forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: mutaallimah 24 Oktyabr 2007, 02:31:46

Nom: Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy. Oxirat kuniga tayyorgarlik
Yuborildi: mutaallimah 24 Oktyabr 2007, 02:31:46
SHAYX AHMAD IBN HAJAR ALI AL-ASQALONIY

OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK
(MUNABBIHOT)

Tarjimonlar:
ABDULHAY ABDULHAFIZ o‘g‘li
AHMAD MUHAMMAD

«Movarounnahr» Toshkent – 2005


MUNDARIJA

Ikkilik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg82003#msg82003)
Uchlik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg82284#msg82284)
To'rtlik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg82917#msg82917)
Beshlik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg85955#msg85955)
Oltilik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg85981#msg85981)
Yettilik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg85999#msg85999)
Sakkizlik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg86008#msg86008)
To'qqizlik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg86013#msg86013)
O'nlik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg86018#msg86018)
Muallif haqida so'z (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg86049#msg86049)
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 24 Oktyabr 2007, 02:32:31
Payg‘ambar alayhissalomdan keltirilishicha, ikki xislat borki, undan afzalroq narsa yo‘q:
Allohga iymon keltirish;
Musulmon birodarlariga yordam ko‘rsatish.

Va ikki xislat borki, undan yomonroq narsa yo‘q:
Allohga shirk keltirmoq;
Musulmon birodarlariga ziyon yetkazmoq.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 24 Oktyabr 2007, 02:32:44

*   * *

Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Sizlar o‘zingizga:
1.   Ulamolar suhbatida o‘ltirmoqni;
2.   Hukamolarning suhbatini tinglamoqni lozim ko‘ring. Chunki yomg‘ir
suvi o‘lik yerni tiriltirganiday, Alloh taolo hikmat nuri bilan o‘lik
qalblarga jon baxsh etadi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 24 Oktyabr 2007, 02:33:04
*   * *
Abu Bakr Siddiq roziyalllohu anhu aytadilarki: «Qabrga tayyorgarliksiz kirgan odam kemasiz dengizga tushgan kishiga o‘xshaydi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 24 Oktyabr 2007, 02:33:21
*   * *
Umar roziyallohu anhu shunday debdilar:
«1. Dunyoning azizligi mol bilan;
2. Oxiratning azizligi solih amallar bilan».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 24 Oktyabr 2007, 02:33:35
*   * *
Usmon roziyallohu anhu aytadilarki:
«1. Dunyoning g‘ami - qalbdagi zulmatdir;
2. Oxiratning g‘ami - qalbdagi nurdir».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 24 Oktyabr 2007, 02:34:14

*   * *
Ali roziyallohu anhu aytadilarki:
«1. Ilm talab qilgan kishining talabida hamisha jannat bo‘ladi;
2. Gunoh talab etgan odamning talabida hamisha do‘zax bo‘ladi.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 24 Oktyabr 2007, 02:35:05
*   * *
Yahyo ibi Mu’oz aytdilar:
«Allohga osiy (gunohkor) bo‘lmaslik - karimlikdir (ulug‘likdir).
Dunyoni oxiratdan afzal ko‘rmaslik - hakimlikdir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 24 Oktyabr 2007, 02:35:18
*   * *
A’mash roziyallohu anhu shunday debdilar:
«1. Kimning dastmoyasi taqvo bo‘lsa, dinining foydasini maqtashdan tillar charchabdi;
2. Kimning dastmoyasi dunyo (boylik) bo‘lsa, dinining ziyonini tahriflashdan tillar charchabdi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 24 Oktyabr 2007, 02:35:34
*   * *
Sufyon as-Savriy aytibdilar:
«1. Shahvat tufayli qilingan gunohlar kechirilishiga umid qilsa bo‘ladi, chunki Odam alayhissalomning adashishlari shahvatdan bo‘lgandi.
2. Kibr tufayli qilingan gunohlar kechirilishiga aslo umid yo‘q, chunki shaytonning gunohi asli kibrdan bo‘lgandi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 24 Oktyabr 2007, 02:35:55
*   * *
Ba’zi zuhhodlardan shunday rivoyat keltirilibdi:
«1. Kulib gunoh qilgan kishini Alloh yig‘lagan holida do‘zaxga tushiradi.
2. Yig‘lab Allohga itoat qilgan kishini Alloh jannatga kulib turgan holida kiritadi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 24 Oktyabr 2007, 02:36:14

*   * *
Ba’zi hukamolar aytadilarki: «Kichkina gunohni past sanamang, albatta undan katta-katta gunohlar o‘sib chiqadi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:43:37

*   * *
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytibdilar:
«1. Doim qilishlik bilan gunoh kichkina holida qolmaydi.
2. Istig‘for aytish bilan gunoh kattalashmaydi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:43:54
*   * *
Bir o‘rinda shunday deyilgan ekan:
«1. Orifning g‘ami - sanodir; 2. Zohidning g‘ami - duodir».
Yana shunday deyilibdi:
«1. Orifning g‘ami - Rabbisidir;
2. Zohidning g‘ami - o‘z nafsidir.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:44:06
*   * *
Ba’zi hukamolar aytishibdiki:
«1. Allohdan ko‘ra ulug‘roq do‘st bor, deb o‘ylagan kishining Allohni tanishligi susayibdi.
2. Nafsidan ko‘ra yomonroq dushman bor, deb o‘ylagan kishining nafsini tanishligi ozayibdi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:44:37
*   * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Allohning «Quruqlik va suvda fasod sodir bo‘ldi», degan oyatini shunday sharhlagan ekanlar: «Ana shu oyatdagi quruqlik - til, suvlik esa - dildir.
Agar til fasod bo‘lsa, uning zarariga nafslar yig‘laydi.
Agar qalb fasod bo‘lsa, unga maloikalar ko‘z yoshi to‘kadi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:44:53
*   * *
Yana shunday bir hikmatni keltirishadi:
Shahvat podshohlarni albatta qullarga aylantiradi.
Sabr qullarni albatta podshohlarga aylantiradi.
Bunga dalil topmoqchi bo‘lsangiz, Yusuf va Zulayho qissasining o‘zi kifoya.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:45:07
*   * *
Yana shunday deyilibdi:
«1. Aqli - amir, nafs havosi esa - asir bo‘lgan kishiga buncha ham yaxshi!
2. Nafsu havosi - amir, aqli - asir bo‘lganlarning holiga voy!»
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:45:25
*   * *
Yana aytishibdiki:
«1. Gunohlarini tark qilgan kishining qalbi yumshaydi.
2. Halol yeb, haromdan kechgan kishining fikri toza bo‘ladi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:45:37
*   * *
Alloh taolo ba’zi payg‘ambarlariga shunday xabar yubordi:
«1. Men buyurgan barcha narsalarga itoat qil.
2. Nasihat qilganimday gunohlardan uzoqroq yur».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:45:50
*   * *
Quyidagilar aqlning rasoligidan xabar berur:
Allohning roziligiga intilish;
Allohning g‘azabidan chetlanish.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:46:03
*   * *
Yana shunday hikmat bor:
Fozil uchun g‘urbat yo‘q.
Johil uchun vatan yo‘q.

Izoh: Fozil kishiga hamma yerda izzat-ikrom ko‘rsatiladi, u hech qachon musofir sanalmaydi, johil esa o‘z yurtiga ham sig‘maydi.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:46:14
*   * *
Aytishlaricha, hamisha toat-ibodatda yurgan kishi:
Alloh huzurida unga yaqin bo‘ladi.
Odamlar orasida g‘arib bo‘ladi.

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:46:31
*   * *
Yana shunday deyilibdi: «Jismning harakati hayotga dalil bo‘lgani kabi toatga harakat qilish mahrifatning dalilidir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:46:43
*   * *
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytibdilar:
«1. Dunyo (boylik)ni yaxshi ko‘rish - jamiki xatolarning boshlanishidir.
2. Ushr va zakotni qizg‘anib bermaslik - moliga fitna kelishining boshlanishidir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:46:55
*   * *
Fozillardan shunday hikmat bor:
Kamchiligini e’tirof etuvchi abadiy maqtovga loyiq.
Kamchiligiga iqror bo‘lishlik - tan olganining alomatidir.

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:47:25
*   * *
Yana shunday deyilibdi:
«1. Ne’matga noshukrlik qilish - pastkashlik.
2. Nodon bilan suhbat qurish - baxtsizlik».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:47:55
*   * *
Shoir shunday debdi:
«Ey dunyoga mashg‘ul bo‘lgan zot,
Cheksiz orzu aldar har mahal.
G’ofillikda yurarsan nahot -
Hatto senga yetganda ajal.
O’lim kelar bir kun nogahon,
Amallarning sandig‘idir - qabr.
O’lim ajal bilan yonma-yon,
Qil dunyoning azobiga sabr».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:48:28
                     UCHLIK HADIS VA HIKMATLAR BOBI

Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilinadi:
«1. Yashashi og‘irlashganida hasrat bilan tong ottirgan kishi Alloh azza va jallaga shikoyat qilganga o‘xshaydi.
Dunyo ishlaridan xafa holda tong ottirgan  kishi Alloh azza  va jallaga g‘azab qilganga o‘xshaydi.
Boyning davlatiga tavoze’ aylagan kishi dinining uchdan ikkisidan ajralibdi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:48:50
*   * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan shunday rivoyat keltirilgan: «Uch narsani uch narsa bilan topib bo‘lmaydi:
Boylikni orzu bilan topib bo‘lmaydi;
Yoshlikni bo‘yanish-pardoz bilan topib bo‘lmaydi;
Sog‘likni dori-darmon bilan topib bo‘lmaydi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:49:05
*   * *
Umar roziyallohu anhudan shunday rivoyat keltirilibdi:
«1. Insonlarga chiroyli do‘st bo‘lish - aqlning yarmi;
Bilmaganini chiroyli so‘rash - ilmning yarmi;
Chiroyli tadbir qilish hayotdagi baxtning yarmidir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:49:35
*   * *
Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilingan:
«1. Dunyo (boylik)ni tark qilgan kishini Alloh taolo yaxshi ko‘radi.
Gunohlarini tark qilgan kishini maloikalar yaxshi ko‘radilar.
Musulmonlardan ta’ma qilishni to‘xtatgan kishini musulmonlar yaxshi ko‘radilar».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:49:57
*   * *
Ali roziyallohu anhudan rivoyat etilishicha:
Dunyo ne’matlaridan - Islom ne’mati sizlarga kifoya.
Shug‘ullanishlikda -toatda shug‘ullanmoqlik kifoya.
Ibratda - o‘lim ibrati sizlarga kifoya.

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:50:18
*   * *
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilishibdi:
«1.  Berilgan  ne’matlar zarar  qilib,  qancha-qancha o‘z ra’yiga bino qo‘ygan kishilar bor.
Maqtanish zarar qilib, fitnalanish oqibatida qancha-qancha buzilib ketganlar bor.
Gunohlarning bekitiqchasi zarar qilib,  qancha-qancha  aldanganlar bor».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:50:40
*   * *
Payg‘ambar Dovud alayhissalomga Zaburda quyidagi vahiy kelgan: «Oqil kishi uchun bu dunyoda faqat uch narsaga mashg‘ul bo‘lish buyurilgan:
«1. Solih amallar qilib, oxirat kuniga tayyorgarlik ko‘rish;
Yashash uchun jamg‘arma to‘plash;
Lazzatning halolidan talab etishlik».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:52:15
*   * *
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilib aytiladiki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Uch narsa najot bo‘luvchidir va uch narsa gunohlarga kafforatdir:

Najot bo‘luvchilar :
1.Ichda ham, tashda ham Allohdan qo‘rqish;
2.Boylikda ham, faqirlikda ham o‘rtacha yurish;
3.Mamnunlikda ham, g‘azab kelganda ham birday odil bo‘lish.

Halok qiluvchilar :
1.Haddan ortiq baxil bo‘lish;
2.Havoyi nafsga qul bo‘lib, uning buyurganini qilish;
3.O’ziga bino qo‘yib, o‘zini katta olish.

Darajot bo‘luvchilar :
1.Ochiq salom berish;
2.Bechora-miskinlarni taomlantirish;
3.Tunda odamlar uxlaganda nafl namoz o‘qish.

Gunohga kafforat bo‘luvchilar :
1.Qiyinchilikda tahoratni komil (mukammal) qilish;
2.Jamoat namozlariga borish;
3.Namozdan so‘ng navbatdagi namozni kutish.


Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:52:35
* * *
Jabroil alayhissalom Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga shunday dedilar:
« - xohlaganingizcha yashang, lekin baribir bir kuni vafot etasiz;
- istagan kishingizni yaxshi ko‘ring, ammo baribir bir kuni undan ajralasiz;
- xohlagan ishingizni qilavering, albatta unga mukofot yoki jazo olasiz».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:52:55
*   * *
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo uch xil kishini soya yo‘q kunda Arshning soyasida asragay:
1.   Qiyinchilikda (masalan, suv tanqisligi yoki kun sovuqligida)
tahoratni komil qilgan kishini;
Masjidga qorong‘i tushganda ham borgan kishini;
Och kishilarga taom ulashuvchi kishini».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:53:18
*   * *
Ibrohim alayhissalomdan «Nima qilganingiz uchun Alloh taolo sizni do‘st qilib oldi?» deb so‘ralganida, u zot shunday javob qildi: «Quyidagi uch narsa tufayli:
1.Alloh taolo amrini boshqalar amridan ustun qo‘yganligim uchun;
2.Alloh taolo men uchun kafil bo‘lgan narsalarga g‘am qilmaganim uchun;
3.   Kunduzgi ovqatni ham, kechki ovqatni ham mehmon bilan baham
ko‘rganim uchun».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:53:41
*   * *
Ba’zi hukamolarning aytishlaricha, quyidagi uch narsa g‘am-g‘ussalarni ketkazadi:
1.Alloh taoloni zikr qilish;
2.Allohning do‘stlari bilan muloqotda bo‘lish;
3.Hukamolarning so‘zlarini tinglash.

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:54:00
*   * *
Hasan al-Basriy rahimahulloh taolo aytdilar:
«1. Odobi bo‘lmagan kishining ilmi yo‘q.
2. Sabri bo‘lmagan kishining dini yo‘q.
3. Taqvosi yo‘q kishining Allohga yaqinligi yo‘q».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:54:37

*   * *
Rivoyat qilinishicha, Bani Isroil qabilasidan bir kishi ilm axtarib chiqdi. Ularning payg‘ambariga bu xabar yetganida, u o‘sha kishining oldiga o‘z yigitlarini yubordi. Va payg‘ambar unga shunday dedi: «Men senga uch xislatni nasihat qilaman, ilmlarning avvali-yu oxiri unda mujassamdir:
1.Alloh taolodan ichingda-yu tashingda qo‘rqqin.
2.Xalqni yomonlab zikr qilishdan tilingni tiy, faqat yaxshiliklarini gapir.
3.Sen yeyayotgan noningga qara, hatto u ham haloldan bo‘lsin!»
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:54:58
*   * *
Yana rivoyat qilinadiki, Bani Isroil qabilasidan bir kishi sakson sandiqdagi kitobni mutolaa qilib ta’lim olibdi-yu, lekin ilmi aslo foyda bermabdi. Shunda Alloh taolo ularning payg‘ambariga shunday vahiy tushiribdi: «Aytgin o‘sha ilmi jamlangan kishiga, sen ko‘p ilm olibsan, ammo u foyda bermagan ekan, faqat uch narsaga amal qil:
1.Dunyoni yaxshi ko‘rma - bu dunyo mo‘minlarning hovlisi emas.
2.Shaytonga do‘st bo‘lma, u mo‘minlarning birodari emas.
3.Biror kishiga ham aziyat yetkazma - bu mo‘minlarning kasbi emas».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:55:29
*   * *
Abu Sulaymon ad-Doroniy munojotlarida shunday deganlar:
«1. Iloho, meni gunoh qilgan holimda ko‘rsang, Sening avfingni so‘rayman.
2.Agar baxil holatimda ko‘rsang, men Sening saxiyligingni talab qilaman.
3.Agar meni do‘zaxga kirgizsang ham, u yerda do‘zax ahliga Seni yaxshi ko‘rishligimdan xabar beraman».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:55:45
*   * *
Aytishlaricha, odamlarning baxtliroqlari quyidagilardir:
Qalbi ilmga tashna kishilar;
Jismi sabr qiluvchi kishilar;
Qo‘lida bor narsalarga qanoat qiluvchi kishilar.

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:55:56

*   * *
Ibrohim un-Naha’iy shunday dedilar: «Sizlardan oldingi qavm uch sabab tufayli halokatga yuz tutdi:
Ko‘p gapirganliklari sababli;
Ko‘p taom yeganliklari sababli;
Ko‘p uxlaganliklari sababli».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:56:08
*   * *
Yahyo ibn Mu’oz rahimahulloh taolo shunday debdilar:
«1. Dunyo tark qilmay turib, uni avval o‘zi tark etgan kishiga;
2.   Qabrga kirmay turib, oldin qabr sinovini bino qilib qo‘ygan
kishiga;
3.   Alloh huzuriga bormay turib, Allohni rozi qilgan kishiga qanchalar
yaxshi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:56:41
*   * *
Ali roziyallohu anhu aytdilar: «Kimning huzurida Alloh taoloning sunnati, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam va Alloh do‘stlarining sunnati bo‘lmas ekan, demakki, uning qo‘lida hech narsa yo‘q ekan».
1.   «Allohning sunnati nima?» deb so‘ralganida, «Sirni berkitmoqlik»,
dedilar.
2.   «Rasulullohning sunnatlari nima?» deb so‘ralganida, «Odamlar
bilan murosa qilmoqlik», dedilar.
3.   «Alloh do‘stlarining sunnatlari nima?» deb so‘ralganida,
«Insonlardan yetgan aziyatlarga bardosh bermoqlik», dedilar.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:56:53

*   * *
Yana shu zot aytdilarki: «Bizdan oldingi kishilar uch xislatni vasiyat qilib yozib qoldirganlar. Bular quyidagilar:
Oxirati uchun amal qilgan kishiga dunyo va din ishlarida Allohning so’zi kafil.
Qalbini chiroyli qilgan kishining ustini (tashini) Alloh chiroyli qilib qo‘yadi.
O’zi bilan Alloh o‘rtasini isloh qilgan kishining insonlar bilan o‘rtasini (Alloh) isloh qilib qo‘yadi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:57:11

*   * *
Ali roziyallohu anhu aytadilar:
«1. Alloh taolo huzurida bandalarning yaxshisi, afzali bo‘l.
2.Nafs-havo huzurida insonlarning yomoni bo‘l.
3.Insonlarning huzurida ularning biri (ya’ni, insonlar bilan teppa-teng) bo‘l».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:57:32
*   * *
Uzayr alayhissalomga Alloh taolodan shunday vahiy keldi:
«1. Agar kichkinagina gunoh qilsang, uning kichikligiga qarama - sen uni kim uchun qilganingga e’tibor ber.
2.Agar senga ozgina yaxshilik yetsa, uning ozligiga qarama - balki seni rizqlantirgan Zotga qaragin.
3.Agar senga balo yetsa, sening yomonliklaring huzurimga chiqqanida maloikalarimga sendan shikoyat qilmaganim kabi Men to‘g‘rimda maxluqlarimga shikoyat qilmagin».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:57:56
Hotam ul-Asam aytdilar: «Har kuni ertalab mendan shayton shunday deb so‘raydi:
«1. Nima yeysan?
2.Nima kiyasan?
3.Qaerda turasan?»
Men unga shunday javob qaytaraman:
O’limni yeyman.
Kafanni kiyaman.
Qabrda turaman».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:58:09
*   * *
Payg‘ambar alayhissalom shunday dedilar: «Gunohning xo‘rligidan toatning azizligiga chiqqan kishini Alloh taolo:
Molsiz boy qilib qo‘yadi.
Askarsiz ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Qarindosh-urug‘siz ham aziz qilib qo‘yadi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:59:27
*   * *
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinishicha, bir kuni u zot sahobalarining huzurlariga chiqib: «Qanday tong ottirdinglar?» deb so‘raganlarida, ular: «Alloh taologa mo‘min bo‘lgan holda tong ottirdik», deb javob berdilar. «Iymonlaringizning alomati nima?» deb so‘raganlarida, ular: «Balolarga sabr, kengchilikka shukr qilamiz, qazoga rozi bo‘lamiz», deb javob qilishdi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ka’baning Rabbi - Alloh taologa qasam bo‘lsinki, sizlar chin mo‘minsizlar», dedilar.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:59:40
*   * *
Allohtaolo ba’zi payg‘ambarlarga shunday vahiy yuborgan:
«1. Meni yaxshi ko‘rgan holda Menga yo‘liqqan kishini jannatimga kirgizaman.
2.   Mendan qo‘rqqan holda menga yo‘liqqan odamni do‘zaximdan asrayman.
3.   Mendan uyalgan holda menga yo‘liqqan kishining saqlangan
gunohlarini esdan chiqaraman yoki kechib yuboraman».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 07:59:55
*   * *
Abdulloh ibn Mas’ud shunday debdilar:
«1. Alloh taolo farz qilgan narsalarni ado eting, shunda insonlarning obidrog‘i bo‘lasiz.
2.   Alloh taolo harom qilgan narsalardan saqlaning, shunda
odamlarning zohidrog‘i bo‘lasiz.
3.   Alloh taolo taqsimlab bergan narsalarga rozi bo‘ling, shunda
kishilarning boyrog‘i bo‘lasiz».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:00:22

*   * *
Solih al-Marqadiy ba’zi diyorlardan o‘tib keta turib shunday savol qildilar:
«1. Sening oldinggi ahllaring qaerda qoldi?
2.Oldingi obod qiluvchilaring qaerda qoldi?
3.Eski istiqomat qiluvchilaring qaerda qoldi?» Shunda g‘oyibdan bir ovoz keldi:
«1. Dunyodan ularning izlari o‘chdi.
2.Jismlari tuproq tagida chirib bitdi.
3.Amallari esa bo‘yinlarida marjon bo‘lib qoldi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:00:35
*   * *
Ali roziyallohu anhu aytdilar:
«1. Xohlagan kishingga fazilatli bo‘l - chunki sen uning amirisan.
Xohlagan kishingdan so‘rayver - chunki sen unga asirdursan.
Xohlagan kishingga behojat bo‘l - chunki sen u bilan barobarsan».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:00:46
*   * *
Yahyo ibn Mu’oz rahmatullohi alayh aytgan ekanlar: «Dunyoning hammasini tark etishlik bu dunyoning borini oxiratga olib ketishlikdir. Dunyoning hammasini tark qilgan kishi dunyoning borini olibdi. Kimki dunyoning hammasini olsa, dunyoning barchasini tark qilibdi. Xullas, dunyoning har birini olib ketishlik dunyoning har birini tark qilishdadir va dunyoni qoldirib ketishlik dunyoning hammasini egallab olishdadir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:01:03
* * *
Ibrohim ibn Adham rahimahullohdan «Qanday qilib zohidlikka erishdingiz?» deb so‘rashganida, «Uchta xislat tufayli», deb javob bergan ekanlar. Ya’ni:
«1. Qabr naqadar vahshatli, ammo men bilan birga hamroh yo‘q deb bildim.
2.Oxirat yo‘li uzun, lekin menda tayyorgarlik yo‘q deb ishondim.
3.Alloh taolo qozi bo‘lgan kunda Uning huzurida menda hujjat yo‘q deb tanidim».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:01:15
*   * *
Ulug‘ oriflardan Shibli rahimahulloh shunday debdilar: «Ey Parvardigoro, albatta Senga barcha hasanotimni faqirligim va zaifligim bilan hiyba (baxshida) qilishni yaxshi ko‘raman. Mendan behojat bo‘la turib Sen nechuk gunohlarimni kechmakni yaxshi ko‘rmaysan?»
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:01:27

*   * *
Yana aytadilarki: «Agar Allohga do‘st bo‘lishni xohlasangiz, nafsingizdan qo‘rqing! Agar Unga yetishmoqlikning mazasini bir oz totib ko‘rganingizda edi, Undan uzilib qolishning naqadar achchiqligini bilgan bo‘lardingiz».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:01:41
*   * *
Sufyon as-Savriy rahimahullohdan «Allohga do‘st bo‘lish nima?» deb so‘rashganida:
«- har bir chiroyli yuzli kishiga;
har bir yoqimli xushovoz kishiga;
har bir shirin tilli kishiga do‘st bo‘lmaslikdir», degan ekanlar.

Izoh: «Xushro‘y, xushovoz, shirinzabon kishilar bilan do‘st tutinish orqasidan Allohdan uzoqlashish kelib chiqmasmikin?» degan shubha bor.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:02:25

*   * *
Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Zohidlik uch harfdan, ya’ni «Z», «H», «D» harflaridan iborat», debdilar.
1. Z- oxirat uchun zahira qilmoqlik.
2.H - dinga hidoyat qilmoqlik.
3.D - toatda doimiylik.

Yana bir o‘rinda shunday deyilibdi:
1. Z- ziynatni tark etishlik.
2.H - havoyi-nafsni tark etishlik.
3.D - dunyoni tark etishlik.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:02:45
*   * *
Homid ul-Lifofi rahimahulloh huzurlariga bir kishi kelib: «Menga nasihat qiling», deganida, u kishi: «Kitobing ustiga g‘ilof qilganday diningga ham g‘ilof qil», dedilar. «Dinning g‘ilofi nima?» deb so‘ralganida, u kishi aytdilarki:
«1. Chorasiz qolgandagina gapirmoq;
2.Dunyo ishlariga ilojsiz qolgandagina aralashmoq;
3.Noiloj qolgandagina insonlarga qo‘shilmoq».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:03:05
*   * *
U kishi yana aytdilarki: «Albatta zohidlikning asosi:
1.Haromning kattasidan ham, kichigidan ham hazar qilishda;
2.Barcha farzlarning osonini ham, qiyinini ham barobar ado etishda;
3.   Dunyosining hojatidan tashqarisini dunyo ahliga ulashib
berishlikdadir».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:03:33

*   * *
Luqmoni Hakim o‘z o‘g‘illariga shunday nasihat qilibdilar: «Ey o‘g‘il, inson uch qismga taqsim bo‘ladi, shundan bir qismi Alloh uchun, yana bir qismi o‘z nafsi uchun va oxirgi bir qismi qurt-qumursqa uchundir:
1.Insonning ruhi - Alloh uchundir;
2.Uning qilgan amallari - nafsi uchundir;
3. Insonning jismi - qurtlar uchundir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:04:14
*   * *
Ali roziyallahu anhu dedilar: «Uch narsa xotirani ziyoda qiladi va safroni ketkazadi. Bular:
Misvok ishlatish;
Ro‘za tutish;
Qur’on qiroat qilish».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:04:28
*   * *
Ka’b ul-Axbor roziyallohu anhu shunday debdilar: «Mo‘minlarga shaytondan himoyalanish uchun uchta qo‘rg‘on bor:
Masjid;
Allohni zikr qilish;
Qur’on o‘qish».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:04:42
*   * *
Ba’zi hukamolarning aytishlaricha, uch narsa Allohning xazinasidan bo‘lib, ularni faqat yaxshi ko‘rgan bandalariga berur. Bu uch narsa tubandagilar:
Faqirlik;
Kasallik;
Sabr.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:05:19
*   * *
Ibn Abbos roziyallohu anhudan «Kunlarning qaysi biri, oylarning qaysisi, amallarning qay biri yaxshiroqdir?» deb so‘rashganida, u kishi shunday javob qildilar:
«1. Kunlarning yaxshisi - juma kunidir.
2.Oylarning yaxshisi - Ramazon oyidir.
3.Amallarning yaxshisi - vaqtida o‘qilgan besh vaqt namozdir».

Shuni aytganlaridan so‘ng uch kundan keyin Ali roziyallohu anhuga buni yetkazishibdi va Ibn Abbosning javoblariga munosabatlarini so‘rashibdi. Shunda u kishi debdilar: «Agar Mashriqdan Mag‘ribgacha bo‘lgan barcha ulamo, hukamo va fuqaholardan so‘rasangiz, ular ham Ibn Abbos roziyallohu anhudek javob berisha olmasdi. Lekin men javoblarni boshqacharoq berardim:
1.Amallarning yaxshisi Alloh taoloning sizdan qabul qilganlaridir;
2.Oylarning yaxshisi Alloh taologa xolis tavba qilgan oyingizdir;
3.   Kunlarning yaxshisi dunyodan Alloh taologa mo‘min holda chiqqan
kuningizdir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:05:35
*   * *
Bir shoir she’rida keltiribdi: «Ko‘rmaysizmi, oy chiqarkan, kun botib, Bu ikkisi bizni qiladi abgor. Biz esa beparvo, g‘aflatda yotib, O’ynab-kularkanmiz pinhona-oshkor. Dunyo ne’matiga suyanmang aslo, Solih amal qiling ajal kelmayin. Sizga maskan emas vatani dunyo,
Do‘stlarning ko‘pligi aldab qo‘ymasin».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 25 Oktyabr 2007, 08:05:47
*   * *
Shunday rivoyat bor: agar Alloh taolo biror bandasiga yaxshilikni ravo ko‘rsa:
Uni dinda olim qilib qo‘yadi.
Dunyoda zohid qilib qo‘yadi.
Nafsining ayblarini ko‘rsatib qo‘yadi.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:23:03
* * *
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Menga sizlarning dunyolaringizdan uch narsa ma’qul ko‘rildi:
Yaxshilik;
Soliha ayol;
Namoz».

Izoh:
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Alloh yo‘lida yaxshi amallar qilishni, hamisha ezgulikka intilishni, musulmon birodariga har ishda ko‘makdosh bo‘lishni mo‘minlarning eng asosiy vazifalaridan hisoblaganlar.
Ayollar insoniyat naslining, millatning davomchilari, ro‘zg‘orning posboni, oila farog‘atining xazinachisi, farzandlarning bardoshli murabbiysi sanalgan. Va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam onalarni, soliha va mo‘mina ayollarni hamisha ardoqlashni buyurganlar.
Payambarimiz sollallohu alayhi vasallam namozni - ibodatlarning onasi, din ustuni, itoatning asosi va gunohlardan forig‘ etuvchi amal, deb bilganlar. Namoz o‘qiganda ko‘zlari quvonchdan porlagan, yuzlari xushnudlikdan munavvar bo‘lgan.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:23:22

Ul zot bilan o‘tirgan sahobalardan Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu shunday dedilar: «Rost gapirasiz, ey Rasululloh, menga ham uch narsa maqbul ko‘rildi:
Payg‘ambarning yuzlariga boqmoqligim;
Payg‘ambarga infoq (ehson) qilmoqligim;
Qizimni Payg‘ambarga zavjai halol qilib berganligim».

Umar roziyallohu anhu aytdilarki: «Rost gapirasiz, ey Abu Bakr, menga ham uch narsa yaxshi ko‘rildi:
Yaxshi amallarga buyurish;
Yomon ishlardan qaytarish;
Eski kiyim kiyish».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:23:36

Usmon roziyallohu anhu dedilar: «Rost aytasiz, ey Umar, menga ham uch narsa yaxshi ko‘rildi:
Och kishilarni to‘ydirish;
Yalang‘ochlarni kiyintirish;
Qur’oni karim o‘qish».

Ali roziyallohu anhu shunday dedilar: «To‘g‘ri gapirayapsiz, ey Usmon, menga ham dunyoda uch narsa yaxshi ko‘rsatildi:
Mehmonga xizmat qilish;
Yoz paytida ro‘za tutish;
Qilich bilan jang qilish».


Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:23:50
Shu payt to‘satdan Jabroil alayhissalom kelib qoldilar va aytdilarki: «Alloh taboraka va taolo sizlarning so‘zlaringizni eshitib mendan «Agar dunyo ahli bo‘lganingizda nimani yaxshi ko‘rar edingiz?» deya so‘rashligingizni buyurdi». Shunda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomdan: «Siz ham dunyo ahlidan bo‘lganingizda nimalarni yaxshi ko‘rgan bo‘lardingiz?» deb so‘radilar. Jabroil alayhissalom shunday javob qildilar:
«1. Yo‘ldan adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘yish;
Sabr-qanoatli g‘ariblarga yordam ko‘rsatish;
Qiynalgan kambag‘allarga ko‘mak berish».

Yana Jabroil alayhissalom shunday debdilar: «Alloh jalla va a’lo bandalardagi uch xislatni yaxshi ko‘radi:
Qodir bo‘lganicha ehson qilishlikni;
Afsus-nadomat paytida yig‘lashni;
Qiyinchilik paytida sabr qilishni».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:31:37
* * *
Ba’zi hukamolar aytdilarki:
«1. Faqat aqliga suyangan kishi adashadi.
Moli bilan behojat bo‘lgan kishining moli ozayadi.
Maxluq bilan aziz bo‘lgan kishi xo‘rlanadi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:31:54

* * *
Ba’zi hukamolarning aytishlaricha, Haqni tanishlikning mevasi uchta xislatdadir:
Alloh taolodan hayo qilishda;
Alloh taolo yo‘lida birodarlari bilan ko‘rishib do‘st tutinishda;
Alloh taologa do‘st bo‘lishda.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:34:48
*   * *
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar:
«1. Muhabbat - haqni tanishlikning asosi.
Poklik - iymonning alomati.
Iymonning dastmoyasi - taqvo va Alloh taoloning taqdiriga rozi bo‘lish».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:35:01
*   * *
Sufyon ibn Uyayna roziyallohu anhu debdilar: «Kim Allohni do‘st tutsa, Alloh do‘st tutgan kishilarni do‘st tutadi. Kim Alloh do‘st tutgan kishilarni do‘st tutsa, Alloh yo‘lida do‘st tutingan bo‘ladi. Kim Alloh yo‘lida do‘st tutishlikni do‘st tutsa, odamlar qimmatini bilolmagan do‘stlikni do‘st tutibdi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:35:13
*   * *
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Chin muhabbat uchta xislatdandir:
Do‘stining so‘zini boshqalarning so‘zidan ustun va afzal ko‘rmoq;
Do‘st bilan suhbatni o‘zgalar suhbatidan a’lo ko‘rmoq;
Do‘st roziligini boshqalar roziligidan afzal ko‘rmoq».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:35:25

*   * *
Vahb ibn Munabbah al-Yamaniyning aytishlaricha, Tavrotda shunday yozilgan ekan:
«1. Ochko‘z kishi dunyoga podshoh bo‘lsa ham, baribir faqirdir.
Itoatkor kishiga agar u qul bo‘lsa ham, odamlar itoat qiladilar.
Qanoat qiluvchi kishi agar och bo‘lsa ham, baribir boydir».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:35:38

*   * *
Ba’zi hukamolar aytadilarki:
«1. Allohni tanigan kishida xalqning muloqotidan lazzatlanish bo‘lmaydi.
2.   Dunyoni tanigan kishida dunyo (boylik)ni yaxshi ko‘rish bo‘lmaydi.
3.   Allohning odilligini bilgan kishida xusumatlar muqaddam
bo‘lmaydi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:35:52
*   * *
Zunnun al-Misriy aytadilarki:
«1. Har bir qo‘rqoq kishi - qochuvchidir.
Har bir qiziquvchi kishi - ilm talab qiluvchidir.
Allohni do‘st tutuvchi har bir kishi esa nafsidan qo‘rquvchidir».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:36:07
*   * *
Yana bir zot aytdilarki: «Allohni tanuvchi kishi asirdir, uning qalbi biluvchidir va uning Alloh taolo uchun amallari ko‘pdir. Allohni tanuvchi vafolidir, uning qalbi pok va uning Alloh taolo uchun qilgan amallari xolisdir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:36:20
*   * *
Abu Sulaymon ad-Doroniy shunday debdilar:
«1. Dunyoda-yu oxiratdagi har bir yaxshilikning asli - Allohdan qo‘rqishlik.
Dunyoning kaliti - to‘qlik.
Oxiratning kaliti - ochlik».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:36:33
*   * *
Ibodat shundayin bir kasbki, uning:
Qilinajak joyi - xilvat;
Uning dastmoyasi - taqvo;
Foydasi - jannatdir.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:36:46
*   * *
Molik ibn Dinor aytdilar: «Uch narsani uch narsa bilan ushlay olsang, mo‘min bo‘lasan:
Kibrlikni tavoze’ bilan;
Ochko‘zlikni qanoat bilan;
Hasadni nasihat bilan».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:36:59
TO’RTLIK HADIS VA HIKMATLAR BOBI

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Abu Zarr al-G’iforiyga shunday deganlar:
«1. Ey Abu Zarr, kemangizni yangilang, chunki dengiz chuqurdir.
Tayyorgarlikni komil qilib oling, chunki safar uzoqdir.
Yukingizni yengillating, chunki yo‘l mashaqqatlidir.
4.   Amallaringizni   xolis   qiling,   chunki   mukofot   beruvchi   ko‘rib
turguvchidir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:37:16
*   * *
Bir shoir shunday debdi:
«Tavba qilmoq odamlarga farzdir, bil,
Gunohlarni tark aylash vojibroq bundan.
Mashaqqatga sabr qilmoq anchayin mushkul,
Lek savobni yo‘qotish qiyinroq undan.
Voh, ajabo, umr o‘tar, o‘zgarar zamon,
Bundan ajib odamlarni g‘aflat bosgani.
Kelayotgan hamma narsa yaqinlashgan on,
Bilmaysanki, undan yaqin ajal bosqini».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:37:32
*   * *
Ba’zi hukamolar aytishdiki: «To‘rt narsa chiroylidir, ammo to‘rt narsa borki, undan ham go‘zalroqdir:
Erkaklarning   hayoli   bo‘lishlari   chiroyli,   lekin   xotinlar   hayo qilsalar, bundan ham go‘zalroq bo‘ladi.
Har  bir  kishining odil  bo‘lmoqligi  chiroyli,  lekin  boshliqlar odillik qilsalar, bundan ham go‘zalroqdir.
Qarilarning tavba   qilishlari   chiroyli,  biroq  yoshlarning tavba qilishlari bundan ham go‘zalroqdir.
Boylarning   ehson   qilishlari   chiroyli,   ammo   faqirlar   ehson qilsalar, bundan ham go‘zalroqdir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:37:46
*   * *
Ba’zi hukamolarning aytishlaricha, to‘rt narsa xunuk, lekin yana to‘rt narsa borki, undan xunukroqdir:
Yoshlarning gunoh qilishlari xunuk, lekin qarilarniki bundan ham xunukroqdir.
Johillarning  dunyo  bilan   shug‘ullanishlari   xunuk,   olimlarniki bundan ham xunukroq.
3.   Barcha    insonlarning   dangasalik   qilishlari   xunuk,   ulamo   va
talabalarniki bundan ham xunukroqdir
4.   Boylarning kibr qilishlari xunuk, ammo kambag‘allarniki bundan ham
xunukroq.

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:37:59
*   * *
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki:
«1.  Yulduzlar osmonning tinchligi uchun  kafil, lekin uning uzilib tushish vaqti kelsa, osmonning halokatiga sabab bo‘ladi.
2.  Uy  ahlim ummatimning tinchligi uchun  kafil,  agar ahlim  vafot etadigan vaqt kelsa, ummatimning halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
3.   Men sahobalarimning tinchligi uchun kafilman, agar men vafot etsam,
sahobalarim halokatiga sabab bo‘laman.
4.   Tog‘lar  yerning tinchligi uchun  kafildir,  agar ular o‘rinlaridan
ko‘chsalar, yer ahlininghalok bo‘lishiga sabab bo‘lurlar».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:38:10
*   * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytdilar: «To‘rt narsa borki, yana to‘rt narsa bilan komil (to‘la) bo‘ladi:
Namoz - sajdai sahv bilan to‘la bo‘ladi.
Ro‘za - sadaqai fitr bilan to‘la bo‘ladi.
Haj - fidya to‘lashlik bilan to‘la bo‘ladi.
Iymon - jihod bilan to‘la bo‘ladi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:38:22
*   * *
Abdulloh ibn Muborak shunday debdilar:
«1.  Kim har kuni o‘n ikki rakat sunnat namozini o‘qibdi, demak, u namozining haqqini ado etibdi.
Kim har oyda uch kun ro‘za tutibdi, demak, u ro‘zaning haqqini ado etibdi.
Kim har kuni Qur’oni karimdan yuz oyat o‘qibdi, demak, u qiroatning haqqini ado etibdi.
Kim juma kuni bir dirham sadaqa qilibdi, demak, u sadaqaning haqqini ado etibdi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:38:35

*   * *
Umar roziyallohu anhuning aytishlaricha, dengizlar soni to‘rttadir:
Kibru havo - gunohlar dengizidir.
Nafs - shahvatlar dengizidir.
O’lim -umrlarning dengizidir.
Qabr - nadomatlar dengizidir.

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:38:49
* * *
Usmon roziyallohu anhu shunday deganlar: «Men ibodatning halovatini to‘rt narsada topdim:
Alloh taoloning farzini ado etishda;
Alloh harom qilgan narsalardan chetlanishda;
Allohdan savob umidida yaxshilikka buyurishda;
Allohning g‘azabidan qo‘rqib yomon ishdan qaytarishda».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:39:01
*   * *
Usmon   roziyallohu  anhu  yana   aytdilarki:   «To‘rt  narsaning  zohiri fazilatdir va botini farzdir:
Solih kishilarga qo‘shilib turish - fazilat va ularga ergashish -farz;
Qur’on o‘qish - fazilat va unga amal qilish - farz;
Qabrlarni ziyorat qilish - fazilat va qabrga tayyorgarlik ko‘rish -farz;
Bemor kishini ko‘rish - fazilat va vasiyatini olish - farz».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:39:13

*   * *
Ali roziyallohu anhu aytdilar:
«1. Jannatga mushtoq kishi yaxshilik qilishga shoshiladi.
Do‘zaxdan qo‘rqqan kishi shahvatdan tiyiladi.
O’limni anglagan kishining lazzat-farog‘ati buziladi.
Dunyoni tanigan kishiga musibatlar yengil bo‘ladi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:39:30
*   * *
Alloh  taolodan   Bani   Isroilning  bir  payg‘ambariga   shunday   vahiy kelgan:
«1. Botildan to‘xtab turishing - Men uchun ro‘zadir.
Jismingni harom narsalardan asrashing - Men uchun namozdir.
Xalqdan ta’ma qilmasliging - Men uchun sadaqadir.
Musulmonlarga aziyat yetkazishdan tiyilishing - Men uchun jihoddir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:39:46

*   * *
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytdilarki: «To‘rt narsa qalbni zulmat qoplaganiga dalolatdir:
Haromni farqlamay, ya’ni parvo qilmay qorin to‘ydirish;
Zolimlar bilan suhbatda bo‘lish;
O’tgan gunohlarni unutish;
Uzun orzu qilish (ko‘p narsalarni orzu qilish).

To‘rt narsa esa qalbning nurga to‘liqligidandir:
Hazar qilgan holda qorinni och tutish;
Solih kishilar suhbatida bo‘lish;
O’tgan gunohlarni eslab turish;
Orzuni qisqa qilish».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:40:03
*   * *
Hotam  ul-Asom   rahmatullohi  alayh  shunday  debdilar:   «Kimki  to‘rt narsani to‘rt narsasiz da’vo qilsa, uning da’vosi yolg‘ondir:
Allohni yaxshi ko‘rishni da’vo qilsayu, Alloh taolo harom qilgan narsalardan tiyilmasa, da’vosi yolg‘on.
Payg‘ambar alayhissalomni yaxshi ko‘rishni da’vo qilsa-yu, miskin va faqirlarni yomon ko‘rsa, da’vosi yolg‘on.
Jannatni yaxshi ko‘rishni da’vo qilsa-yu, sadaqa qilmasa, da’vosi yolg‘on.
Do‘zaxni yomon ko‘rishni da’vo qilsa-yu, gunohlardan to‘xtamasa, uning ham da’vosi yolg‘on».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:40:22
*   * *
Payg‘ambar   alayhissalomning   aytishlaricha,   baxtsizlikning   alomati to‘rttadir:
O’tgan gunohlarni unutish - vaholanki, bu gunohlar Alloh huzurida saqlangan bo‘la turib;
Qilgan yaxshiliklarini eslash - vaholanki, Alloh qabul qilganmi-yo‘qmi bilmay turib;
Dunyo to‘g‘risida o‘zidan yuqoridagiga qarab ibrat olish;
Dinda o‘zidan pastlarga qarab ibrat olish.
Shunday  kishilar haqida Alloh:  «Men uni xohladim,  ammo u Meni xohlamadi, baski, Men uni tark etdim», deydi.

Baxtlilik alomati ham to‘rttadir:
O’tgan gunohlarni eslash;
Qilgan yaxshiliklarini unutish;
Dinda o‘zidan yuqoridagi kishiga qarab ibrat olish;
Dunyo to‘g‘risida o‘zidan faqirroq kishiga qarab ibrat olish.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:40:34

*   * *
Ba’zi hukamolarning aytishlaricha, iymonning shiori to‘rttadir:
Taqvo (ya’ni, Alloh buyurgan amallarni qilib, qaytargan ishlaridan tiyilish);
Hayo (Alloh huzurida ham, bandalar oldida ham o‘z qilmishlaridan uyalish);
3.   Shukr   (Alloh   bergan   ne’matlariga   shukr   qilish,   bandalarning
yaxshiliklariga tashakkur bildirish);
4.   Sabr (boshiga tushgan musibatlarga fe’lida ham, so‘zida ham bardosh
berish).
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:40:49
*   * *
Payg‘ambar   alayhissalom   shunday   dedilar:   «To‘rt   narsaning   onasi quyidagilar:
Davoning onasi - oz yemoqlikda;
Odobning onasi - oz gapirmoqlikda;
Ibodatning onasi - gunohlarni kamaytirmoqlikda;
Orzularning onasi - sabr qilmoqlikda».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 26 Oktyabr 2007, 18:41:03
*   * *
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Inson farzandining jismida to‘rt javhar borki, to‘rt narsa bu javharni ketkazib turadi. Javharlar quyidagilar:
1. Aql. 2. Din. 3. Hayo. 4. Solih amal.
G’azab aqlni ketkazadi.
Hasad dinni ketkazadi.
Ta’ma hayoni ketkazadi.
G’iybat solih amallarni ketkazadi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:28:25
*   * *
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Jannatdagi to‘rt ne’mat jannatningo‘zidan yaxshiroqdir:
Jannatda doimiy bo‘lish;
Jannatda payg‘ambar alayhissalomga qo‘shni bo‘lish;
Allohning rizoligida jannatga erishish;
Maloikalarning jannatdagi xizmatlari.

Do‘zaxdagi to‘rt narsa do‘zax o‘tidan ham yomonroqdir:
Do‘zax makonida doimiy qolib ketish;
Maloikalarning kofirlarga do‘zaxdagi tanbehlari;
Do‘zaxda shaytonga qo‘shni bo‘lish;
Do‘zaxda Allohning g‘azab qilishi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:28:54
*   * *
Hukamolarning biridan «Holingiz qanday?» deb so‘ralganida shunday deb javob qilgan ekanlar:
«1. Men Parvardigorim bilan ittifoqdaman.
Nafsim bilan qarama-qarshiman.
Xalq bilan nasihatdaman.
Dunyo bilan esa zaruratdaman».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:29:11
*   * *
Hukamolardan biri to‘rt kitobdan quyidagi to‘rt kalimani tanlab oldi:
1.   Tavrot kitobidan: «Alloh taolo in’om etgan narsalarga ko‘ngan inson
dunyo va oxiratda rohatda o‘tadi».
2.   Injil kitobidan: «Shahvatlarini tark qilgan inson dunyo va
oxiratda aziz bo‘ladi».
Zabur kitobidan: «Kimki odamlardan ajrasa, dunyo va oxiratda najot topadi».
Furqon, ya’ni Qur’oni karimdan: «Kimki tanani saqlasa, dunyo va oxiratda salomat bo‘ladi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:30:02
*   * *
Umar ul-Foruq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men bir balo bilan mubtalolanmadim, agar bir balo bilan mubtalolansam, menga Alloh taolo tomonidan to‘rt ne’mat hosil bo‘ladi:
Ne’matning avvali - agar kelgan balo mening gunohimdan bo‘lmasa, bu ham menga ne’matdir.
Kelgan balo mening qilmish-gunohlarimdan ziyoda bo‘lmasa, bu ham menga ne’matdir.
Tushgan balo meni rizodan mahrum qiluvchi bo‘lmasa, bu ham menga ne’matdir.
Kelgan baloga savob umid qilib turishim - bu ham menga ne’matdir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:30:49

*   * *
Abdulloh ibn Muborak aytdilar: «Bir olim kishi hikmatlarni jamlab, shundan qirq mingini tanlab olgan ekan. So‘ngra yana tanlab to‘rt mingini tanlab olgan ekan. Yana tanlay-tanlay qirq hikmatni qoldiribdi va yana nihoyat quyidagi to‘rt hikmatni tanlab olgan ekan:
Har qanday holatda ham ayol kishiga ishonib qolmaslik;
Har qanday vaqtda molga aldanib qolmaslik;
Me’dangizga toqati yetmaydigan narsa yuklamaslik;
Foyda bermaydigan ilmni jamlamaslik».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:31:28
*   * *
Muhammad ibn Ahmad (Alloh bu zotni rahmat qilsin) Alloh azza va jallaning «Va sayyidan va xasuran va nabiyyan minas-solihin» oyati karimasini shunday tafsir qiladilar: «Alloh Yahyo alayhissalomni sayyid, deb atadi, vaholanki, u zot Allohning bandasidurlar. Bunga sabab u zoti sharif to‘rt narsani yengib turganlar:
Havoyi nafslarini;
Shayton alayhilahnani;
Tillarini;
G’azablarini».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:31:42
*   * *
Ali  roziyallohu anhudan  rivoyat qilinadi:  «Modomiki, mavjud bo‘lsa, din va dunyo qoimlikda bo‘ladi:
Boylar Alloh bergan narsalarga baxillik qilmasalar;
Ulamolar bilgan narsalariga amal qilsalar;
3. Ilmsiz    kishilar   bilmagan    narsalarini    so‘rashda bo‘lmasalar;
4.   Faqir kishilar oxiratlarini dunyolariga sotmasalar».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:31:59
*   * *
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Albatta Alloh taolo to‘rt kishini to‘rt toifa kishilarga hujjat qildi:
Boy-badavlat kishilarga Sulaymon alayhissalomni;
Qullarga Yusuf alayhissalomni;
Bemorlikda o‘tgan kishilarga Ayyub alayhissalomni;
Kambag‘al kishilarga Iso alayhissalomni».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:38:27
*   * *
Sa’d ibn Biloldan rivoyat qilinishicha, agar banda gunoh sodir qilsa ham, mehribon Alloh tomonidan to‘rt xislat to‘xtamaydi:
Salomatlikni to‘sib qo‘ymaydi.
Rizqini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Gunohini oshkora qilib qo‘ymaydi.
Uni tez azoblamaydi.

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:38:57
*   * *
Hotam ul-Asom aytdilarki: «Kimki to‘rt narsani to‘rt narsaga qoldirsa, jannatga erishadi:
Uyquni qabrga qoldirsa;
Faxrlanishni mezonga qoldirsa;
Rohatlanishni Sirot ko‘prigiga qoldirsa;
Shahvatni jannatga qoldirsa».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:39:29
*   * *
Homid ul-Liffofi aytdilarki:  «To‘rt narsani izladik va izlanish yo‘lida xato qilib, boshqa to‘rt narsani topdik:
Boylikni moldan izladik, lekin uni qanoatdan topdik.
Rohatlanishni serobchilikdan izladik, ammo uni molning ozginasidan topdik.
3.   Lazzatlanishni   ne’matdan   izladik,  lekin  uni  sog‘lom   badandan
topdik.
4. Rizqni yerdan izladik, lekin uni osmondan topdik».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:39:48

*   * *
Ali roziyallohu anhu aytdilarki: «To‘rt narsaning ozi ko‘pdir:
Og‘riq;
Kambag‘allik;
O’t;
Dushmanchilik».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:40:27
*   * *
Hotam ul-Asom aytadilarki: «To‘rt toifa kishi to‘rt narsaning qadrini biladi:
Qarilar yoshlikning qadrini biladilar.
Ahli balo tinchlikning qadrini biladilar.
Kasallar salomatlik qadrini biladilar.
O’lganlar tiriklikning qadrini biladilar».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:41:50

*   * *
Payg‘ambar alayhissalom aytadilarki: «Qiyomat kuni bo‘lganida tarozi qo‘yiladi va namozxonlar olib kelinadi. Ular tarozidan ajrlarini to‘la oladilar. Keyin ro‘zadorlar olib kelinadi, ular ham tarozidan ajrlarini to‘la oladilar. So‘ngra hojilar keltirilib, ular ham shu singari ajrlarni to‘la oladilar. So‘ngra balolangan ahl olib kelinadi, ularga tarozidan hech narsa o‘lchanmaydi, hatto amallari bitilgan «Nomai a’mol» kitobi ham ochilmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ular ham ajrlarini to‘la oladilar, hatto ofiyat ahli ularning manzilida bo‘lishni orzu ham qiladilar».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:42:09

*   * *
Ba’zi hukamolar aytadilarki: «Odam bolasi (vafotidan so‘ng) to‘rt talashuvchiga duch keladi:
O’lim farishtalari uning ruhini talashadilar.
Merosxo‘rlar molini talashadilar.
Qurt-qumursqalar jismini talashadilar.
Xusumatgo‘ylar Qiyomat kunida uning obro‘ yoki amalini talashadilar».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:42:23
*   * *
Ba’zi hukamolar aytadilarki:
«1.   Nafs  istagi  bilan  shug‘ullangan  kishi xotinlar bilan  muloqot qilishdan chorasizdir.
2.   Molni   jamlash   bilan   mashg‘ul   bo‘lgan   kishi   molni   haromdan
jamlashdan chorasizdir.
Musulmonlarga foyda yetkazuvchi  kishi musulmonlar bilan murosa qilishdan chorasizdir.
Ibodat  qilish   bilan   shug‘ullangan   kishi   ilmu  ta’lim   olishdan chorasizdir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 29 Oktyabr 2007, 08:42:37
*   * *
Ali   roziyallohu  anhu  aytadilarki:   «Amallarning  eng  og‘iri  to‘rt xislatdir:
G’azab kelganda yutib yuborish;
Qiynalgan vaqtda ehson qilish;
Xoli qolganda pok bo‘lish;
4.   Qo‘rqadigan  va biror narsani umid qiladigan  kishiga haq so‘zni
aytish».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:53:02
*   * *
Zaburda Alloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy yubordiki: «Albatta dono kishi to‘rt soatda to‘rt narsa bilan mashg‘ul bo‘ladi:
Birinchi soatda Rabbisiga munojot qiladi.
Ikkinchi soatda o‘zining nafsini hisob qiladi.
Uchinchi soatda aybini bildirib qo‘yadigan birodarlari bilan yuradi.
To‘rtinchi soatda taomning halolini iste’mol qiladi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:53:13
* * *
Ba’zi hukamolar aytadilarki: «1ullikdan iborat bo‘lgan amallar to‘rttadir:
Ahdga vafo qilish;
Hadlarni saqlash, ya’ni hadlardan o‘tmaslik;
Yo‘qotgan narsasiga sabr qilish;
Mavjud narsaga rozi bo‘lish».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:53:26

BESHLIK HADIS VA HIKMATLAR BOBI

Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Kim besh toifa kishilarni past sanasa, besh narsaga zarar qilgan bo‘ladi:
Kim olimlarni past sanasa, diniga zarar qilgan bo‘ladi.
Kim amirlarni past sanasa, dunyosiga zarar qilgan bo‘ladi.
Kim qo‘shnilarini past sanasa, manfaatiga zarar qiladi.
Kim yaqinlarini past sanasa, do‘stligiga zarar qiladi.
Kim o‘z ahlini past sanasa, chiroyli yashashiga zarar qiladi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:53:37
*   * *
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ummatlarimga yaqinda shunday zamon keladiki, o‘shanda quyidagi besh narsani yaxshi ko‘radilar va besh narsani unutadilar:
Dunyoni yaxshi ko‘radilar va oxiratni unutadilar.
Hovlilarini yaxshi ko‘radilar va qabrlarini unutadilar.
Mol-dunyoni yaxshi ko‘radilar va hisobni unutadilar.
Ayollarni yaxshi ko‘radilar va hurlarni unutadilar.
O’z nafslarini yaxshi ko‘radilar va Allohni unutadilar.
Ular mendan uzoqdirlar va men ulardan uzoqdirman».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:53:50
*   * *
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Alloh kimga besh narsani bersa, boshqa besh narsani ham tayyorlab qo‘yadi:
Alloh kimga shukr qilishlikni nasib etsa, unga ziyodalikni ham tayyorlab qo‘yadi.
Alloh kimga duo qilishlikni nasib etsa, unga duosining ijobatini ham tayyorlab qo‘yadi.
Alloh kimga istig‘for aytishni nasib qilsa, unga kechirishlikni ham tayyorlab qo‘yadi.
Alloh kimga tavba qilishlikni nasib etsa, tavbasining qabulini ham tayyorlab qo‘yadi.
5.   Alloh kimga sadaqa qilishlikni nasib etsa, unga sadaqasining
qabulini ham tayyorlab qo‘yadi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:54:02
*   * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytdilar: «Qorong‘ulik beshtadir va ularni yorituvchi chiroqlar ham beshtadir:
Dunyoni yaxshi ko‘rishlik qorong‘ulik va uning chirog‘i - taqvo;
Gunoh qorong‘ulik va uning chirog‘i - tavba;
3.   Qabr qorong‘ulik va uning chirog‘i - kalimai shahodat («La ilaha
illallohu Muhammadur rasululloh»);
Oxirat qorong‘ulik va uning chirog‘i - solih amal;
Sirot (ko‘prigi) qorong‘ulik va uning chirog‘i - iymon».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:54:15
*   * *
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «G’aybdan xabar berish joiz bo‘lganida besh nafar kishiga «Albatta ular jannat ahlidan», deb guvohlik berardim. Bular:
Kambag‘al oila boshlig‘i;
Erini rozi qilgan ayol;
O’z mahrini eriga sadaqa qilgan ayol;
Ota-onasini rozi qilgan farzand;
5. Gunohlariga tavba qiluvchi kishi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:54:29

*   * *
Umar roziyallohu anhu aytdilar: «Muttaqiylarning alomatlari beshtadir:
Dindorlar bilan birga bo‘lish;
Farji (jinsiy a’zosi) va tiliga g‘olib bo‘lish;
Dunyodan katta bir narsa yetganida uni zarar, deb bilish va dinidan kichik bir narsa yetganida uni g‘animat, deb bilish;
Harom aralashishidan qo‘rqqan holda qorinni haloldan bo‘lsa ham to‘yg‘azib yubormaslik;
5.   Barcha odamlarni najot topgan, deb va o‘zini halok bo‘ldim, deb
bilish».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:54:44
*   * *
Ali roziyallohu anhu aytdilar: «Agar quyidagi besh xislat bo‘lmaganida barcha odamlar yaxshi amal qiluvchilardan bo‘lardi:
Nodonlikka qanoat qilish;
Dunyoga ochko‘zlik qilish;
Ortiqcha narsaga baxillik;
Amalida riyo qilish;
O’z ra’yiga ajablanish».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:55:07

*   * *
Ulamolar (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) aytadilarki: «Alloh taolo payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni besh karomat bilan mukarram qildi:
Alloh taolo Muhammad alayhissalomni boshqa payg‘ambarlar (Odam, Nuh, Ibrohim va boshqalar)dek ismlari bilan emas, balki «rasulim», deb chaqirdi.
Payg‘ambarimiz alayhissalom nimani chaqirsalar, u narsa o‘z zaboni bilan javob qildi, vaholanki, boshqa payg‘ambarlarda bunday bo‘lmagan.
3.   Alloh    taolo    barcha     ne’matlarni     Muhammad    alayhissalom
so‘ramaslaridan oldin berdi, ato etdi.
Alloh taolo payg‘ambarimiz gunoh ish qilishlaridan oldin avfini zikr qildi.
Alloh taolo janobi Payg‘ambarimizga fidya, sadaqa va nafaqalarni boshqa payg‘ambarlardek qabul qilishga ruxsat etmadi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:55:20
*   * *
Abdulloh ibn Amr ibn Oss aytadilar: «Kimda quyidagi besh xislat bo‘lsa, dunyo va oxiratda saodatmand bo‘ladi:
Doimo «La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh»ni zikr qilish;
Biror balo yetganda «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un» va «La havla vala quvvata illa billahil ‘aliyyil-a’ziym», deyish;
Ne’mat berilganida «Alhamdulillahi robbil ‘alamin», deyish;
Har bir ishni boshlaganda «Bismillahir rohmanir rohiym», deyish;
5.   Biror   gunoh  sodir  etganda   «Astag‘firullohal  ‘aziym   va   atubi
ilayh», deyish».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:55:35

*   * *
Hasan al-Basriy rahimahulloh taolo aytadilarki: «Tavrotda quyidagi besh kalima bitilgan ekan:
Boylik- qanoatda;
Salomatlik - uzlatda;
Hurmat - shahvat (xohish)ni tark etishda;
Foydalanishlik - uzun kunlarda;
Sabr - qisqa kunlarda».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:55:46
*   * *
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom aytdilar: «Besh narsani besh narsadan oldin g‘animat bil:
1. Yoshligingni - qarilikdan oldin;
Sihatligingni - kasallikdan oldin;
Boyligingni - faqirlikdan oldin;
Tirikligingni - o‘limdan oldin;
Bo‘shligingni - mashg‘ulotlardan oldin».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:56:06
*   * *
Yahyo ibn Mu’oz rahmatullohi alayh aytdilar:
«1. Kimning to‘qligi ko‘paysa, go‘shti ortadi;
Kimning go‘shti ko‘paysa, shahvati ortadi;
Kimning shahvati ko‘paysa, gunohlari ortadi;
Kimning gunohi ko‘paysa, qalbi torayadi;
Kimning qalbi toraysa, boylik va dunyo ziynatlariga g‘arq bo‘ladi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:56:18

*   * *
Sufyon as-Savriy rahimahulloh aytadilar: «Kambag‘allar besh narsani va boylar besh narsani ixtiyor qildilar:
Kambag‘allarning ixtiyor qilganlari:
Nafsning rohati;
Qalbning farog‘ati;
Allohga bandalik;
Hisobning yengilligi;
Oliy daraja.

Boylarning ixtiyor qilganlari:
Nafs mashaqqati;
Qalbning bezovtaligi;
Dunyoga bandalik;
Hisobning mushkulligi;
5. Past daraja».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:56:29
*   * *
Abdulloh Antokiy aytadilar: «Qalbning davosi beshtadir:
Solihlar bilan o‘tirish;
Qur’on qiroat qilish;
Qorinni bo‘sh qoldirish;
Kechalari ibodatga turish;
Saharda tazarru’ bilan duo qilish».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:57:40
*   * *
Jumhur   ulamolarning   aytishlaricha,   foydali    fikr   qilish    besh ko‘rinishda bo‘ladi:
Alloh  taolo  oyatlarini  fikr   qilishdan  Allohning  yakkaligi   va qudratiga ishonch tug‘iladi.
Alloh taoloning ne’matlarini fikr qilishdan Allohga muhabbat tug‘iladi.
Alloh taoloning  va’dalarini  fikr  qilishdan Allohga  nisbatan qiziqish tug‘iladi.
Alloh   taoloning   azoblarini   fikr   qilishdan   Allohdan   qo‘rquv tug‘iladi.
5.   Alloh taoloning insonga bergan yaxshiligini fikr qilishda toatining
noqisligini sezgan kishida Allohdan hayo qilish tug‘iladi.

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:57:51
*   * *
Ba’zi hukamolarning aytishlaricha, taqvo bobida besh uqubat-mashaqqat bo‘lib, kimki shularni yenga olsa, chinakam taqvoga erishadi:
Ne’matustiga mashaqqatni iroda qilish (xohlash);
Rohat ustiga tirishqoqlikni iroda qilish;
Azizlik ustiga xorlikni iroda qilish;
Ortiqcha so‘z ustiga sukutni iroda qilish;
Hayot ustiga o‘limni iroda qilish.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:58:10
*   * *
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«1. Maxfiy so‘zlashmoq - sirlarga qo‘rg‘on bo‘ladi.
Sadaqa - mollarga qo‘rg‘on bo‘ladi.
Ixlos - amallarga qo‘rg‘on bo‘ladi.
Rostgo‘ylik - so‘zlarga qo‘rg‘on bo‘ladi.
Maslahat - fikrlarga qo‘rg‘on bo‘ladi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:58:25

*   * *
Yana   Rasululloh  sollallohu  alayhi   vasallam   aytdilar:   «Mol-mulk to‘plashning beshta kulfati bor:
Mol-mulkni behad qiyinchilik bilan to‘playdi.
Mol islohi, deb Alloh zikridan qoladi.
Moli olib qo‘yilishidan yoki o‘g‘irlanishidan qo‘rqib yashaydi.
O’ziga baxil, deb nom orttiradi.
Moli sababli solihlardan ajraydi.

Molni tark etishlikdan esa besh foyda bor:
Mol to‘plash tashvishidan xotirjam bo‘ladi.
Alloh zikri uchun bo‘sh bo‘ladi.
Molining tortib olinishidan yoki o‘g‘irlanishidan xavfsiramaydi.
O’zi uchun ulug‘lik ismini kashf qiladi.
Moldan forig‘ligi uchun solihlar suhbatida bo‘ladi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:58:42
*   * *
Sufyon as-Savriy rahimahulloh aytadilar: «Bu dunyoda mol to‘plovchi uchun besh yomon xislat bordir:
Uzun orzu (ya’ni ko‘p narsani orzu qilish)
Ko‘p ochko‘zlik
Qattiq baxillik
Oz taqvo
Oxiratni unutish.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:58:54
*   * *
Hotam ul-Asom aytadilar: «Shoshilishlik asosan shaytondan, faqat besh holatda shoshilmoqlik Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlaridandir:
Mehmon kelganda taom bermoq;
O’likni jihozlamoq (ya’ni, ko‘mishga hozirlamoq);
Qiz voyaga yetganda uzatmoq;
Qarz vojib bo‘lganda uni ado etmoq;
Gunoh sodir bo‘lganda tavba qilmoq».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:59:07
*   * *
Muhammad ibn Duriy aytadilar: «Shayton (ya’ni, Iblis) besh narsa sababidan baxtsiz bo‘ldi:
Gunohlariga iqror bo‘lmagani sababli;
Nadomat qilmagani sababli;
Nafsiga malomat qilmagani sababli;
Tavbaga qasd etmagani sababli;
Alloh taolo rahmatidan noumid bo‘lgani sababli.

Odam alayhissalom esa besh narsa sababli baxtli bo‘ldilar:
1. Gunohlariga iqror bo‘lganlari sababli;
Gunohlariga afsus-nadomat chekkanlari sababli;
Nafslariga malomat etganlari sababli;
Tavba qilmoqqa shoshilganlari sababli;
Alloh taolo rahmatidan umidlarini uzmaganlari sababli».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:59:18
*   * *
Shaqiyq ul-Balxiy aytadilar: «Besh xislatni lozim tuting va ularga amal qiling:
Alloh taologa ibodat qiling - hojatingizga yarasha;
Dunyodan oling - umringizga yarasha;
Allohga gunoh qiling - Uning azobiga toqatingiz yetguncha;
Dunyoda tayyorgarlik ko‘ring - qabrda turishingizga yarasha;
Jannat uchun amal qiling- kutgan maqomingizga yarasha».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:59:31
*   * *
Umar roziyallohu anhu aytadilar:
«1. Ko‘p do‘stlarni uchratdim, lekin tilni tiyishdan afzalroq do‘stni ko‘rmadim.
2.   Ko‘p    liboslarni    ko‘rdim,    ammo   taqvodan    afzalroq   libosni
uchratmadim.
Ko‘p molni ko‘rdim, biroq qanoatdan afzalroq molni ko‘rmadim.
Ko‘p yaxshiliklarni ko‘rdim, lekin nasihatdan afzalroq yaxshilikni bilmadim.
Ko‘p taomlarni ko‘rdim, ammo sabrdan afzalroq, lazzatliroq taomni uchratmadim
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 01:59:46
*   * *
Ba’zi ulamolarning aytishlaricha, zohidlikda besh xislat bor:
1. Alloh taologa ishonish;
Xalqdan uzoqlashish;
Amalda ixlos qilish;
Zulmga bardosh berish;
Qo‘ldagi narsa bilan qanoatlanish.

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:00:05
*   * *
Ayrim  obidlardan  rivoyat  qilinishicha,  ular Alloh taologa  qilgan munojotlarida shunday deyisharkan:
«Uzun orzu qilish aldadi meni,
Halok qildi mol-dunyoga havasim.
Shayton adashtirdi haq yo‘ldan meni,
Yomon amallarga buyurdi nafsim.
Gunohlarim ko‘pdir, holim ko‘p zabun,
Rabbim, faqat Sendan kutaman najot.
O’zingdan umidvor bandalar uchun,
Yo‘q aslo Sendan rahmliroq Zot!»

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:00:33
*   * *
Yahyo ibn  Mu’oz rahmatullohi alayh Allohga  munojotlarida  shunday deganlar:
«1. Faqat Senga yalinishlik bilangina kecha yaxshi bo‘ladi.
Faqat Senga toat qilish bilangina kun yaxshi o‘tadi.
Faqat Seni eslash bilangina dunyo obod bo‘ladi.
Faqat Sening kechirishing bilangina oxirat yaxshi bo‘ladi.
Faqat Seni ko‘rish bilangina jannat yaxshi bo‘ladi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:00:44

OLTILIK HADIS VA HIKMATLAR BOBI

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi  vasallam  aytdilar:  «Olti  narsa olti o‘rinda g‘aribdir:
Namoz o‘qilmaydigan masjid g‘aribdir;
Kitob o‘qimaydigan qavmdagi kitob g‘aribdir;
Fosiq kishining qo‘lidagi Qur’on g‘aribdir;
Yomon xulqli, zolim kishining qo‘l ostidagi soliha muslima g‘aribdir;
Yomon xulqli, pastkash ayol qo‘lidagi solih musulmon g‘aribdir;
Olimlar so‘zini tinglamaydigan qavm ichidagi olim g‘aribdir».
So‘ng Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mazkur olti narsaning g‘arib bo‘lishiga sababchi kishilarga Alloh qiyomat kuni rahmat nazari bilan qaramaydi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:00:56
*   * *
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Olti nafar kishini men ham la’natlayman, chunki Alloh taolo hamda har bir duosi ijobat bo‘lgan payg‘ambarlar ham la’natlashgan edi:
Allohning kitobiga qo‘shimcha so‘z kirituvchini;
Allohning taqdirini yolg‘onga chiqaruvchini;
Alloh xor qilgan kishini azizlovchini;
Haramda (Makka va Madinada) Alloh harom qilgan narsani halol tutuvchini;
Oilam xususida Alloh harom qilgan narsani halol sanovchini;
Sunnatimni tark qiluvchini.
Alloh taolo bunday kishilarga aslo rahmat nazari bilan qaramaydi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:01:07
*   * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytdilar:
«1. Iblis oldingizda turib olib dinni tark qilishlikka chaqiradi, agar unga itoat qilsangiz, sizdan din ketadi.
2. Nafs o‘ng tomoningizda turib gunoh qilishlikka chaqiradi, agar unga bo‘ysunsangiz, sizdan ruhoniyat ketadi.
Havoyi-nafs chap tomoningizda turib shahvatga chaqiradi, agar unga itoat qilsangiz, sizdan aql ketadi.
Dunyo ortingizda turib olib dunyoni olishlikka chaqiradi, agar unga bo‘ysunsangiz, sizdan oxiratingiz ketadi.
A’zolaringiz atrofingizda turib gunohlarga chaqiradi, agar ularga itoat qilsangiz, sizdan jannat ketadi.
6.   Alloh qudrati bilan ustingizda turib jannat va mag‘firatga
chaqiradi, agar unga itoat qilsangiz, sizdan yolg‘on amallar ketadi,
barcha yaxshiliklarga erishasiz».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:01:38

*   * *
Umar roziyallohu anhu aytadilar: «Alloh albatta olti narsani olti narsaning ichiga berkitdi:
Roziligini - ibodatga;
G’azabini - osiylikka;
Ismu a’zamini - Qur’oni karimga;
1adr kechasini - Ramazon oyiga;
O’rta (asr) namozni - besh vaqt namoz ichiga;
Qiyomatni - kunlar ichiga».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:01:56

*   * *
Usmon roziyallohu anhu aytadilar: «Albatta mo‘min kishi olti holatda qo‘rqinchda bo‘ladi:
1.   Allohga keltirgan iymonidan ajrab qolishdan qo‘rqadi.
2.   Amallarni yozuvchi farishtalarning uni qiyomat kuni sharmanda
qiladigan narsalarni yozib qo‘yishidan qo‘rqadi.
3.   Amallarini shayton botil qilishidan qo‘rqadi.
4.   O’lim farishtasining g‘aflat paytida to‘satdan jonini olishidan
qo‘rqadi.
5.   Dunyoga aldanib, oxiratidan ajrab qolishidan qo‘rqadi.
6.    Bola-chaqalari   Allohning   zikridan   mahrum   qilib   qo‘yishidan qo‘rqadi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:02:30
*   * *
Ali  roziyalohu anhu aytdilar: «Olti xislatga ega bo‘lgan kishida jannatdan mahrum bo‘lish va do‘zaxga kirib qolish xavfi bo‘lmaydi:
Allohni tanib, Unga itoat qilsa;
Shaytonni tanib, unga osiy bo‘lsa;
Oxiratni tanib, uni izlasa;
Dunyoni tanib, uni tark etsa;
Haqni tanib, unga ergashsa;
Nohaqni tanib, undan chetlashsa».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:03:17
*   * *
Ali roziyalohu anhu  aytdilar: «Buyuk ne’matlar oltitadir:
Islom ne’mati;
Qur’on ne’mati;
Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bizga payg‘ambarliklari ne’mati;
Tinchlik ne’mati;
Allohning hifzu-himoyatida bo‘lish ne’mati;
Insonlardan behojat bo‘lish ne’mati».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:03:30
*   * *
Yahyo ibn Mu’oz rahmatullohi alayh aytdilar:
«1. Ilm - amalning dalili;
Fahm - ilmning makoni;
Aql - yaxshilikka yetaklovchi;
Havoyi-nafs - gunohlar markabi (aravasi);
Molu-mato - mutakabbirlik ridosi (kiyimi);
Dunyo - oxirat bozori».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:03:50

*   * *
Abu Zarr roziyallohu anhu aytadilar: «Olti xislat majmuasi barcha dunyoga barobar keladi:
Lazzatli taom;
Solih farzand;
Munosib rafiqa;
Mustahkam so‘z;
Yetuk aql;
Sog‘lom tana».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:04:03
*   * *
Hasan al-Basriy rahimahulloh taolo aytadilar:
«1. Abdollar (Allohning tanlagan birodarlari) bo‘lishmaganida yer o‘z ustidagi hamma narsani yutib yuborar edi.
Yaxshilar bo‘lmaganida barcha yomonlar halok bo‘lardi.
Ulamolar bo‘lmaganida insonlar yo‘lboshchisiz qolardi.
Podshohlar bo‘lmaganida insonlar bir-birini halok qilardi.
Dunyoga xizmat qiluvchilar bo‘lmaganida dunyo xarob bo‘lardi.
Shamol bo‘lmaganida dunyoni badbo‘y hid bosib ketardi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:04:16
*   * *
Donishmandlarning ba’zilari shunday deyishibdi:
«1. Kim Allohdan qo‘rqmasa, tilining xatosidan qutula olmaydi.
Kim Alloh huzuriga borishdan qo‘rqmasa, harom va shubhadan xalos bo‘lolmaydi.
Kim xalqdan noumid bo‘lmasa, ta’madan saqlana olmaydi.
Kim amalini saqlay olmasa, riyodan xoli bo‘lolmaydi.
Qalbini asrashga Allohdan yordam so‘rolmagan kishi hasaddan qutula olmaydi.
Ilmi va amali ziyoda kishiga nazar solmagan kishi manmansirashdan xoli bo‘lolmaydi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:04:29
*   * *
Hasan al-Basriy rahimahulloh aytadilar: «Qalbning fasod bog‘lashiga olti narsa sabab bo‘ladi:
Tavba umidida gunoh qilaverish;
Ilmga amal qilmay ta’lim olish;
Ilmga amalda xolis bo‘lmaslik;
Allohning rizqiga shukr qilmay taom yeyish;
Allohning qismatiga rozi bo‘lmaslik;
O’liklarni qabrga qo‘yishdan ibrat olmaslik».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:04:42
*   * *
Yana Hasan al-Basriy aytadilar: «Kim bu dunyoni oxiratdan ustun qo‘ysa, Alloh taolo uni olti turli azob bilan azoblaydi. Shundan quyidagi uchtasini budunyoda ko‘radi:
Cheksiz orzuda bo‘lib qolish;
Qanoatsiz, hirsli bo‘lish;
Ibodatning halovatidan ajrab qolish.
Mana bu uch azobga esa oxiratda mubtalo bo‘ladi:
Qiyomat kunining dahshatiga ro‘baro‘ kelish;
Qattiq hisob-kitobga duchor bo‘lish;
Ko‘p hasrat-nadomatda qolish».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:04:52
*   * *
Ahnaf ibn Qays aytadilar:
«1. Hasadgo‘yning rohati bo‘lmaydi.
Yolg‘onchining odamgarchiligi bo‘lmaydi.
Baxilga hiyla qilib bo‘lmaydi.
Podshohning vafosi bo‘lmaydi.
Xulqi yomon kishi saodatmand bo‘lmaydi.
Allohning hukmini qaytaruvchi bo‘lmaydi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:05:02
*   * *
Bir donishmanddan «Tavbasining qabul bo‘lganiga ne alomat bor?» deb so‘rashganida, u quyidagicha javob bergan ekan:
«1. O’zni gunohdan saqlamagan, deb bilish;
Qalbidagi xursandchiligini yashirib, mahzunlikni oshkor tutish
Yaxshilarga yaqinlashib, yomonlardan uzoqlashish;
Dunyoning ozini ham ko‘p, deb va oxirat amalining ko‘pini ham oz, deb bilish;
5.   Allohga qiladigan amallar bilan mashg‘ul bo‘lish va Alloh kafil
bo‘lgan narsalardan qalbini forig‘ tutish;
6.   Tilini saqlovchi va fikr qiluvchi bo‘lish».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:05:13
*   * *
Yahyo ibn Mu’oz rahimahulloh aytadilar: «Mening nazdimda quyidagilar eng qattiq aldanishlardir:
Nadomat qilmay avf umidida gunoh qilmoq;
Toatsiz Allohga yaqinlashmoqlikdan umidvor bo‘lmoq;
Do‘zax amali bilan jannat mevasini kutmoq;
Gunohlari turib jannatni talab etmoq;
Amalsiz ajr-mukofot kutmoq;
6. Sustlik bilan Allohdan umid qilmoq».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:05:24
*   * *
Bir shoir shunday debdi:
«Najot umid qilur ba’zi bir inson,
Lekin haq yo‘lidan yurmas biror on.
Kema quruq yerda suza olmas-ku,
Nega shundan ibrat olmas hech qachon?»

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:05:58
*   * *
Ahnaf ibn Qaysdan «Banda uchun beriladigan ne’matlarning eng yaxshilari nima?» deb so‘rashganida, u zot shunday deb javob beribdilar:
«1. Tug‘ma aql. Agar u bo‘lmasa:
Yaxshi odob. Bordi-yu, bu ham bo‘lmasa:
Munosib do‘st. Agar u ham bo‘lmasa:
Allohga bog‘langan dil. Bordi-yu, u ham bo‘lmasa:
Mazmunsiz narsadan o‘zni tiyish. Bu ham bo‘lmasa:
O’sha bandaning o‘lgani yaxshidir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:06:17

YETTILIK HADIS VA HIKMATLAR BOBI

Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat qiladilar: «Yetti kishini Alloh taolo Arshning soyasida soyalantiradi:
Odil boshliqni;
Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o‘sgan kishini;
Yolg‘iz holida Allohni eslab ko‘z yosh to‘kkan kishini;
Qalbi doim masjid bilan bog‘langan kishini;
O’ng qo‘li qilgan sadaqani chap qo‘li bilmagan (ya’ni, maxfiy sadaqa qilgan) kishini;
Alloh yo‘lida do‘stlashgan ikki kishini;
Chiroyli ayol fahshiga chorlaganida «Alloh taolodan qo‘rqaman», deb undan bosh tortgan kishini».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:06:33
*   * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytdilar: «Baxil yetti narsaning biridan xoli emas:
Vafotidan so‘ng Alloh buyurmagan narsalarga sarf etuvchi kishi molu dunyosiga merosxo‘r bo‘ladi.
Yoki Alloh taoloning amri bilan uning o‘zini xo‘rlab, moli tortib olinadi yoki musodara qilinadi.
Yoki   baxilligi   tufayli   ko‘nglida   uyg‘ongan   rag‘bat  sababli   zoe ketadigan joylarga molini sarf qiladi.
Yoki xarob yerga imorat solish fikri tug‘ilib, shu orqali molini sovuradi.
5.   Yoki   unga   molining   cho‘kib   ketishi,   yonishi,   o‘g‘irlanishi   kabi kulfatlardan biri yetadi.
Yoki kasallikka chalinib, uni davolashga mollarini sarf qiladi.
Yoki mol-dunyosini biror joyga o‘zi yashirib, so‘ng uni topa olmaydi, molidan mahrum bo‘ladi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:06:51
*   * *
Umar roziyallohu anhu aytadilar:
«1. Kimning kulgusi ko‘paysa, haybati ozayadi.
Kim insonlarni kamsitsa, o‘zi ham kamsitiladi.
Biror narsaga ko‘p mashg‘ul bo‘lgan kishi shu kasbi bilan taniladi.
Kibru havosi ko‘paygan kishining hayosi kamayadi.
Hayosi ozaygan kishining parhezi kamayadi.
So‘zi ko‘paygan kishining xatosi ko‘payadi.
Parhezi ozaygan kishining qalbi o‘ladi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:07:19

* * *
Usmon roziyallohu anhu Alloh taoloning «Vakana tahtahu kanzul lahuma vakana abuhuma soliha», degan kalomi haqida shunday deganlar: «Oyati karimadagi «kanz» (ya’ni, kon) oltindan yasalgan taxt bo‘lib, unga quyidagi yetti satr bitilgan:
O’limninghaqligini bilib ham kulgan odamga ajablanaman.
Dunyoning yo‘q bo‘lib ketishini bilib ham unga rag‘bat qo‘ygan kishiga ajablanaman.
Hammasi qadarga bog‘liqligini bilib ham o‘tgan ishlarga g‘am chekkan kishiga ajablanaman.
Oxiratda hisob-kitob bo‘lishini bilib turib mol to‘plagan kishiga ajablanaman.
Do‘zaxni bila turib gunoh qilgan kishiga ajablanaman.
Alloh taoloning haqligini bila turib Allohdan boshqa kishilarni zikr qilgan kishiga ajablanaman.
7.   Jannatni bila turib dunyodan rohatlangan hamda shaytonning
dushmanligini bilib ham unga itoat qilgan kishiga ajablanaman».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:08:03
* * *
Ali roziyallohu anhudan quyidagi yetti narsa haqida so‘ralganida shunday javob qilgan ekanlar:
1.   Osmondan og‘irroq narsa bormi?
-   Pok kishilarga bo‘hton qilish.
2.   Yerdan kengroq narsa nima?
-   Haqiqat.
3.   Dengizdan boyroq narsa nima?
-   Qanoatli kishining qalbi.
4.   Toshdan qattiqroq narsa nima?
-   Munofiqning qalbi.
5.   Olovdan issiqroq narsa nima?
-   Zolim podshoh.
6.   Muzdan sovuqroq narsa nima?
-   Pastkashga muhtoj bo‘lmoq.
7.   Zahardan achchiqroq narsa nima?
-   Sabr.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:08:19
*   * *
Payg‘ambar alayhissalom dunyo haqida shunday deganlar:
«1. Dunyo - hovlisi yo‘q odam uchun hovlidir.
Dunyo - moli yo‘q kishi uchun moldir.
Aqli yo‘q kishi dunyo to‘playdi.
Fahmi yo‘q kishi dunyo shahvatlari bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Ilmi yo‘q kishi dunyo uchun azoblanadi.
Fikri yo‘q kishi dunyo uchun hasad qiladi.
Dunyo haqida ma’rifati yo‘q kishi dunyo uchun harakat qiladi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:08:31
*   * *
Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
«1.   Jabroil   alayhissalom   qo‘shni   to‘g‘risida   shunchalik   ko‘p   vasiyat qildilarki, hatto qo‘shni merosxo‘r qilinarmikin, deb gumon qildim.
Xotinlar to‘g‘risida shunchalik ko‘p vasiyat qildilarki, hatto ularni taloq etish harom bo‘larmikin, deb gumon qildim.
Qullar haqida shunchalik ko‘p vasiyat qildilarki, hatto ularni ozod qilish uchun vaqt belgilanarmikin, deb gumon qildim.
4.   Misvok  to‘g‘risida   ko‘p   vasiyat   qilganliklaridan   hatto   u   farz
bo‘larmikin, deb gumon qildim.
5.   Jamoat bilan namoz o‘qish to‘g‘risida shunchalik ko‘p vasiyat
qilganliklaridan hatto Alloh jamoatsiz namozni qabul etmasmikin,
deb gumon qildim.
Kechasi turib namoz o‘qish haqida shunchalik ko‘p vasiyat qildilarki, hatto kechasi uxlanmasmikin, deb gumon qildim.
Allohni zikr etishlik haqida shunchalik ko‘p vasiyat qildilarki, hatto Allohning zikrisiz barcha so‘z befoydamikin, deb gumon qildim».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:08:56
*   * *
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Alloh yo‘lidagi jihodda shahid bo‘lganlardan tashqari yana yetti shahid bor:
Qorni og‘rib o‘lgan kishi;
Cho‘kib o‘lgan kishi;
O’pka kasali bilan o‘lgan kishi;
Yonib o‘lgan kishi;
Ustun ostida qolib o‘lgan kishi;
Ko‘zi yorayotganda o‘lgan ayol;
Vabo bilan o‘lgan kishi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:09:15
*   * *
Ibn Abbos roziyallohu anhu aytdilarki: «Oqil kishi uchun yetti narsani yetti narsa ustiga ixtiyor etmoqlik (afzal ko‘rmoq) vojibdir:
Kambag‘allikni - boylikning ustiga;
Xorlikni - azizlikning ustiga;
Kamtarlikni - mutakabbirlik ustiga;
Ochlikni - to‘qlikning ustiga;
G’amni - xursandchilikning ustiga;
Past martabani - yuqori martaba ustiga;
O’limni - hayotning ustiga».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:09:43
SAKKIZLIK HADIS VA HIKMATLAR BOBI

Rasululloh   sollallohu   alayhi   vasallam   aytdilar:   «Sakkiz   narsa sakkizta narsadan to‘ymaydi:
Ko‘z qarashdan to‘ymaydi.
Yer yomg‘irdan to‘ymaydi.
Ayol erkak kishidan to‘ymaydi.
Olim ilmdan to‘ymaydi.
So‘rovchi so‘rashlikdan to‘ymaydi.
Ochko‘z kishi mol to‘plashdan to‘ymaydi.
Dengiz suvdan to‘ymaydi.
O’t o‘tindan to‘ymaydi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:10:12
*   * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu shunday dedilar: «Sakkiz narsa yana sakkiz narsa uchun ziynatlangandir:
Poklik - kambag‘allikning ziynati;
Shukr qilish - ne’matning ziynati;
Sabr qilish - baloning ziynati;
Halimlik - ilmning ziynati;
O’zini past tutish - shogirdning ziynati;
Ko‘p yig‘lash - Allohdan qo‘rqishning ziynati;
Minnat qilmaslik - ehsonning ziynati;
Xushu’ bilan o‘qish - namozning ziynati».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:10:30
*   * *
Umar roziyallohu anhu aytdilar:
«1. Kim ortiqcha so‘zlarni tark etsa, unga hikmat beriladi.
Kim ortiqcha qarashni tark etsa, unga qalb xushu’si beriladi.
Kim ortiqcha taomni tark etsa, unga ibodat lazzati beriladi.
Kim ortiqcha kulishni tark etsa, unga haybat beriladi.
Kim mazaxni tark qilsa, unga baho beriladi.
Kim dunyo muhabbatini tark qilsa, unga oxirat muhabbati beriladi.
Kim boshqalar aybi bilan mashg‘ul bo‘lishni tark etsa, unga o‘z aybini isloh qilish beriladi.
Kim Allohning kayfiyatini izlashni tark etsa, unga munofiqlikdan saqlanish beriladi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:10:43
*   * *
Usmon roziyallohu anhu aytadilar: «Orifning alomati sakkiz narsada ko‘rinadi:
Qalbida doimo qo‘rqinch bo‘ladi.
Dili umid bilan bo‘ladi.
Tili hamd bilan bo‘ladi.
Tili sano bilan bo‘ladi.
Nazari doimo hayo bilan bo‘ladi.
Ko‘zi doimo yoshga to‘la bo‘ladi.
Irodasi tarki dunyo bilan bo‘ladi.
8. Xohishi talab (ya’ni, Alloh rizoligi talabi) bilan bo‘ladi».


Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:11:08
*   * *
Ali  roziyallohu anhu aytadilar:
«1. Xushu’siz o‘qilgan namozda yaxshilik yo‘q.
Bekorchi so‘zdan tiyilmay tutilgan ro‘zada yaxshilik yo‘q.
Tafakkursiz o‘qilgan qiroatda yaxshilik yo‘q.
Parhezsiz ilmda yaxshilik yo‘q.
Ehson qilinmagan molda yaxshilik yo‘q.
Bir-birini himoya qilmagan birodarchilikda yaxshilik yo‘q.
Doimiy bo‘lgan ne’matda yaxshilik yo‘q.
Ixlossiz qilingan duoda yaxshilik yo‘q».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:11:20

TO’QQIZLIK HADIS VAHIKMATLAR BOBI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo Muso ibn Imronga Tavrotda vahiy qilib: «Albatta xatolarning onasi uchtadir: kibr, hasad, hirs qo‘yish. Mana shulardan oltita narsa tashkil topib, hammasi to‘qqizta bo‘ladi. Endi ana shu oltita narsa: to‘qlik, uyqu, rohat, molni yaxshi ko‘rish, maqtovni yaxshi ko‘rish, riyosatni yaxshi ko‘rish», deb aytdi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:11:34
* * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytdilar: «Bandalar uch toifadirlar. Har toifaning uchtadan alomatlari bo‘lib, ular ana shu alomatidan bilib olinadi. Birinchi toifa Allohdan xavf qilib ibodat qiladi. Ikkinchi toifa Allohdan umid qilib ibodat qiladi. Uchinchi toifa Allohning muhabbatini talab qilib ibodat qiladi. Birinchi toifa uchun uchta alomat bordir:
Nafsini past hisoblaydi.
Yaxshiliklarini oz deb biladi.
Yomonliklarini ko‘p deb biladi.

Ikkinchi toifa uchun ham uchta alomat bor:
Har qanday holatda insonlarga namuna bo‘ladi.
Hayotlik paytida moli bilan insonlarning saxiyi bo‘ladi.
Maxluqlarning har biri haqida Allohga chiroyli gumonda bo‘ladi.

Uchinchi toifa uchun ham uchta alomat bordir:
Yaxshi ko‘rgan narsasini beradi, Rabbi rozi bo‘lganidan keyin hech narsaga ahamiyat bermaydi.
Rabbi rozi bo‘lgandan keyin nafsining g‘azabini keltirgan narsaga amal qilaveradi.
3. Hamma holatda: buyrug‘ida ham, qaytargan narsalarida ham sayyidi bilan birga bo‘ladi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:11:57
* * *
Umar roziyallohu anhu aytdilar: «Shaytonning zurriyodi to‘qqiztadir:
Zalitun.
Vasiyn.
Laqus.
Ahvon.
Haffof.
Murra.
Musavvit.
Dosim.
Valhon
Zalitun - bozordagi sohib.
Vasiyn - musibatdagi sohib.
Ahvon - sultonlikdagi sohib.
Haffof - ichimlikdagi sohib.
Murra - surnay chalgandagi sohib.
Laqus - o‘t-olovdagi sohib.
Musavvit - xabarlar sohibi. Insonlar u tarqatgan xabarni og‘izdan-og‘izga olib yurishadi-da, u xabarning asli topilmaydi.
Dosim - uylar sohibi. Agar kishi manziliga kirsa, salom ham berdirmaydi, Allohning ismini ham zikr ettirmaydi. Va oiladagilarning oralariga nizo solib taloq, bo‘shatish, urish-janjal kabi ishlarni keltirib chiqaradi.
Valhon - u tahorat, namoz va ibodatlarda birga bo‘lib olib, vasvasa qiladi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:13:15
* * *
Umar roziyallohu anhu aytdilar: «Kim besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etib, shunday bardavom bo‘lsa, Alloh taolo uni to‘qqizta ne’mat ila ikrom qiladi:
Alloh uni yaxshi ko‘radi.
Badani sog‘lom bo‘ladi.
Farishtalar qo‘riqlaydi.
Hovlisiga baraka yog‘iladi.
Yuzida solihlarning belgisini zohir qilib qo‘yadi.
Qalbini muloyim qilib qo‘yadi.
Sirot ko‘prigidan chaqmoq chaqqanidek tez o‘tib ketadi.
Alloh unga do‘zaxdan najot beradi.
9.   Xavf va g‘am-g‘ussa bo‘lmagan kishilar bilan birga yonma-yon qilib
qo‘yadi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:13:31
* * *
Ali roziyallohu anhu aytdilar: «Yig‘lash uch ko‘rinishda bo‘ladi:
Alloh azobidan xavf qilish;
Alloh g‘azabidan xavf qilish;
Uzilib qolishdan qo‘rqish.
Bularning birinchisi - gunohlarga kafforatdir. Ikkinchisi - ayblar uchun tozalanishdir. Uchinchisi - yaxshi ko‘rgan narsasiga rozi bo‘lish bilan birga unga ega bo‘lishdir. Gunohlarga kafforot bo‘lishning mevasi uqubatlardan najot topishdir. Ayblardan tozalanishning mevasi doimiy ne’mat va oliy darajalardir. Yaxshi ko‘rishga muyassar bo‘lish farishtalarni ziyorat etish va fazilatning ziyoda bo‘lishidir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:14:09

O’NLIK HADIS VA HIKMATLAR BOBI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Misvokni lozim tutinglar, chunki unda o‘nta xislat bordir:
Og‘izni poklaydi.
Rabbni rozi etadi.
Shaytonni g‘azablantiradi.
Rahmonga va farishtalarga muhabbatli ko‘rsatadi.
Milkni mustahkamlaydi.
Balg‘amni kesadi.
Og‘izdagi hidni xushbo‘y qiladi.
Og‘izdagi achchiqni ketkazadi.
Ko‘zni ravshanlantiradi.
10.   Turli sassiq hidlarni yo‘q qiladi».
Misvok sunnat amallardandir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Misvok bilan o‘qilgan namoz misvoksiz o‘qilgan namozdan yetmish marta afzaldir», deb aytdilar.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:14:23
* * *
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu dedilar: «Qaysi bir bandani Alloh taolo quyidagi o‘nta xislat bilan rizqlantirsa, u hamma balo-yu ofatlardan najot topibdi hamda muqarrab va taqvodor bandalar darajasiga yetibdi:
Doimiy rostgo‘ylik, u bilan birga qanoatli qalb.
Komil sabr, u bilan birga doimiy shokirlik.
Doimiy faqirlik, u bilan birga zohidlik.
Doimiy tafakkur, u bilan birga qorinni och tutish.
Doimiy mahzunlik, u bilan birga muttasil ravishda xavf.
Doimo harakat ila tirishish, u bilan birga tavoze’li badan.
Doimiy do‘stlik, u bilan birga silai-rahm.
Doimiy muhabbat, u bilan birga hayoli bo‘lish.
9.   Foydali ilm, u bilan birga doimiy halimlik.
10.   Doimiy iymon, u bilan birga sobit aql».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:14:43

*   * *
Umar roziyallohu anhu dedilar:  «O’nta  narsa o‘nta  narsasiz isloh bo‘lmaydi:
Taqvosiz aql.
Ilmsiz fazilat.
Qo‘rquvsiz yutuq.
Adolatsiz podshohlik.
Odobsiz nasabdagi obro‘.
Omonliksiz xursandchilik.
Saxiyliksiz boylik.
Qanoatsiz kambag‘allik.
Tavoze’siz obro‘lilik.
10.   Tavfiqsiz jihod.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:15:03
*   * *
Usmon roziyallohu anhu dedilar: «O’nta narsa zoedir:
Olimdan so‘ralmasa.
Ilmga amal qilinmasa.
To‘g‘ri fikrlar qabul qilinmasa.
Aslahalar ishlatilmasa.
Masjidda namoz o‘qilmasa.
Qur’on o‘qilmasau.
Boylik infoq qilinmasa.
Ot minilmasa.
9.   Zuhd ilmi mol-dunyo xohlaydigan kishida bo‘lsa.
10.   Uzoq umr ko‘rsa-yu oxirat safariga tayyorgarlik bo‘lmasa».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:15:17
*   * *
Ali roziyallohu anhu aytdilar:
«1. Ilm - meroslarning yaxshisi.
Odob - kasblarning yaxshisi.
Taqvo - to‘planadigan narsalarning yaxshisi.
Ibodat - buyumlarning yaxshisi.
Solih amallar - yo‘lboshchilarning yaxshisi.
Yaxshi xulq - yaqiynlarning yaxshisi.
Halimlik - vazirlarning yaxshisi.
Qanoat- boyliklarning yaxshisi.
Tavfiq - yordamlarning yaxshisi.
10.   O’lim - odob beruvchilarning yaxshisi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:16:02

*   * *
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Bu ummatda o‘n toifa kishi borki, ular ulug‘ Allohga kufr keltirgandir. Ammo o‘zlarini mo‘minman, deb gumon qiladilar:
Nohaq qotillik qilgan;
Sehr bilan shug‘ullanuvchi;
Ahliga qizg‘anmaydigan dayus;
Zakotni man etuvchi;
Aroq ichuvchi;
Haj vojib bo‘lsa-yu, uni ado etmaydigan;
Fitna qo‘zg‘ovchi;
Kufr ahliga aslahalarni sotuvchi;
Xotinining orqa tomoniga jinsiy aloqa qiluvchi;
10.   Mahram qarindoshlariga nikoh qilishni halol, degan kishilar».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:16:20
*   * *
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«1. Kishi osmonu yerda mo‘min bo‘la olmaydi, toki yetuk bo‘lmagunicha.
Yetuk bo‘la olmaydi, toki musulmon bo‘lmagunicha.
Musulmon bo‘la olmaydi, toki insonlar uning qo‘li va tilidan omonda bo‘lmagunicha.
Musulmon bo‘la olmaydi, toki olim bo‘lmagunicha.
Olim bo‘la olmaydi, toki ilmiga amal qilmagunicha.
Ilmiga amal qiluvchi bo‘la olmaydi, toki zohid bo‘lmagunicha.
Zohid bo‘la olmaydi, parhezkor bo‘lmagunicha.
Parhezkor yoki taqvodor bo‘la olmaydi, tavoze’li bo‘lmagunicha.
Tavoze’li bo‘la olmaydi, nafsini bilmagunicha.
10.   Nafsini biluvchi bo‘lmaydi, so‘zida aqlli bo‘lmagunicha».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:16:32
*   * *
Yahyo ibn Mu’oz ar-Roziy dunyoga qiziquvchi bir faqih olimni ko‘rib quyidagilarni aytdilar: «Ey ilm va sunnat sohibi, qasrlaringiz Qaysarnikiday, uylaringiz Kisronikiday, maskanlaringiz Horunnikiday, darvozalaringiz Tolutnikiday, kiyimlaringiz Jolutnikiday, tutgan yo‘llaringiz shaytonnikiday, viloyatlaringiz Fir’avnnikiday, qozilaringiz dunyoni istovchi poraxo‘r, g‘irrom bo‘lsa, o‘limlaringiz johiliyatnikiday bo‘lsa, Muhammadiya (ya’ni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hidoyatlari ) qaerda qoldi?!»

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:17:08
*   * *
Shoir she’rida quyidagilarni aytdi:
«Turli so‘zlar ila qilib munojot,
Salom hovlisidan kutasan najot.
Ammo tazarru’ga shoshmaysan nega,
Nafsingga insof qildingmi, hayhot?!
G’ofil bo‘lma, kuning o‘tsin soim-la,
Kechalaring ihyo qilgin qoim-la.
Suv-taomning oziga ko‘n, ey inson,
Sharaf maqomining zinasi - iymon.
Rabbing karamiga bo‘lgin musharraf,
Zuljalol rizosin sen bilgin sharaf!»


Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:17:20
*   * *
Ba’zi hakimlar shunday deyishadi: «O’nta xislat borki, o‘sha xislatlar o‘n toifa kishida bo‘lishi Allohni g‘azablantiradi:
Boylarning baxil bo‘lishi.
Kambag‘allarning kibr qilishi.
Ulamolarning tama’ qilishi.
Ayollarning behayo bo‘lishi.
Qariyalarning dunyoni yaxshi ko‘rishi.
Yigitlarning dangasa bo‘lishi.
Podshohlarning jabr-zulm qilishi.
G’oziylarning qo‘rqoq bo‘lishi.
Zohidlarning o‘z amallariga quvonishlari.
10.   Ibodat qiluvchi obidlarning riyo qilishi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:17:36
*   * *
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ofiyat o‘n ko‘rinishdadir. Ularning beshtasi dunyoda, beshtasi oxiratdadir. Dunyodagisi:
Ilm.
Ibodat.
Halol bo‘lgan rizq.
Qiyinchilikdagi sabr.
Ne’matga shukr qilish.

Oxiratdagisi:
O’lim farishtasi rahmat va lutf ila keladi.
Munkar va Nakir qabrda qo‘rqitmaydi hamda katta qo‘rqinchdan omonda bo‘ladi.
Yomonliklari o‘chirilib, yaxshiliklari qabul qilinadi.
Sirot ko‘prigidan chaqmoq chaqqani kabi o‘tib ketadi.
Jannatga salomat holda kiradi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:17:56

* * *
Abul Fazl roziyallohu anhu aytdilar: «Alloh taolo kitobini o‘nta nom bilan atadi:
Qur’on.
Furqon.
Kitob.
Tanzil.
Hidoyat.
Nur.
Rahmat.
Shifo.
Ruh.
10.   Zikr.

Qur’on, Furqon, Kitob, Tanzil nomlari mashhurdir. Hidoyat, Nur, Rahmat, Shifo nomlari quyidagi oyatda kelgan: «Ey insonlar, sizlarga Parvardigoringiz tomonidan pand-nasihat, dillaringizdagi buzuq e’tiqodlardan iborat narsalarga shifo va iymon keltirgan zotlarga hidoyat va rahmat (ya’ni, Qur’on keldi). Sizlarga Alloh tarafidan Nur - ochiq kitob keldi».
Ruh esa quyidagi oyatda kelgan: «Shunday qilib Biz o‘z amrimiz bilan sizga Ruhni - Qur’onni vahiy qildik».
Zikr esa quyidagi oyatda kelgan: «Sizga esa odamlarga bayon qilib berishingiz uchun bu eslatmani - Qur’onni nozil qildik».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:18:15

*   * *
Ba’zi hakimlar aytishdi: «Tavba qiluvchi oqil o‘n narsaga amal qilmog‘i lozim:
Til bilan istig‘for aytish.
Qalb bilan nadomat chekish.
Badanidan (gunohni) sug‘urib tashlash.
Abadiy o‘sha gunohga qaytmaslikka qasd qilish.
Oxiratga muhabbat qo‘yish.
Dunyoga g‘azab qilish.
Kalomni kamaytirish.
Yemakni ozaytirish.
Ichimlikni kamaytirib, ilm va ibodatga mashg‘ul bo‘lish.
10.   Uyquni ozaytirish».

Alloh taolo Vaz-Zoriyot surasining 17-18-oyatlarida «Ular kechadan ozgina (fursatgina) ko‘z yumar edilar. Va saharlarda ular mag‘firat so‘rar edilar», deb aytgan.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:18:31

*   * *
Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytdilar: «Yer har kuni o‘nta kalima bilan nido qiladi:
Ey odam bolasi, ustimda harakat qilib yurasan-u, qaytishing mening bag‘rimgadir.
Ustimda gunoh qilib yurasan, ichimda azoblanasan.
Ustimda kulib yurasan, ichimda yig‘laysan.
Ustimda xursand bo‘lasan, ichimda xafa bo‘lasan.
Ustimda mol-dunyo to‘playsan, ichimda nadomat qilasan.
Ustimda harom narsalarni yeysan, ichimda qurtlar seni yeydi.
Ustimda o‘zingni katta olib yurasan, ichimda xor bo‘lasan.
Ustimda shod-xurram yuribsan, ichimda g‘am-g‘ussa ila bo‘lasan.
Ustimda yorug‘lik ila yuribsan, ichimda zulmatda bo‘lasan.
10.   Ustimda jamoat ila yuribsan, ichimda yakka o‘zing bo‘lasan».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:18:43
*   * *
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimning kulgisi ko‘paysa, o‘nta narsa ila uqubatlanadi:
Qalbi o‘ladi.
Yuzining nuri qochadi.
Shayton undan xursand bo‘ladi.
Rahmon unga g‘azab qiladi.
Qiyomat kuni u muhokama qilinadi.
Qiyomat kuni Rasululloh undan yuz o‘giradilar.
Farishtalar la’natlaydilar.
Yer va osmon ahli undan g‘azablanadi.
Har xil narsalarni unutib yuboradi.
10.   Qiyomat kuni ayblari ochilib sharmanda qilinadi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:19:42
*   * *
Hasan al-Basriy aytdilar: «Kunlarning birida bir obid yigit bilan Basra bozorida olomon orasida aylanib yurib bir tabibni uchratdik. Tabib xontaxta oldida o‘tirar, huzurida erkaklar, ayollar, yosh bolalar turishardi. Ularning qo‘llarida shisha idish bo‘lib, ichida suv bor edi. Har bir kishi kasaliga qanday shifo topishni so‘rayapti. Shunda haligi yigit tabibga yaqin borib: «Ey tabib! Sizda gunohlarni yuvib, qalb kasaliga shifo beruvchi dori bormi?» dedi. Tabib esa shunday dedi: «Bor, buninguchun quyidagi o‘nta narsani olgin:
Tavoze’ va kambag‘allik daraxtining ildizini olgin.
Uni tavba o‘simligiga aralashtirgin.
Rizo hovonchasiga solgin.
Qanoat arrasiga qo‘ygin.
Taqvo qozoniga tashlagin.
Hayo suvini quygin.
Muhabbat olovi ila qaynatgin.
Shukr qadahiga quygin.
Umid sovutgichi ila sovutgin.
10.   Hamd qoshig‘i ila ichgin.

Albatta ana shularga amal qilsang, har kasallikka va dunyo-oxiratdagi balolarga foyda beradi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:20:03

* * *
Bir podshoh besh nafar ulamo va hakimni jamlab, ularga bittadan hikmatli so‘z aytishni buyurdi. Olimlarning har biri ikkitadan hikmat aytib, ularni o‘ntaga yetkazishdi:
1.   «Xoliqdan xavf qilish omonlikdir, Undan omonda bo‘lish
kufrlikdir. Maxluqdan omonda bo‘lish ozodlikdir, undan xavfda bo‘lish
qullikdir».
2.   «Allohdan umid qilish boylikdir, bunda kambag‘allik ham zarar
keltira olmaydi. Undan noumid bo‘lish esa kambag‘allikdir, bunda
boylik ham foyda keltira olmaydi».
«Qalb boyligi ila cho‘ntak kambag‘alligi zarar keltira olmaydi, qalb kambag‘alligi ila cho‘ntak boyligi foyda keltira olmaydi».
«Qalb boyligi saxiylik ila faqat boylikni ziyoda qiladi, qalb kambag‘alligi cho‘ntak boy bo‘lishiga qaramasdan faqat kambag‘allikni ziyoda qiladi».
5.   «Yaxshilikning ozginasini olishlik yomonlikning ko‘pini tark
qilishdan yaxshiroqdir. Yomonlikning ko‘pginasini tark qilishlik
yaxshilikning ozini olishdan yaxshiroqdir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:20:16
*   * *
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ummatimdan o‘n toifa kishi borki, ular jannatga kirishmaydi. Faqat tavba qilganlarigina bundan mustasnodirlar:
Amirlar orasida yuruvchi kishi.
Qabrlarni kavlab, undagi boyliklarni o‘g‘irlovchi kishi.
Ko‘p chaqimchilik qilib yuruvchi kishi.
Uyida yosh qizlarni fahsh niyatida to‘plovchi (qo‘shmachi).
Ahli-ayolidan qizg‘anmaydigan dayus.
Nog‘ora chaluvchi.
Tor chaluvchi.
Uzrni qabul qilmaydigan va gunohni tark etmaydigan kishi.
9.   Zinokor va yo‘l o‘rtasida o‘tirib olib insonlarni g‘iybat qiluvchi
kishi.
10.   Ota-onaga oq bo‘luvchi kishi».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:20:59
*   * *
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «O’n nafar kishi borki, Alloh taolo ularning namozlarini qabul qilmaydi:
Namozni qiroatsiz yakka o‘quvchi.
Zakotni ado etmaydigan kishi.
Imomni agar qavmi karih ko‘rsa.
Hojasidan qochib ketgan qul.
Doimiy aroq ichuvchi kishi.
Bir ayolning eri undan g‘azablangan bo‘lsa.
Ro‘molsiz namoz o‘quvchi hur ayol.
Sudxo‘r.
Zolim imom.
10.   Bir kishining namozi fahsh va munkar ishlardan qaytarmasdan,
faqat Allohdan uzoqlashishini ziyoda qilsa».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:21:11
* * *
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Masjidga kiruvchi kishi o‘nta xislatga amal qilmog‘i lozimdir:
1.   Oyoq kiyimini yechib, o‘ng oyoq bilan kirish.
Kirayotganida «Bismillohi va salomun hala Rasululloh va hala malaikatillahi, allohumma iftah lana abvaba rohmatika innaka antal vahhob», deb aytish. (Ya’ni: «Allohning ismi bilan boshlayman. Allohning rasuli va farishtalariga salomlar bo‘lsin. Allohim rahmat eshiklarini ochgin. Albatta Sen berguvchi Zotsan».)
Masjid ahliga salom berish. Agar hech kim bo‘lmasa, «Assalomu halayna va hala ibadillahis solihiyn», deb aytish. (Ya’ni: «Bizga va Allohning solih bandalariga salomlar bo‘lsin».)
«Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadur rasululloh», deb aytish. (Ya’ni: «Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad Uning rasulidir».)
Namoz o‘quvchining oldidan o‘tmaslik.
Dunyo amalini qilmaslik.
Dunyo so‘zini so‘zlamaslik.
Ikki rakat namoz o‘qimaguncha masjiddan chiqib ketmaslik.
Tahorat bilan kirish.
10. Turayotganida «Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu anla ilaha illa anta astag‘firuka va atuvbu ilayka», deb aytish. (Ya’ni: «Allohim, Senga hamd aytish ila Seni poklab yod eturman. Sendan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik beraman. Senga istig‘for aytib, Senga tavba qilaman».)

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:29:35
*   * *
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Namoz dinning ustunidir. Unda o‘nta xislat bor:
Yuzni ziynatlaydi.
Qalbni nurlantiradi.
Badanni rohatlantiradi.
Qabrda yo‘ldosh bo‘ladi.
Rahmat tushiradi.
Osmonning kalitini qo‘lga kiritadi.
Tarozini og‘irlashtiradi.
Rabbini rozi etadi.
Jannatning qiymatini qo‘lga kiritadi.
10.   Do‘zaxdan hijob bo‘ladi.
Kim namozni qoim qilsa, dinni qoim qilibdi. Kim namozni tark qilsa, dinni buzibdi
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:29:56
*   * *
Oisha roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar Alloh taolo jannat ahlini jannatga kiritishni xohlasa, bir farishtani hadya va kiyimlar bilan yuboradi. O’sha kishilar jannatga kirishni xohlashsa, farishta ularga: «To‘xtab turinglar, menda olamlar Rabbi tomonidan hadya bordir», deydi. Jannat ahllari: «U qanday hadya?» deb so‘rashganida, farishta shunday deydi: «O’nta muhr urilgan maktub bordir. Maktubda:
1. «Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qolguvchi hollaringizda kiringiz».
«G’am-g‘ussalar sizlardan ko‘tarilgan».
«Qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir».
«Sizlarga kiyimlar va ziynatlarni kiydiramiz».
«Biz sizlarga ohu ko‘z hurlarni jufti halol qilib qo‘ygandirmiz. Men bugun sizlarni sabr-toqat qilganliklaringiz sababli mukofotladim. Sizlar haqiqiy baxt-saodatga erishguvchidirsizlar».
«Bugungi mukofotlaringiz qilgan toatlaringiz sababidandir».
«Yosh yigitga aylandinglar, abadiy qarimaysizlar».
«Omonlikda bo‘ldinglar, sizlarga abadiy xavf yetmaydi».
«Nabiylar, siddiqlar, shahidlar, solihlar bilan birga bo‘linglar».
10.   «Arsh sohibi Karim va Rahmon sifatli Allohning yonidan makon
topdinglar», deb yozib qo‘yilgan. Tinch-omonlikda jannatga kiringlar»,
deb aytadi. Ular jannatga kirib: «Bizdan xafalikni ketkazgan Allohga
hamd bo‘lsin. Albatta Rabbimiz mag‘firatli va ozgina yaxshi amal uchun
ko‘p mukofot ato qilguvchidir. Va bizlarga va’dasini rost qilgan va
bizlarni bu jannat yeriga voris qilgan hamda jannatdan o‘zimiz
xohlagan tarafdan joy-o‘rin olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga
hamd bo‘lsin», deb aytadilar. Bas, chiroyli amal qilguvchi zotlarning
ajr-mukofoti naqadar yaxshidir!
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:30:14
Agar Alloh do‘zax ahlini do‘zaxga kiritishni xohlasa, ularga bir farishtani yuboradi. Unda ham muhr urilgan maktub bordir. Unda:
«Do‘zaxga kiringlar, u yerda abadiy o‘lmaysizlar ham, tirilmaysizlar ham, chiqmaysizlar ham».
«Azobga sho‘ng‘inglar, sizlarga rohat yo‘qdir».
«Rahmatimdan noumid bo‘ldinglar».
Abadiy g‘am-g‘ussa bilan xafalikka kiringlar».
5.   «Kiyimlaringiz olov, ovqatlaringiz zaqqum, ichimliklaringiz
qaynoq suv, yotadigan narsalaringiz va o‘ranadiganlaringiz ham
o‘tdandir».
6.   «Bugungi jazolaringiz qilgan amallaringiz sababidandir».
«G’azabim sizlarga do‘zaxda abadiy bo‘lsin».
«Tavba va nadomat qilmasdan, katta gunohlarga qasd etganingiz uchun sizlarga la’nat bo‘lsin».
«Do‘zaxdagi yaqinlaringiz abadiy shaytonlardir».
10.   «Dunyoni xohlab, oxiratni tark qilib shaytonga ergashganinglar uchun
mana shu do‘zax mukofotdir», deb yozib qo‘yilgan».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:30:30
*   * *
Ba’zi hukamolar  aytishdi:   «O’nta   narsani o‘nta  narsadan  axtardim, lekin uni boshqa o‘n narsadan topdim:
1.   Martabani   takabburlikdan   axtardim,   lekin   uni   tavoze’likdan
topdim.
Ibodatni namozdan axtardim, lekin uni taqvoda topdim.
Rohatni hirs qo‘yishdan axtardim, lekin uni zohidlikda topdim.
Qalb nurini  kunduzgi jahriy  namozlardan  axtardim, lekin uni kechasidagi sirriy namozlardan topdim.
Qiyomatdagi nurni saxiylikdan axtardim, lekin uni ro‘zadorlikdagi chanqoqlikdan topdim.
Sirot   ko‘prigidan   o‘tishni   qurbonlikdan   axtardim,   lekin   uni sadaqada topdim.
Do‘zaxdan   bo‘ladigan   najotni   mubohlardan   axtardim,  lekin  uni shahvatlarni tark qilishda topdim.
Allohning muhabbatini dunyodan axtardim, lekin uni zikrullohda topdim.
Ofiyatni ko‘pchilikdan axtardim, lekin uni uzlatda topdim.
10.   Qalb nurini mav’iza va Qur’on tilovatidan axtardim, lekin uni
tafakkur va yig‘ida topdim».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:30:44
*   * *
Ibn   Abbos   roziyallohu   anhu   aytdilar:    «Alloh   taolo   Ibrohim alayhissalomni   kalimalar   bilan   imtihon   qilganda,   o‘nta   xislat sunnatdandir, deb tamomladi. Bularning beshtasi boshda, beshtasi badanda. Boshdagisi:
Misvok ishlatish.
Og‘izni chayish.
Burunni chayish.
Mo‘ylabni qisqartirish.
Soqolni qisqartirish.

Badandagisi:
Qo‘ltiq ostidagi tuklarni yulish.
Tirnoqlarni qisqartirish.
Jinsiy a’zolardagi tuklarni olish.
Xatna qildirish.
Istinjo qilish».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:30:56
*   * *
Ibn Abbos roziyallohu anhu aytdilar. «Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytsa, Alloh taolo u kishiga o‘nta salovot aytadi. Kim u zotni so‘ksa, Alloh taolo u kishini o‘n marta so‘kadi. Valid ibn Mug‘iyraga qaramaysizmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni so‘kkanida Alloh taolo uni o‘n marta la’natlab so‘kdi: «Siz har bir tuban, qasamxo‘r, g‘iybatchi, gap tashuvchi, yaxshilikni man qilguvchi, baxil, tajovuzkor, gunohga botgan, qo‘pol va bundan tashqari benasab-haromi kimsaga itoat etmang. U mol-mulk va o‘g‘illar egasi bo‘lgani uchun (o‘zidan ketib) qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa, bular avvalgilarning afsonalari-ku!» der, ya’ni Qur’onni yolg‘onga chiqarar edi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:31:10
*   * *
Ibrohim ibn Adham roziyallohu anhudan Allohning kalomidagi «Menga duo qilinglar, ijobat qilaman» oyati xususida «Biz duo qilamiz-u, ijobat bo‘lmaydi», deb so‘ralganida u zot aytdilar: «Qalblaringiz o‘nta narsadan o‘lgandir:
1. Allohni taniysizlar-u, haqqini ado qilmaysizlar.
2.   Allohning kitobini o‘qiysizlar-u, lekin unga amal qilmaysizlar.
Iblisni dushman, deb da’vo qilasizlar, lekin uni do‘st qilib olasizlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rishni da’vo qilasizlar, lekin u zotning yo‘llari va sunnatlarini tark qilasizlar.
5.   Jannatni yaxshi ko‘rishni da’vo qilasizlar, ammo uning uchun amal
qilmaysizlar.
Do‘zaxdan qo‘rqishni da’vo qilasizlar, lekin gunohlardan to‘xtamaysizlar.
O’lim haq, deb da’vo qilasizlar, ammo unga tayyorgarlik ko‘rmaysizlar.
8.   Boshqalarning aybi bilan mashg‘ul bo‘lasizlar, ammo o‘zingizning
aybingizni tark qilasizlar.
9.   Allohning rizqini yeysizlar-da, Unga shukr qilmaysizlar.
10.   O’liklaringizni dafn qilasizlar-da, undan ibrat olmaysizlar».

Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:31:28
* * *
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Biror banda yoki cho‘ri arafa kechasida qarindoshlikdan uzilishni yoki biror gunohni iroda etmasdan quyidagi o‘n kalimani ming marta o‘qib Allohdan biror narsani so‘rasa, Alloh taolo unga so‘ragan narsasini beradi:
Subhanallaziy fissamoi ‘arshuhu - Arshi osmonda bo‘lgan Zot pokdir.
Subhanallaziy fil arzi mulkuhu va qudratuhu - Mulki va qudrati yerda bo‘lgan Zot pokdir.
Subhanallaziy fil barri sabiyluhu - Yo‘li quruqlikda bo‘lgan Zot pokdir.
Subhanallaziy fil havo ruvhuhu - Ruhi havoda bo‘lgan Zot pokdir.
Subhanallaziy fin nari sultonuhu - O’tda sultonligi bor Zot pokdir.
Subhanallaziy fil arhami ilmuhu - Bachadondagi narsadan xabari bor Zot pokdir.
Subhanallaziy fil quburi qazouhu - Qabrlarda hukmi bor Zot pokdir.
Subhanallaziy rafa’as samoa bila ‘amadin - Osmonni ustunsiz ko‘tarib turgan Zot pokdir.
9.   Subhanallaziy vaza’al arza - Yerni qo‘ygan Zot pokdir.
10.   Subhanallaziy la maljaa vala manjaa minhu illa ilayhi - Undan
boshqa qochiladigan, najot topiladigan yo‘qdir. Faqat U zot bordir. U
zot pokdir».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:31:41
* * *
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida la’nati shaytondan «Ummatimdan do‘stlaring qancha?» deb so‘raganlarida, shayton shunday dedi: «Ular o‘n nafardir:
Zolim imom.
Mutakabbir kishi.
3.   Molni qaerdan topayotgani va qaerga sarf qilayotganiga e’tibor
bermaydigan boy.
Amirning zulmini tasdiqlovchi olim.
Xiyonatchi savdogar.
Molni arzonligida olib, qimmatlashganida sotuvchi kishi.
Zinokor odam.
Sudxo‘r kishi.
Molni qaerga jamlayotganiga ahamiyat bermaydigan baxil kishi.
10.   Doimiy aroq ichuvchi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:32:01
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam la’nati shaytonga: «Ummatimdan dushmanlaring qancha?» deganlarida, shayton shunday javob berdi: «Ular quyidagi yigirma nafar:
1. Ularning birinchisi - siz, ey Muhammad, chunki men sizdan g‘azablanaman.
Ilmiga amal qiluvchi olim.
Qur’onni yod olib, uning ichidagilarga amal qiluvchi.
Besh vaqt namozga azon aytuvchi.
Kambag‘al, miskin, yetimlarni yaxshi ko‘ruvchi.
Rahmdil qalb egasi.
Haq uchun tavoze’ qiluvchi.
Allohning toatida o‘suvchi yigit.
Halol yeyuvchi.
Alloh yo‘lida bir-biriga do‘st bo‘luvchi ikki yigit.
Namozlarini jamoat bilan o‘qishga intiluvchi kishi.
Kechasi odamlar uxlayotganda namoz o‘quvchi kishi.
Haromdan nafsini tiyuvchi kishi.
Do‘stiga nisbatan qalbida biror narsa bo‘lmasdan nasihat qiluvchi kishi.
Doim tahoratda yuruvchi kishi.
Saxiy odam.
Chiroyli xulqli kishi.
Alloh kafil bo‘lgan narsalarga Rabbini tasdiq qiluvchi kishi.
Beva qolgan mastura ayollarga yaxshilik qiluvchi kishi.
O’limga tayyor bo‘lib yuruvchi kishi».
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:32:24
* * *
Vahb ibn Munabbahning rivoyat qilishlaricha, Tavrotda quyidagilar yozilgan: «Kim dunyoda zodi rohilani tayyorlasa, qiyomat kuni Allohning do‘sti bo‘ladi. Kim g‘azabini tark qilsa, Allohning yonida bo‘ladi. Kim dunyoda chiroyli yashashni tark qilsa, qiyomat kuni Allohning azobidan omonda bo‘ladi. Kim hasadni tark qilsa, qiyomat kuni xaloyiq oldida maqtovga sazovor bo‘ladi. Kim riyosatni tark qilsa, qiyomat kuni Jabbor, Molik sifatli Zot huzurida aziz bo‘ladi. Kim dunyoda ortiqcha narsalarni tark qilsa, yaxshilar orasida ne’matlanadi. Kim dunyoda xusumatni tark qilsa, qiyomat kuni najot topganlardan bo‘ladi. Kim dunyoda baxillikni tark qilsa, qiyomat kuni xaloyiqning boshida zikr qilinadi. Kim dunyoda rohatni tark qilsa, qiyomat kuni shod bo‘ladi. Kim dunyoda haromni tark qilsa, qiyomat kuni nabiylar qo‘shnisi bo‘ladi. Kim dunyoda harom narsalarga qarashni tark qilsa, qiyomat kuni Alloh uning ko‘zini jannatda shodlantiradi. Kim dunyoda boylikni tark qilib kambag‘allikni ixtiyor qilsa, qiyomat kuni Alloh taolo valiylar va nabiylar bilan birga qayta tiriltiradi. Kim dunyoda insonlarning hojatlarini chiqaruvchi bo‘lsa, Alloh taolo dunyo va oxiratda uning hojatlarini chiqaradi. Kim qabrida yo‘ldosh bo‘lishini xohlasa, kechasi qorong‘uda turib namoz o‘qisin. Kim Rahmon Arshining soyasida bo‘lishni xohlasa, zohid bo‘lsin. Kim hisobi yengil bo‘lishini xohlasa, o‘ziga va birodariga nasihat qilsin. Kim farishtalar ziyorat qilishini xohlasa, taqvodor bo‘lsin. Kim jannatda xursand bo‘lishni xohlasa, kechasi va kunduzi Allohni zikr qilsin. Kim jannatga hisob-kitobsiz kirishni xohlasa, Allohga nasux tavbasini qilsin. Kim boy bo‘lishni xohlasa, Alloh taqsimlab qo‘ygan narsaga rozi bo‘lsin. Kim faqih bo‘lishni xohlasa, Allohdan qo‘rquvda bo‘lsin. Kim hakim bo‘lishni xohlasa, olim bo‘lsin. Kim insonlardan omonda bo‘lishni xohlasa, insonlarni faqat yaxshilik bilan zikr qilsin. «Nimadan xalq qilindim va nimaga xalq qilindim?» deb ibratlansin. Kim dunyo va oxiratda sharafni xohlasa, dunyoning ustiga oxiratni ixtiyor qilsin. Kim Firdavsni va foniy bo‘lmaydigan ne’matni xohlasa, umrini dunyo fasodlarida zoe qilmasin. Kim dunyo va oxiratda jannatni xohlasa, saxiylikni lozim tutsin, chunki saxiylik jannatga yaqin va do‘zaxdan uzoq qiladi. Kim qalbi mukammal nur bilan munavvar bo‘lishini xohlasa, tafakkur va ibratlanishni lozim tutsin. Kim badani sabrli, tili zokir, qalbi xushu’li bo‘lishini xohlasa, mo‘min-mo‘minalar, muslim-muslimalar haqqiga ko‘p istig‘for aytishni lozim tutsin!»
Alloh taologa behisob hamdu sanolar, Uning rasuliga, u zotning ahli baytlariga va ashoblariga salovotu durudlar bo‘lsin.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: mutaallimah 05 Noyabr 2007, 02:32:44

MUALLIF HAQIDA IKKI OG’IZ SO’Z

Shayx Ahmad ibn Hojar Ali al-Asqaloniy (Misriy) hijriy 772 yili Misrning Asqalon diyorida tavallud topganlar. Allohning irodasi va taqdirning taqozosi ila ul zotning bolalik yillari yetimlik ranjlariga omuxta o‘tdi. Ammo mehribon Zot Alloh taolo bo‘lajak allomaga Qur’on azimush-sha’nni to‘la yod olib qori bo‘lish mansabini ravo ko‘rib, e’zozlab qo‘ydi. Asqaloniy Qur’on ilmida peshqadam bo‘lish bilan bir qatorda shariat ilmini puxta egalladilar, yurtning ulamo va hukamolaridan mukammal tahsil oldilar. Ayniqsa, hadis fanining allomasi Shayx Hofiz Abul-Fazl Iroqiydan dars o‘qib o‘z zamonasining yetuk muhaddislari qatoridan joy oldilar. Imom Buxoriyning «Sahih»lariga Asqaloniy yozgan katta Fathul Boriy nomli sharh kitobi muhaddislar orasida mashhur. Umuman, alloma Saxoviyning rivoyatlariga ko‘ra, Asqaloniy fan, fiqh, axloq-odobga doir bir yuz ellikdan ziyod kitob va risola tasnif etganlar. Hijriy 852 yili vafot etganlar.
Hukmingizga havola etilgan ushbu «Munabbihot» risolasi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislari va hukamolarning hikmatlari asosida tartib berilgan bo‘lib, Movarounnahr diyorlarida ham mashhur bo‘lgan va madrasalarda darslik sifatida o‘qitilgan.
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: AbdulAziz 30 Noyabr 2007, 07:47:39
MUNDARIJA

Ikkilik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg82003#msg82003)
Uchlik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg82284#msg82284)
To'rtlik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg82917#msg82917)
Beshlik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg85955#msg85955)
Oltilik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg85981#msg85981)
Yettilik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg85999#msg85999)
Sakkizlik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg86008#msg86008)
To'qqizlik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg86013#msg86013)
O'nlik hadis va hikmatlar bobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg86018#msg86018)
Muallif haqida so'z (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1761.msg86049#msg86049)
Nom: Re: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK. Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2008, 07:48:55
Oxirat kuniga tayyorgarlik (Munabbihot)

(http://www.ziyouz.com/images/books/munabbihot.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=101)

Muallif: Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy

Hajmi: 153 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=101)