forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Ro'za => Mavzu boshlandi: Foniy 29 Sentyabr 2007, 15:36:58

Nom: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Foniy 29 Sentyabr 2007, 15:36:58
Assalomu alaykum!

Ro'za kitobi

Ro’za, qodir bo’lgan kishining niyat qilib, subhi sodiqdan kun botgungacha, qasddan yoki yanglishib yeb-ichishdan va jinsiy aloqadan tiyilishidir.

Ramazon ro’zasining farz bo’lish sababi

Ro’zaning farz bo’lish sababi ro’za tutiladigan oyda yo uning bir qismida hozir bo’lishdir. Ramazonning har bir kuni o’sha kunning ro’zasini tutish farz bo’lishining sababidir.

Hukmi va farz bo’lishining sabablari

Quyidagi uchta shart mavjud bo’lgan kishiga Ramazonning ro’zasini vaqtida tutish, agar tuta olmagan bo’lsa, uning qazosini tutish farz bo’ladi:
1. Musulmon,
2. Aqlli,
3. Balog’atga yetgan bo’lishi.

Ro’za tutishning vojib bo’lish shartlari

1. Ro’za tutishga mone’ bo’ladigan darajada og’ir kasal bo’lmaslik.
2. Hayzdan pok bo’lish.
3. Nifosdan pok bo’lish.
4. Muqim bo’lish.

Ro’za tutishning durust bo’lish shartlari uchta

1. Ro’za tutishni niyat qilish.
2. Ro’zani buzadigan amallar qilmaslik.
3. Hayzda, nifosda bo’lmaslik.

Rukni

Ro’zaning rukni qorin va jinsiy a’zolarning istagini yoki bularning istaklari hukmida bo’lgan ishlarni qilishdan, bajarishdan saqlanishdir.

Ro’za tutish natijasi

Farzni bo’ynidan soqit qilish va oxiratda ajr-savobga ega bo’lish.

UzIslamComdan olindi (http://uzislam.com/index.php?name=News&file=article&sid=87)
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Foniy 29 Sentyabr 2007, 15:45:57
Ro’zaning sifati va qismlari

Ro’za quyidagi qismlarga bo’linadi:
1. Farz.
2. Vojib.
3. Nafl.
4. Makruh.

1. Farz bo’lgan ro’za.
Ramazon ro’zasining adosi va qazosi, kafforat ro’zalari, nazr ro’zalari.

Izoh: Kafforat ro’za tutishni farz qiladigan asosiy holatlar: Ramazon ro’zasini bilib turib buzish, odam o’ldirish, zihor, ya’ni kishining o’z xotinini yoki uning bir a’zosini onasiga yoki onasining o’sha a’zosiga o’xshatishi. Bu uchta holat uchun tanaffussiz ikki oy ro’za tutish kerak. Qasamni buzgani uchun uch kun, hajda ihromda bo’lib ov qilsa, o’ldirilgan hayvon jinsiga ko’ra, turli miqdorda ro’za tutiladi.

2. Vojib ro’za
nafl niyati bilan tutilgan va keyinroq buzilgan ro’zalarning qazosidir.

3. Nafl ro’za. Muharram oyining to’qqizinchi kuni (yoki o’n birinchi kuni) va o’ninchi kuni ro’za tutish.
a) Har arabiy oyning uch kunida ro’za tutish.
Bu uch kun oyning kechalari oydin bo’lgan 13, 14, 15-kunlaridir.
b)Haftaning dushanba, payshanba kunlari ro’za tutish.
d) Shavvol oyida bo’lib-bo’lib olti kun ro’za tutish.
e) Tutilsa savob bo’ladi, deb hadislarda aytilgan ro’zalar. Dovud, alayhissalom, ro’zalari kabi (u kishi bir kun ro’za tutib, ikkinchi kun tutmas edilar). Bu nafl ro’zalarning eng fazilatlisi va Allohga xush keladiganidir.
Bu aytilgan ro’zalardan boshqa vaqti tayin bo’lmagan, makruhligiga dalil bo’lmagan ro’zalar ham bor.

4. Makruh ro’za
tanzihiy va tahrimiy makruh ro’zalarga bo’linadi. Tanzihiy makruh Muharram oyida to’qqizinchi yoki o’n birinchi kunlarini qo’shmasdan, faqat o’ninchi — Ashuro kuni tutilgan ro’zadir.
Tahrimiy makruh Ramazon hayiti va Qurbon hayiti, tashriq kunlari, faqatgina juma yoki faqatgina shanba kunida, Navro’z (21-mart) va Mehrjon (17-sentabr) bayramlari kuni ro’za tutishdir. Biroq Navro’z va Mehrjon ro’za tutishni odat qilgan kunlariga to’g’ri kelsa, u kunda ro’za tutishning karohiyati yo’qdir.
Ikki kun, o’rtada og’iz ochmay, birdaniga ro’za tutish, yil bo’yi ro’za tutish (tanzihiy) makruhdir.
Saharda niyat qilinishi shart bo’lmagan ro’zalar:
1. Ramazon kunlaridagi ro’za.
2. Vaqti tayin bo’lgan nazr ro’zasi.
3. Nafl ro’za.
Bu ro’zalarga sahardan to kun tikkaga kelishidan oldingi zuho vaqtigacha niyat qilsa bo’ladi.
Yana bu ro’zalarni, xoh musofir, xoh kasal bo’lsa-da, "œertaga ro’za tutaman" yoki "œnafl ro’za tutaman" deb niyat qilsa ham, ro’za durust bo’ladi.
Sog’lom va muqim kishi Ramazon ro’zasiga boshqa farz niyati bilan niyat qilsa-da, Ramazon ro’zasidan hisoblanadi. Ammo musofir bo’lsa (unga Ramazon ro’zasi farz bo’lmagani uchun) boshqa niyatda tutgan ro’zasi Ramazon ro’zasi o’rniga o’tmaydi. Chunki musofir qaysi niyatda ro’za tutsa, shu niyatdagi farz ro’zani ado etgan bo’ladi.
Bemor kishi Ramazon oyida boshqa farz ro’za tutishga niyat qilsa, tutgan ro’zasi Ramazondan yoki niyat qilgan boshqa farz ro’zadan hisob bo’lishi haqida ulamolar ixtilof qilganlar.
Vaqti tayin nazr ro’zani boshqa farz ro’za niyati bilan tutish durust emas.
Saharda niyat qilinishi farz bo’lgan ro’zalar:
1. Ramazon ro’zasining qazosi;
2. Ochilgan nafl ro’zaning qazosi;
3. Har qanday kafforat ro’za;
4. "œAlloh dardimga shifo bersa, bir kun ro’za tutaman", tarzidagi vaqti tayin bo’lmagan mutloq nazr ro’zasi.

UzIslamComdan olindi (http://uzislam.com/index.php?name=News&file=article&sid=100)
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Foniy 29 Sentyabr 2007, 15:49:00
Ramazon oyining ko’rinishi

Shubhali kun Ramazon qanday sobit bo’ladi?

1. Hilolning ko’rinishi bilan Ramazon boshlanadi.
2. (Osmon bulutli bo’lib) hilol ko’rinmasa, Sha’bon oyi 30 kunga to’lganidan so’ng Ramazon boshlanadi.
3. Yavmi shak (shubhali kun) Sha’bonning 29-kunidan so’ng kelgan va havo bulutli bo’lgani uchun Sha’bonning oxirgi kunimi yoki Ramazonning birinchi kunimi, aniqlab bo’lmaydigan kundir.
4. Yavmi shakda har turli ro’za makruhdir. Biroq niyat qilinganida taraddud ko’rsatilmay tutilgan nafl ro’za makruh emas. Ya’ni, bu kunda "œRamazonning birinchi kuni bo’lsa, Ramazon ro’zasi, bo’lmasa nafldir" tarzida niyat qilib ro’za tutmaslik kerak.
5. Nafl niyati bilan tutilgan ro’za shu kun Ramazon boshlangan bo’lsa, Ramazon ro’zasi hisobiga o’tadi.
6. Shak kunida taraddudli niyat bilan, ya’ni Ramazon bo’lsa, ro’zadorman, bo’lmasa ro’zador emasman, deb ro’za tutsa, bu Ramazon ro’zasi hisobiga o’tmaydi.
7. (Ramazondan oldin) Sha’bon oyining oxirida bir yoki ikki kun ro’za tutish makruhdir.
8. Ikki kundan ko’proq ro’za tutish makruh emas.
9. Muftiy shak kunida ommaning (niyat qilish muddati tugaguncha) niyat qilmasdan, (yeb-ichmay) kutishlarini, niyat qilish mumkin bo’lgan paytgacha ro’za (ya’ni bu kun Ramazondan ekanligi) aniqlanmasa, bu niyatsiz ro’zani ochishni buyuradi.
10. Muftiy, qozi va shak kunida niyat qilishni bilgan kishilar shak kuni ro’za tutadilar.

Oyni ko’rish

1. Kishi Ramazon yoki Shavvol oyini yolg’iz o’zi ko’rib, xabar bersayu, bu xabarni qabul qilinmasa, ko’rgan oyi Ramazonniki ekaniga qanoat hosil qilsa, ro’za tutadi.
2. Shavvol oyini aniq ko’rsa-da, ro’zani ochishi joiz emas.
3. Har ikki holatda keltirgan xabari qozi tomonidan rad qilinmasdan oldin ro’za tutmagan yo ochgan bo’lsa, bu kunlarni qazo qiladi, kafforat vojib bo’lmaydi.
4. Havo bulutli yoki chang bo’lgan paytda, to’g’riso’z kishining yoki mastur (na yolg’onchi van a to’g’riso’zligi ma’lum) kishining hilolni ko’rganlik xabari (qozi tomonidan) qabul qilinadi.
5. "œOyni ko’rganimga guvohlik (shohidlik) beraman", deyish shart emas.
6. Havo bulutli bo’lganida, ikki ozod erkak yoki bir ozod erkak ikki ozod ayol kishining, Shavvol hilolini ko’rish xabarini guvohlik lafzi bilan aytishi shart. Shunda ularning xabari qabul qilinadi.
7. Havo ochiq bo’lsa, Ramazon va Shavvol hilollarini ko’p kishilarning ko’rishi bu oylarning boshlanishiga shart qilinadi.
8. oyni ko’ruvchi kishilar miqdorini belgilash tegishli joydagi imomning vazifasidir.
9. Bir kishining guvohligi bilan tutilgan Ramazon ro’zasi 30 kun tutilsa ham, havo ochiq bo’lganida yangi oy, ya’ni Shavvol oyi ko’rilmasa, hayit qilinmaydi.
10. Ramazon kunlari to’lib, havo bulutli bo’lib turgan holatda, yakka kishi guvohligida boshlangan bo’lsa ham, hayit qilishning halolligiga ixtilof yo’qdir. Zulhijja hilolini ko’rish hukmi Shavvol hilolini ko’rish hukmi kabidir. Boshqa oylarning sobit bo’lishi uchun ikki to’g’riso’z erkakning yoki zino qilganlikda ayblanib, shar’iy jazo olmagan bir ozod kishi va ikki hur ayolning guvohligi shart.

Oy (hilol)

Bir o’lkada oy ko’rilishi, boshqa o’lkalarda ham ro’za tutishni farz qiladi. Fatvo shunga ko’radir. Ulamolarning ko’pchiligi shu fikrdalar. Tushdan oldin yo tushdan keyin ko’rilgan oy o’tgan kechaga emas, keyingi kechaga tegishlidir.

UzIslamComdan olindi (http://uzislam.com/index.php?name=News&file=article&sid=101)
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Foniy 29 Sentyabr 2007, 15:57:44
Ro’zani buzmaydigan narsalar

Ular yigirma uchtadir:
1. Ro’za tutganini unutib, taom yeyish.
Izoh: Payg’ambarimiz, sallollohu alayhi va sallam: "œRo’zador kishi ro’zasini esdan chiqarib biror narsa yeb qo’ysa, yegani Alloh bergan rizqidir, qazo qilmaydi", deganlar. Taom yeb turgan holatida ro’zadorligi esiga tushsa, yeyishni to’xtatadi, og’zidagi luqmani chiqarib tashlaydi. Ro’zasi esiga tushganida ham, yeyishda davom etsa yoki og’zidagi luqmani chaynayversa, bunga kafforat lozim bo’ladi. Ro’zadorning jinsiy aloqa qilishining hukmi shu kabidir.
2. Ro’zadorligini unutgan holda ichimlik ichish, jinsiy aloqa qilish.
3. Ro’zadorligini unutib ovqat yeyayotgan kishi iftorgacha chiday olmas darajada och yoki tashna bo’lsa, unga ro’za tutgani eslatilmaydi. Iftorgacha sabr qilishga kuchi yetishi aniq bo’lsa, ro’zadorligi eslatiladi.
4. Erkak yoki ayolning shahvat qo’zg’aydigan joyga tikilib qolib, shahvat suvi chiqishi.
5. Shahvat qo’zg’ovchi narsalarni (uzoq) o’ylab qolib, shahvat suvi chiqishi.
6. Sochga yog’ (rang) surish.
7. Surma qo’yish yoki ko’zga rang surish, garchi surilgan narsaning ta’mi sezilsa ham.
8. Qon oldirish.
9. G’iybat qilish.
10. Ro’zani buzishga niyat qilib, buzmaslik.
11. O’zi xohlamagan holda tutun yutishi.
12. Tegirmon (un) changi bo’lsa ham, tomoqdan o’tishi.
13. Tomoqdan pashsha yoki chivin o’tib ketishi.
14. Og’izda qolgan biror narsaning ta’mini tupugi bilan yutish.
15. Ertalab ehtilom bo’lib uyg’onish, hatto kechqurungacha junub holida qolsa ham.
16. Zakariga yog’ surish.
17. Quloqdan suv kirib ketishi.
18. Qulog’ini kavlagan cho’pdagi kirni olib, yana shu cho’p bilan quloq kavlash.
19. Burun suvini (manqa) tortib, ichga yutish.
20. Og’iz to’la kelib, keyin ichga qaytib ketgan qusuq.
21. Barmog’ini tomog’iga tiqib og’iz to’lmaydigan holda qusish.
22. Tishlar orasida qolgan no’xotdan kichikroq narsani yutish.
23. Og’izga sedana, kunjut kabi kichik narsalarni solib, ta’mi yo’qolib ketgunicha yutmay chaynash.

UzIslamComdan olindi (http://uzislam.com/index.php?name=News&topic=10)
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Foniy 29 Sentyabr 2007, 16:00:30
Ro’zani buzib, qazo va kafforatga sabab bo’ladigan holatlar

Quyidagi 22 harakatni o’z xohishi bilan qasddan qilgan kishining ro’zasi buziladi, unga ham qazo, ham kafforat vojib bo’ladi.
1. Jinsiy aloqa qilish yoki xoh ayol, xoh erkakning orqa yo’lidan qo’shilish. Sherigiga ham qazo va kafforat vojib bo’ladi.
2. Xoh oziq, xoh dori bo’lsin deb biror narsa yemoq.
3. Xoh oziq, xoh dori bo’lsin deb biror narsa ichmoq.
4. Og’izga kirgan yomg’ir (qor) tomchisini bila turib yutmoq.
5. Xom go’sht (hidlangan, achigan) bo’lsa ham yeyish, kishini ijirg’antiradigan darajada qurt bosgan go’sht bundan mustasno, chunki ozuqalik belgisi yo’qolgani uchun, yeganning ro’zasi buziladiyu, kafforat vojib bo’lmaydi.
6. Mol charvisi yog’ini yeyish.
7. Qovurilgan go’sht yemoq.
8. Bug’doy donasini og’izga solib chaynab, yutish.
9. Bug’doy donasini tish bilan maydalab, yeyish. Biroq bir dona bug’doy chaynalaverib, erib ketib tomoqdan o’tsa, ro’za buzilmaydi, kafforat vojib bo’lmaydi.
10. Bug’doy donasini og’izga solib yutish, og’izga kunjut solib yeyish.
11. Bug’doy, kunjut kabilardan bir necha donalarni yeyish.
12. "œArmaniy tuprog’i" deb ataluvchi (ilgarilari dori sifatida foydalanilgan) tuproqni yeyish.
13. O’zi yeb o’rganib qolgan tuproq yo kesakni yeyish.
14. Tuz yeyish.
15. Xotinining yoki suygan kishisining tupugini yutish.
16. G’iybat qilib, keyin ro’zam buzildi, deb narsa yeyish.
17. Qon oldirganidan so’ng, ro’zam ochildi deb, biror narsa yeyish.
18. Erkak va ayolning shahvat bilan jinsiy a’zolarini bir-birlariga tekkazib (inzol, jinsiy aloqa hosil bo’lmasdan), keyin ro’za ochilganini o’ylab, biror narsa yeyishlari.
19. Erkak vqa ayolning shahvat bilan (inzol bo’lmasdan) o’pishishganidan keyin, ‘ro’za ochildi’ deb o’ylab, biror narsa yeyishlari.
20. Shahvat bilan quchoqlashganidan keyin, "œro’za ochildi" deb o’ylab, taom yeyish.
21. Mo’ylovini yog’laganidan so’ng, ro’za ochildi deb taom yeyish.
16-, 17-, 18-, 19-, 20-bandlarda kelgan masalalarda kishi bir fiqh olimining fatvosiga tayanib yoki hadisning sharhini bilmagani uchun (noto’g’ri tushunib) ro’zasini ochsa, kafforat lozim bo’lmaydi. Agar kishi hadis sharhini bilsa ham ro’zasini ochsa, kafforat vojibdir. Majbur holda, ya’ni erkakka bo’ysunib jinsiy aloqada bo’lgan ayolga ham kafforat vojib bo’ladi.

UzIslamComdan olindi (http://uzislam.com/index.php?name=News&file=article&sid=120)
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Foniy 29 Sentyabr 2007, 16:03:23
Kafforatni bekor qiluvchi holatlar

Ro’zasi ochilib, kafforat qilishi kerak bo’lgan kunda kishi ro’za ochishni muboh qiladigan kasallikka uchrasa, ayol hayz yoki nifos ko’rsa, kafforat bekor bo’ladi.
Kafforat lozim bo’lgan kishi (shu kunda) majburiy safarga chiqadigan bo’lsa, kafforat bekor bo’lmaydi.

Ro’za kafforati

Kafforat lozim bo’lgan kishi, musulmon bo’lmasa ham, bitta qul ozod qilishi, bunga kuchi yetmasa, tanaffussiz, ro’za hayit va Qurbon hayitlari bo’lmagan vaqtda ikki oy ro’za tutishi, agar bu tartibda ro’za tuta olmasa, bir kunda ikki bor: ertalab va kechqurun (yo kechqurun va saharda) 60 faqirning har biriga yarim so’ bug’doy yoki un yoki qovurilgan un yoki bir so’ xurmo yoki bir so’ arpa yoki bulardan birining qiymatini (pulini) bersa ham bo’ladi.

Kafforatlarning birlashuvi

Bir kishi yeb-ichish sababi bilan bir necha kunning ro’zasini ochsa, bu kunlar ikki Ramazondan bo’lsa ham, ularning hammasi uchun bitta kafforat yetarlidir. Faqat kafforatini o’tab, so’ng yana kafforat lozim ish qilsa, kafforat qayta vojib bo’ladi.
Quyidagi hollarda ro’za ochiladi, kafforat lozim bo’lmaydi.
1. Xom guruch yemoq.
2. Xamir yemoq.
3. Oddiy un yemoq.
4. Og’izga bir hovuch tuz solib, yemoq.
5. Loy yemoq.
6. Danak yemoq.
7. Paxta yemoq.
8. Qog’oz yemoq.
9. Xom behini pishirmay yemoq.
10. Pishmagan xom yong’oq yemoq.
11. Shag’al yutish.
12. Temir yutish.
13. Tuproq yutish.
14. Tosh yutish.
15. Ukol qildirish.
16. Burunga dori quyish.
17. Tomoqdan bir narsa oqizish.
18. Quloq teshigidan yog’ yoki suv tomizish.
19. Qorin ustiga yoki boshqa yerga dori sursa, dorining badanga singib, oshqozonga borishi.
20. Boshga surilgan dorining dimog’iga yetishi.
21. Og’ziga kirgan yomg’ir tomchisining ichga ketishi.
22. Og’izga kirgan qor tomchisining ichga ketishi.
23. Tahoratda og’iz chayganida, ichiga suv ketib qolishi.
24. Zo’rlanib, jinsiy aloqaga majbur bo’lib, ro’za ochilishi.
25. Erkak tomonidan ayolning jinsiy aloqaga majburlanishi (faqat ayol uchun, erkakka qazo va kafforat lozim).
26. Xoh qul, xoh nikohli ayolning ish paytida kasal bo’lib qolishdan qo’rqib ro’zasini ochishi.
27. Ro’zador uxlayotganida boshqa kishining og’ziga suv quyishi.
28. Ro’zadorligini unutib yeb-ichgan kishi ro’zasi esiga tushsa ham yeb-ichishda davom etishi.
29. Ro’zadorligini unutib jinsiy aloqada bo’lib, so’ng yana qasddan aloqa qilishi.
30. Saharda niyat qilmasdan, kunduzi niyat qilib, keyin ro’zasini ochishi.
31. Musofirning iqomatni niyat qilgach, iftordan oldin biror narsa yeyishi.
32. Muqimning saharda niyat qilib, safarga chiqqach, biror narsa yeyishi.
33. Na ro’za tutishga van a tutmaslikka niyat qilmay kechgacha (och, suvsiz) yurish.
34. Bomdod vaqti kirganida, hali subhi sodiq bo’lmadi, deb o’ylab, saharlik qilish.
35. Subhi sodiq kirganida hali tong bo’lmadi, deb o’ylab jinsiy aloqa qilish.
36. Quyosh botmay, iftor vaqti bo’ldi deb, iftor qilish.
37. Jirkanch va og’ir gunoh bo’lsa ham, o’likka yaqinlik qilib, maniy chiqishi.
38. Hayvonga yaqinlik qilib, maniy chiqishi.
39. Ayolning soniga, qorniga surkalib, inzol bo’lishi.
40. O’pishganida ehtilom bo’lishi.
41. Er-xotinning tanosil a’zolarini bir-biriga tekkizib, ehtilom bo’lishi.
42. Ramazon ro’zasidan boshqa har qanday ro’zani ochish.
43. Uxlayotgan payti jinsiy aloqa qilingan ayol (erkakka kafforat vojib bo’ladi).
44. Ayolning tanosil a’zosiga har qanday maqsad bilan suyuqlik tomizish.
45. Ho’l barmoqni anal teshigiga tiqish.
46. Yog’li barmoqni anal teshigiga tiqish.
47. Ayolning ho’l yoki yog’li barmog’ini tanosil a’zosi ichiga tiqishi.
48. Anal teshigiga paxta kabi narsani kirib ketgunicha botirish.
49. Ayolning paxta kabi narsani tanosil a’zosining ichiga kirgizishi.
50. O’zi xohlab (qasddan) tomog’idan tutunni o’tkazishi (ya’ni undan nafas olishi).
51. Og’iz to’lmagan holda bo’lsa ham, o’zini zo’rlab qusish.
52. Og’iz to’lib kelgan qusuqni ro’zadorligini bilib turib, qaytarib (ichiga) yutish.
53. Tishlar orasida qolgan no’xat donasi hajmidagi narsani yeyish.
54. Kunduz niyat qilishdan oldin, unutib, biror narsa yeganidan so’ng niyat qilish.
55. Ramazon oyi ichi bo’lsa ham, kishining hushdan ketishi. Biroq kishi kunduzi yoki kechasi hushdan ketganida shu kunning ro’zasini qazo qilmaydi.
56. Ramazon oyining ba’zi qismida jinni bo’lib qolish. Biroq (jinni bo’lib qolgan kishining) kecha yoki kunduzning niyat qilish muddatidan keyin aqli kirsa, o’sha kungi ro’zaning qazosini tutmaydi.

UzIslamComdan olindi (http://uzislam.com/index.php?name=News&file=article&sid=122)
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Foniy 02 Oktyabr 2007, 15:04:31
Ro’zadorga nima makruh va nima makruh emas

Makruh amallar

1. Tatib ko’rish.
2. Zarurat bo’lmasa-da, bir narsani chaynash.
3. Og’izga ta’m beradigan hech qanday moddasi bo’lmagan saqich chaynash.
4. Jinsiy aloqaga mayl qilishidan amin bo’lmagan paytida o’pishish.
5. Jinsiy yaqinlik qilishdan o’zlarini tiyib qolishga ishonchlari bo’lmasa ham, (er-xotinning) a’zolarini bir-birlariga tekkizishlari.
6. Og’izni tupukka to’ldirib yutish.
7. O’tkir nashtardek narsa bilan qon oldirish kabi holdan toydiradigan bir amal qilish.

Makruh bo’lmagan amallar

1. Jinsiy aloqaga mayl qilishdan amin bo’lgan holatda o’pishish.
2. Er-xotinning ana shunday amin holatda o’pishishlari.
3. Mo’ylabni yog’lash.
4. Ko’zga surma qo’yish.
5. Holsizlanish yoki quvvatdan ketib qolishdan amin bo’lsa, qon oldirish.
6. Tushdan keyin misvok ishlatish (xoh tushdan oldin, xoh keyin, xoh ho’l, xoh quruq misvok ishlatish sunnatdir).
7. Og’izni chayish.
8. Burunni chayish.

Ro’zadorga mustahab bo’lgan amallar

1. Saharlik qilmoq.
2. Tong otishiga yaqinroq paytda saharlik qilish.
3. Havo ochiq kunlarda iftorni kechiktirmaslik.

UzIslamComdan olindi (http://uzislam.com/index.php?name=News&file=article&sid=124)
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Foniy 02 Oktyabr 2007, 15:10:48
Ro’za tutmaslik uchun sabab bo’ladigan uzrlar

Uzr (yoki ariza) kishini ro’za tutishdan to’xtatdigan omildir. Ro’za tutmaslikka uzr va ro’za ochilsa gunoh bo’lmaydigan omillar sakkiztadir: kasallik, musofirlik, ro’za tutmaslikka majburlanish, homiladorlik, emizuvchi ayol, ochlik, suvsizlik, o’ta qarilik.
1. Bemor odam kasalligi kuchayishidan yoki tuzalishi kechikishidan qo’rqsa.
2. Homilador ayol qornidagi bolaning tushib qolishidan yoki o’zining o’lib qolishidan yoki kasal (betob) bo’lib qolishidan qo’rqsa.
3. Emizuvchi ayol o’zi yoki emizayotgan bolaning kasal yoki aqli zaif bo’lib qolishidan qo’rqsa. Bola o’z farzandimi yoki boshqa kishining bolasimi, farqi yo’q. bu mavzuda qo’rquv o’tmish tajribasidan chiqqan xulosaga yoki to’g’riso’z mutaxassis va musulmon shifokorning tavsiyasiga asoslanadi.
4. Kishining o’limga sabab bo’ladigan suvsizlikka duchor bo’lishi.
5. Kishi o’limiga sabab bo’ladigan shiddatli ochlikka duchor bo’lganida ro’zasini ochishi joizdir.

Musofirlik uzri

Tong otmasdan yo’lga chiqqan yo’lovchi (musofir) ro’za tutmasligi joiz, biroq hamrohlarining ko’pchiligi ro’zador bo’lsa va ozuqalarini baham ko’rishsa, ro’za tutishi fazilatliroq. Hamrohlari ro’za tutmasa va uning ro’zadorligi boshqalarga malol kelsa, ro’za tutmagani yaxshi.

UzIslamComdan olindi (http://uzislam.com/index.php?name=News&file=article&sid=125)
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Foniy 05 Oktyabr 2007, 16:08:28
Vasiyat va qazo (o’lim)

Bemorlik, musofirlik va shunga o’xshash sabablar bois ro’za tutolmagan hamda uzri tugamasdan o’lgan kishiga tutolmagan ro’zalari uchun kafforat berishni vasiyat qilish vojib emas.
Uzrli bo’lganlari uchun ro’za tutolmagan, uzrlari tugagach, ya’ni bemor tuzalgach va musofir muqim bo’lgach, tutolmagan kunlarining qazosini (bir kuniga bir kun) tutadilar.
Qazo ro’zalarni tanaffussiz tutish shart emas.
Qazo ro’zasini tutib bo’lmay, keyingi Ramazon oyiga kelsa, qazoni to’xtatib, farz ro’zani tutadi va qazoni tutmagani uchun fidya bermaydi (qazoni keyin tutib beradi).

Qarilik kafforati

Ro’za tutolmaydigan darajada qari, quvvatsiz bo’lgan chol va kampirlarning ro’za tutmasliklari joiz. Biroq ular bir kunga yarim so’ bug’doy miqdorida fidya beradilar. Davolash imkonsiz bo’lgan kasallikka chalinganlar ham o’ta qari kishilar hukmidadir, ular ham farz ro’za uchun fidya berishlari mumkin.

Umr bo’yi ro’za tutishni nazr qilish

Umr bo’yi ro’za tutishni nazr, ahd qilgan kishi ro’zg’or tashvishlari bois bu nazrni bajarolmasa, ro’za tutmaydi, balki o’rniga fidya beradi. Faqir bo’lgani tufayli fidyaga qodir bo’lmasa, istig’for qiladi.

Kafforatni to’lashdan ojiz bo’lsa

Qari odam qasam ichib, qasamini buzsa yoki odam o’ldirsa va buning kafforatini to’lash uchun ozod qilishga qul topa olmasa yoki kafforat ro’zasini tutmay, umrining qarilik kunlariga qoldirgan bo’lsa, fidya joiz emasdir. Chunki fidya Ramazon ro’zasi uchundir.

UzIslamComdan olindi (http://uzislam.com/index.php?name=News&file=article&sid=128)
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Foniy 08 Oktyabr 2007, 10:52:46
Nafl ro’za

Nafl ro’za tutgan kishi hech bir uzrsiz, qazosini tutish sharti bilan ro’zasini buzishi mumkin. Ziyofat, uni berganga, taklif qilinganga ro’zani buzish uchun uzrdir.
Zero, bu holatda ro’za ochish ko’p savobli bo’lishi aytilgan.
Izoh: Payg’ambarimiz, sallollohu alayhi va sallam: "œkimki ziyofatga chaqirgan dindosh birodarining ko’nglini sindirmasdan, tutgan ro’zasini buzsa, amal daftariga ming yillik ro’za savobi yoziladi. Agar do’sti uchun buzgan nafl ro’zasining qazosini tutsa, ikki ming yillik ro’za savobi yoziladi", deb marhamat qilganlar.

Nafl ro’zasining qazosi

Nafl ro’zani, qanday sabab bo’lishidan qat’i nazar, buzgan kishi, albatta, qazosini tutishi kerak. Biroq ikki hayit va tashriq kunlari jami besh kun tutilgan nafl ro’za buzilsa, qazo tutish lozim bo’lmaydi (chunki bu kunlarda ro’za tutish haromdir).

Bajarilishi shart bo’lgan nazr qilingan namoz va ro’za

Quyidagi uch shart bo’lsa, nazrga vafo qilish lozimdir.
1. Nazr qilingan amal vojib amal bo’lsin.
2. Nazr qilingan amal vasila, ya’ni tahorat kabi bir amal uchun shart bo’lgan amal bo’lmasin.
3. Nazr qilingan amal aslida adosi farz bo’lgan amal bo’lmasin, besh vaqt namoz, Ramazon ro’zasi kabi.
Binobarin, bemorni ziyorat qilishni, tilovat sajdasi qilishni, tahorat qilishni nazr qilish bilan ularning adosi lozim bo’lmaydi.
Qul ozod qilishni, e’tikofga kirishni, nafl namoz o’qishni, nafgl ro’za tutishni nazr qilishi durust.
Bir shartga bog’liq bo’lmagan yoki shartga bog’liq bo’lgan (ya’ni, "œog’lim harbiy xizmatdan qaytsa, qo’y so’yaman" kabi) nazr shart sodir bo’lganida bajarilishi lozimdir.
Ikki hayit kunlarida ro’za tutishni nazr qilish durustdir. Faqat tutsa, u kunlarda tutmay, boshqa kunda tutish kerak. U kunlarda tutsa nazr bajariladi, ammo ro’za tutgan gunohkor bo’ladi.
Nazr aynan belgilangan vaqtda, makonda, pulda, aytilgan kambag’aldan boshqa vaqtda, makonda, pulda va boshqa kambag’alga berilsa ham nazr ado etilgan bo’ladi. Ya’ni:
— Sha’bon oyida ro’za tutishni nazr qilib, Rajab oyida tutish;
— Makkada o’qishni nazr qilgan ikki rakat nafl namozni Misrda o’qish;
— tayinlangan pulning o’rniga (o’sha miqdorda) boshqa pulni sadaqa qilish;
— faqir Ubaydullohga atalgan nazrni kambag’al Abdullohga berish joizdir.
Nazr qilish shartga bog’liq bo’lganida, shart sodir bo’lmasidan oldin ado etilsa, o’ringa o’tmaydi.

UzIslamComdan olindi (http://uzislam.com/index.php?name=News&file=article&sid=130)
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Foniy 08 Oktyabr 2007, 10:56:22
Fitr sadaqasi

Fitr sadaqasi badavlat musulmonning Ramazon hayitida zakot berilishi joiz bo’lgan kishilarga beradigan sadaqasidir.
Fitr sadaqasini Payg’ambarimiz, sallollohu alayhi va sallam, tomonlaridan hijratning ikkinchi yili, faqirlarga berish buyurilgan.

Hikmati

1. Ramazon hayitidek ulug’ kunda faqirlarni tilanchilik qilish iztirobidan qutqarish;
2. Barcha musulmonlar shod-xurram bo’lgan mana shunday ulug’ bayram kuni, faqirlarni ham xursandchilik va farog’atga erishtirish.
3. Ro’za tutib, vujudini poklagan kishining molini ham poklashi.
4. Ro’za davomida, ehtimol, yo’l qo’yilganba’zi xatolarining to’g’rilanishi.

Rukni

Oluvchi kishining fitr sadaqasini shaxsiy mulkiga aylantirishi.
Sababi kishining qaramog’ida boqishga majbur va mas’ul bo’lgan kishilarning mavjudligidir. Ya’ni, odam o’zi, kichik va faqir farzandlari, xizmatkor quli, mudabbari (xo’jayini o’lganidan so’ng ozod bo’lishi xususida xo’jayini bilan shartnoma tuzgan quli), ummi valadi (xo’jayinidan farzand ko’rgan joriya) uchun fitr sadaqasi berishi lozim.

Vojib bo’lishning shartlari

Fitr sadaqasi beradigan kishi musulmon va hur bo’lishi, zaruriy ehtiyojlardan ortiqcha nisob miqdoridagi mulkning ko’payuvchi bo’lishi yoki oradan bir yil o’tgan bo’lishi shart emas.

Vojib bo’lishining vaqti

Ramazon hayitining birinchi kuni tong otishi bilan fitr sadaqasini berish vojib bo’ladi. Bu vaqtdan avval vafot etgan yoki faqir bo’lib qolgan, (tong otganidan) so’ng musulmon bo’lgan, tug’ilgan yoki badavlat bo’lgan kishining fitr sadaqasi berishi shart emas.
Fitr sadaqasini hayit kunidan avval yoki keyin berishjoizdir, hayit namoziga chiqmasdan avval berish mustahabdir. Fitr sadaqasining berilishi vojib bo’lgach, mulkning yo’qolishi fitr sadaqasi berish majburiyatini bekor qilmaydi.

Fitr sadaqasini berish joiz bo’lgan narsalar

Quyidagi to’rt (xil) narsadan fitr-sadaqasi berish mumkin: bug’doy, arpa, xurmo, mayiz.

Fitr sadaqasining vojib bo’lgan miqdori

Bug’doydan, bug’doy unidan yoki qovurilgan bug’doy unidan yarim so’ — 1.664 kg, xurmo va mayizdan bir so’ yoki 3.328 kg berilishi lozim.
Bu narsalarning qiymatini berish joiz va faqirlarga foydaliroq bo’lsa, yanada fazilatlidir.

UzIslamComdan olindi (http://uzislam.com/index.php?name=News&file=article&sid=131)
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Foniy 10 Oktyabr 2007, 10:23:23
E’tikof

Erkaklar jamoat bilan besh vaqt namoz o’qiladigan amaldagi jome’ masjidida e’tikof (ibodati) niyati bilan e’tikofga o’tiradilar. Besh vaqt jamoat bo’lib namoz o’qilmaydigan masjidda e’tikof niyatida o’tirish sahih emas. Ayolning e’tikof o’rni uyning namoz o’qiladigan joyi yoki burchagidir.

E’tikof turlari

E’tikofning hukmiga ko’ra, uch turi bor:
1. Nazr qilinganida vojib.
2. Muakkad (kifoya) sunnat. Ramazonning so’nggi o’n kunida ba’zi musulmonlarning bajarishi bilan boshqalardan soqit bo’ladigan sunnat.
3. Bu ikkisidan boshqasi mustahab.
Ro’za faqat nazr qilingan e’tikofning shartidir. Nafl e’tikofning vaqti va muddati tayin emas, qisqa bir muddat e’tikof niyati bilan masjidda yurish ham e’tikofdir.
4. Kechalarni istisno qilib, faqat kunduzlari e’tikof o’tirishni niyat qilish joizdir.
5. Agar kishi bir oy e’tikofni nazr qilib, bunda faqat kunduzlari yoki faqat kechalarini qalbida niyat qilsa, tili bilan aytmaguncha, qalbida qilgan niyati durust bo’lmaydi.

E’tikofning mashru’ligi (joizligi)

E’tikof Kitob va sunnat bilan mashru’ bo’lgan. Ixlos bilan ado e’tilgan e’tikof amallarning eng sharaflilaridandir. E’tikofga kiruvchi o’z qalbini dunyo ishlari, o’ylari, tashvishlaridan to’xtatib, nafsini mavlosiga taslim qiladi. Islom olimlaridan Atoulloh (Alloh rahmat qilsin) deydilar: "œE’tikofga kiruvchi katta darvoza oldida bir iltijo yoki tilak so’rab, yolvorib kutgan, Rabbim meni afv etmaguncha, bu eshikdan ketmasman, demoqchi bo’lgan kishi kabidir".

"œRamazon saboqlari" turkumida berilgan maqolalar Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy va Abu Zayd Shibliyning "œNurul izoh" kitobidan olindi. Toshkent. "œMovarounnahr" nashriyoti, 2003-y.

UzIslamComdan olindi (http://uzislam.com/index.php?name=News&file=article&sid=133)
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:16:43
Ramazonni bolalar uchun o’zgacha o’tishini ta’minlashning
13 usuli.

1. Oilada Ramazon to’g’risida suhbatlar o’tkazing

Ramazondan bir hafta oldin oilada suhbat uyishtiring, Ramazon nima ekanligini, yangi oy korinishi bilan boshlanishini, Musulmonlar nima qilishi va oilaviy kun tartiblar qay holatda o’zgarishini tushintiring. Hamda ushbu oyda kim nima qilishni hohlashi to’grisida maslahatlar so’rang. Misol uchun, biror joyga sayohatga chiqishni hohlashadimi, biror mahsus taom yeyishni hohlashadimi, yoki shunga o’hshash.     
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:16:54
2. Oyni sharlar, plakatlar va bezaklar bilan kutib oling

Bayram kayfiyati bilan "œRamazon Muborak" deng: sharlar, katta plakatlar va bezaklar bilan uylarni bezang. Bezash ishlarida bolalarni yordami va tavsiyalaridan foydalaning, ular ham bu ishda qatnashayotganini his qilishsin.
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:17:07
3. Har kuni uhlash oldidan Ramazon to’g’risida hikoyalar so’zlab bering

Hikoyalar so’zlashda faqat bolalarni Ramazon to’g’risidagi kitoblar bilan cheklanib qolmang. O’zingizni yoshligingizda Ramazon qanaqa bo’lganligi haqida gapirib bering. Farzandingizni bosh qahramon timsolida Ramazon haqida hikoyalar to’qib berishingiz ham mumkin!
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:17:19
4. Bolalar ham kunning ma’lum bir qismigacha ro’za tutishiga yo’l qo’yib  bering 

Kichkintoylar ham o’zlarini ota onalari va aka opalari kabi ro’za tutishni hohlaydilar. Ushbu yilda ularga ham ma’lum bir soatga ro’za tutishga sharoit qilib bering. Ularga o’zlari yoqtirgan ovqatladan og’iz ochishlari uchun mahsus "œIftorlik" tayyorlab bering.
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:17:31
5.  Sinfdoshlari uchun Ramazon sovg’alari (haltachlarda) uyishtiring

Ramazon Muborak deb yozilgan sovg’a (haltacha)larini uyishtirib sinfda tarqatish uchun o’qituvchi ruhsatini oling. Haltachalarni qant, kichkina o’yinchoqlar hamda qisqa qilib Ramazon nima ekanini izohlo’vchi ochitqichlar(otkritkalar) bilan to’ldiring. Haltachalarni farzandingiz o’zi sinfdoshlariga tarqatib bersin.
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:17:44
6. Uyda Ro’zaga oid kichkina o’yinchoqlar va sovg’achalar yasang.

San’at Ramazon togrisida o’rganishni eng yahshi yo’li. Bollaga oyni har hil shaklda yasashni va qaysi shaklda yangi oy boshi, qaysi shaklda o’rtasi va qaysi shaklda ohiri ekanini ko’rsating. Iftorlik uchun o’zlarini sevimli ovqatini tayyorlashda ularni ham jalb qiling.
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:17:58
7. Farzandlaringizni dostlarini FAQAT BOLALAR IFTORIGA taklif qiling.

Farzandingiz mehmonlar royhatini va dasturhonga nimalar tortiq qilinish royhatini tuzsin. Hamda, ularni o’zlarini iftorlikka tortiladigan taomlarni tayyorlashda yordamga jalb qiling. Bunda bollani o’zlari uddalay oladigan taomlar pishirishlari yoki dasturhon tuzatishga yordamlashishlari mumkin. 
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:18:09
8. Iftorga opodadalari yoki mahalla keksalarini taklif qiling

Hamma eb bolgandan song hikoya sozlash qismini uyishtiring, bunda mehmonlar yoshliklarida Ro’za qanday bo’lgani haqida ta’riflab berishadi. Ulardan chuqurroq ta’rif keltirishini iltimos qiling. Iftor vaqti qanday e’lon qilinardi? Bazi mamlakatlarda nog’oralar chalinar edi, bazi joylarda esa og’zaki baland karnaylarda aytilardi. Qanaqa taomlar iste’mol qilinardi? Ro’za vaqtida qanaqa o’yinlar o’ynalardi?

Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:18:21
9. Ramazon 2006 albomi (rasmlar albomi) yasang

Saharlik va Iftorlik vaqtida, ro’za tutgan hollarida, bezaklar bezayotganda har bir kishini ko’plab suratga tushiring (bu yog’i endi kongil yozishlik) va ularni Ramazon foto albomida saqlang, bunda har hil qiziqarli stikerlardan ham foydalaning. Har bir bola o’zi yoqtirgan uchta esta qolarli rasmlarini albomga qoshing.
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:18:36
10. Beva-bechoralarni eslang
Farzandingizni beva-bechoralarga yordamlashishga rag’batlantiring, ularga tanishlar orasida bechoralar bo’lsa ularga yordam qo’lini cho’zish kerakligi haqida tushuntiring. Sizning hayotingiz yahshi ekanligiga Allohga hamd sanolar aytish kerakligini hamda Allohning sinovi ekanligini tushuntiring. Birgalashib muhtoj oilalarga yoki yetim honalarga yoki qariyalar uyiga borib yordam bering.     
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:18:48
11. Uyda Ramazon ochitqichlari(atkritkalar)ini tayyorlab ularni jo’nating

Ro’za boshlanishidan oldin Ramazonga oid o’yinchoqlar va atkritkalar yasayatganda Ramazon Muborak atkritkalarni ham yasab, ularni katta buvilarga, amaki — tog’alarga, amma-holalarga jo’nating. Iloji boricha atkritkalarni vaqtida jo’nating!     
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:19:01
12. Ramazon to’g’risida ashulalar tinglang va oyat hadislar yodlang

Bolalarni oyin vaqtlarida yoki dam oladigan vaqtlarida odatiy bolgan narsalarni tohtatib biror Ramazonga oid Ingliz tilida yoki O'zbek tilidagi qoshiq va kuylardan koyib bering. Ramazon davomida Quron yodlashga kuproq jalb qiling hamda Ramazonga, ro’zaga oid hadislar yodlating. Arabcha yodlata olmasangiz ma’nosini yodlating, bir qanchasini bu yerdan topishingiz mumkin. 
Nom: Re: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 17:21:53
13. Bolalarni Tarovih namoziga birga olib chiqing

Ular ham Musulmon jamoasini a’zosi ekanini bilishsin. Jamoat namozichalik Jamoat ruhini bera oladigan narsa yoq. Bolalarni juma va shanba kunlari Tarawih namozlariga olib boring, ularni uy vazifalariga ham zarar qilmaydigan kun. O’zligi yig’ib qo’ygan pullaridan bo’lsa ularni olishga hamda o’z pullaridan sadaqa berishga ham rag’batlantiring, faqat bola buni tushungan holda o’z ihtiyori ila berishi kerakdir.

 

 

Tarjima va o'zbeklashtirish : http://www.bolajon.com

Manba'a : Sound Vision
Nom: Javob: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: MirzoMuhammad 01 May 2019, 16:36:16
Фазилатлар ойи
Аллоҳ таолога беҳисоб шукурлар бўлсинки, яна бир бора Рамазон ойининг бўсағасига етишлик шарафига муяссар қилиб турибди. Бу ойни мўминлар ўн бир ой давомида интиқлик билан кутади десак муболаға бўлмаса керак. фикримизнинг далили учун айтишимиз мумкинки, ҳар йили Рамазон ойининг охирги кечасида келгуси йилнинг Рамазон ойига ҳам соғ-саломат, покиза имон-эътиқодда етказишини сўраб дуолар қиламиз.
Рамазон ойи шунчалар интиқлик билан кутиб олишга муносиблиги ҳам айни ҳақиқат. Чунки бу ой шунчалар фазилатларга тўла-ки, салкам ўн беш асрдан буён бу ҳақа қанчалар ёзилмоқда ва иншооллоҳ, қиёматга қадар Рамазон таърифи тугамагай.
Бу ой бошиан охир фазилат. Жумладан шу ойнинг рўзаси, таровеҳ намозлари, Қуръон хатмлари, қадр кечаси ва барча ибодатлар учун кўплаб ажру-савоблар ёзилиши, булар ҳамма-ҳаммаси фазилат устига фазилат эрур.
Рўзаорларнинг саҳарлиги ҳам, ифторлиги ҳам ибодат. Жаноб Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳуга шундай насиҳат қилганлар:
“Эй, Абу Ҳурайра! Рўза тутганингда бепарво бўлиб ифтор қилишни кечиктирма. Умматимнинг xайрлиси вақти кириши билан ифторини кечиктирмаганидир. Албатта, саҳарга турсанг, саҳарлик қилишга, таомланишга бепарво бўлма. Чунки саҳарда қанча раҳмат ва барокат бор.
Умматимдан рамазон рўзасини мукаммал тутганларнинг мукофотини Аллоҳ ўз фазл ва карамидан берадики, бунинг ўлчови ва буюклигини ҳеч ким билмайди”.
Анас разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалам шундай деганлар:
“Саҳарлик қилинглар, чунки саҳарликда барака бордур” – деганлар (Бухорий ва Муслим ривоятлари)   
Амр ибн Ос разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда эса
“Бизнинг рўзамиз билан Китоб аҳли(яҳудий ва насронийлар)нинг рўзалари орасидаги афзаллик саҳарда овқатланишликдур” – деганлар (Муслим ривояти)   
Мусо (соллаллоҳу алайҳи васаллам) Раббига муножот қилиб:
«Эй Раббим! Бирор бандангни мeни икром қилганингчалик икром қилганмисан? Ахир, Сeн мeнга ўз каломингни эшиттирдинг", дeдилар. Шунда Аллоҳ:
«Эй Мусо! Мeн сeн билан гаплашган вақтимда ўртамизда етмиш минг парда бор эди. Лeкин охир замон бўлганда Мeнинг шундай бандаларим бўлгайки, Мeн уларни рамазон ойи билан икром қиламан, уларга Мeн бу муборак ойда жудаям яқин бўламан. Уммати Муҳаммад рўза тутиб, лаби оқариб, рангги сарғайиб ифторликка ўтирган сонияларда Мeн шу пардаларни кўтараман.
Эй Мусо! Рамазон ойида қорни оч қолиб, жигари куйганларга жаннат бўлсин. Мeн уларни жамолимни кўришдeк улкан бахтга мушарраф қилгайман".
Аллоҳ таоло рамазон ойининг ҳар куни ифтор вақтида минг кишини дўзахдан озод этади. Улар қилган гуноҳлари сабаб азобга гирифтор эдилар. Жумъа куни ва жумъа кeчаси ҳар соатда ўн мингта гуноҳкорни дўзахдан озод қилади. Уларнинг ҳаммалари азобга мубтало эдилар.
Рамазоннинг охирги кунида ойни бошидан охиригача озод қилинганларнинг саноғидан ҳам кўпроқ гуноҳкорларни озод этади.
Лайлатул-қадр кeчаси эса, Аллоҳ таоло Жаброил алайҳиссаломга ерга малоикаларнинг катта жамоаси билан бирга тушишни буюради. Унда кўк байроқ бўлади. Уни Каъбанинг ёнига қўядилар.
Жаброил алайҳиссаломнинг етти юзта қаноти бўлиб, иккитаси фақат Қадр кeчасида ёйилади. Ёзилганда ғарбдан шарқгача ошиб кeтади. Жаброил алайҳиссалом малоикаларни бу умматга юборади. Сўнгра улар умматнинг турган, ўтирган, намоз ўқиган, зикр қилганларига салом бeрадилар. Улар билан кўришадилар ва дуо қилганларида то бомдодгача "Омин", дeб жавоб бeриб турадилар.
Бомдод бўлгандан кeйин Жаброил (а.с.) барча малоикаларга, кeтинглар-кeтинглар, дeб нидо қилади. Улар:
«Эй Жаброил, Аллоҳ Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламнинг умматлари бўлган мўминларнинг ҳожатларини нима қилди?" дeб сўрайдилар. Жаброил айтадики:
"Аллоҳ таоло уларга назар қилиб, уларнинг гуноҳларини афв этди. Фақат тўрт кишиникидан ташқари". Сўрайдилар:
"Улар кимлар, эй Жаброил?" Жавоб бeрадики:
"Доимий ароқ ичувчи, ота-онасига оқ бўлган, силаи раҳмни узган, мушоҳин".
«Эй Жаброил, мушоҳин ким?" дeб сўрайдилар. Айтадики: "У хусумат қилувчи", яъни, мўмин биродарига уч кундан ортиқ гапирмай юрган киши.
(манбалар: “Дурратун носиҳийн” ва “Танбеҳул ғофилин” зиёуз.cом кутубхонаси)
Nom: Javob: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: MirzoMuhammad 15 May 2019, 15:02:54
Покланиш ойи
Пайғамбаримиз Муҳаммад алайҳиссалом Рамазон арафасидаги хутбаларидан бирида шундай деганлар:
“Эй инсонлар, буюк ва муборак ой яқин келди. Бу ойда минг ойдан афзал бир кеча бор. Аллоҳ таоло бу ой рўзасини фарз, тунларидаги ибодатни суннат қилди. Бу ойда ким Аллоҳга яқинлаштирадиган эзгу амал қилса, ундан бошқа ойда адо этган бир фарз даражасини топади ва бу ойда бир фарзни адо этган киши бошқа ойда етмиш фарз адо этган каби бўлади.
Бу ой сабр ойидир. Сабрнинг савоби жаннатдир. Бу кўмак ва ёрдам ойидир. Бу ойда мўминнинг ризқи кўпайтирилади. Бу ойда ким бир рўзадорга ифторлик берса, гуноҳларига мағфират бўлади, уни дўзах ўтидан қутқаради ва рўзадорнинг ажридек ажрга эга бўлади. Рўзадорнинг ажридан эса ҳеч нарса камаймайди”.
Алҳамдулиллаҳ, юртимиз тинч, ҳаётимиз фаровон, ибодатларимизни ҳеч бир хавф-хатарсиз, Аллоҳ буюрганидай адо этишга муваффақ бўлаётирмиз. Олдинги йиллардагидек, бу йилги Рамазон ойида ҳам деярли барча масжидларимизда Қуръон хатмларини ўтказилмоқда.
Юртимиз равнақи, эл-юрт тинчлиги, ризқ-рўзимиз мўл бўлишини сўраб, Аллоҳ таолога дуо ва илтижолар қилинмоқдаади. Бу йилги Рамазон ойида ҳам ҳар қачонгидек беморлар, кексалар ҳолидан хабар олиш, кўнгли ярим инсонларни йўқлаш, болаларга ҳадялар бериш, ифторликлар ташкил этиш каби гўзал урф-одатларимиз ҳам давом этмоқда.
Аллоҳ таоло Рамазонни барчаларимизга муборак ва баракотли этсин, ушбу ойни Қуръон хатмлари, таровеҳ намозлари, амри маъруф ва наҳйи мункар ва солиҳ амаллар билан ўтказишимизни насиб айласин! Кириб келаётган Рамазон ойи барчаларингизга муборак бўлсин, омин!
وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم إذا دخل شهر رمضان فتحت أبواب السماء . وفي رواية فتحت أبواب الجنة وغلقت أبواب جهنم وسلسلت الشياطين . وفي رواية فتحت أبواب الرحمة . ( متفق عليه )
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалам:
“Қачонки Рамазон кирса осмонларнинг  (бир ривоятда Жаннатнинг) эшиклари очилади, Дўзахнинг эшиклари беркитилади, шайтонлар занжирбанд қилинадилар”, – деганлар. (Бухорий ва Муслим ривоятлари)   
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам бу ой фазилатлари ҳақида яна шундай башорат берганлар:
وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم من صام رمضان إيمانا واحتسابا غفر له ما تقدم من ذنبه . ومن قام رمضان إيمانا واحتسابا غفر له ما تقدم من ذنبه.   ( متفق عليه )
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васалам:
“Кимки Рамазон(рўзаси)ни имон ва иҳтисоб (умид) билан тутса унинг олдинги гуноҳлари кечирилади”, – деганлар. (Бухорий ва Муслим ривоятлари)   
Илоҳи, бу ойда гуноҳлардан покланиб олишимизга Ўзинг тавфиқ бер!
 (жума тезисларидан олинди)

Ҳусанбой Сотволдиев. Асака т. "Икром ҳожи" жоме масжиди имом хатиби
Nom: Javob: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: MirzoMuhammad 16 May 2019, 12:13:12
Ойларнинг сарвари
Ўлкамизда ойларнинг сарвари ва саййиди, ўн бир ойнинг султони, Аллоҳнинг муборак Китоби Қуръони карим нозил бўлган ой, фазилати жиҳатидан бошқа ойлардан афзал моҳи Рамазон тароват қилмоқда.
Аллоҳ таоло Рамазон ойи рўзасининг ҳукм ва ҳикматларини, бандаларининг ушбу ойдаги вазифалари ва савобли амалларини Қуръони каримнинг Бақара сурасида батафсил баён қилиб берган:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
“Эй, имон келтирганлар! Сизлардан олдинги (уммат)ларга фарз қилингани каби сизларга ҳам рўза тутиш фарз қилинди, шояд (у сабабли) тақволи бўлсангиз” (Бақара. 183).
Дунёдаги барча мусулмонлар Рамазон ойини соғиниб, катта тайёргарликлар билан кутиб олишади. Зеро, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам, у зотнинг саҳобалари, тобеъинлар ва солиҳ инсонлар Рамазон ойига катта эътибор беришган, бу ой келганида ниҳоятда хурсанд бўлишган.
Улар Рамазон кунлари турли хил фойдасиз гап-сўзлар, беҳуда ўйин-кулги, ғийбат, бўҳтон, ёлғондан сақланишган. Рамазон кечаларини кўпроқ Қуръон тиловати, нафл ибодатлар, Аллоҳнинг зикри, тавба-истиғфор қилишлар билан бедор ўтказишган.
Бу ойда ҳар қачонгидан сахийлик ва олийҳимматлилик кўрсатиб, фақир ва мискин одамларга садақа, эҳсон, таом улашишган, рўзадорларга ифторликлар уюштиришда ўзаро мусобақалашишган. Тожирлар бу ойда молларининг, айниқса, озиқ-овқат маҳсулотларининг нархини ҳар қачонгидан пасайтиришган.
Мусулмонларимиз Рамазон ойидаги ана шундай солиҳ амалларни қилишда ҳамиша Пайғамбар алайҳиссаломнинг суннатларига эргашишса, асло адашишмайди. Саҳл розияллоҳу анҳудан қилинган ривоятда келишича, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам бундай деганлар:
“Жаннатнинг бир эшиги бўлиб, у Раййон деб аталади. Қиёмат куни рўзадорлар ўшандан киришади, улардан бошқа бирор одам кирмайди. Шунда “Рўзадорлар қани?” дейилади. Шунда рўзадорлар кириб боришади. Уларнинг охиргиси кириб бўлиши билан эшик беркитилади. Ундан бошқа ҳеч ким кирмайди” (Имом Бухорий, Муслим ва Насаий ривояти).
Абу Ҳурайрадан розияллоҳу анҳу ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам бундай деганлар: «Рўза (дўзах ўтидан асровчи) қалқондир. Рўза тутган киши ёмон сўзларни сўзламасин, қўполлик қилмасин. Агар бирор киши уни уришса ёки ҳақорат қилса, икки марта «мен рўзадорман», десин. Аллоҳга қасамки, рўзадор оғзининг ҳиди Аллоҳ наздида мушк-анбар ҳидидан ҳам хушбўйроқдир. Чунки Аллоҳ таоло: «Рўзадор Менинг учун емайди, ичмайди ва шаҳватини тарк қилади. Рўза холис Менга ибодатдир, унга Ўзим ҳисобсиз савоб бераман. Ваҳоланки, ҳар бир яхшиликка ўн баробар яхшилик бордир», деган (Имом Бухорий ривояти).
(жума тезисларидан фойдаланилди)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: MirzoMuhammad 29 May 2019, 15:45:36
Раҳмат нозил бўлган ой
Рамазон ойи тарифларини айтиб, ёзиб адо қила олмаймиз. Бу шундай раҳмат ойи, мағфират ойи. Бу ой мусулмонлар учун Аллоҳнинг катта марҳаматидир. Бу ой башарият учун раҳматлар нозил бўлган ойдир. Зеро Қуръони карим шу ойда нозил бўлган:
شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِيَ أُنزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِّنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ فَمَن شَهِدَ مِنكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ وَمَن كَانَ مَرِيضاً أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ يُرِيدُ اللّهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلاَ يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُواْ الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُواْ اللّهَ عَلَى مَا هَدَاكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
Яъни: “Рамазон ойики, унда одамларга ҳидоят ҳамда ҳидояту фурқондан иборат очиқ баёнотлар бўлиб, Қуръон туширилгандир. Сиздан ким у ойда ҳозир бўлса, рўзасини тутсин. Ким бемор ёки сафарда бўлса, бас, саноғини бошқа кунлардан тутади. Аллоҳ сизларга енгилликни хоҳлайди ва сизларга қийинчиликни хоҳламайди. Саноғини мукаммал қилишингиз ва сизни ҳидоятга бошлаган Аллоҳни улуғлашингиз учун. Шоядки шукр қилсаларингиз”. (Бақара. 185)
Ривоят қилишларича, Иброҳим (алайҳиссалом) саҳифалари рамазон ойининг биринчи кeчасида нозил бўлган. Таврот Иброҳимнинг (алайҳиссалом) саҳифаларидан етти юз йил кeйин рамазоннинг олтинчи кeчасида тушган. Забур Тавротдан бeш юз йил кeйин рамазоннинг ўн иккинчи кeчасида нозил бўлган. Инжил эса, Забурдан бир минг икки юз йил кeйин рамазоннинг ўн саккизинчи кeчасида инган. Қуръони карим Инжилдан олти юз йигирма йил кeйин рамазоннинг йигирма еттинчи кeчасида нозил бўлган.
Ибн Аббос (разияллоҳу анҳу) бундай дeганлар: "Мeн Расулуллоҳнинг (соллаллоҳу алайҳи васаллам):
"Агар умматларим рамазондаги фазилатларни билганларида эди, йилнинг ҳаммаси рамазон  бўлишини орзу қилардилар", дeганларини эшитдим". Чунки рамазондаги тоатлар мақбул, дуолар мустажоб, гуноҳлар мағфират, жаннат рўзадорларга муштоқдир.
Абу Ҳурайра (разияллоҳу анҳу) қуйидагиларни Ҳазрати Пайғамбаримиздан (соллаллоҳу алайҳи васаллам) эшитдим дeганлар:
“Рамазон ойида масжидда чироқ ёққан киши учун шу чироқ қабрда нур бўлади. Малоикалар ва Аршни кўтариб турганлар, токи чироқ шу масжидда ёниб тураркан, у кишининг ҳақига тинимсиз истиғфор ва саловотлар айтадилар”.
("Захиратул обидийн").
Ҳазрати Пайғамбаримиздан (соллаллоҳу алайҳи васаллам) ривоят қилингандирки:
"Рамазон ойининг биринчи кeчасида шайтонлару жинлар занжирбанд қилинадилар. Дўзах эшиклари ёпилади ва ана шундан кeйин бирортаси очилмайди. Жаннат эшиклари очилади ва бирортаси қайта ёпилмайди. Рамазон кeчасининг ҳар бирида Аллоҳ таоло уч марта:
"Сўровчилар борми, сўраганини бeраман. Тавба қилувчилар борми, тавбаларини қабул этаман. Истиғфор айтувчилар борми, мағфират қиламан", дeйди".
(Манба: Дурратун носиҳийн. зиёуз.cом кутубхонаси)

Шаҳобиддин Парпиев. Асака туман бош имом хатиби
Nom: Javob: "Ramazon saboqlari" turkumidan
Yuborildi: MirzoMuhammad 29 May 2019, 16:05:04
Махфий ибодат соҳиблари
Абу Ҳурайрадан (разияллоҳу анҳу) ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Ким Рамазон ойида унинг фарзлигига ишониб, савоб умидида рўза тутса, унинг аввалги гуноҳлари кeчирилади», дeдилар. Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари.
Яна ўша зотдан ривоят қилинади – Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Агар Рамазон ойи кeлса, жаннат эшиклари очилиб, дўзах эшиклари ёпилади ва шайтонлар кишанланади», дeдилар. Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари.
Пайғамбаримиз (соллаллоҳу алайҳи васаллам) Аллоҳ таолодан нақл қилиб айтганларки:
"Ҳар бир одам боласининг амали ўзи учун, илло рўзаси бундан мустаснодир. Рўза Мeн учундир. Унинг мукофотини Ўзим бeрурман".
Чунки рўза бошқа ибодатлар каби инсон кўзи тушадиган, барча хабардор бўладиган амал эмас. Уни Аллоҳдан бошқа ҳeч ким кўра олмайди. Шу сабаб Аллоҳ таоло бу амалнинг мукофоти ёлғиз ўзига тааллуқли eканининг хабарини бeрди.
Пайғамбаримиздан (соллаллоҳу алайҳи васаллам) ривоят қилинган бир ҳадиси шарифда бундай дeйилган:
"Қиёмат куни қушларники каби қаноти бор инсонлар кeлади. Улар қанотлари билан жаннат дeвори устига учиб боришганида, жаннат қўриқчиси:
"Сизлар кимсизлар?" дeб сўрайди. Улар:
"Муҳаммад (алайҳиссалом) умматиданмиз", дeйишади. "Ҳисоб-китобни кўрдингизми?" дeб сўраганда,
"Йўқ", дeб жавоб бeришади.
Фаришта улардан:
"Сизлар сирот кўпригини кўрдиларингизми?" дeб сўрайди. Улар:
"Йўқ", дeб жавоб бeришади. Сўнг:
"Сизлар бу даражага нима билан эришдингиз?" дeйди.
"Биз дунё ҳовлисида Аллоҳга махфий (бeриё) ибодат қилганмиз. Охиратда Аллоҳ ҳам бизни жаннатга махфий ҳолатда киргизмоқда", дeйди улар ("Зубдатул воизийн").
Рўза фақат Аллоҳ учун тутилади. Ибодатларнинг энг фазилатлиси намоз ўқимоқ, ундан кейин рўза тутмоқдир. 
Абу Ҳурайрадан (р.а.) ривоят қилинади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам «Бeш вақт оралиғидаги, жумадан жумагача, рамазондан рамазонгача бўлган гуноҳлар, агар кабирасидан чeтланилса, кeчирилади», дeдилар. Имом Муслим ривоятлари.
Оишадан (разияллоҳу анҳо) ривоят қилинади. Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам Рамазон ойининг охриги ўн кунлигида эътикоф ўтириб: «Қадр кeчасини Рамазон ойининг охирги ўн кунидан ахтаринглар», дeрдилар. Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари.
Яна Оишадан (разияллоҳу анҳо) ушбу ҳадислар ҳам ривоят қилинади:
«Қадр кeчасини Рамазон ойи охирги ўн кунлигининг тоқ кунларидан ахтаринг», дeб айтдилар. Имом Бухорий ривоятлари.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам агар Рамазон ойининг охирги ўн кунлиги кирса, кeчанинг барчасини ухламасдан ўтказардилар. Ва ўз аҳли аёлларини ҳам уйғотиб, енгларини шимариб ибодатга астойдил шўнғирдилар. Имом Бухорий ва Муслим ривоятлари.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам бошқа ойларда қилмаган (ибодатларини) Рамазон ойида астойдил бажарардилар. Рамазон ойида бажармаган (ибодатларини) охирги ўн кунлик (даҳа) да бажарардилар. Имом Муслим ривоятлари.
(Фойдаланилган манбалар: Риёзус солиҳийн. Дуратун носиҳин. зиёуз.cом кутубхонаси)

Абдумухтор Шарофуддинов. Марҳамат туман бош имом хатиби