilar. Sa’dun al-Majnun: "Men Allohni juda ham yaxshi ko‘raman. Men Rabbimning ismini qalbimga yozdim, hatto qalbimda undan boshqasiga o‘rin yo‘q. Tilimga ham yozganman, Rabbimning ismidan boshqa ismni tilga olmayman. Endi esa uni kaftimga yozib oldim. Boisi Rabbimning ismini ko‘zim ham ko‘rib tursin. Endi ko‘zim boshqa bir ishga mashg‘ul bo‘lmas", dedilar.

Hikoya: Samnun (r.a.) umrining oxirlarida uylandilar va bir qiz farzand ko‘rdilar. Qizchalari uch yoshga to‘lganida, qalblariga otalik mehri paydo bo‘lib, jo‘sh urdi. Bir kuni shunday bir tush ko‘rdilar. Tushlarida go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Har bir payg‘ambar va valiylarning bayroqlari tikilgan. Shu bayroqlarning ortida nuri ufqni to‘sgan, juda ham baland bir bayroqni ko‘rdilar. Bu bayroq haqida so‘ragan edilar: "Bu bayroq Allohga xolis bo‘lgan kishilarning bayrog‘idir", deyildi. Shunda Samnun ham o‘zlarini payg‘ambar va valiylarning orasida ko‘rdilar. Bir ozdan so‘ng farishtalardan biri kelib, Samnunni ularning orasidan olib chiqib tashladi. Shunda Samnun bu farishtaga: "Men Allohni xolis yaxshi ko‘ruvchilardanman, nimaga meni bu yerdan olib chiqib tashlayapsan?" dedilar. Shunda farishta: "To‘g‘ri, sen xolislardan eding, biroq sendagi muhabbat bolangga tushgandan so‘ng, ismingni xolislar qatoridan o‘chirdik", dedi. Shunda Samnun tavba-tazarrular qildi va: "Ey Rabbim! Agarda bolam xolis muhabbatimga mone’ bo‘lsa, undan voz kechdim. Toki men Sening lutfi-karaming bilan o‘zingga xolis muhabbatli bandalaringdan bo‘lay", deya yig‘ladi. Shundan so‘ng uyqudan uyg‘onishi bilan dod-voy tovushini eshitdi. "Bu nima qichqiriq?!" deb so‘ragan edi, aytishdiki: "Qizing devordan yiqilib o‘ldi". Samnun: "Mendan mone’ni ketkazgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin", dedi ("Mukoshafatul anvor").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:55:02
Zunnun Misriydan rivoyat qilinadi. U zot havoda chordana qurib o‘tirgan bir odamni ko‘rib qoldilar. Bu odam to‘xtamay faqat: "Alloh", der edi. Zunnun Misriy: "Sen kimsan?" deb so‘radilar. Odam: "Men Allohning bandalaridan biriman", dedi. "Bu karomatga qanday qilib erishding?" degan edilar, u odam: "Havoi-nafsimni Allohga bo‘lgan muhabbatim uchungina tark etdim, shuning uchun Alloh taolo meni havoga o‘tirg‘izib qo‘ydi", deb javob qildi.

Samnun o‘z qavmi o‘rtasida Rabbiga muhabbatli kishi sifatida mashhur bo‘lgan edilar. U kishini avom insonlar "Samnun al-Majnun" (Samnun jinni) deb, olimlar esa "Samnun al-muhib" (muhabbatli Samnun) deb atashardi. O‘zi esa o‘zini "Samnun al-kazzob" (yolg‘onchi Samnun) deb atardilar. Bir kuni u masjiddagi minbarga chiqib, insonlarga va’z-nasihat qilganlarida, insonlar u kishining so‘zlariga iltifot qilishmadi. Shunda insonlardan nazarini olib, masjiddagi qandillarga qaratdilarda: "Ey qandillar! Samnundan ajoyib gaplarni tinglanglar", dedilar. Tuyqus qandillar zanjirlaridan uzildi va yerga tushib parcha-parcha bo‘ldi. Bu holni ko‘rganlar hayratda qolishdi.

Alloh va Rasuliga itoat qilish payg‘ambarlar, solihlar va avliyolar bilan qiyomatda va jannatda birga bo‘lishga sabab bo‘lar ekan. Ibn Ma’sud (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilganlar: "Bir kishi Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kelib: "Ey Rasululloh! Bir kishi bir qavmni yaxshi ko‘rsa, u ular bilan birga bo‘ladimi?" deb so‘ragan edi, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Inson o‘zi yaxshi ko‘rgan kishisi bilan birgadir", deb javob berdilar. Kimki Allohni yaxshi ko‘rsa, Uni ko‘p zikr qiladi. Zikrning foydasi Alloh uni rahmat va mag‘firatiga olish, payg‘ambarlar va solih kishilar bilan jannatga kirgizish va unga oxiratda O‘z jamolini ko‘rsatish bilan ikrom qilishidir ("Masobih").

Said al-Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) quyidagilarni rivoyat qilganlar: "Agar bir qavm majlis qurib o‘tirsalaru menga salovot aytmasalar, (oxiratda) ularga ziyon, xasrat bordir. Ular jannatga kirsalar ham, baribir majlislaridagi o‘sha xatolari sabab savob topmaydilar" ("Shifoi sharif").

Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) ko‘p-ko‘p salovot aytgan kishi, albatta, oxiratda u zotning shafoatlariga noil bo‘lur va jannatda ul zot bilan hamsuhbat bo‘lur.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:55:26
O‘n beshinchi majlis
SALOMLASHISHNING FAZILATI


Alloh taolo aytadi:
"Qachon sizga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki (hech bo‘lmasa) o‘sha iborani qaytaringlar. Albatta, Alloh hamma narsani hisobga olguvchi bo‘lgan zotdir" (Niso surasi, 86-oyat).

Abdulloh ibn Ma’sud (r.a.) Hazrati Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: "Salom Allohning ismlaridan biridir. Uni oralaringizda keng yoyinglar!"

Boshqa bir rivoyatda aytilganki: "Qachonki bir musulmon boshqa musulmonga salom bersa va u unga alik olsa, maloikalar alik olgan kishiga yetmish marta salovot aytadilar. Agar alik olmasa, maloikalarning o‘zlari berilgan salomga alik oladilar va bu salomga alik olmaganga yetmish marta la’nat aytadilar".

Abu Muslim Xavloniy to‘p bo‘lib yig‘ilib turgan odamlar oldidan o‘tib qolsalar, ularga salom bermasdilar. Sababi so‘ralganida: "Meni salom berishdan to‘sgan narsa — agar ular salomga alik olmay qolsalar, maloikalar ularga la’nat aytib qolishidan qo‘rqishimdir", dedilar ("Bahrul ulum").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:55:38
"Bo‘stonul orifiyn" kitobida yozilishicha, yurib ketayotgan odam o‘tirgan kishiga, kichkinalar kattalarga, otdagi kishi piyoda odamga, ot mingan kishi eshak minganga salom beradi. Alik oluvchi javobini eshittirib aytishi lozimdir. Chunki salom berganga javobi eshittirilmasa, u alik o‘rniga o‘tmaydi. Inson ahli baytiga kelganida salom beradi. Agar uyda hech kim bo‘lmasa, "Bizga va Allohning solih bandalariga salom bo‘lsin", deb salom beradi. Shunday qilinsa, uydagi maloikalar alik oladilar, natijada bu uyga barakotlar nozil bo‘ladi.

Yosh bolalarga salom berish yoki bermaslik haqida esa ulamolar ixtilof qilishib, ba’zilari durustmas deyishgan, ba’zilari salom berish kerak, deyishadi. Ba’zilari esa, salom berish bermaslikdan ko‘ra afzalroq, deganlar. Bizlar ham shuni olamiz.

Ikki kishi bir-biriga duch kelishsa, shahar tarafdan kelayotgan kishi qishloq tarafdan kelayotgan kishiga birinchi bo‘lib salom beradi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:55:50
Gap boshlashdan oldin salom berish va salomga alik olish vojib amaldir. Demak, salom berish sunnati kifoya, alik olish esa farzi kifoya. Ya’ni, bir to‘p odamlarning ichidan bittalari salom berib qo‘ysa, qolganlarning zimmasidan bu sunnat amal soqit bo‘ladi. Lekin hammalari salom berishi afzaldir. Alik olish ham xuddi shunday, agar jamoatdan bir kishi salomga javob qaytarsa, shu kifoya qiladi. Bordi-yu salom bergan kishi kar bo‘lsa, alik oluvchiga lozim ish labini qimirlatib, unga alik olganini ko‘rsatishi kerak. Salom berishda "Assalomu alayka" demasdan, "Assalomu alaykum" deyish avloroqdir. Boisi, kishi hech qachon yolg‘iz emas, uning hamrohlari — farishtalar ham bor.

Salomga javobda "Va alaykum assalom" deyish afzaldir, ya’ni "va" degan so‘zni qo‘shib aytilgan ma’qulroqdir. Alik o‘z vaqtida tez olinishi shart. Agar berilgan salomga javob kechiktirilsa, unda musulmon birodariga hurmatsizlik qilgan bo‘ladi. Agar bir kishiga boshqa bir kishidan bir elchi yoki xat orqali duoi salom yetib kelsa, javobi tezda qaytariladi.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "To iymon keltirmagunlaringcha, jannatga kirmaysizlar. Va bir-birlaringiz bilan do‘st-birodar bo‘lmagunlaringcha komil iymonli bo‘la olmaysizlar. Diqqat qilinglar, sizlarga bir amalni tavsiya qilamanki, agar uni qilsalaringiz, bir-birlaringiz bilan birodar bo‘lasizlar. O‘rtalaringizda salomni keng yoyinglar!" (Imom Muslim va Abu Dovud rivoyati.)

Bu hadisda xoh taniydigan, xoh tanimaydigan kishi bo‘lsin, salomlashishga tashviq bordir.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:56:01
"Tatarxoniya" degan kitobda bunday deyilgan: "Qur’on qiroat qilinayotgan paytda ovoz chiqarib salom berish makruh tahrimiydir. Lekin berilgan salomga javob beradi. Ilm bilan mashg‘ul bo‘lgan kishilardan hech biriga salom berilmaydi, agar salom bersa, gunohkor bo‘ladi. Shuningdek, azon va takbir paytida ham berilgan salomga sekingina bo‘lsa ham alik olinmaydi".

Hazrati Anasdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi vasallam) o‘n yil xizmat qildim, U zot hech qachon menga biror narsa qilgan bo‘lsam, buni nimaga qilding demadilar va qilmagan bo‘lsam, nimaga qilmading, demadilar. Va aytdilarki: "Ey Anas! Men senga bir vasiyat qilurman, yodingda tutgil. Tundagi namozni ko‘paytir, shunda seni saqlaguvchi farishtalar yaxshi ko‘radilar. Agar ahlingga kirsang, ularga salom ber, shunda Alloh sening barakotingni ziyoda qiladi. Tahorat bilan yotishga qodir bo‘lsang, doim shuni odat qil, agar tahoratli holda o‘lsang, shahid ketasan. Agar ko‘chaga chiqadigan bo‘lsang, senga yo‘liqqan kishiga birinchi bo‘lib salom ber, shunda Alloh yaxshiligingni ziyoda qiladi. Doimo musulmonlarning kattalarini hurmat, kichiklarini izzat qil. Shunday qilsang, men bilan jannatda bu ikkoviga o‘xshash bo‘lasan", deb muborak o‘rta va ko‘rsatgich barmoqlarini birlashtirib ko‘rsatdilar. So‘ng: "Bilginki, ey Anas, Alloh bandasidan bir luqma sabablik ham rozi bo‘ladi, agar banda o‘sha luqmani yeb, Allohga hamd aytsa", dedilar.

Ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlarini eshitdim: "Ey odamlar! Salom berishni keng yoyinglar va muhtojlarga taom beringlar, insonlar uyquda bo‘lgan paytda, namoz o‘qinglar, shunda jannatga kirgaysizlar".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:56:15
Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilinadi. U zot aytdilar: "Jannatda hamma ranglardan xonalar bor, ularning usti ichidan va ichi ustidan ko‘rinadi. U xonalarda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va inson xotiriga kelmagan ne’matlar bor". Shu payt: "Ey Rasululloh! Bu xonalar kimga beriladi?" deyishdi. Aytdilarki: "Hammaga salom bergan, muhtojlarga taom yedirgan va doim ro‘za tutgan, insonlar uyquda ekanida — tunda namoz o‘qigan kishilarga", dedilar. Sahobalar ajablanib: "Bunga kim toqat qiladi?" deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Sizlarga hozir bu haqda xabar beraman. Diqqat qilinglar: Kimki birodariga yo‘liqqanida birinchi bo‘lib salom bersa, u salomni keng yoygan bo‘ladi. Kimki ahli ayoliga nafaqa bersa, taom yedirgan bo‘ladi. Kimki ramazon ro‘zasini tutsa va yana shavvol oyida olti kun nafl ro‘za tutsa, u doim ro‘za tutgan bo‘ladi", dedilar.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Salom bermay sizlarga gapirgan kishiga javob bermangiz".

Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Iblis (alayhi la’na) mo‘min salom berganda yig‘lab aytadiki: "Vayl bo‘lsin menga, bu ikki mo‘min gunohlari kechirilmaguncha endi bir-biridan ajramaydi".

Aytdilarki, nasorolarning salomlashuvi qo‘lni og‘izga qo‘yish, yahudiylarning salomlashuvi esa barmoqlari bilan ishora qilish, majusiylarniki egilish, engashishdir, arablarniki "Alloh seni tirik qilsin", deb aytish, musulmonlarning salomlashuvi esa "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh", deb ikki qo‘llab ko‘rishishdir. Bu esa eng ulug‘ salomlashuvdir.

Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga kelib: "Assalomu alaykum", dedi, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) javob berib aytdilar: "Senga o‘nta yaxshilik". Boshqa kishi kelib Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam): "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh" deb salom berdi. Rasululloh javoban: "Senga o‘ttiz hasanot", dedilar. So‘ngra boshqa kishi keldi va: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu va mag‘firatuhu", dedi. Shunda u odamga javob berib aytdilar: "Senga qirqta hasanot" ("Mishkotil masobih").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:56:47
O‘n oltinchi majlis
NABIYNING (sollallohu alayhi vasallam) VAFOTLARI HAQIDA


Alloh taolo aytadi:
"Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matimni benuqson to‘kis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim" (Moida surasi, 3-oyatdan).

Rivoyat qilinishicha, ushbu oyati karima nozil qilinganida Umar (r.a.) yig‘laganlar. U zotga: "Ey Umar! Nega yig‘layapsiz?" deyishdi, Hazrati Umar (r.a.) aytdilar: "Meni yig‘latgan narsa, biz dinimizning ziyoda bo‘lishini xohlagan edik, mana din komil bo‘ldi. Kamol nuqsonga dalolatdir". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "To‘g‘ri aytdingiz", dedilar (Abu Su’ud rivoyati).

Rivoyat qilindiki, bu oyat juma kunining asridan keyin Arafotda Hajjatul vado’da nozil bo‘lgan. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) tuya ustida Arafot tog‘ida edilar, bu oyatdan keyin faroizlardan biror narsa ham nozil bo‘lmadi. Bu oyat nozil bo‘lganda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uning ma’nolarini ko‘tara olmay, tuyalariga suyandilar, shunda tuya ham cho‘kib qoldi. Jabroil (a.s.) kelib aytdilar: "Bugun sizlarning dinlaringiz ishi to‘liq bo‘ldi, sizga Rabbingiz buyurgan va qaytargan narsalar tamom bo‘ldi. Sahobalaringizni jamlab, ularga xabar bering, bu kundan keyin men sizlarga nozil bo‘lmayman". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Makkadan qaytdilar va Madinaga kelib, sahobalarini jamlab, ularga bu oyatni o‘qib, Jabroil (a.s.) aytgan narsalarning xabarini berdilar. Shunda sahobalar bizning dinimiz to‘liq bo‘ldi deb xursand bo‘lishdi. Faqat Abu Bakr (r.a.) g‘amgin bo‘lib, uylariga keldilar va eshikni qulflab, yig‘lay boshladilar. Buni eshitgan sahobalar yig‘ilib, Abu Bakrning hovlilariga kelib aytishdi: "Ey Abu Bakr! Xursandchilik va shodlik paytida nega yig‘laysiz? Alloh bizning dinimizni to‘liq qilgan bo‘lsa". Abu Bakr (r.a.) aytdilar: "Sizlar qanday musibatlar bilan musibatlanganingizni bilmaysizlar. Eshitmaganmisizlar, bir ish to‘liq bo‘ldi, deganda uning noqisligi boshlanadi, bu oyat bizning ajralishimizga, Hasan va Husaynni yetim qolishlariga va Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) zavjalari beva qolishlariga dalolat qiladi", dedilar. Shu payt sahobalar orasida qattiq qichqiriq paydo bo‘ldi, hammalari yig‘lay boshlashdi. Abu Bakrning hujralaridan yig‘i ovozini eshitganlar esa, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga kelib: "Yo Rasulalloh! Biz nima bo‘lganidan bexabarmiz, lekin biz Abu Bakr hujralaridan yig‘i-sig‘i, dod-faryodlarni eshitdik", deyishdi. Rasulullohning muborak ranglari o‘zgarib, tezda sahobalar oldiga keldilar va ularni o‘sha holda ko‘rdilar. Va aytdilar: "Sizlarni nima yig‘latyapti?" Ali (r.a.) aytdilar: "Abu Bakr: "Bu oyatdan men Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) vafot bo‘lishlarini bildim", deb aytyapti. Rostdan ham bu oyat sizning vafotingizga dalolat qiladimi?" Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: "Abu Bakr to‘g‘ri aytibdi. Haqiqatan, mening sizlarning orangizdan ketar paytim, ajralishim vaqti bo‘ldi", dedilar. Bu voqea Abu Bakrning (r.a.) sahobalar orasida eng bilimdoni ekanliklarini ko‘rsatadi. Abu Bakr (r.a.) bu gapni eshitganlaridan keyin qattiq qichqirdilar va hushdan ketdilar. Hazrati Ali (r.a.) titrab qoldilar. Sahobalarning barchasi qaltirab, qo‘rqib, qattiq yig‘ladilar. Hatto tog‘lar, toshlar, osmondagi farishtalar, qurt-qumursqalar, quruqlik va dengizdagi hayvonotlar ham yig‘ladilar. So‘ngra Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) sahobalarning har birlari bilan quchoqlashib xayrlashdilar va yig‘lab, ularga vasiyat qildilar. Bu oyatdan keyin Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) sakson bir kun yashadilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:57:04
Yana aytishlaricha, Alloh taoloning: "(Ey Muhammad) sizdan na ota, na bolasi bo‘lmagan odam to‘g‘risida fatvo so‘raydilar" (Niso surasi, 176-oyat), degan meros haqidagi oyati nozil bo‘lgandan keyin ellik kun, "Darhaqiqat, sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lgan elchi keldi..." (Tavba surasi, 168-oyat) oyati nozil bo‘lgandan keyin o‘ttiz besh kun va: "Barchangiz Allohga qaytadigan kundan qo‘rqingiz..." (Baqara surasi, 281-oyat) oyati nozil bo‘lgandan keyin yigirma bir kun yashaganlar. Yuqoridagi oyat nozil bo‘lgandan keyin bir kun minbarga ko‘tarilib, unda ko‘zlar yig‘laydigan, qalblar yumshaydigan, badanlar titraydigan bir xutba o‘qidilar. Jannatni bashorat qilib, do‘zaxdan qo‘rqitdilar.

Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) vafotlari yaqinlashganda Bilolga (r.a.) azon aytib, insonlarni namozga jamlashni buyurdilar. U kishi nido qildilar. Muhojiru ansorlar Rasulullohning masjidlariga yig‘ilishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ular bilan birga yengilgina ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng minbarga ko‘tarildilar. Allohga hamdu sanolar aytib, juda ham chiroyli bir xutba o‘qidilar, bu xutbadan qalblar yumshab, titradi, ko‘zlar yig‘ladi. Keyin aytdilar: "Ey musulmonlar jamoati! Men sizlarga Allohning izni ila Allohga chaqiruvchi, nasihatgo‘y payg‘ambar bo‘ldim. Va men sizlarga mushfiq birodar, rahmdil ota singari bo‘ldim. Ammo kimki mendan zulm ko‘rgan bo‘lsa, kelsin, qasosini olsin. Haqqi Qiyomat kuniga qolmasin". Bu so‘zdan keyin hech kim u kishidan qasos olish uchun turmadi. Shunda u zot bu so‘zlarini ikkinchi, uchinchi bora qaytardilar. Shu payt Ukosha ibn Muhsin degan bir kishi turib, Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga keldi va: "Otam va onam sizga fido bo‘lsin, ey Rasululloh! Agar siz bizga bir necha marta nido qilmaganingizda, men bunga jur’at eta olmasdim. Siz bilan Badr g‘azotida edim, mening tuyam sizning tuyangiz oldida bo‘lib qoldi, shunda men tuyamdan tushib sizning oldingizga yaqinlashdim, niyatim jangdan oldin sizning muborak oyoqlaringizni o‘pish edi. Siz o‘sha payt tuyani nuqtaydigan qamchiningizni ko‘tarib, belimga urdingiz. Men haligacha bilmayman, siz bu ishni qasddan qildingizmi yoki tuyani uray deganmidingiz?" Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Allohning rasuli hech qachon bilib turib bunday qilmaydi". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Bilolga (r.a.) buyurdilar: "Ey Bilol! Fotimaning hovlisiga borib, mening qamchinimni keltir!" Bilol (r.a.) masjiddan chiqib, Fotimaning (r.a.) eshiklarini qoqdilar. Fotima (r.a.) ichkaridan: "Kim u?" deb so‘radilar. Hazrati Bilol (r.a.): "Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) qamchilarini olib ketish uchun keldim", dedilar. "Ey Bilol! Otam qamchinni nima qilar ekanlar", deb so‘radilar keyin. Hazrati Bilol (r.a.) aytdilarki: "Otangiz o‘z nafslaridan qasos beryaptilar". Shunda Fotima (r.a.) aytdilar: "Bilol! Allohning rasulidan qasos olaman deb ko‘ngli xotirjam bo‘lgan kishi kim?!" Hazrati Bilol (r.a.) javob bermay qamchini oldilar-da, masjidga kirdilar. Qamchini Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) berdilar. Rasululloh esa uni Hazrati Ukoshaga tutqazdilar. Buni ko‘rgan Hazrati Abu Bakr va Hazrati Umarlar (r.a.) turib aytdilar: "Hey, Ukosha! Biz sening oldingda turibmiz, bizlardan qasos olaver, Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) ham qasos olasanmi?" Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularga: "O‘tiringlar! Alloh sizlarning darajangizni yaxshi biladi", dedilar. Shunda Ali (r.a.) turib: "Ey Ukosha! Bu belim, mana, qornim, xohlasang, mendan qasos ol, meni savala", dedilar. Rasululloh esa: "Ey Ali! Alloh sening ham darajangni va niyatingni biladi", deb aytdilar. Shunda Hasan va Husanlar (r.a.) ham chidolmay: "Ey Ukosha! Siz bizning Rasululloh nabiralari ekanimizni yaxshi bilasiz, bizdan qasos olsangiz, Rasulullohdan qasos olgan bo‘lasiz-ku?!" deyishdi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) ularga qarab: "Ey ko‘zimning quvonchlari, o‘tiringlar", dedilar. Va Ukoshaga qarab: "Urishni xohlasang, ur ey, Ukosha!" deb aytdilar. "Ey Allohning rasuli! Siz meni urayotgan paytingizda men kiyimsiz edim", deb aytdilar. Rasululloh kiyimlarini yechdilar. Shu payt musulmonlar qattiq yig‘i bilan qichqirib yuborishdi. Hazrati Ukosha (r.a.) u zoti sharifning jismlarini oqligiga qarab, tiz cho‘kdilar-da, Rasulullohning orqalarini o‘pib aytdilar: "Ey Allohning rasuli! Jonim sizga fido bo‘lsin. Axir, Allohning elchisidan qasos olib, kimning ko‘ngli orom topadi? Bu ishni men, mening jismim sizning muborak jismingizga tegib, Alloh sizning hurmatingizdan meni do‘zax o‘tidan xalos qilarmikan, degan umidda qildim", dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki jannat ahliga qaramoqlikni istasa, bu odamga qarasin", dedilar. Masjiddagilar o‘rinlaridan turib, Hazrati Ukoshaning peshonalaridan o‘pib: "Xushxabar muborak, sen oliy darajalarga erishding. Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) jannatda qo‘shni bo‘lding", deyishdi. Allohim jaloling va izzating haqqi bizga ham u zoti sharifning shafoatlarini nasib etgin ("Mav’izatul hasana").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:57:14
Ibn Ma’sud (r.a.) aytdilar: "Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) vafotlari yaqinlashganda, bizni mo‘minlar onasi Hazrati Oyishaning (r.a.) hujralariga jamladilar, so‘ngra bizga nazar soldilar. Muborak ko‘zlaridan yoshlar oqdi va aytdilarki: "Xush kelibsizlar. Alloh sizlarga rahm qilsin, sizlarga Allohdan qo‘rqishni va Unga itoat etishni vasiyat qilaman. Ajralish vaqti ham yaqinlashdi. Allohga va jannati ma’voga qaytish vaqti ham bo‘ldi. Meni Ali yuvsin, suvni Fazl ibn Abbos quysin, Usoma ibn Zayd esa ikkovlariga yordamlashib tursin. Meni xohlasangiz, o‘z kiyimimga kafanlanglar. Xohlasangiz, yamaniy oq kiyimga kafanlanglar. Meni yuvib bo‘lib, yotog‘imga qo‘yingiz, so‘ngra mening oldimdan bir soat chiqib turingiz. Menga birinchi bo‘lib janoza o‘qiydigan zot Alloh azza va jalladir, so‘ng Jabroil (a.s.), Mikoil (a.s.), Isrofil (a.s.), so‘ngra O‘lim farishtasi askarlari bilan menga janoza o‘qishadi. Keyin boshqa farishtalar, so‘ngra sizlar mening oldimga guruh-guruh bo‘lib kiringiz va menga janoza namozi o‘qingiz".

Sahobalar Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) firoqlarini eshitib, yig‘lab yuborishdi va aytishdi: "Ey Allohning elchisi! Siz bizning Rasulimiz, jamoatimizni jamlaguvchisi, ishlarimizning sultonisiz, siz bizdan ketib qolsangiz, kimga murajaat qilamiz?" Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Sizlarni to‘g‘ri va yorug‘ yo‘l ustida qoldiryapman, sizlarga ikkita narsa — biri gapiradigan Qur’on, biri gapirmaydigan o‘lim. Biror ish mushkul bo‘lsa, Qur’on va sunnatga qaytingiz. Agarda sizlarning qalblaringiz qotib qolgan bo‘lsa, uni o‘limdan ibrat olish bilan yumshatinglar". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) safar oyining oxirida o‘n sakkiz kun kasal bo‘ldilar. Insonlar esa u kishini ko‘rgani kelar edilar, u zotning o‘lim kasalliklarining boshlanishi, u kishida paydo bo‘lgan bosh og‘rig‘i edi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) dushanba kuni payg‘ambar qilib yuborilgan edilar, shu kunda vafot etdilar. Dushanba kuni bo‘lganda u kishining kasalliklari og‘irlashdi. Hazrati Bilol (r.a.) bomdod namoziga azon aytdilar va Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) eshiklari oldida turdilar. So‘ng: "Assalomu alaykum, ey Allohning elchisi!" dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:57:35
Hazrati Fotima (r.a) aytdilarki: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘zlari bilan ovoralar". Ichkaridan Hazrati Bilol (r.a.) Fotimaning gaplarini tushunmay, masjidga qaytib kirdilar. Tong yorishganda Hazrati Bilol ikkinchi marta eshik oldiga keldilar va Rasulullohga salom berdilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) salomni eshitib aytdilarki: "Ey Bilol! Kiring, men o‘zim bilan ovoraman, menga kasalim og‘ir keldi. Ey Bilol! Abu Bakrga buyuring, insonlarga namozni o‘qib bersin!" Hazrati Bilol (r.a.) yig‘lagan holda chiqib ketdilar va masjidga kirib: "Ey Abu Bakr! Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘zlari bilan ovoralar, sizga namoz o‘qib berishni buyurdilar", dedilar. Abu Bakr Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) mehroblari bo‘shligini ko‘rib, nafslarini ushlab turolmay, qichqirib yubordilar va hushlaridan ketib yiqildilar. Boshqa sahobalar ham yig‘lab yuborishdi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) ularning faryodlarini eshitib: "Ey Fotima! Bu nima qichqiriq?" deb so‘radilar. Hazrati Fotima (r.a.): "Musulmonlar siz ularni tark etayotganingizdan dod-faryod qilishyapti", dedilar. Shunda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Hazrati Ali va Fazl ibn Abboslarni (r.a.) chaqirtirdilar va ularga suyanib masjidga chiqdilar. Musulmonlar bilan bomdodning ikki rak’atini o‘qidilar, so‘ngra odamlarga qarab aytdilarki: "Ey jamoatul muslimin! Sizlar Allohning omonatida va rahmatidasizlar. Allohdan qo‘rqishni va Unga toat-ibodat qilishni o‘zingizga lozim tutingiz. Men bu dunyodan ajralguvchiman, bu oxiratdan birinchi va bu dunyodan oxirgi kunimdir", dedilar, keyin turib uylariga ketdilar.

Alloh taolo o‘lim farishtasiga vahiy qildiki: "Habibim oldiga eng chiroyli suratda tushgin va ruhini qabz qilishda muloyim bo‘lgin. Agar izn bersa, kir, izn bermasa, kirmay qayt". O‘lim farishtasi bir a’robiy suratida tushdi va: "Assalomu alaykum, ey nubuvvat uyining ahli, risolat bulog‘i", dedi. Fotima (r.a.) unga javob berib aytdilar: "Ey Allohning bandasi! Rasululloh o‘zlari bilan ovoralar!" O‘lim farishtasi ikkinchi bor nido qilib: "Assalomu alaykum, ey Allohning elchisi va nubuvvat uyining ahli! Kiraymi?" dedi. Rasululloh bu ovozni eshitib aytdilar: "Ey Fotima! Kim eshik oldida?" Hazrati Fotima (r.a.): "Bir a’robiy kishi sizni chaqiryapti. Rasululloh o‘zlari bilan ovvoralar, desam ham chaqirdi. Yana avvalgidek javob bersam, menga bir qarash qildiki, etim titrab, ko‘nglimga qo‘rquv tushdi. A’zoi badanim qaltiradi. Kim bu notanish kishi?" dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:57:45
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "U lazzatlarni kesuvchi, shahvatlarni sindiruvchi, jamoatlarni tarqatuvchi, hovlilarni xarobaga aylantiruvchi va qabrlarni ta’mirlovchidir". Fotima (r.a.) qattiq yig‘ladilar va aytdilar: "Ey voh! Nahot anbiyolarning oxirgisining o‘limi bo‘lsa. Voh, musibat. Nahot taqvodorlarning yaxshirog‘ining o‘limi bo‘lsa. Pok kishilarning eng ulug‘i oramizdan ketadi. Osmondan vahiyning to‘xtashi, bugundan men sizning muborak kalomingizdan mahrum bo‘ldim. Bu kundan keyin men sizning salomingizni eshita olmayman". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Qo‘y, yig‘lama qizim! Sen menga yetishadiganlarning avvalidirsan", dedilar. So‘ng Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kiring, ey Malakul mavt", dedilar. O‘lim farishtasi kirdi va: "Assalomu alaykum, ey Allohning elchisi!" deb salom berdi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Ey O‘lim farishtasi! Ruhimni qabz qilgani keldingmi yoki ziyorat qilganimi?" deb so‘radilar. Farishta javob berib aytdiki: "Ziyorat qilgani va qabz qilgani keldim, agar izn bersangiz. Bermasangiz, qaytib ketaman". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Jabroilni qaerda qoldirding?" O‘lim farishtasi javob berib: "Dunyo osmonida qoldirdim, farishtalar unga ta’ziya bildirishyapti" deb aytdi. So‘ngra bir soat o‘tmay, Jabroil (a.s.) tushib keldi va Rasulullohning bosh tarafiga o‘tirdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Bilasizmi, yaqin qoldi?" Jabroil javob berib aytdi: "Ha, yo Rasululloh". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Menga Alloh huzurida men uchun bo‘lgan karomatdan bashorat qiling". Jabroil aytdi: "Osmon eshiklari ochilib, farishtalar saflanib, osmonda sizning ruhingizni kutib turishibdi. Jannat eshiklari ochilib, hurlarning hammalari ziynatlanib, sizning ruhingizni kutib turishibdi". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Alhamdulillah", dedilar. So‘ngra yana aytdilar: "Ey Jabroil! Mening ummatim ahvoli qiyomat kunida qanday bo‘lar ekan? Menga bashorat qiling". Jabroil (a.s.) aytdi: Alloh: "Jannatni harom qildim boshqa anbiyolarga toki siz kirmaguningizcha, boshqa ummatlarga ham jannatni harom qildim, toki sizning ummatingiz kirimagunlaricha", dedi". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Alhamdulillah, endi mening g‘amim ketib, ko‘nglim xotirjam bo‘ldi", dedilar. So‘ngra Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Ey O‘lim farishtasi! Menga yaqinroq kel", dedilar. O‘lim farishtasi u zoti sharifning ruhlarini qabz qila boshladi, ruh kindikka yetganida Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Ey Jabroil! O‘lim naqadar mashaqqatli ekan". Shunda Jabroil yuzlarini Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) burib oldi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) esa: "Ey Jabroil! Mening yuzimga qarashni istamayapsizmi?" Jabroil (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Allohning habibi! Yuzingizga qarashga kimning qalbi bardosh bera oladi, siz o‘lim sakoratida bo‘lsangiz"
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:58:10
Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) ruhlari ko‘kraklarida edi. Ul zot esa: "Sizlarga namozni va qo‘l ostingizdagilarga yaxshilik qilishni vasiyat qilaman", deb aytar edilar. Ul zot oxirgi damlarigacha shu ikki narsaga vasiyat qilib turdilar.

Hazrati Ali (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘zlarining oxirgi nafaslarida lablarini ikki marta qimirlatib qo‘ydilar, qulog‘imni tutdim, ul zot: "Ummatim, ummatim", deb aytayotgan ekanlar".

Shoir aytgan ekan:

Gar bu dunyo mudom bo‘lsa bir kishiga,
Rasululloh qolur edi bu dunyoda abadiy.


Hazrati Ali (r.a.) Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) jasadlarini u kishining so‘rilariga qo‘yib yuvay deganlarida uy burchagidan bir ovoz keldi: "Muhammadni yuvmangiz! U pok, poklangandir". Hazrati Ali aytganlarki: "Shu payt mening qalbimdan allaqanday fikrlar o‘tdi. Va men: "Kimsan? Axir, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) ul zotni yuvmog‘imizni bizga buyuganlar-ku!" dedim. Shu payt yana boshqa bir ovoz keldi: "Ey Ali! Rasulullohning jasadlarini yuving! Avvalgi ovoz Iblis alayhi la’naniki edi. Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) hasad qilib, qabriga yuvilmagan holda kirsin, degan maqsadda aytdi". Hazrati Ali (r.a.): "Sen o‘zing kimsan", deb so‘radilar. U esa "Men Xizr bo‘laman, Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) janozalariga hozir bo‘lgani keldim", deb aytdi. Hazrati Ali (r.a.) Rasulullohning jasadlarini yuvdilar va suvni Fazl ibn Abbos va Usoma ibn Zayd quyib turishdi. Alloh ulardan rozi bo‘lsin! Jabroil (a.s.) jannatdan xushbo‘y xanut keltirdilar va u zoti sharifni kafanlashdi, so‘ng Oyishaning (r.a.) hujralariga dafn qilindilar. Bu chorshanba kuni edi. Ba’zilar seshanba kunida, deb ham aytishgan. Oyisha (r.a.) Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) qabrlari oldida turib aytar edilar: "Ey ipak kiymay, qalin to‘shakda uxlamay o‘tgan inson! Ey bu dunyodan arpa non yeb, qorni to‘ymay ketgan inson! Ey so‘ri o‘rniga bo‘yrani ixtiyor qilgan va oxirat azobidan qo‘rqib, tun bo‘yi uxlamagan inson!.."
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:58:38
O‘n yettinchi majlis
AROQ ICHGUVCHINI MAZAMMAT QILISH


Alloh taolo aytadi:
"Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), tiklab qo‘yilgan butlar (ya’ni, ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni, cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, ularning har biridan uzoq bo‘lingiz! Shoyad najot topsaniz" (Moida surasi, 90-oyat).

Abu Hurayra aytadilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mo‘min kishi menga salovot aytsa, o‘sha salovotni O‘lim farishtasi Allohning izni bilan ushlab, mening qabrimga yetkazadi va: "Ey Muhammad! Sizning ummatingizdan falonchi o‘g‘li falonchi sizga salovot aytdi", deydi. Shunda men aytaman: "Sen mendan unga o‘n salovot yetkazgin va aytginki, unga mening shafoatim halol bo‘ldi". So‘ngra bu farishta samoga ko‘tarilib, Arshning tagiga borib yetgay va: "Ey Rabbim! Falonchi o‘g‘li falonchi sening habibing Muhammadga bir marta salovot aytdi", der Alloh taolo aytur: "Mendan u bandamga o‘n salovot yetkaz!" So‘ngra Alloh salovotining har bir harfiga bir farishtani yaratgay, u farishtaning uch yuz oltmishta boshi bo‘lib, har boshida uch yuz oltmishta yuzi bordir va har bir yuzida bittadan og‘zi bor, har bir og‘zida ana shuncha adad tillari bor. U har bir tili bilan gapirib, Allohga qiyomat kunigacha hamdu sano ayturki, ul hamdu sanolar uch yuz oltmish xildir. Mana shu hamdu sanolarning savobini Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) salovot aytgan kishiga yozurlar".

Rivoyat qilinishicha, Nuh (a.s.) uzum daraxtini ekkanlarida, uzum ko‘karmay qoldi. Shunda iblis (alayhi la’na) kelib: "Ey Nuh, Allohning payg‘ambari! Uzum ko‘karishini istasang, menga qo‘yib ber. Yetti hayvonni so‘yib, qonini oqizay", dedi. Nuh (a.s.): "Mayli", dedilar. Iblis sherni, ayiqni, yo‘lbarsni, chiyabo‘rini, itni, tulkini, xo‘rozni so‘yib qonini uzum tomiriga oqizdi. O‘sha zahoti uzum ko‘karib, yetmish xil rangda uzum soldi, bundan oldin esa faqat bir xil rangda uzum solar edi. Shuning uchun ham aroq ichuvchi sher kabi shijoatli, ayiq kabi quvvatli, yo‘lbars kabi g‘azabli, chiyabo‘ri kabi suzamon, it kabi urushqoq, tulkidek o‘ch olguvchi va xo‘roz kabi sertovush bo‘lib qoladi ("Hayotul qulub").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:58:50
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Zino qilguvchi mo‘min holida zino qilmaydi, o‘g‘ri mo‘min holida o‘g‘irlik qilmaydi. Aroq ichguvchi ham mo‘min holida aroq ichmaydi" (Imom Buxoriy rivoyati).

Imom Shofeiyning nazdida aroq ichguvchi mo‘min emas. Chunki u zotning mazhablarida amal iymondan bir juz’dir. Bizning nazdimizda esa, amal iymondan emas, shuning uchun amalni tark qilgan kishi mo‘min bo‘laveradi. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) "Aroq ichguvchi ichayotgan holda mo‘min bo‘lmaydi", degan so‘zlari haqida so‘ralganda, yerga katta doira chizib, uning ichiga yana boshqa doira chizib aytdilarki: "Avvalgi doira islomniki, ikkinchisi esa iymonniki. Banda agar ichsa, zino yoki o‘g‘irlik qilsa, iymon doirasidan islom doirasiga chiqadi va islom doirasidan chiqmaydi. Kishi faqat shirk bilangina islom doirasidan chiqadi. Alloh saqlasin".

Ey birodarlar! Bilinglarki, "Iymon bilan Islom bizning nazdimizda birdir. Alloh taolo aytadi: "Kimda-kim Islomdan o‘zga dinni istasa, (bas, uning "dini" Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir" (Oli Imron surasi, 85-oyat). Chunki u jannat o‘rniga do‘zaxni ixtiyor qildi.

Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki Allohga va oxirat kuniga ishonsa, aroq ichilayotgan dasturxon atrofiga o‘tirmasin". (Imom Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:59:02
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Vaqtiki banda zino qilsa yoki aroq ichsa, Alloh taolo undan iymonni yechib oladi, inson ko‘ylagini xuddi boshidan yechgani kabi" (Hokim rivoyati).

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilindi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Vaqtiki banda zino qilsa yoki aroq ichsa, iymon undan chiqib, boshini ustida soyabon singari turadi. Shu ishdan forig‘ bo‘lgach (tavba qilgach), iymon unga qaytadi" (Imom Buxoriy rivoyati).

Faqih Abu Lays aytadilar: "Aroq ichishdan saqlan, chunki aroq ichishda o‘nta yomon xislat bor:
1. Aroq ichgan odam jinni kabi bo‘ladi va yosh bolalarga kulgu bo‘lib, oqillar nazaridan qoladi.
2. Aroq ichish aqlni ketgazadigan, mol-dunyoga zarar yetkazadigan narsadir.
3. Aroq do‘stu birodarlar orasida adovat, dushmanlik paydo bo‘lishiga sababdir.
4. Aroq Allohning zikridan va namozdan to‘sadi.
5. Aroq zinoga yetaklaydi, chunki aroq ichgan odam bilmay o‘z xotinini taloq qilishi mumkin.
6. Aroq ichish har bir yomonliklarning kalitidir, aroq ichgan odamga hamma yovuzliklarning eshigi ochilgan bo‘ladi.
7. Aroq ichish bandaning yonidagi farishtalarga aziyat beradi, ular uning yomon-fisq majlisiga kirishga majbur bo‘ladilar.
8. Aroq ichgan odamga sakson darra had vojib bo‘ladi, aroqxo‘r bu dunyoda urilmasa, oxiratda ota-ona, tanishlari oldida olovli darralar bilan savalanadi.
9. Osmon eshiklari aroq ichguvchiga yopiladi, uning yaxshiliklari va duosi qirq kun qabul bo‘lmaydi.
10. Aroq ichguvchi iymonsiz o‘lib ketish xavfi bor".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:59:14
Bu o‘limdan oldingi, oxirat azoblariga yetmay turib ko‘riladigan uqubatlar. Aqlli kishilar ozgina lazzatni ko‘p va abadiyiga almashtirmaydilar.

Abu Umoma (r.a.) Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qiladilar: U zoti sharif aytdilar: "Uch kishi jannatga kirmaydi: doimiy aroq ichuvchi, qarindoshchilikni uzuvchi, sehrgarlarning so‘zini to‘g‘ri deb aytguvchi (ularga ishonuvchi). Kimki aroq ichgan holida o‘lsa, Alloh taolo uni "G‘avg‘o" deb nomlanadigan daryo suvi bilan sug‘orur. U daryo esa do‘zax ahllari uning badbo‘y hididan aziyatlanadigan, zinokor, fohisha ayollarning avratidan oqadigan daryodir" (Imom Ahmad va Ibn Adiy rivoyati).

Ummul mo‘minin Hazrati Oyishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki aroq ichsa qizingizni bermangiz, agar kasal bo‘lsa, borib ko‘rmangiz, o‘lsa, unga janoza o‘qimangiz. Meni haq bilan payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasam ichib aytamanki, aroq ichgan odam Tavrotda ham, Injilda ham, Zaburda ham, Qur’onda ham la’natlangandir! Kimda kim aroq ichgan odamga bir luqma bersa, Alloh uning jasadiga ilonu chayonlarni yo‘llab qo‘yadi. Kimki aroqxo‘rning hojatini chiqarsa, Islomni qulatishga yordam bergan bo‘ladi. Kimki unga qarz bersa, mo‘min kishini o‘ldirgani yordam bergan bo‘libdi. Kimki aroq ichuvchi bilan birga o‘tirsa, Alloh uni qiyomat kunida hujjati yo‘q bir ko‘r qilib tiriltiradi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:59:25
Aytildiki, kabira gunohlar quyidagilardir: Allohga shirk keltirish, nohaq odam o‘ldirish, aroq ichish, zino, livota (bachchabozlik), pok erkak va ayollarni zinokor deb so‘kish, musulmon ota-onaga bir so‘z yoki ish bilan osiy bo‘lish, Alloh yo‘lidagi bir yoki ikki kishidan qochish, yetimning molini yeyish, yolg‘on guvohlik berish, sudxo‘rlik, ramazon kuni hech bir uzrsiz qasddan ovqat yemoq, qarindosh-urug‘chilikni uzmoq, yolg‘on qasam, insonlarning molini zulm bilan yemoq, toshu tarozidan urmoq, Nabiyni (sollallohu alayhi vasallam) so‘kish, Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) qasddan yolg‘on to‘qish, uzrsiz guvohni berkitish, poraxo‘rlik, o‘zini o‘ldirmoq va a’zolaridan birini kesmoq, er-xotin orasida chaqimchilik qilish, zolim podshoh huzurida chaqimchilik qilish, sehr, zakot bermaslik, amri ma’ruf va nahiy munkar qilmaslik yoki qildirmaslik, yaxshi odamlar orasiga adovat solish, hayvonni o‘t bilan kuydirish, xotin kishi eri chaqirganida unga ijobat qilmasligi — bularning barchasi gunohi kabiralardir.

Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) eshitdimki, u zot aytdilar: "Aroqdan saqlaninglar, chunki aroq barcha yomonliklarning onasidir. Sizlardan oldingi bir qavmlarda bir kishi bor edi, u insonlardan xilvatga chekinib ibodat qilardi. Bir kuni yomon bir xotin uni ko‘rib yoqtirib qoldi. Unga o‘z xizmatkorini jo‘natdi. Xizmatkor zohid oldiga borib: "Biz sizni bir ishga guvoh bo‘lishingiz uchun chaqiryapmiz", dedi. Zohid kishi ayolning oldiga borib, uyiga kirdi. Har bir eshikdan kirganda, xizmatkor xotinning amriga binoan eshiklarni bir-bir qulflab qo‘ydi! Nihoyat haligi zohid yomon xotinning oldiga kirdi. Uning oldida bir bolani va ko‘zachada aroqni ko‘rdi. Xotin zohidga: "Biz seni guvohlikka emas, balki boshqa bir yumush bilan chaqirdik. Sen yo bu bolani o‘ldirishing yoki men bilan qo‘shilishing yoki bir qadah aroq ichishing kerak. Aks holda qichqirib, sening sharmandangni chiqarurman", dedi. Zohid nima qilishini bilmay o‘ylanib qoldi, "Zino va qotillikka aslo qo‘l urmayman, boshqa choram yo‘q, aroq icha qolay", deb aroqni ichishga rozi bo‘ldi. Xotin unga ko‘zadagi aroqni quyib berdi. Aroq ichgach, qattiq mast bo‘ldi va haligi xotin bilan zino qildi, so‘ng bolani ham o‘ldirdi. Bas, aroq ichishdan saqlaninglar! Kishining qalbida iymon va aroq ichish birga bo‘lmaydi, biri boshqasini, albatta, chiqarib yuboradi" (Ibn Hibbon "Sahih"larida rivoyat qilgan).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 10:59:34
Allohning rahmatidan aroq ichish sababli uzoqlashib, la’natga duchor bo‘lgan Barsisoning qissasini eshitganmisiz? U ikki yuz yigirma yil Allohga ibodat qilib, hech osiylik qilmagan edi. Oltmish mingta shogirdi bo‘lib, uning ibodati barakasi bilan havoda yura olishardi. Hatto farishtalar ham uning ibodatidan hayratlanishar edi. Shunda Alloh taolodan bunday xabar keldi: "Nega ajablanyapsizlar!? Men siz bilmagan narsalarni bilurman. Barsisoning taqdirida kofir bo‘lish bordir, u abadul abad do‘zaxda qolgay, bunga aroq ichishi sabab bo‘lgay". Buni eshitgan Iblis: "Uning halok bo‘lishi mening qo‘limda ekan-ku", deb, bir ibodatgo‘y odam suratida Barsisoning ibodatxonasiga bordi va uni chaqirdi. Barsiso chiqib: "Sen kimsan? Mendan nima istaysan?" debdi. Iblis: "Men o‘zini ibodatga bag‘ishlagan bir odamman, Allohga ibodat qilishingga yordam bergani keldim", dedi. Barsiso: "Kim Allohga ibodat qilishni xohlasa, bas, Alloh unga kifoya qiladi. Mayli, kirsang kiraqol", dedi. Shu bilan Iblis Barsisoning uyida uch kun uxlamay, yemay, tinmay ibodat qildi. Barsiso uni ko‘rib, men iftorlik qilaman, uxlayman, yeb-ichaman, sen esa, yemay-ichmay ibodat qilyapsan!? Buning siri nimada? Axir men ikki yuz yigirma yil yil ibodat qilgan bo‘lsam ham, yeyish ichishni tark qila olmadim", dedi. Iblis aytdi: "Men bir gunoh qilganman, agar shu gunohimni eslasam, mendan uyqu va yemak xohishini batamom ketib qoladi". Barsiso: "Sendek bo‘lishim uchun men nima qilishim kerak?" deb so‘radi. Iblis: "Allohga osiylik qil, so‘ngra tavba qil, Alloh rahmli zot, ana o‘shanda toat halovatini topasan" dedi. Barsiso so‘radi: "Nima qilay?" Iblis aytdiki: "Zino qil". Barsiso: "Yo‘q, qilolmayman, bu og‘ir gunoh", dedi. Iblis: "Unday bo‘lsa, mast qilguvchi ichimlik icha qol, bu yengil gunoh. Xudo kechirib yuboradi", dedi. Barsiso aytdi: "Qaerdan topaman uni?" Iblis: "Falon qishloqqa borsang, o‘sha yerda aroq sotadigan bir xotin bor", dedi. Iblisning ko‘rsatmasiga binoan, Barsiso o‘sha qishloqqa bordi, qarasa aroqfurush ayol juda ham chiroyli, xotinni yaxshi ko‘rib qoldi. Undan aroq sotib oldi va ichdi, so‘ng mast bo‘lib, xotin bilan zino qildi. Zino qilayotgan paytda, xotinning eri kirib keldi. Barsiso uni urib o‘ldirdi. Chetdan turib kuzatib turgan iblis bir inson suratiga kirib, hokimga borib ko‘rganlarini arz qildi. Uni hokimning odamlari ushlab kelishdi, aroq ichgani uchun sakson darra, zino qilgani uchun yuz darra urishdi. Inson qonini to‘kgani uchun esa uni osishga qaror qilishdi. Dorga olib borilayotganda Iblis avvalgi suratida Barsisoning oldiga kelib: "Holing qanday?" deb so‘radi. Barsiso mal’unga: "Kim yomon odamning gapiga kirsa, jazosi mana shunday bo‘lar ekan", dedi. Iblis: "Men ikki yuz yigirma yil seni qanday yengsam ekan, deb yurdim. Endi esa seni osyapman. Agar istasang, yordam beraman, xohlagan narsangni bajo qilurman", dedi. Barsiso yig‘lab: "Istayman", dedi. Iblis: "Unday bo‘lsa, menga bir martagina sajda qil", dedi. Barsiso: "Men bu holatda senga sajda qilishga qodir emasman", dedi. Iblis: "Imo-ishora bilan sajda qilaver, shu kifoya qiladi", dedi. Barsiso unga sajda qildi-da Allohga kofir bo‘ldi va bu dunyodan iymonsiz ketdi. Alloh o‘zi bunday sharmandalikdan barchamizni asrasin" ("Hayotul qulub")
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:00:08
O‘n sakkizinchi majlis
HASADNING YOMONLIGI HAQIDA


Alloh taolo aytadi:
"(Ey Muhammad) ularga Odamning ikki o‘g‘li haqidagi xabarni haqqi-rost tilovat qiling. O‘shanda u ikkovi qurbonlik qilganlarida, (qurbonliklari) birovlaridan qabul qilingan, ikkinchisidan qabul qilinmagan edi. Shunda u: "Qasamki, seni o‘ldirurman", deganida, birodari aytdi: "Alloh faqat taqvodorlardangina (qurbonliklarini) qabul qilur" (Moida surasi, 27-oyat).

Abdurahmon ibn Avfdan (r.a.) rivoyat qilindi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Jabroilga (a.s.) yo‘liqdim, u: "Men sizga xushxabar aytay, Alloh taolo aytdiki: "Kimda-kim sizga salom aytsa, Men o‘sha bandamga salom ayturman. Va kimki sizga salovot aytsa, Men ul bandaga salovot ayturman", dedi".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim: "Ey Allohim! Muhammadga salovotu salomlar bo‘lsin", desa, Alloh taolo uni qiyomat kunida o‘zining huzurida muqarrab bo‘lgan bir manzilga ko‘taradi va qiyomat kuni u bandaga mening shafoatim vojib bo‘ladi".

Oyati karimadagi "Odamning ikki o‘g‘li"dan murod Odamning (a.s.) ikki farzandlaridir. Bunga oyat davomida keladigan "Bas, Alloh... yer titadigan bir qarg‘ani yubordi" (31-oyat), degan so‘zi dalolat qiladi. Chunki Qobil Hobilni o‘ldirgandan keyin nima qilishini bilmay qolgan, shunda qarg‘ani ko‘rib, undan nima qilishni o‘rgangan ("Tafsiri Hozin").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:00:21
Aytilishicha, Alloh Qobil bilan Hobilga qurbonlik qilishlarini buyurdi, Hobil o‘z qo‘ylaridan eng chiroylisini qurbonlikka tanlab, Allohning roziligini niyat qilib, qurbonlik qildi. Qobil esa, o‘zidagi eng yomon bug‘doyni (meva-chevalarni) qurbonlik qildi. Ular so‘ngra o‘z qurbonliklarini toqqa olib chiqishdi. Odam (a.s.) duo qilganlarida osmondan o‘t tushib Hobilning qurbonligini qabul qilganlik ramzi sifatida uni kuydirib yubordi. Qobilning qurbonligini esa kuydirmadi. Buni ko‘rgan Qobil inisi Hobilga hasad qildi va Odam (a.s.) Baytullohni ziyorat qilish uchun Makkaga ketgan fursatdan foydalandi. Hobil qo‘ylarini boqib yurgan chog‘da uning oldiga borib aytdi: "Men seni o‘ldiraman". Hobil: "Nima uchun meni o‘ldirasan?!" dedi, Qobil: "Alloh sening qurbonligingni qabul qildi, mening qurbonligimni esa rad etdi. Va yana sen mening chiroyli singlimga nikohlanmoqchisan, men esa sening xunuk singlingga nikohlanarmishman. Odamlar aytishicha, sen yaxshi ekansanu men yomon ekanman. Buning oldini olmasam, oxir-oqibat sening farzanding mening farzandimdan faxrlanadi", dedi va uni o‘ldirdi ("Tafsiri Hozin").

Muhammad ibn Ishoq ilm ahllardan rivoyat qilib aytganlarki: "Momo Havo Odam (a.s.) bilan jannatda, xato qilib qo‘ymasdan oldin, o‘zaro yaqinlik qilgan paytlarida Qobil va uning singlisiga homilador bo‘ladi va hech qanday ikkiqatlik alomatlarini ko‘rmay, hatto tug‘ish vaqtida ham qon kelmagan ekan. Yerga tushgach, Odam (a.s.) Momo Havo bilan yana yaqinlik qilishganda, Hobil va uning singlisiga homilador bo‘lib, homiladorlikning hamma alomatlarini, qiyinchiliklarini boshlaridan kechiradilar. O‘sha paytlarda sharoit taqozosiga ko‘ra o‘g‘illarini o‘z singillariga uylantirishar edi. Lekin o‘zi bilan egizak bo‘lib tug‘ilgan singlisiga emas, balki boshqa egizak juftlikka. Qobil va Hobil katta bo‘lganlarida ular orasidagi farq ikki yil edi. Alloh taolo Qobilni Hobilning egizi Yuzaga, Hobilni esa Qobilning egizi Iqlimaga uylanishini buyuradi. Iqlima Yuzadan ko‘ra chiroyliroq edi. Odam (a.s.) Allohning amrini aytganlarida Hobil rozi bo‘ldi, Qobil esa darg‘azab bo‘lib aytdiki: "Iqlima mening singlim, men unga uylanishga haqliroqman hamda biz jannat bolalarimiz, ular esa yerda bo‘lgan bolalardir".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:00:31
Xabarlarda kelganki, Havo onamiz har gal bir o‘g‘il va bir qiz tuqqanlar. Odamga (a.s.) yigirma homilada qirqta farzand tug‘ib berganlar. Ularning birinchisi Qobil va Iqlimadir. Oxirgisi esa Abdumug‘is va singlisi Amatumug‘isdir. Alloh Odam (a.s.) nasllariga baraka berdi. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Odam (a.s.) o‘layotgan paytlarida o‘zlarining farzandlari, bolalarining farzandlari qirq mingtaga yetgan edi".

Qobil va Hobilning tug‘ilishi haqida mufassirlar ixtilof qilishgan. Ba’zilar: "Odam (a.s.) Havo onamiz bilan yerga tushganlaridan yuz yil keyin qo‘shilishib, Qobil va uning singlisi Iqlima tug‘ilgan, keyin esa Hobil va Yuza tug‘ilgan", deganlar.

Ibn Jurayj aytadilar: "Qobil Hobilni o‘ldirishni qasd qilganida, qanday o‘ldirishni bilmagan edi. Shunda Iblis (alayhi la’na) unga ko‘rinib, bir qushni olib uning boshini bir toshga qo‘yib, keyin esa boshqa tosh bilan urib o‘ldirib ko‘rsatdi. Qobul undan qanday o‘ldirishni o‘rgandi va so‘ng xuddi shunday qildi. Aytishlaricha, Qobil Hobilni uyqudalik paytida o‘ldirgan. Hobil o‘ldirilgan joy haqida ixtilof bor. Ibn Abbos (r.a.) Savr tog‘i ustida deb aytganlar. Yana aytilishicha, Hiro tog‘ining Ahobali (toqqa olib chiqadigan yo‘l) oldida. Basra shahridagi Masjidul A’zam o‘rnida, deb ham aytishgan.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:00:46
Qobil Hobilni o‘ldirgach, ishiga pushaymon bo‘ldi. Unda qilmishidan hayratlanish, nafratlanish paydo bo‘ldi va u Hobilni yelkasida uzoq muddat ko‘tarib yurdi, nihoyat, nima qilishni qarg‘adan o‘rgandi, shuning uchun uning rangi qora tusga kirdi, deganlar. Bu jinoyati uchun otasi undan voz kechdi. Rivoyat qilinishicha, Qobil Hobilni o‘ldirgach, a’zoyi-badani qorayib qoldi. Odam (a.s.) undan ukasi haqida so‘raganda: "Bilmayman", deb javob berdi. Odam (a.s.): "Sen uni o‘ldirgansan, shuning uchun ham sening tanang qorayib qoldi", deb undan voz kechganlar. Shundan keyin Qobil yuz yil kulmadi va tirnoqlarini shu qilgan ishi sababli yulib tashladi (Qozi Bayzoviy).

Mazkurdirki, Qobil shu ishidan keyin, Yaman o‘lkasidagi Adan shahriga qochib ketdi. Iblis uni topib, yana yomon yo‘lga boshladi: "Ukang Hobilning qurbonligini o‘t tushib kuydirib qabul qilgan edi. U olovga ibodat qilardi. Sen ham huddi shunday qil". Qobil, shaytonning so‘ziga kirib, olovga ibodat qila boshladi. Qobil shuningdek, musiqa asboblarini birinchi bo‘lib chalgan, aroq ichgan, budga ibodat qigan, zino va boshqa fahsh ishlar bilan ma’siyatlarga sho‘ng‘igan ilk odamdir. Shundan so‘ng Alloh taolo uning bolalarini Nuh (a.s.) davrlarida to‘fon bilan g‘arq qildi. Kim shu gunoh ishlarni qilsa, qiyomat kunida Qobil va uning farzandlari bilan tiriltiriladi ("Ravnaqul majolis").

Hadisda kelishicha, hech bir jon-nafs zulman o‘ldirilmaydi, agar o‘ldirilsa, bu jinoyatdan Qobilga nasiba bordir. Chunki, u o‘ldirilishni boshlab bergan ilk kishidir.

Aytishlaricha, osmonda eng avval hasad qilgan maxluq mal’un iblis edi. U shu ishiga o‘z jazosini oldi ­ quvg‘in bo‘ldi. Yerda birinchi hasad qilgan esa Qobil edi, u o‘zining inisi Hobilga hasad qildi. U ham abadiy tavqi la’natga qolib, badnom bo‘ldi. Aqlli kishiga shu ikkisining holati kifoya qilur. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Albatta, Alloh ne’matlarining dushmanlari bor". "Yo Rasululloh! Ular kimlar?" deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Ular Alloh o‘z fazlidan insonlarga bergan narsalarga hasad qiladigan kishilardir".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:00:58
Ba’zi hakimlar aytishadi: "Eng katta xatolar uchtadir: hasad, hirs va kibr. Kibrning asli iblisdan. Chunki u takabburlik qildi, sajda qilishdan bosh tortdi va la’natga duchor bo‘ldi. Ilk hirsning asli Odamdan (a.s.) sodir bo‘ldi, "jannatdagi hamma narsa senga muboh, lekin bu daraxt mevasidan yeya ko‘rma!" deyilganda, hirsi shunga undab, jannatdan chiqishiga sabab bo‘ldi. Hasad esa, ilk bor Qobildan sodir bo‘ldi, u hasad qilib, inisi Hobilni o‘ldirdi va kofir bo‘ldi".

Abu Lays Samarqandiy aytganlarki: "Uch kishining duosi ijobat qilinmaydi, harom yeguvchi, g‘iybat qiluvchi, qalbida musulmonlarga nisbatan hasad yoki nafrati bo‘lgan kishi".

Atiyya ibn Avza Sa’diydan rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "G‘azab shaytondandir, shayton esa o‘tdan yaratilgan. O‘t suv bilan o‘chiriladi. Sizlardan birortangiz g‘azablansa, tahorat qilsin".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Albatta, sizlarning ichingizda g‘azabi tez chiqib, tez o‘chadiganlari bor. Yana orangizda g‘azabi tez chiqib, sekin o‘chadiganlari bor. Sizlarning eng yaxshilaringiz g‘azabi sekin chiqib, tez bosiladiganlardir. Sizlarning yomonrog‘ingiz esa g‘azabi tez chiqib, sekin bosiladiganlardir" ("Zubdtul vo’iziyn").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:01:23
Bilingki hasadda sakkizta ofat bordir:

1. Toatning fasodi, chunki Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: "Hasaddan saqlaninglar, chunki hasad yaxshiliklarni yeb yo‘q qiladi, huddi olov o‘tinni yeb yuborganidek. Hasad kufrga olib boradi".

2. Ma’siyat ishlarga undaydi. Chunki hasad qiluvchi, g‘iybat qilish, yolg‘on gapirish, so‘kib so‘zlash odatidan xoli bo‘lmaydi. Zomra ibn Sa’labadan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: "Insonlar doimo yaxshilikda bo‘ladilar, toki (bir-birlariga) hasad qilmagunlarigacha".

3. Shafoatdan mahrum bo‘lish. Abdulloh ibn Bishrdan rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Hasadchi, chaqimchi, kohinlik qiladigan kishi mendan emasdir". So‘ngra Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bu oyati karimani tilovat qildilar:

"Mo‘min va mo‘minalarga ular biror gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar" (Ahzob surasi, 58-oyat).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:01:35
4. Do‘zaxga kirishga sabab bo‘ladi. Imom Daylamiy Ibn Umar va Anas ibn Moliklardan (r.a.) rivoyat qilganki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Olti nafar kishi hisob-kitobsiz do‘zaxga kiradi. Ular: zolim, takabbur amirlar — jabr qilganliklari sababli, boshliqlar — kibrlari sababli, (millatchi) arablar — millatchilik va qabilachilik qilganlari sababli, tijoratchilar — (tarozi va o‘lchovda) xiyonatlari sababli, qishloq ahllari — johilliklari sababli, olimlar — o‘zaro hasadlashib boshqalarga zarar yetkazgani sababli". Shuning uchun, Alloh bizni shaytonning yomonligidan panoh so‘rashga buyurgani kabi, hasad qiluvchining yomonligidan ham panoh so‘rashga buyurdi. Surai Falaqda marhamat qilinadiki: "Hasad qilayotgan hasadgo‘yning yomonligidan panoh so‘rayman".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Hojatlarning ravo bo‘lishi uchun sir tutish bilan Allohdan yordam talab qilinglar, chunki har bir ne’mat egasi bo‘lgan kishiga, albatta, hasad qilingaydir".

6. Foydasiz g‘am va qiyinchilik, shu bilan birga gunohkor bo‘lish. Ibn Sammok aytdilar: "Hasad qiluvchidan ham battar odam yo‘q, u mazlumga o‘xshagan zolimki, har doim g‘am unga hamroh, aqli esa uni nuqul adashtiradi".

7. Qalbi ko‘rlik, Allohning hukmlarini tushuna olmaslik. Abu Sufyon (r.a.) aytgan ekanlar: "Hasad qiluvchi bo‘lmagin, shunda tez tushunadigan bo‘lasan".

8. Mahrumlik va xorlik. Hasad qiluvchi odam hech qachon murodiga yetolmaydi, dushmaniga g‘olib ham bo‘lolmaydi. Shuning uchun aytishdiki: "Hasadgo‘y hech qachon saodatli bo‘lolmaydi", deb ("Tariqatul Muhammadiyya").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:02:10
O‘n to‘qqizinchi majlis
ISONING (A.S.) DUOSI BILAN OSMONDAN DASTURXON NOZIL BO‘LGANI HAQIDA


Alloh taolo aytadi:
"Yana havoriylarga (sen orqali): "Menga va payg‘ambarimga iymon keltiringlar", deb vahiy yuborganimda, ular: "Iymon keltirdik, (ey Parvardigor), bizning bo‘ysinguvchilar ekanimizga o‘zing shohid bo‘l!" deganlarini eslagin! Havoriylar: "Ey Iso binni Maryam, Parvardigoring bizga osmondan bir dasturxon nozil qilishga qodirmi?" degan paytlarida (Iso ularga): "Agar mo‘min bo‘lsangizlar, Allohdan qo‘rqinglar", deb javob qildi. Ular dedilar: "Biz faqatgina u dasturxondan yeyishni va ko‘ngillarimiz taskin topishini hamda sening rost so‘zlaganingni aniq bilib, u dasturxonga guvohlik beruvchilardan bo‘lishni istaymiz". Shunda Iso binni Maryam: "Allohim, Parvardigor, bizga osmondan bir dasturxon nozil qilginki, u avvalu oxirimiz uchun bayram va Sening oyat-mo‘’jizang bo‘lib qolgay. Bizni shu ne’matdan bahramand qilgil. O‘zing eng yaxshi rizq berguvchisan", deganida Alloh aytdi: "Men uni sizlarga tushirguvchiman, ammo shundan keyin sizlardan kimda-kim kofir bo‘lsa, uni shunday azobga giriftor qilamanki, butun olamlardan biron odamni unday azoblamagayman" (Moida surasi, 111—115-oyatlar).

Xabarlarda vorid bo‘lganki, uch narsa Allohning huzurida chivinning qanotichalik qadri yo‘qdir va ular tarozida tortilmaydi. 1. Huzu’ va xushu’siz o‘qilgan namoz. 2. G‘aflat bilan qilingan zikr. Chunki, Alloh taolo g‘ofil qalbning ibodati va duosini qabul qilmaydi. 3. Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) hurmat va niyatsiz aytilgan salovot. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) esa: "Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir", deb aytganlar ("Zubda").

Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Iso (a.s.) sahobalariga aytdilar: "O‘ttiz kun ro‘za tutinglar, keyin esa Allohdan xohlagan narsangizni so‘ranglar. Nimaiki so‘rasanglar, Alloh beradi". Ular ro‘za tutdilar, ro‘zadan forig‘ bo‘lganlaridan keyin aytdilarki: "Agar biz biror-bir kishi uchun amal qilganimizda, albatta, u taom bergan bo‘lardi". So‘ng Allohdan dasturxon so‘radilar. Dasturxonni farishtalar ko‘tarib olib kelishdi. Unda yettita kulcha-non va yettita baliq bor edi. Farishtalar dasturxonni ularning oldiga qo‘ydilar. Unga insonlarning kattayu kichigi qo‘l uzatib, non va baliqlardan yedilar".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:02:26
Hazrati Ka’b (r.a.): "Dasturxonni osmonu Yer orasidagi farishtalar ochiq holatda ko‘tarib kelishgan, uning ustida go‘shtdan boshqa hamma taomlar bor edi", deydilar. Qatoda (r.a.) aytadilarki: "Uning ustida jannat mevalaridan bo‘lgan har xil mevalar bor edi". Atiyatul Avfiyning aytishlaricha: "Osmondan bir baliq tushgan, unda har bir narsaning ta’mi bor edi".

Savol: Iso (a.s.) bu dasturxonni o‘zlari uchun so‘raganlarmi yoki qavmlari uchunmi?

Javob: Zohir ko‘rinishda dasturxonni o‘zlariga so‘ragan bo‘lsalar ham, lekin har ikki ma’noning ehtimoli bordir (Nisoburiy). Aytishlaricha, Isoning (a.s) qavmlari Alloh taoloning: "Shundan keyin sizlardan kimda-kim kofir bo‘lsa, uni shunday azobga giriftor qilamanki", oyatini oxirigacha eshitib, ulardan ba’zilari kufr keltirishdan qo‘rqib, o‘zlarini chetga olishdi va: "Biz bu dasturxonni istamaymiz", deb aytishdi. Shunda dasturxon nozil bo‘lmadi. Bu Imom Mujohid va Hasanlarning (r.a.) qavlidir. Lekin jumhur ulamo va mashhur imomlar aytgan sahih gap shuki, bu dasturxon nozil bo‘lgan. Rivoyat qilinishicha, Iso (a.s.) g‘usl qilib, jun liboslarni kiyib, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Boshlarini egib, ko‘zlarini pastga tushirdilar-da, keyin tazarru’ bilan duo qildilar. Duolari ijobat bo‘ldi. Qarasalar ikki bulut orasida, qizil dasturxon turibdi. Shunda Iso (a.s.) yig‘lab aytdilarki: "Allohim! Meni shukr etguvchilardan qilgin, bu dasturxonni olamga rahmat aylagin. Uni ibrat azobi va uqubat qilmagin". So‘ng turib yana tahorat qilib, namoz o‘qidilar va yig‘ladilar. Shundan so‘ng qavmlariga qarab: "Sizlarning ichingizdan amali yaxshirog‘ingiz tursin-da, bu dasturxonni ochsin, so‘ng Allohning ismini zikr qilsin va undan yesin", dedilar. Havoriylarning peshqadami bo‘lgan Sham’un: "Siz hammadan ko‘ra bu narsaga loyiqroqsiz", dedi. Iso (a.s.) turib yana tahorat qilib, namoz o‘qidilar, so‘ngra dasturxonni ochdilar va: "Rizq berguvchilarning yaxshirog‘i bo‘lgan Allohning nomi bilan boshlayman", deb aytdilar. Dasturxonni ochib qarashsa, qiltanoqsiz, tangachalarsiz qovurilgan baliq bor ekan. Uning yog‘lari oqib turardi. Bosh tarafida tuz, dumi tarafida sirka, atrofida esa piyozdan boshqa turli-tuman o‘simliklar bor edi, ustida beshta kulcha bo‘lib, ulardan birining ustida zaytun, ikkinchisida asal, uchinchisida yog‘, to‘rtinchisida pishloq va beshinchisida esa quritilgan go‘sht bor edi. Shunda Sham’un hayratlanib: "Ey Ruhulloh! Bu narsalar dunyo taomlaridanmi yoki oxirat?" deb so‘radi. Iso (a.s.) aytdilarki: "Ikkovidan ham emas, bu narsalar Alloh o‘zining qudrati bilan paydo qilgan xos ne’matlardir. So‘ragan narsalaringizni yenglar va Allohga shukr aytinglar. Shunda U zot sizlarga madad berib, o‘z fazlini yanada ziyoda qilgay". Havoriylar aytdilar: "Ey Ruhulloh! Bu oyat-mo‘’jizadan bizga boshqa yana mo‘’jiza ko‘rsatsangiz". Iso (a.s.) aytdilar: "Ey baliq! Allohning izni bilan tiril". Baliqqa shu zahoti jon kirib qimirladi. So‘ngra Iso (a.s.): "Eski holingga qaytgin", dedilar. Baliq yana qovurilgan holatiga qaytdi. So‘ng dasturxon uchib ketdi. Shundan keyin qavm Allohga osiylik qildi va maymun-cho‘chqalarga aylanib qoldi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:02:44
Mazkurdirki, ularga dasturxon qirq kun vaqti-vaqti bilan kelib turgan. Uning atrofiga boy-kambag‘al, katta kichiklar yig‘ilib, ne’matlardan tanovul qilgan, keyin dasturxon ko‘kka ko‘tarilib ketgan. Ular esa, uning soyasida unga nazar solib qarab turishgan. U dasturxondan bir kambag‘al yeydigan bo‘lsa, boyib ketar edi. Agar kasal yeydigan bo‘lsa, batamom tuzalib, boshqa hech qachon kasal bo‘lmasdi. Keyin esa Alloh taolo Isoga (a.s.): "Bu dasturxondagi ne’matlardan faqir va kasallar yesin, boy va sog‘ odamlar yemasin", deb vahiy yuborganida, boylar iztirob chekib, bunga norozi bo‘lishdi. Shu inkor va e’tirozlari bois, ular o‘tlar ichidagi axlatni yeydigan va axlatxonalarda yuradigan cho‘chqalarga aylanib qolishdi. Buni ko‘rgan odamlar qo‘rqib ketib, Isoga (a.s.) murojaat qilishdi. O‘zlarini tutolmay dod-faryod qilishdi. Cho‘chqalar Isoni (a.s.) ko‘rishlari bilan u kishining atroflarida aylanar va yig‘lashar edi. Iso (a.s.) ularni bittama-bitta ismlari bilan chaqirar edilar. Ular esa gapirishga qodir bo‘lolmay yig‘lar, boshlari bilan ishora qilishardi. Shunday holatda ular uch kun yashashdi, so‘ngra halok bo‘lishdi.

Ey birodarlar, Iso (a.s.) qavmi u zotdan taom so‘radi. Sizlar esa ro‘zalaringiz ketidan Allohning marhamati va rahmatini so‘ranglar. Albatta iyd iyd deb nomlanadi, chunki u yilda ikki marta kelgani uchundir.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:02:55
Ibn Ma’suddan (r.a.) rivoyat qilindi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Ramazon oyi ro‘zasini tutsanglar, iyd bayramga chiqsanglar, Alloh taolo farishtalariga aytadi: "Ey farishtalarim, albatta, har bir amal qilgan odam ajrini talab qiladi. Ramazon oyi ro‘zasini tutgan va iyd-bayramlarini nishonlash uchun chiqqan bandalarim ajrlarini talab qilyaptilar. Guvoh bo‘linglarkim, Men ularni mag‘firat qildim". Bir nido qilguvchi: "Ey Muhammadning (alayhissalom) ummati, uylaringizga qaytinglar, sizlarning gunohlaringiz Alloh taoloning fazli ila yaxshilikka aylantirildi", deb nido qilur. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytganlaridek, fitr kuni insonlar namozgohga chiqib, Rabbilariga sajda qilsalar, Alloh taolo aytadi: "Ey bandalarim! Men uchun ro‘za tutdinglar, Men uchun iftor qildinglar, Men uchun namoz o‘qidinglar, endi o‘tgan va keyingi gunohlaringiz mag‘firat qilingan holda turinglar".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Fitr kunida sadaqa berishga, yaxshi ishlar qilishga va namoz zakotdan bo‘lgan yaxshiliklaringizni ko‘paytirishga jiddu jahd qilinglar. Tasbihu tahlilni ko‘paytiringlar, chunki bu kun Alloh sizlarning gunohlaringizni kechiradigan, duolaringizni ijobat qiladigan va sizlarga rahmatu mag‘firat bilan qaraydigan kundir".

Vahb ibn Munabbah aytadilar: "Iblis har iyd bayramida xafa bo‘lur. Uning atrofida iblischalar yig‘ilishib: "Ey sayyidimiz! Osmon va yer ichida kim sizni xafa qildi, biz uni parcha-parcha qilurmiz", deyishadi. Iblis aytadi: "Alloh mana shu iyd kuni bu ummatni mag‘firat qildi. Shunga xafaman. Endi sizlar ularni Alloh man qilgan lazzatlar va aroq ichish bilan qattiq mashg‘ul qilinglar. Toki Allohning g‘azabi kelib, ularni azoblasin" ("Zubda").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:03:19
Yigirmanchi majlis
SHAVVOL OYIDA OLTI KUN RO‘ZA TUTISHNING FAZILATI HAQIDA


Alloh taolo aytadi:
"Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur). Kim biror yomon ish qilsa, faqat o‘shaning barobarida jazolanur va ularga zulm qilinmas" (An’om surasi, 160-oyat).

Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat: "Kimki menga juma kunida yuz marta salovot aytsa, qiyomat kunida u shunday nur bilan keladiki, agar o‘sha nur mahshargohdagi xaloyiq orasida taqsimlansa, ularning hammasiga yetadi".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim menga bir marta salovot aytsa, amal daftarida zarracha gunohi qolmas, o‘chirilur" ("Zubdatul vo’iziyn").

Imom Muslim Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladilar: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim ramazon ro‘zasini tutib, ortidan shavvol oyida olti kun ro‘za tutsa, yil bo‘yi ro‘za tutgan savobini oladi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:03:31
Bu gap Alloh taoloning: "Kim biron chiroyli ish qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytariladi)", degan so‘zining ma’nosidir. Chunki bir yil uch yuz oltmish kundan iboratdir. Ramazon ro‘zasi o‘ttiz kundir. Bu esa, uch yuz kunga to‘g‘ri keladi. Demak, oltmish kun qoladi. Agar shavvolda olti kun nafl ro‘za tutsa, oltmish kunga barobar bo‘lib, bir yil to‘liq bo‘ladi. Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam): "Kim ramazon ro‘zasini tutib, keyin shavvoldan olti kun ro‘za tutsa, u yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘lur", deganlari shu ma’noda. Ba’zilar bu ro‘zani makruh, deyishgan, boisi farzga ziyoda qilish bordir, bu esa "ahli kitoblar"ga o‘xshashlikdir, deb aytishgan. Biroq bu gap xatodir. Chunki o‘rtada bayram kuni bor. Shu bois yuqoridagi o‘xshashlikka o‘rin yo‘q ("Durratul vo’iziyn").

Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilindi: "Kim shavvolning olti kunida ro‘za tutsa, Alloh taolo unga o‘zi yaratgan har bir maxluq adadicha yaxshilik yozgay va uning gunohlarini o‘chirib, darajasini ko‘targay".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Albatta, jasadning olti yuz a’zosi bor. A’zolaridan har birida mingta og‘iz bor. Faqat qalbdagina og‘iz yo‘q, chunki u ma’rifat o‘rnidir. Kimki bu olti kun ro‘zasini tutsa, chanqoq odam muzdek suvni ichgani kabi Alloh taolo unga o‘lim mashaqqatlarini oson qilib qo‘yadi" (Durratul vo’iziyn).

Demak, bu amallarning qabul qilinishi alomati banda ramazondan keyin ham toatu ibodatlarda bardavom bo‘lishdir ("Hayotul qulub").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:03:41
Sufyon Savriy (r.a.) aytadilar: "Uch yil Makkada bo‘ldim. Makka ahlidan bir kishi Baytul Haramga har kuni peshin vaqtida kelar, Baytni tavof qilar va namoz o‘qir edi. So‘ng menga salom berib, qaytib ketardi. Hattoki u menga do‘st bo‘lib qoldi va men ham unga do‘st bo‘ldim. Kunlardan bir kuni shu odam kasal bo‘lib qoldi va meni chaqirib aytdiki: "Agar o‘lsam, menga janoza o‘qib, dafn qiling. Va meni o‘sha kechada qabrda yolg‘iz qoldirmang. Qabrim oldida tunab qoling va meni Munkar-Nakir so‘roq qilayotgan paytda "Tavhid kalimasi"ni talqin qilib turing". Men unga so‘z berdim. U menga buyurgan narsalarni qilib bo‘lganimdan keyin qabri oldida tunab qoldim. Men uyqu bilan uyg‘oqlik orasida edim. To‘satdan bir nido qiluvchining: "Ey Sufyon, sening nidosini eshitdim bu yerda turishingga va talqin qilishingga u kishining hojati yo‘q", degan. "Nega?" dedim. Nido qilguvchi: "Ramazon ro‘zasini, ketidan shavvoldan olti kun ro‘za tutishi sababli", deb aytdi. Uyqum ketib qarasam, atrofda hech kim yo‘q, tahorat qilib namoz o‘qidim va yana uxlab qoldim. So‘ngra shu narsani uch marta tushimda ko‘rdim. Bu narsa shaytondan emas, Rahmondan ekanini bilib, uning qabri oldidan ketdim. Ketaturib o‘zimga: "Allohim, meni ramazon va shavvolning olti kuni ro‘zasini tutishga muvaffaq qil", dedim. Alhamdulillah, Alloh taolo meni shu ne’matga muvaffaq qildi" ("Badrid durar").

Imom Bayhaqiy Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilganlar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Ramazondan keyin nafl ro‘za tutuvchi odam urushdan chekinib, yana jangga qaytgan odam singaridir. Ya’ni, kim ro‘zadan forig‘ bo‘lgach, yana unga qaytsa, jangdan chekinib, so‘ngra yana unga qaytgan kishi kabi bo‘lur". Bu hadisdan murod qilinayotgan narsa shavvol oyida olti kun ro‘za tutishdir. Shuning uchun ham Imom Sha’biy aytar edilar: "Ramazondan keyin bir kun ro‘za tutish, men uchun yil bo‘yi ro‘za tutishimdan yaxshiroq" ("Ma’naviy").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:03:54
Abdulvahhobdan rivoyat qilindi: "Bu kunlarda ro‘za tutishning mashru’ bo‘lishidagi sir shuki, gohida nafs bayram kunida har xil shahvatlarga qiziqishga yuzlanadi va unda g‘aflatu hirs paydo bo‘ladi. Olti kunlik ro‘za ramazon ro‘zasidagi ayblarni va ado qilishdagi noqisliklarni to‘ldiradi. Xuddi farz namozlaridan keyingi sunnatlar yoki sajdai sahv kabi. Shavvol oyidagi ro‘za tutishning kayfiyati esa, uni paydar-pay — uzmasdan tutishdir".

Muhaqqiq ulamolar va aziz zotlardan ba’zilari aytganlarki: "Afzali olti kun ro‘zani ketma-ket tutishdir. Chunki mana shunday ketma-ketlik bilan ro‘za tutgan kishining botinida ravshanlik ko‘proq bo‘ladi.

"Shir’atul Islom" shorihi sayyid Alizoda bu haqda: "Bu olti kunlik ro‘za ham ramazon ro‘zasi kabi tutiladi. Chunki nafl ro‘za farz ro‘zaning aybu nuqsonlarini to‘ldiruvchidir. Bordi-yu, bu ro‘zaning orasini ajratsa yoki oyning avvalidan kechiktirib, o‘rtasida yo oxirida tutsa, bu ham bo‘laveradi, ya’ni ro‘za tutuvchida ramazondan keyin ro‘za tutganlik fazilati hosil bo‘laveradi", deganlar.

Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki ramazon ro‘zasini tutib, ortidan shavvoldan olti kun ro‘za tutsa, gunohlaridan xuddi onasidan tug‘ilgan kunidagidek forig‘ bo‘lgay" ("At-targ‘ibu vat-tarhib").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:04:03
Ka’bul Axbordan rivoyat qilinadi: "Fotima (r.a.) kasal bo‘lib qoldilar. Hazrati Ali (r.a.) kelib aytdilar: "Ey Fotima! Dunyo shirinliklaridan qalbingiz nimani tusaydi?" Fotima aytdilar: "Anorni xohlayman". Hazrati Ali (r.a.) andak o‘ylanib qoldilar, chunki anor olgudek mablag‘lari yo‘q edi. So‘ngra turib, bozorga borib bir dirham qarz olib unga bir dona anor sotib oldilar. Uylariga qaytayotganlarida, yo‘l bo‘yida yerda yotgan kasal bir odamni ko‘rdilar. Hazrati Ali (r.a.) to‘xtab bu odamdan so‘radilarki: "Ey qariya! Ko‘nglingiz nimani istayapti?" Shunda haligi shaxs: "Ey Ali! Mening bu yerda besh kunlik kunim bor, holbuki, men tashlandiq odamman, mening oldimdan odamlar o‘tib ketyapti. Ammo biror kishi menga iltifot qilib qaragani yo‘q. Alloh sizdan rozi bo‘lsin! Mening qalbim anorni xohlayapti", dedi. Hazrati Ali (r.a.) bir oz o‘ylab qoldilar va o‘zlaricha aytdilarki: "Men bir dona anorni Fotima uchun sotib oldim. Agar uni bu odamga bersam, Fotima mahrum qoladi. Bermasam, Alloh taoloning: "Tilanchini quruq qaytarmang!" degan oyatiga xilof ish qilgan bo‘laman, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) ham: "Tilanchini rad qilmanglar, garchi u ot ustida kelsa ham", deganlar. So‘ng, "Alloh rizosi uchun", dedilar-da, anorni bo‘lib, qariyaga yedirdilar. Qariya esa o‘sha zahoti darmonga kirdi, tuzalib o‘rnidan turdi. Hazrati Ali (r.a.) uyalib, Hazrati Fotimaning oldiga keldilar. Fotima (r.a.) Hazrati Alini xursand qarshiladilar. Hazrati Ali bo‘lgan voqeani so‘zlab berdilar. Hazrati Fotima: "Allohning izzati va ulug‘vorligiga qasamki, Siz o‘sha qariyaga anorni yedirganingizdan keyin, mening qalbimda anorga bo‘lgan ishtaha yo‘qoldi", dedilar. Fotimaning so‘zlarini eshitib, Ali (r.a.) xursand bo‘ldilar. Shu payt eshiklari taqilladi, Ali (r.a.): "Kimsiz?" dedilar. "Eshikni oching, men Salmon Forsiyman", degan javob bo‘ldi. Ali (r.a.) turib eshikni ochdilar. Qarasalar, Salmon Forsiyning qo‘llarida ro‘mol yopilgan bir idish bor. Salmon Forsiy idishni Hazrati Alining oldiga qo‘ydilar. Hazrati Ali: "Ey Salmon! Bu kimdan?" deb so‘radilar. Salmon (r.a.) aytdilarki: "Allohdan Rasuliga va Rasulidan sizga". Ali (r.a.) ustini ochib qarasalar, ichida to‘qqizta anor bor. Ali (r.a.) aytdilar: "Ey Salmon! Men uchun bo‘lganida, bu anorlar o‘nta bo‘lishi kerak edi. Chunki Alloh taolo o‘n barobari qilib qaytaraman, deb marhamat qilgan". Salmoni Forsiy kulib yubordilar va yenglaridan bir anorni chiqarib, idishga qo‘yib, aytdilarki: "Ey Ali! Allohga qasamki, bu anorlar o‘nta edi, lekin men bu bilan sizni sinamoqchi bo‘ldim" ("Ravzatil muttaqiyn")
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:04:22
Naql qilishlaricha, bu ummatga yaxshiliklarni ko‘paytirishdagi hikmat uchtadir:

Birinchisi — o‘tgan ummatlarning umrlari uzun, toatlari ko‘p bo‘lgan. Bu ummatni Alloh taolo o‘tgan ummatlardan ko‘ra fazilatli qildi, amallarini ko‘paytirdi va vaqtlari ham fazilatlik, toat-ibodatlari ko‘proq bo‘lishi uchun "Laylatul qadr"ni ham ato qilgan. Rivoyat qilinishicha, Muso (a.s.): "Ey Rabbim! Men Tavrotda yaxshiliklari o‘n barobar, yomonliklari xuddi shunday yoziladigan ummatni topdim. Ularni mening ummatim qilgin", deb iltijo qilganlarida, Alloh taolo marhamat qilib aytdi: "Ey Muso! Bu oxirgi zamonda keladigan Muhammad (alayhissalom) ummatidir".

Ikkinchisi — Muhammad (alayhissalom) ummatlaridan boshqa ummatlar jannat darajotlariga xolis toatlari bilan haqli bo‘ladi. Bu ummatning toat-ibodatlarida esa, qusurlar bordir. Alloh taolo fazli-karami bilan bu qusurlarni berkitur va har bir ezgu amallariga ko‘pdan-ko‘p ajri mukofotlar berur. Sababi ular jannat darajalariga mana shu ortiqliklar bilan yetishganlari bilinsin.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:04:35
Uchinchisi — Alloh taolo bu ortiqliklarni bir necha barobar ziyoda aylagay. Buning boisi qiyomat kunida xusumatchilar aybdorlarga osilib oladilar va ularning amallari savobini olib qo‘yadilar. Ana shunda ularda Alloh tomonidan berilgan ortiqcha ajru savoblar qoladi. Xusumatchilar ayturlarki: "Ey Rabbimiz! Bizga uning ortiqcha savoblaridan ham olib ber!" Alloh taolo aytur: "Bu ungagina berilgan ajrlardir, bular Mening rahmatimdandir. Men undan aslo rahmatimni olib qo‘ymayman".

Ey Rabbimiz! Bizlarga bu dunyoda ham, u dunyoda ham faqat yaxshiliklar ato qilgin ("Ravzatul ulamo").

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Sizlardan birortangiz musulmonchiligini chiroyli qilsa, uning har bir yaxshi ishiga o‘n barobaridan yetti yuz barobarigacha ajr yoziladi va har bir gunoh ishi ham, albatta, yoziladi. Toki banda Alloh azza va jallaga yo‘liqqunicha".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:05:02
Yigirma birinchi majlis
JAHRIY VA MAXFIY DUO QILISHNING FAZILATI HAQIDA


Alloh taolo aytadi:
"(Ey mo‘minlar) sizlar Parvardigoringizga tazarru’ bilan ichingizda (maxfiy) duo-iltijo qilingiz. Zotan, haddan oshuvchi kimsalarni (ya’ni, el ko‘ziga ko‘rsatish uchun riyokorlik qiluvchilarni) sevmas" (A’rof surasi, 55-oyat).

Maxfiy duo qilish ixlosning alomatidir. Bu U zot haddan oshguvchilarni yaxshi ko‘rmaydi, degani. Alloh taolo duoda va boshqa ishlarda haddan oshuvchilarni yaxshi ko‘rmas ekan, demak, duo qiluvchi o‘ziga loyiq bo‘lmagan narsalarni talab qilmasligi lozim. Masalan, payg‘ambarlar martabasi, osmonga ko‘tarilish, mo‘’jizalar ko‘rsatishni talab qilish kabi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: "Yaqin zamonda duoda haddan oshadigan qavmlar keladi. Kishiga: "Ey Allohim! Sendan jannatni va jannatga yaqin qiladigan so‘z yoki amalni so‘rayman, do‘zaxdan va do‘zaxga yaqinlashtiradigan so‘z yoki ishdan panoh so‘rayman", deyishi kifoya qiladi". So‘ng Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) ushbu: "Albatta, U zot haddan oshuvchilarni yaxshi ko‘rmaydi", oyatini o‘qidilar.

Umayya ibn Homid ibn Abdulloh ibn Asaddan rivoyat qilinadi, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) kofirlar ustidan zafar va fathni Alloh taolodan muxojirlarning faqirlari nomlarini tilga olib so‘rar edilar, ya’ni: "Ey Allohim! Bizga dushmanlar ustidan Sening muhojir, faqir bandalaring hurmatidan nusrat ber", der edilar. Bu esa faqirlarni kamsitmaslikka, balki ulug‘lashga, ularni rag‘batlantirishga, ularni g‘animat bilishga dalolat qiladi ("Hisonul masobih").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:05:43
Oqillar aytganlarki, dunyoning turishi to‘rt narsa bilan: 1. Olimlarning ilmi. 2. Amirlarning odilligi. 3. Boylarning saxovati. 4. Faqirlarning duosi. Agar olimlar bo‘lmaganda, johillar aniq halok bo‘lishardi. Amirlarning adolati bo‘lmaganida, insonlar bir-birlarini xuddi bo‘ri qo‘yni yeb qo‘ygani kabi yeb qo‘yardi. Boylarning saxovati bo‘lmaganda, faqirlar halok bo‘lishardi. Agar faqirlarning duosi bo‘lmaganda, osmonu yer halokatga yuz tutgan bo‘lar edi ("Mav’iza").

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Uch duo borki, ular shubhasiz ijobat qilinadi: Otaning farzandiga qilgan duosi; musofirning duosi; mazlumning duosi". Hatto Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlari rivoyat qilingan: "Mazlumning duosidan qo‘rq, chunki u bilan Alloh o‘rtasida hijob (parda) yo‘qdir". Alloh taolo bu hijobni bulutlar tepasidan ko‘tarib, duoga osmon eshiklarini ochadi va: "Izzatimga qasamki, ey mazlum, senga yordam beraman, garchi bir zamondan keyin bo‘lsa ham", deydi. Ya’ni, sening haqqingni zoe qilmayman va sening duoingni rad etmayman, garchi uzoq vaqt o‘tsa ham. Chunki Men halim zotman, bandalarimni azoblashga shoshilmayman. Shoyad, ular zulm-gunohlaridan tiyilsalar va haqdor xusumatchilarni rozi qilishga va tavbaga qaytsalar", deydi" ("Majolis").

Duoning fazilati haqida Mansur ibn Ammor va’z-nasihat qilar edi. Bir kun bir odam o‘rnidan turib, undan to‘rt dirham so‘radi. Mansur ibn Ammor boshqalarga aytdiki: "Bu kishiga so‘rayotgan narsasini kim beradi? Men ana o‘sha hojatbarorni to‘rt narsa bilan duo qilgayman". Masjidning bir tomonida qora qul turgan edi, uning xo‘jayini yahudiy edi. Uning o‘zi yiqqan to‘rt dirham puli bor edi. Turib aytdiki: "Ey shayx! Men unga to‘rt dirham beraman. Shu shart bilanki, men aytganimdek va men xohlaganimdek haqimga to‘rt narsa bilan duo qilasiz". Mansur ibn Ammor rozi bo‘ldi. Qora qul to‘rt dirhamni berib aytdi: "Ey shayx! Men bir qulman. Avvalo, duo qiling, men ozod bo‘lay. Ikkinchi, mening xo‘jayinim yahudiy, duo qilingki, u musulmon bo‘lsin. Uchinchi, men faqirman, duo qilingki, boy bo‘lay. Va yana duo qilingki, Alloh taolo o‘z fazli bilan meni boshqalardan behojat qilsin. Va nihoyat mening gunohlarimni Alloh taolo kechirsin". Mansur ibn Ammor u kishini duo qildi. Qul uyiga qaytdi va xo‘jayini undan qaerda bo‘lganini so‘radi. Qul bo‘lgan voqeani aytib berdi. Yahudiy quldan bunday mardlikni kutmagan edi. Qalbi yumshab aytdiki: "Men seni bugundan boshlab ozod qildim. Bugungacha sen mening qulim eding. Endi mening do‘stimsan". So‘ng iymon kalimasini aytdi va musulmon bo‘ldi. Keyin esa: "Men seni hamma molimda sherik qildim. Ammo sening to‘rtinchi hojating mening qo‘limda emas. Agar mening qo‘limda bo‘lganida edi, hamma gunohlaringni kechirgan bo‘lardim", dedi. Shu payt uyning burchagida osmondan aytilgan nido eshitildi: "Sizlar do‘zax o‘tidan ozod qilindingizlar, sizlar va sizlar bilan birgalikda Mansur ham mag‘firat qilindi" ("Ravnoqul majolis").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:05:54
Aytganlarki: "Duo yomonliklarning daf bo‘lishiga va maqsadning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan eng quvvatli narsadir. Lekin ko‘pincha duoning natijasi ro‘yobga chiqmaydi, bunga sabab duoning shartlari to‘la ado qilinmaganidadir. Xususan, qalbdagi ishonchning zaif bo‘lishi, harom yeyish, zulm qilish, qalbni gunohlar qoplab, g‘aflat va nafsu havo egallab olgan bo‘lish kabilar duoni to‘suvchi sabablardir".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Bilinglarki, Alloh taolo g‘ofil qalb bilan qilingan duoni qabul qilmaydi" ("Mavohib").

Aytishlaricha, to‘rt narsa umrni ziyoda qiladi: 1) bokiraga uylanish; 2) oqib turgan zilol suvga yuvinish; 3) sahar chog‘i olma yeyish.

Hikoya qilishlaricha, solihlardan bir kishining holi tor, yeb­ichish va nafaqadan juda qiynalar edi. Uning xotini bir kuni eriga qarab aytdiki: "Allohga duo qiling, bizga mol-dunyoni ko‘proq bersin". U kishi duo qildi. Xotini hovliga chiqib qarasa, burchakda tilla bir g‘isht turibdi. Xotin sevina­sevina uni oldi. Haligi kishi xotiniga dedi: "Ey xotin! Xohlaganingcha o‘zingga ishlat". Haligi kishi o‘sha kuni tush ko‘rdi. Tushida jannatdagi bir qasrga kirdi. Qarasa, uning bir yerida g‘isht yo‘q. Bu qasr kimnikiligini so‘ragan edi, unga bunday deb javob berishdi: "Bu qasr seniki!" "Bu yeridagi g‘isht qaerda?" Aytishdiki: "Bu g‘ishtni senga yubordik". Kishi uyg‘onib, darrov xotiniga: "Tillo g‘ishtni keltir", dedi. Uni olib oldiga qo‘ydi va aytdiki: "Allohim, buni Senga qaytaryapman". Bir muddat o‘tib g‘isht g‘oyib bo‘ldi. Ul zot bildiki, Alloh taolo g‘ishtni o‘z o‘rniga qo‘ydi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:06:11
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: "Biror kishi bu dunyodan bir luqmani olsa, albatta, Alloh taolo shu luqmaning hissasini oxiratda kamaytiradi".

Alloh taolo marhamat qilib aytganki:
"Kim oxirat ekinini istar ekan, Biz uning ekini (hosilini) ziyoda qilurmiz. Kim dunyo ekinini istar ekan, Biz unga o‘shandan berurmiz va uning uchun oxiratda biror nasiba bo‘lmas" (Sho‘ro surasi, 20-oyat).

Umar (r.a.) aytdilar: "Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rdim. Qarasam, ul zot bo‘yra ustida yonboshlab yotgan ekanlar. Yon taraflariga buyra izini qoldiribdi. Aytdimki: "Ey Allohning Rasuli! Allohga duo qiling, sizga dunyolik bersin. Fors va Rum podshohlari Allohga ibodat qilmasalar ham, Alloh ularga dunyoni mo‘l-ko‘l berib, keng qilib qo‘ygan". Shunda aytdilar: "Albatta, bizga oxiratda boylik naqd qilib qo‘yilgandir. Ey Xattobning o‘g‘li! Ularga esa yaxshiliklar bu dunyoda naqd qilib berilgan". Boshqa bir rivoyatda esa: "Ular uchun dunyo, bizga esa oxirat bo‘lishiga rozi bo‘lmaysanmi?!" deb aytganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:06:27
Amr ibn Shu’aybdan rivoyat qilindi, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Ikki xislat borki, ular kimda bo‘lsa, Alloh uni shukr va sabr qiluvchilar qatoriga qo‘shadi. Kim dinida o‘zidan yuqoriroq kishiga qarab, unga ergashgan bo‘lsa va kim o‘zining dunyosida o‘zidan pastroq kishiga qarab, Allohga unga bergan ne’matlari uchun hamd aytsa".

Alloh taolo aytganidek:
"Alloh biron ne’mat bilan biringizni biringizdan ortiq qilib qo‘ygan bo‘lsa, sizlar uni (hasad-adovat bilan) orzu qilmang. Erkaklar uchun ham qilgan mehnatlaridan nasiba bordir, ayollar uchun ham qilgan mehnatlaridan nasiba bordur. Sizlar (birovlarga berilgan ne’matlarga ko‘z olashtirish o‘rniga) Allohning fazlu marhamatidan (fayzu baraka, rizqu ro‘z) so‘ranglar. Albatta, Alloh hamma narsani bilguvchi bo‘lgan zotdir" (Niso surasi, 32-oyat).

Shaqiq Zohid (r.a.) aytgan ekanlar: "Faqirlar ham, boylar ham uch narsani o‘zlari tanlashgan. Faqirlar nafs rohatini, qalbning forig‘ligi va hisobning yengil bo‘lishini. Boylar esa nafsning qiynalishi, qalbning mashg‘ulligi va hisobni qattiq bo‘lishini" ("Zubdatul vo’iziyn").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:06:53
Yigirma ikkinchi majlis
IYMON BAYONI


Alloh taolo aytadi:
"Haqiqiy mo‘minlar faqat Alloh (nomi) zikr qilingan vaqtida, qalblariga qo‘rqinch tushadigan, Uning oyatlari tilovat qilinganida iymonlari ziyoda bo‘ladigan va yolg‘iz Parvardigorlarigagina suyanadigan kishilardir. Ular namozni to‘kis ado etadilar va Biz ularni bahramand qilgan narsalardan infoq-ehson qiladilar. Ana o‘shalar haqiqiy mo‘minlar bo‘lib, ular uchun Parvardigorlari huzurida (ya’ni, jannatda yuksak) darajalar, mag‘firat va ulug‘ rizq bordir" (Anfol surasi, 2—4-oyatlar).

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki mening ismimni yozayotib, kitobatda menga salovot aytsa, farishtalar mening ismim o‘sha kitobda turar ekan, u odamga istig‘for aytadilar" ("Shifoi sharif").

Hasan Basriy aytdilar: "Abu Ismani tushimda ko‘rdim va aytdimki: "Alloh seni nima qildi?" Aytdi: "Rabbim meni mag‘firat qildi". "Nima sababdan?" "Men har doim hadis aytgan paytimda, Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) salovot yo‘llardim" ("Zubda").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:07:04
Alloh taolo zikr qilingan paytda Alloh va Rasuliga muxolif bo‘lganlarning emas, balki iymonlarida sodiq bo‘lgan mo‘minlarning qalblari qo‘rqadi ("Tafsirul hozin"). Ahli haq aytibdurlarki: "Qo‘rquv ikki xil bo‘ladi: azobdan qo‘rqish bu osiy bandalarning qo‘rquvidir; haybat va ta’zim qo‘rquvi, bu xos bandalarning qo‘rquvidir. Chunki ular Allohning ulug‘ligini bilib, qattiq qo‘rqadilar. Osiy bandalar esa, Allohning azobidan qo‘rqadilar. Demak, mo‘min Allohni zikr qilganda, Alloh taoloni zikr qilish martabasiga qarab qalbi qo‘rqar ekan ("Tafsirul hozin"). Alloh taoloning: "Iymonlari ziyoda bo‘ladigan..." degan so‘zining ma’nosi shuki, ularga Alloh tarafidan biror narsa kelgan paytda ular unga iymon keltiradilar, shu bilan ularning iymonlari va tasdiqlari ziyoda bo‘ladi. Chunki iymonning ziyoda bo‘lishi iymon keltirishning ziyoda bo‘lishi bilandir. Bu esa ikki qism bo‘ladi: Birinchisi — Imom Vohidiy qavliga ko‘ra, ahli ilmlarning ko‘plari aytgan ushbu so‘zdir: dalillar ko‘p va quvvatli bo‘lgan sari insonning iymoni ziyoda bo‘ladi. Chunki dalillarning ko‘pligi va quvvati hosil bo‘lgan paytda shak ketib, ishonch kuchayadi va Allohni tanish quvvati paydo bo‘ladi. Iymon shu bilan ziyodalashadi. Ikkinchisi — ular Alloh taolo huzuridan ularga tilovat qilingan har bir narsaga ishonadilar va uni tasdiq qiladilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlarida Alloh buyurgan amallar ketma-ket bo‘lgani sababidan har yangi Allohning buyrug‘i tushganda sahobai kiromlar shuni tasdiq qilishar, shu bilan ularning iqrorlari ziyoda bo‘lar edi ("Hozin"). Alloh taoloning: "Ular haqiqiy mo‘minlardir", degan so‘zidan biror kishi o‘zini haqiqiy mo‘min deb sifatlamog‘i joiz emasligiga dalil bor. Chunki Alloh taolo bu sifat bilan maxsus sifatlarga ega bo‘ladigan xos odamlarni sifatladi va har bir kishida bu sifatlarni mavjud ekani aniq emas. Ushbu narsa umumiy masalaga taalluqlidir. Ulamolar "Men mo‘minman", deb aytishning joizligiga ittifoq qilganlar, lekin "men haqiqiy mo‘minman yoki haqiqiy mo‘minaman, agar Alloh xohlasa", deb aytishning joiz yoki joiz bo‘lmasligi haqida ixtilof qilganlar.

Bizning hanafiy ulamolarimiz: "Men haqiqiy mo‘minman", deb aytish yaxshiroq, lekin "men mo‘minman, agar Alloh xohlasa", deb aytish esa joiz emas", deganlar. Bu so‘zning ma’qulligiga ikkita sabab bilan dalil keltirganlar: Biri, harakatlanuvchi odam "Men harakatlanuvchiman, agar Alloh xohlasa", deb aytishi joiz emas. Demak, "Men haqiqiy mo‘minman, men mo‘minman, agar Alloh xohlasa", deb aytishi ham joiz bo‘lmaydi. Ikkinchisi esa, Alloh taolo: "Ular haqiqiy mo‘minlardir", deb mo‘minlarga ularning haqiqiy mo‘min ekanliklarini hukm qildi. "Men mo‘minman, agar Alloh xohlasa", degan so‘zida esa shak qilish bor. Chunki Alloh bu so‘zni qat’iy aytgan ("Hozin").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:09:02
Alloh taoloning: "Ular (mo‘minlar)... Biz ularni bahramand etgan narsalardan infoq-ehson qiladilar", degan oyati karimasi haqida Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Sadaqa baloning yetmish xilini, daf qiladi. Uning eng yengili pes kasalligidir".

Alloh taoloning "ular uchun darajalar bor", deb aytgan so‘zining ma’nosi, ba’zi mo‘minlarning ba’zilardan a’lo bo‘lgan martabalari bor, degani. Chunki mo‘minlarning holatlari Alloh zikr qilgan sifatlarga munosib bo‘lishdir. Buning natijasida esa ularning jannatdagi martabalari ham har xil bo‘ladi, chunki jannatning darajalari amallarning qadriga qarabdir. Yana aytildiki, jannatning darajalarida mo‘minlar amallariga ko‘ra rizqlanadilar".

Imom Termiziy Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladilar: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Jannatda yuz daraja bordir. Har darajaning orasi yuz yil (lik yo‘l)dir".

Hazrati Saiddan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Albatta, jannatda yuz daraja bordir. Agar butun olam ularga yig‘ilib jam bo‘lsa, albatta, ularni o‘ziga sig‘dirur" ("Hozin").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:09:32
Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Sizlarning amallaringizning eng yaxshirog‘i, Parvardigoringiz huzurida eng pokrog‘i va darajalaringizning ko‘targuvchirog‘i, tilla va kumush infoq qilishdan ham ustunrog‘i, sizlar dushmaningizga yo‘liqib, ularni o‘ldirishingizdan ham, ularning qo‘lida o‘lishingizdan ham yuksakroq bo‘lgan martaba xabarini aytaymi?" Aytdilar: "Ha, ey Allohning Rasuli, xabarini bering". Rasululloh: "U Alloh taoloni zikr qilishdir", deb aytdilar ("Masobih").

Alloh taoloning zikri boshqa ibodatlardan ko‘ra yuqoriroq bo‘lishi boshqa ibodatlar Allohni zikr qilishga vasila bo‘lgani sababidandir. Demak, Allohni zikr qilish eng oliy talab va ulug‘ maqsad bo‘lib, u ikki qismga bo‘linadi. Biri til bilan zikr qilish bo‘lsa, ikkinchisi, qalb bilan zikr qilishdir. Qalb zikri til bilan talaffuz qilinmagan, quloq bilan eshitilmagan, balki u qalbning mulohazasi va fikridir. Bu zikrning eng yuqori martabasidir. Xabarlarda keltirilishicha, bir soatlik tafakkur yetmish yil nafl ibodat qilishdan ko‘ra yaxshiroqdir. Bu esa til zikri va qalbning hozir bo‘lishi bilan hosil bo‘ladi. Hattoki, zikr qalbda mahkam o‘rnashib, Allohdan o‘zgasini aslo o‘ylamaydigan bir holga kelib qoladi ("Majolisi Rumiy").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:10:56
Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Agar Abu Bakrning iymoni ummatimning iymoni bilan birga tortilsa, albatta, Abu Bakrning iymoni og‘ir keladi". Abu Hurayra (r.a.), Anas ibn Molik (r.a.) va Abu Said Xudriylardan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qalbida zarracha iymoni bor kishi, albatta, do‘zaxdan chiqadi". Bu gap zohiran iymon ziyoda va noqis bo‘lishiga dalolat qiladi. Bizning bu haqdagi so‘zimiz esa iymon tasdiqdan iborat deyishdir. U ziyodalik va nuqsonni qabul qilmaydi. Alloh taoloning Fath surasidagi: "Iymonlariga iymon qo‘shish uchun..." degan so‘zi esa, bizning fikrimizcha, faqat sahobalarga tegishlidir. Chunki Qur’on oyatlari nozil bo‘lar, ular esa iymon keltirib, ularni qalblari bilan tasdiq qilishar, shu tariqa iymonlari ziyoda bo‘lib borar edi. Ammo bizga kelsak, unday emas, chunki vahiy to‘xtagandir. Alloh taoloning: "Alloh (nomi) zikr qilinganida, qalblariga qo‘rqinch tushadigan..." oyati karimasi mo‘minlarning sifatidir va mo‘minlar toat-ibodatda har xil bo‘ladilar. Ammo iymonda unday emasdir. Fath surasidagi oyati karimadan iroda qilingan ma’no yaqin va ishonchning ziyoda bo‘lishidir, iymonning o‘zi emas. Abu Bakr (r.a.) haqida aytilgan hadisga kelsak, u zotning iymonlari og‘ir kelish, savoblarining ko‘pligidadir. Chunki u kishi iymon keltirishda boshqalardan peshqadamdirlar. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: "Yaxshilikka dalolat qilguvchi xuddi yaxshilik qilguvchiga o‘xshaydi". Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) "Qalbida iymondan bir tola bor odam, albatta, do‘zaxdan chiqadi", ba’zi rivoyatlarda "Qalbida zarracha iymoni bo‘lgan odam, albatta, do‘zaxdan chiqadi", deb aytilgan. Demak, yuqoridagi hadisni biz zikr qilgan dalillar sababli keyingisiga haml qilish vojib bo‘ladi ("Bahrul kalom").

Hasandan (r.a.) bir kishi: "Siz mo‘minmisiz?" deb so‘raganda, u zot aytgan ekanlar: "Iymon ikki xildir. Agar sen mendan Allohga, farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, jannat va do‘zaxga, oxirat kuniga, qayta tirilishga va hisobga iymon keltirish haqida so‘rayotgan bo‘lsang, men mo‘minman. Lekin Alloh taoloning: "Ana o‘shalar haqiqiy mo‘minlardir", degan oyati karimasi haqida so‘rayotgan bo‘lsang, Allohga qasam ichib aytamanki, men ulardanmanmi yoki ulardan emasmanmi, bilmayman".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:11:34
Sufyoni Savriydan rivoyat qilinadi: "Kimki men Allohga haqiqiy ishonuvchi mo‘minman deb gumon qilib, so‘ngra u jannat ahllaridan ekaniga guvohlik bermasa, u odam oyatning yarmiga iymon keltiribdi".

Shaqiq Balxiy aytdilar: "Ibrohim ibn Adham (r.a.) Basra bozorida yurar edi, insonlar u kishining atroflarida jamlanib aytdilarki: "Ey Abu Ishoq! Alloh taolo o‘z kitobida: "Menga duo qilinglar, duolaringizni ijobat qilurman", degan. Biz esa ancha zamondan beri duo qilyapmiz, ammo bizning duoimizni ijobat qilmayapti". Ibrohim ibn Adham ularga aytdilar: "Ey Basra ahli! Sizlarning qalblaringiz o‘nta narsa bilan o‘lgan bo‘lsa, qanday qilib duolaringiz ijobat qilinadi?

Birinchi — Allohni taniganingizni da’vo qilasizlaru, Allohga ibodat qilishda sustkashlik qilasizlar.
Ikkinchi — Qur’on tilovat qilasizlaru, unga amal qilmaysizlar.
Uchinchi — shaytonni dushman deb bilasizlar, ammo unga itoat qilasizlar.
To‘rtinchi — sizlar Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) ummatidanmiz, deb aytasizlar, lekin u zotning muborak sunnatlariga amal qilmaysizlar.
Beshinchi — jannatga kirishni da’vo qilasizlaru, bunga harakat qilmaysizlar.
Oltinchi — do‘zaxdan najotni tilaysizlaru, amallaringiz bilan o‘zlaringizni unga otasizlar.
Yettinchi — o‘lim haq deysizlar, lekin unga tayyorgarlik ko‘rmaysizlar.
Sakkizinchi — bir-birlaringizning ayblaringiz bilan mashg‘ul bo‘lasizlaru, o‘zlaringizning ayblaringizga qaramaysizlar.
To‘qqizinchi — Rabbingizning ne’matini yeysizlaru, Unga shukr qilmaysizlar.
O‘ninchi — o‘liklaringizni dafn qilasizlar, lekin ulardan ibrat olmaysizlar ("Hayotul qulub").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:12:04
Yigirma uchinchi majlis
ALLOHNING BUYRUQLARINI TARK QILISH HAQIDA


Alloh taolo aytadi:
"Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambariga xiyonat qilmangiz va bilgan holingizda sizlarga ishonib berilgan narsalarga (ya’ni, dinga va boshqa har qanday omonatlariga) xiyonat qilmangiz! Bilingizki, albatta mol-dunyolaringiz va bola-chaqangiz faqat (sizlar shukr qilasizlarmi yoki yo‘qmi ekanini imtihon qilish uchun berilgan) bir fitna — aldovdir, xalos. Yolg‘iz Allohning huzuridagina (ya’ni, Uning amru farmoniga itoat etishdagina) ulug‘ ajr-savob bordir" (Anfol surasi, 27—28-oyatlar).

Bu oyati karimaning nozil bo‘lishi haqida quyidagilar rivoyat qilingan: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) Bani Qurayza yahudiylarini yigirma bir kecha qamal qilib turdilar. Shunda ular Bani Nazir qabilasi Shom yerlaridan bo‘lgan cho‘li-biyobonlarga Madinani tashlab chiqib ketishlikka sulh qilgani kabi, Rasulullohdan sulh qilmoqni so‘radilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bu taklifni rad etdilar. Ammo aytdilarki: "Agar sizlar Sa’d ibn Maozning hukmiga rozi bo‘lsangizlar, mayli". Ular Rasulullohning bu takliflaridan bosh tortdilar va aytdilarki: "Bizga Abu Luboba Marvon ibn Munzirni sulh uchun yuborgin". Bu kishi o‘zining ahli-ayoli va moli yahudiylar qo‘lida bo‘lgani sababli, ularga yaxshiliklar qilib yurar edi. Rasululloh bu kishini yahudiylarga yubordilar. Yahudiylar unga: "Nima deb o‘ylaysan, Sa’dning hukmiga rozi bo‘lsak, bizni nima qilishardi?" deyishdi. Abu Luboba halqumiga qo‘lini ishora qildi-da: "Uning hukmi — boshlaringni qilichdan o‘tkazish", dedi. So‘ng Abu Luboba aytdilar: "Men o‘sha holatdan uzoq o‘tmay Alloh va rasuliga xiyonat qilganimni bildim. Shunda bu oyati karima nozil bo‘lgan edi". Abu Luboba o‘zini masjid to‘sinlaridan bir to‘singa bog‘ladi va: "Allohga qasam ichib aytamanki, men taom yemayman, suv ham ichmayman. Yo men shu holatda o‘laman, yoki Alloh mening tavbamni qabul qiladi", dedi. Shu holatda yetti kun turdi. Hatto hushidan ketib yiqildi. So‘ngra Alloh taolo uning tavbasini qabul qildi. Shunda unga aytishdiki: "Alloh tavbangni qabul qildi. Endi o‘zingni yechib yubor!" Ammo Abu Luboba: "Yo‘q, Allohga qasamki, men o‘zimni yechmayman, toki meni Rasululloh yechib yubormagunlaricha", dedi. Shundan so‘ng Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) kelib, muborak qo‘llari bilan uni yechib qo‘ydilar. Abu Luboba ul zotga bunday dedi: "Osiy qavmimga qaytmasligim va molimning hammasini Alloh rizosi uchun sadaqa qilib yuborishim tavbamni mukammal qiladi". Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) unga: "Senga molingning uchdan birini sadaqa qilishing kifoya", dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:12:52
Bilingki, sunnatga beparvo bo‘lish sunnatni tark qilish demakdir. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mening sunnatimni va hidoyatga erishgan xulofoi roshidinlarning yo‘lini mendan keyin mahkam ushlanglar". Yana aytdilarki: "Hali ummatlarimga shunday zamonlar keladiki, u zamonlarda mening sunnatim badanlar ustidagi kiyimning eskirib qolgani kabi eskirib qoladi va bid’atlar paydo bo‘ladi. O‘sha kunda kim mening sunnatimga ergashsa, u g‘aribga aylanib, yolg‘iz o‘zi qoladi. Va kimki insonlarning bid’atiga ergashsa, ellikta va undan ko‘proq sherik topadi". Sahobalar aytdilar: "Yo Rasululloh! Bizlardan keyin bizlardan ham afzalroq kishi bo‘ladimi?" Aytdilarki: "Ha, bo‘ladi". Sahobalar: "Ey Allohning Rasuli! Ular sizni ko‘radilarmi?" deb so‘radilar: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Yo‘q", dedilar. Sahobalar: "Ularga vahiy nozil bo‘ladimi?" deb so‘radilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Yo‘q", deb javob berdilar. "Ular u zamonda qanday bo‘ladilar?" deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): "Ularning qalblari suvdagi tuz singari eriydi", dedilar. Sahobalar: "U zamonda ular qanday yashaydilar?" deb so‘rashdi hayratlanib. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Sirkaga tushgan qurt singari". So‘ng: "Dinlarini qanday saqlaydilar?" deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Qo‘ldagi cho‘g‘ singari. Agar uni qo‘ysa, o‘chadi, ushlasa, kuyadi", dedilar.

Ey aql egalari! Mag‘firat qiluvchi, butun mavjudodning egasi bo‘lgan Alloh Rasulining so‘zi bilan ibratlaninglar!

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim mening ummatim fasodga yuz tutgan paytda sunnatimni mahkam ushlasa, unga yuzta shahidning savobi beriladi".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "O‘nta narsa borki, ularni otalaringiz Ibrohim (a.s.) bilib, amal qilganlar. Beshtasi boshda va yana beshtasi jasadda. Boshdagilari: misvok tutish, og‘izga suv olib mazmaza qilish, burun chayish, mo‘ylab qisqartirish va soqol qo‘yish. Jasaddagilari: xatna qilishlik, jasaddagi tuklarni olish, qo‘ltiq yungini yulish va tirnoq olish". Har bir a’zoning ibodati bor, hatto erkaklarning xatna qiladigan joyida ham.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:13:23
Alloh taolo Odamga (a.s.) aytdi: "Men bu omonatni tog‘larga taklif qildim, ular qabul qilishdan qo‘rqdilar. Sen bu omonatni oluvchimisan?" Odam (a.s.) aytdilar: "Bundagi narsalar nima?" Alloh taolo dedi: "Agar yaxshi ish qilsang, savob olasan, yomon ish qilsang, jazo". Odam (a.s.) so‘ng omonatni qabul qildilar. Alloh taolo aytdi: "Agar bu omonatni ko‘tarsang, Men senga yordam beraman. Sening ko‘zingga parda berurman. Agar halol bo‘lmaydigan narsalarga ko‘zing tushsa, Mening azobimdan qo‘rq, darrov ko‘zingni yum! Sening og‘zingga eshik qilaman, agar tilingga fahsh gap kelsa, darhol yop, Mening azobimdan qo‘rq! Senga ikki quloq beraman, agar eshitish xalol bo‘lmagan gaplarni eshitsang, darhol qulog‘ingni berkit, Mening azobimdan qo‘rq! Oyoqlaringni ham borish xalol bo‘lmagan joydan tiy, Mening azobimni esla".

Yuqorida zikr qilinganlarning barchasi Alloh taoloning insonga omonatidir.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki dunyoni yaxshi ko‘rdi, oxiratiga zarar berdi. Kimki oxiratni yaxshi ko‘rdi, dunyosiga zarar berdi. Foniy, o‘tkinchi narsani (dunyoni) emas, balki boqiy, abadiy bo‘lgan narsani (oxiratni) ixtiyor qilinglar!"

Rivoyat qilinadiki, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) sahobalariga gapirib o‘tirgan edilar, Usoma ibn Zayddan boshqa hamma yig‘ladi. Shunda u kishi: "Yo Rasululloh! Men sizga qalbimning qattiqligidan shikoyat qilaman", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qo‘llarini u kishining ko‘kraklariga qo‘yib, keyin: "Chiq, ey Allohning dushmani!" deb aytdilar. Usoma shundan keyin yig‘ladilar. So‘ngra Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Ko‘zning quruqligi qalbning qattiqligidandir. Qalbning qattiqligi gunohning ko‘pligidandir, gunohning ko‘pligi o‘limni esdan chiqarishdandir, o‘limni esdan chiqarish uzun orzu-havaslar qilishdandir, uzun orzu-havas dunyoni yaxshi ko‘rishdandir, dunyoni yaxshi ko‘rish esa, har bir xatoning boshidir".

Fuzayl ibn Iyoz aytadilar: "Yomonlikning hammasi bir uyda to‘plangandir, uning kaliti esa dunyoni yaxshi ko‘rishdir. Yaxshilikning hammasi bir uyda to‘plangandir, uning kaliti esa zohidlikdir". Siz dunyoni tark qiling, shunda oliy darajalarga yetasiz.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:13:54
Yigirma to‘rtinchi majlis
"OLTIN-KUMUSHNI BOSIB, UNI ALLOH YO‘LIDA INFOQ-EHSON QILMAYDIGAN KIMSALAR"¦" OYATI KARIMASI HAQIDA


Alloh taolo aytadi:
"Oltin-kumushni bosib, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob "xushxabarini" yetkazing. U kunda (qiyomatda) o‘sha (oltin-kumush)ni jahannam o‘tida qizitilib, o‘sha bilan ularning peshonalariga, yonlariga va ketlariga tamg‘a bosilib: "Mana bu o‘zlaringiz uchun to‘plagan bosgan narsalaringizdir. Endi to‘plab bosgan narsalaringizning mazasini totib ko‘ringlar" (deyilur) (Tavba surasi, 34—35-oyatlar).

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Alloh kimga mol bergan bo‘lsa-yu, u zakotini bermasa, Qiyomat kunida uning moli ilonga aylantiriladi. U ilon zakotini bermagan kishining bo‘yniga halqa bo‘lib osilib, unga qattiq azob-uqubatlar beradi va: "Men dunyoda to‘plab, zakotini bermagan molingman", deydi. Alloh taolo aytganidek:

"Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak!" (Oli Imron surasi, 180-oyat).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:14:30
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Alloh taolo kimga mol-dunyo bergan bo‘lsa-yu, u zakotini bermasa, qiyomat kunida unga o‘zining mollari temir qilib, do‘zax o‘tida qizdirilib, o‘sha bilan peshonasi, beli, orqa taraflariga bosiladi. Agar sovib qolsa, yana jahannam o‘tida ming yil qizdirilib olinadi. Holbuki, "Parvardigoringiz nazdidagi bir kun (lik azob) sizlarning hisob-kitobingizdagi ming yilga barobardir" (Haj surasi, 47-oyat) deb aytilgan. So‘ngra Alloh bandalar orasida hukm qilib, jannatga yoki do‘zaxga yo‘lini ko‘rsatgay" ("Zubdatul vo’iziyn").

Alloh taolo namozni zakot bilan birga zikr qildi, "Namozni barpo qilinglar va zakotni beringlar", deb ikkovini yonma-yon amr etdi. Sababi namoz Alloh taoloning haqqi, zakot esa bandalarning. Ikkalasiga ham Allohning amri bilan rioya qilish vojibdir. Hamma ibodatlar shu ikkoviga bog‘liqdir. Chunki namoz badaniy, zakot moliy ibodatdir. Ibodatlarning hammasi shu ikki qismga bo‘linadi.

Uch juft oyat borki ular bir-biridan ajratilmaydi: 1. "Namozni barpo qilinglar va zakotni beringlar", deyildi, demak, namoz o‘qib zakot berilmasa, namoz qabul qilinmaydi. 2. "Allohga itoat qilinglar va Rasulga itoat qilinglar", deyildi, kimki Allohga itoat etib, Rasulga itoat etmasa, uning Allohga bo‘lgan itoati qabul qilinmaydi. 3. "Menga shukr qil va ota-onangga ham", deyildi. Kimki Allohga shukr qilib, ota-onasiga shukr qilmasa, uning Allohga qilgan shukri qabul qilinmaydi ("Tanbehul g‘ofiliyn").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:15:05
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim besh narsani man qilsa, Alloh undan besh narsani man qiladi:
Birinchisi — kim mulkidan zakot bermasa, Alloh uning mollarini ofatlardan saqlashni man qiladi.
Ikkinchisi — kim yerdan o‘nib chiqqan narsalardan ushr bermasa, Alloh uning kasb-koridan barakani ko‘taradi.
Uchinchisi — kim sadaqa bermasa, Alloh undan tinchlik ofiyatini man qiladi.
To‘rtinchisi — kim duo qilishni esdan chiqarsa, Alloh undan ijobatni man qiladi.
Beshinchisi — kimki jamoatga hozir bo‘lishni tark etsa, Alloh undan iymon komilligini man qiladi" ("Zubdatul vo’iziyn").

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mollaringizni zakot bilan saqlanglar, kasalliklaringizni sadaqa bilan davolanglar va har xil balolarga duo va tazarru bilan qarshi chiqinglar".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qiyomat kunida jahannamdan uzunligi osmon bilan yer orasicha, kengligi mag‘ribdan mashriqqacha keladigan chayon bolasidan bo‘lgan Xarish ismlik bir narsa chiqadi. Jabroil (a.s.) undan so‘raydilar: "Qaerga ketyapsan, ey Xarish?" Xarish: "Arosatga", deb javob beradi. Jabroil (a.s.): "Kimni qidirib ketyapsan", deganlarida, u aytadiki: "Besh nafar odamni qidirib ketyapman, namozni tark qilguvchini, zakot bermaganni, ota-onasiga osiylik qilganni, aroq ichganni, masjidda befoyda so‘z so‘zlagan odamni".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:15:35
Alloh taolo marhamat qilgandirki: "Albatta masjidlar Allohnikidir, Alloh bilan birga boshqani duoda sherik qilmanglar" ("Zubdatul vo’iziyn").

Abu Dardo (r.a.) aytdilar: "Men uchun boy bilan o‘tirishdan ko‘ra, qasr ustidan uloqtirib yuborilishim yaxshiroqdir, chunki Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "O‘liklar bilan o‘tirishdan saqlaninglar", deganlar". "Ey Allohning Rasuli! O‘liklar kimlar?" deb so‘rashganda, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Boylar", deb javob bergan edilar".

Shuningdek, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: "Jannat ahllariga qaradim, ularning ko‘plari kambag‘allar ekan, do‘zax ahllariga qaradim ularning ko‘plari boylar ekan".

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Men jannat ahllarini ko‘rdim, qarasam muhojir, musulmon, faqirlar jannatga sa’y qilib kirishyapti, ular bilan jannatga kirayotgan boylardan faqatgina Abdurahmon ibn Avfni ko‘rdim". Albatta, u zot jannat bilan bashorat qilingan o‘n kishidan biridir.

Jannat bilan bashorat qilingan o‘n kishi quyidagilardir: Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Talha, Zubayr, Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Said ibn Zayd, Abu Ubayda ibn Jarroh (roziyallohu anhum).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:15:57
Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Boylarga kambag‘allar tarafidan vayl bo‘lsin, Qiyomat kunida aytadilar: "Ey Parvardigorimiz! Ular berishlari farz bo‘lgan haqlarimizni bermay, bizga zulm qilganlar". Shunda Alloh taolo: "Izzatim va azamatimga qasamki, ularni, albatta, uzoqlashtiraman, sizlarni esa yaqin qilurman", deydi". So‘ng ul zot ushbu oyatni tilovat qildilar: "Ular (topgan) mol-mulklaridan so‘raguvchi va (mol-davlatdan) mahrum kishilar uchun ma’lum haq (ya’ni zakot) bergan zotlardir" (Maorij surasi, 24—25-oyatlar).

Bir orif zotdan: "Ikki yuz dirham puldan qancha zakot berish vojib bo‘ladi?" deb so‘rashdi. U kishi aytdilar: "Omi xalqqa shariat bo‘yicha ikki yuz dirhamdan besh dirham berishga buyuradi. Bizga esa molning hammasini berish darkor bo‘ladi. Alloh taoloning: "Biz sizlarga bergan narsalarimizdan infoq-ehson qilingiz", degan so‘zi uchun".

Shibliy hazratlaridan so‘rashdi: "Farzlar nima?" "Allohning muhabbati", deb javob berdilar. "Sunnatlar nimadir?" deb so‘rashdi. "Dunyoni tark qilish", dedilar. "Zakotning miqdori qancha?" deb so‘rashganda, "Hammasini berish", deb aytdilar. Shunda so‘raguvchi odam: "Siz o‘zi qaysi mazhabdasiz! Sizning imomingiz kim?" deb so‘radi. Shibliy hazratlari: "Abu Bakrning (r.a.), chunki u zot hamma mollarini sadaqa qilib, bitta kiyimda qolganlar", dedilar. Savol berayotgan odam: "Qur’ondan hujjatingiz bormi? deb so‘radi. U kishi: "Ha", dedilar va Alloh taoloning: "Albatta, Alloh taolo mo‘minlardan o‘z nafslarini va mollarini sotib oldi..." degan oyatini o‘qidilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:16:14
Hikoya qilinadi: Qorun ibn Yasxar ibn Qohas ibn Lovay ibn Ya’qub ibn Ishoq ibn Ibrohim (a.s.) — Musoning (a.s.) amakilarining o‘g‘li edi. Ammo Musoga (a.s.) qarshilik qilardi. Xuddi Somiriy Musoga (a.s.) ichida qarshilik qilib, munofiqlik qilgani kabi. Qorun Fir’avnning vaziri edi. Doim Musoga (a.s.) aziyat berar, u zot esa qarindoshligi uchun indamay sir tutardilar. Zakot amri nozil bo‘lganida, Qorun Muso (a.s.) bilan har ming dirhamdan bir dirham va har ming dinordan bir dinor beraman, deb sulh tuzdi. Vaholanki, unga molining to‘rtdan bir qismini zakot qilib berish vojib edi. Qorun sulh qilgach, mollarini yig‘ib jamladi, shunda tillo-kumushlari tog‘dek uyulib ketdi. Buni ko‘rgan Qorun, bu ko‘p, dedi. Baxilligi tutib bermadi. Uning xazinalarining kaliti oltmishta xachirga yuk edi. Har bir xazinaning bitta kaliti bo‘lib, kattaligi barmoqday edi. Qorun Bani Isroilga: "Muso sizlarning barcha mollaringizni olib qo‘ymoqchi", dedi. Ular vahimaga tushib: "Siz bizning kattamizsiz, xohlagan narsangizni buyuring", deb aytishdi. Qorun: "Menga falonchi fohishani keltiringlar! U ayol: "Muso men bilan bo‘lgan", desin", dedi. Ular o‘sha fohishani keltirishdi. Qorun unga ming dinor berib, sen: "Muso men bilan zino qilgan, men undan homiladorman", deb aytasan, dedi. Ertasi kun Qorun odamlarni to‘pladi. Shu kun ularning bayram kunlari edi. Qorun Musoga (a.s.): "Bizga bir nasihat qil", dedi. Muso (a.s.) so‘zlari asnosida quyidagilarni aytdilar: "Kim o‘g‘irlik qilsa, uning qo‘lini kesamiz. Kim birovni nohaq so‘kib ayblasa, darralaymiz. Kim zino qilsa va u oilalik bo‘lsa, albatta, uni toshbo‘ron qilib o‘ldiramiz". Shunda Qorun: "Agar bu ishni sen qilgan bo‘lsang hammi?" dedi. Muso (a.s.): "Ha, men qilgan bo‘lsam ham", dedilar. Shunda Qorun turib aytdiki: "Bani Isroil seni falon ayol bilan zino qilgan, deb aytyapti-ku?!" dedi. Muso (a.s.): "O‘sha ayolni chaqiringlar", dedilar. Ayolni olib kelishdi. Muso (a.s.) qasam ichib aytdilarki: "Seni va dengizlarni yaratgan, Tavrotni nozil qilgan Zot nomi bilan ayt, sen buni tasdiq qilasanmi?" Ayol talmovsirab, tili tutilib qoldi. So‘ng aytdiki: "Ey Muso! Aytilgan narsalardan sen poksan. Qorun menga ming dinor berdi va seni ayblashimni istadi", dedi. Muso (a.s.) sajda qildilar va Alloh taologa yig‘lab duo qildilarki: "Ey Parvardigorim! Agar men Sening nabiying bo‘lsam, haq payg‘ambaring bo‘lsam, meni qutqargin". Alloh taolo: "Ey Muso! Yerni sening amringga bo‘ysunuvchi qildim, xohlagan narsangni buyur", deb vahiy qildi. Muso (a.s.): "Kim Qorun bilan bo‘lsa, turaversin, kim men bilan bo‘lsa, undan ajrasin", dedilar. Insonlarning hammalari Muso (a.s.) taraflariga o‘tdilar, faqat ikki kishi Qorun bilan biri qoldi. Muso (a.s.) aytdilar: "Ey yer! Ularni yut!" Yer ularni tizzalarigacha tortdi, so‘ngra ikkinchi bora: "Ey yer! Ularni yut!" dedilar. Yer ularni bellarigacha ko‘mdi. Shunda ular Musoga (a.s.) yalina boshladilar. Muso (a.s.) uchinchi bor aytganlarida, yer ularni bo‘yinlarigacha ko‘mdi. Ular esa Musoga (a.s.) yalinishdan to‘xtamasdilar. Muso (a.s.) shunchalik g‘azablangan edilarki, achchig‘ida ularga qarab ham qo‘ymadilar. To‘rtinchi bor buyurganlarida, yer ularni butkul yutib yubordi. Shunda odamlar orasidan birovi: "Muso Qorunni duoibad qildi, uning xazina va qasrini egallash maqsadida shunday qildi", dedi. Buni eshitgan Muso (a.s.) Allohga duo qildilar, hatto Qorunning qasri va mollarini ham yer yutdi. Alloh taolo aytganidek: "Bas biz Qorunni ham, uning hovli-joyini ham (erga) yutdirdik" ("Mishkot").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:16:27
Aytishlaricha, Qorun ot ustida ziynatlanib chiqar edi. U bilan birga to‘rt yuz suvoriy bo‘lar edi. Bu otlarning ustiga qizil ipak to‘shalgan. Qorunning uch yuzta quli, uch yuzta oq tan cho‘rilari bo‘lib, ularning ham egnilarida ipak va ziynatlar bor edi. U shu holida Musoga (a.s.) takabburlik qildi, Allohning buyruqlariga bo‘ysunmadi. Oqibat Alloh uni ham, hovli joyini ham yer yutdirdi.

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Me’roj kechasida Qof tog‘i orqasida odam bolalari bilan to‘la bir shaharni ko‘rdim. Ular meni ko‘rishlari bilan: "Sizning yuzingizni ko‘rsatgan Allohga hamd bo‘lsin, ey Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)!" deb aytdilar va menga iymon keltirdilar. Men ulardan: "Sizlar kimsizlar?" deb so‘radim. Ular aytishdiki: "Ey Muhammad! Biz Bani Isroil qavmidanmiz. Muso (a.s.) o‘lganlaridan keyin Banu Isroil o‘rtasida ixtilof yuzaga kelib, fisqu fasod zohir bo‘ldi va bu orada qirq uch anbiyoni o‘ldirdilar. Payg‘ambarlar qatlidan keyin ikki yuzta zohid obid chiqib, ular xalqni yaxshilikka buyurishdi, yomonlikdan qaytarishdi. Bani Isroil ularni ham o‘ldirdi, xaloyiq orasida judayam qattiq buzg‘unchilik tarqaldi, so‘ng biz ularning orasidan chiqib, dengiz sohiliga keldik va Allohga bizni xalos qilishini so‘rab duo qildik. Biz Allohga duo qilayotgan paytimizda to‘satdan yer o‘pirilib, tushib ketdik. Yer tagida o‘n sakkiz oy qoldik, so‘ng mana shu makonga chiqdik. Muso (a.s.) bizga: "Birortangiz Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) yuzini ko‘rsa, ul zotga mendan salom aytinglar!" deb vasiyat qilgan. Bizga sizning muborak yuzingizni ko‘rsatgan Allohga hamd bo‘lsin", dedilar. Men ularga Qur’onni, namozni, ro‘zani, juma namozini ado qilishni va boshqa shar’iy hukmlarni o‘rgatdim".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:16:54
Yigirma beshinchi majlis
RAJAB OYINING FAZILATI HAQIDA


Alloh taolo aytadi:
"Albatta, Allohning nazdida, oylarning sanog‘i Alloh osmonlar va yerni yaratgan kunida belgilab qo‘yganidek, o‘n ikki oydir. Ulardan to‘rttasi urush harom qilingan (oylar)dir. Mana shu haq dindir (ya’ni, haq hukmdir). Bas, u oylarda (urushni halol deb jangga kirib) o‘zlaringizga zulm qilmangiz! Barcha mushriklar (bu hukmga qaramay) sizlarga qarshi jang qilgani kabi (birinchi bo‘lib jang boshlasalar), sizlar ham barchangiz ularga qarshi jang qilingiz! Va bilingizki, Alloh taqvodorlar bilan birgadir" (Tavba surasi, 36-oyat).

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Me’roj kechasida bir daryo ko‘rdim, suvi asaldan shirin, mushku anbardan xushbo‘yroq edi. Jabroilga (a.s.): "Bu kim uchun?" deb so‘radim. "Sizga rajab oyida salovot aytgan kishilar uchundir", dedi".

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Parvardigoringizga ibodat qilinglar, gunohlaringizni mag‘firat etishini so‘ranglar va haromdan, ma’siyat ishlardan saqlaninglar! Bu oy rajab oyidir. Toat-ibodatlarning savobi bu oyda ziyoda qilingandir. Chunki bir dona yaxshiliklarga boshqa oylarda o‘n barobar qilib savob yoziladi. Alloh taolo: "Kim bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar ajr berilur", degan. Rajab oyida esa yetmish barobar berilur, sha’bonda yetti yuz barobar, ramazonda ming barobar qilib savob bitilur". Bu faqatgina shu ummatga — Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) ummatlariga xosdir" ("Xazinatul ulamo").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:17:41
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Agar sizlar o‘lim vaqtida chanqoqlik his qilmay rohatda bo‘lishni, iymon bilan dunyodan ketishni va shaytondan najot topishni istasanglar, bu oylarda ko‘proq ro‘za tutinglar va o‘tgan gunohlarga nadomat chekish bilan bu muborak oyning hurmatini ado qilinglar. Barcha jonlining Yaratguvchisini ko‘p-ko‘p zikr etinglar, shunda Rabbingizning jannatiga salomatlik bilan kirursizlar".

Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Muoz ibn Jabalga (r.a.) yo‘liqib so‘radim: "Ey Muoz! Qaerdan kelyapsan?" U: "Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlaridan", deb aytdi. Men undan: "Nimalar eshitding?" deb so‘radim. U: "Nabiyning: "Kim Allohdan o‘zga iloh yo‘q, desa va buni ixlos bilan aytsa, albatta jannatga kiradi. Va yana kimki rajab oyida Alloh taoloning roziligini istab, bir kun ro‘za tutsa, albatta, jannatga kiradi, deganlarini eshitdim", dedi. So‘ng Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga bordim va: "Ey Allohning Rasuli! Muozdan eshitdim, siz shundoq-shundoq debsiz", dedim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Muoz to‘g‘ri aytibdi", dedilar" ("Zuhratur riyoz").

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) "Hajjatul vado’"da qurbonlik kunida xutbalari orasida aytdilar: "Ogoh bo‘lingiz! Zamon Alloh taolo osmon va yerni yaratgan kundan buyon o‘tyapti. Bir yil o‘n ikki oydan iboratdir, ulardan to‘rttasi harom oylardir, uchtasi — zulqa’da, zulhijja, muharram ketma-ket keladi. Rajab esa, jumadul oxir va sha’bon oyining orasidagi oydir. Oylar o‘z holiga qaytdi va haj qilish zulhijja oyidadir. Yil Alloh osmonlar va yerni yaratgan kunda ixtiyor qilgan hisobning asliga qaytdi va haj qilish ham. Johiliyat ahllari uni o‘zgartirganlaridan keyin, nihoyat, yana o‘z o‘rniga qaytdi. Alloh taolo o‘z Kitobida shunday zikr qilgan: "Shak-shubhasiz (harom oylarni) ortga surish ortiq darajadagi kofirlikdir..." Bu oyatning tafsirida aytilganki, bir oyni harom oy qilish uni boshqa oyning o‘rniga kechiktirishdir. Chunki arablar johiliyatda harom oylarni ulug‘lashar edi. Ular Ibrohim va Ismoildan (a.s.) meros o‘laroq bu oylarda jang qilishni harom deb bilar edilar. Keyinchalik "ortga surishni" paydo qilib olishib, harom oylarning o‘rnini o‘zgartirishdi. Bunga sabab ular jangari odamlar edi. Urushib turganlarida harom oyi kelsa, jangni to‘xtatish qiyin bo‘lar edi. So‘ng harom oyni halol, halol oyni harom qilishardi. Harom oylarni orqaga surish ortiq darajadagi kufrdir, chunki kofir odam ma’siyat qilgan sari kufri ziyoda bo‘laveradi. Xuddi mo‘min bir toat qilsa, iymon jihatdan ziyoda bo‘lgani kabi ("Kashshof").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:18:23
Tovusdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Biror bir oyni, biror bir kunni bayram qilib olmanglar".

Bu gapning asli shuki, musulmonlar biror bir vaqtni bayram qilib olishlari joiz emas. Faqatgina shariat keltirgan kunlarni bayram qilishlari joiz bo‘ladi. Bu bayramlar hafta ichida juma kuni, yil ichida Fitr kuni, Qurbon hayiti va tashriq kunlaridir".

Bu bayramlardan boshqa bir kunni bayram deb nishonlash Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) shariatlarida asli yo‘q, bid’at ishdir. Islom kelib davriy va makoniy bayramlarni botil qildi. Davriy bayramlar o‘rniga ramazon va qurbon hayitlarini hamda undan keyingi tashriq kunlarini belgilab qo‘ydi. Mushriklarning makoniy bayramlari o‘rniga Ka’bani, Arafotni, Mino va Muzdalifani bayram qilishga buyurdi. Bu bayram va bu makonlarning o‘ziga xosligi shundaki, bu kunlarda Allohga yaqinlik hosil qilishga sabab bo‘ladigan toat va ibodatlar bordir. Bu oyda ro‘za tutish haqida bir necha hadislar rivoyat qilingan. Imom Bayhaqiy "Shu’abul iymon" bobida Hazrati Anasdan (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Jannatda bir daryo bor, uni Rajab deyiladi. Sutdan oppoq, asaldan shirinroqdir. Kim rajab oyida bir kun ro‘za tutsa, Alloh uni o‘sha daryodan suv ichirur".

Bu oyning ba’zi kunlarida ro‘za tutish yoki hammasida ro‘za tutish haqida Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) sahih darajasida hadislar kelmagan. Sahobalardan ham naql yo‘q. Umumiy o‘laroq harom oylarda nafl ro‘za tutish haqida ko‘pgina hadislar rivoyat qilingan. Rajab oyi esa mana shu muborak oylarning biri, demak, bu oyda nafl ro‘za tutishdan qaytarmaslik lozim.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:19:14
Abu Qiloba (r.a.) aytadilar: "Jannatda rajab oyida ro‘za tutuvchilarga qasr bor". Bayhaqiy aytganlarki, albatta, Abu Qiloba katta tobe’inlardan biridirlar, bu zot Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) hadis eshitgan zotlardan naql qiladilar.

Ibn Abbos (r.a.), rajab oyining hammasida ro‘zador bo‘lish makruh, deganlar. Imom Ahmad ham makruh deganlar. Imom Movardiy "Al-Iqno’"da "Rajab va sha’bon oylarida ro‘za tutish mustahab", deganlar ("Majolis Rumiy").

Abu Bakr (r.a.) aytadilar: "Rajab oyining avvalgi juma kechasining uchdan biri o‘tganda, osmonu yerda maloikalar qolmaydi, Ka’baga jamlanadilar". Alloh ularga: "Ey farishtalarim! Xohlagan narsalaringizni so‘ranglar", deydi. Ular: "Ey Rabbimiz! Bizning hojatimiz rajab oyida ro‘za tutgan bandalaringni mag‘firat qilmog‘ingdir", deyishadi. Alloh taolo: "Men ularning gunohlarini mag‘firat qildim", deydi".

Hazrati Oyishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qiyomat kunida hamma insonlar och va chanqoq bo‘ladilar, faqatgina anbiyolar va ularning ahllari, rajab, sha’bon va ramazon oyida ro‘za tutguvchilar bundan mustasnodirlar. Ular uchun bu Kunda ochlik ham, chanqoqlik ham bo‘lmaydi" ("Zubdatul vo’izin").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:19:46
Yigirma oltinchi majlis
SAXIYLIKNING FAZILATI HAQIDA


Alloh taolo aytadi:
"Ularning orasida: "Qasamki, agar (Alloh) bizga o‘z fazlu karamidan (mol-davlat) ato qilsa, albatta, biz (kambag‘allarga) sadaqotlar qilurmiz va solih bandalardan bo‘lurmiz", deb Allohga ahd-paymon beradigan kimsalar ham bordir. Endi qachonki (Alloh taolo) ularga o‘z fazlu karamidan (mol-davlat) ato qilsa, unga baxillik qilurlar va yuz o‘girgan hollarida keturlar" (Tavba surasi, 75—76-oyatlar).

Oyisha (r.a.) aytadilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) menga aytdilarki: "Ey Oyisha! To‘rt narsani qilmay uxlama: Qur’oni xatm qilmaguningcha, payg‘ambarlarni Qiyomatda o‘zingga shafoatchi qilmaguningcha, musulmonlarni o‘zingdan rozi qilmaguningcha hamda haj va umra qilmaguningcha". Shunday deb Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) namozga kirib ketdilar. Namozni tugatganlaridan keyin: "Ey Allohning Rasuli! Ota-onam sizga fido bo‘lsin! Meni to‘rt ishga buyurdingiz, men ularni qilishga qodir emasman", dedim. U zot aytdilarki: "Agar Ixlos surasini o‘n marta o‘qisang, Qur’onni xatm qilgandek bo‘lasan, menga va payg‘ambarlarga salovot aytsang, biz senga Qiyomat kunida shafoatchiga aylanurmiz va agar Allohdan mo‘minlarning mag‘firatini tilasang, ularning hammalari sendan rozi bo‘ladilar. Agar "Subhanallohi valhamdu lillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar", desang, haj va umra qilgandek savobga ega bo‘lasan" ("Tafsiri Haqqiy").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:20:18
Abu Umoma Boxiliy (r.a.) mazkur oyati karimaning nozil bo‘lishi sababi haqida quyidagilarni rivoyat qilganlar: "Sa’laba ibn Xotib Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) masjidlarida kechayu-kunduz mulozim edi. Uning peshonalari yerga va toshlarga ko‘p sajda qilganlik sababidan xuddi tuyaning tizzalari singari qavargan edi. Bir kuni masjiddan duo qilmay, namoz o‘qimay shoshilib chiqib ketayotganida, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) unga: "Senga nima bo‘ldi? Masjiddan shoshib chiqish bilan munofiqlarning ishini qilyapsan", dedilar. U: "Yo Rasululloh! Chiqib ketishimning sababi, men va ayolimga bittagina kiyim bor, u ham bo‘lsa, mening egnimda. Men unda namoz o‘qib olaman, xotinim esa uyda kiyimsiz o‘tiradi, keyin unga borib kiyimimni beraman. U namozini o‘qib oladi. Duo qiling, Alloh taolo menga mol-dunyo ato qilsin", dedi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Sa’laba! Shukrini ado qila oladigan ozgina mol shukr etishga toqat qilolmaydigan ko‘p mol-dunyodan yaxshiroqdir", dedilar. U yana: "Ey Allohning Rasuli! Allohga duo qiling, menga mol-dunyo ato qilib rizqlantirsin", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Sen uchun Rasulullohda yaxshi ibrat yo‘qmi?! Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasam, tog‘lar menga tilla va kumush bo‘lib qolishlarini xohlasam, albatta, shu ish bo‘ladi. Ammo men buni aslo xohlamayman" deb javob berdilar. Sa’laba ketdi. Ertasi kun yana keldi. Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam): "Yo Rasululloh! Allohga duo qiling, menga mol-davlat ato qilsin, albatta, har bir haqqi bor odamga haqqini berurman", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uning uchun duo qilib aytdilar: "Ey Allohim! Sa’lobaga mol-davlat ato qilgin". Shundan so‘ng u bir qo‘y olib boqa boshladi. Qo‘y xuddi qurt o‘sgani kabi o‘sib ko‘paya ketdi. Tez orada ikkita, uchta, to‘rtta bo‘ldi. Nihoyat, qo‘ylari ko‘paydi va unga Madina ham torlik qila boshladi. U Madinadan tashqariga chiqib, bir vodiyga tushib, o‘sha yerda qo‘ylarini boqa boshladi. Sa’laba Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan peshin va asr namozlarini o‘qib, qolgan namozlarni o‘zining qo‘ylari ichida o‘qir edi. Keyin esa qo‘ylari yana ko‘paydi. U endi Madinadan yana uzoqlashdi, endi faqat juma namoziga keladigan bo‘ldi. Bir muddatdan so‘ng juma namoziga ham kelmay qo‘ydi. Juma kuni odamlar namozdan qaytayotganida ularning qarshisidan chiqib qolar, xabarlar haqida so‘rar edi. Kunlardan bir kuni Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Sa’labani eslab so‘radilar: "Sa’laba nima qilyapti?" Sahobalar: "Ey Allohning Rasuli! U qo‘y boqib yuribdi. Qo‘ylari vodiyga ham sig‘may ketgan", deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Sa’labaning holiga voy bo‘lsin", dedilar. Keyin zakot oyati nozil bo‘ldi, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ikki kishini uning oldiga zakot olish uchun yubordilar. Ular Sa’labaning oldiga borib, zakot berishi lozim ekanini aytishdi va unga Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) maktublarini topshirib, Alloh buyurgan farzlarni o‘qib berishdi. Sa’laba esa hech narsa bermadi, balki aytdiki: "Bu shak-shubhasiz jizya yoki jizyaning o‘xshashi", dedi. So‘ng ikki elchiga qarab: "Sizlar qaytib ketaveringlar, men bir o‘ylab ko‘rayin", dedi. Ikki elchi Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga kelib, hali gapirmay turib, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ikki marta: "Sa’labaning holiga voy bo‘lsin", dedilar. So‘ngra Alloh taolo Tavba surasidagi 75—76-oyatlarni nozil qildi. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) oldilarida Sa’labaning qarindoshlaridan bir kishi bor edi. Buni eshitib Sa’labaning oldiga yugurib bordi va: "Holingga voy sening, ey Sa’laba! Alloh sen haqqingda falon-falon oyatni nozil qildi", dedi. Sa’laba Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga zakotini olib keldi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh sendan zakot olishimni man qildi", dedilar. Sa’laba bu gapni eshitib, boshiga tuproq socha boshladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Bunga o‘zing sabab bo‘lding, buyurganimda, itoat qilmading", dedilar. Oradan ko‘p o‘tmay, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) vafot etdilar. Sa’laba Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) vafotlaridan keyin Abu Bakr oldilariga kelib zakot bermoqchi bo‘ldi. "Sadaqamni qabul qiling", dedi. Abu Bakr (r.a.) qabul qilmadilar. "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qabul qilmagan sadaqani men ham qabul qilmayman", dedilar
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:20:49
So‘ngra Umar (r.a.) xalifalik davrida u yana keldi. "Sadaqamni qabul qiling!" dedi. Hazrati Umar: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan Abu Bakr (r.a.) qabul qilmagan sadaqani men qanday qabul qilaman", dedilar va qabul qilmadilar. So‘ng Hazrati Usmonning (r.a.) xalifalik davrlarida ul zotdan sadaqasini qabul qilishlarini so‘radi. Hazrati Usmon: "Ular sening sadaqangni qabul qilishmagan bo‘lsa, men qabul qilamanmi?" dedilar va qabul qilmadilar. Shu bilan Sa’laba Hazrati Usmonning (r.a.) davrlarida o‘ldi. Unga bu uqubatlarning hammasi baxillikdan, dunyoni yaxshi ko‘rishdan va zakot bermaslikdan keldi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Munofiqning alomati uchtadir: Gapirsa yolg‘on so‘zlaydi, va’da bersa, va’dasiga xilof qiladi, omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi", deganlar.

Rivoyat qilinishicha, sahobai kiromlar Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) so‘radilar: "Ey Allohning Rasuli! Siz bu dunyodan ketsangiz, bizga yerning usti yaxshiroq bo‘ladimi yo tagimi?" Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Agar amirlaringiz sizlarning yaxshilaringiz bo‘lsa, boylaringiz saxiylaringiz bo‘lsa va ishlaringiz o‘zaro maslahat bilan bo‘lsa, sizlar uchun yer usti yaxshiroqdir. Agar amirlaringiz yomonlaringiz bo‘lsa, boylaringiz baxillaringiz bo‘lsa va ishlaringiz xotinlaringiz maslahati bilan bo‘lsa, sizlarga yerning tagi yaxshiroqdir" ("Mav’iza").

Hazrati Oyishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Saxiylik bir daraxtdir, uning tomirlari jannatda, shoxlari esa dunyoga tushgandir. Kim uning bir shoxiga osilsa, uni jannatga olib boradi. Baxillik ham bir daraxt, tomirlari do‘zaxda va shoxlari dunyoga tushgan. Kim uning bir shoxiga osilsa, uni do‘zaxga olib boradi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:21:31
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "O‘zlaringiz va o‘liklaringiz uchun bir qultum suv bilan bo‘lsa ham sadaqa qilinglar! Agar bunga qodir bo‘lmasangiz, Allohning Kitobidan bo‘lgan bir oyat bilan, ya’ni, uni o‘qinglar, unga amal qilinglar, boshqalarga ham yetkazinglar. Bas, agar bunga ham qodir bo‘lmasangiz, rahmat va mag‘firat so‘rab, Allohga duo qilinglar! Chunki U zot duoni ijobat qilishga va’da bergandir".

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim bir qop xurmoni halol yo‘l bilan topib, sadaqa qilsa — Alloh taolo faqatgina pokiza va halol yo‘l bilan topilgan narsasini qabul qilgay — uni uning uchun o‘stirib ziyoda qilgay. Xuddi sizlardan biringiz o‘zining yangi tug‘ilgan toychog‘ini parvarish qilgani kabi. Bu sadaqa hatto tog‘dek bo‘lur". Ya’ni, sadaqa kattalashib, unga baraka beradi va savobini mezonda og‘ir qiladi. Haqiqatan, Alloh sudxo‘rlikning barakasini va ribo kirgan molni halok qiladi, agar o‘sha moldan sadaqa berilsa, qabul qilmaydi. Halol moldan berilgan sadaqalarni esa, ziyoda qiladi.

Savol: nima uchun sadaqaning savobi boshqa amallarnikidan ko‘p?

Javob: Chunki molni berish nafsga boshqa amallardan ko‘ra mashaqqatliroqdir. Qaysi bir amalning mashaqqati ko‘p bo‘lsa, savobi ham ko‘p bo‘ladi. Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan: "Amallarning eng afzali ularning achchiqrog‘idir. Alloh taolo Oli Imron surasida marhamat qiladi: "Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha, hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz. Har qanday narsani infoq qilsangiz, albatta, Alloh uni bilur".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:22:20
Hazrati Jobir (r.a.), aytadilar: "Bizga Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) xutba qilib aytdilar: "Ey insonlar! O‘lishingizdan oldin Allohga tavba qilingiz, mashg‘ul bo‘lib qolishdan oldin yaxshi amallarni qilishga shoshilinglar, sizlarning va Rabbilaringizning orasidagi narsani (ya’ni, mag‘firatni) u zotni ko‘p zikr qilish bilan o‘zlaringizga vasila qilinglar! Oshkor va pinhon sadaqa berishni ko‘paytiringlar, shunda sizlar rizqlanasizlar, muzaffar bo‘lasizlar va quvvatlanasizlar" (Ibn Moja rivoyati).

Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Sadaqa yomonlikning yetmishta eshigini to‘sadi. Sadaqa to‘rt xildir: biriga o‘n baravar, ikkinchisiga yetmish, uchinchisiga yetti yuz, to‘rtinchisiga yetti ming barobar savob berilur. Birinchisi — kambag‘allarga berilgan sadaqa, ikkinchisi — qarindoshlarga, uchinchisi — aka-uka, opa-singillarga, to‘rtinchisi esa tolibi ilmlarga berilgan sadaqadir. Bu gapni Alloh taoloning Baqara surasidagi quyidagi oyat quvvatlaydi: "Alloh yo‘lida mollarini infoq-ehson qiladigan kishilarning misoli xuddi har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqargan bir dona donga o‘xshaydi. Alloh o‘zi xohlagan bandalariga bir necha barobar qilib beradi. Alloh (fazli-karami) keng, bilguvchi zotdir" (261-oyat).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:23:42
Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Moli bor odam molidan, ilmi bor odam ilmidan, quvvati bor quvvatidan sadaqa qilsin" ("Jome’ul azhor").

Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Alloh taolo yerni yaratgandan keyin zamin tiradi, tinch turmadi. Shunda Alloh taolo tog‘larni yaratdi va ularni zamin ustiga qo‘ydi. So‘ng yer tinchlandi, joyiga o‘rnashib qoldi. Bundan farishtlar ajablanishdi va tog‘larning, haqiqatan, qattiq ekanini aytishdi: "Ey Parvardigor! Sening maxluqlaring ichida tog‘lardan ham qattiqroq narsa bormi?" Alloh: "Ha, u temir", dedi. Farishtalar: "Temirdan ham qattiqroq narsa bormi?" deb so‘rashdi. Alloh: "Ha, u o‘tdir", dedi. Farishtalar yana: "Ey Parvardigor! O‘t-olovdan ham qattiqroq narsa bormi?" deb so‘rashdi. Alloh: "Ha, u suvdir", deb javob berdi. Farishtalar: "Ey Parvardigor! Suvdan ham kuchliroq, qattiqroq narsa bormi?" deyishdi. Alloh: "Ha, u shamoldir", dedi. Farishtalar: "Ey Parvardigor! Shamoldan ham qattiqroq narsa bormi?" deyishdi. Alloh: "Ha, odam bolasi. U chap qo‘lidan yashirib, o‘ng qo‘li bilan sadaqa qiladi, bu shamoldan ham qattiqroqdir", dedi. Maxfiy qilingan sadaqa hech narsa muqobil kelib, bardosh berolmaydigan Allohning g‘azabini so‘ndiradi. Alloh taolo aytganidek: "Agar maxfiy qilib, faqir-kambag‘allarga bersangiz, bu o‘zingiz uchun yanada yaxshiroqdir" (Baqara surasi, 271-oyatdan). Shu tufayli salafi solihlar o‘zlarining sadaqalarini odamlar ko‘zidan yashirishda mubolag‘a qilganlar. Toki sadaqa berguvchining kimligi bilinmasin. Ba’zilari ko‘r kambag‘alni qidirar edi. Ba’zi uxlab yotganlar faqirning kiyimiga sadaqalarni bog‘lab qo‘yishar, ba’zilari esa faqirlar olishi uchun ular o‘tadigan yo‘lga sadaqalarini tashlab qo‘yishar edi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:26:33
Yigirma yettinchi majlis
RIZQ HAQIDA


Alloh taolo aytadi:
"Yerda o‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir. U zot ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hamma narsa ochiq-ravshan kitobda bordir" (Hud surasi, 6-oyat).

Alloh bizdan katta-yu kichik ochiq va maxfiy balolarini daf qilsin. Hadisda aytiladiki: "Menga salovot aytmagan kishining namozi yo‘qdir". Ibn Qassor: "Buning ma’nosi komil holda namozi durust bo‘lmaydi yoki menga umrida loaqal bir marta ham salovot aytmagan odam uchun namoz yo‘q, deganidir", deb aytganlar.

Ibn Ma’suddan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda: "Kim namoz o‘qisa-yu, menga va ahli baytimga salovot aytmasa, undan namozi qabul qilinmaydi", deyilgan. Doruqutniy aytganlar: "To‘g‘risi, bu hadis Abu Ja’far Sodiq ibn Ali ibn Husaynning (r.a.) so‘zlaridandir. Ul zot bunday deganlar: "Agar namoz o‘qib, Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) va u zotning ahli baytlariga salovot aytmasam, albatta, bu namozim to‘liq bo‘lmadi, deb bilaman".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:27:20
Imom Ahmad aytadilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) uylandilar. Shunda ziyofat qilib, sahobalarini jamladilar. Taom oz, yig‘ilganlar esa ko‘p edi. Taomning ozligi va ham suyuq bo‘lgani sababli sahobalardan har birlari bu xususda bir narsa der edilar. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) namoz o‘qirdilar, namozni tugatganlaridan keyin ulardan: "Nima haqida gaplashyapsizlar?" deb so‘radilar. Ular: "Rizq haqida", deb javob berishdi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Men sizlarga Jabroil (a.s.) aytib bergan bir hadisni aytaymi?" dedilar. Sahobalar: "Ha, Allohning Rasuli, ayting", deyishdi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Jabroilning aytishicha, birodarim Sulaymon (a.s.) dengiz qirg‘og‘ida namoz o‘qiyotib, to‘satdan yurib ketayotgan chumolini ko‘rib qolibdi, uning og‘zida esa yashil yaproq bor ekan. Chumoli shu holatda dengiz oldiga kelib qichqiribdi. Bir payt baqa chiqib, chumolinini orqasiga ortib dengizga sho‘ng‘ib ketibdi. So‘ng bir oz muddat o‘tib, chumoli suv yuziga qaytib chiqibdi. Sulaymon (a.s.) undan so‘rabdilar: "Menga o‘z qissangni aytib ber". Chumoli bunday debdi: "Bu dengizning tubida bir tosh bor, o‘rtasida bir qurt bor, Alloh taolo o‘sha qurtning rizqini mening zimmamga yuklagan, shuning uchun har kuni Alloh unga rizq qilib bergan narsasini ikki marta unga oborib beraman. Alloh taolo bu dengizda men uchun baqa suratida bir farishtani yaratdi. U meni ko‘tarib, dengizga sho‘ng‘ib ketadi, meni o‘sha xarsang toshga olib boradi. U tosh yorilib ichidan qurt chiqadi va men unga rizqini yediraman. So‘ngra esa baqa meni qaytib suv ustiga olib chiqadi. Qurt o‘z rizqini yeb bo‘lgach, Allohga hamdu sano aytib deydi: "Meni yaratgan va meni dengiz tubida qilgan, meni unutmagan Zot aybu nuqsonlardan pokdir".

So‘ngra Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ta’kid bilan aytdilar: "Dengiz tubidagi bir qurtni unutmagan Zot Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) ummatini esdan chiqarib qo‘yadimi?" Alloh taolo marhamat qilgan: "Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O‘zi unga yetarlidir" (Taloq surasi, 3-oyatdan).

Yaxshi bilingizki, Alloh taolo avvalgi oyatda insonlar sir tutadigan va oshkor qiladigan narsalarni bilishini, uning ortidan esa, Alloh hamma maxluqlaridan va ularga tegishli xususiyatlardan xabardor ekanini zikr qildi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:27:40
Rivoyatga ko‘ra, Imom Zohidiy rizq to‘g‘risida aniq ishonch hosil qilmoqchi bo‘ldi va toqqa chiqib ketdi. Bir g‘orga kirdi. So‘ng g‘orning burchagida o‘tirib oldi-da, o‘ziga-o‘zi: "Menga Rabbim qanday qilib rizq berishini shu yerda kutib o‘tiraman", dedi. Qattiq bo‘ron bo‘ldi va yomg‘ir yog‘di. Kechga yaqin bir karvon boshpana qidirib, u o‘tirgan joyga kirdi. Imom Zohidiy hikoya qiladi: "Ular meni ko‘rib: "Ey Allohning bandasi", deb chaqirishdi. Men ularga javob bermadim. Shunda karvondagi kishilar, hoynahoy, bu odam sovuq qotgan bo‘lsa kerak, shuning uchun ham gapirmayapti, deb o‘ylashdi va gulxan yoqishdi. Menga yana gapirishdi. Men baribir javob bermadim. Shunda karvondagilar, bu bechora qattiq och qolgan ko‘rinadi, deb oldimga dasturxon yozib, taomga taklif qilishdi. Miq etmadim, dasturxondan hech narsa tanovul qilmadim. Ular, bu odam bu yerda uzoq muddatdan beri hech narsa yemay-ichmay o‘tiribdi, shekilli, deb, sut pishirishdi-da, shakardan qiyom qilib uzatishdi. Men parvo qilmay o‘tiraverdim. Ular bu holimdan battar ajablanib, buning tishlari bir-biriga kirishib ketgan chog‘i, deyishdi-da, ikkitasi turib, og‘zimni ochish uchun pichoqni olishdi. Og‘zimni ochib, haligi taomdan bir parchasini og‘zimga solishdi. Shunda mening kulgim qistadi, hatto kulib yubordim. Haligilar ajablanib: "Sen jinnimasmisan mabodo?" deyishdi. Men: "Yo‘q. Men Rabbimning rizq berishiga qat’iy ishonch qilay deb bu yerga kelganman. Aniq bildimki, albatta, U menga ham, boshqa bandalariga ham qaerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar, rizq berar ekan", dedim. Karvon ahli ko‘p taajjubda qoldi" ("Ravnoqul majolis").

Xotamul Asom aytadilar: "Tavakkal qilish to‘rt xil bo‘ladi: maxluqlarga tavakkal qilish, mol davlatga tavakkal qilish, nafsga tavakkal qilish va Rabbul Olaminga tavakkal qilish. Maxluqlarga tavakkal qiluvchi odam aytadi: "Falonchi bo‘lsa, mening g‘amim yo‘q". Mol-davlatga tavakkal qiluvchi: "Molim ko‘p bo‘lsa, menga hech narsa zarar qilmaydi", deydi. Nafsiga tavakkal qiluvchi odam: "Modomiki, mening jasadim sog‘u salomat ekan, mendan hech narsa ketmaydi", deydi. Bunday tavakkal qilish johillarning tavakkalidir. Parvardigorga tavakkal qiluvchi aytadi: "Boy yoki kambag‘al bo‘lib tong ottiramanmi, menga qizig‘i yo‘q, chunki men bilan birga Rabbim bor. Menga qanday xohlasa shunday yordam beradi" ("Arba’in" hadis).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:28:08
Alloh taolo: "Rabbingiz rizq qilib bergan narsalardan yenglar va Unga shukr qilinglar", deb buyurmishdir. Shukr qilishning haqiqati Allohning ne’matini ma’siyatga ishlatmaslik va har bir a’zoni nima uchun yaratilgan bo‘lsa, ana o‘sha yo‘lda toat-ibodatlarga ishlatmoqdir. Shunday qilganda inson o‘zining yetti a’zosini harom va makruhlardan saqlaydi. Bu bilan undan chuqur jahannamning yetti eshigini berkitishadi. Agar inson a’zolarini toat-ibodatlarga ishlatsa hamda qalbni ixlos bilan to‘ldirsa, unga jannatning sakkiz eshigi ochiladi ("Sharhul Masobih").

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kishi insonlardan doim so‘rayveradi. Hattoki qiyomat kunida yuzida parcha go‘shti yuq holda keladi" (Ibn Umar rivoyati).

Oxiratda ta’magirlarning yuzida go‘sht parchasi bo‘lmasligidan murod o‘sha kunda ularga yetadigan sharmandalik va xorlikdir. Chunki kuch-quvvati bo‘laturib, mehnatdan qochib, boshqalardan so‘rash harom. Tilanchilikning ham aslida harom bo‘lishiga sabab unda quyidagilar mavjudligidir. 1. Go‘yo u Allohdan shikoyat qilayotir. Bandaning bu ishi Allohga aslo xush kelmaydi, xuddi bir qul odamning tilanchilik qilishi o‘zining ho‘jayiniga xunuk botgani kabi. Bu esa faqat zarurat holida kerak bo‘ladi, xuddi o‘laksaning go‘shtini faqatgina majburiy holatda yeyish mumkin bo‘lgani kabi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 23 Sentyabr 2007, 11:28:29
2. Nafsini Allohdan boshqasiga egish mo‘min kishiga halol emas.
3. Ko‘p hollarda sadaqa so‘rash bilan odamlarga aziyat beriladi. Chunki gohida so‘ralingan odam bermaydi. Tilanchi haqida yomon gumonga boradi, bu esa gunohdir. Ulamolar qaysi vaqtda tilanchilik qilish halol bo‘lishi haqida ixtilof qilishgan. Ba’zilar: "Kunduzgi va kechki ovqati bor odamga tilanchilik qilish halol bo‘lmaydi", deyishgan. Ba’zilar esa: "Kim kasb qilishga qodir bo‘lsa, unga tilanchilik qilish halol emas, faqat hamma vaqtlarini ilmga sarflayotgan bo‘lsa, so‘rashi joiz", deb aytishgan. Ba’zilar esa: "Bizga o‘lchov qo‘yib belgilash bu borada joiz emas, balki bu qachon harom va halol bo‘lishini o‘sha odamning ahvolini batafsil bilsakkina ayta olamiz", deyishgan. Hadisda keladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Allohning boyligi bilan behojat bo‘linglar". Sahobalar: "Ey Allohning Rasuli! U nimadir?" deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kunduzgi va kechki ovqatdir", deb javob berdilar. Boshqa bir hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlar: "Kim ellik dirhami yoki tillosi bo‘lsa-yu, tilanchilik qilsa, albatta, u hayosizlarcha, uyalmay yopishib olib so‘rabdi".

Kun kechirishga yetgulik moli bo‘laturib, tilanchilik qilish barchaga bir xilda harom bo‘ladi. Chunki oldida kundalik hayotida kerak bo‘ladigan kunduzgi va kechki ovqatlari bor holida tilansa, muhtoj bo‘lmagan narsasini so‘ragan bo‘ladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: "Tilanchilik oxirgi kasbdir". Chunki inson g‘oyat nochor, yomon ahvolga tushganida, tilanmasa, albatta, halok bo‘ladi. Halok bo‘lmasligi uchun ham tilanishga majbur. Bu holda ruxsat bor. Ammo tilanchilikni, tama’girlikni odat va kasb qilmagan ma’qul. Tilangan odam, shubhasiz, qadru qiymati, obro‘sini yo‘qotadi ("Majolisi Rumiy").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:36:15
Yigirma sakkizinchi majlis
ZOLIMGA YORDAM BERISHNING MAZAMMAT QILINGANI HAQIDA


Alloh taolo aytadi:
"Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti yetar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (ya’ni, zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas" (Hud surasi, 113-oyat).

Abu Talha (r.a.) rivoyat qiladilar: "Bir kuni Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) judayam xursand bo‘lib keldilar. Sahobalar aytishdiki: "Yo Rasululloh! Biz yuzingizda xursandchilikni ko‘ryapmiz". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mening oldimga bir farishta kelib: "Ey Rasululloh, Rabbingizning: "Ummatingizdan kim sizga bitta salovot aytsa, Men unga o‘nta salovot aytaman. Kimki bitta salom aytsa, Men unga o‘nta salom aytaman", deyishi sizni rozi qilmaydimi?" dedi. Men: "Albatta, rozi qiladi", dedim".

Rivoyat qilinadiki, zolimlardan biri zohid olimning ziyoratiga keldi. Shunda olim yuzini berkitdi. Olimning o‘g‘li uzr aytib: "Otam qattiq kasal bo‘lganlar, yuzlarini shuning uchun berkitdilar", dedi. Olim unga aytdiki: "Yo‘q, men kasal emasman, balki sening yuzingga qaramaslikni xohladim". Shunda zolim tavba qilib, istig‘for aytgan holatda qaytib ketdi. Alloh ikkalasini ham mag‘firat qildi. Olimni zolimning yuziga qaramagani uchun, zolimni zulmdan tavba qilgani uchun".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:38:28
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki zolimning umri uzoq bo‘lishini so‘rab duo qilsa, yerda Allohga osiylik qilinishini yaxshi ko‘ribdi".

Sufyondan: "Cho‘lda chanqoqlikdan o‘lim arafasida turgan zolimga suv bersa bo‘ladimi?" deb so‘rashganida, "Yo‘q", dedilar. "O‘lib qolsa-chi?" deyishganida, "Qo‘yaver, o‘laversin", deb javob qildilar.

Maymun ibn Mihron aytadilarki: "Sultonlar bilan suhbatda bo‘lishda ikkita xatar bor. Agar ularga itoat qilsang, diningni, agar itoat qilmasang, joningni xatarga qo‘yasan. Salomatlik sen ularni tanimasliging va ular seni tanimasliklaridadir".

Hikoya qilinadiki, bir zolim zaiflarga zulm qilar edi. Zulm kuchayib ketgach, bir mazlum zolimga aytdiki, sening menga qilgan zulming to‘rt narsada menga yaxshi bo‘ladi:
1. Bizlarga o‘lim kelganida.
2. Qabr bizlarni o‘ziga olganida.
3. Qiyomat bizni jamlaganida.
4. Alloh taolo oramizda hukm qilganida".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:39:00
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki Islomdagi bir sunnatni tiriltirsa, shu sunnatning savobi va undan keyin bu sunnatga amal qilgan kimsalarning savobi shu kimsaga bo‘ladi. Kimki bir bid’atning paydo qilsa, o‘sha kimsaga o‘sha bid’atni gunohi va undan keyin bu bid’atga amal qilgan kimsalarni gunohi shu kimsaga bo‘ladi".

Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: "Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh taologa bandalarning suyuklirog‘i qaysisi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Odamlarga eng ko‘p foydasi tegadigani". Amallarning afzalrog‘i haqida so‘rashganida, aytdilarki: "Mo‘minning qalbiga qornini to‘yg‘azish yoki g‘amini ketkazish yoki qarzini o‘tashlik bilan xursandchilik kiritishdir. Kimki musulmonning hojatini chiqarish uchun u bilan birga yursa, go‘yo bir oy e’tikofda turib, ro‘za tutgan kabidir. Kimki mazlumga yordam berish uchun u bilan yursa, qadamlar toyiladigan kunda Alloh taolo uning qadamlarini sirotda toyilmaydigan qiladi. Kim g‘azabini yutsa, Alloh taolo uning avratini berkitadi. Yomon xulq sirka asalni buzgandek iymonni buzadi".

Bu hadisni Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qilgan hadis quvvatlaydi. "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki mazlum, g‘amgin musulmonga yordam bersa, Alloh taolo unga yetmish uchta yaxshilik yozadi. Ulardan bittasi bu dunyoda o‘sha kimsaning ishi isloh bo‘lishidir, qolgan yetmish ikkitasi oxiratga tegishli". Yana Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadiki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki biror kimsaga zulm etishni niyat qilmay tong ottirsa, uning gunohlari kechiriladi. Kimki bir mazlumga yordam berish yoki musulmonning hojatini o‘tashni niyat qilib tong ottirsa, mabrur hajning savobini oladi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:39:36
Shuningdek, Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: Nabiy aytdilar: "Kimki bu dunyoda bir musulmondan bir g‘amni ketkazsa, modomiki u banda o‘z birodariga yordam berishda davom etar ekan, Alloh taolo o‘sha bandaga yordam berishda davom etadi".

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kimki bir mazlumga yordam bersa, Alloh taolo qiyomat kuni sirot ko‘prigidan o‘tishda unga yordam beradi va uni jannatga kiritadi. Kimki bir mazlumni ko‘rsa, mazlum undan yordam so‘rasa va u mazlumga yordam bermasa, qabrda olovdan bo‘lgan yuzta qamchi bilan uriladi".

Ayrim kitoblarda yozilishicha, qiyomat kuni, Fir’avnni keltiringlar, deb nido qilinadi, bas, u boshida olovdan qalpoq, egnida qora yog‘ ko‘ylak bo‘lgan holatida cho‘chqaning ustiga mindirib olib kelinadi. So‘ng, mutakabbir zolimlar qani, deb nido qilinadi. Bas, ular ham keltiriladi, so‘ngra do‘zaxga olib boriladi. Ularning oldilarida Fir’avn bo‘ladi. So‘ngra, Qobil qaerda, deb nido qilinadi. U ham Fir’avn kabi keltiriladi. So‘ng, hasadchilar qaerda, ularni bunga qo‘shinglar, deyiladi. Qobil do‘zaxda hasadchilarning imomi bo‘ladi. So‘ngra, yahudiy ulamolarning raisi bo‘lmish Ka’b ibn Ashraf qaerda, deb nido qilinadi. Xabarlarda: "Agar u iymon keltirsa, yahudiylarning hammasi iymon keltirgan bo‘lur edi", deyilgan. U ham Fir’avnga o‘xshab keltiriladi. So‘ng nido qilinadiki, qani; haqni va ilmni berkitganlar, deyiladi. Ular u bilan birga do‘zaxga haydaladilar. Ka’b ularning imomidir. So‘ng, Abu Jahl qaerda, deb nido qilinadi, u ham Fir’avnga o‘xshab keltiriladi. So‘ngra, Alloh va Uning rasulini yolg‘onga chiqarganlar qaerda, deb nido qilinadi. Abu Jahl do‘zaxda ularning imomi bo‘ladi. So‘ng, Valid ibn Mug‘iyra qaerda, deb nido qilinadi. Bas, u ham Fir’avnga o‘xshab keltiriladi. So‘ng, kambag‘al musulmonlarning ustidan kulganlar qaerda, deb nido qilinadi. Valid ularning do‘zaxda imomi bo‘ladi. Livota amalini boshlab bergan Lut qavmining Ajdasi (peshvosi) qaerda, deb nido qilinadi. Livota amalini qilganlarga do‘zaxda Ajda imom bo‘ladi. U ham Fir’avnga o‘xshab keltiriladi. So‘ngra, Imroul Qays qaerda, deb nido qilinadi. U ham Fir’avnga o‘xshab keltiriladi. So‘ngra yolg‘onchi shoirlar jamlanadi va u ularning do‘zaxda imomi bo‘ladi. So‘ng, Musaylamatul kazzob qaerda, deb nido qilinadi. U ham Fir’avnga o‘xshab keltiriladi. So‘ng, Qur’onni yolg‘onga chiqarganlar qaerda, deb nido qilinadi. Musaylama ularning do‘zaxda imomi bo‘ladi. So‘ng, iblis (alayhi la’na) qaerda, deb nido qilinadi, u aytadiki: "Ey adolatli hokim Zot! Menga lashkarimni, muazzinimni, qorilarimni, vazirlarimni, faqihlarimni, xazinachilarimni, tijoratchilarimni va nog‘orachilarimni bergin". Unga aytiladiki: "Ey mal’un, sening lashkaring kim?" "Mening lashkarim — ochko‘zlar, muazzinim — kuychilar, qorilarim — qo‘shiqchilar, faqihlarim — musulmonlarning ustidan kuluvchilar, xazinachilarim — aroq idishlarni hozirlovchilar, tijoratchilarim — sudxo‘rlar, nog‘orachilarim — nog‘ora chalib yuruvchilar", deydi. Keyin uzunligi yetmish yillik masofaga teng bir ilon chiqadi va ularning barchasini Iblis bilan birga do‘zaxga haydaydi. So‘ngra xaloyiq hisob-kitobga chaqiriladi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:40:04
Alloh taolo aytadiki: "Ey Jabroil! Jannatimga birinchi kiradigan kimsa Muhammaddir (sollallohu alayhi vasallam)". Ul zotning boshlariga toj va egnilariga yashil ipak kiygiziladi va oldilarida yetmish ming bayroq ko‘tariladi. So‘ngra hamd bayrog‘i ko‘tariladi. So‘ngra "Faqirlarga yordam berganlar, Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) yo‘llarida bo‘lganlar va ul zotning sunnatiga ergashganlar qaerda?" deb nido qilinadi. Ularga: "Nabiylaringiz Hazrati Muhammad (alayhissalom) bilan jannatga kiringlar", deyiladi. So‘ng Odam (a.s.) keltiriladi. U kishining boshlarida nurdan bo‘lgan toj bo‘ladi, oldilarida sakkiz ming bayroq bo‘ladi. Keyin: "Haj va umra qilganlar qaerda?" deb nido qilinadi. Odam (a.s.) ularning jannatda imomi bo‘ladilar. So‘ng Ibrohim (a.s.) keltiriladi. Ul zotning oldilarida yigirma ming bayroq bo‘ladi. So‘ngra, "Mehmonlarni yaxshi ko‘rgan va g‘ariblarga yaxshilik qilganlar qaerda?" deb nido qilinadi. Ibrohim (a.s.) jannatda ularning imomi bo‘ladilar. So‘ngra Yusuf (a.s.) ham oldilarida o‘n ming bayroq bo‘lgan holatda keltiriladi. So‘ng: "Qodir bo‘laturib o‘z havoi nafslarini tark etganlar qaerda?" deyiladi. Yusuf (a.s.) ularning jannatdagi imomidir. So‘ngra Yoqub (a.s.) keltiriladilar. So‘ng: "Qo‘shnilariga yaxshilik qilganlar qaerda?" deb nido qilinadi. Hazrati Yoqub (a.s.) jannatda ularning imomidirlar. So‘ng Hazrati Muso (a.s.) keltiriladi. "Alloh taoloning roziligini istab haqni aytganlar qaerda?" deb nido qilinadi. Hazrati Muso (a.s.) jannatda ularning imomi bo‘ladilar. So‘ng Hazrati Horun (a.s.) keltiriladi. So‘ng: "Xalifaliklarida adolat qilganlar qaerda?" deb nido qilinadi. Jannatda ularga Horun (a.s.) imomlik qiladilar. So‘ng Hazrati Ayyub (a.s.) keltiriladi. "Kasallik va musibatlarga sabr qilganlar qaerda?" deyiladi. Ayyub (a.s.) ularga imom bo‘ldilar. So‘ngra Hazrati Abu Bakr Siddiq (r.a.) keltiriladi va "Siddiqlar qaerda?" deb nido qilinadi. Hazrati Abu Bakr (r.a.) jannatda ularning imomidirlar. So‘ngra Hazrati Umar (r.a.) keltiriladilar. "Yaxshilikka buyuruvchilar, yomonlikdan qaytaruvchilar qaerda?" deb nido qilinadi. Hazrati Umar (r.a.) ularning jannatdagi imomidirlar. So‘ng Hazrati Usmon (r.a.) keltiriladi. U kishining ustilarida hayo libosi bo‘ladi. So‘ngra: "Allohdan hayo qilib, ma’siyatlarni tark etganlar qaerda?" deyiladi. Hazrati Usmon (r.a.) jannatda ularning imomidirlar. So‘ng Hazrati Ali (r.a.) keltiriladi. "Alloh yo‘lida jihod qilganlar qaerda?" deyiladi. Hazrati Ali (r.a.) ularning jannatdagi imomidirlar. So‘ngra Hazrati Hasan va Hazrati Husaynlar (r.a.) keltiriladi, "mazlumlar va Alloh yo‘lida o‘ldirilganlar qaerda?" deyiladi. Ikkalalari jannatda ularning imomlari bo‘ladilar. So‘ngra Hazrati Bilol Habashiy (r.a.) keltiriladi va: "Namoz muazzinlari qaerda?" deyiladi. Hazrati Bilol (r.a.) jannatda ularni imomi bo‘ladilar ("Tafsiri Taysir").

Hadisda: "Kimki bir mo‘minga aziyat bersa, batahqiq, menga aziyat beribdi, kimki menga aziyat bersa, batahqiq, Allohga aziyat beribdi. Kimki Allohga aziyat bersa, u o‘ziga do‘zaxdan joy hozirlayversin", deyilgan ("Zubdatul voizin").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:40:41
Hazrati Bilol (r.a.) aytadilar: "Biz Makkada Abu Bakrning hovlisida Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bilan birga edik. Eshik taqillab qoldi, chiqsam bir nasroniy kishi. U shu yerda Muhammad ibn Abdulloh bormi?" deb so‘radi-da, ichkariga kirdi. "Ey Muhammad, sen Allohning rasuliman deb da’vo qilyapsan, agar sen haqiqatan ham payg‘ambar bo‘lsang, menga zulm qilganga qarshi menga yordam ber", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kim senga zulm qildi", dedilar. "Abu Jahl ibn Hishom mening maoshimni tortib oldi", dedi u. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘rinlaridan turdilar. Peshin vaqti edi. Men: "Yo Rasululloh, u hozir qaylula (peshin vaqtidagi uyqu)dadir. Hozir borsangiz, jahli chiqadi, sizga ozor berib qo‘yishidan qo‘rqyapmiz", dedim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) so‘zimni inobatga olmadilar va Abu Jahlning oldiga ketdilar, biz ham ortlaridan bordik. Abu Jahlning eshigini taqillatgan edilar, u g‘azablangan holda chiqdi. Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rib: "Kiring, odam yuborsangiz, o‘zim oldingizga borardim", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Bu nasroniyning molini olibsan, qaytarib ber", dedilar. Abu Jahl: "Shuning uchun keldingizmi? Agar birortani yuborsaniz ham, qaytarib berardim", dedi-da, molini qaytarib berdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ey kimsa! Molingning hammasini oldingmi?" deb so‘radilar. Nasroniy: "Bitta savatim qoldi, xolos", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Abu Jahlga: "Savatini ham ber", dedilar. Abu Jahl uni uyidan qidirdi, lekin topa olmadi. O‘rniga undan ham yaxshirog‘ini olib chiqib berdi. Xotini Abu Jahlga: "Vallohi, Abu Tolibning yetimiga judayam tavoze’lik qilding", dedi. U: "Agar men ko‘rgan narsani ko‘rganingda, bunday demas eding", dedi. Xotini: "Xo‘sh, nimani ko‘rding?" deb so‘radi. Abu Jahl: "Meni qavmim ichida sharmanda qilmagin, men uning ikki tarafida ikkita sher turganini ko‘rdim. Bermayman, demoqchi bo‘lgan edim, shu sherlar ustimga tashlanishga shaylanishdi. Noiloj, qo‘rqqanimdan unga tavoze’ qildim", dedi. Nasroniy Abu Jahl bilan Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘rtalaridagi muloqotni ko‘rgan vaqtda: "Ey Muhammad! Albatta, sen Allohning payg‘ambarisan, dining ham haq dindir", dedi-da, iymon keltirdi va musulmon bo‘ldi" ("Zubdatul voiziyn").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:41:33
Yigirma to‘qqizinchi majlis
QIYOMAT KUNIDA INSONLARNING AHVOLLARI BAYONI


Alloh taolo aytadi:
"(Ey Muhammad alayhissalom) odamlarni ogohlantirib qo‘yingki, ularga azob kelar kunda (qiyomatda) zolim kimsalar: "Parvardigoro, bizlarga ozgina muhlat bergin, (ya’ni, bizlarni dunyoga qaytarib, ozgina hayot bergin, albatta) Sening da’vatingni qabul qilurmiz va payg‘ambarlaringga ergashurmiz" deydilar. Shunda ularga javob qilinur: "Ilgari (hayot paytlaringizda) hech qachon zavolga yuz tutmasligingiz (ya’ni, hech qachon o‘lmasligingiz va oxirat jazosiga duchor bo‘lmasligingiz) haqida qasam ichmagan edinglarmi?! Holbuki sizlar o‘zlaringiz zulm qilgan kimsalarning maskanlariga (ular zavolga yuz tutganlaridan keyin) joylashgan edingizlar. Ularni qanday (halok) qilganimiz ham sizlarga aniq ma’lum edi. Biz sizlar uchun (qanchadan-qancha) misollar keltirgan edik. (Lekin ko‘rgan-bilganlaringizdan ibrat olmadinglar, haq yo‘lga yurmadinglar)" (Ibrohim surasi, 44—45-oyatlar).

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Odamlar qiyomat kunida uch sinf bo‘lgan holatlarida to‘planadilar: piyodalar sinfi, ulovlilar sinfi, yuzi bilan yuruvchilar sinfi". Aytishdiki: "Yo Rasululloh, yuzlari bilan qanday yuradilar?" Aytdilar: "Ularni oyoqlarida yurgizgan Zot yuzlarida yurgizishga ham qodirdir. Ammo ular har bir tosh va tikondan yuzlari bilan o‘tadilar. Piyodalar — gunohkor musulmonlar. Ulovlilar — peshqadam taqvodor musulmonlar bo‘lib, ularga biror xavf yo‘q va ular aslo mahzun bo‘lmaydilar. Yuzlari bilan yuruvchilar esa kofirlardir. Kofirlar ikki guruhdirlar: biri — pandu nasihatni qabul qilmaydigan, mutakabbir zolim kofirlar. Ular yuzlari bilan yuradilar. Ikkinchisi esa ularga ergashganlar".

Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisi qudsiyda Alloh taolo aytadi: "Ey bandalarim! Albatta, Men o‘zimga va bandalarimga zulmni harom qilganman. Bas, zulm qilmanglar". Hadisning ma’nosi shuki, Alloh zulm qilishdan pok va oliydir.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:42:05
Jobirdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Zulmdan saqlaninglar, chunki zulm qiyomat kunida qorong‘ulik bo‘ladi. Baxillikdan saqlaninglar, chunki baxillik sizlardan avvalgi kimsalarning qon to‘kishiga, haromlarni halol deyishiga olib borib halok qilgandir", deganlar.

Qozi Iyyoz aytganlarki: "Zulm qiyomat kunida zulm egasiga yo‘l topolmaydigan bir zulmat bo‘ladi". Ba’zilar zulmatdan murod azob-uqubatli qiyinchiliklardir, deyishgan.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Kimki o‘z birodariga zulm qilib qo‘ygan bo‘lsa, dirham va dinor bo‘lmaydigan Kun kelmasidan turib, uni rozi qilib qo‘ysin. Chunki qiyomatda zolimning solih amali, yaxshiliklari bo‘lsa, mazlum o‘ziga qilingan zulmning miqdoriga qarab undan oladi. Agar zolimning yaxshiliklari bo‘lmasa, mazlumning gunohlari unga yuklanadi" (Imom Buxoriy va Termiziy rivoyati).

Abu Lays Samarqandiy aytganlar: "Zulmdan kattaroq gunoh yo‘qdir. Gunoh sen bilan Allohning o‘rtasidagi narsada bo‘lsa, Alloh sendan bu gunohni kechib yuborishi mumkin. Agar gunoh sen bilan bandalar o‘rtasida bo‘lsa, o‘sha bandalarni rozi qilishdan boshqa iloj yo‘q. Shunday ekan, u holda zolim kishi zulmdan tavba qilishi va mazlumdan esa rozilik olishi lozim. Agar bu dunyoda mazlumdan rozilik so‘rashning iloji bo‘lmasa, uning haqqiga duo qilib, uning uchun istig‘for so‘raydi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:42:40
Ahli ma’rifatlarning ba’zilari aytadilarki: "Zulm uch xildir: Alloh xohlasa, kechiradigan zulm, Alloh kechirmaydigan zulm, Alloh unda qozilik qiladigan zulm. Alloh kechiradigan zulm Alloh bilan bandalar o‘rtasidagi zulmdir. Namozni, ro‘zani, hajni, zakotni tark etish, harom ishlarni qilish kabi. Alloh kechirmaydigan zulm shirkdir. Oyatda kelganidek: "Albatta, Alloh O‘ziga sherik qilinmoqni kechirmaydi, bundan boshqasini xohlagan bandasi uchun kechiradi". Bu oyatda gunohi kabirani qilgan kimsa tavbasiz o‘lsa, Alloh xohlasa, kechirib, o‘z karami bilan jannatga kirgizishiga, xohlasa, do‘zaxda azoblab, keyin jannatga kirgizishiga dalil bor. Chunki Alloh taolo shirkdan boshqasini kechirishga va’da bergan. Mushrik esa do‘zaxda abadiy qoladi. Alloh taolo qozilik qiladigan zulmga kelsak, u bandalarga zulm qilishdir. G‘iybat, tuhmat, chaqimchilik, nohaq odam o‘ldirish, molini tortib olish, urish, haqorat qilish va boshqalar".

Ey birodar! Sultonlarning huzuriga borishdan saqlangin, chunki bu zaruratsiz bo‘lsa, ma’siyatdir. Va ularga tavoze’ va ularni ikrom qilishga sabab bo‘ladi. Batahqiq, Alloh ulardan yuz o‘girishga buyurgan: "(Ey, Muhammad!) Bizning zikrimizdan yuz o‘girgan va hayoti dunyodan boshqasini xohlamaydigan kimsalardan yuz o‘giring".

Agar ularning oldiga borishdan maqsad ulardan biror bir narsani talab qilish bo‘lsa, bu narsa haromdir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Kimki boyga boyligi uchun tavoze’ qilsa, dinining uchdan biri ketibdi". Bu hadis solih boy haqida, endi zolim boy haqida nima deyish mumkin. Albatta, tavoze’ inson tili, nafsi va qalbidan biri bilan bo‘ladi. Agar tili va nafsi bilan boyga tavoze’ qilsa, dinini uchdan ikkisi ketadi. Agar qalbi bilan e’tiqod qilib, tavoze’ ko‘rsatsa, dinining hammasi ketadi.

Sen: "Alloh taolo g‘afur, rahmli, osiylarning gunohlarini kechiradi", dersan. Bu gap haq, lekin bu gapni aytayotgan kimsa, buning haqiqatini bilmay turib aytsa, ahmoqlardan hisoblanadi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Oqil kamtarin bo‘ladi va o‘limdan keyingi hayot uchun amal qiladi. Ahmoq esa nafsi havosiga, shahvatiga ergashadi. Va hech bir solih amalsiz Allohdan mag‘firat umid qiladi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:43:55
O‘ttizinchi majlis
TAVBA QABUL QILINISHINING BAYONI


Alloh taolo aytadi:
"(Ey Muhammad), bandalarimga yolg‘iz Mening O‘zimgina mag‘firatli, mehribon ekanimni va Mening azobim eng alamli azobligini xabar qiling" (Hijr surasi, 49—50-oyat).

Bu oyatning nozil bo‘lish sababi quyidagicha: Kunlardan bir kuni Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sahobalarning oldiga chiqdilar. Ular shu vaqtda o‘zaro kulib turishardi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Hali oldinda do‘zax bo‘laturib xotirjam kulasizlarmi?" dedilar. Shunda Jabroil (a.s.) kelib: "Rabbingiz sizga, "Ey Muhammad, bandalarimni noumid qilmang. Albatta, Men ularning gunohlarini kechiruvchi va ularga rahmlidirman", demoqda", dedilar ("Uyun").

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Sizlarga baxillarning baxilrog‘i kim ekanini aytaymi? U men zikr qilinsamu, u menga salovot aytmagan kimsadir".

Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Agar mo‘min kimsa Allohning huzuridagi nechog‘lik azob va uqubatlar borligini bilsa, Allohning jannatidan umid qilmas, tinmay o‘sha azob-uqubatlardan panoh tilagan bo‘lardi". Bu yerda mo‘min Allohning rahmatidan ko‘p umid qilib, azobidan xotirjam bo‘lib qolmasligi va Allohning azobi qattiqligi uqtirilmoqda. "Agar kofir kimsa ham oxiratda Allohning rahmati nimaligini bilgani edi, Uning huzuridagi jannatdan umid uzmagan bo‘lardi". Bu yerda umrining aksariyatini kufrda o‘tkazgan kofir, iymondan umid uzmasligi uchun, Allohning rahmati beqiyos, benihoya ekanligi uqtirilmoqda. Banda doimo Allohning azobidan xavfda tursin va rahmatidan umid qilguvchi bo‘lsin. Chunki xavf va umid mo‘min uchun ikki qanot kabidir. Bular bilan u Allohdan umid qilgan narsasiga yetadi. Azobidan esa, omonda bo‘ladi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:44:51
Luqmoni Hakim farzandlariga aytdilarki: "Ey o‘g‘ilcham, Allohning makridan xotirjam bo‘lmaydigan darajada Allohdan umid qilgin va Allohning rahmatidan noumid bo‘lmaydigan darajada Allohdan qo‘rqqin".

Abu Lays Samarqandiy aytganlarki: "Xavfning, ya’ni Allohdan qo‘rqishning alomati sakkizta narsada namoyon bo‘ladi: Birinchisi tilda, ya’ni, til yolg‘ondan, g‘iybatdan va bekorchi gaplardan tiyiladi va Allohni zikr qilish, Qur’on tilovati va ilmiy muzokaralar bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ikkinchisi qorinda, ya’ni, qorniga harom kiritmaydi, haloldan ham ozgina, hojati miqdoricha yeydi. Uchinchisi ko‘zda, ya’ni, haromga boqmaydi, dunyoga rag‘bat ko‘zi bilan emas, balki ibrat nuqtai nazari bilan qaraydi. To‘rtinchisi qo‘lda, ya’ni, qo‘lini haromga cho‘zmaydi, faqatgina toat-ibodat yo‘lida cho‘zadi. Beshinchisi oyoqda, ya’ni, oyog‘i Allohga osiy bo‘ladigan joylarga yurmaydi, faqatgina toat-ibodat yo‘lida yuradi. Oltinchisi qalbda, ya’ni, qalbidan gina-adovat, birovni yomon ko‘rish, birodarlariga, tanishu notanishga hasad qilishni chiqarib tashlaydi, musulmonlarga nasihatni, shafqat qilishni kiritadi. Yettinchisi Allohga toat-ibodat qilish yo‘lida ham xavfda bo‘lish. Ya’ni, ibodatni xolis Alloh rizosi uchun qilish, riyodan qo‘rqish. Sakkizinchisi quloqda, ya’ni, haqdan, savobli gap-so‘zlardan o‘zgasini eshitmaslikdadir".

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Bir kishi do‘zaxga hukm qilindi. Yo‘lning uchdan biriga yetganida, orqasiga bir qaradi. Yo‘lning yarmiga yetganda yana bir qaradi. Yo‘lning uchdan ikkisiga yetganda yana qaradi. Alloh: "Uni qaytaringlar", dedi. So‘ng undan so‘radi: "Nega qarading?" U: "Ey Rabbim! Yo‘lning uchdan biriga yetganimda "Albatta, Parvardigoringiz mag‘firatli, mehribon va rahmlidir", deganingni esladim. Ehtimol, meni mag‘firat qilasan, deb umid qildim. Yo‘lning yarmiga yetganimda, "Allohdan o‘zga kim ham gunohlarni kechiradi", deganingni esladim. Ehtimol, meni mag‘firat qilasan, deya o‘yladim. Yo‘lning uchdan ikkisiga yetganimda esa, "(Ey Muhammad), Mening o‘z jonlariga zulm qilgan bandalarimga: "Allohning rahmatidan noumid bo‘lmangiz!" deb ayting", deganingni esladim. Umidim yana ham ziyoda bo‘ldi", dedi. Shunda Alloh: "Bor, men seni kechirdim", dedi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:47:34
Payg‘ambarimiz (alayhissalom) aytdilarki: "Jannat sizlardan har biringizga oyoq kiyimingizning bog‘ichidan ham yaqinroqdir. Do‘zax ham xuddi shunday" ("Sharhul masobih").

Jannat va do‘zax insonga yaqin ekani aytilmoqda hadisda. Chunki ularga kirish insonning amali sababidandir. Amal esa amali solih yoki gunoh ishlardir. Shuni yaxshi bilmoq lozimki, bu yerdagi sabab zohiriy sababdir. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Sizlardan birontangizning amali uni jannatga kirita olmaydi va do‘zaxdan qutqaza olmaydi. Hatto men ham jannatga amalim bilan kirolmayman, lekin Allohning rahmati meni jannatga kirgizadi", deganlar. Bu hadisdan murod amalga e’tiborsizlik qilish emas, balki amal bilan g‘ururlanishdan qaytarishdir. Chunki amal Allohning fazli bilangina tugal bo‘ladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Jabroil (a.s.) hozirgina mening oldimdan chiqdi. U kishi menga aytdilarki: "Ey Muhammad! Sizni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, albatta, Allohning bandalaridan biri dengiz bilan o‘ralgan tog‘ning cho‘qqisida besh yuz yil Allohga ibodat qildi. Alloh uning uchun tog‘ning ostidan shirin buloq chiqardi va har kuni bitta anor beradigan anor daraxtini ko‘kartirib qo‘ydi. U kechasi kelib buloqdan tahorat qilardi va anorni olib yerdi, so‘ng kun bo‘yi namoz o‘qirdi. Allohdan jonini sajdaga turganda olishini va qiyomatgacha jasadi shu holatda turishini so‘radi. Tog‘dan tushganda va toqqa ko‘tarilganda uning oldidan o‘tardik va doimo uni sajda holatida ko‘rardik. Bizga bildirildiki, albatta, u qiyomat kuni tiriladi va Allohning huzuriga keltiriladi. Shunda Alloh taolo: "Bandamni rahmatim bilan jannatga kiritinglar", deydi. U esa: "Ey Rabbim! Men o‘z amalim sababli jannatga kirishimni xohlarman", deydi. Shunda Alloh farishtalariga: "Bu bandamning ibodatini Men bergan ne’matlarga qiyoslanglar", deb buyuradi. Bitta ko‘z ne’mati butun besh yuz yillik ibodatga teng keladi. Qolgan ne’matlarning muqobiliga esa uning ibodati qolmaydi. Shunda Alloh taolo: "Bandamni do‘zaxga kiritinglar", deydi. Uni do‘zaxga sudrab olib ketishadi. Shunda banda: "Ey Rabbim! Meni rahmating bilan jannatga kiritgin", deb nido qiladi. Shunda Alloh: "Uni oldimga qaytaringlar", deydi. Uni Allohning huzuriga keltiradilar. Alloh unga aytadi: "Ey bandam! Seni yo‘qdan kim vujudga keltirdi?" Banda: "Sen, Ey Rabbim", deydi. Alloh: "Bu sening amaling bilan bo‘ldimi yoki rahmatim bilanmi?" deydi. Banda: "Albatta, Sening rahmating bilan", deydi. Alloh: "Kim seni besh yuz yil ibodat qilishga qodir qildi?! Kim seni dengiz o‘rtasidagi toqqa tushirdi?! Kim sen uchun sho‘r dengiz o‘rtasidan shirin suvni chiqardi?! Kim sen uchun har kuni bitta anorni chiqardi?! Vaholanki, anor bir yilda bir marta hosil beradi-ku?! Va kim seni sajda qilgan holingda joningni oldi?!" Banda: "Albatta, Sen, ey Rabbim", deydi. Alloh: "Bularning hammasi Mening rahmatim sabablidir. Ey bandam! Mening rahmatim bilan jannatga kirgin", deydi". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Albatta sizlarning oldilaringizda bir dovon bor. Undan yuklari gunohdan iborat bo‘lgan kimsalar mashaqqat bilan o‘tadilar". Bu dovon o‘limdan keyin bo‘ladigan qabrdagi, mashhardagi qiyinchiliklar, hisob-kitob qilinish, sirot ko‘prigidan o‘tishdir. Bu narsalarning voqe’ bo‘lishiga ishongan odam Allohning amrlariga bo‘ysinish, qaytarganlaridan saqlanish va dunyoga muhabbat qo‘ymaslik bilan o‘z yukini yengillatsin. Chunki dunyoga muhabbat qo‘ymaslik Allohning huzurida darajaning ko‘tarilishiga, savobning ziyoda bo‘lishiga sababdir.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:48:10
Hazrati Anasdan (r.a.) rivoyat qilingan hadis buning dalilidir: "Bir kuni kambag‘allar Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) elchi yuborishdi. U kelib: "Ey Rasululloh, men sizga yuborilgan faqirlarning elchisiman", dedi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Senga va sen huzuridan kelgan qavmga marhabo. Sen Alloh yaxshi ko‘radigan qavm oldidan kelibsan", dedilar. "Yo Rasululloh, faqirlar: "Boylar yaxshilikda bizdan ancha o‘zib ketishdi", deyishyapti. Chunki ular haj qiladilar, biz bunga qodir emasmiz. Ular sadaqa berishadi, biz bunga ham qodir emasmiz. Ular qul ozod qiladilar, biz bunga qodir emasmiz. Agar kasal bo‘lsalar, mollarining ortiqchasini tarqatadilar". Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Faqirlarga yetkazginki, sizlardan kim savob umid qilib sabr qilsa, u uchun boylarda bo‘lmagan uchta afzallik bo‘ladi. Birinchi afzallik: jannatda qizil yoqutdan bo‘lgan qasrlar bor. Ularga ahli jannat xuddi bu dunyo ahli yulduzlarga qaragandek qaraydilar. Ularga faqat nabiy, shahid yoki faqir mo‘mingina kiradi. Ikkinchi afzallik: faqirlar jannatga boylardan yarim kun avval kiradilar. U yarim kun besh yuz yilga tengdir. Sulaymon (a.s.) payg‘ambarlardan qirq yil keyin jannatga kiradilar. Bunga Alloh u kishiga ato etgan mulk sabab bo‘ldi. Uchinchisi: gar biror bir faqir "Subhanallohi valhamdu lillah va la-a ilaha illalohu vallohu akbar", desa, boy kimsa o‘n ming dirham infoq qilib ham erisholmaydigan savobga erishadi. Boshqa yaxshi amallarning barchasi ham shunday nisbatda bo‘ladi", dedilar. Elchi qaytib borib ularga xabarni yetkazdi. Ular: "Ey Rabbim! Biz rozimiz", dedilar" ("Tanbehul g‘ofiliyn").

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ey odamlar! Allohga tavba qilinglar. Men o‘zim ham bir kunda yuz marta Allohga tavba qilaman", dedilar. Bu hadisda ummatni Allohga tavba qilishga targ‘ib bordir. Chunki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) darajalari buyuk va gunohlardan mas’um bo‘laturib bir kunda yuz marta tavba qilsalar, amallar sahifasi ketma-ket gunohlar bilan to‘lib borayotgan kimsalar qanday qilib tavbasiz kunni o‘tkazadilar. Buning ustiga gunoh va g‘aflatda bardavom bo‘lgan kimsaning iymoni komil emas, balki uning iymoni noqisdir. Albatta, gunohlarni tark etishlik sabr bilan bo‘ladi. Sabrga esa xavf bilan erishiladi. Xavf esa gunohlarning zarari bilishlik bilan ro‘yobga chiqadi. Gunohlarning zararini buyukligini bilish Alloh va Uning Rasulini tasdiqlash bilan hosil bo‘ladi. Gunohlarni tark qilmay, unda davom etgan kimsa Alloh va Uning Rasulini tasdiqlamagan kimsaga o‘xshab qoladi. Natijada o‘lim vaqtida gunohda bardavomlik iymonsiz ketishiga sabab bo‘ladi. Agar dunyodan iymonsiz ketsa, jahannamga kiradi va unda abadul abad qoladi. Agar iymon bilan ham ketsa, Alloh xohlasa do‘zaxda gunohi miqdorida uni azoblaydi, so‘ng jannatga kiritadi. Chunki, bandaning gunohini Allohdan o‘zga bilmas, maxfiy qolgani sabab, u umumiy avfga kirishi ham mumkin.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:48:31
Kim Alloh taologa yaqinroq, mahbubroq bo‘lsa, bu dunyoda unga musibatlar ko‘proq, balolar qattiqroq bo‘ladi. Chunki Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): "Insonlardan baloning eng qattiq bo‘ladiganlari payg‘ambarlardir, so‘ng avliyolar, so‘ng bularga o‘xshaganlardir", deganlari. Alloh taolo aytadiki:

"Albatta sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. (Ey Muhammad alayhissalom) biror musibat kelganda: "Albatta, biz Allohning bandalarimiz va albatta, biz u Zotga qaytguvchidirmiz", deydigan sobirlarga xushxabar bering. Ana o‘shalarga Parvardigori tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordir. Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir" (Baqara surasi, 155—157-oyatlar).

Qalbingda dunyo ahli qanchalik ulug‘lansa, banda shunchalik Allohning nazaridan qoladi. Kishi ahli dunyoning dunyosiga yetish uchun dinini sarflashdan saqlansin. Kimki dunyo uchun aziz dinini sarflasa, ularning nazarida xor, haqir bo‘ladi.

Alloh taolo qanoat berganlardan boshqa faqirlar o‘liklar kabidir. Qanoat badanning rohati, qalbning salomatligidir. Kimki o‘ziga berilgan rizqqa qanoat qilsa, oxiratda, albatta, najot topadi va bu dunyoda pokiza hayot kechiradi. Allohga tavakkul qilish — Alloh taolo bilan kifoyalanish, Allohdan o‘zgalardan qo‘rquvni va umidni yo‘qotishdir. Hur inson agar tama’ qilsa, quldir. Qul agar qanoat qilsa, hurdir.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:49:41
O‘ttiz birinchi majlis
ADOLAT VA EHSONNING BAYONI


Alloh taolo aytadi:
"Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur hamda buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonlikdan qaytarur. U zot shoyad ibrat, eslatma olarsizlar deb, sizlarga pand-nasihat qilur" (Nahl surasi, 90-oyat).

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Haqiqiy baxil — men uning oldida zikr qilinganimda salovot aytmagan kimsadir". Chunki u o‘zining zarariga baxillik qilyapti. Agar Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) bitta salovot aytganida, Alloh unga o‘nta salovot aytgan bo‘lardi. U o‘zini o‘nta salovotdan mahrum qilyapti ("Jomi’us sag‘ir").

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Uch toifa kishilar borki, ular jannat ahlidirlar. Birinchisi, fuqorolariga yaxshilik qiladigan insofli, adolatli, saxovatli sulton. Ikkinchisi, qarindoshlar va mo‘min musulmonlarning barchasiga mehr-shafqatli, rahmli kimsa. Uchinchisi, oilali, harom-harishdan o‘zini saqlagan, iffatli, solih kimsa, ya’ni oila muhabbati uni haromga yurishdan qaytargan. Shuningdek, Allohga bo‘lgan muhabbatini oilasi muhabbatidan ustun qo‘ygan kimsalar ham borki, ular ahli jannatdirlar. Besh toifa kimsalar borki, ular jahannam ahlidirlar. Birinchisi, shahvatlari haromga undaganda o‘zini to‘xtata olmaydigan zaif kimsalar. Ular uylanishdan voz kechib, zino bilan mashg‘ul bo‘ladilar va halol molni kasb qilishdan yuz o‘giradilar. Aytildiki, bu kimsalar amirlarning atrofida girdikapalak bo‘lib yuradilar. Ularning xizmatini qiladilar. Yeyotgan ovqatlari, kiyayotgan kiyimlari haromdan keladimi, haloldanmi, e’tibor bermaydilar. Uylanishga, halol mol topishga g‘ayrat qilmaydilar. Ular yeb-ichish bilan chegaralanib qolgan badbaxt kimsalardir. Ikkinchisi, xoin kimsa bo‘lib, oz narsaga ham, ko‘p narsaga ham xiyonat qilaveradi. Uchinchisi, erta-yu kech odamlarni aldashga harakat qiluvchi kimsa. To‘rtinchisi, yolg‘onchi va baxil odam. Beshinchisi, fahsh so‘zlar og‘zidan tushmaydigan badxulq kimsa" ("Sharhi Masobih").
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:50:15
Imom Qushayriy aytganlar: "Alloh taolo bandaga banda o‘zi bilan Rabbi o‘rtasida va o‘zi bilan nafsi o‘rtasida adolat qilishga buyurdi. O‘zi bilan Rabbi o‘rtasidagi adolat — nafsining ulushidan Allohning haqqini afzal ko‘rish, havoi nafsidan Allohning roziligini muqaddam qo‘yish, Allohning amrlariga amal qilishdir.

O‘zi bilan nafsi o‘rtasidagi adolat esa, nafsini halokatga olib boradigan narsalardan tiyish. O‘zi bilan xalq o‘rtasidagi adolat — ularga nasihat qilish, hech bir narsada ularga xiyonat qilmaslik, har bir narsada insofu adolatli bo‘lish. Biror kimsaga so‘z bilan ham, fe’l bilan ham yomonlik qilmaslikdir.

Bilginki, Alloh taolo yuqoridagi oyatda uch narsaga buyurdi. Bulardan birinchisi, Alloh taolo Qur’oni karimda buyurilgan narsalarning hammasini o‘z ichiga qamrab olgandir. Xuddi shuningdek, uch narsadan qaytaradiki, bu uch narsa Alloh taolo Qur’oni karimda qaytargan jamiki narsalarni qamrab olgan. Shuning uchun ham xatiblarning aksari xutbalarining oxirida ushbu oyatni tilovat qiladilar.

Usmon ibn Maz’undan rivoyat qilindiki: "Meni Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Islomga da’vat etdilar. U kishiga qarshi chiqishdan hayo qilib, Islomga kirdim. Vaholanki, hali Islom qalbimda qaror topmagan edi. Kunlarning birida Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga kirdim va u kishi men bilan suhbatlashib o‘tirganlarida to‘satdan ko‘zlari bilan osmonga qaradilar, so‘ng boshlarini tushirdilar. Boshlarini tushirgan vaqtda yuzlari qizargan va terlab ketgan edi. Men nima holat yuz berganini so‘radim. Aytdilarki: "Men sen bilan suhbatlashib o‘tirganimda, osmonga qarasam Jabroil (a.s.) kelib: "Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur", oyatini oxirigacha o‘qidilar". Ana shu kundan boshlab iymon qalbimda o‘rnashdi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:50:56
Bu oyatning nozil bo‘lishi Usmon ibn Maz’unning sidqidildan iymonga kelishiga sabab bo‘ldi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Muflis kimligini bilasizlarmi?" deb so‘radilar. Sahobai kiromlar: "Biz muflis deb, biror dirhami, biror matosi bo‘lmagan kimsani aytamiz", deb javob berishdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Mening ummatim ichidagi haqiqiy muflis qiyomat kunida namoz, ro‘za, zakotlari bilan kelgan, ammo (hayoti dunyoda) birovni so‘kkan, birovni urgan, birovning molini yegan, birovning qonini to‘kkan, so‘ng haqdorlarga savoblaridan olib berilgan, savobi tugab qolsa, ularning gunohini ko‘targan, so‘ng jahannamga uloqtiriladian kishidir", dedilar. Shuning uchun ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki birodariga zulm qilgan bo‘lsa, dinor ham, dirham ham bo‘lmaydigan kun kelmasdan avval shu dunyodayoq haqdorlarni rozi qilsin. Agar qiyomatga qolsa, mazlumga zolimning savobidan zulmi miqdoricha olib beriladi, agar zolimning savobi bo‘lmasa, mazlumning gunohlari zulmi miqdoricha zolimga yuklanadi", dedilar ("Mishkotul masobih").

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim (g‘azab qilishga) qodir bo‘laturib g‘azabini yutsa, qiyomat kuni uni Alloh xaloyiq oldida chaqiradi. U chiqib, xohlagan hurni tanlab oladi".

Rivoyat qilinadiki, Alloh taolo Musoga (a.s.) aytdi: "Kimki (jazolashga) qodir bo‘laturib afv qilsa, Men unga har kuni yetmish marta nazar solaman. Kimga bir marta nazar solsam, uni do‘zaxda azoblamayman".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:51:29
Oqil kimsa odamlarni avf qilishga, ularga yaxshilik qilishga va g‘azabdan saqlanishga odatlanadi. Chunki g‘azab do‘zaxga yetaklaydi. Maymun ibn Mihrondan hikoya qilinadi: Bir kuni cho‘risi unga sho‘rva keltirayotib, qoqilib ketdi va uning ustiga to‘kib yubordi. Shunda cho‘risini urmoqchi bo‘lganida, u: "Ey mavlom, Alloh taoloning: "G‘azablarini ichlariga yutadigan..." deganiga rioya qiling", dedi. Maymun ibn Mihron: "G‘azabimni yutdim", dedi. Cho‘risi: "Bundan keyin kelgan "...odamlarni afv qiladigan...", deganiga ham amal qiling", dedi. U: "Seni afv qildim", dedi. So‘ng cho‘ri: "Alloh bunday yaxshilik qilguvchilarni sevadi", degan oyatni o‘qidi. Shunda u zot: "Men senga yaxshilik qilaman, seni Allohning roziligi uchun ozod qildim", dedi.

Qur’oni karimda Alloh taolo bunday marhamat qilgan:

"(U taqvodor zotlar) yaxshi-yomon kunlarda infoq-ehson qiladigan, g‘azablarini ichlariga yutadigan, odamlarni afv etadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qilguvchilarni sevadi" (Oli Imron surasi, 134-oyat).

Taqvodorlarning jannatga kirishlarni vojib qiladigan axloqlari bordir. Zikr qilingan birinchi axloq — saxiylik sifati. Hadisi sharifda ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Saxiy Allohgayam yaqin, jannatgayam yaqin, odamlargayam yaqin. Do‘zaxdan esa uzoqdir. Baxil Allohdanam uzoq, jannatdanam uzoq, odamlardan ham uzoqdir. Do‘zaxga esa juda yaqindir. Ilmsiz saxiy odam olim baxildan ko‘ra Allohga suyukliroqdir", deganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:51:57
Ikkinchi sifat — g‘azabni yutish, uni zohir qilmaslik. Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam): "Qodir bo‘laturib g‘azabini yutgan kimsani Qiyomat kuni Alloh taolo xaloyiqning oldiga chiqaradi. U hurlardan xohlaganini tanlab oladi", deganlari rivoyat qilingan.

Uchinchi sifat — o‘ziga zulm etgan va yomonliklar qilgan kimsani kechirish.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Kishi do‘stining dinidadir. Bas, sizlardan har birlaringiz kim bilan do‘st bo‘layotganingizga qarasin, dini va dunyosida hamroh bo‘ladigan hamrohni talab qilsin".

Chunki kishi do‘sti sababli ilm, amal, duo, oxiratda shafoat qilish kabi oxiratga aloqador va obro‘, o‘zaro yordamlashish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi dunyoviy foydalarga erishadi. Bu hadisda yomon kimsalar bilan do‘st tutinmaslik aytilmoqda. Chunki unday kimsa g‘azabi yoki shahvati kelganida o‘zini tutolmay qoladi, natijada gunohga qo‘l uradi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:52:56
O‘ttiz ikkinchi majlis
RASULULLOHNING (sollallohu alayhi vasallam) ME’ROJGA CHIQISHLARI BAYONI


Alloh taolo aytadi:
"(Alloh) bir kecha O‘z bandasi (Muhammad)ni — unga oyat-mo‘’jizalarimizdan ko‘rsatish uchun (Makkadagi) Masjidal-Haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo‘ygan Masjidal-Aqsoga sayr qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok zotdir. Darhaqiqat, U eshitguvchi, ko‘rguvchi zotdir" (Al-Isro surasi, 1-oyat).

Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Menga salovotni ko‘p aytinglar, chunki sizlarning salovotlaringiz sabab gunohlaringiz mag‘firat bo‘ladi. Men uchun shafoat maqomini va ulug‘ darajalarni so‘ranglar, chunki men Rabbim huzurida sizlarga shafoatchi bo‘lurman" ("Jome’us sog‘ir").

Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki azonni eshitgan vaqtda: "Ushbu komil da’vatning va hozir bo‘lgan ushbu namozning Parvardigori bo‘lgan ey Alloh! Hazrati Muhammadga vasila va fazilat eto etgin. Ul zotni O‘zing va’da qilgan maqtovli maqomga chiqargin. Albatta, Sen va’daga xilof qilmaysan", desa, qiyomat kuni shafoatimga haqli bo‘ladi", dedilar.

Isro surasining birinchi oyati nozil bo‘lishiga sabab, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) odamlarga Me’roj voqeasini aytib berganlarida, ul zotni yolg‘onchiga chiqarishdi, shunda Alloh taolo o‘z payg‘ambarini tasdiqlab, bu oyatni nozil qildi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:53:22
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oliy darajalariga yetganlarida Alloh taolo Payg‘ambarimizga: "Ey Muhammad! Nima bilan sizni sharaflantiray?" deb so‘radi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Senga bo‘lgan qulchilik — bandachilikni menga nisbat berish bilan meni sharflantirgin", dedilar. Shunda Alloh taolo oyatda Payg‘ambarimizni banda-qul deb zikr qildi.

Imom Buxoriy va Imom Muslimning "Sahih"larida Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda bunday deyiladi: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Yer yuzida bino qilingan avvalgi masjid Masjidul Harom, undan keyin Masjidul Aqsodir. Uni Ibrohim (a.s.) Ka’bani bino qilganlaridan keyin Yoqub ibn Ishoq (a.s.) bino qilganlar".

Oyatning zohiri isro — sayr qildirish Baytul Maqdisgacha bo‘lganiga dalolat qiladi. Sahih hadislarda esa Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) osmonga ko‘tarilganlariga ham dalil bor.

"Bu ikki dalil qanday jamlanadi va oyatda Masjidul Aqsoning faqat o‘zigina zikr qilinishidan ma’no nima?" degan savol tug‘ilishi mumkin. Aytamizki, Tungi Sayr — Isro Buroqning ustida Masjidul Aqsogacha bo‘lgan, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) u yerdan osmonga me’roj bilan ko‘tarilganlar. Me’roj — ko‘tariladigan asbob deganidir.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:53:56
Agar Masjidul Aqsoni zikr qilmay, avvaldanoq osmonga ko‘tarilganliklarining xabari berilganida munkirlar me’rojni inkor etishlari yanayam shiddatli bo‘lardi. Shuning uchun Baytul Maqdisga sayr qildirilganlarining xabari ul zotning rost aytayotganlariga dalil bo‘lgan. Bu Tungi Sayrning alomatlari bo‘lib, odamlar ularni tasdiqlaganlari uchun ham Isro me’roj uchun bir hozirlanish bo‘lgandir.

Zuhriydan rivoyat qilinishicha, "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Isro kechasida ko‘rganlarini odamlarga xabar bergan vaqtlarida iymoni zaiflar dindan qaytdi. Odamlar fitna qo‘zg‘ay boshladi. Mushriklarning ba’zilari Abu Bakrning oldiga kelishib: "Sening sohibing bu kecha Baytul Maqdisga borib, u yerdan osmonga ko‘tarilib, yana tong otmasdan qaytib kelganini da’vo qilyapti", deyishdi. Abu Bakr: "Agar shunday degan bo‘lsalar, rost aytibdilar", dedilar. Ular hayratlanib: "Sen bu gaplarni tasdiqlaysanmi?!" deyishdi. Hazrati Abu Bakr: "Ha. U zot bundan g‘aroyibroq narsani aytsa ham, tasdiqlayman", dedilar. Shuning uchun ham "Siddiq", deb nomlandilar. Mushriklardan biri kelib: "Ey Muhammad! Tur!" dedi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) turdilar. U: "Oyog‘ingning bittasini ko‘tar", dedi. Ko‘targan edilar, "Ikkinchisini ham ko‘tar", dedi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ikkinchisini ko‘tarsam, yiqilib tushaman", dedilar. Shunda kofir: "Yerdan bir qarich ko‘tarila olmasang, qanday qilib osmonga va Sidratul muntahoga ko‘tarilding", dedi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Masjiddan chiqib bu gapingni Aliga aytsang, u senga javob beradi", dedilar. U Aliga (r.a.) uchrashdi va savolini u zotga berdi. Ali (r.a.) qilichlarini sug‘urib, uning kallasini olib tashladilar. Shunda sahobalar Aliga (r.a.) e’tiroz bildirib: "Nima uchun uni o‘ldirding? Rasululloh senga javob berishni buyurdilar, o‘ldirishni emas", deyishdi. Hazrati Ali (r.a.): "Qaysar kimsaga javob mana shunaqa bo‘ladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) unga javob berishdan ojiz qolmadilar, balki u javobni qabul qilmasligini aniq bildilar-da, o‘ldirishim uchun uni menga yubordilar", dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:54:43
Aslida bu kofirning savoliga javob quyidagicha: "Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) o‘z kuch-qudratlari bilan bir qarich ham ko‘tarilishga qodir emaslar, lekin me’roj ishi har narsaga qodir Olamlar Rabbi tarafidan hosil bo‘lgandir". So‘ng mushriklar Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga kelib, Baytul Maqdisdagi narsalar haqida so‘ray boshlashdi. Rasululloh javob berganlaridan keyin ular, Shomga ketgan karvonimiz haqida xabar ber, uni ko‘rdingmi, deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ha, karvonga Ravha degan joyga kelganda yo‘liqdim. Karvondagilar yo‘qolgan tuyalarini qidirib ketishgan ekan. Yuklarining ichida bir qadah suv turgan ekan, uni ichdim, so‘ng qadahni joyiga qo‘ydim. Karvondagilardan bu haqda so‘ranglar?" dedilar. Ular: "Bu bitta alomat bo‘ladi. Endi bizga tuyalar nechtaligini, yuklarni va kimlar borligining aytib ber", deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yuklarni, tuyalarni, kimlar borligini xabarini berdilar. Keyin ular: "Karvon qachon keladi?" deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Quyosh chiqishi bilan kirib keladi, karvonning boshida ikkita qop yuklangan, kulrang tuya bo‘ladi", dedilar. Ular karvonni kutib olish uchun chiqishdi. Ulardan biri: "Mana quyosh ham chiqib keldi", deganida, boshqasi: "Mana, karvon ham ko‘rindi. Allohga qasamki karvonning boshida kulrang tuya kelmoqda", dedi. Ammo ular Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) bergan xabarlari hammasi to‘g‘ri chiqqanidan keyin ham iymon keltirishmadi. Balki: "Bu ochiq-oydin sehrdir", deyishdi.

Abu Said Xudriy Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) Isro kechasi haqida so‘raganlarida, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Mening oldimga xachirga o‘xshash bir hayvon keltirildi. U Buroqdir. Nigohi tushgan joygacha qadamini qo‘yardi. Men unga minib ketayotganimda, o‘ng tarafimdan: "To‘xtang! Ey Muhammad", degan nidoni eshitdim. Qaramasdan ketaverdim, so‘ng chap tarafimdan ham shu nidoni eshitdim, unga ham qaramasdan ketaverdim. So‘ng qarshimdan, ziynatlanib olgan bir ayol chiqib: "To‘xtang, ey Muhammad", dedi. Men unga ham qaramasdan ketaverdim. So‘ng Baytul Maqdisga keldim. Buroqni nabiylar bog‘laydigan bir halqaga bog‘ladim. So‘ng masjidga kirdim va namoz o‘qidim. So‘ngra: "Ey Jabroil, o‘ng tarfimda bir nido eshitdim", deb so‘radim. Jabroil (a.s.): "U yahudiy da’vatchisi edi, agar to‘xtaganingizda, ummatingiz yahudiy diniga kirib ketardi", dedi. Men: "Chap tarafimda ham nido eshitdim", dedim. Jabroil (a.s.): "U nasroniy da’vatchisi edi, agar to‘xtaganingizda, ummatingiz nasroniy diniga kirib ketardi. Sizga yo‘liqqan ayol esa dunyo edi. Agar uning oldida to‘xtaganingizda, ummatingiz oxiratdan dunyoni afzal ko‘rib, dunyoga berilib ketgan bo‘lardi", dedi. So‘ng menga ikkita idish keltirildi. Birida sut, ikkinchisida may bor edi. Men sutni oldim va uni ichdim. Shunda Jabroil (a.s.): "Fitratga muvofiq ish qildingiz, agar mayni olganingizda, ummatingiz yo‘ldan adashib ketardi", deb aytdi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:55:13
Rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: "Makkada kechasi uyqu bilan uyg‘oqlik orasida turganimda, oldimga Jabroil (a.s.) keldi va menga: "Ey Muhammad, turing", dedi. Turdim, qarasam, Jabroil (a.s.) Mikoil (a.s.) bilan kelgan ekan. Shunda Jabroil (a.s.) Mikoilga (a.s.): "Bir idishga Zam-zam suvidan keltiring, qalblarini poklaymiz", dedi. So‘ng ko‘kragimni yorishib, qalbimni uch marotaba yuvishdi, qalbimdan g‘illu g‘ashliklar chiqarib tashlandi va qalbim hikmat, ilm, iymon bilan limmo-lim bo‘ldi. So‘ng yelkamning o‘rtasiga nubuvvat muhrini qo‘yishdi. Shundan so‘ng Jabroil (a.s.) qo‘limdan ushlab, Zam-zam bulog‘ining oldiga olib keldi va: "Tahorat qiling", dedi. Men tahorat qildim. So‘ng: "Ketdik", dedi. Men: "Qaerga?" dedim, "Rabbingiz huzuriga", dedi. Meni Masjidul Haromdan olib chiqdi. Tashqarida eshakdan katta, otdan kichik bir hayvon turardi. U xuddi oq durdek bo‘lib, egari jannat egarlaridan edi. Ikki sonida ikki qanoti bo‘lib, chaqmoqdek yurardi. Nigohi tushgan yerga oyog‘ini qo‘yardi. Baytul Maqdisga kelgunimizgacha yurdik. Biz Baytul Maqdisga yetib kelganimizda, osmondan farishtalar tushib, meni qutlay boshlashdi: "Sizga salom bo‘lsin", deyishardi. So‘ng masjidga kirdim, masjidda payg‘ambarlarning barchasi jamlangan ekan. Ular ham meni qutlashdi. So‘ngra Jabroil (a.s.) meni qanotlariga qo‘yib, osmonga ko‘tarildi. Dunyo osmoniga yetganimizda eshigini taqillatdi. "Kimsan?" degan tovush eshitildi. "Men Jabroilman", dedi. "Sen bilan kim bor?" deyildi. Jabroil: "Hazrati Muhammad alayhissalom", dedi. Eshik ochildi. Biz eshikdan kirdik. Mana shu holatda yettinchi qavat osmonigacha ko‘tarilib bordik. Yettinchi qavat osmoni eshigidan kirgan vaqtimizda Baytul Ma’murga suyanib o‘tirgan Hazrati Ibrohimni (alayhissalom) ko‘rdim. Baytul Ma’murga har kuni yetmish ming farishta kirib chiqar, bir marta tashrif buyurganlariga qaytib kelish navbati tegmas ekan. Keyin Sidratul Muntaho daraxtini ko‘rgani bordik. Uning yaproqlari filning qulog‘idek, mevalari qovoqdek kelar ekan. Rabbimning amriga binoan bu daraxt o‘zgarib, tovlanib turadi. Uning ta’rif, tavsifiga barcha maxluqlar qatori odam ham ojiz. Alloh taolo menga ba’zi ishlarni vahiy qilib, bir kecha-kunduzda ellik marotaba namoz o‘qishni buyurdi. Men birodarim Musoning (alayhissalom) yoniga kelganimda, u: "Rabbingiz ummatingizga nimalarni farz qildi?" dedi. Men ellik marta namoz o‘qishni buyurganini aytdim. U: "Izingga qaytib, Rabbingizdan ibodatni yengillatishini so‘rang, ummatingizning bunga toqati yetmaydi. Sizdan avval men buni bani Isroilda sinab ko‘rganman", dedi. Men darrov izimga qaytib: "Ey Rabbim, ummatimga yengillik ber", deb yolvordim. U namozning besh mahalini qisqartirdi. Musoning (alayhissalom) oldiga kelib, voqeani bayon etdim. U ortga qaytib, yana yengillik so‘rashimni maslahat berdi. Shu zayl Rabbim bilan Musoning o‘rtasida qatnadim. Toki Parvardigorim: "Ey Muhammad! Bir kecha-kunduzda besh mahal namozni farz qildim, har bir namozga o‘n mahalning, besh mahalga ellik mahalning savobini beraman. Kimki biror ezgulikni o‘ylab, uni qilolmasa, bitta savob, mabodo, ko‘ngliga tukkan ezgulikni ro‘yobga chiqarsa, o‘nta savob beriladi. Kimki biron shumlikni ko‘zlasa-yu, amalga oshirmasa, yomonlik yozilmaydi. Mabodo, o‘ylagan yomonligini qilsa, bitta yomonlikning gunohi yoziladi", dedi. Birodarim Musoning yoniga kelib bo‘lgan gap-so‘zlarni aytdim. U yana: "Rabbingizdan yengillik so‘rang", deb maslahat berdi. Men: "Endi Rabbimning huzuriga borishdan uyalaman", dedim".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:55:42
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) shu kecha Makkaga qaytdilar. Ertalab masjidga chiqqanlarida Abu Jahl ibn Hishomga tunda yuz bergan voqealarni gapirib berdilar. Esi og‘ib qolgan Abu Jahl: "Hoy, Ka’b ibn Luay jamoasi, bu yoqqa kelinglar!" deb odamlarni chaqirdi. Tamoshatalab Quraysh mushriklari yugurgilab kelishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularga ham Me’roj voqeasini bayon etdilar. Kofirlar hayratdan yoqa ushlab, bo‘lmagan gap, deya shovqin solishdi. Ba’zilari chapak chalib yuborishdi, ba’zilari peshonasini ushlab o‘yga cho‘mishdi, iymoni zaiflari shu zahoti dindan chiqdi. Erinmagan xabarchilar bu gapni Abu Bakrga yetkazishdi, ul zot: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday degan bo‘lsalar, demak, rost", dedilar. "Uning shu bo‘lmag‘ur gapiga ham ishonasanmi?" deyishdi mushriklar. "U zotning bundan g‘ayritabiiyroq gaplariga ham ishonaman", dedilar Abu Bakr. Shu kundan e’tiboran Abu Bakr "Siddiq" (rostgo‘y, tasdiqlovchi, haqgo‘y) deb ataldilar. Nochor qolgan mushriklar Rasulullohni sinab ko‘rmoqchi bo‘lishdi. Baytul Maqdisning shakli-shamoyili qandayligini so‘rashdi. Rasululloh uni ilgari ko‘rmagan edilar, lekin uning qanday qurilganini, nechta eshigi borligini, hatto qanday bezaklar bilan bezatilganini aniq aytib berdilar. "Buni-ku topdik, endi bizning o‘sha yoqqa ketgan karvonimiz haqida gapirib ber", deyishdi mushriklar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) mushriklarning Shomga ketgan karvonida nechta tuya borligini, karvondan odamlarining ahvoli haqida batafsil xabar berib, "Karvon falon kuni tong yorishganda shaharga kirib keladi, targ‘il tuyalar yo‘l boshlovchi bo‘ladi", dedilar. Mushriklar aytilgan kuni yo‘lga chiqib turishdi. Chindan ham quyosh ufqdan bosh ko‘targanda, uzoqdan ikki kulrang tuya yetovidagi karvon ko‘rindi, lekin bu hol ularning iymon keltirish o‘rniga kofirliklari va hasadlarini badtar kuchaytirdi. Ular bu hodisani ko‘z bog‘lagichlikka, folbinlikka yo‘yishdi.

Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) Allohni ko‘rganlariga kelsak, bu mavzuda salaf ulamolar ixtilof qilganlar. Hazrati Oyisha onamiz (r.a.) buni inkor qilganlar va: "Kimki Muhammad Allohni ko‘rgan, desa, yolg‘on gapiribdi", deganlar. Abdulloh ibn Abbos: "Isro kechasi Me’rojda Hazrati Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) Allohni ko‘zlari bilan ko‘rganlar", deganlar. Ba’zi ulamolar, ul zot qalb ko‘zlari bilan ko‘rganliklarini rivoyat qilishgan. Robiya ibn Anasdan rivoyat qilingan hadisda aytiladiki: "Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) "Rabbingizni ko‘rdingizmi?" deb so‘rashganida, Sarvari olam (sollallohu alayhi vasallam): "Qalbim ko‘zi bilan ko‘rdim, boshdagi ko‘zim bilan ko‘rmadim", deganlar".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:56:55
O‘ttiz uchinchi majlis
INSONNING MUKARRAMLIGI HAQIDA


Alloh taolo aytadi:
"Darhaqiqat, Biz odam bolalarini aziz va mukarram qildik. Va ularni barru bahrda — quruqlik va dengizda (ot-ulov va kemalarga) chiqarib qo‘ydik hamda ularga halol-pok narsalardan rizq-ro‘z berdik. Va ularni O‘zimiz yaratgan juda ko‘p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo‘ydik" (Al-Isro surasi, 70-oyat).

Vahb ibn Munabbahdan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki menga o‘nta salom yuborsa, xuddi bitta qulni ozod qilgandek savobga erishibdi", dedilar.

Amr ibn Ka’bdan rivoyat qilinadi. U kishi bilan Abu Hurayra (r.a.) bilan Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga kirishdi va: "Ey Rasululloh! Odamlarning bilguvchirog‘i kim?" deb so‘rashdi. "Oqil kimsa", dedilar. "Ularning ibodat qilguvchirog‘i kim?" deb so‘rashdi, yana: "Oqil kimsa", dedilar. "Ularning afzalrog‘i kim?" deb so‘rashganida ham: "Oqil kimsa", deb javob berdilar-da, "Har bir narsaning quroli bo‘ladi. Mo‘minning quroli aqldir. Har bir qavm uchun yo‘lboshchi bo‘ladi. Mo‘minning yo‘lboshchisi aqldir. Har bir qavmning g‘oyasi bo‘ladi. Bandalarning g‘oyasi aqldir", deb aytdilar.

Hazrati Oyisha (r.a.): "Aql o‘n qismdir: beshtasi zohirda, beshtasi botindadir. Zohirdagilarining birinchisi sukut saqlashdir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ham: "Kimki jim tursa, najot topibdi", deganlar. Ikkinchisi halimlikdir. Uchinchisi tavoze’dir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki tavoze’ qilsa, Alloh taolo uning martabasini ko‘taradi. Kimki takabburlik qilsa, Alloh taolo uni tubanga tushiradi", deganlar. To‘rtinchisi amru ma’ruf va nahiy munkar, ya’ni, odamlarni yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarishdir. Beshinchisi solih amaldir. Botiniylarining birinchisi — tafakkur, ikkinchisi — ibrat, uchinchisi — gunohlarni katta sanashlik, to‘rtinchisi — Allohdan qo‘rqish, beshinchisi — nafsni tahqirlash".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:58:02
"Payg‘ambarlar afzalmi yoki farishtalar? Qaysilarining darajalari yuqoriroq?" degan savolga sahobalarning ko‘pchiligi: "Payg‘ambarlar afzaldirlar", deyishgan. Va bunga bir necha misol keltirishgan. Birinchisi: "Eslang (ey Muhammad), Biz farishtalarga Odamga sajda qiling, deyishimiz bilan ular sajdaga egildilar", oyatidir. Farishtalar Odamga (a.s.) sajda qilishga buyurildilar. Agar Odam (a.s.) ulardan afzal bo‘lmaganida, sajda qilishga buyurilmasdilar. Ikkinchisi: Alloh taolo Odamga barcha narsalarning ismini o‘rgatdi. "So‘ngra Alloh ularni farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: "Agar xalifalikka biz haqliroqdirmiz, degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!" Ular aytdilar: "Ey pok Parvardigor! Biz faqat Sen bildirgan narsalarninggina ismlarini bilurmiz. Albatta, Sen o‘zing ilmu hikmat sohibisan", oyatidir. Bu oyat Odam (a.s.) farishtalar bilmaydigan narsalarni ham bilganlariga dalolat qiladi. Albatta, bilguvchi bilmaydigandan afzalroqdir. Chunki Alloh taolo: "Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘lurmi?!" deb marhamat qilgandir. Uchinchisi: Bashar uchun ibodatdan chalg‘itadigan shahvat, g‘azab, vaqt ketadigan ehtiyojlar bordirki, farishtalarda bu narsalar yo‘q. Mana shu chalg‘ituvchi narsalar bilan ibodat qilish mashaqqatliroq bo‘ladi, shu boisdan insonning ibodati farishtalarnikidan afzalroq bo‘ladi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Amallarning afzalrog‘i mashaqqatlirog‘idir, chunki uning savobi ko‘proq bo‘ladi", deganlar. To‘rtinchisi: Farishtalar shahvatsizdirlar, ularga aql berilgan. Hayvonlar esa aqlsiz bo‘lib, ularga shahvat berilgan. Insonga aql ham, shahvat ham berilgan. Agar insonning shahvati g‘olib kelsa, hayvondan ham tubanlashib ketadi. Agar aqli shahvatiga g‘olib kelsa, u farishtadan ham afzal bo‘ladi.

Payg‘ambarimizdan naql qilinishicha, Alloh taolo Odam (a.s.) va zurriyodlarini yaratgan vaqtda farishtalar: "Ey Parvardigor, ularni yeb-ichadigan, uylanadigan, kiyim kiyadigan, uxlaydigan qilib yaratding. Bizlarda bularning birortasi yo‘qdir. Bas, shunday ekan ular uchun dunyoni, oxiratni esa biz uchun qilgin", dedilar. Shunda Alloh taolo: "O‘zim yaratib, so‘ng unga o‘z tarafimdan bo‘lgan ruhni puflab xalq qilganimni "bo‘l", deyishim bilan yaratgan narsalarimdek qilmayman", dedi. Odamdan (a.s.) boshqa maxluqlar "kun" (bo‘l), degan amrdan yaralgandirlar. Bularga farishtalar ham kiradi. Shu sababli yaqinlikda, afzallikda bashar bilan farishta teng emasdir, balki basharning darajasi ulug‘roqdir. Albatta, Alloh taolo xalqni yaratgach, uni to‘rt sinf qildi: farishtalar, shaytonlar, jinlar, insonlar. So‘ng ularni o‘n qismga bo‘ldi. To‘qqiztasi farishtalar, bittasi shayton va insonlardir. So‘ng bu uchalasini yana o‘n qism qildi: to‘qqiztasi shaytonlar, bittasi ins va jinlar. So‘ng bularni ham o‘n qism qilib bo‘ldi: to‘qqiztasi jinlar, bittasi odamlardir. So‘ngra insonlarni bir yuz yigirma besh qism qildi. Yuztasi hind daryolari bo‘yida bo‘lib, hammasining qaytadigan yeri do‘zaxdir. Rum yerida ikkitasi bo‘lib, ularning qaytadigan yeri do‘zaxdir. O‘n ikkitasi mag‘rib va mashriqda bo‘lib, hammasining qaytadigan yeri do‘zaxdir. Qolgan bittasini yetmish uchtaga bo‘ldi. Yetmish ikkitasi ahli bid’at va zalolatdir. Bittasi firqai nojiya bo‘lib, ular ahli sunnat va jamoatdirlar, ularning qaytadigan joylari jannatdir.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 06:59:42
O‘ttiz to‘rtinchi majlis
TAHAJJUD NAMOZINING BAYONI


Alloh taolo aytdi:
"Kechaning (bir qismida) uyg‘onib o‘zingiz uchun nafl (ibodat) bo‘lgan namozni o‘qing! Shoyadki, Parvardigoringiz sizni (qiyomat kunida) maqtovli (ya’ni, gunohkor ummatlaringizni shafoat qilib oqlaydigan) maqomda tirilturur" (Al-Isro surasi, 79-oyat).

Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Agar ikki musulmon yo‘liqishganda, bir-biriga salom berib, menga salovot aytishsa, to ajralib ketgunlarigacha Alloh taolo o‘z lutfi-karami va marhamati bilan ularning oldingi va keyingi gunohlarini kechirib yuboradi".

Tahajjudning ma’nosi uyquni tark etishdir. Tahajjud namozi deganda kechasi uxlab turgandan keyin o‘qiladigan namoz tushuniladi. Oyatdan murod ham kechasida qoim bo‘lib namoz o‘qishdir. Islomning avvalida tahajjud namozi:

"Ey (kiyimlariga) o‘ralib olgan zot! Kechasi (bedor bo‘lib, namozda) ozgina turing!" (Muzammil surasi, 1—2-oyatlar) degan amr bilan Rasulullohga ham, musulmonlarga ham farz bo‘lgan edi. Keyinchalik: "Endi (kechalari namozlaringizda) Qur’ondan sizlarga muyassar bo‘lgan miqdorda o‘qiyveringlar. U zot sizlarga orangizda (kechalari bedor bo‘lishga quvvati yetmaydigan) bemorlar bo‘lishini, boshqalar Allohning fazl-marhamatidan (rizq-ro‘z) istab yer yuzida (ya’ni, uning turli tomonlariga) safar qilishlarini va yana boshqalar esa Alloh yo‘lida jangga chiqib ketishlarini bildi. Bas, (o‘zlaringizni qiynamay Qur’ondan) muyassar bo‘lgan miqdorda o‘qiyveringlar", oyati nozil bo‘lib, tahajjud namozi ummatga nafl namozga aylandi, lekin Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam): "O‘zingiz uchun nafl (ibodat) bo‘lgan namozni o‘qing!" oyati bilan farz bo‘lib qoldi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 07:00:13
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kechasi turib namoz o‘qigan va xotinini ham namozga uyg‘otgan, uyg‘onmasa yuziga suv sepgan erlarga Alloh taolo rahm qilsin", deganlar.

Hazrati Oyisha (r.a.) onamizdan rivoyat qilingan hadisda, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Uch narsa borki, ular menga farz, sizlarga sunnatdir: vitr namozi, misvok tutish, tahajjud namozi".

Umar ibn Xattobdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki kechasi namoz o‘qisa va namozni go‘zal qilib ado etsa, Alloh taolo unga to‘qqizta narsa bilan marhamat qiladi. Beshtasi dunyoda, to‘rttasi oxiratda. Dunyodagi beshtasi: Alloh uni ofatlardan saqlaydi, yuzida ibodat asarini zohir qiladi, uni bandalarining qalbida suyukli qiladi, nutqiga hikmat beradi, uni dinda hakim-faqih qiladi. Oxiratdagi to‘rttasi: qabrdan yuzi oppoq bo‘lib turadi, hisobi yengil bo‘ladi, sirotdan chaqmoq kabi tez o‘tadi, namoi a’moli o‘ng tarafidan beriladi", dedilar".

Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan yana bir hadisda u zot bunday deganlar: "Me’roj kechasida Alloh taolo menga besh narsani buyurib aytdiki: "Qalbingni mol-dunyoga bog‘lab qo‘yma, chunki dunyoni sen uchun yaratmaganman. Muhabbatingni Menga qil, chunki hammalaringiz Mening huzurimga qaytasizlar. Jannat talabida sa’yi harakat qil, xalqdan umid qilma, chunki ularning qo‘larida hech narsa yo‘qdir, tahajjud namozida davomli bo‘l, chunki nusrat kechasi qoim bo‘lish bilan birga bo‘ladi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 07:00:58
Yana bir hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki uyqusidan uyg‘onganda: "La-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay‘in qodir, subhanalloh, valhamdulillah va la-a ilaha illallohu vallohu akbar. Va la-a havla va la-a quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘aziym, rabbig‘firliy", desa, uning gunohlari kechiriladi", deganlar.

Ibrohim ibn Adham aytadilarki: "Bir kuni uyimga mehmonlar kelishdi. Bildimki, ular sharafli kimsalar. Shunda men ularga: "Menga va’z-nasihat qilinglar, shoyadki men ham sizlar kabi Allohdan qo‘rqsam", dedim. Ular: "Biz senga yettita narsani vasiyat qilamiz: birinchi, ko‘p gapirishdan saqlan, chunki u qalbning uyg‘oqligini ketkazadi. Ikkinchi, ko‘p yeyishdan saqlan, chunki u hikmatni ketkazadi. Uchinchi, odamlarga ko‘p aralashib yurishdan saqlan, chunki bu ibodatdagi halovatni yo‘qotadi. To‘rtinchi, dunyoga muhabbat qo‘yishdan saqlan, chunki bu husni xotima (xayrli oqibat) bilan vafot etishni ketkazadi. Beshinchi, johil va ilmsiz bo‘lishdan saqlan, chunki bu qalbning tirikligini ketkazadi. Oltinchi, zolimlar bilan hamsuhbat bo‘lishdan saqlan, chunki bu dinda mustaqim turishni ketkazadi. Yettinchi, kimki odamlarning roziligini talab qilsa, Allohning roziligidan bebahra qoladi", deyishdi".

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kechasida qoim bo‘linglar, chunki bu sizlardan avvalgi payg‘ambarlaru avliyolarning odatidir", dedilar.

Rivoyat qilinishicha, Dovudning (a.s.) ahli oilalari har kecha qoim bo‘lisharkan. Bu xabarda bizga ulardan ko‘ra kechalari qoim bo‘lishga haqliroq ekanimizga tanbeh bor, chunki biz barcha ummatlarning yaxshirog‘imiz. Va kimki kechasi turib tahajjud namozi o‘qimasa, haqiqiy solihlardan emasligiga ishora bor.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 07:01:23
Hadisi qudsiyda Alloh taolo: "Banda nafl ibodatlar qilish bilan Menga yaqinlashadi, hatto Men uni yaxshi ko‘rib qolaman", deydi. Qur’oni karimda: "Yaxshiliklar gunohlarni ketkizadi", deyilgan.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Sizlardan biringiz uxlagan vaqtda shayton uning boshini tepasiga uchta tugun tugadi. Agar u turib, Allohni zikr qilsa, bitta tugun yechiladi. So‘ng tahorat qilsa, ikkinchi tugun yechiladi. Agar namoz o‘qisa, uchinchi tugun yechiladi va g‘ayratli, quvnoq holatda tong ottiradi. Agar bularni qilmay uxlab qolsa, shayton uning ikki qulog‘iga bavl qilib ketadi", dedilar.

Imom G‘azzoliy aytganlarki: "Kechaning avvalida Arshning ostidan bir nido qiluvchi: "Ibodat qiluvchilar tursin", deb duo qiladi. Obidlar turib Alloh xohlaganicha ibodat qilishadi. Kechaning yarmida: "Sahargacha namozda qoim bo‘lguvchi, Allohdan qo‘rquvchi kimsalar tursin", deb duo qiladi. So‘ng: "Istig‘for aytguvchilar tursin", deb nido qiladi. Ular turib xohlaganlaricha istig‘for aytadilar. Agar tong otsa: "G‘ofillar tursin", deb nido qiladi. Ular o‘liklar qabrdan turgandek, ko‘rpalaridan turadilar". Shuning uchun ham Luqmoni Hakim o‘g‘illariga: "Saharda xo‘roz qichqirayotgan vaqtda uxlab yotma, ya’ni, barvaqt, erta turishda xo‘roz emas, sen chaqqonroq bo‘lgin", deb vasiyat qilganlar.

Hikoya qilinadiki, Muso (a.s.) bir kuni bir kimsaning oldidan o‘tib qoldilar. U huzu’ va xushu’ bilan namoz o‘qirdi. Shunda Muso (a.s.): "Yo Parvardigor, buning namoz o‘qishi qanday go‘zal!" dedilar. Alloh taolo: "Ey Muso, agar u har bir kecha kunduzda ming rak’atdan namoz o‘qisa ham, ming marta haj qilsa ham, ming marta g‘azot qilsa ham, toki molining zakotini bermaguncha bu amallar unga foyda bermaydi", deb vahiy qildi.

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kim qaerda bo‘lmasin namozini vaqtida ado etib yursa, u Sirotdan peshqadamlarning avvalgi jamoasi bilan birga chaqmoq kabi o‘tib ketadi. Qiyomat kuni yuzi to‘lin oydek porlab turadi. Har kuni mingta shahidning savobini oladi", dedilar. Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Bomdodning ikki rak’ati dunyo va undagi jamiki narsalardan yaxshiroqdir", dedilar. Ya’ni dunyodagi jamiki narsa seniki bo‘lsa, sen uni Alloh yo‘liga infoq qilib yuborsang, ikki rak’at bomdodning farzini o‘qigandek savob ololmaysan.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 07:02:44
O‘ttiz beshinchi majlis
SAHOBALARNING FAZILATLARI BAYONI


Alloh taolo aytadi:
"Siz o‘zingizni erta-yu kech Parvardigorlarining yuzini-roziligini istab, U zotga duo-iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini ko‘zlab, ulardan o‘tib (ahli dunyolarga boqmasin)! Va Biz qalbini Bizni zikr etishdan g‘ofil qilib qo‘ygan, havoyi nafsiga ergashgan va qilar ishi isrofgarchilik bo‘lgan kimsalarga itoat etmang!" (Kahf surasi, 28-oyat)

Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki menga bitta salovot aytsa, Alloh taolo unga o‘nta salovot aytadi. Alloh taolo tarafidan bandaga bo‘lgan salovot unga rahm qilishidir. Alloh shunda u bandaning o‘nta gunohini kechiradi, martabasini o‘n daraja ko‘taradi", deganlar.

Kofirlarning boshliqlari Muhammaddan (sollallohu alayhi vasallam) Suhayb, Ammor, Bilol, Salmon kabi faqir musulmonlarni haydab yuborishlarini talab qilib aytishdiki: "Ey Muhammad! Biz sen bilan birga o‘tirishimiz uchun majlisingdan bularni haydab yubor, chunki ular past tabaqadan bo‘lib, ularning hidlari qo‘ylarning hidiga o‘xshaydi. Biz qavmning raislarimiz, ular bilan o‘tirishdan jirkanamiz, agar sen ularni haydab yuborsang, biz senga iymon keltiramiz".

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularning iymonga kelishlariga haris bo‘lib, bu ishga chog‘langan vaqtlarida Jabroil (a.s.) kelib: "Rabbingiz: "Ertayu kech Allohning roziligini istab duo qilayotganlarni haydab yubormang", demoqda", dedi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Makka kofirlariga: "Alloh taolo ularni haydab yuborishdan meni qaytardi", dedilar. Ular: "Bo‘lmasa, bir kunni bizlarga, ikkinchi kunni ularga ajrat", deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Buniyam qilmayman", dedilar. Ular: "Bo‘lmasa, majlisda yuzingni bizga qaratib, orqangni ularga qaratib o‘tir", deyishdi. Shunda "Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorining roziligini istab, U zotga duo-iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting!" degan oyat nozil bo‘ldi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 07:03:48
 Qatoda (r.a.) rivoyat qilganlarki: "Bu oyat Ahli sufa haqida nozil bo‘lgandir. Ular Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) masjidlaridagi yetmish faqir kimsa bo‘lib, tijorat ham, chorvachilik ham, dehqonchilik ham qilmasdilar. Bir namozni o‘qishsa, keyingisini kutib turishardi. Bu oyat nozil qilingan vaqtda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ummatim ichida men o‘zimni ular bilan birga tutishga buyurilgan kimsalardan qilgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin", dedilar".

Hikoya qilinishicha, Abdulloh ibn Umardan bir kishi kelib: "Biz kambag‘al muhojirlardan emasmizmi?" deb so‘radi. Abdulloh: "Sening yoningda panoh topadigan xotining bormi?" dedilar. U: "Ha", deb javob berdi. Abdulloh: "Yashaydigan maskaning bormi?" deb so‘radilar. U yana: "Ha", deb javob berdi. "Unda sen boylardan ekansan", dedilar Ibn Umar. U: "Mening bitta xodimim ham bor", dedi. Abdulloh aytdilar: "Unda podshohlardan ekansan".

Abu Lays Samarqandiy aytadilar: "Faqirlar uchun beshta fazilat bor. Birinchisi, namoz, sadaqa va boshqa amallarda kambag‘allar boylarga nisbatan ko‘proq savob oladilar. Ikkinchisi, kambag‘al kimsa agar bir narsani topa olmasa, unga savob yoziladi. Uchinchisi, faqirlar jannatga avvalroq kiradilar. To‘rtinchisi, oxiratda ularning hisoblari ozroq bo‘ladi. Beshinchisi, ularning nadomatlari ham ozroq bo‘ladi. Chunki boylar u Kunda: "Qaniydi kambag‘al bo‘lsak", deya nadomat qiladilar".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 07:04:32
Hazrati Umardan (r.a.) rivoyat qilinadiki: "Kunlarning birida Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kirdim. U kishi bo‘yraga cho‘zilib yotgan ekanlar. Qarasam, badanlarida bo‘yraning izi qolibdi. Hujralariga boqdim: bor yo‘g‘i bir so’ arpa bor ekan. Shunda yig‘lab yubordim. U kishi: "Ey Umar! Nimaga yig‘layapsan?" deb so‘radilar. Men: "Kisro va qaysarlar ipak ko‘rpalarda yotishibdi. Siz men hech kimda ko‘rmagan faqirlikdasiz", dedim. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Umar! Allohga tavba qil! Dunyo ular uchun, oxirat biz uchun bo‘lishiga rozi emasmisan", dedilar. Men: "Tavba qildim, albatta, roziman", dedim".

Alloh taolo aytadiki:
"Alloh yo‘lida mollarini infoq-ehson qiladigan kishilar xuddi, har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqargan bir donga o‘xshaydi. (Ya’ni qilingan har bir yaxshilikning yetti yuz barobar bo‘lib qaytishiga ishora qilinmoqda.) Alloh istagan kishilariga bir necha barobar qilib beradi. Alloh (fazlu karami) Keng, bilguvchidir. Mollarini Alloh yo‘lida sarflab, so‘ngra bergan narsalariga minnat va ozorni ergashtirmagan zotlar uchun Parvardigorlari huzurida ulug‘ ajr bordir. Ular uchun hech qanday xavfu xatar yo‘q va ular g‘amgin ham bo‘lmaydilar. Yaxshi gap va kechirish ketidan ozor keladigan sadaqadan yaxshiroqdir. Alloh taolo behojat va halimdir. Ey mo‘minlar, molini odamlarga ko‘rsatish uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang!" (Baqara surasi, 261—264-oyatlar).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 07:05:04
O‘ttiz oltinchi majlis
DUNYONING MAZZAMAT QILINGANI VA UNING ZAVOLGA KETISHI


Alloh taolo aytadi:
"(Ey Muhammad, odamlarga) hayoti dunyo misolini keltiring. (U) xuddi bir suv kabidirki, biz osmondan yog‘dirgach, (avval — kishi hayotining bahorida) u sababli zamin nabototi (bir-biriga) aralashib — chirmashib ketur, so‘ngra (hayot kuzi kelgach) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga qodir bo‘lgan zotdir. Mol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir. Parvardigoringiz nazdida esa (abadiy) qoluvchi yaxshi amallar savobliroq va orzuliroq (orzu qilishga arzirliroqdir)" (Kahf surasi, 45—46-oyatlar).

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Alloh taolo bir farishta yaratgan. Unga jamiki xalqlarning tovushini eshitishni buyurgan. U qiyomatgacha mening qabrimni ustida turadi. Ummatimdan kimki menga salovot yo‘llasa, u farishta: "Ey Muhammad! Falonchining o‘g‘li falonchi sizga salovot yo‘lladi", deb aytadi.

Iso (a.s.) aytdilarki: "Dunyo uch kundir. Birinchisi — kecha, u o‘tib ketdi. Undan senga biror narsa qolmadi. Ikkinchisi — erta, unga yetasanmi yoki yetmaysanmi, bilmaysan. Uchinchisi — sen yashayotgan shu bugungi kuning, bas, uni g‘animat bil. Dunyo uch soatdir, bir soati o‘tib ketdi. Bir soati borki, sen unga yetasanmi yoki yetmaysanmi, bilmaysan. Uchinchisi — hozir yashayotgan soating, uni g‘animat bil. Dunyo uch nafasdir, birinchisi o‘tib ketdi. Unga amal qilganingni qilib bo‘lding. Ikkinchisi — sen unda yashayotgan nafas, uchinchi nafasga yetib-etmasligingni bilmaysan. Demak, sen bir nafasgagina egalik qilasan. Bas, mana shu bir nafasda bu nafas o‘tib ketishidan oldin ibodatga shoshil va o‘limingdan avval tavba qilib qol. Amallarning eng afzali vaqtni g‘animat deb bilishdir. Kimki vaqtini zoe’ ketkizsa, umri zoe’ ketibdi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 07:05:30
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir kishiga pand-nasihat qilib aytdilarki: "Besh narsadan avval besh narsani g‘animat deb bil: Qarilikdan oldin yoshligingni, kambag‘al bo‘lishingdan oldin boyligingni, mashg‘ulligingdan oldin bo‘sh vaqtingni, kasal bo‘lishingdan avval sog‘ligingni, o‘lishingdan avval tirikligingni".

Hazrati Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni u kishining o‘g‘li ko‘chadan yig‘lab keldi. Umar undan: "Nega yig‘layapsan, ey o‘g‘lim?" deb so‘radilar. O‘g‘illari: "Ko‘chadagi bolalar kuylagimning yamog‘ini sanashdi va, Amirul mo‘minunning o‘g‘liga qaranglar, kuylagida qancha yamoq bor ekan, deyishdi", deb javob berdi. Uning kuylagida o‘n to‘rtta yamoq bo‘lib, ba’zilari teridan edi. Umar (r.a.): "Menga oyning boshigacha to‘rt dirham qarz bersin", deb o‘g‘lini xazinabonga jo‘natdilar. Xazinabon o‘g‘liga: "Otangiz oyning boshigacha yashashiga kafolat bersa, qarz beraman", dedi. Hazrati Umar yig‘lab yubordilar va: "O‘g‘lim, sabr qil, men bir soat yashashimga ham kafolat berolmayman", dedilar.

Hazrati Oyishadan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) uch kun ketma-ket to‘yib non yemaganlar. Boshqa rivoyatda kelishicha, ketma-ket ikki kun arpa nonini to‘yib yemaganlar. Agar xohlasalar edi, Alloh taolo u kishiga xayolga kelmagan ne’matlarni ato etardi. Lekin ul zot oxirat yurtini, abadiy ne’matlarni ixtiyor etdilar. Yana Oyisha onamizdan rivoyat qilinishicha, "Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) vafot etganlarida, u kishidan na dinor va na dirham, na qo‘y va na tuya qoldi. Faqatgina bitta qalqonlari va xachirlari qoldi, xolos. Ozgina yerlari bor edi, uni ham sadaqa qilgan edilar. O‘shanda mening uyimda yarimta arpa nondan boshqa narsa qolmagan edi. Vaholanki, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) menga aytgan edilar: "Menga Makka vodiylari oltin qilib berilmog‘i arz qilindi va men aytdimki: "Ey Rabbim! Bir kun och qolsam, bir kun to‘q yursam, mana shuning o‘zi menga yetadi. Och qolgan kunim Senga tazarru’, duo qilaman. To‘q yurgan kunim esa Senga hamdu sano aytaman".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 07:06:21
Hazrati Oyisha (r.a.) aytadilarki: "Biz Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) oilalari bir oylab o‘choqqa o‘t yoqmas edik. Faqatgina xurmo va suv bilan kifoyalanardik. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytardilar: "Albatta, Alloh taolo dunyodan ko‘ra yomon ko‘radigan maxluqni yaratmagan. Alloh taolo uni yaratgandan beri unga nazar solmaydi".

Agar sizlar dunyoni talab qilsangizlar, mashaqqat chekasizlar. Agar oxiratni talab qilsangizlar, mashaqqat chekmaysizlar va o‘shanda Alloh taolo sizlarni yaxshi ko‘radi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "Kimki tong ottirganda dunyodan ko‘ra kattaroq g‘am-tashvishi bo‘lmasa, uning qalbi to‘rtta xislatga mubtalo bo‘ladi. Birinchisi, aslo ajralmaydigan tashvish, ikkinchisi, aslo forig‘ bo‘lmaydigan mashg‘ullik, uchinchisi, aslo boylikka aylanmaydigan kambag‘allik, to‘rtinchisi, intihosi bo‘lmagan orzu-umidlardir". Va yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilarki: "To‘rt narsa borki, u baxtsizlikdandir: ko‘zning quruqligi, qalbning qattiqligi, orzu-umidning ko‘pligi, dunyoni yaxshi ko‘rish". Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yana aytdilarki: "Agar Alloh nazdida dunyoning qadri pashsha qanotichalik bo‘lganda, kofirlarga dunyodan bir qultum suvni ham ravo ko‘rmas edi".
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 07:07:28
O‘ttiz yettinchi majlis
O‘LIMNING QATTIQLIGI BAYONI


Alloh taolo aytadi:
"Yana ushbu kitobda Idris (qissasini) zikr qiling! Darhaqiqat, u juda rostgo‘y payg‘ambar edi. Va Biz uni yuksak martabaga ko‘tardik" (Maryam surasi, 56—57-oyatlar).

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Nabiy va rasullarga salovot aytinglar, chunki ular ham men kabi elchi qilib yuborilganlar", deganlar.

Xabarlarda keladiki, agar Alloh taolo bir mo‘min bandani vafot ettirishni iroda qilsa, o‘lim farishtasi uni og‘zi tarafidan jonini olishga keladi. Shunda qilgan zikrlari chiqib: "Senga bu tarafdan yo‘l yo‘q. Chunki u bu og‘zida Rabbimni zikr qilgan", deydi. O‘lim farishtasi Alloh taoloning oldiga qaytib borib, bo‘lgan voqeani bayon qiladi. Alloh: "Uning jonini boshqa tarafidan ol", deb amr etadi. O‘lim farishtasi bandaning qo‘l tarafidan keladi. Uning sadaqalari, yetimlarni boshini silaganlari, yozgan ilmlari chiqib, avvalgisi aytgandek aytadi. So‘ng oyoq tarafidan keladi. Oyoqlari ham avvalgi gapni aytib: "Albatta, u men bilan jamoat namozlariga, ilm majlislariga borgan", deydi. So‘ng qulog‘i tarafidan keladi, quloqlari ham o‘sha gapni aytib: "U men bilan Qur’on va zikr tinglagan", deydi. So‘ngra ko‘zi tarafidan keladi, ko‘zlari ham avvalgi gapni takrorlaydi. Shunda o‘lim farishtasi Alloh taoloning oldiga borib, "Ey Rabbim, bandaning a’zolari menga hujjat bilan g‘olib kelishdi. Uni jonini qanday olaman?" deydi. Alloh taolo: "Kaftingga Mening ismimni yoz, so‘ngra uni mo‘minning ruhiga ko‘rsat", deydi. Allohning ismini mo‘min ruh ko‘rgan vaqtda, xursand bo‘lib, uning og‘zidan chiqadi. Alloh ismi barakasidan bandaning jonini olish vaqtidagi achchiqlik ham ketadi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 07:08:30
Rivoyat qilinishicha, oriflarning ba’zisi, Qur’oni karimda Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): "Mo‘min jon jasadidan xamirdan qilni sug‘urgandek chiqadi", deb aytgan hadislarini qo‘llab-quvvatlaydigan oyat bormikin, deb o‘yladi. So‘ng Qur’onni tadabbur bilan o‘qib chiqdi, ammo topa olmadi. So‘ng tushida Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rdi va: "Yo Rasululloh, Qur’oni karimda bu hadisning ma’nosini topmadim", dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Yusuf surasidan qidir", dedilar. U uyqusidan turib, Yusuf surasini o‘qigan vaqtda, quyidagi oyatni topdi: "Keyin (Yusufga) ularning oldiga chiq, dedi. Bas, qachonki uni ko‘rishgach, (ular beixtiyor uni) olqishladilar va (o‘zlari sezmagan hollarida qo‘llaridagi pichoqlari bilan) o‘z qo‘llarini kesa boshladilar" (31-oyatdan). Ya’ni, ular Yusufni (a.s.) ko‘rgan vaqtlarida, u zotga mahliyo bo‘lib, qo‘llarini kesayotgandagi og‘riqni sezmadilar. Xuddi shuningdek, mo‘min farishtalarni, jannatdagi o‘rnini, undagi ne’matlarni, hurlarni, qasrlarni ko‘rgan vaqtda, ularga qalbi mahliyo bo‘lib, o‘limning alamini sezmay qoladi.

Idrisning (a.s.) jannatga ko‘tarilishlarini sababi haqida aytiladiki, u kishidan har kuni yer ahlining amalicha amal ko‘tarilar edi. Shunda o‘lim farishtasi u kishini ko‘rishga mushtoq bo‘ldi. Va Alloh taolodan Idrisni (a.s.) ziyorat qilishga izn so‘radi. Alloh taolo ruxsat bergandan keyin, inson suratida u kishining oldilariga keldi va salom berib, huzurlarida o‘tirdi. Idris (a.s.) ro‘za tutgan edilar, iftor vaqtida o‘lim farishtasiga, sen ham yegin, dedilar. Farishta yemasdan o‘tiraverdi. So‘ng Idris (a.s.) ibodat bilan mashg‘ul bo‘ldilar, hatto quyosh chiqdi, farishta esa u kishining oldilarida o‘tirardi. Idris (a.s.): "Ey kimsa, men bilan sayr qilib kelmaysanmi?" dedilar. U, mayli, dedi. Ikkalasi sayr qila boshlashdi. Bir ekinzorga borgan vaqtlarida o‘lim farishtasi undan: "Bu ekinzordan yeyishimiz uchun boshoq olishimga izn berasanmi?" deb so‘radi. Idris (a.s.): "Subhanalloh! Kecha halol taomni yemading, bugun harom taomni yeyishni xohlaysanmi?" dedilar. Ikkalalari yana sayr etib ketishdi, oradan to‘rt kun o‘tdi. Idris (a.s.) hamrohlarida inson tabiatiga zid bo‘lgan holatlarni ko‘rdilar. Undan: "Sen kimsan?" deb so‘radilar. "Men o‘lim farishtasiman", dedi u. "Jonlarni olguvchi senmisan?" dedilar. "Ha", deb javob berdi farishta. Sen mening huzurimda to‘rt kundan beri turibsan, shu muddat ichida birorta jonni oldingmi?" deb so‘radilar. U: "Ha, juda ko‘p jonlarni oldim. Maxluqotlarning jonlari mening huzurimda dasturxon kabidir, sen xuddi luqmalarni olganingdek, men ham ularni olaman", dedi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 24 Sentyabr 2007, 07:09:04
Idris (a.s.): "Ey o‘lim farishtasi! Sen meni ziyorat qilish uchun keldingmi yoki jonimni olish uchun?" deb so‘raganlarida, "Ziyorat qilish uchun keldim", deb javob berdi. Shunda Idris (a.s.): "Ey o‘lim farishtasi, mening senga bitta hojatim bor", dedilar. O‘lim farishtasi: "Qanday hojat?" deb so‘radi. "Jonimni olsangu Alloh taolo meni yana qayta tiriltirsa. O‘limning achchiqligini ta’tib ko‘rganimdan keyin yanayam ko‘proq ibodat qilaman", dedilar. O‘lim farishtasi: "Men Allohning iznisiz birorta jonning jonini olmayman", dedilar. Shunda Alloh taolo Idris (a.s.) jonini olishni farishtaga vahiy qildi. Bas, shu soatdayoq jonlarini oldilar. Idris (a.s.) vafot etdilar. O‘lim farishtasi Alloh taolodan birodari Idrisni (a.s.) tiriltirishni so‘radi. Alloh ijobat qilib, Idrisga (a.s.) qayta hayot berdi. Farishta: "Ey birodar, o‘limning achchiqligi qanaqa ekan?" deb so‘raganida, "Tirik hayvonni terisini shilishdan ming barobar alamliroq ekan", deb javob berdi. O‘lim farishtasi: "Men seni joningni olishdagi yumshoqlikni biror kimsaga qilmagan edim", dedi. Idris (a.s.) aytdiki: "Ey o‘lim farishtasi, mening senga yana boshqa hojatim bor. Albatta men jahannamni ko‘rishni xohlayman. Agar men undagi azoblarni ko‘rsam, yanayam ko‘proq Allohga ibodat qilaman". O‘lim farishtasi: "Allohning iznisiz, seni qanday qilib jahannamga olib boraman", dedi. Alloh taolo unga Idrisni (a.s.) jahannamga olib borishni vahiy qildi. O‘lim farishtasi Idrisni (a.s.) jahannamga olib bordi. Idris (a.s.) jahannamda kofiru zolimlarga tayyorlab qo‘yilgan jamiki azob turlarini ko‘rdilar. So‘ngra qaytishdi. Idris (a.s.) o‘lim farishtasiga: "Mening senga yana bitta hojatim bor. Meni jannatga olib bor, u yerda mo‘minlar uchun tayyorlab qo‘yilgan ne’matlarni ko‘ray va ibodat qilishim yanada ziyoda bo‘lsin", deganlarida, farishta: "Men seni Allohning iznisiz, qanday qilib jannatga olib boraman", deb javob berdilar. Shunda Alloh taolo o‘lim farishtasiga Idrisni (a.s.) jannatga olib borishni vahiy qildi. Farishta Idrisni (a.s.) jannat eshigi oldiga olib keldi. Idris (a.s.) jannatdagi ne’matlarni ko‘rgan vaqtlarida: "Ey birodar! O‘limning achchiqligini ta’tib ko‘rdim, jahannamning dahshatini ham bildim, endi mendan o‘limning achchiqligi, jahannamning qo‘rquvi ketishi uchun jannatga kirib suvlaridan ichib, mevalaridan ta’tib ko‘rishimni Alloh taolodan so‘rab bera olasanmi?" dedilar. O‘lim farishtasi izn so‘ragan edi, Alloh taolo kirib chiqishga izn berdi. Idris (a.s.) jannatga kirib, daraxtning ostida kovushlarini qoldirib chiqdilarda: "Ey o‘lim farishtasi, mening ikki kovushim jannatda qolib ketdi, meni jannatga qaytar", dedilar. Qaytib kirdilar-da chiqmadilar. O‘lim farishtasi: "Ey Idris chiq", dedilar. Idris (a.s.) chiqmayman, chunki Alloh: "Har bir nafs o‘lim sharbatini tatib ko‘rguvchidir", degan, men tatib ko‘rdim. Va: "Sizlardan har biringiz uni (jahannamni) ko‘rguvchidir", degan. Men ko‘rdim, va "ular jannatdan chiqquvchi emaslar", degan. Bas, endi kim meni jannatdan chiqaradi", deb aytdilar. Alloh o‘lim farishtasiga, qo‘yaver, Men azaldan uning ahli jannat bo‘lishini taqdir qilganman", deb vahiy qildi.

Ey birodar! G‘aflat uyqusidan uyg‘on va amalingni xolis Alloh uchun qil, chunki har bir amal xolis Alloh uchun qilinmas ekan, u riyodir. Riyo esa maxfiy shirkdir. Alloh riyokorning amalini qabul qilmaydi.

Ibn Avs aytadilar: "Bir kuni Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) yig‘lab turgan hollarida ko‘rdim va: "Yo Rasulalloh! Nima yig‘layapsiz?" deb so‘radim. "Ummatimning shirk keltirishlaridan qo‘rqyapman. Ular sanamlarga ibodat qilmaydilar, balki amallarida riyo qiladilar", deb javob berdilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:06:07
O’ttiz sakkizinchi majlis
Namozni tark qiluvchilar bayoni


Alloh taolo aytadi: «So‘ng ularning ortidan namozni zoe qiladigan va shahvatlarga beriladigan kimsalar o‘rinbosar bo‘ldilar. Endi u (o‘rinbosarlar) albatta, yomonlikka, (ya’ni. yomon jazoga) yo‘liqurlar. Magar iymon keltirib, yaxshi amal qilgan zotlargina (azobga duchor qilinmaslar). Bas, ular jannatga kirurlar va ularga biror zulm qilinmas» (Maryam surasi, 59—60-oyatlar).

Hasan ibn Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Agar masjidga kirsang, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga salovot ayt. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mening uyimni saylgoh, o‘z uylaringizni qabriston qilib olmanglar. Qaerda bo‘lsangizlar ham, menga salovot aytaveringlar, chunki sizlarning salovotlaringiz menga yetkaziladi», deganlar». Boshqa bir hadisda: «Juma kuni menga ko‘p salovot aytinglar, chunki sizlarning salovotlaringiz menga ko‘rsatiladi», deyiladi.

Oyatdagi «namozni zoe qiladigan kimsalar»ning ma’nosi, uning vojibligiga e’tiqod qilmaydilar, deganidir. Ba’zilar, masjid va ibodatxonalarga bormay, ularga e’tibor bermay, xarob qiladilar, deyishgan. Ba’zilar esa, namozni, ibodatni ado etgandan so‘ng g‘iybat va riyo bilan zoe qilib yuboradilar, degan bo‘lsa, boshqalar, namoz o‘qiyotganda uning shart va arkonlarini tark etadilar, deganlar. Ba’zilar esa, g‘aflat bilan namozni tark qilib qazosini o‘qimaydilar, deydi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:06:16
Tarjimadagi «yomonlik» oyatda «g‘oyy» deb kelgan. Vahb ibn Munabbah: «G’oyy — jahannamdagi bir daryo bo‘lib, uning qa’ri chuqur, harorati issiq, ta’mi esa achchiqdir. Uning bir tomchisi bu dunyoga tushgudek bo‘lsa, dunyo ahlining hammasi halok bo‘ladi», deganlar. Ibn Abbos esa: «G’oyy jahannamdagi vodiydir. Jahannamning boshqa vodiylari, Alloh taolodan bu vodiyning yomonligidan panoh so‘rab, har kuni ming marta iltijo qiladilar. ¢oyy vodiyi namozni va jamoatni tark qiluvchilar uchun hozirlab qo‘yilgandir», deganlar. Zahhok: «G’oyy halokat va hasratdir», deb aytganlar.

Hikoya qilinishicha, bir kishi sahroda yurar edi. Bir kuni shayton unga hamroh bo‘ldi. U odam bomdod, peshin, asr, shom, xufton namozlarini o‘qimadi. Uxlaydigan payt bo‘lganda, kishi yotishga hozirlandi, shunda shayton qocha boshladi. U shaytonga: «Nima uchun mendan qochyapsan?» deb so‘radi. Shayton: «Men umrim davomida Alloh taologa bir marta osiylik qilib, mal’un bo‘ldim. Sen esa bir kunda besh marta osiy bo‘lyapsan. Alloh taolo senga azob yuborsa, senga qo‘shilib men ham azobga qolmay, deb, qo‘rqib qochyapman», dedi.

Rivoyat qilishlaricha, kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namoz haqida gapirib: «Kim namozni muhofaza qilsa, qiyomat kunida namozi u uchun nur, hujjat va najot bo‘ladi. Kim namozni muhofaza qilmasa, qiyomatda uning uchun nur ham, najot ham, hujjat ham bo‘lmaydi. Namozga beparvo bo‘lganlar, uni o‘qimay zoe qilganlar qiyomat kuni Qorun, Fir’avn, Hamon va Ubay ibn Xalaf bilan birga bo‘ladi», dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:06:32
Yana Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilinadi: «Kim namozni jamoat bilan birga o‘qishga ahamiyat bermasa, Alloh undan o‘n ikki balo bilan qasos oladi. Uchtasi dunyoda, uchtasi o‘lim vaqtida, uchtasi qabrda, uchtasi qiyomatda. Dunyodagi uchta qasos: Alloh taolo uning kasbi va rizqidan barakani ko‘taradi; undan solihlarning nurini olib tashlaydi; u mo‘minlarning qalbida yomon ko‘rilib qoladi. O’lim vaqtidagilari: jonini olayotganda chanqab o‘ladi, hatto butun daryoning suvini ichib yuboradigan darajada bo‘ladi; joni qiyinchilik bilan chiqadi; Alloh saqlasin, iymonsiz ketishi ham mumkin. Qabridagi uch qasos: unga Munkar va Nakirning savoli qattiq bo‘ladi; qabri qop-qorong‘u bo‘ladi; qabri torayadi, hattoki qovurg‘alari bir-biriga kirishib ketadi. Qiyomatdagi qasoslar: unga hisob-kitob qattiq bo‘ladi; Rabbi unga g‘azab qiladi; uni do‘zax bilan azoblaydi». Shuning uchun azonni eshitgan kimsaga jamoatni tark qilish ruxsat yo‘q. Chunki jamoat bilan o‘qish sunnati muakkada, ya’ni ta’kidlangan sunnatdir. Agar qishloq ahli namozni jamoat bilan o‘qimasa, ularga qarshi qurol bilan urushish vojib bo‘ladi, bu Islom shioridir. Agar jamoatni birorta odam uzrsiz tark qilsa, unga ta’zir berish shartdir. Unday kishining guvohligi o‘tmaydi. Qo‘shnilar, imom va muazzin uni ogohlantirmay, sukut qilganlari uchun gunohkor bo‘ladilar. Ta’zirning eng ozi uch qamchidir. Uning molini olish ham ta’zir berish sanaladi, qolaversa, bu urishdan ko‘ra ta’sirliroqdir. Ba’zi ulamolar fiqh kitoblarini mutolaa qilish jamoatdan qolishga uzr bo‘ladi, lekin buni odat qilib olmagan bo‘lsa, deganlar. Kasallik, yomg‘ir, do‘l, sovuq, qattiq qorong‘ulik, xavf, hibsga olish kabilarning hammasi uzrlidir. Safar uzrga o‘tmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Jamoat bilan namoz o‘qishni tark qiluvchi Tavrotda ham, Injilda ham, Zaburda ham, Qur’onda ham la’natlangandir. Jamoatni tark qiluvchi yerda yursa, yer ham uni la’natlaydi», deganlar. Yana bir rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim besh narsani o‘zidan man qilsa, Alloh taolo undan besh narsani man qiladi. Birinchisi, kim duo qilmasa, Alloh unga ijobat etmaydi. Ikkinchisi, kim sadaqa bermasa, Alloh unga omonlik bermaydi. Uchinchisi, kim zakot bermasa, Alloh taolo uning molini muhofaza qilmaydi. To‘rtinchisi, kim ushr bermasa, Alloh taolo uning kasbiga baraka bermaydi. Beshinchisi, kim jamoat namoziga bormasa, Alloh undan «La-a ilaha illalloh Muhammadur rosululloh» kalimasini man qiladi», deganlar.

Aziz birodar! Agar jamoatni tark qiluvchining ahvoli shunaqa bo‘lsa, namozni tark qiluvchining ahvoli qanday bo‘ladi?! Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Masjidga borgan kimsaning iymoni borligiga guvohlik beringlar», deganlar. Alloh taolo esa Qur’oni karimda: «Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxiratga iymon keltirgan kimsalargina obod qiladilar», deb marhamat qilgan.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:06:44
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilishlaricha, bir ko‘r kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldlariga kelib: «Yo Rasululloh! Meni masjidga yetaklab keladigan odam yo‘q, menga namozimni uyda o‘qishga ruxsat bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga ruxsat berdilar. U qaytib ketayotganida, uni chaqirtirib: «Namozga aytilgan azonni eshitasanmi?» deya so‘radilar. «Ha», deb javob berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Unday bo‘lsa, jamoatga kel», dedilar. Boshqa hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qorong‘u kechalarda masjidga keluvchilarga qiyomat kuni nur berilishi xushxabarini yetkazinglar», deganlar. Nabiy sollallohu alayhi va sallam yana: «Namoz dinning ustunidir. Kim uni barpo qilsa, dinini barpo qilibdi. Kim uni tark qilsa, dinini tark qilibdi», deganlar.

Uqayl ibn Abu Tolib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan safarda edim, ul zotda uch narsani ko‘rdim. Shu uch narsa sababli qalbimga Islom mahkam o‘rnashdi. Birinchisi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qazoi hojat qilmoqchi bo‘ldilar, shu yerda bir nechta daraxt bor edi. Menga: «Daraxtlarning oldiga borib, «Sizlarni Rasululloh chaqiryaptilar, u kishini to‘sib turar ekansizlar», deb ayt», dedilar. Men borib, gapimni tugatmasimdan, daraxtlar tomirlaridan ajralib kelib, Rasulullohni o‘rab turishdi. Forig‘ bo‘lganlaridan keyin daraxtlar o‘rinlariga qaytib ketishdi. Ikkinchisi, men qattiq chanqadim, lekin suv topa olmadim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu toqqa chiqib mening nomimdan salom ayt va, suving bo‘lsa, menga ber, de», dedilar. Men toqqa chiqib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning gaplarini ayta boshladim. So‘zimni tugatmasimdanoq, tog‘ odamga o‘xshab gapira ketdi: «Sen Rasulullohga borib ayt, men: «Ey iymon keltirgan zotlar! O’zingizni va ahlingizni yoqilgisi odamlaru toshlardan iborat bo‘lgan do‘zaxdan saqlangiz», oyati nozil bo‘lgandan beri o‘sha toshlar men bo‘lib qolishimdan qo‘rqib, yig‘lay-yig‘lay suvim qolmagan». Men hayratlar ichida qaytib keldim. Uchinchisi, ketayotgan vaqtimizda to‘satdan bir tuya Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldlariga yugurib kelib: «Yo Rasululloh! Yordam bering!» dedi. Shu payt uning orqasidan bir a’robiy qilich yalang‘ochlab keldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu bechoradan nima xohlaysan?» deb so‘radilar. U: «Yo Rasululloh! Men buni ko‘p pulga sotib olganman. Endi u menga itoat qilmayapti. Shuning uchun uni so‘yib go‘shtidan foydalanaman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tuyaga qarab: «Nima uchun unga itoat qilmayapsan?» deb so‘radilar. Tuya: «Men uning qabih amali tufayli unga osiy bo‘lmoqdaman, chunki u yashaydigan qabila xuftonni o‘qimay uxlashadi. Agar u xufton o‘qishga ahd qilsa, men ham unga osiy bo‘lmaslikka ahd qilaman. Chunki men ularning orasida bo‘lgan vaqtimda hammamizga Allohning azobi kelishidan qo‘rqaman», dedi. Rasululloh a’robiydan namozni tark etmaslikka ahd oldilar. Shunda tuya u bilan birga qaytib ketdi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:07:02
O’ttiz to‘qqizinchi majlis
Qur’ondan yuz o‘giruvchining mazammat qilinishi bayoni


Alloh taolo aytadi: «Sizlarga Men tarafimdan hidoyat kelganda, kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo‘ldan ozmas va baxtsiz bo‘lmas. Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, albatta, uning uchun tang-baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kuni ko‘r holda tiriltiramiz». U: «Parvardigorim, nega meni ko‘r qilib tiriltirding. Men ko‘rar edim-ku?!» der. Alloh ayturki: «Shunday. (Sen ko‘rar eding, lekin) senga Bizning oyat-mo‘‘jizalarimiz kelganida, ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday unutilursan». Haddan oshgan va Parvardigorining oyatlariga iymon keltirmaganlarni mana shunday jazolarmiz. Oxirat azobi esa shak-shubhasiz qattiqroq va uzunroqdir» (Toha surasi, 123—127-oyatlar).

Ali ibn Abu Tolibdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim Qur’oni karimni o‘qisa va yod olsa, Qur’on halol deganni halol desa, harom deganni harom desa, Alloh uni jannatga kiritadi», deb aytdilar. Boshqa bir rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim namozda turib, Qur’onni o‘qisa, har bir harfi uchun yuzta savob oladi. Namozdan tashqarida tahorat bilan o‘qisa, har bir harfiga yigirma beshta savob oladi. Tahoratsiz o‘qisa, o‘ntadan savob oladi», dedilar. Ammo ulamolar tahoratsiz holda Qur’on o‘qishga odatlansa, odobsizlik qilgan bo‘ladi, deganlar. (Bu yerda Qur’onni yoddan o‘qish nazarda tutilmoqda. Mushafni tahoratsiz holda tutib o‘qish esa gunohdir. — Muharrir.)

Muoz ibn Jabal rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga safarda edim. «Yo Rasululloh! Bizga bir hadis ayting, biz undan foydalanaylik», dedim. Aytdilar: «Agar saodatmandlarning hayotini, shahidlarning o‘limini, qiyomat kuni najot topishni, issiq kunda soyani, zalolatdan hidoyatga chiqishni xohlasanglar, Qur’onni qiroat qilishda davom etinglar, chunki u Rahmonning kalomidir, shaytondan saqlanadigan qo‘rg‘ondir, mezonda og‘irlikdir».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:07:15
Boshqa rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ummatimga ibodatlarning afzali Qur’onni qiroat qilish», deganlar.

Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Dihya Kalbiy arab podshohlaridan edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning Islomga kirishini judayam xohladilar. Uning haqqiga duo qilib: «Ey Alloh! Dihya Kalbiyning Islomga kirishini nasib qil», der edilar. Chunki uning qo‘l ostida yetti yuzta odam bor edi. U Islomga kirishni xohlagan paytda, Alloh taolo bomdod namozidan keyin Payg‘ambar alayhissalomga: «Ey Muhammad! Men Dihya Kalbiy qalbiga iymon nurini tashladim, u hozir oldinga kiradi», deb vahiy qildi. Dihya Kalbiy masjidga kirgan vaqtda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yelkalaridan ridolarini olib yerga to‘shadilar va uni o‘tirishga taklif qildilar. Dihya Payg‘ambarimizdan bu izzat-ikromni ko‘rgan paytda yig‘lab yubordi va yerdan ridoni olib o‘pdi. So‘ng: «O’ Rasululloh! Islomning shartlari nima?» deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «La-a ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh, deyishing», dedilar. Shunda u muborak kalimalarni qaytardi-da, yana yig‘lab yubordi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Dihya Kalbiy! Nima uchun yig‘layapsan?» deb so‘radilar. U: «Men katta gunohlarni qilganman. Allohdan ularning kafforatini so‘rab bering. Agar o‘zimni o‘ldirishni buyursa, o‘zimni o‘ldiraman. Agar mollarimdan sadaqa chiqarishni buyursa, sadaqa chiqaraman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Dihya! Qanday gunoh qilgansan?» deb so‘radilar. «Men qabila oqsoqoliman, — dedi u, — qizlarim bo‘lishidan jirkanardim, chunki odamlar, falonchining o‘g‘li Dihya Kalbiyning kuyovi, deyishini xohlamas edim. Shuning uchun oltmishta qizimni o‘z qo‘lim bilan o‘ldirganman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bundan hayratlandilar. Shunda Jabroil tushib: «Ey Muhammad! Alloh: «Dihya Kalbiyga ayt, izzatim va ulug‘ligimga qasamki, sen «La-a ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh», degan vaqtingda oltmish yil kufr keltirganingni, Meni so‘kkaningni kechirdim-u, endi qanday qilib o‘zingniki bo‘lgan qizlaringni o‘ldirganingni kechirmayin» dedi», deb xabar berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yig‘ladilar va: «Ey Rabbim! Dihyani bitta shahodati bilan shuncha gunohini kechirding-u, qanday qilib, mo‘minlarni ko‘plab shahodat aytishlari bilan gunohlarini kechirmaysan», dedilar.

Jabroil alayhissalom, aytishlaricha, ko‘pincha vahiyni Dihya Kalbiyning suratida olib tushar edi. Bu kishining to‘liq ismi Dihya ibn Halif ibn Farva Kalbiydir. Yuzi chiroyligidan Madinaga kelgan vaqtida, u kishiga nazar tashlamagan biror qiz qolmagan ekan. Islom avvalida iymon keltirgan, Badr jangidan boshqa barcha jihodlarda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan birga qatnashgan. Damashq yaqinidagi bir qishloqda yashagan. Hijratning oltinchi yilida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam maktublarini Rum podshosi Hiraqlga olib borib, elchilik vazifasini o‘tagan. Hazrati Muoviya raziyallohu anhu xalifalik davrida urush maydonida shahid bo‘lgan.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:07:26
Abu Dardo raziyallohu anhu aytadi: «Kimda kim sidqidildan «La-a ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh», desa, uning og‘zidan ko‘k qushga o‘xshash bir farishta chiqadi. Uning ikki qanoti bor, biri mashriqda, boshqasi mag‘ribda. U farishta boshini Arsh farishtalariga yetgudek ko‘tarib, asalaridek g‘ingillaydi. Shunda Arsh farishtalari unga: «Jim bo‘l», deydi, u esa: «Alloh «La-a ilaha illalloh»ni aytgan kishining gunohini kechmaguncha, tinchimayman», deydi. Shunda Alloh: «Men uning gunohlarini kechdim», deydi. So‘ng u farishtaga Alloh taolo yetmishta til beradi, u tillari bilan haligi kishiga yana istig‘for aytadi. Qiyomat kunida esa, ul farishta barcha xaloyiqning o‘rtasida sohibini ko‘tarib, jannatga olib borib qo‘yadi» («Ravnaqul majolis»).

Hazrati Alidan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Farishtalarning ulug‘i bunday dedi: «La-a ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh»dan boshqa ulug‘roq kalima olib tushmadim. Bu kalima bilan yeru osmon, tog‘u daraxtlar, quruqlik va dengizlar qoyim turadi. Ogoh bo‘linglarki, bu kalima ixlos, ibodat va najot kalimasidir. Agar tarozining bir pallasiga, ikkinchi pallasiga yetti qat zamin va yetti qat osmon qo‘yilsa, albatta, bu kalima og‘ir keladi» («Zubdatul voizin»).

Bir kishi Arofot tog‘i ustida turib, qo‘liga yetti dona tosh olib: «Ey toshlar! Guvoh bo‘linglar, men «La-a ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh», deyapman», deb, ularni boshi ostiga qo‘yib, uyquga ketdi. Tushida qiyomat qoyim bo‘libdi. U hisob-kitob qilinib, do‘zaxga haydalibdi. Shu vaqt toshlardan biri do‘zaxning eshigiga kelib, eshikni to‘sibdi. Farishtalar bu toshni olib tashlolmabdi. Shunda ular bu odamni do‘zaxning boshqa eshigidan kiritish uchun olib borayotganida, to‘satdan toshlardan yana biri do‘zax eshigiga kelib tushibdi va eshikni berkitibdi. Shunday qilib, haligi yettita toshning hammasi birma-bir do‘zaxning eshiklarini egalladilar. Farishtalar biror ishni eplolmagach, Allohga nido qilibdi. Alloh: «Shu toshlarki, bandam haqqini zoe ketkazmasdan guvohlik beryapti, endi Men qanday qilib, o‘z bandamning shahodatiga guvohlik bermayin! Uni jannatimga olib kiringlar», debdi. Farishtalar jannatning eshigi oldiga kelib qarasa, jannatning eshigiga «La-a ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh» kalimasi kalit bo‘lib, ochib turibdi ekan («Zubdatul-voizin»).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:07:58
Qirqinchi majlis
O’lim achiqligi bayoni


Alloh taolo aytadi: «(Ey Muhammad), Biz sizdan avval ham birorta odamga abadiy hayot bergan emasmiz. Bas, agar siz o‘lsangiz, ular abadiy qolurlarmi? (Yo‘q, ular ham mangu qolmaslar.) Har bir jon o‘limni totib ko‘rguvchidir. Biz sizlarning (sabr-toqatlaringizni sinash uchun), yomonlik bilan ham, (shukr qilishingizni bilish uchun) yaxshilik bilan ham, «aldab», imtihon qilurmiz. (Keyin) faqat Bizgagina qaytursizlar» (Anbiyo surasi, 34—35-oyatlar).

Abu Bakr Siddiqdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi, u kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga salovot aytish sovuq suv olovni o‘chirganidan ko‘ra gunohlarni o‘chirguvchiroqdir. Rasulullohga salom aytish qulni ozod qilishdan afzalroqdir», deb aytdilar («Shifoi sharif»).

Rivoyat qilinishicha, o‘lim farishtasi bilan birga yetmishta rahmat va yetmishta azob farishtasi ham bo‘lib, agar u mo‘min bandaning jonini olsa, uni rahmat farishtalariga topshiradi. Ular mo‘min kishiga jannat ne’matlarining bashoratini beradi va uni illiyyinga (ettinchi osmonda dunyodan o‘tgan mo‘minlarning ruhlari saqlanadigan makonga) olib chiqadi. Kofir bandaning esa, jonini olib, uni azob farishtalariga topshiradi, so‘ng uni sijjin — asfalasofilinga tashlab yuborishadi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:08:14
Rivoyatlarga ko‘ra, o‘lim farishtasi bandaning jonini to‘rt tomonidan — boshidan, oldidan, orqasidan va oyoqlarini ostidan sug‘urib oladi. Payg‘ambarlar va farishtalarning jonini boshi tarafidan, mo‘minlarning jonini oldlaridan, kofirlarning jonini orqalaridan, jinlarning jonini oyoqlaridan oladi. O’lim farishtasi shunchalik ulkanki, bir oyog‘i jannat, ikkinchi oyog‘i do‘zax ko‘prigining ustida bo‘lib, agar daryo-yu dengizlarning suvi uning boshidan quyilsa ham, oyog‘ining ostida bir tomchi suv yig‘ilmaydi.

Rivoyat qilinadiki, Iso alayhissalom Allohning izni bilan o‘liklarni tiriltirar edilar. Kofirlarning ba’zilari: «Sen yaqindagina o‘lgan o‘liklarni tiriltiryapsan. Ehtimol ular o‘lmagan bo‘lishi mumkin, sen bizga oldin o‘lib ketgan o‘liklarni tiriltir», deyishdi. Iso alayhissalom: «Xohlaganlaringni tanlanglar», dedilar. Ular: «Nuhning o‘g‘li Som», deyishdi. Iso alayhissalom uning qabri oldiga keldilar, ikki rak’at namoz o‘qib, Allohga duo qilgan edilar, Sam tirildi. Uning soch-soqollari oqarib ketgan edi. Iso alayhissalom: «Ey Som! Nima uchun soch-soqollaring oqargan? Vafot etgan vaqtingda bunday emas edi-ku?!», deganlarida, u: «Sen chaqirgan vaqtingda qiyomat qoyim bo‘ldimi, deb gumon qildim va dahshatdan soch-soqolim oqarib ketdi», deb javob berdi. «Vafot etganingga necha yil bo‘ldi?» deb so‘raganlarida «To‘rt ming yil. Lekin haligacha jon berish holatidagi alam va achchiqlik meni tark etmadi», deb aytdi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Jannatdagi joyini ko‘rmaguncha mo‘minning joni chiqmaydi, kofirning joni ham do‘zaxdagi joyini ko‘rmaguncha chiqmaydi», dedilar. «Yo Rasululloh, mo‘min jannatdagi, kofir do‘zaxdagi makonini qanday qilib ko‘radi», deya so‘rashdi sahobalar. Muhammad sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Albatta, Alloh Jabroilni judayam go‘zal qilib yaratgan. Uning olti yuzta qanoti bo‘lib, ikkitasi yashil. Agar qanotlarini yozsa, yeru osmonni to‘ldiradi. O’ng qanotida jannat, hurul aynlar, qasrlar va boshqa ne’matlarning, chap qanotida jahannam, ilonlaru chayonlar va boshqa azoblarning suratlari chizilgan. Agar bandaning ajali yetsa, farishtalardan bir to‘dasi uning tomirlari ichiga kirib, jonini oyoqlaridan tizzalarigacha siqib keladilar. Keyin bu to‘da chiqib ketib, boshqa to‘da kiradi. Ular bandaning jonini kindigigacha siqib kelishadi. So‘ng bu to‘da ham chiqib, uchinchi farishtalar to‘dasi kiradi va jonini qornidan ko‘kragigacha siqib kelishadi. To‘rtinchi to‘dasi kirib, bandaning jonini halqumigacha siqib kelishadi. Alloh taolo bu haqda: «Bas, qachon (vafot qilayotgan kishining joni) halqumiga yetganida"¦» degan (Voqea surasi, 86-oyat). Agar banda mo‘min bo‘lsa, mana shu vaqtda Jabroil alayhissalom o‘ng qanotini yoyadi. Mo‘min banda jannatdagi makonini ko‘rgach, unga mushtoq bo‘lib, boshqa narsalarga parvo qilmay qo‘yadi. Agar banda munofiq bo‘lsa, Jabroil alayhissalom chap qanotini yoyadi. U do‘zaxdagi o‘rnini ko‘rgach, qo‘rquvdan ota-onasiga, hatto bolalariga ham e’tibor bermay qoladi. Qabri jannat bog‘laridan bo‘lgan banda juda saodatlidir. Qabri do‘zax chohlaridan bo‘lgan kimsaga vayl bo‘lsin».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:08:27
Ruh uch turlidir: sultoniy, ruxoniy va jismoniy. Sultoniy ruhning o‘rni qalbda. Ruhoniy ruh ko‘krakda qaror topadi, jismoniy ruh qon va go‘shtlar bilan tomir va suyaklar orasida bo‘ladi. Odam uxlagan mahalda ruh chiqadimi, deb so‘ralsa, chiqadi, degan kishi ham, chiqmaydi, degan kishi ham xato qiladi. Agar banda uxlasa, jismoniy ruhi chiqib, osmonlaru yerning orasida sayr qiladi. Agar aqli jismoniy ruh bilan birga chiqqan bo‘lsa, tushida ko‘rganlarini o‘ngida ko‘radi. Aqli chiqmagan bo‘lsa, tushidagilarini o‘ngida ham ko‘radi, ammo tushunmaydi.

Usmondan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: U kishi qabr oldidan o‘tib qolsalar, yig‘layverar, hatto saqollari ho‘l bo‘lib ketar edi. U kishidan: «Ey amirul mo‘minin, siz jannat, do‘zax, qiyomat dahshatlarini eslasangiz, yig‘lamaysiz, ammo qabrni eslasangiz, yig‘laysiz. Buning boisi nima?» deb so‘rashdi. Usmon raziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qabr oxirat manzillarining avvalgisi, dunyo manzillarining oxirgisidir. Kim qabrda najot topsa, qolganlari yengil bo‘ladi. Kim qabrda najot topmasa, qolganlari yanada og‘irroq bo‘ladi», deganlar. Agar do‘zaxda bo‘lsam ham, odamlar bilan bo‘laman, qiyomatda bo‘lsam ham, odamlar bilan bo‘laman. Lekin qabrda bo‘lsam, men bilan hech kim bo‘lmaydi, shuning uchun yig‘layapman».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:08:52
Vahb ibn Munabbah aytadi: «Iso alayhissalom kunlarning birida onalariga: «Bu dunyo foniydir, oxirat esa boqiy. Ey onajon, keling toqqa ketaylik», dedilar. So‘ng toqqa ketishdi. Ular kunduzi ro‘za tutishar, kechasi namozda qoim bo‘lishar edi. O’simliklardan yeb, yomg‘ir suvidan ichishardi. U yerda uzoq turib qolishdi. Bir kuni Iso alayhissalom iftorlikka o‘simlik olib kelish uchun tog‘dan pastga tushdilar. Shu payt o‘lim farishtasi kelib: «Senga salom bo‘lsin, ey Maryam», dedi. Maryam: «Sen kimsan, ovozingdan badanim titrab ketdi, haybatingdan aqldan ozishimga oz qoldi», dedi. «Men kichiklarga kichik bo‘lgani uchun, kattalarga katta bo‘lgani uchun rahm qilmayman, men jon oluvchi farishtaman», dedi u. Maryam: «Ey o‘lim farishtasi, jonimni olish uchun keldingmi?» deb so‘radi. O’lim farishtasi: «O’limga hozirlanaver», dedi. Maryam: «Ko‘zimning quvonchi, qalbimning mevasi bo‘lmish farzandim kelguncha izn bera olmaysanmi?», dedi. Farishta: «Men buyurilganman, orqaga surishga qodir emasman», dedi. Maryam: «Unday bo‘lsa, Allohning amriga buysunib, jonimni ol», dedi va farishta Maryamning jonini oldi. Iso alayhissalom kech keldilar, o‘zlari bilan o‘simliklar ham bor edi. Qarasalar, onalari mehrobda «uxlab» yotibdi. O’simliklarni oldilariga qo‘ydi va namoz o‘qishga kirishdi. Bir muddatdan keyin onalariga qaradilar va g‘amgin ovoz bilan: «Sizga salom bo‘lsin, ey onajon! Kech kirdi, ro‘zadorlar iftor qildi, ibodat qiluvchilar ibodatga kirishdi. Sizga nima bo‘ldi, ibodatga turmayapsiz», dedilar. So‘ng qaytib ibodatni boshladilar, biror narsa yemadilar, hatto kechaning uchdan ikki qismi o‘tdi. Onalari bilan iftor qilishni judayam xohlagan edilar. Keyin yana g‘amgin ovoz bilan: «Sizga salom bo‘lsin, ey onajon!» dedilar. Onalaridan javob bo‘lmadi. Qaytib namoz o‘qidilar, xatto tong otdi. So‘ng yonoqlarini onalarining yonoqlariga qo‘yib yig‘lab aytdilarki: «Sizga salom bo‘lsin, ey onajon, tong otdi, namoz vaqti kirdi». Shunda osmondagi farishtalar, atrofdagi jinlar yig‘lab yubordi, ostilaridagi tog‘ titrab ketdi. Alloh taolo farishtalarga: «Sizlarni nima yig‘latdi», deb so‘radi. Farishtalar: «Ey Parvardigor, o‘zing bilguvchiroqsan», dedilar. So‘ng Iso alayhissalomga: «Ey Iso, boshingni ko‘tar, onang vafot etdi», deb nido qilindi. Iso alayhissalom yig‘lab boshlarini ko‘tardilar-da: «Endi kim menga ibodat qilishimga yordam qiladi», dedilar. So‘ng tog‘dan tushib, Bani Isroil qishloqlaridan biriga borib: «Assalomu alaykum, ey Bani Isroil», dedilar. Ular: «Sen kimsan, ey Xudoning bandasi? Yuzing juda ham nurafshon bo‘lib, atrofimizni yoritib yubordi», deyishdi. «Men Ruhullohman. Onam g‘ariblikda vafot etdi. Menga uni yuvishga, kafanlashga hamda dafn qilishga yordam beringlar», dedilar. Ular: «Ey Ruhulloh, bu tog‘da ilonlar juda ham ko‘p. Ota-bobolarimiz uch yuz yildan buyon unda yurmagan», deya javob berishdi. Iso alayhissalom toqqa qaytib ketdilar. Qarasalar, ikki chiroyli yigit turgan ekan, ularga salom berdilar va: «Onam g‘ariblikda vafot etdi, menga uni dafn qilishga yordam beringlar», dedilar. Ular salomga javob qaytarib, birlari: «Bu Mikoil, men Jabroilman. ¥ozirgina jannatdan hurlar tushib, uni yuvishdi va kafanlashdi», dedi. Jabroil alayhissalom tog‘ning tepasidan qabr kovladilar. Maryamga namoz o‘qishdi, so‘ng ko‘tarishdi. Shunda Iso alayhissalom: «Ey Allohim, Sen meni ko‘rib, eshitib turibsan. Birorta ishim sendan maxfiy emas. Onam vafot etdi, uning vafoti vaqtida men hozir bo‘lolmadim. Bas, onamga izn ber, men bilan gaplashsin», deb iltijo qildilar. Alloh taolo izn berdi. U kishi aytdilar: «Sizga salom bo‘lsin, ey onajon, yotgan joyingiz qanday? Rabbingizga qay holatda yo‘liqdingiz, o‘limning alamiga qanday chidadingiz?» Bibi Maryam shunday javob berdi: «O’tgan joyim eng yaxshi joy, Rabbimga U mendan rozi bo‘lgan holatda yo‘liqdim, o‘limning achchiqligi xalqumimdan, o‘lim farishtasi haybati esa ko‘z o‘ngimdan ketgani yo‘q, qiyomatgacha xayr, ey farzandim!»
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:09:07
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qizlari Fotimai Zahro vafot etganlarida, u kishining janozalariga to‘rt kishi — Hazrati Ali raziyallohu anhu, ikki o‘g‘illari Hasan va Husayn, Abu Zarr raziyallohu anhu hozir bo‘ldi. Qabrga qo‘ygan vaqtlarida Abu Zarr aytdilar: «Ey qabr! Senga kimni olib kelganimizni bilasanmi? U Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qizlari, Alining raziyallohu anhu jufti haloli, Hasan va ¥usaynning onalari Fotimai Zahrodir». Shunda ular qabr tomondan: «Men hasab va nasab o‘rni emasman. Faqatgina solih amal o‘rniman. Mendan faqat yaxshiligi ko‘p, qalbi salomat, amali solih bo‘lganlargina salomat qoladi», degan nidoni eshitdilar.

Abu Lays Samarqandiy aytadilar: «Qabr azobidan salomat qolishni istagan kimsa to‘rt narsani lozim tutishi va to‘rt narsadan chetlanishi kerak. Lozim tutishi kerak bo‘lgan to‘rt narsa: namoz, sadaqa, Qur’onni ko‘p tilovat qilish, tasbehni ko‘p aytish. Bular qabrni nurafshon va keng qiladi. Chetlanishi lozim bo‘lgan to‘rt narsa: yolg‘on gapirish, xiyonat qilish, chaqimchilik, tik turib bavl qilish».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Siydikdan ehtiyot bo‘linglar, chunki qabr azobining aksariyati shu sabablidir», deganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:09:20
Abu Bakrdan raziyallohu anhu: «Jon tanadan chiqqandan keyin qaerga ketadi?» deb so‘rashganda, u kishi: «Yetti joyga ketadi. Payg‘ambarlarning ruhlari Adn jannatiga, ulamolarning ruhlari Firdavs jannatiga, saodatli kimsalarning ruhlari Illiyyinga, shahidlarning ruhlari jannatda xohlagan yerlarida uchib yuradigan qushlarning ichiga ketadi. Gunohkor mo‘minlarning ruhlari qiyomatgacha osmon bilan yerning o‘rtasida muallaq turadi. Mo‘minlar farzandlarining ruhlari mushkdan bo‘lgan tog‘da bo‘ladi. Kofirlarning ruhlari sijjinda qiyomatgacha jasadlari bilan birga azoblanadi».

Rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Xaloyiq qabrdan qayta tirilganida, qirq yil yemasdan, ichmasdan, o‘tirmasdan, gaplashmasdan tik turadi», dedilar. So‘rashdiki: «O’ Rasululloh, qiyomat kuni ummatingizni qanday qilib taniysiz?» Rasululloh: «Qiyomat kuni ummatimni ularni tahorat olib yuvgan a’zolari yaltirab turishidan taniyman», deb javob qildilar.

Hadislarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni odamlar mashharga onalaridan tug‘ilgan kunidagidek yalangoyoq, yalong‘och holatda keladi», dedilar. Oyisha raziyallohu anhu: «Voy sharmandalik! Odamlar bir-birlariga qaraydilar-ku?!» dedilar shunda. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Ey Abu Bakrning qizi! U kunda odamlarning bir-birlariga qarashga hollari qolmaydi, hammalarining ko‘zlari osmonga tikilgan bo‘ladi. Qirq yil yemasdan, ichmasdan turadilar. Ayrimlarning badanidan oqqan ter to‘pig‘igacha, ayrimlarniki boldirigacha, ba’zilarniki qornigacha, ayrimlarniki ko‘kragigacha, ba’zilarniki bo‘g‘zigacha ko‘tariladi», dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:09:47
Qirq birinchi majlis
Qiyomat soatining bayoni


Alloh taolo aytadi: «Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘ dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar. Odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz, holbuki, ular mast emaslar. Lekin Allohning azobi qattiqdir» (Haj surasi, 1—2-oyatlar).

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qaysi bir qavm bir majlisda yig‘ilsayu, menga salovot aytmasdan tarqalsa, jirkanch narsaning ustidan tarqalgan bo‘ladi», dedilar.

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim menga salovot aytishni unutsa, jannatning yo‘lidan adashadi», deganlar.

Ali ibn Abu Tolib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Odamlarga bir zamon keladiki, islomning faqat ismi, dinning rasm-rusumi, Qur’ondan faqat dars qilish qoladi. U zamonda masjidlar obod bo‘ladilar. Lekin ular hidoyat jihatidan xarob bo‘ladi. Mana shu zamonda odamlarning eng yomoni ulamolar bo‘ladi. Ulardan fitna chiqadi va o‘zlariga qaytadi. Bular qiyomatning alomatidir».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:10:02
Huzayfadan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizlarning oldimizga chiqib keldilar va: «Nima haqda suhbat qilyapsizlar?» deb so‘radilar. Biz: «Qiyomat haqida suhbatlashyapmiz», dedik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qiyomatning o‘nta alomati bor, o‘shalar sodir bo‘lmaguncha, qoyim bo‘lmaydi: tutun, dajjol, yer hayvoni quyoshning mag‘ribdan chiqishi, Iso alayhissalomning tushishi, Ya’juj va Ma’juj, uch marotaba — mashriq, mag‘rib va arab yarim orolida yer yutishi. Bularning oxirida Yamandan bir o‘t chiqadi va odamlarni Mahsharga quvadi», deb aytdilar.

Dajjol katta bir balo bo‘lib, Odam alayhissalom davridan qiyomatgacha unga o‘xshashi bo‘lmagan. U ko‘p g‘ayritabiiy narsalarni amalga oshiradi. Ilohlikni da’vo qiladi. Uning bir ko‘zi ko‘r bo‘lib, peshonasiga «kofir» deb yozilgan.

Tutun mag‘ribdan mashriqqacha bo‘lgan barcha narsani qoplaydi, qirq kuncha miqdorda turadi. Kofirlarning og‘izlaridan kirib, quloq, burun va orqalaridan chiqadi. Ular xuddi mastga o‘xshab qoladi.

Yer hayvoni Makkadagi Safo tog‘idan chiqadi. Odamlarga o‘xshab gapiradi hamda yer yuzini adolatga to‘ldiradi. Unda Muso alayhissalomning hassalari va Sulaymon alayhissalomning uzuklari bo‘lib, agar hassa bilan mo‘minning peshonasiga ursa, «Bu mo‘mindir», deb yoziladi. Uzuk bilan kofirning peshonasiga ursa, «Bu kofirdir», deb yoziladi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:10:11
Iso alayhissalom Shomning oq minoralariga tushadilar. Dajjol Iso alayhissalomni ko‘rgan vaqtda suvga tushgan tuzdek eriy boshlaydi. Iso alayhissalom uni o‘ldiradilar.

Ya’juj-Ma’juj ikki turli bo‘ladi. Bir turi juda kichkina, ikkinchi turi juda katta bo‘ladi. Ular hozir ham mavjud bo‘lib, Iskandar Zulqarnayn qurdirgan to‘g‘onning orqasidalar. Ularning adadlari behisob, katta ko‘lning yonidan o‘tsalar, ko‘lda bir tomchi ham suv qolmaydi. Qiyomatga yaqin to‘g‘on ochilgach, ular chiqadilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qiyomat soati shartlari: bozorlarning kasodga uchrashi, yomg‘ir va ekindan barakasi ketishi, valadi zinolar xalqning ustiga kelishi, moldorlar ulug‘lanishi, masjidlarda fosidlar ovozining yangrashi, ahli munkarning haq ahlidan g‘olib kelishi», dedilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Omonat zoe qilinishi, zakotning qarz o‘laroq berilishi, dinni manfaat uchun o‘rganish, er xotinga itoat etib, onasiga oq bo‘lishi, do‘stiga yaqin bo‘lib, otasidan uzoqlashishi, qabilaning fosiqi ularga raisi bo‘lishi, yomonligidan qo‘rqilgan kimsa odamlarning hurmatlirog‘i bo‘lishi qiyomat alomatlaridandir», dedilar».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:10:23
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Alloh osmonlaru yerni yaratgan vaqtda surni ham yaratdi. Surning o‘n bitta doirasi bo‘lib, Alloh taolo uni Isrofil alayhissalomga bergan. Isrofil alayhissalom bo‘yruq kelishini kutgan holda surni og‘ziga solib, ko‘zlari bilan Arshga tikilib turibdi. Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Sur nima?» deb so‘raganlarida: «U nurdan bo‘lgan ulkan surnaydir. Meni haq payg‘ambar qilib yuborgan Allohga qasamki, Isrofil alayhissalomning og‘zi tarafidagi har bir doiraning kengligi osmonlaru yerning kengligichadir. Isrofil alayhissalom unga uch marta puflaydi. Birinchi nafhada odamlar qo‘rquv­dahshatga tushadi. Ikkinchi nafxada halok bo‘ladi. Uchinchi nafhada qayta tiriladi. Alloh taolo Isrofil alayhissalomga birinchi nafhani buyurganida nafxa soladi. Shunda osmonlaru yerdagi jamiki jonzotlar qo‘rquvga tushadilar, hatto sut emizayotgan barcha emizuvchilar o‘z bolalarini tark etadilar, homiladorlar homilalarini tashlaydilar. O’sh bolalarning qo‘rquvdan sochlari oqarib ketadi. Odamlar Alloh xohlagancha turadilar, so‘ngra Alloh Isrofil alayhissalomni ikkinchi nafhaga buyuradi. Isrofil alayhissalom ikkinchi bor nafha uradi. Shunda osmonlaru yerdagi jamiki jonzotlar halok bo‘ladi. Faqat Alloh xohlagan kimsalargina qoladilar. Ular Jabroil, Mikoil, O’lim farishtasi va Arshni ko‘tarib turgan farishtalardir. Alloh taolo o‘lim farishtasiga ularning jonini olishni buyuradi, bas, ularning ham joni oladi. Shunda Alloh: «Ey O’lim farishtasi! Mening xalqimdan kimlar qoldi?» deb so‘raydi. O’lim farishtasi: «Ey Rabbim! Zaif bandang bo‘lmish men qoldim», deydi. Alloh: «Ey O’lim farishtasi, Meni «Har bir nafs o‘limni totuvchidir», deganimni eshitmaganmisan», bas, o‘zingning joningni ol», deydi. O’lim farishtasi jannat bilan do‘zaxning o‘rtasiga kelib, o‘zining jonini ola boshlaydi. Shunday qattiq qichqiradiki, agar Allohning bandalari tirik bo‘lganlarida, hammalari uning qichqirig‘idan halok bo‘lur edi. So‘ngra: «Agar o‘limning shiddat va alamini bilganimda mo‘minlarni jonini yengilroq olgan bo‘lardim», deb vafot etadi. Maxluqotlardan biror kimsa tirik qolmaydi. Yer qirq yil xarob bo‘ladi. Shunda Alloh: «Ey dunyo! Qani podshohlar? Qani podshohlarning bolalari? Qani zolimlar? Qani Mening rizqimni yeb, Mendan boshqaga ibodat qilganlar», deydi. Javob beradigan hech bir kimsa topilmaydi. So‘ng Alloh taolo kuchli shamol yuboradi. Shunday bir shamolki, uning igna teshigidan chiqadigan miqdorini Od qavmiga yuborgan edi. Bu kuchli shamol birorta tog‘ni ham, tepalikni ham qoldirmay vayron qiladi. Yer tep-tekis bo‘ladi. So‘ng Alloh osmonga buyuradi. Osmon qirq kun yomg‘ir yog‘diradi. Hatto suv o‘n gaz balandlikka ko‘tariladi. Odamlar bu yomg‘ir sababli o‘simlikka o‘xshab o‘sa boshlaydilar, hatto jasadlari avvalgidek komil holatda bo‘ladi. So‘ngra Alloh Arshni ko‘tarib turuvchi farishtalarni va Jabroil, Isrofil, Mikoil, Azroilni tiriltiradi. Keyin Alloh Rizvon jannatiga buyuradi. Ularga Buroq, Toj, Kiyim va Tug‘ beradi. Ular yer bilan osmon o‘rtasida turadilar. Shunda Jabroil alayhissalom: «Ey yer, Muhammadning qabri qani?» deb so‘raydi. Yer esa: «Seni haq bilan yuborgan Allohga qasamki, Alloh menga kuchli shamolni yubordi. U shamol meni vayron qildi. Men u zotning qabrini bilmayman», deb javob beradi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qabrlaridan nurli ustun osmonga ko‘tariladi. Shundagina Jabroil alayhissalom Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qabrlari oldiga keladi va yig‘lay boshlaydi. Oldidagi farishtalar: «Nima uchun yig‘layapsiz?» deb so‘rashadi. Shunda u: «Nega yig‘lamayin, hozir Muhammad alayhissalom turib, mendan ummatlari haqida so‘raydi. Men esa ummatlari qaerdaligini bilmayman», deb javob beradi. Shunda Nabiy alayhissalomning qabrlari harak’atga tushadi va yer yoriladi. Muhammad alayhissalom turadilar va boshlaridagi tuproqni qoqadilar va o‘ngu so‘llariga qaraydilar, ammo birorta imoratni ko‘rmaydilar. So‘ng: «Ey Jabroil! Bu qanday kun?» deb so‘raydilar. U: «Bu hasrat, nadomat, qiyomat kuni, siz bu kunda shafoat qilasiz», deb javob beradi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Ey Jabroil! Ummatim qani? Balki siz ularni jahannamning bir chetiga olib borib tashlagandirsiz», deb so‘raydilar. Jabroil alayhissalom: «Alloh saqlasin! Allohga qasamki, biror kimsa sizdan oldin turgan emas», deydi va tojni boshlariga kiygizib, Buroqqa mindiradi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey birodarim Jabroil! Mening ashoblarim bo‘lmish Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar qani?» deb so‘raydilar. Ular ham Allohning izni bilan turadilar. Farishtalar kiyimlarni keltirib, ularga kiygizadilar va Buroqqa ularni mindiradilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘zlarini sajdaga tashlaydilar va yig‘lab turib: «Ummatim! Ummatim!» deydilar. Shunda Alloh Isrofil alayhissalomga: «Surni chal!» deya buyuradi. Isrofil surni chalgan vaqtlarida surdan asalariga o‘xshash ruhlar chiqadi va osmonlaru yerni to‘ldirib yuboradi, so‘ng u ruhlar jasadlarga kiradi. Shunda jamiki insonlaru jinlar tirilib, mashharga to‘planadi
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:10:33
Muoz ibn Jabal raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: «U kunda sur chalinur, bas, sizlar to‘p-to‘p bo‘lib (mahshargohga) kelursizlar!» degan oyat haqida xabar berishlarini so‘radim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yig‘ladilar, hatto ko‘z yoshdan kiyimlari ho‘l bo‘lib ketdi. So‘ng dedilar: «Ey Muoz! Sen mendan buyuk ish haqida so‘rading. Ummatim o‘n ikki guruh bo‘lib, mahsharga keladi. Birinchi guruh qo‘l-oyoqsiz bo‘ladi. Ular qo‘shnilariga aziyat berganlar bo‘lib, bu ularning jazosidir, ularning boradigan joyi do‘zax bo‘ladi. Ikkinchi guruh to‘ng‘iz suratida keladi. Ular namozga beparvo bo‘lib, bu ularning jazosi shunday bo‘ladi. Ularning ham boradigan joyi do‘zaxdir. Uchinchi guruhning qorinlari tog‘day bo‘lib, ichi xachirdek keladigan chayon­ilonlar to‘la, ular zakot bermaydiganlardir, bu — ularning jazosi, ularning boradigan joyi do‘zaxdir. To‘rtinchi guruh og‘izlaridan qonlari oqib keladi, ular oldi­sotdida yolg‘on gapirganlardir, bu — ularning jazosi, ularning ham boradigan joyi do‘zaxdir. Beshinchi guruh sassiq hid tarqatib keladilar, ular Allohdan qo‘rqmay, balki odamlardan qo‘rqib, gunohlarini berkitganlardir, bu — ularning jazosi, boradigan joyi esa do‘zaxdir. Oltinchi guruh og‘izlari, halqumlari kesilgan holatda keladi. Ular yolg‘on guvohlik bergan kimsalardir. Bu ularning jazosi bo‘lib, boradigan joyi do‘zaxdir. Yettinchi guruh tillari kesilgan, og‘izlaridan qon va yiringlar oqqan holda keladi. Unday kimsalar guvohlikka chaqirilganda guvohlik bermagandir, bu — ularning jazosi, ularning boradigan joyi do‘zax. Sakkizinchi guruh oyoqlari osmonda, o‘zlari yuztuban bo‘lib keladi. Ular zinokorlar bo‘lib, tavba qilmay o‘lganlardir. Bu — ularning jazosi, ularning borar joyi do‘zax. To‘qqizinchi guruh yuzlari qora, qorinlari olov bilan to‘lgan holatda keladi. Ular yetimlarning molini zulm bilan yegan. Bu — ularning jazosi, ularning borar joyi do‘zax. O’ninchi guruh badanlari pes­moxov bo‘lib keladi. Ular ota­onalariga oq bo‘lgandir, ularning boradigan joyi do‘zax. O’n birinchi guruh ko‘zlari ko‘r, tishlari ho‘kizning shoxidek bo‘lib keladi, tillari qorinlarigacha osilgan, qorinlaridan yiring oqayotgan bo‘ladi. Ular mast qiluvchi ichimliklarni ichadiganlardir, ularning ham borar joyi do‘zax. O’n ikkinchi guruh qabrlaridan yuzlari to‘lin oydek porlab turadi, ular sirot ko‘prigidan yashindek o‘tadi. Ular solih amallar qilgan, ma’siyatlardan chetlangan, namozlarini muhofaza qilganlardir, ularning mukofotlari jannat, mag‘firat, rahmatdir».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:10:48
Qirq ikkinchi majlis
Tavozu’ haqida


Alloh taolo aytadi: «Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavozu’ bilan yuradigan, johil kimsalar (bema’ni) xitob qilgan vaqtlarida ham «Salomat bo‘linglar», deb javob qiladigan kishilardir» (Furqon surasi, 63­oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kimning huzurida men zikr qilinsamu, u menga salovot aytmasa, do‘zaxga kiradi». Payg‘ambarimizga har bir zikr qilinganlarida salovot aytish Imom Tahoviy nazdlarida vojibdir. Ba’zi ulamolar xuddi tilovat sajdasi kabi, bir majlisda bir marta aytsa, kifoya qiladi, deganlar. Fatvo ham shunga berilgan. Afzali har bir zikr qilinganlarida aytishdir.

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Har bir kimsaning boshi ustida ikkita zanjir bo‘ladi. Biri yettinchi qavat osmongacha, ikkinchisi yetti qavat yergacha yetadi. Agar inson tavozu’ qilsa, Alloh yettinchi qavat osmongacha bo‘lgan zanjir bilan uni ko‘taradi. Agar takabburlik qilsa, yetti qavat yergacha bo‘lgan zanjir bilan tubanga tushiradi».

Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Alloh taolo aytdi: «Ulug‘lik ridoimdir, buyuklik izorimdir, kim ikkalasida Men bilan talashsa, uni do‘zaxga uloqtiraman va unga e’tibor bermayman».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:10:59
Bu hadisda ulug‘lik ridoim, buyuklik izorim, deyishdan maqsad, bu ikkalasi Allohning ikkita sifatidir. Zaif bandaga takabburlanish to‘g‘ri kelmaydi. Amr ibn Shuayb rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Qiyomat kuni mutakabbirlar mahsharga odam suratidagi chumolidek bo‘lib keladi. Ularni har tarafdan xorlik o‘rab oladi. Ular jahannamdagi zindonlarga tashlanadilar va do‘zaxning eng shiddatli olovi bilan azoblanadilar, ahli jahannamdan oqqan suyuqliklar bilan sug‘oriladilar».

Boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Uch toifa borki, qiyomat kuni Alloh ular bilan gaplashmaydi, ularni poklamaydi, ularga nazar ham solmaydi, ular uchun alamli azob bo‘ladi: zinokor qariya, yolg‘onchi podshoh, mutakabbir kambag‘al».

Kambag‘aldan murod oilali bo‘lib, ularni boqishga qodir bo‘lmasa ham, kibrlanib, na zakot, na baytul moldan nafaqa oladi. U oilasiga zarar yetkazayotgani uchun gunohkordir.

Boshqa hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim tavozu’ qilsa, Alloh uning darajasini ko‘taradi, kim takabburlik qilsa, Alloh uni xor etadi» deganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:11:12
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Kimning qalbida zarracha kibri bo‘lsa, jannatga kirmaydi. Uning kibri o‘zi bilan jannat o‘rtasida parda bo‘ladi. Chunki kibri uni mo‘minlarning axloqidan to‘sgan edi. Bu axloqlar jannatning eshiklaridir».

Ibn Abbos raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambar alayhissalom: «Birodaridan qolgan suvni ichish tavozu’dandir. Kim birodaridan qolgan suvni ichsa, uning uchun yetmishta hasanot yozilib, yetmishta gunohi o‘chiriladi», deganlar.

Nuh alayhissalom o‘g‘illariga aytdilar: «Men sizlarga bir necha xislatlarning xabarini beraman, bu xislatlar kimda bo‘lsa, unda takabburlik bo‘lmaydi: qo‘y boqish, eshak minish, jun kiyim kiyish, faqir mo‘minlar bilan birga o‘tirish, oilasi bilan birga ovqatlanish».

Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Tavozu’ning boshi — yo‘liqqan musulmonga birinchi bo‘lib salom berish, majlisda pastroq o‘ringa ham rozi bo‘lish, taqvo va yaxshilik bilan eslanishni yomon ko‘rish».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:11:23
Umar raziyallohu anhu Shomga ketayotib, g‘ulomlari bilan bitta tuyani navbatlashib mindilar. Umar raziyallohu anhu tuyaga minsalar, g‘ulom uning jilovidan yetaklardi. Bir farsax yurgach, Umar raziyallohu anhu tushib, g‘ulom tuyaga minardi, Umar raziyallohu anhu bir farsax masofada tuyani jilovidan ushlab yetaklar edilar. Shomga yaqinlashib qolganlarida tuyaga minish navbati g‘ulomga to‘g‘ri keldi. ¢ulom tuyaga mingach, Umar raziyallohu anhu tuyaning jilovini ushlab, yetaklay boshladilar. Yo‘lda suvga duch kelishdi. Umar raziyallohu anhu kovushlarini chap qo‘ltiqlariga qistirib, tuyani yetaklab suvga tushdilar. Shu payt ularga Abu Ubayda ibn Jarroh raziyallohu anhu peshvoz chiqdilar. U kishi Shomning amiri edilar. «Ey Amirul mo‘minin, Shomning ulug‘lari oldingizga peshvoz chiqmoqda. Ular sizni u ahvolda ko‘rsalar, yaxshi bo‘lmaydi», deb aytganlarida, Umar raziyallohu anhu: «Alloh bizlarni Islom bilan aziz qildi. Shunday ekan, men odamlarning gaplariga parvo qilmayman», deb javob qildilar.

Bir musulmon kishi hokimning gerdayib yurganini ko‘rib: «Ey Allohning bandasi, bunday yurishni Alloh va Rasuli yomon ko‘radi», dedi. Hokim: «Meni tanimadingmi?» deganida, «Albatta tanidim, avvaling jirkanch nutfa, oxiring sassiq o‘laksa, hozir ko‘rsatib turgan narsaning barchasi najosat», deb javob berdi. Shunda hokim kibrli yurishini tark etib tavba qildi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Makkadan hijrat qilib, Madinaga kirganlarida, boylar tuyaning jiloviga yopishib olishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Tuyaning jilovini qo‘yib yuboringlar, unga qaerda to‘xtashi buyurilgandir», dedilar. So‘ng qo‘yib yuborishdi. Har gal tuya bir hovlidan o‘tib ketsa, u hovlining egasi xafa bo‘lib: «Agar mening davlatim bo‘lganida, albatta, Muhammad sollallohu alayhi va sallam mening mehmonim bo‘lar edi», derdi. Tuya Abu Ayyub Ansoriyning eshigi oldiga kelgan vaqtda yerga cho‘kdi. Uni turg‘izmoqchi bo‘lishgan edi, turmadi. Shunda Jabroil alayhissalom kelib: «Mana shu hovliga tushing, chunki siz Madinaga kirgan vaqtingizda bu hovlining egasi Allohga tavozu’ qildi. Odamlar esa hovlilarini bezashdi va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizning hovlimizga tushadi», deyishdi. Abu Ayyub esa o‘zicha o‘ylaydi: «Men bir faqir bo‘lsam, qaerdan ham Alloh huzurida mening qadrim bo‘lsinki, Nabiyini mening hovlimga tushirsa». Alloh uning tavozu’si uchun hovlisiga payg‘ambarini tushirdi», dedi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:11:34
Bani Isroildan bo‘lgan bir kishi yetmish yil Allohga ibodat qildi va og‘iz ochmasdan ro‘za tutdi. So‘ng o‘zining hojatini Allohdan so‘radi. Alloh hojatini o‘tamadi. Shunda u: «Agar men uchun Allohning huzurida bir manzil, bo‘lganda, hojatimni chiqarardi», dedi. Shunda Alloh bir farishtani yubordi va u: «Ey Odam bolasi, sening tavozu’ing Alloh huzurida yetmish yil qilgan ibodatingdan afzaldir. Bas, shu tavozu’ sababli Alloh hojatingni o‘tadi», dedi.

Ka’bul Axbor aytadilar: «Alloh Musoga vahiy qilib dedi: «Ey Muso! Nima uchun sen bilan vositasiz gaplashganimni bilasanmi?!» Shunda Muso alayhissalom: «Ey Rabbim! Buning sababini o‘zing bilguvchiroqsan», dedilar. Alloh: «Albatta, Men bandalarimning qalbiga nazar soldim va sening qalbingdan ko‘ra tavozu’roq qalbni ko‘rmadim, shu sababli sen bilan gaplashdim», dedi.

Aytishlaricha, oltita narsani tavozu’ qilgani uchun Alloh tengqurlaridan balandga ko‘tardi. Birinchisi — Judiy tog‘i. Alloh tog‘larga vahiy qildi: «Albatta, Men Nuhning kemasini sizlarning ichingizdan bir toqqa qo‘ndiraman». Tog‘larning barchasi gerdayib takabburlik qildi. Judiy tog‘i esa: «Menda qaerdan ham qadr bo‘lsinki, Alloh menga Nuhning kemasini qo‘ndirsa», dedi. Tavozu’si sababli Alloh uning martabasini boshqa tog‘lardan baland qildi va unga Nuh alayhissalomning kemasini qo‘ndirdi. Shunda tog‘lar: «O’ Parvardigoro, nega Judiyni bizlardan afzal qilding?! Vaholangki, u bizning eng kichigimiz», deyishganida, Alloh: «Chunki u tavozu’ qildi, sizlar esa takabburlik qildinglar», deb javob berdi. Ikkinchisi — Tur tog‘i. Alloh tog‘larga: «Men bandalarimdan biri bilan sizlarning biringizning ustida gaplashaman», deya vahiy yubordi. Tog‘larning hammasi takabburlik qilishdi. Turi Siyno esa tavozu’ bilan: «Qanday qilib, Alloh mening ustimda bandalarining biri bilan gaplashadi», dedi. Shu sababli Alloh uning ustida Muso bilan gaplashdi. Uchinchisi — Hut. Alloh baliqlarga: «Albatta, Men sizlardan biringizning qorningizga Yunusni kiritaman», deb vahiy qildi. Baliqlarning hammasi takabburlik qilishdi, faqat bir baliq tavozu’ bilan: «Men kimmanki, Alloh qornimni payg‘ambari uchun panohgoh qilsa», dedi.

Tavozu’ qilgani uchun Alloh uning darajasini balandga ko‘tardi. To‘rtinchisi — asalari. Alloh qushlarga vahiy qildi: «Albatta, Men sizlardan biringizda odamlar uchun shifo bo‘lgan suyuqlikni quyguvchiman». Qushlarning hammasi takabburlik qildi, magar asalari tavozu’ bilan: «Men kimmanki, uni menga quysa», dedi. Tavozu’ qilganligi uchun Alloh uning darajasini ko‘tardi. Beshinchisi — Muhammad alayhissalom. Alloh Ibrohim alayhissalomga: «Sen kimsan?» dedi. U kishi: «Men Xalilman», dedilar. Muso alayhissalomga: «Sen kimsan?» dedi. Muso alayhissalom: «Men Kalimman», dedilar. Iso alayhissalomga: «Sen kimsan?» dedi. «Men Ruhman», dedilar. Muhammad sollallohu alayhi va sallamga: «Sen kimsan?» deganida, «Yetimman», dedilar. Shuning uchun Alloh u kishining darajalarini boshqa payg‘ambarlardan baland qildi. Oltinchisi — Allohga sajda qilish bilan tavozu’ qilgan mo‘minki, Alloh uning qalbini Islomga ochib qo‘yish bilan mukarram etdi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:12:02
Qirq uchinchi majlis
Ma’siyat va zulmning mazammat qilingani haqida


Alloh taolo aytadi: «Odamlar qilgan qilmishlari sababli quruqlikda ham, dengizda ham (turli ofat) balolar yuz berdi. (Bu balo va ofatlar odamlar gunoh-ma’siyatlardan) qaytishlari, ularga qilgan ayrim gunohlarining (jazosini) tottirib ko‘rish uchundir» (Rum surasi, 41­oyat).

Fuzola ibn Obid aytadilar: «Bir kishi namozida duo qildiyu, salovot aytmadi. Shunda unga dedilar: «Sizlardan biringiz duo qilsa, avval Allohga hamdu sano va Payg‘ambariga salovot aytsin, so‘ngra xohlagan duosini qilsin». Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Nabiyga salovot aytmaguncha, duolar osmon bilan yerning o‘rtasida muallaq qolib, Allohga yetib bormaydi». Ibn Mas’uddan raziyallohu anhu rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalardan bir jamoaga qarata: «Ummatimdan bir necha qavmga Alloh qiyomat kuni: «Ey bandalarim! Jannatga kiringlar», deydi. Ular Alloh jannat yo‘lini ko‘rsatmagunicha, qiyomat maydonida yo‘l topolmay hayratlanib qolishadi», dedilar. Shunda sahobalar: «O’ Rasululloh! Ular kimlar?» deb so‘rashganida: «Ular huzurlarida men zikr qilinganimda sahv va g‘aflat sababli salovot aytmaganlardir», deb javob berdilar.

Avvalda yer go‘zal, yam­yashil bo‘lgan. Odam bolalari qaysi daraxt oldiga kelmasin, uning mevalari pishib yotardi. Dengizlar suvi esa chuchuk bo‘lgan. Sher sigirlarni, bo‘ri qo‘ylarni yemasdi. Qobil Hobilni o‘ldirgach, daraxtlar tikanli bo‘ldi, yer qoraydi, dengizlar suvini sho‘r bosdi. Xabarlarda kelishicha, qaysi mahallada bitta benamoz bo‘lsa, o‘sha yerga har kuni yetmishta la’nat tushadi. «La’natning xossatan o‘sha benamozga emas, ommatan butun mahallaga tushishidan hikmat nima?» deyilsa, aytish mumkinki, mahalla ahli uning ishidan xabarda bo‘lsa-da, bunga beparvo edi. Shuning uchun Allohning azobi ularga ommaviy bo‘ldi. Ushbu hadis buni tasdiqlaydi: «Haqni aytmasdan sukut saqlagan kimsa soqov shaytondir».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:12:20
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Ey odamlar! Rabbingizdan qo‘rqinglar! Sizlardan birortangiz birodariga zulm qilmasin. Kim mo‘minga zulm qilsa, Alloh qiyomat kuni undan intiqom oladi».

Iymonning olib qo‘yilishiga sabab bo‘ladigan eng xavfli gunoh qaysi?» Javob quyidagicha: Iymonga shukr qilmaslik, o‘layotganda iymonsiz ketishdan xavflanmaslik, bandalarga zulm qilish. Aksar ushbu sifatlarga ega bo‘lgan kimsalar bu dunyodan kofir holatda ketgan.

Hadisi qudsiyda vorid bo‘lgan: «Ey odam bolasi! O’lim sirlaringni ochadi. Qiyomat qilgan amallaringning xabarini beradi. Agar gunoh qilsang, uning kichikligiga qarama, balki kimga osiy bo‘layotganingga qara. Agar senga rizq bersam, uning ozligiga qarama, lekin senga rizq berayotganga qara. Kichkina gunohni haqir sanama, chunki qaysi gunoh sababli senga g‘azab qilishimni bilmaysan. Mening makrimdan xotirjam bo‘lma. U qorong‘u kechada toshning ustida o‘rmalab yurgan chumolidan ham maxfiyroqdir. Ey odam bolasi! Menga osiy bo‘lganingda Mening g‘azabimni esla va gunohdan tiyil. Senga omonat qo‘ygan kimsaning omonatini ado etdingmi? Senga yomonlik qilganga yaxshilik qildingmi?! Senga zulm qilganni afv etdingmi?! Sen bilan gaplashmay qo‘ygan kimsa bilan gaplashdingmi?! Sendan aloqani uzgan kishi bilan aloqani bog‘ladingmi?! Senga xiyonat qilgan kimsaga insof etdingmi?! Ulamolardan din-dunyoga taalluqli bo‘lgan ishlar haqida so‘radingmi?! Men sizlarni suratingizga qaramayman, balki qalblaringizga va niyatlaringizga qarayman. Bu xislatlar bilan sizlardan rozi bo‘laman».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:12:45
Umar raziyallohu anhu kechalari ko‘chalarda ko‘p yurardilar. Bir eshikning oldidan o‘tayotganlarida yig‘i tovushini eshitdilar va to‘xtab quloq soldilar. Bir ayolning: «O’zim bilan Umarning o‘rtasiga Allohni qo‘ydim», deyayotganini eshitdilar. Umar raziyallohu anhu bu ayolning qalbidagi qayg‘uni ketkizmoqni istadilar va eshikni taqillatib: «Umar senga nima qildi?» dedilar. U kishini tanimagan ayol: «Umar erim falonchini g‘azotga yuborib, menga yosh bolalarim bilan tashlab qo‘ydi. Menda bularni ovqatlantirish uchun hech narsa yo‘q. Bizning ahvolimizdan amirul mo‘minin g‘aflatdadir», dedi. Umar raziyallohu anhu borib Baytul­moldan un va go‘sht olib, yelkalariga qo‘ydilar. U kishi bilan birga bo‘lganlar: «Bizga bering, biz ko‘taramiz», deyishganda, Umar raziyallohu anhu: «Sizlar bu dunyoda yukimni ko‘tarishingiz mumkin, lekin oxiratda mening gunohimni ko‘tara olmaysizlar», dedilar­da, kampirning uyigacha yig‘lab bordilar. Uyga kirgach, unni xamir qilib qordilar va o‘choqni yoqdilar. Non bilan go‘shtni pishirdilar. So‘ng bolalarni to to‘ygunlaricha qo‘llari bilan taomlantirdilar.

Bir hikoyada aytilishicha. chigirtkaning qanotiga «Biz Allohning qo‘shinlaridan bir qo‘shinmiz. Fasod va zulm zohir bo‘lganda odamlarning shaharu qishloqlarini vayron qilishimiz uchun bizni ular ustida sulton qiladi», deb yozilgan ekan.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:13:03
Bir yili Makkada qurg‘oqchilik bo‘ldi. Odamlar yomg‘ir so‘rab uch kun istisqo namozini o‘qidilar, ammo yomg‘ir yog‘madi. Abdulloh ibn Muborak aytadilar: Menda odamlar orasidan chiqib, yolg‘iz holda Allohga duo qilish fikri tug‘ildi. Shoyad, Parvardigorning rahmi kelib, duoimni ijobat qilsa, deb o‘yladim. Bas, odamlardan chetlanib, g‘orlardan biriga kirdim. Ko‘p o‘tmay, bir qora g‘ulom ham kirib keldi. Ikki rak’at namoz o‘qib, boshini sajdaga qo‘ydi va Allohga duo qila boshladi. Men uni eshitib turardim, u shunday iltijo qildi: «Ilohim! Albatta, bu bandalaring uch kun yomg‘ir so‘radilar, sen ularga bermading. Izzating haqqi, hatto yomg‘ir yubormaguningcha boshimni ko‘tarmayman». U boshini ko‘tarmasdanoq yomg‘ir yog‘a boshladi. U turib ketgach, men unga ergashib bordim. Shaharga yetib kelgach, u bir hovliga kirib ketdi. Hovlidan biror odam chiqqunicha kutishni niyat qilib, eshikning oldiga o‘tirdim. Bir odam chiqqach: «Bu hovli kimniki?» deb so‘radim. U: «Falonchiniki», dedi. Men kirdim va qul sotib olish niyatida ekanimni aytdim. Uyning egasi menga bir g‘ulomni ko‘rsatdi. Men: «Bundan boshqasini xohlayman. Yana bormi?» deb so‘radim. U esa: «Mening yana bitta g‘ulomim bor, lekin u senga to‘g‘ri kelmaydi», dedi. «Nima uchun?» deb so‘radim. «Chunki u dangasa», dedi. Men qulni ko‘rsatishini iltimos qildim. Uni ko‘rganimda: «Shuni sotib olaman, qanchaga sotasan?» dedim. «Men buni yigirma dinorga sotib olganman, lekin o‘n dinorga ham arzimaydi. Agar xohlasang, o‘n dinorga sotaman», dedi. Men yigirma dinorga sotib oldim. G’ulom esa menga: «Ey Ibn Muborak, nima uchun meni sotib olding, men senga xizmat qilmayman», dedi. Men uning ismini so‘raganimda: «Ahbo», deb javob berdi. Uni uyimga olib keldim. U tahorat qilishni xohladi. Men unga suv keltirdim. U tahorat qilib namoz o‘qidi va sajda qildi. Men nima deyayotganini eshitish uchun unga yaqinlashdim, u esa: «Ey sirlarning sohibi, albatta, sir zohir bo‘ldi. Men esa mashhur bo‘lganimdan keyin yashashni xohlamayman», der edi. So‘ng bir muddat jim bo‘lib qoldi. Uni turtib ko‘rsam, vafot etan ekan».

Jobir raziyallohu anhu aytadilar: «Zulm qilishdan ehtiyot bo‘linglar. Albatta, zulmat qiyomat kuni zulumot bo‘ladi».

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Olti kishi olti narsa sababli do‘zaxga kiradi: Hokimlar zulm, a’robiylar mutaassiblik, nodon­ilmsizlar jaholat, boshliqlar kibr, tujjorlar xiyonat, ulamolar hasad sababli».

Odam alayhissalom aytardilar: «Albatta, Alloh Muhammadning ummatiga menga bermagan afzalliklarni berdi. Birinchisi, mening tavbam Makkada qabul qilindi. Muhammadning ummati qaerda tavba qilsa, Alloh ularning tavbasini qabul qiladi. Ikkinchisi — men kiyimda edim, osiy bo‘lganimda yalang‘och qoldim. Muhammadning ummati esa yalang‘och holda osiy bo‘lsalar ham, ularni liboslantiradi. Men osiy bo‘lganimda men bilan ayolimning orasi ajratildi. Ammo Muhammadning ummati Allohga osiy bo‘lsalar ham, ayollari bilan oralari ajratilmaydi. To‘rtinchisi — men jannatda osiy bo‘ldim, natijada u yerdan chiqarildim, ammo Muhammadning ummati jannatdan tashqarida osiy bo‘lsalar-da, agar tavba qilsalar, Alloh ularni jannatga kiritadi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:13:38
Qirq to‘rtinchi majlis
Zikr va tavhid bayoni


Alloh aytadi: «Ey mo‘minlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar! Va ertayu kech U zotni poklab tasbeh aytinglar! U sizlarni (kufr) zulmatlaridan (iymon) nuriga chiqarish uchun sizlarga marhamat ko‘rsatadigan Zotdir. Uning farishtalari ham (haqlaringizga duo qilurlar). U mo‘minlarga mehribon bo‘lgan zotdir» (Ahzob surasi, 41—43-oyatlar).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Kim menga bir kunda besh yuz marta salovot aytsa, aslo faqir bo‘lmaydi».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Allohning zikridan boshqa gaplarni ko‘paytirmanglar! Chunki zikrdan o‘zga gaplarni ko‘paytirish qalbni qattiqlashtiradi. Odamlar ichida Allohdan eng uzoqrog‘i qalbi qattiqlaridir», deganlar.

Hikoya qilinishicha, Allohning solih bandalaridan biri vafot etdi. Uni odamlardan biri tushida ko‘rib, ahvol so‘radi. U aytdi: «Mening oldimga yuzlari go‘zal, hidlari judayam xushbo‘y bo‘lgan ikkita farishta keldi va mendan «Rabbing kim?» deb so‘rashdi. Men: «Agar imtihon-sinash uchun so‘rayotgan bo‘lsalaring, bu haromdir, agar sizlar bilish uchun so‘rayotgan bo‘lsalaring: «Rabbim Alloh», deb aytdim. Ular keta boshladi. Men esa: «Menga sayyidimdan xabar keltirmagunlaringcha ketmanglar», dedim. Shu payt «Bu mening bandamdir», degan nido eshitildi va ular ketishdi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:16:11
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Me’roj kechasida bir dengizni ko‘rdim, uning miqdorini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Uning qirg‘og‘ida qush suratidagi bir farishta o‘tirardi. Uning yetmish mingta qanoti bor. Agar banda: «Subhonalloh», desa, joyidan qo‘zg‘aladi, agar: «Alhamdulillah», desa, qanotini yozadi va: «La-a ilaha illalloh», desa, uchadi, «Allohu akbar» deganda, o‘zini dengizga tashlaydi, agar: «La-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil ‘aziym», desa, dengizdan chiqadi-da, qanotlarini silkitadi, har bir qanotidan yetmish mingta tomchi tushadi. ¥ar bir tomchidan Alloh bittadan farishta yaratadi. Bu farishtalar qiyomatgacha yuqorida aytilgan zikrlarni aytguvchi mo‘min uchun tasbeh, tahlil va istig‘for aytadi».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Alloh arshning qarshisida bir ustun yaratgan. Agar banda «La-a ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh», desa, ustun tebrana boshlaydi. Alloh: «Ey ustun, to‘xta!» deganda, ustun: «Qanday to‘xtayin, haligacha bu so‘zni aytuvchini mag‘firat qilmading?!» deb aytadi. Alloh: «Uni mag‘firat qildim», degach, ustun to‘xtaydi».

Hikoya qilinadiki, Muso alayhissalom ketayotgan vaqtlarida judayam qari bir cholning olov yoqib, unga sig‘inayotganini ko‘rdilar. Shunda Muso alayhissalom: «Ey qariya! Necha yildan buyon bu olovga sig‘inyapsan?» deb so‘radilar. U: «To‘rt yuz to‘qson yildan beri», deb javob berdi. Muso alayhissalom: «Ey qariya! Olovga sig‘inishdan tavba qilish va Allohga qaytish vaqti kelmadimi?!» deganlarida, qariya: «Ey Muso! Agar Allohga qaytsam, meni kechiradimi?!» deb so‘radilar. Muso alayhissalom: «Nega kechirmaydi?! Vaholanki, U arhamur-rohimiyn bo‘lsa», dedilar. Shunda u: «Ey Muso! Agar Alloh o‘ziga qaytuvchilarning tavbasini lutfi-karami bilan qabul qilarkan, menga Islomning xabarini ber», dedi. Muso alayhissalom Islomni xabarini bergan vaqtlarida, u Islomga kirdi va «La-a ilaha illallohu Muso Rasululloh» dedi hamda islomga kirganidan xursand bo‘lib, bir qichqirdi-da, yiqildi. Muso alayhissalom uni qimirlatib ko‘rsalar, vafot etgan ekan. So‘ng uni kafanlab, dafn qilib, qabrining ustida: «Ey Rabbim, faqatgina bitta tavhid kalimasinigina aytgan bu bandangga qanday muomala qilganingni bilmoqchi edim», dedilar. Shunda Jabroil alayhissalom kelib: «Ey Muso! Rabbing senga salom aytdi va: «Kimki: «La-a ilaha illalloh Muso Rasululloh», desa biz uni o‘zimizga yaqinlashtirishimizni va jannat liboslari bilan kiyintirishimizni bilmaysizmi?» dedi», dedilar. Muso alayhissalom qavmlarining oldiga qaytib bordilar va qissani aytib berdilar. Ular tavhid kalimasining harflarini sanashsa, yigirma to‘rtta chiqibdi. Alloh bu kalimaning har bir harfi uchun yigirma yillik gunohni kechiribdi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:16:25
Xabarlarda kelishicha, bir banda qiyomat kuni Allohning huzuriga keltirilib, hisob-kitob qilinadi. Gunohining ko‘pligi va savobining ozligi sababli do‘zaxga haqli bo‘ladi. Do‘zaxga yaqinlashtirilgach, u qaltiray boshlaydi. Shunda Alloh: «Ey Maloikalar! Uning nomai a’moliga qaranglar-chi, biror savobi bormikan?» deydi. Ular: «O’ Parvardigor, biror narsa topmadik», deydilar. Shunda Alloh: «Mening huzurimda uning uchun bir amal bordir. Kechalarning birida u uyqusidan uyg‘ondi va meni zikr qilmoqni xohladi, lekin uyqu g‘olib kelib, meni zikr qilolmay uxlab qoldi. Shu sababli Men uni mag‘firat qildim», deydi.

Said raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh alayhissalom aytdilar: «Shayton alayhi la’na Allohga aytdiki: «Ey Rabbim! Izzating va jalolingga qasam, modomiki bandalaringning ruhlari jasadlarida ekan, men ularni adashtirish, kufr va masiyatga boshlash harak’atida bo‘laman». Alloh shunday javob berdi: «Ey mal’un! Izzatim va jalolimga qasam, modomiki bandalarim Meni zikr qilishda va Mendan istig‘for so‘rashda davomiy bo‘lar ekanlar, Men ham ularni kechirishda davomli bo‘laman».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Qiyomat kuni bir bandani tarozining oldiga keltiradilar. Uning to‘qson to‘qqiz daftari bo‘lib har bir daftar ko‘zining nuri yetadigan darajada uzunlikda bo‘ladi. Bu daftarlar uni xato va gunohlari bilan to‘lgan bo‘ladi. Ular tarozining bir pallasiga qo‘yiladi. So‘ng chumolidek keladigan varaq keltiriladi. Unda «La-a ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh», deb yozilgan bo‘ladi. U tarozining ikkinchi pallasiga qo‘yiladi. Tavhid kalimasi barcha xatolardan og‘ir keladi. Alloh uni do‘zaxdan qutqarib, jannatga kirgizadi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:16:36
Faqih Abu Lays aytadilar: «Kim, yettita kalimani yodlab, muhofaza qilsa, u Alloh huzurida ham, farishtalar huzurida ham sharaflidir. Agar-chi gunohlari dengiz ko‘pigichalik ko‘p bo‘lsa ham, Alloh uni mag‘firat qiladi va u ibodatning halovatini topadi. Birinchisi — har bir ishni boshlashdan avval «Bismillah» demoq. Ikkinchisi — har bir ishdan forig‘ bo‘lgach, «Alhamdulillah», demoq. Agar bekorchi, foydasiz gaplarni gapirib qo‘ysa, «Astag‘firulloh», demoq. To‘rtinchisi — agar ertaga bir ishni qilishni xohlasa, «Inshaalloh» demoq. Beshinchisi — yomon amalga ro‘baro‘ bo‘lsa, «La-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil ‘aziym» demoq. Oltinchisi — agar musibat yetsa, «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un» demoq. Yettinchisi — «La-a ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh» deyishda davomli bo‘lmoq».

Yettita narsa qabrni nurafshon qiladi. Ulardan har biri Qur’oni karimda mavjuddir. Birinchisi — ibodatda ixlos qilmoq. Zero, Qur’oni karimda: «Holbuki, ular faqat yagona Allohga, U zot uchun dinni xolis qilgan, to‘g‘ri yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga va namozni to‘kis ado etishga, hamda zakotni (haqdorlarga) ato etishga buyurilgan edilar», deyilgan. Ikkinchisi — ota­onaga yaxshilik qilish. Zero, Qur’oni karimda: «Allohga ibodat qilinglar, unga biron narsani sherik qilmanglar va ota­onaga yaxshilik qilinglar», deyilgan. Uchinchisi, silai rahm, ya’ni qardoshlik aloqalarini bog‘lash. Qur’oni karimda: «Qarindoshlarning haqqini ado eting», deyilgan. To‘rtinchisi — umrni ma’siyatda zoe qilmaslik. Qur’oni karimda bu haqda shunday deyilgan: «Sizlar Allohga qaytadigan kundan qo‘rqinglar». Beshinchisi — Nafsu havoga ergashmaslik, zero, Qur’oni karimda: «Ey iymon keltirganlar, o‘zlaringizni va ahllaringizni do‘zaxdan saqlanglar»; «Endi kim (hayoti dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda) Parvardigorining (huzurida) turishi (va U zotga hisob­kitob berishi)dan qo‘rqqan va nafsini havoyi xohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur», deyilgan. Oltinchisi — Allohga toat-ibodat qilishga sa’y-harak’at qilish. Qur’oni karimda: «Rabbingiz tarafidan bo‘lgan mag‘firatga va kengligi osmonlaru yercha bo‘lgan, taqvodorlar uchun hozirlab qo‘yilgan jannatga shoshilinglar», deyilgan. Yettinchisi — Allohni ko‘p zikr qilish. Zero, Qur’oni karimda: «Ey mo‘minlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar va ertayu kech U zotni poklab tasbeh aytinglar», deyilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Zikrning afzali «La-a ilaha illalloh»dir. Bu hadisni Jobir raziyallohu anhu rivoyat qilganlar. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Alhamdulillah» duoning afzali», deganlar. Chunki duo banda Rabbini zikr qilish va Undan fazlini so‘rashdan iboratdir. «Alhamdulillah» kalimasida shu ma’no mavjud. Shukrning boshi ham «Alhamdulillah»dir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alhamdulillah shukrning boshidir. Allohga hamd aytmagan banda Allohga shukr qilmabdi», deganlar. Shukr esa, ne’matning ziyoda bo‘lishiga sabab. Zero, Alloh: «Agar shukr qilsalaring, batahqiq, ziyoda qilaman», degan. Bas, shunday ekan, kim «Alhamdulillah» desa, Allohga hamdu sano aytish bilan birga fazlu rahmatini ham so‘ragan bo‘ladi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:16:56
Qirq beshinchi majlis
Zikrning fazilati


Alloh taolo aytadi: «Albatta, Alloh ham, Uning farishtalari ham payg‘ambarga duo-salovot ayturlar. Ey mo‘minlar! Sizlar ham u zotga salovot va salom aytinglar» (Ahzob surasi, 56­oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Kimning oldida zikr qilinsamu, u menga salovot aytmasa, burni yerga ishqalsin».

Abu Hurayradan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Alloh bir farishtani yaratib, unga butun xaloyiqning ovozini eshitish imkonini bergan. U qiyomat kunigacha mening qabrim tepasida qoyim turadi. Ummatimdan kim menga salovot aytsa, bu farishta menga «Ey Muhammad! Falonchi o‘g‘li falonchi sizga salovot aytdi», deb xabar beradi». Sahobalar: «O’ Rasululloh! «Albatta, Alloh ham, uning farishtalari ham payg‘ambarga duo-salovot ayturlar», degan oyat haqida bizga habar bering», deyishdi. Shunda u zot: «Bu berkitilgan ilmdandir. Agar sizlar so‘ramaganingizda edi, u haqda xabar bermasdim. Alloh menga ikkita farishtani vakil qilgan. Biror bir musulmon kishi huzurida zikr qilinsam-u, u menga salovot aytsa, u ikki farishta unga: «Seni Alloh mag‘firat qilsin», deydi va boshqa farishtalar: «Omin», deyishadi. Bir musulmonning oldida zikr qilinsam-u, u menga salovot aytmasa, u ikki farishta: «Seni Alloh mag‘firat qilmasin» deydi, qolgan farishtalar ham: «Omin», deydi», dedilar.

Anasdan raziyallohu anhu rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Biror bir duo yo‘qki, u duo bilan osmon o‘rtasida parda bo‘lib, to‘xtab turadi, hattoki payg‘ambarga salovot aytilmaganicha, agar salovot aytilsa, u parda yirtiladi», dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:17:05
Hikoya qilinishicha, solihlardan biri tashahhudda o‘tirib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga salovot aytishni esdan chiqardi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘rdi. Payg‘ambar alayhissalom undan: «Nima uchun menga salovot aytishni unutding?» deb so‘radilar. U esa: «Allohga hamdu sano aytish va Unga ibodat qilish bilan mashg‘ul bo‘lib, salovot aytishni unutibman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Albatta, amallar va duolar toki menga salovot aytilmagungacha ushlanib qoladi. Agar banda qiyomat kuni butun dunyo ahlining amali bilan kelsa-yu, menga salovot aytmagan bo‘lsa, uning amallari rad qilinadi», dedilar.

Boshqa bir hadisda: «Qiyomat kuni menga nisbatan insonlarning eng haqlirog‘i menga ko‘p salovot aytganidir», deyilgan.

Zohidlardan biri tushida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘ribdi. Zohid Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga yuzlansa, u kishi unga qaramabdilar. «O’ Rasululloh! Siz mendan g‘azablanganmisiz?» deb so‘rabdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Yo‘q», debdilar. Zohid: «Meni tanimayapsizmi? Men falonchi zohid bo‘laman», deganida, «Seni tanimadim», debdilar. U: «O’ Rasululloh! Men ulamolarning: «Payg‘ambarimiz ummatlarini xuddi ota­ona bolasini tanigandek taniydi», deganlarini eshitganman», deganida, u zoti bobarokat: «Ulamolar to‘g‘ri aytibdi, payg‘ambar ummatini ota­ona bolasini tanigandan ham yaxshiroq taniydi. Ya’ni, payg‘ambariga ko‘p salovot aytgan ummatini», deb javob beribdilar.

Abdurahmon ibn Avfdan rivoyat qilindi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Mening oldimga Jabroil keldi va aytdiki: «Ey Muhammad! Sizga kim salovot aytsa, unga yetmish ming farishta salovot aytadi. Kimga farishtalar salovot aytsa, u jannati bo‘ladi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:17:26
Hasan Basriydan rivoyat qilinadi: U kishi tushlarida Abu Asmoni ko‘ribdi. So‘rabdiki: «Ey Abu Asmo, Alloh senga qanday muomalada bo‘ldi?» «Meni mag‘firat qildi», debdi. «Nima sababli?» deb so‘rabdi. U: «Har qachon hadis aytsam, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga salovot aytardim», deb javob beribdi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Mening oldimga Jabroil, Mikoil, Isrofil va O’lim farishtasi keldi. Jabroil alayhissalom: «O’ Rasululloh! Kim sizga bir kunda o‘n marta salovot aytsa, qiyomat kuni men uning qo‘lidan ushlab, sirot ko‘prigidan yashin tezligida o‘tkazib qo‘yaman», dedi. Mikoil alayhissalom: «Men uni sizning Havzi Kavsaringizdan sug‘oraman», Isrofil alayhissalom: «Men esa boshimni sajdaga qo‘yaman, toki Alloh uni mag‘firat qilmaguncha ko‘tarmayman», dedi. O’lim farishtasi: «Men uning jonini payg‘ambarning jonini olgandek yengillik bilan olaman», dedi». Nabiy alayhissalom: «Alloh bir toifa farishtalarni yaratganki, ularning qo‘llarida oltindan qalam, kumushdan daftarlari bordir. Ular faqatgina menga va ahli baytimga aytilgan salovotlarnigina yozadilar», dedilar.

Hikoya qilinadiki, bir yahudiy musulmon kishi uning tuyasini o‘g‘irlaganini da’vo qildi. Bunga munofiqlardan to‘rttasi yolg‘on guvohlik berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tuyani yahudiyga qaytarishga va muslimning qo‘lini kesishga buyurdilar. Musulmon kishi hayratda qoldi va boshini osmonga ko‘tarib: «Ey Rabbim! Ey Mavlom! Albatta, men bu tuyani o‘g‘irlamaganimni bilasan!» dedi va aytdiki: «O’ Rasululloh! Albatta, sizning hukmingiz haqdir. Lekin bu tuyadan men haqimda so‘rang». Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey tuya! Sen kimnikisan?» dedilar. Tuya fasohatli til bilan: «O’ Rasululloh! Albatta, men bu muslimnikiman. Bu guvohlar yolg‘onchidirlar», dedi. Shunda Nabiy alayhissalom: «Ey muslim! Sen nima amal qilgan edingki, Alloh sening haqligingni isbotlash uchun tuyani gapirtirdi?» deb so‘radilar. U: «O’ Rasululloh sollallohu alayhi va sallam! Men har kecha uxlashdan avval sizga o‘n marta salovot aytaman», deb javob berdi. «Menga aytgan salovoting tufayli bu dunyoda qo‘ling kesilishidan najot topding, oxiratda esa azobdan najot topasan», deya marhamat qildilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:17:41
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Kim ertalab o‘n marta va kech kirgach o‘n marta menga salovot aytsa, qiyomat kuni Alloh uni o‘lkan dahshatdan omonda saqlaydi va payg‘ambarlar, siddiqlar bilan birga bo‘ladi», dedilar.

Sufyon Savriy aytadilar: «Hajga borgan vaqtimda haramda bir kimsani ko‘rdim, haram Makkaning qaysi tarafida bo‘lmasin, tavofdami, Arofotdami, Minodami faqat Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga salovot aytardi. Men unga: «Ey kimsa, har bir maqomning zikr va duosi bor. Senga nima bo‘ldiki, duo ham, zikr ham qilmasdan, faqat salovot aytyapsan?» dedim. U: «Buning qissasi bor», dedi. «Menga uning xabarini ber», dedim. U: «Xurosondan Makkaga haj uchun chiqdim. Men bilan birga otam ham bor edi. Kufaga kelganimizda otam kasal bo‘lib, vafot etdi. Men otamning kiyimi bilan yuzini yopdim. So‘ng yuzini ochsam eshakning suratiga o‘xshab qolganini ko‘rdim. Bundan qattiq qayg‘urdim. Bir payt uxlab qolibman. Tushimda bir kishi bizlarning oldimizga keldi, uning yuzida niqob bor edi. U kishi niqobini yuzidan oldi va menga: «Nega bunchalik g‘amginsan?» dedi. «Bu balo sababli nega g‘amgin bo‘lmayin», dedim. U otamning oldiga bordi va yuzini siladi, natijada otam balolangan narsasidan qutildi. Borib yuziga qarasam, yuzi to‘lin oydek porlab turibdi. Shunda men u kimsaga: «Kimsiz?» dedim. U kishi: «Mustafoman», dedi. Shunda men u kishining ridolaridan ushlab, Xudo haqqi, menga bu qissani xabarini bering deb, so‘raganimda aytdilarki: «Sening otang hayotlik vaqtida har kecha uxlashdan avval menga yuzta marta salovot aytardi. Lekin otang sudxo‘r bo‘lib, Allohning hukmida sudxo‘rni bu dunyoda yoki oxiratda eshak suratida qilish bordir. U menga salovot aytgani sababli, ummatimning amallarini arz qiladigan farishta kelib, otangning holatini bildirdi». Shundan keyin men Alloh otamni shafoat qilmog‘ini so‘rab, har kecha Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam yuz marta salovot aytishni odat qildim».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Haqiqiy baxil uning oldida zikr qilinsamu, menga salovot aytmagan kimsadir», dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:17:58
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Kim menga bir marta salovot aytsa, gunohi qolmaydi».

Anasdan raziyallohu anhu rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim menga bitta salovot aytsa, Alloh unga o‘nta salovot aytadi. Uning o‘nta gunohini o‘chirib, martabasini o‘n daraja ko‘taradi», dedilar.

Podshohlar ularni yaxshi ko‘rgan va hurmatlagan kimsani yaxshi ko‘radi. Alloh esa Malikul mulk (ya’ni, podshohlarning podshohi) va U bu karamga loyiqdir. Bas, shunday ekan, kim Uning habibi Nabiyiga salovot aytib, sharaflasa, Alloh tarafidan izzat-ikromga, rahmatga, gunohlarining kechirishiga va darajasining ko‘tarilishiga haqli bo‘ladi.

«Sollallohu ala Muhammad» degan so‘zning ma’nosi — Alloh u kishining shariatini g‘olib etish va zikrini oliy qilish bilan bu dunyoda ulug‘lasin va oxiratda ummatini shafoat qilishlariga izn bersin, deganidir. Salovot aytishdan maqsad Allohga qurbat hosil qilish, amriga taslim bo‘lish va payg‘ambarimizning haqlarini o‘tashdir. Salovotning eng ehtiyotlisi har safar Rasulullohning nomlarini eshitganda aytishdir. ¥ar doim, erta-yu kech ayniqsa, juma kunlari salovotni ko‘paytirish oqil kimsaga vojibdir.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:18:12
Qirq oltinchi majlis
Allohning omonatiga xiyonat qilish


Alloh taolo aytadi: «Albatta, biz bu omonatni (ya’ni, shariati Islomiyadagi toat-ibodatlarni) osmonlarga, yerga va tog‘u toshlarga ko‘ndalang qilgan edik, ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar. Inson esa uni o‘z zimmasiga oldi. Darhaqiqat, u (o‘ziga) zulm qilguvchi va nodon edi (bu omonatning naqadar vazmin yuk ekanini butun koinot bildi va uni ko‘tarishga qurbi yetmasligni sezdi, ammo inson o‘zi bilmagan holda o‘ta mushkul vazifani o‘z zimmasiga oldi)» (Ahzob surasi, 72­oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Alloh yer yuzida kezib yurguvchi farishtalarni yaratib qo‘yganki, ular ummatimning salomlarini menga yetkazib turadilar. Agar ummatimning birortasi menga bir kunda yuz marta salovot aytsa, Alloh uning yuzta hojatini o‘taydi. Ularning yetmishtasi oxiratga, o‘ttiztasi bu dunyoga tegishlidir».

Ahzob surasida aytilgan omonatga kelsak, ba’zilar, uni tavhid, degan. U shahodat kalimasidir. Bu kalimani omonat deyishdan murod, uning ulkan haqlari bo‘lib, bu haqlarni Alloh odamlarga omonat qilgan. Bu omonat uni husni toat bilan qabul qilish vojibdir, bu haqlarga rioya qilish va ularni muhofaza etish shartdir.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:18:30
Abdulloh ibn Umar aytadilar: «La-a ilaha illalloh Muhammadur Rasululloh» kalimasida 24 ta harf bor. Bir kunda ham 24 soat bor. Agar banda bu kalimani ixlos bilan aytsa, Alloh: «Batahqiq, bu kalimaning hurmatidan sening kattayu kichik, oshkorayu maxfiy, qasddanu xatoan qilgan gunohlaringni kechirdim», deydi.

Bu omonat Odam alayhissalomga ro‘para qilinganida aytdilar: «Ey Rabbim! Osmonlaru yer va tog‘lar o‘zlarining buyuklik va ulkanliklari bilan birga bu omonatni ko‘tarishdan qo‘rqdilar va bosh tortdilar. Men zaifligim bilan qanday qilib ko‘taraman». Alloh: «Ko‘tarish sen tarafdan, kuch-qudrat Men tarafdandir», dedi. Alloh Muso alayhissalomning asolarini Fira’vn va uni qavmining ko‘ziga ulkan ilon qilib ko‘rsatdi va ular qo‘rqib ketdilar. Muso alayhissalom ko‘zlariga esa yog‘och qilib ko‘rsatdilarki, undan qo‘rqmadilar. Xuddi shuningdek, bu omonatni osmonlaru yerga ulkan qilib ko‘rsatdiki, natijada ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va qo‘rqdilar. Insonning ko‘ziga esa bu omonatni yengil qilib ko‘rsatdi. Bas, uni zimmasiga oldi. Agar: «Osmonlaru yer ulkan bo‘lishiga qaramasdan, bu omonatni qabul qilmasligi va inson o‘zining zaifligi bilan birga, uni zimmasiga olishida qanday hikmat bor?» deb so‘ralsa, «Ular jannatning lazzatidan tatib ko‘rmaganlar, inson esa undan totib ko‘rgandir. Shuning uchun u lazzatga yetishish uchun uni o‘z zimmasiga oldi», deb javob beramiz.

Ba’zi ulamolar, bu omonatdan murod besh vaqt namoz, degan fikrni bildirishgan. Zero, Alloh: «Namozlarni muhofaza qilinglar, ayniqsa, o‘rta namozni», degandir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam esa: «Namoz dinning ustunidir. Kim uni barpo qilsa, dinini barpo qilibdi, kim uni tark qilgan bo‘lsa, dinini vayron qilibdi», deganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:18:49
Rivoyat qilinadiki, Ali raziyallohu anhu namoz vaqti kirsa, ranglari o‘zgararkan. U kishidan buning sababini so‘rashganda: «Osmonlaru yerga va tog‘larga ro‘para qilingan, ular esa bosh tortgan, men esa zaifligimga qaramasdan, uni zimmamga olgan omonatni ado etish vaqti keldi, uni ado qila olamanmi­yo‘qmi, bilmayman», deb javob berar ekanlar.

Ulamolarning ba’zilari, bu omonatdan murod a’zolardir, deyishgan. Ko‘z — omonat, uni haromdan tiyish vojibdir. Zero, Alloh Qur’oni karimda: «(Ey Muhammad), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Mana shu ular uchun eng toza yo‘ldir», degan. Qorin — omonat, unga harom luqma kirishidan saqlash vojibdir. Zero, Qur’oni karimda shunday deyilgan: «Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar hech shak-shubhasiz, qorinlariga olovni yegan bo‘lurlar. Va albatta do‘zaxga kiradilar». Til — omonat, uni g‘iybatdan, fahsh so‘zlardan tiyish vojibdir. Alloh taolo: «Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmasin», degan. Quloq — omonat. Uni munkar — ta’qiqlangan narsalarni eshitishdan saqlash vojibdir.

Ulamolarning ba’zilari: «Omonatdan murod Qur’oni karim», deyishgan. Bas, shunday ekan, uni qiroat qilish, o‘rganish va o‘rgatish vojib.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:19:00
Ba’zi ulamolar bu omonatni ro‘za deb izohlashgan. Ro‘za Islom arkonlaridan biri bo‘lib, kim uni barpo qilsa, dinini birpo qilibdi. Kim uni tark etsa, dinini vayron qilibdi. Zero, Alloh Qur’oni karimda: «Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi», degan. Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh alayhissalom aytadilar: «Kim ramazon ro‘zasini iymon bilan va savob umid qilib tutsa, uning avvalgi gunohlari mag‘firat qilinadi».

Yana boshqa ulamolar omonatga zakot, degan ta’rifni berishgan: «Holbuki, ular faqat yagona Allohga, u zot uchun dinni xolis qilgan, to‘g‘ri yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga va namozni to‘kis ado etishga hamda zakotni (haqdorlarga) ato etishga buyurilgan edilar. Mana shu to‘g‘ri yo‘ldagi (millatning) dinidir va namozni barpo qilinglar va zakotni (hqdorlarga) ato etinglar», deydi Alloh taolo Qur’oni karimda.

Rivoyat qilinadiki, Muso alayhissalom kunlarning birida xushu’, xuzu’ bilan namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tdilar va: «Ey Rabbim! Bu naqadar chiroyli namoz o‘qiyapti», dedilar. Shunda Alloh: «Ey Muso! Agar har kuni yuz rak’at namoz o‘qisa, mingta qulni ozod qilsa va ming marta haj qilib, mingta janozaga qatnashsa ham, qilgan amallari, toki molining zakotini bermaguncha unga foyda bermaydi», dedi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:19:30
«Omonatdan murod hajdir», degan ba’zi ulamolar. Zero, Alloh Qur’oni karimda: «Va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchun mana shu uyni haj-ziyorat qilish burchi bordir. Kimda kim kofir bo‘lsa (ya’ni Ka’bani ziyorat qilish farz ekanligini inkor etsa), bas, albatta, Alloh butun olamlardan behojat bo‘lgan zotdir», degan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim yo‘lga qodir bo‘laturib, haj qilmasa, xohlasa yahudiy bo‘lib o‘lsin, xohlasa nosoro bo‘lib», deganlar.

Ulamolarning ba’zilari: «Omonatdan murod — jamiki omonatlar», deganlar. Zero, Alloh Qur’oni karimda: «Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni o‘z egalariga ado etmog‘ingizni buyuradi», deb aytgan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Omonati yo‘qning (ya’ni, omonatga xiyonat qiladiganning) iymoni yo‘q», deganlar.

Molik ibn Safvon aytadilar: «Mening birodarim vafot etdi. So‘ng uni tushimda ko‘rdim va undan: «Ey birodar! Alloh senga qanday muomala qildi?» deb so‘radim, u: «Rabbim meni mag‘firat qildi», dedi. Men uning yuzida qora nuqtani ko‘rdim va undan buning sababini so‘radim. «Mening huzurimda bir yahudiyning faloncha dirhami omonat qilib qo‘yilgan edi. Men uni ado qilmaganman. Bu nuqta shu sabablidir, ey birodar! Sendan iltimos qilamanki, o‘sha dirhamlarni falon joydan olib, falonchiga qaytarib ber», dedi u. Tong otgach, uning aytganini bajardim. Men uni ikkinchi bor tushimda ko‘rdim. Qarasam, qora nuqta yuzidan ketibdi. U: «Ey birodar! Alloh senga rahm qilsin, sen meni azobdan qutqarding», dedi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:21:06
Ulamolarning ba’zilari omonatdan murod ahli ayol va farzandlardir, deganlar. Ularni namozga buyurish har bir kishiga vojibdir. Zero, Alloh Qur’oni karimda: «Ahlingizni namozga buyuring», degan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam esa: «Bolalaringiz yetti yoshga yetsalar, ularni namozga buyuring. Agar o‘n yoshga yetib, namoz o‘qishmasa, uringlar», deganlar. Ularni haromdan, bekorchi o‘yin-kulgudan qaytarmoq vojibdir, chunki ota-ona ular haqida mas’ul. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Sizlarning har biringiz boshliqdirsiz va har biringiz qo‘l ostingizdagilar haqida so‘ralasiz», deganlar.

Hikoya qilinadiki, oriflardan biri bir muddat Allohga ibodat qilibdi. Kunlarning birida tahorat qilib, ikki rak’at namoz o‘qibdi­da, boshini va qo‘lini osmonga ko‘tarib: «Ey Rabbim, ibodatlarimni qabul et», deb duo qilibdi. Shunda Rahmon tarafidan bir nido qiluvchi nido qilibdi: «Gapirma, ey mal’un! Chunki sening toat­ibodating mardud­qaytarilgandir». Shunda obid: «Ey Rabbim! Nima sababdan?» deb so‘raganida, nido qiluvchi: «Chunki sening xotining Allohning amriga muxolif ishlarni qilmoqda va sen bunga rozidirsan», deb javob beribdi. Obid uyiga kelib xotinidan nima qilganini so‘rabdi. Shunda xotini: «Falon majlisga bordim, o‘yin­kulgu qildim va namoz o‘qimadim», debdi. Shunda obid xotinini taloq qilibdi. So‘ng tahorat qilib, ikki rak’at namoz o‘qibdi, so‘ng boshi va qo‘lini osmonga ko‘tarib: «Ey Alloh! Mening toat­ibodatlarimni qabul qil», debdi. Shunda: «Endi sening toat­ibodatlaring qabul qilindi», degan nido kelibdi.

Imom Buxoriy Abu Hurayradan raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Munofiqning alomati uchta: gapirsa yolg‘on gapiradi; va’da bersa, va’dasiga xilof qiladi; omonat topshirilsa, xiyonat etadi», dedilar. Va’da bandalar orasida bo‘lganidek, Alloh bilan bandalar orasida ham bo‘ladi. Chunki Alloh bandalarning ruhlariga: «Men sizlarning Rabbingiz emasmanmi?!» deb xitob qilganida, ular: «Albatta, Sen bizning Rabbimizsan», deb iqror bo‘lishgan. Alloh bandalaridan ahd olgan, ular esa bu ahdga mustahkam turishga va’da berishgan. Agar banda bu ahdni buzsa, va’daga xilof qilgan bo‘ladi. Yana bu omonat toat­ibodatga buyurishdir. Kim buni ado qilsa, omonatni ado qilibdi, kim buni tark qilsa, omonatga xiyonat qilibdi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:21:19
Qirq yettinchi majlis
Qur’oni karim qiroatining fazilati


Alloh taolo shunday deydi: «Albatta, Allohning Kitobini tilovat qiladigan, namozni to‘kis ado etadigan va Biz ularga rizq qilib bergan narsalarni maxfiy va oshkora infoq­ehson qiladigan zotlar hargiz kasod bo‘lmaydigan oldi­sotdidan (ya’ni, ulardan yaxshi amal va infoq­ehson uchun Allohdan ajr­mukofot bo‘lishidan) umidvordirlar, zero (Alloh) ularning ajrini komil qilib berur va O’z fazli­karamidan ularga yana ziyoda (mukofotlar) ham berur. Albatta, U mag‘firatli va o‘ta shukr qiluvchidir (ya’ni, ozgina amal uchun ko‘p mukofot ato qilguvchidir)» (Fotir surasi, 29—30-oyatlar).

Qur’oni karimda Alloh: «Albatta, Alloh ham, uning farishtalari ham payg‘ambarga duo-salovot ayturlar. Ey mo‘minlar, sizlar ham u zotga salovot va salom aytinglar», degan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Kim menga bir bor salovot aytsa, buning evaziga Alloh taolo unga o‘nta salovot yuboradi». Eng afzal salovot u zotning ashoblariga o‘rgatib ketgan salovotlaridir: «Allohumma solli ‘ala Muhammad va ‘ala ali Muhammad, kama sollayta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka Hamiydum Majiyd. Va barik ‘ala Muhammad va ‘ala ali Muhammad kama barokta a’la Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka Hamiydum Majiyd».

Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim Allohga yo‘liqishni umid qilsa, Allohning ahlini ikrom qilsin», dedilar. Sahobalar: «O’ Rasululloh sollallohu alayhi va sallam! Allohning ham ahli bo‘ladimi?» deb so‘rashdi. Rasululloh: «Ha», dedilar. «O’ Rasululloh, ular kimlar?» deb so‘rashganda, ul zot: «Ular Qur’on o‘quvchilardir. Ogoh bo‘linglarki, kim ularni ikrom qilsa, Alloh uni ikrom qiladi va jannatga kirgizadi. Kim ularni xorlasa, Alloh uni xorlaydi va do‘zaxga kiritadi. Ey Abu Hurayra! Allohning dargohida hofizi Qur’ondan hurmatliroq kimsa yo‘qdir. Allohning huzurida hofizul Qur’on Payg‘ambardan boshqa jamiki kimsalardan ikromliroqdir», dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:21:36
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Sizlarga qiyomat kunida ummatimning eng afzali kimligini bildiraymi?» «Ha, yo Rasululloh!» deyishdi sahobalar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ular Qur’on o‘quvchilardir. Qiyomat kunida Alloh: «Ey Jabroil! Kim Qur’on o‘qigan bo‘lsa, tursin, deb nido qil», deydi. Jabroil alayhissalom uch marta nido qiladi. Shunda ular saf­saf bo‘lib, Alloh huzurida turadilar. Alloh ularga: «O’qinglar va ovozlaringni ko‘taringlar», deydi. Ulardan har biri Alloh Qur’ondan ilhomlantirganicha o‘qiydi. Kim o‘qisa, ovozi, ohangi, xushu’i, tadabburiga ko‘ra darajasi ko‘tariladi. So‘ngra Alloh: «Ey ahlim! Dunyoda kim sizlarga yaxshilik qilganini bilasizlarmi?» deydi. «Ha», deb javob berishadi ular. Shunda Alloh aytadi: «Mahsharga boringlar! Kim ularni tanisa, o‘zi bilan birga jannatga olib kirsin!», dedilar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qilganlar: «Isro kechasida Alloh menga aytdi: «Ey Muhammad! Ummatingizga buyuringki, uch toifa odamlarni ikrom qilishsin: ota­onalarini, olimlarni va hofizi Qur’onlarni. Ey Muhammad! Ummatingizni ogohlantiringki, kim ularni yomon ko‘rsa va xorlasa, unga Mening g‘azabim qattiq bo‘ladi. Ey Muhammad, ahli Qur’on mening ahlimdir. Dunyo ahlini ikrom qilganimdan ularni dunyoda sizning huzuringizga qo‘ydim. Agar Qur’on ularning qalblarida o‘rnashmaganida edi, dunyo ahlini halok qilgan bo‘lardim. Ey Muhammad! Hofizi Qur’onlar qiyomat kuni azoblanmaydilar va hisob­kitob qilinmaydilar. Ey Muhammad! Jannat uch toifaga muhtojdir: sizga va sizning sahobalaringiz Abu Bakr bilan Umarga hamda hofizi Qur’onga».

Boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, boshqalarga o‘rgatganlaringizdir», deganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:21:49
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim Allohning kitobidan bir harfni o‘qisa, uning uchun bir hasanot bo‘lib, u o‘n barobar ziyoda qilinadi. Men «Alif, lom, mim»ni bir harf demayman, balki «alif» bir harf, «lom» bir harf, «mim» bir harf deyman», dedilar.

Umar ibn Xattob raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar: U kishi aytdilar: «Alloh Qur’oni karim bilan ba’zi qavmlarning martabasini ko‘taradi, ba’zi qavmlarni xor qiladi».
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Alloh taolo aytdi: «Kimni Qur’on o‘qish Meni zikr etish va duo qilishdan mashg‘ul etib qo‘ysa, Men unga Mendan iltijo qilib so‘rayotganlarga berayotganimdan ham afzalini beraman». Alloh kalomining boshqa kalomlardan afzalligi Allohning o‘z mahluqotidan afzalligi kabidir».

Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qur’on o‘qiydigan mo‘min apelsinga o‘xshaydi, hidi ham xushbo‘y, ta’mi ham shirin, Qur’on o‘qimaydigan mo‘min xurmoga o‘xshaydi, ta’mi shirin, hidi yo‘q. Qur’on o‘qiydigan fojir rayhonga o‘xshaydi, ta’mi achchiq, hidi xushbo‘y. Qur’on o‘qimaydigan fojir achchiq tarvuzga o‘xshaydi, ta’mi achchiq, hidi yo‘q. Solih suhbatdosh mushk sotuvchiga o‘xshaydi, agar u bilan o‘tirsang, mushkidan bermasa ham, hidi senga urib qoladi. O’mon suhbatdosh bosqonchiga o‘xshaydi, agar uning yomonligi senga tegmasa ham, uning tutuni urib qoladi», dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:21:59
Abu Umoma raziyallohu anhu aytadilarki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qur’onni o‘qinglar, chunki u qiyomat kuni o‘z egasini shafoat qiladi», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: «Kim birodarining hojatini chiqarish yo‘lida bo‘lsa, Alloh uning hojatini chiqaradi. Kim dunyoda musulmon birodarining aybini yopsa, qiyomat kuni Alloh uning aybini yopadi».

Yana bir hadisda: «Kim bir mo‘min boshidan dunyo qiyinchiliklari, musibatlaridan birini aritsa, Alloh uning boshidan qiyomat kungi qiyinchiliklardan birini aritadi. Kim bir qiynalgan odamning mushkulini oson qilsa, Alloh bu dunyo­yu u dunyo uning mushkulini oson qiladi. Kim bir musulmonning aybini bekitsa, Alloh dunyo va oxiratda uning aybini bekitadi. Banda, modomiki, birodari xizmatida ekan, Alloh uning xizmatida bo‘ladi, kim ilm talab qilib yo‘lga chiqsa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi. Modomiki, bir jamoat Allohning masjidlaridan bir masjidga yig‘ilib, Allohning kitobini tilovat qilsalar va uni o‘rgansalar, ularga xotirjamlik tushadi va ularni rahmat egallaydi, ularning atrofida farishtalar jamlanadi, Alloh o‘z huzuridagilarga ularni zikr qiladi», dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:22:24
Qirq sakkizinchi majlis
Jahannamda kofirlarning azoblanishi bayoni


Alloh taolo aytadi: «Ey jinoyatchi kimsalar, mana bu Kunda (mo‘minlardan) ajralinglar! Men sizlarga: «Ey Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq dushmandir, Mengagina ibodat qiling! Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir», deb buyurmaganmidim?! Aniqki, (shayton) sizlarning ichingizdan ko‘p avlodni yo‘ldan ozdirdi. Axir aql yurituvchi bo‘lmadingizlarmi?! Sizlarga va’da qilingan jahannam mana shudir! Sizlar (hayoti dunyoda) kofir bo‘lib o‘tganlaringiz sababli mana bu Kunda (jahannamga) kiringiz!» (Yosin surasi, 59—64-oyatlar).

Hasan ibn Ali raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Uylaringizni qabr qilib olmanglar (ya’ni, uylaringizda ham namoz o‘qib turinglar) va qaerda bo‘lsangiz ham, menga salovot aytinglar. Albatta, qaerda bo‘lsangiz ham, salovotlaringiz menga yetib turadi», dedilar.

Avsdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Juma kuni menga salovotlaringizni ko‘paytiring».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:22:35
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kunlarning birida masjiddan chiqdilar, qarasalar, shayton eshikning oldida turibdi. Shunda ul zot: «Seni masjidning oldiga nima olib keldi, ey mal’un?!» dedilar. U: «Ey Muhammad! Meni Alloh yubordi», dedi. «Nima uchun?» deb so‘raganlarida, «Siz xohlagan masala haqida mendan so‘ramog‘ingiz uchun», deb javob berdi. Rasulullohning sollallohu alayhi va sallam shaytondan birinchi so‘ragan narsalari namoz haqida bo‘ldi:

— Ey Iblis! Nima uchun ummatimni jamoat bilan namoz o‘qishdan qaytarasan?
—Agar ummatingiz namozga kelsalar, men isitmalay boshlayman. Bu isitma ular tarqalgunlaricha mendan arimaydi.
— Nima uchun ummatimni Qur’on qiroatidan qaytarasan?
— Ular qiroat qilayotgan vaqtlarida men qo‘rg‘oshindek eriyman.
— Nima uchun ummatimni hajdan qaytarasan?
— Ular hajga chiqsalar, mening bo‘ynim va qo‘l­oyoqlarimga zanjir solinadi. Agar ular sadaqa bersalar, mening boshimga arra qo‘yilib, o‘tin arralangandek arralanaman».

Hikoya qilinadiki, do‘zax ahli do‘zaxga kirgach, iblisga olovdan bo‘lgan minbar keltiriladi, olovdan bo‘lgan liboslar va olovdan bo‘lgan toj kiydiriladi hamda olovdan bo‘lgan zanjirlar bilan kishanlanadi. So‘ng unga: «Ey Iblis, minbarga chiqib, ahli do‘zaxga xutba qil», deyiladi. U minbarga chiqadi va: «Ey ahli do‘zax!» deydi. Uning tovushini do‘zaxdagi jamiki kimsalar eshitib, uning oldiga keladilar. Shunda u: «Ey kofirlar, munofiqlar jamoasi! Allohning sizlarga: «Albatta, sizlar vafot etasizlar, so‘ng mahsharga kelib, hisob­kitob qilinasizlar, so‘ngra sizlar ikki firqaga bo‘linasizlar, bir firqa jannatga, bir firqa do‘zaxga kiradi», degan va’dasi haq va’da edi. Sizlar esa: «Bu dunyoda abadiy qolamiz», deya gumon qildingiz. Menda sizlarning ustingizda hukmronlik qilish huquqi yo‘q edi, faqatgina sizlarni vasvasa qildim, sizlar ijobat etdingiz va menga ergashdingiz. Meni malomat qilmangiz, balki o‘zingizni malomat qilingiz, chunki sizlar mendan ko‘ra malomatga haqliroqdirsizlar. Nima uchun Allohga ibodat qilmadingiz, vaholanki, U har bir narsani xoliqi, parvardigoridir. Bugun men sizlarni Allohning azobidan qutqara olmayman. Sizlar ham meni qutqarishga qodir emassizlar. Albatta, men bugun sizlarga aytgan narsalarimdan tonaman. Men Rabbul olamin huzuridan quvilganman», deydi. Bu so‘zlarini eshitgan ahli do‘zaxning hammasi uni la’natlaydi. Shunda do‘zax posbonlari uni olovdan bo‘lgan o‘qlar bilan o‘rab, do‘zaxdagi minbardan asfalasofilinga (do‘zaxning eng tubiga) qulatadi. U yerda abadiy qoladi. Shaytonga tobe’ bo‘lganlar ham do‘zaxda abadiy shayton bilan birga bo‘ladi. Zaboniyalar (do‘zax posbonlari) ularga: «Endi sizlarga abadiy o‘lim ham, rohat ham bo‘lmaydi», deydilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:22:49
Zohid Abu Zakariyoning o‘limi yaqinlashganida, do‘sti uning oldiga keldi. O’lim talvasasi tutgan paytda: «La-a ilaha illallohu, Muhammadur Rasululloh», degin», dedi do‘sti. Zohid yuzini o‘girib, kalimani aytishdan bosh tortdi. Ikkinchi marta aytganida ham yuz o‘girdi. Uchinchi martasida: «Aytmayman», dedi. Do‘sti qo‘rqib ketdi. Bir muddatdan so‘ng Abu Zakariyo yengil tortib, ko‘zini ochdi va: «Biron nima dedinglarmi?» deb so‘radi. Ular: «Ha, senga uch marta shahodat kalimasini arz qildik, sen ikki marta yuz o‘girding, uchinchi marta aytmayman, deding», dedilar. Shunda zohid quyidagilarni aytdi: «Mening oldimga Iblis bir qadah suv bilan keldi va o‘ng tarafimdan kelib: «Suvga muhtojmisan? Iso Allohning o‘g‘li degin», deb qadahni qimirlatdi. Men yuz o‘girdim. Keyin oyog‘im oldidan keldi va avvalgi gapini qaytardi. Uchinchisida: «La-a ilaha» (Xudo yo‘q) degin», dedi. Men esa: «aytmayman», dedim. Shundan keyin u qadahni yerga tashlab qochib ketdi. Men bu so‘zni sizlarga emas, unga aytdim. Men guvohlik beramanki, Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad uning bandasi va rasulidir», dedi.

Hikoya qilinishicha, avvalgi zamonda iblis alayhi la’na odamlarga ko‘rinar ekan. Shunda bir kishi unga: «Ey Abu Murro! Nima qilsam, sendek bo‘laman?» debdi. U: «Senga voy bo‘lsin! Biror kimsa mendan buni talab qilmagan edi, sen nima uchun buni so‘rab qolding», debdi. «Men seni yaxshi ko‘raman», debdi xaligi kishi. Shunda shayton: «Agar menga o‘xshashni xohlasang, namozga beparvo bo‘l va yolg‘ondan ham, rostdan ham, qasam ichaver», deb aytibdi. Keyin u kimsa: «Allohga qasamki, endi hecham namozni tark qilmayman va qasam ham ichmayman», debdi. Iblis aytibdiki: «Sendan o‘zga biror kimsa hiyla bilan mendan nasihat olmagan edi. Endi biror kimsaga nasihat bermayman».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:23:00
Donishmandlar aytishgan ekan: «Kim oriflardan bo‘lishni va shaytondan qutilishni xohlasa, to‘rtta narsani bilib olishi lozim: «Iblis va u xohlagan narsani; nafs va uning xohishini; havoi xohish va u xohlagan narsani; dunyo va uning xohishini. Iblis dining ketishi va o‘zi bilan birga abadiy do‘zaxda qolishingni xohlaydi. Nafs esa, ma’siyatni va tarki ibodatni istaydi. Havoi xohish shahvatlarni va tarki ijtihodni xohlaydi. Dunyo esa dunyo amalini oxirat amalidan afzal ko‘rishingni xohlaydi. Kim bu narsalarni bilib olsa, oriflardan bo‘ladi. Kim shaytonga itoat qilsa, shayton kabi do‘zaxda abadiy qoladi. Kim nafsga itoat qilsa, ma’lum muddat azoblanadi. Kim havoi xohishga ergashsa, hisobi qattiq bo‘ladi. Kim dunyoga itoat qilsa, dunyoyu oxiratda xasratda bo‘ladi».

Abu Said Xudriy raziyallohu anhu aytadilarki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mo‘minlar jannatga kirishgach, do‘zaxdagi mo‘minlar haqida Alloh bilan mujodala qilishadi. Ular: «O’ Parvardigoro! Birodarlarimiz biz bilan birga namoz o‘qir, ro‘za tutar edilar, Sen ularni do‘zaxga kiritding», deyishadi. Alloh deydi: «Boringlar, do‘zaxdan tanigan birodarlaringizni olib chiqinglar». Ular do‘zaxdagi birodarlarini tanishadi, chunki ularning yuzlarini do‘zax kuydirmaydi, ularni do‘zaxdan olib chiqishadi. So‘ngra Alloh: «Qalbida zarracha iymoni bor kimsani ham do‘zaxdan olib chiqinglar», deydi», dedilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Kim besh vaqt namozni tahoratlarini komil etib, vaqtlariga rioya qilib, ruku’­sajdalarini komil qilib, ulardan birortasini nuqsonli qilmasdan kelsa, Allohning huzurida uni azoblamaslikka ahd bo‘ladi. Kim bularni nuqsonli qilgan bo‘lsa, uning uchun ahd bo‘lmaydi. Alloh xohlasa, unga rahm qiladi, xohlasa, azoblaydi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:23:32
Qirq to‘rtinchi majlis
Ibrohim alayhissalomning Ismoil alayhissalomni qurbonlik qilishlari


Alloh aytadi: «(Ibrohim o‘t ichidan eson­omon chiqdi) va dedi: «Albatta, men Parvardigorim (buyurgan taraf)ga ketguvchidirman. Uning o‘zi meni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur. Parvardigorim, O’zing menga solih (farzand)lardan hadya etgin». Bas, Biz unga bir halim o‘g‘ilning xushxabarini berdik. Endi qachonki u (bola Ibrohim) bilan birga yuradigan bo‘lgach, (Ibrohim): «Ey o‘g‘ilcham, men (hadeb) tushimda seni (qurbonlik uchun) so‘yayotganimni ko‘rmoqdaman. Endi sen o‘zing nima ra’y­fikr qilishingni bir o‘ylab ko‘rgin», degan edi, u aytdi: «Ey otajon, senga (tushingda Parvardigor tomonidan) buyurilgan ishni qil. Inshaalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan» ( , -oyat).

«Bas, qachonki ikkisi ham (Allohning vahiyiga) bo‘yinsunib, (endi Ibrohim o‘z o‘g‘li Ismoilni qurbon qilish uchun) peshonasi bilan (erga) yotqizgan ediki, biz unga nido qildik: «Ey Ibrohim, darhaqiqat sen (ko‘rgan) tushingni rost bajo qilding». Albatta, Biz chiroyli amal qiluvchilarni mana shunday mukofotlarmiz. Albatta, bu (ya’ni, Ibrohimning o‘z o‘g‘lini qurbon qilishga buyurilishi) ochiq ravshan imtihondir, xolos. Biz (Ismoilning) o‘rniga (Ibrohimga) katta bir (qo‘chqor) so‘yishni — qurbonlikni evaz qilib berdik (ya’ni, katta bir qo‘chqorni jannatdan tushirdik). Va keyingi (avlod)lar orasida (Ibrohim) haqida (go‘zal maqtovlar, olqishlar) qoldirdik. Ibrohimga salom bo‘lgay. Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz» (Vas­soffat surasi, 99—110-oyatlar).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:23:46
Hikoya qilinadiki, Ibrohim alayhissalom kunlarning birida Alloh roziligi uchun mingta qo‘y, uch yuzta mol va yuzta tuyani qurbon qildilar. Odamlar va farishtalar bundan ajablanishdi. Shunda Ibrohim alayhissalom: «Allohga qurbat hosil qiladigan har qanday narsaga parvo etmasdan, Alloh yo‘liga xarj qilaman. Agar mening o‘g‘lim bo‘lganida, uni ham Alloh yo‘liga qurbon qilardim va bu amal bilan Allohga qurbat hosil qilardim», dedilar. Oradan bir qancha muddat o‘tib, Ibrohim alayhissalom bu so‘zlarni unutdilar. Quddus shahriga kelganlarida, Allohdan farzand so‘radilar. Alloh u kishining duolarini ijobat qilib, farzand bashoratini berdi. Ismoil alayhissalom tug‘ilib, Ibrohim alayhissalom bilan birga yuradigan bo‘lgach, (rivoyatlarga ko‘ra o‘n uch yoshga yetganlarida) Ibrohim alayhissalomning tushlarida: «Nazringga vafo qilgin», deyildi. Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qilishlaricha, Tarviya kechasida uxlaganlarida, tushlarida bir kimsaning: «Ey Ibrohim, nazringga vafo qil», deganini eshitdilar. Tong ottirganlarida: «Bu tush Alloh tarafidanmi yoki shayton tarafidanmi», deb shubha qilib, ikkilandilar. Shuning uchun ham Tarviya kuni, shubha­ikkilanish kuni deb nomlandi. Kech kirgach, uxlaganlarida ikkinchi bor tush ko‘rdilar va uyg‘ongach, bu tush Alloh tarafidan ekanini bildilar. Shuning uchun ham bu kun «Arafa kuni», (arafa — bildi, deganidir) deb nomlandi. Bu makonning nomi Arafot, deb nomlanadi. Uchinchi kecha ham ushbu tushni ko‘rdilar-da, Ismoil alayhissalomni qurbon qilishga chog‘landilar. Shuning uchun ham qurbonlik kuni deb nomlandi. Ibrohim alayhissalom Ismoil alayhissalomni qurbon qilishni xohlaganlaridan keyin, uning onasi Hojarga: «Ismoilga chiroyli liboslarni kiydir, men uni mehmonga olib boraman», dedilar. Hojar onamiz Ismoil alayhissalomni kiyintirib, xushbo‘ylar surtib, sochlarini tarab qo‘ydilar. Ibrohim alayhissalom arqon bilan pichoqni olib, Mino tarafga ketdilar. Iblis Alloh uni yaratgan kundan beri bugungi kundagidek tipirchilab, taraddudlanmagan edi. Ibrohim alayhissalom oldlariga yugurib keldi va: «O’g‘lingning qomati mo‘‘tadilligiga, husnining go‘zalligi va latofatiga qaramaysanmi?» dedi. Ibrohim alayhissalom: «To‘g‘ri, lekin men shunga buyurilganman», dedilar. Iblis Ibrohim alayhissalomdan umidini uzgach, Hojar onamizning oldiga keldi va: «Ibrohim alayhissalom o‘g‘lingni so‘yishga olib ketdi. Sen qanday qilib xotirjam o‘tiribsan», dedi. Hojar onamiz: «O’lg‘on gapirma, biror marta ota o‘zining o‘g‘lini so‘yganini eshitganmisan», dedilar. «Mana shuning uchun ham pichoq bilan arqon olib ketdi­da», deganida, «Nima uchun so‘ymoqchi?» deb so‘radilar. Shayton: «Alloh unga buyurganini da’vo qilyapti», dedi. Shunda Hojar onamiz: «Payg‘ambar botil narsaga buyurilmaydi. Men Allohning amriga jonimni ham fido qilaman, ne uchun bolamizni fido qilmaylik», dedilar. Shunda shayton Hojar onamizdan ham umidini uzib, Ismoil alayhissalomning oldiga keldi va unga: «Sen xursand bo‘lib o‘ynayapsanu, otangning qo‘lida pichoq bilan arqon turibdi. Otang seni so‘ymoqchi», dedi. Ismoil: «Menga yolg‘on gapirma, otam nima uchun meni so‘yarkan?» dedi. Shayton: «Otangning da’vosi bo‘yicha, Alloh unga shu yilni buyurgan emish», dedi. Shunda Ismoil alayhissalom: «Allohning amriga bo‘yinsunaman», dedi. Shayton boshqa gaplarni gapirmoqchi bo‘lganda, Ismoil alayhissalom yerdan tosh olib unga otdilar va chap ko‘zini ko‘r qildilar, so‘ng u umidsizlanib qaytib ketdi. Alloh bu o‘rinda tosh otishni Ismoil alayhissalomga iqtidoan bizlarga vojib qildi. Ibrohim alayhissalom Minoga kelganlarida Ismoilga: «Ey o‘g‘ilcham, men (hadeb) tushimda seni (qurbonlik uchun) so‘yayotganimni ko‘rmoqdaman. Endi sen o‘zing nima ra’y­fikr qilishingni bir o‘ylab ko‘r» (ya’ni, ayt-chi, sen Allohning amriga sabr qila olasanmi), dedilar. Bu bilan Ibrohim alayhissalom farzandlarini imtihon qildilar, ya’ni, Allohning amriga bo‘ysunadimi­yo‘qmi? Ismoil alayhissalom: «Ey otajon, senga (tushingda Parvardigor tomonidan) buyurilgan ishni qil. Inshaalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan», dedi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:24:05
Ibrohim alayhissalom o‘g‘lidan bu so‘zni eshitgan vaqtlarida bildilarki, «Parvardigorim, O’zing menga solih (farzand)lardan hadya etgin», deb Allohga qilgan duolari ijobat bo‘libdi. Allohga ko‘p hamd aytdilar. So‘ngra Ismoil alayhissalom: «Ey Otajon! Sizga bir necha vasiyatlar qilaman. Qo‘llarimni bog‘langki, iztiroblanib sizga aziyat berib qo‘ymayin; yuzimni yerga qaratingki, yuzimga qarab menga rahmingiz kelib qolmasin. Kiyimingizni yig‘ishtirib olingki, qonim sachrab, ajrim kamaymasin va onam u qonni ko‘rib g‘amgin bo‘lmasin, pichog‘ingizni o‘tkir qiling va pichoqni bo‘g‘zimga tezroq tortingki, yengilroq bo‘lsin, zero, o‘lim qattiqdir. Ko‘ylagimni onamga eltib beringki, mendan eslatma bo‘lsin va unga: «Allohning amriga sabr qil» deng. Onamga meni qanday so‘yganingizni, qo‘llarimni qanday bog‘laganingizni aytmang. Uning oldiga bolalarni kiritmangki, g‘ami yangilanmasin. Agar menga o‘xshash bolani ko‘rsangiz, unga qaramangki, g‘amgin bo‘lib qolasiz». Shunda Ibrohim alayhissalom: «Ey bolam! Sen Allohning amrini bajarishga qanday ham yaxshi yordamchi bo‘lding», dedilar. «Bas, qachonki ikkisi ham (Alloh vahiyiga) bo‘yinsunib, (endi Ibrohim o‘g‘li Ismoilni qurbon qilish uchun) peshonasi bilan yerga yotqizdi», so‘ng Ibrohim alayhissalom pichoqni Ismoilning bo‘g‘ziga qo‘yib kuch va shiddat bilan tortdilar, ammo qodir bo‘lmadilar. Alloh yeru osmonlardagi farishtalar ko‘zi oldidan pardani oldi. Ular Ibrohim alayhissalom o‘z farzandlarini so‘yayotganlarini ko‘rganlarida, Allohga sajda qilib o‘zlarini tashladilar. Alloh ularga: «Qaranglar, bandam mening roziligim uchun farzandining bo‘g‘ziga pichoqni tortyapti, sizlarga: «Men yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman», deganimda: «U yerda buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilmoqchimisan? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz», degan edinglar. So‘ngra Ismoil alayhissalom: «Ey otajon! Qo‘l­oyoqlarimni yeching, toki Alloh meni o‘z amrida itoatda, majburlangan holda ko‘rmasin, balki Ibrohimning o‘g‘li Allohga va amriga o‘z ixtiyori bilan itoat qilguvchi ekanligini» farishtalar ham bilsin, dedi. Ibrohim alayhissalom uning qo‘l-oyoqlarini yechdilar va yuzini yerga qaratib, bor kuchlari bilan pichoqni tortdilar, ammo Allohning izni bilan pichoq yana kesmadi. Shunda Ismoil alayhissalom: «Ey otajon! Menga bo‘lgan muhabbatingiz sababli zaiflashdingizmiki, meni so‘yishga qodir bo‘lmayapsiz», dedilar. Ibrohim alayhissalom pichoq bilan toshni urganlarida, tosh ikkiga bo‘linib ketdi. Shunda Ibrohim: «Toshni kesyapti-yu, go‘shni kesmayapti», dedilar. Shunda pichoq Allohning qudrati bilan tilga kirdi: «Ey Ibrohim! Sen kesgin, desang, Alloh kesmagin, deyapti, qanday qilib Allohga osiy bo‘lib, senga bo‘yinsunaman», dedi. Shunda Alloh: «Ey Ibrohim, darhaqiqat, sen ko‘rgan tushingni bajo qilding», deb nido qildi. Jabroil alayhissalom Ibrohim alayhissalomning ishlaridan ajablanib: «Allohu akbar! Allohu akbar!» dedi. Ibrohim alayhissalom: «La-a ilaha illallohu vallohu akbar», dedilar. Ismoil alayhissalom esa: «Allohu akbar va lillahil hamd», dedilar. Shu bois bu kalimalarni qurbonlik kunlarida aytish bizlarga vojib qilindi. Ibrohim alayhissalomga farzandi evaziga qo‘chqor qurbonlik uchun tushirildi. Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Agar bu qurbonlik tamaliga yetganda, odamlar sunnat deb bolalarini qurbon qilgan bo‘lardilar».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:24:21
Hikoya qilinishicha, Ibrohim alayhissalom birinchi marta tush ko‘rganlarida, qo‘ylarining semizlaridan yuz tasini qurbon qildilar. Osmondan olov kelib, ularni yedi, shunda Ibrohim alayhissalom: «Nazrimga vafo qildim», deb o‘yladilar. Ikkinchi bor tush ko‘rganlarida, tuyalaridan yuzta semizini tanlab, qurbon qildilar. Osmondan olov kelib, ularni ham yedi. Shunda Ibrohim alayhissalom: «Nazrimga vafo qildim», deya o‘yladilar. Uchinchi bor tush ko‘rganlarida, Alloh farzandi Ismoil alayhissalomni qurbon qilishlarini buyurayotganini, bildilar. Uyg‘onib ketib, Ismoilni quchoqladilar va tonggacha yig‘lab chiqdilar.

Rivoyat qilinishicha, Alloh Ibrohim alayhissalomni o‘ziga xalil-do‘st qilib olgach, farishtalar: «O’ Parvardigoro, Ibrohimning moli, xotini, farzandi bo‘lsa, bu mashg‘ul qiladigan narsalar bilan qanday qilib Senga do‘st bo‘la oladi», dedilar. Shunda Alloh: «Bandamning suratiga, moliga qaramanglar, balki qalbiga, amaliga qaranglar. Mening xalilimning qalbida Mendan o‘zganing muhabbati yo‘qdir. Xohlasanglar, tekshirib ko‘ringlar», dedi. Jabroil alayhissalom inson suratida keldi. O’sha paytda Ibrohim alayhissalomning qo‘ylarini boqadigan o‘n ikki mingta itlari bo‘lib har bir itning bo‘ynida tilla zanjir bor edi. Ya’ni, dunyo najasdir, najas faqatgina najasga yaroqlidir, deb shunaqa qilgan edilar. Ibrohim alayhissalom baland tepalikda qo‘ylarga qarab turgan edilar. Jabroil alayhissalom unga salom berdi va: «Bu kimniki?» dedi. Ibrohim alayhissalom: «Allohnikidir, lekin hozir mening qo‘limda», dedilar. Jabroil alayhissalom: «Menga bittasini hadya qil», dedi. Ibrohim alayhissalom: «Allohni zikr et va uchdan birini ol», dedilar. Jabroil alayhissalom: «Subbuhun Quddusur Rabbuna va Rabbul malaikati va ruh», dedi. Ibrohim alayhissalom: «Ikkinchi bor zikr qil va yarmini ol», dedilar. Jabroil alayhissalom: «Subbuhun Quddusun Rabbuna va Rabbulmalaikati va ruh», dedilar. Ibrohim alayhissalom: «Uchinchi bor zikr qilgin va hammasini olgin», dedilar. Jabroil alayhissalom yana bir marta aytdi. Shunda Alloh: «Ey Jabroil, xalilimni qanday deb bilding?» dedi. Jabroil alayhissalom: «Naqadar yaxshi xalil», dedi. Ibrohim alayhissalom turib: «Ey cho‘ponlar, qo‘ylarni egasi qaerga xohlasa, o‘sha yerga haydanglar, sizlar ham uniki bo‘ldinglar», dedilar. Shunda Jabroil alayhissalom o‘zini tanitib: «Menda bularga hojat yo‘q. Men faqatgina sizni sinash uchun keldim», dedi. Ibrohim: «Men Allohning xaliliman. Senga qilgan hadyamni qaytarib olmayman», dedilar. Shunda Alloh Ibrohim alayhissalomga ularni sotishga va puliga yerlar sotib olib, qiyomatgacha undan boyu kambag‘allar yeydigan vaqf qilishni vahiy etdi.

Ulamolar fikricha, kim asliy hojatlaridan keyin 20 misqol oltinga yoki 200 dirham kumushga ega bo‘lsa boy hisoblanadi. Agar dirham — dinordan boshqa narsalarga ega bo‘lib, u 200 dirhamga teng bo‘lsa ham boy hisoblanadi. Unga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi. Ushbu miqdorda boyligi yo‘qlarga qurbonlik vojib bo‘lmaydi. Ba’zilar, 200 dirham miqdorda dalaga ega bo‘lsa, u boydir, deganlar. ¥amma ulamolar, 200 dirham miqdordagi boqqa ega bo‘lsa, u boydir, deb ittifoq qilishgan. Chunki bog‘ hojatdan tashqari bo‘lib, inson mevasiz ham yashay oladi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:24:44
Elliginchi majlis
Ayyub alayhissalomning sabrlari haqida


Alloh taolo aytadi: «(Ey Muhammad), bandamiz Ayyubning Parvardigoriga nido qilib: «Darhaqiqat, meni shayton balo va azob bilan ushladi», degan paytini eslang!» (Sod surasi, 41­oyat).

Hadisda kelishicha, «Agar biror bandaning farzandi vafot etsa, Alloh farishtalarga: «Bandam qalbining mevasini qabz qildinglarmi?» der ekan. Ular: «Ha» deyishadi. Shunda Alloh: «Bandam nima dedi?» deb so‘raganida: «Senga hamd aytdi, shukr qildi va istirjo aytdi (ya’ni, «inna lillahi va inna ilayhi roji’un», dedi»), deyishadi. Shunda Alloh: «Bu bandam uchun jannatda bir uyni barpo qilinglar va uni hamd uyi, deb nomlanglar», deydi.

Vahb ibn Munabbah shunday deydilar: «Kitoblarda ketma­ket kelgan to‘rtta hikmatni topdim. Birinchisi — kim Allohning kitobini mutolaa qilsa­yu, meni Rabbim mag‘firat qilmaydi, deb o‘ylasa, u Allohning oyatlarini masxara qiluvchidir. Ikkinchi hikmat — kim boyga boyligi uchun tavozu’ qilsa, dinining uchdan biri ketibdi. Uchinchisi — kim qo‘ldan boy bergan narsasiga xafa bo‘lsa, Allohning qazoi qadaridan g‘azablanibdi. To‘rtinchi hikmat shuki, kim musibatidan shikoyat qilsa, Rabbidan shikoyat qilibdi».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mukofotning kattasi sinovning kattasi bilandir. Agar Alloh bir bandasini yaxshi ko‘rib qolsa, uni biror balo bilan sinaydi, agar sabr qilsa, undan rozi bo‘ladi», deganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:24:57
Hikoya qilinishicha, Muso alayhissalom kunlardan birida Yu’sha ibn Nun bilan birga safarga chiqdilar. To‘satdan bir oppoq qush kelib, Muso alayhissalomning yelkalariga qo‘ndi va: «Ey Allohning payg‘ambari, bugun meni o‘limdan saqlab qol», dedi. Muso alayhissalom: «Kimdan?» deb so‘raganlarida, «Qirg‘iydan, u meni yeyishni xohlamoqda», deb javob berdi va Muso alayhissalomning qo‘yinlariga kirib oldi. Shu payt qirg‘iy kelib: «Ey Allohning payg‘ambari, mendan ovimni to‘smagin», dedi. Muso alayhissalom: «Men senga qo‘ylarimdan birini so‘yib beraman», deganlarida, «Menga qo‘yni go‘shti yoqmaydi», dedi. «Unday bo‘lsa, mening sonim go‘shtidan yegin», dedilar. U esa: «Men faqatgina ko‘z qorachig‘ingdan yeyman», dedi. Muso alayhissalom rozi bo‘lib chalqancha yotdilar. Qirg‘iy kelib ko‘kraklariga qo‘ndi va ikki ko‘zlaridan cho‘qimoqchi bo‘ldi. Shunda Yu’sha ibn Nun: «Ey Allohning payg‘ambari, bitta qushni deb ko‘zingizga e’tiborsizlik qilasizmi?!» dedilar. Shu payt qo‘ynilaridagi qush uchib ketdi. Qirg‘iy uning orqasidan uchdi. Bir ozdan so‘ng ikkalasi ham qaytib kelib, biri Jabroil, ikkinchisi Mikoil ekanini bildirishdi» va: «Alloh taolo bizlarni Rabbingizning qazosiga sabr qilishinizni sinash uchun yubordi», deyishdi.

Ibn Muborak raziyallohu anhu aytadilar: «Musibat aslida bitta bo‘lib, agar unga sabrsizlik qilinsa, ikkita bo‘ladi: birinchisi musibatning o‘zi bo‘lsa, ikkinchisi uning ajr-savobi ketishidir. U musibatdan ham yomonroqdir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Sabr uchtadir: musibatga sabr, toat­ibodatga sabr, gunoh­ma’siyat qilmaslikka sabr. Kim ma’siyatga sabr qilsa, martabasi 300 darajaga ko‘tariladi, kim toat­ibodatga sabr qilsa, martabasi 600 darajaga ko‘tariladi, kim gunohlardan qaytishga sabr qilsa, martabasi 900 darajaga ko‘tariladi. Har darajaning orasi yeru osmon orasidek keladi», deganlar».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:25:12
Ayyub alayhissalom asli rumlik bo‘lib, onalari Lut alayhissalomning qizi edi. Aqlli, ozoda, halim, donishmand kishi edilar. Otalari boy­badavlat kishi bo‘lib, tuya, sigir, qo‘y, xachir podalari bor edi. Shom yerida unga teng keladigan kishi bo‘lmagan. Otalari vafot etganidan keyin jamiki mol­dunyolari Ayyub alayhissalomga o‘tdi. Ayyub alayhissalom Yusuf alayhissalomning nevaralari Rahimaga uylandilar. So‘ngra Alloh taolo ul zotni o‘z qavmlariga payg‘ambar qilib yubordi. Alloh u kishiga husni xulq va yumshoqlikni ato etgan ediki, biror kimsa u kishini yolg‘onga chiqara olmasdi va ota­onalarining sharaflari sababli hech kimsa u kishini inkor qilmasdi. Ayyub alayhissalom Allohning hukmlarini joriy qilib, masjidlar bino qildilar, faqir­miskinlar va mehmonlar uchun dasturxon yozdilar. Yetimlarga mehribon ota, bevalarga rahmli er, zaiflarga suyukli birodar kabi muomala qildilar. Biror bir so‘rovchini rad qilmas edilar. U kishining mollari yildan-yilga ko‘payib borsada, bundan shodlanib ketmas edilar. Aksincha: «O’ Parvardigoro, bular dunyo zindonida bandalaringga ato etgan ne’matlaringdir. Jannatdagi bandalaringga ato etgan ne’matlaring qanaqa bo‘larkin», derdilar. Shunchalik mol dunyolari ko‘p bo‘lsa ham, qalblari aslo ne’matlarga shukr qilishdan g‘aflatda qolmasdi. Shu sababli shayton: «Ayyub ikki dunyoda ham ne’matlarga erishmoqda», deya hasad qildi. Bu ne’matning ikkalasini ham, hech bo‘lmasa, birini yo‘qotishni xohladi. Shayton alayhi la’na kunlardan birida yettinchi osmonga chiqdi. Shunda Alloh: «Ey la’in, bandam Ayyub haqida nima deysan! Uni hech chalg‘ita oldingmi?!» dedi. Shunda shayton: «O’ Parvardigor, Ayyub faqatgina unga dunyoda kengchilik va ofiyat berganing uchun senga ibodat qilmoqda. Agar bu ne’matlar unga berilmaganda, senga aslo ibodat qilmasdi. U faqat ofiyatning bandasidir», dedi. Shunda Alloh: «O’lg‘on gapirding, Men bilamanki, agar unda bu kengchiliklar bo‘lmasa ham, menga ibodat qiladi va shukr aytadi», dedi. Shayton: «O’ Parvardigoro, Ayyubning ahvolini menga topshir, shunda men uni Senga ibodat qilish va zikr aytishdan chalg‘itganimni ko‘rasan», dedi. Alloh Ayyub alayhissalomning tili va ruhidan boshqa hammasini shaytonga topshirdi. Shunda shayton dengiz sohiliga kelib, qattiq qichqirdi. Uning tovushini barcha jin va shaytonlar eshitib, huzuriga yig‘ildilar va: «Ey sayyidimiz, senga nima bo‘ldi?» dedilar. U: «Albatta, men Odamni jannatdan chiqarganimdan beri erishmagan bir fursatga erishdim. Menga Ayyubga qarshi yordam beringlar. Sizlar tezda tarqalib, Ayyubning mollarini kuydirib, halok qilinglar», deb buyurdi. So‘ng o‘zi Ayyub alayhissalom huzurlariga keldi. Ayyub alayhissalom masjidda namoz o‘qiyotgan edilar. Shayton unga dedi: «Rabbinggga ibodat qilaverasanmi?! Vaholanki, Alloh osmondan olov yuborib, jamiki mol-qo‘ylaringki kuydirib, yo‘q qildi». Ayyub alayhissalom to namozni tugatgunlaricha hech narsa demadilar. Namozdan forig‘ bo‘lgach: «O’zi berib, O’zi qaytarib olgan Allohga hamd bo‘lsin», dedilar va yana namoz o‘qiy boshladilar. Iblis muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan nadomat qilib, g‘oyib bo‘ldi. Ayyub alayhissalomning yetti o‘g‘il va yetti qizi bo‘lib, ular har kuni bitta dasturxon atrofida ovqatlanishardi. Shaytonlar kelib, uyni o‘rab olishdi va farzandlarining ustiga ag‘nashdi. Barchalari bitta dasturxon ustida vafot etishdi. So‘ng Iblis Ayyub alayhissalomning oldilariga keldi, u kishi namozda qoim turgan edilar. Iblis: «Allohga ibodat qilaverasanmi?! Uying bolalaring ustiga qulab tushdi va hammalari vafot etdi», dedi. Ayyub alayhissalom namozlarini tugatmagunicha hech narsa demadilar. Namozni tugatgach: «Ey la’in, menga ato etgan, so‘ngra mendan qaytarib olgan Allohga hamdlar bo‘lsin. Mol­dunyo va bolalar fitnadir. Shu sababli, Rabbimning ibodati uchun xoli bo‘lmog‘im uchun ularni mendan oldi», dedilar. Iblis bu safar ham hech narsaga erisha olmay, g‘azablangan holda qaytib ketdi. Boshqa safar namoz o‘qiyotgan vaqtlarida kelib, sajda qilayotgan vaqtlarida og‘iz­burunlariga pufladi. Shundan so‘ng Ayyub alayhissalomning badanlarida sassiq hid tarqaldi, qattiq terlab o‘zlarida bir og‘irlik sezdilar. Shunda ayollari Rahima: «Bu mol­dunyoga qayg‘urish va bolalarning musibati sabablidir. Siz kechalari namozda qoim turasiz, kunduzi ro‘za tutasiz, ozgina rohatlanishni o‘ylamaysiz ham», dedi. So‘ngra Ayyub alayhissalomning butun badanlariga — boshlaridan oyoqlarigacha chechak toshdi va yiring oqa boshladi. Bu holni ko‘rgan do‘stu qarindoshlar Ayyub alayhissalomni tark qilishdi. Ayyub alayhissalomning uchta xotini bo‘lib, ulardan ikkitasi o‘zlarini taloq qilishlarini talab etishdi. Bas, ularni taloq qildilar. Faqatgina Rahima qoldi. U kecha­yu kunduz Ayyub alayhissalomning yonlarida edi. Kunlarning birida qo‘shni ayollar chiqib: «Ey Rahima, Ayyubning balosi farzandlarimizga o‘tib ketishidan qo‘rqyapmiz. Agar uni bu yerdan olib ketmasang, biz uni majburan chiqarib tashlaymiz», deyishdi. Rahima Ayyub alayhissalomni yelkalariga ko‘tarib qishloqdagi bir xarobaga olib keldilar. Shunda hamqishloqlari Ayyub alayhissalomning ahvollarini ko‘rdilar-da: «Ey Rahima, eringni bizdan yiroqqa olib ket, bo‘lmasa itlarimizga talatamiz», deyishdi. Rahima Ayyub alayhissalomni qishloqdan yiroqqa olib ketdi. So‘ng bolta olib kelib, yog‘ochdan chayla yasadi. Kul olib kelib, ostlariga to‘shadi. Bir toshni boshlariga yostiq qildi. So‘ng qishloqqa yo‘l oldi. Shunda Ayyub alayhissalom: «Ey Rahima, agar meni tashlab ketadigan bo‘lsang, senga vasiyat qilib qolay», dedilar. Rahima: «Qo‘rqmang, ey sayyidim, modomiki jonim tanamda ekan, sizni aslo tark etmayman», dedilar va qishloqqa ketdilar. U kun bo‘yi ishlab, bir burda non topar va u bilan Ayyub alayhissalomni taomlantirar edi. Qishloq ahli uning Ayyub alayhissalom xotini ekanini bilishgach, haydab solishdi. «Bizdan uzoqlash, yo‘qol! Biz sendan jirkanamiz», deyishdi ular. Rahima yig‘lab: «O’ Parvardigor, ahvolimni ko‘rib turibsan. Odamlar bu dunyoda bizdan jirkanmoqda, Sen oxiratda bizdan jirkanma. O’ Parvardigor, odamlar bizni hovlimizdan quvib yubordi, qiyomat kuni Sen jannatingdan bizni quvma», dedi. So‘ng nonvoyning xotini oldiga borib: «Habibim Ayyub och qolgan, menga bitta nonni qarzga ber», dedi. Xotin: «Seni erim ko‘rmasdan ko‘zimdan yo‘qol! Ammo menga kokilingni bersang non beraman», dedi. Rahimaning o‘n ikkita kokili bo‘lib, ular yerga tegib turardi. Ayyub alayhissalom bu kokillarni judayam yaxshi ko‘rardilar. Rahima qaychi bilan kokillarini kesib, to‘rtta non evaziga nonvoyning xotiniga berdilar. Ayyub payg‘ambar yangi, yumshoq nonni ko‘rganlarida qattiq siqildilar va: «Xotinim o‘zini sotibdi», deb gumon qildilar. «Agar Alloh menga shifo bersa, yuz darra uraman», deb qasam ichdilar. Shuning uchun ham Alloh buning kafforatiga: «Qo‘lingga bir bog‘ (novdani) olib, u bilan (xotiningni) urgin — qasamingni buzmagin», dedi. Rahima bo‘lgan voqeani aytib berganlaridan keyin Ayyub alayhissalom yig‘ladilar. Rahima: «Yig‘lamang, sochim bundan-da chiroyli bo‘lib o‘sadi», deb, Ayyub alayhissalomni taomlantirdilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:25:26
Rivoyatlarga qaraganda, kasallik 18 yil davom etdi. Kunlardan birida Rahima Ayyub alayhissalomga: «Siz Allohning suyakli payg‘ambarisiz. Agar Parvardigoringizga duo qilsangiz, sizga shifo beradi», dedilar. Ayyub alayhissalom: «Ey Rahima, necha yil farovon turmush qurdik?» deganlarida: «80 yil», deb javob berdi. Shunda Ayyub alayhissalom: «Mening balolangan kunlarim farovonlik kunlarimga yetmaguncha, Allohga duo qilishga hayo qilaman», dedilar. Badanlarida go‘sht qolmagach, qurtlar bir­birini yeya boshladi. Oxiri ikkita qurt qoldi. Butun badanni aylanib go‘sht topmadilar. Shunda biri kelib qalblarini, biri kelib tillarini tishladi. Mana shu vaqtda Ayyub alayhissalom Rabbilariga nido qildilar: «Darhaqiqat, meni shayton balo va azob bilan ushladi va Sen rahmlilarning rahmlirog‘isan», dedilar. Ayyub alayhissalom sabrsizlik tufayli bunday demadilar, balki Allohni zikr qilishdan uzilib qolishdan qo‘rqib, shunday dedilar. Shuning uchun ham Alloh Qur’oni karimda: «Darhaqiqat, biz (Ayyubni) sabr qilguvchi holda topdik. U naqadar yaxshi bandadir. Haqiqatan, u (Alloh rozi bo‘ladigan yo‘lga) butunlay qaytguvchidir», dedi. «Shunda u zotga aytildi: «Oyog‘ing bilan (ostingdagi yerni) tep!» (U Allohning amrini bajargan edi, o‘sha yerdan bir chashma otilib chiqdi. So‘ng yana aytildi: «Mana shu muzdek cho‘miladigan va ichimlik suvdir» (Qachonki Ayyub u suvda cho‘milib, so‘ng undan ichgach, uning barcha zohiriy va botiniy dardlari darhol davo topdi). Va Biz O’z tomonimizdan mehribonlik ko‘rsatib, aql egalari uchun eslatma­ibrat bo‘lsin deb, (Ayyubga) ahli oilasini va ular bilan qo‘shib, yana o‘shalarning mislicha (bola­chaqa) hadya qildik».

Muqotil raziyallohu anhu aytadilar: «Alloh vafot etganlarni tiriltirdi va yana shunchasini berdi».

Muhammad ibn Maslama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Moli qo‘lidan ketmaydigan, tanasiga kasallik yetmaydigan bandaga yaxshilik yo‘qdir. Chunki Alloh bir bandasini yaxshi ko‘rsa, uni bir balo bilan imtihon qiladi. U banda esa balo kelganda sabr qiladi», dedilar».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:25:46
Ellik birinchi majlis
Do‘zaxning bayoni


Alloh taolo aytadi: «Va kofir bo‘lgan kimsalar to‘da­to‘da bo‘lib jahannamga haydaldi. Qachon ular (jahannamga) kelib yetganlarida, uning darvozalari ochildi va uning qo‘riqchilari (kofirlarga): «Sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lgan payg‘ambarlar — Parvardigoringizning oyatlarini sizlarga tilovat qilgan hollarida va sizlarni mana shu kuningizdagi muloqotdan ogohlantirgan hollarida kelmaganmidilar», deganlarida ular: «Ha, (kelganlar), lekin azob So‘zi kofirlar ustiga haq bo‘lgandir, (bas, bizlar ham ularni yolg‘onchi qilganimiz sababli mana shu azobga giriftor bo‘ldik), dedilar. (Shunda ularga) aytildi: «Jahannam darvozalaridan kiringlar! Sizlar o‘sha joyda mangu qolursizlar!» Bas, kibr­havo qilguvchi kimsalarning joylari naqadar yomondir!» (Zumar surasi, 71—72-oyatlar).

Rivoyat qilinadiki, ahli jahannam do‘zaxga yuzlari qora, ko‘zlari ko‘kargan, og‘izlari esa muhrlangan holatda haydab kelinadi. Do‘zaxning eshiklari oldiga kelganlarida zaboniyalar (do‘zax posbonlari) ularni kishan va zanjirlar bilan kutib oladilar. Zaboniyalar zanjirlarni ularning og‘izlaridan kiritib, orqalaridan chiqaradilar. O’ng qo‘llarini bo‘yinlariga kishanlaydilar, chap qo‘llarini esa ko‘kraklaridan ikki yelkasini orqasidan chiqaradilar va zanjir bilan qattiq bog‘laydilar. Har bir kofirni o‘zining hamrohi bo‘lgan shayton bilan birga bog‘laydilar. Ular yuzlari bilan yurishga majbur qilinadi. Farishtalar ularni temir gurzilar bilan uradi. Har qachon ular do‘zaxdan chiqishni xohlaganlarida, ularni qaytadan do‘zaxga tashlaydilar. Xuddi Alloh Qur’onda bayon qilganidek: «Qachonki ular do‘zaxdan chiqmoqni xohlaganlarida, ular unga qaytaradilar va «o‘zlaringiz yolg‘onga chiqargan do‘zaxning azobini totib ko‘ringlar» deyiladi».

Hikoya qilinishicha, Abu Yazid to‘xtamasdan ko‘z yosh to‘kib yig‘lar edi. U kishidan buning sababini so‘radilar. Shunda u kishi: «Agar Alloh menga: «Gunoh qilsang, seni abadiy do‘zaxga qamayman», deganida, to‘xtamay ko‘zyosh to‘kishim haqli bo‘lardi. Endi menga: «Agar gunoh qilsang uch ming yil qizdirilgan do‘zaxga tashlayman, deb va’da bergan bo‘lsa, nimaga yig‘lamayin», degan ekan.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:26:01
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Mening oldimga Jabroil alayhissalom keldi. «Ey Jabroil! Menga jahannamni vasflab ber!» dedim. U aytdi: «Alloh jahannamni yaratgandan keyin uni ming yil qizdirdi, so‘ngra yana ming yil qizdirgach, u oqardi, so‘ng yana ming yil qizdirgach, u qoraydi. U hozir qop­qorong‘u kechadek. Uning alangasi aslo o‘chmaydi».

Rivoyat qilinishicha, Alloh Jabroil alayhissalomni zaboniyalar kattasi Molikning oldiga do‘zaxdan bir parchasini olib, taom pishirib, Odam alayhissalomga olib borish uchun yubordi. Molik: «Ey Jabroil, jahannamdan qancha miqdorda olmoqlikni xohlaysiz», deb so‘radi. Jabroil alayhissalom: «Xurmo miqdoricha», dedi. Molik: «Agar sizga xurmo miqdorichasini bersam, yetti qavat osmonu yetti qavat yer uning haroratidan erib ketadi», dedi. Jabroil alayhissalom: «Unday bo‘lsa uning yarmi miqdorini ber», deb aytdi. Shunda Molik: «Agar siz aytayotgan miqdorni bersam, osmondan biror tomchi yomg‘ir yog‘maydi, yerdan birorta o‘simlik o‘smaydi», dedi. So‘ngra Jabroil alayhissalom: «O’ Parvardigor, olovdan qancha miqdorda olayin?» deb nido qildi. Alloh: «Jahannamdan zarracha miqdor ol», deb amr etdi. Jabroil alayhissalom jahannamdan zarracha miqdor olib, yetmishta daryo suviga uni yuvib, so‘ng uni baland tog‘ning cho‘qqisiga qo‘ydi. Bu tog‘ erib ketdi. Olov jahannamga ko‘tarildi. Uning tutuni tosh va temirlarda qoldi. ¥ozirgi olovlar o‘sha zarrachaning tutunidir.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:26:13
Muhammad ibn Ka’b dedilar: «Ahli jahannam besh bora duo qiladilar. Alloh ularni to‘rttasiga javob berib, beshinchisiga aslo javob qaytarmaydi. Ular aytadilarki: «O’ Parvardigor, gunohlarimizni e’tirof etamiz, bu yerdan chiqishning iloji bormi?» Alloh ularga: «Sizlarning bu azoblanishlaringiz yagona Allohga chaqirilganingizda kofir bo‘lganlaringiz. Allohga sherik qilinsa ishonganlaringiz sabablidir», deb javob beradi. Ular: «O’ Parvardigor, biz ko‘rdik va eshitdik, endi bizlarni dunyo hayotiga qaytar, biz solih amallar qilamiz», deydilar. Alloh: «Sizlar avval: «Biz aslo yo‘q bo‘lmaymiz», deb qasam ichmaganmidinglar», deb javob beradi. So‘ng ular: «O’ Parvardigor, bizlarni bu yerdan chiqargin, biz senga kofir bo‘lmasdan solih amallar qilamiz», deydilar. Alloh ularga: «Sizlarga eslatma oladigan miqdorda umr bermaganmidik va sizlarga ogohlantiruvchi kelmadimi?!» deydi. So‘ngra ular: «O’ Parvardigor, bizlarning baxtsizligimiz bizga g‘olib keldi va biz adashgan qavmlardan bo‘ldik. O’ Parvardigor, bizlarni bu yerdan hayoti dunyoga qaytar, agar biz yana kofir bo‘lsak, unda biz zolimlardan bo‘lamiz», deydilar. Alloh ularga: «Jahannamga daf bo‘linglar va Menga boshqa so‘zlamanglar», deb javob beradi. Ular bundan so‘ng aslo gapirmaydilar. Bu hol azobning eng shiddatlisidir. «Ular u joyda (jahannam o‘tidan orom beradigan) biron salqinni va biron ichimlikni topmaslar! Faqat qaynoq suv va yiringnigina (topurlar)! (Mana shu ularning qilmishlariga) yarasha jazodir!»

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar do‘zaxdagi yiringlardan bir chelagi bu dunyoga tashlansa, dunyo ahlining barchasini kuydirib yuboradi», deganlar. Qur’oni karimda esa: «Har qachonki ularning terilari kuyib ketgach, azobni totishlari uchun ularning terilarini boshqa (yangi) terilarga almashtiramiz», deyilgan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Ularni jahannam har kuni 70 ming marta kuydirib kul qiladi, har qachonki kuyib ketganlarida ularga «qaytinglar» deyiladi, ular avvalgi hollariga qaytadilar va aslo o‘lmaydilar, Alloh aytganidek: «ularga har tomondan o‘lim keladi, holbuki, ular o‘lguvchi emasdir».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:26:24
Qiyomat kuni kofirlar deyishadi: «O’ Parvardigor, bizga bizlarni adashtirgan ins­jinslarni ko‘rsatki, ularni oyoqlarimiz ostiga tashlab toptaylik». Iblis uchun do‘zaxga minbar qo‘yiladi. Iblis minbarga ko‘tariladi. Uning oldiga kofirlar va unga ergashganlar jamlanadilar, aytadilarki: «Ey mal’un, sen bizlarni haq yo‘ldan adashtirding». Shunda iblis: «Albatta, Allohning sizlarga qilgan va’dasi haqdir. Men uchun sizlarning ustingizda hukmronlik yo‘qdir. Lekin men sizlarni da’vat qildim, sizlar ijobat etdingiz. Meni malomat qilmanglar, balki o‘zingizni malomat qilinglar. Men sizlarga hujjat keltirdim va sizlar meni ko‘rmadinglar ham. Bas, meni malomat qilmanglar, balki o‘zlaringizni malomat qilinglar», deydi.

Hikoya qilinadiki, ahli jahannam ming yil dod­faryod qiladi, so‘ngra: «Agar biz bu dunyoda sabr qilsak, biz uchun rohat bo‘lardi», deb so‘ng yana ming yil sabr qiladi. Lekin ulardan azob yengillatilmaydi. So‘ngra ular: «Sabr qilamizmi, qilmaymizmi, baribir ekan», deydi va Molikka: «Ey Molik, bizlarga va’da qilingan narsa haqiqatan ro‘yobga chiqdi, azob bizlarga og‘ir bo‘ldi, terilarimiz kuyib ketdi, agar bizlarni do‘zaxdan chiqarsang, aslo kufrga qaytmaymiz», deydi. Molik ularga: «Sizlarga ochiq­oydin hujjatlar bilan payg‘ambarlar kelmaganmidi?» desa, ular: «Albatta, kelgan edi», deyishdi. Shunda: «Duo qilaveringlar, baribir duolaringiz foyda bermaydi», deyiladi ularga: «O’ Parvardigor, bizlarning baxtsizligimiz ustimizdan g‘olib keldi va biz adashgan qavmlardan bo‘ldik. O’ Parvardigor, bizlarni bu yerdan chiqar, agar biz yana kufrga qaytsak, zolimlardan bo‘lurmiz», deb yolvorishadi ular. Alloh hatti dunyo muddatining ikki baravar miqdoricha vaqt ularga javob bermaydi, so‘ng: «Daf bo‘linglar va Menga gapirmanglar», deydi. Ular jahannamdan chiqishdan umid uzishib, Allohdan ming yil yomg‘ir tilaydilar. Shunda ularga qizil bulutlar kela boshlaydi. Ular yomg‘ir yog‘adi, deb gumon qiladilar, ammo xachirdek-xachirdek kattalikdagi chayonlar yog‘adi. Agar ulardan biri bir marta chaqsa, ming yil alami ketmaydi. So‘ngra ular Allohdan yana ming yil yomg‘ir talab qiladilar. Ularga qora bulutlar kela boshlaydi. Yo bulut yomg‘ir emas, balki tuyaning bo‘ynidek keladigan ilonlarni yog‘diradi. Agar ulardan biri bir marta chaqsa, alami ming yilda ham ketmaydi. Bu Allohning Qur’oni karimda: «Ular fasod qilganliklari sababli Biz ularga azob ustiga azobni ziyoda qilamiz», degan so‘zining ma’nosidir.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:26:37
Ahli ilmlardan biri aytadi: «Do‘zax yettita bo‘lib, avvalgisi Sa’irdir. Alloh Qur’oni karimda: «Endi Sa’ir egalariga halokat bo‘lgay!» degan. Unga haqni yolg‘onga chiqarguvchilar kiradi. Ikkinchisi — Lazo. Alloh Qur’oni karimda: «Yo‘q, (hech qanday to‘lov uni azobdan qutqara olmas)! Albatta, (kofirlar tashlanadigan do‘zax o‘z harorati bilan bosh terilarini sidirib olguvchi bo‘lgan) bir olov (ya’ni, Lazo)dir», degan. Unga zakotni haqdorlarga bermaydiganlar kiradi. Uchinchisi — Saqar bo‘lib, Alloh taolo u haqda shunday xabar beradi: «(Ular do‘zax ahliga): «Sizlarni nima Saqarga kiritdi?» (deganlarida), ular ayturlar: «Bizlar namoz o‘qiguvchilardan bo‘lmadik. Miskin­bechoraga taom beruvchi ham bo‘lmadik. Bizlar (botil­behuda so‘zlarga) sho‘ng‘uvchi kimsalar bilan birga sho‘ng‘ir edik (ya’ni, Qur’on va payg‘ambarlar xususida tuhmat­yolg‘onlar to‘qir edik)». To‘rtinchisining nomi — Jahim. Alloh Qur’oni karimda: «Bas, ana o‘shanda kim (hayoti dunyoda kufri isyon bilan) tug‘yonga tushgan va hayoti dunyoni (oxiratdan) ustun qo‘ygan bo‘lsa, u holda faqat jahim do‘zaxigina (uning uchun) joy bo‘lur!» degan. Do‘zaxning ushbu turi havoi xohishga ergashganlar uchun yaratilgandir. Beshinchisi — Jahannam. Alloh taolo Qur’oni karimda: «Albatta, jahannam ularning barchalariga va’da qilingandir», degan. Oltinchisi — Hoviya. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi: «Endi kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa, uning joyi Hoviya (ya’ni, jarlik)dir. Uning nima ekanini qaerdan ham bilar eding?! (U) qizigan do‘zaxdir». Yettinchisining nomi — Hutoma. U chaqimchilar uchun yaratilgan bo‘lib, Alloh taolo Qur’oni karimda u haqda deydi: «Yo‘q, (uning bu hisob­kitobi bekordir)! Qasamki, albatta, u Hutoma (ya’ni chil­parchin qilguvchi do‘zax)ga tashlanur. (Ey inson) Hutoma nima ekanligini qaerdan ham bilar eding?! U Allohning yoqib qo‘yilgan bir olovidirki, (o‘z alangasi bilan badanlarni teshib o‘tib, yuraklarga qadar yetur!)» degan».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga o‘tirgan edik. Shunda haybatli va dahshatli bir ovozni eshitdik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu nima ekanini bilasizlarmi?» deb so‘radilar. Biz: «Alloh va Uning rasuli bilguvchiroqdir», dedik. «Bu jahannamga yetmish ming yil avval tashlangan tosh bo‘lib, endi uning tubiga yetdi», dedilar Nabiy alayhissalom.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:26:47
Abu Dardo raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Ahli jahannamga ochlik yo‘liqadi. Ular shu darajada och qoladilarki, buning alami boshqa azoblardan ham qattiq bo‘ladi. Shunda ular taom so‘raydilar, ularga zaqqumdan beriladi. Alloh Qur’oni karimda aytganidek: «So‘ngra, albatta, sizlar, ey (qayta tirilishni) yolg‘on deguvchi gumrohlar, shak­shubhasiz (jahannamning o‘rtasida o‘sadigan) Zaqqum daraxtidan yeguvchi, undan qorinlaringizni to‘ldiruvchidirsizlar. So‘ng uning ustiga qaynoq suv ichguvchi, (ichganda ham) tashna, to‘ymas tuyalar kabi ichguvchidirsizlar!»

Xabarlarda kelishicha, do‘zax zaboniyalarining har biri bir irg‘itishda jahannamga qirq ming ahli do‘zaxni irg‘itar ekan. Ular rahm qilish va yumshoq muomalada bo‘lishni bilishmaydi.

Muoz ibn Jabal raziyallohu anhu rivoyat qilishlaricha, ahli do‘zaxlarning terilari soatiga yuz marta almashtiriladi. Abu Shayboning rivoyatida esa, ahli do‘zaxlarni do‘zax bir kunda yetmish ming marta kuydirib yuborar ekan, har safar kuyganida, ularga, qaytinglar, deyiladi, ular avvalgi hollariga qaytadilar. Imom Muslim Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisda, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kofir kimsaning tishi Uhud tog‘idek, terisining qalinligi esa uch yillik yo‘ldek bo‘ladi», deganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:27:02
Ellik ikkinchi majlis
Jannat bayoni


Alloh taolo aytadi: «Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa to‘p­to‘p holda jannatga «haydaladilar». Qachon ular darvozalari ochilgan holdagi (jannatga) kelib yetganlarida va uning qo‘riqchilari: «Sizlarga tinchlik­omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas, mangu qolguvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz», deganlarida (ular behad shodlanurlar) va: «Bizlarga va’dasini rost qilgan va bizlarni bu (jannat) yeriga voris qilgan hamda jannatdan o‘zimiz xohlagan tarafda joy­o‘rin olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga hamdu sano bo‘lsin», derlar. Bas, (chiroyli) amal qilguvchi zotlarning ajri naqadar yaxshidir!» (Zumar surasi, 73—74-oyatlar).

Abu Hurayradan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim menga salovot aytishni unutsa, jannatning yo‘lini unutibdi», dedilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Jannatning sakkizta eshigi bor. U eshiklar tillodan bo‘lib, gavharlar qadalgandir. Avvalgi eshikda «La-a ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh», deb yozilgan bo‘lib, u payg‘ambarlar, shahidlar, saxiylarning eshigidir. Ikkinchisi namozlari va tahoratlarini komil qilguvchi namozxonlarning eshigi, uchinchisi mollari zakotini berguvchilarning eshigidir. To‘rtinchisi ro‘zadorlar, beshinchisi amri ma’ruf va nahiy munkar qilguvchilar kiradigan eshik, oltinchisi haj va umra qilguvchilarning eshigidir. Yettinchisidan mujohidlar, sakkizinchisidan ko‘zlarini haromdan tiyguvchilar hamda silai rahm va ota­onalariga ezgulik qilish kabi solih amallar qilguvchilar kirishadi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:27:15
Jannat sakkiz xil bo‘ladi. Birinchisi Dorul jalol, u oq durdan iborat. Ikkinchisi Dorus-salom bo‘lib, qizil yoqut bilan bezatilgan. Uchinchisi Jannatul ma’vodir, u yashil zabarjad (qimmatbaho shaffof) toshdan qurilgan. Keyingisi Jannatul xuld, u sariq marjondandir. Keyingisi, Jannatun-na’im, u oq kumushdan yasalgan. Oltinchisi qizil tillolar bilan ziynatlangan Dorul qarordir. Yettinchisi Jannatul Firdavs, u kumush, oltin, yoqut va zabarjaddan bino qilingan bo‘lib, qorishmasi mushkdandir. Sakizinchisi Jannatu-adn deb nomlanadi. U oq durdan bo‘lib, jannatlarning barchasidan sharaflidir. Uning tillodan qilingan ikki eshigi bo‘lib, ularning orasi osmonu yerning orasichadir. Binosi tillo va kumush g‘ishtlardan, tuprog‘i anbar, qorishmasi mushkdandir. Unda anhorlar bo‘lib, undan boshqa jannatlarga oqib o‘tadi. Anhorlarning mayda toshlari durdan. Ularning suvi qordan sovuq, asaldan shirinroqdir.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Isro kechasida barcha jannatlar ko‘rsatildi. Ularda to‘rtta daryoni ko‘rdim. Birida suv, ikkinchisida sut, uchinchisida may, to‘rtinchisida asal oqardi. Men Jabroildan: «Bu daryolar qaerdan kelib, qaerga ketmoqda?» deb so‘radim. Jabroil alayhissalom: «Bular havzi Kavsarga boradi, lekin qaerdan kelishini men bilmayman. Parvardigoringizdan so‘rang, sizga buni bildiradi va ko‘rsatadi», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam duo qildilar. Shunda bir farishta kelib aytdiki: «Ey Muhammad, ko‘zingizni yuming!» Men yumdim. So‘ngra: «Oching», dedi. Ochib qarasam, bir daraxtning oldida turibman. Daraxt oldida oq durdan qilingan gumbazni ko‘rdim. Gumbazning yashil yoqutdan eshigi bo‘lib, unda qizil tillodan qulf turgan ekan. Agar bu dunyoning hammasini jamlab, shu gumbazning ustiga qo‘yilsa, xuddi baland toqqa bir tuxumni qo‘ygandek bo‘ladi. Men uning ostidan to‘rtta daryoning oqib chiqayotganini ko‘rdim. Qaytishni xohlagan paytimda farishta: «Bu gumbazning ichiga kirmaysizmi?» deb so‘radi. Men: «Uning eshigi qulf bo‘lsa, qanday qilib kiraman?» dedim. U menga: «Uning kaliti sizning qo‘lingizdadir», dedi. Men: «Qani u?» deganimda, farishta: «Bu kalit «Bismillahir rohmanir rahiym»dir», dedi. Men: «Bismillahir rohmanir rohiym» degan edim, qulf ochildi. Ichkariga kirganimda bu to‘rt daryo gumbazning to‘rt ustunidan oqib chiqayotganini ko‘rdim. Men chiqishni xohlaganimda farishta: «Ey Muhammad ko‘rdingizmi?» dedi. Men: «Ko‘rdim», dedim. U: «Ikkinchi marta qarang», dedi. Qarasam, gumbazning ustunlariga «Bismillahir rohmanir rohiym», deb yozilgan ekan. Suv daryosi «bismillah»ning «mim»idan, sut daryosi «ho»sidan, may daryosi «rahmon»ning «mim»idan, asal daryosi «rohiym»ning «mim»idan oqib chiqardi. Shundan keyin bu to‘rt daryo «Bismillahir rohmanir rohiym»dan chiqishi bildim. Alloh taolo menga aytdi: «Ey Muhammad, ummatingizdan kim meni bu ismlar bilan zikr qilsa, Men uni bu daryolarda sug‘oraman».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:27:28
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilarki: «Alloh Adn jannatini yaratgan vaqtda Jabroil alayhissalomga vahiy qilib: «Men bandalarim va valiylarimga tayyorlab qo‘ygan narsalarimga qara», dedi. Jabroil alayhissalom bu jannatni aylanib yurganida, qasrlarning biridan bir hur uning qarshisidan chiqdi. ¥ur Jabroil alayhissalomga tabassum qilganida uning tishlari ziyosidan Adn jannati nurafshon bo‘lib ketdi. Jabroil alayhissalom buni Allohning nuri deb, gumon qilib, sajda qilgan holida yiqildi. Shunda Hur: «Ey Jabroil, boshingizni ko‘taring», dedi. Jabroil alayhissalom boshini ko‘tarib, unga qaradi va: «Seni yaratgan Zot barcha aybu nuqsonlardan pokdir», dedi. Hur: «Ey Jabroil, Alloh meni kim uchun yaratganini bilasizmi?» dedi. Jabroil alayhissalom: «Sen kim uchun yaratilgansan?» deb so‘raganida: «Alloh meni Alloh roziligini o‘zining nafsu havosidan ustun qo‘ygan zotlar uchun yaratgandir», deya javob berdi hur».

Xabarlarda kelishicha, Sirot ko‘prigidan o‘tgandan keyin bog‘lar bo‘lib, ularda pokiza daraxtlar mavjud. Har bir daraxt ostida jannatdan oqib chiqadigan ikkitadan buloq bor. Ulardan biri o‘ngda, ikkinchisi chapdadir. Mo‘minlar sirot ko‘prigidan o‘tganlaridan keyin ulardan birini ichganlarida, ulardagi g‘ilu g‘ashliklar, kirlar, qon va bavl yo‘qoladi. Natijada ularning botinlari ham, zohirlari ham pokiza bo‘ladi. Ikkinchi buloqqa borib cho‘milganlarida, ularning yuzlari to‘lin oydek nurafshon, o‘zlari harirdek yumshoq, jasadlari mushkdek xushbo‘y bo‘ladi. Jannat eshiklariga yetganlarida hurlar chiqib, har biri o‘zining jufti oldiga kelib, ularni quchadi va uylariga olib kiradi. Har bir uyda yetmishta so‘ri bor, har bir so‘rida yetmishta ko‘rta bo‘lib, har bir ko‘rtada bittadan hur bo‘ladi. Har bir hurning egnida yetmishta ko‘ylagi bo‘lib, harirligidan boldirining iligi ko‘rinib turadi. Agar hurlardan biri bu dunyoga tuflasa, uning xushbo‘yligidan butun dunyo mushkka aylanib qolardi. Ularning ko‘kraklarida o‘z juftining va Allohning bir ismi yozilgan bo‘ladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Jannatda farishtalar oltin va kumushdan qasrlar bino qilayotgan edilar. To‘satdan ular ishdan to‘xtab qolishdi. Men ularga: «Nima uchun bino qilishdan tiyildinglar?» deb so‘raganimda, ular: «Nafaqamiz tugab qoldi», deb javob berishdi. Men: «Sizlarning nafaqangiz nima?» dedim. Ular: «Allohning zikridir. Bu qasrning egasi Allohni zikr qilar edi. U zikrdan tiyilgach, biz ham bino qilishdan to‘xtadik», deb javob berishdi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: «Kim menga har juma kuni yuz marta salovot aytsa, Alloh taolo garchi dengiz ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham, uning gunohlarini mag‘firat qiladi», deganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:27:48
Ellik uchinchi majlis
Farishtalarning mo‘minlar uchun istig‘for aytishi


Alloh taolo marhamat qiladi: «Arshni ko‘tarib turadigan va uning atrofidagi (farishtalar) Parvardigoriga hamdu sano aytish bilan (U zotni barcha aybu nuqsonlardan) poklab tasbeh ayturlar va U zotga iymon keltirurlar hamda iymon keltirgan kishilarni mag‘firat qilinishlarini so‘rarlar: «Parvardigoro, O’zing rahmat­mehribonlik va ilm jihatidan barcha narsadan kengdirsan. Bas, tavba­tazarru’ qilgan va Sening yo‘lingga ergashgan kishilarni O’zing mag‘firat qilgin va ularni do‘zax azobidan saqlagin. Parvardigoro, ularni ham, ularning ota­bobolarini, jufti halollari va zurriyotlari orasidagi solih-mo‘min bo‘lgan kishilarni ham O’zing ularga va’da qilgan mangu jannatlarga doxil qilgin. Albatta, Sening O’zinggina qudrat va hikmat sohibidirsan. O’zing ularni barcha yomonliklardan asragin. Kimni o‘sha kundagi (qiyomatdagi) yomonliklardan asrasang, bas, haqiqatan unga rahm­shafqat qilibsan. Mana shu buyuk baxtdir» (G’ofir surasi, 7—8-oyatlar).

Imom Qurtubiy aytadilar: «Ahli mufassirlar Arsh haqida quyidagicha fikr bildirganlar: «Arsh taxt bo‘lib, Alloh yaratgan jismdir. Alloh farishtalarni uni ko‘tarish va tavof qilishga, Allohni ulug‘lab ibodat qilishga buyurgan. Xuddi Alloh yerda bir uyni yaratib, Odam bolalarini uni tavof qilish va unga yuzlanishga buyurganga o‘xshash».

Imom Abu Lays Samarqandiy A’rof surasidagi «So‘ngra U arshga istibo qildi», degan oyatning tafsiri haqida aytadilar: «Ulamolarning ba’zilari, bu oyat mutashobih oyatlardan bo‘lib, uning ta’vilini Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi, degan bo‘lsalar, Yazid ibn Marvon bu oyatning ta’vili haqida so‘ralganida: «Uning ta’vili unga iymon keltirishdir», degan. Imom Molik huzurlariga bir kishi kelib: «Rohman arshga istivo qildi» oyati haqida so‘radi. Shunda Imom Molik: «Bunga iymon keltish vojib, bu haqda so‘rash bid’atdir. Men seni haqiqatdan adashgan kimsa, deb bilaman. Bas, buni chiqarib yuboringlar» deganlar. Muhammad ibn Ja’far ham shunday fikr bildirganlar».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:27:59
Rivoyatlarga ko‘ra, arshni ko‘tarib turuvchi farishtalar sakkiztadir. Oyatda: «Iymon keltirurlar» deyilishdan murod — Allohning yagonaligini, Uning sherigi va tengi­o‘xshashi yo‘qligini tasdiqlaydilar. Agar: «Parvardigoriga hamdu sano aytish bilan (U zotni barcha aybu nuqsonlardan) poklab tasbeh ayturlar va U zotga iymon keltirurlar», oyatida iymon keltirurlar jumlasi: «poklab tasbeh ayturlar» so‘zidan keyin kelmoqda, tasbeh aytish faqatgina iymon keltirgandan keyin bo‘ladi-ku?!» degan savol tug‘ilsa, «Bundan maqsad iymoning sharafi, uning fazliga baho berish va unga targ‘ib qilishdir», deb javob berish mumkin. «Farishtalarning «Tavba­tazarru’ qilgan va Sening yo‘lingga ergashgan kishilarni O’zing mag‘firat qilgin va ularni do‘zax azobidan saqlagin», deyishlaridan foyda nima? Holbuki, insonlar tavba qilib, solih amallar qila boshlasalar, Alloh ularni mag‘firat etishga va’da bergan bo‘lsa, Alloh aslo va’dasiga xilof ish qilmaydi-ku?!» deyilsa, biz aytamiz: «Mag‘firat talab qilish shafoat manzilidir. Uning foydasi o‘sha bandalarning savobi va mukarramligining ziyoda bo‘lishidir». Ba’zi ulamolar: «Farishtalarning ular uchun istig‘for, mag‘firat so‘rashlari, «U yerda buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsalarni (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz», degan oyatning muqobilidir», deyishgan. Farishtalar avvalo, bilmagan narsalarini aytganlaridan keyin, bu qilmishlariga yarasha ular uchun mag‘firat tiladilar. Bu narsada boshqalarga ham tanbeh bor. Agar kimda­kim boshqa birov haqida noloyiq gaplarni gapirgan bo‘lsa, bu qilmishiga uzr aytgan holda, o‘sha kimsa uchun istig‘for aytishi vojib bo‘ladi.

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Alloh arshni yaratgach, farishtalarga uni ko‘tarishga buyurdi. Farishtalarga uni ko‘tarish og‘irlik qilganida, Alloh: «Subhonalloh», denglar, dedi. Farishtalar: «Subhonalloh», deyishgach, arsh yengillashdi. Ular ko‘tarib turganlarida tinmay: «Subhonalloh», dedilar. Alloh Odam alayhissalomni yaratgach, Odam alayhissalom aksa urdi. Alloh Odam alayhissalomni «Alhamdulillah» deyishga ilhomlantirdi. Shunda Odam alayhissalom: «Alhamdulillah», dedi. Alloh taolo: «Yarhamukallohu (ya’ni, senga Alloh rahm qilsin). Mana shuning uchun Men seni yaratgandim», dedi. Farishtalar: «Bu buyuk kalimadir. Bizlar bundan g‘aflatda qolmasligimiz lozim. Buni avvalgisiga qo‘shaylik», dedilar. Ular: «Subhonallohi valhamdulillah», deya zikr qila boshladilar. Shunda arshni ko‘tarish yanada yengillashdi. Ular shu zikrda davom etdilar, toki Alloh Nuh alayhissalomni payg‘ambar qilib yuborgunicha. Ilk bor butlarga ibodat qilganlar Nuh alayhissalomning qavmi bo‘lib, Alloh Nuh alayhissalomga qavmini «La-a ilaha illalloh» kalimasiga da’vat etmoqni buyurdi. Shunda farishtalar: «Bu uchinchi buyuk kalimadir, buni avvalgi ikkitasiga qo‘shaylik», dedilar. Endi ular tinmay: «Subhonallohi valhamdulillahi va la-a ilaha illalloh», deya boshladilar. Alloh taolo Ibrohim alayhissalomni payg‘ambar qilib yuborguncha shu uchta kalimani aytishda davom etdilar. Alloh Ibrohim alayhissalomni payg‘ambar etib, u kishiga o‘g‘illarini qurbon qilishga buyurdi. So‘ngra o‘g‘illari evaziga jannatdan qo‘chqor yubordi. Ibrohim alayhissalom qo‘chqorni ko‘rganlarida shodlanib: «Allohu akbar», dedilar. Shunda farishtalar: «Bu to‘rtinchi ulug‘ kalimadir. Buni ham avvalgi uchtasiga qo‘shaylik», dedilar va tinmay: «Subhonallohi valhamdulillahi va la-a ilaha illallohu vallohu akbar», deya boshladilar. Jabroil alayhissalom bu hadisni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga so‘zlab bergan vaqtlarida, ul zot ajablanib: «La-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil ‘aziym» dedilar. Shunda Jabroil alayhissalom: «Bu kalimani ham avvalgi to‘rt kalimaga qo‘shamiz», dedi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:28:11
Imom Qashiriy deydilar: «Farishtalardan biri: «O’ Parvardigor, Men arshni ko‘rishni xohlayman», dedi. Shunda Alloh unga o‘ttiz ming qanot berdi. U o‘ttiz ming yil uchgach, Alloh: «Arshga yetdingmi?» deb so‘radi. U: «Yo‘q, haligacha arshning bir oyog‘ining o‘ndan biriga yetmadim», dedi va Allohdan o‘zining makoniga qaytishga izn so‘radi».

Alloh taolo eng avvalo qalamni, so‘ngra lavhni yaratdi. So‘ngra qalamga qiyomatgacha bo‘ladigan narsalarning hammasini lavhga yozishni buyurdi. Keyin o‘zining azaliy xohishiga ko‘ra, xohlagan narsasini yaratdi. So‘ngra arshni va uni ko‘tarib turuvchi farishtalarni yaratdi. Keyin yeru osmonlarni yaratdi. Alloh taolo arshni bandalari duoda yuzlanishlari uchun yaratdi. Xuddi ibodat vaqtida Ka’baga yuzlanganlari kabi».

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: «Kursiy arshning oldiga qo‘yilgandir. U kursiy osmonlar va yerdan kengdir».

Muqotil raziyallohu anhu deydilar: «Kursiyning har bir oyog‘ining uzunligi yetti osmon va yetti yer miqdoricha keladi. U arshning oldidadir». Alloma Suyutiy aytadilar: «Abu Zarrdan raziyallohu anhu rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Ey Abu Zarr, yetti osmon kursiyning oldida keng qo‘lga tashlangan yettita uzukdek keladi. Kursiy esa, arshning oldida cho‘lga tashlangan uzukdekdir».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:28:34
Ellik to‘rtinchi majlis
To‘g‘ri­ustivor bo‘lish haqida


Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Albatta: «Parvardigorimiz Allohdir», deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat­ibodat qilishda) to‘g‘ri­ustivor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib (derlar): «Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar! Bizlar hayoti dunyoda ham, oxiratda ham sizlarning do‘stlaringizdirmiz. Sizlar uchun (jannatda) ko‘ngillaringiz tilagan narsalar bordir va sizlar uchun u joyda istagan narsalaringiz bordir. (Bu) mag‘firatli va mehribon zot tomonidan bo‘lgan ziyofatdir». (Odamlarni) Alloh (ning dini)ga da’vat qilgan va o‘zi ham yaxshi amal qilib, «Shak­shubhasiz, men musulmonlardandirman», degan kishidan ham chiroyliroq so‘zlaguvchi kim bor?» (Fussilat surasi, 30—33-oyatlar).

Abu Talhadan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kirdim va u kishini hech ko‘rmagan xursandchilikda ko‘rdim, so‘ng buning sababini so‘radim. Shunda Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Nega xursand bo‘lmayin, Jabroil alayhissalom hozirgina huzurimdan chiqib ketdi, u menga xabar berdiki: «Alloh meni sizga xushxabar berish uchun yubordi. Agar ummatingizdan biror kishi sizga bitta salovot aytsa, Alloh va farishtalar unga o‘nta salovot aytadilar».

Yuqoridagi oyatlarning nozil bo‘lish sababi haqida Abdulloh ibn Abbos aytadilar: «Bu oyat Abu Bakr Siddiq haqida nozil bo‘lgandir. Mushriklar: «Parvardigorimiz Allohdir va farishtalar Allohning qizlaridir», dedilar. Yahudiylar esa: «Parvardigorimiz Allohdir, Uzayr Allohni o‘g‘lidir va Muhammad payg‘ambar emasdir», dedilar. Abu Bakr raziyallohu anhu esa: «Parvardigorimiz Allohdir va U yagona bo‘lib, Uning sherigi yo‘qdir va Muhammad Uning bandasi va rasulidir», dedilar­da, yolg‘iz Allohga toat­ibodat qilishda ustivor bo‘ldilar. Oyatning ma’nosi: «Ular Allohning yagonaligiga iqror bo‘ladilar va Undan sheriklar, xotin va bolalarni nafiy qiladilar. So‘ngra Allohga toat­ibodatni qoim qiladilar va farzlarni ado etadilar. To vafot etgunlaricha dinda xolis bo‘ladilar», deganidir.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:28:47
Ba’zilar: «Istiqomat — to‘g‘ri bo‘lish zohiran va botinan bo‘ladi. Zohiriyi Alloh buyurgan amrlarga bo‘ysunish, qaytarganlaridan chetlashish, botiniyi iymon keltirib tasdiqlashdir», deganlar.

Abu Bakr raziyallohu anhu istiqomat haqida so‘ralganlarida: «Allohga biron narsani sherik qilmasliging», deb javob berganlar. Umar raziyallohu anhu: «Istiqomat — amru nahiylarda to‘g‘ri turishliging tulkilarning hiylalari kabi hiyla qilmasliging», deganlar. Usmon raziyallohu anhu istiqomatni toat­ibodatni ixlos bilan qilish, deb izohlaganlar. Ali raziyallohu anhu esa: «Istiqomat — farzlarni ado etishing», deganlar.

Ahli haqlarning ba’zilari aytishicha, «Istiqomat ­ to‘g‘ri turish uch xildir: til bilan to‘g‘ri turish; qalb bilan to‘g‘ri turish, ya’ni shahodat kalimasida davomli bo‘lish va qalb bilan to‘g‘ri turish, ya’ni toat­ibodatda davomli bo‘lish». Ba’zilar aytadilar: «Istiqomat to‘rt narsa bilan bo‘ladi. Amrning muqobilida toat­ibodat bilan, nahiyning muqobilida taqvo bilan, ne’matning muqobilida shukr bilan, jannatning muqobiliga sabr bilan. Bu to‘rt narsa boshqa to‘rttasi bilan komil bo‘ladi: toat ixlos bilan, taqvo tavba bilan, shukr ojizlikni bilish bilan, sabr Alloh yo‘liga butunlay berilish bilan».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:28:58
Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: «Istiqomatning alomati o‘nta narsada ko‘riladi. Birinchisi, tilni g‘iybatdan saqlash. Zero, Qur’onda g‘iybat harom ekani bayon qilingan. Ikkinchisi, yomon gumondan saqlanish. Zero, Qur’onda gumondan chetlanishlik buyurilgan bo‘lib, gumonlarning ba’zisi gunoh ekani ta’kidlangan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «O’mon gumondan saqlaninglar, chunki u so‘zlarning eng yolg‘onidir», deganlar. Keyingisi, masxara qilishdan chetlanish. Qur’oni karimda Alloh bir qavm ikkinchi qavmni masxara qilmasligini buyurib, masxara qilinayotgan qavm masxara qilayotgan qavmdan yaxshiroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlangan. To‘rtinchisi, ko‘zlarni nomahram ayollarga qarashdan tiyish. Alloh taolo aytadi: «(Ey Muhammad), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Mana shu ular uchun eng toza (yo‘ldir). Albatta, Alloh ular qilayotgan amallardan xabardordir». Beshinchisi, rost so‘zlash, oltinchisi, Alloh yo‘lida infoq qilish. Zero, Alloh taolo: «Kasb qilib topgan narsalaringizning pokizasidan infoq qilinglar», degan. Yettinchisi, isrof qilmaslik, sakkizinchisi, kibrlanmaslik, to‘qqizinchisi, besh vaqt namozni muhofaza qilish va oxirgisi, ahli sunna val jamoa yo‘lini mahkam tutishdir.

Abu Bakr raziyallohu anhu deydilar: «Mo‘minning qalbidagi iymon yetti shoxli daraxtga o‘xshaydi. Shoxlarning bittasi qalbda bo‘lib, uning mevasi to‘g‘ri niyatlik bo‘lish. Ikkinchisi tilda bo‘ladi, uning mevasi to‘g‘ri so‘zlikdir. Uchinchisi ikki oyoqda bo‘lib, mevasi jamoat namoziga borishdir. Keyingisi ikki qo‘lda bo‘lib, uning mevasi sadaqa qilishda ko‘rinadi. Beshinchisi ko‘zdadir, uning mevasi ibratli narsalarga qarash bilan bo‘ladi. Oltinchisi qorinda bo‘ladi, uning mevasi haloldan yeb, shubhali narsalarni tark etishdir. Yettinchisi nafsda bo‘lib, mevasi shahvatlardan tiyilishdir».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:29:12
Xabarlarda kelishicha, qiyomat kuni barcha maxluqotlar qabrlaridan turadi. Farishtalar mo‘minlarning oldiga kelib, ustlaridagi tuproqni qoqadilar. Ularning peshonalaridan boshqa joyning tuprog‘i tushib ketadi. Farishtalar bu o‘rinni ham artadilar, ammo tuproq ketmaydi. Shunda ularga nido qilinadi: «Ey farishtalar! Bu tuproqlar qabrdagi tuproq emas, balki ularning mehroblaridagi tuproqdir. Ularni to Sirot ko‘prigidan o‘tib jannatga kirgunlaricha shu holatda tark etinglar, toki ularga qaraganlar ular Mening xos bandalarim ekanini bilsinlar».

Bashorat­xushxabar beruvchilar uchtadir. Bu dunyoda payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam bashorat berganlar. Qur’oni karimda: «Sabrlilarga xushxabar bering», deyilgan. Jon olish vaqtida farishtalar bashorat berishadi. Zero, Qur’oni karimda kelishicha, farishtalar o‘lim paytida: «Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga berilgan jannat xushxabari bilan shodlaninglar!» deydilar. Yana Alloh taolo: «Ularga Parvardigorlari o‘zi tarafidan bo‘lgan rahmat va rozilik xushxabarini beradi», degan. Uchinchi bashorat — o‘lim vaqtida. Xushxabar berish besh xil bo‘ladi. Birinchisi mo‘minlar ommasi uchun. Ularga: «Sizlar azobda abadiy qolishdan qo‘rqmanglar, sizlarni payg‘ambarlar va solih kimsalar shafoat qiladi, savoblarni boy berib qo‘yganlaringizdan g‘amgin bo‘lmanglar, sizlarning boradigan joyingiz jannat bo‘lishi xushxabari bilan shodlaninglar», deyiladi. Ikkinchi bashorat ixlos bilan amal qilguvchilar uchun bo‘lib, ularga: «Amallaringiz rad qilinib qolmog‘idan xavfsiramanglar. Chunki amallaringiz maqbuldir. Savoblarni qo‘ldan boy berganingizga g‘amgin bo‘lmanglar, sizlarning savoblaringiz bir necha bor ziyoda qilinadi», deyiladi. Uchinchisi tavba qilguvchilar uchun, ularga: «Gunohlaringizdan xavfsiramanglar, chunki sizlarning gunohlaringiz mag‘firat qilingandir. Savoblaringiz kamligidan g‘amgin bo‘lmang, chunki sizlarning gunohlaringiz savoblarga aylantirilgandir», deyiladi. Keyingi xushxabar zohidlar uchun atalgan. Ularga: «Hashr va hisob­kitobdan xavfsiramanglar va hisobsiz, azobsiz jannatga kirish xushxabari bilan shodlaninglar», deyiladi. Beshinchisi odamlarga yaxshiliklarni ta’lim bergan va ilmlariga amal qilgan ulamolar uchun. Ularga: «Qiyomat dahshatlaridan xavfsiramanglar. Chunki sizlar amal qilganlaringiz evaziga mukofotlanasizlar. Sizlar va sizlarga ergashganlar uchun bo‘lgan jannatlar xushxabari bilan shodlaninglar», deyiladi. Umrining oxiri bashorat­xushxabar bilan yakunlangan kimsalar naqadar saodatlidir. Bashorat faqatgina amalida muhsin bo‘lgan mo‘minlarga beriladi. Ular uchun farishtalar nozil bo‘ladi. Shunda mo‘minlar: «Sizlar kimsizlar, biz sizlardan go‘zalroq va xushbo‘yroq kimsalarni ko‘rmaganmiz», deydilar. Farishtalar: «Biz sizlarning avliyo do‘stlaringizmiz, ya’ni, bu dunyoda amallaringizni yozib, sizlarni muhofaza qilib turdik», deydilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:29:27
Oqil kimsa g‘aflatdan uyg‘onmog‘i lozim. Uyg‘onishning alomati to‘rt xil bo‘ladi: birinchisi dunyo ishlarini qanoat bilan tadbir qilish; ikkinchisi oxirat ishlariga harislik bilan yondashish; uchinchisi din ishlarini ilm va ijtihod bilan bajarish; to‘rtinchisi xalqning ishini nasihat, muhabbat va yumshoqlik bilan tadbir qilish. Quyidagi besh xislatga ega bo‘lganlar odamlarning afzali hisoblanadi: ibodatda qoim bo‘lganlar, zohirda ham, botinda ham ixlosli bo‘lganlar odamlar uning yomonligidan omonda bo‘lganlar, odamlarning qo‘lidagi narsadan umidvor bo‘lmaganlar va o‘limga hozirlangan kishilar.

Yahyo ibn Muoz aytadilar: «Mustaqim turguvchining bir qancha alomatlari bor: Allohga toat­ibodat qilishga sa’y-harak’at etish, tama’siz ommaga nasihat qilish, qo‘rquv bilan ibodat qilish, dunyoda ko‘rayotgan narsalaridan shahvatsiz ibrat olish, oxirat haqida g‘aflatsiz tafakkur qilish. Kim o‘zida ushbu sifatlarni jamlasa, o‘lim oldidan unga baxt­saodat va jannat xushxabari beriladi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:29:43
Ellik beshinchi majlis
Tavba fazilati haqida


Alloh taolo aytadi: «U bandalaridan tavba­tazarru’ qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qiladigan amallaringizni biladigan zotdir. U iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarning (duolarini) ijobat qilur va ularga (so‘ragan narsalarni ado etib yana) O’z fazlu karamidan ziyoda qilur. Kofirlar uchun esa qattiq azob bordir» (Sho‘ro surasi, 25—26-oyatlar).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Uch toifa inson mening yuzimni ko‘rmaydi: ota­onasiga oq bo‘lgan, sunnatimni tark qilgan va men uning oldida zikr qilinsamu, menga salovot aytmagan kishi».

Alloh taolo: «Rahmatim­mehribonligim esa hamma narsadan kengdir», oyatini nozil qilganda, iblis alayhi la’na: «Men ham Allohning maxluqotlaridan biriman, shunday ekan men uchun ham Allohning rahmatidan nasiba bordir», deb umid qildi. Qachonki, Alloh taolo: «Men uni (rahmatimni) taqvo qiladigan, zakotni beradigan zotlarga va Bizning oyatlarimizga iymon keltiruvchi bo‘lgan kimsalarga yozurman», oyatini nozil qilgach, iblis Allohning rahmatidan umidini uzdi. Alloh: «Ular shunday kishilarki, ummiy (savodsiz) payg‘ambarga, Tavrot va Injilda yozilgan holda topishadigan — elchimizga ergashadilar», oyatini nozil qilgach, yahud, nosarolar ham Allohning rahmatidan umidini uzdilar. Allohning rahmati mo‘minlarga xos bo‘lib qoldi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:30:04
Shoshilish shaytondandir. Ammo besh o‘rinda shoshilish sunnatdir: mayyitni dafn qilishda qizlarni turmushga berishda, qarzlarni ado etishda, gunoh sodir qilib qo‘ysa, tavba qilishda va musofir­mehmonga taom hozirlashda.

Abu Zarrdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Har bir dardning da’vosi bor, gunohlarning da’vosi istig‘for aytishdir», dedilar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Ey odamlar, Allohga tavba qilinglar. Men bir kunda yuz marta tavba qilaman».

Boshqa hadisda esa: «Kim bir kunda ikki marta Allohga istig‘for aytmasa, batahqiq, o‘ziga zulm qilibdi», deganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:30:14
Imom Buxoriy rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Istig‘forlarning sayyidi ushbudir: «Ey Alloh! Mening Rabbimsan va Sendan boshqa iloh yo‘qdir. Men Sening qulingman. Qurbim yetganicha Sening ahd-paymoning va va’dangda turibman. O’zim qilgan narsalar yomonligidan Sendan panoh so‘rayman. Sening menga bergan barcha ne’matlaringni ham, qilgan gunohlarimni ham e’tirof etaman. Meni mag‘firat etgin. Albatta, faqat Sengina gunohlarni kechiruvchisan!» Kech kirganda ushbu duoni chin ixlos bilan aytgan kishi shu kechasida vafot etsa, jannatga kiradi. Kunduzi ham shunday».

Hikoya qilinishicha, Bani Isroildan bir bola yigirma yil Allohga ibodat qildi, so‘ngra yana yigirma yil Allohga osiy bo‘ldi. Kunlarning birida ko‘zguga qarab soqoliga oq oralaganini ko‘rdi va bu sabab g‘amgin bo‘ldi. «O’ Parvardigor, Senga yigirma yil ibodat qildim, so‘ng yana yigirma yil osiy bo‘ldim. Agar Senga qaytsam, meni qabul qilasanmi?» dedi u. Shunda: «Sen Bizga ijobat qilgan eding, Biz ham Senga ijobat qilgan edik va sen Bizni tark qilding, natijada Biz ham seni tark qildik va senga muhlat berdik. Agar sen Bizga qaytsang, Biz ham senga ijobat qilamiz», degan nidoni eshitdi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:30:27
Shayx Imom Abu Nasr Samarqandiy hikoya qiladi: «Hasan Basriy avvalgi hollarida go‘zal, kelishgan yigit bo‘lib, chiroyli liboslarni kiyib Basra ko‘chalarida sayr qilib yurardi. Kunlarning birida husniqomat, sohibjamol ayolni ko‘rib qolib, unga ergasha boshladi. Ayol unga qarab: «Hayo qilmaysanmi?» dedi. Hasan Basriy: «Kimdan?» deganida, «Ko‘zlarning xiyonatiniyu, qalbdagi maxfiy narsalarni bilguvchi Zotdan», dedi. Shunda Hasan Basriyning qalbida bir qo‘rquv paydo bo‘ldi. Lekin sabr qilishga ojiz bo‘lib, o‘ziga egalik qila olmadi va yana unga ergasha boshladi. Shunda ayol: «Nima uchun izimdan ergashmoqdasan?» deb so‘radi. U kishi: «Meni sening ko‘zlaring maftun qildi», dedi. Ayol: «Shu yerda o‘tirib tur, senga xohlagan narsangni yuboraman», dedi. Shunda Hasan Basriy, bu ayol ham menga oshiq bo‘lib qoldi, deb o‘ylab, kuta boshladi. Shu payt bir joriya keldi, uning qo‘lida ro‘mol yopilgan idish bor edi. Joriya idishdan ro‘molni oldi. Unda bir juft ko‘z yotardi. Joriya aytdi: «Sohibam: «Men sababli biror kimsaning fitnalanishini xohlamayman», dedi». Hasan Basriy bu so‘zni eshitgan vaqtida vujudi titrab ketdi, soqollarini ushlab, o‘zini koyidi: «Soqol senga hayf, bir ayolchalik bo‘lolmading». Nadomat qilib, shu ondayoq tavba qildi. Uylariga qaytib, kechasi bilan yig‘lab chiqdi. Tong otgach, ayoldan rizolik so‘rash uchun uning hovlisiga yo‘l oldi. Borsa, ayol vafot etgan ekan. Hasan Basriy uch kun tinimsiz yig‘ladi. Uchinchi kechada tush ko‘rsa, haligi ayol jannatda o‘tirgan ekan. Shunda undan rozilik so‘radi. Ayol: «Men sendan roziman, chunki men sen sababli Alloh tarafidan ko‘p yaxshiliklarga erishdim», dedi. «Menga va’z-nasihat qil», dedi Hasan Basriy. U: «Agar xoli qolsang, Allohni zikr qil. Tong va kech paytlari Allohga istig‘for ayt va Allohga tavba qil», dedi. Hasan Basriy uning so‘zini qabul qildi, natijada, zuhd va toat­ibodat bilan odamlar orasida mashhur bo‘ldi hamda valiylik darajasiga yetdi».

Odam alayhissalom aytadilar: «Alloh Muhammadning ummatiga menga bermagan to‘rtta afzallikni berdi. Birinchisi, mening tavbam Makkada qabul bo‘ldi. Muhammad ummati qaerda tavba qilsa ham, Alloh ularning tavbasini qabul qiladi. Ikkinchisi, men osiy bo‘lgan vaqtimda, Alloh mening libosimni olib qo‘ydi, ammo Muhammadning ummati yalang‘och hollarida osiy bo‘lsalar ham, Alloh ularni liboslantiradi. Uchinchisi, osiy bo‘lgan vaqtimda ayolim bilan oramiz ajratib qo‘yildi. Ammo Muhammadning ummati osiy bo‘lsalar-da, ular bilan xotinlarining orasi ajratib yuborilmaydi. To‘rtinchisi, men jannatda osiy bo‘lgan edim, Alloh meni u yerdan chiqarib yubordi. Ammo Muhammadning ummati jannatdan tashqarida Allohga osiy bo‘ladi, lekin tavba qilsa, Alloh ularni jannatga kiritadi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:30:39
Hukamolar aytadi: «Kimga to‘rt narsa berilsa, to‘rt narsadan mahrum bo‘lmaydi. Kimga duo qilish nasib etsa, ijobatdan mahrum bo‘lmaydi. Zero, Qur’oni karimda Alloh: «Menga duo qilinglar, Men sizlarga ijobat qilaman», degan. Kimga istig‘for aytish berilsa, mag‘firatdan mahrum bo‘lmaydi. Alloh taolo: «Parvardigoringiz (Alloh)dan mag‘firat so‘ranglar, albatta, u o‘ta mag‘firatli bo‘lgan zotdir», deydi. Kimga shukr qilish berilsa, ne’matlarning ziyoda qilinishidan mahrum bo‘lmaydi. Zero, Qur’oni karimda Alloh: «Agar shukr qilsalaring, batahqiq sizlarga ziyoda qilaman», degan. Kimga tavba qilish nasib etsa, qabuldan mahrum bo‘lmaydi. Zero, Alloh taolo: «U (Alloh) bandalaridan tavbalarni qabul qiladigan, gunohlarni afv qiladigan zotdir», deya marhamat qilgan.

Abu Hoshim Sufiy rivoyat qiladi: «Basraga otlandim. Bir kemaning oldiga keldim, unda bir kishi va uning joriyasi bor edi. U kemada joy yo‘qligini aytdi. Shunda joriya undan meni ham olishni so‘ragach, u meni oldi. Yo‘lga tushgan vaqtimizda kishi joriyasiga nonushta keltirishni buyurdi. Bas, nonushta keltirdi. Joriya: «Ana u miskinni ham chaqir», dedi. Birgalashib nonushta qildik. Nonushtadan keyin kishi: «Ey joriya, sharob keltir», dedi. Sharob ichgach, menga ham uzatishni buyurdi. Men bosh tortganimdan keyin Joriya: «Mehmonning haqqi bor» degan edi, meni tark etdi. U sarxush bo‘lib: «Ey joriya, nayingni keltir», dedi. Joriya nayni olib kuylay boshladi. Kishi menga qarab: «Shunaqa hayot kechirish yaxshimi?» dedi. «Menda bundan yaxshiroq narsa bor», dedim. «U nima ekan?» dedi. Shunda men: «A’uzu billahi minash­shaytonir rojiym», deb ushbu oyatlarni o‘qiy boshladim: «Quyosh o‘ralib (nursizlanib) qolganida. Yulduzlar ham (o‘z falaklaridan) to‘kilganida. Tog‘lar ham (o‘z joylaridan) jildirilganida"¦» Shunda u yig‘lay boshladi. Men: «(Nomai a’mol) sahifalari ochilganida» oyatiga yetganimda, u: «Ey joriya, bor, sen Allohning roziligi uchun ozodsan», dedi va sharobni to‘kib yubordi, nayni sindirdi. Meni kelib quchoqladi-da: «Ey birodar, nima deysan, tavba qilsam, Alloh qabul qiladimi?» dedi. Men esa: «Albatta, Alloh tavba qilguvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutuvchilarni yaxshi ko‘radi», dedim. U men bilan birodar tutindi. Biz to uning o‘limiga qadar qirq yil inoq do‘st bo‘ldik. Birodarim vafot qilgach, uni tushimda ko‘rdim va unga: «Ey birodar, nimaga erishding?» dedim. U: «Jannatga erishdim», dedi. «Jannatga nima bilan erishding?» deb so‘raganimda, u: «Sening «(Nomai a’mol) sahifalari ochilganida» oyatini qiroat qilishing bilan», deb javob berdi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:31:00
Ellik oltinchi majlis
Sha’bon oyining fazilati


Alloh taolo aytadi: «Alloh bandalariga mehribondir. U o‘zi xohlagan kishilarga (keng­mo‘l) rizq berur. U kuchli, qudratlidir. Kim (o‘z amali bilan) oxirat eshigini (ya’ni, savobini) istar ekan, Biz unga ekinini(ng hosilini) mo‘l-ziyoda qilurmiz. Kim dunyo ekinini istar ekan, Biz unga o‘shandan (dunyo matolaridan) berurmiz va uning uchun oxiratda biron nasiba bo‘lmas!» (Sho‘ro surasi, 19—20-oyatlar).

(Izoh: Bu oyati karimada har qanday yaxshi amal faqat oxiratdagi mukofotni ko‘zlab qilinsagina Alloh taolo uning ajru savobini komil qilib berishi, ammo agar mol­dunyo va shon­shuhratga yetish g‘arazida riyokorlik bilan qilingan amallar uchun esa oxiratda hech qanday savob yo‘qligi uqtirilmoqda.)

Alloh bandalariga mehribondir, ya’ni tavba qilguvchi va istig‘for aytuvchilarga rahm qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «¥ech bir ovoz gunohkor bandaning tavba qilayotganidagi ovozidan ko‘ra Allohga suyukliroq emasdir».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:31:10
Xabarlarda aytilishicha, qiyomat kuni bir banda keltiriladi va unga gunohlari ko‘rsatiladi. Shunda Alloh: «Gunohlarni qilayotganingda Mendan uyalmadingmi?» deydi. Banda baland ovoz bilan yig‘lay boshlaydi. Shunda Alloh: «Ovozingni chiqarma, toki Muhammad eshitib qolmasin. Men sening gunohlaringni dunyoda berkitgan edim, endi ularni mag‘firat qilaman», deydi. Banda xursand bo‘lganidan avvalgisidan ham qattiqroq yig‘laydi. Muhammad sollallohu alayhi va sallam uning tovushini eshitib: «Parvardigoro, Sen rahmlilarning rahmlirog‘isan, uni menga ber», deydilar. Alloh esa: «Uni sizga berdim, habibim, aslo g‘amgin bo‘lmang!» deydi».

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Sha’bon oyining boshqa oylardan afzalligi mening boshqa payg‘ambarlardan afzalligim kabidir». Boshqa hadisda esa: «Nima uchun uning «sha’bon» (shox-novdalar chiqaruvchi, degani) deyilishini bilasizmi? Uning bunday nomlanishiga sabab, bu oyda daraxtlar shoxlab, novdalar chiqargani kabi yaxshiliklar ko‘p bo‘ladi», deyilgan.

Imom Muslim Abu Hurayradan raziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Alloh o‘z rahmatini yuz qism qilgan bo‘lib, to‘qson to‘qqiz qismini o‘z huzurida saqlab qo‘ygandir. Bir qisminigina yerga tushirgan. Mana shu yerga tushirgan rahmati sababli maxluqotlar bir­biriga rahm qiladi, hatto jonivorlar bolasiga ozor yetkazib qo‘yishdan qo‘rqib oyog‘ini ko‘tarib yuradi». Boshqa rivoyatda: «To‘qson to‘qqiztasini qiyomatga olib qo‘yganki, u bilan mo‘min bandalariga rahm qiladi», deyilgan.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:31:20
Yahyo ibn Muoz aytadilar: «Sha’bonda beshta harf bordir. Shin — sharafu shafoat, ayn — azizligu karomat, bo — birr-ezgulik, alif — ulfatu inoqlik, nun — nur-yorug‘likdir».

«Rajab oyi badanni, sha’bon oyi qalbni, ramazon esa, ruhni poklash uchundir. Kim rajab oyida badanni poklasa, sha’bonda qalbni poklaydi va kim qalbini sha’bonda poklasa, ramazonda ruhini poklaydi. Agar rajabda badanni, sha’bonda qalbni poklamasa, ramazon oyida qanday qilib ruhni poklash mumkin? Shuning uchun ham donishmandlar aytishadiki: «Rajab oyi gunohlarga istig‘for aytish uchun. Ramazon qalblarni munavvar qilish uchun. Laylatul qadr esa Allohga qurbat hosil qilish uchun».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim sha’bon oyining avvalida, o‘rtasida va oxirida uch kundan ro‘za tutsa, xuddi yetmish yil ibodat qilgandek savob oladi. Agar shu yili vafot etsa, shahidlar o‘limini topadi», deganlar. Boshqa rivoyatda esa: «Kim sha’bonni ulug‘lab, Allohdan taqvo qilsa va solih amallar qilib, ma’siyatlardan o‘zini tiysa, Alloh uning gunohlarini mag‘firat qiladi hamda shu yilda bo‘ladigan har qanday balolar va kasalliklardan omonda saqlaydi», deganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:31:32
Muhammad ibn Abdulloh Zohidiy aytadi: «Do‘stim Abu Xafs vafot etdi. Men uning janozasini o‘qidim. Sakkiz oy qabrini ziyorat qilmadim. So‘ng uni ziyorat qilishni qasd qilib, yo‘lga chiqdim. Shu kechasi uxlaganimda, uni tushimda ko‘rdim: qarasam, yuzi o‘zgargan, rangi sarg‘aygan. Unga salom bersam, javob qaytarmadi. Men: «Subhonalloh, nima uchun salomga javob qaytarmayapsan?» dedim. U: «Salomga javob qaytarish ibodatdir. Biz esa ibodat qilishdan kesilganmiz», dedi. Men: «Nima bo‘ldiki, men seni yuzing o‘zgargan holatda ko‘ryapman, holbuki, yuzing go‘zal edi-ku?!» deb so‘raganimda, u: «Men qabrga qo‘yilganimda, bir farishta kelib, boshimning oldiga turdi va: «Ey yomon qariya», deya gunohlarimni sanab ketdi. Keyin meni gurzi bilan bir urdiki, butun jasadim olov bo‘lib yondi. So‘ng menga qabrim gapira ketdi: «Rabbimdan gunoh qilishga hayo qilmadingmi?» deb meni siqdi, hatto qovurg‘alarim bir­biriga kirishib ketdi. Toki sha’bon oyi chiqquncha men shu tariqa azoblanaverdim. Sha’bon oyi chiqqanda bir nido qilguvchi: «Ey farishta, uni xoli qo‘ygin, chunki umrida bir marta sha’bon kechasi uxlamay ibodat qilgan edi va bir kun ro‘za tutgan edi», deb nido qildi. Shundan so‘ng u menga jannat va rahmat xushxabarini berdi», dedi.

Sahih hadislarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sha’bon oyida boshqa oylarga nisbatan ko‘proq ro‘za tutar ekanlar. Ammo sha’bon oyining o‘rtasidagi kecha, ya’ni Baroat kechasiga kelsak, ulamolar bu haqda ixtilof qilganlar.

Shom ahlidan Xolid ibn Ma’don va Luqmon ibn Omir kabi tobe’inlar bu kechani ulug‘lab, ibodat qilganlar. Bu narsa mashhur bo‘lib ketgach, odamlar ixtilof qila boshladilar. Hijoz ahlining ulamolari buni inkor qilib, ushbu amalni bid’at sanaganlar. Shuni aytish kerakki, ixtilof Baroat kechasi o‘z uyida ibodat qilib, bedor bo‘lish xususida bo‘lgan va aksar ulamolar buni bid’atga chiqarganlar. Ammo masjidlarda va uylarda jamlanib ibodat qilishga kelsak, ulamolarning barchasi bu ishni bid’at sanaganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:31:43
Bugungi kundagi ko‘p masjidlarda katta jamoat yig‘ilib olib, nafl namozi o‘qishlari makruhdir. Bu Shom ahlining imomi, olimi va faqihi Avzoiyning so‘zidir. Bu kechada masjid va boshqa joylarda jamoat bo‘lib, nafl ibodat qilish qabih bid’at bo‘lib, undan chetlashish vojibdir. Chunki fuqaholar taroveh (ramazon oyida o‘qiladigan nafl namoz), kusuf (oy yoki quyosh tutilganda o‘qiladigan nafl namoz) va istisqo (yomg‘ir so‘rab o‘qiladigan nafl namoz)dan boshqa nafllarni jamoat bo‘lib o‘qishning makruhligiga ittifoq qilganlar. Ammo bu kechada jamoat bo‘lib o‘qiladigan va baroat namozi deb nomlanadigan namozga kelsak, u ham bid’atdir. Chunki bu sahobalar davrida ham, tobe’inlar davrida ham bo‘lmagan, faqatgina hijratning 400 yillaridan keyin zohir bo‘lgandir. Aniqrog‘i, hijriy 448 yili Masjidul Aqsoda paydo bo‘lib, u haqda Imom Tarsutiy quyidagilarni zikr qilgan: «Bir kishi Baytul Maqdisga kelib, sha’bon oyining 15-kechasida Masjidul Aqsoga kirib namoz o‘qiy boshladi. Odamlar asta-sekin unga iqtido qilishdi. So‘ngra keyingi yil ham kelib, xuddi shu kechasi namoz o‘qidi. Yana odamlar unga qo‘shilib, namoz o‘qishdi. Bu asta­sekin masjidlarga, shaharlarga tarqaldi va odamlar ichida sunnat bo‘lib qaror topdi. Ulamolardan ko‘pchiligi buni mazammat qilib qoralaganlar va uni ko‘p munkar ishlarni o‘z ichiga qamrab olguvchi qabih bid’atligini ravshan isbotlaganlar. Bas, shunday ekan, bu qabih ishni o‘zgartirishga qodir bo‘lmagan kimsaga shu kechasi masjid jamoatiga kelmasligi, balki namozini uyda o‘qimog‘i lozimdir. Namozni masjidda jamoat bilan o‘qish sunnatdir. Lekin ahli bid’atning safini ko‘paytirish nahiy qilingandir. Nahiy etilgan ishni qilmaslik vojibdir. Ayniqsa, odamlar ichida taqvosi va ilmi bilan mashhur bo‘lgan kimsalarga bunday odatlar joriy etilgan masjidga bormaslik vojib bo‘ladi. Chunki olim kishi bu amalni inkor etmay masjidda hozir bo‘lsa, omma bu amal muboh yoki targ‘ib qilingan ekan, deb o‘ylaydi. Agar u odatini tark qilib, shu kechasi masjidga kelmasa va qo‘li, tili bilan odamlarni ham qaytarsa, yoki qaytarishdan ojiz bo‘lib, qalb bilan buni inkor qilsa, gunohdan salomat qoladi. Shunda odamlarning ba’zisi bu amal Allohning huzurida maqbul emasligini sezadi. Ulamolarning ba’zisi: «Bu kechada qoim bo‘lish Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan ham, sahobalardan ham sobit bo‘lmagan bid’atdir», deganlar. Xulosa qilib shuni aytamizki, musulmonlar har xil bid’at-xurofotlarga mayl bo‘lish va ularga aldanib qolishdan saqlanishlari va dinlarni qon­qonlariga singib ketgan bid’atlardan himoya qilishlari lozimdir. Chunki bu bid’atlar halok qilguvchi zahar bo‘lib, kamdan­kam insonlargina bundan salomat qoladi
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:31:56
Ellik yettinchi majlis
Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish


Alloh taolo aytadi: «U Kunda do‘stlar bir­biriga dushmandir, magar (Alloh yo‘lida do‘stlashgan) taqvodor zotlargina (mangu do‘stdirlar). (U Kunda ularga aytilur): «Ey bizning oyatlarimizga iymon keltirgan va musulmon bo‘lib o‘tgan bandalarim, bu Kun sizlar uchun hech xavfu xatar yo‘qdir va sizlar aslo g‘amgin bo‘lmaysizlar. Sizlar jufti halollaringiz bilan birga shod­hurram bo‘lgan hollaringizda jannatga kiringiz!» (Zuxruf surasi, 67-70-oyatlar).

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Masjidlaringizni menga salovot aytish bilan ziynatlanglar. Aytgan salovotlaringiz Qiyomat kuni sizlarga nur bo‘ladi», dedilar.

Yana Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Allohning shunday bandalari borki, Qiyomat kuni ular minbarda o‘tiradilar. Ularning liboslari nur, yuzlari yorug‘ bo‘ladi. Ular payg‘ambarlar ham, shahidlar ham emas, lekin payg‘ambarlar ham, shahidlar ham ularga havas bilan qaraydilar». Shunda sahobalar: «Ular kimlar, yo Rasululloh?» deb so‘rashdi. Payg‘ambar alayhissalom: «Ular Alloh uchun bir­birlarini yaxshi ko‘rganlar, Alloh uchun bir­birlarini ziyorat qilganlar va Alloh uchun bir­birlari bilan o‘tirganlardir», dedilar (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:32:09
Boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Alloh Muso alayhissalomga vahiy qilib dedi: Ey Muso, Men uchun biror amal qildingmi? Shunda Muso alayhissalom: «O’ Parvardigor, Sen uchun namoz o‘qidim, ro‘za tutdim, sadaqa qildim, Seni zikr qildim», dedilar. Alloh: «Ey Muso, namozing o‘zingning foydangga hujjat, tutgan ro‘zang o‘zingga qalqon, bergan sadaqalaring senga soya va qilgan zikring o‘zing uchun nur bo‘ladi. Men uchun nima amal qilding?» dedi. Muso alayhissalom: «O’ Parvardigor, menga bildir! Sen uchun nima amal qilayin?» dedilar. Alloh: «Ey Muso, Men uchun biror kimsani do‘st tutdingmi va biror kimsani dushman tutdingmi?» dedi».

Bu hadislardan ma’lum bo‘ladiki, Allohga amallarning eng suyuklisi Uning yo‘lida yaxshi ko‘rish va Uning yo‘lida yomon ko‘rishdir. Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Alloh qiyomat kuni: «Men uchun bir­birlarini yaxshi ko‘rganlar qani? Izzatim va buyukligimga qasamki, bugun Men soyamdan boshqa soya yo‘q kunda ularni o‘z soyam (arshning soyasi) bilan ularni soyalantiraman», deydi» (Tabaroniy rivoyati).

Xabarlarda kelishicha, qiyomat kuni bir mo‘min kimsa keltiriladi va amallari taroziga qo‘yiladi. Gunohlari savoblaridan og‘ir keladi. Natijada do‘zaxga hukm qilinadi. Shunda u: «O’ Parvardigor, menga bir soat muhlat berginki, onamdan savob olayin» deydi. Unga muhlat beriladi. U onasining oldiga kelib: «Ey onajon, meni dunyoda tarbiya qildingiz va menga qilmagan yaxshiliklaringiz qolmadi. Shular haqqi, menga do‘zaxdan najot topishim uchun savoblaringizdan ozgina bering», deydi. Onasi: «Ey bolajonim, men o‘z ishimda ojiz bo‘lib, hayratlanib turibmanu, qanday qilib bugun seni qutqara olaman?» deydi. Onasidan umidini uzgan yigit boshqa qarindoshlarining oldiga boradi, lekin hammasining oldidan noumid qaytadi. Alloh uni do‘zaxga tashlashga buyuradi. Shu payt do‘sti uni do‘zaxga haydab ketayotganlarini ko‘rib qoladi, unga: «Bizlardan birimiz do‘zaxdan najot topishimiz uchun senga jamiki savoblarimni beraman. Zero, bu ism ikkalamiz ham do‘zaxga tushmog‘imizdan yengilroqdir», deydi. Unga jannatga kirish buyuriladi, jannatga oshiqayotgan paytida unga: «O’z do‘stingni do‘zaxga tashlab, jannatga kirishing mardlik emas», deb nido qilinadi. U sajdaga yiqilib do‘sti uchun shafoat so‘raydi. Natijada Alloh ikkalasiga ham jannatga kirmoqni buyuradi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:32:20
Ibn Abbosdan raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Kim musulmon birodarini ziyorat qilsa, uning uchun har bir qadamiga bitta qulni ozod qilganlik savobi beriladi. Bu ziyorati sababli uning mingta gunohi o‘chirilib, mingta savob yoziladi». Boshqa bir hadisda esa bunday deyilgan: «Men sizlarga jannat ahlidan bo‘lgan kishilaringizning xabarini beraymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Payg‘ambarlar jannatda, siddiqlar jannatda, shahidlar jannatda, shahar chekkasida turadigan musulmon birodarini faqatgina Alloh roziligi uchun ziyorat qiladigan kishilar jannatdadir», dedilar.

Tabaroniy rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Jannatda bir turli qasrlar borki, ularning ichidan tashqarisi va tashqarisidan ichkarisi ko‘rinib turadi. Alloh taolo ularni bir­birini yaxshi ko‘radigan va bir­birini ziyorat qiladiganlar uchun hozirlab qo‘ygandir», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Qiyomat kuni mahsharga avvalu oxirgilar jamlanganda, bir nido qiluvchi nido qiladi: «Yerdagi (ya’ni, dunyodagi) Allohning qo‘shnilari qaerda?» Odamlar ichidan bir to‘dasi turib, jannatga yo‘l oladilar. Farishtalar ularga: «Qaerga ketayapsizlar?» deyishganda, ular: «Jannatga», deyishadi. «Hali hisob­kitob bo‘lmasdan oldinmi?» deydi farishtalar. Ular: «Ha», deyishadi. Farishtalar: «Sizlar kimsizlar?» deganlarida, ular: «Biz Allohning qo‘shnilarimiz», deyishadi. Shunda farishtalar aytadilar: «Jannatga kiringlar, amal qilguvchilarning mukofoti naqadar ajoyib!»
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:32:32
Xabarda kelishicha, qiyomat kuni Allohning huzuriga ikki kishini olib keladilar. Ulardan biri itoatli mo‘min bo‘lsa, ikkinchisi osiy mo‘mindir. Alloh Rizvonga itoatli mo‘minni jannatga olib bormoqni, Zaboniyalarga esa osiyni do‘zaxga olib borib, azoblamoqni buyuradi. Itoatli mo‘min kulib, xursand holatda jannatga qarab yo‘l oladi. Jannatga yaqinlashgan vaqtda orqasidan: «Ey do‘stim, ey birodarim, menga rahm qilgin, meni shafoat et», degan nidoni eshitadi. Shu zahoti u joyida to‘xtab qoladi va jannatga kirmaydi. Shunda Rizvon unga: «Jannatga kir va Alloh seni jannatga kirgizganiga shukr qil», deydi. U esa: «Yo‘q, men jannatga kirmayman, meni do‘zaxga olib bor», deydi. Rizvon: «Nima uchun jannatga kirmay, do‘zaxga kirishga rozi bo‘lyapsan?» deb so‘raganida, u: «Chunki do‘zaxga ketgan osiy kishi mening do‘stim edi. U mendan hozir shafoat qilishni so‘radi. Modomiki, men uni shafoat qilishga va qutqarib jannatga kiritishga qodir emas ekanman, men uchun uning oldiga borib, u bilan birga azoblanmoqdan boshqa chora yo‘qdir», deydi. Shunda Alloh do‘sti sababli osiyni ham mag‘firat qilib, jannatga kiritadi.

Hikoya qilinadiki, ikki birodar yo‘liqib qolishdi. Shunda ularning biri ikkinchisidan qaerga ketayotganini so‘radi. U: «Baytullohni haj qildim va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qabrlarini ziyorat etdim. O’zing qaerdan kelyapsan?» dedi. Ikkinchisi: «Men Alloh uchun yaxshi ko‘rgan birodarimni ziyorat qilib kelyapman», deb javob berdi. Birinchi kishi: «Sen birodaringni ziyorat qilish fazilatini menga berasanmi? Men senga haj qilganimning fazilatini beraman», dedi. U boshini chayqab «Yo‘q!» dedi. Shu payt nido eshitildi: «Yuzta nafl hajdan Alloh yo‘lidagi ziyorat Allohning huzurida afzaldir».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:32:43
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim yaxshi ko‘rgan birodarini Allohning roziligi uchun ziyorat qilsa, Alloh arshni ko‘tarib turgan farishtalarga: «Bandam meni ziyorat qildi, Men uni ziyofat qilishim lozim. Men bu bandam uchun jannatdan o‘zga ziyofatga rozi bo‘lmayman», deydi», dedilar».

Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Bir kishi Alloh yo‘lida do‘stlashgan birodarini ziyorat qilish uchun yo‘lga chiqdi. Alloh uning oldiga bir farishtani yubordi. Farishta unga: «Qaerga ketyapsan?» dedi. U: «Falonchini ziyorat qilgani ketyapman», deb javob berdi. Farishta: «U sening qarindoshing bo‘lgani uchunmi?» dedi. «Yo‘q», dedi u. «Uning oldida sen uchun biror bir manfaat bo‘lgani uchun uni ziyorat qilmoqchimisan?» «Yo‘q», dedi u. Farishta: «Unda nima uchun uni ziyorat qilasan?» deb so‘radi. U: «Men uni Alloh uchun yaxshi ko‘raman», dedi. Shunda farishta: «Men Allohning elchisiman, Alloh seni ham, meni ham yaxshi ko‘radi», dedi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:32:55
Ellik sakkizinchi majlis
Shaytonning adovati


Alloh taolo aytadi: «Ey mo‘minlar, shaytonning izidan ergashmanglar! Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, (shayton) buzuqlik va yomonlikka buyurur. Agar sizlarga Allohning fazlu marhamati bo‘lmasa edi, sizlardan biror kishi (biron gunohdan) pok bo‘lmas edi. Lekin Alloh (fazlu marhamati) bilan O’zi xohlagan kishini poklar. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir» (Nur surasi, 21­oyat).

Shaqiq ibn Balxiydan rivoyat qilinadi: «Ibrohim ibn Adham Basra bozorlarida yurganida u kishining atrofida odamlar jamlanib: «Ey Ibrohim! Alloh Qur’oni karimda: «Menga duo qilinglar, sizlar uchun ijobat qilaman», degan. Ammo biz ancha vaqtdan beri duo qilamiz-u Alloh bizlarga ijobat qilmayapti», deyishdi. Shunda Ibrohim ibn Adham quyidagicha javob berdilar: «Ey ahli Basra! Sizlarning qalblaringiz o‘nta narsa sababli o‘lgandir, endi qanday qilib, Alloh sizlarning duolaringizni ijobat etsin?! Birinchisi, Allohni taniysizlar-u, haqqini ado qilmaysizlar. Ikkinchisi, Qur’oni karimni o‘qiysizlar, lekin unga amal qilmaysizlar. Uchinchisi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni yaxshi ko‘rishni da’vo qilasizlaru, u kishining sunnatlarini tark etasizlar. Shaytonga dushmanlikni da’vo qilasizlar, ammo unga itoatdasizlar. Beshinchisi, jannatga kirishni xohlaysizlar, lekin uning uchun amal qilmaysizlar. Oltinchisi, do‘zaxdan najot topishni da’vo qilasizlar-u, o‘zlaringizni unga otasizlar. Yettinchisi, «Albatta o‘lim haq», deb unga hozirlik ko‘rmaysizlar. Sakkizinchisi, birodarlaringizning ayblari bilan shug‘ullanib, o‘zlaringizning ayblaringizni ko‘rmaysizlar. Parvardigoringizning ne’matlarini yeb, Unga shukr qilmaysizlar. O’ninchisi, o‘liklaringizni dafn qilasizlar-u, o‘zlaringiz ulardan ibrat olmaysizlar».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:33:06
Xabarlarda kelishicha, namoz vaqti bo‘lganda iblis alayhi la’na o‘z lashkarlariga odamlarning oldiga borib, ularni namozdan chalg‘itishga buyurarkan. Shaytonlar namoz o‘qishni xohlab turgan odamlarning oldiga kelib, ularni vasvasa qiladi, hatto namoz vaqti o‘tib ketganini sezmay qolishadi. Agar bunga qodir bo‘lmasa, namozda ruku’, sajda, qiroat va tasbehlarni komil qilishga xalaqit beradi. Agar buni uddalay olmasa, ularning qalbini dunyoviy ishlar bilan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Bularning barchasiga qodir bo‘lmagach, xastalanib, umidsizlangan holatda qaytib ketadi. Iblis esa bu shaytonning qo‘l­oyog‘ini bog‘latib, dengizga uloqtiradi. Bordi-yu yuqoridagilardan birortasini eplasa, uni izzat­ikrom qiladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Odam bolasi uchun shaytondan bir vakil, farishtadan bir vakil bo‘lib, shaytonning vakili yomonlik va yolg‘onga, farishtaning vakili esa yaxshilik va rostlikka chaqiradi. Kim buni sezsa, Alloh tarafidan ekanini bilsin va Unga hamd aytsin. Kim avvalgisini sezsa, toshbo‘ron qilingan shaytondan panoh tilasin».

Farishta ham, shayton ham inson qalbini ilhomlantiradi. Faqat farishtaniki ilhom, shaytonniki vasvasa deyiladi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:33:55
Abu Lays Samarqandiy aytadilar: «Bilgilki, sening to‘rtta dushmaning bo‘lib, ularning har biri bilan kurashishga muhtojsan. Birinchisi dunyodir. Zero, Alloh: «Dunyo hayoti sizlarni aldab qo‘ymasin», degan. Ikkinchisi nafsing, u dushmanlarning eng yomonidir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Dushmanlaringning eng yomoni o‘zingning nafsingdir», deganlar. So‘ngra jinlardan bo‘lgan shaytondirki, Allohdan uning yomonligidan panoh berishini so‘ra. Zero, Qur’oni karimda: «Albatta, shayton sizlar uchun ochiq­oydin dushmandir», deyilgan. To‘rtinchisi odamlardan bo‘lgan shaytonlardir, ulardan ehtiyot bo‘l. Chunki u jinlardan bo‘lgan shaytondan ham qo‘rqinchliroqdir. Jinlardan bo‘lgan shaytonlar faqat vasvasa bilan adashtirsa, odamlardan bo‘lgan shaytonlar yuzma­yuz turib adashtiradi».

Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Alloh taolo shaytonga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga borib, u kishining savollariga javob berishni buyurdi. Shayton hassalik chol ko‘rinishida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga keldi. Shunda ul zot: «Sen kimsan?» deb so‘radilar. «Shaytonman», dedi u. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Nima uchun kelding?» deb so‘radilar. «Alloh meni sizning savollaringizga javob berish uchun yubordi», deb javob berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam so‘radilar: «Ey iblis, ummatimdan sening nechta dushmaning bor?» Shayton quyidagicha javob berdi: «O’n beshta. Siz ularning eng avvalisiz. So‘ng odil boshliq, tavozu’li boy, rostgo‘y savdogar, namozlarini xushu’ bilan o‘qiydigan olim, nasihat qiluvchi mo‘min, rahmdil mo‘min, tavbasida sobit turuvchi, haromdan taqvo qiluvchi, davomli tahoratda bo‘luvchi mo‘min, ko‘p sadaqa qilguvchi, xulqi chiroyli mo‘min, odamlarga foydasi teguvchi, Qur’onni yodlab, uni qiroat qiluvchi kishi va odamlar uxlayotganda kechalari turib namoz o‘qiguvchi». Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey iblis, ummatimdan do‘stlaring kim?» deb so‘ragan edilar, u: «Zolim boshliq, takabbur boy, xiyonatkor savdogar, mast qiluvchi ichimlik ichuvchi, chaqimchi, riyokor, yetimning molini yeguvchi, namozga beparvo kimsa, molining zakotini bermaydigan boy, orzu­havasni ko‘p qiladigan kimsa. Bularning hammasi mening do‘stlarimdir», deb javob berdi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:34:08
Bani Isroilda bir kishi bo‘lib, u hujrasida tinimsiz ibodat qilardi. Odamlar uni «Obid Barsiso», der edilar. U shu darajaga yetdiki, duo qilsa, ijobat bo‘lmasdan qolmasdi. Uning duosi sababli kasallar shifo topar edilar. Iblis alayhi la’na kunlarning birida barcha shaytonlarni chaqirib: «Kim bu kimsani fitna qilib, yo‘ldan adashtiradi», dedi. Ular ichidan Ifrit bu taklifni bo‘yniga oldi. Bani Isroil podshohlaridan birining husnda tengi yo‘q qizi bor edi. Qiz ota­onasi va aka­ukalari davrasida o‘tirganida, Ifrit ularning oldiga kelib, qattiq qichqirdi. Barchalari qattiq qo‘rqib ketishdi. Qiz esa majnun bo‘lib qoldi. Oradan bir necha kun o‘tsa ham, dardi yengillamadi. Shundan so‘ng, Ifrit odam suratida kelib: «Agar uning tuzalishini xohlasanglar, falonchi rohibning oldiga olib boringlar, rohib duo qilsa, bemor shifo topadi», dedi. Ular qizni Barsisoning oldiga olib bordilar. Rohib duo qilgan edi, qiz tuzaldi. Lekin uylariga qaytgach, yana majnun bo‘lib qoldi. Shayton ularga: «Agar uning butunlay tuzalib ketishini xohlasanglar, rohibning oldida bir necha kun qoldiringlar», dedi.

Ular qizni Barsisoning oldiga qaytadan olib kelib, rohib unamasa ham, bir necha kunga qizni qoldirib ketishdi. Rohib qizni dasturxonga taklif qilib, uni taomlantirdi. Qiz bir necha kun uning oldida qoldi. Kunlarning birida rohib qizga shahvat nazari bilan qaradi va uning go‘zalligiga maftun bo‘ldi. Shaytonning vasvasasi tufayli sabr etolmay, qizga yaqinlik qildi. So‘ng qiz undan homilador bo‘ldi. Shunda shayton rohibning oldiga keldi va unga: «Qiz sendan homilador bo‘ldi. Endi podshohdan qutila olmaysan, faqat qizni o‘ldirsanggina omon qolasan. Agar uni so‘rab kelishsa: «O’lib qoldi», desang, ular senga ishonadilar», dedi. Rohib qizni o‘ldirib hujrasining oldiga ko‘mib qo‘ydi. Uni so‘rab kelishganida: «U o‘lib qoldi», dedi. Ular ham rohibning gapiga ishonib, qaytib ketishdi. Shunda shayton podshohning oldiga kelib: «Rohib qizingning nomusiga tegdi va qilgan ishidan qo‘rqib, uni o‘ldirdi va hujrasining oldiga ko‘mib qo‘ydi», dedi. Podshoh odamlari bilan rohibni oldiga keldi. Qabrni ochishganda, uni so‘yilgan holatda topdilar. Shunda ular rohibning qo‘l­oyoqlaridan osib, mixlab qoqib qo‘ydilar. Shayton rohibning oldiga kelib: «Agar menga sajda qilsang, men seni qutqaraman», dedi. «Men senga bu ahvolda qanday qilib sajda qilayin», dedi rohib. Shayton: «Boshing bilan ishora qilgan holda sajda qilsang ham roziman», dedi. U boshi bilan sajdaga ishora qilgan edi, shayton: «Men sendan bariy­pokman, albatta men odamlarning parvardigori bo‘lmish Allohdan qo‘rqaman», dedi-da, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Rohib Bariso esa kofir holida o‘lib ketdi va abadiy do‘zaxiylardan bo‘ldi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:34:20
Tavbaning sharti uchtadir: gunohdan qaytish, qilgan amaliga nadomat qilish, gunohga aslo qaytmaslikka azmu qaror etish.

Jobirdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Bir arobiy masjidga kirdi: «Ey Alloh, men senga istig‘for aytaman va tavba qilaman», deb takbir aytib, namozga kirishdi. Namozdan forig‘ bo‘lgach, uni Ali raziyallohu anhu chaqirib: «Ey kimsa, istig‘forni til uchida aytib qo‘yish yolg‘onchilarning tavbasidir. Sen bu ahvolingdan tavba qilishing kerak», dedilar. Shunda arobiy: «Ey amirul mo‘minin, menga rostgo‘ylarning tavbasi qanday bo‘lishini o‘rgating», dedi. Ali raziyallohu anhu dedilar: «Avvalida qilgan gunohga nadomat qilish, zoe bo‘lgan farzlarning adosini o‘tash, qilingan zulm uchun rozilik olish, nafsni toat­ibodat uchun chiniqtirish, ma’siyat vaqtidagi kulgu uchun yig‘lash», dedilar.

Hadisi qudsiyda «Alloh taolo aytadi: «Kim Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir gaz yaqinlashaman, kim Menga bir gaz yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashaman». Ya’ni, bandaki Allohga tavba va toat­ibodat bilan yaqinlashsa, Alloh unga rahmat, tavfiq va madad bilan yaqinlashadi. Agar banda amallarni ziyoda qilsa, Alloh ham rahmatini ziyoda qiladi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:34:45
Ellik to‘qqizinchi majlis
Allohga toat­ibodat uchun hijrat qilish


Alloh taolo aytadi: «Ey iymon keltirgan bandalarim, shak­shubha yo‘qki, Mening yerim keng, kattadir. Bas, sizlar Mengagina ibodat qilingiz! Har bir jon o‘lim (sharbati)ni totguvchidir. So‘ngra O’zimizga qaytarilursizlar. Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni, albatta, jannatda ostidan daryolar oqib turadigan xonalar — manzillarga joylashtirurmiz. Ular o‘sha joylarda mangu qolurlar. (Yaxshi) amallarni qiluvchi zotlarning ajri mukofoti naqadar yaxshi!» (Ankabut surasi, 56—58-oyatlar)

Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Menga salovot aytuvchi kishiga sirot ko‘prigidan o‘tayotganda nur bo‘ladi. Kim sirotdan o‘tayotganda nurli kimsalardan bo‘lsa, do‘zax ahlidan bo‘lmaydi», dedilar.

Ulamolar bu oyatlar Makkadan hijrat qilmay qolgan qavm haqida nozil bo‘lgan, deyishadi. Ular: «Agar hijrat qilsak qiyinchilik va ochlikdan o‘lib ketishimizdan qo‘rqamiz», deyishdi. Alloh bu oyatlarni nozil qilib: «Mening yerim, ya’ni, rizqim keng», dedi.

Abu Hanifadan so‘rashdi: «Qaysi gunoh iymonning yo‘qolishi uchun xavfliroq?» U kishi: «Allohning iymon berganiga shukr qilmaslik va bandalarga zulm etish», dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:34:58
Bir banda vafot etsa, Alloh uning tobuti ko‘tarilish vaqtida to‘rtta farishtani yuboradi. Ular mayyitning qabri oldiga kelishadi. Ularning biri: «Ajal yetdi, orzu-umidlar uzildi», deb nido qiladi. Ikkinchisi: «Mollar ketdi, amallar qoldi», deb, uchinchisi: «Mashg‘ulotlar zoe bo‘ldi, qo‘rquv-qiyinchiliklar qoldi», deb nido qiladi. To‘rtinchisi: «Agar halol yegan va halol xizmat qilgan bo‘lsang, senga jannat bo‘lsin», deydi.

Sulaymon alayhissalom butun dunyoga insu jinlar, hayvonlaru qushlar va shamollarga ham hukmron bo‘lganlari sababli o‘zlaridan g‘ururlanib: «O’ Parvardigoro, menga izn berginki, bir yil davomida rizqlanuvchilarning rizqini men berayin», deb izn so‘radilar. Alloh: «Sen bunga qodir emassan», dedi. Sulaymon alayhissalom: «O’ Parvardigoro, bir kunga ruxsat bergin», dedilar. Bas, Alloh izn berdi. Shunda Sulaymon alayhissalom butun insu jinlarni to‘planib, qirq kun davomida ovqat pishirishga va oziqlar tayyorlashga buyuribdilar. Shamollarga ovqatlar ustida esmaslikni buyurdilarki, toki taomlar buzilib, aynib qolmasin. So‘ng oziq­ovqatlarni keng sahroga joylab chiqishni buyuribdilar. Ovqatlar joylangan maydonning uzunligi ham, kengligi ham bir oylik yo‘l edi. Alloh Sulaymon alayhissalomga: «Qaysi maxluqotlardan boshlaysan?» deb vahiy qilibdi. Sulaymon alayhissalom: «Dengizu quruqliklarda yashovchilardan», debdilar. Shunda Alloh dengizu ummonlardagi baliqlarga Sulaymon alayhissalomning chaqiriqlariga borishni buyuribdi. Ulkan baliqlar kelib: «Ey Sulaymon, Alloh bizlarni bugungi rizqimizni senga topshirgan ekan», deyishganda, Sulaymon alayhissalom: «Oldilaringizda taom turibdi, xohlaganingizni yenglar», debdilar. Nahang baliqlar butun ozuqalarni yutib yuboribdilar­da, «Ey Sulaymon, bizlarni to‘ydirgin, biz ochmiz», debdilar. Sulaymon alayhissalom: «To‘ymadinglarmi?» deb hayratlanibdilar. «Hali to‘yganimiz yo‘q», deb javob berishibdi. Shunda Sulaymon alayhissalom sajdaga yiqildilar­da: «Maxluqotlarning barchasini o‘zlari sezmagan joylardan rizqlarini yetkazib turguvchi Alloh! Seni poklayman», debdilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:35:12
Rivoyat qilinadiki, Sulaymon alayhissalom bir chumolidan: «Sening bir yillik rizqing qancha?» deb so‘rabdilar. «Bir dona bug‘doy», debdi chumoli. Sulaymon alayhissalom uni bir ko‘zaga solibdilar­da bir dona bug‘doyni tashlab, og‘zini berkitibdilar. Bir yildan keyin ko‘zani ochsalar, chumoli bug‘doyning yarmini yegan ekan. «Nega qolgan yarmini yemading?» deb so‘raganlarida, u: «Avvalda men yolg‘iz Allohga tavakkul qilishib, donning hammasini yer edim. Chunki Alloh meni unutmasligini bilardim. Qachon mening tavakkulim senga o‘tgach, donning yarmini yedim va: «Agar bu yil Sulaymon meni unutsa, kelasi yil qolganini yeyman» deb qaror qildim.

Xabarlarda kelishicha, o‘lim farishtasi bir bandaning jonini olmoqchi bo‘lganida, banda: «Senga buyurilmaguncha ruhimni bermayman», deydi. Farishta: «Rabbim menga buyurdi» deydi. Shunda ruh hujjat va alomat talab qilib: «Rabbim meni yaratgan va jasadga kiritgan paytda sen mening oldimda emasding, endi esa meni olmoqni xohlayapsan», deydi. O’lim farishtasi Allohga shikoyat qiladi: «Falonchi bandang bunday demoqda va hujjat talab qilmoqda». Alloh: «Bandamning ruhi to‘g‘ri aytibdi, ey o‘lim farishtasi! Jannatga borib, undan Mening alomatim sifatida bitta olma ol va uni ruhiga ko‘rsat», deydi. Farishta jannatdan bitta olmani oladi. Olmada «Bismillahir rohmanir rohiym» degan yozuv bo‘ladi. Bu olma ko‘rsatilganida, bandaning ruhi shodlanib chiqadi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:35:23
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Mo‘min kishining ruhi toki jannatdagi o‘rnini ko‘rmaguncha chiqmaydi. Jannatdagi o‘rnini ko‘rgach, unga oshiq bo‘lganidan ota­onasiga ham, bolalariga ham parvo qilmaydi», dedilar. Sahobalar: «O’ Rasululloh, mo‘min jannatdagi, munofiq do‘zaxdagi o‘rnini qanday qilib ko‘radi?» deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Albatta, Alloh Jabroil alayhissalomni juda go‘zal suratda yaratgan, uning qanotlari orasida tovus qanotidek ikkita qanot bor, o‘ng qanotida jannat, undagi qasrlar, hurlarning suratlari, chap qanotiga esa do‘zax, undagi ilonu chayonlar surati chizilgan. Bir kimsaning joni halqumiga kelganida, u kishi mo‘min bo‘lsa, Jabroil alayhissalom o‘ng qanotini yoyadi, mo‘min kimsalar jannatdagi o‘rnini ko‘rgach, shodlanib, u yerga bo‘lgan ishtiyoqdan ota­onasi va bolalariga parvo qilmay qo‘yadi. Agar u munofiq bo‘lsa, Jabroil alayhissalom chap qanotini yozadi, bas, u do‘zaxdagi o‘rnini ko‘radi va qo‘rqqanidan ota­onasiga, bolalariga parvo qilmay qo‘yadi. Qabri jannat bog‘laridan bir bog‘ bo‘lgan kimsa naqadar saodatli! Qabri do‘zax chohlaridan bir choh bo‘lgan kimsa naqadar baxtsiz!».

Xabarlarda keladiki, badandan ruh chiqqan vaqtda osmondan uchta nido keladi: «Ey odam bolasi, sen dunyoni tark etdingmi yoki dunyo seni tark etdimi? Sen dunyoni jamladingmi yoki dunyo seni jamladimi? Sen dunyoni o‘ldirdingmi yoki dunyo seni o‘ldirdimi?» Jasad yuvishga hozirlangan vaqtda ham uchta nido keladi: «Ey Odam bolasi, quvvatli badaning qani? Kim seni zaiflashtirdi? Fasohatli tiling qani? Kim seni sukut qildirdi? Do‘stlaring qani? Kim seni yolg‘iz qoldirdi?» Kafanlangan paytida ham nido qilinadi: «Agar sen Allohning roziligiga erishgan bo‘lsang, senga jannat bo‘lsin! Agar Allohning g‘azabiga loyiq bo‘lsang, senga vayl bo‘lsin! Ey Odam bolasi, uzoq safarga zodi rohilasiz chiqyapsan. Abadul-abad qaytmaydigan bo‘lib ketyapsan». Tobut ko‘tarilgan vaqtda nido qilinadi: «Ey Odam bolasi, agar amaling solih bo‘lgan bo‘lsa, senga jannat bo‘lsin! Agar tavba qilgan bo‘lsang, senga jannat! Agar Allohga itoatli bo‘lgan bo‘lsang, senga jannat!» Qabrga qo‘yilganda qabr aytadi: «Ey Odam bolasi, ustimga kular eding, endi ichimda yig‘laysan. Ustimda xursand eding, endi ichimda g‘amgin bo‘lasan. Ustimda notiq eding, endi ichimda sukut saqlaysan».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:35:42
Oltmishinchi majlis
Qiyomat kuni va hisob­kitob haqida


Alloh taolo aytadi: «(U Kunda) barcha ummatni (dahshat va iztirob­la) tiz cho‘kkan holda ko‘rarsiz. Har bir ummat o‘z nomai a’moliga chaqirilur, (so‘ng ularga deyilur): «Bugun qilib o‘tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar. Mana bu kitobimiz (ya’ni, Bizning amrimiz bilan yozilgan nomai a’molingiz) sizlarga haqiqatni aytur. Darhaqiqat, Biz sizlar qilguvchi bo‘lgan barcha amallaringizni (ushbu nomai a’molga) ko‘chirib qo‘ygandirmiz»(Josiya surasi, 28—29­oyatlar).

Abu Umomadan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Agar men vafot etsam, menga salovot aytgan kimsaning salovotini eshittirishni Alloh va’da qildi. Vaholanki, men Madinada-yu, ummatim mag‘ribu mashriqda bo‘lsa ham. Kim menga salovot aytsa, Alloh taolo unga o‘nta salovot aytadi. Agar o‘nta aytsa, Alloh unga yuzta salovot aytadi».

Abdulloh ibn Abbos aytadilar: «Qiyomat kuni bo‘lgan, insu jinlardan iborat xaloyiqning barchasi bir maydonga saf­saf bo‘lib, tizzalariga cho‘kkan hollarida jamlanadilar. Shunda: «Bugun sizlar ikrom egalarini bilasizlar, har qanday holatda ham Allohga ko‘p hamd aytuvchilar tursin!» degan nido bo‘ladi. Ular jannatga qarab yo‘lga tushadilar. So‘ng ikkinchi marta nido qilinadi: «Bugun sizlar karam egalarini bilasizlar. Kechalari uxlamasdan umid va qo‘rquv bilan duo qiluvchilar va rizq qilib berilgan narsalardan infoq etuvchilar tursin». Ular turib, jannatga qarab yo‘lga tushadilar. So‘ng uchinchi marta nido qilinadi: «Bugun sizlar karam egalarini bilursizlar. Tijoratlari va oldi­berdilari Allohning zikridan, namozni ado etishdan va zakotni haqdorlarga ato qilishdan to‘smaganlar o‘rnidan tursin». Ular turib, jannatga yo‘l oladilar. Bu uch toifa jannatga kirganlaridan keyin, do‘zaxdan bir bo‘yin chiqadi va xaloyiqqa yaqinlashadi, uning ikki ko‘zi, fasohatli tili bo‘lib, shunday so‘zlaydi: «Men uch toifaga vakil qilinganman — har qanday zolim kishiga», deydi-da, qush kunjit donini terib olganidek, saflarning orasidan odamlarni terib oladi. So‘ng ular bilan birga jahannamga g‘oyib bo‘ladi. Ikkinchi bor chiqib: «Men Alloh va Uning rasuliga aziyat berganlarga vakil qilinganman», deydi va saflarning orasidan ularni terib olib, jahannamga olib ketadi. So‘ngra uchinchi bor chiqib: «Men rasm chizuvchilarga vakil qilinganman», deb ularni odamlar orasidan terib olib, jahannam sari yo‘l oladi. Bu uch toifa terib olinganidan keyin nomai a’mollar tarqatiladi, tarozi o‘rnatilib, xaloyiq hisob­kitobga chaqiriladi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:35:55
Odamlar zarariga guvohlik beruvchilar yettitadir. Birinchisi — farishtalar. Zero, Qur’oni karimda: «Farishtalar guvoh bo‘ladilar» deyilgan. Ikkinchisi — yer bo‘lib, Qur’oni karimning Zalzala surasida shunday deyilgan: «Va (hayotlik paytida qayta tirilishni inkor qilguvchi bo‘lgan) inson (qayta tirilganidan dahshatga tushib: «Yerga nima bo‘ldi o‘zi?») deb qolganida — ana o‘sha Kunda yer, Parvardigoringiz unga vahiy qilgan (so‘zlashga buyurgani) sababli o‘z xabarlarini so‘zlar!» Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar alayhissalom yerning xabarlari nima ekanligi haqida so‘zlab: «Yerning xabarlari — har bir erkagu ayol uning ustida qanday amal qilgan bo‘lsa, barchasini Alloh taolo huzurida so‘zlab, guvohlik berishdir», degan ekanlar. Uchinchi guvoh zamondir. Xabarlarda keladiki, har bir kun nido qiladi: «Men yangi kunman va sizlar qilayotgan narsaga guvohman». To‘rtinchisi — insonning o‘zining tili. Qur’oni karimda: «O’zlarining tillari o‘z zararlariga guvohlik beradigan kunda"¦» deyilgan. Keyingisi, Qur’oni karimning O’sin surasida: «Bu kun Biz ularning og‘izlarini muhrlab qo‘yurmiz. Va bizga qilib o‘tgan ishlari haqida — ularning qo‘llari so‘zlar va oyoqlari guvohlik berur», deya aytilganidek insonning a’zolari. Oltinchisi — nomai a’mollarni yozib turuvchi farishtalar. Alloh taolo: «Holbuki, shak­shubhasiz, sizlarning ustingizda (qilgan har bir amalingizni) yod olib, yozib turguvchi ulug‘ (farishta)lar bordir», degan. Yettinchisi devon bo‘lib, Qur’oni karimda u haqda: «Bu sizlarning ustingizdan haq bilan so‘zlaydigan kitobdir», deyilgan.

Amr ibn Osdan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Alloh xaloyiqni jamlagan vaqtda: «Farishtalar qaerda?» deb nido qiladi. Bir guruh odamlar turib, jannatga qarab yurib ketadilar. Ularga farishtalar yo‘liqib: «Biz sizlarni jannatga oshiqib ketayotganlaringizni ko‘rmoqdamiz. Sizlar kimsizlar?» deb so‘rashadi. Ular: «Bizlar fazilatlilarmiz», deyishadi. Shunda farishtalar: «Sizlarning fazilatlaringiz nimada?» deb so‘rashganida, ular: «Bizlarga zulm qilganlarida sabr qildik, zarar yetkazganlarida afv etdik», deb javob berishadi. Farishtalar: «Unday bo‘lsa, jannatga kiringlar. Yaxshi amallar qiluvchilarning mukofoti naqadar yaxshi!» deyishadi. So‘ngra ikkinchi marta: «Sabrlilar qaerda?» deb nido qilinadi. Xaloyiq ichidan bir guruh kishilar turib, jannatga qarab yurib ketadilar. Ularga farishtalar yo‘liqib: «Biz sizlarning jannatga oshiqib ketayotganlaringizni ko‘rmoqdamiz. Sizlar kimsizlar?» deydilar. Ular: «Biz sabrlilarmiz» deyishadi. Shunda farishtalar: «Sizlar nimaga sabr qilgansizlar?» deb so‘rashganida, ular: «Bizlarga biror bir musibat yutganida, chiroyli sabr qilganmiz», deyishadi. Farishtalar: «Unday bo‘lsa, jannatga kiringlar. Yaxshi amallar qiluvchilarni mukofoti naqadar yaxshi!» deyishadi. «Alloh yo‘lida bir­birini yaxshi ko‘rganlar qaerda?» deb uchinchi marta nido qilinadi. Odamlar orasidan bir guruh kimsalar ajralib jannatga qarab yurib ketadilar. Ularga farishtalar yo‘liqib: «Sizlarni jannatga oshiqib ketayotgan holatda ko‘rmoqdamiz, sizlar kimsizlar?» deydilar. Ular: «Biz Alloh yo‘lida bir­birimizni yaxshi ko‘ruvchilarmiz» deyishadi. Shunda farishtalar: «Unday bo‘lsa, jannatga kiringlar, yaxshi amallar qilguvchilarning mukofoti naqadar yaxshi!» deyishadi. Bu uch toifa jannatga kirganlaridan keyin tarozi o‘rnatiladi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:36:10
Hisob­kitobning kayfiyati har xil, holatlari turli­tumandir. Ayrimlari yengil bo‘lsa, ayrimlariniki og‘ir bo‘ladi. Ayrimlarniki maxfiy bo‘lsa, ayrimlarniki oshkora bo‘ladi. Ba’zilarni ikrom etish bo‘lsa, ba’zilarga tanbeh berish bo‘ladi. Ayrimlarga fazlu marhamat bilan bo‘lsa, ayrimlarga adolat bilan bo‘ladi. Kofirga ham, mo‘minga ham, jinga ham hisob­kitob bo‘ladi. Faqat hadislarda istisno qilingan kimsalargina bundan mustasnodir. Qiyomat kuni dastlab qayta tirilish, so‘ng hashr (to‘planish), butun olamlar Parvardigori huzurida tik turish, so‘ng arz, ya’ni, har bir payg‘ambar o‘z ummati bilan ajralib turganidan so‘ngra nomai a’mollari tarqatilishi, keyin hisob­kitob va amallarni tarozida o‘lchash holatlari bo‘lib o‘tadi. Xaloyiq jamlangan vaqtda xuddi qor yoqqanidek nomai a’mollar yog‘adi. Va nido qilinadi: «Ey falonchi, kitobingni o‘ng tarafingdan olgin! Ey falonchi, kitobingni chap tarafingdan olgin! Ey falonchi, kitobingni orqa tarafdan olgin». Faqatgina taqvodor kishilargina kitoblari o‘ng taraflaridan beriladi. Baxtsizlarga chap tarafdan, kofirlarga esa orqa tarafdan beriladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Odamlar qiyomat kuni to‘rt narsa haqida so‘ralmagunlaricha bir qadam ham qimirlay olmaydilar: umrini qanday o‘tkazgani, ilmga qanday amal qilgani, molni qaerdan topib, qaerga sarflagani haqida».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:36:28
Alidan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga o‘tirgan edik. U zot avvalgi qavmlar haqida gapirib berdilar. So‘zlarning oxirida: «Ey Ali, albatta Jabroil alayhissalom menga ummatimning qiyomat kunidagi ahvoli haqida xabar berib: «Ey Muhammad, sizning ummatingiz ichida shunday kimsalar borki, ular qiyomat kuni xusumatchi o‘z xusumatchisi bilan so‘zlashgandek, Alloh bilan so‘zlashadilar», dedi. Men: «Ey Jabroil, biror kishi bunga qodir bo‘ladimi, u haqda menga xabar ber», dedim. Jabroil alayhissalom: «Bilingki, ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam, qiyomat kuni Alloh taolo har bir kishining nomai a’molini beradi. Bandalardan biriga kitob berilganda, u kitobini o‘qib, undagi savobu gunohlarni taniydi. Alloh: «Ey bandam kitobingni o‘qidingmi?» deganida, u: «Ha, yo Parvardigoro, lekin men bularni aslo qilmaganman», deydi. Alloh deydi: «Sendan boshqa kim bu amallarni qilibdi?» deganida u: «Bilmadim, yo Parvardigoro», deydi. «Ey bandam, Sen mening farishtalarim va ularning kitoblari haqida xusumatlashasanmi?» deganida U: «Ha, yo Parvardigoro, men o‘zimdan boshqa kishining guvohligini qabul qilmayman», deb javob beradi. Shunda Alloh: «Agar sening o‘zingdan hujjat keltirsam, qabul qilib, e’tirof etasanmi?» deganda, u: «Ha», deb javob beradi. Keyin Alloh uning tiliga amr qiladi: «Mening qudratim bilan gapir va faqatgina haqni ayt. Chunki bu kunda botil bo‘lmaydi». Shunda til badandagi barcha yaxshi va yomon amallarni aytib beradi. Banda: «O’ Parvardigoro, men tilga hukmron emasligimni O’zing bilasan. Men uning guvohligini qabul qilmayman, chunki dunyoda ham u mening dushmanim bo‘lgan. Gunohlarimning barchasi tilim sabablidir. Darhaqiqat, Sening Rasuling sollallohu alayhi va sallam: «Til insonning dushmanidir», deganlar. Sen odil hakamsan, bas, shunday ekan, dushmanning dushmaniga qarshi guvohligini qabul qilmagin», deb aytadi. Alloh deydi: «Ey bandam, huzurimda undan boshqa ham senga qarshi guvohlar borki, ularga nima deysan?» Banda: «O’ Parvardigoro, hech narsa demayman», deb javob beradi. Shunda Alloh uning ikki qo‘liga buyuradi va ular badani qilgan jamiki amallarni aytib, guvohlik berishadi. Banda: «O’ Parvardigoro, albatta, sen bizlarga payg‘ambar yubording va u bizlarga qonunlar joriy qildi. Biz unga ergashdik. Chunki Sen: «Kim Payg‘ambarga itoat qilsa, batahqiq Allohga itoat qilibdi» degansan», deydi. «Ey bandam! Mening payg‘ambarim nima qonun­qoidalarni joriy qilgan ekan?» deganda, banda: «Bitta guvoh hujjatlikka kifoya qilmaydi», deganlar. Ikki qo‘l bitta guvohdir, yana bitta guvoh kerak», deb javob beradi. Alloh: «Agar senga qarshi yana bitta guvoh guvohlik bersa, gunohlaringga iqror bo‘lasanmi?» deb so‘raydi. «Ha», deb javob qiladi u. Shunda Alloh uning oyoqlariga amr qilsa, oyoqlari Allohning qudrati bilan tilga kirib, yaxshiyu yomon amallarini gapiradi. Banda hayratlanib a’zolariga qaraydi va: «Ey a’zolarim, men sizlardan boshqa emas, balki men sizman va sizlar esa mensizlar. Men Rabbim bilan sizlar uchun tortishyapman. Sizlarni himoya qilsamu, sizlar o‘zingizni do‘zaxga tashlayapsizlar», deydi. «Sen bizlarni nodonlikda ayblayapsan. Vaholanki, biz sendan nodonroq kimsani ko‘rmaganmiz. Biz esa faqatgina rost so‘zlashga ma’murmiz», deyishadi a’zolar. Shunda Alloh zaboniyalarga uni do‘zaxga olib borishni buyuradi. Banda esa: «O’ Parvardigor, sening rahmating qaerda qoldi? Vaholanki, Sen rahmlilarning rahmlirog‘isan-ku!?» deb nido qiladi. Alloh aytadi: «Mening rahmatim muslimlar uchundir. Agar avvaldanoq e’tirof etganingda, senga insof qilardik». Banda: «O’ Parvardigor, men e’tirof etaman, lekin do‘zaxdan qo‘rqqanim tufayli shunga majbur bo‘ldim», deydi. Keyin Alloh amr qiladi: «Ey farishtalarim, bandamni jannatga olib boringlar. Men uni mag‘firat qildim va afv etdim». Bas, uni jannatga olib ketishadi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:36:49
Oltmish birinchi majlis
Ota­onaga yaxshilik qilish


Alloh taolo aytadi: «Biz insonni ota­onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador bo‘lib, qiynalib tuqqandir. Unga homilador bo‘lish va uni (sutdan) ajratish (muddati) o‘ttiz oydir. Endi qachon u voyaga yetib, qirq yoshga to‘lganida: «Parvardigorim, meni Sen menga va ota­onamga in’om etgan ne’matingga shukr qilishga va O’zing rozi bo‘ladigan yaxshi amallarni qilishga muvaffaq etgin va O’zing men uchun zurriyotimda ham yaxshilik qilgin (ya’ni farzandlarimni ham ahli sodiq bandalaringdan qilgin). Albatta, men Senga (qilgan barcha gunohlarimdan) tavba qildim va albatta, men musulmonlardandirman», dedi» (Ahqof surasi, 15-oyat).

Ulamolar: «Bu oyat Abu Bakr haqlarida nozil bo‘lgan», deyishadi. U kishining otalari Abu Quhofa, onalari Ummul Xayr, bolalari haqiga qilgan duolarini ijobat bo‘lganidan darak beradi bu oyat. O’zi bilan birga ota­onasi va o‘g‘il qizlari Islomga kirgan biror sahoba yo‘qki, bunga faqat bu Abu Bakrgina musharraf bo‘lganlar.

Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadiki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Men ota­onasining haqqini ado etgan kimsadan bariy­pokdirman»"¦ Men: «O’ Rasululloh! Agar uning huzurida hech narsa bo‘lmasachi?» deb so‘radim. Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Agar ular bir ishga buyursa, «xo‘p bo‘ladi», desin, «uf», demasin. Ularga qattiq gapirmasin, faqat yaxshi gaplarni gapirsin».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:37:19
Bir kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, menga bir yaxshilikni bildiringki, u bilan dunyoda ham, oxiratda ham manfaatdor bo‘layin», dedi. U kishi: «Ota­onang bormi?» deb so‘raganlarida, u: «Ha, deb javob berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Unday bo‘lsa, ularning haqqini ado qilgin va ularni taomlantirgin. Ularga yedirgan har bir luqmang uchun jannatda qasr bino qilinadi», dedilar. Yana bir kishi Nabiy sollallohu alayhi va sallamning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, mening onam bor va men unga infoq qilib turaman. U esa menga tili bilan aziyat beradi. Nima qilayin?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Uning haqqini ado qilgin. Allohga qasamki, agar go‘shtingni kesib bersang ham, uning haqqining to‘rtdan birini ham ado qila olmaysan. Jannat onalarning oyog‘i ostida ekanini bilmaysanmi?» deb javob berdilar. «Endi onamga aslo yomon gapirmayman», dedi va onasining oldiga kelib, uning oyoqlaridan o‘pdi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uzun hadisning oxirida aytganlar: «Meni haqiqatan payg‘ambar qilib jo‘natgan Zotga qasamki, kimga Alloh taolo mol ato qilsa­yu, bu moli bilan u ota­onasiga ehson bersa, jannatda men bilan birga bo‘ladi». Bir kishi: «Yo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, agar ota­onasi dunyodan o‘tib ketgan bo‘lsa-chi?» deb so‘radi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Ular nomidan sadaqa qiladi, Qur’on o‘qiydi va haqlariga duo qiladi. Agar bularni tark qilsa, ularga oq bo‘ladi. Kim ularga oq bo‘lsa, osiy bo‘libdi», deb javob berdilar.

Ba’zilar: «Bir banda farz namozini o‘qib, ketidan ota­onasining haqqiga mag‘firat so‘rab, duo qilsa, Alloh uning duosini ijobat qilib, garchi fosiq bo‘lsalar ham, Alloh ularni mag‘firat qiladi», deganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:37:31
Abu Zarr G’iforiydan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitganman: «Kim ota­onasini ziyorat qilish uchun yo‘l yursa, Alloh uni har bir bosgan qadamiga yuzta savob yozib, yuzta gunohini o‘chiradi va darajasini yuz baravar ko‘taradi. Agar ular oldiga yaxshi so‘zlarni so‘zlasa, qiyomat kunida uning uchun nur bo‘ladi va ota­onasi oldidan gunohlari kechirilgan holatda chiqadi».

Umar raziyallohu anhu davrlarida bir savdogar bo‘lib, kunlarning birida onasi uning oldiga kelib, o‘ziga zarur bo‘lgan narsani infoq qilishini so‘radi. Shunda savdogarning xotini: «Sening onang bizning faqirlardan bo‘lishimizni xohlayapti, agar har kuni shunday so‘rayversa, faqir bo‘lib qolamiz», dedi va savdogar unga hech narsa bermagach, onasi yig‘lab qaytib ketdi. Bir safar savdogar savdo ishi bilan yo‘lga chiqqan vaqtida, uni qaroqchilar to‘sdi. Uning mollarini tortib oldilar-da, qo‘lini kesib, bo‘yniga osib ketdilar. Shu yerdan o‘tayotgan qavm uni ko‘rib, uyiga olib borishdi. Ko‘rgani kelgan qarindoshlarga qarata: «Bu mening jazoimdir. Agar men onamga infoq-ehson qilganimda, qo‘lim ham, molim ham, o‘zimda qolardi», dedi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:37:42
Hikoya qilinishicha, fazilati bilan mashhur bo‘lgan bir shayx Makkaga safar qilishni maqsad qildi. Ammo uning onasi bunga norozi bo‘ldi. Onasi uning ortidan: «Parvardigoro, o‘g‘lim meni ayriliq o‘ti bilan kuydirdi. Uni bu qilmishi uchun jazolagin!» deb duo qildi. Shayx shaharlardan biriga yetgach, masjidga kirib ibodat qila boshladi. Shu kecha bir kishining uyiga o‘g‘ri kirdi. Uy egasi o‘g‘rining masjid tomonga qarab qochganini ko‘rdi. Odamlar uni quvlay ketishdi, lekin o‘g‘ri masjidning oldiga kelganda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ular: «Masjidga kirgandir», degan gumon bilan kirdilar. Namoz o‘qiyotgan shayxni ushlab, shahar podshohining oldiga olib keldilar. Podshoh uning ko‘zini o‘yishga va qo‘l­oyoqlarini kesishga buyurdi. Jallodlar uning qo‘l-oyog‘ini kesib, ko‘zini o‘yishdi va: «Bu o‘g‘rining jazosi», deya bozorda nido qilishdi. Shunda shayx: «Bunday demanglar, balki bu onasining iznisiz Ka’bani tavof qilish uchun chiqqan kimsaning jazosidir», deb aytinglar», dedi. Ular uning shayxligini bilishgach, qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lishdi. Shayxni onasining oldiga olib kelib, ostonaga qo‘yib ketishdi. Uy ichidan esa onasining nolasi eshitildi: «Parvardigoro, agar bolamning boshiga bir balo solsang, so‘ngra uni qaytarsang, o‘g‘limni bir bor ko‘rsam». Shunda shayx: «Men och musofirman, menga taom beringlar», dedi. Onasi: «Eshikning oldiga kelgin», dedi. U: «Mening oyoqlarim yo‘q», dedi. Onasi: «Bo‘lmasa, qo‘lingni cho‘zgin», dedi. «Cho‘zadigan qo‘llarim ham yo‘q», dedi u. Onasi dedi: «Men senga nomahram bo‘lsam, qanday qilib seni taomlantiraman». U: «Qo‘rqma, mening ko‘zlarim ham yo‘q», dedi. Shunda onasi bitta non bilan ko‘zachada suv olib, uning oldiga keldi. Shayx yuzini onasining oyog‘iga qo‘yib: «Men sizning osiy o‘g‘lingizman», dedi. Onasi uni tanib, yig‘lab yubordi va: «Parvardigoro, agar holat bunday bo‘ladigan bo‘lsa, ikkalamizning ham jonimizni olgin, toki odamlar yuzlarimizning qoraligini ko‘rmasinlar», deb nola qildi. Uni nolasi tugur-tugamas, Alloh har ikkalovining jonini oldi.

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kimki ota­onasini norozi qilgan bo‘lsa, shahodat kalimasini aytolmay o‘ladi va qabridan peshonasiga «Bu ota­onasiga oq bo‘lgan kimsaning jazosidir», deb yozilgan holatda turadi», dedilar. Boshqa bir hadisda: «Kimga Alloh taolo mol ato qilsa-yu, u ota­onasining haqqini ado qilmasa, uning amali habata bo‘ladi va u qattiq azoblanadi», deganlar. Imom Termiziy Abdulloh ibn Umardan rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Allohning roziligi ota­onaning roziligida, g‘azabi ota­onaning g‘azabidadir», deganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:37:53
«Sahihul Buxoriy»da kelishicha, Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: «Qaysi amal Allohga ma’qulroq?» deb so‘radim. «Ota­onaga yaxshilik qilish», dedilar. Men: «Yana qaysi amal?» deb so‘radim. Rasululloh: «Alloh yo‘lida g‘azot qilish», dedilar. Shu asnoda bir kishi kelib, g‘azotga chiqish uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan ruxsat so‘radi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Ota­onangning xizmatini qilsang, g‘azot qilgan bo‘lasan», dedilar.

Ansorlardan bir kishi kelib: «Yo Rasululloh! Ota­onam o‘lib ketgandan keyin ham ularga yaxshilik qilishim kerakmi?» deb so‘radi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: «Ha, to‘rt narsa bilan xizmat qilishing kerak: ularning haqqiga duo qilish va istig‘for aytish, ularning ahd va va’dalarini bajarish, ularning do‘stlarini hurmat qilish», dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:39:15
Oltmish ikkinchi majlis
O’mon gumon qilish va g‘iybat haqida


Alloh taolo marhamat qiladi: «Ey mo‘minlar, ko‘p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ayrim gumon(lar) gunohdir! (O’zgalarning ayblari ortidan) josuslik qilib yurmanglar va ayrimlaringiz ayrimlarni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi?! Ana yomon ko‘rdingizmi?! (Bas, gunohi bundan-da ortiq bo‘lgan g‘iybatni ham yomon ko‘ringiz!) Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh tavbalarni qabul qilguvchi, mehribondir» (Hujurot surasi, 12­oyat).

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Majlislaringizni menga salovot aytish bilan bezanglar, chunki aytgan salovotlaringiz qiyomat kuni sizlar uchun nur bo‘ladi». Boshqa hadisda esa: «Yuzimni uch toifa odam ko‘rmaydi: ota­onasiga oq bo‘lgan kimsa, sunnatimni tark qilgan va uning oldida zikr qilinganimda, menga salovot aytmagan kimsa», deganlar.

Rivoyat qilinadiki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «G’iybat zinodan ham yomonroqdir». Sahobalar hayratlanib: «Qanday qilib, yo Rasululloh», deyishdi. U kishi aytdilar: «Kishi zino qilib, so‘ngra tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. G’iybatchini g‘iybat qilingan kimsa kechirmagunicha, Alloh uning gunohini kechirmaydi». Bu hadisdan g‘iybat gunohi kabiralardan ekani ma’lum bo‘ladi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:39:54
Alloh Muso alayhissalomga vahiy qilib aytdi: «Kim g‘iybat qilishdan tavba qilib o‘lsa, jannatga kiradiganlarning oxirgisi bo‘ladi. Kim g‘iybat qilgan holida vafot etsa, do‘zaxga kirguvchilarning avvalgisi bo‘ladi».

Ikrimadan rivoyat qilinadi: «Uzun bo‘ylik bir ayol Payg‘ambarimizning huzurlariga keldi. U chiqib ketgan vaqtda Oisha onamiz: «Bo‘yi juda uzun ekan», dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «G’iybat qilding», dedilar. Oisha onamiz: «Axir men undagi bor narsani gapirdim-ku?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Unda qarih ko‘rilgan narsani zikr qilding», dedilar. Bu hadisdan ma’lum bo‘ladiki, g‘iybat kishidagi mavjud narsani uning yo‘g‘ida gapirishdir. Unda mavjud bo‘lmagan narsani gapirish esa bo‘hton, tuhmat hisoblanadi. Bu esa g‘iybatdan ham yomonroq. Bunda uch o‘rinda tavba qilish zarurdir. Birinchisi, bo‘hton qilgan majlisga borib: «Men sizlarning oldingizda falonchi haqida bunday deb, yolg‘on gapirgan edim», deydi. Ikkinchisi, bo‘hton qilingan kimsaning oldiga borib, uning roziligini oladi. Keyin Allohga istig‘for aytib, tavba qiladi. G’iybat o‘zga kimsaning aqlida, kiyimida yoki so‘zi va nasabida uchraydigan bir kamchilikni gapirishdir.

A’lo ibn Horisdan rivoyat qilinadiki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilarki: «Bo‘htonchi, g‘iybatchi va chaqimchilar qiyomat kunida mahsharga it suratida to‘planadilar».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:40:23
Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «Ikki kishining orasida chaqimchilik qiluvchi qiyomatgacha qabrida olov bilan kuydirib azoblanadi», deganlar.

Ka’bul Ahbor aytadilar: «Bani Isroilga qurg‘oqchilik musibati yetdi. Muso alayhissalom qavmi bilan birga yordam so‘rab uch kun istisqo namozini o‘qidilar, ammo yomg‘ir yog‘madi. Shunda Muso alayhissalom aytdilar: «Parvardigoro, bandalaring uch kun yomg‘ir so‘rab, namoz o‘qidilar, ammo ularning duolarini ijobat qilmading». Alloh vahiy qildi: «Ey Muso, Men ichida chaqimchisi bo‘lgan qavmning duosini qabul qilmayman». Muso alayhissalom: «Yo Parvardigor, uning kimligini bizga bildirgin, uni oramizdan chiqarib yuboramiz», deganlarida, Alloh: «Chaqimchilikdan qaytarib, o‘zim chaqimchilik qilayinmi?» dedi. Keyin ularning barchasi tavba qilgach, Alloh taolo yomg‘ir yog‘dirdi».

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kim umrida bir marta g‘iybat qilsa, Alloh uni o‘nta uqubat bilan azoblaydi: Allohning rahmatidan uzoqlashadi; farishtalar unga hamroh bo‘lmaydi; o‘lim vaqtida jon berish qiyin bo‘ladi; do‘zaxga nomzod kimsaga aylanadi; jannatdan uzoqlashadi; qabrda azobi qattiq bo‘ladi; qilgan amallari puchga chiqadi; u sababli mening ruhim bezovta bo‘ladi; Alloh unga g‘azab qiladi; qiyomat kunida muflis kimsalardan bo‘ladi».
Abu Umoma aytadilar: «Qiyomat kuni bir bandaga nomai a’moli beriladi. Unda o‘zi qilmagan savoblarni ko‘rib: «Bular qaerdan keldi?» deb so‘raydi. Alloh unga: «Bular seni g‘iybat qilgan odamlarning amali», deb javob beradi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:40:34
Hasan Basriyning oldilariga bir kishi kelib: «Sizni falonchi g‘iybat qildi», deganda, g‘iybat qilgan kimsaga bir tovoq shirinliklar yuborib: «Sen menga savoblaringdan hadya qilding, men esa senga bularni hadya qildim», degan ekanlar.

Alidan raziyallohu anhu rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «G’iybatdan saqlaninglar, chunki g‘iybatchida uchta ofat bor: uning duosi ijobat etilmaydi; savoblari qabul qilinmaydi; gunohlari ziyodalashadi», dedilar.

Jobir ibn Abdulloh Ansoriy deydilar: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga edik. Shu payt sassiq, badbo‘y hid keldi. U kishi: «Bu qanday hid ekanini bilasizlarmi?» dedilar. Sahobalar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroqdir», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu mo‘minlarni g‘iybat qilayotgan kishilardan kelayotgan hiddir», deb javob berdilar».

«Islomning avvalida g‘iybatdan chiqqan badbo‘y hid bilinganu, bizning zamonimizga kelib u nima uchun bilinmay qoldi», degan savol tug‘ilishi tabiiy. Hozirgi paytga kelib, g‘iybat shu darajada ko‘paydi-ki, burunlar u bilan to‘lib, badbo‘yligi bilinmay qoldi. Masalan, teri oshlovchining hovlisiga kirgan kimsa u yerda bir soat ham tura olmaydi. Xolbuki, u yerda yashovchilar bemalol o‘tiraverishadi, chunki ular terining hidiga o‘rganib, moslashib qolgan bo‘lib, ularga sassiqligi bilinmaydi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:40:47
Ulamolarning aytishlaricha, g‘iybat to‘rt xil bo‘ladi: Muboh bo‘lgan g‘iybat, bunda g‘iybatchi gunohkor bo‘lmaydi; gunoh sanalgan g‘iybat, bunda g‘iybat egasi gunohkor bo‘ladi; nifoq g‘iybat, buning egasi munofiq bo‘ladi; to‘rtinchisi kufr g‘iybat bo‘lib, bu holatda g‘iybat qiluvchi kofir bo‘ladi. Muboh g‘iybat gunoh va bid’atni oshkora qilguvchini g‘iybat qilish bo‘lib, bu xususda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Fojirdagi narsalarni zikr qilaveringlar, chunki odamlar undan ehtiyot bo‘lishlari lozimdir», deganlar. Gunoh g‘iybat g‘oyib insonning aybini bir jamoatning oldida uning ismini aytib zikr qilishdir. Bunday kimsa osiy bo‘lib, tavba qilishi vojib. Nifoq g‘iybati bir insonni boshqa birovning oldida ismini aytmasdan zikr qilish. Ahli majlis g‘iybat qilinayotgan odamni bilsa-da, g‘iybatchi o‘zini taqvodor ko‘rsatib, uning ismini aytmaydi. Bu esa munofiqlikdir. Kufr g‘iybati esa g‘iybatchi bir insonning aybini ma’lum bir jamoat oldida ismini aytib, zikr qiladi. Agar unga: «G’iybat qilma», deyilsa, «Bu g‘iybat emas, men to‘g‘risini aytyapman», deydi. Alloh harom qilgan narsani halol sanagani uchun bu ish kufrga hukm qilinadi.

Huzayfadan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Chaqimchi jannatga kirmaydi», dedilar.

Hammod ibn Salama aytadilar: «Bir kishi qulini sotayotib, xaridorga: «Bu qulning ig‘vogarlikdan boshqa aybi yo‘q», dedi. Xaridor bu aybni nazariga ilmasdan, qulni sotib oldi. Qul bir necha kun o‘tgandan keyin mavlosining xotini oldiga kelib dedi: «Ering seni yaxshi ko‘rmaydi, shuning uchun boshqaga uylanmoqchi. Sen uning o‘zingga bog‘lanib qolishini istaysanmi?» Xotin: «Ha», deb javob berdi. Qul unga: «Ustarani olib, ering uxlagan vaqtida soqolidan bir tutam kesib olgin», dedi. So‘ng mavlosining ham oldiga kelib: «Xotining sendan boshqaga turmushga chiqish niyatida va seni o‘ldirishga chog‘lanmoqda. Buning haqiqatligini bilishni xohlaysanmi?» dedi. U: «Ha», deb javob bergach: «Bugun kechasi o‘zingni uxlaganga solib hushyor yot», dedi. Kechasi er o‘zini uxlaganga solib yotgan vaqtda xotin ustara bilan unga yaqinlashdi. Shunda eri: «U meni o‘ldirmoqchi», deb o‘yladi­da, xotinidan ustarani tortib oldi va uni o‘ldirdi. Xotinning qarindoshlari kelib, erni o‘ldirishdi. So‘ng erning qarindoshlari keldi, natijada ikki o‘rtada urush chiqib, qonlar to‘kildi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:40:59
Hikoya qilinadiki, Abu Lays Buxoriy hajga chiqdilar va cho‘ntaklariga ikki dirham solib, shunday qasam ichdilar: «Agar Makkaga borib-qaytguncha birovni g‘iybat qilsam, ushbu ikki dirhamni sadaqa qilaman». U kishi uylariga qaytganlarida ham o‘sha dirhamlar cho‘ntaklarida edi. Bu haqda so‘rashganida shunday javob berdilar: «Chunki bir marta g‘iybat qilish yuz marta zino qilishdan yomonroqdir. Lekin besh o‘rinda g‘iybat qilishga ruxsat etilgan. Birinchisi, mazlum kishining zolim ustidan qoziga murojaat qilishi. Ikkinchisi, fatvo beruvchidan fatvo so‘ragan kimsa Abu Sufyonning xotini Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam oldlariga fatvo so‘rab kelganida: «Abu Sufyon bir xasis kimsaki, menga kifoya qiladigan narsani bermaydi"¦» degan edi. Uchinchisi, musulmon kishini birovning yomonligidan ogohlantirish uchun. To‘rtinchisi cho‘loq, g‘ilay, shol kabi ism-laqab bilan tanilgan bo‘lsa. Ulamolarning fikricha, kim hayo kiyimini tashlagan bo‘lsa, uni zikr qilish g‘iybat bo‘lmaydi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:41:30
Oltmish uchinchi majlis
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mo‘‘jizalari haqida


Alloh taolo aytadi: «(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo‘lindi. Agar ular (Quraysh kofirlari Muhammad alayhissalomning haq payg‘ambar ekanliklariga dalolat qiladigan) biron oyat­mo‘‘jiza ko‘rsalar (ham u Payg‘ambarga iymon keltirish o‘rniga) yuz o‘girurlar va: «(Bu) har doimgi sehr­ku!» derlar. Ular (Payg‘ambarni) yolg‘onchi qildilar va havoyi nafslariga ergashdilar. Har bir ish (o‘z) joyini topguvchidir (ya’ni, garchi kofirlar yuz o‘girsalar-da, bu haq din Yer yuzida qaror topur)» (Qamar surasi, 1—3-oyatlar).

Quraysh raislaridan Valid ibn Mug‘iyra, Abu Jahl, Os ibn Voil va boshqalar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga kelib, shunday dedilar:

— Ey Muhammad, agar sen bizga mo‘‘jiza ko‘rsatadigan bo‘lsang, iymon keltiramiz. Sen Alloh yuborgan payg‘ambar bo‘lsang, osmondagi oyga ishora qil, u ikkiga bo‘linsin. O’shanda sening so‘zingga ishonamiz.

Shu kecha oy o‘n to‘rt kunlik bo‘lib, ayni to‘lishgan vaqti edi. Ular talabiga binoan Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oyga barmoq ko‘tarib ishorat qildilar. Alloh amri bilan to‘lin oy ikkiga bo‘lindi. Bir bo‘lagi o‘z o‘rnida qolib, ikkinchi bo‘lagi Jaroa tog‘ining to‘g‘risiga kelib turdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
— Mana, ko‘ringlar Allohning qudratini! — deb nido qildilar. Ammo kofirlar shunday ulug‘ mo‘‘jizani ko‘rib ham, iymon keltirishmadi. Balki:

— Muhammad bizni sehr qildi, ko‘z boyladi,— deyishdi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:41:46
Shu payt ulardan bir kishi turib:
— Atrofdan kelgan yo‘lovchilardan so‘rab ko‘raylik, bizni sehr qilgan bo‘lsa ham, uzoqdagilarga sehr qila olmagay, — dedi.

Har tomondan keluvchi kishilardan so‘rashganida: «Shu tunda ushbu soatda biz falon joyda edik. Oy ikki bo‘lakka ajralganini ko‘rdik», deb hammalari guvohlik berishdi. Makka mushriklari bu bilan ham tavfiq topmadi. Ammo mo‘minlarning iymoniy quvvati yana ham ziyoda bo‘ldi. Baxtsiz kishilarga shundoq ulug‘ ne’matdan zarracha bahra yetmadi. Bu mo‘‘jiza hijratdan besh yil ilgari Makka shahrida bo‘lgan edi. Ikki parcha bo‘lib yorilgan oy shu holida, bir­ikki soatcha turib, so‘ngra qo‘shildi. Mana shu paytda «(Qiyomat) soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo‘lindi"¦» oyati nozil bo‘ldi. Bu oyat mazmunidan ma’lum bo‘ladiki, oy yorilishi qiyomat alomati ekan. Bu mo‘‘jizaga shubha qilmoq musulmon kishiga loyiq emas. Chunki bu mo‘‘jizaning haqligi yuqoridagi oyat bilan ham bilan sobit bo‘lgan.

Mo‘‘jizalaridan yana biri daraxtlar tilga kirib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salom berishidir. Bu ishga yuzga yaqin sahoba guvoh bo‘lishgan.

Hazrati Umar hikoya qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan g‘azot safariga chiqdik. Yo‘lda bir a’robiyni ko‘rib: «Qayoqqa ketyapsan?» deb so‘radilar. «Uyimga boryapman», dedi u. «Yaxshilik topmoqqa qandaysan?» deb so‘radilar. U rozilik bildirdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Meni Alloh taolo butun yer yuziga payg‘ambar qilib yubordi, yaxshilikka yetganing shudir». A’robiy aytdi: «Men sening payg‘ambarligingni qaydan bilaman? So‘zing rostligiga kim guvohlik bera olur?» Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam soy ichida ko‘rinib turgan daraxtga qarab: «Ana shu daraxt mening payg‘ambarligimga guvohlik berur. Uning oldiga borib: «Seni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam chaqiryapti», degil, kelib guvohlik bersin», dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:41:57
A’robiy borib, daraxtga shu so‘zni aytdi. Daraxt oldi, orqasi, ikki yoniga egilib, qimirladi. Yer yorilib tomirlarini sudraganicha to‘g‘ri Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oldlariga kelib: «Assalomu alayka, yo Rasululloh», deb salom berdi. A’robiy aytdi: «Daraxtga buyuring, yana o‘z o‘rniga qaytsin». Rasululloh sollallohu alayhi va sallam buyurgach, ildizlarini chuvalantirganicha qaytib borib, joyiga o‘rnashdi. Bu ulug‘ mo‘‘jizani ko‘rgach, a’robiy darhol iymon keltirdi. So‘ngra: «Yo Rasululloh, ruxsat bering, sizga sajda qilurman», dedi. Shunda Rasululloh: «Maxluqqa sajda qilmoq joiz emas. Agar mumkin bo‘lganida, xotinlarni erlariga sajda qilishga buyurgan bo‘lar edim», dedilar. «Bo‘lmasa, ruxsat bering, qo‘l­oyoqlaringizni o‘payin», dedi. O’pishga ruxsat qildilar. Pir­ustozlarning oyoq-qo‘llarini o‘pish shundan qolgandir.

Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Makka ko‘chalarining birida kelayotib Rukona degan bir kishiga yo‘liqib qoldilar. U Quraysh yigitlari ichida eng atoqli bahodirlardan edi. Unga: «Ey Rukona, Allohdan qo‘rq, men Allohning payg‘ambariman, iymon keltirib, musulmon bo‘l», dedilar. U: «Ey Muhammad, payg‘ambarligingga bir alomat ko‘rsatsang, iymon keltirar edim. Dalil­hujjatsiz qanday musulmon bo‘lurman?» dedi. Rasululloh naridagi bir tup daraxtga qarab: «Allohning izni bilan oldimga kel», dedilar. Shu zahoti daraxt teng o‘rtasidan yorilib, ikkiga ajraldi. Yarmi turgan joyida qoldi, qolgan yarmi yerni yorganicha Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oldlariga kelib, salom berdi. Buni ko‘rib lol qolgach, u: «Ey Muhammad, eng ulug‘ ishni ko‘rsatding, unga buyurgil, yana o‘z joyiga borsin», dedi. «Agar buyursam, o‘z joyiga borib qo‘shilsa, iymon keltirurmisan?» dedilar Nabiy. «Albatta, iymon keltirurman», deb va’da berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam buyurgach, Allohning qudrati bilan daraxtning yarmi oldingi yarmiga yopishib, asl holiga keldi. Ammo Rukona shundoq ulug‘ qudratni ko‘rib turib, ham iymon keltirmadi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:42:08
Imom Buxoriy, Imom Termiziy Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xodimlari Anas ibn Molikdan shunday rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hazrati Abu Bakr Siddiq, Umar va Usmon raziyallohu anhumlar bilan birga Uhud tog‘ining ustiga chiqqanlarida, tog‘ titray boshladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Uhud, to‘xta. Sening ustingdagi kishilardan biri Allohning payg‘ambari, birisi uning yori siddiq, ikkovi shahiddir», deyishlari bilan tog‘ titrashdan to‘xtadi. Bu voqeada uch mo‘‘jiza bor: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tog‘ tepasiga chiqishlarida uning titrab ketishi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning so‘zlarini eshitib, darhol to‘xtashi. Uchinchi mo‘‘jiza esa keyin bo‘ladigan voqeadan xabar berishlaridir. Haqiqitdan ham, hazrati Umar, hazrati Usmon ikkovlari shahid bo‘lishdi.

Payg‘ambar alayhissalomning yana bir mo‘‘jizalari barmoqlari orasidan suv chiqqani va uning ko‘payganidir. Bu g‘aroyib voqeani Anas, Jobir hamda Ibn Mas’ud kabi ko‘pgina sahobalar rivoyat qilishgan.

Anas raziyallohu anhu aytadilar: «Rasulullohni asr namoziga ozgina vaqt qolganda uchratdim. Odamlar tahorat olish uchun suv topolmay zir yugurib yurishardi. Payg‘ambar alayhissalom tahorat olinadigan bir idishga qo‘llarini tiqqan edilar, barmoqlari orasidan suv otilib chiqa boshladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shu suvdan tahoratga olishga buyurdilar. Odamlar birin­ketin kelib, idishlarini to‘ldira boshlashdi. Idishdan tahorat olgan odamlar soni uch yuztadan oshib ketdi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:42:19
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning birgina harak’atlari va duolari bilan oziq­ovqatning barokotli bo‘lib ketgani ham u kishining mo‘‘jizalaridandir.

Abu Talhaning raziyallohu anhu rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Anas raziyallohu anhu qo‘ltig‘iga qisib kelgan bir necha arpa non bilan yetmishdan ortiq kishini to‘ydirganlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam nonlarni mayda ushatib, Alloh rozi bo‘ladigan duolarni o‘qib, dam solganlar.

Xandaq g‘azotida Rasululloh uch kiloga yaqin arpa va bitta uloqchaning go‘shti bilan ming odamga yetadigan ovqat tayyorlatganlar. Jobirning aytishicha, o‘sha kuni odamlar to‘yib ketganidan ham ovqat ortib qolgan, hatto ortgan xamirdan non ham yopishgan. Payg‘ambar alayhissalom xamir bilan qozonga dam solishlari tufayli beadad baraka kirgan.

Abu Ayyub rivoyat qiladi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan Abu Bakr ikkalasiga yetgulik ovqat pishirdim. Payg‘ambar alayhissalom ushbu ovqatni 180 kishiga yetkazdilar».

Jobir ibn Abdulloh deydi: «Masjidning xurmo yog‘ochidan qilingan ustuni bor edi. Rasululloh shu ustunga suyanib, xutba o‘qirdilar. Minbar yasalib, xutba o‘shanda o‘qiladigan bo‘lgach, ustunning xuddi jonli hayvondek nola qilganini eshitdik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning oldiga borib, qo‘llarini qo‘yganlaridan keyin jimib qoldi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:42:42
Oltmish to‘rtinchi majlis
Yig‘lash bayoni


Alloh taolo aytadi: «Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar va (har bir) jon erta (qiyomat kuni) uchun nimani (ya’ni, qanday ezgu amalni) taqdim etganiga qarasin! Allohdan qo‘rqinglar! Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. Sizlar Allohni unutib qo‘ygan (ya’ni, U zotning amr­farmonlariga itoat etmagan), bas, (shundan keyin Alloh) ularga o‘zlarini ham unuttirib qo‘ygan (ya’ni, o‘zlariga oxiratda foyda beradigan amallar qilishdan yuz o‘girtirib qo‘ygan) kimsalar kabi bo‘lmangiz! Ana o‘shalar fosiq­itoatsiz kimsalardir!» (Hashr surasi, 18—19-oyatlar).

Rivoyat qilinishicha, Umarning raziyallohu anhu sahifalari bo‘lib, unga yaxshi va yomon amallarini yozib yurardilar. Har juma kuni yozganlarini tekshirib ko‘rardilar. Sahifada Alloh rozi bo‘lmaydigan amalni ko‘rganlarida qamchi bilan o‘zlarini urardilar. U kishi vafot etganlarida jasadni yuvmoqchi bo‘lishganida yelkalari kaltak zarbidan qorayib ketganining guvohi bo‘lishdi. Umar raziyallohu anhu azob oyatlarini eshitib qolsalar, xushlaridan ketib yiqilardilar, hatto kasal bo‘lib qolardilar. Ko‘z yoshlari ko‘p oqqanidan yuzlarida ikkita chiziqcha paydo bo‘lgan edi. «Koshki onam meni tug‘maganida edi», deb o‘zlarini koyirdilar.

Kunlarning birida ulovda o‘tib ketayotib: «Albatta, Parvardigoringizning azobi voqe’ bo‘luvchidir? Biror narsa uni daf qila olguvchi emas», oyati qiroat qilinayotganini eshitib qolib, hushlaridan ketib, ulovdan yiqildilar. Odamlar u kishini uylariga olib ketishdi. Shundan so‘ng bir oy uylaridan chiqolmadilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:43:05
Ka’bul Ahbor aytadilar: «Allohdan qo‘rqib, ko‘zlarimdan yosh oqadigan darajada yig‘lamog‘im o‘z og‘irligim miqdoricha oltinni sadaqa qilmog‘imdan yaxshiroqdir. Chunki kim Allohdan qo‘rqib ko‘z yoshidan bir tomchisi yerga oqib tushar ekan, uni do‘zax olovi kuydirmaydi».

Alloh Muso alayhissalomga vahiy qildi: «Zohidlarning zohidligi, qurbat hosil qiluvchilarning qurbati, harom qilingan narsalardan taqvo qiluvchi obidlarning ibodati Mendan qo‘rqib yig‘lagan kimsaning ibodatidan afzal bo‘la olmaydi». Shunda Muso alayhissalom: «Ey rahmlilarning rahmlirog‘i, ularni bu amallari evaziga qanday mukofotlaysan?» deb so‘radilar. Alloh: «Dunyodan yuz o‘giruvchi zohidlarga jannatimning halol qilaman. Ular jannatni xohlagan joylarida qo‘nim topadilar. Men harom qilgan narsalardan taqvo qilguvchilarni esa hisob­kitobsiz jannatga kiritaman. Mendan qo‘rqib yig‘laguvchilar esa jannatda rafiqul a’loda bo‘ladilar», dedi.

Xabarlarda kelishicha, qiyomat kuni bir banda Allohning oldiga keltiriladi. Unga nomai a’moli berilganida gunohlari ko‘pligini biladi. Shunda u: «Parvardigoro, bu gunohlarni men aslo qilgan emasman», deydi. Alloh: «Mening ishonchli guvohlarim bor», deganda, banda o‘ng va chap tomoniga qarab hech kimni ko‘rmaydi. Alloh uning a’zolariga unga qarshi guvohlik berishga amr qiladi. Quloqlari: «Uning bu gunohlarni qilganini eshitdik va bildik», deb guvohlik beradi. Ko‘zlari: «Biz ko‘rdik», tili esa: «Men gapirdim», deb guvohlik beradi. Qo‘llari, oyoqlari va boshqa a’zolari ham guvohlik beradi. Banda hayratlanib qoladi. Alloh uni do‘zaxga tashlashga buyurgan vaqtda uning o‘ng ko‘zidagi bir dona kipirigi so‘zlash uchun Allohdan izn so‘raydi. Alloh unga izn bergach: «Yo Parvardigor, darhaqiqat Sen: «Qaysiki bandamning qovoqlaridagi bir dona kiprigi Mendan qo‘rqib yig‘lagani sababli namlansa, uni do‘zaxdan ozod qilaman», demaganmiding?» deydi. Alloh taolo: «Ha, shunday degan edim», deydi. Kiprik: «Men guvohlik beramanki, bu gunohkor banda Sendan qo‘rqqanidan yig‘lab, meni namlagan edi», deydi. Alloh uni jannatga kiritishlariga buyuradi. Keyin shunday nido qilinadi: «Falonchining o‘g‘li falonchi bir dona kiprik sababli do‘zaxdan najot topdi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:43:14
Ibn Abbosdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Kimning terisi Allohdan qo‘rqib titrasa, uning gunohlari qurigan daraxtning barglari to‘kilgandek to‘kiladi».

Qiyomat kuni do‘zaxdan tog‘ kabi olov chiqib, ummati Muhammadni qasd qiladi. Muhammad sollallohu alayhi va sallam uni daf qilishga harak’at qiladilar, ammo qodir bo‘lmaydilar. Shunda: «Ey Jabroil, bu olov ummatimni kuydirmoqchi», deydilar. Jabroil alayhissalom bir qadah suv bilan kelib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga: «Ey Muhammad, mana bu suvni olib, unga seping», deydi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u suvni olovga sepganlarida, darrov o‘chib qoladi. Shunda Nabiy alayhissalom: «Ey Jabroil, bu qanaqa suv? Olovni bunchalik tez o‘chiradigan bundan boshqa suvni bilmayman», deydilar. Jabroil alayhissalom shunday javob beradi: «Bu suv xilvatda qolib, Allohdan qo‘rqib yig‘lagan ummatingizning ko‘z yoshlaridir».

Hikoya qilinadiki, Rabboh Absiy ismli kishi 4 dinorga qora g‘ulom sotib oldi. G’ulom sira uxlamasdi, mavlosini ham uxlagani qo‘ymasdi. Kech kirgach, Rabboh: «Ey g‘ulom, nima uchun uxlamaysan va bizni ham uxlagani qo‘ymaysan?» deb so‘radi. G’ulom: «Ey Mavlom, agar kech kirgan vaqtda qabr zulmatini va jahannam dahshatini eslasam, uyqum qochib ketadi. Rabbimning huzurida turishimni eslasam, g‘amim ziyodalashadi. Jannat va undagi ne’matlarni eslasam, zavqu shavqim ziyoda bo‘ladi. Endi qanday qilib uxlayin?!» deb javob berdi. Buni eshitgan xo‘jasi hushidan ketdi. O’ziga kelgach: «Ey g‘ulom, menga o‘xshaganlar sen kabilarga xo‘jayin bo‘lishga yaramaydi. Bor, ketaver, seni Alloh rizoligi uchun ozod qildim», dedi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:43:26
Rivoyat qilinishicha, bir kishi kichik yoshli o‘g‘li bilan birga uxlayotgan edi. Lekin kechasi bola iztiroblanib uxlay olmadi. Otasi unga: «Ey o‘g‘lim, biron yering og‘riyaptimi?» dedi. Bola: «Yo‘q, ey otajon. Ertaga o‘qituvchimiz bir haftalik darsimizni bizdan so‘raydi. Muallimimiz mendan xato topib, g‘azab qilib, meni urmog‘idan qo‘rqaman», deb javob berdi. Shunda otasi yig‘lay boshladi va: «Men bu qo‘rquvga haqliroqman. Qiyomat kunida Allohning huzurida isyonlarim arz qilinganida holim nima kechadi?!» dedi.

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Qiyomat kuni odamlar to‘rt narsa haqida so‘ralmagunigacha bir qadam ham siljiy olmaydi: umrini qanday o‘tkazgani; kuch­quvvatini nimaga sarflagani; ilmiga qanday amal qilgani; molini qaerdan topib, qaerga sarflagani haqida».

Ma’rifat ahli aytadiki, to‘rt narsani to‘rt narsa bilan yuvinglar: yuzlaringizni ko‘z yoshlaringiz, tillaringizni Rabbilaringizni zikr qilish, dillaringizni Allohdan qo‘rqish va gunohlaringizni tavba bilan yuvinglar.

Faqih aytadilar: «Gunoh ikki xil bo‘ladi: sen bilan Allohning o‘rtasidagi gunoh va sen bilan bandalar orasidagi gunoh. Birinchi gunohning tavbasi istig‘for aytish bo‘lib, u gunohga nadomat qilish va uni qaytib qilmaslikka ahd etishdir. Ikkinchi gunohga kelsak, toki bandalarni rozi qilmaguningcha tavbang senga foyda bermaydi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:43:49
Oltmish beshinchi majlis
Jumaning fazilati haqida


Alloh taolo aytadi: «Ey mo‘minlar, qachon juma kunidagi namozga chorlansa (ya’ni, azon aytilsa), darhol Allohning zikriga (ya’ni, juma namozini ado qilish uchun) shoshib boringlar va oldi­sotdini tark qilinglar! Agar biladigan bo‘lsangizlar, mana shu (ya’ni, Allohning zikriga — juma namozini o‘qishga shoshilish) o‘zlaringiz uchun yaxshiroqdir» (Juma surasi, 9­oyat).

Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam juma kuni minbarda xutba o‘qib turar edilar. Shu vaqtda Dihyatul Kalbiy Shom tijoratidan qaytib keldi va kelganini bildirish uchun nog‘ora chaldi. Masjidda turgan odamlar uning oldiga shoshib chiqdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga masjidda faqat 12 kishi qoldi. Shunda quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «(Ey Muhammad), qachon ular biron tijoratni yoki o‘yin­kulgini ko‘rib qolsalar, o‘shanga qarab sochilib­tarqalib keturlar va sizni (minbarda) tik turgan holingizda tark qilurlar».

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: «Uyi bilan masjidning orasidagi masofa jumadan keyin uyiga yetib olish mumkin bo‘ladigan darajada bo‘lgan har bir kishiga juma namozi vojibdir».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim juma namozini uzrsiz tark etsa, bir dinor sadaqa qilsin. Agar bir dinor topa olmasa, yarim dinor sadaqa qilsin. Kim ketma­ket uch marta juma namozini o‘qimasa, uning guvohligi qabul qilinmaydi», deganlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:44:00
Abu Bakrdan raziyallohu anhu rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim juma kuni g‘usl qilsa, gunohlariga kafforat bo‘ladi. Agar jumaga borsa, Alloh uning har bir qadami uchun yigirma yillik ibodat yozadi. Agar juma namozni o‘qisa, yuz yillik amali solih bilan ajrlanadi», dedilar.

Said ibn Musayyab raziyallohu anhu aytadilar: «Juma namozini o‘qimog‘im men uchun nafl haj qilishdan ko‘ra suyukliroqdir».

Xabarda keladiki, Alloh taolo Baytul Ma’murning oldiga oq kumushdan minora yaratgan bo‘lib, uning uzunligi besh yuz yillik yo‘ldir. Juma kuni Jabroil alayhissalom bu minoraga chiqib, azon aytadi. Isrofil alayhissalom minbarga chiqib, xutba o‘qiydi. Mikoil farishtalarga imom bo‘lib namoz o‘qiydi. Namozdan forig‘ bo‘lishgach, Jabroil alayhissalom: «Azon aytishimdan hosil bo‘lgan savobni Muhammad alayhissalom ummatlarining muazzinlarining barchasiga berdim», deydi. Isrofil alayhissalom: «Xutba o‘qishdan hosil bo‘lgan savobni yer yuzidagi Muhammad alayhissalomning ummatlaridan bo‘lgan xutba o‘quvchilarga berdim», deydi. Mikoil alayhissalom: «Men imomlikdan hosil bo‘lgan savobni Muhammad alayhissalomning ummatlarining imomlariga berdim», deydi. Farishtalarning barchalari: «Biz jumani o‘qishdan hosil bo‘lgan savobni imomning ortidan ergashib, jumani o‘qigan jamiki musulmonlarga berdik», deyishadi. Alloh taolo esa: «Ey farishtalarim, sizlar mening huzurimdagi saxovotni zohir qilyapsizlarmi?! Izzatim va buyukligimga qasamki, bandalarim orasidan Mening amrimga bo‘yinsunib, habibim Muhammadga ergashib, juma namozini o‘qiganlarning gunohlarini mag‘firat qildim», deydi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:44:13
Hikoya qilinishicha, Molik ibn Dinor zamonasida majusiy aka­ukalar bo‘lib, biri olovga 73 yil, ikkinchisi esa 35 yil ibodat qilibdi. Kunlarning birida kichigi kattasiga: «Ey aka, mana falon yildan beri olovga ibodat qilyapmiz, keling, uni bir sinab ko‘ramiz. Agar bizni boshqa odamlarni kuydirgandek kuydirsa, unga ibodat qilmaymiz. Agar kuydirmasa, o‘lgunimizcha unga ibodat qilamiz», dedi. Keyin olov yoqishdi. «Birinchi bo‘lib sen qo‘lingni olovga tiq», dedi kattasi. Kichigi qo‘lini tiqqanida, olov uni kuydirdi. U qo‘lini tortib olib: «Ey olov, falon yildan beri senga ibodat qilyapman. Sen esa menga aziyat berding!» dedi va akasiga: «Ey aka, keling shunga ibodat qilmaylik», desa, akasi: «Men unga ibodat qilishni tark qilmayman», deb javob berdi. Ukasi olovga ibodat qilishni tashlab, Molik ibn Dinorning oldiga keldi. U va’z qilib turgan edi. Molik unga va ahli baytiga Islomni tushuntirgach, hammalari Islomga kirishdi. Molik unga: «Oldimga o‘tirgin, men senga do‘stlarimdan mol yig‘ib beraman», deganida u: «Men dinimni dunyo evaziga sotishni xohlamayman», deb qaytib ketdi. Shahardagi xarobalardan biriga borib, oilasi bilan birga u yerda qo‘nim topdi va Allohga ibodat qila boshladi. Tong otgach, ayoli: «Bozorga borib ishlang va yeyishga taom sotib oling», dedi. U bozorga bordi, ammo biron kimsa uni ishga olmadi. Shunda u o‘ziga: «Alloh uchun amal qilgin», dedi-da, masjidga kirib namoz o‘qiy boshladi. Kech kirgach, uyiga quruq qaytdi. «Biron narsa topmadingizmi?» deb xotini so‘raganida, u: «Bir odamnikida ishladim, u ish haqimni ertaga berishni va’da qildi», deb javob berdi. Ular kechani och holda o‘tkazishdi. Ertasi kuni yana shu holat takrorlandi. Kechasi uyiga hech narsasiz qaytdi. Xotini sababini so‘raganida kechagidek javob qildi. Uchinchi kuni — juma kuni ham bozorga bordi. Yana biror ish topolmadi. Masjidga borib, juma namozini o‘qigach, qo‘lini osmonga ko‘tarib, «Yo Parvardigor, bu dinning hurmati, bu kunning hurmati bilan so‘raymanki, qalbimdan ahli oilam nafaqasining g‘amini ko‘targin. Albatta, men ayolimdan hayo qilyapman va ularga ochlik g‘alaba qilib, akamning diniga qaytib ketishlaridan qo‘rqyapman», deb duo qildi. Shu payt bir kishi ularning eshigini taqillatdi. Ayoli chiqib qarasa, chiroyli yigit usti ro‘molcha bilan yopib qo‘yilgan oltindan yasalgan tovoqni qo‘lida ushlab turibdi. Yigit ayolga: «Buni olgin va eringga aytgin: «Bu eringning juma kuni Alloh uchun qilgan amalining haqqidir. Bu kundagi ozgina amalning ajri Allohning huzurida ko‘pdir», dedi. Ayol tovoqdagi ro‘molni olsa, unda ming dinor bor ekan. Bu dinorni olib zargarning oldiga bordi. Zargar uni o‘lchab ko‘rsa, dunyo oltinidan ikki barobar og‘ir ekan. Dinorning naqshlariga qarab bu dunyo dinorlaridan emasligini angladi. «Qaerdan olding?» deb so‘radi. Ayol bo‘lgan voqeani aytib berdi. Zargar ham Islomga kirdi va ayolga ming dinor berdi. Eri esa namoz o‘qib bo‘lgach, uyiga qaytdi. U ro‘moliga tuproq solib: «Xotinim un olib keldim, deyman», deb xayol qildi. Uyiga kirgach, taomning hidini sezdi. Ro‘molni eshikning oldida qoldirib, xotinidan bu hodisaning sirini so‘radi. Xotini bo‘lgan voqeani aytib berdi. Yigit bu ne’matlar uchun Allohga shukrona sajdasini qildi. Xotini undan: «Nima olib keldingiz?» deb so‘raganida u hijolat bo‘lib: «So‘ramagin», dedi. Xotini ro‘molni ochib qarasa, juma namozining hurmatidan tuproq unga aylanib qolgan edi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:44:25
Muso alayhissalom Baytul Maqdisdagi tog‘ning oldiga kelganlarida, Allohga jiddu jahd bilan ibodat qilayotgan qavmni ko‘rdilar. Muso alayhissalom ularning kimligini so‘raganlarida, ular: «Biz sizning ummatingizmiz. Bu yerda Allohga yetmish yildan beri ibodat qilmoqdamiz. Libosimiz sabr libosi, taomimiz yer giyohlari, ichimligimiz yomg‘ir suvidir», deb javob berishdi. Muso alayhissalom bundan xursand bo‘ldilar. Shunda Alloh u kishiga vahiy qildi: «Ey Muso, Muhammadning ummati uchun bir kun borki, undagi ikki rak’at namoz amallarning hammasidan yaxshiroqdir». Muso alayhissalom: «Yo Parvardigor, u qaysi kun?» deb so‘raganlarida Alloh: «Juma kunidir», deb javob berdi. Muso alayhissalom bu ummatning afzalligidan ajablandilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Mening oldimga Jabroil alayhissalom keldi va u kishining kaftlarida oq ko‘zgu bor edi. U menga: «Bu juma kuni. Bu kunni sizga va sizdan keyingi ummatingizga iyd-bayram bo‘lishi uchun Alloh sizga berdi», dedi. Ko‘zguning o‘rtasida qora nuqta bor edi. Men: «Bu qanaqa nuqta», deb so‘radim. Jabroil alayhissalom: «Bu juma kunidagi bir soatki, kim Allohga ushbu soatda duo qilsa, Alloh uni ijobat etadi», deb javob berdi».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Kim jumaga birinchi soatda kelsa, xuddi bir tuyani qurbon qilgandek savob oladi. Kim ikkinchi soatda kelsa, sigir qurbonlik qilganning savobiga ega bo‘ladi. Kim uchinchi soatda kelsa, xuddi qo‘chqor so‘ygandek savob oladi. Kim to‘rtinchi soatda kelsa, tovuq sadaqa qilgandek savob oladi. Imom minbarga xutba uchun chiqsa, kitoblar yopiladi, qalamlar ko‘tariladi va farishtalar xutba eshitish uchun minbarning oldiga jamlanadilar. Kim shundan keyin kelsa, xuddi namozning haqqi uchun kelgandek bo‘ladi. Shuning uchun ham odamlar jumaga kelishlariga qarab, jannatda Allohni ko‘rishga yaqinroq bo‘ladilar».

Asarlarda keladiki, farishtalar bir banda jumaga kelish vaqtidan kechikib qolsa, uni axtarishga tusharkanlar va: «Ey Alloh, agar uni kechiktirayotgan narsa faqirlik bo‘lsa, uni boy qilgin. Agar kasallik bo‘lsa, unga shifo bergin, agar biror mashg‘uloti bo‘lsa, undan forig‘ qilgin, agar o‘yin­kulgu bo‘lsa, uning qalbini O’zingning ibodatingga moyil qilgin», der ekanlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:45:01
Oltmish oltinchi majlis
Jahannam va uning zaboniyalari haqida


Alloh taolo aytadi: «Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli oilangizni do‘zaxdan saqlangizki, uning o‘tini odamlar va toshlardir, u (do‘zax)ning ustida qattiqdil va qattiqqo‘l, Alloh o‘zlariga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, (faqat) o‘zlariga buyurilgan narsani qiladigan farishtalar turur» (Tahrim surasi, 6­oyat).

Oyatdagi «odamlar»dan murod kofirlardir. «Toshlar»dan murod nasihatni qabul qilmaydigan johillardir (Tafsiri Nasafiy). Ba’zi ulamolar «toshlar»dan murod mushriklar ibodat qiladigan, yog‘och va toshlardan yasalgan sanamlar, deyishgan. Sanamlarning do‘zaxga tashlanishidan maqsad sanamlarni emas, balki bu sanamlar vositasida mushriklarni azoblash uchundir.

Hikoya qilinadiki, Zakariyo alayhissalom odamlarga va’z­nasihat qilish uchun o‘tirsalar, atroflariga qarar ekanlar. Agar o‘g‘illari Yahyo alayhissalomni ko‘rmasalar, azob oyatlarini zikr qilar ekanlar. Agar o‘g‘illarini ko‘rsalar, o‘g‘illari do‘zaxdagi azoblarni eshitishni ko‘tara olmasligi sababli bunday oyatlarni zikr qilmas ekanlar. Kunlarning birida va’z­nasihat qilayotganlarida qavmiga nazar solibdilar va o‘g‘illari Yahyoni ko‘rmabdilar. Holbuki, Yahyo alayhissalom odamlarning orasida bo‘lib, olomon ko‘pligi bois otalaridan to‘silib turgan edilar. Zakariyo alayhissalom yig‘lagan hollarida azob oyatlarini zikr qila boshladilar: «Menga Jabroil alayhissalom so‘zlab berdilarki, jahannamda Sakron nomlik tog‘ bo‘lib, uni etagida G’azbon vodiysi bor. U Allohning g‘azabidan yaratilgandir. Vodiyda olovli quduqlar bo‘lib, ularning har birining chuqurligi ikki yuz yillik masofaga teng». Yahyo alayhissalom bularni eshitgan vaqtlarida o‘rinlaridan turib, chiqib ketdilar. «Oh Sakron! Oh G’azbon!» deya tinimsiz yig‘lardilar. Zakariyo alayhissalom ayollari bilan farzandlarining ketidan chiqdilar, ammo topa olmadilar. Ular bir cho‘ponni uchratib, undan: «Shunday­shunday sifatli bolani ko‘rmadingmi?» deb so‘raganlarida: «Sizlar Yahyoni qidiryapsizlarmi?» dedi. «Ha», deyishdi. Cho‘pon: «U tog‘ning etagida qoldi va: «Borar manzilim jannat yoki do‘zax ekanini bilmagunimcha yemayman ham, ichmayman ham», demoqda», deb xabar berdi. Ular Yahyo alayhissalom oldiga borsalar, u nolai fig‘on qilayotgan ekan. Shunda onalari: «Ey farzandim, falon muddat qornimda ko‘tarib yurganim haqqi oldimizga kelgin va biz bilan birga uyga borgin», dedilar. Yahyo alayhissalom ota­onalarining oldiga keldilar va ular birga uyga ketishdi. Otalari u kishiga: «Ey Yahyo, ustingdagi kanobdan to‘qilgan bu kiyimni yechib, ushbu to‘nni kiygin» dedilar. Yahyo alayhissalom to‘nni kiydilar. Onalari yasmiq donidan sho‘rva qilib berdilar. Yahyo alayhissalom sho‘rvani ichdilar. Uyqu g‘olib kelib uxlagan vaqtlarida tushlarida bir nido eshitdilar: «Ey Yahyo, mening dargohimdan ham yaxshiroq joy topdingmi? Mendan ham yaxshiroq qo‘shni topdingmi?». Yahyo alayhissalom qo‘rqib, yig‘lagan hollarida uyg‘ondilar va aytdilar: «To‘ningizni oling, menga o‘sha kanobdan to‘qilgan kiyimni beringlar. Sizlar mening halok bo‘lishimni xohlayapsizlarmi?», dedilar. Zakariyo alayhissalom: «O’g‘limni o‘z holiga qo‘yinglar», dedilar. U kishi ibodatlarda qattiq kirishgan vaqtlarida, Alloh Zakariyo alayhissalomga: «Albatta, Men sizlarga do‘zaxni harom qildim», deya vahiy qildi. Shundan keyingina qalblari xotirjam bo‘lib, ibodatga yanada qattiq kirishdilar. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi: «Darhaqiqat, ular (ya’ni, mazkur payg‘ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag‘bat va qo‘rquv bilan duo­iltijo qilar edilar. Ular Bizga ta’zim­itoat qilguvchi edilar» (Anbiyo surasi, 90­oyat).
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:45:42
Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Jabroil alayhissalomni do‘zax posboni Molikning oldiga do‘zaxdan bir parchasini olib kelish uchun yubordi. Molik: «Ey Jabroil, jahannamdan qancha miqdor olmoqlikni xohlaysiz?» deb so‘radi. Jabroil alayhissalom: «Xurmo miqdoricha olmoqlikni xohlayman», dedi. Shunda Molik: «Agar sizga xurmo miqdorichasini bersam, yetti qavat osmon va yetti qavat yer uning haroratidan erib ketadi», dedi. Jabroil alayhissalom: «Unday bo‘lsa, uning yarmi miqdorini bergin» dedi. Shunda Molik: «Siz aytayotgan miqdorni bersam, osmondan biror tomchi yomg‘ir yog‘maydi, yerdan birorta o‘simlik o‘smaydi», dedi. Shunda Jabroil alayhissalom dedi: «Yo Parvardigoro, olovdan qancha miqdorda olayin?!» Alloh taolo shunday amr qildi: «Jahannamdan zarracha miqdorda olgin». Jabroil alayhissalom jahannamdan zarra miqdoricha olib, yetmishta daryo suvida uni yuvdi. So‘ng uni baland tog‘ning cho‘qqisiga qo‘ygan edi, tog‘ erib ketdi. Olov jahannamga qaytarilgach, uning tutuni tosh va temirlarda qoldi. Hozirgi olovlar o‘sha zarrachaning tutunidir.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Äo‘zax ahlidan eng yengil azoblanadigan kishi oyog‘iãa olovdan bo‘lgan kovush kiydiriladi âà óíèíã issiqligidan miyasi qaynaydi. Xuddi olovli o‘choqqa o‘xshab undan olov alangalanib turadi. Qornidagi axlat oyog‘idan chiqib ketadi. "Äo‘zaxda eng qattiq azoblanayotgan men bo‘lsam kerak", deb o‘ylaydi u. ¥olbuki, u eng yengil azoblanayotgan kimsadir».

Mansur ibn Ammor aytadilar: «Men Kufaning ko‘chalarida qorong‘u kechada aylanib yurgan edim. Uylarning biridan: «Yo Parvardigoro, izzating va buyukliging haqqi, ma’siyatimga nazar qilmagin, gunohlarimni mag‘firat qilgin, uzrimni qabul etgin. Agar Sen uzrimni qabul qilmasang, holim nima kechadi?!» degan ovozni eshitdim. Shunda men quyidagi oyatni o‘qidim: «Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli oilangizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar bo‘lgan do‘zaxdan saqlangizki, u (do‘zax) ustida qattiqdil va qattiqqo‘l, Alloh o‘ziga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat o‘zlariga buyurgan narsani qiladigan farishtlar turur». Keyin qattiq qichqiriqni eshitdim, bir ozdan so‘ng harak’at tinib qoldi. Tong otgach, o‘sha uyning oldiga keldim va yig‘lab turgan odamlarni ko‘rdim. Bir kampir yig‘lab: «Alloh o‘g‘limning qotilini aslo yaxshilik bilan mukofotlamasin. Qotil o‘g‘lim mehrobda namoz o‘qiyotganda azob oyatini tilovat qilgan kimsadir. Azob oyatini eshitgach, qalbi ko‘tara olmay, yiqilgan holida o‘ldi», der edi. Men g‘amga to‘lib uyga qaytdim va shu kechasi tushimda uni ko‘rdim: u oliy maqomlarga erishibdi. Men undan: «Alloh senga qanday muomalada bo‘ldi?» deb so‘radim. «Alloh menga Badr va Uhud shahidlariga ham qilmagan muomalani qildi», deb javob berdi u. «Bu qanday bo‘lishi mumkin?!» dedim hayratlanib. «Ular kofirlarning qilichlari bilan vafot etdilar. Men esa G’affor Podshohning qilichi bilan vafot etdim», deb javob berdi u.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:46:11
Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: "œRasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Jahannamda tuyalarning bo‘ynidek keladigan ilon va chayonlar bo‘lib, agar ularning birortasini bir bora chaqsa, uning harorati qirq yilgacha ketmaydi».

Boshqa bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Me’roj kechasida bir tovushni eshitdim. Shunda Jabroildan: «Bu qanaqa tovush?» deb so‘radim. Jabroil alayhissalom: «Bu yetmish yil avval Sa’ir do‘zaxiga tashlangan tosh bo‘lib, endi uning qa’riga yetdi», deb javob berdi».

Alidan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: "œRasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Allohdan Huzn (g‘am) qudug‘ining yomonligidan panoh berishini so‘ranglar!» Sahobàlar: «Yo Rasululloh, Huzn qudug‘i nimadir?» deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «U jahannamdagi bir vodiy bo‘lib, jahannamning o‘zi bir kunda yetmish marta Allohdan bu vodiyning yomonligidan panoh so‘raydi. Alloh uni riyokor qorilar uchun tayyorlab qo‘ygandir», deb marhamat qildilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:55:07
Oltmish yettinchi majlis
Tavbaning bayoni


Alloh taolo aytadi: «Ey mo‘minlar, Allohga xolis tavba qilinglar, shoyadki, Parvardigoringiz sizlarning yomonlik­gunohlaringizni o‘chirib, ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritur. U kunda Alloh payg‘ambarni va u bilan birga iymon keltirgan zotlarni sharmanda qilmas. Ularning nurlari oldilarida va o‘ng tomonlarida (ularning yo‘llarini yoritib) yurur. Ular: «Parvardigoro, O’zing bizlarga nurimizni komil qilib bergin va bizlarni mag‘firat qilgin. Albatta, Sen barcha narsaga qodirsan», derlar» (Tahrim surasi, 8­oyat)

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Kim menga yuz marta salovot aytsa, qiyomat kuni shunday bir nur bilan keladiki, bu nur jami haloyiqqa taqsimlaísa ham kifoya qiladi». Payg‘ambarimiz alayhissalom aytdilar: «Kiyimni sovun tozalagandek, tavba gunohlarni tozalaydi». Ulamolarning aytishicha, tavba sakkiz narsa bilan komil bo‘ladi: avvalda qilgan gunohlariga nadomat qilish, ado qilinmagan farzlarning qazosini o‘tash, qilgan zulmlarini qaytarish (masalan, o‘g‘irlangan narsasini egasiga qaytarish), zulm yetkazgan kishisidan rozilik olish, gunohga qaytmaslikka azmu qaror qilmoq, o‘zini Allohning toat­ibodatiga chiniqtirmoq, nafsida gunoh lazzatlarini totganidek, toat­ibodatning ham achchiqligini ham totmoqlik, yeyotgan ovqatlari va ichayotgan ichimliklarini isloh qilish, ya’ni haloldan topish.

Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Tavba qiluvchi kimligini bilasizlarmi?» Biz: «Alloh va rasuli bilguvchiroqdir», dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kimki tavba qilib, ilm olmasa, u tavba qilguvchi emasdir. Kim tavba qilsa-yu, ibodatini ziyoda qilmasa, u tavba qiluvchi emasdir. Kimki tavba qilsa­yu, zulm qilganlarini rozi qilmasa, u tavba qiluvchi emasdir. Kim tavba qilsa, do‘stlarini o‘zgartirmasa, u tavba qiluvchi emasdir. Kimki tavba qilsayu, axloqini o‘zgartirmasa, u tavba qiluvchi emasdir. Kim tavba qilsa­yu, qo‘lidagi ortiqcha narsani sadaqa qilmasa, u tavba qiluvchi emasdir. Agar yuqoridagi xislatlar zohir bo‘lsa, u haqiqiy tavba qilguvchidir», dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:55:31
Boshqa bir rivoyatda esa Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Agar banda: «Do‘zaxdan qo‘rqaman», deb, gunohlardan tiyilmasa, u Allohning huzurida tavba qilmagan yolg‘onchidir. Agar: «Men jannatga mushtoqman» desa-yu, jannat uchun amal qilmasa, u tavba qilmagan kazzobdir. Agar banda: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni yaxshi ko‘raman, deb da’vo qilib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga ergashmasa, u tavba qilmagan yolg‘onchidir. «Men jannat hurlariga muhtojman» desa­yu, u hurning mahrini taqdim qilmasa, u tavba qilmagan kazzobdir. Albatta, tavba qiluvchi Alloh va uni rasulini yaxshi ko‘rgan kimsalardir. Zero, Alloh Qur’oni karimda: «Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutuvchilarni yaxshi ko‘radi», degandir».

Ibn Abbosdan raziyallohu anhu so‘rashdi: «Nasuh (xolis) tavba qanday tavbadir? U zot shunday javob berdilar: «Til bilan tavba qilib, dildan pushaymon bo‘lish. Agar tili bilan tavba qilib, dilidan gunoh qilishga moyil bo‘lsa, Alloh taoloni masxara qilgandek bo‘ladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Albatta, banda joni halqumiga kelishidan oldin tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi», dedilar. Jon halqumga kelgan paytda qilingan tavba esa egasiga foyda bermaydi. Fir’avn va hayotdan umidni uzgan kofirning iymon keltirishi foyda bermagani kabi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:55:53
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Agar mo‘min banda tavba qilsa, Alloh unga fisqda o‘tkazgan har bir kuni uchun bir yillik ibodatning savobini yozadi. Unga shahidning maqomini berib, boshiga mingta toj kiydiradi. Qabrda yotganida uning uchun jannatga eshik ochiladi. Qiyomat kunida o‘ng va orqa tarafida farishtalar turib, unga jannat xushxabarini beradilar».

Bir kuni hazrati Umar raziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam oldilariga yig‘lab kirdilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Seni nima yig‘latdi, ey Umar?» dedilar. Umar aytdi: «Yo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, ko‘chada bir yigit yuragimni kuydirdi, u yig‘lab turibdi». «Ey Umar, menga uni olib kir!» dedilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam. Haligi yigit yig‘lab kirdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Nega yig‘layapsan, ey yigit?» deb so‘radilar. «Ey Allohning payg‘ambari! Gunohlarimning ko‘pligidan yig‘layman. Men Allohning g‘azabidan qo‘rqyapman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam so‘radilar: «Allohga shirk keltirdingmi?» «Yo‘q», deb javob berdi. «Nohaq odam o‘ldirdingmi?» deganlarida, yigit: «Yo‘q», dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Gunohing yetti osmon, yetti yer va baland tog‘lardek bo‘lsa ham albatta, Alloh uni kechiradi». «Ey Allohning rasuli! Mening gunohim yetti osmon, yetti qavat yer va baland tog‘lardan ham kattaroq». Ul zot so‘radilar: «Sening gunohing kursidan ham kattaroqmi?» «Undan ham kattaroq», dedi yigit. «Gunohing arshdan ham kattaroqmi?» «Kattaroq». Shunda Nabiy alayhissalom: «Gunohing ulug‘mi yoki Alloh»? (ya’ni Allohning mag‘firatimi?!) dedilar. «Alloh ulug‘dir!» dedi yigit. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Albatta, katta gunohlarni Alloh kechiradi, ayt-chi, nima gunoh qilding?» Yigit: «Yo Allohning rasuli, men sizdan uyalaman», dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ikkinchi marta: «Qilgan gunohingni aytib bergil», dedilar. Yigit hikoyat qila boshladi: «Ey Allohning Rasuli! Men yetti yil qabrlarni ochib, kafanlarni olish bilan shug‘ullandim. Bir kuni ansor qizlaridan biri dafn qilindi. Men uning qabrini ochib, uni kafandan chiqardim. Ozgina o‘tmasdan shayton nafsimga g‘olib kelib, o‘sha qiz bilan jimo’ qildim. Ko‘p o‘tmay marhum qiz turib: «Senga Allohning g‘azabi bo‘lsin, ey yigit! Allohdan uyalmaysanmi? Qiyomat kunida hukm uchun tosh­tarozi qo‘yiladi, mazlumga zolimdan haqqi olib beriladi. Bu o‘liklar vatanida meni yalang‘och tashlab ketyapsan. Allohning qudrati oldida meni junub holatiga tushiryapsan», dedi». Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan sakrab ketdilar, uni yelkasidan ushlab itarib yubordilar. «Ey fosiq, sening do‘zaxga kirishga bu qadar hojating bor ekan, mening oldimdan ketgin», dedilar. Keyin yigit qirq kecha-kunduz Allohga tavba qildi. Bu muddat to‘liq bo‘lgach, boshini osmonga ko‘tarib: «Yo Parvardigoro, agar meni kechirsang Muhammad sollallohu alayhi va sallamga va sahobalariga bildirgin. Agar bildirmasang, osmondan olov yuborib, meni kuydirgin va oxirat azobidan najot bergin!» deb iltijo qildi. Jabroil alayhissalom Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning oldilariga kelib: «Assalomu alaykum, ey Muhammad! Rabbingiz sizga salom aytdi». «Allohga salom, salom Allohdandir va salom o‘ziga qaytgaydir! dedilar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam». Jabroil alayhissalom aytdi: «Alloh taolo sizdan so‘radi: «Butun maxluqlarni siz yaratdingizmi?» Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Yo‘q! Men va (barcha) maxluqlarni O’zi yaratgandir». Jabroil alayhissalom dedi: «Rabbingiz aytdiki: «Ularga rizqni siz berasizmi?» «Yo‘q, ularni va meni Alloh rizqlantiradi», dedilar. Jabroil dedi: «Rabbingiz aytdiki: «Ularning tavbasini siz qabul qilasanmi?» Aytdilar: «Alloh mening va ularning tavbalarini qabul qilguvchidir». Jabroil alayhissalom aytdi: «Alloh dedi: «Bu bandamning tavbasini qabul qilgin, chunki men tavbasini qabul qildim». Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam yigitni chaqirtirib: «Alloh gunohingni kechirganini bashorat qildi va tavbangni qabul qildi» dedilar. Keyin shom namoziga turishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Fotiha surasini o‘qib bo‘lganlaridan keyin, unga «Takasur» surasini zam sura qildilar. Bu suradan: «(Ey insonlar) Sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib qabrga kirgunlaringizcha) sizlarni (mol­dunyo) to‘plab ko‘paytirish (Alloh taologa toat­ibodat qilishdan) mashg‘ul qildi», degan joyigacha o‘qiganlarida haligi yigit bir faryod qilib yiqildi. Namozni tugatganlaridan keyin qarasalar, yigit vafot etgan ekan.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:56:16
Oltmish sakkizinchi majlis
Saodat va badbaxtlik alomatlari haqida.


Alloh taolo aytadi: «Har bir jon o‘zi (hayoti dunyoda) kasb qilgan amali sababli (do‘zaxda) ushlanguvchidir. Faqat o‘ng qo‘l egalarigina (ya’ni, hayoti dunyoda iymon keltirganlari va ezgu amallar qilganlari sababli qiyomat kunida nomai a’mollari o‘ng qo‘llaridan berilgan saodatmand zotlargina do‘zaxdan najot topuvchidirlar). Ular jannatlarda bir­birlari bilan (do‘zaxda tashlangan) jinoyatchi­kofirlar haqida savol­javob qilishurlar. (Ular do‘zax ahliga): "œSizlarni nima Saqarga kiritdi?» (deganlarida): Ular ayturlar: «Bizlar namoz o‘quvchilardan bo‘lmadik. Miskin­bechoraga taom beruvchi ham bo‘lmadik. Bizlar (botil-behuda so‘zlarga) sho‘ng‘iguvchi kimsalar bilan birga sho‘ng‘ir edik (ya’ni, Qur’on va Payg‘ambar xususida tuhmat-yolg‘onlar to‘qir edik). To bizlarga aniq (o‘lim) kelgunicha bizlar jazo­qiyomat kuni yolg‘on der edik» Endi qo‘llaguvchilarning qo‘llovi ularga foyda bermas!» (Muddassir surasi, 38—47-oyatlar).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Eng baxtli odam ixlos bilan «La-a ilaha illalloh» zikrini ko‘proq aytadigan odamdir. Qiyomat kuni mening shafoatim birinchilardan bo‘lib unga yetgusidir. «La-a ilaha illalloh» zikrini ko‘p aytib yuruvchi kishi jannatga kiradi». Sahobalar: «Yo Rasululloh, ixlos bilan aytish qanday bo‘ladi?» deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alloh taolo nahiy etgan ishlardan o‘zini to‘xtatganlar xolis qalb egalaridir», deb javob berdilar.

Yana Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Barcha xaloyiq mahshargohga to‘planganda, Alloh taboraka va taolo Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ummatlariga sajda qilishni buyuradi. U zotning hamma ummatlari boshlarini sajdaga qo‘yib, uzoq muddat tasbeh aytadilar. Shundan keyin: «Boshingizni sajdadan ko‘taring. Dushmanlaringizni sizlar uchun fido qilib, har birlaringizning o‘rniga bittadan kofirni do‘zaxga tashlayman», degan nido keladi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:56:34
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Dunyoda zohid bo‘lish qalb va jasadga rohat keltiradi, unga rag‘bat qilish esa qalb va badanga mashaqqat keltiradi».

Abu Yazid Bistomiy aytadilar: «Shahrimizga kelgan balxlik bir kishidan o‘zga hech kim menga g‘olib bo‘lmagan. U mendan: «Sizlardagi zohidlikning chegarasi nima?» deb so‘radi. Men: «Topsak yeymiz, topmasak sabr qilamiz» dedim. «Balx itlari ham shunday qiladi» dedi u. «Sizlardagi zohidlik chegarasi qanday?» deya so‘raganida, «topmasak sabr qilamiz, topsak o‘zimizdan boshqalarga berishni afzal ko‘ramiz», deb javob berdi u.

Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Halol rizq talab qilish maqsadida uxlagan inson gunohlari kechirilgan holatda tong ottiradi», dedilar.

O’n bir xislat baxtiyorlik alomatlari hisoblanadi: dunyoga ahamiyat bermasdan, oxirat ishlarini mukammal qilishga tirishish; vaqtni ko‘proq ibodatga va Qur’on tilovatiga sarflash; faqat zarur bo‘lganda so‘zlash; besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etish. o‘zini haromdan, shubhali ishlardan tiyish; olim va solihlar suhbatida bo‘lish; kamtarin bo‘lib, kibr va gerdayishdan saqlanish; saxiy va muruvvatli bo‘lish; boshqalarga foydasi tegish; rahmdil bo‘lish; o‘limni ko‘p eslash.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:56:47
Baxtsizlikning ham o‘n bitta belgisi bor: harislik bilan dunyo molini yig‘ish; dunyo ziynatlari va lazzatlari bilan mashg‘ul bo‘lish; bekorchi so‘zlarni ko‘p so‘zlash va g‘iybat qilish; namozlarga ahamiyat bermasdan, dangasalik qilish; yomon kimsalar bilan hamsuhbat bo‘lish; boshqalarga zarar yetkazish; kibr qilish va maqtanchoq bo‘lish; mo‘minlarga manfaat beruvchilarni qaytarish; musulmonlarga rahm­shafqat qilmaslik; baxil bo‘lish; o‘limni unutish;

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «To‘rt narsa baxtsizlik alomatidir: o‘tmishdagi gunohlarini unutish, qilgan xayr­ehsonlarini odamlar oldida ko‘p gapirish, mol­dunyoga mubtalo bo‘lganlarni qadrlash, dinsizlarni yaxshi ko‘rish».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: «Yalang‘och musulmonni kiyintirgan odam baxtlidir. Alloh u bandaga jannat kiyimlaridan nasib etadi. Agar och qolgan musulmonni to‘ydirsa, Alloh taolo unga jannat mevalaridan nasib etadi. Agar chanqagan musulmonni qondirsa, Alloh taolo uni toza sharobdan bahramand qiladi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 08:59:08
Bani Isroilda bir obid bo‘lib, u kechalari Allohga ibodat qilib, kunduzlari gazlama sotib tirikchilik qilarkan. Kunlarning birida matosini sotish uchun hovlidan chiqdi. Amirning eshigi oldidan o‘tayotganda uni amirning xotini uni ko‘rib qoldi. Qarasa, go‘zal yuzli tijoratchi eshigining oldidan o‘tib ketayapti. Ayolning nafsi unga moyil bo‘ldi va obidni hovlisiga chaqirib: «Ey tijoratchi, men senga oshiqman. Mening molim ko‘p. Sen ozgina matoingni tashlagin va bu kiyimingni yechib, ushbu harir liboslarni kiygin. Xohlasang, mening molimga ega bo‘lgin», dedi. Obidning nafsi ham unga moyil bo‘ldi. Shunda u o‘ziga: «Ey nafsim, Allohdan qo‘rqqin», dedi. Ayolga: «Men Allohdan qo‘rqaman», deganida, ayol: «Allohga qasamki, toki o‘zingni menga topshirmaguningcha, eshikni ochmayman», dedi. Obid o‘ziga: «Ey nafsim, Allohdan qo‘rqqin», dedi va bir muddat bu ayoldan qutilish uchun fikr qildi. So‘ng ayolga: «Ey amirning ayoli, menga tahorat qilib ikki rak’at namoz o‘qishlik uchun muhlat bergin» dedi va tahorat qilib, uyning tepasiga chiqdi va ikki rak’at namoz o‘qidi. Shundan so‘ng yerga qaradi. Uyning balandligi o‘n gazcha kelardi. Ko‘zini osmonga tikib, yig‘lagan hamda Allohdan najot berishini so‘radi: «Ey Alloh, albatta, men senga yetmish yildan beri ibodat qilmoqdaman, meni bu ayolning yomonligidan xalos qilgin». «Ey nafsim, Allohdan qo‘rqqin», deb, o‘zini uyning tepasidan yerga tashladi. Alloh Jabroil alayhissalomga: «Bandamning qo‘lidan ushlagin, albatta, u mening azobimdan qo‘rqib o‘zini tashladi», deb amr qildi. Jabroil alayhissalom tezda kelib, yerga tushishdan avval xuddi ona bolasini ushlaganidek uni ushlab qoldi. Yerga xuddi qush kabi tushgan obid ayolning yomonligidan xalos bo‘lganidan shodlanib ketdi. Uyiga esa och qolib, g‘amgin holatda keldi. Ahli ayolining huzurida bo‘lganida qo‘shnisi chiqib, qarzga bitta non so‘radi. Obid unga: «Bizlarning bir necha kundan beri nonimiz yo‘q, xohlasang, tandirga qaragin», dedi. Qo‘shni tandirga qarasa, nonlar pishayotgan ekan. Qo‘shni buni obidga aytibdi. Ayoli bundan ajablanib eriga: «Bu sizning karomatingiz sababidan bo‘lishi kerak. Nima voqea yuz berdi?» deb so‘rabdi. Obid bo‘lgan voqeani aytibdi. Ayoli Allohga ko‘p shukronalar aytibdi
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:00:11
Rasuli Akram sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib shunday dedilar: «Qiyomat kunida musulmonlarning yosh go‘daklari mahshargohda to‘planadilar. Alloh: «Ey Jabroil, musulmonlarning bolalarini jannatga olib bor», deb amr qiladi. Jabroil alayhissalom Alloh taborak va taoloning amri bilan go‘daklarning hammasini to‘plab, jannat eshigi oldiga olib keladilar va: «Jannatga kiringlar», deb aytadi. Go‘daklar: «Bizning ota­onalarimiz qaerda?» deb so‘rashadi. «Sizning ota­onalaringiz shaytoniy nafs yo‘lidan yurib, Yaratganning amrini bajo keltirmaganlari uchun do‘zaxga hukm qilindilar», deb javob beradilar farishtalar. Bolalar buni eshitib, uvvos solib yig‘laydilar: «Ota­onalarimizdan ajrab, jannatga kirish bizlarga yarashmaydi. Ota­onalarimizning gunohlarini afv etib, biz bilan birga jannatga kirgizadi, deb Allohdan umid qilamiz. Aks holda bizni ham ota­onalarimiz bilan birga do‘zaxga tashlasin». Shunda Alloh taolo nido qiladi: «Ey Jabroil, go‘daklarning ota­onalarini do‘zaxdan chiqarib, ularga topshir. Go‘daklarning shafoati bilan ularning gunohini kechirdim va mag‘firat etdim». Go‘daklar buni eshitib, xursand hollarida ota­onalarining qo‘llaridan ushlab jannatga olib kiradilar».

Abu Solih raziyallohu anhu Allohning: «Alloh ularning ustidan kuladi va o‘z tug‘yonlarida adashib­uyuqib yurishlarini davomli qiladi», degan oyati haqida shunday deydilar: «Do‘zax ahli do‘zaxda azoblanayotgan vaqtlarida ularga: «Chiqinglar», deyiladi va do‘zax darvozalari ochiladi. Ahli do‘zax darvozalar ochilganini ko‘rgan vaqtlarida, u yerdan chiqish uchun darvozalar tomon kela boshlaydilar. Mo‘minlar jannatlarda ularni so‘rilarning ustidan kuzatib turadilar. Ahli do‘zax darvozalarning oldilariga kelganlarida eshiklar yopiladi. Bu Allohning: «Alloh ularning ustidan kuladi», deganidir. Mo‘minlar ham do‘zax ahlini qarshilarida eshiklar yopilganini ko‘rgan vaqtlarida kuladilar. Bu Allohning: «Endi bu (qiyomat) kunida iymon keltirgan zotlar kofirlardan kulurlar. Ular (jannatdagi) so‘rilarda (kofirlarning azoblanishiga) boqib (o‘tirurlar). Kofirlar o‘zlari qilib o‘tgan qilmishlarining jazosini oladilarmi? (albatta oladilar)» deganidir. (Mutaffifun, 34—36-oyatlar)
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:00:21
Abu Dardodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Do‘zax ahli qattiq och qoladilar. Ochlik azobi ular uchun boshqa azoblardan ko‘ra shiddatli bo‘ladi. Shunda ular yig‘lab, taom talab qiladilar. Zaboniyalar ularni zori’ bilan taomlantirishadi. Zori’ cho‘lda o‘sadigan o‘t bo‘lib, agar uni tuya yesa, halqumiga tiqilib qoladi. Do‘zax ahli zore’ni yeganlarida u tamoqlariga tiqilib qolib, ular suv so‘raydilar. Zaboniyalar ularga qaynoq suv olib kelishadi. Ular idishga og‘izlarini yaqinlashtirganlarida, suvning qaynoqligidan yuzlaridagi go‘shtlar oqib tushadi. Suvni ichgan vaqtlarida ichaklari kuyib, parchalanib ketadi. Ular zaboniyalarga yolvorganlarida zaboniyalar ularga: «Dunyo hayotida sizlarni ogohlantiruvchilar kelmaganmidi?!» deyishadi. Ular esa: «Albatta kelgan edi, lekin biz payg‘ambarning gapiga quloq solmagandik va uni tasdiqlamagandik», deb javob berishadi. Shunda zaboniyalar ularga: «Endi dod­faryodlar, yalinib­yolvorishlar sizlarga foyda bermas», deyishadi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:00:44
Oltmish to‘qqizinchi majlis
Nafs haqida


Alloh taolo aytadi: «U kunda insonga (hayoti dunyodalik chog‘ida) qilib o‘tgan va (o‘zidan keyin) qoldirgan (barcha) narsalarning (ya’ni, yaxshi­yomon amallarning) xabari berilur. Balki (U kunda) inson — garchi o‘z uzr-bahonalarini (o‘rtaga) tashlasa — keltirsa­da, — (uning barcha a’zolari) o‘zining ziyoniga guvohlik berguvchidir!» (Qiyomat surasi, 13­15-oyatlar)

Ya’ni, inson hayoti dunyodalik paytida har qanday hakamni o‘z tili bilan aldab ketishi mumkin, ammo qiyomat kuni yolg‘iz Alloh taolo hakam bo‘lgan paytida insonning notiqligi befoyda bo‘lib qoladi. Inson u kunda o‘zini oqlash uchun har qancha sabab­bahonalar topmasin, Tangri taolo tomonidan uning badanidagi barcha a’zolar tilga kirib qilib o‘tgan gunohlariga guvohlik beradi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim g‘am­tashvishga botib qolsa, menga salovot aytishni ko‘paytirsin, chunki menga salovot aytishlik g‘am­tashvishlarni ketkazadi, rizqni ko‘paytiradi» dedilar.
Solihlardan ba’zilaridan naql qilinadi: «Mening bir nusxa ko‘chiruvchi qo‘shnim bor edi. U vafot etgach, uni tushimda ko‘rdim va: «Alloh senga qanday muomala qildi?» deb so‘radim. «Meni mag‘firat qildi», dedi u. «Nima sababli?» deb undan so‘radim. U: «Men har qachon Muhammad alayhissalomni ismlarini yozganimda u kishiga salovot aytardim. Rabbim bu sababli menga ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va inson xayoliga kelmagan ne’matlarni ato qildi», deb javob berdi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:01:39
Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Tilga yengil, ammo mezonda og‘ir va Allohga suyukli ikki kalima bor. Ular — «Subhonallohi va bihamdihi» va «Subhonallohil a’zim». Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim bir sunnat joriy qilsa, bu sunnatning savobi va bu sunnatga amal qilganlarning savobichalik savob o‘sha kimsaga bo‘ladi. Kim bir bid’atning joriy qilsa, bu bid’atning gunohi va shu bid’atga amal qilganlarning gunohichalik gunoh o‘sha kimsaga bo‘ladi».

Alloh taolo Fussilat surasining 20­24-oyatlarida shunday deydi: «Endi qachonki ular (do‘zaxga) kelishgach, (hayoti dunyoda qilib o‘tgan kufru isyonlari haqida so‘raladilar, lekin ular o‘z qilmishlaridan tonishga urinadi. Shunda) ularning quloqlari ko‘zlari va terilari ular qilib o‘tgan narsalari haqida o‘zlariga qarshi guvohlik beradi. Ular terilariga: «Nima uchun bizlarga qarshi guvohlik berdinglar?» deyishganda, (terilari): «Bizlarni barcha narsani so‘zlatgan zot — Alloh so‘zlatdi. Sizlarni dastlab u yaratgan va sizlar yana Uning O’zigagina qaytarilursiz», deydi. Sizlar (hayoti dunyoda gunoh ishlarni qilganlaringizda sharmanda bo‘lishdan qo‘rqib, odamlardan yashirar edinglar­u, ammo) quloqlaringiz, ko‘zlaringiz va terilaringiz o‘zlaringizga qarshi guvohlik berishdan (saqlanish uchun ulardan) yashiruvchi emas edinglar (chunki sizlar qiyomat kunida a’zoyi badanlaringizga ham zabon berilishini bilmasdinglar). Lekin sizlar, Alloh amallaringizdan ko‘pini (ya’ni odamlardan yashirincha qilgan gunohlaringizni) bilmaydi, deb o‘yladinglar. Va Parvardigoringiz haqida o‘ylagan mana shu gumonlaringiz sizlarni halok qildi (ya’ni do‘zaxga tushishlaringizga sabab bo‘ldi.) Bas, sizlar ziyonkor kimsalarga aylanib qoldinglar. Endi agar ular (azobga) chidasalar, ana o‘sha do‘zax joylaridir (ya’ni, azob­uqubatni tortaveradilar), agar ortga qaytishni talab qilsalar, endi ular qaytguvchi emaslar».

Dovud alayhissalom shunday iltijo qildilar: «Yo Parvardigoro, men hayotlik paytimdayoq Sirot ko‘prigi va Tarozini ko‘rishni istayman». Alloh: «Ey Dovud, falon vodiyga borgin», deb, uning qarshisidan pardani oldi. Dovud alayhissalom Sirot ko‘prigi va Tarozini ko‘rdilar va qattiq g‘amga botib yig‘ladilar. «Yo Parvardigoro, bandalaringdan kim bu tarozining pallasini yaxshiliklar bilan to‘ldirishga qodir bo‘ladi?» dedilar. Alloh aytdi: «Izzatim va buyukligimga qasamki, kim «La-a ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh»ni ishonch-e’tiqod bilan bir marta aytsa, Sirot ko‘prigidan chaqmoqdek o‘tadi va kim bir xurmo miqdoricha bo‘lsa ham, Men uchun sadaqa qilsa, tarozining pallasi to‘ladi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:01:56
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Badbaxtlikning alomati to‘rtta: Birinchisi — qilgan gunohlarini unutish, holbuki, ular Allohni dargohida unutilmagandir. Ikkinchisi — qilgan savoblarini zikr qilish, holbuki, bu savoblari qabul qilingan — qilinmaganini bilmaydi. Uchinchisi — mol­dunyoda o‘zidan yuqoridagilarga qarash. To‘rtinchisi — din­taqvoda o‘zidan pastdagilarga, ya’ni fosiqlarga qarash».
Nabiy alayhissalom aytadilar: «Kishining hayotlik va sog‘lom vaqtida bir dirham sadaqa qilmog‘i, o‘limi vaqtida yuz dirham sadaqa qilmoqligidan yaxshiroqdir».

Faqih Abu Lays Samarqandiy dedilar: «Qiyomat kuni to‘rt toifa insonlar keltiriladi. Ularning har biri uzr keltiradi, lekin ularning uzrlari qabul bo‘lmaydi. Birinchisi boylar bo‘lib, ular: «Yo Parvardigoro, boyligimiz Senga ibodat qilishdan bizlarni man qildi», deyishadi. Alloh ularga Sulaymon alayhissalomni hujjat qilib, «Sizlar Sulaymondan ham boyroqmisizlar?! Zero, Sulaymonning boyligi uni Menga ibodat qilishdan to‘smadi», deb javob beradi. Ularning uzrlari qabul qilinmay, do‘zaxga haydaladilar. Ikkinchisi kambag‘allar bo‘lib, ular: «Yo Parvardigoro, bizlarni kambag‘alligimiz Senga ibodat qilishdan to‘sib qo‘ydi», deb uzr aytadilar. Alloh ularga Iso alayhissalomni hujjat qilib: «Sizlar Isodan ham kambag‘alroqmisizlar?! Zero, kambag‘allik Isoni Menga ibodat qilishdan to‘smadi. Sizlarning uzrlaringiz maqbul emasdir», deb javob beradi. Ular ham do‘zaxga haydaladilar. Uchinchisi qullar bo‘lib: «Yo Parvardigoro, bizlar qul edik, shu bois, Senga ibodat qilolmadik», deb uzr aytishadi. Alloh ularga Yusuf alayhissalomni hujjat qilib: «Albatta, Yusuf qul bo‘lishiga qaramasdan, Menga ibodat qilishdan to‘xtamadi. Sizlarning ham uzrlaringiz maqbul emasdir», deydi. Ular ham do‘zaxga haydaladilar. Keyingi uzr aytuvchilar kasallar bo‘lib, ular: «Yo Parvardigoro, kasalligimiz bizni Senga ibodat qilishdan qaytardi», deyishadi. Alloh ularga Ayyub alayhissalomni hujjat qilib: «Sizlar Ayyubdan ham kasalroq edinglarmi?! Zero, Ayyubning kasali uni Menga ibodat qilishdan to‘sib qo‘ymadi. Sizlarning uzrlaringiz maqbul emasdir», deb javob beradi va ular ham do‘zaxga haydaladilar».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:02:11
Oishadan raziyallohu anho rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Bir qishloq ahliga azob keldi, holbuki u yerda o‘n sakkiz ming nafar amali solih qilguvchilar bor edi. Sahobalar: «Yo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam nima uchun ularga azob keldi?» deb so‘rashdi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Chunki ular Alloh uchun g‘azablanmasdilar, yaxshilikka buyurmasdilar va yomonlikdan qaytarmasdilar», deb javob berdilar. Kim biror bir yomon amalning shohidi bo‘lib, gunoh sodir qiluvchi odamni bu ishdan qaytarmasa, u ham gunohga sherik bo‘ladi, xuddi g‘iybatni eshitib turgan kishi gunohda g‘iybatchiga sherik bo‘lganidek. Masalan, mast qiluvchi ichimlik ichilayotgan majlisda o‘tirgan kimsa garchi aroq ichmasa ham fosiqdir.

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, toki o‘zimiz to‘liq amal qilmaguncha yaxshilikka buyurmaylikmi?! Va o‘zimiz to‘liq chetlanmagunimizcha yomonlikdan qaytarmaylikmi?!» dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Balki yaxshilikka buyuraveringlar, garchi to‘liq amal qilmasanglar ham. O’monlikdan qaytaraveringlar, garchi o‘zlaringiz to‘liq chetlana olmagan bo‘lsangizlar ham», dedilar».

Hikoya qilinishicha, donishmand Abulqosimdan bir kishi so‘rabdi: «Bizlarning zamonamiz ulamolariga nima bo‘ldiki, salaf solihinlar kabi odamlarga va’z nasihat qilmayaptilar?!» Shunda donishmand Abdulqosim: «Salaf ulamolari uyg‘oq bo‘lgan, odamlar esa uyquda edilar, natijada uyg‘oqlar uyqudagilarni uyg‘otdilar. Zamonamiz ulamolari esa uyqudadirlar, odamlar esa o‘lgandirlar. Endi qanday qilib uyqudagilar o‘liklarni tiriltiradi», deb javob berdilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:02:47
Ikrima raziyallohu anhu dedilar: «Bir kishi odamlar ibodat qilayotgan daraxtning oldidan o‘tib qoldi va qattiq g‘azablandi. Daraxtni chopib tashlash uchun qo‘lida bolta bilan yo‘lga tushdi. Shunda unga shayton odam suratida yo‘liqib: «Qaerga ketayapsan?» dedi. U: «Ibodat qilinayotgan daraxtning oldiga. Allohga qasamki, uni kesib tashlayman», dedi. Shayton alayhi la’na: «Sening daraxt bilan nima ishing bor. Uni o‘z holicha qoldirgin», dedi. Haligi kishi ko‘nmagach, ikkalasi kurasha ketishdi. Kishi shaytonni uch marta yiqitdi. Shayton ojiz qolgach: «Uyingga qaytsang, men senga har kuni to‘rt dirhamdan berib turaman», dedi. Kishi rozi bo‘lib, qaytib ketdi. U bir necha kun davomida ko‘rpasining ostidan to‘rt dirhamdan pul topdi. So‘ngra pul ko‘rinmay qoldi. Shunda yana boltani olib, eshagiga mindi va daraxtga qarab yo‘l oldi. Shayton unga avvalgi suratida ko‘rinib: «Qaerda ketyapsan?» dedi. «Ana u daraxtni chopib tashlash uchun ketyapman», dedi avvalgidek. Shayton: «Bu sening qo‘lingdan kelmaydi», dedi. Yana ikkalovi kurash tushishdi. Bu safar shayton uni uch marta yiqitdi. Kishi ajablanib: «Qanday qilib, sen meni yiqitding, axir avval men seni osonlik bilan yiqitgan edim-ku?!» dedi. Unga javoban shayton: «Sen avval Alloh uchun chiqqan eding, agar barcha yordamchilarim yig‘ilganda ham, seni yenga olmasdilar. Ammo keyingi gal esa ko‘rpachang ostidan topa olmagan dirhamlar uchun chiqding. Shu sababli seni osongina yiqitdim. Bas, sen bu yo‘lingdan qaytgin. Agar qaytmasang, kallangni olaman», dedi. Kishi uyiga qaytib ketdi.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:03:11
Yetmishinchi majlis
Qadr kechasining fazilati haqida


Alloh taolo aytadi: «Albatta, Biz u (Qur’on)ni qadr kechasida nozil qildik. (Ey Muhammad alayhissalom), Qadr kechasi nima ekanligini siz qaerdan ham bilar edingiz?! Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir. U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni, Jabroil alayhissalom) Parvardigorlarining izni­ixtiyori-la (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan (osmondan zaminga) tushurlar. U (kecha) to tong otguncha tinchlik­omonlikdur» (Qadr surasi, 1­5-oyatlar).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Qiyomat kunida mening shafoatimga eng haqliroq kimsa menga eng ko‘p salovot aytuvchi kishidir».

Ulamolar bu xususda shunday deydilar: Alloh Qur’oni karimni uch jihatdan ulug‘ladi. Birinchisi, uning nozil qilinishini o‘ziga nisbat bergan va o‘zigagina xoslangandir, ya’ni, «Biz nozil qildik», degan. Ikkinchisi ismi zohir bilan emas, zamir bilan keltirdi. Ya’ni, «Uni», dedi. Bu arab tili qoidasiga ko‘ra qadrining balandligiga guvohlik berish hisoblanadi. Uchinchisi, uni nozil qilgan vaqtning qadrini baland qildi, ya’ni Qur’on nozil bo‘lgan kechani qadrli qildi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:03:26
«Qadr», deb nomlanishidan murod (ya’ni, oldindan belgilash, aniqlash, taqdir, qismat, degan ma’nolarni anglatadi), chunki bu kechada shu yildan kelgusi yilgacha bo‘ladigan ishlar, hukmlar, rizqlar, ajrlarning miqdori o‘lchanadi, belgilanadi. Alloh bir yillik taqdirni farishtalarga bildiradi va bu yil taqdir qilingan narsalarni ularga yozib qo‘ymoqlikni amr­farmon etadi. Bu taqdirlarni bitib qo‘yadi, degani emas, chunki Alloh taolo osmonlaru yerni yaratishdan avval uni yozib qo‘ygandir. Shu yili bo‘ladigan ishlar taqdirini yozguvchi farishtalar azob va rahmat daftarini Jabroil alayhissalomga berishadi. O’simliklaru rizqlar daftarini Mikoil alayhissalomga berishadi. Ajallar daftarini o‘lim farishtasiga berishadi.

Ba’zi ulamolar: «Qadr so‘zi «tor» degan ma’noda bo‘lib, shu kecha tushgan farishtalarning ko‘pligidan yer torayib qoladi», degan fikrni bildirishgan.

Ibn Abbos raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar: «Ul zot dedilar: «Inna anzalnahu fiy laylatul qadr» surasi nozil bo‘lish munosabati balan Jabroil alayhissalom huzurimga kelib: «Sham’un ibn G’oziy ismli shaxs sizdan ilgari yashab o‘tgan edi. U kofirlarga qarshi ming oy g‘azot qildi. Uning quroli faqatgina tuyaning junidan to‘qilgan qamchi bo‘lib, bundan boshqa narsasi yo‘q edi. Agar u bilan kofirlarni ursa, ulardan ko‘pchiligi vafot etardi. Agar chanqasa, tishlarining orasidan shirin totli suv chiqarib, ichardi. Agar och qolsa tishlarining orasidan go‘sht o‘sardi. U ming oy, ya’ni 83 yilu 4 oy shu alfozda kurashdi. Kofirlar unga qarshi kurashishdan ojiz qoldilar. So‘ng uning kofir xotinining oldiga kelib, unga: «Agar eringni o‘ldirsang, biz senga ko‘p mol­dunyo beramiz», deyishdi. Xotini: «Men uni o‘ldirishga qodir emasman», dedi. «Biz senga mustahkam arqon beramiz. Ering uxlagan vaqtda uning qo‘l­oyoqlarini bog‘lab bersang bo‘ldi», deyishdi ular. Bas, xotini eri uxlab yotgan vaqtda qo‘l­oyoqlarini bog‘ladi. U uyg‘onib ketib: «Kim meni bog‘ladi», dedi. «Men sizning kuchingizni sinash uchun bog‘ladim», dedi xotini. U arqonni pora­pora qilib tashladi. Shundan so‘ng kofirlar zanjir bilan bog‘lashdi. Uyqudan uyg‘ongach, zanjirni ham bo‘lak­bo‘lak qilib tashladi va xotiniga: «Ey xotin, men Allohning avliyolaridanman. Menga sochimdan boshqa hech bir narsa g‘olib bo‘lolmaydi», dedi. Xotini buni anglagach, uyqu mahalida uning sochlarini kesdi. Sakkizta kokilidan to‘rttasi bilan qo‘lini, to‘rttasi bilan oyog‘ini bog‘ladi. Eri uyg‘ongach: «Kim meni bog‘ladi», deganida, xotini: «Sizni sinab ko‘rish uchun shunday qildim» deb javob berdi. Obid har qancha urinsa ham, bog‘ichlarni uzib tashlashga qodir bo‘lmadi. Xotini kofirlarga xabar berdi. Kofirlar kelib uni saroyga olib ketdilar. Uni ustunga bog‘ladilar, quloqlari, lablari, tili, qo‘llari va oyoqlarini kesdilar va ko‘zlarini o‘ydilar. Shunda Alloh obidga vahiy qilib: «Ular uchun nimani xohlasang, shuni amalga oshiraman», dedi. Obid: «Menga bir quvvat berginki, bu ustunni qimirlatay va saroy ularning ustiga tushib vayron bo‘lsin», dedi. Alloh unga quvvat berdi. U ustunni qimirlatdi va tom kofirlarning hammasini bosib qoldi. Xotini ham kofirlar bilan birga halok bo‘ldi. Alloh obidga najot berdi va a’zolarini qaytarib berdi. Shundan keyin u Allohga ming oy davomida kechalari qoim, kunduzlari soim bo‘lib ibodat qildi. Sahobalar bunga ishtiyoq bo‘lib yig‘ladilar va: «Yo Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning savobini bilasizmi?» deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bilmayman» dedilar. Shunda Jabroil alayhissalom Qadr surasini keltirdi va «Ey Muhammad, sizga va ummatingizga Qadr kechasi berildiki, u kechada ibodat qilishlik ming oylik ibodatdan afzaldir», dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:03:39
Imom Roziy raziyallohu anhu o‘z tafsirlarida shunday deydilar: «Qadr kechasida Jabroil alayhissalom Allohning amri bilan: «Yo farishtalar jamoasi, safarga, safarga!» deb nido qiladi. Farishtalar: «Yo Jabroil alayhissalom qaerga boraylik?» deyishadi. Jabroil alayhissalom shunday deb javob beradilar: «Bu kechaning bir qismida dunyoga nuzul qilamiz, chunki bu kechada Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ummatlariga rahmat nazari bilan qaraydi va to‘rt guruhdan boshqa barchaning gunohlarini mag‘firat etadi». «U to‘rt guruh kimlar?» deb so‘radi farishtalar. Jabroil alayhissalom dedi: «Birinchi guruh — sharobxo‘rlar, ikkinchi guruh — ota­onasiga oq bo‘lganlar, uchinchisi mehr­shafqatni tark etganlar va to‘rtinchi guruh — musulmonga nisbatan gina­adovat saqlaganlar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar: «Kim Qadr kechasida ikki rak’at namoz o‘qisa va salomdan keyin yetmish marta «Astag‘firillohi taolo va atibu ilayhi» desa, o‘rnidan turmasdanoq, Alloh taolo uni va ota­onasini mag‘firat etadi. Bir farishtaga u banda uchun jannatda daraxt o‘tkazishni, qasr bunyod etishni va ariq ochib, suv oqizishni amr etadi. U banda jannatdagi o‘zining joyini ko‘rmagunicha bu dunyodan ketmaydi».

Muso alayhissalom: «Iloho, sening yaqinligingni istayman», deb munojot qildilar. «Men Qadr tunida uyg‘oq bo‘lganlarga yaqindirman», dedi Alloh taolo. Muso alayhissalom: «Iloho, sening rahmatingning orzusidaman», deganlarida, «Mening rahmatim, Qadr kechasida miskinlarga rahm qilganlargadir», dedi Alloh taolo. «Iloho sirot ko‘prigidan yashindek o‘tishni istayman», dedilar. Alloh taolo aytdi: «Qadr kechasida faqirlarga sadaqa berganlarni oldinroq o‘tkazaman». Muso alayhissalom dedilar: «Iloho, jannat bog‘larida bo‘lishni va ularning mevasidan tanovvul qilishni istayman». «Qadr kechasida tasbeh aytib, Meni zikr etish bilan mashg‘ul bo‘lganlar jannat bog‘lariga sazovor bo‘lishadi», dedi Alloh. Muso alayhissalom: «Iloho, do‘zaxdan najot topishni istayman», deganlarida Alloh taolo aytdi: «Qadr kechasida istig‘forni ko‘p aytganlar do‘zaxdan najot topadilar». Muso alayhissalom: «Iloho, sening roziligingni topishni istayman», dedilar. «Yo Muso, Mening roziligimni qadr kechasida ikki rak’at namoz o‘qiganlar topadilar», dedi Alloh taolo.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:03:53
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Qadr kechasida Alloh taolo farmoni bilan osmondan to‘rtta yalov yerga keltiriladi. Har bir yalov ostida yetmish ming farishta saf tortib turadi. Har bir yalovda «La-a ilaha illallohu Muhammadur rasululloh» kalimasi naqsh etilgan bo‘ladi. Farishtalar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning Ahmad yalovini yer bilan osmon o‘rtasiga, Mag‘firat yalovini Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ravzai muboraklariga o‘rnatadilar. Rahmat yalovini Ka’ba tomiga, Karomat yalovini Baytul Maqdisdagi Saxra ustiga o‘rnatadilar. Bu kechada farishtalar har bir musulmon eshigiga borib, yetmish marta salom berishadi. Bu kechada kim uch marta «La-a ilaha illallohu Muhammadur Rasulullohu» desa, Alloh taolo o‘sha bandasini mag‘firat etib, jannatdan joy beradi».

Qadr kechasi xususida olimlar turli fikrlarni bayon etganlar. Ulamolardan ba’zilari, Laylatul qadr ramazon oyining boshidadir, deganlar. Ba’zilari uni ramazon oyining o‘n yettinchi kunida, ba’zilar esa, uni ramazonning oxirgi o‘n kunligida bo‘ladi, deganlar. Lekin sahobalar va mujtahidlarning umumiy fikri Laylatul qadr ramazon oyining 27-kechasida bo‘lishini ta’kidlaydi. Boyazid Bistomiy raziyallohu anhu: «Umrim davomida ikki marta qadr kechasini topganman. Bu ramazon oyining 27 kechasida sodir bo‘lgan edi», degan edilar.

Laylatul qadr to‘qqiz harfdan iborat. Alloh taolo Qadr surasida «Laylatul qadr» so‘zini uch marta takrorlaydi va uning yg‘indisi 27 soniga tengdir. Uning yashirin bo‘lganining hikmati shundaki, musulmonlar ramazon oyining kechalarini toat­ibodat bilan o‘tkazib ko‘proq savobga erishsinlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:04:18

Yetmish birinchi majlis
Ramazon hayitining fazilati


Alloh taolo aytadi: «Darhaqiqat, (kufru isyondan) pok bo‘lgan va Parvardigorining nomini yod etib namoz o‘qigan (har bir) kishi najot topgandir. Yo‘q, sizlar (ey kofirlar) hayoti dunyoni ustun qo‘yursizlar! Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir. Darvoqe, bu (surada mazkur bo‘lgan pand­nasihatlar) avvalgi (payg‘ambarlarga nozil bo‘lgan) sahifalarda — Ibrohim va Muso sahifalarida ham bordir» (A’lo surasi, 14­19-oyatlar)

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam minbarga chiqib: «Amin», dedilar. So‘ng yana bitta ko‘tarilib: «Amin», dedilar. So‘ng yana bir bor ko‘tarilib: «Amin», dedilar. Muoz ibn Jabal: «Yo Rasululloh, minbarga chiqayotib, uch marta «Amin», dedingiz. Buning hikmati nima?» deb so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Mening oldimga Jabroil alayhissalom keldi­da: «Ey Muhammad, kim ramazon oyiga yetsa-yu, unda oxirigacha ro‘za tutmasa va bu oydan mag‘firat qilinib chiqmasa, Alloh uni o‘z mag‘firatidan yiroq qilsin», dedi. Men: «Amin» dedim. Va «Kimning ota­onasi yoki ulardan biri hayot bo‘lib, ularga yaxshilik qilmasdan vafot etsa, Alloh uni o‘z mag‘firatidan yiroq qilsin» dedi, men: «Amin» dedim, «Kimning oldida ismingiz zikr qilinsa-yu, u sizga salovot aytmasa, Alloh uni o‘z mag‘firatidan yiroq qilsin» dedi. Men: «Amin», dedim».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:04:29
Ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Agar mo‘minlar ramazon ro‘zasini tutib, so‘ngra hayitga chiqishsa, Alloh: «Ey farishtalarim, birovning xizmatini ado etgan kishi xizmat haqini talab etadi. Bandalarim Mening ro‘zamning xizmatini ado etib, haqlarini olmoq uchun namozgohga bormoqdalar. Sizlar guvoh bo‘ling, ularni mag‘firat qildim» deydi. Shunda farishtalar: «Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatlari, endi uylaringizga boringlar. Alloh taolo gunohlaringizni kechirdi», deb nido qiladilar. «Ey bandalarim, Men uchun ro‘za tutdingiz, mening farmonim bilan og‘iz ochib, iftor qildingiz, endi shod bo‘ling, sizni mag‘firat etdim», deydi Alloh».
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ramazonning avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firatdir. Oxiri esa do‘zaxdan ozod bo‘lishdir» dedilar. Boshqa bir hadisda esa: «Alloh ramazonning har bir soatida Qadr kechasigacha azobga haqli bo‘lgan 600 ming kishini do‘zaxdan ozod qiladi. Bu kechada esa oyning boshidan buyon ozod qilinganlar adadicha insonlarni do‘zaxdan ozod qiladi. Ramazon hayitida esa butun oy va Qadr kechasida ozod qilinganlar miqdoricha bo‘lganlarni do‘zaxdan ozod qiladi» deganlar.
Anas ibn Molik Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan aytdilar: «Bandalarning tutgan ro‘zalari fitr sadaqasini bermagunlaricha osmon bilan yer o‘rtasida muallaq holda qoladi. Fitr sadaqasini bergach, Alloh ularning ro‘zasiga ikkita qanot ato qiladi. U bu qanotlar bilan yettinchi osmongacha uchib boradi. So‘ngra Alloh uni bu ro‘zaning egasi kelgunicha arshning qandillarida saqlaydi». Boshqa bir hadisda esa: «Mo‘min banda uchun beshta hayit (bayram) bor: nomai a’moliga gunoh yozilmagan har bir kun, dunyodan iymon va shahodat bilan ketmoq, sirot ko‘prigidan o‘tib, qiyomat dahshatlaridan omon qolgan kun, jannatga kirgan kun, jannatda Allohning jamolini ko‘radigan kuni.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:04:43
Vahib ibn Munabbahdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Iblis alayhi la’na har bir hayitda ovozining boricha qichqiradi. Shunda barcha shaytonlar uning oldiga jamlanadilar va unga: «Ey Sardorimiz, kim seni g‘azablantirdi. Biz uni halok qilamiz» deyishadi. Iblis: «Hech kim, lekin Alloh taolo bu kunda mo‘min bandalarini mag‘firat qildi. Agar sizlar harak’at qilib, ularni nafs shahvati va sharobxo‘rlikka mashg‘ul qilsangiz, Alloh taolo ularni azobga duchor etgan bo‘lardi», deydi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey ummatlarim, Alloh taolo hayit kuni sizlarni fitr sadaqasi va xayrli amallaringiz uchun, namoz va zakot, tasbeh va tahlillaringiz uchun gunohlaringizni mag‘firat etadi, duolaringizni qabul qiladi. Alloh sizlarga rahmat nazari bilan qaraydi», dedilar.

Hikoya qilinishicha, Solih ibn Abdulloh raziyallohu anhu fitr (ramazon) hayiti kunida hayit namozini o‘qib, uyiga kelgandan keyin ahli oilasini atrofiga to‘plab, o‘z bo‘yniga zanjirlar solardi va boshiga kul­tuproq sochib, zor­zor yig‘lardi. Oila a’zolari unga: «Ey Solih, bugun hayit hamma xursand bo‘ladigan kun. O’zingizni nega bunday ahvolga solasiz?» deb so‘rganlarida, u shunday deb javob berardi: «Bugun hayit va shodlik kuni ekanini yaxshi bilaman. Parvardigorim menga ro‘za va fitr xizmatini ado etishni buyurgan edi, ularni qo‘limdan kelganicha bajardim. Lekin qabul qilgan­qilmaganini bilmayman».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Ramazon hayiti kuni Alloh farishtalarni yuboradi. Ular yerdagi shaharlarga tushadilar va: «Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ummati hayit namoziga chiqinglar» deydilar. Ular namozgohlarga borganlarida Alloh taolo aytadi: «Ey farishtalar, guvoh bo‘linglarki, albatta, Men ularning tutgan ro‘zalarining savobiga roziman va ularni mag‘firat qildim».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:04:55
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hayit kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ko‘chaga chiqdilar. Bolalar o‘yin­kulgi bilan mashg‘ul edilar. Faqat bitta kir va juldur kiyimli bola chetda o‘tirib yig‘lardi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Ey bola, bugun hayit, hamma bolalar quvnab, o‘ynab-kulib yuribdi, sen nega yig‘layapsan?» deb so‘radilar. U dedi: «Otam g‘azotga borib halok bo‘ldi, onam esa turmushga chiqdi va menga tegishli mol­ashyolarni yeb tugatdi. O’gay otam meni uydan haydab yubordi. Hozir mening na kiyishga kiyimim, na yeyishga ovqatim bor va na uy­joyim. Hamma bolalarning ota­onalari bor ular, chiroyli kiyimlar kiyishib, bugun o‘yin-kulgu qilyaptilar. Agar otam tirik bo‘lganda edi, men ham yangi kiyimlar kiyib, o‘ynagan bo‘lardim», dedi. Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bolaning qo‘lidan ushlab: «Ey bola, men otang bo‘lsam, Oisha onang bo‘lsa, Ali amaking, Fotima opang, Hasan­Husayin akalaring bo‘lsalar, rozi bo‘larmiding?» deb so‘radilar. «Yo Rasululloh, albatta rozi bo‘lardim», dedi bola. Shundan keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni uylariga olib borib, qornini to‘ydirdilar, chiroyli kiyimlar kiydirib, har xil hidli narsalar sepdilar. Bola Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uylaridan xursand bo‘lib chiqdi va bolalarga qo‘shilib o‘ynay boshladi. Uni ko‘rgan bolalar: «Hozirgina yig‘lab o‘tirgan eding, endi esa juda xursand ko‘rinasan», deyishdi. «Otam yo‘q edi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam otam bo‘ldilar. Oisha raziyallohu anhu onam bo‘ldilar, Och edim qornimni to‘ydirdilar, yalang‘oya edim, anvoyi kiyimlar kiydirdilar, men xursand bo‘lmay, kim xursand bo‘lsin», dedi bola. «Qaniydi bizlarning otalarimiz ham g‘azotda shahid bo‘lganlarida edi», deyishdi bolalar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etganlarida bola faryod qilib yig‘lab: «Men endi g‘arib va yetim bo‘ldim» dedi. Shunda Abu Bakr uni o‘z homiyliklariga oldilar.
Hazrati Usmon ibn Affon raziyallohu anhu bir safar fitr sadaqasini berishni unutgan ekanlar. Hayit namozidan keyin eslariga tushib, fitr sadaqasi o‘rniga bir qulni ozod qildilar, so‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, fitr sadaqasini hayitdan oldin berishni unutgan ekanman. Uning o‘rniga bir qulni ozod etdim» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib aytdilar: «Ey Usmon, yuzta qulni ozod etganing savobi fitr sadaqasini hayitdan ilgari berganlikning savobiga teng bo‘lmaydi».

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Alloh taolo fitr sadaqasini hayitdan oldin ado etgan kishini gunohlardan poklaydi va unga o‘nta yaxshilik ato qiladi: uni barcha do‘zax otashidan ozod qiladi, tutgan ro‘zasini qabul qiladi, o‘sha bandaga jannatni vojib qiladi, qabrdan sog‘­salomat turg‘izadi, o‘sha yili qilgan barcha xayrli amallarini qabul qiladi, o‘sha bandaga Payg‘ambar alayhissalomning shafoatini vojib qiladi, Sirot ko‘prigidan yashin tezligida o‘tkazadi, Mezonda uning savoblarini og‘ir qiladi, uning ismini baxtsizlar daftaridan o‘chirib tashlaydi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:05:16
Yetmish ikkinchi majlis
Zulhijja oyining o‘n kuni haqida


Alloh taolo aytadi: «Tongga qasam; (Zulhijja oyidagi avvalgi) o‘n kechaga qasam; juft va toq (rak’atli namozlar)ga qasam. O’tib borayotgan kechaga qasamki, (albatta kofirlar azobga giriftor bo‘lurlar)! Mana shu (qasam ichilgan narsalarda) aql egasi uchun (etarli) qasam bordir?!» (Val­fajr surasi, 1­5-oyatlar).

Hasan ibn Alidan raziyallohu anhu aytdilar: «Agar masjidga kirsang, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga salom bergin, chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mening qabrimni saylgoh qilib olmanglar va uylaringizni esa qabr qilib olmanglar (ya’ni, uylaringizda ham namoz o‘qiyveringlar) va qaerda bo‘lsalaringiz ham menga salovot aytingiz, albatta sizlarning salovotlaringiz menga yetib turadi», deganlar.

Avsdan raziyallohu anhu rivoyat qilingan hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Juma kuni menga salovotni ko‘p aytinglar, albatta sizlarning aytgan salovotlaringiz menga ko‘rsatib turiladi», deganlar. Salmon ibn Sihim aytadilar: «Men tushimda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘rdim va: «Yo Rasululloh! Odamlar sizni oldingizga kelib, sizga salom bermoqdalar, ularning salomlarini eshitasizmi?» deb so‘radim. U kishi: «Ha, eshitaman va salomlariga javob ham qaytaraman», dedilar».
Kim zulhijja oyining avvalgi o‘n kunida ro‘za tutsa, Alloh o‘sha bandaga quyidagi yaxshiliklarni ato qiladi: umriga baraka beradi; molini ko‘paytiradi; ahli oilasini turli balo va ofatlardan saqlaydi; bu ro‘zani gunohlariga kafforat qiladi; solih amallarni ziyoda qiladi; jon berishini oson qiladi; qabrini yorug‘ qiladi, mezon tarozusida solih amallarni og‘ir qiladi; do‘zax otashidan ozod qilib, jannatda darajasini ko‘taradi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Alloh nazdida zulhijjaning o‘n kunidan ulug‘roq kun yo‘qdir. Hech qaysi amal ushbu o‘n kunda qilingan amalchalik Alloh taologa suyukli emas. Bas, o‘sha kunlarda tahlil, takbir va hamdni ko‘p aytinglar!» (Ahmad rivoyati)
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:05:33
Ushbu o‘n kun ichida kelgan juma esa ikki fazlni o‘zida jamlagani uchun boshqa jumalardan afzal sanaladi.

Alloh taolo yil kunlari ichidan uchta o‘n kunlikni tanlab olgan: Laylatul qadrning fazilati sababli ramazonning oxirgi o‘n kuni. Zulhijja oyining avvalgi o‘n kuni, chunki unda tarviya va arafa kuni, qurbonlik, talbiya, haj va boshqa turli ibodatlar mavjud. Uchinchisi, Ashuro kuni sabab Muharram oyining avvalgi o‘n kunidir.

Arafa kuni alohida fazl va xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun uning fazilati va sharafi xususida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Birinchidan, arafa kuni dinimiz mukammallikka yetgan kundir.

Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yahudlar menga kelib aytishdi: «Sizlar bir oyatni o‘qiysizlar. Agar o‘sha oyat bizga nozil bo‘lganda edi, uni bayram qilib olgan bo‘lardik». «Men o‘sha oyatning qachon va qanday nozil bo‘lganini, u nozil bo‘lganda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qaerda turganlarini ham bilaman. Allohga qasamki, u arafa kuni bo‘lib, biz ham, Arafotda edik. Bu oyat ushbudir: «Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim» (Moida, 3­oyat)
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:05:57
Bundan tashqari, Alloh taolo haj ibodatini Ibrohim alayhissalom asoslariga qaytardi. O’sha yili haj mavsumidan boshlab hajda mushriklar ishtirok etishi ham, shirk amallari bajarilishi ham man qilindi. Shuning uchun o‘sha yildan buyon Arofotda musulmonlar orasida mushriklar bo‘lmadi. Ne’matning to‘kis bo‘lishi esa Alloh taoloning mag‘firati tufayli hosil bo‘ldi. Zero, ne’mat mag‘firatsiz to‘liq bo‘lmaydi.
Alloh taolo shunday deydi: «Ey Muhammad, Alloh sizning gunohingizdan ilgari o‘tgan va keyin keladigan narsalarni (ya’ni barcha gunohlaringizni) mag‘firat qilish va sizga O’z ne’matini to‘kis­komil qilib berishi uchun...» (Fath surasi, 2­oyat)

Ikkinchidan, arafa bayram kunidir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Arafa kuni qurbonlik va tashriq kunlari bo‘lib, biz ahli islomning bayramidir. Bu kunlar yeb­ichadigan kunlardir» (Abu Dovud rivoyati).

Uchinchidan, arafa kuni tutilgan ro‘za ikki yilga kafforat bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Arafa kuni tutilgan ro‘za o‘tgan va kelgusi yil (dagi gunohlar)ga kafforat bo‘ladi» To‘rtinchidan, arafa kuni gunohlar kechiriladigan va jonlar do‘zaxdan ozod etiladigan kundir. «Oishadan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Alloh taolo biron kuni arafa kunichalik ko‘p bandani do‘zaxdan ozod etmaydi. So‘ng ular bilan (ya’ni do‘zaxdan ozod qilingan bandalari bilan) farishtalar oldida faxrlanadi» (Muslim rivoyati)
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:06:14
Ibn Abu Barr aytadilar: «Bu o‘sha bandalarning gunohlari mag‘firat etilganiga ishoradir. Chunki Alloh taolo gunoh­ma’siyat ahli bilan hech qachon faxrlanmaydi. Faqat tavba va mag‘firatdan so‘ng bu narsa bo‘lishi mumkin.

Xabarlarda keladiki, Muso alayhissalom shunday deb munojot qildilar: «Yo Parvardigoro, dargohingdan hojatimni ravo qilishni so‘rab duo qilgan edim, ijobat bo‘lmadi. Barokotidan hojatim ravo bo‘ladigan biror narsa bergin. Allohdan vahiy keldi: «Yo Muso, zulhijja oyining o‘n kunligida «La-a ilaha illalloh»ni ko‘p aytgin. Muso alayhissalom dedi: «Yo Parvardigoro. «La-a ilaha illalloh» zikrini aytish menga xosmi, yoki har bir bandang uchunmi?»Bunga javoban shunday vahiy keldi: «Har kim zulhijja ayyomida «La-a ilaha illalloh» kalimasini bir marta aytsa, tarozining bir pallasiga osmon va yerning yetti tabaqasi, ikkinchi pallasiga «La-a ilaha illalloh» kalimasi qo‘yilsa, bu kalima ularning hammasidan og‘ir keladi».

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Alloh taolo Odam alayhissalom tavbasini zulhijja oyining birinchi kunida qabul qildi. Bu kunda kim ro‘za tutsa, Alloh taolo uning barcha gunohlarini mag‘firat qiladi. Zulhijjaning ikkinchi kuni Yunus alayhissalomning tavbasi qabul qilindi va baliq qornidan eson­omon xalos bo‘ldi. Har kim bu kunda ro‘za tutsa, Alloh hech kamu­ko‘sti bo‘lmagan, bir yillik toat­ibodatning savobini o‘sha bandaning nomai a’moliga yozadi. Zulhijjaning uchinchi kuni Alloh Zakariyo alayhissalomning duosini qabul qildi va Yahyo alayhissalom ni unga ato etdi. Ushbu kuni ro‘za tutganlarning duolarini Alloh taolo mustajob etadi. Zulhijjaning to‘rtinchi kuni Iso alayhissalom tavallud topdilar. Bu kuni ro‘za tutgan bandadan Alloh faqirlikni yiroqlashtiradi. Zulhijjaning beshinchi kuni Muso alayhissalom tavallud topdilar. Bu kunda ro‘za tutgan bandani Alloh ikkiyuzlamachilikdan, munofiqlikdan saqlaydi. Zulhijjaning oltinchi kuni Xaybar fath etildi. Shu kuni ro‘za tutgan bandaga Alloh taolo hurmat nazari bilan qaraydi va bundan keyin uni azobga solmaydi. Yettinchi kuni do‘zax eshiklari yopiladi va bu o‘n kunlik tugamagunicha ochilmaydi. Bu kuni ro‘za tutgan kishidan mashaqqatning uch eshigi yopiladi va osoyishtalikning o‘ttiz eshigi ochiladi. Zulhijjaning sakkizinchi kuni «talviya», deb nomlanadi. Bu kuni ro‘za tutgan bandaga Alloh taolo shuncha mukofot ato etadiki, uning hisobini O’zidan boshqa hech kim bilmaydi. Zulhijjaning to‘qqizinchisi arafa kuni bo‘lib, bu kunda ro‘za tutgan bandaning ikki yillik — avvalgi va kelgusi yilgi gunohlarini mag‘firat etadi. Zulhijjaning o‘ninchi kuni qurbonlik kunidir. Bu kunda har kim qurbonlik qilsa, Alloh taolo qurbonlik qonining har qatrasi barobarida uning va ahli oilasining gunohlarini mag‘firat etadi. Qurbonlikning go‘shtidan taom tayyorlab, musulmonlarga bersa yoki go‘shtini sadaqa qilsa, uning savob tarozisi Uhud tog‘idan ham og‘irroq keladi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:06:36
Yetmish uchinchi majlis
Qurbonlik qilish fazilati


Alloh taolo aytadi: «(Ey Muhammad alayhissalom), albatta Biz sizga Kavsarni ato etdik. Bas, siz Parvardigoringiz uchun namoz o‘qing va (jonliq) so‘yib-qurbonlik qiling! Albatta sizni yomon ko‘rguvchi kimsaning dumi qirqilgandir (ya’ni, benomu nishon yo‘q bo‘lib ketguvchidir)!» (Kavsar surasi, 1—3-oyatlar).

Muslim ibn Anasdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yengil uyqudan tabassum bilan uyg‘ondilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, sizni nima kuldirdi?» deb so‘rashdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Menga hozir bir sura nozil bo‘ldi deb, «Kavsar» surasini qiroat qildilar.

Ushbu suraning nozil bo‘lishining sababi haqida Abu Solih raziyallohu anhu Ibn Abbosdan raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Os ibn Voil masjidga kirayotib Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘rdi va ular eshik oldida suhbatlashib qolishdi. Shu vaqtda masjidda bir guruh mushriklar o‘tirgan edilar. Os ibn Voil ularning oldiga kirgan vaqtda, ular: «Kim bilan suhbatlashding?» deb so‘rashdi. Os ibn Voil: «Ana u abtar bilan» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni o‘g‘il farzandlari yoshligidanoq vafot etavergach, Quraysh mushriklari u kishini abtar, deb nomladilar. Johiliyatda o‘g‘il farzandi yo‘q kishi shunday nomlashardi. Ya’ni, dumi qirqilgan, ishini davom ettirguvchisi yo‘q degan, ma’noda. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Os ibn Voilning so‘zini eshitib, ancha g‘amgin bo‘ldilar. Shunda Alloh o‘z habibiga tasalli berib, bu surani nozil qildi».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:06:52
Ulamolar Kavsar haqida turli fikrlar bildirishgan. Ba’zilar u jannatdagi daryo desa, ba’zilar uni jannatdagi havz, deganlar. Ba’zilar, ko‘p yaxshiliklar, degani desa, ba’zilar, maqtovli maqomdir, deganlar. Ba’zilar, Kavsarni husni xulq desalar, ba’zilar, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning baland martabaga ko‘tarilishi, deganlar. Ba’zilar ummatning ko‘pligi, desalar, ba’zilar Qur’oni karimdir, deganlar. Ba’zilar kavsardan murod payg‘ambarlik desalar, ba’zilar shafoatul kubro, deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Har kim qurbonlik qilishga qodir bo‘lsa­yu, qurbonlik
qilmasa, xohlasa yahudiy bo‘lib o‘lsin, xohlasa nasroniy bo‘lib o‘lsin». Yana bir rivoyatda: «Kim qurbonlik qilishga qodir bo‘lib, qurbonlik qilmasa, bizlarning masjidlarimizga yaqinlashmasin», degan ekanlar.
Hazrati Ali raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar: «Kim qurbonlikka jonliq olish uchun bozorga borsa, Alloh taolo har bir qadamiga o‘nta savob ato etadi va o‘nta gunohini kechiradi va martabasini o‘n daraja ko‘taradi. Jonliqni savdo qilayotganda aytgan so‘zlarini tasbeh o‘rnida qabul qiladi. U uchun bergan har bir dirhamiga yetti yuz dirhamning savobini beradi. Qurbonlikning har qatra qonidan o‘nta farishta yaratadi va ular qiyomatgacha uning uchun istig‘for aytadilar. Qurbonlik go‘shtining har luqmasi uchun Ismoil alayhissalom farzandlaridan bir qulni ozod qilganlik savobini beradi», dedilar».

Rivoyat qilinishicha, Dovud alayhissalom: «Yo Parvardigoro, Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatlaring qilgan qurbonliklari uchun nima ato etgansan?» dedilar. Alloh taolo xitob qildi: «Yo Dovud, Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatlaridan qurbonlik qilganlarga qurbonlikning badanidagi har bir tukiga o‘nta savob ato qilib, o‘nta gunohini kechaman. Jannatdagi darajasini yuksaltirib, u yerda bir qasr bino qilaman va hurlarni nasib etaman. Yo Dovud, bu qurbonlik qiyomat kuni markab bo‘lib, turli balolarni egasidan qaytaradi»
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:07:05
Ahmad ibn Ishoq aytadilar: «Kambag‘al va kasalmand akam bor edi. Kambag‘alligiga qaramay har yili Qurbon hayiti kunlari bir qo‘yni qurbonlikka so‘yardi. Akam vafot etganlaridan keyin ikki rak’at namoz o‘qib, Allohdan akamni tushimda ko‘rsatishini iltijo qildim. Uni tushimda ko‘rsam, u bir yaxshi, kulrang otning ustida bo‘lib, yonida yana ko‘pgina zotdor otlar bor edi. Men: «Ey aka, Alloh senga nima ato etdi?» deb so‘radim. «Alloh meni mag‘firat etdi», dedi. Undan buning boisini so‘radim. «Bir kuni qari bir kampirga Alloh yo‘lida bir dirham sadaqa qilganim mag‘firat etilishimga sabab bo‘ldi», deb javob berdi. «Bu otlarni qaerdan olding?» dedim. «Bular dunyoda qilgan qurbonliklarim bo‘lib, minib turganim birinchi qilgan qurbonligimdir», deb javob berdi. «Qaerga ketyapsan?» deb so‘rasam, u: «Jannatga», deya ko‘zimdan g‘oyib bo‘ldi.

Anas ibn Molik Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar: «Hashr (qiyomat) sodir bo‘lgan vaqtda mo‘minlar o‘z qabrlaridan turadilar. Alloh: «Ey farishtalar, mening bandalarimni mahshargohga ulovsiz olib borasizlarmi? Ular dunyoda biror joyga bormoqchi bo‘lishsa, piyoda yurishmas edi. Tug‘ilmasdan oldin ularga ota sulbi, keyin onalarining qorni markab bo‘lardi. Tug‘ilganlaridan keyin ona bag‘rida va sutdan to‘xtaganda esa otalarining yelkasida yurishardi. Ulg‘ayganlarida tuyalar, xachirlarda yurishardi. Agar dengizda safar qilsalar, qayiqlar va kemalarda suzardilar. Vafot etganlarida mo‘min birodarlarining yelkasi ularga ulovlik vazifasini bajarardi. Endi tirilib qabrlaridan turgach, mahsharga piyoda borishmasin. Qurbonliklarini keltiring, minib borishsin», deydi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qurbonlik qilish chiroyli amallardandir. U bandani dunyoda balolardan va oxiratdagi ofatlardan ozod etadi. Hayiti namozini o‘qib, qurbonlik so‘ygan mo‘minlar mening ummatimdandir» degan ekanlar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:07:15
Fiqh kitoblarida aytilishicha, qurbonlik so‘yishning avvali hayit namozidan keyindir. Uning oxirgi vaqti uchinchi kun asr vaqtigacha. Qurbonlikning eng afzali uni qurbonlik qiluvchining o‘zi so‘yishidir. Agar o‘zi so‘yishni bilmasa, boshqa odamga buyurishi ham mumkin. Lekin so‘yish vaqtida hozir bo‘lish mustahab. Jonliq yuzini qibla tomonga burib: «Albatta, men yuzimni osmonlaru yerni yaratgan Zotga, to‘g‘ri yo‘lga moyil bo‘lgan holimda yuzlantirdim va men mushriklardan emasman». (An’om surasi, 79­oyat) «Allohu akbar. Allohu akbar. La-a ilaha illallohu vallohu akbar, valillahil hamd. Bismillah, Allohu akbar», deb so‘ysin va shundan keyin ikki rak’at namoz o‘qisin.

Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Qurbonlikni so‘yib bo‘lgach, ikki rak’at namozdan so‘ng ushbu duoni o‘qisin: «Ey bor Xudoyo, mening namozim va nusuklarim (namozdan boshqa ibodatlarim), mamotim olamlar Rabbisi Alloh uchundir va U zotning biron sherigi yo‘qdir. Men mana shunga (ya’ni, yagona Allohga ixlos ila ibodat qilishga) buyurilganman va men bo‘yinsunguvchilarning avvali­peshqadamiman».
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:07:34
Yetmish to‘rtinchi majlis
Ixlos surasining fazilati


Alloh taolo aytadi: «(Ey Muhammad), ayting: «U — Alloh Birdir (ya’ni, Uning hech qanday sherigi yo‘qdir. U yakka-yu yolg‘izdir). Alloh (barcha hojatlar bilan) ko‘zlanguvchidir (ya’ni, barcha hojatlar Undan so‘raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir). U tug‘magan va tug‘ilmagandir (ya’ni, Allohning o‘g‘il­qizi ham, ota­onasi ham yo‘qdir. U azaliy va abadiy Zotdir). Va hech kim U zotga teng emasdir» (Ixlos surasi, 1­4­oyatlar)

Bu suraning nozil bo‘lishi xususida Ubay ibn Ka’b, Jobir ibn Abdulloh va Ikrimalar shunday deyishadi: «Makka mushriklari Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Ey Muhammad, Bizga Rabbingni vasflab bergin. U nimadan — oltindanmi, kumush, temirdanmi yoki misdanmi? Bizlarning olihalarimiz mazkur narsalardan yasalgandir», deyishdi. Shunda Alloh O’z payg‘ambariga ushbu surani nozil qildi».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Oisha raziyallohu anhoga dedilar: «To‘rt ishni bajarmaguningcha uxlamagin. Ular quyidagilar: Qur’onni xatm qilish; qiyomat kunida payg‘ambarlarni shafoatchi qilish; musulmonlarni rozi qilish; haj va umra qilish». Oisha raziyallohu anhu: «Yo Rasululloh, ota­onam sizga fido bo‘lsin. Menga bu amallarni qilishga buyuryapsizu, ularni qilishga qodir emasman», dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:07:46
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tabassum qilib aytdilar: «Qul huvallohu ahad» surasini uch marta o‘qisang, Qur’oni karimni xatm qilgandek bo‘lasan. Agar menga va mendan avvalgi payg‘ambarlarga salovot aytsang, ularni o‘zingga shafoatchi qilgan bo‘lasan. Mo‘minlar uchun istig‘for aytib, mag‘firat so‘rasang, ularning hammalari sendan rozi bo‘ladilar. «Subhonallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohi vallohu akbar», desang, haj va umra qilgandek bo‘lasan»

Ali ibn Abu Tolibdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Kim Ixlos surasini bomdod namozidan keyin o‘n marta o‘qisa, shayton jiddu jahd qilsa ham unga kun bo‘yi biror gunoh yetmaydi».

Bu sura Makkiy suralardan bo‘lib, 4 oyat, 15 kalima va 47 ta harfdan iboratdir. Ubay ibn Ka’b raziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim «Qul huvallohu ahad» surasini bir marta o‘qisa, Alloh unga yuzta shahidning ajrini beradi», dedilar.

Anas ibn Molikdan aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim Ixlos surasini bir marta o‘qisa, Qur’onning uchdan birini o‘qigandek savob oladi. Kim ikki marta o‘qisa, Qur’onning uchdan ikkisini o‘qigandek savob oladi. Kim uch marta o‘qisa, Qur’onni to‘liq o‘qiganlik savobini oladi. Kim Qur’onni o‘n marta o‘qisa, jannatda uning uchun qizil yoqutdan qasr bino qilinadi» dedilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:07:59
Xabarlarda kelishicha, kim Ixlos surasini farz namozlarida o‘qisa, Alloh uni va ota­onasining gunohlarini mag‘firat qiladi va uning ismini baxtsizlar devonidan o‘chirib, baxtlilar devoniga yozib qo‘yadi.
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Men Jabroil alayhissalom «Qul huvallohu ahad» surasini keltirgunlarigacha, kechayu kunduz ummatimning azoblanishidan qo‘rqar edim. Bu sura nozil bo‘lgandan keyin Alloh taolo ummatimni azoblamasligini bildim. Chunki bu surada Allohga nisbat beriladi. Kim bu surani o‘qishga odatlansa, unga yaxshilik va xotirjamlik yog‘ildi va Allohning rahmati uni o‘rab oladi. Allohning O’zi unga nazar qiladi va nimani so‘rasa, albatta, beriladi».

Imom Bayhaqiy Abu Umoma Bahliydan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Tabuk g‘azotida bo‘lgan vaqtlarida Jabroil alayhissalom oldlariga kelib aytdi: «Yo Rasululloh, Muoviyaning janozasiga qatnashing». Jabroil alayhissalom qanotlarini yerga qo‘ygan edi, yer qisqardi, hattoki Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Madina ko‘rindi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Muoviyaga janoza namozi o‘qidilar. U kishi bilan birga Jabroil va yetmish ming farishta namoz o‘qidi. So‘ng u zot Jabroildan so‘radilar: «Ey Jabroil, Muoviya bu martabaga nima bilan erishdi?» Jabroil alayhissalom: «Ixlos surasini turganda, o‘tirganda va yurganda ham o‘qishi tufayli erishdi», deb javob berdi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uxlashdan avval «Ixlos», «Falaq», «Nos» suralarini o‘qib, ikki qo‘llariga dam solib, ularni butun badanlariga surtar edilar. Agar betob bo‘lsalar, bu ishni boshqalarga aytdirib qildirar edilar.
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: Naqshbandiy 26 May 2008, 09:08:14
Imom Muslim Abu Dardodan rivoyat qiladilar: «Albatta, Alloh Qur’oni karimni uchga bo‘lib, Ixlos surasini uch qismdan biri qildi. Shu bois Alloh taolo bu surani o‘quvchiga Qur’onning uchdan birini o‘qish savobini beradi. Zero, Qur’oni karim uch xil mavzuda — qissalar, hukmlar va Allohning ismi sifatlari haqida so‘z yuritadi. Bu sura ushbu uch qismdan birini, ya’ni Allohning sifatlarini o‘zida mujassamlashtirgandir».
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Makka eshigi oldida o‘tirganlarida to‘satdan bir kishining tobutini olib o‘tishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Uning buynida qarzi bormi?» deb so‘radilar. Sahobalar: «To‘rt dirham qarzi bor edi, to‘lamasdan vafot etdi», deb javob berishdi. Shunda u kishi: «Qarzini to‘lamasdan o‘lgan kimsaning janozasini o‘qimayman, unga o‘zlaringiz janoza o‘qinglar», dedilar. Shunda Jabroil alayhissalom kelib aytdi: «Ey Muhammad, Alloh sizga salom aytdi va meni bu kimsaning suratida yubordi. Bas, u borib, qarzini to‘ladi. Siz turib janoza namozini o‘qing. Chunki u mag‘firat qilingandir. Alloh: «Kim uning janozasini o‘qisa, gunohlarini mag‘firat qilaman», dedi». «Ey Jabroil, u bunchalik izzat­ikromga qanday erishdi?» deb so‘raganlarida, Jabroil alayhissalom «U har kuni yuz marta Ixlos surasini o‘qirdi» deb javob berdi.

Yana bir hadisda: «Kim «Qul huvallohu ahad»ni «bismilloh» bilan o‘qisa, Alloh uning ellik yillik gunohini mag‘firat qiladi», deyilgan.

Hikoya qilinishicha, solihlardan biri tushida Makka kabutarlaridan yuztasini boshi yo‘q holatda ko‘ribdi. Uyg‘ongach, ta’bir qiluvchiga tushini aytib beribdi. Ta’birchi: «Ehtimol, sen «Ixlos» surasini yuz marta «Bismillah»siz o‘qigandirsan» desa, «To‘g‘ri aytding», debdi u.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kambag‘allikdan shikoyat qilgan kishiga: «Uyingga kirsang, Ixlos surasini o‘qigin», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Kim Ixlos surasini kasallik chog‘ida o‘qisa va shu kasallik tufayli vafot etsa, uning jasadi chirimaydi, qabri siqishdan omon bo‘ladi va farishtalar Sirot ko‘prigidan o‘tib, jannatga kirgunigacha uni qanotlarida ko‘tarib yuradilar»

Xotima
Barcha hamd Allohnikidir! Biz u zotga hamdlar aytamiz, undan madad tilaymiz, istig‘for so‘raymiz. Uning elchisi butun olamga rahmat qilib yuborilgan Payg‘ambarimizga salotu salomlar bo‘lsin!
Nom: Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Yuborildi: AbdulAziz 03 Fevral 2010, 16:48:09

Durratun nosihiyn (Nasihatgo'ylar duri)

(http://www.ziyouz.com/images/books/durratun.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=32)

Muallif: Usmon ibn Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Hajmi: 906 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=32)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1575.0)