forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:03:12

Nom: Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi)
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:03:12
Imom al-Buxoriy nomli Toshkent islom instituti

IHYOU ULUMID-DIN
(Din ilmlarini jonlantirish)

QALB AJOYIBOTLARINI SHARHLASH, NAFSNI TARBIYALASH, AXLOQNI TUZATISH VA QALB KASALLIKLARINI DAVOLASH HAQIDAGI KITOBLAR

Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G‘azzoliy

Toshkent
«Movarounnahr»
2006

MUNDARIJA

QALB AJOYIBOTLARINI SHARHLASH KITOBI

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81051#msg81051)
Nafs, ruh (jon), qalb va aqllarning ma’nolari hamda bu lafzlar bilan nima iroda qilinganligini bayon etish to‘g‘risidagi bob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81054#msg81054)
Qalb askarlarining bayoni haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81066#msg81066)
Qalbning botiniy askarlariga oid misollar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81071#msg81071)
Inson qalbining xususiyati to‘g‘risida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81077#msg81077)
Qalb sifatlarining majmui va uning misollari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81088#msg81088)
Qalbning xususan ilmlarga qo‘shilgandagi holati bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81098#msg81098)
Qalbning aqliy, diniy, dunyoviy va uxroviy ilmlarning qismlariga qo‘shilgandagi holati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81110#msg81110)
Ilhomlanish bilan o‘rganish o‘rtasidagi va Haqni topishda so‘fiylik yo‘li bilan ko‘zi (ya’ni, farosati) o‘tkirlik yo‘li o‘rtasidagi farqning bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81120#msg81120)
Ikki maqom o‘rtasini his etib bilinadigan misollar farqi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81126#msg81126)
Tasavvuf ahli ta’lim olmasdan va g‘ayrioddiy yo‘l bilan bilimni qo‘lga kiritishining to‘g‘riligiga shar’iy dalillar bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81137#msg81137)
Shayton vasvasa bilan qalbga hukmronlik qilmog‘i va vasvasa ma’nosi hamda uning g‘olib kelishi sabablari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81152#msg81152)
Shaytonning qalbga kiradigan o‘rinlari tafsiloti bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81174#msg81174)
Bandaning jazolanishga olib keladigan qalb vasvasalari, xohishlari, o‘y-xayollari, qasdlari va bulardan avf qilinib-kechiriladiganlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81211#msg81211)
Alloh zikr qilingan paytda vasvasalar butkul yo‘q bo‘lib ketishi tasavvur qilinadimi yoki yo‘qmi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81592#msg81592)
Qalbning tez o‘zgarishi hamda qalblarning o‘zgaruvchanlik va sobit turishga taqsimlanishi bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81600#msg81600)

IKKINCHI KITOB

Nafsni tarbiyalash, axloqni tuzatish va qalb kasalliklarini davolash haqidagi muhlikot qismidan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81613#msg81613)
Husni xulqning fazilati va yomon xulqning mazammati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81617#msg81617)
Husni xulq va yomon xulqning haqiqatlari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81636#msg81636)
Xulqlarning tarbiya yo‘li bilan o‘zgarish qabul qilishi bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81650#msg81650)
Husni xulqqa batamom erishtiradigan sabablar bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81660#msg81660)
Xulqlarni poklash yo‘lining tafsiloti bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81672#msg81672)
Qalblarning kasallik belgilari va uni sog‘liqqa qaytarish alomatlari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81680#msg81680)
Inson o‘z nafsi ayblarini bilib oladigan yo‘l bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81687#msg81687)
Qalb kasalliklarini davolashdagi yo‘l - shahvatlarga ergashishni tark qilish ekaniga shar’iy dalillar va qalb ko‘zi ochiq kishilardan naql qilingan dalillar bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81693#msg81693)
Husni xulq alomatlarining bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81713#msg81713)
Go‘dak bolalarning ulg‘ayish vaqtlari avvalida tarbiyalash, ularga odob berish va xulqlarini chiroyli qilish yo‘llari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81730#msg81730)
Irodaning shartlari, kurashishning boshlang‘ich holatlari, muridni riyozat yo‘lini tutishga ko‘niktirish bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81740#msg81740)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:03:30
QALB AJOYIBOTLARINI SHARHLASH KITOBI

Muqaddima


Bismillahir rohmanir rohim.

Allohga hamd bo‘lsin. U shundayin Zotki, Uning ulug‘ligini idrok qilish oldida qalblar va aql-idroklar hayratda bo‘ladi hamda Uning yorqin nurlarining avvalgi bosqichidanoq butun zamon hodisotlari va nigohlar dahshatga tushadi. U shundayin Zotki, sirlar berkitilgan joylardan xabardor va qalb ichiga yashirilgan narsalarni biluvchi hamda O’zining mulklari doirasida maslahatlashishdan va fikr almashishdan behojatdir. U qalblarni o‘zgartiruvchi, gunohlarni kechuvchi, ayblarni berkituvchi va qayg‘ularni aritib yuboruvchi Zotdir. Rasullar sayyidi, din shomilligining jamlovchisi va mulhidlar ortini kesuvchi Payg‘ambarga hamda u zotning toyyib va tohir oli-ashobiga ko‘plab salovot va salomlar bo‘lsin.

Amma ba’d, insonning ulug‘ligi va fazilati shunday narsaki, u ana shu bilan Alloh tomonidan yaratilgan maxluqlar jumlasidan bo‘lgani holda Alloh subhanahu va taoloning ma’rifati uchun tayyorgarligi bilan yuksaldi. Allohning ma’rifati dunyoda insonning chiroyi, kamoli va faxridir, oxiratda esa tayyorgarligi va zaxirasidir. Albatta inson ma’rifat uchun biron a’zosi bilan emas, qalbi bilan tayyorgarlik ko‘radi. Qalb Allohni biluvchi, Allohga yaqinlashuvchi, Alloh uchun amal qiluvchidir. Allohga sa’y qiluvchi ham, Uning huzuridagi narsalarni va o‘zining oldidagi narsalarni kashf etuvchi ham qalbdir. Albatta boshqa a’zolar ergashuvchi, xizmatkor va xizmat asboblari, xolos. Go‘yo xoja qulini, boshliq qo‘l ostidagilarni va hunarmandlar asboblarini ishlatganlaridek, qalb boshqa a’zolarni ishga soladi. Allohning huzurida qabul qilinadigan narsa qalbdir. Agar u Allohdan boshqaga topshirilgan bo‘lsa, Allohdan boshqa narsalarga g‘arq bo‘lsa, bu holda u Allohdan to‘sib qo‘yilgandir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:03:59
Talab qilinadigan ham, xitob qilinadigan ham, itob qilinadigan ham qalbdir. Agar u pokiza tutilsa, Allohga qurbat hosil qilish baxtiga erishib, natijada najot topiladigan va agar uni gunohlarga belab, iflos qilinsa, umidlar puchga chiqib badbaxt bo‘linadigan narsa ham qalbdir. Haqiqatan qalb Alloh taologa itoat qiluvchidir. Ibodat ta’siridan butun a’zolarga qalbning nurlari tarqaladi. Alloh taologa osiylik, itoatsizlik qiladigan ham qalbdir. Albatta a’zolarga xunuk ishlarning singishi uning ta’siridandir. Qalbning qorong‘ulik bilan ko‘rinishining xunukligi va yorug‘lik bilan ko‘rinishining chiroyi zohir bo‘ladi, zero har bir idish ichidagi borini to‘kadi.

Qalb shunday narsaki, agar inson uni tanisa, batahqiq, o‘zini tanibdi. Agar o‘zini tanisa, batahqiq, Robbini tanibdi. Qalb shunday narsaki, agar inson uni tanimasa, o‘zini ham tanimabdi, agar o‘zini tanimasa, Robbini ham tanimabdi. Kim qalbiga johil bo‘lsa, boshqalarga undan ham johilroqdir. Zero, insonlarning ko‘plari qalblari va nafslarini bilmaydilar hamda o‘zlari bilan nafslari o‘rtasiga parda tortilgan. Albatta Alloh taolo kishi bilan uning qalbi o‘rtasini to‘sib qo‘yadi. To‘sib qo‘yishi O’zini mushohada qilish, O’zi bilan muroqaba etish va sifatlarini tanishdan Rahmon (o‘ziga xos) barmoqlaridan ikki barmoq orasida o‘zgarish kayfiyatidan man qilmog‘i bilandir. Bir bor asfalasofilinga tushib, shaytonlarning yo‘liga egilgan inson qanday qilib ikkinchi bor yuqori Illiyyinga ko‘tarilib, muqarrab farishtalar olamiga yuksaladi?! Kim qalbini muroqaba qilib, unga rioya etmasa, koinot xazinalaridan esayotgan shabadalarni kuzatish uchun qalbini tanimasa, u Alloh taolo mana bu oyatda aytgan kishilardandir:
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:04:15
«Ular Allohni unutdilar, bas, Alloh ularga o‘zlarini unuttirdi. Albatta ular fosiq-itoatsiz kimsalardir» (Hashr surasi, 19-oyat).

Qalbni tanish va uning sifatlari haqiqati dinning negizi hamda solihlar yo‘lining poydevoridir.

Kitobimizning avvalgi qismida ibodat va odatlardan iborat a’zolarga joriy bo‘ladigan narsalar to‘g‘risidagi masalalarga e’tiborni tortgan edik, vaholanki, bu zohiriy ilmdan iborat edi. Kitobning ikkinchi qismida insonni halok qiluvchi va najot toptiruvchi sifatlardan iborat, qalbga joriy bo‘ladigan narsalarga sharh berishni va’da qilgan edik, vaholanki, bu botiniy ilm edi. Bu to‘g‘rida ikkita kitob keltirish lozim. Birinchi kitob qalb sifatlari va qalbiy axloqlarning ajoyibligini sharhlash to‘g‘risida, ikkinchisi esa qalbni qanday qilib riyozat qildirish va qalbiy axloqlarni qanday qilib pokizalash to‘g‘risidadir. Ana shundan keyin halok qiluvchi va najot toptiruvchi narsalarning tafsilotiga kirishamiz. Hozir esa qalb ajoyibotlarini fahmlashga yaqinlashtiradigan zarbulmasallar bilan sharhlashga o‘taylik. Chunki qalb ajoyibotlari va koinot olamining jumlasiga kiruvchi uning sirlarini oydinlashtirish shunday narsaki, uni fahmlashdan ko‘pdan-ko‘p aql-idroklar aziyat chekadi, qiynalib qoladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:05:06
Nafs, ruh (jon), qalb va aqllarning ma’nolari hamda bu lafzlar bilan nima iroda qilinganligini bayon etish to‘g‘risidagi bob

Bilingki, ushbu bobda gap asosan shu to‘rtala lafz - nafs, ruh (jon), qalb va aql xususida ketadi. Bu lafzlarni to‘laligicha - uning ma’nolari har xilligi, chegaralari bilan, uning nomlanish sabablari bilan biladigan kishi katta ulamolar ichida ham oz topiladi. Ko‘p xatolarning kelib chiqishi bu lafzlarning ma’nolarini va uning yana boshqa har xil nomlangan narsalar bilan mushtarakligini bilmaslikdandir. Biz quyida bahsimiz mavzuiga taalluqli bu lafzlarning ma’nolarini sharhlaymiz.

Avvalgisi «qalb» lafzi bo‘lib, u ikki xil ma’no uchun ishlatiladi. Birinchisi - ko‘krak qafasining chap tomoniga joylashtirilgan sanavbar (ignabarg daraxt turi) daraxti shaklidagi bir bo‘lak go‘shtdir, uning ichi bo‘shliq bo‘lib, ana shu bo‘shliqda qora qon bor. U ruhning bulog‘i va ma’danidir. Lekin hozir qalbning shakli va ko‘rinishini sharhlash maqsadida emasmiz. Zero, bu tabiblarga taalluqli masaladir. Diniy-ilmiy maqsadga oid joyi ham yo‘q. Biz shaklini zikr qilgan qalb chorva hayvonlarida ham, o‘liklarda ham mavjuddir. Biz bu kitobda «qalb» lafzini keltirar ekanmiz, unda bu ma’noni nazarda tutmaymiz. Chunki u qadrsiz bir bo‘lak go‘sht, xolos. U mulk va shahodat olamidandir. Zero, odamlardan tashqari chorva hayvonlari ham ko‘rish hissiyoti bilan uni biladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:07:02
Ikkinchi ma’no - Robbimiz bandalariga ato etgan ruhoniy bir narsadirki, uning jismoniy qalbga bog‘liqligi bor. Ana shu ilohiy ne’mat insonning asl mohiyati, haqiqatidir. U insonning idrok qiluvchisi, biluvchisi va tanuvchisidir. Xitob qilinadigan, jazolanadigan, itob qilinadigan va talab qo‘yiladigan ham udir. Uning jismoniy qalb bilan mustahkam aloqasi borki, ko‘p insonlarning ana shu mushtaraklik holatini bilishga aqllari yetmay qoladi. Chunki ruhoniy qalbning jismoniy qalbga bog‘liqligi arazning, ya’ni shakl-ranglarning jismlarga, sifatlarning sifatlanuvchiga, biror asbob ishlatuvchining o‘sha asbobga, bir yerga o‘rnashgan kishining o‘sha o‘ringa bog‘liqligiga o‘xshaydi. Biz bu o‘rinda ikki narsa sababidan mazkur bog‘liqliklarni sharhlashdan tiyilamiz.

Birinchisi - albatta u mukoshafa (kashf etish) ilmlariga tegishlidir. Bizning bu kitobdan ko‘zlaganimiz esa faqat muomala ilmlaridir.

Ikkinchisi esa - qalbning haqiqatini bilishga urinish sir tutilgan ruh ishini oshkor qilishni taqozo etadi. Ruh ishi esa hattoki Rasululloh sollallohu alaihi vasallam u to‘g‘rida gapirmagan mavzulardandir. Shunday ekan, u zotdan boshqa kishilarning bu to‘g‘rida gapirmoqligi joiz emas. Demak, agar bu kitobning qaerida «qalb» lafzi zikr qilinsa, albatta undan yuqoridagi ilohiy ne’mat ma’nosini ko‘zda tutamiz. Maqsadimiz qalbning mohiyat-haqiqatini emas, balki uning sifat-holatlarini bayon etishdir. Zero, muomala ilmi qalbning mohiyat-haqiqatini emas, uning sifat-holatlarini tanishga muhtoj bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:07:54
Ikkinchi lafz - «ruh»dir. U ham ikki xil ma’noda keladi. Birinchisi - u ko‘zga ko‘rinmas bir jism, uning manbai jismoniy qalbning, ya’ni yurakning bo‘shlig‘idir. Bas, u yerdan uruvchi tomirlar orqali badanning boshqa a’zolariga tarqaladi. Badanda ruhning yurishi, undan a’zolarga hayot, sezish, ko‘rish, eshitish va hidlash kabi hayot nurlarining oqib chiqishi go‘yo uyning burchaklarida aylantirilayotgan chiroqdan taralayotgan nurga o‘xshaydi. Chunki chiroq uyning qaysi burchagiga bormasa, faqat o‘sha yer yorishadi. Hayot bir devorda hosil bo‘lgan nurga o‘xshaydi. Ruh esa go‘yo chiroqqa o‘xshaydi. Ruhning ichkarida yurishi uyning atrofida bir harakatlantiruvchining qo‘zg‘ashi bilan harakatlanishiga o‘xshaydi. Tabiblar ham «ruh» lafzini tilga olishganida unda shu ma’noni nazarda tutishadi. U bir ko‘zga ko‘rinmas bug‘ki, uni qalbning harorati pishiradi, deyishadi. Buni sharhlash bizning vazifamiz emas, zero bu badanlarni muolaja qiladigan tabiblarning maqsadlaridir. Ammo bu qalblarni olamlarning Robbi yaqinligiga yetaklashga qadar davolovchi din tabiblarining maqsadlaridir, bas, bu ruhni sharhlashga aslo taalluqli emas.

Ikkinchi ma’no - u insondagi biluvchi va idrok qiluvchi bir ilohiy ne’matdir. Bu haqda qalb ma’nolarining ikkinchisini sharhlaganimizda aytib o‘tdik. U Alloh taoloning quyidagi oyati bilan iroda qilgan narsasidir:

«Ayting: «Ruh yolg‘iz Parvardigorim biladigan ishlardandir» (Al-Isro surasi, 85-oyat).

Va u Robboniy ajoyib bir ishdir, aksar aql va fahmlar uning haqiqatiga yetishda ojiz qoladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:09:45
Uchinchi lafz «nafs» bo‘lib, u ham bir necha ma’nolar o‘rtasida mushtarakdir. Ulardan ikki ma’no bahsimiz mavzuiga taalluqlidir. Birinchisi shuki, nafs, deganda insondagi g‘azab va shahvat quvvatini jamlovchi ma’no iroda qilinadi. Kelgusida buning batafsil sharhi keladi. Bu tasavvuf ahllariga g‘olib bo‘lgan ma’no bo‘lib, ular fikricha, nafs insondagi qoralangan sifatlarni jamlovchi asldir, ya’ni negizdir. Ular aytadilar: «Nafsga qarshi kurashish va mudom uni sindirishdan boshqa chora yo‘q». Payg‘ambar alayhissalomning mana bu so‘zlari ham bunga ishoradir: «Ichingdagi nafsing dushmaningning eng yomonidir» (Bayhaqiy rivoyati, sanadida mavzu’chilardan Muhammad ibn Abdurahmon bor).

Ikkinchi ma’no - nafs yuqorida zikr etilganidek, bir ilohiy ne’matdir. Inson nafsi uning o‘zidir. Lekin u holatining turlanishiga qarab har xil sifatlanadi. Agar nafs Haq amriga bo‘ysungan holda shahvoniy hurujlarni yengishga qodir bo‘lsa, u nafsi mutmainna, ya’ni xotirjam-sokin nafs, deb nomlanadi. Alloh taolo aytadi:

«Ey xotirjam-sokin jon, sen rozi bo‘lgan va rozi bo‘lingan holda Parvardigoring (huzuriga)ga qayt!» (Val-fajr surasi, 27-28-oyatlar.)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:11:41
Endi nafsni avvalgi ma’nosi bilan oladigan bo‘lsak, uning Allohga qaytishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki u Allohdan uzoq va shaytonning jamoasidandir. Agar nafsning sokinligi tom bo‘lmay, shahvoniy nafsga bir qarshi chiqib va bir yoqlab ikkilanuvchi bo‘lsa, u malomatgo‘y nafs, deb nomlanadi. Chunki banda Mavlosiga ibodat qilishda qosirlikka yo‘l qo‘yganida nafsi uni malomat etadi. Alloh taolo aytadi:

«Va Men malomatgo‘y nafsga qasam ichurmanki...» (Qiyomat surasi, 2-oyat).

Agar nafs e’tiroz bildirmasa va shahvoniy narsalarga bo‘ysunib, shaytonning vasvasalariga itoat qilsa, u nafsi ammora, ya’ni yomonlikka buyuruvchi nafs, deb nomlanadi. Alloh taolo Qur’oni karimda Yusuf alayhissalom tillaridan yoki Azizning ayoli tilidan xabar berib aytadi:

«Men nafsimni oqlamayman. Chunki nafs - agar Parvardigorimning O’zi rahm qilmasa, albatta yomonlikka buyurguvchidir» (Yusuf surasi, 53-oyat).

Yomonlikka buyuruvchi nafs, deganda avvalgi ma’nodagi nafs, deb tushunilishi joiz bo‘ladi. Demak, birinchi ma’nodagi nafs qattiq yomonlangan va ikkinchi ma’nodagi nafs esa maqtalgandir. Chunki ikkinchisi insonning nafsi, ya’ni insonning o‘zidir va Alloh taoloni hamda U yaratgan narsalarni tanib-biluvchi insonning haqiqatidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:12:59
To‘rtinchi lafz «aql»dir. U ham «Ilm kitobi»da zikr qilganimizdek, har xil ma’nolarda keladi. Ulardan bizning mavzuimizga taalluqlisi ikkitadir. Birinchisi - aql, deganda ishlarning haqiqatini-mohiyatini bilish ma’nosi anglashiladi. U o‘rni qalb bo‘lgan ilm sifatidan iboratdir.

Ikkinchisi - bunda aqldan ilmlarni idrok etuvchi, deb murod qilinadi va shu ma’noda yuritiladi. Demak, u ilohiy ne’mat bo‘lgan qalbning o‘zidir. Shu narsa ayonki, har bir biluvchining nafsida bir mustaqil vujud bor. U nafsiga tushgan asl narsadir. Ilm esa - u yerda turuvchi bir sifat. Shunday sifatki, u sifatlanuvchining o‘zi emas, undan bo‘lak narsa. Aqldan, deganda goho olim (biluvchi) sifati iroda qilinsa, goho undan idrok etish o‘rnini iroda qilib, ya’ni idrok qiluvchi, deb yuritiladi. U Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam so‘zlaridan iroda qilingan narsadir. U zot aytadilar: «Alloh taolo eng avval yaratgan narsa aqldir» («Ilm kitobi»da kelgan).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:14:20
Albatta ilm moddiydir, avval yaratilgan narsa bo‘lmog‘ini tasavvur etilmaydi. Balki undan oldin yoki u bilan birga ilmning o‘rni yaratilgan bo‘lmog‘i lozimdir. Chunki bu holda unga xitob qilish mumkin bo‘lmaydi. Xabarda kelishicha, Alloh taolo unga, ya’ni aqlga «Kel», dedi. U keldi, «Ket», dedi, u esa ketdi (hadisdan).

Shunday bo‘lgach, batahqiq, sizga bu lafzlarning ma’nolari mavjud holda kashf bo‘ldi. Ular jismoniy qalb (ya’ni, yurak), jismoniy ruh, shahvoniy nafs va ilmlar. Bu to‘rt xil ma’noga ko‘ra to‘rt lafz yuritiladi. Beshinchi ma’no ham borki, u insonning ichki tuyg‘usidan bo‘lgan ilohiy ne’mat - biluvchilik va idrok etuvchilik ne’matidir. Bu to‘rt lafz, ya’ni nafs, ruh, qalb va aql - hammasi ana shu beshinchi ma’noning ustida ittifoqqa keladi, ya’ni birlashadi. Demak, ma’no beshta, lafzlar esa to‘rtta. Har biri esa ikki xil ma’no uchun qo‘llanadi. Ahli ilmlarning ko‘plariga bu lafzlarning har xil ma’noda kelishi va qaysi ma’noda bir xil bo‘lishi chigallidir. Ularning xohishlar to‘g‘risida bu aql xohishi, bu ruh istagi, bu qalb xohishi va bu nafs istagidir, deyishayotganini ko‘rasiz. Mulohaza qilib ko‘rgan kishi ushbu lafzlarning ma’nolari har xil ekanini bilmaydi. Mana shularga to‘silgan pardalarni ochish uchun avval bu lafzlar sharhini keltirdik.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:14:55
Qur’on va sunnatda «qalb» lafzi keladi. Undan murod inson anglaydigan va narsalarning haqiqati bilinadigan ma’nodir. Gohida u ko‘krak ichidagi yurakka nisbatan ham ishlatiladi. Chunki shu ilohiy mohiyat bilan yurakning jismi o‘rtasida o‘ziga xos bir munosabat bor. Garchi qalb (ilohiy mohiyat) badanning boshqa a’zolari bilan munosabatda, unga xizmat qildirilgan bo‘lsa ham, a’zolarga yurak vositasi bilan bog‘lanadi. Uning bog‘liqligi avval yurakda bo‘ladi. Go‘yoki yurak qalbning o‘rni, uning mamlakati, uning olami va uning ulovi. Shuning uchun Sahl Tustariy qalbni arshga, ko‘krakni kursiga o‘xshatdilar. Bundan Allohning arshi va Uning kursisi, deb gumon qilinmaydi. Balki bu so‘zlardan insonning birinchi mamlakati, tadbirlari, tasarrufotlari avval joriy qilinadigan joy nazarda tutiladi. U ikkisi, ya’ni qalb va ko‘krak qafasi insonga taalluqliligi bilan arsh va kursiga o‘xshaydiki, Alloh taologa taalluqligi bilan bu o‘xshatish faqatgina ba’zi ko‘rinishlardagina to‘g‘ri bo‘ladi, xolos. Buni sharhlash ham bizning maqsadimizga kirmaydiki, bundan qalb mavzuini davom ettirishga o‘taylik.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:15:35
Qalb askarlarining bayoni haqida

Alloh taolo aytadi:
«Parvardigoringizning askarlarini faqat Uning O’zigina bilur» (Muddassir surasi, 31-oyat).

Robbimiz Alloh subhanahu va taolo uchun qalblar, ruhlar va olamlardan iborat narsalar ichida shundayin askarlari borki, uning haqiqati, adadi va tafsilotlarini faqat Alloh taoloning O’zi biladi. Biz hozir qalb askarlarining ba’zilariga to‘xtalib o‘tamiz. Ana shu narsa mavzuimizga taalluqlidir.

Qalbning ikki askari bor. Bir askarini ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladi. Yana bir askarini faqat qalb ko‘zi orqali ko‘riladi, u farishta hukmidadir. Ko‘riladigan askarlari esa xizmatkor va yordamchi hukmidadirlar. Qalbning ko‘z bilan ko‘riladigan askari - qo‘l, oyoq, ko‘z, quloq, til hamda boshqa zohiriy va botiniy a’zolardir. Ularning hammasi qalb uchun xizmatkor bo‘lib, unga bo‘ysundirilgan. Qalb a’zolarining tasarruf qiluvchisi va ular uchun beqaror narsadir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:15:55
Darhaqiqat, a’zolar unga itoat qiladigan holatda yaratilgan. A’zolar qalbga qarshi chiqishga, unga osiylik qilishga qodir emaslar. Agar ko‘zga ochilish uchun buyruq berilsa, ochiladi. Agar oyoqqa harakatlanishga amr berilsa, harakatlanadi. Agar tilga gapirishga qat’iy buyruq berilsa, gapiradi. Boshqa a’zolar ham shunday. A’zolar va ularning sezish qobiliyatlarining qalbga bo‘ysundirilishi farishtalarning Alloh taologa bo‘ysunishi ko‘rinishiga o‘xshaydi. Chunki farishtalar itoat qilish uchun yaratilgandirlar. Ularga nima buyurilsa, qilishadi. Buyurilgan amrlarga hargiz itoatsizlik qilishmaydi. Ular bir narsada ajrab turishadi, u ham bo‘lsa, farishtalar itoat qilish va bo‘ysunishni albatta his etib turishadi. Qovoqlar ochilib-yopilishda qalbga bo‘ysundirish yo‘liga binoan itoat qiladi. Uning o‘zidan ham, qalbga itoat qilishidan ham xabari yo‘q. Qalb safarga chiqish uchun go‘yo ot va ulovga muhtoj bo‘linganidek, askarlarga, ya’ni a’zolarga muhtoj bo‘ladi. U oddiy safar emas, balki qalb ana shu safar uchun yaratilgandir. U Alloh subhanahu va taologa bo‘lgan safardir. Unga yo‘liqish uchun butun manzillarni bosib o‘tish kerak. Qalblar ana shu sababdan yaratilgan. Alloh taolo aytadi:

«Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim» (Vaz-zoriyot surasi, 56-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:16:14
Albatta qalbning ot-ulovi badandir. Zodi (yo‘l xurjuni) esa ilmdir. Ana shu zodi rohilaga yetkazadigan va undan kerakli narsani olish imkonini beradigan sabablar borki, bular solih amallardir. Banda modomiki badani sukunat topib dunyodan kechmasa, Alloh subhanahu va taologa yetishmoqligi mumkin bo‘lmaydi. Chunki uzoq manzilga yetish yo‘lida yaqindagi manzilni kesib o‘tishdan boshqa chora yo‘q. Dunyo esa oxiratning ekin maydonidir va hidoyat manzillaridan bir manzildir. Uning dunyo, deb nomlanishi ikki manzilning eng yaqini bo‘lgani uchundir. Bu olamdan zod olinmoqqa majbur bo‘linadi. Badan qalbni uzoq olamga yetkazadigan ulovdir. Ulov hisoblangan badanning ehtiyotini qilib, uni muhofaza etib turmoqlikka muhtoj bo‘linadi. Albatta badan unga foydali va yoqimli ovqat va boshqa narsalarni jalb qilish hamda halok bo‘lishiga sababchi narsalarni badandan daf etish bilan muhofaza qilinadi. Badanni oziqlantirishda ikki askarga muhtoj bo‘linadi: ya’ni botiniy askar - u shahvatdir va zohiriy askar - u qo‘l hamda ozuqa jalb etuvchi boshqa a’zolardir. Qalbda shahvatlar ehtiyojga yarasha yaratildi. Yana shahvatlar uchun ish qurollari sanalmish a’zolar ham yaratildi.

Qalbni halok qiluvchi narsalardan muhofaza etish uchun ham ikki askarga muhtoj bo‘linadi: biri botiniy bo‘lib, u halok etuvchi narsalarni daf qiladigan va dushmanlardan o‘ch oladigan g‘azabdir. Ikkinchisi esa -zohiriy bo‘lib, u qo‘l va oyoqdirki, ular bilan g‘azab taqozo qiladigan narsalar bajariladi. Ana shularning har biri tashqi ishlardir. Badandagi a’zolar go‘yo qurol kabi narsalarga o‘xshaydi. Modomiki, ozuqani bilmas ekan, ularni oziqlantirishga muhtoj qalbga ozuqani xohlashi hamda uni do‘st tutishi foyda bermaydi. Uni bilish uchun ham ikki askarga muhtoj bo‘linadi. Biri - botiniy bo‘lib, eshitish, ko‘rish, hidlash, ta’m bilishlarni idrok eta olishdir. Ikkinchisi - zohiriyki, ular ko‘z, quloq, burun va boshqalardir. Bularga muhtoj bo‘lish va ulardagi hikmat yo‘llarining tafsilotini bayon etadigan bo‘lsak, bu uzayib ketadi. Ko‘p jildli kitoblar ham ularni qamrab ololmaydi. «Shukr kitobi»da bular tafsilotining kichik bir qismiga ishora qilganmiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:16:26
Qalb askarlarining hammasi uch xil sinfga bo‘linadi. Birinchisi -chorlovchi va tezlovchi, ya’ni shahvatga o‘xshash xohishga muvofiq keladigan foydalarni jalb qiladigan yoki g‘azabga o‘xshash qarshi chiquvchi zararlarni daf etadigan sinfdir. Goho bu chorlovchi narsa iroda, deb yuritiladi.

Ikkinchi sinf - mana shu maqsadlarni hosil qilish uchun a’zolarni harakatga keltiruvchi bo‘lib, u kuch-qudrat, deb yuritiladi. U boshqa a’zolarga tarqatilgan askarlardir, xususan, a’zolarning paylari va tomirlaridir. Uchinchi sinf - go‘yo josuslarga o‘xshab narsalarni tanuvchi va idrok etuvchi ko‘rish, eshitish, hidlash, tatish va ushlash quvvatlaridir. U muayyan a’zolargagina tarqatilgan. Bular ilm-idrok, deb yuritiladi. Bu botiniy askarlarning har biri bilan zohiriy askarlar ham bor. Ular yog‘, go‘sht, pay, qon va suyaklardan tarkib topgan a’zolardir. Bular esa botiniy askarlar uchun asbob sifatida tayyorlangan. Chunki ushlash quvvati barmoqlar bilan va ko‘rish quvvati ko‘z bilan bo‘ladi. Boshqa quvvatlar ham shundaydir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:16:38
Biz zohiriy qo‘shinlar, ya’ni a’zolar to‘g‘risida gapirmoqchi emasmiz, negaki, ular mulk va shahodat olamidandir. Balki ko‘zga ko‘rinmas qo‘shin bilan quvvatlantirilgan narsalar haqida gapirmoqchimiz. Bu uchinchi sinf, ya’ni bular ichidan idrok etuvchisi ikki qismga bo‘linadi: birinchisi - zohiriy manzillarga o‘rnashganlari, ya’ni eshitish, ko‘rish, hidlash, tatish va ushlashlardan iborat sezgi a’zolari. Ikkinchisi - botiniy manzillarga o‘rnashganlari. Botiniy manzillar miya bo‘shliqlaridir. U ham beshtadir. Chunki inson bir narsani ko‘rgandan keyin ko‘zini yumib, uning suratini albatta o‘z nafsida idrok etadi va bu xayol, deyiladi. So‘ngra bir narsa sabab bo‘lib, o‘sha surat u bilan birga qoladi. Uni yodlab oladi, u yodlovchi askardir. So‘ngra yodlagan narsalari to‘g‘risida fikr qiladi. Ba’zisini ba’zisiga qo‘shadi, keyin unutgan narsalarini eslaydi va unutganlari esiga keladi. His etilgan narsalar bilan mushtarak hissiyot xayolida his etilgan narsalar ma’nolarining hammasini jamlaydi. Botinda, ya’ni ichki olamda mushtarak hissiyot, xayolot, fikrlash, eslash va yodlash qobiliyatlari bor. Agar Alloh taolo yodlash, fikrlash, eslash va xayol surish quvvatlarini yaratmaganida, albatta qo‘l-oyoqlar ulardan xoli bo‘lganidek, dimog‘ ham ulardan xoli bo‘lar edi. Ana shu quvvatlarning o‘zlari ham botiniy askarlardir. Ularning makonlari ham botiniydir. Mana shular qalb askarlarining qismlaridir. Bularni tushunishga kuchlari yetmaydigan kishilarga tushuntirish darajasida sharhlash juda cho‘zilib ketadi. Ushbuga o‘xshash kitoblar undan zakovatli kishilar va yetuk ulamolarning foydalanishlari uchun ta’lif etiladi. Lekin zaiflarga ham tushuntirish maqsadida ularning fahmlariga yaqin bo‘lishi uchun misollar keltirishga harakat qilamiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:16:56
Qalbning botiniy askarlariga oid misollar

Bilingki, g‘azab va shahvatdan iborat bo‘lgan ikki askar qalb uchun mukammal holatda bo‘ysunadilar. Bu bo‘ysunish yurayotgan yo‘lida qalbga yordam beradi. Qalbning maqsadi bo‘lmish safarda ularning hamrohligi chiroyli bo‘ladi. Goho g‘azab va shahvat qalbga qarshi chiqib, isyon qiladilar. Hatto unga ega bo‘lib, qalbni qul qilib oladi. U holda qalb halok bo‘lib, abadiy saodatga yetkazuvchi safaridan uzilishlik sodir bo‘ladi.

Qalbning yana boshqa bir xil askarlari ham borki, ular ilm, hikmat va tafakkurdir. Tezda  bularning ham  sharhi  keladi.  Bu askarlardan yordam so‘rash qalbning haqqidandir. Chunki bu askarlar boshqa ikki askarga - shahvat va g‘azabga qarshi Alloh taoloning jamoasidandir. Chunki ana shu ikki askar goho shayton jamoasiga qo‘shilib ketadi. Agar shu vaqtda qalb (inson) yordam so‘rashni tark qilsa hamda nafsi ustiga g‘azab va shahvat askarlarini hokim qilsa, aniq halok bo‘ladi, ochiq-oydin ziyon ko‘radi. Ko‘p insonlarning holati mana shunday. Negaki, ularning aqllari har xil hiylalar vositasida shahvatlariga bo‘ysundirilgan. Aslida aql shahvatga muhtoj bo‘lgan o‘rinlarda shahvat ularning aqllari uchun bo‘ysundirilmog‘i yaxshiroq edi. Biz ana shuni sizga uchta misol bilan yaxshiroq tushuntiramiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:17:12
Birinchi misol - aytish joizki, insonning badanidagi nafsi, ya’ni oldin zikr qilingan latif nafsi o‘z shahridagi va mamlakatidagi bir podshohga o‘xshaydi. Chunki badan nafsning mamlakati, olami, qarorgohi va shahri hisoblanadi. Uning a’zolari va quvvati ishchilar-u hunarmandlar o‘rnidadir. Uning fikr yurituvchi aqliy quvvati esa nasihatgo‘y, maslahatchi va oqil vazirdir. Uning shahvati shaharga oziq-ovqat olib keladigan yomon bir qulga o‘xshaydi. G’azabi va hamiyati esa mirshablarga o‘xshaydi. Taom olib keluvchi qul yolg‘onchi, makkor, aldoqchi bir iflos kas esa-da, xuddi nasihatgo‘y suratida gavdalanadi. Uning nasihati tagida dahshatli yovuzliklar va zahri qotillar bor. Bu qulning qilig‘i-yu odati nasihatgo‘y vazirning fikrlari va tadbirlari to‘g‘risida tortishishdir. Hatto u biror soat ham vazir bilan tortishish va unga qarshi chiqishdan xoli bo‘lolmaydi. Qalb go‘yoki bir hokim, agar u mamlakatida (ya’ni, badanda) har bir ishni hal etishda vaziri (ya’ni, aql) bilan kifoyalanib, faqat u bilan maslahatlashsa, o‘sha yomon qulning fikri o‘ziga zid bo‘lgani uchun uning aytganlariga ko‘nmasa, mirshablari qulning adabini berib tursa, vazir ham uning ustida siyosat yurgizib, o‘z maslahati asosida harakat qilishga majburlasa, hokim o‘z vazirini ana shu iflos qul, uning yordamchilari va izdoshlari ustidan boshliq qilib qo‘ysa, bu qul hukm yurituvchi bo‘lmay, unga qarshi hukm yuritiladigan bo‘lsa, u tadbir qiluvchi amir emas, balki uning tadbirini qilib, unga amr etiladigan bo‘lsa -shundagina shahar (badan) ishlari to‘g‘ri yo‘lga tushadi. Shundagina intizom va adolat bo‘ladi. Shuningdek, nafs ham qachon aqldan yordam so‘rasa, g‘azab hamiyati bilan odoblanib, uni (ya’ni, g‘azab hamiyatini) shahvat ustiga g‘olib qilsa va ikkalasi (g‘azab hamiyati va shahvat)ning biridan boshqasi zarariga yordam so‘rasa, uning quvvati mo‘‘tadil, axloqi esa chiroyli bo‘ladi. Yordam so‘rash gohida shahvatga qarshi chiqish va uni avrash bilan g‘azab darajasi va mojarosini kamaytirish orqali bo‘ladi. Gohida esa yordam so‘rash g‘azab va hamiyatni shahvat ustiga hukmronlik qilish va u taqozo etgan narsalarini xunuk sanash bilan uni yanchib, ustidan g‘olib kelish orqali bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:18:15
Qaysi bir inson bu yo‘ldan burilib ketadigan bo‘lsa, u Alloh taolo kalomida aytgan  quyidagi kishilar jumlasidan bo‘ladi:

«(Ey Muhammad alayhissalom), havoyi nafsini o‘ziga «iloh» qilib olgan va Alloh uni bilgan holida yo‘ldan ozdirib, quloq va ko‘nglini muhrlab, ko‘z oldiga parda tortib qo‘ygan kimsani ko‘rganmisiz?» (Josiya surasi, 23-oyat).

Yana Alloh taolo aytadi:
«Va u havoyi nafsiga ergashdi, bas, uning misoli xuddi bir itga o‘xshaydiki, uni haydasang ham, tilini osiltirib turaveradi yoki (o‘z holiga) qo‘ysang ham, tilini osiltirib turaveradi» (A’rof surasi, 176-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:18:30
Nafsining xohishidan tiyila olganlar to‘g‘risida esa Alloh taolo bunday deydi:

«Endi kim (hayoti dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda) Parvardigorining (huzurida) turishi (va U Zotga hisob-kitob berishi)dan qo‘rqqan va nafsini havoyi xohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur» (Van-noziot surasi, 40-41-oyatlar).

Yuqoridagi askarlarga qanday qarshi kurashish va ba’zisini ba’zisiga bo‘ysundirish haqida «Nafsni riyozat qildirish kitobi»da batafsil keltiriladi, inshaalloh.
Ikkinchi misol - insonning badani go‘yo bir shaharga o‘xshaydi va uni idrok eta biluvchi aqli esa go‘yo ana shu shaharning tadbirli bir podshohiga o‘xshaydi. Uning botiniy va zohiriy hislaridan bo‘lmish idrok etuvchi quvvati askar va yordamchilariga, a’zolari esa uning xalqiga o‘xshaydi. Yomonlikka buyuruvchi nafsi, ya’ni shahvati va g‘azabi mamlakati to‘g‘risida u bilan olishib, xalqini halok qilishga urinayotgan dushmanga o‘xshaydi. Demak, badani chegaraga, uning nafsi esa ana shu yerda turadigan bir chegarachi askarga o‘xshaydi. Agar u dushmani bilan urushsa va uni yengib g‘olib bo‘lsa, albatta bu ishlarni o‘zi xohlaganidek bajarsa, g‘azotdan zafar bilan qaytgan g‘oziydek olqishlanib, u maqtalgandek maqtaladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:18:49
Alloh taolo kalomida aytadi:

«Alloh molu jonlari bilan kurashgan zotlarni (biron uzr sababli jihodga chiqmay) o‘tirib olgan kishilardan ham bir daraja afzal qildi» (Niso surasi, 95-oyat).

Agar chegaraga beparvo bo‘lib, xalqini tashlab qo‘ysa, u holda askarning ishi yomonlanadi va Alloh taoloning huzurida undan o‘ch olinadi. Bir xabarda kelganidek, qiyomat kuni unga aytiladiki: «Ey yomonlik egasi, go‘shtni yeding, sutni ichding va lekin yo‘qolgan narsani egasiga qaytarmading, siniqlarni tuzatmading, bugun sendan o‘ch olaman» (asli yo‘q hadis).

Yuqorida zikr qilingan holatga, ya’ni nafsning o‘z dushmani bilan kurashishiga Payg‘ambarimiz alayhissalomning mana bu so‘zlarida ham ishora bor. U zot sollallohu alayhi vasallam bir jihoddan qaytganlarida: «Kichkina jihoddan katta jihodga qaytdik», degan ekanlar (Bayhaqiy rivoyat qilgan va sanadi zaif, degan).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:19:03
Uchinchi misol - aqlning misoli go‘yo ot minib olgan bir ovchiga o‘xshaydi, uning shahvati mana shu otiga va g‘azabi esa uning itiga o‘xshaydi. Agar bu sayyod ov qilishga mohir bo‘lsa va uning oti chiniqtirilgan, iti esa o‘rgatilgan bo‘lsa, u zafar topadi va ovi baroridan keladi. Agar o‘z nafsini yaxshi bilmasa, o‘z ishiga usta bo‘lmasa, oti hurkak va iti qopag‘on bo‘lsa, ot ham unga bo‘ysunib ham yurmaydi va it ham uning ishorasi bilan itoat qilgan holda yugurib kelmaydi, bu ovchi istagan narsasiga yetishish u yoqda tursin, balki halok bo‘lishi ham mumkin. Ovchining mohir bo‘lmasligi insonning johilligiga, donoligi yetishmasligiga va qalb ko‘zining charchaganiga o‘xshashdir, otning hurkakligi shahvat, xususan, qorin, jinsiy shahvatning g‘olib kelganiga o‘xshashdir. Itning qopag‘onligi esa g‘azab g‘olib kelib insonni egallab olganiga o‘xshaydi. Alloh taolodan O’zining lutfi bilan go‘zal tavfiq berishini so‘rab qolamiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:19:23
Inson qalbining xususiyati to‘g‘risida

Shuni yaxshi bilingki, biz zikr qilgan narsalarning hammasidan Alloh taolo insondan boshqa jamiki hayvonlarga ham ne’mat qilib bergan. Zero, shahvat, g‘azab, zohiriy va botiniy hissiyotlar hayvonlarda ham bor. Misol uchun bir qo‘y ko‘zi bilan bo‘rini ko‘rgach, albatta uning adovatini qalbi bilan his etadi va undan qochadi. Mana shu botiniy idrok bo‘ladi.

Quyida esa inson qalbiga xos bo‘lgan narsalarni zikr qilamiz. Mana shu xos narsalar borligi uchun ham insonning sharafi yuksaldi va Alloh taologa yaqinlashmoqqa haqli bo‘ldi. Bu xos narsa ilm va irodadir.

Ilm dunyoviy va uxroviy ishlarni hamda aqliy haqiqatlarni bilishdir. Chunki bular his etiladigan ishlardan ayri bo‘lib, hayvonlar bunda sherik bo‘lolmaydilar. Nafaqat diniy va dunyoviy ilm, balki zarur bo‘lgan har bir ilm aqlga xosdir. Zero, inson bir shaxsning ma’lum bir holatning o‘zida ikki joyda bo‘lmoqligini tasavvur etib bo‘lmaydi, deb hukm qiladi, inson va uning bu hukmi har bir shaxsga taalluqlidir. Yana ma’lumki, albatta inson o‘z sezgisi bilan faqat ba’zi shaxslarnigina idrok eta oladi, uning hamma shaxslarga bo‘lgan hukmi sezgisi idrok eta oladigan narsadan ziyoda bir narsadir, zarur bo‘lgan zohiriy ilmlar to‘g‘risidagi bu ma’noni anglay olsangiz, boshqa nazariy narsalarni fahmlash oydinroq bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:19:37
Iroda shuki, agar inson ishning oqibatini idrok etib, undagi to‘g‘ri yo‘lni topsa, insonning o‘zida ana shu ishning foyda tomoniga, unga kerakli narsani berishga, uni iroda qilishga o‘zidan bir shavq qo‘zg‘alib chiqadi. Bu esa shahvat va hayvonlarning irodasidan boshqa, balki shahvatning aksicha irodadir. Chunki insonning shahvati, ya’ni xohishi tomir yorib keraksiz qonni oldirishdan qochadi, aql esa buni xohlaydi va talab qiladi, hatto unga molini sarflaydi. Shahvat kasallik paytida ham lazzatli, ammo ta’qiqlangan ba’zi taomlarni yeyishga moyil bo‘ladi, oqil esa ana shundan qaytaruvchi bir narsani o‘zida topadi. U shahvatdan bo‘lgan qaytaruvchi emas, balki irodadir. Agar Alloh taolo ishlarning oqibatini biluvchi aqlnigina yaratib, a’zolarni aqlning hukmi taqozo qiladigan narsalarga yo‘llaydigan irodani yaratmaganida aqlning hukmi albatta zoe ketgan bo‘lardi.

Demak, insonning qalbi ilm va iroda bilan xoslangan. Albatta bundan hayvonlar xolidir. Balki avvalgi chog‘larida go‘dak ham undan xoli bo‘lar. Go‘dak balog‘atga yetgandagina unda iroda paydo bo‘ladi, ammo xohish va g‘azab, zohiriy va botiniy hissiyotlar go‘dakda ham mavjuddir. Endi go‘dak bu ilmlarni hosil qilishda ikki pog‘onadan o‘tmoqlikka muhtoj bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:19:51
Birinchisi - uning qalbi avvalo zarur narsalarning ilmlarini qamrab olishi, ya’ni amrimahol narsalar bo‘lmaydi, amalga oshishi joiz narsalar bo‘ladi, deb bilishligi. Bas, bu holatda go‘dakda nazariy ilmlar hosil bo‘lmaydi. Lekin hosil bo‘lish ehtimoliy ishga aylanadi. Bu go‘dakning ilmlarga nisbatan holati xuddi yozish deganda faqatgina siyohdon, qalam va so‘zga aylanmagan harflarnigina biladigan insonga o‘xshaydi. Chunki u hali yozishga yetib bormagan bo‘lsa-da, albatta unga yaqinlashib qolgan.

Ikkinchisi - go‘dakda fikr va tajribalar bilan qo‘lga kiritiladigan ilmlarning hosil bo‘lmoqligi. Go‘yo bu ilmlar go‘dakning oldida zaxiraga saqlab qo‘yilganga o‘xshaydi, qachon xohlasa, unga qaytishi mumkin bo‘ladi. Endigi uning holati yozishga mohir kotibning holatiga o‘xshaydi. Zero, u yozishga qodir bo‘la turib, unga kirishib keta olmagan bo‘lsa ham, yozuvchi deb ataladi. Mana shu insoniyat darajasining nihoyasidir. Lekin shu daraja ichida ham sanoqsiz darajalar bor, insonlar bularda ma’lumotlarining ko‘p-ozligi, yuksak va pastligi, uni qo‘lga kiritish yo‘llari bo‘yicha bir-birlaridan tafovut qilishadi. Zero, ba’zi qalblarda ma’lumotlar zohir bo‘lib qolish va kashf bo‘lib qolish yo‘liga binoan ilohiy ilhom bilan paydo bo‘ladi. Ba’zilari esa ularni ta’lim olish va kasb qilish, ya’ni o‘zi o‘rganishi bilan egallaydi. Goho tez, gohida esa sekinroq hosil bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:20:01
Mana shu o‘rinda ulamo, hukamo, payg‘ambar va avliyolarning manzillari farqlanadi. Bu maqomda yuksalish darajalari chegaralanmagan. Zero, Alloh subhanahu va taologa ma’lum bo‘lgan narsalarning nihoyasi yo‘qdir. Martabalarning eng nihoyasi esa payg‘ambarning martabalaridir. Kishiga haqiqatlarning hammasi yoki aksariyati harakat va qiyinchiliklarsiz kashf bo‘ladi, ya’ni juda tez vaqtda ilohiy kashf yordamida bo‘ladi. Albatta banda mana shu baxt bilan Alloh taologa ma’naviy, haqiqiy va sifat bilan qurbat qilishda yaqinlashadi, makon va masofa bilan emas. Bu darajalarga ko‘tarilmoq esa Alloh taolo tomon sayr qiluvchilarning manzillaridir va bu manzillarning cheki ham yo‘qdir. Albatta har bir solik o‘z yo‘lida yetgan manzilinigina va orqasida qolgan, ya’ni oldin bosib o‘tgan manzillarinigina biladi, xolos. Ammo oldidagi, ya’ni hali yetib borilmagan manzillarining ilmini haqiqati bilan bilolmaydi. Lekin payg‘ambarlikka va payg‘ambarning o‘zlariga iymon keltirib va buning mavjud bo‘lganini tasdiq qilganimizdek, albatta g‘aybga iymon keltirgan holda uni tasdiq qiladi. Biroq qorindagi bola tug‘ilgan go‘dak holatini bilmaganidek va go‘dak esa zaruriy ilmlar ochilib, foyda-zararni ajratib qolgan bolaning holatini bilmaganidek, bu bola esa oqil kishining holatini va nazariy ilmlardan egallagan narsalarini bilmaganidek, payg‘ambarlikning haqiqatini payg‘ambardan o‘zga hech kim bilmaydi. Xuddi shuningdek, oqil kishi ham Alloh taolo valiylariga va payg‘ambarlariga O’zining lutfi va rahmati fazilatlaridan ochib bergan narsalarni bilmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:20:30
Alloh taolo insonlar uchun rahmatidan qaysi narsalarni ochib qo‘ygan bo‘lsa, hargiz uni ushlab qoluvchi yo‘qdir. Bu rahmat esa biror kishi kamsitilmagan holda Alloh subhanahu va taolodan saxiylik va keng karam hukmi bilan sarflab qo‘yilgandir. Va lekin u Alloh taoloning rahmat ne’matlariga o‘zini ro‘para qiluvchi qalblardagina zohir bo‘ladi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek: «Albatta Robbingiz uchun zamonangiz kunlarida tajalliyot vaqtlari bo‘ladiki, bas, unga o‘zingizni chog‘lang» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Insonning o‘zini chog‘lashi qalbni poklash va yomon xulqlardan hosil bo‘ladigan kir va iflosliklardan tozalash bilan bo‘ladi. Buning bayoni ham tezda keladi. Mana shu saxiylikka, ya’ni rahmat saxiyligiga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarida ham ishora bor, ya’ni «Alloh taolo har kecha dunyo osmoniga tushadi va: «Biron bir duo qiluvchi   bormi?   Men   uning   duosini   qabul    qilay»,   deydi».   Yana  Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Robbilaridan naql qilib aytadilar: «Batahqiq, yaxshilarning Menga yo‘liqishga shavqlari ko‘p bo‘ladi va Men ularga yo‘liqish shavqida ulardan qattiqroqman» (asli yo‘q hadis). Alloh taoloning yana mana bu so‘zi ham bor: «Kim Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir gaz yaqinlashaman» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:20:52
Bularning hammasida shunga ishora borki, ilm nurlari ne’mat beruvchi tomonidan baxillik tufayli qalblardan to‘sib qo‘yilgan emas, chunki Alloh taolo baxillik va man qilishdan oliydir. Lekin qalb iflosligi, kirligi va unda boshqa bir mashg‘ulot borligi uchun to‘sib qo‘yiladi. Chunki qalblar idishlarga o‘xshaydi, modomiki idishlar suv bilan to‘la holda bo‘lsa, unga havo kirolmaydi. Qalblar ham Allohdan boshqa narsa bilan mashg‘ul bo‘lsa, unga Alloh ulug‘ligining ma’rifati kirmaydi va bunga ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning mana bu so‘zlarida ishora bor: «Agar shaytonlar odam farzandi qalblarining atrofida aylanib yurmaganlarida albatta osmon podshohligiga qaray olgan bo‘lardilar» (Imom Ahmad rivoyati). Bu jumlalardan insonning ilm va hikmat bilan xoslanganligi ravshan bo‘ladi.

Ilm navlarining ulug‘rog‘i Allohga va Uning sifatlari, af’ollariga oid bo‘lgan ilmdir. Insonning yetukligi ham ana shu bilandir. Yetuklikda esa Alloh taologa yaqin bo‘lganlik saodati va salohiyati bor. Badan nafsning ulovidir, nafs esa ilmning makonidir. Ilm insonning maqsadi va unga xos bo‘lgan xususiyatdir. Inson shuning uchun yaratilgan. Ot yuk ko‘tarishda eshak bilan bir xil bo‘lsa-da, lekin kerak bo‘lganda hamla qilishi, qocha olishi va ko‘rinishining chiroyi bilan eshakdan ajralib turadi. Ot ana shu xususiyatlar bilan yaratilgan bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:21:09
Agar bu xususiyatlarda sustkashlik qilsa, eshak martabasining eng pastiga tushib qoladi. Xuddi shuningdek, inson ham eshak va ot bilan ba’zi ishlarda o‘xshash bo‘lsa-da, boshqa ishlarda undan ajralib turadi. Bu ajrab turadigan ishlari insonning xususiyatlaridandir. Ana shu xususiyatlar esa olamlar Robbiga yaqin bo‘lgan farishtalarning sifatlaridir va inson hayvon va farishtalar o‘rtasidagi bir martabadadir. Inson yeyish, ichish va nasl qoldirish tomonlaridan bir o‘simlik kabidir. Sezish va ixtiyoriy harakatlanish jihatidan esa hayvon kabidir. U ko‘rinishi va qomati tomonidan esa devorga o‘yilgan bir suratga o‘xshaydi. Uning insoniylik xususiyatlari esa narsalarning haqiqatini bilishlikdadir.

Agar qay bir inson barcha a’zo va quvvatlaridan ilm va amalga yordam so‘rab ishlatsa, albatta u o‘zini farishtalarga o‘xshatibdi va ularga qo‘shilmoqqa haqli. Farishta va rabboniy, deb ismlanmoqqa loyiqdir. Alloh taolo Yusuf alayhissalomni ko‘rgan ayollar haqida xabar berib aytadiki:

«Ey pok Alloh, bu bashar (farzandi) emas, bu asil farishtaning o‘zi-ku», deb yubordilar» (Yusuf surasi, 31-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:21:24
Kim o‘z himmatini badani orom oladigan lazzatlarga sarflasa, hayvonlardek faqat yeyishning o‘zi bilan kifoyalansa, hayvonlar yo‘lining ham eng pastiga tushib qoladi. Natijada ho‘kizga o‘xshab aniq tentakka yoki to‘ng‘izga o‘xshab ochko‘zga aylanadi yo bo‘lmasa, it va mushukka o‘xshab qattol ziyonkorga yoki tuyaga o‘xshab arazchiga yo yo‘lbarsga o‘xshab mutakabbirga yoxud tulkiga o‘xshab aldoqchiga aylanadi. Yoki bo‘lmasa, bularning hammasini jamlab, juda qattiq osiy hisoblangan shaytonga aylanadi. Inson a’zolaridan biri bilan ham yoki hissiyotlardan biri bilan ham Alloh taologa yetish yo‘lida yordam so‘rashi mumkin bo‘ladi. Mazkur kitobimizning «Shukr bobi»da mana shu yordam so‘rashning bir jihati bayoni keladi.

Qay bir inson a’zolari va hislarini shunga amal qildirsa, albatta u najot topadi. Kim undan boshqa narsalarga burilib ketsa, albatta u ziyon ko‘radi va noumid bo‘ladi. Mana shu yo‘lda butkul saodatga erishmoq Alloh taologa yo‘liqmoqni maqsad qilib olmoqlik, oxirat diyorini qarorgoh, dunyoni past bir manzil, badanini ulov va a’zolarni o‘ziga xizmatkor qilib olmoqlikdadir. Agar shunday qilsa, insonning botiniy askarlaridan biri - idrok etish hissi mamlakatining markazi hisoblangan qalbga podshoh kabi o‘rnashadi hamda dimog‘ning old qismiga joylashtirilgan xayoliy quvvati esa podshoh xabarchisi o‘rnida bo‘ladi. Zero, his etilgan xabarlar o‘sha yerda to‘planadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:21:39
Turar joyi dimog‘ning orqa tomoni hisoblangan hifz quvvati esa xazinabon o‘rnida bo‘ladi. Til esa tarjimon o‘rnida yuritiladi. Uning harakatlanuvchi a’zolari esa kotiblar o‘rnidadir. Beshta sezgi a’zolari esa josuslar o‘rnida bo‘ladi. Bas, ularning har biriga mamlakat hududlaridan birining xabarini keltirish topshiriladi: ko‘zga ranglar olami, quloqqa ovozlar olami va burunga hidlar olami topshirilgan. Boshqalariga ham xuddi shu kabi vazifalar yuklangan. Chunki bular xabar sohiblaridir. Xabarlarni ular bu olamdan oladilar va podshoning xabarchisi bo‘lmish xayoliy quvvatga topshiradilar, xabarchi esa xazinachi hisoblangan hifz quvvatiga topshiradi. Xazinachi esa uni podshohga ko‘rsatadi. Podshoh mamlakatining tadbirida hamda asosiy maqsadga aylangan safarini oxiriga yetkazishda kerak bo‘ladigan va o‘zi balolanib qolgan dushmanni yanchib tashlashda muhtojlik sezadigan narsalarni va yo‘lto‘sarlarni daf qilishda zarur bo‘ladigan narsalarni xabarlardan terib oladi. Agar mana shularni qilsagina, saodatli maqomda va Allohning ne’matlariga shukr qiluvchilardan bo‘ladi. Agar bularda sustkashlik qilsa yoki ularning dushmanlari, ya’ni shahvat, g‘azab va boshqa naqdini nasibalar rioyasini qilishga yoxud o‘zining manzili bo‘lmagan, balki yo‘lida uchragan imoratga ishlatsa, katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Vaholanki, uning asl vatani va asl qarorgohi oxirat bo‘la turib shunday qilsa, yordamsiz qo‘yilgan bir badbaxt va Alloh taoloning ne’matlariga nonko‘r, Alloh taoloning askarlarini, ya’ni botiniy va zohiriy askarlarni zoe qiluvchi, Allohning dushmanlariga ko‘mak beruvchi va Allohning jamoatini yordamsiz qo‘yuvchi bo‘ladi. Natijada qaytib boriladigan joyda, ya’ni oxiratda o‘ch olinishga va rahmatdan uzoq bo‘lishga duchor bo‘ladi. Ana shunday holatdan Allohdan panoh so‘raymiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:21:59
Zarbulmasal qilingan ikkinchi misolimizga Ka’b ul-Axbor mana bu so‘zlari bilan ishora qilganlar: «Oisha roziyallohu anhoning oldilariga kirdim va: «Insonning ko‘zi yo‘l ko‘rsatuvchi, quloqlari idish, tili tarjimon, ikki qo‘li qanot va ikki oyog‘i elchidir. Insonning qalbi esa podshohdir, agar podshoh yaxshi bo‘lsa, askarlari ham yaxshi bo‘ladi» (Abu Naim, Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyatlari), dedim. Oisha roziyallohu anho aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mana shunday eshitganman. Ali roziyallohu anhu qalblarni o‘xshatish to‘g‘risida «Albatta Alloh taolo uchun yer yuzida shunday idishlar borki, u idishlar qalblardir. Qalblarning Allohga suyuklisi ularning qattiqrog‘i, sofrog‘i va yumshoqrog‘idir», deb aytdilar. Keyin: «Dinda qattiqrog‘i, iymonda sofrog‘i va birodarlarga yumshoqrog‘idir», deb bu so‘zlarini sharhladilar». Bu Alloh taoloning mana bu so‘zlariga ishoradir:

«Muhammad Allohning payg‘ambaridir. U bilan birga bo‘lgan (mo‘min)lar kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar» (Fath surasi, 29-oyat).

«U zot nurining (mo‘min banda qalbidagi) misoli xuddi bir tokcha, uning ustida bir chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo bir dur yulduzga o‘xshaydi» (Nur surasi, 35-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:22:30
Ubay ibn Ka’b aytishlarcha, buning ma’nosi mo‘min kishi nurining va qalbi nurining o‘xshashligidir.

«Yoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to‘lqin va yana uning ustidan (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o‘xshaydi» (Nur surasi, 40-oyat).

Bu oyat esa munofiq qalbining o‘xshatilishidir. Zayd ibn Aslam Alloh taoloning:

«Yo‘q, (ular yolg‘on, deyishayotgan narsa) Lavhul Mahfuzdagi (ya’ni, har qanday buzilish, o‘zgarishdan saqlangan - himoyalangan Lavhdagi) buyuk Qur’ondir» (Buruj surasi, 21-22-oyatlar) so‘zi to‘g‘risida «Bu mo‘minning qalbidir», deydilar. Sahl aytishlaricha, qalb va ko‘krak qafasining misoli arsh va kursiga o‘xshaydi. Bular qalbning misollaridir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:22:54
Qalb sifatlarining majmui va uning misollari bayonida

Shuni yaxshi bilingki, albatta inson yaratilishida va uning tarkibida to‘rt xil unsur yo‘ldosh bo‘lib yuradi. Ana shu sababli insonda to‘rt xil sifat jamlanadi. To‘rt xil sifat quyidagilardir: yirtqichlik, hayvoniy, shaytoniy, robboniy sifatlari.

Agar insonga g‘azab egalik qilib olgan bo‘lsa, unda dushmanlik, yomon ko‘rish, urish, so‘kish bilan insonlarga hujum qilishdan iborat yirtqichlik sifatlari o‘rin oladi. Agar unga shahvat egalik qilib olgan bo‘lsa, ochko‘zlik, xarislik, shahvatparastlik va boshqa narsalardan iborat hayvoniy sifatlari kuchayadi.

Agar uning nafsida robboniy bir ish sodir bo‘lsa, Alloh taolo aytganidek:

«Ayting: «Ruh yolg‘iz Parvardigorim biladigan ishlardandir» (Al-Isro surasi, 85-oyat). Bu holda inson o‘ziga rububiyatni da’vo qiladi, egalik qilmoqni, yuksalmoqni, alohida bo‘lmoqni, ishlarning hammasida o‘zboshimchalik qilmoqni, yolg‘iz o‘zi rais bo‘lmoqni hamda bandalik va kamtarlik martabasidan sug‘urilib ajrab chiqmoqni yaxshi ko‘radi. Yana hammasi ilmlardan xabardor bo‘lmoqni xohlaydi. Olimlikni, ma’rifatparvarlikni va ishlarning haqiqatini bilishni da’vo qiladi. Agar uni ilmga nisbat berilsa, ya’ni olim, deyilsa, xursand bo‘ladi va agar uni nodonlikka nisbat berilsa, xafa bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:23:13
Har bir haqiqatni bilmoq, barcha xalqlar ustidan g‘olib kelish bilan ularga hukmronlik qilmoq rububiyat sifatlaridan, ya’ni Allohning sifatlaridandir. Insonda esa bu sifatga xarislik, qiziqish bor.

Endi inson g‘azab va shahvatda hayvonlar bilan bir xil bo‘lib, undan yaxshi-yomonni ajrata olishi bilangina ajralib turadigan bo‘lsa, u insonda shaytoniylik ustun bo‘lib qoladi. Natijada u juda yomon insonga aylanadi. Ajrata olish qobiliyatini ham yomonlik yo‘llarini topishda, ya’ni kashf etishda ishlatadi. Maqsadlarga ham makr-hiyla va aldoqchilik bilan yetadi, yaxshilik qilinadigan o‘rinlarda yomonlikni ko‘paytiradi va bular esa shaytonlarning xulqlaridir.

Har bir insonda mana shu to‘rtta xislatdan ozginadan bo‘lsa ham, uchraydi. Ya’ni, robboniylik, shaytoniylik, vahshiylik, hayvoniylik -hammasi qalbda jamlangan bo‘ladi. Bu go‘yo to‘ng‘iz, it, shayton va donolik sifatlari inson terisi ichiga jamlanib olgandekdir. To‘ng‘iz sifati shahvatdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:23:35
Chunki to‘ng‘iz rangi, shakli yoki surati tufayli yomonlangan emas, balki haddan ziyod ochko‘zligi, badfe’lligi va hirsi tufayli mazammat qilingan. It esa g‘azabdir. Chunki o‘ta jur’atli va qopag‘on it surati, rangi va shakli tufayli it yoki yirtqichligi emas, balki qonxo‘r, vahshiy, adovat va qopag‘onlilik uchun yomonlangandir. Insonning botinida ham yirtqich hayvonning vahshiyligi va g‘azabi, to‘ng‘izning hirsi va ochko‘zligi bor. Bu to‘ng‘iz ana shu ochko‘zligi bilan insonni fahsh va munkar ishlarga chaqiradi. Yirtqich esa g‘azabi bilan zulmga va ozor berishga chorlaydi. Shayton doim to‘ng‘izning shahvatini va yirtqichning g‘azabini qo‘zg‘ab, ularning birini ikkinchisiga gij-gijlaydi. Ularning tabiatidagi narsalarni chiroyli ko‘rsataveradi.

Aqlga misol qilib keltirilgan donolik esa o‘zining o‘tkir qalb ko‘zi va ochiq, yorqin ma’rifati bilan shayton hiylalaridan ogoh qilib turishga va to‘ng‘iz sifatining ustiga it sifatini hukmron qilib, uning ochko‘zligini sindirmoqqa buyurilgandir. Zero, shahvat g‘alayoni g‘azab bilan sinadi. It sifatining qonxo‘rligini uning ustiga to‘ng‘iz sifatini, ya’ni shahvatni hukmron qilib daf qilmoqqa va itni uning siyosati ostida mag‘lub qilmoqqa buyurilgandir. Bas, agar mana shunday qilishga qodir bo‘lsa, ishlar to‘g‘rilik tomonga o‘nglanadi va badan mamlakatida adolat zohir bo‘ladi, har biri to‘g‘ri yo‘lda yuradi. Agar bularni mag‘lub qilolmasa, u holda o‘zini yengishadi va uni xizmatkor qilib olishadi. Bas, natijada har xil hiylalar chiqarishda va to‘ng‘iz sifatini to‘ydirish va it sifatini rozi qilish uchun har xil fikrlar kashf qilishda muqim bo‘lib qoladi. Buning natijasida esa ana shu to‘ng‘iz va itlarga doimo bo‘ysunib qoladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:23:48
Ko‘p insonlarning hollari shunday. Chunki ularning maqsadlari ko‘proq qorinlari, jinsiy a’zolari va dushmanlar bilan olishuvdir. Ajablanarlisi shuki, bunday inson butparastlarning butga sig‘inishini inkor qiladi. Lekin o‘zidan parda ko‘tarilib, haqiqiy holati xuddi ba’zi insonlarga uyqusida yoki uyg‘oqligida ko‘rsatilganidek oshkor etilsa, o‘zini cho‘chqaning oldida goh sajda, goh ruku’ qilib, uning ishora va amrini kutib turgan holatda ko‘radi. Natijada u to‘ng‘iz o‘z shahvatlaridan biror narsa istagida qo‘zg‘olgudek bo‘lsa, shu zahoti uning xizmatiga va istagini hozirlashga yuguradigan bo‘lib qoladi. Yoki o‘zini qopag‘on it oldida, unga ibodat qilgan holda va u istagan narsalarga eshitgan zahoti itoat etgan holda ko‘radi va uning itoatiga yetish uchun kerak bo‘ladigan hiylalar to‘g‘risida fikr qilish uchun diqqatini qaratadi. Bunday kishi ana shu ishlari bilan shaytonini xursand qilishga intiluvchidir. Chunki to‘ng‘izni hayajonlantirib, itni qo‘zg‘otadigan va ularni o‘z xizmatiga majburlaydigan narsa shaytondir. Bas, inson mana shu tomondan, ya’ni to‘ng‘iz va itning istagini bajarish bilan shaytonga ibodat qiladi. Har bir banda o‘zining harakat va sakanotlarini, sukut va gapirishlarini, tik turishi va o‘tirishini tekshirib ko‘rsin hamda qalb ko‘zi bilan qarasin. Agar nafsi insof ko‘zini ochib tursa, o‘zini kun bo‘yi ana shularning, ya’ni shayton va askarlarining ibodatlariga harakat qilayotgan holatda ko‘radi, bu esa zulmning eng nihoyasidir. Zero, zulm xo‘jayinni xizmatkor, murabbiyni tarbiyalanuvchi, xojani qul va g‘olibni mag‘lub qilib qo‘ydi. Zero, aql boshliqlikka, g‘oliblikka va ega bo‘lmoqlikka haqli edi. Lekin uni mana bu uch narsaga xizmat qilish bo‘ysundirib qo‘ydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:23:58
Endi shubha qilmasa ham bo‘ladiki, bu uch narsaga toat qilish ta’siridan qalbga sig‘may qoladigan darajada xunuk sifatlar tarqaladi. Bu xunuk sifatlar hatto muhrga va qalbni halok qiluvchi, o‘ldiruvchi tamg‘aga aylanib qoladi. Shahvat to‘ng‘iziga itoat qilishdan behayolik, ifloslik, isrofgarchilik, ziqnalik, riyokorlik, nomussizlik, masxarabozlik, pastkashlik, harislik, o‘ta ochko‘zlik, laganbardorlik, hasadgo‘ylik, ginachilik, so‘kishish va boshqa narsalar sodir bo‘ladi. Ammo g‘azab itiga itoat qilishdan qalbga tarqaladigan narsalar - o‘zini tutolmaslik, yomon ishlardan saqlanmaslik, mutakabbirlik, o‘ziga katta baho berish, qattiq g‘azablanmoq, manmansirashlik, mazax qilmoq, yengil sanamoq, xalqni taxqirlamoq, yomonlikni istamoq, zulmkorlik va boshqa narsalar sodir bo‘ladi. Shahvat va g‘azabga itoat qilishdan shaytonga bo‘ysunish kelib chiqadi. Shaytonga itoat etishdan esa makr, aldoqchilik, hiyla, ayyorlik, surbetlik, fisq-fujur, fitnagarlik, xiyonat qilish, firibgarlik, behayo so‘zlarni gapirish va shunga o‘xshash narsalar hosil bo‘ladi. Agar bularning aksicha - robboniy sifatlarni hammasiga g‘olib qilsa, qalbida robboniy sifatlardan bo‘lgan ilm, hikmat, ishonch, narsalarning haqiqatini ihota qilish, ya’ni qamrab olish, ishlar qay tarzda bo‘lsa, ularni shunday bilish, bularning hammasiga esa ilm quvvati va qalb ko‘zining nuri bilan ega bo‘lish, ilmning yetukligi va ulug‘ligi bilan butun xalq oldida yurishga haqli bo‘lmog‘i qalbida qaror topar edi hamda shahvat va g‘azabga itoat qilishga muhtoj bo‘lmasdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:24:20
Shahvat to‘ng‘izini ushlab turishdan, uni to‘g‘rilik chegarasiga qaytarishdan qalbga pok vujud, qanoat, bosiqlik, zohidlik, parhez, taqvo, ochiq yuzlilik, chiroyli holat, hayo, qalbning ziyrakligi, bir-biriga yordam berish va shunga o‘xshash narsalar tarqaladi. G’azab quvvatini ushlab turishdan, uni o‘ziga bo‘ysundirishdan, turishi vojib bo‘lgan chegaraga uni qaytarishdan qalbda jo‘mardlik, saxiylik, baquvvatlik, nafsni tiyib tura olish, sabr qilish, halimlik, qiyinchilikni ko‘tarish, kechirimlilik, qat’iyatlilik, istalgan maqomga yetishish, oliyjanoblik, viqorli bo‘lish va boshqa sifatlar hosil bo‘ladi.

Qalb yuqorida zikr qilinganiday, unga ta’sirini o‘tkazuvchi yomon sifatlar o‘rab olgan, ya’ni xiralashtirgan bir oyna hukmidadir. Bu yomon sifatlar qalbga paydar-pay bog‘liqdir, ammo biz zikr qilib o‘tgan yaxshi sifatlar esa qalb oynasining jilosini, yoruqligini, nurini va ziyosini ziyoda qiladi, hatto unda haqiqat jilosi shu’lalanadi, dindagi matlub ishning haqiqati qalbda kashf bo‘ladi. Shunday qalblarga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarida ishora bordir: «Agar Alloh bir bandaga yaxshilikni xohlasa, qalbida o‘zi uchun nasihatgo‘y paydo qilib qo‘yadi» (Daylamiy rivoyati); «Kimning qalbida bir nasihatgo‘y bo‘lsa, uning uchun Alloh tomonidan bir saqlaguvchi bo‘ladi» (asli yo‘q hadis).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:24:39
Allohning zikri qaror topgan qalb haqida mana bu oyatda ham ochiq ishora bor:

«Ogoh bo‘lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur» (Ra’d surasi, 28-oyat).

Ammo yomon sifatlar qalb oynasiga ko‘tarilayotgan qora bir tutunga o‘xshaydi. Qalb qorayib, zulmat qoplab butkul Alloh taolodan to‘silib qolguncha bu tutun qalbni butunlay chulg‘ab, doim to‘lib turadi. Bu muhrlangan, kirlangan qalbdir. Alloh taolo aytadi:

«Yo‘q, (undoq emas)! Balki ularning dillarini o‘zlari kasb qilguvchi bo‘lgan gunohlari qoplab olgandir!» (Mutaffifun surasi, 14-oyat.)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:25:08
«Bu yerga (ilgarigi) egalaridan keyin merosxo‘r bo‘layotgan kimsalarga, agar Biz xohlasak, ularning gunohlari sababli musibat yetkazib qo‘yishimiz ma’lum emasmi? Biz ularning dillarini (ana shunday) muhrlab qo‘yurmiz. So‘ng ular (hech qanday pand-nasihatga) quloq solmay qo‘yadilar» (A’rof surasi, 100-oyat).

Alloh taolo eshitmaslikni gunohlar tufayli muhrlab qo‘yilganligiga bog‘ladi, mana bu oyatda esa eshitishni taqvoga bog‘lab keltirdi:

«(Ey mo‘minlar), Allohdan qo‘rqingiz va Unga quloq tutingiz» (Moida surasi, 108-oyat).

«Allohdan qo‘rqingiz! Alloh sizlarga (haq-hidoyat yo‘lini) bildiradi» (Baqara surasi, 282-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:25:24
Gunohlar ko‘payib ketsa, qalbga muhr bosib qo‘yiladi. Keyin u haqni idrok etishdan va dinni tuzatishdan ojiz bo‘lib qoladi. Oxirat ishini yengil sanab, dunyo ishini ulug‘laydigan bo‘lib qoladi. Oxiratga bo‘lgan g‘ami ham ozayib ketadi. So‘ngra oxiratdan, undagi buyuk ishlardan biror narsa qulog‘iga chalinsa ham, biridan kirib, ikkinchisidan chiqib, qalbga o‘rnashmaydi. Shu bilan birga qalbni tavba qilishga va o‘zini o‘nglab olishga harakatlantira olmaydi ham.

O’sha insonlar qabrlarda yotgan kofirlar noumid bo‘lganidek noumid kimsalardir.

Bu Qur’on va sunnat xabar berganidek, qalbning gunohlar tufayli qorayganligi demakdir.

Maymun ibn Mihron aytishlaricha, agar banda bir gunoh qilsa, qalbiga bir kichkina qora dog‘ qo‘yiladi. Agar (o‘zini gunohdan) uzoqlashtirib, tavba qilsa, dog‘i ketib sayqallanadi. Agar (gunohga yana) qaytadigan bo‘lsa, qalbidagi kichkina qora dog‘ kattalashadi, hatto uni butunlay bosib oladi. Mana shu qalbni egallab olishdir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning aytishlaricha, «Mo‘minning qalbi top-toza, unda yoritib turadigan chiroq bo‘ladi. Kofirning qalbi esa qorayib ketgandir» (Imom Ahmad va Tabaroniy rivoyatlari).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:25:44
Shahvatlarga qarshi chiqish bilan Allohning toatida bo‘lish qalbni sayqallaydigan narsalar. Allohga osiy bo‘lish esa qalbni qoraytiradigan narsa. Qaysi bir inson gunohlarga yuzlansa, qalbi qorayadi. Qaysi bir inson gunohi orqasidan yaxshi amal qilib, uning asarini o‘chirsa, qalbini zulmat qoplamaydi-yu, lekin uning nuri kamayadi. Go‘yo oyna yaqinida nafas olib, so‘ng uni artib, keyin yana nafas olib, so‘ng yana artganga o‘xshaydi. Chunki u xiralikdan xoli bo‘lmaydi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Qalblar to‘rt xil bo‘ladi, bir qalb borki, ichida yoritib turadigan chirog‘i bor, top-toza, bu mo‘minning qalbi. Yana bir qalb borki, qora, to‘ntarilgan, bu esa kofirning qalbi. Yana bir qalb borki, g‘iloflanib g‘ilofiga bog‘lab qo‘yilgan, bu esa munofiqning qalbi va oxirgisi moyil (egilgan) qalb, unda iymon ham, munofiqlik ham bor. Bu qalbdagi iymonning misoli baqlajonga o‘xshaydi. Yaxshi suv unga quvvat beradi. Undagi munofiqlikning misoli bir jarohatga o‘xshaydi, uni esa yiring bilan zardob rivojlantiradi. Shu ikki xil moddaning qaysinisi unga g‘olib kelsa, qalb o‘shanga hukm qilinadi» (Imom Ahmad va Tabaroniy rivoyatlari). Boshqa rivoyatda «Qaysinisi u bilan ketsa» bo‘lib kelgan. Alloh taolo aytadi:

«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar-da, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201-oyat).

Alloh taolo qalbning jilosi va ochiqligi zikr bilan hosil bo‘lishini va yana bunga faqat taqvodorlargina erishishini aytdi. Taqvo zikr eshigidir, zikr kashf eshigidir, kashf esa katta zafar eshigidir va u Alloh taologa yo‘liqish bilan bo‘ladigan zafardir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:26:14
Qalbning xususan ilmlarga qo‘shilgandagi holati bayoni

Bilingki, albatta ilmning o‘rni qalb, ya’ni hamma a’zolarning tadbirini qilib turuvchi ilohiy ne’matdir. Butun a’zolar qalbga itoatda bo‘lib, uning xizmatini qiladilar. Qalb ma’lumotlarga bog‘liqlikda    turli-tuman    narsalarning   suratlariga    bog‘liq   oynaga o‘xshaydi. Albatta turli-tuman narsalar bir suratdir va o‘sha suratning misli oynaga muhrlanib, unda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, har bir narsaning haqiqati mavjud bo‘lib, o‘sha haqiqatning ham surati bor. Bu surat qalb oynasida aks etib, unda ravshanlashadi. Albatta oyna boshqa, shaxslarning surati boshqa, uning o‘xshashi oynada hosil bo‘lmog‘i boshqa, bu uch xil ishdir. Shu singari u yerda (qalbning bog‘liqligida) uchta ish bor. Ya’ni, narsalarning haqiqati va haqiqatlarning o‘zi qalbda hosil bo‘lib, unda nomayon bo‘lmoqligi. Olim - narsalar haqiqatining misollari tushadigan qalbdan iborat, ma’lumot narsalarning haqiqatidan iborat, ilm esa oynada misollarning hosil bo‘lishidan iboratdir. Albatta ushlashlik qo‘lga o‘xshash ushlovchini va qilichga o‘xshash ushlanadigan narsani hamda qilich bilan qo‘lning o‘rtasida qilich qo‘lda tutilishi bilan bo‘lgan bog‘liqlikni talab qiladi va «ushlash», deb nomlanadi. Shuningdek, ma’lumotning misoli qalbga yetganda «ilm», deb ataladi. Haqiqat ham, qalb ham batahqiq mavjud edi, lekin ilm hosil bo‘lmagan edi. Chunki ilm haqiqat qalbga yetganidan keyin hosil bo‘ladi. Shuningdek, qilich ham, qo‘l ham mavjud, lekin qilich qo‘lda bo‘lmaganligi uchun «olish, ushlash» ismi bo‘lmadi. Ha, ushlash qilichning ayni o‘zi qo‘lga yetishidan iboratdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:26:29
Ma’lumotning ayni o‘zi hosil bo‘lmaydi. Bas, bir kishi olovni bilsa, olovning ayni o‘zi qalbda hosil bo‘lmaydi, balki uning haddi va suratiga muvofiq keladigan haqiqati hosil bo‘ladi, buni oynaga o‘xshatish yaxshiroqdir. Chunki insonning ayni o‘zi oynada hosil bo‘lmaydi, balki unga muvofiq misol hosil bo‘ladi. Xuddi shuningdek, ma’lumotlar haqiqatiga to‘g‘ri keladigan misollarning qalbda hosil bo‘lmoqligi ilm, deb ataladi. Albatta oynada quyidagi besh xil ish sababli surat ko‘rilmaydi:

Birinchi - oyna shaklining ishlov va shakl berilib, sayqallashtirishdan oldingi temirning javhariga o‘xshash nuqsoni uchun.

Ikkinchi - agar shakli mukammal bo‘lsa ham, lekin uning iflosligi, zanglaganligi va kirligi uchun.

Uchinchi - oyna suratdan boshqa tomonga burib qo‘yilgani, ya’ni surat oynaning orqasida bo‘lgani uchun.

To‘rtinchi - oyna bilan suratning o‘rtasida osilgan parda tufayli.

Beshinchi - matlub surat turgan tomonni bilmaslik tufayli. Hatto shu sababli suratga ro‘baro‘ bo‘lish uzrli sanaladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:26:45
Xuddi shuningdek, qalb ham barcha ishlarda haqning haqiqati ravshan bo‘lishi uchun tayyorlangan oynadir. Qalblarning ilmlardan xoli bo‘lib qolmoqligi quyidagi beshta sababga ko‘radir:

Birinchisi - qalbning o‘zidagi kamchilik sababli, bu go‘dak bolaning qalbiga o‘xshaydi, chunki u hali yetuk bo‘lmagani uchun ma’lumotlar unga ravshan bo‘lmaydi.

Ikkinchisi - shahvatlarning ko‘pligidan qalb yuziga zich o‘rnashib qolgan ifloslik va osiyliklarning kirligi sababli, chunki bular qalbning sof va toza bo‘lishini man qilib qo‘yadi. Natijada qalb qorong‘ilashib, yomonliklar to‘lib qolganligi uchun unda haqiqat zohiri mumkin bo‘lmay qoladi. Bunga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarida ham ishora bordir: «Kim biror gunoh ish qiladigan bo‘lsa, undan aql ajrab chiqib ketadi, keyin unga hargiz qaytmaydi» (asli yo‘q hadis). Ya’ni, qalbida bir xiralik hosil bo‘ladi, uning asari yo‘qolmaydi. Zero, gunohning orqasidan uni o‘chiradigan bir yaxshilikni ergashtirib qilmog‘i lozim edi. Agar oldin bir gunoh bo‘lmagan holda yaxshilik qilsa, qalbning nuri shaksiz ziyoda bo‘ladi. Avval gunoh bo‘lgan holatda esa yaxshilikning foydasi behuda ketadi, qalbning nuri ziyoda bo‘lmaydi. Shunday holatda ham yaxshilik qilinsa, qalb nuri ziyoda bo‘lmasa-da, qalbdan gunoh o‘chib, u gunohdan oldingi holatiga qaytadi. Bu esa, ya’ni qalbning nuri ziyoda bo‘lmasligi ochiq-oydin xusron va iloji bo‘lmagan nuqsondir. Chunki kir bo‘lib, so‘ngra sayqal berish asbobi bilan artilgan oyna oldin kir bo‘lmasdan, balki faqat uning jilosini ziyoda qilish uchun sayqal berilgan oynaga o‘xshash emas. Allohning toatiga yuzlanish va shahvat taqozo qilgan narsalardan yuz o‘girish qalbga jilo berib, musaffo qiladigan narsadir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:27:03
Alloh taolo aytadi:

«Bizning (yo‘limiz)da jihod qilgan - kurashgan zotlarni albatta O’z yo‘llarimizga hidoyat qilurmiz» (Ankabut surasi, 69-oyat).

Payg‘ambar alayhissalom ham aytadilar: «Qaysi bir kishi bilgan narsasiga amal qilsa, Alloh taolo unga bilmagan narsasini meros qilib beradi» (Abu Naim rivoyati).

Uchinchisi - matlub haqiqat tarafidan burilganligi sababli. Chunki solih, itoatkorning qalbi agar sof bo‘lsa ham, unda haqiqat mohiyati zohir bo‘lmaydi. Negaki u haqiqatni talab qilmayapti va oynasini istalayotgan narsa tomonga to‘g‘rilagan ham emas. Balki ko‘pincha badan bilan bajariladigan toatlarni batafsil qilish, ya’ni oydinlashtirish g‘amiga yoki yashash sabablarini tayyorlash g‘amiga g‘arq bo‘lib, rububiyat huzuri to‘g‘risida va ilohiy maxfiy haqiqat sirlari to‘g‘risida taammul qilishga fikrni burmaydi. Natijada amal ofatlarining nozik jihatlari va nafs ayblarining yashirin tomonlari to‘g‘risida fikr yuritayotgan bo‘lsa, unga mana shu narsalar kashf bo‘ladi, xolos. Yoki maishat foydalari to‘g‘risida fikr qilayotgan bo‘lsa, unda ana shu narsalar kashf bo‘ladi. Agar butun g‘am-tashvishini amallarga va toatlarning tafsilotiga bog‘lab qo‘yish Haq mohiyatini kashf qilishdan to‘sib qo‘yadigan bo‘lsa, bor g‘am-tashvishni dunyoviy shahvatlarga va uning lazzatlari-yu, munosabatlariga burib qo‘ygan kishi to‘g‘risida nima deb o‘ylaysiz va qanday qilib bular uni haqiqiy kashfdan to‘sib qo‘ymasin?
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:27:20
To‘rtinchisi - oyna bilan surat o‘rtasidagi parda sababli. Albatta shahvatlariga g‘olib keluvchi haqiqatlardan bir haqiqat to‘g‘risidagina fikr yurituvchi itoatkor kishiga goho ergashish yo‘liga binoan yoki yaxshi gumon qilish yo‘liga binoan avvaldan taqlid qilib kelgan e’tiqodi tufayli kashf bo‘lmay qoladi. Chunki ana shu e’tiqod o‘zi bilan Haqning haqiqati o‘rtasini to‘sib qoladi. Gumonning zohiridan iborat tutib olgan narsasining xilofi qalbida kashf bo‘lishidan to‘sib qo‘yadi. Bu ham katta pardadir. Bu bilan o‘z yo‘llarida mutaassib bo‘lganlar va mutakallimlarning ko‘plari to‘silgan. Balki yeru osmon Egasi to‘g‘risida fikr yurituvchi solihlarning ko‘plari ham nafslarida qotib qolgan va qalblariga mahkam o‘rnashgan taqlidiy e’tiqodlari tufayli to‘silgandirlar. Bu e’tiqodlar ular bilan haqiqatlarni anglash o‘rtasida to‘siqqa aylanadi.

Beshinchisi - matlub narsani topib olish voqe bo‘ladigan jihatni bilmaslik sabablidir. Chunki ilm talab qilayotgan kishi noma’lum narsalar bilan ilm hosil qilmog‘i mumkin bo‘lmaydi. Faqat istayotgan narsasiga munosib keladigan ilmlarni eslash bilangina hosil qilishi mumkin. Agar u ilmlarni eslab va e’tiborli yo‘llar bilan ulamolar biladigan maxsus tartibda o‘zining nafsini tartibga solsagina, matlub jihatini topgan bo‘ladi. Natijada istalayotgan narsaning haqiqati qalbiga ravshan ayon bo‘ladi. Chunki fitriy bo‘lmagan matlub ilmlar o‘zida hosil bo‘lgan ilmlar to‘ri bilan ovlanadi. Har bir ilm sobiq ikki ilmdan hosil bo‘ladi, u ikki ilm qo‘shilib, maxsus ko‘rinishda birlashadi. Ikkala juftlikdan erkak va urg‘ochi hayvon yaqinligidan yangi nasl paydo bo‘lganidek, uchinchi ilm hosil bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:27:48
Odatda, kimdir bir otdan nasl olmoqchi bo‘lsa, uni eshak, tuya va insondan olmog‘i mumkin bo‘lmaydi. Balki erkak va urg‘ochi otlarning maxsus juftligidan oladi. Bu ham oralarida maxsus juftlik qo‘shiluvidan keyin bo‘ladi. Xuddi shuningdek, har bir ilm uchun maxsus ikkita asl manba bo‘lib, oralarida birlashish yo‘li bor. Ikkalasining birlashuvidan matlub foydali ilm hosil bo‘ladi. O’sha usullar va birlashish kayfiyatini bilmaslik ilmdan to‘sib qo‘yuvchidir. Buning misoli biz zikr qilgan narsa bo‘lib, u surat turgan tomonni bilmaslikdir. Buning misoli oyna bilan orqa gardanini ko‘rmoqchi bo‘lgan kishiga o‘xshaydi. Agar u oynani yuzining ro‘parasiga ko‘tarsa, gardan tomonga to‘g‘rilagan bo‘lmaydi. Unda gardan ko‘rinmaydi ham. Agar oynani orqasiga ko‘tarib gardaniga to‘g‘rilasa, unda oynani ko‘zdan boshqa tarafga burgan bo‘ladi, natijada oynani ham, gardan suratini ham ko‘rolmaydi.

Yana bir oynaga muhtoj bo‘ladi. Uni esa gardanning orqasiga tiklab qo‘yadi va bu oyna oldingi oyna ro‘parasida uni ko‘rib, ikkalasining qo‘yilishi orasidagi munosabatni kuzatadigan holatda bo‘ladi. Ana shunda gardanga ro‘baro‘ bo‘lgan oynada gardan surati muhrlanadi-da, so‘ngra o‘sha oynaning surati ko‘z qarshisida turgan oynada aks etadi. So‘ngra ko‘z gardan suratini ko‘radi. Xuddi shuningdek, ilmlarni egallashda ajoyib yo‘llar bor. Unda oyna to‘g‘risida zikr qilganimizdan ham ajoyibroq yo‘llar mavjud. O’sha yo‘llarda topqirlik kayfiyatida yurgan kimsa yer yuzida qudratli bo‘ladi. Bu esa qalblarni ishlarning haqiqatini bilishdan to‘sib qo‘yadigan uslublardir. Aks holda har bir qalb fitratan haqiqatni bilishga layoqatli bo‘ladi, chunki qalb robboniy ulug‘ bir ishdir. Mana shu sharaf va xususiyat bilan qolgan ilm javharlaridan ajrab turadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:28:06
Bunga Alloh taoloning kalomida ham ishora bor:

«Albatta Biz bu omonatni (ya’ni, shariati Islomiyyadagi toat-ibodatlarni) osmonlarga, yerga va tog‘u toshlarga ko‘ndalang qilgan edik, ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar, inson esa uni o‘z zimmasiga oldi» (Ahzob surasi, 72-oyat).

Alloh taoloning bu so‘zida albatta insonda osmonlardan, yerdan va tog‘lardan ajrab turadigan xususiyat borligiga ishora bor. Ana shu xususiyat bilan u Alloh taoloning omonatini ko‘tarishga toqati yeta oladigan bo‘ldi. U omonat esa ma’rifat va tavhiddir. Har bir odamning qalbi aslida omonatni ko‘tarishga tayyor va toqati yetadigan bo‘ladi. Lekin yuqorida zikr qilingan sabablar uni qiyinchiliklarni ko‘tarishdan va uning haqiqatiga yetishdan to‘xtatib qoladi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Har bir tug‘ilgan go‘dak Islom fitratida tug‘iladi. Ammo ota-onalari uni yahudiy, nasoro va majusiy qilib qo‘yadilar» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Agar shaytonlar odam farzandlari qalblari atrofida aylanib yurmaganlarida osmon podshohligiga qarardilar», degan gaplari ham qalblar bilan molik o‘rtasida parda bo‘lib qoladigan ba’zi sabablarga ishoradir (Imom Ahmad rivoyati). Bunga Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda ishora bordir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Ey Rasululloh, Alloh qaerda, yerdami yoki osmondami?» deb so‘ralganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh mo‘min bandalarning qalblarida», dedilar (Tabaroniy boshqa lafz bilan rivoyat qilgan). Yana bir xabarda kelishicha, Alloh taolo aytadi: «Meni yerim, osmonim ham o‘ziga sig‘dirolmadi. Meni yumshoq, beozor mo‘min bandamning qalbi sig‘dira oldi» (asli yo‘q hadis). Yana bir xabarda kelishicha, «Ey Rasululloh, insonlarning yaxshisi kim?» deyildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir qalbi maxmum mo‘mindir», dedilar. Yana: «Qalbi maxmum nima degani?» deb so‘raldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Aldoqchiligi, zulmi, xiyonati, kin va hasadi bo‘lmagan, pokiza, taqvodor kishidir», dedilar (sanadi sahih). Shuning uchun Umar roziyallohu anhu: «Qalbim Robbimni ko‘rdi», dedilar. Zero, u kishi taqvo tufayli hijobni o‘rtadan ko‘targandilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:28:25
Kim qalbi bilan Alloh o‘rtasidagi hijobni ko‘tarsa, qalbida molik surati ravshan bo‘ladi. Ba’zilar kengligi yeru osmonlarchalik bo‘lgan jannatni ko‘radi. Ammo jannatning kengligi yer va osmonlardan ham katta, chunki yer va osmonlar mulk va shahodat olamidan iboratdir. Mulk va shahodat olami garchi atroflari keng, tomonlari bir-biridan uzoq bo‘lsa ham, lekin hammasi nihoyalanuvchidir. Malakut olami esa ko‘zlar ko‘ra olishidan pinhon sirli bir olamdir. Uni faqat qalb ko‘zlarigina idrok eta oladi. U olamning nihoyasi ham yo‘q. To‘g‘ri, shunday narsa borki, qalb uchun uning nihoyalanuvchi miqdori bo‘lib tuyuladi. Lekin bu qalbning o‘zigadir. Alloh taoloning ilmiga nisbatan uning nihoyasi yo‘qdir. Mulk va malakut olamining hammasi bir daf’ada olingan vaqtda rububiyati ilohiyya, deb nomlanadi. Chunki rububiyati ilohiyya mavjudotlarni ihota qilguvchidir. Zero, borliq ichida Alloh taolo va Uning af’olidan boshqa narsa yo‘qdir. Alloh mamlakati (ya’ni, mulklari) va Uning bandalari O’zining af’olidandir.

Bu narsalardan qalbga ravshan bo‘lganlari esa bir qavm uchun jannatning o‘zginasidir va haqiqat ahllariga esa bu narsa jannatga mustahiq bo‘lishlarining sababidir. Ularning jannatdagi mulklarining kengligi ma’rifatlarining kengligi va Alloh taolodan, Uning sifatlaridan, af’ollaridan unga ravshan bo‘lgan miqdoriga binoan bo‘ladi. Albatta toatlardan va har bir a’zolarning amallaridan maqsad qalbni soflash, poklash hamda unga jilo berishdir. Qalbini poklagan kimsa albatta najot topadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:29:12
Qalbni poklashdan murod esa unda iymon nurlarining hosil bo‘lishi, ya’ni ma’rifat nurining jilolanishidir. Alloh taolo aytadi:

«Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko‘nglini Islom uchun keng qilib qo‘yar» (An’om surasi, 125-oyat).

«Axir Alloh ko‘ksini Islom uchun keng qilib qo‘ygan, bas, o‘zi Parvardigori tomonidan bir nur - hidoyat ustida bo‘lgan kishi (kufr zulmatlarida adashib-uloqib yurgan kimsa bilan barobar bo‘lurmi)?!» (Zumar surasi, 22-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:29:35
Bu ravshanlik va iymon uchun uchta martaba bordir:

Avvalgi martaba - avom xalqning iymoni va u toza taqlidiy iymondir. Ikkinchisi - mutakallimlarning iymoni va dalil izlovchilarga xosdir, uning darajasi esa avomning iymon darajasiga yaqindir. Uchinchisi - oriflarning iymoni va u chinakam ishonch nuri bilan mushohada qilingan, bu martabalarni esa sizga misol bilan bayon qilamiz.

Albatta siz, masalan, Zaydning hovlida ekanini tasdiqlashingizda uchta daraja bor: avvalgisi - rostgo‘yligi sinab ko‘rilgan, yolg‘on gapirgani  bilinmagan,   gapidan   shubhalanilmagan   kishingizning xabar berishi. Chunki qalbingiz eshitishning o‘zi bilan taskin topib, xotirjam bo‘ladi. Bu taqlidning o‘zi bilan hosil bo‘lgan iymondir, u esa avomlarning iymoniga o‘xshashdir, chunki ular tamiz yoshiga (yaxshi-yomonni ajrata oladigan yoshga) yetganlarida ota-onalaridan Alloh taoloning borligini, Uning ilmi irodasini, qudratini va boshqa sifatlarini hamda payg‘ambarlarning yuborilganini, ularni o‘zlari va keltirgan narsalari rost ekanligini eshitishadi. Uni eshitganlaridek qabul qilib, unda sobit turishadi va bundan ko‘ngillari ham to‘ladi. Ular ota-onalariga, muallimlariga yaxshi gumonda bo‘lganlari uchun ular aytgan narsalarning xilofi xayollariga ham kelmaydi. Bu iymon oxiratda najot topish uchun sabab bo‘lib, uning ahli o‘ng qo‘l ashoblari (nomai a’mollari o‘ng tomondan beriladigan kishilar) martabalarining avvallarida bo‘lsalar-da, lekin muqarrab (ya’ni, Allohga yaqin bandalardan) bo‘lolmaydilar. Chunki bunda kashf, idroklilik, chinakam ishonch nuri bilan qalbning ochilishi yo‘q. Zero, xato ayrim kishilardan eshitilgan narsalarda, balki e’tiqodga taalluqli narsalarda, ko‘pchilikdan eshitilgan narsalarda ham bo‘lishi mumkin. Yahudiy va nasorolar ham ota-onalaridan eshitgan narsalarga e’tiqoddan xotirjam bo‘lib, ko‘ngillari to‘ladi. Lekin eshitgan va ishongan narsalari xato bo‘lgani holda e’tiqod qiladilar. Chunki ularga xato tashlandi. Musulmonlar esa Haqqa e’tiqod qildilar, Undan xabardor bo‘lganliklari uchun emas, balki ularning qalblariga Haq kalimasi tashlab qo‘yildi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:30:02
Ikkinchisi - hovli ichidan Zaydning gapini va ovozini eshitmog‘ingiz, lekin bu devor ortidadir. Bundan siz Zaydning hovlida ekaniga dalil sifatida foydalanasiz. Natijada Zaydning hovlida ekaniga bo‘lgan iymon va ishonchingiz, uni tasdiqlashingiz eshitishning o‘zi bilan tasdiqlashingizdan ko‘ra kuchliroq. Chunki sizga Zayd hovlida, deyilganidan keyin uning ovozini eshitsangiz, ishonchingiz yanada ziyodalashadi. Chunki ovozlar suratni mushohada qilish holida eshitgan kishining nazdida shakl va suratga dalolat qiladi. Qalb bu albatta o‘sha shaxsning ovozi, deb hukm qiladi, bu esa dalil bilan qorishgan iymondir. Xato yana unga yo‘l olgan bo‘lishi mumkin. Zero, ovozlar gohida bir-biriga o‘xshab ketadi. Goho taqlid qilish yo‘li bilan o‘zini Zayd qilib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Lekin o‘sha narsa eshituvchining xayoliga kelmaydi. Chunki u shubhaga o‘rin qoldirmadi. Bu firib va taqliddan g‘arazni fahmlamadi.

Uchinchisi - hovliga o‘zingiz kirib, uni ko‘zingiz bilan qarab ko‘rmoqligingizdir. Bu haqiqiy ma’rifat, shaksiz mushohadadir. Bu muqarrab va siddiqlarning ma’rifatiga o‘xshaydi. Chunki ular mushohada bilan iymon keltiradilar. Ularning iymoni ichiga avomlar va mutakallimlarning ham iymonlari kiradi. U ochiq-oydin bir fazilat bilan bulardan ajralib turadi. Bu fazilat bilan xato imkoni mahol sanaladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:30:25
To‘g‘ri, ular ham ilmlarning miqdori va kashf darajalari bilan bir-birlaridan farqli bo‘ladilar. Ammo ilmlar darajasining misoli Zaydni hovli sahnida quyosh porlab turgan vaqtda yaqindan ko‘rish kabidir, ana shunda uni idrok etish mukammal bo‘ladi. Boshqa kishi Zaydni uy ichida yoki uzoqdan yo kechki paytda ko‘radi. Ana shunda uning uchun Zayd suratida albatta u Zaydligini shaksiz bildiradigan narsa gavdalanadi. Lekin suratining nozik va maxfiy joylari unga ko‘rinmaydi. Buning misli ilohiy ishlar mushohadasining farqliligida tasavvur qilinadi. Ammo ilmlar o‘lchovining misoli shunday: hovlida Zayd, Amr, Bakr va boshqalar ham ko‘rinadi. Boshqa birov esa Zaydning o‘zini ko‘radi. O’sha narsani bilish shubhasiz ma’lumotlarning ko‘pligi bilan ziyoda bo‘ladi. Bu qalbning ilmlar bilan birga bo‘lgandagi holatidir. To‘g‘risini Alloh taolo biluvchiroqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:30:57
Qalbning aqliy, diniy, dunyoviy va uxroviy ilmlarning qismlariga qo‘shilgandagi holati

Yuqorida aytilganidek, albatta qalb o‘zining tabiiyligi (ya’ni, fitriy holati) bilan ma’lumotlarning haqiqatini qabul qilish uchun tayyor holatda bo‘ladi. Lekin qalbga tushadigan ilmlar ham aqliy va shar’iyga bo‘linadi. Buning aqliysi zaruriy va kasb qilib olinadigan narsalardan iborat. Kasb qilib olinadigani ham dunyoviy va uxroviyga bo‘linadi. Ammo aqliysi, deganda aqlning tabiiyligi taqozo qiladigan, taqlid va eshitish bilan topilmaydigan narsani e’tiborga olamiz. Zaruriyga bo‘linadigani esa paydo bo‘lgan zaruriy ilmning qaerdan va qanday hosil bo‘lganini bilolmaydi. Bu ilm insonning bir shaxs bir vaqtning o‘zida ikki joyda bo‘lmasligini yoki yana bir narsa bir paytda ham yangi, ham eski yoki bir holatning o‘zida ham bor, ham yo‘q bo‘lmasligini bilishiga o‘xshaydi. Chunki bu shunday ilmki, inson yoshligidan o‘zini mana shu ilmlarni biladigan qilib yaratilgan holda topadi. Bu ilm qachon va qaerdan hosil bo‘lganini bilmaydi. Ya’ni, buni bilishiga yaqin biror sababni bilmaydi. Lekin uni yaratgan va unga yo‘l ko‘rsatgan, hatto kasb qilib qo‘lga kiritiladigan ilmlarga yo‘l ko‘rsatgan albatta Alloh ekanligi hargiz unga maxfiy bo‘lmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:31:20
Kasb qilib olinadigan ilmlar ta’lim olish va dalillar bilan istifoda qilinadigan ilmlardir. Bu ikki xil ilm ham albatta aql, deb nomlanadi. Ali roziyallohu anhu aytganlar: «Aqlni ikkita aql deb ko‘rdim, biri - tabiiy va ikkinchisi - eshitish orqali bo‘lgani. Agar eshitish orqali hosil bo‘lgan aql bo‘lsa-yu, tabiiyi bo‘lmasa, uning foydasi   yo‘qdir,   go‘yo   quyosh  bo‘lsa-yu,   ko‘zning  nuri   bo‘lmasa,   foydasi bo‘lmaganidek». Avvalgisidan (ya’ni, tabiiyidan) murod Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Ali roziyallohu anhuga aytgan hadislaridagi ma’nodir. Ya’ni, «Alloh taolo aqldan ko‘ra O’ziga mukarram bo‘lgan biron bir maxluq yaratmadi» (Imom Termiziy zaif sanad bilan rivoyat qilgan). Ikkinchisidan (ya’ni, eshitish orqali hosil bo‘lgan aqldan) murod Ali roziyallohu anhuga aytgan mana bu hadisdagi ma’nodir. Ya’ni, «Agar insonlar Alloh taologa har xil yaxshiliklar bilan yaqinlashadigan bo‘lsalar, bas, sen aqling bilan yaqinlashgin» (Abu Naim zaif sanad bilan rivoyat qilgan). Zero, tabiiy aql hamda zaruriy ilmlar bilan Allohga yaqinlashmoq mumkin bo‘lmaydi, balki o‘rganib qo‘lga kiritilgan aql bilan yaqinlashiladi.

Olamlarning Robbiga yaqin bo‘lmoq darajasiga yetmoqlikka sabab bo‘ladigan ilmlarni talab qilishda aqlni ishlatish bilan yaqinlikka qodir bo‘lishga Ali roziyallohu anhuga o‘xshagan kishilargina erisha oladi. Endi qalb ko‘z o‘rnida va qalbdagi tabiiy aql esa ko‘zdagi ko‘rish quvvati o‘rnida yuritiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:35:54
Ko‘rish quvvati ko‘r kishida bo‘lmaydigan va ko‘zi ochiq kishilarda ko‘zini yumib olsa ham yoki qorong‘ulik tushib qolsa ham, topiladigan nozik bir narsadir. Qalbda hosil bo‘lgan ilm esa ko‘zdagi ko‘rishni idrok eta olish quvvati va narsalarning o‘zini (ya’ni, alohida holda) ko‘ra bilishdir. Ilmlarning aql ko‘zidan go‘daklik vaqtidan narsalarni ajrata oladigan yoshga yetguncha yoki balog‘at yoshiga yetguncha taxir bo‘lib turishi go‘yo quyosh chiqib, nurlarini ko‘riladigan narsalarga to‘kkuncha ko‘zlardan ko‘rish taxir bo‘lib turishiga o‘xshaydi. Alloh taolo qalblarning yuzasiga u bilan ilmlar yozadigan qalam quyosh gardishi o‘rnida yuritiladi. Go‘dakning qalbida u narsalarni ajrata oladigan yoshga yetguncha ilm hosil bo‘lmasligi sababi qalbining sezgisi hali ilmni qabul qilish uchun tayyor emasligidadir. Qalam Alloh taoloning maxluqlaridan biridir. Alloh taolo uni insonlar qalbiga ilmlar naqshini tushirish uchun sabab qilib yaratgan, Alloh taolo quyidagi oyatda aytadiki:

«O’qing! Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya’ni, yozishni - xatni) o‘rgatgan o‘ta karamli Zotdir. U Zot insonga uning bilmagan narsalarini o‘rgatdi» (Alaq surasi, 3-5-oyatlar)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:36:56
Alloh taoloning qalami maxluqining qalamiga o‘xshamaydi, go‘yo Uning sifati maxluqlarining sifatiga o‘xshamaganidek. Alloh taoloning qalami qamishdan yoki yog‘ochdan emas, go‘yo Alloh taolo javhardan ham, tasodifiy narsalardan ham bo‘lmaganidek. Mana shu ko‘rinishga binoan botiniy ko‘rish (ya’ni, qalb ko‘zi bilan ko‘rish) va zohiriy ko‘rishni bir xil, deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin sharaf borasida o‘rtalarida munosiblik yo‘q. Chunki botiniy ko‘rish idrok etuvchi latif nafsning o‘zidir va u go‘yo bir chavandozga, badan esa otga o‘xshaydi. Chavandozning ko‘r bo‘lishi otining ko‘zi ko‘r bo‘lishidan zararliroqdir. Balki ikki zararning birida ikkinchisiga munosabat yo‘q. Botiniy ko‘rish bilan zohiriy ko‘rish bir xil bo‘lgani uchun Alloh taolo quyidagi oyatda qalbni ko‘rish sifatida nomladi:

«(Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi. (Ya’ni, Jabroil farishtaning suratini ko‘rib, Payg‘ambarning ko‘ngli ham qanoatlandi va uning Alloh taolo tomonidan yuborilgan farishta ekanligiga iymon keltirdi)» (Van-najm surasi, 11-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:37:42
Bu oyatda Alloh taolo qalbning idrok etishini ko‘rish, deb nomladi va quyidagi oyat ham shunga o‘xshashdir:

«Shunday qilib Biz Ibrohimga (o‘zi uchun hujjat qilib olishi) va aniq ishonuvchilardan bo‘lib qolishi uchun osmonlar va Yer mamlakatlarini ko‘rsaturmiz» (An’om surasi, 75-oyat).

Alloh taolo bu oyatda iroda qilgan narsa zohiriy (ya’ni, qalb ko‘zi bilan ochiq) ko‘rishdir. Bu ne’mat qilib berish o‘rnida zikr qilinadigan Ibrohim alayhissalomgagina maxsus narsa emas. Shuning uchun Alloh taolo bu ko‘rish, ya’ni botiniy ko‘rishning ziddini ko‘rlik, deb nomladi. Alloh taolo aytadi:

«Axir ular (ya’ni, Makka mushriklari) yer yuzida sayr qilib-aylanmaydilarmi? (Ana o‘shanda) ular uchun dono dillar, tinglaydigan quloqlar bo‘lur edi. Zero, ko‘zlar ko‘r bo‘lmas, balki ko‘kraklardagi ko‘ngillar ko‘r bo‘lur» (Haj surasi, 46-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:41:26
«Kimki bu dunyoda ko‘r - gumroh ekan, bas, u oxiratda ham ko‘r va butunlay yo‘ldan ozguvchidir» (Al-Isro surasi, 72-oyat).

Bular aqliy ilmlarning bayonidir.

Diniy ilmlar esa ergashish yo‘li bilan payg‘ambarlardan olingan ilmlardir. Bu ilmlar Alloh taoloning kitobini va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini o‘rganish va ularni eshitib, ta’lim olgandan keyin ma’nolarini fahmlash bilan hosil bo‘ladi. Qalb sifatlarining kamolga yetmog‘i va uni har xil kasalliklardan salomat bo‘lmog‘i ham mana shu diniy ilmlar bilandir. Qalb ularga muhtoj bo‘lib tursa-da, aqliy ilmlarning o‘zi uning salomat bo‘lishiga yetarli emas. Go‘yo aql badanning sog‘lom bo‘lish holatini muntazam tutib turishga yetarli bo‘lmay, tabiblardan ta’lim olishga, dorilarni va maxsus davolarni bilishga muhtoj bo‘lganidek, aqlning o‘zi ham bu narsalarga yo‘l topolmaydi. Lekin bu ta’limlarni eshitgandan keyin ularni aqlsiz tushunish ham mumkin emas. Demak, aqlning o‘zi bilan eshitishdan ham behojat bo‘linmaydi, eshitishning o‘zi bilan aqldan ham behojat bo‘linmaydi. Aqlni chekkaga surib, taqlidningo‘ziga chaqiruvchi kishi nodon hisoblanadi. Qur’on va sunnat nurlaridan bebahra bo‘lib, aqlning o‘zi bilan kifoyalangan kishi esa aqliga g‘ururlangan (ya’ni, aldangan) hisoblanadi. Siz mana shu ikki firqaning birortasidan bo‘lib qolmoqdan saqlanib, ikki asl narsani (ya’ni, aql va Qur’on bilan sunnat ta’limotini) jamlab yuruvchi kishilardan bo‘ling. Chunki aqliy ilmlar ozuqaga va shar’iy ilmlar dorilarga o‘xshaydi. Kasal kishi ba’zan dori bo‘lmagan holatlarda ozuqa bilan zararlanadigan vaqt ham bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:54:21
Xuddi shuningdek, qalb kasalliklarini davolash ham faqat shariatdan istifoda qilingan dorilar bilangina mumkin bo‘ladi. Shariatdan istifoda qilingan dorilar esa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qalblarni davolash uchun tuzib bergan ibodat vazifalari va amallardir. Qaysi bir inson xasta qalbini shar’iy ibodat muolajasi bilan davolamasdan aqliy ilmlar bilan kifoyalanadigan bo‘lsa, go‘yo badani kasal kishi ozuqalar bilan zararlanganidek, u ham zararlanadi. Aqliy ilmlar shar’iy ilmlarga zid keladigan narsa, ikkisining o‘rtasini jamlash mumkin emas, deb o‘ylaydigan kishilar gumoni qalb ko‘zining ko‘rligidan sodir bo‘ladi, bunday gumonsirashdan Allohdan panoh so‘raymiz.

Bu gaplarni aytuvchi kishining nazarida ba’zi shar’iy ilmlar ba’zisiga zid kelib qoladi. Natijada ikkisining o‘rtasini jamlashga ojizlik qilib gumon qiladi, albatta dinda bir-biriga ziddiyatlik bor, deb o‘ylaydi-da, hayratda qoladi. Bunday kishilar xamirdan qil sug‘urilganday dindan chiqib ketadi. Unga bunday xayollar kelishiga sabab shuki, uning nafsidagi ojizligi dindagi ziddiyat bo‘lib tuyuladi. Bu juda noto‘g‘ri o‘ylashdir. Albatta uning misoli bir qavmning hovlisiga kirgan ko‘r kishiga o‘xshaydi, u hovlining ba’zi anjomlariga toyilib ketib, hovli egalariga «Bu anjomlar nima uchun yo‘lga tashlab qo‘yilgan, nima uchun joyiga qo‘yilmagan?» deydi. Hovli egalari unga javoban «Anjomlarning hammasi o‘z o‘rnida, lekin sen ko‘rliging uchun to‘g‘ri yo‘ldan yurmayapsan, toyilishingni ko‘rligingdan ko‘rmasdan birovlarning kamchiligiga burishing ajablanarli ishdir», deyishadi. Bu zikr qilgan narsalarimiz diniy ilmlarning aqliy ilmlarga munosibligidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:56:32
Aqliy ilmlar dunyoviy va uxroviyga bo‘linadi.

Dunyoviy ilm tabiblik, hisob, muhandislik, munajjimlik va boshqa sanoat hamda hunarmandchilik ilmlaridan iborat. Uxroviysi esa «Ilm kitobi»da batafsil bayon qilganimizdek, qalb holatlarini, amallarning ofatlarini, Alloh taoloni sifatlari va af’ollari bilan bilishdir. Bu ikkisi, ya’ni dunyoviy va uxroviy ilm bir-biriga muvofiq kelmaydigan ilmdir. Ya’ni, qay bir kishi himmatini bularning biriga sarflab, unga chuqur kirishib ketadigan bo‘lsa, aksar holatda ikkinchisiga qalb ko‘zi bilan qarashdan ojiz bo‘ladi. Shuning uchun Ali roziyallohu anhu dunyo va oxiratga uchta misol keltirganlar: «U ikkisi tarozining ikki pallasiga o‘xshaydi. (Birini og‘irlatsangiz, ikkinchi yengillashadi.) Mashriq va mag‘ribga o‘xshaydi. (Biriga yaqinlashsangiz, ikkinchisidan uzoqlashasiz.) Yana ikki kundoshga o‘xshaydi. (Birini rozi qilsangiz, ikkinchisi xafa bo‘ladi)». Shu sababli dunyo ishlari to‘g‘risida, ya’ni tabobat, hisob, muhandislik va falsafada o‘ta dono bo‘lgan kishilarning din ishlarida johil ekanliklarini va aksincha, oxirat ilmlarining nozik nuqtalarigacha xabardor bo‘lgan olimlarning dunyoviy ilmlarning ko‘pidan bexabarliklarini ko‘rasiz. Chunki aqlning quvvati ko‘p holatlarda ikkalasini birgalikda egallashga yetmaydi. Albatta ularning biri (bilan chuqur mashg‘ul bo‘lish) ikkinchisining mukammal bo‘lishidan to‘sib qo‘yadi va shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannat ahlining ko‘plari sodda kishilar bo‘ladi», deganlar (Bazzor rivoyat qilgan va zaif, degan). Ya’ni, dunyo ishlari to‘g‘risidagi soddalik nazarda tutilyapti.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:58:16
Hasan Basriy rahmatullohi alayh ba’zi ma’ruzalarida aytgan ekanlar: «Agar sizlar biz ko‘rgan zotlarni ko‘rganingizda albatta ular jinni bo‘lsalar kerak, der edingiz va agar u zotlar sizlarni ko‘rganlarida bular shaytonlar bo‘lsa kerak, deyishardi». Siz qachon din ishlaridan boshqa ilmlarda dono kishilar inkor qilgan ajoyib hodisalarni eshitganingizda bularning inkor etib, haqiqatni qabul qilmasliklari sizni aldab qo‘ymasin. Zero, mashriq tomonga qarab yo‘l bosib ketayotgan kishi mag‘rib tomonda topiladigan narsalarga ega bo‘lmog‘i mumkin emas. Dunyo va oxirat ishlari ham xuddi shu kabi joriy bo‘ladi. Shuning uchun ham Alloh taolo quyidagi oyatida aytadiki:

«Albatta Bizga ro‘baro‘ bo‘lishni umid qilmaydigan, hayoti dunyoning o‘zigagina rozi bo‘lib, o‘sha bilan xotirlari jam bo‘lgan kimsalar hamda Bizning oyatlarimizdan g‘ofil qolgan kimsalar - ana o‘shalarning joylari kasb qilib o‘tgan gunohlari sababli do‘zaxdir» (Yunus surasi, 7-8-oyat).

«Ular oxiratdan g‘ofil-bexabar bo‘lgan hollarida faqat hayoti dunyoning zohirinigina bilurlar» (Rum surasi, 7-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 06:59:47
«Bas, (ey Muhammad alayhissalom), siz Bizning eslatmamizdan orqa o‘girib ketgan va faqat hayoti dunyonigina istagan kimsalardan yuz o‘giring! Ularning «ilm»dan yetgan joylari mana shu (hayoti dunyo matolarinigina istash)dir» (Van-najm surasi, 29-30-oyatlar).

Dunyoning masolihlarini mukammal ko‘ra olish bilan dinni mukammal bila olish orasini jamlash oson bo‘lmagan ishlardandir. Bu Alloh taolo dunyo va oxiratda o‘z tadbirini qilib turish uchun barqaror qilib qo‘ygan kimsalargagina oson bo‘ladi. Ular Jabroil alayhissalom bilan quvvatlanadigan, biron bir ishda oqsamay, har bir ishga bemalol imkon topadigan,   ilohiy   yordamdan   madad  oladigan   payg‘ambarlardir.   Ammo qolgan   insonlarning   qalblari   agar   bir   ish   bilan   mashg‘ul   bo‘lsa, ikkinchisidan burilib, uni mukammal qila olmaydilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:00:08
Ilhomlanish bilan o‘rganish o‘rtasidagi va Haqni topishda so‘fiylik yo‘li bilan ko‘zi (ya’ni, farosati) o‘tkirlik yo‘li o‘rtasidagi farqning bayoni

Bilingki, albatta zaruriy bo‘lmagan, qalbda ba’zi hollarda hosil bo‘ladigan ilmlarning yuzaga kelishi goho kutilmagan joydan tushib qolgandek, qalbga kirib qoladi. Goho mulohaza va ta’lim olish yo‘llari bilan qo‘lga kiritiladi. Bas, maxsus o‘rganishsiz va daliliy yo‘llarsiz hosil bo‘lgan ilm ilhom, deb nomlanadi. Mulohaza yo‘llari bilan hosil bo‘lgani esa saboq olish va fahmlash, deb nomlanadi. Endi biron-bir yo‘lsiz, o‘rganishsiz va bandaning harakatisiz qalbga tushib qolgani ham ikkiga bo‘linadi. Avvalgisida - banda ilm qanday va qaerdan hosil bo‘lganini bilmaydi. Ikkinchisida - qalbiga ilm tushib qolishi bilan birga ana shu ilmning qaysi sabab bilan iste’foda qilganini bilib oladi. Bu esa qalbga ilmni tashlaguvchi farishtani ko‘rmog‘idir. Avvalgisi ilhom va qalbga tuflash, deb nomlanadi. Ikkinchisi esa vahiy, deb atalib, bu payg‘ambarlarga xosdir. Avvalgisi Allohning do‘stlariga va sof bandalariga xosdir. Bundan ham oldingisi esa, ya’ni mulohaza qilish yo‘liga binoan hosil bo‘lgani ulamolarga xosdir.

Bu xususdagi gapning to‘g‘risi shuki, albatta qalb har bir narsadagi Haqning haqiqati unda ravshan bo‘lmog‘ini tan oladi. Lekin u bilan haqiqat o‘rtasiga qalb oynasining ko‘rinmay qolishiga sabab bo‘luvchi besh narsa to‘silib qolgan. U Alloh taolo qiyomatgacha bo‘lishini hukm qilgan har bir narsaning naqshi solingan Lavhul mahfuz bilan qalb oynasi o‘rtasini to‘sib turadigan pardaga o‘xshaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:00:41
Ilmlar haqiqatining Lavhul mahfuz oynasi orqali qalb oynasida ko‘rinmog‘i suratning bir oynadan ikkinchi bir oynaga aksi tushib, unda ham ko‘rinmog‘iga o‘xshaydi. Ikki oynaning o‘rtasiga tushib qolgan parda goh qo‘l bilan chetga suriladi, goh esa uni harakatlantiradigan shamol esishi bilan chetlanadi. Xuddi shuningdek, goho mayin shabada esganida qalb ko‘zlaridan parda ochilib ketib, natijada Lavhul mahfuzda yozilgan ba’zi narsalar qalbda ravshanlashib qoladi. Bu esa goho u uxlayotgan vaqtda bo‘ladi. Bas, bu bilan kelajakda bo‘ladigan narsani bilib qoladi va pardaning tom, ya’ni mukammal ko‘tarilishi o‘lim bilan bo‘ladi. Ana shundagina parda butkul ochiladi va yana uyg‘oqlikda ham kashf bo‘ladi, hatto Alloh taolodan bo‘lgan maxfiy lutfu-marhamat bilan parda ko‘tarilib ketadi. Natijada qalblarda g‘ayb  pardasi  orqasidan  ilm g‘aroyibotlaridan bo‘lgan bir narsa yaltirab ko‘rinadi. Bu goho tez, shiddatli chaqmoqqa o‘xshaydi. Goho esa bir chegaraga yetgunicha asta-sekin orqama-orqa kashf bo‘lish bilan bo‘ladi. Bu holatda doimiy turuvchilar juda oz bo‘lishadi. Ilhom ilmning o‘zida, uning o‘rni va sababida harakat qilib o‘rganishdan farqli bo‘lmaydi, lekin pardaning yo‘q bo‘lishi boralarida farqlidir. Chunki bu narsalar, ya’ni parda ko‘tarilishi bandaning ixtiyorida emas. Vahiy esa biror narsada ilhomdan farqli bo‘lmaydi, balki bularning hammasi ilmni ifoda qiluvchi farishtani mushohada qilish bilan bo‘ladi. Chunki ilm qalblarimizda farishtalar vositasi bilan hosil bo‘ladi. Alloh taoloning oyatida quyidagi ma’noli so‘zlar bordir:

«Biron odam uchun Alloh unga so‘zlashi joiz emas, magar vahiy-ilhom orqali yo biron parda-to‘siq ortidan yoki biron elchi-farishta yuborib, o‘sha (farishta Allohning) izni-ixtiyori bilan U xohlagan narsani vahiy qilishi orqali (so‘zlar)» (Sho‘ro surasi, 51-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:00:59
Agar bularni yaxshi bilsangiz, tasavvuf ahllarining ta’lim olishsiz hosil bo‘ladigan ilohiy ilmlarga moyil ekanliklarini ham bilib oling. Shuning uchun ham ular ilm darsiga, musanniflar yozgan kitoblarni o‘qishga, har xil gaplar haqida va zikr qilingan dalillar haqida bahs yuritishga qiziqmaydilar. Balki (yomonlikka boshlovchi nafsga) qarshi kurashish, yomon sifatlarni qalbdan o‘chirish, (bu yomon sifatlarning hammasidan) butkul uzilish, chuqur himmat bilan Alloh taologa yuzlanish kabi ishlarga oshiqadilar. Agar bandada shu narsalar hosil bo‘lsa, Alloh uning qalbini boshqarish va ilm nurlari bilan nurlantirishga kafil bo‘ladi. Agar qalb ishini Alloh taolo boshqarsa, unga rahmat oqib keladi va qalbda nur yorishadi. U kengayib malakut siri unga kashf bo‘ladi. Rahmat lutfi bilan qalb yuzidan g‘aflat pardasi sidirib olinadi. Qalbda ilohiy ishlarning haqiqati porlaydi. Banda faqat qalbni soflashning o‘zi bilan, chinakam iroda va himmat ko‘rsatish bilan, o‘ta tashnalik va Alloh taolo ochib qo‘ygan rahmatini hamisha intizor kutib turish bilan tayyorgarlik ko‘rmog‘i lozim bo‘ladi. Payg‘ambar va avliyolar uchun ishlarning haqiqati kashf bo‘lishi, ularning qalblariga nur quyilishi ta’lim olish, dars qilish va kitob o‘qish bilan hosil bo‘lmagan. Balki dunyoda zohid bo‘lganlari tufayli, dunyo aloqalaridan ajrab, qalblarini dunyo mashg‘ulotlaridan bo‘shatish va chuqur himmat qilib Alloh taologa yuzlanishlari bilan hosil bo‘lgan. Kim Alloh uchun bo‘lsa, Alloh uning uchun bo‘ladi. Ahli tasavvuf o‘ylaydiki, bu xususda avval qilinadigan ish dunyo aloqalaridan butkul uzilish va qalbni ulardan xoli qilish, ahli, bola-chaqasi, mol-davlati, vatani (ya’ni, yashash joyi) g‘am-tashvishlaridan uzilish bilan, ilm haqida, rahbarlik, amal-martaba haqida ham o‘ylashdan uzilish bilan bo‘ladi. Bandaning qalbida boshqa biror narsaning borligi va yo‘qligi bir xil holatga aylanib qoladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:01:19
So‘ngra besh vaqt farz namozlar va ularning sunnatlariga kifoyalanib, uyning bir burchagida yolg‘iz holda qoladi. Va butun g‘amlardan qalbini bo‘shatib o‘tiradi. Qur’on o‘qish, uning tafsiri haqida taammul qilish va yo bir hadis kitobi yoki boshqa asarlar o‘qish bilan fikrini bo‘lmaydi. Balki xayoliga Alloh taolodan boshqa narsani keltirmaslikka harakat qiladi. Mana shunday xilvatda o‘tirganida qalbini hozirlab, tili bilan doim to‘xtovsiz Alloh, Alloh, deb turadi. Hattoki tilini harakatlantirishdan to‘xtatishga (ya’ni, harakatsiz Alloh, deyishgacha) yetadi. Shunda so‘z (ya’ni, «Alloh» lafzi) go‘yo tiliga oqib kelayotganday bo‘ladi. So‘ng tildan so‘zning asari ketguncha va qalbi doimiy zikr qilib turish holatiga kelguncha bu holatga sabr qilib turadi. So‘ngra qalbdan lafzning surati, harflari va kalimaning holati yo‘qolib, qalbda kalima ma’nosining o‘zigina qoladi, go‘yo undan ajralmaydigan, uni lozim tutuvchi bo‘lgunicha shu holatda bo‘ladi. Shu hadga yetguncha ixtiyor unda bo‘ladi. Vasvasalarni daf qilib, bu holatni davom ettirib turishda ham uning ixtiyori bor. Unda Alloh taoloning rahmatini jalb qilish ixtiyori bo‘lsa-da, lekin u mana shu ishlari bilan Alloh taoloning rahmat shabadalariga ro‘para bo‘ladi. Demak, unga Alloh taolo rahmatidan ochadigan narsasini kutib turmoq qoladi. Payg‘ambarlar va avliyolarga ham Alloh taolo shu yo‘lda rahmatini ochgan. Mana shu paytdagina agar irodasi rost, himmati sof, chiroyli davomatda bo‘lsa, shahvatlari o‘ziga tortmasa, nafsining gapi dunyo aloqalari va tashvishlari bilan uni mashg‘ul qilmasagina, Haq nurlari qalbida yaltiray boshlaydi. Bu nur avvalda sobit turmasdan tez kelib, keyin g‘oyib bo‘lgan chaqmoqqa o‘xshaydi, so‘ngra yana qaytadi, goho bu holat (ya’ni, qaytishi) kechikadi. Agar qaytsa, mustahkam joylashib oladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:01:50
Goho birinchi ko‘ringandayoq tutib qolinadi. Shu holatda sobit tursa, uning saboti goho uzoq vaqtga cho‘ziladi, goho uzoqqa bormaydi, goho esa bunga o‘xshash narsalar asta-sekin qo‘shilib zohir bo‘ladi, goho qo‘shilmasdan bir xil ko‘rinishda to‘xtaydi. Yaratilishdagi va axloqlaridagi tafovutni cheklab bo‘lmaganidek, Alloh taolo valiylarining bu to‘g‘ridagi martabalarini cheklab qo‘yib bo‘lmaydi. Bu yo‘l tomoningizdan bo‘ladigan (qalbni) poklash, soflash va jiloga taqaladi. (Alloh taoloning rahmatini) kutib, unga tayyorgarlik ko‘rish esa keyingi narsadir. Ammo o‘ta zukko va e’tiborli hisoblangan ulamolarning fikriga qarasak, ular ham bu yo‘lning borligini inkor qilishmadi va buning mumkinligini, lekin bu maqsadga kamdan-kam holatlardagina yetishishni bilishdi. Chunki bu ko‘p payg‘ambar va avliyolarning holati edi. Lekin bu yo‘lni notekis, o‘nqir-cho‘nqir, deb hisobladilar va uning natijasi juda sekin yuzaga chiqishini aytdilar. Hamma shartlarini jamlay olishni ham uzoq sanadilar. Ularning fikricha, o‘sha chegaragacha bo‘lgan aloqalarni yo‘q qilish qiyin, agar shular paydo bo‘lsa, bu had yetganda ham uning sabotli bo‘lishi undan ham qiyin. Zero, eng kichik vasvasa hamda fikr ham qalbni buzadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: «Mo‘min qalbining o‘zgarishi qozonning qaynashidagi o‘zgarishdan ham qattiqroqdir» (Imom Ahmad rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:02:32
Yana aytadilar: «Mo‘minning qalbi Rahmon barmoqlaridan ikki barmoq (ya’ni, o‘ziga xos bo‘lgan, bizniki kabi jismli emas) o‘rtasidadir» (Imom Muslim rivoyati). Bu urinish asnosida gohida xulq buziladi, aql ham o‘zgaradi, badan kasal bo‘ladi. Agar oldin nafsning riyozati, ilmning haqiqatlari bilan uni tozalash imkoni bo‘lmasa, qalbga har xil buzuq xayollar o‘ralib qoladi. Bu buzuq xayollar qalbdan yo‘q bo‘lib ketguncha qalb ularga ishonib qoladi. Natijada bu ishda zafar topmasdan turib umri tugab qoladi. Bu yo‘lni tutgan qancha-qancha so‘filar borki, bitta xayolda yigirma yillab qolib ketadilar. Agar ular oldin mustahkam bir ilmga ega bo‘lishganida ana shu xayollarining chigal joylari o‘sha zahoti ochilib ketgan bo‘lardi. Bas, ta’lim olish yo‘li bilan shug‘ullanish maqsadga yetishga yaqinroq va ishonchliroqdir. Yana e’tiborli ulamolar bularning misolini go‘yo bir inson ilm o‘rganishni tark qilganiga o‘xshatadilar. Shu bilan birga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham ana shularni ta’lim olib o‘rgangan emaslar. U zot takrorlashsiz va yozishsiz, balki vahiy va ilhom bilan olim bo‘lganlar. Mening ham riyozatim shu darajaga yetsa, bunda doimiylik bo‘lsa, ana shu darajaga yetaman, deyishga o‘xshash gaplarni aytishadi. Qaysi bir inson shu gumonda bo‘lsa, o‘z nafsiga zulm qilibdi, umrini behuda o‘tkazibdi. U go‘yo biron kon topib olish umidida kasb-hunar va dehqonchilik yo‘llarini tark qilgan kishiga o‘xshaydi. Albatta bu holat (ya’ni, kon topilishi) mumkin, lekin juda qiyin ish. Ilm o‘rganishni tark qilib, ilhomni kutib o‘tirish ham xuddi shu kabidir. Tasavvuf yo‘lini tutganlar avvalo ulamolar o‘rgangan narsalarni o‘rganib, ular aytgan narsalarni anglamoqlari lozim. Ana shundan keyingina boshqa ulamolarga ochilmagan narsalarning kashf bo‘lishini kutib turmoqlarining zarari yo‘qdir. Extimol, ana shundan keyingina ularning tirishqoqligi natijasida kashf etilishi mumkin bo‘lar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:02:55
Ikki maqom o‘rtasini his etib bilinadigan misollar farqi

Bilingki, qalb ajoyibotlari his etib bilinadigan narsalardan tashqaridadir. Chunki qalbning o‘zi ham hisning idrokidan tashqaridadir. Qaysi bir narsani his bilan idrok etib bo‘lmasa, fahmlar ham uni idrok etishdan zaiflashib qoladi, buni faqatgina his etiladigan misollar bilan tushunish mumkin. Biz esa ana shu zaif fahmlarga ikki misol bilan tushunishni yaqinlashtiramiz. Birinchisi - yerda kavlab qo‘yilgan bir hovuz bor, deb faraz qilamiz. Unga atrofidan anhor qazib, suv surib kelishning ham ehtimoli bor. Yoki hovuzning tagini yana chuqurroq qazib, sof va toza suv turadigan joygacha kavlab berish bilan suv paydo bo‘lmog‘i ehtimol qilinadi. Natijada suv hovuzning tagidan o‘zi chiqib qoladi. Bu suv esa juda toza va davomiy bo‘ladi. Goho esa juda ko‘p ham chiqib qoladi. Qalb ana shu hovuzga, ilm esa suvga o‘xshaydi. Beshta his etish a’zolari (ya’ni, eshitish, ko‘rish, hidlash, ushlash va totish) esa anhorlarga o‘xshaydi. Gohida ilmlar zohiriy his etish anhorlari vositasida va mushohadalardan saboq olish bilan qalbga haydaladiki, unga ilm to‘ladi. Bu anhorlar xilvat, uzlat va ko‘zni yumish bilan to‘silib, qalbni poklash hamda undan pardalar qatlamini ko‘tarish bilan ichkarisidan ilm buloqlari otilib chiqquncha uning tubiga intilish mumkin bo‘ladi. Ilm qanday qilib qalbning o‘zidan qaynab chiqadi, vaholanki qalb ilmdan xoli bo‘lsa? Bilingki, albatta bu narsalar qalb sirlarining ajoyibotlaridandir. Uni zikr qilish muomala ilmida (ya’ni, zohiriy ilmda) ruxsat berilmagan, balki zikr qilish mumkin bo‘lgan narsa shuki, albatta narsalarning haqiqati Lavhul mahfuzda yozilgan bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:03:19
Yana muqarrab farishtalarning qalblariga yozilgan bo‘ladi. Go‘yo bir muhandis uy qurilishini avval oq qog‘ozda tasvirlab, keyin ana shu tasvirga ko‘ra uni ro‘yobga chiqarganidek, yer va osmonlarni yaratuvchi Zot ham butun olamning avvalidan oxirigacha bo‘lgan nusxasini Lavhul mahfuzga yozgan, so‘ngra ularni ana shu nusxaga muvofiq yo‘qdan bor qilgan. Avvalgi suratiga ko‘ra yo‘qlikdan borlikka chiqqan bu olamdan his va xayol olamida ikkinchi bir surat hosil bo‘ladi. Chunki osmon va yerga tikilib qaragan kishi keyin ko‘zini yumsa ham, xayolida osmon va yer suratini go‘yo ularga qarab turgandek ko‘radi. Agar yeru osmon yo‘q bo‘lib ketib, ularni ko‘rgan kishining o‘zi qolsa ham, yeru osmon suratini go‘yo ularga qarab turgandek o‘z nafsida topadi. So‘ngra uning xayolidagi asar (ya’ni, iz) qalbga o‘tadi. Ana shunda qalbda his va xayolga kirgan narsalarning haqiqati paydo bo‘ladi. Endi qalbida hosil bo‘lgan narsa xayolidagi olamga muvofiq keladi. Xayolida hosil bo‘lgan narsa esa inson xayolidan va qalbidan tashqarida, o‘z o‘rnida turgan olamga muvofiq keladi. O’z o‘rnida turgan mavjud olam esa Lavhul mahfuzda mavjud bo‘lgan nusxaga muvofiq keladi. Go‘yo olamning mavjud bo‘lishida to‘rt daraja borga o‘xshaydi: Lavhul mahfuzda mavjud bo‘lish jismoniy mavjud bo‘lishdan oldindir. Uning orqasidan haqiqiy mavjud bo‘lish, ya’ni yaratilish keladi. Haqiqiy mavjud bo‘lish orqasidan xayoliy mavjudlik, ya’ni xayoldagi surati keladi. Xayoliy mavjudlik orqasidan aqliy mavjudlik, ya’ni uning surati qalbda mavjud bo‘lishi keladi. Bu mavjudliklarning ba’zisi ruhoniy va ba’zisi jismoniydir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:04:01
Ruhoniyining ba’zisi ba’zisidan ruhoniylikda qattiqroqdir. Bu esa ilohiy hikmatdan bo‘lgan marhamatdir. Zero, ko‘z qorachig‘ingizning hajmi kichkina bo‘lsa-da, butun olam va yeru osmonlarning surati juda katta bo‘lishiga qaramay, uning ichiga joylashadi. So‘ngra u (ya’ni, olam) hisda mavjud bo‘lishdan xayolda mavjud bo‘lishga, so‘ngra undan qalbda mavjud bo‘lishga o‘tadi. Lekin faqat ulardan sizga yetgan narsanigina idrok eta olasiz, xolos. Agar olamlarning hammasi uchun o‘zingizda misol bo‘lmaganida qarshingizdagi narsalardan sizga xabar bo‘lmas edi. Qalblarning ichida va ko‘zlarda bunday ajoyibotlarning tadbirini qilib qo‘ygan Zotni har xil nuqson va kamchilikdan poklaymiz. Shulardan keyin ham ularni idrok etishda qancha-qancha qalblar va ko‘zlar ojizlikda qoladi, hatto ko‘pchilikning qalbi o‘zini va o‘zidagi ajoyibotlarni bilmaydigan holatda qoladi.
Endi asosiy maqsadga qaytib aytamizki, qalbda olam haqiqati va surati goho sezgilardan va goho Lavhul mahfuzdan paydo bo‘lmog‘i tasavvur qilinadi. Bu ko‘zda hosil bo‘ladigan holatlarga o‘xshaydi. Ko‘zda quyosh surati gohida unga qaragandan, gohida esa quyosh ro‘parasida turib, uning suratini aks ettirayotgan suvga qaragandan hosil bo‘lish tasavvur qilinadi. Qachonki, qalb bilan Lavhul mahfuz o‘rtasidagi hijob ko‘tarilsa, undagi narsalarni ko‘radi. Ilm Lavhul mahfuzdan qalbga buloqdek qaynab chiqadi. Natijada sezgilar his etgan narsadan iqtibos qilishdan behojat bo‘ladi. Bu esa suvning yer tubidan buloq bo‘lib qaynab chiqishiga o‘xshaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:04:18
Qachonki, qalb sezgi yordamida bilinadigan narsalardan paydo bo‘luvchi xayolotiga yuzlanadigan bo‘lsa, ana shu yuzlanishi Lavhul mahfuzni o‘qiy olishidan parda bo‘lib qoladi. Bu anhorda suv ko‘p to‘planib qolsa, u yerdan buloq otilib chiqishini to‘xtatib qo‘yganidek, yana go‘yo quyoshning suratini aks ettirib beradigan suvga qaragan kishi quyoshning o‘ziga qaragan bo‘lmaganidek holatdir. Bunday hollarda qalbning ikki eshigi bo‘ladi. Birinchisi - malakut olamiga, ya’ni u Lavhul mahfuz va farishtalar olamiga ochilgan eshik. Ikkinchisi - mulk va shahodat olamiga bog‘liq beshta sezgi olamiga ochilgan eshik. Shahodat va mulk olami ham malakut olamiga bir qadar o‘xshab ketadi, ammo qalb eshigining sezgilardan iqtibos qilishga ochilishi sizga maxfiy emas.

Qalbning ichkari eshigini malakut olamiga va Lavhul mahfuzni o‘qishga ochilishini sezgilardan iqtibos qilmasdan ajoyib tushlar to‘g‘risida va qalb uyquda kelajak narsalardan yoki oldin bo‘lib o‘tgan narsalardan xabardor bo‘lishi to‘g‘risida fikr qilish bilan ishonchli holda bilib olasiz. Albatta ana shu eshik Alloh taoloning zikri bilan mashg‘ul kishilarga ochiladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Mufarridlar ilgarilab ketdilar» (Imom Muslim rivoyati). Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Mufarridlar kimlar?» deyildi. «Allohning zikri bilan ajrab chiquvchilar. Zikr ulardan gunohlarini to‘kib yubordi. Endi qiyomatda yengil holda keladilar», dedilar (Tabaroniy rivoyati, zaif).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:04:37
So‘ngra Rasululloh yana ularning sifatlari to‘g‘risida Alloh taolodan xabar berib aytadilar: «So‘ngra ularga yuzim bilan yuzlanaman, yuzim bilan yuzlangan kimsaga qaysi narsani bermoqni xohlayotganimni biror kishi biladimi?» So‘ngra Alloh taolo aytadi: «Ularga beradigan narsamning birinchisi - ularning qalblariga nur tashlayman. So‘ngra Men ulardan xabardor bo‘lganimdek, ular Men haqimda xabardor bo‘ladilar». Bu xabarlar (ya’ni, Alloh taolodan xabardor bo‘lish)ning kirish joyi botiniy eshikdir. Payg‘ambarlar va avliyolarning ilmlari bilan ulamo va hukamolarning ilmlari o‘rtasidagi farq shundaki, ularning (ya’ni, payg‘ambar va avliyolarning) ilmlari qalbning ichidan, ya’ni malakut olamiga ochilgan eshikdan keladi. Hikmat ilmi esa mulk olamiga ochilgan sezgilar eshiklaridan keladi. Qalb olamining ajoyibotlari hamda uning shahodat va g‘ayb olami orasida takrorlanishining oxiriga yetish muomala ilmida mumkin bo‘lmaydi. Bular esa sizga ikki olam eshigi orasidagi farqni o‘rgatadigan misoldir.

Ikkinchi misol: ikki amal, ya’ni avliyolar va ulamolar o‘rtasidagi farqni sizga o‘rgatadi. Albatta ulamolar ilmlarning o‘zini qo‘lga kiritishda va uni qalbga jalb qilishga harakat qiladilar. Tasavvuf ahli bo‘lgan avliyolar esa faqat qalblarni jilolash, poklash, soflash va unga sayqal berishga harakat qiladilar. Hikoya qilinadiki, xitoylik va rumlik kishilar podshohlar oldida bir-birlaridan maqtanishib, naqqoshlik va bezakchilik san’ati borasida o‘zlariga o‘zlari katta baho berishgan ekan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:05:12
Shunda podshoh ularga bir supani topshirib, uning bir tomoniga xitoyliklarning, boshqa tomonida rumliklar esa naqsh solishiga buyruq qildi. Yana ular bir-birlarining ishiga qaramasliklari uchun o‘rtalariga parda tortib qo‘yildi. Uning farmoni bajarildi. Rumliklar hisobsiz darajada har xil ajoyib bo‘yoqlarni ishlatishdi. Xitoyliklar esa biron-bir bo‘yoqsiz ishga kirishib, o‘z tomonlarini faqat sayqallab, unga jilo berishga urinishdi. Rumliklar ishlarini tugatishgan zahoti xitoyliklar «Biz ham tugatdik», deb da’vo qilishdi. Shunda podshoh «Qanday qilib bular bo‘yoqsiz naqsh ishlarini tugata olishdi?» deb ajablanganida ulardan so‘raldi: «Qanday qilib ishingizni bo‘yoqsiz bitirdingiz?» Ular javob qilib: «Sizlarga nima? Pardani ko‘taraveringlar», deyishgan ekan. Parda ko‘tarilganida ro‘paralarida rumliklarning san’ati ajoyibotlari o‘ta yorqin va o‘ta yaltiroqligi bilan o‘z tarafida porlab turardi. (Xitoyliklar turgan taraf esa) ko‘p sayqal berilgani uchun jilolangan oynaga o‘xshab qolgan, ular tomonning husni ziyoda bo‘lgandi. Xuddi shu kabi avliyolarning unda Haq nuri yorqin porlaguncha qalbni poklashga, unga jilo berish va poklashga bo‘lgan intilishlari xitoyliklarning ishiga o‘xshaydi. Ulamo va hukamolarning qo‘lga kiritgan ilmlar naqshini qalbda hosil qilishga bo‘lgan qasdlari esa rumliklarning ishiga o‘xshaydi. Bas, ish qay holatda bo‘lmasin, mo‘minning qalbi o‘lmaydi, o‘lgandan keyin ilmi o‘chib ketmaydi. Uning musaffoligi xiralashmaydi ham.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:05:28
Bunga Hasan Basriy rahmatullohi alayh ham mana bu so‘zlari bilan ishora qilganlar: «Tuproq iymonning do‘stini emaydi, balki u (iymonning do‘sti, ya’ni qalb) Allohga vasila va Unga yaqinlashtirguvchi bo‘ladi». Ammo iymon bilan birga ilmning yolg‘iz o‘zidan hosil qilgan va ilmni qabul qilish uchun tayyorgarlikdan va soflikdan hosil qilgan narsalari ham bo‘lmog‘i kerak. Saodat har bir insonga faqat ilm va ma’rifat orqali bo‘ladi va ba’zi saodatlar ba’zisidan ulug‘ bo‘ladi. Bu boylik faqat mol bilan bo‘lib, dirham egasi ham boy va behisob xazinalar sohibi ham boy, deganga o‘xshaydi. Boylar darajasi mollarining oz-ko‘pligi bilan farqlanganidek, saodatmand kishilarning ham darajasi iymon va ma’rifatdagi tafovutlariga ko‘ra bo‘ladi. Ilmu ma’rifat bir nurdir. Mo‘minlar qiyomat kunida Allohning huzuriga nurlari bilan boradilar. Alloh taolo aytadi:

«Mo‘min va mo‘minalarning oldilarida va o‘ng tomonlarida nurlari (ya’ni, qilgan yaxshi amallari va nomai a’mollari yo‘llarini yoritib) ketayotganini ko‘radigan kunni (eslang)» (Hadid surasi, 12-oyat).

Xabarda rivoyat qilinadi: «Albatta ularning ba’zilariga tog‘ kabi nur beriladi, ba’zilariga undan kichikroq beriladi va hatto bulardan oxirgi kishiga ikki oyog‘ining bosh barmog‘i miqdoricha nur beriladi. Bu nur goh taraladi, goh o‘chib qoladi. Taralgan paytda ikki qadamini oldinga tashlab yuradi, o‘chgan paytda esa turib qoladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:06:00
Sirot ko‘prigidan o‘tishlari ham nurlarining miqdoriga ko‘ra bo‘ladi. Ular orasida ko‘z ochib-yumguncha o‘tib ketadigani, chaqmoqqa o‘xshab o‘tadigani, bulutga o‘xshab o‘tadigani, yulduzlarning uchishiga o‘xshab o‘tadigani va otning maydonda eng qattiq tezlagan holatidek o‘tib ketadigani ham bo‘ladi. «Ikki oyog‘ining bosh barmog‘idek nur berilgan kishi esa yuzi, qo‘li va oyoqlari bilan emaklab, bir qo‘lini tortib, ikkinchisini osiltirib, atrofiga do‘zax olovlari tegib o‘tadi, hatto undan qutulib o‘tib ketguncha shunday bo‘ladi» (Tabaroniy rivoyati, sahih). Bas, bu hadis insonlar iymonda tafovutli ekanlarini ko‘rsatadi. Agar Abu Bakr roziyallohu anhuning iymonlari nabiy va rasullardan boshqa butun olamning iymonlari bilan (tarozida) tortib ko‘rilsa, albatta Abu Bakrning iymonlari og‘ir keladi. Bu bir kishining agar quyosh nuri barcha chiroqlar bilan tortib ko‘rilsa, albatta quyosh nuri og‘ir keladi, degan so‘ziga o‘xshaydi. Har bir insonning iymon nuri chiroqning nuriga o‘xshaydi va ba’zilarining nuri esa shamning nuriga o‘xshaydi. Siddiqlar iymonining nuri oy va yulduzlar nuriga o‘xshaydi. Payg‘ambarlar iymonining nuri quyoshga o‘xshaydi, ufqning surati keng hududli bo‘lishiga qaramay, quyosh nurida ochiq ko‘rinadi. Chiroq nurida esa faqat uyning tor bir burchagi ko‘rinadi, xolos.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:06:53
Qalb ma’rifatlar bilan kengayishidagi va oriflar qalbida malakut olamining kengligi namoyon bo‘lishidagi tafovut ham shunga o‘xshashdir. Shuning uchun ham xabarda keladiki: «Qiyomat kuni qalbida zarra misqolicha iymoni bor kishilarni do‘zaxdan 
chiqaringlar va yarim misqol bo‘lsa ham, misqolning to‘rtdan biri miqdorida bo‘lsa ham, bir arpa donicha va zarraning o‘zichalik bo‘lsa ham, chiqaringlar», deyiladi (Imom Buxoriy va Muslim «misqolning to‘rtdan biri» lafzisiz rivoyat qilishgan). Bularning hammasida iymon darajalarining tafovutli ekanligiga tanbeh bor. Albatta iymonning bu miqdorlari do‘zaxga kirishdan man qilmaydi. Bu hadisdan misqoldan ko‘proq iymoni bor kishi do‘zaxga kirmasligi ham tushuniladi. Zero, agar kirsa ham, avvalo uning chiqarilishiga albatta buyruq beriladi. Yana bu hadisda qalbida zarra iymoni bor kishi agar do‘zaxga kirsa ham, unda abadiy qolib ketishga mustahiq bo‘lmaydi, degan ma’no bor. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi so‘zlari ham shunga o‘xshashdir: «Unga o‘xshagan mingtasidan biron narsa yaxshiroq emas, faqat mo‘min insongina yaxshiroqdir» (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:07:35
Bunda Alloh taoloni tanuvchi, Unga qat’iy ishonuvchining qalbi afzalligiga ishora bordir, chunki uning qalbi mingta avom xalqning qalbidan yaxshiroqdir. Batahqiq, Alloh taolo aytadi:

«Agar (haqiqiy) iymon egalari bo‘lsangizlar, sizlar ustun bo‘lguvchidirsizlar» (Oli-Imron surasi, 139-oyat).

Bu oyatda Alloh taolo taqlidiy musulmonlardan ko‘ra haqiqiy iymon keltirganlarni ulug‘lab keltirdi. Yana aytadi:

«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur» (Mujodala surasi, 11-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:07:47
Bu oyatda Alloh taolo «iymon keltirgan», degan so‘zidan ilmsiz tasdiq qilgan kishilarni iroda qildi va ularni ilm berilgan kishilardan alohida holda keltirdi. Bu oyat taqlidiy iymon keltirganlarga garchi ular fahmlab va tasdiq qilib-tasdiq qilmagan bo‘lsalar ham, mo‘min lafzini qo‘llashga dalil bor. Ibn Abbos roziyallohu anhu Alloh taoloning «Ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur», degan qavlini «Alloh taolo olimni oddiy mo‘mindan yetti yuz daraja yuqoriga ko‘taradi, har ikki darajaning o‘rtasi osmon bilan yerchalik masofadir», deb ta’vil qildilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Jannat ahlining ko‘plari sodda kishilardir va Illiyyin esa aql egalarigadir», dedilar («... va Illiyyin esa aql egalarigadir» lafzining asli yo‘q). Yana: «Olim kishining obiddan ustunligi sahobalarimning eng past martabalilaridan mening ustunligimga o‘xshaydi», dedilar (Imom Termiziy rivoyati, sahih). Boshqa rivoyatda «O’n to‘rt kunlik oyning yulduzlardan ustunligiga o‘xshashdir», dedilar. Mana shu ko‘rsatmalarga ko‘ra, jannat ahli qalblari va bilimlarining tafovutiga ko‘ra darajalarining ham har xilligi ravshan bo‘ladi. Shuning uchun qiyomat kuni o‘lganlar tiriltiriladigan kun bo‘ldi, zero ziyon va zararning eng kattasi Allohning rahmatidan mahrum bo‘luvchi kishigadir. Mahrum kishi o‘zining darajasidan nihoyatda katta darajalarni ko‘radi. Uning yuqori darajalarga nazar solishi o‘n dirhamga ega bo‘lgan boy kishining mag‘ribdan mashriqqacha yerga ega bo‘lgan boy kishiga nazar solishiga o‘xshaydi. Ularning har biri ham boy, lekin o‘rtalaridagi farq naqadar katta! Nasibasi kam bo‘lgan kimsaning ziyoni qanchalik katta!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:08:31
Tasavvuf ahli ta’lim olmasdan va g‘ayrioddiy yo‘l bilan bilimni qo‘lga kiritishining to‘g‘riligiga shar’iy dalillar bayoni

Bilingki, qaysi bir kishiga ilhom yo‘li va bilmagan joydan qalbga tushib qolishi bilan ozgina bo‘lsa ham, biror narsa kashf bo‘lib qolsa, batahqiq to‘g‘ri yo‘lni tanigan bo‘ladi. Kim o‘z nafsida biror narsa topmagan bo‘lsa ham, unga ishonmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki bundagi ma’rifat darajasi juda nodirki, bularga dalillikka shar’iy dalillar, tajriba va hikoyalar yetarlicha bor. Ammo shar’iy dalil Alloh taoloning mana bu oyatidir:

«Bizning (yo‘limiz)da jihod qilgan - kurashgan zotlarni albatta O’z yo‘llarimizga hidoyat qilurmiz» (Ankabut surasi, 69-oyat).

Ta’lim olmasdan, doimiy ibodat bilan qalbda zohir bo‘ladigan har bir hikmat kashf va ilhom yo‘li bilandir. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim bilgan narsasiga amal qilsa, Alloh u bilmagan narsalari ilmini yuzaga chiqaradi va unga amal qiladigan narsalarida yordam beradi, hatto jannatga sazovor bo‘ladi. Kim bilgan narsasiga amal qilmasa, biladigan narsalarida ham adashadi va amal qiladigan narsalarida muvaffaqiyatga ega bo‘lmaydi, hatto do‘zaxga munosib bo‘ladi» («Ilm kitobi»da kelgan).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:08:52
Yana Alloh taolo aytadi:

«Kim Allohdan qo‘rqsa (ya’ni, yuqorida mazkur bo‘lgan taloq qilish qonun-qoidalariga Allohdan qo‘rqqani uchun rioya etsa), U Zot uning uchun (barcha g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur. Va uni o‘zi o‘ylamagan tomondan rizqlantirur» (Taloq surasi, 2-3-oyatlar). Ya’ni, Alloh unga ilmni ta’limsiz bildiradi va tajribasiz tushuntiradi.

Alloh taolo yana aytadi:

«Ey mo‘minlar, agar Allohdan qo‘rqsangizlar, U Zot sizlar uchun (haq bilan nohaqni) ajratadigan hidoyat ato qilur» (Anfol surasi, 29-oyat).

Ba’zilar furqonni haq bilan botilni ajratadigan va u bilan shubhalardan chiqiladigan nur, deyishgan. Shuning uchun Rasululloh sollallohu  alayhi   vasallamning duolarida   nur  so‘rash   ko‘p   bo‘lardi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:09:25
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Ey Allohim, menga nur bergin va nurni ziyoda qilgin va qalbimda nur qilgin va qabrimda ham nur qilgin va qulog‘imda ham nur qilgin va ko‘zimda ham nur qilgin» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari), hatto «Sochimda ham, yuzimda ham, go‘shtimda ham, qonimda ham va suyagimda ham (nur qilgin)», der edilar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan Alloh taoloning:

«Axir Alloh ko‘ksini Islom uchun keng qilib qo‘ygan, bas, o‘zi Parvardigori tomonidan bir nur - hidoyat ustida bo‘lgan kishi (kufr zulmatlarida adashib-uloqib yurgan kimsa bilan barobar bo‘lurmi)?!» (Zumar surasi, 22-oyat) qavlidagi kenglik haqida so‘rashdi. Shunda u zot aytdilar: «U bir kenglikki, albatta agar nur qalbga tashlansa, ko‘ksi uni sig‘dirishga yetarli darajada kengayadi». Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ibn Abbos roziyallohu anhuni duo qilib aytdilar: «Ey Allohim, uni dinda faqih qilgin va unga ta’vilni o‘rgatgin» (Imom Ahmad rivoyati, sahih). Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Bizning huzurimizda Rasululloh alayhissalom bizga maxfiy qilib aytgan biror narsa yo‘q, faqat Alloh taolo bir bandaga
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:09:56
O’zining kitobini fahmlashni berib qo‘ymog‘i sirdir» («Qur’on tilovat qilish kitobi»da kelgan). Bu esa o‘rganish bilan bo‘lmaydi. Alloh taoloning quyidagi:

«U O’zi istagan kishilarga hikmat (foydali bilim) beradi» (Baqara surasi, 269-oyat) oyati tafsiri to‘g‘risida hikmat Alloh kitobini fahmlashlikdir, deyilgan.

Yana Alloh taolo aytadi:
«Bas, Biz uni Sulaymonga anglatdik» (Anbiyo surasi, 79-oyat).

Bu oyatda kashf bo‘lgan narsa «anglash» nomi bilan xoslab keltirildi. Abu Dardo: «Mo‘min Allohning nuri bilan yupqa parda ortidan qaraydi. Allohga qasamki, albatta bu haqiqatdir. Alloh taolo uni avval mo‘minlarning qalbiga tashlaydi, so‘ngra tillariga joriy qiladi», deb aytardilar. Ba’zi salaflar dedilar: «Mo‘minning gumoni bashorat qilishdir». Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minning farosatidan qo‘rqinglar, chunki u Alloh taoloning nuri bilan qaraydi», dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:11:07
Bunga Alloh taoloning quyidagi oyatida ham ishora bor:

«Albatta bunda mo‘minlar uchun oyat-ibrat bordir» (Hijr surasi, 75-oyat).

Alloh taolo aytdi:
«Biz aniq ishonadigan qavm uchun oyatlarni bayon qildik» (Baqara surasi, 118-oyat).

Hasan Basriy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Ilm ikki xil bo‘ladi: biri qalbdagi botiniy ilmdir. Mana shu foyda beruvchi ilmdir» («Ilm kitobi»da kelgan). Ba’zi ulamolardan botiniy ilm nimaligini so‘rashdi. Shunda ular aytishdi: «U Allohning sirlaridan bir sirdir, Alloh taolo uni do‘stlarining qalbiga tashlab qo‘yadi va undan biron farishtaga va insonga xabar bermaydi». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta ummatdan ilhomlantirilganlari, o‘rgatilganlari va ularga g‘oyibdan gapiriladiganlari bo‘ladi. Umar albatta ulardandir», dedilar (Imom Buxorif rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:11:36
Ibn Abbos roziyallohu anhu Alloh taoloning:

«(Ey Muhammad alayhissalom), Biz sizdan ilgari yuborgan har bir elchi va payg‘ambar borki...» (Haj surasi, 52-oyat) qavlidagi elchi-payg‘ambar qatoriga siddiqlarni ham qo‘shganlar. Ular ilhom qilinganlar bo‘lib, ularga ilhom qalb tubidan - ichkaridan zohir bo‘ladi. Tashqi his qilinadigan narsalardan emas. Qur’on taqvo kashf va hidoyat kaliti ekanligini ochiq bayon qiladi. Va bu ham ta’limsiz ilm hisoblanadi.

Alloh taolo aytadi:
«Alloh osmonlar va Yerda yaratib qo‘ygan narsalarda Allohdan qo‘rqadigan qavm uchun oyat-alomatlar bordir» (Yunus surasi, 6-oyat). Alloh taolo oyat-alomatlarni O’zidan qo‘rqadigan qavmga xosladi.

Alloh taolo aytadi:
«Bu (Qur’on) odamlar uchun (to‘g‘ri yo‘lni) bayon qilguvchi va taqvo egalari uchun hidoyat va pand-nasihatdir» (Oli-Imron surasi, 138-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:11:56
Abu Yazid va boshqalar aytadilar: «Bir kitobdan biror narsani yodlab olgan kishi olim emas. Agar u yodlagan narsasini esidan chiqarib, unutib qo‘ysa, johilga aylanib qoladi. Lekin olim ilmini Robbidan qaysi vaqtda xohlasa, yodlamasdan va saboq o‘rganmasdan oladigan kishidir». Bu esa robboniy ilmdir va bunga Alloh taoloning so‘zida ham ishora bordir:

«Bas, bandalarimizdan bir bandani topdilarki, Biz unga O’z dargohimizdan rahmat (ya’ni, payg‘ambarlik) ato etgan va O’z huzurimizdan ilm bergan edik» (Kahf surasi, 65-oyat).

Zero, ilmlarning hammasi ham Allohning huzuridandir. Lekin ba’zisi ta’lim olish vositasi bilan o‘rganiladi. Bu ilmi laduniy, deb nomlanmaydi, balki tashqi odatiy sabablardan boshqa, qalbning ichida zohir bo‘ladigan ilm laduniy, deyiladi. Mana shular naqliy dalillardir. Agar bu xususda vorid bo‘lgan har bir oyat, xabar va asarlar jamlanadigan bo‘lsa, chegaradan chiqib ketadi. Ammo bu holatlarni tajribalar bilan ko‘rilgani ham juda ko‘p, bu narsa sahoba va tobe’inlardan, ulardan keyingi zotlardan ham zohir bo‘lgan. Abu Bakr roziyallohu anhu o‘lim paytlarida qizlari Oisha roziyallohu anhoga «Albatta ikkisi sening ining va singlingdir», dedilar. Xotinlari homilador edi, qiz tug‘di. Abu Bakr roziyallohu anhu homila tug‘ilmasidan oldin qiz ekanini bildilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:12:23
Umar roziyallohu anhu xutbalarining orasida «Ey qo‘shin, toqqa, toqqa», deb gapirib yuborganlar. Dushman yaqinlashib qolgani u kishiga kashf bo‘lib qolgan paytda bilib qolgan narsalari xususida ularni ogohlantirib qo‘ydilar. U kishining ovozlari toqqa yetib borgani buyuk karomatlar jumlasidandir.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: «Usmon roziyallohu anhuning oldilariga kirdim. Yo‘lda bir ayolga yo‘liqqan edim va unga ko‘z qirim bilan qarab, chiroyi to‘g‘risida biroz o‘ylanib qolgan edim. Usmon roziyallohu anhuning oldilariga kirganimda «Sizlardan biringiz oldimga kirib keladi, vaholanki uning ikki ko‘zida zino asari zohir bo‘lib turibdi. Qarash ikki ko‘z zinosi ekanini bilmadingmi? Tavba qilasan yoki albatta ta’ziringni beraman», dedilar. Shunda men: «Payg‘ambardan keyin yana vahiy keldimi?» dedim. U kishi: «Yo‘q, lekin bu qalb ko‘zi, burhon va rostgo‘y farosatdir», dedilar».

Abiy Said al-Xarrozdan rivoyat qilinishicha, u kishi aytdilar: «Masjidi haromga kirdim, u yerda yirtiq kiyim kiygan bir faqir kishini ko‘rdim. Ichimda bu va bunga o‘xshashlar odamlarga yuk bo‘ladi, dedim. Shu zahoti menga «Albatta Alloh taolo nafslaringiz (ya’ni, ichingiz)dagi narsani biladi. Allohdan qo‘rqinglar», degan nido keldi. Xufyona Allohga istig‘for aytdim. Yana menga «Alloh bandalaridan tavbani qabul qiladigan Zotdir», degan nido keldi. So‘ngra nido g‘oyib bo‘ldi va men biror zotni ko‘rmadim».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:12:52
Zakariyo ibn Dovud aytdilar: «Abul Abbos ibn Masruq Abul Fazl al-Hoshimiy kasallik vaqtlarida oldilariga kirdilar. Abul Fazl oilali bo‘lib, qaerdan tirikchilik qilib oilalarini boqishlarini bilib bo‘lmasdi. Abul Abbos aytdilar: «U kishining huzurlarida turgan vaqtimda o‘zimga-o‘zim ichimda: «Bu kishi qaerdan tirikchilik qilarkin?» dedim. Menga u kishi: «Ey Abul Abbos, bu past himmatingizni qaytarib oling, chunki Alloh taoloning xufyona marhamatlari bordir», dedilar».

Ahmad un-Naqib aytadilar: «Shibliyning oldilariga kirdim. U kishi: «Sinovdan o‘tding, ey Ahmad», dedilar. Shunda «Nima xabar bor?» deb u kishidan so‘radim. U kishi: «O’tirgan edim, xotirimga sening baxil ekanliging keldi. Sen «Men baxil emasman», deding. Xotirimga yana «Sen baxilsan», degan so‘z keldi», dedilar». Ahmad bu so‘zni eshitganlaridan keyin: «Bugun menga dunyo matosidan biron narsa keladigan bo‘lsa, birinchi   yo‘liqqan   kambag‘alga   berib   yuboraman»,  deb  aytdilar.   «Shu xayolimni tugatib ulgurmasimdan oldimga xalifa xizmatchilaridan biri kirib keldi va o‘zi bilan ellik dinor pul ham olib kelib, «Bu dinorlarni manfaatlaringizga ishlating», dedi. Bu dinorlarni olib tashqariga chiqdim va bir sartarosh oldida sochini oldirayotgan ko‘zi ojiz kambag‘alni ko‘rdim. Uning oldiga borib, dinorlarni unga uzatdim. Kambag‘al: «Uni sartaroshga bergin», dedi. Men: «Buning hammasi shuncha dinor», dedim. Shunda u kishi: «Sen baxilsan, deb aytmaganmidik?!» dedi. Bas, dinorni sartaroshga uzatdim. Sartarosh esa: «Bu kambag‘al oldimga o‘tirganida undan haq olmayman, deb kelishgandik», dedi. Men bu dinorlarni Dajla daryosiga tashlab yubordim va «Seni (ya’ni, dinorni) kim ulug‘laydigan bo‘lsa, albatta Alloh azza va jalla u kishini xor qiladi», dedim».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:18:26
Hamza ibn Abdulloh al-Alaviy aytadilar: «Abul Xayr Taynoniyning oldilariga kirdim va o‘zimcha: «U kishi bilan salomlashaman, lekin u kishining hovlilarida taom yemayman», deb ahd qilgan edim. U kishining huzurlaridan chiqib ketayotgan paytimda orqamdan kelayotganlarini ko‘rib qoldim. Qo‘llarida ovqat solingan tovoq bor edi. Aytdilarki: «Ey yigit, yeyaver, chunki hozir o‘z ahdingdan chiqding». Abul Xayr Taynoniy karomatlari ko‘pligi bilan mashhur edilar».

Ibrohim ar-Raqiy aytadilar: «Abul Xayr Taynoniy bilan salomlashishni qasd qilib huzurlariga borgan edim. Shom namozi bo‘lib qoldi. U kishi namozni boshlab, Fotiha surasini o‘qib ham ulgurmagan edilarki, dilimga safar xarajatlarim behuda ketdi, degan xayol keldi va u kishi salom berganlaridan keyin tahorat olishga chiqdim. U yerda bir yirtqich menga hamla qilmoqchi bo‘ldi. Shu zahoti Abul Xayr Taynoniyning oldilariga qaytdim, u kishiga «Menga yirtqich hamla qilmoqchi bo‘ldi», deb aytdim. U kishi tashqariga chiqib yirtqichga baqirib: «Mehmonlarimga ro‘para bo‘lmagin, deb aytmaganmidim?!» dedilar. Arslon uzoqlashib ketdi. Men tahoratimni olib, keyin u kishining oldilariga qaytib kelgan edim, menga «Zohiringizni to‘g‘rilash bilan mashg‘ul bo‘ldingiz, natijada arslondan qo‘rqdingiz va biz botinni o‘nglash bilan mashg‘ul bo‘ldik. Natijada arslon bizdan qo‘rqdi», dedilar».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:18:43
Mashoyixlarning o‘tkir farosatlari, insonlarning e’tiqodlari va ko‘ngillaridagi narsalar haqida xabar berishlari to‘g‘risidagi hikoyalar hisobiga yetib bo‘lmas darajada ko‘pdir. Yana Xizr alayhissalomni ko‘rishlari, undan xotifdan ovoz eshitgandek so‘rashlari va har xil karomatlardan iborat hikoyalar ham sanab bo‘lmaydigan darajada ko‘pdir. Lekin bularni inkor qiluvchi kishiga, modomiki bu holatlarni o‘z nafsida ko‘rmagan bo‘lsa, bunday hikoya foyda bermaydi. Chunki aslni inkor qilgan kishi tafsilotni ham inkor qiladi. Biror kishi ham inkor qilishga qodir bo‘lmaydigan ikkita qat’iy dalil bor: birinchisi — rost tushning ajoyibotlari, chunki rost tush bilan g‘aybiy narsalar kashf bo‘ladi. Agar bu narsa ko‘proq uyquda sodir bo‘ladigan esa-da, uyg‘oq vaqtida ham bo‘lishini mahol, deb bo‘lmaydi. Uyqu bedorlikdan faqat hislarning sekinlab qolishida, his etiladigan narsalar bilan mashg‘ul bo‘lolmay qolinganlik farq qiladi, xolos. Qancha-qancha uyg‘oq kishilar borki, o‘zi bilan mashg‘ul bo‘lib, eshitmaydi ham, ko‘rmaydi ham.

Ikkinchisi - Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning g‘oyibdan va kelajakda bo‘ladigan ishlardan xabar bermoqlaridir. Bu Qur’onda ham kelgan. Agar bu narsalar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uchun joiz bo‘ladigan bo‘lsa, boshqa kishilarga ham joiz bo‘ladi. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ishlar haqiqatlari kashf qilingan va insoniyatni isloh qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan shaxsdirlar. Bunday ishlar (nabiydan boshqa) biror kishida zohir bo‘lsa, u payg‘ambar emas, balki valiy, deb nomlanadi. Kimki payg‘ambarlarga iymon keltirib, to‘g‘ri tushlarni tasdiq qilsa, unga qalb uchun ikki eshik borligiga iqrorlik lozim bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:18:54
Birinchi eshik tashqariga bo‘lib, ular hislardir. Ikkinchi eshik qalb ichkarisidan ko‘zga ko‘rinmas olamga eshikdir va u ilhom, qalbga puflash va vahiy eshigidir. Bas, endi ikki eshikning borligiga iqror bo‘lsa, ilmlarni ta’lim olish va odatiy sabablar bilan o‘rganish doirasida cheklab qo‘ymoqlik mumkin bo‘lmaydi. Balki nafs bilan kurashish ham ilmga olib boradigan bir yo‘l bo‘lmog‘i joizdir. Bu biz zikr qilgan qalb shahodat olami bilan malakut olami o‘rtasida aylanib yurishi ajoyibotlarining haqligiga ishora qiladigan narsalardir. Ammo ishlarning haqiqati uyquda ta’birga muhtoj bo‘ladigan holatda kashf bo‘lishi va xuddi shuningdek, payg‘ambar va avliyolar uchun ham farishtalar har xil suratlarda gavdalanishi - bular ham qalb sirlarining ajoyibotlaridandir. Bular mukoshafa ilmi bilan lozim bo‘ladi.

Zikr qilingan mana shu narsalar bilan kifoyalanamiz. Chunki bu insonni jiddu jahdga va ularning kashf bo‘lishini talab qilishga qiziqtirish uchun yetarlidir. Batahqiq, qalblari ochilgan ba’zi kishilar aytadilar: «Menga farishta ko‘rindi. Mendan tavhiddan bilganlarim, ya’ni xufyona zikrlarimdan bir narsani unga yozirishimni so‘radi. So‘rab aytdiki: «Sen uchun bir amal yozmaymiz. Biz seni Alloh taologa yaqinlashtiradigan amalni ko‘tarib ketishni xohlaymiz». Men: «Farz amallarni yozmayapsizmi?» dedim. Ular: «Yozyapmiz», deyishdi. «Unday bo‘lsa, ana shu sizga kifoya qiladi», dedim». Bunda nomai a’molni yozadigan farishtalar qalb sirlaridan xabardor emasliklariga va albatta ular faqat zohiriy amallardan xabardor bo‘lishlariga ishora bordir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:19:31
Ba’zi oriflar aytadilar: «Abdollarning ba’zilaridan yaqiniy mushohada haqida bir masala so‘radim. U kishi chap tomonlariga qarab: «Alloh sizga rahm qilsin, bunga nima deysiz?» dedilar. So‘ng o‘ng tomonlariga qarab: «Alloh sizga rahm qilsin, bunga nima deysiz?» dedilar. Keyin ko‘zlarini qalblariga qaratdilar-da, yana: «Alloh rahm qilsin, siz nima deysiz?» dedilar. So‘ngra ajoyib tarzda javob berdilar, men uni eshitdim. Keyin u kishidan o‘ng va so‘l tomonga qaraganlari sababini so‘radim. U kishi: «Menda bu masalaga puxta javob yo‘q edi. Chap tomonimdagi farishtadan so‘radim. U bilmayman, dedi. O’ng tomonimdagi farishtadan so‘radim, u farishta chapdagidan ko‘ra bilimdon edi, u ham bilmayman, dedi. Bas, qalbimga qarab undan so‘radim. U senga javob bergan narsalarimni aytib berdi. Qalbim ikkisidan biluvchiroq ekan», dedilar». Bu hikoya Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning mana bu so‘zlari ma’nosiga o‘xshash ekan: «Albatta ummatlarim ichida ilhom qilinganlari bordir. Umar ana shundaylardandir».

Asarda kelishicha, Alloh taolo aytadi: «Qaysi bir bandaning qalbiga qaraganimda unda ko‘proq Mening zikrim bilan mashg‘ul bo‘linganini ko‘rsam, qalbini O’zim idora qilaman va uning suhbatdoshi va ulfati bo‘laman».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:19:41
Abu Sulaymon Doroniy aytadilar: «Qalb qurib qo‘yilgan bir gumbaz o‘rnidadir. Uning atrofida ko‘pgina qulflangan eshiklar bor. Qaysi eshik ochilsa, o‘sha eshik tarafda amal qiladi». Batahqiq, qalb eshiklaridan bir eshik malakut tomoniga va mala’il a’lo tomoniga (ya’ni, ko‘zga ko‘rinmaydigan olamga) ochilishi zohir bo‘ldi. Ana shu eshik nafsga qarshi kurashish bilan, parhez bilan, dunyo xohishlaridan yuz o‘girish bilan ochiladi. Shuning uchun Umar roziyallohu anhu askarlarning amirlariga «Itoatkor kishilardan eshitgan narsalaringizni yodda tuting, chunki to‘g‘ri ishlar ularga ravshan bo‘ladi», deb maktub yubordilar.

Ba’zi ulamolar aytadilar: «Alloh taoloning yadi (qo‘li) dono kishilarning og‘izlari ustidadir. Ular faqat Alloh taolo ular uchun tayyorlab qo‘ygan haq narsanigina gapiradilar». Yana boshqa kishi aytadi: «Agar xohlasa, Alloh taolo O’zidan qo‘rquvchi bandalarini ba’zi sirlaridan xabardor qiladi, deyman».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:20:06
Shayton vasvasa bilan qalbga hukmronlik qilmog‘i va vasvasa ma’nosi hamda uning g‘olib kelishi sabablari bayoni

Bilingki, albatta qalb yuqorida zikr qilganimizdek, bir necha eshikli qilib qurilgan bir gumbazga o‘xshaydi. Xabarlar unga har bir eshikdan yetkaziladi. Yana atrofidan kamon o‘qlari bilan mo‘ljalga olib turilgan joyga o‘xshaydi. Yoki yo‘l yoqasiga tiklab qo‘yilgan bir oynaga o‘xshaydi. Uning oldidan har xil suratli kishilar o‘tib, oynada har xil suratlar ko‘rinib turadi. Oyna suratdan hech xoli bo‘lmaydi.  Yoki bir hovuzga uxshaidiki, unga har xil anhorlardan suv ochib qo‘iilgan edi. Albatta qalbda doimiy ravishda mana shunday yangi xabarlar kirib turadigan joylari bo‘ladi. Ammo tashqaridan kiradiganlari beshta his qilinadigan a’zolardir. Ichkaridan keladigan xabarlar esa xayol, shahvat, g‘azab va insonning tabiatidan tarkib topgan xulqlardir. Chunki inson his etish a’zolaridan (ya’ni, eshitish, ko‘rish, tatish, ushlash, hidlash) biri bilan biror narsani bilsa, undan qalbda asar qoladi. Xuddi shuningdek, masalan, ko‘p yeyish va tabiatidagi quvvat sababli shahvat qo‘zg‘aladigan bo‘lsa, qalbda undan asar hosil bo‘ladi. Garchi inson uni his etishdan tiyilsa ham, nafsda hosil bo‘lgan xayollar qoladi. Xayollar bir narsadan ikkinchisiga ko‘chib o‘tib turadi. Mana shu xayollarning ko‘chishi barobarida qalb ham bir holdan ikkinchi holga o‘tadi. Bu so‘zlarimizdan maqsad albatta qalb doim mana shunday sabablar tufayli o‘zgarib va ta’sirlanib turadi.

Qalbda hosil bo‘luvchi ta’sirlarning o‘ziga xosi xotiralardir, ya’ni fikrlash va xotirlashdan paydo bo‘ladigan tushunchalardir. Bu - inson ilmlarni yangidan yoki eslash yo‘liga binoan idrok etishi, deganidir. Bu tushunchalarning xotira, deyilishiga sabab shunday: qalb xabarlardan g‘ofil bo‘lib qolganidan keyin qayta tushuniladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:21:25
Tushuncha xohishni harakatga keltiradi. Negaki, niyat, qasd va xohish albatta xayolga kelgan narsa tushunilgandan keyin bo‘ladi. Ishlarning avvali tushunchalardir. So‘ngra tushuncha rag‘bat uyg‘otadi, rag‘bat qasd qilishni qo‘zg‘aydi, qasd qilish niyatni harakatga keltiradi, niyat esa a’zolarni ishga soladi. Rag‘batni qo‘zg‘atuvchi tushuncha oqibatda zarar qiluvchi yomonlikka chaqiradigan narsalarga va oxiratda foyda qiluvchi yaxshilikka chaqiradigan narsalarga bo‘linadi. Bular ikki tushuncha hisoblanib, ikki xil nomga muhtoj bo‘ladi. Avvalgisi maqtalgan tushuncha, bu ilhom, deyiladi. Yomonlangan tushuncha, ya’ni yomonlikka chiqiruvchisi esa vasvasa, deyiladi.

Endi siz bu tushunchalar paydo bo‘luvchi ekanini bilasiz. Albatta har bir paydo bo‘luvchi narsaning paydo qiluvchisi ham bo‘ladi. Qachonki, hodisalar har xil bo‘lsa, bularning sabablari ham har xil bo‘lishiga dalolat qiladi. Bu Alloh taolo mavjud hodisalarni sabablari bilan birga yaratgani qonunidan ma’lum. Qachonki, uyning devorlari olov nuri bilan yoritilib, shifti esa tutun bilan qoraysa, bilasizki, albatta shiftning qorayish sababi yoritish sababidan emas. Xuddi shuningdek, qalb nurlari va zulmati uchun ham ikkita har xil sabab bor. Birinchisi -malak, deb nomlanmish yaxshilikka chaqiruvchi tushuncha. Ikkinchisi -shayton, deb nomlanmish yomonlikka chaqiruvchi tushuncha. Qalbni yaxshi ilhomlarni qabul qilishi uchun tayyorlab turadigan marhamat tavfiq, deb nomlanadi.     Qalbni     shayton     vasvasalarini     qabul     qilish     uchun tayyorlaydigan narsa ig‘vo va muvaffaqiyatsizlik, deyiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:21:59
Albatta har xil ma’nolar uchun turlicha ismlar kerak. Farishta Alloh taolo maxluqotlaridan biri bo‘lib, uning ishi yaxshiliklarni to‘kish, ilm bilan foydalantirish, haqiqatni kashf qilish, yaxshilikni va’da qilish va yaxshilikka buyurishdir. Alloh taolo uni shuning uchun yaratib bo‘ysundirgan. Shayton Alloh taolo maxluqotlaridan bir maxluq bo‘lib, uning ishi yomonlikni va’da qilish, buzuqlikka buyurish, bir yaxshilikka qasd qilingan paytda kambag‘allik bilan qo‘rqitishdir. Vasvasa ilhomga muqobil bo‘ladi. Shayton farishtaga muqobil bo‘ladi. Tavfiq muvaffaqiyatsizlikka muqobil bo‘ladi. Bunga Alloh taoloning so‘zida ishora bordir:

«Sizlar eslatma-ibrat olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik» (Vaz-zoriyot surasi, 49-oyat).

Barcha mavjudotlarning o‘zi barobarida jufti bor. Faqat Alloh taolo yolg‘izdir. Uning tengi ham, jufti ham yo‘qdir. Balki U ana shu juftliklarning yaratguvchisi, haq bo‘lgan yolg‘iz Zotdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:22:22
Qalb farishta bilan shayton o‘rtasida ikki tomonga tortilib turadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Qalbda ikki ushlash bor. Biri farishtadan bo‘ladi, bunda yaxshilikni va’da qilish va haqni tasdiqlash bo‘ladi. Kim mana shu narsani topsa, albatta u Alloh subhanahu va taolodanligini bilsin va Allohga hamd aytsin. Yana bir ushlash dushmandan bo‘ladi. Bunda yomonlikni va’da qilish, haqni yolg‘onga chiqarish va yaxshilikdan qaytarish bo‘ladi. Kim mana shu holatlarni topsa, bas, Alloh taolodan shaytoni rojim yomonligidan panoh so‘rasin» (Imom Termiziy rivoyati, hasan). So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam quyidagi oyatni o‘qidilar:

«Shayton sizlarni (agar infoq-ehson qilsangiz), kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi» (Baqara surasi, 268-oyat).

Hasan Basriy aytadilar: «Albatta u ikkisi qalbda aylanib yuradigan ikki qasddir. Biri Allohdan, ikkinchisi dushmandan. Bir ishni qasd qilgan paytida yaxshilab o‘rganib, agar Alloh taolodan bo‘lsa, uni yurgizadigan, agar dushmanidan bo‘lsa, unga qarshi kurashadigan bandaga Alloh rahm qilsin». Bu ikki hukmronlik o‘rtasida qalb tortilib turganligi uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minning qalbi Rahmon barmoqlaridan ikki barmoqning orasidadir», dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:23:19
Alloh taolo bo‘lingan holdagi suyak, go‘sht, qon va paydan tuzilgan barmoqdan oliydir. Lekin «barmoq» lafzini keltirishdan murod qalb o‘zgarishining tezligiga va uni o‘zgartirish va harakatlantirishga qodir ekanligiga dalolat qiladi. Chunki siz agar barmog‘ingiz qilgan ishni iroda qilib turgan bo‘lsangiz ham, barmog‘ingiz bilan bir ish qilsangiz, (ishni barmog‘ingizga nisbat berasiz). Alloh taolo ishlarini farishta va shaytonni bo‘ysundirish bilan qiladi. Farishta bilan shayton esa Allohning qudrati bilan qalblarni o‘zgartirishga bo‘ysundirib qo‘yilgandir. Bu barmoqlaringiz ham jismlarni o‘zgartirishda sizga bo‘ysundirib qo‘yilganiga o‘xshaydi.

Qalb asl yaratilgan holatida farishtaning xabarini qabul qilish uchun ham, shayton xabarini qabul qilish uchun ham, biri ikkinchisidan ustun bo‘lmagan holatda, bir xilda qabul qilish uchun salohiyatlidir. Ikkisidan birining ustun bo‘lishi havoyi nafsga ergashish va shahvatlarga mukkasidan ketishdan yoki havoyi nafsdan yuz o‘girish va unga qarshi chiqishdandir. Agar inson g‘azab va shahvat taqozo qiladigan narsalarga ergashsa, unda havoyi nafs vositasi bilan shayton hukmronligi zohir bo‘ladi va qalb shaytonning uyasi hamda qoniga aylanib qoladi. Chunki havoyi nafs shaytonning yaylovi va o‘tlaydigan joyidir. Agar inson shahvatlarga qarshi kurashsa, uni o‘z nafsiga hukmron qilib qo‘ymasa, o‘zining xulqini farishtalar axloqiga o‘xshatsa, uning qalbi farishtalar qarorgohiga va kelib tushadigan joylariga aylanadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:24:17
Qalb shahvat, g‘azab, hirs va uzun orzu hamda havoyi nafsdan iborat bashariy sifatli narsalardan xoli bo‘lolmas ekan, shayton ham unda vasvasa qilish bilan aylanib yurmoqlikdan to‘xtamaydi. Shuning uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlarning har biringizda bittadan shayton bo‘ladi» (Imom Muslim rivoyati). Shunda «Sizda ham bo‘ladimi, ey Rasululloh?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, menda ham bo‘ladi, lekin Alloh taolo uning zarariga menga yordam beradi. Men omonda bo‘laman, menga yaxshilikdan boshqa narsani buyurolmaydi», dedilar.

Qachonki, havoyi nafs taqozo qiladigan narsalar bilan dunyoning zikri qalbda g‘olib bo‘lsa, shayton u yerda joy topib, vasvasa qiladi. Agar Alloh zikriga qaytadigan bo‘lsa, joy torlik qilib, shayton u yerdan ko‘chib ketadi. So‘ngra farishta qalbga kelib, unga yaxshilikni ilhom qiladi. Farishta askarlari bilan shayton askarlari o‘rtasida qalb maydonida bir-biriga hujum qilish to qalb ulardan biriga ochilgunga qadar davom etadi. Qalb qay biri uchun ochilsa, u yerni o‘ziga vatan qilib o‘rnashib oladi. Ikkinchisining u yerga borishi o‘g‘rilik tarzida bo‘ladi. Ko‘p qalblarni shayton askarlari ochib, unga egalik qilib olgan. Natijada qalbga dunyoni ixtiyor qilib, oxiratni tashlashga chaqiruvchi vasvasalar to‘lib ketgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:24:38
Shayton askarlari qalbni egallashining boshlanishi shahvatlarga va havoyi nafsga ergashishdir. Ana shundan keyin shayton askarlarini bosib olish imkoni faqatgina havoyi nafs va shahvatlardan iborat shaytonning ozuqasidan qalbni bo‘shatish bilan bo‘ladi. Qalbni obod qilish esa farishtalar izining o‘rni bo‘lgan Alloh zikri bilan bo‘ladi. Jobir ibn Ubayda Adaviy aytdilar: «A’lo ibn Ziyodga qalbimda bo‘ladigan vasvasalardan shikoyat qildim. U kishi: «Albatta uning misoli o‘g‘rilar kirib o‘tib ketadigan uyning misoliga o‘xshaydi. Agar uyda biror narsa bo‘lsa, u bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Agar hech narsa bo‘lmasa, uyni shunday tashlab o‘tib ketishadi», dedilar». Ya’ni, albatta havoyi nafsdan xoli bo‘lgan qalbga shayton kirmaydi. Shuning uchun Alloh taolo aytadi:

«Mening (iymon-e’tiqodli) bandalarim ustida sen uchun hech qanday saltanat-hukmronlik bo‘lmas» (Al-Isro surasi, 65-oyat).

Havoyi nafsga ergashgan har bir kishi Allohning quli emas, balki havoyi nafsning qulidir. Shuning uchun Alloh taolo uning ustiga shaytonni hukmron qilib qo‘ygan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:26:48
Alloh taolo aytadi:
«(Ey Muhammad alayhissalom), havoyi nafsini o‘ziga «iloh» qilib olgan... kimsani ko‘rganmisiz?» (Josiya surasi, 23-oyat.)

Bu oyatdan ma’lum bo‘ladiki, kim havoyi nafsiga ergashsa, u inson nafsining qulidir, Alloh quli emas.

Shuning uchun Amr ibn Oss Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga «Ey Rasululloh, men bilan namozim, qiroatim o‘rtasiga shayton tushib oldi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ana shu Xanzab, deb nomlanmish shaytondir. Agar uni sezib qolsang, uning yomonligidan Allohdan panoh so‘ragin va chap tomoningga uch marta tuflagin», dedilar (Imom Muslim rivoyati). Amr ibn Oss aytdilar: «Ana shunday qilgan edim, uni Alloh mendan ketkazdi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:27:01
Xabarda kelishicha, «Tahorat uchun bir shayton bo‘lib, u Valhon, deb ataladi. Uning yomonligidan Allohdan panoh so‘ranglar», deyilgan (Imom Termiziy rivoyati). Qalbdan shaytonning vasvasasi faqat vasvasa qilinayotgan narsadan boshqa narsani eslash bilan o‘chadi. Chunki qalbda bir narsaning zikri xotirlansa, oldin kelgan narsaning zikri yo‘q bo‘ladi. Lekin Allohdan va Allohga taalluqli narsalardan boshqa har bir narsa shayton uchun makon bo‘lishi mumkin. Alloh zikri bor joydagina uning yomonligidan omonda bo‘linadi. Aniq bilinadiki, Alloh zikri bor joyda shayton uchun joy yo‘q. Biror narsani davolashda ham o‘sha narsaning ziddi qo‘llaniladi. Shayton vasvasalari ziddi (esa gunohdan tiyilish va ibodatga qodir bo‘lishda o‘zida) kuch-quvvat (bor, demoq)dan saqlanib, Allohni eslashdir. Bu esa mana bu so‘zingizning ma’nosidir: «Allohning dargohidan quvilgan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh so‘rayman. Ibodat qilish uchun qodir bo‘lishga ham, gunohdan tiyilishga ham faqat oliy va buyuk bo‘lgan Allohning yordami bilan erishaman».

Bunga esa Alloh zikrini ko‘p qiladigan taqvodorlargina qodir bo‘ladilar. Shayton ular xato qilgan paytlarida qulay fursat poylab, atroflarida aylanadi. Alloh taolo aytadi:

«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:27:43
Mujohid «(Qachon Allohning nomi zikr qilinganda) yashirinib oladigan vasvasachi (shayton)ning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman» oyatining ma’nosi to‘g‘risida aytishicha, qalbga yoyilib yotib olgan shaytondir. Agar Alloh taoloni eslasa, shayton siqiladi va uzoqlashadi. Agar g‘aflatda bo‘lsa, qalbning ustiga yana yoyilib yotib oladi. Alloh taolo zikri bilan shayton vasvasasi o‘rtasidagi kurash yorug‘lik bilan zulmat, kecha va kunduz o‘rtasidagi o‘zaro kurashga o‘xshaydi. Ikkisining bir-biriga zidligi borasida Alloh taolo aytadi:

«Ularni shayton egallab olib, ularga Allohni eslashni unuttiradi» (Mujodala surasi, 19-oyat).

Anas roziyallohu anhu aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta shayton odam farzandi qalbiga tumshug‘ini qo‘yib turadi, agar u Alloh taoloni eslasa, uzoqlashadi. Agar Alloh taoloni unutib qo‘ysa, qalbini yutib yuboradi», dedilar (Ibn Abud-Dunyo rivoyati, zaif).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:27:56
Ibn Vazzox «Agar kishi qirq yoshga yetib tavba qilmasa, uning yuzini shayton qo‘li bilan silab qo‘yadi» (Ibn Vazzox rivoyati), degan hadis haqida aytdilar: «Otam fido bo‘lsin, bu najot topmaydigan kishining yuzidir».

Go‘yo shahvatlar odam farzandining go‘shtiga va qoniga aralashib ketganidek, shaytonning hukmronligi ham go‘shti va qoni ichida yuruvchi hamda qalbning atrofini har tomonlama o‘rab oluvchidir. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta shayton odam farzandining qon yo‘lida yuradi. Uning yo‘llarini ochlik bilan toraytiringlar», dedilar. Chunki ochlik shahvatni sindiradi, shaytonning yo‘li esa shahvatlardir. Qalbning hamma tomonini shahvat qamrab olgani uchun Alloh taolo Iblis haqida xabar berib aytadi:

«U aytdi: «Qasamki, endi meni yo‘ldan ozdirganing sababli mudom Sening to‘g‘ri yo‘ling ustida ularni (Odam bolalarini) kutib o‘tirurman. So‘ngra ularning oldilaridan va ortlaridan, o‘ngu so‘llaridan kelib (to‘g‘ri yo‘ldan ozdirurman)» (A’rof surasi, 16-17-oyatlar).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:28:17
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta shayton odam farzandi uchun bir necha yo‘llarda o‘tiradi. Hatto Islom yo‘lida ham o‘tiradi. Aytadiki: «O’z diningni va otangning dinini tashlab musulmon bo‘lasanmi?» Inson unga osiy bo‘lib musulmon bo‘ladi. So‘ngra shayton inson uchun hijrat yo‘lida o‘ltiradi. Aytadiki: «Yeru osmoningni tashlab hijrat qilasanmi?» Inson yana unga osiy bo‘lib hijrat qiladi. So‘ngra shayton jihod yo‘lida o‘tiradi. Aytadiki: «Jihod qilasanmi? U jon va molga talofat yetkazadi. Sen urushasan, seni o‘ldirishadi, xotinlaring nikohlanib, moling bo‘lib olinadi». Inson unga osiy bo‘lib jihod qiladi». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim mana shunday qilib o‘lsa, Alloh taologa uni jannatga kirgizish vojib bo‘ladi» (Nasaiy rivoyati, sanadi sahih). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (bu hadislarida) vasvasa ma’nosini aytganlar. Ular jihod qiluvchining ko‘ngliga keladigan narsalar bo‘lib, uning o‘ldirilishi, xotinlarining nikohlanib olinishi va boshqa xayollar jihoddan to‘xtatib qo‘yadigan fikrlardir. Bu xayollar ma’lumdir. Demak, vasvasalar mushohada bilan ma’lum bo‘ladi. Ko‘ngilda kechgan har bir narsaning sababi bo‘lib, uni tanitadigan nomga muhtoj bo‘ladi. U sababning ismi shayton, deb atalib, uning odamdan ajralishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Odamlar unga osiy bo‘lish yoki unga ergashish bilan farqlanadilar. Shuning uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarning har biringiz uchun bittadan shayton bo‘ladi», dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Batahqiq, bu nav ichki his bilan vasvasa va ilhom, farishta va shayton, tavfiq va muvaffaqiyatsizlik ma’nolari ravshan bo‘ldi. Mana shundan keyin shaytonning zoti to‘g‘risida mulohaza qiladigan kishi shunday o‘ylaydi: shayton latif jism yoki jism emas. Agar jism bo‘lsa, insonning badaniga qanday qilib kiradi? U jism emas, deydi. Bu masala hozir muomala ilmida (ya’ni, zohiriy ilmda) muhtoj bo‘linadigan narsa emas.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:28:45
Bu to‘g‘rida bahs qiluvchi kishining misoli kiyimi ichiga ilon kirib olganda, uni qanday yo‘qotishga va zararini daf qilishga muhtoj bo‘la turib, uning rangi, shakli, uzunligi va yo‘g‘onligi to‘g‘risida bahs yuritayotgan kishining misoliga o‘xshaydi. Bu esa johillikning ayni o‘zidir. Yomonlikka undovchi fikrlarga qarshi kurashish lozimligini bildingiz. Bu yomon xayollar shaksiz bir sababdan bo‘lishiga dalolat qiladi. Kelajakda oqibatidan qo‘rqiladigan yomonliklarga chaqiruvchi dushman kim ekanligi bilindi. Dushman ham aniqlandi. Endi u bilan kurashishga kirishish lozim bo‘ladi. Batahqiq, Alloh taolo insonning shayton borligiga ishonib, yomonligidan ehtiyot bo‘lishi uchun O’z kitobining bir necha joyida uning dushmanligini bildirgan:

«Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! Shak-shubhasiz, u o‘z firqasini (ya’ni, o‘ziga ergashgan kimsalarni) do‘zax egalaridan bo‘lishlari uchun da’vat qilur» (Fotir surasi, 6-oyat).

«Men sizlarga: «Ey Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq dushmandir. Faqat Mengagina ibodat qilinglar! Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir», deb buyurmaganmidim?!» (Yosin surasi, 60-61-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:29:12
Bandaga dushmanini o‘z nafsidan daf qilish bilan mashg‘ul bo‘lishi lozim bo‘ladi. Uning asli, nasabi, maskani haqida bahs qilish bilan shug‘ullanish zaruriyati yo‘q. To‘g‘ri, nafsidan uni daf qilish uchun o‘zining bir quroli haqida o‘ylab ko‘rishi kerak bo‘ladi. Shaytonning quroli esa havoyi nafs va shahvatlardir. Mana shu qurolining o‘zi butun olamga yetarlidir. Uning zoti, sifati, haqiqatini bilishdan Allohdan panoh so‘raymiz. Farishtalarning haqiqatini bilish esa mukoshafa ilmlariga chuqur kirishib ketgan oriflarning maydonidir. Muomala ilmida uni bilishga ehtiyoj yo‘qdir.

Xayollar (fikrlar) uch xil bo‘ladi: 1) Yomonlikka chaqiruvchi ekanligi aniq bilinadi. Buning vasvasa ekanligi aniq. 2) Yaxshilikka chaqiruvchi ekanligi bilinadi. Buning ilhom ekanligida shak yo‘q. 3) Shubha bilan qaraluvchi. Buning shayton tarafidan yoki farishta tarafidan ekanligi aniq bilinmaydi. Chunki yomonlikni yaxshilik maydonida ko‘rsatish shayton hiylalaridandir. Buning yaxshi-yomonligini ajratib olish juda qiyin. Ko‘p bandalar mana shu bilan halok bo‘lishadi. Chunki shayton ularni yomonlikka ochiq-oydin chaqirishga qodir bo‘lmaydi-da, yomonlikni yaxshilik suratida ko‘rsatadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:29:31
Go‘yo bir olimga nasihat tarzida «Xaloyiqqa qaramaysanmi, nodonliklaridan o‘liklarga o‘xshab qolishibdi, g‘aflatlari ziyodaligidan halok bo‘lib, do‘zaxga yaqinlashib qolishibdi. Nasihatlaring va ma’ruzalaring bilan halokatdan qutqarib, bu Allohning bandalariga rahm qilsang bo‘lmaydimi? Batahqiq, Alloh senga ko‘ruvchi qalb, fasohatli til va maqbul notiqlikni ne’mat qilib bergan bo‘lsa, qanday qilib Allohning ne’matlariga nonko‘rlik qilasan? Qanday qilib Uning g‘azabiga o‘zingni ko‘ndalang qilasan? Yana qanday qilib ilmni tarqatish va xalqni to‘g‘ri yo‘lga da’vat qilishda sukut qilib turasan?» deydi. Mana shunday va shunga o‘xshash gaplarni uning qalbida qaror toptirish uchun doimiy harakatda bo‘ladi. Uni judayam yumshoq hiylalar bilan insonlarga nasihat qilish bilan mashg‘ul bo‘lishga moyil qiladi. So‘ngra uni insonlarga o‘zini chiroyli ko‘rsatishga, fasohatli lafzlar bilan gapirishga va yaxshiliklarni izhor qilishga (ya’ni, riyo qilishga) chaqiradi. Unga aytadiki: «Agar mana shunday qilmaydigan bo‘lsang, insonlarning qalblaridan so‘zingning mavqei (ya’ni, ta’siri) tushib ketadi, ular haq yo‘lga hidoyatlana olmaydilar». Uning huzurida shularni chiroyli ko‘rsatishda doim qoim bo‘ladi. Hatto bu orada olimning o‘zida riyo aralashmasi, ishlarini xalq qabul qilayotganidan xursand bo‘lish, martaba lazzati, unga ergashayotganlarning ko‘pligi, ilmini ko‘p sanash, xaloyiqqa past nazarda qarash qaror topadi. Natijada bechora olim o‘z nasihatlari bilan halokatga qarab ketib qoladi. Gapirayotganida maqsadini go‘yo yaxshilik, deb o‘ylaydi, aslida esa maqsadi obro‘ qozonish va insonlar oldida maqbul kishi bo‘lmoqdir. Shu sababli o‘zini Alloh huzurida ulug‘ bir maqomda, deb o‘ylagan holda halok bo‘ladi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan mana bu kishilar jumlasidandir: «Albatta Alloh taolo dinda nasibasi yo‘q kishilar bilan ham bu dinni quvvatlaydi» (Nasaiy rivoyati, sanadi yaxshi). Yana bir hadisda quyidagicha aytiladi: «Albatta Alloh taolo bu dinni fojir kishi bilan ham quvvatlab qo‘yadi» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:30:16
Shuning uchun rivoyat qilinishicha, Iblis alayhilla’na Iso ibn Maryam alayhissalomga ko‘rinib: «La ilaha illalloh, deng», deb aytganida, Iso alayhissalom Iblisga: «Bu haq kalima, lekin uni sening buyrug‘ing bilan aytmayman», degan ekanlar. Chunki shayton shunday yaxshilik ostida firib beradi. Shaytonning mana shu yo‘llar bilan firib berishi sira tugamaydi. Yomonlikni zohiran qilishni yomon ko‘radigan, nafslarining ochiq-oydin gunohga sho‘ng‘ib ketishiga rozi bo‘lmaydigan ulamolar, obidlar, zohidlar, kambag‘al va boylar hamda shular toifasidan bo‘lgan boshqa kishilar ham shaytonning mana shu xildagi firiblari tufayli halok bo‘lishadi.

Tezda kitobimiz oxiridagi «G’urur kitobi»dan joy olgan shayton hiylalaridan zikr qilamiz. Ehtimol, vaqtimiz yetsa, bu xususda «Iblisning firib berishi» deb nomlangan kitob tasnif qilishimiz ham mumkin. Chunki hozir shaharlarda bandalar o‘rtasida, xususan, mazhablar, e’tiqodlar to‘g‘risida shaytonning chalkashtirishi juda tarqalib ketdi. Hatto yaxshiliklardan faqatgina suvrat qoldi, xolos. Bularning hammasi shaytonning firiblari va hiylalariga bo‘ysunilganligi uchundir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:31:30
Endi banda xayoliga kelgan har bir qasd farishta tarafidan yoki shayton tarafidan ekanligini bilish uchun bir to‘xtalib olmog‘i lozim. Yana unga tabiatida bo‘lgan xohish bilan emas, balki qalb ko‘zi orqali chuqur qaramog‘i lozim bo‘ladi. Bu narsalardan taqvo nuri, qalb ko‘zi va ilmning ko‘pligi bilan xabardor bo‘linadi. Alloh taolo aytadi:

«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201-oyat).

Ya’ni, ular uchun muammolar yechilib ketadi. Ammo kim nafsini taqvo bilan rozi qilmay tabiatini havosiga ergashish bilan shaytonning aldovlariga bo‘ysunishga moyil qiladigan bo‘lsa, u holda adashishligi ko‘payib ketadi. O’zi sezmagan holda halokati tezlashib ketadi. Bularning o‘xshashlari to‘g‘risida Alloh taolo aytadi:

«Agar zolim-kofir kimsalar uchun Yerdagi bor narsa va u bilan birga yana o‘shaning mislicha narsa bo‘lsa, albatta ular qiyomat kunidagi azobning yomonligidan, o‘sha (qo‘llaridagi bor narsalarni) to‘lov qilib berib yuborgan bo‘lur edilar. (Chunki u kunda) ularga Alloh tomonidan ular o‘ylab ham ko‘rmagan narsalar - azoblar ko‘rinadi» (Zumar surasi, 47-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:32:10
Aytiladiki: «U savob deb o‘ylagan amallari edi, biroq u gunoh bo‘lib chiqdi». Muomala ilmlarining eng beparvo bo‘lingani va bekilib ketgani nafsning aldashi va shaytonning hiylalaridan ogoh bo‘lishdir. Vaholanki, bu ilm har bir bandaga farzi ayndir. Odamlar esa bunga beparvo bo‘lib, o‘zlariga vasvasalarni jalb qiladigan va ustlariga shaytonni hukmron qilib qo‘yadigan, uning dushmanligini va undan ehtiyot bo‘lish yo‘llarini unuttirib qo‘yadigan ilmlar bilan mashg‘ul bo‘lib qolishdi. Endi vasvasalarning ko‘pligidan faqat xayol eshiklarini yopib qo‘yishgina qutqaradi. Uning tashqi eshiklari beshta his etish a’zolaridir, ichki eshiklari esa shahvatlar va dunyo aloqalaridir. Qorong‘i uyda yolg‘iz qolish his etish eshigini to‘sadi. Molu dunyo va ahl-bolalaridan uzilish ichki eshiklardan bo‘ladigan vasvasalar yo‘lini ozaytiradi. Shunday bo‘lsa ham, qalbga joriy bo‘ladigan xayolotlarga botiniy kirish eshiklari ochiq qoladi. Buni esa qalbni faqat Alloh zikri bilan mashg‘ul qilish orqali daf etiladi. Keyin shayton qalbni o‘ziga tortishda, talashishda, Alloh zikridan to‘sishga harakat qilishda bardavom bo‘ladi. Unga qarshi kurashish lozim. Bu kurashish o‘lguncha bo‘ladi. Zero, qay bir inson tirik ekan, shaytondan qutulolmaydi. Batahqiq, kurashish bilan unga bo‘ysunmaslikka va uning yomonligini o‘zidan daf qilishga kuchi yetadigan bo‘ladi. Lekin badanida qon yurib turarkan, bir lahza ham unga qarshi kurashishdan va o‘zini himoya qilishdan behojat bo‘lolmaydi. Chunki inson tirik ekan, uning qalbiga shayton eshigi bekilmaydi va doim ochiq bo‘ladi. Bu eshiklar shahvat, g‘azab, hasad, ta’magirlik, ochko‘zlik va boshqa narsalardir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:32:32
Bularning sharhi tezda keladi. Qachonki, eshik ochiq va dushman xushyor bo‘lsa, bundan faqat qo‘riqlash va kurashish bilan himoyalaniladi. Bir kishi Hasan Basriyga «Ey Abu Said, shayton ham uxlaydimi?» deb savol berganida, u kishi tabassum qilib: «Agar uxlaganida biz rohatda bo‘lardik», degan ekanlar. Demak, mo‘min undan qutulishi mumkin emas. Lekin uni daf qilish va quvvatini zaiflashtirish uchun yo‘l bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta mo‘min kishi o‘z shaytonini sizlardan biringiz tuyasini safarda holdan toydirgani kabi holdan toydiradi», dedilar (Imom Ahmad rivoyati). Ibn Mas’ud roziyallohu anhu: «Mo‘minning shaytoni ozg‘in bo‘ladi», dedilar. Qays ibn Hajjoj dedilar: «Shaytonim menga: «Sening ichingga kirganimda men semiz tuyadek edim, hozir esa chumchuqqa o‘xshab qoldim», dedi. Shunda men undan «Nima uchun?» deb so‘radim. «Alloh taoloning zikri bilan meni kichraytirib yuboryapsan», deb javob qildi shayton». Taqvodor kishilarga shayton eshiklarini to‘sish va uni qo‘riqlash bilan himoya qilish, ya’ni zohiriy eshiklarini va oshkora gunohlarga olib boradigan ochiq-oydin yo‘llarini to‘sish qiyin bo‘lmaydi. Lekin ular shaytonning xufyona yo‘llarida toyilib ketishadi. Chunki ular uning xufyona yo‘llarini qo‘riqlash uchun uning qaerdaligini bilishmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:33:15
Ulamo va voizlarning aldanib qolishlari to‘g‘risida avval ishora qilganimiz bunga misol. Bu yerda mushkullik shundaki, shayton uchun qalbga ochilgan eshiklar ko‘p va farishtalarning eshiklari bittadir. Darhaqiqat, ana shu bitta eshik ko‘p eshiklar bilan chalkashib ketgan. Banda bu holatda xuddi zulmatli kechada yo‘llari ko‘p, lekin qaysisidan borilishi noma’lum bo‘lgan holda sahroda qolib ketgan bir musofirga o‘xshaydi. U yo‘lni faqat aql ko‘zi va yorituvchi quyoshning chiqishi bilan bilishi mumkin. Bu yerdagi aql ko‘zi taqvo bilan musaffo qilingan qalbdir. Yorituvchi quyosh esa Alloh taolo kitobidan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlaridan istifoda qilib olingan, qay biridan borilishi noma’lum bo‘lgan yo‘llarni aniqlab beradigan mukammal ilmdir. Agar musaffo qalb va mukammal ilm bo‘lmasa, shaytonning yo‘llari ko‘p va xufyonadir. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni bir chiziq chizdilar va: «Bu Allohning yo‘li», dedilar. So‘ngra chiziqning o‘ng va chap tomonlariga bir necha chiziqlarni chizdilar. Keyin: «Bu yo‘llarning har birida unga chaqirib turadigan shayton bor», dedilar (Nasaiy rivoyati, sanadi sahih). So‘ngra tilovat qildilar:

«Albatta mana shu Meningto‘g‘ri yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! (Boshqa) yo‘llarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar» (An’om surasi, 153-oyat). (Bunda ana shu chizilgan chiziqlar nazarda tutilyapti.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shaytonning yo‘li ko‘pligini bayon qilib berdilar».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:33:28
Darhaqiqat, shaytonning yo‘llaridan xufyonalari uchun bir necha misollarni zikr qildik. U ulamolar va shahvatlariga hukmlarini o‘tkaza oladigan, zohiriy gunohlardan o‘zlarini tiya oladiganlar aldanib qoladigan yo‘ldir. Endi shaytonning maxfiy bo‘lmagan, ochiq, lekin odamni undan yurishga majbur qiladigan yo‘li uchun ham bir misol keltiraylik. Bunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan hadislarni zikr etamiz. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bani Isroil qavmida bir rohib bo‘lgan edi. Shayton bir qizning oldiga borib, uni bo‘g‘di. U qizning davosi rohib huzuridaligini qizning yaqinlari qalbiga soldi. Qizni rohib oldiga olib borishdi. U qizni qabul qilishdan bosh tortdi. Lekin ular ibodatgo‘y rohibga yalinib turib olishdi. Shunda uni qabul qilishga rozi bo‘ldi. Uni davolash uchun oldiga borganida shayton kelib, qizga yaqinlik qilishni chiroyli ko‘rsatdi. Oxiri u bilan jinsiy aloqada bo‘ldi. U qiz rohibdan homilador bo‘ldi. Obidga shayton vasvasa qilib: «Endi sharmanda bo‘lasan, hozir oldingga qizning yaqinlari keladi. Bas, qizni o‘ldir, agar sendan so‘rashsa, o‘zi o‘lib qoldi, deb aytgin», dedi.

Rohib qizni o‘ldirib, dafn qildi. Shayton esa uning ahli oldiga borib, rohib qizni homilador qilib, keyin o‘ldirganini va dafn etganini ularning qalblariga vasvasa qildi. Rohibning oldiga qizning oilasi kelib qizlari haqida so‘rashdi. U: «Qiz o‘lib qoldi», dedi. Shunda ular rohibni o‘ldirish uchun ushlashdi. Uning oldiga shayton kelib: «Qizni bo‘g‘ib kasal qilgan ham men, uning oilasi qalbiga (senga olib kelishni) solgan ham men, menga itoat qil, najot topasan. Ulardan seni xalos qilaman», dedi. Shunda rohib: «Nima narsa bilan (senga itoat qilay)?» dedi. Shayton: «Menga ikki bor sajda qil», dedi. Bas, rohib uning uchun ikki bor sajda qildi. Unga shayton: «Men sendan bezorman», dedi» (Ibn Abud-Dunyo rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:33:59
Alloh taolo aytadi:
«(Yahudiylarni mo‘minlarga qarshilik qilishga gij-gijlayotgan munofiqlar) xuddi shaytonning o‘xshashidirlar. Eslang, u insonga «Kofir bo‘l», degan edi. Endi, qachonki, (inson) kofir bo‘lgach, (shayton unga): «Albatta men sendan bezorman. Zero, men barcha olamlar Parvardigori bo‘lmish Allohdan qo‘rqurman», dedi» (Hashr surasi, 16-oyat).

Endi shaytonning hiylalariga va rohibni gunohi kabiralarga majbur qilib qo‘yganiga qarang. Bularning hammasi qizni davolash uchun qabul qilishda shaytonga itoat etishdan hosil bo‘ldi va bu oson ishdir. Gohida mana shunday ishni boshlayotgan kishi uni yaxshi va savob ish, deb o‘ylaydi. Havoyi nafsning xufyona ishi tufayli ana shu narsa qalbida chiroyli bo‘lib ko‘rinadi, go‘yo yaxshilikka rag‘bat qilayotgan kishiga o‘xshab unga qo‘l uradi. Natijada ana shundan keyin u qilayotgan ish o‘z ixtiyoridan chiqib ketadi. Bir gunoh boshqa gunohga qarab tortadi. Inson bundan saqlana olmaydi. Allohdan ishlarning avvalini behuda qilib qo‘yishidan panoh so‘raymiz. Bunga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana bu so‘zlarida ishora bordir: «Kimki (harom) chegarasi atrofida aylanib yursa, unga tushib ketmog‘i mumkin» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:34:47
Shaytonning qalbga kiradigan o‘rinlari tafsiloti bayoni

Bilingki, qalb misoli bir qo‘rg‘onga o‘xshaydi. Shayton esa qo‘rg‘onga bostirib kirib, unga egalik qilishni xohlab turgan dushmanga o‘xshaydi. Dushmandan qo‘rg‘onni saqlash uchun faqat uning eshiklari, kiriladigan boshqa joylari, zaif va teshik yerlarini qo‘riqlash kerak bo‘ladi. Eshiklar qaerdaligini bilmagan inson uni qo‘riqlay olmaydi.

Qalbni shayton vasvasasidan himoya qilish vojibdir. U har bir mukallaf bandaga farzi ayndir. Vojib amalga yetish uchun kerakli amallar ham vojib bo‘ladi. Shaytonni daf qilishga kerakli amal uning kirish joylarini bilishdir. Demak, shaytonning kiradigan joylarini bilish ham vojib. Shaytonning kiradigan joylari va uning eshiklari bandaning sifatlaridir. U juda ko‘pdir. Lekin biz so‘qmoq, yolg‘izoyoq yo‘l ma’nosidagi eshiklarga ishora qilyapmiz. Bunday eshiklar shayton askarlari ko‘p bo‘lsa ham, kirishiga torlik qilmaydi. G’azab va shahvat uning katta eshiklaridandir. Chunki g‘azab aqlga hujum qilish, deganidir. Agar aql qo‘shini zaiflashsa, shayton askarlari hujum qiladi. Inson, qachonki, g‘azablanadigan bo‘lsa, shayton uni go‘yo go‘dak to‘pni o‘ynaganidek o‘ynaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:35:07
Rivoyat qilinishicha, Muso alayhissalomga Iblis yo‘liqib aytdi: «Ey Muso, Alloh taolo sizni elchilikka tanlab olgan va siz bilan gaplashgandir. Men Alloh taoloning gunoh qilib qo‘ygan maxluqlaridan biriman. Tavba qilishni xohlayman. Robbim tavbamni qabul qilishida menga shafoatchi bo‘ling». Muso alayhissalom uning talabiga rozi bo‘ldilar. Toqqa ko‘tarilib Robbilari bilan gaplashdilar. Keyin tog‘dan tushishni xohlaganlarida Robbilari u kishiga «Omonatni ado qiling», dedi. Muso alayhissalom: «Ey Robbim, bandang Iblis tavbasini qabul qilishingni xohlayapti», dedilar. Alloh taolo Muso alayhissalomga vahiy qilib: «Ey Muso, hojatingizni ro‘yobga chiqaraman, Iblisga buyuring, Odamning qabriga sajda qilsin, keyin uning tavbasi qabul qilinadi», dedi. Muso alayhissalom Iblisga: «Hojating ravo qilinadigan bo‘ldi, Odam alayhissalomning qabrlariga sajda qilishga buyurilding, keyin tavbang qabul qilinadi», dedilar. Shunda shayton g‘azablanib kibrlandi va: «Unga tirikligida sajda qilmagan edim, o‘lganidan keyin sajda qilamanmi?!» dedi. So‘ngra Muso alayhissalomga shunday dedi: «Meni Robbingiz huzurida shafoat qilganingiz uchun ustimda haqqingiz bor, bas, uch narsa sodir bo‘lgan paytda meni eslang, o‘sha uch narsada sizni halok qilmayman. Birinchisi - meni g‘azablangan paytingizda eslang, chunki ruhim sizning qalbingizda bo‘ladi va ko‘zim ko‘zingiz ichida bo‘ladi hamda qon yuradigan joylaringizda yuraman. G’azab qilgan paytingizda meni yodingizdan chiqarmang. Chunki inson g‘azablansa, burniga puflab qo‘yaman, u nima qilayotganini bilmay qoladi. Ikkinchisi - meni jangga kirgan paytingizda eslang, chunki Odam farzandi jangga kirgan paytida uning oldiga borib, oilasini va xotin, bola-chaqasini eslataman, hatto u jangni tashlab qochib ketadi. Uchinchisi - nomahram ayol bilan birga o‘tirmoqdan o‘zingizni saqlang, chunki sizni unga, uni sizga yuborguchi elchilaringizman. Oralaringizda doim birga bo‘lib, sizni u bilan, uni siz bilan fitnalantirib qo‘yaman».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:35:36
Mana shu so‘zlari bilan shayton shahvat, g‘azab va ochko‘zlikka ishora qildi, chunki jangdan qochish dunyoga harislikdandir. Odam alayhissalomga o‘lganlarida sajda qilishdan bosh tortishi - bu hasaddir. Bu qalbga kirish eshiklarining kattalaridandir.

Zikr qilinishicha, ba’zi avliyolar Iblisga: «Odam farzandiga qanday qilib ustun kelasan?» deyishganida, shayton: «G’azab va havoyi nafsga ergashgan paytida uni ushlayman», dedi.

Hikoya qilinishicha, Iblis bir rohibga ko‘ringanida rohib undan: «Odam farzandining qaysi axloqi senga ko‘proq yordam beradi?» deb so‘rabdi. Shayton: «Jizzakilik, chunki agar banda jizzaki bo‘lsa, go‘dak to‘pni aylantirganidek, biz uni aylantiramiz», deb javob bergan ekan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:35:55
Aytilishicha, shayton shunday derkan: «Odam farzandi qanday qilib mendan ustun kela olardi? Agar rozilik holatida bo‘lsa, kelib qalbiga o‘rnashib olaman. Agar g‘azabli holatida bo‘lsa, uchib boshiga o‘rnashib olaman».

Yana katta eshiklardan biri hasad va ochko‘zlikdir. Qachon banda biror narsaga ochko‘zlik qilsa, uning ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar bo‘lib qoladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sening bir narsaga bo‘lgan muhabbating ko‘r, kar qiladi», dedilar (Abu Dovud rivoyati, sanadi zaif). Shaytonning qalbga kirish o‘rinlarini esa faqat qalb ko‘zi biladi. Agar qalb ko‘zini hasad va hirs to‘sib qo‘yadigan bo‘lsa, u holda hech narsani ko‘rolmay qoladi. Ana shu paytda shayton o‘ziga qulay fursat topadi. U hirs va shahvatga olib boradigan narsani, garchi u munkar va fahsh narsa bo‘lsa ham, chiroyli qilib ko‘rsatadi.

Rivoyat qilinishicha, Nuh alayhissalom kemaga chiqqan vaqtlarida, Alloh u kishiga buyurganidek, jonivorlardan ikkitadan - erkak va urg‘ochi qilib oldilar. Kemada o‘zlari tanimaydigan bir keksa kishini ko‘rdilar. Unga: «Nima uchun kirding?» dedilar. U: «Do‘stlaring qalbini nobud qilish uchun kirdim. Ularning qalblari men bilan bo‘lib, badanlari sen bilan qoladi», dedi. Nuh alayhissalom unga: «Chiq bu kemadan, ey Allohning dushmani, chunki sen la’natlangansan», dedilar. Iblis aytdi: «Besh narsa borki, insonlarni ana shular bilan halok qilaman. Senga ulardan uchtasini aytib beray, lekin ikkitasini aytmayman», dedi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:36:09
Alloh taolo Nuh alayhissalomga vahiy qilib: «U uch narsaga sizda hojat yo‘q, keyingi ikkitasini aytsin», dedi. Nuh alayhissalom unga: «U ikki narsa nima?» dedilar. Shayton: «Ular shunday narsalarki, meni yolg‘onchi qilib ham qo‘ymaydi, menga xilof ham qilmaydi. Ana shu ikki narsa bilan insonlarni halok qilaman. Ular hirs va hasaddir. Hasad bilan la’natlandim va quvilgan shaytonga aylandim. Ammo hirsga kelsak, Odam uchun jannatda har bir narsaning ruxsati berildi, faqat bir daraxtning ruxsati berilmadi. Bas, men harislik bilan unga daraxt mevasidan yedirib maqsadimga yetdim», dedi.

Shaytonning katta eshiklaridan yana biri ovqatni garchi u pokiza va halol bo‘lsa ham, to‘yib yeyishdir. Chunki bu shahvatlarni kuchaytiradi. Shahvatlar esa shaytonning qurollaridir.

Rivoyat qilinishicha, Iblis Zakariyo alayhissalomning o‘g‘illari Yahyo alayhissalomga ko‘rindi. Yahyo alayhissalom uning ustida har bir narsa uchun ilmoqlarni ko‘rdilar. Unga: «Ey Iblis, bu qanday ilmoqlar?» dedilar. Shayton aytdi: «Bular shahvatlardir, ular bilan odam farzandiga yetishaman». «Bu ilmoqlar ichida men ham ilinadiganim bormi?» dedilar Yahyo alayhissalom. «Ha, bor. Gohida to‘yganingizda namozda va Alloh zikrida sizga malollik sezdiramiz», dedi Iblis. «Yana bundan boshqa narsa bormi?» dedilar Yahyo alayhissalom. «Yo‘q», dedi shayton. Yahyo alayhissalom aytdilar: «Alloh uchun hamma vaqt taomni to‘yib yemaslikni lozim tutaman». Shunda shayton ham Yahyo alayhissalomga: «Men ham Alloh uchun doimo biron musulmonga nasihat qilmaslikni lozim tutaman», dedi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:36:41
Aytiladiki, insonning ko‘p yeyishida oltita xatar bor: ularning birinchisi - uning qalbidan Allohdan qo‘rqish ketib qoladi. Ikkinchisi -xalqqa rahm-shafqat qilish yo‘qoladi, chunki u hammani (o‘ziga o‘xshab) to‘q deb o‘ylaydi. Uchinchisi - toat qilishga malollanib qoladi. To‘rtinchisi -agar biror hikmatli so‘zni eshitsa, o‘zida halimlik topmaydi. Beshinchisi - agar u nasihat va hikmatni gapirsa, insonlar qalbida o‘rnashmaydi. Oltinchisi - unda har xil kasalliklar qo‘zg‘oladi.

Shaytonning eshiklaridan yana biri jihozlar, kiyimlar va hovli-joy bilan ziynatlanishni yaxshi ko‘rishdir. Chunki shayton ana shu narsalar inson qalbini egallaganini ko‘rsa, u yerda tuxum qo‘yib, bola ochadi. Doim insonni hovlisini obod qilishga, shift va devorlarini ziynatlashga, binolarini keng qilishga chaqirib turadi. Yana insonni kiyim va ulovlar bilan ziynatlanishga chorlaydi. Umri bo‘yi mana shunday narsalar vositasida insonni o‘ziga bo‘ysundiradi. Agar shayton uni shu holatga tushirsa, oldiga ikkinchi bor kelishiga hojat qolmaydi. Chunki bunday ishlarning biri ikkinchisiga ulanib, biri ikkinchisini yetaklab to o‘lgunicha davom etaveradi. So‘ngra nafsi havosiga ergashib, shayton yo‘lida o‘lib ketadi. Bunday narsalarning oqibati kofirlik bilan tugashi xavfi bor. Bundan Allohdan panoh so‘raymiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:36:59
Uning katta eshiklaridan yana biri insonlardan ta’ma qilishdir. Chunki qalbda ta’ma kuchaysa, shayton doim ta’magir kishini har xil riyolar, firiblar bilan o‘ralashtirib qo‘yadi. U ta’ma kutilayotgan kishida yo‘q sifatlarni bor qilib ziynatlab ko‘rsatish bilan ovora qilib qo‘yadi. Hatto ta’ma qilinayotgan kishi go‘yo ta’magirning ma’budiga o‘xshab qoladi. Doim unga yaxshi ko‘rinish va do‘st bo‘lish hiylalari to‘g‘risida tinmay fikr qiladigan bo‘lib qoladi. Ana shunga yetishish uchun har xil ko‘chalarga kirib chiqadi. Ta’magir holatining eng ozi ta’ma qilinayotgan kishini unda yo‘q sifatlar bilan maqtash va yaxshilikka buyurmasdan, yomonlikdan qaytarmasdan tilyog‘lamalik qilishidir. Safvon ibn Salimning rivoyat qilishlaricha, Iblis Abdulloh ibn Xanzalaga ko‘rindi va u kishiga: «Ey Xanzalaning o‘g‘li, men senga o‘rgatib qo‘ygan narsani yodingda tut», dedi. U kishi: «U narsaga ehtiyojim yo‘q», dedilar. Shayton: «Qara, agar yaxshi bo‘lsa, olasan, yomon bo‘lsa, rad qilasan. Ey Xanzalaning o‘g‘li, Allohdan boshqa kishidan rag‘bat bilan biror narsa so‘rama. G’azablanganingda qay holda bo‘lishingga qara, chunki men g‘azablanganingda senga ega bo‘lib olaman», dedi.

Katta eshiklardan yana biri shoshqaloqlik va ishlarda sobit turmaslikdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Shoshqaloqlik shaytondandir, xotirjamlik Allohdandir», dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Alloh taolo aytadi:
«(Haqiqatan) inson shoshqaloq holda yaralgandir» (Anbiyo surasi, 37-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:38:14
Yana aytadi:
«Inson (Alloh taolodan) yaxshilik so‘rab duoi xayr qilgani kabi (goho siqilgan paytlarida) yomonlik tilab duoibad ham qilur. Inson (mana shunday) shoshqaloqdir» (Al-Isro surasi, 11-oyat).

Yana Alloh taolo Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga aytdi:
«(Ey Muhammad alayhissalom), sizga (Qur’on) vahiysi bitishidan ilgari qiroat qilishga shoshmang (balki farishta Jabroil Alloh tomonidan keltirgan oyatni to‘la o‘qib bo‘lganidan keyingina qiroat qiling)» (Toha surasi, 114-oyat).

Chunki ishlarni avval yaxshilab ko‘rib-bilgandan keyin qilinmog‘i lozim bo‘ladi. Uni yaxshilab ko‘rib-bilish esa taammul va xotirjamlik bilandir. Shoshqaloqlik taammuldan to‘sadi. Yana shoshilingan vaqtda shayton insonga bilmagan tomonidan yomonligini ko‘paytirib yuboradi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:38:48
Batahqiq, Maryamning o‘g‘illari Iso alayhissalom tug‘ilganlarida shaytonlar boshliqlari Iblisning oldiga borib: «Butlarning oyoqlari osmondan bo‘lib qoldi», deyishdi. Shunda Iblis: «Bu ish yangilik, shu yerda turinglar», dedi-da, uchib ketdi. U yer yuzining ikki chekkasigacha ham aylanib chiqdi. Hech narsa topa olmadi. So‘ngra Iso alayhissalomning tug‘ilib bo‘lganlarini ko‘rdi. U kishini farishtalar o‘rab olishgan edi. Iblis shaytonlarning oldiga qaytib kelib aytdi: «Bu kecha bir payg‘ambar dunyoga keldi, chunki biron ayol homilador bo‘lib, keyin tug‘adigan bo‘lsa, albatta uning oldida bo‘lar edim. Ammo bu tug‘ilgan bolada bunday bo‘lmadi. Bu kechadan keyin butlarga ibodat qilinishidan umidlaringizni uzinglar, lekin odam farzandlarining oldiga shoshqaloqlik va yengiltaklik tomonlaridan boringlar».

Shaytonning katta eshiklaridan yana biri dirham va dinorlar, turli matolar, ulovlar, yerlardan iborat mollardir, chunki oziqlanish va hojatdan ortiqcha har bir narsa shaytonning qarorgohidir. Insonda yegulikka yetarli narsa bo‘lsa, uning qalbi (har xil tashvishlardan) xoli bo‘ladi. Bir kishi yo‘ldan, masalan, yuz dinor topib olsa, qalbida o‘n xil shahvat paydo bo‘ladi. Ana shu shahvatlarning har biri yana yuz dinorga muhtoj bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:39:04
Topilgan yuz dinor unga kifoya qilmaydi, balki yana to‘qqiz yuz dinorga muhtoj bo‘ladi. Ana shu yuz dinor topilmasdan oldin u behojat bir kishi edi. Endi yuz dinor topilgani uchun o‘zini boy kishiga aylangan deb o‘ylaydi. Batahqiq, endi uy sotib olib, uni obod qilish uchun, bir cho‘ri, uy jihozlari, yana po‘rim kiyimlar sotib olish uchun kerak bo‘ladigan to‘qqiz yuz dinorga ham muhtoj kishiga aylanib qoladi. Bu narsalarning har biri o‘ziga munosib boshqa narsalarni chaqiraveradi. Bu narsalarning oxiri yo‘q. Natijada oxiri jahannamning tubi bo‘lgan chuqurga tushib ketadi. Endi undan boshqa yo‘l yo‘q.

Sobit ul-Banoniy aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar qilib yuborilgan vaqtlarda Iblis o‘z shaytonlariga: «Bir hodisa sodir bo‘ldi, borib nima bo‘lganini bilib kelinglar», dedi (Ibn Abud-Dunyo rivoyati). Ular jo‘nashdi. Va nima bo‘lganini bilishdan ojiz holda qaytib kelishdi. Iblisga bilolmadik, deyishdi. Iblis: «Men o‘zim xabarini bilib kelaman», dedi va jo‘nadi. So‘ngra kelib: «Batahqiq, Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg‘ambar qilib yuboribdi», dedi va shaytonlarni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalariga yubora boshladi. Ular noumid qaytib kelishar va: «Bularga o‘xshagan qavm bilan hech birga bo‘lmaganmiz. Ularga endi yetganimizda namozlariga turib ketishadi. Ulardan (biz yetkazgan vasvasalar) o‘chirib yuboriladi», deyishardi. Ularga Iblis: «Hali shoshilmanglar, balki Alloh taolo ularga dunyoni ochib berishi mumkin, ana shunda maqsadimizga yetamiz», dedi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:39:16
Rivoyat qilinishicha, Iso alayhissalom bir kuni bir toshni yostiq qilib yotdilar. U kishining oldilaridan Iblis o‘tib: «Ey Iso, dunyoga rag‘bat qilib qoldingizmi?» dedi. Iso alayhissalom boshlari ostidan toshni otib yubordilar va: «Bu ham senga dunyo qatorida», dedilar. Haqiqatan ham uxlaydigan vaqtda yostiq qilish uchun bir toshga ega bo‘lgan kishi dunyodan shayton unga qurol qilishi mumkin bo‘lgan narsaga ega bo‘libdi. Masalan, kechasi namoz o‘qish uchun qoyim bo‘lgan kishining yaqinida yostiq qilishga bir tosh bo‘lsa, ana shu tosh doim uni uyquga va boshiga yostiq qilishga chaqirib turadi. Agar tosh bo‘lmasa, narsa ko‘ngliga kelmaydi va unda uyquga rag‘bat qo‘zg‘olmaydi. Bu gap tosh to‘g‘risida bo‘lyapti, ammo yumshoq yostiqlar, muloyim ko‘rpachalar, yaxshi, toza narsalarga ega kishi bilan shayton qanday munosabatda bo‘ladi!? U Alloh ibodati uchun qachon g‘ayrat qiladi?

Shaytonning yana katta eshiklaridan biri baxillik va kambag‘allikdan qo‘rqishdir. Mana shu narsa insonni infoq-ehson qilish va sadaqa berishdan to‘xtatib qo‘yadi. Uni (mol-dunyo) to‘plashga va alamli azobga chaqiradi. Bu Qur’oni karimda aytilganidek, mol jamlashda bir-biri bilan musobaqalashayotgan kishilarga va’da qilingan azobdir. Xaysama ibn Abdurahmon aytdilar: «Shayton: «Odam farzandi mendan biror marta ustun kelolmadi. Bas, mendan uch o‘rinda hargiz ustun kelolmaydi: unga molni nohaq olishni, haqqidan boshqa joylarga sarflashni va haq bo‘lgan joylariga bermaslikni buyurmog‘imda», deb aytdi». Sufyon Savriy aytdilar: «Shaytonga kambag‘allikdan qo‘rqitishga ko‘ra zo‘r qurol yo‘q. Agar inson shaytonning mana shu qo‘rqitishini qabul qilsa, molni botil yo‘llardan topadi, haq joylarga sarflamaydi, havoyi nafsi buyurgan narsani gapiradi, o‘z Robbiga yomon gumon qiladi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:39:52
Baxillikning sifatlaridan biri mol jamlash uchun bozorlarni kezishga o‘ch bo‘lishdir. Bozorlar esa shaytonlarning to‘planadigan joylaridir. Abu Amomaning rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Iblis yerga tushgan vaqtda «Ey Robbim, meni yerga tushirding va dargohingdan quvding, endi menga bir uy qilib ber», dedi. Alloh taolo unga: «Hammom», dedi. «Menga majlislar joyi qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Bozorlar va yo‘llarda (odamlar) to‘planadigan joylar», dedi. «Menga taom qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Sening taoming Alloh ismi zikr qilinmagan narsalar», dedi. «Menga ichimlik qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Har bir mast qiluvchi narsa», dedi. «Menga muazzin qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Ashulalar», dedi. «Menga Qur’on (ya’ni, o‘qigani kitob) qilib ber», dedi. Alloh taolo: «She’r», dedi. «Menga yozuv qilib ber», dedi. Alloh taolo: «(Badanga) naqsh (tatuirovka) qilish», dedi. «Menga gap qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Yolg‘on», dedi. «Menga tuzoqlar qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Ayollar», dedi» (Tabaroniy rivoyati, sanadi juda zaif).

Yana uning katta eshiklaridan biri yo‘llarni va xohishlarni mutaassiblik bilan mahkam ushlab olish, xusumatchilarga (nisbatan ko‘nglida) gina saqlash, ularga past nazar bilan qarash va haqir sanashdir. Mana shular obidlarni ham, fosiqlarni ham halok qiluvchi narsalardir. Chunki insonlarga ta’na qilish, ularning kamchiliklarini zikr qilish bilan mashg‘ul bo‘lish insonga fitrat qilib berilgan yirtqichlik sifatlaridan biridir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:41:04
Shayton o‘sha narsalarni haq, deb xayoliga keltirsa va tabiatiga ham muvofiq kelsa, undan halovat topishi qalbida ustunlik qiladi. U xursand va shod bo‘lib, o‘sha narsa bilan shug‘ullanishga butkul kirishib ketadi. O’zini din yo‘lida harakat qilayotgan kishi, deb o‘ylaydi. Vaholanki, u shaytonga ergashish yo‘lidan ketyapti. Masalan, shunday odamlardan birining Abu Bakr roziyallohu anhu yo‘llarini mahkam ushlab olganini ko‘rasiz. Zero, o‘zi harom yeyuvchi, ortiqcha gaplar va yolg‘onga tilini bo‘sh qo‘ygan, har xil fasod ishlarga beriluvchidir. Agar uni Abu Bakr roziyallohu anhu ko‘rganlarida dushmanining avvalgisi bo‘lardilar. Vaholanki, hazrat Abu Bakrning do‘stlari u kishining yo‘llarini o‘zlariga yo‘l qilib olgan, u kishining siyratlariga ko‘ra yura olgan, ikki jag‘ining o‘rtasidagi narsani (ya’ni, tilini) saqlay olgan kishidir. Tillarini befoyda so‘zlardan tiyib yurish uchun og‘izlariga mayda tosh solib olish Abu Bakr roziyallohu anhu siyratlaridandir. Bu xira kimsaning Abu Bakr siyratlariga ko‘ra hayot kechirmay, u zotni yaxshi ko‘rishni va do‘st tutishni da’vo qilishi qayoqda? Yana boshqa bir xiraning Ali roziyallohu anhu yo‘lini mahkam ushlab olganini ko‘rasiz. Vaholanki, Ali roziyallohu anhuning zuhd (dunyodan yuz o‘girishlari) va siyratlari shunday ediki, xalifalik paytlarida o‘zlariga uch dirhamga bitta ko‘ylak xarid qilib, yengini bilaklarigacha qirqib oldilar. Bu fosiqni esa ipak kiyimlar kiyib olgan va haromdan topgan mollari bilan ziynatlangan holda ko‘ramiz. Vaholanki, u Ali roziyallohu anhuni yaxshi ko‘rishni da’vo qiladi. Zero, hazrat Ali qiyomat kuni unga xusumatchi kishilarning eng birinchisi bo‘ladilar.

Bundaylar haqida taxminim shunday: bir kishi boshqa bir inson uchun aziz bo‘lgan, ko‘zining qorachig‘i va qalbining parchasi farzandini tutib ura boshlasa, (badanini) parchalab tashlasa, sochlarini yulib, qaychi bilan qirqsa-da, shunday holatda bolaning otasini yaxshi ko‘rishini da’vo qilsa, bolani otasi oldida kaltaklagan nima bo‘ladi?
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:43:56
Din va shariat Abu Bakr (r.a.), Usmon (r.a.), Umar (r.a.), Ali (r.a.) hamda boshqa sahobalarning hammalariga ham ahli-bolalaridan-u o‘z nafslaridan-da yaxshiroqdir. Shariat gunoh hisoblagan amallarni qiluvchi kishilar esa shariatni parchalaydigan, shahvat qaychilari bilan kesib tashlaydigan, bu ishlari bilan Alloh va uning do‘stlarining dushmani Iblisni do‘st tutadiganlardir. Qiyomat kuni sahobalar va Allohning do‘stlari oldida ularning hollari qanday bo‘lishini ko‘rasiz. Agar parda ko‘tarilib, o‘sha insonlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlari ichidagi sahobalar nimalarni yaxshi ko‘rishini bilganlarida, o‘z ishlari qabih bo‘lgani uchun sahobalarning zikrini tillariga olmoqdan uyalishardi. So‘ngra shayton ularning xayoliga kim Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumlarni yaxshi ko‘rgan holida olamdan o‘tsa, unga do‘zax yaqinlashmaydi, degan fikrni keltiradi. Boshqa kishiga esa kim Ali roziyallohu anhuni yaxshi ko‘rgan holida olamdan o‘tsa, unga xavf bo‘lmaydi, deb xayol qildiradi. Vaholanki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek zot ham o‘zlarining bir parchalari bo‘lgan qizlari Fotima roziyallohu anhoga ham «Amal qil, chunki men seni Alloh taolo (tarafidan kelgan) biror narsadan ozod qilolmayman», deganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Bu biz keltirgan misol havoyi nafslar qatoridandir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:44:17
Shofe’iy, Abu Hanifa, Molik va Ahmad ibn Hanbal va boshqa imomlar (rahmatullohi alayhim)ga ham mutaassiblik qilib yopishib olgan kishilarning hukmlari xuddi shu kabidir. Bir imom mazhabini da’vo qilgan kishilarning hammasi ham ularning hayot tarziga muvofiq yashamaydi. O’sha imom qiyomat kunida shunday insonlarning xusumatchisi bo‘ladi va unga aytadi: «Mening mazhabim amal qilish uchun edi, til bilan gapirish emas edi. Til bilan gapirish amal qilish uchun bo‘ladi, aljirash uchun emas. Senga nima bo‘ldiki, mening mazhabimdagi amalda menga xilof qilding, men uni tutib Allohga yaqinlashdim, so‘ngra mazhabimni yolg‘onchi holda da’vo qilding».

Bu shayton eshiklarining kattasidir. Ana shu bilan shayton insonlarning ko‘pini halok qilgan. Darsxonalar ham Allohdan qo‘rqinchlari oz, dinni yaxshi tushunmaydigan, dunyoga rag‘bati kuchli, ortidan yurishni talab qiladigan qavmlar qo‘liga topshirib qo‘yildi. Vaholanki, ular orqalaridan xaloyiqni ergashtirishga ham, martabalarini ko‘tarishga ham faqat mutaassiblik bilan erishganlar. Ana shu narsalarni qalblarida pinhon tutib, xaloyiqni bundagi shayton hiylalaridan ogohlantirishmadi. Balki hiylalarni ro‘yobga chiqarishda shaytonga o‘rinbosarlik qilishdi. Odamlar shu yo‘sinda dinlari asoslarini unutdilar. Batahqiq, mutaassiblarning o‘zlari ham halok bo‘lishdi, boshqalarni ham halok qilishdi. Alloh taolo bizning ham, ularningham tavbalarini qabul qilsin!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:44:30
Hasan Basriy aytadilar: «Bizga yetib keldiki, Iblis: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummatlariga gunohlarda vasvasa qildim, belimni istig‘for aytish bilan sindirishdi. Shunda ularga istig‘for aytilmaydigan gunohlarni vasvasa qildimki, bular havoyi nafslardir», dedi». Batahqiq, Iblisi mal’un ushbu so‘zni to‘g‘ri aytdi, chunki ular qilayotgan ana shu ishlarini gunohlarga tortadigan sabablardan ekanini bilishmaydi-yu, qanday qilib unga istig‘for aytishsin?!

Yana shayton hiylalarining kattalaridan biri insonning odamlar o‘rtasida mazhablar to‘g‘risida kelib chiqqan ixtilof va tortishuvlar bilan ovora bo‘lib, o‘z nafsi haqida beparvo bo‘lib qolishidir. Abdulloh ibn Mas’ud aytdilar: «Bir qavm Alloh taoloni zikr qilib o‘tirganida ularning oldiga majlislaridan turg‘azish va oralarini ajratib tashlash uchun shayton keldi. Lekin u bunga qodir bo‘lolmadi. Ularga yaqin boshqa bir majlisga bordi. Ular dunyo gaplaridan suhbatlashishar edi. Ularning oralarini buzdi, bir-birlari bilan urishib ketishdi. Shayton bularning urishishlarini xohlamagan edi. Allohni eslayotgan kishilar majlisdan turishdi. Urishayotganlarning orasini ajratish bilan birga majlislaridan ham tarqab ketishdi. Shaytonning urishtirishdan maqsadi ham mana shu edi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:44:45
Yana uning eshiklaridan biri ilm bilan shug‘ullanmagan va undan baxra olmagan avom xalqni Alloh zoti va sifatlari hamda aqllari yetmaydigan ishlar to‘g‘risida tafakkur qilishga undashdir. Natijada shayton ularni dinning asli haqida tortishuvga boshlaydi yoki ularning xayollariga Alloh to‘g‘risida har xil gumonlarni soladi. Alloh taolo bunday gumonlardan oliydir. O’sha inson bunday xayollar bilan kofir yoki bid’atchiga aylanib qoladi. Vaholanki, o‘zi qalbiga tushgan bunday xayollardan xursand va shod holda buni ma’rifat va idrok, deb o‘ylaydi hamda bu narsalar o‘zining ziyrakligi va aqlining ziyodaligi bilan kashf bo‘ldi, degan fikrga boradi. Insonlarning eng ahmog‘i o‘z aqliga qattiq e’tiqod qiluvchisidir. Insonlarning eng aqllisi esa nafsini ko‘p ayblab, ulamolardan ko‘p so‘raydiganidir.

Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta shayton sizlardan biringizning oldiga kelib: «Seni kim yaratgan?» deydi. U: «Alloh taborak va taolo», deb javob beradi. Keyin shayton: «Allohni kim yaratgan?» deydi. Agar sizlardan biringiz o‘zida mana shunday holatni topsa, Alloh va rasuliga iymon keltirdim, desin, chunki mana shunday deyishi (shayton vasvasasini) ketkazadi», dedilar» (Imom Ahmad rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu vasvasaning davosi haqida bahs yuritishga buyurmadilar, negaki bu vasvasa insonlarning avomlarida bo‘ladi, ulamolarda emas. Albatta avomlarning haqqi unga iymon keltirib taslim bo‘lish hamda ibodat va tirikchiliklari bilan shug‘ullanib, ilmni ulamolarga havola qilmoqlaridir. Omi kishining ilm to‘g‘risida (bilmagan narsasini) gapirmog‘idan ko‘ra o‘g‘rilik yoki zino qilmog‘i o‘ziga yaxshiroqdir. Chunki u Alloh to‘g‘risida va din haqida puxta ilmga ega bo‘lmay gapirsa, suzishni bilmagan kishining dengiz qa’riga sho‘ng‘iganiga o‘xshab, o‘zi bilmagan holda kufrga tushib qoladi. Shaytonning aqida va mazhablarga taalluqli narsalardagi hiylalari sanoqsizdir. Albatta biz yuqoridagilarni bir misol o‘laroq keltirdik, xolos.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:45:06
Yana shayton eshiklaridan biri musulmonga nisbatan yomon gumon qilishdir. Bu to‘g‘rida Alloh taolo aytadi:

«Ey mo‘minlar, ko‘p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ayrim gumon(lar) gunohdir» (Hujurot surasi, 12-oyat).

Kim gumon qilish bilan boshqa bir kishiga yomonlikni ravo ko‘rsa, shayton uni o‘sha kishi haqida ko‘p g‘iybat qilishga undaydi. Natijada o‘zi halok bo‘ladi yoki g‘iybat qilgan kishisining haqini poymol etadi yoxud uni hurmat qilishda sustkashlik ko‘rsatadi va unga past nazar bilan qaraydi, o‘zini undan yaxshiroq deb biladi. Bularning har biri halok qiluvchi narsalardir. Shuning uchun shariat ayblovlarga aralashishdan qaytardi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Tuhmat o‘rinlaridan saqlaninglar», dedilar (asli yo‘q hadis). Hatto Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari ham shundan ehtiyot bo‘ldilar. Ali ibn Xusayndan rivoyat qilinishicha, Xuyya ibn Axtabning qizlari Sofiyya (r.a.) u kishiga shunday xabar bergan ekanlar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam masjidda e’tikof o‘tirgan edilar, u kishining oldilariga bordim.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:45:41
U zot bilan gaplashib o‘tirdim. Vaqt kech bo‘lib qolganida u yerdan qaytdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham men bilan ketdilar. U zotning oldilaridan ansorlardan ikki kishi o‘tdi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berishdi. So‘ngra qaytib ketishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga nido qilib: «Bu ayol Xuyyaning qizi Sofiyya (r.a.)», dedilar. Ular: «Ey Rasululloh, sizga faqat yaxshi gumon qilamiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta shayton odam farzandining jismidagi qon yo‘lida yuradi va shayton sizlarga (yomon gumon) kirgizishidan qo‘rqdim», dedilar». Qarang, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ikki ansoriyni dini uchun katta xatar bo‘lgan gumondan saqlabgina qolmadilar, ummatlari uchun xatarli bo‘lgan tuhmatdan ehtiyot bo‘lish yo‘llarini o‘rgatdilar. Hatto parhezkor, dindorligi bilan tanilgan olim ham yengiltaklik qilib manmansirashlik bilan: «Menga o‘xshagan kishilarga faqat yaxshi gumon qilinadi», deb aytmasin. Chunki insonlarning eng parhezkori, taqvodori va bilimdoniga ham hamma bir xil nazar bilan qaramaydi. Balki ba’zilari rozilik ko‘zi bilan, ba’zilari g‘azab ko‘zi bilan qaraydi. Shuning uchun shoir: «Rozilik ko‘zi har bir aybdan charchaydi, lekin g‘azab ko‘zi nuqsonlarni zohir qiladi» mazmunidagi she’rni aytgan.

Yomon gumonlardan va yomonlarning tuhmatidan ehtiyot bo‘lish vojibdir. Chunki yomon kishilar insonlar haqida faqat yomon gumon qiladilar. Qachonki, bir inson ayb axtarib odamlarga yomon gumon qilayotganini ko‘rsangiz, bilingki, uning botini ham iflos, o‘sha ifloslik undan tomib turadi, boshqalarni ham o‘ziga o‘xshash ko‘radi. Mo‘min kishi uzrlarni axtarib ko‘radi, munofiq esa ayblarni.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:46:03
Bular shayton qalbga kiradigan eshiklarning ba’zilaridir. Ularning hammasini zikr qilishning imkoni yo‘q. Ammo mana shularning o‘zida ham boshqalarni ogohlantirishga kifoya qiladigan ibrat bor. Odam bolasidagi har bir yomon sifat albatta shaytonning quroli va uning (qalbga kirish) eshiklaridan boshqa narsa emas.

Shaytonni daf qilishning iloji bormi? Uni daf qilishda Alloh taoloning zikri va «La havla vala quvvata illa billah», deyish kifoya qiladimi? Bilingki, (shaytonni daf qilishda) qalb muolajasi uni yomon sifatlardan tozalab, (shaytonning kirish) eshiklarini berkitish bilan bo‘ladi. Bu zikri uzun jarayondir. Kitobimizning bu bobidan maqsadimiz esa halok qiluvchi sifatlarni bayon qilishdir. Bu sifatlarning har biri alohida bir kitob bo‘ladi. Bularning sharhi ham yaqin orada keladi. Agar bu sifatlarning ildizlarini qalbdan yulib tashlasangiz, shayton uchun qalbda yo‘llar va xatarlar bo‘ladi. U qalbga o‘rnasha olmaydi. Shaytonning bu kesib o‘tishini Allohning zikri to‘xtatib qo‘yadi. Chunki zikrning haqiqati qalbga u taqvo bilan obod qilinganidan, yomon sifatlardan poklanganidan so‘nggina o‘rnashadi. Bunday holatdan oldingi zikr hali yosh hisoblanib, uning qalbga egaligi bo‘lmaydi. Shayton hukmronligini daf ham qila olmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:46:40
Shuning uchun Alloh taolo aytadi:
«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar-da, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201-oyat).

Bu oyatda Allohni eslash bilan taqvodor kishilar xoslab keltirildi. Shaytonning misoli och bir itga o‘xshaydi. (Oldingizga kelgan vaqtida) agar sizda go‘sht yo non bo‘lmasa, u «Yo‘qol!» deyishingiz bilan ketadi, ovozning o‘zigina daf qila oladi. Agar sizda go‘sht bo‘lib, it ham och bo‘lsa, albatta u go‘shtga hujum qiladi va so‘zingizning o‘zi bilan daf bo‘lmaydi. Agar qalb xoli bo‘lsa, shayton nasibasidan mahrum bo‘lib, undan zikrning o‘zi bilan ketadi. Ammo qalbda shahvat ustunlik qilsa, zikrning haqiqatini qalbning atrofiga quvadi. Endi zikr ko‘ngil xilvatgohidan o‘ziga joy ololmaydi. U joyga esa shayton o‘rnashib oladi. Ammo havoyi nafs va yomon sifatlardan xoli bo‘lgan taqvodor kishilarning qalblariga esa shayton unda shahvatlar borligi uchun emas, balki zikrdan g‘aflatda bo‘lib, xoli qolinganligi uchun kiradi. Agar zikrga qaytsa, shayton yana uzoqlashadi.

Alloh taolo oyati bunga dalildir:
«(Ey mo‘min bandam), har qachon Qur’on qiroat qilsang, albatta quvilgan - mal’un shayton (vasvasasi)dan Alloh panoh berishini so‘ragin» (Nahl surasi, 98-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:47:46
Boshqa xabarlar va zikr to‘g‘risida vorid bo‘lgan oyatlar ham bunga dalildir.

Abu Hurayra aytadilar: «Mo‘min kishining shaytoni bilan kofir kishining shaytoni uchrashib qoldi. Kofirning shaytoni yog‘ bosib semirib ketgan, kiyim ham kiyib olgandi. Mo‘minning shaytoni esa ozg‘in, chang, ranjigan, sochlari to‘zg‘igan va yalang‘och edi. Kofirning shaytoni mo‘minning shaytoniga «Nima bo‘ldi senga, ozg‘insan?» dedi. Mo‘minning shaytoni javob qilib: «Men shunday kishi bilan birgamanki, ovqat yegan vaqtida Allohning nomini aytadi, men och qolaman. Suv ichsa, Allohning nomini aytadi, men chanqoqligimcha qolaman. Kiyim kiygan vaqtida ham Allohning nomini aytadi, men yalang‘och qolaman. Agar yog‘lansa ham, Allohning ismini aytadi, men sochim to‘zg‘igan holda qolaman», dedi. Shunda kofirning shaytoni: «Lekin men bularning birortasini ham qilmaydigan bir kishi bilan birgaman. Men uning taomiga ham, sharobiga ham, kiyimiga ham sheriklik qilaman», dedi».

Muhammad ibn Vosi’ har kuni subh namozidan keyin aytar edilar: «Ey Allohim, albatta Sen bizga ayblarimizni ko‘ruvchi bir dushmanni hukmron qilib qo‘yding, biz ularni ko‘rmasak-da, ular bizni ko‘radi. Ey Allohim, uni rahmatingdan noumid qilganingdek, bizdan ham uni noumid qilgin. Uni avfingdan umidsiz qilganingdek, bizdan ham uni umidsiz qil, rahmating bilan uning orasini uzoq qilganingdek, biz bilan uning o‘rtasini ham uzoq qilgin. Albatta Sen har bir narsaga qodir Zotsan».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:48:05
Yana aytadilarki, bir kuni masjid yo‘lida u kishiga shayton ko‘rinib: «Ey Vosi’ning o‘g‘li, meni taniyapsanmi?» dedi. U kishi: «Sen kimsan?» dedilar. U: «Men Iblisman», dedi. U kishi: «Nima xohlaysan?» dedilar. Shayton: «Allohdan panoh so‘rab qilayotgan bu duoingni hech kimga bildirmasligingni va senga duchor bo‘lmaslikni xohlayman», dedi. Shunda u kishi: «Allohga qasamki, bu duoni xohlagan biron kishimdan man qilmayman, istaganingni qilaver», dedilar.

Abdurahmon ibn Abu Laylodan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qiyotganlarida shayton qo‘lida bir parcha olov bilan oldilarida turib olardi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qiroat qilardilar va panoh so‘rardilar. Lekin u ketmasdi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga Jabroil alayhissalom keldilar va u kishiga: «Yaxshi kishi ham, yomon kishi ham undan o‘tib ketolmaydigan Alloh taoloning mukammal kalimalari bilan yerga kiradigan va undan chiqadigan, osmondan tushadigan va unga ko‘tariladigan narsalarning yomonligidan, kecha va kunduz fitnalari hamda balo-ofatlaridan panoh so‘rayman, illo yaxshilik bilan keluvchi tungi mehmondan emas, ey Rahmon, deb ayting», dedilar (Ibn Abud-Dunyo). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shularni aytgan edilar, uning alangasi o‘chib, yuzi bilan yiqildi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:52:54
Hasan Basriy aytdilar: «Menga xabari yetdiki, Jabroil alayhissalom Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib: «Albatta sizga jinlardan biri Ifrit hiyla qiladi. Uxlashga yotayotganingizda «Oyatal kursiy»ni qiroat qiling», dedilar (Ibn Abud-Dunyo). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mening oldimga shayton keldi. U men bilan uzoq tortishdi. Uning xalqumidan ushlab oldim. Meni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, hatto qo‘limda tilining suvi (so‘lagi)ning sovuqligini sezmagunimcha uni qo‘yib yubormadim. Agar birodarim Sulaymon alayhissalomning duolari bo‘lmaganida u masjidga tashlab qo‘yilgan holda tong ottirardi» (Ibn Abud-Dunyo). Yana Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar Umar bir yo‘ldan yursa, albatta shayton Umar yurgan yo‘lning boshqasidan yuradi» (Imom Buxoriy va Muslim boshqa lafz bilan rivoyat qilishgan). Buning sababi qalblar shayton o‘tlaydigan narsalar va shahvatlardan iborat ovqatlaridan pok va tozadir. Agar shayton zikr qilishning o‘zi bilan Umar roziyallohu anhudan daf bo‘lganidek, sizdan ham daf bo‘lishini umid qilsangiz, albatta bu mahol ish bo‘ladi. Siz bunda go‘yo oshqozonini ovqat bilan to‘ldirib olib, parhez qilmay dori ichgan kishining dori foyda qilishidan umidvor bo‘lganiga o‘xshab qolasiz. Vaholanki, dori oshqozonni ovqatdan tozalab, parhez qilgandagina foyda beradi. Zikr - dori, taqvo esa parhezdir. U qalbni shahvatlardan tozalaydi. Agar u faqat zikr bilan mashg‘ul qalbga tushsa, taomdan xoli oshqozonga dori tushishi bilan kasallik daf bo‘lganidek, shayton ham daf bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:53:27
Alloh taolo aytadi:
«Albatta bunda (ogoh) qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lgan holda (ya’ni, sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bordir» (Qof surasi, 37-oyat).

Alloh taolo yana aytadi:
«U (shaytonga esa) o‘zini do‘st tutgan kimsani albatta yo‘ldan ozdirish va do‘zax azobiga yo‘llash yozib qo‘yilgandir - hukm qilingandir» (Haj surasi, 4-oyat).

Kim garchi tili bilan Allohni eslasa ham, shaytonga o‘z amali bilan yordam bersa, u shaytonning do‘stidir. Hadis «Albatta zikr shaytonni haydaydi», deb mutlaq vorid bo‘lgan (ya’ni, dilda bo‘lgan zikr deb qayd qilinmagan), desangiz va shariatdagi umumiy narsalarning aksari din ulamolari naql qilgan shartlar bilan xoslanganligini tushunmasangiz, o‘zingizga qarang. Xabar ko‘z bilan ko‘rishga o‘xshamaydi. O’zingiz o‘ylang, zikr va ibodatingizning eng oliysi namozdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:53:39
Agar namozda bo‘lsangiz, shayton qalbingizni bozorlarga, butun olamning hisob-kitobiga va o‘jar kishilarga javob topishga qanday tortib ketishini kuzating. U sizni dunyoning vodiylariga va halokatli joylariga olib boradi, hatto qaerdaligini unutib qo‘ygan ortiqcha dunyo matolaringiz ham namozda esga tushadi. U (shayton) qalbingizga namoz o‘qiyotganingizda bostirib keladi. Namoz qalblar mezonidir. Namozda qalbning yaxshilik va yomonliklari zohir bo‘ladi. Namoz dunyo shahvatlari bilan to‘la qalblardan qabul bo‘lmaydi. Shak-shubhasiz shayton sizdan (zikr qilsangiz ham) qochmaydi, balki parhez qilmasdan iste’mol qilgan doringizning ba’zan sizga zarari ko‘p bo‘lganidek, uning ham vasvasasi ziyoda bo‘ladi. Agar shaytondan xalos bo‘lishni xohlasangiz, avval taqvo bilan parhezda bo‘ling. So‘ngra zikr dorisini uning orqasidan ulab yuboring. Ana shunda shayton Umar roziyallohu anhudan qochgani kabi sizdan ham qochadi. Shuning uchun Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Allohdan qo‘rq, ichingda shaytonni do‘st tutib, ya’ni unga itoat qilib, zohiringda uni so‘kma». Ba’zilar aytishdi: «Saxiyning (Alloh taoloning) saxovatini bila turib Unga osiy bo‘lgan kishidan va mal’unning (shaytonning) adashganini bila turib unga itoat qilgan kishidan hayratda qolasan».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:54:00
Alloh taolo aytadi:
«Parvardigorlaringiz: «Menga duo-iltijo qilinglar. Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman», dedi» (G’ofir surasi, 60-oyat).

Siz Unga duo qilasiz-u, U sizga (duoingizni) mustajob qilmayapti. Xuddi shuningdek, Allohni eslaysiz-u, shayton sizdan qochmaydi. Bular esa zikr va duoning shartlari yo‘qligi sababidir. Ibrohim ibn Adhamga «Bizga nima bo‘lgan, duo qilamiz-u, bizga ijobat etilmaydi. Batahqiq, Alloh taolo: «Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman», degan bo‘lsa?» deyilganida, u kishi: «Chunki qalblaringiz o‘likdir», dedilar. «Qalbimizni nima o‘ldirgan?» deyishdi. U kishi aytdilar: «Sakkiz xislat: birinchisi - Alloh taoloning haqqini bildingiz-u, lekin ularni ado qilmadingiz. Ikkinchisi - Qur’on o‘qidingiz-u, unga amal qilmadingiz. Uchinchisi - Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘ramiz, dedingiz-u, biroq sunnatlariga amal qilmadingiz. To‘rtinchisi - o‘limdan qo‘rqamiz, dedingiz-u, unga tayyorgarlik ko‘rmadingiz. Beshinchisi - Alloh taolo:

«Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar!» (Fotir surasi, 6-oyat) degan. Sizlar esa u bilan gunohlarda til biriktirdinglar. Oltinchisi - do‘zaxdan qo‘rqamiz, deb aytdingiz-u, ammo badanlaringizni do‘zaxdan asramadingiz. Yettinchisi - jannatni yaxshi ko‘ramiz, dedingiz, unga kirish uchun amal qilmadingiz. Sakkizinchisi -to‘shaklaringizdan turganingizda ayblaringizni orqaga otib yubordingiz va insonlarning ayblarini oldingizga yozib oldingiz. Robbingizning g‘azabini qo‘zg‘adingiz, qanday qilib U duolaringizni qabul qilsin?»
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:54:12
Turli gunohlarga chaqirguvchi bitta shaytonmi yoki har xil (ya’ni, ko‘p) shaytonmi? Bilingki, hayotingizda buni bilishning hojati yo‘q. Siz dushmaningizni daf qilish bilan shug‘ullaning. Uning sifati haqida so‘ramang. Berilgan qovun-tarvuzning yeng-u, ammo polizi haqida so‘ramang. Lekin xabarlarning dalolatini tekshirish bilan shaytonlar ko‘p askarlardan iborat ekani, ular gunohlarning har bir navi uchun xoslab qo‘yilgani va unga chaqirib turadigan shayton borligi zohir bo‘ladi. Ammo bu tekshirish yo‘lining zikri juda uzun. Albatta hodisalarning har xilligi sabablarning ham har xilligiga dalolat qiladi, deb zikr qildik. Masalan, olovning nuri va tutun qoraligining o‘zi sizga kifoya qiladi.

Ammo bu to‘g‘rida kelgan xabarlarda Mujohid aytadilar: «Iblisning besh bolasi bo‘lib, ularning har biriga o‘zining buyrug‘i bilan maxsus vazifalarni yuklab qo‘ygan. Ularning ismlari Subur, A’var, Mabsut, Dosim va Zilnaburlardir. Subur musibatlarga vakil bo‘lib, u insonga musibat yetgan vaqtda o‘ziga o‘lim tilash, yoqalarini yirtish, yuzlariga urish, johiliyat da’volarini qilishga chaqiradi. A’var esa zino sohibi bo‘lib, zinoga buyuradi va uni chiroyli qilib ko‘rsatadi. Mabsut yolg‘on sohibidir. Dosim kishi bilan uning oila a’zolari oldiga birga kiradi va unga oilasining har xil ayblarini ochadi hamda bu uni g‘azablantiradi. Zilnabur bozor sohibidir. Ana shular sababidan insonlar doim shikoyat qiladilar». Namozning shaytoni Xinzib, deyiladi. Tahoratning shaytoni esa Valhon, deb nomlanadi. Bu to‘g‘rida juda ko‘p xabarlar vorid bo‘lgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:54:30
Albatta shaytonlar ko‘p bo‘lganiga o‘xshash farishtalar ham ko‘pdir. «Shukr kitobi»da farishtalarning ko‘pligi to‘g‘risidagi sirni va ularning har biri alohida bir vazifa bilan xoslangani to‘g‘risida zikr qilganmiz. Abu Umoma al-Boxiliy aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Mo‘min kishiga bir yuz oltmishta farishta vakil qilingan, uni o‘zi qodir bo‘lmagan narsalardan himoya qilishadi. Ko‘z uchun yettita farishta bo‘ladi. Ular issiq kunda asal idishi pashshadan himoya qilinganidek, insonni himoya qilib turishadi. Agar ular sizlarga ko‘ringanlarida albatta ularni har bir vodiy va tog‘da ko‘rgan bo‘lardingiz. Har birlari qo‘llarini yozgan, og‘izlarini ochgan holatda turadilar. Agar banda bir lahza o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, albatta shaytonlar uni egallab olishadi» (Ibn Abud-Dunyo rivoyati, sanadi zaif).

Ayyub ibn Yunus ibn Yazid aytadilar: «Albatta inson farzandlari bilan birga jinlar farzandlari ham tug‘iladi. So‘ngra ular bilan birga ulg‘ayishadi, degan xabar bizga yetib keldi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:54:59
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Odam alayhissalom yer yuziga tushirilgan vaqtlarida «Ey Robbim, shayton bilan mening o‘rtamda dushmanlik paydo qilding. Agar uning zarariga menga yordam bermasang, unga kuchim yetmaydi», dedilar. Shunda Alloh taolo: «Siz uchun biron bir farzand tug‘iladigan bo‘lsa, unga bir farishta vakil qilib qo‘yiladi», dedi. Odam alayhissalom: «Ey Robbim, yana ziyoda qil», dedilar. «Bir gunohni bir gunoh, deb yozib, bir savobni esa o‘ntadan to xohlaganimcha mukofotlayman», dedi. «Ey Robbim, yanada ziyoda qil», dedilar. «Tavba eshigi, modomiki ruh jismda ekan, ochiqdir», dedi. Shunda Iblis ham: «Ey Robbim, bu bandangni mendan ulug‘ qilib qo‘yding, agar menga yordam bermasang, unga kuchim yetmaydi», dedi. Alloh taolo unga: «Agar Odamga bir bola tug‘ilsa, albatta sen uchun ham bir bola tug‘iladi», dedi. «Ey Robbim, yana ziyoda qil», dedi. «Ularning qon yuradigan joylarida yurasan va ularning qalblarini o‘zing uchun uy qilib olasan», dedi. «Ey Robbim, yanada ziyoda qil», dedi. «Ularga otliq va piyoda askarlaring bilan zarar keltir, ularning mollariga va bolalariga sheriklik qil, ularga va’dalar bergin», dedi. Ularga shayton faqat quruq va’dalar qiladi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:55:22
Abu Dardodan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo jinlarni uch xil toifa qilib yaratdi, bir toifasi ilon, chayon va yer hasharotlaridir. Yana bir toifasi havodagi shamolga o‘xshashdir. Yana bir toifasining ustida savob va jazo bor. Alloh taolo insonni ham uch toifa qilib yaratdi, bir toifasi Alloh taolo O’z kalomida aytganidek, hayvonlarga o‘xshaydi:

«Biz jin va insdan ko‘plarini jahannam uchun yaratganimiz muhaqqaqdir. Ularning dillari bor-u, anglay olmaydilar, ko‘zlari bor-u, ko‘ra olmaydilar, quloqlari bor-u, eshitmaydilar. Ular chorvalar kabidirlar, yo‘q, ular (beaql, befahmlikda) chorvalardan ham battardirlar» (A’rof surasi, 179-oyat).

Yana bir toifasining jismlari odam bolasining jismlari kabidir, ruhlari esa shaytonlarning ruhlaridir. Yana bir toifasi qiyomat kunida Alloh taoloning «soyasi» ostida bo‘ladi» (Ibn Abud-Dunyo rivoyati, sanadi zaif).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:55:37
Vuhayb ibn Vird aytdilar: «Iblis Zakariyo alayhissalom o‘g‘illari Yahyo alayhissalomga ko‘rindi. U Yahyo alayhissalomga «Men sizga nasihat qilishni xohlayman», dedi. U kishi: «Sening nasihatingga ehtiyojim yo‘q, lekin odam farzandlari haqida xabar ber», dedilar. Shayton: «Ular bizning nazdimizda uchga bo‘linishadi. Ulardan birinchisi biz uchun eng qattig‘idir. Chunki ulardan birining oldiga boramiz-da, uni fitnalantirib, endi unga o‘rnashganimizda istig‘for va tavbaga tayanadi va erishgan barcha narsamizni fasod qiladi. So‘ngra unga yana qaytib kelamiz. U yana tavbasiga qaytadi. Biz undan noumid bo‘lmaymiz-u, lekin hojatimizga ham yeta olmaymiz. Undan juda qiyinchilik ko‘ramiz. Ammo ikkinchi toifasi qo‘limizda go‘daklaringizning qo‘lidagi to‘p kabidir. Ularni xohlagan tomonimizga otamiz. Ularning nafslariga o‘zimiz kifoya qilamiz. Uchinchi toifasi sizga o‘xshaganlardir. Ya’ni, Alloh taolo tomonidan saqlab qo‘yilganlar bo‘lib, ulardan biror narsaga qodir bo‘lmaymiz», dedi».

Shayton nima uchun ba’zi kishiga ko‘rinib, ba’zi kishiga ko‘rinmaydi? Agar inson shaytonni bir suratda ko‘rsa, u shaytonning haqiqiy suratimi yoki inson uchun shu suratda ko‘rinadimi? Agar haqiqiy suratida bo‘lsa, qanday qilib har xil suratlarda ko‘rina oladi? Qanday qilib u bir vaqtning o‘zida ikki makonda va ikki xil suratda ko‘rinadi? Hatto uni ikki kishi ikki xil suratda ham ko‘radi, deydigan bo‘lsangiz, bilingki, farishta uchun ham, shayton uchun ham ikki xil surat bor. Ana shu suratlar haqiqiy suratlaridir. Bu suratlarni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:55:49
Faqatgina payg‘ambarlik nuri bilan ko‘rish mumkin. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham Jabroil alayhissalomni o‘z suratlarida faqat ikki marotaba ko‘rganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). U zot sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomdan o‘zlarini asl suratlarida ko‘rsatishlarini so‘raganlar va Baqi’ degan joyda ko‘rishishga va’dalashishgan. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga Jabroil alayhissalom Xiro tog‘ida ko‘rinib, mashriqdan mag‘ribgacha bo‘lgan ufq tomonni berkitib qo‘yganlar. Ikkinchi marotaba o‘z suratlarida Me’roj kechasida sidratul muntahoning oldida ko‘ringanlar. U zotni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ko‘pincha odam suratida, ya’ni Dahiyat al-Kalbiy degan sahobaning timsolida ko‘rganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Bu sahoba yuzlari chiroyli kishi edi. Ko‘pchilikning aytishicha, qalb egalaridan bo‘lgan ahli mukoshafalarga ham shayton o‘z suratida ko‘rinadi. Ularga uyg‘oq vaqtlarida ko‘rinadi. Uni ko‘zlari bilan ko‘rishadi va gapini quloqlari bilan eshitishadi. Mana shu suratining haqiqiy ko‘rinishidir.

Ko‘p solih kishilarga uyqularida ham ko‘rinadi. Uyg‘oqligida ko‘radigan inson uyquda bo‘ladigan narsalarni ko‘rishdan hislar dunyo bilan band bo‘lishi man qilmaydigan darajaga yetgan insondir. Demak, boshqalar uxlaganda ko‘radigan narsalarni u uyg‘oqligida ko‘radigan bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:56:32
Umar ibn Abdulazizdan rivoyat qilindi: «Bir kishi Robbidan odam farzandining qalbidagi shaytonning o‘rnini ko‘rsatmog‘ini so‘radi. Haligi kishi uyqusida billur toshga o‘xshagan bir kishining jismini ko‘rdi. Uning tashqarisidan ichi ko‘rinib turardi. Shaytonni esa bir qurbaqa suratida ko‘rdi. Haligi billur toshga o‘xshagan kishining chap tomonida, qulog‘i bilan yelkasining o‘rtasiga o‘tirib olgan edi. Shaytonning ingichka uzun xartumi bor edi, uni haligi kishining chap yelkasi tomonidan qalbiga kirgizib vasvasa qilardi. Agar Alloh taoloni eslasa, u uzoqlashardi».

Shunga o‘xshash goho uyg‘oqlikda ham ko‘z bilan ko‘riladi. Batahqiq, ba’zi mukoshiflar shaytonni bir o‘laksaning ustida cho‘nqayib o‘tirgan it suratida, insonlarni shu o‘laksaga chaqirayotganini ko‘rishgan ekan. O’laksa esa dunyoning misolidir. Bu shaytonni haqiqiy suratida ko‘rishga kiradi. Chunki qalbda malakut olamiga muvofiq tarzda bir haqiqat zohir bo‘lmog‘i lobuddir. Ana shu paytda uning (ya’ni, malakut olamining) asari shahodat va mulk olamiga muvofiq tarzda zohir bo‘ladi, chunki malakut olami bilan shahodat olami bir-biriga bog‘liqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:56:43
Qalb uchun ikki yo‘l borligini bayon qilgan edik. Biri g‘ayb olamiga oid bo‘lib, u ilhom va vahiy kiradigan o‘rindir. Yana biri shahodat olamiga oiddir. Bu olam tomonidagi yo‘lda insondan zohir bo‘ladigan narsa xayoliy suratdir. Chunki shahodat olamining hammasi xayolotlardir. Lekin xayol goho shahodat olamining zohiriga his bilan qarashdan hosil bo‘ladi. Ana shunda surat ko‘rilgan narsaga muvofiq kelmasligi ham mumkin. Hatto bir shaxsni chiroyli suratda ko‘radi, vaholanki uning botini iflos va ichki olami qabih bo‘ladi. Chunki shahodat olami chalkashligi ko‘p olamdir. Ammo malakut olamining qalblarga nur taratishidan xayolda hosil bo‘ladigan surat esa ana shu surat sifatining xuddi o‘zi va unga muvofiq bo‘ladi. Chunki malakut olamida surat sifatga tobe va unga muvofiq bo‘lib, shak-shubhasiz yomon sifat yomon surat bilan ko‘rinadi. Demak, shayton it, qurbaqa, cho‘chqa va shunga o‘xshash boshqa suratda ko‘rinadi. Farishta esa chiroyli suratda ko‘rinadi. Xullas, ana shu surat sifatlarning nishoni va haqiqatda uning aniq nusxasidir. Shuning uchun uyqudagi maymun va to‘ng‘iz iflos insonga dalolat qiladi. Qo‘y esa ko‘ngli to‘g‘ri insonga dalolat qiladi. Tush va ta’bir boblarining hammasi xuddi shuningdek bo‘ladi. Bular ajoyib sirlardir. Ya’ni, qalb ajoyibotlarining sirlaridir. Buni muomala ilmida zikr qilish loyiq bo‘lmaydi. Maqsad shayton va farishtalar qalb arboblariga ko‘rinishiga ishonmoqlikdir. Goho uyquda bo‘lganidek, tasvirlash va o‘xshatish yo‘li bilan, goho haqiqat yo‘li bilan bo‘ladi. Ko‘pincha bu sifatga o‘xshash surat bilan tasvirlash orqali bo‘ladi. Bu sifatning ayni o‘zi emas, balki uning tasviridir. Lekin u haqiqatda ko‘z bilan ko‘rib, bu ko‘rishi tufayli atrofidagilardan uxlayotgan kishidek ajrab turadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:57:22
Bandaning jazolanishga olib keladigan qalb vasvasalari, xohishlari, o‘y-xayollari, qasdlari va bulardan avf qilinib-kechiriladiganlari

Bilingki, bu maxfiy (ya’ni, tafsilotga muhtoj bo‘lgan) ishdir. Batahqiq, bu to‘g‘rida bir-biriga xilof oyatlar va xabarlar vorid bo‘lgan. Bularning o‘rtasini jamlash faqat shariat ilmini chuqur o‘rgangan ulamolargagina mushkul bo‘lmaydi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: «Ummatimdan nafslariga gapirgan (ya’ni, xayollaridan o‘tkazgan) narsalari, modomiki, uni (tili bilan) gapirmasa yoki unga amal qilmasa, avf qilingandir», dedilar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Abu Hurayra aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta Alloh taolo bandaning nomai a’molini yozadigan farishtalarga: «Agar bandam bir gunohga qasd qilsa, uni yozmanglar. Agar uni qilsa, bitta gunoh yozinglar. Agar bir yaxshilikka qasd qilsa-yu, uni qilmasa, unga bitta savob yozinglar. Agar uni qilsa, unga o‘nta savob yozinglar», dedi». Imom Buxoriy va Muslim bu hadisni o‘z «Sahih»larida keltirishgan. Bu hadis qalb yomonlikni bajarishi va qasd qilishi avf etilishiga dalildir. Bu hadis boshqa lafz bilan ham kelgan, ya’ni: «Kim bir yaxshilikni qasd etsa-yu, uni qilmasa, buning uchun bir savob yoziladi. Kim bir yaxshilikni qasd etib uni qilsa, uning uchun yetti yuz baravargacha savob yoziladi. Kim bir gunohga qasd etib uni qilmasa, unga (gunoh) yozilmaydi. Agar qilsa, unga (bir gunoh) yoziladi». Yana boshqa lafzda aytilishicha, «Agar bir gunoh qilmoqni gapirsa-yu, uni qilmasa, Men uni kechiraman».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:57:39
Bularning har biri kechirilishga dalolat qiladi. Ammo jazolashga dalolat qiladiganlari esa Alloh taoloning mana bu oyatidir:

«Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha narsa bilan hisob-kitob qiladi va O’zi istagan kishini mag‘firat qilib, O’zi istagan kishini azoblaydi» (Baqara surasi, 284-oyat).

Yana Alloh taolo deydi:
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» (Al-Isro surasi, 36-oyat).

Bu oyat dalolat qiladiki, albatta qalb ishi ham quloq va ko‘z ishiga o‘xshab, avf qilinmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:58:04
«Guvohlikni yashirmangiz! Kim (guvohlikdan bosh tortish bilan) uni yashirsa, bas, albatta uning qalbi osiy - gunohkordir» (Baqara surasi, 283-oyat).

«Alloh sizlarni tillaringizdagi behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi. Balki (dillaringizdagi) mahkam tukkan qasamlar sababli (agar shunday qasamni buzsangiz) jazolaydi» (Moida surasi, 89-oyat).

Qalb amallarining paydo bo‘lishidan to a’zolarda zohir bo‘lgunichalik holati batafsil tushunilmas ekan, bizningcha bu masalada haqiqat ochilmaydi. Aytamizki, qalbga birinchi kelgan narsa - bu fikr (ya’ni, o‘y-xayol)dir. Masalan, bir ayolning surati va u yo‘lda orqada kelayotgani, agar unga qarasa, albatta uni ko‘rishi xayoliga kelmog‘i.

Ikkinchi - qarashga rag‘batining qo‘zg‘olishi tabiatidagi shahvatning harakatidir. Bu esa avvalgi o‘y-xayoldan hosil bo‘ladi, uni tabiatning moyilligi, deb nomlaymiz. Avvalgisini esa nafsning so‘zi, deb ataymiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:58:17
Uchinchisi - qalb buni bajarish lozim, ya’ni unga qarash kerak, deb hukm qilmog‘i. Chunki tabiat bir narsaga moyil bo‘lgan paytda o‘sha narsaga undovchi holatlar qo‘zg‘olmasa, himmat va niyat hosil bo‘lmaydi. Chunki uni goho hayo yoki qarashdan cho‘chish man qilib qo‘yadi. Bu undovchi narsalarning bo‘lmasligi gohida chuqur mulohaza yuritish tufayli bo‘ladi. Bu, ya’ni qalbning buni bajarish lozim, deb hukm qilishi har bir holatda aqlning hukmidir. Bu e’tiqod, deb nomlanib, o‘y-xayol va maylga ergashadi.

To‘rtinchisi - qarashga qasd va niyatni mustahkam qilishdir. Buni bajarishni xohlab, unga niyat va qasd qilmoq, deb nomlaymiz. Bu qasdning gohida bir zaif asosi bo‘ladi. Lekin agar qalb avvalgi fikrga quloq solsa, hatto nafs bilan tortishuvi cho‘zilib, qasdni ta’kidlaydi va bu qasd qat’iy irodaga aylanadi. Agar iroda jazmga aylansa, gohida jazm qilgandan keyin pushaymon bo‘lib, amalni tark qiladi. Gohida bir ish sababli g‘aflatda qolib, uni qilmaydi, unga qaramaydi ham. Gohida esa bir narsa to‘sib qolib, uni qilishga qiynaladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:58:31
Mana shular amalni a’zolar bilan ado qilishdan oldingi qalbning to‘rt holatidir. Ya’ni, avval fikr (o‘y-xayol) - nafsning so‘zlashi, so‘ngra moyillik, keyin e’tiqod va oxiri esa qasd qilishdir. Aytamizki, banda fikr (o‘y-xayol) bilan jazolanmaydi, chunki bu ixtiyoriga kirmaydi. Shuningdek, moyillik va shahvatning qo‘zg‘olishi ham ixtiyoriy narsaga kirmaydi. Bu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning quyidagi aytgan so‘zlaridan muroddir: «Ummatimdan nafslariga so‘zlagan (ya’ni, xayollaridan o‘tkazgan) narsalari avf qilindi».

Nafsning so‘zi nafsda paydo bo‘ladigan fikrlar bo‘lib, uni qilishga qasd etilmaydi. Ammo qasd va azm qilish nafsning so‘zi, deyilmaydi. Hattoki, nafsning so‘zi Usmon ibn Maz’undan rivoyat qilingan hadisga o‘xshashdir, ya’ni u kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Rasululloh, nafsim xotinim Havlani taloq qilishni aytyapti», dedi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Shoshilmagin, chunki nikoh sunnatimdir», dedilar (Imom Termiziy rivoyati). Yana u kishi: «Nafsim o‘zimni bichib olishimni aytyapti», dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Shoshilma, ummatimning bichilishi ro‘zani tirishqoqlik bilan tutishidadir», dedilar. Yana u kishi: «Nafsim rohib bo‘lishimni aytyapti», dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Shoshma, ummatimning rohibligi jihod va hajdir», dedilar. U kishi: «Nafsim go‘shtni tark qilishimni aytyapti», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shoshilmagin, chunki men go‘shtni yaxshi ko‘raman. Agar go‘sht topsam, albatta uni yeyman. Agar Allohdan so‘rasam, menga uni taom qilib beradi», dedilar. Mana shu fikrlarni bajarishga qasd bo‘lmasa, u nafsning so‘zi, deyiladi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ishni qilishga qasd qilganlarida azmlari bo‘lmasa, maslahat qilardilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:58:44
Ammo uchinchisi hisoblangan e’tiqod, ya’ni qalb uni bajarish lozim, deb hukm qilgani majburiy yoki ixtiyoriy bo‘lmog‘ining o‘rtasida yuradi. Holatlar bunda har xil bo‘ladi, undan ixtiyoriysi jazolanadi. Majburiysi jazolanmaydi. Ammo to‘rtinchisi, ya’ni o‘sha ishni bajarishni qasd qilish esa albatta jazolanadi. Lekin agar u ishni qilmagan bo‘lsa, unga qarab ko‘riladi. Agar uni Allohdan qo‘rqqanidan, yana o‘sha ishga qasd qilganiga pushaymonligidan tark qilgan bo‘lsa, unga bitta savob yoziladi, chunki uning qasdi gunoh bo‘lsa ham, lekin undan bosh tortishi va nafsi bilan kurashishi savobdir. Biror narsani tabiatiga muvofiq ravishda qasd qilish Alloh taolodan butkul g‘aflatda ekaniga dalolat qiladigan holatdir. Tabiatiga xilof holda nafsga qarshi kurashish bilan tiyilish uchun juda katta quvvatga muhtoj bo‘ladi. Uning tabiatiga xilof chiqishga tirishishi Alloh taolo uchun qilinadigan amaldir. Alloh taolo uchun amal qilish tabiatiga muvofiq holda shaytonga muvofiq kelishidagi tirishishdan kuchliroqdir. Mana shunda uning uchun bir savob yoziladi, chunki u o‘sha ishni qilishdan ko‘ra undan bosh tortishga bo‘lgan harakatini va qasdini ustun qo‘ydi. Agar o‘sha ishdan bir sabab bilan to‘silib qolsa yoki Allohdan qo‘rqqanligidan emas, balki bir uzr tufayli tark qilsa, unga bir gunoh yoziladi, chunki ishni qilishga qasdi qalbidan ixtiyoriy bir ishdir
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:59:00
Imom Muslimning «Sahih»larida rivoyat qilingan hadisning lafzida bu tafsilotga dalil bordir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Farishtalar: «Ey Robbim, mana bu bandang bir gunoh ish qilishni xohlayapti, vaholanki u gunohligini ko‘rib turibdi», deyishdi. Alloh taolo: «Uni kutib turinglar, agar u o‘sha xohlagan gunohini qilsa, unga o‘sha gunohni xuddi o‘zidek yozinglar. Agar gunohni tark qilsa, uning uchun bir savob yozinglar. Chunki gunohini albatta Men tufayli tark qildi», dedi». «Agar uni qilmasa», deyilganida uni Alloh uchun tark qilsa, deb iroda qilingan. Agar bir yomon ishni azm qilsa-yu, lekin bir sabab yoki beparvoligi tufayli uni qilmasa, unga qanday savob yozilsin? Vaholanki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Insonlar niyatlariga ko‘ra tiriltiriladilar», degan bo‘lsalar (sanadi hasan). Bir kishi kechasi yoki tong otganda bir musulmonni o‘ldirishga yoxud bir ayol bilan zino qilishga azm etsa-yu, lekin o‘sha kechasi o‘lib qolsa, shu fikrida qat’iy turgan holda o‘lib, shu niyatda tiriladi, deb hisoblanadi. Chunki u bir gunohni qasd etib, uni qila olmagandi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadis bunga qat’iy dalildir: «Ikki musulmon qilichlari bilan (bir-biriga) yo‘liqsa, o‘ldiruvchi ham, o‘ldirilgan ham do‘zaxdadir» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:59:15
«Ey Rasululloh, bu-ku o‘ldiruvchi, o‘ldirilganning holi nega (bunday)?» deyildi. «Chunki u ham sherigini o‘ldirishni xohlagandi», dedilar. Bu hadis ikkinchisi mazlum holda o‘ldirilgan bo‘lsa-da, u ham o‘ldirishni xohlagani sherigi bilan do‘zax ahlidan bo‘lmog‘iga hujjatdir. Endi qanday qilib Alloh taolo niyat va qasd sababli jazolamaydi, deb gumon qilinadi? Balki banda ixtiyoriga kiradigan har bir qasd tufayli jazolanadi. Lekin uni yaxshi ishlar bilan o‘chirib yubormog‘i va pushaymon bo‘lib, qasdini buzib yubormog‘i savobdir, shu tufayli unga savob yoziladi, ammo qasdi bir to‘siq tufayli amalga oshmasa, unga savob bo‘lmaydi. Ammo fikrlar (xayollar), nafsning gapirishi va rag‘bat qo‘zg‘alishlari -bularninghar biri ixtiyor ostiga kirmaydi. Bular sababli jazolash toqat yetmaydigan narsaga buyurishdir. Shuning uchun Alloh taoloning:

«Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha narsa bilan hisob-kitob qiladi» (Baqara surasi, 284-oyat) oyati tushgan paytda sahobalardan bir necha kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib aytdilarki: «Toqatimiz yetmaydigan narsaga buyurildik. Albatta birimiz qalbida sobit bo‘lishini xohlamaydigan narsani gapiradi. So‘ngra shunga hisob-kitob qilinadi» (Imom Muslim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Aftidan sizlar yahudiylar «Eshitdik, unga osiy bo‘ldik», deganlaridek gapiryapsizlar, «Eshitdik va itoat qildik», denglar», dedilar. Sahobalar: «Eshitdik va itoat qildik», deyishgan edi, Alloh taolo bir yildan keyin yengillikni nozil qildi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:59:37
Alloh taolo aytadi:
«Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi» (Baqara surasi, 286-oyat).

Bundan aniq bo‘ladiki, inson qalb amallaridan toqati yetmaydigan narsalarga jazolanmaydi, bu chigallikdagi pardani ochishdir.

Qalbga joriy bo‘lgan har bir narsa nafsning so‘zi, deyiladi, deb o‘ylaydigan va (qalbga joriy bo‘ladigan narsalarni) uch qismga bo‘linishini farqlay olmaydigan har bir kishi xato qilishi aniq. Chunki kibr, o‘ziga baho berish, riyo, munofiqlik, hasad va boshqa iflos xulqlardan iborat bo‘lgan qalb amallari qanday qilib jazolanmaydi? Balki quloq, ko‘z va qalb - hammasidan, ya’ni bulardan ixtiyor ostiga kiradiganlaridan so‘raladi, agar beixtiyor nomahramga ko‘zi tushib qoladigan bo‘lsa, unda jazolanmaydi. Ammo ko‘zi tushgan vaqtda unga ikkinchi bor qarasa, buning uchun jazolanadi, chunki keyingisi o‘zining ixtiyoridadir.

Qalbdagi xayollar uchun ham shu tarzda jazolanadi, balki bandaning qalbdagi xayollar uchun jazolanishi a’loroqdir. Chunki qalb asl negizdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2007, 07:59:55
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Taqvo bu yerdadir», deb qalbga ishora qilganlar (Imom Muslim rivoyati). Alloh taolo aytadi:

«Allohga (qilgan qurbonliklaringizning) go‘shtlari ham, qonlari ham yetmas. Lekin U Zotga sizlarning taqvo-ixlosingiz yetar» (Haj surasi, 37-oyat).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Gunoh qalblarni egallab oluvchidir», dedilar («Ilm kitobi»da kelgan). Yana: «Yaxshilik qalb taskin topadigan narsadir, garchi senga fatvo berishsa ham, senga fatvo berishsa ham», dedilar (Tabaroniy rivoyati). Aytamizki, fatvo beruvchi qalb bir narsaning ijobiyligiga hukm qilsa, unda xato qilgan bo‘lsa ham, savob oladi. Hattoki, agar bir inson tahorat qildim, deb o‘ylaydigan bo‘lsa, unga namoz lozim bo‘ladi. Agar namoz o‘qib bo‘lganidan keyin tahorat qilmagani esiga tushib qolsa, o‘qigan namoziga savob oladi. Agar esiga tushganidan keyin uni tark qilsa (ya’ni, qaytadan o‘qimasa), bu ishi tufayli jazolanadi. Yana kim to‘shagida bir ayolni o‘zining xotini deb o‘ylab, u bilan birga bo‘lsa, osiy bo‘lmaydi, garchi u yot ayol bo‘lsa ham. Agar uni yot xotin deb o‘ylab turib, u bilan birga bo‘lsa, garchi xotini bo‘lsa ham, osiy bo‘ladi. Bularning hammasi a’zolar e’tibori bilan emas, balki qalbga e’tiboran bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:40:24
Alloh zikr qilingan paytda vasvasalar butkul yo‘q bo‘lib ketishi tasavvur qilinadimi yoki yo‘qmi?

Bilingki, qalbning sifatlari va ajoyibotlariga qarab uni farqlovchi ulamolar bu masalada beshga bo‘linadilar. Birinchi firqa aytadi: «Alloh azza va jallani eslash bilan vasvasa yo‘qoladi, chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Agar Alloh eslansa, uzoqlashadi», deganlar, bu uzoqlashish sukut saqlab turishidir. Demak, go‘yo sukut qilib turgandek bo‘ladi» (Ibn Abud-Dunyo rivoyati).

Ikkinchi firqa aytadi: «Vasvasaning asli yo‘q bo‘lib ketmaydi, qalbda yuraveradi-yu, lekin ta’siri bo‘lmaydi. Chunki qalbni zikr qamrab olsa, vasvasaning ta’siri to‘sib qo‘yiladi. Bu o‘z g‘ami bilan mashg‘ul kishiga o‘xshash, chunki gohida unga gapiriladi, garchi ovoz qulog‘i oldidan o‘tib ketsa ham, u tushunmaydi».

Uchinchi firqa aytadi: «Vasvasa va uning ta’siri ham soqit bo‘lmaydi, lekin uning qalbga g‘olib kelishi soqit bo‘ladi. Go‘yo u uzoqdan zaiflik bilan vasvasa qiladi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:40:55
To‘rtinchi firqa aytadi: «Alloh eslangan paytda vasvasa bir lahza yo‘q bo‘lib turadi. Eslash ham bir lahza yo‘q bo‘lsa, vasvasa yana paydo bo‘ladi, ular tez-tez o‘rinlarini almashtirib turishadi. Ikkalasi (zikr va vasvasa)ning vaqti bir-biriga yaqinligidan ular bir-biriga yaqin yuradilar, deb gumon qilinadi. Vaqt har xil nuqtalari bor koptokka o‘xshaydi, chunki koptokni tezlik bilan aylantirsangiz, nuqtalarning muttasil harakatlanayotganini ko‘rasiz». Bu guruh ulamolari: «Albatta uzoqlashish vorid bo‘lgan. Biz vasvasani zikr bilan birgalikda ko‘ryapmiz, biri yo‘q bo‘lsa, ikkinchisi paydo bo‘ladi, deyishdan boshqa chora yo‘q», deb dalil qilishadi.

Beshinchi firqa aytadi: «Vasvasa va zikr doim qalbda uzluksiz holda yonma-yon turib birgalikda harakat qiladi, inson ikki ko‘zi bilan bir vaqtda ikki narsani ko‘radi. Xuddi shuningdek, qalb ham ikki narsa joriy bo‘ladigan joydir».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:41:39
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir banda bo‘lmasin, albatta uning uchun to‘rtta ko‘z bordir. Ikkita ko‘z boshidadir, bu ikkisi bilan dunyo ishlarini ko‘radi. Yana ikkita ko‘z uning qalbidadir, bu ikkisi bilan din ishlarini ko‘radi», dedilar (Daylamiy «din» lafzi o‘rniga «oxirat» lafzi bilan rivoyat qilgan). Muhosabiy ham shu fikrga borganlar. Nazdimizda bu yo‘llarning hammasi ham to‘g‘ri, lekin ularning har biri vasvasa turlarini anglashdan qosirdir. Albatta ulardan har biri vasvasaning bir xil turiga qarab bu haqda xabar bergan.

Vasvasalar bir necha xil bo‘ladi. Birinchisi - haq bilan chalkashtirish jihatidan, chunki shayton albatta haq bilan chalkashtiradi. Insonga: «Lazzatlardan baxra olishni tark qilasanmi? Umr uzun. Umr bo‘yi shahvatlardan o‘zini tiyib yurish azobi juda kattadir», deydi. Mana shu paytda banda Alloh taolo haqqining kattaligini, savob va iqoblarning ham ulkanligini eslab, o‘z nafsiga sabr qilib shahvatlardan tiyilish qiyin, lekin do‘zaxda sabr qilib turish undan ham qiyinroqdir, ikkisidan birini tanlash lozim, deb Alloh taolo va’dalari va va’idlarini eslasa, iymon va ishonchini yangilaydigan bo‘lsa, shayton uzoqlashadi va qochib ketadi. Zero, shayton insonga «Do‘zax gunoh qilmay sabr qilishdan ko‘ra yengilroq», deb aytishga qodir bo‘lmaydi va «Ma’siyat do‘zaxga olib bormaydi», deb ayta olmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:42:21
Albatta bandani Alloh azza va jallaning kitobiga bo‘lgan iymoni bundan qaytaradi. Natijada uning vasvasasi yo‘qoladi. Xuddi shuningdek, shayton insonga amaliga baho berib, o‘zini boshqalardan yuksak ko‘rishni (ya’ni, xudbinlikni) vasvasa qiladi. Aytadiki: «Qaysi banda Allohni sen tanigandek taniydi va Unga sen ibodat qilgandek ibodat qiladi? Alloh taolo huzurida sening martabang munchayam ulug‘ bo‘lmasa!» Ana shu paytda banda albatta o‘zining ma’rifati, qalbi, amal qilayotgan a’zolari va ilmi Alloh taolo yaratgan narsalardan ekanligini eslasa, qanday qilib o‘ziga katta baho beradi? Shayton ham uzoqlashadi, chunki bu Allohdan emas, deb aytolmaydi, insonning ma’rifati va iymoni uni daf qiladi. Bu vasvasaning bir turi bo‘lib, iymon va ma’rifat nuri bilan ko‘ruvchi oriflarda batamom yo‘q bo‘ladi.

Ikkinchisi - uning vasvasasi shahvatni harakatlantirish va qo‘zg‘ash bilan bo‘lmog‘i. Bu holat ham ikkiga - banda uni albatta ma’siyat ekanini aniq bilishiga va uning ma’siyat ekanini gumon qilishiga bo‘linadi. Agar uning gunohligini aniq bilsa, shayton shahvatni harakatlantirishga ta’sir qiladigan qo‘zg‘otishdan uzoqlashadi. Agar gumonda bo‘lsa, uni qo‘zg‘ashdan uzoqlashmaydi. Ba’zan vasvasa ta’sir qiluvchi holda qoladi. Endi uni daf qilishda qattiq harakat kerak. Xullas, vasvasa mavjud, lekin mag‘lub bo‘lmagan holda yo‘qotib turiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:42:35
Uchinchisi - xayollarni tez-tez bo‘lib turadigan holatlarni eslash va namozdan boshqa narsalar to‘g‘risida fikr qilish bilan bo‘ladigan vasvasalardir. Agar banda zikr qilishga yuzlansa, bir vasvasa bir muddat ketib, yana qaytishi, so‘ngra yana ketib, yana qaytishi mumkin. Demak, zikr bilan vasvasa bir-birining orqasidan kelaveradi va ikkisi yonma-yon yurishi tasavvur qilinadi, hatto inson (namoz o‘qiyotganda) ham qiroatining ma’nosini, ham o‘sha xayollarni tushunib turadi. Go‘yo ikkisi qalbdagi ikki o‘rinni egallab turgandek bo‘ladi. Vasvasa batamom xayolga kelmaydigan darajada yo‘q bo‘lishi qiyin, lekin mahol ham emas. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ikki rakat namozni nafsiga dunyo ishlaridan biror narsani keltirmagan holda o‘qisa, uning o‘tgan gunohlari kechiriladi», deganlar («Namoz kitobi»da kelgan).

Agar inson vasvasadan butunlay qutula olmasligi tasavvur qilinmaganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni zikr qilmas edilar. Ammo bu narsa qalbida muhabbat egalik qilib, hatto xayoli parishonga o‘xshab qolgan kishidagina tasavvur qilinadi. Biz qalbi aziyat bergan dushmanni qamrab olgan kishini ikki rakat yoki ko‘p rakatli namozda ko‘ngliga dushmanining gapidan boshqasi kelmasdan u bilan tortishish to‘g‘risida o‘ylayotganini ko‘ramiz. Shuningdek, muhabbatga g‘arq bo‘lib ketgan kishi ham gohida qalbida mahbubi bilan gaplashish to‘g‘risida o‘ylaydi. U to‘g‘rida shu darajada fikrga cho‘mib ketadiki, hatto ko‘nglida mahbubining so‘zidan boshqa narsa qolmaydi. Agar unga boshqa kishi gapirsa ham, uni eshitmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:44:04
Agar oldidan biron kishi o‘tsa ham, uni ko‘rmayotgandek holatda bo‘ladi. Agar bu insondagi holat mol va martabaga harislik paytida dushmandan keladigan xavf to‘g‘risida tasavvur qilinadigan bo‘lsa, qanday qilib bu holat do‘zaxdan qo‘rqishdan va jannatga harislikdan deb tasavvur qilinmaydi? Lekin bu Alloh taologa va oxirat kuniga bo‘lgan iymonning zaif bo‘lgani uchun juda ozdir. Agar bularning hammasi to‘g‘risida, ya’ni vasvasalarning turlari to‘g‘risida fikr qiladigan bo‘lsangiz, yuqoridagi firqalardan har biri maxsus o‘rinlarda bir navni ushlaganini bilasiz.

Qisqa qilib aytganda, bir lahza yoki bir soat shaytondan xalos bo‘lib turish qiyin ish emas. Lekin umr bo‘yi undan xalos bo‘lib yurish juda qiyin va mumkin bo‘lmagan ishdir. Agar xayollar va rag‘batni qo‘zg‘atish bilan bo‘ladigan shaytonning vasvasasidan biron kishi qutula olganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan qutulgan bo‘lardilar. Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda kiyimlarining belgisiga qaradilar, salom bergan vaqtlarida ana shu kiyimni otib yubordilar va: «Menga namozda xalaqit berdi. Uni Abu Jahmga eltib beringlar va menga uning anbijoniyyasini (tikilgan libosini) keltiringlar», dedilar («Namoz kitobi»da kelgan).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:44:15
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo‘llarida tilladan yasalgan uzuk bor edi, minbarda turganlarida unga nazarlari tushdi. So‘ngra uni otib yubordilar. Va: «Unga bir qarash, sizlarga bir qarash (sodir bo‘ldi)», dedilar (Nasaiy rivoyati). Bu holat Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamda shayton tilla uzuk va kiyimning belgisiga qarash lazzatini qo‘zg‘ash bilan vasvasa qilgani uchun bo‘ldi. Bu holat tilla harom bo‘lishidan oldin bo‘lgandi. Shuning uchun taqdilar-u, so‘ngra otib yubordilar. Dunyo matolarining va pullarining vasvasasi faqat uni otib yuborish, undan ajrash bilangina uziladi. Modomiki, hojatidan tashqari bir dinorga ega bo‘lsa ham, namozida shayton o‘sha dinor to‘g‘risida fikrlashga vasvasa qilishdan to‘xtamaydi, ya’ni dinorni qanday saqlashi, uni nimaga ishlatishi, hech kim bilmasligi uchun uni qanday yashirib qo‘yishi yoki u bilan faxrlanishi uchun uni qay holatda oshkor qilish va yana boshqa vasvasalar bilan (uni bezovta qiladi).

Endi qaysi bir inson tirnoqlarini dunyoga botirib olgan holda shaytondan qutulishni umid qilsa, go‘yo asalga belanib olib menga pashsha qo‘nmaydi, deb gumon qilgan kishiga o‘xshaydi. Bu esa mumkin bo‘lmagan bir holatdir. Dunyo shayton vasvasasi uchun juda katta eshikdir. Shayton vasvasasi uchun birgina eshik emas, balki ko‘pgina eshiklar bor.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:44:30
Hukamolardan birlari aytgan: «Odam farzandiga shayton gunoh ishlar tomonidan keladi, agar gunohdan bosh tortsa, uning oldiga nasihat qilish uchun keladi. Uni hatto bir bid’at ish qilishga majburlaydi. Agar bundan ham bosh tortsa, gunoh qilishdan o‘zini tiyishda qattiq turishga buyuradi. Hatto harom bo‘lmagan narsalarni o‘ziga harom qiladi. Agar bundan ham bosh tortsa, tahoratida va namozida uni shaklantirib qo‘yadi, hatto qancha o‘qiganini bilmay qoladi. Agar bundan ham bosh tortsa, yaxshi ishlarni unga yengil qilib qo‘yadi. Hatto odamlar uni sabrli va pok tanli deb o‘ylashadi, qalblari unga moyil bo‘ladi. Ana shunda u o‘z nafsiga yuqori baho beradi, shu bilan uni halok qiladi. Mana shu holatga kelganda shaytonning uni talab qilishi kuchayadi, chunki bu insonni aldashning oxirgi bosqichidir. Agar inson shundan o‘tib ketsa, albatta undan qutulib jannati bo‘lib qoladi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:45:09
Qalbning tez o‘zgarishi hamda qalblarning o‘zgaruvchanlik va sobit turishga taqsimlanishi bayoni

Bilingki, zikr qilganimizdek, qalbni yuqorida aytib o‘tilgan sifatlar o‘rab olgan. Oldin sifati aytib o‘tilgan eshiklardan qalbga har xil holatlar va xabarlar kelib turadi. Go‘yo qalb butun atrofdan mo‘ljalga olingan nishonga o‘xshaydi. Agar unga ta’sir qiladigan bir narsa yetsa, unga yana boshqa tomondan o‘sha narsaning ziddi yetib keladi. Natijada uning sifati o‘zgaradi. Agar qalbga shayton tushib, uni havoyi nafsga chaqiradigan bo‘lsa, unga farishta ham tushadi va uni havoyi nafsidan boshqa tomonga buradi. Agar uni bir shayton biror yomonlikka tortsa, boshqa shayton undan boshqasiga tortadi. Agar bir farishta uni biror yaxshilikka tortsa, boshqa farishta undan boshqa yaxshilikka tortadi. Goho ikki farishta, goho ikki shayton, goho esa farishta bilan shayton o‘rtasida qalb talash bo‘lib qoladi va hargiz bee’tibor bo‘lmaydi. Bunga Alloh taoloning mana bu oyatida ishora bordir:

«...dil va ko‘zlarini aylantirib qo‘yurmiz» (An’om surasi, 110-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:45:44
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qalb ajoyibotlari va uning o‘zgarishi to‘g‘risidagi Alloh taoloning ajoyib san’atidan xabardor bo‘lganlari uchun qalb bilan qasam ichardilar, ya’ni «Qalblarni o‘zgartiruvchi Zotga qasamki, unday emas», der edilar (Imom Buxoriy rivoyati). Yana ko‘pincha «Ey qalblarni o‘zgartirguvchi, qalbimni diningda sobit qil», deb duo qilardilar (Imom Termiziy rivoyati, hasan). Shunda sahobalar: «Siz ham qo‘rqasizmi, ey Rasululloh?» deyishdi. «Meni nima xotirjam qila olardi? Vaholanki, qalb Rahmon barmoqlaridan ikki barmoq orasida bo‘lsa, uni xohlagan tomoniga bursa», dedilar.

Boshqa bir lafzda: «Agar uni to‘g‘rilashni xohlasa, to‘g‘rilaydi. Agar (haqdan boshqa tomonga) burishni xohlasa, buradi», deyiladi. Bunga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uch xil misol keltirdilar. Birinchisi -«Qalbning misoli chumchuqqa o‘xshaydi, har vaqtda o‘zgarib turadi». Ikkinchisi - «Qalbning o‘zgarib turishdagi misoli qaynashga hozirlangan qozonga o‘xshaydi» (Imom Ahmad rivoyati, sahih). Uchinchisi - «Qalbning misoli ochiq bir sahrodagi patga o‘xshaydi, shamollar uni orqaga va oldinga uchiradi» (Tabaroniy rivoyati, sanadi hasan). Bu o‘zgarishlar va o‘zgartirishdagi Alloh taoloning ajoyib san’ati shundayki, uni ilm bilan aniqlab bo‘lmaydi. Uni faqat qalblarini kuzatib turuvchi va Alloh taolo oldida ahvollari e’tiborga olingan kishilargina biladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:48:22
Qalblar yaxshilik va yomonlikda sobit turishda va ikkisining o‘rtasida beqarorligida uch xildir: birinchi qalb - taqvo bilan obod bo‘lgan, riyozat bilan tozalangan, iflos xulqlardan pok bo‘lgan, g‘ayb xazinalaridan va malakut olamiga kirish o‘rinlaridan yaxshi xayollar uchqunlab turadigan qalbdir. Aql qalbga tushgan xayollar to‘g‘risida undagi yaxshilik zarralarini va uning foydalari sirlarini bilish uchun fikrlashga o‘tadi. Shunda unga qalbning yuzi idrok nuri bilan ochilib, undagi fikrni ro‘yobga chiqarish kerakligiga hukm qiladi va uni shunga undab bajarishga chaqiradi. U qalbga farishta nazar solib, uni javhari yaxshi, taqvosi bilan poklangan, aql ziyodasi bilan nur taratuvchi va ma’rifat nurlari bilan obod qilingan holda topadi. U qalbning o‘ziga qarorgoh bo‘lishiga va tushadigan joy bo‘lishiga loyiq deb ko‘radi. Ana shu paytda ko‘zga ko‘rinmaydigan askarlar bilan uni quvvatlab, boshqa yaxshiliklarga burib qo‘yadi. Hatto yaxshilik boshqa yaxshiliklarga tortib ketaveradi. Uni yaxshiliklarga qiziqtirish va ishlarni yengillashtirish bilan unga madad berishi to‘xtamaydi. Bunga Alloh taoloning mana bu oyatida ishora bor:

«Ana endi kim (o‘z mol-davlatidagi kambag‘al-bechoralarga berilishi lozim bo‘lgan zakot va boshqa sadaqotlarni) ado etsa va (Allohdan) qo‘rqsa hamda go‘zal oqibatni (ya’ni, jannat bor ekanini) tasdiq etsa, bas, Biz uni oson yo‘lga muyassar qilurmiz» (Val-layl surasi, 5-7-oyatlar).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:48:41
Bunga o‘xshagan qalbda rububiyat tokchasidagi chiroq nur taratib turadi, hatto zulmatli kechada qora chumolining o‘rmalashidan ham maxfiyroq bo‘lgan xufyona shirk ham maxfiy bo‘lmaydi. Bu nurdan biron narsa yashirinib ololmaydi. Bu qalbga shayton hiylalaridan birortasi kirolmaydi. Balki shayton vaziyatni poylab, unga yolg‘ondan iborat chiroyli so‘zlarni vasvasa qiladi, qalb esa unga boqmaydi ham.

Bu qalb halok qiluvchi narsalardan poklanganidan keyin najot beruvchi amallar bilan obod qilingan qalbga aylanadi. Najot beruvchi amallar shukr, sabr, xavf, rajo, faqirlik, zohidlik, muhabbat, rozilik, shavq, tavakkul, tafakkur, o‘zini hisob-kitob qilish va boshqalar bo‘lib, bularning zikri ham tez orada keladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:49:13
U qalb shunday qalbki, Alloh taolo unga «yuzi» bilan ro‘para bo‘lgandir. U orom olgan qalbdir. Alloh taolo aytadi:

«Ogoh bo‘lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom oladi» (Ra’d surasi, 28-oyat).

Alloh taolo aytadi:
«Ey xotirjam, sokin jon...» (Fajr surasi, 27-oyat).

Ikkinchi qalb yordamsiz qo‘yilgan, havoyi nafs bilan o‘ralgan, yomon va iflos xulqlar bilan bulg‘angan, shayton eshiklari ochib qo‘yilgan, farishtalar eshigi yopib qo‘yilgan qalbdir. Bu qalbdagi yomonlikning boshlanishi unda havoyi nafsdan bir fikr uchqunlanib paydo bo‘lishidir. Natijada qalb hokim bo‘lgan aqlga undan fatvo so‘rash uchun va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun qaraydi. Aql esa u yerda havoyi nafsning xizmatiga odatlangan, unga ulfat bo‘lgan, unga hiylalar o‘ylab topishda va yordam berishda davom etardi. Natijada qalbga (aql emas), nafs egalik qilib, unga yordam beradi, qalb havoyi nafsga ochiladi. Uni himoya qilishdan aql askari to‘xtatib qolingani uchun unga havoyi nafs zulmatlari tarqab ketadi. U yerga havoyi nafs tarqalib, unda shayton faoliyat boshlagani uchun uning hukmronligi kuchayadi. Unga chiroyli ko‘rsatish, aldash va orzular bilan ro‘para bo‘ladi. Ana shu bilan unga aslida yolg‘on, chiroyli so‘zlarni vasvasa qiladi. Natijada va’da va va’idlarga bo‘lgan iymon hukmronligi zaiflashadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:49:38
Oxirat xavfiga bo‘lgan ishonch nuri so‘nadi. Zero, havoyi nafsdan qalb atroflarini to‘ldirib bir zulmatli tutun ko‘tariladi, hatto qalb nurlari o‘chib qoladi. Aql go‘yo qovoqlariga tutun to‘lib, qarashga qodir bo‘lmay qolgan ko‘zga o‘xshaydi. Qalbda shahvat g‘alabasi shunday holatni yuzaga keltiradiki, hatto qalbning bir to‘xtab, tekshirib olish imkoni qolmaydi. Garchi uni bir nasihatgo‘y ko‘rib, qaysi narsa haqligini bildirsa ham, endi u fahmlashga e’tibor bermaydigan, tinglash qulog‘ini berkitadigan, shahvat qo‘zg‘aladigan, unga shayton hujum qilgan, uning a’zolari havoyi nafs xohishiga ko‘ra harakatlanadigan qalbga aylangan. Natijada Alloh taoloning qazoi qadar bilan ma’siyat g‘ayb olamidan shahodat olamiga zohir bo‘ldi. Mana shunga o‘xshash qalblarga Alloh taoloning quyidagi oyatlarida ishora bor:

«Xabar bering-chi, kim havoyi nafsini iloh qilib olgan bo‘lsa, siz uning ustidan vakil-qo‘riqchi bo‘lurmisiz? Yoki siz ularning ko‘plarini (haq so‘zni) tinglay oladilar yo anglay oladilar, deb o‘ylaysizmi?! (Undoq emas, zero) ular hech narsa emaslar, magar chorva hayvonlari kabidirlar. Yo‘q, ular yanada yo‘ldan ozganroq kimsalardir» (Furqon surasi, 43-44-oyatlar).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:49:57
«Aniqki, ularning ko‘plariga so‘z (ya’ni, azob haqidagi hukm) haq bo‘lgandir. Bas, ular iymon keltirmaslar» (Yosin surasi, 7-oyat).

«Kufr yo‘lini tutgan kimsalar esa xoh siz, (ey Muhammad alayhissalom), ularni (Alloh taolo azobidan) qo‘rqiting, xoh qo‘rqitmang, ularga barobardir - iymon keltirmaydilar» (Baqara surasi, 6-oyat).

Ba’zi shahvatlarga berilib, ahvoli shunday bo‘lgan ko‘pgina qalblar ba’zi narsalardan parhez qiladi-yu, lekin chiroyli yuzni ko‘rganda ko‘ziga va qalbiga ega bo‘lolmaydigan, aqli yengiltaklik qiladigan va qalbining to‘g‘oni tushib ketgan kishiga o‘xshaydi. Yoki martaba, ulug‘lik va boshliqlik o‘rinlarini ko‘rganda o‘zini ushlab turolmaydigan, bularga erishish sabablari zohir bo‘lganida o‘zini ushlab turish uchun tayanchi qolmagan kishiga o‘xshaydi yoki biror aybi zikr qilinib haqir sanalganda g‘azabi kelib, o‘zini boshqara olmaydigan kishiga o‘xshaydi. Yoki bir dirham yo bir dinor olishga qodir bo‘lib turganida o‘zini tutolmaydigan, hatto uning ortidan go‘yo hayajonlanib aqldan ozgan kishiga o‘xshab yuguradigan, natijada dirham va dinorni deb sha’n-shavkat va taqvoni unutib qo‘yadigan kishiga o‘xshaydi. Mana shularning hammasi havoyi nafsning tutuni qalbga ko‘tarilib, oqibatda uning nurlari o‘chib qorong‘ilashib ketgani uchundir. Undan hayo, muruvvat va iymon nurlari ham o‘chib ketadi. Keyin qalb shaytonning murodini hosil qilishga harakat qiladigan bo‘lib qoladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:50:07
Uchinchi qalbda havoyi nafsning fikrlari zohir bo‘lib, uni yomonlikka chaqiradi. Iymonning fikri uni ortidan yaxshilikka chaqiradi. Nafs o‘z shahvatlari bilan yomonlikning fikriga yordamga qo‘zg‘aladi. Shahvat kuchayib, lazzatlanish va baxra olishni unga chiroyli ko‘rsatadi. Aql yaxshilikning fikri tomon qo‘zg‘alib, shahvatning ishini xunuk sanab, u tomonga tashlanadi. Unga johillikning nisbatini berib, yomonlikka tashlanishda hamda oqibatlarga befarqligida hayvonga va yirtqichlarga o‘xshatadi. Natijada nafs aqlning nasihatiga moyil bo‘ladi. Shayton esa yana aqlga qattiq hamla qiladi, nafsga chaqiruvchi fikr yana kuchayadi. Shayton: «Nima bu o‘zini ma’nosiz qiynash, nima uchun xohishingdan bosh tortib nafsingga aziyat berasan? Zamondoshlaringdan birortasi havoyi nafsiga xilof qilib, o‘z maqsadini tark qilyaptimi? Dunyo lazzatlaridan foydalanishni ularga qoldirasanmi? Bu lazzatlardan nafsingni to‘sib qo‘yib, o‘zing mahrum, bechora va qiynalgan holda qolasanmi? Zamondoshlaring ustingdan kulishadi-ku! Mansabing ham falon-falon kishilardan ziyoda bo‘lishini xohlamaysanmi? Ular sen istagan narsalarni qilishdi, undan bosh tortishmadi. Falon olimni ko‘rmaysanmi? U bunday narsalardan ehtiyot bo‘lmayapti, agar bu ishlar yomon bo‘lganida albatta undan tiyilardi», deydi. Natijada nafs shaytonga moyil bo‘lib, u tarafga buriladi
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:50:20
Keyin farishta shaytonga qattiq hamla qiladi va: «Naqd lazzatga ergashib, oqibatni unutganlargina halok bo‘ldilar. Ozgina lazzat bilan qoniqib, jannat lazzati va uning abadul-abad ne’matlarini tark qilasanmi? Yoki shahvatdan tiyilish, sabr qilish azobini qiyin sanab, do‘zax azobini oson deb bilasanmi? Insonlarning o‘z nafslaridan g‘aflatda bo‘lishlari va havoyi nafsga ergashib shaytonga yordam berishlari bilan aldanasanmi? Vaholanki, boshqalarning ma’siyati sendan do‘zax azobini yengillatmaydi. Menga xabar ber-chi, agar qattiq issiq kunda insonlarning hammasi quyosh tig‘ida issiq joyda turgan bo‘lsa, sening esa salqin uying bo‘lsa, odamlar bilan issiqda turib ularga yordamlasharmiding yoki issiqdan qochib salqin uyingda o‘tirarmiding? Endi qanday qilib insonlarga quyoshdan qo‘rqib teskari ish qilasan-u, nima uchun do‘zax issiqligidan qo‘rqib ularga teskari ish qilmaysan?» Mana shu payt nafs farishtaning gapiga bo‘ysunadi. Xullas, qalb doimo ikki qo‘shin o‘rtasida to unga eng munosibi g‘olib kelgunicha beqaror va o‘zaro tortishuvda bo‘ladi.

Agar qalbdagi g‘olib sifatlar yuqorida zikr qilingan shaytoniy sifatlar bo‘lsa, unga shayton g‘olib keladi. Qalb Alloh taoloning jamoalari va avliyolaridan yuz o‘girib, shayton jamoalariga moyil bo‘ladi. Bu bilan shayton jamoasiga va o‘z dushmanlariga yordam beruvchi bo‘ladi. A’zolariga qadarda bitilganiga ko‘ra Alloh taolodan uzoq bo‘lishga sabab ishlar joriy bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:50:32
Agar qalbga farishtalar sifati g‘olib kelgan bo‘lsa, qalb shaytonning ig‘vosiga va uning naqd narsaga undashiga, unga oxirat ishini yengil sanashiga quloq solmaydi. Balki Alloh taoloning jamoasiga moyil bo‘ladi va qazoi qadarda bitib qo‘yilgan narsaning taqozosi bilan uning a’zolarida toat zohir bo‘ladi. Mo‘minning qalbi Rahmonning barmoqlaridan ikki barmoq orasidadir. Ya’ni, mana shu ikki askarning o‘rtasida talash bo‘lib turishdadir. Ya’ni, bir jamoadan ikkinchi jamoaga ko‘chishda va o‘zgarishdadir. Ammo farishtalar jamoati bilan doim sobit turish yoki shayton jamoasi bilan doim birga bo‘lish, bu ikki tomonga ham juda noyob hollarda bo‘ladi. Bu toat va ma’siyatlar g‘ayb xazinalaridan shahodat olamiga qalb uychasining vositasi bilan zohir bo‘ladi. Chunki qalb malakut olami xazinalaridandir. U ham agar zohir bo‘lsa, qalb arboblariga avvalda qazoyi qadarda bo‘lgan narsalarni bildiradigan alomatlar bo‘ladi.

Kim jannat uchun yaratilgan bo‘lsa, toat qilish sabablari unga oson qilib qo‘yiladi. Kim do‘zax uchun yaratilgan bo‘lsa, unga osiy bo‘lish sabablari oson qilib qo‘yiladi va unga yomon do‘stlar hukmron qilib qo‘yiladi. Qalbiga shaytonning hukmi tashlab qo‘yiladi. Chunki shayton har xil hukmlar bilan ahmoqlarni «Albatta Alloh rahmlidir, parvo qilaverma, insonlarning hammasi ham Allohdan qo‘rqavermaydi. Sen ularga xilof qilma, hayot hali oldinda, to‘xtab tur, ertaga tavba qilarsan», degan gapi bilan aldaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:50:54
Ularga va’dalar beradi va orzular qildiradi. Shayton ularga faqat aldashni va’da qiladi. Ya’ni, ularga tavbani va’da qiladi, ularga mag‘firatni orzu qildiradi, natijada Alloh taoloning izni bilan mana shu hiylalar va ular o‘rnida joriy bo‘ladigan narsalar tufayli ularni halok qiladi. Ularning qalblarini aldashni qabul qilishga keng, haqni qabul qilishga esa tor qilib qo‘yadi. Bularning har biri ham Alloh taolodan bo‘lgan qazoi qadar bilandir. Alloh taolo aytadi:

«Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko‘nglini Islom uchun keng qilib qo‘yar. Kimni adashtirishni istasa, uning ko‘nglini xuddi osmonga ko‘tarilib ketayotgandek tor va tang qilib qo‘yar» (An’om surasi, 125-oyat).

«Agar sizlarga Alloh yor bo‘lsa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lmas. Va agar U Zot sizlarni yordamsiz qo‘ysa, Undan so‘ng hech bir zot sizlarga yordamchi bo‘lmas» (Oli-Imron surasi, 160-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:51:20
Hidoyat qiluvchi ham, adashtiruvchi ham Allohdir, U xohlagan narsasini qiladi, iroda etgan narsasi bilan hukm qiladi, Uning hukmini qaytaruvchi ham, Uning qazosini orqaga suruvchi ham yo‘qdir. Jannat va uning ahlini yaratib, ularni toat bilan amal qildirib qo‘ydi. Do‘zax va uning ahlini yaratib, ularni gunohlar bilan amal qildirib qo‘ydi. Xalqqa jannat ahlining ham, do‘zax ahlining ham alomatlarini bildirib qo‘ydi. Alloh taolo kalomida aytdi:

«Shak-shubhasiz,   yaxshilar   (ya’ni,   mo‘minlar   jannat) ne’matlaridadirlar. Shak-shubhasiz, fisq-fujur qilguvchi kimsalar (ya’ni, Qur’on va payg‘ambarni yolg‘onchi qilguvchi, jazo kuni va qayta tirilishni inkor qilguvchi kimsalar) do‘zaxdadirlar» (Infitor surasi, 13-14-oyatlar).

Yana Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisda Alloh taolo aytadi: «Bular jannatda bo‘ladilar, Men parvo qilmayman. Bular esa do‘zaxda bo‘ladilar, Men parvo qilmayman» (Imom Ahmad va Ibn Hibbon rivoyatlari). Haq va molik Alloh oliydir, U qilgan narsasi haqida so‘ralmaydi, ular (xalq) so‘raladilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:51:32
Endi qalb ajoyibotlarini zikr qilishda mana shu ozgina miqdor bilan kifoyalanamiz. Chunki uni chuqur tadqiq qilish muomala ilmiga to‘g‘ri kelmaydi. Albatta qalb ajoyibotlaridan muomala ilmlarini chuqur bilish va uning sirlaridan xabardor bo‘lish uchun zarur miqdorda zikr qildik. Bu miqdor bilan zohiriy tomonlarga qanoat qilmaydigan, po‘st bilan mag‘izni ajratmaydigan, balki sabablarning haqiqatini nozik nuqtalarigacha bilishga qiziqadigan kishilar foydalangaylar. Tavfiq Allohdandir.

«Qalb ajoyibotlari kitobi» tugadi. Hamd va tashakkur Allohga bo‘lsin. Bu kitobdan so‘ng «Nafsning riyozati va xulqlarni o‘nglash kitobi» keladi. Yolg‘iz Allohga hamd bo‘lsin, tanlab olingan bandalarning har biriga Alloh salovot yuborsin!
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:52:19
NAFSNI TARBIYALASH, AXLOQNI TUZATISH VA QALB KASALLIKLARINI DAVOLASH HAQIDAGI MUHLIKOT QISMIDAN

IKKINCHI KITOB


Ishlarni o‘z tadbiri bilan tasarruf etib turgan, maxluqotning jismini to‘g‘ri, suratini chiroyli qilgan, inson suratini ham chiroyli shakl va o‘lchamda ziynatlab qo‘ygan, uning shakli va o‘lchami borasida ziyoda va nuqsonli bo‘lishidan saqlagan, xulqlarni chiroyli qilishni bandaning ijtihodi va harakatiga topshirib qo‘ygan, yana bandani qo‘rqitish va ogohlantirish bilan xulqlarini tuzatishga undagan, O’z tavfiqi va osonlashtirishi bilan xos bandalariga xulqlarini tuzatishni yengil qilgan, ularni mushkul va mashaqqatli narsalarni yengil qilish bilan taqdirlagan Zotga hamdlar bo‘lsin!

A’zolarining har bir chizig‘idan payg‘ambarlik nurlari zohir bo‘lib turadigan, xislatlaridan va ko‘rinishlaridan Haqning haqiqati aks etib turadigan, Allohning bandasi, Uning payg‘ambari, habibi va tanlab olgani, Uning xursandlik xabarini beruvchisi va qo‘rqituvchisi bo‘lgan Muhammad alayhissalomga hamda Islom yuzini kufr zulmati va qorong‘iligidan poklagan, botilning vositalarini yanchib tashlab, uning ozi yoki ko‘pi bilan o‘zlarini kir qilmagan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oilalariga va ashoblariga salovotlar bo‘lsin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:52:28
Hamdu sanodan so‘ng so‘z boshlab aytamizki, chiroyli xulq payg‘ambarlar sayyidining sifatidir va siddiqlarning eng afzal amalidir. Darhaqiqat, chiroyli xulq dinning yarmi, obidlarning riyozatlari natijasi va taqvodorlarning sa’y-harakatlari samarasidir.

Yomon xulqlar esa zahri qotil, shubhasiz halok qiluvchi, sharmandalikka boshlovchi, ochiq-oydin bemaza qiliqlar bo‘lib, olamlarning Robbiga yaqin bo‘lishdan uzoqlashtiruvchi va sohibini shaytonlar yo‘lida xizmatga kirgizib qo‘yuvchidir. Yana u Alloh taoloning yuraklargacha yetib boradigan tarzda yoqib qo‘yilgan do‘zaxiga ochilgan eshiklardir. Chiroyli xulqlar esa qalbdan jannat ne’matlariga va Rahmonga yaqin bo‘lish sari ochib qo‘yilgan eshiklardir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:52:48
Xunuk xulqlar qalblarning xastaligi, nafslarning kasalligidir. Albatta u abadiy hayotni yo‘q qiladigan kasallikdir. Buning oldida jism hayotining o‘zigagina ta’sir qiladigan kasallik hech narsa bo‘lmay qoladi. Tabiblar qanday bo‘lsa ham, badanlarni davolash qoidalarini aniqlash bilan shug‘ullanishga qattiq kirishishgan. Holbuki, badan kasalligida faqat foniy hayotni yo‘qotish bo‘ladi, xolos. Kasalligida boqiy hayotni yo‘qotadigan qalb kasalliklarini muolaja qilish qoidalarini aniqlash bilan shug‘ullanish afzalroqdir. Tabobatning bu xilini o‘rganish har bir aql egasiga vojibdir.

Zero, biron-bir qalb kasalliklardan xoli emas. Agar e’tiborsizlik qilinsa, kasalliklar orqama-orqa kelib qalbga to‘planadi va namoyon bo‘ladi. Demak, banda qalb kasalliklarini va ularning sabablarini bilishda hushyor bo‘lishi, so‘ngra uni davolab tuzatishga harakat qilishi lozim. Uni davolash esa Alloh taoloning mana bu oyatidagi kalomidan bo‘lgan muroddir:

«Darhaqiqat, uni (ya’ni, o‘z nafsini - jonini iymon va taqvo bilan) poklagan kishi najot topdi» (Vash-shams surasi, 9-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:53:00
Uni davolashga e’tiborsizlik qilish esa mana bu oyatdan muroddir:

«Va u (jonni fisq-fujur bilan) ko‘mib xorlagan kimsa nomurod bo‘ldi» (Vash-shams surasi, 10-oyat).

Biz bu kitobda qalb kasalliklaridan bir nechasiga murojaat etib, ularning xususiyatlarini davolash tafsilotini keltirmasdan, balki uni butkul davolash to‘g‘risida qanday gaplar borligiga ishora qilamiz. Chunki uning tafsilotlari Muhlikot bobining boshqa kitoblarida keladi. Hozirgi maqsadimiz esa xulqlarni tuzatish va uning yo‘llarini osonlashtirish haqidagi har bir narsaga nazar qilishdir. Biz shularni zikr qilamiz. Buni tushunish oson bo‘lishi uchun badanni davolashni misol qilib keltiramiz. Bu esa chiroyli xulqning fazilatini va haqiqatini bayon qilish bilan ayon bo‘ladi. So‘ngra yana tarbiya tufayli axloqlar o‘zgarishni qabul qila olishini, husni xulqqa erishtiradigan sababni, xulqlarni tuzatishga va nafslarni tarbiyalashga olib boradigan yo‘llarning tafsilotini bilish vositalarini, qalb kasalliklarini ko‘rsatadigan alomatlarni, inson ayblarini bilib oladigan yo‘llarni, qalbni davolash yo‘li shahvatlarni tark qilishdan boshqa narsa emasligiga naqliy dalillarni, chiroyli xulq alomatlarini, go‘daklarni avvalgi chog‘larida tarbiyalash yo‘llarini, irodani va boshda qilinadigan harakatlarning shartlarini bayon qilish bilan ravshan bo‘ladi. Bu o‘n bir fasldan iborat bo‘lgan, maqsadlarimizni jamlay oladigan kitobdir, inshaallohu taolo.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:53:29
Husni xulqning fazilati va yomon xulqning mazammati bayonida

Alloh taolo payg‘ambari va habibiga maqtov aytgan holda va u kishidagi O’z ne’matini zohir qilgan holda aytadi:

«Albatta siz ulug‘ xulq ustidadirsiz» (Qalam surasi, 4-oyat).

Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari Qur’on edi» (Imom Muslim rivoyati). Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan husni xulq haqida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana bu oyatni o‘qidilar:

«(Ey Muhammad alayhissalom), avf-marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring» (A’rof surasi, 199-oyat). So‘ngra Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «U (ya’ni, husni xulq) sizdan (bordi-keldini) uzib qo‘ygan kishiga silai-rahm qilishingiz, sizni mahrum qilgan kishiga berishingiz va zulm qilgan kishini avf qilishingizdir» (Ibn Mardavayh hasan sanad bilan rivoyat qilgan). Yana Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta men chiroyli xulqlarni mukammal qilish uchun yuborildim», dedilar (Imom Ahmad rivoyati). Va yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida taroziga qo‘yiladigan narsalarning og‘irrog‘i Allohdan qo‘rqish va husni xulqdir» (Imom Termiziy rivoyat qilgan va sahih, degan).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:53:42
Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan kelib: «Din nima, ey Rasululloh?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Husni xulq», dedilar. U kishi o‘ng tomonlaridan kelib yana: «Din nima, ey Rasululloh?» dedi. U kishi yana: «Husni xulq», dedilar. So‘ngra chap tomonlaridan kelib: «Din nima, ey Rasululloh?» dedi. U zot yana: «Husni xulqdir», dedilar. So‘ngra orqalaridan kelib: «Din nima, ey Rasululloh?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga o‘girilib: «Tushunmayapsanmi, din-g‘azab qilmasliging», dedilar (Muhammad ibn Nasr Marvaziy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Baxtsizlik nima, ey Rasululloh?» deyildi. «Yomon xulq», dedilar (Imom Ahmad rivoyati, sahih emas).

Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Menga nasihat qiling», dedi. «Qaerda bo‘lsang ham, Allohdan qo‘rq», dedilar. U kishi: «Yana ziyoda qiling», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yomonlik orqasidan yaxshilik qil, u yomonlikni o‘chiradi», dedilar. U kishi: «Yana ziyoda qiling», dedi. «Insonlarga chiroyli xulq bilan muomalada bo‘l», dedilar (Imom Termiziy rivoyat qilgan va hasan, sahih, degan).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:53:55
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan «Amallarning qaysi biri afzalroq?» deb so‘raldi. U zot: «Chiroyli xulq», dedilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo bir bandaning yaratilishi va xulqini chiroyli qilib, uni do‘zaxga yemish qilib bermaydi» («Suhbat odobi kitobi»da kelgan).

Fuzayl aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Falon ayol kunduzi ro‘za tutib, kechalari qoyim bo‘ladi-yu, lekin uning xulqi yomon, qo‘shnilariga tili bilan ozor beradi», deyildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unda yaxshilik yo‘q, u do‘zax ahlidandir», dedilar».

Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Taroziga eng avval qo‘yiladigan narsa chiroyli xulq va saxiylikdir», deganlarini eshitdim» (Abu Dovud va Termiziy boshqa lafz bilan rivoyat qilishgan. Imom Termiziy buni g‘arib, degan). Alloh taolo iymonni yaratgan vaqtida iymon Unga «Meni quvvatlagin», dedi, Alloh uni chiroyli xulq va saxiylik bilan quvvatlab qo‘ydi. Alloh taolo kufrni yaratgan vaqtida kufr Unga «Meni quvvatlab qo‘ygin», dedi, Alloh uni baxillik va yomon xulq bilan quvvatlab qo‘ydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:54:12
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta Alloh taolo bu dinni O’ziga tanlab oldi. Diningiz uchun saxiylik va chiroyli xulqqina munosib bo‘ladi, ogoh bo‘ling, bu ikki narsa bilan diningizni ziynatlang» (Doraqutniy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam deydilar: «Husni xulq Alloh taoloning eng buyuk maxluqidir» (Tabaroniy zaif sanad bilan rivoyat qilgan). «Qaysi mo‘minning iymoni afzalroq, ey Rasululloh?» deyildi. U zot: «Ularning xulqi chiroylirog‘i», dedilar (Imom Termiziy va Nasaiy rivoyatlari). Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Albatta sizlar insonlarni mollaringiz bilan zabt eta olmaysizlar. Bas, ularni ochiq yuz va chiroyli xulq bilan egallanglar» (Bazzor va Abu Ya’lo rivoyatlari). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sirka asalni buzganidek, yomon xulq amalni buzadi», dedilar (Ibn Hibbon rivoyati, Ibn Jarir zaif, degan).

Jarir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Albatta Alloh taolo yaratilishingizni chiroyli qilib qo‘ygan kishilarsiz, endi xulqingizni ham chiroyli qiling» (Xaroitiy rivoyati). Baro ibn Ozibdan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam insonlarning eng yuzi chiroylisi va eng xulqi go‘zali edilar» (Xaroitiy hasan sanad bilan rivoyat qilgan).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:54:22
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Allohim, Sendan salomatlik, ofiyat va husni xulqni so‘rayman», deb ko‘p duo qilar edilar» (Xaroitiy rivoyati). Abu Mas’ud Badriydan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarida «Ey Allohim, yaratilishimni chiroyli qilding, endi xulqimni ham chiroyli qilgin», der edilar» (Xaroitiy rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib aytadilar: «Mo‘minning ulug‘ligi uning dinidir, obro‘si chiroyli xulqidir, sha’n-shavkati aqlidir» (Ibn Hibbon rivoyati). Usoma ibn Sharikdan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: «A’robiylarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bandaga berilgan narsaning eng yaxshisi haqida so‘rayotganlariga guvoh bo‘ldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga: «Chiroyli xulq», dedilar» («Suhbat odoblari kitobi»da kelgan).

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida menga eng suyukli va makoni yaqiningiz xulqi chiroylirog‘ingizdir» («Suhbat odoblari kitobi»da kelgan).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:54:33
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uchta xislat borki, kimda shu xislatlarning hammasi yoki birontasi bo‘lmasa, uning amalidan biror narsani hisobga olmanglar. (Birinchisi) Allohga osiy bo‘lishdan to‘sib turadigan taqvo, (ikkinchisi) aqlsiz kishilarni to‘xtatib qoladigan halimlik, (uchinchisi) xulq - insonlar orasida u bilan muomala qilinadi» (Xaroitiy zaif sanad bilan rivoyat qilgan).

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning namozni boshlashdagi duolaridan: «Ey Allohim, meni chiroyli xulqlarga hidoyat qilgin, uning eng chiroylisiga Sengina hidoyat qila olasan va mendan uning yomonlarini burib yuborgin, uning yomonlarini Sengina burib yubora olasan» (Imom Muslim rivoyati). Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kuni biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘lgan paytimizda «Albatta husni xulq go‘yo quyosh muzni eritganidek, xatolarni eritib yuboradi», dedilar (Xaroitiy zaif sanad bilan rivoyat qilgan). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Chiroyli xulq kishining baxtidandir», deb aytdilar (Bayhaqiy zaif sanad bilan rivoyat qilgan). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Baraka chiroyli xulqdadir», dedilar» (Xaroitiy zaif sanad bilan rivoyat qilgan).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:55:05
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Abu Zarr roziyallohu anhuga: «Ey Abu Zarr, tadbirga o‘xshash aql yo‘qdir va chiroyli xulqqa o‘xshash obro‘-martaba ham yo‘qdir», dedilar (Ibn Hibbon rivoyati). Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ummu Habiba Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytdi: «Menga xabar bering-chi, agar ayol kishi dunyoda ikki er qilgan bo‘lsa, u olamdan o‘tsa, ikki eri ham olamdan o‘tishgan bo‘lsa, hammalari jannatga kirishsa, ayol qaysi biriga bo‘ladi?» Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dunyoda ayol bilan yashaganida chiroyli xulqli bo‘lganiga bo‘ladi. Ey Ummu Habiba, chiroyli xulq dunyo va oxirat yaxshiliklarini olib ketdi (ya’ni, hamma yaxshilik chiroyli xulqdadir)», dedilar» (Bazzor, Tabaroniy va Xaroitiy zaif sanad bilan rivoyat qilishgan).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana aytdilar: «Albatta to‘g‘ri yo‘lga solingan musulmon kishi chiroyli xulqi va martabasining ulug‘ligi bilan qoim ro‘zadorning darajasiga yetadi» (Imom Ahmad rivoyati). Boshqa bir rivoyatda «...issiq kunlardagi chanqoq (ro‘zador) darajasini topadi», deyilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:56:40
Abdurahmon ibn Samura aytadilar: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. U kishi: «Men o‘tgan kechada ummatimdan bir kishini tiz cho‘kib o‘tirgan holatda ko‘rdim, u bilan Alloh o‘rtasida bir parda bor edi. U kishining chiroyli xulqi keldi va uni Alloh taolo huzuriga kirgizdi», dedilar» (Xaroitiy zaif sanad bilan rivoyat qilgan).

Anas roziyallohu anhuning aytishlaricha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta banda chiroyli xulqi bilan oxirat darajalarining yuqorisiga va manzillarning sharaflisiga yetadi, (garchi) u ibodatda zaif bo‘lsa ham», dedilar (Tabaroniy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:56:48
Rivoyat qilinishicha, Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirishga izn so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida Quraysh ayollaridan bir nechasi u zotga ovozlarini baland qilib gapirishardi, hatto u zotning ovozlaridan ko‘tarib yuborishdi. Umar roziyallohu anhu izn so‘ragan vaqtlarida ayollar hijoblarini axtarib shoshib qolishdi. Umar roziyallohu anhu kirdilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kulib turar edilar. Umar roziyallohu anhu: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, nimadan kulyapsiz, ey Rasululloh?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana bu ayollarga ajablandim, ular mening huzurimda edilar, ovozingizni eshitgan vaqtlarida hijoblariga shoshib qolishdi», dedilar. Umar roziyallohu anhu: «Qo‘rqishlariga siz haqliroqsiz, ey Rasululloh», dedilar. So‘ngra u kishi ayollarga yuzlanib: «Ey nafslarining dushmanlari, mendan qo‘rqasizlar-u, Rasulullohdan qo‘rqmaysizlarmi?» dedilar. Ular: «Ha, siz Rasulullohdan qo‘polroq va dag‘alroqsiz», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishiga: «Shunday holatda bo‘ling, ey Xattobning o‘g‘li, Allohga qasamki, sizni shayton yo‘lda uchratib qolsa, albatta siz yurgan yo‘ldan boshqa yo‘lga o‘tib oladi», dedilar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 06:58:53
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Yomon xulq kechirilmaydigan gunohdir va yomon gumon esa hid taratib turadigan xatodir», dedilar (sanadi zaif). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta banda xulqining yomonligidan jahannamning tubigacha yetib boradi», dedilar (Xaroitiy rivoyati).

Luqmoni Hakimning o‘g‘li otasiga: «Ey ota, insonning qaysi xislati yaxshiroq?» dedi. Otasi: «Din», deb javob berdi. «Agar xislat ikkita bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din va mol», dedi. «Agar uchta bo‘lsa-chi?» deb so‘radi. Otasi: «Din, mol va hayo», dedi. «Agar to‘rtta bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din, mol, hayo va husni xulq», dedi. «Agar beshta bo‘lsa-chi?» dedi. Otasi: «Din, mol, hayo, husni xulq va saxiylik», dedi. Yana: «Oltita bo‘lsa-chi?» deb ham so‘ragan edi, Luqmoni Hakim: «Ey o‘g‘ilcham, agar insonda mana shu besh xislat jamlansa, u pokiza, taqvodor, Allohga do‘st va shaytondan uzoq bo‘ladi», dedi.

Hasan Basriy: «Kimning xulqi yomon bo‘lsa, o‘z nafsini azoblaydi», dedilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:02:43
Anas ibn Molik aytdilar: «Albatta banda chiroyli xulqi bilan jannatda oliy darajaga yetadi, (garchi) ibodatgo‘y bo‘lmasa ham, yomon xulqi bilan esa jahannamning eng tubiga yetib qoladi, (garchi) ibodatgo‘y bo‘lsa ham».

Yahyo ibn Muoz aytdilar: «Rizqning xazinalari keng xulqlilikdadir». Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Yomon xulqning misoli singan sopol idishga o‘xshaydi, uni yamab ham, loyga ham qaytarib bo‘lmaydi».

Fuzayl aytdilar: «Chiroyli xulqli fojir kishining menga hamsuhbat bo‘lmog‘i yomon xulqli obid kishiga hamsuhbat bo‘lmoqlikdan ko‘ra yaxshiroqdir».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:03:30
Ibn Muborak yomon xulqli kishi bilan hamsafar bo‘lib qoldilar. Safar davomida uning aziyatlarini ko‘tarar va u bilan murosa qilar edilar. Ajrashishgan vaqtlarida yig‘lagan ekanlar. U kishiga «Nima sababdan yig‘ladingiz?» deyildi. «Unga rahmim kelganidan yig‘ladim. Men undan ajraldim-u, lekin uning xulqi ajralmay, o‘zi bilan qoldi», dedilar.

Junayd aytadilar: «To‘rt narsa bandani oliy darajalarga ko‘taradi, garchi uning amali va ilmi oz bo‘lsa ham: tavoze’lik, halimlik, saxiylik va chiroyli xulq. Bular esa iymonning mukammalligidir».

Kanoniy aytadilar: «Tasavvuf bu - xulqdir. Kim sizdan xulqda ziyoda bo‘lsa, sizdan tasavvufda ziyoda bo‘libdi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:04:00
Umar roziyallohu anhu aytadilar: «Insonlarga (chiroyli) xulqlar bilan aralashinglar. Ulardan (yaxshi) amallar bilan ajrab turinglar».

Yahyo ibn Muoz aytadilar: «Yomon xulq bir yomonlikki, u bilan yaxshilikning ko‘pi ham foyda bermaydi. Husni xulq bir yaxshilikki, u bilan ko‘p yomonliklar ham zarar qilmaydi».

Ibn Abbos roziyallohu anhudan «Ulug‘lik nima?» deb so‘raldi. U kishi dedilar: «Ulug‘lik Alloh O’zining aziz Kitobida bayon qilgan narsadir. Ya’ni, Alloh taolo aytadi:

«Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot surasi, 13-oyat). Yana «Obro‘-martaba nima?» deyildi. «Sizlarning xulqi chiroylilaringiz obro‘-martabada afzallaringizdir», dedilar. Yana aytdilar: «Har bir binoning poydevori bo‘ladi. Islomning poydevori husni xulqdir».

Ato aytadilar: «Yuksalgan kishi faqat husni xulqi bilan yuksaldi va mukammal husni xulqqa esa faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam erishganlar. Insonlarning Alloh azza va jallaga yaqinrog‘i chiroyli xulq bilan Rasulullohning izlaridan yurganlaridir».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:05:17
Husni xulq va yomon xulqning haqiqatlari bayoni

Bilingki, insonlar husni xulqning haqiqati va uning nimaligi to‘g‘risida ko‘p gapirishadi. Uning haqiqati haqida ular mufassal gapirishmagan, balki samarasiga aloqador gaplarni aytishgan. Shunda ham samaraning hammasini mukammal aytishmagan, balki ulardan har biri samaradan esiga kelganini va fahmi yetganini zikr qilgan. Uning haddi va bor samarasini qamrab oluvchi haqiqatini batafsil va mukammal zikr qilishga fikrlarini burishmadi. Bu Hasan Basriyning quyidagi gaplariga o‘xshaydi: «Husni xulq ochiq yuzli bo‘lish, molni sarflash va aziyat berishdan o‘zni tiyishdir».

Vositiy aytadilar: «U (ya’ni, husni xulq) Alloh taoloni yaxshi tanigani tufayli biror kishiga xusumat qilmaslik va unga ham biror kishining xusumat qilmasligidir». Shoh Kirmoniy aytadilar: «U aziyatdan tiyilish va mashaqqatni ko‘tarishdir». Ba’zilar aytadilar: «U insonlarga yaqin va ular o‘rtasida g‘arib bo‘lishdir». Yana Vositiy aytadilar: «U xalqni osonlik vaqtida ham, qiyinchilik paytida ham rozi qilishdir». Abu Usmon aytadilar: «U Alloh taolodan rozi bo‘lishdir».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:05:45
Sahl Tustariydan husni xulq haqida so‘rashganida, u kishi: «Uning eng ozi aziyatlarni ko‘tarish va tovon (pul)ini tark qilish, zolimga rahm qilish, uning uchun istig‘for aytish va unga shafqat qilish», dedilar. Va yana aytdilar: «U - rizq to‘g‘risida Haqdan shubhalanmaslik, Unga ishonish, Alloh taolo kafil narsalariga vafo qilishiga ko‘ngilni xotirjam qilish, Allohga itoat qilish va o‘zi bilan Alloh o‘rtasidagi narsalarda hamda o‘zi bilan insonlar o‘rtasidagi narsalarda Allohga osiy bo‘lmaslikdir».

Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Husni xulq uchta xislatda bo‘ladi: haromlardan saqlanishda, halolni talab qilishda va oilani farovon qilib qo‘yishda». Xusayn ibn Mansur aytadilar: «U - Haqni ko‘rganingdan keyin o‘z foydang uchun xalqqa jabr qilinishini ixtiyor etmasligingdir». Abu Sayid Xarroz aytadilar: «U senda Alloh taolodan o‘zga tashvish bo‘lmasligidir».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:06:10
Husni xulqning misollari ko‘p. Bu misollar uning haqiqatini bildirmaydi, balki samaralarinigina anglatadi. Lekin bu gaplar ham samaralarning hammasini qamrab olgan emas. Haqiqat pardasini ochish har xil so‘zlarni naql qilishdan ko‘ra yaxshiroqdir.

Xulq va xalq (yaratilish) birga ishlatiladigan ikki iboradir, deb aytamiz. Falon kishining xulqi ham, xalqi (ya’ni, yaratilishi) ham chiroylidir, deyiladi. Ya’ni, ichi ham, tashi ham chiroyli. Xalqidan tashqi surati, xulqidan esa ichki surati iroda qilinadi. Chunki inson ko‘z bilan ko‘radigan jismdan va qalb ko‘zi bilan idrok eta oladigan ruh va nafsdan tarkib topgan. Bularning har ikkisi uchun chiroyli yoki xunuk surat bo‘ladi. Qalb ko‘zi bilan idrok etadigan nafsning qadri ko‘z bilan idrok etadigan jismdan ko‘ra ulug‘roqdir. Shuning uchun Alloh taolo uning ishini Qur’onda O’ziga izofa qilib keltirish bilan ulug‘lab qo‘ydi. Alloh taolo aytadi:

«Eslang, Parvardigoringiz farishtalarga degan edi: «Albatta Men loydan bir odam yaratguvchidirman. Bas, qachon uni tiklab, unga O’z ruhimdan puflab kirgizganimdan so‘ng unga sajda qilgan hollaringizda yiqilinglar!» (Sod surasi, 71-72-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:06:35
Alloh taolo jismning loyga va ruhning esa olamlar Robbiga mansub ekanligiga ishora qildi. Bu o‘rinda ruh va nafsdan murod bittadir. Xulq nafsda mustahkam bo‘lgan bir holatdan iboratdir, undagi ishlar fikr va mulohazaga ehtiyoj qolmasdan, osonlik va yengillik bilan sodir bo‘ladi. Agar nafsning holati unda aqlan va shar’an maqtalgan chiroyli ishlar sodir bo‘ladigan darajada bo‘lsa, ana shu holat husni xulq, deb nomlanadi. Agar nafsning holati undan xunuk ishlar sodir bo‘ladigan darajada bo‘lsa, asos hisoblangan ana shu holat yomon xulq, deb nomlanadi. Xulqni mustahkam bir holat, deyishimizning sababi shuki, ba’zi bir holatda biror sabab tufayli molini sarflaydigan kishi, modomiki, ana shu sarflash nafsida mustahkam o‘rnashmaguncha saxiy xulqli, deb aytilmaydi. (Holat xulq bo‘lishi uchun) ishlar insonda mulohazasiz, osonlik bilan sodir bo‘lishini shart qildik. Chunki molni majburan sarflagan kishi yoki g‘azablangan paytida qiynalib va oqibatini o‘ylab majburan sukut qilib turgan kishi saxiy yoki halim, deyilmaydi
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:06:41
Endi bu yerda to‘rt xil ish bor: birinchisi - chiroyli ish va xunuk ish. Ikkinchisi - ikkisini ham qilishga qodir bo‘lish. Uchinchisi - ikkisini ham bilish. To‘rtinchisi - nafsning u ikki tomondan biriga moyil bo‘lgan holati. Unga ikkisidan birini, ya’ni chiroyli yoki xunugini qilish oson bo‘ladi. Xulq (bir ishni) bajarishdan iborat emas. Ko‘pincha saxiy kishilar moli yo‘qligi uchun yoki boshqa bir monelik sababli mol sarflay olmaydilar. Goho baxil kishilar bor, ular biror sabab tufayli yoki riyo uchun molini sarflashadi.

Yana xulq quvvatdan iborat emas, chunki quvvatni qizg‘onchiqlikka va saxiylikka nisbat berishda, ya’ni ikki zid narsaga nisbat berishda farq yo‘q. Har bir inson tabiatan berishga ham, qizg‘onchiqlikka ham qodir qilib yaratilgan. Bu esa xulqi baxillik va saxiylik ekanini vojib qilmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:06:54
Yana xulq ma’rifatdan iborat ham emas, chunki ma’rifat chiroyliga ham, xunukka ham bir xil taalluqli bo‘ladi. Xulq to‘rtinchi ma’nodan iboratdir. U nafsdan qizg‘onchiqlik yoki saxiylik sodir bo‘lishi uchun unga tayyorlanib turiladigan holatdir. Demak, xulq nafsning holatidan va botiniy suratidan iborat narsadir. Zohiriy suratning to‘la-to‘kis chiroyliligi burun, og‘iz va yonoqlar xunuk bo‘lib, ko‘zning o‘zigina chiroyli bo‘lishi bilan mukammal bo‘lmaydi, balki tashqi chiroy mukammal bo‘lishi uchun hamma a’zolar chiroyli bo‘lishi lozim.

Xuddi shuningdek, ichki olamda ham to‘rt xil rukn bor, ya’ni husni xulqning mukammal bo‘lishi uchun shu ruknlarning hammasi chiroyli bo‘lishi lozimdir. Agar ana shu to‘rt rukn birdek to‘g‘ri, mo‘‘tadil bo‘lsa va bir-biriga munosib kelsa, husni xulq hosil bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:07:07
To‘rtta rukn - ilm quvvati, g‘azab quvvati, shahvat quvvati va bu uch quvvat o‘rtasidagi adolat quvvatlaridir. Ilm quvvatining chiroyli va yaxshi bo‘lishi so‘zlardagi rost va yolg‘on o‘rtasidagi farqni bilish, e’tiqod borasida haq bilan botil o‘rtasidagi farqni bilish va ishlarda esa yaxshi bilan yomon o‘rtasidagi farqni bilish oson bo‘ladigan darajada bo‘lmog‘idadir. Agar bu quvvat yaxshi bo‘lsa, undan hikmat mevasi hosil bo‘ladi, hikmat esa chiroyli xulqlarning boshidir. Bu to‘g‘rida Alloh taolo bunday deydi:

«Kimga hikmat berilgan bo‘lsa, batahqiq unga ko‘p yaxshilik berilibdi» (Baqara surasi, 269-oyat).

G’azab quvvatining chiroyliligi uning qisilishi va yozilib ketishi hikmat taqozo qilgan chegarada bo‘lishidadir. Xuddi shuningdek, shahvatning chiroyliligi va yaxshi bo‘lishi ham hikmat ishorasi ostida, ya’ni aql va shariat ishorasining ostida bo‘lmog‘idadir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:07:25
Adolat quvvati - shahvat va g‘azablarni aql va shariat ishorasi ostida ushlab turishdir. Aql nasihatgo‘y bir maslahat beruvchiga o‘xshaydi. Adolat quvvati - qodirlikdir. U aqlning ko‘rsatmasini amalga oshirib yurgizuvchiga o‘xshaydi. G’azab esa unda ko‘rsatma amalga oshiriladigan narsadir. U ovchi itga o‘xshaydi. Chunki g‘azabni erkin qo‘yish va uni to‘xtatib turish nafsning shahvatini qo‘zg‘ashi taqozosi bilan emas, balki ko‘rsatmaga binoan bo‘lmog‘i uchun unga odob-tarbiya berish lozim. Shahvat ov qilish uchun miniladigan otga o‘xshaydi. Chunki u ham goho tarbiyalangan, o‘rgatilgan bo‘ladi, goho esa bo‘ysunmas bo‘ladi. Kimda mana shu xislatlar bir xil holda to‘g‘ri bo‘lsa, u to‘liq husni xulqlidir. Kimda uning ba’zisi to‘g‘rilanib, ba’zisi to‘g‘rilanmagan bo‘lsa, u to‘g‘rilangan ma’no jihatidan chiroyli xulqlidir, bunday inson yuzining ba’zi a’zolari chiroyli bo‘lib, ba’zisi xunuk kishiga o‘xshaydi.

G’azab quvvatining chiroyli va to‘g‘ri bo‘lishi shijoat, deyiladi. Shahvat quvvatining chiroyli va to‘g‘ri bo‘lishi esa iffat, deyiladi. Agar g‘azab quvvati to‘g‘rilikdan ziyodali tomonga moyil bo‘lsa, u haddan oshish, deb nomlanadi. Agar zaiflik va nuqsonli tomonga moyil bo‘lsa, u qo‘rqoqlik va ojizlik, deb ataladi. Agar shahvat quvvati ziyodali tomoniga moyil bo‘lsa, u ochko‘zlik, deb nomlanadi. Agar nuqsonli tomonga moyil bo‘lsa, u jaholat, deyiladi. Bulardan o‘rtachasi maqtovga sazovor va fazilatdir. Ikki tomoni esa, ya’ni ziyoda va kam tomoni yomonlangan va nuqsonlidir. Adolat agar yo‘q bo‘lsa, uning uchun ziyoda va nuqson tomon bo‘lmaydi. Balki uning bitta ziddi va muqobili bo‘ladi, u esa zulmdir. Ammo hikmatni yomon maqsadlarda ishlatishda haddan oshish axloqsizlik va tilyog‘lamachilik, deb nomlanadi. Unga beparvolik qilish esipastlik, deyiladi. Bu ikkisining o‘rtasi esa hikmat nomi bilan xoslanadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:07:35
Demak, axloqlarning onalari va asoslari to‘rtta bo‘lib, ular hikmat, shijoat, iffat va adolatdir. Hikmatdan murod nafsning jamiki ixtiyoriy ishlarda xatolikdan to‘g‘rilikni ajrata oladigan bir holatidir. Adolatdan murod nafsning g‘azab va shahvatga siyosat qilib turadigan, ularni hikmat taqozo qiladigan narsalarga undaydigan, hikmat taqozosiga ko‘ra erkin qo‘yadigan va ushlab turadigan holatidir. Shijoatdan murod g‘azabning quvvati ro‘yobga chiqishida va tiyilishida aqlga bo‘ysungan bo‘lmog‘idir. Iffatdan murod shahvat quvvatining aql va shariat tarbiyasi bilan tarbiyalanganidir. Mana shu to‘rt asosning to‘g‘ri bo‘lishidan barcha chiroyli xulqlar hosil bo‘ladi. Zero, aql quvvatining to‘g‘ri bo‘lishidan tadbirning chiroyi, zehnning yaxshiligi, fikrning o‘tkirligi, gumonning to‘g‘ri chiqishi, ishlarning nozik nuqtalari va nafsning xufyona ofatlarini sezish hosil bo‘ladi. Unga chuqur ketishdan esa makr, hiyla, aldoqchilik va ayyorlik sodir bo‘ladi. Unga beparvolikdan tentaklik, g‘amorat, jinniliklar sodir bo‘ladi. G’amoratdan murod o‘ylashga imkon bo‘lgan holda ishlarda tajribasizlikdir. Goho insonning bir narsani qo‘yib, boshqa narsaga o‘ralashib qolish holati ham bo‘ladi. Ahmoqlik bilan jinnilikning farqi shunday: ahmoqning maqsadi to‘g‘ri bo‘ladi, lekin uning tutgan yo‘li buzuqdir. Uning uchun maqsadga yetkazadigan yo‘lni tanlashda to‘g‘ri fikr bo‘lmaydi. Ammo jinni ixtiyor qilinishi kerak bo‘lmagan narsalarni ixtiyor qiladi, uning asl ixtiyori buzuq bo‘ladi
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:07:44
Shijoatlilik xulqidan saxiylik, jasurlik, qahramonlik, nafsni sindirish, aziyatlarni ko‘tarish, halimlik, sabotlilik, g‘azabni yutish, viqorlilik, do‘stlashish va shularga o‘xshash maqtovli xulqlar sodir bo‘ladi. Ammo shijoatda haddan oshishdan maqtanchoqlik, o‘zini katta olish, qattiq g‘azablilik, takabbur va xudbinlik hosil bo‘ladi. Unga beparvo bo‘lishdan xorlik, sharmandalik, qayg‘u, tahqirlanish, o‘zini past sanash, vojib bo‘lgan haqni olishdan o‘zini ushlab turishlar sodir bo‘ladi.

Iffatlilik xulqidan saxiylik, hayo, sabr, kechirish, qanoat, omonatdorlik, muloyimlik, yordam berish, ichki go‘zallik va ta’ma qilmaslik hosil bo‘ladi. Ammo unda chuqur ketishga yoki beparvolikka moyil bo‘lishdan esa hirs, ochko‘zlik, uyatsizlik, axloqsizlik, isrofgarchilik, hafsalasizlik, riyokorlik, sharmandalik, dilxushlik, laganbardorlik, hasadgo‘ylik, ichqoralik, boylar oldida xor bo‘lish, kambag‘allarni xaqir sanash va boshqa narsalar hosil bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:08:05
Chiroyli xulqlarning onalari mana shu to‘rt fazilatdir. Ya’ni, hikmat, shijoat, iffat va adolat. Qolganlari ularning bo‘laklaridir. Bu to‘rt narsada mukammal to‘g‘ri bo‘lishga faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yetganlar. U kishidan keyingi insonlar esa unga yaqin va uzoq bo‘lishda bir-birlaridan farq qilishadi. Bu xulqlarga yaqinlashgan har bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqinlashgani miqdorida Alloh taologa ham yaqindir. Bu xulqlarni mukammal jamlagan har bir kishi xalqning o‘rtasida itoat qilinadigan podshoh bo‘lishga haqlidir. Xalqning hammasi unga murojaat qiladi. Barcha ishlarida unga ergashadi. Endi qay bir inson bu xulqlarning hammasidan ajrab, uning ziddi bilan sifatlanadigan bo‘lsa, shaharlardan ham, bandalarning ichlaridan ham chiqib ketishga loyiq bo‘ladi. Chunki u uzoqlashtirilgan, la’natlangan shaytonga yaqinlashadi. Yaxshi xulqli inson muqarrab farishtaga yaqin bo‘lib, unga ergashilmog‘i va yaqinlashilmog‘i lozim bo‘lganidek, endi uning uzoq qilinishi lozim bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, o‘zlari yaxshi xulqlarni mukammal qilish uchun yuborilgandirlar. Alloh taolo mo‘minlarning sifatlarini sifatlashda buxulqlarga ishora qilgan:

«Haqiqiy mo‘minlar Alloh va Uning payg‘ambariga iymon keltirib, so‘ngra (hech qanday) shak-shubha qilmagan va molu jonlari bilan Alloh yo‘lida kurashgan zotlardir. Ana o‘shalargina (o‘z iymonlarida) sodiq bo‘lgan zotlardir» (Hujurot surasi, 15-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:08:19
Alloh va Uning rasuliga shubha qilmasdan iymon keltirish quvvatli ishonch, bu esa aqlning samarasi hamda haqiqiy hikmatdir. Mol bilan kurashish shahvat quvvatini ushlab turishga olib keladigan saxiylikdir, jon bilan kurashish esa g‘azab quvvatini aqlning shartiga ko‘ra va mo‘‘tadillik chegarasida ishlatishga olib keladigan shijoatdir. Alloh taolo sahobalarni sifatlab aytadi:

«Muhammad Allohning payg‘ambaridir. U bilan birga bo‘lgan (mo‘min)lar kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar» (Fath surasi, 29-oyat).

Qahr qilishdagi mukammallik ham, rahmdil bo‘lishdagi mukammallik ham hamma vaqt bo‘lmaydi. Bu oyatda qahrning ham, rahmdillikning ham alohida o‘rni borligiga ishora bordir. Bu bob xulq ma’nosining, uning chiroylili yoki xunukligi va uning ruknlari, samaralari, bo‘limlari bayonida bo‘ldi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:08:36
Xulqlarning tarbiya yo‘li bilan o‘zgarish qabul qilishi bayoni

Bilingki, albatta qaysi bir kishida ishyoqmaslik ustun kelgan bo‘lsa, uning nafsni poklash va xulqlarni tuzatish bilan mashg‘ul bo‘lishi, mashq hamda harakat qilishi og‘ir bo‘ladi. Uning nafsi bu ishlar o‘zining qosirligi, kamchiligi va niyatning nopokligi tufayli bo‘layotganini qabul qilmaydi hamda u xulqlarni o‘zgartirib bo‘lmaydi, deb o‘ylaydi. Chunki tabiatlar o‘zgarmaydi, deydi. Bunga ikki narsani dalil qiladi. Birinchisi - albatta tashqi a’zolar zohiriy ko‘rinish surati bo‘lganidek, xulq botiniy suratdir. Tashqi xilqatni o‘zgartirishning imkoni yo‘q, chunki bo‘yi past odam o‘zini uzun bo‘yli qilmoqqa qodir bo‘lmaydi. Novcha kishi ham o‘zini pakana qilmoqqa qodir emas. Xunuk kishi o‘z suratini chiroyli qilishga qodir bo‘lmaydi. Ichki xunuklik ham xuddi shu tarzda yuritiladi.

Ikkinchisi - ular aytishadiki, husni xulq shahvat va g‘azabni yo‘q qilib yuboradi. Uzoq vaqt urinish bilan shuni tajriba qilib bildikki, shahvat va g‘azab tabiat taqozo qilgan narsalardandir. Chunki u odamdan hargiz ajralmaydi. U bilan (ya’ni, xulq bilan) mashg‘ul bo‘lish vaqtni behuda zoe qilishdir. Chunki maqsad qalbning naqd nasibalarga iltifot qilishini to‘xtatishdir. Buning bo‘lishi mumkin emas, deyishadi. Biz esa: «Agar xulqlar o‘zgarishni qabul qilmaydigan bo‘lsa, nasihatlar, ma’ruzalar va tarbiyalar behuda ketgan bo‘lar edi», deymiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:08:47
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham: «Axloqlaringizni chiroyli qilinglar», degan bo‘lmas edilar (Abu Bakr ibn Bilol rivoyati). Hayvonning xulqini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan holda qanday qilib bu odamda inkor qilinadi? Zero, burgut yovvoyilikdan qo‘lga o‘rgatiladi, it yeyishga bo‘lgan ochko‘zlikdan odobga va o‘zini ushlab turishga, ot esa asovlikdan yuvoshlikka va bo‘ysunishlikka o‘rgatiladi. Bularning hammasi xulqlarni o‘zgartirishdir.

Bularning hammasidan pardani ochib tashlovchi gap quyidagicha: borliq ikkiga bo‘linadi. Birinchisi - asli va qismlariga ko‘ra inson hamda uning ixtiyoriga daxli yo‘q narsalar. Masalan, osmon, yulduzlar, hatto badanning ichki va tashqi a’zolari hamda boshqa hayvonlarning a’zolari. Qisqasi, har bir mukammal bo‘lgan mavjud narsalarning (inson va uning ixtiyoriga) aloqasi yo‘q. Ikkinchisi - noqis holda topilgan narsa, lekin sharti topilganidan keyin unda mukammallikni qabul qiladigan holat mavjud qilingan. Uning sharti goho bandaning ixtiyoriga bog‘liq bo‘ladi. Chunki xurmo danagi olma emas va xurmoning o‘zi ham emas. Lekin u bir holatda yaratilganki, agar u ozgina parvarish qilinsa, xurmo daraxtiga aylanishi mumkin. Hatto parvarish bilan ham aslo olmaga aylanmaydi. Agar danak ixtiyor bilan ta’sirlanib, ba’zi holatlarni qabul qilib, ba’zisini qabul qilmaydigan bo‘lsa, demak, shahvat va g‘azab ham xuddi shuningdekdir. Agar g‘azab va shahvatni asari qolmas darajada butkul yo‘qotishni xohlaydigan bo‘lsak, bunga aslo qodir bo‘lolmaymiz. Agar u ikkisini yuvosh qilish, tarbiya va kurashish bilan bo‘ysundirishni xohlasak, albatta unga qodir bo‘lamiz. Biz ana shunga buyurilganmiz. Ana shu najot topishimizning va Alloh taologa yetishishimizning sababiga aylangan. Ha, xilqatlar har xil, ba’zisi tez, ba’zisi esa sekin qabul qiladigan bo‘ladi. Uning ikki xil bo‘lishiga ikki sabab bor.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:09:07
Birinchisi - asl yaratilishdagi tabiiy quvvat va uning insondan ajralmasligi. Chunki shahvat, g‘azab va kibrlik quvvatlari insonda mavjuddir. Lekin ularning masalasi qiyinrog‘i va o‘zgartirishga bo‘ysunmaydiganrog‘i - bu shahvat quvvatidir. Chunki u avvalroq mavjud bo‘lgan. Zero, go‘dak bola yaratilishining avvalidayoq unga shahvat ham qo‘shib yaratiladi. Yetti yillardan keyin unda g‘azab yaratiladi. Shundan keyin unda oq-qorani ajratish quvvati yaratiladi.

Ikkinchisi - albatta xulq goho unga muvofiq ko‘p amal qilish, unga itoat qilish bilan va unga chiroyli rozi bo‘linishiga e’tiqod qilish bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu to‘g‘rida insonlar to‘rt xil martabada bo‘ladilar: avvalgisi - haq bilan botilning va chiroyli bilan xunukning o‘rtasini ajrata olmaydigan, balki qanday yaratilgan bo‘lsa, o‘shandoq qolgan, jamiki e’tiqodlardan xoli va hatto lazzatlarga ergashish bilan ham shahvati kamolga yetmagan, xom bir inson. Bu odam tuzatishni juda tez qabul qiluvchi bo‘ladi. Faqat u bir muallimga, murshidga, o‘z nafsidan bo‘lgan, uni harakatga undaydigan ichki bir undovchiga muhtoj bo‘ladi, shunda uning xulqi tez vaqt ichida chiroyli bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:09:16
Ikkinchisi - yomon ishlarning yomonligini aniq bilgan, lekin yaxshi amallarni odat qila olmagan, balki yomon ishlari unga chiroyli ko‘ringan, shahvatiga bo‘ysunganligi va shahvati unga g‘olib kelib, to‘g‘ri fikrdan yuz o‘girgani uchun uni (ya’ni, yomonlikni) qilib yuradigan kishi. Lekin shunday bo‘lsa ham, o‘z amalidagi kamchilikni biladi. Bunday insonning ishi avvalgisidan ko‘ra qiyinroqdir. Zero, unga vazifalar ko‘payib ketgan. Chunki u avvalo nafsida o‘rnashib qolgan fasod ishlar odatini yo‘qotishi, so‘ngra nafsiga yaxshilik sifatlarini ekmoqligi kerak. Qisqasi, bu inson nafsiga jiddu jahd, harakat va qat’iyat bilan tursa, u ham tarbiya qabul qilish o‘rni hisoblanadi. Uchinchisi - yomon xulqlarni albatta qilish lozim, u ma’qul ishlardan va albatta u haqdir, chiroylidir, deb e’tiqod qilgan, ana shu yomon xulqlar bilan tarbiya topgan inson. Bunday odam xulqini tuzatishdan bosh tortishi ham mumkin. Uning faqat ba’zi bir holatdagina tuzatilishiga umid qilinadi. Bunga adashish sabablarining ko‘payib ketgani sababdir. To‘rtinchisi - buzuq fikrga binoan ulg‘aygan va tarbiyasi shunga yo‘naltirilgan kishi. U fazilat yomon ishlarni ko‘paytirishda, nafslarni halok qilishda, deb biladi. Yomon ishlari bilan faxrlanadi. Shular qadrimni ko‘taradi, deb gumon qiladi. Bu esa martabalarning eng qiyinrog‘idir. Bunga o‘xshash narsalar to‘g‘risida aytilganki, qarilikdagi tarbiya o‘zini qiynash, ayblardan tozalanish o‘zini azoblashdir. Bulardan birinchisi faqat johil kishidir. Ikkinchisi johil va adashgandir. Uchinchisi johil, adashgan va fosiqdir. To‘rtinchisi johil, adashgan, fosiq va o‘ta yovuzdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:09:25
Ammo bundaylarning o‘zlariga dalil qilib olgan boshqa fikrlari shunday: odam, modomiki, tirik ekan, shahvat, g‘azab, dunyoni yaxshi ko‘rish va shunga o‘xshash boshqa xulqlar undan uzil-kesil yo‘q bo‘lmaydi. Bu ba’zi bir toifa kishilarda voqe bo‘lgan xatolikdir. Ular o‘ylaydilarki, kurashishdan maqsad bu sifatlarni butkul yo‘qotib, o‘chirib tashlashdir. Qandayin xato fikr! Chunki shahvat bir foyda uchun yaratilgan. U inson tabiati uchun zarur. Agar taomga bo‘lgan shahvat (ya’ni, xohish) yo‘q qilinsa, inson halok bo‘ladi. Agar jimo’ shahvati yo‘q qilinsa, nasl uzilib qoladi. Agar g‘azab butkul yo‘q qilinsa, inson o‘zidagi halok qiladigan narsalarni daf qila olmay nobud bo‘ladi. Modomiki, shahvatning asli yo‘q bo‘lmasa, shubhasiz, shahvatga yetaklaydigan dunyoga muhabbat ham yo‘q bo‘lmaydi. Hatto ana shu holat qizg‘onchiqlikka undaydi. Maqsad bu sifatlarni butkul olib tashlash emas, balki oshirib yuborish va e’tiborsizlikning o‘rtasi hisoblangan mo‘‘tadillikka qaytarishdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:09:40
G’azab sifatida ko‘zda tutilgani hamiyatdir. Bu qattiq g‘azablanib o‘zini bilmay qolishdan va qo‘rqoqlikdan xolilik bilan bo‘ladi. Qisqasi, o‘z nafsida kuchli bo‘lish, shu bilan birga aqliga bo‘ysunish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun Alloh taolo aytadi:

«Muhammad Allohning payg‘ambaridir. U bilan birga bo‘lgan (mo‘min)lar kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar» (Fath surasi, 29-oyat).

Alloh taolo mo‘minlarni qahr bilan sifatladi. Albatta qahr g‘azabdan sodir bo‘ladi. Agar g‘azab yo‘q bo‘lsa, albatta jihod ham yo‘q bo‘lardi. Endi qanday qilib g‘azab va shahvatni butkul yo‘qotishni qasd qilib bo‘ladi? Vaholanki, payg‘ambarlar alayhimussalom ham bulardan xoli bo‘lishmagan. Zero, Payg‘ambar alayhissalom aytganlar: «Albatta men ham basharman, bashar g‘azablanganidek men ham g‘azablanaman» (Imom Muslim rivoyati). Agar u kishining (s.a.v.) huzurlarida karih ko‘radigan narsalari haqida gapirilsa, g‘azablanardilar, hatto ikki yuzlari qizarib ketardi. Lekin faqat haqiqatni gapirar edilar. Payg‘ambar alayhissalomning g‘azablari u kishini haqdan chiqarib qo‘ymasdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:09:56
Alloh taolo aytadi:
«(U taqvodor zotlar) yaxshi-yomon kunlarda infoq-ehson qiladigan, g‘azablarini ichlariga yutadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini) avf etadigan kishilardir» (Oli-Imron surasi, 134-oyat).

Alloh taolo g‘azablarini yo‘q qilguvchilar, deb aytmadi. G’azab va shahvatning ikkalasidan birontasi ham aqlga g‘olib kelmaydigan, balki aql ikkisini nazorat qilib, ularga g‘olib keladigan darajada mo‘‘tadillik haddiga qaytarish mumkin. Xulqni o‘zgartirishdan murod ham shudir. Chunki ba’zan shahvat insonda shu darajada bo‘ladiki, aql uni buzuqliklarga jur’atli bo‘lishdan qaytara olmaydi, so‘ngra tarbiya bilan mo‘‘tadillik haddiga qaytadi. Bu xulqni o‘zgartirish mumkinligiga dalolat qiladi. Tajriba va kuzatishlar bunga shak-shubhasiz dalolat qiladi. Xulqlarda ko‘zda tutilgani o‘rtachasidir. Ikki tarafi emas. Masalan, saxiylik shar’an maqtalgan xulqdir, u esa isrofgarchilik bilan ziqnalikning o‘rtasidadir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:10:22
Alloh taolo bu xislatni maqtab aytadi:
«Ular infoq-ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (balki ehsonlari) ana shu (xasislik bilan isrofning) o‘rtasida - mo‘‘tadil bo‘lur» (Furqon surasi, 67-oyat).

Yana Alloh taolo aytadi:
«(Baxillik bilan) qo‘lingizni bo‘yningizga bog‘lab ham olmang, (isrofgarchilik qilish bilan) uni butunlay yozib ham yubormang» (Al-Isro surasi, 29-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:10:56
Shuningdek, taom shahvatida ham ochko‘z va qattiq bo‘lmasdan, o‘rtacha bo‘lish talab qilingan.

Yana Alloh taolo aytadi:
«Yenglar, ichinglar, faqat isrof qilmanglar, zotan U isrof qilguvchi kimsalarni sevmas» (A’rof surasi, 31-oyat).

Alloh taolo g‘azab to‘g‘risida shunday deydi:
«Kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar» (Fath surasi, 29-oyat).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Ishlarning yaxshisi o‘rtachalaridir» (Bayhaqiy rivoyati). Bu so‘zda bir sir va haqiqat bor. Bu saodat dunyo to‘siqlaridan qalb salomat bo‘lishiga bog‘liqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:11:15
Alloh taolo aytadi:
«Magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina (foyda berur)» (Shuaro surasi, 89-oyat).

Baxillik va isrofgarchilik dunyo to‘siqlaridandir. Qalb esa har ikkisidan ham salomat bo‘lishi kerak. Ya’ni, dunyoga iltifot qiluvchi isrofgarchilikka va qizg‘onchiqlikka haris bo‘lmasligi kerak. Chunki qizg‘onchiqlikka haris bo‘lgan kishining qalbi u tomonga burib qo‘yilganidek, isrofga haris bo‘lgan kishining qalbi ham isrofgarchilikka burib qo‘yilgan bo‘ladi. Endi qalbning yetuk bo‘lishi shu sifatlarning ikkisidan ham xoliligi, tozaligi bilan bo‘ladi. Iliq suv issiq ham, sovuq ham emas, balki ikkisining o‘rtasida bo‘lib, ikkalasidan ham xoli bo‘lgandekdir. Xuddi shuningdek, saxiylik isrofgarchilik bilan ziqnalikning o‘rtasida, shijoat qo‘rqoqlik bilan o‘zini tutolmay qolishning o‘rtasida va iffatlilik esa ochko‘zlik bilan qattiqlikning o‘rtasidadir. Boshqa xulqlar ham shunga o‘xshashdir. Ishlarning ikki tomoni (ya’ni, juda past ketish va juda haddan oshish) yomonlangan. Har bir xulqning o‘rtachasi matlubdir. U esa mumkin ishlardandir. Lekin yo‘l ko‘rsatuvchi shayxlar muridlarining oldida boshdan g‘azabni xunuk qilib ko‘rsatishi, qizg‘onchiqlikni yomonlashi, unga shulardan birortasiga ruxsat bermasligi lozim. Chunki agar muridga shulardan ozginasiga ruxsat bersa, u shu ruxsatni baxilligi va g‘azabini saqlab qolishda bahona qilib oladi va shayxining ozginaga ruxsat berganini ijozat etilgan miqdor deb o‘ylaydi.

Agar g‘azab va qizg‘onchiqlikning aslini yo‘qotishga qasd qilib, buni oshirib yuborsa-yu, lekin mo‘‘tadillikka qaytgani sababli tutoqishini sindirishgagina erishsa, uning uchun to‘g‘ri yo‘l istalgan miqdor hosil bo‘lgunicha uni tag-tugi bilan yo‘qotishni qasd qilib turmog‘idir. Shayx bu sirni muridiga zohir qilmaydi, chunki bu ahmoqning aldanish o‘rnidir. Negaki, uning g‘azabi ham, qizg‘onchiqligi ham haq deb o‘ylaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:11:42
Husni xulqqa batamom erishtiradigan sabablar bayoni

Husni xulq aql quvvatining mo‘‘tadilligi, donolikning yetukligi, g‘azab va shahvat quvvatining mo‘‘tadilligi hamda ularning aqlga va shariatga itoatkorligi bilan bo‘lishini bildingiz.

Bu mo‘‘tadillik ikki xil yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Birinchisi - inson aqli komil, xulqi chiroyli holda tug‘ilgani uchun ilohiy oliyjanoblik va fitriy yetuklik bilan shahvat va g‘azab hukmronligidan qutuladi. Ya’ni, shahvat va g‘azab aql va shariatga bo‘ysunuvchi mo‘‘tadil yaratilib, ta’lim olmasdan olimga va tarbiya olmasdan odobliga aylanadiki, Iso ibn Maryam alayhissalom va Yahyo ibn Zakariyo alayhissalomlarga o‘xshaydi. Boshqa payg‘ambarlar ham xuddi shuningdek bo‘lishgan. Ular tabiatida va fitratida harakat va o‘rganish orqali erishiladigan narsalar bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas. Ko‘pincha go‘dak rostgo‘y, saxiy va jur’atli qilib yaratiladi. Ba’zan esa buning aksi bo‘lib, bu xulqlar unda odat qilib olish va yaxshi xulqlilarga qo‘shilish bilan hosil bo‘ladi. Ba’zan esa o‘rganish bilan hosil bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:11:53
Ikkinchisi - bu xulqlarni harakat va tarbiya bilan qo‘lga kiritishdir. Ya’ni, nafsni matlub xulqlar taqozo qiladigan amallarga majburlashdir. Masalan, qaysi bir inson nafsida saxiylik xulqini hosil qilmoqchi bo‘lsa, uning saxiylik fe’li molni infoq-ehson qilish bilan shug‘ullanishga o‘zini majburlaydi. Doim nafsidan shuni talab qiladi va shunga o‘zini majburlab, nafsi bilan kurashishda barqaror bo‘ladi. Hatto ana shu xulq uning tabiatiga aylanadi hamda infoq-ehson qilish unga osonlashib, saxiyga aylanadi. Shuningdek, kibri g‘olib kishi agar o‘zida kamtarlik xulqini hosil qilishni xohlasa, uning kamtar kishilarning fe’llari bilan uzoq muddat shug‘ullanmog‘i va bu to‘g‘rida nafsiga kurashmog‘i, kamtarlik uning bir xulqiga aylangunicha shunga o‘zini undamog‘i lozim bo‘ladi. So‘ngra unga kamtar bo‘lish unga osonlashadi. Boshqa shar’iy maqtalgan xulqlar ham mana shu yo‘l bilan hosil bo‘ladi.

Keyinchalik unda sodir bo‘layotgan shu fe’l unga rohat bag‘ishlaydi. Saxiy kishi sarflayotgan molini sarflash bilan lazzat oladi, majburan sarflayotgan kishi bunday bo‘lmaydi. Kamtar kishi esa kamtarlikdan lazzat oladi. Modomiki, nafs o‘ziga chiroyli odatlarning hammasini odat qilib, yomon ishlarning hammasini tark qilmasa, chiroyli ishlarga ishtiyoqli kishining tirishqoqligidek g‘ayrat ko‘rsatmasa, undan baxramand bo‘lmasa, xunuk ishlarni yomon ko‘rib, undan nafratlanmasa, unda diniy xulqlar o‘rnashmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:12:14
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘zim quvonchi namozda qilindi», deganlar (Nasaiy rivoyati). Ibodatlar va ta’qiqlangan narsalarni tark qilish, agar u majburan va qiynalib sodir bo‘lsa, nuqsondir. U bilan mukammal saodatga erisha olmaydi. Ha, chiroyli xulqlarga nafs bilan kurashgan holda intilish yaxshi. Lekin bu kurash nafsning yomon xulqlarni tark qilishi ustida bo‘ladi, yaxshi xulqlarni ixtiyoriy qilish ustida bo‘lmaydi. Shuning uchun Alloh taolo aytadi:

«Albatta u (namoz o‘qish) og‘ir ishdir. Magar o‘zlarining Parvardigorlariga ro‘baro‘ bo‘lishlarini va shubhasiz Uning huzuriga qaytuvchi ekanliklarini biladigan shikastanafs zotlarga (og‘ir emasdir)» (Baqara surasi, 45-oyat).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Allohga rozi bo‘lish darajasida ibodat qilgin (ya’ni, rozi bo‘lib ibodat qil). Agar qodir bo‘lmasang, karih ko‘radigan narsangga sabr qilishda (ya’ni, ibodat karih ko‘rinsa, unga sabr qilsang) ko‘p yaxshilik bordir» (Tabaroniy rivoyati). Husni xulq uchun belgilangan saodatga yetishda toatdan lazzatlanish va ma’siyatni yomon ko‘rish bir vaqtda sodir bo‘lib, boshqa vaqtda sodir bo‘lmasligi kifoya qilmaydi. Balki doim va umr bo‘yi bo‘lmog‘i lozim. Umr qancha uzun bo‘lsa, fazilat ham shuncha mahkamroq va mukammalroq bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan saodat haqida so‘ralganida u zot sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taoloning toatida uzoq yashash», dedilar (Qattoiy rivoyati).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:12:24
Shuning uchun payg‘ambarlar va avliyolar o‘limni yomon ko‘rganlar. Chunki dunyo oxirat ekinzoridir. Umrning uzun bo‘lishi bilan birga ibodatlar ko‘p bo‘lsa, savob ko‘proq, nafs pokizaroq, tozaroq va xulqlar esa kuchliroq va mustahkamroq bo‘ladi. Ibodatlardan ko‘zlangan maqsad uning qalbga ta’sir qilishidir. Albatta uning ta’siri ibodatlarda bardavom bo‘lish bilan kuchayadi. Bu xulqlarning g‘oyasi nafsdan dunyo muhabbati uzilib, Alloh taoloning muhabbati mustahkam o‘rnashmog‘idir. Shunda biror narsa unga Alloh taologa yo‘liqishdan ko‘ra suyukliroq bo‘lmaydi. Molining hammasini faqat Allohga yo‘liqtiradigan yo‘llarga ishlatadi. Uning g‘azab va shahvati ham o‘ziga bo‘ysundirilgan bo‘lib, ularni ham faqat Alloh taologa yaqinlashtiradigan o‘rinlarda ishlatadi. Mana shularning hammasi shariat va aql tarozisida o‘lchash bilan hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng u qilayotgan ishlariga xursand bo‘luvchi va undan lazzat oluvchi bo‘ladi.

Endi namoz ko‘z quvonchi darajasiga yetishi va ibodatlar rohat berishi mumkin emas, deb bo‘lmaydi. Chunki odat bundan ham g‘aroyib ajoyibotlarni taqozo qiladi. Negaki, goho podshohlarni va ne’matga burkangan kishilarni doimiy qayg‘uda, pulsiz qolgan qimorbozning esa qimor va undagi narsalar bilan lazzatlanishi va xursandligi kuchayganini hamda qimorsiz insonlarning xursandligi unga juda og‘ir tuyulishini ko‘ramiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:12:36
Vaholanki, qimor ba’zan uning molini tortib oladi va uyini harob qilib, o‘zini nochor holda qoldiradi. Shunday bo‘lsa ham, u qimorni yaxshi ko‘radi. U bilan lazzatlanadi. Buning sababi uning qimorga uzoq vaqt ulfat bo‘lib va o‘zini unga burib qo‘ygani uchundir.

Kaptar o‘ynatuvchi ham shunga o‘xshashdir. Goho oyog‘ida tik turib kun bo‘yi quyosh issig‘ida qolib ketadi. U qushlar va ularning harakatiga, osmonda parvoz qilishiga qarab xursand bo‘lgani uchun zahmatni ham sezmaydi.

Yana bir ayyor, fojir kishining kaltaklanishga va yaradorlikka yo‘liqqaniga, qamchilarga va dorga osilishga ketayotganiga sabr qilish bilan faxrlanayotganini ko‘ramiz. U mana shunday azoblar bilan ham o‘zidan va azoblarga sabr qilishdagi matonatidan faxrlanib xursand bo‘ladi. Hatto shuni o‘z nafsi uchun obro‘ deb biladi. Qo‘lga olganlar uni boshqalardan olgan narsasiga iqror qilish uchun a’zolarini mayda-mayda qilib kesib chiqishadi. U esa tan olmaslikni yetuklik, shijoat va mardlik deb e’tiqod qilgani uchun qilmishlarini inkor qilib turaveradi. Shunchalik azoblarga yo‘liqsa-da, uning holati ko‘zining quvonchi va faxr sababiga aylanadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:12:46
Xunasa kishining qoshini terib, yuzini bo‘yab, ayollar bilan birga yurib, o‘zini xotinlarga o‘xshatishdagi holatidan ko‘ra pastkashroq va xunukroq holat yo‘q. Bunday holatidan, xunasalikda mukammalligidan quvonib, hatto boshqa xunasalar ichida ana shu ishlari bilan faxrlanayotganini ko‘rasiz. Bunday faxrlanish, bir-biriga maqtanishlar podshoh va ulamolar o‘rtasida bo‘lganidek, sartarosh va farroshlar o‘rtasida ham bo‘ladi. Bularning barchasi odatlanish, shu ishlarda uzoq vaqt bir xil tarzda ishtirok etish natijasidir. Demak, agar nafs odatlanish bilan botil narsadan lazzatlanib, unga va boshqa yomonliklarga moyil bo‘lar ekan, u uzoq vaqt Haqqa qaytib, Uni qattiq lozim tutsa, qanday qilib Haqdan lazzatlanmasin. Nafsning qabih ishlarga moyil bo‘lishi inson tabiatidan tashqaridagi narsadir, u go‘yo insonning loy yeyishiga o‘xshaydi. Goho mana shu narsa ham ba’zi insonlarga odat bo‘lib qoladi. Ammo insonning hikmatga, Alloh taoloning muhabbatiga, ma’rifatiga va ibodatiga moyil bo‘lishi esa go‘yo uning taom va ichimlikka moyil bo‘lishiga o‘xshaydi. Darhaqiqat, ibodat va ma’rifatlar qalb tabiatining taqozo qilgan narsasidir. Chunki u robboniy buyruqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:13:05
Uning shahvat taqozo qilgan narsalarga moyilligi qalb tabiatidan o‘zga bir narsa sifatida tabiatiga ziddir. Albatta qalbning ozuqasi hikmat, ma’rifat hamda Alloh azza va jallaning muhabbatidir. Lekin u o‘ziga tushgan bir kasallik tufayli tabiati taqozo qilgan narsalardan burilib ketadi, go‘yo bu ba’zida oshqozonga bir kasallik tushgani tufayli u yeyish-ichishni xohlamay qolganiga o‘xshaydi, vaholanki yeyish-ichish uning hayoti uchun sabab edi. Alloh taolodan boshqa biror narsaning muhabbatiga moyil har bir qalb ana shu moyilligi miqdoricha kasal bo‘lishdan xoli emas. Faqatgina o‘sha narsa unga Alloh va Uning dinini yaxshi ko‘rishga yordam beruvchi bo‘lgani uchun uni yaxshi ko‘rsa, bu qalbning kasalligiga dalolat qilmaydi.

Shunday qilib, chiroyli xulqlarni riyozat bilan egallash mumkin ekanligini qat’iy bildingiz. Riyozat - bu husni xulqdan dastlabki sodir ishlar keyinchalik o‘z tabiatiga aylanib qolishi uchun uning mashaqqatini o‘z ustiga olmoqdir. Bu qalb bilan a’zolar, ya’ni nafs va badan o‘rtasidagi aloqaning g‘aroyibidir. Chunki qalbda zohir bo‘lgan har bir sifatning asari a’zolarda ko‘rinadi va a’zolar hech bir ilojsiz shu sifatlarga ko‘ra harakatlanadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:13:14
A’zolarda joriy bo‘ladigan har bir ishning ta’siri qalbga yetib boradi. Ish ikkalasi o‘rtasida aylanadi. Buni bir misol bilan bilsa bo‘ladi. Ya’ni, qaysi bir kishi yozishda mohir bo‘lishni xohlasa, tabiatan kotibga aylanguncha unda ruhiy holat bo‘ladi. Uning uchun mohir kotib shug‘ullangan narsa bilan mashg‘ul bo‘lish va uzoq vaqt chiroyli yozuvga o‘xshatish uchun harakat qilishdan boshqa yo‘l yo‘q, chunki kotibning ishi chiroyli yozishdir. Majburan o‘zini kotibga o‘xshatadi, so‘ng shu kotiblik sifati uning nafsida mustahkam bir sifatga aylanguncha harakatda davom etadi. Natijada chiroyli yozish avvalda majburan sodir bo‘lsa, keyinchalik esa unda qiyinchiliksiz, tabiatan sodir bo‘ladi. Uning xatini chiroyli qilgan narsa ham chiroyli yozishning o‘zi bo‘ladi. Lekin avvalda o‘zini majburlash bo‘lsa ham, undan qalbga bir ta’sir ko‘tariladi. Keyin esa qalbdan a’zolarga tushadi. Natijada husnixatni tabiatan yozadigan bo‘ladi.

Shuningdek, qaysi bir odam tasavvuf ahliga aylanishni xohlasa, unga faqihlarning, ya’ni tasavvuf ahllarining fiqh ilmini takror qilish bilan tasavvuf ilmining sifati qalbiga o‘tgunicha shug‘ullanishdan boshqa yo‘l yo‘q. Shunda ahli tasavvufga aylanadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:13:27
Shuningdek, saxiy, nafsi pok, halim, kamtar insonga aylanishni xohlagan kishiga ham mashaqqatni bo‘yniga olib, shunday sifati insonlarning ishlari bilan to o‘sha sifatlar o‘zining tabiatiga aylangunicha shug‘ullanishi lozim bo‘ladi. Unga bundan boshqa muolaja yo‘q. Mutasavviflikni talab qiluvchi kishi bir kecha sustkashligi bilan bu martabaga yetishdan umidini uzmaydi va bir kecha takror qilishi bilan ham erishib bo‘lmaydi. Shuningdek, nafsini tarbiyalashni, uni mukammal qilishni va chiroyli amallar bilan ziynatlashni talab qilayotgan kishi ham bir kungi ibodati bilan unga yetolmaydi yoki bir kun qilmaslik bilan undan mahrum ham bo‘lib qolmaydi. Bu esa «Albatta bitta katta gunoh abadiy badbaxtlikni vojib qilmaydi, lekin bir kungi sustkashlik esa yana boshqa sustkashliklarni chaqiradi. So‘ngra sekin-sekin bir-birini taklif qilib, nafs dangasalikka o‘rganadi, ustiga-ustak ilm tahsilini tark qiladi va undan tasavvuflik fazilati yo‘qoladi», degan gapimizning ma’nosidir.

Kichkina osiyliklar ham xuddi shu kabi ba’zisi ba’zisini o‘ziga tortadi. Hatto umr tugayotgan vaqtda iymon negizi buzilishi bilan abadiy saodatning ham negizi yo‘q bo‘ladi. Mutasavvif bo‘lishda bir kecha takror qilishning ta’siri sezilmaydi. Balki badanning o‘sishiga va qomatning ko‘tarilishiga o‘xshab ozgina-ozgina, darajama-daraja zohir bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:13:42
Shuningdek, nafsni tabiyalash va poklash to‘g‘risida bir marta qilingan toatning ta’siri o‘sha zahoti sezilmaydi. Lekin toatning ozini ham yengil sanamaslik kerak. Chunki ana shu ozginalardan jamlanib ko‘paygan toat ta’sirchan bo‘ladi. Ko‘paygan toatlar ham bitta-bittadan bo‘lib jamlangan. Bulardan har birining ta’siri bor. Qanday toat bo‘lmasin, maxfiy bo‘lmasa ham, uning ta’siri, shubhasiz, savobi ham bor, chunki beriladigan savob ta’sirning barobariga bo‘ladi.

Gunoh ham xuddi shundaydir. Qanchadan-qancha mutasavvif kishilar bir kecha-kunduz va bir necha kunni paydar-pay sustkashlik qilib, yengil sanab qo‘yib, nafsini kunba-kun to tabiati tasavvuflikni qabul qilishdan chiqquncha susaytiradi. Shuningdek, kichik gunohlarni yengil sanab, nafslariga tavba qilishni o‘lim chang solishigacha yoki qalblarida gunoh ko‘payib zichlashib qolgunicha orqaga suradilar. Keyin ularga tavba qilish imkonsiz bo‘lib qoladi. Zero, ozgina gunoh ko‘p gunohlarni chaqiradi. Natijada qalb shahvat zanjirlari bilan kishanlanib qoladi. Uning changalidan qutilish mumkin bo‘lmaydi. Tavba eshigining berkilib qolish ma’nosi ham shudir. Bu Alloh taoloning mana bu kalomidan muroddir:

«Va Biz ularning oldilaridan bir to‘siq-parda qilib, ularni o‘rab qo‘ydik» (Yosin surasi, 9-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:15:12
Ali roziyallohu anhu aytdilar: «Iymon qalbda bir oq nuqta ko‘rinishida zohir bo‘ladi. Agar ziyodalashsa, o‘sha oqlik ham ziyodalashadi. Agar banda iymonda mukammal bo‘lsa, qalbning hammasi oppoq bo‘ladi. Nifoq qalbda bir qora nuqta ko‘rinishida zohir bo‘ladi. Agar nifoq ziyodalashsa, o‘sha qoralik ham ziyoda bo‘ladi. Agar munofiqlik mukammal bo‘lsa, qalbning hammasi qorayib ketadi».

Albatta chiroyli xulqlar goho tabiiy holda, o‘zi chiroyli qilib yaratilgani, goho chiroyli ishlarni odat qilish bilan bo‘lishini, goho esa yaxshi do‘stlardan va taqvodor birodarlardan iborat chiroyli fe’l egalariga qo‘shilish hamda ular bilan do‘stlashish tufayli bo‘lishini bildingiz. Zero, tabiat boshqa tabiatdan yaxshilikni ham, yomonlikni ham ko‘chiradi. Kimda shu uch jihat namoyon bo‘lib, tabiiylik tomonidan ham, odatlanish tomonidan ham, o‘rganish tomonidan ham ulug‘ bir fazl egasiga aylansa, u fazilatning eng cho‘qqisida bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:15:27
Kim asli tabiatan razil bo‘lsa, yana unga do‘stlarning yomoni to‘g‘ri kelib qolsa, ulardan o‘rganib, unga yomon ish qilish sabablari osonlashadi. Hatto yomonlikni o‘ziga odat qilib olsa, unday inson Alloh azza va jalladan juda uzoq bo‘ladi. Mana shu ikki martabaning (fazilatning cho‘qqisi va Allohdan uzoq bo‘lish) o‘rtasida, ya’ni bu jihatlarning har xil o‘rinlarida bo‘ladiganlar ham bor. Har bir kishi uchun yaqinlikda ham, uzoqlikda ham sifati va holati taqozo qilganidek daraja bor.

«Bas, kim (hayoti dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, (qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur va kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur» (Zalzala surasi, 7-8-oyatlar).

«Ularga Alloh jabr qilgani yo‘q, balki ular (o‘zlari) o‘z jonlariga jabr qilguvchi bo‘ldilar» (Nahl surasi, 33-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:15:42
Xulqlarni poklash yo‘lining tafsiloti bayonida

Xulqlardagi mo‘‘tadillik nafsning sog‘lom ekanini, mo‘‘tadillikdan (boshqaga) moyil bo‘lish nafsdagi kasallik va xastalik ekanini oldingi boblardan bildingiz. Bu - badan tuzilishidagi mo‘‘tadillik badanning sog‘ligi va mo‘‘tadillikdan boshqaga moyilligi undagi kasallik ekaniga o‘xshash. Badanni misol qilib aytamizki, nafsni undan razilliklarni va yomon xulqlarni o‘chirib tashlash bilan, unga fazilatlarni va chiroyli xulqlarni jalb qilish bilan sog‘lom qilsa bo‘ladi. Davolash esa badanni undan kasalliklarni yo‘q qilib, unga sog‘liq yo‘llarini axtarish, salomatlikni jalb qilish bilan davolashga o‘xshaydi.

Mizoj aslida mo‘‘tadil bo‘ladi. Oshqozonga zarar ovqatlar, iqlimlar va boshqa holatlar tufayli zarar yetadi. Shuningdek, har bir go‘dak ham to‘g‘ri, sog‘lom fitrat bilan tug‘iladi. Faqat ota-onasi uni yahudiy yoki nasoro yo majusiy qiladi. Ya’ni, odatlanish va ta’lim bilan u o‘ziga razilliklarni kasb qilib oladi. Badan boshida komil qilib yaratilmay, balki o‘sish bilan, ozuqlantirib tarbiya qilish bilan komil va kuchli bo‘ladi. Shuningdek, nafs ham yetuklikni qabul qiluvchi, noqis holda yaratiladi. U ham tarbiya bilan, xulqlarni poklash bilan, ilm bilan oziqlanish orqali mukammal bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:15:52
Badan agar sog‘lom bo‘lsa, tabibning ishi sog‘liqni saqlovchi qonunni tayyorlashdir. Agar kasal bo‘lsa, uning ishi sog‘liqni jalb qilishdir. Shuningdek, nafsingiz ham agar tarbiyali, toza va sof bo‘lsa, siz shu poklikni saqlash uchun unga yana qo‘shimcha quvvat jalb qilib, sofligi ziyodaligiga erishish uchun harakat qilmog‘ingiz lozim. Agar sof va komil bo‘lmasa, u holda nafsingiz uchun o‘sha komillik va soflikni jalb etishga harakat qilmog‘ingiz lozim.

Badanning mo‘‘tadilligini buzuvchi kasallik keltirib chiqaruvchi illatlar faqat uning ziddini qilish bilangina davolanadi. Ya’ni, agar issiqlikdan (ya’ni, isitma) bo‘lsa, u sovuqlik bilan, agar sovuqlikdan bo‘lsa, issiqlik bilan davolanadi. Shuningdek, qalb kasalligi hisoblangan nuqson ham ziddi bilan davolanadi. Johillik kasalligi ta’lim olish bilan, baxillik dardi saxiylik bilan, kibr dardi kamtarlik bilan, ochko‘zlik dardi ishtaha qilinadigan narsalardan majburan bo‘lsa ham, o‘zni tiyish orqali davolanadi. Kasal badanni davolash uchun dorining achchiqligiga chidash va (badan uchun) shubhali narsalarda o‘zni qattiq tiyish lozim. Xuddi shuningdek, qalb kasalligini davolash uchun (yaxshilikka) harakat qilish va sabr achchiqligini ko‘tarish lozim. Balki (bunday sabr) eng to‘g‘risidir. Chunki badanning kasalligidan o‘lish bilan qutulinadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:16:01
Ammo qalb kasalligi, bundan Alloh asrasin, shunday kasallikki, o‘lgandan keyin ham abadul-abad davom etadi. Har bir sovuqlik issiq sababli paydo bo‘lgan kasallikni davolayvermaydi. Balki faqat maxsus darajadagi sovuqlikkina davolashi mumkin. Chunki bu kasallik qattiq va yengil bo‘lishi, davomli va davomli bo‘lmasligi hamda oz-ko‘pligi bilan bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun foydali miqdor bilinadigan bir (sovuqlikda) me’yor kerak, chunki shu me’yorga e’tibor qilinmasa, kasallik zarari kuchayadi.

Shuningdek, xulqlarni tuzatishga sabab bo‘ladigan kamchiliklar uchun ham bir me’yor kerak. Dorining me’yori ham kasallik me’yoriga qarab olingan. Hatto tabib kasallik issiqlik yoki sovuqlikdan ekanini bilmagunicha uni davolamaydi. Agar issiqlikdan bo‘lsa, uning qay darajadaligi, ya’ni kuchli yoki zaifligini bilsa, keyin badanning ahvoliga, kasalning hayot tarzi va kasbiga, uning yoshiga va boshqa holatlariga qarab davolaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:16:16
Shuningdek, muridlarning nafslariga tabiblik qiladigan, to‘g‘ri yo‘l istaganlarning qalblarini davolaydigan shayx ham hali ularning xulqlarini va kasalliklarini bilmasdan turib, ularni riyozat qildirish, maxsus fandagi va maxsus yo‘ldagi majburiyatlar bilan qiynab qo‘ymasligi lozim. Tabib agar kasallarning hammasini bir xil dori bilan davolasa, ularning ko‘pini o‘ldirib qo‘yadi. Shuningdek, shayx ham agar muridlarga bir xil riyozatni ko‘rsatsa, ularni halok qiladi va qalblarini o‘ldiradi. Aksincha, shayx muridining kasaliga, uning holiga, yoshiga, tabiatiga va niyati bilan ko‘tara oladigan riyozatga va shunga ko‘ra riyozatini qo‘rishiga qarashi lozim.

Agar murid shariat hududlarini bilmaydigan yangi bo‘lsa, unga avval tahorat, namoz va zohiriy ibodatlar o‘rgatiladi. Agar harom mol bilan mashg‘ul yoki bir ma’siyat bilan shug‘ullanuvchi bo‘lsa, unga avval ana shularni tark qilishga buyruq beriladi. Agar murid zohirini ibodatlar bilan ziynatlasa, zohiriy gunohlardan a’zolarini poklasa, uning xulqlarini va qalb kasalliklarini bilish uchun yuzaga kelgan vaziyat bilan botiniga qaraladi. Agar unda hojatiga zarur miqdordan ortiqcha mol ko‘rilsa, undan olib yaxshiliklarga sarflab, hatto unga iltifot ham qilmaydigan darajada qalbini undan bo‘shatib qo‘yiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:16:25
Agar shayx unga balandparvozlik, kibr va nafs azizligi kuchli bo‘lganini ko‘rsa, uning bozorlarda gadoylik va tilanchilik uchun chiqishiga buyruq beradi. Chunki nafs azizligini va kattalikni faqat xorlik sindiradi. Tilanchilik xorligidan ko‘ra katta xorlik yo‘q. Nafs azizligi va kibri singunicha shu holda davom etishga majburlaydi. Chunki kibr halok qiluvchi kasalliklardandir. Balandparvozlik ham shunga o‘xshashdir. Agar unda badan va kiyimidagi pokizalik g‘olib kelganini, qalbining shunga moyilligini va shunga burilib, u bilan xursandligini ko‘rsa, uni tozalik to‘g‘risidagi balandparvozligi yo‘q bo‘lguncha hojatxonaga qarab turishga, uni tozalashga, iflos joylarni supurishga, oshxona va tutunli joylarda xizmat qildiradi. Chunki kiyimlarini o‘ta pokiza tutib, uni ziynatlab yuradigan, doim pokiza kiyimlarni va rang-barang gilamlarni talab qiladigan kishilar bilan kun bo‘yi o‘zini ziynatlab yuradigan kelinchakning o‘rtasida farq yo‘q.

Insonning o‘z nafsiga ibodat qilishi yoki butga ibodat qilishi o‘rtasida ham farq yo‘qdir. Inson qachon Allohdan boshqaga ibodat qiladigan bo‘lsa, u Allohdan to‘sib qo‘yiladi. Kim kiyimi halol va pok bo‘lishidan tashqari qalbi unga burilib qoladigan darajada e’tibor bersa, u nafsi bilan mashg‘ul kishidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:16:40
Yana riyozatning ajoyibotlaridan quyidagilar bor: agar murid balandparvozlik yoki boshqa sifatlarni tark qilishga boshdanoq himmat ko‘rsatmasa yoxud u sifatlarning ziddini qilishga daf’atan bo‘ysunolmasa, uni yomon xulqdan boshqa yengilroq bir yomon xulqqa ko‘chirish kerak. Bu agar qonni suv ketkizolmasa, siydik bilan yuvib, so‘ngra siydik suv bilan yuvilganga o‘xshaydi. Go‘dak bola maktabda avval to‘p, to‘qmoq va shunga o‘xshash narsalar bilan o‘ynashga qiziqtiriladi. So‘ngra u o‘yindan ziynatlanishga, ko‘rkam kiyimlar kiyishga ko‘chiriladi. So‘ngra shunday qiziqtirish bilan rahbarlikka va obro‘ talabiga ko‘chiriladi. Keyin obro‘dan u oxiratga qiziqtirishga ko‘chiriladi. Shuningdek, kimning nafsi obro‘sini tark qilishga birdaniga bo‘ysunmasa, u o‘zining obro‘sidan pastroq bir obro‘ga ko‘chiriladi.

Boshqa sifatlar ham shunga o‘xshashdir. Agar shayx muridiga taomga ochko‘zlik kuchli ekanini ko‘rsa, unga ro‘za tutish, ovqatni ozaytirishni shart qilib qo‘yadi. So‘ngra unga shirin taomlar tayyorlashni, uni boshqalarga berib, o‘zi undan yemasligini buyuradi. Hatto u ana shu yo‘l bilan nafsiga kuchi yetadigan bo‘ladi, sabrni odat qilib, ochko‘zligini sindiradi. Xuddi shuningdek, qo‘li kalta muridning uylanishga juda qiziqayotganini bilsa, unga ro‘za tutishni buyuradi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:16:52
Ba’zan ro‘za tutish bilan ham uning shahvati susaymaydi. Uni bir kecha nonsiz, suvning o‘ziga iftor qilishga, bir kecha esa suvsiz, nonning o‘ziga iftor qilishga buyuradi. Nafsi xor bo‘lib, shahvati singuncha go‘sht bilan nonxurushni butkul man qiladi. Xohish-irodaning boshlanish vaqtida ochlikdan ko‘ra foydaliroq davo bo‘lmaydi. Agar g‘azab g‘olib bo‘lganini ko‘rsa, unga halimlikni va sukut saqlashni buyuradi hamda unga xulqi yomon kishilarni sherik qilib, unga ularni hukmron qilib qo‘yadi. Uning nafsini ulardan yetayotgan yomonlikka chidashga o‘rgatguncha yomon xulqli kishilarga xizmat qilishni buyuradi. Ba’zilardan hikoya qilinishicha, ular nafsiga halimlikni odatlantirar, o‘zidan qattiq g‘azablanishni ketkazardi. Hatto odamlar to‘planib turadigan joylarda o‘zini so‘ktirish uchun kishilarni ishga solardi. Bundaylar nafsini shunga chidashga majbur qilardi. G’azablarini esa yutib yuborardi. Hatto halimlik bu kishilarga zarbulmasal darajasida odatga aylanib qolardi. Ba’zilari esa o‘zlarida qo‘rqoqlik va zaif qalblilikni sezib, shijoat xulqini hosil qilishni istasa, qish faslida to‘lqinlar mavj urib turgan paytda dengizga chiqardi. Hind ibodatgo‘ylari dangasaliklarini tun bo‘yi bir ustunning ustida turib chiqish bilan davolaydilar. Ba’zi shayxlar dastlab kechasi qoyim bo‘lishdan dangasalik qilishardi. So‘ngra oyoqlarida ixtiyoriy qoyim bo‘lish uchun o‘zlarini tun bo‘yi boshlarida turishga majburlashardi. Ba’zilari esa mollarining hammasini sotib yuborish, dengizga uloqtirish bilan o‘zlarini mol-dunyo muhabbati xastaligidan davolaganlar. Zero, saxiylik balandparvozligidan, sarflash riyosidan qo‘rqib, uni insonlarga tarqatishmagan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:17:10
Mana shu misollar sizga qalbni davolash yo‘llarini o‘rgatadi. Maqsadimiz har bir kasallikning davosini zikr qilish emas, chunki bular keyingi kitoblarda keladi. Albatta hozirgi maqsadimiz bunda mutloq yo‘l - nafs xohlaydigan va unga moyil bo‘ladigan har bir narsaga zid yo‘lda yurish ekanini bildirishdir. Alloh taolo bularning hammasini O’zining aziz kitobida bitta kalimada jamlab qo‘ygan:

«Endi kim (hayoti dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda) Parvardigorining (huzurida) turishi (va U Zotga hisob-kitob berishi)dan qo‘rqqan va nafsini havoyi xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur» (Van-noziot surasi, 40-oyat).

Bu harakat va urinishdagi asl muhim narsa qasd etilgan narsaga vafo qilishdir. Agar shahvatni tark etishga qasd qilinsa, shahvatga olib boradigan yo‘llar yengillashib qoladi. Bu esa Alloh taolodan bo‘lgan imtihon va sinovdir. Endi sabr qilmog‘i va qasdida doimiy bo‘lmog‘i lozim. Chunki u nafsini qasdni tark qilishga odatlantirsa, nafsi shunga o‘rganib qoladi va buziladi. Agar unga qasdni buzish to‘g‘ri kelib qolsa, nafsiga bir jazo tayinlashi lozim. Buni «Muhosaba va muroqaba kitobi»ning nafsni jazolash to‘g‘risidagi bobida zikr qilganmiz. Agar nafsni bir jazo bilan qo‘rqitmasa, nafs unga ustun keladi va nazdida shahvatga binoan ish qilishi chiroyli ko‘rinadi. Shu sababli riyozat butkul fasod bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:17:40
Qalblarning kasallik belgilari va uni sog‘liqqa qaytarish alomatlari bayoni

Bilingki, albatta badanning har bir a’zosi maxsus bir xizmat uchun yaratilgan. Uning kasalligi o‘ziga xoslangan ishni qilishda uzrli bo‘lib qolishidir. Hatto o‘sha ishni mutlaqo qila olmay qoladi yoki bir nav qiynalish bilan bajaradi. Endi qo‘l kasalligi unga ushlashni qiyinlashtiradi. Ko‘z kasalligi ko‘rishning qiyin bo‘lishidir. Shuningdek, qalbning kasalligi ham o‘ziga xoslangan, qalb nima uchun yaratilgan bo‘lsa, o‘sha ishni bajarishga imkonsiz qolishidir. Bu ishlar ilm, hikmat, ma’rifat, Alloh taoloni sevish, Unga ibodat qilish, Uni eslash bilan lazzatlanish hamda bularni boshqa har qanday shahvatdan ustun qo‘yish, jamiki shahvat va a’zolardan bu ishda yordam so‘rashdan iborat. Alloh taolo aytadi:

«Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim» (Vaz-zoriyot surasi, 56-oyat).

Har bir a’zoda bir foyda bor. Qalbning foydasi esa hikmat va ma’rifatdir. Odam uchun nafsning xususiyati chorva hayvonlaridan ajratib turishidir. Chunki inson hayvondan yeyish, jimo’ qilish, ko‘ra olish va boshqa narsalarga bo‘lgan imkoni bilangina ajrab turmaydi. Balki narsalarni aslidagidek bilishi bilan ajrab turadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:18:01
Narsalarning asli va ularni bor qiluvchi, ixtiro qiluvchi Alloh azza va jalladir. U shunday Zotki, narsalarni yaratgandir. Agar inson har bir narsani tanisa-yu, lekin Alloh azza va jallani tanimasa, u go‘yo hech narsani tanimabdi. Tanishning belgisi sevishdir. Kim Alloh taoloni tanisa, Uni sevadi. Sevgining belgisi esa dunyo va boshqa suyukli narsalarni Undan ustun qo‘ymaslikdir. Alloh taolo aytadi:

«(Ey Muhammad alayhissalom), ayting, agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urug‘laringiz va kasb qilib topgan mol-dunyolaringiz, kasod bo‘lib qolishidan qo‘rqadigan tijoratlaringiz hamda yaxshi ko‘radigan uy-joylaringiz sizga Allohdan, Uning payg‘ambaridan va Uning yo‘lida jihod qilishdan suyukliroq bo‘lsa, u holda to Alloh O’z amrini (ya’ni, azobini) keltirgunicha kutib turaveringlar. (Zero) Alloh bunday itoatsiz qavmni hidoyat qilmas» (Tavba surasi, 24-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:18:09
Qay bir insonda Allohdan ko‘ra suyukliroq narsa bo‘lsa, uning qalbi kasaldir. Bu oshqozonga o‘xshaydi. Har bir oshqozonga non va suvdan ko‘ra loy suyumliroq bo‘lib qolsa yoki uning non va suvga bo‘lgan ishtahasi yo‘q bo‘lib qolsa, u oshqozon kasal, bular kasallik alomatlaridir. Shundan bilinib turibdiki, qalblardan Alloh xohlaganigina sog‘lom, qolganlari esa kasaldir. Lekin kasallar orasida egasi bilmaydiganlari ham bor. Qalb kasalligi ham qalb egasi bilmaydigan kasalliklardandir. Shuning uchun egasi xastalikdan g‘ofil qoladi. Garchi uni bilsa ham, davolanish mashaqqatiga sabr qilishi qiyin bo‘ladi, chunki uning davosi shahvatlarga qarshi chiqishdir. Bu esa jonni sug‘urish demakdir. Agar u nafsida shunga sabr qilish quvvatini topsa ham, uni davolaydigan o‘tkir tabib topolmaydi. Chunki tabiblar ulamolardir. Ularni ham o‘sha kasallik egallagan. Bemor tabib o‘zini davolashga juda kam e’tibor beradi. Shuning uchun dard davosiz bo‘lib qoladi. Kasallik surunkali davom etadi. Vaholanki, bu ilmni o‘zi dars qilib o‘rgangan va (lekin) qalblarning tabobatini, uning kasal bo‘lishini butkul inkor etgan edi. Dunyo muhabbatida zohiran ibodat ko‘ringan, botinan esa odat va riyokorlik bo‘lgan amallarni qilish bilan xalqqa yuzlangan edi. Mana shular asl kasalliklar alomatidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:18:21
Ammo muolajadan keyin uning sog‘liqqa qaytish belgilari tabibning davolayotgan kasalligiga qarashidir. Agar halok etuvchi va Alloh taolodan uzoq qiluvchi baxillik kasalligini davolayotgan bo‘lsa, uning davosi molni sarflash va uni infoq qilish bilan bo‘ladi. Lekin u goho molini isrof qiluvchiga aylanish chegarasiga yetguncha sarflab yuboradi. Isrof ham yana bir kasallik hisoblanadi. U kishi go‘yo sovuqlikni issiqlik bilan davolab, hatto issiqlig‘i ko‘payib ketgan kishiga o‘xshaydi. Bu ham bir kasallikdir. Balki istalayotgan narsa issiq va sovuqning o‘rtasidagi mo‘‘tadillikdir. Shuningdek, isrofgarchilik va baxillikning o‘rtasidagi matlubi mo‘‘tadillikdir. Hatto bu mo‘‘tadillikning o‘rtada va ikki tomondan ham g‘oyat uzoqlikda bo‘lishidir.

Agar o‘rtachalikni bilishni xohlasangiz, qaytarilgan xulq keltirib chiqaradigan ishga qarang. Agar u sizga yengilroq va ziddidagi ishdan jozibaliroq bo‘lsa, ustun kelgani shu holatni keltirib chiqaradigan xulqdir. Bu sizga molga baxillik, uni to‘plash lazzatliroq va haqdor kishiga sarflashdan ko‘ra osonroq bo‘lishidir. Bilingki, sizda baxillik xulqi ustun kelgan bo‘lsa, davomatli sarflashni ko‘paytiring. Agar nomunosib joylarga sarflash sizga lazzatliroq va haq bilan ushlab turishdan ko‘ra yengilroq bo‘lsa, demak, isrofgarchilik g‘olib bo‘libdi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:18:30
Endi noo‘rin joylarga sarflashdan o‘zingizni ushlab turishga harakat qiling. Endi doim nafsingizni kuzatishda, ishlarning oson va qiyin kechishi bilan xulqingizning qandayligidan dalil sifatida foydalanish payida bo‘ling. Shunda mol-dunyoga iltifot qilishdan qalbingizning aloqasi uziladi. Uni noo‘rin sarflashga va qizg‘anchiqlikka moyil bo‘lmaysiz. Balki mol nazdingizda suvga o‘xshab qoladi. Undan hojatga zarurinigina ushlab turishni yoki kerakli hojatgagina sarflashni xohlaysiz. Sizga ushlab turishdan ko‘ra sarflash afzal bo‘lib ko‘rinmaydi. Shunday har bir qalb Alloh taologa, ayniqsa, shu maqom (ya’ni, isrofgarchilik va baxillik)dan salomat holda boradi. Unda dunyoga taalluqli biror narsa bilan aloqa bo‘lmasligi uchun nafs dunyoga iltifot qilmasdan va sabablariga oshiqmasdan, balki u bilan aloqalarni uzganini bildirmagunicha boshqa yomon xulqlardan saqlanish vojib bo‘ladi. Shunda xotirjam nafsning qaytishiga o‘xshab rozi bo‘lgan va undan ham rozi bo‘lingan holda payg‘ambarlardan, siddiqlardan, shahidlardan va solihlardan iborat Alloh taoloning muqarrab bandalari qatorida Robbiga qaytadi. O’shalar (muqarrab bandalar) qanday yaxshi hamrohdirlar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:18:43
Ikki tarafning o‘rtasidagi haqiqiy mo‘‘tadillik g‘oyatda xufyona, soch tolasidan ham ingichkaroq va qilichdan ham o‘tkirroq bo‘lar ekan, demak, qay bir kishi dunyoda mana shu to‘g‘ri yo‘lda yursa, oxiratda ham shunga o‘xshash yo‘ldan o‘tishida shak-shubha yo‘q. Banda ikki tomonning biriga moyil bo‘lib, o‘rta yo‘ldan boshqa tomonga burilib ketsa, uning qalbi moyil bo‘lgan tomoniga taalluqli bo‘lib qoladi. Shuning uchun bir bor azoblanishdan va do‘zax ustidan, garchi chaqmoqdek bo‘lsa ham, o‘tishdan qutulolmaydi. Alloh taolo aytadi:

«Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringizga (ya’ni, U Zotning amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ngra taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan) qutqarurmiz» (Maryam surasi, 71-oyat).

Ya’ni, ularning to‘g‘ri yo‘lga yaqinliklari uzoqliklaridan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan taqvodor zotlari najot topadi. To‘g‘ri bo‘lish qiyinligi sababli har bir bandaga har kuni o‘n yetti marta «Bizni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgin», deb duo qilmog‘i vojib bo‘ladi. Zero, namozning har bir rakatida Fotiha surasini o‘qish vojibdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:18:59
Rivoyat qilinadiki, bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushida ko‘rib, u kishiga «Ey Rasululloh, Hud (surasi) sochimni oqartirdi, dedingiz. Nima uchun bunday degansiz?» dedi. Payg‘ambar alayhissalom: «Alloh taoloning

«Bas, (ey Muhammad alayhissalom), siz va siz bilan birga tavba qilgan zotlar o‘zingizga buyurilgani yanglig‘ to‘g‘ri yo‘lda bo‘lingiz» (Hud surasi, 112-oyat), degan so‘zi uchun», dedilar.

To‘g‘ri yo‘lda turish g‘oyat nozik ish. Lekin inson, garchi uning haqiqatiga qodir bo‘lmasa ham, to‘g‘rilikka yaqin bo‘lishga tirishmog‘i lozim bo‘ladi. Najot topishni xohlagan har bir kishi unga faqat solih amal bilangina erishadi. Solih amallar esa faqat chiroyli xulqlardangina sodir bo‘ladi. Har bir banda o‘z sifatlarini va xulqlarini taftishdan o‘tkazsin. Uni hisob-kitob qilsin va tartib bilan bitta-bittadan davolash bilan shug‘ullansin. Karim sifatli Allohdan bizni taqvodorlardan qilishini so‘raymiz.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:19:14
Inson o‘z nafsi ayblarini bilib oladigan yo‘l bayoni

Bilingki, Alloh azza va jalla agar bir bandaga yaxshilikni xohlasa, uning ayblarini o‘ziga ko‘rsatib qo‘yadi. Qaysi bir insonning qalb ko‘zi ochiq bo‘lsa, unga o‘z ayblari bilinmay qolmaydi. Agar ayblarini bilsa, uni davolash mumkin bo‘ladi. Lekin insonlarning ko‘plari ayblarini bilishmaydi. Inson birodari ko‘zidagi ozgina kirni ko‘radi-yu, o‘zining ko‘zidagi kattaroq cho‘pni ko‘rmaydi.

Kim o‘z ayblarini bilishni xohlasa, uning uchun to‘rtta yo‘l bor: avvalgisi - nafsning aybini ko‘ra oladigan, xufyona ofatlardan xabardor bir shayxning oldida o‘tirishi va uni o‘z nafsiga hokim qilishi hamda harakatlarida uning maslahatiga ergashishi. Bu muridning shayxi va shogirdning ustozi bilan bo‘lgandagi holatidir. Ustoz va shayx unga nafsining ayblarini bildirib qo‘yadi va davosini ham o‘rgatadi. Hozirgi zamonda esa bunday holatning topilishi juda kamyobdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:19:23
Ikkinchisi - rostgo‘y, ayblarni ko‘ra oladigan, diyonatli bir do‘st axtarishi. O’z ahvolotini, ishlarini kuzatib turish uchun uni nafsini kuzatib turuvchi qilib oladi. Do‘st uni o‘zi yoqtirmaydigan yomon xulq va ishlaridan, botiniy va zohiriy ayblaridan ogohlantirib turadi. Din imomlaridan iborat ulug‘ va dono kishilar mana shunday qilishadi.

Umar roziyallohu anhu aytadilar: «Ayblarimni ko‘rsatib qo‘ygan kishiga Alloh rahm qilsin». Umar roziyallohu anhu ayblari haqida Salmon roziyallohu anhudan so‘rar edilar. Bir safar u kishining oldilariga kelib: «Men to‘g‘rimda sizga yoqmaydigan nima yetib keldi?» dedilar. Salmon roziyallohu anhu bu to‘g‘rida gapirishni istamadilar. Umar roziyallohu anhu u kishining hol-jonlariga qo‘ymadilar. Shunda u kishi: «Albatta menga sizning bir dasturxonda ikki xil nonxurushni jamlashingiz va kunduziga alohida, kechasiga alohida ikki xil libosingiz borligi yetib keldi», dedilar. Shunda Umar roziyallohu anhu: «Yana bundan boshqa narsa ham yetib keldimi?» dedilar. U kishi esa: «Yo‘q», dedilar. Shunda Umar roziyallohu anhu: «Mana bu siz aytgan ikki aybimni albatta to‘xtataman», dedilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:19:32
Yana Xuzayfa roziyallohu anhudan ham so‘rar edilar. U kishiga «Siz munofiqlar borasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sirdoshlarisiz. Menda ham munofiqlikning asaridan biror narsa ko‘ryapsizmi?» dedilar. Umar roziyallohu anhu qadrlarining ulug‘ligiga, mansablarining oliyligiga qaramay, o‘z nafslariga mana shunday gumonda edilar. Aqli yetuk, maqomi oliy har bir kishining manmansirashi ozroq va nafsidan gumondaligi ko‘proq bo‘ladi. Ammo bu holat ham hozir juda kam. Chunki do‘stlarning ichida tilyog‘malikni tark qilib, ayblarini ochiq aytadigani oz topiladi. Yo bo‘lmasa, hasadgo‘ylikni tark qilib, ayb aytishda kerakli miqdordan o‘tkazib yubormaydigani ham sanoqli. Demak, do‘stlaringiz ichida bir hasadgo‘y yoki ayb bo‘lmagan narsani ayb deb ko‘radigan bir g‘arazgo‘y yo sizdan ba’zi ayblaringizni berkitib yuradigan bir tilyog‘lamachi topilishidan xoli bo‘lmaysiz. Shuning uchun Dovud at-Toiy insonlardan uzlat qilgan ekanlar. U kishiga «Nima uchun insonlarga qo‘shilmaysiz?» deyilganida u kishi: «Mendan ayblarimni berkitadigan qavmlar bilan nima qilaman?» dedilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:19:40
O’zgalarning tanbehi bilan o‘z ayblaridan ogoh bo‘lish din egalarining xohishlari bo‘lgan. Ichimizdagi holat shu darajaga yetganki, bizga nasihat qiladigan, ayblarimizni bildirib qo‘yadiganlar eng yomon ko‘radiganlarimiz bo‘lib qolgan. Bu holat iymonning zaifligini ifodalaydi. Albatta yomon xulqlar chaquvchi ilon va chayonlardir. Agar bir kishi kiyimimiz tagida chayon bor, deb ogohlantirsa, buni undan bir yaxshilik deb qabul qilamiz. Undan xursand bo‘lamiz va chayonni yo‘qotish, uzoqlashtirish yoki o‘ldirish bilan mashg‘ul bo‘lamiz. Uning azobi faqat badanning o‘zida bo‘lib, og‘rig‘i ham bir kun yoki undan ham ozroq davom etadi.

Yomon xulqlarning azobi esa qalbning to‘rida bo‘ladi va o‘lgandan keyin ham abadiy yoki ming yillar davom etish xavfi bor. Biz esa mana shulardan ogohlantirayotgan kishidan xursand bo‘lmaymiz. Ayblarni yo‘qotishga harakat ham qilmaymiz, balki nasihatgo‘yning so‘zini o‘ziga qaytarish bilan mashg‘ul bo‘lamiz. Unga o‘zing ham falon, falon ishlarni qilasan-ku, deymiz. U bilan o‘rtamizdagi adovat uning nasihatlaridan foydalanishdan bizni to‘sib qo‘yadi. Bular gunohlarning ko‘pligidan hosil bo‘lgan qalb qoraligi sabablidir. Bular hammasining asli iymonning zaifligidandir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:19:51
Alloh azza va jalladan bizni to‘g‘ri yo‘lga ilhomlantirishini, ayblarimizni ko‘rsatib qo‘yishini, ayblarimizni davolash bilan mashg‘ul qilib qo‘yishini, kamchiliklarimizdan xabardor qiladigan kishilarga tashakkur aytishga muvaffaq qilishini O’zining fazli va ehsoni bilan so‘raymiz.

Uchinchisi - o‘z ayblarini dushmanlari tilidan bilib olish. Chunki g‘azab ko‘zi (ya’ni, dushmanning g‘azablangan vaqtdagi qarashi) kamchiliklarni oshkor qilib yuboradi. Ehtimol, insonning ayblarini zikr qiluvchi, ginachi dushmanidan foyda ko‘rishi doim uni maqtaydigan va ayblarini berkitadigan, tilyog‘lamachi do‘stidan foydalanishidan ko‘proqdir. Lekin inson tabiati dushmanning so‘zini yolg‘onga chiqaradigan va u gapirayotgan so‘zni hasadgo‘ylikka yo‘yadigan qilib yaratilgan. Ammo ko‘zi ochiq inson dushmanining so‘zidan foydalanib qolishdan voz kechmaydi, chunki uning kamchiligi dushmanlarining tillari bilan ochilishida shak yo‘q.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:20:00
To‘rtinchisi - insonlarga qo‘shilib yurish. Xalq o‘rtasida yomonlangan har bir narsani o‘z nafsidan axtarsin va uni ana shu yomonlikka nisbat bersin. Chunki mo‘min mo‘minning oynasidir. Boshqa kishining aybi orqali o‘z aybini ko‘rib oladi. Tabiatlar havoyi nafsga ergashishda bir-biriga yaqinligini ham biladi. Tengdoshlardan biri nima bilan sifatlansa, ikkinchisi ham shu sifatning aslidan yoki undan ham kattaroqdan yo o‘sha sifatning biror narsasidan ham xoli bo‘lmaydi. O’z nafsini tekshirsin va uni boshqalar yomonlaydigan narsalardan poklasin. Mana shularning o‘zi sizga odob berishga kifoya qiladi. Agar insonlarning har biri boshqalarda yomon ko‘radigan narsalarini tark qilganlarida edi, ular odob beruvchilardan behojat bo‘lishardi.

Iso alayhissalomga «Sizga kim odob-axloqni o‘rgatgan?» deyishdi. Shunda u kishi: «Menga odobni hech kim o‘rgatgan emas, (balki) nodon kishining nodonligini ayb deb ko‘rdim, undan saqlandim», dedilar. Bularning hammasi taqvodor, ziyrak, nafsning ayblarini ko‘ruvchi, dinda nasihatgo‘y, o‘z nafsini poklab bo‘lgan, Alloh taoloning ibodatgo‘y bandalarini poklash bilan mashg‘ul bo‘lib, ular uchun nasihatgo‘y bir shayx topa olmagan kishilarga aytilgan yo‘ldir. Ammo kim o‘ziga mana shunday shayxni topgan bo‘lsa, u o‘ziga bir tabib topibdi. Uni mahkam ushlasin va shu tabib kasalidan xalos qiladi. Yaqiniga kelib qolgan halokatdan qutqaradi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:20:34
Qalb kasalliklarini davolashdagi yo‘l — shahvatlarga ergashishni tark qilish ekaniga shar’iy dalillar va qalb ko‘zi ochiq kishilardan naql qilingan dalillar bayoni

Bilingki, agar yuqorida zikr qilgan narsalarimiz to‘g‘risida e’tibor nazari bilan fikr qilsangiz, qalb ko‘zlaringiz ochiladi. Yana siz uchun qalblarning illati, kasalliklari, ilm va ishonch nuri bilan uning davolari ham zohir bo‘ladi. E’tibor bilan fikr qila olmasangiz, o‘rganish va taqlid qilishga haqli kishiga taqlid qilish yo‘liga ko‘ra ishonishingiz va tasdiq qilishingiz lozim. Chunki ilm uchun daraja, ya’ni yuksalish bo‘lgani kabi iymon uchun ham daraja, ya’ni yuksalish bordir. Ilm iymondan keyin hosil bo‘ladi. Alloh taolo aytadi:

«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur» (Mujodala surasi, 11-oyat).

Qaysi bir inson shahvatlarga xilof qilish Alloh azza va jallaga eltuvchi yo‘l ekanini tasdiq qilsa-yu, uning sababi va sirini bilmasa ham, u iymon keltirgan kishilardandir. Agar yuqorida zikri kelgan shahvat yordamchilaridan xabardor bo‘lsa, u ilm ato qilingan zotlardandir. Har ikkisiga ham Alloh taolo jannatni va’da qilgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:20:54
Mana shu ishga iymon keltirishni taqozo qiladigan narsalar Qur’onda, sunnatda va ulamolar so‘zlarida hisobsizdir. Alloh taolo aytadi:

«Nafsini havoyi xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur» (Van-noziot surasi, 40-41-oyatlar).

Yana aytadi:
«Ana o‘shalar Alloh dillarini taqvo uchun imtihon qilgan (ya’ni, taqvo imtihonidan o‘tgan) zotlardir» (Hujurot surasi, 3-oyat).

Aytiladiki: «Ularning qalblaridan shahvatlar muhabbati sug‘urib olingandir».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:21:09
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Mo‘min kishi beshta og‘irlikning (ya’ni, qiyinchilikning): unga hasad qiladigan mo‘minning, uni yomon ko‘radigan munofiqning, u bilan urishadigan kofirning, uni adashtiradigan shaytonning, u bilan tortishadigan nafsning qarshisidadir» (Abu Bakr ibn Bilol rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nafsning tortishuvchi dushman ekanligini, u bilan kurashish vojibligini bayon qilganlar.

Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy qildi: «Ey Dovud, ashoblaringizni shahvatlaridan ko‘ra yeyishlaridan ehtiyot qiling va qo‘rqiting, chunki dunyo shahvatlari bilan bog‘langan qalblarning aqllari Mendan to‘silgandir». Iso alayhissalom aytadilar: «Naqd bo‘lgan shahvatni ko‘rmayotgan, g‘oyibdagi va’da qilingan narsa uchun tark qilgan kishiga jannat bo‘lsin».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:21:21
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam jihoddan qaytib kelgan qavmlariga «Xush keldingiz, sizlar kichkina jihoddan katta jihodga keldingiz», dedilar. Shunda: «Ey Rasululloh, katta jihod nima?» deyishdi. «Nafsga jihod qilish», dedilar u zot (Bayhaqiy rivoyati). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Mujohid Alloh azza va jallaga itoat qilishda nafsiga jihod qilgan kishidir» (Imom Termiziy rivoyat qilgan va sahih, degan). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Nafsingga aziyat berishdan o‘zingni tiy, uning Allohga osiy bo‘lishdagi istagiga ergashma, agar shunday qilmasang, qiyomat kuni sen bilan xusumatlashadi. Sening ba’zi (a’zoying) ba’zi (a’zoyingni) la’natlaydi. Magar Alloh taolo kechirgan va satr qilgan bo‘lsa, la’natlamaydi» (hadis bundan boshqacha lafzda kelgan).

Sufyon Savriy aytadilar: «Nafsimdan ko‘ra qiyinroq biror narsani muolaja qilmadim, bir marta foydamga, bir marta esa zararimga bo‘ldi». Abul Abbos al-Muvsiliy o‘z nafslariga aytardilar: «Ey nafsim, yo dunyoda podshohlarning o‘g‘illari bilan ne’matga burkanib yurmaysan, yo oxiratning talabida ibodatgo‘ylar bilan harakat qilmaysan, go‘yo seni jannat bilan do‘zaxning o‘rtasida ushlanib qolgan holingda ko‘ryapman, ey nafsim, uyalmaysanmi?!» Hasan Basriy aytadilar: «Qattiq yuganlashga hurkovuch otdan ko‘ra ham nafs muhtojroqdir».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:21:32
Yahyo ibn Maoz ar-Roziy aytadilar: «Nafsingga riyozat qilichlari bilan jihod qilgin. Riyozat esa to‘rt xil bo‘ladi: ovqatlanish juda oz miqdorda bo‘lmog‘i, uyquning ham juda yengil bo‘lmog‘i, so‘zlashishning hojatdan ziyoda bo‘lmasligi, xalqning hammasidan aziyatni ko‘tarish. Taomni ozaytirishdan shahvatlarning o‘lishi hosil bo‘ladi. Uyquning ozligidan sof irodalar paydo bo‘ladi. So‘zning ozligidan ofatlardan salomatlik hosil bo‘ladi. Aziyatlarni ko‘tarishdan maqsadlarga yetiladi. Bandaga jafo ko‘rgan vaqtda halimlik qilishdan va aziyatga sabr etishdan ko‘ra qattiqroq narsa yo‘q. Agar nafsda shahvat va gunohlarga xohish harakatlanib, shu sababli ko‘p gapirish ilinji qo‘zg‘olib qolsa, taomni ozaytirish qilichlarini tajahhudga turish va uyquni kamaytirish qinidan sug‘urasan hamda e’tiborsizlik va kamgaplik qo‘llari bilan uni urasan. Shunda zulm va o‘ch olishdan to‘xtab, boshqalarning orasida ham uning kulfatidan tinch bo‘lasan. Nafsingni shahvat zulmatidan poklab, halok qiluvchi ofatlaridan qutulasan. Shu paytda pokiza va ruhiy yengil bo‘lib, yaxshiliklar maydonida javlon urib yurasan. Maydonda qochib yurgan ot kabi toat yo‘llarida sayr qilasan. Yana o‘zini pokiza tutib bo‘stonda yurgan podshoga o‘xshab sayr qilasan». Yana aytdilar: «Insonning dushmani ham uchtadir: uning dunyosi, shaytoni va nafsi. Dunyodan unda zohidlik qilish bilan saqlan. Shaytondan unga xilof qilish bilan saqlan. Nafsdan shahvatlarni tark qilish bilan saqlan».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:21:42
Ba’zi hukamolar aytadilar: «Qaysi bir insonga nafsi ega bo‘lib olsa, nafsining xohishlarini yaxshi ko‘rishda asirga va havosining zindonida mahbusga aylanadi hamda mag‘lub holda uning tizgini nafsining qo‘lida bo‘ladi, uni xohlagan tomonga tortadi. Uning qalbini foydali narsalardan to‘xtatib qo‘yadi».

Ja’far ibn Hamid aytadilar: «Ulamolar va hukamolar (oxirat) ne’mati faqat (dunyo) ne’matini tark qilish bilangina topilishiga ittifoq qilishgan». Abu Yahyo al-Varroq aytadilar: «Kim a’zolarini shahvatlar bilan rozi qilsa, qalbiga nadomat daraxtini ekibdi». Vuhayb ibn Vird aytadilar: «(Ovqatlanishda) nonga yana boshqa narsani ziyoda qilish (ya’ni, qo‘shib yeyish) shahvatdandir». Yana aytadilar: «Kim dunyo shahvatlarini yaxshi ko‘rsa, u xorlikka tayyorlanaversin».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:21:59
Rivoyat qilinishicha, Yusuf alayhissalom yer xazinalariga ega bo‘lganlaridan keyin Azizning xotini (ya’ni, Zulayho) a’yonlari bilan birga keladigan kunlari u kishini tepalikda kutib o‘tirdi. U kishi mamlakatning buyuklaridan o‘n ikki ming kishi ichida otga minib kelardilar. Ayol Yusuf alayhissalomga qarab: «Podshohlarni osiyliklari tufayli qul qilib qo‘ygan va qullarni O’ziga itoat qilganlari uchun podshoh qilib qo‘ygan Zotni poklayman», dedi. Albatta hirs va shahvat podshohlarni qulga aylantiradi. Bu esa buzg‘unchilarning jazosidir. Sabr va taqvo qullarni podshohga aylantiradi. Yusuf alayhissalom gaplarini Alloh taolo xabar beradi:

«Darhaqiqat, kimda-kim Allohdan qo‘rqib sabru qanoat qilsa, albatta Alloh bunday chiroyli amallarni qiluvchi kishilarning ajru mukofotini zoe qilmas» (Yusuf surasi, 90-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:22:28
Junayd aytadilar: «Bir kun kechasi uyqum qochdi. O’z vazifamni qilgani turdim. Lekin oldingi halovatni topa olmadim. Uxlashni xohladim. Ammo uxlay olmadim. O’tirdim va o‘tirishga ham toqat qilolmadim. Tashqariga chiqdim. Bir kishi chakmonga o‘ralgan holda yo‘lda xorlanib yotardi. Meni sezib: «Ey Abul Qosim, menga vaqt ajratsangiz», dedi. Men: «Ey xo‘jam, kelishingizni va’dalashmagan edik», dedim. Shunda u kishi: «To‘g‘ri, lekin Alloh azza va jalladan men uchun qalbingizni harakatlantirmog‘ini so‘radim», dedi. Men u kishiga: «Batahqiq shunday bo‘ldi (ya’ni, uyqum qochib bezovtalandim). Menda nima hojatingiz bor?» dedim. Shunda u kishi: «Nafsning kasalligi qachon tuzaladi?» dedi. Men: «Agar nafs havosiga xilof bo‘lsa», dedim. Shunda u kishi nafslariga yuzlanib: «Eshitib ol. Mana shunday deb senga yetti marta javob berdim. Sen esa faqat Junayddan eshitaman, deb turib olding. Mana undan eshitding», dedi va jo‘nab ketdi. Men u kishini tanimadim».

Yazid ur-Raqoshiy: «Dunyoda mendan sovuq suvni uzoq qilinglarki, shoyad undan oxiratda mahrum bo‘lmasam», dedilar. Bir kishi Umar ibn Abdulazizga aytdi: «Qachon gapirsam bo‘ladi?» U kishi: «Jim turishni xohlagan vaqtingda», dedilar. Yana: «Qachon jim turay?» deb so‘radi haligi kishi. «So‘zlashni xohlagan vaqtingda», dedilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:22:59
Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Kim jannatga mushtoq bo‘lsa, dunyoda shahvatlardan yuz o‘giradi». Molik ibn Dinor bozorlarda aylanib yurar ekanlar, agar u yerda ko‘ngillari tusaydigan narsa ko‘rsalar, o‘z nafslariga: «Sabr qil, seni bulardan faqat mendan ulug‘ligingdan man qilyapman», derdilar.

Demak, ulamolar va hukamolar oxiratning saodatiga faqat nafsni xohishidan qaytarish hamda shahvatlarga xilof ish bilan yo‘l topish mumkinligiga ittifoq qilishgan. Bunga iymon keltirish vojib. Ammo shahvatlarning qaysilarini tark qilish va qaysilarini tark qilmaslik tafsilotini faqat oldin keltirib o‘tgan narsalarimizdan bilish mumkin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:23:07
Riyozatning foydasi va uning siri nafs qabrda bo‘lmaydigan narsalarning birortasidan foydalanmay, faqatgina zarurat miqdoricha foydalanishidir. Yeyish-ichishdan, nikohdan, libosdan, turar joydan va har bir kerakli narsalardan faqat hojat va zarurat miqdoricha kifoyalanadigan bo‘ladi, chunki agar keragidan ortiqcha narsa bilan o‘zini foydalantirsa, unga ulfat bo‘ladi, o‘rganib qoladi. Agar olamdan o‘tadigan bo‘lsa ham, o‘rganib qolgani sababli dunyoga qaytishni orzu qiladi. Dunyoga qaytishni oxiratdan hech bir nasibasi bo‘lmagan kishigina orzu qiladi. Bunday orzudan qutulish qalbning Allohning ma’rifati, Uning muhabbati bilan mashg‘ul bo‘lmog‘i va U to‘g‘rida tafakkur qilmog‘i, Unga uzil-kesil qaytmog‘i bilan bo‘ladi. Bunga esa Allohning yordami bilan erishiladi.

Dunyodan faqat zikr va fikr to‘siqlarini daf qiladigan narsalar uchun kifoyalaniladi. Kim mana shuning haqiqatini qilishga qodir bo‘lmasa, unga yaqinlashsin. Bu to‘g‘rida ham insonlar to‘rt xildirlar: avvalgisi - qalbi butkul Allohning zikriga g‘arq bo‘lgan kishi. Bunday odam dunyoga faqat yashash zaruratlaridagina boqadi, xolos. U siddiqlardandir. Bu martabaga uzoq vaqt riyozat qilish va juda uzoq muddat shahvatlaridan tiyilish bilan yetgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:23:20
Ikkinchisi - qalbi dunyoga g‘arq bo‘lgan, qalbida Alloh taolo uchun zikr qolmagan, faqat nafsigina (ya’ni, faqat tilida) Allohni zikr qilgan kishi. Bunday odam qalbi bilan emas, faqat tili bilan eslaydi, xolos. U halok bo‘lguvchilardandir.

Uchinchisi - dunyo bilan ham, din bilan ham mashg‘ul bo‘lgan kishi. Lekin qalbiga ko‘proq g‘olib kelgani dindir. Buning ham do‘zaxga kirishida shubha yo‘q. Ammo uning qalbiga Alloh taolo zikri g‘olib kelgani uchun undan tezda qutuladi.

To‘rtinchisi - yana har ikkisi bilan mashg‘ul bo‘lgan kishi. Lekin uning qalbiga ko‘proq dunyo g‘olib kelgan. Bu kishining do‘zaxda turishi ko‘proq bo‘ladi. Ammo u ham qalbida Alloh zikrining quvvatliligi va qalbining to‘ridan joy olgani uchun shubhasiz do‘zaxdan chiqadi, garchi dunyoning zikri qalbida g‘olibroq bo‘lsa ham. Ey Allohim, albatta Sendan bizni xor qilib qo‘yishingdan panoh so‘raymiz, albatta Sen panoh so‘raladigan Zotsan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:23:28
«Ruxsat berilgan narsalar bilan ne’matlanish muboh bo‘lsa, qanday qilib ne’matlanish Alloh azza va jalladan uzoqlashishga sabab bo‘ladi?» deydigan kishilar ham bor. Bu zaif fikrdir, chunki dunyoni yaxshi ko‘rish har bir xatoning boshi va har bir yaxshilikning habata bo‘lishi sababidir. Keragidan ortiq muboh narsa ham dunyoda uzoqlashishiga sabab bo‘ladi. Bu tez orada «Dunyoni yomonlash kitobi»da batafsil gapiriladi. Ibrohim al-Havvos aytadilar: «Bir marta Lukom tog‘ida yurgan edim. U yerda anor daraxtini ko‘rib qoldim. Juda anor yegim keldi. Undan bittasini oldim. Uni ikkiga bo‘lib ko‘rsam, nordon ekan. Uni tashlab yo‘limda davom etdim. Keyin xarob bir kishini ko‘rib qoldim. Uning ustiga arilar to‘planib olgandi. U kishiga salom berdim. U ham menga «Va alaykumussalom, ey Ibrohim», dedi. Shunda: «Meni qanday tanidingiz?» dedim. U kishi: «Kim Alloh azza va jallani tanisa, unga biror narsa yashirin bo‘lmaydi», dedi. Men: «Sizda Alloh azza va jalla bilan bo‘lgan bir holni, ya’ni Unga muqarrab ekaningizni ko‘ryapman. Allohdan mana bu arilardan himoya qilishini so‘rasangiz bo‘lardi», dedim. Shunda u kishi: «Sizda ham Alloh bilan birga bo‘ladigan bir holni, ya’ni Unga muqarrab ekaningizni ko‘ryapman. Siz ham Allohdan anorga bo‘lgan shahvatdan himoya qilishini so‘rasangiz bo‘lardi. Chunki anor chaqishining alamini inson oxiratda biladi. Arilarning chaqish alamini esa dunyoda biladi», dedi. Uni qoldirib yo‘limda davom etdim».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:23:40
Sirriy aytadilar: «Qirq yildan beri nafsim mendan nonni murabboga botirib yeyishni so‘raydi. Unga hali ham itoat qilmadim». Demak, qalb oxirat yo‘liga tushishi uchun isloh qilish uni faqat muboh narsalar bilan ne’matlanishdan man etish bilan mumkin. Chunki nafs ba’zi muboh narsalardan man etilmasa, harom narsalarni qilishga ham umidlanib qoladi. Kim tilini g‘iybatdan va ortiqcha gapirishdan saqlashni xohlasa, unda jim turishni o‘ziga lozim tutsin. Faqat Allohning zikridan va dindagi muhim narsalardan sukut saqlamaydi. Shunda unda hatto gapirish xohishi ham o‘ladi. U faqat haqni gapiradigan bo‘ladi va uning jim turishi ham, gapirishi ham ibodat bo‘ladi. Modomiki, ko‘z har bir chiroyli narsaga nazar tashlashni odat qilgan bo‘lsa, halol bo‘lmagan narsalarga qarashdan ham saqlanmaydi.
 
Boshqa istaklar ham shunga o‘xshashdir. Chunki qaysi narsa bilan halolni istasa, ana shu narsaning o‘zi bilan haromni ham istaydi. Shahvat bittadir. Uni haromdan man qilish esa bandaga vojibdir. Agar o‘zini shahvatlardan zarur miqdor bilan kifoyalanishga odatlantirmasa, shahvati unga ustun keladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:24:02
Bular muboh narsalarning ofatlaridan biri, uning orqasida esa bundan ham kattaroq ofatlar bor. O’sha kattaroq ofatlardan biri shuki, nafs dunyoda ne’matlanishga xursand bo‘ladigan, unga suyanadigan, u bilan nihoyatda kibrlanib, xotirjam bo‘lish darajasiga tushadi. Hatto kayfi tarqamaydigan darajadagi mast kishiga o‘xshab qoladi. Dunyoga bundayin muhabbat va quvonish tomirlarga singib ketadigan zahri qotildir. Bu holda qalbdan qo‘rquv, qayg‘urish, o‘lim va qiyomat qo‘rqinchlarini eslash chiqib ketadi. Bu esa qalbning o‘limidir. Alloh taolo aytadi:

«Hayoti dunyoning o‘zigagina rozi bo‘lib, faqat o‘sha bilan xotirlari jam bo‘lgan kimsalar - ana o‘shalarning joylari kasb qilib o‘tgan gunohlari sababli do‘zaxdir» (Yunus surasi, 7-8-oyatlar).

Yana Alloh taolo aytadi:
«Bu hayoti dunyo oxirat oldida faqat bir arzimas matodir» (Ra’d surasi, 26-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:24:20
Yana Alloh taolo aytadi:
«Bilinglarki, bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) o‘yin-kulgi, zeb-ziynat, o‘rtalaringizdagi o‘zaro maqtanish va molu dunyo hamda farzandlarni ko‘paytirishdir, xolos» (Hadid surasi, 20-oyat).

Mana shularning hammasi dunyoni yomonlashdir. Alloh taolodan dunyodan salomat qilishni so‘raymiz.

Qalb arboblaridan (ya’ni, qalbi ochiq kishilardan) o‘ta ehtiyotkorlari xursand hollarida qalblarini dunyoviy oldi-berdi bilan sinab ko‘rishgan va shunda qalblarini qoraygan, nafratga loyiq, Alloh zikridan va qiyomat zikridan ta’sirlanishda sust holda topishgan. Yana qalblarini qayg‘uli hollarda ham sinab ko‘rishgan va uni yumshoq, muloyim, sof, zikr ta’sirini qabul qiluvchi holda topishgan. Shunda najot topish doimiy qayg‘uda, xursandchilik va takabburlik sabablaridan uzoq bo‘lishda ekanini bilishdi. Va qalblarini lazzat o‘rinlaridan ajratib olishdi, qalblarini shahvatlarning halolidan ham, haromidan ham sabr qilishga odatlantirishdi. Uning haloliga hisob, haromiga iqob, shubhalariga esa itob borligini ham bilishdi. Itob ham azobning bir turidir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:24:30
Kimning qiyomat kunida hisob-kitobi qattiq qilinsa, u azoblanibdi. Qalb arboblari esa o‘zlarini qiyomat azobidan qutqarishdi va shahvatlarga asir, qullikdan xalos bo‘lishdi. Alloh zikriga ulfat, Uning toati bilan mashg‘ul bo‘lib, haqiqiy hurlikka, dunyo va oxiratdagi doimiy podshohlikka yetishdi.

Burgutni vahshiylikdan itoatga, odobli bo‘lishga o‘rgatish uchun tarbiyalashga qasd qilinganida nima lozim bo‘lsa, qalblariga ham shunday muomala qilishdi. Burgut avval qorong‘u uyga qamab qo‘yiladi, ko‘zi ham to‘sib qo‘yiladi. Shunda u havoda uchishdan mahrum bo‘ladi. Va ozodlikda tabiatan o‘rganib qolgan narsalarini unutadi. So‘ng unga go‘sht berish bilan mehribonlik ko‘rsatiladi. Hatto egasiga o‘rganib qoladi. Bu shu darajaga yetadiki, agar uni chaqirsa, ovozini eshitgan vaqtida darhol oldiga keladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:24:38
Nafs ham shunga o‘xshashdir. Avvalo uning qulog‘i va ko‘zini odatda o‘rganib qolgan narsalaridan to‘sish uchun yolg‘izlik, uzlat bilan ajratilsagina, egasiga va uning gapiga o‘rganadi. So‘ngra unga Allohga sano aytish, zikr, keyin xilvat joyda duo qilish odatlantiriladi. Mana shunda dunyoga va boshqa shahvatlarga ulfatlik o‘rniga Alloh azza va jallaning zikriga ulfat bo‘lish qalbga g‘olib keladi. Bu holat dastlabki vaqtlarda shogirdlarga og‘ir tuyuladi, keyinroq u bilan lazzatlanadigan bo‘lib qolishadi.

Bu ko‘krakdan ajratilgan go‘dakka o‘xshashdir. Bu holat go‘dakka qiyin. Chunki u bir soat ham undan ajramagan. Shuning uchun ko‘krakdan ajratilgan vaqtda uning yig‘isi va sabrsizligi kuchayadi. Yana sut o‘rniga beriladigan ovqatdan yuz o‘girishi ham kuchayadi. Lekin u birdaniga bir kun-bir kun sutdan to‘xtatilsa, sabr qilishdagi mashaqqat qiyinlashib, ochlik g‘olib kelsa, majburan ovqatni yeydi. Keyinchalik ovqat yeyish unga ixtiyoriy bo‘lib qoladi. Agar u ko‘krakka qaytariladigan bo‘lsa ham, qaytmaydi. Natijada ko‘krakni tark qiladi va sutni yoqtirmay qoladi, taomga o‘rganadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:24:50
Hayvonot ham shundaydir, ya’ni avval egardan, yugandan va uni minishlaridan hurkib turadi. Shularga u majburlanadi. Avval u zanjir va tushovlar, egardan bosh tortadi. So‘ngra shu darajada o‘rganib qoladiki, agar u o‘sha yerga tashlab ketilsa, tushovsiz bo‘lsa-da, qochib ketmay turaveradi. Nafs qushlar, hayvonlar tarbiyalangandek tarbiyalanadi. Uni tarbiyalash qarashdan (ya’ni, harom narsalarga) va dunyo ne’matlariga quvonishga o‘rganishdan man qilishi bilan bo‘ladi. Hatto o‘lim bilan yo‘q bo‘ladigan har bir narsadan man qilishi bilan bo‘ladi. Zero, unga aytildiki: «Xohlagan narsangni yaxshi ko‘r, albatta undan ajralasan. Kim agar ajrashi lozim narsani yaxshi ko‘rsa va undan ajragani uchun g‘amgin bo‘lsa, qalbini undan ajralmaydigan narsa bilan mashg‘ul qilsin. U esa Alloh taolo zikridir, chunki Allohning zikri qabrda ham unga hamroh bo‘ladi, undan ajramaydi. Bularning hammasi ozgina kun sabr qilish bilan mukammal bo‘ladi. (Ozgina kun, deyilishining sababi) oxirat hayotining uzunligiga qaraganda umr juda ozdir. Qay bir oqil kishi bo‘lmasin, albatta u bir yil yoki bir umr foydalanish uchun safardagi, hunar o‘rganishdagi va boshqa narsalardagi bir oylik mashaqqatlarga chidashga rozi bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:26:00
Oxirat abadiyati oldida umrning hammasi dunyo umrining oldidagi bir oydan ozroqdir. Umr bo‘yi sabr qilish va kurashish lozim. «Qavm subh bo‘lib, o‘zidan mudroq uyqulari ketganida tungi sayrni maqtaydi», degan edilar Ali roziyallohu anhu. Har bir insonning holati har xil bo‘lganiga ko‘ra, kurash va riyozat yo‘llari ham har xil bo‘ladi. Kurash har bir inson xursandlikka sababchi dunyoviy narsalarni tark qilmog‘idir. Yo mol bilan, yo martaba bilan, yo va’zlarining qabul qilinishi bilan, yo qozilikdagi va hokimlikdagi ulug‘ligi bilan, yo mudarrisligi va tushuntirishida ergashuvchilarining ko‘pligi bilan xursand bo‘ladigan kishi avval xursandligiga sababchi narsani tark qilmog‘i lozim. Chunki agar uni mana shu ishlarning birortasidan man qilib, unga oxiratda bo‘ladigan savobing shu ishni qilmasliging bilan kamayib qolmaydi, deyilsa va u kishi buni yomon ko‘rsa, bundan og‘rinsa, demak, u dunyo hayotiga quvonib, unga xotirjam bo‘lib qolgan kishilardandir. Bu uni halok qiluvchidir. Agar inson xursandchilikni tark qiladigan bo‘lsa, insonlardan uzlat qilsin, o‘z nafsi bilan yolg‘iz qolsin, qalbini Alloh taolo zikridan va U to‘g‘rida fikr qilishdan boshqa narsa bilan mashg‘ul bo‘lmasligi uchun kuzatib tursin. Nafsida zohir bo‘ladigan shahvat va vasvasalarga yo‘l qo‘ymasin. Ular paydo bo‘lishi bilan kelib chiqish sabablarini yanchib tashlasin. Chunki har bir vasvasaning kelib chiqish sababi bo‘ladi. U faqatgina ana shu sabab va unga bo‘lgan aloqani uzish bilan yo‘q bo‘ladi. Qolgan umr davomida ham mana shu narsani lozim tutsin. Bu jihodning oxiri esa faqat o‘lim bilan tugaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:26:07
Husni xulq alomatlarining bayoni

Bilingki, har bir inson o‘z aybidan bexabardir. Agar katta gunohlarni tark qilguncha nafsi bilan ozgina kurashib qolsa, nafsimni pokladim va xulqim chiroyli bo‘ldi, endi kurashishga hojat qolmadi, deb gumon qiladi. Shuning uchun husni xulqning alomatlarini izohlash lozim. Chunki husni xulq iymondir. Yomon xulq esa munofiqlikdir. Alloh taolo O’z kitobida mo‘minlarning ham, munofiqlarning ham sifatlarini zikr qilgan. Shu sifatlarning hammasi husni xulq va yomon xulqning samarasidir. Husni xulq zikr qilingan oyatlarni bilishingiz uchun ulardan keltiramiz. Alloh taolo aytadi:

1. «Darhaqiqat mo‘minlar najot topdilar. 2. Ular namozlarida (qo‘rquv va umid bilan) bo‘yin eguvchi kishilardir. 3. Ular behuda-foydasiz (so‘z va amallardan) yuz o‘giruvchi kishilardir. 4. Ular zakotni (ado) qilguvchi kishilardir. 5. Ular avratlarini (haromdan - zinodan) saqlaguvchi kishilardir. 6. Magar o‘z jufti halollaridan va qo‘llaridagi cho‘rilaridangina (saqlanmaydilar). Bas, ular malomat qilinmaslar. 7. Endi kim shundan o‘zgani (ya’ni, zino va shu kabi shariati islomiyada harom qilingan boshqa narsalarni) istasa, bas, ana o‘shalar haddan oshguvchilardir. 8. Ular (ya’ni, mo‘minlar) o‘zlariga ishonilgan omonatlarga va (o‘zgalarga) bergan ahdu paymonlariga rioya qilguvchi kishilardir. 9. Ular (barcha) namozlarini (vaqtida ado etib, qazo bo‘lishdan) saqlaguvchi kishilardir. 10-11. Ana o‘shalar Firdavs (jannati)ga merosxo‘r bo‘lguvchi vorislardir. Ular o‘sha joyda mangu qolurlar» (Mo‘minun surasi, 1-11-oyatlar).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:26:26
Yana Alloh taolo aytadi:
«(Ular) tavba qilguvchilar (Allohning O’zigagina) ibodat qilguvchilar, shukr qilguvchilar, ro‘za tutguvchilar, ruku’-sajda qilguvchilar, yaxshilikka buyurguvchilar, yomonlikdan to‘xtatguvchilar va Alloh belgilab qo‘ygan qonun-qoidalarga doimiy rioya qilguvchi (mo‘minlar)dir. (Ey Muhammad alayhissalom), bu mo‘minlarga jannat xushxabarini yetkazing!» (Tavba surasi, 112-oyat.)

Yana Alloh aytadi:
«Faqat Alloh (nomi) zikr qilinganida qalblariga qo‘rqinch tushadigan, Uning oyatlari tilovat qilinganida iymonlari ziyoda bo‘ladigan va yolg‘iz Parvardigorlarigagina suyanadigan kishilar haqiqiy mo‘mindirlar» (Anfol surasi, 2-4-oyatlar).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:26:41
Yana Alloh taolo aytadi:
«Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavozu’ bilan yuradigan, johil kimsalar ularga (bema’ni) xitoblar qilgan vaqtida ham «Omon bo‘linglar», deb javob qiladigan kishilardir» (Furqon surasi, 63-oyat).

Qaysi bir insonga o‘zining holi mavhum bo‘lsa (ya’ni, qandayligini bilmasa), o‘z nafsini yuqoridagi oyatlarga ro‘para qilsin. Unda bu sifatlarning hammasi topilishi xulqining chiroyli ekani alomatidir. Bu sifatlarning hammasi yo‘q bo‘lishi xulqining yomon ekani alomatidir. Unda ushbu sifatlarning ba’zisigina topilishi husni xulqning ham ba’zisigagina ega bo‘lganiga dalolat qiladi. Unday kishi bor sifatini asrab, yo‘qlarini esa hosil qilish bilan mashg‘ul bo‘lsin.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:26:55
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mo‘minni ko‘p sifatlar bilan sifatlaganlar. Bu sifatlarning hammasi bilan chiroyli xulqlarga ishora qilib aytadilarki: «Mo‘min kishi o‘z nafsiga yaxshi ko‘rgan narsasini birodari uchun ham yaxshi ko‘radi» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, mehmonini hurmat qilsin» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisini hurmat qilsin», deganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Yana Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshilikni gapirsin yoki jim tursin» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Mo‘minlarning sifatlari husni xulq ekanligini ham zikr qilib aytdilarki: «Mo‘minlarning iymonda yetukroqlari ularning xulqda chiroyliroqlaridir». Yana aytdilar: «Agar mo‘minni jim turgan (ko‘p gapirishdan o‘zini tiygan) va viqorli holda ko‘rsangizlar, unga yaqinlashinglar, chunki unga hikmat talqin qilib turiladi». Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir insonni qilgan yaxshiliklari xursand qilsa va yomonliklari xafa qilsa, u mo‘mindir», dedilar (Imom Ahmad va Tabaroniy rivoyatlari).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:27:04
Yana u zot alayhissalom aytdilar: «Mo‘min kishi uchun o‘z birodariga aziyat beradigan nazar bilan ishora qilishi halol bo‘lmaydi» (Ibn Muborak rivoyati). Yana Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon kishi uchun boshqa musulmonni qo‘rqitishi halol bo‘lmaydi», dedilar (Bazzor zaif sanad bilan rivoyat qilgan). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Albatta ikki hamroh Alloh azza va jallaning omonati bilan o‘tiradi. Ularning biri birodariga u yomon ko‘radigan narsani fosh qilmog‘i halol bo‘lmaydi» («Suhbat odoblari kitobi»da kelgan).

Ba’zilar husni xulq alomatlarini jamlashgan. Aytishlaricha, husni xulqlilik hayosi ko‘p, aziyati oz, ezguligi ko‘p, tili rostgo‘y, so‘zi oz, amali ko‘p, toyilishi oz va keraksiz gapi yo‘q, yaxshilik qiluvchi, bordi-keldi qiluvchi, viqorli, sabrli, shukr qiluvchi, rozi bo‘luvchi, halim, muloyim, pokiza, shafqatli bo‘lmog‘idir. La’natlovchi, so‘kuvchi, chaqimchi, g‘iybatchi, shoshqaloq, ginachi, baxil va hasadgo‘y bo‘lmaslik, ochiq yuzli, xushmuomala, Alloh yo‘lida yaxshi ko‘radigan va Alloh yo‘lida yomon ko‘radigan bo‘lish husni xulqdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:27:19
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mo‘min va munofiqning alomati haqida so‘raldi. U zot alayhissalom: «Albatta mo‘minning tashvishi namozi, ro‘zasi va ibodati to‘g‘risida bo‘ladi. Munofiqning tashvishi esa chorvaga o‘xshab taomi va ichimligi to‘g‘risida bo‘ladi», dedilar (asli yo‘q hadis).

Xotam ul-Asom aytdilar: «Mo‘min fikr qilish va ibratlanish bilan mashg‘uldir, munofiq esa harislik va orzular bilan mashg‘uldir. Mo‘min Allohdan boshqadan umidini uzgan, munofiq esa Allohdan o‘zga har bir insondan umid qiluvchidir. Mo‘min Allohdan boshqadan qo‘rqmaydi, munofiq esa Allohdan boshqa har bir kimsadan qo‘rquvchidir. Mo‘min dini oldida molidan kechadi, munofiq esa moli oldida dinidan kechadi. Mo‘min yaxshilik qiladi va yana yig‘laydi, munofiq esa yomonlik qiladi va kuladi. Mo‘min xilvatni va yolg‘izlikni yaxshi ko‘radi, munofiq esa aralashishni va ko‘pchilikni yaxshi ko‘radi. Mo‘min ekadi va ekinga fasod yetishidan qo‘rqadi, munofiq esa ekinni yulib tashlaydi va keyin hosil yig‘ishni umid qiladi. Mo‘min boshqarish uchun buyurib-qaytaradi. Shuning uchun (xalq ishi) yaxshi bo‘ladi, munofiq esa raislik qilish uchun buyurib-qaytaradi. Shuning uchun (xalq ishi) fasod bo‘ladi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:27:25
Husni xulq sinab ko‘riladigan eng yaxshi narsa aziyatlarga sabr qilish va zulmlarga chidashdir. Kim sizga birovning xulqi yomonligidan shikoyat qilsa, ana shu o‘zining xulqi yomonligiga dalolat qiladi, chunki husni xulq aziyatlarga chidashdir. Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ketayotgan edilar, Anas roziyallohu anhu ham u kishi bilan birga edilar. Bir a’robiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetib oldi va Rasulullohni (ya’ni, to‘nlaridan) qattiq tortdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ustilarida chekkasi dag‘al bo‘lgan najroniycha to‘n bor edi. Anas roziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bo‘yinlariga qaradim. Qattiq tortganligidan bo‘yinlarida to‘nning chekkasi iz qoldirgan edi. Haligi a’robiy: «Ey Muhammad, huzuringdagi Allohning molidan menga ham ber», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga o‘girilib qaradilar va kuldilar. So‘ngra unga moldan berilishini buyurdilar» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Quraysh qavmi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aziyat berishni va urishni ko‘paytirib yuborgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Allohim, qavmimni kechirgin, chunki ular bilmaydilar», deb duo qildilar (Ibn Hibbon va Bayhaqiy rivoyatlari).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:27:48
Bir rivoyatda bu duolari Uhud jangida bo‘lgan edi, deyilgan. Shuning uchun Alloh taolo mana bu oyatni nozil qildi:
«Albatta siz ulug‘ xulq ustidadirsiz» (Qalam surasi, 4-oyat).

Hikoya qilinishicha, Ibrohim ibn Adham bir kuni sahroga chiqdilar. U kishiga bir askar ro‘para bo‘lib, u kishiga: «Sen qulmisan?» dedi. U kishi: «Ha», dedilar. Shunda askar u kishidan: «Imoratlar qaerda?» deb so‘radi. U kishi qabristonga ishora qildilar. Askar u kishiga yana: «Men imoratlarni so‘rayapman», dedi. U kishi yana: «Qabristonda», dedilar. Bu so‘zlar uning g‘azabini qo‘zg‘adi va boshlariga qamchi bilan urib yordi. So‘ng u kishini shaharga qaytarib keldi. Ularni Ibrohim ibn Adhamning do‘stlari kutib olishdi va: «Nima bo‘ldi?» deyishdi. Ularga askar u kishi aytgan so‘zlarining xabarini berdi. Shunda ular: «Bu kishi Ibrohim ibn Adham bo‘ladilar», deyishdi. Askar otidan tushib u kishining qo‘l-oyoqlarini o‘pdi va uzr so‘ray boshladi. Shu voqeadan keyin so‘rashdi: «Nima uchun unga qulman, dedingiz?» U kishi: «Chunki u mendan «Kimning qulisan?» deb so‘ramadi, balki «Sen qulmisan?» deb so‘radi. Unga «Ha», dedim, chunki men Allohning quliman. U boshimga urgan vaqtda uning uchun Allohdan jannatni so‘radim», dedilar. Shunda u kishiga: «U sizga zulm qilgan bo‘lsa hammi?!» deyildi. U kishi: «Askardan yetgan aziyatdan savob olishimni bildim. Undan menga nasiba yaxshilik bo‘lishini va mendan unga nasiba yomonlik bo‘lishini xohlamadim», dedilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:27:59
Abu Usmon Xiriy bir mehmondorchilikka taklif qilindilar. Mezbon u kishini sinab ko‘rishni xohlagan edi. Uning manziliga kelgan vaqtlarida uy egasi u kishiga «Hozir mulozamat uchun imkoniyatim yo‘q», dedi. Abu Usmon qaytib ketdilar. U kishi uzoqlashmagan ham edilarki, ikkinchi marta chaqirib: «Qayting, ey ustoz», dedi. Abu Usmon qaytib kelgan edilar, yana avvalgidek gap qildi. Abu Usmon yana qaytib ketdilar. So‘ngra u kishini uchinchi marta chaqirib: «Ozgina vaqt o‘tkazib qaytib keling», dedi. U kishi qaytib kelib eshikka yaqinlashgan edilar, uy egasi yana avvalgi so‘zini qaytardi. U kishi yana qaytib ketdilar. So‘ngra to‘rtinchi marta keldilar. Mezbon u kishini yana qaytarib yubordi, hatto bir necha marta shunday muomala qilishdi. Abu Usmon bundan o‘zgarmadilar. Uy egasi u kishining oyoqlariga yiqildi va: «Ey ustoz, men sizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan edim, xulqingiz munchayam chiroyli bo‘lmasa», dedi. U kishi: «Sen menda ko‘rgan narsa itning xulqidir, chunki it chaqirilsa, keladi. Agar haydalsa, uzoqlashadi», dedilar.

Yana Abu Usmondan rivoyat qilinishicha, u kishi bir kuni ko‘chadan o‘tib ketayotsalar, ustilariga katta bir idishda kul tashlab yuborishdi. U kishi otlaridan tushdilar va shukr sajdasini qildilar. So‘ng kiyimlaridan kulni qoqa boshladilar va hech nima demadilar. U kishiga «Ularni haqorat qilib qo‘ymadingizmi?» deyishdi. U kishi: «Albatta olovga haqli bo‘lgan kishiga kul bilan sulh tuzilsa, uning g‘azab qilishi joiz bo‘lmaydi», dedilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:28:09
Rivoyat qilinishicha, Ali ibn Muso ar-Rizo rahmatullohi alayhning ranglari qoraga moyilroq ekan. Zero, u kishining onalari qora ekanlar. Naysoburda u kishining uylari oldida bir hammom bo‘lib, agar unga kirmoqchi bo‘lsalar, hammomchi u kishiga hammomni bo‘shatib qo‘yardi. Bir kuni u kishi hammomga kirdilar va hammomchi eshikni berkitib, ba’zi ishlarini bajarish uchun ketdi. Rastoqlik (Habashistondagi bir shahar) bir kishi hammomning eshigi oldiga keldi va uni ochib, ichkariga kirdi. Kiyimlarini yechdi. Ichkarida Ali ibn Muso ar-Rizoni ko‘rib, hammom xizmatchilaridan biri deb o‘yladi. U kishiga «Tur, menga suv keltir», dedi. Ali ibn Muso ar-Rizo turdilar va u buyurgan har bir ishni bo‘ysunib bajardilar. Hammomchi ham qaytib kelib, rastoqlik kishining kiyimlarini ko‘rdi hamda Ali ibn Muso ar-Rizo bilan bo‘lgan voqeani eshitib qo‘rqib qochib ketdi. Ali ibn Muso tashqariga chiqqan vaqtlarida hammomchini so‘radilar. U kishiga «Bo‘lgan ishdan qo‘rqib qochib ketdi», deyishdi. Shunda u kishi: «Qochib ketmasligi kerak edi, chunki u aybdor emas. Gunoh bir qora cho‘ri ayol bolasi, ya’ni menga suvini tashtirgan (hammom ishini bajartirgan) kishi uchundir», dedilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:28:18
Rivoyat qilinadiki, tikuvchi Abu Abdulloh do‘konida o‘tirar edi. Uning majusiy bir mijozi bor edi. U majusiyga biror narsa tikib bersa, u qalbaki dirhamlar berardi. Abu Abdulloh uni olar va unga dirhamlar qalbaki ekan, deb aytmasdi, unga qaytarib ham bermasdi. Bir kuni Abu Abdulloh ba’zi ishlarini bajargani ketgan vaqtida majusiy kelib qoldi va uni topa olmadi. Shogirdiga ish haqi berib, undan tikilgan narsalarni oldi. Dirham qalbaki edi. Shogird esa dirhamlarning qalbaki ekanini bildi va ularni majusiyga qaytarib berdi. Abu Abdulloh qaytib kelganida shogirdi bo‘lgan ishni aytib berdi. U esa shogirdiga: «Yomon ish qilibsan. Bu majusiy menga bir yildan beri shunday muomala qiladi. Men esa sabr qilaman. Boshqa musulmonni mana shu dirhamlar bilan aldab qo‘ymasligi uchun dirhamlarni undan olib, quduqqa tashlab yuborardim», dedi.

Yusuf ibn Asbot aytadilar: «Husni xulqning alomati o‘n xil xislatdir: xilof qilmaslik, chiroyli insof, (birovlarning) toyilishini istamaslik, birovlarning bilinib qolgan kamchiligini yaxshilikka yo‘yish, uzr so‘ray olish, aziyatlarga chidash, o‘z nafsini malomat qilib turish, o‘zgalarning emas, balki o‘z ayblarini bilish, katta-yu kichikka ochiq yuzli bo‘lish, o‘zidan yuqori kishiga ham, past kishiga ham muloyim so‘zlash».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:28:34
Sahl Tustariydan husni xulq haqida so‘raldi. U kishi: «Uning eng pasti aziyatlarga chidash va tovon to‘latishni tark qilish, zolimga rahm qilish va uning uchun istig‘for aytib, shafqat qilish», dedilar. Ahnaf ibn Qaysga «Halimlikni kimdan o‘rgandingiz?» deyildi. U kishi: «Qays ibn Osimdan», dedilar. «U kishining halimliklaridan nimalar yetib kelgan?» deb so‘raldi. Shunda Ahnaf ibn Qays aytdilar: «Bir kuni u kishi hovlilarida o‘tirgan vaqtlarida oldilariga qo‘lida tovadagi qovurilgan go‘sht bilan cho‘rilari kelib qoldi va tova shu yerda turgan Qaysning kichkina o‘g‘illari boshiga tushib ketdi. O’g‘illari o‘sha zahoti o‘lib qoldi. Cho‘ri ayol qattiq qo‘rqib ketdi. Shunda Qays u ayolga: «Qo‘rqma, sen Alloh taolo roziligi uchun ozodsan», dedilar».

Aytishlaricha, Uvays Qaraniyni yosh bolalar ko‘rib qolishsa, u kishiga tosh otishar ekan. Uvays Qaraniy ularga: «Ey birodarlarim, agar tosh otish zarur bo‘lsa, kichkinaroq toshlarni otinglar, chunki oyog‘imni qonga belab qo‘ysangiz, meni namoz o‘qishdan to‘xtatib qo‘yasiz», der ekanlar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:28:39
Bir kishi bir kuni Ahnaf ibn Qaysni so‘kdi. U kishi esa unga javob bermadilar. U orqalaridan ergashib kelardi. U kishi mahallaga yaqinlashib qolgan vaqtlarida to‘xtadilar va unga: «Ko‘nglingda yana biror narsa qolgan bo‘lsa, aytib ol. Mahallaning beaql kishilari eshitib qolmasin, senga aziyat berib qo‘yishadi», dedilar.

Rivoyat qilinishicha, Ali karramallohu vajhahu o‘z qullarini chaqirdilar. U javob bermadi. Yana ikkinchi, uchinchi bor chaqirdilar. U esa yana javob bermadi. Oldiga bordilar va yonboshlab yotgan holda ko‘rdilar. Unga: «Eshitmadingmi, ey bola?» dedilar. U esa: «Eshitdim», dedi. «Unday bo‘lsa, menga javob bermaslikka nima majbur qildi?» dedilar. «Jazo bermasligingizni bilganim uchun dangasalik qildim», dedi. Shunda Ali roziyallohu anhu: «Bor, ketaver, Alloh taolo roziligi uchun ozodsan», dedilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:28:49
Bir ayol Molik ibn Dinorga «Ey riyokor», dedi. Shunda u kishi: «Ey ayol, Basra ahli yo‘qotib qo‘ygan ismimni topding», dedilar. Yahyo ibn Ziyod Xorisiyning yomon bir qullari bor edi. U kishiga «Nima uchun uni ushlab turibsiz?» deyishdi. Shunda u kishi: «Undan halimlikni o‘rganib olish uchun», dedilar.

Bu nafslar (ya’ni, yuqorida zikr qilingan kishilarning nafslari) riyozat bilan bo‘ysundirilib, xulqlari mo‘‘tadil bo‘lgan. Bu nafslarning botini yolg‘on, nafrat va gina-kuduratdan pok bo‘lib, ularda Alloh taolo taqdir qilgan har bir narsaga rozilik hosil bo‘lgan. Bu esa husni xulqning eng cho‘qqisidir. Chunki Alloh taoloning ishini yomon ko‘rib, Unga rozi bo‘lmaydigan kishi yomon xulqning eng cho‘qqisidadir.

Aytib o‘tganimizdek, husni xulq alomatlari yuqorida zikr qilingan zotlarning zohirlarida ham namoyon bo‘lgan. Kimning nafsiga mana shu alomatlar mos kelmasa, unday kishi o‘zini chiroyli xulqli, deb o‘ylab aldanmasin. Balki husni xulq darajasiga yetguncha riyozat va kurashish bilan mashg‘ul bo‘lishi lozimdir, chunki husni xulq muqarrab bandalar va siddiqlar yetadigan baland darajadir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:30:16
Go‘dak bolalarning ulg‘ayish vaqtlari avvalida tarbiyalash, ularga odob berish va xulqlarini chiroyli qilish yo‘llari bayoni

Bilingki, go‘dakni tarbiyalash eng muhim va eng ta’kidli ishlardandir. Go‘dak ota-onasining oldida omonatdir. Uning pokiza qalbi har bir naqsh va suratlardan xoli, qimmatbaho gavhardir. U har bir naqshni qabul qiluvchi va har bir moyil etuvchi narsaga moyil bo‘luvchidir. Agar u yaxshilikka odatlantirilsa, o‘rgatilsa, shunga ko‘ra ulg‘ayadi. Dunyo va oxiratda baxtli bo‘ladi. Uning savobiga ota-onasi, unga ta’lim beruvchi, odob o‘rgatuvchilarning hammasi sherik bo‘ladi. Agar unga yomonlik o‘rgatilsa, chorvalar tashlab qo‘yilgandek, o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, badbaxt va halok bo‘ladi. Gunohi uni boshqarib turuvchi va unga egalik qilib turuvchilarga bo‘ladi. Alloh azza va jalla aytadi:

«Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli-oilalaringizni do‘zaxdan saqlangizki, uning o‘tini odamlar va toshdir» (Tahrim surasi, 6-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:30:27
Modomiki, ota farzandini dunyodagi olovdan saqlar ekan, uni oxiratdagi olovdan ham saqlashi yaxshiroqdir. Bu saqlash unga odob berish, uni poklash, chiroyli xulqlarni o‘rgatish, yomon do‘stlardan saqlash, maishatparastlikka odatlantirmaslik bilan bo‘ladi. Yana ziynatni va farovon yashashni yaxshi ko‘rsatmaydi, chunki u ulg‘ayganda ziynatni va to‘kin yashashni axtarib, umrni behuda o‘tkazib yuboradi. Natijada abadiy halokatga uchraydi.

Demak, boshdanoq uni nazorat qilib turish lozim bo‘ladi. Unga enagalik qilish va emizish uchun halol yeydigan dindor ayolni yollaydi. Chunki haromdan hosil bo‘lgan sutda baraka yo‘q. Agar go‘dakning ulg‘ayishi harom yeydigan ayolning qo‘lida bo‘lsa, uning tabiati iflos narsalarga qorishib, shunday narsalarga moyil bo‘lib qoladi. Qachonki, bola narsalarning farqiga borishni bilsa, uni yanada yaxshiroq nazorat qilish lozim bo‘ladi. Farqiga borishning ibtidosi uyalishning ilk holatlari zohir bo‘lishidir. Chunki u agar tortinchoqlik, hayo qilsa va ba’zi ishlarni o‘zicha tark aylasa, bu uning aql nuri porlay boshlaganidandir. Shunda o‘zicha ba’zi narsalarni xunuk va ba’zisini boshqasiga teskari holda ko‘rib, ba’zi narsadan uyalib, ba’zisidan uyalmaydigan bo‘ladi. Bu esa unga Allohdan hadya va xulqlarning mo‘‘tadil, qalblar sofligiga dalolat qiladigan bir bashoratdir. U balog‘atga yetganida aqli komilligi bilan bashorat qilingandir. Hayoli go‘dak befarq tashlab qo‘yilmaydi. Balki hayosi va farqiga borishi yordamida unga odob berishga harakat qilinadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:30:36
Bolaga eng avval g‘olib keladigan sifatlardan biri taomga ochko‘zlikdir. Unga taom to‘g‘risida odob berilishi lozim. Taomni o‘ng qo‘l bilan olish, olayotganda «Bismillah...» aytish, o‘z oldidan yeyish, boshqalardan oldin taomga oshiqmaslik, taomga va ovqat yeyayotgan kishiga tikilib turmaslik, yeyishda shoshmaslik, yaxshi chaynash, luqmalarni ketma-ket olmaslik, qo‘lini va kiyimlarini ovqatga belamaslik, shunga o‘xshash odoblarni o‘rgatish lozim. Ba’zi vaqtlarda nonning o‘zini yeyishga odatlantirish ham kerak. Shunda albatta nonxurush bo‘lishi kerak, degan fikrga bormaydi. Ko‘p taom yeydiganlarni chorvalarga o‘xshatish bilan, uning oldida ko‘p ovqat yeydigan go‘daklarni yomonlash, oz yeydiganlarini maqtash bilan ko‘p taom yeyishni yomon ko‘rsatish, unga o‘zidan boshqa kishilarga ovqat ehson qilishni va boriga qanoat qilishni o‘rgatish lozim. Yana ipakli va rangli kiyimlar emas, balki oq kiyimlar unga yaxshi ko‘rsatiladi. Unga bunday kiyimlar ayollar va xunasa kishilar kiyimi ekani ta’kidlanadi. Erkaklar ulardan or qilishi kerakligi ham o‘rgatiladi. Mana shu narsani unga ko‘p takrorlash kerak. Go‘dakning ustida ipak yoki rangli kiyim ko‘rib qolinsa, uni inkor qilish va yomonlash kerak. Bola maishatparastlik, yaxshi yashash, ko‘rkam kiyim kiyishni odat qilgan tengdoshlaridan ehtiyot qilinadi. Yana shu narsalarga qiziqtiradigan kishilarga qo‘shilishdan ham himoya qilinadi. Chunki go‘dak ulg‘ayishi boshlangan vaqtda beparvo tashlab qo‘yilsa, ko‘p hollarda xulqi yomon, yolg‘onchi, hasadgo‘y, o‘g‘ri, chaqimchi, o‘ta o‘jar, sergap, serkulgi, hiylakor, g‘oyat hazilkash bo‘lib o‘sadi
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:30:49
Ota-ona bolani mana shu (yomon xulq)larning hammasidan chiroyli odob berish bilan saqlaydi. So‘ngra uni maktabda shug‘ullantiradi. Bola o‘z nafsiga solihlarning urug‘larini ekishi uchun Qur’on ta’lim oladi, hadislarni, yaxshilarning hikoyalarini, ularning holatlarini ta’lim oladi. Ishq va ishq ahli zikr qilingan she’rlardan, yozgan she’rlari go‘zallikdan, tabiatlarining muloyimligidan, deb o‘ylaydigan adiblarga qo‘shilishdan ularni asraydilar, chunki bu go‘daklar qalbiga fasod urug‘ini ekadi. Agar go‘dak bolada chiroyli xulq va maqtovli ish zohir bo‘lsa, u ikrom qilinmog‘i, uni xursand qiladigan narsalardan mukofot berilmog‘i, insonlar oldida maqtalmog‘i lozim. Agar bola ba’zi hollarda shunga bir marta xilof qilsa, boshqalar o‘zini bilmaganlikka solmog‘i, kamchiligini ochmasligi kerak. U qilgan ayb ishga boshqa kishining ham jur’at eta olishi unga bildirilmaydi. Ayniqsa, bola aybini berkitsa, uni bildirmaslikka urinsa, boshqalar ham shunday yo‘l tutgani bildirilmaydi (bu ishni hamma ham qilishi mumkin, degan tasavvurga bormasligi uchun shunday qilinadi). Chunki buni bilish ehtimol unga jasorat bag‘ishlar. Hatto keyinchalik aybining ochilib ketishiga parvo qilmay qo‘yadi. Mana shu holda aybini ikkinchi bor takrorlasa, boshqa kishiga bildirmasdan uni koyish va juda katta ish qilib qo‘yding, deyish lozim. Yana ikkinchi bor bunday ishga qaytishdan saqlan, bunday qilayotganing bilinib qolsa, odamlarning orasida sharmanda bo‘lasan, deyish kerak.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:30:58
Unga hamma vaqt do‘q-po‘pisa qilinavermaydi, chunki koyish eshitish, xunuk ishlarni qilish unga yengil tuyulib qoladi, qalbidan gapning ta’siri tushib ketadi. Ota bolasi bilan birga bo‘ladigan so‘zlashish haybatini saqlasin va bolasini doim emas, balki ba’zi vaqtlarda koyib tursin. Ona esa uni otangga aytaman, deb qo‘rqitsin, uni yomonliklardan shu bilan qaytarsin.

Uni kunduzi uxlashdan man qilsin, chunki bu dangasalik keltiradi. Kechasi uxlashdan esa man qilinmaydi, lekin yumshoq to‘shaklarda yotqizmasin. Shunda uning a’zolari mustahkam bo‘ladi, badani semirib ketmaydi va o‘zini ovqatdan tiyishga muhtoj bo‘lmaydi. Yotishda, kiyishda dag‘alroq narsalarga odatlantirsin. Yana go‘dakni yashirincha qiladigan har bir ishidan man etish lozim. Chunki bola bir ishni yashirib qiladigan bo‘lsa, albatta uni yomon ish, deb e’tiqod qiladi. Shunday paytda man qilinsa, yomon ishni tark etadi. Kunduzi ba’zan dangasalik g‘olib kelmasligi uchun yurish, harakatlanish, jismoniy tarbiya qilish odatlantiriladi. Badanini ochib yubormaslik, tez yurmaslikka o‘rgatiladi. Qo‘lini butkul tashlab ham yurmaydi, ko‘kragiga qo‘yib oladi. Tengdoshlariga ota-onasi ega narsalar yo yeydigan, yo kiyadigan narsalar yoxud lavhi va siyohdonlari bilan faxrlanishdan qaytariladi. Balki kamtarlik va atrofidagi har bir kishini hurmat qilish, ular bilan gaplashganda muloyim bo‘lish odat qildiriladi. Boylarning bolalaridan unga chiroyli bo‘lib ko‘ringan narsalarni olish man qilinadi. Balki unga buyuklik olishda emas, berishda ekani uqtiriladi. Albatta olish pastkashlik va xasislikdir, garchi kambag‘alning bolalari olsa ham. Ta’ma qilish va olish pastkashlik va xorlik ekani hamda bu itning odati ekani uqtiriladi. Chunki it bir luqmani kutib, unga ta’ma qilib dumini likillatib turadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:31:05
Yana bolalarga tilla-kumushni yaxshi ko‘rish, ularni orzu qilish yomon ko‘rsatiladi. Ular tilla-kumushdan ilon-chayondan ko‘ra ko‘proq ehtiyot bo‘lishga chaqiriladi. Chunki tilla-kumushni yaxshi ko‘rish, ularni orzu qilish ofati bolalarga zaharlarning ofatidan ham zararliroqdir. Hatto kattalarga ham shundaydir. Yana o‘tirgan joyida tuflamaslik, burun qoqmaslik, boshqalarning oldida esnamaslik, birovga orqa o‘girib o‘tirmaslik, bir oyog‘ini ikkinchisiga chalishtirib o‘tirmaslik, kaftini jag‘i tagiga qo‘ymaslik, bilagi bilan boshini suyamaslikka odatlantirish lozim. Chunki bular dangasalik belgisidir. Unga qay holatda o‘tirish o‘rgatiladi, ko‘p gapirish behayolikka dalolat qilishini, u pastkashlar farzandlarining ishi ekani bildirib qo‘yiladi. Yana unga xoh rost, xoh yolg‘on bo‘lsin, birdaniga qasam ichish ham man etiladi, sababi u qasam ichishga kichkinaligidan odatlanib qolmasin. Oldin gap boshlashdan qaytariladi. Faqat javob qaytarishga yoki savolga yarasha gapirishga odatlantiriladi. O’zidan katta kishi gapirgan paytda e’tibor bilan tinglash, o‘zidan yuqori kishi uchun o‘rnidan turish, unga joyni berish, uning oldida uyalishga o‘rgatiladi. Behuda va xunuk so‘zlarni aytish, la’natlash, so‘kish, tillarida doim xunuk so‘zlar bo‘ladigan bolalarga qo‘shilishdan qaytariladi. Chunki bu odatlar yomon do‘stlardan shubhasiz unga o‘tadi. Bolalarga odob berishning asli ham uni yomon do‘stlardan saqlashdir.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:31:20
Yana muallimi urgan vaqtda ovozini ko‘tarib baqirmasligi lozim. Kaltak yeganida bir kishidan yordam so‘ramaydi. Balki sabr qiladi. Ana shu holat erkak va botirlarning odatlaridan, deb eslatib turiladi. Ko‘p baqirish esa qullarning va ayollarning odatidir, deyiladi.

Unga maktabdan qaytganidan so‘ng hordiq chiqarish uchun charchaydigan darajada emas, balki chiroyli holda o‘ynashga ruxsat berishi lozim. Chunki o‘yindan man qilish va doimiy o‘qishga majburlash uning qalbini o‘ldirib qo‘yadi, zakovatini yo‘q qiladi, umrini zaharlaydi. Keyin bola undan butkul qutulish chorasini axtarib qoladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:31:34
Ota-onasiga, muallimiga, odob o‘rgatuvchiga, o‘zidan katta yoshdagi kishilarga, xoh qarindosh bo‘lsin, xoh yot bo‘lsin, itoat qilishni, ularga ehtirom va ta’zim ko‘zi bilan qarashni, oldilarida o‘ynashni tark qilishni o‘rgatish lozim. Oq-qorani ajratish yoshiga yetganda namozni va tahoratni tark qilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Ramazon oyining ba’zi kunlarida ro‘za tutishga buyurish, ipak liboslardan va tilladan uzoq qilish, shariatdan unga kerakli har bir narsani o‘rgatish, o‘g‘rilik, harom yeyish, xiyonat, yolg‘onchilik, fahsh va bolalarga qiziq tuyulgan har bir yomon ishlardan qo‘rqitish lozim. Agar uning ulg‘ayishi mana shunday tarzda bo‘lsa, balog‘at yoshiga yaqinlashganida bu ishlarning sirini bilishga qodir bo‘ladi.

Unga taomlar bir doriga o‘xshaydi, ular insonlarning Alloh azza va jallaga toat qilishga quvvatli bo‘lishida yordamchi, xolos, deb aytib turiladi. Yana dunyoning asli yo‘q, zero u doimiy emas, o‘lim uning ne’matlarini to‘xtatadi va dunyo doimiy qarorgoh emas, balki o‘tkinchi diyordir, oxirat esa o‘tkinchi diyor emas, balki doimiy qarorgohdir, o‘lim har bir soatda kutiladi, aqlli va dono kishi oxirat uchun dunyoda tayyorgarlik ko‘rgan kishidir, hatto uning Alloh taolo huzurida darajasi ulug‘ va jannatdagi ne’matlari ko‘p bo‘ladi, deb ta’kidlanadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:31:43
Bolaning ulg‘ayishi yaxshi bo‘lsa, balog‘atga yetgan vaqtda bu so‘zlar unga ta’sir qiluvchi, foydali, qalbida go‘yo toshga naqsh o‘rnashganday mustahkam joy oladi. Agar bolaning ulg‘ayishi buning aksi bo‘lib, u o‘yin, yomonlik, behayolik, taom va libos ochko‘zligi, ziynat, faxrlanishga (maqtanchoqlikka) o‘rganib qolsa, uning qalbi haqiqatni qabul qilishdan devorning tuproqdan uzoqligiga o‘xshash uzoqlashib ketadi. Ishlarning eng muhimi tarbiyaga e’tibor berishdir, chunki bola fitratan yaxshilik va yomonliklarni baravar qabul qiluvchi etib yaratilgandir. Albatta ota-onalari uni ikki tarafning biriga moyil qilishadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har bir go‘dak fitratda tug‘iladi. Ota-onasi uni yo yahudiy, yo nasoro, yo majusiy qilib qo‘yishadi» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Sahl ibn Abdulloh Tustariy aytadilar: «Uch yoshligimda kechasi turar edim va tog‘am Muhammad ibn Sivorning namozlariga qarab turardim. Bir kuni menga «Seni yaratgan Allohni eslaysanmi?» dedilar. Men: «Uni qanday eslayman?» dedim. Shunda u kishi: «Ko‘rpangga yotayotgan vaqtingda tilingni qimirlatmasdan uch marta qalbing bilan «Alloh men bilan birga, Alloh menga qarab turuvchi, Alloh meni ko‘rib turuvchi», degin», dedilar. Ana shuni bir necha kun aytdim, so‘ngra u kishiga buni izhor qildim. Menga «Yana har kecha yetti martadan ayt», dedilar. Yana bir necha kun aytdim. So‘ngra u kishiga bildirdim. Menga «Yana har kecha o‘n bir martadan ayt», dedilar.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:31:56
Aytdim, ana shunda qalbimga uning halovati tushdi. Shundan bir yil o‘tgandan keyin tog‘am yana menga «Senga o‘rgatgan narsamni yodingda tut va to qabrga kirguningcha doim uni aytib yur, chunki u senga dunyoda ham, oxiratda ham foyda beradi», dedilar. Shuni bir necha yil davomida aytib yurdim. Botinimda ham uning halovatini topdim. So‘ng tog‘am menga bir kuni «Ey Sahl, qaysi bir inson bilan Alloh birga bo‘lsa, unga qarab turuvchi va uni ko‘rib turuvchi bo‘lsa, u kishi Allohga osiylik qila oladimi? Sen ham Allohga osiy bo‘lishdan saqlan», dedilar. Men yolg‘iz yurar edim, meni maktabga yuborishdi. Men: «Maqsadlarim (ya’ni, Allohga yaqinlashishga intilish) tarqalib ketishidan qo‘rqaman», deb aytdim. Lekin ular muallim bilan men bir soatga borib, ta’lim olgach, qaytib kelishimga shartlashib olishdi. Maktabga bordim va Qur’onni ta’lim ola boshladim. Uni olti yo yetti yoshimda yodlab bo‘ldim. Har kuni ro‘za tutardim. Taomim esa o‘n ikki yil ichida arpa noni bo‘ldi. O’n uch yoshligimda bir masala chiqib qoldi. Oilamdan Basraga ana shu masalani so‘rash uchun yuborishlarini so‘radim. Basraga bordim va ulamolardan so‘radim, biron kishi savolimga javob bera olmadi. Basradan Ibodonga bir kishining oldiga bordim. U kishini Abu Hubayb Hamza ibn Abiy Abdulloh al-Ibodoniy, deyishardi. U kishidan masalani so‘radim, menga javob berdilar. Men oldilarida bir muddat qolib, ilmlaridan foydalandim va odoblarini o‘rgandim. So‘ngra Tustarga qaytib keldim. Ovqatim uchun bir dirhamga arpaning o‘zini sotib olish bilan kifoyalandim. Shuni yanchib non qilib berishardi. Bir uvqiyasini har kecha saharlik paytida tuzsiz va nonxurushsiz yerdim. Bir dirham bir yilga yetardi. So‘ngra uch kecha ketma-ket och yurib, keyin yedim. So‘ngra besh kecha, so‘ngra yetti kecha, so‘ngra yigirma besh kecha och yurdim. Mana shu holda yigirma yil o‘tdi. So‘ng yer yuziga bir necha yilga sayohatga chiqdim. Keyin Tustarga qaytib keldim. Kechaning hammasida Alloh xohlaganicha qoyim bo‘lar edim». Ahmad aytdilar: «Allohga yo‘liqqunlaricha u kishining tuz yeganlarini ko‘rmadim».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:32:08
Irodaning shartlari, kurashishning boshlang‘ich holatlari, muridni riyozat yo‘lini tutishga ko‘niktirish bayoni

Bilingki, qaysi bir inson oxiratni qalbi orqali ishonch bilan ko‘rsa, shaksiz oxirat ekinini iroda qiluvchi, unga mushtoq bo‘luvchi, yo‘llarida yuruvchi, dunyo ne’matlari va lazzatlarini past sanaguvchiga aylanadi. Chunki qay bir insonda marjon bo‘lsa-yu, keyin qimmatbaho javharlarni ko‘rib qolsa, unda marjonga qiziqish qolmaydi va ularni keyingi qimmatbaho toshlarning barobariga sotib yuborishga xohishi kuchayib ketadi. Kim oxirat ekinini xohlamasa va Allohga yo‘liqishni talab qilmaydigan bo‘lsa, bu uning Allohga va oxirat kuniga iymoni yo‘qligiga (dalolat qiladi).

Lekin men marjoni bor odam javohirni ko‘rsa, uning marjonga bo‘lgan qiziqishi so‘nib, javohirga ishtiyoqi tushib qoladi, deyishimdan javohirning marjondan yaxshiligini tasdiqlaydi-yu, ammo javohirning haqiqatini bilmay, balki lafzinigina biladigan insonni iroda qilayotganim yo‘q. Chunki bunga o‘xshash ishonuvchilar agar marjonga o‘rganib, ulfatga aylanib qolgan bo‘lsa, uni tashlab ham yubormaydi va javharga juda katta ishtiyoqda ham bo‘lmaydi. Yetishishdan man qiluvchi narsa yo‘lga yurmaslikdir. Yo‘lga yurmaslikdan man qiluvchi narsa irodaning yo‘qligi, irodadan man qiluvchi narsa esa iymonning yo‘qligidir. Iymon yo‘qligining sababi yo‘l ko‘rsatuvchi, eslatuvchi, Allohning yo‘liga boshlovchi, dunyoning haqirligi va oxirat ishining buyuk, davomatli bo‘lishidan ogohlantiruvchi Alloh taolo ulamolarining yo‘qligidir. Xalq esa g‘aflatda, o‘z shahvatlariga kirishib, uyqu dengizlariga cho‘kib ketgan.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:32:24
Din ulamolari ichida ularni ogoh etadigan kishi ham yo‘q. Agar ulardan biri ogohlanib qolsa ham, ilmsizligi sababli yo‘lga yurishdan ojizdir. Agar ulamolar yo‘lini istasa ham, ularni havolariga moyil, oydin yo‘ldan boshqa yo‘lga burilgan hollarida topadi. Irodaning zaifligi, yo‘lni bilmaslik, ulamolarning havolariga ko‘ra gapirishlari Alloh taolo yo‘lining unda yuruvchilardan bo‘shab qolishiga sabab bo‘ldi. Qachonki, istalayotgan narsa to‘siq va yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘q, havoyi nafs g‘olib, istaguvchining o‘zi g‘ofil bo‘lsa, unday kishi Alloh taologa yetishishdan bosh tortadi, chorasiz yo‘llarda o‘ralashib qoladi. Agar bir kishi o‘zicha yoki boshqa kishining tanbehi bilan ogohlanib qolsa, oxirat ekini, oxirat savdosiga iroda paydo bo‘lib qolsa, unga iroda boshlangan paytda avval chorasiz qilishi zarur shartlarning borligini va uning uchun bir arqon borki, uni mahkam ushlashdan boshqa chora yo‘qdir. Yana uning uchun dushmanlardan va yo‘lto‘sarlardan omonda bo‘lish uchun muhofazalanib oladigan bir qo‘rg‘on ham bor. Yana unga yo‘lga yurish vaqtida lozim tutishi zarur vazifalar ham bor. Iroda hosil bo‘lgan paytda avval qilishi lozim shartlari o‘zi bilan Haqning o‘rtasidagi to‘siq va pardalarni ko‘tarmog‘idir. Chunki xalqning Haqdan mahrum bo‘lishi sababi yo‘lga to‘siq tushib qolgani va pardalarning ko‘payib ketganidir. Alloh taolo aytadi:

«Va Biz ularning oldilaridan bir to‘siq-parda qilib, ularni o‘rab qo‘ydik, bas, ular ko‘ra olmaslar» (Yosin surasi, 9-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:32:41
Haq bilan muridning o‘rtasidagi to‘siq to‘rttadir: mol-u dunyo, obro‘-martaba, taqlid qilish va osiylik. Mol-u dunyoning pardasi zarur miqdorni qoldirib, qolganlariga egalik qilishdan chiqish bilan ko‘tariladi. Modomiki, qalbi buriladigan bir dirham qolsa, u shu dirhamga bog‘langan va Alloh azza va jalladan to‘silgandir. Obro‘-martaba hijobi tavoze’ va qiziqmaslik bilan obro‘-martaba bo‘ladigan joylardan uzoqlashish, shuhrat keltiradigan omillardan qochish, xalqning qalbini nafratlantiradigan ishlarni qilish bilan ko‘tariladi. Taqlid hijobi esa mazhablarga mutaassiblikni tark qilish bilan, «La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh» so‘zining ma’nosini haqiqiy tasdiq qilish bilan, tasdig‘i haq ekanini Alloh taolodan boshqa har qanday ma’budni yo‘qotib isbotlash bilan ko‘tariladi. Allohdan boshqa ma’bud qilib olinadigan narsaning kattasi havoyi nafsidir.

Agar yuqoridagilarni bajarsa, taqlid qilgan holatida odamlarning og‘izlaridan bilib olgan e’tiqodi ma’nosining haqiqati zohir bo‘ladi. Haqiqatning zohir bo‘lishini tortishish bilan emas, harakat orqali istash lozim. Agar unga e’tiqod qilgan biror narsasiga mutaassibligi g‘olib kelsa va nafsida boshqa e’tiqodga ozgina yo‘l qo‘yib berish holati qolmagan bo‘lsa, o‘sha e’tiqodi unga kishan va pardadir. Zero, bir muayyan mazhabga mansub bo‘lish muridga aslo shart emas. Ammo ma’siyat shunday pardaki, uni faqat tavba qilish, zulm o‘rinlaridan chiqish va gunohga qaytmaslikka qasdni mahkam qilish, o‘tgan gunohlariga pushaymon bo‘lganini   isbotlash,   mazlumlarga   haqqini   qaytarish,
xusumatlashganlarini rozi qilish ko‘taradi. Chunki qay bir inson tavba qilmay, zohiriy gunohlarni tark etmay turib din sirlaridan chinakam xabardor bo‘lishni xohlasa, hali arab tilini o‘rganmay turib Qur’on sirlari va uning tafsiridan xabardor bo‘lishni xohlagan kishiga o‘xshaydi. Chunki avval Qur’onning arabcha tarjimasini bilib olish lozim. So‘ng ma’nolarining sirlariga yetadi. Shuningdek, avvalda ham, oxirda ham shariatni to‘g‘ri tutmoq lozim. Shundan keyin uning chuqur ma’nolari va sirlariga erishadi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:33:33
Agar mana shu to‘rt shartni qilsa, moldan, martabadan ajralsa, tahorat qilib, o‘zidan nopoklikni ketkazsa, namoz o‘qish uchun tayyor turgan, faqat iqtido qilish uchun bir imomga muhtoj kishiga o‘xshaydi. Shuningdek, murid ham to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun ergashishga loyiq shayx va ustozga muhtoj bo‘ladi. Chunki din yo‘li yashirin va sirli, shaytonning yo‘llari esa ko‘p va oshkoradir.

Kim yo‘l ko‘rsatib turadigan shayxga ega bo‘lmasa, shayton uni o‘z yo‘llariga yetaklab ketadi. Kim bir yo‘l ko‘rsatuvchisiz halokatga eltuvchi sahro yo‘llaridan yursa, o‘z nafsini xatarga qo‘yadi, bu esa uni halok qiladi. Mustaqil kishi go‘yo o‘zi o‘sib chiqqan daraxtga o‘xshaydi. Chunki bu daraxt tez kunda qurib qoladi, agar bir muddat barglari ko‘karib tursa ham, meva qilmaydi. Zikr qilingan shartlarni bajargandan keyin muridning suyanchig‘i shayxidir. Uni ko‘r kishi daryo qirg‘og‘ida yetaklovchini ushlab olgandek ushlasin. Ishini butkul unga topshirib qo‘ysin. Unga tilida ham, qo‘lida ham xilof qilmasin. Unga ergashishda biron narsani qoldirmasin va tark ham qilmasin. Shayxi xato qilib qo‘ygandagi holat muridga shayxsiz xato qilmasligidan ko‘ra foydaliroqdir. Agar inson shunday shayxni topsa, shayx yo‘lto‘sarlarni daf etgan holda muridini himoya qilishi, uni mahkam qo‘rg‘onlar bilan saqlashi vojib bo‘ladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:33:40
Bu qo‘rg‘on to‘rttadir: xilvatda bo‘lish, jim turish, ochlik va bedorlik. Mana shular yo‘lto‘sarlardan qo‘rg‘ondir. Muridning maqsadi Robbini mushohada qilish va Unga yaqinlashishga loyiq bo‘lish uchun qalbini tuzatmoqdir. Ochlik qalb qonini kamaytiradi, uni oqartiradi, uning nurli bo‘lishi ham oqligidandir. Yana ochlik qalb yog‘ini eritadi. Uning muloyim bo‘lishi yog‘ining erishidadir. Qalbning muloyim bo‘lishi mukoshafa kalitidir. Qalbning qorayishi parda tushishiga sababdir. Qalb qoni qachon kamaysa, dushmanning yo‘li torayadi, chunki uning yuradigan yo‘li shahvatlarga to‘la tomirlardir.

Iso alayhissalom: «Ey havoriylar jamoati, qorinlaringizni ochiqtiringlar, shoyad qalblaringiz Robbingizni ko‘rsa», dedilar. Sahl ibn Abdulloh Tustariy aytdilar: «Abdollar quyidagi to‘rt xislat bilan abdolga aylanadilar: qorinlarini och qoldirish, bedor bo‘lish, jim turish va insonlardan yolg‘izlanish bilan». Qalbning munavvar bo‘lishida ochlikning foydasi zohirdir. Unga tajribalar ham guvoh bo‘ladi. Bunga ko‘niktirish yo‘lining bayoni «Ikki shahvatni sindirish» kitobida keladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:33:51
Bedorlik qalbni poklaydi va soflab munavvar qiladi. Mana shu soflik ochlikdan hosil bo‘lgan soflikka qo‘shiladi. Natijada qalb yorqin yulduzga va jilolangan oynaga o‘xshab qoladi. Unda Haqning jamoli porlaydi, unda oxiratdagi baland darajalar va dunyoning haqirligi, ofatlari ko‘rinadi. Bu bilan dunyodan yuz o‘girish va oxiratga qadam tashlash mukammal bo‘ladi. Bedor bo‘lish ham ochlikning natijasidir. Chunki to‘qlik bilan bedor bo‘lish mumkin emas. Zarur miqdordan ortiqcha uxlasagina, uyqu qalbni qoraytiradi va uni o‘ldiradi. Ana shu zarur miqdorda uxlab, keyin bedor bo‘lish g‘ayb sirlarining kashfiga sabab bo‘ladi.

Abdollarning sifatlari to‘g‘risida aytilishicha, ularning yeyishlari muhtoj bo‘lganlarida, uyqulari charchoq g‘olib kelganda, so‘zlari zaruratdagina bo‘ladi. Ibrohim Xavvos aytadilar: «Yetmishta siddiq kishining fikri ko‘p uxlash ko‘p suv ichish tufayli bo‘lishi ustida jamlandi».
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:34:01
Jim turish esa yolg‘izlanishni yengil qiladi. Lekin yolg‘izlangan kishi yeyish-ichish va boshqa ishlarining tasarrufini qilib turadigan kishini ko‘rib turadi. Unga ana shu kishi bilan ham faqat zarur gaplarni gaplashish lozim bo‘ladi, chunki so‘zlashish qalbni mashg‘ul qiladi. Qalblarning so‘zlashishga bo‘lgan ishtiyoqi katta. Chunki so‘zlashish unga rohat beradi hamda zikr va fikr chun vaqt ajratishni qiyinlashtiradi. Natijada qalb undan huzurlanadi. Jim turish aqlni kuchaytiradi, parhezni jalb qiladi, taqvoni o‘rgatadi.

Yolg‘izlik hayotining foydasi shuki, mashg‘ul qiladigan narsalarning daf bo‘lishi quloq va ko‘zlarning saqlanishidir. Chunki ko‘z va quloq qalbning yo‘lagidir. Qalb esa sezgi anhorlaridan iflos, loyqa, karih ko‘riladigan suvlar to‘planadigan hovuz hukmidadir. Riyozatdan maqsad hovuzning ostidagi buloq ko‘zlari ochilishi va undan toza va pokiza suvlar chiqishi uchun shu suvlardan va undan hosil bo‘lgan balchiqlardan hovuzni bo‘shatishdir. Hovuzdan suvni qanday qilib olib tashlash mumkin bo‘ladi? Vaholanki, loyqa suvlar oqadigan anhorlar ochiq bo‘lsa, har doim olingan suvdan ko‘ra ko‘proq loyqa suv unga yangilanib kirib turadi. Demak, (loyqa anhorlar hisoblangan) sezgi a’zolarini zarur miqdordan ortig‘idan to‘xtatib turish lozim. Bu esa faqat qorong‘i uyda yolg‘iz qolish bilan mukammal bo‘ladi. Agar uning uchun qorong‘i joy bo‘lmasa, boshini yoqasining ichiga o‘rab yoki bir kiyimga yo choyshabga o‘ranib olsin. Mana shunga o‘xshash holatlarda Haqning nidosini eshitadi, Parvardigorining ulug‘ligini mushohada qiladi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:34:31
Ko‘rmaysizmi, Alloh taoloning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qilgan nidosi u kishiga mana shu sifatda bo‘lganlarida yetgan. Alloh taolo u zotga aytadiki:

«Ey (kiyimlariga) o‘ralib olgan zot» (Muzzammil surasi, 1-oyat).

«Ey (liboslariga) burkanib olgan zot» (Muddassir surasi, 1-oyat).

Yuqoridagi to‘rt xil narsa to‘siqlarni daf qiladigan va yo‘lto‘sarlardan qutqaradigan qalqon va qo‘rg‘ondir. Agar mana shu to‘rt xil narsani bajara olsa, keyin yo‘lga yurish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Yo‘lga yurish dovonlarni kesib o‘tish bilan bo‘ladi. Alloh taoloning yo‘lidagi dovon esa dunyoga iltifot qilish uchun bo‘lgan qalb sifatlaridir. Bu dovonlarning ba’zisi ba’zisidan kattaroqdir. Uni kesib o‘tishdagi tartib avval osonrog‘i bilan, keyin yana osonrog‘i bilan mashg‘ul bo‘lmoqdir. Bu sifatlar yuqorida zikr qilingan, murid bo‘lishdan oldin kesib o‘tilgan yo‘llardir. Ya’ni, mol, martaba, xalqqa yuzlanish va gunohlarga intilishdir. Demak, zohirini bu sifatlarning zohiriy sabablaridan xoli qilganidek, botinini ham uning asaridan xoli qilishi lozim. Buning uchun uzoq kurashish kerak.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:34:43
Holatlarning turlichaligiga ko‘ra kurashish ham har xil bo‘ladi. Ba’zi kishilar bu sifatlarning ko‘pini daf qilgan bo‘ladi, bundaylarga kurashish uzoq davom etmaydi. Kurashish yo‘li muridning nafsiga g‘olib kelgan har bir sifatda shahvatlarga qarshi chiqish va havoyi nafsiga xilof qilish ekanini kitobimiz avvalida zikr qilgan edik. Agar bu sifatlarni daf qilsa yoki kurashish bilan zaiflashtirsa, qalbida unga biron aloqa qolmasa, keyin qalbini doim lozim tutib turadigan zikr bilan mashg‘ul qiladi. Uni zohiriy vazifalarni ko‘paytirishdan man qiladi. Balki u farzlar va ravotib sunnatlar bilan kifoyalanadi. Uning vazifasi bitta bo‘ladi. U ham bo‘lsa, vazifalarning mag‘zi va samarasidir. Ya’ni, qalb Allohdan boshqasini zikr qilishdan xoli bo‘lganidan keyin Alloh taoloning zikrini lozim tutishidir. Uning qalbi, modomiki boshqa narsalar aloqasiga burilib turadigan bo‘lsa, uni bu vazifa Alloh zikri bilan mashg‘ul qilmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:34:54
Shibliy Hasriyga: «Bir jumadan ikkinchi jumagacha oldimga kelayotganingizda qalbingizga Allohdan boshqa biron narsa tushsa, oldimga kelishingiz haromdir», dedilar. Bu yolg‘izlanish faqat rost iroda va Alloh taoloning muhabbati qalbga o‘rnashishi bilangina bo‘ladi, hatto u aqlini yo‘qotar darajadagi oshiqning suratida bo‘ladi. Uning uchun faqat bitta g‘am bo‘ladi, xolos. Agar shunday holatda bo‘lsa, shayx unga uyning bir burchagini lozim tutib o‘tirishga buyuradi va oz miqdorda unga halol taom keltirib turish uchun bir kishini unga belgilab qo‘yadi. Chunki din yo‘lining asli ham halol ovqatdir. Shu vaqtda tili ham, qalbi ham mashg‘ul bo‘lib o‘tirishi uchun unga zikrlarni o‘rgatadi. Masalan, «Alloh, Alloh» yoki «Subhanalloh, subhanalloh», deydi yoxud shayxi ravo ko‘rgan kalimalarni aytadi. Mana shunday zikrda tilning harakati to‘xtab qolguncha doim bo‘ladi, go‘yo kalimaning o‘zi harakatlarsiz tilga oqib kelayotgandek bo‘ladi. So‘ngra shu holatda to tildan kalimaning asari tushib qolguncha va lafzning surati qalbda qolguncha davom etadi. Qalbda kalimadan boshqasi bo‘lmaydi, chunki qalb agar bir narsa bilan mashg‘ul bo‘lsa, boshqa narsadan, u nimalar bo‘lmasin, ulardan xoli bo‘ladi. Agar Allohning zikri bilan mashg‘ul bo‘lsa (asosiy maqsad ham shu edi), qalb shubhasiz boshqa narsadan xoli bo‘ladi. Shu vaqtda qalb vasvasalari va dunyoga taalluqli xayollarga va o‘zining o‘tgan holatlariga, boshqalarning holatlarini eslatadigan narsalarga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Chunki agar u qalb vasvasalar va esiga tushgan narsalardan birortasi bilan bir lahzagina mashg‘ul bo‘lsa, shu lahzada qalbi zikrdan xoli bo‘ladi. Bu ham bir nuqsondir. Shularni daf qilishga kirishsin
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:35:08
Qachonki, vasvasalarning hammasini daf qilib, nafsini o‘sha kalimaga qaytarsa, vasvasalar unga quyidagi so‘zlar tomonidan keladi: «U nima, Alloh, degan so‘zimizning ma’nosi nima, nega u iloh va ma’bud bo‘lgandir?» Mana shu paytda fikrlash eshigini ochadigan xayollar uni qamrab oladi. Ba’zida unga shaytondan kufr va bid’at vasvasalar ham kelib qoladi. Modomiki, ana shularni yomon ko‘rib, ularni qalbidan yo‘q qilish uchun yeng shimarib turgan bo‘lsa, vasvasalar unga zarar qilmaydi.

Bu vasvasalar ikkiga bo‘linadi. Birinchisida Alloh taoloning unday narsalardan pokligi aniq bilinadi. Lekin shayton ana shu narsalarni qalbiga tashlayveradi va xotirasida aylantiraveradi. Bu vasvasani yo‘qotish sharti unga parvo qilmaslik, Alloh taoloning zikriga qochish, bularni o‘zidan daf qilishi uchun Allohga iltijo qilish kerak. Alloh taolo aytadi:

«Agar sizni shayton tomonidan bo‘lgan vasvasa yo‘ldan urmoqchi bo‘lsa, Allohdan panoh so‘rang! Albatta U eshitguvchi, bilguvchidir» (A’rof surasi, 200-oyat).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:35:21
Yana aytadi:
«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar-da, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar» (A’rof surasi, 201-oyat).

Ikkinchisida muridni shakka tushirib qo‘yadi. Shu paytda murid shayxiga murojaat qilishi lozim. Hatto qalbidagi sustkashlikni ham, g‘ayratni, boylikka burilib qolishni ham, irodasidagi rostgo‘yliklarni ham shayxiga zohir qilmog‘i darkor. Boshqalardan esa uni berkitmog‘i, undan biron kishini xabardor qilmasligi lozim. So‘ng shayxi uning holatiga qaraydi. Uning ziyrakligi va donoligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘radi. Agar uni tashlab qo‘ysa yoki fikrlashga buyursa, o‘zi Haqning haqiqatini tushunishni bilsa, uni fikrlashga burib qo‘yishi, hatto uning qalbiga o‘zi uchun haqiqati bilinadigan nur tashlanguncha fikrlashni lozim tutishga buyurishi kerak. Agar bunday narsalarga uning kuchi yetmasligini bilsa, qalbi ko‘tara oladigan nasihat va eslatmalardan hamda uning fahmiga yaqin dalillar bilan uni qat’iy e’tiqodlarga qaytaradi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:35:29
Shayx hushyor bo‘lishi, unga mehribonlik qilishi lozim bo‘ladi, chunki bunday holatlar yo‘li halokatli va o‘rinlari xatarlidir. Qancha-qancha riyozat bilan mashg‘ul muridlarga buzuq xayollar g‘olib kelib qoladi, uni daf qilishga kuchlari yetmaydi. Shu bilan ularga yo‘l berkiladi. Keyin bekorchilik bilan mashg‘ul bo‘lib, muboh yo‘llarga kirib ketishadi. Bu esa juda katta halokatdir.

Qaysi bir inson zikr uchun yolg‘izlanib, qalbidan mashg‘ul qiluvchi aloqalarni daf qila olsa ham, bunga o‘xshash fikrlardan xoli bo‘lolmaydi. Chunki u xatar kemasiga mingan. Agar shu xatardan salomat bo‘lsa, u din egalaridan bo‘ladi. Agar xato qilsa, halok bo‘luvchilardan bo‘ladi. Shuning uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «O’zingizga keksalarning dinini lozim tuting», deganlar (Ibn Tohir «Tazkira» kitobida bu hadis odamlar ichida mashhur, lekin aslini topa olmadim, degan). U iymonning asli va zohiriy e’tiqodni taqlid yo‘li bilan, yaxshi amallarga mashg‘ul bo‘lish bilan o‘rganishdir. Chunki bulardan burilib ketishning xatari ko‘p. Shuning uchun shayxga muridini kuzatib yurishi vojib deyiladi. Agar murid ziyrak va sezgir bo‘lmasa, zohiriy e’tiqodlarga ega bo‘lmasa, uni zikr va fikr bilan mashg‘ul qilmaydi. Balki uni zohiriy amallarga va mutavotir vazifalarga qaytaradi. Yoki barakotlar uni ham o‘z ichiga olishi uchun tafakkurga yolg‘izlangan kishilarga xizmat qilish bilan mashg‘ul qiladi. Chunki jang maydonida jihod qilishdan ojiz kishi qiyomat kunida mujohidlar jamoasida tirilmoq va barakotlaridan nasibalanish uchun jihod qilayotgan qavmni sug‘orib va otlariga qarab turishi lozim bo‘ladi, garchi ularning darajalariga yetmasa ham.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:35:39
Zikr va fikr uchun yolg‘izlangan muridni goho manmansirash, riyokorlik, o‘zi uchun kashf bo‘layotgan holatlarga va zohir bo‘lgan boshlang‘ich karomatlarga sevinishdan iborat ko‘p to‘siqlar to‘xtatib qo‘yadi. Shu holatlardan birontasiga burilib qaraganda, u bilan nafsi mashg‘ul bo‘lganda, bu uning yo‘lida nuqson va to‘siq bo‘ladi. Aksincha, murid umri davomida o‘z holatini dengizlar oqizib kelinganida ham o‘zini qondirolmaydigan va doimiy chanqoq kishidek lozim tutmog‘i kerak. Muridning dastmoyasi xalqdan Haqqa va xilvatga o‘tishdir.

Sayyohlardan biri aytadi: «Xalqdan uzilib ketgan abdollarning biriga: «To‘g‘rilikning yo‘li qanday?» dedim. U kishi: «Dunyoda go‘yo yo‘ldan o‘tib ketayotgan kishiga o‘xshagan bo‘lmog‘ing», dedi. Yana u kishiga: «Meni shunday amalga dalolat qilingki, unda qalbimni doim Alloh bilan birga topay», dedim. U kishi: «Xalqqa qarama, chunki ularga qarash zulmatdir», dedi. «Buning iloji yo‘q», dedim. U kishi: «Ularning gapini eshitma, chunki ularning gapi qalbni qoraytiradi», dedi. «Menga buning ham iloji yo‘q», dedim. U kishi: «Ular bilan muomala qilma, chunki ular bilan muomala xavotirlidir», dedi. Men: «Men ularning oralaridaman, ularga muomala qilmaslikning iloji yo‘q», dedim. U kishi: «Ular bilan birga turma, chunki ular bilan birga turish halokatdir», dedi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:35:48
Men: «Mana shuni bir sabab, desa bo‘ladi», dedim. U kishi: «Ey inson, g‘ofillarga qaraysan, johillarning kalomlarini eshitasan, battollar bilan muomala qilasan-u, qalbingni doim Alloh taolo bilan birga topmoqni xohlaysan, bu aslo bo‘lmaydigan narsadir», dedi».

Demak, riyozatdan maqsad inson qalbini doim Alloh taolo bilan birga topmog‘idir, bu faqat boshqalardan xolilik bilangina bo‘ladi, boshqalardan xoli bo‘lish esa faqat uzoq vaqt kurashish bilan bo‘ladi. Agar uning qalbi Alloh taolo bilan birga bo‘lsa, uning uchun Parvardigorning ulug‘ligi zohir bo‘ladi. Yana unga haq porlaydi va Alloh taoloni sifatlashga til ojiz, balki hech ham to‘la sifatlay olmasligi zohir bo‘ladi. Agar muridda mana shulardan birortasi paydo bo‘lsa, uning yo‘lida turadigan eng katta to‘siq uni va’z-nasihat qilgan holda gapirib yubormog‘i va uni insonlarga bildirish uchun chiqmog‘idir. Shu paytda nafs undan shunday lazzat topadiki, keyin bunday lazzat bo‘lmaydi. Ana shu lazzat uni kashf bo‘lgan narsalarning ma’nolarini qanday keltirish to‘g‘risida, u haqda gapiriladigan lafzlarni chiroyli qilish to‘g‘risida, uni tartibma-tartib aytish to‘g‘risida, uni hikoyalar bilan, Qur’on va xabarlarning dalillari bilan ziynatlash to‘g‘risida, unga qalblar va quloqlar moyil bo‘lishi uchun gapirish san’atini chiroyli qilish to‘g‘risida fikr yuritishga chaqiradi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:35:57
Ba’zan shayton unga: «Albatta bu ishing Alloh taolodan g‘aflatdagi o‘lik qalblarni tiriltirishdir. Sen Alloh bilan xalq o‘rtasidagi vositachisan, bandalarini Unga chaqirib berasan, bu ishingda sen uchun bir nasiba ham yo‘q va nafsing uchun unda bir lazzat ham yo‘q», deb xayol qildiradi. Yana shaytonning hiylasi tengdoshlari ichida undan ko‘ra kalomi chiroyliroq va so‘z boyligi ko‘proq, avom xalq qalbini jalb qilishga kuchliroq kishilar borligida zohir bo‘ladi, chunki (tengdoshlaridagi peshqadamlikka) uning ichida hasad chayoni harakatlanadi. Agar qalbida gapini odamlarga qabul qildirish hiylasi qo‘zg‘algan bo‘lsa, agar uning harakatlantiruvchisi haq, ya’ni to‘g‘ri yo‘lga Alloh taoloning bandalarini da’vat qilishga harislik bo‘lsa, bu bilan uning xursandchiligi yanada ko‘proq bo‘ladi. «Bandalarini tuzatish uchun menga yordamlashgan kishi bilan meni quvvatlab qo‘ygan va menga madad bergan Zotga hamd bo‘lsin», deydi. Bu quyidagi holatga o‘xshaydi: hech kimi yo‘q bir o‘likni dafn qilish ishlari yuklangan va gardaniga shar’an tayinlab qo‘yilgan kishiga yordam berish uchun bir kishi kelib qoladi. U esa yordamchi kelganiga xursand bo‘ladi va o‘ziga yordam berayotgan kishiga hasad qilmaydi.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:36:21
G’aflatdagi kishilarning qalblari o‘likdir, voizlar esa ogoh qiluvchi, ularni tiriltiruvchidir. Voizlarning ko‘payishida rohatlanish va bir-biriga yordam berish bor. Bu holatga qattiq xursand bo‘lish lozim. Bunday xursandlikning topilishi juda kam. Murid bundan juda ehtiyot bo‘lishi lozim. Chunki bu - yo‘lning avvalgi eshiklari ochib berilgan kishilarga io‘lni to‘sib qo‘iishda shaitonning eng katta tuzog‘idir. Chunki dunyo hayotini ixtiyor qilish insondagi tabiatdir. Shuning uchun Alloh taolo aytadi:

«Yo‘q, sizlar, (ey kofirlar), hayoti dunyoni ustun qo‘yursizlar» (A’lo surasi, 16-oyat).

So‘ngra Alloh taolo yomonlik inson tabiatida avvaldan borligini, bu o‘tgan kitoblarda ham zikr etilganini bayon qilib aytadi:

«Darvoqe’, bu (surada mazkur bo‘lgan pand-nasihatlar) avvalgi (payg‘ambarlarga nozil bo‘lgan) sahifalarda - Ibrohim va Muso sahifalarida ham bordir» (A’lo surasi, 18-19-oyatlar).
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:36:32
Bu muridning riyozat yo‘llari va Allohga yo‘liqishga yetishdagi tarbiyasidir. Ammo turli sifatdagi riyozatning tafsiloti tez orada keladi. Chunki insonga ko‘proq g‘olib keladigan sifatlar bu - uning qorni, farji va tilidir, ya’ni shularga taalluqli shahvatlardir. So‘ngra shahvatlarning himoyasi uchun askar kabi bo‘lgan g‘azabdir, modomiki, inson qorin, farj shahvatlarini yaxshi ko‘rib, ularga ulfat bo‘lsa, dunyoni yaxshi ko‘radi. Dunyoga esa faqat mol va martaba bilan ega bo‘ladi. Agar mol va martabani talab qilsa, unda kibr, manmansirash, boshliqlik paydo bo‘ladi. Agar shular zohir bo‘lsa, uning nafsi dunyoni butkul tark qilmaydi. Dindan rahbarlik qilishi mumkin bo‘lgan joyini mahkam ushlaydi. Unga aldanish g‘olib keladi.

Shuning uchun bu ikki kitobni taqdim etganimizdan keyin, Xudo xohlasa, muhlikotning qismini sakkiz kitob bilan to‘ldiramiz. Bular -«Qorin va farj shahvatlarini sindirish kitobi», «Til ofatlari kitobi», «G’azab, gina va hasadni sindirish kitobi», «Dunyoni yomonlash va uning aldashi tafsiloti kitobi», «Mol muhabbatini sindirish va baxillikni yomonlash kitobi», «Riyo va amalparastlikni yomonlash kitobi», «Kibr va ujubni yomonlash kitobi», «Aldanish o‘rinlari kitobi»dir. Bu muhlikotlarni zikr qilish, undagi muolaja yo‘llarini o‘rgatish bilan «Rub’ul muhlikot»dan maqsadimiz oxiriga yetadi, inshaalloh. Chunki avvalgi kitobda zikr qilgan narsalarimiz halok qiluvchi va najot toptiruvchilarning koni bo‘lmish qalb sifatlari uchun sharh edi, xolos. Ikkinchi kitobda zikr qilgan narsalarimiz esa xulqlarni tuzatish yo‘llari va qalb kasalliklarini davolashga to‘liq ishoradir. Ammo uning tafsilotlari esa keyingi sakkizta kitobda keladi, inshaalloh.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:36:42
Nafsning riyozati va xulqlarni tuzatish kitobi Allohning hamdi, Uning yordami va chiroyli tavfiqi bilan nihoyasiga yetdi. Bundan keyin, inshaalloh, «Ikki shahvatni sindirish kitobi» keladi. Allohning yolg‘iz O’ziga hamd bo‘lsin va sayyidimiz Muhammad alayhissalomga, u kishining oilalari va sahobalariga, yeru osmon ahlidan har bir tanlangan bandaga Alloh salovot-salom yuborsin. Mening tavfiqim faqat Allohning yordami bilandir, Unga tavakkul qildim va Unga qaytguvchidirman.
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2007, 07:47:42
MUNDARIJA

QALB AJOYIBOTLARINI SHARHLASH KITOBI

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81051#msg81051)
Nafs, ruh (jon), qalb va aqllarning ma’nolari hamda bu lafzlar bilan nima iroda qilinganligini bayon etish to‘g‘risidagi bob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81054#msg81054)
Qalb askarlarining bayoni haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81066#msg81066)
Qalbning botiniy askarlariga oid misollar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81071#msg81071)
Inson qalbining xususiyati to‘g‘risida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81077#msg81077)
Qalb sifatlarining majmui va uning misollari bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81088#msg81088)
Qalbning xususan ilmlarga qo‘shilgandagi holati bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81098#msg81098)
Qalbning aqliy, diniy, dunyoviy va uxroviy ilmlarning qismlariga qo‘shilgandagi holati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81110#msg81110)
Ilhomlanish bilan o‘rganish o‘rtasidagi va Haqni topishda so‘fiylik yo‘li bilan ko‘zi (ya’ni, farosati) o‘tkirlik yo‘li o‘rtasidagi farqning bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81120#msg81120)
Ikki maqom o‘rtasini his etib bilinadigan misollar farqi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81126#msg81126)
Tasavvuf ahli ta’lim olmasdan va g‘ayrioddiy yo‘l bilan bilimni qo‘lga kiritishining to‘g‘riligiga shar’iy dalillar bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81137#msg81137)
Shayton vasvasa bilan qalbga hukmronlik qilmog‘i va vasvasa ma’nosi hamda uning g‘olib kelishi sabablari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81152#msg81152)
Shaytonning qalbga kiradigan o‘rinlari tafsiloti bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81174#msg81174)
Bandaning jazolanishga olib keladigan qalb vasvasalari, xohishlari, o‘y-xayollari, qasdlari va bulardan avf qilinib-kechiriladiganlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81211#msg81211)
Alloh zikr qilingan paytda vasvasalar butkul yo‘q bo‘lib ketishi tasavvur qilinadimi yoki yo‘qmi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81592#msg81592)
Qalbning tez o‘zgarishi hamda qalblarning o‘zgaruvchanlik va sobit turishga taqsimlanishi bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81600#msg81600)

IKKINCHI KITOB

Nafsni tarbiyalash, axloqni tuzatish va qalb kasalliklarini davolash haqidagi muhlikot qismidan (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81613#msg81613)
Husni xulqning fazilati va yomon xulqning mazammati bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81617#msg81617)
Husni xulq va yomon xulqning haqiqatlari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81636#msg81636)
Xulqlarning tarbiya yo‘li bilan o‘zgarish qabul qilishi bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81650#msg81650)
Husni xulqqa batamom erishtiradigan sabablar bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81660#msg81660)
Xulqlarni poklash yo‘lining tafsiloti bayonida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81672#msg81672)
Qalblarning kasallik belgilari va uni sog‘liqqa qaytarish alomatlari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81680#msg81680)
Inson o‘z nafsi ayblarini bilib oladigan yo‘l bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81687#msg81687)
Qalb kasalliklarini davolashdagi yo‘l - shahvatlarga ergashishni tark qilish ekaniga shar’iy dalillar va qalb ko‘zi ochiq kishilardan naql qilingan dalillar bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81693#msg81693)
Husni xulq alomatlarining bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81713#msg81713)
Go‘dak bolalarning ulg‘ayish vaqtlari avvalida tarbiyalash, ularga odob berish va xulqlarini chiroyli qilish yo‘llari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81730#msg81730)
Irodaning shartlari, kurashishning boshlang‘ich holatlari, muridni riyozat yo‘lini tutishga ko‘niktirish bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.msg81740#msg81740)
Nom: Re: IHYOU ULUMID-DIN - Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi. Imom G'azzoliy
Yuborildi: AbdulAziz 23 Iyun 2008, 07:38:49
Ihyou ulumid-din, Qalb kitobi

(http://www.ziyouz.com/images/books/ihyo_qalb) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=77)

Muallif: Imom G'azzoliy

Hajmi: 412 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=77)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1744.0)