forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:29:29

Nom: Tahorat va namoz hukmlari (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:29:29
AbuHanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq
TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI

Tarjimon: Abror Abduazimov

«Movarounnahr"
Toshkent
2005

MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg81811#msg81811)

Tahorat kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg81830#msg81830)
Islom - poklik dini (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg81831#msg81831)
Tahoratning qismlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg81832#msg81832)
Suvlarning qismlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82015#msg82015)
Qoldiqlar hukmi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82017#msg82017)
Quduqlarning suvlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82019#msg82019)
Tushishi bilan suv najosat bo‘lmaydigan narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82022#msg82022)
Najosat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82023#msg82023)
Avf qilingan najosatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82024#msg82024)
Najosatni tozalash yo‘l-yo‘rig‘i (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82025#msg82025)
Qazoi hojat va istinjo odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82029#msg82029)
Tahorat va uning hukmlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82031#msg82031)
Tahoratning durust bo‘lish shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82032#msg82032)
Tahoratning farzlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82033#msg82033)
Tahoratning sunnatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82034#msg82034)
Tahoratning odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82036#msg82036)
Tahoratning makruhlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82039#msg82039)
Tahoratning sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82041#msg82041)
Tahoratni sindiruvchilar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82042#msg82042)
Uzrli kishining tahorati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82045#msg82045)
Uzrli kishining hukmi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82046#msg82046)
Uzrli kishiga vojib bo‘lgan narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82047#msg82047)
Tahoratsiz kishiga harom bo‘lgan narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82048#msg82048)
G’usl va uning hukmlari hamda g‘uslni vojib qiluvchi narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82049#msg82049)
G’uslni vojib qilmaydigan narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82050#msg82050)
G’uslning farzlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82051#msg82051)
G’uslning sunnatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82052#msg82052)
Rasulullohning (s.a.v.) g‘usllari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82054#msg82054)
G’uslning turlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82055#msg82055)
G’usl vojib bo‘lgan kishi bajarishi harom bo‘lgan amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82060#msg82060)
Oyoq kiyimiga mash tortish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82061#msg82061)
Mahsiga mash tortish shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82062#msg82062)
Mash tortishning farzlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82082#msg82082)
Mash tortishning sunnat ko‘rinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82083#msg82083)
Mash tortib yurish muddati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82085#msg82085)
Mashni buzuvchi amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82086#msg82086)
Jarohatga mash tortish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82087#msg82087)
Tayammum va uning hukmlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82088#msg82088)
Tayammum qilish lozim bo‘lgan sabablar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82089#msg82089)
Tayammumning shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82090#msg82090)
Tayammumning ruknlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82091#msg82091)
Tayammumning sunnatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82092#msg82092)
Tayammumni buzuvci narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82093#msg82093)
Tayammumga ham, tahoratga ham qodir bo‘lmagan kishi bajaradigan narsa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82094#msg82094)
Hayz va nifos (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82095#msg82095)
Hayz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82096#msg82096)
Nifos (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82097#msg82097)
Istihoza qoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82098#msg82098)
Hayz, nifos holatida harom bo‘lgan amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82099#msg82099)

Namoz kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82100#msg82100)
Namozning ko‘rinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82100#msg82100)
Namozning farzlari, uning shartlari va ruknlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82106#msg82106)
Namozning shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82107#msg82107)
Namozning ruknlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82111#msg82111)
Namozning vojiblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82114#msg82114)
Namozning sunnatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82116#msg82116)
Namozning odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82121#msg82121)
Namozni buzuvchilar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82122#msg82122)
Namozdagi makruh amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82126#msg82126)
Namozni buzish joiz va vojib bo‘lgan o‘rinlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82131#msg82131)
Azon va iqomat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82132#msg82132)
Azon va iqomatning hukmi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82133#msg82133)
Azonning shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82134#msg82134)
Azon va iqomatdagi sunnatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82135#msg82135)
Muazzinga javob berish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82138#msg82138)
Jamoat namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82140#msg82140)
Jamoatning hukmi va hikmati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82141#msg82141)
Imomlik va jamoatning shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82142#msg82142)
Farz namozlarining jamoatiga yetishish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82145#msg82145)
Imomga iqtido qiluvchining holatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82251#msg82251)
Imomlikka haqliroq kishi kim? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82253#msg82253)
Imomligi makruh bo‘lgan kishilar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82254#msg82254)
Imomga iqtido qiluvchi qanday turadi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82256#msg82256)
Masjidda bajarish makruh bo‘lgan amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82260#msg82260)
Vitr namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82262#msg82262)
Nafl namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82270#msg82270)
Namozdan so‘ng o‘qilishi vorid bo‘lgan zikrlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82297#msg82297)
Farz namozlariga tobe’ bo‘lmagan, mustaqil o‘qiladigan sunnatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82301#msg82301)
Nafllarga tegishli hukmlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82334#msg82334)
Nafl namozlarini o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82620#msg82620)
Farz namozlarini o‘qish joiz bo‘lmagan vaqtlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82624#msg82624)
Markabda namoz o‘qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82625#msg82625)
Esdan chiqarganlik sajdasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82626#msg82626)
Namozda ikkilanib qolishlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82628#msg82628)
Sajdai sahvning o‘rni va uning sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82630#msg82630)
Sajda tilovati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82632#msg82632)
Tilovat sajdasining kayfiyati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82634#msg82634)
Qur’oni karimdagi sajda oyatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82636#msg82636)
Juma namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82637#msg82637)
Jumaning vojib bo‘lish shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82638#msg82638)
Juma namozining durust bo‘lish shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82640#msg82640)
Jumaning sunnatlari va odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82644#msg82644)
Ikki iyd namozlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82646#msg82646)
Iyd namozlarining ko‘rinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82647#msg82647)
Takbiru tashriqlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82649#msg82649)
Ikki hayitdagi sunnat amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82651#msg82651)
Hayit namozlaridagi hikmatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82653#msg82653)
Musofirning namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82655#msg82655)
Qasr o‘qishlik vojib bo‘ladigan safar masofasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82656#msg82656)
Musofirning qazo namozi va uning iqtido qilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82661#msg82661)
Xavf namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82662#msg82662)
Qazo namozlarini o‘qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82664#msg82664)
Qazo namozlarini o‘qishlik joiz bo‘lmaydigan vaqtlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82669#msg82669)
Kasal kishining namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82670#msg82670)
Janoza namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82672#msg82672)
Mayyitni yuvish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82673#msg82673)
Marhumni g‘usl qilish sunnatlari, odoblari va makruhlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82675#msg82675)
Kafanlash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82676#msg82676)
Janoza namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82677#msg82677)
Janoza namozining ko‘rinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82679#msg82679)
Tobutni ko‘tarish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82682#msg82682)
Ta’ziya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82683#msg82683)
Qabrlarni ziyorat etish va ular haqqiga duo qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82685#msg82685)
Namoz amallarining hukmlari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82686#msg82686)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:30:18
Muqaddima

Bismillahir rohmanir rohim.

Mo‘minlarni O’ziga itoat qilishga buyurib, shu ibodat orqali ularning nafslarini poklab, ruhlarini haqiqiy bandalik me’rojiga yuksaltirib, qalblarini ixlos va sadoqatga to‘ldirgan Alloh taologa hamd va sanolarimiz bo‘lsin.

Olimlarning yo‘lboshchisi, obidlarning namunasi, so‘zda ham, amalda ham taqvodorlarning imomi bo‘lgan, habibimiz Muhammadga (s.a.v.) salovotu salomlarimiz bo‘lsin.

Din yo‘lida faqih bo‘lib, ruhlarini toatga, badanlarini istiqomatga bo‘ysundirgan, Allohning roziligi yo‘lida haqiqiy bandalik qilgan sahobalardan Allohning o‘zi rozi bo‘lsin.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:30:57
Alloh subhanahu va taolo musulmon bandalarini dinda faqih bo‘lishga, Uning shariat va ahkomlarini o‘rganishga qiziqtirdi. Hatto shu yo‘lda jihodga chiqishdan ham qaytardi. Tavba surasining 122-oyatida Alloh taolo marhamat qilib: «Barcha mo‘minlar (jangga) chiqishlari loyiq emas. Axir ulardan har bir guruhdan bir toifa odamlar (jang uchun) chiqmaydilarmi?! (Qolganlarni esa Madinada) dinni o‘rganib (jangga ketgan) qavmlari ularning oldilariga qaytgan vaqtlarida, u qavmlar Allohning azobidan saqlanishlari uchun ularni ogohlantirgani (qolmaydilarmi) ?!»

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham dinda faqih bo‘lishga targ‘ib qilib shunday deydilar: «Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi...» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

«Kimki ilm istash yo‘liga chiqsa, Alloh u uchun jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi» (Imom Muslim rivoyati).
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:34:43
Bandalarning Allohga ibodat qilishlari shariat ko‘rsatmasi asosida bo‘lmog‘ligi kerak. Ummat Payg‘ambarimizga (s.a.v.) ergashib, u zot poklanganlaridek poklanadilar, haj qilganlaridek haj qiladilar va hokazo.

«Qanday namoz o‘qiganimni ko‘rgan bo‘lsangizlar, shunday namoz o‘qingizlar» (Imom Buxoriy rivoyatlari).

«(Haj) amallaringizni mendan olinglar» (Imom Muslim va Nasaiy rivoyatlari).

Ibodatlar Payg‘ambar (s.a.v) ko‘rsatmalari asosida bo‘lsagina, uning qabul bo‘lishiga umid bog‘lanadi. Demak, shunday ekan, ibodatlarimizni to‘g‘ri bo‘lishligi uchun shartlari va ruknlarini, vojib va sunnatlarini, makruh va buzuvchilarini albatta bilmog‘imiz lozim bo‘ladi. Inson tahorat qilmasdan ming rakat namoz o‘qisa ham, qabul bo‘lmaydi, chunki u namozning shartlaridan bo‘lgan tahoratni tark qildi. Ha, banda tahoratni mukammal ado qilgach, uning martabasi ko‘tariladi. Badan pokligidan so‘ng axloq pokizaligi vujudga keladi. Axloqning pok bo‘lishi qalbning go‘zal bo‘lishiga olib keladi. Banda shu holatda namoz o‘qisa, uning shartlari va ruknlariga rioya qilsa, sunnat va odoblarini joyiga qo‘ysa, makruh va buzuvchilaridan saqlansa, uning qalbida xushu’ jonlanadi, ko‘zidan yosh qalqiydi. Shu namoz uni buzuq ishlardan qaytarib, go‘zal ishlarga unday boshlaydi. Shunda inson haqiqiy zokir bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:35:08
Xullas, mo‘min ba’zi johillarning «Ilm o‘qigan kishi amal qila olmay qoladi», degan buzuq safsatasiga aldanib qolmasligi kerak. Zero, ilm o‘qimaslikning o‘zi ham amal qilmaslikdir. Ushbu risola Shayx Izzuddin al-Bayyanuniy qalamlariga mansub bo‘lib, unda Hanafiy mazhabi asosida tahorat va namozning ruknlari yengil uslub bilan bayon qilingan. Tarjima asnosida ba’zi izohlarga ehtiyoj sezilganda, Hanafiy mazhabiga doir quyidagi mo‘‘tabar kitoblardan foydalanildi. Ular:

1.   «Muxtasarul viqoya»;
2.   «Sharhun Niqoya»;
3.   «Hidoya»;
4.   «Al-Ixtiyor fi ta’lilil muxtar»;
5.   «Qoziyxon»;
6.   «Fatavoi olamgiriya»;
7.   «Tuhfatul fuqaho»;
8.   «Bado’ius sanoi’»;
9.   «Fathul qodir»;
10.   «Xulosa»;
11.   «Hadis va hayot»;
12. «Islom fiqhi va uning dalillari»;
13. «Ulumul Qur’on».
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:39:15
Ushbu risolada ishlatilgan fiqhiy istilohlarga biroz tushuncha berib o‘tishni lozim topdik va ba’zi o‘rinlarda misol tariqasida keltirilgan shahar nomlarini tushunarliroq bo‘lsin uchun o‘zimizdagilariga almashtirdik.

Shariati islomiyada amallar savob yoki gunoh bo‘lish e’tibori bilan fiqhiy istilohga ko‘ra, yetti navga bo‘linadi:
1.   Farz;
2.   Vojib;
3.   Sunnat;
4.   Harom;
5.   Makruh tahrimiy;
6.   Makruh tanzihiy;
7.   Muboh.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:48:26
1. Farz - bajarishlik qat’iy talab bilan sobit bo‘lgan, uni yumshatadigan biror dalil kelmagan amalga farz, deyiladi. Farz o‘z o‘rnida ikkiga bo‘linadi:
a) shart;
v) rukn.

Amalning tashqarisidagi farziga shart, deyiladi. Bunga namozning tashqarisidagi oltita shart misol bo‘la oladi.
Amalning ichidagi farzlar rukn, deyiladi. Bunga namozning ichidagi farzlar misol bo‘ladi.

Farz amalini bajargan odam yuksak savobga doxil bo‘ladi. Qilmagan odam esa qattiq gunohkor bo‘lib, ikki dunyo azobiga loyiq bo‘ladi. Farzning hukmini inkor qilguvchilar kofir bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:48:39
2) Vojib - bajarishlik qat’iy talab bilan sobit bo‘lmagan, balki uni yumshatish uchun biror dalil kelgan amalga vojib, deyiladi. Misol uchun vitr namozini o‘qishlik vojib amal hisoblanadi.

Payg‘ambarimiz ( s.a.v.) vitr namozini o‘qishni buyurganlar, bu buyruq farzga dalolat qilishi kerak edi. Lekin uning farzligini vojibga tushirib qo‘yadigan dalil hadisning ohod suratda sobit bo‘lishligidir.

Vojib amalni bajargan kishi savobga ega bo‘lib, uni bajarmagan esa gunohkor bo‘ladi. Vojib amalni inkor qilgan kishi esa qattiq gunohkor bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:50:18
3)   Sunnat - bajarishlik qat’iy suratda talab qilinmagan amalga sunnat,
deyiladi. Sunnat fiqhiy istilohda mandub, mustahab, odob kabi so‘zlar bilan
ham ishlatiladi.

Sunnatning turlari uchga bo‘linadi:
1.   Takidlangan sunnat (sunnati muakkkada);
2.   Odatiy sunnat (sunnati mashru’a);
3.   Zoida sunnat (sunnati zoida).

Sunnati muakkadaga misvok ishlatish, jamoat bilan namoz o‘qish, sunnati ravotiblarni o‘qish kabilar kiradi.

Sunnati muakkadaning hukmi vojibdan keyingi o‘rinda turadi.

Odatiy sunnatlarga Payg‘ambarimiz (s.a.v.) odatda qilib yurgan, lekin boshqalarga qilishlikni ta’kidlamagan sunnatlar kiradi.

Ramazondan boshqa paytlardagi tutiladigan ixtiyoriy ro‘zalar, farz va sunnati muakkada namozlaridan boshqa ixtiyoriy namozlar, Zuxo namozi, Asr va Xufton namozidan oldingi to‘rt rakat sunnat namozlari, zulqa’da oyida olti kun ro‘za tutishlik, dushanba va payshanba kunlaridagi ro‘zalar va hokazolar shular jumlasidandir.
Sunnatga amal qilgan odam savobga erishadi, unga amal qilmagan kishiga esa azob berilmasa-da, qiyomat kunida malomatga qolish ehtimoli bor.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:51:18
4) Harom - bajarmaslik qat’iy talab bilan sobit bo‘lgan, uni yumshatadigan biror dalil kelmagan amalga harom, deyiladi. Harom amallarni qilgan kishi qattiq gunohkor bo‘lib, ikki dunyo azobiga uchraydi, uni qilmagan kishi savobga doxil bo‘ladi. Haromni inkor qilgan kishi kofir bo‘ladi.

5) Makruhi tahrimiy - bajarmaslik qat’iy dalil bilan sobit bo‘lmagan, balki qat’iylikni yengillashtiradigan dalil orqali sobit bo‘lgan amalga makruhi tahrimiy, deyiladi. Misol uchun erkak kishilarning tilla va ippakdan tayyorlangan narsalarni kiyishlari haromligi to‘g‘risida hadis rivoyat qilingan. Hadisning ochiq lafzida harom ishlatilgan. Lekin ushbu harom   hukmni   makruhi   tahrimiy   darajasiga   tushirib   qo‘yadigan   omil hadisning ohodligidir. Makruhi tahrimiy amalini qilgan odam gunohkor bo‘ladi. Qilmagan esa ajr oladi. Inkor qilganlar kofir bo‘lmasa-da, qattiq gunohkor bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:52:42
6)   Makruhi tanzihiy - bajarmaslik qat’iy talab qilinmagan amalga makruhi tanzihiy, deyiladi. Bunday amalni qilmagan odam savobga ega bo‘ladi, qilganlar esa qiyomatda malomatga ham, azobga ham uchramaydi.

7)   Muboh - bandaning qilish qilmasligida ixtiyori bo‘lgan amallarga muboh, deyiladi. Bularga yemoq-ichmoq, dam olmoq va shunga o‘xshash amallar kiradi. Bu amallarni qilish-qilmaslikka buyruq ham, qaytariq ham yo‘q.

Shu sababli ularni bajargan kishiga gunoh ham, savob ham bo‘lmaydi. Lekin mo‘min banda niyatini to‘g‘ri qilib, Allohning roziligi uchun shu amallarni bajarsa, unga ham savob yoziladi. Misol uchun kishi charchaganda o‘z jasadini dam oldirsa va bunda Allohning ibodatiga g‘ayratli bo‘lishni niyat qilsa, uning dam olishi ham ibodatga aylanadi.

Kishi uylansa yoki turmushga chiqsa, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarda haromdan saqlanishni niyat qilsa, ular o‘rtasidagi er-xotinlik ham ibodatga aylanadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:53:50
Demak, mo‘min kishi uchun hayotning har qirrasi ibodatdir. Namoz o‘qishi ibodat, ro‘za tutishi ibodat, mehnat qilishi ibodat, dam olishi ibodat, taom yeyishi ibodat? hatto er-xotinlik munosabatlari ham ibodat. Bundan ortiq saodat bo‘lishi mumkinmi?!

Baxt to‘g‘risidagi tushuncha insonlar o‘rtasida turlicha talqin qilinadi. Alloh taolo O’zining kalomida tarixda o‘tgan isyonchi qavmlarning baxtsiz kunlarida halok qilganligini eslatib: «Bas, ularga mana shu hayoti dunyoda rasvo-xor qilguvchi azobni totdirib qo‘yish uchun naxsli-shum kunlarda ustilariga bir dahshatli bo‘ron yubordik» , deb aytgan. (Fussilat surasi, 16-oyat). Demak, inson Rabbisiga ibodat qilgan kunlarini baxtli kunlar, deb aytsa arziydi.

Alloh taalodan ushbu risolani barcha mo‘minlarga manfaatli bo‘lishini so‘rab, uni o‘qigan, amal qilgan va yetkazgan, shunday go‘zal suratda kitobcha bo‘lib xalqimizga yetib borishida xizmat qilgan barcha muxlis insonlarga Rabbimizdan ajr-mukofot umid qilib qolamiz. Biz ojizlarning haqqiga ham qalblar eriganda, ko‘zlar yoshga to‘lganda duo qilishligingizni istaymiz.

«Ey Allohim, albatta Sen avf qilguvchi mehribonsan, avfni sevasan. Bizlarni avf qilgin».
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:56:04
Abror Muxtor Ali al-Hanafiy
1425 hijriy safar 15
[email protected]

Bismillahir rohmanir rohim

Tahorat kitobi

Tahorat va uning hukmlari


Tahorat lug‘atda poklikdir. Poklik - inson tabiatan rag‘bat qiladigan go‘zal sifatlarning biridir. Islom dini insonlarni poklikka qattiq targ‘ib qiladi va o‘zlarini pok tutuvchilarni maqtaydi.

«Albatta Alloh tavba qilguvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi» (Baqara surasi, 222-oyat).

Hadisi sharifda Rasululloh (s.a.v.): «Poklik iymonning yarmidir», deb aytganlar (Imom Buxoriy va boshqalar rivoyati).
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:56:23
Islom - poklik dini

Bizning hanif Islom dinimiz poklikka juda katta ahamiyat bergan va musulmonlar namoz o‘qishlari uchun avval tahorat olishga buyurgan. Ular tahorat qilishayotganda yuzlari, qo‘llari va oyoqlarini yuvishadi. Shuningdek, Islom mo‘minlarga g‘usl qilish, bundan tashqari tirnoqlarni qisqartirish, kiyimlarni pokiza tutish, jamoat joylarida, xususan, juma va hayit namozlarida xushbo‘ylanib yurishni targ‘ib qiladi.

Darhaqiqat, Rasululloh (s.a.v.) safardan qaytayotgan sahobalariga pokiza va chiroyli yurishlarini targ‘ib etib: «Sizlar birodarlaringiz huzuriga qaytmoqdasiz. Shunday ekan, ulovlaringiz-u liboslaringizni chiroyli holda tutinglar. Hattoki, odamlar ichida go‘yoki xol kabi ajrab turing. Albatta, Alloh buzuqlik va axloqsizlikni yaxshi ko‘rmaydi», deb aytganlar.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 23 Oktyabr 2007, 07:57:04
Tahoratning qismlari

Shariat istilohida tahorat ikki qismga bo‘linadi:

1.   Badanning o‘zini hadasdan (ya’ni, betahoratlikdan) poklashlik, bu maxsus a’zolarni yuvish bilan (tahorat qilish bilan) yoki butun badanni yuvish bilan (ya’ni, g‘usl qilish bilan) bo‘ladi. Suv topilmay qolgan paytda yoki iste’molidan ojiz bo‘lgan vaqtda g‘usl va tahoratning o‘rinbosari bo‘lmish tayammumdan foydalaniladi.

2. Kiyimdagi, badandagi va makondagi najosatdan poklashlik.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 05:35:50
Suvlarning qismlari

Suvlar besh qismga bo‘linadi:

1.   O’zi pok va boshqani ham poklovchi, ishlatishlik makruh bo‘lmagan suvlar. Bularga osmon, anhor, quduq, buloq, yomg‘ir va qor suvlari kiradi. Ular asliy sifatida boqiy turgan suvlardir.

2.   O’zi pok va boshqani ham poklovchi, lekin ishlatishlik makruhi tanzihiy bo‘lgan suvlar. Bularga mushuk, tashqarida erkin yurgan tovuq, sichqon va shunga o‘xshash uy hayvonlari ichgan hamda ulardan qolgan suvlar kiradi. Chunki uy hayvonlari najosatdan saqlanishmaydi. Bunday suvlardan foydalanishning makruhi tanzihiyligi o‘sha hayvonlarning holatlaridan bexabar kishilar uchundir. Ammo bu hayvonlardan biri toza narsani yedi-yu, so‘ng suvni ichdi. Shundan qolgan suvni ishlatishda makruhlik yo‘q yoki ulardan biri najosatni yedi-yu, so‘ng suvdan ichdi, mana bunda qolgani najosatga aylanadi. Uni iste’mol qilmoqlik durust emas.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 05:36:15
3. O’zi pok, ammo hadasdan poklay olmaydi (ya’ni, betahorat odam u suvda tahorat qilsa, tahoratli bo‘la olmaydi), lekin hubusdan (ya’ni, najosatdan) bu suv bilan poklanish mumkin. Bularga tahoratdan tushgan suvlar kiradi. Ba’zan tahorati bor odam ham tahorat qiladi. Shundagi ishlatilgan suv ham, g‘usldan tushgan suv ham obi musta’mal, ya’ni ishlatilgan suv, deyiladi va ularning hukmi tahoratsizlikni ketkazish uchun ishlatilgan suvning hukmi bilan bir xil. Ya’ni, o‘zi pok, ammo hadasdan poklay olmaydi. Bularga o‘simliklardan siqib chiqarilgan suvlar ham kiradi. Misol: gul suvi, qovun sharbati.

4.   Najosat suvlar. Bularga o‘zi oz bo‘lib, to‘xtab turgan va unga asari ko‘rinmasa-da, najosat aralashgan yoki o‘zi oquvchi bo‘lib, unga najosat aralashgan hamda asari unda zohir bo‘lgan suvlar kiradi. Najosatning asari, deganda ta’mi yoki rangi va yo hidi nazarda tutiladi. Shuningdek, ko‘p suvga najosat aralashib, uning biror sifatini o‘zgartirsa ham, shu suv najosat hisoblanadi. Ammo najosat tushgan-u, lekin suvning sifati, ya’ni ta’mi, hidi, rangi o‘zgarmagan bo‘lsa, bu suv najosat hisoblanmaydi. Ko‘p suv, deganda dengiz, anhor, ariq, kanal, to‘g‘on suvlari nazarda tutiladi. Shuningdek, to‘rt tomoni yuz gazli bo‘lgan hovuz suvlari ham yoki aylanasiga o‘ttiz olti gazli joyni o‘z ichiga oladigan suvlar ham undan hovuchlab olganda osti ko‘rinib qolmaslik sharti bilan ko‘p suvlarga kiradi. Bundan kamlari esa oz suvlardir.

5. O’zi pok, ammo poklashligida shubha bo‘lgan suvlar. Bularga eshak yoki xachirdan qolgan suvlar kiradi. Zero, bularning so‘laklari pokdir! Bu yerda shak xachirning go‘shti harom yoki mubohligi to‘g‘risida kelgan ikki bir-biriga zid xabar sababidandir. Agar poklash uchun boshqa suv bo‘lsa, shaklik suvdan foydalanilmaydi. Biroq boshqa suv bo‘lmasa, bu suv bilan tahorat qilinadi-da, yana tayammum ham qilib olinadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 05:36:38
Qoldiqlar hukmi

Ichilgandan so‘ng qolgan oz suvga qoldiq suv, deyiladi va bular to‘rt qismga bo‘linadi:

1.   O’zi pok va yana poklovchi bo‘lgan qoldiq suv. Bularga og‘zida najosat bo‘lmagan holda xoh katta kishi, xoh kichik bola bo‘lsin, xoh musulmon, xoh kofir bo‘lsin va xoh junub, xoh hayzli bo‘lsin, insondan qolgan suvlar kiradi. Ammo suv ichayotgan vaqtida og‘zida najosat asari bo‘lsa, (masalan, aroq, to‘ng‘izning yog‘i, qon va hokazo) u insondan qolgan suv najosat hisoblanadi. Agar bunday odam labini yalab, so‘lagini bir necha bor yutgan bo‘lsa, undan qolgan suv najosat bo‘lmaydi, lekin makruh hisoblanadi.

Otdan va har bir go‘shti yeyiladigan hayvondan qolgan qoldiq suvlar ham yuqoridagidek o‘zi pok va poklovchidir. Ammo kavsh qaytaradigan hayvonlarning og‘zida o‘sha qaytarib chaynayotgan narsasining asari bo‘lsa, undan qolgan qoldiq suv najosat bo‘ladi. Chunki kavsh oshqozondagi narsani qaytarishdir, shuning uchun ham qaytargan narsasi najosatdir. Go‘shti yeyiladigan hayvon najosat yesa-yu, og‘zida najosat asari qolmagan bo‘lsa, uning qoldiq suvi makruh bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 05:46:48
2.   Najosat bo‘lgan qoldiq suv. Uni ishlatib bo‘lmaydi, u bilan boshqa narsa tozalash ham durust emas, majbur bo‘lgandan boshqa paytda bu suvdan ichib ham bo‘lmaydi. Bularga itdan, cho‘chqadan va (bo‘ri, sher, maymunga o‘xshash) yirtqich hayvonlardan qolgan suvlar kiradi. Chunki ularning so‘laklari, sutlari va terlari ham najosatdir.

3.   Ishlatishlik makruh bo‘lgan qoldiq suvlar. Ya’ni, toza suv bo‘lsa-yu, bu qoldiq suvni ishlatsa, makruh hisoblanadi. Ammo boshqa suv bo‘lmasa, uni ishlatish makruh emas. Bularga mushukdan va ko‘chada qo‘yib yuborilgan go‘ng tituvchi tovuqlardan hamda yirtqich qushlardan qolgan qoldiq suvlar kiradi.

(Ulardan qolgan qoldiq suvlarning makruhligi ularning holatidan bexabar kishilar uchundir. Bu so‘z yuqorida o‘tdi...- tarj.)

4. O’zi pok, ammo poklanishligida shak qilingan qoldiq suv. Bularga eshak yoki xachirdan qolgan suvlar kiradi. Har bir hayvondan chiqadigan terning hukmi poklik va najosatlikda undan qolgan qoldiqninghukmi bilan bir xildir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 05:58:48
Quduqlarning suvlari

Aksar quduqlarning suvlari oz suv, deb e’tiborga olinadi. Chunki ularning sathi o‘n gazga, o‘n gazdan kam bo‘ladi. Agar quduqda qoni oquvchi hayvon o‘lsa, shu quduqning suvi, devori, ichidagi chelagi va arqoni najosat bo‘ladi. Quduqdan topilgan hayvon shishib yoki titilib ketgan bo‘lsa, ya’ni a’zolari ajrab, tuklari to‘kilib ketsa, bu quduqning hamma suvi chiqarib tashlanmasa, toza bo‘lmaydi. Agar hamma suvini chiqarib tashlashning imkoni bo‘lmasa, ikki yuz chelak suvni chiqarish bilan quduq poklanadi. Uch yuz chelak suvni chiqarib tashlash esa mustahabdir. Suv chiqarish o‘lgan hayvonni olib tashlagandan keyin sanaladi. Bunda har bir quduqning o‘z chelagi e’tiborga olinadi. Agar quduqda bir hayvon o‘lgan bo‘lsa-yu, u hali shishmagan, titilmagan va yoki tuklari to‘kilib ketmagan bo‘lsa va uning kattaligi odamdek yoki qo‘ydek yo echki bolasidek bo‘lsa ham, bu quduqning hukmi yuqoridagi chirigan o‘limtik topilgan quduqning hukmi bilan bir xil bo‘ladi. Ya’ni, imkon qadar hamma suv chiqarib tashlanadi, imkon bo‘lmasa, ikki yuz chelak suv chiqarib tashlanadi. Uch yuz chelak suvni chiqarib tashlash esa mustahab bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 05:59:02
Agar quduqdan topilgan o‘limtik hayvonning kattaligi mushukdek yoki kaptardek va shunga o‘xshash hayvonlardek bo‘lsa, undan qirq chelak suvni chiqarib tashlash vojib, oltmish chelak suv chiqarib tashlash esa mustahab bo‘ladi. Agar o‘limtikning kattaligi chumchuq yoki sichqon hajmidek bo‘lsa, quduqdan yigirma chelak suv chiqarish vojib, o‘ttiz chelak suv chiqarib tashlash esa mustahabdir. Yuqorida sanab o‘tilgan hayvonlar to‘g‘risida xabar orqali hujjat vorid bo‘lganligi uchun ular o‘rtasida katta-kichikligining farqi yo‘q.

(Ya’ni, chaqaloqning o‘limi bilan keksaning o‘limi bir, deb hisobga olinadi. Shu o‘rinda jo‘ja bilan tovuqning, kuchuk bilan itning, qo‘zi bilan qo‘chqorning ham farqi yo‘q...- tarj.)

Ammo zikr qilinmagan hayvonlar o‘limtigi quduqdan topilsa, o‘z turidagilarning kattasiga hisob qilinadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 05:59:14
Agar quduqqa hayvon tushib ketsa-yu, tirik chiqarib olinsa, uning asliga qaraladi. Asli najosat bo‘lsa, imkon qadar hamma suv chiqarib tashlanadi. Imkon bo‘lmasa, ikki yuz chelak chiqarish vojib, uch yuz chelak chiqarish esa mustahabdir. Asli najosat bo‘lgan hayvon cho‘chqadir.

Agar tushib ketgan hayvonning asli cho‘chqaga o‘xshash najosat bo‘lmasa-yu, badanida g‘aliza najosat bo‘lsa ham, hukmi yuqoridagidek bo‘ladi. Ammo badanida najosat bo‘lmasa, suvni chiqarib tashlash vojib emas, lekin qalb xotirjamligi uchun yigirma chelak suv chiqarib tashlansa, yaxshi bo‘ladi. Bu gap quduqqa tushgan hayvonning og‘zi suvga tegmaganda e’tiborga olinadi. Ammo hayvonning og‘zi suvga tegsa, endi uning so‘lagi e’tibori bilan undan qolgan qoldiq suv hisobga olinadi. Qoldiq suvlar haqidagi so‘zlar yuqorida o‘tdi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 05:59:27
Tushishi bilan suv najosat bo‘lmaydigan narsalar

Quduqqa tushishi bilan uni najosat qilmaydigan hayvonlarga jasadida qon oqadigan tomiri bo‘lmagan hayvonlar kiradi. Misol uchun pashsha, ari va hokazolar. Yana saqlanishlikning imkoni yo‘q narsalarning oz miqdordagisining quduqqa tushishligi uni najosat qilmaydi. Qo‘yning qumaloqlari, tuya yoki sigirlarning tezaklariga o‘xshash. Bularning kam-ko‘pligi qaragan kishining e’tibori bilan bilinadi. Ya’ni, qaragan kishi ko‘p, desa, quduq najosat bo‘ladi, kam, desa, najosat bo‘lmaydi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:00:23
Najosat

Najosat ikki qismga bo‘linadi:

1.   Haqiqiy najosat -hubusdir, bularga oldi va orqadan keladigan narsalar, qon, mast qiluvchi ichimliklar, cho‘chqa go‘shti va hokazolar kiradi.

2.   Hukmiy najosat - hadasdir, ya’ni g‘usl va tahorat qilish vojib bo‘lgan vaqtdagi betahoratlikdir.

Haqiqiy najosatham ikkiga bo‘linadi:

1.   G‘aliza (og‘ir) najosat - bularga qon, insonning oldi va orqasidan chiqadigan najosatlar, mast qiluvchi ichimliklar, o‘limtik hamda cho‘chqaning go‘shti, terisi va hokazolar kiradi.

2.   Xafifa (engil) najosat - bularga qo‘y, mol va tuya kabi go‘shti yeyiladigan hayvonlarning peshobi, go‘shti yeyilmaydigan qushlarning tezaklari kiradi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:01:58
Avf qilingan najosatlar

Agar g‘aliza najosat ko‘pi bilan bir dirham miqdorida quyuq bo‘lsa, shu bilan o‘qib qo‘yilgan namoz durust bo‘ladi. (Uni qaytarib o‘qish shart emas.) Bir dirham taxminan uch grammga to‘g‘ri keladi. (Bir dirham miqdoridan ko‘p bo‘lsa, najosatini tozalab, namozini qaytadan o‘qiydi. ) Agar najosati g‘aliza siydikka o‘xshash suyuq bo‘lsa, insonning kafti kengligicha miqdordagisi bilan namoz durust bo‘ladi. Kaft kengligidan ko‘proq bo‘lsa, namozini qayta o‘qiydi. (Ignaning uchi kabi) oz miqdorda sachragan siydik kechirimlidir, chunki undan saqlanish qiyin. Qassobga zarurat sababidan yetgan oz miqdordagi qon ham kechirimlidir. Ko‘chalardagi loyga aralashib ketgan najosat ham saqlanishning imkoni yo‘qligi uchun kechirimlidir.

Najosati xafifadan avf qilingani kiyimning yoki badanning to‘rtdan biriga yetganidir. Bu aytilgan narsalar kiyim, badan va makonga o‘xshash narsalar xususidadir. Oqish xususiyati bor narsalarga najosat tushsa, u xoh og‘ir, xoh yengil bo‘lsin, baribir najosat hisoblanadi. Shuningdek, tushgan najosatning vazni ham, sathi ham bu o‘rinda e’tiborsizdir.

Qush va kabutar kabi go‘shti yeyiladigan qushlarning tezagi pokdir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:02:14
Najosatni tozalash yo‘l-yo‘rig‘i

1.   Najosat tekkan kiyim kamida bir marta yuvish bilan, ko‘rinadigan najosat bo‘lsa, ayni o‘zini ketkazish bilan tozalaniladi. Bu oqar suvda yoki ustidan suv quyish bilan bo‘lishi kerak. Ammo najosatli kiyim biror idishga solib yuvilsa, uni idishdan olib, uch marta ustidan suv quyib, har suv quygandan so‘ng yaxshilab siqish bilan tozalanadi. Agar kiyimdagi najosat peshobga o‘xshash ko‘rinmaydigan bo‘lsa, yuvayotgan odam toza bo‘ldi, deb qanoat hosil qilgunicha yuviladi.

2.   Yerdagi najosatning ustidan uch martagacha toza suv quyiladi va har safar bir parcha toza latta bilan artib tashlanadi. Agar najosatli yerga ko‘p suv quyilib, najosatning asari qolmasa, u yer ham namoz o‘qish uchun pok bo‘ladi. Bular qattiq yerlarda shundaydir. Ammo najosatli yer yumshoq, suv quyganda shimib ketadigan bo‘lsa, undagi najosatning asarini ketkazish bilan tozalaniladi.

Yer qurishi bilan ham pok bo‘ladi. Uni suv bilan tozalash shart emas. U yerda namoz o‘qish joiz. Lekin tayammum uchun pok bo‘lmaydi. Chunki bu yer o‘zi pok bo‘lsa-da, boshqani poklay olmaydi. Tahoratda o‘zi pok va boshqani ham poklovchi suv shart qilinganga o‘xshash, tayammumda ham o‘zi pok va poklashlik qobiliyati bor tuproq shart qilingan.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:02:39
3.   Badandagi najosat qonga o‘xshash ko‘rinadigan bo‘lsa, u ayni o‘zini
ketkazishlik bilan, peshobga o‘xshash ko‘rinmaydigan bo‘lsa, yuvuvchi gumonining
g‘olibi bilan tozalanadi. Uch marta yuvish bilan ko‘pincha toza bo‘ldi, degan
gumon g‘olib bo‘ladi.

4.   Najosat bo‘lgan narsa kuydirilib kulga aylansa, toza bo‘ladi.

5. Zaytun, zig‘r, paxta kabi suyuq o‘simlik moylariga najosat tushgan bo‘lsa, uch marta suv quyib, shu suvni chiqarib yuborish bilan poklanadi. Yoki yog‘ni bir teshik idishga solib, teshik berkitib olinadi-da, ustidan suv quyiladi. Keyin yog‘ suvning yuzasiga chiqqanda u harakatlantirilib, suv chiqib ketishi uchun teshik ochib qo‘yiladi. Shu amal uch marta bajariladi. Agar yog‘ qattiq bo‘lsa, najosat tekkan o‘rinni kesib olib tashlab yuboriladi. (Qolgani esa iste’mol qilinaveradi.)

(Najosat tekkan narsani yuvib-siqishning iloji bo‘lmasa, qatron qilinadi. Misol uchun bir piyolaga yoki kosaga najosat tekkan bo‘lsa, uch marta yuvilib, har gal tomchi suv unda qolmagunicha bir joyga qo‘yiladi, lekin yuvib, suvini biror narsa bilan artib olish qatron hisobiga kirmaydi. Shu o‘rinda darz ketgan idishlarni ishlatish makruhligini ham aytib o‘tish lozimki, agar ularga najosat tegsa, qatron orqali ham tozalab bo‘lmaydi. Pichoq, qilich va shunga o‘xshash narsalarga najosat tegsa, u ishqalash bilan pok bo‘ladi. Gilam, palosga o‘xshagan narsalarning ustidan bir kecha va kunduz suv oqizib qo‘yilsa, pok bo‘ladi... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:03:05
6.   Najosat bo‘lgan hovuz bir tomonidan toza suvni oqizib, ikkinchi tomonidan chiqarib yuborish bilan poklanadi. Ko‘p miqdorda suv saqlanadigan idishlarning ham bir tomonidan suv quyib, ikkinchi tomonidan oqizib yuboriladi.

Quduq, ko‘l va hammomning ham suvi bir tomonidan toza suv kirgizib, ikkinchi tomonidan chiqarib yuborilsa, tozalanadi. Xuddi shu singari najosat bo‘lgan yog‘ning bir tomonidan o‘z jinsidagi toza yog‘ni oqizib, ikkinchi tomonidan chiqarib yuborilsa, toza bo‘ladi.

7.   Oyoq kiyimiga tekkan quyuq najosat quruq bo‘lsa, uni ishqalab aslini ketkazish bilan poklanadi. Ammo peshobga o‘xshash suyuq najosat tekkan bo‘lsa-yu, agar qurib qolgan bo‘lsa ham, faqat yuvish bilan poklanadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:05:09
8.   Kiyimda odamning qurigan maniysi bo‘lsa, ishqalab aslini ketkazish bilan poklanadi. Agar asli ketsa-yu, uning izi qolsa, zarari yo‘q. Ammo ho‘l bo‘lsa, uni faqat yuvish bilan tozalash vojib. Qurigan najosat yuvish yoki ishqalash bilan aslini ketkazib tozalaniladi. Uni kesak, qog‘oz bilan tozalab bo‘lmaydi. Chunki kesak va shu kabilar qurigan najosatni o‘rnidan ko‘chirib ololmaydi.

9.   O’limtik hayvonlarning terisi oshlash bilan pok bo‘ladi. Cho‘chqa bilan insonning terisi oshlansa ham, pok bo‘lmaydi. Chunki insonning asli mukarramdir, cho‘chqaning asli, ya’ni ayni o‘zi najasdir.

10.   O’zi najosat bo‘lsa-yu, boshqa salohiyatli narsaga aylansa ham, pok bo‘ladi. Misol uchun mast qiluvchi ichimliklar sirkaga, kiyikning qoni mushkka aylansa. Najosatni poklashda niyat shart qilinmaydi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:05:50
Qazoi hojat va istinjo odoblari

Hojatxonaga kirayotgan kishi uchun quyidagilar odob hisoblanadi:

1.   Kirishdan oldin ushbu duoni o‘qish:
«Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais».
(Ma’nosi: «Ey Rabbim, erkak va ayol shaytonning yomonligidan panoh tilayman».)

2.   Hojatxonaga chap oyog‘i bilan kirib, o‘ng oyog‘i bilan chiqish.

3.   Chiqqandan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi:
«G’ufronaka, alhamdulillahillaziy azhaba ‘annil azaa va ‘ofaniy».
(Ma’nosi: «Gunohlarimni kechirgan, meni xotirjam qilgan va mendan aziyatni ketkazgan Allohga hamd bo‘lsin».)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:06:03
4.   Qazoi hojatni o‘tirgan holda bajarish, faqat o‘tira olmaydigan uzri bo‘lsa, turgan holda bajaradi.

5.   Qazoi hojat vaqtida, istinjo holatida bosh kiyim bilan Allohdan va maloikalardan hayo qilgan holda o‘tirish.

Qabr ustiga qazoi hojat qilish yoki keng dala, biror bino ichi, qiblaga yuzlanib yo orqa qilib o‘tirish makruhi tahrimiydir, ya’ni haromga yaqin makruh. To‘xtab turgan oz suvga hojat qilish haromdir, agar to‘xtab turgan suv ko‘p bo‘lsa, unga hojat qilish makruhi tahrimiydir. Agar suv oquvchi bo‘lsa, unga hojat qilish makruhi tanzihiy bo‘ladi. (Bu suvga peshob qilsa bo‘ladi, degani emas. Faqat bu yerda masala sifatida keltirilmoqda.) Suvxonalarga, suv oqib keladigan yerlarga, insonlar yuradigan, salqinlab o‘tiradigan, to‘planadigan joylarga qazoi hojat qilish makruhdir. Yana hojat vaqtida gapirishlik, tili bilan Alloh taoloni zikr qilishlik, quyosh yoki oyga yuzlanib o‘tirishlik ham makruhdir. Istinjo, deb najosat chiqadigan o‘rinlarni suv bilan tozalashga, istijmor esa tosh bilan tozalashga aytiladi. Bu erkaklarga va ayollarga sunnati muakkadadir. Lekin najosat maxrajga, ya’ni najosat chiqadigan o‘ringa dirham miqdoridan ko‘proq yoyilgan bo‘lsa, kesakning o‘zi kifoya qilmaydi, balki suv bilan yuvish vojib bo‘ladi. Buni chap qo‘l bilan qilish mustahab amaldir. Kesak ishlatib, so‘ng suv bilan yuvish faqat biri bilan kifoyalangandan ko‘ra afzal hisoblanadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:06:21
Tahorat va uning hukmlari

Alloh taolo: «Ey iymon keltirganlar, namozga tursanglar, yuzinglarni yuvinglar va qo‘linglarni tirsagigacha (qo‘shib) yuvinglar va boshinglarga mash tortinglar va oyog‘inglarni to‘pig‘igacha (qo‘shib) yuvinglar», deb aytgan (Moida surasi, 6-oyat).

«Ali (karramallohu vajhahu): «Ey Ibn Abbos, sizga Rasulullohning (s.a.v.) qay tarzda tahorat qilganlarini ko‘rsataymi?» deganlarida, Ibn Abbos: «Ha», dedilar. Shunda u zot idishni qiyshaytirib (suvni) qo‘llariga oqizib, uni yuvdilar. Keyin o‘ng qo‘llarini kirgizib, undagi suvni narigisiga quyib kaftlarini yuvdilar. So‘ngra og‘izni va burunni yuvib, keyin qo‘llarining barcha qismini idishga solib, bir hovuch suv olib, yuzlariga ishqaladilar. Keyin o‘ng kaftlarida bir hovuch suv olib, peshonalariga quydilar. Va u yuzlaridan oqib tushdi. Keyin bilaklarini tirsaklarigacha uch marta yuvdilar. So‘ngra boshlari va quloqlari ustiga mash tortdilar. Keyin qo‘llarini jamlab bir hovuch suv olib, suv barcha qismiga yetishi uchun oyoqlariga quydilar. Keyingi oyoqlarini ham shunday qildilar» (Abu Dovud va boshqalar rivoyati).
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:06:48
Tahoratning durust bo‘lish shartlari

1.   Yuvilishi farz bo‘lgan har bir a’zoni qoldirmasdan yuvishlik.

2.   A’zolarga suv yetishidan to‘sadigan narsalarning bo‘lmasligi. Suvdan to‘sadigan narsalar: yog‘, xamir, mum, ayollar tirnoqlariga qo‘yadigan lak va hokazolar.

3.   Tahoratga kirishishdan oldin tahoratga to‘sqinlik qiluvchi har qanday nopokliklardan holi bo‘lishlik. Peshob tomayotgan vaqtda, burun qonayotganda ularni to‘xtatmasdan qilingan tahorat durust bo‘lmaydi, chunki ular (bavl va qon) tahoratga to‘sqinlik qiluvchi nopokliklardandir.

Lekin burni doim to‘xtamasdan qonaydigan, peshobi ham to‘xtamasdan tomib turadigan kishining tahorati va namozi uzr sababidan durust bo‘ladi. Faqat shu shart bilanki, uzrli odam har bir namozning vaqti uchun alohida tahorat qiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:07:49
Tahoratning farzlari

Yuqorida zikr qilingan oyati karimaga ko‘ra, tahoratning farzlari to‘rttadir:

1.   Yuzni bir marta yuvmoqlik. Yuvish, degani suv tegishi lozim bo‘lgan o‘rinlardan suvni oqizmoqlikdir. Yuzning chegarasi uzunasiga soch chiqqan joidan jag‘ning ostigacha, kengligi esa ikki quloq yumshog‘ining orasigacha bo‘lgan o‘rindir.

2.   Ikki qo‘lni tirsaklari bilan qo‘shib bir marta yuvishlik.

3.   Boshning to‘rtdan biriga bir marta mashtortish.

4.   Ikki oyoqni ham oshig‘i bilan qo‘shib bir marta yuvishlik. Oyoqning oshig‘i qadamdan yuqorida, to‘piqdan pastdagi bo‘rtib ko‘rinib turgan suyakdir.

Tahorat qiladigan kishi agar tirnoqlari uzun bo‘lsa, uning ostiga suv yetkazishi va yana ko‘zi atrofiga yig‘ilib qoladigan kirlarni olib, ostiga suv tekkizishi ham shartdir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:08:41
Tahoratning sunnatlari

1.   Tahoratni «Bismillah...» bilan boshlamoq.
2.   Tahorat qilmoqlikka yoki hadasni o‘zidan ketkazishga niyat qilmoq. (Uning o‘rni qalbdir, ulamolar qalbni uyg‘otish uchun nutq qilish mahbub, deyishadi.)
3.   Tahoratni boshlashdan avval ikki qo‘lni bo‘g‘inigacha uch marta yuvib olmoq.
4.   Tahoratni misvok ishlatish bilan boshlamoq.
5.   Suv bilan og‘izni g‘arg‘ara qilmoq.
6.   Burniga ham uch marta suv olib qoqmoq.
7.   Og‘iz bilan burunga suvni yaxshilab, hatto miya achishguncha olish ham
sunnatdir. Lekin ro‘zador odamning ro‘zasi ochilish ehtimoli borligi uchun
burunga miya achishguncha va og‘izga ham tamoqdan o‘tay, deguncha suv olish makruh
hisoblanadi.
8.   Har bir a’zoni uch martadan yuvmoq.
9.   Soqol qalin va yuzni berkitadigan darajada bo‘lsa, pastidan yuqoriga xilol qilish ham sunnatdir. Bu yuzni uch bor yuvgandan so‘ng bajariladi. Ammo soqol siyrak va yuzni berkitmaydigan bo‘lsa, unda suvni soqolning ostiga yetkazish vojib bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:09:09
9.   Qo‘l va oyoq barmoqlari orasiga bir marta mash tortmoq.
10.   Boshninghammasiga bir marta mashtortmoq.
11.   Ikki quloqqa ham boshga mash torgandagi nam qo‘l bilan mash tortmoq.
12.   Yuvish talab qilingan o‘rinlarni suv bilan ishqalamoq.
13.   Tahoratning orasiga boshqa ish aralashtirmasdan paydar-pay bajarmoq.
14.   Oyati karimadagi tartib kabi tahorat qilish ham sunnatdir. Ya’ni, qo‘ldan oldin yuzni, boshga mash tortishdan oldin qo‘lni, oyoqni yuvishdan oldin boshga mash tortishni bajarmoq.
15.   Qo‘l va oyoqlarni o‘ng tomonidan yuvmoq.
16.   Bo‘yinga mash tortmoqlik ham sunnat, lekin xalqumga tortish bid’atdir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:09:25
Tahoratning odoblari

1.   Yerdan yuqoriroq o‘ringa o‘tirib tahorat olmoq.
2.   Tahorat paytida qiblaga yuzlangan bo‘lmoq.
3.   A’zolarni yuvishda boshqa kishidan yordam so‘ramaslik, lekin ojizligi va kasalligi sababli yordam so‘rasa, durust bo‘ladi.
4.   Muboh so‘zlarni tark qilmoq.
5.   Og‘izga o‘ng qo‘l bilan suv olmoq, burunga ham o‘ng qo‘l bilan suv olib, chap qo‘l bilan qoqmoq.
6.   A’zoning yuvilishi farz bo‘lgan o‘rinni yana ham ko‘proq yuvib, hadisda kelganidek, qiyomatdagi oqlik va qashqani uzaytirmoq.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:10:22
6.   Kengroq uzukni tahorat vaqtida harakatlantirib qo‘ymoq ham odobdir, ammo uzuk tor bo‘lsa, uning ostiga suv tegishi uchun harakatlantirish shart bo‘ladi.
8.   Tahoratdan so‘ng qiblaga yuzlanib tik turgan holatda shahodat kalimalarini va ma’sur duolarni o‘qimoq:

«Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu. Allohumma ij’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatahhiriyn».

(Ma’nosi: «Guvohlik beraman, Allohdan boshqa iloh yo‘q, U yolg‘izdir, Uning sherigi yo‘q va guvohlik beramanki, Muhammad (s.a.v.) Uning bandasi va elchisidir. Allohim, meni tavba qiluvchilardan va poklanuvchilardan qil» (Imom Muslim va Termiziy rivoyatlari).

9. Modomiki, makruh vaqtlar bo‘lmasa, tahoratdan so‘ng ikki rakat namoz o‘qib qo‘yish ham odobdandir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:10:36
Nafl namozlarni o‘qish makruh hisoblanadigan vaqtlar quyidagilar:
1.   Subhi sodiq kirgandan so‘ng to quyosh chiqquncha.
2.   Quyosh chiqishni boshlagandan to bir nayza bo‘yi ko‘tarilguncha, qariyb bu yarim soatga boradi. (Shu paytda namoz o‘qish haromdir. Agar farzni bo‘lsa ham. Hatto bomdodni qazo qilgan odam shu vaqtni o‘tkazibkeyin o‘qiydi... - tarj.)
3.   Kunduzning o‘rtasida, ya’ni quyosh tikkaga kelganda, taqriban bu vaqt peshindan yarim soat oldin bo‘ladi. Bu zavol vaqti, deyiladi. (Shu orada o‘qilgan namoz ham haromdir.)
4.   Asr namozi o‘qib bo‘lingach, to shomgacha bo‘lgan vaqtda nafllar makruhdir.
5.   Quyoshning nuri ketgan vaqtdan to shomgacha o‘qilgan namoz ham haromdir, bu taqriban quyosh botishidan yarim soat oldingi vaqt hisoblanadi. (Ammo o‘sha kunning asrini o‘qimagan bo‘lsa, uni quyoshning yarmi botayotgan bo‘lsa ham o‘qib oladi... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:10:56
Tahoratning makruhlari

Quyidagi ishlar tahoratda makruhi tanzihiy hisoblanadi:
1.   Suvni isrof qilish.
(Hatto uch marta yuvish sunnat bo‘lgan o‘rinlarni ikki marta yoki uch marta yuvganligi o‘rtasida shak qilib qolsa, modomiki, ikki marta yuvgan bo‘lsa ham, uch marta yuvganlikka hisob qiladi. Chunki shu o‘rinda ikki marta bilan kifoyalansa zarari yo‘q, ammo to‘rt marta bo‘lib ketsa, bid’at va isrof hisoblanadi. Endi bundan saqlangan ma’quldir... tarj.)
2.   Suvni o‘ta kam ishlatishlik.
(Hatto yuvish lozim bo‘lgan yerlarga suvning oqib bormasligi va u joylarni nam qo‘l bilan ishqalab, shu bilan kifoyalanish ham makruhdir... -tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:11:06
3.   Suvni yuzga zarb bilan urish.
4.   Ro‘zador odamning burniga va og‘ziga suvni qattiq tortishi ham makruhdir. Chunki bunda ro‘zaning ochilib ketish xavfi bor.
5.   Najosatli o‘rinlarda tahorat olish.
6. Tahorat asnosida zaruratsiz gaplashish.
7. Burunga, og‘izga suv olish va niyatga o‘xshagan ta’kidlangan sunnatlarni tark qilishlik ham makruhdir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:11:30
Tahoratning sifatlari

Tahorat uch qismga bo‘linadi:
1.   Farz - tahoratsiz kishi namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, xoh u nafl bo‘lsin, xoh janoza namozi bo‘lsin yoki tilovat uchun sajda qilmoqchi bo‘lsin yo Qur’oni karimdan bir oyat bo‘lsa ham, ushlamoqchi bo‘lsin, unga tahorat qilish farz bo‘ladi.

2.   Vojib - Ka’bai Muazzamani tavof qilmoqchi bo‘lgan tahoratsiz kishiga tahorat qilish vojib.

3.   Mandub, ya’ni tavsiya qilingan - tahoratsiz kishining uyqudan oldin, uyg‘ongandan keyin tahorat olishi, tahoratli kishining yana tahorat olishi, g‘iybat, chaqimchilik, yomon so‘zlardan, har bir xatodan so‘ng, mayyitni yuvgandan keyin, yana har namozga alohida tahorat olish, junub kishining g‘usl qilishdan, ovqatlanishdan, ichimlik ichishdan, uxlashdan, yana bir bor er-xotinlik qilishdan oldin tahorat olishi, g‘azab kelganda tahorat qilish, chunki g‘azab shaytondan bo‘lib, shayton esa o‘tdan yaratilgandir, o‘t esa suv bilan o‘chiriladi, Qur’on qiroat qilish, hadis o‘qish, shar’iy ilmlardan dars qilish, azon va iqomat aytish, xutba o‘qish, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) qabrlarini ziyorat qilish, Arafot tog‘ida turish, Safo va Marvani sayr qilish uchun qilingan tahorat mandub hisoblanadi. Yana tuya go‘shtini yegandan so‘ng tahorat olish ham mandubdir. Ulamolarga muxolif bo‘lishdan chiqish uchun ham tahorat olish odobdir. Misol uchun ayol kishini ushlash bilan imom Shofe’iy nazdlarida tahorat sinadi, xuddi shuningdek, kaftining ichi bilan o‘z avratini ushlasa ham. Bizning mazhabimizda bu ko‘rinishda tahorat sinmasa ham, yana qayta olish odobdandir. Chunki hamma ulamolarning ittifoqiga ko‘ra qilingan ibodat chiroylidir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:12:07
Tahoratni sindiruvchilar

1.   Kishining orqa va oldi najosat yo‘lidan chiqadigan har qanday narsa tahoratni sindiradi. Ular xoh bavl, xoh yel bo‘lsin, xoh najosat, xoh qurt bo‘lsin, farqi yo‘q. Va yana shu ikki yo‘ldan biriga barmoqning kirishligi yoki orqaga huqna (klizma) qilib chiqarib tashlashlik bilan ham tahorat sinadi.

2.   Badanning qaisi joiidan qon yeki iiring chiqsa-yu, toza joiga yeiilsa ham, tahorat buziladi. (Lekin jarohat katta bo‘lsa-yu, chiqqan qon yoki yiring shu jarohat ichida aylanib yursa, tahorat sinmaydi.)

3.   Og‘iz to‘ldirib qayt qilishlik bilan ham tahorat sinadi. Inson qayt qilganda og‘zi to‘lib gapira olmay qolsa yoki og‘zini berkita olmasa, shu og‘zi to‘lib qayt qilgan, deyiladi. (Og‘zi to‘lmay ozgina qayt qilsa, xuddi kekirgandagidek tahorat sinmaydi.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:12:53
4.   Yoki inson qon qayt qilsa-yu, tupugiga qonning rangi g‘olib bo‘lib qizarsa, sinadi. Ammo tupugining rangi sarg‘aysa, sinmaydi. (Demak, bunda og‘izning to‘lishiga emas, balki tupugining rangiga e’tibor beriladi. Ammo tish qonasa va qonagan yeridan oqib yoyilsa, tahorat sinadi, bu o‘rinda tupugining rangining e’tibori yo‘q. Ko‘pchilik buni chalkashtirib tushunadi. Demak, qon qayt qilganda tupugining rangi qizarganligi e’tibori bilan tahorat sinsa, tish qonaganda shu qonaganlik e’tibori bilan tahorat sinadi. Bu joyiga diqqat qiling!.. - tarj.)

5.   Kishi yonboshlab yoki bir narsaga suyanib uxlasa va shu suyangan narsasi olib qo‘yilganda yiqiladigan darajada bo‘lsa, tahorati sinadi.

6.   Mast bo‘lish, hushdan ketish va yana jinni bo‘lish bilan ham tahorat sinadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:13:21
7.   Ruku’ va sajdasi bor namozda balog‘atga yetgan xoh erkakning, xoh ayolning qah-qah otib kulishi bilan tahorat sinadi. Yonidagi kishi eshitadigan darajadagi kulgi qahqaha, deyiladi. Alloh bilan munojot qilayotganda bu kabi narsalarni qiluvchilarga jazo sifatida ta’zirini berish uchun tahoratni yangilash shart qilinmoqda.

(Kulish uch xil bo‘ladi:
A) Qah-qah otib kulish. Kishining o‘zidan boshqa odamlar eshitadigan darajadagi kulgisi qahqaha, deyiladi. Qahqaha ruku’ va sajdali namozda sodir bo‘lsa, tahorati sinib, namozi ham buziladi.

B) Qiqirlab kulish. Kishi faqato‘zi eshitadigan darajada kulishiga qiqirlab kulish, deyiladi. Ruku’-sajdasi bor namozda qiqirlasa, namozi buziladi, lekin tahorati sinmaydi.

V) Tabassum - bu bilan tahoratham, namoz ham buzilmaydi.
Demak, yosh go‘dak butun, ya’ni ruku’ va sajdali namozda qahqaha bilan kulsa, uning tahorati sinmaydi. Ruku’-sajdasiz namoz bu janozadir. Unda qahqaha bilan kulish durust bo‘lmasa ham, tahoratni sindirmaydi...- tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:13:34
Uzrli kishining tahorati

Uzrli kishi kim? Kishining bavli tomib tursa, ya’ni uni ushlab turishning imkoni bo‘lmasa yoki qorni og‘rib ichi ketayotgan bo‘lsa yo yel chiqib turishi bilan kasallangan bo‘lsa va yoxud istihoza, ya’ni kasallik qoni kelib turgan bo‘lsa, xullas, shunga o‘xshash tahoratni buzib turuvchi narsalarga inson yo‘liqqan bo‘lsa, shu uzri bir vaqt farz namozi mobaynida to‘xtamasa, u kishi uzrli hisoblanadi. Ammo kishining uzri bir vaqt farz namozi mobaynida to‘xtasa, uzrli hisoblanmaydi. Masalan, bir kishining uzri peshinning avvalida boshlangan bo‘lsa va peshinning vaqti chiqib ketguncha to‘xtamasa, shu kishi uzrli hisoblanadi. Kishining uzri asr vaqtining kirishi bilan to‘xtab, to chiqib ketgunicha qaytalamasa, uzrli hisoblanmaydi. Uzrli kishining namozni oxirgi vaqtiga olib borib o‘qishi yaxshidir, bu uning uzri to‘xtab qolish ehtimoli borligi uchundir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:13:44
Uzrli kishining hukmi

Uzrli kishi har bir namozning vaqti uchun tahorat qiladi va shu tahorati bilan o‘sha vaqtda xoh farz, xoh nafl bo‘lsin, istaganicha namoz o‘qishi mumkin. Har bir namozi uchun alohida tahorat qilishi vojib emas. Misol uchun uzrli kishi bomdodni uxlab qolib qazo qilgan bo‘lsa, quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilgach, yangi tahorat bilan bomdodning qazosini o‘qiydi va shu tahorat bilan peshinni ham o‘qiy oladi, modomiki, uzrli yeridan boshqa o‘rinda tahoratni sindiruvchi amal sodir bo‘lmagan bo‘lsa. Demak, uzrli kishining tahorati farz namozini o‘qib bo‘lishi bilan emas, balki vaqtining chiqishi bilan sinadi. Bomdodga qilingan tahorat quyosh chiqishi bilan, iyd namozi uchun qilingan tahorat peshin vaqti chiqishi bilan sinadi. Bir kishi peshinni o‘qib bo‘lib, yangi tahorat olgan bo‘lsa, keyin asr vaqti kirsa, peshinning vaqti chiqqanligi sababli tahorati sinadi va yana asr vaqti uchun alohida tahorat oladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:13:58
Uzrli kishiga vojib bo‘lgan narsalar

Uzrli kishi imkon qadar o‘ziga zarar yetmaydigan darajada uzrini to‘xtatishga yoki kamaytirishga harakat qiladi. Misol uchun istihoza, ya’ni kasallik qoni oqib tursa, uni to‘xtatishga yoki kamaytirishga harakat qiladi. Agar namozni turib o‘qiganda qon oqib ketsa, o‘tirib o‘qiydi. Agar kiyimiga uzr sababidan yetgan najosatni yuvib tashlasa, o‘qiyotgan namozidan forig‘ bo‘lmasdan yana kiyimi najosat bo‘lishini bilsa, uni yuvmasdan o‘sha namozini o‘qib oladi. Ammo namozni o‘qib olguncha kiyimiga najosat tegmasligini bilsa, u najosat tekkan kiyimini yuvib olishi vojib bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:14:51
Tahoratsiz kishiga harom bo‘lgan narsalar

1. Tahoratsiz kishi xoh nafl bo‘lsin, xoh farz bo‘lsin, namoz o‘qishi haromdir.
 
2.   Janoza namozini ham betahorat o‘qish haromdir.

3.   Sajda tilovatini betahorat bajarmoqlik ham haromdir. Chunki sajdada namoz ma’nosi bor.

4.   Tahoratsiz Baytullohni tavof qilish man etiladi. Bunga tavofning farz yoki nafl bo‘lishining farqi yo‘q. Chunki tavof ham namozdir. Faqat unda gaplashishlik muboh qilingandir. Agar bir kishi Baytullohni tahoratsiz tavof qilsa, o‘zi gunohkor bo‘lsa ham, tavofi durust bo‘ladi. Chunki tavof uchun tahoratli bo‘lish shart qilinmaydi, balki u vojibdir.

5.   Tahoratsiz kishining Qur’on kitobining hammasini yoki ba’zisini, agar bir oyat bo‘lsa ham, ushlashi durust emas. Ammo Qur’on kitobining ustida undan ajragan g‘ilofi bo‘lsa, ushlash mumkin bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:17:17
G’usl va uning hukmlari hamda g‘uslni vojib qiluvchi narsalar

Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi va musulmon kishining o‘limi g‘uslni vojib qiladi. Shahid esa bundan mustasno. Kishi shahid bo‘lib o‘lsa, uni g‘usl qilishning hojati yo‘qdir. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, bunga ham g‘usl vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, uning g‘usl qilib olishi vojib emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma’naviy najosatdir, Islom kelishi bilan bu najosat poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum orqali niyat bilan poklanadi. Inson ikki xil holatda junub bo‘ladi:

1.   Erkak yoki ayoldan maniyning lazzat bilan otilib chiqishi sababidan junub bo‘linadi. U xoh uyquda bo‘lsin, xoh uyg‘oq bo‘lsin, farqi yo‘q. Lekin shu shart bilanki, maniy o‘z o‘rnidan lazzat bilan ko‘chgan bo‘lishi kerak. Bir kishida lazzat bo‘lsa-yu, maniy ajrab chiqmasa, u junubli hisoblanmaydi. Ammo lazzati so‘ngach, maniy ajralib chiqsa, u junub hisoblanadi va g‘usl vojib bo‘ladi. Kishidan uning beliga urilganligi yoki bir kasalligi sababli lazzatsiz maniy chiqsa, u junub hisoblanmaydi va unga g‘usl ham vojib bo‘lmaydi. Demak, kishining junub bo‘lishi uchun lazzat sababli maniyning o‘z o‘rnidan ko‘chishi shartdir. Lazzat bo‘lsa-yu, maniy bo‘lmasa, junub hisoblanmaydi. (Ammo bir kishi uyqudan uyg‘ongach, o‘rnida namlik ko‘rsa, uxoh peshob bo‘lsin, xoh maziy bo‘lsin, xoh maniy bo‘lsin, ehtiyotdan g‘usl qilib olishi vojib bo‘ladi. Chunki u uyqudalik holatidagi lazzatni eslay olmasligi mumkindir... - tarj.)

2.   Olat uchi oldin yoki (harom bo‘lsa ham) orqaga kirishi maniy to‘kilmasa-da, ikkala tomonni junub qilib qo‘yadi va ularga g‘usl qilish vojib bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:27:04
G’uslni vojib qilmaydigan narsalar

1.   Maziyning chiqishi bilan g‘usl vojib bo‘lmaydi. Maziy - suyuq, oq suv hisoblanadi, shahvat vaqtida shiddatsiz chiqadi. Maniy esa shiddat bilan otilib chiqadi. Maziy erkaklardan ko‘ra ayollarda ko‘proq uchraydi. Goho uning chiqib qolganligi ham sezilmaydi. Demak, maziy tahoratni buzsa-da, g‘uslni vojib etmaydi.

2.   Vadiyning chiqishi bilan ham g‘usl vojib bo‘lmaydi. Vadiy - oq, xiralangan, yopishqoq, hidsiz suyuqlikdir. U bavlning orqasidan keladi.

3.   Bir shaxs xoh ayol bo‘lsin, xoh erkak bo‘lsin, uyqusidami yoki xayolidami ehtilom bo‘lib lazzatni sezdi-yu, lekin namlikni ko‘rmadi, shu holatda ham g‘usl vojib bo‘lmaydi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:27:46
G’uslning farzlari

G’uslning farzlari uchtadir:

1.   Og‘izga suv olib chayqamoqlik - mazmaza.

2.   Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik - istinshoq.

3.   Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik. Badanning hamma yeriga bir marta suv yetkazmoqlik vojibdir. Agar badanning ozgina joyiga suv yetmay qolsa ham, g‘usl durust bo‘lmaydi. Yana jasaddagi chuqurchalarga, ya’ni kindik va shunga o‘xshash a’zolarga ham suv yetishi shart. Va yana g‘usl qilishdan oldin badandagi har qanday suvni to‘suvchi xamir, yog‘, ko‘z atrofiga yig‘ilib qoladigan kir, burunning kiri, ba’zi ayollar tirnoqlariga qo‘yadigan lakka o‘xshash narsalarni ketkazish lozimdir. Agar qimirlatmasa, ostiga suv yetmaydigan uzuk, bilaguzukka o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni ham aylantirib suv yetkazish kerak. Ayollarga o‘rilgan sochlarini yechib, hammasini ho‘l qilish shart bo‘lmaydi. Balki sochning asli chiqqan joyini ho‘l qilishlari kifoya bo‘ladi. Ammo erkaklarning sochlari o‘rilgan bo‘lsa ham yechib, hammasini ho‘l qilishlari farz bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:28:24
G’uslning sunnatlari

1. Niyat bilan boshlamoq. Niyat esa qalb bilan qilinadi. Ulamolar qalbning niyatini til bilan nutq qilish orqali tasdiqlashni chiroyli sanashdi. Shuning uchun ham agar avratlari berk bo‘lsa, junublikdan poklanish uchun g‘usl qilmoqlikni niyat qildim, deb aytadi. Albatta til bilan zikr qilish sunnat emas. Balki yuqorida aytganimizdek, ulamolar chiroyli sanashgan amaldir.

2.   G’uslning boshida «Bismillah...»ni aytmoq.

3.   G’uslni ikki qo‘lni bilagigacha yuvmoqlikdan boshlamoq.

4.   Qo‘lni yuvib olgach, farjini yuvmoqlik va g‘uslni boshlashdan oldin badandagi najosatlarni ketkazmoq.

5.   G’uslni namozdagidek tahorat olish bilan boshlamoq.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:28:45
5.   Badandan oldin boshni uch marta yuvmoq. Aslida birinchisi farz, ikkinchi va uchinchisi sunnat bo‘ladi.

6.   Ishqalashlik.

7.   Avval badanni o‘ng tomonidan yuvib, so‘ng chap tomonni yuvmoqlik.

9.   Har ikki tomonni ham uch martadan yuvmoq. Va yana tahoratdagi sunnatlarning hammasi g‘uslda ham sunnatdir.
Kishining g‘uslda avratlari ochilganligi sababli unga birovning nazari tushmaydigan yerda yuvinmoqligi mahbub hisoblanadi. Ayollarning ham o‘zaro bir-birlariga nazarlari tushmaydigan yerda g‘usl qilishlari, hatto g‘usl vaqtida o‘z onasi yoki singlisi va yo qizining nazarlaridan holi yerda cho‘milmoqliklari mustahabdir.

Tahoratda makruh qilingan narsalar g‘uslda ham makruh hisoblanadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:28:59
Rasulullohning (s.a.v.) g‘usllari

Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, avval ikki qo‘lni yuvishdan boshlardilar. Keyin o‘ng qo‘llari bilan chap qo‘llari ustiga quyib, undagi suv bilan farjlarini yuvar edilar. Keyin namozga tahorat olgandek tahorat qilardilar. So‘ngra qo‘llarini suvga tiqib ho‘llab, sochlarining oralariga panjalarini kirgizib ishqar edilar».

Boshqa rivoyatda quyidagicha aytiladi: « Rasululloh (s.a.v.) suv quyishni avval o‘ng tomondan, keyin chap tomondan boshlardilar. Hatto sochlarining hamma joyiga suv tekkanini ko‘rsalar, yana hovuchlab suv olardilar-da, jasadlari ustidan uni quyardilar. Keyin ikki oyoqlarini yuvardilar» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:29:28
G’uslning turlari

1. G’usl qilishlik farz bo‘lgan holatlar:
A) Janobatdan poklanish uchun qilingan g‘usl;
B) Hayz va nifos qoni to‘xtagandan so‘ng qilingan g‘usl;
V) Musulmon mayyitning g‘usl qildirilishi.

2.   G’usl qilishlik sunnat bo‘lgan holatlar:
A) Juma va ikki iyd namozlari uchun (kunlari uchun emas, balki juma va iyd namozlari uchun g‘usl qilgan kishi) tahorati sinmay turib, shu g‘usl bilan namozni o‘qishi sunnatdir;
B) Haj yoki umra uchun ehrom bog‘lashdan oldingi g‘usl;
V) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usllar sunnat hisoblanadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:36:21
3.   G’usl qilib olishlik mustahab bo‘lgan holatlar:
A) Jinni sog‘ bo‘lsa, hushidan ketgan o‘ziga kelsa, mast kishining mastligi ketsa, g‘usl qilib olish mustahabdir;
B) Sha’bon oyidagi badr kechasida, arafa kechasida, qadr kechasida g‘usl qilib olish ham mandub amaldir;
V) Yana qurbonlik kunining subhida Muzdalifa tog‘ida turgan kishiga, shaytonga tosh otish uchun qurbonlik kunida Mino tog‘iga chiqadigan kishiga, Ka’bai Muazzamani ziyorat qiladigan kishiga, oy yoki quyosh tutilganda va yomg‘ir talab qilinganda o‘qiladigan namozni o‘quvchi kishiga, Madinai Munavvaraga kiradigan kishiga ham g‘usl qilishlik odob hisoblanadi. Yana odamlar jamoasiga kiruvchiga, yangi libosni kiygan kishiga, mayyitni yuvgan g‘assolga, gunohidan tavba qilgan insonga, safardan qaytganga, istihoza qoni to‘xtagan ayolga, musulmon bo‘lganlarga ham g‘usl qilib olish odobdir.

(Mana shu holatlarda g‘usl qilish odob hisoblanadi, deyishlik bilan shu o‘rinlarda g‘usl qilmaslik odobsizlik, degan ma’no maqsad qilinmaydi... -tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:37:52
G’usl vojib bo‘lgan kishi bajarishi harom bo‘lgan amallar

Kichik tahoratsizlik holatidagi kishiga mumkin bo‘lmagan amallar katta tahoratsizlik holatidagi kishiga ham bajarish man qilindi. Va yana shu bilan birga g‘usl vojib bo‘lgan kishiga Qur’oni karimni xoh yoddan bo‘lsin, xoh qarab o‘qishlik hamda masjidga kirishligi ham harom hisoblanadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:38:17
Oyoq kiyimiga mash tortish

Dinimiz Islomda insonlar uchun osonlashtirilgan amallardan biri tahoratda oyoqni yuvish o‘rniga oyoq kiyimiga, ya’ni mahsiga mash tortishdir. Ammo g‘usl vojib bo‘lgan kishi oyoq kiyimini yechib yuvadi.

Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh (s.a.v.): «Musofir (oyoq kiyimiga) uch kecha-kunduz mash tortadi, muqim esa bir kecha-kunduz», deb aytdilar.

Hasan Basriy aytdilar: «Rasulullohning (s.a.v.) sahobalaridan yetmish kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) oyoq kiyimlariga mash tortganlarini ko‘rishganligi haqida rivoyat qilishadi. Mahsiga mash tortmoqlik joiz ekanligini tasdiqlashlik ahli sunna val jamoatning e’tiqodidandir. Shuning uchun Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit (r.a.): «Kimda- kim mahsiga mash tortishni inkor qilsa, uning kufrga tushish xavfi bor, chunki mahsiga mash tortishlik haqidagi rivoyatlar ma’nan mutavotir darajaga yetgan. Agar mahsiga mash tortish bo‘lmaganda, u haqda ixtilof ham bo‘lmas edi va biz ham mash tortmagan bo‘lar edik», deb aytdilar».
Abu Yusuf: «Mahsiga mash tortishlik haqida kelgan rivoyatlarga o‘xshash rivoyatlar hatto Qur’on oyatini nasx qilishi mumkin», deb aytadilar.

(Abu Dovud (r.a.) qilgan rivoyatda Ali (r.a.): «Agar dinda aqlga suyanilsa, mahsining usti tomonidan ko‘ra, osti tomoniga mash tortish to‘g‘ri bo‘lardi, lekin men Rasuli akramning (s.a.v.) mahsilarining usti tomoniga mash tortganlarini ko‘rganman», deganlar...- tarj.)

Mahsi, deb oyoqning oshig‘ini berkitadigan oyoq kiyimiga aytiladi. Demak, oyoq kiyimiga mash tortishlik shariatimizda joizdir. U erkak va ayol uchun barobar, ularga xoh safarda bo‘lsin, xoh muqimlikda qishin-yozin mash tortish ruxsat etiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 06:40:37
Mahsiga mash tortish shartlari

1.   Oyoqning oshiqlarini berkitgan bo‘lmoqligi.

2.   Oyoqning kichik barmoqlaridan uchtasi ko‘rinadigan miqdorda yirtiq bo‘lmasligi.

3.   Yurgan vaqtda oyoqdan yechilib ketadigan darajada bo‘lmasligi.

4.   Suv o‘tmaydigan bo‘lishi. Bugungi kundagi paypoqlarga mash tortish joiz emas.
 
(To‘g‘ri, Rasululloh (s.a.v.) javrabga mash tortganlar, lekin javrab hozirgi kundagi paypoqlarga o‘xshagan narsa emas. Balki u bilan safarga chiqsa, yaraydigan va suv kirib ketmaydigan oyoq kiyimi bo‘lgan. Bugungi paypoqlarga mash tortilsa, namlik oyoqqa o‘tib ketadi. Shu sababli ham ularga mash tortish durustemas, lekin javrabga mash tortishlikjoiz... - tarj.)

5.   Kamida bir farsah miqdoridagi yo‘l yurish bilan yirtilib ketadigan bo‘lmasligi ham shart. Bir farsah taqriban sakkiz kilometrni o‘z ichiga oladi.

6.   Mahsini to‘la tahoratli holda kiygan bo‘lmoqligi ham shart qilinadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:23:09
Mash tortishning farzlari

Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silamoqlik mashning farzidir. Oyoqning ostiga yoki yonlariga mash tortish durust emas.

(Mash tortishlik sunnat amal hisoblansa ham, uning ichida xuddi sunnat namozlarining ichida farzlar bo‘lganga o‘xshagan farzi bor... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:23:54
Mash tortishning sunnat ko‘rinishi

Qo‘llarni ho‘llab, o‘ng qo‘lning barmoqlarini o‘ng qadamning ustiga, chap qo‘lning barmoqlarini chap qadamning ustiga tekkizib qo‘yadi va ikki qo‘lini ham to‘pig‘igacha tortadi. Barmoqlar orasi bir oz ochiq bo‘ladiki, hatto qadamlarda mashdan so‘ng chiziqlar hosil bo‘lsin.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:26:21
Mash tortib yurish muddati

Muqim uchun mash tortib yurish muddati bir kecha-kunduz, ya’ni yigirma to‘rt soat bo‘lsa, musofir uchun uch-kecha kunduz, ya’ni yetmish ikki soat hisoblanadi. Bu vaqt tahorat singandan boshlab e’tiborga olinadi. Misol uchun bir kishi subhda tahorat oldi-da, mahsini kiydi va shu tahorati peshinda sindi. Demak, bunda u yangi tahorat qiladi, oyog‘iga mash tortadi va keyingi kunning peshin namozigacha oyog‘iga mash torta oladi, agar musofir bo‘lsa, uchinchi kunning peshinigacha mash tortishi mumkin.

Musofir, deb piyodaning o‘rtacha yurishi bilan uch kunlik yo‘lga qasd qilib chiqqan kishiga aytiladi. U taqriban sakson bir kilometrlik yo‘ldir.

Agar muqimning mash muddati tugamay, safarga chiqsa, uning mash tortish muddati musofirning mash tortish muddatiga aylanadi. Musofir bir kun o‘tib uyiga qaytsa, mahsisini yechib oyog‘ini yuvadi. Chunki mash tortish muddatning oxirgi vaqtiga qarab e’tibor qilinadi. Har tahorat singanda yangidan mash tortiladi. Mash tortmasdan o‘qilgan namoz qaytadan o‘qiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:26:37
Mashni buzuvchi amallar

1.   Tahoratni buzuvchi har bir amal mashni ham buzadi.
2.   G’usl vojib bo‘lgan kishilarga junub, hayz yoki nifos holatida mash tortish durust emas, balki ular oyoq kiyimini yechib yuvishadi.
3.   Bir qadamning aksar qismi mahsining to‘piqqacha bo‘lgan yeridan chiqib ketsa ham, ikki oyoq yechib yuviladi.
4.   Mash muddati tugasa ham, oyoq yechib yuviladi.

(Bir oyoq kiyimidagi yirtiqni jamlaganda oyoqning kichik barmoqlaridan uchtasi ko‘rinadigan miqdorga yetsa, u yechib yuviladi. Ammo ikki oyoq kiyimidagi yirtiqlar jamlanmaydi...- tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:26:54
Jarohatga mash tortish

Insonning biror a’zosi sinsa yoki kesilsa, ustidan taxtakach yo biror dori qo‘yib bog‘lansa, uni yechib yuvish og‘riqni kuchaytirsa yoxud davoni kechiktirsa, tahorat vaqtida shu jarohat bog‘langan joy ustiga mash tortiladi. Mahsiga mash tortishlik faqat tahoratda ruxsat qilingan bo‘lsa, jarohatga mash tortishlikka tahoratda ham, g‘uslda ham ruxsat etiladi. Mahsiga mash tortishning muqim va musofir uchun alohida muddati bor edi, lekin jarohatga tortiladigan mashning muddati belgilanmagan, modomiki, jarohatga suv tegsa, zarar bo‘lar ekan, u tuzalguncha mash tortish durust bo‘ladi. Mash jarohatning aksariga tortish bilan bo‘ladi, uning hamma yeri mash qilinishi shart emas. Jarohatga tortilgan mash yuvganning o‘rniga o‘tadi. Jarohatning bog‘ichini almashtirgan vaqtda yangidan mash tortib qo‘yish shart qilinmasa-da, lekin afzal hisoblanadi. Agar jarohat yechilganda tuzalmagan bo‘lsa, mashni davom ettiradi. Ammo jarohat yechilganda tuzalgan bo‘lsa, uning o‘rnini yuvish vojib bo‘ladi. (Agar jarohat sababidan boshqa a’zolarga ham suv tegishi zarar bo‘ladigan bo‘lsa, endi ukishi tayammum qiladi...- tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:27:25
Tayammum va uning hukmlari

Biz yuqorida bildikki, namoz o‘qish, Qur’onni ushlash, masjidga kirish va shu kabi ibodatlar tahoratsiz yoki g‘uslsiz durust bo‘lmaydi. Tahorat yoki g‘usl esa o‘zi pok va poklovchi suv bilan qilinadi. Islomning bag‘rikengligi va yengilliklaridan yana biri pok suv yo‘q yoki suv bor-u uni ishlatish mumkin bo‘lmagan vaqtda musulmon kishining Rabbisiga qiladigan ibodati barakotidan, uning foydalaridan va yakka Allohga qilingan ibodat sababli hosil bo‘ladigan ruhiy ozuqadan mahrum qilib qo‘ymaslik uchun tahorat yoki g‘usl o‘rniga tayammum joriy qilindi. Alloh taolo shunday deydi: «Agar suv topa olmasangiz, pokiza tuproq bilan tayammum qilib, yuz va qo‘llaringizga surtinglar» (Niso surasi, 43-oyat).

Tayammum, deb tahorat niyati bilan yer jinsidan bo‘lgan pok narsaga qasd qilib, yuzga va ikki qo‘lga tirsaklari bilan qo‘shib mash tortmoqlikka aytiladi.

Sa’iyd, deb yer jinsidan bo‘lgan kesak, tosh, qumga o‘xshash narsalarga aytiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:28:15
Tayammum qilish lozim bo‘lgan sabablar

1.   Yarim soatlik yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi. Bu taxminan ikki chaqirimni tashkil etadi, bir chaqirim to‘qqiz yuz metrdir.
2.   Kasallikdan yoki uning ziyoda bo‘lishidan va yo davoning sekinlashidan tashvish bo‘lsa.
3.   Suv o‘ta sovuq bo‘lib, isitadigan sharoit bo‘lmasa va shu suv insonga aziyat yetkazib qo‘yadigan darajada bo‘lsa.
4.   Agar suvda tahorat qilsa-yu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni chanqab, halokatga uchrashi xavfi bo‘lsa.
5.   Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha iyd yoki janoza namozlari o‘qib qo‘yilishi ehtimoli bo‘lsa ham, tayammum qilinadi. Chunki bu namozlar qazo bo‘lsa, o‘rniga o‘qiladigan namoz yo‘q. Ammo juma namoziga yeta olmasligini bilsa ham, tahorat qiladi, chunki agar juma qazo bo‘lsa, uning o‘rniga peshin o‘qilishi mumkin. Agar namoz qazo bo‘lishi ehtimoli yuzaga chiqsa, vaqtni ehtirom qilish yuzasidan tayammum bilan o‘qishi joiz. Lekin baribir tahorati yo‘q bo‘lsa, tahorat olib yoki junublik yetgan bo‘lsa, g‘usl qilib qaytadan o‘qiydi. Chunki tayammum qilishga sabab mavjud emas.

(Quduqda suv bor-u, lekin uni chiqarib olishga asbob yo‘q, bu o‘rinda ham tayammum qilinadi. Ammo suvni chiqarishga asbob bo‘lsa, tayammum qilinmaydi, agar jamoat ko‘p bo‘lib, har birlari tahorat olgunlaricha namoz vaqti chiqib ketsa ham. Chunki buholatda ham tayammum qilishga sabab topilmayapti. Suv bor yerda dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa ham, tayammum qilinadi... -tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:29:06
Tayammumning shartlari

1.   Niyat qilmoq shart. Aslida tuproq kir ketkazuvchi narsa emas, balki o‘zi kir qiluvchi narsadir. Shu sababli tayammumda niyat shart. (Suv o‘zi poklovchi narsa bo‘lganligi uchun tahoratda niyat qilish farz emas. Ya’ni, niyatsiz tahorat qilib qo‘ygan kishining tahorati qabul bo‘ladi, lekin sunnatni tark qilgan bo‘ladi. Ammo tayammum niyatsiz qilinsa, farzni tark etgan bo‘ladi va betahoratliqdan chiqmaydi. Zero, tayammumning asl ma’nosi qasd bo‘lib, musulmon kishi suv topa olmasa, mana shuqasd bilan poklanadi... - tarj.)
2.   Tayammum qilish uchun yuqorida sanab o‘tilgan sabablardan birining bo‘lmoqligi ham shart.
3.   Tayammum qiluvchining a’zolarida mashni to‘sadigan uzuk va bilaguzukka o‘xshash narsalarning bo‘lmasligi ham shart.
4.   Tuproq, qum va toshga o‘xshash yer jinsidan bo‘lgan pokiza narsani qasd qilmoqlik ham shart. Agar toshning ustida chang bo‘lmasa ham zarari yo‘q, balki uning yer jinsidan hamda pok bo‘lishining o‘zi kifoya qiladi.
5.   Yuz va qo‘llarda joy qoldirmasdan mash tortishlik ham shart qilinadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:29:37
Tayammumning ruknlari

Ular ikkitadir:
1.   Yer jinsidan bo‘lgan pok narsaga qasd qilib, qo‘lning kafti bilan ikki zarb urmoqlik;
2.   Birinchi zarbdan so‘ng qo‘lga, ikkinchi zarbdan so‘ng esa yuzga mash tortmoqlik.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:30:06
Tayammumning sunnatlari

«Bismillah...»ni aytmoq, zarbni kaftning ichi bilan qilmoq, qo‘ldagi changlarni silkitib tashlamoq, tartib bilan qilmoq, ya’ni avval yuzga mash tortib, keyin qo‘lga mash tortmoq, ketma-ket qilmoq, ya’ni niyat qilib tayammumni boshlagach, to tugaguncha boshqa amalni qo‘shmaslik, soqol va barmoqlar orasiga xilol qilmoqlik, keng uzuk bo‘lsa, uni qimirlatib ostiga mash yetkazmoq, ammo uzuk tor bo‘lsa yoki soatga o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni tayammumdan oldin yechib qo‘yish kerak, chunki ularning ostiga mash yetmaydi, mashni o‘ng qo‘ldan boshlamoq, bularning hammasi sunnat hisoblanadi.

Kaftlarning ichini yer jinsidan bo‘lgan pok narsaga bir zarb uradi va qo‘lning orqa-oldini aylantiradi, so‘ng qo‘lini siltab, yuziga tahoratda yuviladigan yeriga hech bir joy qoldirmay mash tortadi. Keyin yana qo‘lini ikkinchi bor zarb uradi, yuqoridagi ko‘rinishda aylantirib, changlarini qoqadi va ikki qo‘lining tirsagigacha qo‘shib kafti bilan mash tortadi. Mana shu tayammum bilan nafl va farz namozlaridan xohlaganicha o‘qiy oladi va tahoratli kishi hukmida bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:30:42
Tayammumni buzuvchi narsalar

1.   Tahoratni buzuvchi har bir narsa tayammumni ham buzadi.
2.   Agar kishi suv yo‘qligi sababli tayammum qilgan bo‘lsa, suvni ko‘rishi bilan tayammumi  buziladi.
3.   Suvni ishlatishga ojiz bo‘lgan kishining unga qodir bo‘lishi bilan ham tayammum buziladi. Agar bir kishi junub bo‘lib tayammum qilgan bo‘lsa, so‘ng unda kichik tahoratni buzadigan narsalar sodir bo‘lsa, yana u junub holatiga qaytib qolmaydi, balki u kichik  tahoratsizlik hukmida bo‘lib, unga yoddan Qur’on o‘qish, masjidga kirish kabi amallar joiz  bo‘ladi. Ammo kishining tayammumi katta tahoratsizlik sodir qiladigan amallar bilan buzilgan bo‘lsa, to u tayammum qilmaguncha junub hukmida hisoblanib, Qur’on o‘qish, masjidga kirish va shularga o‘xshash junub kishiga joiz bo‘lmagan amallar bunga ham durust bo‘lmaydi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:30:53
Tayammumga ham, tahoratga ham qodir bo‘lmagan kishi bajaradigan narsa

Kishi hibs qilinganligi yoki kasalligi va shunga o‘xshash holatlar tufayli suvga ham, yer jinsidan bo‘lgan pokiza narsaga ham qodir bo‘lmasa, namoz vaqti kirganda o‘zini namoz o‘qiyotganga o‘xshatib qiyom turadi, ruku’ qiladi, sajda qiladi, qa’da o‘tiradi va salom beradi. Faqat shu holatda namozni niyat qilmaydi va qiroat ham qilmaydi, u xoh katta tahoratsizlikda bo‘lsin, xoh kichik tahoratsizlikda bo‘lsin, farqi yo‘q.

Uning bunday qilishi namoz vaqtining hurmatidandir. Ammo, qachonki, suvga yoki tayammum qilishga qodir bo‘lsa, namozlarini qaytarib o‘qiydi. Chunki oldingi namozlarida niyat va qiroat bo‘lmagani uchun namoz hisobiga o‘tmaydi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:31:58
Hayz va nifos

Ko‘pincha qizlar o‘n uch yoshga kirganda, ba’zan undan oldinroq ham qon ko‘rishadi. Uning nomi shariatda hayz, deyiladi. Qizlar shundan so‘ng taklif yoshiga yetgan hisoblanadilar va ularga namoz, ro‘za va shu kabi ibodatlar farz bo‘ladi. Bu holat kamida to‘qqiz yoshda ham ko‘riladi. Hayzdan boshqa yana nifos, istihoza qonlari ham bor. Bularning bayoni kelgusi boblarda keladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:32:11
Hayz

Hayz - balog‘atga yetgan, sog‘lom, homilasiz, homila ko‘rishdan umidini uzmagan ayollarning raxmidan (bachadonidan) keladigan qondir. Ayollar ko‘pincha ellik besh yoshdan so‘ng homila ko‘rishdan umidsiz, deyiladi. U umidsizlik yoshidan keyingi ko‘rilgan qon istihoza qoni hisoblanadi. Bu haqda hali to‘xtalamiz. Hayz ko‘pincha har oyda bir marta ko‘riladi. Uning eng ozi uch-kecha kunduz, ko‘pi esa o‘n kun bo‘ladi. Shu kunlar orasida qonning to‘xtamasdan kelib turishi shartmas, balki orada bir-ikki soat to‘xtab, yana kelishi mumkin. Mana shu qonning to‘xtashi hayzning hukmini botil qilmaydi. Albatta hayz avvalgi va oxirgi vaqti bilan e’tiborga olinadi.

Agar hayz ko‘ruvchining odati bo‘lsa va unga ziyodalik qo‘shilsa, to o‘n kungacha qo‘shilgani hayz hisoblanib boraveradi. Chunki odat o‘zgarishi mumkin, ammo odatidan ziyoda bo‘lgan qon o‘ninchi kundan ham o‘tib ketsa, u o‘z odatini hayz hisoblab, undan ortganini istihoza qonga hukm qiladi va tahoratini qilib, odatidan ortgan kunlardagi namozlarining qazosini o‘qiydi. Demak, odatidan ziyoda bo‘lib o‘n kungacha to‘xtasa, odatim o‘zgaribdi, deydi, ammo o‘n kundan ham ziyoda bo‘lib ketsa, o‘z odatida qoladi va undan ortgani hayz hisoblamaydi. Ayol kishi hayz kunlarida qizil, sariq va loyqalikni ko‘rsa, hatto hech narsa aralashmagan xolis oqlikni ko‘rguncha hayzli hisoblanadi. Xolis oqlik hayz to‘xtagandan so‘ng chiqadigan narsa bo‘lib, xuddi u shilimshiq burun suviga o‘xshaydi yoki xolis oqlik, deganda ayollarning o‘zlari qo‘yib olgan paxtalariga aytiladi. Agar shu paxta xolis oq bo‘lsa, demak, hayz to‘xtagan bo‘ladi. Ikki hayz o‘rtasidagi kunlar poklik kunlari, deyiladi. Shu poklik kunlari kamida o‘n besh kun bo‘ladi. Ko‘pining esa chegarasi yo‘qdir. (Ayollarning umuman hayz ko‘rmay yuradiganlari ham bo‘lishi mumkin... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:32:27
Nifos

Farzand tug‘ilgach, undan keyin keladigan qonga nifos, deyiladi. Ammo farzand ona qornidaligida keladigan qon nifos hisoblanmaydi, balki u tahoratni sindiruvchi qon bo‘lib, bunday qon ko‘rgan ayol tahoratini yangilaydi-da, tahoratli ayollarga qaysi amal durust bo‘lsa, bunga ham shu amal durust bo‘ladi. Nifosning kelish muddati ko‘pi bilan qirq kun bo‘lsa, ozining chegarasi yo‘q, ya’ni farzand tug‘ilib umuman qon ko‘rmaydigan ayollar ham bo‘ladi. Nifos qoni kelayotgan kunlar orasida bo‘ladigan poklik agar o‘n besh kun va hatto undan ortiq bo‘lsa ham, nifos qoni, deb hisoblanadi. Nifos ayolning odatidan ziyodalashsa va qirq kungacha to‘xtasa, demak, odati o‘zgaribdi. Ammo odatidan oshib, hatto qirq kundan ham ziyodalashib ketsa, u ayol odatigacha bo‘lgan holatni nifos holati, deb, undan ortganini xuddi yuqoridagi hayz masalasiga o‘xshab, poklikka hukm qiladi. Hayz va nifos holatidagi ayollar namozni ham, ro‘zani ham tark qilishadi, pok bo‘lganlaridan so‘ng esa ro‘zaning qazosini tutib berishadi, namozning qazosini o‘qishmaydi. Chunki bunda insonga mashaqqat bor. Islom dini insonga toqatidan ortiq narsani buyurmaydi.

Hayz holatidagi ayol o‘zining uzrli ekanligini eridan berkitmasligi lozimki, hatto eri unga yaqinlik qilib qo‘ymasin yoki buning aksi, ayol o‘zi pok bo‘la turib eri uni to‘shagiga chaqirganda yolg‘ondan uzrliman, deb eridan bosh tortishi ham durust emas. Mana shu ikki sifatning biri bilan sifatlangan ayolga Alloh taoloning la’nati bo‘lishi haqida hadislar vorid bo‘lgan. Muslima, muxlisa ayollarimiz bundan ogoh bo‘lishlari lozim.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:32:41
Istihoza qoni

Uch kundan oz muddat keluvchi qon, hayz kunlarining o‘n kunidan oshganda kelgan qon, nifos kunlarning qirq kunidan ziyoda bo‘lganda keluvchi qon, homilador ayol ko‘radigan qon, bularning bari istihoza, ya’ni kasallik qoni, deyiladi. Birinchi bor hayz ko‘ruvchining hayz muddati o‘n kun deb e’tiborga olinadi va uning poklik muddati har oyda o‘n besh kun deb hisoblanadi. Hayzning o‘n kunlik muddatidan keyin keladigan qon istihoza qoni, deyiladi. Chunki hali bu ayolning odati ma’lum emas. Xuddi shuningdek, birinchi bor nifos ko‘rayotgan ayolning nifos muddati (agar qon qirq kundan o‘tib ham to‘xtamasa) qirq kun deb belgilanadi va undan oshgani istihoza qoni, deyiladi. Istihoza qoni uzrli kishining burnidan doimiy oqib turgan qoniga o‘xshaydi. U namoz, ro‘za va jimoni man qilmaydi. Istihoza qoni kelib turgan ayolning hukmi uzrli kishining hukmida bo‘ladi. Uzrli kishilarning bayoni yuqorida o‘tdi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:32:53
Hayz, nifos holatida harom bo‘lgan amallar

Hayz bilan nifos katta tahoratsizlik, ya’ni janobat hisoblanib, junub kishiga nima amal harom bo‘lsa, hayz va nifos holatidagi ayolga ham shu amallar harom bo‘ladi. Va yana bundan boshqa quyidagi amallarni ham qilish durust emas:

1.   Xoh farz bo‘lsin, xoh nafl bo‘lsin, ro‘za tutishi durust emas. Ammo pok bo‘lgach, ramazon ro‘zasining qazosini tutib beradi. Namozning qazosini esa, yuqorida aytganimizdek, o‘qimaydi. Ayollar hayz yoki nifos holida zaiflashadilar, ro‘za ham insonni zaiflashtiradi. Ikki zaiflikni jamlashda badan sog‘ligiga xatar bor. Shariat esa sog‘likka zarar qiladigan narsalardan insonlarni muhofaza qilgan.
2.   Hayz va nifos holida er bilan yaqinlik qilish ham durust emas. Hayz va nifosning muddati tugagach, hali g‘usl qilmasdan turib eri bilan yaqinlik qilsa bo‘ladi. Lekin g‘usl qilib olib, so‘ng yaqinlik qilsa, afzal hisoblanadi.
3. Hayz yoki nifosli ayolning kindigi va tizzasi orasidan foylanish ham durust emas, lekin ishtonga o‘xshash to‘suvchi narsasi bo‘lsa, uning ustidan foydalanish mumkin.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:33:19
NAMOZ KITOBI

Namozning ko‘rinishi


Namoz o‘qimoqchi bo‘lgan kishining kiyimi, badani va namoz o‘qiydigan o‘rni najosatlardan pok bo‘lishi lozim. Shu bilan birga katta va kichik tahoratsizlikdan, ya’ni junublik va betahoratlikdan ham pok, avratlari esa yopiq holatda bo‘lmog‘i kerak. Agar namoz vaqti kirsa, azon aytiladi, so‘ng sunnat namozlari o‘qilib, orada farzga turiladi, qiblaga yuzlangan holda o‘qimoqchi bo‘lgan namozga niyat qilinadi.

Birinchi rakatga «Allohu akbar», deb qo‘l quloq barobariga ko‘tarilgan holda kirishiladi. Barmoqlarning oralari esa bir oz ochiq, kaftning ichi qiblaga qaragan bo‘ladi. So‘ng o‘ng qo‘l bilan chap qo‘lining bo‘g‘inidan ushlab, ikkisi kindik ostiga tushiriladi va qiyom holda sajda qilinadigan o‘ringa qarab turib, maxfiy ushbu duo o‘qiladi:

«Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la ilaha g‘oyruk». (Ma’nosi: «Ey Rabbim, Senga hamd aytish bilan Seni aybu nuqsonlardan poklayman. Sening isming muborakdir. Azamating oliydir. Sendan boshqa iloh yo‘qdir».)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:33:37
Keyin:
«A’uzu billahi minash shaytonir rojiym, Bismillahir rohmanir rohim» , deb, so‘ng oshkor qilib o‘qiladigan namozlarning avvalgi ikki rakatida Fotiha surasi jahriy o‘qiladi. Imomga iqtido qilgan kishi sanoni aytgandan so‘ng «A’uzu...», «Bismillah...»ni va Fotihani o‘qimaydi. Imom Fotihani o‘qib bo‘lgach, maxfiy qilib «omiyn», deydi, iqtido qilganlar ham «omiyn»ni maxfiy aytishadi. Fotihadan so‘ng kamida uch oyat miqdorida Qur’oni karimdan tilovat qilinadi. Jahriy o‘qiladigan namozlarda buni ham oshkor qilib o‘qiydi. Jahriy namozlar quyidagilar:
1.   Bomdod;
2.   Shomning avvalgi ikki rakati;
3.   Xuftonning avvalgi ikki rakati;
4. Juma;
5.   Ikki hayit namozlari;
6.   Ramazondagi vitr va taroveh namozlari.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:34:22
So‘ng «Allohu akbar», deb ruku’ qiladi, ikki kafti bilan tizzasining ko‘zini ushlab, boshi bilan belini bir tekis qiladi va xotirjam holda uch marta «Subhona Rabbiyal ‘azim» («Ulug‘ Rabbim pokdir»), deydi. Ruku’ holida ikki qadamining ustiga qarab turadi. So‘ng belini ko‘tarib, «Sami’allohu liman hamidah» («Unga hamd aytgan kishini Alloh eshitdi»), deya tik turadi. Tik turgach esa, «Robbana lakal hamd» («Ey Rabbimiz, maqtov faqat Sen uchundir»), deydi. Yolg‘iz namoz o‘quvchi kishi ikkisini ham aytadi. Imom esa avvalgisi bilan kifoyalansa, iqtido qiluvchi keyingisining o‘zini aytadi. Ruku’dan qaytib, oz fursat xotirjam holda tik turiladi. Keyin takbir aytib sajdaga yiqiladi, yerga avval tizzalar, keyin kaftlar, so‘ng burun, oxiri peshona qo‘yiladi. Tirsaklarni yerga va ikki biqiniga tekkizmasdan, imkon boricha har bir a’zoni, xususan, oyoq barmoqlarini qiblaga yuzlantirib, xotirjam holda «Subhana Rabbiyal a’lo» («Oliy Rabbim pokdir»), deb uch marta aytadi. Keyin takbir aytib, sajdadan bosh ko‘taradi va chap oyoqni to‘shab, o‘ng oyoqning kaftini tik qilib, barmoqlarni qiblaga yuzlantirgan holda o‘tiradi, ikki qo‘l kaftlarining uchi tizza barobarida bo‘ladi, undan osilib tushib ketmaydi va tizzaga yetmay ham qolmaydi. Shu o‘tirgan holda xotirjamlik bilan « Rabbig‘firliy varhamniy » («Rabbim, meni kechirgin va menga rahm qilgin»), deydi. So‘ng ikkinchi sajda ham avvalgisidek qilinadi. Keyin bosh «Allohu akbar» («Alloh ulug‘dir»), deb ko‘tariladi, o‘tirmay, hech narsaga suyanmay, ikkinchi rakatni o‘qish uchun o‘rindan turiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:34:33
Ikkinchi rakatda yana «Bismillah...»ni, surai Fotiha, keyin Qur’ondan bilganicha kamida qisqa oyatlardan uch oyat yoki uzun oyatlardan bir oyat o‘qiladi. Keyin birinchi rakatdagi kabi ruku’ va sajdalar qilinadi. Ikkinchi sajdani qilib bo‘lgach, chap oyoq qadamini to‘shab, uning ustiga o‘tiriladi, o‘ng oyoq qadamining barmoqlari qiblaga yuzlangan holda tik qilinadi. Nazar esa quchog‘ida bo‘ladi. Ushbu holda tashahhud duosini o‘qiydi. U quyidagichadir:

«Attahiyyatu lillahi vassolavatu vattoyyibat, assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rasuluh». (Ma’nosi: «Salomlar, duolar va yaxshiliklarning barchasi Alloh uchundir. Ey Payg‘ambar, sizga salom va Allohning rahmati-yu barakoti bo‘lsin. Bizlarga va Allohning solih bandalariga ham salom bo‘lsin. Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik beraman. Va yana Muhammad Allohning bandasi va rasuli, deb guvohlik beraman».)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:34:49
Tashahhudda «la ilaha»ga kelganda o‘ng qo‘lning ishora barmog‘i ko‘tariladi, «illalloh»ga kelganda barmoq tushiriladi.

(Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) qachon namozda o‘tirsalar, o‘ng kaftlarini o‘ng sonlari ustiga qo‘yar, panjalarini tugib, bosh barmoq yonidagi barmoq bilan ishora qilar edilar. Chap kaftlarini esa chap kaftlari ustiga qo‘yar edilar.

Agar namoz bomdod kabi ikki rakatli bo‘lsa, tashahhuddan keyin salovotu Ibrohimiyya o‘qiladi. U esa quyidagichadir:

«Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala ali Muhammad, kama sollayta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd. Allohumma barik ‘ala Muhammadin va ‘ala ali Muhammad, kama barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd» . (Ma’nosi: «Allohim, Ibrohim alayhissalomni va u zotning oilalarini yaxshilik va rahmatda qilganing kabi Muhammad alayhissalomni va u zotning oilalarini ham yaxshilik va rahmatda qil. Albatta, Sen maqtovli, ulug‘ Zotsan. Allohim, Ibrohim alayhissalomni va u zotning oilalarini barakotli qilganingdek, Muhammad alayhissalomni va u zotning oilalarini ham barakotli qil. Albatta, Sen maqtovli, ulug‘ Zotsan».)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:35:10
So‘ngra ma’sur duodan o‘qiydi:
«Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azobi jahannama va min ‘azobil qobri va min fitnatil mahya val mamati va min sharri fitnatil masihid dajjal». (Ma’nosi: «Ey Allohim, jahannam azobidan, qabr azobidan, tiriklik va o‘lim fitnasidan, masihi dajjolning fitnasi yomonligidan Sening panohingga qochaman».) So‘ngra o‘ng yelkaga yuzlanib «Assalomu alaykum va rahmatulloh», deb salom beriladi. Keyin chap tomonga ham xuddi shu kabi salom berilishi bilan namozdan forig‘ bo‘linadi. Ammo namoz shom kabi uch rakatli bo‘lsa, tashahhud duosi yakunlanib, takbir aytgan holda uchinchi rakatni o‘qimoq uchun turiladi.

Uchinchi rakatda ham «Bismillah...» aytilib, so‘ng Fotihaning o‘zi o‘qiladi, keyin yuqoridagidek ruku’ va sajda qilinadi. So‘ngra qa’dai oxirda o‘tirib tashahhud, salovoti Ibrohimiyya va duolar o‘qiladi-da, salom berib namoz yakunlanadi. Agar namoz peshin, asr va xuftonning farzlari kabi to‘rt rakatli bo‘lsa, uchinchi rakatning ikkinchi sajdasidan so‘ng to‘rtinchi rakatga turiladi.

To‘rtinchi rakatda ham «Bismillah...»ni aytib, keyin Fotiha surasi o‘qiladi, so‘ng ruku’ va sajda qilinib, oxirgi qa’daga o‘tiriladi. Tashahhud va salovoti Ibrohimiyya hamda ma’sur duo o‘qilib, salom berish bilan namoz yakunlanadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:36:06
Namozning farzlari, uning shartlari va ruknlari

Yuqorida bayon qilganimizdek, namoz maxsus ko‘rinishda ado qilinadigan so‘zlar va fe’llardan iborat ekan, mana shu namozdagi so‘zlar va amallarning barchasini qilishlik yoki qilmaslikdagi hukm bir xil emas. Bularda shunday so‘zlar va fe’llar borki, uni bajarmay turib namoz durust bo‘lmaydi. Ular namozning farzlari, deyiladi. Ya’ni, shunday amallar va so‘zlar borki, ularni bajarishning hukmi farz bo‘lmasa-da, lekin vojib hisoblanadi. Bular namozning vojiblari, deyiladi. Yana namozda shunday fe’llar va so‘zlar borki, ularsiz namoz durust bo‘lsa-da, lekin ularni bajarish sunnat hisoblanadi. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu amallarni aksar vaqtlarda bajarib, faqat ba’zida qilmaganlar. Bular namozning sunnatlari, deyiladi.

Namozga kirishdan oldingi farzlar shartlar, deyilsa, namoz ichidagi farzlar esa ruknlar, deyiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:36:32
Namozning shartlari

Namozningtashqarisidagi shartlari oltitadir:
1.   Katta yoki kichik tahoratsizlikdan pok bo‘lish. Junub yoki betahorat kishining namozi durust bo‘lmaydi.

2.   Badan, kiyim va joyning najosatdan pok bo‘lishi. Bir tomoni najosat, boshqa tomoni pok bo‘lgan gilam yoki ko‘rpachalarda o‘qilgan namoz durust bo‘ladi. (Agar to‘nning astari qo‘shib tikilmagan, ya’ni to‘n bilan astar o‘rtasi ajragan bo‘lsa, shu to‘nning bir tomoniga najosat tekkani bilan najosat tegmagan tomonida namoz o‘qish joiz bo‘ladi. Ammo to‘nga astar qo‘shib qavilgan bo‘lib, uning bir tomoniga najosat tegsa, endi uning har ikki tomonida ham namoz o‘qish durust bo‘lmaydi. Agar kiyimdagi najosatni yuvadigan narsaning yo‘qligi sababli imkoni bo‘lmasa, shu kiyimi bilan namozini o‘qiydi. Hatto kiyimining to‘rtdan uch qismiga najosat yetgan bo‘lsa ham, yalang‘och namoz o‘qimaydi, bundan-da ko‘proq qismida najosat bo‘lsa ham, yalang‘och o‘qigandan ko‘ra, shu kiyim bilan o‘qigan afzal hisoblanadi. Keyinchalik imkoniyat topilibkiyimini tozalagach, o‘sha namozini qaytaribo‘qimaydi... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:36:53
3. Avrat (uyat joylar)ning berk bo‘lishi.
Avrat, deb or qilinadigan narsaga aytiladi. Bunday nomlanishiga sabab shu o‘rinlarning ochilib qolishi sog‘lom tabiatli kishilar uchun or hisoblanishidandir. Ko‘zning nazarini ham bu joyga tushirmaslik lozim. Erkak kishining kindik ostidan tizzagacha bo‘lgan oralig‘i avratdir. Ayollarning yuzlari, kaftlari va qadamlaridan boshqa barcha a’zolari, hatto quloqlarining yonidan tushib turadigan sochlari ham avrat hisoblanadi. Namoz o‘quvchi ayol avratlarini quyuqroq kiyim bilan berkitishi shartdir. Agar kiyim badanning rangi yaqqol bilinadigan darajada nafis bo‘lsa, u bilan namoz o‘qish joiz emas. Namozda avratning berkitilishi talab qilinganidek, namozdan tashqarida ham uyat o‘rinlarni yopib yurish lozimdir. Bugungi kunda ko‘p odamlar ajnabiy kofirlarga taqlid qilib sport, suzish nomlari bilan avratlarini ochib yuribdilar. Bu ish insonlarga Alloh taoloning azobini mustahiq qilib qo‘yadigan harom amallardandir. Umumiy hammomlarda kishilar yalang‘och holda bemalol cho‘milishadi. Bu ham to‘xtatilishi lozim bo‘lgan harom ishlardandir. Ayol kishining ayol kishiga nisbatan avrati erkak kishining (erkak kishiga nisbatan) avrati kabidir. Ya’ni, muslima ayolning boshqa bir muslima ayoldan kindigi ostidan tizzasining ostigacha bo‘lgan oraliqni berkitishi shart bo‘ladi. Hatto shu o‘rinlarni o‘zining onasi yoki qizi yoxud opa-singlisining oldida ham ochib yurishi haromdir. (Ko‘chalardagi hamma insonlarning ko‘z o‘ngida ochiq yurishini hali bir chekkaga qo‘yib turing!!!) Lekin ko‘r-ko‘rona taqlid ummatni bugungidek pastkashlikka olib keldi.

Badandagi avratlarga qarash harom bo‘lganidek, ayol kishining kesilgan sochi, erkakning xatna qilingan a’zosiga qarash va tikilish ham haromdir. (Avrat a’zoning to‘rtdan birining uzrsiz ochilib qolishi namozni man etadi. Agar a’zo namoz ichida ochilib ketsa, darhol uni berkitib, namozini davom ettiradi. Son bir butun a’zo, to‘piq ham alohida a’zo, zakarning (olat) o‘zi yolg‘iz a’zo, ikki tuxumcha ham bir a’zo, ayol kishining sochi ham alohida bir a’zo hisoblanadi... -tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:37:45
4. Qiblaga yuzlanish. Qibla, deb Ka’bai Muazzama tomonga aytiladi. Qiblaga yuzlanib namoz o‘qimoqchi bo‘lsa-yu, orqa tomonidan dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa, undan bu shart soqit bo‘ladi. (Shuningdek, kasal kishi ham qodir bo‘lgan tomoniga yuzlanib namozni ado qiladi. Qiblani topishdan ojiz qolgan kishi bir tomonni qibla, deb qasd qiladi. Qasd qilish, deganda kishining tevarak-atrofdagi omillardan foydalanib qiblani izlashiga aytiladi. Misol uchun daraxtlarning bargiga, quyosh chiqib-botishiga qarab, xullas, har makonning o‘ziga yarasha qiblani aniqlash omillari bo‘ladi. Shulardan foydalanib, imkon qadar qiblani qidiradi va g‘olib bo‘lgan gumoni bilan qibla shu tomonda, deb qasd qiladi. Agar qasd qilgan tomoni qibla bo‘lmasa ham, shu tomon qibla, deb qasd qilganligi sababli namozi durust bo‘lib, uni qaytarib o‘qimaydi. Ammo bir tomonni qibla, deb qasd qilmay namoz o‘qisa-yu, vaholanki, yuzlangan tomoni qibla bo‘lsa ham, namozi durust bo‘lmay, uni qaytarib o‘qiydi. Chunki qiblaning qay tomonda ekanligini bilmagan kishi uchun bir tomonni qibla, deb qasd qilishi shartdir... - tarj.)

5.   Namoz vaqtining kirishi. Vaqti kirmay turib o‘qilgan namoz farz o‘rniga o‘tmaydi. Namozni vaqti kirgandan to chiqib ketgunga qadar ado qilishlik kerak. Agar vaqt tahoratni qilishlik va farz namozni edo etishlik miqdoricha qolgan bo‘lsa, mana shu tor fursatda faqat namozga harakat qilish vojib bo‘ladi, boshqa amallar bilan mashg‘ul bo‘lishlik harom hisoblanadi. Namozni o‘z vaqtidan shar’iy uzrsiz o‘tkazib yuborish ham haromdir. Shar’iy uzrlarga uxlab qolish, esdan chiqarishlar kiradi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:37:55
5.   Niyat qilishlik. Niyatning o‘rni qalbdir. Agar o‘qilayotgan namoz farz yoki vojib bo‘lsa, o‘sha namozni tayin qilib niyat etish matlubdir. Go‘yo bugunning peshini yoki asri va yo vitr, iyd namozlari va hokazo. Ammo nafl namozlarda xoh ular sunnati muakkada bo‘lsin, xoh boshqa bo‘lsin, tayin qilish shart emas, balki mutlaq namoz, deb niyat qilsa kifoyadir. Lekin bularda ham «Taroveh namozini niyat qildim» yoki «Peshinning sunnatini niyat qildim», deb tayin qilsa, ma’qulroq va ehtiyotliroq bo‘ladi. Imom o‘zining imomatligiga niyat qilishi sunnatdir. Lekin ayollarga imom bo‘layotganini tayin qilishi lozim. Imom esa namozdagi takbiri tahrimani aytishi bilan o‘zining ayollarga imomligini tayin qilgan bo‘ladi. Ammo imomga iqtido qiladiganlar «Mana shu imomga iqtido qildim», deb niyat qilishlari shartdir. Agar imomga iqtido qilishni niyatida qat’iy qilmasa, namozi durust bo‘lmaydi. Kimki yuqoridagi olti shartning birini tark qilsa yoki o‘rniga qo‘yib bajarmasa, namozi botil bo‘lib, uni qaytadan o‘qish vojib bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:39:11
Namozning ruknlari

Namozning ruknlari, ya’ni ichidagi farzlari ham oltitadir:
1.   Harom qiluvchi takbir. Harom qiluvchi takbir, deyilishiga sabab uni aytib namozga kirishi bilan kishiga namozdan tashqarida qilib yurgan, namozga taalluqli bo‘lmagan amallar harom bo‘lgani uchundir. Takbirni «Allohu akbar» lafzi bilan aytish vojibdir.

2.   Qiyom turish. Qiyom farz namozlarida qiroat qilinishi lozim bo‘lgan muddatda  turishlikdir. (Nafl namozlarda qiyom turish farz emas, balki qiyomga qodir bo‘la turib o‘tirib o‘qisa ham, namoz durust bo‘ladi. Lekin farz namozlarida qiyom turishga qodir bo‘lsa-yu, o‘tirib o‘qisa, namozi namoz hisobiga o‘tmaydi. Hatto hassasiga yoki devorga suyanib bo‘lsa ham, qiroat miqdoricha tik turishi lozim. Tik turishga umuman imkoniyati yo‘q kishidangina qiyom soqit bo‘ladi... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:40:15
3.   Qiroat qilish. Qur’oni karimdan kamida qisqa oyatlardan uch oyat o‘qish yoki uzun oyatlardan bir oyat miqdoricha qiroat qilish. Farz namozlarning avvalgi ikki rakatida, vitr va nafl namozlarning har bir rakatida qiroat lozimdir. (Namoz o‘quvchi uchun Qur’oni karimdan hech bo‘lmaganda uch oyat qisqa yoki bir uzun miqdorida tajvidga muvofiq o‘zlashtirib yodlashi farzdir... - tarj.)

Imomga iqtido qiluvchi qiroat qilmaydi, balki jahriy namozlarda quloq solib, maxfiylarida jim turadi. Chunki imom tayin qilishdan maqsad jamoatning namozini ado qilib berishi uchundir. Imomga ergashuvchining imom orqasidan xoh Fotihani, xoh boshqa surani bo‘lsin, qiroat qilishi makruhi tahrimiydir.

4.   Ruku’ qilish. Ruku’ boshni egishlikdir. Ruku’ning komil bo‘lishi ikki qo‘lning tirsaklarini bukmay tizzani ushlab, bosh bilan belni bir tekisda egishlikda hosil bo‘ladi. Bu holat qiyom turishga qodir kishilar uchundir. Ammo o‘tirib o‘quvchilarning ruku’lari boshlarini tizzalariga tekkunga qadar egish bilan bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:40:38
5.   Sajda qilish. Har bir rakatda ikki bor sajda qilish farz hisoblanadi. Sakkiz a’zoning yerga tegib turishi sajda, deyiladi. Bular peshona, burun, ikki kaft, ikki tizza, ikki oyoq qadamining uchlari. Peshona va burunning birgalikda yerga tegib turishi vojibdir. Sajdaga borishda qaysi a’zo yerga yaqin bo‘lsa, o‘sha avval qo‘yiladi. (Misol uchun avval ikki tizza, keyin ikki qo‘l, so‘ngra burun va peshona. Sajdadan turishda esa buning aksi bo‘lib, qaysi a’zo yerga uzoqroq bo‘lsa, o‘sha dastlab ko‘tariladi. Ya’ni, avval peshona, so‘ngra burun, keyin qo‘llar va oxiri tizzalar. Sajda qilinganda oyoqlar yerdan uzilsa, namozga nuqson yetadi, ya’ni buziladi...- tarj.)

Sajda peshona qaror topadigan o‘ringa qilish bilan durust bo‘ladi. Peshona botib ketadigan paxta yoki bug‘doy xirmonida sajda qilishlik durust emas.

6.   Oxirgi qa’dada tashahhud miqdoricha o‘tirish.
Mana shu ruknlardan qaysi biri tark bo‘lsa yoki buzilsa, namoz botil bo‘lib, uni qaytadan o‘qish farz bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:40:59
Namozning vojiblari

1.   Fotiha surasini qiroat qilish.
2.   Farz namozlarining avvalgi ikki rakatida, nafl va vitrning hamma rakatida Fotihadan so‘ng zam sura o‘qish. Zam sura kamida qisqa oyatlardan uch oyat, uzun oyatlardan bir oyat bo‘lishi kerak.
3.   Zam surani Fotihadan keyin o‘qish.
4.   Ruku’da, qovmada (ya’ni, ruku’dan qaytib tik turishda), sajdalarda va ikki sajda oralig‘ida xotirjam bo‘lish. Bu o‘rinlarda xotirjam bo‘lish, deb a’zolarning o‘z bo‘g‘inlarida taskin topishiga aytiladi.
5.   Sajdada peshona bilan burunning birga bo‘lishi.
6.   To‘rt yoki uch rakatli namozlarning avvalgi ikki rakatidan so‘ng tashahhud duosini o‘qish miqdoricha qa’da o‘tirish.
7.   Avvalgi va keyingi qa’dada ham tashahhudni o‘qish.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:41:36
8.   Avvalgi qa’dada tashahhudni o‘qib bo‘lgach, kechiktirmay uchinchi rakatga turish. Kechikish, deganda uch tasbehni aytish miqdoricha to‘xtab qolishga aytiladi. (Yoki tashahhuddan so‘ng o‘qiladigan salovotdan bir ma’noni ifodalaydigan miqdorda o‘qib bo‘lishga aytiladi. Agar «Allohumma solli ‘ala Muhammad», deb qo‘ysa, kechikkan bo‘ladi. Chunki bu kalimada to‘liq ma’no bor. Lekin «Allohumma solli ‘ala», desa-yu, uchinchi rakatga turish esiga tushib qolsa, u kechikkan hisoblanmaydi. Balki o‘rnidan turib, keyingi rakatnidavom ettirsa, vojibni tarketmagan bo‘ladi... - tarj.)
9.   Namozni ikki tomonga salom berish bilan tugatish. Salom yelkaga to‘la yuzlangach, beriladi.
10.   Jahriy o‘qiladigan namozlarni imom jahriy o‘qimoqligi va maxfiy o‘qish lozim bo‘lgan namozlarda qiroatni maxfiy qilmoqligi. Shom va xuftonning avvalgi ikki rakatida, bomdod va jumada, ikki hayit namozida, taroveh namozida va ramazon oyida o‘qiladigan vitrning barcha rakatida qiroatni imom jahriy qiladi. Ammo yolg‘iz o‘zi o‘qiydigan kishiga mazkur shom, xufton, bomdod, taroveh, ramazondagi vitr namozlarida qiroatni maxfiy yoki jahriy qilishlik ixtiyori beriladi. Lekin jahriy o‘qishi afzal bo‘ladi. Peshin va asrda, shom bilan xuftonning keyingi ikki rakatida, ramazondan boshqa paytlardagi vitrning barcha rakatlarida qiroatni imom ham, yolg‘iz o‘quvchi ham maxfiy qiladi.

Ushbu zikr qilingan vojiblardan birini esdan chiqarib tark etgan kishiga namoz oxirida esdan chiqarganlik sajdasini qilish vojib bo‘ladi. Oxirgi qa’dada tashahhudni o‘qib, so‘ng o‘ng tomoniga salom beradi. Keyin ikki bor sajda qilib, yana tashahhud duosini va salovoti Ibrohimiyyani o‘qiydi, so‘ngra sunnatda sobit bo‘lgan duolarni aytib, ikki tomonga salom beradi. Mana shu bilan vojibni tark qilish orqali namozga yetgan nuqsonning o‘rni to‘ldiriladi. (Namozdagi vojiblardan birini qasddan tark qilgan kishi namozini qaytaribo‘qib olishi ma’quldir... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:42:10
Namozning sunnatlari

1.   Takbiri tahrima aytilayotganda erkak kishilar qo‘llarini quloqlarining yumshoqlari barobaricha, ayollar esa yelkalari barobaricha ko‘tarmoqlari.
2.   Iqtido qiluvchining takbiri imomning takbiri bilan orqama-keyin bo‘lishi.
3.   Erkaklar o‘ng qo‘llarini chap qo‘llarining ustiga qo‘yib, ikki qo‘lni ham kindik ostiga tashlab qo‘yishlari, boshbarmoq va jimjiloqni xalqa qilib, chap kaftning bo‘g‘inidan ushlashlari, ayollar esa o‘ng qo‘llarini chap qo‘llariga xalqa qilmasdan ko‘kraklarining ustiga qo‘yishlari.
4.   Birinchi rakatda takbiri tahrimadan so‘ng sanoni, ya’ni «Subhonakallohumma...»ni maxfiy o‘qish.
5.   Faqat birinchi rakatda Fotihadan oldin taavvuz, ya’ni «A’uzu...»ni o‘qish.
6.   Fotihadan oldin har rakatda «Bismillah...»ni aytish. Taavvuz ham, «Bismillah...» ham maxfiy aytiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:42:41
7.   Fotihadan so‘ng maxfiy qilib omiyn, deyish. «Omiyn»ni imom ham, imomga ergashuvchi ham va yolg‘iz o‘quvchi kishi ham maxfiy aytadi.
8.   Bomdod bilan peshinda Fotihadan so‘ng qilinadigan zam suraning uzun mufassal suralardan bo‘lishi. Uzun mufassal suralar Hujurotdan Burujgacha. Asr bilan xuftonda o‘rtacha mufassal suralardan zam sura qilish. O’rtacha mufassal suralar Burujdan Bayyinagacha. Shomda qisqa mufassal suralardan zam sura qilish. Qisqa mufassal suralar Bayyinadan Nos surasigacha.
(Qur’oni karim suralari uzun-qisqaligiga qarab to‘rtga bo‘linadi:
1.   Uzun suralar (At-Tivol). Baqara, Oli Imron, Niso, Moida, Anfol, Tavba, Yunus suralari uzun suralar jumlasidandir. Ular uzun bo‘lganligi uchun At-Tivol, deb nomlanadi.
2.   Yuz oyatli suralar (Al-Miun). Bularga yuz oyatdan ko‘p yoki shunga yaqin suralar kiradi. Shuning uchun Al-Miun, deyiladi, ya’ni yuzliklar.
3.   Al-Masoniy, ya’ni qayta-qayta o‘qiladigan suralar. Bularga yuz oyatga yetmagan suralar kiradi. Namozlarda asosan shu suralar ko‘p o‘qilganligi sabab ular takror aytiladigan suralar, ya’ni Al-Masoniy, deyiladi.
4.   Al-Mufassal. Mufassal suralalar Hujurotdan Nos surasigachadir. Bu oraliq ham uchga bo‘linadi:
A) Uzun mufassal. Bularga Hujurotdan Burujgacha bo‘lgan suralar kiradi. B) O’rta mufassal. Bularga Burujdan Bayyinagacha bo‘lgan suralar kiradi. V) Qisqa mufassalga Bayyinadan Nosgacha bo‘lgan suralar kiradi... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:42:59
9.   Ruku’ga ketishda takbir aytish, undan qaytishda «Samiallahu liman hamidah», deb, tik turganda «Robbana lakal hamd» bilan kifoyalanish.
10.   Imom takbirlarni jahriy aytishi. Chunki iqtido qiluvchilarning imomga ergashishlari uchun jahriy takbirga hojati bor. Lekin iqtido qiluvchilar takbirni jahriy aytishmaydi, chunki bunga hojat yo‘q. (Agar jamoat katta bo‘lsa, imom jamoatning ichidan takbirni yetkazuvchini tayin qiladi. U imomning takbiridan so‘ng takbirni, «Samiallohu liman hamidah», deganidan keyin «Robbana lakal hamd»ni jahriy aytib turadi. Chunki bunga hojat bor. Uningnomi muballig‘, deyiladi... - tarj.)
11.   Ruku’ga borganda ikki kafti bilan ikki tizzasining ko‘zini ushlab, belini bir tekis qilib, kamida uch marta «Subhona Rabbiyal a’zim», deyish.
12.   Qiyomdan sajdaga borishda avval tizzani, keyin qo‘llarni, keyin burunni va so‘nggida peshonani qo‘yish, sajdadan qiyomga turishda esa buning aksini qilish, ya’ni avval peshonani, keyin burunni, keyin qo‘llarni va so‘nggida tizzalarni yerdan ko‘tarish.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:43:42
12.   Erkak kishi sajdada qornini soniga tekkizmasligi, ikki tirsagini ham yerga yopishtirib olmasligi va bilaklarini yerdan uzoq tutishi. Ayollar esa buning aksi o‘laroq, sajdada sonlarini qorinlariga tekkizib, tirsaklarini esa yerga yopishtirib turishi sunnat hisoblanadi. (Chunki ayollar doimiy o‘zlarini berkitganlari ma’qul. Zero, ziynat berkitilganda qadrli bo‘ladi... - tarj.)
Sajda ikki kaftning o‘rtasiga qilinib, kamida uch marta «Subhona Rabbiyal a’la», deyiladi.
14.   Erkak kishining qa’dada chap oyog‘ini to‘shab, uning ustiga o‘tirib, o‘ng oyog‘ini esa tik qilib, barmoq uchlarini qiblaga qaratgan holda egishi. Ammo ayollar esa qa’dada chap dumba tomoniga o‘tirib, o‘ng dumba tomonidan ikki oyoqlarini chiqarib olishadi.
15.   Tashahhuddagi «Ashhadu anla ilaha» kalimasi o‘qilgan paytda o‘ng qo‘lning bosh barmog‘i bilan o‘rta qo‘lni xalqa qilib, ko‘rsatgich barmoqni ko‘tarish, «illalloh» kalimasini o‘qiganda esa ko‘rsatgich barmoqni tushirish.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:43:56
16.   To‘rt rakatli yoki uch rakatli farz namozlarining uchinchi, to‘rtinchi rakatlarida Fotiha surasini qiroat qilishlik. Zam sura qilishlik esa shart emas. (Ammo sunnat va nafl namozlarining uchinchi, to‘rtinchi rakatlarida Fotiha surasi bilan zam sura qilishlik vojibdir. Nafl namozlari aslida ikki rakat bo‘ladi. Agar kishi to‘rt rakat naflni niyat qilsa-yu, ikki rakatdan keyin namozni tugatsa, unga qayta to‘rt rakat namoz o‘qish vojib bo‘lmaydi. Chunki aslida nafl ikki rakatdir. Lekin ikkinchi rakatdan turib, uchinchi va to‘rtinchi rakatlarni o‘qimoqchi bo‘lsa, albatta ularga ham Fotihani va zam surani qiroat qilishi vojibdir... - tarj.)
17.   Qa’dai oxirda tashahhud duosidan keyin salovotu Ibrohimiyyani o‘qish.
18.   Oxirgi qa’dadagi salovotu Ibrohimiyyadan keyin Qur’on yoki hadisda kelgan duolardan birini o‘qish.
19.   Namozdan chiqayotganda salomni o‘ng va chap yelkaga yuzlanganda berishlik. Mana buning barchasi sunnat hisoblanib, ulardan birini yoki ko‘prog‘ini tark etish bilan namoz buzilmasa-da, lekin Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlari bajarilmaganligi sababli namoz go‘zal suratda ado qilinmagan bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:44:53
Namozning odoblari

Namozning quyidagi odoblariga rioya qilishlik bilan ibodat yanada mukammal bo‘ladi:
1.   Qiyomda sajda o‘rniga qarab turish;
2.   Ruku’da ikki qadamning ustiga qarash;
3.   Qa’dada quchog‘iga tikilib turish;
4.   Salom berayotganda yelkaga qarash;
5.   Sajdada burunning ikki yoniga qarab turish;
6.   Qodir bo‘lguncha esnashni o‘zidan ketkazish. Agar esnash g‘olib kelsa, chap qo‘l bilan og‘izni berkitish lozim;
7.   Namozda imkon qadar qalbning huzur-halovati va a’zolarning taskin topishi bilan xushu’ni muhofaza qilish. U esa na dinga va na oxiratga foydasi bo‘lmagan, behuda narsalardan uzoq bo‘lish bilan vujudga keladi.
Ibodatda eng go‘zal kiyimlarni kiyib turish ham odobdandir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:46:09
Namozni buzuvchilar

Bir nechta amallar borki, bular sodir bo‘lishi bilan namoz buziladi:
1.   Namozning shartlaridan birini tark qilish. Misol uchun avratni berkitmasa yoki uch tasbeh aytish miqdoricha qibladan boshqa tomonga yuzlanib tursa.
2.   Namozning ruknlaridan birini tark qilsa. Misol uchun ruku’ yoki sajda qilmasa.
3.   Ketma-ket bir ruknda bir harakatni uch marotaba takrorlasa yoki namozga tegishli bo‘lmagan amalni ko‘paytirib yuborsa. (Namozda bir qo‘l bilan bajarib bo‘lmaydigan, ikki qo‘l muhtoj bo‘ladigan amallarga amalu kassir, ya’ni ko‘p amal, deyiladi. Misol uchun salla o‘rashlik, belbog‘ni bog‘lashlik, to‘nni kiyish yoki yechish va hokazo. Mana shu kabi ko‘p amalni qilish bilan ham namoz buziladi. Ammo bir qo‘l bilan bajarsa bo‘ladigan amalni ikki qo‘lda qilsa ham, modomiki, o‘sha amalni bir ruknda uch bora qilmasa, ko‘p amal qilgan hisoblanmaydi. Aslida namozga tayyorgarlik qilinayotgan vaqtda unga xalaqit beradigan narsalarning oldini olib qo‘yish kerak. Insonchilik yuzasidan esdan chiqib qolgan bo‘lsa, boshqalarning namoziga xalaqit qilmaslik uchun bunaqa ishlarni bajarish bilan namoz buzilmaydi. Biror kishi namozda turganida ilon yoki chayonni o‘ldirishi hamda oldindagi bo‘sh joyni to‘ldirishi ham namozni buzmaydi... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:46:56
4.   To‘xtamasdan uch qadam yursa. Lekin oldi saf ochiq bo‘lsa, bir ruknda bir yoki ikki qadam bilan oldinni to‘ldirish joiz.
5.   Namozga tegishli bo‘lmagan so‘zni xoh u tushunarli bo‘lsin, xoh tushunarsiz bo‘lsin, bir yoki ikki harf miqdorida talaffuz qilsa.
6.   Ruku’ va sajdasi bor namozlarda qahqaha bilan kulsa. Qahqaha, deb
yonidagi odam eshitadigan darajadagi kulgiga aytiladi. Namozdagi bu kulgi
bilan namozga qo‘shilib, tahorat ham buziladi.
7.   Uzrsiz yo‘talsa.
8.   Qur’onni buzib o‘qisa. Agar Qur’onning ma’nosi qo‘pol buzilsa, u namozni qaytarib o‘qish vojib bo‘ladi. Qo‘pol buzish, degani jannat o‘rniga do‘zaxni, mo‘min o‘rniga mushrikni, hidoyat o‘rniga zalolatni va shu kabi akslarni qiroat qilib yuborishga aytiladi. Misol uchun Zumar surasining 73-oyatidagi «Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa to‘p-to‘p holda jannatga haydaldilar» o‘rniga «jahannamga haydaldilar» jumlasini aytib qo‘yib, shu rakatda o‘sha xatosini to‘g‘rilamasdan namozni ado etsa, u namoz buzilgan bo‘ladi. Ammo o‘sha rakatning o‘zida xatosini to‘g‘rilasa, namozi durust bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:47:18
9.   Namozda turib ozmi-ko‘pmi suv ichsa yoki ovqat yesa.
10.   Suv yo‘qligi uchun tayammum qilib namoz o‘qiyotgan kishi tahorat qilish uchun yetarli suvga qodir bo‘lib qolsa.
11.   Namoz o‘qiyotgan chog‘ida mahsiga tortgan mashning muddati o‘tib ketsa.
12.   Bomdod namozini o‘qiyotganda quyosh chiqib ketsa. Iyd namozini o‘qiyotganda quyosh zavolga og‘sa. Juma namozi o‘qilayotganda asr vaqti kirib qolsa ham, shu o‘qilayotgan namozlar buziladi.
(Demak, shu holatlarda quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilishini kutadi va qazo bo‘lgan bomdodni o‘qiydi, quyosh zavolga og‘gach esa, iyd namozini tark qilib, peshin namozini o‘qiydi. Asr vaqti kirib qolgan bo‘lsa, juma namozini buzib, o‘rniga qazo bo‘lgan peshinni o‘qiydi... - tarj.)
13.   Namoz asnosida o‘zini bilmay qoladigan darajada hushidan ketsa. Bu holatda namoz buzilishi bilan birga tahorat ham sinadi. Ushbu masala yuqorida o‘tgan edi.
14.   Bitta namozda erkak kishi bilan ayol kishi safda barobar turib qolsa, ayolning namozi buziladi. Agar imom shu ayolga o‘zining imomligini niyat qilsa, bu o‘rinda imomning ham namozi buziladi, bu ayol xoh mahram bo‘lsin, xoh mahrami bo‘lmasin, farqi yo‘q.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:47:32
13.   Namozga tegishli bo‘lmagan so‘z gapirsa. Qasddan bir kishiga salom bersa yoki salomga alik olsa, beuzr ingrab, kamida ikki harfli ovoz chiqarsa, tovush chiqarib yig‘lasa ham, namoz buziladi, lekin yig‘lashi oxirat tashvishi bilan bo‘lsa, zarari yo‘q. Aksa urib alhamdulillah, degan kishiga javob qaytarsa, imomdan boshqaning qiroatini to‘g‘rilasa, namozdan tashqaridagi kishining qiroatini to‘g‘rilash uchun aytgan kalomini qabul qilib, unga ergashsa ham, namoz buziladi. Yana gapga garchi zikr bilan bo‘lsa ham, javob qaytarsa, namoz botil bo‘ladi. Misol uchun bir kishi mag‘lub bo‘ldi, desa-yu, namozda turgan kishi unga javoban alhamdulillah, desa yoki «Bir musulmon olamdan o‘tibdi», desa, unga javoban «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», desa ham, namoz buziladi.

Mushafga qarab turib namozda qiroat qilsa, najosat ustiga sajda qilsa, insonlardan so‘raladigan narsani namoz ichida duo qilib so‘rasa ham, namoz buziladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:48:52
Namozdagi makruh amallar

Makruh amallar sodir bo‘lishi bilan namoz buzilmasa-da, lekin u nuqsonli bo‘lib ado etiladi. Shuning uchun namozxon ulardan saqlangani ma’qul.
1.   Namozning vojiblaridan birini qasddan tark qilishlik. Misol uchun surai Fotihani o‘qimaslik yoki maxfiy o‘qiladigan namozlarni imomning jahriy o‘qishi, qa’dada tashahhudni o‘qimaslik va hokazo.
2.   Namozning sunnatlaridan birini qasddan tark qilishlik. Misol uchun sano duosini o‘qimaslik, ruku’ va sajdadagi tasbehlarni tark etishlik.
3.   Farz namozlarining bir rakatida yoki ikki rakatida qasddan bitta surani takror o‘qish. Ammo nafl namozlarida bir surani takror qiroat qilish makruh emas.
4.   Mushafning tartibiga teskari qiroat qilish. Masalan, birinchi rakatda Nos surasini zam qilib, ikkinchi rakatda Falaq surasini zam qilish.
5.   Qisqa mufassal suralardan ikki rakatga orada bir surani tashlab qiroat qilish. Misol uchun birinchi rakatda Ixlos surasini zam qilib, ikkinchi rakatda Nos surasini o‘qishlik. Shu orada Falaq surasining qolib ketishi makruhdir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:49:21
6.   Kiyimni beuzr to‘g‘rilash, barmoqlarini qarsillatish, badanining ba’zi joylarini behuda o‘ynash, chunki bu xushu’ga xalal beradi. Qa’dada ikki oyog‘ini tik qilib, tovonlarining ustiga o‘tirish.
7.   Boshini u yoq-bu yoqqa qaratish.
8.   Xoh peshob bo‘lsin, xoh katta tahorati bo‘lsin, uni majburan ushlab turish. Chunki bu ham namozxondagi xushu’ni ketkazadi.
9.   Ko‘zlarni behuda yumib olish. Agar kamoli xushu’ bilan yumsa, makruh hisoblanmaydi.
10.   Jamoat namozlarida ortdagi safda namoz o‘qisa-yu, uning oldida bo‘sh joy bo‘lsa, ana shu bo‘sh joyni to‘ldirmaslik ham makruh.
11.   Sajda qiladigan o‘rinda yoki ikki yonida yo kiyimida jonli hayvonning surati bo‘lishi. (Orqasida yoki oyog‘i ostida bo‘lsa, makruh hisoblanmaydi. Shuningdek, nihoyatda kichik yoki boshi yo‘q bo‘lsa ham, makruh emas. Qiblaga yuzlanib turgan yoki o‘tirgan kishining orqasida namoz o‘qishlik durust bo‘ladi, ammo qiblaga teskari o‘girilib o‘tirgan kishining to‘g‘risida ham namoz o‘qish makruhdir... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:49:39
12.   Alanga yoki cho‘qqa qarab ham namoz o‘qish makruh. Ammo mehrobda chiroq bo‘lishining makruhligi yo‘qdir.
13.   Namoz o‘quvchi oldidan biror yo‘lovchining o‘tishi ehtimoli bo‘la turib, sutra qo‘ymasdan namoz o‘qish ham makruhdir. Sutra, deganda odamlarning namozxon oldidan o‘tishini man qiluvchi ellik, oltmish santimetrlar chamasidagi, yo‘g‘onligi kamida barmoqcha keladigan yog‘och tushuniladi. (U namozxonning sajda qiladigan tomoniga sanchib qo‘yiladi, bo‘lmasa, qiblaga to‘g‘ri qilib yotqizib qo‘yiladi. Imomning oldiga qo‘yilgan sutra jamoatga ham kifoya qiladi... - tarj.)
14.   Namoz asnosida osmonga tikilish. Janoza namozlarida ham takbirlar aytilganda osmonga tikilish makruhdir.
15.   Ovqattayyor bo‘lib, ishtaha tusab turganda namoz o‘qish.
16.   Sajdada bilaklarni yerga tekkizib turish.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:49:54
17.   Qo‘l va oyoq barmoqlarini sajda va boshqa o‘rinlarda qibladan boshqa
tomonga o‘girish.
(Dastlabki takbirda kaftlarni qiblaga qaratmaslik, xushu’ni ketkazadigan har bir amalni bajarish, sajda qiladigan o‘rinni mayda toshlardan namoz ichida turib bir necha bor tozalashlik, lekin bir marta bo‘lsa, makruh emas, peshonasiga yopishgan tuproqni artishlik, sallasi yoki telpagi bilan peshonasini berkitib olish va o‘shaning ustiga sajda qilish, kiyimini yelkasiga tashlab olishlik, sajdaga borayotganda shimini qo‘li bilan ko‘tarishlik, imomning alohida makonda turishligi, ammo imomning qadami jamoat turgan xonada bo‘lib, sajdasi boshqa xonaga o‘tsa, makruh bo‘lmaydi, ish kiyimi bilan namoz o‘qishlik, beuzr bosh kiyimsiz namoz o‘qishlik, chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) biror marta bosh kiyimsiz namoz o‘qimaganlar, ammo o‘zini xor tutgan holda (ya’ni, hajda yoki umrada) bosh kiyimsiz o‘qishligi makruh emasdir. Shu bilan birga masjidlarning eshigini beuzr qulflab qo‘yishlikham makruhdir, lekin o‘g‘riningxavfi bo‘lsa zarari yo‘q... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:50:24
Namozni buzish joiz va vojib bo‘lgan o‘rinlar

1. Halokatning oldini olish uchun, garchi farz namozi bo‘lsa-da, buzishlik vojib bo‘ladi. Misol uchun bir kishi suvga cho‘kayotganligini bilsa yoki bir hayvon hujum qilsa, xoh u o‘ziga, xoh boshqa kishiga, xoh namoz o‘qiyotgan odamga, xoh tashqaridagiga bo‘lsin, shu halokatning oldini olish uchun namozini buzadi.

2.   Bir dirham miqdoridagi molini o‘g‘ridan himoya qilish uchun, garchi farz namozini bo‘lsa ham, buzishlik joizdir. Bir dirham Suriyaning pulida o‘ttiz besh qirsh miqdoricha keladi. (Bizning O’zbek so‘mimizda 3250 so‘mga to‘g‘ri keladi. 2005-yil...- tarj.)

3.   Ota yoki ona farzandini namoz o‘qiyotganini sezmay turib chaqirsa, farzand agar nafl namoz o‘qiyotgan bo‘lsa, faqat shu nafl namozni buzishlik joizdir. Ammo ota yoki ona farzandni namoz o‘qiyotganini bilib turib chaqirsa, farzand namozini buzishi joiz emas.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:51:01
Azon va iqomat

Shariatda azon, deb namoz vaqtining kirganligini e’lon qiladigan maxsus kalimalarga aytiladi. Ular quyidagicha:

Bomdod namozi uchun aytilgan azonga «Hayya ‘alal falah, hayya ‘alal falah»dan keyin «Assolatu xoyrum minannavm, assolatu xoyrum minanavm»ni qo‘shib aytishlik sunnat amallardan hisoblanadi. Buning ma’nosi «Namoz uyqudan afzal», deganidir. Bomdod uyqu va g‘aflat vaqti bo‘lganligi uchun bu kalima faqat shu namozdagi azonga xoslangan.

Farz namozlaridan oldin muazzin iqomat aytadi. Bu ham xuddi azon kabi bo‘lib, faqat «Hayya ‘alal falah»dan keyin «Qod qomatis solah»ni ziyoda qiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:51:17
Azon va iqomatning hukmi

Besh vaqt farz namozlari va juma namozi uchun azon hamda takbir aytishlik erkaklarga ta’kidlangan sunnatdir. Xoh ular o‘z vaqtida ado etilayotgan namozlar bo‘lsin, xoh vaqti o‘tib ketgan qazo namozlari bo‘lsin, xoh jamoat namozi bo‘lsin, xoh yolg‘iz o‘quvchining namozi bo‘lsin, xoh safarda va yo muqimda bo‘lsin, bu farz namozlarining barida azon bilan takbir aytmoqlik sunnat amallardan hisoblanadi. Bir namoz uchun mahallada aytilgan bir azon kifoya qiladi. (Yana shuningdek, bir kunlik qazo namozlarini o‘quvchi kishi uchun ham bir majlisda bitta azon kifoya qiladi, qolganlarini takbirning o‘zi bilan o‘qisa ham joizdir... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:51:30
Azonning shartlari

1.   Namoz vaqtining kirishi. Namozning ma’lum vaqti kirmasdan aytilgan azon durust emas.

2.   Azon arab tilida bo‘lmoqligi. Arab tilidan boshqa lug‘atlarda aytilgan azon ham azon hisobiga o‘tmaydi.
 
3. Azon oqil, balog‘atga yetgan, yaxshi-yomonni ajrata oladigan, yetti yoshdan yuqori shaxs tomonidan aytilmoqligi. Foyda-zararni ajrata olmaydigan go‘dakning, mastning, jinnining, junub kishining aytgan azonlarini qaytadan aytish lozim. Lekin shular takbirni aytib qo‘yishgan bo‘lsa, qaytadan aytilmaydi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:51:56
Azon va iqomatdagi sunnatlar

1.   Azonni erkak kishi aytmoqligi. Ayol kishining azon aytmoqligi makruhdir, chunki ularning qadri berkinishlaridadir.
2.   Azonni tik turgan holda aytish. Muazzinning o‘tirib azon aytishi makruhdir. Shu bilan birga takbirni ham o‘tirib aytmoqlik makruh hisoblanadi.
3.   Insonlardan ko‘pchilikka eshittirish maqsadida ovozni imkon qadar baland ko‘tarish.
4.   Azonni baland joyga chiqib aytish, chunki bunda ovoz uzoqroqqa boradi.
5.   Azon va iqomatni qiblaga yuzlanib aytish. Azonni har tomonga yetkazish uchun mezanani aylanib aytishning zarari yo‘q.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:52:09
6.   «Hayya ‘alassolah»ni aytayotgan vaqtda yuzni o‘ng tomonga burish, «Hayya ‘alal falah»da esa chap tomonga o‘girish.
7.   Azon jumlalarining oralarini ajratib aytish, ya’ni bir jumlani aytib bir lahza sukut qilish va keyin ikkinchi jumlani aytish. Azonda shoshilmaslik, iqomatda esa bir oz tezroq aytish.
8.   Azon aytayotganda tahoratli bo‘lish. Tahoratsiz kishining azoni joiz bo‘lsa-da, biroz karohiyati bor. Chunki azon o‘zi namozga chaqirishdir. Namozga chaqiruvchining o‘zi  insonlardan ko‘ra namozga tayyor bo‘lishga haqlidir.
9.   Muazzinning solih kishi bo‘lishligi. Allohning ibodatiga chaqiruvchi solihlikda insonlarning a’losi bo‘lgani ma’qul. Fosiq odamning azon aytishi makruh.
10.   Azon bilan iqomatning o‘rtasida namozxonlar yetib kela olish miqdoricha o‘tirish. Bu to‘rt rakat namoz o‘qish miqdoridagi fursat bo‘ladi. Lekin shom namozida azondan so‘ng o‘tirmasdan takbir aytish ma’qul, chunki shomning vaqti tordir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:52:57
11.   Muazzin azon aytayotganda gapirmasligi, hatto salom berganga ham, aksa urib hamd aytgan kishiga ham javob qaytarmasligi lozim. Agar muazzin azon aytish asnosida biror so‘z sodir etsa, azonni qaytarib aytadi.
12.   Azon kalimalarini noo‘rin cho‘zib, ma’nolarini buzib yuborishdan muhofaza qilish. (Masalan, «Alloh» kalimasidagi alifni cho‘zib «Aaallohu akbar», desa, azon ma’nosi buziladi. Chunki bunda Allohning ulug‘ligiga shak qilganga o‘xshab qoladi. Yoki «Akbar» kalimasidagi «ba»ni cho‘zib «Allohu akbaaar», desa ham, ma’no buziladi. Shaytonning ismlaridan biri Akbaaardir. Mana shu takbirni namozning ichida ham shu kabi buzib aytsa, namoz botil bo‘lib, qaytaribo‘qishlozim bo‘ladi... - tarj.)
13.   Takbir aytilgach, kechiktirmay namozni boshlash. Agar takbirdan so‘ng namoz kechikib ketsa, u qaytarib aytiladi. ( Imom ham, jamoatham takbirdagi «Hayya ‘alassolah»da o‘rinlaridan turib, «Qod qomatissolah»ga yetganda esa, namozga niyat qilibkirishadi... - tarj.)

Ushbu sunnatlardan birortasini qasddan tark qilish makruh. Muazzinga azon aytayotganda barmoqlari bilan quloqlarini berkitib olishlik mustahabdir. Chunki bu uning ovozini balandlashishiga sabab bo‘ladi. Qazo namozlariga azon va takbir aytiladi. Agar qazo namozlari ko‘p bo‘lsa, avvalgisiga azon, qolganlariga takbir aytiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:53:13
Muazzinga javob berish

Azon eshituvchilarga o‘zlarining har qanday amallarini, hatto Qur’on qiroatlarini ham to‘xtatib, azonga javob berishlari sunnatdir. Azonga javob qaytarish so‘z va amal bilan bo‘ladi:

A) Muazzinning har bir chaqirig‘ini to‘la holda qaytarib aytishlik, «Hayya ‘alas solah» va «Hayya ‘alal falah»ga esa «La havla vala quvvata» kalimasini aytib javob berish so‘z bilan azonga ijobat qilish, deyiladi.

B) Azonni eshitgan kishi masjidga jamoat bilan namozning avvalgi vaqtida o‘qimoq uchun yurishi azonga amal bilan ijobat qilish, deyiladi. Agar muazzinning azonini eshitgan kishi masjidga bora olmaydigan bo‘lsa, azonning hurmatini qilib eshitishi, so‘ng o‘zining muhim ishlarini qilishi lozim.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:53:30
Muazzin ham, azon eshituvchi ham azondan so‘ng Payg‘ambarimizga salovot aytib, keyin ushbu azon duosini o‘qiydi:
 
«Allohumma Rabba hazihid da’vatit tommah vassolatil qoimati oti Sayyidana Muhammadanil vasiylata valfaziyla vab’ashu maqomam mahmudanillaziy va’adtahu» - («Ey bu komil duoning va qoim bo‘lgan namozning egasi Allohim, Muhammadga vasila va fazilat ber, u zotni va’da qilganing maqtovli maqomda tiriltir»).

Azon bilan iqomat o‘rtasida qilingan har qanday duo ijobatdir. Demak, bu fursatni g‘animat bilmoq kerak.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:53:56
Jamoat namozi

Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Jamoat namozi yolg‘iz namozdan, ya’ni yolg‘iz o‘quvchining namozidan yigirma yetti daraja ortiqdir», dedilar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:54:15
Jamoatning hukmi va hikmati

Namozda imomga qo‘shilib kamida bir kishi yoki undan ko‘p xoh erkak, xoh ayol va xoh oq-qorani ajrata oladigan bola bo‘lsa, jamoat, deyiladi. Erkak uchun namozni jamoat bo‘lib o‘qish ta’kidlangan sunnatlardandir. Bu namoz yuqoridagi hadisda aytilganidek, yolg‘iz o‘quvchining namozidan afzal turadi. Shubha yo‘qki, barcha musulmonlar masjidlarda kuniga besh marotaba jam bo‘lib, o‘rtalarida o‘zaro yordamlashish va ulfatlashishni yo‘lga qo‘yadilar. Qalblari esa muhabbat rishtalari bilan bog‘lanadi. Kuchli zaif oldidagi burchini his qiladi, sog‘lom kasalning holidan xabardor bo‘ladi, boy kambag‘alga muruvvat qilib, katta kichikni o‘z yoniga oladi, savdogar dehqon bilan, amir esa miskin bilan bir safda yonma-yon turadi. Muhimi, hamma Allohning nazdida barobarligini tan oladi. Parvardigorlari huzurida faqat taqvo bilangina mukarram bo‘lish mumkinligini tushunib yetadi.

Jamoat namozi tartib va intizomga muhabbat qo‘ydiruvchi, solih yo‘lboshchining buyruq va qaytariqlariga itoat ettiruvchi murabbiydir. Nima uchun bunday bo‘lmasin? Axir ular o‘zlarining imomlariga iqtido qiladilar, imomlari takbir aytsa, ular ham takbir aytadilar, ruku’ qilsa, ruku’ qiladilar, sajda qilsa, sajda qiladilar. So‘zda undan oldinga o‘tib ketmaydilar, amalda esa unga qarshi chiqmaydilar.

Musulmonlarning jamoatini hosil qiladigan Alloh taoloning baytlari bo‘lmish masjidlardan ko‘ra ulug‘roq makon yana qaerda bor?!

Musulmonlarning qalblarini bir-biriga ulfat etadigan jamoat namozidan o‘zga qulayroq yana nima bor?!
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:55:03
Imomlik va jamoatning shartlari

1.   Balog‘atga yetgan bo‘lmoqligi. Balog‘atga yetgan kishining go‘dakka iqtido qilishi durust emas.
2.   Erkak kishi bo‘lmoqligi. Ayol kishi erkak kishiga imom bo‘lmoqligi durust emas. Ammo ayol ayollar jamoasiga imom bo‘lib, namoz o‘qishligi makruh bo‘lsa-da, durustdir. (Bunda imom bo‘lgan ayol erkaklar kabi oldinda ajrab turmaydi, balki qolganlar bilan safda barobar bo‘lib turadi... - tarj.)
3.   Imomning qiroati namozni buzmaydigan darajada tajvidli bo‘lishi, lekin iqtido qiluvchilar ichida qori bo‘lsa, o‘sha imomlikka o‘tishi yaxshi.
4.   Imomning siydik tomib turishi, yel chiqib turishi, doimiy qon oqib turishi kabi uzrli holatlardan salomat bo‘lmoqligi. Uzrli kishi haqidagi masalalar tahorat hukmlari haqidagi bobda gapirib o‘tildi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:55:15
5.   Imomning o‘zi imomga iqtido qilgan bo‘lmasligi, agar u masbuq bo‘lsa ham. Masbuq, deb imomga bir yoki undan ko‘proq rakat kechikib iqtido qilgan, imom salom bergach esa, o‘rnidan turib kechikkan rakatlarini o‘qiyotgan kishiga aytiladi. Demak, imomga iqtido qilgan kishiga iqtido qilish durust bo‘lmaganidek, masbuqqa ham iqtido qilmoq joiz emas, chunki u masbuq ham iqtido qiluvchi hukmidadir.
6.   Imomga iqtido qiluvchi safda imomdan oldinga o‘tib ketmasligi. Bu ham iqtidoning shartlaridandir.
7.   Iqtido qiluvchining imomga ergashishni niyat qilishi. Ammo imom o‘zining imomligini niyat qilishi sunnat hisoblanadi. Agar imom ayollarga imomlik qilsa, ularga imomlik qilayotganini niyat qilishi vojibdir. Chunki shu niyat bilan imomga iqtido qilgan ayollarning namozi durust bo‘ladi. Bu masalaga biz yuqorida ishora qildik.
8.   Imomning holati iqtido qiluvchining holati bilan muvofiq bo‘lishi. Farz namozni o‘quvchi nafl o‘qiyotgan kishiga, ruku’, sajdaga qodir kishi imo-ishora bilan o‘quvchiga, bir farzni o‘qiydigan kishi boshqa farzni o‘qiyotganga iqtido qilmoqligi durust bo‘lmaydi. Shuningdek, qiroati tajvidli odamning tajvidsiz kishiga, olimning omiga, kiyimli kishining yalang‘ochga iqtido qilishi joiz emas. Lekin tayammum qilgan kishi tahoratlilarga, mahsiga yoki yarasiga mash tortgan kishi mash tortmay oyoqlarini yuvgan kishilarga imom bo‘lishi durustdir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:55:38
9.   Imom bilan ergashuvchi kishining namozlari har xil bo‘lmasligi. Masalan, asr namozini o‘qiyotgan imomga peshin namozini niyat qilib iqtido qilsa yoki juma kunining asr namozini o‘qiyotgan kishiga payshanba kunining asr namozini niyat qilib iqtido qilsa, namozi durust emas.
10.   Imom bilan iqtido qiluvchi erkaklarning oralarini to‘rt yoki undan ko‘proq ayollar ajratib qo‘ymasligi. Agar imom bilan unga iqtido qiluvchi kishilarning o‘rtasiga ayollardan saf turib qolsa, shular ortidagi erkaklarning namozlari buziladi.
11.   Imom bilan imomga ergashuvchining o‘rtasida kengligi kichik qayiq sig‘adigan miqdorda anhor bo‘lmasligi yoki arava o‘tadigan kenglikda yo‘l bo‘lmasligi. Imomning nima qilayotganini imomga ergashuvchidan to‘sib, uni imom ahvolidan shubhaga soladigan to‘siqning bo‘lmasligi. Agar shu narsalar bo‘lsa, ergashuvchining iqtidosi durust bo‘lmaydi. (Ammo imomga ergashuvchi imomni ko‘rib tursa yoki ovozini eshitib tursa hamda bir masjid hovlisida bo‘lsa, oradagi to‘siqlarningzarari yo‘q... - tarj.)
12.   Imomga ergashuvchi imomning tahoratini singan, deb bilmasligi ham shart. Imomning tahoratsizligini, masalan, qon oqqani yoki boshqa narsani bilgan kishining shu imomga iqtido qilmoqligi joiz emas.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:56:16
Farz namozlarining jamoatiga yetishish

Kishi jamoatga kelsa, imom farz namozini o‘qiyotgan bo‘lsa, unga iqtido qiladi, so‘ngra farzdan oldingi o‘qilmagan sunnatni o‘qiydi, keyin esa farzdan keyingi sunnatni ado etadi. Ammo bomdod namozida imom farzni boshlagan bo‘lsa, sunnatni o‘qimagan kishi vaqtni chamalab ko‘radi. Imom farz namozini ado qilmay, sunnatni o‘qib, imom salom berishidan oldin yetib olishiga ko‘zi yetsa, jamoatdan uzoqroq joyda sunnatni o‘qib olib, keyin imomga iqtido qiladi. Biroq sunnatni o‘qisa-yu, jamoat namoziga yetib olishiga ko‘zi yetmasa, sunnatni tark qilib, imomga iqtido qiladi. Chunki jamoat namozi afzalroqdir. Agar bomdodning sunnati o‘qilmay qolsa, uning qazosi o‘qilmaydi. Bomdodning farzidan keyin namoz o‘qishlik makruhdir. Ammo shar’iy sababga ko‘ra, bomdodning farzi bilan sunnati qazo bo‘lib qolsa, quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilgach, farzdan oldin sunnatini ham o‘qiydi. (Shar’iy uzr, deb uxlab qolish yoki esdan chiqarib qo‘yishga aytiladi.) Demak, subhda sunnat o‘zi yolg‘iz qazo bo‘lsa, farzdan so‘ng o‘qilmaydi, ammo farzga qo‘shilib o‘qilmay qolgan bo‘lsa, quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilgandan so‘ng to peshin vaqtigacha sunnatiningham farzga qo‘shib qazosi o‘qiladi.
Kishi agar o‘zi yolg‘iz bomdod kabi ikki yoki shom kabi uch rakatli namozga kirishsa-yu, jamoat namoziga takbir aytilsa, ya’ni imom namozga kirishsa, birinchi rakatni o‘qib, ikkinchi rakatga sajda qilmagan bo‘lsa, namozini buzib imomga iqtido qiladi. Ammo ikkinchi rakatni ham sajda qilish bilan o‘qib qo‘ygan bo‘lsa, endi bu namozni buzmaydi, balki yolg‘iz holda oxiriga yetkazib qo‘yadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2007, 07:56:26
Agar yolg‘iz o‘quvchining namozi peshin, asr, xufton namozlaridek to‘rt rakatli bo‘lsa, birinchi rakat sajdasini qilmagan bo‘lsa, namozini buzib, imomga iqtido qiladi, ammo birinchi rakat sajdasini qilgan bo‘lsa, ikkinchi rakatni ham ado qilib, ikki tomoniga salom beradi va jamoatga qo‘shiladi. Agar ikki rakatni ham tugatib, uchinchi rakatga turgan bo‘lsa, tik turgan holida ikki yelkaga salom berib, namozini to‘xtatadi va jamoatga ergashadi. Agar uchinchi rakat sajdasini ham ado qilgan bo‘lsa, endi namozni o‘zi yolg‘iz holida tugatadi, jamoat namozini esa tark etadi. Nafl namozlaridan biriga kirishgan kishi esa takbir aytilib, imom farzni boshlagan bo‘lsa ham, ikki rakatni ado etmay turib namozni buzmaydi. (Agar u to‘rtrakatli naflga niyat qilgan bo‘lsa-da, ikki rakat bilan naflni ado qiladi va imomga ergashadi.) Agar kishi juma namozining sunnatini boshlagan bo‘lsa, imom xutba uchun minbarga ko‘tarilsa, u namozni buzmaydi, balki qiroatni yengilroq qilib tugatadi. Peshin namozining sunnatini boshlagan kishi jamoat namoziga yetish uchun avvalgi ikki rakatni tugatib salom beradi va imomga iqtido qiladi. Farzni o‘qib bo‘lgach, avval to‘rt rakatli qazo bo‘lgan sunnatni, keyin esa ikki rakatligini o‘qiydi. Farzdan oldingi ikki rakat nafl bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:27:34
Imomga iqtido qiluvchining holatlari

Imomga ergashuvchi ikki xil holatda bo‘ladi:

A) Imom bilan birgalikda hamma rakatlarni to‘liq o‘qigan kishi. Bu kishi mudrik, deyiladi. Uning namozi imomning namozi tugashi bilan tamom bo‘ladi.

B) Imomga iqtido qilishda kech qolgan kishi. Bu masbuq, deyiladi. Masbuq imomni ruku’ holida topsa, takbiri tahrimani tik turib aytadi va ruku’ qiladi. Agar imom ruku’dan turib ketmasdan unga yetib olsa, u o‘sha rakatni topgan bo‘ladi, garchi qiyom va qiroatga yeta olmagan bo‘lsa ham.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:30:28
Agar imomga u ruku’ qilgan holida yeta olmasa, tik turgan holida takbiri tahrimani aytadi, so‘ng imom qanday holda bo‘lsa ham, unga ergashadi. Imomning keyingi rakatga turishini kutib o‘tirmaydi. Lekin masbuq shu rakatni topolmagan bo‘ladi. Imom namozini tugatib salom bergach, masbuq o‘rnidan turib, yeta olmagan rakatlarini o‘qib oladi. Masbuq yeta olmagan birinchi va ikkinchi rakatlarida Fotiha surasidan keyin bir surani zam qiladi. Chunki u zam surali rakatlarni topa olmagan edi. Ammo uchinchi va to‘rtinchi rakatlarda esa zam surani qiroat qilmay, Fotihaning o‘zi bilan kifoyalanadi.

Masbuq imomga qiroati maxfiy o‘qiladigan rakatlarda iqtido qilgan bo‘lsa, takbiri tahrimani aytgandan so‘ng sano duosini maxfiy o‘qiydi. Agar masbuq imomga jahriy rakatda yetib kelgan bo‘lsa, imom bilan qo‘shilib hech narsani o‘qimaydi, balki ruknlar almashayotgandagi takbirlar va sajda ruku’dagi tasbehlarni aytadi. Imomning salomidan keyin esa o‘rnidan turib «A’uzu...»ni va «Bismillah...»ni o‘qiydi, keyin yolg‘iz o‘quvchi kabi qiroat qiladi, lekin bunda «A’uzu...» va «Bismillah...» bilan birga qiroatni ham maxfiy qiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:31:45
Imomlikka haqliroq kishi kim?

Imomlikka namoz hukmlarining buzilishi yoki durust bo‘lishini biluvchiroq olim kishi haqliroqdir. Shu bilan birga bu kishining solihligi ma’lum bo‘lgan, oshkora fahsh, gunohlardan saqlangan bo‘lmoqligi ham shartdir. Keyin qiroati chiroyliroq kishi, so‘ngra taqvodorroq, so‘ng yoshi ulug‘roq, keyin esa xulqi go‘zalroq kishi imomlikka haqliroq hisoblanadi. Bu aytilgan tartib, agar jamoatning ichida sulton bo‘lmasa, hisobga olinadi. Agar jamoatda yo sulton, yo amir, yo amirning noibi, yo qozi yoki o‘sha o‘rinda odamlar kelishib jamoat holida o‘zlariga bir kishini tayin qilib olishgan bo‘lsa, yoxud imom vazifasidagi kishi bo‘lsa, mana shular namozni buzmay o‘qib bera olsalar, imomlikka o‘z masjidlarida boshqalardan ko‘ra haqli bo‘ladilar.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:32:20
Imomligi makruh bo‘lgan kishilar

Johilning imomligi makruhdir, chunki u namoz ahkomlarini bilmasligi sababli uni botil qilib qo‘yishi mumkin. Ko‘zi ojiz kishining ham imomligi makruhdir. Chunki u qiblani topishda qiynaladi, yana o‘zining kiyimlarini najosatdan saqlay olmaydi. Ammo jamoatda shu kishidan ko‘ra afzalroq odam bo‘lmasa, uning imomga o‘tishligi makruh emas.

Katta gunohlardan saqlanmaydigan, kichik gunohlarni doimiy qilib yuradigan kishining ham imomligi makruhdir. Chunki bu kabilarning qalbida din g‘ami kam bo‘ladi. Shu sababli imomlikdek ulug‘ mas’uliyatga ularni muqaddam qilish ma’qul emas.

E’tiqodi kufr darajasiga yetib bormagan bid’atchining ham imomligi makruhdir. Bid’atchilar, deb Islomning avvalidagi diniy qarashlarga yangiliklar qo‘shuvchilarga aytiladi. Misol uchun Me’roj voqeasini inkor qiluvchilar, Alini (r.a.) Abu Bakr va Umardan (r.a.) ortiq ko‘ruvchilar, qabr azobini inkor etuvchilar, Alloh subhanahu va taologa payg‘ambarlar va avliyolarni vasila qiluvchilarni kofir, deb o‘ylaguvchilar bid’atchilar, deyiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:32:30
Ammo e’tiqodi kufr darajasiga yetgan bid’atchining orqasida namoz o‘qish joiz emas. Isro voqeasini inkor qilgan, dinning zaruratlaridan bo‘lgan namoz, zakot, ro‘za kabilarni tan olmagan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sunnatlaridan birini past sanagan yoki masxara qilgan, misol uchun soqol qo‘yish va yo misvok ishlatishni ustidan kulgan odam e’tiqodi kufr darajasiga yetgan bid’atchi hisoblanadi. Buning orqasida iqtido qilib o‘qilgan namoz qaytarib o‘qiladi.

Namozdagi qiroatni sunnatda kelgan miqdordan uzaytirib yuboradigan kishining ham imomligi makruhdir. Sunnatga muvofiq bo‘lgan qiroat miqdorining bayoni yuqorida o‘tgan edi. Qiroatning haddan ziyod uzun bo‘lib ketishi jamoatning qochib ketishiga sabab bo‘ladi. Ayollar o‘zlaridan birortasini imom qilib jamoat bo‘lishlari ham makruh. Ular masjiddagi jamoatda ham ishtirok etmaganlari ma’qul. Chunki bunda fitna ehtimoli bor.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:33:32
Imomga iqtido qiluvchi qanday turadi?

Agar imomga ergashuvchi kishi yoki oq-qorani ajratuvchi go‘dak bo‘lsa, imomning yonida turgani ma’qul. Ammo iqtido qiluvchi o‘ng yonida imomning tavoniga o‘zining oyoq uchini barobar qilib turadi, ayol esa imomning bir saf orqasidan iqtido qiladi. Shu suratda go‘dak ham kishining misolida. Agar jamoatga erkaklar, go‘daklar va ayollar to‘plangan bo‘lsa, imom orqasidan avval erkaklar, keyin go‘daklar, so‘ngra ayollar saf turishadi. Agar go‘dak yolg‘iz bo‘lsa, erkaklar uni o‘z oralariga oladilar. Imom jamoatning o‘rtasida turmoqligi lozim. Agar u jamoatning o‘ng yoki chap tomoniga turib olsa, sunnatga xilof qilganligi sababli gunohkor bo‘ladi. Lekin joy tor bo‘lib, jamoatning o‘rtasida turish imkoni bo‘lmasa, u uzrli hisoblanadi va qodir bo‘lgan o‘rinda imomlikka turadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:33:49
Jamoatga bormasa bo‘ladigan uzrlar:
1.   Qattiq yomg‘ir;
2.   Qattiq sovuq;
3.   Ko‘chaning aziyat yetkazadigan darajada loy bo‘lishi;
4.   Og‘ir kasal bo‘lishi yoki xizmatkorga muhtoj og‘ir kasalning xizmatida bo‘lish;
5.   Bir zolimning uning joniga nisbatan zulm qilishidan yoki fitna sodir etishidan xavfsirash;
6.   Ko‘zining ko‘rmasligi yoki yura olmasdan o‘tirib qolganligiga o‘xshash sabablar bilan ojiz bo‘lib qolish. Shu kabi sababli uzrlar bilan jamoat namoziga bora olmay qolgan kishiga gunoh bo‘lmaydi. Lekin shu uzrlar bo‘la turib ham, imkon topib jamoat namoziga qatnashgan kishining ajri ziyodalashadi. Kishi yuqoridagi sababli uzrlar bilan jamoat namoziga bora olmasa-yu, qalbidan shu holatiga iztirob cheksa, agar mana shu uzr bo‘lmaganda jamoat namoziga albatta borar edim, deb niyat qilsa, unga jamoat bilan namoz o‘qiganlik savobi umid qilinadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:34:23
Masjid odoblari:

1.   Masjidga o‘ng oyoq bilan kirib, chap oyoq bilan chiqish;
2.   Kirish-chiqishda sunnatda vorid bo‘lgan ma’sur duolarni o‘qish. Masjidga kirayotgandagi duo:
«Bismillahi, allohumma solli ‘ala sayyidina Muhammadin va ‘ala olihi va sahbihi va sallam. Allohumma iftah liy abvaba rohmatika». (Ma’nosi: «Allohning ismi bilan boshlayman. Allohim, sayyidimiz Muhammad alayhissalomga va u zotning oila a’zolariga hamda sahobalariga salovot-u salomlar bo‘lsin. Allohim, menga rahmat eshigingni ochgin».)

Masjiddan chiqayotgandagi duo:
«Bismillahi, allohumma solli ‘ala sayyidina Muhammadin va ‘ala olihi va sahbihi va sallam. Allohumma inniy as’aluka min fazlika». (Ma’nosi: «Allohning ismi bilan boshlayman. Allohim, sayyidimiz Muhammad alayhissalomga va u zotning oila a’zolariga hamda sahobalariga salovot-u salomlar bo‘lsin. Allohim, men Sendan fazlingni so‘rayman».)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:34:40
3.   Masjidga kirganda namoz o‘qish makruh bo‘lmagan vaqt bo‘lsa, ikki rakat tahiyyotul masjid namozini o‘tirmasdan oldin o‘qib olish;
4.   Masjidga tahoratli kirib, o‘zini turli najosatlardan pok tutish;
5.   Imom odamlarga masjidda va’z-irshod qilib, ularga ta’lim berayotgan bo‘lsa, ovozini ko‘tarmaslik;
6.   Xutba o‘qilayotganda jim turish. Chunki xutbaga quloq solib, diqqatini berib turish vojibdir;
7.   Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan kesib o‘tmaslik, xususan, juma kunlari odamlarning yelkalaridan oshib oldingi safga yorib o‘tmaslik lozim. Chunki bular haromga yaqin makruhlardandir;
8.   Poklikka rioya qilish;
9.   Masjidga badbo‘y hid bilan kirmaslik. Misol uchun piyoz, sarimsoq, nos,
sigaret kabi narsalarni iste’mol qilib, so‘ng masjidga kirsa, o‘zidan
kelayotgan sassiq hid bilan namozxonlarga ozor beradi. Bu ham haromga yaqin
makruhlardan hisoblanadi;
10.   Masjidda viqor va osoyishtalik bilan yurmoqlik. Xovliqish va shoshqaloqlikdan saqlanish lozim. Agar jamoatga yoki biror rakatga kech qolayotgan bo‘lsa ham, shoshilmaslik darkor. Sekin-astalik bilan jamoatga kelib qo‘shiladi (eta olmagan rakatlarini yuqorida bayon qilganimizdek o‘qib qo‘yadi);
11.   Safardan qaytgan kishining ham dastlab masjidga tushishi masjid odoblaridandir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:34:57
Masjidda bajarish makruh bo‘lgan amallar

Ular quyidagilardir:
1.   Masjidning ichidan uzrsiz yo‘l qilib olish makruh.
2.   Masjidda uxlash makruh, ammo e’tikof o‘tiruvchi yoki joyi yo‘q musofirning masjidda uxlashi makruh emas.
3.   E’tikof o‘tiruvchi kishilardan boshqalar uchun masjidda ovqatlanish makruh;
4.   Zikr-tasbehlarda ovozni ko‘tarib namozxonlarga xalaqit berish yoki uxlaganlarni uyg‘otib yuborish makruh. Agar namoz o‘qiyotgan kishiga xalaqit bermasa, uxlab yotganlarni uyg‘otib yubormasa, masjidda jahriy Qur’on o‘qib, Allohni zikr qilishlik afzaldir. Chunki jahriy zikrda zokirning qalbi uyg‘oq turadi, uyqusi qochib, ibodatni sergaklik bilan ado etadi.
5.   Masjidga dunyo ishlaridan bo‘lgan gap-so‘zlarni gaplashish uchun kirishlik makruh;
6.   Masjidda oldi-sotdi qilishlik makruh.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:35:12
7.   Tahoratini ushlab turolmaydigan, masjidni najosat qilib qo‘yish ehtimoli bo‘lgan go‘daklarning ham masjidga kirishi makruh.
8.   Masjidga tupirish va burun qoqish ham makruh.
9.   Yo‘qotgan narsasini masjidda e’lon qilish ham makruh.
10 Masjidda she’r aytish ham makruh. Ammo haqqa da’vat qilishlik, hikmatli so‘zlar bilan Allohning ne’matini eslatish, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sifatlarining zikri, taqvodorlarning sifatlari va shunga o‘xshash mavzular bo‘lsa, shu she’rdan da’vat asnosida foydalanish yaxshidir.
11.   Masjid ichida tilanchilik qilish yoki tilanchiga pul berish ham makruh.
12.   Masjidda tahorat qilish ham makruh. Ammo masjid hovlisida alohida tahorat uchun joy tayyorlangan bo‘lsa, u yerda tahorat qilish makruh emas.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:39:26
Vitr namozi

Vitr namozi uch rakatni bir salom bilan tugatadigan namoz bo‘lib, uni xuftondan keyin o‘qish vojibdir. Vitrning hamma rakatida surai Fotiha bilan qo‘shib, qisqa bir sura (yoki uzun oyatdan bir oyat, qisqa oyatlardan uch oyatni) zam qilish lozimdir. Birinchi rakatda Fotihadan keyin A’lo surasini, ikkinchi rakatda Kafirun surasini, uchinchi rakatda Ixlos surasini zam qilish sunnat amallardan hisoblanadi. Ushbu ko‘rinishni qilib yurish mustahab bo‘lsa-da, doim qilmagan ma’qul. Chunki avom xalq buni vojib, deb tushunib qolishi mumkin. Vitrda ham xuddi shom namozidagi kabi ikkinchi rakatdan so‘ng qa’da o‘tirib, tashahhud o‘qiladi va takbir bilan uchinchi rakatga turiladi. Uchinchi rakat o‘qib bo‘lingach esa, ikki kaft qiblaga yuzlantirilib, quloq barobar ko‘tariladi. Shu bilan birga boshlanishidagi kabi takbir ham aytiladi, bu takbirni aytish esa vojibdir. Takbirdan so‘ng esa ikki qo‘lini bog‘lab kindik ostiga qo‘yadi va ma’sur bo‘lgan qunut duosini maxfiy o‘qiydi.

Qunut duosi ushbudir:
«Allohumma inna nasta’iynuka va nastahdiyka va nastag‘firuka va natubu ilayka va nu" minu bika va natavakkalu ‘alayka va nusniy ‘alaykal xoyro kullah, nashkuruka va la nakfuruka va naxlahu va natruku may yafjuruk. Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’a va nahfidu narju rohmataka va naxsha ‘azabaka inna ‘azabakal jidda bilkuffari mulhiq». (Ma’nosi: «Ey Rabbim, Sening yordam berishingni, hidoyat qilishingni, gunohlarni kechishingni so‘rayman. Senga tavba qildim, iymon keltirdim va Senga suyandim. Yaxshiliklarning barchasi bilan Seni sifatlaymiz. Senga shukr qilamiz, noshukrlik qilmaymiz. Senga fojirlik qilganlardan chetlashamiz. Ey Rabbim, Senga ibodat, namoz, sajda etamiz. Va Sening yo‘lingda sa’y-harakat qilib, rahmatingni umid qilamiz. Azobingdan qo‘rqamiz. Albatta, haq azobing kofirlarga ro‘para qilinuvchidir».) Ibn Abu Shayba rivoyati.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:43:29
Qunut duosini o‘qish vojibdir. Agar ushbu duoni bilmasa, to o‘rganguncha quyidagi duolarni ham o‘qib tursa bo‘ladi:
 
Agar qunut duosini o‘qish esidan chiqib ruku’ qilib qo‘ysa, uni o‘qish uchun yana orqaga qaytmaydi va ruku’da ham bu duoni o‘qimaydi, balki namozini davom ettiradi, namoz oxirida o‘ng tomoniga salom bergach, sahv (esdan chiqarganlik) sajdasini bajaradi.

Agar Fotihadan keyingi zam sura bilan qunut duosini esdan chiqarib, ruku’ga borgan bo‘lsa, u qiyomga zam sura bilan qunutni o‘qimoqlik uchun qaytadi. So‘ng yana ruku’ qilib namozini davom ettiradi, namoz oxirida esa sahv (esdan chiqarganlik) sajdasini qiladi. Iqtido qiluvchi ham imom kabi qunut duosini maxfiy o‘qiydi. Agar imom muqtadiy qunut duosini o‘qib bo‘lmasidan oldin ruku’ qilsa, qolgan joyini tark qilib, imomga ergashadi, chunki imomga ergashuvchi uchun qunutni oxiriga yetkazib qo‘yish mandub bo‘lsa, imomga ergashish vojibdir. Agar imomga ergashuvchi imomga uchinchi rakatning ruku’sida yetib iqtido qilsa, uchinchi rakatni topganligiga ko‘ra, hukmda u qunutni ham o‘qigan hisoblanadi va imom o‘qib o‘tgan qunutni imomga ergashuvchi qaytarishi shart emas. Namozxon vitrdan boshqa namozlarda qunutni o‘qimaydi, faqat shiddatli kunlarda bomdod namozining ruku’sidan qaytgach, o‘qishlik sunnatdir. Vitrda esa ruku’dan oldin o‘qiladi. Lekin qunut hamma vaqt ham o‘qilavermaydi. Shiddatli kunlardagi bomdodda qunutni imom jamoat bilan birga o‘qishligi sunnat. Agar imom qunutni jahriy o‘qisa, imomga ergashuvchi faqat omiyn, deb turadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:44:25
Agar hanafiy mazhabidagi azizlar shofe’iy mazhabidagi birodarlarga bomdod namozida iqtido qilsa, imom ruku’dan qaytgach, qunutni o‘qisa, imomga ergashishlik vojibligi uchun ikki qo‘lini yoniga tashlab jim turadi va imom namozni ado qilishiga qarab bu ham tugatadi. Vitrning vaqti shafaqdagi qizillik va oqlik yo‘qolganda kiradi. Vitrni xuftondan so‘ng o‘qishlik vojibdir. Chunki namozlar o‘rtasidagi tartibga rioya qilish ham vojibdir. Agar esidan chiqib xuftondan oldin vitrni o‘qib qo‘ysa, vitrni o‘qigan hisoblanadi. Xuftondan so‘ng uni qaytarib o‘qimaydi. Xuddi shuningdek, agar xufton bilan vitrni o‘z tartibida o‘qigan bo‘lsa-yu, keyin xuftonning buzilganligi bilinsa, shu xuftonning o‘zini qaytarib o‘qiydi, vitrni esa buzmaganligi uchun qaytarib o‘qimaydi. Chunki mana shu kabi uzr bilan tartibga amal qilishning vojibligi soqit bo‘ladi. Kechaning oxirida uyg‘onishga ishonchi bo‘lgan kishi uchun vitrni shu paytga kechiktirish afzaldir. Ammo uxlab qolish ehtimoli ko‘proq bo‘lsa, xuftondan keyin vitrni o‘qib olish ma’qul hisoblanadi. Kishi vitrni esidan chiqarib yoki qasddan va yo uxlab qolib vaqtida o‘qiy olmasa, uning qazosini o‘qish vojibdir. Tik turishiga qodir bo‘la turib vitrni o‘tirib o‘qish joiz emas. Tik turishga qodir bo‘la turib o‘tirgan holda sunnat va nafl namozlarini o‘tirib o‘qish joiz bo‘ladi. Chunki bu namozlarda qiyom vojib emas, balki sunnatdir. Ammo vitr namozi vojib bo‘lib, undagi qiyom turishlik ham vojibdir. Vitr namozi faqat ramazon oyidagina jamoat holida jahriy o‘qiladi. Ramazondan boshqa oylarda vitrni jamoat bo‘lib yoki jahriy o‘qishlik shariatda yo‘lga qo‘yilmagan.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:45:00
Nafl namozi

Nafl namozi, deb kishi o‘z ixtiyori bilan farzga qo‘shimcha tarzda o‘qiydigan namozga aytiladi. Bu namozni Alloh taolo mo‘minlar zimmasiga farz kabi majburiy qilmagan, balki ixtiyoriy suratda ado etilsa, savob bo‘ladi.

Nafl namozlari ikki xil bo‘ladi:
1.   Besh vaqt farz namozlariga tobe bo‘lgan nafllar. Bular farzlardan oldin yoki keyin o‘qiladigan namozlar bo‘lib, ular sunnati ravotiblar, deyiladi.
2.   Besh vaqt namozlardan tashqari mustaqil o‘qiladigan namozlar. Bular jumlasiga zuho, tahajjud, hojat so‘rash va boshqa namozlar kiradi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:45:13
Farz bilan birga o‘qiladigan sunnatlar

Bular ham o‘z o‘rnida ikki qismga bo‘linadi:
1.   Bajarishlik ko‘p bor ta’kidlangan sunnatlar. Bularga sunnati muakkadalar, deyiladi.
2.   Qilish ta’kidlanmagan sunnatlar.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:45:30
Ta’kidlangan sunnatlar

Ular quyidagilardir:
1. Bomdod namozining farzidan oldingi ikki rakat sunnat. Ushbu namozda Fotihadan so‘ng birinchi rakatga Kafirun surasini, ikkinchi rakatga Ixlos surasini zam qilishlik ham sunnat amallaridandir. Agar jamoat bomdodning farzini o‘qish uchun tursa-yu, kechroq kelgan kishi hali sunnatini o‘qimagan bo‘lsa, farzga yetib olishga ko‘zi yetsa, shu sunnatni o‘qimoqlikka kirishadi. Agar farzga ham yetolmaslikka ishonsa, sunnatni tark qiladi va jamoatga qo‘shiladi. Farzdan so‘ng esa sunnatning qazosini o‘qimaydi. Chunki bomdodning farzidan keyin nafl namoz o‘qishlik makruhdir. Agar jamoat farz namozini o‘qish uchun qo‘zg‘alsa, bomdodning sunnatidan boshqa namoz o‘qilmaydi. Chunki bomdoddagi sunnatni farzdan oldin o‘qishlik nihoyatda ko‘p ta’kidlangandir. Agar bir kishi uxlab qolib umuman bomdodni qazo qilsa, quyosh chiqib nayza bo‘yi ko‘tarilgandan so‘ng farzga qo‘shib, sunnatning ham qazosini o‘qiydi. Ammo bomdodning farzini o‘z vaqtida o‘qigan bo‘lsa-yu, sunnatini tark qilgan bo‘lsa, quyosh chiqqandan keyin ham bu sunnatning qazosini o‘qish shart emas.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:50:35
2.   Peshin namozi farzidan oldingi to‘rt rakat. Bu bomdodning sunnatidan keyingi o‘rinda turadigan ta’kidli sunnatdir.
3.   Peshin namozidan keyin ikki rakat, juma kunlari esa ikki rakatli juma namozidan oldin to‘rt rakat, keyin ham to‘rt rakat o‘qishlik ta’kidlangan sunnatdir.
4.   Shom namozidan keyin ikki rakat.
5.   Xuftondan keyin o‘qiladigan ikki rakat. Sunnat namozlarining har bir rakatida Fotihadan keyin zam sura o‘qishlik vojib ekanligi esingizdan chiqmasin.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:52:48
Ta’kidlanmagan sunnatlar

1.   Peshindan keyingi ikki rakatli sunnatdan so‘ng o‘qiladigan ikki rakatli namoz.
2.   Asrni farzidan oldingi to‘rt rakatli namoz.
3.   Shomdan keyingi olti rakatli namoz. Ikki rakati muakkada, to‘rt rakati mustahab.
4.   Xuftonning farzidan oldingi to‘rt rakatli namoz. Ta’kidlanmagan
sunnatlarda ta’kidlangan sunnatlardan ikki amal ortiqcha bo‘ladi:
A) Avvalgi qa’dada tashahhuddan keyin salovot o‘qiladi;
B) Salovot o‘qilgach, uchinchi rakatga turiladi, shu rakat sano duosi bilan boshlanadi. Farz namozlari bilan ulardan keyin o‘qiladigan sunnatlarni orqama-ketin qo‘shib o‘qimay, balki «Allohumma antassalom va minkassalom tabarokta yaa zal jalali val ikrom» duosini o‘qish bilan orasini ajratadi. Ammo namozning farzidan keyin o‘qiladigan zikrlarni sunnatdan so‘ng o‘qishlik inkor qilib qaytarilmaydi. Chunki sunnatlar farz namozlarining qo‘shimchalaridir. Hargiz ulardan begona emas. Shunday ekan, zikrlarni sunnat namozlarini ham o‘qib bo‘lgandan keyin aytishlikning hech qanday zarari yo‘q. (Zamonamiz olimlaridan Vahba az-Zuhayli o‘zining «Islomiy fiqh va uning dalillari» nomli kitobida «Namozdan keyingi zikrlar qachon qilinishi kerak?» degan mavzuda bahs yuritib, peshin, shom va xuftonga o‘xshash namozlarda zikr va duolarni sunnatlardan keyin bajarish afzal, deganlar...- tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:53:40
Namozdan so‘ng o‘qilishi vorid bo‘lgan zikrlar

Har vaqt namoz sunnatlari ham o‘qib bo‘lingach, uch marotaba astag‘firulloh, deb Allohga tavba qilishlik mustahabdir. So‘ng oyatal kursi o‘qiladi, keyin Qur’onning oxiridagi uchta sura o‘qiladi. Bu uch sura muavvizatayn, deb nomlanadi. So‘ngra «Allohumma a’inni alaa zikrika va shukrika va xusni ‘ibadatik» , deyiladi. Keyin o‘ttiz uch marta «Subhanalloh» , o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah» , o‘ttiz uch marta «Allohu akbar» , deb, oxirida «La ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay’in qodir» , deyish bilan yuzta qilib qo‘yadi. Bulardan so‘ng «Allohumma la mania lima ‘atoyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd», deydi. Ikki qo‘lini ko‘tarib, o‘zi va barcha musulmonlarning haqqiga xohlagancha duo qiladi, Qur’on va hadisda sobit bo‘lgan duolar bilan duo qilmoqligi afzal hisoblanadi. Duoning oxirini ushbu oyatdagi duo bilan yakunlasa yaxshi bo‘ladi:

Duodan keyin qo‘lini yuziga surtadi. Bomdod namozidan keyin esa yuqoridagi duolardan tashqari «La ilaha illalohu vahdahu la sharrika lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay’in qodir» o‘n marta aytiladi. Bomdod va shomdan keyin yana «Allohumma ajirniy minannar», ya’ni «Allohim, meni do‘zaxdan saqla» duosini yetti martadan zikr qiladi. Ushbu duolarning barchasi Payg‘ambarimizning sahih hadislarida vorid bo‘lgan.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:54:42
Farz namozlariga tobe’ bo‘lmagan, mustaqil o‘qiladigan sunnatlar

Bu turdagi namozlar juda ko‘p bo‘lib, ulardan imkon qadar keltirishga harakat qilamiz:
1.   Zuho namozi. Bu namozning vaqti quyosh bir nayza bo‘yi ko‘tarilganda kirib
(ya’ni, quyosh chiqqandan taqriban yarim soat keyin), zavolga bir soat qolguncha
davom etadi. Bu «dahvatul kubro», ya’ni katta tong, deyiladi. Zuho namozi kamida ikki rakat o‘qiladi, eng afzali to‘rt rakatdan o‘qilmoqlikdir.

2.   Tahiyyotul masjid namozi (ya’ni, masjid bilan salomlashish namozi). Bu namozni ham ikki yoki to‘rt rakat o‘qisa bo‘ladi. Afzali to‘rt rakat o‘qimoqlikdir. Agar masjidga kirgan kishi jamoatning ravotib sunnatlarni yoki farzni o‘qiyotganini ko‘rsa, tahiyyotul masjid namozini shu sunnat yoki farzlarga qo‘shib niyat qiladi. Shu bilan u sunnat va yoki farzga qo‘shib tahiyyotul masjidni o‘qiganlik savobini oladi. Ammo niyatni qilmay, sunnat yoki farzning o‘zini o‘qisa, undan tahiyyotul masjid namozini o‘qiganlik savobiga erishmaydi. Tahiyyotul masjid namozini masjidga kirgan kishi o‘tirmasdan oldin o‘qishi sunnat hisoblanadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:56:48
3.   Tahorat yoki g‘usl so‘nggidan o‘qiladigan ikki rakat namoz.

4.   Safarga chiqayotganda va undan qaytgandagi ikki rakatli namoz.

5.   Kechqurungi tahajjud namozi. Bu kamida ikki rakat, ko‘pida esa xohlagancha o‘qiladi. Nafl namozlarining eng afzali tahajjud hisoblanadi. Chunki bu namoz hamma uxlab yotgan vaqtda o‘qilganligi uchun riyodan uzoq, ixlosga yaqin bo‘ladi. (Tahajjud xuftondan so‘ng uxlab, kechaning ikkinchi yarmida bedor bo‘lishga aytiladi. Ammo xuftondan keyin uxlamasdan kechasi bilan bedor bo‘lsa ham, haqiqiy tahajjud hisoblanmaydi. Zero, tahajjudning asl ma’nosi bir uxlab, kechqurunda bedor bo‘lishdir...- tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:57:24
6.   Istixora namozi. Ya’ni, yaxshilik talab qilib o‘qiladigan namoz. Bu ham ikki rakat o‘qiladi va namozdan so‘ng ushbu duo o‘qiladi:

«Allohumma inniy astaxiyruka bi’ilmika va astaqdiruka biqudrotika va asaluka min fazlikal ‘aziym. Fainnaka taqdiru va la aqdiru va ta’lamu va la a’lamu va anta ‘allamul g‘uyub. Allohumma in kunta ta’lamu anna hazal amro xoyrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ‘aqibati amriy, ‘ajili amriy va ajilihi, faqdurhu liy va yassirhu liy, summa barik liy fiyhi va in kunta ta’lamu anna hazal amro sharrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ‘aqibati amriy, ‘ajili amriy va ajilihi fasrifhu ‘anniy vaqdurliyal xoyro haysu kana summa rozziniy bih» , deb hojati aytiladi. (Ma’nosi: «Allohim, Sening ilming bilan Sendan yaxshilik so‘rayman. Sening qudrating bilan Sendan qodirlik va ulug‘ fazlingni so‘rayman. Sen (har narsaga) qodirsan, men qodir emasman. Sen (har narsani) biluvchisan, men bilmayman. Sen g‘aybni biluvchisan. Ey Rabbim, agar mana shu qilayotgan ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yaxshi bo‘lsa, uni menga nasib et va oson qil. So‘ng uni menga barokotli qil. Agar mana shu ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yomon bo‘lsa, mendan uni uzoqlashtir, qaerda bo‘lsa ham, men uchun yaxshilikni taqdir qil va meni undan rozi et».)

Duodagi «mana shu ish», degan yeriga kelganda o‘z hojatini zikr qiladi, so‘ngra o‘sha ishni qilishlik yoki qilmaslik to‘g‘risida ko‘ngli moyil bo‘lgan tomonga harakat qiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:58:24
7.   Hojat so‘rash namozi. Bu ham ikki rakat bo‘lib, namozdan forig‘ bo‘lgach, ushbu duoni o‘qiydi:
 
«La ilaha illallohul haliymul kariym. Subhanallohi robbil ‘arshil ‘aziym. Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn. Asaluka mujibati rohmatika va ‘azoima mag‘firotika val g‘oniymata min kulli birrin, vassalamata min kulli ismin, la tada’ liy zanban illa g‘ofartahu va la hamman illa farrojtahu va la hajatan hiya laka rizon illa qozaytaha ya arhamar rohimiyn». (Ma’nosi: «Halim va karim sifatli Allohdan boshqa iloh yo‘q. Ulug‘ arsh Rabbi Allohni poklab yod etaman. Olamlar Rabbi Allohga hamd bo‘lsin. Rahmatingga mustahiq bo‘ladigan narsani, mag‘firatingni vojib qiladigan narsani, har bir yaxshilikda g‘animatni va har bir gunohdan salomat bo‘lishni so‘rayman. Menda biror gunoh qoldirmasdan mag‘firat qilishingni, biror g‘am qoldirmasdan ochib yuborishingni va O’zing rozi bo‘ladigan biror hojat qoldirmasdan ravo qilishingni so‘rayman, ey rahm qilguvchilarning Rahmlisi».)

Quyidagi duo ham hojat namozining duolaridandir:
«Allohumma inniy asaluka va atavajjahu ilayka binabiyyika Muhammadin nabiyyir rohmati sollallohu alayhi vasallam, ya Muhammadu, inniy tavajjahtu bika ila robbiy fiy hajatiy hazihi lituqzo liy. Allohumma fashaffihhu fiyya». (Ma’nosi: «Allohim, men payg‘ambaring Muhammad alayhissalom bilan Senga yuzlanib, Sendan so‘rayman. Ey Muhammad alayhissalom, men bu hojatim ravo bo‘lishi uchun siz bilan Rabbimga yuzlandim. Ey Rabbim, u kishini menga shafoatchi qil».)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:58:40
8. Taroveh namozi. Bu yigirma rakat bo‘ladi. Taroveh namozi ta’kidlangan sunnatlardandir. Jamoat bo‘lib o‘qishlik esa mahalla kishilari uchun sunnati kifoya hisoblanadi. Ya’ni, ba’zilar jamoat bo‘lib tarovehni o‘qishsa, qolganlardan jamoat bo‘lib o‘qish sunnati soqit bo‘ladi. Ammo bir mahallada hech kim jamoat bo‘lmasa, shu mahalladagi hamma odam sunnatni tark qilgan hisoblanadi.

Imom Buxoriy va Muslimlar (r.a.) rivoyat qilgan hadisi sharifda kelishicha, Nabiy (s.a.v.) ramazon oyidagi kechalarning birining yarmida masjidga chiqdilar. Shu chiqishlari uch marta bo‘ldi. Ramazonning uchinchi, beshinchi va yigirma yettinchi kechalari masjidda namoz o‘qidilar. Boshqalar ham u yerda namoz o‘qishdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ular bilan sakkiz rakat namoz o‘qidilar, odamlar esa qolganini uylarida ado qilishdi. Ularning uylaridan xurmo daraxtining vishillashi kabi ovoz kelar edi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:58:59
Ushbu hadisdan ma’lum bo‘ladiki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) taroveh namozini va uni jamoat bo‘lib o‘qishni sahobalarga sunnat qilib qoldirdilar. Lekin ular bilan yigirma rakat o‘qimadilar. Vaholanki, hazrati Umar davrlaridan hozirga qadar taroveh yigirma rakat o‘qib kelinadi. Rasululloh (s.a.v.) har gal masjidga chiqib tarovehni o‘qiganlarida, odamlar masjidda ko‘payaverdi. Uchinchi bor chiqqanlarida masjidga odam sig‘masdi. Shundan so‘ng ummatga tarovehning farz bo‘lib qolishidan qo‘rqib chiqmadilar. Boshqa bir rivoyatlarda shu xususda hadislar kelgan. Yana hadisi sharifdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, taroveh namozi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) masjidda sahobalarga o‘qib bergan rakatning o‘zigina emas ekan, balki hadisi sharif iborasiga ko‘ra, «Ular qolganini uylarida ado qilardilar». Hazrati Umar (r.a.) o‘zlarining xalifalik davrlarida odamlarning ramazon kechalarida masjidga to‘plab, tarovehni yigirma rakat jamoat bilan o‘qishlikni joriy qildilar. Sahobalardan biror kishi bu ishga qarshi chiqmadi. Hatto hazrati Umardan keyingi hazrati Usmon va hazrati Alidek xulofoi roshidinlar martabasidagi zotlar ham bu amalni to‘xtatishmadi. Vaholanki, bu ulug‘lar dindagi bid’at amallarning ro‘parasida hargiz sabr qilib, tamoshabin bo‘lib turmaganlar, balki u bid’at bo‘lsa, o‘z o‘rnida to‘xtatardilar. Rasululloh (s.a.v.) muborak hadisi shariflarida shunday marhamat qilgandilar: «O’zinglarga mening sunnatimni hamda roshid va mahdiy bo‘lgan (ya’ni, hidoyat, to‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi) xalifalarimning sunnatini lozim tutinglar, buni aql tishlaring bilan mahkam tishlab olinglar» (Abu Dovud rivoyatlari.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:59:23
Abu Hanifaning shogirdlaridan bo‘lgan Abu Yusuf (r.a.) ustozlaridan so‘radilar:
-   Nima uchun Umar (r.a.) bu ishni qildilar? Abu Hanifa javob berdilar:
-   Taroveh sunnati muakkadalardandir. Umar (r.a.) bu ishni o‘zidan o‘ylab chiqib joriy qilgani yo‘q, u hargiz bid’atchilardan emas. U musulmonlarni nimaga buyurgan bo‘lsa, o‘zi bilgan dindagi asl narsaga, Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida bor bo‘lgan amalga buyurdi.

Taroveh namozi vitrdan tashqarida yigirma rakat hisoblanadi. Uning vaqti xufton namozidan keyin kirib, to bomdod vaqti kirguncha davom etadi. Vitrdan oldin ham, keyin ham o‘qishlik durust bo‘ladi, lekin afzali -tarovehni vitrdan oldin o‘qishlikdir. Taroveh ikki rakatdan o‘qiladi, har to‘rt rakat o‘qigach, bir oz istirohat uchun o‘tirish ma’quldir. Sahobai kiromlar ham xuddi shunday qilishardi. Taroveh (istirohat) namozi, deb nomlanishining ham asl sababi shudir. Chunki taroveh rohatlanish ma’nosidadir. Namozxon shu o‘tirishda zikru tasbehga mashg‘ul bo‘ladi yoki sukut saqlaydi. (Bizning diyorlarda ushbu o‘rinda quyidagi kabi tasbehlar o‘qish odat bo‘lgan):
 
Taroveh namozlarida Qur’oni karimni bir bora xatm qilib chiqish ham ramazon oyining sunnat amallaridandir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:59:33
Afzali imom jamoatning holiga rioya qilib qiroatni bir oz tezlatadi, lekin shart shuki, tezlik namozni buzadigan yoki namozxonlar anglolmay qoladigan darajada bo‘lmasin. Taroveh namozlarida Qur’oni karimni xatm qilishdan qavm malollansa, imom ularni e’tiborga olmaydi, balki sunnatni ado qiladi. Fotihadan keyingi zam surani uzun oyatdan bir oyat, qisqa oyatdan uch oyat miqdoridan kam o‘qib qo‘yishlik haromga yaqin makruhlardan hisoblanadi. Chunki bunda vojibni tark qilishlik bor. Tarovehning har ikki rakati mustaqil namoz bo‘lib, ularga alohida niyat qilinadi, takbiri tahrimadan so‘ng esa sano va «A’uzu...», «Bismillah...»lar o‘qiladi, qa’dada tashahhudga qo‘shimcha salovot va duolarni ham qo‘shadi va hokazo. Taroveh namozlarini qiyomga qodir bo‘la turib o‘tirib o‘qishlik ham durustdir. Ammo qiyomda turib o‘qisa, o‘tirib o‘qigandan ko‘ra afzalroq bo‘ladi. Imomga ergashuvchi o‘tirgan holida ham iqtido qilsa durust, ammo qiyomga qodir bo‘la turib, to imom ruku’ga borguncha qiyomni kechiktirish makruh hisoblanadi. Chunki bunda ibodatga dangasalik qilganlik zohir bo‘ladi. Taroveh namozining masjidda ado qilinishi ma’quldir. Zero, shariatga ko‘ra, jamoat bo‘lib ado qilinadigan ibodatlarning afzalrog‘i masjidda bo‘lganligidir. Taroveh namozining vaqti chiqib ketsa, qazosi o‘qilmaydi. Chunki qazo farz va vojib amallargagina xoslangandir. Mabodo, biror kishi tarovehning qazosini o‘qisa ham, u mutlaq nafl namozlar jumlasiga kirib ketadi, baribir tarovehning o‘rniga o‘tmaydi. Taroveh namozi ramazon oyidagi sunnatlardan hisoblanadi, ro‘zaning sunnatlaridan emas. Shu sababli taroveh namozini o‘qish musofir uchun, ro‘za tutmagan uzrli kasal uchun ham sunnat bo‘ladi. Ma’lumki, bu kishilarga ro‘za tutish shart emas edi. Shu bilan birga hayz va nifos ko‘rayotgan ayollar ham agar kunning oxirida pok bo‘lishsa, tarovehni o‘qimoqlari sunnat hisoblanadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 07:59:51
9. Oy yoki quyosh tutilganda o‘qiladigan namoz. Quyosh tutilgan vaqtda ikki yoki to‘rt va yo undan ko‘proq namoz o‘qish sunnatdir. Afzali bir yoki ikki salom bilan to‘rt rakat o‘qimoqlikdir. Kamida esa ikki rakatli nafl namoz ko‘rinishida o‘qiladi. Bu namoz jamoat bo‘lib, azon va iqomatsiz, qiroatni jahriy qilmay va xutba o‘qimasdan ado qilinadi. Insonlarni jamoatga to‘plash uchun jamoat namoziga, deb chaqiriladi.

Quyosh tutilganda o‘qiladigan namozni juma namozida imomlik qiladigan kishi imom bo‘lib o‘qib berishi lozim. Agar u bo‘lmasa, sultonning ruxsati bilan tayin qilingan kishi o‘qib berishi kerak. Agar bular ham bo‘lmasa, insonlar o‘zlari yolg‘iz-yolg‘iz bo‘lib, o‘z manzillarida o‘qishadi. Ushbu namozning birinchi rakatida Fotihadan so‘ng Baqara surasi kabi uzun, ikkinchi rakatida Oli Imron surasi kabi uzun qiroatni zam qilishlik sunnatdir. Agar rakatdagi qiroatlarni yengil qilsa, namozdan keyingi duoni uzun qiladi. Hadisi sharifda kelishicha, muhimi insonlar quyosh tutilgan vaqtda namoz va duo bilan mashg‘ul bo‘lishlari kerak. Agar qiroatni uzun qilsalar, duoni qisqa qiladilar, duoni uzun qilsalar, qiroatni qisqa qiladilar. Toki quyoshning tutilishi yo‘qolguncha namoz va duoga mashg‘ul bo‘ladilar. Ruku’-sajdalarni ham behad uzun qilishadi. Imom qiblaga yuzlanib o‘tiradi va xohlagancha duo qiladi, odamlar esa duoga qo‘l ochib omiyn, deb turadilar.

Oy tutilganda o‘qiladigan namoz ham xuddi quyosh tutilganda o‘qiladigan namoz kabidir. Lekin bu namozni o‘qish mustahab bo‘lib, uni masjidda yig‘ilib, jamoat holida o‘qish shariatda yo‘lga qo‘yilmagan, balki har kim o‘z uyida yolg‘iz-yolg‘iz bo‘lib ado qiladi. Quyosh va oy tutilganda o‘qiladigan namozlar biror dahshatli voqea sodir bo‘lganda ham o‘qiladi. Misol uchun qattiq zilzilalar, bir voqea sabab ko‘pchilikning o‘lib ketishi, shiddatli shamollar, kunduz kuni atrofni qo‘rqinchli qorong‘ulik o‘rab olishi va shu kabi vahimaga soladigan hodisalar sodir bo‘lishi bilan namoz o‘qish, gunohlardan chetlanish, insonlar o‘zlarini to‘g‘rilashlari va najot topishlari uchun sabab bo‘ladigan ibodatlarga qaytishlari odatiy holdir. Ibodatlardan uzoqlashib, gunoh ko‘chasiga kirib qolgan bandani Rabbisiga qaytarib, Unga yaqinlashtiradigan eng yaxshi ibodat bu namozdir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 08:00:41
10. Yomg‘ir so‘rab o‘qiladigan namoz. Bu namozning nomi istisqodir. Istisqo namozi, deb suvga muhtoj bo‘lib qolinganda Alloh taolodan bandalarining yomg‘ir talab qilib o‘qiladigan namoziga aytiladi. Buni yashayotgan o‘rinlarining suvidan ekinlari-yu hayvonlarini sug‘orib turgan, daryo-yu anhor va buloqlari bo‘lmagan odamlar o‘qishadi. Mabodo, anhor va buloqlari bo‘lsa ham, ehtiyojlariga yetmayotganligi sababli ushbu namoz o‘qiladi. Istisqo namozi xuddi ikki hayit namozi kabi ado qilinadi, lekin bunda zoida takbirlar aytilmaydi. Namoz o‘qib bo‘lingach, yerda o‘zaro turib ikkita xutba o‘qish mustahab amallardandir. Ammo hayit namozlaridek minbarga chiqib xutba o‘qish makruhdir. Hayit namozidagi xutba takbirlari o‘rniga imom istig‘for aytadi. Ikki xutbaning o‘rtasini bir oz o‘tirishlik bilan ajratadi. Imomning xutba mobaynida qibla tomonga yuzlanib turishi mandubdir. Xutbadan bir oz keyin imom kiyimini teskarisiga ag‘darib kiyib oladi va tasbeh aytib, mo‘minlar va mo‘minalar haqqiga istig‘for aytadi. Lekin imomga ergashgan insonlar kiyimlarini teskarisiga ag‘darib kiymaydilar. Keyin imom insonlar tomoniga yuzlanib, tik turgan holida istisqo duosini o‘qiydi. Insonlar esa qiblaga yuzlanib o‘tirishadi va imomning duosiga omiyn, deyishadi.

«Allohumma ag‘isna, allohumma ag‘isna, allohumma ag‘isna. Allohumma suqya rohmatin vala suqya azobin vala mahqin vala balain vala hadmin, allohumma ‘laz zirobi va manabitish shajari va butunil avdiyati. Allohumma havoliyna vala ‘alayna Allohumma isqina g‘aysan mug‘iysan haniy’an mariy’an g‘odaqon mujallilan sahhan omman tobaqan daiman. Allohumma isqinal g‘oysa vala taj’alna minal qonitiyn. Allohumma anbit lanaz zar’a va adirra lanad dar’a va anzil ‘alayna min barokatil ardi vakshif ‘annaa minal baloi maa laa yakshifuhu g‘oyruka. Allohumma isqi ‘ibadaka va bahaimaka vanshur rohmataka vaahyi baladakal mayyita. Allohumma antallohu la ilaha illa anta antal g‘oniyyu va nahnul fuqarou anzil ‘alaynal g‘oysa vaj’al ma anzalta lana quvvatan va balag‘an ila hiyn. Allohumma inna nastag‘firuka innaka kunta g‘offaro faarsilis sama a ‘layna midroro».

Yomg‘ir talab qilib o‘qiladigan namoz uchun o‘z maskanlaridan chetroqqa uch kun orqama-ketin chiqish mustahabdir. U yerga ahli zimmiylar (ya’ni, Islom yurtida yashash evaziga tovon to‘lovchi kofirlar) olib chiqilmaydi. Har kun chiqishdan oldin musulmonlar tavbalarini yangilab, zulmlariga tavba qilib, beva-bechoralarga sadaqa qilmoqlari ham mustahab amallardandir. Har bir musulmon yer yuzidagi barcha musulmon birodarlari haqqiga istig‘for aytadi. (Ko‘p ulamolarimiz istisqoda, ya’ni yomg‘ir talab qilishda namoz o‘qimaydi, balki unda istig‘for va duo qilishadi. Mabodo, namoz o‘qilsa ham, har kim o‘zi o‘qiydi, deyishadi. Lekin yuqoridagi gaplar ham fiqh kitoblarimizda bor...-tarj.)

11. Mutlaq nafllar. Namozxon kishi yuqoridagilardan tashqari yana o‘zi xohlaganicha nafl namozlarini o‘qishi mumkin.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 25 Oktyabr 2007, 08:02:26
Nafllarga tegishli hukmlar

Kunduzgi nafl namozlarini to‘rt rakatdan, kechqurungi nafllarni esa ikki rakatdan o‘qishlik sunnat amallardandir. Qiyom turishga qodir bo‘la turib o‘tirgan holda nafl namozlari o‘qish joiz, lekin savobning yarmiga erishadi. Ammo tik turib o‘qishga qodir bo‘lmagan kishining ajri tik turib o‘qigan kishining ajri bilan barobar bo‘ladi. O’tirib o‘qiydigan kishi agar uzri bo‘lmasa, boshqa namozlardagi tashahhud o‘qiyotgan kishidek chap oyog‘i ustiga o‘tirib, o‘ng oyog‘ini tik qiladi. Nafl o‘qishga kirishgan kishining namozi agar ikki rakatni to‘liq tugatmay turib buzilsa, uning qazosini o‘qib qo‘yishi vojib bo‘ladi. (Agar u to‘rt rakatni niyat qilgan bo‘lsa ham, ikki rakatni qazo qilsa, kifoyadir. Zero, mutlaq nafl namozlari aslida ikki rakat bo‘ladi. Misol uchun bir kishi to‘rt rakat naflni niyat qilib namozga kirishsa-yu, farzga takbir aytib yuborilsa, u kishi naflni ikki rakat qilib tugatadi-da, farzga qo‘shiladi. So‘ngra to‘rt rakatli naflni qaytarib o‘qimaydi. Chunki u aslida mutlaq naflni qazo qilmagan, balki ado qilgan hisoblanadi... -tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:40:36
Nafl namozlarini o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar

Shunday vaqtlar borki, unda nafl namozlarini o‘qish makruhi tahrimiy, ya’ni haromga yaqin makruh hisoblanadi.
1.   Subh vaqti kirgandan to bomdod o‘qilgunga qadar mutlaq nafl namozlarini o‘qish makruhi tahrimiydir, faqat subhning ikki rakat sunnatini o‘qishga ruxsat bor.
2.   Bomdod o‘qilgandan to quyosh chiqqunga qadar. Bu fursatda umuman nafl namozlari o‘qilmaydi, garchi namozxon bomdodning yolg‘iz sunnatini qazo qilgan bo‘lsa ham. Chunki subhning sunnatining yolg‘iz o‘zini o‘qiy olmagan kishi keyin qazosini o‘qimaydi. Agar farzini qo‘shib ado qilmaganda edi, quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilgach, ikkisining qazosini o‘qigan bo‘lar edi. Buning masalasi yuqorida o‘tdi.
3.   Quyosh chiqib to bir nayza miqdori ko‘tarilguncha. Quyosh taqriban yarim soat chamasida bir nayza miqdorida ko‘tariladi.
4.   Quyosh tikkaga kelgandan to zavolga oqquncha vaqt oralig‘ida ham mutlaq namoz o‘qish joiz emas.
5.   Asr namozidan to shom namozini o‘qib bo‘lgunga qadar ham nafl namozlarini o‘qish makruhdir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:41:11
6.   Imom xutba o‘qish uchun minbarga chiqqan vaqtda ham namoz o‘qish joiz emas. Imom xoh juma xutbasiga chiqqan bo‘lsin, xoh yomg‘ir talab qilinayotgandagi xutba bo‘lsin, xoh boshqasi bo‘lsin baribir o‘sha fursatda namoz o‘qish durust emas. (Bizning diyorlarda imom juma kunlari avval amru ma’ruf, nahiy munkar qiladi va so‘ng juma namozidan oldin xutba o‘qish uchun minbarga chiqadi. Namoz o‘qish joiz bo‘lmagan vaqt shu imom minbarga ko‘tarilgan fursatdir. Ammo imom xutbadan oldin da’vat qilayotgan bo‘lsa, masjidga kelgan namozxon imom turgan xonadan boshqa o‘rinda, tahiyyotul masjid namozini o‘tirmasdan oldin o‘qib olishi durust bo‘ladi...-tarj.)

Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisi sharifda kelgan voqea esa Payg‘ambarimizning hikmatlariga dalolat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) xutba o‘qib turganlarida bir kishi kelib o‘tirdi. Payg‘ambarimiz unga qarab: «Ey falonchi, namoz o‘qidingmi?» deb so‘radilar. U: «Yo‘q», dedi. Rasululloh unga: «Turib namoz o‘qib ol», dedilar». Ushbu hadisni imom Shofe’iy va Hanbaliylar (r.a.) juma kunida, hatto imom xutba o‘qiyotgan bo‘lsa ham, tahiyyotul masjidni o‘qish joizligiga dalil qilib keltirishadi. Bizning hanafiya mazhabimiz va molikiy mazhabining ulamolari esa ushbu hadisni bunday tushuntirishadi: «Hadisda zikr qilingan shaxs Sulayh (r.a.) bo‘lib, u kishi nihoyatda kambag‘al edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uning ahvolini masjiddagi boshqa odamlarga ko‘rsatib qo‘yish uchun unga turib ikki rakat namoz o‘qishni buyurdilar. Maqsad esa boylar Sulayhning ahvolidan xabardor bo‘lib, unga sadaqa qilishi uchun edi». Darhaqiqat, shu hikmat ro‘yobga chiqqan, bunga boshqa yo‘llar bilan kelgan hadis dalolat qiladi. Payg‘ambarimizning Sulayhga (r.a.) qilgan buyruqlari esa faqat uning o‘ziga xos bo‘lgan, maqsad yuqorida zikr qilganimizdek, sadaqa qilishga insonlarni dalolat qilib qo‘yish edi.

(Tahiyyotul masjid namozining shartlaridan biri uni masjidga kirgan kishi o‘tirmasdan o‘qishligidir. Agar kishi namoz o‘qimasdan o‘tirib olsa, undan tahiyyotul masjid namozi soqit bo‘ladi. Bu xususda ochiq hadislar rivoyat qilingan. Yuqoridagi hadisda esa Sulayh (r.a.) masjidga kirib o‘tirgan edi. Uni turib namoz o‘qishga buyurdilar. Buesa maqsadni yanada ravshanlashtiradi. Chunki Sulayhdan tahiyyotul masjid namozi soqit bo‘lgan edi... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:42:18
7.   Muazzin farz namoziga takbir aytayotganda ham nafl namozi o‘qish makruhdir. Faqat bomdod namozida sunnatni o‘qib, farzga yetib olishiga ishonsa, shu sunnatni takbir aytilayotgan vaqtda ham o‘qishlik joiz bo‘ladi. Shunda sunnatni imomdan uzoqroq yerda yoki boshqa xonada o‘qib oladi. Muhimi, sunnatni o‘qib olib, farzga yetib olsa bo‘ldi.
8.   Masjidda hayit namozidan oldin ham, keyin ham nafl namozi o‘qish makruh.
9.   Hojilar Arafotda peshin bilan asrni peshin vaqtida jamlab o‘qishadi, bu jam’i taqdim, deyiladi. Shu paytda ikki jam qilinayotgan namoz o‘rtasida ham nafl namozlarni, hatto peshinning sunnatlarini ham o‘qishlik makruhdir. Muzdalifada esa shom bilan xuftonni hojilar xufton vaqtida jam qilib o‘qishadi. Bu jam’i ta’xir, deyiladi. Shu ikki jam qilinayotgan namozning o‘rtasida ham, garchi shomning sunnati bo‘lsa-da, o‘qish makruhdir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:42:35
10.   Farz namozlaridan birortasining vaqti tor bo‘lib qolgan bo‘lsa ham, nafllarni o‘qish makruh hisoblanadi. (Agar vaqt tor bo‘lib qolgan bo‘lsa, azon va takbir ham, hatto bomdodning sunnati ham tark qilinadi va farz qazo qilmay o‘qiladi. Ammo tahoratni vaqt tor bo‘lib qolganligi bilan tark qilib, tayammum bilan namoz o‘qilmaydi. Misol uchun bir quduq atrofida ikki yuzta sog‘lom odam bo‘lib, lekin quduqdan suv olish uchun yagona idishlari bor bo‘lsa, xolos. shu odamlarning har birlari tahorat qilib namoz o‘qimoqchi bo‘lishsa, farzning vaqti chiqib ketadi. Xo‘sh! Nima qilish kerak? Tahorat qilganlar qilib, qolganlar tayammum bilan namozni vaqtida o‘qib oladilarmi? Yo‘q! Balki vaqt o‘tib ketsa ham, tahorat qilib, keyin namoz o‘qishadi. Chunki tayammum qilishlikuchun buo‘rinda shart topilmayapti... - tarj.)
11.   Xoh oldi, xoh orqa hojatlarini majburan ushlab turib namoz o‘qish makruhdir. Shuningdek, qorin dam bo‘lganda ham yelni majburan ushlab o‘qilgan namoz makruh hisoblanadi.
12.   Xuddi shuningdek, yana xushu’ni ketkazadigan har qanday muhim ish hozir bo‘lgandagi o‘qilgan namozlar makruh bo‘ladi. Nihoyatda och qolgan yoki chanqagan kishiga ovqat yoki suv olib kelinsa, o‘z nafsini qondirib olib, keyin namozga turishi kerak. Yana qattiq charchagan kishi ham biroz dam olib, so‘ng namoz o‘qishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Agar shu yuqorida eslab o‘tilgan vaqtlarda nafl namozlar o‘qilsa, makruhi tahrima bilan ado topadi. Kimki ushbu paytlarda namozni boshlab qo‘ysa, uni buzib namoz o‘qishlik makruh yoki harom bo‘lmagan boshqa vaqtlarda uni o‘qishligi ma’quldir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:42:58
Farz namozlarini o‘qish joiz bo‘lmagan vaqtlar

Uchta vaqtda farz namozlarini, janoza namozlarini o‘qish, tilovat sajdalarni qilish joiz emas.
1.   Quyosh endi chiqayotgan vaqtdan to ko‘tarilguncha, agar bomdodning farziga kirishgan bo‘lsa-yu, quyosh chiqa boshlasa, u namoz buziladi va quyoshning nayza bo‘yi ko‘tarilishini kutib, so‘ng qazosini o‘qiydi.
2.   Quyosh tikkaga kelganda. Bu payt qiyom, deyiladi. Ushbu fursatda ham to quyosh og‘gunga qadar namoz o‘qish harom hisoblanadi.
3.   Quyosh botayotganda. Bu shom namozidan taqriban yarim soat oldingi vaqtdir. Lekin o‘sha kunning asr namozi o‘qilmagan bo‘lsa, u quyoshning yarmi botgan bo‘lsa ham, o‘qib olinadi.

Janoza namozlari ham agar mayyit shu uch vaqtdan oldin hozir bo‘lsa, o‘sha vaqtni kirgizib o‘qishlik durust bo‘lmaydi. Ammo quyosh chiqayotganda yoki tikkaga kelganda, botayotganda mayyit tayyor bo‘lsa, janoza namozini o‘qishlik joiz. Lekin afzali bu vaqtni o‘tkazib, keyin o‘qishlikdir. Tilovat sajdalarini ham oldin o‘qib qo‘yib, so‘ng ushbu namoz o‘qish harom bo‘lgan vaqtlardan birining kirishini kutib, keyin sajda qilish joiz emas. Lekin sajda qilish joiz bo‘lgan fursatgacha kechiktirish afzal.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:43:12
Markabda namoz o‘qish

Minib yuriladigan hayvonlar ustida qaysi tomonga yuzlanib bo‘lsa ham, nafl namozlar o‘qish joizdir. Mashina, samolyot, poezd va boshqa miniladigan narsalar ulovlar jumlasidandir. Ulov ustida nafl namoz o‘qishlik uchun uzoq safarga chiqqan bo‘lishi shart emas, balki muqim kishi uzrli bo‘lmasa ham, nafl namozlarini markab ustida o‘qishligi mumkin.

Namozni boshlashda qiblaga yuzlangan bo‘lishi ham shart emas, lekin mashaqqat bo‘lmasa, qiblaga yuzlanib olish mustahab hisoblanadi. Ulovini namoz o‘qish asnosida yurishiga oz amal bilan tezlashligi joiz bo‘ladi. Farz, vojib va ko‘p ta’kidlangani uchun bomdodning sunnatini ham ulov ustida o‘qishlik mumkin emas. Faqat zarurat bo‘lsagina, durust bo‘ladi. Misol uchun o‘g‘rining xavfi bo‘lsa yoki markabdan tushsa, o‘ziga yoki otiga yo yuklariga zarar yetkazsa, shu kabi uzrlar bilan farz, vojib, bomdod sunnatini ham markabda o‘qish joizdir. Yo‘lovchi oyog‘ida yurib keta turib nafl namozlarini o‘qishi joiz emas. Qachonki, namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, to‘xtaydi va u namozni mukammal o‘qiydi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:43:51
Esdan chiqarganlik sajdasi

Esdan chiqarganligi uchun qilinadigan sajda sajdai sahv, deyiladi. Uni bajarishning o‘ziga xos sabablari bor:

1.   Agar namoz ruknlaridan biror ruknni esdan chiqarib kechiktirsa, sajdai sahv qiladi. Misol uchun namozni boshlab sano duosini o‘qigandan so‘ng qiroatni bir ruknni ado qilish miqdoricha o‘qimay kechiktirsa yoki qiroatni qilib bo‘lib, ruku’ qilishni kechiktirsa, yoyinki birinchi rakatni o‘qib bo‘lib, sajda qilgandan so‘ng ikkinchi rakatga turishni bir rukn ado qilish miqdoricha kechiktirsa va shu kabi ruknlarni kechiktirish sababi bilan sajdai sahv qilinadi. Bir rukn uch tasbeh yoki bir oyat uzun va yo uch oyat qisqa miqdoricha belgilanadi.

2.   Namozdagi vojiblardan birini esdan chiqarib tark qilsa ham, sajdai sahv qiladi. Misol uchun surai Fotihani yoki undan keyingi surani, to‘rt rakatli yoki uch rakatli namozlardagi avvalgi qa’dani tark qilsa, sajdai sahv qiladi. Qa’daning avvalida o‘tirishlik farzda ham, nafl namozlarida ham vojibdir. Kimki avvalgi qa’dada o‘tirmay, qiyomda to‘liq turib ketsa, namozini davom ettiradi va namoz oxirida sajdai sahv qiladi. Chunki u vojibni tark qildi. Vojib tark bo‘lsa, uning o‘rni sajdai sahv bilan to‘ldiriladi. Agar shu qiyom holatiga turgandan so‘ng o‘rtadagi qa’dada o‘tirmaganligi esiga tushib qolsa-yu, keyin namozini davom ettirmay o‘tirsa, gunohkor bo‘ladi. Chunki u farzdan vojibga qaytgan hisoblanadi. Ba’zi ulamolar namoz buziladi ham, deyishadi, lekin namozi buzilmasa-da, sajdai sahv qiladi. Ammo avvalgi qa’dani o‘tirmasdan qiyomga turib ketmoqchi bo‘lsa-yu, qa’da o‘tirish kerakligi esiga tushib qolsa, o‘sha holatiga qaraydi, agar qa’daga yaqin bo‘lsa, o‘tiradi, tashahhudni o‘qib, keyin uchinchi rakatga turadi. Sajdai sahvni esa qilmaydi, lekin qiyomga yaqin bo‘lsa, qa’dani tark qiladi-da, qiyomga turadi va namozining oxirida sajdai sahv qiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:44:14
Namozdagi vojiblarni tark qilishlar jumlasiga vitr namozidagi qunut duosini o‘qimay, ruku’ga borib qolish ham kiradi, imomning jahriy namozlaridagi qiroatni maxfiy qilib qo‘yishligi, maxfiy namozlarni jahriy qilib qo‘yishligi ham vojibni tark qilish jumlasidandir. Ushbu hollarda ham namoz oxirida sajdai sahv qilinadi.

3.   Namozdagi vojiblardan birini o‘z o‘rnidan kechiktirsa ham, sajdai sahv vojib bo‘ladi. Misol uchun Fotiha surasini zam suradan keyinga kechiktirib qo‘ysa va hokazo.

4.   Namoz amallaridan birortasini xayol bilan bo‘lib ziyoda qilib qo‘ysa ham, sajdai sahv vojib bo‘ladi. Misol uchun bir rakatda ikki bor ruku’ qilib qo‘ysa yoki uch marta sajda qilsa va yo ortiqcha rakatning qiyomiga turib ketsa va hokazo. Agar namozxon oxirgi qa’daga o‘tirmay, esidan chiqib ortiqcha rakat turib ketsa, to o‘sha rakatning sajdasigacha esiga tushib qolsa, qa’dai oxirga o‘tiradi va so‘nggida sajdai sahv qiladi, chunki u oxirgi qa’daning farzini kechiktirdi. Ammo ortiqcha rakatning sajdasini qilib qo‘ysa, ushbu farz namozi naflga aylanadi va oltinchi rakatni ham to‘ldirib qo‘yishlik ma’quldir. Chunki nafllar rakati toq bo‘lmaydi. Namozni ado qilgach, farzni qaytarib o‘qiydi. Chunki u namozning ruknlaridan bo‘lgan qa’dai oxirni yo‘qotdi. Rukn ado qilinmasa, namoz qaytarib o‘qiladi, ammo vojib tark qilinsa, sajdai sahv bilan namoz o‘rniga keladi. Agar qa’dai oxirda o‘tirib tashahhudni o‘qigan bo‘lsa-yu, keyin ortiqcha rakatga bilmay turib ketsa, esiga tushgan zahoti o‘tiradi va tashahhudni qaytarib o‘qimay, salom beradi. Ammo ziyoda rakatning sajdasini qilib qo‘ygan bo‘lsa ham, farz namozi buzilib, naflga aylanmaydi, chunki u oxirgi qa’dani o‘tirgan, faqat yana oltinchi rakatni ham o‘qib qo‘yadi-da, namoz oxirida sajdai sahv qiladi. Chunki u salom berishni kechiktirgan edi. Keyingi ikki rakati naflga o‘tadi. Sajdai sahvning ko‘rinishi farz va nafllarda ham bir xildir. (Bir namozda ko‘p bor vojib tark bo‘lib yoki arkon kechiktirilsa ham, bir marta sajdai sahv qilish kifoya qiladi... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:44:38
Namozda ikkilanib qolishlik

Agar namozxon namozining rakatlarida shakka tushib qolsa va ushbu shaklanishi birinchi bo‘layotgan bo‘lsa, namozini buzib yangidan o‘qiydi.

(Ulug‘ imomlardan birining shogirdi ahli so‘fiylardan bo‘lgan kishiga savol qilib: «Taqsir, agar kishi namozining rakatlarida «Ikkinchi rakatmidi yoki uchinchisi edimi?» deb shaklansa, nima qilishi kerak?» deb so‘raganlarida, so‘fiy unga qarab: «Ulug‘ Rabbisining huzurida bo‘la turib shaklanadigan unday g‘ofil qalbni muolaja qilish kerak», debjavob bergan ekan... - tarj.)

Albatta, namoz o‘quvchi imkon qadar xushu’ni hosil qilishga intilishi kerak bo‘ladi. Lekin shaklanish unda doim bo‘layotgan bo‘lsa, endi namozini buzmaydi, balki gumoni g‘olib bo‘lgan tomonini hisobga olib, namozini davom ettiradi. Ammo gumoni bir tomonga g‘olib bo‘lmasa, unda shaklangan rakatining ozini e’tiborga oladi. Misol uchun «Uchinchi rakatmi yoki to‘rtinchi rakatmi?» deb shaklangan bo‘lsa, uchinchi rakat edi, deb hisoblaydi va o‘sha rakatda o‘tirib, tashahhud o‘qishligi vojib bo‘ladi. Chunki u to‘rtinchi rakat ham bo‘lishi mumkin-da. Keyin yana o‘rnidan turib to‘rtinchi rakatni o‘qiydi va oxirida sajdai sahv qiladi. Xuddi shu ko‘rinishga birinchi va ikkinchi rakatda yoki ikkinchi va uchinchi rakatlarda shaklanib gumoni g‘olib bo‘lmasa ham amal qilinadi. Misol uchun to‘rt rakatli peshin namozini o‘qiyotgan kishi birinchi va ikkinchi rakatda ikkilanib qoldi. U nima qiladi?
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:45:09
Bunda u birinchi rakat, deb ozini hisobga oladi, ikkinchi rakatni ham o‘qib o‘rtadagi avvalgi vojib qa’dani o‘tiradi. So‘ng uchinchi rakatga turib, uni ado qiladi-da, yana qa’da o‘tiradi, chunki bu to‘rtinchi rakat bo‘lishi mumkin. Keyin yana turib, biz to‘rtinchi rakat, deb e’tiborga olgan rakatni o‘qiydi va namoz oxirida sajdai sahv qiladi. Demak, gumoni g‘olib tomoniga amal qilib ketsa, sajdai sahv qilmas ekan. Lekin gumoni g‘olib bo‘lmasa, shaklangan rakatlarining ozini e’tiborga olib, uchinchi rakatdan so‘ng albatta qa’dai oxirni o‘tirar ekan. Chunki u to‘rtinchi rakatni o‘qiyotgan bo‘lishi ham mumkin. To‘rtinchi rakatdan so‘ng qa’dai oxirni o‘tirmasa, ma’lumki, farz namoz naflga aylanib ketadi. Shuning oldini olish uchun shaklangan kishi albatta uchinchi rakatdan so‘ng o‘tirib, tashahhudni o‘qiydi va keyin kam tomonini hisobga olganligi sababli to‘rtinchi rakatga ham turib, uni ado qiladi. Bu yanglishmovchilikning barini sajdai sahv bilan to‘ldirib qo‘yadi.

Kimki rakatning adadida ikkilanib, uni topish uchun uch tasbeh miqdoricha o‘ylanib turib qolsa ham, namoz oxirida ruknni kechiktirganligi uchun sajdai sahv qiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:45:21
Sajdai sahvning o‘rni va uning sifatlari

Agar namozxon namoz asnosida sahv sajdasi vojib qiladigan biror amalni sodir etib qo‘ysa, u namozini yuqorida bayon qilinganidek oxiriga yetkazadi-da, salomni faqat o‘ng tomoniga beradi, so‘ngra xuddi namozdagi kabi ikki marta sajda qiladi. Keyin yana tashahhudni qaytarib o‘qiydi. Bu amal vojibdir. Salovotu Ibrohimiyyani o‘qishlik esa mustahabdir. Keyin o‘ng va chap yelkasiga qarab namozdan chiqish uchun salom beradi. Shu bilan nuqson yetgan namozi o‘rniga kelib, komil bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:45:44
Sahv sajdasini qilish soqit ham bo‘ladimi?

Sahv sajdasini qilish ushbu holatlarda soqit bo‘ladi:
1.   Agar bomdod namozini o‘qiyotganda vaqt ziq bo‘lib, quyosh chiqib ketish ehtimoli bo‘lsa yoki asr namozida ham vaqt kam qolib, quyosh botib qolishi mumkin bo‘lsa, sajdai sahv tark qilinadi;

2.   Agar imom juma yoki hayit namozlarida sajdai sahvni vojib qiladigan xatoga yo‘l qo‘ysa, jamoatga tashvish tug‘dirmaslik uchun uni tark etadi.

3.   Imomga iqtido qilgan kishi ham o‘z xatosi sababli sajdai sahv qilmaydi, balki agar imom sajdai sahv qilsa, shunda u ham imomga ergashganligi uchun uni qiladi, bu o‘zining adashganligi uchun emas, balki imomga ergashish vojib bo‘lishi uchun qilgan hisoblanadi. Masbuq, ya’ni imomga kechikib iqtido qilgan kishi agar imom sajdai sahv qilsa, unga tobe’ bo‘lgan holda sajda qiladi, keyin turib yetolmay qolgan rakatlarini o‘qib oladi. Imom bir tomonga salom bersa, ikkinchi tomonga salom berishini masbuq bir oz kutishi lozim. Chunki shunda imomning xato qilgan-qilmagani ma’lum bo‘ladi.

4.   Agar namozxon sahv sajdasini qilayotib adashsa, bu uchun sajdai sahv qilmaydi. Kishi sajdai sahv qilishini esidan chiqarib qo‘ysa, modomiki, namozdan tashqaridagi amallardan birini qilmagan bo‘lsa, ya’ni qibladan burilib ketmagan yoki biror so‘z aytmagan va shu kabi amallarni bajarmagan bo‘lsa, u sahv sajdasini qaytarib qiladi. Sahv sajdasini vojib qiladigan amallardan bir nechasi sodir bo‘lsa-da, sajdai sahv bir marta qilinadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:46:03
Sajda tilovati

Sajda oyatlarini o‘quvchiga ham, eshituvchiga ham sajda qilishi vojib bo‘ladi. Uning vojib bo‘lishining sharti namoz vojib bo‘lishidagi ahliylik kabidir. Ahliylik - musulmon, balog‘at yoshiga yetgan, tahoratli (hayz va nifosdan pok) bo‘lishdir. Sajda oyatlaridan biri o‘qilgach, uni eshituvchi va o‘quvchi uchun ba’zan keng vaqtda va ba’zida tez fursatda sajda qilib olishlik vojibdir. Agar sajda oyati namozdan tashqarida o‘qilsa va yoki eshitilsa, uni bajarish uchun fursat kengroq bo‘lsa, kechiktirgan kishi gunohkor bo‘lmaydi. Ammo hayotining oxirigacha kechiktirib, sajda qila olmay vafot etsa, gunohkor bo‘ladi. Uni kechiktirishning hukmi yengil makruhdir. Agar sajda oyati namoz ichida tilovat qilinsa, bu holda uni ado etishni kechiktirib bo‘lmaydi, balki vaqt o‘tkazmay, sajda qilish vojib bo‘ladi.
 
Agar qasddan sajda qilmagan bo‘lsa, gunohkor bo‘ladi. Chunki uni ado qilish fursati ozdir. Shu vaqtning o‘zida sajdani qilib qo‘yish kerak edi. Namoz ichida sajda tilovati o‘qilib sajda qilinmasa, namozdan so‘ng uning qazosi ado etilmaydi. Sajda oyatlari suraning o‘rtasida yoki oxirida bo‘lishi mumkin. Agar sajda oyati suraning o‘rtasida bo‘lsa, namozxon uni qiroat qilish bilan to‘g‘ri sajdaga borishi afzaldir. Bir marta sajda qilgandan so‘ng yana qiyomga turib surani oxiriga yetkazadi yoki shu suradan namozga kifoya qilgudek oyatlarni qiroat qiladi-da, ruku’ga boradi. Agar sajda qilmasa, fursatni o‘tkazib qo‘ymay, ruku’ qiladi va shunda sajda oyati uchun qilinadigan sajdani ham niyat qilib qo‘yadi. Ruku’ oyat sajdasi o‘rniga ham o‘tadi. Ammo sajda oyatidan so‘ng vaqtni o‘tkazmay, sajda qilgan kishiga oyat sajdasini niyat qilish shart emas. Mabodo, sajda qilish fursati o‘tib qolsa-yu, modomiki, u namoz ichida ekan, ruku’ bilan ham, sajda bilan ham sajda oyatini o‘qiganlik uchun qilinadigan sajdani ado qilmaydi, balki shu namozning o‘zida xos bitta sajda qiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:46:16
Agar sajda oyati sura oxirida bo‘lsa, namoz ichida uni o‘qish bilan orqasidan sajdani ham niyat qilib, ruku’ qilishlik afzaldir. Demak, shu ruku’ tilovat sajdasining o‘rniga o‘tar ekan. Ammo sura oxiridagi sajda oyatini o‘qib, keyin to‘g‘ri sajdaga borsa, sajdadan keyin yana qiyomga qaytadi va shu suradan keyingi suradan bir necha oyat o‘qib, so‘ngra ruku’ qiladi-da, namozini oxiriga yetkazadi. Sajda tilovatini eshituvchi xoh o‘quvchining yonida turib eshitsin, xoh uzoqroqdan, ya’ni mikrafon orqali eshitsin, farqi yo‘q, baribir sajda qilishi vojib bo‘ladi. Buning aksi o‘laroq, eshituvchi sajda oyatini balog‘atga yetmagan go‘dakdan yoki majnundan va yoki magnitafondan eshitsa, unga sajda qilishlik vojib emas. Chunki tilovat uning ahli bo‘lmaganlardan sodir bo‘lmoqda, ya’ni aslidan emas. (Demak, bunda sajda qilish vojib, deb e’tibor qilinmaydi, balki sajda qilib qo‘ysa, yaxshi bo‘ladi lekin qilmaganlar gunohkor hisoblanmaydi, deb e’tiborga olinadi.) Bitta sajda oyatini bir o‘rinda ko‘p bor takrorlasa ham, bir marta sajda vojib bo‘ladi, ammo joy o‘zgarsa, har bir joy uchun alohida sajda qilish ham lozim bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:48:17
Tilovat sajdasining kayfiyati

Tilovat sajdasini qilish uchun ham namozdagidek shartlar lozim bo‘ladi. Faqat bunda takbiri tahrima bo‘lmaydi. Tilovat sajdasini ikki takbir o‘rtasida bir marta sajda qilish sunnatdir. Tik turgan holida takbir bilan sajdaga boradi va «Subhana robbiyal a’lo», deb uch marta tasbehlarni aytadi-da, yana qiyomga qaytadi va tik turgan holida tilovat sajda duosini o‘qishlik mustahabdir.
 
(«Rahmonning o‘zigagina sajda qildim, Rahmonga iymon keltirdim, eshitdik va itoat qildik, Ey Rabbimiz, (bizni) mag‘firat et va qaytishlik faqat sening huzuringgadir»... -tarj.)

Bu sajdada ikki qo‘l ko‘tarilmaydi, tashahhud ham o‘qilmaydi, ikki yelkaga salom ham berilmaydi. Sajdada «Subhana Rabbiyal a’la» ya’ni, oliy Rabbim pokdir, deb uch bora aytilgandan so‘ng unga qo‘shib ushbu duoni o‘qishlik mustahabdir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:48:37
(«Ey Allohim, ushbu sajdani huzuringda (menga) zahira qilgin, u sababli ajrimni ziyoda qilgin, uning sababidan gunohlarimni yechib yuborgin, bu sajdani xuddi Dovud alayhissalomdan qabul qilganingdek, mendan ham qabul et».) Yana bu duoni ham aytadi:

«Sajada vajhiy lillaziy xolaqohu va shaqqo sam’ahu va basorohu bihavlihi va quvvatih» , (Ma’nosi: «Yuzimni yaratgan va unda kuch-quvvati bilan ko‘z-quloqni ochgan Zotga yuzim sajda qildi. Alloh xalq qiluvchilarning yaxshisidir».)

O’tirgan holida sajda oyatini tilovat qilgan kishi tik turib keyin sajda qilsa, yaxshi bo‘ladi. Ammo o‘tirgan holida ham sajdani ado qilsa, joizdir. Sajda oyatini tilovat qilgan kishi bilan uni eshitganlar birga sajda qilishsa, eshitganlar tilovat qilgandan oldin boshlarini sajdadan ko‘tarmaganlari ma’qul. Chunki oyatni o‘qigan kishi eshituvchilar uchun imom o‘rnida bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:49:04
Qur’oni karimdagi sajda oyatlari

Qur’oni karimning o‘n to‘rt joyida sajda oyati bo‘lib, uni o‘qigan va eshitgan kishilardan sajda qilishlari talab qilinadi. Ularni sizga tartib bilan bayon etamiz:
1.   A’rof surasining 206-oyati.
2.   Ra’d surasining 15-oyati.
3.   Nahl surasining 49-oyati.
4.   Isro surasining 109-oyati.
5.   Maryam surasining 58-oyati.
6.   Haj surasining 18-oyati.
7.   Furqon surasining 60-oyati.
8.    Naml surasining 24-oyati.
9.   Sajda surasining 15-oyati.
10.   Sod surasining 24-oyati.
11.   Fussilat surasining 37-oyati.
12.   Najm surasining 62-oyati.
13.   Inshiqoq surasining 21-oyati.
14.   Iqra surasining 19-oyati.

Ushbu sajda oyatlarining har biriga Mushafi sharifda o‘qigan kishini ogohlantirish uchun belgi qo‘yilgan. Sajda qilishlik ushbu oyatlardan birini butun o‘qiganda vojib bo‘ladi. Suradagi sajda oyatini o‘qimasdan tashlab ketish makruhdir. Chunki bu sajdani yoqtirmaslikka o‘xshab qoladi. Tahorati yo‘qligi sababli sajda qilishga tayyor bo‘lmagan kishilarga shafqat qilib, ular oldida sajda oyatini maxfiy o‘qishni ulamolar yaxshi amal, deb sanashadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:49:22
Juma namozi

Juma namozi farzi ayn bo‘lib, u ikki rakatdir. Agar juma kuni peshin vaqtida azon aytilsa, har bir mukallaf musulmonga o‘z amalini tark qilishi, oldi-sotdisini qo‘yib, juma namozini o‘qish uchun masjidga qarab harakat qilishi qat’iy farz bo‘ladi. Juma namozidan oldin bir salom bilan to‘rt rakat, undan keyin ham to‘rt rakat namoz o‘qishlik sunnati muakkadalardan hisoblanadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:50:28
Jumaning vojib bo‘lish shartlari

Juma namozini o‘qishi lozim bo‘lgan kishilarda ma’lum shartlar topilishi kerak:
1.   Hur-ozod bo‘lishi shartdir, qulga juma farz bo‘lmaydi.
2.   Erkak bo‘lishi shartdir, ayollarga juma farz emas.
3.   Balog‘atga yetgan bo‘lishi ham shartdir, go‘dakning garchi bo‘yi cho‘zilib qolgan bo‘lsa ham, juma farz bo‘lmaydi. Lekin uni ota-onasi xuddi boshqa farzlarga buyurganidek, jumaga ham buyurib turishlari lozim.
4.   Salomat bo‘lishi ham shartdir. Kasal kishiga juma farz bo‘lmaydi.
5.   Ko‘zi sog‘lom bo‘lishi ham shartdir. Ko‘zi ojizga juma farz emas.
6.   Ikki oyog‘i salomat bo‘lishi ham shart. Jumaga borishdan ojiz bo‘lib o‘tirib qolgan kishiga ham juma o‘qish farz bo‘lmaydi.
7.   Xotirjamlik ham shartdir. O’z nafsi uchun biror zolimning yoki biror fitnaningxavfi bo‘lsa ham, u kishiga juma namozi farz bo‘lmaydi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:51:56
8.   Shaharda istiqomat qilayotgan bo‘lishi ham shart. Shahar, deb uning taklif yoshiga yetgan aholisi eng katta masjidga to‘planganda sig‘maydigan darajada bo‘lgan makonga aytiladi. Va yana shu shaharning qozisi va yoki amiri bo‘lishi ham shartdir. Muqimlik ham juma namozini o‘qishlikni vojib qiladigan shartlardandir. Agar kishi musofir bo‘lsa, unga juma namozini o‘qishlik vojib bo‘lmaydi, lekin shu musofir borgan shaharda o‘n besh kundan ko‘proq turishni niyat qilsa, unga jumani o‘qish vojib bo‘ladi. Ya’ni, jumani o‘qish vojib bo‘lishi uchun o‘z vatanida bo‘lishi shart emas, balki musofir yurtda bo‘lsa-da, u yerda iqomatni niyat qilgan bo‘lsa, jumani o‘qish vojibga aylanadi. Faqat shart shuki, iqomat niyat qilgan makoni jome’ masjididan taqriban ikki yuz metrdan uzoq bo‘lmasligi kerak.

Kimga juma namozini o‘qish vojib bo‘lmasa, u jumaning o‘rniga peshinni o‘qiydi. Mabodo, jumani o‘qisa ham, durust bo‘laveradi, yana qaytarib peshinni o‘qimaydi. Ammo ayollar xoh keksalari bo‘lsin, xoh yoshlari bo‘lsin, jamoat bo‘lishlari makruhligi uchun jumaning o‘rniga peshinni o‘qiganlari afzaldir. Mazkur uzrlar sababli jumaning o‘rniga peshinni o‘qiydigan kishilar imom juma namozini o‘qib bo‘lgandan keyin peshinni o‘qiganlari ma’qul. Chunki imom jumani ado qilmay turib, uzrlilar peshinni o‘qishlari makruh hisoblanadi. (Yana juma namozini o‘qiy olmaganlar o‘sha kunning peshinini yolg‘iz holda jamoat bo‘lmasdan o‘qishadi...- tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:52:15
Juma namozining durust bo‘lish shartlari

Juma namozining durust bo‘lishi uchun quyidagi shartlar mukammal bo‘lishi lozimdir:
1.   Juma shaharda o‘qilishi kerak. Yuqorida shaharning ta’rifini keltirdik.
Agar shahar bo‘lishi sharti topilmagan qishloqda juma namozi o‘qilsa, durust bo‘lmaydi. Ularga peshinni o‘qishlik lozim bo‘ladi.
2.   Juma namoziga imomlikka sulton yoki uning noibi va yo o‘sha masjidga tayin
qilingan imom bo‘lishi shartdir. Xuddi shu ahvol bugungi voqe’likda mavjuddir.
3.   Peshin vaqti kirgan bo‘lishi ham shartdir. Chunki peshin vaqti jumaning
vaqti hisoblanib, undan oldinroq o‘qilgan juma namozi durust bo‘lmaydi. Peshin vaqti chiqishi bilan jumaningham vaqti chiqadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:53:06
4.   Xutba. Jumada ozmi-ko‘pmi xutba o‘qishlik ham shartdir. U hamd (alhamdulillah), tasbeh (subhanalloh), tahlil (la ilaha illalloh)ni bir marta aytish bilan ham xutba o‘rniga o‘tadi, lekin shuning o‘zi bilan kifoyalanish makruhdir. Jumada bitta xutbaning o‘zini o‘qisa, kifoya qiladi, lekin uni takror o‘qishlik sunnatdir. Xutbani namozdan oldin aytish shart qilinadi. Juma namoziga imomdan tashqari uch kishi hozir bo‘lishi ham shartdir. Chunki jamoat ushbu adad bilan hosil bo‘ladi. Shu jamoat oqil, balog‘atga yetgan erkaklar bo‘lishlari lozim, mabodo, jamoat oqil, balog‘atga etgan musofir yoki kasal kishilardan tashkil topgan bo‘lsa ham, kifoya qiladi. Ammo faqat ayollar va go‘daklardan tashkil topgan jamoat bilan juma namozini o‘qish durust bo‘lmaydi.

(Boshqa namozlardan ko‘ra juma namozida imomdan tashqari uch kishi bo‘lishining shart qilinishi sababi agar imomning tahorati ketib qolsa, safdan bir kishini o‘rniga tortib qo‘yadi, shunda orqada jamoat saqlanib qolishi lozim, mabodo, keyingi imomning ham tahorati sinib qolsa, endi juma botil bo‘ladi, o‘rniga peshinni o‘qishlari shart bo‘ladi... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:53:40
Jumaning xutbasida bir qancha sunnatlar bo‘lib, ularning ba’zisi xatibga va ba’zisi xutbaga tegishlidir. Xatib katta-yu kichik betahoratlikdan pok bo‘lishi kerak, mabodo, tahorati bo‘lmasa ham, xutbasi makruhlik bilan durust bo‘ladi. Imom xutbani boshlashdan oldin bir oz minbarda o‘tirishi ham sunnatdir. Lekin qavmga salom berishi makruh hisoblanadi. Xutbani tik turgan holda qilishlik ham sunnatdir. Agar o‘tirib xutba aytsa ham, biroz karohiyat bilan joiz bo‘laveradi. Imom xutbani qavmga yuzlangan holda qilishi ham sunnatdir. O’ng yoki chap tomonga burilib olmaydi. Xutbani ikkita qilishlik ular orasida uch oyat miqdoricha o‘tirishlik sunnatdir. Agar o‘rtadagi o‘tirishni tark qilsa, gunohkor bo‘ladi. Avvalgi xutbani boshlashda «A’uzu billahi minash shaytonir rojiym»ni o‘zi ichida aytadi, keyin jahriy qilib Allohga hamd va Uning o‘ziga loyiq bo‘lgan sanolarni aytadi, keyin ikki shahodat kalimalarini o‘qib, Payg‘ambarimizga (s.a.v.) salovotu salom yo‘llaydi. So‘ngra ma’siyatlardan saqlanish, Alloh taoloning g‘azabi va azobini vojib qilib qo‘yadigan amallar qilishdan ogohlantirib va’z va nasihat bilan odamlarga da’vat qiladi. Yana ularga dunyo va oxiratda najotga sabab bo‘ladigan amallarni eslatadi, avvalo o‘zini, qolaversa, barcha jamoatni taqvoga vasiyat qiladi. Keyin mavzuga tegishli bo‘lgan oyatdan bir oyat tilovat qiladi. Ikkinchi xutbani Alloh taologa hamdu sano aytish bilan boshlaydi, Payg‘ambarimizga (s.a.v.) salovotu salom yo‘llaydi, so‘ngra barcha mo‘min-mo‘minalar, muslim-muslimalarning haqlariga duo qiladi. Xutbani qisqaroq qilib, namozni uzaytirish ham sunnat amallardandir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:53:49
5.   Juma namozining durust bo‘lish shartlaridan yana biri hamma musulmonlar uchun masjidga kirish ruxsati bo‘lishi. Masjidga ba’zilarning kirishi ta’qiqlab qo‘yilsa, o‘sha masjidda juma o‘qish durust bo‘lmaydi.

6.   Juma namozini o‘qish uchun jamoat bo‘lish ham shartdir. Bu haqda yuqorida bayon qilindi.

Kishi imomga juma namozini qay bir holatida iqtido qilsa ham, u jumani topgan bo‘ladi. Agar sajdai sahvdan keyingi tashahhud o‘qilayotganda iqtido qilgan bo‘lsa ham, u juma namoziga yetgan hisoblanib, imomning salomidan keyin yetolmay qolgan joylarini oxiriga yetkazib qo‘yadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:54:14
Jumaning sunnatlari va odoblari

1.   Jumaga g‘usl qilib, xushbo‘ylanib, eng chiroyli kiyimini kiyib borish sunnat.
2.   Jumaga ertaroq kelish ham sunnatdir.
3.   Juma kechasi va kunduzi Kahf surasini ham o‘qish sunnatdir;
4.   Payg‘ambarimizga (s.a.v.) salovot va salomni ko‘p aytish. Kamida kechasi uch yuzta, kunduziga ham shuncha aytsa, yaxshi bo‘ladi. Ko‘p aytishning esa chegarasi yo’q.
5.   Duoni ko‘p qilish ham sunnatdir. Chunki juma kunida bir soat borki, unda duolar albatta ijobat bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:54:47
Juma kunida makruh bo‘lgan amallar

1.   O’tirgan odamlarni oralab, yelkalaridan oshib oldinga o‘tish makruhdir. Ammo o‘tiradigan joy topa olmasa-yu, oldinda bo‘sh joy bo‘lsa, unda bu makruh bo‘lmaydi.
2.   Xutba o‘qilayotgan vaqtda gapirishlik ham haromga yaqin makruh hisoblanadi. Xoh so‘zlaguvchi imom-xatibga yaqin joyda bo‘lsin, xoh uzoqroqda bo‘lsin, xoh dunyo so‘zini gapirsin, xoh zikr qilsin, baribir makruhi tahrimiy bo‘ladi. Hatto shu paytda salomga alik olish, aksaga javob qaytarish ham makruh amallardandir. Agar imom xutbada Payg‘ambarimizga (s.a.v.) salovot aytishga targ‘ib qiladigan oyatni o‘qisa, ya’ni:
 «Ey mo‘minlar, sizlar ham u zotga salovot va salom aitinglar», desa, ichida salovot aytib qo‘yadi.
3. Xutba vaqtida namoz o‘qish ham makruhi tahrimiy hisoblanadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:55:13
Ikki iyd namozlari

Iyd namozlarini o‘qishlik vojib bo‘lish va durust bo‘lish shartlari

Juma namozining shartlari iyd namozlari uchun ham shart qilinadi. Faqat ikkita amalda juma namozidagi shartlarga xilof bo‘ladi:
1.   Iyd namozlarida xutba o‘qish sunnat bo‘lib, juma namozida esa u shart edi.
2.   Juma namozida xutba namozdan oldin o‘qilsa, iyd namozlarida namozdan keyin qilinadi. Xutbaga kirishdan oldin imomning bir oz o‘tirishi iyd namozlarining xutbasida makruh hisoblanadi. Ammo juma namozi xutbasini boshlashdan oldin uning bir oz o‘tirishi sunnat edi.

Iydu fitr xutbasida imom musulmonlarga fitr sadaqasi hukmlari to‘g‘risida ma’lumot bersa, iydu qurbon xutbasida esa qurbonlik, takbiru tashriq hukmlaridan ta’lim beradi. Imom-xatib iyd namozidan oldingi jumada jamoatni ushbu narsalardan ogohlantirib qo‘yishi lozim.

Ramazon hayiti birinchi kuni o‘qilmay qolsa, u ikkinchi kuni o‘qiladi. Qurbon hayiti ma’lum uzrlar sababli birinchi kuni o‘qilmasa ikkinchi yoki uchinchi kuni o‘qishning karohiyati yo‘q. Ammo uzrsiz kechiktirish makruh.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:56:15
Iyd namozlarining ko‘rinishi

Hayit namozlarini o‘qishlik vojibdir. U ikki rakat bo‘lib, jamoat bilan birgalikda masjidda o‘qiladi. Bu namozga azon ham, takbir ham aytilmaydi, balki bir kishi «jamoat namoziga», deb nido qiladi. Imom qiroatni jahriy qiladi. Har bir rakatda uch marotaba takbir aytish vojibdir. Bu takbirlar «Takbiru zavoidlar», deyiladi. Namozning ko‘rinishi quyidagicha: namoz o‘quvchi imom iydu fitrni yoki iydu qurbon namozini niyat qiladi, qo‘llarini quloq barobar ko‘tarib takbiru tahrima bilan namozga kirishsa, iqtido qiluvchilar ham namozni niyat qilib takbiri tahrima bilan unga ergashishadi. Shu bilan birinchi rakat boshlanadi. Hammalari xuddi boshqa namozlaridagi kabi qo‘llarini bog‘lab, kindik ostiga qo‘yishadi, keyin imom ham, imomga ergashuvchilar ham sano duosini maxfiy qilib o‘qishadi. So‘ngra imom takbiru zavoidlarni boshlaydi. Ular uchta bo‘lib, imomga ergashuvchilar ham bularni qaytarishadi, lekin imom takbirni jahriy aytsa, imomga ergashuvchilar maxfiy aytishadi. Barchalari takbiri tahrimadagi kabi har bir takbirda qo‘llarini quloqlari barobarigacha ko‘tarishadi, so‘ngra ikki yonlariga tashlashadi. Har bir takbir orasida uch takbir miqdoricha vaqt o‘tkazishadi. Har bir takbiri zavoidlar aytilganda imom ham, imomga ergashuvchilar ham qo‘llarini quloqlari barobaricha ko‘tarishlari sunnatdir. Uchinchi takbirdan so‘ng namozxonlar qo‘llarini bog‘lashadi, imomga ergashuvchilar jim turishadi, imom esa «Au’zu... » va «Bismillah... »ni maxfiy o‘qib, keyin surai Fotiha bilan biror surani jahriy qilib o‘qiydi. Zam sura uchun A’lo surasini birinchi rakatda o‘qishlik mustahab hisoblanadi. Keyin ruku’ va sajda qilib, ikkinchi rakatni o‘qish uchun qiyomga turishadi. Ikkinchi rakatda ham imomga ergashuvchilar jim turishadi, imom «Bismillah... »ni maxfiy aytib, Fotiha bilan undan so‘ng biror surani jahriy holda qiroat qiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:58:50
Zam suraga ikkinchi rakatda al-o‘oshiya surasini o‘qishlik mustahabdir. Imom qiroatdan forig‘ bo‘lgandan keyin ruku’dan oldin yana takbiru zavoidlar boshlanadi. Har bir takbiru zavoidlar aytilganda qo‘llarini ko‘tarishlik sunnat amaldir. Uchta takbirdan so‘ng to‘rtinchi takbirga qo‘lni ko‘tarmasdan ruku’ qilishlik uchun takbir aytiladi. Keyin ruku’ va sajdalarni bajarishadi. Qa’dada tashahhud, salovotu Ibrohimiyya va ma’sur duolar o‘qib salom beriladi. Shu bilan namoz tomomiga yetadi. Iyd namozlarining ushbu ko‘rinishi boshqalaridan a’loroqdir. Ba’zi ko‘rinishlarida takbirlar uchtadan ko‘proq aytiladi, ba’zilarida esa ikkinchi rakatdagi qiroatdan oldin takbiru zavoidlar aytiladi. Demak, bu kabi o‘qishlik ham joizdir. Agar imom takbirlarni ziyoda aytsa, imomga ergashuvchilar unga ergashishlari vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashuvchi imomga qiyom holatida yetsa-yu, lekin takbirlarga yeta olmagan bo‘lsa, o‘zi yolg‘iz tik turgan holida takbir aytib qo‘yadi. Agar imomga bir rakat kechikib yetishgan bo‘lsa, u salom bergandan keyin turib, o‘zi qiroat qiladi, keyin takbiru zavoidlarni aytadi, so‘ngra ruku’ qiladi. Agar imomga ergashuvchi imomni ruku’ qilgan holida topsa, tik turgan holatda takbiru tahrimani aytadi, imom ruku’dan boshini ko‘targuncha uchta takbirni aytib olishga ko‘zi yetsa, uni aytadi-da, keyin ruku’ qiladi, mabodo, yetolmaslik ehtimoli bo‘lsa, takbiru tahrimadan keyin ruku’ qiladi va ruku’ holida qo‘llarini ko‘tarmay, takbir aytadi. Agar zavoidlarni tugatmasdan oldin imom ruku’dan boshini ko‘tarsa, endi undan takbiru zavoidlar soqit bo‘ladi. Chunki imomga ergashishlik vojibdir. Agar imomga ruku’dan keyin iqtido qilgan bo‘lsa, takbirlarni imomga ergashgan holda aytmaydi, balki imom salom bergach, o‘rnidan turib, yeta olmay qolgan rakatni o‘qiydi va shunda o‘zi zavoidlarni ham ado qilib qo‘yadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:59:27
Takbiru tashriqlar

Arafa kunining bomdodidan boshlab (ya’ni, zulhijjaning to‘qqizinchisidan) hayitning to‘rtinchi kunining asr namozigacha, ya’ni zulhijjaning o‘n uchinchi kunigacha har farz namozdan so‘ng takbiru tashriqni aytish namozxonlar uchun vojib bo‘ladi. Mashhur takbir ushbudir:
 
Takbiru tashriqni shaharda muqim bo‘lib turgan, farz namozini jamoat bilan birga o‘qigan kishilar uchun aytmoqlik vojib bo‘ladi. Musofirga uni aytish vojib emas, balki muqimga iqtido qilgan bo‘lsa, vojib bo‘ladi. Qishloqda muqim turgan kishi uchun ham, nafl namozlaridan keyin ham, yolg‘iz o‘quvchi kishi uchun ham takbirni aytmoq vojib bo‘lmaydi. (Qishloq, deganda o‘sha joydagi eng katta masjidga taklif yoshiga yetgan kishilar kirishi bilan to‘lmagan makonga aytiladi.) Vitr namozi, iyd namozi va janoza namozidan keyin ham takbir aytilmaydi. Farz namozlarining orqasidan takbirni salomga ulab aytishlik ma’qul amaldir. Kishi agar qasddan salomdan keyin takbirni aytmay, biror so‘z gapirsa yoki biror ish qilsa, gunohkor bo‘ladi. Orqasidan takbir aytishligi vojib bo‘lgan namozlarning birortasini qazo qilib qo‘ysa, u namozini tashriq kunlaridan boshqa kunda qazosini o‘qisa ham, takbirni aytib qo‘yadi. Chunki qazo, ya’ni vaqti o‘tgan namoz adodan, ya’ni o‘z vaqtida o‘qiladigan namozdan hisoblanadi. Qazoning hukmi adoning hukmi bilan bir xildir. Agar kishi tashriq kunlarida oldingi qazo namozini o‘qisa, uning orqasidan takbirni aytmaydi. Agar imom takbirni tark qilsa ham, imomga ergashuvchi tark qilmaydi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 06:59:43
Mulohaza

Iyd namozining vaqti quyosh bir nayza bo‘yi ko‘tarilgandan to ikki nayza bo‘yi ko‘tarilguncha bo‘lgan fursatdadir. (Ya’ni, zavolga taqriban yigirma minut qolguncha.) Ramazon hayitini ma’lum uzr bilan ikkinchi kunda o‘qish mumkin. Qurbon hayitini esa uch kungacha kechiktirish mumkin bo‘ladi. Bir shaharda yangi chiqqan oy ko‘rilib, ikkinchi shaharda ko‘rilmay qolishi, guvohlarning guvohligi, zavoldan keyinga kechikib ketishi kabi narsalar hayitni kechiktirib o‘qishlik uchun uzr hisoblanadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:00:13
Ikki hayitdagi sunnat amallar

Juma kunidagi kabi g‘usl qilishlik, yangi kiyimlarini kiyishlik va xushbo‘ylanish ikki hayitda ham sunnatdir.

Ramazon hayitida namozgohga chiqishdan oldin topgan xurmodan toq, topmagan biror shirinlik yeb olishi ham sunnatdir. Chunki bu bilan kishi o‘zining ro‘za emasligini bildiradi. Qurbon hayitida esa namozdan qaytib, o‘zining qurbonligi go‘shtidan yegunga qadar hech narsa yemay turishi sunnatdir. (Ba’zilar qurbon hayitida hech narsa yemay namozga chiqish sunnatligini noto‘g‘ri tushunib, qurbon hayitida kunning avvalgi yarmiga qadar ro‘zani niyat qilish kerak, deyishadi. Shu bilan birga ular ushbu kun saharlikka turishadi va og‘izlarini niyat bilan berkitib namozga chiqishadi. Hayit namozi o‘qib bo‘lingach esa, xuddi iftorliqdagi kabi og‘izlarini ochishadi. Bu johilliqdir. Chunki hayit kunlarida ro‘zani niyat qilish harom amallardandir. Buning ustiga Islomda yarim kunga niyat qilinadiganro‘zaningo‘zi yo‘q... - tarj. )
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:00:38
Ramazon hayitini o‘qish uchun namozgohga chiqayotgan kishi maxfiy holda o‘zi takbirni aytishi, qurbon hayitiga chiqayotganda esa jahriy qilib takbirni aytib chiqishi ham sunnat amallardandir. Hayit namozidan keyin o‘sha namozgohda nafl namoz o‘qishlik makruhdir.

Namozga bir ko‘chadan borib, boshqa ko‘chadan qaytib kelish ham sunnatdir.

(Chunki yo‘lni o‘zgartirishdagi hikmatlar yo ibodatni ko‘paytirish, yo Qiyomatda ikki yo‘lning guvohlik berishi, yo Allohning zikri taralishi, yo kambag‘allarga sadaqa ulashish, yo ko‘proq kishilar bilan ko‘rishish yo rahmatga yetishish maqsadida bo‘ladi... - tarj.)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:01:08
Hayit namozlaridagi hikmatlar

Hayit namozlarini o‘qimoq uchun hamma musulmonlar bir o‘ringa to‘planishib, yelkama-elka saf tortib turadilar. Barcha bir-birini bayram bilan qutlab, boylar faqir birodarlariga ikrom ko‘rsatib, ulardagi hojatmandlik alamini yengillatishadi. Hayit kunlari musulmonlarning hayoti yanada saodatli tus oladi. (Ammo hali-hanuz saqlanib qolgan xunuk odatlarni tashlay olmayotganlar, Islomning ikki buyuk bayramini azadorlik bilan o‘tkazadiganlar ham topilib turadi. Buning sababi ularning qalbida Islom shiorlarini ulug‘lashlik kabi hamiyatning topilmasligidir. Ular mahalla g‘iybatchilarining gap-so‘zlaridan qo‘rqadilar. Allohning ulug‘ligini qalblariga joylay olmagan, qasdi sust kishilardir. Alloh taolo barchamizga haqni bildirsin va unga ergashishni nasib qilsin. Botilni ham botil janligini tanishtirsin va undan saqlanishga tavfiq bersin... - tarj.)

Ikki iyd namozidagi musulmonlar jamoati dushmanlar ko‘z o‘ngida ulkan haybatni kasb etadi. Ushbu muborak kunlarda ufqni musulmonlarning takbir va tahlil aytayotgan ovozlari to‘ldirib yuboradi. Bu ikki muqaddas kunda Alloh taoloning musulmonlarga bergan fazilati, ularni ikrom qilishligi, yolg‘iz Allohga iymon keltirgan, faqat O’zining roziligini talab qilgan holda ramazoni sharif oyidagi kechqurungi bedorlik, kunduzgi ro‘zadorlik ibodatlarini maqbul aylaganligi namoyon bo‘ladi. Bir oyni ro‘za holida o‘tkazgan mo‘minning xursandligi iydul fitr kunida yana ham ortib ketadi. Qilgan amallarining natijasi ma’lum ma’noda uning o‘ziga ko‘rinib, bundan quvonadi. Go‘yo u ikki ajrning birini dunyoda olib, oxiratdagisi esa uni kutib turgandek bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:01:37
Zulhijjaning o‘ninchi kunidan keyingi qurbonlik bayrami kunlari qilingan amallar boshqa yilning kunlaridagi solih amallardan afzal turadi.
 
Zulhijjaning o‘ninchi kuni arafa bo‘lib, hojilar bu kunda Arafotda turadilar. Ushbu amal hajning ulug‘ farzlaridan biridir. Xullas, Islomdagi ushbu ikki bayram orqali gunohlarning mag‘firat qilinishi, amallarning maqbul bo‘lishi bilan hosil bo‘ladigan ulkan shodlik yorqin namoyon bo‘ladi. Bundan ortiq fazilat qaerda bor?! Bundan ortiq rahmat qaerda bor?!

« (Ey Muhammad) , ayting: «Allohning fazlu marhamati (ya’ni, Islom) va rahmat-mehribonligi (ya’ni, Qur’on) bilan - mana shu (ne’mat) bilan shod-xurram bo‘lsinlar. (Zero) , bu ular to‘playdigan mol-dunyolaridan yaxshiroqdir» (Yunus surasi, 58-oyat).
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:02:07
Musofirning namozi

Safarda to‘rt rakatli farz namozlari ikki rakat qilib o‘qiladi. Ular peshin, asr, xuftondir. Ammo bomdod, shom va vitr namozlari hamda sunnati ravotiblar esa butun o‘qiladi. (Agar musofir yo‘l yurib turgan bo‘lsa, vaqti ziq, sharoit yo‘qligi uchun sunnatlarni o‘qimasligi afzaldir. Ammo shunda ham bomdodning sunnatini tark qilmay o‘qiydi. Agar musofir bir manzilga kelib tushsa, vaqt bemalol, sharoit yetarli bo‘lganligi uchun sunnatlarni o‘qishligi afzal bo‘ladi. Buxususda hadislar vorid bo‘lgan... - tarj.)

Musofirga namozni qasr qilishlik vojibdir. Butun qilib o‘qishlik joiz emas. Mabodo, butun qilib o‘qisa, gunohkor bo‘ladi. Chunki u qa’dai oxirdan keyingi salomni kechiktirdi. Musofirning shu holda ikkinchi rakatdan keyingi o‘tirishi qa’dai oxir hisoblanadi. Agar qasr qilmay, to‘rt rakat o‘qisa, keyingi ikki rakati nafl hisoblanadi, ushbu naflni takbiri tahrimasiz boshlagan, sano bilan «A’uzu... »ni ham tark qilgan bo‘ladi. Agar o‘rtadagi qa’dani tashahhud miqdoricha o‘tirmay, uchinchi rakat va to‘rtinchi rakatni ado qilgan bo‘lsa, farz namozi botil bo‘lib, unga qayta o‘qish esa vojib bo‘ladi, chunki musofirning ikkinchi rakatdan keyin qa’da o‘tirishi farz edi. Agar musofir namozni qasr qilib o‘qiyotgan bo‘lsa, unga ikki rakatdan keyingi rakatlarda o‘sha farz namozini o‘quvchiga iqtido qilishi durust emas. Chunki farz o‘quvchi nafl o‘quvchiga iqtido qilishi joiz emas edi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:02:56
Qasr o‘qishlik vojib bo‘ladigan safar masofasi

Qasr o‘qishlik vojib bo‘ladigan safar, deb piyoda kishining uch kunlik yo‘l yurgandagi masofaga aytiladi. Musofir subhdan zavolgacha yo‘l yursa, bir kun yo‘l yurdi, deb hisoblanadi. Ushbu yo‘lni o‘rtacha yurish bilan bosib o‘tmoqlik e’tiborga olingan. O’rtacha yurish, deganda tuya va piyoda kishining yurishi kabilarga aytiladi. Hozirda bu masofa kamida sakson bir kilometrni o‘z ichiga oladi. Ushbu masofadan kamroq yerga yo‘l olgan kishi musofir hisoblanmaydi. Agar ushbu sakson bir kilometr masofani avtomobilda yoki samolyotda oz fursatda bosib o‘tsa ham, namozlarini qasr qilib o‘qishi vojib bo‘ladi.Chunki namozni qasr qilib o‘qishlik safar mashaqqatini ketkazish uchun yo‘lga qo‘yilmagan. Balki bu asliga qaytishdir. Zero, aslida namozni dastlab ikki rakatdan o‘qish farz bo‘lgan, keyinchalik safardagi namozlar shu holida qolgan, muqimdagilar uchun esa ikki rakat ziyoda qilingan. Mabodo, musofirga yengillik qilish uchun qasr qilib o‘qish buyurilganda, asli to‘rt rakatli namozlar ikki rakat qilingan bo‘lar edi. Lekin aslida to‘rt rakatli namoz bo‘lmagan, ular ikki rakatdan bo‘lib, keyinchalik muqim kishilar uchun ikki rakat ziyoda qilinib, to‘rt rakatli namozlar joriy qilingan. Musofirlar uchun esa asli boshida farz qilingan namoz o‘z holida qoldirilgan. Oisha onamizdan qilingan rivoyat bunga dalolat qiladi. Musofir o‘zi yashab turgan makonining tomlari, daraxtlari ko‘rinmaydigan joydan boshlab namozlarni qasr o‘qiydi. Qasr o‘qishlik uchun o‘sha joyning binolariga tutashgan bog‘lardan ajrab chiqish shart emas. Chunki bog‘ yashash joyi, deb e’tiborga olinmaydi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:03:40
Agar musofir bir o‘ringa kelib, shu yerda ketma-ket o‘n besh kun yoki undan ko‘proq vaqt turishni niyat qilsa, erki o‘z qo‘lida bo‘lsa, namozlarini shu turgan makonda qasr o‘qimaydi. Balki muqim kishilardek to‘la o‘qiydi. Ammo o‘n besh kundan ozroq turishini niyat qilsa, muqim, deb e’tibor qilinmaydi. Agar kishi safarni qasd qilib yo‘lga chiqsa, keyin safar masofasini bosib o‘tmay, orqasiga qaytsa, namozlarini butun o‘qishligi vojib bo‘ladi. Chunki endi u safar qilish niyatidan qaytdi.

Xuddi shuningdek, safar masofasini qasd qilib yo‘lga chiqsa-yu, ammo hali bu masofani bosib o‘tmay, bir o‘rinda o‘n besh kundan ko‘proq turishini niyat qildi. Shu holda ham u namozlarini butun o‘qiydi.

Agar musofir bir yerda o‘n besh kundan kamroq turishini qasd qilsa yoki umuman istiqomatni niyat qilmasa yo erki o‘zida bo‘lmasa-da, qancha muddat shu o‘rinda turishini bilmasa, bu kishi o‘sha yerda bir necha yil yashasa ham, musofir hisoblanadi. Namozlarini esa qasr qilib o‘qishi vojib bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:03:53
(Harbiy xizmat qilayotgan yigitlar istiqomatni niyat qilisha olmaydi. Chunki ularni bir yerda ko‘p muddat turishlik ixtiyorlari o‘zlarida emas. Shuning uchun ular xizmat safarida ikki yil yursalar ham, namozlarini qasr qilib o‘qishadi... - tarj.)

Agar kishi safar qilib, yashab turgan joyidan tashqariga chiqsa va biror narsasi esiga tushib uyiga qaytsa, to yashash joyiga kirguncha musofirligi botil bo‘lmaydi. Chunki u safar niyatidan qaytgani yo‘q.

Vatan ikki qism bo‘ladi
1.   Asliy vatan. Asliy vatan, deb inson o‘zi tug‘ilib o‘sgan yoki uylanib, o‘sha joydan o‘ziga vatan qilgan yoki o‘zi u yerda tug‘ilmagan bo‘lsa-da, doimiy ish joyi bo‘lib qolgan makonga, garchi u yerda xotini bo‘lmasa ham, asliy vatan, deyiladi. Kishining asliy vatani shu kabi boshqa vatan hosil qilmasa, soqit bo‘lmaydi. Misol uchun bir kishi Namanganda tug‘ilib o‘sgan bo‘lsa, bu uning asliy vatani hisoblanadi. Endi shu inson Toshkentga borib, o‘sha yerda uylansa yoki biror uy sotib olib doimiy yashashni qasd qilsa, bu yer uning asliy vataniga aylanadi. Endi u Toshkentdan tug‘ilib o‘sgan sobiq vatani Namanganga safar qilsa, modomiki, Namanganda kamida o‘n besh kun turishni niyat qilmasa, musofir hisoblanadi. Chunki asliy vatanini keyingi asliy vatan botil qilyapti. Bir asliy vatanni ikkinchi asliy vatan botil qilishi uchun ular o‘rtasida safar masofasi bo‘lishligi shart emas. Misol uchun kishi Chustda tug‘ilib o‘sdi, keyin uylanibmi yoki doimiy yashash uchunmi, Namanganga ko‘chib o‘tdi. So‘ngra u safar qilib Toshkentga yo‘l oldi. U Chustga yo‘l-yo‘lakay kirsa ham, namozini qasr o‘qiydi. Chunki uning asliy vatani bo‘lmish Chust Namanganga ko‘chib o‘tishi bilan botil bo‘lgan. Shuning uchun uning musofirligi Namangandan hisoblanadi. Lekin Namangan bilan Chust o‘rtasida safar masofasi yo‘q.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:04:09
2.   Vatani iqomat (turar joy vatani). Kamida o‘n besh kun, undan ko‘proq muddat istiqomat qilishga yaraydigan makonga vatani iqomat, deyiladi. Musofir kamida o‘n besh kun turishni niyat qilsa yoki erki o‘zida bo‘lib, kamida o‘n besh kun turishni aniq bilsa, shu bilishi ham niyat hukmiga o‘tadi. Va u istiqomat qiladigan makon vatani iqomatga aylanadi. Vatani iqomat uchta amal bilan botil bo‘ladi:

A) Yangi asliy vatan vatani iqomatni botil qiladi. Misol uchun bir kishi toshkentlik bo‘lsa, Farg‘onaga safar qilib, u yerda o‘n besh kundan ko‘proq istiqomat qilishni niyat qilsa, keyin Marg‘ilonga kelib uylansa va shu joyda yashay boshlasa, uning musofirligi yo‘qoladi, Farg‘onadagi vatani iqomati botil bo‘ladi. Endi u namozlarini qasr qilmay, to‘la o‘qiydi. Chunki uning yangi asliy vatani, ya’ni Marg‘ilon vatani iqomat bo‘lgan Farg‘onani botil qildi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:04:34
B) Vatani iqomatni o‘ziga o‘xshagan vatani iqomat botil qiladi. Misol uchun toshkentlik musofir kishi Marg‘ilonda vatani iqomat qildi, ya’ni o‘n besh kundan ortiqroq istiqomat qilishni niyat qildi, keyin boshqa o‘ringa, ya’ni Farg‘onaga ko‘chib o‘tib, o‘sha joyda o‘n besh kundan ko‘proq turishni niyat qildi. Demak, endi bu musofir Farg‘onadan Marg‘ilonga kelib, modomiki, o‘n besh kun turishni niyat qilmasa, namozini qasr qilib o‘qiydi. Chunki uning Marg‘ilondagi vatani iqomatini Farg‘onadagi yangi vatani iqomati botil qilgan bo‘ladi. Avvalgi vatani iqomatni keyingi vatani iqomat botil qilishligi uchun ular o‘rtasida safar masofasi bo‘lishi shart emas.

V) Vatani iqomatdan turib yangi safarga chiqilsa ham, vatani iqomat botil bo‘ladi. Agar musofir vatani iqomatidan boshqa makonga safar qilsa, shu yangi safar bilan vatani iqomati botil bo‘ladi. Agar biror hojat bilan avvalgi vatani iqomatga qaytib kelsa, namozlarini qasr o‘qiydi. Chunki uning yangi safari bilan vatani iqomat botil bo‘lgan edi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:05:36
Musofirning qazo namozi va uning iqtido qilishi

Agar musofir o‘z vaqtidagi to‘rt rakatli namozlarda muqimga iqtido qilsa, imom bilan birga butun o‘qiydi. Qazo bo‘lgan to‘rt rakatli namozlarda esa musofir muqimga iqtido qilmaydi. Chunki musofirning zimmasiga ikki rakat farz bo‘lsa, muqimga to‘rt rakat farzdir. Lekin buning aksi joizdir. Ya’ni, vaqti o‘tgan to‘rt rakatli namozlarda muqim musofirga iqtido qilsa joiz. Misol uchun bir vaqt asr namozini muqim ham, musofir ham qazo qilib qo‘ydi. Shunda musofir imom bo‘ladi va ikki rakatni ado qilgach, o‘ng yelkasiga salom berib, orqadagilarga:
(Namozlaringni mukammal qilinglar, chunki men musofirman),
deydi. Shunda orqadagilar qolgan ikki rakatni hech bir qiroatsiz ado qiladilar. Chunki ulardan imomga ergashuvchilik hukmi yo‘qolmagan bo‘ladi. Agar musofir safarda qasr qilishi lozim bo‘lgan namozlarini qazo qilib qo‘ysa, muqim bo‘lgan chog‘ida ham u namozlarni qasr qilib qazosini o‘qiydi. Xuddi shuningdek, agar kishi muqimligida asr yoki peshin va yo xuftonni qazo qilgan bo‘lsa, musofirligida shularning qazosini o‘qimoqchi bo‘lsa, to‘rt rakatdan o‘qiydi. Chunki qazo o‘z vaqtidagi namozlar hisobidan o‘qiladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:05:51
Xavf namozi

Agar xavf kuchayib ketsa, imom jamoatni ikki guruhga ajratadi. Bir toifa dushman tomonga tursa, ikkinchi toifa imomga iqtido qiladi. Agar namoz ikki rakatli bo‘lsa, imom birinchi toifa bilan birinchi rakatni o‘qiydi, birinchi rakatning ikkinchi sajdasidan boshini ko‘targanda orqadagi iqtido qilgan guruh dushman tomonga borib turadi, dushman tomonidagi xavfga ko‘z-quloq bo‘lib turgan jamoat esa kelib, imomga iqtido qiladi. Imom ular bilan ikkinchi rakatni tugatib, tashahhudni o‘qib salom beradi. Ammo imomga ergashuvchilar salom berishmaydi. Balki ular dushmandan keladigan xatarga ko‘z-quloq bo‘lish uchun borishadi, avvalgi jamoat esa kelib, o‘zlari yolg‘iz-yolg‘iz qolgan bir rakatni qiroatsiz o‘qishadi. Chunki ular imomga avvaldan iqtido qilishganlik hukmida edilar. Keyin tashahhudni o‘qishadi va salom berishadi-da, yana dushmanning xavfi bor tomonga borib turishadi. So‘ngra ikkinchi guruh kelib, qolgan bir rakatlarini qiroat bilan ado qilishadi. Chunki ular imomga avvalgi rakatda iqtido qila olishmagan edi. Shuning uchun ular masbuq hukmida bo‘lishadi. Shundan so‘ng tashahhudni o‘qib, salom berishadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:06:12
Agar namoz uch yoki to‘rt rakatli bo‘lsa, imom avvalgi ikki rakatni birinchi guruh bilan o‘qisa, keyin ikki yoki bir rakatni ikkinchi guruh bilan ado qiladi. Har ikki jamoat ham qolgan rakatlarni yuqoridagidek joy almashtirib o‘qib oladi. Namoz o‘qib turgan holda jang qilinsa, namoz buziladi. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Handaq g‘azoti kuni to‘rt vaqt namozni o‘qiy olmadilar. Agar urushib turib ham namozni o‘qish kerak bo‘lganda, hargiz Rasululloh (s.a.v.) uni tark qilmagan bo‘lar edilar.

Agar xavf yanada kuchayib ketsa, otga mingan holda yoki piyoda qay tomonga yuzlanib bo‘lsa ham, ruku’ va sajdalarni imo-ishora qilib namoz o‘qiladi. Urush boshlanib ketsa esa, yuqorida aytganimizdek, namoz buziladi.

Xavf namozi o‘qilayotganda qurol-aslahalarni taqib olish mustahab amaldir.

Xavf namozini har ikki guruh alohida imom bilan navbat-navbat o‘qib olishi ham afzaldir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:06:41
Qazo namozlarini o‘qish

Farz namozlarini o‘z vaqtida o‘qish qat’iy lozimdir. Kimki namozning vaqtini uzrsiz o‘tkazib yuborsa, gunohi kabiralardan birini qilib qattiq gunohkor bo‘ladi.

«Albatta namoz mo‘minlarga vaqti belgilab qo‘yilgan farz ibodatdir».

Demak, namozni o‘z vaqtida o‘qishlik mo‘minlar uchun lozim ekan. Mo‘min bo‘lmaganlarga, jannatni umid qilmaydiganlarga namoz o‘qish ham farz emas. Alloh taolo barchamizni hidoyat qilib, O’zi adashtirmasin! Omiyn!
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:07:29
Ammo ba’zi uzrlar sababi bilan namoz qazo bo‘lishi mumkin. Bu uzr ikki xil bo‘ladi:
1. Qazosi o‘qilmaydigan uzrlar:
A) Hayz va nifos ko‘rgan ayollar namozni tark qilishadi, pok bo‘lishgandan keyin ham qazo bo‘lgan namozlarini o‘qishmaydi.
B) Kamida olti vaqt namoz muddatida hushidan ketib, o‘ziga kelmagan ham o‘ziga kelgach, qazo bo‘lgan namozlarini o‘qimaydi. Lekin bundan kam fursatda o‘ziga kelsa qazo bo‘lgan namozlarini o‘qishlik vojib bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:07:36
2. Qazosi o‘qiladigan namozlar:
Uxlab qolish, esidan chiqish, g‘aflatda qolish, boshini qimirlata olmaydigan darajada kasal bo‘lish kabi uzrlar bilan namoz o‘z vaqtida ado qilinmasa, uning qazosini o‘qish vojib bo‘ladi. Qazo namozlarini o‘qishni beuzr kechiktirish joiz emas. Rizq topishga harakat, farz ilmlarini talab qilish, o‘ta och qolgan kishilarning ovqatlanib olishi, nihoyatda charchagan kishining uxlab olishi kabilar qazo namozlarini kechiktirishning uzrlari hisoblanadi. Nafl namozlarining o‘rniga qazolarni o‘qish afzaldir. Lekin sunnati ravotiblarni tark qilmagan ma’qul. Agar qazoni kechiktirish beuzr bo‘lsa, o‘sha qazoni o‘qimaguncha undan gunoh ko‘tarilmaydi. Xuddi namoz ham tavbasiz qabul bo‘lmaganidek, namozni qazo qilgan kishiga ham tavba lozim bo‘ladi. Tavbaning shartlaridan biri gunohni tark qilish edi. Qazo namozlarini uzrsiz o‘qimay yurgan kishi gunohni tark qilmayotgan tavba qiluvchiga o‘xshaydi. Demak, uning tavbasi maqbul emas.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:08:26
Qazo namozlari qanday o‘qiladi?

Shariatda ahli tartiblar, degan martabadagi insonlar bo‘lib, ular vitrdan tashqari olti vaqt namozni ketma-ket qazo qilmagan bo‘lishadi. Shular qazo namozlarini o‘qimoqchi bo‘lishsa, tartibga rioya qilishlari kerak. Misol uchun ahli tartib kishi bomdod, peshin, asr, shomni uzr bilan qazo qilib qo‘ygan bo‘lsa, avval bomdodni, keyin peshinni, undan so‘ng asrni, keyin esa shomni o‘qishi vojib bo‘ladi va hokazo. Agar bomdodning qazosini o‘qimay, peshinning qazosini o‘qisa, peshin buziladi va bomdodning qazosini o‘qigach, yana peshinni qaytadan o‘qishi vojib bo‘ladi. Ahli tartib vitrga ham rioya qiladi. Ya’ni, uni o‘qimasdan bomdodni o‘qishi durust emas. Ammo, qachonki, qazo namozlarning soni vitrdan tashqari olti vaqtga yetsa, endi u kishidan tartibga rioya qilish vojibligi soqit bo‘ladi. Shunda ham tartib bilan qazolarni o‘qisa ma’qul, lekin xohlaganini oldin, xohlaganini keyin o‘qishiga ixtiyori bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:08:35
Tartibning vojibligi yana ikki holatda soqit bo‘ladi:

1.   Vaqt ziq bo‘lib qolganda qazoni o‘qisa, o‘z vaqtida o‘qiladigan namoz ham qazo bo‘lsa, shunda tartib soqit bo‘ladi va qazo bo‘lmagan namozni oldin, qazo bo‘lganini keyin o‘qib qo‘yadi.

2.   Qazo bo‘lgan namozni esdan chiqarib qo‘ysa-da, keyingi namozni o‘qisa ham, tartib soqit bo‘ladi. Misol uchun bomdodni qazo qilib qo‘yganligi esidan chiqib, peshinni o‘z vaqtida o‘qib qo‘ysa, peshindan so‘ng bomdodning qazosini o‘qib qo‘yadi. Peshinni esa qaytarib o‘qimaydi. Ammo bomdodni qazo qilganligi yodida bo‘la turib, peshinni o‘qigan bo‘lsa, bu peshinni bomdodning qazosini o‘qigandan so‘ng qaytarib o‘qib qo‘yadi. Chunki bunda tartibga amal qilish soqit bo‘lmagan hisoblanadi.

Agar kishi qancha qazo qilganligining adadini bilmasa, gumoni g‘olib bo‘lguncha miqdorni hisoblab, o‘shani o‘qish bilan o‘z zimmasidan qazolarni soqit qilib qo‘yishligi kerak. Shu bilan birga qaysi zamondagi namozni o‘qiyotganligini niyatida tayin qilib qo‘yishi ham lozim bo‘ladi. Misol uchun «Avvalgi qolib ketgan peshin namozimni o‘qishni niyat qildim» yoki «Oxirgi qolib ketgan peshin namozini o‘qishni niyat qildim», deydi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:08:48
Qazo namozlarini o‘qishlik joiz bo‘lmaydigan vaqtlar

Uchta vaqtda qazo namozlarini o‘qishlik joiz emas:
1.   Quyosh chiqayotgan vaqtdan to bir nayza bo‘yi ko‘tarilgunga qadar. Bu taqriban yarim soatni o‘z ichiga oladi.
2.   Qiyom vaqti. Quyosh tikkaga kelgan vaqtdan to yarim soat o‘tgunga qadar. Buning tafsiloti oldin o‘tgan edi.
3.   Quyosh botayotgan vaqtdan boshlab to botib ketgunga qadar. Bu ham taqriban yarim soatni o‘z ichiga oladi.

Mana shu uch vaqtdan boshqa paytlarda qazo namozini o‘qish joiz bo‘ladi, garchi bomdod namozi bilan asr namozini o‘qigandan so‘ng ham qazolarni o‘qish mumkindir. Lekin ushbu bomdoddan keyingi va asrdan so‘nggi vaqtlarda mutlaq nafllarni o‘qishlik ma’qul emas. U nafllar xoh tahiyyotul masjid bo‘lsin xoh tahoratdan keyin o‘qiladigan nafl bo‘lsin farqi yo‘q. Baribir makruh bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:09:16
Kasal kishining namozi

Islom yengillik dinidir. Bu dinda musulmonlar noilojlikka solib qo‘yilmaydi. Ular qodir bo‘lmaydigan ibodatlarga buyurilmaydi. Shu bilan birga Islomda namozga qattiq e’tibor beriladi va uni ado qilish uchun turli choralar topib beriladi. Aslida kasal kishiga agar toqati ko‘tarsa, namozni biz yuqorida zikr qilib o‘tgan suratda ado qilishi uchun ruxsat beriladi. Ammo qiyom turishdan ojiz bo‘lsa yoki kasali kuchayib ketishidan xavf qilsa yo shifoning kechikishiga shu qiyom turishi sabab bo‘lsa, u holda o‘tirib namoz o‘qiydi. Lekin ruku’ va sajdalarni to‘la qiladi. Agar ruku’ va sajdaga ham qodir bo‘lmasa, xuddi tashahhudda o‘tirgani kabi chap oyog‘ini to‘shab, o‘ng oyog‘ini tik qilgan holda o‘tiradi. Bu eng afzalidir. Agar bunga ham qodir bo‘lmasa, xohlagan suratda o‘tiradi va ruku’ hamda sajdalarni boshi bilan ishora qiladi. Bunda ruku’ uchun boshini ozroq egsa, sajda uchun ko‘proq egadi.
 
Agar sajdaga ojiz bo‘la turib ruku’ga qodir bo‘lsa ham, baribir ikkisi uchun ishora qiladi. Sajdaga imkoni yo‘q kasalning ishora bilan qilgan sajdasi kifoya qiladi. Ammo uning sajda qilishi uchun biror narsani yuzi barobar ko‘tarib qo‘yish joiz emas. Imo-ishora bilan namoz o‘qishlik tik turgan holda ham, o‘tirgan holda ham durustdir. Lekin kasal kishining o‘tirib, imo-ishora bilan namoz o‘qishi afzal hisoblanadi. Agar sajda qilishga ojiz bo‘lsa, undan qiyom turishlik ham soqit bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:09:25
Agar kasalga o‘tirish ham mashaqqat bo‘lsa, u o‘ng tomon bilan qiblaga yuzlangan holda yonboshlab yotadi, shu afzalidir. Bo‘lmasa, chalqanchasiga yotib, oyoqlarini qibla tomonga uzatadi, tizzasini esa bir oz bukib oladi. Boshni bir oz ko‘tarish uchun orqaga yostiq qo‘yiladi. Bu holat yonboshlashdan ko‘ra afzalroqdir. Shu holda imo-ishora qilib namozni o‘qiydi. Agar bunday turishga ham qodir bo‘lmasa, o‘ziga qulay bo‘lgan suratda o‘rnashib, ishora bilan namozini o‘qiydi. Agar sog‘lom kishi namoz asnosida kasal bo‘lib, alamdan qiyomga qodir bo‘lmay qolsa, o‘sha zahoti o‘tirib, ishora bilan namozni tugatadi. Agar o‘tirishga ham majoli kelmay qolsa, unda chalqanchasiga yotadi va namozni ishora bilan oxirga yetkazadi. Ishora faqat bosh bilan qilinadi. Agar boshini qimirlata olmay qolsa, ko‘z yoki qosh bilan ishora qilmaydi hamda qalbi bilan ham namozning arkonlarini ijro etmaydi, ushbu holda namozni kechiktiradi va tuzalgandan keyin esa qazosini o‘qib beradi. Agar shu holatda olti vaqt namozni o‘qiy olmagan bo‘lsa, unda tuzalgach, ularning qazosini ham o‘qimaydi. Chunki u bu holatda hushidan ketganning hukmida bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:09:36
Janoza namozi

Bir musulmon vafot topsa, uni bilgan musulmonlar uchun yuvib, kafanlab, janozasini o‘qib, dafn qilishlik farz kifoya bo‘ladi. Farzi kifoya, deb ba’zi musulmonlar bajarishi bilan qolganlaridan soqit bo‘ladigan amallarga aytiladi.

Agar kishi vafot topsa, bir parcha latta bilan jag‘ini boshiga mahkam bog‘lab qo‘yiladi, ko‘zlari berkitilib, bo‘g‘inlari yumshoqlik bilan bo‘shatiladi. Yerdan ko‘tarib, kiyimlarini yechib olinadi. Avratiga ko‘z tushmaydigan darajada kiyimlari qoldiriladi. Uni yuvib, kafanlashdan oldin haqiqatda o‘lganligini aniqlash uchun bir oz kutish zarurdir. Aniq bo‘lgach esa, uni yuvib, kafanlash va dafn qilishni tezlatish lozim. Janozani insonlarga e’lon qilish mustahabdir. Chunki janoza o‘quvchilar qancha ko‘paysa, shuncha yaxshi bo‘ladi. Marhumni tezda joyiga olib borish, unga hurmat hisoblanadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:10:01
Mayyitni yuvish

Aslida mayyitning butun badanini bir marta yuvish farz hisoblanadi. Ammo uch marta yuvish esa sunnatdir. Mayyitni yuvish uchun quyidagilar shartlar topilishi kerak.
1.   Mayyit musulmon bo‘lishi kerak, kofirni yuvish shart emas.
2.   O’lik tug‘ilgan bo‘lmasligi kerak. Agar chala tug‘ilgan bolada tiriklik nishonasi bo‘lsa, undan yig‘i ovozi eshitilsa yoki biror harakati ko‘rilsa, u yuviladi. Ammo chala tug‘ilgan bolaning ba’zi xilqatlarigina paydo bo‘lgan bo‘lsa, g‘usl qilinmaydi, balki ustidan suv quyiladi va bir parcha lattaga o‘ralib, keyin ko‘milib, unga ism ham qo‘yiladi. Chunki u Qiyomat kunida tiriladi va o‘sha qo‘yilgan nomi bilan chaqiriladi.
3.   Jasadning yarmidan ko‘prog‘i mavjud bo‘lishi bilan birga boshi ham bo‘lishi kerak.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:10:17
4.   Shahid bo‘lmasligi kerak. Shahid, deb Allohning kalomi yer yuzida oily bo‘lsin, uchun kurashgan va jangda qatl qilingan kishiga aytiladi. Shahidni g‘usl qildirish shart emas. Chunki uni dushmanning qilichi poklagan bo‘ladi. Agar mayyitni yuvishga suv bo‘lmasa yoki mayyit yonib o‘lgan bo‘lsa-yu, suv quyish bilan badani titilib ketish ehtimoli bo‘lsa, uni tayammum qilib qo‘yish bilan g‘usl o‘rniga o‘tadi. o‘assol ham, boshqalar ham mayyitning avratiga qaramaydi. Uni biror parcha latta bilan berkitib qo‘yishlik vojibdir. Xuddi shuningdek, o‘lgan kishining avratini g‘assol ochiq qo‘l bilan ushlashligi joiz emas. Balki u qo‘liga maxsus bir lattani kiyib oladi va shu bilan avratlariga suv etkazadi. Shu sababli ham erkak kishi ayol kishini yoki ayol kishi erkak kishini yuvishi joiz emas
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:10:39
Marhumni g‘usl qilish sunnatlari, odoblari va makruhlari

Mayyitning butun badanini uch martaba yuvish sunnatdir. Ammo uch marta yuvish bilan badani pok bo‘lmasa, uni poklaguncha yuvish mumkin, shunda ham yuvishni toq qilgan ma’quldir. Misol uchun besh, yetti, to‘qqiz va hokazo.

Yana yuvish odoblaridan biri mayyitni balandroq o‘ringa, suv to‘planmaydigan joyga qo‘yishlikdir. Mayyitni bir oz iliqroq suv bilan yuvishlik afzal hisoblanadi.

Haj yoki umrada ehrom bog‘lagan holda vafot topgan kishini yuvishda suvga xushbo‘y narsalarni aralashtirmaydi. Chunki tirikligida ham xushbo‘ylikdan saqlanishi lozim edi. Ammo boshqa kishilarni yuvishda suvga xushbo‘y narsalarni aralashtirish, tozaroq bo‘lishi uchun sovun, shampunga o‘xshash narsalardan foydalanish yaxshi amallardandir. Mayyitni yuvishdan oldin avratini berkitadigan kiyimidan boshqa kiyimlarini yechib olgan ma’qul. Yana tirik odam g‘usl qilishdan oldin tahorat olishi kabi mayyitni ham avval tahorat qildirish g‘usl odoblaridan hisoblanib, lekin bunda mazmaza (og‘izga suv olib g‘arg‘ara qilish) va istinshoq (burunga suv tortish) tark qilinadi. Chunki bu mashaqqat tug‘diradi. Lekin g‘assol bosh barmoq bilan ko‘rsatgich barmoqlarini toza latta bilan o‘rab, ularni ho‘llaydi-da, shu bilan mayyitning tishlarini ishqalaydi va burunning ichini ham bir oz ho‘llaydi. Ushbu amallar mazmaza bilan ishtinshoq o‘rniga o‘tadi. Yana g‘usl odoblaridan biri g‘assolning ishonchli kishi bo‘lishidir. Ishonchli g‘assol mayyitni mukammal yuvadi va ko‘rgan yomon narsalarini berkitib, yaxshiliklarini zohir qiladi. Yuvilgan mayyitning badanini quritib qo‘yish ham g‘usl odoblaridandir. Chunki shunda kafan ho‘l bo‘lmaydi. o‘assol o‘likni yuvib bo‘lgach, o‘zi ham g‘usl qilib olsa yaxshi bo‘ladi. Lekin bu ba’zilar aytganidek, farz emas. Mayyitning soch-soqollarini tarash, mo‘ylov yoki tirnoqlarini olish va yana boshqa tuklarini yulish makruhdir. Mabodo, undan biror a’zo va yoki tuk uzilib tushsa, o‘sha a’zoni o‘zi bilan kafanga qo‘yib ko‘mishlik matlubdir. Kafanlab qo‘yilgandan so‘ng mayyitdan najosat chiqib badaniga yoki kafaniga tegsa, zarari yo‘q.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:10:50
Kafanlash

Kafanlashda xoh u yangi bo‘lsin, xoh eski bo‘lsin, toza oppoq libos bo‘lishi mahbubdir. Erkak kishini tiriklik chog‘ida kiyish durust bo‘lgan har qanday kiyim bilan vafotidan keyin kafanlash joizdir. Ammo tirikligida kiyish durust bo‘lmagan mato bilan, ya’ni ipak bilan o‘lgandan so‘ng ham kafanlash nojoizdir. Mabodo, boshqa hech narsa topilmay qolsagina, erkak kishini ipak bilan kafanlash mumkin. Ayollar esa ipak bilan ham kafanlansa bo‘ladi.

Erkaklar uchun sunnatga muvofiq kafan uchta bo‘ladi: 1. Qamis; 2. Izor; 3. Lifofa. Bo‘yindan qadamgacha o‘raladigan mato qamis, deyiladi. Izor bilan bosh va qadam qo‘shib o‘raladi. Lifofa ham izor kabi bo‘ladi. Ayollarga esa ko‘kraklarini bog‘lab qo‘yish uchun bir parcha latta va yuzni to‘sish uchun ro‘mol ziyoda qilinsa, sunnatga muvofiq bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:11:09
Janoza namozi

Janoza namozida ma’lum shartlar va arkonlar bo‘lib, uning shatrlari quyidagicha:
1. Yuqorida o‘tgan namoz shartlarining barchasi janoza o‘qilayotganda ham mavjud bo‘lishi kerak. Ammo vaqt janozada shart qilinmaydi. Qachonki, mayyit hozir bo‘lsa, o‘shanda janoza o‘qiladi.
2.   Mayyit musulmon bo‘lishi ham shart, kofirga janoza o‘qilmaydi.
3.   Mayyit janoza o‘quvchilarning oldilarida bo‘lishi ham shart. o‘oyibga janoza o‘qilmaydi.
4.   Mayyitning boshi bilan birga aksar badani bo‘lishi kerak. Yarmidan ko‘proq badani yo‘q kishining ham janozasi o‘qilmaydi.
5.   Janoza o‘qilayotgan vaqtda mayyit yerga qo‘yilgan bo‘lishi shart. Insonlar qo‘lida yoki biror hayvonning tepasida turgan mayyitga janoza o‘qish joiz emas.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:11:52
Ruknlari

1.   To‘rt takbir aytmoqlik;
2.   Qiyom turmoqlik, ammo salom berishlik boshqa namozlardagi kabi vojibdir;

Sunnatlari

1.   Birinchi takbirdan so‘ng sanoni o‘qishlik sunnatdir.
2.   Salovoti Ibrohimiyyani ikkinchi takbirdan keyin o‘qishlik ham sunnatdir. Agar vaqt qisqa bo‘lsa, boshqa salovotlarni o‘qishlik ham durust bo‘ladi. Lekin salovotu Ibrohimiyyani o‘qish afzal hisoblanadi.

Uchinchi takbirdan so‘ng marhumning haqqiga duo qilish ham sunnatdir.

Ushbu duoni o‘qishning ham zarari yo‘q. Ammo to‘rtinchi takbirdan keyin duo o‘qilmaydi, balki salom beriladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:12:11
Janoza namozining ko‘rinishi

Janoza namozida azon-takbir ham, ruku’-sajda ham bo‘lmaydi. Imom mayyitning ko‘kragi to‘g‘risida tik turadi. Insonlar esa imomning orqasidan saf turishadi. Imom «Allohu akbar», deb qo‘llarini quloqlari barobaricha ko‘taradi. Iqtido qilganlar ham xuddi shunday qilishadi. Undan keyin hamma maxfiy holda sano duosini o‘qiydi va ikkinchi takbirni aytishadi. Lekin bu va keyingi takbirlarda qo‘llar ko‘tarilmaydi. Ikkinchi takbirdan so‘ng salovoti Ibrohimiyya o‘qiladi. Keyin uchinchi takbir aytiladi, orqasidan mayyit haqqiga hadislarda rivoyat qilingan duolardan o‘qiladi:

«Allohummag‘fir lihayyina va mayyitina va shahidina va g‘oibina va sog‘iyrina va kabiyrina va zakarina va unsana. Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal islam va man tavaffaytahu minna fatavaffahu ‘alal iyman. Allohumma in kana muhsinan fazid fiy ihsanihi va in kana musiyan fatajavaz an sayyiotihi». (Ma’nosi: «Ey Rabbim, tirigu o‘ligimizni, hoziru g‘oyibimizni, kichigu kattamizni, erkagu ayolimizni mag‘firat qil. Ey Rabbim, kimimizni hayotda qoldiradigan bo‘lsang, uni Islomda qil, kimimizni o‘ldiradigan bo‘lsang, uni iymon bilan vafot ettir. Allohim, agar yaxshi kishi bo‘lsa, yaxshiligini ziyoda qilgin. Agar yomon kishi bo‘lsa, yomonligidan o‘tgin».)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:12:29
«Allohummag‘fir lahu varhamhu va ‘afihu vahfu anhu va akrim nuzulahu va vassi’ mudxolahu vag‘silhu bil mai vas salji val barodi va naqqihi minal xotoya kama naqqoytas savbal abyazo minad danasi va abdilhu daron xoyron min darihi va ahlan xoyron min ahlihi va zavjan xoyron min zavjihi va adxilhul jannata va a’izhu min ‘azabil qobri va min ‘azabin nar. Allohumma la tahrimna ajrohu va la taftinna ba’dahu». (Ma’nosi: «Ey Rabbim, uni mag‘firat qil, unga rahm et. Uni ofiyatda qil va avf et. Tushadigan yerini mukarram, kiradigan yerini keng qil. Uni suv, qor, do‘l bilan yuv. Oq kiyim kirdan toza bo‘lgani kabi, uni xatolardan pokla. Unga hovlisidan yaxshiroq hovli, ahlidan yaxshiroq ahl, juftidan yaxshiroq juft ber. Uni jannatga kirgiz, qabr va do‘zax azobidan saqla. Bizni uning ajridan mahrum qilma. Undan keyin bizni fitnaga solma».)

Keyin to‘rtinchi takbir aytiladi. Imom barcha takriblarni jahriy aytadi, imomga ergashuvchilar esa maxfiy qilishadi. Agar imom takbirni to‘rttadan ko‘p aytib yuborsa, imomga ergashuvchi o‘sha oshiqcha takbirlarni aytishmaydi, balki imom salom berishini kutib jim turadi. Imom salom bergach, hamma salom beradi. Shu bilan janoza namozi tamom bo‘ladi. Ammo imom qasddan takbirlarni to‘rttadan kam aytsa, namoz buziladi. Agar kishi imom ba’zi takbirlarni aytib bo‘lgach, yetib kelsa, kelgan joyidan imomga qo‘shiladi va imom salom bergach, hali tobut yerdan ko‘tarilmay turib, yeta olmay qolgan takbirlarini aytib qo‘yadi. Agar takbirlarni aytmasdan tobut ko‘tarilsa, endi ularni aytmaydi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:12:39
Janoza namozida safni uchta yoki undan ko‘p qilishlik mandub amaldir. Janoza o‘qishga eng birinchi haqli kishi, agar bor bo‘lsa, amir hisoblanadi, undan keyin mayyitning egalari haqli bo‘ladi. Mayyitning egasi, deganda avvalo o‘g‘li, o‘g‘lining o‘g‘li va hokazolar kiradi. Keyin ota, otaning otasi va hokazolar. Undan so‘ng aka va shu kabi eng yaqinlari mayyitning egasi, deb aytiladi.

Agar mayyit g‘usl qilinmay ko‘mib yuborilgan, modomiki, hali chirib ulgurmagan bo‘lsa, uning qabri tepasida janozasi o‘qib qo‘yiladi. Qabrni kovlashlik mayyitni yuvish uchun bo‘lsa ham haromdir. Mayyit taxminan uch kundan keyin chirishni boshlaydi. Agar bir vaqtning o‘zida bir necha janozalar hozir bo‘lib qolsa, ularga birma-bir janoza o‘qigan afzaldir. Bunda ilm, taqvo va yosh jihatidan afzali avval o‘qiladi. Ammo hammasiga birdan janoza o‘qish ham durust bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:12:54
Tobutni ko‘tarish

Tobutni garchi bir-ikki qadam bo‘lsa-da, ko‘tarib qo‘yish mustahabdir. Uni ko‘targan kishi tezroq yuradi, lekin lo‘killamaydi. Janozaga ergashganlar tobutning orqasidan yoyilib yurishlari ham mustahabdir. Tobutning orqasidan ovozni ko‘tarib zikr va Qur’on tilovat qilish makruhi tahrimiydir. Shuningdek, ayollarning ham tobut orqasidan qabristongacha borishlari makruhi tahrimiy hisoblanadi. Tobutni olib borganda hali yerga qo‘ymasdan oldin o‘tirib olish ham makruh. Ayol kishi qabrga qo‘yilayotgan paytda uning ustidan latta bilan berkitib turishlik mustahabdir. Erkaklar uchun esa shart emas. Mayyitni qabrga qo‘yuvchi uchun:

"Bismillahi, va billahi va ‘ala millati rosulillahi" deb aytishlik sunnatdir. Qabr tepasiga bino qurishlik makruhi tahrimiy hisoblanadi. Ammo yo‘qotib qo‘ymaslik uchun biror belgi qo‘yishning zarari yo‘qdir.

Bir kishi dengizda, kemaning o‘zida vafot topsa-yu, quruqlik uzoq bo‘lsa, u yuvilib, kafanlanib, janozasi o‘qiladi va suvga cho‘kishi uchun og‘irroq narsa bog‘lab tashlanadi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:13:11
Ta’ziya

Musibatzadalarga ta’ziya bildirish odobdir. Aza muddati o‘lgan kundan boshlab uch kungacha hisoblanadi. Bundan ortiq aza tutishlik makruhdir. Ammo ta’ziya bildiradiganlar yo‘q bo‘lib, uch kundan keyin kelsa, unda ta’ziya bildirish joiz. Ayol kishi eri uchun to‘rt oyu o‘n kun aza tutadi. Bu azaning ma’nosi o‘zini ziynatlab, yangi kiyimlarini kiymaslikdir. Shu muddatda azador ayolga sovchi ham qo‘yilmaydi. Balki biror ishora qilish joizdir.

Musibatzadaga ushbu so‘zlarni aytishlik mustahabdir:
Ya’ni, «Alloh taolo marhumni mag‘firat qilsin, gunohlaridan o‘tsin, O’z rahmatiga cho‘mdirsin, bu musibatda sizga sabr bersin va uning evaziga sizni ajr bilan mukofotlasin».

Eng afzal ta’ziya bildirish Rasululloh (s.a.v.) bildirgan ta’ziyadir:
«Albatta olishlik va berishlik Allohning ishidir. Har bir narsa ma’lum miqdor bilan Uning huzuridadir».

Yuqoridagiga buni ham qo‘shib aytsa yaxshi bo‘ladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:13:24
Ta’ziyani marhum dafn qilingandan keyin bildirish ma’qul bo‘ladi. Ammo sabrsizlik kuchayib ketsa, dafndan oldin bildirish afzaldir. Ta’ziyani bir marta aytsa, kifoya qiladi. Uni takror bildirishlik makruhdir.

Aza kunlarida o‘lik chiqqan xonadonda ziyofat uyushtirish makruhdir. Chunki ziyofat xursandchilik belgisidir. Alohida joy hozirlab, odam chaqirish bid’at amaldir. Ammo marhumning nomidan sadaqa qilish, ochlarni taomlantirish, yalang‘ochlarni kiyintirish sunnat amallardandir. Bu ishlar kun sanalmay, imkoniyatdan kelib chiqib qilinadi. Hamma qilishi shart emas.

Aza kunlarida qo‘ni-qo‘shnilar, yoru do‘stlar marhum xonadoniga ovqat tayyorlab olib borishlari yoki yuborishlari ma’quldir. Azadorning taomidan xabar olib turilmasa, u o‘zining musibati bilan mashg‘ul bo‘lib, bu narsalar uning ko‘ngliga sig‘may qoladi.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:13:46
Qabrlarni ziyorat etish va ular haqqiga duo qilish

 Oxiratni eslab, pandu nasihat olish uchun qabrlarni ziyorat qilsa bo‘ladi. Juma kuni namozdan oldin yo keyin ziyoratga borish ma’qulroq. Ziyoratga borgan kishi tazarru’ bilan duoga, mashg‘ul bo‘ladi, o‘limdan ibrat olib, mayyitlar haqqiga Qur’on tilovat qiladi. Bularning barchasi bilan marhumlar manfaatlanadi. Qabristonga kirgan kishi o‘limdan ibrat olishi lozim. Ziyoratchi qabristonga kirganda ushbu duolarni o‘qiydi:

«Mo‘minlar va musulmonlardan bo‘lgan diyor ahllariga salom bo‘lsin. Alloh taolo bizlardan oldingilarni va keyingilarni (ya’ni, o‘lgandan keyingilarni) rahmat qilsin. Biz ham Alloh xohlasa, sizlarga yo‘liquvchimiz. Sizlar uchun va o‘zimiz uchun ofiyat so‘rayman. Assalomu alaykum, ey qabr egalari. Alloh bizni va sizlarni mag‘firat qilsin. Sizlar bizdan oldin o‘tib ketgansizlar, biz esa sizlarning izlaringizdan ergashuvchimiz».

Ziyorat qilinadigan qabrlarning yaqin yoki uzoq bo‘lishida farq yo‘q. Balki qanday bo‘lsa ham, safar qilib, mo‘minlar qabrlarining ziyoratiga borsa bo‘ladi.

Payg‘ambarimizning (s.a.v.) qabrlari ziyorati uchun borish ziyoratlarning eng ma’qulidir. Qabrlarni ziyorat qilish erkaklar uchun joiz bo‘lganidek, agar fitna xavfi bo‘lmasa, oxiratni eslab, o‘limdan ibrat olish uchun ayollar ham ziyoratga borsalar joiz. Agar ziyorat safar masofasida bo‘lsa, unda albatta mahram bo‘lishi shartdir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:14:23
Namoz amallarining hukmlari bayoni

1. - Katta va kichik tahoratsizlikdan tahorat qilish - shart.
2. - Najosatdan badanni, kiyimni, joyni poklash - shart.
3. - Avratni berkitish - shart.
4. - Namoz vaqtining kirishi - shart.
5. - Faqat erkaklar uchun azon va takbir aytish - sunnat.
6. - Takbirda «Hayya alassolah»ni aytish bilan namozga turishlik
 - sunnat.
7. - Jamoat bilan namoz o‘qishlik, saflarni barobar qilish, yelkalarni bir-biriga tekkizib turishlik - sunnat.
8. - Ka’bai muazzamaga yuzlanishlik - shart.
9. - Niyat qilishlik - shart.
10. - Namozga takbiri tahrima bilan kirishmoqlik - shart, takbiri tahrima «Allohu akbar», demoqlikdir.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:14:48
11. - Takbiri tahrimada erkak kishi kaftlarini qiblaga qaratgan holda qulog‘ining barobariga, ayol kishi ko‘kragi barobariga ko‘tarmoqligi  - sunnat.
12. - Qiyom, ya’ni tik turishga qodir bo‘lgan kishining tik turmoqligi - sunnat
16. - Birinchi rakatda sanodan keyin «A’uzu billahi minash-shaytonir rojim»ni aytmoqlik - sunnat.
17. - Har bir rakatda Fotihadan oldin «Bismillahir rohmanir rohim»ni aytmoqlik - sunnat.
18. - Farz namozlarining avvalgi ikki rakatida va vitr hamda nafl namozlarining har bir rakatida Fotiha surasini o‘qimoqlik  - vojib.
19. - Fotihadan so‘ng ovoz chiqarmay omiyn, demoqlik - sunnat.
20. - Farz namozlarining avvalgi ikki rakatida (Fotihadan so‘ng), vitr va nafl namozlarining har bir rakatida Fotihadan so‘ng qisqa sura yoki uch qisqa oyato‘qimoqlik - vojib.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:15:18
21. Ruku’ qilish uchun «Allohu akbar», deb takbir aytish - sunnat.
22. Namoz o‘quvchining ruku’da qo‘llari tizzalariga yetadigan darajada
egilmoqligi - rukn.
23. Ruku’da belni tekis qilib, barmoqlarining orasini ochgan holda ikki
qo‘li bilan tizzalarini ushlamoqligi va to‘piqlarini tekis qilish .... sunnat.
24. Namoz o‘quvchining ruku’da qadamining ustki qismiga qaramoqligi  - odob (mustahab). (Qadam - oyoqning to‘piqdan pastki qismi).
25. Ruku’da uch bor «Subhana Rabbiyal ‘aziym», deb tasbeh aytmoqlik  - sunnat.
26. Ruku’da bir oz xotirjam bo‘lib turish. Bu kamida bir tasbeh miqdoricha
kutish - vojib.
27. Erkaklar ruku’da qo‘llari bilan qorinlarining o‘rtasini ochiq
qilmoqlari, ayollar esa yopiq qilmoqlari - sunnat.
28. Ruku’dan qaytib tik turish - vojib.
29. Ruku’dan qaytayotganda «Samiallohu liman hamidah, Rabbana lakal hamd»,
deyishlik yolg‘iz o‘quvchi kishi uchun  - sunnat. Imom «Samiallahu liman hamidah» bilan kifoyalansa, imomga ergashuvchi «Robbana lakal hamd»ning o‘zini aytadi.
30. Ruku’dan qaytganda bir oz xotirjam turish - vojib.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:15:59
31. Sajdaga borishdan oldin takbir aytish - sunnat.
32. Avval ikki tizzani, keyin ikki qo‘lni, so‘ngra burun va peshonani yerga qo‘yish - sunnat.
33. Yetti a’zo bilan, ya’ni peshona, ikki qo‘l, ikki tizza, ikki qadam bilan sajda qilishlik - rukn.
34. Peshona bilan burunni qo‘shib sajda qilish - vojib.
35. Erkaklar sajdada qorinlari bilan sonlarining orasini ochiq qilishlari va tirsaklarini yerga tekkizmay turishlari, ayollar esa qorinlarini sonlariga yopishtirib, tirsaklarini yerga tekkizib turishlari -  sunnat.
Chunki ayollar doimiy berkinishga buyuriladilar.
36. Sajdada burunning ikki yoniga qarashlik - odob.
37. Sajdada uch bora «Subhana Rabbiyal ‘ala», deyishlik - sunnat.
38. Sajdada bir oz xotirjam turish - vojib.
39. Ikki sajda o‘rtasida takbir aytish - sunnat.
40. Ikki sajda o‘rtasida o‘tirishlik - vojib.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:16:36
41. Erkak kishi har qa’dada chap oyog‘ining kaftini yerga to‘shab uning ustiga o‘tirishi, o‘ng oyog‘ini tik qilib, qadamining barmoqlarini qiblaga moyil qilib, qayirib o‘tirishi, ayollar esa ikki qadamini chap dumbasi yonidan chiqarib, yerga o‘tirishi - sunnat.
42. Qa’dada ikki kaftning ustiga qarash - odob.
43. Ikkinchi sajda ham - rukn.
44. Ikkinchi sajda ham avvalgisi kabi «Subhana Rabbiyal ‘ala», demoq - sunnat.
45. Ikkinchi sajdada ham bir oz xotirjam turmoq - vojib.
46. Sajdadan turishdan avval peshonani, keyin qo‘llarni, so‘ngra tizzalarni ko‘tarish - sunnat.
47. Ikkinchi rakatda qiyom turish - rukn.
48. Ikkinchi rakatda tashahhud duosini o‘qishlik uchun ikki bor sajda qilgandan keyin o‘tirishlikuch rakatli yoki to‘rt rakatli namozlarda .. vojib.
49. Shu avvalgi qa’dada tashahhudni o‘qish - vojib.
50. Ikki kaftni tizzadan pastga tushirmay yoki undan ko‘tarib ham yubormay, balki barmoqlarininguchi tizzalari barobarida bo‘lishi - sunnat.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:17:04
51. «Ashhadu alla ilaha», deganda ko‘rsatgich barmoqni ko‘tarish, «illalloh», deganda esa tushirishlik, ishora sabbobi - sunnat.
52. Avvalgi qa’dada tashahhudni o‘qib bo‘lgach, kechiktirmasdan uchinchi rakatga turish - vojib.
53. Uchinchi rakatga turish uchun aytiladigan takbir - sunnat.
54. Farz namozlarining uchinchi va to‘rtinchi rakatlarida Fotiha surasini o‘qishlik - sunnat.
55. Qa’dai oxir - rukn.
56. Avvalgi qa’dadagi kabi suratda o‘tirish - sunnat.
57. Qa’dai oxirda tashahhud o‘qish - vojib.
58. Avvalgi qa’dadagi kabi shahodat kalimasi aytilgan vaqtda ishorai sabboba qilish - sunnat.
59. Tashahhud duosidan so‘ng Payg‘ambarimizga (s.a.v.) salovotu salom aytish  - sunnat.
60. Salovotu Ibrohimiyyani o‘qish - sunnat.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 07:17:26
61. Salovotdan keyin ma’sur duolardan o‘qish - sunnat.
62. Namozdan chiqishda ikki bor salom berish - vojib.
63. Salomni o‘ng yelka va chap yelkaga qarab berish - sunnat.
64. Imomga ergashuvchi namozdagi fe’llar va so‘zlarda imomga qo‘shilishi  - sunnat.

Alloh taolodan qilgan amallarimizni fazli va karami bilan qabul etishini iltijo qilib so‘raymiz. Agar bu ishda kamchilik va nuqson topilsa, bizning ojizligimiz sababidan, foydali, to‘g‘ri amallar Alloh taoloning marhamatidandir. Har narsa Alloh huzurida ma’lum taqdir bilan belgilangandir. U hidoyat qilsa, adashtirguvchi yo‘q, mabodo, adashtirsa, hidoyat qiluvchi yo‘q.
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: Laylo 26 Oktyabr 2007, 08:00:46
MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg81811#msg81811)

Tahorat kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg81830#msg81830)
Islom - poklik dini (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg81831#msg81831)
Tahoratning qismlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg81832#msg81832)
Suvlarning qismlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82015#msg82015)
Qoldiqlar hukmi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82017#msg82017)
Quduqlarning suvlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82019#msg82019)
Tushishi bilan suv najosat bo‘lmaydigan narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82022#msg82022)
Najosat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82023#msg82023)
Avf qilingan najosatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82024#msg82024)
Najosatni tozalash yo‘l-yo‘rig‘i (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82025#msg82025)
Qazoi hojat va istinjo odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82029#msg82029)
Tahorat va uning hukmlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82031#msg82031)
Tahoratning durust bo‘lish shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82032#msg82032)
Tahoratning farzlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82033#msg82033)
Tahoratning sunnatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82034#msg82034)
Tahoratning odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82036#msg82036)
Tahoratning makruhlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82039#msg82039)
Tahoratning sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82041#msg82041)
Tahoratni sindiruvchilar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82042#msg82042)
Uzrli kishining tahorati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82045#msg82045)
Uzrli kishining hukmi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82046#msg82046)
Uzrli kishiga vojib bo‘lgan narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82047#msg82047)
Tahoratsiz kishiga harom bo‘lgan narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82048#msg82048)
G’usl va uning hukmlari hamda g‘uslni vojib qiluvchi narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82049#msg82049)
G’uslni vojib qilmaydigan narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82050#msg82050)
G’uslning farzlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82051#msg82051)
G’uslning sunnatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82052#msg82052)
Rasulullohning (s.a.v.) g‘usllari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82054#msg82054)
G’uslning turlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82055#msg82055)
G’usl vojib bo‘lgan kishi bajarishi harom bo‘lgan amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82060#msg82060)
Oyoq kiyimiga mash tortish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82061#msg82061)
Mahsiga mash tortish shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82062#msg82062)
Mash tortishning farzlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82082#msg82082)
Mash tortishning sunnat ko‘rinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82083#msg82083)
Mash tortib yurish muddati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82085#msg82085)
Mashni buzuvchi amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82086#msg82086)
Jarohatga mash tortish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82087#msg82087)
Tayammum va uning hukmlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82088#msg82088)
Tayammum qilish lozim bo‘lgan sabablar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82089#msg82089)
Tayammumning shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82090#msg82090)
Tayammumning ruknlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82091#msg82091)
Tayammumning sunnatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82092#msg82092)
Tayammumni buzuvci narsalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82093#msg82093)
Tayammumga ham, tahoratga ham qodir bo‘lmagan kishi bajaradigan narsa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82094#msg82094)
Hayz va nifos (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82095#msg82095)
Hayz (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82096#msg82096)
Nifos (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82097#msg82097)
Istihoza qoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82098#msg82098)
Hayz, nifos holatida harom bo‘lgan amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82099#msg82099)

Namoz kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82100#msg82100)
Namozning ko‘rinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82100#msg82100)
Namozning farzlari, uning shartlari va ruknlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82106#msg82106)
Namozning shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82107#msg82107)
Namozning ruknlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82111#msg82111)
Namozning vojiblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82114#msg82114)
Namozning sunnatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82116#msg82116)
Namozning odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82121#msg82121)
Namozni buzuvchilar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82122#msg82122)
Namozdagi makruh amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82126#msg82126)
Namozni buzish joiz va vojib bo‘lgan o‘rinlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82131#msg82131)
Azon va iqomat (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82132#msg82132)
Azon va iqomatning hukmi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82133#msg82133)
Azonning shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82134#msg82134)
Azon va iqomatdagi sunnatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82135#msg82135)
Muazzinga javob berish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82138#msg82138)
Jamoat namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82140#msg82140)
Jamoatning hukmi va hikmati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82141#msg82141)
Imomlik va jamoatning shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82142#msg82142)
Farz namozlarining jamoatiga yetishish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82145#msg82145)
Imomga iqtido qiluvchining holatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82251#msg82251)
Imomlikka haqliroq kishi kim? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82253#msg82253)
Imomligi makruh bo‘lgan kishilar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82254#msg82254)
Imomga iqtido qiluvchi qanday turadi? (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82256#msg82256)
Masjidda bajarish makruh bo‘lgan amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82260#msg82260)
Vitr namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82262#msg82262)
Nafl namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82270#msg82270)
Namozdan so‘ng o‘qilishi vorid bo‘lgan zikrlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82297#msg82297)
Farz namozlariga tobe’ bo‘lmagan, mustaqil o‘qiladigan sunnatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82301#msg82301)
Nafllarga tegishli hukmlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82334#msg82334)
Nafl namozlarini o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82620#msg82620)
Farz namozlarini o‘qish joiz bo‘lmagan vaqtlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82624#msg82624)
Markabda namoz o‘qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82625#msg82625)
Esdan chiqarganlik sajdasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82626#msg82626)
Namozda ikkilanib qolishlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82628#msg82628)
Sajdai sahvning o‘rni va uning sifatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82630#msg82630)
Sajda tilovati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82632#msg82632)
Tilovat sajdasining kayfiyati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82634#msg82634)
Qur’oni karimdagi sajda oyatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82636#msg82636)
Juma namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82637#msg82637)
Jumaning vojib bo‘lish shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82638#msg82638)
Juma namozining durust bo‘lish shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82640#msg82640)
Jumaning sunnatlari va odoblari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82644#msg82644)
Ikki iyd namozlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82646#msg82646)
Iyd namozlarining ko‘rinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82647#msg82647)
Takbiru tashriqlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82649#msg82649)
Ikki hayitdagi sunnat amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82651#msg82651)
Hayit namozlaridagi hikmatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82653#msg82653)
Musofirning namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82655#msg82655)
Qasr o‘qishlik vojib bo‘ladigan safar masofasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82656#msg82656)
Musofirning qazo namozi va uning iqtido qilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82661#msg82661)
Xavf namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82662#msg82662)
Qazo namozlarini o‘qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82664#msg82664)
Qazo namozlarini o‘qishlik joiz bo‘lmaydigan vaqtlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82669#msg82669)
Kasal kishining namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82670#msg82670)
Janoza namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82672#msg82672)
Mayyitni yuvish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82673#msg82673)
Marhumni g‘usl qilish sunnatlari, odoblari va makruhlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82675#msg82675)
Kafanlash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82676#msg82676)
Janoza namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82677#msg82677)
Janoza namozining ko‘rinishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82679#msg82679)
Tobutni ko‘tarish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82682#msg82682)
Ta’ziya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82683#msg82683)
Qabrlarni ziyorat etish va ular haqqiga duo qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82685#msg82685)
Namoz amallarining hukmlari bayoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.msg82686#msg82686)
Nom: Re: TAHORAT VA NAMOZ HUKMLARI (Abu Hanifa (r.a.) mazhablariga muvofiq)
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2007, 02:36:25
Tahorat va namoz hukmlari

(http://www.ziyouz.com/images/books/tahorat.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=78)

Tarjimon: Abror Abduazimov

Hajmi: 279 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=78)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1758.0)