forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 22:16:18

Nom: Ahmad Muhammad. Islom hazorasi
Yuborildi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 22:16:18
Ahmad Muhammad
Mubashshir Ahmad

ISLOM HAZORASI

«Movarounnahr» nashriyoti
Toshkent – 2004

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ruxsati bilan chop etildi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 22:21:03
Bismillahir rohmanir rohiym

  Insoniyat yangi ming yillikka qadam qo‘ydi. O’tgan yigirmanchi asr ilm-fan, texnika yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan, yer yuzidagi olti milyarddan ziyod kishining farovon va baxtli turmush kechirishi uchun cheksiz imkoniyatlar, qulayliklar yaratilgan yuz yillik bo‘lib tarixga kirdi.
 
  Ammo g‘arb olimlari orzu qilgan hazora (tsivilizatsiya)larning mahsuli bo‘lmish bu to‘kinchilik, turli sohalardagi ilmiy kashfiyotlar insoniyatga baxt-saodat olib kelmadi. Ularning "œjannatiy ma’murlik va osoyishta hayot" haqidagi orzu-umidlari chippakka chiqdi. Ular barpo etgan "œmadaniy turmush" sarobdan boshqa narsa emasligi ma’lum bo‘lib qoldi.

  Ming yilliklar chorrahasidagi moddiy taraqqiyot va ulug‘ ilmiy kashfiyotlar nega insoniyatga baxt-saodat olib kelmadi? "œMukammal" jamiyat qurganlik va "œyuksak" hazoraga erishganlik da’vosini qilayotgan g‘arb olamini nima uchun xavf-xatar, qalb bezovtaligi, ertangi kundan umidsizlik kabi kayfiyatlar chulg‘ab olgan? Bu savollarga olimlar va mutafakkirlar ham javob topolmay boshlari qotgan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 22:23:19
  Mulohaza qilib ko‘riladigan bo‘lsa, insonning farovonligi ziyodalashgani sari ruhiy iztirob va qalb bezovtaligi ortib boryapti. Na boy o‘lkalaru go‘zal shaharlar, so‘lim bog‘laru shinam uylar, na mol va yemish to‘la do‘konlaru uchqur mashinalar, chiroyli kiyimlaru bir-biridan lazzatli taomlar insonga baxt va shodmon hayot olib kelolmadi. Aksincha, qoloq davlatlarga qaraganda yashash darajasi yuqori bo‘lgan, yuksak taraqqiyotga erishgan mamlakatlarning jamiyatlari hozir ruhiy xastalik azobini ko‘proq chekyapti.

  G‘arbliklarda bu bezovtalik ketma-ket ikkita jahon urushini boshdan kechirib, endi uchinchisi boshlanib qolmasmikin, degan xavotirdan kelib chiqayotgani yo‘q. Bu bezovtalik kuchsizlarni xo‘rlash, azoblashga asoslangan mustamlakachilik siyosatidan ham paydo bo‘layotgani yo‘q. Chunki o‘zi mustamlakachi sifatida boshqa millatlarga zo‘ravonlik qilayotgan, bundan naf ko‘rayotgan davlatlarda bu bezovtalik kuchliroq.
 
  Hozirgi paytda jahonda 450 million kishi ruhan azoblanmoqda. Yiliga 20 million kishi o‘z joniga qasd qilishga urinadi, shundan bir millioni suiqasd tufayli halok bo‘ladi. Eng ajablanarlisi, o‘z joniga qasd qilishlarning aksariyati Skandinaviya o‘lkalari, Xollandiya, Mojoriston, Litva kabi g‘arb mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelyapti. Bundan ham g‘aroyibi, u yerlarda odamlar o‘zlari yashayotgan to‘kin hayotdan bezib, yashashning qizig‘i qolmayotganidan to‘yib, o‘zlarini o‘ldirayotganlaridir.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 22:25:14
  Masalaning asl mohiyatini o‘rganadigan bo‘lsak, ana shu iztirob va bezovtaliklarning ildizlari g‘arbning jilvagar hazorasiga, hozirgi paytda ota-onalarni qo‘rquv va xavotirga solayotgan axloqsizlikka, u yerlarda amal qilayotgan zararli falsafiy g‘oya va maslaklarga bog‘liq ekanligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Oqibatda, iqboliga ko‘ra mutaassib bo‘lgan, o‘z eshiklarini ruhiy olamga (metafizikaga) yopib tashlagan, haqiqatni faqat jism fani, moddiy hayotga bog‘lab qo‘ygan hazoraning siri fosh bo‘lib, misi chiqib qolyapti. Chunki bu hazora yaratilishni tasodif, tabiat, vosita va darvinchilik nazariyasi yordamida dalillab keldi. g‘arbliklar uchun moddadan o‘tadigan kuch yo‘q. Hayot tarzlarini tartibga soluvchi gunoh tarozilariga o‘rin qoldirilmagan. Hammaning fikri-yodi yashash uchun kurashda, pul topishda, o‘zidan kuchsizni ezib-yanchib, uning manfaatiga tajovuz qilishda.
 
  G‘arb hazorasi qandaydir bo‘shliqda paydo bo‘lgan emas. U g‘arbning Andalusiya va boshqa islomiy o‘lkalar orqali Islom hazorasi bilan bog‘lanuvidan paydo bo‘lgan. Yunon falsafasi avvaldan Islom mutafakkirlari va faylasuflariga yaxshi ma’lum edi. Cherkovning qattiq ta’qiblariga qaramay, g‘arbning ilm toliblari arablardan yunon falsafasini naql qilib, yozib olib o‘rganishga kirishdilar. Keyinroq ularning fikri rivojlanib, cherkov da’vat etgan ilm va ma’rifatga xilof haqiqatlarni anglab yeta boshladi.

  Oyoqqa turib olgan yangi g‘arb uyg‘onishi (Renessansi) ikki xil yo‘nalishda: yunon falsafasining moddiy-butparast yo‘nalishi hamda din va uning kishilariga bo‘lgan dushmanlik kayfiyati orqali rivoj topdi. Moddiy asoslarga suyangan g‘arb hazorasi dinni jamiyat hayotidan batamom siqib chiqarib, uning o‘rniga mutloq hokimiyatini o‘rnatishga kirishdi. Din g‘arbliklar ustidan o‘z ta’sirini yo‘qota boshladi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 22:25:58
  Ammo bu bilan ham insoniyat o‘z baxtini topa olmadi. Aksincha, o‘zining juda tuban ketganini, dinni mag‘lub etib, qattiq tanazzulga yuz tutganini sezib qoldi. Jamiyatda chuqur, shomil bezovtalik paydo bo‘ldi. Hozirga kelib, g‘arbning ilg‘or fikrli kishilari odamlarning hayoti, tashvish va mashaqqatlarini yengillatish, ularda ruhiy va hissiy xotirjamlikni ta’minlash uchun albatta ilohiy bir nizom, samoviy din nihoyatda zarurligini anglab yetishdi.

  Umuman, hozir mutloq ko‘pchilik yo‘qotgan, mosuvo bo‘lgan diniy ruhoniyatini topishni istaydi. Ammo kufr va moddiyunchilik daraxtlari chuqur ildiz otib, mevaga kirgan paytda bu ruhoniyatni topish oson bo‘larmikin?

  Bugungi kunda g‘arb mamlakatlari o‘z hazoralari yetkazgan zararni yengilatish uchun dindan istifoda etish haqida o‘ylab qolishdi. Bu yo‘lda cherkovlar qavmni yana o‘z bag‘riga chorlash uchun hamma imkoniyatlarni ishga solyapti. Minglab missionerlar huvillab qolgan ibodatxonalarni to‘ldirish maqsadida dunyoning hamma burchida izg‘ib yurishibdi. Millionlab nusxada kitoblar, gazet-jurnallar tarqatilyapti. Ammo jilov din va axloq kishilari qo‘lidan allaqachon chiqib ketgan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 22:27:40
  Kommunizm g‘oyasi ham insoniyatni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itib, boshiga cheksiz kulfatlar soldi. Uning kasofatidan inson va uning ruhiy-psixologik barqarorligi o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib ketdi. Bu g‘oya insondan Allohga va oxirat kuniga bo‘lgan aqidasini tortib oldi, uni ming yillar mobaynida tan olib kelingan umumbashariy axloqiy qadriyatlardan mosuvo qildi. Kommunizm kishilarga farovon va to‘kin hayot va’da qilgan bo‘lsa-da, uning ham fuqarolardagi turli ijtimoiy-ruhiy xavf va bezovtaliklarni bartaraf etishga kuchi yetmadi. Oqibatda, g‘arbliklar o‘z hazoralarining ruhiy va axloqiy nochor ekaniga bugun har qadamda duch kelmoqdalar.
 
  G‘arb hazorasi insoniyat erishgan moddiy hayotning eng yuqori cho‘qqisi hisoblansa-da, uning o‘zi kishilarni to‘la-to‘kis baxtli qilolmadi. Odamlarning yashash sharoiti yaxshilanib, turmushi farovonlashganiga qaramay, ularning ruhiy olami qashshoqlashib ketdi, qalblardan e’tiqod halovati yo‘qoldi, axloq butunlay izdan chiqdi. Buni Islom hazorasidan yaxshi xabardor bo‘lgan g‘arb mutafakkirlari ham tan olib yozishyapti.

  London Milliy kutubxonasi Sharq bo‘limi mudiri, taniqli ingliz sharqshunosi ustoz Abu Bakr Islomni qabul qilishi sabablarini izohlab shunday degandi: «Shubhasiz, g‘arb hazorasi insonni sharaf va chiroydan mahrum etadi!» Unga shunday e’tiroz bildirishgan: «Sharafdan mahrum etishiga-ku rozi bo‘lamiz, ammo chiroyni yo‘q qilishi qanday bo‘ldi? Odamlar uni chiroyga e’tibor qilgan eng ajoyib hazoraligi, deb bilishadi. Tabiat go‘zalligi, uy, shaharlar go‘zalligi, ayol chiroyi!» Alloma shunday javob berdi: «Lekin u ruh chiroyiga, fitriy zavq va hulq go‘zalligiga barham beradi».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 22:29:07
Tibbiyot mutaxassisi, asli shveytsariyalik bir qiz Parijdagi hayoti haqida shunday degan: «Bu «tojir», ayni paytda «fojir» shaharda ehtiyojlarimni qondirish uchun ota-onamning menga yuborgan ozgina mablag‘i kamlik qilardi. Negaki, bu shahar insonni ochko‘z hayvonga o‘xshatib qo‘yadi. Shuning uchun biron oilaga xizmatkorlikka yollanib, ta’minotimni yaxshilamoqchi bo‘ldim. Insoniy mukarramligimni saqlab qolish uchun ruhiy muhit hukmron bo‘lgan Sharq xonadonini qidira boshladim. Va bir hind oilasi bilan kuniga bir necha soat xizmatga kelishdim. Ammo, afsuslar bo‘lsinki, ularda ham yo‘qotgan narsamni topmadim. Ular nochor ruhiyat egalari edilar».

  Bu misollar g‘arbliklarning hazoralari hayotlarida alam, hayrat va iztirob buloqlarini ochib yuborganidan so‘ng taskin va orom izlab, ruhiy hayotga talpina boshlaganliklarini ko‘rsatadi. Va ularning ko‘pchiligi qalb tasallisini yagona tavhid va vahiyga asoslangan Islom hazorasidan, jismoniy va ruhiy hayot haqiqatning ikki yuzi kabi teng qiymatga ega bo‘lgan nodir hazoradan topyapti. Chunki bu shundayin ijobiy, ijodiy va ilohiy ruhoniyat hazorasiki, u askarga urushda, ishchiga korxonasida, olimga darsida, faylasufga ilmiy ishida, qoziga mahkamada, xizmatchiga idorasida, boshliqqa boshqaruvida baravar hamdam bo‘ladi. U har bir insonga yaxshi va yomon kunlarida, harakat va sukutida, kechayu-kunduzida, osonlik va mashaqqatida, sog‘lomlik va betobligida hamroh bo‘ladi. Hech bir holatda unga to‘sqinlik qilmaydi, balki kamolotdan kamolotga yetkazadi. Unga Xoliqi — Allohni, ustida yurgani — yerni, birgalikda yashagani — odamlarni, ulug‘ yaxlitlikdan bir bo‘lagi bo‘lgan olamni va olamlar Parvardigori - Allohga banda ekanini eslatib turadi. Uning g‘arb hazorasidan farqli o‘laroq, odamlarga marhamatli, axloqda ustun, hukmda adolatli, ruhni munavvar etuvchi va turli davrlardagi insoniy ideallarga yaqin bo‘lgani allaqachon kashf etilgan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 22:30:34
Ushbu kitobning asosini Islom hazorasining boshqalaridan farqini, ahamiyatini, ustun jihatlarini go‘zal, jonli misollar orqali ochib bergan suriyalik taniqli alloma Mustafo Husniy as-Siba’iyning Bayrutda 1987 yili beshinchi marta nashr etilgan "œHazoramiz ajoyibotlaridan" degan mo‘‘tabar asari tashkil etadi. Qo‘lingizdagi kitob Islom hazorasiga bemisl hissa qo‘shgan Movarounnahr allomalarining, hukmdorlarining, ilm-fan va san’at namoyandalarining ulug‘ xizmatlari haqidagi ma’lumotlar, tarixiy voqealar bilan to‘ldirildi. Unda muallifning Islom hazorasining ajoyibotlarini keltirish orqali uning insoniyat tarixida ziyo tarqatgan, hayotni qayta jonlantirgan, katta bir Uyg‘onish davrini boshlab bergan ulkan madaniyat ekanini ko‘rsatish g‘oyasi saqlab qolindi.
Kitob musanniflarining niyati - Islom va g‘arb hazoralarini solishtirib, birining ikkinchisidan ustun yoki afzal ekanini ko‘rsatish emas, balki Islom hazorasidagi mangu insoniy va umumbashariy jihatlarning kuchli va go‘zal ekanini tarixiy misollar orqali o‘quvchiga bildirib qo‘yish, xolos. Islom dinini qoloq, zamon talablariga javob berolmaydigan, rivojlanishga, ilm-fan taraqqiyotiga to‘g‘anoq din, deb ko‘rsatishga urinib kelgan va kelayotgan ayrim g‘arblik tarixchilarning, noxolis muxoliflarning da’volari asossiz va puch ekanini ko‘rsatish, hozirgi fan-texnika asrida musulmonlar g‘arbliklardan orqada qolib ketyapti, deb o‘ksinib yurgan zamondoshlarni tushkun kayfiyatlardan xalos etish, ulug‘ ajdodlarning buyuk ishlaridan faxrlanish tuyg‘ularini jo‘sh urdirib, ulardan o‘rnak olish va shonli yo‘llarini munosib davom ettirishlari umidida ushbu kitob yuzaga keldi.
Maqsad ortida Allohdir, U muvaffaqiyat valiysidir!

                                                                                                          Musanniflar
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 22:32:50
  Hazorani ba’zi bilimdonlar quyidagicha ta’riflaydilar: «U — insonning madaniy mahsulini ko‘paytirishga ko‘maklashadigan ijtimoiy nizom». Hazora to‘rt asosiy unsurdan tashkil topadi: 1. Iqtisodiy boylik. 2. Siyosiy nizom. 3. Xalqning urf-odati. 4. Ilm-fanga e’tibor.

  Uning ko‘tarilishi va yuksalishiga jo‘g‘rofiy, iqtisodiy hamda din, til va tarbiya kabi ruhiy omillar sabab bo‘ladi. Tanazzuliga esa, yuzaga kelib, uning rivojlanishiga turtki bo‘lgan omillarning aksi sabab qilib ko‘rsatiladi. Axloqiy va fikriy buzilish, qonun va nizomlarning ishlamasligi, faqirlik va zulmning ko‘payishi, kelajakka ishonchsizlik va loqaydlik, kuchli yo‘lboshchining yo‘qligi tanazzulning muhim omillaridan hisoblanadi.

  Hazora qissasi inson paydo bo‘lishi bilan boshlangan. U rivojlangan millatning o‘zidan keyingi millatga topshiradigan estafeta tayoqchasi bo‘lib, hudud va irq tanlamaydi. Faqat yuqorida zikr qilingan omillar tufayli paydo bo‘ladi. Hazora tarixida o‘z sahifasiga ega bo‘lmagan millatni topish qiyin. Lekin bir hazoraning ikkinchisidan afzal bo‘lishiga sababchi narsalar ham bor. Bular — hazoraning mustahkam asosga, kuchli ta’sirga egaligi yoki paydo bo‘lishidan umuminsoniyatga ko‘proq manfaati tegishi. U o‘z risolatida qanchalik keng qamrovli, kelib chiqishida insoniy, yo‘nalishida xalqchil va asoslarida voqeiy bo‘lsa, tarixda shunchalik uzoq muddat boqiy qoladi va hurmat-e’tiborga sazovor bo‘ladi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 22:33:50
  Islom hazorasi ham insoniy hazora zanjiridan bir xalqadir. Undan oldin ham hazoralar o‘tgan, keyin ham bo‘ladi. Uning paydo bo‘lish omillari va tanazzuli sabablari ham bor. Faqatgina bu hazora durdonalari haqida gapirishdan oldin uning insoniy taraqqiyot tarixiga qo‘shgan muhim sahifalariga to‘xtalmoqchimiz. Bu sahifalarni u aqida, ilm, xulq, hukm, fan va adabiyot sohalarida insoniyatga taqdim qilgan.
 
  Islom hazorasi quyidagi xususiyatlari bilan boshqalaridan farqlanib, kishining diqqatini o‘ziga jalb qiladi:
  1. U aqidada mutloq vahdoniyat asosiga barpo bo‘lgan,  hukmda-yu, mulkda sheriksiz yagona Ilohga da’vat qilgan birinchi hazoradir. Ilohning o‘zigagina ibodat qilinadi va «Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so‘raymiz» kalimasidan ko‘zda tutilgan zot ham Uning o‘zidir. Osmonu yerdagi borliq Uning qudrati ostidadir. Berguvchi ham, olguvchi ham O’zi, aziz va xor qilguvchi ham Uning o‘zidir, degan g‘oyani ilgari suradi.

  Vahdoniyatni tushunishdagi bu ulug‘vorlikning insoniyat qadr-qimmatini ko‘tarishda, uni podshohlaru ashroflar, kuchlilar va ruhoniylar tug‘yonidan ozod qilishda, hokim bilan mahkumlar o‘rtasidagi aloqani yaxshilashda, nazarni faqat olamlarning Parvardigori, maxluqlarning Xoliqi bo‘lmish yagona Allohga qaratishda ta’siri katta bo‘ldi. Bu hazorada ushbu aqidaning izi chuqur bo‘lib, bu bilan u o‘tmish va kelajak hazoralaridan farq qildi. Bunday aqida e’tiqod, hukm, fan, she’r va adabiyotda butparastlik adabiyoti, falsafasi va uning barcha ko‘rinishlaridan xoli bo‘lishlikni taqozo etadi. Uning «Iliada» va shunga o‘xshash butparast yunon adabiyoti durdonalarini tarjima qilmaganligining siri mana shudir. Naqqoshlik, xattotlik va binolarni bezash san’atini rivojlantirish bilan birga haykaltaroshlik, suratkashlik  san’atiga e’tiborsizligining sababi ham mana shudir.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 29 Sentyabr 2007, 22:35:49
  Butparastlik va uning ko‘rinishlariga shafqatsiz urush ochgan Islom ulug‘ va solihlarning, nabiy va fotihlarning timsollarini yaratishdek qadim zamonlardan beri davom etib kelayotgan butparastlik va uning qoldiqlari ustiga o‘z hazorasining barpo etilishiga rozi bo‘lmadi. Holbuki, bu timsollar qadim hazoraning ham, yangi hazoraning ham eng yorqin namunalari hisoblanadi. Chunki bu hazoralarning hech qaysisi Islom hazorasi vahdoniyat aqidasida yetib borgan kenglikka chiqib bormagan. 

  Aqidadagi vahdat tushunchasi bu hazora keltirgan barcha asos va nizomlarda o‘z aksini topgan. Risolatdagi vahdat, qonunchilik, umumiy  maqsadlar, insoniy tabiat, hayot tarzi va tafakkur uslubidagi vahdat bunga misol bo‘la oladi. Hatto islomiy san’atdan bahs etuvchi ba’zi kishilar xilma-xil ko‘rinishiga qaramay, bu san’atdagi uslub va zavqning birligini ilg‘ashgan. Bir bo‘lak Andalusiy suyak, Misr gazmoli, Shom chinnisi va Eron ma’dani — bularning bari shakl va ziynatlari turli bo‘lishiga qaramay, bir uslub va yagona xislatga ega.

  2. Ikkinchi xususiyati shuki, u maqsad va intilishda insoniy ufq va risolatda olamiydir. Qur’oni karim irq, nasab va vatanidan qat’iy nazar inson qavmining bir ekanini baralla e’lon etdi: «Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (do‘st-birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot surasi, 13-oyat).
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 10:46:59
  Albatta, Qur'on bu olamiy, insoniy vahdatni haqiqat, ezgulik va ikrom cho qqisida e'lon etgan paytda, uning hazorasini bir marjon kabi qildiki, unda barcha millat va elatlarning daholari tizilishdi. Shuning uchun boshqa hazoralar bir jins, bir millat farzandlaridan bo lgan daholari bilangina faxrlansalar, islomiy hazora o zining barcha millat va elatlardan iborat umumiy oiladan chiqqan daho va iste'dod egalari bilan iftixor etadi. Abu Hanifa, Molik, Shofiiy, Ahmad kabi faqihlar, Xalil, Sebvayh kabi tilshunoslar, Kindiy, o azzoliy, Forobiy, Ibn Rushd kabi Sharq faylasuflari va boshqalarning kelib chiqishi hamda vatanlari turli-tuman bo lsa-da, ular misolida islomiy hazora insoniyatga eng go zal insoniy tafakkur gulshanini taqdim etganligi ajoyibdir.

  3. Uchinchi xususiyati shuki, u barcha nizomlarida va turli harakat maydonlarida birinchi o rinni axloqiy asoslarga ajratgan. Bu asoslardan u aslo chekinmadi, yoki davlat, jamoat va shaxslar manfaati uchun ularni vosita etmadi. Hukmda, ilmda, qonunchilikda, urush va tinchlikda, iqtisodda va oilada qonunan va tatbiqan ushbu asoslarga rioya qilindi. Bu borada qadim va yangi hazoralar yetolmagan ulug  va baland cho qqilar zabt etildi. Islomiy hazora bu xususda tahsinga sazovor ta'sir ko rsatdi va uning o zigina boshqa hazoralar orasida insoniyatni bebaxtlikdan xoli saodatga erishtirmoqqa kafil bo la olishini isbotladi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 10:55:32
  4. Bu xususiyatlarning to‘rtinchisi — ilmning chin manbai va aqidaning sof asosiga tayanishdir. U aql va qalbga barobar xitob qildi. Bir vaqtning o‘zida ham fikr, ham tuyg‘uni qo‘zg‘adi. Tarix mobaynida biror hazora unga tenglasholmaydigan tafovut mana shudir. Islom hazorasining mana shu farqiga taajjublanishlarning siri shundaki, u davlat uchun haqiqat va adolat asoslariga qurilgan nizomni tuzishga qodir bo‘la oldi. Buni tuzishda u din va aqidaga tayandi. Din davlat taraqqiyoti va hazora yuksalishida to‘siq bo‘lib qolmadi. Balki bularning taraqqiyotiga asosiy omillardan bo‘ldi. Bag‘dod, Damashq, Qohira, Samarqand, Buxoro, Qurtuba (Kordova), o‘arnota (Granada) masjidlaridan taralgan ilm ziyosi butun dunyoga yoyildi.

  Bu hazora qonunchiligida har sohaning o‘z mutaxassis ulamolari bo‘lar va barchalari qonun oldida barobar edilar. Ustunlik taqvoda-yu, ommaga xizmat qilishda bo‘lardi: «Allohga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima o‘g‘irlik qilganda ham Muhammad uning qo‘lini albatta kesardi». «Xalqning barchasi Alloh ahllaridir. Ularning Allohga mahbubrog‘i ahllariga manfaatlirog‘idir». Islom hazorasi, uning ustida qurilgan din mana shudir. Unda boshliqqa ham, din kishisiga ham, obro‘likka ham, boyga ham imtiyoz yo‘qdir.«... (Ey Muhammad, ularga) ayting: «Hech shak-shubha yo‘qki, men ham sizlar kabi odamdirman» (Kahf surasi, 110-oyat).

  5. Zikr qilinayotgan hazora xususiyatlaridan o‘ziga xos oxirgisi — ajoyib diniy erkinlik bo‘lib, din ustiga qurilgan biron-bir hazora bunday erkinlikni bilmaydi. Biror dinga ishonmagan va ilohga iymon keltirmagan kishi, agar barcha dinlarga barobar nazar bilan qarasa va har qanday din ahllariga bir xil to‘g‘ri muomala etsa, bu hol albatta ajib tuyulmaydi. Lekin dinining haq ekaniga ishongan, aqidasining eng to‘g‘ri va eng sog‘lom aqidalardan ekaniga shubhalanmagan, so‘ngra unga qilich ko‘tarib, mamlakatlarni fath etish va hukmron bo‘lish imkoniyati berilgan, lekin diniga bo‘lgan imoni, aqidasiga bo‘lgan e’tiqodi, hukmda jabr qilmaslikka, adolat yo‘llaridan og‘maslikka yoki odamlarni diniga majburlamaslikka undagan din egasining tarixda bo‘lgani nihoyatda ajablanarlidir.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 10:56:03
  Tarixda bir hazoraning din ustiga qurilgani va uning qoidalari din asoslariga bino bo‘lgani, so‘ngra u eng erkin, eng adolatli, eng rahmli va eng insoniy hazora sifatida qolgani qandayin ajoyib!..

  Mana shular Islom hazorasining insoniyat tarixidagi boshqa hazoralardan farqi va xususiyatlaridir. Bu hazora hukmda, dasturda, poklashda va ta’limda kuchli bo‘lgan paytda u jahon hayratini qo‘zg‘adi, jinsi va dinidan qat’iy nazar erkin va zakiy kishilarning qalb to‘ridan joy oldi. Ammo u tanazzulga yuz tutib, o‘rniga boshqa hazora barpo bo‘lgach, uning qadr-qimmatini chamalashda nuqtai nazarlar (qarashlar) turlicha bo‘lib qoldi. Endi uni kamsitadiganlar ham, unga qoyil qoladiganlar ham bor. Fazilatlari haqida so‘zlaydiganlar ham, kamchiliklari to‘g‘risida og‘iz ko‘pirtiradiganlar ham bor. Bugungi kundagi g‘arb bilimdonlarining nuqtai nazarlari (qarashlari) ana shunday.
 
  Yangi hazora ajoyibotlari, ixtirolari va ilm ufqidagi yangi kashfiyotlariga solishtirganda Islom hazorasi pastga urilayotgan bo‘lsa, u holda unga baho berishda insofsizlik qilinayotgan bo‘ladi. Agar haqiqatda bu fikr dalil qilinsa, bu so‘zlarni ikki sabab tufayli oqlab bo‘lmaydi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 10:56:58
  Birinchisi, har bir hazora ikki asosiy unsur: ruhiy-axloqiy va moddiy unsurdan tashkil topadi.
  Moddiy unsurda har bir hazora so‘zsiz oldingisidan ustun bo‘ladi. Bu hayot va vositalarining rivojlanishidagi Allohning joriy qonunidir. Oldingi hazoradan keyingisi qo‘lga kiritgan yutuqlarga ega bo‘lmoqni talab qilish ahmoqlikdir. Agar bu mumkin bo‘lganida, Islom hazorasi o‘zidan oldin o‘tgan barcha hazoralarni kamsitishi kerak edi. Chunki u ham hamma hazoralar singari o‘zidan oldingilarda bo‘lmagan hayot vositalari va taraqqiyot ko‘rinishlariga ega edi. Demak, moddiy unsur hech qachon ustunlik asosi bo‘la olmaydi.

  Ammo ruhiy-axloqiy unsur esa hazoralarning barhayotligi garovidir. U o‘z vazifasi (missiya) bilan insoniyatni saodatmand qilishga, xavf va alamlardan uzoqlashtirishga xizmat qiladi. Islom hazorasi bu maydonda sobiq va kelajak barcha hazoralardan o‘zib ketgan. U shunday cho‘qqini zabt etganki, tarix bosqichlaridan hech birida uning tenggi topilmaydi. Mana shuning o‘zi uning barhayot ekaniga yetarlidir.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 10:57:29
  Ikkinchisi, albatta, hazoralar moddiy o‘lchovlar, sanoqlar va masofalar bilan yoki yeyish, ichish va kiyish kabi moddiy farovonlik bilan bir-biriga solishtirilmaydi. Balki u xuddi urushlarda bo‘lganidek, insoniyat tarixida qoldirgan izi bilan muqoyasa qilinadi. Urush ham ma’raka maydonining (front chizig‘ining) kengligi yoki ishtirokchilarning adadi bilan o‘lchanmaydi. Qadim va o‘rta asr tarixlaridagi hal qiluvchi urushlar agar ikkinchi jahon urushi bilan qiyoslansa, qo‘shin adadi va urushish vositalari jihatidan arzimas urushlarga aylanib qoladi. Lekin ular hanuzgacha tarixda chuqur iz qoldirgan, ahamiyatli urushlardan sanaladi. Masalan, Koni urushida mashhur Karfagen sarkardasi Gannibal rimliklarni mag‘lubiyatga uchratgani Ovro‘paning harbiy maktablarida o‘rgatib kelinadi. Yoki Xolid ibn Validning Iroq va Shomni fath etishi hanuzgacha g‘arb harbiylari tarafidan o‘rganiladi va ularni hayratga soladi. Bular harbiy futuhotlar tarixining oltin sahifalari sanaladi. Qadimiy bo‘lishi bilan birga Koni, Bad, Qodisiyya va Xittin urushlari tarixda hal qiluvchi ma’rakalar sifatida tanilgan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:01:21
  Darhaqiqat, Islom hazorasi insoniy rivojlanish tarixida muhim rol o‘ynagan. U aqida, ilm, hukm, falsafa, san’at, adabiyot va boshqa maydonlarda o‘zidan keyingi hazoralar yetolmagan, ta’sirli va cheksiz qiymatli iz qoldirgan. Bu nimada aks etgan? Uning qanday ahamiyati bor?
 
  Barhayot Islom hazorasi izlarini beshta asosiy maydonda umumlashtirish mumkin:
  Birinchisi — aqida va din maydonida. Ovro‘pada yettinchi asrdan to yangi uyg‘onish davrigacha yuzaga kelgan diniy isloh harakatlarida islomiy  hazora asoslarining chuqur izi bo‘lgan. Zero, Allohning birligini, Uning hukmronlikda tanholigini, tajassum, zulm va nuqsondan xoli ekanini e’lon etgan, Islomning, shuningdek, insonning ibodatda, Allohga bog‘liqlikda va Uning shariatini «din kishilari» vositachiligisiz tushunishda mustaqil ekanini e’lon etishi millatlar ongining ushbu kuchli va ajoyib asoslar tomonga yo‘nalishida katta omil bo‘ldi. O’sha kunlarda xalqlar shiddatli mazhabiy kurash va fikrlarida, o‘ylarida, mol va badanlaridagi din kishilarining hukmronliklariga itoat zanjirlarida bandi edilar! Tabiiyki, Islomning Sharq va g‘arbdagi futuhotlari qo‘shni millatlarning hamma narsadan oldin aqida asoslarida ta’sirlanishlariga olib keldi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:02:19
   Bu ta’sir amalda ro‘y berib, yettinchi milodiy asrda g‘arbliklar orasida suratlarga ibodat qilishni inkor etuvchilar paydo bo‘ldi. Bundan keyin esa Alloh va bandalari o‘rtasidagi vositachilikni inkor etadiganlar yuzaga chiqdi. Ular «Muqaddas kitoblar»ni tushunishda din kishilarining hukmronligi va nazoratidan chiqishga, ya’ni mustaqillikka da’vat qilardilar. Ko‘pgina tadqiqotchilar Lyuter o‘zining islohiy harakatida musulmon faylasuflari va ulamolarining din, aqida va vahiy to‘g‘risidagi fikrlaridan ta’sirlanganini ta’kidlashadi. Ovro‘pa universitetlari haligacha o‘sha zamonlarda lotinchaga tarjima qilingan musulmon faylasuflarining kitoblariga tayanishadi. Fransa inqilobida e’lon etilgan din va davlat o‘rtasini ajratish harakatini Ovro‘pada uch va undan ko‘proq asr hukm surgan kuchli fikriy harakatlar mevasi, deya ta’kidlash mumkin. Salb va Andalus urushlari orqali bu harakatlarning kuchayishida Islom hazorasining ham xizmati bor.
 
   Ikkinchisi — falsafa va tib, riyoziyot, kimyo, jug‘rofiya va falakshunoslik kabi ilmlar maydonida. Ovro‘pa Islom olim va faylasuflarining ovozidan uyg‘ondi. Ular bu ilmlarni Ishbiliyya (Sevilya), Qurtuba (Kordova), o‘arnota (Granada) va boshqa shaharlardagi masjidlarda o‘rgatdilar. g‘arbning ilk yo‘lboshchilari madrasalarimizga qattiq qiziqish va qizg‘in muhabbat bilan qarardilar. Bu madrasalarda eshitilgan ilmlar shu darajadagi erkinlik muhitida bo‘lardiki, bunday holatni ular o‘z mamlakatlarida aslo ko‘rmasdilar. Ulamolarimiz o‘z ilmiy davralarida, muallafotlarida yerning aylanishi, uning yumaloqligi, falak va samoviy jismlarning harakatlanishi haqida so‘zlab turgan bir vaqtda ovro‘paliklarning aqllari ana shu haqiqatlarning barchasi to‘g‘risida xurofot va vahimalarga limmo-lim to‘lgandi.
   
   Shu tufayli g‘arbliklarda arabchadan lotinchaga tarjima qilish harakati boshlandi. Islom ulamolarining kitoblari g‘arb universitetlarida o‘qitila boshlandi. Ibn Sinoning tib to‘g‘risidagi «Al-qonun» kitobi o‘n ikkinchi asrda tarjima etilgandi. Shuningdek, Ar-Roziyning «Al-hoviy» kitobi ham o‘n uchinchi asr nihoyasida lotinchaga o‘girildi. Bu ikki kitob Ovro‘pa universitetlarida tibbiyot darslarining asosi sifatida o‘n oltinchi asrgacha o‘qitib kelindi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:05:13
   Ammo falsafa kitoblari bundan ham uzoq o‘rganildi. g‘arb yunon falsafasini faqatgina islomiy muallafot va tarjimalardan tanidi. Shu bois ko‘pchilik insofli g‘arbliklar o‘rta asrlarda, olti yuz yildan kam bo‘lmagan muddat mobaynida musulmonlar Ovro‘paning ustozi bo‘lganini e’tirof etishadi. Alloma Gustav Lubon aytadi: «Arab kitoblarining tarjimasi, xususan, ilmiy kitoblar, o‘qitish uchun yagona manba bo‘lib, qariyb besh yoki olti asr xizmat qildi. Aytishimiz mumkinki, tib ilmi kabi ba’zi ilmlarda musulmonlarning ta’siri bugungi kunimizga yetib keldi. Darhaqiqat, Ibn Sinoning kitoblari Monbiliyada o‘tgan asrning oxirlarida tarjima qilindi». Bu olim yana deydi: «Rojer Bekon, Leonard Albezi, Arno Alfifufi, Remon Lol, San Toma, Katta Albert va boshqalar faqat musulmon olimlarining kitoblariga ishonganlar». Mse Renon deydi: «Albatta, katta Albert Ibn Sinoga, San Toma esa o‘z falsafasida Ibn Rushdga qarzdor». Sharqshunos alloma Sediyo aytadi: «O’rta asr hazorasi bayrog‘ini  musulmonlarning o‘zlari ko‘tarib, shimol qabilalarining Ovro‘pani titratgan varvarligini mag‘lub etdi. Ular «barhayot yunon falsafasining manbalari» bo‘lib qoldilar. Ular o‘zlari erishgan ma’rifat xazinalari oldida to‘xtab qolmadilar, balki uni kengaytirdilar, tabiatni o‘rganish uchun yangi eshiklar ochdilar». Yana deydi: «Musulmonlar astronomiya bilan shug‘ullangan paytda barcha riyoziyot ilmiga o‘zgacha e’tibor berdilar. Ular bu borada uloqni ilib ketdilar. Ular bu borada haqiqatda ustoz edilar». U yana deydi: «Agar biz lotinning arabdan o‘zlashtirgan narsasini o‘rganadigan bo‘lsak, boshlanishidayoq quyidagilarni topamiz: «Silvester ikkinchi» nomi bilan pop bo‘lgan Gerbert 970-980 yillar mobaynida Andalusda o‘rgangan riyoziy bilimlarini bizga kiritdi. Asli ingliz bo‘lgan Uxilard 1100-1128 yillar mobaynida Andalus va Misrni kezib chiqdi. Arablarning o‘zi bilmagan Iqlidisning «Al-arkon» kitobini tarjima qildi. Aflotun Attequli Tozusiyusning «Al-ukar» kitobini, Rudolf Alberti esa Batlamiusning «Ma’mur yer jug‘rofiyasi» kitobini tarjima etdi. Leonard bo‘lsa, 1200 yilda «Al-jabr» to‘g‘risida risola yozdi. XIII asrda Kaynonus Annabri Iqlidisning kitobini sharhlagan holda tarjima qildi. Qiytaleon Poloni Hasan ibn Haysamning «Basariyot (optika)» kitobini ham ana shu asrda o‘z tiliga o‘girdi».
   
   Yana shu asrda Gerard de Kremano haqiqiy, mustahkam falak ilmini Batlamiusning  «Al-majisiy» va unga Jobirning sharhini o‘girib nashr qildi. 1250 yilda Azfo‘nsh Qashtoli o‘zining ismi bilan nomlangan falakiy (ma’lumotnoma, taqvim) zijlarni nashr etishga amr qildi. Agar Rojer birinchi Sitsiliyada arab ilmlarini tahsil olishga, xususan, Idrisning kitoblarini o‘qishga targ‘ib qilgan bo‘lsa, imperator Frederik Ikkinchi esa musulmon ilm va adabiyotiga tashviq etishda undan ortda qolgani yo‘q edi. Ibn Rushdning avlodlari ana shu imperatorning saroyida yashashar, unga o‘simlik va hayvonot tarixini o‘rgatishardi».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:06:57
   Xumbold o‘zining koinot haqidagi kitobida shunday deydi: «Kimyoviy dorishunoslikni topganlar — musulmonlardir. «Solirim» madrasasi qabul qilib, keyinchalik Janubiy Ovro‘paga yoyilgan ilk hikmatli tavsiyalar ham arablardan kelgan. Shifo fanining asoslari bo‘lgan dorishunoslik va tib bir vaqtning o‘zida, lekin ikki xil yo‘l bilan nabotot va kimyo ilmini o‘rganishga olib bordi. Musulmonlar bois bu ilmning yangi zamoni boshlandi. Ularning nabotot olamidagi tajribasi Zelforides o‘t-o‘lanlariga yana ikki ming o‘simlikning qo‘shilishiga va dorixonalarni yunonlar umuman bilmagan bir necha o‘t-o‘lan bilan  boyishiga olib keldi».

   Sediyo Movarounnahrning ikki ulug‘ olimi Roziy va Ibn Sino haqida shunday deydi: «Ular o‘z kitoblari bilan g‘arb madrasalarida juda uzoq muddat hukm surishdi. Ibn Sino Ovro‘pada tabib sifatida tanildi. U Ovro‘pa madrasalariga taqriban olti asr hukmronlik qildi. Besh qismdan iborat «Al-qonun» kitobi tarjima etildi va bir necha bor bosildi. U kitob Fransa va Italiya universitetlarida izlanishlar asosi hisoblanadi».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:08:13
   Uchinchisi — lug‘at va adabiyot maydonida. g‘arbliklar, xususan, ispan shoirlari musulmon adabiyotidan juda qattiq ta’sirlanganlar. g‘arb adabiyotiga mardlik, botirlik, majoz, go‘zal badiiy obrazlar alalxusus, Andalusdagi arab adabiyoti orqali kirib keldi. Mashhur ispan yozuvchisi Aponiz aytadi: «Ovro‘pa arablar Andalusga kelishidan, mardlik va qahramonlik janub o‘lkalariga yoyilmasdan oldin mardlikni bilmasdi, uning odat tusiga  kirgan odoblarini va qahramonliklarini rioya qilmasdi». g‘arblik adiblarning ana shu asrlarda musulmon olami va uning adabiyotidan ta’sirlanish ko‘lamining kattaligiga Do‘zining Islom haqidagi kitobida ispan yozuvchisi o‘oroning risolasidan keltirgan naqli dalolat qiladi. Mazkur yozuvchi lotin va yunon tillariga beparvolik qilib, musulmonlarning tiliga e’tibor bilan qaralganiga juda ham achinadi va shunday deydi: «Zakovat va zavq arboblarini arab adabiyotining ta’siri sehrlab qo‘ygan, ular lotinchani nazar-pisand qilmaydilar. Boshqaning emas, balki o‘zlarini mag‘lub etganning tilida yozadilar». U qattiq taassuf bildirib shunday yozadi: «Mening masihiy birodarlarim arab she’r va qissalariga mahliyodirlar. Ular musulmon faylasuf va faqihlari yozgan kitoblarni o‘qib-o‘rganadilar. Ular buni kitoblarning noto‘g‘riligini isbot etish yoki raddiya qilish uchun emas, balki fasohatli arabiy uslubdan iqtibos olish uchun qilishadi. Din kishilarini hisobga olmaganda, bugun Tavrot va Injilning diniy tafsirlarini o‘quvchi kishi qayda? Injillarni, rasul va anbiyolarning sahifalarini o‘quvchilar bugun qaerda qolishdi? Voh, afsus! Zakiy masihiylardan o‘sib kelayotgan avlod arab adabiyoti va tilidan boshqa bir til yoki adabiyotni bilmaydi. Ular arab kitoblariga berilib ketadilar, qimmat baholarda xarid qilib, katta kutubxonalarga jamlaydilar. Har yerda ularning zahiralarini (qimmatbaho asarlarini) maqtab tarannum etadilar. Bir vaqtning o‘zida masihiylik kitoblariga quloq osishdan «ular iltifot etishga haqli emas», degan bahona bilan hazar qiladilar. Eh, afsus! Masihiylar tillarini, albatta unutdilar. Bugun ularning har minggidan bitta ham do‘stiga maktub yoza oladiganini topolmaysan. Ammo arab tilida esa ko‘plari go‘zal uslubda ta’bir etishni o‘rniga qo‘yadilar. Ular bu tilda shunday she’r yozadilarki, nafosat va go‘zalligi bilan arab she’riyatining o‘zidan ham o‘tadi».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:08:39
   O’n to‘rtinchi va undan keyingi asrlarda Ovro‘paning adabiyot daholari hech shubhasiz o‘z qissa va adablarida arab adabiyoti ta’sirida bo‘lganlar. 1349 yili Bokachcho o‘zining «Dekameron» deb nomlangan kitobini «Ming bir kecha» izidan borib yozdi. Undan, shuningdek Shekspir, «Ibrat xotimalar bilan bo‘ladi» pesasiga mavzuni iqtibos qiladi. Yana bir olmon adibi Lessing ham «Dono Natan» pesasini ana shu asardan o‘zlashtirgan.

   Ingliz tilidagi yangi she’riyat rahnamosi Shoser o‘z zamonasida Bokachchodan o‘zlashtirganlarning eng kattasi bo‘lgan. U bilan Italiyada uchrashgan bo‘lib, undan keyin «Kantraberri hikoyalari» nomli mashhur qissalarini yozgan.

   Dante bo‘lsa, ko‘pgina tanqidchilarning ta’kidlashicha, oxirat olamiga sayohatni tavsiflaydigan «Ilohiy komediya»sida Maarriyning «Al-o‘ufron» risolasidan, jannat vasfida esa Ibn Arabiydan ta’sirlangan. Buning sababi u islomiy hazoraga va uni arabcha manbadan o‘rganishga oshifta, shaydo imperator Frederik Ikkinchi zamonida Sitsiliyada turganligidir. U va Dante o‘rtasida Arastu mazhabi borasida ba’zi o‘rinlarda arabiy aslga tayanilgan mubohasa kechgan. Dante Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam siyratlaridan anchagina xabardor bo‘lgan. Bundan Isro va Me’roj qissasi hamda samo vasfi bilan tanishib chiqqan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:09:25
   Petrarka esa Italiya va Fransadagi arab hazorasi asrida yashadi. Monbiliya va Parij universitetlarida ta’lim oldi. Bu ikki universitet arab muallafotlariga binoan barpo bo‘lgan Andalus jomea (universitet)larining shogirdlari sanalardi.

   Ovro‘pa qissasi vujudga kelish onlarida o‘rta asrlarda arablarda bo‘lgan qissachilik fanlaridan ta’sirlangan. U fanlar maqomchilik, qahramonlik xabarlari, shon-sharaf va ishq yo‘lidagi yigitlarning sarguzashtlaridir. «Ming bir kecha» o‘n ikkinchi asrda Ovro‘pa tillariga tarjima qilingach, bu borada uning ta’siri juda katta bo‘ldi. Hatto u o‘sha paytdan beri hozirgacha Ovro‘pa tillarining barchasida uch yuz marta chop etilgan. Bir necha ovro‘palik munaqqidlarning fikricha, «Svift» sayohatlarini yozgan Jonatan, «Robinzon Kruzo» sarguzashtlarini yozgan Defo «Ming bir kecha», Xayy ibn Yakzonning «Risola»si va arab faylasufi Ibn Tufayldan qarzdordirlar.

   «Ming bir kecha»ning bunchalik haddan ortiq ko‘p nashr etilishi g‘arbliklarning uni o‘qishga e’tibor berganliklariga va bu o‘z-o‘zidan undan ta’sirlanganliklariga dalil ekaniga hech kim shubha qilmaydi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:12:25
   Hayotning turli sohalarida ishlatiladigan Ovro‘pa tillariga kirib qolgan arabcha so‘zlarni eslatib o‘tishimizga hojat bo‘lmasa kerak. Hatto ba’zi so‘zlar xuddi arab tilidagidek bo‘lib qolgan. Qutn (paxta), harirud-damashqiy (damashqiy harir), misk, sharob, jarra (ko‘za), limon, sifr (nol) va bulardan boshqa son-sanoqsiz so‘zlar shular jumlasidandir.

   To‘rtinchisi — qonunchilik maydonida. g‘arblik talabalarning Andalus va boshqa yerlardagi islomiy madrasalar bilan bog‘lanuvi fiqh va qonunshunoslikka oid hukmlar majmuining o‘z tillariga ko‘chishida katta rol o‘ynadi. Ana shu paytda Ovro‘pada mustahkam nizom va odil qonunlar bo‘lmagandi. Hatto Napoleonning Misrdalik davrida molikiy fiqhidagi eng mashhur kitoblar frantsuz tiliga tarjima qilindi. Bu kitoblarning ilklaridan «Xalil kitobi» bo‘lib, u frantsuz fuqarolik kodeksining mag‘zi (asosi) bo‘lgan. Kodeks molikiy fiqhi hukmlariga nihoyatda o‘xshash bo‘lgan. Alloma Sediyo aytadi: «Afrika arablari bilan aloqalarimizda, alalxusus, nazarimizni tortgan narsa — molikiy mazhabi bo‘ldi. Fransa hukumati doktor Berenga 1422 yilda vafot etgan Xalil ibn Ishoq ibn Ya’qubning fiqhga doir «Kitobul muxtasar»ini frantsuzchaga tarjima qilmoqni topshirdi».

   Beshinchisi — davlat tushunchasi va xalqning hukumat bilan aloqasi borasida. Qadim va o‘rta asr olami xalqning hokimlar faoliyatini nazorat qilish huquqini inkor etardi. Shuningdek, u bilan hokim o‘rtasidagi aloqani qul bilan xo‘jasi o‘rtasidagi aloqadek qilishardi. Mamlakat podshohning xos mulki sanalar, boshqa mollari meros qilib olinganidek, u ham merosxo‘rlariga o‘tardi. Hokim mutloq xo‘jayin bo‘lib, xalqqa nisbatan xohlagan ishini qilardi. Mana shuning sababidan amirning taxtdagi hissasini talab qilib yoki qarindosh-urug‘lar merosi to‘g‘risida kelishmovchilik uchun bir davlat bilan boshqasi o‘rtasida urush chiqishini oqlashardi!
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:13:19
   Urushuvchi millatlar o‘rtasidagi aloqaga kelsak, g‘olib mag‘lubning qo‘lidagi bor narsani vatani, moli, obro‘si, hurriyati va izzatini musodara qilardi. Holat to Islom hazorasi barpo bo‘lguncha shunday davom etdi. U e’lon etgan printsiplari ichida albatta xalq o‘z hokimlarini nazorat qilish to‘g‘risida haq sohibi ekanligi ham bor edi. Chunki hokimlar xalq manfaatlarini va omonatni himoya qiluvchi vijdonli kimsalardan farqlanmaydilar. Bu to‘g‘rida tarixda birinchi marta xalq ichidan biror kishi chiqib, hokimidan nima kiyishini, qaerdan kelganini surishtirishi voq’e bo‘ldi. Buning uchun u o‘limga hukm qilinmaydi, qamoqqa sudralmaydi va surgun etilmaydi. Toinki, u va odamlar qanoat hosil qilishi uchun hokim unga hisobotini taqdim etadi. Tarixda birinchi marta hokim o‘zini xalqning qaroli ekanini, ixlos ila unga xizmat qilishi va qarolga lozim bo‘lganidek, unga ham samimiyat lozim ekanini e’tirof etdi.
 
   Islomiy hazora e’lon etganlari ichida buni ham ma’lum qildi va keyinchalik hayotga tatbiq etdi. Bular hurriyat va anglash nasimlari bo‘lib, keyin islomiy jamiyatga qo‘shni millatlar ustida ham esdi. Bundan bu millatlar bezovtalandi, so‘ng harakatlandi, keyin qo‘zg‘olib, ozod bo‘ldi. Ovro‘pada bo‘lgan narsa mana shudir.

   G‘arbliklar salb urushlarida Shom mamlakatlariga keldilar va bundan oldin ham Andalus xalifaligi mamlakatlarida guvoh bo‘lganlaridek, xalqlar hokimini nazorat qilayotganini, hokimlar ham xalqidan boshqaning nazoratiga bo‘ysunmayotganliklarini ko‘rdilar. Shunda g‘arblik podshohlar arab va musulmon podshohlarning xalq majmuidan o‘zga har qanday tabaqa hukmronligidan ozod ekanligi bilan o‘zlarining Rum hukmronligiga tobeliklari va Rumning diniy hokimligiga bo‘ysunishdan bosh tortsalar, quvg‘inga uchrash va amaldan mahrum bo‘lish qo‘rqinchini solishtirib ko‘rdilar. Keyinchalik bo‘lgan frantsuz inqilobi Islom hazorasi bundan o‘n ikki asr oldin e’lon etganidan ortiq printsiplarni e’lon qilolmadi!
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:13:52
   Yana hazora e’lon qilgan (printsip) tamoyillardan urushlardagi ahdnomalarni ehtirom qilish, aqidalarga rioya etish, ibodatxonalarni egalariga qoldirish va odamlarning hurriyati va hurmatlarini kafolatlash mag‘lub xalqlarda uning hukmiga izzat va hurmat ruhini qo‘zg‘adi.

   G‘arbliklar o‘rta asrlarda Islom hazorasi bilan Shom mamlakatlari va Andalus orqali aloqa qilishgan. Aloqa qilmaslaridan oldin podshohning din boshlig‘iga isyonini, xalqning esa podshohga itoatsizligini bilishmasdi. Hokimdan hisobot so‘rash yoki mazlumga yordam qo‘lini cho‘zishni o‘z haq-huquqlaridan, deb bilmasdilar. Ba’zilari ba’zilari bilan aqida va mazhab borasida kelisholmay qolgan paytda qassob qo‘yni so‘ygandek bir-birlarini bo‘g‘izlashgandi! Islom olami bilan aloqasi boshlangan vaqtdan ularda uyg‘onish, qo‘zg‘olish boshlandi. Shundan so‘ng ular hurriyatga erishdilar.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:16:03
   Barhayot Islom hazorasini boshqa hazoralardan farqlantirib turgan insoniylik xususiyatiga e’tibor bermay iloj yo‘q. Zero, bu xususiyat insoniyatni adovat, nafrat, tafriqa va millatchilik muhitidan muhabbat, marhamat, o‘zaro yordam, Alloh va qonun oldida barobarlik muhitiga olib chiqdi. Jamiyat vujudini irqni irqqa, toifani toifaga yoki millatni millatga afzalligidan biror asar bo‘lmagan tenglik — barobarlikka yo‘lladi. Bu o‘ziga xoslik hazoraning asoslarida, qonunlarida va voqeligida yorqin namoyon bo‘ladi. Insoniy o‘ziga xoslik asoslarini Islom o‘z paytida shunday e’lon etdi: «Ey insonlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini (Havvoni) vujudga keltirgan hamda u ikkovidan ko‘p erkak va ayollarni tarqatgan Parvardigoringizdan qo‘rqingiz!» (Niso surasi, 1-oyat). Garchi keyinchalik odamlar millatlarga, qabilalarga, shaharlarga va jinslarga ajragan bo‘lsa ham, bashar go‘yo bir uy, bir ota va bir onadan tarqagan og‘a-inilarga o‘xshaydi. Shunday bo‘lgach, ularning irq va yurtdagi farqlanishlari ezgulik uchun o‘zaro yordam, tanishuv va uchrashuv yo‘li tomon olib boradi. Mana shundan abadiy insoniy qonuniyat kelib chiqdi: «Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (do‘st, birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik» (Hujurot surasi, 13-oyat). Shundan so‘ng hayot ba’zi shaxslarning martabasini ko‘tarib, boshqalarnikini yerga urdi. Bir toifani boy qilib, ko‘plarni faqir qildi. Bir odam hokim bo‘lib, xalq unga bo‘ysundi. Ba’zi qavmlarning tanasi oq bo‘lsa, boshqa millatlarning rangi qora bo‘ldi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:17:39
Garchi bu hayotning o‘zgarmas qonuniyati bo‘lsa-da, lekin martabasi baland tubandagidan, boy kambag‘aldan, hokim raiyatdan, oq rangli rangi qoradan farq etishi mumkin emas. Balki hamma barobardir. Ular odamiyati, insoniyati to‘g‘risida Alloh huzurida tengdir. O’rtalaridagi farq faqatgina taqvoda bo‘ladi. «Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot surasi, 13-oyat). Ular qonun oldida, unga bo‘ysunishlikda ham barobardirlar. Ular o‘rtasida faqat haqiqat bo‘lsagina ayirma bo‘ladi. «Bas, kim (hayoti dunyodalik paytida) zarra misolichalik yaxshilik qilsa, (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur. Kim zarra misolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur!» (Zalzala surasi, 7-8-oyatlar). Ular jamiyat vujudida ham barobardirlar. Kuchlilari zaiflarini, jamoa esa shaxsning holatini tushunadi. «Mo‘minlarning o‘zaro muhabbat va marhamatdagi misollari bir jasadning misoliga o‘xshaydi. Agar undan biror a’zo shikva qilsa, boshqa a’zolar isitma va bedorlik bilan unga hamdard bo‘ladilar».

   Islom odamlar o‘rtasida bir ota-onadan bo‘lgan og‘a-inilarniki kabi insoniy birlikni e’lon etishda xuddi shu tarzda yo‘l tutdi. U jamiyatdagi ijtimoiy birlikni daraxtga o‘xshatdiki, agar shamol essa, tepadagimi, pastdaligidan qat’iy nazar, barcha shoxlari qimirlardi. Shu o‘rinda Qur’onning insonlarga asl insoniy birliklarini eslatib turadigan ushbu: «Ey insonlar... Ey Bani odam!» degan lafzlar bilan ko‘p marotaba xitob qilganini, shuningdek, bir din farzandlarini millati, toifasini ajratmay, «Ey imon keltirganlar... Ey mo‘minlar!» deya chaqirganini mulohaza etib o‘tishimiz foydadan xoli emas.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:19:16
   Islom hazorasi qonunchiligidagi insoniy o‘ziga xoslikni shariat boblarining har birida aniq sezasiz. Namozda odamlarning barchasi Allohning oldida barobar turadi. Unda podshoh, yo ulug‘, yo olim uchun maxsus makon ajratilmaydi. Ro‘zada odamlar bir xil darajada ochlikni boshdan kechiradilar. Ularning oralaridan amir, yo boy, yo sharif istisno qilinmaydi. Hajda odamlar bir xil kiyim kiyishadi. Bir xil joyda turishadi. Bir xil ibodatni ado etishadi. Bu borada hamma barobar, kuchli va zaif, ashrof va ommaning farqi yo‘q. Bundan fuqarolik kodeksi qonunlariga o‘tadigan bo‘lsangiz, odamlar o‘rtasidagi aloqalarda ustivor qonuniyat — haqiqat ekanini, qonunchilikdan ko‘zlangan g‘araz — adolat ekanini, har qanday ezilgan va mazlum uchun qonun qo‘lidagi bayroq — zulmni daf etish ekanini ko‘rasiz. Undan jinoyat kodeksiga o‘tsangiz, jinoyat qilgan har qanday kishiga jazo bir xil ekanini ko‘rasiz. Kim o‘ldirsa, o‘ldiriladi. Kim o‘g‘irlasa, jazolanadi. Kim haddan oshsa, adabi beriladi. Qotil olim yo johil bo‘lishining, maqtul amir yo dehqon bo‘lishining farqi yo‘q. Yoki tajovuzkor mo‘minlarning amiri yo to‘quvchi ekanining, tajovuz qurboni ajam, yo arab, sharqlik, yo g‘arblik ekanining e’tibori yo‘q. Hammasi qonun nazarida barobardir. «(Ey mo‘minlar) sizlarga o‘ldirilgan kishilar uchun ozod kishi muqobiliga ozod kishidan, qul uchun quldan, ayol kishi uchun ayoldan qasos olish farz qilinadi» (Baqara surasi, 178-oyat).

   Odamlarning barchasiga dinlari, irqlari, ranglaridan qat’iy nazar insoniy mukarramlikni isbot etgan paytda shariat bundan ham yuksaklikka ko‘tarildi. «Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini aziz va mukarram qildik» (Al-Isro surasi, 70-oyat). Odamlarning hayoti, e’tiqodi, ilm olishi va umr kechirishdagi barcha huquqlariga kafil bo‘lgan bu hurmat ularning barchasi uchun barobar edi. Odamlarning hammasiga istisnosiz bir xil darajada kafil bo‘lish davlatning majburiyati edi. Insonlarni mukofotlash va jazolash asoslari ularning zohir amallariga qarab emas, balki niyatlariga qarab bo‘lishini e’lon qilgan paytda shariat insoniy yuksaklikning bundan ham yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. «Albatta, Alloh sizlarning suratlaringizga emas, balki qalblaringizga qaraydi». Demak, jazolash va mukofotlash boisi niyat ekan. «Albatta, amallar niyatlar bilandir. Va har bir kishi nimani niyat qilgan bo‘lsa, shu bo‘ladi». Allohning huzurida maqbul niyat bu — yaxshilik, odamlarga manfaat yetkazish va hech qanday moddiy g‘araz yoki tijoriy foydani ko‘zlamay, Allohning roziligini tilab qilingan niyatdir. «Parvardigoringizga ibodat qilib, yaxshilik qilingiz — shoyadki, najot topsangizlar» (Haj surasi, 77-oyat).
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:20:26
   Allohning roziligini tilab qilingan bu yaxshilikka undan naf ko‘rgan kishidan yaxshilik va haq talab qilmoq durust emas. «Va taomni suyub-xohlab tursalar-da, (o‘zlari yemasdan) miskin, yetim va yesirlarni taomlantirurlar. (Ular ayturlar): «Bizlar sizlarni yolg‘iz Allohning yuzidan taomlantirurmiz. Sizlardan (bu ishimiz uchun) biron mukofot va minnatdorchilik istamasmiz — kutmasmiz» (Inson surasi, 8-9-oyatlar). Allohga ibodat qilish, koinot qonunlariga bo‘ysunishda inson, hayvon, jonli-jonsiz, yer va falaklardan iborat olamlarning birligini tasdiqlaganda, shariat insoniy o‘ziga xoslikning  eng yuqori cho‘qqisiga yetdi. Qur’on musulmondan namozining har rakatida: «Hamdu sano butun olamlar Xojasi, mehribon va rahmli Alloh uchundir», deb zikr qilmoqni talab etishi qanday ham go‘zal! Uni musulmon har bir namozida zikr qilishi kerak. Zero, u koinotning bir bo‘lagi, tom va shomil rahmat ila tavsiflangan yakka Ilohning maxluqi.

   Bular Islom hazorasi va shariatining asoslari, odamlarga e’lon qilingan paytdagi insoniy o‘ziga xoslikning ko‘rinishlari edi. Unday bo‘lsa, Islom g‘olib bo‘lib, hukm yurgizgan paytda voqe’lik qanday bo‘lgan?
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:21:30
   Arab Abu Zarr o‘iforiy bilan Abu Bakrning (roziyallohu anhu) qullari, qora habashiy Bilol nizolashib qolishdi. Abu Zarr va Bilol Islomga va uning payg‘ambariga imon keltirgan sahobalardan edilar. O’rtalaridagi nizo kuchaya borib, Abu Zarrni g‘azab egallab oldi va Bilolga: «Ey qoraning bolasi!» dedilar. Bilol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga shikoyat qildi. Shunda Rasululloh Abu Zarrga dedilar: «Sen uni onasi bilan kamsitdingmi? Sen johiliyat (odatlari) bor kishi ekansan!» Abu Zarr johiliyatni faqat yoshlarda bo‘ladigan axloqiy, shahvoniy buzilish, deb o‘ylab: «Yoshim o‘tgan ushbu soatda-ya?» dedilar. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Ha, ular birodarlaringiz». Abu Zarr pushaymon bo‘lib, tavba qildilar. Tavba va pushaymonlikda mubolag‘a etib, hatto Bilolga yuzlarini bosmoqlikni buyurdilar.

   Payg‘ambar (s.a.v.) zamonlarida Bani Maxzumdan bo‘lgan bir ayol o‘g‘irlik qildi. Jazosi berilishi uchun uni Rasulullohning oldilariga keltirishdi. Bu hol Qurayshni xafa qildi va: «Rasulullohning undan hadni bekor qilishlariga kim shafe’ bo‘ladi?» deyishdi. Shunda Rasulullohning qalblariga mahbub bo‘lgan Usoma ibn Zaydni eslab qolishdi. Unga Rasulullohning huzurlarida shafe’ bo‘lishni topshirishdi. Bu haqda Rasulullohga so‘zlaganlarida, u zot juda qattiq g‘azablandilar va Usomaga: «Sen Allohning hadlaridan bo‘lgan hadga shafe’ bo‘lasanmi?!» dedilar. So‘ng turib, odamlarga qarata shunday xitob qildilar: «Darhaqiqat, sizlardan oldin o‘tgan ummatlar agar o‘zlaridan bir obro‘li kishi o‘g‘rilik qilsa, kechirishar, ammo zaif, nochor odam o‘g‘ri bo‘lsa, unga hadni ijro qilishardi va ular shu sababdan halokatga uchrashdi. Allohga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima o‘g‘rilik qilganda ham, uning qo‘lini kesgan bo‘lardim».

   Qays ibn Matotiyya (bu odam munofiq edi) Salmon Forsiy, Suhayb Rumiy va Bilol Habashiy bo‘lgan xalqaga keldi. Va: «Avs va Xazraj manavi odamga (Muhammad sollalohu alayhi va sallamga) madad berdi. Bu tushunarli-ku, ammo anavilarning nima ishi bor?» dedi. (Ya’ni, Salmon, Suhayb va Bilolni nazarda tutgandi). Shunda Maoz ibn Jabal o‘rnilaridan turib, uning yoqasidan oldilar-da, Rasulullohning (s.a.v.) oldilariga olib keldilar hamda uning aytganlarini so‘zlab berdilar. Rasululloh g‘azablangan holda o‘rinlaridan turdilar va to‘nlarini yig‘ishtirib masjidga keldilar. So‘ng masjidda «Namoz jamlaguvchi» deya nido qilindi. (Bu so‘z bilan jamoatni yig‘ish uchun va ikki iydga nido qilinar edi.) Payg‘ambar alayhissalom odamlar to‘g‘risida xutba qildilar va: «Ey odamlar, albatta Parvardigor birdir, ota birdir va din birdir», dedilar.

Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:22:28
   Kunlardan bir kun Adiy ibn Xotam Toiy Madinaga keldi. U hali Islomga kirmagan edi. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) bir majlislarida ishtirok etdi. U zotning atroflarida g‘azotlarning biridan qaytgan ashoblari o‘tirishardi. Ular keng sovutlar kiyib olishgandi. Adiyni sahobalarning payg‘ambarlariga bo‘lgan haybat, ehtiromlari ajablantirdi. U shunday kayfiyatda turgan paytda Madina ayollaridan kambag‘al bir xotin Payg‘ambarning (sollallohu alayhi va sallam) oldilariga keldi va: «Yo Rasululloh, men sizga bir sir aytmoqni istayman», dedi. Rasululloh unga: «O’ylab ko‘r-chi, Madinaning qaysi ko‘chasida sen bilan xoli bo‘lishim ma’qul?» dedilar va so‘ng u bilan chiqib ketdilar. Ancha vaqt turib, uning so‘zini eshitdilar, keyin qaytdilar... Adiy bu holatni ko‘rgach, Rasulullohdagi insoniylikdan uni chuqur hayajon qamrab oldi va musulmon bo‘ldi.

   Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yigirma bir yil davom etgan kurashdan keyin Makkani fath qilganlarida, u zotga qarshi kurashgan, vatanlaridan chiqargan va takzib etganlarga nisbatan g‘oliblik maqomini olganlarida ham, Makka ko‘chalarida yashirin yurgan kunlarida, so‘ngroq esa Madinada hokim o‘laroq barhayot hazora binosiga asos qo‘yayotgan onlarida chiqargan da’vat va asoslarini esladilar. U zot Ka’ba eshigi oldida turgan hollarida gapirganlarida, kibrli va zolim ijtimoiy farqlanishlar sohibi bo‘lgan Quraysh ushbu so‘zlarni eshitdi: «Ey Quraysh jamoasi, Alloh sizlardan johiliyat g‘ururini va ajdodlarni ulug‘lashni ketkazdi. Insonlar Odamdan, Odam esa tuproqdan xalq qilingan».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:23:59
   So‘ng nusratga erishmasdan oldin da’vat qilganlari — Alloh  taboraka va taoloning ushbu oyatini tilovat qildilar: «Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (do‘st-birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot sura, 13-oyat).

   Abu Bakr (r.a.) zamonlari. Bu zot insoniyat qalbi va ruhiyatini to‘ldiradigan mutavoze’ rais misoli edilar. Xalifa bo‘lganlari holda otalarini urushda yo‘qotgan qizlarning oldiga keldilar va shunday dedilar: «Xalifalik oldin odatlangan xulqimni o‘zgartirib yubormaydi, deb umid qilaman».

   Umar (r.a.) esa xalqqa e’tiborli, zaiflarga yaxshilik qiluvchi, haqiqat borasida qattiqqo‘l va odamlarning barini barobar ko‘radigan xalifa edilar. Umar (r.a.) odamlarga berish uchun o‘zlarini mahrum qilar va ular to‘yishlari uchun och qolar edilar. Odamlarning uylaridan, manzillaridan xabardor bo‘lib turardilar. Buning qissalari ma’lum va mashhurdir:

   Bir kun bozorda sadaqa so‘rayotgan yoshi ulug‘ qariyani ko‘rdilar va: «Ey shayx, nima qilayapsan?» deb so‘radilar. Qariya: «Men yoshi ulug‘ qariyaman, jizya va nafaqa so‘rayapman», dedi. U Madina aholisidan bo‘lgan yahudiy edi. Umar (r.a.) buyuk insoniy xislat egasi edilar. Shundan unga: «Ey shayx, biz senga insof qilmadik. Yoshligingda sendan jizya olib, qariganingda tashlab qo‘ydik», dedilar-da, uning qo‘lidan ushlab uyiga olib bordilar. Unga zarur miqdorda oziq-ovqat tayin etdilar va Baytul-mol xazinachisiga: «Bu va bunga o‘xshashlarning o‘zi va ahliga yetarli miqdorda mablag‘ ajrat», deb odam yubordilar.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:25:43
   Bir marta Umar (r.a.) Madina ko‘chalarida yurgandilar, ozg‘inlikdan to‘zib ketgan qizchani ko‘rib qoldilar. Qiz bir turar, bir yiqilardi. Shunda Umar (r.a.): «Bu qizaloqning aybi nima?! Gunohi ne?! Qaysi biringiz bu qizchani taniysiz?» dedilar. O’g‘illari Abdulloh: «Tanimadingizmi, ey mo‘minlarning amiri?» deganda, u kishi: «Yo‘q», dedilar. Abdulloh aytdilar: «Bu — qizlaringizdan biri!»
   — Bu qaysi qizim?
   — Umarning o‘g‘li Abdullohning qizi Falona.
   — Essiz, bu holga tushishiga nima sabab bo‘ldi?
   — Sizdagi narsa bundan to‘sib qo‘ydi.
   — Allohga qasamki, menda musulmonlarnikichalik haqqingdan boshqa narsa yo‘q. Bu — men va sizning o‘rtangizdagi Allohning kitobi (farzi)dir.

   Madinaga tijoratchilar karvoni keldi. Unda ayollar va bolalar ham bor edi. Umar (r.a.) Abdurahmon ibn Avfga (r.a.): «Bu kecha ularga qo‘riqchilik qilasizmi?» dedilar. Ularni qo‘riqlab kech kiritishdi. Alloh farz etgan namozlarini o‘qishdi. Shunda Umar (r.a.) bir go‘dakning yig‘isini eshitdilar va u tomon yurdilar. Uning onasiga: «Allohdan qo‘rq, bolangga yaxshi qara», dedilar, so‘ng o‘z o‘rinlariga qaytdilar. Shunda yana yig‘i ovozini eshitib, onasiga: «Allohdan qo‘rq va bolangga yaxshi qara», dedilar-da, joylariga qaytdilar. Vaqtiki, tun oxirlagandi, yana uning yig‘isini eshitdilar. Onasiga borib: «Hayf senga, yaxshi ona emas ekansan! O’g‘lingga nima bo‘ldi, kechadan beri tinchimaydi?» dedilar. Onasi u kishini mo‘minlarning amiri ekanliklarini bilmay: «Ey Allohning bandasi, u kechadan beri meni bezor qilib yubordi, men uni ko‘krakdan chiqarishga majburlayman, u esa ko‘nmaydi», dedi. Umar (r.a.): «Nima uchun?» deb so‘radilar. U aytdi: «Chunki Umar faqat ko‘krakdan chiqqan bolalargagina nafaqa belgilaydi (ya’ni, farzandlari ko‘krakdan chiqqan otalargagina haq beradi). Umar (r.a.): «Buning yoshi nechada?» dedilar. U: «Mana shuncha oylik», deb aytdi. Umar (r.a.) esa: «Essiz, unaqa shoshmagin», dedilar-da, bomdod namozini o‘qidilar. Yig‘ining kuchliligidan qiroatlari odamlarga yaxshi eshitilmadi. Shunda salom berib dedilar: «Ey baxtsiz Umar, qancha musulmon farzandlari halok bo‘ldi...» So‘ng bir munadiyga: «Go‘daklaringizni ko‘krakdan chiqarishga shoshilmanglar. Biz Islomda tug‘ilgan har bir go‘dak uchun (haq) belgilaymiz», deb nido qilishga buyurdilar. Bu bilan hamma tomonga chopar yuborildi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:26:17
   Aniqki, tarix bu hodisadan ko‘ra ajoyibroq va ta’sirliroq narsani rivoyat qilmagan. Barcha millatlarning hazorasida Umarning (r.a.) demokratiyasiga bo‘ylasha oladigan hodisa bo‘lmagan. Zero, u zot ashoblari uxlayotgan onda karvonga qarab, tunni bedor o‘tkazdilar. Umar (r.a.) o‘sha kunlarda mo‘minlarning amiri, Kisro va Qaysarning mag‘lubiyati sababchisi va mulklarining vorisi edilar. U zot o‘sha kunda bu karvonni qo‘riqlash buyurilgan bir qo‘riqchining ishini qildilar. Vaholanki, qo‘riqchi ham Umarning (r.a.) ishini qilishi mahol edi. Yig‘layotgan go‘dakdan ogoh bo‘lish, onasidan bolasiga yaxshi qarashni uch marta so‘rash... Ichimizda kim Umarning (r.a.) karvon ahliga ko‘rsatgan muomalasini qila oladi? Tarix ulug‘laridan kim Umarning (r.a.) buyuk insoniy shuuriga yaqinlasha oladi?

   Islom hazorasi tarixidagi bundan ham ajoyibroq mana bu hodisani eshitaylik. Umarning (r.a) xizmatkorlari Aslam (r.a.) hikoya qiladilar: «Bir tun Umar (r.a.) bilan chiqdim. Biz shahardan uzoqlashdik. Olis manzillar ahlini ko‘zdan kechirardik. Uzoqda yonayotgan o‘tni ko‘rdik. Umar (r.a.): «Men u yerda tun va sovuq to‘xtatib qo‘ygan yo‘lovchilarni ko‘ryapman, men bilan yur», dedilar. Biz tez sur’atda yurdik va ularga yaqinlashdik. U yerda bir ayol bilan go‘daklari va olovga osib qo‘yilgan qozon turardi. Go‘daklari chinqirib yig‘lardi. Umar salom berib, so‘ng u ayoldan: «Nima bo‘ldi?» deb so‘radilar. Xotin: «Bizni tun va izg‘irin to‘xtatib qo‘ydi», dedi. Umar (r.a.): «Bu bolalar nega chinqirib yig‘lashayapti?», deb so‘raganlarida, ayol «Ochlikdan», dedi. Umar (r.a.): «Bu qozonda nima narsa bor?» deganlarida, «Ichida suv bor, uxlagunlaricha shu bilan ovutib turibman, Alloh biz bilan Umarning o‘rtasida», deb ayol Umar (r.a.)dan shikoyat qilib, qarg‘adi. Umar (r.a.): «Ey Alloh rahm qilgur, Umar sizlarning ahvolingizdan bexabardir?» deganlarida, «U bizga bosh bo‘ladi-yu, esdan chiqaradimi?», dedi. Umar (r.a.) menga o‘girildilar va: «Ketdik», dedilar. Biz tez yurib, unxonaga keldik. Bir xalta un va bir idishda yog‘ oldilar va menga: «Ustimga yuklab qo‘y», dedilar. «Men ko‘taraman», dedim. U kishi aytdilar: «Qiyomat kuni ham gunohlarimni ko‘tarasanmi, ey baraka topgur?!» Men yukni u kishining orqalariga yuklab qo‘ydim-da, birgalikda tez yurib ketdik. Mo‘ljalga yetib borib, yukni ayolning oldiga tushirdilar. Undan ozroq olib, unga: «Menga qo‘yib ber, senga o‘zim qaynatib beraman», dedilar-da, qozonning ostini puflay boshladilar. Soqollari katta edi, shundan tutunni soqollari orasidan chiqayotganini ko‘rardim. Va nihoyat, ularga taom pishirib berdilar. So‘ng ayolga: «Menga biror narsa keltir», dedilar. Ayol bir lagancha keltirdi va taomni unga bo‘shatdilar-da: «Ularni ovqatlantir, men buni sovutib turaman», dedilar. To ular to‘yguncha shunday qilib turdilar. Taomning qolganini ularning oldida qoldirdilar. So‘ng o‘rinlaridan turdilar, men ham birga turdim. Ayol: «Alloh seni yaxshilik bilan mukofotlasin, bu ishing bilan sen mo‘minlarning amiridan yaxshi ekansan!» dedi. Umar (r.a.) dedilar: «Yaxshi so‘zlarni ayt. Agar mo‘minlarning amiri huzuriga borsang, inshaalloh, meni o‘sha yerda topasan». So‘ng u yerdan chetga o‘tib, bir panada yotdilar. Men u kishiga: «Bu ish sizga loyiq emas», degandim, «Gapirma, men go‘daklarni olishib yotganlarida ko‘rdim. Keyin mana uxladilar, tinchlanib qoldilar». So‘ng o‘rinlaridan turib, Allohga hamd aytdilar va menga qarab: «Ey Aslam, ochlik bularni bedor qildi va yig‘latdi. Men o‘zim ko‘rib turgan bu holni hal etmaguncha qaytmaslikni istagandim», dedilar».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:26:53
   Bir kecha yana Umar (r.a.) bilan sodir bo‘lgan voqea ham insoniyat tarixidagi nodir insoniy sulukat, xulq sirasidandir. O’shanda u zot odatlariga binoan odamlarni ko‘zdan kechirib, holidan xabar olib yurardilar. Madinaga yalangliklaridan o‘tayotgan edilar, bir uydan ayol kishining ingrayotgani eshitildi. Uy eshigida bir kishi o‘ltirib olgandi. Umar (r.a.) unga salom berdilar va kimligini so‘radilar. U badaviy kishi ekanini, amirul mo‘mininning fazli-marhamatidan bahramand bo‘lish uchun kelganini aytdi. Umar (r.a.) yana: «Uydan eshitilayotgan ovoz kimniki?», deb so‘radilar. Haligi odam u kishi amirul mo‘minin Umar ekanliklarini bilmay: «Alloh marhamat qilgur, bor ishingni qil, senga foydasi bo‘lmagan narsa haqida savol berma», dedi. Umar (r.a.) buning tagiga yetishni xohlaganlaridan qayta-qayta so‘rayverdilar. Oxiri u kishi: «Bu yerda tug‘ishi yaqinlashib qolgan bir ayol bor, uning oldida hech kim yo‘q», deb javob qildi. Umar (r.a.) uylariga qaytdilar. Xotinlari, hazrati Alining qizlari Ummu Kulsumga (r.a.): «Alloh senga tomon haydagan ajrga ega bo‘lmoqni xohlaysanmi?» dedilar. Ummu Kulsum: «U — nima?» deb so‘radilar. Umar (r.a.) unga voqeani tushuntirib berdilar va o‘zi bilan birga yangi chaqaloqqa kerakli kiyimlardan, xotin kishining ehtiyoji bor yog‘lardan, yana qozon, uning ichiga bug‘doy va yog‘ olvolishni buyurdilar. Xotinlari aytgan narsalarini hozir qildi. U kishi qozonni ko‘tarib yo‘lga tushdilar. Xotinlari orqalaridan yurdi. Haligi uyga yetib kelgach, xotinlariga: «Sen ayolning oldiga kir», dedilar va o‘zlari uning eri bilan qoldilar. O’t yoqib, o‘zlari bilan keltirgan narsalarni pishirdilar. U odam bo‘lsa, Umarning kimliklarini bilmay o‘tirardi. Xotinning ko‘zi yoridi va Umarning (r.a.) xotinlari uyning ichidan: «Ey amirul mo‘minin, sohibingizga o‘g‘il bilan sevinch xabarini bering», dedi. A’robiy bu so‘zni eshitib, u kishining amirul mo‘minin ekanliklarini bildi. Go‘yo u dahshatga tushgandek, orqaga tisarila boshladi. Umar (r.a.) unga: «Joyingdan qo‘zg‘alma», dedilar, so‘ng qozonni ko‘tarib, xotinlariga ayolni ovqatlantirish uchun qo‘llaridan qozonni olmoqqa buyurdilar. Xotin ovqatlanib bo‘lgach, qozonni u odamga uzatdilar-da: «Ye, baraka topgur, chunki tunning hammasini uyqusiz o‘tkazding», dedilar. So‘ng xotinlari chiqdi. Ketar chog‘larida, u odamga: «Ertaga bizning oldimizga bor, senga kerakli narsalar berishni amr qilamiz», dedilar. Ertasiga u odam keldi va uning farzandiga nafaqa  ajratib berildi.
 
   Tarix kitoblarida hazrati Umarning (r.a.) Quddus shahriga kirib borishlari shunday tasvirlangan: quddusliklar xalifangiz kelsagina, shaharni sizlarga topshiramiz, deyishadi. Hazrati Umar (r.a.) bir tuya, bir xizmatkor bilan Madinadan Quddusga ravona bo‘ladilar. Kamtarlikni qarang!
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:28:28
   Adolatli Umar (r.a.) xizmatkor va o‘zlari navbati bilan tuyaga minib borishaverdi. Quddusga yaqinlashganlarida, shahar ahli "œXalifa kelyapti", deb darvoza kalitlarini topshirish uchun uning istiqboliga chiqadi. Shunda tuyaga minish navbati xizmatkorda edi. U tuyada, xalifa esa piyoda ketyapti. Bir joyda xalifa Umar (r.a.) suvdan kechish uchun pochalarini shimarib oladi. Endi bir tasavvur qilib ko‘ring: Islom oliy davlatining bosh rahbari yalang oyoq, bosh yalang, pochalari shimarilgan holda mag‘lub shaharga kirib borayotir.

   Quddusni qamal qilgan Islom lashkarining bosh qo‘mondoni bu ko‘rinishdan xijolat bo‘lib, xalifaga ta’na qildi:
   — Ey Umar (r.a.), ayb bo‘ladi, bu holdan biz uyalamiz.
   Hazrati Umar uning ko‘ksiga bir urib:
   — Yo‘qol ko‘zimdan! Agar shu so‘zingni ilgariroq aytsayding, vazifangdan olib tashlardim. Izzat   — Islomdadir, qiliq-qiyofatda emasdir! — dedilar.

   Buyuklar tarixida insoniylik jihatidan bu hodisadan ko‘ra ajoyibroq, go‘zalroq va ulug‘roq hodisani bilmaymiz. Amerika xaloskori Vashington haqida zikr qilishlaricha, u kunlardan bir kun o‘zining ismi bilan nomlangan shahar ko‘chalarida kezib yurganida, bir toshni ko‘tarishga harakat qilayotgan, lekin kuchlari yetmayotgan askarlarni va ularga yordam berishga intilmayotgan bir zobitni ko‘radi. Vashington zobitga: «Ularga yordamlash», deydi. Zobit bundan bosh tortadi va: «Men bunchalik tuban ketmayman», deydi. Shunda Vashington kiyimini to‘shadi, ularga yordamlashdi va nihoyat toshni ko‘tarishdi. Keyin Vashington ularga qarata: «Agar yordamga muhtoj bo‘lib qolsangiz, Vashingtonning uyini so‘ranglar», dedi. Bu — buyuk axloqqa dalolat qiladigan nodir hodisa... Lekin Umarning (r.a.) ishlari bundan-da noyobroq. Zero, u zot tunda uyqu va rohatlarini tark etdilar, raiyatlarini nazorat qildilar. Tug‘ishga yaqin qolgan ayolning holini, unga yordam qiladigan kishi yo‘qligini bilgan paytlarida uyga qaytdilar, xotinlarini ko‘ndirdilar. Ikkovlon —er taom, xotin kiyimlarni ko‘tarib, qorong‘u zulmatida yo‘lga chiqishdi. Chodirga yetib kelishgach, xotinlari, yangi ta’birimizcha, davlatning birinchi raqamli xonimi doyalik vazifasini, o‘zlari esa oshpazlikni qoyilmaqom qilib bajarishdi. Yer yuzidagi biror rahbar yetisholmagan bunday insoniy oliyjanoblik qaerda?.. Bu — Umar (r.a.) buyukliklarining bir qismi. Bu — sahro farzandi Umar ibn Xattobdan (r.a.) buyuklik cho‘qqisining boshida turadigan inson yaratgan Islom hazorasining ajoyibotlaridan biri.

                                                               * * *

   Islom hazorasi yaratgan komil, marhamatli insoniylikka timsol bo‘ladigan kishi faqat Umar (r.a.)ning o‘zlari emas. Abu Bakr, Usmon, Ali, Umar ibn Abdulaziz, Salohiddin Ayyubiy va bulardan boshqa Islom hazorasining ulamolari, uzamolari, sarkardalari va faylasuflarida, ularning har birida barhayot bu hazoradagi insoniy oliyjanoblikka abadiy tamsil — misol keragichadir.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:29:45
   Bu — barhayot Islom hazorasining insoniy tomonlaridan biridir. Bu — ranglaridan qat’iy nazar odamlar o‘rtasida haqiqiy tenglikning qaror topishidir. Ushbu tenglik asosi Qur’on karimning: «Albatta, sizlarning Alloh nazdida eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot surasi, 13-oyat) deganidan, Payg‘ambar alayhissalom o‘zlarining barhayot ta’limotini: «Insonlar Odamdan, Odam esa tuproqdandir. Arabning ajamga, oqning qoraga taqvodan o‘zga hech bir ustunligi yo‘qdir», deya e’lon etish uchun vido’ hajida turgan paytidan keyin maydonga chiqqandir. Bu tenglik bugungi yangi hazora rahnamolarida bo‘lganidek, qandaydir munosabatlar bilan e’lon etiladigan asoslar chegarasida to‘xtab qolgan emas, balki u tatbiqiy tenglik bo‘lib, odatiy ishdek nazarni jalb qilmay, zo‘rakilik yoki qiyinchilikka muhtoj bo‘lmay amalga oshadi. Masalan, u masjidlarda, oqu qoraning bir joyda Alloh azza va jallaga ubudiyyat va xushu’larini izhor qilib turishlarida amalga oshadi. Oq qoraning yonida turishida hech qanday ziyon yoki mashaqqat ko‘rmaydi. Yana u hajda, bashariyat unsurlarining barchasi, oqu qora bir tepalikda, bir xil kiyimda, oq bilan qorani ayirmasdan yoki biri-biridan yuqori bo‘lmasdan uchrashganlarida amalga oshadi. Balki biz bundan-da yuksakroq holni ko‘ramizki, Rasululloh (s.a.v.) Makka fathi kuni Bilol Habashiyning Ka’baning ustiga chiqib azon aytishiga, haq kalimani e’lon etishiga amr etdilar. Vaholanki, Ka’ba johiliyatda arablarning muqaddas harami, Islomda esa muazzam qibla edi. Qanday qilib, unga Bilol kabi qora qul chiqadi?.. Qanday qilib, uni qadamlari bilan bosadi? Albatta, buningdek yoki bunga yaqinroq narsani yangi hazoralarda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Lekin Islom hazorasi buni o‘n to‘rt asr oldin amalga oshirdi. Bilolning Ka’ba sathiga ko‘tarilishi insonning har narsadan mukarram ekanini e’lon etishdan o‘zga narsa emas. Albatta, inson bu mukarramlikka yuz chiroyi va oqligi uchun emas, ilmi, aqli, axloqi va imoni uchun mustahiq bo‘ldi. Agar amali orqada bo‘lsa, insonni oqligi muqaddam qilmaydi va aksincha, agar zakovati va ijtihodi muqaddam bo‘lsa, qora odam ortga surilmaydi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:31:30
   Shuning uchun Rasululloh (s.a.v.) eng hurmatli sahobalaridan bo‘lishiga qaramay, Abu Zarrning boshqa sahobani «Ey qoraning o‘g‘li», deb so‘kishiga rozi bo‘lmadilar. Balki: «Uni onasining qoraligi bilan ayblaysanmi? Albatta, sen johiliyat (odati) bor kishi ekansan!» deb ta’na-malomat qildilar. Bu — ilm bilan jaholat o‘rtasini, insoniyat hazorasi bilan johiliyat hazorasi o‘rtasini ajratuvchi chegaradir.

   Irq irqqa, rang rangga ustun bo‘lmagan hazora oqil va mukarram inson yaratgan, u bilan ongli, mukarram insoniyat baxt-saodatli bo‘ladigan hazoradir. Oq rangli inson oliy bo‘ladigan, qora kamsitiladigan, oq yuzli baxtli bo‘lib, qoralar bebaxt bo‘ladigan hazora — insoniyatni ko‘r, mutakabbir, johil va axmoq holda yuzlarcha yillar ortga qaytaradigan hazoradir.

   Musulmonlar Misrni fath etgani kelishganda, Bobiliyun qo‘rg‘oni oldigacha borib to‘xtashdi. Podshoh Muqavqis musulmonlar bilan muzokara o‘tkazishga rag‘bat ko‘rsatdi va ular nimani xohlayotganlarini bilish uchun bir vafd (delegatsiya) jo‘natdi. So‘ng ular ham bir vafd jo‘natmoqliklarini so‘radi. Amr ibn Os ularga o‘n kishilik jamoani yubordi. Ularning ichida Uboda ibn Somit ham bor edi. Uboda juda qora, bo‘yi uzun kishi edi. Hatto, uning bo‘yi o‘n qarich deguvchilar ham bor edi. Amr so‘zlash vazifasini unga buyurdi. Ular Muqavqis huzuriga kirgan vaqtlarida Uboda ibn Somit oldinga chiqdi. Muqavqis uning qoraligidan qo‘rqib ketdi va: «Bu qorani ko‘zimdan yiroq qiling. Men bilan so‘zlashgani boshqa kishi chiqsin», dedi. Shunda vafd a’zolari barobariga: «Albatta, bu qora bizning fikr va ilm jihatidan afzalimizdir. U — sayyidimiz, yaxshimiz va peshqadamimizdir. Albatta, biz uning fikri va so‘ziga quloq solamiz», deyishdi. Muqavqis bunga javoban: «Bu qora sizlarning afzalingiz bo‘lishiga qanday rozi bo‘lasiz, holbuki u sizdan tubanda bo‘lishi lozim edi-ku?» dedi. Ular esa: «Hech qachon! Garchi u qora bo‘lsa-da, ko‘rganingdek daraja, aql va fikrda afzalimizdir. Bizning ichimizda qorani inkor etadigan yo‘q!» deb keskin javob qilishdi. Shunda Muqavqis Ubodaga: «Oldinga chiq, ey qora. Menga muloyim so‘zla, men sening qoraligingdan qo‘rqaman», dedi. Uboda Muqavqisning qo‘rqinchini ko‘rgach, unga shunday dedi: «Bizning qo‘shinimizda mingta qora bor. Ular mendan-da qoradirlar».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:32:04
   Bu — Islom hazorasining ajoyibligi va insoniyligini ko‘rsatib turibdi... Barcha odamlar, hatto yigirmanchi asr kishilari ham qoralikni nuqson, deb biladilar. Ular qorani oqlar qatorida bo‘lishga haqli, deb hisoblamaydilar-u, qanday qilib ularni e’zozlab o‘zlariga rahnamo qiladilar, fikr va ilmda afzal biladilar? Islom hazorasi kelganida, bu o‘lchovlarni yakson qildi. Bu fikrlarni ahmoqona, deb bildi. Ilmini, fikrini, shijoatini afzal bilgan paytda oqdan qorani oldinga qo‘ydi. Uboda ibn Somit Islom hazorasi rahnamolik, yo‘lboshchilik martabasiga ko‘targan kimsalardan faqat birginasi edi, xolos.

   Abdulmalik ibn Marvon munodiyga haj mavsumida Makkaning imomi, olimi va faqihi Ato ibn Abu Rabohdan o‘zga kishi fatvo bermasligini nido etishga farmon berdi. Bu Ato qanday kishi bo‘lganini bilasizlarmi? Qora, bir ko‘zi ko‘r, burni puchuq, shol va cho‘loq kishi edi. Kishi undan naf olishini xayolga keltirolmasdi... U minglarcha shogirdining qurshovida ilmiy majlisda o‘tirgan paytda go‘yo paxta xirmonida turgan qora qarg‘aga o‘xshardi! Bu qora, ko‘zi ko‘r kishini Islom hazorasi odamlar undan fatvo so‘raydigan imom, qo‘lida minglarcha oqlar o‘qib, bitirib chiqadigan madrasa qildi.

   Yuzlari qora bo‘la turib, hazora ilm va adabiyot maydonining barchasida ulug‘lagan kishilar bor. Ularning qoraliklari shoir Nasibga o‘xshash xalifalarning nodimi bo‘lishdan to‘sib qo‘ymadi. Yoki Islom fiqhida mo‘‘tabar manba kitoblar ta’lif etishda faqihlarni ma’n qilib qo‘ymadi. Masalan, Hanafiy fiqhidagi «Al-kanz» kitobining shorihi Usmon ibn Ali Az-Zayla’iy va «Nasbur-raya»ning muallifi Hofiz Jamoliddin Abu Muhammad Abdulloh ibn Yusuf Az-Zayla’iylar Habashistonning Zayla’ degan yeridan bo‘lgan qora kishilardir.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:33:09
   Tarix bilimdonlari to‘rtinchi hijriy asrda Misrga hukmronlik qilgan qora qul Kofur al-Axshidiydan bexabar emaslar. Unga Mutanabbiy o‘z madh va hajvlarida barhayot umr bergan.

   Gapning qisqasi, Islom hazorasi oq bilan qora o‘rtasida unsuriy ayirmani bilmagan. Unda oqlar yashamaydigan, qoralar uchun maxsus jamiyatlar bo‘lmagan. Yana ularni oqlar tomonidan nafratlanish va tahqirlash nishoni qiladigan maxsus ta’qib mashinasi ham yo‘q. Balki Islom hazorasi insoniy bo‘lib, u odamlarning hammasiga haq va ezgulik ko‘zi bilan qaraydi. Oq va qoralarning faqatgina amallarida oq va qoralikni ko‘radi: «Bas, kim (hayoti — dunyodalik paytida) zarra misolichalik yaxshilik qilsa, (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur. Kim zarra misolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur!» (Zalzala surasi, 7-8-oyatlar).   

   Hijratning yuzinchi yilida, ya’ni bundan o‘n uch asr oldin Fartuna ismli qora tanli joriya amirul mo‘minin Umar ibn Abdulazizga devori pastqam ekanini, undan bostirib kirib tovuqlarini o‘g‘irlashayotganini shikoyat qildi. Umar darhol u xotinga maktub yozib, Misr voliysiga xat jo‘natganlarini, undan devorni tuzatib, uyini qo‘rg‘onlab berishini talab qilganlarini bildirdilar. Va Misr voliysi Ayyub ibn Shurahbilga quyidagi mazmunda maktub yubordilar: «Fartuna ismli joriya menga xat yozib, devori pastqamligi va undan tovuqlari o‘g‘irlanayotganini aytib, uning qo‘rg‘onlanishini so‘rayotibdi. Senga mening bu maktubim yetib borsa, o‘zing yo‘lga otlan-da, uning uyini qo‘rg‘onlab ber!» Ayyubga bu maktub borgandan keyin Jiza tomon jo‘nadi. Fartunani qidirib, uni mahallasidan topdi. U miskin, qora ayol ekanini bilib, amirul mo‘mininning yozganlaridan xabardor etdi. Shundan so‘ng uning uyini qo‘rg‘onlab berdi.

   Buni Islom hokimi bundan o‘n uch asr oldin qilgan... Bu Islom hazorasidan bir misol,  xolos.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:35:09
   Bu — barhayot Islom hazorasidagi o‘ziga xos insoniylik xususiyatlarida yangi bir tomondir. U — e’tiqod va dinlar tarixida yangilikdir. Muayyan din yoki millat tomonidan barpo qilingan qadim hazoralar tarixida yangidir. Islom o‘z hazorasini bunyod eta turib, sobiq, o‘tgan dinlarga hech qanday tazyiq qilmadi. Turfa-tuman mazhab va mafkuralarga qarshi taassub etmadi. Balki uning shiori shunday bo‘ldi: «Bas (ey Muhammad), Mening bandalarimga — so‘zga quloq tutib, uning eng go‘zaliga ergashadigan zotlarga xushxabar bering!» (Zumar surasi, 17-18-oyatlar). Diniy bag‘rikenglik borasida Islom hazorasi quyidagi asoslarni e’lon etdi:

   1. Albatta, barcha samoviy dinlar bir manba, bir buloqdan suv ichadi: «(Ey mo‘minlar, Alloh) sizlar uchun ham dindan Nuhga yuborgan narsani va Biz sizga (ya’ni, Muhammadga) vahiy qilgan narsani, (shuningdek) Biz Ibrohim, Muso va Isoga buyurgan narsani shariat — (qonun) qildi, — «Dinni barpo qilinglar va unda firqa-firqa bo‘lib bo‘linmanglar!» (Sho‘ro surasi, 13-oyat).

   2. Albatta, payg‘ambarlar birodardirlar. Risolatda ularning o‘rtasida hech qanday afzallik yo‘q. Ularning hammasiga musulmonlar imon keltirishlari lozim: «Aytingiz (ey mo‘minlar), Allohga va bizga nozil qilingan kitobga va Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qubga va o‘sha urug‘-avlodga nozil qilingan narsalarga, Muso va Isoga berilgan narsalarga va barcha payg‘ambarlarga Parvardigor tarafidan berilgan narsalarga ishondik. Biz ulardan birortasini ajratib qo‘ymaymiz va biz u Zotga bo‘yinsunuvchilarmiz» (Baqara surasi, 136-oyat).
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:37:34
   3. Albatta, e’tiqodga majburlash mumkin emas, balki u qanoat va rozilik bilan qabul etilishi lozim: «Dinga zo‘rlab (kiritish) yo‘qdir» (Baqara surasi, 256-oyat). «Axir siz odamlarni mo‘min bo‘lishga majbur qilurmisiz?» (Yunus surasi, 99-oyat).

   4. Ilohiy diyonatlarning ibodat makonlari muhtaram joylardir, musulmonlarning masjidlari kabi ularni ham himoya va mudofaa qilish lozim: «Agar Alloh odamlarning ayrimlarini ayrimlari bilan da’f qilib turmas ekan, shubhasiz, Alloh nomi ko‘p zikr qilinadigan (rohiblarning) uzlatgohlari, (nasroniylarning) butxonalari, (yahudiylarning) ibodatxonalari va (musulmonlarning) masjidlari vayron qilingan bo‘lur edi» (Haj surasi, 40-oyat).

   5. Albatta, odamlarning dinlaridagi ixtiloflari bir-birlarini o‘ldirishlariga yoki bir-birlariga adovat qilishlariga sabab bo‘lmasligi kerak. Balki ezgu ishlarni qilishda, yovuzlikka qarshi kurashda o‘zaro hamkor bo‘lishlari lozim: «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz!» (Moida surasi, 2-oyat). Ular o‘zaro ixtilof qilayotgan narsalariga hukm etishga kelsak, buni qiyomat kuni Alloh taoloning o‘zi hal qiladi: «Yahudiylar: «Nasroniylar haq emaslar», deyishdi. Nasroniylar: «Yahudiylar haq emaslar», deyishdi. Holbuki, ular (ya’ni, yahudiylar ham, nasroniylar ham) kitob (ya’ni, Tavrot, Injil) tilovat qiladilar, shuningdek, bilmaydigan kimsalar ularning gapiga o‘xshash gap aytdilar (ya’ni, Makkadagi mushriklar: «Muhammad haq emas», deyishdi). Bas, ularning o‘zaro ixtilof qilib o‘tgan narsalari haqida Alloh qiyomat kunida hukm qiladi» (Baqara surasi, 113-oyat).
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:39:28
   6. Hayotda va Allohning huzurida odamlarning afzalligi o‘ziga va odamlarga qilgan yaxshilik va ezguligi miqdorida bo‘ladi. «Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot surasi, 13-oyat).
    «Xalqning barchasi Allohning izmidadir. Ularning Allohga mahbubrog‘i ahliga naf beruvchirog‘idir» (Bazzor rivoyati).

   7. Albatta, dinlardagi ixtilof yaxshilik, silai-rahm va mehmondorchilikdan to‘sa olmaydi: «Bugun sizlar uchun barcha pokiza narsalar halol qilindi. Kitob berilgan kimsalarning taomlari sizlar uchun haloldir va sizlarning taomlaringiz ular uchun haloldir... Sizlar uchun mo‘minalar orasidan o‘zlarini haromdan saqlagan ayollar va sizlardan ilgari Kitob berilgan kimsalardan bo‘lgan o‘zlarini haromdan saqlagan ayollar ham haloldir» (Moida surasi, 5-oyat).

   8. Odamlar dinlarida ixtilof etsalar-da, bir-birlari bilan go‘zal shaklda, odob doirasida, hujjat va qanoatlantirish bilan mujodala etishlari mumkin: «(Ey mo‘minlar), sizlar ahli Kitob bilan faqat eng chiroyli yo‘sinda mujodala — munozara qilinglar» (Ankabut surasi, 46-oyat). Muxoliflarga yomon so‘zlar aytish, agar butparast bo‘lsalar ham, e’tiqodlarini so‘kish joiz emas: «Allohdan o‘zgaga sig‘inadigan kimsalarni (butlarini) so‘kmangiz! U holda ular hadlaridan oshib, johillik bilan Allohni so‘kurlar» (An’om surasi, 108-oyat).
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:40:54
   9. Agar ummatning aqidasiga tajovuz qilinsa, aqidaning himoyasi uchun, fitnaning oldini olish uchun tajovuzni daf etish lozim: «To fitna tugab, butun din Alloh uchun bo‘lgunga qadar ular bilan urushingiz!» (Baqara surasi, 193-oyat). «Alloh sizlarni faqat dinlaringiz to‘g‘risida sizlar bilan urushgan va sizlarni o‘z diyorlaringizdan haydab chiqargan hamda sizlarni haydab chiqarishda bir-birlariga yordamlashgan kimsalardan — ular bilan do‘stlashishlaringizdan qaytarur» (Mumtahana surasi, 9-oyat).

   10. Agar ummat dinda unga tajovuz qilganlardan g‘olib kelsa, dinlarini tark etishga majburlash bilan ulardan intiqom olish va aqidalari to‘g‘risida ularni quvg‘in qilish mumkin emas. Ular davlatning sultoni (hukmronligini) e’tirof etishlari va «biznikidek huquqqa va biznikidek majburiyatga» ega bo‘lishlari uchun davlatga sodiq yashamoqlarining o‘zi kifoya.

   Islom hazorasiga poydevor bo‘lgan din erkinligining asoslari mana shulardir. U musulmonlarga Allohning barcha payg‘ambar va rasullariga imon keltirishni, ularni hurmat va ehtirom-la zikr qilishni, ularning izdoshlariga yomon munosabatda bo‘lmay, muloyim so‘zlash, ular bilan aloqada bo‘lish, yaxshi qo‘shnichilik bilan mehmondorchiligini qabul qilish va oilalar aralashib, qonlar qo‘shilib ketar darajada qarindosh bo‘lishdek go‘zal muomalani vojib etadi. Islom ularning ibodat makonlarini himoya etishni, e’tiqodlariga aralashmaslikni, hukmda jabr qilmaslikni, umumiy huquq va majburiyatlarda musulmonlar bilan barobar ko‘rishni va hurmatlari, hayotlari hamda kelajaklarini musulmonlarning hurmat, hayot va kelajaklari muhofaza etilganidek saqlashni musulmon davlatiga lozim qildi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:41:50
   Islom hazorasi mana shu asoslarga bino bo‘lgan. Mana shu bilan dunyo birinchi marta o‘zidan boshqa dinlarga qarshi taassub etmaydigan, g‘ayri muslimni ijtimoiy amal maydoni va ijtimoiy manzilat (daraja)dan quvmaydigan hazora paydo bo‘lganini ko‘rdi. Mana shu erkinlik Muhammad (s.a.v.) uning asosini qo‘yib berganlaridan boshlab, to u tanazzulga yuz tutguncha, asoslar yo‘q bo‘lib, buyruqlar unutilguncha va odamlar dinidan johil bo‘lib, bu mukarram diniy erkinlikdan uzoqlashgunlaricha  islomiy hazoraning qonuni bo‘lib keldi.

   Payg‘ambar (s.a.v.) Madinaga hijrat qilgan paytlarida u yerda anchagina yahudiylar bor edi. U zotning davlat ishlaridagi birinchi amallari ular bilan aqidalarini ehtirom qiladigan ahdnoma tuzish bo‘ldi. Unga ko‘ra, davlat yahudiylarni o‘z himoyasiga oladi va ular ham o‘z o‘rnida Madinaga yomon qasd qilgan kishilarga qarshi musulmonlar bilan bir qo‘l bo‘ladilar. Bu bilan Rasululloh (s.a.v.) islomiy hazoraning ilk urug‘larida diniy erkinlik asoslarini tatbiq qildilar.

   Payg‘ambarning (s.a.v.) ahli kitobdan qo‘shnilari bo‘lgan. Ular bilan yaxshi qo‘shnichilik qilar, hadya berib, ulardan qabul etardilar. Habashiston nasroniylarining vakillari kelganlarida, Rasululloh (s.a.v.) ularni masjidga tushirib, o‘zlari ziyofatini berib, xizmat qildilar. U zot shu kuni bunday deganlar: «Bular ashobimizga ikromli edilar, men o‘zim ularni ikrom etmoqni xush ko‘raman».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:42:23
   Bir marta Najron nasorolari kelganda, ularni ham masjidga joyladilar va unda ibodatlarini ado etmoqqa ruxsat berdilar. Ular masjidning bir tomonida ibodat qilishsa, Rasululloh va musulmonlar boshqa tomonida namoz o‘qishgan. Ular dinlarini himoya qilib, Rasululloh bilan munoqasha etmoqchi bo‘lganlarida, ularni tinglab, chiroyli shaklda mujodala qilganlar. Bularning barchasi muloyimlik, odob va go‘zal axloq bilan bo‘lgan. Muqavqisning (qibtiylar podshosi) ham hadyasini qabul qilganlar. Uning yuborgan joriyasini qabul etib, Ibrohim ismli farzand ham ko‘rganlar. Shundan musulmonlarga: «Men qibtlarga yaxshi bo‘lishingizni tavsiya etaman, chunki sizlarda ular bilan nasab va quda-andachilik bor», deb vasiyat qilganlar.

   Rasuli akramning yuksak insoniy tabiatli diniy erkinlik to‘g‘risidagi ko‘rsatmalariga u zotdan so‘ng xalifalari ham amal qilishdi. Umar ibn Xattob Baytul Maqdisga fotih sifatida kirganlarida, u yerning masihiy aholisi shaharda yahudiylar bilan birga yashamasliklarini shart qilib qo‘yishganda, bunga rozi bo‘lganliklarini yaxshi bilamiz. U zot «Quddus al-Kubro» cherkovida ekanliklarida asr namozining vaqti kirib qolganda, u yerda namoz o‘qishdan bosh tortdilarki, keyinchalik musulmonlar buni dalil qilib cherkovni masjid qilib olmasinlar, deb!

   Misr aholisidan bo‘lgan bir masihiy ayol hazrati Umarga hovlisini Amr ibn Os majburan masjidga qo‘shib olganligi haqida shikoyat qildi. U zot Amrdan bu haqda so‘raganlarida, shunday javob oldilar: musulmonlar ko‘payib, masjid ularga torlik qilib qoldi. Masjid yonida esa bu xotinning hovlisi bo‘lgan. Amr uning hovlisiga bir miqdor pul taklif qiladilar. Pul miqdorini qanchalik ko‘paytirmasinlar, xotin baribir rozi bo‘lmaydi. Bu hol Amrni hovlini buzib, masjidga qo‘shib olishga majbur etadi. Hovlining puli esa xotin qachon xohlasa, oladigan qilib, Baytul-molga qo‘yildi. Amr qilgan ishlarida uzrli bo‘lgan bu holat hozirgi qonunlarimizda ham joiz, deb bilingani holda Umar uning bu ishlaridan rozi bo‘lmaydilar va Amrga masjidning yangi binosini buzishga va xotinga hovlisi oldin qanday bo‘lsa, shunday topshirishga buyuradilar!
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:43:09
   Diniy erkinlik ko‘rinishlaridan yana biri barhayot hazora soyasida masjidlar kanisalar bilan yonma-yon bo‘lishidir. Kanisalardagi din kishilariga diniy va kanisiy ishlarining barchasida raiyatlari ustidan to‘liq hokimiyat berib qo‘yilgandi. Davlat bu ishlarda  ularga aralashmasdi, balki mazhablari o‘rtasidagi ixtilofli masalalarini hal qilib berishgagina qo‘shilar va ular o‘rtasida insof bilan hukm etardi. Rum hukmronligi davrida Malkoniylar Misr qibtlarini quvg‘in qilib, kanisalarini tortib olishardi. Musulmonlar Misrni fath etgach, qibtlarga kanisalarini qaytarib olib berishdi. Shundan so‘ng qibtlar Malkoniylarning arab fathidan oldingi qilmishlari uchun intiqom olib, o‘zlaridan keta boshlashdi. Ular buni Horun ar-Rashidga shikoyat qilishganda, u qibtlar Misrda egallab olgan kanisalarni qaytarib olishga amr etdi. Malkoniylarning patriarxi murojaat qilgandan keyin ular Malkoniylarga qaytarib berildi.

   Sulton Muhammad Fotihning butun Sharqda pravoslav patriarxiyasi qarorgohi  bo‘lgan Qustantiniyani egallab olgandagi ko‘rinishni hech kim unutmagan bo‘lsa kerak. U o‘sha kunda barchasi nasroniy bo‘lgan aholiga mollarida, jonlarida, e’tiqodlarida, cherkov va xochlarida omonda ekanliklarini e’lon etdi va ularni askarlikka olinishdan ozod qildi. Raislariga esa qonunchilik va qavmlari orasida chiqadigan turli da’volarni davlatning aralashuvisiz hal qilish huquqini berdi. Qustantiniya aholisi bunda vizantiyaliklar zamonida ko‘rgan muomala bilan Sulton Muhammad Fotih tomonidan ko‘rgan muomala o‘rtasida katta farq sezganlar. Chunki vizantiyaliklar ularning mazhabiy ixtiloflariga aralashar, kanisalarini boshqa kanisalarga tobe’ bo‘lishini afzal ko‘rishardi. Qustantiniyaliklar millatdoshlari bo‘lgan hokimlar zamonida ham ko‘rmagan bunday diniy erkinlikdan xursand bo‘ldilar. Hatto, Rum patriarxiga sulton tomonidan hukumat ichra hukumatga o‘xshash huquqlar berib qo‘yildi va uning jamoasi yaqin besh yuz yil yaxshilikda hayot ko‘rdi. Ular amalda mustaqil edilar, mustaqilliklariga na qo‘shin va na mol rahna sola olardi.

   Diniy erkinlik ko‘rinishlaridan yana biri — islomiy fathlar vaqtida ko‘pchilik kanisalarda bir paytning o‘zida musulmonlar ham, masihiylar ham ibodat qilishidir! Payg‘ambarning (s.a.v.) Najron nasorolariga musulmonlarning yonida ibodat qilishga qanday ruxsat berganlarini eslang. Holbuki, bu paytda musulmonlar ham namoz o‘qishardi. Keyinchalik Umaviy jome’siga aylangan Damashqdagi Buyuk Ioann kanisasida fath kunlari masihiylar uning yarmini musulmonlar olishiga rozi bo‘lishgan bo‘lsa, musulmonlar ham ularning ibodat qilishlariga ijozat berishgan. Bir vaqtning o‘zida ikki din vakillari yonma-yon ibodat qilayotganlarini ko‘ring. Bu tarixda nodir bo‘lgan ajoyib ko‘rinishdir. Unda islomiy hazora erishgan diniy erkinlikka dalolat qiladigan chuqur ma’no bor!
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:43:44
   Diniy erkinlik ko‘rinishlaridan yana biri — vazifalarning aqidasi va mazhabidan qat’iy nazar mustahiq, munosib kishiga berilishidir. Shu sababdan umaviy va abbosiylar zamonida masihiy tabiblar xalifalar diqqat markazida bo‘lishgan. Ular uzoq vaqt mobaynida Bag‘dod va Damashqdagi tibbiyot madrasalariga boshchilik qilishgan. Nasroniy tabib Ibn Asol Muoviyaning (r.a.) xos tabibi edi. Sarjun esa kotibi bo‘lgan. Marvon esa boshqa bir ismi Ishoq bo‘lgan Isnosiyusni Misrdagi ba’zi hukumat mansablariga tayinlagan. U keyinchalik davlat devonida raislik martabasigacha ko‘tarilgan. U juda ko‘p boylik va katta obro‘ga ega edi. To‘rt ming qul, talaygina hovli, uy-joy va bog‘lar, juda ko‘p oltinu kumushlar egasi edi. U o‘zi sohibi bo‘lgan to‘rt yuz do‘kondan tushgan mablag‘ga Rahoda kanisa qurdirgan. Shuhrati shu darajaga yetganki, Abdulmalik ibn Marvon keyinchalik Misr voliysi bo‘lgan, ukasi Abdulazizning ta’limini unga topshirgan. U mashhur Umar ibn Abdulazizning otasi edi.

   Xalifalar oldida obro‘si bor mashhur tabiblardan biri Jirjis ibn Baxtyashu’ edi. U xalifa Mansurga yaqin bo‘lib, xalifa uning rohat va xursandchiligi uchun qo‘lidan kelganini qilardi. Shunday ham bo‘lganki, Jirjisning xotini qari edi, shuning uchun  xalifa Mansur unga uchta go‘zal joriya jo‘natadi. U: «Modomiki, xotinim hayot ekan, boshqaga uylanishga dinim ruxsat bermaydi», deya joriyalarni qabul qilishdan bosh tortdi. Mansur bundan xursand bo‘ldi va uning ikromini yanada ziyoda etdi. U og‘irlashib qolganda, Mansur uni «Doruz-ziyofat»ga keltirishlarini buyurdi va holini so‘rab, oldiga o‘zi yurib bordi. Tabib ajdodlari bilan dafn etilishi uchun vataniga qaytishga izn so‘radi. Mansur unga jannatga kirishi uchun Islomga qabul qilishni taklif qildi. U: «Ajdodlarim bilan birga jannat yoki do‘zaxda bo‘lishga roziman», deya uni rad etdi. Mansur bunga kulib qo‘yaqoldi va hozirlik ko‘rishga amr etib, o‘n ming dinor bilan uni vataniga yetkazib qo‘ydi.

   Nasroniy Salmavayh ibn Banon Mo‘‘tasimning tabibi bo‘lgan. U vafot etganda Mo‘‘tasim juda qattiq qayg‘urdi va dinining urf-odatlariga binoan tutatqi va shamlar bilan dafn etishga amr qildi!
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:44:56
   Baxtyashu’ ibn Jabroil Mutavakkilning tabibi bo‘lib, uning oldida ehtirom sohibi edi. Hatto, u libos, husnihol, mol ko‘pligi va muruvvatda xalifaga o‘xshardi. Shuningdek, shoir va adiblar ham din va mazhablaridan qat’iy nazar xalifa hamda amirlar huzurida hurmatga sazovor edilar. Hamma Axtalning umaviylar davridagi dovrug‘ini biladi. U tumor taqilgan ipak abo kiyib olib, Abdulmalikning oldiga iznsiz kirardi. Bo‘ynida tilla zanjirga ulangan oltin xoch osilib, soqolidan esa aroq tomchilab turardi. Uzun qasidada: «Ansorlar sallasi ostidadir tubanlik», deya ansorlarni hajv qilgan ham shu edi. Ansorlar og‘ringanlar va ichlaridan kattalari, Rasulullohning (s.a.v.) sahobalari No‘‘mon ibn Bashirni yuborganlar. U kishi Abdulmalikning huzuriga kirib, sallalarini boshlaridan olganlar va unga: «Shu yerda tubanlik ko‘ryapsanmi, ey amiral mo‘minin?» deganlar. Xalifa u kishining ko‘nglini ko‘targan, lekin Axtalga yomon muomala etmagan.

   Oddiy kishilar ham xalifalardek dinlaridan qat’iy nazar, o‘zlariga yoqqan kishiga do‘stona munosabatda bo‘lardilar. Soibalar, ya’ni majusiylardan bir qavm vakili bo‘lgan Ibrohim ibn Hilol davlatning yuqori mansablarini egallaydi, shoirlarning oldi bo‘lganidan buyuk ishlarga bosh-qosh bo‘ladi. U bilan musulmon adib va olimlari o‘rtasida mustahkam do‘stlik va go‘zal aloqalar bo‘lgan. Hatto, u vafot etganda, Hoshimiy alaviylarning shayxi Sharif ar-Rizo barhayot qasidalar bilan marsiya bitgan. Ko‘p munosabatlarda Sharif uni eslab, qattiq qayg‘urardi.

   Xalifalar huzuridagi ilmiy halqalar dinlari, mazhablari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar turli olimlarni jamlagandi. Ma’munning ilmiy halqasida din va mazhablarning barchasidan olimlar yig‘ilgandi. Ma’mun ularga: «Xohlagan ilmingizdan bahs etavering. Faqat toifakashlik masalasi qo‘zg‘almasligi uchun har biringiz o‘z diniy kitobingizdan dalil-hujjat keltirmasangiz bo‘lgani», degan. Xalqning ilmiy majlislari ham shunday bo‘lgan. Xalaf ibn Musanno shunday deydi: «Basradagi bir majlisda ilm va nabohatda dunyo tan olgan o‘n kishi yig‘ilganini ko‘rdik». Ular: nahvchi olim Xalil ibn Ahmad (sunniy), shoir Humayriy (shi’iy), Solih ibn Abdulquddus (dualist zindiq), Sufyon ibn Majoshi’ (xorijiy), Bashor ibn Barad (kosmopolit), Hammod Ajrad (zindiq, kosmopolit), shoir Ibn Ra’sil-Jolut (yahudiy), Ibn Nazir al-Mutakallim (nasroniy), Umar ibn al-Mu’yyid (majusiy), shoir Ibn Sinon al-Harroniy (sobiiy)lardir. Ular to‘planib olib, she’rlar o‘qishar, xabarlar naql qilishardi. Ular shunday do‘stona muhitda suhbatlashishardiki, o‘rtalaridagi juda kuchli diniy-mazhabiy ixtiloflarni kishi sezmay qolardi!
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:45:30
   Bu erkinlik uylarga, oilalarga ham ko‘chgandi. Bir xonadonda to‘rt og‘a-ini yashab, ulardan biri sunniy, ikkinchisi shi’iy, uchinchisi xorijiy, to‘rtinchisi esa mo‘‘taziliy bo‘lib, ular o‘zaro kelishgan holda yashashardi. Hatto, bir uyda taqvodor va fojir ham yashayverardi. Biri ibodatiga jo‘nasa, ikkinchisi fisqu fujuriga botib yotardi. Badiiy kitoblarda naql qilinishicha, bir hovlida xuddi shunday ikki aka-uka yashardi. Ulardan taqvodori quyi qavatda yashar, fosiqi esa yuqori qavatda turardi. Shu fosiq bir tun uxlamay, ba’zi ulfatlari bilan qo‘shiq aytib, musiqa chalib, shovqin-suron qilib chiqdi. Bu hol taqvodorini bezovta qilib uyqusini qochirdi. Shunda u boshini chiqarib fosiq ukasiga qichqirdi: «Eng yomon makru hiylalarni qilgan kimsalar, o‘zlarini yer yutishidan omonda, deb biladilarmi?». Fosiq ham o‘rnida javob qiladi: «Modomiki, sen ularning ichida ekansan, Alloh ularni azoblamaydi».

   Islomiy hazoradagi diniy erkinlik ko‘rinishlaridan yana biri — diniy bayramlarning xursandchilik va ziynatlarida ishtirok etish. Umaviylar zamonida ko‘chalarda nasroniylarning ommaviy tantanalari bo‘lardi. Unda bolalar va ruhoniylik kiyimlarini kiygan din kishilari oldinda borishardi. Patriarx Mixail bir ajoyib bayramda Iskandariya shahriga qo‘lida shamlar, xochlar va Injillar ko‘targan holda kirib kelgandi. Shunda kohinlar: «Parvardigor bizga yangi Markos bo‘lgan Ma’munni yo‘lboshchi qilib yubordi», deb qichqirishgandi. Bu Hishom ibn Abdulmalik zamonida bo‘lgandi.

   Bu odat Horun ar-Rashidning zamonida ham davom etdi. Bunda nasroniylar qo‘llarida xochlar ko‘targan holda katta namoyishlar uyushtirib, pasxa bayramlarini nishonlashardi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:46:53
   Maqdasiy «Ahsan at-Taqosiym» kitoblarida zikr qilishlaricha, Sherozdagi bozorlar nasroniylarning bayramlarida bezatilardi. Misrliklar esa xoch solish bayrami vaqtida Nilning ko‘tarilishini nishonlashardi.

   Maqriziy naql qilishlaricha, axshidiylar zamonida odamlar «But yuvish» bayramini keng nishonlashardi. 330 hijriy yilda «But yuvish» bayrami ajoyib tantanalar bilan bayram qilindi. Muhammad ibn Tog‘aj al-Axshidiy Manyal orolchasidagi qasrida o‘tirar, atrofida minglarcha qandil yoqilgandi. Xalq mash’ala, qandil va shamlar yoqib unga ergashgandi. Qayiqlar nasoro va musulmonlardan iborat minglarcha kishilar bilan to‘lib-toshgandi. Odamlar ko‘pligidan maydon va dengiz sohillarida qadam bosgani joy qolmagan. Hamma o‘zidagi bor chiroyli kiyimlarni kiyib chiqib, o‘yin-kulgi qildi. Bu kecha ko‘chalarning darvozalari yopilmadi. Talaygina odamlar «But yuvish» kechasi hammomga tushsa, kasalliklardan salomat bo‘ladi, darddan qutiladi, degan e’tiqodda yuvindilar.

   Bundan ham g‘aroyib ana shunday do‘stona ko‘rinishlar salb urushlarida ham davom etdi. Bunda g‘arb salb nomi bilan Islom mamlakatlariga eng shiddatli tarixiy urushlarini qilgandi. Sayohatchi Ibn Jubayr o‘z sayohatnomasida quyidagilarni so‘zlaydi: «Bo‘lgan hodisalarning ajoyibi, ikki toifa — musulmon va nasorolar o‘rtasida fitna o‘tlari yonib tursa-da, musulmon va nasorolar do‘stligi hech bir e’tirozsiz davom etar, Ovro‘paga boradigan karvonlar Misrdan Damashqqa tinimsiz qatnardi. Nasorolarning mamlakatlarida musulmonlar soliq to‘lar, tujjor nasorolar ham mollari uchun musulmonlarga boj to‘lashardi. Bularda xavfsizlik yaxshi ta’min etilgan edi. Ahli harb urushlari bilan mashg‘ul bo‘lgan bir paytda ular o‘rtasida ittifoq adolat bilan bo‘lardi. Odamlar tinchlik-ofiyatda edi. Dunyo g‘oliblarniki edi».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:48:22
                                                          * * *
   Islom hazorasidagi milliy erkinlikning misli o‘tgan asrlar tarixida hech ko‘rilmagan. Haqiqatni hurmat qiladigan g‘arb tarixchilari bu erkinlikni tan olganlar va uni olqishlaganlar.

   Amerikalik mister Draber shunday deydi: «Xalifalar zamonidagi avvalgi musulmonlar nasturiy nasorolar va yahudiylardan bo‘lgan ilm ahliga  muomalada faqat ehtirom bilangina cheklanib qolishmagan. Balki ularga juda muhim ishlar topshirildi, davlat mansablariga ko‘tarildi. Hatto, Horun ar-Rashid barcha madrasalar nazoratini Hano ibn Mosvayhga topshirdi. U olim yashagan shaharga yoki ko‘z ochib ko‘rgan diniga qaramadi, balki ilm va  ma’rifatdagi darajasiga e’tibor qildi».

   Mashhur zamondosh tarixchi Vilz Islom ta’limotlariga munosabat haqidagi bahsida shunday deydi: «Islom hazorasi o‘zidan oldingi boshqa jamoalardagi dunyoni chulg‘ab olgan shafqatsizlik va ijtimoiy zulm kabi illatlarni kamaytiradigan insoniy jamoani paydo qildi». U Islom to‘g‘risida esa bunday deydi: «U shafqat, erkinlik va birodarlik ruhi bilan to‘liqdir».

   Ser Mark Says Horun ar-Rashid zamonidagi islomiy imperiyani tavsiflab quyidagilarni aytadi: «Masihiylar, butparastlar, yahudiylar va musulmonlar hukumat xizmatida barobar ishlardilar».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:50:07
   Tarnom esa: «Din shoir va mug‘anniylar ishiga daxl etmasdi», deydi. Leviy Brotstaya o‘zining «O’ninchi asrdagi islomiy Ispaniya» kitobida mana bularni yozadi: «Shartnoma kotiblari ko‘pincha nasroniy yoki yahudiylar bo‘lardilar. Nasoro va yahudiylarga topshiriladigan vazifalar bo‘lardi. Ular davlatning idoriy va harbiy sohalarini tasarruf etardilar. Yahudiylardan ba’zilari g‘arbiy Ovro‘pa davlatlaridagi elchiliklarda xalifalarga noib, o‘rinbosar edilar». Rino arablarning Fransa, Shveytsariya, Italiya va O’rta Yer dengizi orollarida olib borgan yurishlari haqida shunday deydi: «Musulmonlar Andalus shaharlarida nasorolarga yaxshi muomalada bo‘lardilar. Shuningdek, nasorolar ham musulmonlarning his-shuurlarini hurmat qilib, farzandlarini xatna qildirardilar, cho‘chqa go‘shti yemasdilar».

   Islomning siyosat sohasidagi konunlari va tamoyillari favqulodda tinchliksevarlik va insonparvarlik g‘oyalari asosiga qurilgan. Bu haqiqat musulmon bo‘lmagan ko‘plab tarixchilar va ilohiyotchilar tomonidan ham tan olingan. Dastlab rohib bo‘lgan angliyalik tarixchi, Yaqin Sharq tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis Karen Armstrong o‘zining "œMuqaddas urush" ("œHoly Way") kitobida dunyodagi uch ilohiy din tarixini tadqiq qilib, quyidagi izohni beradi:
   "œArab tilida "œIslom" so‘zi "œtinchlik" degan so‘zning o‘zagidan olingan. Qur’on urushni Xudoning irodasiga zid g‘ayritabiiy holat sifatida qoralaydi. Islom muxolif tomonni yo‘qotishga qaratilgan bosqinchilik urushlarini ta’qiqlaydi.

Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:50:51
   Islom faqat muqarrar bo‘lib qolgan va himoyalanish uchun bo‘ladigan urushlarnigina tan oladi va ayrim hollarda ularni odamlarga qilinayotgan haqsizlik va azob-uqubatlarni tuzatishga qaratilgan ezgu majburiyat sifatida baholaydi. (Ammo) Qur’on ta’lim beradiki, hattoki, adolatli urush ham qat’iy had - chegaralar hisobga olingan holda, iloji boricha, insonparvarlik yo‘li bilan olib borilishi kerak. Muhammad (s.a.v.) faqatgina Makka mushriklari bilangina emas, balki mahalliy yahudiy qabilalari, shuningdek, yahudiylar bilan til biriktirib, unga hujum qilishni rejalashtirgan Suriyadagi nasroniy qabilalar bilan ham urushishga majbur bo‘lgandi. Ammo bu holat uning qalbida dushmanlariga nisbatan nafrat tug‘dirmadi, uni "œAhli kitoblar" (nasroniy va yahudiylarni) la’natlashga olib kelmadi. Uning musulmonlari o‘z hayotlarini jismonan himoya qilishga majbur bo‘lishdi, lekin ular o‘z dushmanlarining diniga qarshi muqaddas urushga kirganlari yo‘q. Muhammad (s.a.v.) musulmon qo‘shinlariga boshliq sifatida o‘zining ozod qilingan quli Zaydni nasroniylarga qarshi urushga jo‘natayotganda, unga Alloh yo‘lida mardona jang qilishni, ammo insonparvarlikni unutmaslikni buyurgan. Ular diniy xizmatchilarni, rohib va rohibalarni bezovta qilishmasdi, urushda qatnashmayotgan, notavon odamlar, ayollar, yosh bolalar, keksalarni nishonga olmas, ularga zarar yetkazmasdi. Ular tinch fuqarolarni, aholini o‘ldirishmagan, bino va uy-joylardan hech birini vayron qilishmagan...»

   Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin musulmonlarga bosh bo‘lib qolgan "œxulofai roshidin" (to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalar) ham ozod qilingan o‘lkalarda mahalliy aholi va yangi ko‘chib kelganlar uchun tinch va xavfsiz xolda ahil-totuv yashash imkoniyatini yaratib berishgan. Xalifalarning birinchisi — Abu Bakr Siddiq (r.a.) Suriyaga harbiy yurishga ketayotib, o‘z qo‘shinlariga Qur’oni karimning haqiqat da’vatiga yorqin misol bo‘lgan quyidagi buyruqni bergandilar:
   "œEy insonlar, men sizlarga chin dildan amal qilishingiz lozim bo‘lgan o‘n qoidani ma’lum qilaman. Ularni aslo esdan chiqarmang va to‘g‘ri yo‘ldan adashmang. Bolalarni, ayollarni va keksa kishilarni o‘ldirmang. Xurmo daraxtlariga o‘t qo‘ymang va daraxtlarni kesmang. Tuyalarni, podalarni va boshqa (hayvonlar) to‘dasini o‘ldirmang. Siz o‘zga ishlar, oxirat dunyosiga xizmat qilish bilan mashg‘ul odamlarni uchratasiz. Shunda ularni o‘z holiga qo‘ying. Sizga turli noz- ne’matlarni tuhfa qilib kelgan odamlarni uchratasiz, ulardan yeng, ammo Alloh nomini esga olishni unutmang".
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:51:48
   Xalifalikni Abu Bakrdan (r.a.) qabul qilib olgan xalifa xazrati Umar (r.a.) o‘zining o‘zga dinlarga xayrixohligi, rahm-shafqatliligi va adolatparvarliligi bilan Islom dunyosidan tashqarida ham ma’lum va mashhur edi. U Arab xalifaligiga qo‘shilgan yerlarning xalqlari bilan Islomning chinakam adolatparvarligi va din erkinligiga xayrixohligiga misol bo‘la oladigan qator bitimlarini tuzdi. Masalan, Quddus va Ludda nasroniylari bilan imzolangan xavfsizlik deklaratsiyasiga muvofiq shahardagi cherkovlar buzib tashlanmasligi, musulmonlar nasroniylarning ibodatxonalarini bosib olmasligi va ularda o‘zining ibodatlari va sig‘inishlarini amalga oshirmasligi kafolatlangandi. Ana shunday sharoitlar Baytlahm (Vifleem) nasroniylariga ham yaratib berilgandi.

   Musulmonlar tomonidan fath etilgan xalqlar Islomni qabul qilishga zo‘rlab majburlangan, degan soxta da’volar va tasavvurlar g‘arb tadqiqotchilarining o‘zlari tomonidan rad qilindi, musulmonlarning adolatli va diniy xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lishini hamma tan oldi. Bu to‘g‘rida din tarixchisi L. Braun shunday deydi: "œNasroniylarning musulmonlar o‘z davlatlariga qo‘shib olgan xalqlarni qilich bilan Islomni qabul qilishga majburlagan, degan da’volari g‘irt to‘qima ekanini isbot talab qilmaydigan dalillar tasdiqlab turibdi. Ularni yangi yerlarni qo‘shib olishga ruhlatgan dinamik omillar o‘zlari odamlarni da’vat qilgan musulmon birodarligi va iymon edi. Bu birodarlikning miqyosi xuddi sel kabi kengayib, Islomni qabul qilgan yangi odamlar bilan tobora to‘lib-toshib borardi".

   Tarix davomida juda keng hududlarni boshqargan musulmon hukmdorlar boshqa dinlarning vakillariga favqulodda hurmat va bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lganlar. Islom davlatlarida yahudiy dinidagilar ham, nasroniylar ham hamisha to‘la xavfsizlikda, tinch-osoyishtalikda, diniy erkinlikda yashab kelganlar.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:52:37
   Saljuqiylar sultonligi va Usmonlilar imperiyasi davrlarida ham Islomning adolati va diniy bag‘rikengligi yaqqol namoyon bo‘lgan. Ser Tomas Arnold o‘zining "œThe Prefching of Islam" ("œIslomning yoyilishi") kitobida nasroniylarning nima uchun saljuqiylar davlati tarkibiga kirish va ularning qo‘l ostida yashashni istaganliklari haqida shunday yozadi: "œMusulmonlar qo‘l ostida o‘z dinlariga e’tiqod qilishning bexavotirligini anglagan xristianlarning tuyg‘ulari Kichik Osiyo (Onado‘li) xristianlarining saljuqiy turklarini xaloskorlar kabi kutib olganliklariga sabab bo‘lgan. Buning ustiga imperator Mixail VIII hukmronligi davrida (1261-1282) Kichik Osiyo mayda manzilgohlarining xristianlari Vizantiya imperiyasining zulmidan xalos bo‘lish umidida turklardan o‘z davlatlariga qo‘shib olishni so‘raganlar. Bundan tashqari, xristianlarning ko‘plari boy bo‘ladimi yoki kambag‘al, turklarning o‘sha paytdagi yerlariga ko‘chib o‘tganlar".

   Saljuqiylar sultonligi eng gullab-yashnagan davrlarda hukmronlik qilgan Malikshoh fath etilgan yerlarning xalqlariga bag‘rikenglik va mehribonlik bilan munosabatda bo‘lgan, hattoki musulmon bo‘lmaganlar ham uni chinakamiga sevib, hurmat qilganlar. Barcha xolis tarixchilar Malikshohning adolati va bag‘rikengligini tan olganlar. Uning axloqi va oliyjanobligi ahli kitoblar qalbida ham unga muhabbat uyg‘otgan. Kichik Osiyodagi ko‘pgina shaharlarning aholisi Malikshoh hukmronligi ostiga ixtiyoriy ravishda o‘tishga qaror qilishganki, bu tarixda kam uchraydigan noyob hodisadir.

   E’tiqodlari uchun ta’qib, o‘lim va vahshiyliklarga duchor qilingan, keyinchalik esa Ispaniya va Portugaliya katolik hukmdorlari tomonidan quvg‘in qilingan yahudiylar Usmonli imperiya yerlarida orom-osoyishtalik topganlar. Sulton Boyazid II hukmronligi davri diniy bag‘rikenglikka yorqin misol bo‘la oladi. U 1492 yilda Ispaniyadan quvg‘in qilingan yahudiylarni qaramog‘idagi Edirne, Livadiya, Tirxala kabi shaharlarga joylashtirgan. Hozirgi kunda Turkiyada yashayotgan 25 mingdan ziyod yahudiylar o‘sha davrda musulmonlar yurtidan panoh topgan yahudiylarning avlodlaridir. Sulton Boyazid II tomonidan namoyish etilgan mehribonlik va diniy bag‘rikenglik Movarounnahr hukmdorlariga ham xos narsa edi. Amir Temur saltanatiga qarashli barcha shaharlarda va qishloqlarda fuqarolarga erkin yashash, o‘z dinlari tomonidan buyurilgan diniy qonunlar va urf-odatlarga rioya qilish huquqini berib qo‘ygandi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:54:08
   Jorjtaun universiteti (AQSh)ning din va millatlararo munosabatlar professori Jon L. Espozito musulmon davlatlari boshqaruvi ostiga o‘tgan yahudiylar va nasroniylar duch kelgan diniy bag‘rikenglik va e’tibor haqida shunday hikoya qiladi: "œVizantiya va Fors yerlarida yashagan va hamisha kelgindi hukmdorlar qo‘l ostida bo‘lgan nomusulmon jamoalar uchun Islom hokimiyati atigi ma’muriyat almashinuvi bo‘lgan, shu bilan birga bu hukmronlik murosago‘yroq va bag‘rikengroq edi. Ana shu xalqlarning ko‘pchiligi musulmonlar qo‘l ostida katta mustaqilikka erishib, soliqlarni ham ancha kam to‘laydigan bo‘ldilar. Musulmonlarning diniy bag‘rikengligiga kelsak, Islomning yahudiylar va mahalliy nasroniylarga avvalgi hukmdorlar davridagiga qaraganda, ko‘proq diniy erkinlik bergan va qadrlagan din ekanligi ma’lum bo‘ladi".

   Islomdagi erkinlik va ulardagi taassubni isbotlash to‘g‘risidagi bu bahsni tarafkashlikdan xoli buyuk nasroniy olimlardan birining shohidligi bilan yakunlash ma’qul bo‘lardi. O’n ikkinchi asrning ikkinchi yarmida yashagan Antokiya patriarxi Ulug‘ Mixail Sharqiy kanisalarning islomiy hukm ostiga o‘tganiga besh asr bo‘lgandan keyin musulmonlarning bag‘rikengligi, Rumning esa Sharqiy kanisalarni quvg‘in qilishi haqida so‘zlab shunday deydi: «Quvvat va jabarutda yolg‘iz bo‘lgan, xohlaganiga berib, tubanni ko‘taradigan, xohlaganicha bashar davlatini boshqaradigan intiqom ilohi quvvatga tayangan, kanisalarimizni barcha mol-mulki bilan tortib olgan va rahm-shafqatsiz azoblarga giriftor qilgan Rumning yomonliklarini ko‘rgan paytda, Janub (Arab jazirasi)dan Ismoil farzandlari (arablar)ni bizni Rum iskanjasidan qutqarish uchun yubordi. Bizning Rum shafqatsizligi, ozori, quturishi va bizga qarshi kuchli qat’iyatidan xalos bo‘lishimiz va o‘zimizni amnu-omonda ko‘rishimiz kichik yutuq bo‘lmadi».

   Gustav Lobonning ushbu so‘ziga e’tibor bering: «Albatta, xalqlar arablardek rahmdil va bag‘rikeng fotihlarni, dinlaridek samohatli — erkin dinni ko‘rmagan». Bu so‘z musulmonlarga insof qilishdan ko‘ra haqiqatga insof qilish emasmi?!.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:55:35
   Islom hazorasidagi insoniy o‘ziga xoslik tomonlaridan yana biri haqida so‘z ochish kerakki, bunda ham bu hazora boshqalari aro tanhodir. Go‘zal xulqlilik, ko‘ngilchanlik, zaiflarga nisbatan rahmdillik, qo‘shni va yaqinlar bilan yaxshi muomala qilish o‘ta yovvoyi bo‘lgan millatlarning ham tinchlik vaqtida qo‘lidan keladigan ishlardir. Lekin urushda go‘zal muomala, dushmanga nisbatan ko‘ngilchanlik, yoshlar, ayollar va qarilarga rahm qilish, mag‘lublarga bag‘rikeng bo‘lishning uddasidan har qanday millat ham chiqavermaydi. Har qanday urush qo‘mondoni ham bunday sifatlarga ega bo‘lavermaydi. Zero, qon ko‘rish qonni qaynatadi, adovat esa qahr va g‘azab o‘tlarini yondiradi. o‘alaba shavqi fotihlarni mast qilib, qasos va intiqom olishdek noma’qulchiliklariga sabab bo‘ladi. Bu eski-yu yangi davlatlarning tarixidir. Balki bu Qobil inisi Hobilning qonini to‘kkandan buyog‘idagi insoniyat tarixidir: «O’shanda ikkovining qurbonliklari birovidan qabul qilingan, ikkinchisidan qabul qilinmagan edi. Shunda u «Qasamki, seni o‘ldirurman», deganida, birodari aytdi: «Alloh faqat taqvodorlardangina (qurbonliklarini) qabul qilur» (Moida surasi, 27-oyat).

   Yangi hazora vujudga kelgan paytda olam barchasi o‘rmon qonuni bo‘yicha yashardi. Kuchli zaifni o‘ldirardi. Qurolli qurolsizni tunardi. Urush esa hech bir qaydsiz, chegarasiz va joiz-nojoizga ajratilmagan holda barcha shariat, diyonat, millat va xalqlarda e’tirof etilgan qonun edi. Kuch-qudratli tomon o‘zga bir millatning yerini bosib olish, e’tiqodidan voz kechishga majburlash va erkag-u ayolini talashga qodir bo‘lgani uchun bu ishlarni gunoh sanamay bemalol qilaverardi. Islomiy hazora insoniyatni tajovuzkor hayvoniyat darajasiga tushirib qo‘ygan bu zolim qonunni tan olishga rozi bo‘lmadi. Balki millatlar o‘rtasidagi aloqalar o‘zaro tanishuv va yordamlashuv asosiga binoan bo‘lishini e’lon etdi: «Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (do‘st-birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik» (Hujurot surasi, 13-oyat). Shu sababdan tinchlik xalqlar o‘rtasidagi tabiiy aloqa bo‘lib qoldi: «Ey mo‘minlar, tinchlikka barchalaringiz kirishingiz» (Baqara surasi, 208-oyat).
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:57:56
   Bir millat boshqasiga urush va dushmanchilikdan o‘zgasini xohlamasa, u holda bu millatga qarshilik ko‘rsatish uchun tayyor turish lozim bo‘ladi. Chunki tayyorgarlikni tark etish dushmanlikka undaydi va uni tezlatadi: «(Ey mo‘minlar), ular uchun imkoningiz boricha kuch va egarlangan otlarni tayyorlab qo‘yingizki, bu bilan Allohning va o‘zlaringizning dushmanlaringizni qo‘rquvga solasiz» (Anfol surasi, 60-oyat). Agar u millat dushmanlik niyatidan qaytsa va tinchlikni ma’qul ko‘rsa, narigisi ham tinchlik sari intilishi lozim: «Agar ular sulhga mayl qilsalar, siz ham unga moyil bo‘ling va Allohga tavakkul qiling» (Anfol surasi, 61-oyat). Agar u urushdan o‘zgasini istamasa kuchni kuch bilan yengiladi, dushmanlikni xuddi shunday dushmanlik bilan daf etiladi: «Sizlarga qarshi urushuvchilar bilan Alloh yo‘lida jang qilingiz» (Baqara surasi, 190-oyat).
 
   Islom hazorasi asoslari mana shu yerda urushni bosib olish, mol-mulkni talon-taroj qilish va xalqlar erkini tahqirlash uchun bo‘lishini harom, deb e’lon qildi. Zotan, qonuniy, mashru’ urushlar ikki g‘oya uchun bo‘ladi: birinchisi — millatning aqida va axloqi himoyasi uchun. Ikkinchisi — xalqning hurriyati, istiqloli va tinchligi uchun bo‘ladi. «To fitna tugab, butun din Alloh uchun bo‘lgunga qadar ular bilan urushingiz!» (Baqara surasi, 193-oyat).

   Aqida erkinligi urush e’lon etgan millatning o‘zigagina matlub emas, balki u barcha e’tiqodlar erkinligiga kafil bo‘lishi va hamma dinlarning ibodat joylarini himoya qilishi lozimdir: «Agar Alloh odamlarning ayrimlarini ayrimlari bilan daf qilib turmas ekan, shubhasiz, Alloh nomi zikr qilinadigan (rohiblarning) uzlatgohlari, (nasroniylarning) butxonalari, (yahudiylarning) ibodatxonalari va (musulmonlarning) masjidlari vayron qilingan bo‘lur edi» (Haj surasi, 40-oyat).
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 11:59:14
   Hazora da’vat qilgan narsalarning eng ajibi, boshqa xalqlardagi xor, zaiflarni himoya qilish o‘zining hurriyat va hurmatini himoya qilgandek vojib ekanidir... «(Ey mo‘minlar), sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va «Parvardigoro, bizni egalari zolim bo‘lgan shahardan ozod qil va bizga o‘z huzuringdan bir do‘st bergin, bizga o‘z huzuringdan bir yordamchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat bo‘lgan bechoralar (ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsizlar?!» (Niso surasi, 75-oyat). Islom hazorasi urush qoidalari mana shulardir. Adolat, rahmdillik va vafo — bular harbiy axloq ko‘rinishlaridir.

   Aftidan islomiy hazoraning urushdagi tinchlikparvarlik ruhini ko‘rsatishga buning o‘zi kifoya qilmaydi. Zero, qonunlarning o‘zigina millatning ulug‘ligiga, insoniyligiga dalil bo‘la olmaydi. Qancha millatlar bor: o‘zlari odamlarga eng oliy qonunlarni ko‘z-ko‘z qilishadi. Lekin eng beshafqat, chirkin, insoniylik va rahmdillikdan uzoq qonunlar bilan yashashadi. Diyorimizdagi mustamlakachilik hodisalari hech kimga sir emas. Uning fojealari, shafqatsizliklari hamon ko‘z o‘ngimizda.

   Xo‘sh, Islom hazorasida ushbu oliyjanob qonunlarning amaliy tatbiqi qanday bo‘lgan? Hammasidan oldin Islom hazorasi yo‘lboshchisi, uning asosi va shariatini qo‘yuvchisi Rasulullohdan (s.a.v.) boshlaylik. U zot hazora axloqi, hadafi va risolatidan rostgo‘y ta’birdirlar. Biz anbiyo, rasul va muslihlardan birortasining o‘z da’vati yo‘lida Rasulullohdek (s.a.v.) azoblangani, quvg‘in qilingani, ozor berilganini bilmaymiz. O’n uch yil Makkada... Bu yillarning hammasi bu zot va jamoatlariga hiyla, ozor, haqorat va azob-uqubatga to‘liq bo‘lgan. Hayotlari va ashoblarining hayotiga tinimsiz suiqasdlar uyushtirilgan. O’n yil Madinada... U uzluksiz kurash va ma’rakalar muddati. Harb libosini faqat o‘limlaridan ozgina oldin Arab  jazirasi butkul u zotga bo‘yin eggandagina yechganlar! Kim urushga kirsa, qilich ko‘tarsa, o‘ldirsa, o‘ldirilsa, quvg‘in va adovat nishoni bo‘lsa, qonga shavqli va intiqomga o‘ch odamga aylanadi. U holda, Rasulullohning urushlardagi xulqlari qanday bo‘lgan? Hazora sohibi o‘zlari e’lon etgan asoslarni qay tarzda tatbiq etganlar?..
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:00:22
   Payg‘ambar tavsiyalariga rioya etmagan musulmonlar Uhudda mag‘lub bo‘lishgan, dushmanlar o‘rab olib o‘ldirishga harakat qilayotgan paytda ashoblari u zotni fidokorlik bilan himoya qilishdi. Rasululloh urushda jarohatlandilar. Old tishlari sinib, yuzlari yorildi. Dubulg‘alarining ikki xalqasi yonoqlariga kirib ketdi. Shunda sahobalardan ba’zilari: «Ularni duoibad qilsangiz, ey Rasululloh», deyishdi. U zoti bobarakot: «Men la’natlovchi qilib yuborilmaganman. Balki da’vatchi va rahmat qilib yuborilganman... Ey Alloh, qavmimni hidoyat qil, chunki ular bilmaydilar», deya duo qildilar. Urushda ehtiyojmand bo‘linadigan haqiqat mantig‘i mana shudir. Qon to‘kishga chanqoq bo‘lib emas, adashganlarni hidoyatga rag‘bat etib urushadigan Payg‘ambarning mantig‘i mana shudir.

   Uhud jangida Payg‘ambarning amakilari — arab botirlarining mashhuri Asadulloh Hamza o‘ldirildi. Uni Vahshiy ismli kishi Abu Sufyonning xotini Hindning undovi bilan o‘ldirdi. Chavandoz jonsiz qulagan paytda Hind Hamzaning yuragini paypaslay boshladi va uni sug‘urib oldi. So‘ng g‘azab va intiqomdan uni chaynab-chaynab tashladi! Keyinchalik Hind muslima, Vahshiy musulmon bo‘ldi. Rasululloh bunga qanday munosabatda bo‘ldilar. Hind uchun istig‘fordan boshqa narsani ziyoda qilmadilar. Vahshiyning Islomini qabul qilib, unga: «Bizdan uzoqda yashashga imkoning bo‘lsa, shunday qil», dedilar. Rasulullohning amakilari qotiliga va yuragini chaynagan ayolga bo‘lgan munosabatlari mana shunday!

   Urushlardan birida Rasululloh dushman tomondan bir ayol o‘ldirilganini ko‘rib qoldilar. Bundan qattiq darg‘azab bo‘lib, bu ishni qoraladilar va: «Men sizlarni ayollarni o‘ldirishdan qaytarmaganmidim? Axir bu urushmagandi-ku!» dedilar. Rasululloh qo‘shinlarga boshchilik qilib, insoniy asoslarini mana shunday tatbiq etardilar.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:00:54
   Makka fath bo‘lgan paytda Rasululloh unga o‘n minglab botir qo‘shinlari bilan muzaffar holda kirib keldilar. Quraysh taslim bo‘lgandi. U Rasulullohning oyoq ostlarida, yigirma bir yillik kurashdan keyin Ka’ba eshigi oldida Payg‘ambarning hukmini kutib turardi... Payg‘ambar (s.a.v.) esa bu so‘zlardan ortiq gapirmadilar: «Ey Quraysh jamoasi! Nima deb o‘ylaysizlar, men sizlarga qanday hukm qilaman?..» Ular: «Faqat yaxshilik, ey yaxshi va yaxshining o‘g‘li!» deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Bugun men sizlarga birodarim Yusuf bundan oldin aytgan so‘zini aytaman: «Bu kun sizlar ayblanmaysiz. Alloh sizlarni mag‘firat qilgay. U zot rahm qilguvchilarning rahmlirog‘idir». Boraveringlar, sizlar erkinsizlar...» dedilar. Bu misollarda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom obro‘ va saltanati uchun harakat qiladigan, g‘alaba nash’asi esankiratib qo‘ygan qonxo‘r qo‘mondon emas, balki insoniyatga ezgulikni o‘rgatuvchi muallim ekanliklari yaqqol ko‘rinib turibdi.

   U zotning sahobalari, o‘zlaridan keyingi xalifalarning urush va futuhotlardagi siyratlari mana shu nurdan bir shu’la, ana shu yo‘ldan bir tariqa va ana shu asoslarning ijrosidir. Ular eng mashaqqatli paytlarda ham o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymadilar. Futuhotlardagi buyuk g‘alabalarda ham o‘z asoslarini unutmadilar.

   Lubnon aholisidan ayrimlari o‘z hokimlari Ali ibn Abdulloh ibn Abbosga qarshi isyon ko‘tarishdi. Ali ibn Abdulloh ibn Abbos ularga urush ochib g‘alaba qozondilar. Shunda ulardan bir qismini diyorlaridan boshqa joyga surgun qilishni ma’qul ish, deb bildilar. Bu narsa hozirgi kunda eng taraqqiy etgan millatlarning hokimi berishi mumkin bo‘lgan eng shafqatli jazodir. Shunga qaramay, Shomning imomi, mujtahidi va olimi bo‘lgan imom Avzo’iy Lubnon voliysiga qilgan ishlarini, lubnonliklarning ayrimlarini vatanlaridan surgun qilishi va isyonda ishtirok etganlar bilan birga ishtirok etmaganlarni ham qo‘shib jazolashini qoralab xat jo‘natdi. U zot yozgan maktub ichida quyidagi jumlalar bor edi: «Lubnon tog‘ida surgun qilingan zimmiylarning ichida isyon qilganlarga, sen bilan urushganlarga moyil bo‘lmaganlar bor. Bilishimcha, ularning ba’zilarini o‘ldirgansan, ba’zilarini maskanlariga qaytargansan. Qanday qilib, xosning gunohi uchun om mol va dunyolaridan judo qilib  jazolanadi. Vaholanki, Alloh taoloning hukmi birovning gunohini boshqaga yuklamaslik edi-ku! Bu hukm o‘ylab, ergashishga yetarli emasmi?! Yodlab, rioya etiladigan tavsiyalarning eng haqrog‘i — Rasulullohning (s.a.v.) tavsiyalari esa ushbudir: «Kim ahdlashilgan kishiga zulm qilsa yoki unga toqatidan tashqari ishni buyursa, qiyomat kuni unga dushmandirman». Bu maktubni o‘qigan Lubnon voliysi ularni hurmat-ehtirom qilgan holda uy-joylariga qaytarib keldi!
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:01:34
   Xalifalik Umar ibn Abdulazizga o‘tgan paytda Samarqand ahlidan bir jamoa u zotga elchi bo‘lib keldi. Ular diyorlaridagi musulmon qo‘shin qo‘mondoni Qutayba shaharlariga kirgani va adolatsiz ravishda musulmonlarni u yerga joylashtirgani to‘g‘risida shikoyat qilib kelishgandi. Umar ibn Abdulaziz Samarqanddagi voliysiga maktub yozib, ularning shikoyatini ko‘rib chiqish uchun bir qozi tayin etishni, agar qozi musulmonlarni Samarqanddan chiqarishga buyursa, ularni chiqarishni amr etdi. Voliy Jami’ ibn Hozir al-Bojiy ularning shikoyatini ko‘rib chiqish uchun qozi tayinladi. Qozi esa musulmon bo‘lgani holda musulmonlarni u yerdan chiqarishga, bundan so‘ng islomiy qo‘shin qo‘mondoni ularni ogohlantirishiga va islomiy urush qoidalariga binoan ularga urush e’lon etishi lozimligiga hukm qildi! Toinki, ahli Samarqand dovdirab qolmasdan musulmonlarga qarshi urushga tayyorlansin! Ahli Samarqand bu holni ko‘rib, qo‘shinining va qo‘mondonining zarariga bo‘lsa ham, adolat ila hukm yurgizayotgan davlatning tarixda misli yo‘q, degan fikrga kelishdi! Va: «Bu millatga qarshi kurashilmaydi. Chunki uning hukmi rahmat va ne’matdir», deyishdi. Shundan so‘ng islomiy qo‘shinning qolishiga rozi bo‘lishdi va musulmonlarning oralarida yashashlarini ma’qul ko‘rishdi.

   Ko‘ryapsizmi... Qo‘shin shaharni fath qilib, unga kiryapti. Mag‘lublar esa muzaffar davlat ustidan shikoyat qilyapti. Qozisi esa g‘olib qo‘shinning zarariga hukm qilib, ularni chiqib ketishga, undan so‘ng faqat shahar ahli ruxsat bersagina kirishga buyuryapti!..

   Islom qo‘shinlari Damashq, Hims va Suriyaning boshqa shaharlarini fath etgan paytlarida yerli aholidan ularni himoyasi va mudofaasi evaziga soliq oladi. Hiraql ular bilan hal qiluvchi jangda to‘qnashish uchun katta qo‘shin to‘playotganini eshitgan qo‘mondonlar fath etilgan shaharlarni tashlab chiqib, Rumga qarshi urushish uchun bir joyda yig‘ilish kerak, degan fikrga kelishdi. Xolid Hims ahlini, Abu Ubayda Damashq ahlini, boshqa qo‘mondonlar qolgan shaharlarning aholisini yig‘ib: «Biz sizlarni himoya va mudofaa qilamiz, deb mollaringizni olgan edik. Hozirda esa sizlarni himoya qilishga qodir emasmiz. Mana sizlarning mollaringiz, olinglar», deyishdi. Ushbu shaharlarning aholisi: «Alloh sizlarga g‘alaba ato etsin. Allohga qasamki, sizlarning hukm va adolatingiz Rumning jabr va zulmidan yaxshidir. Allohga qasamki, ular sizning o‘rningizda bo‘lishganda, olgan narsalarini qaytarib berishmasdi. Balki ko‘tara olgan hamma narsani o‘zlari bilan olib ketishardi!» deyishdi. Hozirgi qo‘shinlar esa biror shahardan chekinishga majbur bo‘lganida, unda dushman foydalanishi mumkin bo‘lgan hech narsa qoldirmagan bo‘lur edi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:02:07
   Mo‘g‘ul-tatarlar bilan Shomda bo‘lgan urushda ularning qo‘liga musulmon, nasoro va yahudiylardan juda ko‘pchilik asirga tushib qoldi. Shunda shayxulislom Ibn Taymiya tatarlarning amiri bilan asirlar va ularni ozod qilish ishi bo‘yicha muzokara olib bordi. Amir u kishiga nasoro va yahudiy asirlarni qoldirib, faqat musulmon asirlarni ozod qilishini aytdi. Shayxulislom bundan bosh tortdilar va: «Sen qo‘lingdagi ahli zimmatdan bo‘lgan yahudiy va nasorolarning hammasini ozod qilishing lozim. Biz ahli millatdan ham, ahli zimmatdan ham biror asirni qoldirmaymiz», deb javob qildilar.

   O’rta asrlarda g‘arbliklar musulmonlarga qarshi olib borgan salb urushlarining tarixidan yaxshi xabardorsiz. Mag‘lublarga nisbatan surgun qilish, xiyonat, qon to‘kish va qasos olishlar haqida eshitgansiz?! Qon daryosida suzib, qanday zavq va lazzat olganlari haqidagi solnomalar bilan tanishsiz.

   Salbchilar ikkinchi hamlada «Ma’ratun No‘‘mon» nomli joyga yetib kelib, uni qamal qilishdi. Yerli aholi hamla rahnamolaridan jonlari, mollari va obro‘lari muhofazasi uchun ishonchli ahdnomalar olgandan keyin taslim bo‘lishdi. Ular esa shaharga kirib-kirmay, shunday vahshiyliklarni qildilarki, buni ko‘rgan bolalar qarib ketadi. Shu urushda qatnashgan ayrim farang muarrixlarining chamalashicha, erkagu ayol, yoshu qari o‘rtasida o‘ldirilganlar soni yuz mingga yetgan! So‘ng ular Baytul Muqaddas tomon yurishlarini davom ettirdilar va uning ahliga qamalni kuchaytirdilar. Shahar aholisi mag‘lub bo‘lganini bilgach, ilojsiz yurish qo‘mondoni Tankarddan jonlari va mollariga omonlik so‘radilar. Qo‘mondon ularga «Masjidul Aqso»da ko‘tarib, har narsadan omonda bo‘lish uchun o‘z bayrog‘ini berdi. Shundan so‘ng qo‘shin shaharga kirdi. Endi holatni bir tasavvur qiling. Quddus aholisi tepasida omonlik bayrog‘i o‘rnatilgan Aqso masjidiga to‘planishdi. U yerni qarilar, ayollar va bolalar to‘ldirganda, ular qo‘y bo‘g‘izlangandek bo‘g‘izlandilar. Ibodatxonada shunchalik qon oqdiki, hatto otliqlarning tizzasigacha yetib bordi. Shahar ichidagi barcha jonzot qirish bilan tozalandi. Hatto, ko‘chalar yanchilgan bosh chanoqlari, kesilgan bilak va oyoqlar, qiymalangan jasadlar bilan to‘lib-toshgandi. Tarixchilarimizning zikr qilishicha, faqat Aqso masjidining ichida o‘ldirilganlar soni yetmish mingga yetadi! Ularning ichida ayol va go‘daklardan tashqari imomlar, obid va zohidlar jamoasi ham bor edi. Bu vahshiyliklarni g‘arb tarixchilari inkor qilmaydilar.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:02:32
   Mana shu xunrezliklardan 90 yil o‘tib, Qohira sultoni Salohiddin Ayyubiy Baytul Muqaddasni fath etdi. Xo‘sh, u nima qildi?.. O’sha paytda Quddusda yuz mingdan ortiq g‘arblik bo‘lib, Salohiddin ularning jonlari va mollariga omonlik berdi. Faqat qodir bo‘lganlariga to‘lashlari uchun arzimas mablag‘ belgilab, hammalariga shahardan chiqishga ruxsat berdi. Chiqish uchun qirq kun muhlat belgiladi. Keyin esa faqirlardan ko‘pchiligini fidyasiz qo‘yib yubordi. Fotih Salohiddinning akasi Odil podshoh faqirlardan ikki mingtasiga o‘z yonidan fidya to‘ladi. Ayollarga esa, hozirgi zamondagi eng aslzoda muzaffar podshoh ham qilolmaydigan muomalani qildi. Farang patriarxiga bo‘lsa, shahardan chiqishni xohlaganda, o‘zi bilan birga Saxra, Aqso, Qiyomat ibodatxonalarining miqdorini Allohdan o‘zga hech kim bilmaydigan boyliklarini olib chiqib ketishiga ruxsat berdi. Salohiddinning ba’zi a’yonlari ana shu ulkan boylikni olib qolishni taklif qilishganda, buyuk fotih ularga: «Men unga xiyonat qilmayman», dedi-da, undan boshqa oddiy kishilardan qancha olgan bo‘lsa, shuncha fidya oldi.

   Yana Salohiddinning Quddusni fath qilishda amal qilgan insoniy ishlaridan kishini hayratga soladigani mana bu voqeadir: u Quddusdan uzoqlashgan g‘arbliklar to‘dasini homiy birodarlariga, ya’ni Suvar, Sayda kabi salbchilar o‘chog‘iga tinch-omon yetkazib qo‘yish uchun ularga odam qo‘shib jo‘natdi. Vaholanki, o‘sha paytda Salohiddin ular bilan urush holatida edi!!! Jizyani to‘lagan ayollardan ko‘pchiligi to‘planib, sulton oldiga keldi. Ular asir olingan yoki o‘ldirilgan askarlarning oziq-ovqatsiz, boshpanasiz xotinlari, onalari va qizlari ekanliklarini aytishdi. Sulton ularning yig‘layotganini ko‘rib, ta’sirlangan va rahmi kelgan holda yig‘lab yubordi. So‘ng ularning asir erkaklarini izlashga, topilganlarini xotinlariga topshirishga, ammo qarindosh-urug‘lari o‘lib ketganlarga esa, ko‘pgina mol berib yuborishga amr etdi. Ayollar qaerga borsalar, unga maqtov-minnatdorchilik, hamdu sano aytardilar. So‘ng sulton ozod qilingan odamlarga ayollari va bolalari bilan Suvar va Akodagi boshqa qochoq birodarlariga borib qo‘shilishiga ruxsat berdi. U Quddus fath bo‘lgandan keyin uni tark etgan ayrim fuqarolar Antokiyani ko‘zlab ketayotgan, Antokiyaning salbchi amiri esa, ularni qabul qilishdan bosh tortayotgan va ular qaerga bosh urishni bilmay turganlarida, musulmonlar ularga boshpana bergan paytlarida bu ishni qildi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:03:36
   Albatta, Salohiddinning g‘arbliklar bilan salb urushlaridagi hikoyalari afsonalarga o‘xshaydi. Agar g‘arbliklarning bu o‘lmas qahramonlarning ezguliklari, oliy axloqidan ajablanishlari, hayratga tushishlari bo‘lmaganda edi, muarrixlarimizni oshirib yuborganlikda ayblashga imkon topilardi. g‘arbliklarning o‘zlari Salohiddin haqida ushbularni zikr qilishadi: «Salb urushlari sarkardalarining eng buyuk va shijoatlisi, sheryurak Richard kasal bo‘lib qolganining xabari unga (Salohiddinga) yetib boradi. Salohiddin unga xos tabibini yuboradi. Tabib o‘zi bilan birga dori-darmon va bu salbchi sarkarda topa olishi mushkul bo‘lgan mevalardan olib boradi. Bu voqea ularning o‘rtasida urush qizigan, qo‘shinlar jang qilayotgan paytda bo‘ldi! Yana g‘arbliklar eslashlaricha, bir ayol sulton Salohiddinning chodiriga yig‘lab, qarg‘anib kirib keldi. U sultonga askarlaridan ikkitasi bolasini o‘g‘irlab ketganidan shikoyat qildi. Buni eshitgan Salohiddin yig‘lab yubordi va bolani izlash, topib onasiga topshirish uchun odam jo‘natdi. Ayolni esa, qo‘riqchi bilan jamlog‘iga eson-omon yubordi».

   Sulton Muhammad Ikkinchi Qustantiniyani fath qilgan paytda Ayo-So‘fiya kanisasiga kirdi. Unga kanisa xodimlari yashirinishgandi. Sulton ularni husni qabul qilib, o‘z himoyasiga olishini ta’kidladi. Kanisadagi qo‘rqib ketgan masihiylardan uylariga sog‘-salomat qaytishlarini so‘radi. Shundan so‘ng masihiylarning ishlarini tartibga soldi. Ularga o‘zlarining xos kanisalariga, milliy qonunlariga va shaxsiy holatlarda (oilaviy masalalarda) o‘z urf-odatlariga bo‘ysunish huquqini berdi. Poplarda o‘z patriarxlarini saylash ixtiyorini ham qoldirdi. Ular Gandiusni patriarx qilib saylashdi. Sulton esa uning saylanishini vizantiyaliklar davrida odat bo‘lgan dabdababozlik bilan bayram qilib berdi. Va unga: «Men bilan har qanday vaqt va holatda do‘st patriarx bo‘lgin va o‘zingdan oldingilarga berilgan huquq va imtiyozlarning barchasidan bemalol foydalanaver», dedi. So‘ng unga chiroyli ot hadya qildi. O’zining ikkishoriylar deb nomlangan qo‘riqchilaridan bir nechtasini uning himoyasi uchun tayin etdi. So‘ng Muhammad Fotih provaslav kanisasining qonunlarini e’tirof etib, o‘z rioyasi ostiga oldi. Shahar fath qilingan kuni tortib olingan muqaddas osori-atiqalarning hammasini yig‘ib, sotib oldi va kanisalarga topshirdi!

   Bu ishlarni Sulton Muhammad Fotih Qustantiniyani fath qilish chog‘ida o‘zi bilan masihiylar o‘rtasida tuzilib, amal qilinishi lozim bo‘lgan shartnomalarsiz amalga oshirdi. Bu himoya va rioyani o‘z ixtiyoricha qildiki, bu holat ularni bundan keyin Vizantiya davlati rioyasida bo‘lgan paytlariga qaraganda, yangi musulmon davlat rioyasida ko‘proq tinch, salomat va diniy erkin bo‘lishlariga ishontirdi. Usmonli qahramonlar yunon, bulg‘or va o‘zlari fath qilgan boshqa qo‘shni davlatlardagi masihiy raiyyatlarga ham chiroyli muomalalarida davom etdilarki, bu hol Ovro‘paning boshqa joylarida kuzatilmagan edi. Hatto, Mojariston va Transilvaniyadagi Kelfinning odamlari va masihiylarning yakkaxudochilik mazhabidagi kishilar mutaassib Xepsiburg oilasi qo‘liga tushib qolishdan ko‘ra, turklarga bo‘ysunishni afzal bilishdi!
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:05:06
   Sisiliyadagi protestantlar esa Turkiyaga qiziqish ko‘zi bilan qarashar, diniy erkinlikni islomiy hukmga bo‘ysunish bilan sotib olishni orzu qilishardi. Musulmonlar hukmi ostidagi masihiylarga mana shunday mukarram diniy erkinlik bilan muomala qilib turgan bir paytda, Ovro‘pa mamlakatlaridagi masihiylar hokimlarining zulmidan, diniy toifalarning qon to‘kish, fitna va qo‘rquv yoyilishiga sabab bo‘ladigan bir-biriga qarshi taassubidan jabr tortardi. XVII asrda Antokiya patriarxi Makoriusning polandiyalik katoliklar provoslav birodarlariga qarshi olib borgan repressiyalari haqida aytgan so‘zlariga quloq soling: «Biz barchamiz shu qirq, ellik yil ichida anavi din dushmani bo‘lgan badbaxt zindiqlar (ya’ni, katoliklar), qo‘lida qatl etilgan minglarcha shahidlarga daryo-daryo ko‘z yoshi oqizdik. O’ldirilganlar soni yetmish ming bo‘lishi mumkin. Ey siz xoinlar! Ey iflos, razillar! Ey toshyuraklar! Rohibalar, zaifa ayollar sizlarga nima qildi? Bu o‘ldirilgan qizaloqlar va go‘daklarning gunohi ne? Polandiyaliklarni nima uchun mal’unlar, deyapman? Chunki ular o‘zlarini buzuq butparastlardan ham tuban va shafqatsiz ekanliklarini ko‘rsatib qo‘yishdi. Bu o‘zga mazhabdagilarga beshafqatliklaridan ham ko‘rinib turibdi. Ular bu bilan provoslav nomini yo‘q qilamiz, deb o‘ylaydilar. Alloh turk davlatining baqosini abadul-abad davomli qilsin. Ular o‘zlari buyurgan jizyanigina oladilar. Dinlar bilan ishlari yo‘q. Raiyatlari masihiymi, yahudiymi, somiriymi — hammasi barobar. Ammo anavi mal’un polandlar bo‘lsa, masihiy birodarlaridan soliq va ushrlarni olish bilan qanoatlanmaydilar. Vaholanki, ularning xizmatiga chin ko‘ngil bilan bel bog‘langan bo‘lsa».

   Sulton Muhammad Fotihning Ayo-So‘fiyaga, Qustantiniyadagi masihlarga ehtiromi haqida so‘z borar ekan, salbchilarning Ovro‘padan kelib, Qustantiniyani 1204 yilda istilo qilishgan paytdagi ishlarini zikr etish lozim. Papa Ensent Uchinchi ularning o‘z birodarlari provoslavlarga qilgan ishlarini tavsiflab shunday deydi: «Masihiylikning katta dushmani (ya’ni, Islom)ga qarshi qilichlarini yalang‘ochlashlari lozim bo‘lgan Masihning izdoshlari va dinining madadkorlari harom etilgan masihiy qonni to‘kdilar va uning bahrida g‘arq bo‘ldilar. Ular dinni, yoshni va jinsni hurmat qilmadilar. Kuppa-kunduzi zino qildilar. Qo‘shinning vahshiyligiga rohibalar, bokira qizlar va onalar qurbon bo‘ldi. Ular imperatorning boyliklarini tortib olish, fuqaroning bor-yo‘g‘ini talon-taroj qilish bilan kifoyalanmadilar. Balki qo‘llarini kanisa yerlariga, mol-mulkiga ham uzatdilar, kanisalar hurmatini to‘kdilar, ularning ikonalari, xochlari, osori-atiqalari va obidalarning ashyolarigacha tortib oldilar».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:06:00
   Muarrix Sharl Del aytgan mana bu so‘zlarga quloq tuting: «Mast askarlar Sent-So‘fiyo kanisasiga kirishdi. Muqaddas kitoblarni yo‘q qilib tashladilar. Shahidlarning suratlarini oyoq ostida tepkiladilar. Bir zinokor ayol patriarxning kursisiga chiqib olib, bor ovozi bilan qo‘shiq aytdi! Shaharning san’at namunalari yo‘q qilindi. Haykalchalar pul zarb qilish uchun eritildi». Bu alamli hodisalarga shohid bo‘lgan rohiblardan biri shunday e’tirof qiladi: «Muhammad (s.a.v.)ning izdoshlari shaharga kirganida, masihning qo‘shinlari qilgan muomalani qilmagandi».

   Musulmon fotihlarning Andalusdagi axloqlari, mag‘lublarga ko‘rsatgan go‘zal muomalalari, mehribonliklari va his-tuyg‘ularni rioya qilishlari bilan ispanlar o‘arnota (Granada — Andalusdagi oxirgi Islom mamlakati)ni istilo qilgan paytlaridagi ishlarini bir-biriga qiyoslash shart emas. Ular musulmonlarga dinlari, masjidlari, mollari va jonlarini hurmat qilishga taalluqli oltmishdan oshiq ahdnomalar berishdi. Lekin biror ahdnomaga rioya qilishmadi, zimmalaridagi biror burchga vafo qilishmadi. Qon to‘kish, odam o‘ldirish va qaroqchilik qilishdan o‘zlarini tiya olmadilar. o‘arnotaning taslim bo‘lganiga hali o‘ttiz ikki yil to‘lmay, 1542 yilda papa Ispaniyadagi barcha masjidlarni kanisalarga aylantirish to‘g‘risidagi buyrug‘ini chiqardi. Mana shu hodisaga to‘rt yil bo‘lgan vaqtda butun Ispaniyada birorta musulmon qolmagandi!

   Islomning axloqiy tamoyillari turli diniy e’tiqoddagi kishilarga tinchlik, totuvlik va osoyishtalikda yashash imkoniyatini beradi. Bu tamoyil shunisi bilan ajoyibki, jahon tarixida Islomda bo‘lmagan qavmlarning boshqa dindagilarga shafqatsiz va murosasiz munosabatda bo‘lganiga misollar ko‘p edi. Ispaniya qo‘l ostidagi Iberiya yarim orolida nasroniylar o‘z oralarida musulmonlar va yahudiylarning yashashini istamaganlar va ana shu ikki qavmni shafqatsizlarcha jazolaganlar. Ovro‘paning boshqa mamlakatlarida yahudiylarga ochiqdan-ochiq dushmanlik bilan munosabatda bo‘lindi, ular faqat yahudiy bo‘lib tug‘ilganlari uchun ham barcha huquqlaridan mahrum etildi. Ovro‘paning butun o‘rta asrlar tarixi bir-birini jini suymaydigan nasroniylarning nasroniylar bilan urushlari bayrog‘i ostida kechdi. XVI-XVII asrlarda katoliklar bilan protestantlar o‘rtasidagi bemaqsad qirg‘in Ovro‘pani qon daryolariga g‘arq qildi. 1618-1648 yillardagi 30 yillik urush katoliklar va protestantlar o‘rtasidagi diniy ziddiyat tufayli boshlanib ketdi. Ana shu urush oqibatida Ovro‘pa jang maydoniga aylandi. Urushgacha aholisining soni 15 million kishini tashkil etgan Germaniyada u uchdan bir qismga qisqarib ketdi.

   Tarix shohidki, Islom insoniyatga diniy bag‘rikenglik, adolat, rahm- shafqat va xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmatni olib kelgan yagona diniy nizom bo‘ldi. Chunki Islom bu zo‘ravonlik, ziddiyatlar, urushlar va terrorni tag-tomiri bilan yo‘qotish yo‘li va adolat, tinchlik, diniy bag‘rikenglik va farovonlik kafolatidir.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:09:45
   Bu mavzu biz yashab turgan zamonga nisbatan g‘aroyib bo‘lmasa-da, lekin Islom hazorasi ajoyibotlari haqidagi mavzular ichidagi eng go‘zalidir. Insoniyat hatto hozir ham mehribonlik, rahm-shafqatdan biror hissani hayvonga nisbatan ravo ko‘rmaydi. Zamondosh ayrim xalqlar haligacha bayramlarida, xursandchilik va riyoziy o‘yinlarida hayvon o‘ldirish bilan ko‘ngilxushlik qilishadi. Mana shu yerda Islom hazorasi o‘zining asoslari va voqe’ligida o‘zidan oldin yoki keyin biror hazora kiymagan rahmdillik va latif insoniy shuur bilan yo‘g‘rilgan libosi bilan yuzaga chiqdi. Bu uning hayvonotga mehribonligi va rahm-shafqatliligidir. Shunday rahmdillikki, u e’tiborni o‘ziga jalb qiladi, taajjub va hayratni oshiradi.

   Hayvonga shafqat borasida Islom hazorasidagi birinchi manbada hayvonot olami o‘z xususiyatlari, tabiati va shuuriga ega inson olami kabidir, deb e’lon etildi: «Yerda sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir qush xuddi sizlar kabi (Bizning qo‘l ostimizdagi) jamoalardir» (An’om surasi, 38-oyat). Insonda bo‘lgani kabi uning ham shafqat va mehribonlik ko‘rish huquqi bor. «Rahmdillarga Rahmon rahm qiladi». (Ahmad, Abu Dovud, Termiziy va Hokim rivoyatlari). «Kim shafqat ko‘rgizsa, dunyo va oxirat hayotidan nasibador bo‘ladi" (Ahmad rivoyati). «Bir odam yo‘lda ketardi. Bir vaqt juda qattiq chanqadi. Shunda bir quduq topib, unga tushdi va suvidan ichdi. So‘ng quduqdan chiqdi. Bir vaqt qarasa, bir it chanqashdan harsillab, xo‘l tuproqni chaynardi. U odam o‘ziga o‘zi: «Men qanday chanqagan bo‘lsam, u ham shunday chanqaydi», dedi-da, quduqqa yana tushib ketdi. Maxsisini suv bilan to‘ldirib, og‘zidan mahkam ushladi. So‘ng yuqoriga ko‘tarilib itni sug‘ordi. It Alloh taologa shukr aytdi va u odamning gunohlari kechirildi. Shunda sahobalar: «Ey Rasululloh, bizga hayvonlar to‘g‘risida ham ajr-savob beriladimi?» deb so‘rashdi. Payg‘ambar alayhissalom: «Har bir suvli (tirik) jigar egasi to‘g‘risida ajr bordir», deb javob qildilar» (Buxoriy, Muslim, Molik, Ahmad va Abu Dovud rivoyatlari).

   Shuningdek, hayvonga nisbatan shafqatsizlik kishini do‘zaxga kirgizadi: «Bir ayol mushuk to‘g‘risida do‘zaxga kirdi. U mushukni bog‘lab qo‘yib, ovqat bermadi va yer hasharotlarini yeyishiga ham yo‘l qo‘ymadi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:12:23
   Shariat hayvonga shafqatlilikni qonun tusiga kirgizishda davom etib, to‘xtab turgan ulovning ustida ko‘p turishni harom etdi. Payg‘ambar alayhissalotu vassallom aytadilar: «Ulovlaringizning orqasini kursi qilib olmang».

   Uni och qoldirishni, ozib-to‘zitishni ham harom etdi. Rasululloh alayhissalom orqasi qorniga yopishgan tuyaning oldidan o‘tib qoldilar va: «Bu tilsiz hayvonlar to‘g‘risida Allohdan qo‘rqingiz. Ularni yaxshi minib, yaxshi yediringlar», dedilar.

   Shuningdek, jonivorlarni toqatidan ortiq ishga majburlash ham ma’n etilgan. «Rasululloh (s.a.v.) ansorlardan bo‘lgan bir kishining bog‘iga kirdilar. U yerda bir tuya bor edi. U Payg‘ambar alayhissalomni ko‘rganda, ovoz chiqarib, ko‘z yoshi to‘kdi. Rasululloh alayhissalom uning oldiga kelib yoshlarini artdilar va: «Bu tuyaning egasi kim?» dedilar. Bog‘ning sohibi: «Men, yo Rasululloh», deb javob qildi. Payg‘ambar alayhissalom bog‘ning egasiga shunday dedilar: «Alloh seni molik qilib qo‘ygan bu hayvon to‘g‘risida Allohdan qo‘rqmaysanmi? U och qoldirganing va qattiq ishlatib, holdan toydirayotganing to‘g‘risida menga shikoyat qildi».

   Shariat yana ovda ko‘ngilxushlik qilishni ham harom etdi. Payg‘ambar alayhissalom shunday deydilar: «Kim chumchuqni ham bekordan o‘ldiradigan bo‘lsa, u qiyomat kuni Allohga: «Ey Rabbim,  falonchi meni bir manfaat yuzasidan emas, bekordan bekorga o‘ldirdi», deydi». Shuningdek, merganlikka o‘rganishda biror jonzotni nishon qilish ham ma’n etildi. Payg‘ambar alayhissalom joni bor narsani nishon qilganni la’natladilar.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:14:39
   Hayvonlarni bir-biriga olkishlamoq va kuydirish bilan yuzlariga belgi qo‘ymoqdan ham qaytarildi. Rasululloh (s.a.v.) yuzi kuydirilgan eshakning oldidan o‘tib qoldilar va: «Bunga belgi qo‘ygan kishiga Allohning la’nati bo‘lsin», dedilar.
 
   Agar hayvon go‘shti yeyiladigan hayvonlardan bo‘lsa, ularga shafqat ko‘rsatish so‘yayotganda pichoqni o‘tkirlash, suv bilan sug‘orish va so‘ygandan so‘ng terisini shilguncha ozgina vaqt o‘tkazish bilan bo‘ladi: «Albatta, Alloh har bir narsaga yaxshilikni vojib etgandir. Agar o‘ldirsangiz, chiroyli o‘ldiring. So‘ysangiz, chiroyli so‘ying. Pichog‘ingizni o‘tkirlang va qurboningizga dam bering». Pichoqni o‘tkirlamasdan turib, hayvonni yotqizishlik joiz bo‘lmagan shafqatsizlikdir. Bir kishi pichog‘ini o‘tkirlay turib, qo‘yni so‘yish uchun yotqizdi. Unga Payg‘ambar alayhissalom: «Buni ikki marta o‘ldirishni xohlaysanmi? Yotqizishdan oldin pichog‘ingni o‘tkirlasang bo‘lmaydimi!?» dedilar.
 
   Islom hazorasi ruhiga yetuk dalolat qiladigan va hayvonga rahmdillikning ajoyib timsoli bo‘lgan manavi voqeaga quloq tuting: «Abdulloh ibn Mas’ud aytadilar: «Biz Rasululloh bilan birga safarda edik. Shunda biz hammara degan chumchuqqa o‘xshash qush va uning ikkita jo‘jasini ko‘rdik. Biz bu ikki jo‘jani ushlab oldik. Hammara qanotini qoqib aylana boshladi. Shu payt Rasululloh kelib qoldilar va: «Bunga bolalari to‘g‘risida kim ozor berdi? Bolalarini qaytaringlar», dedilar. Yana biz kuydirib tashlagan chumoli uyasini ko‘rib: «Buni kim kuydirdi?» dedilar. «Biz», deb javob qildik. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.): «O’t bilan azoblash o‘t Egasidan boshqaga loyiq emas», deya marhamat qildilar».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:16:32
   Mana shu ta’limotlardan ruhlanib, musulmon fuqaholar hayvonga rahmdillik borasida xayolga kelmagan hukmlarni ishlab chiqdilar. Ular hayvonga nafaqa qilish egasiga vojib ekanini, kim bundan bosh tortsa, uni sotishga yoki nafaqasini qilishga yoki yemishi va boshpanasini topib oladigan yerga qo‘yib yuborishga yohud go‘shti yeyiladigan hayvon bo‘lsa, so‘yishga majburlanishi haqida hukm qilishdi. Ular bundan ham qattiq hukmlarni ham ijtihod etishgan. Ayrimlari shunday deyishadi: «Agar ko‘zi ko‘r bir mushuk biror shaxsning uyiga kirgan bo‘lsa, yemishini topib yeyolmagani uchun o‘sha mushukning nafaqasi ushbu odamga vojib bo‘ladi».

   Bu Islom hazorasi va qonunlaridagi hayvonga mehribonlik asoslaridir. Uning voqe’likdagi tatbiqi qanday bo‘lgan?

   Payg‘ambar (s.a.v.) safarlaridan birida ansoriy ayolning o‘zi minib olgan tuyani qarg‘ayotganini eshitdilar. Rasululloh uning bu ishiga e’tiroz bildirdilar va: «Undagi narsani olib qo‘yib, o‘zini holi qo‘yinglar, chunki u mal’undir», dedilar. Tuyadan ustidagi narsalar olindi va unga hech kim tegmay, odamlar orasida yurib ketdi.

   Umar (r.a.) qo‘yini so‘yish uchun oyog‘idan sudrab ketayotgan kishining oldidan o‘tib unga: «Holingga voy, uni o‘limga chiroyli olib borgin», dedilar.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:17:09
   Islom hazorasida hayvonga mehribonlik, davlat va ijtimoiy muassasalar tomonidan unga bo‘lgan e’tibor ko‘rinishlari mana shunday edi. Xalifalar hayvonlarga mehribonlik qilish, ularga ozor va zarar bermaslik haqidagi tavsiyalarini xalqqa e’lon qilishardi. Umar ibn Abdulaziz voliylariga yozgan xatlaridan birida odamlarni bekordan-bekorga otlarini choptirishlikdan ma’n etganlar. Yo‘l ishlari mas’uliga esa, kishilarga ulovlarini og‘ir yuganlar bilan yuganlashga yoki uchi temirli qamchi bilan haydashga ruxsat bermaslikka buyurib xat yozganlar.

   Muhtasib (ba’zi tomonlari zamonamizdagi mirshablikka o‘xshab ketadigan vazifa)ning burchlaridan biri odamlarni ulovga toqatidan ortiq narsa yuklamoqdan, yurish asnosida urish va azoblashdan ma’n etish bo‘lgan. Kim ulov egasining ushbu ishlarni qilayotganini ko‘rsa, unga odob bergan va jazolagan. «Foydasi borligi uchun muhtasib ularni shunga majburlaydi. Ulov egalari ulovlariga toqatidan ortiq narsani yuklamaydilar. Og‘ir yuk yuklagan holda tez yurishga zo‘rlamaydilar. Ularni qattiq qamchilamaydilar. Ustida yuk bo‘lgani holda ularni umumiy maydonlarda to‘xtatmaydilar. Chunki bu ishlarning baridan pok shariat qaytargandir. Hayvonning yeyish, ichishi to‘g‘risida egasi doim Alloh azza va jallaning nazorat qilib turganini his etishi lozim. Ulovning yemishi oz va sifatsiz emas, balki to‘yadigan darajada yetarli bo‘lishi kerak».

   Ijtimoiy muassasalarga kelsak, ulardan hayvonlar uchun katta foydalar bo‘lgan. Qadimiy vaqflar ro‘yxatida xasta hayvonlarni davolash, qari, ojiz hayvonlarning rioyasini qilish uchun maxsus vaqflar ajratilganini ko‘ramiz. Bu so‘zimizga misol qilib, Marajul-axzar yerini olib ko‘rishimiz mumkin. (Hozir bu yerda Damashq shahar o‘yingohi barpo qilingan.) Foydasi yo‘qligidan xo‘jayinlari boqishdan bosh tortgan kuchsiz otlar uchun bu yer vaqf qilingan. Ular bunda ajallari bilan o‘lgunlaricha boqilardi. Damashq vaqflaridan yana biri mushuklar uchun bo‘lib, ular bu vaqf yerda ovqatlanishar, parvarish ko‘rishar va uxlashardi. Hatto, ular uchun ajratilgan bir hovlida har kun to‘yib ovqatlanib, sayrdan bo‘lak harakat qilmagan yuzlarcha mushuk yashardi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:18:03
   Bularning barchasi hayvonlarga rahmdillik borasida tengi yo‘q darajaga yetgan xalqning ruhiyatini ravshan ko‘rsatadi. Islomiy hazora soyasidagi ruhiyatni tasdiqlovchi eng yorqin misollardan biri sifatida ulug‘ sahobiy Abu Dardoning holatlariga boqing. Bu zotning tuyalari bo‘lardi. Tuyaning vafot paytida: «Ey tuya, Rabbingga mendan da’vo qilma, chunki men senga toqatingdan ortiq narsa yuklamaganman», degandi.

   Adiy ibn Hotamdek sahoba chumolilarga nonni maydalab bera turib: «Albatta, ular bizning qo‘shnilarimiz, bizning ustimizda ularning haqlari bor», derdi.
Ulug‘ imom Abu Ishoq ash-Sheroziy hamrohlari bilan yo‘lda ketayotgandilar. Shunda oldilaridan bir it chiqib qoldi. Hamrohlardan biri uni haydayotganida, shayx uni qaytarib: «Yo‘l biz bilan uning o‘rtasida mushtarak ekanini bilmaysanmi?» dedilar.

   Hazoraning bunday yorqin ko‘rinishlari va hayvonlarga nisbatan insoniy munosabatini qadim va o‘rta asrlarda hayvonlarga qanday muomala qilinganini bilmasdan turib qadrlay olmaymiz. O’sha paytlarda insonlarning hayvonot olamiga, ularning jinoyatiga va azoblashga munosabati qanday bo‘lgan?

   Odamning diqqatini birinchi jalb qiladigan narsa shuki, o‘sha paytdagi xalqlarning biron-bir ta’limotida hayvonga rahm-shafqat qilishga undaydigan biror narsa topolmaysiz. Hatto, hayvon egasining boqish va parvarishlash borasidagi burchlariga ham duch kelmaysiz.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:19:00
   Bundan keyin hayvonni jinoyati uchun, xo‘jayinining jinoyati uchun jazolanishi va mas’uliyatda unga oqil, o‘ylovchi inson kabi muomala qilingani nazaringizni o‘ziga tortadi! Qadim va o‘rta asrlardan to o‘n to‘qqizinchi asrgacha bo‘lgan davrdagi eng g‘aroyib holatlardan biri mana shu. Bu vaqt mobaynida hayvon inson kabi muhokama qilingan. Jinoyatchi inson kabi uni ham qamoqqa, surgunga, o‘limga hukm etishgan!

   Yahudiylar shariatida shunday deyilgan: «Agar ho‘kiz biror erkak yoki ayolni suzsa va bu jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa, ho‘kiz toshbo‘ron qilib o‘ldiriladi. Bunda ho‘kizning go‘shtini yeyish harom bo‘ladi, u suzishga odatlanmagan bo‘lsa, egasi javobgarlikka tortilmaydi. Agar u suzong‘ich bo‘lsa va egasini odamlar ogohlantirgan bo‘lsalar, ularning ogohlantirishiga parvo qilmay, ho‘kizning nazoratiga e’tiborsiz bo‘lsa va bu holat erkak yoki ayolning o‘limiga sabab bo‘lsa ho‘kiz toshbo‘ron qilinadi, egasining jazosi ham o‘limdir».
 
   Qadimgi yunonlar shariatida  esa bunday: ularning inson halokatiga sabab bo‘lgan hayvon va jonsiz narsalarni muhokama qiladigan maxsus mahkamalari bo‘lgan. Bu mahkama sud majlislari o‘tkaziladigan joy nomiga nisbatan Baritoniylar, mahkamasi deyilardi. Aflotun o‘zining «Qonunlar» kitobida zikr qilishicha, agar hayvon bir insonning o‘limiga sabab bo‘lsa, marhumning oilasi hayvonga qarshi mahkamaga da’vo ko‘tarib chiqishi mumkin. Qon da’vogarlari qozini fermerlar orasidan o‘zlari tanlashardi. Hayvonga qilingan da’vo o‘z isbotini topsa, uni qasos uchun o‘ldirish, tanasini shahar tashqarisiga chiqarib tashlash vojib bo‘lardi. Bunda umumiy o‘yingohlar sahnida inson va hayvon o‘rtasida olishuv bois bo‘lgan qatl istisno qilinadi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:19:33
   Ularda hayvonning mas’ulligi faqat o‘lim holatlari bilangina chegaralanmay, balki u o‘limdan yengil jinoyatlarda ham javobgarlikka tortiladi. Agar bir kishini it tishlab olsa, itning egasi uni qo‘l-oyog‘i bog‘langan holda jabrlanuvchiga topshirishi lozim edi. Jabrlanuvchining o‘zi azoblab yoki o‘ldirib yoki bulardan boshqa jazo choralarini qo‘llab, undan o‘chini olardi. Shuningdek, ba’zi holatlarda hayvonlar xo‘jayinining yoki oilasining jinoyati uchun ham jazolanardi. Masalan, din yoki davlatga qarshi jinoyatlari uchun o‘limga hukm qilingan kishining o‘zi, oila a’zolari, hayvonlari va barcha mulklari hukmga qarab yondirilar, yakson qilinar, musodara etilardi.

   Qadimiy rumliklar qonunlari quyidagi moddani ichiga olgandi: «Agar ho‘kiz ekish mavsumida ekin ekilgan maydon bilan qo‘shni maydonni ajratib turadigan  chegarani siljitib yuborsa, o‘zi va egasi o‘limga hukm qilinadi». Tishlagan itni jabrlanuvchiga topshirish lozimligi belgilangan modda hukmiga ko‘ra, jabrlanuvchi kishi itni xohlagan ko‘yga solishi mumkin. Shuningdek, egasining mulki bo‘lmagan yaylovda o‘tlagan hayvonning hukmi ham mana shunday bo‘lgan. Hayvonlarni jazolashdagi qadimgi mormonlar holi ham rum va yunonlar kabi edi.

   Ammo forslarda esa ish bundan ham ajablanarli, g‘aroyib bo‘lgan. Quturgan it qo‘yni tishlab o‘ldirib qo‘ysa yoki odamga jarohat yetkazsa, o‘ng qulog‘i kesib olingan. Agar bu ishini takrorlasa, chap qulog‘i uzib olingan. Uchinchi martasida o‘ng oyog‘i kesilsa, to‘rtinchi bor chap oyog‘idan mahrum bo‘lgan. Beshinchi marta tishlagan it dumidan ajragan!..
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:20:02
   Fransa Ovro‘pa davlatlari ichida birinchi bo‘lib, o‘n uchinchi asrda  hayvonlarning mas’uliyati to‘g‘risida qonun qabul qildi. Unga ko‘ra, hayvonlar gunohiga qarab, xuddi inson muhokama qilingani kabi qonuniy yo‘llar bilan mahkama oldida javobgar bo‘lgan. Keyin o‘n to‘rtinchi asrning oxirida Sardiniya, XV asrning oxirlarida esa Belgiya ham shunday yo‘l tutdi. O’n oltinchi asrning o‘rtalarida orqama-keyin Xollandiya, Olmoniya, Italiya va Shvetsiya ham hayvonlarni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunlar ishlab chiqishgan. Mana shu holat ba’zi slavyan xalqlarda o‘n to‘qqizinchi asrgacha davom etib keldi.

   Ovro‘paliklarda hayvonga nisbatan jinoiy ish jabrlanuvchi yoki prokuratura da’vosiga binoan ochiladi. Mahkama hayvonni ehtiyot yuzasidan hukm qilinguncha qamab ham qo‘yardi. Shundan keyin hukm o‘qilar va insonlarda bo‘lganidek ko‘pchilikning oldida ijro qilinardi. Hukm hayvonni toshbo‘ron qilish yoki boshini kesish yoxud yondirish bilan bo‘lardi. Ba’zan o‘ldirishdan oldin ayrim a’zolarini kesib ham, hukm ijro qilinardi. Hech kim bu muhokamani o‘ziga tasalli berish uchun qilingan hazil ish, deb o‘ylamas, balki butunlay jiddiyat bilan qarardi. Bunga dalil sifatida shuni aytish mumkinki, hayvonlarni javobgarlikka tortishga bois bo‘lgan sabablarni shunday bayon qilishardi: «Adolatni qaror toptirish uchun hayvon o‘limga hukm qilinadi» yoki  «Vahshiy va qabih jinoyatni amalga oshirgani uchun osib o‘ldirilsin!»

   Bu o‘rinda zikr qilinayotganlarning eng g‘aroyibi — ovro‘paliklarning hayvonga nisbatan mahkama ishini qo‘zg‘ashlariga sabab bo‘ladigan holatlardan biri uning tabiat qonunlariga tajovuz qilganligidir. Masalan, hayvon ham sehrgarlikda ayblanardi. U shunday jinoyat ediki, buni qilganga olov bilan yondirish jazosi belgilangandi. Ovro‘paliklar hayvonga nisbatan hukm ijro qilinishi munosabati bilan katta tantana uyushtirishardi. Jallodlar o‘tin bo‘laklarini olib kelishar va maydonlardan birining o‘rtasiga qo‘yishardi. U maydonga mahkum mushuklar olib kelinardi. Har bir mushuk temirdan yasalgan alohida qafasga qamalardi. Jazoni amalga oshirish payti kelganda ayrim hokimlar hamrohligida poplar paydo bo‘lardi. Ulardan biri oldinga chiqar, qo‘lida o‘tinni yondirish uchun olov bo‘lardi. So‘ng hokimlardan biri mushuklarni o‘tda tutib turishga amr etardi. Ular sehr bilan shug‘ullanganliklari uchun yonib, kulga aylanardi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:20:31
   O’rta asrlarda ovro‘paliklarning hayvonlarga nisbatan olib borgan mashhur mahkamalaridan ba’zilarini zikr qilish kerak. Bunday  ishlarning eng g‘aroyib va mashhuri o‘n beshinchi asrda Fransaning Oton shahrida sichqonlar mahkamasi bo‘lgan. Bu shaharchada sichqonlar osoyishtalikka putur yetkazadigan qo‘rqinchli shakllarda ko‘chalarda to‘planganlikda ayblanishgan. Ularning himoyasini frantsuz advokati Shosoniya o‘z qo‘liga olgan va sichqonlar mahkamada hozir bo‘la olmaganliklari uchun uni kechiktirib turishlarini so‘ragan. Zero, ularning ichida emizikli, xasta va keksalari bor. Agar kechiktirilgan fursat keladigan bo‘lsa, mahkama oldida javob berishga ular o‘zlarida kuch topadilar. Mahkama muhokamani muayyan bir vaqtgacha kechiktirib turishga rozi bo‘lgan. Lekin sichqonlar yana kelmaydi. Himoyachi advokat mahkamaga yana shunday bahona qildi: «Sichqonlar, albatta, sizning viqorli amrlaringizga itoat qiladi va huzuringizga kelishni xohlaydilar. Lekin, ey qozi hazratlari, ular bu yerga keladigan bo‘lsalar, mushuklar tomonidan yetadigan ozordan qo‘rqyaptilar». Bunga mahkama raisi: «Ularning hayotlarini muttahamlardan himoya qilish bizning burchimiz», deya javob qaytardi. Shundan keyin advokat sichqonlar karvoni ko‘chalardan o‘tishidan oldin, hayotlari ta’min etilganiga ishonch hosil qilishlari uchun mahkamadan shahar mushuklarining hammasini qamab turishga amr etishini so‘radi. Mahkama bu talabga ham adolat yuzasidan rozi bo‘ldi va sichqonlarning mahkama zaliga kelish asnosida xotirjamligini ta’min etish uchun it va mushuklarning ko‘chada yurishini ma’n etadigan farmoyish chiqardi. Lekin shaharcha aholisi bu farmoyishni bajarishdan bosh tortdi. Shundan keyin mahkama sichqonlarni oqlab hukm chiqarishga majbur bo‘ldi. Negaki, sichqonlar qonuniy himoya vositalaridan mahrum bo‘lgandi-da!.. Bu ish sababidan advokatning shuhrati atrofga taraldi. U sichqonlardan o‘ziga muxlis, izdosh orttirdimi-yo‘qmi, bilmaymiz. Balki  tobe’lari bo‘lmish sichqonlar uning kitob va qog‘ozlarini kemirmaslikka va’da qilishgandir...

   O’rta asrda hayvonlarga nisbatan olib borilgan mahkama ishlarining g‘aroyiblaridan yana biri tuxum qilgan xo‘roz mahkamasi bo‘lgan. 1474 yil Shveytsariyaning Bali shahrida bir xo‘rozga qarshi tuxum qilganlik ayblovi  mahkamaga oshirildi. Bu ish o‘sha paytda ovro‘paliklar urfida juda qabih jinoyat sanalardi. Chunki ularga ma’lum bo‘lishicha, sehrgarlar o‘zlarining shaytoniy maqsadlarida ishlatish uchun xo‘roz tuxumini izlab yurishardi. Shunday qilib, xo‘roz mahkamaga topshirildi. Advokat uni: «Uning bu ishga aloqasi bo‘lmagan, qanday qilib, xo‘roz voqeaga mas’ul bo‘lsin?» deya himoya qildi. Lekin mahkama advokatning himoyadagi fikrini inobatga olmadi. Balki xo‘rozni o‘limga xukm qildi va o‘z hukmini: «Bundan boshqa xo‘rozlarga ham ibrat bo‘lsin!» deya izohladi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:20:56
   1495 yili Fransada boshqa masala ham ko‘rib chiqildi. Bu ham eng g‘aroyib hayvonlar muhokamasi sirasiga kiradi. San-Goleon viloyati polizlarining egalari qurtlar ekinlariga talofat yetkazayotgani, daraxtlari, sanoatlari va tijoratlariga zarar berayotgani haqida da’vo ko‘tarib chiqishdi. Bu qurtlarning himoyasini qonun kishilaridan ikki kishi olib bordi. Jarayon qirq yil davom etib, poliz egalari charchashdi va qurtlar xohlaganlaricha ekin va mevalarni yeyishlari uchun o‘zlariga alohida bir bo‘lak yer ajratib berishga kelishishdi!

   Mana shu g‘alati solishtiruvdan keyin Islom hazorasi bilan boshqa millatlarning hayvonlarga munosabati o‘rtasidagi farq ma’lum bo‘ladi. Demak, Islomiy hazora qadim millatlar va hozirgi ayrim elatlardan misli yo‘q ikki ish bilan ajralib turadi: Birinchisi — hayvonni parvarishlash, davolash va kuchsizlik, xastalik va keksalikda maishatini ta’min etish uchun ijtimoiy muassasalar barpo qilish. Ikkinchisi — hayvonlarning muhokamasidan xoli bo‘lish. Chunki u yangi hazoradan o‘n uch asr oldin hayvonlardan jinoiy mas’uliyatni soqit qilishga chaqirgan. Shuningdek, islomiy hazora hayvonlar o‘rtasidagi shafqatsizlik va urushish uchun olkishlash ko‘rinishlaridan ham xoli. Bu ko‘rinishlar Yunon va Rumda rasman e’tirof etilgandi. Ispaniyada ho‘kizlar olishuvi uchun katta tantanalar uyushtirilib, bu janglar haligacha tan olinib kelinmoqda. Bu shubhasiz, qadim va o‘rta asrlardagi g‘arbliklar vahshiyligining qoldiqlaridandir. Islom hazorasi bu qabohatdan o‘zini uzoq tutgan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:21:39
   Millatning taraqqiy etgani, yashovchanligiga dalolat qilishda o‘z kishilariga oliyjanoblik qilishdan ko‘ra yaxshi narsa yo‘qdir. Bu oliyjanoblik nafaqat jamiyatning barcha tabaqalarini, balki yer yuzidagi insonu hayvondan iborat jonzotni yaxshilik, ezgulik va rahmat bilan fayzli qiladi. Millatlar hazorasi mana shu miqyoslar bois tarixda qoladi, shu yo‘ldagi izlari bilan hazoralar o‘rtasida taqdirlanadi.

   Musulmon millati bu to‘g‘rida biror xalq mutlaqo yetolmagan cho‘qqini zabt etgan. Undan keyin ham hozirgacha biror millat bu darajaga erisholmadi. O’tgan asrlarda millat va hazoralar yaxshilik maydonida ibodatxona va madrasalardan iborat tor nuqtadan boshqa biror narsani bilmadilar. Hozirgi zamonda esa, g‘arb millatlari garchi ijtimoiy ehtiyojlarni ijtimoiy va umumiy muassasalar orqali qondirayotgan bo‘lsalar-da, lekin Alloh azza va jalla uchun xolis bo‘lgan insoniy oliyjanoblik cho‘qqisiga yeta olmadilar. Albatta, g‘arbliklarni umuminsoniy ezgulik tomon chorlashda obro‘, shuhrat, ovoza bo‘lish va tarixda qolish istagining ta’siri katta bo‘lgan.

   Holbuki, Islom millatini yaxshi amallarga birinchi navbatda undagan narsa Buyuk zot Alloh roziligini istash bo‘lgan. Bunda odamlarning bilish-bilmasliklari ahamiyatli bo‘lmagan. Bunga dalil sifatida ushbu misol kifoya qiladi: Salohiddin Ayyubiy bor boyligini yaxshi ishlarga sarflagan. Shom, Misr mamlakatlarini masjid, madrasa, karvonsaroy va boshqa xayriya muassasalari bilan to‘ldirib yuborgan. Lekin ularning birortasiga o‘z ismini emas, balki qo‘mondonlari, vazirlari, yordamchilari va do‘stlarining nomlarini yozdirgan. Bu — ezgu amallarda nafsning nasibasidan poklanishning eng yorqin ko‘rinishidir.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:23:13
   Yana bir narsa: g‘arbliklar o‘z ijtimoiy muassasalarida ko‘pincha yurtdoshlari manfaatlari bilan cheklanib qolishgan bo‘lsa, islomiy ijtimoiy muassasalar jinsi, tili, vatani va mazhabidan qat’iy nazar, har bir inson uchun o‘z eshiklarini ochib qo‘ygan. Uchinchi farq: ijtimoiy muassasalar, hatto, bugungi g‘arbliklar ham ko‘rmagan ezgulik va ijtimoiy kafolat yuzasidan barpo qilinganki, bu ajablanish va hayrat boisi bo‘lib kelmoqda, Islom millatini boshqa millatlarnikidan farqli o‘laroq shomil, sof va keng ufqli insoniy xususiyatlarga ega ekanligiga dalolat qilmoqda.

   Islom ezgulikka chaqirish bilan shunday nido qiladiki, uning oldida insoniyat ruhiyatidagi baxillik boislari, shaytonning faqirlikdan qo‘rqitib qilgan vasvasalari mag‘lub bo‘ladi. Qur’on infoq-ehsonga targ‘ib qilgandan so‘ng shunday deydi: «Shayton sizlarni (agar infoq-ehson qilsangiz) kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi. Alloh sizlarga o‘z tarafidan mag‘firat va fazlu karam (boylik) va’da qiladi. Alloh (fazlu karami) keng va bilguvchidir» (Baqara surasi, 267-oyat).

   U ezgulikka da’vatni har bir qodir kishiga, balki xoh kambag‘al, xoh boy bo‘lgan har bir insonga umumiy qildi. Boy ezgulikni moli va obro‘si bilan qilsa, kambag‘al yaxshilikni qo‘li, qalbi, tili va amali bilan qiladi. Islom yaxshilik va ezgulik maydonida harakat eta olmaydigan insonni bilmaydi. Kambag‘al kishilar Payg‘ambarga (s.a.v.) boylar yaxshi ishlarni qilishda ulardan o‘tib ketayotganlaridan, zero, ular mollarini sadaqa qilayotganlari, faqirlar esa ehson qilishga narsalari yo‘qligidan shikoyat qilib kelishganda, Rasululloh (a.s.) ularga yaxshilik qilishning vositasi faqatgina mol bo‘lmay, balki odamlarga foydasi tegish ham ezgu amal ekanini bayon qilib shunday dedilar: «Albatta, har bir tasbeh siz uchun sadaqadir, amru ma’ruf sadaqadir, nahiy munkar sadaqadir, yo‘ldan kishilarga ozor beradigan narsani olib tashlash sadaqadir, ikki kishining o‘rtasini isloh qilish sadaqadir, kishini uloviga minishiga yordamlashish ham sadaqadir».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:27:47
   Shunday qilib, Islom yaxshilik eshiklarini odamlarning barchasiga ochib qo‘ydi. Uni hatto ishchi ham, tojir ham, dehqon ham, shogird, ustoz, ayol, ojiz, keksa, mayib, qo‘yingki, iqtisodiy holati jamiyatdagi yaxshilik va ezgulik ishlariga hissa qo‘shishga imkon bermaydigan har bir kishi qila oladi. Dinlari, tillari, vatanlari va jinslari qanday bo‘lmasin, Islom yaxshilikni Allohning barcha bandalariga imkonli qilgan paytda nafslarni komil insoniy xususiyatlarning eng oliy ufqiga ko‘tardi: «Xalqning (maxluq) barchasi Allohning ahli, bas, Unga mahbubrog‘i ahllariga nafliroqlaridir». So‘ng Islom insoniy nafsga yaxshilik va ezgulikni shaxsiy manfaat yuzasidan mahbub ko‘rsatib, qanday xitob qilganiga qarang. U har bir inson ezgu ishining foydasi hammadan oldin o‘ziga qaytishini e’lon qiladi. Ya’ni, u ezgu ishi sababidan savob, muhabbat, maqtov va abadiy Alloh azza va jalla huzurida bo‘lishga sazovor bo‘ladi: «Qanday yaxshilik (mol) infoq-ehson qilsangizlar, bas, o‘zingiz uchundir» (Baqara surasi, 272-oyat). «Kim biron yaxshi amal qilsa, o‘zi uchundir» (Fussilat surasi, 46-oyat).

  Mudom inson hamma narsadan oldin o‘zini sevadigan anoniyat sohibi ekan, bu uslubning insoniyat ruhiyatiga ta’siri shubhasizdir. Shundan baxil saxiylik qiladi, xasis himmat ko‘rsatadi, farzandlari, qarindoshlaridan qizg‘angan boyligini odamlarga ulashadi.

  Alloh taboraka va taoloning: «Allohga qarzi hasana (ixtiyoriy qarz) beradigan kim borki, (Alloh) unga bir necha barobar qilib qaytarsa...» degan oyati (Baqara surasi, 245-oyat) nozil bo‘lganda, Abu Dahdoh ismli bir sahobiy: «Alloh ham bandalaridan qarz so‘raydimi, ey Rasululloh?» deb so‘radi. Rasululloh: «Ha», deganlarida, u: «Qo‘lingizni uzating, yo Rasululloh», dedi. Va o‘zidan boshqaning haqqi bo‘lmagan bog‘ini sadaqa qilganiga Rasulullohni guvoh qildi. U bog‘da yetti yuzta mevaga kirgan xurmo daraxti bor edi. Keyin u xotinining oldiga qaytdi. Xotini va farzandlari  ushbu bog‘da yashashardi. Xotiniga qilgan ishining xabarini berdi. Xotin farzandlarini olib, bog‘dan chiqib keta turib: «Bay’ingda foyda qilding, ey Abu Dahdoh», dedi
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:29:25
Alloh taboraka va taoloning: «Suygan narsalaringizdan infoq-ehson qilib bermaguningizcha, hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz» qavli (Oli Imron surasi, 92-oyat) nozil bo‘lganda, Abu Talha al-Ansoriy: «Ey Rasululloh, o‘zimga eng mahbub molim — Bayrho (suvi shirin bir quduq)dir. U Alloh uchun sadaqadir. Uning yaxshiligini, ko‘lamini Alloh taboraka va taolo huzurida umid qilaman. Ey Rasululloh, uni Alloh sizga ko‘rsatgan shaklda tasarruf eting», dedilar. Shunda Payg‘ambar (a.s.): «Balli, barakalla! Bu serdaromad mol ekan, foydali mol ekan. Aslini olib qolib, foydasini ehson qil», dedilar.

   Mana shu sadaqa Islomdagi ilk vaqf edi. Shundan vaqf paydo bo‘ldi. Barcha ijtimoiy muassasalar o‘zining go‘zal insoniy risolatini ado etishda yordam beradigan moliyaviy manbalarini ana shu vaqflar hisobiga to‘ldirardilar. Islom hazorasi tarixida barpo bo‘lgan barcha xayriya muassasalarining asosini tashkil qilgan ham vaqf edi. Bu to‘g‘rida ummatiga ilk namuna ko‘rsatgan ham Rasululloh (s.a.v.) edilar. U zot ayrim jangchilar vafot etar chog‘larida tasarrufini Rasulullohning ixtiyorlarida bo‘lishini vasiyat qilgan yettita bo‘stonni vaqf qilib qo‘ydilar. Ularni Rasululloh faqir, miskinlarga, hojatmandlarga atab vaqf qildilar. So‘ng bundan keyin Umar ibn Xattob (r.a.) Haybardagi yerlarini vaqf qildilar. U kishiga sahobalar ergashdilar. Va Abu Bakr, Usmon, Ali, Zubayr, Muoz va boshqalar ham vaqf qildilar. Hatto, molining ma’lum bir qismini vaqf qilmagan sahobiy qolmadi. Bu insoniy ish Umarning xalifalik davrlarida yana bir bor yangilandi. U zot xalifa ekanliklarida Alloh yo‘liga bir yerni vaqf qildilar va muhojir hamda ansorlardan bir nechasini chorlab, ularni bu ishlariga guvoh qildilar. Jobir ibn Abdulloh aytadilar: «Muhojir va ansorlardan Rasulullohning (s.a.v.) qodir bo‘lgan har bir ashoblari molidan bir qismini sotib olinmaydigan, meros qilinmaydigan va hadya etilmaydigan qilib vaqf etib qo‘ydi».

   So‘ng musulmonlar bu ishni avloddan-avlodga davom ettirdilar. Yerlar, bog‘-rog‘lar, hovlilar va hosillarni vaqf etib qo‘ydilarki, bundan islomiy jamiyat sanab, adog‘iga yetish qiyin bo‘lgan darajada muassasalarga to‘lib-toshdi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:30:49
   Bu muassasalar ikkiga bo‘lindi. Ularning bir qismini davlat tashkil qilib, uning uchun ulkan vaqflarni ajratib qo‘ygan. Boshqa bir qismini esa amir, sarkarda, boy va erkag-u ayol, yakka shaxslar tashkil etgan. Bu o‘rinda barcha xayriya muassasalarining turlarini sanashga imkon yo‘q. Lekin ularning muhim va asosiylarga  ko‘z tashlab o‘tish lozim.

   Xayriya muassasalarining birinchilari masjidlar bo‘lib, odamlar Allohning roziligini istab, ularni qurishda musobaqalashardilar. Podshohlar ham o‘zlari asos solgan masjidlarning katta va ulug‘vorligi borasida kim o‘zarga bahslashishardi. Bu o‘rinda Valid ibn Abdumalikning Umaviy jomesini qurishga sarflagan ulkan mablag‘ini zikr qilish kifoyadir. Bu jomeni qurishga sarflangan molning, ishlatilgan odamlarning ko‘pligiga aql bovar qilmaydi.

   Xayriya muassasalarining muhimlaridan yana biri madrasa va shifoxonalar bo‘lib, ularga alohida to‘xtalamiz, inshaalloh.

   Xayriya muassasalari orasida musofir hamda boshqa muhtoj kishilarga qo‘nalg‘a va mehmonxonalar ham mavjud bo‘lgan. Yana Allohning ibodatida odamlardan uzlat etish uchun takya va ibodatxonalar bo‘lgan. Shuningdek, uy sotib yoki ijara olishga kuchi yetmagan kishilarga maxsus uylar qurilgan, umumning yo‘liga suvlar oqizib qo‘yiladigan ariqlar barpo qilingan. Non, go‘sht, sho‘rva va halvo kabi yeguliklar ulashiladigan oshxonalar bo‘lgan. Yaqin vaqtlargacha Sulton Salim takyasi, Damashqdagi shayx Muhiddin takyasi kabi xayriya muassasalari mavjud edi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:31:26
   Yana shunday muassasalardan biri Makkada hojilar qo‘nim topadigan uylar bo‘lganki, bunday uylar juda ham ko‘payib, Makkaning hamma yerini qamrab olgan. Ayrim fuqaholar Makka uylarini ijaraga berish botilligiga fatvo qilishgan. Chunki ularning barchasi vaqf qilib qo‘yilgan edi. Yana cho‘l-sahrolarda quduqlar qazib qo‘yilgandiki, ulardan hayvonlar, ekinlar va musofirlar suv ichishardi. Bunday quduqlar Bag‘dod bilan Makka o‘rtasida, Damashq bilan Madina o‘rtasida va boshqa katta musulmon shaharlari o‘rtasida juda ko‘p edi. O’sha paytda biror musofir tashnalik xatariga yo‘liqmasdi.

   Shuningdek, mamlakatga tashqi hujum xavfini bartaraf etish uchun chegaralarda posbonlar uchun xos makonlar qurilgandi. U yerlarda Alloh uchun qo‘riqchilik qiladiganlarga maxsus muassasalar bor ediki, posbonlar bu yerda qurol-yarog‘, zaxira, yemish va ichimliklar kabi o‘zlariga kerakli barcha narsani topishardi. Abbosiylar davrida Rumning hujumlarini to‘sishda, salb urushlaridagi g‘arbliklarning Shom va Misr mamlakatlariga yurishlarini qaytarishda bunday muassasalarning ta’siri katta bo‘lgan. Bundan tashqari otlar, qilichlar, kamonlar va Alloh azza va jalla yo‘lida urushadigan jangchiga kerakli qurol-yarog‘lar barchasi vaqf qilib qo‘yilgandi. Bu vaqflar esa Islom mamlakatlarida harbiy sanoat rivojlanishida va ulkan sanoat korxonalari qurilishida chuqur iz qoldirgan. Hatto, g‘arbliklar salb urushlaridagi vaqtinchalik sulh kunlarida qurol-yarog‘ sotib olish uchun shu diyorlarga kelishardi. Holat qanchalik o‘zgarganiga qarang. Hozir musulmonlar qurol-yarog‘ masalasida g‘arbliklarga qaram bo‘lib qolgan. Ular esa qurol-yarog‘ni hurmat va istiqlolga barham beradigan shartlar bilan sotishadi.

   Yana xususiy vaqflar ham bo‘lganki, ulardan bo‘lgan kirimlar davlat ojiz bo‘lib qolganda muhorib qo‘shinga sarf qilinardi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:31:49
   Ijtimoiy muassasalardan biri — yo‘llar, to‘g‘onlar va ko‘priklarni isloh etish uchun tuzilgan vaqflardir. Vaqflardan yana shundayi bor ediki, kishi kattagina yerini hammani ko‘mish mumkin bo‘lgan umum qabristoni uchun atab qo‘yardi. Yana vafot etgan kambag‘allarni kafanlash, ko‘mishga hozirlash va dafn etish uchun ham alohida vaqflar bor edi.

   Ijtimoiy birdamlikni yuzaga keltirish uchun tuzilgan xayriya muassasalari eng hayratlanarli muassasalardan edi. Bu yo‘nalishda tashlandiq bolalarni, yetimlarni xatna va tarbiya qilish uchun kafil muassasalardan tortib, nogiron, ko‘r va mayiblar rioyasi uchun tashkil etilgan g‘aribxonalargacha topish mumkin edi. Bu muassasalarda ularga kerakli bo‘lgan hamma narsa, hurmat-e’tibordan tortib oziq-ovqat, kiyim-kechak, ta’limgacha mavjud bo‘lgan.

   Yana mahbuslarning ahvolini yaxshilash, yashash sharoitlarini o‘nglash va salomatliklarini saqlash, kerakli yeguliklar bilan ta’minlash uchun ham muassasalar mavjud bo‘lgan. Ko‘r va nogironlarni yetaklab, xizmatini qiladiganlarga madad ko‘rsatish uchun alohida muassasalar bor edi.

   O’zining yoki valiylarining qo‘li kaltalik qilib, uylanish va mahr berish xarajatlarini ko‘tarolmaydigan bo‘ydoq yigit va qizlarning sarfiyotini bo‘yniga olib, nikoh marosimlarini o‘tkazib beradigan alohida muassasalar ham bo‘lgan. Bu — mehribonlik va rahm-shafqatning go‘zal ko‘rinishlaridan bo‘lib, bunday munosabatga bugun yanada muhtojmiz!
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:32:29
   Shuningdek, onalarga sut va shakar bilan yordam beradigan muassasalar bo‘lganki, ular hozirda mavjud sut berish nuqtalaridan xolis Alloh azza va jalla yo‘lida yaxshilik qilishi bilan ajrab turgan. Salohiddinning qilgan ezgu ishlaridan biri — Damashqdagi qal’a eshiklaridan birida (bu eshiklar hozir ham bor!) sut oqadigan nov qilib qo‘ygan. Boshqa bir tarnovda esa shakarli suv oqqan. Onalar bu yerga haftada ikki bor kelib, go‘daklariga kerakli sut va shakarli suvni olib ketganlar...

   Xayriya muassasalarining eng g‘aroyibi uylariga olib ketayotgan qatiqlarini qo‘llaridan tushirib, idishini sindirib qo‘ygan bolalar uchun ochilgan qatiq vaqflaridir. Bolalar ushbu muassasaga kelishardi-da sindirib qo‘ygan qatiq idishlari o‘rniga qatiq to‘la yangi idishni olib, hech narsa bo‘lmagandek uyga kirib borishardi.

   Shunday muassasalardan oxiri zikr qiladiganimiz, bu — kasal hayvonlarning muolajasi, ovqatlanishi, ojiz paytida rioyasini qilishga mas’ul bo‘lgan muassasalardir. Hozirda Damashqdagi shahar o‘yingohi qurilgan Marjal-Axzar (yashil o‘tloq) bunga misol bo‘ladi.

   Islom hazorasi soyasida barpo etilgan xayriya muassasalarining ushbu o‘ttiz turi oldin o‘tgan millatlardan birortasida bo‘lganmi? Ulardan ko‘pini hozirda mavjud hazoralar soyasida uchrata olamizmi? Shubhasiz, bu — butun dunyo g‘aflat, jaholat, qoloqlik va zulm ostida bo‘lgan kunda musulmonlarga nasib etgan barhayotlik yo‘lidir. Shubhasiz, bu — qiynalgan insoniyatdan dard va alamini ketkazgan barhayotlik yo‘lidir...
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:34:44
   Madrasalar to‘g‘risida so‘zlanadigan bo‘lsa, ular qo‘mondon, ulamo, tujjor, podshoh va amirlar tomonidan hadya qilingan juda ko‘p vaqflar evaziga bunyodga kelgandi. Ularning soni haddan ortiq ko‘p edi. Islom olamining bo‘yi-yu enidan kezib, o‘nlab muallim va mudarris ta’lim berayotgan bir necha madrasadan holi biror shahar yoki qishloqni uchratmas edingiz.

   Masjidlar Islom hazorasidagi madrasalarning ilk urug‘i bo‘lgan. Ular faqatgina ibodat o‘rni bo‘lmay, balki masjidlardan madrasa o‘rnida ham foydalanilgan. Ularda musulmonlar o‘qish, yozish, Qur’on, shar’iy ilmlar, til va boshqa turli fanlarni o‘rganganlar. Keyinchalik masjidning yonida maktablar tashkil etilib, ular o‘qish, yozish, Qur’on va arabiy, riyoziy ilmlardan ta’lim olishga ixtisoslashtirildi. Bu maktablar hozirgi davrimizdagi ibtidoiy madrasalarga o‘xshab ketardi. Ular juda ko‘p bo‘lib, hatto Ibn Havqal Saqamiyya bir shaharda ana shunday maktablardan uch yuztasini sanab bergan. Ular ba’zan katta bo‘lib, ming tolibni o‘ziga sig‘dirgan. Abul Qosim al-Balxiyning tarixida zikr qilinishicha, uning maktabida uch ming shogirdi tahsil olgan. Maktab shu darajada katta bo‘lganki, tolibi ilmlarni nazorat qilish, kuzatib turish uchun eshak minib yurishga majbur bo‘lardi.

   Keyinchalik maktab va masjidlar yonida madrasalar qad ko‘tara boshladi. Bu madrasalardagi darslar hozirgi zamondagi o‘rta va oliy o‘quv dargohlaridagi mashg‘ulotlarga o‘xshab ketardi. Ta’lim olish esa, barcha tabaqa uchun bepul bo‘lgan. Ta’lim olish huquqi millat farzandlarining hammasi uchun barobar edi. Bunda kambag‘alning o‘g‘li boyning o‘g‘li yonida o‘tirar, tojirning farzandi esa hunarmand va dehqon farzandi qatorida dars tinglardi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:35:34
   Ta’lim olish ikki xil edi: 1. Moddiy ahvoli otalari nafaqasi hisobiga yashashga imkon bermaydigan g‘arib talabalar uchun doxiliy (ichki) ta’lim. 2. Kechqurun ahli bayti va tanishlarinikiga qaytishni xohlaganlar uchun xorijiy (tashqi) ta’lim. Ta’limning doxiliy turi ham bepul bo‘lib, tolib uchun oziq-ovqat, tunashga, mutolaaga va ibodatga shart-sharoit muhayyo etilgandi. Shu sababdan hamma madrasalar ichida masjid, o‘qish zallari, talabalarning yotoqxonalari, kutubxona, oshxona va hammomlar bo‘lgandi. Ba’zi madrasalar bulardan tashqari badantarbiya mashqlari uchun ochiq havoda o‘yingohlarga ham ega edi.

   Islom olami to‘lib-toshgan bunday madrasalarning namunalari hozir ham mavjud. Damashqda buyuk qahramon Nuriddin ash-Shahid asos solgan «Nuriya» madrasasi hali ham bor. Madrasa hozir «Hayyotiyn» bozorida bo‘lib, hanuzgacha islomiy hazora zamonidagi madrasalar me’morchiligiga tirik namuna vazifasini bajarmoqda. Sayyoh ibn Jubayr hijriy yettinchi asr boshlarida uni ziyorat qilgan va hayratlanib quyidagilarni yozgan: «Nuriddin rahimahullohning madrasasi dunyo madrasalarining eng go‘zallaridandir. Ajib qasrlardan bir qasrdir. Unda suv ulkan daryo qa’ridan oqib kelib, hovli o‘rtasidagi katta hovuzga kelguncha uzun ariqcha uzra marvariddek tovlanadi. Bu go‘zallikdan ko‘zlar hayron qoladi». Zamonlar o‘tishi bilan ushbu madrasadan hozir faqat ayvon qolgan. Unda muhozaralar xonasi, masjid, mudarrislar uchun, yana ularning dam olishlari uchun xona bo‘lib, hozirdagi jomea kulliyalaridagi ustozlar xonasi vazifasini o‘tagan. Bunda yana bosh mudarris oilasi bilan yashaydigan uy, talabalar va madrasa xizmatchilari uchun yotoqxonalar bo‘lgan.

   Bunga o‘xshash holni Halabdagi «Sha’boniyya», «Usmoniyya» va «Xusraviyya» madrasalarida ham ko‘rish mumkin. Ularda ham talabalar uchun yotoqlar, dars o‘tish zallari bo‘lgan. Oldiniga talabalar madrasada ovqatlanardilar. Keyinroq madrasaga mansub talabalar uchun har oy oxirida ma’lum miqdorda haq (stipendiya) beriladigan bo‘ldi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:36:40
   Ushbu madrasalarning yana bir yorqin misoli «Al-Azhar» jomesidir. U maydoniga dars xalqalari barpo qilingan masjid bo‘lib, turli tomondan talabalarning ravoq deb nomlangan yotoqxonalari o‘rab turardi. Ularda turli shaharlardan kelgan talabalar yonma-yon yashashardi. Masalan, shomliklar ravoqi, mag‘ribliklar ravoqi, turklar ravoqi, sudanliklar ravoqi va hokazolar bo‘lgan. «Al-Azhar» talabalari hozirgi kungacha tolibi ilmlar uchun ajratib qo‘yilgan vaqflar foydasi hisobidan bepul ta’lim olish bilan birga oylik stipendiyaga ega bo‘ladilar.

   Madrasalar haqida so‘z borar ekan, mudarrislar va ularning holatlari hamda maoshlari haqida to‘xtalish ham maqsadga muvofiq. Madrasalarning raislari ulamolarning eng yaxshilari va eng mashhurlaridan bo‘lardi. Masalan, Imom An-Navaviy, Ibn as-Saloh, Abu Shoma, Taqiyyuddin as-Sabkiy, Imoduddin ibn Kasir va boshqalar Damashqdagi «Dorul-hadis» madrasasida dars berishgan. Imom Al-o‘azzoliy, Ash-Sheroziy, Imomul-Haramayn, Ash-Shoshiy, Al-Xatib at-Tabriziy, Al-Qazviniy, Al-Feruzobodiy va boshqalar Bag‘doddagi «Nizomiyya» madrasasida dars berishgan va hokazo.

   Islomning ilk davrlarida mudarrislar ta’lim uchun haq olishmagan. Zamon o‘tib, hazora kengayganidan va madrasalar bino qilinib, ularga vaqf belgilangandan keyingina ulardagi mudarrislarga oylik maoshlar belgilandi. Shu o‘rinda Movarounnahr ulamolari tomonidan sodir bo‘lgan ajoyib bir voqeani zikr qilib o‘tmoqchimiz: Nizomulmulk turli shaharlardagi mashhur madrasalarini bino qilgan paytda ularda dars beradigan mudarrislarga maosh tayin qildi. Ulamolar bu ishni qoralab to‘plandilar hamda ilm va uning barakasi ketganini aytib, ilm uchun motam tutdilar. Ushbu marosimda shunday so‘zlar aytildi: «Ilm bilan uning sharafli ekani uchun va u bilan kamol topishni maqsad qilgan oliyhimmat va qalbi toza kishilar shug‘ullanardi. Agar ilmga haq tayinlansa, endi unga tuban va tanballar yaqinlashadi. Bu esa ilmning xorlanishi va zaiflashishiga sabab bo‘ladi».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:37:08
   Lekin bu mulohaza hayot rivoji va hazora zaruriyati oldida sobit qolmadi va mudarrislarga shahar, madrasa va vaqflarga qarab turli xil maoshlar tayinlandi. Lekin har qanday holda ham maosh mudarris bemalol hayot kechirishi uchun yetarli miqdorda bo‘ldi. Bundan tashqari mudarrisga boshqa ehtiyojlari uchun ham maoshlar belgilangandi. Masalan, Sulton Salohiddin tomonidan «Salohiyya» madrasasida ta’lim berish uchun tayinlangan shayx Najmiddin al-Xabushoniy dars bergani uchun har oyga qirq dinor, madrasa vaqfini boshqarib turgani uchun o‘n dinor maosh va kuniga oltmish misriy qadoq non va ikki idish Nil suvi olardi. «Al-Azhar» shayxlarining oylik maoshlari ichida darsga minib keladigan xachirlarining sarfiyoti uchun ham mablag‘ bor edi. «Al-Azhar» vaqflari ichida shayx xachirining xarajatlari uchun xos vaqf bor edi. Keyingi yillarda shayxning ana shu vaqfdan xachiri nomiga oladigan oylik maosh yuz junayhga yetib qolgandi. Oxirida uni ham oylik maoshga qo‘shib beriladigan bo‘ldi.

   Dars berish martabasiga shayxlar ushbu maqomga loyiq, deb shahodat bergan kishigina erishardi. Islomning ilk davrlarida bu ish shayx shogirdiga o‘z halqasidan ajrab chiqib, xos halqa tuzishga ruxsat berishi bilan yoki vafotidan keyin halqani boshqarishni buyurish bilan bo‘lardi. Shogird bundan boshqa yo‘l tutsa, tanqidga uchrar va qiyin, murakkab savollar o‘qiga duchor bo‘lardi. Horun ar-Rashid davrida qoziyulquzzot bo‘lgan Abu Yusufning (r.a.) tarixlarida bunday voqea zikr qilinadi: Abu Yusuf shayxlari Abu Hanifa (r.a.) hayotlari chog‘ida kasal bo‘lib qoldilar. Shunda shayxlari ko‘rgani borib, u kishiga: «Men o‘zimdan keyin musulmonlarga seni bosh qilaman», dedilar. Abu Yusuf kasaldan tuzalganlarida shayxlari bergan bu shahodatdan ujbga berilib, ustozlari Abu Hanifadan ajragan holda xos majlis tuzdilar. Shunda Imom Abu Hanifa u kishining oldilariga tafsilot va izoh bilan javob  talab qiladigan beshta nozik masala so‘ragani odam yubordilar. Imom Abu Yusuf ushbu savollarga javob qilishda yanglishdilar va shayxlaridan alohida bo‘lib xato qilganlarini angladilar hamda yana ustozlarining halqasiga qaytdilar. Shunda shayxlari Imom Abu Hanifa u kishiga bunday dedilar: «Yetilmasdan oldin qurib qolding! Kim o‘zini ilm olishdan behojat deb gumon qilsa, o‘z nafsi uchun yig‘lasin!»
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:37:37
   Oldin shunday  bo‘lgandi. Keyinchalik madrasalar paydo bo‘lib, uni bitirganlarga madrasa shayxi tomonidan hozirgi davrdagiga o‘xshash ilmiy shahodatnomalar beriladigan bo‘ldi. Tabiblarga ham xuddi shunday madrasani bitirganligi to‘g‘risidagi shahodatnomani qo‘lga kiritgandan keyingina tabobat bilan shug‘ullanishga ruxsat berilardi.

   Mudarrislarni boshqa kasb egalaridan ajratib turadigan xos belgilari bo‘lardi. Imom Abu Yusufning zamonlarida ularning alomatlari qora salla va yashil rido edi. Fotimiylar davrida esa, yashil salla va rido bo‘lgan. Jubba esa ulamo va mudarrislarga faqat umaviylar davriga kelib urf bo‘lgan. Andalusdagi ulamolarning kiyimlari Mashriq ulamo va mudarrislarinikidan biroz farq qilgan. Ular kiyinishining eng muhim jihati sallaning kichik o‘ralishidir. Ba’zi paytlarda olim salla o‘ramasdi ham. Bir marta mashhur lug‘aviy Imom Abu Ali al-Qoliy Sharqdan Andalusga borgan paytda uning istiqboliga chiqqan Andalus ulamolari hayratdan qotib qolishgan. Chunki Imom boshiga juda katta salla o‘rab olgandi. Hatto, yosh bolalar va esi pastlar masxaralab, orqalaridan tosh otib qolishgan.
   
   G‘arbliklar kiyinishda Andalus mudarrislaridan nusxa ko‘chirishgan. Hozirda Ovro‘pa jomealarida ilmiy libos deya tanilgan kiyimlarning asli andalusiydir.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:38:05
   Muallimlarning ham talabalar uyushmasi, ashroflar uyushmasi va o‘sha davrlarda rivojda bo‘lgan ba’zi kasb va hunar egalarining uyushmalari kabi birlashtirib turuvchi ittifoqlari bo‘lgan. Naqib, ya’ni uyushma boshlig‘ini o‘zlariga mudarrislar saylardilar. Faqat uyushma a’zolari o‘rtasida ixtilof kelib chiqqandagina, bu ishga sulton aralashardi.

   Abu Shoma o‘zlarining «Ar-Ravzatayn» kitoblarida Muqallad Ad-Davla’iydan quyidagini rivoyat qiladilar: «Hofiz al-Murodiy vafot etganlarida, fuqaholar jamoasi ikkiga: arab va kurdlarga bo‘lingandi. Ichimizda mazhabga moyil kishilar shayx Sharofiddin ibn Abu Asrunni chaqirishni xohlagan bo‘lsa, nazar va xilof ilmiga moyil bo‘lganlar Al-Qutub an-Nisoburiyni chaqirmoqchi edilar. Shu sabab bo‘lib, fuqaholar o‘rtasida fitna chiqdi. Sulton Nuriddin bundan xabar topib, fuqaholar jamoasini huzuriga chorladi. Ular kelishganda, Sultondan noib bo‘lib Majiduddin ibn Ad-Doya shunday dedi: «Madrasalarni bino qilishdan biz faqat ilmni yoyish va bid’atni yo‘q qilishni ko‘zlaganmiz. O’rtangizda bo‘lib o‘tgan hodisalar yaxshi ham emas, sizlarga yarashmaydi ham. Mavlomiz (ya’ni, Nuriddin): «Ikki toifaga ham rozimiz va ikki shayxni ham chaqiramiz», dedilar. Shundan so‘ng ikki shayx ham chaqirildi. Shamsiddin o‘zining nomidagi madrasaga bosh bo‘lgan bo‘lsa, Qutbiddinni An-Nafariy madrasasiga rais tayin etildi».

   Shunday madrasalar, xususan, oliy ma’hadlar Islom olami shaharlarining u chetidan bu chetigacha to‘lib ketgandi. Tarix turli shaharlarda madrasalar insho etilishida asosiy rolni musulmon amirlari o‘ynaganliklarini hayratga tushib so‘zlaydi. Masalan, ulardan biri Salohiddin al-Ayyubiy qo‘l ostidagi Misr, Damashq, Musil, Baytul Muqaddas kabi shaharlarning barchasida madrasalar qurdirgan. Yana bir amir Nuriddin ash-Shahid esa bitta Suriyaning o‘zida o‘n to‘rtta ma’had barpo etgan. Ularning oltitasi Damashqda, to‘rttasi Halabda, ikkitasi Hamohda, yana ikkitasi Humsda va bittasi Ba’labakkada bo‘lgan. Buyuk saljuqiy vazir Nizomulmulk Iroq va Xuroson mamlakatlarini madrasalar bilan to‘ldirib yuborgan. Hatto, Iroq bilan Xurosonning har bir shahrida bittadan madrasa qurilgani zikr qilinadi. Madrasalar, hatto, uzoq, chekka yerlarda ham barpo etildi. Masalan, Ibn Amr jazirasida ulkan va go‘zal madrasa qurilgandi. Qaysi bir shaharda ko‘zga ko‘ringan va chuqur ilmli olim bo‘lsa, unga madrasa qurib berilar, vaqf ajratilar va kutubxona taqdim etilardi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:39:19
   Bag‘doddagi Nizomiyya madrasasi shunday madrasalarning eng muhimi bo‘lib, unda beshinchi va to‘qqizinchi asrlar oralig‘idagi eng mashhur ulamolar dars berishgan. Unda olti ming atrofida talaba ta’lim olardi. Bu madrasa mamlakat ulug‘ kishilarining o‘g‘lidan tortib, eng kambag‘al kosibining farzandigacha bag‘riga olgan bo‘lib, hammalari bepul o‘qishardi. Kambag‘al tolib bundan tashqari o‘zi uchun xoslangan vaqf foydasidan ma’lum miqdor maosh ham olgan.

   Mazkur sulton va amirlar qatori boy va tojirlar ham madrasalar qurish va ularga vaqflar ajratish borasida musobaqalashishardiki, bu hol ushbu madrasalarning bardavomligi va unga talabalarning iqbol etishiga bois bo‘lardi. Juda ko‘pchilik o‘z uylarini madrasa qilib qo‘yishar va undagi kitoblar hamda yondosh binolarni tolibi ilmlarga vaqf etib ajratishgandi. Shu sababdan madrasalar, xususan Mashriqda lol qoladigan darajada ko‘paygandi. Hatto andalusiy sayyoh Ibn Jubayr Mashriqdagi madrasalarning va ular vaqfidagi g‘allaning ko‘pligidan hayratlanib, mag‘ribliklarni Mashriqqa borib ilm olishga da’vat qilgandi. U, jumladan, shunday deydi: «Mashriqning barcha shaharlarida, xususan, Damashqda tolibi ilmlar uchun vaqflar juda ko‘p. Mag‘ribimiz farzandlaridan kimda-kim najot istasa, ushbu mamlakatlarga borsin.  Talabi ilmga yordam beradigan juda ko‘p ishlarni, avvalo maishat xususida xotirjamlikni ulardan topadi».

   Ibn Jubayrning shahodati qimmatli. Chunki u rostgo‘y va omonatdorligi bilan tanilgan sayyoh. Ibn Jubayr madrasa va vaqflarning ko‘pligi xususida bekorga Damashqni xoslagani yo‘q. Haqiqatda ham uzoq tarix mobaynida talabalarni o‘ziga jazb etgan ma’mur Damashqda to‘rt yuzdan ziyod madrasa bor edi. Hatto, g‘arib bir talaba har madrasada bir kechadan tunasa, bemalol bir yilini o‘tkazardi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:40:03
   Endi madrasalar uchun ajratilgan vaqflarning ko‘pligiga misollar bilan tanishing. Damashqdagi «Nuriyatul-kubro» madrasasiga ajratilgan vaqflar, madrasa eshigiga yozilishicha, quyidagilar: Bug‘doy bozoridagi mavjud barcha hammomlar, Salomat darvozasidan tashqaridagi ikki hammom, ularga qo‘shni hovlilar, Avniyatul-humodagi daraxtzor, vazirning bog‘i, Al-Arzadagi yong‘oqzorning to‘rtdan uch qismi, Al-Jobiya darvozasidan tashqaridagi o‘n bitta do‘kon, ularga sharqdan yondosh bo‘lgan maydon va Doriyodagi to‘qqizta shudgor maydon.

   Damashqdagi madrasa va masjidlar vaqflarining ko‘pligiga quyidagi misol yetarlidir. 676 hijriy yilda vafot etgan Imom an-Navaviy hayotlarining oxirigacha Damashq mevalaridan yemaganlar. Chunki undagi aksar vaqf maydon va bog‘-rog‘lar zolimlar tomonidan tortib, o‘zlashtirib olingandi.

   Movarounnahr o‘lkasida ham madrasalar nihoyatda ko‘p bo‘lgan, Ular asosan diyorning qadimiy mashhur shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Marv, Qo‘qon kabi shaharlariga joylashgan. O’sha paytlarda 150 ming aholi yashagan Samarqandda 250 masjid va 40 madrasa bo‘lgan. Buxoroda esa 200 ming aholiga 400 masjid va 30 madrasa to‘g‘ri kelgan. Madrasalarni boshqarish, o‘qitish jarayoni va xo‘jalik ishlariga shayxulislom va qozilar rahbarlik qilishgan. Har bir madrasada xo‘jalik ishlarini yurituvchi alohida mutavalli bo‘lgan. U vaqf yerlardan kelgan daromadlarni, ushr, sadaqa va ehsonlarni madrasa ehtiyojlariga taqsimlab sarflagan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:40:41
   Madrasalar xonlik va amirliklardagi davlat idoralari, boshqaruv mahkamalari, qoziyot, diniy muassasalar uchun turli xodimlar, maktab-madrasalar uchun muallim-mudarrislar, ijtimoiy-siyosiy tuzum va uning mafkurasiga xizmat qiluvchi mutaxassislarni tayyorlab bergan. Talabalar imtihon yoki tanlov asosida o‘qishga qabul qilingan. Mudarrislar ham imtihon qilingach, xon yoki beklar tomonidan tayinlangan. Mudarrislar darsdan bo‘sh paytlarida qozilik, muftiylik kabi davlat ishlari bilan ham shug‘ullanib turishgan. Bitiruvchilar olgan bilimiga yoki imtihon natijalariga qarab, mudarris, masjid imomi yoki qozi, muftiy, a’lam, mirzo sifatida davlat mahkamalariga yuborilgan.

   Madrasalarda uxroviy (diniy) bilimlar berishga asosiy e’tibor qaratilgan. Barcha mashg‘ulotlar Qur’oni karim va Sunnati nabaviyya asosida olib borilgan, arab tilining sarf va nahvi (grammatika va sintaksis) mukammal o‘rgatilgan. Fiqh va aqoid asosiy darslardan bo‘lgan.

   O’quv yurtlarida mantiq, falsafa, jug‘rofiya, aljabr va handasa, ilmi nujum kabi dunyoviy ilmlardan ham saboq berilgan. Talabalar yurt tarixini mustaqil o‘rganishgan. Fizika, tabiiyot, kimyo fanlari o‘qitilmagan, ammo o‘quvchilarga bulardan mustaqil tahsil olish taqiqlanmagan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 12:41:19
   Islom o‘lkalaridagi madrasalar maqsadiga ko‘ra turlicha bo‘lgan. Qur’oni karim tafsiri, hifzi va qiroatini o‘rgatadigan madrasalar alohida bo‘lgan. Hadisga xos madrasalar bo‘lgan. Ularning eng ko‘pi fiqh uchun xos bo‘lgan madrasalardir. Har bir mazhab fiqhi uchun alohida madrasa, yana tib uchun madrasa, yana yetimlar o‘qiydigan alohida madrasalar qurilgan. O’ninchi hijriy asr ulamolaridan An-Na’imiy «Ad-Doris fi tarix al-Madoris» kitoblarida Damashqdagi madrasalar va ularning vaqflari nomini zikr qiladilar. U kishining xabarlariga ko‘ra, Damashqning o‘zida Qur’oni karim o‘rgatadigan yettita madrasa, hadisni ta’lim beradigan o‘n oltita madrasa, Qur’on va hadisni barobar o‘qitadigan uchta madrasa, shofe’iy fiqhi uchun oltmish uchta madrasa, hanafiy fiqhi uchun ellik ikkita madrasa, molikiy fiqhiga to‘rtta va hanbaliy fiqhi uchun o‘n bitta madrasa bo‘lgan. Bulardan boshqa tibbiyot madrasalari, rabotlar, mehmonxonlar, hujralar va jomelar bo‘lgan. Bularga qo‘shimcha o‘laroq, ayni ana shu asrlarda g‘arbliklar orasida keng tarqalgan jaholat va omilikni zikr qilsak, Islom ummati avji kuchaygan paytda qanday buyuklikka yetganini bilamiz. Hazora ijtimoiy muassasalar va ilmiy ma’hadlar tarixida qanday ham ajoyibotlarni ko‘rsatgan! Ilmni nashr qilishda, ommaning hazorasini ko‘tarishda va boshqa millat farzandlariga ham bu yo‘lni yengillatishda Islomning qanday ham ulkan xizmatlari bo‘lgan!

   Imom Ibn Kasir o‘zlarining «Al-Bidoya van-Nihoya» kitoblarida olti yuz o‘ttiz birinchi hijriy yil hodisalarini shunday yozadilar: «Shu yili Bag‘doddagi «Al-Mustansiriya» madrasasining qurilishi nihoyasiga yetdi. Bundan oldin uningdek madrasa bino qilinmagan. Unda to‘rttala mazhabni kuzatdim: har bir toifadan oltmish ikkita faqih va to‘rtta yordamchi bor. Har bir mazhabga mudarris, hadis shayxi, ikki qori va o‘n some’ mavjud. Yana tabobat shayxi va musulmonlardan tib ilmi bilan shug‘ullanuvchi o‘n kishi hamda yetimlar uchun maktab ham bor. Hamma uchun non, go‘sht, holva va yetarli miqdorda nafaqa tayin etilgan. Kutubxonani ko‘zdan kechirdim. Kitoblarining ko‘pligi, nusxalarining go‘zalligi va vaqf etilgan kitoblarning sifatliligi jihatidan ular kabisini ko‘rmaganman».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:32:16
   Islom hazorasi barpo bo‘lgan asoslardan biri — jism ehtiyojlari bilan ruh ehtiyojlarining jamlaganligi hamda insonning saodati va ruhi ravshanlashishi uchun jismga inoyatni zaruriy talablardan, deb e’tibor qilganligidir. Mana shu hazora asoschisi Rasululloh (s.a.v.)dan: «Albatta senda jasadingning ham haqqi bordir», degan so‘zlari naql qilingan.

   Mulohaza qilib ko‘rilsa, Islom ibodatlarini bajo keltirishning o‘zi tabobat ilmining maqsadlaridan biri bo‘lgan sog‘liqni saqlash uchun o‘ta muhimdir. Chunki namoz, ro‘za, haj va bu ibodatlar talab qiladigan shartlar, ruknlar va amallar, hammasi jismning sihatini, faolligini va quvvatini muhofaza etadi. Bunga yana Islomning kasallik va uning yoyilishiga qarshi kurashini va unga barham beruvchi muolajani istashga targ‘ib qilishini qo‘shsak, tabobat maydonida hazora binosi qanday mustahkam asoslarga qurilganini, uning shifoxonalar va tibbiy ma’hadlar barpo etishidan olam qanchalar istifoda etganini va u chiqargan tabiblarning ilmga, xususan, tabobatga qilgan himmatlaridan insoniyat hanuzgacha faxrlanayotganini ko‘ramiz. (Tabib Ali ibn Abbos tabobatga shunday ta’rif beradi: «U — sog‘lomlarga sog‘liqni saqlashni va kasallarga uni qaytarishni o‘rganadigan ilmdir».)

   Arablar tibbiy maskanlarni birinchi bor oltinchi milodiy asrning o‘rtalarida Kisro qurdirgan Jundisobur tibbiy madrasasidan tanishdi. Bu madrasani Horis ibn Kilda kabi ba’zi arab tabiblari ham bitirib chiqqan. U Payg‘ambarning (s.a.v.) zamonlarida yashagan bo‘lib, Rasululloh agar sahobalarining kasali qaytalanaversa, unga borib davolanishni maslahat berardilar.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:33:01
   Valid ibn Abdulmalik zamonida Islomdagi ilk shifoxona barpo qilindi. U shifoxona faqat moxovlar uchun maxsus edi. Ularga tabiblar va moyanalar tayinlandi hamda bemorlar chiqib ketmasliklari uchun hibs qilib qo‘yishga amr etildi. Ulardan tashqari ko‘rlarga ham maosh belgilangandi. Keyin birin-ketin shifoxonalar qurila boshlandi. Ular «bemoriston», ya’ni kasalxona nomi bilan tanilgandi.

   Shifoxonalar ikki xil: ko‘chma va doimiy bo‘lardi. Ko‘chma shifoxonalarni birinchi bor Islom Rasululloh (s.a.v.) hayot ekanliklaridayoq urfga kiritgandi. Handaq g‘azotida yaradorlar uchun chodir tikilgandi. Sa’d ibn Muoz tirsaklaridan yaralangan edilar, Rasululloh (s.a.v.): «Uni ko‘chma chodirga olib boringlar, toinki yaqindan ko‘rib turaman», dedilar. Bu — Islomdagi ko‘chib yuradigan birinchi harbiy shifoxona edi. Keyinchalik undan xalifa va podshohlar keng foydalanadigan bo‘lishdi. Hatto, ko‘chma shifoxonalar kasal muhtoj bo‘ladigan hamma narsa: dori-darmon, ichimlik va taomlar, kiyim-kechak, tabib va dorixonalar bilan ham jihozlanadigan bo‘ldi. Bunday shifoxonalar doimiy xastaxonasi bo‘lmagan yerlarda bir qishloqdan ikkinchi qishloqqa ko‘chib yurardi. Vazir Iyso ibn Ali al-Jarroh Bag‘dod va boshqa shaharlar shifoxonalarining boshlig‘i Sinon ibn Sobitga shunday deb yozadi: «Qishloq ahli haqida o‘ylab ko‘rdim. Odatda, bu yerlar kasaldan holi emas. Qishloqlarda tabiblar bo‘lmagani uchun bemorlar muolajasi haqida hech kim qayg‘urmaydi. Shuning uchun qishloqlarni aylanishga dori-darmon va ichimliklar bilan jihozlangan tabiblarni jo‘natishga harakat qiling. Ular ham bir hududda hojat talab etganicha tursinlar va u yerdagilarning muolajasini qilsinlar. Shundan keyin boshqa joylarga ko‘chsinlar». Sulton Mahmud as-Saljuqiy davrida ba’zi ko‘chma shifoxonalar shu darajada kattalashib ketdiki, ularning jihozi qirqtalab tuyaga yuklanardi.

   Doimiy shifoxonalarga kelsak, ular poytaxt va shaharlarni to‘ldiradigan darajada ko‘p edi. Islom olamidagi kichkina shahar ham bir necha shifoxonaga ega edi. Masalan, Qurtubaning o‘zida ellikta shifoxona bor edi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:33:55
   Shifoxonalarning turi ko‘p bo‘lgan. Masalan, qo‘shin uchun alohida shifoxonalar bo‘lib, ularda maxsus tabiblar xizmat qilishardi. Yana mahbuslarning ham xos shifoxonalari bo‘lgan. Ularni har kuni tabiblar aylanib chiqishar va kasallarini lozim dori-darmonlar bilan muolaja etishardi. Vazir Ali ibn Iso ibn Jarroh Sinon ibn Sobitga yozgan xatida quyidagi jumlalar bor: «Mahbuslar haqida ham o‘ylab ko‘rdim. Adadlari ko‘p bo‘lgani va joylarining yomonligi uchun oralarida kasallari yo‘q emas. Shuning uchun ularning huzurlariga har kuni kiradigan, dori va ichimliklar beradigan tabiblar tayinlash kerak. Bu tabiblar hamma qamoqxonalarni aylanib, bemorlarni davolashlari lozim».

   Shuningdek, «Tez yordam» nuqtalari bo‘lib, ular jomelar va omma to‘planadigan joylarda bino qilingandi. Al-Maqriziyning aytishicha, Ibn Tulun o‘zining mashhur jomeasini qurganda, uning oxiriga dorixona ham qurgan. U yerda hamma ichimlik va dorilar topilar, xizmatkorlar shay edi. Yana juma kunlari tabib kelib, namozxonlardan xastalikka chalinganlarini muolaja qilardi.

   Yana umumiy shifoxonalar ham bo‘lib, ular eshigini hamma uchun ochib qo‘ygandi. Faqat bir-biridan alohida ikki qism: erkaklar va ayollar bo‘limiga ajratilgandi. Har bo‘limda bir necha zal bo‘lib, har birida kasallikning alohida turi ko‘rilardi. Masalan, ichki kasalliklarga alohida, ko‘zga, jarohatga, singan-chiqqanga, aqliy kasalliklarga alohida xonalar ajratilgandi. Yana ichki kasalliklar bo‘limi ham bir necha xonalarga bo‘lingandi. Masalan, isitma-bezgakka bir xona, ichburug‘ga bir xona va hokazo. Har bir qismning tabiblari va boshlig‘i bo‘lardi. Masalan, ichki kasalliklar boshlig‘i, jarrohlar boshlig‘i, ko‘z kasalliklari boshlig‘i kabi. Hamma bo‘limning «so’ur» deb nomlangan umumiy boshlig‘i bo‘lardi. Bu shifoxona tabiblari raisining laqabidir.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:34:42
   Tabiblar shifoxonada navbat bilan ishlardilar. Har bir tabibga muayyan vaqt tayinlangan bo‘lib, tabib ana shu vaqtda kasallarni ko‘radigan xonasida hozir turishi kerak edi. Har bir kasalxonada erkak va ayollardan farroshlar, hamshira va yordamchilar bo‘lardi. Ularga yetarli miqdorda maosh belgilangandi. Yana hamma shifoxonalarda «sharobxona» deb nomlangan dorixonalar bo‘lardi. Ularda turli ichimliklar, nafis ma’junlar, totli murabbolar, xilma-xil dori-darmonlar, boshqa yerda topilmaydigan qimmat atirlar mavjud edi. Yana ularda jarrohlik asboblari, shisha idishlar, sut mahsulotlari va faqat podshohlarning xazinalaridan topiladigan boshqa narsalar ham bo‘lardi.

   Shifoxonalarning o‘zida tibbiy ma’hadlar (institutlar) joylashgandi. Har bir shifoxonada muhozaralar qilish uchun katta ayvon bo‘lar, unda katta tabib (bosh vrach) bilan birga tabib va talabalar dars o‘tkazishardi. Yonlarida turli asbob va kitoblar bo‘lardi. Kasallarni tekshirib, muolajalarini qilib bo‘lgandan keyin shogirdlar muallimlarining huzuriga kelib, ustoz va shogird o‘rtasida tibbiy mubohasa va munoqashalar boshlanardi. Kitoblar o‘qilardi. Ko‘pincha talabalarga amaliy dars kasallarning huzurida o‘tkazilardi. Hozirgi kunda shifoxonalar yonida joylashgan tibbiyot kulliyalarida shunga o‘xshash holat bo‘lyapti. Damashqdagi Bemoristoni-Nuriyda ta’lim olgan Ibn Abu Usayba’a shunday deydi: «Hakim Muhazzabiddin va hakim Imron Bemoristondagi kasallar muolajasidan forig‘ bo‘lishguncha birga bo‘ldim. Shundan keyin shayx Roziyyuddin ar-Rahbiy bilan  o‘tiraman va kasallarga qanday tashxis qo‘yishini, kasallarning umumiy holatini tavsiflashini va ularga yozadigan muolaja usullarini ko‘raman hamda u bilan kasallar va ularni davolash usullari haqida mubohasa etaman».

   Tabibning o‘z holicha muolaja etishiga ruxsat berilmasdi. Bungacha u mamlakatning katta tabiblari oldida imtihondan o‘tadi, shahodatnoma olishni ko‘zlagan fani bo‘yicha risola taqdim etadi (bu risolada o‘zi yozgan asar yoki katta tib olimlari yozgan narsalarga sharh va izohlar bo‘lishi kerak). Va bular to‘g‘risida imtihon bo‘lib, fanga taalluqli hamma narsa so‘raladi. Ularga yaxshi javob bersagina, katta tabiblar tomonidan tabobat bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:35:18
   931 milodiy (319 hijriy) yilda Xalifa Muqtadir zamonida ayrim tabiblarning xatosi tufayli bir odam vafot etadi. Shunda xalifa Bag‘dodning hamma tabiblarini qaytadan imtihon qilishga buyruq beradi. Ularni Bag‘dodning bosh tabibi Sinon ibn Sobit imtihon qiladi. Bag‘dodning o‘zida imtihon qilingan tabiblarning soni sakkiz yuz oltmish to‘rttaga yetadi. Bunga imtihon qilinmagan mashhur tabiblar, xalifa, vuzaro va umaroning tabiblari kirmaydi.

   Shuni aytishni ham unutmaslik kerakki, hamma shifoxonalarda tibbiyotga oid va tabib hamda talabalarga kerakli boshqa kitoblar bilan to‘la kutubxonalar mavjud edi. Aytishlaricha, Ibn Tulunning Qohiradagi shifoxonasi kutubxonasida turli ilmlarga oid yuz ming jilddan ziyoda kitob bo‘lgan.

   Shifoxonalardagi tartibotga keladigan bo‘lsak, davolanish hamma uchun bepul edi. Bu borada boy va faqir, uzoq va yaqin, aqlli va beaqlning farqi bo‘lmagan. Xasta kelganda, avval u tashqi zalda tekshiruvdan o‘tadi. Agar kasallik yengil bo‘lsa, unga resept yozib berilgan va dorilar shifoxonaga qarashli dorixona tomonidan bepul berilgan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:36:35
    Agar kasalning holati shifoxonada yotishni taqozo qilsa, uning ismi kasalxona daftariga qayd etilgan. So‘ng xasta hammomga kirgan, uning kiyimlari yechib olinib, alohida joyga qo‘yilgan va unga kasalxonaning maxsus kiyimi berilgan. Keyin kasallar yotgan xonaga yotqizilgan va unga yaxshi jihozlangan karavot ajratilgan. Kasalxonaga yotqizilgandan keyin tabib tayinlagan dori-darmonlar va kerakli miqdorda sihatiga muvofiq oziq-ovqatlar berilgan. Bemorlar ozuqasi qo‘y, mol, tovuq va turli qushlar go‘shtidan tayyorlangan. Kasalning tuzalish alomati etib, bir daf’ada bitta non va bitta butun tovuqni to‘liq yeyishi belgilangan. Agar muolaja nihoyasiga yetgan bo‘lsa, yangi kiyimlar va ishlashga qodir bo‘lguncha yetadigan miqdorda mablag‘ berilgan.
   
    Shifoxonaning xonalari pokiza bo‘lgan, suvlar oqib turgan. Zallari juda go‘zal mebellar bilan jihozlangan. Hamma shifoxonaning tozalikni nazorat qilib turuvchi taftishchilari va moliyaviy ahvolini tekshirib turuvchi nazoratchilari bo‘lgan. Ko‘pincha xalifa yoki amirning o‘zi kasallar ahvoli va ularga qilinayotgan muomaladan xabardor bo‘lib turgan.

    Yuqorida zikr qilingan holatlar Islom olamida bino etilgan hamma shifoxonalarda — xoh u Mag‘rib, xoh Mashriqda bo‘lsin, Bag‘dod, Damashq, Qohira, Quddus, Makka, Madina, Marokash, Andalusda bo‘lsin — bir xil edi. Bu o‘rinda ana shu asrlardagi Islom poytaxtlaridan to‘rtta shahardagi to‘rt shifoxona haqida so‘zlash bilan cheklanamiz:
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:37:28
    Birinchisi — Bag‘doddagi Azudiy shifoxonasi. Uni Azud-davla ibn Buvayh 371 hijriy yilda qurdirgan. Uni qurishdan oldin mashhur tabib Ar-Roziy tunda Bag‘dodning to‘rt tomoniga to‘rt bo‘lak go‘sht osib qo‘yadilar. Ertalab go‘sht qaysi makonda yaxshi hidli saqlangan bo‘lsa, o‘sha joyda juda katta mablag‘ evaziga shifoxona quriladi. U yerda ishlashga yigirma to‘rt tabib tayin etilib, ularga kerakli bo‘lgan ilmiy kutubxona, dorixona, oshxona va ombor beriladi. 449 hijriy yilda xalifa al-Qoim Biamrillah ushbu shifoxonani yangiladi va topilishi qiyin bo‘lgan ichkilik va dori-darmonlarni jamladi. Kasallar uchun jihozlar, ko‘rpa-to‘shaklar, xushbo‘y atirlar, vaqf suvlari taqdim etdi. Xizmatchi, tabib va farroshlar yolladi. Ushbu shifoxonaning eshikbon va qo‘riqchilari ham bor edi. Yana unda hammom bo‘lib, uning atrofini turli meva va sabzavotlarni o‘z ichiga olgan bog‘ o‘ragandi. Suvdagi kemalar zaif va kambag‘allarni tashirdi. Tabiblar ertayu kech bemorlarga navbat bilan qarardilar.

    Ikkinchisi — Damashqdagi An-Nuriy al-Kabiyr shifoxonasi. Uni odil podshoh, sulton Nuriddin ash-Shahid 549 hijriy/1154 milodiy yilda g‘arb podshohlarining biridan fidya sifatida olgan molga qurdirgandi. Uning binosi butun mamlakat bo‘ylab qurilgan shifoxonalar ichida eng go‘zali bo‘lgandi. Sulton uni faqat kambag‘al va miskinlarga, deb shart qo‘ygandi. Boylarga esa faqat davolamaslikning iloji bo‘lmay qolgandagina ruxsat berilardi. Undagi suyuq va quyuq dorilarning hammasi bepul edi. 580 hijriy yilda unga kirgan sayyoh Ibn Jubayr shifoxona tabiblarining kasallarga bo‘lgan e’tiborini, hollaridan yaxshi xabardorligini va ularga kerakli dori va ozuqalarni tayyorlashlarini ijobiy tavsiflaydi. Yana u yerda ruhiy xastalar uchun alohida bo‘lim bo‘lib, unda jinnilar bog‘lab qo‘yilishiga qaramay, e’tibor bilan muolaja qilinar va yaxshi ovqatlantirilardi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:38:11
    Tarixchilardan birining zikr qilishicha, 831 hijriy yilda fazilat, zavq va latofat ahlidan bo‘lgan bir ajamiy kishi Damashqni ziyorat qilibdi. U An-Nuriy shifoxonasiga kirib, tabiblarining ko‘pligi, kasallarga yaxshi e’tiborni va undagi oziq-ovqat, ko‘rpa-to‘shak hamda hisobi yo‘q latifliklarni ko‘rgan paytda tabiblarning bilimini sinamoqchi bo‘libdi. U o‘zini kasalga solibdi va shifoxonada uch kun qolibdi. Tabibboshi uning kasalini aniqlash uchun bir necha marotaba kelibdi. Uning tomirini ushlab ko‘rgach, kasal emasligini, faqat tabiblarning bilimini sinash uchun kelganini bilibdi va unga totli taomlar, semiz tovuqlar, shirinliklar, ichimliklar va turli mevalar berishni buyuribdi. So‘ng uch kundan keyin unga quyidagi so‘zlar yozilgan qog‘ozni tutqazishibdi: «Bizda mehmondorchilik uch kundir». Ajamiy bundan o‘zining maqsadini sezib qolishganini va bu muddat ichida shifoxonada faqat mehmon qilishganini tushunibdi.
   
    Bu shifoxona o‘zining ulug‘ ishlarini 1317 hijriy yilgacha davom ettirdi. So‘ng Al-o‘urabo shifoxonasi bino qilindi. Ushbu shifoxonaga hozir Suriya jomesining tib qulliyoti egalik qiladi. An-Nuriy shifoxonasi bo‘lsa, keyinchalik madrasaga aylantirildi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:39:19
    Uchinchisi — Al-Mansuriy al-Kabir shifoxonasi. U Qolovun bemoristoni nomi bilan mashhur bo‘lib, oldin amirlardan birining hovlisi edi. Sulton Al-Mansur Sayfuddin Qolovun uni 683 hijriy (1284 melodiy) yilda shifoxonaga aylantirdi. Unga yiliga ming dirham foyda beradigan vaqf ajratib qo‘ydi. Shifoxonaning yoniga masjid, madrasa va yetimlar uchun kutubxona qurdirdi. Aytishlaricha, bularni bino qilinishining sababi, Sulton Al-Mansur Qolovun Az-Zohir Bibris zamonida 1275 yili Rum g‘azotiga amir sifatida ketayotgan paytda Damashqda kasal bo‘lib qoldi. An-Nuriy al-Kabir shifoxonasidan olingan dori-darmonlar bilan tabiblar uni muolaja qilishdi va u sog‘aydi. Otiga minib, u shifoxonani shaxsan o‘zi tomosha qildi. Undan ajab va hayratga tushib, agar Alloh saltanatni nasib etsa, shunga o‘xshash shifoxona qurdirishni nazr qildi. Vaqtiki, u sulton bo‘lganda, bu hovlini tanlab sotib oldi va uni shifoxonaga aylantirdi. Bu shifoxona tanzim va tartibda tillarda doston bo‘ldi. Unga kirish va naf olish erkag-u ayol, huru qul, boyu kambag‘al — barchaga barobar bepul edi. Undan tuzalib chiqqan kasallarga kiyim berildi. Vafot etganlarni shifoxona hisobidan tajhiz va takfin qilib dafn etildi. Unga tibbiyotning turli sohalariga qarab tabiblar tayinlandi. Shuningdek, kasallar xizmati uchun, ularning joylarini tozalash, kiyimlarini yuvish va hammomda yordamlashish uchun farrosh va xodimlar ishga olindi. Bu ish shu darajada tashkil qilindiki, har bir kasalning xizmatiga ikki kishi hoziru nozir edi. Har bir kasal uchun bitta karavot va to‘liq jihoz ajratilgandi. Kasallikning har bir turiga alohida joy belgilangandi. Yana tabibboshi talabalarga ta’lim berishi uchun alohida o‘rin hozirlangandi. Bundagi eng ajib hol shifoxonadan istifoda etish faqatgina u yerda yotganlargagina xos bo‘lmay, balki uyida turib muolaja istagan kishilarga ham kerakli ichimlik, taom va dori-darmonni berish yo‘lga qo‘yilgandi.
   
    Bu shifoxona o‘zining insoniy vazifasini shu darajada komil ado etdiki, unda ishlagan ko‘z tabiblaridan birining aytishicha, shifoxonaga kasal bo‘lib kirib, sog‘ayib chiqib ketganlarning har kungi soni to‘rt mingdan ziyoda edi. Undan sog‘ayib chiqqan har bir xastaga kiyim-kechak va shifoxonadan chiqa solib og‘ir ishlarni qilishga majbur bo‘lmasin, deya nafaqasi uchun bir miqdor mablag‘ berilardi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:39:57
    Bulardan ham ajoyibi, har bir kasalga boshqa kasal ishlatmagan xos idishda ovqat berilardi. Uning usti mahkam yopilib, shu holda kasalga yetkazilishi lozim edi.

    Yana ham ajoyibi, sariq kasalligiga chalinganlar alohida xonaga yolg‘iz ajratib qo‘yilardi. Ular bu xonada bosiq qo‘shiqlar kuyini eshitib, orom olardilar. Yoki qissachilar aytib beradigan qissa va hikoyalardan zavqlanishardi. Tuzalish arafasidagi kasallar ularga kulgili rivoyatlarni o‘ynab berardilar yoki milliy raqslarni ijro etardilar. Yondosh masjidning muazzinlari ularga bomdod namozidan ikki soat oldin saharlab azon aytib berardilar. Bedorlik va bekorchilik qiynagan kasallarning dardlarini yengillatish uchun mayin ovozda ashulalar aytib turishardi. Bu holat frantsuz qo‘shinlari milodiy 1797 yilda Misrga kirgunlariga qadar davom etdi. Bularni frantsuz olimlari ham o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlar va u haqda yozganlar.

    Taroblus shahrida g‘aroyib vaqf mavjud bo‘lgan. Bu vaqfning foydasi ikki kishi uchun berilishi belgilangandi. Ularning vazifasi kunda shifoxonalarda yurib kasallarga holati yaxshilangani, yuzi qizarib, ko‘zlari chaqnayotganini, bu esa tuzalayotganlik alomati ekanini tez-tez uqtirib turish edi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:40:45
    To‘rtinchisi — Marokash shifoxonasi. Uni Mag‘ribdagi Muvahhidiyn podshohlaridan amirul mo‘minin Al-Mansur abu Yusuf qurdirgan. Shifoxona Marokashdagi eng mo‘‘tadil mavze’dagi katta maydonda joylashgan. Al-Mansur quruvchilarga uni juda ham chiroyli qilib, hafsala bilan qurishga, unda barcha daraxtlardan, gullardan va sabzavotlardan ekishga buyurdi. Shifoxonaning hamma uylarini aylanib chiqadigan qilib suv oqizildi. Yana qo‘shimcha to‘rtta hovuz qurildi. Birining o‘rtasiga oq marmar ishlatildi. So‘ng uni yung, paxta, ipak va teridan tayyorlangan nafis jihozlar bilan bezaldi. Ichimlik va turli dori-darmonlar tayyorlash uchun dorixona bino qilindi. Kasal uchun kechasiga alohida, kunduziga alohida qishlik va yozlik kiyimlar hozirlandi. Bu yerda ham agar tuzalgan kasal kambag‘al bo‘lsa, unga to ishlaguncha kifoya qilgulik nafaqa tayinlandi. Farqi shuki, bu yerda boy odamga ham mol berildi, bu borada kambag‘al bilan ajratilmadi. Balki Marokashda kasal bo‘lgan har qanday g‘arib unga keltirib muolaja qilindi. U to tuzalguncha yoki vafot etguncha ushbu shifoxonada bo‘ldi. Amir shifoxonaga har juma kelib, kasallarni ko‘rar, hol-ahvollari va tabib hamda hamshiralarning muomalalari haqida so‘rab-surishtirardi.

    Islom olamining g‘arbi va sharqida yoyilib yotgan yuzlab shifoxonalarning to‘rtta namunasini ko‘rib chiqib aytish mumkinki, o‘sha kunlarda Ovro‘pa jaholat zulmatida sarson edi. Ular musulmonlarning shifoxonalaridagi daqiqlik, pokizalik va oliy insoniy tuyg‘ulardan biror narsani bilmasdi. Bu o‘rinda olmoniyalik sharqshunos Maks Maerxofning Islom hazorasi yuksalgan o‘sha zamonda Ovro‘padagi shifoxonalar holati haqida aytganlarini keltiramiz: «Arab shifoxonalari va ma’mur Islom shaharlaridagi sog‘likni saqlash nizomi bizga juda qattiq va achchiq dars beradi. Biz ularni o‘sha zamondagi Ovro‘pa shifoxonalariga yengilgina solishtirsak ham, haqiqiy baholay olamiz».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:42:15
    Islom olamidagi o‘sha farovon zamondan uch asr o‘tsa hamki, Ovro‘pa hali umumiy shifoxonalar ma’nosini bilmasdi. Agar o‘n sakkizinchi asrgacha kasallar uylarida yoki maxsus hovlichalarda davolanganlar, desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Chunki o‘sha paytgacha Ovro‘pa shifoxonalari maxsus hovlilarda joylashgan bo‘lib, bu hovlichalar kasal bo‘lsin, ojiz bo‘lsin, uy-joysiz bo‘lsin, kishilarga boshpana vazifasini ham o‘tardi. Bunga mazkur davrlardagi Ovro‘pa shifoxonalarining eng kattasi Parijdagi Otel Deyu ochiq misol bo‘ladi. Uni tavsiflab Maks Tordo va Tennonlar shunday deyishadi: «Shifoxonada 1200 dona karavot bor. Undan 486 donasi bir kishi uchun mo‘ljallangan. Qolgani esa (bulardan bittasining kengligi besh qadam kelardi) odatda uchtadan oltitagacha kasalga mo‘ljallangandi. Katta zallari havo kiradigan tuynuklar yo‘qligi sababli sassiq, juda ham zax va doim qorong‘u edi. Bitta zalda har doim sakkiz yuz chog‘li kasal yerga uzala tushib, xona torlik qilganidan poxol yoki polga ustma-ust bo‘lar darajada tiqilib yotishardi. Bu holdan odam ezilib ketardi. O’rtacha hajmdagi bitta karavotda yosh bolalar keksalar bilan, ayollar erkaklarning yonida ekanini ko‘rasiz. (Ishonmasligingiz mumkin, lekin bu haqiqat.) Yo‘lakdagi ayolni tifning isitmasi gardobida yonib, changak bo‘lib qolgan bola bilan yonma-yon topasiz. Ikkovlari ham teri kasalligiga chalingan odamning yonida yotishardi. Ularga berilayotgan taom ham xayolga kelishi mumkin bo‘lgan eng g‘arib narsalar edi. Ular yana juda ham kam miqdorda va betartib uzoq muddatda berilardi».

    Bu ayanchli tavsifga biror narsa qo‘shimcha qilishning hojati bo‘lmasa kerak.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:43:29
    Islomda musulmonlarning pokiza, toza bo‘lishlariga, hamisha har joyda pok yurish-turishlariga katta e’tibor bilan qaraladi. Chunki Alloh taoloning amri shunday! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning nasihatlari shunday! Sababi Islom dini pokizalik, go‘zallik ustiga qurilgan. Shariatimiz pokiza odamdan ifloslik, razillik chiqmaydi, duosi ijobat bo‘ladi, deb hisoblaydi. Poklik — mo‘minning ko‘zgusi. "œPoklik — iymondandir", deganlar janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.

   Islom musulmonlarning toza, pok bo‘lishlarini ta’minlashda eng mayda-chuyda "œikir-chikir"largacha aralashgan. Payg‘ambarimiz alayhissalom sunnatlari orqali bu sohadagi yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalarni targ‘ib qiladi.

   Allohning mo‘min zimmasidagi haqqi yetti kunda barcha a’zosini to‘la yuvib, g‘usl qilishdir. Dinimizda er-xotin munosabatidan keyin, bulg‘anib qolganda ham g‘usl qilish vojib amal hisoblanadi. Mo‘ylovlarni qisqartirish, tirnoq olish, qo‘ltiq va kindik osti mo‘ylarini tozalash, xatna qildirish, misvok tutish kabi ishlar musulmonlarga shart qilib qo‘yilgan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:45:10
    Og‘iz-tishlarni toza tutishga alohida e’tibor berilgan. Arok daraxtining shoxchalaridan tayyorlangan maxsus tish tozalash vositasi — misvokdan foydalanish sunnatdir. Payg‘ambar alayhissalom: "œTishlaringizni misvok bilan tozalab yuringlar va tozalikka odat qilinglar", "œAgar ummatimga mashaqqat bo‘lmaganida edi, har namozdan oldin misvok qilishga (ya’ni, tish tozalishga) buyurar edim", deb ta’lim berganlar. Janobi Rasulullohning (s.a.v.) bu ko‘rsatmalari bejizga bo‘lmagan. Misvok tekshirib ko‘rilganda, unda ko‘plab foydali va xushbo‘y moddalar borligi aniqlandi. Vaholanki, hozirgi zamonaviy tish cho‘tkalari g‘arbda 1806 yildan urfga kira boshlagan.

   Musulmonlar kuniga bir necha marta yuvinib, tozalanadilar. Haftasiga albatta hammomda yoki uylarida g‘usl qiladilar. Kiyimlarini, hovli-joylarini, ibodat o‘rinlarini toza tutadilar. Chunki bu — Islomning talabi. Islom esa — tozalik dini, nazofat dini, pokizalik esa — dinning yarmidir.

    Musulmonlar tozalik haqida ana shunday bosh qotirib yurishganida, Ovro‘pada kishilar yuvinmasdan, yiliga bir marta paxtani ho‘llab artinishgan, cho‘qintirish paytidagi maxsus "œvaftiz" suvining ta’siri ketib qolmasin, deb suvdan seskanishgan. Hattoki, mashhur Versal saroyida umuman hojatxona bo‘lmagan. O’rta asrlar Frantssiyasida saroy va teatrlarning birortasida hojatxona bo‘lmagan bir paytda Istanbulda 1400 ga yaqin shunday joy bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:49:07
    O’sha paytlarda Ovro‘pada oqar suvda, hammomlarda yuvinish nimaligini bilishmasdi. Ammo shu davrda Markaziy Osiyoga safar qilgan sayyohlardan biri Samarqand shahriga shunday ta’rif bergandi: "œShaharda karvonsaroylar ikkita, mashhur hammomlar uchta bo‘lgan. Ulardan ikkitasi "œXo‘ja Ahror hammomlari", uchinchisi esa Hammomi Miriy, deb atalgan". 1558 yili Buxoroga safar qilgan ingliz sayyohi va tarixchisi Antokiy Jenkinson o‘z xotiralarida shunday deb yozgan: "œ23 dekabrda Baqtriya yeridagi Buxoro shahriga keldik. Shahar juda katta, uylarning ko‘pi loydan qilingan, ammo shaharda tosh uylar, shohona qurilgan va oltin suvi bilan naqshlangan masjid-madrasalar hamda minoralar ham ko‘p. Ayniqsa, hammomlar shunaqangi ko‘rkam qurilganki, dunyoda bunaqasini uchratmagandim. Ularni ta’riflashga ancha vaqt ketadi".

   O’n oltinchi asrda Xollandiya elchisi Baron de Busbek Usmoniylar mamlakatiga safaridan so‘ng shunday degan ekan: "œE, bu odamlarning kasal bo‘lishi aniq. Baliqlar kabi suvda "œshalop-shulup" qilib yuvinishadi. Shunchalar ham ko‘p yuvinish mumkinmi?" Hammomlarni qo‘yaturaylik, Usmonli saltanat shaharlarida bizdagi sardobalarga o‘xshash, har biri san’at darajasiga ko‘tarilgan yuzlab chashmalar (zamonaviy tahoratxonalar) bo‘lgan.

    Ibrohim Rafiqning "œTarix shuuri" kitobida yozilishicha, Valiy laqabli Boyazid ikkinchi hukmronligi davrida Istanbulga Maskov knyazining Mixail Plachnet ismli elchisi tashrif buyurgan. Undan yoqimsiz hid anqib turgani sababli uni yuvintirish uchun hammomga olib borishgan. Umrida hammomni ko‘rmagan elchi yuvinishga, ich kiyimlarini almashtirishga ko‘nikolmay, hammomdan qochib chiqqan va tezda Istanbulni tark etgan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:50:24
   1600 yillarda Ispaniya inkvizitsiyasi musulmonlarni ommaviy qirg‘in qilgani tarixdan ma’lum. g‘arb tadqiqotchilarining kundaliklarida yozilishicha, johil hukmdorlar musulmon ispanlarni tozaligiga, qo‘ltiq osti mo‘ylarining olinganiga qarab, nasroniylardan ajratib qatl qilgan ekan.

    Musulmonlar nafaqat tozalikda, kiyinish, ovqatlanish madaniyati sohasida ham ovro‘paliklarga o‘rnak bo‘lishgan. Birgina ovqatlanish xususida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan o‘nlab hadislar vorid bo‘lgan. U zoti bobarakot ummatni ko‘p taom yeyishdan qaytarganlar. Buning zararlari va oqibatlarini bugungi kunda hozirgi tibbiyot fani ham, odamlar ham yaxshi tushunib qolishdi.

    Payg‘ambar alayhissalom kechqurun yotishdan oldin suv va taom solingan idishlar ustini yopishni, siniq, darz, labi uchgan idishlarni ishlatmaslikni buyurganlar. O’sha joylarda turli zararli narsalar (mikroblar) bo‘lishini hali zarrabin (mikroskop) kashf etilmasdan o‘n to‘rt asr avvaldan ko‘ra bilganlar. U zot ovqat oldidan va keyin qo‘l yuvish, ovqatga puflamaslik, xotirjam, o‘tirib ovqatlanish, taomni issig‘icha iste’mol qilmaslikka ham targ‘ib qilganlarki, bularning hammasida ham hikmat bor.

    Vaholanki, g‘arbda ovqatlanish sohasidagi madaniyat juda orqada edi. Birgina misol keltirib o‘tish kifoya: o‘rta asrlarda Brandenburg shahzodasi aslzodalarni o‘z saroyidagi ziyofatga chorlar ekan, taklifnomaga: "œGo‘sht yegandan keyin suyakni orqaga otish yo‘q, yog‘li og‘izni yeng bilan artish yo‘q, tovoqni ko‘tarib, ostiga tupurish yo‘q", deb izoh yozishga majbur bo‘lgan ekan. Hatto, hozirda g‘arbdagi ko‘pgina o‘lkalarda bo‘lganimizda, ovro‘paliklarning jamoat joylarida, hatto, dasturxon ustida bemalol ro‘molchaga burun qoqayotganlarini, hammaning ko‘z o‘ngida tish kavlayotganlarini, ovoz chiqarib, betartib ovqatlanishlarini ko‘rib, hayratimiz oshgandi. Bunday misollarni  ko‘plab keltirish mumkin. Ana shularning o‘ziyoq, Islom hazorasi g‘arb hazorasidan ancha ilg‘or bo‘lib kelganini isbotlab turibdi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:52:10
    Ko‘pincha noxolis g‘arb tarixchilari, hattoki ayrim zamondosh ziyolilarimiz Islom dinini ilm-fan, texnika rivojiga beparvo bo‘lganlikda, goho to‘sqinlik qilganlikda ayblashga o‘rganib qolishgan. Ba’zilar hatto musulmonlarning bugungi kunda texnika taraqqiyotidan orqada qolganining bosh sabablarini ana shunga to‘nkashga urinishadi.

    Aslida shunday bo‘lganmidi? Tarixga xolis nazar, toza vijdon bilan yondoshadigan har bir insofli kishi bu da’volarda haqiqat yo‘qligini osongina tushunib oladi. Sababi Islom - ilm dini, Payg‘ambar alayhissalomga nozil qilingan ilk vahiy Allohning "œO’qi!" degan farmoni ilohiyyasi bilan boshlangan. "œIlm" so‘zi Qur’oni karimning 811 joyida turli ma’nolar bilan kelgan. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom beshikdan qabragacha ilm izlashni, Chin kabi olis o‘lkada bo‘lsa ham, borib ilm o‘rganishni muslim va muslimaga shart qilib qo‘ydilar. O’rta asrlar esa islomiy ilm-fan, texnika eng gullab-yashnagan, o‘ziga xos Uyg‘onish davri bo‘lgan. Bunga xolis tarix shohidlik berib turibdi.

    Birgina XVI—XVII  asrlarda Islom olamida ilmning turli sohalarida 86000 ulamo faoliyat ko‘rsatgan. Musulmon dunyosida matbaachilik ayrim iqtisodiy sabablarga ko‘ra, g‘arbdan yuz yil ortda qolganiga qaramay, Islom o‘lkalaridagi kutubxonalarda yuz minglab jild go‘zal va nodir kitoblar bo‘lgan. Vaholanki, o‘sha paytda Ovro‘pa qirollik kutubxonasida 100 jild kitob bor edi, xolos.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:52:43
    Hattoki, juda ko‘p g‘arb tarixchilarining o‘zlari ham Ovro‘pa ilm-fanni, adabiyotni asosan Islom hazorasidan o‘rganganini tan olib yozishadi va o‘sha paytning daho ulamolariga minnatdorchilik izhor etishadi. Islom olimlarining Alloh bergan iqtidori, ilm-fan sohasidagi kashfiyotlari haqiqatan ham dunyo havas qilgulik, hayratda qolgulik darajada edi.

    Movarounnahr diyoridan chiqqan Muso Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi olimlarning nomlari Islom hazorasidan tashqariga chiqib, Ovro‘pa ilm-fanida ham o‘chmas iz qoldirdi. Masalan, Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, "œalgebra" istilohi uning "œAl-kitob al-muxtasar fi hisob AL-JABR al-muqobala" risolasidan olingan. Olimning nomi esa "œalgoritm" shaklida fanda abadiy o‘rnashib qoldi. Uning "œZij"i Ovro‘pada ham, Sharqda ham falakshunoslik (astronomiya) rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Allomaning arifmetikaga oid risolasi XII asrdayoq Ispaniyada seviliyalik Ioann tomonidan qayta ishlanib, shu asosda darslik yozilgan. Algebraga doir yana bir risolasi ham 1145 yili Seviliyada Robert Chester tomonidan lotinchaga tarjima qilingan. g‘arb olimi J. Sarton o‘zbek olimini "œo‘z davrining eng buyuk matematigi va agar barcha shart-sharoitlar nazarga olinsa, davrlarning ham eng buyuklaridan biri", deb atagan.

    Ahmad al-Farg‘oniyning asosiy falakshunoslik asari "œSamoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi" XII asrda boshqa Ovro‘pa tillariga tarjima qilinib, "œAlfraganus" degan lotincha nom bilan g‘arb universitetlarida bir necha asr mobaynida astronomiyadan asosiy darslik sifatida o‘qitilgan. Yana bir olim Abu Nasr Forobiy g‘arbda "œSharq Arastusi" nomi bilan mashhur bo‘lgan va uni Arastu (Aristotel)dan keyingi "œIkkinchi muallim" deb atashgan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:53:07
    O’rta asr Islom hazorasining ulug‘ namoyondasi, mashhur o‘zbek qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniyning ilm-fan sohasidagi xizmatlarini sanab tugatish qiyin. Bejizga o‘zbek shoiri "œKolumbda bor alamim manim" deb yozmagan, Beruniy Xristofor Kolumbdan ancha avval ummon ortida noma’lum qit’a borligini aytgan. Alloma Galileydan 600 yil avval Yerning aylanishini isbotlab va izohlab bergan, birinchi globusni yasagan, Yer bilan Oy orasidagi masofani o‘lchagan. Kosinuslar teoremasini ham frantsuz allomasi Ventdan besh yuz yil avval u kashf etgan. Uning "œGeodeziya", "œHindiston" "œMa’danshunoslik", "œSaydona" asarlari o‘sha vaqtlardayoq Sharqu g‘arbda mashhur bo‘lgan. Akademik V. Rozen: "œSharq va g‘arbning qadimgi va o‘rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida "œHindiston"ga teng keladigan asar yo‘q", deb yozgan bo‘lsa, o‘sha asr olimlaridan O’qutning qayd etishicha, "œBeruniyning "œMa’sud qonuni" asari matematika va falakshunoslik bo‘yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o‘chirib yuborgan". Darvoqe, Beruniy sanskrit, fors, arab, ivrit, yunon kabi tillarni mukammal bilgan.

    Musulmon olamining buyuk allomalaridan Abu Yusuf O’qub ibn Ishoh al-Kindiy (801-873)ning nomi tarixning eng yorqin sahifalaridan o‘rin olgan. U Eynshteyndan bir necha asr ilgari borliq va undagi fizik hodisalarning nisbiyligi g‘oyasini ilgari surgan. U optika sohasida birinchilardan bo‘lib asar yozgan va uning lotincha tarjimasi "œLa Aspectus" nomi bilan g‘arbda bu sohaning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning sonlar nazariyasiga doir sakkizta, proporsiya va vaqt o‘lchoviga doir uchta, jami o‘n bitta asari zamonaviy arifmetikaga asos bo‘lgan, u geometriyaning asoschisi sifatida yettita asar yozgan. Al-Kindiy psixo-fiziologiyaning asoschisi hamdir, g‘arbda shu sohaning ilk olimlari, deb, e’tirof etilgan Veber va Fexnerdan bir necha asr oldin ana shu fanning ilmiy asoslarini ishlab chiqqan. Uning ma’danshunoslik va geologiyaga doir asarlari ham bor. Al-Kindiyning xushbo‘y dorilar va kosmetikaga oid bir asarini Karl Garbers nemischaga tarjima qilib chop ettirgan. Allomaning ilmning turli sohalarini qamragan jami 270 asari ma’lum. g‘arb olimlaridan Jerar de Kremano, Rojer Bekon, Viteldo va yahudiy Ishoqal-Isroiliy uni ustozlari deb bilishgan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:53:45
    Dastlabki falakshunos va matematiklardan Abul Vafo nomi bilan mashhur Muhammad ibn Yahyo al-Bo‘zjoniyning (940-998) xizmatlari ham tahsinga loyiq. U trigonometriya faniga tangens, kotangens, sekans, kosekans istilohlarini olib kirgan, ta’rif, teorema, formula kabi tushunchalarni qo‘llagan. Uning kashfiyotlarini Ovro‘pa yuz yillar kutishga majbur bo‘ldi. U Ovro‘pada Batlamiusning Oy nazariyasi ustida birinchi marta tadqiqot olib borgan Tujho Braxadan (1546-1601) naq 600 yil oldin Batlamius nazariyasini tanqidiy o‘rganib chiqib, uning nuqsonlarini bayon qilib bergandi.

    960-1039 yillarda yashab o‘tgan yana bir musulmon olimi Qutbiddin Ibnul Haysam fizika sohasidagi ulkan kashfiyotlari bilan dunyoga tanilgan. Uning optika haqidagi bir qancha ilmiy asarlarini jamlagan "œKitobul-manozir" (Tasvirlar kitobi) kitobi 1270 yildayoq lotinchaga o‘girilgan, keyinchalik Olmoniya, Portugaliya, Fransada chop etildi hamda Kopernik va Nyutonning optikaga oid asarlariga manba bo‘ldi. Olimning lotincha nomi "œAlbazen" fizikadagi ilmiy istilohga aylangan. Ibnul Haysam alohida olingan yorug‘lik, cheklangan tezlikka ega ekanligi haqida fikr bildirgan birinchi olimdir. Lambert trapettsiyasini, undan ancha oldin Ibnul Haysam topgan. Zamonaviy ko‘zoynaklarning ilk kashfiyotchisi ham ana shu Islom olimi bo‘lgan. Alloma fizika, matematika, tibbiyot, falakshunoslik, falsafaga oid 200 dan ortiq asar yozib qoldirgan. Olimning yuksak iqtidori, ilm-fan sohasidagi kashfiyotlarining ahamiyati haqida g‘arb olimlarining o‘zlari ham tan olib yozishgan. Professor Xittining ta’kidlashicha, "œU optik mutaxassislarning eng birinchisi, ilk musulmon optik doktoridir". J.T. de Bauer esa, uni "œO’rta asrdagi eng qimmatli, eng obro‘li matematik va fizik", deydi. Darhaqiqat, u Rojer Bekondan tortib, Leonardo da Vinchi va Keplerga qadar, bir qancha g‘arb va Sharq olimlariga foydali bo‘ldi. g‘arbliklarning o‘zlari uning soyasi ostida teleskop, mikroskoplarni kashf qilinganliklarini ta’kidlaydilar.

    Bunday misollarni yana juda ko‘p keltirish mumkin. O’quvchini zeriktirmaslik uchun qolgan olimlarning ilm-fan yo‘lidagi xizmatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:58:17
    Ibn Firnos (vafoti 808 yil) aka-uka Raytlardan 1023 yil oldin uchoq yasab, parvozni amalga oshirgan.

    Jobir ibn Hayyon Jon Dalton, Otto Xann, Endryu Fermi, Albert Eynshteyndan 1000 yil oldin atom ustida tadqiqot o‘tkazgan, ilk marta "œtermoyadroviy kuch" fikrini aytgan, atom parchalanishi va bomba shiddatini tasvirlagan.

    Sobit ibn Qurra (835-902) birinchi marta anestezinni topgan, Ali ibn Iso (XI asr) esa uni ilk bor ko‘z jarrohligida qo‘llab, bu haqda mustaqil asar yozgan. Biroq bu kashfiyot 1850 yilda Jankayga tegishli bo‘lib ketdi. "œDifferentsial hisob"ni ham Nyutondan ancha oldin, to‘qqizinchi asrda Sobit ibn Qurra kashf qilgan.

    Samo jismlarining ellips orbita bo‘ylab harakat qilishi haqidagi fikrni Kepler Beruniydan o‘zlashtirib olgan bo‘lsa, Kopernik Quyosh nazariyasini Ibn Shotirdan (1304-1376) aynan ko‘chirib olgan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 15:59:39
    Paleontologiya va sedimentologiya sohasida ilk tajribalar o‘tkazib, kitob yozgan olim Abu Ali ibn Sino bo‘lsa-da, bu boradagi xizmatlari uchun Albertga "œBuyuk Albert" unvoni berilgan. Darvoqe, Ibn Sino (Ovro‘pada Avitsenna) fanning turli sohalariga oid 450 dan ortiq kitob yozgan, birgina "œKitob ush-shifo" asari 22 jilddan iborat bo‘lgan, "œTib qonunlari" kitobi esa 800 yil mobaynida tibbiyotdagi asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi. "œMeditsina" istilohi ham olimning lotincha nomidan olingan.
   
    Ulug‘ shoir Umar Xayyom "œArifmetikaning mushkul masalalari" asarida Nyutondan besh yuz yil oldin o‘n sonli raqamli masalalarini kasr vositasida hal etish nazariyasini tavsiya qildi.

    Fizika va falakshunoslikda juda muhim bo‘lgan Mayatnikni Nyutondan yetti yuz yil avval Ibn Yunus kashf etgan.

    Verem mikrobini topganligi uchun R. Koch Nobel mukofotini olgan, vaholanki, uni 150 yil oldin Kambur Vosim (vafoti 1761 yil) topgandi.

    Avtomatik tsilindr, avtomatik jo‘mrak va grafinni ilk bor Jazariy (1136-1206) yasagan. U Charlz Babakdan ilgari kompyutor mantig‘iga oid nazariy fikrlar bildirib, kibernetikaga asos solgan. Shuningdek, u vulqonshunoslik, geotermal maydonlar sohasidagi bilimlarning ham asoschisidir.

    Ilk rasadxona va astronomik markaz Xoja Nosiriddin Tusiy (1201-1274) tomonidan qurilgan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:00:56
    Abu Ma’shar (785-886) ilk bor suvning ko‘tarilish va pasayishini kuzatib, asar yozgan.

    Battoniy (858-929) bir yilni 365 kun 5 soat 46 daqiqa 22 soniya o‘laroq hisoblab chiqqan.

    Alouddin Ali Qushchi Oyning ilk xaritasini chizgan, hozir bu xarita Amriqodagi Oy tadqiqoti institutida chiqarilgan xaritalarning eng tepasiga qo‘yilgan.

    Birinchi kompasni o‘n uchinchi asrda Kabajakiy yasagan, birinchi qog‘oz fabrikasini Abbosiy vazirlardan Ibn Fozil (739-805) qurdirgan.

    Zilzilaga oid birinchi asar Damashqiyning (vafoti 1176 yil) "œKitab uz-zalzala" asaridir. Keyinchalik XV asrda yozilgan Jaloliddin Suyutiyning "œZilzilanoma" nomi bilan mashhur bo‘lgan "œKashf uz zalzal an vasfil-zalzala" kitobidan boshqa seysmologiyaga oid asar bo‘lmagan.

    Ali ibn Abbos (vafoti 994 yil) kapilyar qon tomirlarini kashf qilib, ming yil oldin saraton (rak) amaliyotini qilgan bo‘lsa, Ammor ibn Ali XI asrda ko‘z pardasi jarrohligini amalga oshirgan. Abul Qosim az-Zaxraviy g‘arbda zamonaviy jarrohlikning otasi, deb tan olingan. U jarrohlikda 200 dan ortiq asbob ishlatgan. U tug‘ishda qo‘llagan usuldan Ovro‘pada 500 yil foydalanilgan.

    Moxov xastaligining sabablarini va davolash usullarini to‘qqiz yuz yil oldin Ibn Jassor bayon qilib bergan.

    Oqshamsiddin (1389-1459) Pastordan 400 yil oldin mikrobni kashf qilgan.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:02:23
    Adabiyot sohasida ham sharqliklar har jihatdan ustun bo‘lishgan. Bu haqda kitobning bir necha joyida fikr yuritilgani bois, ulug‘ olmon shoiri Hyotening mana bu fikri bilan so‘zni muxtasar qilamiz: "œSharqda yettita buyuk shoir bor. Ularning eng kuchsizi ham mendan ustun turadi".

    Qur’oni karimning tablig‘i bilan boshlangan Islom dunyosidagi ilmiy izlanishlar islomiy hazora tarixida o‘chmas iz qoldirdi va u kelajakdagi hazoralar uchun mustahkam poydevor, tuganmas manba bo‘lib xizmat qildi va qilmoqda.

    Islom olami bilan Ovro‘pa orasida ilm borasidagi farqni tushunib yetish uchun g‘arblik olimlardan birining e’tirofini keltirish kifoya. U musulmon olamida ilm-fan gullab-yashnagan paytda Ovro‘paning holini quyidagicha tasvirlaydi: "œTo‘qqizinchi, o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi asrlarda g‘arbning 95 foiz aholisi o‘qish-yozishni mutlaqo bilmas edi. Ovro‘paning podshohlari, amirlari o‘qish-yozishni biroz o‘rgangani hammaga ma’lum. Monastrlardagi rohiblar va diniy xodimlar qo‘llariga qalam tutishni ham bilmasdilar".
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:03:38
    O’sha vaqtlarda matbaa ishlari yo‘lga qo‘yilmagani sababli kitoblar narxi tolibi ilm yoki kambag‘al olim sotib olishi mumkin bo‘lmagan  darajada qimmat edi. Shunday ekan, kitobxon o‘z sohasiga taalluqli kitoblarni qanday sotib oladi? Shu bois avvalgi Islom jamiyatida kutubxonalarning paydo bo‘lishiga bir vaqtning o‘zida ham insoniy fazilat, ham ilmiy xususiyat bois bo‘lgan.

    Arab adabiyoti kitobni, unga rag‘bat va muhabbatni kuylagan dunyoning eng boy qadim adabiyotlaridandir. Ahmad ibn Ismoil aytadi: «Kitob — mashg‘ullik paytingda o‘zi so‘z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko‘rinishing shart emas. Kitob — senga laganbardorlik qilmaydigan o‘rtoq, seni aldamaydigan do‘st, malol kelmaydigan yo‘ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo‘ydir».

    Musulmonlar kitob mutolaasini turli majlislarga tashrif buyurishdan afzal bilishardi. Unga oshno bo‘lishni xalifa yoki saltanat sohibiga oshno bo‘lishdan qalbga yaqin tutishardi. Odil vazir Muhammad ibn Abdulmalik Az-Zayyot bir qancha vaqt o‘z uyida uzlat qildi. Johiz uni ziyorat etib, arab tili imomi Sebvayhning kitobini hadya qildi. Vazir hadyani juda ham xursandlik bilan qabul qilib, Johizga: «Allohga qasamki, menga bundan ko‘ra mahbubroq narsa hali hadya qilinmagan», dedi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:05:17
    Xalifa olimlardan birini suhbatiga chorladi. Xizmatkor olimning oldiga borganda, uni kitoblar ichida mutolaaga berilib o‘tirganini ko‘rdi va: «Amirul-mo‘minin sizni o‘z huzuriga chorlamoqda», dedi. Olim xizmatkorga shunday javob qildi: «Unga aytgin, mening huzurimda bir qancha hukamo bor, men ular bilan suhbatlashyapman. Qachon ulardan forig‘ bo‘lsam, shunda boraman». Xizmatkor xalifaning oldiga borib hamma gapni aytdi. Xalifa: «Hayf senga, uning huzuridagi o‘sha hukamolar kim ekan?» deb so‘raganda, xizmatkor: «Allohga qasamki, uning huzurida hech kim yo‘q edi», dedi. Shunda xizmatkorga: «Nima qilib bo‘lsa ham, hoziroq huzurimga keltir», degan buyruq bo‘ldi.
   
    Olim hozir bo‘lganda xalifa unga: «Huzuringdagi o‘sha hukamolar kimlar edi?» deb murojaat qildi. Olim javobni she’riy tarzda shunday bayon qildi:

                                 Ularning suhbati hech kelmas malol,
                                 Ortingda, oldingda ma’mun va amin.
                                 Uzlatda suhbatin istaydi ko‘ngil,
                                 Hamisha yelkadosh, aritar g‘aming.

                                 Aqlu fikr, odob-ixlos bobida,
                                 Ustun bilimidan berar manfaat.
                                 Undan ko‘rmagaysan yomonlik aslo,
                                 Tilidan, qo‘lidan chekmay aziyat.
                                 Uni o‘lik, desang bo‘lmaysan kazzob,
                                 Gar tirik, desang ham qilmaslar iqob.

    Bu so‘zdan xalifa u ulamo va hukamolarning kitoblari bilan mashg‘ul bo‘lganini tushundi va kechikkani uchun ayblamadi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:06:28
    Sohib ibn Ibod o‘z kutubxonasida bo‘lishni Nuh ibn Mansur as-Somoniy saroyida ulug‘ mansablarga ko‘tarilishdan afzal bilardi. Chunki u kutubxonasiga qattiq muhabbat qo‘ygandi. Usiz hech qayoqqa borolmas yoki ko‘tarib ham ketolmasdi. Shundan kitoblari bilan qolishni a’lo bilardi. Mana shunday ilmiy ruh bilan ulamolarimiz, boylarimiz, amirlarimiz kitobga va uni yig‘ishga berilganlar. Hatto, ular mollari va uy-joylari to‘g‘risidagi ofatni kitoblari xususidagi ofat-balodan yengil bilishgan.

    Qo‘shin Ibn al-Amiydning hovlisiga hujum qilib, g‘ulom va qo‘riqchilarni mag‘lub etdi. Ibn al-Amiyd Dorul-imoraga qochdi. Shundan so‘ng butun boyliklari talon-taroj qilinganini ko‘rdi. Na o‘tirishga biror narsa va na suv ichishga biror idish qolibdi. Uning xayoli esa faqat daftar va kitoblarida edi. Chunki unga dunyoda bulardan azizroq narsa yo‘q edi. Uning kitoblari ko‘p bo‘lib, barcha ilmlarni, hikmat va odob navlarining hammasini qamrab olgandi. Agar yuklansa, ular yuzdan ortiq tuyaga yuk bo‘lardi. Ibn al-Amiyd kutubxonachisini ko‘rganda, kitoblari haqida so‘radi. Xizmatkor kutubxona oldingi holatidek ekanini, biror kimsa qo‘l tekkizmaganini aytdi. Bundan Ibn al-Amiyd quvonchga to‘lib xizmatkoriga dedi: «Guvohlik beramanki, sen mas’ud va oliyjanob insonsan, boshqa narsalarning evazi topiladi, lekin bu xazina, ya’ni kutubxonaning tengi yo‘qdir».

    Mana shunday ilmiy ruh sababli ajdodlarimiz ilmiy asarlarni mualliflari yozib tugatishlari bilanoq sotib olishda musobaqalashishgan. Andalusning amiri Hakam hozirda adabiyot olamida mashhur bo‘lgan «Al-Ag‘oniy» kitobi to‘g‘risida eshitdi va kitob muallifi Abul Faraj al-Isfahoniyga undan bir nusxa berish uchun ming tilla dinor yubordi. Abul Faraj kitobidan bir nusxasini amir uchun berib yubordi. Shunday qilib, ushbu kitob muallifning vatani bo‘lmish Iroqdan oldin uzoq Andalusda o‘qildi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:08:01
    Mana shu ilmiy ruh sababidan Islom olamining turli burchaklarida kutubxonalar ko‘paya boshladi. Yonida kutubxonasi bo‘lmagan madrasa juda kam edi. Kutubxonasi bo‘lmagan qishloqlar juda oz edi. Poytaxtlar va shaharlar esa o‘rta asrlar tarixida tenggi yo‘q darajada kutubxonalar bilan to‘lib-toshgandi.

    Kutubxonalar asosan ikkiga bo‘linardi: umumiy va xususiy. Umumiylariga xalifalar, amirlar, ulamolar va boylar asos solishgandi. Ular uchun maxsus binolar barpo qilinardi. Bu binolar ahyonda katta masjid va madrasalar binosiga yonma-yon qurilardi.

    Ammo xususiy binolar o‘rtalarini keng zal bog‘lagan bir necha hujradan tashkil topardi. Kitoblar devorga mustahkamlangan tokchalarga qo‘yilardi. Har bir xona ilm turlaridan biriga xoslanardi. Masalan, fiqh kitoblariga bir xona, tib kitoblariga bir xona, adabiyot kitoblariga yana bir xona va hokazo. Bu binoda yana kitobxonlar uchun xos xona, kitoblardan nusxa ko‘chiradigan nussoxlar uchun ham alohida xona bo‘lardi. Ba’zilarida musiqaxona ham bo‘lib, unga kitobxonlar dam olish va yangilanish uchun kirishardi. Yana ularda izlanish va kitobxonlarning ilmiy munoqasha qilishlari uchun alohida joylar mavjud edi. Ularning hammasi po‘rim va rohatijon mebellar bilan jihozlangan edi. Ayrimlarida esa kitobxonlar uchun oshxona va g‘ariblar uchun yotoqxona ham qurilgandi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:08:30
    Ali ibn Yahyo ibn al-Munjimning kutubxonasini shunday deyishardi. Uning Bag‘dod yaqinidagi bir qishloqda (bu Al-Qafs nohiyasidagi Karkar qishlog‘i) ulkan qasri bor edi. Bu qasrda katta kitobxona bo‘lib, u «Xizonatul-hikma» deb nomlanardi. Mazkur kutubxonaga turli shaharlardan odamlar kelishar, unda qolib, har xil ilmlarni o‘rganishardi. Bu yerda ularga kitoblar va oziq-ovqatlar mo‘l-ko‘l qilib qo‘yilgandi. Sarfiyotning barchasi Ali ibn Yahyoning hisobidan bo‘lardi.

    Bu borada bundan ham ajoyib voqealar borki, ularga o‘xshashini hozirgi asr g‘arb hazorasining mutaraqqiy poytaxtlaridan ham topolmaysiz. Musilda Abulqosim Ja’far ibn Muhammad ibn Hamadon al-Musiliy barpo etgan qasr bo‘lib, u «Dorul-ilm» deb nomlanardi. Unda har bir ilm uchun mavjud kitoblar javoni hamma tolibi ilmlar foydasiga vaqf qilib qo‘yilgandi. Unga kirishdan hech kim man qilinmasdi. Ilm talabidagi biror g‘arib kambag‘al bo‘lsa, unga varaq ham, variq ham, ya’ni kitob ham, pul ham berilardi. Kutubxonaning eshigi har kun ochiq edi... Tolibi ilm uchun ham kitob, ham mol beriladigan kutubxonani hozirgi Maskov, Vashington yoki dunyoning boshqa biror poytaxtida borligini hech eshitganmisiz?!

    Umumiy kutubxonalarda «kutubxona xozini» degan nom bilan mashhur kishi boshchiligidagi vazifadorlar xizmat qilishardi. Xozinlar hamisha zamonasining mashhur ulamolaridan tayin qilinardi. U yerda mutolaa qiluvchilarga kitobni olib beruvchi munovillar, kitoblarni boshqa tildan arab tiliga o‘giruvchi mutarjimlar, o‘zlarining chiroyli yozuvlari bilan kitob ko‘chiruvchi nussoxlar va ularni ezilib, titilib ketishdan saqlash uchun jildlaydigan mujallidlar hamda kutubxonaning boshqa  ehtiyojlariga qaraydigan yana bir qancha vazifa egalari xizmat qilishardi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:09:03
    Katta-yu kichik har bir kutubxonada kitoblardan foydalanishni osonlashtiradigan mundarijalar mavjud edi. Ularga ilm boblariga qarab tartib berilgandi. Bunga qo‘shimcha ravishda har bir javon oldiga undagi mavjud kitoblarning nomlari yozilgan ro‘yxatlar qo‘yilgandi. Ma’lumki, aksar kutubxonalarning nizomida kitoblarni bir kafolat evaziga uyga olib ketib mutolaa qilishga ruxsat berilgan. Ammo ulamo va ahli fazlga ushbu kafolat ham bekor qilingandi, ya’ni ular garovga hech narsa bermay kitobni uyga olishaverardi.

    Kutubxonalarning sarf-xarajatlarini ko‘taradigan nafaqalarning ma’lum qismi aynan kutubxonalar uchun ta’sis etilgan vaqflar hisobidan bo‘lardi. Shuningdek, ushbu kutubxonalarni tashkil qilgan amirlar, boylar va ulamolar ham ularni mablag‘ bilan ta’min etardilar. Aytishlaricha, Muhammad ibn Abdulmalik Az-Zayyot o‘z kutubxonasidagi mutarjim va nusxa ko‘chiruvchilarga har oyda ikki ming dinor berardi. Ma’mun esa, Hunayn ibn Ishoqqa arabchaga o‘girgan kitoblarining vazniga tengma-teng miqdorda tilla hadya qilardi.

    Endi tarixda nomi qolgan umumiy va xususiy kutubxonalar haqida ayrim misollarni keltirib o‘taylik. Mashhur kutubxonalar quyidagilar edi:
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:11:07
    Qohiradagi Fotimiy xalifalar kutubxonasi. Nafis sahifa va kitoblarni o‘z ichiga olgan ajib kutubxona edi. Maqriziy bir million olti yuz ming kitob bor, degan fikrga moyil bo‘lsa-da, ko‘pchilik muarrixlarning rivoyat etishicha, u o‘zida jamlagan kitoblarning soni ikki milliontaga yetardi.

    Qohiradagi «Dorul-hikma» kutubxonasi. Al-Hokim Biamrilloh tomonidan 395 hijriy yilning 10 jumodil-oxirasida ochilgan. Unga chiroyli jihozlar qo‘yilib, yaxshilab ziynatlangan. Xizmatchilar, munovillar va farroshlar uning ichida yashashgan. Bunda oldingi podshohlardan birortasi jamlamagan kitoblar yig‘ilgan. Undagi kitob javonlari qirqta bo‘lib, ularning har biriga qadim ilmlarga tegishli 18000 kitob qo‘yilgandi. Kutubxonaga kirish uchun hammaga ruxsat berilgan bo‘lib, ba’zilar kitob o‘qishga kirsa, ba’zilar nusxa ko‘chirish uchun, ba’zilar esa ta’lim olish uchun tashrif buyurishardi. Unda kitobxonlarga kerakli bo‘lgan hamma narsa: siyoh, qalam, qog‘oz va siyohdonlar mavjud edi.

    Bag‘doddagi «Baytul-hikma» kutubxonasi. Uni Horun ar-Rashid barpo qilgan. Shon-shuhrat cho‘qqisiga Ma’mun davrida chiqqan. U o‘zida kitob jamlagan jomeaga o‘xshardi. Odamlar unda muzokara va mutolaa qilishar, kitoblardan nusxa ko‘chirishardi. Kutubxonada maxsus nussox va mutarjimlar bo‘lib, ular Horun ar-Rashid va Ma’mun Anqara, Umuriyya va Qibrisni fath qilganlarida qo‘lga kiritgan kitoblarni tarjima qilib yozishardi. Ibn an-Nadiymning aytishicha, Ma’mun bilan Rum podshohi o‘rtasida o‘zaro aloqa bor edi. Ma’mun uni ayrim urushlarda  mag‘lub etgan bo‘lib, o‘rtalarida tuzilgan sulhga ko‘ra, Rum podshohi o‘z xazinasidagi kitoblarni tarjima qilishga Ma’mun jo‘natgan olimlar uchun ruxsat berishi kerak edi. Rum podshohi ham ushbu shartni bajonidil bajarardi. o‘olib hokim g‘alaba uchun o‘z millatining farzandlariga mamlakatiga keltiriladigan ilmiy kitoblardan ko‘ra qiymatliroq narsani ko‘rmadi. Tarix so‘zlagan bundan ham buyuk hodisa bormi?
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:12:27
    Andalusdagi «Al-Hikam» kutubxonasi. U juda ham ulkan va keng edi. Aytishlaricha, unda to‘rt yuz ming jild kitob bo‘lgan. Ularning  mundarijalari ham diqqat va intizom bilan tuzilgan. Hatto, ushbu kutubxonada mavjud she’riy devonlarning mundarijasi qirq to‘rt juzga yetgan. Nusxa ko‘chirish san’atining hazzoqlari, kitobni jildlash kasbining ustalari shu yerda edi. Andalus oldin ham, keyin ham bunchalik kitob xazinasini ko‘rmagan edi.

    Taroblusdagi Bani Ammor kutubxonasi. U buyuklik va kattalik misollaridan biri edi. Unda bir yuz sakson nussox kitoblardan nusxa ko‘chirar edi. Nusxa ko‘chirish ishi kecha-kunduz tinmasdi. Bani Ammor barcha nodir va yangi kitoblarni ushbu kutubxonada bo‘lishiga harakat qilishardi. Mutaxassis va tojirlar mamlakatlarni kezib, foydali kitoblarni chekka o‘lkalar va ajnabiy davlatlardan keltirishga vazifalantirilgandi. Bu kutubxonadan istifoda etganini al-Maarriy ba’zi kitoblarida zikr qilgan. Unda mavjud kitoblar miqdorida ixtilof qilingan. Mo‘‘tadil so‘zlarga ko‘ra, kutubxona o‘zida bir million kitobni jamlagan.

    Xususiy kutubxonalar to‘g‘risida ham tarix zo‘r ajoyibotlarni so‘zlaydi. Islom olamining g‘arbida-yu sharqida kutubxonasi minglarcha kitobni o‘z ichiga olmagan olim kamdan-kam topilardi. Bu kutubxonalarning ayrimlarini zikr qilib o‘tamiz:
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:13:58
    Al-Fath ibn Hoqon (248 hijriy yilda o‘ldirilgan) kutubxonasi. Uning kutubxonasi juda katta bo‘lib, zamonasining fozil kishilaridan Ali ibn Yahyo al-Munjim uni yig‘ib bergandi. Hatto, bu kutubxonaga berilgan hikmat kitoblarini mashhur «Dorul-hikma» kutubxonasi ham ko‘rmagandi.

    Ibn al-Xashshob (567 hijriy yilda vafot etgan) kutubxonasi. Nahvda odamlarning eng bilimdoni edi. Tafsir, hadis, mantiq va falsafadan yaxshi xabardor bo‘lgan. Ochko‘zlik darajasida kitobga oshiq bo‘lgan. Bu oshiqligi uni kitob yig‘ishda ma’qullanmagan yo‘llarni tutishga majburlagan. Masalan, kitob sotib olish uchun kitob bozorida hozir bo‘lsa, kitobni arzon bahoda olish uchun sotuvchilarni g‘aflatda qoldirib, undan bir varaq yirtib olar va: «Kitobing yirtilgan ekan», derdi. Yoki birovdan kitob so‘rab olsa, vaqti kelib kitob sohibi kitobini talab qilsa: «Men bilan kitoblar orasida daxldorlik bor, bunga qarshi turolmayman», derdi.

    Jamoliddin al-Qiftiy (646 yili vafot etgan) kutubxonasi. Tavsifiga til ojiz kitoblarni yiqqan. U dunyoda kitobdan boshqasini sevmasdi. O’zini kitobga vaqf qilib qo‘ygandi. Ahli avlod mashg‘ul qilib qo‘ymasin, deb uylanishni rad etgandi. Kutubxonasini Nosirga vasiyat qilgan bo‘lib, uning bahosi ellik ming dinorga teng edi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:15:13
    Halabdagi ulamolar — Bani Jaroda kutubxonasi. Ulardan biri Abul Hasan ibn Abu Jaroda (548 yili vafot etgan) nafis kitoblardan uch javonini o‘z qo‘li bilan yozgan. Yana bir javonini o‘g‘li Abul Barakot, bir javonini boshqa o‘g‘li Abdulloh yozgan.

    Al-Muvaffiq ibn al-Matron ad-Dimashqiy (587 yilda vafot etgan) kutubxonasi. U kitob yig‘ishda oliyhimmat inson edi. Hatto, u vafot etgan paytda kitob javonlaridagi tibbiy va boshqa kitoblar soni o‘n mingtaga yetardi. Uning xizmatida uchta nussox to vafot etguncha kitob yozishgan. Ularning maoshlari va taomlarini o‘zi berib turgan.

    Hazorasi gullab-yashnagan davrda Islom olamidagi kutubxonalarning keng yoyilgani ko‘rilganida, qalblar qanchalik zavqu shavqqa to‘lgan bo‘lsa, mana shu kutubxonalarning nihoyasini, ular yo‘liqqan halokatu yong‘inlar eslanganda, ilmning bunchalik ziyon ko‘rishi mumkin emasligidan g‘am-g‘ussaga botiladi. Kutubxonalardagi millionlarcha kitoblarga barham bergan falokatlar tufayli olam tarixda insoniy fikr qoldirgan eng qimmatbaho boyliklardan abadiy ajradi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:17:27
    Bag‘dodni bosib olgandagi mo‘g‘ul-tatarlar tomonidan yetkazilgan kulfatlarni olaylik. Hamma narsadan oldin kutubxonalarga talofat yetkazildi. Vahshiy jangchilar umumiy kutubxonalarda qo‘llariga ilingan barcha kitoblarni Dajla daryosiga uloqtirdilarki, hatto tashlangan kitoblar hisobiga daryo to‘lib-toshdi. Shu darajadaki, otliq odam u sohildan - bu sohilga bemalol o‘ta olardi. Daryoning suvi unga cho‘ktirilgan kitoblarning rangi hisobiga bir necha oy tim qora  rangga bo‘yaldi. Salb yurishlari ham Taroblus, Maarra, Quddus, o‘azo, Asqalon va salbchilar xarob qilgan boshqa shaharlardagi eng aziz kutubxonalarni yakson qildi. Taroblusning o‘zida salbchilar uch million kitobni yo‘q qilganliklarini eslash kifoya.

    Ispanlarning Andalusga bosqinlari tarix hayrat bilan so‘zlagan buyuk kutubxonalarni yer bilan bitta qildi. Bu kutubxonalarning barchasi dindor mutaassiblar tomonidan yondirib yuborildi. Ba’zi tarixchilarga ko‘ra, o‘arnota maydonida bir kunda millionta kitob yoqilgan.

    Endi tashqi balolardan ichki fitnalarga diqqatni qarataylik. Fotimiy xalifalar kutubxonalari mamluk turklar tajovuzi tufayli xotima topdi. Ular kitoblarga o‘t qo‘ydilar. Xizmatkorlari ularning jildidan kiyishga poyabzallar yasab olishdi. Kitoblarning anchagina qismi Nilga otildi. Ayrimlari boshqa o‘lkalarga olib ketildi. Qolgan qismini shamol uchirib, «kitob tepaliklari» nomi bilan tanilgan tepaliklarni yuzaga keltirdi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:19:02
    Halabda «So‘fiylar xizonasi» deb nomlangan kutubxona bor edi. U juda katta kutubxona bo‘lib, Oshuro kunlarida ahli sunna va shia o‘rtasida qo‘zg‘algan fitna tufayli aksar qismi yo‘q qilindi.

    Andalusdagi Al-Hokim al-Mustansir kutubxonasiga ichki fitnalar qo‘li barbarlar Qurtubaga kirgan paytda yetib bordi. U yerdagi kitoblarning aksari sotib yuborildi va qolgan qismi talon-taroj qilindi.

    Musibatlarning eng g‘aroyibi ilm va kitobga nisbatan hamoqat amalga oshirgan kulgili ishlardir... Beshinchi hijriy asrdagi Misr amirlaridan biri Amir ibn Fotinning katta kutubxonasi bor edi. U ko‘p vaqtini ushbu kutubxonadan hech qaerga chiqmay, kitob mutolaasi bilan o‘tkazardi. Uning davlat arboblari o‘rtasida obro‘ga ega xotini bor edi. Lekin bu xotin erini kitoblardan rashk qilar edi. U vafot etgan paytda xotini va joriyalari qalblarida kitobga nisbatan alam bilan kutubxonaga kirishdi. Chunki kitoblar undan erini chalg‘itgandi. Va yig‘lab-siqtab shu asnoda kitoblarni hovlining o‘rtasidagi suvli katta hovuzga otishdi. Erining kitobga bo‘lgan muhabbatidan bo‘g‘ilgan xotin uning vafotidan keyin kitoblardan shunday qasos oldi. Haligacha xotinlarimiz ichida mana shu «fozila» xotin singari erini kitoblaridan qizg‘onadiganlari uchrab turadi. Qadimda erini kitoblari ichra g‘arq bo‘lgan holda ko‘rgan imom Zuhriyning xotini shunday degandi: «Allohga qasamki, bu kitoblar mening uchun uchta kundoshdan ham yomondir!»

    Bu — Islom hazorasi davridagi kutubxonalar va ularning ayanchli intihosi haqidagi haqiqat edi. O’zganing yaxshiliklarini e’tirof etish nafsga og‘ir keladi. Ammo shuni e’tirof etishimiz kerakki, Ovro‘padagi kutubxonalar bizga o‘sha ulkan merosning qoldiqlarini asrab berdi. Ularda haligacha Islom olamida misli ko‘rilmagan arabiy muallafotlar xazinasi mavjud.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:20:16
    Bular ham Islom hazorasining yorqin ko‘rinishlaridan biridir. Ushbu hazorani yoyishda, ilmni tarqatishda ularning ta’siri katta bo‘lgan. Ziyolilar doirasida ijtimoiy darajaning ko‘tarilishida, ilmiy zavqning oshishida garchi madrasa, ma’had va kutubxonalarning o‘rni katta esa-da, poytaxt va katta shaharlarda uyushtirilgan ilmiy majlis va anjumanlar ham muhim ahamiyat kasb etgan. Bu majlislar ko‘p, bahslari turlicha bo‘lishiga qaramay, ular Islom millatining shavkatli va quvvatli davrlaridagi fikriy uyg‘oqlik ko‘rinishlariga betimsol misoldir. Bunga xalqning turli tabaqalari: xalifalar, amirlar, ulamolar, adiblar va shoirlar xususiy va umumiy majlislaridagi baxslarni ilmiy, adabiy va falsafiy musobaqaga aylantirayozganlarini ko‘rib amin bo‘lasiz. Albatta, bu — millatning ilmga oshiqligi, uning buloqlaridan qonishga ishtiyoqi buyuklik va taraqqiyotini ko‘rsatadigan darajaga yetganini bildiradi.

    Bu majlislar sanoqsiz va turlicha edi. Xalifa huzuridagi majlislarga uning o‘zi boshchilik qilardi. Unda poytaxtdagi mashhur olim, adib va faqihlar qatnashardi. Xalifalarning majlislari Islom hazorasining rivojlanishi va yuksalishi bilan barobar rivojlandi. Xulafoi roshidiynlar davrida ushbu majlislarda davlat ishlari va voliylarning faoliyati haqida so‘z borardi. Bunda go‘yo noiblar majlislariga o‘xshab, qavm ulug‘lari davlat ishlari va turli muammolarni hal qilishardi...

    Umar ibn Xattob (r.a.) bir kun davlat mansablaridan muhim bir amalga munosib kishini tayinlashga muhtoj bo‘lib qoldilar. Shunda majlisdoshlariga qarata: «Men uchun muhim bo‘lgan amalga odam tayinlamoqchiman. Shunga munosib odamni ko‘rsating», dedilar. Majlisdagilar bir odamni taklif qilishganida, bu odamga muhtoj emasmiz, degan javobni olishdi. Shunda: "œKimni xohlaysiz, ey amirul-mo‘minin?" deyishgandi, hazrati Umar shunday javob qildilar: «U shunday odam bo‘lsinki, agar amirlari bo‘lsa, ichlaridagi bir kishidek bo‘lsin, amirlari bo‘lmasa, amirlaridek bo‘lsin». Majlisdagilar: «Bu sifatni faqat Rabi’ ibn al-Xorisiydagina bilamiz», deyishgan. Bu nomzod amirul-mo‘mininga ham ma’qul tushib, uni mazkur amalga tayinladilar.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:21:14
    Umaviylar davriga kelib, xalifalarning majlisi adab, hikmat va she’r majlislariga aylandi. Abdulloh ibn Hishom bir kuni Muoviyaning majlisida hozir bo‘ldilar. Muoviya: «Saxovat, jasorat va muruvvat haqida menga kim xabar beradi?» dedi. Abdulloh aytdilar: «Saxovat — so‘ramasdan burun mol va hadyani berish, jasorat oldinda bo‘lishga jur’at va qadam toyganda sabr, muruvvat esa — dinning salohi, holining islohi va qo‘shnining himoyasidir".

    Bir kun amir Abdulmalik majlis ahliga qarata: «Kim badanidagi a’zolarini alifbo harflari tartibi bilan keltira olsa, o‘ylagan narsasini beraman», dedi. Shunda Suvayd ibn o‘afla: «Men keltira olaman, yo amirul mo‘minin», deganda, «Boshla», javobini oldi. U alifbo harflari bo‘yicha a’zolarini sanay boshladi: «Anf (burun), batn (qorin), tarquva (o‘mrov), sag‘r (og‘iz), jumjuma (bosh, bosh suyagi), xalq (tomoq), xad (yuz), dimog‘ (dimog‘)... Shunda boshqa birov turib: «A’zolarni ikkitadan qilib aytib beraman», dedi. Buni ko‘rgan Suvayd: «Men uchtadan qilib ayta olaman: anf (burun), asnon (tishlar), uzun (quloq)..." deya davom etdi. Abdulmalik uning topqir va hozirjavobligidan hayratga tushdi va mukofotladi.

    Abbosiylar davriga kelib, xalifalar majlisi yanada rivojlandi. Keng, yaxshi jihozlangan yerlarda ko‘pgina olim va adiblar bilan ajib majlislar qurilar, undagi baxs va munozaralar turlicha bo‘lardi. Bundan tashqari o‘yin-kulgu majlislari ham bo‘lardiki, unda adabiy muhit hukmron bo‘lib, she’r va shoirlar to‘g‘risida so‘z borar va mug‘anniylar kuylagan qo‘shiqlarning kalimalari izohlanardi. Bani Abbos xalifalarining ichida majlisi dabdaba va ajoyibotda eng mashhurlari Rashid va Ma’mun edi. Rashid o‘z majlisiga har bir fan va ilmning taniqli olimlarini yig‘ardi. Bu o‘rinda majlislarining oldi bo‘lmish shoirlar: Abu Nuvos, Abul Atohiyya, Da’bal, Muslim ibn Valid, Abbos ibn Ahnaflar, faqihlar: Abu Yusuf, Shofe’iy, Muhammad ibn Hasanlar, tilshunoslar: Abu Ubayda, Asma’iy, Kisoiylar, muarrix Voqidiy, mug‘anniylar Ibrohim Musimiy va o‘g‘li Ishoqlarni eslash yetarli.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:21:52
    Uning majlislarida kechgan adabiy munozaralarga bir misol keltiramiz. Bir kun uning huzurida til va adabiyotning ulug‘ imomlari Sebvayh va Kisoiy yig‘ilib qolishdi. Kisoiy shunday deb qoldi: «Arablar bu jumlani quyidagicha aytishadi: «Men qovoqarining chaqishi asalarinikidan kuchli deb o‘ylardim, vaholanki, u o‘sha (ya’ni, bir xil) ekan». Sebvayh esa, uning noto‘g‘riligini aytib: «Balki, u u ekan», deyiladi», dedi. Ular uzoq tortishishdi va nihoyat kalomiga o‘troq shaharliklar so‘zidan biror narsa aralashmagan «toza» arabga murojaat qilishga kelishishdi. Rashid Kisoiyni juda yaxshi ko‘rar va unga inoyat ko‘rsatardi. Chunki uni xalifalik mansabiga o‘tirmasidan oldin ham bilardi. Shundan so‘ng «toza» bir arabni chaqirib, jumlaning qanday aytilishini so‘rashdi. U jumlani Sebvayhnikidek gapirdi. Rashid unga: «Biz jumlani Kisoiynikidek gapirishingni xohlaymiz», dedi. U esa: «Tilim bunday gapirishga o‘rganmagan», deya javob qildi va nihoyat u ham: «Kim to‘g‘ri gapirgandi?», deb so‘ralsa: «Albatta, Kisoiy-da» deya javob qilishga rozi bo‘ldi. Bu kelishuv katta bir yig‘in ichida sodir bo‘ldi. Sebvayh Kisoiyga tarafkashlik qilinganini tushundi va Bag‘doddan mahzun holda chiqib ketdi. Aytishlaricha, ushbu voqeadan keyin u uzoq yashamadi va ruhiy azobdan vafot etdi.

    Ma’munning majlislari esa islomiy hazora tarixidagi eng ajib ilmiy majlislardan bo‘lgan. Zotan, uning o‘zi ustun ulamolardan bo‘lgan. Uning saroyi ilm kishilari, shoir, adib, tabib va faylasuflar ommasi bilan to‘lib-toshgandi. Ma’mun ularni mamlakatining turli tomonlaridan chaqirgan bo‘lib, kelib chiqishlari va millatlaridan qat’iy nazar ularga katta ehtirom ko‘rsatardi. Munoqashalarni ko‘pincha uning o‘zi boshlab, ulamolarni baxsga chorlardi. Agar majlisida faylasuf va ulamolar bo‘lsa, muqaddas kitoblardan oyatlarni dalil qilishni hammalariga nahiy qilardi. Ularga shunday derdi: «Qur’ondan ham, Injildan ham shohid keltirmang, meni sermulozamat, sertakalluf bo‘ladi, deb o‘ylaysiz. Allohga qasamki, ish siz uchun yo siz to‘g‘ringizda ham emas, balki mening arab ekanligim haqiqat va to‘g‘rini e’tirof etishdan to‘sib qo‘yishini yomon ko‘raman, xolos».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:22:21
    So‘ng u arablarni boshqalarga nisbatan ortiq ko‘rishining boisini shunday izohlaydi: chunki ularda boshda kitob ham, ilm ham bo‘lmagan. Shunga qaramay, ular o‘z fitratlari bilan o‘simliklarni, ulardan qo‘y va tuyaga salohiyatlilarini yaxshi bilishgan. Zamon va uning o‘zgaruvini kuzatishgan. Uni bahor, yoz, kuz va qishga bo‘lishgan. So‘ng ichimliklari osmondan ekanini bilib, ob-havoni kuzatishni va vaqt o‘zgaruvini o‘rganishgan. Osmondagi yulduzlarga qarab, yo‘llarini topganlar. Yana o‘rtalarida munkardan qaytarib, yaxshilikka targ‘ib qiladigan va pastkashlikdan tiyib, go‘zal axloqqa chaqiradigan bir kelishuvga kelganlar. Hatto, ularning chekka yerda, xarob yashaydigan bir kishisi ham yaxshilikni hech qoldirmay maqtar, yomonliklarni hech kamchiliksiz mazammat qilardi. Ularning so‘zlari faqat yaxshilik qilish, qo‘shnining haqqini muhofaza etish, saxovatli bo‘lish va qo‘ying-chi, bor ezgulik haqida bo‘lardi. Bularning barini ular o‘z aqllari bilan topishar, farosat va fitratlari bilan hech bir o‘rganishsiz, odobsiz bilishardi. Balki ularning tabiatlari odobli, aqllari orif edi. Ibn Muqaffa’ ham aytadi: «Shuning uchun ularga «Sizlar eng aqlli millatsiz», dedim. Chunki ularning fitratlari sog‘lom, bo‘y-bastlari mo‘‘tadil, to‘g‘ri fikr va fahmlidirlar».

    Ilmiy majlislar to‘g‘risida gapirganda, kitob do‘konlarining ham bu boradagi ahamiyatini unutmaslik kerak. Chunki ularda ham ilm haqida, har kim o‘zi mutaxassis bo‘lgan sohasida ulamolarning go‘zal suhbatli majlislari bo‘lardi. Kitob sotuvchilarning ko‘pchiligi odatda ziyoli adiblar edi. Ular o‘z kasblaridan ilmiy ehtiyojlarini qondirishda foydalanishardi. Masalan, «Al-fihrist»ning muallifi Ibn Nadim, «Mo‘‘jamul-udabo» va «Mo‘‘jamul-buldon»ning muallifi Yoqutlar kitob sotuvchi bo‘lishgan. «Al-ag‘oniy»ning muallifi Abul Faraj Isfahoniy va mashhur tilshunos adib Abu Nasr Zujjoj ko‘pincha kitobdorlarning do‘konida uchrashishardi va u yerda to‘plangan shoirlar bilan she’r va adabiyot haqida suhbatlashishardi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:23:27
    Hayotga haqli har bir millat hamma narsadan oldin ozuqasini ilmdan topadi. Islom millati boshqa millatlarga hayot bag‘ishlab turgan vaqtlarda ilmga ega bo‘lish va uni yoyib, tarqatish yo‘lidan borgan. Uning xalifadan tortib olimu tojirgacha bo‘lgan farzandlari ilm qurollari, kitoblari va madrasalarini ko‘paytirishda musobaqalashishgan. Ularning suhbatlari faqat ilmni ziyoda qilish, zehnni ochish va aqlni charxlash yo‘lida bo‘lgan. Hatto, o‘yin-kulgu, kayfu-safo majlislarida ham, agar ulamo va udabo bo‘lsa, biror masalani yechish, mavhumotni kashf qilish yoki xatoni to‘g‘rilash uchun fursat boy berilmagan.

    Yana bu o‘rinda fuqaho, muhaddis va voizlarning majlislari haqida gapirmadik. Bunday majlislar har bir shahar va qishloqda keng urf bo‘lgandi. Gapning qisqasi, hazorasi gullab-yashnagan davrlarda Islom olami ilm nuri bilan to‘lib-toshgandiki, bu nur butun uylarni, masjidlarni, madrasalarni, yig‘in-majlislarni va do‘konlarni qamrab olgandi. Bu to‘g‘rida ulug‘ olim Gustav Lubon haq gapni aytgandi: «Arablarning (musulmonlarni nazarda tutmoqda) ilmga muhabbati juda kuchli edi. Ular juda oz muddatda futuhotlarini tugatganlaridan keyin hazorada yuqori darajaga erishgandilar. Hatto ular unda adabiyot va ilm-fan kamolga yetgan va cho‘qqiga chiqqan hazorani bunyod eta oldilar».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:24:41
    Agar to‘rtinchi hijriy yoki o‘ninchi milodiy asrdagi   Islom olami va g‘arb olami shaharlariga tezkor nazar tashlab chiqilsa, bu ikki olam o‘rtasidagi katta farqni ko‘rib hayratga tushadi kishi. Hayot, quvvat va hazora bilan to‘lib-toshgan Islom olami bilan hayot, ilm va hazoraning izi yo‘q g‘arb olamida ko‘rilganlar dahshatga soladi.
 
    Pofes va Romboning umumiy tarixida quyidagilar keltiriladi: «Anglosaksoniya Angliyasi yettinchi milodiy asrdan o‘ninchi asrgacha boshqa mamlakatlar bilan aloqasi yo‘q kambag‘al davlat edi. Uning manzarasi qo‘rqinchli, ko‘rimsiz bo‘lib, uylari sayqallanmagan (ishlov berilmagan) toshlardan ko‘tarilib, loy bilan mustahkamlanardi. Uylarning tirqishlari tor bo‘lib, yaxshi yopilmasdi. Otxona va og‘ilxonalarda tuynuk yo‘qligidan mamlakatning yagona daromad manbai bo‘lgan chorva mollari va ot-ulovlar takror-takror turli kasallik va vabolardan qirilardi. Odamlar ham joy va amniyat borasida hayvonlardan qolishmasdi. Masalan, qabila boshlig‘i o‘z kulbasida oilasi, xizmatkorlari va ularga aloqador kishilar bilan birga yashardi. Barchalari o‘rtasida o‘choq bo‘lgan katta xonada o‘ltirishar, shiftdagi mo‘ri yaxshi ochilmaganidan xonani tutun bosib ketardi. Hammalari bir xontaxtada ovqatlanishar, xo‘jayin va uning yaqinlari dasturxonning bir tomonida o‘tirishardi. U paytlarda vilkani bilishmasdi, qadahlar ushlashga noqulay edi. Dasturxondagilar qadahning tagini yo qo‘llari bilan ushlab turishar yoki uni bir ko‘tarishda bo‘shatishardi. Kechqurun xo‘jayin ovqatga to‘yib, sharobga bo‘kib olgandan keyin o‘z xonasiga chiqib ketardi. So‘ng xontaxta va taxtasupalar ko‘tarilar va ushbu xonada yig‘ilganlar yerda skameykalarda cho‘zilishardi. Ular yotayotganda qurol-yarog‘larini boshlariga qo‘yib olishardi. Chunki o‘g‘rilar shu qadar jur’atli bo‘lib qolishgandiki, odamlar to‘satdan ashyolarini oldirib qo‘ymaslik uchun doimo hushyor turishlari lozim edi.

    Mana shu zamonlarda Ovro‘pa quyuq o‘rmonlar bilan qoplangandi. Dehqonchilik borasida ancha orqada qolib ketilgandi. Shaharlar atrofidagi ko‘pgina botqoqlardan yomon hidlar tarqardi. Parij va Londondagi uylar yog‘och hamda poxol va qamish aralashtirilgan loydan qurilardi. Ularda tashqariga ochiladigan derazalar va isitiladigan xonalar bo‘lmasdi. Ular uy jihozi nima ekanini bilishmasdi. Yerga to‘shaladigan poxoldan bo‘lak jihozlari ham yo‘q edi. Tozalik va pokizalik ham ularga yot edi. Hayvonlarning ichak-chavoqlari va oshxona chiqindilarini uylarining oldiga tashlashardi. Ulardan esa juda badbo‘y hidlar taralardi. Erkaklar, ayollar va bolalardan iborat katta bir oila ham bitta xonada yotardi. Bu xonada ko‘pincha ular bilan birga uy hayvonlari ham panoh topishardi. Kishilarning to‘shaklari poxol qoplama ustidan qilingan jun kigiz bo‘lardi. Ko‘chalarda na o‘zan, na saroy va na chiroqlar bo‘lardi».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:25:39
    G‘arb o‘rta asrlardan to o‘n birinchi asrgacha xuddi shunday holda bo‘lgan. Buni ularning tarixchilari e’tirof qilishadi. Bu ko‘rinishni unutib qo‘ymasdan oldin tezda Sharqqa, uning Qurtuba, o‘arnota, Ishbiliyya, Bag‘dod va Damashq kabi poytaxt va shaharlariga yuz buraylik. Hozir Ovro‘paga qo‘shni bo‘lgan Andalus shaharlariga sayr qilib, sayohatimizni Qurtubadan boshlaylik. Undagi hamma narsaga emas, faqat tashqi ko‘rinishigagina nazar tashlash kifoya.

    Umaviy Abdurrahmon Uchinchi zamonida Qurtuba musulmon Andalusning poytaxti bo‘lgandi. Tunlari ko‘chalar chiroqlar bilan yoritilar, yo‘lovchi o‘nlab mil (o‘n olti kilometr) yursa ham, ushbu yorug‘lik tugamasdi. Shaharning ko‘chalariga tosh yotqizilgan, axlatlari beto‘xtov tozalab turilardi. Atrofi quyuq bog‘-rog‘lar bilan o‘ralganidan, shaharga kelayotgan odam unga yetguncha bir necha soat bog‘-bo‘stonlardan o‘tardi. Shahar aholisi bir million edi. (Vaholanki, o‘sha paytda Ovro‘paning eng katta shahrida ham yigirma besh mingdan ortiq aholi yashamasdi). Hammomlarining soni to‘qqiz yuzta, uylarining soni 283000 (ikki yuz sakson uch ming), qasrlari sakson mingta va masjidlari olti yuzta edi. Shaharning aylanasi sakkiz farsax (ya’ni, o‘ttiz ming metr) bo‘lgan. O’qish-yozishni hamma bilgan. Uning sharqiy tomonida bir yuz yetmishta ayol ko‘fiy xat bilan mushaf yozardi. Saksonta madrasa bo‘lib, unda kambag‘allar bepul o‘qishgan. Ellikta shifoxona bemorlarga tekinga xizmat ko‘rsatgan. Markaziy masjid esa, haligacha san’at va bunyodkorlikning o‘lmas namunasi, deya tan olinadi. Mezanasining uzunligi qirq gaz bo‘lib, chiroyli qubbasi naqshinkor yog‘och tirgakka o‘rnatilgan. Masjid turli marmarlardan shaxmat taxtasi shaklida yasalgan bir ming to‘qson uchta ustun ustiga qurilgan. Unda uzunasiga o‘n to‘qqizta, eniga esa o‘ttiz sakkizta sahna mavjud edi. Kechasi masjid to‘rt ming yetti yuzta chiroq bilan yoritilardi. Bu chiroqlarga yiliga yigirma to‘rt ming qadoq moy sarflangan. Uning janubiy tomonida bronza bilan ziynatlab, juda go‘zal yasalgan o‘n to‘qqizta eshikni ko‘rish mumkin. Faqat o‘rtadagi bitta eshik tilla bilan bezalgan. Sharqiy va g‘arbiy tomonlarida ham xuddi shunga o‘xshash to‘qqizta eshik mavjud. Mehrobini ta’riflashga esa, frantsuz tarixchisining so‘zini keltirish kifoya: «Bashar ko‘zi tushgan eng go‘zal narsa udir. Unikidek bezak va hashamatni va na eski va na yangi asarlarda ko‘rish mumkin».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:26:59
    Qurtubada yana san’ati va ajoyibotlari bilan tarixda abadiy qolgan Az-Zahro qasri bor. Uni turk tarixchisi Ziyo Poshsho shunday ta’riflaydi: «U zamonasining shunday ajoyiboti ediki, Alloh borliqni yaratganidan beri biror binokorning xayoliga unday binoni qurish kelmagan, aql yaralgandan beri biror muhandisning kallasiga unikidek chizma chizish kelmagan». Uning qubbasi 4316 ta bir xil naqsh solingan turli marmar ustunlar ustida edi. Yeriga esa, turfa rang marmar bo‘laklari juda go‘zal shaklda yotqizilgandi. Devorlari tilla rang lojuvard lavhlar bilan bezalgandi. Zallarida musaffo suvli buloqlar bo‘lib, oq marmardan turli shakllarda qurilgan hovuzlarda xalifaning zalidagi hovuzga kelguncha bir ko‘rinib, bir ko‘rinmay oqardi. Ushbu hovuzning o‘rtasida boshiga marvarid ilingan tilla g‘oz o‘rnatilgandi. Uning suvida minglarcha tur baliqlar bo‘lib, ularning ko‘pligi shu darajada ediki, hovuzga bir kunda o‘n ikki ming bo‘lak non tashlanardi».

    Az-Zahroda «Qasrul-xilafa» deb nomlangan bino bo‘lib, uning shifti va devorlari tilladan va turli ranglarda tovlanadigan marmarlardan qurilgandi. Uning o‘rtasida simob to‘ldirilgan ulkan hovuz bor edi. Binoning har tomonida sakkizta eshik bo‘lib, ular tilla qadalgan abnus daraxtidan yasalgandi. Quyosh ushbu eshiklardan kirib, nurini bino o‘rtasi va devorlariga taratardi. Bundan ko‘zni qamashtiradigan yorug‘lik hosil bo‘lardi. Xalifa Nosir agar ahli majlisidan birovni qo‘rqitmoqchi bo‘lsa, xizmatkorlardan biriga imo qilib qo‘yar, u o‘sha simobni qimirlatardi. Shunda binoda chaqmoqning nuridek yorug‘lik paydo bo‘lar, bundan qalbga vahima tushar, hatto majlisdagilar simob harakatda ekan, binoni uchib ketayotgandek xayol qilib sarosimaga tushishardi. Qasrni quyuq daraxtzorlar va keng maydonlar o‘rab turardi. Bundan tashqari ushbu ajoyib binoni baland devorlar ihota etgandi. Unda uch yuzta harbiy minora bo‘lgandi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:27:36
    Az-Zahro xalifaning saroyini, amirlar saroyini va haramni o‘z ichiga olardi. Shuningdek, unda podshoh o‘tiradigan katta zal bo‘lib, u ulkan maydondagi xos yerga joylashgandi. Qubbasining tomi tilla va kumushdan ishlangan bo‘lib, qozi Munzir ibn Sa’id Qurtuba jomesidagi katta bir yig‘inda xalifaning bu ishini tanqid qilgani uchun uni buzib, g‘ishtdan qayta tiklashgandi. Yana Az-Zahroda sanoat va asbobsozlik korxonalari ham mavjud edi. Qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi, ziynat uchun taqinchoqlar yasovchi, me’morchilik va boshqa sanoat korxonalari shular jumlasidandir.

    Az-Zahroni qurish uchun to‘rt yil vaqt ketdi. Bir kunda yerga yotqizilganidan tashqari olti ming dona xarsang toshga ishlov berildi. Har kuni o‘n mingdan ziyod ishchi va bir ming to‘rt yuz ulov mehnat qildi. 275 tonna ohak va gips tashildi. Az-Zahro jomesining qurilishida mingta eng usta hunarmand; jumladan, 300 binokor, 200 duradgor va turli hunar egalari ishlashdi. Uning binosi misli ko‘rilmagan sur’atda, qirq sakkiz kun ichida bitdi.

    Mana shu ulkan qasrda xalifa Mustansir 351 hijriy yilda masihiy Ispaniya qiroli Ardun ibn Azfo‘nshni qabul qildi. Qirol Az-Zahroga kirganda, uning hashamati, azamati, xizmatchilari, qo‘shini va aslahalarini ko‘rib hayronu lol qoldi. Uning hayrati xalifa Mustansirning majlisiga kelganda, uning atrofidagi mamlakat ulug‘larini, ashroflarni, zabardast ulamo va xatiblarni, ulug‘ sarkardalarni ko‘rganda yanada ziyoda bo‘ldi. Ispan qiroli xalifa Mustansirga yaqinlashgan paytda boshidan tojini yechib, boshyalang holda xalifaning oldiga kelishga iznni kutib qo‘l qovushtirib qoldi. Xalifaning oldiga yetib borgach, uning qo‘lini o‘pishga intildi.  Xalifa qo‘lini unga uzatdi. So‘ng qirol ortiga tavoze’ bilan orqasini qilib qaytdi va o‘ziga tayyorlangan joyga borib o‘tirdi. Xalifa uni qutlab: «Xush kelibsiz, marhabo, siz to‘g‘ringizda bizning fikrimiz va husni qabulimiz siz kutgandan ortiqroqdir», dedi. Xalifaning ushbu qutlovini tarjima qilib berishgach, qirolning chehrasi ochildi va joyidan tushib, gilamni o‘pdi-da, boshini ko‘tarib shunday dedi: «Men xo‘jam amirul-mo‘mininning qullariman. U zotning fazllariga barcha umidvor, obro‘lariga tilakdoshdir. Ul zot meni fazl-marhamatlariga musharraf ayladilar, xizmatlariga noil etdilar. Men huzuri shariflariga sodiq niyat, xolis xayrixohlik-la keldim». Xalifa ham unga javoban shunday dedi: «Siz ham bizning huzurimizda xayrixohlikka haqli kishidirsiz. Sizga qilgan hadyalarimiz va millatdoshlaringiz ichida faqat sizni hurmatlashimiz, sizga havas keltiradi, bizga moyilligingiz fazilatini va saltanatimiz soyasida himoyada ekaningizni anglatadi».
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:29:17
    Qurtubani qo‘yib, o‘arnotaga nazar qilinadigan bo‘lsa, Hamro qasridagi bunyodkorlik va imoratsozlikning buyuk namunasidan lol qolinadi. Al-Hamro unga qaraganlarni hayratga soluvchi ajoyib dalil edi. Bu qasr o‘arnota shahriga tutashgan tog‘ etagiga qurilgan. Qancha zamonlar o‘tgan bo‘lsa ham, hanuzgacha u sayyohlarning diqqatini o‘ziga tortadi va olamning go‘zal maskanlaridan sanaladi. Unda Al-asvad, Al-uxtayn, Al-adl va As-safro nomli bir necha zallar bo‘lgan. Bu qisqa so‘zlar bilan Al-Hamroning vasfini o‘rniga qo‘yolmaymiz. Shuning uchun bu o‘rinda farang shoiri Viktor Gyugoning Al-Hamroni kuylab aytgan so‘zi bilan kifoyalanamiz:

                                     O, Al-Hamro! o, Al-Hamro,
                                     Go‘zallikda tengi yo‘q, tanho.
                                     Xayollarni qoldirguvchi lol,
                                     Farishtalar bezagan ma’vo.


                                     Sensan uyg‘unlikning timsoli,
                                     Gul-bezaklarga ko‘milgan qasr.
                                     O’xshashi yo‘q malak misoli,
                                     Sharafga burkanding bir necha asr.
                                     Kumushsimon nurlari Oyning —
                                     Jilva qilganida ravoqlaringda.
                                     Bag‘ringda yangraydi ajoyib kuying,
                                     Aql sehrlanar ohanglaringdan.

    Andalusiyaning boshqa shaharlari, ularning azamati va taraqqiyoti haqida so‘zlaydigan bo‘lsak, so‘z tugamaydi. Masalan, Ishbiliyyaning o‘zida ipak ishlab chiqaradigan olti ming dona dastgoh bo‘lgan. Shaharning hamma tomoni zaytun daraxti bilan o‘ralgani uchun unda yog‘ chiqaradigan yuz ming juvozxona ishlab turgan. Umuman, Andalusiya shaharlari ma’mur bo‘lgan. Shaharlarning har biri Ovro‘pa bajonidil qabul qiladigan sanoatning bir turi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Ularda qurol-yarog‘, po‘lat quyish sanoati yaxshi rivojlangan. Ovro‘paliklar ushbu sanoat mollarini har tomondan kelib xarid qilishardi.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:30:39
                                                                 * * *
    Mana, muhtaram kitobxon, Islom hazorasi haqida sizga ma’lum qilmoqchi bo‘lgan gaplarimiz shu yerda nihoyasiga yetdi. Maqsadimiz — boshqa millatlar hazorasini yomonotliq qilib, Islom hazorasini ko‘klarga ko‘tarish emas. Balki ayrim noxolis tarixchilar, din muxoliflarining Islom dinini yangi zamon talablariga javob bermaydigan qoloq, ilm-ma’rifat, fan-texnikaga to‘sqinlik qiluvchi, insoniyat taraqqiyotidan orqada qolayotgan din, deb ko‘rsatishga urinishlarining asosi puch, g‘arazli ekanini ko‘rsatib qo‘yish, xolos. Ushbu kitobni o‘qib, undan Alloh taolo bizlarga ato etgan oxirgi Haq din — Islomning buyuk hazorasi haqida biroz ma’lumotga ega bo‘lsangiz, tushkun kayfiyatingizdan qutilsangiz, musanniflar niyatlariga yetgan bo‘lur edilar. Alloh taolo barchalarimizni O’zining Haq yo‘liga, hidoyat tariqiga yo‘llayversin, qalblarimizni Islom nuri bilan, musulmon ekanimizdan faxrlanish tuyg‘ulari bilan munavvar etsin. Omin, yo Robbal-olamiyn!

   
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdurRohman 30 Sentyabr 2007, 16:31:42
    1.   Qur’oni karim, o‘zbekcha izohli tarjima (muallifi Alouddin Mansur) Toshkent, "œCho‘lpon", 1992 yil.
    2.   Mustafo Husniy as-Siba’iy. "œHazoramiz ajoyibotlaridan" (5-nashr), Bayrut, 1987 yil.
    3.   Imom al-Buxoriy "œAl-jome’ as-sahih", Toshkent, Qomuslar bosh nashriyoti, 1991-1996 yillar.
    4.   Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "œImon". Toshkent, "œKamalak", 1992 yil.
    5.   "œBuyuk siymolar, allomalar" (1-kitob), Toshkent, "œXalq merosi", 1995 yil.
    6.   Mahmud As’ad Jo‘shon. "œIslom, tasavvuf va axloq". Toshkent, "œIstiqlol", 2000 yil.
    7.   Ibrohim Rafiq. "œTarix shuuri", (4-nashr), Izmir, 1997 yil.
    8.   Salmon Oltoy. "œIslom dini va kashfiyotlar", Istanbul, 1993 yil.
    9.   Horun Yahyo. "œIslom terrorni la’natlaydi", Toshkent, "œMovarounnahr", 2003 yil.
    10.   "œSamarqand tarixi" (1-tom), Toshkent, "œFan", 1971 yil.
    11.   "œIstoriya Uzbekistana v dokumentax", Tashkent, «Fan», 1988god.
    12.   Chingiz Aytmatov, Muxtor Shoxonov. "œCho‘qqida qolgan ovchining ohi-zori", Toshkent, "œSharq", 1998 yil.
    13.   Adam Mets. "œMusulmanskiy Renessans". Moskva, "œNauka", 1973 god.
    14.   A.A. Ignatenko. "œV poiskax schastya", Moskva, "œMс‹sl`", 1989 god.
Nom: Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2007, 01:12:44
Islom hazorasi

(http://www.ziyouz.com/images/books/islom_hazorasi.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=81)

Muallif: Ahmad Muhammad

Hajmi: 333 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=81)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1666.0)