forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 28 Sentyabr 2007, 19:00:05

Nom: Inson kim va u nima uchun yaralgan?
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Sentyabr 2007, 19:00:05
Menimcha har kim insonni aqli bilan farqlanadi deb o'ylasa kerak. To'g'ri lekin hozirga kelib insonlarda hammada ham emas lekin ko'pchillik yoshlarda axloq va xulq degan narsa yo'qolyapdi. Aziz yurtdoshlar biz bu ahvolga befarq qaramaylik va qo'limizdan kelganicha tuzatishga harakat qilaylik.
Nom: Hulq-atvor
Yuborildi: lolo 28 Sentyabr 2007, 22:30:48
Bu mavzuga anchadan buyon boshim qotib yurgan edi. Eng achinarlisi shuki, islomiy va 5 mahal namoz o'qiydi, lekin hulqi yomon. Yo'q, ba'zi odamlarda bu bilinmaydi, chiroyli gaplashishni bilishadi, lekin masalan, jahli chiqqanida mutlaqo boshqa odamga aylanishadi. Og'zidan boda kirib shoda chiqadi deganlaridek bo'ladi. Musulmonmi shuyam? deb hayron qolasan...
...biz bu ahvolga befarq qaramaylik va qo'limizdan kelganicha tuzatishga harakat qilaylik.
qanday tuzatsa bo'larkin?
Nom: Re: Inson kim va u nima uchun yaralgan?
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Sentyabr 2007, 18:53:14
INSON KIM VA U NIMA UCHUN YARALGAN?

   Xo’sh bu savolga qanday javob berish mumkin? Inson kim va u nima uchun yaralgan deb har har birimiz o’zimizcha bir xulosa qilib ko’raylikchi. Avvalambor insonni Alloh taolo nimaga yaratgan. Shunga alohida to’xtalsak. Inson aqilliy, va shu aqli evaziga hayvonlardan farqlanuvchi tirik jonzoddir. Alloh taolo ham insonni barcha mavjudod ustidan hukumron qilib yaratdi. Va tabiatni insonlarga taqdim qildi. Har bir insonga aql va idrokni berdi. Mana shu jihatlari bilan inson hayvonlardan farqlanadi. Umuman olganda inson bu falsafa. Shu o’rinda bir savol tug’iladi. Xo’sh inson tabiatni saqlash va uni asrash uchun yaralgan bo’lsa hozir shunga amal qilyapdim? Menimcha yo’q umuman amal qilish juda ham past darajada. Hozirda insonlar tabiatni asrash o’rniga uni iflos qilish bilan ovvora bo’lishmoqda. Xo’sh bu aflozda davom etaversak bir kun kelib bizning bu ishlarimiz uchun tabiat ham bizni jazolamaydimi!? Shuni unitmasligimiz kerakki biz rabiatga qanday munosabatda bo’lsak shunga yarasha tabiat ham bizga javob qaytaradi. O’zim bir oddiy talabaman. Dars vaqtida o’tirganimizda talabalarni kuzatib achinib ketasan kishi. Bemani gaplar va sabsatta gaplar bilan baqir chaqir qilishib kelajakni umuman o’ylashmaydi. Kelajak mana shunday insonlar qo’lida bo’lsa unda nima bo’lishini bir tassavvur qilib ko’ringa. Ularning hech biri masuliyat his qilishmaydi. Bu gaplar shunchaki gap emas hammasi bor gap. Menimch buni har bir etiborli kishi anglay oladi. Aziz birodarlar barchamiz bir bo’lib Alloh bergan har bir nematni qadriga etaylik va uni avaylab asraylik. Inson har bir qilgan aqqilli ishlari bilan boshqa mavjudodlardan farqlanadi. Shuni unutmasak va Allohning bergan inomini asrasak nur ustiga a’lo nur bo’lardi aziz yurtdoshlar. 
Nom: Re: Inson kim va u nima uchun yaralgan?
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Sentyabr 2007, 18:53:37
Alloh taolo inoyat qilganlar. "œKimda kim mening bergan nematlarimning qadriga etmasa va uni poymol qilsa u albatta jazolanadi va uning joyi albatta do’zaxdir".

Nom: Re: Inson kim va u nima uchun yaralgan?
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Sentyabr 2007, 18:53:57
Oziga qilmas qanot
Ko’piga to’ymas odam
Har kuni noz-ne’mat ichra
Shukrini aytmas odam
Tansihatlik qadriniyu
Tinchlikda o’tgan bir damin
Bu saodatmand hayotin
Qadriga etmas odam
Omadu davlat so’rar
Alloh taolodan mudom
Bersa davlat birla baxtin
To’yganin bilmas odam
O’ziga qo’ygay bino
Hech kimsani qilmas pisand
Bu sinov dunyo erurkim
Aqliga kelmas odam
Na qarindosh, na qadrdon
Holidan hol so’rmagay
Oqibat birla vafoni
Qimmatin bilmas odam
Ota-ona ruhini