forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:17:11

Nom: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:17:11
YOSHLIK

Kechagidek yodimda bari,
Armonlari qiynab o'tadi.
Qaytib ketgan bahor singari,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.

Kimga yoqib baxt chirog'ini,
Kimga tutib ishq sharobini,
Qalbga solib so'ng firog'ini
Yoshlik bizni tashlab ketadi.

Yuzlaring gul, so'zlaring asal,
Go'zal bo'lgin, bir umr go'zal,
Chiroyingga bitguncha g'azal,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.

Bo'y egilib oqaradi soch,
Yomon hislar yuragimdan qoch
Davr ekan do'stlar ne iloj,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.

Xurshid Rasulov qo'shig'idan
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:17:36
O`tdi yoshlik zavq bilan, gohi to`polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayri ham tushdim ba'zan qalb bilan, imon bilan,
Lekin seni yo`qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g`aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.

Abdulla Oripov
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:17:52
Bahorda bog' na go'zal,
Qor tushsa tog' na go'zal,
Bu yoshlik chog' na go'zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So'zsiz qarashlaring,holim so'rashlaring.

Omon Matjon
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:18:06
Qayda, qayda qoldingiz, yoshlikdagi orzular,
Va qalbning sokinligi erkalatgan kezlari!
Qani avvalgi otash, ilhom baxsh etgan zavqlar,
Keling, keling, mushtoqman, bahorimning yillari.

Aleksandr Pushkin
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:18:21
YOSHLIK - ZANGOR FASL,KECHDI,SARG'ARDI.

To'kildi u. Shafqat bilmas bargrezon.
Qora sovuqlarga otib yubordi,
Shamollar poyida sinmoqda xazon.
Yoshlik - zangor fasl.Kechdi. Sarg'ardi.

Harna o'tdi,mendan o'tdi,omon bo'l,
Qancha faryod qilmay qaytarib bo'lmas.
Har qalay oldinda bordir so'nggi yo'l,
Toki yetguningcha xotirot o'lmas,
Harna o'tdi,mendan o'tdi,omon bo'l.

Vido tabassumli olam,yoshligim,
Ko'zlarimda qolgan jolam,yoshligim,
Ko'klarga etmagan nolam, yoshligim,
Suvga cho'kib ketgan bolam, yoshligim,
Vido tabassumli olam, yoshligim.

Rauf Parfi
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:18:32
YOSHLIK

Yuragingda, sening qo'lingda
Toza chechak kabi o'ynadim,
Yoshligim, men sening yo'lingda
Sevintirdim. Seni qiynadim.

Nahot xafa kunlaring o'tgan,
O'zing berdingmi beboshlikni?
Lekin meni otmading o'tga,
Naqadar yaxshisan, yoshligim!

Bir dard bo'lib, bir sevinch bo'lib.
Va bir donishmand bo'lib goh,
Ko'zlaringa qarab yurgin deb,
Etganing bor yoshligim, ogoh.

Faqat sen uchgil nafasimdan,
Sendan bahra topsin bu olam.
Aytilmagan so'zlarim sendan,
Qilinmagan zahmatlarim ham.

Men bilan bo'l doimo birga,
Ayri tutma meni, yoshligim.
Toza saqlay butun umrga,
Butun umrim, qora qoshligim.

Yuragingda, sening qo'lingda
Toza chechak kabi o'ynadim.
Yoshligim, men sening yo'lingda,
Sevintirdim. Seni qiynadim.

Rauf Parfi
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:18:52
YODINGDAMU YOSHLIGIMIZ

Yodingdamu yoshligimiz,
Beqaror beboshligimiz,
To‘ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz.

Qo‘l teksa titrab qo‘ling,
Balog‘at to‘sgach yo‘ling,
Aylanmay so‘zga tiling
Qayrilma qoshligimiz.

Ilk bora yorni quchib,
Lablardan labbol ichib,
Bu olamdan voz kechib
Bo‘salar taloshligimiz.

Daryodek yillar o‘tar,
Yosh ketib pirlik yetar,
Lek ba’zan qo‘msab ketar
Beqaror yoshligimiz.

Bahor bu yozdan nishon,
Yoz kelsa kuzdan nishon,
O‘g‘il-qizda qaytar, ishon
Baxtiyor yoshligimiz.

Yodingdamu yoshligimiz,
Beqaror beboshligimiz,
To‘ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz.

Sherali Jo'rayev
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:19:17
YOSHLIK QAYTMAYDI

Bahor qaytar, kuz ham qaytar, qaytar turnalar,
Osmon uzra qo'shig'ini aytar turnalar,
Tabiatning har faslida olam turlanar,
Bolalikni sog'inganda ko'ngil tirnalar
Bilib-bilmay sochimizga oqlar oralar,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi.

Baxt qidirma, baxt ulashar soqiymas hech kim,
O'tar shoh ham gadolar ham boqiymas hech kim
Qar gunohing bo'lmasa bil, qoqilmas hech kim
Qayg'ularning olovida yoqilmas hech kim,
Yoshlik chog'in qadrin bilmas, oqilmas hech kim,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi.

Umrimizning o'zi armon, yo'llari armon,
O'tgan kunlar qori armon, do'llari armon,
Tutolmagan sohibjamol qo'llari armon,
Hayotimiz o'ngi armon, so'llari armon,
Yig'lab qolgan ilk sevgimiz yillari armon,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi.

G'iyos Boytoyev qo'shig'idan
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:19:56
Bolaligim o'g'irlab sekin
Yillar daryo kabi oqdilar.
Kecha do'stlar sochimdagi oq
Tolalarga hayron boqdilar.

Kimdir so'kdi yillar sur'atin,
Kimlar burdi bog'lar tomon yuz.
Men esam-chi,sening siyrating
Ko'zlarimda uyg'otdim ma'yus.

Kunlar xazon kabi sarg'aydi,
Uchib ketdi yaproqlar kabi.
Ul kun qalbga dunyo sig'ardi,
Bugun sig'mas o'zimning dardim.

O, bolalik,mening quvonchim,
Ey,ko'z yoshi tuymagan ochun,
Kecha do'stlar bilan men ichdim,
Sening boqiy qudrating uchun.

Xurshid Davron
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:20:18
Jiyda gulin isladim
Bolalarday entikib,
Bolaligim izladim
Dalalarga ko'z tikib.

Huv, oils-olislarga
Quyoshday singib ketay,
Biroq,o'tga ko'milib
Yig'lagim kelsa, netay?

Yig'lama, deb shivirlab,
Yupata boshlar ajib,
Mittigina boychechak
Titroq qo'llarim ushlab...

Xurshid Davron
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:20:45
BOLALIK

Bolalikning ko'chalari ko'zdan o'tar,
Umr - karvon to'xtamaydi, mangu ketar,
Yuragimga zangor sog'inch tig'day botar,
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

Maysa gilam, yalangoyoq chopar edim,
Ko'k dalada ko'kka qarab yotar edim,
Yalpizlarning bo'ylaridan o'par edim,
Yalpizginam sen ham meni sog'ingmi?

Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

Bolalikning ko'chalari tor emasdi,
G'am-tashvishga murg'ak qalbim zor emasdi,
Yulduzjonim o'kinchlarga zor emasdi,
Ay sho'xligim sen ham meni sog'indingmi?

Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

Endi o'sha osmon to'la ko'zlar qani?
Qirda qolgan yalangoyoq izlar qani?
Qo'l ushlashib yugurishgan qizlar qani?
Dugonajon sen ham meni sog'indingmi?

Zoru hayron tentirayman toshlar aro,
Ko'zlarimda qalqib turgan yoshlar aro,
Senga yetib borolmayman tushlar aro,
Marg'lon, ayt sen ham meni sog'indingmi?

Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:21:20
BOLALIK

Bolalik.
O‘rtog‘im kapalak, sabo.
Quvalash o‘ynardik namozshomgacha.
Yo‘limga chiroqlar yoqqancha samo,
Meni chorlar edi
tonggacha...

Saharlar mast edim, asov o‘ylarim,
Osmonu falakda qanot yoysalar.
Jimgina o‘tlagan qo‘ylarim...
Billur sirg‘a taqqan maysalar...

Esimda
zilol suv qo‘shiq aytganda,
Ko‘zni yumgancha bosh chayqagan yalpiz.
Ko‘cha supurgani chiqqanda,
Hech ishi unmagan qo‘shni qiz.

Rayhon to‘la hovli.
Paxsa devorlar.
Va qo‘shni tomonga bo‘ylagan daraxt.
Bog‘ ichra taralgan alyorlar,
Devorni buzamiz degan buyuk ahd.

Keyin...
Keyin birdan ko‘kka tutashdi yo‘lim,
Qo‘shni tomonlarda bo‘ldi yor-yorlar.
Esga tushsa hamon buzilar ko‘nglim,
Hamon buzilmagan eski devorlar.

1998 y.

Abdulaziz Muborak
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:21:43
Afsuski yigitlik mavsumi bitdi,
Ko'klam o'tib ketdi, qish kelib yetdi,
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi
Bilmadim, qachonlar keldi-yu ketdi.

Umar Xayyom
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:22:02
BOLALIK HAQIDA SHE'R

Hali unutganimcha yo'q
daraxtlarning tilini,
qushlar bilan lug'atsiz so'zlasha olaman -
Hali unutganimcha yo'q.
Haliyam ishonaman va qayg'uraman
yulduz uchsa tungi osmondan.
Maysalarni majaqlamayman -
maysalar daraxtga aylanishiga
ishonchimni yo'qotmabman hali.
Hamon qo'rqaman -
bolalikda qo'shnimizning itidan,
ertak kitoblarim tugab qolishidan qo'rqardim.
Bugun esa onamning oppoq
sochlariga boqib qo'rqaman...

Xurshid Davron
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:22:31
BOLALIK

Bir shahrim bor edi mening, do'stlarim,
Shahrimning bor edi tiniq osmoni.
Tiniq osmonida qoldi ko'zlarim,
Ko'zlarimda qoldi mayus armonim.

Do'stlarim,bir shahrim bor edi mening,
Shahrimning chang edi ko'cha-ko'ylari.
Ko'cha - ko'ylarida o'shal shahrimning
Qaytmas bir faslning qoldi bo'ylari.

Do'stlarim, bor edi mening bir shahrim,
Bir parcha o'tlog'i bor edi-yashil.
Bir parcha o'tlog'i ichra bir davrim,
Yashil davrim qoldi, do'stlarim, axir!

Cho'kib ketayotgan menmasmidim u,
Kim olib chiqardi meni daryodan?
Bir daryom bor edi,do'stlar,qanu u?
Do'stlar, men topmadim uni dunyodan.

Mening bir daraxtim bor edi, do'stlar,
Xazonlar qoplabdi tegralarini.
Ko'zyoshga qorishib yetilgan so'zlar
Do'stlar, u daraxtning mevalarimi?.

Sirojiddin Sayyid
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:22:55
BOLALIKKA

Kulgulari sharqiragan shaloladay,
Iforlari gulu rayhon, tog‘ loladay,
Erka tili buncha shirin,bir holvaday —
Bolalikka qaytgim keldi bir zumgina.

Birni buzib, mingni qurar goh bunyodkor,
Qadamini «toy-toy» bosgan ehtiyotkor,
Bir qarasang, sho‘xu ba’zan itoatkor —
Bolalikka qaytgim keldi bir zumgina.

Kapalakday quvnab, bog‘u tog‘lar chopar,
Dunyoda bor yangilikni o‘ylab topar.
Tolbargaklar taqib, loydan kulcha yopar,
Bolalikka qaytgim keldi bir zumgina.

Faqat o‘ynar, o‘zga bilan ishi bo‘lmas,
Bir xilqatki, g‘iybat nima — hushi bo‘lmas,
Kattalardek bir-biriga «mushti» bo‘lmas,
Bolalikka qaytgim keldi bir zumgina.

Turli yumush yo «mish-mish» horitganda,
Yuragimni bir g‘alamis og‘ritganda,
Yig‘lamoqdan ko‘ngilginam or etganda,
Bolalikka qaytgim keldi bir zumgina.

Gulchehra SHAHOBIDDIN qizi
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:23:15
Qani yana qaytib kelsa 18 yoshim,
Qani yana muhabbatdan aylansa boshim.
Sen ham yana kelarmiding, ayt qalamqoshim,
Qaytib kelarmisan yana yoshligim mening.
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Fatima 11 Oktyabr 2007, 12:07:46
        O`n yettining ostonasida

Bolalikdan ayrildim, kuydim
Goho ajib hislarni tuydim
Muhabbatga ilk qadam qo`ydim
O`n yettining ostonasida

Sho`xliklar-u to`polonlardan
O`yinqaroq, erkaliklardan
Hammasidan birdek kechdim men
O`n yettining ostonasida

Goh yig`layman, goho kulaman
Ba`zan xato qilib qo`yaman
So`ng uyalib ko`z yosh to`kaman
O`n yettining ostonasida

Shirin-shirin xayollar surdim
Ishq o`tida o`rtandim, kuydim
Sizni dildan, yurakdan suydim
O`n yettining ostonasida

Goh baridan to`yib ketaman
Bolaligim o`ylab ketarman
Qani edi ortga qaytsam men
O`n yettining ostonasidan

Osmondayin musaffo o`ylar
Pok niyatlar, oydin orzular
Umrim porloq nurga to`lsin deb
Hayot yo`lim baxtga to`lsin deb
O`y suraman, shodon yuraman
O`n yettining ostonasida



Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: JaviK 12 Oktyabr 2007, 00:06:24
bolaligim o`tgan o`sha qishloq. momomning o`sha oq ro`molida sigir sog`ayotgani, menga esa tovuqlarga suv ber! deb ogohlantirishlarini sog`ondim. Eh bolalik chog`larim qaytib kelsa edi, jon-jon deb o`sh vaqtga qaytar edim.
                                                                (hikoyadan parcha)




Aziz do`stlar! Sizlarni hech qachon bolalarcha beg`uborlik tark etmasin.
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: lolo 20 Oktyabr 2007, 14:57:44
Chumchuq jo'horini yeb ketti
Ertaga kelaman deb ketti
Po'yez yo'lga borganda
Mana kelaman deb ketti
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Fatima 08 Noyabr 2007, 12:14:08
VIDO TABASSUMLI OLAM, YOSHLIGIM

Yoshlik zangor fasl, kechdi, sarg'ardi,
To'kildi u. Shafqat bilmas bargrezon.
Qora sovuqlarga otib yubordi,
Shamollar poyida sinmoqda xazon.
Yoshlik zangor fasl. Kechdi. Sarg'ardi.

Harna o'tdi, mendan o'tdi, omon bo'l,
Qancha faryod qilmay qaytarib bo'lmas.
Har qalay oldinda bordir so'nggi yo'l,
Toki yetguningcha xotirot o'lmas,
Harna o'tdi, mendan o'tdi, omon bo'l.

Vido tabassumli olam, yoshligim,
Ko'zlarimda qotgan jolam, yoshligim,
Ko'klarga yetmagan nolam, yoshligim,
Suvga cho'kib ketgan bolam, yoshligim,
Vido tabassumli olam, yoshligim.

Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Fatima 21 Noyabr 2007, 11:09:18
          QAYTMAYDI
Sen kutgan turnalar qaytishi mumkin
Qur-qurlar qo`shig`in aytishi mumkin
Yo`llar yo`lingga zor boqishi mumkin
Bolalik ortiga bir bor qaytmaydi
Shivirlab sirlarin endi aytmaydi

Huv tog`ning ortida yoshligim qoldi
Bu yillar sho`xligim o`g`irlab oldi
Bolalik lovullab olovdek yondi
Bu oltin bahorim endi qaytmaydi
Gullarini to`kib qo`shiq aytmaydi

Chuchmomo, Binafsha, Rayhonlarimey
Musicha, Qaldirg`och, Sayronlarimey
Munis singillarim, giryonlarimey
Zavq-u shavq sizlarsiz dilga botmaydi
Quvonchli u damlar endi qaytmaydi

Lo`ppigina kulcha-mazang tilimda
Xappaktosh oq toshing mana qo`limda
Jon yoshlik, bir lahza qaytgil yo`lingga
Ona, bag`ringdagi tonglar otmaydi
Bolalik tosh bo`ldi, endi qaytmaydi

Sochpopuk taqqan sho`x qizaloqligim
To`kilding puf qilsam, qizg`aldoqmiding
O, kulgi, sen oyga oybaldoqmiding
Suvingga Ozodang toshlar otmaydi
Sog`intirib YOSHLIK endi qaytmaydi
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Fatima 27 Dekabr 2007, 15:27:48
Bolaligim o'g'irlab sekin
Yillar daryo kabi oqdilar.
Kecha do'stlar sochimdagi oq
Tolalarga hayron boqdilar.

Kimdir so'kdi yillar sur'atin,
Kimlar burdi bog'lar tomon yuz.
Men esam-chi,sening siyrating
Ko'zlarimda uyg'otdim ma'yus.

Kunlar xazon kabi sarg'aydi,
Uchib ketdi yaproqlar kabi.
Ul kun qalbga dunyo sig'ardi,
Bugun sig'mas o'zimning dardim.

O, bolalik,mening quvonchim,
Ey,ko'z yoshi tuymagan ochun,
Kecha do'stlar bilan men ichdim,
Sening boqiy qudrating uchun.

Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Robiya 31 Yanvar 2008, 10:37:29
        O, yoshligim..!
   Normurod Narzullayev

Hayotimning go’zal gulshani,
Yuragimning so’nmas gulxani,
Muhabbatim uchqur samani,
O, yoshligim tark etma meni!

Yuragimda yasharkan orzu,
Ko’zlarimda yonarkan yog’du,
Lablarimda kularkan kulgu,
O, yoshligim, tark etma meni!

Haroratdan yaralar hayot,
Hayot bo’lib kular muhabbat,
Halovatsiz dilda harorat,
O, yoshligim, tark etma meni!

Yo’llarimda yuragim olmos,
Yo’ldoshimdir o’tli ehtiros,
Ixlos qo’yib etgum iltimos,
O, yoshligim, tark etma meni!

Istiqbolga chorlaydi yo’llar,
Taqdir bo’lib qo’llaydi qo’llar,
Yo’llaringga to’sharman gullar,
O, yoshligim, tark etma meni!

Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Farida 03 Fevral 2008, 17:04:58
Дарёдек шошади югурик умр,
Куним тунларимни қувлаб келади.
Тақдир бирда оғу, бирда бол тутиб,
Бахтни бахтсизликга улаб келади.

Турмуш срми қора, срмиси оқдир,
Ҳаёт — муҳораба, умр — жанггоҳдир.
қалбимда инқилоб қилиб туйғулар,
А­згулик сориға унаб келади.

Лекин, мудом смас дилдаги хушлик,
Зимнида жанг қилар мухолиф кучлар.
Зеро, унда бир кун «булбул сайраса»,
Баъзида «бойқушлар тунаб» келади.

Демак, ғофил бслма сен сй, мукаллаф,
Гуноҳ майин ичма, ҳарчанд-ки, зорсан!
Маҳшарга жиност кстариб борсанг,
Ксзлардан ёш смас, хуноб келади!

Juda go'zal she'r ekan.
Muallifi o'zingizmi?
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Mohinur 16 Fevral 2008, 10:12:45
Dunyoda toki go'zallik bor ekan, u ko'zlarga quvonch, dillarga surur bahsh etadi. Dunyoda toki muhabbat bor ekan, bu qalbimiz shamchirog'i bo'lib, mehrimiz bulog'iyu, ishqimiz qo'ng'irog'i bo'lib, yoshligimiz sari, go'zallikning sirli olami sari chorlab turadi. Yuraklarda go'zallik manzarasini tasvir etuvchi ishq deb atalmish totli hissiyotlarimiz, baxtiyor shodliklarimiz qani? Qaylarda qoldi?

Eh, bu olamning ajib kechmishlari mavjudki, hissiyotlar jumbushga kelgan lahzalarda umrimiz sarhadlari ichra o'sha yoshligimiz, qayrilma qoshligimizni sog'inchi ila qo'msab qolamiz.

Yodingdamu yoshligimiz,
Beqaror beboshligimiz,
To‘ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz....
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: mutaallimah 17 Fevral 2008, 07:02:17
Оппоқ қоғоз узра тебранар қалам,
Кснгилда ғам-алам, ксзда сса нам,
Муҳожир уйига ёзмоқда мактуб
Гсёки борлиқни унутиб бу дам.
Жонланар хаёлда уй остонаси,
Йиғлаб видолашган ота-онаси,
«Бизни ташлаб кетманг»-дес ёлворган
Солиҳа аёли - шср пешонаси.

А­сида қизчасин мснгли ксзлари,
Томчи ёш балқиган ширмон юзлари,
Ажралмоқ хақлигин ҳис қилиб дилдан
«Тез келинг дадажон» деган ссзлари.

«Сизларни Аллоҳга топширдим » дес,
Ортига қайрилиб боққан сонис,
Ҳозиргидек ҳануз ксзи олдида,
Қизи, аёли ва икки қарис.

Ғариб биродарлар келар хотирга,
Чиқмоқ хоҳлашганди ҳижратга бирга.
Лек ҳозир қамоқда ётишар ночор,
Азилган сканда бу ҳам тақдирга.

Бир-бир ксз олдидан стар қардошлар,
Оппоқ қоғозни ҳам намлар ксз-ёшлар,
Ҳатто дилигача тарқалиб сиёҳ,
Яна мактубини қайтадан бошлар.

Салом сй отажон,салом онажон!
Сизларни ксрмоққа йсқ снди имкон...
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: Fatima 19 Mart 2008, 11:41:04
Dil tug`yoni hayot ishqida
Kelajak uchun bosgan yo`llarim.
Bir umr qol qalbim to`rida,
Oh, yoshligim, qaytmas yillarim.
Nom: Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
Yuborildi: shoir 06 May 2008, 13:03:42
YOSHLIGIM

Bir hasrat bor munglig‘ ko‘zingda,
Bir hasratki, jonni o‘rtarlik.
Bir buyuk g‘ofilot to‘yib o‘zimda
Yonodir bu vujud, yonodur borliq
Endi sen qaytmaysan, yo‘limiz ayro,
Ko‘zlaring mungranur keto-ketguncha.
Yoshligim-yoshligim, o dili vayron...
Senda o‘tkinchi-yo, men-da o‘tkinchi.
Eh, hay-y, balolarga qildim giriftor,
Sha’nu shavkatlarga seni sovurdim.
Garchand yog‘dirmaysan va na ginang bor,
O‘zimni ko‘zingda gunohkor ko‘rdim.
Bir hasrat bor qarochig‘ingda,
Ne balo qismat bu? Orqaga yo‘l yo‘q.
Oldinda g‘ofilat, sarson kezingay,
Qaytar yo‘llar vayron, ko‘priklar buzuq.
Xayr, o-o Yoshligim,
... vido-o-o Yoshligim!..

Abdunabi Boyqo'ziyev