forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:05:48

Nom: Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (1-jild)
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:05:48
ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY
 
AL-JOMI’ AS-SAHIH
(Ishonarli to‘plam)

1
jild

Arabchadan ZOKIRJON ISMOIL  tarjimasi

QOMUSLAR BOSH TAHRIRIYATI
1991 yil

Al-Jome' as-sahih. 1-jild

(http://www.ziyouz.com/images/books/sahih1.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=83)

Muallif: Imom al-Buxoriy
Hajmi: 1,13 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=83)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.0)


MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg1089#msg1089)
Iymon kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg1093#msg1093)
Ilm kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg1134#msg1134)
Tahorat kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg1390#msg1390)
G'usl kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg2419#msg2419)
Hayz kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg3157#msg3157)
Tayammum kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg6368#msg6368)
Namoz kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg17559#msg17559)
Namoz vaqtlari haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg19616#msg19616)
Azon kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg20043#msg20043)
Jum'a kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg22840#msg22840)
Ikki hayit haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg22961#msg22961)
Vitr haqida hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg22988#msg22988)
Alloh taolodan yomg'ir so'rash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg22996#msg22996)
Kun tutilishi haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23046#msg23046)
Qur'on tilovat qilinganda sajda qilmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23127#msg23127)
Namozni qasr o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23139#msg23139)
Kechasi Tahajjud o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23161#msg23161)
Nafl namozlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23186#msg23186)
Makka va Madinada o'qilgan namozning fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23195#msg23195)
Namozda qilinadigan harakatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23201#msg23201)
Janoza va o'lim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23237#msg23237)
Zakot berishning vojibligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23393#msg23393)
Haj kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23485#msg23485)
Umra haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23722#msg23722)
Muhsar va ovdan tegadigan ulush haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23941#msg23941)
Haj vaqtidagi ov haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23951#msg23951)
Madina fazilatlari haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24075#msg24075)
Ro'za kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24087#msg24087)
Tarovih kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24259#msg24259)
Laylatul qadrning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24260#msg24260)
E'tikof haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24269#msg24269)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:06:14
BISMILLAHIR   RAHMONIR   RAHIYM.

Shayx, imom va hofiz (Qur’on va hadisni yod biluvchi) Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug;iyra al-Buhoriyni Alloh taolo rahmat qilsin, omin!
         
1-bob.  Rasululloh sallolohu alayhi va sallamga nechuk vahiy kela boshlagani  hamda Olloh taoloning “Biz senga Nuh va undan keyingi payg’ambarlarga nechuk vahiy yuborgan ersak,shunday vahiy yubordik” degan qavli hususida.

Yahyo inb Sa’id rivoyat qiladilar: ”Umar ibn al-Xattob minbarda turganlarida: ” Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman”, -dedilar: ”Darhaqiqat, barcha amallar niyatga yarasha bo’lg’usidir. Kimki hijratdan niyati dunyo topmoq ersa, dunyoga erishg’usi, kimki hijratdan niyati xotin olmoq ersa, xotinga nikohlang’usidir. Demak ne niyatda hijrat qilganlig’i etiborga oling’usidir”

Urva ibn Zubayr rivoyat qiladilar,u kishi ersa, Oisha onamizdan eshitgan erkanlar: ”Horis ibn Hoshim (r.a) Rasulullohi alayhi va sallamdan: ”Yo Rasululloh, sizga vahiy nechuk kelg’usidir”, - deb so’radi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam “Menga vahiy, ba’zan qo’ng’iroq ovozi yanlig’ kelg’usidir. Kuchli vahiy kelganda shunday bo’lg’ay. Shunda men butun borliqni unutg’um va vahiy so’zlarini uqib olg’umdir. Ba’zan esa, menga inson qiyofasidagi farishta vahiy keltirg’ay, men uning aytganlarini yodlab olg’ayman”,-deb javob qildilar”

Oisha (r.a) :”Qattiq sovuq kunlardan birida ul kishiga vahiy kelganining guvohi bo’lgan erdim. Shunda ul zot butun borliqni unutgan holatda bo’lib, peshonalari qattiq terlab ketgan erdi”, - deb aytdilar.

Urva ibn Zubayr Oisha onamizdan bunday deb naql qiladilar: ”Dastlabki vahiy Rasululloh sallolohu alayhi va sallamga uyqularida sof tush tarzida nozil bo’lgan erdi. Keyin, tong shafаg’i yanglig’ nurdan o’zgasi tushlariga kirmay qo’ydi. Shundan so’ng, Rasululloh yolg’izlikni xushlaydigan bo’lib qoldilar. Oilalarini tark etib, yolg’iz o’zlari Hiro’ tog’idagi g’orda qatorasiga bir necha tun toat-ibodat qilib chiqar erdilar. Shu boisdan ham o’zlari birlan yegulik olib chiqib ketar erdilar. Yeguliklari tugagach, Xadichaning huzurlariga kelib, yana taom olib, yana toqqa qaytar erdilar.

Haqiqatga yetishgunlariga qadar shunday qilaverdilar. Bir kuni odatdagidek Hiro’dagi g’orda  ibodat birlan mashg’ul bo’lib o’ltirganlarida xuzurlariga bir farishta kelib: ”Iqra’(o’qi)!”, - deb aytdi. ”O’qiy olmasman, dedim, - deydilar Rasululloh sallolohu alayhi va sallam, -shu payt ul zot meni bo’g’a boshladi, hatto men hirillab qoldim. Keyin meni qo’yib yubordi-da, yana: ”O’qi!” -dedi. Men ”O’qiy olmasman”, - deb erdim, ul meni ikkinchi bor bo’g’ishga tutindi, so’ng yana qo’yib yubordi-da: ”O’qi!” - dedi. Men ersam: ”O’qiy olmasman”, - deb javob qildim. Ul uchinchi marta bo’g’a boshladi, men tag’in hirillab qoldim. Keyin, qo’yib yubordi-da: ”Seni yaratgan Rabbingning, insonni alaq(lahta qon)dan yaratgan Parvardigoringning ismi ila o’qi, o’qi! Rabbing eng sahovatlidir!” - dedi”. Shundan so’ng Rasululloh sallolohu alayhi va sallam qo’rquvdan a’zoyi-badanlari titrab-qaqshab Xadicha binti Huvaylidning huzuriga keldilar-da: ”Meni o’rab(yashirib) qo’yinglar, meni o’rab qo’yinglar!” - dedilar. Ular Janob Rasulullohni qo’rquvlari tarqalgunga qadar o’rab qo’yishdi. So’ng, Xadishaga bo’lgan voqeani aytib berdilar-da: ”Men o’zimdan xavotir oldim (ya’ni,”Menga biron narsa bo’lib qolmasaydi” - deb qo’rqdim)”, - dedilar. Xadicha (r.a.) bunday dedilar: ”Yo’q, mutlaqo unday emas. Xudo haqqi, Olloh taolo sizni hech vaqt sharmanda qilmag’ay, siz qarindosh-urug’chilik munosabatlarini yo’lga qo’yg’aysiz, og’irni yengil qilg’aysiz, yo’qsillarni to’ydirg’aysiz, mehmon kutg’aysiz va haqiqiy ezguliklarning ro’yobga chiqishiga sa’yu imdod aylag’aysiz”.

So’ng, Xadicha onamiz Janob Rasululloh o’zlarining amakivachchalari bo’lmish Varaqa ibn Navfal inb Asad ibn Abdulluzo huzuriga olib bordilar. Ul kishi johiliya davrida nasroniy dinini qabul qilgan erdilar. Ibroniycha xat-savodlari bo’lib, Injildan Olloh taolo istagancha ibroniycha matnlarni ko’chirib yozar erdilar. O’zlari keksa va ko’zlari ojiz erdi. Xadicha (r.a) Varaqaga:”Ey amakimning o’g’li, birodaringizning gaplariga quloq osingiz!” - dedilar. Varaqa: ”Ey birodarimning o’g’li, nimalarni ko’rdingiz, aytingiz!” - dedi. Janob Rasululloh nimaiki ko’rgan bo’lsalar, birma-bir ayon ayladilar. Varaqa Janob Rasulullohga qarata: ”Bu, Olloh taolo Muso alayhissalomga yuborgan o’sha Hazrat Jabroilning o’zginasidir. Koshki erdi, men yosh bo’lsamu, (islom) diniga da’vat qilmoqda ishirok etsam, sizni qavmingiz o’z orasidan quvib chiqargan vaqtda men hayot bo’lsam!” - deb aytdi.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam hayrotomuz: ”Mening qavmim o’z orasidan haydag’aymi?” - dedilar. Varaqa: ”Ha, shunday. Bu vaqtga qadar biror kimsa menga siz kabi habar keltirmagan erdi, garchi keltirgan ersada, men uni qaytarib yuborgan erdim. Sizga Olloh taolo muyassar etg’usi kunlar menga ham nasib etsa, sizga amaliy madad berg’umdir!” - dedi. Lekin Varaqa ko’p o’tmay dor ul-baqoga rihlat etdi. Janob Rasulullohga bir muncha vaqt vahiy kelmay qo’ydi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:06:29
Ibn Shihob (r.a) rivoyat qiladilarki, Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy Rasulullohga vahiy kelgan vaqt haqida bunday degan erkanlar: "Men (ya’ni, Janob Rasululloh) yo’lda ketayotgan erdim, nogahon osmondin kelayotgan bir ovoz qulog’imga chalindi. Nigohimni yuqoriga qaratgan erdim, Hiro’ g’orida huzurimga kelgan o’shal farishta osmon ila yer oralig’inda kursi uzra o’ltiribdir. Men undan qo’rqib (uyga) qaytib keldim-da: "Meni (bir narsa birlan) o’rab qo’yingiz, o’rab qo’yingiz!" - dedim. Shu asnoda Olloh taolo oyat nozil qildi ("œEy burkanib olgan banda, o’rningdan turg’il, ogah bo’lg’il.. "dan "œ"¦ azob" degan so’zigacha)".

Ushbu hadisni Abdulloh ibn Yusuf va Abu Solih ham rivoyat qilishgan. Hilol ibn Raddod uni Zuhriydan eshitib davom ettirgan. Yunus va Ma’mar ersa, uning kamchiliklarini to’ldirgandir.

Sa’id ibn Jubayr aytdilarki,Ibn Abbos Olloh taoloning"(Jabroil) Qur’on o’iganida sen takrorlashga oshiqma!" degan oyati haqida bunday deb rivoyat qilgan erkan: "Nabiysallolohu alayhi va sallam nozil bo’lgan oyatning mazmunini tezda tushunib olishga harakat qilardilar. Shu sababdan lablarini qimirlatar erdilar". Ibn Abbos yana bunday dedilar: "Men lablarimni, Janob Rasululloh qanday qimirlatgan bo’lsalar, shunday qimirlatib ko’rsatyapman", - dedi. Olloh taolo: "(Jabroil) Qur’on o’qiganda sen shoshib takror qilma! Qur’onni qalbingga va xotirangga jo qilmoq, istagan vaqtingda uni o’qishga seni qodir etmoq bizning bo’ynimizdadir" va "œAgar biz uni (Jabroil qiroat orqali) o’qisak, sen unga quloq sol!" degan oyat nozil qildi. Shundan so’ng, Janob Rasululloh agar Jabroil vahiy keltirsa, avval unga quloq solib, ketganidan keyin ersa, u o’qigandek takrorlab o’qir erdilar".

Ibn Abbos bunday deb rivoyat qiladilar: " Rasululloh sallolohu alayhi va sallam barcha insonlar ichida eng sahovatli zot erdilar. Ramazonda Hazrat Jabroil birlan uchrashganlarida sahovatlari yanada ortar edi. Hazrat Jabroil Janob Rasululloh birlan har kecha uchrashib, Qur’onni muzokara qilar erdilar. Hazrat Rasululloh xayrli ishda kuchli shamoldan ham tez erdilar ".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:06:52
Abdulloh ibn Utba ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: "Abu Sufyon ibn Harb habar qiladilarki, Xiraql Quraysh karvoni Shomda savdo qilib turganida, uning xuzuriga odam yubordi. Bu vaqt Janob Rasululloh (Abu Sufyon va) Quraysh kofirlarini poylab turgan erdilar. Ular(Quraysh kofirlari) Iliya (Baytulmuqaddas)da ekanliklarida Xiraql xuzuriga bordilar. Xiraql ularni o’z majlisiga chaqirdi, uning atrofida Rum zodogonlari o’ltirgan erdi.

Ular birlan birga tarjimonni ham chorladi-da: "O’zini payg’ambar deb gumon qiloyatgan kishiga qaysi biringiz nasab jixatdan yaqinroqsiz?" - dedi. Abu Sufyon: "Men unga nasab jixatdan yaqinroqdurmen" - dedi. Xiraql:" Uni (Abu Sufyonni) va uning ashoblarini menga yaqinroq olib kelinglar!" - dedi. Ularni Xiraqlning yelkasiga yaqin joyga olib kelib, turg’azib qo’ydilar. Xiraql tarjimonga: "Unga (Abu Sufyonga) ayt, men o’sha payg’ambar haqida so’ramoqchiman, menga yolg’on gapirsalar,unga yolg’on gapirgan bo’ladilar " - dedi. Abu Sufyon bunday dedi: "Olloh haqqi, agar mendan yolg’on talab qilishdan hayo qilmasalar erdi, shu onda men yolg’on gapirgan bo’lur erdim. U Xiraql dastlab mendan Janob Rasulullohning oramizdagi nasablari qanday ekanligi haqida so’radi. Men: "U bizning oramizda baland nasab egasidir" - dedim. Xiraql: "Undan ilgari shu qavlni (ya’ni,payg’ambarlikni) sizlardan xech kim aytganmidi?" - deb so’radi. Men: "Yo’q" - dedim. U: "Unga zodogonlar ergashyaptimi yo zaiflarmi?"-dedi. Men: "Zaiflar ergashyapti" - dedim. U: "Ularning soni ko’payyaptimi yo ozayyaptimi?" - dedi. Men: "Ko’payyapti" - dedim. U: "Uning diniga kirganlardan biror kishi uning dinidan g’azablanib dinidan qaytayaptimi?" - dedi. Men: "Yo’q" - dedim. U: "U dinga da’vat qilmasidan ilgariuni yolg’onchilikda ayblar edingizmi?" - dedi. Men: "Yo’q" - dedim. U: "Xiyonat qilarmidi?" - dedi. Men: "Yo’q, bir qancha mudatdan beri uning qanday ishlar birlan bandligini bilmaymiz" - deb ham edimki, Xiraql gapimni bo’lib: "Unga qarshi jang qildingizmi?" - dedi. Men: "Jang qildik" - dedim. U: "qanday qilib jang qildingiz" - dedi. Men: "O’rtacha, goh ular bizga, goh biz ularga shikast yetkazardik, ba’zan ular, ba’zan biz g’alaba qilardik" - dedim. Xiraql: "U sizlarni nimaga buyuradi?" - dedi. Men: "Yolg’iz Ollohga ibodat qilishni, unga shirk keltirmaslikni, hatto otalarimiz shirkka da’vat etsa, ularga quloq solmaslikni, namoz o’qishni, rostgo’ylikni, pokiza va iffatli, oqibatli, rahm-shafqatli bo’lmoqni buyuradi" - dedim.

Xiraql tilmoch orqali menga bunday dedi: "Uni nasabini so’rasam, sen nasabi baland, deb aytding, payg’ambarlar aynan shunday bo’ladi. Sizlardan hech kim bundan ilgari mazkur qavl(payg’ambarlik qavli) ila chiqqanmi, desam, sen: "Yo’q", - deding Undan ilgari ham biror kishi shu da’voni qilib chiqqan bo’lsa, bu odam ilgari aytilgan qavlga taqlid qilyapti, degan bo’lur erdim. Men sendan: "Uning ota-bobolari ichida podshoh bo’lganlar bormi?" - deb so’rasam, sen: "Yo’q" - deding. Agar ota-bobolari ichida podshoh o’tgan biror kishi bo’lganida edi, men: "U o’shaning mulkini talab qilyapti " - degan bo’lur erdim. Men: "Uni dinga da’vat qilmasdan ilgari, yolg’onchilikda ayblarmidingiz?" - deb so’raganimda, sen: "Yo’q"-deding. Men bildimki, u ilgari ham odamlarga yolg’on gapirmagan, bunday odam Olloh haqida yolg’on so’zlamaydi. Men sendan: "Unga zodogonlar ergashyaptimi yo zaiflarmi?" - deganimda, sen: "Zaiflar" - deb aytding. Payg’ambarlarga doimo zaiflar ergashgan. Men sendan: "Ergashayotganlarning soni ko’payyaptimi yo ozayyaptimi?" - deb so’rasam, sen: "Ular ko’payayaptilar" - deding. Iymonning ishi ham shunday barkamol bo’ladi. Men senga: "Uning diniga kirganlar undan g’azab qilib dindan qaytyaptimi?" - desam, sen: "Yo’q" - deb aytding. Iymon, ko’rkamligi dillarga yoqib qolsa, xuddi shunday doimo barkamol bo’ladi. Men sendan: "U xiyonat qiladimi?" - desam, sen: "Yo’q" - deding. Payg’ambarlar hiyonat qilmaydi. Keyin sendan: "U sizlarni nimaga buyuradi?" - deb so’radim. Sen: "Ollohga ibodat qilishga, but(sanam)larga sig’inmaslikka, namoz o’qishga, rostg’o’y va iffatli bo’lishga buyuradi" - deb aytding.

Sening aytganlaring rost bo’lsa, u kelib, men hozir mana shu turgan joyni oladi. Men yana payg’ambar chiqishini bilar erdim, lekin sizlarning orangizdan chiqishidan behabar erdim. Agar unga ixlos qilolsam, u birlan uchrashish uchun mashaqqat chekishga rozi erdim. Agar uning huzuriga borsam, uning oyoqlarini yuvib qo’ygan bo’lar erdim".

Keyin, Xiraql Dih’ya (sahoba) orqali Rasululloh Busro boshlig’iga berib yuborgan xatni olib kelishni amr qildi. Uni Xiraqlga uzatdilar. U xatni o’qib ko’rdi, unda "œBismillohir rahmonir rahiymi. Muhammad ibn Abdulloh-Ollohning Rasulu- Xiraql Rum boshlig’iga. Hidoyat yo’liga yurganlarni Olloh hidoyat qilsin! Ammo ba’d: seni islomga da’vat etaman, islomni qabul qil, tinch bo’lursan. Olloh buning uchun senga ikki barobar ajr va savob berg’usidir. Agar undan yuz o’girsang, erisdek(bid’atchidek) gunohkor bo’lg’aysen. Ey ahli kitoblar, o’zaro tenglik kalimasini qabul qilaylik, Ollohdan boshqaga ibodat qilmaylik, unga shirk keltirmaylik, bir-birimizmi Ollohdan o’zga tangri deb bilmaylik(ya’ni, insonni Olloh darajasiga ko’tarmaylik) agar yuz o’girsalar, guvoh bo’linglarki, biz musulmonmiz". Abu Sufyon bunday dedi: "Xiraql so’zini tugatgachva Janob Rasulullohning nomalarini o’qib bergach, uning xuzuridagilar shovqin-suron ko’tarishib, bizni tashqariga haydab chiqarishdi. Men hamrohlarimga: "Ibn Abu Kabshaning aytgani rost chiqdi, u: "Baniy al-Asfar(rumliklar) podshohi payg’ambarda qo’rqadi", - deb aytgandi. Men islomga kirmasimdan avval payg’ambar chiqishiga ishonar edim", - dedim".

Iliya hokimi Ibn an-notur va Shom xristianlarining usqufi(yepiskopi) Xiraql bunday deyishar erdi: "(Hukmdor) Xiraql Iliyaga kelganida badxulq bo’lib qoldi. Unga bitriqlari (patriarxlari): "Sening turqingni yoqtirmayapmiz", - deyishdi. Ibn an-Notur bunday deydi: "Xiraql yulduzlarga e’tiqod qilar va ularni kuzatar erdi. Undan bu borada so’rashganda u: "Men bu kecha yulduzlarni kuzatganimda xatna podshohi zuhur qilganini ko’rdim, bu xalq orasida ham xatna qiluvchilar paydo bo’ldi", - dedi. "Parvo qilma, yahudiylardan boshqalar xatna qilmaydi. Shaharlarga xat yoz, u yerlardagi yahudiylarni o’ldirsinlar, deb maslahat berishdi. Shu payt G’asson podshohiga Janob Rasululloh haqlarida xabar olib kelgan kishini Xiraql huzuriga olib kirdilar. Xiraql: "Borib bilinglarchu u xatna qilinganmi, yo’qmi?" - dedi. Payg’ambar xatna qilingan ekan, deb xabar keltirishdi. Arablardan so’rab erdi, ular ham buni tasdiqladilar. Shunda Xiraql: "Bu o’sha, (yulduzlarni kuzatganimda) zuhur qilgan mana bu ummat (ya’ni arablarning) podshohi" - dedi. Keyin, Xiraql Rumiyadagi o’zi kabi bilimdon sohibiga xat yozdi-da, Xumsga jo’nadi, u yerga yetib ulgurmay sohibidan javob maktubi oldi. Unda Xiraqlning Payg’ambar sallolohu alayhi va sallamning zuhurlari haqidagi fikri qo’llab-quvvatlangan va ul zotning haqiqiy payg’ambar ekanliklari aytilgan edi.

Xiraql Rum zodogonlaridan Xumsda qolishga ijozat so’radi. Xumsning darvozalari yopilgach, u shahr ahliga: "Ey Rum ahli, sizlar najot va to’g’ri yo’l topmoqchi bo’lsangiz, davlatingizning ustuvor bo’lishini istasangiz, o’sha payg’ambarga ergashinglar!" - dedi. Shunda ular yovvoyi eshakdek vahimaga tushib, o’zlarini darvozalar tomon urdilar, ammo darvozalarning yopiqligini ko’rdilar. Xiraql ularning vahimaga tushganini ko’rib, iymon keltirishlaridan noumid bo’ldi-da: "Ularni qaytaringlar!"-deb amr qildi. Keyin: "Men sizlarning o’z diningizga bo’lgan ixlosingizni sinab ko’rish uchun shunday degan edim. Men bunga amin bo’ldim", - dedi. Shahar ahli unga sajda qildilar va undan mamnun bo’ldilar".

Bu, Xiraql bilan sodir bo’lgan so’nggi voqea edi. Mazkur voqeani Solih ibn Kayson,Yunus va Ma’mar Az-Zuhriydan naql qildilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:07:13
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Iymon kitobi.


Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar:"Islom 5 dalil asosiga qurilgan.(Islomdan murod iymon demakdir). Iymon so’zda ham ,amalda ham bo’lmog’i kerak. Iymon kuchaygaydir va susaygaydir".
Dalili: Olloh taolo Qur’oni Karimda:"Iymonlarini yanada ziyoda qilsinlar, deb ularga hidoyatimizni ziyoda qildik" va "œOlloh taolo hidoyat topgan kishilarning hidoyatini ziyoda qildi va ularga taqvo ato etdi",-deb aytgan. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning "œOllohni deb yaxshi ko’rish va Ollohni deb yomon ko’rish iymondandir." Degan so’zlari ham iymonning mustahkamlanishi yoki susayishini anglatadi.
Halifa Umar ibn Abdulaziz Adiy ibn Adiyga bunday deb yozgan:"Albatta, iymonning ham o’z farz va amallari,muayyan chegaralari,bajarilishi lozim bo’lgan sunnatlari mavjuddir.Demak, kimki bularga to’liq amal qilsa, iymoni mukammal bo’lgaydir,kimki yetarli rioya qilmasa, iymoni sust bo’lgaydir.Agar umrim uzoq bo’lsa,sizlarga bilib olishlaringiz uchun bular haqida birma-bir bayon qilarman,basharti vafot etsam, suhbatingizga mushtoqligim yo’q".
Sahoba Maoz:"Kel, biz bilan biroz o’tir, oymon haqida suhbatlashaylik!"-deganlar.
Ibn Umar aytganlar:"Banda ko’ngliga kelgan har bir gunoh xavfi bor narsani tark etmaguncha taqvo haqiqatiga yeta olmaydir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:"Islom 5 dalildan iborat",-deganlar:
1.Kalimai shahodat(aytmoq);
2.Namoz o’qimoq;
3.Zakot bermoq;
4.Haj qilmoq(imkoni bo’lsa);
5.Ramazon ro’zasini tutmoq".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:07:30
2-bob. Iymon shartlari.

Olloh taolo aytadi:"Yaxshi kishilar, ibodat vaqtida yuzlarini Sharqqa va G’arbga qaratgan kishilar emas, balki Olloh taologa, uning farishtalriga, oxirat kuniga,kitoblariga, payg’ambarlariga ishongan, yaxshi ko’rgan mol-mulkini qarindoshlarga,musofiru tilamchilarga, qulini ozod qilishga sarflagan hamda 5 vaqt namozni vaqtida o’qigan va zakot bergan, Olloh bilan o’zi o’rtasidagi va bandalar o’rtasidagi ahdiga vafo qilgan,yetishmovchiliklarga qanoat qilgan va boshiga kulfat tushganda bardosh bergan kishilardir.Mana shunday sifatga ega bo’lganlar diniga sodiq odamlar bo’lib, kufr hamda yaramas xulqlardan o’zlarini ehtiyotlagaydirlar va o’zlariga yetuk insoniy fazilatlarni mujassam qilgaydirlar". Iymonning mukammal bo’lmog’ining uch sharti:
— to’g’ri e’tiqodli bo’lmoq;
— kishilar bilan yahshi munosabatda bo’lmoq;
— kishi o’z ustida ishlamog’i va o’zini ibodat va itoatga chiniqtirmog’i. Kimki bularni to’la o’zlashtirsa, iymonni mukammal bo’lgaydir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam iymon to’g’risida so’ralganda,yuqoridagi oyati karimani o’qigan edilar.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar:
Iymon daraxt yanlig’ 60dan ortiq shohga egadir.Gunoh qilmoqqa Olloh va bandalardan uyalmak o’sha shohlardan bittasidir".

3-bob. Birovga zarari tegmagan kishi musulmondir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: "Qo’li bilan va tili bilan o’zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir.Olloh taola man etgan narsalardan qaytgan kishi Xudo yo’lida jihod qilgan kishidir".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:07:44
4-bob. Islomda eng afzal amal qaysi?

Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan so’radilar:"Yo Rasululloh,musulmonlarning afzali qaysi kishidir?"."Qo’lidan va tilidan boshqa musulmonlar ozor topmagan kishidir",-deb javob berdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:08:01
5-bob. Ochlarni to’yg’azish islomdandir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan so’radilar:"Qaysi xislatlar islomda eng yaxshidir?".Aytdilar:"Ochlarga taom bermog’ing va tanigan tanimaganingga salom bermog’ing"
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:08:16
6-bob. O’zi yahshi ko’rgan narsani birodariga ravo ko’rmoqlik iymondandir.

"œO’zingiz yaxshi ko’rgan narsani birodaringizga ravo ko’rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo’min bo’la olmaysiz"
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:08:31
7-bob. Sevishlik iymondandir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:"Toki meni otangizdan ham , bolangizdan ham,barcha odamlardan ham yaxshiroq ko’rmas ekansiz,birortangiz mo’min bo’la olmaysiz"
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:08:45
8-bob. Iymon halovatiga erishmoq.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:"Kimda quidagi uch xislat bo’lsa,unga iymon huzur-halovat baxsh etgaydir:
— Olloh va Rasulini hammadan ko’ra yaxshi ko’rmoq;
— Yaxshi ko’rgan kishisini faqat Ollohmi deb(Olloh yaxhsi ko’rgani uchun) yaxhsi ko’rmoq;
— Yomon ko’rgan kishisini faqat Ollohni deb(Olloh yomon ko’rgani uchun) yomon ko’rmoq".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:09:03
9-bob. Ansorlarni yaxshi ko’rish kishi iymonining mukammalligi alomatidir

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:"Ansorlarni yaxshi ko’rmoq iymon alomatidir,yomon ko’rmoq munofiqlik belgisidir."
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:09:21
10-bob. Rasululloh maslahatlari.

Bir qancha sahobalar o’rtasida Rasululloh aytdilar:"Ollohni bir deb bilgaymiz, unga shirk keltirmagaymiz,o’g’rilik qilmagaymiz, zino qilmagaymiz,farzandlarimizni o’ldirmagaymiz,tuhmat qilmagaymiz(zino va boshqa narsalar hususida),shariat amriga itoat qilgaymiz,deb menga so’z beringiz. Kimki ushbu so’zlarga vafo qilsa,Olloh yarlaqaydir,ammo kimki ushbu og’ir gunohlardan birortasini qilib qo’ysa va u bu dunyoda jazolansa,o’sha jazo unga kafforatdir(oxiratda qayta jazolanmaydi).Kimki shu gunohlardan birortasini qilsa-yu,Olloh yashirgan bo’lsa,bu o’ziga xavoladir,xohlasa kechgaydir,xohlasa azoblagaydir". Sahobalar:"Shunga so’z berdik",-deb aytdilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:09:34
11-bob. Fitnadan hazar qilmoq dindandir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:"Shunday davrlar kelgaydirki,musulmon o’z dinini fitnalardan asramoq maqsadida tog’u-toshlarga qo’y haydab chiqib ketishni afzal ko’rsa,ajab ermas."
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:10:03
12-bob.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:"Men hammalaringizdan ko’ra Ollohni yaxshiroq bilgayman"(Kishining diyonati,iymoni mustahkamlangani sari Ollohni yaxshiroq taniyveradi)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:10:19
13-bob.

Ollohni dil ko’zi bilan ko’rmoq, tanimoq kerak(ya’ni,iymon kalima keltirish bilangina bo’lmaydir,balki Ollohga qalbdan e’tiqod qilmoq lozim).Oyati karimada:"(Olloh taolo) og’zingizdan beixtiyor chiqib ketgan qasam uchun gunohkor qilmagaydir, lekin dilingizga tugilgan yomonliklaringiz uchun gunohkor qilgaydir" deyilgan.
Oisha onamiz aytganlar:" Rasululloh sallolohu alayhi va sallam sahobalariga qudrati yetadigan ishni buyurgan edilar,sahobalar:"Biz siz singari emasmiz-ku,Olloh sizning ilgarigi va kelgusi gunohlaringizni kechirgan(shuning uchun ham bizga ko’proq ish buyuravering,biz ko’proq riyozat chekmog’imiz lozim)",-dedilar.Rasulullohning g’azablari kelgani yuzlaridan bilindi:"Oralaringizda eng taqvoliroq va Ollohni tanidiganroq kishi menman",-deb javob qildilar".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:10:36
14-bob. Qayta kofir bo’lmoqni o’tda kuymoqni rad qilgandek rad etmoq iymondandir

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:"Quidagi 3 narsa kimda bo’lsa, u iymondan halovat topgusidir:
— kimki Olloh va uning Rasulini boshqalardan yaxshiroq ko’rsa;
— yaxshi ko’rgan kishisini faqat Olloh yaxhsi ko’rgani uchun yaxshi ko’rsa;
— kofirlikka qaytishlikni xuddi o’tga tushgandek yomon ko’rsa".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:10:57
15-bob. Iymon ahlining hayotlarida qilgan ishlariga ko’ra bir-birlaridan afzalliklari.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam deganlar:"Ahli jannat jannatga kirgaydir,ahli do’zax do’zaxga kirgaydir, keyin Olloh taolo maloikalriga:"Qalbida zarracha iymoni bor odamni do’zaxdan chiqaringiz!",-deb aytadir. Ular shundan so’ng, kuyib, qorayib ketgan holda do’zahdan chiqgaydirlar, hayot daryosida cho’milgaydirlar, yomg’irdan keyin giyohlar ungandek badankari ko’rkam bo’lg’usidir".
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:"Tushimda ko’rsam, odmlarning ko’ylaklari etagi ko’kraklari barobarida, ba’zi birlariniki esa undan ham kalta. Ularning oralarida Umar ham bor,uning ko’ylagi uzun,hatto yerda sudralib yuribdir".Sahobalar so’radilar:"Nimaga yo’ydingiz?"."Dinga yo’ydim",-dedilar Rasululloh sallolohu alayhi va sallam.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:11:10
16-bob. Hayo iymondandir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam birodariga iymondan o’git berayotgan ansorlardan birining yonodan o’ta turib,unga bunday dedilar:"Qo’yavergil uni,hayo iymondandir!".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:11:26
17-bob. Amal qilmoq iymondandir.

Olloh taolo oyati karimasida:"Mushriklar(Ollohning birligini inkor qiluvchilar),agar tavba qilib,iymonga kelsalar, namoz o’qisalar va zakot bersalar, ularni tinch qo’yingiz!",-deb aytgan.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bu xususda bunady deganlar:"(Olloh) menga:"Odamlar kalimai shahodit aytib, namoz o’qiydirgan, zakot beradirgan bo’lgunlariga qadar kurashgil!",-deb buyurgan.Agar bunga amal qilsalar,mollari-yu jonlari mendan omon qolgaydir. Uxraviy hisoz-kitobi(oxirat xisob-kitobi) Ollohning o’ziga havola, zero islomda gunoh deb hisoblangan ishlarni qilsalar, albatta jazosiz qolmaslar".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:11:46
18-bob. Iymon-islom amriga amal qilmoq

Olloh taolo oyati karimasida:"Jannat-qilgan amali solihlaringiz evaziga berilgandir",-deydi. Boshqa bir oyatda esa:"Rabbing, muqarrarkim, barchadan "Lo iloha illalloh"ga qanday amal qilganlarini so’ramay qo’ymas",-deyiladi. Yana bir boshqa oyatda:"Najot istaganlar amal qilsinlar!",-deyilgan.
Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan so’radilar:"Qaysi mal afzaldir?"."œOlloh va uning Rasuliga ishonmoq",-deb javob berdilar."Undan keyin qaysi?",-dedilar."Olloh yo’llida jihod qilmoq",-deb aytdilar."Undan keyin-chi?",-deb so’radilar."Qabul bo’lguchi hajdir",-deb javob qildilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:12:05
19-bob. Islomni o’limdan qo’rqqanidan yoki itoatkorlik yuzasidan qabul qilgan kishining iymoni iymon emas!

Olloh taolo oyati karimasida:"Badaviylar:""Iymon keltirdik",-deb ayturlar, siz ularga:"Iymon keltirmadingiz, balki, taslim bo’ldik ,deb aytingiz!-deng",-deyilgan. Islomning haqiatdan qabul qilingani iymon keltirmoq bilan isbotlangaydir.Olloh taolo boshqa bir oyatida:"Olloh uchun maqbul yo’l faqat islom yo’lidir", yana bir oyatida esa :"Kimki islomdan boshqa yo’lni istasa,zinhor qabul qilinmaydir",-deyilgan.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam 5-10 odamga sadaqa ulasha boshladilar.Men ham shu yerda o’tirgan edim.Rasululloh bir kishiga sadaqa bermadilar, u esa men yoqtirgan(solih) kishi edi.Men:"Yo Rasululloh,falonchiga nega bermaysiz? Uni men mo’min deb bilurman",-dedim."Musulmon deb emasmi?",-dedilar.Ozgina jim qoldim,so’ngra u odam haqida ba’zi bir bilgan narsalarimni aytib, yana so’radim:"Nega falonchiga bermaysiz? Uni men mo’min deb bilurman". Rasululloh dedilar:"Musulmon deb emasmi?". Biroz jim turib,yana so’radim. Rasululloh aytdilar:"Ey Sa’d, u kishiga berar edim-u, lekin undan ko’ra boshqalarga berganim ma’qulroqdir, chunki Olloh ularni do’zaxga tushirishidan qo’rqgayman".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:12:22
20-bob. Salom berish islom amallaridandir.

Sahoba Ammor aytganlar:"Uchta hislatni o’zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo’lgaydir:
— insofli va adolatli bo’lmoq;
— barchaga salom bermoq;
— kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan bir kishi so’radi:"Islomda eng yaxshi hislatlar qaysidir?".Dedilar:"Ochlarga taom bermoqlik,tanigan va tanimaganga salom bermoqlik".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:12:42
21-bob. Erning qadriga yetmaslik kufrga yaqin narsadir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:"Menga do’zax ko’rsatildi,qarasam,undagi odamlarning ko’pi inkor qiluvchi xotinlar ekan".Sahobalar:"Ollohni inkor qilganmi?",-deb so’radilar."Erning yaxshiligini inkor qilganlar,erning qadriga yetmaganlar. Agar ularning bittasiga bir umr yaxshilik qilsang-u, keyin sendan bir kichik yomonlik ko’rsa:"Sendan nima ko’rdim,xech yaxshilik ko’rmadim",-deb aytadir",-deb javob berdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:13:05
22-bob. Gunohlar jaholat qilmishidir.

Gunoh qilguchi kishi kofir bo’lmaydir,illo shirk keltirgan kishigina kofir bo’ladir.
Rasululloh bir gunoh qilgan kishiga:"Senda jaholatdan bor ekan",-deganlar. Olloh oyati karimasida:"Olloh shirkni kechirmaydir,qolgan hamma narsani, xohlasa kechirishi mumkin",-degan
Sahoba Ma’ruf rivoyat qiladilar:"Rabza degan joyda Abu Zarrni o’zi ham,quli ham chopon kiyib kelayotgan holatda ko’rdim. Nechun bir xil kiyinib oldingizlar?",-deb so’radim. Abu Zarr:"Men bir kishini(Bilolni),ey qora xotinning bolasi!-deb haqorat qildim.Rasululloh menga:"Ey Abu Zarr,onasini haqorat qilibsan,senda jaholatdan bor ekan",-dedilar va yana :"Birodarlaringiz xizmatkoringizdir. Olloh taolo ularni sizlarning qo’llaringizga topshirib qo’yibdi. Kimniki birodari qo’lida bo’lsa, yeganidan yedirsin,kieganidan kiydirsin. Kuchi yetmaydigan ishga buyurmangiz,mobodo,buyursangiz,yonlarida yordamlashib ishlangiz",-deb qo’shib qo’ydilar",-dedi".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:13:32
23-bob. Ikki guruh mo’mionlar bir-birlari bilan urishsalar,o’rtalariga tushib,yarashtirib qo’yingiz,zero Olloh ularni ham mo’minlar deb atagan

Sahoba Ahnaf rivoyat qiladi:"Mana bu kishini himoya qilgani yo’l oldim.Yo’lda Abu Bakr yo’liqdi. "Qayoqqa ketyapsan?",-dedi."Mana bu kishiga yordamlashgani ketyapman",-dedim."Qayt,men Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan eshitganman,agar ikki musulmon qilich yalong’ochlab bir-biriga hamla qilsa,o’ldirgan ham, o’lgan ham, do’zaxga tushgaydir."Yo Rasululloh,o’ldirgan-ku mayli-ya,o’lgan nega tushgaydir?",-deganimda,"U ham sherigini o’ldirmoqqa jazm qilgandir",-deb aytganlar",-dedi".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:15:04
25-bob. Munofiqning alomati.

Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: Munofiqning uchta alomati bor: so'zlasa yolg'on so'zlar; va'da qilsa, bajarmas; omonatga xiyonat qilur, - deganlar.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: Quidagi to'rtta xislat kimda bo'lsa, aniq munofiq bo'lgaydir, kimdaki ulardan bittasi bo'lsa, unit ark etmaguncha munofiqlikdan bir xislati bor ekan, deyiladir:
- omonatga xiyonat qilgaydir;
- so'zlasa, yolg'on so'zlagaydir;
- shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir;
- urishib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilgaydir.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:15:32
26-bob. Laylat ul-Qadr kechasida ibodat qilib chiqmoq iymondandir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:"Kimki Laylat ul-Qadr kechasining xaqligiga ishonib, Ollohdan savob umidida ibodat qilib chiqsa,qilgan gunohlarining hammasi kechirilgusidir".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:15:57
27-bob. Olloh yo’lida jihod qilish iymondandir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:"Olloh taolo o’z yo’lida jihodga chiqqan odamni qadrlab:"Menga bo’lgan iymoni va payg’ambarlarimga bo’lgan ishonch tufayli jihodga chiqqan bo’lsa,uni ajr yoki o’ljalar bilan qaytarg’umdir,halok bo’lsa,jannatimga kirgizg’umdir",-deydi",-deganlar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam yana bunday deganlar:"Agar ummatimni qiyin ahvolda qoldirishdan qo’rqmasam edim, birorta jangdan qolmagan bo’lur erdim, men Olloh yo’lida jon nisor etib, keyin tirilsam, yana o’lib, yana tirilsam va yana o’lib yana tirilsam va yana o’lsam, der erdim".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:16:14
28-bob. Ramazonda kechalari ibodat qilib chiqmoqlik iymondandir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam dedilar :"Kimki Ramazon kechalarini, Ollohga iymon keltirib, undan savob umid etib, ibodat bilan o’tkazg’usidir, uning qilgan gunohlari mag’firat qiling’usidir".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:16:42
29-bob. Ollohdan savob umid qilib, Ramazon ro’zasini tutish iymondandir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:"Kimki Ollohga ishonib, undan savob umid qilib, Ramazon ro’zasini tutgaydir,sobiq gunohlari kechirilgaydir".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:17:05
30-bob. Dini islom huzurbaxsh dindir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:"Olloh taologa islom dini eng sevimli dindir".
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:"Din o’ng’aydir,hech kim uni qiyinlashtirib yubormag’ay,mobodo, qiyinlashtirib yuborsa, din uni yengib qo’yg’usidir(ya’ni, amali solihlarni haddan ziyod zimmasiga olishi natijasida ularni eplay olmay, hammasini tark etishiga sabab bo’lg’usidir).Demak,amali solihlarni o’rtacha bajaringiz, ibodatlarni mukammal ado etishga qodir bo’lmasangiz, shunga yaqinroq qilingiz.Amali solihlardan tegadigan savobdan seviningiz. Bu dunyodan oxiratga qilinadigan umr safarida erta tongdan, kechki paytdan va kechaning ba’zi bir qismidan unumli foydalaningiz!".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:17:25
31-bob. Namoz o’qimoq iymondandir.

Oyati karimada:"Olloh taolo sizlarning iymonlaringizni, ya’ni Bayt ul-Muqaddas(Quddus,Iyerusalim)ga qarab o’qigan namozlaringizni zoye ketkazmag’ay",-deyilgan.
Sahoba Barro bunday deydilar:"Payg’ambarimiz sallolohu alayhi va sallam Madinaga keliboq qarindoshlarinikiga tushdilar va Bayt ul-Muqaddasga qarab 16 yoki17 oy namoz o’qidilar. Aslida Rasululloh sallolohu alayhi va sallam Makkadagi Xonai Ka’bani qibla qilib namoz o’qishni yaxshi ko’rardilar. Xonai Ka’baga qarab birinchi o’qigan namozlari asr namozi edi.Rasululloh bilan birga bir qavm jamoasi ham namoz o’qidi. Birga namoz o’qiganlardan biri boshqa masjidda namoz o’qiyotgan odamlar yonidan o’tayotib, ruku’da turgan vaqtlarida ularga:"Ollohga qasam ichib aytamankim, biz hozir Makkai Mukarramaga qarab nzmoz o’qidik",-dedi.Shunda ular namozda turgan hollaricha Makkai Mukarramaga o’girilib, namozni o’qib tugatdilar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning Bayt ul-Muqaddasga qarab namoz o’qiyotganlari yahudiy va nasorolarga yoqardi,(Bayt ul-Muqaddas ularning qiblasi edi). Ammo Makkai Mukarramadagi Baytullohga qarab namoz o’qiganlari esa ularga yoqmasdi".
Sahoba Barro yana shunday daganlar:"Qibla Xonai Ka’baga qarab o’zgartirilmasdan ilgari ba’zi bir kishilar vafot etib ketganlar va ba’zi birlari shahid bo’lib ketganlar. Biz ular to’g’risida nima deyishni bilmaymiz, deb turganlarida yuqoridagi oyati karima nozil bo’ldi".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:17:40
32-bob. Kishi islomga kirib, uni yaxshilasa, qilgan yomonliklarini Olloh kechirgaydir.

Abu Sa’id Xudriy:" Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:"Agar banda islomga kirib,uni ixlos bilan yaxshilshni davom etdirsa, Olloh taolo uni qilgan xatolarini kechirgaydir.Bundan keyingi xatolarigina hisob-kitob qilingaydir. Yaxshilik 10 barobardan 700 barobargacha ko’paytirib yozilur.Yomonlik bitta bo’lsa, bittaligicha yozilur, illo yozilmasdan OLloh kechirib yuborishi ham mumkindir",-deganlar",-deydi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:17:58
33-bob. Olloh taolo eng hushlaydigan toat-ibodat uzoqroq qilinadirgan toat-ibodatdir.

Hishom bunday deganlar:"Oisha onamizning yonlarida bir ayol o’tirgan edi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:"Kim bu ayol?",-deb so’radilar.Oisha onamiz:"Bu falonchi, ko’p namoz o’qiydirgan ayol",-deb javob berdilar.Rasululloh:"Qo’yingizlar, amali solihlardan qurbingiz yetadirganini zimmaga olingizlar, Ollohga qasam ichib ayturmenkim,sizlarga amallaringiz malol kelmasa, Ollohga savob berish malol kelmagaydir(ya’ni, qilayotgan toat-ibodatingiz malol kelsa, savobi ketur)",-deb aytdilar. Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallam ham uzoqroq qilinadigan toat-ibodatni hushlar edilar".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:18:18
34-bob. Iymonning ziyoda bo’lmog’i va susaymog’i

Haq taolo oyati karimalaridan birida:" ",-deydi.Agar dinni mukammal qilib turgan biror narsa tushirib qoldirilsa, unda iymon mukammal bo’lmag’aydir.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar :"Kimki yurakdan "œLo ilaha illalloh" degan ersa va uning yuragida bug’doy donasicha yaxshilik(iymon) bor ersa, do’zahdan chiqqusidir". Rasululloh sallolohu alayhi va sallam deganlar:"Iymon uchun yaxshi joy ato qilinmishdir(ya’ni, iymonning o’rni do’zaxda emas,jannatdadir)"
Umar ibn Xattobdan: "œYahudiylardan bir kishi menga:"Ey Amir al-Mo’minin, Kitobingizda bir oyat bordir,sizlar uni o’qiysizlar, agar shu oyat bizga nozil bo’lganda erdi, o’sha kunni biz bayram qilib olur erdik",-dedi. Men:"Qaysi oyat?",-deb so’radim. U:" " degan oyat",-deb aytdi. "œHa, biz o’sha oyati karima tushgan kunni va tushgan joyni bilurmiz.Jum’a kuni Rasululloh sallolohu alayhi va sallam Arafotda turganlarida nozil bo’lgandir",-deidm.(O’sha oyati karima tushgan kun sharafiga bizda bir emas, ikki marta bayram qilinur; har jum’a va Qurbon hayitida).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:18:42
35-bob. Zakot berish islomdir.

Oyati karimada:"Ahli kitoblarga yolg’iz Ollohning o’ziga ixlos birlan ibodat qilmoq va noto’g’ri e’tiqodlarni tark etib, haq e’tiqodni tanlab, namoz o’qimoq va zakot bermoq buyurilgan erdi",-deyilgan.

Talha ibn Ubaydullohdan:" Rasululloh sallolohu alayhi va sallam xuzurlariga Najd qabilasidan bir kishi keldi. Sochlari to’zg’igan. Uning g’udurlagan ovozini eshitamiz-u,nima deyayotganini tushunmaymiz.Yaqin kelganda tinglab quloq solsak, islom asoslarini so’rayotgan ekan. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam unga javoban:"Islom asoslaridan birinchisi-bir kechayu-kunduzda 5 vaqt namoz o’qimoqlikdir",-dedilar. "Shu 5 vaqt namozdan tashqari yana zimmaga tushadirgan vojib namoz bormi?",-deb so’radi." Yo’q, illo o’zing xohlab naflo’qishing mumkin",-deb javob berdilar."Islom asoslaridan ikkinchisi-Ramazon ro’zasini tutmoqlikdir",-dedilar Rasululloh. "œRamazondan tashqari ham zimmaga tushadigan vojib bormi?",-deb so’radi. "œYo’q, illo nafl ro’za tutishing mumkin",-dedilar.U kishi qaytib ketayotib:"Ollohga qasam ichurmenkim, bunga xech narsani qo’shmasman ham, bundan xech narsani kamaytirmasman ham ",-dedi. Rasululloh aytdilar:"Agar so’zida sodiq ersa, shu odam najot topg’usidir".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:18:58
36-bob. Janozada qatnashish iymondandir.

Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:"Kimki bir musulmon odamning janozasida Ollohga ishonib, uni savob berishidan umid qilib qatnashsa va janoza o’qilib, mayyit dafn qilingunga qadar birga bo’lsa, albatta u odam 2 kiyrot ajr(savob) olib qaytgaydir. Har bir qiyrot Uhud tog’idekdur. Kimki janozani o’qib,mayyit dafn qilinmasdan avval qaytsa, u kishi 1 qiyrot ajr olib qaytgaydir".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:19:19
37-bob. Mo’min o’z amalining o’zi bilmagani holda habata bo’lmog’idan qo’rqishi.

Ibrohim at_taymiy aytganlar :"So’zimni qiladigan amali solihimga nomuvofiq(zid keladigan) qilib gapirmadim,mobodo, o’zim amal qilmagan narsani aytsam, yolg’onchi hisobiga kirib qolmoqdan juda qo’rqdim".
Ibn Ali Mulayka aytganlar :"Rasulullohning 30dan ortiq sahobalarini bilur erdim.Ularning har biri amali solihiga nifoq aralashmog’idan qo’rqur erdi".
Hasan Basriy aytganlar:"NIfoq aralashmog’idan faqat mo’min odam qo’rqmishdir, munofiq odam qo’rqmagandir, munofiq odam Ollohga tavba qilmasdan, itoatsizlikda, osiylikda, birodarlari bilan urishaverishda davom etmoqning gunohidan qo’rqmagaydir. Olloh taolo oyati karimasida:"Ular(munofiqlar) bila turib gunoh ishlardan qaytmaslar ",-degan. Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:"Musulmonning so’kmog’i fosiqlik erur va qotilligi kofir erur".
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam Laylat ul-Qadrning qaysi kuni kelishini aytmoqchi bo’lib chiqqanlarida ikki musulmon janjallashib turgan ekan. Rasululloh debdilar:"Laylat ul-Qadrning habarini aytmoqchi erdim, falonchi bilan pistonchi urishib turganiga ko’zim tushib, yodimdan ko’tarilib ketibdir. Shoyadki, omadingiz kelsa, Laylat ul-Qadrni 27-29-25 kechalarda Ollohdan so’rangiz!".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:19:51
38-bob. Jabroil alayhissalomning iymon,islom,ehson va qiyomat vaqti to’g’risida Rasululloh-dan so’raganlari va Rasulullohning javoblari,"Jabroil alayhissalom sizlarga diningizni o’rgatgani keldi,mazkur so’zlarning barchasi din demakdir",- deganlari,Abulqays qabilasidan kelgan kishilarga iymonni bayon qilganlari.

Olloh taolo oyati karimasida:"KImki islomdan boshqa dinni ixtiyor etg’ay, toati qabul qilinmag’ay".
Bir kuni Rasululloh sallolohu alayhi va sallam ko’pchilik bilan suhbatlashib turgan edilar. Bir kishi qoshlariga kelib, salom bergach:"Iymon nadur?",-deb so’radi."Iymon Ollohga, uning maloikalariga,payg’ambarlarining haq ekanligiga, Ollohni qiyomat kunida ko’rishga, o’lgandan keyin tirilishingga ishonmog’ingdur",-deidlar."Islom nadur?",-dedi."Islom Ollohga(shirk keltirmasdan ) ibodat qilmog’ing,besh vaqt namoz o’qimog’ing,farz zakotni bermog’ing va Ramazon ro’zasini tutmog’ingdur",-deb javob qildilar. "œEhson nadur?",-dedi."Ollohgan uni ko’rib turganingdek ibodat qilmog’ingdir. Agar sen ko’rmayotgan bo’lsang, u seni ko’rib turibdir",-dedilar."Qiyomat qachondur",-deb so’radi."So’ralayotgan kishi so’raguchidan ortiq bilmaydir,biroq alomatlarini aytib beray, ular quidagichadur: xotinlar o’z egalarini tug’adigan bo’lganda(bolalar ota-onalariga ho’jayin bo’lib,ularning dilini og’rita boshlaganda),tuyaboqar cho’ponlar baland-blaland imorat sola boshlaganda. 5 ta g’oyibiy(sir) narsa bor, uni faqat OLloh bilur,ulardan bittasi-qiyomatning qachon bo’lmog’idur",-deb osha mazmundagi oyati karimani o’qidilar. Keyin haligi kishi qaytib ketdi. Rasululloh dedilar:"Qaytaringlar haligi kishini(sahobalar tushunsinlar deb shunday qildilar)!". Orqasidan chiqib, topmadilar.Rasululloh dedilar:"Bu Jabroildur, sizlarga diningizni o’rgatgani kelgandir". Imom Buhoriy aytadilar:" Rasululloh sallolohu alayhi va sallam yuqoridagi hamma narsani iymondan deb hisobladilar".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:20:05
39-bob.

Vizantiya podshosi Xiraql Abu Sufyonga: "œBu dinga kirguchilar ko’paymoqdami yo ozaymoqdami?"-deb so’rasam , sen:"Ko’pamoqda,iymon ham shunaqadir, to mukammal bi’lguncha ko’payavergaydir"-deding. "œBu dinga kirganlardan biror kishi yoqtirmay chiqib ketayotirmi?"-desam,sen:"Yo’q, iymon xususida ham shundaydir. Iymon nuridillarga kirgandan so’ng uni xech kim yomon ko’rmag’ay"-deding",deb aytgan ekan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:20:25
40-bob. Din tufayli gunohlardan forig’ bo’lmoqning fazilati.

Rasululloh bunday deganlar:"Halol bilan harom bir narsadir. Ammo ikkalasini bir-biridan farqlashda noaniqliklar mavjud.Odamlarning ko’pi ularni bilmaslar(halol yo harom ekanini).Shuning uchun kimki shubhali narsalardan o’zini tigaydir, dinini kamchiliklardan, obro’yini ta’nadan saqlag’aydir va kimki shubhali narsalardan tiyilmaydir, u birovning ekini chekkasida qo’y boqayotgan cho’ponga o’xhsaydir. Uning qo’ylarni ekinga tushirish ehtimoli bordir.Ogoh bo’lingizkim, har bir podshohning o’z chegarasi bordur.Ollohning yerdagi chegarasi harom qilingan narsalardir.Kishi badanida bir parcha go’sht bor, agar u tuzalsa, a’zolarinig barchasi tuzalgaydir,agar u buzilsa, a’zolarining barchasi buzilgaydir. U qalbdir!"
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:20:51
41-bob. O’ljaning(mehnatsiz topilgan molning) beshdan birini (Bayt ul-Molga) berishlik iymondandir

Abu Jamra aytadilar:"Ibn Abbos bilan birga uning so’richasida o’tirar erdim. Menga dedi:"Mening huzurimda qolgin, qisman molimdan ham bo’lib beray". Xo’p, deb u kishi huzurida ikki oy yashadim(men forscha bilar erdim,u kishining forslar bilan muomalasida tarjimonlik qilib turdim). Bir xotin kishi kelib so’radi:"Ko’zada qilingan nabis(shirin musallas)dan ichsak maylimi?".Ibn Abbaos uni ichishdan qaytardilar va dedilar:"JAnob Rasululloh huzurlariga Abd ul-Qays qabilasidan bir jamoa keldi. Sallolohu alayhi va sallam:"Bu qaysi jamoa?",-deb so’radilar.Mehmonlar:"Biz Rabiya qavmidanmiz",-deb aytishdi."Xush kelibsizlar,marhamat,hijolatsiz kelaveringiz!",-dedilar Rasululloh."Yo Rasululloh, biz sizning oldingizga rajab oyidagina kela olurmiz(arablarda rajab oyida qabilalararo urishmoq man qilingan).Siz bilan bining o’rtamizda kofirlar qabilasi bordir.Shuning uchun bizga ajrim bir narsa buyursangiz. Biz bu to’g’rida kela olmaganlarga ham aytsak va unga amal qilib, jannartga kirsak",-deyishdi.SHundan so’ng ichimliklar to’g’risida ham so’rashdi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam ularga to’rt narsa buyurib va to’rt narsadan qaytardilar.Yolg’iz Ollohga iymon keltirishni buyurib,bunday dedilar:"Bilurmisiz,Ollohning yolg’iz o’ziga qanday iymon keltirilu?"."O’zingiz aytib bering",-dedilar. Rasululloh Kalimai Tayyibani aytdilar, so’ng ularga namoz o’qishni, zakot berishni, Ramazon ro’zasini tutishni, o’ljadan 1/5 qismini berishni buyurdilar hamda hintam, dibo, naqir, muzaffat(o’sha davrda musallas qilinadigan idishlar nomi)dan qaytarib,"Bu so’zlarni yodlab olingiz, eshitmaganlarga yetkazingiz!",-dedilar",-dedi".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:21:45
42-bob. Amallar niyat va ixlosga qarab qabul qilinishining bayoni.

Har kimning niyatidagi bo’lgaydir. Imom Buhoriy aytadilar:"Bu so’zga iymon ham, tahorat ham, namoz ham, zakot ham, haj ham, muomalotmi, nikohmi,umuman barcha hukmlar kirur. Olloh taolo oyati karimasida:"Har bir kishi niyatiga va o’ziga yarasha amal qilg’aydir,degil!",-degan.Kishining savod umid etib, o’z oila a’zolariga sarflagan nafaqasi ham sadaqadir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:"Makka fath qilingandan keyin hijrat(ko’chish) yo’q, lekin jihod qilib yoki yaxshi niyatda ko’chish mumkindir",-deganlar".
Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallam :"Amallar niyatga qarab qabul qilinur,kim qanday niyat qilg’aydir, shunga erishgusidir. Kimki Olloh va uning Rasuli uchun hijrat qilga ersa, Olloh va Rasul uchun ko’chganlik savobini olur. Kimki mol-dunyoga erishmoq yoki biror xotin olmoq niyatida hijrat qilgan ersa, o’sha niyatigagina erishmog’i mumkin(ammo savob bo’lmaydir)".
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam :"Agar kishi savod umid etib, o’z oila a’zolariga mol sarflag’aydir, unga sadaqa qilgan savobi yozilur",-deganlar.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar :"Olloh yo’lida sadaqa qilsang, albatta buning uchun Ollohdan ajr olursen, hatto xotiningning og’ziga solib qo’ygan bir luqma taoming uchun ham".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:22:18
43-bob. Din nasihatdir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam :"Din Olloh va uning Rasuli, musulmonlarning imomlari va barcha musulmonlar yo’lida qilinadirgan nasihatdur",-deganlar."Agar Olloh va uning Rasulini deb nasihat qilg’aylar, yaxshilik hosil bo’lg’usidir",-deyilgan oyatda.
Jarir ibn Abdulloh aytadilar:"Besh vaqt namoz o’qurmen, zakot berurmen va har bir musulmonga yaxshilik qilg’aymen, deb Rasulullohga bay’at(qasam) qildim".
Ziyod ibn Abdulloh aytadilar:"Mug’ira ibn Shu’ba o’lgan kuni Jarir ibn Abdulloh o’rnidab turib hamdu sano aytdi, so’ng dedi:"Ollohning yolg’iz o’zidan qo’rqing, Ollohning sherigi yo’qdir. O’lgan amiringiz o’rniga yangi amir kelguncha, og’ir, bosiq bo’ling. Marhum amiringizning ham fuqarolarining xatosini kechirmog’iniyaxshi ko’rar erdi". Keyin, Jarir so’zda davom etib dedi:"Men rasululloh huzurlariga kirib, sizga yaxshi musulmon bo’lishga bay’at(qasam) qilmoqchiman",-dedim. Rasululloh menga:"Har bir musulmonning foydasiga ish tutg’aysen",-deb shart qo’ydilar, men shunga bay’at qildim. Shu xonai Ka’ba egasiga qasamyod etib ayturmenkim, men barchangizning foydangizga ish tutg’aymen". Jarir sozining oxirida istig’for aytib, minbardan tushdi. Olloh taolo nomi zikr qilingan hamma ulug’ zotlarni mag’firat aylasin!".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:24:51
                                   ILM KITOBI
                        BISMILLAHIR RAHMONIR RAHIYMI

                        1-bob.          Ilm fazilati to’g’risida
.


       Olloh taolo oyati karimasida:" Olloh taolo sizlarning  orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab,martabasini ulug’ qilg’aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Olloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir ",-deyilgan. Yana boshqa oyati karimada esa:"Yo rabbiy,ilmimni ziyoda qilg’aysen,deb ayt! "-deyilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:26:06
2-bob. So’zga mashg’ul bo’lib turgan odamdan ilm(bilim) so’ralganda, uning so’zni tamomlab, keyin javob berishi to’g’risida.

Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar:" Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir majlisda o’z qavmlariga so’z so’zlab turgan edilar. Bir a’robiy(badaviy) kelib:"Qiyomat qachon?",-deb so’radi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so’zlarida davom etaverdilar.Ba’zi sahobalar:"Rasululloh uning so’zini eshitdilar-ku,lekin yoqtirmadilar shekilli",-deb o’yladilar. Ayrimlari esa:"So’zini eshitmadilar",-deb o’yladilar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so’zlarini tugatgach:"Qiyomat to’g’risida so’ragan odam qani?",-dedilar.A’robiy:"Mana men, yo Rasululloh",-dedi."Omonat(halollik) o’rtadan ko’tarilganda qiyomatni kutaverg’il",-dedilar."Buni qanday bilsa bo’lur?"-dedi a’robiy."Ishing(kuning) nopok odamlarga qolganda qiyomatni kutavergil!",-dedilar".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:27:12
3-bob. Biror ilmni(bilimni) baland ovoz bilan aytmoqning mumkinligi haqida.

Sahoba Abdulloh ibn Amr aytdilar:" Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir safar vaqtida bizdan orqada qoldilar.Asr namozi o’qiydigan vaqtda bizga yetib oldilar.Biz tahorat olayotgan edik.Oyoqlarimizni suv bilan artayotganimizda(suzni kam ishlatish maqsadida) Rasululloh baland ovoz bilan:"O’t azobidan oyoq kaftlarning holiga voy!"-deb uch marta nido qildilar".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:27:50
4-bob. Hadis aytgan odamni(muhaddisni) "œbizga hadis aytdi,habar berdi,habar qildi",- degan so’zlar bilan ifodalash to’g’risida.

Sahobalar va tobeunlar(sahobalarning zamondoshlari) hadislarni rivoyat qilishda "œbizga habar qildi,aytdi, falonchidan eshitib gapirib berdi, eshitdim-ki",degan so’zlar bilan ifodalaganlar. Masalan: Sahoba Ibn Mas’ud hadis aytmoqchi bo’lsalar :" Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizga so’zlab berdilar" yoki "œRasulullohdan eshitganman",-deb gap boshlaganlar va hokazo
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:28:23
5-bob. Imomning kishilar ilmini sinash uchun biror masalani o’rtaga tashlashi.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:"Daraxtlar orasinda bir daraxt bordir, bargini tashlamaydir, u musulmonga o’xshaydir(ya’ni, musulmonlik daraxtning bargi-iymondur). Aytingizchi, bu qaysi daraxtdir?" Odamlar o’z qishloqlaridagi barcha daraxtlarning nomlarini ayta ketdilar. Abdulloh ibn Umar atadilar:"Ko’nglimga, bu xurmo daraxti bo’lsa kerak, degan fikr keldi(uyalib aytmadim,aytishga uyaldim)".Odamlar:"O’zingiz aytib bering, yo Rasululloh",-deyishdi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:"U xurmo daraxtidir",-dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:29:43
6-bob. Ollohning ilm to’g’risida nozil qilgan kalomi.

Olloh taolo oyati karimasida:"Yo rabbiy,ilmimni ziyoda qilg’aysen,deb so’ra!",-deydi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:30:21
7-bob. Qur’on qiroatini muhaddis ko’rigidan o’tkazib olish lozimligi to’g’risida.

Hasan Basriy, Sufyon as-Savriy va Imom Molik:"Bu joizdir",-deganlar.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam huzurlariga Zimom ibn Sa’laba degan sahoba kelib aytdi:"Olloh sizga besht vaqt namoz o’qimoqni buyurdimi?" "œHa",-dedilar Rasululloh sallolohu alayhi va sallam. Ushbu so’zni Zimom o’z qavmiga borib, Rasulullohdsn deb rivoyat qildi. Odamlar uni Rasulullohdan deb qabul qildilar. Ba’zi kishilar Qur’on muallimiga o’zlari bilgan oyatlarni o’qib berib,tasdiqdan o’tgach, falonchidan Qur’on o’rgandim, deb unga nisbat beradir(quidagi hadis bining dalilidir).
Anas ibn Molik aytadilar:"Majlisda Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bilan o’tirgan erdik.Bir kishi tuya minib keldi-da, tuyasini masjidga cho’ktirib, tushovladi.Keyin dedi:"Qaysi biringiz Muhammad alayhissalomsiz?" Rasululloh sahobalar o’rtasida suyanib o’tirgan erdilar. "œMana bu suyanib o’tirgan oq yuzli kishi",-deb ko’rsatdik. Rasulullohga qarab:"Mutallibning o’g’limisiz?"-deb so’radi."Ha",-dedilar.Shunda u Rasulullohga qarab:"Men sizdan ba’zi bir narsalarni jiddiy so’raydirmen,mendan hafa bo’lmangiz",-dedi."So’rayvering",-dedilar Rasululloh."Sizning va sizdan avvalgilarning rabbinic o’rtaga qo’yib so’raydirmen,sizni Olloh odamlarning barchasiga payg’ambar qilib yubordimi?"-deb so’radi."Ha",-dedilar Rasululloh."Ollohga qasamyod etib sizdan so’raydirmen,5 vaqt namoz o’qimog’imizni Olloh buyurdimi?"-dedi."Ha",-dedilar Payg’ambarimiz."Ollohni o’rtaga qo’yib so’raydirmen,boylardan zakot olib, faqirlarga bo’lib bermoqni sizga Olloh buyurdimi?"-dedi."Ha ",-dedilar."Ollohni o’rtaga qo’yib so’raydirmen,yilda biro y ro’za tutmoqni Olloh buyurdimi?",-deb so’radi."Ha",-dedilar.Shundan so’ng u kishi dedi:"Men siz olib kelgan narsalarga iymon keltirdim.Men o’z qavmim yuborgan vakildirmen,ismim Zimom ibn Sa’laba, Sa’d ibn Bakr qabilasidanmen".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:31:10
8-bob. Qur’on va hadislarni boshqa mamlakatlarga tarqatish joizligi to’g’risida.

Sahoba Anas ayutadilar:"Usmon raziallohu anhu Mushaf(Qur’on)ni ko’paytirib,atrofdagi mamlakatlarga yubordilar". Abdulloh ibn Umar, Yahyo ibn Sa’id va Imom Molik:"Shundoq qilmoq joiz",-dedilar. Bir necha Hijoz ulamolari Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning hadislarini maktubga qo’shib, maxfiy ishlar boshlig’iga berdilar va "œFalon joyga yetib borganingdan keyin o’qirsen",-dedilar. Tayinlangan joyga borgach, u maktubni odamlarga o’qib berdi va ularni payg’ambarimizning amrlaridan boxabar qildi.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir xat yozib,uni Bahrayn boshlig’I orqali fors boshlig’iga yetkazmoqni buyurdilar. Fors boshlig’I xatni o’qib yirtib tashladi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:32:30
9-bob. Davraga kelgan odamning bo’sh joyga yoki davraning bir chekkasiga borib o’tirmog’i zarurligi to’g’risida.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam majlisda o’tirgan erdilar. Uch kishi kirib keldi. Ulardan ikkitasi Rasulullohga yuzlanib, to’xtab qoldi, bittasi esa, qaytib ketdi.Qolgan ikki kishidan biri davradagi bo’sh o’rinni ko’rib, o’sha yerga borib o’tirdi. Ikkinchisi esa, davraning chekkasiga asta kelib o’tirdi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so’zlab bo’lgach, dedilar:"Uch kishi to’g’risida sizlarga xabar aytaymi? Birinchisi Olloh Rasuluning majlisidan joy oldi. Olloh taolo unga oxiratda (Arsh soyasidan) o’rin bergaydir, ikkinchisi esa(qaytib ketishdan uyaldi), Olloh taolo ham (uni azoblashdan) uyalgaydir. Ammo uchinchisi majlisdan yuz o’girdi. Olloh taolo ham undan yuz o’girdi".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:32:59
10-bob. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning "œShoyad, mendan eshitgan odamdan ko’ra, keyin eshitgan odam yodida tutguvchiroq bo’lsa",-degan so’zlari to’g’risida.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam jilovini bir kishi ushlab turgan tuya ustida o’tirgan xolda va’z aytdilar:"Bugun qaysi kundir?"-dedilar. Hammamiz jim qoldik va bugunning boshqa nomini aytsalar kerak, deb o’yladik. "œQurbon hayiti kuni emasmidir?"-dedilar. "œHa,shunday",-dedik. "œBu oy qaysi oydir?"-deb so’radilar. Hammamiz jim qoldik. Biz bu oyning boshqa ismini aytsalar kerak, deb o’yladik. "œZulhijja oyi emasmidir?"-dedilar. "œHa, shunday"-dedik.Rasululloh dedilar:"O’zaro qon to’kishingiz, talon-taroj qilishingiz,obro’ingizni to’kishingiz, xuddi shu kun va shu oyda va shu joyda yomonlik qilish qanday harom bo’lsa, shunday haromdir. Eshitganlar, eshitmaganlarga shu xususda yetkazsinlar! Chunki shu yerda bor kishi o’zidan ko’rqa hadisni yodda saqlovchiroq kishiga yetkazsa, ajab ermas".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:33:34
11-bob. Bir ishni qilishdan ham,so’zlashdan ham avval ilm darkorligi to’g’risida.

Olloh taolo oyati karimasida:"Bilgil, Olloh yakkayu yagonadir",-degan so’zini ham "œbil" degan so’z bilan boshlagan. Olimlar—payg’ambarlarning merosho’rlari, ilmi payg’ambarlardan o’rganishadi."Kimki ilm olgan bo’lsa, payg’ambar alayhissalomdan to’liq meros olibdir",-degan hadisda ham ilm olish kerakligi uqtirilgandir."Kimki ilm istab qadam qo’ysa, Olloh taolo unga jannat yo’lini oson qilg’aydir",-deyiladi boshqa hadisda. Olloh taolo oyati karimasida:"Ollohdan uning olim bandalari haqiqatdan ham qo’rqqaydirlar",-deyilgan. Ikkinchi bir oyatda :"Bu so’zlarni faqat olimlar tushingaydir",-deyilgan bo’lsa, boshqalarida "œDo’zaxiylar:"Agar tinglab, fikr yuritganimizda erdi, do’zax ahlidan bo’lmagan bo’lur erdik",-deyishadi", "œBilganlar birlan bilmaganlar tengmi?"-deyilgan.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:"Kimgaki Olloh taolo yaxshilikni ravo ko’rgaydir, uni din ilmidan bahramand qilg’aydir,ilmga ilm olmoq yo’li birlan erishilg’aydir",-deganlar.
Sahoba Abu Zarr:"Agar qilichni mana bunga(bo’yinga) qo’ysangizu bo’ynimni uzib yubormasingizdan avval men Rasulullohdan eshitgan so’zlarimdan birortasiniaytib ulgurmog’imni bilsam, ayitb olar erdim",-degan ekanlar.
Ibn Abbos:"Kunu rabboniyna!", ya’ni "œRabboniy bo’lingiz!",-degan Olloh buyrug’ini "œHalim va faqih bo’lingiz!",-deb tarjima qildilar. Imom Buhoriy:"Rabboniy degani odamlarni katta ilmlardan avval kichik ilmlar birlan tarbiyalagan kishidir",-deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:33:54
12-bob. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning odamlarga malol kelmasin deb, muayyan kunlarni ilm va va’z aytish uchun
belgilab qo’yganlari


Ibn Mas’ud raziallohu anhu aytganlar:" Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizga malol kelmasin deb, va’z aytmoq uchun ma’lum kunlarni belgilab qo’ygan edilar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam:"Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz! Xushxabar aytingiz, qiziqtiringiz, nafratlantirmangiz(o’zingizdan bezdirmangiz)!"-deganlar"
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:34:12
13-bob. Ilm o’rganuvchilar uchun ma’lum kunlarni belgilagan kishi to’g’risida.

Abdulloh ibn Mas’ud odamlarga payshanba kuni va’z aytar edilar.Bir kishi ularga dedi:"Ey Abdulloh, har kuni va’z aytishingizni juda ham istardim". Abdulloh dedilar:"Sizlarga malol kelib qolishini istamasligim kunda va’z aytishdan meni qaytaradir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizlarga vaqti-vaqti bilan va’z aytganlaridek,men ham sizlarga vaqti-vaqti bilan va’z ayturmen".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:34:35
14-bob. Alloh taolo kimga yaxshilikni ravo ko‘rsa, uni faqih qilgay

Muoviya raziyallohu anhu xutbada turib ushbu so‘zni Rasulullohdan eshitganman, deb aytdilar: «Alloh taolo kimga yaxshilikni ravo ko‘rsa, uni faqih (din olimi) qilgay, qasamyod qilib aytamanki, Alloh buni menga nasib aylaydi. Islom ummati Haq dini yo‘lida sobit bo‘lsa, toki Alloh taoloning o‘zi istamas ekan, ularga dushmanlik qilayotganlarning zarari tegmaydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:34:54
15-bob. Ilmni fahmlash (teran tushunish)

Mujohid bunday deganlar: «Ibn Umar bilan Madinaga birga ketdim. Yo‘lda u Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hadislaridan bittasini aytib berdi. U bunday dedi: «Rasululloh yonlarida edik, xurmo yog‘i keltirib qoldilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Daraxtlar orasinda bir daraxt bordir, u musulmonga o‘xshaydi»,— dedilar. Men: «Xurmo»,— deb aytmoqchi bo‘ldim-u, lekin hammadan yosh bo‘lganim uchun indamadim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o‘zlari: «Bu xurmo daraxtidir»,— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:35:14
16-bob. Ilmu hikmatni orzu qilmoq

Hazrat Umar raziyallohu anhu bunday deganlar: «Boshliq bo‘lmasingizdan avval ilmni chuqur o‘rganing! Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari yoshlari ulg‘ayganda ham ilm o‘rganganlar».

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ikki narsadan o‘zgasiga hasad qilmoq joiz emas, biri — kishiga Alloh taolo halol mol-dunyo bersa-yu, uni Haq yo‘lida sarflayotgan bo‘lsa, ikkinchisi :— kishiga Alloh taolo ilmu hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli oliy maqomga erishib, odamlarga bilganini o‘rgatayotgan bo‘lsa»,— deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:35:30
17-bob. Muso alayhissalomning dengiz bo‘ylab Xizr huzurlariga borganlari

Muso alayhissalomning Xizr bilan uchrashganlari xususida Alloh taoloning oyati karimasida bunday deyilgan: «Alloh bergan ilmdan menga o‘rgatmog‘ingiz uchun sizga ergashsam maylimi?»

Ibn Abbos bilan al-Harr ibn Qays Muso alayhissalom bilan uchrashgan kishiga (ya’ni, Xizrga) qiziqib qoldilar. Ibi Abbos: «Xizr bilan uchrashganlar»,— dedi. Shu payt ularning yonidan Ubay Ibn Ka’b o‘tib qoldi. Ibn Abbos uni chaqirib: «Biz Harr bilan ikkimiz Muso alayhissalomga yo‘liqqan kishi to‘g‘risida tortishib qoldik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan shu to‘g‘rida eshitganmisiz?» — dedi. «Ha, eshitganman,— dedi Ubay,— Muso alayhissalom Baniy Isroil qavmlaridan bir to‘dasining ichida turgan ekanlar, bir kishi kelib: «O’zingizdan olimroq biror kishi borligini bilasizmi?»,— deb so‘rabdi. Muso alayhissalom: «Yo‘q» deb javob berdilar. Alloh taolo Musoga: «Ha, Xizr degan bandam bor»,— deb vahiy qildi. Muso alayhissalom Xizr bilan uchrashmoq yo‘lini so‘radilar. Alloh taolo hut uchrashuv alomati bo‘lajagiii bildirdi. «Hut ko‘zingdan g‘oyib bo‘lgach, orqangga qayt, Xizr bilan uchrashgaysan»,—deyildi. Muso alayhissalom dengiz bo‘ylab hut ortidan keta bashladilar. Bir vaqt Muso alayhissalomga g‘ulomlari: «Qoyatosh oldiga borib to‘xtaganimizda, meni shayton adashtirib, hutni yo‘qotdim»,— dedi. Muso alayhissalom: «Bizga xuddi shu kerak edi»,— dedilar. Xizrni izlab orqaga, qoyatosh tomonga qarab yurdilar. U yerda Xizrni topdilar va Qur’oni Karimda Alloh aytib bergan Muso va Xizr voqeasi sodir bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:35:43
18-bob. Rasululloh sallalloqu alayhi va sallamning «Ilohi, bu yigitga Qur’oni Karimni yod olmoqni va uni (teran) tushunmoqni nasib aylagaysan!»—deb duo qilganlari

Abdulloh ibn Abbos aytganlar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni quchoqlab turib: «Ilohi, bunga Qur’oni Karimni yod olmoqni va tushunmoqni muyassar aylagaysan!» —deb duo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:36:02
19-bob. Qay hollarda yosh bolaga tanbeh berish to‘g‘ri bo‘ladi?

Abdulloh ibn Abbos aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Minoda (Makkada qurbonlik keltiriladigan joyda) namoz o‘qib turgan edilar, qibla tomon to‘sib qo‘yilmagan edi. Men balog‘atga yetay deb qolgan yigitcha edim. Bir urg‘ochi eshak minib, namoz o‘qiyotganlar oldidan o‘tdim, keyin eshakni o‘tlatgani qo‘yib yubordim-da, namoz o‘qidim. Shu qilmishim uchun hech kim menga tanbeh bermadi».

Sahoba Mahmud ibn Rabi’ aytganlar: «5 yoshimda Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning paqirdan bir xo‘plam suv olib, yuzimga purkab yuborganlarini eslayman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:36:14
20-bob. Ilm olmoq niyatida safar qilish

Bu xususda Muso va Xizr alayhissalomlar qissasi Qur’oni Karimda bayon qilingan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:36:28
21-bob. Ilm o‘rganmoq va ilm o‘rgatmoqning fazilati

Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Alloh taolo menga yuborgan hidoyat (Alloh taolo bandalariga ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘l, yo‘llanma) singari ilm ham ko‘p yoqqan yomg‘irga o‘xshaydi. Ba’zi yer sof, unumdor bo‘lib, yomg‘irni o‘ziga singdiradi-da, har xil o‘simliklar va ko‘katlarni o‘stiradi. Ba’zi yer qurg‘oq, qattiq bo‘lib, suvni emmasdan o‘zida to‘playdi, undan Alloh taolo bandalarini foydalantiradi: odamlar suvdan ichadilar, hayvonlarini va ekinlarini sug‘oradilar. Ba’zi yer esa tekis bo‘lib, suvni o‘zida tutib qolmaydi, ko‘katni ham ko‘kartirmaydi.

Bularni quyidagicha muqoyasa qilish mumkin: Bir kishi Alloh ilmini (islomni) teran o‘rganadi, teran tushunadi va undan manfaatlanadi va Alloh yuborgan hidoyatni o‘zi o‘rganib, o‘zgalarga ham o‘rgatadi. Ikkinchi bir kishi ilm o‘rganib, odamlarga o‘rgatadi. Ammo o‘zi amal qilmaydi. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o‘zi ham o‘rganmaydi, o‘zgalarga ham o‘rgatmaydi. Bulardan birinchisi mo‘‘min, ikkinchisi fosiq, uchinchisi kofirdir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:36:43
22-bob. Ilmga e’tiborsizlik va nodonlik (jaholat)ning avj olishi

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Ilmga e’tiborsizlik, johillik, araqxo‘rlik va zinokorlikning ommaviy tus olmog‘i qiyomat alomatlaridandir».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Men sizlarga bir hadis aytib beray. Mendan keyin buni sizga hech kim aytib bermaydi. Rasululloh quyidagilar qiyomat alomatlaridir, deganlar»,— dedilar:
- ilmning susaymog‘i;
- jaholatning kuchaymog‘i;
- zinoning avj olmog‘i;
- xotinlarning ko‘paymog‘i;
- erkaklarning ozaymog‘i. Hatto 50 nafar xotinga 1 nafar erkakning boshchilik (erlik) qilmog‘i».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:36:55
23-bob. Ilm fazilatlari haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh aytganlar: «Tushimda menga bir idishda sut keltirildi, qongunimcha ichdim, hatto tirnoqlarim ostidan sut chiqqanini ko‘rdim, so‘ng qolganini Umar ibn Xattobga berdim». Sahobalar so‘radilar: «Yo Rasulalloh, sutni nimaga yo‘ydingiz?» «Ilmga»,— dedilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:37:30
24-bob. Biror ulov minib yoki boshqa narsa ustida turib fatvo aytmoq

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam odamlarning savollariga javob bermoq uchun Minodagi (qurbonlik qilinadigan joydagi) Hajjat ul-Vido’ oldiga kelib to‘xtadilar. Bir kishi kelib dedi: «Yo Rasulalloh, qurbonlik qilmoqdan oldin bilmay sochimni oldirib qo‘yibman». Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Endi so‘yaver, zarari yo‘q»,— dedilar. Boshqa bir kishi kelib dedi: «Shaytonga tosh otmasdan avval bilmasdan qurbonlik qilib qo‘yibman». «Endi otaver, zarari yo‘q»,— dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam odamlarning «bunday qilib qo‘yibman, unday qilib qo‘yibman» degan savollariga javob berdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:37:45
25-bob. Fatvo so‘ragan odamga bosh yoki qo‘l bilan ishora qilib javob berishning mumkinligi

Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan Hajjat ul-Vido’da turganlarida so‘radilar: «Shaytonga tosh otmasdan avval qurbonlikka atalgan ko‘yimni so‘yib qo‘yibman!» Rasululloh «zarari yo‘q» ma’nosida qo‘llari bilan ishora qildilar. Birov so‘radi: «Qurbonlik qo‘yni so‘ymasdan avval soch oldiribman?» Rasululloh «zarari yo‘q» deb qo‘llari bilan ishora qildilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh: «Ilm yo‘qoladi, nodonlik kuchayadi, fitnalar sodir bo‘ladi, harj ko‘payadi» dedilar. «Yo Rasulalloh, xarj nima?»—deb so‘radilar. Rasululloh «Qotillik» degan ma’noda qo‘llarini bo‘g‘izlari ustidan yurgizdilar.
Asmo (Abu Bakr qizi) bunday deganlar: «Oisha singlimnikiga bordim. Namoz o‘qiyotgan ekan. Odamlarga nima bo‘ldi, desam, osmonga ishora qildi (odamlar kun tutilganda namoz o‘qishayotgan ekan). «Bu (qiyomat) belgisimi?»—dedim. «Ha»,— deb boshini qimirlatib qo‘ydi. Men ham ko‘zim tinib ketguncha namoz o‘qidim, so‘ng (o‘zimga kelishim uchun) boshimga suv quya boshladim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamdu sano aytib dedilar: «Birorta ko‘rmagan narsam qolmadi, illo mana shu tik turgan joyimda hamma narsani, hatto jannat va do‘zaxni ham ko‘rdim. Menga: «Sizlar qabrlaringizda Dajjol fitnasidek yoki shunga o‘xshash bir sinovdan o‘tasizlar»,— degan vahiy keldi. Sinov vaqtida: «Bu kishini taniysanmi?» — deb so‘raladi. So‘roq qilinayotgan odam chin iymonli bo‘lsa, «Bu kishi Muhammad sollallohu alayhi va sallam, bizga Allohning hidoyatini olib kelgandir, mo‘‘jizalar ko‘rsatgandir, biz qabul qilganmiz»,— deydi va yana uch marta «Muhammad alayhissalomdir»,— deb qaytaradi. «Qilgan yaxshiliklaring rohatini ko‘rib uxlayver, biz chin iymonli ekaningni bildik»,— deyiladi. Ammo so‘roq berguvchi munofiq bo‘lsa, «Bilmayman, odamlardan nimadir eshituvdim, shuni aytdim-da (ya’ni, bu kishi payg‘ambar, deb aniq ayta olmaydi)»,— deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:38:01
26-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Abdul-Qays qabilasidan kelgan mehmonlarga iymon va ilmni ehtiyot qilish kerakligini aytganlari va bu to‘g‘rida «kelgusi avlodni ham xabardor qilingiz!»—deganlari

Sahoba Molik: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Boringiz endi, uyingizga kaytib, oila a’zolaringizni ham o‘rgatingiz!» — deb bizga aytdilar»,— degan.

Abd ul-Qays qabilasidan kelgan mehmonlar: «Biz Rajab oyidagina kela olamiz, jannatga kirgizadigan bir amalga buyuring!» — deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to‘rt narsaga amal qilmoqni va to‘rt narsani qilmaslikni buyurganlari to‘g‘risidagi hadis shu o‘rinda takroran keltirilgandir.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:38:13
27-bob. Vujudga kelgan masalani so‘rab, bilib olish uchun safar qilish va qaytgach, oila a’zolariga ham o‘rgatish haqida

Uqba ibn Hars raziyallohu anhu sahoba Abu Ihobning qiziga uylandi. Shunda bir xotin kelib, Uqbaga: «Men seni ham, sen uylanayotgan qizni ham emizganman»,— dedi. «Men sizning meni emizganingizni bilmayman, menga aytgan ham emassiz»,— dedi Uqba. Shundan so‘ng, Uqba Madinaga, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, bu to‘g‘rida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qanday xotin qilasan, razoi emikdosh singling deb senga aytibdi-ku axir!?» — dedilar. Ajratib qo‘ydilar, qiz boshqa erga tegib ketdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:38:31
28-bob. Navbat bilan ilm olmoq

Umar ibn Xattob aytadilar: «Men va Baniy Umayya ibn Zayd qabilasidan bir ansoriy qo‘shnim Rasululloh huzurlariga galma-gal qatnar edik. Bir kun men borardim, bir kun u borardi. Men borsam, qaytib kelgach, qo‘shnimga o‘sha kuni payg‘ambarimizga kelgan vahiy va boshqa xabarlarni aytib berar edim. U borsa, qaytib kelgach, menga aytib berar edi. Bir kuni (shu kun qo‘shnimning navbati edi) qo‘shnim eishgimni qattiq taqillatib, «Umar bormi?» — dedi. Men qo‘rqib ketdim, shoshib oldiga chiqdim. «Juda qiziq voqea sodir bo‘ldi— dedi u — Madinaga borib, qizim Hafsani ko‘rgani kirdim. Hafsa yig‘lab o‘tirgan ekan. «Rasululloh sizlarni taloq qildilarmi?»—dedim. «Bilmayman»,— dedi. Rasululloh huzurlariga kirdim, tik turib: «Xotinlaringizni taloq qildingizmi?» — dedim. Rasululloh: «Yo‘q»,— dedilar. «Allohu akbar»—dedim (ansorlar haqida bilmay nomaqbul gap aytib qo‘ygani uchun Rasululloh xotinlariga: «Bir oy aloqa qilmayman»,—degan edilar). 
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:38:46
29-bob. Va’z aytayotgan va ilm o‘rganayotgan kishining yoqtirmagan narsani payqaganda g‘azablanishi joiz ekanligi haqida

Abu Mas’ud (Ansoriy) raziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir kishi: Yo Rasulalloh, falonchi namozni cho‘zib yuborganidan namozimni buzib qo‘yishimga oz qoladi»,— dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning va’z aytayotganlaridagi shu kungidan ko‘ra g‘azabliroq holatlarini ko‘rmaganman. O’shanda dedilar: «Ey odamlar, ba’zi biringiz xalqni bezdirmoqdasizlar (qochirib yubormoqdasizlar), endi kimki odamlarga imom bo‘lib (namoz) o‘qiydigan bo‘lsa, yengil qilib o‘qisin, chunki ular ichida kasal, zaif va hojatli kishilar bordir».

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy raziyallohu anhu aytdilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bir kishi topib olingan narsa to‘g‘rida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Bir yilgacha pul topib olganingni e’lon qilasan. Egasi kelsa, berasan. Agar kelmasa, o‘zing foydalansver». U kishi aytdi: «Yo‘qolgan tuyani-chi?» Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunchalik g‘azablandilarki, hatto yuzlari qizarib ketdi: «Tuyaga tegma, u suvsiz ham uzoq yura oladi, oyog‘i bor, suvini topib ichgadi, o‘tini topib yeydi, egasi uni topib olguncha tegma!» Boyagi kishi dedi: «Yo‘qolgan qo‘yni-chi?» Rasululloh dedilar: «U seniki yoki birodaringniki va yohud bo‘rinikidir».

Abu Muso raziyallohu anhu dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan yomon ko‘rgan narsalari to‘g‘risida ezmalanib so‘radilar. Savol ko‘payib ketgach, g‘azablari keldi va dedilar: «Og‘zingizga kelgan narsani so‘rayveringlar!» Bir kishi dedi: «Mening otam kim, yo Rasulalloh?» «Otang — Huzofadir»,— dedilar. Ikkinchi bir kishi turib so‘radi: «Mening otam-chi?» «Otang — Salim, ozod qul»,— dedilar. Hazrat Umar raziyallohu anhu Rasulullohning yuzlaridagi g‘azabni ko‘rgach: «Biz Alloh azza va jallaga tavba qilamiz (sizni xafa qilib qo‘yganimiz uchun)»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:38:58
30-bob. Imom yoki muhaddisning huzurida tiz cho‘kib o‘tirishning afzalligi

Anas ibn Molikdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (jamoat) oldiga chiqdilar (odamlar ezmalanib savol beraverdilar). Abdulloh ibi Huzofa turib: «Mening otam kimdir?» — dedi. «Otang — Huzofa»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «So‘rayveringlar, so‘rayveringlar!»—dedilar. Shunda Umar ibn Xattob raziyallohu anhu tiz cho‘kib o‘tirdilar-da: «Allohni rabbimiz deb bildik, islomni dinimiz deb tan oldik, Muhammad sollallohu alayhi va sallamni payg‘ambarimiz deb tanidik»,— dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘azablaridan tushdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:39:15
31-bob. Tushunarli bo‘lsin uchun har bir gapni uch bor qaytarishning afzalligi

Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Gunohi azimlardan bittasi — yolg‘ondan guvohlik bermoqdir»,— deb takror-takror aytaverardilar. Ibn Umar bunday deganlar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alloh topshiriqlarini sizga yetkazdimmi, deb uch karra qaytarib aytdilar».

Anas ibn Molik aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam biror so‘z aytsalar, tushunarli bo‘lsin uchun uch bor qaytarardilar. Salom bersalar, uch marta salom berardilar».

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam safarga chiqqanimizda orqada qoldilar. Namozi asr vaqti edi, biz tahorat olayotgan edik. Shu payt yetib keldilar, oyoqlarimizni suv bilan artayotganimizni ko‘rib, baland ovoz bilan: «O’t azobidan oyoq kaftlarining holiga voy!» —deb uch bor nido qildilar». 
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:39:34
32-bob. Kishi o‘z oila a’zolari va qo‘l ostidagilarga (cho‘risiga) ta’lim bermog‘ining afzalligi

Abu Burda otasi Abu Musodan eshitib, bunday degan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Alloh taolo uch kishiga ikki barobar ko‘p savob bergay:
- kimki ahli kitob (o‘z samoviy kitobiga ega bo‘lgan dinlardan biriga e’tiqod qiluvchilar) bo‘la turib, ham o‘z payg‘ambariga, ham Rasulullohga iymon keltirgan bo‘lsa;
- qul bo‘lsa-yu, Alloh va xo‘jayini oldidagi burchini ado etgan bo‘lsa;
- kishi o‘z cho‘risiga yaxshi odob-axloq o‘rgatib, odobli va ilmli qilsa, keyin ozod qilib, unga uylansa».

Omir ash-Sha’biy Solih nomli kishiga aytdi: «Biz senga bu hadisni sendan hech narsa talab qilmay beryapmiz, arzimagan masalani hal qilish uchun ham Madinaga tuya minib (ya’ni, aziyat chekib) borilar edi». 
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:40:03
33- bob. Imomning ayollarga va’z aytmog‘i va ularga dindan ta’lim bermog‘i (mustahabligi)

Ibn Abbosdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Bilol bilan birga ayollar qoshiga chiqdilar. Bilol: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ayollar gapini eshitmay qoldilar»,—deb o‘ylovdilar. Lekin Rasululloh ayollarga va’z aytdilar, so‘ng ularni sadaqa berishga da’vat qildilar. Ayollar sirg‘a va uzuklarini yechib, Bilolning etagiga tashlay boshladi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:40:16
34-bob. Hadis ilmini o‘rganishga ishtiyoqmand bo‘lishning afzalligi

Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: «Yo Rasulalloh, qiyomat kunida shafoatingizga loyiqroq odam kim?»—deb so‘radim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Abu Hurayra, hadisga ishtiyoqmandligingni ko‘rib, sendan oldin hech kim bu to‘g‘rida so‘ramasa kerak, deb o‘ylovdim. Chin dildan, ixlos bilan «Lo iloha illallohu Muhammadun rasululloh» degan odam qiyomat kunida shafoatimga muyassar bo‘lguvchidir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:40:29
35-bob. Ilm qanday yo‘qoladi? (kishilar dilidan ilmning ko‘tarilib ketishi to‘g‘risida)

Umar ibn Abdulaziz Abu Bakr ibn Hazmga bunday deb yozgan edi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytgan so‘zlardan nimaiki bo‘lsa, hammasini ko‘rib chiqib, yozib yuborgin, chunki men ulamolarning vafotidan so‘ng ilmning yo‘q bo‘lib ketishidan qo‘rqayapman. Faqat Rasululloh hadislari qabul qilinsin! Ulamolar ilm o‘rgatishga, ilm tarqatishga kirishsinlar, bilmaganlarga o‘rgatsinlar, zero ilm sir tutilmas ekan, halokatga uchramaydi!»

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning «Alloh taolo ilmni bandalardan tortib olmaydi, uni ulamolarni vafot topdirish bilan tortib oladi. Odamlar birorta ham ulamo qolmaganidan so‘ng dinni tushunmaydiganlarni o‘zlariga boshliq qilib oladilar. So‘ng, ulardan so‘raydilar. Ular bilmasdan fatvo aytadilar. O’zlari ham adashadilar, o‘zgalarni ham adashtiradilar» deganlarini eshitganman»,—deb aytgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:41:35
36-bob. Ayollarga ilm o‘rgatmoq uchun alohida kun tayinlasa bo‘ladimi?

Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: «Ayollar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Erkaklar sizdan har kuni ilm o‘rganishadi, bizga ham bir kun ajrating»,— deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kunni tayinlab, o‘sha kun kelgach, ularga va’z-nasihat aytdilar, ba’zi diniy ishlarni buyurdilar: «Ey xotinlar, orangizda uchta bolasi o‘lgan birorta ham xotin bo‘lmasa kerak, mobodo bo‘lsa, uni o‘sha bolalari parda bo‘lib do‘zax o‘tidan asraydi»,— dedilar. Shunda bir xotin: «ikkita bo‘lsa-chi?» — dedi. Rasululloh: «ikkita bo‘lsa ham (parda bo‘lgay)»,— dedilar (bu gap otaga ham taalluqlidir)».

Shu mazmundagi hadisni Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Balog‘atga yetmagan uchta farzand»,— deb rivoyat qiladilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:41:52
37-bob. Eshitganini yaxshilab bilib olmoq uchun qaytadan so‘rashning joizligi

Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning jufti halollari — Oisha onamiz Rasulullohdan bir narsani eshitsalar, yaxshi tushunib olish uchun yana qayta so‘rar edilar. (Bir kuni) Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim oxiratda hisob-kitob qilinsa, azob tortadi»,— dedilar. Shunda Oisha onamiz: «Alloh taolo oyati karimasida «Keyin hisobi yasir (engil hisob) qilgaymiz» degan emasmidi?» — dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu bandalarga bir eslatib qo‘yishdir. Ammo kimki hisob-kitobga ro‘baro‘ qilinsa, halokatga uchragay»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:42:29
38 bob. Hadis eshitganlar eshitmaganlarga yetkazishi lozimligi

Sahoba Abu Shurayhdan: «Abu Shurayh Amr ibn Sa’idga, u Makkaga vakillar yuborayotganda, bunday dedi: «Gapirishga izn ber, ey Amr! Makka fath (zabt) qilingan kunning ertasiga Rasululloh aytgan so‘zlarni senga aytib beray, bu so‘zlarni aytayotganlarida ikki ko‘zim ko‘rib, ikki qulog‘im eshitib, qalbim o‘z ongiga jo qilgan. Rasululloh Allohga hamdu sano aytganlaridan so‘ng,» dedilar: «Makkai Mukarramani Alloh taolo muqaddas qilgandir, bu yerda odamlar jinoyat (gunoh) qilgan emaslar, shu boisdan Allohga va oxiratga ishongan kishining bu yerda qon to‘kmog‘i va daraxtlarini sindirmog‘i gunohdir. Agar biror kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Alloh urush qilishga izn bergan-ku?!»—desa, unga: «Alloh taolo o‘zining Rasuliga izn bergan, bizga ruxsat bermagan»,— deb aytingiz! Alloh menga ham bu yerda kunduzi bir soatgina urush qilmoqqa izn berdi, keyin Makkaning kechagi hurmati o‘z o‘rniga qaytdi. Buni eshitganlar eshitmaganlarga yetkazingiz!»

Abu Shurayxdan «O’shanda Amr senga ne dedi?»—deb so‘rashdi. «Ey Abu Shurayh, men sendan yaxshi bilaman. Makka gunohkorni qutqarmaydi, qasosdan qochganni qutultirmaydi, o‘g‘rini ham jazodan asramaydi, deb aytdi»,— dedi. Amr, Makkada Abdulloh ibn Zubaydning Yazid xalifaligini tan olmasdan bosh ko‘targanini osiylik deb hisoblab, unga qarshi qo‘shin yubormoqchi bo‘ldi».

Abu Bakra raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni eslab, Rasululloh bunday deganlar dedi: «Ushbu kun va oy hurmati, bir-biringizning mol-mulkingizni talamangiz, qoningiz va obro‘yingizni to‘kmangiz. Gapimni eshitganlar eshitmaganlarga yetkazsinlar!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:42:46
39-bob. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to‘g‘rilarida yolg‘on gap to‘qigan odamnivg gunohi to‘g‘risida

Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mening to‘g‘rimda yolg‘on so‘z aytmangiz, kimki aytsa, do‘zaxga tushsin!» deganlar»,— deb aytganlar.

Abdulloh ibn Zubayr otasiga: «Siz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to‘g‘rilarida falonchi va pistonchi kabi so‘zlamayapsiz»,— dedi. Zubayr: «Ammo men haqiqatan Rasulullohdan ajralmaganman, birga bo‘lganman, o‘zlaridan eshitganman»,— dedi. «Kimki mening to‘g‘rimda yolg‘on so‘zlasa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» deganlar»,— dedi Abdulloh.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Men sizlarga ko‘p hadis aytib berardim-ku, lekin Rasululloh aytgan bir so‘zlari meni shashtimdan qaytaradi, u kishi: «Kimki mening to‘g‘rimda yolg‘on so‘z to‘qisa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» deganlar»,— deb aytganlar.

Salama ibn Akva’ raziyallohu anhu deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim mening nomimdan aytmaganimni aytsa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» deganlar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Farzandlaringizga ismimni qo‘yingizlar, Abulqosim deb kunyamni qo‘ymangizlar! Kimki meni tushida ko‘rsa, o‘zimni ko‘ribdi, chunki shayton mening suratimga kira olmaydi, kimki mening nomimdan yolg‘on so‘zlasa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:43:03
40-bob. (Din) ilmini (kitob qilib) yozmoq

Abu Juhayfadan: «Hazrat Ali raziyallohu anhuga aytdilar: «Sizda Allohning Kitobidan boshqa kitob bormi?» Ali: «Yo‘q, faqat Allohning Kitobi, musulmon kishiga beriladigan «Fahm risolasi» va mana bu sahifadagi narsa bordir»,— dedilar. Abu Juhayfa dedi: «Bu varaqdagi nima?» Ali dedilar: «Xun hukmi, asirni ozod qilmoq va kofir uchun musulmondan qasos olmoqning haromligi (to‘g‘risida)».

Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Makka fath qilingan yili Xuzo’a qabilasi Bani Lays qabilasidan bir kishini o‘ldirdi (johiliyat davrida qabiladoshlaridan bir kishini o‘ldirishgani uchun qasos olishdi). Bu xabar Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yetkazildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tuyalariga minib va’z aytdilar: «Alloh taolo Makkayu Mukarramadan o‘limni bartaraf qildi (yoki fil askarlarini), Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hamda mo‘‘minlarning qo‘lini baland aylab, ularni mag‘lub etdi. Ogoh bo‘lingiz! Makkada urush qilmoq va o‘ldirmoq mendan avval ham biror kishiga ruxsat etilmagandir (halol bo‘lmagandir) va mendan keyin ham biror kishiga ruxsat qilinmaydi (halol bo‘lmaydi). Kunduzi bir soatgagina (halol bo‘ldi) izn berildi, urush qilmoq va o‘ldirmoq shu soatdan e’tiboran haromdir (man’ etiladi). Makkaning tikani ham yulinmaydi, daraxti ham kesilmaydi, tushib qolgan (yo‘qotilgan) narsasi ham olinmaydi, faqat odamlarga ma’lum qilmoq uchun olinadi. Kim o‘ldirilgan bo‘lsa, uning qarindoshi ikki yo‘ldan birini tanlaydi,"yo xunini oladi, yo qasosini oladi». Yamanliklardan biri kelib: «Yo Rasulalloh, menga yozib bering!»—dedi. Rasululloh: «Falonchiga yozib beringiz!»—dedilar. Quraysh qabilasidan bir kishi dedi: «Yo Rasulalloh, tikanlari yulinmaydi, daraxtlari kesilmaydi dedingiz, biroq izxir (xushbo‘y o‘simlik) o‘rilsa, mayli deng! Yo Rasulalloh, biz izxirni o‘rib, uylarimizga olib boramiz va qabrlarimizga qo‘yamiz». Rasululloh: «Izxir o‘rilsa, mayli»,— dedilar».

Abu Hurayra aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari orasida hadislarni mendan ko‘ra ko‘proq biladigan kishi yo‘qdir. Yolg‘iz Abdulloh ibn Amrgina ko‘proq bilar edi, chunki u yozishni bilardi, men esa bilmas edim».

Ibn Abbos bunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (og‘riq) kasallari zo‘raygach: «Qog‘oz keltiringiz (daftar-qalam), sizlarga biror narsa yozib beraman, keyin adashmaysizlar»,— dedilar. Hazrat Umar (yonidagi sahobalarga): «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni (og‘riq) dard yengib qo‘ydi, bizda Allohning Kitobi bor-ku, bizga shu kifoya qiladi»,— dedilar. Shunda sahobalar o‘rtasida g‘ovur-g‘uvur boshlanib, gap ko‘payib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni xoli qo‘yingiz (oldimdan chiqingiz), mening qoshimda janjal qilmangiz!» dedilar. Ibn Abbos tashqariga chiqib: «Bu zo‘r baxtsizlikdir, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yozib beramen, degan narsalariga to‘sqinlik qilmoq — zo‘r baxtsizlikdir!» — deb aytdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:43:15
41-bob. Tunda ilm (ta’lim) berish va va’z aytish xususida

Ummu Salamadan: «Kunlardan bir kuni kechasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uyg‘onib dedilar: «Subhonalloh, bu kecha qanchadan-qancha fitnalar nozil qildiykin va qanchadan-qancha rahmat xazinasi eshiklarini ochdiykin. Hujralarda uxlab yotganlarni (ibodatga) uyg‘otingiz, bu dunyoda kiyimlik — oxiratda yalang‘ochdir!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:43:29
42-bob. Tunda ilmdan suhbatlashish

Abdulloh ibn Umardan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlarida so‘nggi marta biz bilan xufton namozini o‘qidilar. Ikki taraflariga salom berganlaridan so‘ng, o‘rinlaridan turib: «Bilasizmi, bu kechani? Shu kechadan boshlab to‘liq 100 yil o‘tgach, yer yuzida (hozir tirik) kishilardan birontasi qolmaydi»,— dedilar».

Ibn Abbosdan: «Rasulullohning jufti halollari bo‘lmish xolam Maymunaning uylarida yotib qoldim. Rasululloh sollallohu alayx va sallamning ham xolamnikida bo‘ladigan kechalari ekan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz bilan xuftonni o‘qib bo‘lgach, uylariga kirib, to‘rt rak’at namoz o‘qidilar, keyin uyquga yotdilar, keyin turib: «Bola uxlab qoldimi?»—dedilar yoki shunga o‘xshash bir so‘z aytdilar. Keyin namoz o‘qishga turdilar, men chap yonlariga kelib turdim. Meni o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar. Avval 5 rak’at, keyin 2 rak’at namoz o‘qidilar, keyin mizg‘idilar, hatto men pishillaganlarini eshitdim. Keyin turib namozga chiqib ketdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:43:44
43-bob. Ilmni (xadisni) yod olish

Al-A’raj bu xususda bunday deydilar: «Abu Hurayra hadisni ko‘p aytadi», deyishadi. «Agar Allohning Kitobi (Qur’on)da ikki oyat bo‘lmaganda edi, bitta ham hadis aytmas edim»,— degan edilar Abu Hurayra, keyin oyatning «Biz nozil qilgan yo‘l-yo‘riqlar va hidoyatni yashirganlar»... degan joyidan to «ar-Rahim» degan so‘zigacha o‘qigandilar (mazkur oyatda ilmni berkitgan odamlarni Alloh taolo mazammat qiladi — qoralaydi). Muhojir birodarlarimiz bozorlarda bor-baraka qilish bilan ovora edi, ansoriy birodarlarimiz esa, o‘z xo‘jaliklaridagi ishlar bilan band edi. Abu Hurayra esa Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ortlaridan qolmas edi. Qornini bir to‘yg‘azib olib, ular (muhojirlar, ansoriylar) hozir bo‘lmagan joylarda Abu Hurayra hozir bo‘lar edi. Ular yodlamagan narsalarni (hadislarni) Abu Hurayra yodlar edi».

Abu Hurayra bunday deganlar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, men sizdan ko‘p hadis tinglayman-u, ammo unutib qo‘yaman»,— dedim. Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari bilan (suv hovuchlagandek) Allohning fayzu barakotidan (choponimga) hovuchlab soldilar, keyin: «Bag‘ringga bos!»— dedilar. Men bag‘rimga bosdim, shundan keyin hech narsani (hadisni) esimdan chiqarmaydigan bo‘ldim».

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan «ikki idish» (narsa) yod oldim, bittasini sochdim (odamlarga aytdim), ammo ikkinchisini agar sochadigan bo‘lsam (aytsam), mana bu halqum kesiladi»,— dedilar (birinchisi hadislar edi, ikkinchisi esa, kelajakda bo‘ladigan fitnalar to‘g‘risidagi xabarlar edi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:43:56
44-bob. Ulamolarga jim turib quloq solishning ma’qulligi

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Haj-jat ul-Vido’da turganlarida Jarir ibn Abdullohga: «Odamlarni jim qilg‘il, tinglasinlar!»— dedilar. So‘ngra: «Mendan keyin bir-biringizni o‘ldiradigan kofirlar bo‘lib ketmangiz!»—deb qo‘shib qo‘ydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:44:11
45-bob. «Odamlarning eng olimi qaysi?»,— deb so‘ralganda, «Olim kishini Alloh bilgaydir»,— deb javob qilishning ma’qulligi

Sa’id ibn Jubayr Abdulloh ibn Abbosga: «Navfal Bakoliy: «(Xizr bilan uchrashgan) Muso — Baniy Isroil payg‘ambari emas, balki boshqa Muso bo‘lgan, deb da’vo qilayotir»,— deganda, Abdulloh ibn Abbos: «Yolg‘on aytibdi, u Allohning dushmani ekan»,— dedilar.

Ubay ibn Ka’b Rasululloh xususlarida bunday rivoyat qilganlar: «Muso alayhissalom Baniy Isroil qavmiga va’z aytib turgan edilar, «Odamlarning eng olimi kim?»—deb so‘rashdi. Muso alayhissalom: «Men hammadan olimroqman»,— dedilar. «Alloh biladi»,—demaganlari uchun Alloh taolo u kishiga tanbeh berib, «Ikki dengizning bir-biriga qo‘shiladigan yerida bir bandam bor, u sendan olimroqdir»,—degan vahiy yubordi. «Yo rabbiy, qanday qilib u kishi bilan uchrashaman»,— dedilar. «Bir savatga baliq solib ol, so‘ng o‘sha tomonga qarab yur, agar baliqni yo‘qotsang, Xizr o‘sha yerda bo‘ladi»,— deyildi. Muso alayhissalom Yusha’ degan g‘ulomlari bilan savatga baliq solib olib, yo‘lga chiqdilar. Katta qoyatosh oldiga borganlarida, savatni qo‘yib, uyquga ketdilar. Baliq savatdan chiqib, dengizga tushib, suzib ketdi. Muso alayhissalomning g‘ulomlari taajjubda qoldi (chunki o‘sha baliq o‘lik edi). Kechaning qolgan qismida va kun bo‘yi yo‘l yurdilar. Ertasiga tong otgach, Muso alayhissalom yigitga: «Nonushtani keltirg‘il, bu safarimizda mashaqqat tortdik»,—dedilar. Muso alayhissalom tayinlangan joyga yetib borgunga qadar boshqa mashaqqat chekmadilar. Yigit dedi: «Ko‘rdingizmi, qoyatosh oldida dam olganimizda baliqni yodimdan chiqaribman (yo‘qolibdi)». «Biz istagan narsa ham xuddi shu edi»,— dedilar Muso alayhissalom va g‘ulomlari orqaga, qoyatosh tomonga yo‘l olishdi. U yerga yetib kelishganda, kiyimini yopinib yotgan kishini ko‘rdilar. Muso alayhissalom salom berdilar. Xizr: «Salom bermog‘ingning o‘rni emas»,— dedilar. Muso dedilar: «Men Musoman». Xizr dedilar: «Baniy Isroil Musosimi?» «Ha, Alloh bildirgan ilmingizdan menga o‘rgatmog‘ingiz uchun sizga ergashsam maylimi?»—dedilar Muso. «Menga ergashmoqqa sabringiz chidamaydi, ey Muso»—dedilar Xizr. «Alloh taolo sizga bir ilm o‘rgatganki, uni men bilmasman. Menga bir ilm o‘rgatganki, uni siz bilmassiz. Inshoalloh, men sabrli bo‘lgayman, ko‘rasiz, sizga osiylik qilmasman»,— dedilar Muso alayhissalom. So‘ng daryo sohili bo‘ylab yurib ketishdi. Kemalari yo‘q edi, bir kema o‘tdi, kemadagilardan (o‘zlarini) olib ketishni so‘radilar. Ular Xizrni tanib, haq olmasdan olib ketdilar. Kema chetiga bir chumchuq kelib qo‘ndi, bir-ikki cho‘qib, suv ichdi. Xizr Musoga dedilar: «Sen bilan men bilgan ilm chumchuq dengizdagi suvni cho‘qilab ozaytirolmagani kabi, Alloh ilmini ham hech kamaytirolmagay». Xizr kema taxtasidan biriga tiralib, sindirib qo‘ydilar. Shunda Muso dedilar: «Haq olmasdan bizlarni olib ketayotganlarning kemasini teshib, odamlarni g‘arq qilmoqchimisiz?» Xizr dedilar: «Aytmadimmi, sabr qilmassiz». Bu Muso alayhissalomning (Xizr so‘zlarini) birinchi bor unutishlari edi. So‘ng jo‘nab ketishdi. Bir joyda Xizr o‘ynab turgan bolalardan birining boshini qo‘llari bilan uzib tashladilar. Muso dedilar: «Begunoh odamni nahaq o‘ldirdingiz». Xizr dedilar: «Aytmadimmi sizga, men bilan yurmoqqa sabr qilolmassiz deb!» Abu Sufyon: «Xizr shunday deb ta’kidladilar, keyin jo‘nab ketishdi»,— deydi. Bir qishloq ahli mehmon qilmoqdan bosh tortdi. Qishloqda ular yiqilayozgan bir devorni ko‘rdilar. Xizr «tuzatib qo‘yaman» degan ma’noda qo‘llari bilan ishora qildilar. Devorni to‘g‘irlab qo‘ydilar. Muso dedilar: «Agar xohlasangiz, shunga haq olingiz» Xizr dedilar: «Mana bu (so‘zingiz) siz bilan mening ajralmog‘imizga sababdir».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alloh taolo Musoni rahmat qilsin! Juda ham yaxshi ko‘rar edik u kishini, agar sabr qilganda (juda ajoyib narsalarni ko‘rar edi), ikkalalari o‘rtasida bo‘lgan ishlarni bizga hikoya qilib berishar edi»,— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:44:24
46-bob. O’tirgan olimdan tik turgan holda masala so‘rashning mumkinligi

Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhudan: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib, dedi: «Yo Rasulalloh, qaysi jang Alloh yo‘lida qilingan jang hisoblanadi? Bittamiz g‘azabdan urushamiz, bittamiz qarindoshlarimizni himoya qilib urushamiz». Janob Rasululloh so‘rovchiga boshlarini ko‘tarib qaradilar. So‘rovchi tik turganligi uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boshlarini ko‘tarib dedilar: «Kimki Allohning so‘zini yuqori (ustun) bo‘lsin deb jang qilsa, u jang Alloh yo‘lida qilingan jangdir!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:44:36
47-bob. Ramy ul-Jummorda (shaytonga tosh otadigan joyda) savol va fatvo so‘rash

Abdulloh ibn Amrdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Jamrat ul-aqabada (shaytonga tosh otadigan yerda) ko‘rdim, bir kishi: «Yo Rasulalloh tosh otmasimdan avval qurbonlik qilib qo‘yibman? — deb so‘rayotgan edi. «Otaver, zarari yo‘q»,— dedilar. Boshqasi dedi: «Yo Rasulalloh, qurbonlik so‘ymasdan avval sochimni oldirib qo‘yibman?» «So‘yaver, zarari yo‘q»,— dedilar. Avval yo keyin qilingan haj amallaridan nimaiki so‘ralsa, «Qilaver, zarari yo‘q»,— deb javob berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:44:50
48-bob. Alloh taoloning «Sizlarga juda ham oz ilm berildi» (Isro:85) degan oyati karimasi xususida

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan Madinaning xarobaroq yerida ketayotgan edik. Rasululloh qo‘llarida xurmo yog‘ochidan qilingan xassa tutib olgan edilar. Bir to‘da yahudiylar yonidan o‘tayotganimizda ulardan ayrimlari: «U kishidan ruh to‘g‘risida so‘ranglar»,— deb aytishdi. Ba’zilari esa: «So‘ramanglar, sizlar inkor qilgan narsa haqida javob aytmaydi»,— deyishdi. Yana ba’zilar: «Albatta so‘raymiz»,— deyishdi. Shulardan biri turib: «Yo Abulqosim, ruh nima?» —dedi. Janob Rasululloh jim qoldilar. Men o‘zimcha: «U kishiga vahiy nozil bo‘layapti»,— dedim. Rasulullohni yahudiylardan pana qilib (o‘rtada) turdim. O’zlariga kelgach: «Sendan ruh to‘g‘risida so‘rashmoqdalar, ruh rabbimning ishi (o‘zi biladi), bu to‘g‘rida (odamlarga) juda oz bilim berilgan, deb ayt!»,— dedilar.

Al-A’mash: «Bizdagi (nusxada) shunday o‘qiladi»,— degan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:45:05
49-bob. Ba’zilar noto‘g‘ri tushunmasin, deb o‘zi ixtiyor qilgan narsalardan voz kechish

Asvad an-Nahildan: «Abdulloh ibn Zubayr menga: «Oisha onamiz senga ko‘p sir aytadilar, Ka’ba to‘g‘risida senga qanday hadis aytdilar?» — dedi. Men unga Oisha onamiz bunday deganlar, dedim: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Oisha, agar qavm kufrdan yangi chiqqan (endigina musulmon) bo‘lmaganda edi, Ka’bani teshib, eshigini ikkita qilar edim. Biridan kirib, ikkinchisidan chiqadigan qilar edim».

Keyinchalik Abdulloh ibn Zubayr Rasulullohning niyatlarini amalga oshirgan (bu Ka’baning 4-ta’miri edi. 5- ta’mir Hajjoj davrida bo‘lgan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:45:19
50-bob. Tushunishni istamagan qavm o‘rniga tushunadigan qavmga ilm o‘rgatish xaqida

Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Odamlarga aqli yetadigan narsani gapiringiz. Alloh va uning Rasulini yolg‘onga chiqarishlarini istarmisiz?»—degan ekanlar.

Anas ibn Molikdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Muoz ibn Jabalni ulovlariga mingashtirib ketayotganlarida bunday dedilar: «Ey Muoz!» «Labbayka, yo rasulalloh va sa’dayka (men shu yerdaman, xizmatingizga tayyorman)»,— debdi Muoz. «Ey Muoz!» — dedilar yana. «Labbayka yo rasulalloh va sa’dayka»,— deb javob beribdi Muoz. (Shu gapni uch bor qaytarganlaridan ) keyin, «Ashhadu alla iloha illallohu vashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu» ni chin qalbdan aytgan, odamgagina Alloh taolo do‘zax o‘tini harom qilg‘ay», dedilar. Muoz dedi: «Yo Rasulalloh, umidvor bo‘lsinlar, deb odamlarga buni xabar qilaymi?» Rasululloh: «Agar umidvor bo‘lsalar...»,— deb gaplarini oxirigacha aytmadilar. Muoz bu gapni o‘limi oldidan (hadisni yashirib gunohkor bo‘lib qolishdan qo‘rqib) to‘la-to‘kis aytib bergan.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Muozga: «Kimki Alloh taologa shirk keltirmay ro‘baro‘ bo‘lsa, jannatga kirgay»,— degan ekanlar. Shunda Muoz: «Odamlarga bu . xushxabarni aytaymi?» — degan edi, «Yo‘q, qattiq umid bog‘lashlaridan qo‘rqaman»,— dedilar Rasululloh (ya’ni, odamlar: «Allohga shirk keltirmasak bas, jannatga kirar ekanmiz»,— deb noto‘g‘ri o‘ylamasinlar»,— degan ma’noda bo‘lsa kerak).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:45:32
51-bob. Ilm o‘rganishdan uyalmoq

Mujohid aytganlar: «Uyalgan kishi ilm. ololmaydi. Uyalgan kishi va mutakabbir kishi ilm ololmaydi».

Oisha onamiz aytganlar: «Ayollarning yaxshisi ansoriya ayollar. Dinni teran o‘rganmoqlari uchun ularga hayo mone’lik qilmadi».

Ummu Salama bunday deydi: «Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Alloh taolo haqiqatni aytmoqdan uyalmaydi (shuningdek, men ham uyalmasman). Ayol kishi agar ihtilom bo‘lib (bulg‘anib) qolsa, g‘usl vojib bo‘ladimi?»—deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar nam (maniy) chiqqanini ko‘rsa»,— dedilar. Ayol yuzini (uyalib) berkitdi-da: «Yo Rasulalloh, ayol kishi ham ihtilom bo‘ladimi?»—dedi. Rasululloh: «Xa, bo‘ladi (ayolda ham maniy bor), nechun bola onasiga o‘xshaydi!» — dedilar».

Abdulloh ibn Umardan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Daraxtlar orasida bir daraxt bordir, bargini tashlamaydi, u musulmonga o‘xshaydi, aytingiz-chi, bu qaysi daraxt?» —dedilar. Odamlar qishloqlaridagi bor daraxtlarni sanab chiqdilar. Mening ko‘nglimdan «xurmo daraxti» degan fikr o‘tdi. Lekin (aytishga) uyaldim. Odamlar: «Yo Rasulalloh, o‘zingiz aytib bering!»—dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «U xurmo daraxtidir»,— dedilar. Men ko‘nglimga kelgan boyagi fikrni otam Umarga aytdim. Shunda otam (Umar): «O’shanda aytganingda-ku, menga falondaqa-pistondaqa ishlar nasib bo‘lib, yaxshi bo‘lar edi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:45:45
52- bob. So‘rashdan o‘zi uyalsa, birov orqali so‘rashning joizligi to‘g‘risida

Hazrat Ali raziyallohu anhu bunday rivoyat qiladilar: «Men maniyi ko‘p (shahvati tez) odam edim. Al-Miqdodga: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan shahvati tezlikning hukmini so‘ragin»,— deb buyurdim. U kirib so‘radi. Rasululloh: «Maniy kelganda tahorat olmoq lozim bo‘ladi»,— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:45:59
53- bob. Masjidda ilmdan so‘zlashmoq va fatvo aytmoqning joizligi

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi masjidda tik turgan holda: «Yo Rasulalloh, tahlilni («lo iloha illallohu» deb aytishni) qaerdan boshlab aytaylik?» — dedi. Rasululloh: «Madina ahli Zul-hulayfadan boshlab, Shom (Suriya) ahli Juhfadan boshlab, Najd (Iroq) ahli Qarn degan joydan boshlab aytadilar»,— dedilar».

Ibn Umar: «Ayrim kishilar, Rasululloh Yaman ahli Yalamlamdan boshlab tahlil aytadi, deganlar, deb ta’kidlashadi. Men Rasulullohning bunday deganlarini sira eslay olmayman»,— der edi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 19 Iyun 2006, 05:46:11
54- bob. Masala so‘ragan odamga so‘raganidan ko‘proq javob qaytarishning joizligi

Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bir kishi so‘radi: «Ehromga kiruvchi odam (haj vaqtida) nima kiyadi?» «Ko‘ylak kiymaydi, salla o‘ramaydi, shim kiymaydi, burnus (choponga o‘xshash) kiymaydi, vars va za’faron ila bo‘yalgan kiyim ham kiymaydi (oq en mato bilan tanasini o‘raydi). Agar shippak, ya’ni, oyoq oshig‘idan past oyoq kiyimi topmasa, mahsini oshiqdan yuqorisini kesib tashlasin, toki oyoq kiyimi oshig‘idan pastda bo‘lsin!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 20 Iyun 2006, 09:07:50
Tahorat kitobi.
BISMILLAHIR RAHNONIR RAHIYMI.


1-bob. Olloh taoloning quidagi oyati karimasi mazmuni haqida

Olloh taolo oyati karimasida:"Ey mo'minlar, agar namozga tursangiz, yuzingizni, qo'lingizni(tirsakkacha) yuvib, boshingizga" mash tortingiz, oyog'ingizni to'piqqacha (to'pq bilan qo'shib) yuvingiz ,-deydi.

Abu ABdulloh(Imom Buhoriy) bunday deydilar:"Janob Rasululloh sallolohu alayhi vasallam tahoratning farzi-bir martadan yuvish ,deb tushuntirganlar, o'zlari tahorat olganlarida ikki va uch marta ham yuvganlar, lekin bundan oshirmaganlar. Ulamolarga suvni isrof qilmaslikni buyurganlar(ya'ni, uch martadan ortiq yuvishni man qilganlar)".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 20 Iyun 2006, 09:08:11
2-bob. Namoz tahoratsiz qabul qilinmag'ay.

Rasululloh sallolohu alayhi vasallam :"Tahorati singan kishining, tahorat olmaguncha namozi qabul qilinmag'aydir",-dedilar. Hazramavtlik bir kishi dedi:"EY Abu Hurayra, tahorat sinish degani, nima degani?" Abu Hurayra:"Ovozsiz yoki ovozli yel",-dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 20 Iyun 2006, 09:08:27
3-bob. Tahorat fazilati va (qiyomat kunida) tahorat ta'siridan yuvilgan a'zolarning yarqirashi(al-g'urr ul-muhajjalun)

Mujmir raziallohu anhu dedilar:" Abu Hurayra raziallohu nahu bilan birga masjidning orqasiga o'tdik. Abu Hurayra tahorat oldilar, keyin u mishi bunday dedilar:"Rasululloh sallolohu alayhi vasallam :"Ummatlarimni qiyomat kuni tahoratning ta'siridan g'urran muhajjalin holda chaqirgaydirlar. Qay birovkim o'z yarqirog'ini ko'paytirishga qodir ersa, ko'paytirsin!"- dedilar(bu dunyoda tahorat qilib yurganlarning badanlari qiyomat kuni yarqiraydi)".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 20 Iyun 2006, 09:08:41
4-bob. Tahorati singanini abiq bilmaguncha qayta tahorat olmaslik haqida

Ibod ibn Tamimning amakisi Rasululloh sallolohu alayhi vasallamga bir kishi ustidan shikoyat qilib:"Namoz vaqtida uning orqasidan yel chiqqandek bo'ldi",-dedi. Rasululloh sallolohu alayhi vasallam :"Bunday holda yelning ovozini eshitmaguncha yoki hidini sezmaguncha namozni buzmaslik kerak",-dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 20 Iyun 2006, 09:08:57
5-bob. Tahorat olishni osonlashtirish to'g'risida.

Ibn Abbos raziallohu anhu bunday dedilar:"Rasululloh sallolohu alayhi vasallam uxladilar, hattoki pishilladilar ham, keyin turib namoz o'qidilar. Balkim, Sufyon:"Rasululloh yonboshladilar, hattoki pishilladilar ham",-deb aytgan edi shekilli. Keyinchalik Sufyon shu hadisni bizga bir necha marta rivoyat qilib bergandi".
Ibn Abbos r.a. yana shunday dedilar:"Holam maymunanikida bir kecha tunab qoldim. Janob Rasululloh sallolohu alayhi vasallam kechasi namozga turdilar. Tunnong bir qismi o'tgan edi. Devorga osig'liq bir meshdan suv olib, yengil tahorat oldilar. Keyin turib namoz o'qiy boshladilar. Ulardan keyin men ham tahorat olib, chap tomonlariga kelib turdim. Meni o'ng tomonlariga o'tkazib qo'ydilar, keyin Olloh xohlagancha namoz o'qidilar, keyin yonboshladilar, hatto pishillagan ovozlari ham eshitildi. Keyin muazzin kelib, azon aytdi va birgalikda namoz o'qishdi. Janob Rasululloh (bu gal) tahorat olmadilar. Amr ibn Dinor :"Odamlar Janob Rasulullohning ko'zlari uxlaydi-yu, lekin dillari uxlamaydi, deyishadi",-deb bizga aytgandilar. Amr shunday deydilar:"Ubayd ibn Umar:"Payg'ambarlarning tushlari ham vahiydir",-dedi-da,"Tushimda men seni qurbonlik qilayotgan ekanman(Ibrohim alayhissalom o'g'illari Ismoil alayhissalomga shunday deganlar)" degan oyatni o'qidi".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 20 Iyun 2006, 09:09:43
6-bob. Tahoratni mukammal olmoq

Ibn Umar: «Tahoratni mukammal olmoq degani, toza yuvmoq deganidir»,— deganlar.

Ibn Abbos Usoma ibn Zayddan bunday deb eshitgan ekanlar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Arafotdan qaytayotib Sha’b degan joyga kelganlarida (tuyalaridan) tushib, tahorat ushatdilar, keyin tahorat oldilar, lekin mukammal olmadilar. «Namozgami, yo Rasulalloh?»—dedim. «Namoz oldingdadir (ya’ni, hali namozga vaqt bor)»,— dedilar, so‘ng tuyalariga mindilar. Muzdalifa degan joyga kelganda (tuyalaridan) tushdilar, so‘ng tahorat oldilar, bu gal mukammal oldilar. Keyin namozga chaqirildi. Shom o‘qidilar. Keyin har bir kishi tuyasini o‘z joyiga cho‘ktirdi. Keyin xuftonga chaqirildi, xufton o‘qidilar. Shom bilan xufton o‘rtasida boshqa namoz o‘qimadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 20 Iyun 2006, 09:09:56
7- bob. Bir hovuch suv bilan ikki qo‘llab yuz yuvmoq

Ato ibn Yasor bunday deydilar: «Ibn Abbos tahorat oldi, yuzlarini yuvdi. Bir hovuch suv olib, og‘iz va burun chayqadi. Keyin bir hovuch suv olib, mana bunday qilib ikkinchi hovuchiga ham qo‘yib, ikki qo‘llab yuzini yuvdi. Keyin bir hovuch suv oldi, u bilan o‘ng qo‘lini yuvdi, keyin bir hovuch suv oldi, u bilan chap qo‘lini yuvdi, keyin (suv olib) mash tortdi, keyin bir hovuch suv oldi, o‘ng oyoqlarini yuvdi, keyin bir hovuch suv olib, chap oyoqlarini yuvdi. Keyin: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday tahorat olayotganlarini ko‘rganman»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 20 Iyun 2006, 09:10:13
8- bob. Har qanday holatda va jimo’ (jinsiy aloqa) oldida ham bismilloh aytmoqning sunnatligi

Ibn Abbos raziyallohu anhu deydi: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar birortangiz xotiningizga yaqinlik qilmoqchi bo‘lsangiz, «Bismillohi, Allohumma jannibnash-shaytona va jannibish-shaytona ma rozaqtana (Allohning ismi bilan boshlayman. Ilohi, bizdan shaytonni yiroq qilgin va shaytonni bizga berajaging farzanddan yiroq qilgin!)» — deng! Shundan so‘ng sizga farzand taqdir etilsa (bola bo‘lsa), unga shayton zarar yetkazmaydi» — deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 20 Iyun 2006, 09:10:26
9- bob. Hojatxonaga kirayotganda nima deyiladi?

Abdulaziz ibn Suhayb Anas bunday degan edi, deb rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hojatxonaga kirsalar: «Allohumma inni a’uzu bika min al-xubsi va l-xobaais (Ilohi, men sendan erkak va urg‘ochi shaytonlarning yomonligidan asramog‘ingni so‘rayman)», — derdilar». (Ba’zi bir nusxalarda «Ilohi» so‘zidan avval «Bismilloh» so‘zi ham bor).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 20 Iyun 2006, 09:10:53
10-bob. Hojatxona oldiga mustahab uchun suv tayyorlab qo‘yish

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hojatxonaga kirdilar, men u kishiga tahorat uchun suv keltirib qo‘ydim. Janob Rasululloh (chiqib): «Kim qo‘ydi buni?» — dedilar. Rasulullohga (ibn Abbos, deb) aytishdi. Rasululloh: «Ilohi, uni din bilimdoni qilgaysan!»—deb duo qildilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:08:08
11-bob. Qiblaga qarab hojatga o‘tirib bo‘lmaydi, biror binoning ichida devor yoki shu kabi narsaga qarab o‘tirish mumkin

Abu Ayyub al-Ansoriydan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar birortangiz qazoi hojatga borsangiz, qiblaga qarab yoki qiblaga orqa qilib o‘tirmangiz, kun chiqar va kun botarga qarab yoki orqa qilib o‘tiringiz!» — deganlar». (O’rta Osiyoda shimol yoki janubga qarab).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:08:22
12- bob. Ikki g‘isht ustiga chiqib, qazoi hojat qilmoq

Vosi’ ibn Habbondan: «Abdulloh ibn Umar: «Odamlar, qazoi hojatga o‘tirsang, qiblaga ham, Bayt ul-Muqaddasga ham qarab o‘tirma!» deyishadi»,— der edi. Abdulloh ibn Umar: «Bir kuni tomga chiqdim, uyimizning orqasida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ikkita g‘isht ustida Bayt ul-Muqaddasga qarab (oldilarida uy bor) hojat qilayotganlarini ko‘rdim»,— dedi-da, menga (Vosi’ga): («Agar shu masalani ham bilmasang) qorinlari bilan sajda qilguvchilardan ekansan-da!»—dedi. Men: «Alloh haqqi, bilmayman»,— dedim».

(Imom Molik aytadilar: «Ibn Umar, qorni bilan sajda qiluvchi, deb yerga yotib olib, yerdan ko‘tarila olmasdan sajda qiladiganlarni aytgan»).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:08:39
13-bob. Xotinlarning (qazoi qojat uchun) hovlidan tashqariga chiqishi

Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xotinlari tunda qazoi hojat uchun Manosi’ degan joyga chiqar edilar. U yer keng, sayhon joy edi. Hazrat Umar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Xotinlaringizni to‘sing (chiqarmang)!» — der edilar. Rasululloh bunday qilmas edilar. Bir kuni xufton paytida Savda binti Zam’a (Rasulullohning xotinlaridan biri) tashqariga chiqdilar. Bo‘ylari uzun xotin edilar. Shunda Hazrat Umar ko‘rib: «Hoy Savda, biz seni tanidik»,— deb xitob qildilar. Bu gapni, xotinlarni parda ichiga olish to‘g‘risida oyat nozil bo‘lsaydi, deb aytdilar. So‘ng Alloh taolo «Hijob oyati»ni nozil qildi».

Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam («Hijob oyati» tushgandan keyin): «Alloh taolo ba’zi bir hojatlaringiz uchun tashqariga chiqishingizga ruxsat berdi»,— dedilar.

Oisha onamiz: «Hojatlaringiz» deganda qazoi hojatni nazarda tutadilar»,— deb aytganlar. Shihobuddin Qastaloniy aytadilar: «Xonadon ichida tahoratxona bo‘lmagan vaqtda zarurat uchun tashqariga chiqishga ruxsat berilgan». Shuning uchun ham Imom Buxoriy keyingi bobni «Xonadonda tahorat sindirish bobi» deb atadilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:08:55
14-bob. Xonadonlarda tahorat sindirish

Abdulloh ibn Umardan: «(Opam) Hafsa (Rasulullohning xotinlari) uyining tomiga ba’zi bir hojat uchun chiqdim. Shunda Rasululloh sollallohu allayhi va sallamning (pastda) qiblaga orqalarini, Shomga oldilarini kilib, qazoi hojat qilayotganlariga ko‘zim tushdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:09:11
15-bob. Suv bilan mustahab qilish (ostini yuvish)

Anas ibn Molik: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hojatga chiqsalar, men va bir bola mustahab qilishlari uchun ortlaridan idishda suv olib borar edik»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:09:28
16-bob. Tahorat uchun o'zi bilan birga suv olib yurish.

Abudardo aytadilar:"Alqaqma ibn Qays iroqliklardan:"Sizning orangizda Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning mahsilarini, tahorat suvlarini, yostiqchalarini ko'tarib yuradigan zoti sharif bormilar? "-deb so'raganida, Abdulloh ibn Mas'ud:"Nega mening o'zimdan so'raysizlar?"-degan ekanlar".

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qazoi hojatga chiqsalar, men va ansoriy bir bola orqalaridan idishda suv olib ergashib borar edik",deb aytgandi Anas:,-deydilar Ato ibn Maymuna
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:09:41
17-bob. Tahorat paytida anza (temir uchli hassa) , va idishda suv hozirlab turmoq

Anas aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hojatxonaga kirar edilar, so‘ng men bilan bir bola idishda suv va anzalarini (hassalarini) hozirlab turardik. Suv bilan Rasululloh mustahab qilar edilar»,— deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:09:54
18- bob. O’ng qo‘l bilan tahorat qilishdan qaytarish

Abdulloh ibn Abu Qatoda rivoyati: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar birortangiz idishdan suv ichsangiz, ichiga puflamangiz. Agar hojatxonaga kirsangiz, olatingizni o‘ng qo‘l bilan ushlamangiz va o‘ng qo‘l bilan artmangiz!»—degan ekanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:10:07
19-bob. Olatni o‘ng qo‘l bilan ushlab tahorat ushatilmaydi

Abdulloh ibn Abu Qatodaning otasidan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Birortangiz kichik hojatga boradigan bo‘lsangiz, o‘ng qo‘l bilan olatni ushlamangiz va o‘ng qo‘l bilan artmangiz, suv ichayotgan idishga puflamangiz!» — degan ekanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:10:25
20- bob. Tosh va kesak bilan poklanmoq

Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sallalloqu alayhi va sallam hojatga chiqqanlarida ergashdim. U yoq-bu yoqqa qaramay borar edilar. U kishiga yaqin borganimda, «Menga tosh keltir, istinjo (poklanish) qilaman»,— dedilar yoki shunga o‘xshash bir gap aytdilar. Keyin: «Suyak yoki tezak olib kelmagin!» —dedilar. Kiyimimning etagida tosh terib keldim. Yonlariga to‘kib, u kishidan o‘girilib turdim, qazoi hojatdan keyin toshlar bilan istinjo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:10:38
21- bob. Musulmon kishi tezak bilan artmaydi

Abdurrahmon ibn Asvadning otasidan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (tahorat ushatish uchun) xoliroq joyga borganlarida menga uchta tosh topib kelishni buyurdilar. Ikkita tosh topdim, uchinchisini topmadim, (o‘rniga) bir tezakni oldim, ularni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga keltirdim. Ikki toshni oldilar, tezakni tashladilar va «Bu makruh narsadir (ba’zi bir nusxada jinlar taomidir)»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:10:51
22- bob. Tahoratda a’zolarni bir martadan yuvmoq

Abdulloh ibn Abbosdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tahorat olayotib, a’zolarini bir martadan yuvdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:11:09
23- bob. Tahoratda a’zolarni ikki martadan yuvmoq

Abdulloh ibn Zohiddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tahorat olayotib, a’zolarini ikki martadan yuvdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:11:24
24-bob. Tahoratda a’zolarni uch martadan yuvmoq

Himron Mavlo Usmondan: «Usmon raziyallohu anhu «Idishda suv keltiringiz!» — dedilar. So‘ng idishni marta egib, qo‘llarini yuvdilar. Keyin o‘ng qo‘lni idishga tiqib, (suv olib) uch marta og‘iz chayqadilar, keyin uch marta yuzlarini yuvdilar, keyin ikki qo‘llarini tirsagigacha uch marta yuvdilar, keyin boshga mash tortdilar, keyin oyoqlarini uch marta tovongacha yuvib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kimki shu tahoratim kabi tahorat olsa va ko‘ngliga dunyoviy ishlarni keltirmasdan, keyin ikki rak’at namoz o‘qisa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilingay», deb aytdilar»,—dedilar».

Himron: «Usmon tahoratdan bo‘shagach: «Men sizlarga bir hadis aytaman, (Qur’oni Karimda) bir oyat bo‘lmaganda edi, uni sizlarga aytmas edim, uni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan eshitganman. «Kishi yaxshilab tahorat olib, namoz o‘qisa, uning u namoz bilan bu namoz o‘rtasidagi gunohlari namozni o‘qib bo‘lguncha kechirilgay», dedilar»,—deydi.

Urva ibn Zubayr: «Haligi Usmon eslatgan oyat «Alloh nozil qilgan ilmni berkitguvchilarga...» degan oyat edi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:11:38
25- bob. Tahorat qilayotganda burunga suv olib qoqmoq

Abu Hurayra raziyallohu anudan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kimki tahorat olsa, burniga suv olib qoqsin. Kimki, tahorat ushatgach, kesak ishlatsa, toq ishlatsin!»—deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:11:51
26- bob. Kesakni toq ishlatmoq

Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam «Agar birortangiz tahorat olsangiz, burniigizga suv olib qoqingiz. Kimki, tahorat ushatgach, kesak ishlatsa, toq ishlatsin (3, 5, 7 ta). Agar qaysi biringiz uyqudan uyg‘onsangiz, idishdagi suvga qo‘lni solmasdan avval (uni qiyshaytirib) qo‘lingizni uch marta yuvingiz. Chunki birortangiz uyquda qo‘lingizning qaerlarga tekkanini bilmaysiz»,—deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:12:02
27- bob. Oyoqni yuvmoq

Abdulloh ibn Amrdan: «Bir safarda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizdan keyinda qoldilar, asr vaqtida bizga yetib oldilar. Biz tahorat olayotgan edik, oyoqlarni nomigagina yuvar edik. Rasululloh baland ovoz bilan «Do‘zax otashidan oyoq kaftlarining holiga voy!» deb ikki yoki uch bor xitob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:12:17
28- bob. Tahorat olayotganda og‘iz chayqamoq

Himron Mavlo Usmondan: «Usmon raziyallohu anhu tahorat uchun suv keltirishni buyurdilar. Keyin idishni egib, qo‘llariga suv quyib uch marta yuvdilar, o‘ng qo‘lni idishga tiqib suv olib, uch marta og‘iz chayqadilar va burun koqdilar, yuzlarini uch marta yuvdilar, ikki qo‘lni tirsakkacha qo‘shib uch marta yuvdilar, boshga mash tortdilar, har bir oyoqni uch martadan yuvdilar. So‘ng: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shu tahoratim kabi tahorat olganlarini ko‘rdim. «Kimki shu tahoratim kabi tahorat olsa va ko‘ngliga dunyoviy ishlarni keltirmasdan namoz o‘qisa, Alloh taolo o‘tgan gunohlarini kechirgay», deb aytganlar», dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:12:29
29- bob. Tovonlarni yaxshilab yuvmoq

Muhammad ibn Ziyoddan: «Abu Hurayra va biz obdastadan tahorat olayotgan odamlar yonidan o‘tib ketayotganimizda, Abu Hurayra ularga: «Tahoratni mukammal olingiz, yuvadigan a’zolarni to‘liq yuvingiz, chunki Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Yuvilmay qolgan tovonlar do‘zax o‘tida qoladi» deb aytganlar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:12:44
30- bob. Na’lga (poyabzalga) mash tortmay, uni yechib oyoqlarni yuvish

Ubayd ibn Jurayj Abdulloh ibn Umarga qarab: «Ey Abu Abdurrahmon, sizda to‘rtta xislatni ko‘rdim, bularni sheriklaringizdan birortasida ham ko‘rmaganman»,- dedi. «Nima ekan ular, ey Ibn Jurayj?» —dedi Abu Abdurrahmon. «Birinchidan, Ka’baning faqat ikki yamaniy devorinigina silab qo‘yasiz (qolgan ikki tomonini silamaysiz). Ikkinchidan, xirom poyabzal kiyasiz (sahobalar xirom qilinmagan, yungli poyabzal kiyishgan, xirom qilingan poyabzalni mol-dunyoga berilgan odamlar kiyadi, deyishgan). Uchinchidan, siz sariq bo‘yoq ishlatasiz, to‘rtinchidan, Makkada turgan vaqtingizda Zulhijja oyi kirgan kuni odamlar talbiya (labbayk-allohumma labbayk) aytishdi, siz aytmadingiz, siz 8-nchi Zulhijja kuni aytdingiz»,— dedi Ibn Jurayj.

Abdulloh raziyallohu anhu bunday deb javob qildilar: «Ka’ba devori masalasiga kelsak, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shu ikki yamaniy deb nomlangan devordan boshqasini silaganlarini ko‘rmadim. Xirom poyabzalga kelsak, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ham tuki yo‘q poyabzal kiyib olganlarini ko‘rdim, o‘shanda uni yechib oyoqlarini yuvgandilar, o‘shanday payabzal kiyishni yaxshi ko‘raman. Sariq rangga kelsak, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sariq buyoq ishlatganlarini ko‘rdim. Men ham sariq bo‘yoq ishlatishni yaxshi ko‘raman. Ammo talbiya masalasiga kelsak Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tuyalariga minib, Mino yo‘liga chiqib olgunlaricha (8-nchi kunigacha) talbiya aytib borganlarini ko‘rmadim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:13:01
31- bob. Tahoratni va g‘uslni o‘ng tomondan boshlamoq

Ummu Atiyya raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ummu Atiyya va uning yonidagi ayollarga qizlari Zaynabning jasadini yuvishni «O’ng tomondan va tahoratda yuviladigan joylardan boshlangiz!» — deganlar».

Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam har narsani o‘ngdan boshlashni yaxshi ko‘rardilar: poyabzal kiyishni ham, soch-soqol tarashni ham, tahorat olishni ham va boshqa barcha ishlarni ham».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:13:15
32- bob. Namoz vaqti yaqinlashganda tahoratga suv so‘ramoq

Oisha raziyallohu anhodan: «(Safarda) bomdod namozini o‘qiydigan vaqt kelganda tahorat uchun suv qidirildi, topilmadi, shundan so‘ng tayammum qilmoqlikka oyat nozil bo‘ldi».

Anas ibn Molik raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozi asr vaqti yaqinlashganda odamlardan tahorat uchun suv so‘radilar. Suv keltirishgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘llarini idish og‘ziga qo‘yib, engashtirdilar-da, odamlarga tahorat olmoqni buyurdilar. Anas: «Janob Rasulullohning panjalari ostidan suv silqib tushayotganini ko‘rdim, o‘sha suvdan hatto oxirgi odamgacha tahorat oldi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:13:32
33- bob. Inson sochi yuvilgan suvning hukmi (halol yo haromligi)

Ato ibn Abu Raboh: «Sochdan arqon yoki ip qilmoqning zarari yo‘q»,— der edilar. Itdan qolgan sarqitning (it tekkan narsaning) hukmi va itning masjiddan o‘tishining hukmi: Az-Zuhriy: «Agar idishdagi suvga it tegsa-yu, tahorat olmoq uchun undan boshqa suv bo‘lmasa, o‘sha suv bilan tahorat olsa bo‘ladi»,— deydilar. Sufyon as-Savriy: «Mana bu hukm Qur’oni Karimdan olingan bo‘lib, Alloh taolo aytgan: «Suv topmasangiz, tayammum qilingiz, bu suvdir va (itning) nafasida bir (zararli) narsa bordir»,— deydilar.

Ibn Osimdan: «Ubaydaga dedim: «Bizda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sochlari bor. Uni Anas yoki u kishining uyidagilari orqali olishga muyassar bo‘ldik. Menda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bir tola sochlarining borligi dunyo va undagi bor narsalar meniki bo‘lib qolganidan ham sevinchliroqdir».

Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (Hajjat ul-Vido’da) sochlarini oldirayotganlarida birinchi bo‘lib sochlaridan olgan kishi Abu Talha edilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:13:48
34- bob. Agar birontangizning idishingizni it yalasa, yetti marta yuvingiz!

Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar birortangizning idishingizdan it ichsa, yetti marta yuvingiz!»—deganlar».

Abu Hurayra raziyallohu anhuga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytib bergan ekanlar: «Bani Isroil qavmidan bir kishi bir itning chanqoqdan tuproq yalayotganini ko‘rib, mahsisida suv olib, itga ichirdi. Alloh taolo u bandani mukofotlab, jannatga kirgizgay».

Abdulloh ibn Umarning o‘g‘li Hamza: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam zamonlarida itlar masjidimizga kirib-chiqib yurar edi, suv bilan biror joyni yuvmas edilar»,— degan ekanlar.

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan it bilan ov qilmoqlik to‘g‘risida so‘radi. «Agar itingni o‘zing ovga olib borsang-u, o‘ljani o‘ldirib (tutib) bersa, yeyaverg‘il, agar iting o‘zicha tutib yeyayotgan bo‘lsa, yemagin, zero u o‘zi uchun tutgandir»,— dedilar. «O’rgatgan itimni o‘ljaga yuborsam-u, o‘lja ustida itim bilan boshqa itni ham ko‘rsam-chi?» — dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «U o‘ljani yemagin, chunki sen o‘z itingga tasmiya ("œBismilloh Allohu akbar") aytgansan, begona itga tasmiya aytmagansan»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:14:07
35-bob. Katta va kichik hojatdan boshqasi tahoratni sindirmaydi, deb hisoblovchilar

Alloh taolo oyati karimasida: «Qaysi biringiz tahorat ushatsangiz (qazoi hojat qilsangiz) tahorat vojib bo‘ladi»,— degan. Ato ibn Abu Raboh: «Orqasidan qurt yoki peshobidan burgaga o‘xshash hashorat chiqqan kishilar qayta tahorat qiladilar»,— degan. Jobir ibn Abdulloh bunday deganlar: «Kimki namozda kulsa, tahoratini yangilamay namozini qaytarib o‘qiydi». Hasan Basriy: «Agar kishi soch oldirsa yoki tirnog‘ini olsa yo mahsisini yechsa, tahorat olmoq lozim bo‘lmaydi (oyog‘ining o‘zini yuvib oladi)»,— deganlar. Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Tahorat yel chiqmasa, sinmaydi». Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir g‘azotda qatnashdilar. Bir kishiga kamon o‘qi tegdi. U kishi qon oqib turishiga qaramay, ruku’, sajda qilib, namoz o‘qiyverdi». Hasan Basriy aytadilar: «Musulmonlar jarohatlari bilan ham namoz o‘qiyverar edilar». Tovus, Muhammad ibn Ali, Ato ibn Abu Raboh va Hijoz, Makka va Madina ahli: «Qon oqsa, tahorat sinmaydi»,—deydilar. Ibn Umar yuzidagi husnbuzarni siqdi, qon chiqdi, lekin tahoratini yangilamadi.

Ibn Ubay qon tupurib, namozini o‘qishda davom etaverdi. Ibn Umar va Hasan Basriy: «Qon oldirgan odam tahorat yangilamaydi, balki qon olingan joyini yuvadi, xolos»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Masjidda namozni kutib turgan kishi, agar u hadas qilmagan esa, namozda turgan hisoblanadi»,— dedilar. Shunda bir ajamiy (arab emas) kishi: «Hadas nima?» — dedi. Abu Hurayra: «Orqadan yel chiqmog‘i»,— dedilar.

Ibod ibn Tamimning amakisidan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «To kishi yel ovozini eshitib, hidini sezmaguncha, namozini buzmasin!» — dedilar.

Muhammad ibn Hanafiyadan: «Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Shahvati ko‘p odam edim, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan so‘rashga uyaldim, Miqdodga: «Sen so‘ragin!—dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Maniy (suyuq suv) kelganda, tahorat olmoq lozim bo‘ladi»,— deb javob qildilar».

Zayd ibn Xolid Hazrat Usmondan: «Agar kishi xotini bilan aloqa qilgan bo‘lsa-yu, maniy to‘kmagan bo‘lsa, nima qiladi?»—deb so‘radilar. Hazrat Usmon: «Namozga tahorat olgandek tahorat oladi, olatini yuvadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan ham shunday deb eshitganman. Ali, Zubayr, Talha va Ali ibn Ka’bdan so‘raganimda ham shunday deyishgan»,— deb aytdilar».

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhudan: «Rasulullox sollallohu alayhi va sallam ansoriylardan biriga odam yubordilar. Ansoriy sochidan suv tomib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Biz sizni shoshirib qo‘yibmiz-da (jimo’ qilib ulgurmabsiz)?!» —dedilar. Ansoriy: «Ha, Yo Rasululloh»,— dedi. «Agar shoshib qolsangiz (oxiriga yetmasangiz) yoki maniy to‘kmasangiz, tahorat olsangiz, basdir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:14:23
36- bob. Hamrohi tahorat olayotganda suv quyib turmoq

Usoma ibn Zayddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Arafot tog‘idan oshib, Sha’b degan joyga kelganlarida, qazoi hojat qildilar. Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga suv quyib berib turdim, u kishi tahorat oldilar. So‘ng: «Yo Rasulalloh, namoz o‘qiysizmi?»—dedim. «Namoz oldingdadir (hali vaqt bor)»,— dedilar».

Urva ibn al-Mug‘ira ibn Shu’badan: «Mug‘ira ibn Shu’ba Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga safarda bo‘lar edi. Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qazoi hojat qilganlaridan keyin suv quyib berib turdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tahorat oldilar, yuzlarini, qo‘llarini yuvdilar, boshlariga va mahsilariga mash tortdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:14:36
37- bob. Tahoratsiz Qur’on o‘qimoq va undan boshqa narsalarning joizligi

Ibrohim an-Naqashdan: «Hammomda qiroat qilmoqning va tahoratsiz xat yozmoqning zarari yo‘qdir. Hammomdagilarning lungisi bor bo‘lsa, salom bergin, lungisi yo‘q bo‘lsa, salom bermagin!»

Abdulloh ibn Abbosdan: «Bir kecha Janob Rasulullohning xotinlari xolam Maymunanikida yotib qoldim. Men yostiqning yon tomoniga, Rasululloh va xotinlari uzun tomoniga bosh qo‘yib yotdilar. Rasululloh yarim kechagacha uxladilar, keyin uyg‘onib o‘tirdilar. Uyquni qochirmok uchun yuzlarini ishqaladilar. Keyin, Oli Imron surasining oxirgi o‘n oyatini o‘qidilar. Keyin, o‘rinlaridan turib, osig‘liq meshchani olib, tahorat oldilar. Tahoratni yaxshilab oldilar. Keyin, turib namoz o‘qidilar. Men ham o‘rnimdan turib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qilganlarini qildim va chap yonlariga borib namozga turdim. O’ng qo‘llarini boshimga qo‘ydilar, keyin o‘ng qulog‘imni cho‘zdilar (o‘ng tomonga turg‘il, degan ma’noda). So‘ng 2 rak’at, so‘ng 2 rak’at, so‘ng 2 rak’at, so‘ng 2 rak’at, 2 rak’at, so‘ng 2 rak’at namoz, keyin vitr o‘qidilar, keyin to muazzin kelguncha yonboshladilar, keyin turib yengilgina 2 ra’at namoz o‘qidilar. Keyin chiqib, bomdod namozini o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:14:54
38- bob. Ko‘zi qattiq tinib ketganligi uchungina (boshdan) suv quymoq

Asmo binti Abu Bakrdan rivoyat: «Janob Rasulullohning xotinlari singlim Oishanikiga bordim. Quyosh tutilgan bo‘lib, odamlar namoz o‘qishayotgan edilar, singlim ham namoz o‘qir edi. Men: «Odamlarga ne bo‘ldi?» — desam, Oisha qo‘llari bilan osmonga ishora qilib, «Subhonalloh»,— dedi. «(Qiyomat) alomatimi, bu?»—dedim. U: «Ha» — degan ma’noda bosh irg‘adi. Men ham ko‘zim tinib ketguniga qadar namoz o‘qiyverdim, so‘ng (o‘zimga kelmoq uchun) boshimdan suv quya boshladim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozdan qaytgach, Allohga hamdu sano aytdilar-da: «Ko‘rmagan biror narsam qolmadi, hammasini, hatto jannatu do‘zaxni ham shu yerda turib ko‘rdim. Menga (quyidagi) vahiy keldi: «Bu kishini («bu mo‘‘minni» yoki «bu muqinni» dedilarmi, aniq bilmayman, deydi Asmo) bilasanmi»,— deb so‘rashadi. Shunda: «Bu Muhammad Rasulullohdir, bizga dalolat va hidoyat olib kelganlar, biz qabul qilganmiz, iymon keltirganmiz va ergashganmiz»,— deydi. «Orom olib uxlayver, biz sening muqin (sodiq) ekanligingni bildik»,— deyishadi. Ammo munofiq yoki ikkilanuvchi («munofiq yoki «ikkilanuvchi» dedilarmi, aniq aytolmayman, deydi Asmo) bo‘lsa, yo‘q bilmayman, odamlar nimadir deganini eshitganman, men ham (o‘shalardan eshitganimni) aytganman deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:15:10
39- bob. Boshning qammasiga mash tortmoq

Alloh taolo oyati karimasida: «Boshingizga mash tortingiz!» — degan. Ibn Musayyab aytadilar: «Ayol kishi ham erkak kishi kabi boshining hammasiga mash tortadi». Imom Molikdan: «Boshning bir qismiga mash tortilsa, kifoya qiladimi?»—deb so‘rashdi. Imom Molik kifoya qilmasligiga Abdulloh ibn Zaydning hadisini dalil qilib ko‘rsatdilar.

Amr ibn Yahyoning otasi bunday rivoyat qiladilar: «Bir kishi Abdulloh ibn Zaydga: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qanday tahorat olganlarini ko‘rsatib bera olasizmi?»—dedi. Abdulloh: «Ha, suv keltiringiz»,— dedi. So‘ng qo‘liga suv quyib, 2 marta yuvdi, keyin 3 marta og‘iz va burun chayqadi, 3 marta yuzini yuvdi, 2 marta ikki qo‘lining tirsagigacha yuvdi, keyin boshiga mash tortdi, ikki qo‘lining kaftlarini peshonasidan to ensasigacha yurgizdi. Keyin boshlagan joyigacha qaytarib keldi. Keyin ikki oyog‘ini (oshig‘igacha) yuvdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:15:22
40- bob. Oyoqni tovonigacha yuvmoq

Amr ibn Yahyo rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Zayddan Amr ibn Abu Hasan Rasulullohning qanday tahorat olishlari to‘g‘risida so‘radi. U: «Idishda suv keltiringiz!»— dedi. So‘ng idishdan qo‘liga suv quyib, 3 marta yuvdi, keyin idishga qo‘lini tiqib suv oldi-da, 3 marta og‘iz va burun chayqadi, 3 marta yuzini yuvdi, ikki marta ikki qo‘lini tirsagigacha yuvdi. Keyin suv olib, mash tortdi, qo‘lini peshonasidan ensasigacha, ensasidan peshonasigacha bir marta yurgizdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:15:37
41- bob. Odamlarning tahorat qilingan suvni ishlatmog‘ining joizligi

Jarir ibn Abdulloh misvok (tish tozalagich) bilan og‘iz tozalaganlaridan keyin qolgan suvni oilalariga (tabarruk qilib berganlaridan keyin): «Tahoratga ishlatingiz!» — deb buyurdilar.

Hakim ibn Utaybaga Abu Juhayfa rivoyati: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizning oldimizga kun qizigan vaqtda chiqdilar, tahorat suvi keltirildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tahorat oldilar. Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tahoratlaridan tushayotgan suvni tabarruk qilib badanlariga surta boshladilar. Rasululloh hassalarini qibla tomonga sanchib qo‘yib, ikki rak’at (qasr, ya’ni qisqa qilib) peshin va ikki rak’at (bu ham qasr) asr namozi o‘qidilar».

Abu Muso Ash’ariy bunday deydilar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam idishda suv olib kelmoqni buyurdilar, so‘ng yuz-qo‘llarini o‘sha suvga yuvdilar va og‘izlariga bir ho‘plam suv olib, idishdagi suvga purkadilar (tabarruk qilib berdilar), keyin Bilol va Abu Musoga: «Shu suvni ichingiz, u bilan yuzingiz va ko‘kraklaringizni yuvingiz!»—dedilar».

Mahmud ibn ar-Rabi’ (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yoshligida yuziga suv purkagan yigit) bunday rivoyat qiladi (uning rivoyatini Misvar va Marvon ibn Hakam ham tasdiqlaydilar): «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tahorat olsalar, odamlar badanlaridan tushayotgan suvni olmoqqa talashib, urishib ketay derdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:15:52
42- bob. Payg’ambarning tahorat suvi

Soib ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Xolam meni Rasululloh huzurlariga olib borib: «Yo Rasulalloh, singlimning o‘g‘lining oyog‘i og‘rib qoldi»,— dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boshimni siladilar va meni «baraka topg‘il» deb duo qildilar, keyin tahorat oldilar. Tahoratdan tushgan suvdan ichdim, keyin Rasulullohning orqa tomonlariga o‘tib turdim, shunda ikki kuraklari o‘rtasida olmadek keladigan Payg‘ambarlik muhrini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:16:04
43- bob. Bir hovuch suv bilan og‘iz va burun chayqash

Amr ibn Yahyoning otasi bunday rivoyat qiladi: «Abdulloh ibn Zayd idishdan qo‘liga suv quyib, qo‘lini yuvdi, keyin bir hovuch suv bilan og‘iz ham burun chayqadi, shu ishni 3 marta qildi, so‘ng yuzini va ikki qo‘lini tirsagi bylan qo‘shib 2 marta yuvdi. Boshiga mash tortdi. Oyog‘ini tovoni bilan qo‘shib yuvdi, keyin: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday tahorat olar edilar»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:16:19
44- bob. Boshga bir marta mash tortmoq

Amr ibn Hasan rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qanday tahorat qilishlarini Abdulloh ibn Zayddan so‘radim. Shunda u: «Idishda suv keltiringiz!»—dedi. So‘ng tahorat qila boshladi. Idishni qiyshaytirib, qo‘liga suv quyib, 3 marta yuvdi, keyin qo‘lini idishga tiqib, suv olib, burun chayqadi (3 hovuch suv bilan), so‘ng suv olib, 3 marta yuzini yuvdi, keyin suv olib, ikki qo‘lini tirsagi bilan qo‘shib 2 marta yuvdi, boshiga mash tortdi (peshonasidan ensasigacha, ensasidan peshonasigacha qo‘lini yurgizdi), Keyin idishga qo‘lini tiqib suv olib, ikki oyog‘ini yuvdi». Vuhayb: «O’shanda boshga bir marta mash tortdilar»,— deb aytgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:16:38
45- bob. Erkak kishining o‘z xotini bilan bir idishdan tahorat olmog‘ining afzalligi va xotin kishining (uyidan olingan) suv hukmi

Umar ibn Xattob isitilgan suvga va nasroniy ayol uyidan olingan suvga tahorat qildilar.

Abdulloh ibn Umardan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning zamonlarida xotinlar bilan erkaklar (galma-galdan) bir idishdan tahorat olar edilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:16:54
46-bob. Janob Rasululloh sollallohu alayhi sallam tahorat qilgan suvlarini hushidak ketgan odam ustidan quyganlari

Muhammad ibn al-Munqadirga Jobir bunday degan ekan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, betob bo‘lib o‘zimni bilmay yotganimda, meni ko‘rgani kelib, tahorat oldilar va tahorat suvini ustimdan quydilar. O’zimga keldim. Keyin: «Yo Rasulalloh, uzoq qarindoshlarimdan boshqa merosxo‘rim yo‘qdir, merosimni kimga qoldiraman?»—dedim. Shunda meros oyati (faroiz oyati) nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:17:11
47- bob. Tosh yoki yog‘ochdan qilingan idishlardagi suvga tahorat va g‘usl qilmoq

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Namoz (asr) vaqti bo‘ldi. Hovlisi yaqinlar tahorat olgani turdilar, qolgan kishilar Janob Rasululloh huzurlarida qoldilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir tosh idishda suv keltirdilar. Idishning kichikligidan unga qo‘l sig‘masdi, qavmning hammasi shu idishdan tahorat oldi». Abdulloh ibn Munir «Necha kishi edingiz?» deb Anasdan so‘raganida, sakson nafardan ortiq, deb aytgan.

Abu Muso raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv keltirishni buyurdilar, so‘ng qo‘llari va yuzlarini yuvib, og‘iz chayqadilar».

Abdulloh ibn Zayddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam biznikiga keldilar. Idishda suv olib chiqdik. Tahorat oldilar. Yuzlarini 3 marta, qo‘llarini 2 marta yuvdilar, ikki kaftlarini peshonalaridan ensalari tomon va ensalaridan peshonalari tomon bir marta yurgizib, mash tortdilar, keyin oyoqlarini yuvdilar».

Oisha onamiz aytdilar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dardlari og‘irlashganda, to tuzalgunlaricha mening uyimda yotajaklari to‘g‘risida boshqa xotinlaridan ijozat so‘radilar, xotinlar ijozat berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ibn Abbos bilan yana bir kishi yordamida oyoqlarini arang bosib, mening uyimga chiqdilar». Ubaydulloh bunday dedi: «Bu xususda Abdulloh ibn Abbosga aytuvdim, u: «O’sha ikki kishidan birining kim ekanligini bilasanmi?» — dedi. Men: «Yo‘q», — dedim. U: «Ali raziyallohu anhu edilar»,— dedi. Oisha onamiz bunday der edilar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mening uyimga kirganlaridan keyin kasalliklari yanada yanada og‘irlashdi. Shunda: «Ustimdan 7 ta qopqoqliq idishda suv quyingiz, shoyadki, odamlar oldiga chiqib vasiyat qilsam!» dedilar. Xotinlari Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Hafsaning mis tog‘orasiga o‘tqazdilar. Keyin, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam «bo‘ldi» deb ishora qilmagunlaricha ustilaridan suv quya boshladik. Keyin, «bajardingiz» deb odamlar oldiga chiqdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:17:28
48-bob. Tog‘oradan tahorat olmoq

Amr ibn Yahyo bunday rivoyat qiladilar: «Amakim ko‘p tahorat olar edilar. Bir kuni Abdulloh ibn Zayddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tahorat olayotganlarini ko‘rganmisiz?» — deb so‘radilar. Abdulloh ibn Zayd suv keltirmoqlarini buyurdilar. Tog‘orada suv keltirishdi. Keyin ikki qo‘llariga suv quyib, 3 marta yuvdilar, 3 marta bir hovuchdan suv olib, og‘iz va burunlarini chayqadilar, 3 marta yuzlarini yuvdilar, 2 marta qo‘llarini tirsaklari bilan qo‘shib yuvdilar, keyin suv olib, boshga mash tortdilar, oyoqlarini yuvdilar. So‘ng: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday tahorat qilganlarini ko‘rganman»,— dedilar».

Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv keltirmoqni buyurdilar. Idishda ozroq suv keltirildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam idishning og‘ziga panjalarini qo‘ydilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning panjalari orasidan sizib tushayotgan suvga taxminan 70 yoki 80 nafar odam tahorat oldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:17:42
49- bob. Bir mud (taxminan bir litr) suv bilam tahorat olmoq

Ibn Jabrga Anas bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘uslga bir so’dan (taxminan 4 litrdan) 5 mudgacha (taxminan 5 litrgacha) suv ishlatar edilar, 1 mud suv bilan tahorat olar edilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:17:59
50- bob. Mahsiga mash tortmoq

Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mahsilariga mash tortadilar»,— dedi. Abdulloh ibn Umar otasidan: «Shu to‘g‘rimi?»—deb so‘radi. «Ha, to‘g‘ri, agar Sa’d senga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xususlarida biror narga so‘zlasa, bu to‘g‘rida boshqalardan so‘ramagin!»

Urva ibn al-Mug‘ira rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (qazoi hojatga) tashqariga chiqdilar. Otam Mug‘ira ibn Shuba obdastada suv olib, u kishiga ergashdilar, Janob Rasululloh hojatlaridan bo‘shagach, suv quyib berdilar. Rasululloh tahorat olib, mahsilariga mash tordilar».

Ja’far ibn Amr: «Otam Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning mahsiga mash tortganlarini ko‘rganlar»,— deb rivoyat qiladilar.

Ja’far ibn Amr yana bunday deganlar: «Otam Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sallalariga va mahsilariga mash tortganlarini ko‘rgan ekanlar».  
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:18:44
51- bob. Mahsini tahoratli oyoqqa kiyganda...

Urva ibn al-Mug‘iraning otalari bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga safarda edim. Mahsilarini yechmoqqa qo‘l cho‘zdim, shunda: «Qo‘yaver, men mahsini tahoratli oyoqqa kiyganman»,— dedilar, so‘ng mahsilariga mash tortdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:18:59
52- bob. Qo‘y go‘shti va talqon yegandan keyin tahorat olmaslik xususida
Abu Bakr, Umar va Usmon (qo‘y go‘shti va talqon) yedilar va tahorat olmadilar.


Abdulloh ibn Abbos aytdilar:«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘yning qo‘lini yedilar, keyin tahorat olmay, namoz o‘qidilar».

Ja’far ibn Amr: «Otam Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qo‘yning qo‘lidan kesib yeganlarini, namozga chaqirilgach esa, pichoqni qo‘yib, tahorat olmay namoz o‘qiganlarini ko‘rganlar»,— deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:19:17
53- bob. Talqon yegandan keyin og‘iz chayqashlik va tahorat olmaslik xususida

Bashir ibn Yasorga Suvayt ibn Nu’mon bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga safarga chiqdim. Xaybar jangi ketayotgan yil edi. Sahbo’ (Xaybarga yaqin joy) degan yerga borganimizda Rasululloh asr o‘qidilar. Keyin ovqat keltirmoqni buyurdilar. Ovqatga talqon keltirildi, uni ho‘llashni buyurdilar, ho‘llashgach, yedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga biz ham yedik. Keyin shomga hozirlik ko‘ra boshladilar. Og‘iz chayqadilar, biz ham og‘iz chayqadik. Keyin tahorat olmay, namoz o‘qidilar».

Maymuna raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mening yonimda o‘tirib qo‘yning qo‘lini yedilar. Keyin tahorat olmay, namoz o‘qidilar»,— deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:19:29
54- bob. Sut ichganda og‘iz chayqash lozimmi?

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sut ichdilar. So‘ng, «sutda yog‘ bor» deb, og‘iz chayqadilar»,—deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:19:45
55-bob. Uxlab turgandan keyingi tahorat masalasi va «bir oz mudrasa yoki mizg‘isa lozim emas», — deb hisoblovchilar xususida

Oisha onamiz aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:«Agar namoz o‘qiyotgan holda birortangiz uyqusirasangiz, to uyqusirash bosilguncha yonboshlangiz, chunki birortangiz uyqusirab namoz o‘qisangiz, istig‘for aytaman deb, o‘zingizni so‘kib qo‘ymog‘ingiz mumkindir» deganlar».

Anas raziyallohu anhu aytganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki namozda uyqusirasa, nima deb o‘qiyotganini o‘zi biladigan bo‘lguncha, yotib uxlasin!» deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:20:00
56-bob. Tahorat ushatmasa ham tahorat olmoq

Amr ibn Omir bunday deganlar:"Rasululloh salolohu alayhi vasallam har bir namozga alohida tahorat qilur edilar",- dedi Anas. Men:"Sizlarchi?"-dedim, "œAgar tahoratimiz sinmagan bo’lsa, bir tahorat bilan hamma namozni o’qiyverardik"m-dedi Anas".
Suvayt ibn an-Nu’mon bunday deganlar:" Rasululloh salolohu alayhi vasallam bilan birga Xaybar jangi yo’lida safarga chiqdik. Sahbo’ degan joydga borganimizda, Rasululloh salolohu alayhi vasallam imomatga o’tib , asr o’qidilar, so’ng ovqat buyurdilar, ovqatga faqat talqon keltirildi, yedik , ichdik. Keyin Rasululloh salolohu alayhi vasallam shom o’qimoq uchun og’iz chayqadilar. Tahorat olmay, imomatga o’tib , shom namozini o’qidilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:20:18
57-bob. Siydigidan saqlanmaslik gunohi azimlardandir!

Ibn Abbos raziallohu anhu bunday deganlar:" Rasululloh salolohu alayhi vasallam Madina(yoki Makka) qo’rg’onlaridan birining yonidan o’tayotib, ikkita qabrda yotgan insonning azobidan qilayotgan dod-faryodini eshitib qoldilar. Rasululloh salolohu alayhi vasallam:"Ikkovi ham azoblanayotir, lekin ikkovlon ham katta gunoh sababidan azoblanayotgano yo’qdir",-dedilar, keyin "œHa, albatta(ya’ni, siydikdan ehtiyot bo’lmaslik ham katta gunohdir), bittasi siydogidan saqlanmas erdi, ikkinchisi ersa, chaqimchlik qilur erdi",-deb qo’shib qo’ydilar".So’ng,xurmo cho’pidan keltirmoqni buyurdilar. Cho’pni sindirib, har bir qabrga bittadan sanchib qo’ydilar. Shunda :"Yo Rasululloh, nechun bunday qildingiz?"-dedilar. Shunda Rasulloh :"Shoyadki, shi cho’paklar quriguncha, alarming azobi yengillashg’ay",-deb javob qildilar".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:20:31
58-bob. Siydikni yuvish to’g’risidagi hadislar.

Rasululloh salolohu alayhi vasallam :"Qabrda yotgan kishi siydigidan saqlanmas erdi",-dedilar. Odam siydigidan boshqasi haqida xech narsa demadilar.
Anas ibn Molik:" Rasululloh salolohu alayhi vasallam qazoi hojatga borsalar, ortlaridan suv olib borur erdim, yuvar erdilar",-deb aytganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:20:49
59-bob.

Ibn Abbos raziallohu anhu bunday deganlar:" Rasululloh salolohu alayhi vasallam ikki qabrning yonidan o’tdilar, shunda :"Ikkovlari ham azoblanmoqda, katta gunohdam azoblanayotgani yo’qdir. Lekin bittasi siydikdan saqlanmas erdi, ikkinchi ersa, chaqimchilik qilib, gap tashib yurur erdi",-dedilar. Keyin, xurmoning ho’l novdasini olib, ikkiga bo’ldilar-da, har bir qabrga bittadan sanchib qo’ydilar. "œYo Rasululloh , nechun bunday qildingiz?"-deb so’rashdi. "œShoyadki, shu cho’paklar quriguncha alarming azobi yengillashg’ay",-deb javob qildilar. "œMujohiddan ham shunga o’xshash hadis eshitgandirmen",-degan ekanlar Vaki’".
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:21:08
60- bob. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va boshqa kishilarning bir a’robiy (badaviy) masjidda siyib bo‘lgunicha indamay turganlari

Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidda siyayotgan bir a’robiyni (badaviyni) ko‘rib: «Qo‘yingizlar, bo‘lgunicha indamangizlar! » — dedilar. Keyin, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv keltirmoqni buyurdilar. Siydikni yuvib tashlashdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:21:26
61-bob. Masjidga siyilgan siydikni yuvib tashlash xususida

Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «A’robiy o‘rnidan turib, masjidga siydi, odamlar unga tanbeh berishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qo‘yinglar, indamangizlar, siydigi ustidan bir paqir suv quyingizlar! » — dedilar-da, «Darhaqiqat, sizlar osonlashtiruvchi qilib yuborilgansizlar, qiyinlashtiruvchi qilib yuborilmagansizlar»,— deb qo‘shib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:21:37
62- bob. Siydik ustiga suv quymoq

Anas ibn Molik raziyallohu anhudan: «A’robiy kelib masjidning chekkasiga siydi. Odamlar unga: «Nima qilyapsan?» — deb hayqirishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga: «Qo‘yinglar!»—dedilar. A’robiy bo‘shagandan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir paqir suv keltirib, siyilgan joyni yuvib tashlamoqni buyurdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:21:54
63- bob. Yosh bolalarning siydigi to‘grisida

Oisha Umm ul-Mu’minin raziyallohu anho dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir emizikli bolani keltirdilar. Bola Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga siyib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv keltirib, siydik tekkan joyga quydilar.

Ummu Qays binti Muhsin emizikli o‘g‘ilchasini Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qo‘llariga berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bolani qo‘ynilariga o‘tqazdilar. Bola Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga siyib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv oldirib keltirib, siydik tekkan joyga quydilar, yuvmadilar (qiz bola bo‘lsa, yuvmoq lozimdir)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:22:13
64-bob. Tik turib va o‘tirib siymoqniig hukmi

Huzayfa raziyallohu anhu bunday rivoyat qilganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir qavmning chiqindilar (axlat) tashlaydigan joyiga kelganlarida tik turib peshob qildilar (o‘tirishga joy topilmagan chog‘da joizdir). Keyin: «Suv keltirgin!» — dedilar. Suv olib keldim, tahorat oldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:22:28
65- bob. Hamrohining yonida peshob qilmoq va hamroxi uni pana qilib turmog‘i

Huzayfa raziyallohu anhu bunday deganlar: «Esimda, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga aylanib yurganimizda bir qavmning devor orqasida joylashgan axlatxonasi oldiga kelib qoldik. Rasululloh, har biringiz tik turib peshob qilganingizdek tik turib peshob qildilar. Men shunda u kishidan chetlangan edim, menga ishora qildilar, men u kishini bo‘shagunlaricha pana qilib turdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:22:43
66- bob. Qavmning axlatxonasiga peshob qilish to‘g‘risida

Abu Muso al-Ash’ariy: «Siydikdan o‘zingizni ehtiyot qilingiz! » —deb qattiq tayinlab, «Baniy Isroil qavmlaridan birontasining kiyimiga siydik tegsa, o‘sha joyni kesib tashlar edi»,— dedilar. Shunda Huzayfa (shoyad, Abu Muso bu to‘g‘rida hadeb so‘zlamoqdan to‘xtasa, degan maqsadda): «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir qavmning axlatxonasiga tik turib peshob qilganlar-ku?!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:22:58
67- bob. Qonni yuvmoq xukmi

Asmo binti Abu Bakrdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga bir xotin kelib: «Birontamiz hayz ko‘rsa, qon teggan kiyimimizni nima qiladi?» — deb so‘radi. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Ishqalab tashlaydi, keyin suv bilan mijib yuvib, ustidan suv quyadi, so‘ng kiyib namoz o‘qiyveradi»,— dedilar».

Oisha onamiz dedilar: «Fotima binti Abu Hubaysh Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xuzurlariga kelib so‘radi: «Yo Rasulalloh, men istihoza ko‘radigan xotinman (qon to‘xtamaydi), tozalanmasman, namozni tark etgaymanmi?» Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Yo‘q, u tomirdan keladigan qondir, hayz emas, agar hayz kelsa, namozni tark etgin, hayz tugashi bilan g‘usl qilib, keyin namoz o‘qigin!»—dedilar». (To hayz vaqti kelguncha har bir namoz uchun alohida tahorat olmoq lozim)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:23:13
68- bob. Maniyni yuvmoq va ishqalab tashlamoq, jinsiy aloqa vaqtida xotin kishidan chiqadirgan namni yuvmoq

Oisha onamiz bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga jinsiy aloqa vaqtida tegib qolgan namni yuvar edim, kiyimlari namligicha (boshqa kiyimning yo‘qligidan) namozga chiqib ketar edilar».

Sulaymon ibn Yasordan: «Oisha onamizdan kiyimga tegib qolgan maniy hukmi to‘g‘risida so‘radim. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga tekkan namni yuvar edim, u kishi kiyimlarining namligicha namozga chiqar edilar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:23:36
69- bob. Jinsiy aloqadan tekkan namni va boshqa narsalarni yuvsa-yu, dog‘i ketmasa (bo‘laveradi)

Amr ibn Maymuna bunday dedilar: «Men Sulaymon ibn Yasordan: «Jinsiy aloqada maniy tekkan joyni nima qilish kerak? » — deb so‘radim. «Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga tekkan namni yuvar edim, kiyimlari qurib ulgurmay namozga chiqar edilar,— deganlar»,— deb aytdilar».

Sulaymon ibn Yasor: «Oisha raziyallohu anho Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlaridagi maniyni yuvar edi. Men u kishining kiyimlaridagi dog‘larni ko‘rganman»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:23:50
70- bob. Tuya, yilqi va qo‘y siydiklarining hamda ular saqlanadigan joylarning (qo‘ra, molxonaning) hukmi

Abu Muso Dorulbaridda (karvonsaroyda), shundaygina yonlarida sayhon yer bo‘la turib, tezaklar ustida namoz o‘qidilar. Keyin: «U yer ham, bu yer ham bari bir»,— dedilar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ukul yoki Arina degan joydan (Madinaga) odamlar kelishdi. Madinada ular qorin og‘riq kasaliga mubtalo bo‘ldilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga shahar tashqarisida o‘tlab yurgan sog‘in tuyalar sutidan va siydigidan ichmoqni buyurdilar. Ular shunday qilishdi. Sog‘ayganlaridan keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tuyaboqarlarini o‘ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Erta tongda bu to‘g‘rida xabar qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularning izidan askar yubordilar, kun yoyilgan vaqtda ularni asir qilib olib kelishdi. Qo‘l va oyoqlarini kesib, ko‘zlariga mil tortib, toshloq joyga tashlab qo‘ydilar. «Suv-suv» deyishardi, lekin suv berishmas edi. Abu Qiloba bunday dedilar: «Ular o‘g‘rilik qildilar, odam o‘ldirdilar va iymon keltirganlaridan keyin yana qayta kofir bo‘ldilar, dindan chiqdilar, Alloh va uning Rasuliga dushmanlik qildilar».

Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjid qurilishidan avval qo‘yxonalarda namoz o‘qir edilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:24:10
71- bob. Yog‘ga va suvga tushgan iflos narsalar hukmi

Zuhriy bu xususda bunday deganlar: «Suvning ta’mi, hidi yoki rangi o‘zgarmasa, ishlatsa bo‘ladi». Hammod: «O’limtikning pati suvga tushsa, zarari yo‘qdir»,— deganlar.
Fil va boshqa go‘shti yeyilmaydigan hayvonlar suyagi to‘g‘risida Zuhriy bunday deganlar: «O’tmish olimlarining ko‘pini ko‘rdim, o‘lgan hayvonlarning suyagidan yasalgan taroq bilan sochlarini tarashar edi, xushbo‘ylik solinadigan idishlari ham o‘sha suyaklardan tayyorlangan edi. Ular buning zarari yo‘q, deb bilishar edilar».
Ibn Sirin va Ibrohim: «Fil suyagi bilan savdo-sotiq qilmoqning zarari yo‘q»,— der edilar.

Maymuna raziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyuq yog‘g‘a tushib, o‘lib qolgan sichqon hukmi to‘g‘risida so‘radilar. Shunda Rasululloh: «Sichqonni va uning atrofidagi yog‘ni olib tashlab, qolganini yeyaveringiz»,— deb javob qildilar».

Maymuna onamiz yana bunday deganlar: «Shu hadisning o‘zini Muin sal boshqacharoq qilib aytib berdi, keyin men eslab qololmaydigan darajada yana juda ko‘p hadis rivoyat qildi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu quyidagi hadisni keltiradilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Musulmon odam Alloh yo‘lida qancha so‘z aytgan bo‘lsa, qiyomat kuni o‘shancha jarohati bor shahid qiyofasida namoyon bo‘ladi, badanining rangi tig‘ urilganda oqib turgan qon rangida, hidi mushk hidi kabi bo‘ladi»,— deganlar. (Bu o‘rinda ushbu hadis keltirilishining boisi quyidagicha: mushk aslida hayvonlar bezidan olinadi va haromdir, lekin ishlov berilgach, xushbo‘y moddaga aylanib, haromlik hukmidan chiqadi. Shuningdek shahidlar qoni ham Alloh yo‘lida to‘kilgani uchun haromlik hukmidan chiqib, poklik - halollik hukmiga o‘tadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:24:26
72- bob. Ko‘lmak suv to‘g‘risida

Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: «Biz bu dunyoda oxirgilarmiz, u dunyoda esa, birinchilarmiz»,—deganlarini eshitgan ekanlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu Payg‘ambarimizning ana shu hadislariga tayanib aytganlar: «Birortangiz ko‘lmak suvga siymangiz, sizdan keyin birov tahorat olgay».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:24:42
73-bob. Agar namozxonning ustiga nopok narsa tashlansa yoki o‘limtik tashlansa, namozi buzilmaydi

Ibn Umar namoz o‘qiyotib, kiyimlariga qon tekkanini ko‘rib qolsalar, uni yechib tashlar edilar-da, namozni davom ettiraverar edilar.

Ibn al-Musayyab va ash-Sha’biy: «Agar biror kishi namoz o‘qiyotganida kiyimiga qon yoki maniy tekkanini yohud qiblani yanglishtirganini yoki tayammum qilgan holda ekanligini bilib qolsa-yu, suv axtarmoq vaqtida namoz qazo bo‘lmog‘ini anglasa, namozni qaytarib o‘qimaydi»,— deganlar.

Abdulloh ibn Mas’uddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ka’batulloh yonida namoz o‘qiyotgan edilar Abu Jahl (Islom dushmani) va uning sheriklari o‘sha yerda o‘tirishgan edi. O’zaro bir-birlariga: «Qaysi biringiz falonchi so‘ygan tuyaning ichak-chavog‘ini keltirib, Muhammad sajda qilayotganda ustiga tashlay olasiz?»—deyishdi. Shunda qavmning eng badbaxti ichak-chavog‘ni olib kelgani ketdi, keltirgach, Muhammad alayhis-salomning sajdaga bosh qo‘yishlarini poylab turib, ikki kuraklari o‘rtasiga tashladi. Abdulloh ibn Mas’ud: «Men qarab turibman-u, hech narsa qila olmayman, agar kuch-quvvatim bo‘lganda edi... deyman»,— deydilar. Ular qotib-qotib kula boshladilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qizlari Fotima kelib, olib tashlamaguncha sajdadan boshlarini ko‘tarmadilar. Qizlari ichak-chavog‘ni yelkalaridan olib tashlagach, boshlarini ko‘tarib: «Ilohi, Qurayshni (qabilani) halok qil!»— deb uch marta duoi bad qildilar. Duoi bad qilganlari ularga og‘ir botdi. «Ular bu shaharda qilingan duo mustajob bo‘lmog‘ini bilishar edi», — deydilar Ibn Mas’ud. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boshqatdan: «Ilohi, Abu Jahlni, Utba ibn Rabi’ani, Shayba ibn Rabi’ani, Valid ibn Utbani, Umayya ibn Xalafni, Uqba ibn Abu Mu’itni halok qilg‘il!» —deb nomma-nom duoi bad qildilar. Yettinchi nomni ham aytdilar, lekin biz eslab qololmadik. Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam nomlarini sanagan kishilarning barchasi Badr urushida o‘ldirilib, quduqqa tashlanganini aniq ko‘rdim»,— deydilar Ibn Mas’ud.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:24:57
74- bob. Kiyimga tekkan tupuk, manqa va shunga o‘xshash narsalar hukmi

Marvon bunday rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Hudaybiyaga qilingan safar chog‘ida yo‘lda ketayotib burun qoqsalar, sahobalarning kaftlariga tushar edi (ular yerga tushmog‘iga qo‘yishmas edilar), ular darrov tabarruk qilib yuzlari va badanlariga surtib olishar edilar».

Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kiyimlarining etagiga tufladilar (namozda)». Anas bu hadisni «uzoq hikoya qilgan (bu haqda keyinroq batafsil aytiladi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:25:13
75- bob. Nabiz (xurmo sharbati) yoki mast qiluvchi ichimliklar bilan tahorat olmoq joiz emas

Hasan Basriy nabiz bilan tahorat olmoqni makruh deganlar.

Ato ibn Abu Raboh: «Menga nabiz yoki sut bilan tahorat qilgandan, tayammum qilmoq afzalroq»,— deb aytganlar.

Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mast qiladigan ichimliklarning barchasi haromdir!» — deb aytganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:25:30
76- bob. Ayol kishi otasining yuzidagi qonni yuvib qo‘yishining joizligi

Abulamid: «Oyog‘imga mash tortib qo‘yingiz, oyog‘im og‘riyapti»,— deganlar.

Abu Hozim bunday deganlar: «Odamlar Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning jarohatlari nima bilan davolandi?» — deb so‘raganlarida, yonginasida turgan edim. «Bu to‘g‘rida mendan ko‘ra yaxshiroq biladigan odam qolmadi. Ali qalqonida suv keltirar edi, Fotima esa Rasulullohning muborak yuzlaridagi qonni yuvar edi, so‘ng, bo‘yrani kuydirib, kulni jarohatga bosar edi», — dedi Sahl.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:25:43
77- bob. Misvok bilan tish tozalamoq

Ibn Abbos rivoyati: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uylarida yotib qoldim. Misvok bilan tish tozaladilar». Abu Muso quyidagi hadisni o‘g‘illari Abu Burdaga aytib bergan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga borsam, misvok bilan o‘xchib-o‘xchib tishlarini yuvayotgan ekanlar. Misvok og‘zilarida-yu, qayt qilayotgan odamning ovoziga o‘xshash ovoz qilyaptilar».

Huzayfa raziyalloxu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kechasi tursalar, misvok bilan tishlarini tozalar edilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:25:58
78- bob. Misvokni (ikki kishi turgan bo‘lsa) yoshi kattasiga bermoq

Ibn Umar raziyalloxu anhuga Rasulullox sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tushimda men 2 misvok bilan tish tozalayotgan emishman. Yonimga ikki kishi keldi, biri ikkinchisidan (yoshi) kattaroqdir. Misvokni kichkinasiga uzatdim, shunda menga: «Kattasiga bering!» — deb aytildi. Misvokni kattasiga berdim». «Ushbu hadisni Naim ibn Hammod ham qisqaroq qilib aytib bergan»,— deydilar Imom Buxoriy.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 10:26:21
79- bob. Tahorat olib yotmoqning fazilati

Barro ibn Ozib dedilar: «Menga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «O’ringa yotadigan bo‘lsang, namozga tahorat olganingdek tahorat olgin. Keyin o‘ng yoning bilan yotgin, so‘ngra («Allohumma aslamtu vajhiy ilayka va favvaztu amriy ilayka vaalja’tu zahriy ilayka rag‘batan va rahbatan ilayka, lo malja’a va lo manjo minka illo ilayka. Allohumma omantu bi kitabika-llaziy anzalta va binabiyyika-llaziy arsalta» degin! Agar shu kechada vofot etsang, dini islomda, Ibrohim millatida vafot etgan bo‘lasan. Bu so‘zlarni eng so‘nggida aytgin!» Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir boshdan qaytarib aytib berayotib, «Allohumma omantu bi kitabika-llaziy anzalta» degan joyiga kelganimda «rasulika-llaziy» deb yubordim. Shunda Rasululloh: «Bunday emas, «nabiyyika-llaziy» deb aytgin!» — dedilar». Duoning mazmuni: «Ilohi, o‘zimni ham, kori-borimni ham o‘zingga topshirdim, savobingdan umid qilib va azobingdan qo‘rqib, senga suyandim, sening najotingdan o‘zga najot yo‘qdir, sening panohingdan o‘zga panoh yo‘qdir. Ilohi, nozil qilgan Kitobingga ishondim va yuborgan payg‘ambaringga iymon keltirdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Iyun 2006, 11:48:10
G’USL KITOBI

Alloh taolo bunday deydi: «Agar yaqinlik (aloqa) etsangiz, g‘usl qilingiz! Agar betob bo‘lsangiz, yoki safarda bo‘lsangiz, yoki qazoi hojat etsangiz yoki ayolga yaqinlashsangiz-u suv topmasangiz, toza tuproqqa tayammum qilingiz, yuzingizga surtingiz va ikki qo‘lingizga surtingiz. Alloh taolo sizni qiynab qo‘yishni istamaydi, ammo sizning gunohdan va nopokliqdan forig‘ bo‘lishingizni istaydi. Sizga mo‘l-ko‘l ne’mat ato qilgayman, shoyadki siz shukr etsangiz!»

Alloh taolo yana bir oyati karimasida aytadi: «Ey mo‘‘minlar, mast holda nima deb aytayotganingizni biladigan bo‘lguningizcha namozga kirmangiz va nopok holda tahorat olmaguningizcha masjidga yaqin bormangiz, yo‘lovchi bo‘lsangiz, o‘tib ketsangiz, mayli. Agar betob bo‘lsangiz yoki safarda bo‘lsangiz yoki tahorat ushatsangiz yoki xotinga yaqinlik qilsangiz-u, suv topmasangiz, toza tuproqqa tayammum qilingiz ikki kaftingizni tuproqqa tekkizib yuzingizga surtingiz va qo‘llaringizga surtingiz. Darhaqiqat, Alloh taolo (gunohlarni) avf qilguvchi va kechirguvchidir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Iyun 2006, 11:48:54
1-bob. G’usldan avval tahorat olmoq

Rasulullohning xotinlari Oisha raziyallohu anho dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan keyingi g‘uslni avval qo‘llarini yuvishdan boshlar edilar. Keyin namozga tahorat olgandek tahorat olar edilar, so‘ng qo‘llarini suvga tiqib ho‘llab, sochlarining oralariga panjalarini kirgizib, ishqar edilar, keyin boshlariga 3 hovuch suv quyar edilar. Shundan so‘ng butun badanlarini suv quyib yuvar edilar».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xotinlari Maymuna raziyalloxu anxo dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga tahorat olgandek tahorat oldilar, lekin oyoqlarini yuvmadilar (mustahab qildilar). So‘ng maniy tekkan joyni yuvib tashladilar, keyin ustlariga suv quyib, butun badanlarini yuvdilar-da, chetga chiqib turib, ikki oyoqlarini yuvdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning jimo’dan keyingi g‘usllari mana shudir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Iyun 2006, 11:49:34
2- bob. Eru-xotinning birga g‘usl qilmog‘i

Oisha raziyallohu anho dedilar: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir idishdan g‘usl qilar edik. Idishning nomi farq (7-5 litrga yaqin suv sig‘adirgan tog‘ora) deb atalar edi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Iyun 2006, 11:50:05
3- bob. Bir so’ (3-6 litr) yoki shunga yaqin suv bilan g‘usl qilmoq

Abu Bakr ibn Hafs Abu Salamaning mana bunday deganini eshitgan ekanlar: «Men va Oishaning ukasi ikkalamiz Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga kirdik. Ukasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qanday g‘usl qilmoqlari to‘g‘risida so‘radi. Shunda Oisha raziyallohu anho bir so’ suv sig‘g‘udek idishda suv keltirmakni buyurdilar. Suv keltirilgach, g‘usl qildilar. Suvni boshlaridan quydilar. Ular bilan bizning oramizda parda bor edi.

Abu Ja’far aytadilar: «Jobir huzurida bir jamoa kishilar bor edi, ulardan biri g‘usl to‘g‘risida so‘radi. «Senga bir so’ suv kifoya qiladi»,— dedi Jobir. «Menga kifoya qilmaydi»,— dedi u. Shunda Jobir: «Sendan ko‘ra sochi ko‘proq, o‘zi yaxshiroq kishiga (Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga, demoqchi) ham kifoya qilgan edi»,— dedi. Keyin yupun kiyingan holda imomatga o‘tdi».

Ibn Abbosdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va Maymuna onamiz bir idishdagi suvga g‘usl qilar edilar». Imom Buxoriy aytadilar: «Ibn Abbos Maymunadan hadis tinglab, boshqalarga aytib berar edi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Iyun 2006, 11:50:34
4- bob. Boshga uch hovuch suv quymoq

Jubayr ibn Mut’imdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ammo men g‘usl qilar bo‘lsam boshimga 3 hovuch suv quyaman»,— deb ikki qo‘llariga ishora qildilar».

Jobir ibn Abdullohdan: «Rasululloh sollallohu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘usl qilsalar, boshlariga uch hovuch suv quyar edilar».

Abu Ja’farga Jobir raziyallohu anhu bunday degan ekanlar: «Yonimga amakivachchang (Hasan ibn Muhammad, Hazrat Alining Fotimadan boshqa xotinlaridan tug‘ilgan bola) keldi. «Jimo’dan so‘ng qanday g‘usl qilinadi?»—deb so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 3 hovuch suv olib, boshlaridan quyar edilar, so‘ng badanlarini yuvar edilar»,— dedim. «Mening sochim ko‘p»,— dedi Hasan. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sochlari senikidan ham ko‘p edi»,— dedim unga».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Iyun 2006, 11:51:14
5- bob. Bir marta yuvmoq

Maymuna raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga g‘usl qilmoq uchun suv quydim. Ikki qo‘llarini bo‘g‘inigacha 2-3 marta yuvdilar. Keyin chap qo‘lda suv olib, mustahab qildilar, so‘ng o‘sha qo‘llarini yerga surtdilar-da, yuvib tashladilar. Shundan so‘ng og‘iz va burun chayqadilar, yuzlarini, ikki qo‘llarini tirsagigacha yuvdilar. Keyin badanlariga suv quydilar. So‘ng chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:11:51
6 - bob. G’uslni xushbo‘yliklar ishlatishdan boshlamoq

Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan keyin g‘usl qilsalar, hilob (muattar suyuqlik)ga o‘xshash biror xushbo‘ylik olib kelmoqni buyurar edilar. Uni kaftlariga quyib, avval boshlarining o‘ng qismiga, so‘ng chap qismiga surtar edilar» (bir yo‘la ikki kaftlari bilan ham surtar edilar, deyishadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:13:40
7- bob. Jimo’dan keyin g‘usl qilish vaqtida og‘iz va burunni chayqamoq hukmi

Ibn Abbosga Maymuna raziyallohu anho bunday rivoyat qilgan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga g‘usl uchun suv quyib berdim. Qo‘llarini yuvdilar, keyin olatlarini yuvdilar, so‘ng qo‘llarini yerga ishqab, yuvib tashladilar. So‘ng og‘iz va burun chayqadilar, yuzlarini yuvdilar, boshlaridan suv quydilar, keyin chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar. Sochiq uzatishgan edi, artinmadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:14:09
8- bob. Qo‘lni poklash uchun yerga ishqamoq

Maymuna raziyallohu anho quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan keyin g‘usl qildilar. Avval olatlarini yuvdilar, keyin qo‘llarini devorga ishqab, yuvib tashladilar, so‘ng namozga tahorat olgandek tahorat oldilar. Tahorat qilib bo‘lgach, oyoqlarini yuvdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:14:59
9- bob. Jimo’ qilgan kishi agar qo‘liga iflos tegmagan bo‘lsa, qo‘lini yuvmay turib suvga tiqishi mumkinmi?

Ibn Umar va Barro ibn Ozib raziyallohu anhumo , qo‘llarini yuvmasdan turib suvga tiqdilar, keyin tahorat oldilar. Ibn Umar va Ibi Abbos g‘usl qilayotganda badandan tushayotgan suvning qisman toza suvga sachrashining zarari yo‘q, deb hisoblashgan.

Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan men bir idishdan suv olib yuvinar edik, qo‘llarimizni idishga galma-gal tiqar edik».

Oisha raziyallohu anho yana bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan so‘ng g‘usl qilsalar, avval qo‘llarini yuvar edilar».

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va men jimo’dan so‘ng bir idishdan suv olib, yuvinar edik»,— deb ham aytganlar.

Abdulloh ibn Abdulloh ibn Jubayr: «Men Anas ibn Molikning «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va xotinlari birgalikda bir idishdan suv olib g‘usl qilishar edi»,— deganini eshitdim. Shunda Muslim: «Jimo’dan so‘ng» degan so‘zni qo‘shib qo‘ydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:18:07
10- bob. G’usl bilan tahoratni alohida-alohida qilmoq joizmi?

Ibn Umar xususlarida «U kishi tahorat qilganlarida badanlaridagi suv qurib bo‘lgandan keyingina oyoqlarini yuvdilar»,— deb rivoyat qilishadi.

Maymuna raziyallohu anho bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga g‘usl qilish uchun suv quydim. Shunda qo‘llarini 2 yoki 3 marta yuvdilar, keyin o‘ng kaftlariga quyilgan suvni chapiga olib, mustahab qildilar, so‘ng chap qo‘llarini yerga ishqab, yuvib tashladilar. Shundan keyin og‘iz va burun chayqadilar, yuzlarini va qo‘llarini yuvdilar, boshlarini 3 marta yuvdilar, keyin butun badanlariga suv quydilar. Keyin o‘rinlaridan turib, chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:19:23
11-bob. G’uslda avval o‘ng kaftiga suv olib, keyin chap kaftiga quyish to‘g‘risida

Maymuna raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni g‘usl qilayotganlarida begona ko‘zdan pana qilib, suv quyib turdim. Bir-ikki marta qo‘llarini yuvdilar» (Sulaymon: «O’shanda uch marta dedilarmi, yo‘qmi, bilmayman», deydi). Keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘ng qo‘llariga quyilgan suvni chapiga olib, olatlarini yuvdilar. So‘ngra qo‘llarini yerga yoki devorga ishqab, yuvib tashladilar. Shundan keyin og‘iz va burun chayqadilar, yuz-qo‘llarini, boshlarini yuvdilar. Keyin butun badanlariga suv quydilar. Oxiri chetga chiqib, oyoqlarini yuvdilar. Artingani sochiq uzatsam, qo‘llari bilan «kerakmas», deb ishora qildilar, artinmakni xoxlamadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:20:17
12- bob. Kishi xotini bilan bir marta aloqa qilib, keyin (g‘usl qilmasdan) yana aloqa qilishi yoki (hamma) xotinlarini aylanib chiqqach, bir marta g‘usl qilishi mumkinmi?

Ibrohim ibn Muhammadning otasi Oisha raziyallohu anhoga: «Ibn Umar xushbo‘yliklar sepib ehromga kirmakni yoqtirmas edi»,— dedi. Shunda Oisha raziyallohu anho: «Alloh taolo Abu Abdurrahmon ibn Umarni rahmat qilsin! Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga xushbo‘yliklar separ edim, keyin xotinlarini (jimo’ qilmak uchun) kirib chiqar edilar, chiqqanlaridan so‘ng, xushbo‘y hid anqib turgan holda ehromga kirar edilar»,— deganlar.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kechasimi, kunduzimi, bir vaqtning o‘zida hamma xotinlarini aylanib chiqar edilar, vaholanki, ular 11 ta edi»,— debdilar. Shunda Qatoda Anasdan: «Bir vaqtning o‘zida shunchaga kuchlari yetarmidi?» — deb so‘radilar. Anas: «Biz sahobalar, Rasulullohga 30 kishining quvvati berilgan, deb so‘zlab yurar edik»,— dedilar. «Anas bizga, Rasulullohning 9 ta xotinlari bor, deb aytdi»,— deydilar Sa’id (demak 11 xotindan 2tasi cho‘ri bo‘lgan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:21:22
13- bob. Maziy (olat uchiga maniydan oldin keladigan nam) kelsa, tahorat joizmi?

Ali raziyallohu anhudan: «Shahvatim ko‘p odam edim, bu haqda Rasulullohdan so‘ra, deb bir kishiga buyurdim. Rasulullohning qizlari menga xotin bo‘lgani uchun o‘zim so‘rayolmadim. Rasululloh: «Oldingni yuvib, tahorat olgin!» — debdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:24:56
14 - bob. O’ziga xushbo‘y narsalar sepib, keyin g‘usl qilsa-yu, lekin badanida hidi qolsa, joizmi?

Ibrohim ibn Muhammadning otasi Oisha raziyallohu anhodan bir masala xususida so‘rab, Ibn Umarning «Badanimdan xushbo‘y hid anqib turgan holda ehromga kirmakni yoqtirmayman» degan so‘zlarini eslatdilar. «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga xushbo‘y narsalar surtdim, keyin xotinlarini aylanib chiqdilar, so‘ng ehromga kirdilar»,— dedilar Oisha.

Oisha raziyallohu anhodan: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ehromda ekanliklarida peshonalarining yarqirab turganini ko‘rgandek bo‘lar edim» (ya’ni, badanga surtilgan xushbo‘y yog‘ yaltirab turgan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:29:08
15- bob. Badanning hammasini yuvib bo‘ldim, deb hisoblagandan keyin ham soch orasiga panjani tiqib yuvmoq

Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan so‘ng g‘usl qilganlarida, avval qo‘llarini yuvib, keyin namozga tahorat olgandek tahorat olar edilar. Shundan keyingina g‘usl qilmoqqa kirishar edilar. Hatto hamma yog‘imni yuvib bo‘ldim, deb o‘ylaganlarida ham sochlarining orasiga panjalarini tiqib, ustidan 3 marta suv quyib yuvar edilar. So‘ng badanlarining qolgan qismini yuvar edilar. Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikkalamiz bir idishdan suv olib yuvinar edik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:30:45
16- bob. Bir kishi jimo’dan so‘ng tahorat olsa, keyin qolgan a’zolarini yuvsa, tahoratda yuvgan joylarini qaytadan yuvmasa, joizmi?

Maymuna raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga jimo’dan so‘ng g‘usl qilmoq uchun suv quydim. O’ng qo‘llariga quyilgan suvni chapiga olib, 2 yoki 3 marta mustahab qildilar. Keyin qo‘llarini yerga yoki devorga ishqaladilar, 2 yoki 3 marta yuvib tashladilar, keyin og‘iz va burun chayqadilar, yuzlarini yuvdilar, ikki bilaklarini tirsagigacha yuvdilar, so‘ng boshlariga suv quydilar, keyin butun a’zolarini yuvdilar (avval tahorat qilgan a’zolaridan tashqari), so‘ngra chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar. Sochiq olib keldim, xohlamadilar. Qo‘llari bilan suvni sidira boshladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:31:24
17-bob. Agar kishi masjidda turgan vaqtda jimo’dan keyin yuvinmaganligi esiga tushib qolsa, shu ahvolda masjiddan chiqib ketadimm yoki tayammum qiladimi?

Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Namozga takbir aytildi, saflar to‘g‘rilandi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jamoat oldiga chiqdilar. Musallolariga (namozgohlariga) kelganlarida junub ekanlari eslariga tushib qoldi. Shunda bizga: «Joyingizda tura turingiz!»—deb qaytib kirib ketdilar. Bir ozdan so‘ng sochlaridan suv tomganicha chiqib keldilar. Keyin takbiri tahrima aytdilar, biz u kishi bilan birga namoz o‘qidik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:33:51
18-bob. Jimo’dan so‘ng g‘usl qilganda qo‘lda qolgan suvni silkitmoq

Maymuna raziyallohu anho dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni (begona ko‘z tushmasligi uchun) kiyim bilan to‘sib turib, g‘uslga suv quyib berdim. Avval qo‘llarini yuvdilar, so‘ng o‘ng kaftlaridagi suvni chap kaftlariga qo‘yib, mustahab qildilar. Keyin qo‘llarini yerga ishqalab, yuvib tashladilar, og‘iz va burun chayqadilar, yuzlarini yuvdilar, ikki qo‘llarini tirsagigacha yuvdilar, boshlari va butun badanlariga suv quydilar. Keyin o‘rinlaridan turib, chetga chiqdilar-da, oyoqlarini yuvdilar. Sochiq uzatdim, olmadilar, qo‘llarini suvini silkitib chiqib ketdilar» (Qo‘lning suvini silkitishning halolligiga bu hadis dalildir. «Lekin zarurat bo‘lmasa, silqitmaslik kerak»,— deydilar Qastaloniy).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:34:39
19- bob. G’uslni o‘ng tomondan boshlamoq

Oisha raziyallohu anho dedilar: Birontamizga g‘usl lozim bo‘lib qolsa, qo‘lga suv olib, boshga 1 marta quyar edik. Keyin qo‘lga suv olib, avval o‘ng yelkaga, so‘ng chap yelkaga quyar edik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:37:30
20- bob. Xilvatda yalang‘och cho‘milmoq mumkinmi? Xilvatda panada cho‘milmoq afzaldir!

Bahz ibn Hakimning bobosiga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday degan ekanlar: «Alloh taolo kishining odamlardan ko‘ra, o‘zidan hayo qilishlariga haqliroqdir» (ya’ni, odamlardan ko‘ra, Allohdan uyaling, odamlardan o‘zni pana qilish mumkin-u, lekin Allohdan o‘zni pana qilib bo‘lmaydi, u baribir ko‘rib turadi).

Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar, deydilar: «Bani Isroil qavmi bir-biriga qarab yalang‘och yuvinaverardi. Muso alayhissalom yolg‘iz o‘zlari yuvinar edilar. Shuning uchun ham: «Musoning biz bilan birga yuvinmog‘iga faqat uning dabbaligi mone’lik qiladi»,— deyishdi. Bir kuni Muso alayhissalom yuvingani borib, kiyimlarini bir tosh ustiga yechib qo‘ygan edilar, tosh kiyimlarini (Allohning amri bilan) olib qochdi. Muso alayhissalom: «Ey tosh, kiyimimni ber, kiyimimni ber!»—deganlaricha ketidan quvib ketdilar. Shu fursatda Muso alayhissalomning yalang‘och badanlariga ko‘zi tushgan Bani Isroil qavmi: «Allohga qasamki, Musoda hech ayb (jismoniy ayb) yo‘q ekan»,— dedi. Muso alayhissalom kiyimlarini olib, toshni do‘pposlay ketdilar». «Allohga qasamki, o‘shanda u kishining zarblaridan toshda 6 yoki 7 ta darz paydo bo‘lgandi»,— deydilar Abu Hurayra.

Abu Hurayra raziyallohu anhuga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytib bergan ekanlar: «Ayyub alayhissalom yalang‘och yuvinayotgan edilar, ustlariga tilla chigirtka qo‘ndi. Ayyub alayhissalom (chigirtkani) kiyimlariga yashira boshladilar. Shunda Alloh taolo nido qilib: «Ey Ayyub, seni ko‘rib turganingga (tilla chigirtkaga, ya’ni boylikka) ehtiyojsiz qilmaganmidim?!» —dedi. «Izzating haqqi, ha, ehtiyojsiz qilgansan, ammo men sening barakotingdan benasib emasman»,— dedilar Ayyub alayhissalom». (Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu rivoyatni aytganlari bejiz emas. Bu yerda yalang‘och cho‘milishdan uyalgandan ko‘ra, boylikka ruju’ qilishdan uyalmok kerak degan ma’no yotadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:38:05
21- bob. Odamlar bor joyda o‘zini panaga olib g‘usl qilmoq

Abu Tolibning qizi Ummu Honi’ bunday degan ekan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uylariga Makka fath bo‘lgan yili bordim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘usl qilayotgan ekanlar. Qizlari Fotima pana qilib turgan ekanlar. Shunda Rasululloh: «Kim bu?»—dedilar. Men: «Ummu Honi’man»,— dedim».

Maymuna raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni jimo’dan so‘ng g‘usl qilayotganlarida to‘sib turdim. Avval qo‘llarini yuvdilar, so‘ng o‘ng kaftlaridagi suvni chapiga olib, olatlarini yuvdilar, keyin qo‘llarini yerga yoki devorga ishqab yuvib tashladilar, keyin namozga tahorat olgandek tahorat oldilar, oyoqlarini yuvmadilar. Shundan so‘ng butun badanga suv quyib yuvindilar-da, chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar». Abu Uvona va Ibn Fazil ham g‘usl qilayotganda o‘zni panaga olmoq xususida shu hadisni zikr qilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:38:51
22-bob. Xotin kishi ihtilom bo‘lib (bulg‘anib) qolsa...

Ummu Salama bunday degan ekanlar: «Abu Talhaning xotini Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Alloh taolo haq narsadan uyalmoqni buyurmaydi. Agar xotin kishi ihtilom bo‘lib qolsa, g‘usl lozimmi?»—deb so‘rabdi. Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ha, agar nam kelganini ko‘rsa (lozimi nam bo‘lib qolganini sezsa)»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:39:49
23- bob. Junub kishining (uyatdan) terlagani va mo‘min kishining yuvuqsiz yurmasligi xususida

Abu Rofi’ bunday rivoyat qiladilar: «Abu Hurayra Madina ko‘chalaridan birida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga junub holda yo‘liqib qoldi. U Rasulullohdan o‘zini chetga olib, sekingina g‘oyib bo‘ldi. Bir ozdan so‘ng g‘usl qilib, qaytib kelganida: «Qaerda eding, ey Abu Hurayra?»—dedilar. «Junub edim, siz bilan nopok holda o‘tirmoqni lozim ko‘rmadim»,— dedi Abu Hurayra. Shunda: «Subhonalloh, mo‘‘min kishi, hech vaqt nopok bo‘lmaydi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:41:33
24- bob. Yuvuqsiz holda uydan chiqib, bozor va boshqa joylarda yurish mumkinmi?

Ato raziyallohu anhu: «Yuvuqsiz kishi tahoratsiz qon va soch oldirsa, tirnoq olsa, bo‘ladi»,— deydilar.

Anas ibn Molikdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kechada hamma xotinlariga aylanib chiqar edilar, o‘sha vaqtda 9 ta xotinlari bor edi».

Abu Hurayra bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yuvuqsiz holda yo‘liqib qoldim, qo‘limdan ushladilar. U kishi bir joyga borib o‘tirgunlaricha birga bordim, keyin sekin g‘oyib bo‘ldim. G’usl qilib, qaytib keldim. U kishi hali ham o‘tirgan ekanlar. «Qaerda eding, ey Abu Hurayra?» —dedilar. Men nima qilganimni aytib berdim. «Subhonalloh, ey Abu Hurayra, mo‘‘min odam nopok bo‘lmaydi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:42:48
25- bob. Junub odam tahorat olib (g‘usl qilmay) yotaverishi mumkinmi?

Abu Salama bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yuvuqsiz holda yotarmidilar?» — deb Oisha onamizdan so‘radim. «Ha, tahorat olib yotar edilar»,— deb javob qildilar».

Umar ibn al-Xattob: «G’usl qilmay yotsak bo‘ladimi?» — deb Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan so‘radilar. «Ha, birontangiz junub bo‘lsangiz, tahorat olib yotsangiz bo‘ladi»,— dedilar Janob Rasululloh.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:43:45
26- bob. Yuvuqsiz odam tahorat olib, keyin uxlaydi

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jimo’dan so‘ng uxlamoqchi bo‘lsalar, namozga tahorat olgandek tahorat olib, so‘ng yotardilar».

Abdulloh ibn Umardan: «Umar al-Xattob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: «Yuvuqsiz holda uxlasak joizmi?»—deb so‘radilar. «Ha, agar tahorat olsa»,— dedilar Janob Rasululloh».

Abdulloh ibn Umardan: «Umar al-Xattob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga kechalari bulg‘anib qolishini aytdi. Shunda Janob Rasululloh: «Olatingni yuvg‘il, tahorat olg‘il, keyin uxlagil!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:45:50
27- bob. Eru xotinning olatlari bir-biriga tegsa...

Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar erkak xotinining ikki oyog‘i orasiga kirib, harakat qilsa, g‘usl vojib bo‘ladi»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Iyun 2006, 00:48:52
28- bob. Ayol kishining olatidan tekkan rutubatni yuvish

Usmon ibn Affondan: Zayd ibn Xolid: «Er xotinini jimo’ qilsa-yu, to‘kmasa, nima qilmog‘i kerak?»—deb so‘radi. «Olatini yuvib, namozga tahorat olgandek tahorat oladi. Men buni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan eshitganman»,— dedilar Usmon ibn Affon. Zayd ibn Xolid: «Men Ali, Zubayr ibn Avvom, Talha ibn Ubaydulloh va Ubay ibn Ka’b raziyallohu anhulardan so‘radim, ular ham shunday deyishdi»,— deydilar. Abu Ayyub ham xuddi shu gapni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan eshitibdi»,— deydilar Urva ibn Zubayr.

Ubay ibn Ka’b: «Yo Rasulalloh, agar kishi xotinini jimo’ qilsa-yu, to‘kmasa, nima qilmog‘i lozim?»—deb so‘radilar. «Xotinidan tekkan rutubatni yuvib tashlab, tahorat oladi, keyin namoz o‘qiyveradi»,— dedilar Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam. Imom Buxoriy aytadilar: «G’usl qilmoq bexavotirroqdir, eng yaxshisi shudir. Yuqoridagi hadislarni esa, ushbu masalada sahobalar o‘rtasidagi ixtiloflarni ko‘rsatmoq uchun bayon qildik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:53:36
HAYZ KITOBI

Alloh taolo oyati karimasida: «Sendan hayz to‘g‘risida so‘raydilar, aytgin: "œHayz ozor berguvchi narsadir, hayzdan pok bo‘lgunicha xotinlarga yaqinlik qilmangiz, qachon hayzdan pok bo‘lsalar, Alloh taolo buyurgan tomonidan aloqa qilingiz. Darhaqiqat, Alloh taolo tavba qilgan va pokiza kishilarni yaxshi ko‘radi»,— deydi.

Yahudiylar hayz ko‘rgan xotinini uyidan chiqarib, alohida qilib qo‘yar edi. Sahobalar: «Xotinimiz hayz ko‘rsa, biz nima qilamiz?»—deb Rasululloxdan so‘rashdi. Shunda yuqoridagi oyat nozil bo‘ldi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:53:46
1- bob. Ayollar qachondan boshlab hayz ko‘ra boshlagan?

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu Odam alayhissalom qizlarining peshonasiga azaldan yozilmishdir»,— deganlar. Ba’zi sahobalar: «Hayz avval Baniy Isroilga yuborilgan edi»,— deganlar. Imom Buxoriy: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning aytganlari kengroq (eng to‘g‘risi)»,— deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:53:56
2-bob. Hayz ko‘rgan xotinlarga buyruq

Oisha onamiz raziyallohu anho dedilar: «Faqat hajni niyat qilib yo‘lga chiqdik. Saraf (Makka yaqinidagi qishloq) degan joyga borganimizda, hayz ko‘rdim. Yig‘lab o‘tirganim ustiga Rasululloh kirib keldilar. «Senga nima bo‘ldi, hayz ko‘rdingmi?»—dedilar. «Ha»,— dedim. «Hayz ko‘rish Alloh taolo Odam qizlari peshonasiga yozgan narsadir, haj amallarining barchasini qilaver, biroq Ka’batullohni tavof etmagil!» — dedilar». So‘ng: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xotinlari nomidan bir sigirni qurbonlik qildilar»,— deb aytgandilar o‘shanda Oisha raziyallohu anho.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:54:07
3- bob. Hayz ko‘rgan xotin erining boshini yuvib, sochlarini tarab qo‘ymog‘i mumkin

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sochlarini hayz ko‘rgan holimda ham tarab qo‘yar edim»,— deganlar.

Urvadan: «Hayz ko‘rgan yoki junub xotin menga xizmat qilmog‘i mumkinmi?»—deb so‘rashdi. Urva: «Bularga men unchalik ahamiyat bermayman. Hayz ko‘rgan holda yuvuqsiz ham menga xizmat qilishar edi. Mendan boshqa sahobalar ham bu to‘g‘rida bir xil fikrda. Menga Oisha onamiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sochlarini hayz ko‘rgan holatda ham tarab qo‘yishlarini aytganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidda e’tikof o‘tirganlarida, boshlarini darchadan chiqarar ekanlar, Oisha onamiz hujralarida turib, hayz ko‘rgan bo‘lsalar ham, sochlarini tarab qo‘yar ekanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:54:17
4-bob. Hayz ko‘rgan xotinning quchog‘ida turib qiroat qilmoq

Abu Voil o‘z cho‘risini, hayz ko‘rgan bo‘lsa ham, Abu Raziynga xizmat qilmoq uchun yuborar edi. Cho‘ri Qur’oni Karimni g‘ilofining ipidan ushlab, olib borib berar edi.

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, men hayz ko‘rgan bo‘lsam ham, quchog‘imga suyanib o‘tirgan holda qiroat qilar edilar»,— deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:54:26
5- bob. «Hayz ko‘rmoq» iborasi o‘rniga «oy ko‘rmoq» iborasini qo‘llash

Ummu Salama: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikkalamiz yonboshlab yotgan edik, birdan hayz ko‘rib qoldim. Sekingina bag‘rilaridan sug‘urilib chiqdim-da, hayz kiyimlarimni oldim. «Oy ko‘rdingmi?» — dedilar. «Ha»,— dedim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni yonlariga chaqirdilar. Men hayz kiyimida u kishining yonlarida yotdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:54:38
6-bob. Hayz ko‘rgan xotinni eri quchoqlasa bo‘ladimi?

Oisha raziyallohu anho dedilar: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikkalamiz yuvuqsiz bo‘lganimizda bir idishdan g‘usl qilar edik. Hayz ko‘rganimda esa, menga hayz kiyimimni kiyib olmoqni buyurar edilar, kiyinib olardim, keyin quchoqlardilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda e’tikofda bo‘lganlarida boshlarini darchadan chiqarar edilar, men hayz holimda boshlarini yuvib qo‘yar edim».

Oisha raziyallohu anho: «Birontamiz hayz ko‘rgan bo‘lsagu, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam quchoqlamoqchi bo‘lsalar, hayz kiyimni kiyishni buyurar edilar, keyin quchoqlar edilar. Qaysi biringiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdek shahvatingizni tiyib tura olasiz!»—dedilar.

Abdulloh ibn Shaddod bunday deb rivoyat qiladilar: «Maymuna onamizdan eshitdimki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xotinlaridan birortasini hayz holida quchoqlamoqchi bo‘lsalar, hayz kiyimini kiyib olmoqni buyurar edilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:54:49
7- bob. Hayz ko‘rgan xotin ro‘za tutmasligi lozimq

Abu Sa’id al-Xudriy bunday rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, Qurbon hayiti yoki Ramazon hayiti edi, namozgohga chiqdilar. Xotinlarning yonidan o‘tayotib: «Ey xotinlar jamoasi, sadaqa qilingiz! Do‘zax ahlining ko‘prog‘i ayollardir, deb menga ayon qilindi»,— dedilar. Shunda xotinlar: «Ne sababdan, yo Rasulalloh?» — dedilar. «Ko‘p qarg‘aysizlar va erning yaxshiligini bilmaysizlar. Erning yaxshiligini kamsitasizlar, qadrlamaysizlar (noshukrlik qilasizlar), sizlardan ko‘ra kaltafahm va e’tiqodi sustroq, har qanday iymonli kishini ham yo‘ldan ozdiruvchiroq toifani ko‘rmadim»,— dedilar. Xotinlar: «E’tiqod va aqlimizning qanday nuqsoni bor ekan, yo Rasulalloh?» —deyishdi. «Bir xotin kishining guvohligi yarimta erkakning guvohligiga teng emasmi?»—dedilar Janob Rasululloh. «Ha, shunday»,— deyishdi xotinlar. «Axir mana shu aqlingizning nuqsoni emasmi? Hayz ko‘rganingizda namoz o‘qimasligingiz, ro‘za tutmasligingiz ham sizning (erkaklarga nisbatan) nuqsoningiz emasmi?» — dedilar. «Ha, to‘g‘ri aytdingiz»,— deyishdi ayollar. «Mana shular ayollar dinining nuqsonli ekanini anglatadi»,— dedilar Rasululloh».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:55:05
8-bob. Hayz ko‘rgan xotin haj amallarining barchasini qiladi, ammo Ka’batullohni tavof qilmaydi

Ibrohim an-Nahoiy aytadilar: «Hayz ko‘rgan xotinning Qur’on oyatlarini o‘qishi zararsizdir». Ibn Abbos ham yuvuqsiz odamning qiroat qilmog‘ini zararsiz, deb hisoblaganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamma vaqt Allohni zikr qilar edilar. Ummu Atiyya: «Biz - xotinlarga, hayz ko‘rgan bo‘lsak ham, iyd (hayit) namoziga chiqmoq buyurilar edi. Erkaklar aytadigan takbir va duolarni o‘qir edik, namoz o‘qimas edik»,— deydilar.

Abu Sufyon aytadilar: «Hiraql (Rum podshosi) Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning maktublarini olib kelmoqni buyurdi, so‘ng o‘qib qarasa, «Bismillohir Rahmonir Rahiym, yo ahlal-kitob, ta’oluu ila kalimatin sava... (al-oyat)» (Bismillohir Rahmonir Rahiymi, ey ahlal-kitob, sizlar va bizlar uchun barobar so‘zga kelinglar!» deb boshlanuvchi oyat) deb yozilgan ekan».

Jobir raziyallohu anhu bunday rivoyat qiladilar: «Oisha onamiz hayz ko‘rdilar, so‘ng haj amallarining barchasini qilaverdilar, biroq Ka’batullohni tavof qilmadilar va namoz o‘qimadilar». Hakam aytadi: «Men yuvuqsiz holda ham «Bismilloh, Allohu akbar» deb hayvon so‘yaverar edim». «Allohning ismi aytib so‘yilmasan hayvon go‘shtini yemangiz!» — degan Alloh taolo.

Oisha onamiz dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga hajni niyat qilib yo‘lga chiqdik. Saraf degan joyga kelganimizda hayz ko‘rib qoldim. Yig‘lab o‘tirganimda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kelib: «Nega yig‘layapsan?»—dedilar. «Xudo haqqi, bu yil hajga chiqqanimdan afsuslanaman»,— dedim. Rasululloh: «Ehtimol, hayz ko‘rib qolgandirsan?»—dedilar. «Ha»,— dedim. «Alloh taolo buni Odam qizlarining barchasining peshonasiga yozgandir, endi hajda qiladigan barcha amallarni qilaver, lekin to poklanguningcha Ka’batullohni tavof etmagin!» — dedilar Janob Rasululloh».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:55:15
9-bob. Istihoza (beto‘xtov qon ketishi)

Oisha raziyallohu anho bunday deganlar: «Fotima binti Abu Hubaysh Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, men poklanmasman (beto‘xtov qon kelib turadi), namoz o‘qimaymi?»—deb aytdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu tomir kasalligidir, hayz emas, agar hayz kelsa, namozni tark etgin, hayz tugasa, g‘usl qilib, namoz o‘qiyvergin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:57:01
10-bob. Hayz qonini yuvmoq

Asmo binti Abu Bakr bunday deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir xotin: «Yo Rasulalloh, birontamizning kiyimimizga hayz qoni tegib qolsa, nima qilamiz?» — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar birontangizning kiyimingizga hayz qoni tegib qolsa, qotib qolgan qonni ishqab tashlab, so‘ng suv bilan yuvingiz, keyin o‘sha kiyimda namoz o‘qiyveringiz!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho: «Birontamiz hayz ko‘rsak qotib qolgan qonni ishqalab tashlar edik, so‘ng o‘sha joyni yuvar edik va kiyimning qon tegmagan qismini ham yuvib, o‘sha kiyimda namoz o‘qiyverar edik»,— deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:57:18
11-bob. Istihoza bo‘lgan xotinning masjidda e’tikof qilib o‘tirishi

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidga e’tikofga kirsalar, xotinlaridan ba’zisi ham istihoza bo‘lganligiga qaramay, birga kirar edi»,— dedilar. «Ehtimol u tagiga idish qo‘yib o‘tirgandir, deb aytgandilar»,— deydi Akrama. Akrama bunday deb ta’kidlaydi: «Oisha onamiz (tosdagi) sarg‘ish suyuqlikni ko‘rib: «Bu falonchi ayoldan tushgan istihoza qoni bo‘lsa kerak»,— deb o‘ylaganlar».

Oisha onamiz dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xotinlaridan biri u kishi bilan birga e’tikof qilmoqqa o‘tirdi. U xotin hayz va sarg‘ish qon ham ko‘rar edi, shuning uchun namoz o‘qiyotganida tagiga tos qo‘yib olgan edi».

Oisha onamiz raziyallohu anho: «Janob Rasulullohning xotinlaridan biri istihoza ko‘rgan holida e’tikof qilmoqqa o‘tirdi»,— dedilar (xotin kishi istihoza bo‘lsa ham masjidga kirib ibodat qilmog‘i mumkin bo‘lgan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:57:30
12-bob. Xotin kishi hayz ko‘rgan kiyimida namoz o‘qiydimi?

Oisha onamiz raziyallohu anho dedilar: «Birontamizda bitta kiyimdan boshqa kiyim yo‘q edi. O’sha kiyimda hayz ko‘rar edik. Agar unga qon tegib ketsa, ishqalab tashlab, keyin yuvib, namoz o‘qir edik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:57:48
13-bob. Ayol hayzdan keyin g‘usl qilgach, o‘ziga xushbo‘y narsa sepadi

Ummu Atiyya dedilar: «O’likka 3 kundan ortiq aza tutmasdik, er o‘lsagina 4 oyu 10 kun aza tutilar edi. Ko‘zga surma qo‘ymasdik, o‘zimizga xushbo‘ylik sepmasdik. Bo‘yoqlik (guldor) kiyim kiymasdik. Odmi kiyim kiyar edik. Hayzdan poklanib, g‘usl qilganimizdan keyingina qisman xushbo‘ylik ishlatmakka izn berilgan edi, janozaga ergashmog‘imizga yo‘l qo‘yilmas edi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:57:57
14- bob. Ayolning hayzdan poklanganda badanini ishqalab yuvmog‘i hamda qanday qilib g‘usl qilmog‘i, atirlangan lattani oldiga qo‘yib, qonning hidini ketkazmog‘i xususida

Oisha onamiz bunday deganlar: «Bir xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan hayzdan nechuk tozalanmak to‘g‘risida so‘radi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qanday g‘usl qilishni aytib, so‘ng: «Atirlangan latta bilan tozalangin!» —dedilar. «U bilan qanday tozalanaman?» — dedi xotin. «Subhonalloh, tozalangin!» — deb aytdilar Rasululloh. Xotinni o‘zimga tortdim-da, unga: «Qonning hidini ketkazmak uchun lattani o‘sha joyingga qo‘ygin! — dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Iyun 2006, 07:58:07
15-bob. Hayz kelgan joyni yuvmoq

Oisha onamizdan: «Ansoriylardan bir xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Hayzdan keyin qanday g‘usl qilaman?»—dedi. «G’usl qilganingdan keyin atirlangan lattani olib, tozalagin!» — deb 3 marta qaytardilar Rasululloh. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muborak yuzlarini uyalib o‘girdilar-da: «U bilan artgin!» — dedilar. Shunda men u xotinni o‘zimga tortdim-da, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nima demoqchi bo‘layotganlarini aytib berdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:01:25
16-bob. Ayolning hayzdan keyin g‘usl qilayotganda sochini tarashi

Oisha onamiz Urva ibn Zubayrga bunday deb aytgan ekanlar: «Men va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’da ehrom bog‘ladik. Men umraga niyat aylab, ehrom bog‘laganlardan edim, qurbonlik uchun qo‘y olmagan edim. Hayz ko‘rib qoldim. Arafa kechasi bo‘lgan esa hamki, hanuz hayzdan forig‘ bo‘lmaganligimdan: «Yo Rasulalloh, shu arafa kechasi umraga ehrom bog‘lagandim»,— dedim. Janob Rasululloh: «Sochingni yoygin, taragin (g‘usl qilgin), umrani qo‘ya turgin, hajga talbiya aytgin!» — deb buyurdilar. Men shunday qildim. Hajni (katta hajni) tugatganimda Rasululloh (ukam) Abdurrahmon ibn Abu Bakrga buyurdilar, Hasba (haj tugagan) kechasi men bilan Tan’imga (joy nomi) bordi, men boshqa umraga talbiya aytdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:01:39
17-bob. Hayz ko‘rgan ayolning g‘usl qilishdan oldin sochini yoymog‘i to‘g‘risida

Urva ibn Zubayrga Oisha onamiz bunday deb aytgan ekanlar: «Zulhijja oyi kelishi bilan Madinadan (hajga) chiqdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim umraga (kichik hajga) niyat qilmoqchi bo‘lsa, niyat qilsin, agar men qurbonlik olib kelmasam edi, umraga niyat qilar edim»,— dedilar. Shunda ba’zilar umraga, ba’zilar esa hajga (katta hajga) niyat qildi. Men umraga niyat qilganlardan edim. Arafa kuni keldi hamki, men hayzdan forig‘ bo‘lmadim. Rasulullohga ahvolimni aytdim. «Umrani qo‘ya turgin, sochingni yozib, taragin (g‘usl qilgin) va hajga niyat qilgin!»—dedilar. Men shunday qildim. Hasba (haj tugagan kecha) ham keldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ukam Abdurrahmonni menga qo‘shib yubordilar. Tan’im degan joyga borib, qaytadan umraga niyat qildim». Hoshim ibn Urva: «Oisha onamiz qurbonlik ham qilmadilar, ro‘za ham tutmadilar, sadaqa ham bermadilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:01:50
18-bob. Oy-kuni yetib tug‘ilgan bola va chala tug‘ilgan bola

Anas ibn Molikka Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Alloh taolo bachadonga bir farishtani vakil etadi. Farishta aytadi: «Yo rabbiy, bu nutfaga aylandi, yo rabbiy, bu quyuq qonga aylandi, yo rabbiy, bu bir parcha etga aylandi». Alloh taolo: «Bola oy-kuni yetib dunyoga kelsin!» deydi, farishta: «O’g‘ilmi-qizmi, baxtlimi-baxtsizmi, rizqi qancha, yashash muddati qancha?» deb so‘raydi. Bularning barchasi bola onaning qornida ekanligida manglayiga yoziladi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:02:02
19-bob. Hayz ko‘rgan xotin haj va umraga qanday ehrom bog‘laydi?

Oisha onamiz dedilar: «Hajjat ul-Vido’dan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga yo‘lga chiqdik, ba’zi birimiz umraga ehrom bog‘ladik, ba’zimiz hajga ehrom bog‘ladik. So‘ngra Makkaga keldik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim umraga ehrom bog‘lagan bo‘lsa, va lekin qurbonliq yetaklab kelmagan bo‘lsa, ehromini yechsin, kimki umraga ehrom bog‘lagan bo‘lsa-yu, qurbonliq yetaklab kelgan bo‘lsa, to qurbonligini so‘ymagunicha ehromini yechmasin! Kimki hajga ehrom bog‘lagan bo‘lsa, hajini oxiriga yetkazsin (ehromini yechmasin)!» dedilar. Men Saraf degan joyda hayz ko‘rdim, to Arafa kunigacha hayzdan forig‘ bo‘lmadim. Arafa kuni umraga ehrom bog‘lagan edim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga sochimni yozib, tarashimni (g‘usl qilishni) va umrani qoldirib, hajga ehrom bog‘lashimni buyurdilar. Shunday qildim. Hajimni tugatganimda, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga ukam Abdurrahmon bilan birga Tan’im degan joyga borib, qaytadan umraga ehrom bog‘lamog‘imni buyurdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:02:14
20-bob. Hayz kelmog‘i va hayz tugamog‘i

Xotinlar hayz qoni tekkan paxtani lattaga o‘rab yuborishar edi. Oisha onamiz: «To oqlikni ko‘rmagunlaricha, hayzdan tamoman tozalanmagunlaricha shoshilmasinlar!» der edilar. Zayd ibn Sobit qizi Ummu Kulsumga «Xotinlar kechasi chiroq yoqib, hayz lattasini tekshirib ko‘rmoqdalar (tozalandimmi deb)», degan xabarni aytishdi. Ummu Kulsum: «Ilgari xotinlar bunday qilishmas edi», deb, kechasi lattasini tekshirib ko‘rgan xotinlarni aybladilar (ya’ni, kunduzi bilinmasa, kechasi chiroq yoqib bilib bo‘lmaydi).

Oisha onamizdan: «Fotima binti Abu Hubaysh istihoza ko‘rar edi. U bu to‘g‘rida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘radi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu tomir kasalligidir, hayz emas, agar hayz vaqting kelsa, namozni tark etasan, hayzing tugasa, g‘usl qilib, namoz o‘qiysan!» dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:02:25
21-bob. Hayz ko‘rgan xotin namozining qazosini o‘qimaydi

Jobir ibn Abdulloh va Abu Sa’id al-Xudriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqlarida rivoyat qila turib: «Hayz ko‘rgan xotin namoz o‘qimaydi», dedilar.

Muoz raziyallohu anhudan: «Bir xotin Oisha onamizdan: «Birontamiz hayzdan tozalansak namoz qazosini o‘qiymizmi?» deb so‘radi. Oisha onamiz: «Xavorijlardanmisan?» dedilar (ya’ni, ahli-sunnaga zid ravishda: «Hayz ko‘rgan xotinlar namoz qazosini o‘qiydi», degan toifa). Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayotliklarida bizga hayz vaqtida namoz qazosini o‘qimakni buyurmas edilar yoki qazosini o‘qimas edik», deb aytgandilar, shekilli», deydilar Muoz.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:02:35
22-bob. Hayz ko‘rgan xotin bilan, agar u hayz kiyimida bo‘lsa, birga yotmoqning joizligi

Zaynab binti Abu Salamaga Ummu Salama bunday deb aytgan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga chaylada yotganimda hayz ko‘rib qoldim, shunda yonlaridan sekin sirg‘alib chiqdim, chayladan chiqib, hayz kiyimimni kiyib oldim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam menga: «Hayz ko‘rib qoldingmi?» dedilar. «Ha», dedim. Meni chaylaga chaqirdilar». Zaynabga Ummu Salama yana bunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi sallam ro‘zador bo‘la turib, meni o‘par edilar, (kechasi) jimo’dan so‘ng u kishi bilan bir idishdan g‘usl qilar edik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:02:47
24-bob. Hayz ko‘rgan xotinning ikkala xayitda musulmonlarning duoi iltijolarida (masalan, jamoat bo‘lib yomg‘ir so‘rash) namozgohdan nariroqda turib qatnashuvi

Hafsa binti Sirindan: «Bo‘yi yetgan qizlarimizning ikkala hayitga chiqmoqlarini man’ qilar edik. Bir xotin Basradagi Baniy Xalaf qasriga kelib tushdi, so‘ngra opasi haqida so‘zlab berdi. Opasining eri Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan 12 marta g‘azotda qatnashgan ekan. Shundan 6 tasida opasi ham birga bo‘lgan ekan. Opasi: «Biz yaradorlarni davolar edik, kasallarga qarar edik», degan ekan. Bir kuni opasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: «Birontamizning yopinchig‘imiz bo‘lmasa-yu, (hayit namoziga) chiqmasak zarari bormi?» deb so‘rabdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kimning yopinchig‘i bo‘lmasa, dugonasining yopinchig‘larida» birini olib tursin, yaxshilik majlislarida qatnashsin, musulmonlarning duoi iltijolarida qatnashsin!» dedilar. Ummu Atiyya kelganda, undan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bu xususda eshitganmisiz?» deb so‘radim», deydilar Hafsa. «Rasulullohga otam fido bo‘lsin! Ha, eshitganman (u qachon Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xususlarida so‘zlasa, «otam fido bo‘lsin!» deb qo‘shib so‘zlar edi), bo‘yiga yetgan qizlar ham, chimildiqdagi kelinchaklar ham (chimildiqdagi qizlar ham, deb aytdilarmi, bilmayman), hayz ko‘rganlar ham chiqsinlar, yaxshilik majlislarida, musulmonlarning duoi iltijolarida qatnashsinlar, hayz ko‘rganlari joynamozdan chetda tursinlar!» deb aytgan edilar», dedilar Ummu Atiyya. «Hayz ko‘rgan xotinlar hammi?» deb so‘radim, shunda u: «Hayz ko‘rgan xotin Arafotda qaynashadi-ku, axir!» deb ayollar qatnashadigan marosimlar nomini sanay ketdi», deydilar Hafsa.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:02:59
25-bob. Bir oyda uch marta hayz ko‘rsa... ayollarning hayz ko‘rish va homiladorlik muddatini tasdiqlovchi dalillar to‘g‘risida

Hayz ko‘rish to‘g‘risida Alloh taolo: «Xotinlarning o‘z bachadonlaridagi Alloh yaratgan narsani yashirmoqlari gunohdir», deydi. Ali va Shurayh: «Agar ayolning bir oyda 3 marta hayz ko‘rganiga ishonchli va taqvodor kishilar guvohlik bersalar, tasdiqlanadi», deb aytgan ekanlar. Ato raziyallohu anhu: «Ayolning (bir oyda 3 marta hayz ko‘radigan ayolning) haqiqiy hayz ko‘radigan kunlari uning dastlabki hayz ko‘rgan kunlari hisoblanadi», deb aytganlar (taloq iddasini saqlayotgan ayol boshqacharoq aytsa, qabul qilinmaydi). Ibrohim va Ato: «Hayz kamida bir kecha-yu bir kunduz, ko‘pi bilan 15 kun davom etadi», deganlar. Mu’tamirning otalari, hayzidan poklangandan keyin 5 kun o‘tgach, yana qon ko‘rgan xotin to‘g‘risida so‘raganlarida, Ibn Sirin: «Bu bobda xotinlar bizdan ko‘ra yaxshiroq biladilar», dedilar.

Oisha onamizdan: «Fotima binti Abu Hubaysh: «Men istihoza ko‘raman, hech poklanmasman, namozni tark etaymi?» deb Rasulullohdan so‘radilar. «Yo‘q, tark etmaysan, bu tomir qonidir. Va lekin hayz ko‘radigan kunlaring namozni tark etgin, hayzdan poklangach, g‘usl qilgin, namozingni o‘qiyvergin», deb javob qildilar Rasululloh».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:03:08
26-bob. Hayz ko‘radigan kunlardan tashqari vaqtda keladigan sarg‘ish va xira rang suyuqlik

Ummu Atiyya: «Xira rang va sarg‘ish suyuqlikni hayz hisoblamas edik», deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:03:20
27-bob. Istihoza keladigan tomir

Oisha onamizdan: «Ummu Habiba 7 yil istihoza ko‘rdi. u Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan istihoza to‘g‘risida so‘raganida, Rasululloh sollallohu alayxi va sallam unga (hayz tugagach) g‘usl qilmoqni buyurib: «Bu tomirdan keladigan qondir», dedilar. Ummu Habiba har bir namozga alohida g‘usl qilar edi».

(Hayzdan keyin bir marta g‘usl qilmoq — farz, lekin qolganiga tahorat qilsa, kifoya qilar edi. Imom Shofi’iy ham istihoza ko‘rgan xotinning har bir namozga g‘usl qilmog‘i mustahabdir, deganlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:03:32
28-bob. Hajda Arafot tog‘idan tushgandan keyin hayz ko‘rib qolgan xotin haqida

Oisha onamiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, Safiyya binti Huyay hayz ko‘rib qoldi», dedilar. Rasululloh: «Hali u bizga Madinaga bormog‘imizg‘a xalal bermasa edi! Sizlar bilan birga tavof qilmaganmidi?» dedilar. «Ha, (tavof) qilgan edi», deyishdi. «Yo‘lga chiqaversin, aytingiz!» dedilar Rasululloh.

Ibn Abbos: «Xotin kishi hayz ko‘rib qolsa, (xayrlashuv tavofini qilmasdan) vataniga qaytmoqqa ruxsat berildi», dedilar.

Ibn Umar, ilgarilari: «Hayz ko‘rib qolgan ayol (xayrlashuv tavofini qilmasdan) qaytmagay», der edilar, endi bo‘lsa: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga ruxsat beribdilar, (xayralashuv tavofini qilmasdan) qaytaverar ekan», deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:03:44
29-bob. Istihoza ko‘radigan xotin tozalansa...

Ibn Abbos: «(Bunday ayol) g‘usl qiladi, namoz o‘qiydi, keyin eri ham yaqinlik qilavergay. Namoz ulug‘dir», deganlar.

Oisha onamizdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Agar hayz ko‘rsang, namoz o‘qimoqni to‘xtatgin, hayz tugasa, g‘usl qilgin, tekkan qonni yuvib tashlagin, so‘ngra namoz o‘qiyvergin!» deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:03:57
30-bob. Tug‘olmay o‘lgan xotinga janoza o‘qish va uning sunnati

Samura ibn Jundubdan: «Bir xotin tug‘olmay o‘ldi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam janozani o‘likning beli to‘g‘risida turib o‘qidilar (xotin o‘lsa, belining to‘g‘risida, erkak o‘lsa, ko‘kragi qarshisida turib janoza o‘qiladi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Iyun 2006, 07:04:09
31-bob. Hayz ko’rgan xotin makruh hisoblanmaydi

Abdulloh ibn Shaddoddan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xotinlari Maymuna xolam hayz ko‘rganlarida, namoz o‘qimas edilar. Xolam Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning joynamozlari qarshisida cho‘zilib yotsalar ham, u kishi namoz o‘qiyverar edilar. Maymuna onamizning o‘zlari bunday deganlar: «Rasululloh sajda qilganlarida kiyimlari qisman menga tegar edi».

(Imom Buxoriy shu hadisga tayanib, hayz ko‘rgan xotin makruh hisoblanmay, unga tekkan narsa ham harom bo‘lmas ekan, degan ma’noni tushuntiradilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:14:35
TAYAMMUM KITOBI

Alloh taolo Qur’oni Karimda: «Suv topmasangiz, toza tuproqqa tayammum qilingiz, yuz-qo‘llaringizga surtingiz», deydi (Hanafiyya ulamolari: «Agar tayammum qilguvchi kishi taqir toshg‘a shapalog‘ini urib, yuzig‘a ishqasa va yana urib qo‘llarig‘a ishqasa, kifoyadir», deyishadi).

Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha onamizdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga bir safarga (hijriy 6-nchi yil) chiqdik. Baydo’ yoki Zotul-Jaysh degan joyga borganimizda marjonim uzilib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni qidira boshladilar. Odamlar ham to‘xtashdi. To‘xtagan joylarida suv yo‘q edi. Shunda odamlar Abu Bakr Siddiqqa kelib: «Ko‘rmaysizmi Oishaning qilgan ishini, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni, ham shuncha odamni to‘xtatib qoldi, vaholanki, odamlar suvi bor joyda ham emaslar, o‘zlarida ham suv yo‘q», dedilar. Abu Bakr Siddiq (yonimizga) keldilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boshlarini tizzamga qo‘yib, uxlab qolgan edilar. Otam Abu Bakr Siddiq menga: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni va odamlarni to‘xtatib qolding, ular suv bor joyda ham emaslar, o‘zlarida ham suv yo‘q», deb qattiq urishdilar Alloh xohlaganicha nima desalar, dedilar va belimga nuqiy boshladilar. Rasululloh boshlarini tizzamga qo‘yib yotganlari uchun men qimirlamaslikka intilar edim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tong saharda turdilar. Atrofda suv yo‘q edi, odamlar: «Tahoratsiz qanday bomdod o‘qiymiz?» deb tortishdilar. Shunda Alloh taolo: «Tayammum qilingiz!» deb «Tayammum oyati»ni nozil qildi. Usayd ibn Huzayr (taajjubdan): «Ey Abu Bakr avlodi, bu sizning birinchi barakotingiz emas (ya’ni, bundan avval ham siz tufayli Alloh taolo bizni barakotidan darig‘ tutmagan)», dedilar. Men mingan tuyani turg‘izgan edim, tagidan marjonim chiqdi»

Jobir ibn Abdulloh Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar, deb aytadi: «Alloh taolo tomonidan menga ilgarigi payg‘ambarlarning birortasiga ham ato qilinmagan 5 ta imtiyoz berilgan:
1. Dushmanlarim qalbiga (men) bir oylik masofada turganimdayoq, Alloh tomonidan qo‘rqinch solinib, g‘olib etilaman.
2. Yer yuzi menga namozgoh qilingan va suv yo‘q bo‘lganda tahorat vositasi qilingandir. Ummatimning qaysi biriga namoz vaqti qaerda to‘g‘ri kelib qolsa, o‘sha yerda o‘qiyversin!
3. O’ljalar menga halol qilingandir. Mendan avvalgi hech bir payg‘ambarga halol qilinmagan edi.
4. Menga shafoat qilmoqlik (qalbida zarracha iymoni bor ummatni do‘zaxdan olib chiqmoqlik) huquqi berilgandir.
5. Ilgarigi har bir payg‘ambar faqat o‘z qavmiga payg‘ambar qilib yuborilgan edi. Men esam (Yer yuzidagi) odamlarning hammasiga payg‘ambar qilib yuborilganman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:14:48
1- bob. Agar kishi tahoratga suv ham, tayammum qilmoqqa (toza) tuproq ham topmasa, nima qiladi?

Hishom ibi Urvaning otalaridan: «Oisha onamiz marjon shodasini opalari Asmodan omonatga olgan edilar. Uni yo‘qotib qo‘ydilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qidirgani odam yubordilar, keyin u topib keldi. Shu asnoda namoz vaqti bo‘ldi, odamlar atrofda va o‘zlarida suv bo‘lmaganligidan tahoratsiz namoz o‘qidilar. Buni ko‘rib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga shikoyat qildilar. Shunda Alloh taolo: «Tayammum oyati»ni nozil qildi. Usayd ibn Huzayr Oisha onamizga: «Alloh sizga yaxshilik ato etsin, Allohga qasamki, siz xushlamagan narsa nozil qilingani yo‘q, zero buni Alloh taolo sizni va barcha musulmonlarni deb qildi, bundan faqat yaxshilik ko‘zlangandir», dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:15:06
2-bob. Bir joyda o‘tirib qolgan odam suv topmay namozi qazo bo‘lishidan qo‘rqsa, tayammum qiladi

Ato raziyallohu anhu ham bu haqda shu fikrni bildirganlar: «Kasal kishi suvi bo‘la turib, uni quyib beradigan yordamchi topmasa, tayammum qiladi. Bir kuni Ibn Umar Jurf degan joydagi yeridan kelayotib, bir qo‘yxona yoniga kelganda asr vaqti kirdi. Tayammum bilan asr o‘qidi. Keyin Madinaga kirib keldi, quyosh botmagan edi, asrni qaytarib o‘qimadi», deganlar Hasan Basriy.

Al-A’rajga Ibn Abbosning ozod qilingan quli Umayr bunday degan ekan: «Men va Maymuna onamizning ozod qilingan quli Abdulloh ibn Yasor Abu Juhaym ibn al-Hars ibn as-Simmanikiga bordik. Abu Juhaym bizga quyidagini aytib berdi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Bi’ru Jamal tomondan keldilar. Shunda u kishiga bir odam yo‘liqib salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam alik qaytarmasdan devorga borib tayammum qildilar, yuzlariga va ikki qo‘llariga surtdilar, shundan so‘ng u kishiga alik oldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 12 Iyul 2006, 07:15:19
3-bob. Tayammum qiluvchi kishi qo‘lini tuproqqa urgandan so‘ng, puflab tashlaydimi?

Sa’id ibn Abdurrahmon Abziyning otalari quyidagi hadisni aytib bergan ekanlar: «Umar ibn al-Xattob huzurlariga bir kishi kelib: «Men jimo’ qildim-u, suv topmadim» dedi. Shunda Ammor ibn Yosir Umar ibn al-Xattobga qarab: «Eslaysizmi, ikkovimiz safarda edik. O’shanda siz namoz o‘qimadingiz, men esa tuproqqa yumalab olib, keyin namoz o‘qidim. Buni Janob Rasulullohga aytdim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki kaftlarini yerga urib, puflab tashladilar, so‘ng ikki kaftlarini avval yuzlariga, keyin ikki qo‘llariga surtdilar-da: «Mana shunday qilsang, kifoya edi, dedilar», dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 13 Iyul 2006, 07:44:14
4-bob. Tayammum yuz va ikki qo‘lga qilingay

Sa’id ibn Abdurrahmon ibn Abziydan: «Ammor xam yuqoridagi hadisni aytib berdi-da, qo‘lini yerga urdi, keyin og‘ziga yaqinlashtirib, puflab tashladi. So‘ng yuzi va ikki qo‘liga surtdi».

Ammor raziyallohu anhu: «Toza tuproq musulmon kishi uchun (suv yo‘g‘ida) suv o‘rniga o‘tadigan tahorat vositasidir», deb aytgan ekanlar.

Ammor raziyallohu anhu Umar al-Xattobga: «Sariyyada ekanligimizda jimo’ qildik», deb quyidagi hadisni aytib bergan ekanlar: «Men tuproqqa yumaladim, keyin buni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga aytdim. Shunda u zot: «Yuz bilan ikki qo‘lingga surtmoq senga kifoya qilar edi», dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 13 Iyul 2006, 07:44:33
5-bob. Toza tuproq musulmon kishi uchun (suv yo‘g‘ida) suv o‘rniga o‘tadigan tahorat vositasidir

Hasan Basriy: «Tahorati sinmagan kishi tayammum qilsa, kifoya. Ibn Abbos tayammum qilgan holda imomlikka o‘tdi», deganlar.

Yahyo ibn Sa’id: «Sho‘r yerda namoz o‘qimoqning zarari yo‘q, shuningdek o‘sha yerdagi tuproqqa tayammum qilmoqning ham zarari yo‘q», deganlar.

Imron dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga safarda edik. Kechasi yo‘l yurdik, tunning oxiriga borganda, bizni uyqu bosdi. Musofir kishi uchun bundan halovatliroq uyqu bo‘lmaydi. Bizni quyoshning harorati uyg‘otdi. Birinchi bo‘lib falonchi, undan keyin falonchi, undan keyin falonchi (hikoya qilguvchi Abu Rajo’ ularning ismlarini aytgandi, lekin Avf degan hikoyachi yodidan chiqarib qo‘ygan), keyin to‘rtinchi bo‘lib Umar al-Xattob uyg‘ondi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uxlasalar, birov uyg‘otmas edi. U kishi o‘zlari uyg‘onar edilar. U kishi uxlab yotganlarida nimalar bo‘lganidan biz bexabar edik. Umar uyg‘ongach, odamlarni nima tashvishga solayotganini fahmlab (o‘zi g‘ayratli odam edi), Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uyg‘ongunlaricha baland ovoz bilan takbir aytaverdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uyg‘ongach, u kishiga ro‘y bergan hodisani shikoyat qildilar. Rasulloh sollallohu alayhi va sallam: «Zarari yo‘q, yo‘lga tushingiz!» dedilar va o‘zlari ham yo‘lga tushdilar. Bir oz yurilgach (tuyadan) tushib, tahoratga suv so‘radilar, keyin tahorat oldilar. Namozga azon aytildi. Odamlar bilan birga namoz o‘qidilar. Namozni o‘qib bo‘lib yonlariga o‘girildilar, shunda bir chetda odamlarga qo‘shilmay, namoz ham o‘qimay turgan bir kishiga ko‘zlari tushdi. «Jamoat bilan namoz o‘qimog‘ingga nima to‘sqinlik qildi, ey falonchi?» dedilar Janob Rasululloh. «Yo Rasulalloh, men yuvuqsizman (junubman), g‘uslga suv yo‘q», dedi boyagi kishi. «Senga tuproq ham bo‘laveradi, tuproqqa tayammum qilmog‘ing lozim», dedilar Rasululloh, so‘ng yo‘lga tushdilar.
Odamlar u kishiga chanqaganliklarini aytib shikoyat qildilar, shunda Rasululloh bir joyga kelganda to‘xtab, (tuyalaridan) tushdilar, falonchini chaqirdilar (o‘shanda uni Abu Rajo’, deb chaqirgandilar, Avf degan kishi rivoyat qila turib, uning ismini eslay olmagan), keyin Alini chaqirib: «Boring, suv qidiring!» dedilar. Ikkovlari suv axtarib ketdilar. Yo‘lda tuya ustidagi ikki mesh o‘rtasida o‘tirib ketayotgan bir xotinga yo‘liqdilar. Xotindan: «Qaerda suv bor?» deb so‘radilar. «Bu suvni kecha shu vaqtda yo‘ldan olganman. Erkaklarimiz bizni qoldirib (suv axtarib) ketishgan», dedi xotin. «Suv bunchalik uzoqda bo‘lsa, unda biz bilan yura qoling!» deyishdi (Ali bilan Abu Rajo’). «Qaerga?» deb so‘radi xotin. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oldilariga», deyishdi (Ali bilan Abu Rajo’). «Anavi eski dindan chiqib, yangi din olib kelgan odam oldigami?» dedi xotin. «Ha, o‘sha siz aytgan odam oldiga, yuring biz bilan!» deb xotinni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga boshlab ketishdi, yetib borgach, bo‘lgan gapni u kishiga aytib berishdi. «Xotinni tuyasidan tushirdilar», deydilar Imron. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tuyadagi ikkala meshni olib kelmoqni buyurdilar. Olib kelishgach, meshlarning tepa qismidagi kichik og‘zini yechib, hovuchlab suv oldilar-da, yana qayta quyib bog‘lab qo‘ydilar, keyin pastidagi katta og‘zini yechib, odamlarni suv ichishga chaqirdilar. «Suv ichingiz va (tuyalarni) sug‘oringiz!» dedilar Rasululloh. Odamlar xohlaganlaricha suv ichishdi, xohlaganlaricha (tuyalarini) sug‘orishdi. Nihoyat, boyagi yuvuqsiz kishiga bir idishda suv berib: «Bor, cho‘milib ol!» dedilar Rasululloh. Xotin tepada tik turib, odamlar suvni nima qilayotganiga qarab turar edi. «Allohga qasam ichib aytamanki, odamlar suv olib bo‘lishgach, meshlarning og‘zini bog‘lashganda, meshlardagi suv bizga ilgarigidan ham ko‘proq ko‘rindi», deydilar Imron. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Xotinga bir nima yig‘ib beringiz!» dedilar. Odamlar xotinga xurmomi, unmi, talqonmi, qo‘yingki, birmuncha rizq yig‘ib, bir narsaga tugib, tuyasiga ortib berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xotinga: «Bildingmi, suvingni hech kamaytirmadik, ammo bizga Alloh taoloning o‘zi suv ato etdi», dedilar. Xotin o‘z odamlari oldiga ravona bo‘ldi, yetib borgach, «Ey falonchi, qaerda eding?» deyishdi. «Ajoyib bir voqeaning shohidi bo‘ldim, men yo‘lda ikki kishini uchratdim, ular meni anavi yangi din olib kelgan kishining oldiga olib borishdi. U unday qildi va bunday qildi», deb bor gapni aytib berdi xotin. Keyin bunday deb qo‘shib qo‘ydi: «Allohga qasamki, u kishi manavi bilan ana u (o‘rta barmog‘i bilan yer va osmonga ishora qildi) o‘rtasidagi barcha odamlarning eng sehrgarrog‘i yoki haqiqatan ham Alloh taoloning payg‘ambari bo‘lishi kerak». Musulmonlar o‘sha voqeadan keyin atrofdagi mushriklar (Allohni bir deb bilmaydiganlar) yashaydigan qishloqlarni ishg‘ol qila boshladilar. Lekin haligi xotin yashayotgan joyga tegishmadi. Buni ko‘rgan xotin hamqishloqlariga: «Anavi musulmonlar sizu bizga ataylab tegishmayapti, deb o‘ylayman. Islomga kirsak-chi, nima deysizlar?» dedi. Xotinning gapiga ko‘ndilar va islomga kirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 13 Iyul 2006, 07:44:46
6-bob. Yuvuqsiz (junub) odam, agar g‘usl qilsam kasal bo‘laman yoki o‘lib qolaman deb qo‘rqsa, yohud (suvni ishlatib qo‘yib) suvsiz qolaman, deb cho‘chisa, tayammum qiladi

Amr ibn al-Os qattiq sovuq kechalardan birida (g‘azot vaqti edi) nahs (junub) bo‘lib qoldilar. Shunda tayammum qilib, namoz o‘qidilar. Keyin «O’zingizni halok qilmang, Alloh sizga mahribondir» degan oyatni o‘qidilar, deb zikr qilinadi (ya’ni, kishi ilojsiz qolib, sovuq suvga cho‘milsa, halok bo‘lishi mumkinligiga ishora qilinadi). Amr ibn al-Osning (sovuq suv bo‘la, turib) tayammum qilganini Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga aytishganda, u kishi koyimadilar.
Abu Muso: «Nahs odam suv topolmasa, namoz o‘qimaydimi?» deb Abdulloh ibn Mas’uddan so‘radilar. «Agar odamlarga tayammum qilmoqqa ruxsat bersang, ulardan birortasi sal seskansa ham, Abu Muso shunaqa degan edi, deb tayammum qilib namoz o‘qiyveradi», dedilar Abdulloh. «Ammorning Umarga aytgan so‘zi qaerda qoldi, unda?» dedilar Abu Muso. «Ammorning so‘zidan Umar qoniqqan emas, deb o‘ylayman», dedilar Abdulloh.
Al-A’mash quyidagi hadisni Shaqiq ibn Salamadan eshitgan ekanlar: «Abu Muso va Abdulloh ibn Mas’udning yonlarida edim. Abu Muso: «Ey Abu Abdurrahmon, agar yuvuqsiz odam suv topmasa, nima qiladi?» deb Abdullohdan so‘radilar. Abdulloh: «Suv topguncha namoz o‘qimaydi», dedilar. «Ammorning aytgan gapi nima bo‘ladi? Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning unga: «Senga tayammum qilmoq kifoya qilgay» deganlari-chi?» dedilar Abu Muso. «Umar bundan qanoatlanmaganligini sezmadingmi? dedilar Abdulloh. «Xo‘p mayli, Ammorning gapini qo‘ya turing, mana bu «Agar suv topmasangiz, tayammum qilingiz» degan oyatga nima deysiz?» dedilar Abu Muso, Abdulloh ibn Mas’ud nima deyishlarini bilmay qoldilar.
(Hazrat Umar va Abdulloh ibn Mas’ud mazkur oyati karima tahorati singan odamga taalluqli, deb tushungan edilar. Ammo g‘usl vojib bo‘lgan odam esa, albatta g‘usl qilmog‘i shart, unga tayammum kifoya qilmaydi, deyishar edi. Imom Buxoriy esa yuqoridagi hadislarga tayanib, tayammum kifoya qilgay, deb ta’kidlaydilar).
So‘ng «Agar biz ularga tayammum qilmoqqa ruxsat bersak birortasiga suv sovuqlik qilsa, suvni qo‘yib, tayammum qilaveradi» deb boyagi gaplarni qaytardilar. «Abdulloh ibn Mas’ud shuning uchungina tayammumga ruxsat bermaslik kerak deganmidilar?» deb so‘radilar al-A’mash suhbatdoshlari Shaqiqdan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 13 Iyul 2006, 07:44:58
7-bob. Tayammum bir zarbdir (qo‘lni tuproqqa bir urmoqdir)

Shaqiq raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abu Muso va Abdulloh ibn Mas’ud bilan birga o‘tirgan edim. Abu Muso: «Agar odam nahslansa-yu, bir oygacha suv topmasa, tayammum qilib namoz o‘qiyvermaydimi? Surai «Moida»dagi mana bu «Suv topmasangiz, toza tuproqqa tayammum qilingiz!» degan oyati karimaga nima deysiz?» dedilar Abdullohga. Abdulloh: «Ularga tayammumga ruxsat berilsa, birontasiga suv sovuqroq tuyulsa, bo‘ldi, tuproqqa tayammum qilaveradi», dedilar. Men: «Siz shu boisdangina tayammumga ruxsat berishni istamadingizmi?» deb so‘rasam, «Ha», dedilar. «Ammorning Umarga: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni bir yumushni bajarib kelish uchun bir joyga yubordilar. Shunda men nahslanib qoldim. Xuddi hayvon yumalagandek tuproqqa yumaladim. Keyin, Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga shu haqda aytib berganimda, u kishi menga: «Mana bunday qilsang ham yetarli bo‘lar edi, deb qo‘llarini yerga bir urdilar, keyin qoqib tashladilar, so‘ng o‘ng qo‘llarining kaftini chap qo‘llariga, chap qo‘llarining kaftini o‘ng qo‘llariga surdilar. Undan keyin esa ikkala kaftlarini yuzlariga surtdilar» deganini eshitmaganmisiz?» dedilar Abu Muso Abdulloh ibn Mas’udga. «Umarning Ammor aytgan gapdan qanoat hosil qilmaganini sezmadingmi?» dedilar Abdulloh».
Shaqiq al-A’mashga bunday degan ekan: «Abdulloh va Abu Muso bilan birga edim. Shunda Abu Muso Abdullohga, Ammorning Umarga aytgan mana bu rivoyatini eshitmaganmiding? dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni va seni bir yumushga yubordilar. Shunda men, nahslanib qoldim-da, tuproqqa yumaladim. Qaytib kelganimizdan keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yumalaganimni aytdim. Rasululloh: «Senga mana bunday qilsang ham yetarli bo‘lar edi», deb yuzlari va qo‘llariga bir marta mash tortib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 13 Iyul 2006, 07:45:13
8-bob.

Imron ibn Husayndan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jamoat bilan namoz o‘qimasdan bir chekkaga chiqib turgan odamni ko‘rdilar. Shunda unga: «Ey falonchi, senga jamoat bilan namoz o‘qimog‘ingga nima mone’lik qildi?» dedilar. «Yo Rasulalloh, men nahslanib qoldim, suv yo‘q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Tuproqqa tayammum qilmog‘ing lozim, shu senga kifoyadir», dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Sentyabr 2006, 08:32:54
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
SALOT (NAMOZ) KITOBI


1-bob. Me’roj kechasida namoz qanday farz qilingan?

(Me’roj Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Madinaga hijratlaridan bir yil avval, Imom Navaviyning aytishlaricha, Rabi’ ul-avval oyida bo‘lgan erdi). Abu Sufyon Hiraqlga: «Payg‘ambar alayhissalom bizga namoz o‘qimakni, halol va pok bo‘lmakni buyuradilar»,— deb aytgan ekanlar.

Abu Zarrga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan ekanlar: «Makkada ekanlig‘imda uyimning shipi ochilib, Jabroil alayhissalom tushdilar. Ko‘kragimni yorib, ichini zam-zam suvi birlan yuvdilar, keyin iymonu hikmat to‘la tilla jom keltirdilar-da, uni ko‘kragimga qo‘ydilar, so‘ng ko‘kragimni yopdilar. Shundan keyin Jabroil alayhissalom qo‘limdan ushlab meni eng yaqin birinchi osmonga olib chiqdilar. Birinchi osmonga chiqqanimda Jabroil alayhissalom osmonbonga: «Eshikni ochg‘il!» — deb aytdilar. U: «Kim bu?»— dedi. «Jabroilman»,—dedilar, Osmonbon: «Sen bilan birga biron kishi bormi?» — dedi. «Ha, men bilan Muhammad alayhissalom bor»,— dedilar Hazrat Jabroil. Osmonbon: «Muhammad alayhissalomning osmonga chiqmog‘iga ruxsat bo‘ldimi?» — dedi. Jabroil alayhissalom: «Ha»,— dedilar. Eshik ochilgach, birinchi osmon ichkarisiga ko‘tarildik. U yerda bir kishi o‘tiribdi. Uning o‘ng tomonida ham, chap tomonida ham odam gavjum. O’ng tomoniga qarasa, kuladi, chap tomoniga qarasa, yig‘laydi. O’sha kishi menga qarab: «Xush kelibsiz, payg‘ambar, yaxshi o‘g‘il!»-dedi. «Bu kishi kim?» — deb so‘radim Hazrat Jabroildan. «Bu —Odam alayhissalom va mana bu o‘ng va chap tomonlarida turganlar Odam bolalarining ruhlaridir. Bulardan o‘ng tomondagilari jannat ahli va chap tomondagilari do‘zax ahlidir. (Shuning uchun ham) Odam alayhissalom o‘ng tomonlariga qaraganlarida kuladilar, chap tomonlariga qaraganlarida yig‘laydilar»,— dedilar Jabroil alayhissalom. Keyin, meni ikkinchi osmonga olib chiqib, osmonbonga: «Ochg‘il!» — dedilar. Ikkinchi osmonbon ham birinchi osmonbon aytgan so‘zlarni aytdi, so‘ng darvozani ochdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 15 Sentyabr 2006, 08:35:50
Abu Zarr bizga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam osmon qavatlarida Odam alayhissalomni, Idris, Muso, Iso va Ibrohim salavotullohi alayhimlarni ko‘rdilar»,— deb aytdi. Lekin ularni qaysi osmonda ko‘rganlarini aniq aytmadi. Faqat Odam alayhissalomni birinchi osmonda va Ibrohim alayhissalomni oltinchi osmonda ko‘rganlarinigina zikr qildi, xolos»,— Deydilar Anas raziyallohu anhu va hikoyani davom etdiradilar: «Xazrat Jabroil payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni Idris alayhissalomning yonlaridan olib o‘tayotganlarida, Idris alayhissalom: «Xush kelibsiz, yaxshi payg‘ambar, yaxshi birodar!» — debdilar. Shunda Rasululloh: «Bu kim?» — deb so‘rabdilar. «Bu Idris»,— debdilar Hazrat Jabroil. Keyin, Muso alayhissalomning yonlaridan olib o‘tibdilar, u kishi: «Xush kelibsiz, yaxshi payg‘ambar, yaxshi birodar!»—debdilar. Rasululloh: «Bu kim?» — debdilar. «Bu Muso»,— debdilar Hazrat Jabroil. Keyin, Iso alayhissalomning yonlaridan olib o‘tibdilar. Shunda u kishi: « Xush kelibsiz, yaxshi birodar, yaxshi payg‘ambar!» — debdilar. Rasululloh: «Bu kim?»—deb so‘rabdilar. «Bu Iso alayhissalom»,— debdilar Hazrat Jabroil. Keyin, Ibrohim alayhissalomning yonlaridan olib o‘tibdilar. U kishi: «Xush kelibsiz, yaxshi payg‘ambar, yaxshi o‘g‘il!» —debdilar. «Bu kim?» deb so‘rabdilar Janob Rasululloh. «Bu Ibrohim alayhissalom»,— debdilar Hazrat Jabroil».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 19 Sentyabr 2006, 00:09:47
Ibn Abbos va Abu Hayya al-Ansoriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degandilar»,— deyishadi: «Keyin meni shunchalik balandga olib chiqdiki, hatto o‘sha joyda (yozuv-chizuv qilayotgan) qalam sharpalarini eshitdim». Ibn Hazm va Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mana bunday deb aytgan edilar»,— deyishadi: «Olloh taolo ummatimga 50 vaqt namoz farz qildi, men shuni olib qaytdim. Muso alayhissalomning yonlariga kelganimda: «Ummatingizga Olloh taolo nimani farz qildi?» — dedilar. «50 vaqt namozni»,— dedim. «Qayting rabbingiz huzuriga, chunki ummatingiz bunga chidamaydir»,— dedilar Muso alayhissalom. Men qaytdim, rabbim yarmini kechdi. So‘ng, Muso alayhissalomning oldilariga kelib: «Yarmini kechdi»,— dedim. «Qayting rabbingizning oldiga, chunki ummagingiz bunga ham toqat qilmaydir»,— dedilar Muso alayhissalom. Qaytdim, rabbim yana yarmini kechdi. Muso alayhissalomning yonlariga qaytib kelib, yana yarmini kechganligini aytdim. «Qayting rabbingizning oldiga, ummatingizning bunga ham toqati kelmaydir»,— dedilar Muso alayhissalom, Rabbim oldiga qaytib bordim. Shunda rabbim: «Besh vaqt namoz farz qildim, lekin savobi ellik vaqt namoz savobiga tengdir, endigi so‘zim qat’iydir, boshqa o‘zgartirilmaydir»,— dedi. Muso alayhissalomning yonlariga qaytib keldim. «Qayting rabbingizning oldiga»,— deb edilar, «Rabbimdan uyalaman»,— dedim. Keyin, Hazrat Jabroil meni Sidrat ul-Muntaho degan joygacha olib chiqdilar. Sidrat ul-Muntahoni turli-tuman ranglar shunchalik chulg‘ab olg‘ankim, uning ne ekanlig‘in bilolmadim. Keyin, jannatga kiritildim. Uning so‘qmoqlari durru gavharlar birlan qoplangan, tufrog‘i ersa mushk erkan».

Oisha ummulmu’minin: «Olloh taolo namozni farz qilgan paytida ikki-ikki rak’atdan farz qildi; musofir uchun ikki rak’at, muqim yashovchi uchun ikki rak’at. Safarda o‘qiladigan namoz o‘sha ikki rak’atligicha qoldi. Lekin muqim kishilar namozi (3—4 rak’atga) ko‘paytirildi»,— deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 18:28:52
2-bob. Kiyim kiyib namoz o‘qimakning yujibligi, Olloh taoloning «Har bir namoz o‘qiganingizda va tanof qilganingizda kiyimda bo‘lingiz!» degan oyati karimasi va birgina lungiga (matoga) o‘ralib namoz o‘qimaslik haqida

Salama ibn al-Akva’ bunday deb aytgan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agarchi bir tikan birlan bo‘lsa ham (avrat ko‘rinmasligi uchun) uni (matoni) qadab oling‘aydir»,— deganlar. Mazkur hadisda aslida «Xotini birlan jinsiy aloqa qiladirgan kiyimda (agar unga bir narsa tegmagan ersa) namoz o‘qisa, bo‘lur» degan fikr bor. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batullohni yalang‘och tavof qilmaslikni buyurganlar».

Ummu Atiyya mana bu hadisni keltiradilar: «Ikkala hayitda, hayz ko‘rganlar ham, balog‘atga yetgan paranjidagi qizlar ham namozga chiqishga buyurildi. Ular (erkak) musulmonlarning yig‘inida va ularning taot-ibodatlarida qatnashishdi, hayz ko‘rganlari esa namozgohga yaqin bormay, bir chekkada turishdi. Bir xotin: «Yo Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam, ba’zi birimizning paranjimiz bo‘lmasa, (qatnashmay qo‘yaveraylikmi)?»—dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dugonasining paranjilaridan birini olib kiyib tursin»,— dedilar». Abdulloh ibn Abu Rajo’ Ummu Atiyya aytib bergan ushbu hadisni boshqacharoq qilib rivoyat qilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 18:29:40
3-bob. Namoz o‘qishdan avval avratpo‘shni belga (orqaga) bog‘lab olish

Sahl raziyallohu anhu quyidagicha rivoyat qiladilar: «Sahobalar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga avratpo‘shlari orqalariga tug‘ilgan holda namoz o‘qiganlar».

Muhammad ibn al-Munkadir dedilar: «Jobir raziyallohu anhu kiyimlarini qoziqqa ilib qo‘yib, avratpo‘shini orqasiga tugib oldi-da, namoz o‘qidi. Bir kishi unga: «Birgina avratpo‘shda namoz o‘qiysizmi?»—dedi. «Senga o‘xshagan nodon ko‘rsin deb, ataylab shunday qildim. Qaysi biringizning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida ikkita kiyimingiz bo‘lgan?» — dedilar Jobir raziyallohu anhu».

Muhammad ibn al-Munkadir: «Jobir ibn Abdulloh va Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ham bir kiyimda namoz o‘qiganlarini ko‘rganman»,— deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 18:35:29
4-bob. Bir kiyimga (matoga) o‘ralib namoz o‘qimoqning hukmi

Az-Zuhriy: «Bir kiyimga o‘ralib, degani ikki yelkaga bo‘yin aralash tashlangan matoning o‘ng uchini chap tomonga o‘rashdir»,— deydilar. Ummu Honi’ aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kiyimga o‘raldilar. Kiyimning bu chekkasini yelkadan aylantirib, u tomondan bu tomonga va bu tomondan u tomonga o‘radilar».

Umar ibn Ummu Salama dedilar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam bir kiyimda namoz o‘qir erdilar, kiyimlarining bir tarafini u tomonga, u tomonini bu tomonga aylantirib namoz o‘qidilar».

Umar ibn Salama aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ummu Salama uyida bir kiyimda namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdim. Kiyimlarining ikki tarafini ikki yelkaga tashlab olgandilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 18:36:29
Urva ibn Zubayr dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir kiyimga o‘ralib namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdim, kiyimlarining ikki tarafini yelkalaridan o‘tkazib olgandilar».

Ummu Honi’ bunday degan ekanlar: «Makka fath qilingan yili Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bordim. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam g‘usl qilayotgan va qizlari Fotima esa bir narsa bilan pana qilib turgan ekanlar. Rasulullohga salom berdim. «Bu kim?» — dedilar. «Men Ummu Honi’man, Abu Tolib qiziman»,—dedim. «Xush kelibsan Ummu Honi’!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘usl qilib bo‘lganlaridan keyin turib bir kiyimga o‘ralgan holda 8 rak’at namoz o‘qidilar. Namoz o‘qib bo‘lib o‘girildilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, ukam men panohimga olganim falonchi ibn Hubayrni o‘ldirurmen, deydir»,— dedim. Shunda Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Ey Ummu Honi’, sen kimni panohingga olgan ersang, biz ham o‘shani panohimizga oldik»,— dedilar. Shu gapni aytganlarida choshgoh edi».

Abu Hurayra aytdilar: «Bir kishi Rasululloh  sallallohu alayhi va sallamdan bir kiyimda namoz o‘qimoq to‘g‘risida so‘radi. «Hammangizning ham ikkitadan kiyimingiz bormi?» — dedilar Janob Rasululloh».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 18:37:02
5-bob. Agar bir kiyimda namoz o‘qisa, ikki yelkasidan oshirib o‘rab olsin!

Abu Hurayradan: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Birontangiz bir kiyimda, ikki yelkangiz ochiq holda namoz o‘qimangiz!»—deganlar».

Ikrima raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bir kiyimda namoz o‘qisa, ikki yog‘ini yopib olsin!» — deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 18:38:02
6-bob. Agar kiyimlik ensiz bo‘lsa, ne qilg‘aydir?

Sa’id ibn Hars bunday dedilar: «Jobir ibn Abdullohdan bir kiyimlikka o‘ralib namoz o‘qimoq to‘g‘risida so‘radim. U kishi quyidagicha javob qildilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga bir safarga chikdim. Kechasi bir masala xususida Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga bordim, namoz o‘qiyotgan ekanlar. Men tanamni mato bilan o‘rab olgandim xolos. Yonlarida turib namoz o‘qidim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni tugatib: «Kelmog‘ingning boisi nedir, ey Jobir?» — dedilar. Hojatimni aytdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga qarab: «Bu nechuk o‘ramoqdir?» — dedilar. «Ilgari tuppa-tuzuk kiyim erdi»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar mato keng ersa, yaxshilab o‘rab olg‘il, agar tor ersa, (biror narsa birlan) uni qadab olg‘il!» — dedilar».

Sahl as-Sa’id raziyallohu anhu ushbu hadisni aytdilar: «Odamlar kiyimlarini yosh bolalar singari qadab olib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qir erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (erkaklar ortida) namoz o‘qiyotgan xotinlarga: «Erkaklar to‘liq o‘tirib olgunlaricha boshingizni ko‘tarmang!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 18:38:43
7-bob. Shomiy (majusiy to‘qigan) to‘nda namoz o‘qimoq

Hasan Basriy: «Majusiy to‘qigan kiyimda namoz o‘qimoqning zarari yo‘q»—deydilar. Ma’mar esa: «Go‘shti yeyiladigan hayvon siydigiga bo‘kkan yamaniy kiyimni Az-Zuhriy kiyganini va Hazrat Alining uzun kiyimda namoz o‘qiganlarini ko‘rganman»,— deydilar.

Mug‘ira ibn Shu’ba bunday deydilar: «Safarda Rasululloh bilan birga erdim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Mug‘ira, obdastani olg‘il!» — dedilar. Men obdastani oldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tashqariga chiqib ketdilar, hatto uzoqlashib, ko‘zimdan g‘oyib bo‘ldilar, qazoi hojat qildilar. Ustilarida shomiy choponlari bor erdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (tahorat olmak uchun) qo‘llarini choponlarining yengidan chiqaraman dedilar, torlik qildi, shunda qo‘llarini yeng ichidan tortib chiqardilar. Suv quyib berib turdim, u kishi namozga mo‘l tahorat oldilar va mahsilariga mash tortdilar. Keyin namoz o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 18:39:44
8-bob. Namoz vaqtida (va muqaddas joylarda) yalang‘och bo‘lmakning makruhligi

Jobir ibn Abdulloh ushbu hadisni aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quraysh ahli birlan birga Ka’bani ta’mirlamak vaqtida tosh tashiyotgan erdilar. Ustilarida izorlari bor erdi. Shunda amakilari Abbos: «Ey jiyan, izoringni yechib, toshning tagidan yelkangga qo‘yib olsang-chi»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam izorlarini yechib yelkalariga qo‘ydilar hamki, hushlaridan ketib yiqildilar (o‘shanda 25 yosh atrofida erdilar). Shundan beri hech ham yalang‘och yurmadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 18:40:08
9-bob. Ko‘ylak-ishton yoki kalta ishton va chopon kiyib namoz o‘qimoq

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi turib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bir kiyimda namoz o‘qimoq to‘g‘risida so‘radi. Jaiob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangizning ikkitadan kiyimingiz bormi o‘zi?» — dedilar. Keyin, bir kishi turib bir kiyimda namoz o‘qish haqida Hazrat Umardan so‘radi. «Olloh taolo yengillik bergandan keyin, yengillashtiringiz-da! (kiyimi bitta bo‘lgach, . o‘sha bitta kiyimda namoz o‘qiyveradi, bordiyu ikkita bo‘lsa, almashtirib kiyib olib o‘qisa, afzalroq) Kiyimi ko‘p bo‘lsa, izor va ridoda, izor va ko‘ylakda, izor va choponda, shim yu ridoda, shim va ko‘ylakda, shim va choponda, kalta ishton va choponda o‘qisin!» — dedilar».

«Umar talta ishton va ridoda o‘qisin, deb aytganligiga shubham bor»,— deydilar Abu Hurayra. Shihobuddin Qastaloniy: «Agar rido uzun bo‘lib, tizzani yopib tursa, kalta ishtonda namoz o‘qisa bo‘lur»,— deydilar.

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Hajga ehrom bog‘lagan kishi ne qilg‘aydir?» — deb so‘radi. «Ko‘ylak-ishton ham, burnus ham kiymag‘aydir. za’faron va sariq rangli mato ham kiymag‘aydir (o‘ramag‘aydir). Kimki kovush singari to‘pig‘dan past oyoq kiyim topmasa, mahsisining qo‘njini to‘pig‘idan past qilib qirqib tashlasin!» — dedilar».

Ushbu hadisni Nofi’ (Ibn Umardan eshitib) sal boshkdcharoq riyuyat qilib bergan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 18:40:36
10-bob. Avratni yopg‘uvchi kiyimlar bayoni

Abu Sa’id al-Xudriydan: «Janob Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam yengi yo‘q va tor kiyim kiymoqni, tizzani quchoqlab, oldini ochib o‘tirmoqni qattiq qoraladilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki xil savdo-sotiqdan qaytardilar: 1) Aytganiga bor-baraka kilmoqdan (savdolashmay olmoqdan); 2) Bo‘lgani shu, deb narxini tushirmay turib olmoqdan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yengi yo‘q va tor kiyim kiymoqdan, tizzani quchoqlab, avratini ochib o‘tirmoqdan ham qaytarganlar».

«Abu Bakr raziyallohu anhu meni o‘sha haj vaqtida «Bu yildan keyin birorta ham mushrik hajga kelmasin va Ka’batullohni yalang‘och tavof qilmasin!» deb odamlarga hayit kuni Minoda jar solishi lozim bo‘lgan kishilar qoshiga jo‘natdilar»,— debdilar Abu Hurayra raziyallohu anhu Humayd ibn Abdurrahmonga. «O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Aliga «Baroat surasi» ni odamlarga e’lon qilmakni topshirib, uning ketidan yuborgan erdilar»,— deydilar Humayd. Hayit kuni Minoda biz birlan birga Hazrat Ali «Bu yildan keyin birorta ham mushrik hajga kelmasin va Ka’bani yalang‘och tavof qilmasin!»—deb e’lon qildilar»,— deydilar Abu Hurayra.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 19:53:40
11-bob. Ridosiz namoz o‘qimoq

Muhammad ibn Munkadirdan: «Jobir ibn Abdullohning huzurlariga kirdik, u kishi birgina kiyimga (matoga) o‘ranib olgan holda namoz o‘qiyotgan erkanlar. Ridolari ersa, yerda yotibdir. Namozni o‘qib bo‘lib o‘girilganlaridan keyin: «Ey Abu Abdulloh, ridoyingizni yerga tashlab qo‘yib, namoz o‘qimakdamisiz?»— dedik. «Ha, sizga o‘xshagan johillarga bir ko‘rsatib qo‘yayin dedim-da! Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shu ahvolda namoz o‘qiganlarini ko‘rganman»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 19:54:48
12-bob. Sonning avrat ekanligi haqida

Jarhad raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Son avratdir, deganlar»,— deydilar. Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (izorlarini tizzadan yuqori tortib o‘tirganlarida) sonlari ochilib qoldi»,— deydilar. Anas aytgan hidis to‘g‘riroq, ammo Jarhad bo‘lsa, ulamolar o‘rtasida ixtilof chiqmasliga uchun ushbu hadisni ehtiyotkorlik birlan aytgan. Abu Muso: «Usmon, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirganida u kishi tizzalarini yopdilar»,— deydilar. Abu Zarr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, u kishining sonlari mening sonimni bosib turganda (ko‘pchilikning ichida tiqilishib o‘tirganda), oyat nazil bo‘ldi. Shunda u kishining sonlari shu qadar og‘irlashdiki, hatto oyogim sinib ketadi deb qo‘rqdim»,— deganlar».

Anas raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berganlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam hijrat qildilar. Haybar tashqarisida g‘ira-shirada bomdod namozini o‘qidik. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulovlarini mindilar, Abu Talha ham mindi, men ersam unga mingashdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Haybar ko‘chalarida ulovda ketib borayotganlarida tizzam u kishining sonlariga tegib turar erdi (ko‘cha tor zrdi). Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (ulovni niqtamoq uchun) izorlarini yuqori tortdilar. Men hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sonlarining oqligini ko‘rdim. Haybarga kirgan vaqtlarida: «Ollohu akbar, Haybar xarob bo‘ldi. Biz biror qavm yashayotgan joyga kelib tushsak, bu haqda xabar yetkazg‘uvchilarning holiga voy!» deb uch bor aytdilar. Anas: «Qavm o‘z ishiga chiqdi»,— dedi. Buni Muhammad alayhissalomga aytishdi».

Abdulaziz roviy: «Bizga ushbu hadisni aytib bergan ba’zi kishilar: «O’shanda askar bilan borgan erdilar, deyishgandi»,— deydilar. Anas aytdilar: «Haybarni kuch bilan qo‘lga kiritdik, anchagina asir ham oldik. Shunda Dihya kelib: «Yo Rasululloh, ayol asirlardan birini menga cho‘rilikka bering!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Borg‘il, bittasini olg‘il!»—dedilar. U Safiyya binti Huyayni oldi. Bir kishi Rasulullohga: «Yo Rasululloh, Dihyaga Baniy Nazir va Baniy Qurayza qabilalarining sayyidasi Safiyya binti Huyayni berdingiz, Safiyya faqat sizga munosibdir!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dihyani chaqiringiz!» — dedilar. Dihya Safiyya birlan birga keldi. Janob Rasululloh Safiyyaga qaragach, Dihyaga: «Asirlardan boshqa birini olg‘il!» — dedilar. Keyin, Safiyyani ozod qilib, unga uylandilar. Sobit: «Men bunga ishonmayman»,— dedi Anasga. Anas dedilar: «O’zlari uni ozod qildilar, hatto yo‘lda bo‘lsalar ham, unga uylandilar. Ummu Sulaym uni Rasulullohga tunlardan birida hadya qildilar. Shunday qilib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kuyov bo‘ldilar. Rasululloh: «Har kim topganini olib kelsin!» — dedilar, keyin yerga charm palos yozdilar. Odamlarning biri xurmo, biri yog‘ ko‘tarib kela boshladi, Rasululloh: «Hisobga olib qo‘yg‘aymen».— dedilar. As-Suvayq: «To‘yguningizcha yebichinglar!» — degandilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘shanda to‘ylari bo‘lgandi»,— deb eslaydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 19:55:26
13-bob. Ayol necha kiyimda namoz o‘qimog‘i lozim

 Ikrima: «Ayol kalta kiyimda namoz o‘qimog‘i mumkin (agar boshqasi bo‘lmasa)»,— deydilar.

Oisha onamiz aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozini o‘qirdilar. U kishiga iqtido qilib mu’mina ayollar ham ro‘mollariga (paranjilariga) o‘ralgan holda namoz o‘qishar erdi. Keyin uylariga qaytib ketishar erdi, hech kim ularni tanimas erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 19:57:18
14-bob. Agar guldor ko‘ylak kiygan bo‘lsa-yu, ko‘ylagining gullariga ko‘zi tushib, xayoli qochadigan bo‘lsa, o‘sha kiyimda namoz o‘qisa joizmi?

Oisha raziyallohu anho aytdilar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam gulli qamisa kiyib namoz o‘qirdilar. Nogahon qamisaning guliga bir nazar tashladilar, namozni o‘qib bo‘lgach, o‘girilib: «Bu qamisamni Abu Jahmga olib borib beringiz, o‘rniga uning anbijoniyasidan (gulsiz matosidan) olib kelingiz, chunki bu qamisa hali meni namozdan alaxsitdi»,— dedilar».

«Oisha onamizga Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Namoz o‘qiyotganimda qamisamning guliga qarab qoldim. Meni namozdan chalg‘itadi, deb qo‘rqamay, degan ekanlar»,— deydilar Hishom ibn Urva.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 19:58:59
15-bob. Agar xoch yoki suratlar solingan kiyimda namoz o‘qisa, namozi buzilgaydirmi va bu xususda nimalar man’ qilingaydir?

Anas raziyallohu anhu dedilar: «Oisha onamizning gulli jun pardalari bo‘lardi. U bilan uylarining bir tomonini to‘sib qo‘ygandilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu pardangni bizning ro‘paramizdan olib tashlag‘il, chunki undagi suratlar men namoz o‘qiyotganimda doim ko‘rinib turg‘aydir (xayolimni bo‘lg‘aydir)»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:00:28
16-bob. Rasulullohning ipak choponda namoz o‘qib, keyin uni schib tashlaganlari to‘g‘risida

Uqba ibn Omirdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ipak chopon hadya qilishdi. Rasululloh uni kiyib (Olloh taolo ipak kiyimni erkaklarga harom qilishidan avval), namrz o‘qidilar. Keyin, namozdan turiboq xazar qilgandek shosha-pisha uni yechib tashladilar. «Bu (ipak kiyim) taqvodor kishilarga yaramaydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:00:56
17-bob. Qizil kiyimda namoz o‘qimoqning hukmi

Avn ibn Abu Juhayfa otalaridan eshitganlarini bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni charmdan qilingan qizil chodirda ko‘rdim. Bilol u kishiga tahorat uchun suv quyib berayotgan erdi. Odamlar ersalar Rasulullohning tahoratlaridan tushayotgan suvni talashib olishar erdilar. Kimga nasib qilsa, badaniga surtar erdi, nasib qilmagan birodarining qo‘lida qolgan namni o‘ziga surtib olar erdi. Keyin Bilolning anzani (temir uchlik hassani) olib, yerga sanchib qo‘ygapini ko‘rdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizil hulla (izor, rido-lungi va yelkaga tashlaydigan mato) kiyib chiqdilar, izorlarini bir oz shimarib olgandilar. Rasululloh hassalarini pana qilib odamlar birlan ikki rak’at namoz o‘qidilar. Odamlar va hayyunlar hassalarini chetlab o‘tayotganini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:01:27
18-bob. Tom, minbar va taxta ustida namoz o‘qimoq hukmi

Imom Buxoriy aytdilar: «Hasan Basriy muz va ko‘priklar ustida, garchi uning tagidan yoki ustidan yohud oldidan najosat oqib turgan ersa-da, namoz o‘qimoqning zarari yo‘qdir, fakat namozxon birlan najosat o‘rtasini biror narsa to‘sib turgan ersa, bas»,— deydilar. Abu Hurayra masjidning tomida imom bo‘lib namoz o‘qidilar (Shofi’iy va Hanafiy mazhablarida imom va namozxonlarning namoz o‘qigan joylari biri ikkinchisidan baland bo‘lmog‘i makruhdir, zarurat tug‘ilgandagina mumkin). Ibn Umar qor ustida namoz o‘qidilar.

Abu Hazm aytganlar: «Odamlar Sahl ibn Sa’ddan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarlari nimadan qilingan?» — deb so‘radilar. Sahl: «Odamlar orasinda buni mendan yaxshiroq biladirgan odam qolmadi. U «yulg‘un» degan o‘rmon daraxtidan qilingandir, uni falonchining ozod qilingan quli falonchi yasagandir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (usta) minbarni yasab olib kelib qo‘ygach, unga chiqdilar-da, qiblaga qarab: «Ollohu akbar»,— dedilar, odamlar u kishiga iqtido qildilar. Janob Rasululloh qiroat qildilar va ruku’ qildilar. Odamlar ham ketlaridan ruku’ qildilar. Keyin, Rasululloh boshlarini (qadlarini) ko‘tardilar, minbardan tisarilib tushib, yerda sajda qildilar. Keyin, yana minbarga qaytib chiqdilar-da, qiroat qildilar, so‘ng ruku’. qildilar. Keyin, boshlarini (qadlarini) ko‘tardilar, minbardan tisarilib tushib, yana yerda sajda qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qilgan ishlari mana shu». Imom Buxoriyga Ali ibn Abdulloh: «Ahmad ibn Hanbal rahimahullohu mendan shu hadis to‘g‘risida, so‘radi»,— deb aytibdir. Ahmad ibn Hanbal: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlardan balandda turganlar va shu hadisga ko‘ra, imom odamlardan balandda tursa, zarari yo‘qdir, demoqchimisiz?» — debdi Ali ibn Abdulloh: «Sufyon ibn Uyaynadan shu hadis to‘g‘risida ko‘p so‘rashar erdi, siz hech eshitmaganmisiz?» — debdilar Ahmad ibn Hanbalga. Ahmad: «Yo‘q,— deb javob beribdilar.

Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam (hijratning 5-nchi yili, zulhijja oyi) otdan yiqilib, o‘shanda boldirlari yoki kuraklari shilinib ketgandi. Bir oy xotinlari oldiga kirmaslikka ahd qilgandilar. Yog‘och ustunli hujralarida o‘tirganlarida sahobalar u kishini ko‘rgani keldilar. Rasululloh o‘tirgan hollarida imomatga o‘tdilar, sahobalari ersa tik turgan hollarida namoz o‘qidilar. Rasululloh salom bergach: «Imomga iqtido qilmoq lozimdir. Shuning uchun imom «Ollohu akbar» deganda siz ham takbir aytingiz, ruku’ qilsa, siz ham ruku’ qilingiz, sajda qilsa, siz ham sajda qilingiz. Agar tik turib namoz o‘qisa, tik turib o‘qingiz!»—dedilar (Rasululloh kasal bo‘lganlari uchun ham butun namoz davomida o‘tirgan hollarida imomlik qilganlar. Sahobalar ersa tik turib o‘qiyvermasdan o‘zlari bilib iqtido qilavermoqlari kerak erdi). Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 29 kun deganda oilalari oldiga chiqdilar. Shunda ular: «Siz bir oyga ahd qilgan erdingiz-ku?» — deyishdi. Janob Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Bu oy 29 kun (dan iborat)»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:02:02
19-bob. Namozxon sajda qilgan vaqtida kiyimi xotiniga tegib ketsa, namozi buziladirmi?

Maymuna onamiz aytib berganlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qir erdilar, men ersam hayz holimda u kishining ro‘paralarida o‘tirgan erdim, sajda qilganlarida ba’zan kiyimlari menga tegib ketar erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xumra (xurmo bargidan to‘qilgan joynamoz) ustida namoz o‘qir erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:02:19
20-bob. Bo‘yra ustida namoz o‘qimoq hukmi

Jobir va Abu Sa’id kemada tik turib namoz o‘qidilar. Hasan Basriy: «Kemada ketayotganingda sheriklaringga malol kelmasa, tikka turib namoz o‘qiyverasan va kema birlan birga aylanavyorasan (qibla qayoqda, deb o‘tirmaysan). Agar sheriklaringga malol kelsa, o‘tirib, o‘qiysan»,— deganlar.

Anas ibn Molik aytib berganlar: «Buvim Mulayka taom tayyorlab Rasulullohni chaqirdilar. Janob Rasululloh taomdan yedilar, so‘ng: «Turingiz, namoz o‘qiymiz, men imomlik qilurmen»,— dedilar. Men turib, eskiligidan qorayib ketgan bo‘yraga suv sochdim (tozalamak uchun). So‘ng, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bo‘yra ustiga chiqdilar. Men birlan bir yetim bola orqalarida turdik. Buvim ersalar bizning orqamizda turdilar. Janob Rasululloh ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng namozni tugatib turdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:02:41
21-bob. Xumra ustida namoz o‘qimoq

Maymuna onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xumrada namoz o‘qir erdilar»,— deb aytganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:03:01
22-bob. O’rin-to‘shak ustida namoz o‘qimoqning hukmi

Anas raziyallohu anhu o‘rin-to‘shak ustida namoz o‘qidilar. Anas: «Rasululloh sallalloho‘ alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qir erdik. Shunda ba’zi birimiz kiyimimiz ustida namoz o‘qir erdik»,— deydilar.

Oisha onamiz aytib berganlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallamning ro‘paralarida yotar erdim, oyoqlarim ersa u kishining qibla tomonlariga uzatiq erdi, sajda qilgan vaqtlarida turtar erdilar, men oyoqlarimni yig‘ishtirib olar erdim. Qomatlarini rostlaganlarida yana uzatar erdim. O’sha vaqtlarda uylar chiroqsiz bo‘lur erdi».

Urva raziyallohu anhu aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayollarining ko‘rpasida namoz o‘qir erdilar. Oisha onamiz esa Rasululloh birlan qibla o‘rtasida janozada tobut qo‘yilgandek uzanib yotar erdilar».

Arrok raziyallohu anhu menga Urva bunday degandi, deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qir erdilar. Oisha onamiz esa (ikkalalari yotadigan) ko‘rpa ustida Rasululloh birlan qibla o‘rtasida ko‘ndalang bo‘lib yotar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:03:46
23-bob. Jazirama issiqda kiyim ustiga sajda qilmoq

Hasan Basriy aytib berganlar: «Sahobalar sajdaga bosh qo‘yadirgan joyning nihoyatda issiqlig‘idan qo‘llarini kiyimlarining yengidan chiqarmay, salla va qalansuvalarini oldilariga qo‘yib, ustiga sajda qilur erdilar».

Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qir erdik. Shunda ba’zi birimiz sajdagohning qattiq issiqlig‘idan kiyimimizning bir chetiga (etagi yoki yengini tortib qo‘yib) sajdaga bosh qo‘yar erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:04:15
24-bob. Poyabzalda namoz o‘qimoq hukmi

Sa’id ibn Yazid aytib berganlar: «Anas ibn Molikdan Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam poyabzal kiyib namoz o‘qirmidilar?» — deb so‘radim, «Ha»,— dedi (poyabzalning tagi quruq bo‘lsa, unda namoz o‘qimoq mumkin, ammo tagi ho‘l bo‘lsa, najosat tekkanligi ehtimoli bor, uni yuvmoq lozimdir»,— deydilar Imom Hanifa)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:04:31
25-bob. Mahsida namoz o‘qimoq

Hamom ibn Hars aytib berganlar: «Jarir ibn Abdullohni ko‘rdim, u kishi peshob qildilar, keyin tahorat oldilar, mahsilariga mash tortib, so‘ng turib namoz o‘qidilar. Mash tortmoq to‘g‘risida u kishidan so‘ralganda: «Janob Rasulullohning shunday qilganlarini ko‘rdim»,— dedilar. Ibrohim raziyallohu anhu: «Jarir ibn Adullohning bu gapi qavmga juda ma’qul keldi, chunki u eng keyingi sahobalardan erdi»,— deydilar».

Mug‘iyra ibn Shu’ba aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga tahorat uchun suv berdim (u kishi tahorat oldilar). Mahsilariga mash tortib, keyin namoz o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 22 Sentyabr 2006, 17:00:58
26-bob, Namozxon qiyomiga yetkazib sajda qilmasa (namozi qabul bo‘lmaydi)

Abu Voil raziyallohu anhu aytib berganlar: «Huzayfa bir kishining ruqu’ va sajdani qiyomiga yetkazmay namoz o‘qiganini ko‘rib, u namozini tugatgach: «Namoz o‘qimading»,—dedi. Keyin, nazarimda, boyagi odamga: «O’lsang, Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini bajarmay o‘lgan bo‘lursan»,— dedi ham shekilli».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 22 Sentyabr 2006, 17:01:30
27-bob. Ikki bilakni yerga tekkizmay (bilaklar yengidan chiqib ko‘rinadigan darajada) o‘zidan nariroqqa sajda qilmoq

Abdulloh ibn Molik: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qisalar sajdada qo‘lni o‘zlaridan uzoqroqqa tashlar erdilar, hatto qo‘ltiqlarining oppoqligi ko‘rinar erdi»,— deydilar. Lays ibn Sa’d esa: «Ja’far ibn Rabi’a ham shu hadisga o‘xshash hadisni rivoyat qilib bergan erdi»,— debdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 22 Sentyabr 2006, 17:02:23
28-bob. (Joynamozda) oyoq panjalari uchini qiblaga to‘g‘rilashning afzalligi

Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bizning namozni o‘qig‘aydir, bizning qiblamizni qibla qilg‘aydir, biz so‘ygan mol-hol go‘shtidan yegaydir, u Olloh va uning Rasuli himoyasidagi musulmondir. Ollohning himoyasiga ko‘rnamaklik qilmangiz!» — deganlar».

Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mana bunday deb aytganlar»,— deydilar: «Odamlar lo iloha illallohu» deydigan bo‘lgunlaricha jang qilmoqqa buyurildim. Agar ular kalimai tayyibani aytg‘aydirlar, bizning namozni o‘qigaydirlar, qiblamizni qibla qilg‘aydirlar va biz so‘ygandek (mol, qo‘y va boshqalar) so‘yg‘aydirlar, ularning qonini to‘kmoq va molini olmoq bizga haromdir. Zero ularning molu jonlari ham, oxirat hisobi ham Ollohning ixtiyoridadir».

Anas ibn Molikdan Maymun ibn Siyoh: «Ey Abu Hamza, (mo‘‘min bandalarga) qanday bandaning molini talamoq va qonini to‘kmoq haromdir?»—deb so‘radilar. Anas: «Kimki lo iloha illalloxu degaydir, qiblamizni qibla qilg‘aydir, namozimizni o‘qig‘aydiru biz so‘ygan mol-hol go‘shtini yegaydir, u musulmondir. Musulmonga ne huquq berilg‘aydir, unga ham o‘sha huquq berilg‘usidir va musulmonga qanday vazifa yuklang‘aydir, unga ham o‘sha vazifa yuklang‘usidir»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 22 Sentyabr 2006, 17:03:13
29-bob. Madina, Shom va Mashriq ahlining qiblasi; qibla na mashriqda va na mag‘ribda

Abu Ayyub raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qazoi hojatga borsangiz, qiblaga yuzlanib yoki qiblaga orqa qilib o‘tirmangiz, balki mashriqqa qarab o‘tiringiz yokim mag‘ribga qarab o‘tiringiz! deb aytganlar»,— deydilar. Abu Ayyub yana bunday deydilar: «Shomga keldik, tahoratxona qiblaga qaratib qurilgan erkan. Sal burilib o‘tirdik-da, Ollohga istig‘for aytdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 22 Sentyabr 2006, 17:04:08
30-bob. Olloh taolo: «Maqomi Ibroximda namoz o‘qingiz!»—deydir

Amr ibn Dinor aytganlar: «Ibn Umardan kishi Baytullohni tavof qilsa-yu, Safo va Marva oralig‘ida yugurmasa, xotinini jimo’ qilmog‘i joizmi?» — deb so‘radik. Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib yetti marta Ka’bani tavof qildilar. Maqomi Ibrohim orqasida ikki rak’at namoz o‘qidilar, Safo va Maryu oralig‘ida yugurdilar. Bu borada siz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan yaxshi ibrat olmog‘ingiz kerak erdi»,— dedilar. Jobir ibn Abdullohdan (shu haqda) so‘rasak: «Safo va Marva o‘rtasini tavof qilmaguncha, xotinga yaqinlashilmaydir»,— dedilar».

Sayf raziyallohu anhu quyidagi hadisni Mujohiddan eshitdim dedilar: «Ibn Umar huzurlariga kelib, «Ana, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’baga kirib ketdilar»,— deyishdi. Men borsam, Janob Rasululloh Ka’badan chiqqan erkanlar, Bilol ersa Ka’ba eshiklari oralig‘ida turgan erkan. Biloldan: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam Ka’ba ichida namoz o‘qidilarmi?» — deb so‘radim. Bilol: «Ha, kiraverishdagi ikki ustunning o‘ng tomonida ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng turib Ka’baga qarab yana ikki rak’at namoz o‘qidilar»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 23 Sentyabr 2006, 17:41:05
31-bob. Qayerda bo‘lsa ham qiblaga qarab namoz o‘qimoq kerak

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh  sallallohu alayhi yu sallam: «Qaerda bo‘lsang ham, qiblaga qarab takbir aytg‘il! — deganlar»,— deydilar.

Al-Barro ibn Ozib aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bayt ul-Muqaddasga qarab 16 yoki 17 oy namoz o‘qigan erdilar. Aslida Rasulullah sallallohu alayhi va sallam Ka’baga qarab namoz o‘qimoqni yaxshi ko‘rar erdilar. Olloh taolo Rasulullohga «Yuzingni bir Ka’baga, bir osmonga qaratayotganingni ko‘rib turibmiz» degan oyatini nozil qildi va: «Odamlarning eng aqlsizi yaxudiylardir. Ularni ilgarigi qiblani o‘zgartirmoqqa ne majbur qilmishdir? Sen: «Mag‘ribu Mashriq ham Ollohnikidir, u o‘zi xohlagan bandasiga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatg‘usidir, deb aytgil!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga bir kishi namoz o‘qidi, keyin u asr namozini Bayt ul-Muqaddasga qarab o‘qiyotgan bir ansoriy qavm oldiga borib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ka’baga qarab namoz o‘qiganini aytdi. Shunda qavmning barchasi Ka’baga o‘girildi».

Jobir raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam tuya minib ketayotganlarida, u qayoqqa qarab ketayotgan bo‘lsa, o‘sha tomonga qarab namoz o‘qiyverardilar. Lekin namoz farzini o‘qimoqchi bo‘lsalar, tuyadan tushib, qiblaga qarab o‘qirdilar».

Abdulloh ibn Mas’ud: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin yoki asr namozini o‘qidilar»,— dedi. «O’shanda ko‘paytirib o‘qidilarmi yo kamaytirib o‘qidilarmi, aniq aytolmayman»,— dedi Ibrohim. Rasululloh (ikki yelkalariga) salom berganlaridan keyin: «Yo Rasululloh, namozga biror yangilik kiritildimi?» — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nega bunday deysizlar?»—dedilar. «Siz bunday o‘qidingiz», deb ko‘rsatishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam cho‘kkalab o‘tirdilar-da, qiblaga qarab ikki bor sajda qilib, so‘ng salom berdilar. Keyin, bizlarga o‘girilib: «Namozda biror yangilik bo‘lg‘aydir, albatta men sizlarga xabar qilg‘aydirman, lekin (albatta) men ham siz kabi odamdirman, siz unutganingizdek men ham unutg‘ayman. Agar unutsam, eslatingiz, agar birortangaz namoz o‘qiyotib necha rak’at o‘qiganingizni unutsangaz, o‘z taxminingiz bo‘yicha namozni nihoyasiga yetkazingiz, so‘ng salom beringiz, undan keyin ikki rak’at namoz o‘qingiz!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 23 Sentyabr 2006, 17:41:37
32-bob. Qibla to‘g‘risida aytilgan hadislar, yanglishib qibladan boshqa tomonga qarab namoz o‘qigan kishi namozini qaytarib o‘qimasligi haqida

Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qib, qiblani yanglishtirganlarini sezib, odamlarga o‘girildilar, keyin, qolgan ikki rak’atni qiblaga qarab o‘qib, namozni tugalladilar.

Hazrat Umar dedilar: «Rabbim mening uch niyatimni ro‘yobga chiqardi. «Yo Rasululloh, Maqomi Ibrohimda namoz o‘qimoqni odat qilsak erdi!» — deganimda, «Maqomi Ibrohimda namoz o‘qingiz!» degan oyat nozil bo‘ldi, «Yo Rasululloh, xotinlaringizga yopinmakni buyursangiz erdi! Chunki ularga yaxshi odam ham, yomon odam ham gapirg‘aydir» — deganimda, «Hijob oyati» nozil bo‘ldi. Rasululloh  sallallohu alayhi va sallamning xotinlari bunga qarshilik qilishdi, shunda men: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sizlarni qo‘yib yuborsalar, Olloh taolo o‘rningizga sizdan ko‘ra yaxshiroq xotinlarni ato qilmog‘i mumkindir» — deganimda, aynan shu mazmunda oyat nozil bo‘ldi». Humayd: «Yuqoridagi hadisni Anasdan men ham eshitgandirmen»,— deydilar.

Abdulloh ibn Umar aytib berganlar: «Qubo masjidida odamlar bomdod namozini o‘qishayotgan vaqtda, bir kishi kelib: «Shu kecha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Qur’on oyati nozil bo‘ldi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Ka’ba tarafga qarab namoz o‘qimoq buyurildi», — dedi. Odamlar yuzlarini Ka’baga qaratdilar. Ular avval yuzlarini Shom tomonga qaratib namoz o‘qiyotgan erdilar».

Abdulloh ibn Mas’ud dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinda 5 rak’at farz o‘qidilar, Shunda sahobalar: «Namozning rak’ati ko‘paytirildimi?» — deb so‘radilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nechun bunday deb so‘raydirsiz?» — dedilar. «Besh rak’at farz o‘qidingiz», — deyishdi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oyoqlarini tashahhudda o‘tirgandek qilib bukdilar-da, yana ikki marta sajda qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 23 Sentyabr 2006, 17:42:01
33-bob. Masjiddagi tupukni qo‘l bilan ko‘chirib tashlash

Anas aytadilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning qibla tomonidagi devorida (qotib qolgan) balg‘amni ko‘rdilar. Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga juda og‘ir botdi, hatto yuzlarida xafa bo‘lganlari ko‘rinib turardi. Rasululloh o‘rinlaridan turib, balg‘amni qo‘l bilan ko‘chirib tashladilar, so‘ng: «Qaysi biringiz namoz o‘qig‘aydirsiz, rabbingiz birlan so‘zlashg‘aydirsiz, rabbingiz oldingizda, qiblada bo‘lg‘aydir. Shuning uchun birortangiz qibla tomonga tupurmangiz, agar zarur bo‘lg‘aydir, chap tomonga yoki oyoq tagiga tupuringiz!» — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarining bir tarafini ushlab, unga tupurib buklab qo‘ydilarda: «Yokim mana shunday qilingiz!» — dedilar».

Abdulloh ibn Umar dedilar: «Janob Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam masjidning qibla tomoni deyuridagi tupukni ko‘rib, qirib tashladilar, keyin odamlarga qarab: «Agar birortangiz namoz o‘qiyotgan ersangiz, qibla tomonga tupurmangiz. Chunki, Olloh taolo kishi namoz o‘qiyotganida qibla tomonda bo‘lg‘aydir», — dedilar».

Oisha onamiz dedilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qibla tomon devordagi manqani (yoki balg‘amni) ko‘rib, qirib tashladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 23 Sentyabr 2006, 17:42:18
34-bob Masjiddagi manqani mayda tosh birlan ko‘chirib tashlamoq

Ibn Abbos: «Agar ho‘l axlatni bosib olsang, uni suv birlan yuvg‘il, agar quruq bo‘lsa, yuqmasa, yuvmag‘il!» — deganlar.

Abu Hurayra va Abu Sa’id raziyallohu anhumo aytib berishgan hadis: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjid deyuridagi manqani ko‘rib, uni tosh birlan ko‘chirib tashladilar, keyin: «Birortangiz burningizni qoqmoqchi ersangiz, old va o‘ng tomoningizga qoqmangiz, chap tomonga yokim chap oyog‘ingiz ostiga qoqingiz»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 23 Sentyabr 2006, 17:42:43
35-bob. Namozxon o‘ng tomoniga tupurmasin!

Abu Hurayra va Abu Sa’id raziyallohu anhumo aytib berishgan hadis: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjid devoridagi manqani ko‘rib, uni mayda tosh birlan ko‘chirdilar, keyin: «Birortangiz burun qoqsangiz, old va o‘ng tomonga qoqmangiz, chap tomoningizga yokim chap oyog‘ingiz ostiga qoqingiz!»—dedilar».

Qatoda raziyallohu anhu Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Birortangiz old tomoningizga ham, o‘ng tomoningizga ham tupurmangiz, ammo chap tomoningizga yokim oyog‘ingiz ostiga tupursangiz bo‘lur» deganlarini «Menga Anas aytib bergan»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 23 Sentyabr 2006, 17:44:40
36-bob. Chap tomoniga yoki chap oyog‘ining ostiga tupursin!

Qatodadan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘‘min kishi namoz o‘qiyotganida rabbi bilan so‘zlashg‘aydir, (shu boisdan) old va o‘ng tomoniga zinhor tupurmasin, chap tomoniga yokim chap oyog‘ining ostig‘a tupursin!» — deganlar».

Abu Sa’id al-Xudriydan: «Janob Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam masjidning qibla tarafi devoridagi manqani ko‘rib, uni tosh birlan ko‘chirib tashladilar. Keyin, odamlarni old va o‘ng tomonga tupurmaslikka da’vat qildilar. Lekin chap tomonga va chap oyoq ostiga tupurishdan qaytarmadilar. Az-Zuhriy Abu Sa’id aytib bergan ushbu hadisga o‘xshash hadisni Hamiddan eshitgan erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 23 Sentyabr 2006, 17:45:03
37-bob. Masjidda tupurgan kishi aybini qanday yuvg‘aydir?

Qatodadan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Masjidda tupurmoqlik gunohdir, bu gunoh tupukni ko‘mmoq ila yuvilg‘usidir»,—deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 23 Sentyabr 2006, 17:45:30
38-bob. Masjiddagi tupukni ko‘mish

Hamomdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz namozda tursangiz, old tomonga tupurmangiz, chunkim siz Olloh birlan so‘zlashayotgan bo‘lursiz. Modomiki, namozda turgan erkansiz, o‘ng tomonga ham tupurmangiz, chunkim o‘ng tomoningizda farishta bordir. Chap tomoningizga yokim chap oyog‘ingiz ostiga tupuringiz, so‘ng uni ko‘mib qo‘yingiz!»—deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 23 Sentyabr 2006, 17:45:53
39-bob. Agar tupugini qaytarolmasa, kiyimining bir chekkasiga (yokim ro‘molchasiga) tupursin!

Anas dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qibla tomon devordagi manqani ko‘rib, uni o‘z qo‘llari birlan artib tashladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bundan xafa bo‘lganlari sezildi, bu u kishiga juda og‘ir botganidan: «Qaysi biryngiz namoz o‘qig‘aydirsiz, rabbingiz birlan so‘zlashayotgan bo‘lursiz yokim rabbingiz oldingizda va qibla tomonda bo‘lg‘aydir. Shu boisdan zinhor qibla tarafga tupurmangiz, ammo chap tarafingizga yokim chap oyog‘ingiz ostiga tupursangiz bo‘lur»,— dedilar. Keyin, ridolarining bir tarafini olib, unga tupirdilar-da, buklab qo‘ydilar (iloji bo‘lmaganda shunday qilingiz, degan ma’noda)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 23 Sentyabr 2006, 17:46:38
40-bob. Imomning namozni mukammal o‘qish va qiblani yoddan chiqarmaslik to‘g‘risida odamlarga va’z aytmog‘i

Abu Hurayra aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiblani ko‘rib turibsizlarmi? Ollohga qasamyod qilib ayturmankim, sizning sajdangiz ham, ruku’ingiz ham menga maxfiy ermasdir, men sizni orqamda tursangiz ham ko‘rib turg‘ayman»,— dedilar».

Anas raziyallohu anhu aytib berganlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan birga namoz o‘qidilar, so‘ng minbarga ko‘tarilib, namoz va uning ruku’lari (arkonlari) to‘g‘risida gapirib: «Men sizni oldimdan ko‘rgandek, orqamdan ham ko‘rg‘ayman»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 24 Sentyabr 2006, 18:34:39
41- bob.   Falon qavmning masjidi, deyish joizmi?

Abdulloh ibn Umar aytib berganlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sovutilgan otlar (mingan chavandozlar) o‘rtasida Xafyo’ degan joydan Saniyyat ul-Vido’ degan joygacha, sovutilmagan otlar (mingan chavandozlar) o‘rtasida esa Saniyyat ul-Vido’dan to Baniy Zurayx, masjidigacha poyga uyushtirdilar». Poygachilar orasida Abdulloh ham bor edilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 24 Sentyabr 2006, 19:36:22
42-bob. Masjidda mol taqsimlash va masjidga xurmo shingilini osish

Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Bahrayndan mol keltirishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Masjidga to‘kib qo‘yingiz»,— dedilar. Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ilgari keltirilgan mollardan ham ko‘p erdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga chiqdilar, lekin molga qayrilib ham boqmadilar. Namozni tugatganlaridan keyingina molni taqsimlashga kirishdilar, ko‘zlari tushgan odamga ulashdilar, hech kim qolmadi, hammasiga berdilar. Shu payt amakilari Abbos kelib qoldilar va: «Yo Rasululloh, shu moldan menga ham beringiz, chunki men (Badr urushida) o‘zim va ukam Uqayl uchun fidya berdim (jon to‘lovi to‘ladim)»,—dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oling!»—dedilar. Abbos ridolariga hovuchlab soldilar, keyin ko‘tarishga urindilar, ko‘tara olmadilar. So‘ng: «Yo Rasululloh, birontasiga aytingiz, ko‘tartirib yuborsin!»—dedilar. Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Yo‘q!»— dedilar. «(Bo‘lmasa) o‘zingiz ko‘targ‘izib yuboringiz!»—dedilar Abbos. Rasululloh yana «Yo‘q!» — dedilar. Amakilari bir oz to‘kib, so‘ng ko‘tarishga urindilar, yana ko‘tara olmadilar. So‘ng: «Rasululloh, buyuringiz, birontasi ko‘tartirib yuborsin!»—dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Yo‘q!»— dedilar. Amakilari: «O’zingiz ko‘tartirib yuboringiz!»— dedilar. Rasululloh bu gal ham: «Yo‘q!»—dedilar. Abbos yana ozgina to‘kib tashladilar, keyin yelkalariga ko‘tarib chiqib ketdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abbos amakilari ko‘zga ko‘rinmay ketgunlaricha orqalaridan tikilib qoldilar, u kishining molga nisbatan bo‘lgan xirsiga ajablandilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha yerda moldan biron dirham qolmaguncha o‘rinlaridan turmadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 24 Sentyabr 2006, 20:00:58
43-bob. Masjidga borib ovqatga taklif qilgan va unga «xo‘p» deb javob qilgan kishilar

 Abdulloh ibn Umar aytib berganlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sovutilgan otlar (mingan chavandozlar) o‘rtasida Hafyo’ degan joydan Saniyyat ul-Vido’ degan joygacha, sovutilmagan otlar (mingan chavandozlar) o‘rtasida esa Saniyyat ul-Vido’dan to Baniy Zurayh masjidigacha poyga uyushtirdilar». Poygachilar orasida Abdulloh ham bor edilar.

Ishoq ibn Abdullohga Anas aytib bergan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni masjidda bir jamoa odamlar orasidan topdim, yonlariga bordim. Shunda menga: «Abu Talha yubordimi seni?» — dedilar. «Ha»,— dedim. «Ovqatgami?»—dedilar. «Ha»,— dedim. Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam yonlaridagi kishilarga: «Turingiz, ketdik!» — deb o‘rinlaridan qo‘zg‘aldilar. Men ham ular bilan birga yo‘l oldim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 24 Sentyabr 2006, 20:13:29
44-bob. Masjidda qozilik va li’on qilmoq

Sahl ibn Sa’d aytib berganlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, nima deysiz, kimki xotini birlan yot zrkakning yotganini ko‘rsa, o‘ldiradimi?»— deb so‘radi. O’sha kishi birlan xotini masjidda bizga li’on qildi (ya’ni, har biri o‘z davosini aytib, «Agar yolg‘on so‘zlasam, menga Ollohning la’nati bo‘lsin!» — deyishdi), men buning shohidiman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:28:31
45-bob. Agar kishi taklifga binoan birovning uyiga kirsa, pok yoki iflosligini tekshirmay namozini o‘zi xohlagan joyda o‘qiyveradimi yoki xonadon sohibi ko‘rsatgan joyda o‘qiydimi?

Utbon ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam mening hovlimga keldilar va: «Uyingning qaerida namoz o‘qimog‘imni istaydursen?» — dedilar. Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir joyni ko‘rsatdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam takbir aytib, namoz o‘qiy boshladilar. Biz orqalarida saf turib iqtido qildik. Ikki rak’at namoz o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:28:50
46-bob. Uylarda (masjid) maxsus namoz o‘qiydirgan joy qilib olish

Barro ibn Ozib o‘z hoshtasidagi masjidida jamoat bilan namoz o‘qidi.
Mahmud ibn ar-Rabi’ rivoyat qiladilar: «Utbon — Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning, Badr urushida birga qatnashgan ansoriy sahobalaridandir. U Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga kelib: «Yo Rasululloh, ko‘zim xiralashib qoldi. Men o‘z qavmimning imomiman. Yomg‘ir yog‘ganda mening uyim birlan qavmim o‘rtasidagi vodiyda suv to‘planib, ularning masjidiga borib namoz o‘qib bera olmayotirman. Yo Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, sizdan iltijo qilg‘ayman, menikiga borib, uyimda namoz o‘qisangiz, men o‘sha joyni o‘zimga namozgoh qilib olsam!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Inshoolloh, shunday qilg‘aydurman»,— dedilar. Utbon aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va Abu Bakr Siddiq erta bilan quyosh bir oz ko‘tarilgach, keldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kirishga ruxsat so‘radilar. Ularni hovliga taklif qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyga kirgach, o‘tirmasdan: «Uyingning qay yerida namoz o‘qib bermog‘imni istaydursen?» — dedilar. Men uyimning bir tomonini Rasulullohga ko‘rsatdim. Ul zot o‘sha yerda namozga takbiri tahrima aytdilar. Biz orqalarida saf turib, u kishiga iqtido qildik, ikki rak’at namoz o‘qib, keyin salom berdilar. Biz Rasulullohni, u kishi uchun tayyorlangan «xazira» degan taomni yeb keting, deb qo‘ymadik. Mahallamdagilar (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelibdilar, deb) ketma-ket uyimga kirib kelishdi. Ulardan biri: «Molik ibn Duxshin qani?» — dedi. Kimdir: «U munofiq, Olloh va uning Rasulini yaxshi ko‘rmaydir»,— dedi. Shunda Rasululloh: «Undoq demangiz, u Ollohning rizolig‘ini tilab, «Lo iloha illallohu Muhammadun Rasululloh»,— deganku, bilmaydursizmi?» — dedilar. Kimdir: «Olloh va uning Rasuli yaxshiroq bilg‘aydir»,— dedi. Yana kimdir: «Biz uning munofiqlarga yondoshayotganini, ularning yonini olayotganini ko‘rayotirmiz»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohning rizolig‘ini istab, «Lo iloha illallohu Muhammadun rasululloh»,— degan kishiga Olloh do‘zax o‘tini harom ayladi»,— dedilar. Ibn Shihob az-Zuhriy: «Keyin ushbu hadisni al-Husayn ibn Muhammaddan so‘radim. U Baniy Solim qabilasining nufuzli kishilaridan biri bo‘lib, mazkur hadisni tasdiqlaydir»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:29:06
47-bob. Masjid va boshqa joylarga o‘ng oyoq birlan kirmoq

Ibn Umar (masjidga) o‘ng oyoq birlan kirib, chap oyoq birlan chiqar erdilar.

Oisha onamiz aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamma ishni iloji boricha o‘ngidan boshlamoqni yaxshi ko‘rar edilar (tahoratni ham, soch taramoqni ham, poyabzal kiymoqni ham)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:29:40
48-bob. Johiliya davridagi (islomdan ilgarigi davrdagi) mushriklar qabrini ko‘chirib, o‘rniga masjid qursa, bo‘lg‘aymi?

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Yahudiylarga Olloh la’nat yuborsin! Ular o‘z payg‘ambarlarining qabrlarini masjidlarga aylantirib oldilar»,— deganlariga doir hamda qabrlar usti va atrofida namoz o‘qimakning makruhligi xususida

Hazrat Umar Anas ibn Molikning qabr oldida namoz o‘qiyotganini ko‘rib: «E, yaxshimas, bu qabr, qabr-ku!» — dedilar-u, lekin namozni qaytarib o‘qimakni buyurmadilar.

Oisha onamiz aytib berganlar: «Ummu Habiba va Ummu Salama Habashistonda o‘zlari ko‘rgan kanisalar va uning ichidagi suratlarni eslab, so‘zlashib o‘tirdilar, so‘ng, bular to‘g‘risida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ham aytdilar. Rasululloh: «Ular, agar oralarida biror taqvodor kishi vafot etg‘aydir, uning qabri ustiga masjid qurib, o‘sha suratlarni solg‘aydirlar. Ular qiyomat kuni Olloh dargohida eng yomon xalqdir»,— dedilar».

Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam Madinaga keldilar. Madinaning yuqori qismidagi Banu Amr mahallasiga kelib tushdilar. U yerda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 14 kecha turib qoldilar. Keyin, Banu Najjorga odam yubordilar. Ular qilichlarini taqib, tayyor bo‘lib kelishdi. hozir ham ko‘z oldimda turibdi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuyalarida o‘tiribdilar. Abu Bakr esa orqalariga mingashib olgan, Banu Najjor chor atroflarida, hatto Abu Ayyub maydoniga sig‘may ketishgan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz vaqti qaerda to‘g‘ri kelib qolsa, o‘sha yerda namoz o‘qimakni yaxshi ko‘rar edilar va (hatto) qo‘y qo‘ralarida ham namoz o‘qiyverardilar. Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam masjid qurmakni buyurib, Banu Najjor qabilasining bir jamoasiga odam yubordilar. Ular kelgach, «Ey Baniy Najjor, menga mana bu bog‘ hovlilaringizni sotingiz!»—dedilar. Ular: «Yo‘q, Ollohga qasam ichib aytg‘aymizkim, pul olmag‘aymiz, fi sabililloh beramiz»,— deyishdi. Anas aytadir: «O’sha bog‘-hovli ichida boya men sizlarga aytganim mushriklar qabrlari, xarobalar bo‘lib, xurmozor ham bor erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushriklarning qabrlarini ko‘chirmakni buyurdilar, keyin xarobalar ham tekislandi. Xurmolarni kesishga buyurdilar, kesishdi. Xurmo yog‘ochlari (bo‘lajak) masjidning qibla tomoniga taxlab qo‘yildi. Odamlar poydevorga tosh tera boshladilar, ular bayt aytib tosh tashyshardi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham ular birlan birga ishlar erdilar va nuqul: «Ilohi, oxirat xayriyatidan boshqa xayriyat yo‘qdir, muhojiru ansoriylarni mag‘firat qilg‘aysen!» — der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:30:03
49-bob. Qo‘yxonalarda namoz o‘qimakning hukmi

Abu at-Tayyohdan: «Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘y qo‘ralarida namoz o‘qir erdilar»,— degandi. Keyinchalik uning «Rasulullol,  sallallohu alayhi va sallam masjid bino bo‘lmasdan avval qo‘yxonalarda namoz o‘qir erdilar»,— deganini ham eshitganman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:31:05
50-bob. Tuyaxonalarda namoz o‘qimakning hukmi

Nofi’ raziyallohu anhu: «Ibn Umar tuyasiga qarab namoz o‘qiyotganini ko‘rdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ham shunday qilganlarini ko‘rganman»,— deganlar (tuya qibla tarafda to‘siq bo‘lib turgan)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: soliha_siddiq 25 Sentyabr 2006, 19:55:46
51-bob. Oldida tandir yokim o‘t (alanga) yohud qandaydir sig‘inish manbai turgani holda faqat Olloh taoloni nazarda tutib namoz o‘qigan kishi xususida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men namoz o‘qiyotganimda ko‘zimga do‘zax otashi namoyon qilindi, deb aytganlar»,— deydilar Anas.

Abdulloh ibn Abbos dedilar: «Quyosh tutildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qidilar, keyin: «Namoz o‘qiyogganimda menga do‘zax o‘ti ko‘rsatildi. Bugungacha bundan dahshatliroq manzarani ko‘rmagandurmen»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: soliha_siddiq 25 Sentyabr 2006, 20:06:10
52-bob. Qabristonda namoz o‘qimaslik to‘g‘risida

Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyingizda ham namoz o‘qingiz. Uyingizni mozorga o‘xshatib qo‘ymangiz!— deganlar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: soliha_siddiq 25 Sentyabr 2006, 20:10:14
53-bob. Odam yutgan yerlarda va azob yuborilgan joy larda namoz o‘qimaslik haqida
 
«Hazrat Ali Bobildagi odam yutgan yerda namoz o‘qimoqni rad etdilar»,— deyiladi.

Abdulloh ibn Umar naql qiladilar. «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Anavi boshiga azob yuborilgan qavmning yeriga kirmangiz. Mobodo kirsangiz, yig‘lab kiringiz. Agar yig‘lay olmasangiz, kirmangiz. Tag‘in ularning boshiga tushgan musibat sizning ham boshingizga tushmasin!»—deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: soliha_siddiq 25 Sentyabr 2006, 20:13:21
54-bob. Kanisada (cherkovda) namoz o‘qimoqning hukmi

Umar raziyallohu anhu: «Biz kanisalaringizga ulardagi suratlar sababli kirmag‘aymiz»,— deganlar. Ibn Abbos surati yo‘q kanisada namoz o‘qir erdi, surati bo‘lsa, o‘qimas erdi.

Oisha onamiz naql qiladilar: «Ummu Salama Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Habashistonda ko‘rgan Mariya kanisasi, uning ichidagi suratlar to‘g‘risida so‘zlab berdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ular shunday qavmdurkim, agar oralarida biror solih banda yokim solih kishi o‘lg‘aydir, uning qabri ustiga masjid qurib, unga o‘sha suratlarni solg‘aydirlar. Ular Olloh taolo dargohidagi eng yomon xalqdir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: soliha_siddiq 25 Sentyabr 2006, 20:14:34
55-bob.

Oisha onamiz va Abdulloh ibn Abbos quyidagicha naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo dargohiga rihlat etmak muddati yaqinlashgach, muborak yuzlarini guldor bir mato birlan yopdilar, isib ketganlaridan keyin ochib tashladilar. Shu holatda bo‘la turib: «Yahudiy va nasorolarg‘a Ollohning la’nati bo‘lsin! Ular payg‘ambarlarining qabrlarini masjid qilib olmishlar»,— dedilar» (Bu bilan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘z ummatlarini yahudiy va nasorolar qilmishidan hazar qilmoqqa da’vat etdilar, deydi muhaddis).

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo yahudiylarni o‘ldirsin! Ular payg‘ambarlarining qabrlarini masjid qilib olmishlar, deb aytganlar»,— deydilar Abu Hurayra raziyallohu anhu.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 26 Sentyabr 2006, 05:08:45
56-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Yer menga sajdagoh ham tahorat vositasi qilib berildi»,— deganlari xususida

Jobir ibn Abdullohning naql qilishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan ekanlar: «Olloh taolo tomonidan menga ilgarigi payg‘ambarlarning birortasiga ham ato etilmagan beshta imtiyoz berilmishdir: 1) Bir oylik yo‘lda to‘rganimdayoq dushmanlarim yuragiga qo‘rquv solinib, g‘olib qilinmishmen 2) Butun yer yuzi menga sajdagoh qilib berilmishdir. Qaysi bir ummatimga namoz vaqti qaerda to‘g‘ri kelsa, o‘sha yerda namoz o‘qiyversin! 3) Jangda olingan o‘lja menga halol qilinmishdir 4) Har bir payg‘ambar o‘z qavmigagina payg‘ambar qilib yuborilur erdi. Men ersam, hamma odamlarga payg‘ambar qilib yuborilmishmen 5) Menga shafoat qilmoq imkoniyati ham berilmishdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 26 Sentyabr 2006, 05:18:21
57-bob. Masjidda ayol kishining (agar uning boshqa boshpanasi bo‘lmasa) yashamog‘i va uxlamog‘i to‘g‘risida

Oisha onamiz quyidagicha naql qiladilar: «Arab qavmlaridan birining yosh zanjiya (negr qiz) joriyasini ozod qildilar. U ozod qilganlar birlan birga qoldi. O’sha zanjiya qiz: «Bir kuni men qabiladagi yosh kelinchaklardan biri birlan o‘ynagani chiqdim. Kelinchakning qizil taqinchog‘i bor erdi», — debdi. Oisha onamiz aytadilar: «Kelinchak tanqinchog‘ini bir joyga qo‘yibdir, shu payt bir kush uchib kelib, taqinchoqni go‘sht deb o‘ylab olyb qochibdir». «Taqinchoqni qidirishdi, hech topa olmadilar, keyin menga sen olding, deb tuhmat qildilar-da, hamma yog‘imni tinta boshladilar (Oisha onamiz aytadilar: Hatto uning oldini ham qarab ko‘ribdilar»). Ollohga qasam ichib ayturmenkim, men ular birlan birga turibman-u, birdan qush uchib o‘tib, munchoqni yerga tashladi. Munchoq shundoqqina ularning oldiga tushdi. «Mana o‘sha sizlar menga olding, deb tuhmat qilayotgan narsa, (vaholanki) men bu gunohdan uzoqdirman, dedim» — debdi zanjiya qiz. Oisha onamiz aytadilar: «Zanjiya qiz Rasululloh huzurlariga kelib, islomga kirdi. Uning masjidda chodiri (yoki bir boshpanasi) bo‘lib, mening oldimga kelib turar erdi. Men u birlan suhbatlashib o‘tirar erdim. «Taqinchoq voqeasi sodir bo‘lgan kun rabbimizning ajoyibotlaridandir. U meni kufr olamidan qutqardi», — deb qo‘yardi. Bir, kuni men: «Senga ne bo‘lgan o‘zi, qachon qarasa, men birlan o‘tirganingda taqinchoq to‘g‘risida bayt aytasan?» — deganimda, u mazkur qissani aytib bergan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 26 Sentyabr 2006, 05:26:00
58-bob. Masjidda kishilarning uxlamog‘i to‘g‘risida

Anas raziyallohu anhu quyidagi hadisni keltiradilar: «Aql qabilasidan bir jamoa kishilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, ular Masjid un-Nabiy supasida yashab turgandi. Abdurrahmon ibn Abu Bakr: «Supada yashovchi kishilar faqirlar erdi», — deydi».

«Abdulloh ibn Umar bo‘ydoqlik vaqtlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidlarida yotib qolar erdi», — deydilar Nofi’ raziyallohu anhu.

Sahl ibn Sa’d naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Fotimaning uyiga keldilar. (Kuyovlari) Alini uydan topmadilar. Shunda Fotimaga: «Amakivachchang (ya’ni, ering) qaerdadir?» — dedilar. «O’rtamizdan bir narsa o‘tgan erdi, mendan g‘azablanib, chiqib ketdi, namozdan keyin qaylula ham qilgani yo‘q (kunduzi mizg‘igani ham yo‘q)»,— dedi Fotima. Shunda Rasululloh yonlaridagi kishiga: «Qaragal, u qaerda erkan»,— dedilar. Kishi kelib: «Yo Rasululloh, u masjidda yotibdir»,— dedi. Rasululloh masjidga keldilar. Ali esa masjidda ridolari yelkadan tushib ketgan, yelkalariga tufroq tekkan holda yotgan erkanlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Alining yelkalaridagi tufroqni qoqib turib: «Turg‘il yigit, turg‘il tufroq yigit!» — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu riyuyat qiladilar: «Ahli supalardan (masjidda yotib yuruvchilardan) biror yetmish nafarini ko‘rdim, birortasining ridosi yo‘q, yo bir parcha lungi yokim ko‘ylakni (kichikligidan) bo‘yniga osib olgan, ba’zisiniki boldirgacha, ayrimlariniki to‘piqqacha ham yetmaydir. «Avratim ko‘rinib qolmasin»,— deb doim qo‘li birlan kiyimini ushlab yuradir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 26 Sentyabr 2006, 05:32:49
59-bob. Safardan qaytgach, o‘qiladigan namoz

Ka’b ibn Molik aytadilar: «Janob Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam safardan kelsalar, eng avvalo masjidga kirib namoz o‘qir edilar».

Jobir ibn Abdulloh naql qiladilar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning xuzurlariga keldim, u kishi masjidda erkanlar. Nazarimda choshgoh vaqti erdi. Shunda Misvar: «Rasululloh menga: «Safardan qaytibdursen (shukronasiga) ikki rak’at namoz o‘qib olg‘il!» — dedilar. Keyin, menda qarzlari bor edi, qarzlarimni ham berdilar, yana unga qo‘shib hadya pul ham berdilar»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 26 Sentyabr 2006, 05:36:31
60-bob. Kimki masjidga kirsa, ikki rak’at namoz o‘qisin!

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz masjidga kirg‘aydirsiz, ikki rak’at namoz o‘qimay, o‘tirmangiz!—deganlar»,— deydilar Abu Qatoda.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:22:33
61-bob. Masjidda tahorat sindirish to‘g‘risida

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringaz namoz o‘qisangiz, farishtalar siz uchun istig‘for aytib turg‘aydirlar, shundoq erkan (namoz vaqtida masjidda) tahoratingizni sindirmangiz! Farishtalar: «Bu kishining gunohlarini kechirg‘il, ilohi, bu kishiga rahm qilg‘il! — deb turg‘aydirlar»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:22:49
62-bob. Masjid un-Nabiyning binosi

Abu Sa’d naql qiladilar: «Rasulullohning masjidlari shipi xurmo shoxidan erdi. Hazrat Umar (xalifalik davrida) masjid binosini tuzatmakni buyurdilar. Ustaga: «Odamlarni yomg‘irdan asrag‘il, lekin masjidni qizartirib. sargaytirib bo‘yamag‘il, odamlarning xayolini buzmasin!»— dedilar. Anas: «(Keyinchalik) odamlar masjid binosi birlan faxrlanib yurg‘aydirlar-u, lekin kam ta’mir qilg‘aydirlar»,— dedilar. Ibn Abbos esa: «Ollohga qasamyod qilib ayturmankim, yahudiy va nasorolar ibodatxonalarini bezaganidek, sizlar ham masjidlarni bezaydirsizlar»,— dedilar».

Ibn Abdulloh bunday deb aytgan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Masjid un-Nabiyning devori xom g‘ishtdan, shipi xurmo shoxidan, ustunlari ersa xurmo yog‘ochidan erdi. Abu Bakr xalifalik qilgan vaqtida masjidga biror o‘zgarish kiritmadi. Xalifa Umar esa masjidning bo‘yiga ham eniga ham qo‘shdi. Asosiy binoni o‘zgartirmadi. Devori xom g‘ishtligicha, shipi xurmo shoxidan qilinganicha qoldi, ammo ustunlarini o‘zgartirdi. Chunki ular chirigan erdi. Keyin, Usmon raziyallohu anhu masjid binosiga ko‘p o‘zgarishlar kiritdi. Masjidning devorlarini naqshli toshlar va ganch birlan bezattirdi, ustunlarini ham naqshli toshlardan qurdirdi, shipini ersa soj daraxti yog‘ochidan yasattirdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 26 Sentyabr 2006, 12:59:19
63-bob. Masjid qurilishiga hashar qilish

Olloh taolo bunday deydi: «Mushriklarning, o‘zlarini kofir erkanliklarini bila turib, Olloh taoloning masjidlarini obod qilmoqlari foydasizdir. Ularning barcha qilgan ishlari bekor ketgandir (savobi yo‘qdir), ular do‘zaxda (otashda) abadiy yong‘aydirlar, Olloh taoloning masjidlarini, Ollohning birligiga, oxirat kunining haqligiga ishongan, namoz o‘qiydirgan, zakot bergan va Ollohdan boshqa hech kimdan qo‘rqmagan kishilargina obod qilg‘aydir. Shoyad o‘shalar hidoyat topgan (eng to‘g‘ri yo‘lda yashag‘an) ersalar!».

Ikrima bunday deb rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos men va o‘g‘illari Aliga: «Boringiz, Abu Sa’iddan hadis eshitingiz!» — dedilar. Biz bordik, u kishi bog‘da ishlayotgan ekanlar, ridolarini olib, unga o‘randilar-da, bizga hadis ayta boshladilar, to Masjid un-Nabiy binosi qurilishigacha gapirib berdilar, so‘ng: «Biz g‘ishtni bitta-bittadan ko‘tarar erdik, Ammor esa ikkita-ikkitadan ko‘tarar erdi. Shu payt Rasululloh uni ko‘rib qoldilar-u, ustidagi changni qoqib: «Ammorning holiga yuy! Ammor ularni jannatga da’vat qilur, ular ersa Ammorni do‘zaxga da’vat qilmoqdalar»,— dedilar. Shunda Ammor: «Fitnalar balosidan Ollohning o‘zi asrasin meni!—deb qo‘ydi»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 26 Sentyabr 2006, 13:00:24
64-bob. Usta va hunarmandlardan masjid va minbarlarni tuzatishda yordam so‘ramoq

Sahl ibn Sa’id naql qiladilar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Duradgor g‘ulomig‘a buyursin, menga o‘rindiq yasab bersin!»—deb bir ansoriy ayolga odam yubordilar».

Jobir raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berdilar: «Bir xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, sizga bir o‘rindiq yasatib beraymi, chunki mening duradgor g‘ulomim bor»,— dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar istasang, mayli»,— dedilar. So‘ngra u xotin o‘rindiq yasatib berdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 26 Sentyabr 2006, 13:01:09
65-bob. Masjid qurgan kishi fazilati xususida

Usmon Zunnurayn bunday degan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidlarini ta’mirlamak paytida odamlar turli g‘iybat gaplarni ayta boshladilar. Usmon raziyallohu anhu ularga: «Sizlar gapni ko‘paytirib yubordingiz, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Kimki (shu suhbatda bo‘lgan Bakir. «Ollohning rizoligini istab, degan edi shekilli»,— deydilar) masjid qurg‘aydir, Olloh taolo jannatda unga shunga o‘xshash qasr barpo qilg‘usidir, deganlarini eshitganman»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 26 Sentyabr 2006, 13:01:43
66-bob. Masjidda o‘q-yoyning uchidan ushlab yurilg‘aydir

Sufyon raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berdilar: «Men Amrga: «Sen Jobir ibn Abdullohning «Bir kishi masjidda o‘q-yoy birlan yurgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Yoyning uchidan (tig‘idan) ushlab yurg‘il!» — deb aytgan erdilar» deganini eshitganmisan? » — dedim. Amr: «Ha, eshitganman»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 26 Sentyabr 2006, 13:02:00
67-bob. Masjidda yurish tartibi

Abu Muso naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bizning masjidlarimizda yokim bozorlarimizda yoyga o‘xshash tig‘li narsa birlan yuradirg‘on ersa, uning tig‘idan ushlab yursin, tokim biror musulmong‘a jarohat yetkazmagaydir!» — deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 26 Sentyabr 2006, 13:02:13
68-bob. Masjidda she’r aytmoq to‘g‘risida

Abu Salama ibn Abdurrahmon ibn Avf quyidagi hadisni aytib berganlar: «Hasson ibn Sobit (shoir), Abu Hurayraning guvoh bo‘lmoqlarini so‘rab: «Olloh haqqi-hurmati, aytingiz-chi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ey Hasson, ilohi, Rasulullohga Ruh ul-Quddusni (Jabroilni) madadkor aylag‘il, deb (she’r) ayt!» deganlarini eshitganmisiz?» — dedi. Abu Hurayra: «Ha, eshitganman»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 26 Sentyabr 2006, 13:02:44
69-bob. Nayzabardorlarning masjidga kirmog‘i joiz

Oisha onamiz bunday degan erdilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hujram eshigi oldida turganlarini va habash jangchilar harbiy mashq qilayotganini ko‘rdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni, ularning o‘yiniga qarayotganimda, ridolari birlan to‘sar erdilar». Ushbu hadisni Ibrohim ibn Munzar: «Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, habash jangchilar (u yerda) nayzabozlik qilishayotgan erkan»—deganlar», deb bir oz o‘zgartirib aytib berdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 26 Sentyabr 2006, 13:03:02
70-bob. Masjid minbaridan turib oldi-sotdi to‘g‘risida so‘zlash

Oisha onamiz huzurlariga Burayra ismli ayol kelib, o‘zining qullikdan ozod bo‘lmog‘iga to‘lanadigan pulga yordam qilmaklarini so‘radi. Oisha onamiz: «Agar istasang, men zimmangdagi mablag‘ni egangga berg‘aydirman, lekin unda sen mening panohimga o‘tg‘aydirsan»,— dedilar. Uning egalari: «Agar shuni xohlasangiz, zimmasida qolgan qarzini siz bera qolingiz»,— deyishdi. Sufyon: «Agar xohlasangiz, uni ozod qilingiz, lekin u bizning panohimizda qolg‘aydir, deyishgandi»,—degandilar. Rasululloh kelganlaridan keyin Oisha onamiz haligi gapni aytdilar. Shunda Rasululloh: «Uni sotib olg‘il va ozod qilg‘il, kimki ozod qilgan ersa, u o‘shaning panohiga o‘tg‘aydir»,—dedilar. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarga chiqib: «Ne bo‘ldi odamlarga, Olloh taoloning Kitobida yo‘q narsalarni shart qilib qo‘ygaydir, garchi ul yuz karra shart qilib qo‘ysa ham, mutlaqo hisobga o‘tmagaydir» deb aytdilar»,— deydilar Sufyon. Imom Molik Oisha onamiz haqlarida rivoyat qilgan hadisda «Minbarga chiqdilar» degan joyi yo‘q.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 26 Sentyabr 2006, 13:03:37
71-bob. Masjidda qarzdordan pulini qistamoq va berasan, deb turib olmoqning hukmi

Ka’b ibn Molik Ibn Abu Hidraddan qarzini qistadi. Ikkovlari janjallashib baqir-chaqir qilishganini Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida turib eshitdilar. Hujralarining pardasini ochib: «Ey, Ka’b!» — dedilar. «Labbayka, yo Rasululloh! » — dedi. «Qarzingning yarmini kechg‘il!» — dedilar yoki shu ma’noda ishora qildilar. Ka’b: «Xo‘p, kechdim»,— dedi. Rasululloh  sallallohu alayhi»va sallam Ibn Abu Hidradga: «Turg‘il, qarzingni to‘lag‘il!»—dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 26 Sentyabr 2006, 13:03:53
72-bob. Masjidga tushgan latta-putta, xas-cho‘p va boshqa tashlandiq narsalarni yig‘ishtirmoq hamda masjidni supurmoq

Abu Hurayra raziyallohu anhu naql qiladilar: «Bir qop-qora kishi (yoki qop-qora xotin) masjidni supurib yurar erdi. Bir kuni u vafot etib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni so‘raganlarida, «Vafot etdi»,— deyishdi. Rasululloh: «Meni chaqirmabsizlar-da, unga janoza o‘qig‘ay erdim. Qabrini ko‘rsatingiz»,— debdilar. So‘ng, qabriga borib, janoza o‘qibdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 26 Sentyabr 2006, 13:04:47
73-bob. Kayf qiladirgan ichimliklar sotishni masjidda taqiqlash

Oisha onamiz quyidagi hadisni aytdilar: «Sudxo‘rlik harom, deb aytilgan surai Baqara oyatlari nozil bo‘lganda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqib ularni o‘qib berdilar, so‘ng ichimlik sotmakni man’ qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 26 Sentyabr 2006, 13:05:02
74-bob. Masjidga xizmat qilish

Ibn Abbos bu xususda Bibi Maryamning «Surai oli Imron» dagi «Ilohi, qornimdagi homilamni senga nazr etdim, u faqat masjidga xizmat qilg‘usidir» degan so‘zlarini keltiradilar.

Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xotinmi yoki erkakmi, bir odam masjidda xizmat qilib yurar erdi»,— dedilar Abu Hurayra. Abu Rofi’: «Nazarimda, o‘sha xotin kishi erdi»,— dedilar. So‘ngra, Abu Hurayra o‘sha masjidga xizmat qilg‘uvchi odam vafot etgandan keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning xususida nimalar deganlarini va uning qabriga borib janoza o‘qiganlarini aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 26 Sentyabr 2006, 13:05:17
75-bob. Asir va dushmanni masjidga bog‘lab qo‘ymoq

Abu Hurayra: «Janob Rasululloh bunday dedilar»,— deb rivoyat qiladilar: «Ifrit degan jin kecha kechqurun ro‘paramga kelib qolmishdir, (oldimga o‘tib) namozimni buzmoqchi bo‘lmishdir. Olloh taolo menga uni ushlamakka imkoniyat berdi. Tong otgach, hammangiz ko‘ringiz deb masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘ymoqchi bo‘ldim. Shunda birodarim Sulaymon alayhissalomning «Ilohi, meni kechirg‘il va menga shunday bir qudrat berg‘ilki, u mendan keyingilarda bo‘lmasin!» degan duosini esladim». «Janob Rasululloh Ifrit degan jinni keyin haydab yubordilar»,— deydilar Ravh raziyallohu anhu.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 27 Sentyabr 2006, 06:22:50
76-bob. Kofirning musulmon bo‘lganidan keyin g‘usl qilmog‘i lozimligi va (yana) masjidga asirni bog‘lab qo‘ymoqlik haqida

Shurayh qarzdorlarni masjid ustunlariga bog‘lab qo‘ymoqni buyurar erdilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam Najd tomonga askar yubordilar. Ular Baniy Hanifa qabilasidan bir kishini tutib kelishdi. Uning ismi Sumoma ibn Asol erdi. Asirni masjid ustunlaridan biriga bog‘ladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ichkaridan chiqib: «Sumomani qo‘yib yuboringiz!» — dedilar. Sumoma masjid yaqinidagi xurmozorga kirib g‘usl qildi, so‘ng masjidga kirib: «Ashhadu allo iloha illallohh va ashhadu anna Muhammadan rasululloh deb iymon keltirdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 27 Sentyabr 2006, 06:23:03
77-bob. Masjidda kasallar va boshqalar uchun chodir qurishning joizliga

Oisha onamiz dedilar: «Xandaq urushida Sa’d qo‘lining yo‘g‘on tomiridan yaralandi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning uchun masjidga chodir tiklab berdilar. Yaqin kishilari uni tez-tez ko‘rib turmoqlari uchun shunday qildilar. Kasalning masjidda yotmog‘i sahobalarni xafa qilmadi. Masjidda Baniy Rifor qabilasiga tegishli yana bir chodir ham bor erdi. Ular ham bundan ranjimadilar, faqat Sa’dning chodiridan oqib chiqayotgan qon ularni tashvishga soldi. Ular: «Ey, chodirdagilar, ne bo‘ldi? Sizning chodiringizdan qon oqib chiqayotir»,— deyishdi. Borib qarasalar, Sa’dning jarohatidan qon oqayotgan erkan. Shu jarohatdan Sa’d vafot etdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 27 Sentyabr 2006, 06:23:20
78-bob. Biror zarurat sababli masjidga tuya birlan kirish haqida

Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batullohni tuyada tavof qildilar»,— deydilar.

Ummu Salama quyidagi hadisni aytib berdilar: «Men Rasulullohga tobim yo‘qlig‘idan shikoyat qildim. Rasululloh: «Odamlarga ergashib tuyada tavof qilaverg‘il!» — dedilar. Men tuyada tavof qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam esa, Ka’batulloh yonida «At-Tur» surasini zam qilib namoz o‘qir edilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 27 Sentyabr 2006, 06:23:32
79-bob.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan ikki kishi Janob Rasulullohning huzurlaridan qorong‘i kechada chiqdilar. Ularning yo‘lini bir nur chiroq kabi yoritib borar erdi. O’sha chiroqqa o‘xshagan nur to ikkalalarining yo‘llari ajralmaguncha birga bordi, keyin ikkiga bo‘linib, ularning har birini uylarigacha kuzatib qo‘ydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 27 Sentyabr 2006, 06:23:49
80-bob. Masjidga uyidan darcha va yo‘l ochmoq

Abu Sa’id rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutbada va’z aytib: «Olloh taolo bandasiga bu dunyoni yokim o‘zining huzuridagi oxiratni tanlamak imkonini berdi, bandasi Olloh huzuridagisini tanladi»,— dedilar. Shunda Abu Bakr yig‘ladilar. Men o‘zimga o‘zim: «Bu mo‘ysafid nega yig‘layotir erkan, Olloh bandasiga: «Bu dunyoni yokim oxiratni tanlag‘il!» — desa, bandasi Olloh huzuridagi oxiratni tanlasa, shunga ham yig‘laydirmi?» — dedim. Keyin bilsam, o‘sha banda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ekanlar. Buni bizga Abu Bakr aytdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey, Abu Bakr, yig‘lamangiz! Siz molini ham, ezgu so‘zini ham mendan ayamagan eng yaxshi odamdirsiz! Agar Ollohdan boshqa yana ummatlarimdan biror kishini ham o‘zimga xalil (eng yaqin do‘st) tutmog‘imga ijozat bo‘lg‘ay erdi, Abu Bakrni do‘st tutar erdim. Ammo bu mumkin emasdir. Islom birodarligi va islom do‘stlig‘igina mumkindir. Uydan masjidga qaratib ochilgan darchalarning birortasi ham qoldirilmay, urib tashlansin! Faqat Abu Bakrning darchasigina qolsa, basdir!»—dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlaridan oldingi kasallik paytlarida boshlarini mato birlan boglab chiqdilar, Minbarga o‘tirib, Ollohga hamdu sano aytdilar. So‘ng: «Abu Bakrdan ko‘ra ko‘proq molu jonini menga fido qilgan inson yo‘q! Agar odamlar orasidan o‘zimga xalil (eng yaqin do‘st)tutadirg‘an bo‘lsam, Abu Bakrni tutar erdim. Lekin Ollohnigina eng yaqin do‘st tutmoq mumkindir. Shu boisdan insonlarga islom do‘stligi afzalroqdir. Masjid ichidagi Abu Bakrning darchasidan boshqa barcha darchalarni urib tashlangiz!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 27 Sentyabr 2006, 06:24:16
81-bob. Ka’batulloh va masjidlar eshigini ochmoq va ularni berkitmoq to‘g‘risida

«Ey, Abdumalik, Ibn Abbos masjidlarini va uning eshiklarini bir ko‘rganingda erdi!» deb aytdi menga Ibn Abu Mulayka», — deydilar Ibn Jurayj.

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga keldilar. Usmon ibn Talha: «Eshikni ochingiz!» — deb oyuz qildi. Eshikni ochishgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Ka’baga) kirdilar. U kishi birlan birga Bilol, Usoma ibn Zayd va Usmon ibn Talhalar ham kirdi. So‘ng, eshikni yopib qo‘ydilar. Bir ozdan keyin hammalari qaytib chiqdilar. Men shosha-pisha: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qidilarmi, yo‘qmi? » — dedim Bilolga.
— Ha, o‘qidilar, — dedi.
— Qaysi joyda? — dedim.
— Ikki ustun oralig‘ida, — dedi.
Qarangkim, o‘shanda «necha rak’at» deb so‘rash xayolimdan ko‘tarilibdir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 27 Sentyabr 2006, 06:26:04
82-bob. Masjidga mushriklarning kirmog‘i xususida

Sa’id ibn Abu Sa’id: «Quyidagi o‘adisni Abu Hurayradan eshitdim», — deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najd tomonga askar yubordilar. Askarlar Baniy Hanifa qabilasidan bir kishini tutib kelishdi. Uni Sumoma ibn Asol deyishardi. Sumomani masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘ydilar» (bu hadis yuqorida aytilgan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 27 Sentyabr 2006, 06:27:34
83-bob. Masjidlarda baland ovoz birlan gaplashmoqning noo‘rinligi

Soib ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Masjidda turgan erdim, bir kishi mayda tosh otib meni chaqirdi, qarasam, Hazrat Umar erkanlar. «Anavi ikki kishini olib kelg‘il!» — dedilar. Ikkovini boshlab keldim. «Kimsizlar? Qaerdansizlar?» — dedilar Hazrat Umar. «Toiflikmiz»,— deyishdi. «Agar Madina ahlidan bo‘lganingizda, darra urdirardim, (bu qanaqasi?) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidlarida ovozlaringizni ko‘targ‘aysizlar?»—dedilar Hazrat Umar.

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Ka’b ibn Molik Ibn Abu Hidraddan masjidda qarzini qistadi. Ular ovozlarini ko‘tarib janjallasha boshladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida turib ularning ovozini eshitdilar. Keyin, hujralarining pardasini ochib: «Ey, Ka’b ibn Molik!» — dedilar. «Labbay, yo Rasululloh?» — dedi Ka’b. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari birlan «qarzingning yarmini kechgil!» deb ishora qildilar. «Kechdim, yo Rasululloh sallallohu alayhi va sallam!»—dedi Ka’b. Rasululloh: «Turg‘il, qarzingni to‘lag‘il!» — dedilar Hidradga».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 27 Sentyabr 2006, 06:27:54
84-bob. Masjidda davra olib o‘tirmaknikg joizligi

Ibn Umar quyidagi hadisni aytdilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan minbarda turganlarida: «Kechasi o‘qiladirgan namoz to‘g‘risida ne deysiz?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ikki rak’atdan-ikki rak’atdan o‘qiydir, tong otib qolmog‘idan xavfsiraganda, bir rak’at o‘qiydir, o‘qiganlari vitr o‘rnig‘a o‘tg‘aydir»,— dedilar. Hazrat Umar: «Tungi namozingizni toq o‘qingiz, chunkim Rasululloh shunday deb buyurganlar»,— deganlar».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam minbarda va’z aytib turganlarida bir kishi kelib: «Tungi namoz qanday o‘qiladir?» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikki rak’atdan-ikki rak’atdan, tong otib qolmog‘idan qo‘rqsang, bir rak’at o‘qiydirsan, o‘qiganlaringning hammasi vitr o‘rniga o‘tg‘aydir»,— dedilar». Ibn Umarning boshqa bir rivoyatlari «Rasululloh masjidda turganlarida bir kishi dedi» deb boshlangan.

Abu Voqid al-Laysiy quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda (jamoat birlan birga) o‘tirganlarida uch kishi keldi. Shundan ikkitasi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yonlariga keldi, bittasi ersa qaytib ketdi. Boyagi ikki kishining biri davradan bo‘sh joy topib o‘tirdi, ikkinchisi ersa davrada o‘tirganlarning orqa tomoniga kelib o‘tirdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam suhbatni tamomlagach: «Sizga uch kishi to‘g‘risida bashorat aytaymi? Birinchisi Ollohga o‘zini topshirdi (dilida Ollohdan joy so‘radi), Olloh unga joy berdi, ikkinchisi ersa (davrani tashlab ketmoqqa) Ollohdan uyaldi, Olloh ham (unga azob bermoqdan) uyalg‘aydir. Ammo uchinchisi (Rasululloh majlisidan) yuz o‘girdi, Olloh ham undan yuz o‘girdi»,— dedilar». '
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 27 Sentyabr 2006, 06:28:14
85-bob. Masjidda cho‘zilib va oyoqni uzatib yotmoq haqida

Ibod ibn Tamim amakilari Abdullohdan eshitib, rivoyat qiladilar: «Abdulloh Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidda bir oyoqlarini ikkinchi oyoqlari ustiga qo‘yib chalqancha yotganlarini ko‘rdilar. Sa’id ibn Musayyab: «Hazrat Umar va Usmon ibn Affonlar ham shunday qilishar erdi»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 27 Sentyabr 2006, 07:14:45
86-bob. Masjidni yo‘l chekkasiga, odamlarga xalal bermaydigan qilib qurmoq

Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «Aqlimni tanibmankim, ota-onamning dindor, taqvodor ekanliklarini bilurman, o‘sha kezlari Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning biznikiga kelmagan kunlari bo‘lmas erdi, ertayu-kech biznikida erdilar».

«Abu Bakr hovlilari sahniga masjid qurmoqni ko‘pdan niyat qilib yurar edilar, oxiri qurdilar ham. Keyin, unda namoz va Qur’on o‘qiy boshladilar,— deydilar Urva ibn Zubayr,— yo‘ldan o‘tib ketayotgan mushrik xotinlar va ularning bolalari u kishining qarshilarida to‘xtab, qiziqib qarashar erdi. Abu Bakr Qur’on o‘qiyotganda ko‘z yoshlarini to‘xtata olmaydirgan yig‘loq kishi erdilar. Bu Quraysh qabilasiga mansub mushrik a’yonlarni xavotirga sola boshlabdi» (chunki ular bola-chaqalarining islom diniga kirib ketishidan cho‘chishardi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 27 Sentyabr 2006, 07:27:30
87-bob. Bozordagi masjidda namoz o‘qimoq

Ibn Avn darvozasi berkitib qo‘yiladigan hovlidagi Masjidda namoz o‘qidi.

Abu Xurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»,— deb rivoyat qiladilar: «Jamoat birlan o‘qilgan namozning savobi uyda o‘qilgan namozning savobidan 25 marta ortiqdir, chunkim qaysi biringiz bo‘lmangiz, yaxshilab tahorat olib namoz o‘qiydirman, degan niyatda masjidg‘a ravona bo‘lsan-giz, masjidga yetib kelguningizcha bosgan har bir qadamin-giz uchun Olloh taolo mavqeingizni bir daraja ko‘targ‘ai-dir va bir gunohingizni kechirg‘aydir. Kishi masjidga kirgach, unga namoz o‘qiyotgan kishiga tegadirgan savob tekkusidir. Namoz o‘qib turganida, agar tahoratini sindi-rib ozor bermag‘aydir, maloikalar tepasida turib: «Ilohi, bu bandangni kechirg‘il, unga rahm qilg‘il!» deb salavot aytib turishg‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 27 Sentyabr 2006, 07:33:49
88-bob. Masjid va boshqa joylarda (biror zaruratga ko‘ra) ikki panja barmoqlarini bir-biriga chalishtirmoq

Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam barmoqlarini chalishtirdilar»,— deydilar. Osim ibn Muhammad bunday deydilar: «Quyidagi hadisni otamdan eshitgan erdim, lekin yodimda qolmabdir. Ukam Voqid otamdan eshitib, uni menga qayta aytib berdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Amrga: «Ey Abdulloh ibn Amr, odamlar birlan mana shunday muomala qilaversang, bo‘lmaydirmi?» deb barmoqlarini bir-biriga chalishtirgan erkanlar».

Abu Muso rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Binoni to‘rtta devori ushlab turgandek mo‘‘minlar ham bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab turg‘aydirlar» deb barmoqlarini bir-biriga chalishtirib ko‘rsatdilar».

Ibn Sirin Abu Hurayradan eshitib, quyidagi hadisni aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam imomatga o‘tib, biz birlan peshin yoki asr namozini o‘qidilar»,— deb aytgan erdi Abu Hurayra, lekin mening yodimdan ko‘tarilibdir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qib salom berdilar. So‘ng, o‘rinlaridan turib, masjid chekkasidagi yog‘ochga borib suyandilar, bir narsadan g‘azablangandek o‘ng qo‘llarining barmoqlarini chap qo‘llarining barmoqlari orasiga kirgizib chalishtirdilar-da, chap kaftlarining orqasiga o‘ng yuzlarini qo‘ydilar. Shoshilibroq turgan kishilar masjid eshigidan chiqishdi. Ularning orasida Abu Bakr va Umar ham bor erdilar. Ular Rasulullohga bir narsa degani cho‘chishdilar. Shunda Zulyadayn degan qo‘li uzun bir kishi: «Yo Rasululloh, yodingizdan chiqardingizmi yokim namoz qisqardimi?» — dedi. Rasululloh: «Unutganim ham yo‘q, qisqarmadi ham»,— dedilar-da, «Zulyadayn aytgandek bo‘ldimi?»—deb qo‘shib qo‘ydilar "Ha, shunday bo‘ldi»,— deyishdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldinga o‘tib, qolgan rak’atlarni o‘qidilar, keyin salom berdilar va takbir aytib, odatdagidek yoki undan uzoqroq sajdai sahv qildilar. Keyyn, boshlarini ko‘tarib takbir aytib, sajda qildilar, yana takbir aytib, odatdagidek yoki undan uzoqroq sajda qildilar».

Ehtimol, Ibn Sirindan: «Salom berdilarmi?» — deb so‘rashgandir. U: «Imron ibn Husayn menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam keyin salom berganlar» deb aytgan»,— deydi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 27 Sentyabr 2006, 07:41:38
89-bob. Madinaga boradigan yo‘llar yoqasidagi masjidlar va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘xtab namoz o‘qigan joylar

Muso ibn Uqba quyidagicha naql qiladilar: «Solim ibn Abdullohning Madinaga boradirgan yo‘lning ayrim joylarida ataylab to‘xtab namoz o‘qiyotganini ko‘rdim. Uning aytishycha, otasi Abdulloh ibn Umar ham shu joylarda namoz o‘qir erkan, u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aynan shu joylarda namoz o‘qiganlarini ko‘rgan erkan».

Muso ibn Uqba rivoyat qiladirlar: «Nofi’: «Ibn Umar raziyallohu anhu o‘sha joylarda namoz o‘qir erdilar»,— dedi. Men Solimdan: «Shu to‘g‘rimi?» — deb so‘radim. U Nofi’ning «Rasululloh o‘sha joylarning hammasida namoz o‘qiganlar»,— degan fikriga qo‘shildi. Lekin, Nofi’ birlan Solim Rasulullohning Ravho’ tepaligida namoz o‘qiganliklari to‘g‘risida aniq bir gap aytisha olmadi».
 
Nofi’: «Menga Abdulloh bunday degandi»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra (kichik haj) va haj (katta haj) qilgani yo‘lga chiqqanlarida Zulhulayfa degan joydagi masjidda to‘xtab, samra daraxtining tagida dam olardilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haj yoki umradan qaytishda (shu yo‘ldan yursalar) Batni Vodiyning sharqiy chekkasidagi Batho degan joyda tushar erdilar. Keyin, tong otguncha shu yerda qolar erdilar. Katta, qoyatosh yonidagi masjidda ham, ustiga masjid qurilgan tepalikda ham qolmas erdilar. Rasulullohning tanlagan joylari vodiyning chuqur yerida erdi. Abdulloh bu joyda namoz o‘qimoqni odat qilgandi. Ilgari Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham Abdulloh namoz o‘qigan joyda namoz o‘qigan erkanlar, keyinchalik, o‘sha joyni sel olib, ko‘mib yuborgan erkan. Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va rallam Ravho tepaligidagi katta masjid o‘rnida ermas, balkim kichik masjid o‘rnida namoz o‘qiganlar»,— dedilar. Keyin menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qigan joylarini tushuntirayotib: «Yamandan Makkaga olib boradirgan yo‘lning chekkasidagi masjidda namoz o‘qib turganingda o‘ng tomoningda bo‘ladir, masjid birlan o‘sha joy oralig‘i bir tosh otimdan ko‘p ermas yokim shunga yaqin keladir»,— deb ham aytdilar.

Ibn Umar Ravhodan chiqaverishdagi Irq degan joyga qarab namoz o‘qir erdilar. Madinaga ketayotganingda Irq birlan Ravho tepaligi oralig‘ida masjid bor. Abdulloh o‘sha masjidda namoz o‘qimas erdilar. Masjidni orqaroqda qoldirib, Irqqa qarab namoz o‘qir erdilar. Abdulloh o‘sha joyda namoz o‘qimoq uchun Ravhodan peshinni o‘qimay qaytar erdilar. Agar Makkadan kelayotgan bo‘lsalar-u, shu joyga tongdan biror soat ilgari yoki saharning oxirrog‘ida kelib qolsalar, bomdod namozini o‘qimoq uchun ataylab to‘xtar erdilar. Abdulloh bunday degandilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yo‘lning o‘ng tomonidagi Ruvaysa degan qishloq yaqinidagi katta daraxtning tagiga kelib tushar erdilar. Keng va tekis joydagi bu daraxt tepalikka yaqinroq, Ruvaysadan ikki mil narida. Tepalik usti bino singari tekis bo‘lib, sal qiyshiqroq, pastda ersa ko‘plab qum uyumlari mavjud. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Arj qishlog‘ining orqasidagi qum tepalikning chekkasida namoz o‘qir erdilar». Hadaba degan tepalik tomonga ketayotganingdagi masjid yonida 2 yoki 3 ta qabr bor. Qabrlar ustiga katta-katta toshlar o‘rnatilgan. Abdulloh kun ko‘tarilgandan keyin yo‘lning o‘ng tomonidagi salamazor (salama — daraxt turi) oralab Arjdan yo‘lga chiqar erdilar. Peshinni o‘sha masjidga borib o‘qir erdilar. Abdulloh bunday degandilar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam Harsha tog‘i etagidagi pastlikka, yo‘lning chap tomonidagi daraxtlar tagiga kelib tushar erdilar. O’sha pastlik Harsha tog‘ining bir yoniga tutash erdi. U bilan yo‘l o‘rtasidagi masofa bir kamon o‘qi yetgulik erdi». Abdulloh yo‘l yoqasiga yaqinroq eng uzun daraxtning tagida namoz o‘qir erdilar. Abdulloh bunday degandilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madina tbmondan kelayotganlarida Marrizahron degan joyga yaqinroq joylashgan bir pastlikda dam olardilar. Makkadan kelayotganlarida esa yo‘lning chap tomonida joylashgan Safravot degan joy orqali yana o‘sha pastlikka tushar erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib tushadirgan jrylari birlan yo‘l o‘rtasidagi masofa tosh otganda yetgulik edi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zu Tuvan degan joyda tong otguncha qolar erdilar. Makkadan kelayotganlarida esa u yerda bomdod vaqtigacha qolib, bomdod namozini o‘qib ketar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:35:05
NAMOZ O’QILADIGAN JOYNING QIBLA TOMONMNI TO’SIB QO’YISH HAQIDAGI BOBLAR

90-bob. Imom oldidagi to‘siq orqadagi namozxonlarga ham kifoya qiladir

Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Minoda (qurbonlik qiladigan joyda) odamlar birlan namoz o‘qiyotgan edilar. Men balog‘at yoshiga yotay deb qolgandim. Janob Rasululloh oldilariga to‘siq qo‘ymay namoz o‘qiyotgan edilar. Tasodifan men bir urg‘ochi eshak minib kelib qoldim, bir necha namozxonlarning oldidan o‘tdim-da, eshakdan tushib, uni o‘tlagani haydab yubordim, keyin o‘zim namozxonlar safiga kelib turdim. O’shanda menga hech.kim tanbeh bermadi».

Ibn Umar quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit namozi o‘qigani chiqsalar, g‘ulomlariga uchi nayza hassalarini olib kelmoqni buyurar erdilar. Keyin, hassani ro‘paralariga sanchib qo‘yib, o‘shanga qarab namoz o‘qir zrdilar. Odamlar ersa u kishining orqalarida (to‘siq qo‘ymay) namoz o‘qishardi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarga chiqqanlarida ham shunday qilar erdilar. O’sha sababdan amirlar ham namozgohga chiqqanlarida o‘zlari birlan hassa oladirgan bo‘lishdi».

Avn ibn Abu Juhayfa quyidagi hadispi otamdan eshitgandim, deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Batho degan joyda ro‘paralariga uchi nayza hassalarini sanchib qo‘yib, biz birlan namoz o‘qidilar. Peshinni 2 rak’at, asrni 2 rak’at o‘qidilar. Oldilaridan bir ayol va eshak o‘tib ketsa ham, parvo qilmadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:35:51
91-bob. Namozxon birlan to‘siq oralig‘i qancha bo‘lmoqligi bayonida

Sahl ibn Sa’d naql qiladilar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiyotgan joylari birlan devor orasida bir qo‘y o‘tgudek masofa bor erdi».

Salama ibn Abu Ka’b dedilar: «Minbar birlan masjid devori oralig‘i qo‘y o‘tgudek erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:36:31
92-bob. Ro‘parasiga sanchib qo‘yilgan nayzaga qarab namoz o‘qimoq

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ro‘paralariga nayza sanchib qo‘yishar erdi, o‘shanga qarab namoz o‘qir erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:37:11
93-bob. Uchi nayza hassaga qarab namoz o‘qimoq

Avn ibn Abu Juhayfa quyidagini otam aytib bergandilar, dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kun qizigan paytda bizning oldimizga chiqdilar, tahorat oldilar, so‘ng biz birlan peshin va asrni o‘qidilar. Ro‘paralariga uchi nayza hassalari sanchib qo‘yilgan bo‘lib, ayollar va eshaklar uning narigi tomonidan o‘taverardi».

Ato ibn Abu Maymuna quyidagini Anas ibn Molikdan eshitdim, dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar hojatga chiqsalar, men va bir xizmatkor bola nayza yoki hassa yohud uchi nayza hassa (namozda ro‘paraga sanchib qo‘ymoq uchun) hamda suv olib, orqalaridan ergashar erdik. Hojatlaridan bo‘shaganlarida idishdagi suvni berar erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:37:36
94-bob. Makkai Mukarrama va boshqa joylarda namozxon oldiga sutra (to‘siq) qo‘yish

Abu Juhayfa naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, tush paytida yo‘lga chiqib, Batho degan joyda ro‘paralariga uchi nayza hassani sutra (to‘siq) qilib sanchib qo‘ydilar-da, peshin va asrni ikki rak’atdan (sunnat va farzini) o‘qidilar. Janob Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam tahorat olganlarida tushgan suvni odamlar olib, badanlariga surta boshladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:38:01
95-bob. Ustunga qarab namoz o‘qimoq

«Masjiddagi ustunlar, ularga suyanib gaplashib o‘tirgan bekorchilardan ko‘ra, namozxonlarga kerak!» — deganlar Hazrat Umar, Hazrat Umar ikki ustun oralig‘ida namoz o‘qiyotgan bir kishini ko‘rib: «Ustunga yaqinroq borib namoz o‘qig‘il!» — dedilar.

Yazid ibn Abu Ubayd dedilar: «Salama ibn al-Akva’ birlan birga (masjidga) kelgan erdim, (Abu Muslim) Usmon Mushafi yonidagi ustun oldida namoz o‘qiyotgan erkan. Men: «Ey, Abo Muslim, siz doim shu ustun ro‘parasida namoz o‘qimoqni yaxshi ko‘rasiz-a?» —dedim. «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning doim shu ustun ro‘parasida namoz o‘qiganlarini ko‘rganman»,—dedilar».

Anas raziyallohu anhu dedilar: «Rasululloh sallalohu alayhi va sallam sahobalarining kiborlari mag‘rib tomondagi ustunlar tagidan joy olmoqqa shoshilayotganlarini ko‘rdim». Shu’ba raziyallohu anhu ushbu hadisga «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (masjidga) chiqqunlaricha», deb qo‘shib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:38:28
96-bob. Jamoatsiz, yolg‘iz o‘zi ustunlar orasida namoz o‘qimoq

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batullohga kirdilar, Usoma ibn Zayd, Usmon ibn Talha va Bilol ham birga erdilar. U yerda bir oz bo‘lgach, qaytib chiqdilar. Men birinchi bo‘lib ichkariga kirdim-da, «Qaerda namoz o‘qidilar?» — deb Biloldan so‘radim. «Oldindagi ikki ustun oralig‘ida»,— deb aytdi».

Abdulloh ibn Umar quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batullohga kirdilar. Usoma ibn Zayd, Bilol va Usmon ibn Talha ham birga erdilar. Eshiklarni yopib olishdi. Qaytib chiqishgach, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ne qildilar?» —deb Biloldan so‘radim. «Bir ustunni o‘ng tomonlarida, ikkinchi ustunni chap tomonlarida, uchinchi ustunni esa orqalarida qoldirib (o‘sha paytda Ka’batullohda 6 ta ustun bo‘lgandi) namoz o‘qidilar»,— dedi. «Nofi’ menga: «Ikki ustun o‘ng tomonlarida bo‘lgandi, deb aytdi»,— deydilar Ismoil raziyallohu anhu.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:38:46
97-bob.

 Nofi’ raziyallohu anhu dedilar: «Abdulloh ibn Umar Ka’baga kirsalar, eshikni orqada qoldirib, ro‘paradagi devorga 3 gaz qolguncha yaqin borar erdilar. Bilol «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qigan joylari» deb ko‘rsatgan joyda namoz o‘qir erdilar. Ibn Umar: «Ka’baning ichiga kirgach, istagan tomonga qarab namoz o‘qisa bo‘laveradi»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:39:01
98-bob. Cho‘ktirib qo‘yilgan tuya hamda daraxt va egarga qarab namoz o‘qimoq

Ibn Umar raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berganlar: «Bir kuni Ubaydulloh menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuyalarini o‘zlariga nisbatan ko‘ndalang cho‘ktirib qo‘yib, unga qarab namoz o‘qir erdilar»,— dedi. «Agar tuyalari o‘rnidan turib ketsa, ne qilur erdilar»,— dedim. Egarini ro‘paralariga ko‘ndalangiga qo‘yib olib, namoz o‘qiyverardilar»,— dedi».

Ibn Umarning o‘zlari ham shunday qilar ekanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:39:16
99-bob. Chorpoyaga qarab namoz o‘qimoq

Oisha onamizga kimdir: «Namozxonning oldidan it, eshak yokim ayol o‘tsa, namozi buzilg‘aydir» — deganda, «Hali bizni it yokim eshakka teng qildilaringmi?»—dedilar. «Men chorpoyada yotardim,— deydilar Oisha onamiz,—Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chorpoyaning qoq o‘rtasiga qarab namoz o‘qir erdilar. Men u kishining qibla tomonlariga to‘g‘ri kelib qolganimdan xijolat tortib, oyog‘imni ko‘rpa ichiga yig‘ishtirib olardim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 27 Sentyabr 2006, 14:39:37
100-bob. Namoz o‘quvchi odam oldidan o‘tayotgan odamni orqasiga qaytaradi

Ibn Umar tashahhudda (Kalimai shahodat aytmoqda) o‘tirganlarida ham, Ka’batullohda ham oldilaridan o‘tayotgan kishini qaytardilar. «Agar qaytmasa, qo‘ling birlan itarib qaytarg‘il!» —dedilar.

Abu Solih rivoyat qiladilar: «Jum’a kuni men Abu Sa’idning ro‘parasiga sutra (to‘siq) qo‘yib olib namoz o‘qiyotganini ko‘rdim (boshqa bir hadisda, bu voqeani Janob Rasululloh aytib bergandilar, deyiladi). Abu Mu’it qabilasiga mansub bir bola uning oldidan o‘tmoqchi bo‘ldi. Abu Sa’id bolani ko‘kragidan itarib qaytardi. Bola boshqa o‘tadigan joy topmasdan uning oldidan o‘tgani yana qaytib keldi. Abu Sa’id bolani qattiqroq itardi. Bolaning jahli chiqib Abu Sa’idni haqorat qildi-da, Marvon huzuriga shikoyat qilgani kirib ketdi. Abu Sa’id ham uning ketidan kirdi. Marvon: «Ey, Abu Sa’id, jiyaningiz (bu bola) birlan sizning orangizda ne o‘tdi?»—dedi. Abu Sa’id: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Agar birortangiz sutraga (to‘siqqa) qarab namoz o‘qiyotganingizda biror kishi sutra birlan sizning orangizdan o‘tmoqchi bo‘lg‘aydir, uni qaytaringiz, agar unamag‘aydir, urib qaytaringiz, chunkim u shaytondir!» — deganlarini eshitganman»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:21:10
101-bob. Namoz o‘qiyotgan odamning oldidan o‘tuvchi kishining gunohi

Abdulloh ibn Yusuf quyidagi hadisni aytib berdilar: «Zayd ibn Xolid Umar ibn Ubaydullohning quli Abunnazrni «Namoz o‘quvchilar oldidan o‘tuvchilar to‘g‘risida Abu Juhaym Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan nimalar eshitgan erkan, bilib kelg‘il!» — deb yubordi. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namoz o‘qiyotgan odam oldidan o‘tg‘uvchilar nechuk gunoh qilayotganlarini bilganlarida erdi, namozxonning oldidan kesib o‘tmay, yaxshisi qirq (kun, oy, yil?) to‘xtab, kutib turgan bo‘lur erdilar» degandilar» — debdi Abu Juhaym.

Abunnazr: «O’shanda, qirq qun, deb edilarmi, qirq oy yokim qirq yil, deb edilarmi, esimda yo‘q»,— deydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:21:25
102-bob. Namoz o‘qiyotgan kishining ro‘parasiga kelib turmoq

Usmon Zunnurayn namoz o‘qiyotgan kishining ro‘parasiga kelib turmoqni makruh hisobladilar. Darhaqiqat, bu namozxonning ko‘nglini buzsa yokim fikrini bo‘lsa, makruhdir, ammo aksincha bo‘lsa, zarari yo‘qdir.

Zayd ibn Sobit: «Men bunga parvo qilmaydirman, namoz o‘qiyotgan erkak kishining ro‘parasiga erkak kishining kelib turmog‘i, namozni buzmaydir» — deydilar.

Oisha onamiz haqlarida rivoyat qiladilar: «Oisha onamizning huzurlarida namozni buzadirgan narsalar haqida suhbat borardi. Sahobalar: «Namozni namozxonning oldidan it, eshak va ayolning o‘tmog‘i buzg‘aydir» deyishdi. Oisha onamiz: «Bizni itga tenglashtirdingizmi?! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, men qibla tomonda o‘rindiqda yonboshlab yotganimda kelib, namoz o‘qiy boshlar erdilar. U kishining qibla taraflarida uzala tushib yotmoqni o‘zimga ep ko‘rmay, sekingina o‘rnimdan sug‘urilib chiqib ketar erdim»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:21:38
103-bob. Uxlayotgan odamning orqa tomonida namoz o‘qimoq

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qir erdilar, men u kishining o‘rinlarida qiblaga ko‘ndalang holda yotardim. Vitr o‘qimoqchi bo‘lganlarida meni uyg‘otar erdilar. U kishi birlan vitr o‘qir erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:21:49
104-bob. Ayolning orqa tarafida nafl namozi o‘qimoq

Oisha onamiz bunday degan edilar: «Oyog‘imni uzatib yotgan erdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib oyoq tomonimda namoz o‘qiy boshladilar. U kishi sajda qilayotganlarida meni turtib qo‘yardilar, men oyog‘imni yig‘ishtirib olardim, qiyomga tursalar, uzatib yuborardim. O’sha paytlarda uylarda chiroq bo‘lmas erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:22:06
105-bob. Namozxon oldidan har qanday narsa o‘tsa ham, namoz buzilmaydir, deydiganlarning dalili

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Ollohga qasam ichib ayturmankim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotganlarida o‘rin-to‘shakda u kishining qibla tomonlarida yonboshlab yotgan erdim. O’rnimdan turib ketay desam, u kishiga qibla bo‘lib qolib, ozor berib qo‘yg‘ayman. Shunda sekingina o‘rnimdan sug‘urilib chiqdim-da, oyoqlari yonidan o‘tib ketdim».

Ya’qub ibn Ibrohimdan akasining o‘g‘li Ibn Shihob namozni buzadirgan narsalar to‘g‘risida so‘rabdir. Shunda Ya’qub ibn Ibrohim: «Namozni hech narsa buzmaydir», — deb javob beribdir.

Oisha onamiz bunday deganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi turib namoz o‘qir erdilar, men esam u kishining qibla tomonlarida o‘rin-to‘shakda uzala tushib yotar erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:22:18
106-bob. Namozxon namoz o‘qiyotib yelkasiga qizchasini mindirib olsa...

Abu Qatoda naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Zaynabning qizchasini (nabiralarini) bo‘yinlariga mindirib olib namoz o‘qir erdilar. Sajda qilsalar, tushirib qo‘yar erdilar, qiyomga tursalar, ko‘tarib olar erdilar» (bu — shofi’iy, hanafiy va hanbaliy mazhablarida farzda ham, naflda ham joiz, ammo molikiy mazhabida faqat nafl namozdagina mumkin hisoblanadir).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:22:30
107-bob. Kishi hayz ko‘rgan ayol yotgan ko‘rpaga qarab namoz o‘qisa, karohiyati bormi?

Maymuna onamiz rivoyat qiladilar: «Mening o‘rin-to‘shagim Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiydirgan joylari ro‘parasida erdi. Ehtimol, men o‘rnimda yotganimda kiyimlari menga tegib ketgandir».

Yana Maymuna onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qir erdilar, men ersam hayz ko‘rgan holimda yonginalarida uxlab yotar erdim. Sajdaga borsalar, kiyimlari menga tegar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:22:40
108-bob. Kishi sajdaga bosh qo‘yayotib: «Menga xalal beryapsan, sal yig‘ishtirinibroq yotg‘il!» — deb xotinini turtib qo‘yishi mumkinmi?

Umar ibn Ali naql qiladilar: «Oisha onamiz «Namozxonning oldidan it, eshak va xotin kishi o‘tsa, namoz buzilg‘aydir, degan kishilarga qarata: «Juda ham yomon o‘xshatish qildingiz, bizni it va eshakka teng qildingiz! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotganlarida u kishining qibla tomonlarida yonboshlab yotganim esimda. Sajda qilmoqchi bo‘lsalar, oyog‘imga turtib qo‘yar erdilar, men oyog‘imni yig‘ib olar erdim»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:22:53
109-bob. Ayol kishining namozxon ustidagi biror ozor berib turgan narsani olib tashlashi

Abdulloh ibn Mas’ud dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’batulloh yonida namoz o‘qiyotgan erdilar. Quraysh mushriklaridan bir to‘dasi o‘zlarining har doim yig‘ilishadigan joylarida gaplashib o‘tirishardi. Nogahon, ulardan biri: «Manavining ibodatni ko‘z-ko‘z qilmog‘ini ko‘ringiz! Qaysi biringiz falonchilarning qushxonasidan ichak-chavoq olib kelib, u sajdaga borganda, ikki kuragining o‘rtasiga tashlay olursiz?» — dedi. Shunda ularning eng badbaxti turib ichak-chavoq olib kelgani ketdi. Olib kelgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sajda qilmoqlarini poylab turib, ikki kuraklari o‘rtasiga tashladi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajdada turib qoldilar. Mushriklar bir-birlariga qarab qotib-qotib kulishdi. Bir kishi buni payg‘ambarimizning qizlari Fotimaga borib aytdi. Qizaloqlari yugurib kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajdada turar erdilar. Fotima ichak-chavoqlarni u kishining yelkalaridan olib tashladi-da, mushriklarni qarg‘adi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni tugatganlaridan so‘ng: «Ilohi, Qurayshni halokatga uchratg‘il!»—deb uch marta duoi bad qildilar. Keyin (bir oz o‘ylab turgach): «Ilohi, Amr ibn Hishomni, Uqba ibn Rabi’ani, Shayba ibn Rabi’ani, Valid ibn Utbani, Umayya ibn Xalafni, Uqba ibn Abu Mu’itni, Ammora ibn Validni halok qilg‘il»,— deb nomma-nom aytdilar. Ollohga qasam ichib ayturmenki, ularning hammasini Badr jangida o‘lib yotganini ko‘rdim, ularni sudrab olib borib suvsiz quduqqa tashladilar». «Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quduqqa tashlanganlarni oxiratda la’natlag‘aysan!» deb Ollohga iltijo qildilar»,— deydilar Abdulloh raziyallohu anhu.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:23:21
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
NAMOZ VAQTLARI HAQIDA KITOB


Olloh taolo bu xususda: «Namoz vaqtlari mo‘‘min bandalarga Kitobda belgilab berilmishdir» — deydi.

Abdulloh ibn Muslima rivoyat qiladilar: «Bir kuni Umar ibn Abdulaziz namozni kechiktirib o‘qidi (asr namozi bo‘lsa kerak). Shunda uning huzuriga Urva ibn Zubayr kirib: «Bir kuni Mug‘ira ibn Shu’ba Iroqdalik kezida namozni kechiktirib o‘qiganida Abu Mas’ud al-Ansoriy: «Bu nesidir, ey Mug‘ira! Men senga Jabroil alayhissalom osmondan tushib, namoz o‘qidilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham namoz o‘qidilar; Jabroil alayhissalom yana namoz o‘qidilar, Janob Rasululloh ham namoz o‘qidilar; Jabroil alayhissalom yana namoz o‘qidilar, Janob Rasululloh ham namoz o‘qidilar; Jabroil alayhissalom yana namoz o‘qidilar. Janob Rasululloh ham namoz o‘qidilar; Jabroil alayhissalom yana namoz o‘qidilar, Janob Rasululloh ham namoz o‘qidilar. Keyin: «Menga shundoq qilmoq (ya’ni, besh vaqt namoz o‘qimoq) amr qilinmishdir»,— dedilar, deb o‘rgatmaganmidim?! »—dedi. Umar ibn Abdulaziz Urvaga: «Neni nazarda tutib so‘zlayotganingizni bilurmen, Jabroil alayhissalom Janob Rasulullohga namoz vaqtlarini belgilab bergandirlar»,— dedi. Urva: «Bashiyr ibn Abu Mas’ud ham otasi Abu Mas’ud xususida shundoq deb hikoya qilib bergan erdi. Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asrni hujralariga Quyosh tushmasdan ilgari o‘qib olar erdilar»—deganlar»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:23:36
1-bob. Olloh taoloning «(Ollohga) tavba qilib, undan qo‘rqingiz va namoz o‘qingiz, mushrik bo‘lib ketmangiz!» — degan kalomi sharifi xususida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga Abd ul -Qays qabilasidan vakillar kelib, «Anavi Rabiy’a qavmi bizga xalal bermoqda, huzuringizga haj oyidan boshqa vaqt kelmakka imkonimiz yo‘qdir. Bizga biror narsa buyursangiz, biz uni sizdan o‘rganib, uyimizdagilarga borib o‘rgatsak!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Sizlarga to‘rt narsani buyurib, to‘rt narsani, man’ qilg‘aymen: Ollohga iymon keltirmoq (ya’ni, Lo iloha illa-l-lohu, demoq), mening Ollohning Rasuli ekanlig‘imni tan olmoq, namoz o‘qimoq va o‘ljangizning beshdan berini zakot qilmoqni buyurg‘aymen hamda dubbo’, hantam, muqayyar va naqiyrni man’ qilg‘aydirmen»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:23:47
2-bob. Namoz o‘qimoqqa bay’at qilmoq xususida

Jarir ibn Abdulloh: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga namoz o‘qimoq, zakot bermoq va (bu haqda) har bir musulmonga nasihat qilmoqqa bay’at qildim»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:24:04
3-bob. Namozning (gunohlar uchun) kafforat ekanligi haqida

Shaqiq raziyallohu anhu Huzayfa raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Umar raziyallohu anhuning huzurlarida o‘tirgan erdik. «Qaysi biringiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning fitna to‘g‘risida aytgan so‘zlarini eslab qolgandirsiz?» — dedilar. «Men, qandoq aytgan bo‘lsalar, shundoqligicha eslab qolgandirman»,— dedim. «Qani, aytg‘ilchi!» — dedilar. Men: «Odamning o‘z ayoli, mol-dunyosi, bolalari va qo‘shnisidan sodir bo‘ladirg‘an fitnalarga namoz, ro‘za, sadaqa hamda amr va ta’qiqqa rioya qilmoq kafforat erur»,— dedim. U kishi: «Yo‘q, men buni ermas, balkim, dengiz to‘lqinlari yanglig‘ bosib keladirgan fitnani nazarda tutgan erdim»,— dedilar. «Yo Amir al-mo‘‘minin, siz bundan qo‘rqmasangiz ham bo‘lur, chunkim siz birlan o‘sha fitna o‘rtasinda bir yopiq eshik g‘ov bo‘lib turibdir»,— dedim. Hazrat Umar: «O’shal eshik sindirilg‘aymidir yokim ochilg‘aymidir?» — dedilar. «Sindirilg‘aydir», — dedim. Hazrat Umar: «Demak, keyin mutlaqo yopilmas erkan»,— dedilar. Biz: «Hazrat Umar qaysi eshik nazarda tutilganini angladilarmi?» — deb Huzayfadan so‘radik. Ul kishi: «Ha, ertangi kundan oldin tun bo‘lmog‘ini bilganlaridek yaxshi bilg‘aydirlar, men ul kishiga Janob Rasulullohning hadislarini to‘la-to‘kis (bexato) aytib bergandirman» — dedilar. Keyin, biz Huzayfadan boshqa so‘ramakka botinmay, Masruqqa: «Sen so‘rag‘il-chi!»— dedik. Masruq so‘ragan erdi, ul kishi: «O’shal eshik Hazrat Umarning o‘zlaridir»,— dedilar».

Ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi bir xotindan qiblaning qaysi tomonda erkanlig‘ini surishtirib turgan erdi, Nabiy sallallohu alayhi va sallam kelib, unga qiblani ko‘rsatib qo‘ydilar. Shunda Olloh taolo: «Ertadan kechgacha va tunning bir qismida namoz o‘qig‘il, darhaqiqat yaxshilig‘ yomonlig‘ni mahv etg‘usidir!»— degan oyati karimasini nozil qildi. Boyagi kishi: «Yo Rasululloh, bu menga taalluqlimidir?»—dedi. Janob Rasululloh «Barcha ummatlarimg‘a taalluqlidir»,—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:24:33
4-bob. Namozning fazilati uning o‘z vaqtida ekanlig‘idadir

Abu Umar va Shayboniy raziyallohu anhumo rivoyat qiladirlar: «Abdulloh raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Bandalarning qaysi amali Olloh taologa xush kelg‘aydir?»—deb so‘radi. Janob Rasululloh: «O’z vaqtida o‘qilg‘an namoz»,— dedilar. Abdulloh: «Undan keyin-chi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ota-onaga itoatli bo‘lmoqlig‘»,— dedilar. «Yana qaysi?» — dedi Abdulloh. «Olloh yo‘lida jihod qilmoqlig‘»,— dedilar Janob Rasululloh. «Bularni menga Janob Rasulul:loh aytganlar, agar unga zarracha qo‘shib-chatigan bo‘lsam, xudo ursin!» — degandi Abdulloh».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:24:45
5-bob. Besh vaqt namoz gunohlarga kafforatdir

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o‘tadirg‘an daryoda (yokim soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolmish, deb ayturmisiz?» — dedilar. Odamlar: «Sira ham kir qolmag‘aydir»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Besh vaqt namoz ham shunga o‘xshash bo‘lib, Olloh taolo ular tufayli gunohlarni kechirg‘aydir»,— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 28 Sentyabr 2006, 17:57:31
6-bob. Namoz vaqtini boy bermoq haqida

Raylon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam davrlaridagidan ko‘ra yaxshiroq narsani bilmasman, ul namoz deb atalg‘aydir»,— dedilar. Keyin: «Namozni boy bermoq birlan undan tegadirgan savobni ham boy berib qo‘ymadingizmi!?» — deb qo‘shib qo‘ydilar».

Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Damashqda Anas ibn Molikning huzurlariga kirsam, yig‘lab o‘tirgan erkanlar. «Nechun yig‘laydirsiz?»—dedim. Ul kishi: «O’zim bilgan narsalar ichinda namozdan ko‘ra yaxshiroq narsani bilmasman, bul namoz ersa, boy berilmishdir»,— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 28 Sentyabr 2006, 18:03:19
7-bob. Namozxon rabbi — Olloh taologa munojot qilg‘aydir

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki namoz o‘qig‘aydir, rabbig‘a munojot etg‘aydir (ya’ni, Olloh birlan suhbat qilg‘aydir), shu boisdan o‘ng tomoniga tupurmasin, ammo chap oyogi ostig‘a tupursa bo‘lur»,— deb aytdilar».

Qatoda raziyallohu anhu: «Namozxon ro‘parasiga yokim old tomoniga tupurmaydir, ammo chap tomoniga yokim ikki oyog‘i ostiga tupursa bo‘lur»,— deydilar.

Shu’ba raziyallohu anhu: «Namozxon old tomonita ham, o‘ng tomoniga ham tupurmaydir, ammo chap tomoniga yokim oyog‘i ostiga tupursa bo‘lur»,— deydilar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy  sallallohu alayhi va sallam: «Qomatingizni tekis tutib sajda qilingiz, bilaklaringizni it yanglig‘ (erga) tashlab olmangiz, agar tupurmak lozim ersa, ro‘parangizga ham, o‘ng tomoningizga ham tupurmangiz, chunkim siz rabbingizg‘a munojot qilursiz (ya’ni, qalbingiz tili ila rabbingiz birlan suhbatlashursiz)»,— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 28 Sentyabr 2006, 18:07:56
8-bob. Jazirama kunlarda salqin tushmog‘ini kutib peshin o‘qimoq haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kun qattiq isib ketsa, namozni salqin tushganda o‘qingiz, jazirama issiq jahannam nafasi yanglig‘dir», — dedilar».

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning muazzinlari peshinga azon aytdi. Shunda Janob Rasululloh: «Salqinlatg‘il, salqinlatg‘il (yokim salqin tushmog‘ini kutg‘il, salqin tushmog‘ini kutg‘il)! Jazirama issiq jahannam nafasi yanglig‘dir. Kun qattiq isib ketsa, tepaliklar yonida soya paydo bo‘lganini ko‘rmagunimizcha, namoz o‘qimay turingiz!», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kun qattiq isib ketsa, peshinni, salqin tushganda o‘qingiz, jazirama issiq jahannam nafasi yanglig‘dir! O’t (olov) rabbiga shikoyat qilib: «Yo rabbiy, o‘zimni-o‘zim yeb qo‘ydim (bir-birimni yeb qo‘ydim)», — der. Demak, o‘tning o‘zi ikkitadir, biri — qishda, ikkinchisi — yozda bo‘lg‘aydir. Haddan ziyod isib ketganingizda yozdagisini, haddan ziyod sovuq qotg‘aningizda ersa, qishdagisini his qilg‘aydirsiz», — dedilar».

Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kun qattiq isib ketsa, peshinni salqin tushganda o‘qingiz, jazirama issiq jahannam nafasi yanglig‘dir! » — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 28 Sentyabr 2006, 18:11:46
9-bob. Safar chog‘ida peshinni salqin tushganda o‘qimoq haqida

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Muazzin peshinga azon aytmoqchi bo‘ldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Salqin tushmog‘ini kutg‘il!» — dedilar. Keyin, yana aytmoqchi bo‘luvdi: «Tepaliklar yonida soya paydo bo‘lganini ko‘rmagukimizcha, kutib turg‘il!»— dedilar-da, «Jazirama issiq jahannam nafasi yanglig‘dir, agar kun qattiq isib ketsa, namozni salqin tushganda o‘qingiz!» — deb qo‘shib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 28 Sentyabr 2006, 18:15:31
10-bob. Kun oqqanda peshin o‘qimoq haqida

Jobir raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam kun qattiq qizigan paytda namoz o‘qir erdilar»,— deydilar.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kun oqqanda chiqib, peshin o‘qidilar. So‘ng minbarga chiqib, qiyomat haqida va o‘shal kuni bo‘ladirgan buyuk ishlar to‘g‘risida eslab, so‘zladilar. Keyin: «Kimki biror narsa to‘g‘risida so‘ramoqchi ersa, so‘rasin, ko‘zim ochiqligida ilgari men sialarga aytib bermaganim narsalar xususinda so‘rab qolingiz!» — dedilar. Shunda odamlar yig‘idan o‘zlarini tiya olmadilar, Janob Rasululloh bo‘lsalar, nuqul: «So‘rab qolingiz!» — der edilar.

Ittifoqo, Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy o‘rnidan turib: «Mening otam kimdir?» — dedi. Janob Rasululloh: «Otang Huzofadir»,— dedilar, keyin: «Yana so‘rangiz!» — deb takrorlayverdilar. Shunda Umar tiz cho‘kib turib: «Biz Ollohni rabbimiz deb, islomni dinimiz deb, Muhammadni payg‘ambarimiz deb tan oldik»,— dedi-da, jim qoldi. Janob Rasululloh: «Hrzirgina menga mana shul devor tomonda jannat birlan do‘zax ko‘rsatildi, men bunchalik yaxshilig‘ va yomonlig‘ni ko‘rmagan erdim»,— dedilar».

Abu Barza raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bomdodni har birimiz yonimizdagi namozxonni taniydirgan darajada havo yorishganda o‘qir erdilar va oltmishtadan yuztagacha oyat tilovat qilur erdilar. Peshinni kun oqqanda, asrni ersa, birortamiz shaharning eng chekxasiga borib qaytganimizda ham kunning tafti hali o‘lmagan paytda o‘qir erdilar».

Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Barza shom haqida ne deganin bilmasman, yodimdan chiqibdir, lekin u «Janob Rasululloh xuftonni tunning uchdan bir qismini o‘tkazib o‘qiyverar erdilar»,— degandi, keyin yana: «Tun yarim bo‘lganda»,— deb qo‘shib ham qo‘ygandi».

Anas ibn Molik: «Jazirama issiq kunlari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib peshin o‘qisak, peshonamiz yer taftidan kuyib qolmog‘idan qo‘rqib, kiyimimizga sajda qilur erdik»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 29 Sentyabr 2006, 05:05:37
11-bob. Asr vaqti to‘g‘risida

Abu Usoma raziyallohu anhu Hishomdan naql qilib: «Janob Rasululloh asr o‘qiganlarida Oisha onamizning hujralaridan quyosh hali chiqib ketmagan erdi»,— deydilar.

Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asrni quyosh hali hujramdan chiqib ketmay turib, o‘qir erdilar»,— dedilar.

Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quyosh hali hujramdan chiqib ketmay turib va hujramg‘a soya tushmay turib, asr o‘qidilar»,— dedilar.

Oisha onamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam quyosh hali hujramga tushib turganda, hujramda soyadan asar ham yo‘q paytda asr o‘qir erdilar»,— dedilar.

Sayyor ibn Saloma rivoyat qiladilar: «Men va otam Abu Barzaning huzurlariga kirdik. Otam u kishidan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam besh vaqt namozni qandoq o‘qir erdilar?» — deb so‘radilar. Ul kishi: «Sizlar uvlo deb ataydirgan peshinni kun oqqan paytda, asrni ersa birortamiz shaharning eng chekkasiga borib qaytganimizda ham kunning tafti hali o‘lmagan paytda o‘qir erdilar (shom haqida aytgan gaplarini esimdan chiqarib qo‘yibdirman), sizlar atama deb ataydirgan xuftonni ersa kechiktirib o‘qimoqni afzal ko‘rar erdilar hamda xuftondan oldin uxlamakni va undan keyin so‘zlashib o‘ltirmakni yomon ko‘rar erdilar. Bomdodni kishi yonida o‘tirgan namozxonni taniydirgan darajada havo yorishganda o‘qib bo‘lar erdilar va oltmishtadan yuztagacha oyat tilovat qilur erdilar»,— dedilar».

Anas ibn Molik: «Biz asr o‘qiyotgan erdik, keyin bir kishi Baniy Amr ibn Avf qavmi oldiga borib qarasa, ular ham asr o‘qishayotgan erkan, — dedilar.

Sahl ibn Hunayf raziyallohu anhu Abu Umomadan naql qiladilar: «Biz Umar ibn Abdulaziz birlan birga peshin o‘qidik, so‘ng chiqib, Anas ibn Molikning huzurlariga kirdik, Ul kishi asr o‘qiyotgan erkanlar Men: «Ey amaki, hozir siz qay namozni o‘qidingiz? — dedim. Ul kishi: «Asr o‘qidim, Janob Rasululloh biz birlan shundrq namoz o‘qir erdilar»,— deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 29 Sentyabr 2006, 05:05:55
12-bob. (Yana) asr vaqti qaqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam quyosh balanddaligida, hali uning tafti so‘nmagan paytda asr o‘qir erdilar. Keyin, yo‘lovchi (shaharning) eng chekkasiga borib, qaytsa ham hanuz quyosh balandda turgan bo‘lur erdi. Shaharning ayrim chekka joylari birlan masjid oralig‘i to‘rt mil yokim shunga yaqin kelur erdi»,— dedilar.

Ibn Shihob raziyallohu anhu Anas ibn Molikdan naql qilib: «Biz asr o‘qir erdik. Keyin, birortamiz Masjid ul-Qabo’ga borib qaytganimizda ham Quyosh hanuz balandda turgan bo‘lar erdi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 29 Sentyabr 2006, 05:07:21
13-bob. Asrni qazo qilib qo‘ygan kishining gunohi haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Asrni qazo qilib qo‘ygan odam bola-chaqasiyu, mol-dunyosidan ajragan kishi yanglig‘dir»,— deb aytganlar».

Abu Abdulloh: «Asrni qazo qilib qo‘ysangiz, biror kishingiz o‘ldirilgan yokim mol-dunyoingiz o‘g‘irlangan yanglig‘ katta yo‘qotish qilgaydirsiz»,—deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 29 Sentyabr 2006, 05:07:37
14-bob. Kimki asr o‘qimasa...

Abu Mulayh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Burayda birlan birga Zu-G’aym kuni gazotda bo‘ldik, o‘shanda ul kishi: «Asrni ertaroq o‘qingiz, Janob Rasululloh: «Asr o‘qimagan kishi biror ishi barbod bo‘lgan kishi yanglig‘dir, deb aytganlar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 29 Sentyabr 2006, 05:07:57
15-bob. Asr namozining fazilati haqida

Jarir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik. Tunda Oyga (ya’ni, to‘lin Oyga) qarab: «Keyinchalik, sizlar mana shul Oyni ko‘rib turganingizdek rabbingizni ko‘rgaydirsizlar, uni ko‘rurmen desangiz, bir-biringizni ranjitmangiz! Agar kun chiqmog‘i va kun botmog‘idan oldingi namozlarni shaytonga boy bermaslik qo‘lingizdan kelg‘aydir, ularni doim o‘qingiz!»—dedilar-da, «Quyosh chiqmog‘idan burun ham, Quyosh botmog‘idan burun ham, rabbingni maqtab tasbih aytg‘il!»—deb qiroat qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarni maloikalar kechayu-kunduz kuzatib yurg‘aydirlar. Bomdod va asrda kelib to‘planishg‘aydir, so‘ng sizlar birlan birga bo‘lgan maloikalar Arshi A’loga chiqadirlar, Olloh taolo maloikalardan ko‘ra yaxshiroq bilsa ham: «Bandalarimni nechuk holatda tashlab keldingiz?» — deb ulardan so‘rag‘aydir. Maloikalar: «Kelayotganimizda ham, borganimizda ham namoz o‘qiyotgan erdilar»,— deb aytg‘aydirlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 29 Sentyabr 2006, 05:08:17
16-bob. Kun potishidan oldin asr o‘qiyotgan kishi qolgan bir rak’atini o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolsa, namozini o‘qib tugatadi

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh botmog‘idan oldin asr namozining bir sajdasini o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolgan odam namozini nihoyasiga yetkazg‘aydir. Quyosh chiqmog‘idan oldin bomdod namozining bir sajdasini o‘qib ulgurmasligiga aqli yetgan odam ham namozini tugallag‘aydir»,— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 29 Sentyabr 2006, 05:08:41
17-bob. Shom namozi o‘qiladigan vaqt haqida

Ato raziyallohu anhu: «Kasal odam shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qiydi»,— deydilar.

Rofi’ ibn Xadiyj: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga shomni o‘tirgan yerimizdan yoy otsak, o‘qimiz tekkan joyni ko‘ra oladigan paytda o‘qir erdik»,— deydilar.

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu: «Nabiy  sallallohu alayhi va sallam peshinni kun qizigan paytda, asrni quyosh tiniq paytda, shomni quyosh botganda o‘qir erdilar. Ba’zida xuftonni, namozxonlarning to‘planganini ko‘rsalar, tezlashtirar erdilar, ularning kechikayotganini ko‘rganlarida esa, kechiktirar erdilar. Bomdodni qorong‘u paytda o‘qir erdilar»,— deydilar.

Salama raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga shomni kun yuziga parda tortganda o‘qir erdik»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 29 Sentyabr 2006, 05:09:00
18-bob. Shomni xufton deb atashlarini makruh qilgan kishi haqida

Abdulloh al-Maziniy rivoyat qiladilar: «Nabiy  sallallohu alayhi va sallam: «Badaviylarning shom deb atalmish namozingizni boshqa nom birlan atamoqlariga yo‘l qo‘ymangiz. Badaviylar shomni xufton deb atamoqdalar», — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 29 Sentyabr 2006, 05:09:28
19-bob. Asho’ va atama bayoni hamda ikkalasini «Bemalol ishlatsa bo‘lg‘aydir» degan kishi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Asho’ (xufton) va fajr (bomdod) namozlari munofiqlarga og‘ir kelib qoldi. Shunda Janob Rasululloh: «Atama (xufton) va fajr (bomdod) namozlarida nechuk savob borlig‘ini bilishsa erdi!»—dedilar.

Abu Abdulloh: «Asho’ (xufton) deb ataydirmi, atama (xufton) deb ataydirmi, kishining o‘z ixtiyoridadir, masalan, Olloh taolo: «Kimki asho’din (xuftondin) keyin...» deb aytadir»,— deydilar. Abu Muso: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan navbatma-navbat asho’ga imomlik qilur erdik. Bu safar ham bizning navbatimiz erdi, ittifoqo, u kishi asho’ga imomlik qilg‘aymen, deb salla o‘rab chiqdilar»,— deydilar. Ibn Abbos va Oisha onamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asho’ga salla o‘rab chiqdilar»,— deydilar. Ba’zilar Oisha onamizdan naql qilib: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam atamaga (xuftonga) salla o‘rab chiqdilar»,— deyishadi. Jobir raziyallohu anhu: «Nabiy  sallallohu alayhi va sallam asho’ o‘qir erdilar»,— deydilar. Abu Barza: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asho’ni kechiktirib o‘qir erdilar»,— deydilar. Anas: «Nabiy  sallallohu alayhi va sallam asho’ni juda kech o‘qidilar»,— deydilar. Ibn Umar, Abu Ayyub va Ibn Abbos: «Nabiy sallalloxu alayhi va sallam shom va asho’ o‘qidilar»,— deyishadi.

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Tunlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlar atama deb ataydirgan asho’ (xufton) namozini biz birlan birga o‘qidilar. Keyin, Janob Rasululloh bizga yuzlanib: «Bilib qo‘yingiz, mana shul kechadan roppa-rosa yuz yil o‘tgach, yer yuzida hozir mavjud bo‘lgan odamlardan birortasi ham qolmag‘aydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 29 Sentyabr 2006, 05:09:42
20-bob. Namozxonlar vaqtida yig‘ilganda yokim kech qolganda xufton qachon o‘qiladir?

Muhammad ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Jobirdan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o‘qimoqlarini so‘radik, ul kishi: «Janob Rasululloh peshinni kun qattiq qizigan paytda, asrni Quyoshning tafti o‘lmagan paytda, shomni Quyosh botganda, xuftonni ersa, masjidga odam ko‘p yig‘ilganda tezdan o‘qiyverar erdilar. Masjidga odam kam yig‘ilganda xuftonni kechiktirar erdilar. Bomdodni qorong‘uda o‘qir erdilar — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 29 Sentyabr 2006, 10:55:53
21-bob. Xuftonning fazilati

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Tunlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftonga imomlik qilmoqlari lozim erdi. Bu voqea islom tarqalmasidan oldin bo‘lgan erdi. O’shanda Janob Rasululloh hadeganda masjidga chiqavermadilar, hatto Hazrat Umar: «Xotinlar va bolalar uxlab qoldilar»,— deb ovoz qildilar. Shundan keyin Janob Rasululloh masjidga yig‘ilgan namozxonlarga qarab: «Bul namozni (xuftonni) sizlardan bo‘lak yer yuzida hech kim o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘tirgani yo‘qdir»,— dedilar».

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men va men birlan kemada birga kelgan sheriklarim Bathon degan joyga kelib tushgan erdik, Nabiy sallallohu alayhi va sallam ersalar Madinada erdilar. Ul kishi har kecha bizlardan bittamizga (navbatma-navbat) xuftonga imomlik qilmakni tayinlar erdilar. Men va mening sheriklarim ul kishi birlan kelishib oldik, ul kishi ba’zi bir yumushlari bo‘lganligi sababli tunning yarmigacha imomlik qildilar. Keyin, Janob Rasululloh chiqib biz birlan namoz o‘qidilar. Namozni o‘qib bo‘lgach, o‘sha yerda hozir bo‘lganlarga qarab: «Olloh taolo sizlarga ato etgan ne’matdan o‘zgalarni ham sekingina xabardor qilingiz, shu soatda sizlardan boshqa hech kim namoz o‘qiyotgani yo‘q!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 29 Sentyabr 2006, 10:56:30
22-bob. Xuftondan oldin uxlamak makruxdir

Abu Barza raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftondan oldin uxlamakni va xuftondan keyin so‘zlashib o‘ltirmakni makruh der erdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 29 Sentyabr 2006, 10:57:20
23-bob. Xuftondan oldin charchab uxlab qolgan kishi xususida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftonga imomlik qilmaklari lozim erdi, (uxlab qolib) hadeganda chiqavermadilar. Shunda Hazrat Umar: «Xotinlaru bolalar uxlab qoldi»,— deb ovoz qilib u kishini chaqirdilar. Janob Rasululloh chiqib: «Yer yuzida sizlardan boshqa hech kim xufton o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘ltirgani yo‘qdir»,— dedilar. O’sha vaqtlarda Madinadan boshqa hech qaerda namoz o‘qilmas erdi. Xuftonni shafaq yo‘qolgandan boshlab, tunning birinchi qismining uchdan biri oralig‘ida o‘qishar erdi».

 Abdulloh ibn Umar raziyalohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunlardan birida xufton vaqtida band bo‘lib qolib, unga bir oz kechikdilar, hatto biz u kishini kutib masjidda uxlab qoldik, bir uyg‘onib, keyin yana uxlab qoldik va yana uyg‘ondik, shundan keyingina Janob Rasululloh bizning oldimizga chiqdilar, so‘ng bizga qarab: «Yer yuzida hech kim xufton o‘qiydirmen, deb muntazir bo‘lib o‘tirgani yo‘qdir», — dedilar». Ibn Umarning o‘zlari, uyqu g‘oliblik qilib, xuftonni qazo qilib qo‘ymakdan qo‘rqmasalar, undan oldin yokim undan keyin mizg‘ib olaverar erdilar.

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunlardan birida xuftonga kechikdilar, hatto odamlar uxlab qoldilar, uyg‘onib, yana bir uxlab turdilar. Shunda Umar ibn Xattob turib, «Namoz!» deb ovoz qildilar. Ato va ibn Abbos: «Shundan keyin Janob Rasululloh ikki qo‘llari boshlarida, sochlaridan suv tomgancha chiqib keldilar-da, «Agar ummatimga mashaqqat bo‘lmog‘ini xohlaganimda, xuftonni shu tariqa o‘qimoqni buyurar erdim, dedilar», — deb aytishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 29 Sentyabr 2006, 10:57:59
24-bob. Xuftonni yarim kechagacha o‘qisa bo‘lg‘aydir

Abu Barza raziyallohu anhuning aitishlaricha, Nabiy sallallohu alayhi va sallam xuftonni kechiktirib o‘qimoqni afzal ko‘rar erkanlar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xuftonni yarim kechaga borib o‘qidilar. Keyin, yana namoz o‘qidilar. So‘ng: «Odamlar allaqachon namozlarini o‘qib uxladilar, ammo sizlar o‘qiymiz, deb kutgan namozingizni (ya’ni, xuftonni) o‘qimakdasizlar»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 29 Sentyabr 2006, 10:58:14
25-bob. Bomdod namozining fazilati

Jarir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning huzurlarida erdik, to‘lin oyga qarab, «Sizlar mana shu oyni ko‘rib turganingizdek rabbingizni ko‘rg‘aydirsizlar. Uni ko‘raman desangiz, bir-birlaringizni ranjitmangiz! Quyosh chiqmog‘idan va botmog‘idan ilgarigi namozlarni shaytonga boy bermaslik qo‘lingizdan kelsa, ularni muttasil o‘qingiz!» — dedilar. So‘ng: «Quyosh chiqmog‘idan va botmog‘idan burun rabbingni maqtab tasbih aytg‘il!» — deb qo‘shib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 29 Sentyabr 2006, 19:56:10
26-bob. Bomdod o‘qiladigan vaqt haqida

Zayd ibn Sobit rivoyat qiladirlar: «Biz Nabiy  sallallohu alayhi va sallam birlan birga saharlik qildik, keyin turib bomdod o‘qidik. Men: «Saharlik birlan bomdod oralig‘ida qancha vaqt bordir?» — deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Ellik yokim oltmish oyat o‘qig‘ulik fursat bordir», — dedilar».

Anas ibn Molik: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam va Zayd ibn Sobit ikkalalari saharlik qildilar. Saharlik qilib bo‘lishgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam bomdod o‘qidilar»,— dedi. Qatoda raziyallohu anhu: «Men Anasdan, saharlik qilib bo‘lishgandan to namozga kirishgunlariga qadar qancha vaqt o‘tdi? — deb so‘radim»,— deydilar. Shunda Anas: «Kishi allikta oyat o‘qig‘anchalik»,— deb jayub bergan erkan.

Sahl ibn Sa’d: «Bola-chaqam birlan saharlik qilayotgan erdim, birdan, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan bomdod namozi o‘qimak lozimligi esimga tushib qoldi»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anho: «Biz musulmon ayollar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bomdod namozi o‘qimak uchun chodiramizga o‘ralib (masjidga) borar erdik. So‘ngra, namozni o‘qib bo‘lib, uyimizga qaytayotganimizda qorong‘uda bizni hech kim tanimas erdi (ya’ni, bomdod namozi o‘qib bo‘linganda hali kun yorishmagan bo‘lardi)»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 29 Sentyabr 2006, 19:58:27
27- bob. Bomdod o‘qiyotgan odam qolgan bir rak’atini quyosh chikquncha o‘qib ulgurmasligini anglasa...

Abu Xurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki bom-dodning bir rak’atini quyosh chiqquncha o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolsa, qolganini o‘qib tugatsin, kimki asrning bir rak’atini quyosh botguncha o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolsa, uni ham o‘qib tugatsin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 29 Sentyabr 2006, 19:59:16
28-bob. Namoz o‘qiyotgan odam qolgan bir rak’atini o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolsa...

Abu Xurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar:  «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki namozining bir rak’atini o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolsa, uni o‘qib tugatsin!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 29 Sentyabr 2006, 20:01:41
29-bob. Tong otgandan keyin quyosh chiqib bo‘lguncha namoz o‘qilmaydir

Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tong otgandan keyin quyosh chiqib bo‘lguncha va asrdan keyin quyosh botib bo‘lguncha namoz o‘qimakni man’ qildilar»,— deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhuning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh chiqayotgan va botayotgan vaqtda o‘qigan namozingizdan savob umid qilmangiz!» — deb aytgan erkanlar,

Ibn Umar raziyallohu anhuning yana bir boshqa rivoyatlariga ko‘ra, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar quyosh yuzidan pardasini olayotgan ersa, butkul olib bo‘lg‘uncha yokim parda tortayotgan ersa, butkul tortib bo‘lg‘uncha namozingizni kechiktiringiz!» — deb aytgan erkanlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhuning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki xil kelishuvni, ikki xil kiyim kiymakni va ikki namozni o‘qimakni man’ qilgan erkanlar: tong otgandan keyin quyosh chiqib bo‘lguncha va asrdan keyin quyosh botib bo‘lguncha namoz o‘qimak; badanga yopishib turadirgan va badani ko‘rinib turadirgan kiyimlarni kiymak; birov birlan til biriktirib, dushmanlik hamda aloqa qilmak.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 29 Sentyabr 2006, 20:04:21
30-bob. Quyosh botmay turib o‘qilgan namoz savobsizdir

Ibn Umar raziyallohu anhuning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz quyosh chiqayotgan va batayotgan paytda namoz o‘qisangiz, savobdan mahrum bo‘lg‘aydirsiz!»—deb aytgan erkanlar.

Abu Sa’id Xudriyning aytishlaricha, Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Tong otgandan keyin quyosh chiqib bo‘lguncha ham, asrdan keyin quyosh botib bo‘lguncha ham namoz o‘qilmag‘aydir»,—deb aytgan erkanlar.

Himron ibn Abbon quyidagi hadisni rivoyat qiladirlar: «Muoviya bir kuni: «Sizlar o‘qiyotgan namozni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yurib ham biror marta o‘qiganlarini ko‘rmaganmiz, u kishi asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qimakni man’ qilgan erdilar»,— deb aytdilar».

Hafs ibn Osimning Abu Hurayradan naql qilishlaricha, Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam tong otgandan keyin quyosh chiqquncha va asrdan keyin quyosh botguncha namoz o‘qimakni makruh qilgan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 29 Sentyabr 2006, 20:06:27
31-bob. Asr va tong otgandan keyingi namozlardan boshqasini man’ qilmagan kishi xususida     

Ibn Umar raziyallohu anhu   «Men birodarlarim nechuk namoz o‘qiyotganlarini ko‘rgan ersam, shundok, namoz o‘qiydirmen. Men biror kipjning kechasi va kunduzi, istagan paytda namoz o‘qimog‘iga qarshi ermasmen, quyosh chiqayotgan! va quyosh batayotgan paytda o‘qimasa, basdir»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 29 Sentyabr 2006, 20:10:39
32-bob. Asrdan keyin o‘qiladirgan qo‘shimcha va shunga o‘xshash namozlar haqida

Ummu Salama rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qidilar-da, «Hali Abd ul-Quddus qabilasidan kelgan kishilar mening peshindan keyin ikki rak’at namoz o‘qimog‘imga xalal berdilar»,— dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Xudo haqqi, Janob Rasululloh Ollohga ro‘para bo‘lgunlariga (vafot etgunlariga) qadar peshin va asrdan keyin o‘qiydigan ikki rak’at namozlarini sira tark etmadilar. U kishi keksayib qolib, o‘sha namozlarni ko‘pincha o‘tirib o‘qiydirgan bo‘lib qolganlarida Ollohga ro‘para bo‘ldilar (vafot etdilar). Janob Rasululloh qo‘shimcha ikki rak’at namozni ummatlarim ham o‘rganib olib, qiynalib qolmasinlar deb, masjidda o‘qimas erdilar, aksincha ummatlariga yengillik yaratmoqqa intilar erdilar».

Hishomning otalari rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Ey, singlimning «o‘g‘li (jiyanim)! Nabiy sallallohu alayhi va sallam asrdan keyingi ikki rak’at namozni mening huzurimda o‘qimagan kunlari bo‘lmagandir»,— dedilar».

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdoddan oldingi va asrdan keyingi o‘qiydirgan ikki rak’at namozlarini yashirmas ham erdilar, e’lon ham qilmas erdilar»,— deydilar.

Asvad va Masruq raziyallohu anhumoning aytishlaricha, Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kunda asrdan keyingi ikki rak’at namozni o‘qimay mening huzurimga kelmas erdilar»,— degan ekanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 29 Sentyabr 2006, 20:48:53
33- bob. Havo   bulut  bo‘lgan   kuni   namozni  ertaroq o‘qimoq haqida

Abu Mulayh rivoyat qiladirlar: «Havo bulut bo‘lgan kuni Burayda birlan birga erdik. Ul: «Namozni ertaroq o‘qingiz! Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Asr namozini o‘qimagan kishi go‘yokim biror ishi barbod bo‘lg‘an kishi yanglig‘dir!»—deganlar»,— deb aytdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 29 Sentyabr 2006, 20:55:51
34-bob. Azon vaqti o‘tgan bo‘lsa ham azon aytilgani to‘g‘risida

Abu Qatoda otalaridan naql qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga kechasi yo‘lga chiqdik. Yo‘lda uchragan qavmlardan biri: «Yo Rasululloh, bizga bir mehmon bo‘lib ketsangiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Uxlab qolib, namozga turolmay qolg‘aysizlarmi, deb qo‘rqg‘aymen»,— dedilar. Shunda Bilol: «Men sizlarni uyg‘otib qo‘yurmen»,—dedi. Mehmondorchilikdan keyin uyquga yotishdi, Bilol tuyasiga yastanib uxlab qoldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam uyg‘otganlarida oftob yuzidan niqobini olgan erdi. Janob Rasululloh: «Ey Bilol! Qani aytganingni qilganing?» — dedilar. Bilol: «Uyqu meni yengib qo‘yibdir»,— dedi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo istagan vaqtida joningizni olib, istagan vaqtida sizga jon ato etg‘aydir, ey Bilol, turg‘il, azon aytib, odamlarni namozga chaqirg‘il!»—dedilar. Keyin, turib tahorat qildilar. Quyosh ko‘tarilib, kun yorishib ketganda namoz o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 29 Sentyabr 2006, 20:57:27
35-bob. Vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan odamlar birlan jamoat bo‘lib namoz o‘qimoq xususida

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Xandaq kuni quyosh botgach, Umar ibn Xattob kelib, Quraysh kofirlarini so‘ka boshladilar, so‘ng: «Yo Rasululloh, quyosh botay deb turganda zo‘rg‘a asr o‘qib ulgurdim»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Xudo haqqi, namoz o‘qimabsen»,— dedilar. Keyin, Bathonga jo‘nadik, yetib boruach, tahorat oldilar, biz ham tahorat oldik. So‘ng, quyosh botgach, asr o‘qidilar, undan keyin shom o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 30 Sentyabr 2006, 06:18:45
36-bob. Biror namozni esidan chiqarib o‘qimagan odam esiga tushganda o‘sha namoznigina ioda qilgaydir (qayta o‘qig‘aydir)

Ibrohim raziyallohu anhu: «Kimki yigirma yil davomida namozlardan birini o‘qimagan ersa, o‘sha o‘qimagan namozinigina ioda qilg‘aydir».— deydilar.

Anas raziyallohu anhuning aytishlaricha, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki biror namozni unutib o‘qimagan ersa, esiga tushganda o‘qig‘aydir, o‘qilmay qolgan namoz uchun o‘sha namozning o‘zini ioda qilmakdan boshqa kafforat yo‘qdir, (Ollohni) xotirlab namoz o‘qigil!» —degan ekanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 30 Sentyabr 2006, 06:18:59
37-bob. Avval qazo bo‘lgan namoz o‘qilg‘aydir

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Xandaq kuni Umar ibn Xattob Quraysh kofirlarini so‘kib: «Yo Rasulalloh, quyosh botay deb turganda zo‘rg‘a asr o‘qib ulgurdim»,— dedilar. Keyin, Bathonga bordik. Quyosh botgandan so‘ng asr, keyin shom o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 30 Sentyabr 2006, 06:19:11
38-bob. Xuftondan keyin gaplashib o‘tirmoqni yoqtirmaganliklari haqida

Abu Minhol rivoyat qiladirlar: «Otam birlan birga Abu Barzaning huzurlariga bordik. Otam ul kishiga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam besh vaqt namozni nechuk o‘qir erdilar, bizga aytib bering!»— dedilar. Abu Barza: «Sizlar uvlo deb ataydirgan peshinni kun oqqan paytda, asrni birortamiz shaharning eng chekkasiga borib uyimizga qaytganimizda ham kunning tafti hali o‘lmagan paytda o‘qir erdilar (Shom haqida aytgan so‘zlarini esimdan chiqarib qo‘yibdirman), xuftonni ersa, kechiktirib o‘qimakni afzal ko‘rar erdilar, xuftondan oldin uxlamakni ham, undan keyin so‘zlashib o‘ltirmakni ham yoqtirmas erdilar. Bomdodni kishi yonida o‘ltirgan namozxonni taniydirgan darajada havo yorishganda o‘qib bo‘lur erdilar va oltmishtadan yuztagacha oyat tilovat qilur erdilar»,— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 30 Sentyabr 2006, 06:19:27
39-bob. Xuftondan keyin fiqq va savob haqida so‘zlashib o‘tirmoq

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kuni yarim kechaga yaqinlashib qolgan paytda Nabiy sallalloxu alayhi va sallam kelyb biz birlan namoz o‘qidilar, so‘ng: «Odamlar namoz o‘qib bo‘lib, allaqachon uxladilar, shundoq emasmidir? Sizlar ersangiz, hanuz joynamozni tark etganingiz yo‘qdir, savob umid aylab ibodat qilmakdasiz, savob umid aylayveringiz!» — deb xutba aytdilar»,

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallalloxu alayhi va sallam hayotlarida so‘nggi bor xufton o‘qidilar. Ikki yelkalariga salom berganlaridan, so‘ng. turib: «Mana shu ko‘rib turgan kechangizdan boshlab yuz yil o‘tgach, Yer yuzida hozir mavjud bo‘lgan kishilardan birortasi ham qolmag‘aydir»,— dedilar. Odamlar Janob Rasulullohning so‘zlarini yuz yil ichida hech kim qolmas erkan, deb noto‘g‘ri tushunishib, vahimaga tushdilar. Aslida ersa, Janob Rasululloh bugun mana shu yerda o‘tirgan tengkurlardan birortasi ham qolmaslig‘ini nazarda tutgan erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 30 Sentyabr 2006, 06:20:14
40-bob. Xuftondan keyin bola-chaqalari va mehmonlar birlan so‘zlashib o‘tirmoq haqida

Abdurrahmon ibn Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Ashob us-suffa, ya’ni masjidning hovlisidagi supada yashaydirgan uysiz kishilar nihoyatda kambag‘al erdilar. Nabiy  sallallohu alayhi va sallam: «Kimning uyida ikki kishiga yetg‘ulik ovqat bo‘lsa, uch kishini, to‘rt kishiga yetg‘ulik ovqat bulsa, besh-olti kishini olib ketib, to‘yg‘azsin!» — dedilar. Abu Bakr uch kishini olib keldilar. Janob Rasululloh ersa o‘n kipshni olib ketdilar (Ularning ichida men, otam, onam, bilmayman, yana xotinim, Abu Bakr birlan payg‘ambarimizning xonadonlari o‘rtasidagi yugurdak ham bor erdi shekilli). Abu Bakr payg‘ambarimizning ovqatlanib olmoqlarini kutib turdilar. Tunning xudo xohlagancha qismi o‘tgandan keyin uylariga qaytdilar. Shunda xotinlari: «Mehmonlarni tashlab qay yerlarda yuribsiz?» — dedi. Abu Bakr: «Ularni ovqatlantirmadingmi?» — dedilar. Xotinlari: «Sizni kelasiz deb unamadilar, ketib qoldilar»,— dedi. Abu Bakr so‘kindilar-da: «O’zlaringiz yeyaveringiz, xudo xaqqi, men sira yemasmen!»— dedilar. Oyalohga qasam ichib ayturmenkim, ovqatni qancha yesak ham, kamaymak o‘rniga ko‘payib borar erdi. Biz to‘ygunimizcha yedik, lekin ovqat ilgarigidan ham ko‘payib ketdi. Abu Bakr buni ko‘rib, xotinlariga: «Ey Baniy Firosning singlisi, nega bunday bo‘ldi?»—dedilar. Xotinlari: «Ko‘zlarimg‘a ishongim kelmas, ovqat ilgarigidan uch barobar ko‘payib ketdi»,— dedi. Abu Bakr ovqatdan yedilarda: «Bu shaytonning ishidir»,— dedilar. Ya’ni, ovqat yemasmen, deb ichgan qasamlarini nazarda tutdilar. Keyin, yana bir luqma yeb, qolganini Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib ketdilar. Men o‘sha yerda qolib tong ottirdim. Biz birlan bir qavm o‘rtasida ittifoq tuzilgan bo‘lib, uning vaqti o‘tgan erdi. Biz o‘n ikki kishi bo‘lib ajralib chikdik. Ularning har biri birlan qancha odam kelganini bilar erdim, barchalari birgalikda o‘sha ovqatdan yedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 30 Sentyabr 2006, 06:21:02
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
AZON (AYTISH) KITOBI


1-bob. Azon aytishning boshlanishi (tarixi) va Olloh taoloning: «Agar namozga azon aytgaydirsiz, mushriklar masxara qilg‘aydirlar, chunkim alar Ollohga qilinadirg‘on ibodatga aqli yetmaydirg‘on qavmdir» hamda «namozg‘a azon aytilsa, jum’a kunidan boshlab aytilsin!» — degan kalomi sharifi

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «(Janob Rasululloh) odamlarni namozga chaqirmoq uchun (avval) o‘t yoqmoq, zang chalmoq lozimligini aytdilar, so‘ng yahudiy va nasorolarning ibodatga qanday da’vat qilganliklari eslariga tushib, Bilolga azon jumlalarini ikki martadan, takbir jumlalarini ersa bir martadan aytmakni buyurdilar».

Ibn Umar aytar erdilar: «Musulmonlar Madinaga kelganlarida bir yerga to‘planishib, namoz vaqtini belgilab olishur erdilar. Namozga azon aytishmas erdilar. Bir kuni namozga chaqirmoq to‘g‘risida so‘zlashib qoldilar. Ba’zilar: «Nasorolar zang chalgani kabi zang chalingiz!» — desa, ba’zilar: «Yahudiylar shubbur (karnay) chalgani singari bir narsa chalaylik!» — deyishdi. Shunda Hazrat Umar: «Namozga chaqirmoqqa bir kishini yubormaysizlarmi?» — dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Bilol, turg‘il o‘rningdan, namozga chaqirg‘il!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 30 Sentyabr 2006, 06:21:58
2-bob. Azon jumlalari ikki marta-ikki martadan aytiladir

Anas raziyallohu anhu: «Bilolga azonning jumlalarini juft-juft qilib, takbirni toq qilib, «Qad qomat-is-salot» ni ersa ikki marta aytmak buyurildi»,— deydilar.

Anas raziyallohu anhu: «Odamlar to‘plangach, namoz vaqti bo‘lganligini biror narsa birlan ma’lum qilmak kerakligi haqida so‘zlashdilar. Avval, o‘t yoqmak yokim zang chalmak kerak, deyishdi. Shunda Bilolga azonni juft kilib, takbirni ersa toq qilib aytmak buyurildi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 30 Sentyabr 2006, 06:22:12
3-bob. Takbir toq, «Qad qomat-is-salot» juftdir

Anas raziyallohu anhu: «Bilolga azon so‘zlarini juft-juft qilib, takbir so‘zlarini ersa toq aytmak buyurildi»,— deydilar. Ismoil: «Ushbuni Ayyubga aytgan erdim, «Lekin, Qad qomat-is-salot» juft aytiladir» — dedi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 30 Sentyabr 2006, 06:22:27
4-bob. Azon aytmakning fazilati

Abu Hurayra raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namozga azon aytilgan kezda shayton orqasidan yel chiqarib, to azon eshitilmaydirgan yergacha qochg‘aydir. Azon aytib bo‘lingach, tag‘in qaytib kelg‘aydir. Takbir aytilmog‘i birlan yana orqasiga qochg‘aydir. Muazzin takbir aytmakni tugatgach, namozxonlarning diliga g‘ulg‘ula solmak uchun tag‘in qaytib kelg‘aydir. Shayton: «Falon narsani eslag‘il, piston narsani eslag‘il»,— deb namozxonning namozdan oldin esiga kelmagan narsalarni eslatg‘aydir, hatto namozxon necha rak’at o‘qiganini bilmay qolgaydir»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 30 Sentyabr 2006, 06:22:45
5-bob. Baland ovoz birlan azon aytmoq

Umar ibn Abdulaziz: «Azonni aniq, baland ovoz birlan, ohangga solmasdan aytg‘il, agar shundoq qilmassen, bizga muazzinlik qilmoqqa yaramassen!» — deganlar.

 Abdurrahmon ibn Abdullohga bobolari quyidagi hadisni aytib bergan erkanlar: «Abu Sa’id al-Xudriy menga: «Nazarimda, sen qo‘yni va dalani yaxshi ko‘radirgan ko‘ring‘aysen, agar qo‘y boqayotgan ersang yokim shunchaki dalada ersang-u, namozga azon aytsang, azonni baland ovoz birlan aytg‘il, chunkim past ovoz birlan aytsang, uzoqdagi xoh jin, xoh inson, xoh jonli va xoh jonsiz narsa bo‘lsin, tovushingni eshitmay qolg‘aydir. Ular qiyomatda sening azon aytganingga guvohlik berg‘aydir»,— degandilar. Abu Sa’id al-Xudriy: «Buni men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgandim»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 30 Sentyabr 2006, 13:12:53
6-bob. Azon ovozini eshitishi birlan qon to‘kmoqni to‘xtatg‘aydir

Anas ibn Molik quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar biz birlan biror qavm urush qilayotgan ersa, tong otguncha urushgani qo‘ymas erdilar. Tongda azon ovozini eshitib urushni to‘xtatar erdilar, azon ovozini eshitmasalar, urushni davom ettiraverardilar. Bir kuni Xaybarga qarab yo‘lga chiqib, tunda yetib bordik. Tong otgach, hali azon aytilmagan paytda, ota,m Abu Talha ulovlarini mindilar, men orqalariga mingashib oldim, oyog‘im Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ayoqlariga tegib borar erdi. Xaybarliklar savat va ketmonlarini ko‘tarib, qarshimizga chiqdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib: «Bu Muhammaddir, xudo haqqi, bu Muhammaddir! —deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni ko‘rib: «Ollohu akbar, Ollohu akbar, Xaybar xarob bo‘ldi, biz biror qavmning hovlisig‘a kelib tushsak, bizni chaqimchilik qilg‘anlarning holiga voydir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 30 Sentyabr 2006, 13:14:15
7-bob. Azon ovozini eshitgan kishi ne deydir?

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Azon ovozini eshitganingizda muazzin aytayotgan so‘zlarni takrorlab turingiz!» — deganlar».

Iso ibn Talha: «Bir kuni men Muoviyaning muazzin aytayotgan so‘zlarni «Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh» degan joyigacha takroran aytib turganini ko‘rdim», — deydilar.

 Yahyo ibn Abu Kasiyr yuqoridagi hadisga o‘xshash hadisni rivoyat qila turib, dedilar: «Ba’zi birodarlarimiz menga aytdilarki, Muoviya, muazzin «Hayya alas-salot» deganda, «Lo havla va lo quvvata illo billohi» deb aytibdi-da: «Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning ham shundoq deganlarini eshitgandirman», — debdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 30 Sentyabr 2006, 13:14:41
8-bob. Azonni eshitib bo‘lgach, duo aytmoq

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki azonni eshitgach, «Ilohi, ushbu mukammal da’vat hamda abadiy namoz sohibi bo‘lmish Muhammad alayhissalomning martabasini ulug‘ qilib, ne’matlaringni anga bisyor qilg‘aysan, ul zotga o‘zing va’da qilg‘an maqomi mahmudni (eng sharafli o‘rinni) ato etg‘aysan!» desa, qiyomatda men uni shafoat qilg‘aydirman», — deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 30 Sentyabr 2006, 13:16:19
9-bob. «Men azon aytaman» deb talashmoq

Bir kuni qavmlar azon aytmakni talashib qoldilar. Shunda Sa’d ibn Vaqqos chek tashladilar, chekiga tushgan kishi azon aytdi.

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Odamlar azon aytmakning hamda birinchi safda turib namoz o‘qimakning qanchalik savobi borlig‘ini bilganlarida erdi, hech bo‘lmaganda chek tashlab, o‘z niyatlariga erishgan bo‘lur erdilar. Agar odamlar jamoat birlan namoz o‘qimakning savobini bilg‘ay erdilar, kim o‘zarga masjidg‘a rgurib ketgan bo‘lur erdilar. Agar odamlar bomdod birlan xufton namozini jamoat birlan birga o‘qimakda ne savob borlig‘ini bilsalar erdi, emaklab bo‘lsa ham borishg‘ay erdilar», — deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 30 Sentyabr 2006, 13:17:26
10-bob. Azon aytayotib boshqa so‘zlarni aytib yuborish

Sulaymon ibn Surd azon aytayotib boshqa so‘zlarni ham gapirib yubordilar.

 Hasan Basriy: «Azon yokim takbir aytayotib kulmoqning zarari yo‘qdir», — deydilar.

 Abdulloh ibn Hars rivoyat qiladirlar: «Yog‘ingarchilik bo‘lib turgan kunlardan birida Ibn Abbos bizga va’z aytdilar. Muazzin «Hayya ala-s-salot» deb aytayotganda Ibn Abbos uni to‘xtatib, «Namozni har kim o‘z joyida o‘qisin!» — deb qichqirmakni buyurdilar. Kishilar ajablanib bir-birlariga qaradilar. Shunda Ibn Abbos: «Ibn Abbosdan yaxshiroq kishi (ya’ni, Rasululloh) ham shunday qilgandirlar. Bugun jum’a, shunday qilsa bo‘lg‘aydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 01 Oktyabr 2006, 04:54:39
11-bob. Ko‘zi ojiz odam, agar unga namoz vaqti bo‘lganligi xabar qilinsa, azon aytish mumkin

Solim ibn Abdullohping otalari Abdulloh ibn Umar quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Bilol (bomdod namozi uchun) juda erta azon aytg‘aydir. Sizlar Ibn Ummi Maktum azon aytguncha yeb-ichib o‘tiraveringiz»,— dedilar. Ibn Ummi Maktum ko‘zi ojiz odam erdi. Biror kishi unga: «Tong otdi, tong otdi» deb aytmaguncha, azon aytmas erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 01 Oktyabr 2006, 04:55:58
12-bob. Tong otgandan keyin azon aytmoq

Abdulloh ibn Umar naql qiladirlar: «Umm ul-mu’minin (mo‘minlar onasi) Hafsa (Rasulullohning xotinlari): «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muazzin bomdodga azon aytmakdan kechikib qolsa-yu, tong otib qolsa, (masjidda) namoz boshlanmagidan avval yengilgina ikki rak’at namoz o‘qib olar erdilar»,— deb aytganlar».

Oisha raziyallohu anho naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozi uchun aytiladigan azon birlan takbir o‘rtasida yengilgina ikki rak’at namoz o‘qib olar erdilar».

Abdulloh ibn Umar quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bilol kechasi (juda erta) azon aytg‘aydir, sizlar Ibn Ummi Maktum azon aytg‘uncha yeb-ichaveringiz»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 01 Oktyabr 2006, 04:56:20
13-bob. Bomdoddan avval azon aytmoq

Abdulloh ibn Mas’ud bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bilol azon aytganda birortangiz saharlik qilmoqdan to‘xtamangiz, chunkim muazzin uxlab yotganlarni uyg‘otmoq uchun, uyg‘oqlarni namozga chorlamoq uchun qorong‘uda azon aytg‘aydir»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam barmoqlarini osmonga ko‘tarib pastga tushirdilar-da, «Bu hali tong otganini anglatmag‘aydir, mana bundoq bo‘lsa, tong otgan bo‘lur»,— deb barmoqlarini endi ufq bo‘ylab yurgizdilar» (ya’ni, quyosh nurlari avval tikkasiga taralg‘aydir, bu tong otdi, degani ermas, nur ko‘ndalangiga taralsagina tong otgan hisoblang‘ay).

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Oisha onamiz bundoq degandilar»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va. sallam: «Bilol kechasi azon aytg‘aydir. Sizlar Ibn Ummi Maktum azon aytguncha, yeb-ichaveringiz,—deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 01 Oktyabr 2006, 04:57:01
14-bob. Azon bilan takbir orasida qancha vaqt bor? Namoz o‘qishning boshlanmog‘ini kutib o‘tirgan kishi

Abdulloh ibn Mag‘fal al-Muzaniy rivoyatlari: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir azon birlan takbir o‘rtasidagi vaqtda istagan kishi bir karra namoz o‘qib olsa bo‘lur»,— deb uch bor qaytarib aytdilar».

Anas ibn Molik quyidagini aytib berdilar: «Muazzin azon aytsa, Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning sahobalari o‘rinlaridan turib, o‘zlari namoz o‘qiydirgan ustunlar qarshisiga shoshilishar erdi, hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylaridan chiqqanlarida ular azon birlan takbir oralig‘ida o‘qiydirgan namozni o‘qiyotgan bo‘lishardi. Shom namozidan avval ular ham ikki rak’at namoz o‘qib olishardi. Azon birlan takbir o‘rtasidagi vaqt unchalik ko‘p bo‘lmas erdi».

Imom Buxoriy: «Shom namozining azoni birlan takbiri orasinda hech qancha vaqt yo‘q erdi»,— deydilar. Imom Navaviy: «Shomning azoni birlan takbiri o‘rtasinda ikki rak’at namoz o‘qimak mustahabdir»,— deydilar. Imom Molik: «Shomda azon birlan takbir orasinda namoz o‘qimoq joizdir»,— deydilar. Hanafiylar ersa: «Shomning azoni birlan takbiri o‘rtasinda uch qadam yurgudek fursat bordir»,— deyishadi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 01 Oktyabr 2006, 04:59:11
15-bob. Takbir aytilmog‘ini kutib turgan kishi

Oisha onamiz bunday deganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muazzin bomdod namoziga azon aytib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib, tong otgunicha yengilgina ikki rak’at namoz o‘qib olar erdilar, so‘ng muazzin takbir aytgunicha o‘ng tomonlarini bosib yonboshlar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:19:29
16-bob. Xohlagan kishi har bir azon birlan takbir o‘rtasida namoz o‘qib olmog‘i mumkin

Abdulloh ibn Mag‘fal bunday deganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir azon birlan takbir o‘rtasida namoz bordir, har biz azon birlan takbir o‘rtasinda namoz bordir. uchinchisi xohlagan kishiga»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:19:42
17-bob. «Bittangiz azon aytingiz», degan kishi xususida

Molik ibn al-Huvayris rivoyat qiladirlar: «Qavmimga tegishli bir necha kishi birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uylariga keldim. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlarida 20 kun turdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam juda ham rahmdil va mehribon erkanlar. Ahlimizni sog‘inganimizni ko‘rgach, «Ahlingizga qaytingiz, ular birlan birga bo‘lingiz, ularga o‘rgatingiz, namoz o‘qingiz, namoz taqti bo‘lsa, bir kishi azon aytsin, ichingizda kattarogingiz ersa imomlik qilsin»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:20:07
18-bob. Musofirlar uchun azon va takbir aytmoq. shuningdek Muzdalifada azon va takbir aytmoq; muazzinning sovuq kechada yokim yomg‘irli kechada «namozni joy-joylaringizda o‘qingiz», deb azon chaqirmog‘i

Abu Zarr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik. Muazzin azon aytmoqchi bo‘lganda, Rasululloh unga: «Salqinlatg‘il (shoshmay turg‘il)»,— dedilar. Keyin u yana azon aytmoqchi erdi, Rasululloh yana: «Salqinlatg‘il»,— dedilar. Keyin yana azon aytmoqchi bo‘lganida, Rasululloh yana: «Salqinlatg‘il»,— dedilar, hatto tepaliklarning soyasi o‘zi barobarligiga keldi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kunning harorati jahannamdan kelayotgandek»,— dedilar».

Molik ibn al-Huvayris naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga safarga ketayotgan ikki kishi kirib keldi. Rasululloh ularga: «Safarga chiqqanlaringizda avval azon aytingiz, so‘ng takbir aytingiz, keyin kattangiz imomatga o‘tsin»,— dedilar».

Molik ibn al-Huvayris naql qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uylariga yosh yigitlik vaqtimizda borib, 20 kun turdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rahmdil va mehribon erdilar. Janob Rasululloh ahlimizni sog‘inganimizni bilib, uyimizda kimlarni tashlab kelganligimizni so‘radilar, Biz aytdik» Shunda Rasululloh: «Ahlingiz oldiga qaytingiz. Ular birlan birga bo‘lingiz, ularga shari’at hukmlarini o‘rgatingiz. Men sizlarga buyurganlarimni ularga ham buyuringiz»,— deb ancha nasihat qildilar (ularning ba’zisi yodimdan chiqqan), keyin, «Men nechuk namoz o‘qigan ersam, shundok, namoz o‘qingiz. Namoz vaqti bo‘lsa, bittangiz azon aytingiz, kattangiz imomatga o‘tsin»,— dedilar».

Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar sovuq kechalardan birida Dajnonda (tepalik nomi) azon aytdilar, keyin bizga: «Joy-joylaringizga borib namoz o‘qingiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam azon aytgandan keyin muazzinga: «Safardalig‘ kezingizda sovuq kecha yokim loygarchilik bo‘lsa, joy-joylaringizda namoz o‘qingiz» deb aytmoqni buyurardilar»,— dedilar».

Avn ibn Abu Juhayfa otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Abtaxda (joyning nomi) ko‘rdim. Bilol kelib azon aytdilar. Keyin, uchi nayza hassalarini olib chiqib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ro‘paralariga sanchib qo‘ydilar, so‘ng takbir aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:20:23
19-bob. Muazzin azon aytayotganda boshini u yoq, bu yoqqa qaratadirmi yo gavdasini u yoq, bu yoqqa o‘giradirmi?

«Bilol azon aytayotganda ikki barmog‘ini ikki qulog‘iga tiqdi, Ibn Umar ersa ikki barmog‘ini qulog‘iga tiqmas erdi», deb zikr qilinadir. Ibrohim: «Tahoratsiz azon aytmoqning zarari yo‘qdir»,— deydilar. Ato: «Azon aytmoq uchun tahorat olmoq ham farz, ham sunnatdir»,— deganlar. Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamma vaqt ham Ollohning zikrini qilaverar erdilar»,— deydilar,

Avn ibn Abu Juhayfa rivoyat qiladirlar: «Mening otam bir kuni Bilolning azon aytayotib boshini u yoqdan bu yoqqa burayotganini ko‘rgan erkanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 01 Oktyabr 2006, 09:20:36
20-bob. Kishi: «Namoz vaqti o‘tib ketibdir»,— desa bo‘ladirmi?

Ibn Sirin: «Namoz vaqti o‘tib ketibdir»,— demoqni makruh sanab, «Buning o‘rniga, namozga yetolmay qolibmiz, desin»,— deydilar. Imom Buxoriy ersa Ibn Sirikning so‘zini rad qilib, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning so‘zlari («Namoz o‘tib ketibdir») to‘g‘ri»,—deydilar.

Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari bunday degan janlar: «Bir vaqt biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan namoz o‘qiyotgan erdik, birdan odamlarning shovqin-suroni eshitildi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng: «Sizlarga ne bo‘ldi?» — dedilar. «Namozga shoshildik»,—deyishdi. Rasululloh: «Namozga kelganda undoq qilmangiz, tinchlikka rioya qilingiz. Namozning qay yeriga yetib kelsangiz, o‘sha joyidan qo‘shilib o‘qiyveringiz, qanchasi o‘tib ketgan ersa, keyin o‘zingiz to‘ldirib o‘qib olingiz!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 02 Oktyabr 2006, 05:58:29
21-bob. Kishi namozga hovliqmay, viqor birlan kelsin!

Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namozga qachon yetib kelsangiz, kelgan joyidan davom ettiraveringiz, qolganini keyin to‘ldirib o‘qib olingiz!»—deganlar»,— deydilar Qatoda raziyallohu anhu.

Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar takbir aytilganini eshitsangiz, hovliqmay, viqor birlan namozga kelingiz. Namozga qachon yetib kelsangiz, kelgan joyidan jamoatga qo‘shilib o‘qiyveringiz, qolganini to‘ldirib o‘qib olg‘aysizlar»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 02 Oktyabr 2006, 05:58:44
22-bob. Kishi, imom takbir aytayotganini ko‘rsa, qachon safga turadir?

Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Takbir aytilayotgan paytda, to meni ko‘rmaguningizcha, safga turmangiz!» — deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 02 Oktyabr 2006, 05:58:54
23-bob. Kishi namozxonlar safiga shoshilib kelib turmasin, tinchlik saqlab, ohistalik birlan tursin!

Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Takbir aytilayotganda safga turmangiz, tinchlikka rioya qilingiz!»— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 02 Oktyabr 2006, 05:59:07
24-bob. Takbir aytilgandan so‘ng kishi biror sabab birlan masjiddan chiqsa bo‘lg‘aymi?

Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralaridan chiqdilar. Namozga takbir aytildi, saflar tiklandi, Janob Rasululloh mehrob qarshisiga kelib turdilar. Namozga takbiri tahrima aytilmog‘ini kutib turgan erdik, «O’rinlaringizdan qimirlamangiz!»— deb hujralariga kirib ketdilar, shu holatimizda turib qoldik. Bir ozdan so‘ng sochlari ho‘lg boshlaridan suv tomib turgan holda qaytib chiqdilar, g‘usl qilibdirlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 02 Oktyabr 2006, 05:59:25
25-bob. Agar imom: «O’rningizdan qimirlamangiz!»— deb chiqib ketsa, qaytib kelgunicha kutib turilg‘aydir

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Namozga takbir aytildi, odamlar saflarini to‘g‘rilashdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralaridan chiqib, oldinga o‘tdilar. U kishi jimo’dan keyingi holatda erkanlar. «O’rningizdan qimirlamangiz!» — deb qaytib kirib ketdilar. So‘ng, g‘usl qilib chiqdilar, sochlaridan suv tomib turardi. Keyin, odamlar birlan namoz o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 02 Oktyabr 2006, 14:07:52
26-bob. Kishining «Hali namoz o‘qimadik»,— demog‘i

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Xandaq voqeasi kuni Hazrat Umar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, Olloh haqqi-hurmati, kun botib ketdi hamki, namozi asrni o‘qiyolmay qoldim»,— dedilar. Bu gapni aytganlarida iftor qilib bo‘lingandi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohga qasam ichib ayturmenkim, men ham hali namozi asrni o‘qimabman»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bathon degan joyga bordilar, men ham u kishi birlan birga bordim, tahorat oldilar, so‘ng (kun botgandan keyin) namozi asrni o‘qidilar, undan keyin shomni o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 02 Oktyabr 2006, 14:08:07
27-bob. Takbir aytilgandan keyin imom biror zarurat bilan band bo‘lmog‘i mumkinmi?

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Namozga takbir aytildi hamki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning yonida bir kishi birlan gaplashib turaverdilar, hatto (ayrim) namozxonlar uxlab qoldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 02 Oktyabr 2006, 14:08:25
28-bob. Namozga takbir aytilgandan so‘ng (birov bilan) so‘zlashmoq

Humayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sobit al-Bunonyydan namozga takbir aytilgandan keyin (birov bilan) gallashgan kishi to‘g‘risida so‘radim. Shunda u: «Namozga takbir aytilgandan keyin bir kishi kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni gapga tutib qolgandi, deb Anas menga aytgandi»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 02 Oktyabr 2006, 14:08:42
29-bob. Jamoat birlan namoz o‘qishning vojibligi

Hasan Basriyni onalari mehribonchilik qilib, xufton namozini jamoat birlan o‘qimak uchun masjidga borishdan qaytaribdirlar, shunda ul kishi itoat qilmabdirlar.

Abu Hurayra naql qiladilar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Olloh taolo haqqi-hurmati, odamlarga «O’tin yig‘ingiz!» deb buyursamu o‘tin yig‘salar, keyin, «Namoz o‘qingiz!» desamu bir kishi azon aytsa, ikkinchisi imomlik qilsa, so‘ngra namozga kelmagan kishilarning uylariga borib, ustilaridan o‘t yoqib yuborsam! Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, jamoat birlan namoz o‘qimoqqa kelmagan o‘sha kishilarning birontasi bu yerga (masjidga) kelganda pishirilgan yog‘li go‘sht yokim kalla-pocha yemoqni bilsa erdi, albatta xuftonga kelgan bo‘lur erdi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 02 Oktyabr 2006, 14:09:43
30-bob. Jamoat birlan namoz o‘qimoqning fazilati

Asvad ibn Yazid o‘z jamoatlari birlan namoz o‘qimoqqa ulgurmay qolsalar, boshqa masjidga borar erdilar. Anas namoz o‘qib bo‘linganda masjidga keldilar, so‘ng azon va takbir aytib, (boshqa) jamoat birlan namoz o‘qidilar.

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jamoat birlan o‘qilgan namoz savobi yolg‘iz o‘qilgan namoz savobidan 27 marta ortiqdir»,— dedilar».

Abu Sa’id al-Xudriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Jamoat birlan o‘qilgan namoz savobi yolg‘iz o‘qilgan namoz savobidan 25 marta ortiqdir»,-— deganlarini eshitgan erkanlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»,— deb rivoyat qiladilar: «Kishining jamoat birlan o‘qigan namozining savobi uyida yolg‘iz o‘qigan namozi va bozorda o‘qigan namozining savobidan 25 barobar ortiq bo‘lg‘aydir. Bunga kishi yaxshilab tahorat olib, uyidan masjidga faqat namoz o‘qiydirman, degan niyatda chiqsagina erishmog‘i mumkindir. Shu niyatda bosgan har bir qadamini ko‘tarib ulgurmasidan Olloh taolo uning martabasini bir daraja ko‘targ‘aydir va bitta gunohidan kechg‘aydir. Namoz o‘qiyotganida ersa maloikalar uning tepasida: «Ilohi, bul bandangni yar'laqag‘aysen, bul bandangga rahm qilg‘aysen!» — deb iltijo qilib turishg‘aydir. Qaysi biringiz namoz o‘qiydirman, deb kutib turgan ersangiz, namoz o‘qiyotgan hisobida bo‘lg‘aydirsiz»!
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 03 Oktyabr 2006, 07:30:17
31-bob. Namozi bomdodni jamoat birlan o‘qimoqning fazilati

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyidagi hadisni eshitganman»,— deydilar: «Har biringizning jamoat birlan o‘qigan namozingizning savobi yolgaz o‘qigan namozingiz savobidan 25 marta ortiq bo‘lg‘aydir. Tungi farishtalar birlan kunduzgi farishtalarning barchasi namozi bomdodga kelib jamuljam bo‘lishg‘aydir». Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Agar xohlasangiz, «Inna qur’on-al-fajri kona mashxudan (namozi bomdodda qilingan qiroat farushtalar ham qatnashsa arziydirgan qiroat bo‘ldi)» — degan oyati karimani o‘qingiz»,— deydilar.

Abdulloh ibn Umar: «Jamoat namozi 27 marta ortiqdir»,— deganlar.

Ummu Dardo’ rivoyat qiladirlar: «Abu Dardo’ oldimga g‘azablanib kirib keldilar. «Nechun g‘azablanmakdasiz?» — dedim. «Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, Muhammad ummatining jamoat birlan namoz o‘qimogidan bo‘lak biror savoblik ishi qolmadi»,— dedilar».
Abu Muso naql qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Namozdan eng ko‘p savob oladirgan odam masjiddan eng uzoqda turadirgan odamdir, chunki ul ko‘p yurib, ko‘proq aziyat chekib kelg‘aydir. Jamoat birlan namoz o‘qimakni kutayotgan kishiga tegadirgan savob, o‘zi namozini o‘qib, yotib olgan odamga tegadirgan savobdan behad ortiqdir»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 03 Oktyabr 2006, 07:30:55
32-bob. Peshin namoziga ertaroq bormoqning fazilati

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degan edilar»,— deb rivoyat qiladirlar: «Bir kuni bir kishi ko‘chada ketayotgan erdi. Yo‘lda yotgan tikanni ko‘rib, chetga olib tashladi. Olloh taolo uning qilmishidan rozi bo‘ldi va uning gunohlarinr} kechirdi.

Beshta sababdin o‘lgan kishilar shahid bo‘ladirlar: vabodan o‘lganlar, qorin og‘rigi birlan o‘lganlar, g‘arq bo‘lib o‘lganlar, biror narsaning tagida qolib o‘lganlar va Olloh taolo yo‘lida jihod qilib o‘lganlar.

Odamlar azon aytmoq va namozda birinchi safda turmoqning nechog‘liq savobli erkanini bilganlarida, hech ilojini topmasalar, chek tashlab o‘z niyatlariga erishgan bo‘lur erdilar.

Namozga ertaroq bormakning qandoq savobi borlig‘ini bilganlarida, masjidga qarab kim o‘zarga yugurgan bo‘lur erdilar, xufton birlan bomdod namozining sayubini bilganlarida, masjidga emaklab bo‘lsa ham borur erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 03 Oktyabr 2006, 07:31:26
33-bob. Masjid tomon bosgan qadamlarni hisoblamoq

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Baniy Salama, izlaringizni hisoblab yurmaydirmisiz?»,—dedilar. Mujohid «Qilg‘an ishlarini va izlarini yozib qo‘yg‘aydirmiz» degan oyati karimadagi «izlarini» so‘zini «qadamlarini» deb tafsir qildi».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Baniy salamaliklar o‘z joylarini tashlab, Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamga yaqinroq yerga ko‘chib kelmoqchi bo‘ldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaning xuvillab qolmog‘ini istamay: «Izlaringizni (qadamlaringizni) hisoblab yurmaydirmisiz?»— dedilar (ya’ni, masjidga qancha uzoq yo‘l bosib kelsangiz, shuncha sayub bo‘lg‘aydir, degan ma’noda). Mujohid: «Izlaringizni» degani — «erda yayov qadam bosib kelmoq demakdir»,— deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 03 Oktyabr 2006, 07:31:51
34-bob. Xufton namozini jamoat birlan o‘qimoqning fazilati

Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»—deydilar: «Munofiqlarga namozi bomdod birlan namozi xuftondan ko‘ra og‘irroq namoz yo‘qdir. Ikkala namozda qancha savob borlig‘ini bilganlarida masjidga emaklab bo‘lsa ham kelg‘ay erdilar. Muazzinga buyursam, azon aytsa, keyin bir kishyga buyursam, odamlarga imomlik qilsa, keyin azonni eshitib, namozga chiqmaganlarning ustidan o‘t qo‘ysam!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 03 Oktyabr 2006, 07:32:31
35-bob. Ikki kishi va undan ortig‘i jamoatdir

Molik ibn al-Huvayris rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi yu sallam (safarga ketayotgan ikki kishiga): «Namoz vaqti kelsa, biringiz azon va takbir aytingiz, kattangiz imom bo‘lsin»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:49:16
36-bob. Masjidda namoz vaqti bo‘lmog‘ini kutib o‘tirgan kishining hamda masjidlarning fazilati bayoni

Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tahoratini sindirmay joynamozda namoz vaqti bo‘lmog‘ini kutib o‘tirgan har bir kishini maloikalar: «Ilohi, bul kishining gunohlarini mag‘firat qilg‘aysen, bul kishiga rahmatingni darig‘ tutmag‘aysen!» — deb duo qilg‘aydirlar. Namoz o‘qiydirman degan niyatdagine uyiga ketmay masjidda o‘tirgan kishi namoz o‘qiyotgan barobarida bo‘lg‘aydir»,— deganlar».

Abu Hurayra quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo yetti toifa mo‘minlarga, oxirat kuni hech soya qolmaganda, Arshining soyasidan joy berg‘usidir: odil boshliqqa; rabbiga taqvo birlan ibodat qilib ulg‘aygan yigitga; masjidlardan ko‘nglini uzolmaydirg‘an kishiga; Ollohni deb birov birlan do‘stlashgan va Olloxni deb do‘stidan uzoqlashgan (voz kechgan) kishiga; martabali, kelishgan bir ayol zinoga taklif qilsa, «Men Ollohdan qo‘rqurmen»,— degan kishiga; o‘ng qo‘li qilganini chap qo‘li bilmaydirgan qilib xufyona sadaqa bergan kishiga; xilvatda Olloh taoloni eslab ho‘ng-ho‘ng yig‘lag‘an kishiga»,— deganlar».

Humayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzuk taqqanmilar?» — deb Anasdak so‘rashdi. «Ha, taqqanlar. Bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xufton namozini yarim kechagacha kechiktirdilar, biz birlan namoz o‘qigani chiqdilar. Namozdan keyin: «Odamlar allaqachon namoz o‘qib yotdilar, sizlar ersangiz hanuz namoz o‘qimakdasiz»,— dedilar. O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uzuklari yarqirashiga qarab turganim halishdek ko‘z o‘ngimdadir»,— dedi Anas».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:49:31
37-bob. Masjidga erta borib, kech qaytmoqning fazilati

Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki masjidg‘a erta borib, kech qaytg‘aydir, Olloh taolo unga har bir kech qaytgani uchun jannatda ziyofat tayyorlab qo‘yg‘usidir»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:49:50
38-bob. Namozga takbir aytilsa, farz namozdan boshqa namozlar to‘xtatilg‘aydir

Abdulloh ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kishining yonidan o‘tdilar» deb boshlanadigan bir hadisni aytib bergan erkanlar. Imom Buxoriy : «Ushbu hadisni Azudlik Molik ibn Buqayna ismlig‘ bir kishi Hafs ibn Osimga quyidagicha rivoyat qilgan erkan»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoega takbir aytilgandan keyin ham ikki rak’at namoz o‘qigan bir kishini ko‘rib, ul tomonga o‘girildilar, uni odamlar o‘rab oldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bomdod sunnatini to‘rt rak’at o‘qiydirmisan? Bomdod sunnatini to‘rt rak’at o‘qiydirmisan?» — deb uni koyidilar (chunkim imomga iqtido qilmog‘i lozim erdi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:50:40
39-bob. Kasal kishining jamoat oldiga chiqmoqqa haddi bormi? (imomatga o‘ta oladirmi?)

Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oisha onamizning huzurlarida erdik. Jamoat birlan namoz o‘qimoq va uning afzalliklari to‘g‘risida so‘zlashib o‘tirdik. Shunda Oisha onamiz quyidagilarni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning vafotlaridan oldingi kasallyk kunlaridan birida azon aytildi. Janob Rasululloh: «Abu Vakrga buyuringiz, imomatga o‘tsin!»— dedilar. «Abu Bakr ko‘ngli bo‘sh, yig‘loq odam. Sizning o‘rningizda imomlik qila olmag‘ay», — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boyagi so‘zlarini takrorladilar (Oisha onamiz birlan boshqalar yana rad qildilar). Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uchinchi marta: «Siz xotinlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi Zulayho va uning dugonalariga o‘xshagan xotinlardirsiz (dilingizdagi gapning aksini aytursiz), Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga o‘tib imomlik qilsin!» — dedilar. Abu Bakr chiqib imomatga o‘tdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlarini bir oz yengil hys qildilar. So‘ng, ikki kishi yonlariga kkrib, qo‘ltiqlab namozga olib chiqdi. Betoblikdan oyoqlarini zo‘rg‘a sudrab bosayotganlari hozirgidek ko‘z o‘ngimda. Abu Bakr Janob Rasulullohning chiqib kelayotganlarini ko‘rib joy bo‘shatmoqchi bo‘ldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’rningda turg‘il!» — deb ishora qildilar. So‘ng, Abu Bakrning yonlariga kelib o‘tirdilar».

A’mashdan «Abu Bakr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, odamlar ersa Abu Bakrga iqtido qilganmilar?» — deb so‘rashdi. A’mash «ha» degan ma’noda bosh irg‘ab qo‘ydilar. Abu Muoviya bunga qo‘shimcha qilib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrning chap yonida o‘tirib o‘qidilar, Abu Bakr ersa tik turib o‘qidilar»,— dedilar.

Ubaydulloh ibn Abdulloh Oisha onamizdan quyidagi hadisni eshitgon erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, og‘irlashib qolgan paytlarida, tuzalgunlaricha mening uyimda yotmoqchi ekanliklarini aytib hamma xotinlaridan ijozat so‘radilar. Ular rozi bo‘lishdi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki kishi yordamida oyoqlarini zo‘r-bazo‘r bosib mening uyimga chiqdilar. Bir qo‘ltiqlaridan Abbos va ikkinchi qo‘ltiqlaridan bir kishi ushlab olib chiqishdi». «Oisha onamiz aytib bergan hadisni Ibn Abbosga hikoya qilib berdim,— deydilar Ubaydulloh, u mendan: «Oisha onamiz tilga olmagan o‘sha kishining kim ekanligini bilurmisen?» — dyob so‘radi. Men: «Yo‘q»,—dedim. «Bul — Ali ibn Abu Tolib erdilar»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:50:55
40-bob. Yomg‘ir yoki kasallik tufayli masjidga bormay o‘z uyida namoz o‘qimoqqa ruxsat berilgani haqida

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar sovuq va shamol bo‘lib turgan tunda namozga azon aytdilar. Keyin: «Namozni joy-joylaringizda o‘qiyveringiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muazzinga: «Yomg‘irli, sovuq kechada namozni joy-joylaringizda o‘qiyveringiz, deb aytmakni buyurar erdilar»,— dedklar».

Mahmud ibn ar-Rabi’ naql qiladirlar: «Atbon ibn Molik ko‘zi ojiz holda qavmiga imomlik qilur erdi. Bir ko‘ni u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, (goh) kecha qorong‘i bo‘lg‘aydir, (goh) sel bo‘lg‘aydir, men ersam ko‘zi ojiz odamdirimen, mening uyimga borib bir joyda namoz o‘qib beringiz, o‘shal yerni namozgoh qilib olayin»,—dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning uyiga kelib: «Qaerda o‘qib bermog‘imni istaydirsen?» — dedilar. Ul bir joyni ko‘rsatdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘shal joyda namoz o‘qib berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:51:28
41-bob. Imom jum’a kuni, yomg‘ir yog‘ib turgan bo‘lsa, hozir bo‘lganlar bilan namoz o‘qib, xutba aytadirmi?

Abdulloh ibn Hars rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos yomg‘ir yog‘ib, loygarchilik bo‘lgan kuni bizga xutba aytdilar, so‘ng muazzinga azonning «Hayya alas-salot» degan joyiga kelganda «namozni joy-joyingizda o‘qiyveringiz», deb aytmakni buyurdilar. Hozir bo‘lganlar bu gap yoqmagandek bir-birlariga qarab qo‘yishdi. Shunda Ibn Abbos: «Sizlar bu gapni yoqtirmadingiz shekilli. Bu gapni mendan yaxshiroq kishi, ya’ni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytgandirlar. Ul kishi shundoq qilmoqni buyurgandirlar. Men sizlarni mashaqqatga qo‘ymoqni xohlamadim»,— dedilar». Boshqa bir hadisda Ibn Abbos: «Men sizlarni gunohkor qilmakni xohlamadim, sizlar tizzangizdan loy kechib kelgan bo‘lur erdingiz, deb aytgandi»,— deyiladi.

Abu Salamadan naql qiladirlar: «Abu Sa’id al-Xudriydan Laylat ul-Qadr to‘g‘risida so‘radim. Ul kishi: «Bir bulut kelib, masjidning ustiga yomg‘ir yogdi. Masjidning tomiga xurmo shoxlari yopilgan erdi, yomg‘ir shipdan o‘tib ketdi. Namozga takbir aytildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jiqqa loy ustida sajda qilayotganlarini, hatto peshonalariga loy ham tekkanini ko‘rdim»,— dedilar».

Anas ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Ansoriylardan bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, men siz birlan birga namoz o‘qiy olmasmen»,— dedi. Ul semiz, yo‘g‘on kishi erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ovqat tayyorlab, uyiga chaqirdi. Suv sepib, tozalab bir bo‘yrani taglariga solib berdi. Bo‘yra ustida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qidilar».

Oluljorudlik bir kishi Anasga: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam choshgoh namozini o‘qir erdilarmi?» — dedi. Anas: «O’qiganlarini faqat o‘shal kuni ko‘rdim»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:51:52
42-bob. Ovqat tayyor bo‘lsa-yu, namozga takbir aytilsa...

Ibn Umar ovqatlanib olgach, namoz o‘qir erdilar. «Dili xotirjamlik birlan namoz o‘qimoq uchun avval hojatini chiqarib olmoqlik kishining faqihligidandir»,— deydilar Abu Dardo’ raziyallohu anhu.

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Agar olingizga kechki ovqat olib kelingan bo‘lg‘aydir-u, namozga takbir aytilg‘aydir, avval ovqatni yeb olingiz»,— deb aytganlar».

Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Kechki ovqatingiz tayyor bo‘lsa, shomni o‘qimoqdan avval, ovqatni yeb olingiz, ovqatni shoshmasdan yengizlar»,— deganlar».

Ibn Umar quyidagi hadisni aytdilyr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar (kechki) ovqatingizni oldingizga olib kelib qo‘yg‘aydirlar-u, namoz vaqti bo‘lib qolg‘aydir, avval ovqatni yeb olingiz, shoshmasdan, to‘yib yeb olingiz»,— deganlar». Ibn Umar oldilariga ovqat qo‘yilsa-yu, namozga takbir aytilsa, ovqatni to‘yib yeb olmagunlaricha namozga kelmas erdilar. Imomning qiroatini eshitib tursalar ham ovqatlanishda davom etardilar.

Ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz ovqat ustida bo‘lg‘aydirsiz-u, namozga takbir aytilg‘aydir, nafsingiz ovqatga qonguncha namozga shoshilmangiz»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:52:07
43-bob. Imomning qo‘lida yegulik narsa bo‘lsa-yu, namozga chaqirilsa...

Ja’far ibn Amr otalari Amr ibn Umayyadan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘yning qo‘l go‘shtini kesib yeyayotganlarini ko‘rdim. Shunda namozga chaqirildi. O’rinlaridan turdilar, pichoqni tashlab, tahorat olmay namoz o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:52:29
44-bob. Kimki uyida bir zarur ish qilib turgan bo‘lsa-yu, namozga takbir aytilsa, ishini tashlab, namozga chiqadir

Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oisha onamizdan «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida ne qilur erdilar?» — deb so‘radim. «Uy yumushlari birlan band bo‘lur erdilar (Janob Rasululloh xotinlariga yordam bermoqlarini nazarda tutadilar), namozga chaqirilgan kezda qilayotgan ishlarini tashlab chiqar erdilar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:52:42
45-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o‘qiganlarini hamda ul zotning buyurgan sunnaglarini o‘rgatish niyatidagina odamlarga namoz o‘qib bergan kishi

Ayyub raziyallohu anhu: «Abu Qiloba bunday degandi»,— deydilar: «Bizning mana shu masjidimizga Molik ibn Huvayris kelib: «Men o‘zi namoz o‘qimoqchi bo‘lmasam-da, sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o‘qiganlarini ko‘rgan bo‘lsam, o‘shandoq namoz o‘qib berayin»,— dedilar. Men Abu Qilobadan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nechuk namoz o‘qir erkanlar?» — deb so‘radim. «Mana bu shayximiz singari»,— dedi. Shayximiz (keksa odam erdilar), birinchi rak’atda sajdadan bosh ko‘targanlaridan keyin, ozgina o‘tirib olar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:53:17
46-bob. Olim va fozil kishilar imomlik qilishga haqliroqdirlar

Abu Muso rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lib qoldilar. Kasallari kuchaygach: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — dedilar. Oisha onamiz: «Abu Bakr ko‘ngli yumshoq kishidirlar, sizning o‘rningizda turib imomlik qila olmag‘aylar»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Odamlarga buyuringiz, Abu Bakr jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — deb qaytarib aytdilar. Oisha onamiz yana rad qildilar. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin! Siz xotinlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi xotinlar singaridirsizlar»,— deb yana qaytarib aytdilar. Janob Rasulullohning buyruqlarini Abu Bakrga yetkazishdi. Abu Bakr Janob Rasulullohning hayotliklarida jamoat oldiga chiqib imomlik qildilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam betob yotganlarida: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — dedilar. Men: «Abu Bakr o‘rningizga imomlik qilsalar, yig‘lab yuborg‘aydirlar, odamlar qiroatlarini eshitolmay qolg‘aydir, Umarga buyuringiz, imomlik qilsin!» — dedim. Keyin: «Abu Bakr sizning o‘rningizda tursalar, yig‘ilaridan qiroatlari eshitilmay qolg‘aydir, imomlikni Umarga buyura qolingiz, deb Rasulullohga aytg‘il!» —dedim Hafsaga. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tek turg‘il, sizlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi xotinlar singaridirsizlar, Abu Bakrga buyuringiz, imomlik qilsin!» — dedilar Hafsaga».

Shunda Hafsa: «Sendan hech yaxshilig‘ ko‘rmadim-da!» — degan erkanlar Oisha onamizga.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga o‘n yil ergashib yurdim, ul kishining xizmatlarini qilib, suhbatlarida birga bo‘ldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlaridan oldin betob yotganlarida Abu Bakr jamoatga imomlik qilardi. Dushanba kuni biz sahobalar namozda saf tortib turgan erdik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xujralarining pardasini ochib, bizga qaradilar. Janob Rasululloh oyoqlarida tik turar erdilar, yuzlari xuddi kitob varag‘idek oppoq, ozgin va chiroylig‘ erdi. Keyin, bizga tabassum qilib jilmaydilar. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib, suyunganimizdan safdan chiqmoqchi bo‘ldik. Abu Bakr Siddiq ersa birinchi safga kirib olmoq uchun orqasiga tisarila boshladi. Ul, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga chiqmoqchilar, deb o‘yladi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, namozni davom ettiraveringiz, degan ma’noda bizga ishora qildilar-da, pardani yopib qo‘ydilar. Ul zot shu kuni vafot etdilar».

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch kun namozga chiqa olmadilar. Namozga takbir aytildi, Abu Bakr oldinga (imomlikka) o‘tdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hujralarining pardasini ko‘tardilar. Hech qachon Janob Rasulullohning chehralarini ko‘rgan kezimizdagidek suyunmagan erdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrga «Oldinga (imomlikka) o‘tg‘il!» deb ishora qildilar-da, pardani yopdilar. Keyin, vafot etgunlaricha pardani ochmoqqa darmonlari yetmadi».

Hamza ibn Abdullohning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh og‘ir yotganlarida, «Namozga chiqa olasizmi?»—deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Abu Bakrga aytingiz, jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Oisha onamiz: «Abu Bakr ko‘ngli bo‘sh odamdirlar, qiroat qilsalar, yig‘idan to‘xtay olmag‘aylar»,— dedilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Buyuringiz unga, jamoatga imomlik qilsin!» — dedilar. Oisha onamiz yana boyagi so‘zlarini takrorladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Buyuringiz unga, jamoatga imomlik qilsin! Sizlar Yusuf alayhissalom qissasidagi xotinlar singaridirsiz»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:53:55
47-bob. Biror sababga ko‘ra, namozxonlardan birining imomning yonida turmog’i

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam betob yotganlarida Abu Bakrga jamoatga imomlik qilmoqni buyurdilar. Abu Bakr (o‘shanda) imomlik qilgan erdilar». Urva raziyallohu anhu ushbu hadisni quyidagicha davom ettiradirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlarini yengil his etib, namozga chiqdilar. Abu Bakr jamoatga imomlik qilayotgan erdi. Rasulullohni ko‘rgach, (o‘rin bo‘shatmak maqsadida) orqasiga tisarila boshladi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «O’rningdan jilmag‘il!» — deb ishora qildilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrning yoniga kelib yonma-yon o‘tirdilar. Abu Bakr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib tik turib namoz o‘qidilar. Odamlar ersa Abu Bakrga iqtido qilib namoz o‘qishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:54:08
48-bob. Kech qolayotgan imomning o‘rniga o‘tib imomlik qilayotgan odam, imom kelib qolsa, tisarilib o‘rnini bo‘shatsa ham, bo‘shatmasa ham, namoz joiz bo‘ladir

Sahl ibn Sa’d naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Amr qabilasi nizosini tinchitmoq uchun ketgan erdilar. Namoz vaqti bo‘lib qolgach, muazzin Abu Bakrga kelib: «Takbir aytayinmi?» — dedi. Abu Vakr: «Mayli»,— dedilar. Abu Bakr jamoatga imomlik qilib turganlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib qoldilar. Odamlar safdan joy berdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birinchi safga kelib turdilar. Odamlar Abu Bakrni ogohlantirmoq uchun chapak chaldilar. Abu Bakr payqamadilar. Odamlar qattiqroq chapak ura boshladilar. Shundagina Abu Bakr Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kelganlarini ko‘rdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’rningda turg‘il!» — deb ishora qildilar. Abu Bakr raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (ishonch bildirib) «Joyingda turaverg‘il!» — deb buyurganlaridan xursand bo‘lib, Ollohga hamd aytib, ikki qo‘llarini tepaga ko‘tardilar-da, orqalariga tisarilib, birinchi safga turib oldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam joylariga o‘tib jamoatga imomlik qildilar. Namoz tugagach, Abu Bakrga: «Buyurganimdan so‘ng nechun joyingizda turavermadingiz?» — dedilar. Abu Bakr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilarida namoz o‘qimoqqa Abu Bakrning haqqi yo‘qdir!» — deb javob berdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ne bo‘ldi sizlarga, ko‘p qarsak chaldingiz? Kimki namozda biror narsani ko‘rg‘aydir, tasbih (subhonalloh) aytsin, tisbih aytsa, unga qaraydilar. Chapak chalmoq ersa xotinlarning ishidir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:54:26
49-bob. Agar namozxonlarning qiroati bir xil bo‘lsa, oralarida yoshi ulug‘i imomlik qiladir

Molik ibn Huvayris naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldik. Hammamiz tengqur, yosh yigitlar erdik. Rasululloh  sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida 20 kuncha turib qoldik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam juda mehribon erdilar, (yurtimizni sog‘inganimizni bilib): «Yurtingizga qaytsangiz, u yerdagilarga dinni o‘rgatingiz, falon vaqtda falon namozni, falon vaqtda falon namozni o‘qiydirsiz, deb ularga buyuringiz, namoz vaqti bo‘lganda biringiz azon aytingiz, orangizda kattangiz imomlikka o‘tsin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 03 Oktyabr 2006, 11:54:43
50-bob. Imom biror qavmning ziyofatiga borsa, namoz vaqtida ularga imomlik qiladir

Atbon ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni uyimga taklif etgan erdim. Ul kishi kelib, kirishga ijozat so‘radilar. Keyin: «Uyingning qay yerida namoz o‘qib bermog‘imni istaydirsan?» — dedilar. Men bir joyni ko‘rsatdim. Ras ululloh sallallohu alayhi va sallam namozga turdilar. Biz u kishiga iqtido qildik. Namozdan keyin salom berdilar. Biz ham salom berdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 04 Oktyabr 2006, 07:46:45
51-bob. Imomga iqtido qilmoq kerak, ul shuning uchun imom qilingandir!

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, vafotlaridan oldingi betoblik paytlarida, o‘tirib imomlik qilar erdilar. Ibn Mas’ud: «Namozxon boshini imomdan avval ko‘tarsa, qaytarib tushirg‘aydir-da, imom boshini ikkinchi bor ko‘tarmaguncha kutib turg‘aydir, keyin imomga ergashg‘aydir»,— deganlar. Hasan Basriy: «Imom birlan birga ikki rak’at o‘qib, sajda etolmagan odam oxirgi rak’atda ikki marta sajda qilg‘aydir, keyin bir rak’atini qayta o‘qig‘aydir, sajda qilmoqni esdan chiqarib, o‘rnidan turib ketgan odam qayta o‘tirib sajda qilg‘aydir»,— deydilar.

Ubaydulloh ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Oisha onamizning huzurlariga kirdim. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning betob yotgan paytlari to‘g‘risida menga so‘zlab bersangiz!» — deb iltimos qildim. Oisha onamiz: «Mayli»,— deb hikoya qila ketdilar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam og‘irlashib qolganlarida: «Odamlar namoz o‘qidilarmi?»—deb so‘radilar. Biz: «Yo‘q, sizni kutishmoqda»,— dedik. «Tog‘oraga o‘tqazib, ustimdan suv quyingiz!» — dedilar. Biz aytganlarini qildik. O’rinlaridan tura boshlaganlarida hushlaridan ketdilar. Hushlariga kelgach: «Odamlar namoz o‘qidilarmi?»—dedilar. Biz: «Yo‘q, sizni kutishmoqda»,— dedik. Janob Rasululloh: «Tog‘oraga o‘tqazib, ustimdan suv quyingiz!» —dedilar. Biz aytganlarini qildik. O’rinlaridan turmoqchi erdilar, yana hushlaridan ketdilar. Hushlariga kelgach: «Odamlar namoz o‘qidilarmi?» — dedilar. Biz: «Yo‘q, sizni kutishmoqda»,— dedik. Masjidda odam liq to‘la. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xufton iamoziga chiqishlarini kutishmoqda. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrga imomlik qilmakni buyurdilar. Bir kishi borib, Abu Bakrga: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sizni jamoatga imomlik qilsin, deb buyurdilar»,— dedi. Abu Bakr ko‘ngli yumshoq odam erdilar. Shuning uchun ham Umarga: «Siz imomlik qilingiz!» — dedilar. Umar: «O’zingiz bunga mendan ko‘ra qaqliroqdirsiz!» — dedilar. Abu Bakr o‘sha kuni imomlik qildilar., Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlarini bir oz yengil his etib, ikki kishining yordamida namozga chiqdilar, ulardan biri Abbos edi. Abu Bakr Janob Rasulullohni ko‘rib joy bo‘shatmoqchi bo‘ldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Orqangizga tisarilmangiz, joyingizdan jilmangiz!» — deb ishora qildilar. Keyin Abbosga: «Meni yonlariga o‘tqazingiz!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Abu Bakrning yoniga o‘tqazdilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘tirib namoz o‘qidilar. Abu Bakr tik turib Rasulullohga iqtido qildilar. Odamlar ersa Abu Bakrga iqtido qilishdi».

Ubaydulloh raziyallohu anhu bunday rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Abbos huzuriga kirib, «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallamning betobliklari haqida Oisha onamiz menga aytib berganlarini sizga aytayinmi?» — dedim. «Aytg‘il!»— dedilar. Men aytdim. Biror so‘zimni inkor qilmadilar, lekin: «Ogam Abbos birlan birga bo‘lgan ikkinchi kishining nomini senga aytdilarmi?» — deb so‘radilar. Men: «Yo‘q»,— dedim. «Ul Ali erdi!» — dedilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lganlaridan uyda o‘tirgan holda namoz o‘qidilar. Iqtido qilayotganlar ersa tik turib o‘qishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «o‘tiringiz!» deb ishora qildilar. Namozdan keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom iqtido qilmoqlari uchun tayinlangandir, agar ul ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, bosh ko‘taringiz, o‘tirib namoz o‘qig‘aydir, o‘tirib namoz o‘qingiz!»— dedilar».

Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam ot minib yiqildilar, o‘ng tomonlari shilinib ketdi. Namozni o‘tirgan holda o‘qidilar. Shunda biz ham o‘tirib o‘qidik. Namozni tugatgach, bizga o‘girilib: «Gap shulkim, imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir, agar ul tik turib o‘qig‘aydir, tik turib o‘qingiz, ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, bosh ko‘taringiz, «Sami’allohu liman hamidahu» desa, «Rabbano va lakalhamd» deb aytingiz. Agar tik turib o‘qig‘aydir, tik turib o‘qingiz!» — dedilar». Imom Buxoriy aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Imom o‘tirib o‘qig‘aydir, o‘tirib o‘qingiz! »degan so‘zlarini bundan ilgarigi betoblik paytlarida aytganlar, so‘nggi kasal bo‘lganlarida ersa Janob Rasululloh o‘tirib namoz o‘qiganlar. Odamlar tik turib o‘qishgan, ularga o‘tirmoqni buyurmaganlar. Oxirgisi hisobga oling‘aydir,zero oxirgisi Janob Rasulullohning tabiatlariga mosdir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 04 Oktyabr 2006, 07:47:25
52-bob. Imomga iqtido etib namoz o‘qiyotgan odam qachon sajda qiladir?

Anas raziyallohu anhu: «Imom sajda qilsa, sajda qilingiz!» — deydilar.

Abdulloh ibn Yazid: «Quyidagini menga Barro aytib bergan erdi, ul hech yolg‘on so‘zlamaydir»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sami’allohu liman hamidahu» deb sajdaga bormagunlaricha, birontamiz sajdaga bormas erdik, keyin sajda qilar erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 04 Oktyabr 2006, 07:47:36
53-bob. Imomdan avval boshini ko‘targan odamning gunohi

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oralaringizda kimdir imomdan avval boshini ko‘targaydir, uning boshini Olloh taolo eshakning boshiga yokim ko‘rinishini eshakning ko‘rinishiga aylantirib qo‘ymog‘idan qo‘rqmag‘aymi (qo‘rqmag‘aydirmi)?» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 04 Oktyabr 2006, 07:47:51
54-bob. Qul yoki ozod qilingan qulning imomlikka o‘tmog‘i haqida

Oisha onamizga Zakvon degan qullari imomlik qilur erdi, Qur’onga ko‘ra, haromi bola ham, badaviy ham, balog‘atga yetmagan bola ham imom bo‘lmog‘i joizdir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imomlikka Qur’oni Karimni mukammal bilgan kishi o‘tg‘aydir»,—deganlari uchun ham Imom Buxoriy: «Qul, biror aybi bo‘lmasa, jamoatga qatnashmakdan mahrum qilinmag‘aydir»,— deydilar».

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Qubodagi Asaba degan joyga kelgan dastlabki muhojirlarga (Rasulullohning kelishlaridan avval) Abu Huzayfaning ozod qilingan quli Solim imomlik qilur erdi. U Qur’onni hammadan yaxshiroq bilur erdi».

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Garchi sizlarga boshi mayizdek qop-qora qul boshliq qilib tayinlansa ham, unga quloq solib, itoat etingiz!» — deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 04 Oktyabr 2006, 07:48:01
55-bob. Imom yomon imomlik qilsa, gunohi o‘ziga

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imomlar sizlarga imomlik qilib namoz o‘qiydirlar. Agar to‘g‘ri, to‘liq o‘qig‘aydirlar, sizlarga ham, o‘zlariga ham savob, bo‘lg‘aydir. Xato qilsalar, sizlarga savob-u, gunohi o‘zlariga bo‘lg‘aydir»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 04 Oktyabr 2006, 15:53:09
56-bob. Yo‘ldan ozgan va bid’atchi odamning imomligi xususida

Hasan Basriy: «Bid’atchining orqasida ham namoz o‘qiyverg‘il, bid’atining zarari o‘zigadir»,— deganlar. Imom Buxoriy: «(Ushbu hadisni) bizga Muhammad ibn Yusuf aytib berdilar»,— deydilar.

Ubaydulloh ibn Adiy ibn Xiyor Usmon ibn Affonning huzurlariga kirdi. Hazrat Usmon siqilib o‘tirgan erkanlar. Usmonga: «Siz jamoat imomidirsiz, boshingizga nechuk ishlar tushdi, ko‘rib turibsiz. Bizga ersa fitnachi kishilar imom bo‘lib olmishlar, biz ularga iqtido qilib, gunohkor bo‘lmakdan qo‘rqadirmiz»,— dedi. Shunda Usmon: «Namoz odamlar qilayotgan ishlarning eng yaxshisidir. Agar kishilar xayrlik ish qilayotgan bo‘lsalar, sen ham ularning xayrlik ishlariga bosh qo‘shg‘il, agar yomon ishga qo‘l urgan bo‘lsalar, ularning yomonligidan chetlang‘il!»—dedilar. Zuhriy: «Juda zarur bo‘lmasa, xotinchalish (xunasa) odamga iqtido qilinmaydir»,— deydilar.

Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam Abu Zarrga: «Agar boshi mayizdek qop-qora habash imom ersa ham, unga quloq solg‘il va itoat etg‘il!»—degan ekanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 04 Oktyabr 2006, 15:53:47
57-bob. Agar namoz o‘qiyotganlar ikki kishi bo‘lsa, biri imom bo‘lib, ikkinchisi uning o‘ng tomoniga o‘tib iqtido qiladir

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Maymuna xolamnikida tunab qoldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftonni masjidda o‘qidilar. Keyin, uylariga kelib to‘rt rak’at namoz o‘qidilar. So‘ng, uxladilar, keyin o‘rinlaridan turib, tahorat olib namoz boshladilar. Men chap yonlariga borib turdim. Meni o‘ng yonlariga o‘tkazib qo‘ydilar. Avval besh rak’at, keyin ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng uxladilar, hatto pishillaganlarini eshitdim. Keyin, namozi bomdodni o‘qigani chiqib ketdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 04 Oktyabr 2006, 15:55:14
58-bob. Agar iqtido qilg‘uvchi birgina bo‘lsa-yu, imomning chap tomonida tursa, imom uni o‘ng tomoniga o‘tkazib qo‘ysa, namozlari buzilmaydir

Ibn Abbos naql qiladirlar: «Maymuna xolamnikida tunab qoldim. O’sha kechasy Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xolamning uylarida erkanlar. Tahorat olib namozga turdilar. Men chap tomonlarida turib iqtido qildim, meni o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar. Shunda o‘n uch rak’at namoz o‘qidilar. Keyin, uxladilar, hatto pishilladilar ham. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uxlasalar, pishillar edilar. Keyin, ul kishini muazzin kelib chaqirdi. Chiqib jamoatga imomlik qildilar, tahorat olmadilar (yonboshlab dam olganlarida, qalblari uyg‘oq bo‘lgani uchun tahoratlari sinmas erdi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 04 Oktyabr 2006, 15:57:13
59-bob. Kishining imomlik qilaman degan niyati bo‘lmasa-yu, odamlar kelib unga iqtido qilinsa...

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Maymuna xolamnikida tunab qoldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi turib namoz o‘qidilar. Men ham turib u kishi birlan o‘qidim. Chap tomonlarida turgan erdim, belimdan ushlab o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 04 Oktyabr 2006, 15:57:48
60-bob. Agar imom namoznm cho‘zib yuborsa-yu, iqtido qilg‘uvchining biror hojati bo‘lsa, u safdan chiqib, o‘zi o‘qib olsa...

Jobir ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Muoz ibn Jabal Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga xuftonni o‘qib, so‘ng borib qavmiga imomlik qilur erdi. (Bir kuni) xuftonda qavmiga ymomlik qilayotib Surai Baqarani zam qildi. Shunda bir kishi safdan ajralib chiqdi-da, o‘zi alohida namoz o‘qib, ketdi. Muoz u kishini yomonlagandek bo‘ldi. Buni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetkazdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muozga: «Sen fitnachidirsan, fitnachidirsan, fitnachidirsan!» yoki «Bunaqa holda fitnachi bo‘lib qolg‘aysan, fitnachi bo‘lib qolg‘aysan, fitnachi bo‘lib qolg‘aysan!»—deb uch marta aytdilar-da, bundan keyin (o‘lchami) o‘rtacharoq ikkita surani zam qilmakni buyurdilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam buyurgan o‘sha suraning qaysi ekanligini eslay olmayotirman»,— deydilar Amr raziyallohu anhu».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 05 Oktyabr 2006, 07:45:23
61-bob. Imomning qiyomni yengilroq, ruku’ va sujudni to‘laroq qilmog‘i xususida

Abu Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Men, falonchi imom namozni cho‘zib yuborayotgani uchun namozi bomdodga bormayotirman»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning va’z aytayotganlarida o‘sha kundagidan ko‘ra g‘azablanganroq holatlarini ko‘rmaganman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘shanda: «Sizlarning oralaringizda odamlarni jamoat namozidan bezdirayotganlar bordir. Qay biringiz jamoatga imomlik qilgaydirsiz, namozni osonlashtiringiz, chunkim namozxonlar orasinda zaif, kasalmand, keksa va ishi zarur odamlar bordir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 05 Oktyabr 2006, 07:45:34
62-bob. Agar kishi namozni yolg‘iz o‘zi o‘qisa, xohlaganicha cho‘zaversin!

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangiz jamoatga imomlik qilg‘aydirsiz, namozni osonlashtirib o‘qingiz, chunkim namozxonlar orasinda zaif, kasal va keksalar bordir. Agar qaysi biringiz namozni yolg‘iz o‘zingiz o‘qig‘aydirsiz, istagancha cho‘zaveringiz!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 05 Oktyabr 2006, 07:47:10
63-bob. Imom namozni cho‘zib yuborganda ustidan shikoyat qilgan kishi

Abu Usayd: «Namozimizni juda ham cho‘zib yubording, ey bolam!» — degan ekanlar.

Abu Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, imom namozni cho‘zib yuborayotganidan bomdod namoziga bormayotirman»,— dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘azablandilar. O’sha kundagidan ko‘ra qattiqroq g‘azablanganlarini ko‘rmagan erdim. Janob Rasululloh: «Ey odamlar, sizlarning oralaringizda namozdan bezdirg‘uvchilar bordir. Kimki imom bo‘lib (namoz) o‘qig‘aydir, yengil o‘qisin, chunki uning orqasinda zaif, keksa va ishi zarur kishilar bordir!»—dedilar».

Jobir ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Qorong‘i kecha erdi. Muoz jamoatga imomlik qilib xufton o‘qiyotgan paytda bir kishi ikki tuyani yetaklab kelib qoldi. Tuyalarini ko‘yib, Muozga iqtido qildi. Muoz «Surai Baqarani» yoki «Surai Nisoni» zam qilib o‘qiy boshlaganda boyagi kishi oradan chiqib ketdi. Muoz uning orqasidan yomonlab qoldi. Buni ul kishiga yetkazishgan erdi, borib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga shikoyat qildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muozga: «Ey Muoz, sen fitnachidirmisan yokim g‘aybatchidirmisan?» — deb uch marta .qaytarib aytdilar, keyin: «Sabbih-isma rabbika-l-a’lo...» va «Va-sh-shamsi va zuhoho...» hamda «Va-l-layli izo yag‘sho...» deb boshlanadigan suralarni zam qilib o‘qisang bo‘lmag‘aymidir?! Axir sening orqangda keksa, zaif va hojatmand kishilar ham borku!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 05 Oktyabr 2006, 07:47:31
64-bob. Namozni qisqa va mukammal o‘qimoq to‘g‘risida

Anas ibn Molik: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni qisqa qilib ham, mukammal qilib ham o‘qir erdilar» — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 05 Oktyabr 2006, 07:52:45
65-bob. Chaqaloq yig‘lab qolganda namozni qisqaroq o‘qimoq xususida

Abu Qatoda rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Men namozni uzunroq qilib o‘qimoqchi bo‘lganimda, chaqaloq yig‘lab qolsa, onasiga og‘ir tushmasin deb, qisqaroq o‘qiydirmen»,— degan ekanlar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ko‘ra namozni qisqaroq va mukammalroq o‘qiydirgan birorta odamni uchratmadim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chaqaloq yig‘isini eshitib, onasiga qiyin bo‘lmasin deb, namozni qisqaroq o‘qir erdilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men namozni uzunroq o‘qimoqchi bo‘lib boshlaydirman-u, ammo chaqaloqning yig‘isini eshitib, onasiga og‘ir bo‘lmasin deb, qisqartirg‘ayman»,— degan ekanlar».

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men, namozni uzunroq o‘qiydirman, deganimda chaqaloqning yig‘isini eshitib qolg‘ayman. Shunda o‘ning onasiga og‘ir tushmoqligini fahmlab, namozni yengillatg‘ayman»,— degan ekanlar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men namozni uzunroq o‘qimoqchi bo‘lib boshlaydirman-u, ammo bola yig‘isini eshitib qolib, uning onasi aziyat chekmog‘ini o‘ylab, yengillatg‘ayman»,— degan ekanlar».
bb-bob. Bir kishi imomga iqtido qilib namoz o‘qisa-yu, so‘ng o‘z qavmiga borib imomlik qilsa...
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 05 Oktyabr 2006, 07:54:04
66-bob. Bir kishi imomga iqtido qilib namoz o’qisa-yu, so’ng o’z qavmiga borib imomlik qilsa"¦

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Muoz raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib namoz o‘qidilar, so‘ng o‘z qavmlariga borib imomlik qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 05 Oktyabr 2006, 07:54:26
67-bob. Imomning takbirini odamlarga eshittirib turgan kishi

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og‘ir yotganlarida Bilol namozga chaqirib keldi. Shunda Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, Abu Bakr ko‘ngli bo‘sh odamdirlar, ul kishi sizning o‘rningizda imomlik qilsalar, odamlar yig‘ilaridan qiroatlarini eshitolmay qolg‘aydir, yaxshisi Umarga buyuringiz!» — dedim. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!»— deb qaytarib aytdilar. Men Hafsaga: «Abu Bakr ko‘ngli bo‘sh odamdirlar, o‘rningizda tursalar, yig‘ilaridan odamlar Qiroatlarini eshitmay qolg‘aydirlar, Umarga buyura qolingiz, deb Rasulullohga aytg‘il!»— dedim. Rasululloh: «Sizlar Yusuf alayhissalom qissasidagi xotinlar singaridirsizlar. Buyuringiz Abu Bakrga, jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Abu Bakr namozni boshlagach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yengil tortdilar. Keyin, ikqi kishi yordamida oyoqlarini zo‘rg‘a bosib masjidga chiqdilar. Abu Bakr Rasulullohning sharpalarini sezib joy bo‘shatmoq uchun orqaga tisarila boshladilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’rningdan qimirlamag‘il!» — deb ishora qildilar. Rasululloh sallallohu alay hi va sallam Abu Bakrning chap yonlariga kelib o‘tirdilar. Abu Bakr tik turib o‘qidilar. Janob Rasululloh o‘tirgan hollarida o‘qidilar. Abu Bakr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aytayotgan takbirlarini odamlarga eshittirib turdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 05 Oktyabr 2006, 07:54:46
68-bob. Bir kishi imomga, odamlar ersa unga iqtido qilmog‘i xususida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Siz menga iqtido qilingiz, sizga orqangizdagilar iqtido qilsinlar!»— deganlari xususida quyidagi hadis zikr qilinadi:

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam og‘ir yotganlarida Bilol ul kishini namozga chaqirib keldi. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga o‘tib imomlik qilsin!» — dedilar. Men: «Yo Rasululloh, Abu Bakr ko‘ngli bo‘sh odamdirlar, ul kishi sizning o‘rningizda imomlik qilsalar, yig‘ilaridan odamlar qiroatlarini eshitolmay qolg‘aydirlar, yaxshisi Umarga buyura qolingiz!»—dedim. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Shunda men Hafsaga: «Abu Bakr ko‘ngli bo‘sh odamdirlar, o‘rningizga imomlik qilsalar, yig‘lab yuboradilar, odamlar qiroatlarini eshitolmag‘aydirlar, Umarga buyura qolingiz, deb Rasulullohga aytg‘yl!» — dedim. Rasululloh: «Sizlar Yusuf alayhissalom qissasidagi xotinlarga o‘xshaydirsizlar, buyuringiz, Abu Bakr jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar.

Abu Bakr imomlik qilmoqqa kirishgach, Rasululloh yengil tortdilar, so‘ng ikki kishi ko‘magida oyoqlarini sudrab bosib masjidga chiqdilar. Abu Bakr Janob Rasulullohning kelayotganlarini sezib, joy bo‘shatmoqchi bo‘ldilar. Rasululloh: «Urningda turaverg‘il!»—deb ishora qildilar. Rasulullohni Abu Bakrning chap yonlariga olib borib o‘tqazishdi. Rasululloh o‘tirgan hollarida imomlik qildilar, Abu Bakr ul kishiga, odamlar ersa Abu Bakrga iqtido kildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 05 Oktyabr 2006, 07:55:02
69-bob. Imom ikkilansa, odamlarning so‘ziga ishonadirmi?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at o‘qib, namozni tugatdilar, salom berib odamlarga o‘girildilar. Shunda Zalyadayn: «Yo Rasululloh, namoz qisqardimi yo esingizdan chiqardingizmi?» — dedi. Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Zulyadayn to‘g‘ri aytmakdami?» — dedilar. ,

Odamlar Zulyadaynning so‘zini tasdiqlashdi.Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana ikki rak’at o‘qidilar, odamlar ul kishiga iqtido qildilar, so‘ng salom berdilar. Keyin, takbir aytib, avvaldagidek yokim undan ham uzunroq sajdai sahv qildilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam . peshin namozini ikki rak’at o‘qidilar. Shunda Janob Rasulullohga: «Ikki rak’at o‘qidingiz»,— deyishdi. Janob Rasululloh yana ikki rak’at, namoz o‘qib, salom berdilar, keyin sajdai sahv qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 05 Oktyabr 2006, 07:56:16
70-bob. Imom namozda yig‘lasa...

Abdulloh ibn Shaddod rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umarning «Innamo ashku bassiy va huzniy ila-l-lohi» (Dardu g‘amimdan faqat Ollohning o‘zigagina shikoyat qilg‘aydurmen) degan oyatni o‘qiyotib yig‘layotganlarini men oxirgi safda turib ham eshitdim».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam kasal bo‘lib yotganlarida: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Men: «Abu Bakr sizning o‘rningizga tursalar, yig‘ilaridan odamlar qiroatlarini eshita olmag‘aydirlar, Umarga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsinlar!» — dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!»—deb qaytarib aytdilar. Shunda men Hafsaga: «Abu Bakr sizning o‘rningizga tursalar, odamlar yigilaridan qiroatlarini eshita olmag‘aydirlar, Umarga buyuringiz, imomlik qilsin, deb Rasulullohga aytg‘il!» — dedim. U shunday dedi. Shunda Rasululloh: «Tek turg‘il, sizlar Yusuf alayhissalom qissasidagi xotinlar kabisizlar. Dilingizdagining aksini aytg‘aysizlar. Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!» — dedilar.

Hafsa menga: «Sendan hech yaxshilig‘ ko‘rmadim!»—dedi xafa bulib».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 05 Oktyabr 2006, 16:16:58
71-bob. Takbir aytayotganda va undan keyin saflarni to‘g‘rilash

No‘mon ibn Bashir naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, saflaringizni to‘g‘rilamasangiz, Olloh taolo dillaringizni bir-biriga qarama-qarshi qilib qo‘yg‘aydir!» — deb aytganlar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Saflarni to‘g‘rilangiz, men sizlarni teskari turib ham ko‘rg‘aydurmen!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 05 Oktyabr 2006, 16:21:04
72-bob. Saflar to‘g‘rilanayotganda imomning odamlarga o‘girilib qaramogi

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Namozga takbir aytildi. Rasululloh yuzlarini bizga o‘girib qaradilar-da: «Saflarni to‘g‘rilangiz, jipslashib turingiz, men sizlarni teskari turib ham ko‘rg‘aydurmen!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 05 Oktyabr 2006, 16:22:23
73-bob. Birinchi saf

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam bunday degandilar»,— deydilar: «Suvda g‘arq bo‘lganlar, qorin og‘rig‘i va vabodan o‘lganlar yokim biror narsa bosib qolib o‘lganlar shahid o‘lgan hisoblanur. Kishilar namozga erta kelmog‘ning nechuk savobi borligini bilsalar erdi, (masjidga kim oldin bormakka) musobaqa qilishur erdi. Namozi xufton birlan namozi bomdodda nechuk savob borligini bilganlarida, sudralib (emaklab) bo‘lsa ham (masjidga) kelishur erdi. Birinchi safda nechuk savob borligini bilishsa erdi, qur’a (chek) tashlashar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 05 Oktyabr 2006, 16:22:37
74-bob. Safni to‘g‘rilamoq namozning mukammal bo‘lmog‘i shartlaridandir!

Abu Hurayra quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir, bunga rioya qilingiz. Agar ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz, agar «Sami’allohu liman hamidahu» degaydir, «Rabbano va laka-l-hamd» deb aytingiz! Agar sajda qilg‘aydir, sajda qilingiz, agar o‘tirib o‘kig‘aydir, hammangiz o‘tirib o‘qingiz! Namozda safni to‘g‘rilangiz, chunkim safning to‘g‘ri bo‘lmog‘i namoz ko‘rkidir!» — dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Saflaringizni to‘g‘rilangiz, chunkim saflarni to‘g‘ri qilmoq namozning mukammal bo‘lmog‘idir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 05 Oktyabr 2006, 16:22:50
75-bob. Safni to‘g‘rilamagan (to‘ldirmagan) kishining gunohi

Bashir ibn Yasor rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu Basradan Madinaga keldi. Anasga: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam davrlaridan keyin bizdan qanday kamchilik topdingiz?»— deyishdi. Anas: «Sizlar safni to‘g‘rilab, to‘ldirmas ekansizlar, bundan bo‘lak xato topmadim»,— dedi. (Imom Buxoriy safni to‘g‘rilamoqni — vojib, mujtahid ulamolar ersa — sunnat deb hisoblag‘aylar. Chunki Anas ularga namozni qaytarib o‘qimakni buyurmadilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 06 Oktyabr 2006, 11:17:12
76-bob. Safda oyoqni oyoqqa, yelkani yelkaga tegizib turmoq

Nu’mon ibn Bashir: «(Safda) har birimizning tavonimiz yonimizdagining tavoniga tegib turganining shohidi bo‘lganman»,— deydilar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Safingizni to‘g‘rilab turingiz, men sizlarni teskari turib .ham ko‘rg‘aydirmen»,— degan erdilar. Biz, Rasulullohning davrlarida safda turganimizda har birimizing yelkamiz yonimizdagining yelkasiga, oyog‘imiz oyog‘iga tegib turar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 06 Oktyabr 2006, 11:17:22
77-bob. Agar iqtido qiluvchi kishi imomning chap yoniga kelib tursa, imom uni orqa tomonidan aylantirib, o‘ng yoniga turg‘izib qo‘ysa, namoz buzilmaydir

Ibn Abbos quyidagi hadisni aytdilar: «Bir kuni tunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qidim. O’shanda chap tomonlariga kelib turgan erdim. Janob Rasululloh meni boshimdan ushlab, orqa tomonlaridan aylantirib, o‘ng yonlariga turg‘azib qo‘ydilar. Namozdan keyin yonboshladilar, so‘ng muazzin keldi, o‘rinlaridan turib namoz o‘qidilar, (qayta) tahorat olmadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 06 Oktyabr 2006, 11:17:35
78-bob. Ayolning yakka o‘zi bir saf bo‘ladi

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men va oir yetim bola biznikida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamg‘a iqtido qilib namoz o‘qidik, onam Ummu Sulaym ersa orqamizda turib iqtido qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 06 Oktyabr 2006, 11:17:45
79-bob. Imom va masjidning o‘ng tomoni afzal

Ibn Abbos quyidagi hadisni aytdilar: «Bir kuni kechasi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning chap tomonlarida turib iqtido qildim. Shunda Rasululloh qo‘limdan ushlab, «Orqamdan aylang‘il!»— deb ishora qildilar-da, o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 06 Oktyabr 2006, 11:17:58
80-bob. Agar imom bilan qavm (namozxonlar) o‘rtasida devor yokim qandaydir to‘siq bo‘lsa...

Hasan Basriy: «Sen birlan imom o‘rtasida daryo bo‘lsa ham unga iqtido qilib namoz o‘qimog‘ingning zarari yo‘qdir»,— deydilar. Abu Mijlaz: «Garchi namozxon birlan imom orasidan yo‘l o‘tgan bo‘lsa-da, takbir ovozi , eshitilib tursa, iqtido qilib namoz o‘qilaverg‘aydir»,—deydilar.

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam kechasi bir to‘siq ortida namoz o‘qiy boshladilar, to‘siqning bo‘yi past erdi. Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib, o‘rtalarida to‘siq bo‘lsa-da, ul kishiga iqtido qilib namoz o‘qidilar. Tong otguncha namoz o‘qidilar, keyin o‘rtada to‘siq bo‘lganda namoz o‘qimoq haqida suhbatlashdilar. Ertasi kechasi ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga turdilar, odamlar ul kishiga iqtido qilishdi. Bu narsa 2 yoki 3 kecha qaytarilgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha joyga namoz o‘qimoqqa chiqmadilar. Tong otgach, odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan bu kecha namozga chiqmaganliklarining sababini so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men kechasi turib namoz o‘qimoq sizlarga farz bo‘lib qolmog‘idan qo‘rqdim»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 06 Oktyabr 2006, 11:18:12
81-bob. Kechasi (turib) namoz o‘qimoq

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir bo‘yralari bo‘lardi. Kunduzi (ustida) o‘tirar erdilar, kechasi esa (namoz o‘qiyotganlarida o‘sha birlan qibla tomonni) to‘sib qo‘yar erdilar. Odamlar ul kishiga iqtido qilib namoz o‘qishar erdi».

Zayd ibn Sobit quyidagi hadisni aytdilar: «RasululLOH sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga to‘siq qilib oldilar (nazarimda, Busur ibn Sa’id menga: «Ramazonda bo‘yradan to‘sik qilib oldilar»,— degandi). Ramazonda bir necha kecha namoz o‘qidilar, ba’zi sahobalar to‘siq ortida turib ul kishiga iqtido qilib namoz o‘qidilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam buni bilib qolib, tashqariga chiqmay, uylarida namoz o‘qidilar. Keyin chiqib: «Ey odamlar, men sizlarning qilayotgan ishlaringizdan boxabarmen, (naflni) uylaringizda o‘qingiz. Chunkim (nafl) namozini uyda, farz namozini ersa masjidda o‘qimoq afzaldir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 06 Oktyabr 2006, 11:19:23
82-bob. Namozni «Ollohu akbar» deb takbiri tahrima aytish bilan boshlamoqning fazilati

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam otdan yiqilib, o‘ng yonlari shikastlandi. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi bir namozda o‘tirgan hollarida imomatga o‘tdilar. Biz ham o‘tirib iqtido qildik. Namozdan keyin Janob Rasululloh bizga: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir. Agar ul tik turib o‘qigaydir, tik turib o‘qingiz. Agar ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz. Agar «Sami’allohu liman hamidahu» degaydir, «Rabbano va laka-l-hamd» deb aytingiz!» — dedilar».

Anas raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam otdan yiqilib, oyoqlari shilinib keldilar. Shunda biz bilan o‘tirib namoz o‘qidilar, biz ham o‘tirgan holda iqtido qildik. Namoz tugagach, bizga o‘girilib: «Imom iqtido qilmoqlari uchundir. Ul takbiri tahrima aytsa, takbiri tahrima aytingiz. Ruku’ qilsa, ruku’ qilingiz, ruku’dan tursa, turingiz. Agar «Sami’allohu liman hamidahu» desa, «Rabbano va laka-l-hamd» deb aytingiz. Sajda qilsa, sajda qilingiz!»—dedilar».

Abu Hurayra quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qiling‘aydir, agar imom takbiri tahrima aytg‘aydir, takbiri tahrima aytingiz, ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz, «Sami’allohu liman hamidahu» degaydir, «Rabbano va laka-l-hamd» deb aytingiz, sajda qilg‘aydir, sajda qilingiz. O’tirib o‘qig‘aydir, o‘tirib o‘qingiz!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 06 Oktyabr 2006, 11:19:37
83-bob. Takbiri tahrima aytmoq ayni paytda qo‘lni ko‘tarmoq birlan boshlanur

Solim ibn Abdullohning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qishni boshlayotganlarida qo‘llarini yelka barobar ko‘tarar erdilar, takbir aytib ruku’ qilayotganlarida ham, ruku’dan bosh ko‘tarayotganlarida ham qo‘llarini yelka barobar ko‘tarar erdilar va «Sami’allohu liman hamidahu», «Rabbano va laka-l-hamd»,— der erdilar. Lekin sajda qilayotganda bunday qilmas erdilar».

Abdulloh ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiyotib qo‘llarini yelka barobarida ko‘targanlarini ko‘rdim. Takbir aytib ruku’ qilayotganlarida ham, ruku’dan boshlarini ko‘tarayotganlarida ham shunday qilar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 06 Oktyabr 2006, 11:19:52
84-bob. Takbiri tahrima aytayotganda qo‘lni qaergacha ko‘tarmoq lozim?

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalar birlan namoz o‘qiyotib qo‘llarini yelka barobarida ko‘tardilar»,— deydilar Abu Humayd.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning takbiri tahrima aytayotganlarida qo‘llarini yelka barobarida ko‘targanlarini ko‘rdim, ruku’da takbir aytayotganlarida ham, «Sami’allohu liman hamidahu» deganlarida ham shunday qildilar. Sajda qilayotganlarida «Rabbano va laka-l-hamd» dedilar, lekin qo‘llarini ko‘tarmadilar, sajdadan boshlarini ko‘tarayotganlarida ham bunday qilmadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 06 Oktyabr 2006, 11:20:03
85-bob. Ikkinchi rak’atdan turganda qo‘lni ko‘tarmoq

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu takbiri tahrima aytib namozni boshlayotganlarida qo‘llarini yelka barobarida ko‘tarar erdilar. Ruku’ qilganlarida ham, «Sami’allohu liman hamidahu» deganlarida ham, ikkinchi rak’atdan turganlarida ham shunday qilar erdilar (Ibn Umar raziyallohu anhu buni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga nisbat berg‘aydirlar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:03:56
86-bob. Namozda (qiyomda) o‘ng qo‘lini chap qo‘lining ustiga qo‘ymoq

Sahl ibn Sa’d naql qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam odamlarga namozda (qiyomda)turganda o‘ng qo‘lni chap bilak ustiga qo‘ymoqni buyurar erdilar (Ibn Hazm: «Bunday qilmoqni kim buyurganligini aniq ayta "olmasmen, amma Sahl ibn Sa’d buni Janob Rasulullohga nisbat berg‘aydir»,— deydilar. Imom Buxoriy: «Nisbat berilg‘aydir»,—deydilar-u, biroq kimga nisbat. berilmog‘ini aytmaydilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:04:09
87-bob. Namozda (Ollohga) bo‘yin egib turmoq

Abu Hurayra quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni sizlar faqat qarshisidagini ko‘rg‘aydir, deb o‘ylaydirmisiz? Ollohga qasam ichib ayturmenkim, menga sizlarning ruku’laringyz ham, xushu’laringiz (xudoga bo‘yin egib turishlaringiz) ham maxfiy ermasdir, men sizlarni orqamni o‘girib turganimda ham ko‘rg‘aymen»,— dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ruku’ va sajdalarni to‘la-to‘kis bajaringiz, men sizlarning ruku’ va sajdalaringizni orqamny o‘girib turib ham ko‘rg‘aymen (yokim «ketimdan ham ko‘rib turg‘aymen»)»,—degan edilar shekilli».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:04:27
88-bob. Namozxon takbiri tahrimadan keyin nimani o‘qiydir?

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Umar namozni «Alhamdu lillohi rabb il-olamiyn» ni o‘qimoq birlan boshlar erdilar»,— deydilar.

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam takbiri tahrima birlan namoz qiroati o‘rtasida jim qolar erdilar»,— deb aytgan erkanlar Abu Hurayra.

«O’shanda Abu Hurayra: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oz jim qolar erdilar»,— deb aytgan erdi shekilli. Men bir kuni Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, ota-onam haqqi-hurmati, takbiri tahrima birlan namoz qiroati o‘rtasida jim qolganingizda ichingizda nelarni o‘qiydirsiz? deb aytdim»,— deydilar Abu Zarr. Janob Rasululloh: «Ilohi, men birlan xatolarim orasini Mag‘rib birlan Mashriq oralig‘idek uzoq qilg‘il, oppoq matoga tekkan dog‘ni suv, qor va muz birlan yuvib ketgazgandek, meni gunohlarimdan forig‘ etgil! deyman»,— dedilar».

Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda o‘qiladirgan namoz (salot ul-kusuf) o‘qidilar. Qiyomda uzoq turib qoldilar. Keyin, ruku’ qildilar, ruku’da ham uzoq turib qoldilar. Keyin, yana ruku’ qildilar, bu gal ham uzoq turib qoldilar. So‘ng, qadlarini tiklab undan ham uzoq turib qoldilar, so‘ngra uzoq ruku’ qildilar, keyin sajda qildilar, sajdada ham uzoq turib qoldilar. Sajdadan boshlarini ko‘tarib, yana sajda qildilar. Bu safar ham uzoq turib qoldilar. So‘ngra, qiyomga turib uzoq jim qoldilar, keyin uzoq ruku’da turdilar, so‘ng turib, qiyomda uzoq turdilar, keyin yana ruku’ qildilar, ruku’da uzoq turdilar, so‘ng ruku’dan turib, qiyomda uzoq turdilar, keyin yana ruku’ qildilar, ruku’da uzoq turdilar( so‘ngra ruku’dan turib, yana sajda qildilar, sajdada uzoq turdilar, keyin sajdadan bosh ko‘tarib, yana sajda qildilar, sajdada uzoq turdilar. So‘ng, namozni (tugatib) o‘girildilar-da: «Hozirgina jannat menga juda yaqin keldi, hatto jur’at qilib qo‘l uzatsam, mevalaridan sizlarga olib chiqqan bo‘lur erdim. Do‘zax ham menga shundoqqina yaqin keldi, hatto: «Yo rabbiy, men shular birlan birgamanmi (ular birlan birga meni ham azoblag‘aydirsanmi)?»—deb yubordim. Nogahon, mushuk tirnab azoblayotgan bir xotinga ko‘zim tushdi: «Buning ne gunohi bordir?» — dedim. «Mushukni qamab qo‘yib, unga ovqat bermagan, o‘zi yemak topib yesin, deb ham qo‘yib yubormagan. Natijada mushukni ochlikdan o‘ldirgan»,— dedilar».

Nofi’: «O’shanda, Janob Rasululloh: «O’zi hasharot topib yesin deb ham qo‘yib yubormagan» degandilar shekilli»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:04:47
89-bob. Namoz o‘qiyotib imomga qaramoq

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam Kun tutilganda o‘qiladirgan namoz haqida gapirayotib: «Men do‘zaxning parchalanib ayqash-uyqash bo‘lib ketganini ko‘rib, vahmdan orqamga tisarildim»,— dedilar».

Abu Ma’mar raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Biz Xabbobdan «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinda va asrda zam sura o‘qirmi erdilar?»—deb so‘radik. «Ha»,— dedi. «Buni qanday» qilib bilur erdingiz?»—dedik. «Soqollarining qimirlashidan»,— dedi (demak, ul kishi namoz vaqtida imomga qaraganlar)».

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sahobalar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib namoz o‘qiyotganlarida Janob Rasulullohning sajdaga borganlarini ko‘rmagunlaricha sajda qilishmas erdi».

Abdulloh ibn Abbos naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Kun tutildi. Janob Rasululloh Kun tutilganda o‘qiladigan namozni o‘qidilar. Namozdan keyin: «Yo Rasululloh, qiyomda turganingizda nimanidir ushlamoqchi bo‘lib qo‘l uzatganingizni va orqangizga tisarilganingizni ko‘rdik»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Men jannatni ko‘rib, uning mevasidan olmoqchi bo‘ldim. Agar olganimda, uni qiyomatga qadar tanovul qilib yurgan bo‘lur erdingizlar»,.— dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam biz birlan namoz o‘qib, so‘ng minbarga ko‘tarildilar. Qo‘llari birlan masjidning qibla tomoniga ishora qilib: «Hozirgina, siz birlan namoz o‘qiyotganimda ana shu devor tomonda jannat va do‘zaxni ko‘rdim, xuddi surati tushirilgandek juda aniq ko‘rdim, yaxshilik birlan yomonlikning farqini bugungidek aniq ko‘rmagan erdim»,— deb uch marta aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:04:59
90-bob. Namoz o‘qiyotib osmonga nazar tashlamoq

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlarga ne bo‘libdir o‘zi? Namoz o‘qiyotib nuqul osmonga qaraydirlar?» — dedilar. Keyin, bu haqda: «Odamlar namoz o‘qiyotib osmonga qaramoqni bas qilsalar, qilg‘aylar, bo‘lmasa ko‘zlari ko‘r qiling‘aydir»,— deb qattiqroq gap aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:05:13
91-bob. Namoz o‘qiyotib u yoq, bu yoqqa alanglashning makruhligi

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Namoz o‘qiyotib u yoq, bu yoqqa alanglamoq to‘g‘risida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘radim. .Janob Rasululloh: «Bu — shaytonning bandaning namozidan bir changal (o‘g‘irlab) olmog‘idir!»—dedilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam guldor qamisa kiyib namoz o‘qidilar. So‘ng: «Bu kiyimning gullari dilimni mashgul qildi (meni alaxsitdi). Buni Abu Jahmga olib borib beringiz, o‘rniga anbijoniyya (ko‘ylak) olib kelingiz!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:05:36
92-bob. Namozxon namoz vaqtida sodir bo‘lgan biror ishga e’tibor beradimi yoki naq qibla tomondagi biror narsaga qaraydimi?

«Abu Bakr o‘girilib qaragan erdilar, yonlarida Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdilar»,— deydilar Sahl raziyallohu anhu.

Ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jamoat oldida namoz o‘qiyotib, masjidning qibla tomoni devoridagi tupukka ko‘zlari tushdi. Darrov uni qirib tashladilar. Namoz tugagach: «Qaysi biringiz namoz o‘qiyotgan ersangiz, Olloh taolo old tomoningizda bo‘lg‘aydir. Shuning uchun hech biringiz old tomonga tupurmangiz!» — dedilar».

Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Sahobalar namozi bomdod o‘qishayotganda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Oisha onamizning hujralari pardasini ochib, ularga tabassum qilib qarab qo‘yganlari sahobalarni taajjubga soldi. Abu Bakr, Janob Rasulullohni namozga chiqmoqchilar, deb o‘ylab joy bo‘shatmoqchi bo‘ldilar. Janob Rasululloh sahobalar namozni to‘xtatmoqchi bo‘layotganlarini payqab, «Namrzni davom ettiringiz!» — deb ishora qildilar-da, pardani yopib qo‘ydilar. Shu kunning oxiriga borib Janob Rasululloh vafot etdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:05:54
93-bob. Imom va unga iqtido qilg‘uvchilarning barcha namozlarda — safarda va safarda bo‘lmagan paytda o‘qiladirgan namozlarda ham, ovoz chiqarib va ichida o‘qiladirgan namozlarda ham qiroat qilmogining vojibligi

Jobir ibn Sumra rivoyat qiladirlar: «Kufa ahli Sa’d ustidan xalifa Umarga shiyoyat qilgakda Hazrat Umar uni amirlikdan bo‘shatib, o‘rniga Ammorni tayinlagan erdilar. O’shanda Kufa ahli Sa’dning har bir ishidan kir qidirib shiqoyat qilishgan erdi, hatto «Sa’d namozni yaxshi o‘qimaydir»,— deb ham aytishgan erdy. Hazrat Umar Sa’dga odam yubordilar. Kelgach, unga: « Ey Abu Ishoq, Kufa ahli seni, namozni yaxshi o‘qimaydir, deyishmoqda»,— dedilar. Abu Ishoq: «Ular ne desalar, deyaversinlar, ammo men Oyalohga qasam ichib ayturmenkim, ularga imomlik qilganimda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nechuk namoz o‘qigan bo‘lsalar,o‘shandoq namoz o‘qiyotirman, biror narsani tushirib qoldirayotganim yo‘q, ovoz chiqarib o‘qiydirgan joyini ovoz chiqarib, ichida o‘qiydirgan joyini ichimda qiroat qilayotirman, xufton namozining dastlabki ikki rak’atida uzoqroq turg‘ayman, keyingi ikki rak’atida ersa ozroq turg‘ayman»,—dedi. Hazrat Umar: «Bu sening fikringdir»,— deb u birlan birga bir kishini (yoki bir necha kishini) Kufaga yubordilar. Sa’d birlan birga borgan kishi Kufaning har bir masjidiga kirib, ahlidan Sa’d xususida so‘radi, hamma Sa’dni maqtadi. Lekin, Baniy Abas masjidiga kirganlarida bir kishi (ismi — Usoma ibn Qatoda, kunyasi — Abu Sa’da) o‘rnidan turib: «Ammo, Ollohni o‘rtaga qo‘yib bizdan so‘rar erkansan, to‘g‘risini aytmoq kerak. Sa’d kichik harbiy qism birlan urushga bormaydir, faqat yirik qismlar birlan boradir. O’ljalarni teng bo‘lishmaydir, adolatli hukm chiqarmaydir»,— deb aytdi. Bunga javoban Sa’d: «Ollohga qasam ichib ayturmenkim, seni uch marta duoi bad qilg‘ayman. Ilohi, agar shu bandang yolgon so‘zlayotgan bo‘lsa-yu, shuhrat uchun riyo yo‘liga kirgan bo‘lsa, uning umrini uzun qilib, faqirligini (muhtojligini) ziyoda etg‘il, boshi sira fitnalardan chiqmasin!» — dedi. Keyinchalik Ibn Qatodani ko‘rib, undan hol-ahvol so‘rasam: «Men baloga giriftor bo‘lgan bir keksa cholman. Menga Sa’dning duoi badi urdi»,—deb aytdi. Abdumalik menga: «Keyinchalik men ham uni ko‘rdim. Keksaligidan qoshlari o‘sib ketgan, hatto ko‘zlarini ham yopib turibdir, o‘zi ersa yo‘lda uchragan qiz-juvonlarga ko‘z qisadir»,— dedi».

Uboda ibn Somit raziyallohu anhu: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Alhamduni (Fotiha surasini) o‘qimagan kishining namozi namoz ermas! deganlar»,— deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga kirdilar. Ketlaridan bir kishi ham masjidga kirib namoz o‘qidi. Namozdan so‘ng Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salomiga alik olib: «Qayta namoz o‘qig‘il, chunkim sen namoz o‘qimading!»—dedilar. U joyiga qaytib borib avvalgidek namoz o‘qidi. So‘ng kelib Rasululloh  sallallohu alayhi va sallamga salom berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Qaytg‘il, qayta boshdan namoz o‘qig‘il, chunkim sen namoz o‘qimading!»— dedilar. Uch marta shunday qildilar. U kishi oxiri: «Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Ollohga qasam ichib ayturmenkim, bundan yaxshiroq o‘qiy olmasmen. Menga o‘rgating»,— dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Avval takbiri tahrima aytg‘il, so‘ng Qur’ondan bilganlaringni o‘qig‘il, keyin shoshmasdan ruku’ qilg‘il. Ruku’da bir oz tin olg‘il, keyin qaddingni yaxshilab tiklag‘il, so‘ng sajda etg‘il, bir oz tin olg‘il, so‘ngra sajdadan turib o‘tirg‘il, yana bir oz tin olg‘il. Namozingning qolganini ham xuddi shundoq qilib o‘qig‘il!»— deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:06:09
94-bob. Peshin namozida qiroat qilmoq

Jobir ibn Sumra raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Sa’d raziyallohu anhu Hazrat O’marg.a: «Ularga imomlik qilganimda peshin va asr namozini Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘qiganlaridek qilib o‘qiyotgan erdim. Hech narsani unutayotganim yo‘q erdi. Avvalgi ikki rak’atni cho‘zib, keyingi ikki rak’atni ersa qisqa qiroat qilayotgan erdim»,— dedi. Shunda Hazrat Umar: «Bu sening fikringdir»,— degan erdilar».

Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin namozining dastlabki ikki rak’atida Surai «Fotiha» birlan yana bitta sura o‘qir erdilar. Birinchi rak’atni uzunroq, ikkinchi rak’atni ersa qisqaroq o‘qir erdilar, goho ba’zi oyatni eshittirib qiroat qilar erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asr namozida ham, bomdod namozida ham Surai «Fotiha» birlan yana bitta sura o‘qir erdilar, birinchi rak’atni uzoqroq, ikkinchi rak’atni ersa qisqaroq o‘qir erdilar».

Abu Ma’mar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam peshin va asr namozlarida qiroat qilarmidilar?»—deb Xabbondan so‘radik. «Ha»,— dedi. «Buni qanday bilardingiz?» — dedik. «Soqollarining qimirlashidan»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:06:22
95-bob. Asr namozida qiroat qilmoq

Abu Ma’mar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam asr va peshin namozlarida qiroat qilarmidilar?»—deb Xabbondan so‘radik. «Ha»,— dedi. «Buni qanday bilardingiz?»—dedik. «Soqollarining qimirlashidan» ,— dedi».

Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari Abu Qatoda naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin va asrning dastlabki ikki rak’atida Surai «Fotiha» birlan yana bitta sura o‘qir erdilar, goho ba’zi oyatni eshittirib qiroat qilur erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:06:35
96-bob. Shomda qiroat qilmoq

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Onam Umm ul-Fazl mening «Va-l-mursalotu urfan» surasini o‘qiyotganimni eshitib: «Ey bolam, Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, shu surani o‘qishing birlan bir narsani esimga tushirding. Bu sura men Raso‘lulloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan oxirgi suradir, uni shom namozida o‘qigan erdilar»,— dedilar».

Marvon ibn Hakam naql qiladirlar: «Zayd ibn Sobit menga: «Ne bo‘ldi seyga, shom namozida qisqa suralarni o‘qiyotirsan? Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning eng uzun suralarni o‘qiyotganlarini eshitganman»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:06:51
97-bob. Shom namozida ovoz chiqarib qiroat qilmoq

Muhammad ibn Jubayrning otalari: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shom namozida «At-Tur» surasini o‘qiyotganlarini eshitdim»,—dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:07:03
98-bob. Xufton namozida ovoz chiqarib qiroat qilmoq

Abu Rofi’ rivoyat qiladirlar: «Men Abu Hurayra birlan xufton namozini o‘qidim. Abu Hurayra xufton namozida «Iza-s-samounshaqqat» surasini qiroat qilib sajda qildilar. Shunda buning sababini so‘radim. Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftonda imomlik qilganlarida shu surani o‘qib sajda qilgandirlar, men ham iqtido qilib sajda etgandirman, endi ul kishi birlan qiyomatda uchrashgunimcha shu surani o‘qib sajda qilaverg‘ayman»,— dedilar».

Adiy raziyallohu anhu: «Men Barroning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda erkanliklarida xufton namozining ikki rak’atidan birida «Va-t-tiyn va-z-zaytun» surasini o‘qidilar» deganini eshitganman»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:07:14
99-bob. Xufton namozida (sura) qiroat qilib sajda qilmoq

Abu Rofi’ rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra birlan birga xufton namozini o‘qidim. Ul xufton namozida «Iza-s-samounshaqqat» surasini o‘qidi, so‘ng sajda qildi. Shunda unga: «Bu nesidur?» — dedim. «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam xuftonda imomlik qilganlarida shu surani o‘qib sajda qilgan erdilar, men iqtido qilib sajda etgan erdim. Endi qiyomatda ul kishi birlan uchrashgunimizcha shu surani o‘qib sajda qilaverg‘ayman»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:07:24
100-bob. Xufton namozida qiroat qilmoq

Adiyga Barro bunday debdilar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallamning xufton namozida «Va-t-tiyn va-z-zaytun» surasini o‘qiganlarini eshitdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ko‘ra ovozi yokim qiroati yaxshiroq kishini ko‘rmaganman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:07:35
101-bob. Namozxon xuftonning dastlabki ikki rak’atida uzunroq, keyingi ikki rak’atida esa qisqaroq qiroat qiladir

Abu Avnga Jobir ibn Sumra bunday deb aytgan ekanlar: «Hazrat Umar: «Sa’d, sening ustingdan har bir narsa to‘g‘risida, hatto namoz to‘g‘risida ham shikoyat qildilar»,— dedilar. Sa’d: «Ammo men dastlabki ikki rak’atda uzunroq, keyingi ikki rak’atda ersa qisqaroq qiroat qilg‘ayman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib o‘qiganimdek o‘qiyotirman»,— dedi. «To‘g‘ri aytding, bu o‘zing haqqingdagi fikringdir» yokim «Bu mening sen to‘g‘ringdagi fikrimdir»,— dedilar Hazrat Umar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:07:49
102-bob. Bomdod namozida qiroat qilmoq

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «At-Tur» surasini qiroat qildilar»,— deydilar Ummu Salama raziyallohu anho.

Yasor ibn Saloma rivoyat qiladirlar: «Men va otam ikkimiz Abu Barza Aslamiy huzurlariga kirib namoz vaqtlari to‘g‘risida so‘radik. Ul kishi bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin namozini kun oqqanda o‘qir erdilar. Asrni o‘qib bo‘lganlaridan keyin, agar kishi shaharning eng chekkasiga borsa, hali Quyoshning harorati pasaymagan bo‘lur erdi (Abu Barza shom to‘g‘risida ne deganlarini bilmasman, yodimdan ko‘tarilibdir). Tunning uchdan bir qismi o‘tguncha kutib o‘tirmay xuftonni o‘qib olar erdilar. Xuftondan avval uxlamakni va xuftondan keyin so‘zlashib o‘tirmakni yoqtirmas erdilar. Namozi bomdodni o‘qib bo‘lganlarida kishi yonidagi sherigini taniydirgan darajada yorug‘ bo‘lur erdi. Bomdodning ikkala rak’atida yokim bir rak’atining o‘zida 60 dan 100 tagacha oyat o‘qir erdilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Har bir namozda Qur’on o‘qilg‘aydir. Janob Rasululloh bizga nelar degan bo‘lsalar, hammasini sizlarga yetkazdik, neni bizga aytmagan bo‘lsalar, o‘shani biz ham sizlarga aytmadik. Surai «Fotiha» ga boshqa surani zam qilmasangiz ham bo‘lg‘aydir, biroq zam qilsangiz, nur ustiga a’lo nur!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:08:04
103-bob. Bomdod namozini ovoz chiqarib qiroat qilmoq

Ummu Salama aytadirlar: «Odamlarga ergashib Ka’batullohni tavof qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersalar bomdod namozini o‘qiyotib, «At-Tur» surasini qiroat qilayotgan erdilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir jamoa sahobalar birlan birga Ukoz bozoriga bormakni niyat qilib chiqdilar. (Shu payt) shaytonlar bilan osmondan keladirgan xabar yo‘li oralig‘i to‘sildi, osmonga quloq solmoqchi bo‘lgan shaytonlarga o‘t otildi. Shaytonlar bir-birlariga: «Osmondan keladirgan xabar yo‘lining to‘silib qolganiga faqat yerda biror hodisa ro‘y berganligi sabab bo‘lmog‘i mumkin. Yerni Mag‘ribdan Mashriqqacha aylanib ko‘ringlar-chi, nega osmondan keladirgan xabar yo‘li bizga to‘sib qo‘yilgan erkan?» — deyishdi. Tuhoma tog‘i tomon yo‘llangan shaytonlar u yerdan qaytayotib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Nahla degan joyda sahobalar birlan bomdod namozini o‘qiyotganlarida uchratib qolishdi. Shaytonlar Qur’onni eshitib: «Xudo haqqi, osmondan keladirgan xabar yo‘lini bizdan to‘sib turgan narsa xuddi mana shuldir»,— deb o‘z qavmlari oldiga qaytib ketishdi. Yetib borishgach: «Ey qavmimiz, biz to‘g‘ri yo‘lga chorlovchi ajoyib Qur’on eshitdik, unga iymon keltirdik, rabbimizga hech bir shirk keltirmaymiz»,— dedilar. Shunda Olloh taolo Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga «Qul uhiya ilayya» deb boshlanadirgan «Jin surasini» nozil qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga jinlar aytgan gaplar ham vahiy qilindi».

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozning ovoz chiqarib o‘qish buyurilgan joyini ovoz chiqarib o‘qidilar, buyurilmagan joyini ichlarida o‘qidilar. Olloh taoloning «Va mo kona rabbuka nasiyyan»—«Rabbingiz unutg‘uvchi ermasdir» (ushbu oyatda Olloh taolo namozning qaerini ovoz chiqarib va qaerini ovoz chiqarmay o‘qimoq, kerakligini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ayon qildi) hamda «Laqad kona lakum fi rasulillohi usvatan hasanatan» —«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sizlarga yaxshi ibratlari bordir» (ushbu oyatda Olloh taolo Dini islomni faqatgina Qur’on birlan ermas, balkim Rasulullohning qilmishlari birlan ham mukammal qilajagini aytadir) degan oyatlari mana shu xususdadir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:08:24
104-bob. Bir rak’atda ikki surani jam qilib o‘qimoq; suraning oxirgi oyatlarini o‘qimoq; suraning kattasidan avval kichigini o‘qimoq hamda suraning dastlabki oyatlarini o‘qimoq

Abdulloh ibn Soib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozida «Mu’minun» surasini o‘qidilar. Muso va Horun yokim Iso to‘g‘risidagi oyatga kelgan vaqtlarida ul kishini yo‘tal tutgan erdi, ruku’ qildilar (bu — suraning ba’zi bir qismini zam qilmoq mumkinligini bildiradir). Umar raziyallohu anhu birinchi rak’atda «Baqara» dan 120 oyat o‘qidilar, ikkinchi rak’atda ersa (7 ta katta suradan tashqari) bitta sura (100 oyatga yaqin) o‘qidilar. Ahnaf ibn Qays raziyallohu anhu birinchi rak’atda «Kahf» surasini, ikkinchi rak’atda ersa «Yusuf» yokim «Yunus» surasini o‘qidilar.

Ahnaf Hazrat Umar birlan birga bomdod namozida shu ikki surani o‘qiganini aytdi. Ibn Mas’ud raziyallohu anhu birinchi rak’atda «Anfol» surasidan 40 oyat, ikkinchi rak’atda ersa «Tivolk mufassal» dan bir sura o‘qidilar. «Bir surani ikki rak’atga bo‘lib yokim bir surani ikki rak’atda takroran o‘qimoq joizdir, zero bularninS har biri Ollohning kitobidir»,— deydilar.

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Ansoriylardan bir kishi Qubo masjidida imomlik qilur erdi. Ul har safar namozda bir sura qo‘shib o‘qiydirgan bo‘lsa, «Qul huvallohu ahad» ni o‘qir erdi. Agar undan keyin yana bir sura o‘qiydirgan bo‘lsa, unga ham «Qul huvallohu ahad» ni qo‘shib o‘qir erdi. Har bir rak’atda shunday qilur erdi. Shunda uning qavmi: «Siz namozni doimo «Ixlos» surasi birlan boshlaysiz. Shuning o‘zi kifoya qilmag‘aydir, deb o‘ylaysizmi? Nechun unga yana bir sura qo‘shg‘aysiz? «Ixlos» surasining o‘zinigina yokim uning o‘rniga boshqa bir surani o‘qisangiz bo‘lmag‘aymi?» — deyishdi. Ul kishi: «Men bunday qila olmasman. Agar meni yaxshi ko‘rsangiz, shunga ko‘ng‘aysiz, aks holda men sizlarga imomlik qilmasman»,— dedi.

Qavmi uni juda yaxshi ko‘rar va ul kishidan bo‘lak kishining imom bo‘lmog‘ini istamas erdi. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam o‘sha qavmning qishlog‘iga borganlarida bu haqda ma’lum qilishdi. Janob Rasululloh: «Ey falonchi, qavming buyurgan ishni qilmog‘ingga ne monelik qilur, ne sababdin har rak’atda shul surani o‘qig‘aysen?» — dedilar. «Men shul surani yaxshi ko‘rg‘aymen»,— deb aytdi imom. «Bul suraga nisbatan bo‘lsan muhabbating seni jannatga kiritg‘usidir»,— dedilar Janob Rasululloh».

Abu Voil rivoyat qiladirlar: «Bir kishi, Ibn Mas’udning huzurlariga kelib: «Kechki namozning bir rak’atida «Mufassal» dagi suralarning hammasini o‘qidim»,— dedi. Shunda Ibn Mas’ud unga: «Bu qilganing yaxshi ermas, unda, she’rni sharillatib o‘qigandek o‘qibdirsan-da! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir-biriga qo‘shib o‘qiydirgan o‘xshash suralarni bilur erding-ku?!» deb, «Mufassal» dagi har rak’atda 2 tasi o‘qiladirgan 20 ta surani eslatdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:08:46
105-bob. Farz namozining oxirgi ikki rak’atida surai «Fotiha» ni o‘qimoq

Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinning avvalgi ikki rak’atida Surai «Fotiha» birlan yana ikki surani va keyingi ikki rak’atida Surai «Fotiha» ning o‘zini o‘qir erdilar. (Ba’zi bir) oyatni bizga eshittirib o‘qir erdilar. Birinchi 'rak’atni cho‘zib, ykkinchi rak’atni ersa qisqaroq. o‘qir erdilar. Namozi asrda ham bomdodda ham shunday qilur erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:08:56
106-bob. Peshin va asrni ovoz chiqarmay o‘qish

 Abu Ma’mar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam peshin va asr namozlarida ham qiroat qilarmidilar?» — dedim Xabbobga. «Ha»,— dedi. «Qandoq bilur erding?»—dedik. «Soqollarining qimirlaganidan»,— dedi Xabbob».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:09:13
107-bob. Imom (ba’zi) oyatni eshittirib o‘qisa...

Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin va asr namozlarining avvalgi ikki rak’atida Surai «Fotiha» birlan yana bitta sura o‘qir erdilar, goho oyatni bizga eshittirib o‘qir erdilar. Birinchi rak’atda uzunroq o‘qir erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:09:25
108-bob. Namozxon birinchi rak’atda uzunroq qiroat qilg‘aydir

Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin namozining birinchi rak’atida uzunroq, ikkinchi rak’atida ersa qisqaroq qiroat qilur erdilar. Bomdod namozida ham shundoq qilur erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:09:40
109-bob. Imomning «Omin» deb eshittirib aytmog‘i

Ato raziyallohu anhu: «Omin — duodir»,— deganlar. Abdulloh ibn Zubayr: «Omin»,— dedilar va orqalaridagilar ham: «Omin»,— deyishdi, hatto masjid jannatdek gurkirab ketdi. Abu Hurayra raziyallohu anhu imomga: «Ominni shoshilib aytmangiz!» — derdilar. «Ibn Umar «Omin»da yaxshilik (savob, fazilat) bor, deb aytur erdi»,— deydilar Nofi’.

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Imom «omin» desa, sizlar ham «omin» deb aytingiz, chunkim kimning «omin» degani maloikalarning «omin» deganiga to‘g‘ri kelg‘aydir, qilgan gunohlari kechirilg‘aydir»,— deganlar. Ibn Zuhriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «omin» der erdilar»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:09:53
110-bob. «Omin» demoqning fazilati

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlar «omin» desangiz-u, osmonda maloikalar ham siz birlan barobar «omin» desalar, qilgan gunohlaringiz mag‘firat etilg‘aydir»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:10:07
111-bob. Namozxonlarning ovoz chiqarib «omin» demog‘i

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom «G’ayril magzubi alayhim valazzollin» desa, «omin» deb aytingiz! Chunkim kimning «omin»i farishtalarning «omin»iga to‘g‘ri kelib qolg‘aydir, qilgan gunohlari kechirilg‘aydir»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:10:16
112-bob. Namozxon safga kirmasdan avval ruku’ qilsa, joizmi?

Muso ibn Ismoil rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’ qilib turganlarida, masjidga yetib keldi, so‘ng safga yetmasdan avval ruku’ qildi, keyin bu qilmishini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytdi. Janob Rasululloh sallallohu aylahi va sallam: «Olloh taolo namozga ixlosmandligingizni ziyoda qilsin, boshqa bunday qilmangiz!»—dedilar (boshqa bir rivoyatda «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Namozga kelsangiz, safga kirib, so‘ng ruku’ qilingiz! deganlar»,— deyiladi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:10:28
113-bob. Ruku’da takbirni to‘liq aytmoq

Imron ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Hazrat Ali birlan birga Basrada namoz o‘qidik. Hazrat Ali Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘qib yurgan namozimizni eslatib, «Ul kishi har gal sajdadan bosh ko‘targanlarida va har gal sajda qilganlarida takbir aytar erdilar»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘g‘rilarida gapirayotib: «Ul zot namozda sahobalarga imomlik qilsalar, har sajdaga borganlarida va har sajdadan bosh ko‘targanlarida takbir aytar erdilar, men hammangizdan ko‘ra ko‘proq Janob Rasulullohga o‘xshatib namoz o‘qiydirman»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:10:41
114-bob. Sajdaga ketayotganda va sajdadan qaytayotganda takbirni to‘liq aytmoq

Mutarraf ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Men va Imron ibn Husayn Hazrat Aliga iqtido qilib namoz o‘qidik. Hazrat Ali sajdaga borayotganlarida ham, sajdadan bosh ko‘tarayotganlarida ham, ikkala rak’atdan turayotganlarida ham takbir aytar erdilar. Namoz tugagach, Imron ibn Husayn mening qo‘limni ushlab turib: «Mana bu kishining (ya’ni, Hazrat Alining) hozir o‘qigan namozi menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlarini eslatdi (Bizga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlarini o‘qib berdi)»,— dedi».

Ikrima raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishining (Abu Hurayraning) Makkai Mukarramadagi Maqomi Ibrohimda namoz o‘qiyotib, sajdaga bosh qo‘yganda ham, sajdadan bosh ko‘targanda ham takbir aytganini ko‘rdim. Buni Ibn Abbosga aytib bergan erdim, ul: «Axir bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozlari-ku, ey yetimcha!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:10:55
115-bob. Sajdadan turayotganda takbir aytmoq

Ikrima raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Makkada bir cholga (Abu Hurayraga) iqtido qilib namoz o‘qidim. 22 marta takbir aytdi. Shunda Ibn Abbosga: «Bu kishining aqli joyidami o‘zi?» — dedim. «He, onang voy bolam, deb qolgur, bu Abulqosim — Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari-ku!» — dedilar».

Abu Bakr ibn Abdurrahmonga Abu Hurayra raziyallohu anhu quyidagini aytib bergan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qisalar, avval tik turib takbiri tahrima aytar erdilar, keyir ruku’ qilayotganda va ruku’dan turayotganda «Sami’allohu liman hamidahu» der edilar. Qiyomda ersa «Rabbano laka-l-hamd» der erdilar.

Abdulloh ersa bunday deydilar: «(Janob Rasululloh) «Va laka-l-hamd»,— der erdilar, keyin birinchi sajdaga borayotib ham, undan bosh ko‘tarayotib ham, shuningdek ikkinchi sajdaga borayotib ham, undan bosh ko‘tarayotib ham takbir aytar erdilar. Namozning hamma rak’atlarida shunday qilur erdilar. Ikkinchi rak’atga turayotganda va o‘tirayotganda ham takbir aytar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:11:06
116-bob. Ruku’da kaftlarni tizzaga qo‘ymoq (tizza ko‘zini changallamoq)

Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalar oldida ruku’ qilayotib, tizzalarini changalladilar»,— deydilar.

Mus’ab ibn Sa’d bunday dedilar: «Otam Sa’d ibn Abu Vaqqos yonlarida namoz o‘qidim. (Ruku’da) qo‘llarimni musht qilib sonimga qo‘ydim. Otam meni koyib: «Biz ham ilgari shunday qilar erdik, hozir bu makruh qilingandir, endi qo‘llarimizni tizza ko‘ziga qo‘yish buyurilgan»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:11:17
117-bob. Namozxon chala ruku’ qilsa...

Zayd ibn Vahb rivoyat qiladirlar: «Huzayfa raziyallohu anhu ruku’ birlan sajdani to‘liq qilmayotgan bir kishini ko‘rib: «Namoz o‘qiganing yo‘q. Agar o‘lsang, Olloh taolo Muhammad alayhissalomga. hidoyat qilgan maslakdan boshqa maslakda ketasan»,—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:11:27
118-bob. Ruku’da belni tekis bukmoq

Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir jamoa birodarlari huzurida ruku’ qilganlarida byollarini tekis qilib bukdilar»,— debdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:11:37
119-bob. Ruku’ning mukammallik va tekislik chegarasi hamda uning to‘g‘riligidan qanoat hosil qilmoq

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’lari, sajdalari, ikki sajda orasidagi o‘tirishlari, ruku’dan bosh ko‘tarib, qomatni rostlashlariga (qiyomga) deyarli bir xil vaqt sarflar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:11:49
120-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’ni mukammal qilmagan odamga namozni qaytarib o‘qishni buyurdilar

Abu Hurayra naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga kirdilar, ketlaridan bir kishi ham kirib namoz o‘qidi. Keyin kelib Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salomiga alik olib: «Borg‘il, qaytadan o‘qig‘il, chunkim namoz o‘qimading!»— dedilar. Boyagi kishi 3 marta qaytadan namoz o‘qidi, so‘ng kelib: «Sizni haq din birlan yuborgan Ollohga qasam ichib ayturmenkim, bundan yaxshi qilolmayman. Menga o‘rgatingiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Namoz o‘qisang, avval takbiri tahrima aytg‘il, keyin Qur’ondan bilganlaringni o‘qig‘il, so‘ng shoshilmasdan astoydil ruku’ qilg‘il, keyin turib astoydil qaddingni rostlag‘il, undan so‘ng astoydil sajda qilg‘il, keyin astoydil sajdadan bosh ko‘targ‘il, so‘ng astoydil o‘tirg‘il, so‘ng astoydil sajda qilg‘il, keyin namozingning qolgan qismini ham shunday davom ettirg‘il!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:37:08
121-bob. Ruku’ qilayotganda duo aytmoq

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam ruku’ va sajda qilayotganlarida «Subhonaka ollohumma rabbano va bihamdika ollohumma-g‘firli»,—der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:37:56
122-bob. Imom ruku’dan bosh ko‘targanda nima deydi va orqasidagi namozxonlar nima deydi?

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam (ruku’dan ko‘tarilayotganlarida) «Sami’allohu liman hamidahu» desalar, (qomatlarini rostlagach), «Ollohumma rabbano va lakal-hamd» der erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’ qilganlarida va sajdadan bosh ko‘targanlarida «Ollohu akbar» deb takbir aytar erdilar. Ikkinchi sajdadan turganlarida ham «Ollohu akbar» deb takbir aytar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:38:31
123-bob. «Ollohumma rabbano va lakal-hamd»ning fazilati

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Imom «Sami’allohu liman hamidahu» desa, «Ollohumma rabbano lakal-hamd» deb aytingiz. Chunkim kimning aytganlari maloikalarning aytganlariga to‘g‘ri kelib qolg‘aydir, qilgan gunohlari kechirilg‘aydir»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:39:23
124-bob.

Abu Hurayra: «Men albatta sizlarga Rasululloh  sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qishlariga yaqin namoz o‘qib berg‘ayman»,— deganlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu peshin, xufton va bomdod namozlarining oxirgi rak’atlarida «Sami’allohu liman hamidahu» degandan so‘ng, «Qunut» duosini o‘qib, mo‘minlarni duo qilar erdilar, kofirlarga la’nat aytur erdilar.

Anas raziyallohu anhu: «Qunut» duosi shom va bomdod namozlarida o‘qilar erdi»,— deganlar.

Rifoat ibn Rofi’ rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib namoz o‘qiyotgan erdik, ruku’dan bosh ko‘tarayotib, «Sa-mi’allohu liman hamidahu» deganlarida bir kishi: «Rabbano va lakal-hamd hamdan kasiran tayyiban muborakan fiyhi»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni tugatib orqalariga o‘girilgach: «So‘zlagan kimdir?»—dedilar. Ul: «Men»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «30 nechta ham farishtaning birinchi bo‘lib yozib olmoqqa shoshilayotganlarini ko‘rdim»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:40:07
125-bob. Namozxonning ruku’dan bosh ko‘targanda bir zum nafas rostlab olmog‘i

Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’dan bosh ko‘targach, umurtqalarining har bir bo‘g‘inini joy-joyiga tushirib, bir zum nafaslarini rostlab oldilar»,— deydilar.

Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu bizga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o‘qishlarini ta’riflab, ham ko‘rsatib (o‘qib) berdilar. Shunda, ruku’dan bosh ko‘targanda, bir zum tik turib qolar erdilar, hatto biz sajda qilmoq eslaridan chiqib qoldimikin?» — der erdik».

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ruku’, sajda va qiyomlariga hamda ikkala sajda orasida o‘tirmoqlariga deyarli bir xil vaqt sarflanar erdi».

Abu Qiloba rivoyat qiladirlar: «Molik ibn Huvayris bizga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o‘qishlarini ko‘rsatib berar erdilar. Bu — namozdan tashqari vaqtda bo‘lur erdi. Qadlarini rostladilar-da, bir zum tin oldilar, keyin ruku’ qildilar, yana bir oz tin oldilar, so‘ng boshlarini ko‘tarib bir 6z jim turdilar. Molik ibn Huvayris bizga mana shu shayximiz Abu Buraydning namoziga o‘xshash namoz o‘qib berdi. Abu Burayd oxirgi sajdadan bosh ko‘tarsa, bir oz o‘tirib olib, keyin turar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:40:49
126-bob. Takbir aytib sajda qiling‘aydir

Nofi’: «Ibn Umar (sajdaga borganda) tizzasini (erga) qo‘yishdan avval qo‘lini qo‘yar erdi»,— deydilar (bu Molikiylar mazhabida, ammo qolgan uch mazhabda avval tizza, keyin qo‘l qo‘yilg‘aydir).

Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra raziyallohu anhu barcha namozda, buyurilgan va buyurilmagan namozlarda ham takbir aytur erdilar. Farzda ham, sunnatda ham, Ramazonda ham, qiyomda ham, ruku’da ham takbir aytar erdilar. Keyin, «Sami’allohu liman hamidahu» deb boshlarini ko‘tarar erdilar, so‘ng sajdaga ketishdan avval, «Rabbano va lakal-hamd» der erdilar. Keyin, «Ollohu akbar» deb sajdaga ketar erdilar, so‘ng sajdadan bosh ko‘tarayotganda takbir aytar erdilar. Keyin, ikkinchi sajdaga borayotganda takbir aytar erdilar, so‘ng ikkinchi sajdadan bosh ko‘tarayotganda takbir aytar erdilar hamda tashahhuddan turayotganda takbir aytar erdilar. Yuqorida ko‘rsatilganlarni har bir rak’atda, to namoz tugaguncha qilar erdilar. Namozdan qaytayotib: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamyod qilib ayturmenkim, hammangizning namoz o‘qishingizdan ko‘ra, mening namoz o‘qishim ko‘proq Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qishlariga o‘xshaydir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to dunyodan oxiratga o‘tib ketgunlaricha ana shunday namoz o‘qiganlar»,— dedilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu Abu Bakr va Abu Salamaga bunday debdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’dan bosh ko‘tarayotib, «Sami’allohu liman hamidahu»,— qiyomda ersa «Rabbano va lakal-hamd» der erdilar. Keyin: «Ilohi, Valid ibn Validga najot berg‘il, Salama ibn Hishomga ham najot berg‘il, Iyosh ibn Abu Rabi’aga ham najot berg‘il, shuningdek zaif, ezilgan mo‘‘minlarga najot berg‘il. Ilohi, Muzar kofirlariga qattiq azob berg‘il va ularga Yusuf alayhissalom davridagi qahatchilikdek qahatchilik yuborg‘il!» — der erdilar. O’sha kunlarda Muzar qabilasidan bo‘lmish Mashriq ahli Rasulullohga dushman kishilar erdi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ot ustidan yiqilib tushdilar (Abu Sufyon: «Otdan yiqildilar»,—deb erdi shekilli). Shunda o‘ng tomonlari shilinib ketdi. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rgani kirdik. Namoz vaqti bo‘ldi. Bizga o‘tirgan holda imomlik qildilar, biz ham o‘tirib o‘qidik (Sufyon: «Bir marta o‘tirgan holimizda uqidik»,— degandi). Namozdan keyin Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingan. Agar ul takbir aytg‘aydir, takbir aytingiz, agar ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, bosh ko‘taringiz, «Sami’allohu liman hami-dahu» desa, «Rabbano va lakal-hamd» deb aytingiz. Sajda qilg‘aydir, sajda qilingiz!» — dedilar. Ali ibn Abdulloh: «Ma’mar ham shu hadisni rivoyat qilganmidi? — deb so‘radilar. «Ha»,— dedim. Sufyon: «Ma’mar, Zuhriy qanday aytib bergan bo‘lsa, shundayicha eslab qolibdir»,— dedilar. Ma’mar: «Ilohi, o‘zingga shukur! Zuhriyning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ng yonlari birlan otdan yiqildilar» deganini yaxshi eslab qolganman. Zuhriyning huzuridan chiqqanimizda Ibn Jurayh: «O’shanda men ham Janob Rasulullohning huzurlarida edim. O’ng oyoqlari (boldirlari) shikastlangan erdi»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:41:32
127-bob. Sajdaning fazilati

 Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Odamlar: «Yo Rasululloh, qiyomat kuni rabbimizni ko‘rg‘aymizmi?» — deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Havo ochiq kechada 14 kunlik Oyni ko‘rmoqqa shubha qilmag‘aymisiz?»—dedilar. «Yo‘q, yo Rasululloh!»—deyishdi. «Bulutsiz kunda Quyoshni ko‘rmoqqa shubha qilmag‘aymisiz?» — dedilar. «Yo‘q»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloni ham shuningdek shaksiz ko‘rg‘aydirsizlar. Qiyomat kuni odamlar to‘plang‘aydir. Shunda Olloh taolo: «Kim nega sig‘ingan ersa, o‘shanga ergashsin!»—degaydir. Ayrim kishilar Quyoshga, ba’zilar Oyga ergashg‘aydir, kimlardir shaytonlarga ergashg‘aydir. Mahsharda faqat islom ummati qolg‘aydir, ularning ichida munofiqlari ham bo‘lg‘aydir. So‘ng, Olloh taolo kelib (ko‘rinmasdan): «Men sizning rabbingizdirman»,— deydir. «Rabbimiz kelguncha turadirgan joyimiz shu yermi? Rabbimiz kelsa, biz uni taniymiz»,— deyishg‘aydir odamlar (Ollohga shirk  keltirib qo‘ymoqdan qo‘rqib shunday deyishg‘aydir). Shunda Olloh taolo kelib (ko‘rinib): «Men rabbingizdirman»,— deydir. «Sen rabbimizsan!»—deyishg‘aydir mo‘‘minlar. Ularni rabbi (Olloh) da’vat qilg‘aydir. Jahannam ustiga Sirot ko‘prigi qurilg‘aydir. Men payg‘ambarlar ichida birinchi bo‘lib ummatim birlan (Puli Sirotdan) o‘tg‘aydirman. O’sha kuni payg‘ambarlardan boshqa hech kim so‘zlamag‘ay. O’sha kuni payg‘ambarlar: «Ilohi, salomat qilg‘il, Ilohi, salomat qilg‘il!»—deb butun ummatlariga mehru shafqat tilag‘aydirlar. Jahannamda qiyoq tikanlari. yanglig‘ tikanlar bordir. Qiyoq tikanini ko‘rganmisiz?» — dedilar. Sahobalar: «Ha»,— deyishdi. Janob Rasululloh yana so‘zlarini davom ettirdilar: «Qiyoq tikanlariga o‘xshaydir-u, ammo uning kattaligini Ollohdan boshqa hech kim bilmaydir. Gunohlariga qarab, ba’zilar o‘tga, ba’zilar tikanga tashlab yuborilg‘aydirlar. So‘ng, do‘zaxga tushgan kishilardan qaysi biriga Olloh taolo rahmat qilmoqni istag‘aydir, ul najot topg‘usidir. Olloh taolo farishtalariga Ollohning o‘zigagina ibodat qilgan kishilarni do‘zaxdan chiqarmoqni buyurg‘aydir, so‘ng ularny do‘zaxdan chiqarg‘aydirlar. Yolg‘iz Ollohga ibodat qilgan bandalarni badanlarida qolgan sajda izlaridan tanishg‘aydir. Olloh taolo o‘tga bandalarning sajda izlari qolgan a’zolarini kuydirmoqni man’ qilg‘aydir. Odam bolasi butun a’zosi kuygan-u, ammo sajda qilgan a’zolarigina kuymagan holda do‘zaxdan chiqarilg‘aydir. Do‘zax otashidan chiqqan bandalar ustidan hayot suvi quyilg‘aydir. Badanlari xuddi sel loyqasiga tushgan urug‘ ungan yanglig‘ yosharib, ko‘rkam bo‘lg‘usidir. Olloh taolo butun bandalari o‘rtasida adolat tarozisi orqali qozilik hukmini nihoyasiga yetkazg‘ach, bir kishi jannat birlan do‘zax o‘rtasida qolg‘aydir. Ahli do‘zaxlardan bo‘lmish bul kishi jannatga eng keyin kirg‘aydir. Ul yuzi do‘zax o‘tiga qaragan holda: «Yo rabbiy, yuzimni do‘zax o‘tidan boshqa yoqqa burg‘il, do‘zaxning zaharli tutuni meni zaharlab, uning alangasi meni kuydirmoqda»,— deydir. Olloh taolo: «Agar aytganing qiling‘aydir, undan keyin boshqa narsani so‘ramasmisen?» — deydir. Banda: «Yo rabbiy, so‘ramasmen»,— deb ont ichgaydir. Olloh taolo bandasining va’dasini olgandan so‘ng, uning yuzini do‘zax tomondan jannat tomonga burgaydir. Banda jannatning so‘lim va ko‘rkamligini ko‘rib, Olloh xohlaganicha vaqt jim qolg‘aydir. So‘ng, «Yo rabbiy, meni jannat eshigining yoniga yetkazg‘il!»— deydir. Olloh taolo unga: «Hali so‘ragan narsangdan boshqa hech narsa so‘ramasmen, deb va’da qilmag‘anmi erding?» — deydir. «Yo rabbiy, va’da berdim-u, biroq sening lutfu karamingdan umidvormen»,—deydir. Olloh taolo: «Agar so‘raganingni bersam, boshqa hech narsa so‘ramasmisen?»—deydir. Banda rabbiga qasamyod aytib: «Boshqasini so‘ramasmen»,— deydir. Uni jannat eshigiga keltirg‘aydirlar. Jannat eshigiga yetganda undagi go‘zallik, so‘limlik va xursandchiliklarni ko‘rib hayratga tushg‘aydir va Olloh taolo xohlagancha vaqt jim qolg‘aydir. So‘ng: «Yo rabbiy, meni jannatga kirgizg‘il!» — deydir. Olloh: «Voh, seni qarag‘il-a! Nechog‘liq va’dangga vafosizdirsen. Ey oday bolasi, bundan boshqa narsa so‘ramasmen, deb va’da bermaganmi erding?» — deydir. Banda: «Ey rabbim, meni eng baxtsiz banda qilib qo‘ymag‘il!» —deydir. Haq taolo kulg‘aydir va bandasiga jannatga kirmoqqa ijozat berib: «Xohlaganingcha tilayverg‘il, bandam!» — deydir. Banda ko‘nglida borini tilag‘aydir. Shunda Olloh taolo unga: «Falon, falon va falon narsalarni ham qo‘shib so‘rag‘il!»—deb aytadir. Banda Olloh taolo aytganlarining hammasini tilag‘aydir. Olloh taolo unga: «Bu ham sengadir, u ham sengadir»,— deb yana qancha narsalarni aytg‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:42:05
128-bob. Namozxon sajdada bilagining ich tarafini ko‘rsatib, qornini sonidan uzoqlashtirib turadir

Abdulloh ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qisalar, (sajdada) tirsaklarini biqinlaridan uzoqroq tutar erdilar, hattoki qo‘ltiqlarining oppoqligi ham ko‘rinib turar erdi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:42:20
129-bob. Namozxon oyoq panjalari uchini qiblaga qaratg‘aydir

Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday deb aytganlar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:42:33
130-bob. Namozxon sajdani to‘liq qilmasa...

Huzayfa bir kishining chala ruku’ va sajda qilayotganini ko‘rib, namozni tugatgach: «Namoz o‘qimading!—dedi. Abu Voil: «Nazarimda, «Agar o‘lsang, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam maslagidan boshqa yo‘lda o‘lgan bo‘lursen, deb ham aytgandi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:42:50
131-bob. Tananing yettita a’zosi bilan sajda qilmoq

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tananing yettita a’zosi birlan sajda qilmoqni buyurib, sochni orqaga taramoqni hamda kiyimni (etag‘i, yengi, pochasi va boshqani) buklamoqni man’ qildilar. O’sha yettita a’zo: peshona, 2 qo‘l, 2 tizza va 2 oyoqdir».

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sochni orqaga taramay va kiyimni orqaga qaytarmay, yetti a’zo birlan sajda qilmoqqa buyurildik»,— deydilar».

Barro ibn Ozib (u yolg‘on so‘zlamaydir) rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib namoz o‘qir erdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sami’allohu liman hamidahu» deganlarida to sajdaga boshlarini qo‘ymagunlaricha birontamiz belni egmas erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:43:00
132-bob. Burni bilan sajda qilmoq

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «7 a’zo birlan — peshona (qo‘llari birlan burunlarini ko‘rsatdilar), 2 qo‘l, 2 tizza va 2 oyoq uchi birlan sajda qilmoqqa hamda sochni orqaga taramaslikka va kiyimni orqaga qaytarmaslikki buyurildim»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:43:13
133-bob. Yer loy bo‘lgan vaqtda burun birlan sajda qilmoq

Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Abu Sa’id al-Xudriyning huzuriga kirdim-da: «Biz birlan suhbatlashgani xurmo bog‘iga chiqmasmisiz?» — dedim. «Xo‘p»,— deb chiqdilar. «Bizga Laylatulqadr to‘g‘risida Rasululloh  sallallohu alayhi va sallamdan eshitganingizni aytib beringiz»,— dedim. Abu Sa’id: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning dastlabki 10 kunida masjiddan chiqmasdan ibodat qilmoqqa niyat qildilar, biz ham niyat qildik. Rasululloh sallallohu alayhi yu sallam qoshlariga Jabroil Alayhissalom kelib: «Siz so‘rayotgan narsaga hali vaqt ertadir»,— debdilar. Janob Rasululloh ikkinchi 10 kunlikda ham e’tikof qildilar. Biz ham u kishi birlan birga e’tikof qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qoshlariga Jabroil alayhissalom kelib: «Siz so‘rayotgan narsaga hali vaqt bordir»,— debdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning 20-kunida bomdodda xutbaga chiqib: «Kimki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga e’tikof qilgan ersa, yana e’tikof qilsin, chunkim menga Laylatulqadr kechasining muddati aytilgan erdi, men uni unutdim. Ul oxirgi 10 kunlikning toq kechalaridan birida bo‘lmog‘i lozim. Men tushimda ko‘rsam, go‘yokim loyga sajda qilayotgan erkanman»,— dedilar. Masjidning tomiga xurmo shoxlari yopilgan erdi, osmonda bitta ham bulutni ko‘rmas erdik. Birdan osmonda bir kichik bulut paydo bo‘lib, ustimizga yomg‘ir yog‘di. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qidilar, biz u kishiga iqtido qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning peshonalari va burunlarining uchiga loy va suv tekkanini ko‘rdik. Bu birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘rgan tushlari isbot bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:43:47
134-bob. Kiyimni bog‘lab va orqaga qaytarib olmoq

Namozxon avrati ochilib qolmog‘idan qo‘rqsa, namozdan avval bog‘lab olg‘aydir.

Sahl ibn Sahl: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan namoz o‘qiyotgan odamlar izorlari kichikligidan yelkalariga bog‘lab olar erdilar, ayollarga erkarlar to‘liq o‘tirib olmaguncha, sajdadan boshlarini ko‘tarmaslik buyurilgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:44:03
135-bob. Namozxon (namozda) sochini orqaga qaytarmaydir

Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tananing yetti a’zosi birlan sajda qilmoqqa hamda kiyim va sochni orqaga qaytarmaslikka buyurildilar»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:44:16
136-bob. Namozxon (namozda) kiyimini orqaga qaytarmaydir

Ibn Abbos: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yetti a’zo birlan sajda qilmoqqa hamda sochim birlan kiyimimni orqaga qaytarmaslikka buyurildim, deb aytganlar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:44:27
137-bob. Sajdada duo va tasbih aytmoq

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam ruku’ va sajda qilganlarida «Subhonakallohumma, rabbano va bihamdika, Ollohummag‘-firli» degan duoni ko‘p o‘qir erdilar. Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam Qur’ondagi («Fasabbih bihamdi rabbika vastag‘firhu») oyatni talqin qilib shunday der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:44:41
138-bob. Ikki sajda o‘rtasida bir zum tin olmoq

Molik ibn Huvayris sheriklariga: «Ey, sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qandoq namoz, o‘qiganlarini aytib berayinmi yo ko‘rsatib berayinmi?» — dedi. «Bu namozdan tashqari vaqtda bo‘lgan erdi»,— deydilar Abu Qiloba. Molik o‘rnidan turib, takbir aytib namoz o‘qimoqqa kirishdi, keyin ruku’ qildi, so‘ng takbir aytib ruku’dan boshini ko‘tardi, keyin bir oz tin olib, sajda qildi, so‘ng sajdadan bosh ko‘tarib, bir oz tin oldi. Abu Qiloba: «Ul shayximiz Amr ibn Salamaga o‘xshab namoz o‘qidi»,— deydilar. «O’sha shayx namozda boshqalar qilmaydigan narsalarni qilar erdi, 3-nchi rak’atning oxiri v 4-nchi rak’atning boshlanishida bir oz tin olur erdi»,— deydilar Ayyub raziyallohu anhu. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida bir oy turdik,— deydilar Molik,— shunda Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam bizga: «Ahlingizga qaytsangiz, falon namozni falon vaqtda va falon namozni falon vaqtda o‘qingiz. Namoz vaqti bo‘lsa, oralaringizdan bir kishi azon aytsin, yoshi kattasi imom bo‘lsin!» — dedilar».

Barro ibn Ozib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda, ruku’ va ikki sajda o‘rtasidagi o‘tirishga deyarli bir xil vaqt sarflar erdilar»,— deydilar.

Anas raziyallohu anhu: «Men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan nechuk namoz o‘qigan bo‘lsalar, sizlar birlan ham xuddi shundoq namoz o‘qig‘aydirman»,— dedilar. «Anas namozda boshqalar qilmaydirgan harakatlarni qilar erdi, men sizlarning bundoq qilganingizni ko‘rmaganman. Ul ruku’dan bosh ko‘targanda va ikki sajda o‘rtasida bir oz tin olar erdi, hatto biz (sajdaga borish) esidan chiqib qoldimikin, deb o‘ylar erdik»,— deydilar Sobit raziyallohu anhu.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:44:54
139-bob. Namozxon sajdada bilaklarini yerga tekkizmaydir

Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilaklarini yerga tekkizmay va biqinlariga siqib olmay sajda qilar erdilar»,— deydilar.

Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: «Urta miyona sajda qilingiz, bilaklaringizni haddan ziyod cho‘zib, it yotish qilmangiz! deb aytganlar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 07 Oktyabr 2006, 06:45:24
140-bob. Namozxonning, toq rak’at qilganda, avval bir oz o‘tirib olib, keyin turmog‘i

Molik ibn Huvayris Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdi. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam toq rak’at qilganlarida ham avval bir oz nafasni rostlab olib keyin turdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 07 Oktyabr 2006, 12:37:53
141-bob. Namozxon rak’atdan turayotganda yerga qanday turaladi?

Abu Qiloba raziyallohu anhu Ayyub raziyallohu anhuga bunday debdilar: «Molik ibn Huvayris mana shu masjidimizga kelib biz birlan namoz o‘qidilar. Ul kishi bizga: «O’zim namoz o‘qimoqchi bo‘lmasam-da, sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o‘qiganlarini ko‘rsatib berayin»,— dedilar. «Janob Rasululloh qanday namoz o‘qir erkanlar? deb so‘radim»,— deydilar Ayyub. «Mana shu shayximiz singari o‘qir erkanlar»,— debdilar Abu Qiloba.

«Usha shayx (ruku’dan ruku’ga o‘tishda) to‘liq takbir aytar erdi. Ikkinchi sajdadan bosh ko‘targach, bir oz o‘tirib, keyin yerga tiranib turar erdi»,— deydilar Ayyub.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 07 Oktyabr 2006, 12:39:14
142-bob. Namozxon 2-nchi rak’atdan turayotib takbir aytadir

Ibn Zubayr (rak’atdan) turayotib takbir aytar erdi.

Sa’id ibn Hars rivoyat qiladirlar: «Abu Sa’id bizga namoz o‘qib berdi, takbirni ovoz chiqarib aytdi. Sajdaga borayotganda ham va undan bosh ko‘tarayotganda ham, ikkala rak’atdan turayotganda ham takbir aytdi. Keyin: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday namoz o‘qiyotganlarini ko‘rganman»,— dedi».

Mutarraf ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Imron birlan men Hazrat Aliga iqtido qilib namoz o‘qidik. Hazrat Ali sajda qilsalar ham, sajdadan bosh ko‘tarsalar ham, ikkala rak’atdan turayotganlarida ham takbir aytar erdilar. Salom bergandan so‘ng Imron mening qo‘limni ushlab turib: «Mana bu kishi biz birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam singari namoz o‘qidi» yoki «Mana bu odamning namoz o‘qishi menga Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qishlarini eslatdi»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 07 Oktyabr 2006, 12:39:38
143-bob. Tashahhudda o‘tirishning sunnati (qonun-qoidasi)

Ummu Dardo’ namozda erkak kishi singari o‘tirar erdi. U fiqh olimasi erdi.

Abdulloh ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umarning chordana qurib tashahhudda o‘tirganlarini ko‘rdim. Yoshlik qilib men ham shunday qildim. Shunda Abdulloh ibn Umar menga: «Bunday qilmag‘il, namozning sunnatiga ko‘ra, o‘ng oyog‘ingni tiklab, chap oyog‘ingni bukib o‘tirmog‘ing lozim»,— dedilar. Men: «Siz chordana qurib o‘tiribsiz-ku!» — dedim. «Mening oyoqlarim yaramaydir»,— dedilar».

Muhammad ibn Amr ibn Ato rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bir jamoa sahobalari birlan birga o‘tirgan erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o‘qiganlarini esladik. Shunda Abu Humayd As-So’idiy: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o‘qiganlarini hammangizdan ko‘ra ko‘proq bilurmen. Janob Rasululloh takbiri tahrima aytganlarida qo‘llarini yelka barobarida ko‘tardilar, ruku’ga borganlarida tizzalarini ushladilar, keyin qomatlarini rostladilar. Ruku’dan bosh ko‘targanlarida umurtqalarining har bir bo‘g‘ini joy-joyiga kelguncha qadlarini rostladilar. Keyin, bilaklarini yerga tekkizmay va biqinlariga siqib olmay hamda oyoq panjalarining uchlarini qiblaga qaratib sajda qildilar. Ikkinchi rak’atda o‘ng oyoqlarini tiklab, chap oyoqlarining ustiga o‘tirdilar. Oxirgi rak’atda ersa chap oyoqlarini oldinroqqa uzatib, o‘ng oyoqlarini tiklab, dumbalarini yerga qo‘yib o‘tirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 07 Oktyabr 2006, 12:40:38
144-bob. Dastlabki tashahhudga o‘tirish farz ermas

Chunkim Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkinchi rak’atdan keyin o‘tirmasdan turib ketganlarida (sahobalar tasbih aytib eslatishganda) qaytib o‘tirmadilar.

Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Menga Abdurrahmon ibn Hurmuz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ular birlan peshin namozini o‘qiganlarini aytdi. Janob Rasululloh ikkinchi rak’atdan keyin o‘tirmasdan turib ketibdilar, odamlar ham u kishi birlan birga o‘rinlaridan turishibdi. Namoz tugagach, odamlar payg‘ambarimizning salom bermoqlarini kutishibdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa o‘tirgan hollarida salom bermasdan takbir aytib, ikki marta sajda (sajdai sahv) qilibdilar, so‘ng salom beribdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 07 Oktyabr 2006, 12:41:01
145-bob. Dastlabki tashahhudga o‘tirmoq

Abdulloh ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan peshin namozini o‘qidilar. (Ikkinchi rak’atdan keyin) tashahhudga o‘tirishlari lozim bo‘la turib, turib ketdilar. Namoz tugagach, o‘tirgan hollarida ikki marta sajda qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 06:58:12
146-bob. Oxirgi tashahhudga o‘tirmoqning vojibligi

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib namoz o‘qiganimizda: «Jabroil va Mikoilga salom, falonchi va pistonchiga salom»,— deb aytardik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: «Olloh taoloning ismlaridan biri — salomdir. Qaysi biringiz namoz o‘qig‘aydirsiz, «Barcha madhu olqishlarimiz, toat-ibodatu ezgu amallarimiz Olloh taologa munosibdir, ey payg‘ambar alayhissalom, sizga Olloh taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin, bizga hamda hamma solih bandalarga ersa Olloh taoloning salomi bo‘lsin!»—deb aytingiz. Agar shundoq (hamma solih bandalarga) desangiz, yeru ko‘kdagi hamma solih bandalarga savobi tekkaydir»,— der erdilar. (Duoning davomi): «Ollohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik berg‘aydirmen, shuningdek Muhammad Ollohning bandasi hamda bizga yuborgan elchisidir, deb ham guvohlik berg‘aydirmen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 06:58:29
147-bob. Namozda salom berishdan avval duo o‘qimoq

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam namozda «Ollohumma inniy a’uzu bika min azobi qabrin va a’uzu bika min fitnat-il-Masihi-d-Dajjoli va a’uzu bika min fitnat-il-mahyo va fitnat-il-mamoti, Ollohumma inniy a’uzu bika min-al-ma’sami va-l-mag‘rami» degan duoni o‘qir erdilar (Duoning ma’nosi: «Ilohi, meni qabr azobidan, Dajjol fitnasidan saqlag‘il, tiriklikdayu o‘lim oldida bo‘ladigan fitnalardan asrag‘il! Ilohi, meni gunohkor va kishilardan qarzdor bo‘lmoqdan o‘zing asrag‘il!»). Shunda bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Nechun muncha, qarzdor qnlib qo‘ymag‘il, deb iltijo qilursiz?» — dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar kishi to‘layolmaydigan darajada qarzdor bo‘lib qolg‘aydir, doimo yolg‘on gapirg‘aydir, va’da qilsa, ustidan chiqmagaydir»,— dedilar».

Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz oxirida Dajjol fitnasidan asramoqni Ollohdan iltijo qilganlarini eshitdim»,— deydilar.

Abu Bakr Siddiq Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: Namozda o‘qiydirgan bir duo o‘rgating»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: . «Ilohi, men o‘z jonimga ko‘p zulm qildim, (bunday) gunohlarni sendan boshqa hech kim kechira olmag‘aydir, faqat o‘zing kechira olg‘aydirsan. Ilohi, fazlu marhamatingni darig‘ tutmay, meni mag‘firat qilg‘aysen, mendan rahmatingni ayamagaysen, Sen gunohlarni kechirg‘uvchi va bandalarni mag‘firat qiluvchi zotdirsen! degan duoni o‘qig‘il!» — dedilar. Mazkur duoning arabchasi: «Ollohumma inniy zalamtu nafsiy zulman kasiro va lo yag‘firu-z-zunuba illo anta, fag‘firliy mag‘firatan min indika varhamniy, innaka ant-al-g‘afurur-rahiym».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 06:58:43
148-bob. Tashahhuddan keyin o‘qishga duo tanlamoq

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qiganimizda «Assalomu alallohi min ibodihi. Assalomu alo fulonin va fulonin» der erdik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Assalomu alallohi» demangiz, chunkim salom — Ollohning ismlaridan, At-Tahiyyotu lillohi vas-salavotu vat-tayyibot, assalomu alayka ayyu-han-nabiyyu va rahmatullohi va barakotuh. Assalomu alayno va alo ibodillohis-solihiyn» deb aytingiz. Agar siz shunday deb aytsangiz, osmondagi (yokim yeru osmon o‘rtasidagi) har bir solih bandaga savobi te'kkaydir (Duoning davomi: «Ashhadu alla iloha illallohu vashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu»), undan keyin duolardan o‘zingizga yoqqanini tanlab olib o‘qiyveringiz»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 06:58:56
149-bob. Peshona va burniga tekkan loyni namozni o‘qib bo‘lmaguncha artmagan kishi

Imom Buxoriy: «Humaydning namoz vaqtida peshonaga tekkan narsani (loy, changni) artib bo‘lmasligiga quyidagi hadisni dalil qilayotganining shohidi bo‘ldim»,— deydilar:

Abu Salama: «Abu Sa’id al-Xudriydan shul tug‘rida so‘radim»,—deydilar. Abu Sa’id al-Xudriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning loy joyda sajda qilayotganlarini, hatto peshonalariga tekkan loyni namoz tamom bo‘lmaguncha artmaganlarini ko‘rdim»,— deb javob beribdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 06:59:12
150-bob. Namoz o‘qib bo‘lgach, salom bermoq

Ummu Salama onamiz Hind binti al-Harsga: «Rasululloh.sallallohu alayhi va sallam namozda salom berganlaridan keyin ham ayollar ketmay turishardi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham darrov ketib qolmas erdilar»,— deb aytgan erkanlar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, ayollarning erkaklar birlan aralash ketmasliklari, erkaklar ketib bo‘lgach, bemalol o‘zlari ketmoqlari uchun shunday qilgan bo‘lsalar kerak»,— deydilar Abu Shihob.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:32:09
151-bob. Iqtido qilg‘uvchi imom salom berganda salom beradir

Ibn Umar raziyallohu anhu imom salom bergandan so‘ng orqadagilar ham salom bermog‘ini ma’qullar erdilar.

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qidik, salom berganlarida salom berdik»,— deydilar Atbon raziyallohu anhu.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:32:20
152-bob. «Imomning salomiga alik qaytarmasa ham bo‘ladir, namozda berilgan salom kifoya qiladir»,— degan kishi

Mahmud ibn Rabi’ rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni yaxshi eslarmen, ul kishi uyimizga kelganlarida men yosh bola erdim, paqirdan bir xo‘plam suv olib, hazillashib yuzimga purkab yuborganlarini ham yaxshi eslarmen, Menga Mahmud Atbon ibn Molik quyidagi hadisni aytib bergan zrdilar: «Men o‘z qavmim bo‘lmish Baniy Solimga imomlik qilur erdim. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Mening ko‘zim xira bo‘lib qoldi, yog‘ingarchilik bo‘lsa, masjidga borolmayotirman. Biznikiga borib, namoz o‘qib bersangiz, men siz namoz o‘qigan joyni o‘zimga namozgoh qilib olg‘ay erdim»,— dedim. Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam: «Inshoolloh, shundoq qilurmen»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan Abu Bakr Siddiq kun qizigan vaqtda menikiga keldilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kirishga ruxsat so‘radilar, men uyga taklif qilib, o‘tirishga joy ko‘rsatdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘tirmasdan: «Qaerda namoz o‘qib bermog‘imni istag‘aysen?»—dedilar. Men o‘zimga yoqqan joyni ko‘rsatdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qishga kirishdilar, biz ul kishiga iqtido qildik. Janrb Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salom berganlarida, biz ham salom berdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda qanday salom bersalar, shunday salom berdik, alik olmadik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:32:40
153-bob. Namozdan keyin zikr aytmoq

Ibn Abbosning ozod qilingan quli Abu Ma’bad: «Menga Ibn Abbos bunday degan erdilar»,— deydi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida odamlar farz namozidan so‘ng baland ovoz birlan zikr aytishur erdi, men buni yaxshi eslab qolganman».

Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozni tugatganlarini takbir aytganlaridan bilur erdim»,— deydilar (Namozdan so‘ng «Subhonalloh, Alhamdu lilloh, Ollohu akbar» deb zikr aytmoq).

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Faqirlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelib: «Jannatning eng yaxshi joylari ham, dunyoning eng yaxshi ne’matlari ham boylarga tekkaydir. Biz qanday namoz o‘qisak va ro‘za tutsak, ular ham shunday namoz o‘qib, ro‘za tutishg‘aydir. Buning ustiga ular mol-dunyoga ham egadirlar. Mol-dunyolari bo‘lgach, haj qilishg‘aydir va sadaqalar berishg‘aydir»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga javoban: «Sizga boylar erishgan martabadan ham yuksakroq martabaga sazovor etadirgan bir narsani o‘rgatayinmi? Agar (mening aytganlarimni qilsangiz), sizdan yaxshiroq odam bo‘lmag‘aydir, siz erishgan martabaga hech kim erisha olmag‘aydir. Quloq solingiz, har bir farz namozidan so‘ng «Subhonalloh», «Alhamdu lilloh» va «Ollohu akbar» deb 33 martadan aytg‘aysiz»,— dedilar. Shu onda biz «Subhonalloh — 33 marta, Alhamdu lilloh — 33 marta, Ollohu akbar — 34 marta» deb o‘zaro tortishib qoldik. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirdik. Janob Rasululloh: «Subhonalloh, Alhamdu lilloh va Ollohu akbarning har birini 33 martadan aytg‘aysen, deb aytdilar»,— deydilar Abu Hurayra».

Mug‘ira Ibn Sho‘‘baning kotibi — Varrod raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Mug‘ira Muoviyaga atab bunday deb xat yozdirdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir farz namozidan so‘ng «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahu-l-mulku va lahu-l-hamdu va huva alo kulli shay’in qadiyr. Ollohumma lo moni’a limo a’tayta va lo mu’tiya limo mana’ta va lo yanfa’u zo-l-jaddi minka-l-jaddu» deb aytar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:32:54
154-bob. Imom (namozdan so‘ng) salom bergach, odamlarga qarab o‘girilib o‘tiradir

Sumra Ibn Jundub naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lsalar, bizga qarab o‘girilib o‘ltirar erdilar».

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hudaybiya degan joyda kechqurun yoqqan yomg‘ir nami ustida biz birlan bomdod namozini o‘qidilar. Namozdan so‘ng Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga o‘girilib: «Rabbingiz ne deydir, bilurmisiz?» — dedilar. Odamlar: «Olloh va uning Rasuli biladir»,— deyishdi, «Olloh: «Bandalarimdan ba’zilari menga ishonib mo‘‘min bo‘ldilar, ba’zilari ersa, menga ishonmay, kofir bo‘ldilar. Ammo, kimki bizning yomg‘irimizni Ollohning fazlu rahmatidan sodir bo‘ldi, desa, ul myonga iymon keltirib, sayyoralarni inkor qilgan bo‘lg‘aydir. Ammo, kimki falon sayyoraning undoq bo‘lmog‘i va piston sayyoraning mundoq bo‘lmog‘idan yomg‘ir yog‘di, desa, ul kofir bo‘lib, sayyoralarga sig‘ingan bo‘lur»,— deydi»,— dedilar Janob Rasululloh».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni xufton namozini o‘qishni yarim kechagacha kechiktirdilar. Namozdan so‘ng bizlarga o‘girilib: «Odamlar allaqachon namozlarini o‘qib bo‘lib yotdilar, ammo sizlar ersangiz hanuz joynamoz ustidasizlar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:33:07
155-bob. Imomning, salom bergandan keyin ham joynamoz ustida qolmog‘i

Nofi’ raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Ibn Umar, farz o‘qib bo‘lgandan keyin ham, joynamozdan jilmasdan nafl o‘qiyverar erdilar. Hazrat Abu Bakrning nevarasi Qosim ham shunday qilur erdi».

Abu Hurayra: «Imom farz o‘qigan joyda nafl o‘qimaydir, degan hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga noto‘g‘ri nisbat berishadi»,— deydilar.

Ummu Salama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam namoz tugab, salom berganlaridan so‘ng, xotinlar masjiddan chiqib ketar erdilar. Ular Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjiddan chiqqunlarigacha uylariga yetib olar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:33:19
156-bob. Imom (namoz tugab, salom bergach) biror zarur narsani eslab namozxonlarni tark etishi mumkinmi?

Uqba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Madinada Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga namozda imomlik qildilar. Namoz tugab, salom berganlaridan so‘ng, odamlarni oralab o‘tib, xotinlaridan birining hujrasiga kirib ketdilar. Janob Rasulullohning shoshib turib ketganlari odamlarni xavotirga soldi. Bir ozdan keyin ul zot hujradan chiqib keldilar va shoshib turib ketganlarining boisini aytdilar: «Bizda bir oz tilla bor erdi, shu yodimga tushib qoldi. Fikrimni chalg‘itmasin, deb odamlarga ulashib bermoqni buyurdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:33:31
157-bob. Chap yokim o‘ng tomoni birlai namozxonlarga o‘girilib qaramoq

Anas raziyallohu anhu o‘ng tomonlari birlan ham, chap tomonlari birlan ham nomozxonlarga o‘girilib qarayverar erdilar. Faqat bir tomoni birlan o‘girilib qaraydiganlarni qoralar erdilar.

Asvad raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’ud: «Hech qaysingiz o‘zingizcha, faqat o‘ng tomon birlan o‘girilmoq lozim, deb aytib, shaytonga namozingizdan nasiba ulashmangiz! Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning chap tomonlari birlan ham o‘girilganlarini ko‘p ko‘rganman»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:33:50
158-bob. Xom sarimsoq, xonaki va yovvoyi piyoz yeyish to‘g‘risida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Kimki ochilikdanmi yokim boshqa sababdanmi, sarimsoq va xom piyoz yegan ersa, bizning masjidimizga kelmasin!» — deganlari to‘g‘risida

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar urushi ketayotgan kunlardan birida: «Kimki mana bu ko‘katdan, ya’ni sarimsoqdan yegan ersa, bizning namozgohimizga yaqinlashmasin!» — deb aytganlar».

Jobir ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki mana bu ko‘katdan yegan ersa (sarimsoqni ko‘rsatdilar), bizning masjidlarimizga kelmasin!»—deb aytganlar. Ato raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh xom sarimsoqni aytdilarmi yokim pishganinimi?»— deb mendan so‘radilar. «Nazarimda, faqatgina xomini aytdilar»,— deb javob berdim».

Ato raziyallohu anhu Jobir ibn Abdullohdap eshitganlarini Ibn Shihobga bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki sarimsoq yokim piyoz yegaydir, bizdan ham, masjidimizdan ham nariroq yursin, uyida o‘tirsin!» — deydilar. Bir payt Janob Rasulullohga ko‘katlardan tayyorlangan taom keltirildi. Unda qanaqadir hid borligini sezib, nimala.rdan tayyorlanganligini so‘radilar. Uning ichidagi bor ko‘katlarni birma-bir aytib berishdi. So‘ng, Janob Rasululloh sahobalarni ovqatga taklif qildilar, lekin ular ul kishining o‘zlari yemaganlari uchun tortinishdi. Shunda Rasululloh: «Sizlar yeyaveringiz, menga bo‘lmaydir, chunkim men farishtalar birlan so‘zlashurmen, ular bu hidni yomon ko‘rishg‘aydir»,— dedilar».

Abdulaziz rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sarimsoq to‘g‘risida ne deganlar?»—deb Anasdan so‘radi. Anas: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki mana bu ko‘katni (sarimsoqni) yegaydir, bizga yaqinlashmasin va biz birlan birga namoz o‘qimasin!» deb aytganlar»,— dedi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:34:16
159-bob. Qachon bolalarga g‘usl va tahorat vojib bo‘ladir? Qachon ular jamoat yig‘inlari, hayitlar va janozalarda qatnashadirlar, kattalar safida turib namoz o‘qiydirlar?

Sha’biy quyidagi hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga tashlandiq bolaning qabriga borib janoza o‘qigan kishidan eshitibdir: «Janob Rasululloh janozada imomlik qildilar. Odamlar Janob Rasulullohga iqtido qilishdi (yosh bolalar ham qatnashishdi). Sulaymon mendan: «Bu hadisni kim aytib bergan erdi?»—deb so‘radi. Men: «Ibn Abbos»,— dedim».

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a ko‘ni g‘usl qilmoqlik har bir balog‘atga yetgan insonga vojibdir»,— deganlar».

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Xolam Maymunanikida bir kecha tunab qoldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham uyquga yotdilar. Kechaning bir qismi o‘tgach, Janob Rasululloh turib devorga osig‘liq meshchani oldilar, so‘ng yengil-elpi tahorat olib namoz o‘qiy boshladilar. Men ham ul kishi, singari tahorat olib, chap tomonlariga kelib turgan erdim, o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar. So‘ng, Olloh xohlagancha namoz o‘qidilar, keyin yonboshladilar, hatto pishillaganlari ham eshitildi. Bir ozdan keyin muazzin kelib namozga chaqirdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qayta tahorat olmay muazzin birlan birga namozga chiqib ketdilar. Sufyon raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uxlaydi-yu, qalblari uxlamaydir»,— deydi. Amr: «Payg‘ambarlarning ko‘rgan tushlari Ollohning ularga yuborgan vahiyidir»,— deb, «Men tushimda ko‘rsam, seni Olloh yo‘lida qurbon qilayotgan erkanman» degan oyati karimani o‘qidi».

Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Katta buvim Mulayka taom tayyorlab, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni mehmonga chaqirdilar. Rasululloh taomni yeb bo‘lgach: «Turingiz, birga namoz o‘qiymiz»,— dedilar. Men turib, eskiligidan qorayib ketgan bo‘yramizga suv sepdim, so‘ng Rasululloh namozni boshladilar. Men birlan bir yetim bola orqalarida safga turdik, buvim bo‘lsalar, bizning orqamizda turdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 2 rak’at namoz o‘qidilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir urg‘ochi eshak minib Minoga keldim. Balog‘atga yetib qolgan erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Minoda sutrasiz (qibla tomonni to‘smay) odamlar birlan namoz o‘qiyotgan erkanlar. Ba’zi bir saflarni oralab o‘tdimda, eshakdan tushib, uni o‘tlagani qo‘yib yubordim, keyin safga kelib turdim. Bu qilmishim uchun menga hech kim tanbeh bermadi».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftonga kech qoldilar, hatto Hazrat Umar: «Yosh bolalar, xotinlar uxlab qoldilar»,— deb ovoz qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chiqib: «Darhaqiqat, Yer yuzidagi aholining birortasi ham hozir xufton o‘qiyotgani yo‘q»,— dedilar. Usha kunlarda Madina ahlidan boshqa hech kim namoz o‘qimas erdi».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Menga bir kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hayit namozida qatnashganmisiz?»,— dedi. Men: «Ha, qatnashganman, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yaqinligim bo‘lmaganda, yoshim qichikligi sababli qatnasha olmagan bo‘lar erdim»,— dedim-da, quyidagilarni hikoya qilib berdim: «Janob Rasululloh Kusayr ibn Salt hovlisi yonida menga tug‘ni tutqizdilar, so‘ng avval erkaklarga, keyin ayollarga va’z aytdilar, oxiratni eslatib, sadaqa qilmoqqa buyurdilar. Ayollar uzuk va sirg‘alarini olib Bilolning etagiga tashlay boshladilar. Shundan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abdulloh va Bilol uylariga ketdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:34:42
160-bob. Ayollarning kechasi va g‘ira-shirada masjidlarga chiqmoqlari

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xufton namoziga kech qoldilar, hatto Hazrat Umar: «Xotinlar va bolalar uxlab qoldilar»,— deb ovoz qildilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chiqib: «Yer yuzida sizdan bo‘lak biror kishi bu namozni o‘qiyman, deb turgani yo‘q»,—: dedilar. O’sha kunlarda Madinadan boshqa joyda namoz o‘qilmas erdi. Madina ahli xufton namozini Quyosh botayotgandagi shafaqning yo‘qolishidan boshlab, to tunning 3/1 bo‘lagi tugaguncha bo‘lgan vaqt ichida o‘qir erdi».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar xotinlaringiz kechasi namoz o‘qimoq uchun masjidga chiqmoqqa ijozat so‘rasalar, ijozat beringiz»,— deganlar».

Hind binti al-Harsga Ummu Salama quyidagi hadisni aytib bergan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida ayollar farz namozini o‘qib bo‘lib, salom berishgach, o‘rinlaridan turib uylariga ketishar erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan erkaklar ersa, ayollar ketib olsin, deb birmuncha vaqt kutib turishar erdi».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh  sallallohu alayhi va sallam bomdod namozini o‘qir erdilar, namozdan so‘ng xotinlar chimmatlariga o‘ralib g‘ira-shirada uylariga qaytishar erdi, qorong‘ida ularni hech kim tanimas erdi».

Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men, cho‘zibroq namoz o‘qiyman, deganimda go‘daklarning yig‘isini eshitib, onasiga og‘ir tushmasin, degayman-da, namozni yengillatgayman»,— deganlar».

Oisha onamiz: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayot bo‘lib, ayollarda paydo bo‘lgan ushbu zebu ziynatlarni ko‘rganlarida erdi, Baniy Isroil kabi ularning masjidlarga bormaklarini albatta man’ qilgan bo‘lur zrdilar»,— degan erkanlar.

Yahyo shu haqda gapira turib, «Baniy Isroil xotin-qizlarining masjidlarga borishi man’ qilingan erdimi?»—deb so‘rabdi Umradan. Shunda Umra: «Ha»,— degan erkan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:34:57
161-bob. Ayollarning erkaklar orqasida safga turmog‘i

Ummu Salama quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lib salom berganlarida ayollar o‘rinlaridan turib uylariga ketishar erdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari ersalar, o‘rinlaridan turmay bir oz o‘ltirar erdilar. Zuhriy bu haqda: «Ul zot, erkaklardan avval xotinlar uylariga yetib olsinlar, deb shunday qilgan bo‘lsalar kerak, yana Olloh bilg‘aydir»,— deydilar. Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ummu Sulaymnikida namoz o‘qidilar. Men va bir yetim bola Rasulullohning orqalarida iqtido qilib safga turdik, Ummu Sulaym ersa, bizning orqamizda turdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:35:09
162-bob. Ayollar bomdod namozidan keyin uylariga qaytmog‘lari hamda masjidda kamroq ushlanib turmog‘lari lozim

Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozini o‘qib bo‘lganlaridan keyin ayollar uylariga qaytishar erdi. G’ira-shirada ularni hech kim tanimas erdi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:35:19
163-bob. Ayol kishining masjidga chiqmoq uchun eridan ijozat so‘ramog‘i

Solim ibn Abdullohning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangizning xotiningiz masjidga chiqmoqqa ijozat so‘rag‘aydir, ruxsat beringiz,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:36:02
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
JUM’A KITOBI


1-bob. Jum’aning farz ekanligi

Olloh taolo: «Agar jum’a kuni jum’a namoziga azon aytib chaqirilg‘aydir, oldi-sotdini qo‘yib, Ollohni zikr etmoqqa shoshilingiz. Agar bilsangiz, Ollohni zikr etmoqqa shoshilmoq sizlar uchun xayrlidir!»-deydir.

Abu Hurayra: «Bu xususda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»,- dedilar: «Biz bu dunyoda eng oxirgilarmiz, qiyomat kunida ersa, hurmat-ehtirom jihatdan eng birinchilarmiz. Ammo, Ahli kitoblarga bizdan avval kitob nozil qilingan hamda ularga shu jum’a kuni haftalik bayram sifatida farz qilingan erdi. Ammo, ular jum’a kunini bayram qilmoq to‘g‘risida kelisha olmadilar. Bu kunni bayram qilmoqni Olloh bizga muyassar etdi. Barcha bizdan keyin bayram qilg‘aydir, yahudiylar ertaga, nasorolar ersa, indinga bayram qilishg‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:36:24
2-bob. Jum’a kuni g‘usl qilmoqning afzalligi; balog‘atga yetmagan bolalarning yokim ayollarning jum’aga qatnashmoqlari lozimmi?

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz bo‘lmangiz, jum’aga kelsangiz, g‘usl qilib kelingiz!»-deganlar».

Ibn Umar naql qiladirlar: «Umar ibn al-Xattob jum’a kuni minbarda tikka turib xutba aytayotgan erdilar, nogahon Rasulullohning sahobalaridan bir kishi (masjidga) kirib keldi. Shunda Hazrat Umar baland ovoz birlan: «Hozir qay vaqt bo‘ldi? (nechun kech qolding?)» - dedilar. «Men bir ish birlan band erdim, uyimga ham borolganim yo‘q, azonni eshitdimu, tahorat olib yugurdim»,- dedi boyagi kishi. «G’usl qilmasdan tahorat qilganini qarangiz! Vaholanki, sen Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jum’aga g‘usl qilib kelmoqni buyurganlarini bilursen»,-dedilarHazrat Umar».

Abu Sa’id al-Xudriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a kuni g‘usl qilmoq har bir balog‘atga yetgan inson uchun vojibdur!» - deganlar», -deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:36:54
3-bob. Jum’aga xushbo‘y narsalar sepib bormoq

Abu Sa’id rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a kuni g‘usl qilmoq, shuningdek tish tozalamoq va topilsa, xushbo‘y narsalar sepmoq har bir balog‘atga yetgan odam uchun vojibdir!» - deganlar. «G’usl qilmoq - vojib ekanligiga guvohman, lekin tish tozalamoq va xushbo‘y narsalar sepmoq vojibmidir yo yo‘qmidir, buni Olloh bilg‘aydir. Hadisda ersa, vojib deb aytilgan»,- deydilar Amr raziyallohu anhu».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:37:09
4-bob. Jum’aning afzalliklari

Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»,— deydilar: «Kimki, jum’a kuni nahs bo‘lganida g‘usl qilganidek g‘usl qilib masjidga birinchi bo‘lib borg‘aydir, go‘yokim bir tuya qurbonlik qilgandek savob olg‘aydir va kimki ikkinchi bo‘lib borg‘aydir, go‘yokim bir sigir so‘yib qurbonlik qilgandek savob olg‘aydir va kimki uchinchi bo‘lib borg‘aydir, bir qo‘y so‘yib qurbonlik qilgandek savob olg‘aydir va kimki to‘rtinchi bo‘lib borg‘aydir, bir tovuq sadaqa qilgandek savob olg‘aydir va kimki beshinchi bo‘lib borg‘aydir, bir tuxum sadaqa qilgandek savob olg‘aydir. Imom xutba aytgani chiqsa, maloikalar ham xutba eshitmoq uchun hozir bo‘lishgaydir, ammo maloikalar bundan keyin kelgaylar uchun savob daftarlarini yopib qo‘yg‘aydirlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Oktyabr 2006, 07:37:25
5-bob.

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar raziyallohu anhu jum’a kuni xutba aytib turgan erdilar, masjidga bir kishi kirib keldi. Shunda Umar unga: «Nega namozga kech qoldingiz?»-dedilar. Ul kishi: «Azonni eshitdim-u, tahorat olib kelaverdim»,- dedi. Umar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Har biringiz jum’aga g‘usl qilib boringiz!» deganlarini eshitmaganmisiz?» -dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:38:46
6-bob. Jum’aga gul yog‘i surtib bormoq

Salmon al-Forsiy naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kishikim jum’a kuni g‘usl qilib, qo‘ldan kelgancha poklanib, xushbo‘y yog‘lar birlan soch-soqollarini moylab yokim uyida bor bo‘lgan xushbo‘y narsalardan o‘ziga sepib, so‘ng masjidga kelsa va ikki kishi orasidan ularga ozor bermay o‘tib, Olloh taolo nasib qilgancha namoz o‘qisa, imom gapirganda jim turib quloq, solsa, o‘sha jum’a birlan o‘tgan jum’a o‘rtasidagi gunohlarining hammasi kechirilg‘aydir»,-deganlar».

Tovus raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a kuni nahs bo‘lmasangiz ham g‘usl qilingiz va boshlaringizni yuvingiz, o‘zingizga xushbo‘y narsalar sepingiz! deganlar»,- deyishadi, shunga siz ne dersiz? dyob Ibn Abbosga aytdim. Ibn Abbos: «Ha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g‘usl haqida shundoq deb aytganlar, ammo xushbo‘y narsalar to‘g‘risida nelar deganlarini bilmasmen» ,— dedi».

«Ibn Abbos Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jum’a kuni g‘usl qilmoq to‘g‘risida aytgan gaplarini so‘zlab berdi. Shunda men: Xushbo‘y narsalar sepadirmi yokim bor bo‘lsa, xushbo‘y yog‘lar surtadirmi? deb Ibn Abbosdan so‘radim» ,— deydilar Tovus raziyallohu anhu, Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysinisini nazarda tutganlarini aniq bilmasmen»,- debdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:39:03
7-bob. Jum’a namoziga eng yaxshi kiyimlarni kiyib bormoq

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu masjid eshigi oldida ipak matodan tikilgan chopon sotishayotganini ko‘rib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, shu choponni sotib olsangiz, jum’a kuni va mehmonlar kelganda kiyar erdingiz»,- dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu choponni oxiratdan umidini uzgan odam kiyg‘aydir»,- dedilar. Keyinchalik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga o‘sha ipak chopondan bir nechasini hadya qilib yuborishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam choponlardan birini Hazrat Umarga berdilar. Hazrat Umar: «Yo Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, ipak choponni menga kiydirdingiz, vaholanki bu to‘g‘rida boshqa narsa degan erdingiz?!» - dedilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men senga choponni o‘zing kiyg‘il, deb berganim yo‘q»,- dedilar. Umar ibn al-Xattob choponni Makkadagi mushrik (Ollohga shirk keltirgan) ukalariga kiydirib yubordilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:39:31
8-bob. Jum’a kuny misvok birlan tish tozalamoq

Abu Sa’id al-Xudriy: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tishlarini misvok birlan tozalar erdilar»,- deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ummatimga qiyin qilib qo‘yg‘aymen demaganimda, har bir namoz o‘qishdan oldin misvok birlan tish tozalamoqni buyurar erdim»,- deganlar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarga misvok birlan tish tozalamoq to‘g‘risida juda ham ko‘p aytdim»,-deganlar».

Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi tashahhudga turganlarida ogizlarini misvok birlan tozalar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:39:45
9-bob. Birovning misvoki birlan tish tozalagan kishi

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Abdurrahmon ibn Abu Bakr qo‘lida misvok birlan hujramga kirib keldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga qaradilar. Men Abdurrahmonga: «Shu misvokni menga bering», — dedim. Menga berdilar. Misvokning ishlatilgan qismini sindirib tashladim, so‘ng uchini tishlab yumshatdim-da, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga berdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (betob bo‘lib yotgandilar) ko‘kragimga suyanib turib, tishlarini tozaladilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:40:00
10-bob. Jum’a kuni bomdodda o‘qiladigan zam sura

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni bomdod namozining birinchi rak’atida «Alif, lom, mim tanzil» surasini, ikkinchi rak’atida ersa, «Hal ato ala-l-inson» surasini o‘qir erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:40:28
11-bob. Qishloq va shaharlarda jum’a o‘qimoq

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidlarida o‘qilgan jum’adan keyingi birinchi jum’a Bahrayn qishloqlaridan biridagi Abd ul-Qays masjidida o‘qildi».

Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Har biringiz vasiydirsiz» deganlarini eshitganman»,— dedi. Lays ibn Sa’id ersa: «Menga Yunus bundoq degandi» deb quyidagini qo‘shimcha qildilar: «Bir kuni 
Raziyq ibn Hakim Vodiy ul-Quroda turganida Ibn Shihobga masala so‘rab: «Ey Ibn Shihob, qo‘l ostimdagilarni jum’a namoziga to‘playinmi yokim yo‘qmi?» deb xat yozdi, men ham o‘sha yerda erdim. Raziyq o‘sha vaqtlarda dalada ish boshqaruvchi bo‘lib, qo‘l ostida sudanlik bir jamoa xizmatchilar va boshqalar ishlashar erdi. Raziyq Ayla degan shaharga amirlik qilib turgan kunlardan birida Ibn Shihob unga javob yo‘lladi. Raziyq xatni o‘qiyotganida men eshitib turgan erdim, unda Ibn Shihob Raziyqqa qo‘l ostidagilarni jum’aga yig‘moqni buyurib, bunday degandi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Har biringiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga vasiy va mas’uldirsizlar. Imom o‘z qo‘l ostidagilarga vasiy va mas’uldir. Erkaklar o‘z oila a’zolariga vasiy va mas’uldirlar, ayollar o‘z erining uyidagi bor narsalarga mas’uldir. Xizmatkor o‘z xo‘jayinining moliga mas’ul bo‘lib, ularni ehtiyotlamog‘i lozim» deganlarini Abdulloh ibn Umardan eshitganman». Nazarimda, Ibn Shihob: «Bola o‘z otasining moliga mas’ul bo‘lib, uni ehtiyotlamog‘i lozim, har biringiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga vasiy va mas’uldirsizlar» deb ham yozgandi shekilli».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:41:02
12-bob. Jum’ada qatnashmaydirgan ayollar, bolalar va boshqalarga jum’a kuni gusl lozimmi yoki yo‘qmi?

Ibn Umar: «Jum’a kuni g‘usl qilmoqlik jum’a o‘qishi farz bo‘lgan kishilargagina lozimdir,— deydilar.

Solim ibn Abdullohning otalari - Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki jum’aga kelsa, g‘usl qilib kelsin!» deb aytganlar» ,— deydilar.

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi  va sallam: «Jum’a kuni g‘usl qilmoq har bir balog‘atga yetgan insonga lozimdir!» deb aytganlar» ,— deydilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz bu dunyoda oxirgilarmiz, Qiyomat kuni ersa, izzat-hurmat jihatidan birinchilardirmiz. Avval ularga, keyin bizga Kitob nozil bo‘ldi. Ular o‘zaro tortishib jum’a kunini bayram kuni deb belgilay olmadilar. Bu kunni bayram qilmoqni Olloh bizga muyassar etdi. Yahudiylar ertaga, nasorolar ersa, indinga bayram qilishg‘aydir»,- deb bir oz jim qoldilar, keyin yana: «Har bir musulmon 7 kunda bir marta boshdan-oyoq yuvinib g‘usl qilmog‘i lozimdir!» - deb qo‘shib qo‘ydilar».

Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh haqqi-hurmati, har bir musulmon 7 kunning birida g‘usl qilmog‘i lozimdir!»-deganlar»,-deydilar.

Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayollarga kechasi masjidlarga borib namoz o‘qimoqqa ruxsat beringiz!» deganlar»,- deydilar.

«Umarning bir xotini bor erdi. Bomdod va xufton namozlarini masjidda jamrat birlan o‘qir erdi. Unga: «Nega jamoat oldiga chiqg‘aysen? Bu Umarga yoqmasligini, odamlardan seni rashk qilmog‘ini bilursen-ku, axir! - deyishdi. Xotin: «Meni bundan qaytarmog‘i uchun ne mone’lik qilg‘aydir?»-dedi. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Olloh bandalarining Olloh masjidlariga bormoqlariga mone’lik qilmangiz!» degan so‘zoi mone’lik qilg‘aydir»,- deyishdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:41:21
13-bob. Yomg‘irli kunda jum’aga kelmaslikka ruxsat

Ibn Abbos yomg‘ir yog‘ayotgan kuni muazzinga: «Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh» deganingdan keyin «Hayya alassalot» demoq o‘rniga «Salluu fi buyutikum» (Uylaringizda o‘qingiz) deb aytgin!» - dedilar.
Shunda odamlarga bu gap yoqmagandek bo‘ldi. Ibn Abbos: «Mendan yaxshiroq kishi (Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) ham shundoq qilganlar. Bugun jum’aga kelmoq og‘ir, men sizlarga qiyin bo‘lmasin, loyu suv kechib kelmangiz, deb shundoq qildim»,- dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:42:09
14-bob. Qanchalik uzoq joydan jum’aga kelinadir va kimga (jum’aga) kelmoq vojib?

Olloh taolo: «Jum’a kuni jum’aga azon aytilg‘aydir, oldi-sotdingizni qo‘yib, Ollohni zikr etmoqqa oshiqingiz!»-deydi. Ato raziyallohu anhu: «Agar jum’a namozi o‘qiladirgan qishloqda bo‘lsang-u, jum’a namoziga azon aytilsa, azonni eshitsang ham, eshitmasang ham jum’aga kelmog‘ing lozim va farzdir!»-deydilar. Anas raziyallohu anhu jum’ani goho o‘z qasrida, goho masjidda o‘qir erdi. Qasri Basradan 2 farsax (taxm. 15-16 km) narida erdi.

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Odamlar navbati birlan uzoq qishloqlardan, shahar chekkalaridan changu tuproqqa botib, terlab-pishib jum’aga kelishar erdi. Bir kuni bir kishi Rasulullohni menikida ekanliklarida ko‘rgani keldi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qani endi, mana shu kuningizni (jum’ani) deb yaxshiroq poklansangiz!» -dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:42:26
15-bob. Quyosh qiyomdan oqqanda jum’a vaqti boshlanadir

Yahyo ibn Sa’id rivoyat qiladirlar: «Amra degan ayoldan jum’a kuni g‘usl qilmoq haqida so‘raganimda, ul Oisha onamizning shu xususda aytib bergan so‘zlarini aytdi: «Mehnatkash odamlar kun qiyomdan oqqach, o‘sha ahvolda jum’aga kelaverar erdilar. Shunda ularga, g‘usl qilib kelsangiz erdi, ter hidi ko‘tarilib ketar erdi, deyilardi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasulullox, sallallohu alayhi va sallam jum’a namozini quyosh qiyomdan oqqan paytda o‘qir erdilar».

Anas raziyallohu anhu: «Jum’a namozini ertaroq o‘qib, keyin bir oz uxlab olar erdik»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:42:42
16-bob. Jum’a kuni kun qattiq isib ketsa...

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sovuq kunlari jo‘m’a namozini ertaroq, kun qattiq isib ketganda ersa, kechroq o‘qir erdilar».

Abu Xulda: «Amirimiz biz birlan jum’a o‘qidilar»,- dedi, so‘ng Anasdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinni nechuk o‘qir erdilar?» - deb so‘radi (Bayhaqiy: «Qishda .ertaroq, yozda ersa, kechroq o‘qir erdilar»,- deydilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:43:13
17-bob. Jum’a namoziga (piyoda) bormoq; Olloh taoloning «Jum’a namoziga azon aytilsa, Ollohni zikr etmakka shoshilingiz!» degan oyati karimasi; «shoshilingiz» degan so‘z «jum’aga tezroq tayyorgarlik ko‘rib, masjidga oshiqmay borishni anglatadir» degan kishilar haqida

Ibn Abbos: «Jum’aga azon aytilgandan so‘ng oldi-sotdi qilish man’ (harom) qiling‘aydir»,- deydilar. Ato ersa: «(Umuman) har qanday tirikchilik bilan shug‘ullanmak man’ (harom) qiling‘aydir»,- deydilar. Zuhriy raziyallohu anhu: «Jum’a kuni muazzin azon aytsa, musofir bo‘lsang ham jum’aga bormog‘ing lozim»,-deydilar.

Aboya ibn Rifo’a raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jum’aga ketayotgan erdim.   yo‘lda   Abu  Abs   menga   duch   kelib:   «Rasululloh  sallallohu  alayhi   va sallamning «Kimning oyog‘i Olloh yo‘lida yurib chang bo‘lg‘aydir, Olloh taolo uni do‘zax o‘tida kuydirmag‘aydir» deb aytganlarini eshitdim» ,— dedi».

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namozga takbir aytilsa, safga turmoqqa shoshilmangiz, tinchgina, osoyishtalik birlan kelib turingiz. Namozning qaeriga kelishgan bo‘lsa, o‘sha joyidan boshlab birgalashib o‘qiyveringiz, qolganini keyin o‘zingiz o‘qib olingiz!»-deganlar».

Abdulloh ibn Abu Qatoda rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni ko‘rmaguningizcha safga turmangiz, tinchlikka rioya qilingiz!» -deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:43:29
18-bob. Jum’a kuni namozda safda turgan kishilarning orasidan yorib o‘tilmasin!

Salmon Forsiy naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki jum’a kuni g‘usl qilib, o‘ziga xushbo‘y narsalar sepib, namozga kelsa va. safda turganlar orasiga qo‘pollik bilan suqilib kirmasa, nasib etgancha namoz o‘qisa, imom minbarga chiqib, xutba aytayotganda jim turib quloq solsa, uning shu jum’a birlan o‘tgan jum’a orasidagi gunohlari kechirilg‘aydir»,- deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:43:51
19-bob. Jum’a kuni birodarini turgizib yuborib, o‘rniga o‘tirib olinmaydir

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Jurayjga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda birodarini turg‘izib yuborib, o‘rniga o‘tirib olishni qoralabdilar, buni menga Ibn Umar aytdi»,- dedim. Shunda  Ibn Jurayj: «Jum’a namozidami?» - dedi. Men: «Jum’ada ham, boshqa namozlarda ham»,-dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:44:08
20-bob. Jum’a kuni azon aytmoq

Soib Ibn Yazid bunday deydilar: «Jum’a kunidagi birinchi azon,' Rasululloh, Abu Bakr va Umarning davrlarida, imom minbarga borib o‘tirganda aytilgan. Usmon xalifalik qilgan davrlarida Madinai Munavvarada odam ko‘payib, Zavro’ (masjid yonidagi joy)da uchinchi azon aytiladigan bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:03:10
21-bob. Jum’a kuni bir kishi muazzinlik qiladir

Soib ibn Yazid: «Jum’a kunidagi uchinchi azonni Usmon ibn Affon joriy qilganlar, Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning muazzinlari bittadan ortiq bo‘lmagan va jum’a kuni azon imom minbarga borib o‘tirganda aytilgan»,-deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:03:48
22-bob. Imom azonni eshitsa, minbarda o‘tirib, so‘zlarini takrorlab turadi

Abu Umoma rivoyat qiladirlar: «M uoviya ibn Abu Sufyonning minbarda o‘tirib azon kalimalarini qaytarib aytayotganini eshitdim. Muazzin: «Ollohu akbar, ollohu akbar» ,— deganda, u ham: «Ollohu akbar, ollohu akbar»,- dedi. Muazzin: «Ashhadu alla iloha illalloh»,- deganda, Muoviya: «Men ham guvohlik bergaymen»,- dedi. Muazzin: «Ashhadu anna Muhammadan rasululloh»,- deganda, Muoviya: «Men ham guvohlik bergaymen»,- dedi. Muazzin azonni aytib bo‘lgach, Muoviya: «Ey odamlar, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muazzin azon aytayotganda mana shu joyda o‘tirib hozir men aytgan so‘zlarni aytganlarini eshitganman»,- dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:04:21
23-bob. Azon aytilayotganda xatibning minbarda o‘tirmog‘i - sunnat

Soib ibn Yazid quyidagicha rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni masjidda odam ko‘payib ketganda Usmon raziyallohu anhu. ikkinchi marta azon chaqirmoqni buyurdilar. Jum’a kuni azon imom minbarda o‘tirganda aytilar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:04:45
24-bob. Xutba vaqtida azon aytmoq

Zuhriyga Soib ibn Yazid bunday debdirlar: «Jum’a kunidagi birinchi azon Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Umar davrlarida, imom minbarda o‘tirgan vaqtda aytilar erdi. Usmon raziyallohu anhu xalifalik qilgan vaqtga kelib, odam ko‘paydi. U jum’a kuni Zavro’ degan joyda uchinchi azon aytmoqni buyurdi. Shu-shu, bu odat bo‘lib qoldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:05:46
25-bob. Minbarda xutba aytmoq

Anas:  «Rasululloh   sallallohu   alayhm   va   sallam   minbarga   chiqib   xutba aytdilar»,- deydilar.

Abu Hazm ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Bir necha odam minbarning nimadan yasalganligi to‘g‘risida tortishib qoldilar, so‘ng Sahl ibn Sa’d as-So’idiy huzuriga kelib, shu haqda undan so‘radilar. Sahl ibn Sa’d as-So’idiy bunday dedi: «Qasamyod qilurmenkim, men uning nimadan yasalganini juda yaxshi bilurman. Uni olib kelib qo‘yishgan kunyaing o‘zidayoq ko‘rganman, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha kuni unga birinchi marta o‘tirib ko‘rganlarini ham ko‘rganman. Minbarning yasalish tarixiga   kelsak,   Janob   Rasululloh   falonchi   xotinga   odam   yubordilar   (Sahl xotinning otini aytgan erdi), kelgach, unga: «Duradgor g‘ulomingga buyursang, odamlarga gapirganimda ustiga chiqib o‘tiradigan bir minbar yasab bersa»,-dedilar. Xotin g‘ulomiga buyurdi. G’ulom tarfo degan daraxt yog‘ochidan minbar yasadi, xotin uni Rasulullohga yubordi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarni shu yerga qo‘ymakni buyurdilar. So‘ng, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbar ustida namoz o‘qiganlarini ko‘rdim. Minbar ustida takbiri tahrima aytdilar! so‘ng (minbar ustida) ruku’ qildilar, keyin (minbardan) tisarilib tushib, yerda sajda qildilar. Keyin, yana (minbarga) qaytib chiqdilar. Namoz o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng odamlarga qarab: «Ey odamlar, mening namoz o‘qishimni o‘rganib olingiz va sizlar ham men kabi namoz o‘qingiz, deb shunday qildim»,- dedilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Bir xurmo to‘nkasi bo‘lib, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning ustiga chiqib xutba aytar erdilar. Janob Rasulullohga minbar qo‘yib berishgach, to‘nka yangi tuqqan tuya bo‘zlagandek yig‘laganini eshitdik, hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbardan tushib, muborak qo‘llarini uning ustiga qo‘ydilar. Shundan keyingina to‘nka jimib qoldi,

Solimning otalari Ibn Umar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbar ustida turib: «Kim jum’aga kelsa, g‘usl qilib kelsin!» - deganlarini eshitgan erkanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:06:09
26-bob. Tik turib xutba qilmoq

Anas raziyallohu anhu: «Bir vaqt qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tikka turib xutba qilayaptilar»,- deb aytdilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hozir siz qilayotganingizdek tik turib xutba aytar erdilar, so‘ng o‘tirar erdilar, keyin yana turar erdilar»,- dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:06:34
27-bob. Imom odamlarga qarab xutba aytadir, odamlar ersa, imomga qarab tinglashg‘aydir

Ibn Umar va Anas ibn Molik imomga tikilib turdilar.

Abu Sa’id al-Xudriy: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarga o‘tirdilar, biz esa u kishining atroflarida o‘tirib tingladik»,-deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:07:11
28-bob. Xutbada Ollohga sano aytgandan so‘ng «Ammo ba’d» («Andin so‘ng ersa») degan kishi haqida

Hishom raziyallohu anhu quyidagi hadisni Fotimadan eshitgan erkanlar, unga Asmo aytib bergan erkan: «Oisha onamizning huzurlariga kirsam, odamlar namoz o‘qishayotgan erkan. «Odamlarga ne bo‘ldi?» - dedim. Oisha onamiz boshlari birlan osmonga ishora qildilar. «Bu (oxirat) alomatimi?» - dedim. «Ha» degandek bosh qimirlatib qo‘ydilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni juda ham uzoq o‘qidilar, hatto mening ko‘zim tinib ketdi. Yonimda meshchada suv bor erdi.

Ozini ochib boshimga suv quya boshladim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘ldilar hamki, quyosh tutilishi to‘xtab, kun yorishib ketdi. Janob Rasululloh Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar, so‘ng «Ammo ba’d» («Andin so‘ng ersa») deb odamlarga xutba qildilar. (Olloh taologa aytilgan hamdu sano birlan odamlarga aytmoqchi bo‘lgan xutbalarini bir-biriga qo‘shib yubormaslik uchun «Ammo ba’d» dedilar). Shu payt bir to‘da ansoriy ayollar g‘ovur-g‘uvur qilib qolishdi. Men ularni tinchitib, keyin (eshitmay qolganim uchun); «Rasululloh ne dedilar?» - deb Oisha onamizdan so‘radim. Oisha onamiz Rasulullohning hamma aytganlarini menga quyidagicha gapirib berdilar: «Menga ko‘rsatilmagan narsa qolmadi, hatto mana shu joyda turib jannatni ham, do‘zaxni ham ko‘rdim. Menga vahiy qilindi, sizlar qabrda Masih Dajjol fitnasi kabi yoki shunga yaqin bir sinovdan o‘tgaysizlar. Oldingizga kelib: «Mana bu kishini (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni) taniysanmi?» - deb so‘ragaylar. So‘ralguvchi mo‘‘min (shu yerda Hishom: «yokim taqvodor»,- deb ikkilangaydir) bo‘lsa, «Bu kishi Rasululloh, Muhammad sallallohu alayhi va sallamdirlar. Bizga mo‘‘jizalar va hidoyat yo‘lini olib kelganlar, biz u kishiga ishonib, aytganlarini qabul qilganmiz, u kishiga ergashganmiz, hamma aytganlarini tasdiqlaganmiz»,- deydi. Unga: «Rohatlanib uxlayver. Biz sening mo‘‘min ekanligingni bilur erdik»,- deyishadi. Ammo, so‘ralguvchi munofiq (shu yerda Hishom: «yoki shubhalanuvchi»,- deb ikkilangaydir). bo‘lsa, «Bu kishini taniysanmi?»-deyishganda, «Yo‘q, bilmasman, odamlar bu kishi xususlarida nelardir deyishar erdi, men ham o‘shalardan eshitganlarimni aytar erdim»,- deydi (Hishom: «O’sha munofiqqa aytishadirgan ogir gaplarni Fotima menga aytgan erdi, lekin yodimdan ko‘tarilibdir»,- deydi)».

Amr ibn Tag‘lib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallamga o‘lja mollar va asirlar keltirildi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ljalarni taqsimladilar. Ba’zi kishilarga berdilar, ba’zilariga bermadilar. Shunda o‘lja tegmagan kishilar norozi bo‘layotganini aytishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamdu sano aytib, so‘ng «Ammo ba’d («Andin so‘ng ersa») deb qo‘ydilar-da, «Olloh haqqi-hurmati, men ba’zi bir kishiga o‘lja bergayman, ba’zisiga ersa, bermagayman. Lekin, o‘lja olmagan kishi menga o‘lja olgan kishidan ko‘ra mahbubroqdir. Qalbida qanoatsizlik, mol-dunyoga hirsi borligini sezgan kishimga o‘lja bergayman. Olloh qalblariga ko‘zi to‘qlik va qanoat jo qilgan kishilarni ersa, yanada nazari to‘q va qanoatli bo‘lmoqqa undagayman, Amr ibn Tag‘lib o‘sha sabrlilar toifasidandir»,- dedilar. Xudo haqqi, Janob Rasulullohning bu gaplari menga har qancha molu dunyodan ortiq erdi».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni yarim kechada masjidga chiqib namoz o‘qidilar, odamlar ham ularga iqtido qilib, nafl o‘qishdi. Tong otgach, odamlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechada masjidga chiqib namoz o‘qidilar»,-deb o‘zaro gaplashishdi. Ertasiga kechqurun undan ham ko‘p odam yig‘ilib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qidilar. Tong otgach, yana shu haqda o‘zaro so‘zlashdilar.

Uchinchi kechada masjid ahli juda ham ko‘payib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqib namoz o‘qydilar, odamlar ham o‘qishdi. To‘rtinchi kecha Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqmadilar, faqat tong otganda bomdod namoziga chiqdilar. Namozni o‘qib bo‘lgach, Ollohga hamdu sano aytganlaridan so‘ng «Ammo ba’d» deb so‘z boshladilar: «Sizlarning bu sa’yu kushishlaringiz, albatta, yaxshi, biroq kechasi namoz o‘qimoq farz bo‘lib qolib, keyin qiynalib qolmangiz, dedim».

AbuHumayd as-So’idiy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozdan keyin o‘rinlaridan turib Ollohga munosib hamdu sano va tahlil aytganlaridan so‘ng, «Ammo ba’d» deb so‘z boshladilar».
Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib hamdu sano aytayotganlarida «Ammo ba’d» deganlarini eshitdim».

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam enlariga izor kiyib, boshlariga katta salla o‘rab, so‘nggi marta minbarga chiqdilar, Ollohga hamdu sano aytganlaridan so‘ng: «Ey odamlar, menga yaqinroq kelingiz!» -dedilar. Odamlar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga to‘plandi. Rasululloh «Ammo ba’d» deb so‘z boshladilar: «Mana bu ansoriylar qabilasi kelajakda ozayg‘aydir, (boshqa) odamlar ersa, ko‘payg‘usidir. Muhammad sallallohu alayhi va sallam ummatiga mansub mansabdor odamning biror kishiga zarari yokim foydasi tegsa, yaxshiligini qabul qilib, yomonligini afv etsinlar!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:07:40
29-bob. Jum’a kuni imomning ikki xutba o‘rtasida o‘tirib dam olmog‘i

Abdullohibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (jum’ada) ikki marta xutba aytar erdilar. Ikkinchi xutbani boshlashdan oldin o‘tirib dam olar erdilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:08:13
30-bob. Jum’a kuni xutba tinglamoq

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar»,— dedilar: «Jum’a kuni maloikalar masjid eshigi oldida birinchi bo‘lib kelganlarni birinchi deb, ikkinchi bo‘lib kelganlarni ikkinchi deb yozib turishg‘aydir. Jazirama issiqda birinchi bo‘lib kelganlar bitta tuya, ikkinchi bo‘lib kelganlar bitta sigir, undan keyingilari bitta qo‘chqor, undan keyingilari bitta tovuq, undan ham keyingilari ersa, bitta tuxum sadaqa qilganchalik savob olg‘aydir. So‘ng, imom so‘zga chiqsa, maloikalar daftarlarini yopib, uning suhbatiga quloq solishg‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:08:43
31-bob. Imom xutba aytib turganida bir kishining kirib kelganini ko‘rsa, unga ikki rak’at namoz o‘qimoqni buyuradi

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga xutba aytib turgan erdilar, bir kishi kirib keldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga: «Ey falonchi, namoz o‘qidingmi?» -dedilar. U «Yo‘q»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Turg‘il, ikki rak’at namoz o‘qig‘il!»-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:09:13
32-bob. Imom xutba aytayotganda kelib, ikki rak’at yengil namoz o‘qigan kishi

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni xutba aytib turganlarida bir kishi masjidga kirib keldi. Rasululloh unga: «Namoz o‘qidingmi?» - dedilar. «Yo‘q»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Turg‘il, ikki rak’at o‘qig‘il!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:09:42
33-bob. Imomning xutba aytayotib qo‘llarini ko‘tarib duo qilmog‘i

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytib turgan erdilar, birdan bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, yilqilar halok bo‘ldi, qo‘ylar halok bo‘ldi. Olloh taolodan bizga yomg‘ir so‘rab beringiz!»- dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib duo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:10:13
34-bob. Jum’a kuni xutbada yomg‘ir so‘ramoq

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida qurg‘oqchilik bo‘ldi. Jum’a kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytib turgan erdilar, bir badaviy o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, mol-hollar halok bo‘ldi, bola-chaqalar och qoldi. Olloh taolodan bizga yomgir so‘rab beringiz!» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib duo qila boshladilar, osmonda esa bir parcha ham bulut ko‘rinmasdi. Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamyod etib ayturmenkim, qo‘llarini duodan tushirmasdanoq osmonni tog‘dek-tog‘dek bulut bosdi. Keyin, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbardan tushib ulgurmaslaridan soqollaridan yomg‘ir tomchilari tomayotganini ko‘rdim. O’sha kuni, uning ertasi va indiniga ham yomg‘ir yog‘ib, hatto keyingi jum’agacha davom etdi. Keyingi jum’ada o‘sha yoki boshqa bir badaviy: «Yo Rasululloh, binolar bosib qolyapti, mol-hollar g‘arq bo‘layotir, Olloh taolodan bizga yomg‘irni to‘xtatmakni so‘rab beringiz!» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duoga qo‘llarini ko‘tarib: «Ilohi, ustimizga ermas, atrofimizga yomg‘ir yog‘dirg‘il!» - dedilar. Rasululloh   sallallohu alayhi va sallam qo‘llari birlan qaysi tomonga ishora qilsalar, o‘sha tomonning bulutlari tarqab ketar erdi. Nihoyat, Madinai Munavvara osmoni doira shaklida ochildi. Yomg‘ir ersa, vodiyga bir oy yog‘di. O’sha tomondan kim kelmasin, ko‘p yomg‘ir yog‘ayotgani haqida gapirar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:10:47
35-bob. Jum’a kuni imom xutba aytayotganda o‘zaro so‘zlashayotganlarni tinchitish haqida

Agar kishi yonidagi birodariga «Jim turg‘il!» desa ham noo‘rin gap qilgan bo‘lur. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom so‘zlayotganda odamlar jim turib tinglamog‘i lozim» deganlar»,— deydilar Salmon,  Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum’a kuni imom gapirib turganda yoningdagi birodaringga «Jim turg‘il!» desang, noo‘ring gap qilibsan»,— deganlar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:11:41
36-bob. Jum’a kuni duo ijobat bo‘ladigan vaqt to‘g‘risida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni haqida gapira turib: «Jum’a kunida bir muayyan vaqt bordir. Musulmon bandaning o‘qiyotgan namozi o‘sha vaqtga to‘g‘ri kelib qolmog‘i qiyindir, bordiyu to‘g‘ri kelib qolg‘aydir, o‘sha banda Olloh taolodan biror narsa so‘rag‘aydir, so‘raganini berg‘aydir»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari birlan o‘sha vaqtning qisqa ekanligiga ishora qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:12:20
37-bob, Jum’a kuni odamlar imomni tashlab namozdan chiqib ketib qolishsa, imom va u bilan qolgan kishilarning namozi joizdir

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Bir kuni payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallam birlan birga jum’a namozini o‘qiyotgan erdik, birdan Shom tomondan don ortilgan karvon kelib qoldi. Odamlar (namozni tashlab) karvon tomonga qarab ketishdi, hatto Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 12 kishi qoldi, xolos. Shunda: «Agar odamlar biror oldi-sotdini yokim o‘yin-kulgini ko‘rib qolishg‘aydir, seni namozda tik turganingcha qoldirib ketishg‘aydir»,— degan oyati karima nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:12:54
38-bob. Jum’adan keyin va jum’adan avval namoz o‘qimoq

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylarida peshindan avval 2 rak’at, peshindan keyin 2 rak’at, shomdan keyin 2 rak’at va xuftondan keyin 2 rak’at namoz o‘qir erdilar. Jum’adan keyin ham uylariga qaytib kelganlaridan keyin 2 rak’at namoz o‘qir erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:13:15
39-bob. Olloh taoloning «Jum’a namozi o‘qib bo‘lingach, tirikchiligintizni qilinsiz va Olloh taolodan halol rizq tilangiz!» degan oyati karimasi

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Biz tomonda bir xotin bor erdi, dalasiga qand lavlagi ekar erdi. Jum’a kuni bo‘lsa, qand lavlagini yulib, bir hovuch arpa birlan qaynatib qo‘yar erdi. Qand lavlagi iligdek bo‘lar erdi. Namozi jum’adan qaytayotib ayolga salom berib o‘tar erdik, u bizga o‘sha taomdan keltirar erdi. Undan yalar erdik. Keyin, yana qachon jum’a kuni kelar erkan, deb orzu qilar erdik. Jum’a kuni namozdan keyingina qaylula qilar erdik, tushlikni ham faqat jum’adan so‘ng yer erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslimaxon 08 Oktyabr 2006, 17:13:37
40-bob. Jum’a namozidan so‘ng qaylula qilmoq

«Jum’aga ertaroq borib kelib, qaylula qilar erdik»,- deydilar Anas raziyallohu anhu.
«Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga jum’a namozini o‘qib, so‘ng dam olar erdik»,- deydilar Sahl raziyallohu anhu.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 05:59:25
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

41-bob. Salot ul-xavf (xavf tugilganda o‘qiladigan namoz)

Olloh taolo o‘z oyati karimasida bunday deydir: «Agar safarda bo‘lg‘aydirsiz-u, kofirlarning fitna qilib hujum etib qolmaklaridan cho‘chigaydirsiz, namozni qisqaroq o‘qimog‘ingizning zarari yo‘qdir, zero kofirlarning sizlarga dushmanlik qilmog‘i turgan gapdir. (Ey payg‘ambar), agar sen sahobalaring birlan birga bo‘lg‘aydirsen-u, imomlik qilib namoz o‘qimoqchi bo‘lg‘aydirsen, ularning bir qismi sen birlan namoz o‘qisin, ikkinchi qismi ersa, sizlarni qurol tutib orqangizdan qo‘riqlab tursin! Birinchi rak’at tugagach, namoz o‘qimagan qo‘riqchi qism kelib sen birlan birga ikkinchi rak’atni o‘qisin! Birinchi qism ersa, ehtiyot choralarni ko‘rib tursin! (Chunkim) qurol-aslahalaringizni tashlab namoz o‘qiyotganingizda kofirlar sizlarni g‘aflatda qoldirib birdan hujum qilib qolmoqlari mumkindir. Lekin, yomg‘ir yog‘ib loygarchilik bo‘lsa yokim kasal ersangiz, qurol aslahalaringizni qo‘yib, namoz o‘qisangiz bo‘lg‘aydir. Ogoh bo‘lingiz, Olloh taolo kofirlarni tahqirlovchi azob tayyorlabqo‘ygandir!»

Shu’ayb rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salot ul-xavf o‘qiganmilar?» -deb Zuhriydan so‘radim. Ul: «Menga otam Abulloh ibn Umar bu xususda bunday degan erdilar»,- deb quyidagilarni aytib berdi:

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azotga chiqdim. Najd tomonda dushmanning to‘g‘risiga kelib saf tortdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qimakka turdilar, bir guruh odamlar ul kishiga iqtido qildi, ikkinchi guruh ersa, dushmanni kuzatib turdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido etib namoz o‘qiyotgan kishilar bir marta ruku’ aylab, ikki marta sajda qildi, so‘ng, ular namozgohni tark etdilar, o‘rinlariga qo‘riqlab turgan ikkinchi guruh borib turdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ular birlan birga ham bir marta ruku’ va ikki marta sajda qildilar, so‘ng salom berdilar. Ikkinchi guruhdagi kishilarning har biri o‘zlari mustaqil ravishda yana bir marta ruku’ va ikki marta sajda qilib oldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 05:59:50
42-bob. Tik turib va ot mingan holda salot ul-xavf o‘qimoq

Ibn Umar:«Aralashib ketgan vaqtda (ya’ni, dushmanlar har tomondan hujum qilib turganda) tik turib namoz o‘qilg‘aydir, chunkim Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dushman xavfi yana ham kuchayib ketsa, tik turib va ot mingan holda namoz o‘qiyveringiz!» deb aytganlar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:00:15
43-bob. Salot ul-xavf o‘qilayotganda namozxonlar bir-birlarini qo‘riqlaydilar

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir guruh kishilar namoz o‘qimakka turdilar. Rasululloh takbiri tahrima aytdilar, qolganlar ham aytishdi. Rasululloh ruku’ qildilar, qolganlar ham ruku’ qilishdi, Rasululloh sajda qildilar, qolganlar ham sajda qilishdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkinchi rak’atni o‘qimakka turdilar. Birga namoz o‘qigan guruh ikkinchi guruhga joy bo‘shatib, ularni qo‘riqlab turdi. Ikkinchi guruh Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga ruku’ va sajda qildi. Shu tariqa galma-galdan bir-birini qo‘riqlab turib, hamma namoz o‘qib oldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:00:39
44-bob. Qal’ani zabt etish va dushmanga hujum boshlash oldidan o‘qiladirgan namoz

Al-Avzo’iy bunday deydilar: «Agar qal’ani fath qilishga kirishilsa-yu, namoz o‘qishga imkon bo‘lmasa, har bir kishi imo-ishora birlan o‘zi alohida namoz o‘qib olg‘aydir. Agar imo-ishora birlan ham namoz o‘qish imkoni bo‘lmasa, urush susayguncha namozni kechiktirg‘aydir. Urush susaygach, ikki rak’at namoz o‘qiydir. Agar bunga ham imkoni bo‘lmasa, bir rak’at va ikki sajda qilib namoz o‘qiydir. Mobodo buni ham qilolmasa, unda quruq takbirning o‘zi namoz o‘rniga o‘tmaydir. Namozni dushman xavfi yo‘qolgunicha kechiktirgaydir».

Anas raziyallohu anhu bu xususda vunday deydilar: «Tastur qal’asini olishda qatnashdim. Tong otar paytida jang avjiga chiqib, sahobalar to kun yoyilguncha namoz o‘qiy olmadilar. Kun yoyilgandan so‘ng namoz o‘qidik. Biz bilan birga Abu Muso al-Ash’ariy ham bor erdilar. So‘ng, qal’a fath qilinib, aho,lisi islomga kirgizildi. O’sha qazo bo‘lgan namoz o‘rniga butun dunyoni va undagi bor narsalarni bersalar ham men xursand bo‘lmas erdim!».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Xandaq qazilgan kuni (hijratning 4-nchi yili) Hazrat Umar kelib Quraysh kofirlarini (mo‘‘minlarni namozdan qoldirgani uchun) so‘ka boshladilar. So‘ng: «Yo Rasululloh, Quyosh botib ketayozdi, men hali asrni o‘qiganim yo‘q»,- dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ollohni o‘rtaga qo‘yib ayturmenkim, men ham haligacha o‘qiganim yo‘q»,- dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bathon degan joyda (tuyadan) tushib, tahorat oldilar va kun botgandan keyin namozni (asrni), undan so‘ng namozi shomni o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:01:51
45-bob. Dushmanni quvib ketayotgan va orqasidan dushman quvib kelayotgan odamning ot ustida namoz o‘qimog‘i\

Valiyd Al-Avzo’iyga: «Men Sharhabiyl ibn as-Samt va uning sheriklarini ot ustida namoz o‘qib ketayotganlarini ko‘rdim» ,— dedi. Al-Avzo’iy: «Ha, namoz qazo bo‘lmog‘idan cho‘chisak, ot ustida imo-ishora birlan namoz o‘qib ketaverar erdik»,-dedi. Valiyd Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Hech kim Baniy Qurayzadan boshqa joyda namozi asr o‘qimasin!» degan so‘zlarini dalil qilib keltirdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:02:14
46-bob.

Ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xandaq g‘azotidan qaytganlaridan so‘ng: «Biror kishi Baniy Qurayzaga yetib olmaguncha asr namozini o‘qimasin!»-dedilar. Ba’zi birovlar asrni yo‘lda o‘qidi, ba’zilar: «Bormaguncha o‘qimaymiz»,-deyishdi, yana ayrimlar: «O’qiyvergaymiz, «Namoz o‘qimangiz!» deganlaridan maqsad, manzilga tezroq yetib olmoqdir»,- deyishdi. Keyin, bu gapni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetkazishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularning birortasini ham koyimadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:02:58
47-bob. Namozi bomdodni tong otmasdan barvaqtroq o‘qimoq; hujum va urush oldidan namoz o‘qib olmoq

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Xaybarni ishgol qilish oldidan) g‘ira-shira paytda namozi bomdodni o‘qib oldilar. So‘ng, otga minib yo‘lga tushdilar. Xaybar ko‘ringan vaqtda: «Ollohu akbar, Xaybar xarob bo‘ldi, biz biror qavmning yeriga kelib to‘shsak, ularning holiga voydir!» -dedilar. Xaybar ahli shoshib ko‘chalarga chiqishdi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib: «Muhammad katta qo‘shin birlan kelibdir»,- deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va. sallam ularning qarshilik ko‘rsatganlarini o‘ldirib, qolganlarini asir .oldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asira Safiyyani Dixya al-Kalbiyga berdilar, lekin sahobalar tavsiyasi birlan shu zahoti Dixyani rozi qilib, uni qaytarib oldilar. Keyin, uni ozod etib, (unga) uylandilar. Abdulaziz Sobitga: «Siz mahriga ne berganlarini Anasdan so‘radingizmi?» - deganda, mahriga ozodlik berganlar»,- deb kulib qo‘ydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:05:15
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
IKKI HAYITHAQIDA KITOB

1-bob. Ikki hayit va ularda yasanish to‘g‘risida


Solim ibn Abdullohga Abdulloh ibn Umar bunday degan ekanlar: «Hazrat Umar raziyallohu anhu bozordan bitta ipak chopon sotib oldilar-da, Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, mana bu choponni sotib olingiz, uni hayitda va mehmon kutganingizda kiyg‘aydirsiz»,- dedilar». Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu kiyim oxiratdan nasibasi yo‘q odamning kiyimidir!» - dedilar. Olloh iroda qilgancha vaqt o‘tib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam X,azrat Umarga bitta  ipak chopon  tortiq  qilib  yubordilar.  X,azrat Umar  ipak  choponni  olib Rasululloh sallallohu. alayhi va sallamning huzurlariga keldilar-da: «Yo Rasululloh, siz: «Bu chopon oxiratdan nasibasi yo‘q odamning choponidir! - deb aytgan erdingiz-ku! Endi buni menga yuboribsiz?!»-dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Choponni sotib, biror hojatingizga yaratg‘aydirsiz»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:05:29
2-bob. Hayit kuni qilichbozlik, nayzabozlik o‘yinlarining joizligi

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening hujramga kirganlarida ikki cho‘ri qiz yonimda o‘ltirib «Buos» degan mashhur ashulani aytayotgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlariga yonboshlab, yuzlarini o‘girib oldilar. Shunda Hazrat Abu Bakr Siddiq (Oishaning otalari) kirib, meni va ashulachi qizlarni qattiq koyidilar-da: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida shayton surnayi chaling‘aydirmi?» -dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakr Siddiqqa qarab: «Qo‘yaveringiz ularni!» - dedilar. Abu Bakr Siddiq biz tomonga qaramay turganlarida cho‘ri qizlarga ishora qildym, chiqib ketishdi. Bu voqea hayit kuni bo‘lgan erdi. O’sha kuni sudanlyaklar nayzabozlik, qilichbozlik o‘yinlari ko‘rsatishgandi. O’shanda, yoki men o‘zim Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Ko‘rsam maylimi?»- deb so‘ragandim, yohud Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari menga: «Tomosha qilasanmi?»-degandilar. Shunda men: «Ha»,-degandim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida» turib tomosha qilgandim, yuzim yuzlariga shundoqqina tegib turgandi. Janob Rasululloh: «Ey Baniy Arfada, bo‘sh kelmangyz!» - deb xitob qilgan erdilar. Keyin, mening zerikkanimni bilib: «Bo‘ldimi?» - degandilar. Men: «Ha»,- deb aytgandim. «Borg‘il bo‘lmasa, ketaqol!» - degandilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:06:02
3-bob. Hayit kuni duo aytmoq

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xutba aytib turib: «Albatta bugun (hayit kuni) birinchy bo‘lib qiladirgan ishimiz - namoz o‘qimoq, keyin ersa, borib qurbonlik qilmoqdir. Kimki shunday qilsa, bizning sunnatimizni bajo keltiribdir!» - dedilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Huzurimga (otam) Abu Bakr kirdilar. Oldimda ikkita ansoriy cho‘ri qiz ansoriylarning «Buos» kuniga bag‘ishlangan baytlarini ashula qilib aytayotgan erdi. Lekin, ikkala cho‘ri qiz ham ashulachi ermas erdi. Shunda Abu Bakr Siddiq: «Shaytonning surnaylari (kelib-kelib) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uylarida chaling‘aydirmi?» - deb koyidilar. Bu voqea hayit kuni bo‘lgan erdi, O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Abu Bakr, har bir qavmning o‘z bayrami bordir, bu kun bizning bayramimiz!» -degandilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:06:22
4-bob. Ramazon hayiti kuni hayit namoziga chiqishdan oldin ovqatlanmoq

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir necha xurmo yeb olmasdan hayit namoziga chiqmas erdilar».

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasulullox. sallallohu alayhi va sallam xurmoni toqlab (1, 3, 5) yer erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:06:38
5-bob. Qurbon hayiti kuni hayit namozidan so‘ng ovqatlanmoq

Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Hayit namozidan avval qurbonlik qilgan ersa, qayta qurbonlik qilsin!» - dedilar. Shunda bir kishi: «Bu kun ishtaha birlan go‘sht yeydirgan kun!» deb qo‘shnilari to‘g‘risida gapirdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning o‘z qo‘shnilari to‘g‘risidagi so‘zini ma’qullagandek bo‘ldilar. Keyin, boyagi kishi: «Menda ikki yashar bo‘lay deb qolgan bir echki bordir, u myonga ikkita qo‘ydan ham afzaldir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha echkini qurbonlik qilmoqqa ruxsat berdilar. Echkini qurbonlik qilmakka faqat o‘sha kishiga ruxsat berdilarmi yokim hammagami, bilmayman».

Barro ibn Ozib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon hayiti kuni hayit namozidan so‘ng xutba ayta turib: «Kimki biz singari namoz o‘qib, qurbonlik qilgaydir, qurbonligi qabul bo‘lg‘aydir, ammo kimki hayit namozidan avval qurbonlik qilg‘aydir, hisobga o‘tmag‘aydir»,- dedilar, Abu Burda ibn Nayyor (Barroning tog‘asi): «Men qo‘yimni hayit namozidan ilgari so‘ydim. Bugun yeb~ichadirgan kun erkanligini bilganim uchun, qo‘yimni qurbonlik qilinadirgan qo‘ylar ichida birinchi bo‘lsin, deb uyimda so‘ymoqni afzal ko‘rdim, shul sababdan qurbonlik qo‘yimni hayit namoziga kelishdan avval so‘yib, go‘shtidan pishirib, ovqatlanib keldim»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qo‘ying qurbonlik ermas, go‘shtga so‘yilgan qo‘y bulibdir»,- dedilar. Ibn Nayyor: «Yo Rasululloh, bizda ikki yashar bo‘lay deb qolgan bir echki bordir, u menga ikkita qo‘ydan ham afzalroqdir, o‘shani qurbonlik qilsam, kifoya qilg‘aydirmi?» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ha, senga kifoya qilg‘aydir. Sendan boshqa hech kimga ikki yashar bo‘lay deb qolgan echki qurbonlikka o‘tmag‘aydir»,-dedilar (Ikki yoshga to‘lgan echki qurbonlikka yaraydir, lekin ikki yoshga to‘lmagani 1-yaramaydir)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:06:54
6-bob. Minbar bo‘lmagan namozgohda va’z aytmoq

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro‘za hayiti va Qurbon hayitida namozgohga chiqar erdilar. Dastlab namoz o‘qir erdilar, so‘ng o‘rinlaridan turib odamlarga yuzlanar erdilar. Odamlar ersa, saf tortib o‘tirishar erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga va’z aytar erdilar, vasiyat qilar erdilar hamda halollikka da’vat etib, haromdan hazar aylamakni buyurar erdilar. Agar biror tomonga askar yubormoqchi bo‘lsalar, buyurar erdilar. So‘ng, Madinaga qaytar erdilar. Odamlar shu tartibga ko‘nikib qoldilar. Bu tartib Madina amiri Marvon davrigacha davom etdi. Bir kuni men va Marvon, Qurbon hayitimidi, Ramazon hayitimidi, namozgohga chiqdik. Namozgohga yetganimizda Kasir ibn Salt yasab bergan minbarga nazarim tushdi. Shu vaqt Marvon namoz o‘qimasdan avval minbarga chiqmoqchi bo‘ldi. Men uning etagidan tortdim, ul esa etagini mendan tortib olib, minbarga ko‘tarildi-da, namozdan avval xutba aytdi. So‘ng. men unga: «Xudo haqqi, o‘zgartirib yubordingiz!» - dedim. Marvon: «Ey Abu Sa’id, bilgan narsalarimiz unut bo‘ldi!»-dedi. Men unga: «Bilgan narsalarim, xudo haqqi, bilmagan narsalarimdan afzalroqdir!» - dedim. Marvon: «Odamlar namozdan keyin xutbaga quloq solib o‘tirmay qo‘ydilar, shuning uchun xutbani namozdan avval aytdim»,- dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:07:10
7-bob. Hayit namoziga piyoda va ulovda bormoq hamda xutbadan avval azon ham, takbir ham aytmay, namoz o‘qimoq

Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon hayiti va Ro‘za hayitida namoz o‘qib, so‘ng xutba aytar erdilar»,-deydilar.

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro‘za hayiti kuni namozgohga chiqdilar. Avval namoz o‘qidilar, so‘ng xutba aytdilar. Abdulloh ibn Zubayr xalifalikni qabul qilib, bay’at (qasam) qilgan kuni Ibn Abbos yuborgan odam kelib, unga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida hayit namozida azon o‘qilmas erdi.va xutba namozdan keyin aytilar erdi»,- deb aytgan ekan».
Jobir ibn Abdulloh va Ibn Abbos: «Ro‘za va Qurbon hayitlarida azon aytilmas erdi»,- deydilar.

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit kuni o‘rinlaridan turib, avval namoz o‘qidilar, keyin erkaklarga xutba aytdilar. Xutbadan so‘ng, xotinlar yoniga borib Bilolning qo‘liga tayangan holda va’z aytdilar. Bilol ersa, etagini tutib turar erdi, xotinlar unga iona tashlar erdilar. Ibn Jurayj: «Hozirgi kunda ham imomning xotinlarga va’z aytmog‘i lozimmi?» - deb Atoga murojaat qildi. Ato: «Ha albatta, ular shunday qilmoqlari lozim. Lekin, nechun bunday qilmag‘aylar, bilmasman»,- dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:07:25
8-bob. Hayit namozini o‘qigandan keyin xutba aytmoq

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Usmon raziyallohu anhular birlan birga hayit namozini o‘qidim. Ularning hammalari ham hayit namozini xutbadan avval o‘qidilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham, Abu Bakr va Umar ham ikkkala hayit namozini xutbadan avval o‘qidilar»,- deydilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro‘za hayiti kuni ikki rak’at hayit namozi o‘qidilar, hayit namozidan avval ham, keyin ham namoz o‘qimadilar. So‘ng, xotinlar jamoasi oldiga bordilar, ul kishi birlan birga Bilol ham bor erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlarni sadaqa bermakka da’vat qildilar. Xotinlar Bilolning etagiga sadaqa tashlay boshladilar. Birov sirg‘asini, birov bilaguzugini tashladi».

Barro deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bugun (hayit kuni) eng avvalo hayit namozini o‘qig‘aymiz, keyin borib, qurbonlik qilg‘aydirmiz. Kim shunday qilg‘aydir, bizning sunnatimizni bajargan bo‘lur. Kim namozdan avval qo‘y so‘ygan bo‘lsa, bola-chaqasiga go‘sht g‘amlab beribdir, qurbonlik qilmabdir»,-dedilar. Shunda ansoriylardan Abu Burda degan sahoba: «Yo Rasululloh, namozga kelishimdan avval qo‘y so‘yib erdim. Menda yana ikki yoshga yetmagan bir echkicha bordir, ikki yashardan ham ko‘rkamroq, shuni qurbonlik qilsam bo‘lg‘aydirmi?» -dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’rniga o‘shani qurbonlik qila qolg‘il, lekin sendan boshqa hech kimga bu ruxsat ztilmaydir!» -dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:07:40
9-bob. Hayitda va haramda qurol ko‘tarib yurmoqning makruhligi

Hasan Basriy: «Hayit kuni sahobai kiromlarga qurol taqib (yokim olib) yurmoq man’ qilingan bo‘lib, dushman xavfi bo‘lgandagina ruxsat qilingandir»,-deydilar.

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar birlan birga ot minib ketayotganimizda ul kishining oyoqlarining kaftiga nayzaning uchi kirib qadalib qoldi. Men otdan tushib sug‘urib tashladim. Bu voqea Minoda bo‘lgan erdi. Bundan xabar topgan Hajjoj ko‘rgani kelib: «Nayzani sizga kim tiqqanini bilganimizda erdi!» - dedi. Shunda Ibn Umar: «Siz tiqdingiz!» - dedilar (Hajjoj suiqasd qilmoqqa buyurgan erdi). Hajjoj: «Qanday qilib?»-dedi. Ibn Umar: «Qurol olib yurmoq mumkin bo‘lmagan kunda qurol olib yurmoqqa ijozat berdingiz. Haramga qurol birlan kirmoq mumkqn ermas erdi, bunga ham ruxsat berdingiz!» -dedilar».

Sa’id ibn al-Osim: «Otam bunday deb aytgan erdilar»,— deydilar: «Hajjoj Ibn Umar huzurlariga kirganda men ham o‘sha yerda erdim. «Ahvolingiz nechuk?» -dedi Hajjoj. «Yaxshi»,- dedilar Ibn Umar. «Kim nayza urdi sizga?» - dyob so‘radi Hajjoj. Ibn Umar: «Qurol ko‘tarmoq mumkin bo‘lmagan kunda qurol ko‘tarmrqqa ruxsat bergan kishi urdi»,- dedilar»,
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:08:00
10-bob. Hayit namoziga ertaroq bormoq

Abdulloh ibn Busur: «Biz xuddi shu vaqtda hayit namozini o‘qib bo‘lgan bo‘lur erdik, bu nafl namoz o‘qimoq mumkin bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri kelg‘aydir»,- dedi.

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon hayiti kuni bizga xutba ayta turib: «Albatta, mana shu kunimizda eng birinchi qiladirgan ishimiz - namoz o‘qig‘aymiz, so‘ng qaytib borib qurbonlik qilg‘aydirmiz. Kimki shunday qilg‘aydir, shubhasiz bizning sunnatimizni ado etgan bo‘lur. Ammo, kimki hayit namozidan avval qo‘y so‘ysa, oilasiga go‘sht tayyorlab bergan bo‘lib, qurbonlik qilgan hisobiga o‘tmag‘aydir»,- dedilar. Shunda tog‘am Abu Burda o‘rinlaridan turib: «Yo Rasululloh, men hayit namozidan avval qo‘yni so‘yib qo‘yibman. Menda ikki yoshga yetmagan bir echkicha bordir»,- dedilar.
Rasululloh: «O’rniga o‘sha echki bolasini qurbonlik qila qolg‘il, lekin bu sendan keyin hech kimga ruxsat qilinmaydir!» -dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:08:20
11-bob. (Tashriq kunlarida) 1-4-hayit kunlarida qilinadirgan amali solihlarning fazilati

Olloh taolo: «Muayyan kunlarda Ollohni zikr qilingiz!» - deganda, Zulhijja oyining birinchi o‘n kunligini, «... va sanoqli kunlarda» - deganda, hayitning 1-4-kunlarini tushunmoq kerak»,- deydilar Ibn Abbos. Ibn Umar va Abu Hurayra Zulhijja oyining 1-10-kunlari bozorga chiqib takbir aytishar erdi, odamlar ham ularga qo‘shilib takbir aytishar erdi. Muhammad ibn Ali nafl namozidan keyin ham takbiri tashriq aytdilar».

Ibn Abbos quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Zulhijja oyining birinchi 10 kunida qilinadirgan amallardan afzalroq amali solih yo‘qdir!» - dedilar. «Yo Rasululloh, jihoddan ham afzaldirmi?» -deyishdi sahobalar. «Ha, jihoddan ham!-dedilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam - o‘z jonu molini xatarga qo‘yib, Olloh yo‘liga tikib chiqqan va molidan hech narsani qaytarib olib kelmagan kishi afzaldir!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:08:35
12-bob. Arafotga chiqayotganda va Mino kunlarida takbiri tashriq aytmoq

Umar raziyallohu anhu Minodagi chodirlarida takbiri tashriq aytar erdilar, uni eshitgan masjid va bozor ahli ham qo‘shilib aytar erdi, hatto Mino bundan larzaga kelur erdi. Ibn Umar o‘sha kunlari Minoda beto‘xtov takbiri tashriq aytur erdilar, besh vaqt namozdan keyin ham, chodir ichida ham, o‘rin-to‘shak ustida ham, o‘tirgan o‘rinlarida va yurgan yo‘llarida ham takbiri tashriq aytur erdilar. Maymuna onamiz va boshqa ayollar ham tashriq kunlari masjidda Abbon ibn Usmon va Umar ibn Abdulaziz boshliq erkaklar orqasida o‘tirib takbiri tashriq aytishdi».

Muhammad ibn Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Minodan Arafotga ketayotib Anasdan talbiya (labbayka Ollohumma, labbayka, demoq) haqida so‘radim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga qanday talbiya aytar erdingizlar?» Anas: «Xohlagan kishi - talbiya, xohlamagan - takbiri tashrik, aytur erdi, unga hech kim hech narsa demas erdi»,- dedi».

Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Hayit kuni bizga hayit namoziga chiqmoqni buyurishar erdi, hatto bokira qizlaru hayz ko‘rgan xotinlar ham hayit namoziga chiqishar erdi. Erkaklar orqasida turib, ular takbir aytishsa, takbir aytur erdik, duo aytishsa, duo aytur erdik, O’sha kunning barakotini tilab, gunohlarimizdan forig‘ bo‘lmoqni niyat qilur erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:08:47
13-bob. Yerga sanchib qo‘yilgan nayzaga qarab namoz o‘qimoq

Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkala hayitda ham ro‘paralariga nayzani sanchib qo‘yib (qibla tomonni to‘sib qo‘yib), namoz o‘qidilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:09:03
14-bob. Hayit kuni imom huzurida anaza (uchida temiri bor hassa) yoki harba (kalta nayza) ko‘tarib yurmoq

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga chiqsalar, ketlaridan anaza ko‘tarib yurishar erdi. Namozdan oldin uni ro‘paralariga sanchib qo‘yishar erdi. Janob Rasululloh o‘shanga qarab namoz o‘qir erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:09:17
15-bob. Hayz ko‘rmagan va hayz ko‘rgan xotinlarning namozga chiqishi

Ummu Atiyya: «Paranji yopinadigan qizlarimizga ham (hayit) namoziga chiqmoqni buyurishar erdi» ,— deydilar.

Hafsa onamiz mazkur hadisga qo‘shimcha qilib: «Endigina bo‘yiga yetgan (hali turmushga chiqmagan) qizlarga ham, paranji yopinadirgan qizlarga ham hayit namozida qatnashmakni buyurishar erdi. Hayz ko‘rgan ayollar namozgohdan chetroqda turar erdilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:09:27
16-bob. Yosh bolalarning namozgohga chiqmog‘i

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ro‘za hayiti yokim Qurbon hayiti kuni namozgohga chiqdim (men yosh bola erdim). Hayit namozini o‘qib bo‘lib, (erkaklarga) xutba aytdilar, so‘ng xotinlar oldiga borib, ularga ham va’z aytib, nasihat qildilar hamda ularni sadaqa bermakka da’vat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:09:51
17-bob. Hayit namozi o‘qilgandan keyin imomning odamlarga qarab xutba aytmog‘i

Abu Sa’id: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga qarab xutba aytdilar»,- deydilar.

Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon hayitida ikki rak’at hayit namozi o‘qigach, bizga qarab: «Bizning bugun qiladirgan birinchi qurbonlig‘imiz - eng avvalo namoz o‘qimoqdir, keyin ersa, qo‘y so‘yib qurbonlik qilg‘aymiz. Kimki shunday qilg‘aydir, bizning sunnatimizni ado etgan bo‘lur, ammo kimki hayit namozidan avval qo‘y so‘ysa, o‘z oilasiga go‘sht tayyorlab bergan bo‘lur. Qurbonlikka buning hech aloqasi yo‘qdir!»-dedilar. Shunda bir kishi turib: «Yo Rasululloh, men hayit namozidan avval qo‘y so‘yib qo‘yibdirman. Menda yana ikki yashardan yoshroq bir echki bolasi bordir»,-dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’shani so‘ya qolg‘il, lekin bu sendan keyin biror kishiga ruxsat etilmag‘aydir! - dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:10:03
18-bob. Namozgohga o‘rnatilgan bayroq

Ibn Abbosdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hayit namoziga borganmisiz?» - deb so‘rashdi. «Ha, borganman, lekin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yaqin odam bo‘lmaganimda namozga borolmagan bo‘lur erdim, chunkim men hali yosh bola erdim-da!» - dedilar Ibn Abbos, keyin yana davom etib, quyidagilarni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Kasir ibn Salt hovlisi yonida o‘rnatilgan bayroq yoniga kelib hayit namozini o‘qidilar, so‘ng erkaklarga xutba aytdilar. Keyin, xotinlar oldiga borib (yonlarida Bilol ham bor erdi), ularga ham va’z aytib, nasihat qildilar, ularni sadaqa bermakka da’vat etdilar. Xotinlarning qo‘llarini cho‘zib, Bilolning etagiga taqinchoqlarini sadaqa qilib tashlayotganlarini ko‘rdim. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bilol birlan birga uylariga qaytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:10:20
19-bob. Imomning hayit namozida xotinlarga va’z-nasihat aytmog‘i

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro‘za hayitida o‘rinlaridan turib hayit namozini o‘qidilar, so‘ng xutba aytdilar. Xutba aytib bo‘lib, minbardan tushdilar va xotinlar oldiga bordilar. Bilolning qo‘liga suyanib turib, ularga va’z-nasihat qildilar. Xotinlar Bilolning etagiga sadaqa tashlay boshladilar. Men: «Fitri ro‘za berishganmidi, o‘shanda?»-deb Atodan so‘radim. Ato: «Yo‘q, fitri ro‘za ermas erdi, lekin o‘shanda xotinlar sirga va bilaguzuklarini sadaqa qilishgandi»,- dedi. «Ne deb o‘ylaydirsiz, imom hozir ham o‘sha paytdagidek xotinlarga sadaqa bermakni buyurmog‘i va ularga va’z-nasihat qilmog‘i mumkinmi?» - deb so‘radim. «Ha, albatta, shunday qilmoqlari kerak, lekin imomlar nega bunday qilishmag‘aydir, bilmasman»,- dedi Ato».

Ibn Abbos naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr, Umar va Usmon birlan birga ham Ro‘za hayitlarida namoz o‘qiganman. Ularning hammalari ham hayit namozini xutbadan avval o‘qir erdilar, so‘ng xutba qilar erdilar. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit namoziga chiqdilar. O’sha kungi voqea haligacha ko‘z o‘ngimda. O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam erkaklarga qo‘llari birlan «O’tiringiz!» deb ishora qilgandilar, erkaklar safini oralab o‘tib, xotinlar oldiga borgandilar. Ul kishi birlan birga Bilol ham bor erdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ey payg‘ambar alayhissalom, agar mo‘‘min xotinlar senga bay’at (qasam) qilmakka kelsalar...» degan oyati karimani o‘qib: «Ey xotinlar, sizlar o‘sha va’dada turibsizlarmi?»-degandilar. Xotinlardan biri: «Ha, biz o‘sha so‘zda turibmiz»,- deb javob bergandi. Boshqa xotinlar ersa indamagandi. Rasululloh sallallohu alayxd va sallam: «Shunday erkan, unda sadaqa qilingiz!»- degandilar. Bilol ersa etagini ochib: «Ota-onam sizlarga fido bo‘lsin, marhamat qilingiz!» - degandi. Shunda xotinlar sirg‘alari bormi, uzuklari, bormi, hammasini Bilolning etagiga tashlagandi».

Abdurrazzoq: «Johiliya davrida uzuk va sirg‘alar katta-katta bo‘lar erdi»,-deydi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:10:41
20-bob. Xotin kishining hayit namoziga yopinib chiqishga paranjisi bo‘lmasa...

Hafsa binti Sirin rivoyat qiladirlar: «Hayit kuni ayollarimizning hayit namoziga chiqishlarini man’ qilar erdik. Bir vaqt bir ayol (Ummu Atiyya) kelib Baniy Xalaf qasriga tushdi. Men borib u bilan gaplashdim. Opasining eri Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam birlan birga 12 marta g‘azot qilgan erkan. Opasi ham eri birlan birga 6 ta g‘azotda qatnashgan erkan. O’sha rpasi: «Biz kasallarga qarar erdik, yaradorlarni davolar erdik. Bir kuni: «Yo Rasululloh, birontamizning yopinchig‘imiz bo‘lmasa, hayit kuni namozga chiqmasak, gunoh bo‘lmagaymi?» - debdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dugonasining yopinchig‘laridan birini olib tursin, yaxshilikka (hayit namoziga) qatnashsin va mo‘‘minlar birlan duo o‘qisin!»-debdilar. Ummu Atiyyadan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam falon narsalar haqida ne deganlar, eshitganmisiz?» -deb so‘radim, «Ha, otam. haqqi-hurmati, eshitganman (ul, Janob Rasulullohning nomlarini tilga olganda, ko‘pincha «otam haqqi-hurmati»,- deb qo‘yardi). Rasululloh sallallohu alayhi va sallam endigina bo‘yiga yetgan qizlarga ham, paranji yopinadirgan ayollarga ham, hayz ko‘rgan xotinlarga ham namozga chiqmoqni buyurar erdilar»,- dedi. «Xayz ko‘rgan xotinlarga hammi?» - deb so‘radim. Shunda u: «Ha, hayz ko‘rgan xotin Arafotga chiqmaydirmi? Yokim falon qilmaydirmi, yo piston qilmaydirmi? deya haj marosimlarini sanay ketdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:10:53
21-bob. Hayz ko‘rgan xotinlarning namozgohdan narida turmog‘i

Ummu Atiyya: «Bizga namozgohga chiqmakni buyurishar erdi, hayz ko‘rganlar ham, endigina bo‘yiga yetgan qizlar ham, paranji yopinadirgan ayollar ham, xammamiz chiqardik. Ammo, hayz ko‘rgan xotinlar namozgohdan chetda turib ishtirok etishdi»,-deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:11:04
22-bob. Hayit kuni namozgohda qurbonlik qilmoq

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallam Qurbon hayiti kuni namozgohda (tuya, sigir yokim qo‘y) so‘yib qurbonlik qilur erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:11:20
23-bob. Hayit namozi xutbasida imom va odamlarning gapirmog‘i; Imomdan biror narsa to‘g‘risida so‘ralsa, javob beradirmi?

Barro ibn Ozib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon hayiti kuni namozdan so‘ng xutbaga chiqib: «Kimki biz singari namoz o‘qib, qurbonlik qilg‘aydir, ul shubhasiz to‘g‘ri qurbonlik qilibdir. Kimki qurbonlikka atalgan qo‘yni hayit namozidan avval so‘ygan ersa, ul qurbonlik ermas, go‘shtdir!» -dedilar. Shunda Abu Burda o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, hayit namoziga chiqishdan oldin qurbonlikka atalgan qo‘yni, bugun yeb-ichadirgan kun deb tushunib, shoshib so‘yib qo‘yibman. Go‘shtidan o‘zim ham yedim, qo‘shnilarim va bola-chaqalarimga ham yedirdim»,- dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ul go‘shtga so‘yilgan qo‘ydir!»-dedilar. Abu Burda: «Menda bir yashar echki bor, ikki yashar qo‘ydan ham yaxshiroq, o‘shani so‘ysam, qurbonlikka o‘tg‘aydirmi?» - dedi. Janob Rasululloh: «Ha, bo‘lur, lekin bu sendan keyin biror kishiga ham ruxsat etilmag‘aydir!» -dedilar. Keyin, yana bunday deb qo‘shib qo‘ydilar: «Kimki hayit namozidan avval qurbonlik so‘ygan bo‘lsa, namozdan keyin o‘rniga boshqasini so‘ysin! Kimki so‘ymagan bo‘lsa, namozdan keyin «Bismilloh» deb so‘ysin!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:11:37
24-bob. Hayit namozidan qaytayotganda borgan yo‘l qolib, boshqa yo‘ldan yurganlari

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon hayiti kuni hayit namozini o‘qib, keyin xutbaga chiqdilar. Kim namozdan avval qurbonlikni so‘yib qo‘ygan bo‘lsa, qaytadan so‘ymoqni buyurdilar. Shunda ansoriylardan bir kishi turib: «Yo Rasulalloh, mening qo‘shnilarim bor («ular muhtojroq yokim faqirroq»,- dedi), . shuning uchun men namozdan avval qurbonlikni so‘ydim. Menda yana bir yashar echkicha bor, u menga ikkita qo‘zidan ham afzal,- dedi. Rasululloh unga o‘sha echkini qurbonlik qilmoqni buyurdilar».

Jundub raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit kuni namoz o‘qib, xutba qildilar, so‘ng qurbonlik so‘ydilar».

Jobir raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit kuni namozga borgan yo‘l qolib, boshqa yo‘ldan qaytar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:11:52
25-bob. Hayit namoziga ulgurmay qolgan erkaklar ham, namozgohga kela olmagan xotinlar ham, uyda va qishloqda qolganlar ham ikki rak’at namoz o‘qiydir

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu kun (ya’ni, hayit) biz ahli islomlarning bayramimizdir!» - deb aytganlar.

Anas ibn Molik shahardan chetda yashovchi Ibn Abu Utba degan mavlosiga (ozod qilingan quliga) bola-chaqalarini yig‘moqni buyurdi, Ibn Abu Utba bola-chaqalarini chaqirib kelgach, Anas shaharliklar qanday namoz o‘qib, takbir aytishsa, o‘shanday namoz o‘qib, takbir aytdi. «Qora xalq hayitda to‘planib,- deydi Ikrima,-mamlakat boshlig‘i o‘qigandek ikki rak’at namoz o‘qiydir». «Hayit namoziga ulgurmay qolgan odam ikki rak’at namoz o‘qiydir»,- deydi Ato.

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr Oisha onamizning huzurlariga kirdilar. Oisha onamiz oldilarida ikki cho‘ri qiz, Mino kunlari bo‘lishiga qaramay, doira chalib o‘ynashar erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kiyimlariga burkanib yotar erdilar. Abu Bakr Siddiq cho‘rilarni koyib berdilar. Shunda Janob Rasululloh yuzlarini ochib: «Qo‘yabering ularni, ey Abu Bakr! Bu kunlar bayram kunlari, Minoga chiqadigan kunlar» - dedilar. Oisha onamiz: «Masjid hovlisida harbiy o‘yin o‘ynayotgan habashlarni tomosha qilayotganimda Janob Rasululloh meni pana qilib turganlarini eslayman. O’shanda (Umar) o‘yinni to‘xtatgan erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam esa Umarga: «Qo‘yabering, biz ularga ruxsat berdik, o‘ynaveringlar, ey Baniy Arfada!» degan erdilar»,- deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:12:07
26-bob. Hayit namozidan avval va undan keyin namoz o‘qish mumkinmi?

Abulmu’allo: «Ibn Abbos, hayit namozidan avval namoz o‘qish makruh, deb aytibdirlar, buni menga Sa’id aytdi»,- deydilar.

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro‘za hayitida namozgohga chiqdilar va ikki rak’at hayit namozi o‘qidilar. Hayit namozidan avval ham, keyin ham boshqa namoz o‘qimadilar. O’shanda Janob Rasululloh birlan birga Bilol ham bor erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:12:29
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

27-bob. Vitr haqidagi hadislar


Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh' sallallohu alayhi va sallamdan tunda o‘qiladirgan namoz haqida so‘radi. Shunda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tungi namoz ikki rak’at-ikki rak’atdan o‘qilg‘aydir. Qaysi biringiz namozi bomdodning qazo bo‘lib qolishidan cho‘chisangiz, bir, rak’at o‘qingiz, shu o‘qiganingiz vitr bo‘lg‘aydir» ,— dedilar».

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar vitr namozining birinchi rak’ati birlan ikkinchi rak’ati o‘rtasida ham salom berar, hatto biror hojatlari bo‘lsa, bajarib kelmakni buyurar erdilar».

Kurayb raziyallohu anhuga Ibn Abbos quyidagi hadisni aytib bergan erkaplar: «Bir kuni Maymuna xolamnikida tunab qoldim. Yostiqning ensiz tomoniga men, enli tomoniga ersa Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan xotinlari -Maymuna xolam bosh qo‘yib yotdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechagacha uxladilar. So‘ng, o‘rinlaridan turib uyquni ketkazish uchun yuzlarini qo‘llari birlan ishqadilar. Keyin, «Oli Imrbn» dan 10 oyat o‘qidilar, so‘ng o‘rinlaridan turib, osiqliq meshchani olib yaxshilab tahorat qildilar. Keyin, namozga turdilar. Men ham tahorat olib yonlariga borib turdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ng qo‘llari birlan qulog‘imni (erkalatib) ishqab qo‘ydilar, so‘ng ikki rak’at, keyin ikki rak’at, keyin ikki rak’at, keyin ikki rak’at, keyin ikki rak’at, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar. Keyin, bir rak’at vitr o‘qidilar, so‘ng muazzin kelguncha yonboshladilar. Muazzin kelgandan keyin o‘rinlaridan turib ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin hujralaridan chiqib odamlar birlan ikki rak’at bomdod o‘qidilar ».

Abdulloh ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kechasigi namoz ikki rak’at-ikki rak’atdan o‘qilg‘aydir. Namozdan uyingga qaytging kelganda bir rak’at o‘qigil. O’sha yuqorida o‘qigan namozlaringning hammasi vitr bo‘lg‘aydir»,- dedilar. Qosim: «Balog‘atga yetganimizdan (ya’ni, masjidga chiqadigan bo‘lganimizdan) boshlab, odamlarning uch rak’atdan vitr o‘qiyotganini ko‘rdik. Bir rak’at o‘qishning ham, uch rak’at o‘qishning ham, menimcha hech bir zarari bo‘lmasa kerak»,- deydi».

Urva ibn Zubayrga Oisha onamiz bunday debdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘n bir rak’at vitr o‘qir erdilar (tunda o‘qiydirgan namoz nazarda tutilayotir). Sajda qilganlarida, siz 50 oyat o‘qimakka qancha vaqt sarf qilsangiz, o‘shancha muddat bosh ko‘tarmay turardilar. Namozi bomdodni o‘qishdan avval ikki rak’at sunnat o‘qir erdilar. So‘ng, muazzin kelib namozga chaqirguncha o‘ng qo‘llarini bosib yonboshlab yotar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:12:45
28-bob. Vitr o‘qiladirgan vaqtlar

Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyquga yotishdan avval vitr o‘qimakni tavsiya qildilar»,- deydilar.

Anas ibn Sirin: «Ayting-chi, namozi bomdoddan avval o‘qiladirgan ikki rak’at sunnatni uzunroq qiroat qilayinmi?» - deb Ibn Umardan so‘rabdilar. Ibn Umar bunday deb javob beribdirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi ikki rak’at-ikki rak’at namoz va bir rak’at vitr o‘qir erdilar. Namozi bomdoddan avval ,ersa, tezlik birlan ikki rak’at namoz o‘qib olar erdilar».

Oisha onamiz: «Har kecha Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tong otargacha vitr o‘qir erdilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:13:00
29-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlarini vitrga uyg‘otganlari

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi namoz o‘qir erdilar. Men ersam, ul kishining ro‘paralarida ko‘ndalang bo‘lib to‘shakda yotar erdim. Qachon vitr o‘qiydirgan bo‘lsalar, meni uyg‘otar erdilar, men ham vitr o‘qir erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:13:34
30-bob. Namozxon kechaoigi namozning oxirini vitr qilsin!

Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:'«Kechasigi namozingizning oxirini vitr qilingiz!» deb aytganlar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:13:46
31-bob. Ot-ulov ustida vitr o‘qimoq

Sa’id ibn Yasor rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar birlan birga Makka ko‘chalaridan birida ketayotgan erdim. Shunda tong otib qolmog‘idan qo‘rqib, otdan tushdim-da, vitr o‘qib oldim. Keyin, Abdullohga yetib oldim. Abdulloh menga: «Qaerda qolib ketding?»-dedi. Tong otib qolmog‘idan qo‘rqib, vitr o‘qib oldim, dedim. Abdulloh: «Bu borada Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ibrat olsang bo‘lmaydirmi?!» - dedi. «Olloh haqqi, albatta shundoq»,-dedim. Abdulloh: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuya ustida ham vitr o‘qir erdilar»,-dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:13:56
32-bob. Safarda vitr o‘qimoq

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda qayoqqa qarab ketayotgan bo‘lsalar, o‘sha tomonga qarab ulov ustida imo-ishora birlan, kechasigi nafl namozlarini o‘qib ketaverar erdilar. Lekin, farz va vitr namozlarini ulov ustida o‘qimas erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:14:25
33-bob. Ruku’dan avval va ruku’dan keyin Qunut duosini o‘qimoq

Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozida Duoi Qunutni o‘qirmidilar?» - deb Anasdan so‘rashdi. «Ha, o‘qir erdilar»,- dedilar. «Ruku’dan avval o‘qiganmilar?» - deyishdi yana. «Ruku’dan bir oz keyinroq»,- dedilar».

Osim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Anas ibn Molikdan Duoi Qunut to‘g‘risida so‘radim. «Qunut - shar’iy, bor narsa» ,— dedilar. «Ruku’dan avvalmi yokim keyinmi?» - dedim. «Ruku’dan avval» ,— dedilar. «Menga falonchi aytdikim, siz «Ruku’dan keyin» degan emishsiz?!» -dedim. «Yolg‘on aytibdir!-dedilar Anas ibn Molik, - gap shundakim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oygina ruku’dan keyin Qunut o‘qiganlar. O’shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yetmishga yaqin qorilarni mushrik qavmlardan biriga (islomga da’vat qilgani) yuborgan erdilar. Har ikki tomon o‘rtasida sulh tuzilganligiga qaramay, mushriklar qorilarni o‘ldirishgan erdi. Shu boisdan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy mobaynida besh vaqt namozning oxirgi rak’atlarida o‘ldirganlarni duoi bad qilib Qunut duosini o‘qigandilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy davomida besh vaqt namozning oxirgi rak’atlarida Ra’l va Zakvon qabilalarini duoi bad qilib, Qunut duosini o‘qidilar».
Anas raziyallohu anhu: «Qunut shom va bomdod namozlarida o‘qilar erdi»,-deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:14:48
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

34-bob. Olloh taolodan yomg‘ir so‘ramoq; Janob Rasulullohning yomg‘ir so‘rab iltijo qilganlari

Ibod ibn Tamimning amakilari bunday degan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodan yomg‘ir so‘ramoq uchun (namozgohga) chiqdilar, so‘ng ridolarini tanalariga yaxshilab o‘rab olib, iltijo qila boshladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:15:10
35-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ilohi, ularga Yusuf alayhissalom davrlaridagidek qurg‘oqchilik (yillarini) yuborgil!» deb duoi bad qilganlari haqida

Abu Lurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har doim oxirgi rak’atdan bosh ko‘targanlarida: «Ilohi, Iyosh ibn Abu Rabi’aga najot bergil! Ilohi, Salama ibn Hishomga najot berg‘il! Ilohi, Valid ibn Validga najot berg‘il! Ilohi, zaif mo‘‘minlarga najot berg‘il! Ilohi, Muzar qabilasiga nisbatan azobingni kuchaytirib, ularga Yusuf alayhissalom davrlaridagidek qurg‘oqchilik (yillarini) yuborg‘il!» - deb iltijo qilar erdilar. Keyin, yana: «Olloh taolo G’ifor (qabilasinyng) gunohlarini mag‘firat qilsin! Olloh taolo Aslam (qabilasiga) omonliq bersin!» - deb qo‘yar erdilar».

Ibn Abu az-Zinod: «Janob Rasululloh bu duolarning hammasini bomdod namozida aytar erdilar, deb otam aytgandilar»,- deydi.

Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’udning huzurida o‘tirgan erdik. Shunda ul: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quraysh ahlining islomdan yuz o‘girganini ko‘rib, «Ilohi, Qurayshga yetti yil davomida Yusuf alayhissalom davrlaridagidek qahatchilik yuborg‘il!» deb duoi bad qilgandilar»,—dedi. Keyin, shundan so‘ng bo‘lgan voqealarni birma-bir hikoya qilib berdi: «Quraysh boshiga qahatchilik tushdi, o‘simliklarning barcha turi qurib, qovjirab ketdi. Qurayshliklar harom o‘lgan hayvonlarning hatto terisigacha yeb bitirishdi. Ochlikdan sillalari qurib, osmonga qarasalar, ko‘zlari tinib, boshlari aylanadirgan bo‘lib qoldi. Shunda Abu Sufyon Janob Rasululloh huzurlariga kelib: «Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam, siz bizga Ollohga itoat qilmakni va qarindoshchilikka rioya qilmakni buyurg‘aysiz-ku! Qarindoshlaringiz bo‘lmish Quraysh ahli qahatchilik va ochlikdan halok bo‘lmoqda, ularning haqqiga Olloh taolodan najot tilab, duo qilingiz!» — dedilar. Shunda Janob Rasululloh Olloh taolo oyati karimasining «Osmonni tutun qoplaydirg‘an kunni kutg‘il!» degan joyidan, «... Biz qattiq jazolab (urib), qasos oladirg‘an kunni kutg‘il!» degan joyigacha o‘qidilar. (Mana, o‘zingiz bilursiz) osmonni tutun qoplaydirgan kun ham, qattiq jazolab (urib), o‘ch oladirg‘an kun ham bo‘lib o‘tdi. Ushanda Janob Rasululloh o‘qigan oyatlari—«Rum» surasining dastlabki oyatidir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:15:51
36-bob. Qahatchilik bo‘lganda odamlarning «Olloh taolodan yomg‘ir tilab bering!» deb imomga aytmog‘i

Abdulloh ibn Dinorga otalari quyidagicha rivoyat qilgan erkanlar: «Ibn Umarning «Ey Tangrim, beva-bechoralar va yetim-esirlar haqqi, yomg‘ir, yogdirg‘il!» degan mazmundagi Abu Tolib yozgan she’rni o‘qib iltijo qilayotganini eshitdim».

Solimga otasi Abdulloh ibn Umar bunday deb aytgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarda turib yomg‘ir so‘rashlari bilanoq yuzlariga yomg‘ir tomchilay boshlaganini ko‘rganimda shoir Abu Tolibning «Ey Tangrim, beva-bechoralar va yetim-esirlar haqqi, yomg‘ir yog‘dirg‘il!» degan mazmundagi she’ri yodimga tushgan erdi shekilli».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar, qurg‘oqchilik bo‘lganda, Abbos ibn Abd ul-Mutallibni o‘rtaga qo‘yib Ollohdan yomg‘ir so‘rar erdilar. «Ilohiy, biz sendan payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni o‘rtaga qo‘yib yomg‘ir so‘rar erdik, yomg‘ir berar erding. Endi biz Rasulullohning amakilarini o‘rtaga qo‘yib sendan yomg‘ir so‘raymiz, yomg‘ir berg‘il bizga!» deb iltijo qilur erdilar. So‘ng, Olloh taolo yomg‘ir yuborar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:16:04
37-bob. Yomgir so‘rayotganda ridoni tanaga yaxshilab o‘rab olmoq

Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarini yaxshilab o‘rab olib, keyin Olloh taolodan yomgir so‘radilar».

Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozgohga chiqib, yomg‘ir so‘radilar. So‘ng, qiblaga qarab turib ridolarini tanalariga yaxshilab o‘rab oldilarda, ikki rak’at namoz o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:17:20
38-bob. Jome’ masjidida yomg‘ir so‘ramoq

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi jum’a kuni masjidga minbar to‘g‘risidagi eshikdan kirdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tik turib xutba aytayotgan erdilar. Voyagi kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yuzlanib, tik turgan holda: «Yo Rasululloh, chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Olloh taolodan so‘rangiz, bizga yomg‘ir bersin!»- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib: «Ilohi, bizga yomg‘ir berg‘il! Ilohi, bizga yomg‘ir berg‘il! Ilohi, bizga yomgir berg‘il!» - deb uch marta duo qildilar. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, o‘shanda havo mutlaqo ochiq bo‘lib, osmonda bir parcha ham bulut ko‘rinmas erdi, xullas, havoning yomg‘ir yog‘adigan siyog‘i yo‘q erdi. Biz turgan joy birlan Sal’ (Madinai Munavvaradagi tog‘) oralig‘ida birorta uy ham, hovli ham yo‘q erdi. To‘satdaya tog‘ ortidan qalqonsimon bir bulut paydo bo‘lib, tobora kattalasha boshladi va nihoyat butun osmonni qoplab oldi. So‘ng, yomg‘ir yog‘di. Olti kun Quyoshni ko‘rmadik. Keyingi jum’ada ham Rasululloh tik turib xutba aytayotgan erdilar. Birdan o‘sha eshikdan bir kishi kirib kelib: «Yo Rasululloh, yomg‘ir ko‘pligidan chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Olloh taolodan so‘rang, yomg‘irni to‘xtatsin!» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llaryni ko‘tarib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmagil! Ilohi, tepaliklarga, tog‘larga, vodiylarga, o‘tloqlarga yog‘dirg‘il!»-deb duo qildilar. Dam o‘tmay yomg‘ir to‘xtadi, masjiddan chiqib ketayotganimizda Quyosh charaqlab turardi». Keyinchalik, Shariyk raziyallohu anhu: «Janob Rasulullohning oldilariga keyingi kelgan odam, o‘sha yomgir so‘rab kelgan odamning o‘zimidi?» - deb so‘raganda, Anas: «Yodimda yo‘q»,- degan ekanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:17:48
39-bob. Jum’a xutbasida qiblaga qaramay yomg‘ir so‘ramoq

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tik turib xutba aytayotganlarida qozixona tomondagi eshikdan bir kishi kirib kelib: «Yo Rasululloh, chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Ollohdan so‘rab beringiz, bizga yomg‘ir bersin!» - dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib: «Ilohi, yomg‘ir berg‘il bizga! Ilohi, yomg‘ir berg‘il bizga! Ilohi, yomg‘ir berg‘il bizga!» - deb uch bor duo qildilar. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, havo ochiq bo‘lkb, osmonda bir parcha ham bulut yo‘q erdi. Biz birlan Sal’ (Madinai Munavvaradagi tog‘) oralig‘ida na birorta bino va na hovli bor erdi. Nogahon tog‘ ortidan qalqondek bulut ko‘rinib, biz tomonga kela boshladi, sekin-asta kattalashib, butun osmonni qoplab oldi. Keyin, yomg‘ir yog‘di. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, olti kungacha Quyosh yuzini ko‘rmadik. Keyingi jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytib turganlarida o‘sha eshikdan bir kishi kirib kelib: «Yo Rasulalloh, chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Ollohdan so‘rangiz, yomg‘irni to‘xtatsin!» -dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il! Ilohi; tepaliklarga, vodiylarga, bog‘u rog‘larga, o‘tloqlarga yog‘dirgil!» - deb duo qildilar. Bir oz o‘tmay yomg‘ir to‘xtadi. Masjiddan chiqqanimizda Quyosh charaqlab turgan erdi». Keyinchalik, Shariyk raziyallohu anhu: «Janob Rasulullohning oldilariga keyingi kelgan odam, o‘sha yomg‘ir so‘rab kelgan odamning o‘zimidi?» - deb so‘raganda, Anas: «Yodimda yo‘q»,- deb aytgan ekanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:17:56
40-bob. Minbarda turib yomgir so‘ramoq

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytib turgan erdilar, birdan bir kishi kirib kelib: «Yo Rasululloh, yomg‘ir yog‘may qo‘ydi, Ollohdan so‘rab beringiz, bizga yomg‘ir bersin!» -dedi. RasululloH sallallohu alayhi va sallam duo qildilar, Olloh taolo bizga yomg‘ir yubordi. Shunchalik ko‘p yog‘diki, hatto uylarimizga yetolmay qolayozdik. Yomg‘ir kelasi jum’agacha tinmay yog‘di. Shunda yomg‘ir so‘rab kelgan (yoki boshqa bir) odam: «Yo Rasululloh, Olloh taolodan so‘rab beringiz, yomg‘irni bizdan boshqa yoqqa yuborsin!» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!»-dedilar. Buni qarangki, bulutlarning o‘sha damdayoq har tomonga (o‘ngga-chapga) tarqab ketayotganini ko‘rdim. Madinaning o‘ng va so‘l tomonlariga yomg‘ir yog‘di-yu, lekin Madina ahli ustiga yog‘madi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:18:09
41-bob. Yomg‘ir so‘rashda jum’a namozning o‘zi bilangina kifoyalanmoq

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi»,-dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duo qilib edilar, jum’adan jum’agacha yomg‘ir yog‘di. Boyagi kishi yana kelib: «Yo Rasululloh, uylar bosib qoldi, ko‘chalar huvillab qoldi, chorva qirilib ketdi, Olloh taolodan so‘rangiz, yomg‘irni to‘xtatsin!»-dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, adirlarga, past-tekisliklarga, vodiylarga, ekinzor va o‘tloqlarga yog‘dirg‘il!» - deb duo qildilar. Yechilgan kiyim badanni qandoq tark 'etsa, bulut ham Madina osmonini shundoq tark etdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:18:22
42-bob. Yomg‘ir ko‘p yog‘ib, ko‘chalar huvillab qolganda duo aytmoq

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, (qurg‘oqchilikdan) chorva qirilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Olloh taolodan yomg‘ir so‘rab beringiz!» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duo qildilar, jum’adan jum’agacha yomg‘ir yog‘di. So‘ng, bir kishi kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh. uylar buzildi, ko‘chalar huvillab qoldi, chorva qirildi»,- dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duoga qo‘l ochib: «Ilohi, tog‘ cho‘qqilariga, adirlaru vodiylarga, ekinzoru o‘tloqlarga yog‘dirg‘il! - dedilar. Bulut Madinadan «echilgan kiyimdek» chiqib ketdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:18:35
43-bob. Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yomg‘ir so‘raganlarida ridolarini yaxshilab o‘rab olmaganlari to‘g‘risida aytilgan gaplar

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga chorvasi halok bo‘lganiyu ahli ayolining qiynalib qolgani to‘g‘risida shikoyat qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yomg‘ir so‘rab duo qildilar».

Mazkur hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ridolarini yaxshilab o‘rab olganlari haqida ham, qiblaga qarab duo qilganlari to‘g‘risida ham hech narsa deyilmagan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:18:49
44-bob. Odamlar «Yomg‘ir so‘rab beringiz!» deb iltimos qilsa, imom rad qilmasligi lozim

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, chorva halok bo‘ldi, ko‘chalar huvillab qoldi, Ollohdan so‘rab beringiz, bizga yomg‘ir bersin!» - dedi. Janob Rasululloh duo qilib edilar, jum’adan jum’agacha yomg‘ir yog‘di. So‘ng, bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, uylar buzilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, chorva qirilib ketdi»,-dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, tog‘ ustiga, tepaliklar va vodiylarga, ekinzor va o‘tloqlarga yog‘dirg‘il!»-dedilar. Bulut «echilgan kiyimdek» Madinani tark etdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:19:10
45-bob. Mushriklar qahatchilikda musulmonlardan shafqat qilishni so‘raganda...

Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Mas’udning huzurlariga borgan erdim, menga quyidagi hadisni aytib berdilar: «Quraysh ahli islomga kirmoqni paysalga soldi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni duoi bad qilib, Olloh taolodan qahatchilik va qurg‘oqchilik yuborishini so‘radilar. Quraysh ahli o‘sha yillarda halokatga uchrab, hatto o‘limtik va suyaklargacha yedi. So‘ng, Abu Sufyon kelib: «Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam, bizga doimo rahm-shafqatli bo‘lmoqni buyurdingiz, Quraysh ersa, sizning qavmingiz, ular qurg‘oqchilik va qahatchilikdan halokatga uchrayapti. Olloh taolodan ularga najot tilangiz!» - dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Osmonni tutun qoplaydirgan kunni kutg‘il!...» degan oyatni o‘qidilar. Mazkur kunlar o‘tib ketgach, mushriklar yana kofirlik qilaverdilar., Bunga nisbatan Olloh taolo: «Kofirlarni qattiq jazolab, qasos oladirgan kun kelg‘aydir, kutg‘il!»-dedi. Badr urushi bo‘lgan kun - o‘sha kun erdi».

Mansur raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodan yomg‘ir so‘rab duo qildilar, Olloh taolo yetti kun yomg‘ir yog‘dirdi. Odamlar yomg‘ir ko‘p yog‘ayotganidan shikoyat qilishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!» - deb iltijo qildilar. Bulut Madina ustidan tarqab ketib, faqat shahar atrofiga yomg‘ir yog‘di».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:19:23
46-bob. Haddan ziyod yomg‘ir yoqqanda «atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmagil!» - deb iltijo qilmoq

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’ada xutba aytib turganlarida odamlar ul kishiga baland ovoz birlan: «Yomg‘ir yog‘may qo‘ydi, dov-daraxtlar quridi, Ollohdan so‘rab beringiz, bizga yomg‘ir yuborsin!» - deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, bizga yomgir berg‘il!» - deb ikki marta duo qildilar. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, havo ochiq erdi, hatto osmonda biror parcha bulut ham ko‘rinmas erdi. Birdan qaerdandir bulut paydo bo‘lib, yomg‘ir yog‘di. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbardan tushib, jum’a namozini o‘qidilar. Namoz o‘qib bo‘lganlarida ham yog‘ayotgan yomg‘ir kelasi jum’agacha tinmadi. Kelasi jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib xutba aytayotganlarida odamlar qichqirib: «Yo Rasululloh, uylar buzilib ketdi, ko‘chalar huvillab qoldi, Ollohdan so‘rangiz, yomg‘irni to‘xtatsin!» - deyishdi. Shunda Rasululloh tabassum qilib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!» - deb duo qildilar. Madinada havo ochilib, yomg‘ir shahar atrofiga yog‘a boshladi. Madina ustiga bir tomchi ham yog‘madi. Madinaga qarasam, toj singari tovlanib turardi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:19:37
47-bob. Tik turgan holda yomg‘ir so‘rab duo aytmoq

Abu Ishoq raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Abdulloh ibn Yazid va ul kishi birlan birga Barro ibn Ozib hamda Zayd ibn Arqam (Olloh taolo ulardan rozi bo‘lsin) Ollohdan yomg‘ir so‘rab sahroga chiqdilar. Abdulloh ibn Yazid va ul birlan birga chiqqan odamlar oyoq yalang tik turishdi. Abdulloh ibn Yazid Olloh taologa istig‘for aytib yomg‘ir so‘radi (minbarga chiqmadi, chunkim minbar yo‘q erdi). So‘ng, azon ham, takbir ham aytmay, eshittirib qiroat qilib, ikki rak’at namoz o‘qidi. Abdulloh ibn Yazid Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rgan sahobalardan erdi».

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari bo‘lmish Ibod ibn Tamimning amakilari bunday deb rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodan odamlarga yomg‘ir so‘rab bermoq uchun ular birlan namozgohga chiqdilar. Shunda minbarga chiqmay, tik turgan holda Ollo.h taolodan yomg‘ir so‘rab duo qildilar. So‘ng, qibla tomon yuzlanib, ridolarini yaxshilab o‘rab oldilar-da, namoz o‘qidilar, keyin yomg‘ir yog‘di».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:19:47
48-bob. Yomg‘ir so‘rab namoz o‘qiganda ovoz chiqarib qiroat qilmoq

Ibod ibn Tamim rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodan odamlarga yomg‘ir so‘rab bermoq uchun namozgohga chiqdilar, qiblaga yuzlanib duo qildilar. Keyin ridolarini yaxshilab tuzatib oldilar-da, ovoz chiqarib qiroat birlan namoz o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:19:57
49-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (yomg‘ir so‘rayotganda) odamlarga qanday qilib orqa o‘girib turdilar?

Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Ollohdan odamlarga yomg‘ir so‘rab namozgohga chiqqan kunlari ko‘rdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga orqalarini o‘girdilar-da, qiblaga qarab duo qildilar. So‘ng, ridolarini yaxshilab tuzatib olib, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Qiroatlari bizga aniq eshitilib turdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:20:08
50-bob. Yomg‘ir so‘rab o‘qiladirgan namoz ikki rak’atdir

Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ollohdan yomg‘ir so‘rab, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Namozdan avval ridolarini yaxshilab tuzatib olgandilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:20:18
51-bob. Namozgohga chiqib yomg‘ir so‘ramoq

Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat . qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozgohga chiqib yomg‘ir so‘radilar. Ridolarini yaxshilab tuzatib olib, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Abu Sufyonga Al-Mas’udiy, unga esa Abu Bakr bunday degan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarini o‘ngdan chapga o‘rab, tuzatib oldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:20:30
52-bob, Yomg‘ir so‘rayotganda qiblaga qarab turmoq

Ibod ibn Tamimning amakilari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolodan yomg‘ir so‘rab namoz o‘qigani odamlar birlan namozgohga chiqdilar. Ridolarini tuzatib oldilar-da, qiblaga qarab duo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:20:47
53-bob. Imom yomg‘ir so‘rayotganda odamlarning ham u birlan baravar duoga qo‘l ochmoqlari

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni bir badaviy Rasululloh huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, chorva qirilib ketdi, bola-chaqalar, odamlar halok bo‘ldi»,- dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi. va sallam qo‘llarini ochib duo qildilar, odamlar ham baravar duoga qo‘l ochishdi. Buni qarangkim, masjiddan chiqib ulgurmasimizdan ustimizga yomg‘ir yog‘a boshladi. Yomg‘ir kelasi jum’agacha tinmadi. Haliga kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga yana kelib: «Yo Rasululloh, yo‘llarda yurib bo‘lmay qolganidan musofirlar , ketolmay qoldilar»,- dedi».

Yahyo ibn Sa’id va uning sheriklariga Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini duoga ko‘tardilar hatto men qo‘ltiqlarining oppoqligini ko‘rdim»,- deb aytgan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:20:56
54-bob. Imomning yomgir so‘rayotgaida do‘oga qo‘l ochmogi

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar; «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallam hech qachon qo‘llarini ochib duo qilmas erdilar. Ammo, Olloh taolodan yomg‘ir so‘rayotganlaridz qo‘llarini baland ko‘tarib duo qilar erdilar, hatto qo‘ltiqlarining oppoqligi ko‘rinar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:21:08
55-bob. Yomg‘ir yoqqanda nima deyiladir?

Ibn Abbos: «Qur’oni Kariymdagi «Av ka-sayyibin» iborasidagi «sayyib» so‘zi yomg‘ir demakdir» ,— deydilar.

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘rib: «Ollohumma sayyiban nofi’an (Ilohi, nafi tegadirgan yomg‘ir berg‘il!)» ,— deb aytar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:21:21
56-bob. Soqolidan suv tomguncha yomg‘irda turgan kishi haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida qurg‘oqchilik yili bo‘ldi. Jum’a kunlaridan birida Janob Rasululloh xutba aytib turgan erdilar, bir badaviy o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, chorva qirilib, ketdi, bola-chaqa och qoldi, Ollohdan bizga yomg‘ir so‘rab beringiz!» - dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ochib duo qildilar, osmonda bir parcha ham bulut yo‘q erdi. Nogahon, qaerdandir tog‘dek-tog‘dek bulut paydo bo‘ldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbardan tushmaslaridan soqollaridan yomg‘ir tomchilarining yumalab tushayotganini ko‘rdim. Yomgir o‘sha kuni ham, ertasiga ham, indiniga ham yog‘ib, kelasi jum’agacha tinmadi. Kelasi jum’ada boyagi badaviy (yokim boshqasi) o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, uylar bosib qoldi, mollar g‘arq bo‘ldi; Ollohdan so‘rab beringiz, yomg‘irni to‘xtatsin!»-dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ochib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!» - deb duo qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam osmonning qaysi tomoniga ishora qilib ko‘rsatsalar, o‘sha tomondagi bulutlar tarqab ketar erdi. Hattoki, Madinai Munavvara tepasi doira shaklida ochilib qoldi. Vodiylarda ersa, bir oy davomida yomg‘ir yog‘ib anhor-anhor sel oqdi. O’sha kunlari kimki vodiydan biz tomonga kelsa, nuqul mo‘l yomg‘ir yog‘ayotganidan gapirar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:21:31
57-bob. Qattiq shamol esganda...

Humayd raziyallohu anhu Anasdan bunday deb eshitgan erkanlar: «Qattiq shamol tursa, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yuzlarida xavotir alomati sezilar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:21:42
58-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Olloh taolo tonggi shamol ila menga zafar yo‘lladi»,- deganlari

Ibn Abbos rivoyatqiladirlar: «Janob Rasululloh: «Ollohtaolo menga tonggi shamol ila zafar yo‘lladi, Od qavmini ersa, Dabur shamoli (kun botar tomondan esadirgan kechki shamol) ila halokatga uchratdi»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:21:56
59-bob. Zilzila va har xil ofatlar to‘g‘risida aytilgan hadislar

AbuHurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilm (islom ilmi) butunlay yo‘q bo‘lmago‘ncha, zilzila ko‘paymaguncha, vaqt (umr) tez o‘tadirgan bo‘lmaguncha, fitna va gunohlar oshkora qilinadirgan bo‘lmaguncha qiyomat bo‘lmag‘aydir. Qiyomatga yaqin shunchalik boyib ketg‘aydirsizkim, hatto mol-dunyoingiz (uyingizga) sig‘may ketg‘aydir»,- dedilar».

Ibn Umar: «Ilohi, bizning o‘ngu so‘limizdagi mamlakatlarga barakot ato etg‘il!» - dedilar. «Bizning Najdga ham barakot ato etg‘il, deng!»- deyishdi sahobalar. Ibn Umar: «Ul yerda zilzilalar, fitnalar bo‘lajakdir hamda shayton jamoasi yuzaga kelajakdir»,- dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:22:07
60-bob. Olloh taoloning «Rizqni yolgonga chiqarmangiz!» degan oyati karimasi; Ibn Abbosning «rizq» so‘zini «shukr» deb talqin qilgani

Zayd ibn Xolid rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunlardan birida Xudaybiyada yomg‘irdan namiqqan yerda (bizga imomlik qilib) bomdod namozini o‘qidilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozdan so‘ng odamlarga o‘girilib: «Bilurmisiz, rabbingiz ne deydir?»- deb aytdilar. Sahobalar: «Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,- deyishdi. «Olloh taolo: «Bandalarimning ba’zilari menga iymon keltirdi, ba’zilari ersa, meni inkor qilib, kofir bo‘ldi. Kimki yomg‘irni Ollohning bandalariga yuborgan marhamati, degaydir, ul mo‘‘min bo‘lib, sayyoralarni iloh sifatida inkor etgan bo‘lur, ammo kimki yomg‘ir sayyoralarning undoq yokim bundoq bo‘lmog‘idan, degaydir, ul kofir bo‘lib, sayyoralarga sig‘ingan bo‘lur, deb aytdi»,- dedilar Janob Rasululloh».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:22:31
61-bob. Yomgir qachon yog‘mog‘ini Ollohdan o‘zgasi bilmag‘aydir!

AbuHurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Beshta narsani Olloh taolodan o‘zgasi bilmag‘aydir, deganlar»,- deydilar.

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Royib (inson bilolmaydigan) narsalar beshta bo‘lib, ularni Ollohning o‘zigina bilur, xolos. Ular quyidagilar: 1. Ertaga ne bo‘lmog‘ini bilmas; 2. Homilaning o‘g‘il yokim qiz erkanini bilmas; 3. Ertaga qay yerdan rizqini topib yemog‘ini bilmas; 4. Qay yerda o‘lmog‘ini bilmas; 5. Yomg‘ir qachon yog‘mog‘ini bilmas»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:45:36
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
KUN TUTILISHI TO’G’RISIDAGI KITOB


1-bob. Quyosh tutilganda namoz o‘qimoq

Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallamning huzurlarida  (suhbatlashib o‘tirgan) erdik,  Quyosh tutilib qoldi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turdilar-da, ridolarini sudrab masjidga kirib ketdilar. Ortlaridan biz ham kirdik. To Quyosh tutilib bo‘lguncha biz birlan birga ikki rak’at namoz o‘qidilar (namozni cho‘zib o‘qidilar), so‘ng: «Quyosh va Oy biror kishining o‘lgani uchun tutilmagaydir. Qachonkim Quyosh yoki Oy tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, tutilib bo‘lguncha namoz o‘qib va duo aytib Olloh taologa iltijo qilingiz!» - dedilar».

Qays raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh va Oy biror kishining o‘lgani uchun tutilmag‘aydir, albatta. Lekin, ular Olloh taoloning cheksiz qudratga ega erkanligini isbotlovchi ikkita dalildir. Qachonkim ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, tezda o‘rningizdan turib namoz o‘qingiz!»- degan erkanlar. Buni menga Abu Mas’ud aytdi».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh birlan Oy biror kishining vafot etgani yokim tug‘ilgani uchun tutilmashydir. Lekin, Quyosh birlan Oy Olloh taoloning qudratini isbotlovchi ikkita dalildir. Qachonkim, ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, namoz o‘qingiz!»-deganlar».

Mug‘ira ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida Rasulullohning o‘g‘illari Ibrohim vafot etgan kuni Quyosh tutildi. Shunda odamlar: «Ibrohim vafot etgani uchun Quyosh tutildi»,- deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh birlan Oy'biror kishining vafot etgani yokim tug‘ilgani uchun tutilmag‘aydir, qachonkim ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, namoz o‘qib va duo aytib, Ollohga sig‘iningiz!» - deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:45:57
2-bob. Quyosh tutilganda sadaqa qilmoq

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu* alayhi va sallamning davrlarida Quyosh to‘tildi. Shunda Rasululloh sallallOhu alayhi va sallam jamoat birlan namoz o‘qidilar. Qiyomda uzoq turdilar, so‘ng ruku’ qilib, ruku’da ham uzoq turdilar. Keyin, qadlarini rostlab, qiyomda uzoq turdilar, lekin ruku’dan avvalgi qiyomga ko‘ra kamroq turdilar. So‘ng, yana ruku’ qildilar, ruku’da uzoq turdilar, lekin birinchi ruku’ga nisbatan kamroq turdilar. Keyin, sajda qildilar, sajdada ham uzoq turdilar. So‘nggi rak’atda ham shundoq qildilar. Namoz  tugaganda Quyosh tutilib bo‘lgandi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga xutba aytdilar. Keyin, Ollohga hamdu sanolar aytib: «Quyosh birlan Oy Olloh taolo qudratini isbotlovchi ikkita dalildir. Qachonkim ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, Ollohga sig‘inib duo qilingiz, takbir aytingiz va namoz o‘qingiz hamda sadaqa beringiz!»- dedilar. So‘ng, bir oz sukut saqlab turgach: «Ey Muhammad ummati, Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, xoh ayol va xoh erkak banda bo‘lsin, zino qilsa, Ollohdan ko‘ra ko‘proq g‘azablanib, rashk qilg‘uvchi zot bo‘lmasa kerak! Agar men bilgan narsani bilganingizda erdi, ko‘proq yig‘lab, kamroq kular erdingiz!» - deb qo‘shib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:46:33
3-bob. Quyosh tutilganda jamoat bo‘lib namoz o‘qish uchun odamlarni namozga chaqirmoq

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Quyosh tutilganda jamoat bo‘lib namoz o‘qimoq uchun odamlar chaqirildi»,
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:47:00
4-bob. Quyosh tutilganda imomning xutba aytmog'i

Oisha onamiz va ularning opalari: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda odamlarga xutba aytdilar»,- deyishadi.

Urva raziyallohu anhu Oisha onamizdan eshitib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayot davrlarida Quyosh tutildi. Buni ko‘rib masjidga chiqdilar. Odamlar Janob Rasulullohning orqalarida saf tortishdi. Rasululloh takbiri tahrima aytib namozni boshladilar. So‘ng, uzoq qiroat qildilar, keyin takbir aytib ruku’ qildilar, ruku’da uzoq turdilar. So‘ng, «Sami’allohu liman hamidahu» deb ruku’dan turdilar. Sajdaga bormasdan avval oldingiga nisbatan qisqaroq qiroat qildilar. So‘ng, takbir aytib ruku’ qildilar, ruku’da avvalgiga ko‘ra kamroq turdilar, keyin «Sami’allohu liman hamidahu, rabbano va laka-l-hamd» deb sajda qildilar. So‘ng, ikkinchi rak’atda ham shundoq qildilar. Undan keyin, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘rt ruku’ va to‘rt sajda qilib ikki rak’at namoz o‘qidilar. Quyosh tutilib bo‘lganda hali namoz tugamagan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib Ollohga munosib hamdu sanolar aytdilar, so‘ng: «Quyosh birlan Oy Ollohning qudratini isbotlovchi ikkita dalildyr. Ular biror kishining o‘lgani yokim tug‘ilgani uchun tutilmag‘aydir. Agar (kim) ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, namoz o‘qingiz!» - dedilar».

Urva raziyallohu anhu Oisha onamizdan eshitib rivoyat qilib bergan mazkur hadisga monand boshqa bir hadisni Abbos ham hikoya qilib bergan erkanlar: «Zuhriy raziyallohu anhu: «Akang - Abdulloh ibn Zubayr Quyosh tutilganda Madinada namozi bomdodga o‘xshash ikki rak’at namoz o‘qidi, ortiqcha hech narsa o‘qimadi-ku!»-deganlarida, Urva: «Ha, to‘g‘ri, akam namozning sunnatida yanglishdilar»,- deb aytgan erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:48:14
5-bob. «Quyosh tutildi» deb aytiladirmi yokim «Quyosh kuydi» deb aytiladirmi?

Olloh taolo: «Va xasafa-l-Qamar (Oy tutildi)»,- deydir.

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh   sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilgan kuni namoz o‘qidilar. O’rinlaridan turib, avval takbiri tahrima aytdilar, so‘ng Surai «Fotiha»ni o‘qib, unga uzun bir surani zam qildilar. Keyin, uzoq ruku’ etdilar, so‘ng «Sami’allohu liman hamidahu» deb qadlarini rostladilar, keyin avvalgidan ko‘ra qisqaroq qiroat qildilar, so‘ng uzoq sajda ayladilar. Ikkinchi rak’atda ham shundoq qildilar, so‘ng salom berdilar. Quyosh tutilib bo‘lgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga xutba aytdilar. Jumladan, Quyosh va Oyning tutilishi to‘g‘risida shundoq dedilar: «Quyosh birlan Oy Ollohning qudratini ko‘rsatuvchi ikkita dalildir. Ular biror kishining hayoti yokim vafoti tufayli tutilmag‘aydir. Agar kim ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, namoz o‘qingiz!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:48:32
6-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Olloh taolo bandalarini Kun kuyishi birlan qo‘rqitgaydir» degan so‘zlari to‘g‘risida

Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kun birlan Oy Olloh taolo qudratini namoyon qilg‘uvchi ikki dalildir. Ular biror kishining o‘lgani sababli kuymag‘aydir, biroq Olloh taolo bu birlan bandalariniqo‘rqitg‘aydir»-dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:48:46
7-bob. Quyosh tutilganda namoz o‘qiyotib, Ollohdan go‘r azobidan asrashini so‘ramoq

Umra binti Abdurrahmondan: «Bir yahudiy xotin Oisha onamizdan xayr-sadaqa so‘rab kelib: «Olloh taolo seni go‘r azobidan asrasin!» - dedi. Oisha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Odamlar qabrda azoblang‘aydirmi?» - deb so‘radilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ollohdan go‘r azobidan panoh tilab: «Ha, qabr azobi haqdir!»-dedilar. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam saharlab ulov minib chiqib ketdilar. Shu kuny Quyosh tutildi. Janob Rasululloh ertalab qaytdilar-da, hujralarining orqasiga o‘tib namoz o‘qimoqqa tutindilar, odamlar ham Rasulullohning orqalarida turib namoz o‘qishdi. Janob Rasululloh qiyomda uzoq turdilaru so‘ng uzoq ruku’ qildilar, keyin ruku’dan turib, qiyomda avvalgidan ko‘ra kamroq turdilar. So‘ng, avvalgi ruku’dan qisqaroq ruku’ qilib, keyin qadlarini ko‘tardilar-da, sajda etdilar. Qadlarini rostlagach, qiyomda avvalgidan ko‘ra kamroq turdilar, keyin qisqaroq ruku’ qilib, so‘ng qadlarini ko‘tardilar-da, sajdaga bosh qo‘ydilar. Namozni tugatib o‘girilgach, Janob Rasulullrh sallallohu alayhi va sallam Olloh xoxlagancha va’z-nasihat ayladilar, So‘ng, odamlarga Olloh taolodan go‘r azobidan najot tilamoqni buyurdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:49:02
8-bob. Quyosh tutilganda o‘qiladirgan namoz sajdasi haqida

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Quyosh tutilganda odamlar jamoat birlan namoz o‘qimoq uchun chaqirildilar. Shunda Rasululloh sallallohu ayaayhi va sallam ikki marta ruku’ qilib, bir marta sajda etdilar. Keyin, turib yana ikki marta ruku’ va bir marta sajda qildilar., So‘ng, o‘tirdilar. Quyosh ham tutilib bo‘ldi. O’shanda Oisha onamiz: «Bu namozdan ko‘ra uzunroq namoz o‘qimagan erdim»,- degan erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:49:17
9-bob. Quyosh tutilganda o‘qiladirgan namozni jamoat bo‘lib o‘qimoq

Ibn Abbos Zam-zam supasida jamoat birlan namoz o‘qidilar, uning o‘g‘li Ali ersa, odamlarni namozga to‘pladi, Ibn Umar ham jamoat birlan namoz o‘qidilar.

Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh davrlarida Quyosh tutildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qimakka tutindilar. Surai «Baqara» qiroatiga ketgan vaqtcha qiyomda turdilar, keyin yuz oyat o‘qimakka ketgan vaqtcha ruku’ qildilar, so‘ng qadlarini rostlab, «Oli Imron» surasini o‘qimakka ketgan vaqtcha qiyomda turdilar. Bu gal oldingi qiyomda turganlaridan ko‘ra kamroq vaqt sarf ayladilar. Keyin, uzoq ruku’ qildilar, bunga ham oldingisiga nisbatan kamroq vaqt sarf etdilar, keyin sajda qildilar. So‘ng, uzoq qiyomda turdilar, bunisi avvalgisidan qisqaroq bo‘ldi, keyin uzoq ruku’ qildilar, bunisi ham avvalgisidan qisqaroq bo‘ldi, keyin uzoq qiyomda turdilar, bunisi ham avvalgisidan qisqaroq bo‘ldi, keyin uzoq ruku’ etdilar, bunisi ham avvalgisidan qisqaroq bo‘ldi, keyin sajda ayladilar. Namozni o‘qib bo‘ldilar hamki, Quyosh tutilib bo‘ldi. Janob Rasululloh odamlarga o‘girilib bunday dedilar: «Quyosh birlan Oy Olloh taolo qudratining ikki dalilidir. Ularning tutilmog‘i biror kishining hayoti yokim mamoti birlan bog‘liq ermas. Agar ularning tutilganini ko‘rsangiz, Ollohni zikr qilingiz!» - dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, biz sizning turgan o‘rningizda bir narsaga qo‘l uzatib olmoqchi bo‘lganingizni, keyin orqaga tisarilganingizni ko‘rdik»,- deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men jannatni ko‘rdim va bir shingilga qo‘l uzatdim. Agar ololg‘ay erdim, dunyo turguncha yeb ado qilolmagan bo‘lur erdingiz. Keyin, do‘zaxni ham ko‘rdim, bugungidek   qo‘rqinchliroq   manzarani    ko‘rmaganmen.    Qarasam,   do‘zax   ahlining ko‘pchiligi xotinlar erkan»- dedilar. Sahobalar: «Ne uchun ko‘pchiligi xotinlar, yo Rasululloh?»- deyishdi. «Ollohga noshukurchiliklari, erlarining qadriga yetmaganliklari va erlarining yaxshilig‘larini bilmaganliklari uchundir. Agar xotinlarning birontasiga bir umr yaxshilig‘ qilg‘aydirsen-u, so‘ng sendan bir yomonlik ko‘rg‘aydir, sendan hech yaxshilig‘ ko‘rmadim, deydir»,- dedilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:49:32
10-bob. Quyosh tutilganda erkaklar birlan birga ayollarning ham namoz o‘qimog‘i

Asmo rivoyat qiladirlar: «Quyosh tutilgan kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotynlari - Oisha singlimnikiga bordim. Qarasam, odamlar namoz o‘qishayotgan erkan. Oisha qiyomda turgan vaqtida: «Odamlarga ne bo‘ldi?»-deb so‘radim. U qo‘llari birlan osmonga ishora qilib: «Subhonalloh»,- dedi. «Azob (qiyomat) alomatimi?»-dedim. «Ha» degan ma’noda bosh irg‘ab qo‘ydi. Keyin, men ham ular birlan birga namoz o‘qishga tutindim, hatto ko‘p o‘qiganimdan boshim aylanib ketdi. Keyin, o‘zimga kelay deb boshimdan suv quya boshladim. Janob Rasululloh namoz o‘qib bo‘lgach, Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar, so‘ng: «Men ko‘rmagan narsa qolmadi, hatto shu yerda turib jannatni ham, do‘zaxni ham ko‘rdim. «Sizlar qabrda yotganingizda Dajjol fitnasi yanglig bir imtihondan o‘tg‘aydirsizlar» deb menga vahiy qilindi»,- dedilar. O’shanda «Dajjol fitnasi yanglig‘» dedilarmi yokim «Dajjol fitnasiga yaqin», dedilarmi, aniq esimda yo‘q. Keyin, Janob Rasululloh bunday deb davom etdilar: «Har biringiz qabrda yotganingizda bir farishta kelib: «Bu kishini (Rasulullohni) taniysanmi?» - deb so‘raydir. Agar qabrda yotgan banda iymonli (yokim «taqvodor»,- dedilar shekilli) ersa: «Bu kishi Muhammad Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdirlar, bizga mo‘‘jizalar va hidoyat olib kelganlar. Biz ishonib qabul qilganmiz, ergashganmiz»,- deydir. Unga: «Biz sening mo‘min ekanligingni bilur erdik, orom olib uxlayverg‘il!»- deyishadi. Ammo, munofiq (yokim «ikkilanuvchi»,- dedilar shekilli) ersa: «Bilmadim, odamlar (bu kishi to‘g‘rilarida) nimalardir deyishar erdi, men ham o‘shalar aytganini aytar erdim»,- deydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:49:44
11-bob. Quyosh tutilganda qulni ozod qilmakni yaxshi ko‘radirgan kishi haqida

Asmo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda qul ozod qilmakni buyurdilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:49:57
12-bob. Quyosh tutilganda o‘qiladirgan namozni masjidda o‘qimoq

Umra binti Abdurrahmondan: «Bir yahudiy xotin tilamchilik qilib keldi. Maqsadi hosil bo‘lgandan so‘ng, Oisha onamizga: «Olloh taolo seni qabr azobidan saqlasin!» - dedi. Oisha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Odamlar qabrda azoblanadirmi?» - deb so‘radilar. Janob Rasululloh (javob o‘rniga): «Ilohi, qabr azobidan o‘zing asrag‘il!» - deb qo‘ydilar. Bir kuni saharda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulov minib chiqib ketdilar. Saldan keyin Quyosh tutildi. Rasululloh ertalab qaytib keldilar. Hujralarining orqasiga (ya’ni, masjidga) o‘tib namozga tutindilar, odamlar ham ul kishining orqalarida turib namoz o‘qidilar. Janob Rasululloh qiyomda uzoq turdilar, so‘ng uzoq ruku’ qildilar, keyin qadlarini rostlab, qiyomda avvalgidan kamroq turdilar. So‘ng avvalgi ruku’dan qisqaroq ruku’ qilib, keyin qadlarini ko‘tardilar-da, sajda etdilar, sajdada uzoq turdilar. Qadlarini rostlagach, qiyomda avvalgidan ko‘ra kamroq turdilar, keyin avvalgidan qisqaroq ruku’ aylab, qiyomga turdilar. Qiyomda avvalgidan kamroq turdilar, so‘ng avvalgisidan qisqaroq ruku’ qilib, sajdaga bosh qo‘ydilar. Namozni o‘qib bo‘lib, Olloh istagancha va’z-nasihat etdilar. So‘ng, odamlarga Olloh taolodan qabr azobidan najot tilamoqni buyurdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:50:16
13-bob. Quyosh biror kishining dunyoga kelgani yokim vafot qilgani tufayli tutilmaydir

Abu Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh va Oy kimningdir o‘lgani yokim tug‘ilgani uchun tutilmag‘aydir, biroq ular Olloh taolo qudratining ikki dalilidir. Agar ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, ikki rak’at namoz o‘qingiz!» - dedilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Quyosh tutildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib jamoat birlan namoz o‘qimakka kirishdilar. Qiyomda turib uzoq qiroat ayladilar, so‘ng ruku’ qildilar, ruku’da uzoq turdilar, keyin boshlarini ko‘tarib uzoq qiroat etdilar, bu gal qisqaroq qiroat ayladilar. So‘ng ruku’ qildilar, bu galgi ruku’da kamroq turdilar, keyin boshlarini ko‘tarib, ikki marta sajda qildilar. Ikkinchi rak’atni ham shunday o‘qidilar. Namozdan keyin, odamlarga xutba aytgani o‘rinlaridan turdilar. Hamdu sanodan so‘ng: «Quyosh birlan Oy biror kishining tug‘ilgani yokim o‘lgani uchun tutilmag‘aydir, biroq ikkalasi Olloh taolo qudratining ikki dalilidir. Olloh taolo ularni bandalariga ko‘rsatib, o‘z qudratini namoyish qiladir. Agar Quyosh va Oy tutilganini ko‘rsangiz, darhol namoz o‘qingiz!»-dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:50:31
14-bob. Quyosh tutilganda zikr aytmoq

Abu Muso rivoyat qiladirlar: «Quyosh tutildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Qiyomat bo‘lib qoldimi?» deb qo‘rqib o‘rinlaridan turdilar-da, masjidga chiqib namoz o‘qidilar. Qiyom, ruku’ va sajdalarda uzoq turib qiroat qildilar. Men ul kishining shunday namoz o‘qiganlarini boshqa ko‘rmadim. Namozdan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo namoyon qilayotgan bul narsalar (Quyosh va Oy tutilishi) kimningdir tug‘ilgani yoki o‘lgani uchun sodir bo‘lmag‘aydir, balkim Olloh taolo bul birlan bandalarini qo‘rqitg‘aydir. Agar ulardan birontasining tutilganini ko‘rsangiz, darhol namoz o‘qingiz!»- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:50:44
15-bob. Quyosh tutilganda duo o‘qimoq

Mug‘iyra ibn Shu’ba rivoyat qiladirlar: «Janob Rasulullohning o‘g‘illari vafot etgan kuni Quyosh tutilgan erdi. Odamlar: «Quyosh Ibrohim vafot etgani uchun tutildi»,- deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh birlan Oy Olloh qudratining ikki dalilidir. Ular biror kishining tug‘ilgani yokim o‘lgani uchun tutilmag‘aydir. Agar ularning tutilganini ko‘rsangiz, tokim tutilib bo‘lmagunicha Ollohga iltijo qilib, duo va namoz o‘qingiz!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:50:55
16-bob. Imomning Quyosh tutilganda xutba aytayotib, «ammo ba’d» demog‘i

Asmo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lganlarida Quyosh tutilib bo‘lgan erdi. So‘ng, xutba qildilar. Xutbaning so‘nggida Ollohga munosib hamdu sano aytgach? «Ammo ba’d» ,— deb qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:51:08
17-bob. Quyosh yokim Oy tutilganda namoz o‘qimoq

Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zamonlarida Quyosh tutildi. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qidilar».

Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Quyosh tutildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarini sudrab masjidga chiqdilar. Yonlariga odam to‘plangach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ular birlan ikki rak’at namoz o‘qidilar. Shu payt Quyosh ham tutilib bo‘ldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh va Oy Olloh taolo qudratining ikki dalilidir. Ular biror kishi vafot etgani uchun tutilmag‘aydir. Agar (Quyosh yokim Oy) tutilg‘aydir, tokim tutilib bo‘lmaguncha namoz o‘qingiz, duo aytib Ollohga iltijo qilingiz!» - dedilar. Rasulullohning bunday demoqlarining sababi bor erdi. Chunkim Rasulullohning Ibrohim degan o‘g‘illari o‘sha kuni vafot etgan bo‘lib, odamlar Quyosh tutilmog‘ini shunga bog‘lashgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:51:24
18-bob. Quyosh tutilganda o‘qiladirgan namozning birinchi rak’ati - eng uzun rak’at

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda to‘rt ruku’ va ikki sajda qilib namoz o‘qidilar. Birinchi rak’at ikkinchisiga qaraganda uzoqroq davom etdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 06:51:39
19-bob. Quyosh tutilganda o‘qiladirgan namozda ovoz chiqarib qiroat qilmoq

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilgan kezdagi namozda ovoz chiqarib qiroat qildilar. Qiroat aylab bo‘lgach, takbir aytib ruku’ etdilar. Ruku’dan bosh ko‘tarayotganda: «Sami’allohu liman hamidahu, rabbano va laka-l-hamd»,- dedilar. Keyin, Quyosh tutilganda o‘qiladirgan namozni ikki rak’at, to‘rt ruku’ va to‘rt sajda qilib o‘qiydirgan bo‘ldilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallo hu alayhi va sallam zamonlarida Quyosh tutildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jamoat birlan namoz o‘qimoq uchun odamlarni to‘plag‘il!» - deb jarchi yubordilar. Odamlar to‘plangach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam imomlikka o‘tib, ikki rak’at, to‘rt ruku’ va to‘rt sajda qilib namoz o‘qidilar».

Zuhriy raziyallohu anhu: «Akang Abdulloh ibn Zubayr Quyosh tutilganda Madinada bomdod namoziga o‘xshash ikki rak’at namoz o‘qidi, ortiqcha hech narsa o‘qimadiku?!» - deganlarida, Urva: «Ha, to‘g‘ri, akam namozning sunnatida yanglishdilar»,- deb javob bergan erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:31:38
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
QUR’ON TILOVAT QILGANDA SAJDA QILMOQ VA UNING SUNNAT EKANLIGI HAQIDAGI BOBLAR


Ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada «An-Najm» surasini tilovat aylab sajda etdilar, bir mo‘ysafiddan tashqari hamma ul kishi birlan birga sajda qildi. Mo‘ysafid bir siqim tufroqni (yokim qumni) olib peshonasiga surtdida, shu menga kifoya qilg‘aydir»,— dedi. Keyinchalik, men o‘shal mo‘ysafidning kofirligicha o‘ldirib yuborilganining shohidi bo‘ldim».

1-bob. «Tanziyl us-sajda» surasini tilovat qilib sajda etmoq

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’a kuni bomdod namozida «Alif, lom, mim tanziyl us-sajda» surasini hamda «Va hal ato ala-l-insoni» suralarini o‘qir erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:32:05
2-bob. «Sod» surasini tilovat qilib sajda etmoq

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sod» surasini tilovat qilib sajda etmoq buyurilgan bo‘lmasa-da, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shul surani o‘qib sajda aylaganlarini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:32:16
3-bob. «An-Najm» surasini tilovat qilib sajda etmoq

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «An-Najm» surasini o‘qib sajda qildilar. Qavmning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga sajda etmagan birorta ham a’zosi qolmadi, faqat bir kishigina bir siqim tufroq (yokim qum) olib yuziga surtdi-da: «Menga shul ham kifoya qilg‘aydir»,— dedi. Keyinchalik, uning kofirligicha o‘ldirilganini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:32:40
4-bob. Musulmonlarning mushriklar birlan birga sajda qilmog‘i

Darhaqiqat, mushrik — najasdir! Ul tahorat neligini bilmaydir. Ibn Umar raziyallohu anhu tahoratsiz ham sajda qilur erdi.

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «An-Najm» surasini o‘qib sajda aylaganlarida, musulmonlar va mushriklar ham, jinlar va inslar ham sajda etdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:32:50
5-bob. Sura tilovat qilib sajda etmagan kishi haqida

Ato ibn Yasor Zayd ibn Sobitdan «An-Najm» surasini o‘qib bo‘lib sajda qilmoq haqida so‘radi. Zayd o‘zining Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlarida «An-Najm» surasini o‘qib sajda etmaganini ta’kidladi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:33:05
6-bob. «Iza-s-samou-n-shaqqat» surasini tilovat qilib sajda etmoq

Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayraning «Iza-s-samou-n-shaqqat» surasini o‘qib sajda etganlarini ko‘rdim. Shunda men: «Ey Abu Hurayra, sizning sajda qilayotganingizni ko‘rib qoldim-ku!» - dedim. Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (shu surani o‘qib) sajda aylayotganlarini ko‘rmaganimda erdim, sajda qilmas erdim!»-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:33:47
7-bob. Qoriga (sajdasiga) qo‘shilib sajda qilmoq

Tamim ibn Hazlamning bolalik chog‘lari erdi. Bir kuni ul sajda etiladirgan oyatni qiroat qilib berganida, Ibn Mas’ud: «Sajda qilg‘il, sen bizning imomimizdirsan!» - degan edilar.

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda qilinadirgan surani o‘qir erdilar-da, sajda etar erdilar, biz ham birgalikda sajda aylar erdik. Ba’zan (odam ko‘pligidan) bir peshona siqqudek joy topolmay qolar erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:34:33
8-bob. Imom sajda qilinadirgan oyatni o‘qiganida odamlarning to‘planmog‘i

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda qilinadirgan oyatni o‘qiganlarida biz ham ul kishining oldilarida bo‘lar erdik, o‘l kishi sajda qilar erdilar, biz ham ul kishi birlan birga sajda etar erdik. Odam ko‘pligidan ba’zi birimiz peshona siqqudek joy topolmay qolar erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:34:50
9-bob. «Olloh taolo sajda etiladirgan oyat tilovat qilingandan keyin sajda etmoqni vojib aylamagan»,-degan fikrga borgan kishilar

Imron ibn Husaynga: «Bir kishi sajda qilinadirgan oyatni eshitsa ham, to‘xtamay o‘tib ketaverdi»,- deyishdi. Imron: «To‘xtamagan ersa, ne bo‘libdir?» -dedilar. Imom Buxoriy: «Imron buni vojib deb hisoblamadi, shekilli»,-deydilar. Sajda qilinadirgan oyat o‘qilgandan keyin boshqalar sajda aylab, Salmon Forsiy sajda etmay o‘tib ketaverganlarida ul kishiga odamlar: «Nega siz sajda qilmadingiz!»-deyishdi. Shunda Salmon Forsiy: «Biz bul oyatni eshitmoq niyatida chiqqanimiz yo‘q erdik, biz uni tasodifan eshitib qoldik»,- degan ekanlar. Hazrat Usmon: «Bul - sajda qilinadirgan oyatni eshitmoqni ataylab niyat etgan kishilargagina vojibdir!»-deydilar. Zuhriy: «Tahoratli kishigina sajda qilg‘aydir. Agar sajda etmoqchi bo‘lsangiz, qiblaga qarab sajda etingiz. Ot minib safarga ketayotganingizda, ketayotgan tomoningizga qarab sajda qilaveringiz, buning zarari yo‘qdir»,- deydilar. Soib ibn Yazid razyyallohu anhu ersa, qisqa tilovat qilganlarida sajda etmas erdilar.

Abu Bakr ibn Abu Mulayka rivoyat qiladirlar: «Rabiy’a odamlarning mumtozi erdi. Ul menga Hazrat Umar huzurida bo‘lgani haqida gapirib, bunday degandi: «Hazrat Umar jum’a kuni minbarda turib «An-Nahl» surasini o‘qidilar, sajda qilinadirgan oyatga kelganda, minbardan tushib sajda etdilar, odamlar ham sajda etishdi. Keyingi jum’ada yana «An-Nahl» surasini o‘qidilar, sajda qilinadirgan oyatga kelganda: «Ey odamlar, biz sajda qilinadirgan oyatga keldik, kimki sajda etgaydir, sunnatga amal qilgan bo‘lur. Kimki sajda qilmasa, gunohi yo‘qdir»,- deb o‘zlari sajda qilmadilar».

Nofi’ raziyallohu anhu Hazrat Umar haqlaridagi rivoyatga qo‘shimcha qilib: «O’shanda Hazrat Umar, «Olloh taolo sajda qilinadirgan oyat uqilgach, sajda etmoqni farz qilgani yo‘q, xohlasak sajda qilg‘aymiz» deb aytgan erdilar»,-deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:35:02
10-bob. Namoz o‘qiyotib sajda oyatiga kelganda sajda qilgan kishi

Abu Rofi’ rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra birlan birga xufton namozini o‘qidim. Shunda ul kishi «Iza-s-sa-mou-n-shaqqat» surasini o‘qiyotib sajda qilinadirgan oyatga kelganda sajda etdilar. Namoz tugagach, men: «Bu nechuk sajda bo‘ldi?» - dedim. Abu Hurayra: «Shul oyatga kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib sajda qilganman. Shul sababdan Rasulullohni qiyomatda uchratmagunimcha (to o‘lgunimcha) sajda qilaverg‘umdir!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:35:16
11-bob. Tiqilinchda sajda qilmoqqa joy topmagan kishi

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajda qilinadirgan oyati bor surani o‘qib, sajda etar erdilar, biz ham ul kishi birlan birga sajda aylar erdik. Odam ko‘pligidan ba’zi birimiz peshonamizni qo‘ygudek joy topolmay qolar erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:35:36
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
NAMOZNI QASR (QISQARTIRIB) O’QISh HAQIDAGI BOBLAR


1-bob. Qasr o‘qish va uning muddati haqidagi hadislar to‘g‘risida

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 19 kun Makkada turib qasr o‘qidilar (Makka fath qilinganda). Shuning uchun biz ham safarda 19 kun qasr o‘qiydirmiz».

Anas raziyallohu anhu Yahyo ibn Abu Ishoqqa bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Madinadan Makkaga yo‘l oldik. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga qaytib kelgunimizcha farz nomozini ikki rak’at-ikki rak’atdan o‘qidilar». Yahyo ibn Abu Ishoq: «Makkada ko‘p turmagandirsizlar?» - deb Anasdan so‘rabdilar. Anas: «Makkada o‘n kun turdik»,- deb javob beribdirlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:36:20
2-bob. Minoda namoz o‘qimoq

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Minoda ikki rak’at qasr o‘qidim. Abu Bakr Siddiq birlan ham, Umar va endigina amirlik qilayotgan Usmon birlan ham ikki rak’at qasr o‘qiganman. Keyin, Usmon to‘liq o‘qiydirgan bo‘ldilar».

Horisa ibn Vahb: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan birga Minoda to‘rt rak’at o‘rniga ikki rak’at namoz o‘qidilar»,- deydilar.

Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Usmon ibn Affon biz birlan birga Minoda to‘rt rak’at kamoz o‘qidi. Buni Abdulloh ibn Mas’udga yetkazishdi. Shunda Abdulloh ibn Mas’ud shul xususdagi bir voqeani eslab, bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Minoda farzni to‘rt rak’at o‘rniga ikki rak’atdan o‘qidik, Abu Bakr birlan ham, Umar birlan ham Minoda ikki rak’atdan o‘qidik. Koshki erdi, farz to‘rt rak’at o‘rniga ikki rak’at deb qabul qilingan bo‘lsa erdi!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:36:33
3-bob. Rasululloh sallallohu alayqi va sallam hajda necha kun turdilar?

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ul kishining sahobai kiromlari Makkai Mukarramaga Zulhijja oyining 4-nchi kuni tongda yetib keldilar. 4-nchi kunning peshinidan boshlab 8-nchi kunning asrigacha haj uchun talbiya aytdilar. Janob Rasululloh 8-nchi kuni Minoga chikdilar. Makkada 21 ta farz namozi o‘qidilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbonlik olib kelmagan sahobalarga umra (kichik haj) qilib ehromni yechmoqni, qurbonlik olib kelganlarga ersa, ehromni yechmay hajni (katta hajni) davom ettirmoqni buyurdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:36:45
4-bob. Necha kunlik safarda qasr o‘qiladir?

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kecha-yu bir kunduzlik yo‘lni «safar» deb atadilar. Ibn Umar va Ibn Abbos 4 burudlik (16 farsah - 36 km) yo‘lga chiqsalar, namozni qasr qilib, ro‘zani ochar erdilar.

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xotin kishi 3 kecha-yu kunduzlik yo‘lga yolg‘iz o‘zi safar qilmag‘aydir, balkim mahrami birlan birga safar qilg‘aydir»,- deganlar».

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taologa va oxirat kuniga ishongan xotinning mahramsiz yolg‘iz o‘zi bir kecha-yu kunduzlik yo‘lga safar qilmog‘i joiz ermas»,- deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:37:14
5-bob. Uyidan safarga chiqishi bilanoq namozni qasr o‘qiyveradir

Hazrat Ali safarga chiqdilar. Yo‘lda ketayotib, hali uylari ko‘rinib turgan bo‘lsa ham, namozni qasr o‘qidilar. Safardan qaytishda hamrohlari Hazrat Aliga: «Mana, Kufa ham ko‘rinib qoldi, endi namozni to‘liq o‘qiymizmi?» - deyishdi. Hazrat Ali: «Yo‘q, to shaharga kirmaguncha to‘liq o‘qimasmiz»,- deb javob qildilar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga peshinni Madinai Munavvarada o‘qidik. Zul-Hulayfa degan yerga borganda ersa, ikki rak’at asr o‘qidik (Makkaga 6 mil) qolgandi)».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Dastlab, namoz ikki rak’at, deb farz qilingan erdi. Safarda shul ikki rak’atligicha qoldi. Lekin, muqimlikda to‘rt rak’at qilib to‘ldirildi. Zuhriy: «Oisha onamiz «to‘ldirildi» deganlarida nimani nazarda tutgan erdilar»,- deb Urvadan so‘radi. Urva: «Usmon raziyallohu anhu bu xususda (ya’ni, namozni to‘rt rak’at o‘qymoq to‘g‘risida) ne degan bo‘lsalar, o‘shani nazarda tutdilar»,- dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:37:45
6-bob. Shom safarda uch rak’at o‘qiladir

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda shoshilib turganlarida shomni kechiktirib, xuftonga qo‘shib o‘qiganlarini ko‘rdim. Solim: «Mening otam Abdulloh ham safarda shoshib turgan bo‘lsalar, shunday qilar erdilar»,- deydi».

Ibn Shihob Zuhriyga Solim bunday deb rivoyat qilgan erkan: «Ibn Umar Muzdalifa degan yerda xufton vaqti bo‘ldi hamki, shom o‘qimadilar. Bir payt Ibn Umar xotinlari Safiya binti Abu Ubaydga baqirib gapirib turgan erdilar, men: «Namozga!» - dedim. «Yuraverg‘il, hali»,- dedilar. Men yana: «Namozga!» - dedim. «Yuraverg‘il, hali»,- dedilar. Men yana: «Namozga!» - dedim, ul kishi tag‘in: «Yuraverg‘il»,- dedilar. Shu tariqa 2-3 mil yurdik, so‘ng tushib namoz o‘qidik. Namozdan keyin: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning safarda shoshilib turganlarida shunday namoz o‘qiganlarini ko‘rganman. Ul kishi shomni uch rak’at o‘qib, salom bergan erdilar, bir ozdan keyin ersa, takbir aytib, ikki rak’at xufton o‘qigan erdilar, keyin salom bergan erdilar. Xuftondan keyin tonggacha nafl o‘qimagan erdilar», - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:38:27
7-bob. Ulov ustida nafl o‘qimoq

Abdulloh ibn Amrning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyada ketayotgan tomonlariga qarab namoz o‘qiyotganlarini ko‘rganman».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulov mingan holda qibladan boshqa tomonga qarab ham namoz o‘qiyverar erdilar».

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu safarda ulov ustida ham nafl va vitr o‘qiyverar erdilar Keyin: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday qilar erdilar»,- deb aytar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:39:37
8-bob. Ulov ustida imo-ishora birlan nafl o‘qimoq

Abdulloh ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar safarda ulov minib ketayotgan tomonlariga qarab nafl o‘qiyverar erdilar. Imo-ishora birlan ruku’ va sajda qilar erdilar, ya’ni go‘yo ruku’ va sajda qilayotgandek harakat qilib qo‘yar erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham xuddi shundoq qilar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:39:49
9-bob. Farz namozi ulovdan tushib o‘qiladir

Omir ibn Rabiy’a rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ulov (ketayotgan tomonga qarab) ustida imo-ishora birlan ruqu’ va sajda qilib, nafl o‘qib ketayotganlarini ko‘rganman. Lekin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam farz namozini bunday o‘qimas erdilar (ulovdan tushib o‘qir erdilar)».

Ibn Shihob rivoyat qiladirlar (ul kishiga Zuhriy, Zuhriyga ersa, Solim aytib bergan erkan): «Abdulloh ibn Umar safarda yurganlarida kechasi ulov ustida namoz o‘qir erdilar. Qaysi tomonga qarab ketayotganlariga sira parvo qilmas erdilar. Ibn Umar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam ulov ustida qaysi tomonga qarab bo‘lsa ham, nafl va vitr o‘qiyverar erdilar. Biroq farz namozini ulov ustida o‘qimas erdilar»,—deydilar», '

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulov minib sharq tomonga ketayotgan bo‘lsalar ham, nafl o‘qiyverar erdilar. Lekin, qachon farz namozi o‘qimoqchi bo‘lsalar, ulovdan tushib, qiblaga qarab o‘qir erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:39:59
10-bob. Eshak minib ketayotib nafl o‘qimoq

Anas ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Anas ibn Molik Shom shahridan kelayotganlarida biz kutgani chiqdik. «Ayn ut-Tamr» degan yerda uchrashdik. Shunda ul kishining eshak ustida nafl o‘qib kelayotganlarini ko‘rdim. Yuzlari qiblaning chap tomoniga qaragan holda erdi. Men ul kishiga; «Sizning qibladan boshqa yoqqa qarab namoz o‘qiyotganingizni ko‘rdim»,— dedim. Anas ibn Molik: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shundoq qilganlarini ko‘rmaganimda erdim, bundoq qilmagan bo‘lar erdim»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:40:10
11-bob. Safarda farz namozidan keyin nafl o‘qimagan kishi

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarga chiqdim. Janob Rasulullohning safar vaqtida farz namozidan keyin nafl o‘qiganlarini ko‘rmadim. Olloh taolo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamda sizlarga yaxshi ibrat bo‘lg‘ulik narsalar ko‘pdir!»— deydir».

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safar qilganlarida yonlarida birga yurdim. Janob Rasululloh farz namozini ikki rak’atdan ortiq o‘qimas erdilar (ya’ni, sunnatini o‘qimas erdilar). Abu Bakr birlan ham, Umar va Usmon birlan ham safarda birga yurdim, ular ham shundoq qilishar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:40:32
12-bob. Safarda farz namozidan avval va keyin o‘qiladirgan sunnat namozlaridan tashqari nafl qam o‘qigan kishi

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozining ikki rak’at sunnatini o‘qidilar.

Ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh     sallallohu  alayhi   va sallamning choshgohda namoz o‘qiganlarini bir kishi ko‘rib aytib berdi. Ummu Honi’ ersa bundoq dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo‘lgan kuni mening uyimga kirib g‘usl qildilarda, 8 rak’at nafl o‘qidilar. Bundan keyin ul kishining bunchalik qisqa (engil) namoz o‘qiganlarini ko‘rmaganman. Biroq qisqa (engil) o‘qigan bo‘lsalar ham, maromiga yetkazib ruku’ va sajda qilganlar».

Abdulloh ibn Omirning otalari rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kechasi safarda ulov minib ketayotib nafl o‘qiganlarini ko‘rdim».

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda tuya minib ketayotib (tuya ketayotgan tomonga qarab) imo-ishora birlan ruku’-sajda qilib nafl o‘qiyverar erdilar».

Ibn Umar ham shundoq qilar erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:40:49
13-bob. Safarda shom va xufton namozlarini qo‘shib o‘qimoq

Solimning otalari Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safar og‘ir bo‘lsa, shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qir erdilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar safarda ulov minib ketayotgan bo‘lsalar, peshin birlan asrni hamda shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qir erdilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qir erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:41:32
14-bob. Safarda namozxon shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qiganda, azon va takbir aytadirmi, yo‘qmi?

Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shoshilinch safar vaqtida shom namozini kechiktirib, xuftonga qo‘shib o‘qiganlarini ko‘rganman»,- deydilar. «Abdullohning o‘zlari ham shundoq qilar erdilar,-deydilar Solim raziyallohu anhu,- agar safarda shoshilib turgan bo‘lsalar, takbir aytib, uch rak’at shom o‘qir erdilar. Keyin, salom berib, bir oz turar erdilarda, xuftonga takbir aytar erdilar, so‘ng ikki rak’at o‘qib salom berar erdilar. Shom birlan xufton o‘rtasida ham, xuftondan keyin ham biror rak’at qo‘shimcha sunnat namoz o‘qimas erdilar. Faqat yarim kechada tahajjud o‘qir erdilar».

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda mana bu ikki namozni, ya’ni shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qir erdilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:41:47
15-bob. Kun og‘masdan ilgari safarga chiqsa, peshinni asrga qo‘shib o‘qiydir

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh og‘masdan ilgari safarga chiqsalar, peshinni asr vaqtigacha kechiktirib, keyin ikkala namozni qo‘shib o‘qir erdilar. Quyosh og‘gan bo‘lsa, peshinni o‘qib, keyin yo‘lga chiqar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:42:15
16-bob. Kun oggandan keyin safarga chiqadirgan bo‘lsa, peshinni o‘qib, keyin yo‘lga chiqadir

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kun og‘masdan ilgari yo‘lga chiqsalar, peshinni asrgacha kechiktirib, keyin ulovdan tushar erdilar, ikkala namozni qo‘shib o‘qir erdilar. Agar kun og‘gandan keyin safarga chiqadigan bo‘lsalar, peshinni o‘qib keyin yo‘lga chiqar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:42:30
17-bob. O’tirib o‘qiydirgan namoz

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lib qolganlarida uyda o‘tirgan holda namoz o‘qidilar. Odamlar ersa, tikka turgan holda iqtido qilishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga: «O’tirib o‘qingiz!» - deb ishora qildilar. Namoz tugagach: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir, agar ul ruku’ qilg‘aydir, sizlar ham ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, sizlar ham bosh ko‘taringiz!»-dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam otdan yiqilib, o‘ng oyoqlari shilindi. Shunda ul kishini ko‘rgani kirdik, bir ozdan keyin namoz vaqti bo‘ldi. Bizga o‘tirgan holda imomlik qildilar, biz ham o‘tirib o‘qidik. Namozdan keyin bizga: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir. Imom takbir aytsa, takbir aytingiz, ruku’ qilsa, ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘tarsa, bosh ko‘taringiz. Agar «Sami’allohu liman hamidahu» desa, «Rabbano va laka-l-hamd» deb aytingiz!» - dedilar».

Imron ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Mening bavosir kasalim bor erdi. Janob Rasulullohdan o‘tirgan holda namoz o‘qimoq haqida so‘radim. Shunda bunday dedilar: «Tik turib o‘qigan namoz o‘tirib o‘qigan namozdan afzalroqdir, chunkim o‘tirib namoz o‘qigan kishiga, tik turib namoz o‘qigan kishiga tegadirgan savobning yarmisi tekkaydir. Kimki yonboshlab o‘qig‘aydir, o‘tirib o‘qigan kishiga tegadirgan savobning yarmisini olg‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:42:40
18-bob. O’tirgan holda imo-ishora birlan namoz o‘qimoq

Imron raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan o‘tirgan holda namoz o‘qimoq to‘g‘risida so‘radim. Shunda bunday dedilar: «Kim tik turib o‘qig‘aydir, o‘tirib o‘qigandan afzaldir, kim o‘tirib o‘qig‘aydyr, unga tik turib o‘qiganning yarim savobi berilg‘aydir,.kim yonboshlab o‘qig‘aydir, unga o‘tirib o‘qiganning yarim savobi tekkusidir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:42:51
19-bob. Agar kishi o‘tirib o‘qishga yaramasa, yonboshlab o‘qiydir. agar qiblaga o‘girilishga qodir bo‘lmasa, to‘g‘ri kelgan tomonga qarab o‘qiydir

Imron ibn Husayn raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Mening bavosir kasalim bor edi. Shul boisdan ham men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan betob odamning namoz o‘qimog‘i to‘g‘risida so‘radim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Avvalo tik turib o‘qig‘il, agar bunga qodir bo‘lmasang, o‘tirib o‘qig‘il, unga ham qodir bo‘lmasang, yonboshlab o‘qig‘il!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:43:09
20-bob. Agar o‘tirgan holda namoz o‘qiyotgan kishi namoz davomida sog‘ayib qolsa yokim o‘zini yengil his qilsa, namozini oxiriga yetkazadir, qaytarib o‘qimaydir

Hasan Basriy: «Kasal odam, xohlasa, namozning ikki rak’atini tik turib keyingi ikki rak’atini ersa o‘tirib o‘qiydir»,- deydilar.

Abdullohibn Yusuf rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning to keksaygunlaricha kechasi o‘tirgan holda namoz o‘qiganlarini sira ham ko‘rmagan erkanlar. Janob Rasululloh ruku’ qilmoqchi bo‘lsalar, avval o‘rinlaridan turib 30 yokim 40 oyat o‘qib, keyin ruku’ qilar erdilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘tirgan holda namoz o‘qib, qiroat qilar erdilar. Qiroat qilishga 30 yokim 40 oyat qolganda o‘rinlaridan turib qiroat qilar erdilar, so‘ng ruku’ qilar erdilar, keyin sajda qilar erdilar. Ikkinchi rak’atda ham aynan shundoq qilar erdilar. Namozni tugatgach, menga qarar erdilar, agar uyg‘oq bo‘lsam, men birlan so‘zlashib o‘tirar erdilar, uxlayotgan bo‘lsam, o‘zlari ham yonboshlar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:44:06
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
KECHASI TAHAJJUD O’QIMOQ VA OLLOH TAOLONING «O’ZINGGA QO’ShIMCHA VAZIFA (NAFL) TARIQASIDA KECHASI TAHAJJUD O’QIG’IL!» DEGAN KALOMI SHARIFI XUSUSIDA


Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi tahajjudda quyidagi duoni o‘qir erdilar: «Ollohumma laka-l-hamdu, anta qayyimu-s-samavoti va-l-arzi va man fiyhinna, va la-ka-l-hamdu, laka mulku-s-samavoti va-l-arzi va man fiyhin-na, va laka-l-hamdu, nuru-s-samavoti va-l-arzi, va la-ka-l-hamdu, anta maliku-s-samavoti va-l-arzi, va la-ka-l-hamdu, anta-l-haqqu va va’duka-l-haqqu va liqouka haqqun va qavluka haqqun va-l-jannatu haqqun va-n-noru haqqun va-n-nabiyyuuna haqqun va Muhammadun sallallohu alayhi va sallam haqqun va-s-so’atu haqqun, Ollohumma laka aslamtu va bika omantu va alayka tavakkaltu va ilayka anabtu va bika xosamtu va ilayka hokamtu, fag‘firliy mo qaddamtu va mo axxartu va mo asrartuva mo a’lantu, anta-l-muqaddamo‘ va anta-l-muaxxaru, lo iloha illo anta av lo iloha g‘ayruka». Sufyon raziyallohu anhu: «Abd ul-Kariym Abu Umayya yuqoridagi duoga «Va lo havla va lo quvvata illo bi-l-loh» ni qo‘shimcha qilgan»,- deydilar.

Duoning tarjimasi: «Ilohi, jamiki maqtovlar senga xosdir! Sen yeru osmonlarning va undagi borliqning yaratuvchisi va boshqarib turuvchisidirsen, jamiki maqtovlar senga xosdir! Sen yeru osmonlar va undagi barcha narsalarning egasidirsen, jamiki maqtovlar senga xosdir! Yeru osmonlar yorug‘ligi sendandir, jamiki maqtovlar senga xosdir! Sen haqdirsen va va’dang ham haqdir, oxiratda seni ko‘rmoq ham haqdir. So‘zing haqdir, jannat ham haq, do‘zax haqdir. Jamiki payg‘ambarlar ham haqdir, Muhammad sallallohu alayhi va sallam ham haq va qiyomat ham haqdir. Ilohi, senga bo‘yinsundim va senga iymon keltirdim hamda o‘zingga tavakkal qildim, dildan senga tavba qildim, seni deb (dushmanlaring birlan) kurashdim, ularga o‘zing jazo berg‘aysen, o‘tgan va kelgusi gunohlarimni, xufyona va oshkora xatolarimni o‘zing kechirg‘il, sen yakka-yu yagonadirsan, sendan boshqa iloh yo‘qdir!».

1-bob. Tunda turib namoz o‘qishning fazilati

Solimning otalari Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam hayotliklarida biror kishi tush ko‘rsa, (Rasulullohga) aytib berar erdi. Men ham bir tush ko‘rsam-u, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib bersam, deb orzu qilar erdim. Yosh yigitcha edim. Bir kuni masjidda uxlab yotganimda tush ko‘rdim. Tushimda ikki farishta kelib meni ushlab do‘zaxga olib borishdi. Qarasam, do‘zax quduq singari atrofi o‘ralgan bo‘lib, uning ikki minorasi bor erkan. Do‘zaxda odamlar yuribdir, ularni men tanidim. So‘ng, «Meni do‘zax o‘tidan asrag‘il!» deb Ollohga iltijo qila boshladim. Shu payt yonimizga yana bir boshqa farishta kelib menga: «Qo‘rqmag‘il!» - dedi (keyin uyg‘onib ketdim). Ko‘rgan tushimni Hafsa opamga aytib berdim, ul esa Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib beribdir. Shunda Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam: «Abdulloh o‘zi yaxshi yigit-u, lekin koshki erdi kechasi turib namoz o‘qimoqni odat qilsa erdi!- debdilar».
Shundan keyin Abdulloh kechalari uxlamay namoz o‘qib chiqadirgan bo‘lgan erkan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:44:17
2-bob. Tungi namozda uzoqroq sajda qilmoq

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi 11 rak’at namoz o‘qir erdilar. Har bir sajdada sizlar 50 oyat o‘qiganingizda ketgancha fursat bosh ko‘tarmay turar erdilar. Vomdod namozidan avval ersa, ikki rak’at sunnat o‘qib olar erdilar. Keyin, muazzin namozga chaqirguncha yonboshlar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:44:31
3-bob. Kasal odam tungi namozni o‘rnidan turmay, o‘tirib o‘qiydir

Asvad raziyallohu anhuga Jundub raziyallohu anhu quyidagi hadisni rivoyat qilgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘ldilar. Shunda kechasi o‘qiydirgan namozni o‘rinlaridan turmay, (o‘tirib) o‘qidilar».

Jundub ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jabroil alayhissalom Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga birmuncha vaqt kelmay qo‘ydilar. Quraysh qabilasidan bir xotin: «Shaytoni uning oldiga kelmay qo‘ydi» - deb gap tarqatdi. Shunda, «Va-z-zu-ho va-l-layli izo sajo mo vadda’aka rabbuka va mo qalo» degan oyat nozil bo‘ldi. Tarjimasi: «Yorug‘ kun va qorong‘u kecha haqqi, rabbing sendan o‘z aloqasini uzgani ham yo‘qdir va seni yomon ko‘rib qolgani ham yo‘qdir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:45:02
4-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namoz va nafl o‘qishga majbur qilmay undaganlari; Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamning (qizlari) Fotimani va (kuyovlari) Hazrat Alini (ikkalalaridan ham Olloh rozi bo‘lsin!) eshikni taqillatib, tungi namozga uyg‘otganlari

Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni kechasi uyg‘onib: «Subhonalloh, bul kecha nechuk fitnalar va nechuk xazinalar nozil bo‘ldi erkan?! (ya’ni, kimlarga azob va kimlarga rahmat nozil bo‘ldi erkan?!). Kim hujralarda yotganlarni uyg‘otg‘aydir! Yo rab, bu dunyoda kiyimliklar u dunyoda yalang‘ochdirlar!» — dedilar».

Hazrat Ali ibn Abu Tolib rivoyat qiladirlar: «Bir kuni kechasi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam men birlan qizlari Fotimani eshikni taqillatib uyg‘otdilar-da, «Namoz o‘qisalaringiz bo‘lmaydirmi?» — dedilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, jonimiz Olloh taoloning qo‘lidadir, egar bizni uyg‘otmoqni xohlasa, o‘zi uyg‘otg‘aydir»,— degan erdim, menga bir so‘z ham aytmadilar. Biroq qaytib ketayotganlarida qo‘llarini sonlariga urib: «Inson o‘zi azaldan shundoq aytishqoq erdi»,— deganlarini eshitdim».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga farz bo‘lib qolmog‘ini qo‘rqib o‘zlariga yoqqan ba’zi bir amallarni qilmas erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Zuho» namozini o‘qiganlarida, albatta men ham birga o‘qiydirman».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni kechasi masjidda namoz o‘qidilar, ularga ergashib, bir qancha kishilar ham o‘qishdi. Ertasi kuni kechasi odam ancha ko‘paydi. Uchinchi va to‘rtinchi kechaga borib ersa, nihoyatda ko‘payib ketdi. Kelasi kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqmadilar. Tong otgach, bomdod namozidan so‘ng: «Tarovih namozi o‘qiydirman, deb qilgan sa’yu kushishingizni ko‘rib xursand bo‘ldim. Oldingizga chiqmog‘imga hech narsa mone’lik qilgani yo‘qdir. Ammo, kechasi namoz o‘qimoq sizlarga farz bo‘lib qolmog‘idan qo‘rqg‘aymen»,— dedilar. Bu voqea Ramazon oyida bo‘lgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:45:15
5-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oyoqlari shishib ketguncha nafl o‘qiganlari

Oisha onamiz: «Hatto oyoqlari yorilib ketar erdi»,— degandilar.

Mug‘iyra ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi turib namoz o‘qir erdilar, hatto (ruku’, sajda qilaverib), oyoqlari (yokim boldirlari) shishib ketar erdi. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Axir, sizning butun gunohlaringizni Olloh afv qilgan-ku!» - deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shukr qilguvchi banda bo‘lmayinmi?»-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:45:34
6-bob. Saharda (turmay) uxlagan kishi haqida

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallam (bir kuni menga) bunday degandilar: «Olloh taologa ko‘proq Dovud alayhissalomning namoz o‘qimaklari va ro‘za tutmaklari yoqar erdi, Dovud alayhissalom yarim kechagacha uxlar erdilar. Kechaning 1/3 qismida ibodat qilar erdilar va 1/6 qismida uxlar erdilar. Kunora ro‘za tutar erdilar».

Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nima qilmoqni yaxshi ko‘rar erdilar?» -deb Oisha onamizdan so‘radim. «Doimiy ibodatni»,- dedilar. «Qachon turib namoz o‘qir erdilar?»-dedim. «Xo‘roz qichqirganda»,- dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xo‘rozning birinchi qichqirig‘ini eshitiboq turib namoz o‘qir erdilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening hujramda yotib qolgan kunlari biror marta ham turib saharni qarshi olgan ermaslar».

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kecha Rasululloh birlan birga namoz o‘qidim. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qiyomda uzoq turib qolganlaridan hatto niyatim buzildi»,- dedim Abu Voilga. «Ne qilmoqchi bo‘ldingiz?» - deb so‘radi Abu Voil. «Rasulullohni qiyomda qoldirib, o‘zim o‘tirib olsammikin, degan xayolga bordim, dedim».

Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi tahajjud namoziga tursalar, og‘izlarini misvok birlan tozalar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:45:52
7-bob. Rasululloh sallallohu alayqi va sallam tungi namozni qanday o‘qir erdilar? Rasululloh sallallohu alayqi va sallamning tungi namozlari necha rak’at bo‘lardi?

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir  kishi:   «Yo Rasululloh, tungi namoz nechuk o‘qilur? - dedi. «Ikki-ikki rak’atdan bo‘lg‘aydir, tong otib qoldimikin, deganingda ersa, bir rak’at o‘qib, vitr qilg‘aysen»,-dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallamning tungi namozlari 13 rak’at bo‘lur erdi. Har 2 rak’atdan so‘ng salom berar erdilar».

Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oisha onamizdan Rasulullohning tungi namozlari haqida so‘radim. Oisha onamiz: «Gohida 7 rak’at, gohida 9 rak’at va ba’zan 11 rak’at bo‘lar erdi, bomdod namozining 2 rak’at sunnati bunga kirmaydir»,- dedilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi 13 rak’at namoz o‘qir erdilar, bunga vitr va bomdodning 2 rak’at sunnati ham kirg‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:46:11
8-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namozlari va uyqulari to‘g‘risida qamda kechasi namoz o‘qishning farz ekanligini bekor qilmoq to‘g‘risida

Olloh taolo tungi namoz to‘g‘risida bunday deydir: «Ey burkanib yotgan Payg‘ambar alayhissalom, kechasi turib namoz o‘qig‘il, tunning ozroq qismida (yokim yarmida yokim undan ham ozrog‘ida yokim sal ko‘prog‘ida) uxlag‘il! Qur’oni Kariymni shoshilmasdan, tartib birlan o‘qig‘il, Biz senga bul dunyoda amal qilmoq og‘ir, biroq oxiratda tarozi bosadirgan oyati kariymalar nozil qilg‘aydirmiz. Kechasi turib namoz o‘qimoq qiyin bo‘lsa ham, matni zehnga mustahkam o‘rnashg‘aydir. Sening kunduzi ko‘p toat-ibodat qilmog‘ingni bilurmen». Olloh taolo yana bunday deydir: «Olloh taolo tuni birlan ibodat qilib chiqmoqqa qurbingiz yetmaslig‘in bilur, shuning uchun ham sizlarni kechirg‘aydir. Kechasi qo‘lingizdan kelganicha namoz o‘qingiz! Olloh taolo ba’zi biringizning bemor ekanlig‘ingizni, ba’zi biringizning rizq istab, dunyo kezib yurganingizni va ba’zi biringizning Olloh yo‘lida g‘azot qilayotganingizni bilg‘aydir. Shuning uchun qo‘lingizdan kelganicha Qur’on tilovat qilingiz, namoz o‘qingiz, zakot beringiz va Olloh yo‘lida xayr-sadaqalar qilingiz! Bu dunyoda neki yaxshilig‘ qilg‘aydirsiz, oxiratda Olloh huzurida buning evaziga o‘ylaganingizdan ko‘ra ko‘proq savob topg‘aydirsiz!» Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Oyatdagi «Noshiat al-layli» degan ibora habashchasiga kechasi turib tahajjud namoz o‘qimoqni bildirg‘aydir»,- deydilar. Imom Buxoriy: «Ashaddu vat’an» degan ibora Qur’on oyatlarining kishi qulog‘i, 'ko‘zi va qalbiga yaxshi o‘rnashuvchan erkanlig‘ini anglatg‘aydir»,- deydilar.

Anas raziyallohu anhu Humaydga bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyining ayrim kunlari ro‘za tutmay yurar erdilar, hatto butunlay ro‘za tutmasalar kerak, deb o‘ylar erdik, ba’zi kunlari ersa, qatorasiga ro‘za tutar erdilar, hatto endi og‘iz ochmasalar kerak, deb o‘ylar erdik.  Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kechasi qachon namoz o‘qimaklarini bilmoqchi bo‘lib, qay vaqt bormang, o‘shal vaqtda namoz o‘qiyotganlarini ko‘rar erdingiz, shuningdek qachon uxlamaklarini bilmoqchi bo‘lib, qay vaqt bormang, o‘shal vaqtda uxlayotganlarini ko‘rar erdingiz».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:46:25
9-bob. Agar inson kechasi turib namoz o‘qimasa, shayton uning orqa miyasini tugib qo‘yadir

AbuHurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birontangiz kechasi turib namoz o‘qimay yotaversangiz, shayton orqa miyangizga uchta tugun tugkaydir, har bir tuguncha: «Kecha hali uzoq, uxlayverg‘il!» - deb dam urg‘aydir (kuf-suf qilg‘aydir). Kishi, agar uyqusidan uyg‘onib Ollohning zikrini qilsa, tugunning bittasi yechilg‘aydir, agar turib tahorat olsa, ikkinchisi yechilg‘aydir, agar namoz o‘qisa, uchinchi tugun ham yechilib, toat-ibodatga g‘ayratli, dili xush bo‘lib qolg‘aydir. Agar kechasi uyg‘onib shunday qilmasa, ertasi dili g‘ash va yalqov bo‘lib yurg‘aydir»,- deb aytdilar».

Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu tush to‘g‘risida rivoyat qila turib: «Kimki tushida boshini tosh birlan yorayotganlarini ko‘rsa, demak ul Qur’oni Kariymni yodlamak ta unga amal qilmakni tark etgan va farz namozini o‘qimay uxlagan odamdir!» - dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:48:07
10-bob. Kimki namoz o‘qimay uxlasa, shayton uning qulog‘iga siyib qo‘yadir

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlaridagi bir suhbatda «Bir kishi tong otguncha uxlab, kechasi namozga turmadi»,- deb aytishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ul kishining qulog‘iga shayton siyib qo‘yibdir»,- dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:48:17
11-bob. Tun oxirlab qolganda turib duo va namoz o‘qimoq

Olloh taolo: «Yaxshi mo‘‘minlar kechasi oz uxlab, saharlari Ollohga istigfor aytg‘aydirlar»,- deydi.

AbuHurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Rabbimiz - Olloh taolo Hazratlari har kechaning 1/3 qismi qolganda osmonning yerga eng yaqin qavatiga tushib: «Kim meni da’vat qilg‘aydir, men unga labbay degaymen, kimki mendan tilak tilag‘aydir, tilagiga yetkazg‘aymek, kim mendan kechirim so‘rag‘aydir, uni kechirg‘aydirmen»,- deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:48:30
12-bob. Tunning birinchi qismida uxlab, uning oxirgi qismini bedor o‘tkazgan kishi

Salmon Forsiy Abu Dardo’ raziyallohu anhuga: «Tunning birinchi qismida uxlab, uning oxirgi qismida uyg‘oq bo‘lg‘il! Rasululloh shunday deganlar»,- deb aytdilar.

Asvad raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi nechuk namoz o‘qir erdilar?» - deb Oisha onamizdan so‘radim. Oisha onamiz: «Kechaning birinchi qismida uxlab, oxirgy qismida namoz o‘qir erdilar. Keyin, jimo’ qilgilari kelsa, to‘shakka kelib yotar erdilar. Muazzin kelib azon aytganda, agar lozim bo‘lsa, g‘usl qilar erdilar, lozim bo‘lmasa, tahorat olib namozga chiqar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:48:42
13-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ramazon va boshqa kunlari kechasi turib namoz o‘qiganlari haqida

Abu Salama raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechalari nechuk namoz o‘qir erdilar?» - deb Oisha onamizdan so‘radilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ramazon oyida ham, boshqa oylarda ham kechasi turib o‘qiydirgan namozlari 11 rak’atdan oshmas erdi,- dedilar Oisha onamiz,- avval 4 rak’at o‘qir erdilar. Har bir rak’atni naqadar uzoq va maromiga yetkazib ado etmaklarini so‘ramasang ham bo‘lur. Keyin, yana to‘rt rak’at o‘qir erdilar, buni ham shu qadar uzoq va maromiga yetkazib ado etar erdilarki, asti qo‘yavergil! Undan so‘ng, yana uch rak’at namoz o‘qir erdilar. Bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, vitr o‘qimay uxlaydirmisiz?» - desam, Ey Oisha, ko‘zim uxlaydir-u, qalbim uxlamaydir»,- deb javob qildilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tungi namozning har bir rak’atida o‘tirib qiroat qilganlarini ko‘rmadim. Faqat, keksayib qolganlaridagina kechasi nafl namozini o‘tirib o‘qir erdilar, shunda ham 30-40 oyat qolganda o‘rinlaridan turib o‘qir erdilar, keyin ruku’ qilar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:48:53
14-bob. Kecha-yu kunduz tahoratli yurmoqning fazilati

AbuHurayra rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozi oldidan Bilolga: «Ey Bilol, qani aytg‘il-chi menga, islom yo‘lida qilgan eng savobli ishing qaysidir? Chunkim men jannatda yonginamda sening oyoq tovushlaringni eshitdim»,-dedilar. Bilol: «Men kechasimi, kunduzimi, doimo tahorat olib yurg‘aydirmen va shul tahoratim birlan menga buyurilgan hamma namozlarni o‘qig‘aydirmen»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:49:06
15-bob. Ibodatni qiyinlashtirib yuborishning makruhligi to‘g‘risida

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga kirsalar, masjidning ikki ustuniga arqon bog‘lab qo‘yilgan erkan. Shunda, «Bu nechuk arqondir?» - deb so‘radilar. «Bu - Zaynab onamizning arqonlari. Namoz o‘qiyotganlarida shunga osilib qiyomga turg‘aydirlar»,- deyishdi sahobalar. Rasululloh: «Bunday qilmangiz, har kim quvvatiga qarab namoz o‘qisin, qiyomga turolmasa, o‘tirib o‘qisin!»-dedilar».

Oisha opamiz rivoyat qiladirlar: «Baniy Asad qabilasiga mansub bir ayol huzurimda o‘tirgan erdi. Shul payt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyga kirib kelib: «Bu ayol kimdir?»-deb so‘radilar. «Bu - o‘shal, kechasi uxlamay namoz o‘qib chiqadyrgan ayol»,- dedim. So‘ng, mazkur ayolning nechuk namoz o‘qimoga to‘g‘risida so‘zlashdik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bunday qilmangiz, amali solihlarni qurbingyaz yetgancha ado etingiz, qancha ibodat qilsangiz ham, Olloh taologa malol kelmaydi-yu, biroq o‘zingizga malol kelib qolmasin!» -dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:49:18
16-bob. Kechalari ibodat qiladirgan odamning tarki odat qilmog‘i makruh

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Ey Abdulloh, falonchi qabilida ish tutmag‘il! Ul kechalari turib ibodat qilur erdi, endi ersa, tarki odat qildi»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:49:30
17-bob.

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Sening to‘g‘ringda menga aytgan so‘zlari to‘g‘rimi? Sen kechalari turib ibodat qilur erkansan, kunduzi ersa, ro‘za tutar erkansan?» - dedilar. Men: «Ha, shundoq qilurmen»,- dedim. «Agar shundoq qilur ersang, ko‘zing kirtayg‘aydir, sillang qurig‘aydir, axir, badaningning ham, bola-chaqangning ham senda haqqi bordir-ku! Ba’zi kunlari ro‘za tutg‘il, ba’zi kunlari tutmag‘il, kechaning ayrim soatlarida ibodat qilgil va ayrim soatlarida uxlab dam olg‘il!» - dedilar Janob Rasululloh».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:49:51
18-bob. Kechasi uygonib namoz o‘qigan odamning fazilati haqida

Uboda ibn Somit: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu xususda bunday deganlar»,— deb rivoyatqiladirlar: «Kimki kechasi uyg‘onib: «Lo iloha illa-l-lohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahu-l-mulku va lahu-l-hamdu va huva alo kulli shay’in qadiyr. Al-hamdu li-l-lohi va subhona-l-lohi va lo iloha illa-l-lohu va-l-lohu akbar va lo havla va lo quvvata illo billoh» (tarjimasi: «Ollohdan boshqa tangri yo‘qdir, uning yolg‘iz o‘zigina mavjuddir, uning sherigi yo‘qdir, jamiki mulk unikidir, barcha maqtovlar unga xosdir va u har bir narsaga qodirdir! Ollohta madhu maqtovlar bo‘lsin! Ollohdan o‘zga tangri yo‘qdir, Olloh eng buyukdir! Olloh irodasisiz hech narsa bo‘lmag‘aydir») degan duoni o‘qib, so‘ng «Ilohi, meni kechirg‘il!» desa, duosi mustajob bo‘lg‘aydir, keyin tahorat olib namoz o‘qisa, namozi qabul bo‘lg‘usidir».

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Abdulloh'ibn Ravoha, albatta,'yomon (noto‘g‘ri) so‘z aytmag‘aydir»,- deb quyidagi qissani (she’rni) aytib berdilar: «Doimo Olloh Kitobin o‘qir Hazrat Rasululloh, Qop-qaro tun bag‘rini yuz pora qilgan tong guvoh. Ko‘rsatib bizga hidoyat, haq yo‘lig‘a boshladi, Bihamdilloh, so‘qir ko‘zlar ochildi, bo‘lmadik gumroh. Mushrikiylar jismiga parqu to‘shak ham botganida, Rasululloh ostlari qotdi to‘shaksiz tun bo‘yi, e voh!»

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida tush ko‘rsam, qo‘limda bir parcha «istabraq» degan mato bor ermish. Men o‘shal mato parchasi Jannatning qay yeriga uchib borsa, o‘sha joyga bormakni istar emishman. Bir payt, ikki kishi keldiyu, meni ushlab do‘zaxga olib bormoqchi bo‘ldi. Yo‘lda bir farishta yo‘liqib menga: «Qo‘rqmag‘il!» - dedi. Keyin, ularga qarab: «Qo‘yib yuboringiz!» - deb aytdi. Men tushimni Hafsa opamga aytgan erdim, ul Rasulullohga aytib beribdir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Abdulloh o‘zi qandoq yaxshi yigitdir, biroq kechasi turib namoz o‘qisa erdi!»-debdilar».

«Shu-shu Abdulloh kechasi turib namoz o‘qiydirgan bo‘ldi,- deydilar Nofi’,-Bir kuni sahobai kiromlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ko‘rgan tushlarini aytib, ta’birini so‘rashdi. Ramazonning oxirgi 10 kunligining 7- nchi kechasi (Qadr kechasi) erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nazarimda, barchangizning tushingiz Ramazonning oxirgi 10 kunligiga to‘g‘ri kelib qolibdir. Kimki Qadr kechasini kutib olmoqchi ersa, Ramazonning oxirgi 10 kunligida kutsin!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:50:10
19-bob. Bomdodda ikki rak’at qo‘shimcha namoz o‘qish haqida

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xufton o‘qidilar, keyin yana 8 rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng o‘tirgan holda ikki rak’at namoz o‘qidilar. Bomdodning azoni birlan takbiri o‘rtasida ersa, ikki rak’at (qo‘shimcha) namoz o‘qib oldilar. Bu odatni sira ham tark etmas erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:50:21
20-bob. Bomdodning ikki rak’at sunnatini o‘qigandan so‘ng o‘ng qo‘lini bosib yonboshlamoq

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozining ikki rak’at sunnatini o‘qiganlaridan so‘ng o‘ng qo‘llarini bosib yonboshlar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:50:33
21-bob. Bomdod namozining ikki rak’at sunnatini o‘qib bo‘lgandan keyin yonboshlash o‘rniga so‘zlashib o‘tirmoq

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozining sunnatini o‘qib bo‘lganlaridan keyin, agar uyg‘oq bo‘lsam, men birlan so‘zlashib o‘tirar erdilar, agar uyg‘oq bo‘lmasam, muazzin azon aytguncha yonboshlar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:51:23
22-bob. Nafl namozlarini ikki-ikki rak’atdan o‘qish to‘g‘risidagi hadislar

Ammor, Abu Zarr, Anas, Jobir ibn Zayd, Ikrima va Zuhriy (Olloh ulardan rozi bo‘lsin!) ham nafl namozlarining ikki-ikki rak’atdan o‘qilmog‘ini eslatib o‘tganlar. Yahyo ibn Sa’id: «Kunduzi o‘qiladirgan naflning har ikki rak’atidan keyin salom bermagan birorta ham ulamoni (faqihni) bilmasmen».- deydilar.

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga Qur’oni Kariym suralarini o‘rgatganlaridek har bir ishda istixora (Ollohdan tilak tilamoq) aytishni o‘rgatar erdilar. Bir kuni Janob Rasululloh: «Agar biror ishga bel bog‘lasangiz, avval ikki rak’at farzsiz namoz o‘qingiz, so‘ng mana bu duoni aytingiz, dedilar: «Ollohumma astaxiyruka bi-ilmika va astaqdiruka bi-qudratika va as’aluka min fazlik-al-aziym, fa-innaka taqdiru va lo aqdiru va ta’lamu va lo a’lamu va anta allomu-l-g‘uyub, Ollohumma in kunta ta’lamu anna hoza-l-amr xayrun liy fiy diyniy va ma’oshiy va oqibati amriy (av qola ojili amriy) va ojilihi fa-qdirhu liy va yassirhu liy, summa borik liy fiyhi va in kunta ta’lamu hoza-l-amr sharrun liy fiy diyniy va ma’oshiy va oqibati amriy (av qola fiy ojili amriy) va ojilihi fa-srifhu anniy va-srifniy anhu va-qdir liyi-l-xayr haysu kona, summa arziniy bihi». «Mazkur duoni aytib bo‘lgach,- dedilar Janob Rasululloh,- Ollohga o‘z tilagingizni aytg‘aysiz». Duoning tarjimasi: «Ilohi, meni ilmingdan ogoh qilg‘il! Qudrating ila meni bardam qilg‘il! Cheksiz fazlu karamingdan meni bahramand etg‘il! Ilohi, men bel bog‘lagan ish dinimga, hayotimga hamda kasbu korimga yaxshilig‘ keltiradimi, yo‘qmi, o‘zing bilg‘aydirsen. Agar yaxshilig‘ keltiradirgan bo‘lsa, uni menga nasib aylab, oson qilg‘il va unga baraka ato etg‘il! Ilohi, men bel bog‘lagan ish dinimga, hayotimga va kasbu korimga yomonlig‘ keltiradimi, yo‘qmi, o‘zing bilg‘aydirsen. Agar yomonlig‘ keltiradirgan bo‘lsa, uni mendan, meni undan yiroq aylag‘il! Menga yaxshilig‘ keltiradirgan ishni ravo ko‘rib, rozi qilg‘il!»

Abu Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz (namozdan tashqari vaqtda) masjidga kirsangiz o‘tirmasdan avval ikki rak’at namoz o‘qingiz!»- deganlar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qilib, ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng: «Mehmondorchilikdan qaytishda duo o‘rniga namoz o‘qingiz!»-dedilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alaygqi va sallam birlan birga peshindan avval ikki rak’at, peshindan keyin ham ikki rak’at namoz o‘qidim, so‘ngra jum’adan keyin ham, shomdan keyin ham, xuftondan keyin ham ikki rak’at namoz o‘qidim».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qilidirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’ada xutba qilaturib: «Birortangiz imom xutbada turgan paytda yokim xutba aytgani chiqayotgan vaqtda masjidga kelsangiz, ikki rak’at namoz o‘qingiz!» -dedilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Uyga kelganimda menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Ka’batullohga kirib ketganlarini aytishdi. Janob Rasulullohni Ka’badan chiqib kelayotganlarida uchratdim. Ka’ba eshigi oldida Bilol turgan erkan, «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’bada namoz o‘qidilarmi?» - deb so‘radim. «Ha, namoz o‘qidilar»,- dedi Bilol. «Ka’baning qay yerida?» - dedim. «Anavi ikki ustun oralig‘ida namoz o‘qidilar, so‘ng tashqariga chiqib, Ka’baga yuzlanib yana ikki rak’at namoz o‘qidilar»,- dedi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga ikki rak’at Zuho namozini o‘qimakni tayinladilar»,- deydilar.

Atbon raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Abu Bakr Siddiq kun yoyilganda menikiga keldilar, biz Rasulullohning orqalarida saf tortdik, ul kishi bizga imomlik qilib, namoz o‘qidilar,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:51:37
23-bob. Bomdod namozining ikki rak’at sunnatini o‘qigandan keyin so‘zlashib o‘tirmoq

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qib, menga qarar erdilar, agar men uyg‘oq bo‘lsam, men birlan so‘zlashib o‘tirar erdilar, agar uyg‘oq bo‘lmasam, yonboshlar erdilar»,-deydilar.

Ali ibn Abdulloh «Bomdodning ikki rak’at sunnatida shundoq qilganlar, deyishadi, deb Sufyonga aytganimda, ul: «Ha, bomdodning ikki rak’at sunnatida, deb tasdiqladi»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:52:03
24-bob. Bomdodda ikki rak’at sunnat o‘qishni odat qilmoq va bomdodning ikki rak’at sunnatini «nafl» degan kishi haqida

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nafl namozlarining birortasiga ham bomdodning farzidan avval o‘qiladirgan ikki rak’at namozga odatlangandek, qattiq odatlangan ermaslar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:52:14
25-bob. Bomdod namozining ikki rak’at sunnatida nimalar o‘qiladir?

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi 13 rak’at namoz o‘qir erdilar, so‘ng bomdodga azon aytilganini eshitib, ikki rak’at sunnat o‘qir erdilar, sunnatda «Qo‘l yo ayyuha-l-kofirun» birlan «Qul huva-l-lohu ahad»ni qiroat qilur erdilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdodning ikki rak’at sunnatini juda qisqa o‘qir erdilar, hatto men o‘zimga-o‘zim: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Fotiha» surasini o‘qidilarmikan?»-deb qo‘yardim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:52:38
NAFL NAMOZLAR HAQIDAGI BOBLAR

1-bob. Farz namozlardan keyin o‘qiladirgan nafl namozlar

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga peshin namozidan avval ikki rak’at namoz o‘qidim, peshin namozidan keyin ham, shom namozidan keyin ham, xuftondan so‘ng ham ikki rak’at namoz o‘qidim. Jum’aning farzlaridan keyin ham ikki rak’at namoz o‘qidim. Ammo, Janob Rasululloh shom va xuftonning sunnatlarini uylarida o‘qidilar. Opam Hafsa: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tong otgach, qisqagina ikki rak’at namoz o‘qir erdilar»,- derdilar. O’sha paytlarda men Janob Rasulullohning huzurlariga kirmas erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:52:46
2-bob. Farz namozidan so‘ng nafl o‘qimagan kishi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga birdaniga 8 rak’at, keyin 7 rak’at namoz o‘qidik»,- dedim. Shunda Amr ibn Dinor: «Ey Abu Muso, nazarimda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinning qazosini asrga, shomning qazosini xuftonga qo‘shib o‘qidilarmi, deyman»,- dedi. «Men ham shundoq bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman»,- dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:52:59
3-bob. Safarda zuho namozi o‘qimoq haqida

Muvarriq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umarga: «Zuho namozini o‘qiydirsizmi?» - dedim. «Yo‘q»,- dedi. «Usmon-chi»? - dedim. «Yo‘q»,- dedi. «Abu Bakr Siddiq-chi?» - dedim. «Yo‘q»,- dedi. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam-chi?» - dedim. «Yo‘q, deb o‘ylayman»,- dedi».

Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zuho namozini o‘qiganlari haqida Ummu Honi’dan boshqa biror kishi bizga hadis aytmadi. Ummu Honi’ bunday degandi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fath qilingan kuni mening uyimga kirib, g‘usl qildilar va 8 rak’at namoz o‘qidilar. Hanuzgacha men bunchalik tez namoz o‘qigan kishini ko‘rmaganman. Biroq, tez o‘qigan bo‘lsalar-da, ruku’ va sajdalarni me’yoriga yetkazib ado etdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:53:09
4-bob. Zuho namozini ixtiyoriy deb o‘qimagan kishi haqida

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zuho namozini o‘qiganlarini ko‘rmaganman, biroq o‘zim o‘qiganman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:53:24
5-bob. Muqimlikda zuho namozi o‘qimoq

Atbon ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening uyimda zuho namozi o‘qidilar, biz ul kishiga iqtido qildik» ,— deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Do‘stim Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga to o‘lgunimcha uch narsaga amal qilmoqni - har oyda uch kun ro‘za tutmoqni, zuho namozini o‘qimoqni va vitr namozidan keyin uxlamoqni vasiyat qildilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir baqaloq ansoriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, men masjidga kelib siz birlan birga namoz o‘qimoqqa qodir ermasman»,- deb uzrini aytdi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uchun bir taom tayyorlab, uyiga chaqirdi. Bir bo‘yrani tozalab, yerga solib berdi, Janob Rasululloh bo‘yra ustida ikki rak’at namoz o‘qidilar». Falon ibn Falon ibn al-Jorud: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zuho namozi o‘qirmi erdilar?» - deb Anasdan so‘radi. Anas: «O’shal kunlardan boshqa kuni o‘qiganlarini ko‘rmaganman»,- dedi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:53:35
6-bob. Peshinning farzidan avval ikki rak’at namoz o‘qimoq

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan 10 rak’at sunnat namozini yodlab (o‘rganib) oldim: peshinning farzidan avval ikki rak’at, farzidan keyin ikki rak’at, shomning farzidan so‘ng ikki rak’at (uylarida o‘qidilar) va xuftonning farzidan keyin ikki rak’at (uylarida o‘qidilar), bomdodning farzidan avval ikki rak’at (bu vaqtda Rasululloh huzurlariga birov kirmas erdi). Menga Hafsa opam: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muazzin azon aytganda (tong otganda) ikki rak’at namoz o‘qir erdilar»,- deb aytdilar».

Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshinning farzidan avvalgi to‘rt rak’at, farzidan keyingi ikki rak’at hamda bomdodning farzidan avvalgi ikki rak’at namozni kanda qilmas erdilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:53:47
7-bob. Shom namozidan avval namoz o‘qimoq

Abdulloh al-Moziniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shom namozidan avval ikki rak’at namoz o‘qingiz!» - deb uch marta aytganlaridan keyin, «Odamlar buni sunnat deb tushunmasinlar, tag‘in!» degan o‘y birlan: «Xohlagan kishi o‘qisin!» - deb qo‘ydilar».

Marsad ibn Abdullohrivoyat qiladirlar: «Uqba ibn Omir al-Juhaniy huzuriga borib: «Abu Tamiym haqida bir so‘z aytib, sizni ajablantirayinmi? Ul shom namozidan avval ikki rak’at namoz o‘qiydir»,- dedim. Shunda Uqba: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida shundoq qilur erdik»,- dedi. «Hozir shundoq qilmog‘ingizga ne mone’lik qilur?»-dedim. «Ishimning ko‘pligi»,-dedi Uqba».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:54:01
8-bob. Nafl namozlarni jamoat bo‘lib o‘qimoq haqida

Anas ibn Molik va Oisha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nafl namozlarni jamoat bo‘lib o‘qimoq lozimligi haqida so‘zlaganlarini rivoyat qilishg‘aydir.

Mahmud ibn ar-Rabiy’ al-Ansoriy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ularning hovlisidagi quduqdan suv olib yuziga purkaganlarini hamda Rasululloh birlan birga Badr jangida qatnashgan Atbon ibn Molikdan eshitganlarini eslab, «Atbon menga bundoq degandi»,— dedilar: «Men o‘z qavmim bo‘lmish Baniy Solimga imomlik qilur erdim. Qavmim yashaydirgan qishloq birlan mening o‘yim oralig‘ida bir vodiy bor erdi va yomg‘ir yoqqanda o‘tib bo‘lmaydirgan bo‘lib qolar erdi. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga borib: «Mening ko‘zim xiralashib qoldi, yomg‘ir yoqqanda qavmim birlan o‘zimning o‘rtamdagi vodiyni kesib o‘tmoq mening uchun juda og‘irdir, uyimga borib bir tayinli joyda namoz o‘qib bersangiz-u, men o‘shal yerni o‘zimga namozgoh qilib olsam!» - dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xo‘p, shundoq qilg‘aydirmen»,- dedilar. Nihoyat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyimga kyolib, eshigimni taqillatdilar. Men chiqib, ichkariga taklif etdim. Janob Rasululloh o‘tirmasdan: «Uyingning qay yerida namoz o‘qib berayin?» - dedilar. Men o‘zim xohlagan joyimni ko‘rsatdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam takbiri tahrima aytib namoz boshladilar, biz ul kishining orqalarida saf tortib, iqtido qildik. Ikki rak’at namoz o‘qib, so‘ng salom berdilar. Biz ham salom berdik. Keyin, ketmoqchi bo‘lgan erdilar, «Siz uchun ataylab xazir (taom) tayyorlatib qo‘yganman, yeb ketingiz!»- deb qo‘ymadim. Mahalla ahli Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning menikiga kelganlarini eshitib, ul zotni ziyorat qilgani kirishdi. Hovlimga odam to‘lib ketdi. Qo‘shnilarymdan biri: «Molik nega ko‘rinmaydir?» - dedi. Shunda bir kishi: «Ul munofiq odam, Olloh va uning Rasulini yaxshi ko‘rmaydir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam buni eshitib: «Undoq demag‘il, Ollohni yuz-xotir qilib, Lo iloha illa-l-lohu deganini bilursen-ku!» - dedilar. «Olloh va uning Rasuli bilguvchiroqdir, ammo biz Ollohga qasamyod qilib ayturmizkim, ul faqat munofiqlar bilaygina do‘stlashib, faqat o‘shalar birlan hamsuhbat bo‘lg‘aydir»,- dedi boyagi kishi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taoloni yuz-xotir qilib, Lo iloha illa-l-lohu degan kishini Olloh taolo do‘zax o‘tida kuydirmag‘aydir»,- dedilar. «Bu voqeani ko‘pchilik orasida aytib berdim,- deb hikoya qiladir Mahmud ibn ar-Rabiy’,- ular orasida o‘shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning g‘azotda shahid bo‘lgan sahobalari Abu Ayyub hamda Rum mamlakatiga amir qilib tayinlangan Yaziyd ibn Mu’oviya ham bor erdi. Abu Ayyub mening aytganlarimni rad qilib: «Qasamyod qilib ayturmenkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sen aytgan so‘zlarni hech qachon aytmagan bo‘lsalar kerak»,- dedi. Abu Ayyubning bul gapi menga juda og‘ir botdi. Agar g‘azotdan Olloh taolo meni salomat qaytarsa, agar Atbon ibn Molikni tirik topsam, mahallasining masjidida albatta undan bu haqda so‘rag‘aydirmen, deb qasamyod qildim. G’azotdan salomat qaytdim, keyin hajga (yokim umraga) ehrom bog‘lab, yo‘lga tushdim-da, Madinai Munavvaraga keldim. Baniy Solim mahallasiga bordim. Qarasam, ko‘zi ojiz, mo‘ysafid Atbon ibn Molik o‘z qavmiga imomlik qilib, namoz o‘qib turgan erkan. Namoz tugab, salom bergach, oldiga borib salom berdim. So‘ng, haligi hadisni so‘radim, Atbon ibn Molik oldin qandoq aytib bergan bo‘lsa, xuddi o‘shandoq qilib rivoyat qilib berdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:54:12
9-bob. Uyda nafl namozi o‘qimoq

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi  va  sallam: «Uyingizda    ham    nafl    namoz    o‘qib    turingiz,    uyingizni    qabriston    qilib qo‘ymangiz»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:54:41
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara masjidlarida o‘qilgan namozning fazilatlari to‘g‘risida

Qaz’a raziyallohu anhuga Abu Sa’id (Janob Rasululloh birlan birga 12 ta g‘azotda qatnashgan): «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyidagi to‘rt nasihatni eshitganman» ,— debdir: «Xotin kishi ikki kunlik yo‘lga faqat mahrami yo‘ldoshlig‘ida chiqmog‘i lozim; ikkala hayitda ro‘za tutmaslik kerak; bomdoddan keyin kun chiqquncha va asrdan keyin kun botguncha namoz o‘qimoq yaramaydir; ko‘proq savob olurmen degan odam Al-Masjid al-Haromga (Ka’batullohda), Masjid ur-Rasul sallallohu alayhi va sallamga (Madinada) va Masjid ul-Aqsoga (Quddusda) chiqmog‘i lozimdir».

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ko‘proq savob olurmen degan odam boshqa masjidlarga izg‘imay, faqat Al-Masjid al-Harom, Masjid ur-Rasul sallallohu alayhi va sallam. va Masjid ul-Aqsoga chiqsin!» - deganlar».

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening masjidimda o‘qilgan bitta namoz mingta namozdan savobliroq bo‘lib, unga faqat Al-Masjid al-Haromda o‘qilgan namozgina tenglasha olg‘aydir»,- deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:54:53
2-bob. Qubo masjidi haqida

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu faqat ikki kun - Makkaga va Qubo masjidiga kelgan kunlari zuho namozi o‘qir erdilar. Makkaga aynan zuho namozi o‘qiladirgan vaqtda yetib kelar erdilar-da, Baytullohni tavof aylab, so‘ng Maqomi Ibrohimda ikki rak’at namoz o‘qir erdilar. Qubo masjidiga ersa, har shanba kuni kelib, namoz o‘qimasdan ketmas erdilar. Ibn Umar menga bunday degan erdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham ba’zan otliq, ba’zan piyoda Masjid ul-Quboni ziyorat qilur erdilar, sahobai kiromlar ham shundoq qilishg‘aydir, men ham ulardan o‘rnak olib shundoq qilmoqdamen. Men hech kimning, xoh kunduzi va xoh kechasi bo‘lsin, istagan vaqtda namoz o‘qimog‘iga mone’lik qilmasmen, faqat kun chiqayotgan yokim botayotgan vaqtda o‘qimasa, bo‘ldi!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:55:03
3-bob. Qubo masjidiga har shanba kelgan kishi haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har shanba kuni Qubo masjidiga goh piyoda, goh ot.minib kelar erdilar». (Buni ko‘rib Abdulloh ibn Umar ham shundoq qilar erdilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:55:13
4-bob. Qubo masjidiga ot minib yokim piyoda kelmoq

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam Qubo masjidiga goh otda, goh piyoda kelar erdilar». Ibn Numayr yuqoridagi hadisga qo‘shimcha qilib: «Ibn Umar Qubo masjidiga kelgan zahoti ikki rak’at namoz o‘qib, so‘ng o‘tirar erdi»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:55:27
5-bob. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qabrlari birlan minbarlari orasida namoz o‘qimoqning fazilati

Abdulloh ibn Zayd al-Moziniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyim birlan minbarim oralig‘idagi joy jannat bog‘laridan biridir!» - deganlar».

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uyim birlan minbarim oralig‘idagi joy jannat bog‘laridan biridir! (Oxiratda) minbarim Havzi Kavsarim qirg‘og‘ida bo‘lg‘aydir»,- deb aytganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:55:40
6-bob. Bayt ul-Muqaddas masjidi haqida

Ziyodning ozod qilingan quli Qaz’a rivoyat qiladirlar: «Abu Sa’id al-Xudriy Janob Rasulullohdan eshitgan to‘rt vasiyatni aytib, meni taajjubga soldilar, xursand qildilar. Ular quyidagilar: «Ayol kishi ikki kunlik yo‘lga yolg‘iz o‘zi safar qilmag‘aydir, balkim eri yokim bir mahrami birlan safar qilg‘aydir; ikki hayit kuni ro‘za tutilmag‘aydir; bomdoddan keyin kun chiqquncha, asrdan so‘ng kun botguncha namoz o‘qilmag‘aydir; faqat uchta masjid - Al-Masjid al-Harom, Masjid ul-Aqso va mening masjidimdan ko‘proq savob topg‘aydirsiz!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:56:42
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
NAMOZDA QILINADIRGAN HARAKATLAR TO’G’RISIDAGI BOBLAR


1-bob. Namozda (agar buyurilgan bo‘lsa) qo‘ldan foydalanish haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Namozxon namoz o‘qiyotib o‘z tana a’zolaridan istagancha foydalanmog‘i mumkin. Masalan, Abu Ishoq namoz o‘qiyotib qo‘li birlan kulohini olib qo‘ydi, keyin yana kiyib oldi. Hazrat Ali raziyallohu anhu ersa, o‘ng kaftlarini chap qo‘llarining bo‘g‘ini ustiga qo‘yib, qo‘l bog‘lar erdilar, agar biror joylarini qashimoqchi yokim kiyimlarini tuzatib olmoqchi bo‘lsalar, qo‘l bog‘lamini yechib, qo‘llarini bemalol harakat qildiraverar erdilar».

Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Bir kuni kechasi Maymuna xolamnikida yotib qoldim. Men yostiqning ensiz tomoniga, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va xolam ersa, enli tomoniga bosh qo‘yib yotdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechagacha yokim undan sal kamroq yokim ko‘proq vaqt uxladilar. Keyin, uyg‘onib, o‘rinlaridan turib o‘tirdilar-da, uyquni qochirmoq uchun qo‘llari birlan ko‘zlarini ishqadilar. So‘ng, Surai «Oli Imron»ning oxiridan o‘n oyat o‘qidilar. Keyin, o‘rinlaridan turib, devorga osig‘liq meshchani oldilar-da, yaxshilab tahorat qildilar, so‘ng namoz o‘qimoqqa tutindilar. Men ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam singari tahorat oldim-da, yonlariga borib turdim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘ng qo‘llari birlan (o‘ng tomonimda turishing kerak erdi, degan ma’noda) o‘ng qulog‘imni ishqab qo‘ydilar (boshqa hadisda: «Qulog‘imdan ushlab, meni o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar»,— deyilgan). Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at, so‘ng ikki rak’at, keyin ikki rak’at, so‘ngra ikki rak’at, keyin ikki rak’at, so‘ngra ikki rak’at namoz o‘qidilar. So‘ng, vitr o‘qib bo‘lgach, muazzin kelib azon aytguncha yonboshladilar. Keyin, qisqagina qilib ikki rak’at namoz o‘qib oldilar. So‘ng, bomdod o‘qigani masjidga chiqib ketdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:56:54
2-bob. Namoz vaqtida so‘zlashmoq man’ qilinadir

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotganlarida salom berar erdik, bizga alik olar erdilar. Ammo, Habashistondagi An-Najoiy degan joydan qaytganimizda namoz o‘qiyotgan erkanlar, salom bersak, alik olmadilar. Namozdan keyin: «Namoz ulug‘ mashg‘ulotdir! Unda boshqa narsalar birlan mashg‘ul bo‘lmoq yaramag‘aydir»,— dedilar».

Abu Amr ash-Shayboniy: «Menga Zayd ibn Akram raziyallohu anhu bundoq degandi»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va salam davrlarida, islom endigina tarqalayotgan vaqtda Olloh taoloning «Namozlarda tartib saqlangiz!...» degan oyati kariymasi nozil bo‘lmaguncha bir-birimiz birlan dunyoviy ishlarimiz haqida so‘zlashaverar erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:57:07
3-bob. Namozxonning namozda tasbih va hamd aytmogi joiz

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baniy Amr ibn Avfni kelishtirib qo‘ymoq uchun chiqqan edilar hamki, namoz vaqti bo‘ldi. Shunda Bilol Abu Bakrning oldiga kelib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ushlanib qoldilar, siz o‘rnilariga imomlik qilmag‘aymisiz?»— dedi. Abu Bakr: «Mayli, agar istasangiz»,— deb rrzi bo‘ldilar. Keyin, Bilol azon aytdi. Abu Bakr ersa, mehrobga o‘tib namoz boshladilar. Shu payt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam keldilar-da, odamlarni oralab o‘tib, birinchi safga turdilar. Odamlar (Abu Bakrga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelganlarini bildirmoq uchun) chapak chala boshladilar. Abu Bakr shunda ham sezmadilar. Odamlar qattiqroq chapak chalganlaridan keyingina atrofga alanglab Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning birinchi safda turganlarini ko‘rib qoldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «O’rningda turavyorg‘il!» deb ishora qildilar. Shunda Abu Bakr qo‘llarini ko‘tarib Ollohga hamd aytdilar-da, orqaga tisarildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldinga o‘tib, namozni davom ettirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:57:46
4-bob. Namozda aytish mumkin emasligini bilmagan holda biror qavmning nomini tilga olmoq yokim bir-biriga salom bermoq haqida

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Biz ilgarilari namoz o‘qiyotib ham bir-birimizga salom beraverar erdik va marhumlarning ismlarini birma-bir aytib duo qilar erdik. Bir kuni Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam buni eshitib qolib: «At-Tahiyyotu li-l-loxi va-s-salavotu va-t-tayyibotu, as-salomu alayka ayyuha-n-na-biyyu va rahmat-ul-lohi va barakotuh, as-salomu alayno va alo ibodi-l-lohi-s-solihiyna, ashhadu allo iloha il-la-l-lohu va-shhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh» desangiz, Olloh taoloning yeru ko‘kdagi barcha solih bandalarini duo qilgan bo‘lursiz»,- dedilar». Duoning tarjimasi: «Barcha olqishu maqtovlar, besh vaqt namozu ezguliklar Ollohga bo‘lsin! Ey Ollohning elchisi (payg‘ambari) Muhammad sallallohu alayhi va sallam! Olloh taolo sizga salom, barakot va rahmat yo‘llasin! Bizga hamda Ollohning jamiki solih bandalariga ham Olloh salom yo‘llasin! Ollohdan boshqa iloh yo‘qligining shohidiman, Muhammad sallallohu alayhi va sallamning ham Ollohning bandasi va elchisi (payg‘amb.ari) ekanligining shohididirman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:58:05
5-bob. Qarsak chalmoq xotinlarga hos qiliq ekanligi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tasbih aytmoq erkaklarga, qarsak chalmoqersa, xotinlarga xos odatdir! » - deganlar (bu yerda imomni ogohlantirmoq uchun chapak chalib ovoz chiqarmoq nazarda tutilgan)».

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tasbih aytib (imomni) ogohlantirmoq erkaklarga , kaftni kaftga urib odaz chiqarib (imomni) ogohlantirmoq xotinlarga xos odatdir»,- deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:58:18
6-bob. Namoz o‘qiyotib orqaga tisarilgan yokim biror sababga ko‘ra oldinga (namozxonlarning oldingi safiga) o‘tib olgan kishilar haqida

Sahl ibn Sa’d bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘g‘rilaridagi hadislarda rivoyat qilganlar.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Seshanba kuni musulmonlar Abu Bakr Siddiq imomligida (Rasululloh betob erdilar) bomdod namozini o‘qishayotgan erdi. Shu layt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oisha onamizning hujralaridagi pardani ochib, ularga jilmayib qarab qo‘ydilar. Abu Bakr Siddiq, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga chiqmoqchilar, deb o‘ylab, joy bo‘shatmoq maqsadida orqalariga tisarildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib xursand bo‘lib ketgan musulmonlar namozni buzib qo‘yay deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni davom ettiringiz, degan ma’noda ishora qildilar-da, pardani yopib qo‘ydilar. Ul zot shul kuni vafot etdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:58:32
7-bob. Namoz o‘qiyotgan bolani onasi chaqirib qolsa...

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quyidagi voqeani rivoyat qilib bergan erdilar»,- deydilar. «Bir bola o‘z hujrasida (namoz o‘qib) turgan erdi. Shu payt onasi: «Ey Jurayj»,- deb chaqirib qoldi. Bola (onasining ovozini eshitgach): «Ilohi, chiqayin desam, namoz o‘qimog‘im kerak, chiqmayin desam, onam chaqirmoqdalar, ne qilsam erkan?» - dedi. Onasi: «Ey Jurayj»,- deb ikkinchi marta chaqirdi. Bola yana: «Ilohi, chiqayin desam, namoz o‘qimog‘im kerak, chiqmayin desam, onam chaqirmakdalar, ne qilsam erkan?» - dedi. Onasi: «Ey Jurayj»,-deb uchinchi marta chaqirdi. Bola yana: «Ilohi, chiqayin desam, namoz o‘qimog‘im kerak, chiqmayin desam, onam chaqirmakdalar, ne qilsam erkan?» -dedi. Onasi: «Ilohi, Jurayj fohisha xotinlar yuziga nazari tushmay o‘lmasin!» -deb qarg‘adi.

Jurayjning hujrasiga bir cho‘pon xotin kirib-chiqib yurar erdi. Bir kuni shu xotin tug‘ib qo‘ydi. Xotindan: «Bolani kimdan tug‘ding?»- deb so‘rashdi. Xotin: «Jurayjdan» ,— dedi. Buni eshitgan Jurayj hujrasidan chiqib kelib: «Bolani mendan tuqqanman, deyayotgan xotin qani? » - dedi, so‘ng bolaga qarab: «Ey go‘dak, otang kim? »- deb so‘radi. «Otam qo‘yboqar cho‘pon»,- dedi chaqaloq (Jurayj namozni onasidan ham ustun qo‘ygani uchun Olloh taolo unga ana shundoq karomat ato qildi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:58:45
8-bob. Namoz o‘qiyotib sajda qilinadirgan yerni mayda toshlardan tozalab tashlamoq

Mu’ayyiqib raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sajdaga bosh qo‘yiladirgan yerni mayda toshlardan tozalab tashlayotgan kishiga: «(Namoz davomida) bir marta shundoq qilmog‘ing mumkin»,-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:58:57
9-bob. Sajdaga bosh qo‘yiladirgan yerga kiyimini yozib qo‘ymoq

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga jazirama issiqda namoz o‘qiyotib, yerning nihoyatda qizib ketganligidan birortamiz ham sajdada peshonamizni yerga tekkizolmay qoldik. Shunda kiyimimizni sajdagohga yozib qo‘yib, o‘shaning ustiga sajda qildik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 09 Oktyabr 2006, 07:59:20
10-bob. Namozda qanday harakatlar qilmoq joiz bo‘ladir?

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotganlarida qibla tomonlarida oyog‘imni uzatib yotgan bo‘lardim. Sajda qilayotganlarida oyog‘imni yig‘ishtirib olardim, sajdadan bosh ko‘targanlarida ersa, yana uzatib yuborar edim (qorong‘uda)».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lib, bunday dedilar: «Namoz o‘qiyotganimda shayton paydo bo‘lib, namozimni buzmoq niyatida menga hamla qildi. Olloh taolo madadi birlan uni daf qilmakka muyassar bo‘ldim. Ertalab sizlar ko‘ringiz, deb uni tutib masjidning ustuniga bog‘lab qo‘ymoqchi bo‘lganimda, Sulaymon alayhissalomning «Ilohi, meni shundoq bir narsaga ega qilgilkim, toki mendan keyin unga hech kim muyassar bo‘lolmasin!»- degan gaplari yodimga tushdi. Shunda Olloh taolo shaytonning umidini puchga chiqarib quvib yubordi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:05:29
11-bob. Namoz o‘qiyotgan odamning uloni bo‘shab (echilib) ketsa...

Qatoda raziyallohu anhu: «Namozxon kiyimini o‘g‘ri olib qochsa, namozni qo‘yib, o‘g‘rini quvlag‘aydir»,- deydilar.

Al-Azraq ibn Qays rivoyat qiladirlar: «Ahvoz degan yerda xavorijlar birlan urushayotgan erdik. Men daryo bo‘yida turgan erdim, Bir vaqt, bir kishining oti yuganini ushlab turgan holda namoz o‘qiyotganiki ko‘rib qoldim. Oti kuchlilik qilib uni joynamozdan nariga sudrab keta boshladi». Mazkur rivoyatni Shu’ba raziyallohu anhu bunday deb davom ettiradilar: «O’sha namozxon Abu Barza. al-Aslamiy bo‘lib, uni xavorijlardan bir kishi: «Ilohi, bu cholni baloga giriftor qilg‘il!» - deb duoibad qildi. Abu Barza namozini tugatgach: «Men sizlarning gapingizni eshitdim. Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bmrlan birga olti (yokim yetti, yokim sakkiz) yil g‘azot qildim, ummatlariga namoz xususida bir qancha yengillik berganlarini ko‘rdim. Otim sudrab ketayotgan bo‘lsa ham, namoz o‘qiganim afzal, chunkim uni o‘z holiga qo‘yib yuborsam, o‘tlab uzoqlarga ketib qolg‘aydir»,- dedi».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Quyosh tutildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib uzun sura o‘qidilar, so‘ng ruku’ qildilar, ruku’da uzoq turdilar, keyin ruku’dan bosh ko‘tarib, boshqa bir surani o‘qiy boshladilar. So‘ng ruku’ qilib, sajda qildilar-da, birinchi rak’atni yakunladilar. Ikkinchi rak’atni ham shu tariqa o‘qidilar. Keyin, bizga qarab: «Quyosh birlan Oy Olloh taolo qudratining ikki dalilidir. Ularning tutilganini ko‘rsangiz, tutilib bo‘lguncha namoz o‘qingiz! Mana shu yerda turib menga va’da qilingan hamma narsani ko‘rdim. Qo‘limni uzatib oldinga intilayotganimni ko‘rgan vaqtlaringizda men jannatdan bir meva uzib olmoqchi bo‘lgan zrdim, orqamga (cho‘chib) tisarilganimda ersa, ja~ hannam o‘tining gurillab yonayotganini ko‘rgan erdim. Jahannamda Amr ibn Luhoni ko‘rdim, ul (hayotligida uy) hayvonlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan odam erdi»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:05:46
12-bob. Namozda tupurish va uf tortish haqida

Abdulloh ibn Amr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda namoz o‘qiyotib uf tortdilar», - deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidning qiblaga qaragan deyuridagi tupukni ko‘rib, masjid ahlidan xafa bo‘lganlaridan: «Namoz o‘qiyotganingizda Olloh taolo har biringizning ro‘parangizda bo‘lg‘aydir, shuning uchun qiblaga qarab tupura ko‘rmangiz! » - dedilar-da, muborak qo‘llariga bir tosh olib devordagi tupikni qirib tashladilar».
«Qaysi biringiz tupurmoqchi bo‘lsangiz, chap yoningizga tupuringiz!»- deydilar Ibn Umar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namoz o‘qiyotgan har bir mo‘min o‘z rabbi birlan suhbatlashg‘aydir. Shuning uchun old tomoniga va o‘ng yoniga tupurmasin, chap yoniga yokim oyog‘ining ostiga tupursin!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:06:01
13-bob. Erkak kishi, mumkin emasligini bilmasdan imomni biror narsadan ogohlantirmoq uchun kaftini kaftiga urib ovoz qilsa, namozi buzilmaydir

Yuqorida Sahl ibn Sa’dning shunga doir hadisi keltirib o‘tilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:06:16
14-bob. Agar namozxonga «oldinga o‘tg‘il yokim kutib turg‘il!» deyilsa, kutib turgani ma’qul

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qiyotgan odamlar izorlarini kichikligidan bo‘yinlariga tang‘ib olishar erdi. Shunda xotinlarga: «Erkaklar batamom o‘tirib olgunlaricha boshlaringizni sajdadan ko‘garmangiz!»-deb buyurishar erdi (chunkim erkaklar sajda qilganda avratlari ko‘rinib qolardi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:06:48
15-bob. Namozda salomga alik olinmaydir

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga namoz o‘qiyotganlarida ham salom berar zrdim. Menga alik olar erdilar. Lekin, bir kuni Habashistondan qaytib kelganimizda Janob Rasulullohga namoz o‘qiyotganlarida salom bersam, alik olmadilar. Namozdan keyin: «Namoz o‘qiyotib boshqa narsalarga chalg‘imaslik kerak»,- dedilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni o‘zlarining bir hojatlarini bajarib kelmakka yubordilar. Men topshiriqni bajargach, qaytib kelib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salomimga alik olmadilar. Birgina Ollohga ayon, o‘shanda ancha ko‘nglim ranjidi. O’zimga-o‘zim: «Ehtimol, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechikib qolganim uchun mendan xafa bo‘lib yurgandirlar?» - dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qayta salom bersam, yana alik olmadilar, dilim avvalgidan ham ko‘proq ranjidi, keyin yana salom berdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu gal salomimga alik olib: «Salomingga alik olmog‘imga namoz mone’lik qildi, men namoz o‘qiyotgan erdim»,-dedilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ulov ustida qibladan boshqa yoqqa qaragan holda namoz o‘qiyotgan erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:07:11
16-bob. Namoz o‘qiyotib biror zarurat bilan qo‘lini tepaga ko‘tarmoq haqida

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning quloqlariga «Baniy Amr ibn Avf qabylasi Qubo masjidida janjallashib qolishibdi» degan xabar yetdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir qancha sahobalarini olib, ularni yarashtirmoqqa chiqdilar. Muhokama cho‘zilib ketib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oz ushlanib qoldilar. Namoz vaqti ham bo‘ldi. Bilol kelib Abu Bakr Siddiqqa: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ushlanib qoldilar. Namoz vaqti bo‘ldi, jamoatga imomlik qilmaydirmisiz? » - dedilar. «Istasangiz, mayli»,- dedilar Abu Bakr. Bilol azon aytdilar, Abu Bakr Siddiq ersa, mehrobga o‘tib takbiri tahrima aytdilar. Shu payt Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib birinchi safga turdilar. Odamlar Abu Bakrni ogohlantirmoq uchun chapak chala boshlashdi. Abu'Bakr shunda ham sezmadilar. Odamlar qattiqroq qarsak chalishgandan keyingina atrofga alanglab Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rib qoldilar. Janob Rasululloh ul kishiga «Namozni davom ettiraverg‘il» degan ma’noda qo‘llari birlan ishora qildilar. Abu Bakr qo‘llarini tepaga ko‘tarib Ollohga hamd aytdilar-da, orqaga tisarildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul kishining birinchi safga kelib turganlarini ko‘rib oldinga o‘tib imomlik qildilar. Namozdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga qarab: «Ey, odamlar, sizlarga ne bo‘ldi o‘zi? Xuddi bir narsa bo‘lgandek namozda qarsak chaldingiz. Qarsak chalmoq xotinlarning ishidir, namoz vaqtida biror kishiga bir nima bo‘lib qolsa, (imomni ogohlantirmoq uchun) «Subhonalloh» desin!»-dedilar. So‘ng, Abu Bakrga: «Ey Abu Bakr, namozni davom ettiraveringiz» deb ishora qilganimda, nega joyingizda qolavermadingiz?» - dedilar. Abu Bakr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga o‘tib, namoz o‘qimog‘im o‘rinli emasdir»,- deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:08:12
17-bob. Namozda qo‘lni belga qo‘yib turmoq joiz ermas

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotib belni ushlamakni man’ qilganlar»,- deydilar.

Umar ibn Ali: «Menga Abu Hurayra aytdilarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda belga qo‘lni qo‘yib turmoqni makruh qilgan ermishlar»,-deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:08:35
18-bob. Namoz o‘qiyotib boshqa bir narsa haqida fikr yuritmoq

Hazrat Umar: «Men namoz o‘qiyotib askarlarimni jihodga tayyorlag‘ayman»,-degan ekanlar.

Uqba ibn Hafsa rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga asr o‘qidim. Janob Rasululloh salom berdilar-da, tezda o‘rinlaridan turib, xrtinlarining hujrasiga kirib ketdilar. Bir ozdan keyin chiqib, qavmlarining yuzlaridagi taajjub alomatini ko‘rib: «Namoz o‘qiyotganimda uyimizda tilla borligi yodimga tushib qoldi, men uning tuni birlan uyimizda turib qolmog‘ini istamay, odamlarga ulashib bermakni buyurdim»,- dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namozga azon aytilsa, shayton azon ovozi eshitilmaydirgan yergacha orqasidan yel chiqarib qochg‘aydir. Muazzin to‘xtasa, yana kelg‘aydir va namozxonga «Uni eslag‘il, buni eslag‘il» deb tokim ul necha rak’at o‘qiganini esidan chiqarguncha chalg‘itg‘aydir»,- dedilar».

Abu Salama ibn Abdurrahman: «Qaysi biringiz namozda shu ahvolga tushsangiz, tashahhudga o‘tirgandan keyin yana ikki marta sajda qilingiz! » - deganlar. Bu so‘zni ul kishi Abu Hurayradan eshitibdirlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Odamlar: «Abu Hurayra Rasululloh hususlarida juda ko‘p hadis rivoyat qilg‘aydir!» - deyishadi. Men bir kishini uchratib, unga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kecha tunda qaysi surani o‘qidilar?» - dedim. «Bilmasman»,- dedi. «Unda, namozda bo‘lmabsan-da?!» - dedim.

«Nega, qatnashganman»,- dedi boyagi kishi. «Falon va falon suralarni o‘qiganlarini men bilaman-ku!» - dedim (demak, Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini yodlab qolmoq uchun butun vujudlari birlan quloq solganlar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:09:14
19-bob. Bismillohir rahmonir rahiymi
Sajdai sahv haqida (namozning ikkinchi rak’atida o‘tirmasdan turib ketgandagi xatoni tuzatmoq uchun kilinadigan sajda)


Abdulloh ibn Buhayna raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Besh vaqt namozlardan birida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qildilar. Shunda ikkinchi rak’atdan keyin, o‘tirmasdan turib ketdilar. Ketlaridan odamlar ham turishdi. Namozni tugatib, salom bermoqlarini kutib turdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salom bermoqdan avval, o‘tirgan hollarida takbir aytib ikki marta sajda qildilar-da, so‘ng salom berdilar».

Abdulloh ibn Buhayna rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin namozining ikkinchi rak’atidan so‘ng, o‘tirmasdan turib ketdilar. Shunda namozni tugatgach, ikki marta sajda qilib, keyin salom berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:10:37
20-bob. Agar namozxon to‘rt rak’atli namozni besh rak’at qilib o‘qib qo‘ysa...

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin namozini besh rak’at o‘qib yubordilar. Salomdan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Namozning rak’ati ko‘paytirildimi?» - deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Nega bundoq dersizlar?»-dedilar. «Besh rak’at o‘qidingiz»,- deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahv uchun (xatoni yuvmoq uchun) yana ikki marta sajda qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:10:56
21-bob. Namozxon ikkinchi yoki uchinchi rak’atda bilmay salom berib qo‘ysa, odatdagi sajda kabi yoki undan uzoqroq yana ikki marta sajda qiladir

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qilib peshin yokim asr namozini o‘qidilar. Ikkinchi rak’atga kelganda salom berdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Zulyadayn degan kishi: «Yo Rasululloh, namoz qisqardimi?» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalariga qarab: «Zulyadayn to‘g‘ri aytayotirmi?» - dedilar. Sahobalar: «Ha»,- deb javob berishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahv uchun yana ikki rak’at namoz o‘qib, so‘ng ikki marta sajda qildilar».

Sa’d rivoyat qiladilar: «Ursh ibn Zubayr bizga imom bo‘lib shom o‘qiganida ikkinchi rak’atdan keyin salom berdi. So‘ng, (biz birlan) bir oz so‘zlashgach, namozning qolganini o‘qib, sajdai sahv qildi-da: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shundoq qilganlar»,- dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:11:13
22-bob. Sajdai sahv qilgandan so‘ng «At-Tahiyyot» ni o‘qimay salom bergan kishi xususida

Anas raziyallohu anhu va Hasan Basriy sajdai sahvdan so‘ng «At-Tahiyyot»ni o‘qimadilar. Qatoda: «Sajdai sahvdan so‘ng «At-Tahiyyot» o‘qilmaydir»,-deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at o‘qib, namozni tugatdilar. Shunda ul kishiga Zulyadayn: «Yo Rasululloh, namoz qisqardimi yoki yodingizdan chiqardingizmi?» -dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Zulyadayn to‘g‘ri aytayotirmi? »-dedilar. Odamlar: «Ha»,- deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana ikki rak’at namoz o‘qib, salom berdilar, so‘ng takbir aytib, odatdagidek yokim undan uzoqroq sajda qildilar. Keyin, sajdadan boshlarini ko‘tarib («At-Tahiyyot» ni o‘qimay) salom berdilar-da, o‘rinlaridan turdilar».

Salama ibn Alqama rivoyat qiladirlar: «Muhammad ibn Sirindan: «Sajdai sahvdan so‘ng «At-Tahiyyot» o‘qilg‘aydirmi?» -deb so‘radim. «Abu Hurayraning hadisida yo‘q-ku!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:11:28
23-bob. Namozda yanglishgan odam har ikkala sajdai sahvda takbir aytadir

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin yokim asr namozida (Muhammad ibn Sirin: «Asr namozida bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman»,-deydilar) ikki rak’at o‘qib, salom berdilar, keyin o‘rinlaridan turdilar-da, masjidga kira-verishdagi yog‘ochga borib suyandilar. Namozxonlar orasida Abu Bakr va Umar ham bor edilar, lekin bu to‘g‘rida Janob Rasulullohga gapirmoqqa istihola qilishdi. Odamlar bir-birlariga «Namoz qisqardimi, namoz qisqardimi?» - deya shoshib masjiddan chiqib kela boshladilar. Ularning orasida bir kishi bor erdi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni «Zulyadayn» der edilar. O’sha kishi: «Yo Rasululloh, yodingizdan chiqardingizmi yokim namoz qisqardimi? » - deb so‘radi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Esimdan chiqarganim ham yo‘q, namoz qisqargani ham yo‘qdir»,- dedilar. Zulyadayn: «Yo‘q, yodingizdan chiqardingiz»,- dedi. Shundan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana ikki rak’at namoz o‘qib, salom berdilar, so‘ng takbir aytib, odatdagidek yokim undan uzunroq sajda qildilar. so‘ng boshlarini ko‘tarib takbir aytdilar, Sajdaga boshlarini qo‘yayotib ham odatdagidek yokim undan uzokroqtakbir aytdilar».

Abdulloh ibn Buhayna raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshin namozida qiyomda turgan erdilar, faqat oxirgi o‘ltirmoq qolgan erdi. Namozni tugatganlarydan so‘ng, salom bermay turib, ikki marta sajdai sahv qildilar. Har bir sajdadan keyin, o‘tirgan hollarida takbir aytdilar, odamlar ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga sahv bo‘lgan oxirgi o‘tirish evaziga sajda qilishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:11:44
24-bob. Uch yoki to‘rt rak’at o‘qiganini unutsa, sajdai sahv qiladir.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namozga azon aytilsa, shayton azon eshitilmaydirgan yergacha orqasidan yel chiqarib qochg‘aydyr. Azon tugasa, qaytib kelg‘aydir. Namozga takbir aytilsa, yana qochg‘aydir, takbir tugasa, yana qaytib kelib, namozxonni vasvasa qilmoq uchun: «Uni eslag‘il, buni eslag‘il»,- deb yodiga kelmagan narsalarni eslatg‘aydir. Pirovardida namozxoy necha rak’at namoz o‘qiganini bilmay qolur. Agar birortangiz shu kuyga tushg‘aydirsiz, o‘tirgan holda sajdai sahv qilingiz!» -deganlar,
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:12:02
25-bob. Farz va nafl namozlarida sajdai sahv qilmoq

Ibn Abbos raziyallohu anhu vitr namozidan so‘ng sajdai sahv qildilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi  va  sallam:   «Birortangiz  (nafl  yokim  farz)  namozi o‘qiyotgan  ersangiz, shayton kelib fikringizni chalg‘ita boshlag‘aydir, hatto necha rak’at o‘qiganingizni bilmay qolursiz. Agar shundoq ahvolga tushgaydirsiz, o‘tirgan holda sahv uchun ikki marta sajda qilingiz!»-deb aytganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:12:22
26-bob. Birov namoz o‘qiyotgan kishiga gapirsa-yu, u: «nari turg‘il!»-deb ishora qilganda quloq solib, nari ketsa

Yahyo ibn Sulaymon rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos,' Misvar ibn Maxrama va Abdurrahmon ibn Azharlar Kuraybga Oisha onamiz xuzurlariga borib, avvalo hammalaridan salom aytmakni, keyin asr namozidan so‘ng o‘qiladirgan ikki rak’at namoz to‘g‘risida so‘rab, bilib kelmakni topshirishdi. Keyin: «Biz sizning asr namozidan keyin ikki rak’at namoz o‘qimog‘ingizdan xabardormiz, biroq Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asrdan keyin namoz o‘qimakni man’ qilganlar, deb ham eshitdik. Ibn Abbos: «Ogam Umar ibn Xattob asrdan keyin namoz o‘qigan odamlarni urar erdilar»,- deydilar, siz ne deydirsiz? deb aytg‘il!» - deyishibdi. «Oisha onamiz huzurlariga kirib, menga tayinlangan gaplarni aytdim,- deydi Kurayb,-Oisha onamiz Ummu Salamadan so‘rag‘il!» - dedilar. Men Ummu Salama onamizga bor gapni aytgan erdim, ul kishi bundoq dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning asrdan so‘ng namoz o‘qimakni man’ qilganlari to‘g‘risida eshitdim-u, biroq o‘zlarining asrdan keyin mening hujramga kirib ikki rak’at namoz o‘qiganlarini ko‘rdim. O’shanda ansoriy qabilalardan biri bo‘lmish Baniy Harom qabilasiga maisub bir guruh xotinlar menikida o‘tirishgan erdi. Men cho‘rimga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldilariga borg‘ilda, «Yo Rasululloh, asrdan keyin namoz o‘qimakni man’ qilgandirsiz, deb eshitgan erdik, o‘zingiz bo‘lsangiz, o‘qiyotirsiz!»- degil, agar qo‘llari birlan «Nari turg‘il!» deb ishora qilsalar, nari turg‘il!» - dedim. Cho‘ri shundoq qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llari birlan ishora qildilar, cho‘ri nari turdi. Namozdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Abu Umayyaning qizi, asrdan keyin o‘qiladirgan ikki rak’at namoz to‘g‘risida so‘rading. Men senga bir gap aytayin. Abd ul-Qays qabilasidan huzurimga odamlar kelishgan erdi. O’shalar birlan band bo‘lib qolib, peshinning ikki rak’atini o‘qiyolmay qolgan erdim, hozir o‘shal qazo bo‘lgan ikki rak’atni o‘kidim»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:12:43
27-bob. Namozda ishora qilmoq haqida

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni Baniy Amr qabilastada bo‘lgan jaijaldan xabardor qilishdi. Shunda Janob Rasululloh ularni kelishtirib qo‘ymak uchun chiqib, bir oz ushlanib qoldilar. Namoz vaqti bo‘ldi. Bilol raziyallohu anhu Abu Bakr raziyallohu anhuga: «Ey Abu Bakr, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ushlanib qoldilar, namoz vaqti bo‘ldi. Odamlarga imomlik qilmaydirsizmi?» - dedilar. Abu Bakr «Mayli, agar istasangiz»,- dedilar. Kyoyin, Bilol azon aytdilar, Abu Bakr ersa takbiri tahrima aytib, imomlik qildilar. Shu payt Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam saflarni oralab o‘tib, birinchi safga kelib turdilar. Odamlar ul kishining kelganlarini bildirmoq maqsadida chapak chala boshlashdi. Lekin, Abu Bakr z’tibor qilmadilar. Odamlar qattiqroq chapak chaldilar. Shundagina Abu Bakr atrofga alanglab Rasulullohning kelganlarink ko‘rdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakrga ishora qilib, namozni davom ettirmakni buyurdilar. Abu Bakr qo‘llarini tepaga ko‘tarib, Ollohga hamd aytdilar-da, orqalariga tisarilib birinchi safga kelib turdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldinga o‘tib imrmlykni davom etirdilar. Namoz tugagach: «Ey odamlar, sizlarga ne bo‘ldi, namoz vaqtida bir narsa bo‘lgandek chapak chaldingiz? Qarsak chalmoq ayollarga hos qiliqdir. Kimda-kim namozda biror narsa bo‘lganini sezg‘aydir, «Subhonalloh» desin! «Subho-nalloh» deganda ko‘pchilikning diqqatini tortmag‘aydir, imomning o‘zigina sezib, qarag‘aydir. «Ey Abu Bakr, imomlikni davom ettiraveringiz! » deb ishora qilganimda nega quloq solmadingiz?»-dedilar. Shunda Abu Bakr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga o‘tib namoz o‘qimakni Abu Bakr o‘ziga ep ko‘rmag‘aydir», - dedilar».

Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Men Oisha raziyallohu anho huzurlariga kirsam, ular ham, odamlar ham qiyomda turib namoz o‘qishayotgan erkan. Men: «Odamlarga ne bo‘ldi?» - dedim, Ular boshlarini irg‘ab osmonga ishora qildilar. Men: «Nima, bu oxirat alomatkmi?» - de; dim. Ular «ha»degan ma’noda yana bosh irg‘ab ko‘ydilar».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lib qolganlarida uyda o‘tirgan hollarida namoz o‘qiyotgan erdilar, odamlar ul kishiga iqtido qilib tik turib namoz o‘qishayotgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llari birlan ularga «O’tirib o‘qingiz!» deb ishora qildilar. Namoz tugagach, odamlarga qarab: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingandir. Ul ruku’ qilg‘aydir, ruku’ qilingiz, ruku’dan bosh ko‘targ‘aydir, bosh ko‘taringiz!» -dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:13:05
Bismillohir rahmonir rahiymi
1-bob. Janoza va kimning oxirgi aytgan so‘zi «Lo iloha illalloh» bo‘lsa, o‘shalar (ya’ni, o‘liklar) haqidagi boblar


Vahb ibn Munabbahga: «Lo iloha illalloh» jannatning kaliti ermasmi?» -deyishdi. Vahb: «Ha shundoq, biroq tishsiz kalit kalit ermas. Kalitingning tishi bo‘lsagina senga jannatning eshigi ochilg‘aydir, bordi-yu, kaliting tishsiz ersa, jannatning eshigi senga ochilmag‘aydir»,- dedilar.

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Rabbim huzuridan mening oldimga bir kishi (Jabroil alayhissalom) kelib, xushxabar aytdi. Mening ummatimdan kimki Ollohga shirk keltirmay jon taslim qilg‘aydir, jannatga kirg‘ay erkan»,- dedilar. «Zino va o‘g‘irlik qilsa hammi?»-dedim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Zino qilsa ham, o‘g‘irlik qilsa ham»,- dedilar».

Abdulloh ibn Molud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Ollohga shirk keltirib o‘lg‘aydir, do‘zaxga kirg‘aydir»,- dedilar. Men: «Kimki shirk keltirmay o‘lsa, jannatga kirg‘aydir»,- dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:13:37
2-bob. Janozada qatnashmoq to‘g‘risida berilgan buyruq

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 7 narsaga odat qilib, 7 narsadan hazar qilmakni buyurdilar. «Quyidagilarni odat qilingiz!» - dedilar:
1. Janozagaqatnashmakni;
2.   Kasalni borib ko‘rmakni;
3.   Chaqirilgan joyga bormakni;
4.   Mazlumga yordam bermakni;
5.   Qasam ichsa, qasamida turmakni;
6.   Salomga alik olmakni;
7.   Aksa urgan kishi «Alhamdu lilloh» desa, unga «Yarhamuka-l-loh» demakni. Quyidagilardan hazar qilingiz!» - dedilar:

1   Kumush idish tutmoqdan;
2   Tilla uzuk taqmoqdan;
3.   Ipakli kiyim kiymoqdan (erkaklar nazarda tutilgan);
4.   Deboj (guldor ipakli kiyim) kiymoqdan;
5.   Qasiy (dag‘al matodan tikilgan kiyim) kiymoqdan;
6.   Istabraq (atlasga o‘xshagan mato) kiymoqdan;
7.   (bu rivoyatda 7-nchisi tushirib qoldirilgan)».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir musulmonning ikkinchi bir musulmonda 5 ta haqqi bordir»,- deganlar. Bular quyidagilar:
1 Salomiga alik olmoq;
2.   Kasal bo‘lganda borib ko‘rmoq;
3.   Vafot etsa, janozasiga qatnashmoq;
4.   Da’vatiga javob bermoq;
5.   Aksa urib «Alhamdu li-l-loh» desa, «Yarhamuka-l-loh» demoq».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:14:22
3-bob. Kafanlab qo‘yilgan o‘lik yotgan uyga kirmoq

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu Sunuh degan joydagi hovlilaridan ot minib keldilar. Otdan tushib masjidga kirdilar-da, odamlarga gapirmasdan to‘ppa-to‘g‘ri Oisha onamizning hujralariga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rgani kirdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (vafot etgan erdilar) yamaniy ko‘k to‘nlariga o‘rab qo‘yilgan holda yotar edilar. Abu Bakr Siddiq Janob Rasulullohning muborak yuzlarini ochib, quchoqlab o‘pdilar. So‘ng, yig‘lab turib: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasululloh! Olloh taolo sizga ikki o‘lim bermag‘aydir (Kimlardir: «Janob Rasululloh yana tirilg‘aydirlar»,- degani uchun shunday dedilar). Ammo, Olloh taolo peshonangizga yozgan o‘limni ado etdingiz»,- dedilar».

Abu Salama mazkur rivoyatning davomini Ibn Abbos raziyallohu anhudan eshitgan erkanlar, ul kishi bundoq deydilar: «Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu hujradan qaytib chiqqanlarida Umar raziyallohu anhu odamlar birlan so‘zlashib turgan erdilar. Abu Bakr Siddiqqa: «O’tiringiz!» - dedilar. Abu Bakr qattiq xafa bo‘lganlaridan o‘tirgilari kelmadi. Shunda ul kishi yana: «O’tiringiz!» - dedilar. Abu Bakr baribir o‘tirmadilar. So‘ng, Abu Bakr Siddiq Kalimai Shahodat aytdilar, odamlar ul kishiga o‘girilib qarashdi. Shunda Abu Bakr: «Ammo ba’d, kimki (shul kungacha) Muhammad sallallohu alayhi va sallamga ibodat qilib kelgan ersa, Muhammad sallallohu alayhi va sallam vafot etdilar. Kimki (shul kungacha) Olloh taologa ibodat qilib kelgan ersa, Olloh taolo hamisha tirikdir, ul hech qachon o‘lmag‘aydir! Olloh taolo Kalomi Sharifida: «Muhammad sallallohu alayhi va sallam hammangizga o‘xshagan insondir, sizlardan farqi shuldirkim, ul Ollohning bandalariga yuborgan elchisidir» degan»,- dedilar (Surai «Oli Imron» ning «ash-Shokiriyn» degan joyigacha o‘qidilar). Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, odamlar Olloh taolo ushbu oyati kariymani nozil qilganini bilishmagandek, Abu Bakr Siddiq o‘qiganlarida o‘rganib oldilar. Ushbu oyatni Abu Bakrdan boshqa biror kishining o‘qiganini hech kim eshitmagan erdi».

Xorija ibn Zayd ibn Sobit rivoyat qiladirlar: «Ansoriylardan Umm ul-Alo degan bir xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nomlarini o‘rtaga qo‘yib, bay’at qilib (ont ichib) bunday dedi: «Muhojirlardan kim kimning uyida qolmog‘ini aniqlamoq uchun o‘zaro chek tashlashdik. Shunda Usmon ibn Maz’un bizning chekimizga tushdilar. Biz ul kishini uyimizga joylashtirdik. Keyin birdan betob bo‘lib qolib vafot etdilar. Mayyitni yuvib, o‘z kiyimiga kafanlashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mayyitni (Usmonni) ko‘rgani kirgan erdilar, «Olloh rahmat qilsin sizni, ey Usmon! Sizni Olloh taolo mukarram qilganining shohidi bo‘lib turibdirmen»,-dedim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo uni mukarram qilganini qayoqdan bildingiz?» - dedilar. «Otam fido bo‘lsin sizga, yo Radulalloh! Olloh taolo shul odamni mukarram qilmasa, kimni mukarram qilg‘aydir?!» - dedim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Afsuski, Usmon vafot etdi. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, men uning oxirati baxayr bo‘lmogini juda ham istag‘aydirman. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, o‘zim Ollohning rasuli bo‘laturib oxiratda nechuk muomala bo‘lmog‘ini bilmasman» ,— dedilar. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, o‘shandan keyin biror mayyitni oldindan jannati deb aytmoqqa jazm qilmadim».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Otam (jangda) o‘ldirilgach, yuzlariga yopib qo‘yilgan kiyimni yig‘lab-siqtab ocha boshladim. Sahobalar meni yig‘idan tiymoqqa intilishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, meni yig‘idan tiymadilar. Ammo, Fotima ham yig‘lay boshladilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yig‘lasang ham, yig‘lamasang ham, maloikalar to qabrga olib borgunlaricha qanotlari birlan soya solib turg‘aydirlar»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:14:39
4-bob. Vafot etgan odamning tepasida bo‘lgan kishi uning oilasiga shaxsan o‘zi xabar yetkazmog‘i joiz

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallam Najoshiy vafot etgan kuni sahobai kiromlariga shaxsan o‘zlari xabar berdilar, keyin sahobalari birlan namozgohga chiqib, saf tortib, to‘rt marta takbir aytib (g‘oyibona) janoza o‘qidilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib: «(Jangda) bayroqni Zayd qo‘lida tutib borar erdi, shahid bo‘ldi, so‘ng bayroqni Ja’far qo‘liga oldi, ul ham shahid bo‘ldi, keyin bayroqni Abdulloh ibn Ruvoha oldi, ul ham shahid bo‘ldi. Bayroqni Xolid ibn Valid qo‘liga oldi, zafar bizga yor bo‘ldi»,- dedilar bir necha qayta».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:14:58
5-bob. Janozaga chaqirmoq

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (masjidda xizmat qilib yurguvchi bir kishining janozasini o‘qib, ko‘mib yuborishganda): «Meni chaqirsangiz bo‘lmasmidi?» - dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir odamni kasalligida borib ko‘rib kelib turardilar. O’sha kishi kechasi vafot etib qoldi. Sahobalar uni o‘sha kechasiyoq dafn qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ersa, tongda xabar berishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Menga uning vafot etgani to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar qilmog‘ingizga ne mone’lik qildi?»-dedilar. «Kechasi bo‘lgani uchun sizni qiynab qo‘ymoqni istamadik»,- deyishdi. Keyin, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha kishining qabriga borib janoza o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:15:18
6-bob. Bolasi o‘lgan odamning Ollohning irodasiga rozi bo‘lib, sabr-toqat qilmog‘ining afzallig‘i

Olloh taolo azza va jalla: «Sabr qilganlarga (Ollohning rahmati haqida) xushxabar aytingiz!» - deydir.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlar orasida uchta bolasi o‘lgan musulmon bo‘lsa, Olloh taolo uni o‘sha bolalariga nisbatan qiladirgan rahmati tufayli jannatga kirgizgaydir» ,— dedilar».

Abu Sa’id roziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir to‘da ayollar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: Muayyan bir kunni belgilab, bizga va’z qilsangiz»,- deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kunni belgilab, xotinlarga va’z aytdilar: «Qaysi bir xotinning uch bolasi o‘lsa, o‘shal bolalari uni parda bo‘lib do‘zax o‘tidan to‘sib turishg‘aydir»,-dedilar. Bir xotin: «Ikkita bolasi o‘lgan bo‘lsa-chi?» - deb so‘radi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikkita bo‘lsa, ham»,-dedilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Agar norasida bolalari o‘lgan bo‘lsa, deganlar»,- deydilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, birorta musulmonning uchta bolasi o‘lmasin! Mobodo, uchta bolasi o‘lgan musulmon do‘zaxga tushsa ham birrov kirib chiqg‘aydir, xolos (Olloh taoloning: «Orangizda do‘zaxga kirmaydiganingiz bo‘lmag‘aydir» degan so‘ziga binoan)»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:15:36
7-bob. Qabr ustida yig‘lab o‘tirgan ayolga «Sabr qilingiz!» degan kishi haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr ustida yig‘lab o‘tirgan bir ayolning yonidan o‘tayotib: «Ollohdan qo‘rqingiz (dod-voy qilmangiz), sabr qilingiz!»-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:15:55
8-bob. O’likni suv va sidr (xushbo‘y ishqor) birlan yuvib, tahorat qildirib qo‘ymoq

Ibn Umar raziyallohu anhu Sa’id ibn Zayd o‘g‘li (Olloh undan rozi bo‘lsin!) o‘lganida, uning jasadiga xushbo‘y hanut sepdilar, so‘ng uni tashqariga ko‘tarib chiqib, janoza o‘qidilar. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Musulmonning tirigi ham, o‘ligi ham pok bo‘lg‘aydir»,- deydilar. Sa’id ibn Abu Vaqqos: «Agar pok bo‘lmaganida qo‘limni tekkizmas erdim»,- deydilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa: «Mo‘min nopok bo‘lmag‘aydir»,- deydilar.

Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Zaynab vafot etganda bizning oldimizga kirib: «Uch marta yokim besh marta yuvingiz, agar lozim topsangiz, undan ham ko‘proq yuvingiz, suv va sidr (xushbo‘y-ishqor) birlan yuvingiz! Eng oxirida kofurdan (kamfaradan) ham bir oz qo‘shingiz, yuvib bo‘lganingizdan so‘ng meni chaqiringiz!» - dedilar. Yuvib bo‘lgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni chaqirdik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga o‘z haqvlaryni (belga o‘raydirgan katta matoni) berib: «Mana shunga o‘rangiz!»- dedilar (Ummu Atiyya «haqv» deganlarida izorni nazarda tutdilar, shekilli)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:16:09
9-bob. O’likni toq marta yuvmoqning mustahabligi

Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Zaynabning jasadini yuvayotganimizda bizning oldimizga kirib: «Uch marta yokim besh marta, balkim undan ham ko‘proq sidr va suv birlan yuvingiz! Oxirgi marta yuvayotganingizda kofur (kamfara) qo‘shingiz, yuvib bo‘lganingizdan so‘ng, menga xabar qilingiz!» - dedilar. Yuvib bo‘lganimizdan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga o‘z haqvlarini (izorlarini) uzatib: «Qizimni avval shunga o‘rangyz!» - dedilar. Ayyub raziyallohu anhu aytadilar: «Hafsa menga Muxammad ibn Sirin aytgan hadisga o‘xshash boshqa bir hadisni aytib berdi. Hafsa aytgan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitni toq yuvingiz, uch marta yokim besh marta yokim yetti marta, avval o‘ng tomonidan, tahorat qilinadirgan joylaridan boshlangiz!» - deganlar»,- deyilgan. Ummu Atiyya ersa: «Sochini uch o‘rim qilio o‘rib qo‘ydik»,- deb ayttandilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:16:23
10-bob. Mayyitni o‘ng a’zolaridan boshlab yuviladir

Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Zaynabning jasadini yuvayotganimizda bizga: «Avval o‘ng a’zolaridan va tahoratda yuviladirgan joylaridan boshlab yuvingiz!» - deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:16:38
11-bob. Erkak kishining izoriga ayol kishini kafanlab bo‘ladirmi?

Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari vafot etganda bizga: «Uni uch marta yokim besh marta yokim lozim topsangiz, undan ham ko‘proq yuvingiz, yuvib bo‘lganingizda menga xabar qilingiz!» - dedilar. Biz mayyitni yuvib bo‘lib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam izorlarini bizga uzatib: «Uni (Zaynabni) avval shunga o‘rangiz!» - dedilar»,
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:16:54
12-bob. Eng oxirida suvga kofur qo‘shib yuviladir

Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlaridan biri vafot etdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldimizga kirib: «Uni suvga sidr qo‘shib uch marta yokim besh marta yokim yetti marta, zarur bo‘lsa, undan ham ko‘proq yuvingiz, eng oxiri kofur qo‘shib yuvingiz! Yuvib bo‘lganingizdan keyin menga xabar qilingiz!» - dedilar. Yuvib bo‘lgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni chaqirdik. Rasululloh sallallOhu alayhi va sallam izorlarini bizga uzatib: «Avval shunga o‘rangiz!» -dedilar».

Hafsa raziyallohu anho Ummu Atiyyaning mazkur rivoyatini eslab: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uch marta yokim besh marta yokim yetti marta, zarur deb hisoblasangiz, undan ham ko‘proq yuvingiz!» - deganlar. Ummu Atiyya ersa: «Sochini uch o‘rim qilib qo‘ydik, deb aytgandi»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:17:20
13-bob. Vafot etgan xotinning sochini tarab qo‘ymoq

Ibn Sirin: «O’likning sochini tarab qo‘ymoqning zarari yo‘qdir»,- deydilar.

Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Yuvg‘uchi ayollar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlarining sochini tarab, uch o‘rim qildilar, so‘ng yuvdilar, so‘ng yana tarab uch o‘rim qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:17:35
14-bob. O’lik ichki kafan birlan qanday o‘raladir?

Hasan Basriy: «Kafanning 1/5 bo‘lagi birlan ayol mayyitning ikki soni va dumbalari o‘ralgaydir, keyin bular (yangi) ko‘ylak ostida qolg‘aydir» ,— deydilar.

Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qilgan bir ansoriya ayol o‘g‘lini ko‘rgani Basraga kelib, uni topolmagach, Ummu Atiyyaning huzurlariga kirdi. Shunda Ummu Atiyya bizga quyidagi hadisni aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlarining jasadini yuvayotganimizda oldimizga kirib bizga: «Uch marta yokim besh marta, agar zarur bo‘lsa, undan ham ortiq yuvingiz, suvga sidr qo‘shingiz. Eng oxirida kofur ham qo‘shingiz! Yuvib bo‘lgach, menga xabar qilingiz!»-dedilar. Yuvib bo‘lgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildik, ul kishi bizga izorlarini uzatib: «Avval shunga o‘rangiz!» - dedilar». (Ibn Sirin hadisning davomini aytmadi). Ayyub raziyallohu anhu: «Rasulullohning qaysi qizlari to‘g‘risida so‘zlaganini bilolmay qoldim»,- deydilar. Ul kishi: «Ish’or» (ichki kafan o‘rash) deganda, tashqi kafan (butun badanni yalpisiga o‘raydigan kafan) o‘ramakni tushungayman»,- deydilar. Shuningdek, Ibn Sirin ham ayol jasadining avval beldan pastini ermas, balki birato‘la butun badanini kafanlamoqni buyurar erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:17:51
15-bob. Ayol mayyitning sochini uch o‘rim qilinadir

Ummu Atiyya: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘lgan qizlarining sochini uch o‘rim qildik»,- deydilar. Sufyon: «Peshona ustidagi sochni bir o‘rim, ikki chakkadagi sochni ikki o‘rim qildilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:18:05
16-bob Ayol mayyitning sochi orqasiga tashlab qo‘yiladi

Ummu Atiyya rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlaridan biri vafot etdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldimizga kelib: «Suvga sidr qo‘shib toq marta - uch, besh yokim yetti marta, zarur bo‘lsa, undan ham ko‘proq yuvingiz, eng oxirgi yuvishda kofurdan bir oz qo‘shingiz, yuvib bo‘lganingizdan so‘ng menga aytingiz!»- dedilar. Yuvib bo‘lganimizni Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamga aytgan erdik, bizga izorlarini uzatdilar. Vafot etgan qizning sochini uch o‘rim qilib, orqasiga tashlab qo‘ydik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:18:18
17-bob. Oq matodan kafanlik qilmoq

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu' alayhi va sallamning muborak jasadlarini uch en yamaniy oq surp bilan kafanlashdi. Kafan ostida na ko‘ylak va na salla bor erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:18:31
18-bob. Ikki qavat qilib kafanlashning joizligi

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Arafot tog‘ida tuya minib turgan erdi, birdan tuyadin yyqilib ketib, bo‘yni sinib o‘ldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitni suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib kafanlangiz, hanut (xushbo‘y modda) sepmangiz va boshini o‘ramangiz! Chunkim, ul qiyomat kuni talbiya (Labbayka Ollohumma. labbayka) aytib turgan holida tiriltirilg‘aydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:18:45
19-bob. O’likni hanutlamoq (xushbo‘y moddalar sepmoq)

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Bir vaqt bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Arafotda turgan erdi. Birdan tuyadan yiqilib, o‘sha zahotiyoq o‘ldi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitni suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib kafanlangiz, hanutlamangiz, boshini ham o‘ramangiz! Chunki Olloh taolo bul kishini qiyomat kuni talbiya aytib turgan holida tiriltirg‘aydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:18:59
20-bob. Mayyitning egnida exromi bo‘lsa, qanday kafanlanadir?

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishini tuyasi yiqitib yubordi. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘sha yerda erdik. Boyagi odamning egnida ehromi (haj kiyimi) bor erdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bul kishini suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib kafanlangiz, unga xushbo‘y narsalar sepmangiz, boshini ham o‘ramangiz! Chunkim Olloh taolo qiyomat kuni uni talbiya aytib turgan holida tiriltirg‘aydir»,— dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Arafotda turgan erdik, bir kishi «tuyasidan yiqilib tushdi (Ayyub: «Bo‘yni uzilib ketdi»,— deydilar. Amr: «Bo‘yni sinib ketganidan, til tortmay o‘ldi»,— deydilar). Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uni suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib kafanlangiz, xushbo‘y narsalar sepmangiz, boshini ham o‘ramangiz! Chunki ul qiyomat kunida... (Ayyub: «Talbiya aytib turib tirilg‘aydir»,—deydilar. Amr ersa: «Talbiya aytib turgan holida tiriltirilg‘aydir», deydilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:19:13
21-bob. Etagi bukilgan yoki bukilmagan ko‘ylakka kafanlamoq

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Ubay vafot etganda o‘g‘li Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga kelib: «Yo Rasululloh. otamni kafanlamak uchun menga ko‘ylagingizni bersangiz, otamga janoza o‘qib, Olloh taolodan unga talabi mag‘firat qilsangiz!» — dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘ylaklarini berib: «Menga xabar qilg‘il, janoza o‘qig‘aydirman»,— dedilar. U Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildi. Janob Rasululloh janoza o‘qimoq uchun jamoat oldiga o‘tmoqchi bo‘lganlarida Hazrat Umar kiyimlaridan tortib: «Olloh taolo sizga munofiqlarga janoza o‘qimoqni man’ etmaganmi?» - dedilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Menga ikki yaxshilikdan birini tanlamak ixtiyori berilgandir. Olloh taolo: «Ular haqqiga ista, talabi mag‘firat qilg‘il, ista, talabi mag‘firat qilmag‘il! Agar ularga yetmish karra talabi mag‘firat qilsang ham, Olloh taolo ularni mag‘firat qilmag‘aydir, degan»,- dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ubayga janoza o‘qidilar. Shunda: «Bulardan biror kishi o‘lsa, sira ham janoza o‘qimag‘il!» - degan oyat nozil.bo‘ldi»,

Amr ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ubay dafn qilingandan keyin keldilar. Shunda qabrdan ul kishini chiqarmakni buyurdilar. Mayyit qabrdan chiqarilgandan so‘ng, Janob Rasululloh uning badaniga tupuklarini surtib, egniga o‘zlarining ko‘ylaklarini kiydirib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:19:26
22-bob. Ko‘ylak kiydirmay kafanlamoq

Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni sallasiz va ko‘ylaksiz holda uch qavat qilib kafanladilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:19:39
23-bob. Salla kiydirmay kafanlamoq

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni uch qavat yamaniy surp birlan kafanladilar. Kafan ichida salla ham, ko‘ylak ham yo‘q erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:19:59
24-bob. Kafanlik haqi mayyitdan qolgan molu mablag‘dan chegirib qoling‘aydir

Ato, Zuhriy, Amr ibn Dinor va Qatoda ham shundoq fikrdadirlar. Amr ibn Dinor: «Mayyitga ishlatiladirgan xushbo‘y narsalar, garchi undan qolgan molu mablag‘ning hammasi ketsa ham, xarid qiling‘aydir»,- deydilar. Ibrohim an-Nakasiy: «Mayyitdan qolgan molu mablag‘ avval kafan xarid qilmoq uchun, so‘ng qarzini uzmoq uchun, undan keyin ersa, meros uchun taqsimlang‘aydir» - deydilar. Sufyon: «Go‘rkov va g‘assol haqi ham kafanga ajratilgan mablag‘dan to‘lang‘aydir»,-deydilar.

Sa’d ibn Ibrohim rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Abdurrahmon ibn Avf raziyallohu anhuga taom keltirishdi. Ul kishi (ovqatlana turib): «Mus’ab ibn Umayr shahid bo‘ldi. Ul mendan ko‘ra yaxshi erdi. Uyidan kafanlikka yaroqli biror narsa topilmadi. Uning birgina choponi bor erdi, xolos. Keyin, Amir Hamza o‘ldirildi. Ul ham mendan yaxshi erdi. Uning uyidan ham kafanlik uchun biror narsa topilmadi. Uning ham bitta choponi bor erdi, xolos. Oxiratda ko‘rsatiladirgan yaxshilig‘lar bizga bu dunyoda ko‘rsatilyaptimikan, deb qo‘rqg‘aymen»,- deya xo‘ngrab yig‘lay boshladilar (chunkim,ul kishi o‘zlariga to‘q odam erdilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:20:12
25-bob. Mayyitni kafanlash uchun kiyimidan boshqa narsa topilmasa...

Sa’d ibn Ibrohim rivoyat qiladirlar: «Abdurrahman ibn Avfga (ro‘zada) ogiz ochmoq uchun taom keltirishdi. Shunda Abdurrahmon: «Mus’ab ibn Umayr shahid bo‘ldi. Vaholanki, ul mendan yaxshiroq erdi. (Kafanlik topilmay) birgina choponiga o‘rab ko‘mdilar. Chopon kaltalig‘idan oyog‘ini yopsa, boshi ochilib qolar erdi, boshini yopsa, oyog‘i ochilib qolar erdi. Amir Hamza ham o‘ldirildi, vaholanki, ul ham mendan yaxshiroq erdi. Uni ham birgina choponiga o‘rab dafn qildilar, Bizga ersa, bisyor mol-dunyo berildi. Varcha yaxshilig‘larni shu dunyoda ko‘rib, oxiratda hech narsa qolmasa erdi, deb qo‘rqg‘aymiz»,- deya yig‘lay boshladilar, hatto iftor vaqtida ovqatham yemadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:20:24
26-bob. Mayyitga boshini yopsa, oyog‘i, oyogini yopsa, boshi ochilib qoladirgan narsadan bo‘lak kafanlik topilmasa, bosh tomonini o‘raydir

Xabbob raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Olloh rizolig‘ini istab Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hijrat qildik. Olloh taolo bu dunyoda bizga ato etmog‘i lozim bo‘lgan mukofotlarini oxiratga mo‘l olib qoldi, chunkim oramizdan ul dunyoga rihlat qilganlardan birortasi ham o‘shal mukofotlardan zarracha bahramand bo‘lgani yo‘qdir. Ulardan biri - Mus’ab ibn Umayr. Biroq oramizda bul dunyoda mukofotini olib, ayshini surib yurganlar ham bordir. Mus’ab ersa, Uhud jangida o‘ldirildi, uni kafanlamoqqa (uyidan) hech narsa topolmadik. Boshini yopsa, oyog‘i, oyog‘ini yopsa, boshi ochilib qoladirgan birgina choponi bor erkan, xolos. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam choponi birlan bosh tomonini o‘ramoqni, ochilib qolgan oyog‘ini ersa, izxir (o‘simlik) birlan yopmoqni buyurdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:20:38
27-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zamonlarida o‘ziga kafan tayyorlab qo‘ygan kishini koyishmagani haqida

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga chetiga popuk tikilgan burda (ustki uzun ko‘ylak) olib kelib, hadya qildi: Shunda: «Bilurmisiz, burda qandoq kiyimdir?» - deb so‘radim. Sahobalar: «Bu - shamladir (butun badanni qamrab turadirgan kiyimdir)», -deyishdi. Men: «Ha, topdingiz!» - dedim. Boyagi ayol Janob Rasulullohga: «Buni ataylab sizga o‘z qo‘lim birlan to‘qib, keltirdim»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni o‘zlariga kerak bo‘lgani uchun oldilar, keyin ichkariga kirib (izor o‘rniga) beldan pastlariga o‘rab chiqdilar. Shunda falonchi (Abdurrahmon ibn Avf): «Qandoq yaxshi erkan, menga kiydira qolingiz!»-dedi. Sahobalar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga kerak bo‘lgani uchun kiyib erdilar, yaxshi qilmading, so‘ragan narSangni yo‘q demay bermaklarini bilursen-ku!» - deyishdi. Abdurrahmon: «Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, ko‘ylakni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan kiymoq uchun so‘raganim yo‘q, uni o‘zimga kafanlik qilib olib qo‘ymoqchiman»,- dedi. O’shal ko‘ylak (keyinchalik) unga kafanlik bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:20:52
28-bob. Ayollarning janozada ishtirok etmog‘i haqida

Ummu Atiyya raziyallohu anho: «Bizga janozada qatnashmoq man’ qilindi, ammo qat’iyan ermas»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:21:07
29-bob. Ayol kishining eridan boshqa yaqinlari vafot qilganidagi azadorlik muddati haqida

Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Ummu Atiyya raziyallohu anhoning o‘g‘illari o‘ldi. Uchinchi kuni safra (surtiladigan rangli xushbo‘y modda) keltirmakni buyurdilar, olib kelingach, uni o‘zlariga surtdilarda: «Ayollarga eridan boshqa yaqinlariga uch kundan ortiq aza tutmoq makruh qilingandir»,- dedilar».

Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Shomdan Abu Sufyonning vafot etganligi haqidagi xabar yetib kelganda, uchinchi kuni Abu Sufyonning qizlari Ummu Habiba (Rasulullohning xotinlari) safra keltirmakni buyurdilar. Olib kelishgach, uni yonoqlari, manglaylari, quloqlarining tagi va bilaklariga surtdilar-da: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ollohga va oxirat kuniga ishongan ayolning o‘likka uch kundan ortiq aza tutmog‘i makruhdir, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun motamda bo‘lg‘aydir» demaganlarida, men bundoq qilmas erdim»,- dedilar».

Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Ummu Habibaning huzurlariga kirdim. Ul kishi menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ollohga va oxiratga ishonadirgan ayolning uch kundan ortiq o‘likka aza tutmog‘i makruhdir, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutg‘aydir» deganlarini eshitganman» - dedilar. So‘ng, Zaynab binti Jahshning huzurlariga akalari o‘lganda kirdim. Shunda ular xushbo‘y narsalar olib kelmakni buyurdilar, xushbo‘ylikni o‘zlariga surtib, so‘ng: «Mening xushbo‘y narsalar surtmakka hushim yo‘g‘-u, lekin men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarda turib, «Ollohga va oxiratga ishongan ayolning o‘likka uch kundan ortiq aza tutmog‘i makruhdir, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutg‘aydir» deganlarini eshitganman»,-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:21:22
30-bob. Qabrlarni ziyorat qilmoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr tepasida yig‘lab o‘tirgan bir ayolning yonidan o‘tayotib unga: «Ollohdan qo‘rqingiz, sabr qilingiz!»- dedilar. Xotin: «Yo‘lingizdan qolmangiz, sizning boshingizga bundoq musibat tushmagan-da!» -dedi. U Rasulullohni tanimas erdi. Odamlar xotinga: «Ul kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam erdilar»,-deyishdi. Shunda xotin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning eshiklari oldiga keldi. Qarasa, eshik oldida (podshoh saroylarida bo‘ladirgan) darvozabon yo‘q. Xotin (ichkariga kirib) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Sizni tanimabmen»,-dedi.   Rasululloh  sallallohu  alayhi   va  sallam:   «Odam  boshiga musibat tushgan dastlabki kunlarda sabr-toqat qilmog‘i kerak!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:21:52
31-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Agar mayyit hayotligida o‘z ahlini o‘likka aza tutganda (ortiqcha) yig‘i-sig‘i qilmakka o‘rgatib qo‘ygan bo‘lsayu, o‘zi o‘lganda ahli unga aza tutib, oh-voh qilib yig‘lasa, qabrida unga azob berilgaydir»,- deganlari

Olloh taolo: «Ey mo‘minlar, o‘zingizni va ahlingizni jahannam o‘tidan saqlangiz!» - degan.

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har biringiz boshliqdirsiz va har biringiz o‘z qo‘l ostingizdagi kishilarga mas’uldirsiz. Agar mayyit hayotligida o‘z ahlini o‘likka aza tutganda, dod-voy qilib yig‘lamakka o‘rgatib qo‘ygan bo‘lmasa, (qabrida azob chekmag‘aydir)»,- deganlar. Oisha onamiz aytganlaridek, birov birovning gunohi uchun gunohkor bo‘lmag‘aydir. Mana bul oyatning mazmuni ham xuddi shu xususda: «Agar birov o‘zi qilgan gunohlarining ko‘plig‘idan alarni ko‘tarolmay qolsa-yu, boshqa bir odamni chaqirib, unga: «Bir qismini o‘zingga olg‘il!» - desa, ul zarrachasini ham olmag‘aydir.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:22:21
Ovoz chiqarmay yig‘lashga ruxsat berilganligi haqida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birov birovni nohaq o‘ldirmag‘aydir, mabodo nohaq o‘ldirsa, Odam alayhissalomning to‘ng‘ich o‘g‘illari Qobil kenja o‘g‘illari Xobilni o‘ldirgani sababli, uning gunohiga sherik bo‘lg‘aydir, chunkim, dunyoda ul birinchi bo‘lib odam o‘ldirmakni, nohaq qon to‘kmakni odat qilgan shaxsdir!»- deganlar».

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohning qizlari (Zaynab): «O’g‘lim jon taslim qilay deyapti, ota, tezroq kelingiz!» - deb Janob Rasulullohga odam yubordilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, bunga javoban salom aytib: «Farzand beradirgan ham Olloh, uni qaytib oladirgan ham Olloh. Ollohning dargohida ularning umri aniq belgilab qo‘yilgandir. O’ziga Ollohdan sabru qanoat tilab, uning irodasiga bo‘yinsunsin!»-deb aytib yubordilar. Qizlari: «Otam albatta kelsinlar!»-deb yana odam yubordilar. Bu gapni eshitib Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turdilar, ul kishi birlan birga Sa’d ibn Uboda, Muoz ibn Jabal, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit va bir qancha kishilar ham turib, yo‘lga tushdilar. Yetib borishgach, Rasululloh sallallohu, alayhi va sallamga bolani uzatishdi, bola mahmasa holatida (jon berish vaqtidagi holatda) erdi. Nazarimda, bola suvi yo‘q meshdek qurigan-u, jon tanasidan chiqib ketayin, deb turgandek erdi. Buni ko‘rib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muborak ikki ko‘zlaridan duvullab yosh oqdi. Shunda Sa’d: «Yo Rasululloh, bu nesidir?!»-dedilar. Janob Rasululloh: «Bu ko‘z yoshi - Ollohning bandalari qalbiga solgan rahmatidir! Olloh taolo rahmdil bandalariga rahm qilg‘aydir (ya’ni, bu dod-voy solib yig‘lagandagi ko‘z yoshi ermasdir)»,- dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlarining (Ummu Gulsumning) janozasida erdik. Qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr yonida o‘tiribdirlar-u, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqayotir. Nogahon, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Orangizda bu kecha xotiniga yaqinlik qilmagan biror kishi bordirmi?»-deb so‘radilar. Shunda Talha: «Men»,-dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Undoq bo‘lsa, qabrga tushg‘il!»-dedilar. Talha (mayyitni qo‘ygani) qabrga tushdilar».

Abdulloh ibn Ubaydulloh ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Makkada Usmon raziyallohu anhuning qizlari vafot etdi, janozasiga qatnashgani bordik. Janozaga Ibn Umar va Ibn Abbos raziyallohu anhular ham kelishdi. Ikkinchilari mening yonimga kelib o‘tirdilar. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu Usmonning o‘g‘li Amrga: «Xotinlarni yig‘idan to‘xtatsangiz-chi! Axir, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyit o‘z ahlining yig‘isidan (qabrda) azoblang‘aydir, deganlar-ku!» - dedilar. Shu yerda o‘tirib Ibn Abbos menga bir voqeani aytib berdilar:

«Hazrat Umar birlan birga Makkai Mukarramadan (Madinaga) qaytib kelayotib Baydo’ degan yerga yetganimizda, nogahon samura daraxtining soyasida turgan bkr jamoaga Hazrat Umarning ko‘zlari tushdi. Hazrat Umar menga: «Borib qarag‘ilchi, anavi jamoa kimlar erkan?» - dedilar. Borib qarasam, Suhayb (jamoasi) erkan. Hazrat Umarga kelib buni aytdim. «Menga chaqirib berg‘il uni!» - dedilar, Men Suhaybning oldiga borib: «Turingiz, Amir ul-mo‘‘mininga yetib olingiz!» - dedim. Hazrat Umar Madinaga borganlaridan so‘ng, musibat sodir bo‘lib (Hazrat Umarga bir odam pichoq urgan erdi) Suhayb «voy birodarim, voy do‘stim»lab yig‘lab kirdi. Shunda Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Ey Suhayb, sen meni deb (dod solib) yig‘layotirmisen? Vaholanki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyit o‘z ahlining (ba’zi bir) yig‘isi sababli azoblang‘aydir, deb aytganlar»,- dedilar.

«Hazrat Umar raziyallohu anhuning vafotlaridan so‘ng, bu so‘zni Oisha onamizga aytdim,- dedilar Ibn abbos raziyalloxu anhu,- shunda Oisha onamiz: «Hazrat Umarri Olloh rahmat qilsin! Olloh taologa qasamyod qilib ayturmenkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘‘min odam o‘lganda, ahli yig‘lasa, Olloh taolo uni azoblag‘aydir» - demaganlar. Lekin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kofir odam o‘lganda, ahli yig‘lasa, uni Olloh qattiq azoblag‘aydir»»-deganlar. Sizlarga Qur’onning o‘zi dalildir, birov birovning gunohi uchun azoblanmag‘aydir»,- deb aytdilar. «Kuldirgan ham, yig‘latgan ham Ollohning o‘zidir!» - dedim. Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, Ibn Umar raziyallohu anhu (Ibn Abbosning ushbu rivoyatini eshitib) hech narsa demadilar».

Amra binti Abdurrahmon Oisha onamizdan bundoq deb eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir yahudiy xotinning qabri yonidan o‘tayotib, o‘shal yerda uning qarindoshlari yig‘lab o‘tirganini ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bular xotinga aza tutib yig‘lashmakda, xotin ersa, qabrda azoblanmakdadir»,- dedilar».

Abu Burdaning otalari bunday degan erkanlar: «Umar raziyallohu anhuga musibat (pichoq urilgan erdi) yetganda Suhayb raziyallohu anhu «voy birodarim» lab yig‘lay boshladi. Shunda Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Mayyit tirikning yig‘isi sababli azoblang‘aydir, deganlarini bilmasmisen?» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:22:41
32-bob. Mayyitga (aza tutib) dod solib yig‘lashning makruhligi

Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Qo‘yaverg‘il ularni, Abu Sulaymonga aza tutib yig‘lashaversin, boshlariga tufroq sochib va dod solib yiglashmasa, bo‘lgani!» — dedilar. Imom Buxoriy: «Naq’ — boshga tufroq sochmoq, laqlaqa — dod-voy solmoq deganidir»,— deydilar.

Mug‘iyra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman»,— deydilar: «Albatta, mening nomimdan yolg‘on so‘z aytmoq, boshqa biror kishining nomidan yolg‘on so‘z aytmoq kabi ermasdir. Kimki mening nomimdan qasddan yolg‘on so‘z to‘qig‘aydir, do‘zaxdan o‘ziga joy shaylayversin! Qaysi mayyitga kim aza tutib, dod solib yig‘lag‘aydir, o‘shal mayyit dod solib yiglangani tufayli azobga qolg‘usidir».

Ibn Umar raziyallohu anhuning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam; «O’lik, unga aza tutguvchilarning dod solib yig‘lagani sababli, qabrida azoblang‘aydir»,— deganlar».
Shu’ba raziyallohu anhu: «O’lik, unga aza tutguvchi tirikning yig‘isi sababli, azoblang‘aydir»,— deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:23:00
33-bob.

Ibn ul-Munkadirga Jobir ibn Abdulloh bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Uhud jangi kuni otamning o‘ligini kiyimlariga o‘ralgan holda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga keltirib qo‘yishdi-da, ul kishining quloq va burunlari kesib tashlanganini aytishdi. Men borib yuzlarini ochmoqchi erdim, qarindoshlarim qo‘yishmadi, so‘ng yana borib ochmoqchi bo‘lganimda, qarindoshlarim yana qo‘yishmadi, so‘ng yana ochmoqchi bo‘lib bordim, qarindoshlarim bu gal ham ruxsat berishmadi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari «Ochingiz!» deb buyurdilar, yuzlarini ochishdi. Shunda bir xotinning dodlagan ovozi eshitildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimdir ul?» — dedilar. «Amrning qizi yokim Amrning singlisi»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yig‘lamasin!» — dedilar. Keyin, tobutni ko‘tarishguncha farishtalar qanotlari birlan otamning tepalarida soya solib turishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:23:18
34-bob. Azada yoqasini yirtib dod solgan kishi bizdan ermas (musulmon ermas)!

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: "«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki (musibat yetganda) o‘zi o‘zining yuziga urib, yoqa yirtib, islomdan oldingi johiliya davridagi odamlarning nojoiz, noo‘rin so‘zlarini aytib yig‘lag‘aydir, ul bizdan ermasdir!» - deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:23:39
35-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Sa’d ibn Xavlaga marsiya aytganlari

Amr ibn Sa’dga otalari Sa’d ibn Xavla bunday degan erkanlar: «Hajjat"ul-Vido’ yilida men qattiq kasal bo‘luvdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni ko‘rgani keldilar. Shunda men: «Kasalim kuchayib ketdi, ahvolim og‘ir. Men badavlat kishidirman, bir qizimdan boshqa meros oladirgan odamim yo‘qdir. Molimning 1/3 qismini ehson qilayinmi?» - dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo‘q»,- dedilar. «Yarmini sadaqa qilayinmi?»-dedim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Yo‘q»,- dedilar. So‘ng: «1/3... 1/3 qismi ham ancha ko‘p narsadir, albatta sen bolalaringni odamlardan tilanadirgan faqir qilib qoldirganingdan ko‘ra, boyroq qilib qoldirganing yaxshiroqdir. Agar sen xayru sadaqa uchun molingni sarflaydirgan bo‘lsang, albatta buning evaziga Ollohdan savob olg‘aysan, hatto xotiningning og‘ziga solib qo‘ygan luqmang. uchun ham»,- deb qo‘shib qo‘ydilar. «Yo Rasululloh, men sahoba birodarlarimning orqasida qolarmikanman (ya’ni, tuzalib ketarmikanman)?» - dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sen bordiyu, (sahoba birodarlaringdan) keyin qolib, amali solih qilsang, buning evaziga Olloh dargohida daraja va martabang ziyoda bo‘lg‘aydir, shoyadki, keyin qolsang-u, sendan bir qancha mo‘‘minlar foydalansalar va bir qancha mushriklar zarar topsalar! Ilohi, sahobalarimning hijratini bexatar qilg‘il, ularni (Madinadan) orqaga qaytarmagil!» - dedilar». Lekin, bechora Sa’d ibn Xavla Makkada shfot etganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga marsiya aytdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:24:04
36-bob. Musibat yetganda sochini yulmoqni man’ qilganlari haqida

Abu Burda ibn Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Muso (otam) qattiq betob bo‘lib qolib, hushlaridan ketdilar, boshlari xotinlaridan birining quchog‘ida bo‘lib, birorta ham so‘z ayta olmas erdilar. Hushlariga kelganlaridan keyin: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimdan nafratlangan bo‘lsalar, men ham o‘shandan nafratlang‘ayman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Boshiga musibat tushganda dod-voy solgan, sochini yulgan va yoqasini yirtgan xotinlardan nafratlang‘ayman! der erdilar»,- deb aytdilar»,
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:24:29
37-bob. Boshiga musibat tushganda yuziga shapaloqlab urib, dod-voy solganlar bizdan ermasdir (musulmon ermasdir)!

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki o‘zi o‘zining yuziga urib, yoqa yirtib, dod-voy solib, islomdan avvalgi odamlarning shariatga nomuvofiq qiliqlarini qilg‘aydir, ul bizdan ermasdir!»- deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:24:47
38-bob. Boshiga musibat yetganda johiliya davridagidek dod solib, shariatga nomuvofiq so‘zlarni aytib yig‘lamoqni man’ qilganlari

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Boshiga musibat yetganda johiliya davridagidek shariatga nomuvofiq so‘zlarni aytib, yoqa yirtib, yuziga urib yig‘lagan odam bizdan ermasdir!» -deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:25:03
39-bob. Boshiga musibat tushgan odamning xafaligi yuzidan bilinib tursa...

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Ibn Horisa, Ja’far va Ibn Ruvohalarning o‘ldirilganligi to‘g‘risidagy xabar kelgan kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidda o‘tirganlarida xafaliklari yuzlaridan bylinib turdi. Shunda men eshikning tirqishidan qarab turgan erdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga bir kishi kelib, Ja’farning xotinlari yig‘lashayotganini aytdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni yig‘idan to‘xtatmakni buyurdilar. Xotinlarni yupatmoqqa ketgan odam qaytib kelib: «Itoat qilishmayotir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yana: «Turg‘il, borib ularni yig‘idan to‘xtattil!» - dedilar. U kishi yana qaytib kelib: «Yo Rasululloh, Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, xotinlar bizga bo‘yinsunmayotirlar»,- dedi. Shunda men: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boyagi kishiga «Borib xotinlarning yuziga tufroq sochg‘il!» dedilar, deb o‘ylab, «Voy, Olloh burningni yerga ishqagur! Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aytganlarini qilmay, ul kishini qiynab qo‘yding-ku!» - dedim».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najd qabilasiga yuborilgan qorilar o‘ldirilganda bir oy davomida «Qunut» duosini o‘qidilar. Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘sha paytdagidan ko‘ra qattiqroq xafa bo‘lganlarini ko‘rmaganman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:25:16
40-bob. Boshiga musibat yetganda xafaligani bildirmagan kishi

Muhammad ibn Ka’b: «Jaza’ so‘zi - yomon so‘z aytish va yomon xayolga borish hamda Olloh taolo oxiratda beradirgan yaxshilig‘lardan noumid bo‘lish, demakdir»,-  deganlar.   Ya’qub   alayhissalom:   «Men   o‘z   dardu   qayg‘umni   yolg‘iz Ollohning o‘ziga izhor qilg‘aydirman» ,— deganlar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Abu Talhaning o‘g‘li kasal bo‘lib, vafot etgandi. Ushanda Abu Talha tashqarida yurgan erdi. Xotini o‘g‘lining o‘lganini ko‘rib, mayyitga kerak bo‘ladirgan ayrim narsalarni tayyorlab, uyning bir chekkasiga olib borib qo‘ydi. Abu Talha uyga kirib: «Bolaning ahvoli nechuk?»-deb so‘radi. Xotini: «Bir oz tinchib qoldi, orom olib uxlayotgan bo‘lsa kerak»,- dedi. Abu Talha xotini rost aytayapti, deb o‘yladi. O’sha kecha yotib, erta bilan turib g‘usl qildi. Keyin, uyidan chiqib ketmoqchi bo‘lganida, xotini bolasining vafot etganini aytdi.

Abu Talha Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qib bo‘lgach, xotini birlan o‘zi o‘rtasida bo‘lgan voqeani aytib berdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shoyadki, Olloh taolo ikkalangizning ham tuningizga barakot bersa (ya’ni, Olloh farzand bersa)!» - dedilar. Sufyon raziyallohu anhu: «Ansoriylardan bir kishi Abu Talhaning xotini to‘qqizta bola ko‘rganini, ularning hammasi Qur’on tilovat qilmakka mohir bo‘lganini menga aytdi»,- deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:25:29
41-bob. Boshiga musibat tushgan dastlabki vaqtlarda sabru toqat qilmoq haqida

Hazrat Umar raziyallohu anhu rivo,yat qiladirlar: «Adolat ham yaxshi, buning evaziga olinadirgan savob ham yaxshidir! Shundoq odamlar bordirki, boshlariga musibat tushganda: «Inno li-l-lohi va inno ilayhi roji’un» (Biz Ollohning bandalaridirmiz va hammamiz uning dargohiga qaytib borg‘aymiz) deb aytishadi. Ana shundoq deydigan insonlarni Olloh taolo yarlaqaydir va ulardan rahmatini darig‘ tutmaydir, ana shundoq insonlar hidoyatga erishgan bandalardir! Olloh taolo bu xususda bundoq deydir: «Va-sta’iynuu bi-s-sabri va-s-saloti va innaho la-kabiyratun illo ala-l-xoshi’iyn» (sabru toqat qilsangiz, namoz o‘qisangiz, dardu alamingiz yozilg‘aydir, darhaqiqat, sabru toqat qilmoq hamda namoz o‘qimoq Ollohdan qo‘rquvchilardan o‘zgalargagina amri maholdir!).

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullox sallallohu alayhi va sallam: «Boshiga musibat tushgan dastlabki vaqtlarda sabru toqat qilmoq ko‘proq savoblidir»,- deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:25:43
42-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Biz sendan ajrab qolayotganimizdan xafamiz»,- deganlari

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Musibat yetganda) ko‘zdan yosh oqg‘aydir, ko‘ngil g‘am chekkaydir»,-deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:26:10
43-bob. Kasal huzurida yig‘lamoq haqida

Abdullohibn Umar rivoyat qiladirlar: «Sa’d ibn Uboda betob bo‘lib qoldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdurrahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos va Abdulloh ibn Mas’ud birlan birga ko‘rgani kirganlarida, bola-chaqalari uning tevaragida turishgan erkan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Vafot etdimi?» - dedilar. «Yo‘q, yo Rasululloh»,-deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yig‘ladilar. Ul kishining yig‘laganlarini ko‘rib, boshqalar ham yig‘ladi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eshitmakdamisiz, Olloh taolo ko‘z yoshi va dil qaygusi uchun azob bermag‘aydir. Lekin, mana buning uchun azob berg‘aydir yoki rahm qilg‘aydir»,-deb tillariga ishora qildilar».

Mayyit o‘z ahlining unga motam tutib (dod solib) yig‘lashi sababli (qabrda) azob chekkaydir. Hazrat Umar raziyallohu anhu dod solib yig‘laganlarni aso birlan urur erdilar, tosh otib, tufroq sochib haydar erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:26:27
44-bob. Janob Rasulullohning dod solib yig‘lamoqni man’ qilganlari va uni qattiq qoralaganlari

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Zayd ibn Horisa, Ja’far va Abdulloh ibn Ruvohaning o‘ldirilgani to‘g‘risidagi xabar yetib kelganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yuzlaridan xafaliklari shundoqqina bilinib turar erdi. Men eshikning tirqishidan qarab turgandim. Shunda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, Ja’farning xotinlari yig‘lashayotir»,- deb aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni yig‘idan to‘xtatmakni buyurib, odam yubordilar. U kishi qaytib kelib: «Ular menga itoat qilishmayotir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkinchi marta xotinlarni yig‘idan to‘xtatmakni buyurdilar. Boyagi kishi ketdi, keyin yana qaytib kelib: «Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, ular menga bo‘yinsunmayotirlar»,- dedi. Men bo‘lsam: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u.kishiga: «Yig‘layotgan xotinlarning og‘ziga tufroq sochg‘il!»-dedilar, deb o‘ylab, «Olloh burningni yerga ishqagur! Yo buyruqni bajarmading va yo Rasulullohni ovora qilmakdan to‘xtamading!» - dedim».

Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Boshimizga musibat tushganda dod solib yig‘lamaslikka Rasululloh sallalohu alayhi va sallamga bay’at qildik (qasam ichdik). Lekin, quyidagi beshta ayoldan boshqasi o‘z ontiga vafo qilmadi: Ummu Sulaym, Umm ul-Alo, Muozning xotini - Binti Abu Sabra va yana ikki xotin» (yoki «Binti Abu Sabra, Muozning; xotini va boshqa xotinlar»,- dedilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 09 Oktyabr 2006, 15:26:45
45-bob. Janozani ko‘rganda o‘rnidan turmoq

Omir ibn Rabi’a rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi  va sallam: «Janoza kelayotganini ko‘rsangiz, o‘rningizdan turib, o‘tib ketguncha kutib turingiz!» -deganlar, Humaydiy raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (janoza) o‘tib ketguncha yoki mayyit (elkadan) yerga qo‘yilguncha, deganlar»,- deb qo‘shimcha qiladirlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 09 Oktyabr 2006, 21:18:43
46-bob. Janozani hurmat qilib o‘rnqdan turgan odam qachon o‘tiradir?

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangiz janoza kelayotganini ko‘rsangiz-u, janoza birlan birga (masjidga yokim mozorga) bormak niyatingiz bo‘lmasa, uni o‘tkazib yuborguningizcha yokim u o‘tib ketgunicha yokim mayyit (elkadan) yerga qo‘yilguncha o‘rningizdan turib, kutib turintiz!» - deganlar».

Sa’id al-Maqyuriy rivoyat qiladirlar: «Bir janozada erdik, Abu Hurayra Marvonni qo‘lidan ushlab, «o‘tiraylik» deb imladi, ikkalalari mayyit yerga qo‘yilmasdan burun o‘tirib olishdi. Shunda Abu Sa’id raziyallohu anhu kelib, Marvonni qo‘lidan ushlab: «Turg‘il o‘rningdan! Ollohga qasam ichib ayturmenkim, (Abu Hurayra) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning mayyit (elkadan) qo‘yilmasidan burun o‘tirmoqni man’ qilganlarini (yaxshi) bilg‘aydir»,- dedilar. Shunda Abu Hurayra: «To‘g‘ri aytadilar»,- dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 09 Oktyabr 2006, 21:20:44
47-bob. Tobutni ko‘tarishib borgan kishi, uni odamlar yelkalaridan tushirib, yerga qo‘ymagunlaricha o‘tirmaydir, mabodo o‘tirsa, turish buyuriladir

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar janoza kelayotganini ko‘rsangiz, o‘rningizdan turingiz, basharti ko‘tarishib borsangiz, yelkalardan tushirilib, yerga qo‘yilmaguncha o‘tirib olmangiz!» - deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 09 Oktyabr 2006, 21:22:11
48-bob. Yahudiy mayyitning tobutini ko‘rib, o‘rnidan turgan kishi haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Yonimizdan bir mayyitning tobutini ko‘tarib o‘tishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turdilar, biz ham turdik. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Yo Rasululloh, bu mayyit yahudiy-ku?!» - dedik. Rasululloh: «Mayyitni ko‘rganingizda o‘rningizdan turingiz!»-dedilar».

Abdurrahmon Abu Laylo rivoyatqiladirlar: «Sahl ibn Hanif va Qays ibn Sa’d Qodisiyada o‘tirishgan erdi, yonlaridan bir mayyitning tobutini ko‘tarib o‘tdilar. Shunda ikkovlari o‘rinlaridan turishdi. Buni ko‘rganlar ulardan: «Bu mayyit zimmiylardan-ku?!»-deyishdi. Shunda ular bunday deb javob qildilar: «Bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yonlaridan bir mayyitning tobutini ko‘taryb o‘tib qoldilar. Shunda ul zot o‘rinlaridan turdilar. Keyin, uning yahudiy mayyiti ekanini aytishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «U ruh emasdirmi?!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 09 Oktyabr 2006, 21:23:19
49-bob. Mayyitni (tobutni) xotinlar ermas, erkaklar ko‘taradir

Sa’id al-Maqyuriy otasidan, u ersa Abu Sa’id al-Xudriydan bunday deb eshitgan erkan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyit tobutga solingach, uni erkaklar yelkalariga ko‘targanda, agar ul solih banda bo‘lsa, «Meni tezroq olib boringiz!»-deydir, agar solih banda bo‘lmasa, «Voy sho‘rim, meni qayoqqa olib ketmoqdasizlar?»- deydir. Uning ovozini insondan boshqa hamma narsa eshitg‘aydir, agar inson eshitsa erdi, hushidan ketib yiqilg‘ay erdi!»-deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 09 Oktyabr 2006, 21:27:47
50-bob. Janozani (tobutni) tez olib bormoq

Anas raziyallohu anhu: «Janozani (mayyitni) kuzatib borayotganingizda tobutning oldida ham, orqasida ham, o‘ngida ham, chapida ham yuraveringizlar!» -degan erkanlar. Boshqa bir kishi ersa: «Janozag‘a (tobutga) yaqin yuringizlar!» -degan erkan.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitni tezroq olib boringizlar! Agar ul solih banda bo‘lsa, unga yaxshilig‘ qilib, tezroq manzilga yetkazgan bo‘lursiz, agar aksincha bo‘lsa (ya’ni, solih banda bo‘lmasa), yomonni yelkangizdan tezroq tushirib, undan tezroq qutulgan bo‘lursiz»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muslima_subh 09 Oktyabr 2006, 21:38:07
51-bob. Tobutda yotgan mayyitning «Meni tezroq olib boringiz!» deb aytishi haqida

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitni tobutga solib, uni kishilar yelkalariga ko‘tarishganda, agar ul solih banda bo‘lsa, «Meni tezroq olib boringiz!» - deydir, basharti solih bo‘lmasa, «Voy sho‘rim, meni qayoqqa olib ketmoqdasizlar?»-deydir. Uning ovozini insondan boshqa hamma narsa eshitg‘aydir, agar inson eshitsa erdi, hushidan ketib yiqilg‘ay erdi»,- deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:16:37
52-bob. Janozada imomning orqasida ikki yoki uch saf bo‘lib turmoq

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (habash podshohi) Najoshiyga (g‘oyibona) janoza o‘qidilar, men ikkinchi yoki uchinchi safda turdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:17:55
53-bob. Janozadagi saflar bayoni

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najoshiyning vafot etganini sahobalarga aytib, so‘ng oldinga - imomlikka o‘tdilar. Sahobalar ul zotning orqalarida saf tortdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘rt bor takbir aytdilar».

Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni  ko‘rgan zotlardan biri  menga:  «Rasululloh sallallohu alayhi  va sallam bir mo‘‘minning janozasiga borib, sahobalarni saf qildilarda, to‘rt marta takbir aytib janoza o‘qidilar»,- deb erdi». Shayboniy: «Ey Abu Amr, sizga buni kim aytdi?»-deb Sha’biydan so‘raganda, u: «Ibn Abbos raziyallohu anhu aytdi»,-degan erkan.

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bugun Habashistonda bir solih odam vafot etdi, kelingiz, shul yerda turib unga (g‘oyibona) janoza o‘qiydirmiz!»-dedilar. Biz saf tortdik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldinga o‘tib, unga janoza o‘qidilar, biz ul kishiga iqtido qildik». Abu Zubayrga Jobir: «Men o‘shanda ikkinchi safda turgan erdim», -degan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:18:23
54-bob. Janoza namozida bolalarning kattalar birlan birga safda turishi

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam notanish bir mayyitning qabri yonidan o‘tayotib: «Bu mayyit qachon dafn qilindi?» - dedilar. «Kecha kechasi»,- dedik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni chaqirsangiz bo‘lmasmidi?»-dedilar. Sahobalar: «Qorong‘i kechada ko‘mdik, sizni bezovta qilmakni xohlamadik»,- deyishdi. So‘ng Rasululloh sallallohu alayhi va sallam janoza o‘qimoqqa kirishdilar. Biz orqalarida saf tortdik. Men ersam o‘sha paytda yosh bola erdim». .
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:18:45
55-bob. Mayyitga janoza o‘qishning sunnat ekanligi to‘g‘risida

Imom Buxoriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki mayyitga janoza o‘qig‘aydir, unga bir qiyrot savob tekkaydir»,- deganlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Do‘stu birodarlaringizga o‘zingiz janoza o‘qingizlar!» - deganlar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Najoshiyga janoza o‘qingizlar!» - deganlarida, janozani «namoz» deb atab: «Uning ruku’ va sajdalari bo‘lmag‘aydir, uni o‘qiyotganda (dunyoviy so‘zlar) so‘zlanmaydi, faqat takbiri tahrima aytilib, salom berilg‘aydir»,- deganlar. Ibn Umar janozadan avval albatta tahorat olar erdilar hamda kun chiqayotgan va botayotganda janoza o‘qimas erdilar. Ibn Umar raziyallohu anhu qo‘llarini ko‘tarib takbir aytar erdilar. «Sahobalar va ularning avlodlari orasida shundoq kishilarni uchratdimki,- deydilar Hasan Basriy,- ulardan janoza va farz namozlarini o‘qimoqqa haqlilari, janoza vaqtida yokim hayit namozida tahoratlari sinib qolsa, tayammum qilmay, suv qidirib topib, albatta qayta tahorat olg‘ay erdilar. Agar janoza o‘qilayotgan vaqtda kelib qolishsa, o‘zlari takbiri tahrima aytishib, boshqalarga qo‘shilib janoza o‘qiyverar erdilar».

Ibn Musayyab: «Kishi janoza namozida xoh kechasi bo‘lsin, xoh kunduzi bo‘lsin, xoh muqimlikda va xoh musofirlikda bo‘lsin, baribir to‘rt marta takbir aytg‘aydir»,- deydilar. Anas raziyallohu anhu: «Birinchi takbir - namozni boshlashda aytiladirgan takbiri tahrimadir, Olloh taolo: «Munofiqlardan birortasi o‘lsa, unga zinhor janoza o‘qimangiz!»-deydir. Janoza namozida odamlar saf tortg‘aydir, imom ersa, oldinga o‘tib janoza o‘qig‘aydir»,- deganlar.

Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir mo‘‘minning janozasiga borgan kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam janozada bizga imomlik qildilar, biz orqalarida saf tortdik»,- deb aytdi». «Ey Abu Amr, bu hadisni sizga kim aytdi?»- deb Sha’biydan so‘rashganda, u: «Ibn Abbos aytdi»,- deb javob bergan erkan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:19:09
56-bob. Janozaga borishning fazilati

Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu: «Janoza o‘qisang, zimmangdagi vazifani bajaribsan» ,— deydilar. Humayd ibn Hilol: «Janoza o‘qib bo‘lgandan so‘ng, janoza egalaridan uyga qaytmoqqa ijozat so‘rashning sunnat ekanligini bilmasmiz-u, biroq kimki janoza o‘qib uyiga qaytsa, unga bir qiyrot savob tegmog‘ini yaxshi bilurmiz»,- deydilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra: «Kimki janoza namoziga qatnashg‘aydir, unga bir qiyrot savob tekkaydir»,- dedilar. Keyin u kishi bizga yana juda ko‘p hadislar ham aytib berdilar. Shunda Oisha onamiz Abu Hurayraning so‘zini tasdiqlab: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shundoq deganlarini men ham eshitgandirmen»,- dedilar. Men: «Unda, juda ko‘p qiyrot savoblarni boy beribmiz-da!»-dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:19:20
57-bob. Mayyit dafn qilinguncha kutib turgan kishi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki janozada qatnashib, janoza namozini o‘qig‘aydir, unga bir qiyrot savob tekkaydir, kimki janoza namozini o‘qib, mayyit dafn etilguncha ketmay tursa, unga ikki qiyrot savob tekkaydir?» -dedilar. Shunda odamlar: «Yo Rasululloh, ikki qiyrot qanchadir?»-deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Ikkita katta tog‘dek kelur»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:21:28
58-bob. Kattalar birlan birga yosh bolalarning ham janoza namozi o‘qimogi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir qabrning oldiga kelganlarida, sahobalar: «Bu qabrdagi kishi o‘tgan kuni dafn qilingan»,- deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida saf tortdik, ul kishi qabrdagi mayyitga janoza o‘qidilar (Ibn Abbos o‘sha paytda yosh bola bo‘lganlar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:22:27
59-bob. Namozgoxda va masjidda janoza namozi o‘qimoq

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Habashiston podshohi Najoshiyning vafot etganligini bizga aytib: «Birodaringiz haqqiga talabi mag‘firat qilingizlar!»- dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobai kiromlarini namozga safladilar, so‘ng to‘rt marta takbir aytib, marhum Najoshiyga janoza namozi o‘qidilar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Yahudiylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga zino qilgan bir erkak birlan bir xotinni tutib olib kelishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam buyurdilar, ularni masjid oldidagi janoza o‘qiydirgan joyga olib borishib, toshbo‘ron qilishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:23:51
60-bob. Qabrlarni sajdagoh qilib olmoqning makruhligi haqida

Hazrat Alining o‘g‘illari Hasan vafot etganda xotinlari Fotima qabr ustiga chodir qurdilar. Chodir bir yilgacha o‘sha yerda turdi, so‘ng buzib yig‘ishtirishdi. Shunda hotifdan: «Ayo, yo‘qotgan kishilarini topishdimi?»-degan ovoz keldi. Unga ikkinchi   bir  ovoz:   «Aksincha,  umidsiz  bo‘lib   qaytib   ketdilar»,-  deb  javob qaytardi».

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etmaslaridan oldin betob bo‘lib yotganlarida: «Olloh taolo yahudiy va nasorolarga la’nat yuborsin! Ular sobiq payg‘ambarlar qabrlarini sajdagoh qilib oldilar» ,— degan edilar».

Oisha onamiz shu so‘zni eslab: «Agar qabrlarni sajdagohga aylantirib olmoq xavfi bo‘lmaganda erdi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qabrlari atrofini ochiq holda qoldirishar erdi. Afsuski, Janob Rasulullohning qabrlarini mahkamlashga to‘g‘ri keldi. Lekin, men hali ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yotgan hujrani masjid qilib olmoqlaridan qo‘rqg‘ayman»,- dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:24:20
61-bob. Tug‘olmay o‘lgan xotinlarga janoza o‘qimoq haqida

Sumra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida turib (ya’ni, iqtido qilib), tug‘olmay vafot etgan xotinga janoza o‘qidim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, mayyit belining to‘g‘risida turib janoza o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:24:49
62-bob. Imom xotin kishining janozasida qaerda turadi-yu erkak kishining janozasida qaerda turadi?

Sumra   ibn   Jundub  raziyallohu   anhu   rivoyat   qiladirlar:   «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida turib, tug‘olmay o‘lgan bir xotinning janozasini o‘qidim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, mayyitning beli qarshisida turdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:25:28
63-bob. Janoza namozida to‘rt marta takbir aytmoq

Humayd rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu bizga imomlik qilib janoza namozi o‘qidilar. Shunda ul kishiga: «Uch marta takbir aytdingiz»,-deyishdi. Anas yana bir marta takbir aytib, so‘ng salom berdilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najoshiy vafot etgan kuniyoq bu haqda xabar berdilar. So‘ng, sahobai kiromlar bilan namozgohga chiqdilar. Ularni saflab, to‘rt marta takbir aytib, Najoshiyga janoza namozi o‘qidilar».

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Habashiston podshohi Najoshiyga to‘rt marta takbir aytib, janoza namozi o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:26:47
64-bob. Janoza namozida surai «Fotiha» ni o‘qimoq

Hasan Basriy rivoyat qiladirlar: «Go‘dak bolaning janozasida surai «Fotiha» o‘qilg‘aydir, keyin «Ollohum-ma-j’alhu lano salafan va fartan va ajran (Ilohi, bu go‘dakni, jannatga bizdan avval borib, joy tayyorlab turguvchi va erta vafot etganligiga sabr qilmog‘imiz evaziga bizlarga savobu mukofotlar ato etmog‘ingga sababchi qilg‘aysen!)»,- deyiladir».

Talha raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhuga iqtido qilib namoz o‘qidim. O’shanda u kishi surai «Fotiha» ni o‘qib, so‘ng: «Surai «Fotiha» ni janozada o‘qimoq sunnat ekanligini bilishsin, deb ataylab o‘qidim»,-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:27:01
65-bob. Mayyit dafn qilingandan so‘ng qabr snida janoza namozi o‘qimoqning joizligi

Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir mo‘‘min bandaning janozasiga borgan kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr tepasida janoza namozi o‘qidilar, sahobalar ul kishiga iqtido qildilar»,- dedi».

Shayboniy: «Bu hadisni sizga kim aytdi?»-deb Sha’biydan so‘raganimda, u menga: «Ibn Abbos raziyallohu anhu aytdi» deb javob qildi»,- deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Masjidni supurib yuradirgan bir qora odam vafot etdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bundan bexabar erdilar. Bir kuni o‘shal odam yodlariga tushib: «Anavi odamga ne bo‘ldi?» - dedilar. Sahobalar: «Yo Rasululloh, u vafot etgan»,- deyishdi. «Menga bildirmabsizlar-da!»-dedilar Rasululloh. Sahobalar: «U undoq edi, bundoq edi»,- deb uni kamsitishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Menga qabrini ko‘rsatingiz!»-dedilar. Sahobalar uning qabrini ko‘rsatishgan erdi, Janob Rasululloh unga janoza namozi o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:27:15
66-bob. Mayyit oyoq tovushlarini eshitg‘aydir

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mayyit qabrga qo‘yilgach, barcha birodarlarining qaytib ketayotgandagi oyoq tovushlarini eshitib turg‘aydir. Qabrga ikkita farishta kirib, mayyitni o‘tirg‘izib qo‘yg‘aydir. Shunda ikkala farishta mayyitga: «Mana bul kishi, ya’ni Muhammad alayhissalom to‘g‘rilarida ne der erding?»-deydir. Mayyit: «Bul kishining Ollohning bandasi va elchisi ekanligiga guvohlik bergaymen»,- deydir. Shunda unga: «Do‘zaxdagi o‘rningga qarag‘il, Olloh taolo senga uning o‘rniga jannatdan joy almashtirib berdi»,- deyishadir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam so‘zlarida davom etib, yana bunday dedilar: «Banda (mayyit) o‘zining do‘zaxdagi va jannatdagi o‘rnini ham ko‘rg‘aydir. Ammo, ul kofir yokim munofiq ersa: «Bul kishi kim?» - deyilganda, «Odamlar bir narsa der erdi, men ham ular ne deyishgan bo‘lsa, shundoq der erdim»,- deydir. Shunda Munkar-Nakir: «Ul kishini ham tanimagandirsen (bilmagandirsen), Qur’oni Kariymni ham tilovat qilmagandirsen»,- deb olov-gurzi birlan qulog‘ining tagiga urg‘aydir. Mayyit qattiq qichqirg‘aydir, uning ovozini atrofdagi barcha narsalar eshitg‘aydir, faqat insonlar va jinlar eshitmag‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:27:28
67-bob. Bayt ul-Muqaddasga yoki shu kabi (muqaddas) joylarga dafn etilmog‘ini istagan shaxs haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Olloh taolo Malak ul-mavtni (O’lim farishtasini) Muso alayhissalomning huzurlariga yubordi. Muso alayhissalom (uyga ijozatsiz kirgan odam, deb o‘ylab) bir musht urib, uning ko‘zini chiqardilar. Malak ul-mavt Olloh taoloning dargohiga qaytib borib: «Meni o‘lmoqni istamagan kishining oldiga yuboribdirsen»,- dedi. Olloh taolo farishtaning ko‘zini qaytarib berib (joyiga keltirib): «Musoning oldiga qaytib borib aytg‘il, qo‘lini ho‘kizning ustig‘a qo‘ysin, qo‘li yopib turgan tuklarning har biri uchun unga bir yildan umr berg‘aydirmen!»-dedi. Muso: «Yo Rabbiy, andin keyin-chi?»-dedilar. Olloh taolo: «Andin so‘ng - o‘lim!»-dedi. Muso alayhissalom: «Undoq bo‘lsa, hozir (jonimni ola qolsin)!»-dedilar-da, Olloh taolodan: «Mening qabrim «Bayt ul-Muqaddasga bir tosh otim masofada yaqin bo‘lsa!» - deb iltimos qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar o‘shal yerda bo‘lganlaringizda erdi, men sizlarga Musoning yo‘l yoqasidagi qizil qum tepaligi ustida o‘rnashgan qabrini ko‘rsatg‘ay erdim»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:28:10
68-bob. Kechasi dafn qilmoq

Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu kechasi dafn qilinganlar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi dafn qilingan bir kishiga janoza namozi o‘qidilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turdilar, orqalaridan sahobalar ham turishdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qabrdagi kimdir?» - deb so‘ragan erdilar, sahobalar: «Falonchi, kecha kechasi dafn qilindi»,- deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:28:21
69-bob. Qabr ustiga masjid qurmoq

Oisha onamiz raziyalloxu anxo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lib yotganlarida, xotinlari (Ummu Salama va Ummu Habiba) ul kishiga Habashistonda o‘zlari ko‘rgan kanisa to‘g‘risida so‘zlab berishdi. O’sha kanisa «Mariya» deb atalar erdi. Uni Ummu Salama birlan Ummu Habiba raziyallohu anhumo Habashistonga borishganda ko‘rgan bo‘lib, ularni kanisaning chiroyi va uning ichidagy suratlar jalb etgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshlarini ko‘tarib: «Ular, agar oralaridan bir solih kishi vafot etg‘aydir, uning qabri ustiga kanisa qurg‘aydirlar, so‘ng ichiga suratlar chizg‘aydirlar. Ular Olloh taolo dargohida eng yomon otlig‘ insonlardir!»-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:28:32
70-bob. Xotin kishini qabrga kim qo‘yadir?

Anas raziyalloxu anxu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari - Ummu Gulsumning dafn marosimida qatnashdik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi  va  sallamga  qarasak,  qabr yonida turibdilar-u, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqayotir. Nogahon: «Orangizda bul kecha ayoliga yaqinlik qilmagan kishi bormidir?»-deb so‘radilar. «Men» ,— dedilar Abu Talha. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tushg‘il qabrga!»-dedilar. Abu Talha qabrga tushib, mayyitni lahadga qo‘ydilar». Fulayh raziyallohu anhu: «Nazarimda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Bul kecha gunoh qilmagan kim bordir?» -deb aytdilar shekilli»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:28:45
71-bob. Shahidga janoza o‘qimoq to‘g‘risida

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida shahid bo‘lganlarning har ikkitasini bir qabrga qo‘ydirar erdilar. Qabrga qo‘yilmog‘idan avval: «Bulardan qaysi biri Qur’onni ko‘proq yodlagandir?»-deb so‘rar erdilar. «Mana bunisi» deb ko‘rsatishgan mayyitni oldin lahadga qo‘ydirar erdilar. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bul kishilarga (Olloh yo‘lida jonini qurbon qilganlarga) qiyomat kuni men guvohdirmen!»-deb, ularning qonlarini yuvdirmay va janoza ham o‘qitmay dafn qildirar erdilar».

Uqba ibn Omir rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Uhud jangida shahid bo‘lganlarga o‘z ajali birlan o‘lgan mayyitga o‘qigandek janoza o‘qidilar. So‘ng, minbarga chiqib: «Men sizlardan avval borib (jannatdan joy) tayyorlab turg‘uvchimen va men sizning (qilgan yaxshi amallaringizga) guvohdirmen. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, hozir men Havzi Kavsarni ko‘rib turibdirmen, menga Yer xazinalarining kalitlari (yokim «Yer kalitlari»,- dedilar shekilli) berildi. Olloh haqqi-hurmati, men o‘lganimdan keyin sizlardan xotirjamdirmen, faqat, mol-dunyo ketidan quvmasangizlar, deb qo‘rqg‘aymen, xolos»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:28:56
72-bob. Ikki yoki uch mayyitni bir qilib dafn etmoq haqida

Jobir ibn Abdullox rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida shahid bo‘lgan kishilarning har ikkitasini bir qilib qabrga qo‘ydirar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:29:06
73-bob. «Shahidlarni yuvmoq lozim ermas»,- degan kishilar haqida

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shahidlarni (yuvmay) qonlari birlan dafn qilaveringizlar!» - dedilar. O’shal kuni shahidlarni hech kim yuvmadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:30:11
74-bob. Lahadga (birdaniga bir necha o‘lik qo‘yiladirgan bo‘lsa) kim avval qo‘yilg‘aydir?

Imom Buxoriy «lahad» so‘zining ma’nosi haqida bunday deydilar:  «Lahad qabrga nisbatan nishabroq bo‘lgani uchun ham lahad deyilg‘aydir, har bir jabr qilg‘uvchi odam ersa, mulhid deyilg‘aydir. Qur’oni Kariymdagi «multahidan» so‘zi ham «bir tekis nishab» degan ma’noni anglatg‘aydir. Agar lahad (qabr) nishab bo‘lmaganda erdi, zarih (sog‘ona) bo‘lgan bo‘lar erdi».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida halok bo‘lganlarning har ikkitasini bir qabrga qo‘ydirar erdilar. Qabrga qo‘yishdan avval: «Qaysi biri Qur’onni ko‘p yodlagandir?» - deb so‘rar erdilar. «Qur’onni ko‘p yodlagan mana shuldir»,- deb ko‘rsatishgan mayyitni oldin lahadga qo‘ydirar erdilar. So‘ng: «Men bularning (Olloh yo‘lida shahid bo‘lganlig‘iga) guvohdirman!»-deb ularning jarohatlaridagi qonni yuvdirmay va janoza ham o‘qitmay dafn qildirar erdilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida halok bo‘lgan har ikki shahiddan birini ko‘rsatib: «Bularning qaysi biri Qur’onni ko‘p yodlagandir?»-deb so‘rar erdilar. So‘ng, qaysi birini ko‘rsatishsa, o‘shani sherigidan avval qabrga qo‘ydirar erdilar. Mening otam birlan amakim ham bir jangda halok bo‘lib, ikkalalari bitta kafanga kafanlangandirlar»(?).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:30:30
75-bob. Qabrni (lahadni) berkitishda nzxir va boshqa o‘t-o‘lanlardan foydalanmoq

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo Makkai Mukarramani muhtaram qildi. Unda qon to‘kmoq mendan avval ham biror kishiga ruxsat etilmagan, mendan keyin ham biror kishiga ruxsat etilmag‘aydir. Menga ersa, fath kuni (Makka zabt etilgan kuni) bir soatgagina urush qilmoqqa ijozat berildi. Makkaning hatto ko‘katlarini yulmoq, daraxtlarini sindirmoq ham makruhdir! Unda ov qilinmag‘aydir, tushib qolgan narsaga tegilmag‘aydir. Tushib qolgan narsani odamlarga ma’lum qilmoq uchungina qo‘lga olmoq mumkindir»,- dedilar. Shunda men: «Izxirnigina yulmoqqa ruxsat beringiz, chunkim biz undan bo‘yoq olg‘aymiz va uni qabrni (lahadni) yopishda ishlatg‘aydirmiz»,- dedim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Izxirni bo‘lsa, mayli!» - dedilar. Abu Hurayra: «Rasululloh o‘shanda «Qabrlarimiz va uylarimiz uchud bo‘lsa, mayli!» deb aytdilar»,-deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:30:46
76-bob. Mayyit, biror sababga ko‘ra, qabrdan yoki lahaddan qayta kavlab olinadirmi?

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ubay qabrga qo‘yilgandan so‘ng kelib, uni qayta kavlab olmoqni buyurdilar. Abdullohni qabrdan chiqarib olishdi. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdullohning boshini tizzalariga qo‘yib, dam soldilar-da, unga o‘zlarining ko‘ylaklarini kiydirdilar (buning sababini Olloh bilg‘aydir). Abdulloh, hayotligida, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning amakilariga bir ko‘ylak kiydirgan erdi. Sufyon birlan Abu Hurayra bundoq deyishadir: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ikkita ko‘ylaklari bo‘lib, bir kuni Abdullohning o‘g‘li: «Yo Rasululloh, ustingizdagi ko‘ylagingizni otamga kiydiringiz!» - deb aytdi». «Sahobalar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdullohning amakilariga qilgan yaxshilig‘i evaziga o‘z ko‘ylaklarini berdilar, deb o‘ylashdi»,- deydilar Sufyon. Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Uhud jangi ketayotgan kunlardan birida, kechasi meni otam chaqirib: «Nazarimda, Rasulullohning sahobalaridan birinchi bo‘lib men shahid bo‘ladirganga o‘xshayman. Mening qarzim bor, uni uzg‘il, opa-singillaringga yaxshilik qilg‘il!» - dedilar. Tong otdi, Otam rahmatlik birinchi bo‘lib shahid bo‘ldilar. Otamga qo‘shib yana bir kishini qabrga qo‘yishdi. Otamni boshqa bir kishi birlan birga qabrda qoldirmoqqa ko‘nglim bo‘lmadi. Olti oydan so‘ng otamni qabrdan qayta kavlab oldim. Bundoq qarasam, ul kishi xuddi shu bugun, endigina qabrga qo‘yilgandek yotibdilar. Faqat quloqlarining bittasi sal o‘zgargan». Jobir raziyallohu onhu rivoyat qiladirlar: «Otamga qo‘shib yana bir kishini qabrga qo‘yishdi. Otamni begona kishi birlan birga qabrda qoldirmoqqa ko‘nglim bo‘lmadi. So‘ng, otamni qabrdan qayta kavlab olib, alohida dafn qildim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:30:58
77-bob. Qabrga lahad va yorma qilmoq

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud jangida o‘lganlarning ikkitasini bir qilib qabrga qo‘ydirar erdilar. Qabrga qo‘yishdan avval: «Qaysi biri Qur’onni ko‘proq bilg‘aydir»,- deb so‘rar erdilar. Qaysi birini ko‘rsatishsa, o‘shanisini oldin lahadga qo‘ydirar erdylar. So‘ng: «Men bularga qiyomat kuni guvohdirmen!» - der erdilar. Janob Rasululloh shahidlarning jarohatlaridagi qonni yuvdirmay va g‘usl qildirmay, dafn qildirar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:31:28
78-bob. Agar bola islomga kirishi bilan o‘lsa, unga janoza namozi o‘qiladirmi?

Hasan Basriy, Shurayh, Ibrohim va Qatodalar bunday deyishgan erkan: «Agar biror oiladagi ota-onadan bittasi islomga kirsa, bolasi ham u birlan birga islomga kirgan hisoblanur. Masalan, Ibn Abbos raziyallohu anhu ham o‘z qavmining dinida qolgan otasi birlan birga ermas, balki islom hali zaif bo‘lgan vaqtda musulmon bo‘lgan onasi birlan birga erdi. Islom yuksalg‘aydir, undan o‘zga dinlar yuksalmag‘aydir!»
Solim ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar Rasululloh sallallohu alayhi   va  sallam  birlan  birga  bir  to‘da  odamlar  yo‘ldoshligida   Ibn   Sayyod yashaydirgan tomonga bordilar. Ibn Sayyodni Baniy Mug‘ola qal’asi yonida bolalar birlan o‘ynab turganda uchratishdi. Ibn Sayyod balog‘atga yetib qolayozgan erdi. U, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari birlan yelkasiga qoqmagunlaricha, kelganlarini sezmadi. Janob Rasululloh: «Mening Ollohning elchisi erkanlig‘imga guvohlik berg‘il!» - dedilar. Ibn Sayyod Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qarab: «Guvohlik berg‘aymen, siz, darhaqiqat, ummiylarning (savodsizlarning) payg‘ambaridirsiz, lekin siz o‘zingiz ham mening Ollohning elchisi erkanlig‘imga guvohlik berg‘aymisiz?» - dedi shakkoklik qilib. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning gapini rad qilib: «Men Olloh va uning payg‘ambarlariga ishong‘aymen, sen ne demoqchidirsan o‘zi?»-dedilar. Ibn Sayyod: «Menga (miyamga) gohi chin, gohi yolg‘on gaplar kelg‘aydir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Seni shayton vasvasa qilg‘aydir, men senga ko‘nglimdagi bir gapni aytayin!» - dedilar. Ibn Sayyod «Dux... » degancha qoldi. Rasululloh: «Jim bo‘lg‘il, hech qachon sen payg‘ambarlarga keladirgan vahiydan boxabar bo‘lolmassen!» - dedilar. Darhaqiqat, Janob Rasululloh «Fa-rtaqib yavma ta’tiyu-s-samo’u bi-duxonin mubiynin» degan oyatni o‘qimoqchi bo‘lgan erdilar. Ibn Sayyod ana shu oyatdagi «duxon» (tutun) so‘ziga ishora qilg‘an erdi (oyatning mazmuni: «Osmonni tutun qoplaydirgan kunni kutg‘il!»). Shunda Hazrat Umar: «Uni menga qo‘yib beringiz, kallasini olib tashlaydirmen!» - dedilar. Janob Radululloh sallallohu alayhi va. sallam: «Agar u Dajjol bo‘lsa, unga siz hukmingizni o‘tkaza olmassiz, bordi-yu, Dajjol bo‘lmasa, o‘ldirmog‘ingizdan sizga ne naf?» - dedilar». «Keyinchalik,- deydilar Ibn Umar,- Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ubay ibn Ka’b birlan birga Ibn Sayyod birlan uchrashishgan o‘shal xurmo daraxti ostiga borishdi. Ular Ibn Sayyodga yo‘liqmasdan ilgari uning to‘g‘risida biror narsa bilib olmoqchi bo‘lishgan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qarasalar, Ibn Sayyod bir baxmal mato ustida yonboshlab yotibdir. Matoda qandaydir bir sirli alomat (yokim ovoz) borligi sezilib turar erdi. Shunda Ibn Sayyodning onasi Janob Rasulullohning xurmo daraxti panasidan kuzatib turganlarini ko‘rib qolib, «Ey Sof (onasi uni shundoq derdi), qarag‘il, ana Muhammad!» - dedi. Ibn Sayyod o‘rnidan sapchib turdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar onasi indamay turganida, Ibn Sayyodning sirini bilib olgan bo‘lur erdik»,- dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir yahudiy bola Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xizmatlarini qilib yurar erdi. Bir kuni u kasal bo‘lib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uni ko‘rgani bordilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning bosh tomoniga o‘tirib: «Islomga kirg‘il!» - dedilar. Bola yonida o‘tirgan otasiga qaradi. Otasi bolaga: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallamga (ya’ni, Rasulullohga) itoat etg‘il!» - dedi. Bola islomga kirdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bolani do‘zax o‘tidan qutqargan Ollohga shukr!» - deb tashqari chiqdilar».

Ubaydullohga Ibn Abbos bunday degan erkanlar: «Men va onam (Makkadan Madinaga hijrat qila olmay,  Makkada qolgan) zaif va nochor musulmonlardan erdik. Men bolalarning, onam ersa ayollarning orasinda eng nochori erdi».

Ibn Shihob rivoyat qiladirlar: «Har bir vafot etgan bolaga, garchi uni kofir yokim buzuq xotin tuqqan bo‘lsa ham, janoza o‘qilg‘aydir. Islom millatida tug‘ilgan, ota-onasi musulmonlikni da’vo qilayotgan yokim onasi musulmon bo‘lmasa ham, otasi o‘zini «musulmonman» deyayotgan har bir tirik tug‘ilgan bolaga janoza o‘qilgaydir. Chirqirab tug‘ilmagan bolaga, tushib qolganligi sababli, janoza o‘qilmaydir.

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Aslida har bir bola tabiatan (sog‘lom) musulmon tug‘ilg‘aydir. Keyin, ota-onasi uni, kamchiliksiz tug‘ilgan hayvon bolasining dumi, qulog‘i yokim shoxini qirqishgandek, istasa — yahudiy qilg‘aydir, istasa — nasoro qilg‘aydir, istasa — majusiy qilg‘aydir. Birorta buzoqning qulog‘i yokim dumi kesilgan holda tug‘ilganini ko‘rganmisizlar?» — der erdilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Olloh taolo insonga ato etgan tabiat — islomga moyil tabiatdir, bunga Olloh taoloning oyati kariymasi dalildir!» deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Islomga qalbi moyil bo‘lib tug‘ilmagan birorta ham bola bo‘lmag‘aydir, barcha bolalarning qalbi islomga moyil bo‘lib tug‘ilg‘aydir, keyin ota-onasi uni, hamma a’zosi benuqson tug‘ilgan hayvon bolasining dumi, qulog‘i yokim shoxini kesishgandek, yo yahudiy, yokim nasoro, yohud majusiy qilg‘aydir. Yokim birortangiz hayvon bolasining qulog‘i yo burni kesik holda tug‘ilganini ko‘rganmisiz?» — der erdilar. Olloh taolo inson bolasiga azaldan ato etgan tabiatni o‘zgartirmoq yaramaydir, bunga «Ollohning maxluqini (Olloh yaratgan jonzodni) o‘zgartirish mumkin ermas!» degan oyati kariyma dalildir!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:31:51
79-bob. Agar mushrik o‘limi oldidan «Lo iloha illalloh» desa....

Sa’id ibn Musayyabning otalari rivoyat qiladirlar: «Abu Tolib vafot etayotganlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u kishining huzurlariga keldilar. U yerda Abu Jahl ibn Hishom va Abdulloh ibn Abu Umayya ibn al-Mug‘iyrani ko‘rdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Tolibga: «Ey amaki, «Lo iloha illalloh» deb kalima keltiringiz! Men bunga Olloh taolo huzurida guvoh bo‘layin!» — dedilar. Shunda Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayya: «Ey Abu Tolib, Abd ul-Mutallib dinidan qaytg‘aymisen?» — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kalima keltiringiz!» — deb qayta-qayta aytaverdilar. Boyagilar bo‘lsa, o‘zlarining gaplaridan qolishmadi. Nihoyat, Abu Tolib o‘zining Abd ul-Mutallib dinida  ekanligini  aytib,  jon taslim  qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qasamyod etib ayturmenkim, agar Olloh taolo rad etmasa, undan sizni kechirmog‘ini so‘rag‘aymen!»—dedilar. Olloh taolo: «Payg‘ambarning haqqi yo‘q... » — degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:32:04
80-bob. Qabrga ho‘l cho‘p (novda) sanchib qo‘ymoq

Burayda al-Aslamiy o‘zining qabriga ikkita ho‘l cho‘p (novda) sanchib qo‘ymaklarini vasiyat qildi. Ibn Umar, Abdurrahmonning qabri ustidagi chodirni ko‘rib: «Olib tashlag‘il, ey bola! Abdurrahmonga uning qilgan yaxshi amallari soya berg‘aydir!»—dedilar. Xorija ibn Zayd: «Usmon ibn Affonning zamonida biz yosh yigitcha erdik. Ichimizda eng sakrovchanimiz Usmon ibn Maz’unning qabridan bir sakrab o‘tib ketgan erdi»,— dedilar (demak, qabr ustida sag‘ana bo‘lib, undan qabrda yotgan mayyitga na foyda va na zarar bordir, foyda — mayyitning hayotligida qilgan solih amallaridir!).

Usmon ibn Hakim: «Xorija meni qo‘limdan ushlab qabr ustiga o‘tqazib qo‘ydi-da, amakisi Yazid ibn Sobitning qabr ustida qazoi hojat qilmoqni qoralaganini aytdi»,— deydilar. Nofi’ raziyallohu anhu: «Ibn Umar raziyallohu anhu qabr ustiga o‘ltirib ham dam olaverar erdilar»,— deydilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki qabr yonidan o‘tayotib: «Bu ikki qabrdagi mayyitlar azoblanmoqdalar, ammo katta gunohlari uchun azoblanayotganlari yo‘q. Ulardan biri siydigidan ehtiyot bo‘lmas erdi, ikkinchisi ersa, chaqimchilik qilur erdi»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir ho‘l novdani olib, ikkiga bo‘ldilar-da, har bir qabrga bittadan sanchib qo‘ydilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, nega bundoq qildingiz,?»—deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shoyad, shu ikki novda quriguncha azob ham barham topsa!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:32:19
81-bob. Muhaddisning qabr oldida va’z aytmog‘i va tinglovchilarning uning atrofida to‘planib o‘tirmogi

Hazrat Ali rivoyat qiladirlar: «Baqi’ ul-G’arqad degan joyda janozada bo‘ldik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizning oldimizga kelib o‘tirdilar, biz esa atroflarida o‘tirdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo‘llarida hassalari bor erdi. Janob Rasululloh boshlarini quyi solib fikr qildilar, so‘ng hassalari birlan yerni to‘qillatib: «Orangizda jannatdagi hamda do‘zaxdagi o‘rni oldindan belgilab qo‘yilmagan va baxtli yokim baxtsizligi peshonasiga yozilmagan birorta ham kishi yo‘qdir»,— dedilar. Shunda bir kishi turib: «Yo Rasululloh, undoq bo‘lsa, taqdirga tan berib, yaxshi ishlarga qo‘limiz bormay qolmag‘aydirmi? Oramizda kimki azaldan baxtli qilib yaratilgan bo‘lsa, u turgan gapki, baxtli kishilarga xos ishlarni qilgaydir, ammo peshonasiga azaldan baxtsizlik bitilgan kishi ersa, ma’lumki, baxtsiz kishilarga xos ishlarni qilgaydir»,— dedi.  Janob  Rasululloh sallallohu alayhi  va  sallam:  «Baxtli kishilarga baxt keltirguvchi ishlar, baxtsizlarga ersa, baxtsizlik keltirguvchi ishlar muyassar bo‘lg‘aydir»,- dedilar. So‘ng: «Fa ammo man a’to va-t-taqo» degan oyatni o‘qidilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:32:33
82-bob. O’zini-o‘zi o‘ldiruvchilar xaqidagi hadislar

Sobit ibn az-Zahhok raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki islom dinidan boshqa dinni o‘rtaga qo‘yib, ataylab yolg‘ondan qasam ichg‘aydir, o‘sha o‘zi aytgan dinga mansub bo‘lib qolg‘aydir. Kimki o‘zini temir birlan o‘ldirg‘aydir, o‘shal temir birlan unga jahannamda azob berilg‘aydir»,- deganlar».

Hasan raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jundub raziyallohu anhu bizga mana shu masjidda hadis aytib bergan erdilar, biz uni hali unutganimizcha yo‘q. Biz, Jundub raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haqlarida yolg‘on gap aytadirlar, deb ham qo‘rqmag‘aymiz. U kishining aytishlaricha, Janob Rasululloh bunday deb aytgan erkanlar: «Bir kishi o‘zini-o‘zi jarohatlab o‘ldirdi. Shunda Olloh taolo: «Bandam mendan ilgari o‘z jonini o‘zi oldi, uni men jannatdan mahrum qildim!»-dedi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’zini-o‘zi bo‘g‘ib o‘ldirgan odamni do‘zaxda bo‘g‘ishg‘aydir va o‘ziga-o‘zi pichoq urib o‘ldirgan odamni do‘zaxda pichoqlashg‘aydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:32:58
83-bob. Munofiqlarga janoza o‘qishning va mushriklarning gunohlarini tilab istig‘for aytishning makruhligi haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deb rivoyat qiladirlar: Abdulloh ibn Ubay ibn Salul vafot etganda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni unga janoza, o‘qimoq uchun chaqirishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam janoza o‘qimoqqa shaylanganlarida, men: «Yo Rasululloh, Ibn Ubayga janoza o‘qiydirmisiz? Axir, u falon va falon kunlari undoq degandi va bundoq degandi, deb uning illatlarini sanay ketdim. Men ko‘p so‘zlab yubordim shekilli, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga tabassum qilib: «Ey Umar, qani nariroq turg‘il-chi! Menga Olloh taolo tomonidan tanlamak ixtiyori berilgan, men tanladim. Agar men yetmishdan ortiq istig‘for aytganimda Olloh taolo uning gunohlarini mag‘firat qilmog‘ini bilsam, yetmishdan ortiq istigfor aytgan bo‘lur erdim»,- dedilar. Shundan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga janoza o‘qib, uylariga qaytdilar. Bir oz o‘tmay «Baroat» surasining ikki oyati nozil bo‘ldi («Ulardan kimki o‘lg‘aydir, sira ham janoza o‘qimag‘il!» degan joyidan to «Ular fosiqlardir!» degan yerigacha). Men keyinchalik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga jur’at qilib so‘zlaganimdan taajjublanib yurdim. Olloh va uning Rasuli eng ko‘p bilguvchidir! '
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:33:17
84-bob. Odamlarning mayyitni madh etishlari haqida

Abdulloh ibn Suhayb: «Anas ibn Molik raziyallohu anhudan bunday deb eshitdim»,— deydilar: «Bir kishini tobutda olib o‘tdilar. Odamlar uni maqtab, yaxshi so‘zlar aytishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Keyin, boshqa bir mayyitni olib o‘tishdi. Odamlar uning sha’niga yomon so‘zlar aytdilar. Janob Rasululloh bu gal ham: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Umar ibn Xattob ajablanib: «Ne vojib bo‘ldi?» —dedilar. Janob Rasululloh: «Bu bandaga yaxshilig‘ni ravo ko‘rib, maqtadingizlar, demak unga jannat vojib bo‘ldi, keyingisiga ersa, yomonlig‘ni ravo ko‘rib, yomonladingizlar, demak unga do‘zax vojib bo‘ldi. Sizlar Olloh taoloning yer yuzidagi guvohlaridirsiz!»— dedilar».

Abu ul-Asvad rivoyat qiladirlar: «Men Madinaga kelsam, shahar ahli bir kasallikka mubtalo bo‘lgan erkan. Shunda Umar ibn Xattobning yonlarida o‘tirgan erdim. Nogahon, bir mayyitni tobutda ko‘tarib o‘tib qoldilar, odamlar uning sha’niga yaxshi so‘zlar aytishdi. Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Keyin, yana bir mayyitni olib o‘tdilar, odamlar uning sha’niga ham yaxshi so‘zlar aytishdi. Hazrat Umar tag‘in: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Undan so‘ng, uchinchi bir mayyitni olib o‘tdilar, odamlar bu gal uning sha’niga yomon so‘zlar aytishdi. Hazrat Umar yana: «Vojib bo‘ldi»,— dedilar. Men ajablanib: «Yo Amir al-mu’miniyn, ne vojib bo‘ldi?» — deb so‘radim.

Hazrat Umar bunday dedilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aytgan so‘zlarini qaytardim, xolos. Janob Rasululloh bizga: «Qaysi bir musulmonga to‘rt kishi yaxshi deb guvohlik bersa, uni Olloh taolo jannatga kiritg‘aydir»,— deganlar. Biz ul kishidan: «Agar guvoh uchta bo‘lsa-chi-?»—deb so‘radik. «Uchta bo‘lsa ham, bo‘lur»,— dedilar. «Ikkita bo‘lsa-chi?» —dedik, «Ikkita bo‘lsa ham, bo‘lur»,— dedilar. Keyin, bizning ul kishidan: «Guvoh bitta bo‘lsa-chi?» — deb so‘ragimiz kelmadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:33:41
85-bob. Qabr azobi haqidagi hadis va oyatlar

Barro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘‘min bandani qabriga kelib, o‘tqazib qo‘yishg‘aydir! So‘ng, mo‘‘min banda: «Olloh taolodan boshqa iloh yo‘qdir, Muhammad Olloh taoloning elchisidir»,— deb guvohlik berur. Bu xususda Olloh taolo bunday deydir: «Bandalar qat’iy so‘zlari birlan (ya’ni, kalimai shahodat aytib) Olloh taologa bo‘lgan ishonchlarini isbotlag‘aydirlar»,— dedilar».
Gundar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Shu’ba raziyallohu anhu bizga (yuqoridagi hadisni) rivoyat qila turib, «Qabr azobi to‘g‘risida «Bandalar Olloh taologa  bo‘lgan  ishonchlarini  isbrtlag‘aydirlar»  degan  oyat  nozil  bo‘lgan»  deb qo‘shimcha qildilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu Nofi’ga bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Quraysh qabilasiga mansub kishilarning o‘liklari yotgan chuqur tepasiga kelib: «Rabbingizning va’dasi haq erkanin byldingizmi?»—deb xitob qildilar. Shunda odamlar: «O’liklarni chaqirmakdamisiz?» — deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Sizlar ulardan ko‘ra ko‘proq eshitib turganingiz yo‘q, ular so‘zlay olmaydilar, xolos»,— dedilar».

Oisha oiamiz rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ular (o‘liklar) mening aytganlarim haq erkanligini juda yaxshi bilishg‘aydir»,— dedilar». Olloh taolo: «Sen o‘liklarga so‘zingni o‘tkaza olmag‘aydirsen (ya’ni, iymoni yo‘q shaxslarga, garchi ular tirik bo‘lsalar ham, so‘zing o‘tmag‘aydir)»,— deydi».

Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir yahudiy ayol Oisha onamizning huzurlariga kirib, qabr azobi haqida gapira turib: «Sizni Olloh taolo qabr azobidan saqlasin!» —debdir. Shunda Oisha onamiz Janob Rasulullohdan qabr azobi to‘g‘risida so‘rabdilar. Janob Rasululloh: «Ha, qabr azobi haq!»—debdilar. Oisha raziyallohu anho: «Shundan beri men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiganlarida, Olloh taolodan o‘zlarini qabr azobidan saqlamakni so‘ramay qo‘yganlarini sira ko‘rmadim»,— deydilar».

Urva ibn Zubayrning xolasi Asmo Abu Bakr qizi bunday degan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutbada bandaga beriladirgan qabr azobini eslatib o‘tdilar. Shunda xutba tinglab o‘tirgan musulmonlar (qo‘rquvdan) baqirib yuborishdi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Qabrga qo‘yilgan banda janozaga kelganlarning qaytib ketayotgandagi oyoq tovushlarini eshitib yotg‘aydir. Keyin, ikki farishta kelib, mayyitni o‘tirg‘izib qo‘yg‘aydir-da, «Bul kishi, ya’ni Muhammad sallallohu alayhi va sallam haqlarida ne der erding?» — deb so‘rashg‘aydir, Agar, banda mo‘‘min-musulmon bo‘lsa, «Bul kishining Ollohning bandasi va uning elchisi erkanlig‘iga guvohlik berurmen»,— deydir. Shunda farishtalar: «Qarag‘il, Olloh taolo senga do‘zax o‘rniga jannatdan joy ato etdi!» — deyishg‘aydir, bandaga birvarakayiga do‘zax ham, jannat ham ko‘rsatilg‘aydir». Ushbu hadisni Anasdan eshitgan Qatoda: «Keyin, banda qabrida siqilmay, bemalol yotg‘usidir»,— deb qo‘shimcha qildilar-da, Anasning rivoyatini bunday deb davom ettirdilar: «Ammo, banda munofiq va kofir ersa, «Bul kishi haqlarida ne der erding?»—deb so‘rashganda, «Ko‘pchilik ne degan ersa, men ham shundoq deganman»,— deb javob berg‘aydir. Farishtalar unga: «(Ul kishini) bilmagandirsan ham, (Qur’on) tilovat qilmagandirsan ham»,— deb temir gurzi birlan urishg‘aydir. Shunda banda shunchalik qattiq qichqirg‘aydirkim, buni inson va jinlardan boshqa, atrofdagi barcha mayyitlar eshitg‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:33:56
86-bob. «Qabr azobidan saqlag‘il!» deb Olloh taologa iltijo qilmoq haqida

Abu Ayyub Ansoriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh botgan paytda tashqariga chiqdilar. Shunda (hotifdan) bir ovozni eshitib, «Yahudiylar qabrlarida azob tortmoqdalar»,- dedilar».
Xolid ibn Sa’id ibn al-Osiyning qizi: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning   Olloh   taologa   sig‘inib,    qabr   azobidan    panoh   so‘rayotganlarini eshitganman» deb aytdi»,- deydilar Muso ibn Uqba.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey parvardigor, meni qabr va o‘t azobidan, hayotu mamot hamda Masih Dajjol fitnasidan saqlag‘il, deb senga iltijo qilg‘aymen!»-der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:34:09
87-bob. G’iybatchilikdan va siydikdan hazar qilmaganlik uchun qabrda beriladirgan azob to‘g‘risida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki qabr yonidan o‘tayotib, «Bu qabrdagi mayyitlar azob chekmoqda, biroq katta gunoh uchun azoblanayotganlari yo‘qdir. Bulardan biri chaqimchilik qilar erdi, ikkinchisi ersa, siydigidan ehtiyot bo‘lmas erdi»,-dedilar. Keyin, bir ho‘l nordani olib, ikkiga bo‘ldilar-da, har bir qabrga bittadan sanchib qo‘yib: «Shoyad, shul cho‘plar quriguncha azoblari yengillashg‘aydir!»-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:34:25
88-bob. Mayyitga ertami-kechmi boradirgan joyini ko‘rsatib qo‘ymoq haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangiz o‘lsangiz, sizga qabrda ertami-kechmi boradigan joyingizni ko‘rsatishg‘aydir. Agar jannatga loyiq ersangiz, jannatga; agar do‘zaxga munosib ersangiz, do‘zaxga tayin qiling‘aydirsiz. Keyin, sizga: «Olloh taolo seni qiyomat kuni qayta tiriltirguncha, boradigan joying qay yer erkanlig‘in bilib qo‘yg‘il!»-deyishg‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:34:36
89-bob. Janozada mayyitning so‘zlashi to‘g‘risida

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Mayyit tobutga qo‘yilib, odamlar uni yelkalariga ko‘tarishganda, agar ul hayotligida solih banda bo‘lgan ersa, «Meni tezroq olib boringiz!»-deydir, basharti solih banda ermasa, «Voy sho‘rim, meni qayoqqa olib ketmoqdasizlar?»-deb aytg‘aydir. Uning ovozini odamlardan boshqa hamma narsa eshitg‘aydir, agar odamlar ham eshitsa erdi, hushidan ketib, yiqilg‘ay erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:34:49
90-bob. Musulmonlarning bolalari to‘g‘risida nimalar deyilgan?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimning norasida uchta bolasi o‘lsa, ular ota-onasini do‘zax o‘tidan parda bo‘lib to‘sib turg‘aydir, yokim ushbu ota-ona o‘lgan norasida bolalar tufayli jannatga kirg‘aydir»,- deganlar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birorta ham musulmonning norasida uchta bolasi o‘lmasin! Mabodo, o‘lsa, Olloh taolo uni o‘shal bolalari tufayli jannatga kiritg‘aydir»,-deganlar».

Barro' raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va' sallamning (o‘g‘illari) Ibrohim alayhissalom vafot qilganlarida, «Jannatda uning rizo’iy onasi bordir» deb aytganlarini eshitgan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:35:14
91-bob. Mushriklarning bolalari haqida nimalar deyilgan?

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mushriklarning bolalari to‘g‘risida so‘rashganda, ul kishi: «Olloh taolo ularni yaratgan vaqtda ne qilmoqlari lozimligini aytgan»,- dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mushriklarning o‘lgan norasida bolalari xususida so‘rashganda, ul kishi: «Olloh taolo ularning ne qilmoqlarini aytgan erdi»,- dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir bola tabiatan musulmon bo‘lib tug‘ilg‘aydir, biroq ota-onasi uni, hayvon o‘z bolasini hayvon qilib tarbiyalagandek, yahudiy yokim nasoro yohud majusiy qilib tarbiyalag‘aydir. Aytingiz-chi, sizlar hayvon bolasining biror a’zosi (shoxi, burni, qulog‘i) kesik holda dunyoga kelganini ko‘rganmisizlar?» -dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:35:37
92-bob.

Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lgach, bizga yuzlanib: «Bul kecha kim tush ko‘rdi?»-deb so‘rar erdilar. Odamlar ko‘rgan tushlarini aytib berishar erdi, Janob Rasululloh ersa, «Olloh taolo ne xohlasa, o‘sha bo‘lg‘aydir!»-deb ta’bir aytar erdilar. Bir kuni bizdan: «Birortangiz tush ko‘rdingizmi?» - deb so‘radilar. Biz: «Yo‘q»,- dedik. Shunda Janob Rasululloh: «Ammo, men bul kecha tush ko‘rdim, tushimda ikki kishi qo‘limdan yetaklab, meni Bayt ul-Muqaddasga olib borishdi. Qarasam, u yerda bir kishi o‘tiribdir va bir kishi tik turibdir. Tik turgan kishi qo‘lidagi (rivoyatning davomini Muso ibn Ismoildan eshitganmiz, deyishadi ayrim sahobalar) temir changakni o‘tirgan kishining bu lunjiga tiqib, ikkinchi lunjidan chiqarmakdadir, keyin ikkinchi lunjiga tiqib, bu lunjidan chiqarmakdadir. Changakni sug‘urib oldi deguncha, lunji tuzalib qolayotir. Tik turgan kishi o‘tirgan kishining lunjiga temir changakni shu tariqa to‘xtovsiz tiqib, sug‘urar erdi. Buni ko‘rib, «Bu ne qilganlaringdir?»-dedim. Ular: «Qani, yurg‘il, ketdik!» - deyishdi. Bir joyga borsak, bir kishi chalqancha yotibdir, yana bir kishi boshida tik turibdir. Uning qo‘lida mushtdek tosh bo‘lib, chalqancha yotgan kishining boshiga urmakdadir, tosh sapchib ketib, nariga borib tushmakdadir. U toshni tag‘in olib kelguncha chalqancha yotgan kishining boshi tuzalib qolayotir. Shu tariqa tik turgan kishi chalqancha yotgan kishining boshini qayta-qayta majaqlamoqdadir. Men: «Bu kimdir?»-deb so‘radim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!»- deyishdi. Bir joyga borsak, tandirga o‘xshash og‘zi tor, tubi keng bir chuqurlik bor erkan, uning ichidagi alanga kuchayganda odamlar alanga birlan birga chuqurdan uchib chiqib ketay deyishayotir, alanga pasayganda ersa, alanga birlan birga yana chuqur tubiga tushib ketishmakdadir. O’tda kuyayotganlar orasinda qip-yalang‘och erkaklar ham, ayollar ham bordir. «Bular kimlardir?» - deb so‘radim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!»-deyishdi. Yura-yura qon daryosi bo‘yidan chiqib qoldik. Daryoning qirg‘og‘ida bir odam, o‘rtasida ersa, boshqa bir odam turibdir. Daryodagi odam qirg‘oqqa chiqg‘aymen desa, qirg‘oqdagisi uning lunjiga tosh birlan urib, daryoga qaytarib tushirib yubormakdadir. U yana chiqg‘aymen desa, tag‘in urib tushirib yubormakdadir. «Bu nedir?»-dedim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!» - deyishdi. Biz bu gal yam-yashil bog‘ oldidan chiqib qoldik. Bog‘da bir azim daraxt bor erkan, uning tagida bir chol va bir to‘da bolalar o‘tirishibdir. Daraxtga yaqin joyda bir kishi o‘t yoqmakdadir. Sheriklarim meni ko‘tarib daraxtning ustidagi bir uyga olib kirdilar. Men shul choqqacha bundoq muhtasham uyni ko‘rmagandirmen, uning ichida (kishilar) chollar, yigitlar, bolalar va ayollar bor erkan. Keyin, meni daraxtning yuqorirog‘idagi boshqa bir uyga olib chiqdilar, bunisi avvalgisidan ham muhtashamroq va fayzliroq erdi. Unda chollar va yigitlar o‘tirishgan erkan. Men sheriklarimga qarab: «Bul kecha meni rosa sayr qildirdingizlar, endi ko‘rganlarimni tushuntirib beringiz!» - dedim. Ular: «Bo‘pti!»-deb menga tushuntira ketdilar: «Lunjiga temir changak tiqilayotgan odam kazzob (yolg‘onchi) bo‘lib, uning gaplari hatto ufqqa qadar yetib borgandir. Unga, o‘zing ko‘rganingdek, qiyomatgacha azob berilg‘aydir. Boshi majaqlanayotgan odam ersa, Olloh taolo Qur’ondan bexabar qilgan odam bo‘lib, u kechalari g‘aflat uyqusida yotgan, kunduzi ham tilovat qilmagan. Unga qiyomatgacha boshini majaqlab, azob berilg‘aydir. Chuqurda ko‘rganlaring - zino qilgan odamlardir, daryoda ko‘rganlaring ersa, sudxo‘rlardir. Daraxt tagida o‘tirgan chol ersa, Ibrohim alayhissalom, tegrasidagi bolalar - odamlarning norasida yoshda vafot etgan bolalaridir. O’t yondirayotgan shaxs o‘t yoquvchilar noziridir. Sen kirgan birinchi uy, umum mo‘‘minlar uyidir, ammo keyingi uy ersa, shahidlar uyidir. Men bo‘lsam, Jabroildirmen, bul esa Mikoildir». Shundan so‘ng, Jabroil va Mikoil menga: «Boshingni ko‘targ‘il!» -dedilar. Men boshimni ko‘tarsam, tepamda bulutga o‘xshash bir joy ko‘rindi. Ular: «Bu sening maskaningdir!» - deyishdi. Men: «Qo‘yib yuboringiz, o‘shal maskanimga kirayin!» desam, ular: «Hali umring tugagani yo‘qdir, tugasa, o‘shal manzilingga kelg‘aydirsan»,- deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:36:00
93-bob. Dushanba kungi o‘lim haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr raziyallohu anhuning huzurlariga kirganimda ul kishi mendan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni necha qavat qilib kafanladingizlar?»-deb so‘radilar. Men: «Uch qavat oq suhuliyya birlan kafanladik, kafan ostida na salla va na ko‘ylak bor erdi»,-dedim. «Janob Rasululloh qaysi kuni vafot etgan erdilar?»-deb so‘radilar. «Dushanba kuni»,- dedim. «Bugun qaysi kundir?»- dedilar. «Dushanba kunidir»,-dedim. «Shu soniyadan to tungacha vafot etsam, degan umiddadirmen!»-dedilar. So‘ng, egnilaridagi betob bo‘lib yotgan kezlarida kiydirilgan kiyimlariga qarab qo‘ydilar. Unda za’faronning dog‘i bor erdi. «Mana shul kiyimimni yuvib, unga tag‘in ikki en kafanlik qo‘shib, kafanlangizlar!»-dedilar. «Bul eski-ku!» - degan erdim, «O’likdan ko‘ra, tirik yangi kiyim kiymakka haqliroqdir! Kafan badandan oqadigan har xil narsalar uchun kerakdir»,- dedilar. Abu Bakr seshanba kechasygacha vafot etmadilar. Dafn qilinganlarida hali tong otmagan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:36:10
94-bob. Bexos o‘lim

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Onamning joni birdaniga chiqib ketdi, so‘zlashga ulgurganlarida erdi, sadaqa qilmakka buyurar erdilar. Agar men onamning nomlaridan sadaqa qilsam, ul kishiga savobi tekkaymidir?» - deb so‘radi. «Ha»,-dedilar Janob Rasululloh».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:36:47
95-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Umar raziyallohu anhumo qabrlari haqidagi rivoyatlar

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og‘ir betob bo‘lib qolsalar, «Bugun qay yerdadirmen-u, ertaga qay yerda bo‘lg‘aymen?» deb mening huzurimda bo‘ladirgan kunlarini orziqib kutar erdilar. Buni qarangkim, Janob Rasululloh xuddi mening navbatim kelgan kuni quchog‘imda Olloh taologa jon taslim qildilar va mening xonamga dafn etildilar!».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam so‘nggi bor betob bo‘lib yotganlarida (shu kasallikdan so‘ng vafot etganlar); «Olloh taolo yahudiy va nasorolarni la’natladi, chunkim ular sobiq payg‘ambarlarning qabrlarini masjid qilib oldilar»,- degan erdilar. Ana shu xavf (masjid qilib olmoq xavfi) bo‘lmaganida, Janob Rasulullohning qabrlari ochiq qoldirilar erdi».

Sufyon at-Tammor: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qabrlari do‘ppayib turganini ko‘rgandirmen»,- degan erkanlar.

Hishom ibn Urva otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Valid ibn Abd ul-Malik zamonasida Hujrayi Sa’odatning (Rasululloh dafn etilgan hujraning) devori yiqilganida, uni qayta tiklamoqqa kirishdilar. Shunda (devor kesaklari orasidan) oyoq ko‘rinib qoldi. Odamlar dahshatga tushib, uni Nabiy sallallohu alayhi va sallamming oyoqlari, deb gumon qildilar. Bul kimning oyog‘i erkanligini biladirgan hech kim yo‘q erdi. Shunda otam
Urva: «Xudo haqqi, bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oyoqlari ermas, balki Umar raziyallohu anhuning oyoqlaridir»,- degan erkanlar».

Hishom ibn Urva otalaridan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz Abdulloh ibn az-Zubayrga: «Meni |glarning yoniga dafn etmag‘il, Baqi’dagi dugonalarim (Rasulullohning boshqa ayollari) yoniga dafn etg‘il, men u joyga mutlaqo loyiq ermasdirman!»-deb vasiyat qilgan erkanlar» (ularning yoniga deganda Rasululloh, Abu Bakr, Umar nazarda tutilgan).

Amr ibn Maymun raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Umar ibn Xattob raziyallohu anhuni ko‘rdim. «Ey Abdulloh ibn Umar, mo‘‘minlarning onasi Oisha raziyallohu anhoga borib, mendan salom aytg‘il, so‘ng mening ikki do‘stimning yoniga dafn etilmog‘imga ijozat so‘ragil!» - dedilar. Oisha onamiz: «Ilgari men o‘zim o‘shal yerga dafn qilinmog‘imni istar erdim, endi bo‘lsa, buni o‘zimga ep ko‘rmayotirman»,- dedilar. Abdulloh qaytib kelib, Hazrat Umarga uchrashganlarida, ul kishi: «Nechuk xabar keltirding?» :—deb so‘radilar. Abdulloh: «Ey Amir al-mo‘‘minin, sizga ruxsat berdilar»,- deb aytdilar. Shunda Hazrat Umar: «Mening uchun o‘shal joydan tabarrukroq joy bo‘lmagandir, agar o‘lsam, meni o‘shal yerga eltib, salom aytingiz! Keyin sen: «Umar ibn Xattob ruxsat so‘rayotir», - degil. Agar ruxsat bersalar, meni o‘shal yerga dafn qilingizlar, ruxsat bermasalar, unda meni musulmonlar mozoriga olib borib, dafn qilaveringiz!

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rizo bo‘lgan o‘shal vafot etib*ketgan kishilardan ko‘ra, xalifalikka loyiqroq boshqa birorta odamni bilmasmen. Mendan keyin kimni xalifa qilsangizlar, unga itoat etib, quloq solingizlar!»-dedilar. So‘ng, Usmon, Ali, Talha, Zubayr, Abdurrahmon ibn Avf va Sa’d ibn Abu Vaqqosning ismlarini tilga oldilar.

Shu payt, bir ansoriy yigit kirib kelib: «Ey Amir al-mo‘‘minin, Olloh taoloning sizga ko‘rsatgan bashoratidan xursand bo‘lingiz! Islomda o‘z o‘rningiz bordir, buni bilursiz, keyin adolat birlan xalifalik qildingiz, tag‘in buning ustiga shahid ham bo‘ldingiz!» - dedi. Hazrat Umar: «Ey birodar, koshki erdi, shular yetarlik bo‘lsa erdi! Uzimdan so‘ng bo‘ladirgan xalifa muhojirlarga yaxshilig‘ qilsin, ularning haqini tan olsin, hurmatlarini o‘rniga qo‘ysin, deb vasiyat qilg‘aymen. O’zimdan keyingi xalifaga yana bunday deb vasiyat qilg‘aymen: «Madina va iymonni (qalblariga) jo aylagan ansorlarga yaxshilig‘ qilsin, yaxshi ishlarini maqbul ko‘rib, kamchiliklarini afv etsin! Unga tag‘in bundoq deb vasiyat qilg‘aymen: «Olloh va uning Rasuli o‘z zimmasiga olgan aholiga (Ahlu-z-zimmaga; musulmon xalifalig‘ida jiz’ya - jon solig‘i to‘lab yashagan g‘ayridinlarga) berilgan va’daga vafo aylasin, ularni qirg‘in qilmasin, ularning yelkalariga qurblari yetmaydirgan yukni qo‘ymasin!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:36:58
96-bob. Mayyitlarni haqorat qilmoqning makruhligi to‘g‘risida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Mayyitlarni haqorat qilmangizlar, chunkim ular keladirgan joylariga kelib bo‘ldilar!» -deganlar». Bu hadisni Abdulloh ibn Abd ul-Quddus va Muhammad ibn Anas ham A’mashdan eshitib rivoyat qilib berishgan, Ali ibn Ja’d ersa, uni davom ettirgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:37:08
97-bob. Mayyitlarning hayotliklarida qilgan yomonliklarini eslash

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Lahab alayhi la’natu-l-lohi (unga Ollohning la’nati bo‘lsin) Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Kelgusi hayoting qurib ketsin!»-dedi. Shunda, «Abu Lahabning ikki qo‘li qurisin!»-degan oyat nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:37:40
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

98-bob. Zakot bermoqning vojibligi to‘g‘risida


Olloh taolo bu xususda: «Namoz o‘qingiz va zakot beringiz!» - deb aytadir.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Sufyon raziyallohu anhu menga hadis ayta turib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir so‘zlarini esladi. Keyin u: «Janob Rasululloh bizga namoz o‘qimoqni, zakot bermoqni, qarindoshlik aloqalarini uzmaslikni va pok bo‘lmoqni buyurganlar»,- dedi».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Maoz raziyallohu anhuni Yamanga yubora turib: «Ularni (Yaman ahlini) Ollohdan boshqa iloh yo‘qlig‘iga va mening Ollohning Rasuli ekanlig‘imga guvohlik bermoqqa da’vat etg‘il! Agar da’vatingni qabul aylasalar, unda Olloh taolo har kecha-kunduzda besh vaqt namoz o‘qimoqni farz qilganini ham aytgil! Agar buni ham qabul etsalar, unda Olloh taolo boy kishilarning mol-dunyosidan sadaqalar (zakotlar) olib, faqirlarga qaytarib bermoqni ham farz qilganini ma’lum aylag‘il!» - deb aytdilar».

Abu Aiyub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir kishi: «Ne qilsam, jannatga kirg‘ayman, menga o‘rgatingiz!»-dedi. Odamlar: «Ne ishi bor erkan, ne ishi bor erkan?»-deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Bir ish birlan kelibdir»,- deb javob berdylar. Keyin, boyagi odamga qarab: «Olloh taologa ibodat aylag‘aysen, unga hech narsani shirk keltirmag‘aysen, namoz o‘qib, zakot berg‘aysen va qarindoshlaringga oqibatli bo‘lg‘aysen!» - dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir a’robiy (badaviy) Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Menga bir ishni o‘rgatingizkim, uni bajarib men jannatga kirayin!» - dedi. Janob Rasululloh: «Ollohga ibodat aylab, unga hech narsani shirk keltirmag‘aysen, buyurilgan besh vaqt namozni o‘qig‘aysen, farz qilingan zakotni ado etg‘aysen va ramazonda ro‘za tutg‘aysen!»-dedilar. A’robiy: «Jonu tanim qo‘lida bo‘lgan Ollohga qasam ichib ayturmenkim, shu aytganlaringizdan oshirib yubormag‘aymen!»-dedi. U kishi qaytib ketgach, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim jannati odamni ko‘rib, xursand bo‘lmoqni istasa, shul kishiga qarasin!» - dedilar».

Abu Hayyon: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xususlaridagi mazkur hadisni menga Abu Zur’a aytib bergan erdi»,- deydilar.

Abu Jamraga Ibn Abbos bunday deb aytgan erkanlar: «Abd ul-Qaysning (qabilaning) vakillari Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, «Yo Rasululloh, anavi Rabiy’a qavmi - zararkunanda kofirlar siz birlan bizning o‘rtamizda rahna bo‘lib turishibdir, biz muharram oyidagina sizning oldingizga kela olurmiz. xolos. Bizga buyuringiz, aytganlaringizni o‘rganib, o‘zimiz ham bajaraylik, uyimizga qaytib borgach, qavmu qarindoshlarimizga ham o‘rgataylik!»-dedi. Shunda Janob Rasululloh bunday deb amr qildilar: «Sizlarga to‘rt narsani buyurib, to‘rt narsani man’ qilg‘aymen. Kalimai shahodat (lo iloha illa-l-loh) aytib, Ollohga iymon keltiringiz (qo‘llarini musht etib, ko‘rsatkich barmoqlari birlan mana bunday qilib ishora ayladilar), namoz o‘qingiz, zakot beringiz va qo‘lga kiritgan o‘ljangizning beshdan bir qismini ulashingiz! Sizlarga dubbo, hantam, naqiyr va zaftni man’ qilg‘aydirmen!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etib, Abu Bakr raziyallohu anhu xalifa bo‘lganlarida ayrim arab qavmlari islomdan tondilar. Shunda Umar raziyallohu anhu bunday degan erdilar: «Odamlar (kofirlarga qarshi) nechuk urushmoqdalar? Axir, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Menga Olloh taolo tomonidan odamlar «Lo iloha illa-l-loh» demagunlaricha urush qilmoq buyurildi, kimki shundoq desa, molu jonini mendan omon saqlab qolg‘aydir, boshqa gunohlari uchun ersa, Olloh taolo dargohida javob berg‘aydir»,- deganlar-ku!»

Abu Bakr: «Ollohga qasam ichurmenkim, namoz birlan zakotni farqlagan (ya’ni, birining ikkinchisidan ahamiyati ortiqroq yokim kamroq degan) kishiga qarshi jang qilg‘aymen, chunkim zakot islom yo‘lida qilinadirgan xayr-ehsondir. Agar Janob Rasulullohga (beva-bechoralarga tarqatmoq uchun) olib kelinayotgan echkilardan bittasi kam bo‘lsa ham, xudo haqqi, jang qilg‘aydirmen!» - deydilar. Hazrat Umar: «Olloh taolo Abu Bakrning qalbiga qanchalar shijoat ato etgandir! Men uning haq ekanligini tushung‘aydirmen»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:38:18
99-bob. Zakot beraman, deb bay’at qilmoq

Olloh taolo bu xususda: «Agar tavba qilib, namoz o‘qisalar va zakot bersalar, sizning dindosh birodarlaringizdirlar»,- deydir.

Jarir ibn Abdulloh raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, namoz o‘qig‘aydirmen, zakot berg‘aydirmen va har bir musulmonga (bu haqda) nasihat qilg‘aydirmen, deb bay’at (qasam) qildim»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:38:34
100-bob. Zakot bermaydirgan (odam) ning gunohi

Olloh taolo bu xususda bunday deydir: «Xazina-xazina tilla va kumushlar jamlab, Olloh yo‘lida sarf qilmaydirganlarni qiyomat kuni beriladirgan qattiq azobdan ogoh qilingizlar! O’shal kuni butun jamlagan xazinalari jahannam o‘tida qizdirilib, u birlan xazina sohibining peshonasi, ikki biqini va orqasi dazmol qiling‘aydir. Jamlagan mol-dunyoingizning sizga ko‘rsatadirgan oqibati mana shul bo‘lur. Qiyomat kuni jamlagan xazinalaringizning mazasini bir tatib ko‘ringiz-chi!»

Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki tuyasi ko‘p bo‘laturib, zakot bermagan ersa, qiyomat kuni eng semiz tuyasi kelib, uni tepkilag‘aydir, agar qo‘yi ko‘p bo‘la turib, zakot bermagan ersa, eng semiz (baquvvat) qo‘yi kelib, uni tuyoqlari birlan tepkilab, shoxlari birlan suzg‘aydir»,- dedilar («Ularni suv bo‘yiga olib borib sug‘ormoq ham zakotdir»,- deydilar Imom Buxoriy). Janob Rasululloh yana bunday dedilar: «Qiyomat kuni qaysi biringizdir yelkangizda ma’rab turgan qo‘y ko‘tarib kelib: «Ey, Muhammad!» - dersiz. Shunda men: «Sen uchun hech narsa qilolmasman, men ilgari aytgandim»,- derman. Keyin, bittangiz yelkangizda bo‘kirib turgan tuya ko‘tarib kelib: «Ey Muhammad!» - dersiz. Shunda men: «Sen uchun hech narsa qilolmasman, men ilgari aytgandim»,- derman».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimga Olloh taolo mol-dunyo bergan bo‘lsa-yu, u zakot bermagan bo‘lsa, jamg‘argan boyligi qiyomat kuni ilon shakliga kirib, egasining tanasiga o‘ralib olib chaqg‘aydir, so‘ng: «Men mol-dunyoingdirman, men xazinangdirman» — deb aytg‘aydir»,— dedilar. Keyin, «Xasislik qilg‘uvchilar o‘ylamasinlarkim...» degan oyatni o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:38:56
101-bob. Zakoti berilgan boylik xazina emas!

Nabiy sallallohu alayhi va sallam bu xususda: «Molingiz besh uqqadan (6,240 kg dan) kam bo‘lsa, sadaqa lozim ermas»,— deganlar.

Xolid ibn Aslam rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu birlan birga (ko‘chaga) chiqdik. Shunda bir a’robiy (badaviy): «Olloh taoloning «Tilla va kumushlarni to‘plab, xazina qilib, Olloh yo‘lida sarf qilmaydirgan shaxslar...» degan oyatini menga tushuntirib beringiz!»— dedi. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Kim boylik (mol-dunyo) to‘plab, zakot bermasa, uning holiga voydir! Olloh taolo zakotni farz deb buyurib, uni boylikni halollovchi vosita qildi»,— dedilar».

Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Og‘irligi besh uqqadan (6,240 kg dan) kam (sochiluvchan bo‘lmagan) narsalar uchun, soni beshtadan oz qo‘y, echki, mol, ot, tuya kabi hayvonlar uchun hamda besh avsaqdan (taxm. 720 kg dan) yengil (sochiluvchan) narsalar uchun sadaqa (zakot) berilmag‘aydir».

Zayd ibn Vahb rivoyat qiladirlar: «Rabza degan yerdan o‘tib ketayotgan erdim, Abu Zarrni uchratib qolib, unga: «Ne sababdin uyingizni tark etib, bu yerlarda yuribdirsiz?» — dedim. Abu Zarr menga bunday dedilar: «Shomga borgan erdim, Olloh taoloning, «Tilla va kumushlarni to‘plab, xazina qilib, Olloh yo‘lida sarf qilmaydirgan shaxslar...» degan oyati haqida Muoviya birlan tortishib qoldim. Muoviya: «Bu oyat ahli kitoblar uchun nozil bo‘lgan»,— dedi. Men: «Bu oyat barchamizga, biz uchun ham, ular uchun ham nozil bo‘lgan»,— dedim. Keyin, shu tariqa tortishib qoldik. U kishi mendan shikoyat qilib, Usmon raziyallohu anhuga maktub yubordi. Usmon menga: «Madinaga kelg‘il!» — deb xat yozuvdi, men bordim. Shunda odamlar go‘yo meni ilgari ko‘rmagandek qurshab olishib, nega kelganlig‘imning boisini surishtira ketdilar. Men bu hodisani Usmonga aytdim. U kishi: «Agar siz ravo ko‘rsangiz, shahar chekkasidan joy bersamu o‘shal yerda tursangiz, bizning ko‘nglimizni xushnud etgan bo‘lardingiz!»— dedi. Mana shu sababli men shu yerdaman, agar menga habash qulni rahbar qilib qo‘ysalar, men unga quloq solib, itoat qilgan bo‘lur erdim».

Ahnaf ibn Qays rivoyat qiladirlar: «Quraysh qabilasiga mansub bir guruh odamlar birlan o‘tirgan erdim. Shunda sochlari to‘zg‘igan, kiyimlari yirtiq, jussasi qo‘pol bir odam kelib o‘tirganlarga salom berdi-da: «Mol-dunyo yig‘guvchilarga aytib qo‘yingiz, ularning badanlariga jahannam o‘tida qizdirilgan tosh bosilg‘aydir! Qizdirilgan tosh avval emchagi uchiga qo‘yib bosilg‘aydir, kuragidan teshib chiqg‘aydir, keyin kuragiga qo‘yib bosilg‘aydir, emchagi uchidan teshib chiqg‘aydir. Shunda tosh titrab, qaltirab turar»,- dedi. Keyin, bir ustunning tagiga borib o‘tirdi, men ham unga ergashib, yoniga borib o‘tirdim, lekin kim ekanini bilmayman. Men unga: «Sizning aytgan so‘zlaringiz, nazarimda, odamlarga yoqmadi»,- dedim. Boyagi kishi: «Ularning hech narsaga aqli yetmag‘aydir, buni menga do‘stim aytgan erdi»,- dedi. «Do‘stingiz kim?» - deb so‘radim men. Boyagi odam: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam!» - deb javob berdi-da, keyin bo‘lgan voqeani hikoya qila ketdi: «Bir kuni Janob Rasululloh menga: «Ey Abu Zarr, Uhudni (tog‘ni) ko‘rib turibdirsanmi?» - dedilar. Shunda men, bir yoqqa ish birlan yubormoqchilar shekilli, deb o‘ylab, Quyoshga qarab kunning qolgan qismini chamaladim-da, «Ha»,-dedim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mening Uhud tog‘idek tillam bo‘lsa, bir kunlik hojatimga uch dinor olib qolib, qolganini Olloh yo‘lida sarf qilur erdim!» - dedilar». Abu Zarr hikoyasini shu yerda to‘xtatib, menga: «Anavilar o‘ylamay-netmay mol-dunyo to‘plab yotibdirlar, xudo haqqi, men Olloh taoloning dargohiga borgunimcha ham ulardan boylik talab qilmasman va maslahat ham so‘ramasman!» - dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:39:07
102-bob. Boylikni to‘g‘ri sarf qilmoq haqida

Ibn Mas’ud raziyalloxu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir kishiga bundoq deganlarini eshitgan erdim: «Faqat ikki narsaga hasad (havas) qilmoq mumkin: biri - Olloh taolo bir kishiga mol-dunyo bersa-yu, u o‘z boyligini ezgu yo‘lda sarflab tugatsa, ikkinchisi - Olloh taolo bir kishiga ilmu hikmat ato etsa-yu, u bilimidan to‘g‘ri foydalanib, boshqalarga ham o‘rgatsa».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:39:17
103-bob. Sadaqani minnat qilmoq haqida

Olloh taolo bu xususda quyidagi oyatni nozil qilgan: «Ey iymon keltirgan bandalar, bergan sadaqalaringizni (odamlarga) minnat qilib va ozor berib, yo‘qqa chiqarmangiz...» («al-kofiriyn» degan joyigacha o‘qingiz).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:39:32
104-bob. Harom yo‘l birlan topilgan boylikdan qilingan sadaqani Olloh taolo qabul qilmaydir, halol kasb tufayli topilgan boylikdan qilingan sadaqanigina qabul qiladir

Olloh taolo bu xususda: «Ketidan ozor ergashtirib keladirgan sadaqadan ko‘ra, ko‘ngilni ko‘taradirgan va mag‘firatli so‘z afzaldir. Olloh boy va ko‘ngilchandir!» - deydir.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:39:52
105-bob. Halol yo‘l birlan topilgan boylikdan qilinadirgan sadaqa haqida

Olloh taolo bu xususda bunday deydir: «...(Olloh taolo) sadaqalarni boqib katta qilg‘aydir (berilgan sadaqaga barakot ato etib, ko‘paytirib, egasiga qaytarg‘aydir), Olloh taolo har bir osiy kofirni yomon ko‘rg‘aydir, ammo iymon keltirgan, yaxshiliklar qilgan, namoz o‘qigan va zakot bergan bandalarga Olloh taolo mukofotlar in’om qilg‘aydir, alarga hech qandayin xavfu xatar yo‘qdir, alar g‘am chekmag‘aydirlar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu  alayhi va sallam: «Kimki halol kasb qilib, bir dona xurmochalik sadaqa qilg‘aydir, Olloh taolo uni bajonudil qabul etg‘aydir, so‘ng sizlar toychoqni qandoq boqib ulg‘aytirsangiz, Olloh taolo ham bergan sadaqangizni tog‘ barobarinda qilib, o‘zingizga qaytarg‘aydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:40:09
106-bob. Sadaqani rad qiladirgan davrlar kelmasidan oldin sadaqa berib qolmoq to‘g‘risida

Horisa ibn Vahb: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitgandirman»,— deydilar: «Sadaqa qilib qolingiz, chunkim sadaqangizni oladirgan odam topilmaydirgan davrlar kelg‘aydir, o‘shanda biror kishiga sadaqa olib borsangiz, «Kecha kelganingda so‘zsiz qabul qilg‘ay erdim, ammo bugun unga mening hech qandoq hojatim yo‘qdir»,- deydir».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Mol-dunyongiz to‘lib-toshib ketmaguncha qiyomat bo‘lmag‘aydir. Shundoq davrlar kelg‘aydirkim, hatto badavlat odam kimga sadaqa bermog‘in bilmay qolib, duch kelgan odamga sadaqa tutaverg‘aydir, biroq «Mening muhtojligim yo‘qdir» deb hech kim olmag‘aydir»,- dedilar».

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida erdim, ikki kishi kirib keldi. Ulardan biri qashshoqligidan, ikkinchisi ersa, qaroqchilardan shikoyat qildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 'dedilar: «Yo‘lto‘sarlar masalasiga kelsak, hatto karvon Makkaga soqchilarsiz yo‘l olganda ham, senga ularning zarari kamroq tekkaydir, ammo qashshoqlik masalasiga kelsak, sizlar sadaqa bergayman deganingizda b'irortangiz ham sadaqa olg‘uvchi odamni qidirib topolmaydirgan davr kelmaguncha qiyomat bo‘lmag‘aydir. So‘ng, qay biringizdir Olloh taoloning qarshisida tik turib javob berursiz, o‘rtangizda parda ham, so‘zingizni tarjima qilib turadirgan tilmoch ham bo‘lmag‘aydir. Shunda Olloh taolo: «Senga mol-dunyo ato qilmag‘anvdi erdim?!» - deydir. Banda: «Ha»,- deb javob berur. So‘ng, Olloh taolo: «Senga payg‘ambar yubormag‘anmi erdim?!»-deydir. Banda: «Ha»,- deb javob berur. Keyin, banda o‘ng tomoniga qaraydir, do‘zaxdan boshqa narsani ko‘rmag‘aydir, so‘ng chap tomoniga qaraydir, tag‘in do‘zaxdan o‘zga narsani ko‘rmag‘aydir. (Shuning uchun) har biringiz loaqal yarimta xurmo sadaqa qilib, u ham bo‘lmasa, loaqal bitta yaxshi so‘z aytib, o‘zingizni do‘zax o‘tidan asrangiz!»

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Shunday zamonlar keladirki, o‘shanda kishi tillani sadaqa qilg‘aymen desa ham, sadaqa olguvchini qidirib topolmag‘aydir, ayollarning ko‘pligi va erkaklarning ozligidan qirq ayol bitta erkakning ketidan yalinib yurg‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:40:23
107-bob. Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax o‘tidan asrangiz! Ozgina sadaqa ham sadaqadir!

Bu xususda Olloh taolo quyidagi oyatni nozil qilgan: «Mol-dunyosini Olloh taoloni rizo qilmoq yo‘lida va unga nisbatan bo‘lgan o‘z sadoqatini isbot etmoq uchun sarf qilg‘uvchilar...» («har bir mevalardan» degan so‘zigacha)».

Abu Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sadaqa oyati» nozil bo‘lgach, biz hammollik qilib, topgan pulimizdan sadaqa qilur edik. Bir kuni bir kishi kelib, ko‘p narsa sadaqa qildi. Shunda munofiqlar: «O’zini ko‘rsatmoq uchun shundoq qilayotir»,- deyishdi. Keyin, boshqa bir kishi kelib, bir so’ (taxminan 2,5 kg) xurmo sadaqa qildi. Munofiqlar uni ham ig‘vo qilib: «Uning bir so’ sadaqasiga Olloh taolo muhtoj ermas»,- deyishdi. Shunda: «Ko‘ngildan chiqarib sadaqa qilg‘uvchi mo‘‘minlar ustidan kulguvchilar va peshona teri birlan ishlab topg‘uvchilar...» degan oyat nozil bo‘ldi».

Abu Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga sadaqa qilmoqni buyursalar, ba’zi birimiz bozorga borib hammollik qilur erdik, keyin shundan tushgan pulga bir mud (600 misqol) ovqat yoki xurmo sotib olib, birovga sadaqa qilur erdik. Hozir ersa, ayrimlarimizda 100 ming dirhamgacha pul bordir».

Abdulloh ibn Ma’qil rivoyat qiladirlar:  «Adiy   ibn   Hotim   raziyallohu anhuning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa    ham    o‘zingizni    do‘zax   o‘tidan    saqlangiz!»-deb    aytganlar»    deganini eshitganman».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Bir ayol ikki qizchasini yetaklab sadaqa so‘rab kirdi. Menda bir dona xurmodan bo‘lak hech narsa bo‘lmagani uchun o‘sha xurmoni berdim. Uni ikki qizalog‘iga bo‘lib berdi, o‘zi yemadi, keyin o‘rnidan turib chiqib ketdy. O’sha kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam mening hujramga kirdilar, men bo‘lgan voqeani aytib berdim. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar qizchalardan birortasi biror dardga chalinib, vafot etsa, oxiratda onasini do‘zax o‘tidan parda bo‘lib to‘sib turg‘aydir»,-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:40:36
108-bob. Qanday sadaqa afzal ekanligi va sog‘lom, xasis odamning sadaqasi haqida

Olloh taolo bunday deydir: «Ey mo‘‘min bandalar, o‘lmasingizdan burun biz sizlarga ato etgan rizqdan boshqalarga ham ulashingiz!» va «Ey iymon keltirgan bandalar, savdo-sotiq qilinmaydirgan kun kelmasidan burun biz sizlarga ato etgan rizqdan boshqalarga ham ulashingiz!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, qanday sadaqaning savobi ulug‘roqdir?» - deb aytdi. Janob Rasululloh: «Sen o‘zing sog‘lom va xasis ersang-u, kambag‘al bo‘lib qolmoqdan qo‘rqib hamda boy bo‘lmoqni orzu qilib sadaqa qilsang, ana shu sadaqangning savobi ulug‘roqdir! Joning halqumingga kelmasidan burun sadaqa qilib qolg‘il! Keyin, «falonchiga buncha, pistonchiga muncha bermog‘im kerak erdi»,- dersan, biroq, barcha mol-dunyong merosxo‘rga qolib ketg‘usidir»,-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:40:50
109-bob.

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan xotinlaridan ayrimlari: «Qay birimiz sizga tezroq yetishg‘aydirmiz?» - deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Qay biringizning qo‘lingiz uzunroq bo‘lsa»,- dedilar. Shunda o‘zlari ekadirgan shakarqamish poyasidan keltirishib, bir-birlarining qo‘llarini o‘lchashdi, Savdaning qo‘li boshqa xotinlarining qo‘lidan uzunroq bo‘lib chiqdi. Keyin, bilsak, Janob Rasululloh «Eng qo‘li uzun»,- deganlarida, eng ko‘p sadaqa qilg‘uvchi ayolni nazarda tutgan erkanlar. Haqiqatan ham, Savda Rasulullohga tyozroq yetishdi, o‘zi ham bizdan ko‘ra, ko‘proq sadaqaqilar erdi-da!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:41:00
110-bob. Oshkora sadaqa

Olloh taolo bu xususda quyidagi oyatni nozil qilgan: «O’z mol-dunyolarini kechayu-kunduz xufiya va oshkora sadaqa qilayotganlar...» («Ular g‘am chekmag‘aydirlar» gacha o‘qingiz).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:41:09
111-bob. Xufiya sadaqa

Abu Hurayra raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Shundoq odamlar bordirkim, sadaqa qilganlarini birovga bildirmag‘aydirlar, hatto o‘ng qo‘llari qilgan ishni chap qo‘llari bilmay qolur. Olloh taolo: «Agar oshkora sadaqa aylasangiz, sizga shul sadaqangizchalik savob tekkaydir, agar faqirlarga xufiya sadaqa aylasangiz, ko‘proq savob olg‘aydirsiz»,- deydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:41:21
112-bob. Badavlat odamga bilmay sadaqa bersa...

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytgandilar»,- deydilar: «Bir kishi sadaqa berg‘ayman, deb ahd qilib chiqib, sadaqasini (bilmay) bir o‘g‘rining qo‘liga tutqazib yubordi. Shunda odamlar o‘g‘riga sadaqa berdi, deb malomat qildilar. Boyagi kishi: «Ey parvardigor-o, sadaqa bermog‘im uchun o‘g‘rini bo‘lsa ham menga ro‘para qilganingga shukr!» - dedi. Keyin, yana sadaqa olib chiqib, bir buzuq ayolning qo‘liga berdi. Odamlar yana malomat qilib: «Bu kecha buzuq ayolga sadaqa berdi»,- deyishdi. Boyagi kishi: «Ey parvardigor-o, sadaqa bermog‘im uchun menga buzuq ayolni bo‘lsa ham ro‘para qilganingga shukr!» - dedi. So‘ng, yana sadaqa olib chiqdi-da, bir boyning qo‘liga berib yubordi. Odamlar: «Boyga sadaqa qildi»,- deb uni yana gap qildilar. Shunda u: «Ey parvardigor-o, o‘g‘rigami, buzuq ayolgami, boygami, sadaqa qilmog‘imni menga nasib etganing uchun senga shukr!» - deb aytdi. Keyin, tushida unga: «O’g‘ri, bergan sadaqang tufayli, shoyad, o‘g‘rilikdan qaytsa, buzuq ayol shoyad to‘g‘ri yo‘lga kirsa, boy ersa, shoyad Olloh taolo bergan boyligidan sadaqa qilmoqni o‘rgansa!» - deb aytildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:41:33
113-bob. Bolasiga bilmay sadaqa bersa...

Ma’n ibn Yazid raziyallohu anhu quyidagi hadisni aytib berdilar: «Men, otam va bobom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bay’at qildik. Ul zot shaxsan o‘zlari sovchilik qilib, meni uylantirib quydilar. Bir kuni otam bir necha dinorni (birov kelib olar, deb) masjidda o‘tirgan bir kishining oldiga qo‘ygan erdilar. Men borib o‘sha pullarni olib, otamning oldilariga keldim. Shunda otam: «Buni senga sadaqa qilmoqchi emasdim»,- dedilar. Men voqeani Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib berdim, Ul zoti oliy: «Ey Yazid, ne niyatda sadaqa qilmoqchi bo‘lgan ersang, o‘shal niyating o‘zingga (yor bo‘lsin), ey Ma’n, sen ne olgan ersang, o‘shal senikidir!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:41:44
114-bob. O’ng qo‘li birlan sadaqa bermoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo o‘zining soyasidan boshqa soya bo‘lmaydirgan kuni (ya’ni qiyomat kuni) yetti kishini - odil imomni (yoki har qanday rahbarni), Olloh taologa ibodat qilib ulg‘aygan yigitni, masjidlardan ko‘ngil uzolmaydirgan kishini, Ollohni deb birov birlan do‘stlashgan hamda Ollohni deb undan uzoq lashgan (kechgan) kishini, go‘zal bir mansabdor ayol yaqinlik qilmoqni taklif qilganda, «Men Olloh taolodan qo‘rqgayman» deb taklifini rad etgan kishini, o‘ng qo‘li bergan sadaqani chap qo‘li bilmaydirgan qilib pinhona hayr-ehson aylagan kishini va xilvatda o‘tirib, Olloh taoloning zikrida duv-duv ko‘z yoshi to‘kkan kishini o‘z soyasiga olgaydir». \orisa ibn Vahb al-Xuzo’iy: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitgandim»,— deydilar: «Sadaqa qilib qolingiz, chunkim shundoq davrlar kelg‘aydirkim, odamlar kimga sadaqa bermoqni bilmay, sarson bo‘lur. Kimga sadaqa uzatilsa, o‘shal: «Kecha olib kelganingizda olar erdim, lekin bugun sadaqaga ehtiyojim yo‘qdir»,- deydir». .`
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:41:54
115-bob. Xizmatchisi orqali sadaqa bergan kishi haqida

Abu Muso: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham sadaqa berguvchilardandirlar»,- deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol yaxshi niyat birlan o‘z uyidagi yeguliklardan sadaqa qilsa, o‘shal bergan narsasiga yarasha unga savobi bo‘lg‘aydir, ishlab topib kelgan eriga ham savobi tekkaydir, shuningdek xazinachisiga ham savobi bordir. Ularning barchasi baravar savob olishg‘aydir, biriniki biridan kam bo‘lmag‘aydir»,- deganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:42:10
116-bob. O’zi muhtoj bo‘la turib qilingan sadaqa sadaqa ermas!

O’zi yoki oilasi muhtoj bo‘lgan yohud birovdan qarzi bo‘lgan kishi sadaqa bergandan ko‘ra va qul ozod qilgandan ko‘ra, avval qarzini uzmog‘i lozim, chunki uning xayru ehsoni baribir qabul bo‘lmag‘aydir. Birovlarning molini sarf qilmoqqa uning haqqi yo‘qdir!

Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bu xususda bunday deganlar: «Kim birovning molini sovurmoq niyatida olsa, Olloh taolo ul bandani halokatga mahkum etg‘aydir, Ammo, sabr-toqatliligi birlan tanilgan va muhtoj kishi, birovdan qarzi bo‘lsa ham, sadaqa qilmog‘i mumkindir». Chunonchi, Abu Bakr. raziyalloxu anhu ham shunday qilgan erdilar, Madina ansorlari ham muhojirlarni shu tariqa kutib olishgandi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘z boyligini bekorga sarf qilmoqni man’ qilganlar, demak odam birovning molini ham sovurmoqqa haqqi yo‘qdir. Ka’b raziyallohu anhu: «Yo Rasululloh, men qat’iy tavba qilganim tufayli barcha boyligimni Olloh va uning Rasuli yo‘lida sarf qilmoqchiman»,- deganlarida, Janob Rasululloh: «Molingdan bir qismini o‘zingga ham qoldirganing yaxshidir»,- debdilar. Shunda Ka’b: «Haybardagi mulkimni o‘zimga qoldirg‘ayman»,- deb aytibdilar.

Sa’id ibn Musayyab Abu Hurayra raziyallohu anhudan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitgan erkanlar: «O’zidan orttirib qilingan sadaqa eng yaxshi sadaqadir, shuning uchun sadaqa bermoqni eng avvalo oilangdan boshlag‘il!» (ya’ni, eng avvalo oilangni ta’minlag‘il).

Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar»,— deydilar: «Ko‘tarilgan  qo‘l,  tushirilgan  qo‘ldan  yaxshiroqdir (ko‘tarilgan qo‘l - ishlab boqguvchi qo‘l, tushirilgan qo‘l - tilamchi qo‘ldir)! Eng avvalo oilangga sadaqa berg‘il (oilangni boqg‘il)! O’zidan orttirib qilingan sadaqa - eng yaxshi sadaqadir! Kimki tavba qilg‘aydir, Olloh taolo uni kechirg‘aydir, kimki boylik tilag‘aydir, Olloh taolo unga boylik ato etg‘aydir!»

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarda turib sadaqa va poklik to‘g‘risida eslatib o‘tdilar, so‘ng: «Ko‘tarilgan qo‘l tushirilgan qo‘ldan afzaldir, ya’ni ko‘tarilgan qo‘l ishlab boqguvchi, tushirilgan qo‘l ersa, tilamchi qo‘ldir!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:42:21
117-bob. Bergan sodaqasini minnat qilguvchilar to‘g‘risida

Olloh taolo bu xususda quyidagi oyati karimani nozil qilgan: «O’z boyliklarini Olloh yo‘lida sadaqa aylab, keyin ketidan minnat qilmaydirgan va ozor bermaydirgan bandalar...»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:42:32
118-bob. O’z vaqtidan kechiktirmay sadaqa qilmoqqa oshiqqan kishi xususida

Uqba ibn al-Haras raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qilyb namozi asr o‘qidilar. Keyin, shoshilib uylariga kirib ketib, bir oz o‘tmay qaytib chiqdilar. Men yoki oramizdan kimdir buning boisini so‘radik. Janob Rasululloh: «Sadaqa qilg‘ayman, deb uyda bir oz tilla olib qo‘ygan erdim, tuni birlan uning uyda qolmog‘ini istamadim, shuni hozir odamlarga ulashib keldim»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:42:47
119-bob. Sadaqa berishga undash va shafqat (yordam) qilib sadaqa qilmoq haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hayit kuni Janob Nabiy sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqib, ikki rak’at namoz o‘qidilar, ilgari ham, keyin ham bunday namoz o‘qimagan erdilar. So‘ng, ayollarga o‘girilib, va’z aytdilar (yonlarida Bilol ham turgan erdi), ularni sadaqa bermoqqa undadilar. Shunda ayollar bilaguzuk va taqinchoqlarini (Bilolning etagiga) tashlay boshlashdi».

Abu Burda ibn Abu Muso otalari Abu Muso raziyallohu anhudan quyidagi hadisni eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga biror kishi sadaqa yokim boshqa narsa so‘rab kelsa, «Yordam (shafqat) qilingizlar, savob topg‘aydirsizlar!» - der erdilar. Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamning tillaridan o‘zi istagancha ayttirib, sadaqa qildirar erdi».

Asmo raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga: «Saxovat yo‘lini berkitmag‘il, Olloh taolo ham sening uchun saxovat yo‘lini berkitmag‘aydir» deb aytganlar» ,— deydilar.

Usmon ibn Abu Shayba: «Kimga ne berganingni sanamag‘il, Olloh taolo ham senga sanab rizq berg‘aydir»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:42:58
120-bob. Qurbi yetgancha sadaqa qilmoq haqida

Abbod ibn Abdulloh ibn Zubayr rivoyat qiladirlar: «Asmo binti Abu Bakr raziyallohu anho Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borganlarida, ul zot «Mumsiklik qilmag‘il, Olloh taolo rizqyngni qirqg‘aydir, qurbing yetganicha sadaqa qilib turg‘il!» - degan erkanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:43:12
121-bob. Sadaqa gunohlarni yuvgaydir!

Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Umar raziyallohu anhu: «Qay biringiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning fitna haqida aytgan hadislaridan birortasini bilursiz?» - deb so‘radilar. Shunda men: «Janob Rasululloh qandoq aytgan bo‘lsalar, shundoqligicha eslab qolganman»,- dedim. Hazrat Umar: «Sen ul kishi birlan bemalol so‘zlasha olar erding, qani aytg‘il-chi, ne deganlar?» - dedilar. Shunda men: «Barcha fitna kishining o‘z xotini, bolalari va qo‘shnisidan chiqg‘aydir, uni sadaqa bermoq, namoz o‘qimoq va amri ma’ruf (lxshilig‘) qilmoq birlan daf etg‘aydirlar» deb aytganlar»,- dedim.

Huzayfa hadis aytganda, «Fitna - namoz o‘qimoq, Sadaqa bermoq va-l-amr bi-l-ma’ruf (ya’ni, Islom shariatida mashhur bo‘lgan amali solihlarni bajarmoqni buyurmoq) birlan daf qiling‘aydir» deb ham aytardi»,- deydilar muhaddislardan biri Sulaymon raziyallohu anhu.

Hazrat Umar: «Men buni nazarda tutganim yo‘qdir, men dengiz to‘lqinlari yanglig‘ mavj uradirgan fitna haqida so‘ramoqchi erdim»,- dedilar. Men: «Ey Amir al-mo‘‘minin, unday fitnadan siz xavotir olmasangiz ham bo‘lur, siz birlan uning orasidagi eshik yopiqdir»,- dedim. Hazrat Umar: «O’sha eshik sindirilg‘aymidir yokim o‘zi ochilg‘aymidir?»-deb so‘radilar. Men: «Balki, sindirilg‘aydir»,- dedim. Hazra't Umar: «Agar sindirilsa, abadulabad qaytib yopilmas»,-dedilar. Men: «Ha»,- dedim». Abu Voil bunday deydilar: «Biz Huzayfadan o‘shal eshik haqida so‘rashga botina olmay, Masruqqa: «Siz so‘rangiz!» - deb aytdik. Masruq so‘ragan erdilar, Huzayfa: «O’shal eshik Umar raziyallohu anhuning' o‘zlaridirlar»,- deb javob qildilar. Shunda biz Huzayfaga: «Hazrat Umar kimni nazarda tutganingizni bildilarmi?»- dedik. Huzayfa: «Ha, ertangi kun kelmog‘idan oldin tun bo‘lmog‘ini bilganlaridek yaxshi bilg‘aydirlar. Men ul kishiga bir hadis aytib berganman, shu boisdan men kimni nazarda tutganimni bilmoqlari shubhasiz»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:43:24
122-bob. Mushrikligida sadaqa qilib, keyin musulmon bo‘lgan kishi xususida

Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Janob Rasulullohdan: «Yo Rasululloh, men johiliya davrida (islomdan avvalgi davrda) sadaqa aylab, qullarga ozodlik berib, qarindosh-urug‘larimga oqibat qilib yurg‘ay erdim, buning menga savobi bormidir?» - deb so‘radim. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ilgari qilgan yaxshiliklaring ustiga yana musulmon ham bo‘lding!» - deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:43:48
123-bob. Halol xo‘jayinning buyrug‘iga binoan sadaqa bergan xizmatchiga tegadirgan savob haqida

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol yaxshi niyat birlan eri ishlab topib kelgan yeguliklardan sadaqa qilsa, o‘ziga ham, ishlab topib kelgan eriga ham savob tekkaydir, shuningdek, xazinachisi ham savobsiz qolmag‘aydir»,- deb aytganlar».

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: Buyurilgan narsani to‘la-to‘kis bajaradirgan («beradigan», deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin) ishonchli musulmon xazinachi «Sadaqa berib yuborg‘il!» deyilganda mamnuniyat birlan sadaqa berib yuborg‘aydir. Shu boisdan u ham sadaqa qilg‘uvchilardan biridir!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:44:00
124-bob. Tilamchiga erining uyidan ezgu niyatda sadaqa olib chiqib bergan yoki uning qornini to‘yg‘izgan ayolga tegadirgan sabob haqida

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar: «Agar ayol yaxshi niyatda erining uyidan sadaqa olib chiqib bersa...» (yuqoridagi rivoyat takrorlangan).
Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol yaxshi niyatda erining uyidagi yeguliklardan olib chiqib, tilamchining qornini to‘yg‘izsa, o‘ziga ham, eriga ham, shuningdek, xazinachiga ham savob tekkaydir. Eriga ishlab topib kelgani uchun, unga (ayolga) ersa, sadaqa bergani uchun savob tekkaydir»,- deganlar».

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol ezgu niyatda erining uyidagi yeguliklardan tilamchiga sadaqa qilsa, unga ham, eriga ham, shuningdek xazinachiga ham savob tekkaydir. Eriga ishlab topib kelgani uchun, unga (ayolga) sadaqa bergani uchun savob tekkaydir»,-deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:44:14
125-bob.

Olloh taolo bunday deydir: «Ammo, kimki (sadaqalar) berg‘aydir, (Ollohdan) taqvo qilg‘aydir (qo‘rqg‘aydir) va qilgan yaxshilig‘iga (Olloh) yaxshilig‘ qaytarmog‘iga ishong‘aydir, biz unga farovonlikni muyassar etg‘aydirmiz, lekin kimki xasislik qilib, boyib ketgan ersa va (Ollohdan) yaxshilikka yaxshilig‘ qaytmog‘ini yolg‘on desa, biz unga qashshoqliqni muyassar aylag‘aydirmiz!»

Ey, parvardigor, xayr-ehson qilg‘uvchi bandangning boyligini yanada ziyoda qilg‘aysen!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Banda har doim ertalab uyg‘onganida, ikki farishta osmondan tushib, ulardan biri: «Yo parvardigor, xayr-ehson qilg‘uvchi bandangning mol-dunyosini yanada ziyoda qilg‘aysen!»-deydir, ikkinchisi ersa, «Yo parvardigor, mumsik (xasis) bandangning mol-dunyosiga qiron keltirg‘aysen!» deydir»,- deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:44:25
126-bob. Sadaqa berguvchi va baxil haqidagi misollar

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»,- deb rivoyat qiladirlar: «Baxil va sadaqa qilg‘uvchi bo‘g‘zidan ko‘kragigacha temir jubba kiyib olgan ikki kishiga o‘xshag‘aydir. Saxovatli kishi sadaqa bermog‘i birlanoq jubbasi kengayib, hatto yuz-qo‘lidagi temir izlari yo‘qolg‘aydir. Ammo, baxil odam sadaqa qilmoqchi bo‘lishi birlanoq jubbasining har bir halqasi badanini tobora siqa boshlag‘aydir, baxil har qancha chiranmasin, jubba kengaymag‘aydir» (mantiq: saxiy odam sadaqani hech qiynalmay, chin yurakdan berg‘aydir, ammo xasis odam o‘zini zo‘rlab, ming azobda berg‘aydir).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:44:36
127-bob. Kasb-hunar va tijoratdan keladirgan mablag‘dan qylinadirgan sadaqa haqida

Olloh taolo bunday deydir: «Ey iymrn keltirgan bandalar, peshona teri birlan topgan mablag‘laringizdan va biz sizlarga yerdan undirib berayotgan ne’matlardan sadaqa aylab turingiz!..» (oyatning «g‘aniyyun hamidun» degan joyigacha o‘qingiz).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:44:50
128-bob. Har bir musulmon sadaqa qilmog‘i lozim, agar sadaqa aylamoqqa hech narsasi bo‘lmasa, yaxshilik qilsin!

Sa’id ibn Abu Burda otalaridan, otalari esa, o‘z otalaridan quyidagi hadisni eshitgan erkanlar: «Janob Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Har bir musulmon sadaqa qilmog‘i lozim»,- dedilar. Sahobalar: «Yo Nabiyyalloh, agar hech narsasi bo‘lmasa-chi?»-deyishdi. Janob Rasululloh: «Qo‘li birlan mehnat qilib, o‘zi ham manfaatlang‘aydir, birovga ham sadaqa berg‘aydir»,- dedilar. Sahobalar: «Agar bunga qurbi yetmasa-chi?» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Ojizu jabrdiydalarga yordam berg‘aydir»,- dedilar. Sahobalar: «Bu ham qo‘lidan kelmasa-chi?- deyishdi. Janob Rasululloh: «Yaxshilik qilmoq yo‘liga o‘tib, yomonlikdan qaytsin, ana shuning o‘zi uning sadaqa qilganidir!»-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:45:01
129-bob. Qancha miqdorda zakot va sadaqa berish mumkinligi to‘g‘risida va butun bir qo‘yni ehson qilgan shaxs xususida

Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nusayba degan bir ansoriya ayolga qo‘y yubordim. Ul ersa, shu qo‘yning go‘shtidan Oisha raziyallohu anhoga yubordi».

Oisha anamiz bunday deydirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biror yegulik narsa bormi?» -deb so‘radilar. «Nusayba yuborgan qo‘y go‘shtidan boshqa hech vaqo yo‘qdir»,- dedim. «Keltirg‘il, sadaqa o‘z o‘rnini topibdir!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:45:10
130-bob. Kumush tanga sadaqa qilmoq haqida

Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Beshtadan kam tuya uchun sadaqa lozim ermas, besh uqqiyyadan (60 dirhamdan) kam kumush tangadan sadaqa qilinmaydir, besh vasaqdan (1600 ratldan) oz narsa (meva-cheva, don-dun) uchun ham sadaqa berilmaydir»,- deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:45:25
131-bob. Zakotga beriladirgan (to‘lanadirgan) ashyolar

Tovus raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Maoz raziyallohu anhu Yaman ahliga bunday dedi: «Arpa va bug‘doy o‘rniga eski-tuski kiyimlarni sadaqa qilingiz, bu sizlarga osonroq, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Madinadagi sahobalariga ersa, yaxshiroqdir!»

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ammo, Xolid Olloh yo‘lida jang anjomlarini shaylab turibdir»,- deb aytdilar (zakot bermoqdan bosh tortayotgan qavmlarga nisbatan aytilgan). Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Taqinchoqlaringizdan bo‘lsa ham sadaqa qilingiz!» - dedilar, lekin farz sadaqani boshqa tur sadaqalardan istisno qilmadilar. Bir ayol kelib, isirg‘a va munchoqlarini sadaqa qildi. Shunda, «Tilla va kumush, bo‘lsin!» deb qayd etishmadi.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr raziyallohu anhu Olloh va uning Rasuli sallallohu alayhi va sallam buyurgan ahkomlar haqida menga bunday deb yozgan erdilar: «Bir yashar urg‘ochi bo‘taloq zakot qilmog‘i lozim bo‘lgan odamning bunday bo‘talog‘i bo‘lmay, ikki yashar urg‘ochi bo‘talog‘i bo‘lsa, zakotchi o‘sha ikki yashar bo‘talog‘ini olib, qaytimiga 20 dirham yoki ikki qo‘y berg‘aydir. Agar zakot berg‘uvchining bir yashar urg‘ochi bo‘talog‘i bo‘lmay, ikki yashar erkak bo‘talog‘i bo‘lsa, undan shu bo‘taloq zakotga qabul qilinib, hech qanday qaytim berilmag‘aydir (chunki urg‘ochi tuya tug‘ib, ko‘payadi)».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni o‘rtaga qo‘yib ayturmenkim, ul kishi hayit namozini xutbadan oldin o‘qidilar, keyin ayollarga ovozim yetmadi, deb o‘ylab, ularga yaqinroq bordilar. Yonlarida Bilol ham ko‘ylagining etagini (iona tashlamoqlari uchun) tutib borar edi. Janob Rasululloh ayollarga va’z-nasihatlar aytib, ularni sadaqa bermoqqa da’vat qildilar. Ayyub raziyallohu anhu Saxtiyaning quloq va bo‘yniga ishora qildilar (ya’ni, sirg‘a va munchoqlarni sadaqa aylamoqni buyurdilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:45:41
132-bob. Ikki kishiga tegishli molni (mulkni) bir-biriga qo‘shib qo‘yish hamda bir odamga tegishli molni (go‘yo ikki kishining molidek) bo‘lib qo‘yish yaramaydir

Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam farz qilgan sadaqalar haqida bunday deb yozib yuborgan erkanlar: «Zakot olinishidan qo‘rqib ikki kishiga tegishli molni bir-biriga qo‘shib qo‘ymoq va bir kishiga tegishli molni ikkiga bo‘lib qo‘ymoq yaramaydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:45:55
133-bob. Agar ikki kishining moli aralashib ketgan bo‘lsa, ular o‘zaro kelishib zakot berishg‘aydir

Tovus va Ato bunday deyishadir: «Agar ikki kishining moli aralashib ketgan bo‘lsa-yu, ular o‘z mollarini tanib ololsalar, unda ularning mollarini ikkiga ajratib o‘tirilmaydir». Sufyon bunday deydirlar: «Ikki kishining podasi aralashib ketgan bo‘lsa-yu, ulardan har birining qo‘yi qirqtadan bo‘lmasa, zakot vojib ermas».

Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam farz qilgan zakotlar haqida bunday deb yozgan erkanlar: «Bir-biriga aralashib ketgan podalarning egalari o‘zaro kelishib zakot berg‘aydirlar ».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:46:06
134-bob. Tuya zakoti

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir a’robiy (badaviy) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan hijrat qilmoq to‘g‘risida so‘radi. Shunda Janob Rasululloh: «Sho‘ring qursin! Hijrat qilmoq qiyindir, sen zakot berib turmog‘ing uchun tuyalaring bormi?» - dedilar (u kishining hijrat qiladirgan siyog‘i yo‘qligi uchun birmuncha yengillik bermoqchi bo‘ldilar shekilli). Badaviy: «Ha»,- deb javob berdi. «Sen dengizlar ortida turib amali solihlarni ado etsang ham bo‘laverg‘aydir, Olloh taolo qilgan amallaringning bittasini ham qoldirmay dargohida qabul qilg‘usidir», - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:46:16
135-bob. Zakotga bir yashar urg‘ochi bo‘taloq berishi lozim bo‘lgan odamning bunday bo‘talog‘i bo‘lmasa-chi?

Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamga farz qilgan sadaqalar (zakotlar) haqida bunday deb yozgan erkanlar: «Zakotga besh yashar tuya bermog‘i lozim bo‘lgan odamning bunday tuyasi bo‘lmay, to‘rt yashar tuyasi bo‘lsa, shu tuyasi zakotga qabul qilinib, ustiga yana (nasib etsa) ikki qo‘y yokim yigirma dirham oling‘aydir. Ammo, zakotga to‘rt yashar tuya bermog‘i lozim bo‘lgan odamning bunday tuyasi bo‘lmay, besh yashar tuyasi bo‘lsa, u holda shu tuyasi zakotga qabul qilinib, ikki qo‘y yokim yigirma dirham qaytim berilg‘aydir. Basharti, zakotga to‘rt yashar tuya berishi kerak bo‘lsa-yu, uning bunday tuyasi bo‘lmay, ikki yashar urg‘ochi bo‘talog‘i bo‘lsa, unda shu bo‘taloq zakotga qabul qilinib, ustiga ikki qo‘y yokim yigirma dirham qo‘shib oling‘aydir. Kimki ikki yashar urg‘ochi bo‘taloq zakot qilmog‘i lozim bo‘lsa, o‘rniga to‘rt yashar tuyasini berib, zakotchidan ikki qo‘y yokim yigirma dirham qaytim olur. Kimki ikki yashar urg‘ochi bo‘taloq zakot qilishi lozim bo‘lsa-yu, unda bunday bo‘taloq bo‘lmasa, o‘rniga bir yashar urg‘ochi bo‘taloq birlan birga ikki qo‘y yokim yigirma dirham qo‘shib berg‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:46:28
136-bob. Qo‘y hisobida to‘lanadirgan zakot

Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuni Bahraynga jo‘natganlarida, ketlaridan ushbu maktubni yo‘llagan erdilar: «Bismillohir rahmonir rahiymi. Qo‘yida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘z ummatlariga, Olloh taolo ersa, o‘z Rasuliga farz deb buyurgan sadaqalarni (zakotlarni) bayon qildim. Qaysi bir musulmondan shariatga muvofiq zakot bermoqni so‘rashsa, bersin; kimdan shariatga xilof ravishda ortiqcha zakot so‘rashsa, bermasin. Yigirma to‘rt va undan kamroq tuyaning har beshtasiga bir qo‘y; yigirma beshdan to o‘ttiz beshtagacha tuya uchun bitta bir yashar urg‘ochi bo‘taloq; o‘ttiz oltidan to qirq beshtagacha bo‘lsa, bitta ikki yashar urg‘ochi bo‘taloq; qirq oltidan to oltmishtagacha bo‘lsa, bitta to‘rt yashar urg‘ochi bo‘taloq; oltmish birdan to yetmish beshtagacha bo‘lsa, bitta besh yashar tuya; yetmish oltidan to to‘qsontagacha bo‘lsa, ikkita ikki yashar urg‘ochi tuya; agar to‘qson birdan to bir yuz yigirmatagacha bo‘lsa, ikkita to‘rt yashar urg‘ochi tuya berg‘aydir. Bir yuz yigirmatadan ham ko‘p bo‘lsa, har qirqtasiga bitta ikki yashar urg‘ochi bo‘taloq va har elliktasiga bitta to‘rt yashar bo‘taloq bermog‘i lozim. Kimning to‘rttadan boshqa tuyasi bo‘lmasa, sadaqa vojib ermas, xohlasa berg‘aydir, xohlamasa yo‘q. Tuyasi beshtaga yetsa, bitta qo‘y berg‘aydir. Agar, podadagi qo‘ylar soni qirqtadan bir yuz yigirmatagacha bo‘lsa, bitta qo‘y; bir yuz yigirmatadan ikki yuztagacha bo‘lsa, ikkita qo‘y; ikki yuzdan to uch yuztagacha bo‘lsa, uchta qo‘y; uch yuzdan ham ko‘p bo‘lsa, har yuz qo‘yga bitta qo‘y berg‘aydir. Agar, podadagi qo‘ylar soni qirqtadan bitta kam bo‘lsa ham, sadaqa vojib ermas, egasi xohlasa berg‘aydir, xohlamasa yo‘q. Kumush pullarning har yigirma dirhamidan bir dirham berilg‘aydir, agar kishining mablag‘i bir yuz to‘qson dirham bo‘lsa, sadaqa vojib ermas».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:46:41
137-bob. Na qari, na nuqsonli (hayvon) va na taka, agar zakotchi istamasa, zakotga qabul qilinmaydir

Olloh va uning Rasuli sallallohu alayhi va sallam farz qilgan sadaqa (zakot) haqida Abu Bakr raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhuga bunday deb vzib yuborgan erkanlar: «Na qari, na nuqsonli (hayvon) va na taka, agar sadaqa yig‘uvchi (zakotchi) istamasa, sadaqaga (zakotga) qabul qilinmag‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:46:52
138-bob. Urg‘ochi bir yashar echkini sadaqaga (zakotga) qabul qilmoq

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr raziyallohu anhu: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga olib kelishayotgan echkilardan bittasini olib qolishsa ham, xudo haqqi, ular birlan jang qilg‘aymen», - deb aytganlar. Umar raziyallohu anhu: «Olloh taolo Abu Bakr raziyallohu anhuning qalbiga qanchalar shijoat jo aylagan! Men uni yaxshi tushung‘aymen»,- deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:47:04
139-bob. Odamlarning eng yaxshi mollari sadaqaga (zakotga) olinmaydir

Ibn Abbos raziyallofanu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Maoz raziyallohu anhuni Yamanga yuborayotib: «Sen ahli kitob bo‘lmish qavm oldiga ketayotirsan, shul boisdan eng avvalo ularni Olloh taologa ibodat qilmoqqa da’vat aylag‘il, Olloh taoloni tan olsalar (e’tirof etsalar), Olloh taolo bir kecha-kunduzda besh vaqt namoz o‘qimoqni farz qilganlig‘ini aytg‘il, namoz o‘qisalar, Olloh taolo ularning mollaridan zakot olib, kambag‘allarga qaytarib bermoqni farz qilg‘anlig‘ini aytg‘il, zakotga ham itoat etsalar, ulardan zakot olg‘il, ammo odamlarning eng yaxshi mollarini olmagil!» - deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:47:14
140-bob. Beshtadan kam tuyadan sadaqa olinmaydir

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»,— deydilar: «Besh vasaq (1 vasaq - 60 so’, 1 so’ - 2,400 g) dan kam xurmodan hamda besh uqqiyya (1 uqqiyya - 12 dirham) dan kam kumush (pullar) dan zakot olinmaydir, beshtadan kam tuyaga ham zakot lozim ermas».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:47:29
141-bob. Sigir hisobida to‘lanadirgan zakot

Abu Humayd rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ma’rab turgan sigiri bo‘la turib, Olloh yo‘lida zakot to‘lamagan odamni qiyomatda ko‘rsatg‘aymen, ul sigir kabi ma’rab kelg‘aydir»,— deb aytganlar».

Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasulullohning huzurlariga kelganimda, ul zot: «Jonu tanim qo‘lida bo‘lgan Ollohga (yoki «Yakka-yu yagona Ollohga», dedilar shekilli) qasamyod etib ayturmenkim, kimki tuya, sigir yokim qo‘ylari bo‘la turib, zakot bermagan bo‘lsa, qiyomat kuni eng katta va eng semiz tuyasi, sigiri yokim qo‘yi kelib, uni tuyoqlari birlan tepkilag‘aydir, shoxlari birlan suzg‘aydir, keyin ketidan boshqalari ham kelib odamlar oldida, to to‘lanmagan zakotning haqqi olinguncha, shu ishni qilg‘aydir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:47:50
142-bob. Qarindoshlarga zakot bermoq haqida

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qarindoshlariga zakot bergan odamga ikkita savob tekkaydir — biri qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, ikkinchisi — zakot bergani uchun»,— dedilar.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Talha Madinadagi ansorlar ichida eng ko‘p xurmozor yerlarga ega bo‘lgan badavlat kishi erdi. U o‘z mulklaridan, ko‘proq, Bayruhoni yaxshi ko‘rar erdi. Bayruho masjidning qarshisida bo‘lib, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u yerga kirib, totli suvidan ichib turar erdilar. Olloh taoloning «O’zingiz suygan narsani ehson qilmaguningizcha xayr topmag‘aydirsiz!» degan oyati kariymasi nozil bo‘lganda Abu Talha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib: «Yo Rasululloh, Olloh taolo: «Suyukli narsangizni sadaqa qilmay turib, yaxshilikka muyassar bo‘la olmag‘aydirsiz!» — der erkan, unda men o‘zimning eng yaxshi ko‘rgan Bayruhomni Olloh taolo yo‘lida sadaqa qildim, bu mening Olloh taolo yo‘lida qilgan xayr-ehsonim bo‘lmog‘ini istaydirman. Siz uni Olloh taolo yo‘lida o‘zingiz bilganingizcha tasarruf qilaveringiz!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men sening «Bu mulkim qandoq ajoyib, qandoq yaxshi!» deb maqtaganingni eshitgandirman, uni qarindoshlaringga bersang derman»,— dedilar. Abu Talha: «Xo‘b bo‘ladir, yo Rasululloh!» — dedi. Keyin, Abu Talha Bayruhoni o‘z qarindoshlariga taqsimlab berdi».

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasulullohsallallohu alayhi va sallam Qurbon yoki Ramazon hayitida namozgohga chiqdilar, so‘ng odamlarga o‘girilib va’z aytdilar, «Ey odamlar, sadaqa qilingiz»,- deb amr qildilar. Keyin, ayollar yonidan o‘tayotib: «Ey ayollar jamoasi, sadaqa qilingiz! Men sizlarni ko‘proq do‘zaxga tushguvchilardan deb bilg‘ayman»,- dedilar. Ayollar: «Yo Rasulalloh, buning boisi nedir?» - deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Ko‘p qarg‘ab, erlaringizning yaxshiligini inkor qilg‘aydirsizlar. Buni aqlingizning pastligi va e’tiqodingizning sustligidan deb bilurmen. Sizlar aqli-hushi joyida bo‘lgan erni ham aqldan ozdirg‘aydirsizlar (ya’ni, to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi, o‘z bilganingizni qildirg‘aydirsizlar)»,-dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh uylariga yo‘l oldilar, uylariga kelganlarida Abdulloh ibn Mar’udning xotinlari Zaynab kelib, kirmoqqa ijozat so‘radi. Janob Rasulullohga: «Zaynab keldi»,- deyishdi. Ul zot: «Qaysi Zaynab?» - dedilar. «Ibn Mas’udning xotini»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Ruxsat beringiz, kira qolsin!» - dedilar. Zaynab ichkariga kirib: «Yo Nabiyyalloh, bugun siz: «Sadaqa qilg‘il!» - deb buyurdingiz. Menda bir taqinchoq bor erdi, shuni sadaqa qilmoqchi erdim. Ammo, (erim) Ibn Mas’ud va o‘g‘li(m): «Boshqalardan ko‘ra, o‘zimiz sadaqa olmoqqa haqliroqdirmiz»-deyishmoqda»,-dedi. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallamd: «Ibn Mas’ud to‘g‘ri aytibdir, ering va o‘g‘ling boshqalardan ko‘ra, sadaqa olmoqqa haqliroqdir», - deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:48:00
143-bob. Musulmon odam (minib yurgan) oti uchun sadaqa bermaydir

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon odam oti va g‘ulomi borligi uchun sadaqa bermag‘aydir»,-deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:48:12
144-bob. Musulmon odam quli borligi uchun sadaqa bermaydir

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Musulmon odam quli va oti uchun sadaqa bermag‘aydir»,- deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:48:28
145-bob. Yetimlarga sadaqa qilmoqning vojibligi haqida

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir kuni minbarga chiqib o‘tirdilar, biz ham tegralarida o‘tirdik. Janob Rasululloh bizga: «Men vafot etganimdan keyin bu dunyo sizlarga o‘zining go‘zalligi-yu, ziynatlarini namoyon qilmasa, deb qo‘rqg‘aymen»,- dedilar (ya’ni, «Sizlar ayshu ishratga berilib ketmasanglar, deb qo‘rqg‘aymen»,- dedilar). Shunda bir kishi: «Yo Rasululloh, yaxshilik (ya’ni, dunyoning go‘zalligi-yu, ziynatlari) ham yomonlik keltirgaydirmi?» - deb so‘radi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam jim qoldilar. Odamlar boyagi kishini «Rasulullohga gapirmoqqa ne hadding bor, ul kishi senga so‘zlamadilar-ku!»- deb koyishdi. Janob Rasululloh jim qolganlarida biz vahiy kelyapti, deb o‘yladik. Bir ozdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yuzlaridagi terni artdilar-da, boyagi kishidan mamnun bo‘lgandek chehralari ochilib: «Qani savol bergan kishi?» - dedilar, so‘ng unga qarab: «Yaxshilik yomonlik keltirmag‘aydir. Bahorda unadirgan o‘tlar ichida, okilat ul-xadro’dan bo‘lak, (hayvon) yesa o‘ldiradirgan yokim kasal qiladirgan o‘tlar bordir. Ularni yegan (hayvon) qorni shishib, ichi o‘tib, bavl qilib, oftobda cho‘zilib yotg‘aydir. Keyin, ko‘zi ochlik qilib, yana o‘sha o‘tdan yegaydir. Mol-dunyo ham o‘sha yashil o‘t-o‘langa o‘xshaydir. Mol-dunyosini miskin. yetim va musofirlarga sadaqa qilib, so‘ng u dunyoga rixlat aylaydirgan musulmon qandog‘ ham yaxshidir!». Nabiy sallallohu alayhi va sallam Yana bunday dedilar: «Birovning molini egri, nohaq yo‘l birlan oladirgan odam qancha yesa ham, to‘ymaydirgan mechkayga o‘xshaydir, o‘sha egri yo‘l birlan olingan mol qiyomat kuni uning qallobligiga guvoh bo‘lg‘aydir!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:48:41
146-bob. Eriga va qaramog‘idagi yetimlarga zakot bermoq

Amr ibn Harasga Zaynab raziyallohu anho bunday dvb rivoyat qilgan erkanlar: «Masjidda o‘tirgan erdim, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Taqinchoqlaringizdan bo‘lsa ham sadaqa qilingiz!» - dedilar. [Zaynab (eri) Abdullohga va qaramog‘idagi yetimlarga sadaqa qilib turar erdi]. Men (erim) Abdullohga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘rag‘il-chi, men senga va mana bu yetimlarga sadaqa qilsam, joiz bo‘lg‘aymidir?» - dedim. (Erim) Abdulloh: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan o‘zing so‘rag‘il»,- dedilar. Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga ketdim, eshik oldida bir ansoriya ayolning turganini ko‘rdim, ul ham menga o‘xshash bir yumush birlan kelgan erkan. Shunda yonimdan  Bilol o‘tib qoldi.  Biz (men va haligi ayol) unga:  «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘rab berg‘il-chi, erimiz va qaramog‘imizdagi yetimlarga zakot bersak, bo‘lurmikin? Faqat ul kishiga biz aytganimizni bildirmag‘il!»-dedik. Bilol ichkariga kirib so‘radi. Janob Rasululloh: «Kimdir ul ikkalasi?»- deb so‘radilar. Bilol: «Zaynab»,- dedi . Janob Rasululloh: «Qaysi Zaynab?» - deb so‘radilar. Bilol: «Abdullohning xotini»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ha, unga ikki savob tekkaydir, biri - qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, iqkinchisi- zakot bergani uchun»,- dedilar».

Ummu Salama rivoyat qiladirlar: «Yo Rasululloh, men (erim) Abu Salamaning bolalariga sadaqa qilsam bo‘lg‘aymidir? Axir, ular o‘zimning bolalarim-ku!» -dedim. Janob Rasululloh: «Ularga sadaqa qilaverg‘il, senga sadaqa qilganing uchun savob tekkaydir»,- dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:48:58
147-bob. Olloh taoloning «Qullarga, qarzdorlarga va Olloh yo‘liga...» degan oyati kariymasi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu o‘z molining zakotini qul ozod qilmoqqa va hajga borolmay yurganlarga sarf qilur erdi, deb eslashadir.

Hasan Basriy: «Zakot to‘lab, otasini qullikdan sotib (qutqarib) olmog‘i, mujohidlar (jihod qilguvchilar) va hajga borolmay yurgan kishilarga zakot berib, yordam qilmog‘i mumkin»,- dedilar-da, «Darhaqiqat, sadaqalar faqirlar uchundir!» degan oyati karimani tilovat qildilar. Keyin: «Bulardan qaysi biriga bersang ham bo‘laverg‘aydir»,- deb qo‘ydilar.

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Xolid Olloh yo‘lida urush anjomlarini shay qilib turibdir»,- dedilar. Abu Los: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizni haj uchun sadaqaga berilgan tuyalarda olib bordilar» - deb aytgandi»,-deyishadir.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sadaqa qilmoqni buyurdilar. Shunda ul kishiga: «Ibn Jamil, Xolid ibn Valid va Abbos ibn Abdulmutallib sadaqa bermoqdan bosh tortishmoqda»,- deyishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ibn Jamil faqir bo‘lmaganda zakot bermoqdan bo‘yin tovlamas erdi, uni Olloh taolo va uning Rasuli ta’minlab turibdir. Ammo, Xolid masalasiga kelsak, unga jabr qilmakdasizlar, axir ul Olloh yo‘lida urush anjomlarini doimo shay tutib turibdi-ku! Lekin, Abbos ibn Abdulmutallib (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning amakilari) bo‘lsa, bir ermas, ikki bor sadaqa bermog‘i lozimdir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:49:18
148-bob. Tilamchilarni poklikka da’vat qilmoq

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir to‘da ansoriylar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan sadaqa so‘rashdi, ul kishi berdilar, so‘ng tag‘in so‘rashdi, tag‘in berdilar, hatto oldilaridagi narsalar tugadi. Shunda Janob Rasululloh: «Mening oldimda nimaiki yaxshi narsa bo‘lsa, sizlardan ayamasmen, kimki haromdan hazar qilsa, Olloh taolo ham uni haromdan asrag‘aydir, kimki boylik tilasa, Olloh taolo unga boylik ato qilgaydir, kimki sabr-toqat qilsa, Olloh taolo unga sabr-toqat berg‘aydir. Olloh taolo bandasiga in’om etadirgan ne’matlar ichida sabr-toqatdan ko‘ra afzalroq ne’mat bo‘lmasa kerak!» -dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh" sallallohu alaihi va sallam: «Jonu tanim qo‘lida bo‘lgan Olloh taologa qasam ichib ayturmenkim, birovning oldiga borib (u hali sadaqa beradirmi, yo‘qmi?), tilamchilik qilganingizdan ko‘ra, o‘tin terib, arqon birlan orqalab, tirikchilik qilganingiz ma’quldir!» - dedilar».

Zubayr ibn Avvom aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qo‘lingizga arqon olib, bir bog‘ o‘tin teryb, so‘ng uni yelkangizga orqalab, olib borib sotsangiz-u, Olloh taolo bu birlan sizni (tilamchilik) xijolatidan qutqarib qolsa, siz uchun bu - so‘rasangiz yo beradirgan, yo bermaydirgan kishining oldiga borib sadaqa tilaganingizdan ko‘ra, afzaldir!» - deganlar».

Hakim ibn Hizom raziyallohu anhu aytadirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan sadaqa so‘radim, berdilar, so‘ng yana so‘radim, yana berdilar, tag‘in so‘radim, tag‘in berdilar. Keyin menga: «Ey Hakim, bu mol-dunyo degan narsa hayvonning ko‘ziga yaxshi ko‘rinadirgan ko‘m-ko‘k, shirin o‘t-o‘lan singari odamning ko‘zini o‘ynatg‘aydir, kimki undan ochko‘zlik qilmay ehtiyojiga yarasha olsa, Olloh taolo unga baraka ato etg‘aydir, kimki nafsi g‘oliblik qilib, besh qo‘lini og‘ziga tiqsa, uning biri ikki bo‘lmag‘aydir, undoq odam qancha yesa ham hech to‘ymaydirgan mechkayga o‘xshaydir, ko‘tarilgan qo‘l (mehnatga bo‘yin yor bergan qo‘l) tushirilgan qo‘ldan   (sadaqaga   uzatilgan   qo‘ldan)   afzaldir!»   -  dedilar.   Shunda   mrn:   «Yo Rasululloh, sizni haqlig‘ uzra payg‘ambar qilib yuborgan ul zoti oliy nomiga qasam ichib ayturmenkim, siz o‘tganingizdan keyin ham to u dunyoga rihlat qilgunimcha, birovdan bir narsa olmag‘aydirman!» - dedim ».

Abu Bakr raziyallohu anhu Hakimni chaqirib, hadya bersalar, u olmas erdi. Bir kuni Umar raziyallohu anhu ham uni chaqirib, nimadir bermoqchi bo‘lgan erdilar, olmadi. Shunda Hazrat Umar: «Ey musulmonlar jamoasi, sizlar guvoh bo‘lingiz, men Hakimga: «Mana bu o‘ljadan o‘z ulushingni olg‘il!»-desam, olmayotir»,- dedilar.

Hakim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vofot qilganlaridan keyin ham to o‘lgunicha, hech kimdan hech narsa olmadi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:49:31
149-bob. Olloh taolo ne’mat ato etgan, tilamchi va ochko‘z bo‘lmagan odam haqida

Olloh taolo: «Ularning mol-dunyolarida tilamchi va mahrumlarning (muhtojlarning) ham haqlari bordir!» - deydir.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Hazrat Umarning bunday degapini eshitganman»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga hadya bersalar, uni mendan ko‘ra muhtojroq odamga beringiz, der erdilar. Shunda Janob Rasululloh: «Senga bergandan keyin olg‘il-da, axir sen ta’magir ham, gadoy ham zrmassen-ku! Olg‘il buni, lekin mol-dunyoga xirs qo‘ymag‘il!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:49:44
150-bob. Boyish niyatida sadaqa so‘rasa...

Hamza otalari Abdulloh ibn Umardan bunday deb eshitgan erkanlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Tilamchi, hatto qiyomat kuni (sharmandalig‘, yuzsizlig‘dan) betida bir parcha go‘sht qolmagan holda Olloh taoloning dargohiga kirib kelsa ham, tilamchiligini ko‘ymag‘aydir»,- dedilar. Janob Rasululloh yana bunday dedilar: «Qiyomat kuni Quyosh (Yerga) yaqin kelib, qizdirganda, odamlardan shunchalik ko‘p ter oqg‘aydirkim, hatto hamma yoqni to‘ldirib, quloqlarining yarmigacha ko‘tarilg‘aydir. Shu ahvolda turib ular Odam Atoga, so‘ng Musoga, keyin ersa, Muhammad sallallohu alayhi va sallamga yolborib, yordam so‘rashg‘aydir». Abdulloh ibn Solih shu hadisning davomini Ibn Abu Ja’fardan eshitib, rivoyat qiladirlar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo ularga hukm chiqarsin, deb shafoat aylab, jannat eshigining dastasidan tutg‘aydirlar. O’shal kuni Olloh taolo Muhammad sallallohu alayhi va sallamga maqtovga sazovor bir maqom ato etg‘aydirkim, uni barcha mahshardagilar maqtag‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:50:17
151-bob. Olloh taoloning «Odamlardan, bermaganiga qo‘ymay sadaqa so‘rash yaramaydir...» degan oyati kariymasi xususida

Qanchadan-qancha boylik bor-u, lyokin Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytganlaridek, «Olloh taolo yo‘lida bir qadam ham qo‘ymakka yaramaydirgan faqirlarga   (Ollohning)   beradirgan   boyligi   yo‘qdir!   Olloh   taolo   ularning qilmishlaridan boxabardir!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Miskin, bir yoki ikki marta yegulik bersa, qaytadirgan odam ermasdir, ammo miskinning boyligi yo‘qdir, u odamlardan hayo qilg‘aydir yoki ularga yopishib olib, sadaqa so‘ray olmag‘aydir»,- deb aytganlar».

Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Muoviya Mug‘iyra ibn Shu’baga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan o‘zing eshitgan bir hadisni menga yozib yuborg‘il!» - deb maktub yo‘lladi. Mug‘iyra ibn Shu’ba: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Olloh taolo sizlarga uch narsani - g‘iybatni, molni isrof qilmoqni va ko‘p sadaqa so‘ramakni man’ qilg‘aydir» - deganlarini eshitganman»,- deb yozib yubordi».

Sa’d ibn Vaqqos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir to‘da odamlarga hadya ulashayotgan erdilar, men ham o‘shalarning orasida o‘tirgan erdim. Janob Rasululloh odamlardan biriga hadya bermay o‘tib ketdilar. O’sha kishi menga boshqalardan ko‘ra ko‘proq yoqardi. Men o‘rnimdan turib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sekingina: «Sizga ne bo‘ldi, falonchiga hadya bermadingiz? Xudo haqqi men uni mo‘‘min, deb bilurmen»,- dedim. Janob Rasululloh: «Yoki musulmon»,- dedilar. Men bir oz jim qoldim-da, so‘ng boyagi odamni yaxshi bilganimdan, chiday olmay: «Yo Rasululloh, falonchiga nechun hadya bermadingiz? Xudo haqqi, men uni mo‘‘min, deb bilurmen»,- dedim. Janob Rasululloh: «Yoki musulmon»,- dedilar. Men yana bir oz jim qoldim, keyin boyagi kishini yaxshi bilganimdan, chiday olmay, tag‘in: «Yo Rasululloh, falonchidan xafamisiz? Xudo haqqi, men uni mo‘‘min, deb bilurmen»,- dedim. Janob Rasululloh: «Yoki musulmon»,- dedilar. Keyin, yana bundoq dedilar: «Men undan ko‘ra suyukliroq kishiga ham va o‘zgalarga ham, do‘zax o‘tiga yuz tuban qulamasinlar, deb qo‘rqib hadya bermag‘aydirmen».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlar (orasinda aylanib yurganida) bir-ikkita xurmo, bir-ikki osham ovqat uzatsalar, olmay, qaytaradirgan odam miskin ermasdir, balki miskin boyimoq maqsadida boylik izlamaydirgan, odamlar sadaqa berg‘ayman, deb qidirmaydirgan va o‘rnidan turib borib odamlardan sadaqa so‘ramaydirgan shaxsdir!»-dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Erta bilan qo‘lga arqon olib («Toqqa, bo‘lsa kerak»,- deydilar Abu Hurayra) chiqsangiz, o‘tin terib, yelkangizga orqalab, olib borib sotsangiz, puliga yeb-ichib, ham sadaqa aylasangiz, bu siz uchun odamlardan sadaqa so‘rab, tilamchilik qilgandan afzaldir!»-deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:50:30
152-bob. Xurmoni chamalab o‘lchamoq

Lumayd So’idiy raziyalloxu anhu rivoyat'qiladirlar: «(Bu voqea) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga «Tabuk» g‘azotiga chiqqanimizda bo‘lgandi. O’shanda, Janob Rasululloh «Vodiyu-l-Quro» degan yerga yetib borganimizda, bir ayolning o‘z bog‘ida aylanib yurganini ko‘rib, sahobalarga: «Bu ayolning bog‘idagi mevalarni chamalab ko‘ringiz-chi!» - dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari o‘n vasaq (1 vasaq— 60 so’, 1 so’- 2 kg 400 gr) deb chamaladilar. Keyin, ayolga: «Mevalarning qancha chiqqanlig‘ini hisoblab qo‘yg‘il!» - dedilar. Tabukka yetganimizda Janob Rasululloh: «Shu kecha qattiq shamol qo‘zgaladirg‘on ko‘rinadir, bittangiz ham turmangiz! Kimning tuyasi bo‘lsa, bog‘lab qo‘ysin!»,- dedilar. Biz tuyalarni bog‘lab qo‘ydik. Keyin, qattiq shamol qo‘zg‘aldi. Bir kishi o‘rnidan turgan erdi, shamol uchirib ketib, Tay’ tog‘iga olib borib tashladi. (Shamol tingach) Ayla podshosi Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bitta oq xachir hadya qilib yubordi. Janob Rasululloh Ayla podshosiga elchisi orqali rido (kiyim) tortiq qilib, «Dengiz sohilida odamlari birlan shay bo‘lib tursin!» degan mazmunda noma ham bitib, berib yubordilar. Vodiyu-l-Quroga qaytib borganimizda, Janob Rasululloh mazkur bog‘dagi" ayoldan: «Bog‘ing qancha hosil berdi?» - deb so‘radilar. Ayol: «O’n vasaq»,-deb aytdi. Janob Rasulullohning chamalari to‘g‘ri chiqdi. Keyin, Janob Rasululloh: «Men Madinaga shoshib turibdirman, kimki Madinaga men birlan tezroq bormakni istasa, yursin!»-dedilar. Ibn Bakkor: «Mening uchun eng aziz shahar!» - degan erdi, Janob Rasululloh: «Bu Tobadir! (ya’ni, Madinadir)»,- dedilar. Keyin, Uhud tog‘ini ko‘rib: "Bu tog‘ bizni yaxshi ko‘rg‘aydir, biz ham uni yaxshi ko‘rg‘aydirmiz, ansorlardan kimlarning hovlisi yaxshi ekanligini sizlarga aytayinmi?»-dedilar. Sahobalar: «Ha»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Baniy Najjorning hovlisi, Baniy Abdu-l-Ashhalning hovlisi, Baniy So’idaning yokim Baniyyu-l-Haras ibn al-Hazrajning hovlisi»,- dedilar, keyin: «Har bir ansoriyning hovlisida yaxshilig‘ mavjuddir»,- deb qo‘shib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:50:43
153-bob. Osmon suvi (yomg‘ir) va oqar suv bilan sug‘oriladirgan ekindan olinadirgan ushr solig‘i

Umar ibn Abd-ul-Aziz asalga soliq solmakni lozim ko‘rmaganlar.

Solim ibn Abdullohning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Osmon (yomgir) va buloqlar yoki yer osti sizot suvlari birlan sug‘orilgan ekinga ushr (hosilning o‘ndan biri), chig‘ir yordamida sug‘orilgan ekinga ersa, yarim ushr soliq soling‘aydir»,- deb aytganlar».

Imom Buxoriy bunday deydilar: «Bu hadis avvalgi (ya’ni, Umar aytgan) hadisning tafsiridir, chunkim Umarning rivoyatida «Osmon (yomg‘ir) suvi birlan sug‘oriladirgan ekinga ushr solinmog‘i lozimdir» deyilib, vaqti ko‘rsatilmagan. Solim ibn Abdullohning otalari aytgan hadisda ersa, ushr shartlari kengroq, bayon qilinib, «Sug‘orilgan ekinga», deb vaqti aniq ko‘rsatilgan. Agar hadisni subut ahli (ya’ni, so‘zi ishonarli kishilar) aytgan bo‘lsa, uni qabul qilmoq lozim. Chunonchi, Fazl ibn Abbos: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ka’ba ichkarisida namoz o‘qimadilar»,- deb aytdi, Bilol ersa: «Namoz o‘qidilar»,- dedi, shunda Fazlning gapi ishonarsiz, deb topilib, Bilolning so‘zi maqbul ko‘rildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:50:55
154-bob. Besh vasaq bo‘lmasa, sadaqa lozim ermas

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Besh vasaqdan oz narsalardan, tuyalari soni beshtadan kam podadan hamda besh uqqiyyadan kam kumush (pul) dan sadaqa (zakot) olinmag‘aydir»,- deb aytganlar».

Imom Buxoriy bunday deydilar: «Bu hadis dastlabki (Ibn Umar aytgan) hadisning tafsiridir. Ibn Umarning hadisida: «Besh vasaq bo‘lmasa, sadaqa lozim ermas»,- deyilgan. Bu yerda, «besh vasaqdan oz» yoki «ko‘p» degan ma’kul. Abu Sa’id Xudriyning hadisida ersa, «Besh vasakdan oz...», deb aniq aytilgan. Ilmda doimo ahli subutlar aniq-oydin qilib aytgan hadislar qabul qiling‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:51:07
155-bob. Xurmo terilganda olinadirgan zakothaqida; yosh bola zakotga berilgan xurmoni (emay) tashlab ketadirmi?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Xurmo terimi vaqtida, kim Nabiy sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelsa, xurmo ko‘tarib kelardi, hatto xurmoning ko‘pligidan tepalik hosil bo‘lur erdi. Bir kuni (nabiralari) Hasan va Husan raziyallohu anhumo xurmolardan olib o‘ynay boshlashdi. Keyin, ulardan biri bitta xurmo olib og‘ziga soldi. Janob Rasululloh buni ko‘rib, xurmoni uning og‘zidan chiqarib oldilar-da: «Muhammad zurriyoti sadaqa yemasligini bilmasmisen?!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:51:24
156-bob. Kimda-kim ushr yoki zakot bermog‘i lozim bo‘la turib, xurmo mevalarini yoki xurmozorning o‘zini yohud yerini yoinki ekinini sotib yuborsa, to‘lovni boshqa narsalar hisobiga ado etmog‘i mumkin

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Mevaning yaroqliligini bilmay turib, sotmangiz!» - dedilar. Demak, meva pishgandan keyin sotishni hech kimga man’ qilganlari yo‘q va zakot bermog‘i lozim bo‘lganlarni zakot bermog‘i lozim bo‘lmaganlardan ajratib, alohida eslatib o‘tmadilar ham.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meva yaroqli bo‘lmaguncha sotmoqni man’ qildilar. «Meva qachon yaroqli bo‘lur?» - deb so‘rashganda, «Uning kamchiligi qolmaganda»,- dedilar».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu ham: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meva yaroqli bo‘lmaguncha sotmoqni man’ qildilar»,- deydilar.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam mevalarni yetilmaguncha sotmoqni ta’qiqladilar» ,— dedilar, keyin: «Qizarmaguncha» ,— deb ham qo‘shib qo‘ydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:51:47
157-bob. Birov sadaqa qilgan narsani boshqa bir odam sotib olsa bo‘ladirmi? Birov sadaqa qilgan narsani boshqa bir odam sotib olsa, zarari yo‘qdir, chunki Nabiy sallallohu alayhi va sallam sadaqa qilgan kishigagina o‘zi sadaqa qilgan narsani sotib olmoqni man’ qilganlar

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Umar ibn Xattob Olloh yo‘liga bir otni sadaqa qilgan erdilar. Bir kuni o‘sha otni sotishayotganini ko‘rib, o‘zlari qaytib sotib olmoqchi bo‘ldilar. Avval Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, maslahat qildilar. Shunda Janob Rasululloh: «Sadaqangni qaytib olmag‘il!» - dedilar. Shu-shu bo‘ldi-yu, Hazrat Umar, sadaqa qilgan narsalari qaytib qo‘llariga tushib qolsa, darrov birovga berib yuborar erdilar».

Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Fi sabililloh bir kishiga ot mindirib yubordim, lekin u otni xarob qilib qo‘ydi. (Otga achinib) uni qaytib sotib olmoqchi bo‘ldim, arzonroq bersa kerak, deb o‘ylovdim. Nabiy sallallohu alayhi va sallamga niyatimni aytgai erdim: «Agar bir dirhamga bersa ham, sadaqa qilgan narsangni qaytib sotib olmag‘il! Chunki sadaqa qilgan narsasini qaytib oladirgan odam, o‘z qusug‘ini qaytib yegan itga o‘xshaydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:52:00
158-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamga qilinadirgan sadaqa xususida zikr qilingan hadis

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hasan ibn Ali raziyallohu anhu zakotga berilgan xurmolardan bittasini og‘zilariga soldilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam, xurmoni yemay og‘izdan olib tashlasin deb, «kix-kix» (nafratlanganda aytiladirgan so‘z) dedilar-da, «Biz sadaqa yemasligimizni bilmasmisen?!» - deb koyidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:52:13
159-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ayollari ozod etgan qulga berilgan sadaqa haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xotinlari Maymuna raziyallohu anhoning ozod etilgan qullaridan biriga sadaqa qilingan harom o‘lgan qo‘yga ko‘zlari tushib: «Uning terisidan foydalanmadingizlarmi?» - dedilar. Ular: «Harom o‘lgan-ku!» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Go‘shtiny yemoq haromdir»,- dedilar».

Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oishaonamiz Barirani qullikdan ozod qilmoq niyatida sotib olmoqchi bo‘ldilar. Lekin, Bariraning xo‘jayini unga nisbatan valiylik huquqini o‘zida qoldirish sharti bilan sotmoqchi bo‘ldi. Oisha onamiz bu gapni Nabiy sallallohu alayhi va sallamga aytdilar. Shunda, Nabiy sallalloxu alayhi va sallam Oisha onamizga: «Sotib olaverg‘il, valiylik huquqi qulni ozod qilgan kishida qolg‘aydir» ,— dedilar».

Oisha onamiz bunday deydilar: «Bir kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir oz go‘sht keltirishdi. Shunda men: «Bu Bariraga sadaqami?» - dedim. Janob Rasululloh: «Bariraga sadaqa, bizga hadya» ,— dedilar (ozod qilingan qul, valiylik huquqiga ko‘ra, ozod qilgan shaxs oilasining qarindoshi hisoblanib, meros olish huquqiga ham ega bo‘ladir).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:52:36
160-bob. Sadaqa sadaqalik xususiyatini yo‘qotsa...

Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhu va sallam Oisha raziyallohu anhoning oldilariga kirib: «Biror yegulik narsa bormi?» - dedilar. Oisha onamiz: «Nusayba sadaqa qilib berib yuborgan qo‘y go‘shtidan bo‘lak narsa yo‘qdir»,- deb javob qildilar. Janob Rasululloh: «Sadaqa endi o‘z o‘rnini topibdir!»-dedilar (ya’ni, «Bizga sadaqa ermas, hadyadir»,-dedilar, chunki mazkur go‘sht boshqa bir odamga sadaqa qilib yuborilgan qo‘yning go‘shti erdi)».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bariraga sadaqa qilingan go‘shtdan Nabiy sallallohu alayhi va sallamga ham olib kelishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Bu go‘sht Barira uchun - sadaqa, biz uchun hadyadir,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:52:58
161-bob. Hamma yerda ham boylardan sadaqa olinib, faqirlarga beriladir

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Maozni Yamanga yubora turib: «Sen ahli kitob bo‘lmish qavm huzuriga borayotirsen, borsang, eng avvalo ularni «Lo iloha il-la-l-lohu Muhammadun Rasululloh» deb kalimai shahodat aytmoqqa da’vat etg‘il, agar so‘zingga kirsalar, Olloh taolo har kecha-kunduzda besh vaqt namoz o‘qimoqni farz qilganini ularga aytg‘il, agar bunga ham ko‘nsalar, Olloh taolo boylardan zakot olib, faqirlarga bermoqni ham farz aylaganini ularga ma’lum qilg‘il, agar bunga ham rozi bo‘lsalar, zakotga odamlarning eng yaxshi molini olmoq makruhlig‘ini bildirg‘il! Jabrdiyda odamning qarg‘ishidan qo‘rqg‘il! Chunki u birlan Olloh taolo o‘rtasida parda yo‘qdir!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:53:17
162-bob. Imomning sadaqa qilgan kishini topgantutganiga baraka tilab, duo qilmog‘i lozimligi; Olloh taolo: «Ularning mollaridan sadaqa olingiz, ularni shu vosita ila poklagan va gunohlardan forig‘ qilgan bo‘lursiz, ularning haqqig‘a duo qilingiz, chunkim sizning duoyingiz ularga taskin-tasalli berg‘aydir!» - deydir

Abdulloh ibn Abu Avfo rivoyat qiladirlar: «Agar birqavm Nabiy sallallohu alayhi va sallamga sadaqa olib kelsa, ul kishi: «Ye parvardigor, flonchining ajdod-avlodlaridan rahmatingni darig‘ tutmag‘aysen!» - deb duo qilar erdilar. Bir kuni mening otam Janob Rasulullohga sadaqa olib keldilar. Shunda, ul zoti oliy: «Yo parvardigor, Aou Avfo ahlidan rahmatingni ayamag‘aysen!» - drb Olloh taologa iltijo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:53:29
163-bob. Dengizdan olinadirgan narsalar haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Anbar maxsus to‘plangan xazina ermas, u dengiz chiqarib tashlaydirgan bir narsadir. Hasan Basriy: «Anbar va marjon uchun uning beshdan biri miqdorida sadaqa qilinmog‘i dozimdir, lekin suvdan topib olinadirgan narsalar uchun ermas»,- deganlar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallam haqlarida rivoyat qiladirlar: «Baniy Isroilga mansub bir kishi bir qavmdoshidan ming dinor qarz so‘radi. Ul kishi aytganini berdi. Bir kuni qarz olgan odam qarzink qaytarib olib borib bermoq maqsadida dengiz bo‘yiga kelib, kema uchratmadi. Nima qilmog‘ini bilmay, ming dinorni bir yog‘ochning kavagiga tiqib, dengizga uloqtirdi. Tasodifan, qarz bergan odam dengiz sohiliga borsa, qirg‘oq yaqinida bir yog‘och qalqib turibdir. U, yog‘ochni o‘tin qilg‘ayman, deb uyiga olib borib yorgan erdi, ichidan ming dinor pul chiqdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:53:42
164-bob. Xazinaning beshdan biri miqdorida sadaqa bermoq lozim

Molik va Ibn Idris raziyallohu anhumo rivoyat qiladirlar: «Xazina johiliya davridan qolgan dafinadir, u xoh ko‘p bo‘lsin, xoh oz bo‘lsin, beshdan biri miqdorida sadaqa lozimdir, lekin ma’dan xazina ermas. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ma’dan (qazish) da jubor (o‘lim xatari) bordir (bu yerda, ma’dandan zakot olinmagaydir, degan ma’no kelib chiqmaydir), xazinada ersa, xums (molning beshdan biri hisobida olinadirgan soliq) bordir»,- deb aytganlar. Umar ibn Abdu-l-aziz ma’danlarning har ikki yuz dirhamidan besh dirham zakot olar erdi. Hasan Basriy bunday deydilar: «Urush bo‘layotgan yerlarda (konlardan) olingan xazinaga xums, urush yo‘q yerlardan olingan xazinaga ersa, zakot soling‘aydir! Agar dushman yeridan biror yombi (boylik) topsang, bu haqda xabar berg‘il, basharty u dushmanniki bo‘lsa, undan xums oling‘aydir. Ba’zilar: «Ma’dan ham johiliya davrining dafinasi singari bir xazinadir»,- deyishadi. Chunki, odatda ma’dandan biror narsa (kumush yoki tilla) chiqib qolsa, «Ma’danning tarkibida bor erkan»,-deyiladi. Hadya berilgan kishiga yoki (savdo-sotiqdan) ko‘p foyda olgan kishiga yohud mo‘l-hosil yetishtirgan kishiga: «Boyib ketding!» - deyishganda, u tonib (boyligini yashirib), xums to‘lamasligi mumkin».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yovvoyi hayvonlar, quduq va ma’dan daromad keltirmag‘aydir, ammo xazina uchun xums oling‘aydir»,- deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:53:56
165-bob. Olloh taoloning «... va-l-omiliyna alayqo» (sadaqa yig‘guvchilarni) degan so‘zi xususida va sadaqa yigg‘uvchilarning (zakotchilarning) imomga hisob-kitob bermog‘i to‘g‘risida

Abu Humayd So’idiy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baniy Sulaym ahlidan sadaqa (zakot) yig‘ishda Ibn Lutbiya nomli bir kishining xizmatidan foydalandilar, u zakot yig‘ib kelgach, Janob Rasulullohga hisob-kitob berdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:54:08
166-bob. Sadaqaga (zakotga) berilgan tuyalardan va ularning sutlaridan yo‘lovchilarning foydalanmogi haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Urayna qabilasiga mansub bir guruh odamlar Madina havosiga o‘rgana olmay, kasal bo‘lib qolishdi. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sadaqaga (zakotga) berilgan tullar oldiga borib, ularning suti va siydigidan (dori uchun) ichmoqqa ruxsat berdilar. Ular ersa (ko‘rnamaklik qilib) tuyakashni o‘ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularning ketidan askar yubordilar, tutib kelishgach, qo‘l-oyoqlarini kestirib, ko‘zlarini o‘ydirdilar, so‘ng oftobga tashlab qo‘ydilar, (og‘riqdan) tosh g‘ajib yotishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:54:19
167-bob. Imomning sadaqaga (zakotga) berilgan tuyalarga o‘z qo‘li birlan tamg‘a urib chiqmog‘i haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Erta bilan Abdulloh ibn Talhani yonimga olib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bordim, Abdullohni bir «tahnik» qilib qo‘ysalar, degan niyatim bor erdi («tahnik» - bir dona xurmoni chaynab, tabarruk qilib, keyin uni yosh bolaning og‘ziga solib, tanglayini ko‘tarmoq odati). Qarasam, Janob Rasululloh o‘z qo‘llari birlan tuyalarni tamg‘alayotgan erkanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:54:31
168-bob. Fitr sadaqasining farz ekanligi

Abu-l-Oliya, Ato va Ibn Sirin fitr sadaqasini farz, deb hisoblaydirlar.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir musulmonga, u xoh qul, xoh ozod shaxs bo‘lsin, xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin, xoh yosh va xoh keksa bo‘lsin, xurmodan bir so’ yoki arpadan bir so’ fitri ro‘za bermoqni farz qilib, uni odamlar hayit namoziga chiqmasidan burun ado etmoqni amr qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:54:43
169-bob. Qul va (undan) boshqa musulmon kishilarning fitri ro‘za bermog‘i vojib

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir musulmonga, u xoh qul, xoh ozod shaxs bo‘lsin, xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin, xoh yosh va xoh kesa bo‘lsin, xurmodan bir so’ yoki arpadan bir so’ fitr zakoti bermoqni farz qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:54:53
170-bob. Arpadan bir so’ fitr zakoti beriladir

Abu Sa’id raziyallohu anhu: «Bir so’ arpani ovqat o‘rnida fitri ro‘zaga berar erdik»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:55:02
171-bob. Taomlardan bir so’ fitri ro‘za beriladir

Ayoz ibn Abdulloh ibn Sa’d ibn Abu Sarh Omiriyga Abu Sa’id Xudriy raziyalloxu anhu: «Biz fitr zakotiga bir so’ taom yoki bir so’ arpa yoki bir so’ xurmo yoki bir so’ qurut yoki bir so’ mayiz chiqarar erdik»,- degan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:55:11
172-bob. Xurmodan bir so’ fitri ro‘za beriladir

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam fitr zakotiga bir so’ xurmo yoki bir so’ arpa bermoqni amr qildilar. Odamlar ersa, buning evaziga ikki mud bug‘doy bermoqni odat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:55:21
173-bob. Mayizdan bir so’ fitr zakoti beriladir

Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning davrlarida fitr sadaqasiga bir so’ taom yoki bir so’ xurmo yoki bir so’ arpa yoki bir so’ mayiz berar erdik. Muoviya davriga kelib, Shom mamlakatida bug‘doy mo‘l hosil bera boshladi. Shunda ; Muoviya: «Bug‘doyning bir muddi boshqa mevalarning ikki muddiga tengdir, deb o‘ylayman,- dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:55:34
174-bob. Sadaqa hayit namozidan oldin beriladir

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam odamlarga namozga chiqmasdan avval zakot bermoqni amr qildilar»,- deydilar.

Sa’id Xudriy raziyallohu anhu: «Rasulullou, sallallohu alayhi va sallam zamonlarida Fitr hayiti kuni bir so’ taomni sadaqa qilib chiqarar erdik, o‘shanda bizning taomimiz arpa, mayiz, qurut va xurmodan iborat bo‘lur erdi»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:55:52
175-bob. Ozod kishilar va mamluklarning Fitr sadaqasi berishi lozimligi haqida

Zuhriy raziyallohu anhu: «Mamluklar uchun, ular sotilganda ham, Fitr hayitida ham zakot to‘lang‘aydir»,- deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhu va sallam erkak, ayol, ozod shaxs va mamlukka bir so’ xurmo yoki bir so’ arpa miqdorida fitri ro‘za (yoki fitri ramazon) bermog‘ni farz qildilar. Odamlar ersa, buning o‘rniga yarim so’ bug‘doy beradigan bo‘ldilar» ,— deydilar».

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar bir so’ xurmo berar erdilar. Madina ahli, xurmo kam bo‘lganda, o‘rniga arpa berdi. Ibn Umar (uyidagi) barcha katta-kichiklar nomidan, hattoki mening bolalarim nomidan ham fitri ro‘za berib yuborar erdilar. Fitri ro‘zani fitri ro‘za yig‘guvchi maxsus kishilarga berar erdilar. Fitri ro‘zani hayitdan bir kun yoki ikki kun ilgari berar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 05:56:01
176-bob. Kattayu-kichik fitri ro‘za bermog‘i lozim!

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kattayu-kichikka hamda ozod shaxs va mamlukka bir so’ arpa yoki bir so’ xurmo fitri ro‘za bermoqni farz qildilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:47:07
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Haj kitobi. Hajning vojib ekanligi va uning fazilati haqida


Olloh taolo bu xususda: «Kimning qudrati yetg‘aydir, Olloh yo‘lida Baytullohga haj qilmog‘i farzdir. Kimki Ollohning hukmiga qarshi chiqg‘aydir, Olloh undoq bandalarga muhtoj ermasdir!» - deydi.

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Fazl raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalarida tuyaga mingashib olgan erdilar. Shu payt, Xas’am qavmiga mansub bir ayol keldi. Fazl birlan ayol hadeb bir-birlariga qarashaverdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam Fazlning yuzini boshqa tomonga burib qo‘ydilar. Ayol: «Yo Rasululloh, Olloh taolo o‘z bandalariga hajni farz qilgan payt otamning tuya ustida o‘tira olmaydirgan keksalik vaqtlariga to‘g‘ri kelib qoldi, men otamning nomlaridan haj qilsam bo‘lurmu?» - deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ha»,- dedilar. Bu voqea Hajjat ul-Vido’da bo‘lgandi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:48:53
2-bob. Olloh taoloning «O’zlari uchun savobli bo‘lgan marosimlarda ishtirok etmoq uchun terisi so‘ngaklariga yopishgan tuyalarni minib, har tarafdan oshiqib oldingizga kelg‘aydirlar» degan oyati kariymasi xususida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Zulhulayfada' Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyalariga minayotganlarini ko‘rdim. Tuyaga minib olgach, talbiya aytdilar, tuya ersa, tik turgancha qimirlamay turdi».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zulhulayfadan (boshlab), tuyalari ul kishini ko‘tarib qimirlamay tik turgan paytdan boshlab tahlil aytar erdilar». Anas va Ibn Abbos ham xuddi shu hadisni rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:51:39
3-bob. Egarda o‘tirib haj qilmoq to‘g‘risida

Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oisha raziyallohu anhoni ukalari Abdurrahmon birlan birga hajga exrom bog‘lagani yubordilar. Ukalari Oisha onamizni egarga mingashtirib olib, Tan’imdan boshlab umra (kichik haj) qildirdilar», Umar raziyallohu anhu: «Hajda egar qorinbog‘larini qattiqroq tortingiz, chunki haj ikki jihoddan biridir!» -deganlar.

Sumoma ibn Abdulloh ibn Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Anas egardan tushmay haj qildi, u xasis ermas erdi (ya’ni, tuyasini ko‘zi qiymaganligidan shunday qilgani yo‘q, balki unga yegulik va boshqa kerakli anjomlarini ortib olgandi).

Anas: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ham yegulik. va boshqa narsalarini tuyalariga ortib olib, egardan tushmay haj qilganlar»,- degandi».

Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz raziyallohu anho: «Yo Rasululloh, sizlar umra (kichik haj) qildingiz, men umra qila olmadim»,-dedilar. Janob Rasululloh: «Yo Abdurrahmon, opangni olib borib, Tan’imdan boshlab umra qildirg‘il!» - dedilar. Abdurrahmon Oisha onamizni tuyaga mingashtirib olib bordilar. Oisha onamiz umra qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:52:51
4-bob. Xolis niyat birlan haj qilmoqning fazilati

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Islom amallaridan qay birisi afzal?» -deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Olloh va uning Rasuliga iymon keltirmoq»,- dedilar. «Yana qaysinisi? - deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Xolis nyyat birla haj qilmoq»,-deb javob berdilar».

Oisha binti Talha rivoyat qiladirlar: «Oisha onamiz: «Yo Rasululloh, jihod islom amallaridan eng afzali, deb bilg‘aymiz, jihod qilmag‘aymizmi?» - dedilar. Janob Rasululloh: «Lekin, eng afzal jihod - xolis niyat birla haj qilmoqdir!»-deb javob qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim yomon so‘zlamay va yomonliq qilmay Olloh taolo yo‘lida haj qilsa, onasidan bugun tug‘ilgandek gunohlaridan pok bo‘lib qaytg‘aydir»,- deb aytganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:53:44
5-bob. Haj va umra miyqotlarining farz qilinmog‘i haqida

Zuhayr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Zayd ibn Jubayr Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhuning uylariga bordilar. Abdulloh ibn Umarning hovlisida chodir o‘rnatilgan bo‘lib, hovli sahnining tepasiga ham ip mato tortilgan erdi. «Qaerdan umra qilmoqni boshlarmen? - deb so‘radi Zayd. Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najd ahliga Qarn degan yerdan, Madina ahliga Zulhulayfadan, Shom ahliga ersa, Juhfadan boshlamoqni farz qilganlar»,-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:53:58
6-bob.

Olloh taolo: «O’zingiz birlan yegulik olib ketingiz, yegulikning afzali ersa, taqvodir!» - deydi.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Yaman ahli haj qilganda yo‘lga yegulik olmas erdi, «Biz tavakkalchilarmiz»,- deyishardi. Makkaga kelgandan keyin ersa, odamlardan ovqat so‘rab, tilamchilik qilishg‘ay erdi. Shu boisdan Olloh taolo mazkur oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:54:45
7-bob. Makka ahlining haj va umra uchun belgilangan tahlilgohi

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Juhfani, Najd ahliga Qarn al-Manozilni, Yaman ahliga ersa, Yalamlamni miyqot qilib belgilab berdilar. O’sha joylar ularga ham, boshqa tomonlardan haj va umra qilmoqni ixtiyor aylab kelganlarga ham miyqotdir. Kimki mazkur belgilangan yerlarga yaqin tursa, o‘sha turgan joyi miyqotdir, hatto Makka ahli ham Makkada ehrom bog‘lag‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:54:57
8-bob. Madina ahlining miyqoti; ular Zulhulayfaga kelmasdan ilgari tahlil aytmaydirlar

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Madina ahli Zulhulayfadan, Shom ahli Juhfadan, Najd ahli Qarndan boshlab tahlil aytg‘aydir»,- deganlar. Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Yaman ahli Yalamlamdan boshlab tahlil aytg‘aydir»,-deganlarini ham bilurmen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:55:08
9-bob. Shom ahlining tahlilgohi

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madina ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Juhfani, Najd ahliga Qarn al-Manozilni, Yaman ahliga ersa, Yalamlamni miyqot qilib belgilab berdilar. O’sha yerlar ularga ham, boshqa tomonlardan haj va umra qilmoqni ixtiyor aylab kelganlarga ham miyqotdir. Mazkur belgilangan joylarga yaqin turadiganlar uchun o‘zlari turgan joy miyqotdir, hatto Makka ahli ham shaharning o‘zida ehrom bog‘lag‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:55:29
10-bob. Najd ahliniyg tahlilgohi

Solimning otalari Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam miyqotlarni belgilab berdilar»,- deb aytgan erkanlar.

Solim ibn Abdulloh otalaridan eshitgan hadisni rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madina ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Mahya’a, ya’ni Juhfani, Najd ahliga Qarnni miyqot qilib belgilab berdilar».

Ibn Umar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Yaman ahliga Yalamlamni miyqot    qilib   belgilab    berganlarini    aytishg‘aydir,    lekin    men    o‘zlaridan eshitmaganman» ,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:55:44
11-bob. Miyqotlari bo‘lmaganlarning tahlilgohlari

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Juhfani, Yaman ahliga Yalamlamni, Najd ahliga Qarnni miyqot qilib belgilab berdilar. O’sha miyqotlar ularga ham, boshqa tomonlardan haj va umra qilmoqni ixtiyor aylab kelganlar uchun ham miyqot vazifasini o‘tag‘aydir. Mazkur miyqotlarga yaqin turganlar uchun o‘sha o‘zlari turgan yer miyqotdir, hatto Makka ahli ham Makkada ehrom bog‘lag‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:56:19
12-bob. Yaman ahlining tahlilgohi

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Juhfani, Najd ahliga Qarn al-Manozilni, Yaman ahliga Yalamlamni miyqot qilib belgilab berdilar. O’sha miyqotlar ularga ham, boshqa tomonlardan haj va umra qilmoqni ixtiyor aylab kelguvchilarga ham miyqotdir, hatto Makka ahli Makkada ehrom bog‘lag‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:56:32
13-bob. Iroq ahliga Zotu Irq miyqotdir

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bu ikki shahar - Basra va Kufa fath bo‘lganda, odamlar Umar raziyallohu anhuning huzurlariga kelib: «Ey Amir almo‘‘minin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Najd ahliga Qarnni miyqot qilib belgiladilar, lekin u bizning yo‘limiz ustida ermas. Agar istaganimizda ham, biz o‘zimizga alohida miyqot belgilab olmog‘imiz qiyin»,-deyishdi. Hazrat Umar: «Yo‘lingiz ustidagi birorta joyni qarab ko‘ringiz, to‘g‘ri kelsa, o‘shani miyqot qilib ola qolingiz!» - dedilar. Ular borib qarab kelishgach, Zotu Irqni miyqot qilib belgilab berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:56:43
14-bob.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hulayfadagi katta selxonaga kelganlarida tuyalarini cho‘ktirdilar-da, pastga tushib ikki rak’at namoz o‘qidilar». Abdulloh ibn Umar ham shunday qilar erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:57:55
15-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Shajara yo‘li orqali chiqib borishlari haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Shajara (Daraxt) yo‘li orqali chiqib borar erdilar, qaytishda ersa, Mu’arras yo‘li orqali o‘tib, (uylariga) kirib ketar erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar Makkaga yo‘l olsalar, Shajara masjidida namoz o‘qib o‘tar erdilar, qaytishda ersa, Zulhulayfadagi vodiyda to‘xtab, namoz o‘qirdilar, o‘sha yerda tong ottirar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:58:09
16-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Aqiq - tabarruk vodiydir!» deganlari haqida

Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Aqiq vodiysida turib: «Bul kecha Olloh taolodan menga xabarchi keldi, ul menga: «Shu tabarruk vodiyda namoz o‘qig‘il, so‘ng hajda umra qildim, degil!» -deb aytdi»,- deganlarini eshitdim» («Hajda umra qildim», ya’ni «Kichik haj qilgandek bo‘ldim» deyish birlan, mazkur vodiyning tabarruk ekanlig‘iga ishora qiling‘aydir

Solim otalari Abdulloh ibn Umardan eshitgan hadisni rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Aqiq vodiysida joylashgan Zulhulayfada dam olib yotganlarida tush ko‘rdilar. Tushlarida «Siz tabarruk soy o‘zanida turibdirsiz»,- deb aytishgan emish».

Muso ibn Uqba bunday deydilar: «Solim tuyalarimizni Abdulloh tuyasini cho‘ktirib yuradirgan joyga cho‘ktirdi. Bu yer Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (dam oladirgan) joylari bo‘lib, Aqiq vodiysidagi masjiddan pastroqda, hajga borib kelguvchilar qo‘nib o‘tadirgan manzil birlan yo‘l oralig‘idadir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:58:25
17-bob. Badandagi xushbo‘y hid uch marta yuvib ketkazilg‘aydir

Ibn Jurayj rivoyat qiladirlar: «Ya’lo raziyallohu* anhu Umar raziyallohu anhuga: «Menga Nabiy sallallohu alayhi va sallamning vahiy nozil bo‘layotgan paytdagi holatlarini ko‘rsating!» - dedi. Shu payt, Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir nafar sahobalari birlan Ji’ronada o‘tirgan erdilar, bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, umraga ehrom bdtlab, o‘ziga xushbo‘y narsalar sepib olgan kishi xususida ne dersiz? » - deb so‘rab qoldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir soat sukut qildilar, keyin vahiy keldi. Umar raziyallohu anhu Ya’loga ishora qilgan erdilar, u keldi. Ushanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tepalariga soya qilmoq uchun kiyim osib qo‘yilgan erdi. Ya’lo ko‘ylak ortiga boshini tiqib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yuzlari qizarib ketganligini, entikib zo‘rga nafas olayotganlarini ko‘rdi. Vahiy kelishi tugagach, Janob Rasululloh yengil tortdilar, so‘ng: «Umra to‘g‘risida so‘ragan boyagi kishi qani?»-dedilar. Uni chaqirib kelishgach: «Badaningdagi xushbo‘y hidni uch marta yuvib ketkazg‘il, kiyimingni o‘zgartirgil, so‘ng hajda ne qilmog‘ing lozim ersa, umrada ham shundoq qilg‘il!» - dedilar. Men Atodan: «Uch marta yuvmoqni amr qilganlarida hidni ketkazmoqni nazarda tutdilarmi?»-deb so‘radim. «Ha» ,— dedilar Ato raziyallohu anhu».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 06:58:40
18-bob. Ehrom bog‘lashdan avval o‘ziga xushbo‘y narsalar surtmoq; ehromga kirmoq uchun nima kiygaydir? Sochlarini tarab, o‘ziga xushbo‘y narsalar surtg‘aydir

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Ehrom bog‘lagan kishi rayhon hidlag‘aydir, ko‘zguga qarab o‘zini tartibga solg‘aydir, o‘zi (kunda) yeb yuradirgan zayt (zaytun yog‘i) va samn (hayvon yog‘i) birlan o‘zini muolaja qilg‘aydir»,- deydilar. Ato raziyallohu anhu: «Ehrom bog‘lagan odam uzuk taqg‘aydir, hamyonini (beliga) osib olg‘aydir»,-deydilar. Ibn Umar raziyallohu anhu ehrom bog‘lab tavof qildilar. bellariga ko‘ylaklarini belbog‘ qilib olgan erdilar. Oisha onamiz taxtiravonlarini ko‘tarib yuradirgan kishilarning tubbon (uzunligi bir qarich keladirgan kalta ishton) kiyib yurishlariga e’tibor bermas erdilar».

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu o‘zlariga zayt surkab olardilar. Bu haqda Ibrohimga aytgan erdim, u: «Asvadga Oisha onamiz aytib bergan mana bu so‘zga nima dersan? Oisha onamiz: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehromdaliklarida peshonalarining xushbo‘y narsa surtilganidan yaltirab turganini hozir ham ko‘rib turgandekman»- deganlar»,- dedi».

Abdurrahmon ibn al-Qosim rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha raziyallohu anho: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ehrom bog‘lab Ka’bani tavof qilmoqlaridan oldin ham, tavof qilib chiqqanlaridan keyin ham xushbo‘y narsalar surtib qo‘yg‘ay erdim»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:01:24
19-bob. Sochini ixchamlab olib tahlil aytmoq

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu' alayhi va sallamning sochlarini ixchamlab olib, tahlil aytganlarini ko‘rdim»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:01:37
20-bob. Zulhulayfa masjidi yonida tahlil aytmoq haqida

Solim ibn Abdulloh: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zulhulayfa masjidi yoniga kelibgina tahlil (talbiya) ayta boshlar erdilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:01:49
21-bob. Ehrom bog‘laydirgan odam qanday kiyimlarni kiymasligi lozim?

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, ehrom bog‘laydirgan odam qanday kiyimlar kiymog‘i kerak?»-deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ko‘ylak, salla, cholvor, burnus (bosh va yelkani yopib turadirgan xalat), mahsi kiymag‘aydir, mobodo mahsidan boshqa oyoq kiyim topmasa, qo‘njini to‘pig‘idan past qilib kesib tashlag‘aydir, agar kiyimga za’faron va vars (sariq daraxtdan olinadirgan rang) tekkan bo‘lsa, kiymangiz!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:02:00
22-bob. Hajda o‘zi ulov minib yoki birovning orqasiga mingashib yurmoq

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Usoma raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamning orqalarida tuyaga mingashib Arafotdan Muzdalifagacha bordi, so‘ng Muzdalifadan Minogacha Fazl mingashib oldi. Usoma va Fazl: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Jamrat ul-Aqabagacha talbiya aytib bordilar» ,— deyishadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:02:15
23-bob. Ehromdagi kishi rido va izor kabi kiyimlarni kiyadirmi?

Oisha raziyallohu anho ehromda bo‘la turib, za’far birlan bo‘yalgan kiyim kiydilar-da: «Chachvon va chimmat yopinmag‘il, vars (sariq daraxtdan olinadirgan rang) va za’faron birlan bo‘yalgan kiyim kiymag‘il!» - dedilar. Jobir raziyallohu anhu: «Za’far birlan bo‘yalgan kiyimdan xushbo‘y hid kelg‘aydir, demasman, Oisha onamiz ayollarning taqinchoqlar taqmog‘i, qora va qizil kiyim hamda xuff (engil oyoq kiyimi) kiymog‘ining zarari yo‘qdir, deb hisoblaganlar. Ibrohim raziyallohu anhu: «Kiyimlarini almashtirib olsa ham bo‘lur»,- deganlar.

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sochlarini taratib, badanlariga xushbo‘y narsalar surkatib, izor va ridolarini kiyib Madinadan yo‘lga chiqdilar. Janob Rasululloh ham, u kishining sahobalari ham rangi badanga yuqib qoladirgan za’faronga bo‘yalgan rido va izorlarnigina kiymoqni man’ qildilar. Janob Rasululloh Zulhulayfada tong ottirdilar, so‘ng tuyalarini minib Baido’ tog‘iga chiqib, o‘zlari ham, sahobalari ham talbiya aytishdi. So‘ng, qurbonlik eqanligini bildirmoq uchun tuyalarining bo‘yniga narsa osib qo‘ydilar. Shunda, Zulqa’da oyiga besh kun qolgandi. Janob Rasululloh Zulhijja oyining to‘rtinchi kuni Makkaga keldilar, Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva oralig‘ida yugurdilar. lekin hanuz qurbonlik qilmaganliklari uchun ehromlarini yecholmas erdilar. Keyin, Janob Rasululloh Makkaning yuqori tomonidagi Hajun - haj vaqtida ustiga chiqib talbiya aytadirgan tog‘ yoniga bordilar, lekin ilgari tazof qilganlaricha Ka’baga yaqinlashmadilar, Arafotdan orqalariga qaytib, sahobalarga Ka’bani tavof qilmoqni, Safo va Marva orasida yugurmoqni, so‘ng sochlarini kalta qilib, ehromlarini yechmoqni buyurdilar. Yuqoridagi amallar o‘zi birlan qurbonlikka atalgan biror hayvon haydab kelmagan va ehrom bog‘lamay, o‘ziga xushbo‘y narsalar surtib, odatdagi kiyimini kiyib, xotini birlan birga hajga chiqqan kishiga taalluqlidir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:02:29
24-bob. Zulhulayfada yotib qolib, tong ottirgan odam xususida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi; va sallam Madinada to‘rt rak’at, Zulhulayfada ikki rak’at namoz o‘qidilar. Shu kuni Zulhulayfada qolib, tong ottirdilar. Ertalab tuyalariga minib talbiya aytganlarida, u qimirlamay tek turdi».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinada to‘rt rak’at peshin, Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar, endi Zulhulayfada kechasi birlan qoladirgan ko‘rinadirlar»,- deb aytgan ekanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:02:43
25-bob. Baland ovoz birla tahlil aytmoq haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinada to‘rt rak’at peshin, Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar, men Janob Rasululloh va sahobalarning baland ovoz birla tahlil aytishayotganini eshitdim»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:03:07
26-bob. Talbiya aytmoq to‘g‘risida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Labbayka-l-lohumma lab-bayk, labbayka lo shariyka laka labbayk, inna-l-hamda va-n-ni’mata laka va-l-mulk, lo shariyka laka» deb talbiya aytar erdilar»,-deydilar.

Oisha raziyallohu anho: «Men haqiqatan ham Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qanday talbiya aytganlarini yaxshi bilaman, u. kishi: «Labbayka-l-lohumma lab-bayk, labbayka lo shariyka laka labbayk, inna-l-hamda va-n-ni’mata laka» deb talbiya aytar edilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:03:29
27-bob. Ulovga minganda tahlildan ilgari takbir, tasbih va hamda hamd aytmoq haqida

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan birga Madinada to‘rt rak’at peshin, Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar, so‘ng shu yerda qolib, tong ottirdilar. So‘ng, (ertalab) tuyalarini minib yo‘lga tushdilar. Baydo’ga borganda tuyalari to‘xtab, qimirlamay tek turdi, Janob Rasululloh Olloh taologa hamd, tasbih va takbir aytdilar, keyin ersa haj va umraga tahlil aytdilar. Boshqalar ham shunday qilishdi. Yetib borganimizda odamlarga amr qilib erdilar, ehromlarini yechishdi ta Tarviya kuni ekanligiga qaramay, hajga tahlil aytishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyalarni tik turg‘izib qo‘yib o‘z qo‘llari birlan qurbonlik qildilar, Madinada ersa, ikkita ola qo‘chqor so‘ydilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:04:30
28-bob. Tuyasi ustida tahlil aytgan kishi xususida

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyalari tik turgan vaqtda ustida tahlil aytdilar»,-deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:04:45
29-bob. Qiblaga yuzlanib tahlil aytmoq

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Zulhulayfada bomdod o‘qiganlaridan keyin tuyalarini minishga hozirlab olib kelmoqni buyurar erdilar. Tuyani olib kelishgach, uni minar erdilarda, qiblaga yuzlanib Masjid al-Haromga kelguncha talbiya aytib kelar erdilar. Zu Tuvanga kelganlarida ersa, tonggacha yotib qolar erdilar. Bomdod o‘qisalar, g‘usl qilar erdilar va «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham shunday qilar erdilar»,- deb aytardilar».

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga bormoqchi bo‘lsalar, o‘zlariga hidsiz moy surtardilar, so‘ng Hulayfa masjidiga kelib namoz o‘qirdilar. Namozdan so‘ng tuyalariga minib, ehrom bog‘lar erdilar, shunda tuya tik turgan bo‘lardi. Keyin: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ham shunday qilganlarini ko‘rganman»,- der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:05:41
30-bob. Vodiyga tushganda talbiya aytmoq qaqida

Mujohid raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Biz Ibn Abbos raziyallohu anhu huzurlarida erdik. Odamlar Dajjolni eslashib, uning ikki ko‘zi orasiga «kofir» deb yozilgan, deyishdi.

Ibn Abbos: «Men buni eshitmaganman, ammo men Muso alayhissalomning vodiyga talbiya aytib tushib kelayotganlarini ko‘rib turgandekman»,- dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:06:24
31-bob. Hayz va nifos ko‘rgan ayol qanday tahlil aytadir?

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Hajjat ul-Vido’ga chiqib, umraga tahlil aytdik. Keyin, Janob Rasululloh: «Kimki o‘zi birlan qurbonlik olib kelgan bo‘lsa, haj birlan umraga tahlil aytsin va toki ikkala hajni ado etmaguncha ehromini yechmasin!» - dedilar. Men Makkaga hayz holimda kelib, Ka’bani tavof qilolmadim, Safo birlan Marva oralig‘ida yugurolmadim. Bu haqda Nabiy, sallallohu alayhi va sallamga aytuvdim, ul kishi: «Sochingni yozib, tarag‘il (ya’ni, g‘usl qilg‘il), so‘ng hajga ehrom bog‘lag‘il, umrani qo‘ya turg‘il!» - dedilar, Men aytganlarini qildim. Biz hajni tamomlab bo‘lganimizda, Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni Abdurrahmon ibn Abu Bakr birlan birga Tan’imga yubordilar, men umra qilib qaytdim. Shunda, Janob Rasululloh menga: «Bu, o‘sha bajara olmagan umrang o‘rniga o‘tg‘aydir»,- dedilar. O’shanda umraga niyat qilganlar Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva oralig‘ida yugurishdi, so‘ng ehromlarini yechishdi. Minodan qaytishgach, yana bir marta Ka’bani tavof qilishdi. Ammo, birvarakayiga haj va umraga niyat qilganlar faqat bir martaba Ka’bani tavof qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:07:09
32-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam zamonlarida Iabiy sallallohu alayhi va sallam singari tahlil aytgan kishi xususida

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ali raziyallohu anhuga ehromni yechmaslikni amr qildilar, chunki uning qurbonlig‘i bor erdi».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ali raziyallohu anhu Yamandan Nabiy sallallohu alayhi va sallam huzurlariga keldilar. Janob Rasululloh: «Nega tahlil aytding, hajgami, umragami?» — dedilar. Hazrat Ali: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam nimaga aytgan bo‘lsalar, men ham o‘shanga tahlil aytdim»,— deb javob berdilar. Janob Rasululloh: «Men ham sen nimaga niyat qilib ehrom bog‘lagan bo‘lsang, o‘shanga ehrom bog‘ladim»,— dedilar.

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni Yamandagi bir qavm huzuriga yubordilar. Qaytib kelganimda Janob Rasululloh Bathoda erkanlar, mendan: «Nimaga niyat qilib, ehrom bog‘lading?» — deb so‘radilar. Men: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nimaga niyat qilib, ehrom bog‘lagan bo‘lsalar, men ham o‘shanga ehrom bog‘ladim»,— dedim. Janob Rasululloh: «Qurbonlik olib kelganmisan?»— deb so‘radilar. Men: «Yo‘q»,— dedim. Keyin, amr qildilar, men Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva oralig‘ida yugurdim. So‘ng, menga ehromimni yechmoqni buyurdilar, yechdim. Keyin, bir ayolning oldiga bordim, u sochimni tarab qo‘ydi (yoki boshimni yuvib qo‘ydi). Shu payt, oldimga Umar raziyallohu anhu kelib, menga bundoq dedilar: «Agar biz Ollohning Kitobini olib, o‘qib ko‘rsak, bizga haj amallarini nihoyasiga yetkazmoqni buyurganini ko‘rg‘aymiz. Olloh taolo: «Haj va umrani nihoyasiga yetkazingiz!» — deydi. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari masalasiga kelsak, ul kishi qurbonlik qilmagunlaricha ehromlarini yechmaganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:07:22
33-bob. Olloh taoloning hajga oid oyati kariymasi haqida

Olloh taolo: «Haj muayyan oylarda bo‘lg‘aydir, kimki shul oylarda hajga niyat aylagan ersa, hajni nihoyasiga yetkazmaguncha shaloq so‘zlarni aytmasin, fosiqlik va janjal qilmasin!» va yana: «Sizdan yangi oy chiqmog‘i haqida so‘rashg‘aydir, yangi oy, odamlar vaqt va haj mavsumini belgilamoqlari uchun chiqg‘aydir, deb ayting!» — deydir. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Shavvol va Zulqa’da oylarida hamda Zulhijja oyining o‘n kunligida haj qiling‘aydir»,— deganlar. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Faqat haj oylaridagina ehrom bog‘lamoq sunnat qilingandir»,— deydilar. Usmon raziyallohu anhu Xurosondan yoki Kirmondan ehrom bog‘lab kelmoqni makruh, deb hisoblaganlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz haj" oylarida, haj kechalarida va haj soatlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birgalikda yo‘lga chiqib, Sarif degan yerga kelib tushdik. Janob Rasululloh sahobalar oldiga chiqib: «Qay biringiz qurbonlik olib kelmagan ersangiz-u, umraga niyat qilgan ersangiz, umraga ehrom bog‘langiz, kimki qurbonlik olib kelgan ersa, bundoq qilmasin!»- dedilar. Shunda, ba’zi sahobalar umraga, ayrimlari hajga ehrom bog‘lashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ayrim sahobalar, qudrati yetib, qurbonlik olib kelishgani uchun ham, umraga ehrom bog‘lashdan mahrum bo‘ldilar. Men bu so‘zni tinglab, yig‘lab o‘tirgan erdim, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimga kirib kelib: «Ey zaifam, nega yig‘larsen?» - dedilar. «Sizning sahobalaringizga aytgan so‘zlaringizni eshitdim, men umra qila olmas erkanman»,- dedim. «Senga ne qildi?» - deb so‘radilar. «Men namoz o‘qiy olmasmen (ya’ni, hayz ko‘rdim)»,- dedim. Janob Rasululloh: «Zarari yo‘qdir, sen ham Odam Atoning qizlaridan biridirsan, Olloh taolo ularning peshonalariga nimaiki yozgan bo‘lsa, senga ham yozgandir, hajingda davom qilaverg‘il»- dedilar. Keyin, biz hajdan chiqib, Minoga keldik, u yerda men toza bo‘ldim. So‘ng, Minodan chiqib, Ka’bani tavofi ifoza qildik. Keyin, Janob Rasululloh birlan birgalikda Minoning ikkinchi kuni (Mino kunlari 4 kun bo‘lg‘aydir) yo‘lga chiqib, Muhassab degan yerga kelib tushdik. Shunda, Janob Rasululloh Abdurrahmon ibn Abu Bakrni chaqirib: «Opang birlan ehromdan chiqg‘il, opang umraga ehrom bog‘lasin va umra ahkomlarini bajarib, shul yerga qaytib kelingiz, chunkim men sizlarni kutib turg‘aymen»,- dedilar. Biz yo‘lga chiqdik, men umra shartlarini ham bajardim, tavof ham qilib bo‘ldim. So‘ng, saharda Janob Rasulullohning oldilariga keldim. Ul kishi: «Umra qilib keldingizlarmi?» - dedilar. Men: «Ha»,- dedim. Keyin, sahobalarga yo‘lga otlanmoqni buyurdilar, odamlar Madinaga qarab yo‘l olishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:07:58
34-bob. Tamattu’, iqron va ifrod haqida; qurbonligi yo‘q kishi hajga qo‘yilmaydir

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birgalikda faqat haj qilg‘aymiz degan niyatda yo‘lga chiqdik. Yetib borgach, Ka’bani tavof ayladik. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kim qurbonlik yetaklab kelmagan ersa, ehromini yechsin!» - deb amr qildilar. Qurbonlik olib kelmagan bir qancha odamlar hamda Janob Rasulullohning (mendan boshqa) xotinlari ham ehromlarini yechishib, hajdan mahrum bo‘ldilar, chunkim ularning ham qurbonliklari yo‘q erdi. Men ersam, hayz ko‘rib Ka’bani tavof qila olmay qoldim. «Hasba» kechasi kelgach, «Yo Rasululloh, odamlar bir yo‘la ham haj, ham umra qilib qaytmoqda, men ersam faqat haj qildim, xolos»,-dedim. Janob Rasululloh: «Makkada ekanligimizda tavof qilmaganmi erding?»-dedilar. Men: «Yo‘q»,-dedim. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, ukang birlan Tan’imga borib, umraga talbiya aytg‘il, so‘ng falon vaqtda qaytib kelg‘il!»- dedilar».

Safiya raziyallohu anho bunday deydilar: «O’shanda odamlar mening umra qilib qaytib kelmog‘imni kutib, yo‘ldan qolishdi, deb o‘ylayman, chunki men ham hayz ko‘rib qolib, umra qilolmagan erdim-da! Janob Rasululloh menga: «Nechuk bema’nilik! Nahr kunlari (qurbonlik qiladirgan kunlar) tavof qilmadingmi?» - dedilar. Men: «Yo‘q»,- dedim. Janob Rasululloh: «Hechqisi yo‘q, tavof qilib kelg‘il!»-dedilar».
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni Makkadan chiqib kelayotganlarida uchratib qoldilar, shunda men Makkaga kirib ketayotgan  erdim,  yoki  ul   kishi   Makkaga   kirib  ketayotgan  erdilar,   men  ersam, Makkadan chiqib kelayotgan erdim».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hajjat ul-Vido’ yilida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yo‘lga chiqdik. Ba’zimiz umraga, ba’zimiz ersa, bir yo‘la ham haj, ham umraga talbiya aytdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hajga talbiya aytdilar. Ammo, kim hajga niyat qilgan ersa yokim ayni vaqtda ham hajga, hg.m umraga talbiya aytgan bo‘lsa, nahr kunigacha ehromini yechmadi».

Marvon ibn Hakam aytadirlar: «Men, Usmon *va Ali raziyallohu anhumolar xalifalik qilishgan davrlarda, hajda bo‘ldim. Usmon bir yo‘la ham haj, ham umra qilmoqni man’ etdilar. Hazrat Ali ersa, bunga e’tibor bermay, «Labbayka bi-umratin va hajjatin» deb, ham hajga, ham umraga niyat ayladilar-da, «Zinhor birovning so‘ziga kirib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini bajarmasdan qo‘ymasmen!»-dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Odamlar haj oylarida umra qilmoqni yer yuzidagi jamiki fosiqliklardan ham yomon, deb hisoblashardi. Shuning uchun ham Muharram oyi o‘rniga Safar oyida umra qilishardi. Ular: «Agar tuyaning yag‘iri butunlay tuzalib, izi ham qolmasa va safar oyi tugasa, umra qilmoq mumkin bo‘lur»,- deyishardi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam va sahobalari Zulhijja oyining to‘rtinchi saharida hajga talbiya aytib kelishdi. Janob Rasululloh sahobalarga haj o‘rniga umra qilmoqni amr qildilar. Bu ularga og‘ir botib, «Yo Rasululloh, hajga bog‘lab kelingan ehromni yechib, umraga qayta ehrom bog‘lamoq mumkinmi?» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Haj taqtida nimaga ruxsat etilgan bo‘lsa, hammasini qilmoq mumkindir» ,— deb javob berdilar».

Abu Muso raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldim, ehromni yechmoqni buyurdilar»,- dedilar.

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Yo Rasululloh, odamlar nega umra qilib ehromlarini yechmakda-yu, siz yechmayotirsiz?»-deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Men sochimni to‘zg‘imaydirgan qilib yopishtirib olganman, keyin qurbonlik ham atab qo‘yganman. Shuning uchun qurbonligimni so‘ymasdan turib ehromimni yechmasman»,- dedilar».

Abu Jamra Nasr ibn Imron rivoyat qiladirlar: «Men haj va umra qilmoq uchun ruxsat olgandim, lekin odamlar qo‘yishmadi. Shunda, Ibn Abbos raziyallohu anhuga shikoyat qildim. Ul kishi hajni davom ettirmogimni amr qildilar. Keyin, tush ko‘rdim. Tushimda bir kishi menga: «Ezgu niyatda qilgan hajing va maqbul umrang muborak bo‘lsin!» - dedi. Men tushimni Ibn Abbosta aytib berdim. Ul kishi: «Bu, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini ado etganing uchundir»,-dedilar. Keyin, bunday dedilar: «Mening huzurimda bo‘lgil, men senga o‘z molimdan ulush ajratib berayin!» Shu’ba mendan: «Nega bunday qildilar?» - deb so‘radi. Men: «Ko‘rgan tushim evaziga»,- deb aytdim».

Abu Shihob rivoyat qiladirlar: «Umra qilib bo‘lgach, Makkaga keldim. Tarviya kunidan uch kun burun Makkaga kirib keldik. Shunda, ayrim makkaliklar menga: «Qilgan hajingning savobi makkaliklar qilgan hajchalik savobga egadir»,-deyishdi. Men Ato raziyallohu anhuning huzurlariga fatvo so‘rab kirdim. Ato bunday dedilar:

«Menga Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan bir kun davomida birga qo‘y yetaklab haj qilishganini aytib bergan erdilar. «O’shanda,- degandi menga Jobir,- har kim o‘zicha hajga talbiya aytdi. Janob Rasululloh sahobalarga: «Ka’bani tavof aylab va Safo va Marva oralig‘ida sa’y etib bo‘lgach, ehromni yechib, sochlaringizni kalta qilingiz, tarviya kunigacha ehrom bog‘lamangiz, keyin hajga talbiya aytib, ilgari qilganlaringizning hammasini qayta ado etingiz!» - dedilar. Sahobalar: «Nechuk qaytadan ado etg‘aymiz, axir biz haj qilurmiz, deb qo‘yganmiz-ku?!» - deyishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Aytganimni qilingiz! Agar qurbonlik yetaklab kelmaganimda, o‘zim ham shundoq qilgan bo‘lur erdim, biroq atalgan qurbonlikni so‘ymay ehromimni yechmasman»,- dedilar. Shundan so‘ng, sahobalar Janob Rasulullohning amrlariga bo‘yinsunib, aytganlarini qildilar».

Sa’id ibn Musayyab rivoyat qiladirlar: «Ali va Usmon raziyallrhu anhumo Usfon degan yerda ekashgaklarida mut’a to‘g‘risida tortishib qoldilar. Hazrat Ali: «Bir"yo‘la havd. haj, ham umra qilmoqni man’ etishing birlan, sen Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sunnatlariga qarshi chiqqan bo‘lursen»,- dedilar-da, uning so‘ziga e’tibor bermay, bir vaqtning o‘zida haj birlan umraga talbiya aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:09:04
35-bob. Hajga talbiya aytib qo‘ygan kishi haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makkaga «Labbayka-l-lohumma labbayka bi-l-hajji» deb talbiya aytib keldik. Ammo, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga farmon berib erdilar, biz haj o‘rniga umra qildik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:09:53
36-bob. Tamattu’ haqida

Imron raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zamonlarida tamattu’ qildik, uning joizligi to‘g‘risida Qur’on (oyat) ham nozil bo‘ldi. Bir kishi, bir paytlar o‘zboshimchalik qilib, og‘ziga kelganini aytgan erdi (ya’ni, tamattu’ qilmoqni man’ etgan erdi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:15:02
37-bob. Olloh taolo: «Bu - ahli Masjid ul-Haromda bo‘lmaganlar uchundir!» - deydir

Ikrima raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhudan haj mut’asi to‘g‘risida so‘raganlarida, ul kishi bunday deb javob berdilar: «Muhojirlar, ansorlar va Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ayollari Hajjat ul-Vido’da hajga ehrom bog‘lashdi, biz ham hajga talbiya aytdik. Makkaga kelganimizda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qurbonlikka jonliq atab olib kelganlardan tashqari, barchangiz hajga qilgan niyatingizni o‘zgartirib, umraga talbiya aytingiz!»- dedilar. Biz Ka’bani tavof aylab va Safo va Marvada sa’y qilib, so‘ng ayollarimiz yoniga keldik-da, kiyimlarimizni kiyib oldik. Janob Rasululloh: «Kimki qurbonlikka atab jonliq olib kelgan bo‘lsa, jonlig‘ini qurbonlik qiladirgan joyga olib borib, so‘ymaguncha, ehromini yechmasin!» -dedilar. Keyin, bizga Tarviya kechasi hajga talbiya aytmoqni buyurdilar. Biz haj udumlarini bajarganimizdan keyin, Ka’bani tavof aylab, Safo va Marvada sa’y qildik. Shu birlan hajni tugatdik, faqat qurbonlikka atalgan jonliqni zabh (so‘yish) qilmoq qolgandi, xolos. Olloh taolo aytganidek, «(Kimga)... qurbonlikka jonliq olib kelmoq muyassar bo‘lmagan ersa...», kimki jonliq topolmagan ersa, haj vaqtida uch kun, uyiga qaytgandan keyin, yetti kun ro‘za tutg‘aydir. Qurbonlikka bir qo‘y kifoyadir. Bir yilda ikki udumni - haj va umrani ado etingiz! Chunkim, Olloh taolo bu haqda o‘z Kitobida nozil qilgan va bu payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari hamdir! Janob Rasululloh Makka ahlidan boshqa kishilarga bemalol (cheklovsiz) haj qilmoqqa ruxsat berganlar. Olloh taolo: «Bu (hukm) -ahli Masjid ul-Haromda bo‘lmaganlar uchundir!»- deydir. Olloh taolo zikr etgan haj oylari: Shavvol, Zulqa’da va Zulhijja. Kimki mana shu oylarda hajdan bahramand bo‘lsa, qon chiqarmog‘i (qurbonlik qilmog‘i) yoki buning evaziga ro‘za tutmog‘i lozim bo‘lur. Bundan tashqari, u haj davomida shaloq so‘zlar aytmasligy, xotiniga yaqinlashmasligi, fisqu fasod qilmasligi va janjallashmasligi kerak».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:15:32
38-bob. Makkaga kirayotganda g‘usl qilmoq haqida

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga kiradigan bo‘lsalar, talbiya aytmoqdan to‘xtab, Zu Tuvan degan yerda yotib qolar erdilar. Ertasiga o‘sha yerda bomdod o‘qirdilar va g‘usl qilardilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham shunday qilardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:15:56
39-bob. Makkaga kunduzi yo kechasi kirmoq haqida

Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zu Tavanda tong ottirib, so‘ng Makkaga kirdilar. Ibn Umar raziyallohu anhu ham shunday qilar erdilar.

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zu Tuvanda qolib, tong ottirdilar, so‘ng Makkaga kirdilar. Ibn Umar raziyallohu anhu ham shunday qilar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:16:06
40-bob. Makkaga qaysi tomondan kiriladir?

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga Saniyyat ul-Ulyo (Makkaning yuqori tomonidagi yo‘l) orqali kirib, Saniyyat us-Suflo (Makkaning quyi tomonidagi yo‘l) orqali (Makkadan chiqib ketar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:16:22
41-bob. Makkaning qaysi tomonidan chiqiladir?

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga Kado’ degan joy orqali, Bathodagi Saniyyat ul-Ulyo yo‘li bo‘ylab kirib borar erdilar, qaytishda ersa, Saniyyat us-Suflo yo‘li orqali chiqib ketar erdilar».

Imom Buxoriy rivoyat qiladirlar: «Uning ismi Musaddad (ya’ni, to‘g‘ri, rostgo‘y) erdi. Odamlar uni ismi jismiga monand, deb ta’rif qilishar erdi. Yahyo ibn Sa’id Yahyo ibn Mu’iynga bunday deb aytgan erkan: «Men Musaddadning uyiga borsam, hadis aytib berar erdim, ul bunga juda munosib odam erdi. Qog‘ozga ko‘chirib qo‘yilgan hadislar menda turadirmi yokim unda turadirmi, mening uchun farqi yo‘q erdi (unga shunchalik ishonar erdim)».

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida uning yuqori tomonidan kirib, quyi tomonidan chiqdilar»,-deydilar.

Oisha raziyallohu anho: «Janob Rasululloh Makka fath bo‘lgan yili shaharga Kado’ tomondan kirib, uning yuqori tomonidagi Kudodan chiqdilar»,- deydilar. Hishom raziyallohu anhu: «Urva ikkalasidan ham, Kado’dan ham, Kudodan ham kiraverar erdilar, lekin ko‘pincha uylariga yaqin bo‘lgan Kado’dan kirar erdilar»,- deydilar».

Hishom rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo‘lgan yili shaharga yuqori tomondagi Kado’dan kirdilar. Urva ham ko‘pincha Kado’dan kirardilar, chunki u uylariga yaqinroq edi».

Hishom rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo‘lgan yili shaharga Kado’ orqali kirdilar, Urva ersa ikkalasidan ham, Kado’dan ham, Kudodan ham kiraverar erdilar, lekin ko‘pincha uylariga yaqin bo‘lgan Kado’dan kirar erdilar». Imom Buxoriy: «Kado’ va Kudo boshqa-boshqa joydir»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:16:46
42-bob. Makka birlan undagi binoning fazilati haqida

Olloh taolo bu xususda bunday deydir: «Biz Ka’bani odamlar uchun har yili to‘planadirgan joy qilib berdik va unga tinchlik-omonlik baxsh etdik, shundoq erkan, Ibrohim Maqomini o‘zingizga namozgoh qilib olingiz! Biz Ibrohim va Ismoilga «Uyimni (Baytullohni) tavof va e’tikof etguvchilar uchun hamda ruku’ va sajda qilmoq uchun pokiza qilingiz!» deb topshirdik. Ibrohim: «Yo rabbiy, bu yurtni tinchlik-omonlik maskaniga aylantirg‘il, uning Ollohga iymon keltirgan, oxirat kuniga ishongan ahliga ne’matingni bisyor qilgil!» - deb iltijo qilgan erdi. Olloh taolo: «Kim kofir bo‘lsa, kam ne’mat berg‘aymen, so‘ng ularni do‘zax azobiga mubtalo qilg‘aydirmen»,- degan. Oxirat qanchalik dahshatlidir! Eslangiz, Ibrohim va Ismoil Ka’baning poydevorini qurayotib: «Yo rabbimiz, ushbu binomizni qabul aylag‘il, haqiqatan sen o‘zing eshitguvchi, bilguvchi zotdirsen! Yo rabbimiz, bizni o‘zingga bo‘yin eggan musulmon banda qilg‘il, zurriyotimizni ham musulmon ummat qilg‘il, bizga hajda ado etmog‘imiz lozim bo‘lgan udumlarni ko‘rsatg‘il (aytg‘il), bizning tavbalarimizni qabul etg‘il, haqiqatan sen o‘zing tavbamizni qabul qilg‘uvchi mehribon zotdirsen!»-deyishgan».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Ka’ba qayta qurilayotganda Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan Abbos tosh tashimoqqa bordilar (keldilar). Abbos Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Izoringni yechib, yelkangga qo‘yib olg‘il!» - dedilar. Janob Rasululloh shunday qilgan erdilar, ko‘zlari tinib, boshlari aylanib, chalqancha yiqilib tushdilar. Keyin: «Izorim qani, olib beringiz!» - dedilar. Izorlarini olib berishgan erdi, o‘ranib oldilar».

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari Oisha raziyallohu anho rivoyatqiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga: «Qavming Ka’bani qayta qurgan vaqtda Ibrohim qurgan poydevorni pasaytirganlarin bilmasmisen?» - dedilar. Men: «Yo Rasululloh, Ibrohim qurgan poydevorni asliga keltirib qo‘ymasmisiz?» - dedim. Janob Rasululloh: «Agar qavming yaqindagina kofir bo‘lmaganda erdi, shundoq qilgan bo‘lur erdim»,- dedilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Agar Oisha raziyallohu anho bu hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan ersalar, unda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hijr (devor) yaqinidagi ikki ustunni silab, o‘pmaganlar, deyolmasman, chunki Ka’baning poydevori Ibrohim davridagidek qilib, asliga keltirilmagan».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Ka’ba devori ichkariga olinadirmi?» - deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Ha»,- dedilar. Men: «Nechuk ular devorni Ka’ba ichiga olmaganlar?»-dedim. Janob Rasululloh:  «Qavmingga nafaqa kamlik qilgan»,- dedilar. Men: «Nechun eshigi baland qilib qurilgan?» - dedim. Janob Rasululloh: «Qavming o‘zlari istagan kishilarni kiritib, istamaganlarini qo‘ymaslik uchun shundoq qilishgan. Agar qavming johiliyadan chiqib, endigina islomga qadam qo‘ygan bo‘lmaganida, devorni buzib, Ka’ba ichkarisiga olar erdim, eshigini ersa, yerga yopishtirib (ostonasini past qilib) qurar erdim, lekin ularning qalblari inkor qilmog‘idan (fe’llari aynib, islomdan qaytib qolmoqlaridan) cho‘chig‘aydirmen».-dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: Agar qavming yaqindagina kofirlikni tark etib, endigina islomga qadam qo‘ygan bo‘lmaganida erdi, men Ibrohim alayhi-s-salot va-s-salom davridagi poydevorni tiklab. Ka’bani qayta qurgan bo‘lar erdim. Quraysh ahli binoni past qurib qo‘ydi. Men orqadan ham eshik qurgan bo‘lar erdim»,- dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ey Oisha, agar qavming johiliyadan chiqib, endigina islomga qadam qo‘ygan bo‘lmaganida, men Ka’bani shaksiz buzmoqqa amr qilur erdim, undan nimaiki tashqariga olib chiqib qurilgan bo‘lsa, ichkariga olar erdim, mavjud eshik ostonasini pasaytirib, yana ikkita - mashriq va mag‘rib tomondan eshiklar ochar erdim. Imoratning poydevorini Ibrohim alayhi-s-salot va-s-salom davridagidek qilib qurar erdim»,- dedilar.

Mana shularning hammasini buzmoq Ibn Zubayr zimmasiga tushdi. Yazid raziyallohu anhu: «Men Ibn Zubayr Ka’bani buzib, yangidan barpo qilganining shohidi bo‘lganman, u hijrning (devorning) bir qismini Ka’ba ichkarisiga oldi, keyin men Ibrohim qurgan poydevor toshini ham ko‘rdim, u tuya o‘rkachiga o‘xshar erkan»,- deydilar. Jarir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Yaziddan eski poydevorning qaerdaligini so‘radim. Ul kishi: «Hozir senga ko‘rsatg‘aymen»,-dedilar-da, meni hijr ortiga olib o‘tib, «U mana shul yerdadir»,- deb ko‘rsatdilar. Men poydevorning kengligini taxminan olti ziro’ (1 ziro’. 75 sm) deb chamaladim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:17:20
43-bob. Muharram maskan fazilati

Olloh taoloning ikki oyati kariymasida bunday deyiladir: «Menga, shul shaharning rabbi - uni muharram etmish Olloh taologa ibodat aylamak amr qilindi, barcha narsalar uning mulkidir va menga musulmon bo‘lmoq (ham) amr qilindi», «Ayo, biz ularga har narsaning mevasi tortiq qilinajak amn maqomi bo‘lmish muharram maskandan joy ato qilmadikmi? Va lekin ularning ko‘plari (buni) bilishmag‘aydir (ko‘rnamaklik qilishg‘aydir)».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo‘lgan kuni: «Olloh muharram etgan bu maskanning (hatto) tikoni (ham) yulinmasligi, jonivorlari hurkitilmasligi, unda yo‘qolgan (birov yo‘qotgan) narsalar (ersa) e’lon qilmoq niyatidan o‘zga maqsadda olinmasligi lozimdir!» - deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:18:14
44-bob. Makkadagi uylarni merosga berish, sotish va sotib olish haqida; Masjid ul-Haromdagilarning barchasi tengdir!

Olloh taolo oyati kariymasida bunday deydir: «Kofir bo‘lib, xalqni Olloh yo‘lidan qaytaradirg‘onlarni hamda mahalliy aholi va begonalar uchun biz teng huquqli ibodat maskani qilib bergan Masjid ul-Haromdan qaytaradirg‘onlarni, shuningdek, unda egrilik ila zulm qilmoqni istaganlarni zulm birla dardli azobga mubtalo qilg‘aydurmiz!»

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men' Janob Rasulullohdan: «Yo Rasululloh, qay yerga tushg‘aysiz, Makkadagi hoalingizgami?»-deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Aqil bizga biror hovli va uy qoldirdimikin?» -dedilar. Aqil va Tolib otalari Abu Tolibdan meros olishgan bo‘lib, Ja’far va Ali ersa, hech qanday meros olishmagan erdi. Chunki ular musulmon bo‘lib, Aqil va Tolib kofir erdi. Umar ibn Xattob raziyallohu anhu: «Mo‘‘min kofirdan meros olmagaydir»,- der erdilar. Ibn Shihob Zuhriy: «Ular Olloh taoloning «Olloh taologa iymon keltirib va Olloh taolo yo‘lida vatanlarini tark etib, hijrat aylagan hamda molu jonlarini tikib, jihod qilgan bandalarga va muhojirlarga madadkor bo‘lib boshpana berguvchilar bir-birlariga merosxo‘rdirlar» degan so‘ziga amal qilishar erdi»,- deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:18:41
45-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Makkaga tushishlari (borishlari) haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga bormoqchi bo‘lganlarida: «Xudo xohlasa, ertaga Baniy Kinona kufrga ahd qilgan yerga - Xayfga borg‘aydirmiz?» - dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minoda ekanliklarida: «Ertaga, Nahr kuni biz Baniy Kinonaning Xayfiga - ular kofirlikka sadoqat bildirib, qasamyod qilgan yerga borg‘aydirmiz»,-dedilar. Shunda ul kishi Muhassabni (Minodagi tosh otadirgan joyni) nazarda tutdilar. O’sha yerda Quraysh va Kinona qabilalari Baniy Hishom va Baniy Abd ul-Mutallib (yoki Baniy ul-Mutallib) qabilalariga Muhammad sallallohu alayhi va sallamni ushlab topshirmagunlaricha o‘zaro qiz oldi-berdi va savdo-sotiq qilmaslikka ont ichishgandi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:19:18
46-bob.

Olloh taolo ikki oyati kariymasida bunday deydir: «Ibrohim aytgan erdi: «Ey Parvardigor-o, bul shaharni omonlik maqomi aylag‘il (va) meni va mening farzandlarimni butlarga ibodat qilmoqdan saqlag‘il!»; «Parvardigorim, bular (butlar) ko‘p insonlarni yo‘ldan ozdirmishdir. Kimki menga ergashg‘aydir, ul menga mansubdir va kimki menga osiylik qilg‘aydir, sen albatta mag‘firatlik mehribondirsen! Ey Parvardigorimiz, haqiqatan men ba’zi avlodimni (ya’ni, Hazrat Ismo’il alayhissalomni, chunkim Hazrat Ishoq va boshqalar Shomda erdilar) ekin unmaydirgan yerga - hurmatli uying qoshig‘a joylashtirdim. Ey rabbimiz, ular namoz o‘qisinlar, sen ayrim insonlarning dillarini ularga moil aylag‘il!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:21:11
47-bob.

Olloh taolo oyati kariymasida bunday deydir: «Olloh taolo Ka’bani - Bayt ul-Haromni ham, hurmatli oylarni (haj oylarini) ham, bo‘yniga nishon osilgan jonliklarni (qurbonlik aylamoq niyatida bo‘yniga biror alomat osib qo‘yilgan jonliqlarni) ham insonlarning (bu dunyoda) tirik turmoqlari uchun sabab qildi. Bular, sizlar Olloh taoloning osmonlarda va yer ostida mavjud har bir narsadan xabardor hamda har bir narsani albatta bilguvchi zot erkanlig‘in bilib qo‘ymog‘ingiz uchun shundoq qilingandir!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ka’bani ikki boldiri ingichka, quruqshagan habash xarob qilg‘aydir»,-deganlar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Ramazon farz bo‘lmog‘idan oldin Muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘za tutishar erdi. O’sha kuni Ka’baga parda tutilg‘ay erdi. Olloh taolo Ramazonni farz qilganida Rasululloh   sallallohu alayhi va sallam: «Kim istasa, o‘sha kuni ro‘za tutsin, kim istamasa, tutmasin!» - dedilar».

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ya’juj va Ma’juj chiqqandan keyin ham Ka’ba, albatta,. haj va tavof qiling‘usidir»,- dedilar. Sho‘‘ba: «Ka’ba tavof qilinmay qolguniga qadar qiyomat sodir bo‘lmag‘aydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:22:04
48-bob. Ka’baga jild kiydirmoq haqida

Abu Voil rivoyat qiladirlar: «Men va Shayba Ka’badagi kursiga kelib o‘tirdik. Umar raziyallohu akhu ham o‘sha yerda o‘tirgan erdilar. Ul kishi: «Men Ka’bada tillani ham, kumushni ham qoldirgim kelmay, barchasini odamlarga taqsimlab berdim»,- dedilar (Odamlar Ka’baga tashlab ketgan sadaqalar nazarda tutilayotir). Shunda men: «Sizning ikki do‘stingiz bundoq qilishmadi-ku?!»-dedim. Hazrat Umar: «Ular men iqtido qiladirgan kishilardir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:22:15
49-bob. Ka’baning buzib tashlanmog‘i to‘g‘risida

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bir qo‘shin Ka’baga urush qilmoqchi bo‘lg‘aydir, biroq ularni yer yutib ketg‘aydir» deganlar»,-deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Men Ka’bani buzayotgan kishini ko‘rib turgandekman, ul qop-qora, ikki oyog‘i maymoq bo‘lib, Ka’baning toshlarini bittalab ko‘chirmakdadir»,- dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ka’bani ikki boldiri ingichka, quruqshagan habash buzg‘aydir» - deb aytdilar» ,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:22:27
50-bob. Al-Hajar ul-Asvad - Qora Tosh haqida ne deyilgan?

Obis ibn Rabiy’a rivoyat qiladirlar: «Umar raziyallohu anhu Qora Toshga kelib o‘tirdilar-da, «Men sening tosh erkanlig‘ingni va zararing ham, foydang ham yo‘q erkanlig‘ini bilurmen. Agar Nabiy sallallohu alayhi va sallam seni o‘payotganlarini ko‘rmaganimda, men seni o‘pmas erdim»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:22:35
51-bob. Ka’baning yopilmog‘i haqida; Ka’baning qaysi tomoniga qarab namoz o‘qimoqni xohlasa, o‘qiyverg‘aydir

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Usoma ibn Zayd, Bilol va Usmon ibn Talha Ka’baga kirib, eshigini yopib qo‘ydilar. Ular eshikni ochishganda men birinchi bo‘lib ichkariga kirdim. Shunda, Bilolni uchratib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba ichida namoz o‘qidilarmi?» - deb so‘radim. Bilol: «Ha, ikki yamaniy ustun oralig‘ida»,- deb javob berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:22:48
52-bob. Ka’bada namoz o‘qimoq to‘g‘risida

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu, agar Ka’baga kirsalar, eshikni orqalarida qoldirib, to‘g‘rilariga qarab yurar erdilar-da, o‘zlari birlan ro‘paralaridagi devor oralig‘ida uch tirsak masofa qoldirib, so‘ng namoz o‘qir erdilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shu yerda namoz o‘qiganlar» deb Bilol ko‘rsatgan joyni tanlar erdilar. Lekin, Ka’baning qaysi tomoniga qarab namoz o‘qisa ham, hech kimga gunoh bo‘lmag‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:23:00
53-bob. Ka’baga mutlaqo kirmagan odam haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu ko‘p haj qilar erdilar, lekin Ka’baga kirmas erdilar.

Abdulloh ibn Abu Avfo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra qilib, Ka’bani tavof ayladilar. So‘ng, Maqomi Ibrohim ortiga o‘tib, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Shunda, hamrohlari ul kishini odamlar nazaridan to‘sib turishgan erdi. Ittifoqo, bir kishi menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’baga kirdilarmi?»-deb aytdi. Men: «Yo‘q»,- dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:23:09
54-bob. Ka’baning bir chekkasiga borib, takbir aytgan odam xususida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida, Ka’baning ichida butlar bo‘lgani uchun, u yerga kirib namoz o‘qigilari kelmadi. Shunda, Ka’badan butlarni olib chiqib tashlamoqni amr qilib erdilar, ularni olib chiqib tashlashdi. Keyin, Ibrohim va Ismoilning qo‘llarida azlom ushlagan holda tasvirlangan suratlarini ham olib chiqib tashlashdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:23:21
55-bob. Lo‘killab yugurish udumi qachon boshlangan?

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va ul.kishining sahobalari Makkaga kelganlarida, mushriklar sahobalarga qarab: «Sizlarni ul (Rasululloh) boshlab kelgan, aslida sizlarni Yasrib (Madina) mudofaasi zaiflashtirib qo‘ygandir»,- deyishdi. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘z sahobalariga lo‘killab yugurib Ka’bani uch marta aylanib chiqmoqni, keyin ikki ustun oralig‘ida yurmoqni buyurdilar. Janob Rasululloh Ka’ba tegrasida ko‘proq lo‘killab yugurmoqni buyursalar bo‘lar erdi-yu, lekin sahobalarga rahmlari keldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:23:47
56-bob. Makkaga kelganda tavof qilmoqni Qora Toshni o‘pishdan boshlamoq va uch marta lo‘killab yugurmoq to‘g‘risida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, eng avvalo Qora Toshni o‘par erdilar, so‘ng yetti marta o‘rniga uch marta Ka’bani lo‘killab yugurib aylanib chiqar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:24:00
57-bob. Haj va umrada lo‘killab yugurmoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam haj va umrada uch marta lo‘killab yugurib, to‘rt marta yurdilar».

Abu Aslam rivoyat qiladirlar: «Umar ibn Xattob raziyallohu anhu Qora Toshga xitob qilib: «Ammo, xudo haqqi, men sening foydang ham, zararing ham yo‘q bir tosh erkanlig‘ingni bilurmen. Agar, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning seni o‘pib, tavof qilganlarini ko‘rmaganimda, men ham seni o‘pib tavof qilmas erdim»,-dedilar. Keyin, Qora Toshni o‘pib tavof qildilar-da, «Lo‘killab yugurmoq bizga ne bo‘libdir! Darhaqiqat, (bir paytlar) lo‘killab yugurmoq birlan biz mushriklarga o‘zimizning baquvvat ekanligimizni ko‘rsatib qo‘ygan erdik, keyin ularni Olloh taolo halok qildi, endi lo‘killab yugurmoqqa hojat bo‘lmasa-da, biz Janob Rasulullohdan qolgan odatni tark etmoqni istamasmiz»,- dedilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bu ikki ustunni o‘pib tavof qilganlarini ko‘rganimdan buyon men ham ularni o‘pib tavof qilmoqni qo‘ymasmen»,- dedilar. Ubaydulloh Nofi’ga: «Ibn Umar ikki rukn orasida yurib tavof qilurmi erdi?» -dedilar. Nofi’: «Ularni o‘pib tavof qilmoq maqsadidagina yurar erdilar» ,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:24:32
58-bob. Ustunni hassa birlan silab tavof qilmoq haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’da tuya mingan holda ustunni hassalari birlan silab tavof qildilar» ,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:24:45
59-bob. Yamaniy ikki ustundan boshqasini o‘pib tavof qilmagan odam xususida

Abushsha’so rivoyat qiladirlar: «Ka’badagi har bir narsaga taqvo ko‘zi birlan qaragan kishi kim erdi? Muoviya u yerdagi hamma ustunlarni o‘pib tavof qilar erdilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu Muoviyaga: «Anavi ikki ustun o‘pib tavof qilinmag‘aydir»,- deganlarida, Muoviya: «Baytullohda tavof qilinmaydirgan narsaning o‘zi yo‘qdir!» - dedilar. Ibn Zubayr raziyallohu anhu ham u yerdagi ustunlarning barchasini o‘pib tavof qilar erdilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Baytullohdagi ikki yamaniy ustundan boshqasini o‘pib tavof qilganlarini ko‘rmagandirman»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:25:09
60-bob. Qora Toshni o‘pib tavof qilmoq haqida

Zaydning otasi Aslam: «Men Umar raziyallohu anhuning Qora Toshni o‘pa turib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning seni o‘payotganlarini ko‘rmaganimda, men ham seni o‘pmas erdim» - deganlarini eshitganman»,- deydilar.

Zubayr ibn Arabiy rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Ibn Umar raziyallohu anhudan Krra Toshni o‘pib tavof qilmoq haqida so‘radi. Ibn Umar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uni o‘pib tavof qilayotganlarini ko‘rganman»,-dedilar. Shunda ul: «Agar (bu to‘g‘rida sen birlan) bahslashib yengsam, ne dersan?»-dedi. Ibn Umar: «Ne dersaningni o‘shal Yamaningga borib aytg‘aysen! Men (haqiqatan ham) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Qora Toshni quchoqlab, o‘payotganlarini ko‘rganman»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:25:19
61 -bob. Ustun oldiga kelganda unga ishora qilib qo‘ymoq

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuya minib Baytullohni tavof qilar erdilar va har gal ustun oldiga kelganlarida unga ishora qilib qo‘yar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:26:01
62-bob. Ustun oldida turib takbir aytmoq haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy  sallallohu alayhi va sallam tuyada  Baytullohni tavof qildilar.  Shunda har gal ustun oldiga kelganlarida qo‘llaridagi narsa birlan unga ishora qilib qo‘yib, so‘ng takbir aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:26:34
63-bob. Makkaga kelganida, uymga qaytishdan avval, Baytullohni tavof qilib, ikki rak’at namoz o‘qib, so‘ng Safoga chiqib borgan kishi xususida

Urva ibn Zubayr rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida, Eng avvalo tahorat olib, tavof ayladilar, keyin umra qilmay, haj qildilar. So‘ng, Abu Bakr va Umar raziyallohu anhu ham shunday haj qildilar. Keyinchalik, men otam Zubayr raziyallohu anhu birlan haj qilganimda, ul kishi ham dastlab tavof aylab, so‘ng haj qildilar. Keyin, muhojir va ansorlarning ham shunday qilganlarini ko‘rdim. Mening onam xolam Oisha, Zubayr va falonchi-pistonchilar birlan umraga tahlil aytib, ustunni silab tavof qilishgach, ehromlarini yechishganini menga aytdilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haj yokim umraga ehrom bog‘lasalar, eng avvalo uch marta sa’y qilib va to‘rt marta yurib tavof aylar erdilar, so‘ng ikki rak’at namoz o‘qigach, Safo va Marva oralig‘ini ziyorat qilar erdilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Baytullohga kelsalar, eng avvalo uch marta sa’y qilib va to‘rt marta yurib tavof aylar erdilar. Safo va Marva oralig‘ini tavof aylaganlarida selxona bo‘ylab sa’y qilar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:27:35
64-bob. Ayollarning erkaklar birlan birga tavof qilishi haqida

Ibn Jurayj rivoyat qiladirlar: «Makka valiahdi Ibn Hishom ayollarning erkaklar birlan birga tavof aylamog‘ini man’ qilganida, «Qanday qilib man’ qilg‘aysen? Axir, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ayollari ham erkaklar birlan birga tavof qilganlar-ku!» - deb aytgandim»,- dedilar Ato raziyallohu anhu. Men u kishidan: «Chimmat kiymoq farz qilinishidan oldinmi, Keyinmi?»-deb so‘radim. Ato raziyallohu anhu: «O’lay agar, yolg‘on so‘zlasam, bu voqea chimmat kiymoq farz qilinganidan keyin bo‘lgan erdi»,- dedilar. Shunda men: «Qanday qilib ayollar erkaklarga aralashib, tavof aylamog‘i mumkin?»- deb so‘radim. Ato raziyallohu anhu: «Ayollar erkaklarga aralashmas erdi. Masalan, Oisha onamiz erkaklardan narida, bir chekkada turib tavof qilayotganlarida, bir ayol kelib, «Ey mo‘‘minlar onasi, yuringiz (Qora Toshni) o‘pib, tavof aylag‘aymiz!» - deganida, Oisha onamiz: «Yo‘q, o‘zing boraverg‘il!»-deb ko‘nmagan erdilar. Lekin, ayollar kechalari yoping‘ich yopinib, tavof qilgani chiqishardi. Ammo, erkaklar Ka’baga kirib ketishganda, ular qaytib chiqqunlaricha poylab turishardi. Erkaklar chiqqach, kirishardi. Men va Ubayd ibn Umayr, Oisha onamia Sabiyr degan tog‘ darasida toat-ibodat birla mashg‘ul bo‘lib turganlarida, huzurlariga bordik. Shunda men: «Oisha onamiz qanday chodirdalar?»- deb sherigimdan so‘radim. «Turkiy chodirdalar»,-deb aytdi. Oisha onamiz birlan bizning o‘rtamizda o‘sha chodirdan bo‘lak to‘siq yo‘q erdi. Men Oisha onamizning qizil ko‘ylak kiyib olganlarini ko‘rdim».

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga betobligimdan nolidim. Ul kishi: «Ulovda odamlarga ergashib tavof aylag‘il!» -dedilar. Men tavof etdim, Janob Rasululloh ersa, Ka’ba yonida namoz o‘qib, «Va-t-Tur» degan surani tilovat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:28:02
65-bob. Tavof vaqtida gapirmoq mumkinmi?

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ka’bani tavof aylayotib, qo‘lini tasma birlan boshqa bir odamning qo‘liga bog‘lab olib, yetaklab ketayotgan kishining yonidan o‘tib qoldilar. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallam tasmani kesib yubordilar-da, unga: «Qo‘lidan yetaklag‘il!»-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:28:44
66-bob. Tavof qilayotib, tasma yoki boshqa makruh narsani ko‘rsa, kesib tashlaydir

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ka’bani tasma (yokim shunga o‘xshash narsa) taqib tavof qilayotgan kishini ko‘rib, (tasmasini) kesib tashladilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:29:19
67-bob. Yalang‘och odam Ka’bani tavof qilmaydir va mushrik haj qilmaydir

Humayd ibn Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr Siddik raziyallohu anhu Nahr kuni (qurboylik qiladirgan kuni) Hajjat ul-Vido’dan oldin Abu Hurayrani bir guruh odamlar birlan birga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bajarmoqni buyurgan hajga yuborib, «Bilib qo‘yingiz, bu yildan keyin mushriklar haj qilmag‘aydir va yalang‘ochlar Ka’bani tavof aylamag‘aydir!» deb jar solmoqni buyurdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:29:29
68-bob. Tavofi buzilsa...

Ato raziyallohu anhu: «Agar biror kishi tavof aylayotganda namoz boshlanib qolsa yokim odamlar oqimi tavof qilayotgan o‘rnidan nariga surib ketsa, tavofini kelgan joyidan davom ettirg‘aydir»,- deydilar. Shu kabi hadislarni Ibn Umar va Abdurrahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhumolar ham rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:29:43
69-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam yettinchi tavofda ikki rak’at namoz o‘qidilar

Nofi’: «Ibn Umar raziyallohu anhu har yettinchi tavofda ikki rak’at namoz o‘qir erdilar»,- dedilar. «Tavofning ikki rak’at namozi o‘rniga farz namozi o‘qisa, kifoyadir»,- dedilar Ato. Shunda Zuhriy: «Sunnatga rioya qilmoq afzalroq, chunki Nabiy sallallohu alayhi va sallam yetti marta tavof etsalar, ikki rak’at namoz o‘qimay qo‘ymas erdilar»,- dedilar.

Amr rivoyat qiladirlar: «Biz Ibn Umar raziyallohu anhudan: «Umrada, Safo va Marva    orasini    tavof    etmasdan    oldin,    kishi    (o‘zining)    ayoliga    qo‘shila olg‘aydirmi?»-deb so‘radik. Ul kishi bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka’bani yetti martaba tavof ayladilar, so‘ng Maqomi Ibrohim ortiga o‘tib, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Keyin, Safo va Marva orasini tavof qildilar-da, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir!» degan oyatni o‘qidilar». Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan so‘ragan erdim, «Safo va Marva orasini tavof qilib bo‘lmaguncha, kishi ayoliga yoqinlashmag‘aydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:30:58
70-bob. Ka’bani tavof etib, Arafotga chiqib kelgandan keyin, qayta Ka’baga yaqin bormagan va uni tavof qilmagan kishi xususida

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka’bani tavof ayladilar, so‘ng Safo va Marva orasida sa’y qildilar. Keyin, Arafotga chiqib keldilar-da, Ka’bani bir marta tavof etganlaricha, qaytib tavof qilmadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:31:14
71-bob. Tavofning ikki rak’at namozini masjid tashqarisida o‘qigan kishi; Umar raziyallohu anhu Masjid ul-Harom tashqarisida namoz o‘qidilar

Ummu Salama raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga tobim yo‘qligidan nolidim»,- deydilar (Bu hadis takryuran rivoyat qilinadir, shu sababli to‘liq keltirilmagan).

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada ekanliklarida, Ka’bani tavof etmoqqa chiqmoqchi bo‘lib turganlarida, hanuz Ka’bani tavof aylamagan Ummu Salama ham birga chiqmoqchi bo‘ldi. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bomdodni o‘qigan bo‘lsang, tuyangga minib, odamlar namoz o‘qib turgan paytda Ka’bani tavof aylab olg‘il!» -dedilar. Ummu Salama shunday qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:31:24
72-bob. Ibrohim Maqomi ortida ikki rak’at namoz o‘qigan kishi

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga keldilar-da, Ka’bani yetti martaba tavof qilib, Ibrohim Maqomi orqasida ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng Safoga chiqdilar. Olloh taolo: «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir»,- degan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:31:38
73-bob. Bomdod va asrdan keyin tavof qilmoq

Ibn Umar raziyallohu anhu tavofning ikki rak’at namozini Quyosh chiqqungacha o‘qirdilar. Umar raziyallohu anhu bomdoddan so‘ng Ka’bani tavof qildilar, keyin tuyalariga minib, Zu Tuvanga bordilar-da, ikki rak’at tavof namozi o‘qidilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qilidirlar: «Bomdod namozidan so‘ng, odamlar Ka’bani tavof qilishdi, keyin va’z tinglashdi. Va’zdan so‘ng ersa, Quyosh chiqqanligiga qaramay, namoz o‘qishdi. Ular namoz o‘qimoq makruh qilingan vaqt bo‘lishiga qaramay namoz o‘qidilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Quyosh chiqish va botish vaqtlarida namoz o‘qimoqni man’ qilganlarini eshitganman»,- deydilar.

Abdulaziz ibn Rufay’: «Men Abdulloh ibn Zubayr raziyallohu anhuning bomdoddan keyin Ka’bani tavof qilib, ikki rak’at tavof namozi o‘qiganlarini ko‘rdim» ,— deydilar.

Oisha onamiz: «Men Abdulloh ibn Zubayrning asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qiganini ko‘rdim. Nabiy sallallohu alayhi va sallam ham Ka’baga kirsalar, albatta ikki rak’at tavof namozi o‘qir erdilar» ,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:31:56
74-bob. Kasal odam ulov minib tavof qiladir

Ibn Abbos raziyalloxu anhu: «Nabiy sallallohu alaihi va sallam tuya minib Ka’bani tavof ayladilar, ustun oldiga kelganlarida ersa, asolari birlan unga ishorat qilib, takbir aytdilar»,- deydilar.

Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga betoblig‘imdan nolidim. Shunda, ul kishi menga: «Odamlarga ergashib Ka’bani tavof aylag‘il!»-dedilar. Men aytganlaridek tavof qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, Ka’ba yonida namoz o‘qib, «Va-t-Turi va kitab-im-mastur» surasini zam qilar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:32:09
75-bob. Siqoyat ul-hojji - hojilarni suv birlan ta’minlamoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abbos ibn Abdulmutallib raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan Mino kunlari Makkada to‘xtab, siqoyat qilib olmoqqa ruxsat so‘rab erdi, ruxsat berdilar».
Ikrima raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam siqoyat (hojilar suv oladirgan) joyiga kelib, suv so‘radilar. Shunda, Abbos o‘g‘liga: «Ey Fazl, onangning oldiga borg‘il-da, undagi mavjud suvdan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga eltib berg‘il!» - dedi. Fazl onasidan suv olib, Janob Rasulullohga olib borganda, ul kishi: «Ichirib qo‘yg‘il!» - dedilar. Fazl: «Yo Rasululloh, bu suvga qo‘l tiqilgan»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ichirg‘il derman!» - dedilar. Fazl suv ichirib qo‘ygach, Zamzam qudug‘i oldiga borishdi. U yerdagi kishilar quduqdan suv tortib olib, tashnalarga ichirishayotgan erdi. Janob Rasulullohularga: «Ishlayveringiz, sizlar xayrli ish qilmakdasizlar»,- dedilar. Keyin, yana: «Agar qarshilik qilmasangizlar, tuyadan tushib, arqonni yelkamga qo‘yib, men ham suv tortishar erdim»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:32:25
76-bob. Zamzam haqida qanday rivoyatlarni keltirishadi?

Anas ibn Molik raziyallohu anhu Abu Zarr raziyallohu anhudan o‘zlari eshitgan quyidagi hadisni rivoyat qiladirlar: «Men Makkadalig‘imda,- dedilar Janob Rasululloh,- uyimning tomi ochilib, Jabroil alayhissalom tushdilar. Keyin, ko‘kragimni yorib, zamzam suvi birlan yuvdilar-da, tilla lagan to‘la hikmat va iymon keltirib, ichiga soldilar. So‘ng, ko‘kragimni yopib, asliga keltirdilar, keyin qo‘limdan ushlab, osmonning eng pastki qavatiga olib chiqdilar. Shunda, Jabroil alayhissalom   osmonning  eng   pastki   qavati   posboniga:   «(Eshikni)   ochg‘il!»   - dedilar.    Posbon:    «Bul    kimdir?»-dedi.    Hazrat    Jabroil:    «Bul    menman, Jabroilman»,- dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga tik turganlarida zamzam ichirdim» ,— deydilar. Osim raziyallohu anhu ersa: «Ibn Abbosning ozod qilingan quli (mavlo) Ikrimaning ont ichib aytishiga qaraganda, o‘shal kuni Janob Rasululloh faqat tuya minib yurganlar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:32:48
77-bob. Qorin - bir yo‘la haj va umra qiladirgan shaxs nechuk tavof qiladir?

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hajjat ul-Vido’ kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga chiqib, umraga ehrom bog‘ladik. Keyin, Janob Rasululloh: «Kimning jonligi bo‘lsa, bir yo‘la haj ham umraga niyat aylab, ehrom bog‘lasin, har ikkala udumnk ado etmaguncha ehromini yechmasin!»- dedilar. Men hayz ko‘rgan holimda Makkaga kelgan erdim. Haj (katta haj) qilib bo‘lganimizda, Janob Rasululloh meni (ukam) Abdurrahmon birlan birga Tan’imga yubordilar, men umra qilib qaytdim. Shunda, Janob Rasululloh menga: «Bu (hayz bo‘lib qolib, qilolmagan) umrang o‘rniga o‘tg‘aydir»,- dedilar. Umraga ehrom bog‘laganlar (Ka’bani) tavof etishgach, ehromlarini yechishdi. Ammo, bir yo‘la haj ham umraga talbiya aytganlar Ka’bani bir marta tavof qilishdi».

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar huzurlariga o‘g‘illari Abdulloh ibn Abdulloh tuyasini hovlida qoldirib, kirib keldi-da: «Men bu yil odamlar orasida urush bo‘lmasligiga ishonmasman, Ka’bani tavof qilgani chiqsangiz, yo‘lingizni (kofirlar) to‘smog‘i mumkin. Bu yil haj qilmay tursangiz bo‘larmi erdi?» - dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham Ka’bani tavof qilgani chiqqanlarida Quraysh kofirlari yo‘llarini to‘sib, ul kishi birlan Ka’ba oralig‘ida turib olgan erdi, agar menga ham shundoq qilishsa. unda Janob Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir, deyishadir-ku, axir!»-dedilar Ibn Umar. Keyin yana: «Sizlarni guvoh qilib ayturmenkim, umra ustiga albatta haj ham qilg‘ayman!»-deb qo‘shib qo‘ydilar, so‘ng, Ka’baga borib, ikkala haj uchun bir marta tavof qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:33:31
78-bob. Tahorat olib tavof qilmoq haqida

Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Navfal Qurayshiy Urva ibn Zubayrga (tahorat olib tavof qilmoq haqida) savol berdilar. Shunda, Urva bunday deb javob qildilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam,- deb edilar Oisha onamiz,-Makkaga haj qilgani kelganlarida, dastlab tahorat oldilar, so‘ng Ka’bani tavof ayladilar, lekin umra qilmadilar». Abu Bakr raziyallohu anhu ham haj qilganlarida avval tahorat olib so‘ng Ka’bani tavof etganlar, umra qilmaganlar. Umar raziyallohu anhu ham shunday qilganlar. Keyinchalik, Usmon raziyallohu anhu haj qildilar. Ul kishining ham dastlab tahorat olib, so‘ng Ka’bani tavof aylaganlarini, ammo umra qilmaganlarini ko‘rdim. Keyin, Muoviya birlan Abdulloh ibn Umar ham shunday qilishdi. Men otam Zubayr ibn Avvom birlan haj qilganimda, ul kishi ham dastlab tahorat olib, so‘ng Ka’bani tavof etdilar, umra qilmadilar. Muhojir va ansorlarning ham shunday qilishganini ko‘rdim. Eng oxiri bo‘lib, Ibn Umarning shunday qilganining shohidi bo‘ldim. U ham an’anaga ko‘ra, umra qilmadi. Mana, Ibn Umar ularning oldida ketayotir, hech kim undan bir narsani so‘ramakka botinmaydir, o‘tkinchilar ham faqat Ka’bani tavof aylamak niyatidagina qadam tashlashayotir... Mana, tavof ham qilib bo‘lishdi, lekin ular hanuz ehromdadirlar. Men onam birlan xolamning ham Ka’bani tavof aylab bo‘lmagunlaricha, boshqa biror narsa qilishmaganining hamda ehromlarini yechishmaganining shohidi bo‘lgandirman».

Urva raziyallohu anhu: «Menga onam aytdilarki, ul kishi birlan xolam, Zubayr va falonchi-pistonchilar umraga talbiya aytishib, Qora Toshni silab tavof qilishgach, ehromlarini yechishibdir»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:33:44
79-bob. Safo va Marvada sa’y qilmrqning vojibligi va uning Olloh taolo udumlaridan biriga aylanganligi haqida

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Oisha onamizga: Olloh taoloning «Safo va Marvada sa’y qilmoq Olloh taolo udumlaridan biridir, kim Ka’bani tavof aylasa yokim umra qilsa, ularning ikkalasini (Safo va Marvani) tavof etmog‘i gunoh bo‘lmag‘aydir» degan qavli haqida ne dersiz? Xudo haqqi, Safo va Marvani tavof aylamasa, hech kim gunohkor bo‘lmas erkan!» — dedim. Ey jiyanim,— dedilar Oisha onamiz,— nechuk be’mani so‘z aytding! Agar bu oyatning tafsiri sen aytganingcha bo‘ladirgan bo‘lsa, unda Safo va Marvani tavof aylamasa, gunohkor bo‘lmas erkan-da?! Ammo, bu oyat ansorlar haqida nozil bo‘lgan bo‘lib, ular musulmon bo‘lmoqlaridan avval Mushallal degan joydagi o‘zlari ibodat qiladirgan butga — mustabid Manotga tahlil aytishar erdi. Shu boisdan ham Safo va Marvani tavof aylamakka hayiqishar erdi. Ular musulmon bo‘lganlaridan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, biz Safo va Marvani tavof qilmoqqa hayiqar erdik, shukrkim, Olloh taolo «Safo va Marvani tavof aylamak Olloh udumlaridandir!» degan oyati kariymasini nozil qildy»,— deyishdi. Shundan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safo va Marvani tavof etmakni sunnat qildilar, buni qilmaslikka hech kimning haqqi yo‘qdir!»

«Men ushbu hadisni Abu Bakr ibn Abdurrahmonga aytganimda,— deydilar Zuhriy raziyallohu anhu,— u bunday dedi: «Oisha zikr qilgan but — Manotga tahlil aytmaydirgan barcha odamlar Safo va Marvani tavof qilishardi. Olloh taolo Qur’onda Safo va Marvani tavof aylamakni zikr qilmay, Ka’bani tavof etmakni zikr qilganida, odamlar: «Yo Rasululloh, biz Safo va Marvani tavof qilar erdik, Olloh taolo Ka’bani tavof aylamak haqida oyat nozil qildi, Safoni zikr qilmadi, agar biz Safo va Marvani tavof qilsak, gunohkor bo‘lg‘aymizmi?» - deyishdi. Shunda, Olloh taolo «Safo va Marvani tavof aylamak Olloh udumlaridandir!»degan oyati kariymasini nozil qildi». «Bu oyat,- deb davom etdilar Abu Bakr,- ikki toifa odamlar xususidadir, biri - johiliya davrida Safo va Marvani tavof etmakka hayiqqan kishilar, ikkinchisi - ilgari Safo va Marvani tavof aylab yurib, keyin, islom davriga kelganda, Olloh taolo Ka’bani tavof etmakni zikr qilib, Safoni eslatmaganligidan ularni tavof aylamakka hayiqib qolgan kishilar ha.qida nozil bo‘lgan. Shundan so‘ng Olloh taolo Safo va Marvani ham tavof aylamak lozimligini eslatib, oyat nozil qilgan, deb eshitg‘ayman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:34:16
80-bob. Safo va Marvada sa’y qilmoqqa doir xabarlar

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Baniy Abbod hovlisidan Baniy Abu Husayn ko‘chasigacha bo‘lgan masofada sa’y qiling‘aydir»,- deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’baning dastlabki tavofini ado etsalar, uch marta yo‘rtib chopardilar va to‘rt marta oddiy yurish qilar erdilar. Safo va Marvani tavof aylasalar, ular oralig‘ida joylashgan selxona bo‘ylab sa’y qilar erdilar»,- deydilar. Ubaydulloh ibn Umar: «Abdulloh ibn Umar yamaniy ustun oldiga kelganda odatdagidek yurarmidilar, deb Nofi’dan so‘radim»,- deydilar. Shunda Nofi’: «Yo‘q, yamaniy ustun oldida odamlar ko‘payib ketgandagina shunday qilardilar, chunki ul kishi ustunni o‘pib tavof qilmay qo‘ymas erdilar»,- deb javob qilgan ekan.

Amr ibn Dinor: «Biz Ibn Umar raziyalloho‘ anhudan umrada Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva orasini tavof qilmagan kishi ayoliga yaqinlashadirmi, deb so‘radik»,- deydilar. Shunda, Ibn Umar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka’bani yetti marta tavof ayladilar, Maqomi Ibrohim orqasida ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng Safo va Marva orasida yetti marta sa’y qildilar-da, «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi namunalar bordir!»- deb aytdilar»,- deb javob qilibdir.

Amr ibn Dinor: «Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan shu haqda so‘raganimizda, u kishi «Safo va Marvada sa’y qilmaguncha, ayoliga mutlaqo yaqinlashmasligi kerak» deb aytdilar»,- deydilar.

Amr ibn Dinor: «Men Ibn Umar raziyallohu anhuning «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka’bani tavof ayladilar, so‘ng ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin Safo va Marvada sa’y qildilar-da, «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar bordir» degan oyatni o‘qidilar» - deganini eshitdim»,- deydilar.

Osim raziyallohu anhu: «Safo va Marva orasida sa’y qilmoqni yoqtirmasmi erdingiz, deb Anas ibn Molikdan so‘radim»,- deydilar. Anas: «Ha, chunki u johiliya davri udumlaridan erdi, hatto Olloh taolo «Safo va Marva Olloh taoloning udumlaridan biridir, kim Ka’baga haj qilg‘aydir yokim umra qilg‘aydir, Safo va Marvani tavof aylamog‘idan gunohkor bo‘lmag‘aydir» degan oyatni nozil qilgan»,-dyob javob beribdirlar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva orasida mushriklarga o‘z kuch-quvvatlarini ko‘rsatib  qo‘ymoq uchun sa’y qildilar»,- deydilar. Shunga o‘xshash hadisni Humayd ham aytib bergan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:34:33
81-bob. Hayz ko‘rgan ayol barcha haj udumlarini ado qiladir, faqat tavof etmaydir; Safo va Marva orasida tahoratsiz sa’y qilsa...

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men hayz ko‘rgan holimcha Makkaga kelib, na Ka’bani tavof aylay oldim va na Safo va Marvada sa’y qildim. Men buni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib, shikoyat etdim. Ul kishi: «Toza bo‘lguningcha Ka’bani tavof aylamag‘il, hojilar ne qilsalar, sen ham shuni qilg‘il!» - dedilar».

Jobir ibn Abdullohraziyallohu anhudan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam va ashoblari hajga ehrom bog‘ladilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam va Talhadan boshqaning qurbonlikka atalgan jonlig‘i yo‘q erdi. Shu payt, Ali Yamandan jonliq yetaklab kelib qoldi-da: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam nimaga ehrom bog‘lasalar, men ham o‘shanga ehrom bog‘lag‘aydirman»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalarga katta haj o‘rniga umra qilmoqni, sochlarini kalta qilmoqni hamda jonliq yetaklab kelganlardan tashqari hammaga ehromini yechmoqni amr qildilar. Shunda sahobalar: «Minoga borg‘aymizmi? Ba’zi birimizning zakarimizdan maniy tomib turibdir-ku?!»- deyishdi. Bu gap Janob Rasulullohning quloqlariga yetgach: «Men keyinga surgan ishimni oldin qilmoqchi bo‘lganimda, jonliq olib kelmagan bo‘lar erdim, jonlig‘im bo‘lmaganda erdi, men ham ehromimni yechgan bo‘lar erdim»,- dedilar. Oisha onamiz hayz ko‘rgan bo‘lsalar ham, barcha haj udumlarini ado etdilar, lekin faqat Ka’bani tavof aylamadilar, uni poklanganlaridan keyin tavof qildilar. Oishaonamiz: «YoRasululloh, sizlar haj birlan umra qildingizlar, men ersam, haj qilganimcha qoldim»,- deganlarida, Janob Rasululloh: «Ukang Abdurrahmon birlan Tan’imga borib, umra qilib kelg‘il!»-dedilar. Shunda, Oisha onamiz hajdan keyin umra qilib qaytdilar».

Hafsa aytadirlar: «Biz joriyalarimizni uydan tashqariga chiqarmas erdik. Bir kuni bir ayol Baniy Xalaf qasriga kelib tushdi. U singlisining Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalaridan birining xotini ekanligini, uning eri Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘n ikki marta g‘azot qilganligini, shu g‘azotlarda singlisi ham eri birlan birga ishtirok etib, yaradorlarni davolaganini aytdi. «Singlim,- dedi boyagi ayol,- Janob Rasulullohdan: «Agar birortamizning yoping‘ichimiz bo‘lmasa-yu, hayit namoziga chiqolmay qolsak, gunoh bo‘lmag‘aydirmi?»-deb so‘raganida, ul kishi: «Dugonasining yoping‘ichlaridan birini olib tursin, xayrli ishdan qolmasin, mo‘‘minlar birlan birga chiqib, duo aytsin!» - debdirlar, Boyagi xotin (Ummu Atiyya) kelganida: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam falon narsalar to‘g‘risida ne deganlar, eshitganmisiz, deb so‘rashdi ayollar, Shunda u: «Ha, otam haqqi-hurmati (u, Janob Rasulullohning nomlarini tilga olganda, ko‘pincha «otam haqqi hurmati» deb qo‘yardi), eshitganman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam endigina bo‘yiga yetgan qizlarga ham namozga chiqmoqni buyurar erdilar»,- dedi. «Hayz ko‘rgan xotinlarga hammi?»-deb so‘radim.  Shunda u:  «Ha, hayz ko‘rgan xotin Arafotga chiqmag‘aydirmi? Yoki falon, yo piston qilmag‘aydirmi?»-deya haj udumlarini sanay ketdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:34:59
82-bob. Makkaliklarning Batho va boshqa joyda turib, hojilarning esa, Minoga chiqqanida ehrom bog‘lamog‘i haqida

Ato raziyallohu anhudan Makkaga yaqin joylarda yashaydirgan kishilarning hajga talbiya aytmoqlari to‘g‘risida so‘rashdi. Ul kishi: «Ibn Umar raziyallohu anhu Tarviya kuni tuya ustida turib namoz o‘qigach, talbiya aytar erdilar»,- dedilar.

Abdumalik raziyallohu anhu Atodan, ul kishi ersa, Jobir raziyallohu anhudan eshitgan quyidagi hadisni rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makkaga kelib, Tarviya kunigacha ehromlarimizni yechib qo‘ydik va Makkaga orqamizni qilib, hajga talbiya aytdik. Abu Zubayr: «Jobir menga, Bathoda turib ehrom bog‘ladik, degandi»,- deydilar. Ubayd ibn Jurayj Ibn Umar raziyallohu anhuga: «Men sizning, Makkada ekanligingizda, odamlar yangi oy chiqqanini ko‘rib, ehrom bog‘lasalar ham, Tarvyya kunigacha ehrom bog‘lamaganingizni ko‘rdim»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:38:29
83-bob. Tarviya kuni peshinni qaerda o‘qiydir?

Abdulaziz ibn Rufay’ rivoyat qiladirlar: «Men Anas ibn Molik raziyallohu anhudan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan o‘zingiz o‘rgangan bir narsa haqida meni xabardor qilsangiz! Tarviya kuni ul kishi peshin va asrni qaerda o‘qidilar?»-deb so‘radim. Anas: «Minoda»,- dedilar. Men: «Nafr kuni (hojilar Minodan qaytadirgan kun) asrni qaerda o‘qidilar?» - dedim. Anas: «Abtahda»,-dedilar-da, «Amidu umarolaring singari qilaverg‘il!» - deb qo‘shib qo‘ydilar».

Abdulaziz rivoyat qiladirlar: «Tarviya kuni Minoga chiqib, eshak minib ketayotgan Anas raziyallohu anhuni uchratdim. «Bugun Nabiy sallallohu alayhi va sallam peshinni qaerda o‘qidilar?» - deb u kishidan so‘radim.
Anas: «Umarolaring qaerda o‘qisa, sen ham o‘sha yerda o‘qiyverg‘il!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:38:47
84-bob. Minoda namoz o‘qimoq haqida

Ubaydulloh otalari Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhudan quyidagi hadisni eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Minoda ikki rak’at namoz o‘qidilar, Abu Bakr, Umar va Usmon o‘z xalifaligining dastlabki yillarida ikki rak’at o‘qib, keyinchalik to‘rt rak’at o‘qishgan».

Horisa ibn Vahb al-Xuzo’iy raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minoda biz birlan ikki rak’at namoz o‘qidilar, Abu Bakr, Umar va Usmon ham o‘z xalifaligining dastlabki yillarida qasr o‘qib, keyinchalik to‘la o‘qiydirgan bo‘lishgan»,- deydilar.

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga ikki rak’at (farzni qasr qilib) namoz o‘qiganman, keyin Abu Bakr raziyallohu anhu birlan ham, Umar raziyallohu anhu birlan ham ikki rak’at namoz o‘qidim. Keyinchalik ersa, sizlarning yo‘llaringiz bo‘linib ketdi (ya’ni, birovlar to‘rt, boshqalar ikki rak’at o‘qiydirgan bo‘ldi). Qani endi, to‘rt rak’at o‘rniga o‘sha maqbul ikki rak’at namoz o‘qilsa!» - dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:39:01
85-bob. Arafa kuni tutiladirgan ro‘za haqida

Solim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Arafa' kuni odamlar Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ro‘za tutganliklaridan shubhalanishdi. Shunda, men Nabiy sallallohu alayhi va sallamga meva sharbati yuborgan erdim, ichdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:39:49
86-bob. Minodan Arafotga takbir va talbiya aytib borish haqida

Abdulloh ibn Yusuf rivoyat qiladirlar: «Muhammad ibn Abu Bakr as-Saqofiy va Anas ibn Molik raziyallohu anhumo ikkalalari Minodan Arafotga ketishayotgan erdi. Shunda, Muhammad ibn Abu Bakr: «O’sha kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Minodan Arafotga ketayotganingizda ne qildingizlar?» - deb Anasdan so‘radi. Anas: «Ba’zi birimiz tahlil, ba’zi birimiz talbiya aytib bordik, Janob Rasululloh hech qaysimizga bir nima demadilar»,- dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:40:10
87-bob. Arafa kuni kechki payt ko‘chaga chiqish haqida

Solim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulmalik ibn Marvon haj amallarida Ibn Umarga qarshilik qilmaslikni buyurib, Hajjojga maktub yozdi. Ibn Umar raziyallohu anhu (men u kishi birlan birga erdim) arafa kuni, Quyosh botgan paytda, Hajjojning chodiri oldiga kelib, qichqirdilar. Hajjoj sariq ko‘ylagini kiyib chiqib: «Ey Abdurrahmonnyng otasi, sizga ne bo‘ldi?» - dedi. Ibn Umar: «Agar sunnatni ado etging kelsa, tez qimirlag‘il, bir yerga bormoq kerak»,-dedilar. «Hozirmi?» - dedi Hajjoj. «Ha»,- dedilar Ibn Umar. «Andak sabrdilib turingiz, boshimdan suv quyib olay»,-dedi Hajjoj. Ibn Umar tuyadan tushib, Hajjoj chiqquncha poylab turdilar. Hajjoj chiqqach, Ibn Umar men birlan otam ikkalamizning o‘rtamizda ketdilar. Men Hajjojga: «Agar sunnatni buzmay desang, xutbani qisqaroq aytib, vuqufni tezlashtirg‘il!» - deb edim, u Abdullohga alanglab qaray boshladi. Buni sezgan Abdulloh: «U to‘g‘ri aytayotir»,- dedik»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:40:22
88-bob. Arafotda tuya minib turish haqida

Abdulloh ibn Abbosning mavlosi (ozod qilingan quli) rivoyat qiladirlar: Ummulfazl binti Haras oldida turgan odamlar Janob Rasulullohning arafa kuni ro‘za tutganliklariga shubha bildirishdi, ulardan ayrimlari: «Ro‘za tutganlar»,-deyishsa, ayrimlari: «Ro‘za tutmaganlar»,-deyishdi. Ummulfazl, Janob Rasululloh Arafotda tuya minib turganlarida bir kosa sut yubordi, ul kishi ichdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:41:49
89-bob. Arafada ikki namozni bitta qilib o‘qimoq

Ibn Umar raziyallohu anhu jamoat birlan namoz o‘qiyolmay qolsalar, ikki namozni bir qilib o‘qirdilar.

Ibn Shihob Zuhriy rivoyat qiladirlar: «Hajjoj ibn Yusuf birlan Abdulloh ibn Zubayr raziyallohu anhumo Makkaga jang qilmoq uchun kelishgan yili Abdulloh raziyallohu anhu Solim raziyallohu anhudan: «Arafa kuni shul joyda ne qilardingiz?»-deb so‘rabdi. Solim: «Agar sunnatga rioya etmakni istasang, arafa kuni namozni kechiktirg‘il!»?- deb javob qilibdirlar. Abdulloh ibn Umar: «Ular sunnatga ko‘ra, peshin va asrni bir qilib o‘qishgan, deb to‘g‘ri aytayotir»,-debdirlar. Men Solimga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday qilganmilar?»-dedim. Solim: «Sahobalar Janob Rasulullohning sunnatlariga amal qilayotirlar-ku, axir!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:42:01
90-bob. Arafada xutbani qisqaroq aytish haqida

Solim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulmalik ibn Marvon haj amallarida Abdulloh ibn ,Umarga ergashmakni buyurib, Hajjojga maktub yozdilar. Ibn Umar raziyallohu anhu (men ul kishi birlan birga erdim) arafa kuni, Quyosh botgan paytda, Hajjojning chodiri oldiga kelib: «Ul qay yerdadir?»-deb qichqirdilar. Hajjoj oldilariga chiqdi. Ibn Umar: «Bir yerga bormog‘imiz kerak»,-dedilar. Hajjoj: «Hozirmi?» - dedi. Ibn Umar: «Ha»,-dedilar. Hajjoj: «Andak sabr qilib .turingiz, ustimdan suv quyib chiqayin»,- dedi. Ibn Umar tuyadan tushib, Hajjoj chiqquncha poylab turdilar. Hajjoj chiqqach, Ibn Umar men birlan otam ikkalamizning o‘rtamizda ketdilar. Men Hajjojga: «Agar bugun sunnatga amal etayin desang, xutbani qisqartirib, vuqufni tezlatg‘il!» - dedim."Ibn Umar: «U to‘g‘ri aytayotir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:42:16
91-bob. Arafotda turmoq haqida

Jubayr ibn Mut’im rivoyat qiladirlar: «Bir tuyamni yo‘qotib qo‘ygan erdim, arafa kuni uni izlagani chiqdim. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Arafotda turganlarini kurib qoldim. Uzimga-o‘zim: «Xudo haqqi, bu kishi hums (taqvodor) odam bo‘lmasalar, shu paytda u yerda ne qilar erdilar?!» -deb qo‘ydim (Johiliya davrida dinni qattiq ushlagan Quraysh qabilasiga mansub kishilarni «humslar» deb atashgan)».

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Johiliya davrida Quraysh qabilasiga mansub muttaqiy kishilar (humslar) va ularning bolalaridan boshqa odamlarning barchasi yalang‘och tavof qilishar erdi. Humslarning erkaklari erkaklarga, ayollari ayollarga, ular yalang‘och tavof aylamasin, deb kiyim in’om etishar erdi. Ular Olloh taolodan savob umidida shunday qilishar erdi. Hums kiyim bermagan kishi Ka’bani yalang‘och tavof etar erdi. Ko‘plab odamlar Arafot tomondan, humslar ersa, Jam’ (Muzdalifa) tomondan Ka’baga tavof qilgani kelishar erdi».

Hishom raziyallohu anhu: «Olloh taoloning mana bu «So‘ng, odamlar (Ka’baga) qay tomondan gavjum bo‘lib kelsalar, sizlar ham o‘shal tomondan gavjum bo‘lib kelingizlar!» degan oyati kariymasi humslar xususida nozil bo‘lgan ekan, otam menga shunday deganlar, otamga ersa, Oisha onamiz aytgan ekanlar»,- deydilar. «Ilgari odamlar Ka’baga Jam’ tomondan gavjum bo‘lib kelishar erdi, endi bo‘lsa, ular Arafotga qaytarildi»,- deydilar Urva raziyallohu anhu.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:42:25
92-bob. Arafotdan qaytishdagi yurish haqida

Hishom ibn Urva raziyallohu anhuga otalari bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Men Usoma huzurida o‘tirgan erdim, undan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Arafotdan qaytishda Hajjat ul-Vido’da nechuk yurar erdilar?» -deb so‘rashdi. Usoma: «Sekin ham ermas, tez ham ermas, o‘rtacha yurar erdilar, agar odamlar siyrakroq joyga chiqib qolsalar, tezlashar erdilar»,- dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:42:53
93-bob. Arafot birlan Jam’ (Muzdalifa) oralig‘ida to‘xtab o‘tish haqida

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Arafotdan tushib kelishda daraga burilib kirdilar-da, qazoi hojat qildilar, so‘ng tahorat oldilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, namoz o‘qiydirsizmi?» - deb edim, ul kishi: «Namozga hali erta»,- deb javob qildilar».

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu shom birlan xufton namozlarini Jam’ga (Muzdalifaga) borganlarida qo‘shib o‘qirdilar, biroq ul kishi ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam singari yo‘lda daraga burilib kirib, qazoi hojat qilar erdilar, so‘ng tahorat olardilar, lekin Jam’ga borgunga qadar namoz o‘qimas erdilar».

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Arafotda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyalariga mingashib oldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muzdalifadan berida joylashgan chap tomondagi daraga yetib kelganlarida, tuyalarini cho‘ktirib, tahorat ushatib keldilar, men qo‘llariga suv quyib turdim, ul kishi yengilgina tahorat oldilar. Men: «Ey Rasululloh, namoz o‘qiydirsizmi?- dedim. Ul kishi: «Namozga hali vaqt bor»,-dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuyaga minib, Muzdalifaga keldilar-da, namoz o‘qidilar. Ertasiga ertalab Fazl Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyalariga mingashib ketdi».

Kurayb rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Jamraga borguncha yo‘l-yo‘lakay talbiya aytib ketdilar»,- deb aytibdir Fazl, keyin buni menga Abdulloh ibn Abbos aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:43:11
94-bob. Tavofi ifoza paytida Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalarga osoyishtalikni saqlamoqni amr qilganlari va buni ularga qamchin birlan ishora qilganlari haqida

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhu Arafa kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makkaga qaytib kelayotganda, Janob Rasululloh orqalaridan kelayotgan qattiq baqir-chaqir va tuyaga urilgandagi qamchi tovushlarini eshitib, ularga qamchilari birlan ishora qildilar-da, «Ey odamlar, tinchlik saqlangiz, shoshqaloqlik birlan xayriyatga erishib bo‘lmag‘aydir»,- deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:43:25
95-bob. Muzdalifada ikki namozni bir qilib o‘qimoq haqida

Kurayb Usoma ibn Zayd raziyallohu anhudan bunday deb eshitgan ekanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Arafotdan qaytdilar. Shunda, yo‘l-yo‘lakay darada tushib, tahorat ushatdilar. So‘ng, yengil-elpi tahorat oldilar. Men: «Namoz vaqti bo‘ldimi?» - dedim. Janob Rasululloh: «Namozga hali erta»,-dedilar. Muzdalifaga kelgach, yaxshilab tahorat oldilar, keyin namoz boshlandi,  shom o‘qidilar. So‘ng, har kim o‘z tuyasini belgilangan joyga olib borib cho‘ktirdi. Keyin, namoz boshlandi, xufton o‘qidilar, lekin ikkala namoz orasida nafl o‘qimadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:44:03
96-bob. Ikki namozni qo‘shib o‘qib, orasida nafl o‘qimagan kishi xususida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Jam’da (Muzdalifada) shom birlan xuftonni, har biriga alohida iqomat (takbir) aytib, qo‘shib o‘qidilar, lekin ularning orasida ham, ulardan keyin ham nafl o‘qimadilar».

Abu Ayyub Ansoriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muzdalifada, Hajjat o‘l-Vido’ paytida, shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qidilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:45:26
97-bob. Har bir namozga aloxida azon va iqomat (takbir) aytmoq to‘g‘risida

Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu haj qildilar. Muzdalifaga xuftonga azon aytiladirgan yoki shunga yaqin paytda yetib keldik. Bir kishiga buyurib erdilar, azon va takbir aytdi, keyin shom o‘qidilar, keyin ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng kechki ovqatni olib kelmakni buyurdilar. Tanovul qilib bo‘lib, bir kishiga yana buyurdilar shekilli, azon va takbir aytdi (Amr raziyallohu anhu: «Yuqoridagi gaplarga Zuhayrdan boshqa hech kim shubha bildirmadi»,- deydilar). Keyin, ikki rak’at xufton o‘qidilar. Tong otgach, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xuddi shu kuni, shu paytda va mana shu joyda shu namozdan boshqa namoz o‘qimas erdilar, kechikib o‘qilgan ikki namozdan biri -odamlar Muzdalifaga kelgandan keyin o‘qilgan shom namozidir, ikkinchisi - tong yorishib ketgandan keyin o‘qilgan bomdod namozidir, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday qilganlarini ko‘rganman»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:45:45
98-bob. Oilasidagi zaif odamlarni, «Duolar o‘qib turishsin», deb tunda Muzdalifaga yuborgan va ularni oy botgandan keyin qaytarib olib kelgan kishi xususida

Solim rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu oilalaridagi zaif odamlarni tunda Muzdalifaga yuborar erdilar, ular o‘sha yerdagi Al-Mash’ar ul-Harom oldida turib, qo‘llaridan kelgancha Olloh taoloni zikr qilishardi va imom vuquf qilib qaytmasidan oldin qaytishardi. Ulardan ayrimlari Minoga bomdod o‘qishga borishardi va ba’zilari shundan keyin Jamraga borib, tosh otishardi. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga shunday qilmoqqa ruxsat berdilar»,- deydilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu. alayhi va sallam meni Jam’dan kechasi jo‘natdilar»,- deydilar.

Ibn Abbrs raziyallohu anhu: «Men, Rasululloh   sallallohu alayhi va sallam tunda o‘z oilalaridagi zaif odamlarga qo‘shib Muzdalifaga jo‘natgan kishilardan biridirman»,- deydilar.

Asmoning   mavlosi   Abdulloh   rivoyat   qiladirlar:   «Jam’    kechasi   Asmo Muzdalifaga kelib, namoz o‘qimoqqa tutindilar. Bir soatcha namoz o‘qib, so‘ng: «Ey o‘g‘lim, oy botdimi?» - deb so‘radilar. Men: «Yo‘q»,- dedim. Tag‘in bir soatcha namoz o‘qib: «Oy botdimi?» - deb so‘radilar. Men: «Ha»,- dedim. Ul kishi: «Qo‘zg‘olingiz!»- dedilar. Biz yig‘ishtirinib, yo‘lga tushdik. Tosh otib, uylariga qaytib kelgach, bomdod o‘qidilar. Shunda men: «Namozni qorong‘iroq vaqtda (ertaroq) o‘qib qo‘ydik, shekilli?» - dedim. Ul kishi: «Ey o‘g‘lim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam taxti ravonli ayollarga bomdodni ertaroq o‘qimoqqa ruxsat berganlar»,- dedilar».

Oisha raziyallohu anho: «Jam’ kechasi Savda  Nabiy sallallohu alayhi  va sallamdan oldinroq ketmakka ruxsat so‘radi, chunki u juda sekin yurardi. Shunda, Janob Rasululloh unga ruxsat berdilar»,- deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Muzdalifaga keldik. Savda qadami vazmin bo‘lganligidan tiqilinchda qolib ketmasligi uchun Minoga oldinroq ketmoqqa Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan ruxsat so‘radi. Janob Rasululloh unga ruxsat berib erdilar, u ertaroq yo‘lga chiqdi. Biz tong yorishguncha o‘rnimizda qoldik. Keyin, Janob Rasululloh qo‘zg‘olishlari birlan biz ham qo‘zg‘oldik. Men ham Savda kabi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan ertaroq ketmakka ruxsat so‘rasam bo‘lar erdi, lekin ul kishi birlan birga bo‘lmoqdan saodatliroq narsa yo‘qdir!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:45:59
99-bob. Jam’da bomdod o‘qigan shaxs xususida

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ikki namozdan boshqa namozni belgilangan vaqtidan tashqari vaqtda o‘qiganlarini ko‘rmadim. Ul kishi shom birlan xuftonni qo‘shib, bomdodni ersa, o‘z vaqtidan ertaroq o‘qidilar».

Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu birlan Makkaga bordik, so‘ng Jam’ga keldik. Ul kishi bu yerda ikki marta namoz o‘qidilar, har bir namozga alohida azon va takbir aytdilar. Ikkala namoz orasida xufton ham o‘qidilar. Keyin, tong otar-otmas, ya’ni ba’zilar: «Hali tong otgani yo‘q»,- desa, boshqalar: «Tong otdi»,- deydirgan paytda bomdod o‘qidilar-da, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz mana shu yerda shu ikki namozning -shom va xuftonning vaqtini o‘zgartirib o‘qidik, bundan buyon odamlar ham Jam’ga biz kelgan vaqtda kelib, bomdodni biz o‘qigan vaqtda o‘qimoqlari lozimdir» - deb aytganlar»,- dedilar. Keyin, Abdulloh tong shafag‘i taralguncha poylab turdilar-da, «Agar hozir Amir ul-mo‘‘minin tavofi ifoza qilganda erdi, sunn.atni ado etgan bo‘lardi»,- dedilar. Ul kishi shu so‘zni aytib ulgurdilarmi, yo‘qmi, bilmasman, Hazrat Usmon odamlarga yo‘lga chiqmoqni buyurdilar. So‘ng, Nahr kuni Jamrat ul-Aqabaga borib, tosh otgunlariga qadar talbiya aytib ketdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:46:29
100-bob. Jam’dan qachon qaytiladir?

Amr ibn Maymun rivoyat qiladirlar: «Men Umar raziyallohu anhuning Jam’da bomdod namozini o‘qiganlarini ko‘rdim. Namoz o‘qib bo‘lgach: «Mushriklar Quyosh chiqmaguncha tavofi ifoza qilmas erdilar, ular: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, Quyosh Sabiyrdan (Makkadagi tog‘dan) oshgach, tavofi ifoza aylamog‘imizga qarshilik qildilar, so‘ng biz Quyosh chiqmasdan tavofi ifoza etdik» - deyishar erdi», - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:47:01
101-bob. Qurbonlik kuni ertalab, tosh otadirgan paytda, talbiya va takbir aytmoq hamda (tuyaga) mingashib yurmoq haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Fazlni tuyalariga mingashtirib olib, tosh otadirgan paytgacha talbiya aytdilar, buni menga Fazlning o‘zi aytgandi»,- deydilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu Arafotdan Muzdalifagacha Nabiy sallallohu alayhi va sallamning tuyalariga mingashib bordi, Muzdalifadan Minogacha ersa, Fazl mingashib keldi. Ularning ikkovlari ham: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Aqabada tosh otgunlariga qadar uzluksiz talbiya aytdilar»,- deyishadir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:48:07
102-bob.

Olloh taolo bunday deydyr: «Kimki (bir yilning o‘zida) umra va haj qilib, savob topmoqchi bo‘lg‘aydir-u, jonlig‘ini (xastalik yokim boshqa boisga ko‘ra) qurbonliq aylamakka muyassar bo‘lolmay qolg‘aydir, (boshqa biror kishi orqali berib yuborsin) va kimki (qurbonlik uchun jonliq) topolmag‘aydir, uch kun haj vaqtida va yetti kun (uyiga) qaytganda ro‘za tutsin, hammasi bo‘lib to‘liq o‘n kun (tutsin)! Bular, ahli Makkai Mukarramada bo‘lmaganlar uchundir!»

Abu Jamra rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Abbos raziyallohu anhudan mut’aga ijozat so‘raganimda, menga mut’a qilmakka ruxsat berdilar. Keyin, qurbonlik to‘g‘risida so‘raganimda, ul kishi: «Mut’a qiladirgan odam bir tuya yokim bir sigir yokim bir qo‘y qurbonlik qilmog‘i lozimdir, yoinki birov birlan sherikchilikka qurbonlik aylamog‘i kerak»,- dedilar. Odamlar bunday mut’a qilmoqni makruh, deb hisoblashar erdi. Keyin, tushimda birov nido qilib: «Hajing xayrli va mut’ang maqbul bo‘lg‘ay!»-dedi. Buni Ibn Abbos raziyallohu anhuga gapirib berganimda, ul kishi: «Ollohu akbar! Bu - Abulqosim (Rasululloh) sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari»,- dedilar.

Shu’ba: «Umrang maqbul va hajing xayrli bo‘lg‘ay!» deyilgan bo‘lsa kerak»,-deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:49:42
103-bob. Tuya minish haqida

Olloh taolo: «Qurbonlik tuyalarini Biz sizlar uchun Ollohning nishonlaridan qildik (ya’ni, tuyalarni qurbonlik qilmoq ham Olloh udumlaridandir), ularning o‘zlarida va ularni odob birlan qurbonlik aylamoqlikda sizlar uchun ko‘p foydalar bordir. Ularni turg‘izib, Olloh nomini zikr qilib, zabh aylangiz, ularni yonboshlariga yiqilganlaridan keyin iste’mol qylingiz va qanoatli muhtojlarga hamda muhtoj tilamchilarga yediringiz! Hayvonlarni, shukr qilursizlar deb, sizlarga musaxxar ayladik, ularning na go‘shtlari va na qonlari Olloh rizolig‘iga kifoya etmag‘aydir, balkim sizlarning dilingizdagi xavfu taqvo kifoya qilg‘aydir. Olloh, sizlarga hidoyat qilgani uchun (unga) takbir aytg‘aysizlar deb, ularni sizlarga mana shundoq musaxxar ayladik, xayrli ish qilg‘uvchilarga buni bashorat qilingiz!» - deydir.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuya haydab borayotgan kishini ko‘rib: «Uni minib olg‘il!»-dedilar. U kishi: «Bu qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh yana: «Minib olg‘il!»-dedilar. Boyagi kishi tag‘in: «Bu qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh uchinchi yoki ikkinchi marta: «Sho‘ring qursin, minib olg‘il!»-dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuya haydab borayotgan bir kishini ko‘rib: «Uni minib olg‘il!» - dedilar. U kishi: «Bu qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasulullox, yana: «Minib olg‘il!»-dedilar. U tag‘in: «Bu qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh uchinchi marta: «Minib olg‘il!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:50:24
104-bob, O’zi birlan qurbonlik yetaklab olgan kishi xususida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’da (katta) hajdan oldin umra qilib oldilar, Ul kishi Zulhulayfadan o‘zlari birlan qurbonlik haydab kelib, avval umraga so‘ng hajga ehrom bog‘ladilar, odamlar ham Nabiy sallallohu alayhi va sallam singari hajdan oldin umraga ehrom bog‘lashdi. Shunda, ba’zilar o‘zlari birlan jonliq yetaklab olishgan va ayrimlar jonliqsiz kelishgan erdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida, odamlarga: «Kimki orangizda qurbonlik olib kelgan ersa, hajni ado etmaguncha man’ etilgan ishlarni qilmoqqa ruxsat yo‘q, kimki jonliq olib kelmagan ersa, Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva orasida sa’y qilsin, so‘ng sochini oldirib, ehromdan chiqsin, shundan keyingina hajga ehrom bog‘lasin! Umuman jonliq topolmaganlar ersa, haj kunlari uch kun, uyiga qaytgach, yetti kun ro‘za tutsin!» - dedilar.

Janob Rasululloh Makkaga kelganlarida Ka’bani tavof qilmakni eng avvalo ruknyi o‘pib istilom qilmakdan boshladilar, so‘ng uch marta shitob aylab va to‘rt marta oddiy yurish qilib tavof etdilar, keyin Maqomi Ibrohim oldida ikki rak’at tavof namozi o‘qib, salom berib turdilar-da, Safoga keldilar, Safo va Marvani yetti martaba aylandilar. Janob Rasululloh hajni ado etgunlariga qadar man’ etilgan ishlarni qilmadilar. Nahr kuni jonliqlarini zabh qilib, ifoza etdilar va Ka’bani tavof ayladilar. Shundan keyingina hajda qilib bo‘lmaydirgan ishlarni qilmoq imkoniga ega bo‘ldilar. Rasululloh yuqorida nimaiki qilgan bo‘lsalar, boshqalar ham shunday qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:50:34
105-bob. Yo‘lda jonliq sotib olgan kishi haqida

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu otalariga: «Bu yil haj qilmay turingiz, chunkim men odamlar o‘rtasida urush bo‘lmasligiga amin emasman, (kofirlar) sizni Ka’baga qo‘ymasliklari mumkin»,-dedi. Otalari: «Shunday qilynsa, unda men Janob Rasululloh singari ish tutgaydirman. Olloh taolo: «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir»,- deydir. Men sizlarni guvoh qilib, o‘zimga umrani vojib etdim, deb e’lon qilg‘aymen»,- dedilar. Shundan keyin, ul kishi umraga ehrom bog‘ladilar. Keyin, Baydo’ga kelib, bir yo‘la ham haj, ham umraga tahlil aytdilar-da: «Haj ham, umra ham bir xil savobga molikdir»,- dedilar, Keyin, Qudayddan jonliq olib, Makkaga keldilar, so‘ng haj va umra uchun Ka’bani bir marotaba tavof qildilar, haj va umrani to‘la-to‘kis ado etmagunlaricha ehromlarini yechmadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:50:47
106-bob. Zulhulayfada tuyasining bo‘yniga kavsh osib, qurbonlik ekanligini belgilab qo‘ygan kishi xususida

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Madinadan jonliq tuya haydab kelsalar, Zulhulayfada uni qiblaga qaratib cho‘ktirib, belgi sifatida (bo‘yniga) kavsh osib qo‘yardilar, keyin o‘rkachiga pichoq sanchib, atrofiga qon birlan chiziq chizar erdilar».

Misvar ibn Maxrama va Marvon rivoyat qilishadir: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir necha yuz sahobalari birlan yo‘lga chiqdilar. Zulhulayfaga yetganlarida tuyalari bo‘yniga kavshlarini osib, ham o‘rkachini qonatib, qurbonlik ekanligini belgilab qo‘ydilar, so‘ng umraga ehrom bog‘ladilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning tuyalari bo‘yniga belgi bog‘lamoq uchun o‘z qo‘lim birlan ip yigirib berdim. Janob Rasululloh u birlan belgi bog‘ladilar, keyin o‘rkachini qonatib, chiziqlar chizib qo‘ydilar-da, (hajga) jo‘natdilar. Shunda, ul kishi hajda qilinmaydirgan ishlardan mahrum bo‘lmadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:51:54
107-bob. Tuya va sigir bo‘yniga belgi bog‘laydirgan ip yigirmoq haqida

Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Yo Rasululloh, odamlar ehromlarini yechishdi, nega siz yechmadingiz?» - dedim. Janob Rasululloh: «Chunkim men sochimni to‘zg‘imaydirgan qilib (yopishtirib) oldim, jonlig‘imga belgi osdim, shul sababdan hajdan qutulmagunimcha ehromimni yecha olmasman»,-dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinadan jonliq haydab kelsalar, bo‘yniga belgi osadirgan ipini yigirib berardim. Keyin, ul kishi ehrom kiygan kishi qilmaydirgan ishlarni ham qilaverar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:52:06
108-bob. Tuya bo‘yniga belgi osmoq haqida

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam jonliq bo‘yniga belgi osib va badanini qonatib, qurbonlik ekanini belgilab qo‘ydilar-da, umraga ehrom bog‘ladilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jonliqlari bo‘yniga belgi osmoq uchun ip yigirib berdim. Keyin, ul kishi jonliqlari bo‘yniga belgi osib (yokim men o‘zim osib qo‘ydim shekilli) va badanini qonatib, qurbonlik ekanini belgilab qo‘ydilar. So‘ng, o‘zlari Madinada qolib, uni bir kishi orqali Makkaga jo‘natdilar. Shunda, ul kishi hajda man’ qilinadirgan ishlardan mahrum bo‘lmadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:52:20
109-bob, Jonlig‘i bo‘yniga belgini o‘z qo‘li birlan osib qo‘ygan kishi xususida

Amra binti Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Ziyod ibn Abu Sufyon Oisha raziyallohu anhoga: «Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu, hajga jonliq jo‘natgan kishi ehrom bog‘lagan kishi kabi jonlig‘i zabh qilinguniga qadar makruh ishlardan o‘zini tiyib turmog‘i lozimdir, deydir»,- deb maktub yo‘lladi. Oisha raziyallohu anho: «Ibn Abbos aytganicha ermas, men Janob Rasulullohning jonliqlari bo‘yniga belgi osadirgan ipni o‘z qo‘lim birlan yigirib berardim, ul kishi o‘z qo‘llari birlan uni bog‘lardilar, so‘ng uni otam (Abu Bakr) orqali hajga berib yuborardilar, Shunda, Janob Rasululloh jonliqlari zabh qilingunga qadar Olloh taolo halol qilgan biror narsadan mahrum bo‘lganlari yo‘q»,- deb javob yo‘lladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:52:51
110-bob. Qo‘yning bo‘yniga belgi osmoq haqida

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qurbonlik uchun hajga bir marta qo‘y yubordilar»,- deydilar.

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga belgi osadirgan ip yigirib berardim, ul kishi qo‘yni bo‘yniga belgi osib, Makkaga yuborar erdilar, o‘zlari ersa, ehrom bog‘lamay uyda qolar erdilar»,- deydilar.

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga belgi osadigan ip yigirib berardim, u birlan qo‘yning bo‘yniga belgi osib, Makkaga yuborardilar, o‘zlari ersa, ehrom bog‘lamay (uyda) qolar erdilar»,- deydilar.

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jonliqlari bo‘yniga belgi osadigan ip yigirib berardim»,- deydilar. Ya’ni, ehrom bog‘lamakdan avval jonliq bo‘yniga osadigan ipni nazarda tutayotirlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:53:18
111-bob. Belgi osadirgan iplar jundan yigiriladir

Umm ul-mo‘‘minin (Oisha onamiz): «Jonliq bo‘yniga belgi osadirgan iplarni uyimizdagi junlardan yigirar erdim» ,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:55:47
112-bob. Jonliq bo‘yniga kavsh osmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiyulloh sallallohu alayhi va sallam qurbonlikka atalgan tuyani haydab borayotgan bir kishini ko‘rib: «Uni minib olg‘il!»- dedilar. U kishi: «Bu qurbonlik-ku!» - dedi. «Uni minib olg‘il!»-dedilar takroran. Keyin, boyagi kishining Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan tuyaga mingashib ketayotganini, tuya bo‘ynida ersa, kavsh osilib turganini ko‘rdim»..

Bu hadisga Muhammad ibn Bashshor ham mutoba’at qilganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:56:16
113-bob. Tuya to‘qimihaqida

Ibn Umar raziyallohu anhu tuya to‘qimiga tegmay, o‘rkachinigina kesar erdilar. Agar tuyani so‘yadirgan bo‘lsalar, to‘qimini, qon tegib ifloslanib qolishidan cho‘chib, yechib olar erdilar, keyin uni sadaqa qilar erdilar.
Ali raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga so‘ygan tuyamning to‘qimi va terisini sadaqa qilmoqni buyurdilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:56:34
114-bob. Yo‘lda jonliq sotib olib, uning bo‘yniga belgi osgan kishi haqida

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Zubayr raziyallohu anhu xalifaligi davrida, Haruriya haji yili haj qilmoqchi bo‘ldilar. Shunda ul kishiga: «Odamlar o‘zaro urushmoqdalar, ular sizning haj qilmog‘ingizga mone’lik etishmasa, deb qo‘rqg‘aymiz»,- deyishdi. Ibn Umar «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir»,- degan oyatni o‘qib, «Agar shunday qilsalar, Janob Rasululloh kabi ish tutg‘aydirmen, sizlarning huzuringizda o‘zimga umrani vojib qildim, deb e’lon etg‘aydirmen»,- dedilar. Shundan so‘ng, ul kishi umraga ehrom bogladilar. Keyin, Baydo’ga kelib, bir yo‘la ham haj, ham umraga talbiya aytdilar-da, «Haj ham, umra ham bir xil savobga molikdir. men haj va umrani birga qo‘shib ado etg‘aymen, deb sizlarni guvoh qilurmen»,- dedilar. So‘ng, jonliq sotib olib, bo‘yniga belgi osdilar-da, Makkaga jo‘natdilar. O’zlari (ham) Makkaga kelgach, Ka’bani tavof aylab, Safoda sa’y qildilar, bundan ortiq hech narsa qilmadilar. Nahr kunigacha ehrom bog‘laganlarga man’ etilgan ishlarni qidmadilar. So‘ng, sochlarini oldirib, jonliqlarini zabh qildilarda, Ka’bani bir marta tavof qilganlaricha haj va umrani ado etdim, deb hisobladilar. Keyiy: «Nabiy sallalloho‘ alayhi va sallam ham shunday qilgan erdilar»,-deb qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:56:49
115-bob. Erkak kishining o‘z xotinlari nomidan, ular aytmagan bo‘lsa ham, sigir zabh qilmog‘i to‘g‘risida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga faqat haj qilmoq niyatida Zulqa’da oyining oxirgi besh kunligida yo‘lga chiqdik. Makkaga yaqinlashganimyzda Janob Rasululloh: «Kimning jonlig‘i bo‘lmasa, Ka’bani tavof aylab, Safo va Marvada sa’y qilgandan keyin, ehromini yechsin!» - deb farmon berdilar. Nahr kuni kelgach, bizga sigir go‘shti olib .kelishdi. Shunda men: «Bu nechuk go‘shtdir?»- deganimda, «Rasululloh zaifalari nomidan sigir zabh qildilar»,- deb aytishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 10 Oktyabr 2006, 07:57:33
116-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Minodagi zabhgohlarida jonliq so‘yish haqida

Nofi’: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu muayyan bir zabhgohda jonliq so‘yardilar»,- deydilar.  Ubaydulloh  ibn  Umar:   «Bu -  Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zabhgohlari erdi»,- deydilar.

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu, tun oxirlab qolganda Jam’dan,   Nabiy  sallallohu alayhi  va  sallamning  zabhgohlariga  olib  borib so‘ysinlar deb, ozod kishilar va mamluklardan iborat hojilar orqali jonliq berib yuborar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:27:27
117-bob.Jonliqni o'z qo'li birlan zabh qilgan kishi hususida

Anas raziyallohu anhu: . «Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘z qo‘llari birlan yetti tuyani tik turg‘azib zabh qildilar va Madinada ikki ola, shoxdor qo‘chqorni so‘ydilar»,- deb hadisni qisqartirib rivoyat qilib berdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:29:18
118-bob. Tuyani bog'lab so'ymoq haqida.

Ziyo ibn Jubayr: «Men, Ibn Umar raziyallohu anhuning, bir kishi o‘z tuyasini cho‘ktirib bo‘g‘izlayotganida kelib qolib, unga: «Turg‘izib, oyogini bog‘lab, zabh qilg‘il, bu - Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sunnatlaridir!»- deganlarining shohidiman»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:30:53
119-bob. Tuyani tik turgizib so'ymoq haqida.

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari (bo‘yicha zabh qilmoq lozimdir)»,- dedilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu ersa: «Ularni turgizib, saf qilib (zabh qilmoq lozimdir)»,- dedilar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinada to‘rt rak’at peshin va Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar. O’sha kuni Zulhulayfada qolib, tong yorishgach, tuyalariga minib tahlil va tasbih aytganlaricha yo‘lga tushdilar. Baydo’ga kelgach, birvarakayiga haj va umraga talbiya aytdilar. Makkaga kirganlarida odamlarga ehromlarini yechmoqni buyurdilar. Keyin, Nabiy sallallohu alayhi va sallam yettita tuyani turg‘izib qo‘yib, o‘z qo‘llari birlan zabh qildilar, Madinada ersa, ikkita ola, shoxdor qo‘chqorni so‘ydilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinada to‘rt rak’at peshin va Zulhulayfada ikki rak’at asr o‘qidilar. So‘ng, tong otguncha shu yerda qolib, bomdod o‘qidilar, keyin tuyalariga minib yo‘lga chiqdilar. Baydo’ga kelgach, bir yo‘la umra va hajga ehrom bog‘ladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:32:41
120-bob. Qurbonlik qilgan kishiga qurbonligidan ulush bermaydilar.

Ali raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni tuya so‘ymoqqa yubordilar, men so‘ydim. Keyin, menga buyurdilar, go‘shtlarini (odamlarga) taqsimladim, keyin yana amr berdilar, to‘qimi va terisini ham taqsimladim»,-deydilar.

Ali raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga tuyalarni so‘ymoqni amr qildilar, men so‘ydim. lekin menga go‘shtidan ulush berishmadi»,-deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:34:19
121-bob. Jonliqning terisi sadaqa qilinadir.

Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Ali raziyallohu anhuga Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyalarni so‘ymoqni buyuribdirlar, keyin ularni shundayligicha, go‘shti, terisi va to‘qimi birlan sadaqa qilib yubormoqni amr etibdirlar. Shunda, unga hech narsa berishmagan erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:35:25
122-bob. Tuyaning to'qimi sadaqa qilinadir.

Ali raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yuzta tuya qurbonlik qildilar. Shunda, menga topshirdilar, uning go‘shtlarini (odamlarga) taqsimladim, yana amr qildilar, to‘qimlarini ham taqsimladim, tag‘in buyurdilar, terilarini ham taqsimladim»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:37:06
123-bob.

Olloh taolo bunday deydir: «Ibrohimga Xonai Ka’ba yerini tayin qilib berganimizda «Menga hech narsani shirk keltirmag‘il va mening uyimni tavof qilg‘uvchilar, unda turguvchilar, ruqu’ va sajda aylag‘uvchilar uchun pokiza tutg‘il, odamlarni hajga da’vat etg‘il! Ular.har tarafdan, uzoq-uzoq yo‘llardan piyoda va oriq tuyalarni minib, o‘zlariga tegadirgan manfaatlarning guvohi bo‘lmoq uchun yu hayvonlarni rizqu nasiba qilib bergani shukronasiga Ollohning ismini muayyan kunlarda zikr qilmoq uchun oldingga kelishg‘aydir. Ulardan o‘zlaringiz ham tanovul qilingiz, nochor faqirlarga ham yediringiz, keyin badanlarining kirini ketkizsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va qadimiy Ka’bani tavof aylasinlar!» deb erdik. Buldir hukm: Kimki Olloh muharram qilgan narsalarni hurmat qilg‘aydir, Olloh dargohida xayriyatga erishg‘usidir!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:39:15
124-bob. Jonliqni qaeri yeyiladir, qaeri sadaqa qilinadir?

Umar raziyallohu anhu: «Ov qilingan yokim so‘yilgan hayvonning sadaqa etilgan go‘shtidan egasi yemag‘aydir, undan boshqa go‘shtlarini yesa bo‘lur»,- deydilar. Ato: «Mut’a go‘shtidan uning egasi ham, boshqalar ham yeydir»,- deydilar.

Ibn Jurayj rivoyat qiladirlar: «Ato raziyallohu anhu: «Men, Jobir ibn Abdullohning «Minoda o‘zimiz so‘ygan jonliqlar go‘shtidan uch kundan ortiq» yemas erdik. Nabiy sallallohu alayhi va sallam bizga: «Tanovul ham qilingiz, saqlab ham qo‘yingiz!» - dedilar. Biz aytganlaridek, ham yeb, ham saqlab qo‘yadirgan bo‘ldik» deganini eshitdim»,- dedilar. Men: «Jobir, Madinaga kelgunimizga qadar, deb aytdimi?» - dedim. Ato: «Yo‘q»,- dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zulqa’da oyining besh kuni qolganda yo‘lga chiqdik, haj qilmoqdan boshqa niyatimiz yo‘q erdi. Makkaga yaqinlashganimizda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim qurbonlikka jonliq yetaklab kelgan ersa, Ka’bani tavof aylagandan so‘ng ehromini yechsin!» - deb farmon berdilar. Ittifoqo, Nahr kuni bizga go‘sht keltirishdi. «Bu nedir?»-deb so‘raganimda, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xotinlari nomidan qurbonlikka mol so‘ydilar»,- deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:40:57
125-bob. Soch oldirmasdan ilgari jonliq so'yish haqida.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Jonlig‘ini so‘ymoqdan oldin sochini oldirib qo‘ysa, ne bo‘lg‘aydir?» -deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Hechqisi yo‘q, zarari yo‘q»,- deb javob qildilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Tosh otmasdan burun tavof qilib qo‘yibdirmen, endi ne bo‘lg‘aydir?»-deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Hechqisy yo‘q, hechqisi yo‘q»,-dedilar. «Jonlig‘imni so‘ymasdan oldin soch oldirib qo‘yibdirmen»,- degan erdi, «Zarari yo‘q»,- deb javob qildilar. «Tosh otmasdan burun jonlig‘imni so‘yib qo‘yibdirmen»,- deganida ham «Hechqisi yo‘q»,- dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir kishi: «Kech kirganda tosh otibdirmen?» - dedi. Janob Rasululloh: «Zarari yo‘q»,- dedilar. «Qurbonlik qilmasdan burun soch oldirib qo‘yibdirmen»,- dedi. Janob Rasululloh: «Hechqisi yo‘q»,- dedilar».

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bathodaliklarida, huzurlariga bordim. «Haj qildingmi?» - dedilar. «Ha»,- dedim. «Nimaga ehrom bog‘lading?» - dedilar. «Nabiy sallallohu alayhi va sallam nimaga ehrom bog‘lagan bo‘lsalar, o‘shanga»,- dedim. «Yaxshi qilibdirsen, borib Ka’bani tavof etg‘il, so‘ng Safo va Marvada sa’y aylag‘il!»-dedilar. Keyin, Baniy Qays qabilasiga mansub bir ayolning oldiga bordim, u sochimni tozaladi, so‘ng hajga ehrom bog‘ladim. Keyin men Hazrat Umar xalifa bo‘lgunlariga qadar, «Sizlar ham shunday qilingizlar!» deb boshqalarga fatvo berib yurdim. Hazrat Umar xalifa bo‘lganlarida buni aytgan erdim, ul kishi: «Agar Qur’onni olib o‘qisak, boshlagan ishimizni nihoyasiga yetkazmoq, Janob Rasulullohning sunnatlariga rioya etmrq buyurilganlig‘ini anglag‘aydirmiz, chunkim Rasululloh qurbonlikka atalgan jonliqlarini zabh qilmagunlaricha ehromlarini yechmaganlar»,- deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:44:30
126-bob. Ehromini yechishdan oldin sochini to'zg'imaydigan qilib yopishtirib olib,keyin uni kalta qilib oldirgan kishi hususida.

Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Yo Rasululloh, odamlar umrani tugatishib, ehromlarini yechishdi-yu, nega siz hanuz ehromingizni yechmayotirsiz?» -dedilar. Janob Rasululloh: «Men sochimni to‘zg‘imaydirgan qilib yopishtirib olgandirman, endi qurbonlikka atalgan jonlig‘imni zabh qilmagunimcha ehromimni yecha olmasman»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:37:26
127-bob. Ehromni yechishdan oldin soch oldirmoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har safar hajdan keyin sochlarini oldirar erdilar»,- deydilar.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo Olloh, sochini oldirganlarga rahmat aylag‘il!» -dedilar. Shunda: «Yo Rasululloh, sochini qisqartirganlarga ham, deb aytingiz!» -deyishdi sahobalar. Janob Rasululloh yana: «Yo Olloh, sochini oldirganlarga rahmat aylag‘il!» - dedilar. «Yo Rasululloh, sochini qisqartirganlarga ham, deb aytingiz!»-deyishdi yolborib sahobalar. Nihoyat, Janob Rasululloh: «Qisqartirganlarga ham»,- dedilar».

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh:  «Olloh  sochini oldirguvchilarga rahmat qilsin!» - deb bir necha bor aytdilar. Shunda, sahobalar to‘rt marta yolborib iltimos qilganlaridan so‘nggina: «Sochini qisqartirguvchilarga ham rahmat qilsin!»-deb qo‘ydilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yo partardigor-o, sochini oldirguvchilarga rahm (rahmat) aylag‘il!» - dedilar. Sahobalar: «Sochini qisqartirguvchilarga ham»,- deb yolborishdi. Janob Rasululloh yana: «Yo parvardigor-o, sochini oldirguvchilarga rahm aylag‘il!» - dedilar. Sahobalar tag‘in: «Sochini qisqartirguvchilarga ham»,-deb yolborishdi. Janob Rasululloh yana: «Yo parvardigor-o, sochini oldirguvchilarga rahm aylag‘il!» - dedilar. Sahobalar tag‘in: «Sochini qasqartirguvchilarga ham»,- deb yolborishdi. Nihoyat, Janob Rasululloh: «Sochini qisqartirguvchilarga ham»,- . deb aytdilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam va bir guruh sahobalar soch oldirdilar qolganlar ersa, sochlarini qisqartirishdi»,-deydilar.

Muoviya raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sochlarini kamon o‘qining tig‘i birlan qisqartirdim»,-deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:37:42
128-bob. Umra qilgandan keyin sochni qisqartirmoq haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida sahobalarga Ka’ba hamda Safo va Marvani tavof aylamakni, so‘ng ehromlarini yechib, sochlarini oldirmakni yokim qisqartirmakni amr qildilar», - deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:38:01
129-bob. Nahr kuni tavof qilmoq haqida

Abu Zubayr: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam (Nahr kuni) tavof aylamakni kechqurunga qoldirdilar»,- deydilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minodan oldin Ka’bani tavof qilar erdilar»,- deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu: «(Nahr kuni) Janob Rasululloh (Ka’bani) bir marta tavof ayladilar, endi, qaylula qilib olgach, Minoga borgaydirlar»,-dedilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy  sallallohu alayhi  va sallam birlan birga hajga chiqib, Nahr kuni tavofi ifoza qildik. O’sha kuni Safiyya hayz ko‘rib qoldi. Men buni Janob Rasulullohga aytgan erdim, ul kishi: «Bizni yo‘ldan qoldiradirgan bo‘libdir-da»,- dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, u (Safiyya) Nahr kuni tavofi ifoza qilib olgan erdi»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, yo‘lga chiqingiz!»- dedilar-da, Safiyyaga vidolashuv tavofini qilmaslikka ijozat berdilar».

Oisha raziyallohu anho: «Nahr kuni Safiyya tavofi ifoza qildi»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:38:16
130-bob. Kechqurun tosh otib qo‘ysa yoki zabh qilmoqdan oldin sochini bilmasdan (yoki unutib) oldirib qo‘ysa...

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan zabh qilmoq, soch oldirmoq yokim tosh otmoqni birining o‘rniga ikkinchisini almashtirib bajarish to‘g‘risida so‘rashganida, ul kishi: «Bularning o‘rnini almashtirsa, zarari yo‘qdir»,- dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nahr kuni Minoda Nabiy sallallohu alayhi va sallamga savollar berishar erdi, ul kishi barchasiga ham: «Bo‘laverg‘aydir»,- deb javob berardilar. Bir kishi: «Zabhdan oldin soch oldirib qo‘ydim, endi ne bo‘lg‘aydir?»-deb so‘rab qoldi. Janob Rasululloh: «Zabh qilaverg‘il, gunohi yo‘qdir»,- dedilar. Boyagi kishi yana: «Kechqurun tosh otib qo‘yibdirman»,- dedi. Janob Rasululloh: «Bo‘laverg‘aydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:38:30
131-bob. Tosh otmasdan oldin tuya minib turib fatvo bermoq haqida

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’da tuya minib turgan erdilar, odamlar savol bera boshlashdi. Bir kishi: «Bilmay, zabhdan oldin sochimni oldirib qo‘yibdirman»,-dedi. Janob Rasululloh: «So‘yaverg‘il, hech narsa qilmag‘aydir»,- dedilar. Yana boshqa birov: «Tosh otishdan oldin, bilmay zabh qilib qo‘yibdirman»,- dedi. Janob Rasululloh: «Endi tosh otaverg‘il, hechqisi yo‘q»,- dedilar. O’sha kuni kim ne haqida so‘ramasin, «Bo‘laverg‘aydir, gunohi yo‘qdir»,- deb javob berdilar».

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Nahr kuni aytgan xutbalarida hozir erdim. Bir kishi turib: «Men falon narsa falon narsadan oldin bajarilg‘aydir, deb o‘ylardim»,- dedi. Yana boshqasi turib: «Men ham falon narsa falon narsadan oldin ado etilsa kerak, deb yurar erdim, Nahr kunidan oldin soch oldirib qo‘yibdirman»,-dedi. Xullas, har kim istagan savolini berdi. Janob Rasululloh: «Bir amalni ikkinchisidan oldin bajarmoqning gunohi yo‘qdir»,- dedilar. O’sha kuni kim ne haqida so‘rasa: «Vo‘laverg‘aydir, hechqisi yo‘qdir»-deb jayub qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:38:50
132-bob. Mino kunlari xutba aytmoq qaqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni xutbada: «Ey odamlar, bugun qaysi kundir?»-dedilar. «Muqaddas (tabarruk) kundir»,- deyishdi. «Bu nechuk joydir?» - dedilar. «Muqaddas (tabarruk) joydir»,- deyishdi. «Bu oy qanday oydir?» -dedilar. «Muqaddas (tabarruk) oydir»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Qoningiz, molu holingiz va oru nomusingiz bir-biringiz uchun shu kun, shu joy va shu oyning muqaddasligi kabi muqaddasdir!» - dedilar. Buni bir necha bor takrorladilar. Keyin, boshlarini ko‘tarib: «Yo parvardigor-o, men yetkaza oldimmi, yetkaza olmadimmi?» - deb qo‘shib qo‘ydilar. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, ul kishining bul so‘zlari o‘z ummatlariga qoldirgan vasiyatlari bo‘lib, «Mendan keyin o‘zaro qon to‘kib, kofir bo‘lib ketmangizlar!» deganlaridir». '

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Arafotda xutba o‘qiyotganlarini eshitdim»,- dedilar.

Muhammad ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni bizga xutba o‘qidilar, so‘ng: «Bilurmisiz, bugun qaysi kundir?» -dedilar. Shunda biz: «Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,- dedik. Ul kishi jim qoldilar, hatto biz bul kunni boshqa biror nom birlan atasalar kerak, deb o‘yladik. Keyin, boshlarini ko‘tarib: «Nahr kuni ermasmi?» -dedilar, biz: «Ha»,-dedik. «Bul qaysi oydir?»,- dedilar, biz: «Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,-dedik. Ul kishi yana jim qoldilar, hatto biz uni boshqa biror nom birlan atasalar kerak, deb xayol qildik. Keyin: «Zulhijja ermasmi?» - dedilar, biz: «Ha»,-dedik. «Bul qanday shahardir?»-dedilar, biz: «Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,- dedik. Ul kishi yana sukut saqladilar, hatto biz uni boshqa biror nom birlan atasalar kerak, deb o‘yladik. Keyin: «Muqaddas (shahar) ermasmi?»-dedilar, biz: «Ha»,- dedik. Janob Rasululloh: «Olloh taolo sizlarning qonlaringaz va mollaringizni bir-biringiz uchun mana shul muqaddas joyingiz, oyingiz va kuningiz yanglig‘ to parvardigoringizga ro‘para bo‘ladirgan kuningizga qadar muqaddas ayladi. Ayo, (sizlarga) yetkaza oldimmi?» - dedilar. Sahobalar: «Ha»,-deyishdi. Janob Rasululloh: «Yo parvardigor-o, o‘z vazifamni ado etganimga guyuh bo‘lg‘il, shul yerda turganlar boshqalarga (so‘zlarimni) yetkazsinlar, chunkim tinglovchilarga nisbatan riyuyat qilg‘uvchilar yodlarida ko‘proq saqlab qolg‘aydirlar. Mendan keyin bir-birining bo‘g‘ziga tig‘ uradirgan kofir bo‘lib ketmangiz!» -dedilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minoda turganlarida: «Bilurmisiz, bugun qaysi kundir?» - dedilar. «Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Bu kun muqaddas kundir»,- dedilar., Keyin: «Bilurmisiz, bu qanday shahardir?»-deb so‘radilar. «Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Bu muqaddas shahardir»,- dedilar. Keyin: «Bilurmisiz, bu qaysi oydir?» - dedilar. «Olloh va uning Rasuli bilg‘aydir»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Bu muqaddas oydir»,- dedilar. So‘ng, yana bundoq dedilar: «Olloh taolo qoningiz, molingiz va oru nomusingizni bir-biringiz uchun ana shul muqaddas shahringiz, tabarruk oyingiz va ulug‘ ayyomingiz yanglig‘ muqaddas ayladi».

Hishom ibn al-Roz rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni Hajjat ul-Vido’da toshloq yerda turib, «Bu kun hajji akbar - ulug‘ haj kunidir! Yo parvardigor-o, o‘z vazifamni ado etganimga guyuh bo‘lg‘il!» - deb odamlar birlan vidolashgan erdilar. O’shandan beri odamlar shul kunni Hajjat ul-Vido’ -Vidolashuv haji deb atashadigan bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:39:02
133-bob. Siqoya yoki boshqa uzrli ishlar bilan mashg‘ul kishilar Mino kechalarida Makkada qo‘nib qoladirmi?

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abbos raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan siqoya (hojilarga suv ichirmoq) uchun Mino kechalarida Makkada qo‘nib qolmoqqa ruxsat so‘radilar, ul kishi ijozat berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:39:14
134-bob. Tosh otmoq haqida

Jobir: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni choshgohda va Quyosh botgandan keyin tosh otdilar»,- deydilar.

Vabara rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhudan: «Qachon tosh otayin?» -deb so‘radim. «Haj amiri tosh otganda, sen ham otavergil!» - dedilar. Men savolimni yana takrorladim. Ul kishi: «Biz kech kirmog‘ini kutib turar erdik, Quyosh botgach, tosh otar erdik»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:39:24
135-bob. Vodiyda turib, tosh otmoq qaqida

Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’ud vodiyda turib, tosh otdilar. Men u kishiga: «Ey Abu Abdurrahmon (laqablari), odamlar toshni vodiy o‘rtasida turib ermas, yuqoriga chiqib otishg‘aydir-ku?!»- dedim. U kishi: «Yakkayu-yagona Olloh nomiga qasam ichib ayturmenkim, bu yer Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga «Baqara» surasi nozil bo‘lgan joydir!» -dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:39:34
136-bob. Yettita tosh otmoq haqida

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men' Jamrai Kubroda bo‘lganimda Ka’bani chap tomonimda, Minoni ersa, o‘ng tomonimda qoldirib, yettita tosh otdim, «Baqara» surasi nozil qilingan zot - sallalloxu alayhi va sallam ham shu tariqa tosh otganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:39:48
137-bob. Ka’bani chap tomonida qoldirib, Aqaba jamrasini otish to‘g‘risida

Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Mas’ud raziyallohu anhu birlan birgalikda haj qilganimda, u kishining Jamrai Kubroni yettita tosh otmoq birla ado etganlarining guvohi bo‘ldim. O’shanda u kishi Ka’bani chap tomonda va Minoni o‘ng tomonda qoldirib, tosh otgan erdilar. Ana shul joyda Janob Rasulullohga «Baqara» surasi nozil bo‘lgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:40:03
138-bob. Har tosh otganda takbir aytmoq haqida

A’mash rivoyat qiladirlar: «Men Hajjojning minbarda turib va’z aytganini eshitdim, o‘shanda «Baqara», «Oli Imron» va «Niso» suralari haqida zikr qilgandi. Bu haqda Ibrohim raziyallohu anhuga aytgandim, ul kishi menga bunday dedilar: «Abdurrahmon ibn Yazid o‘zining Mas’ud raziyallohu anhu birlan birga Jamrat ul-Aqabada bo‘lganini menga aytgan erdi. O’shanda Ibn Mas’ud vodiyning o‘rtasidagi daraxt yoniga borib, yettita tosh otibdilar, har tosh otganlarida takbir aytibdirlar, keyin: «Yakka-yu yagona Ollohga qasam ichurmenkim, «Baqara» surasi nozil bo‘lganda Janob Rasululloh xuddi mana shu yerda turgan erdilar»,-debdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:40:23
139-bob. Jamrat ul-Aqabani ado etib bo‘lgach, to‘xtab turmaslik haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu Jamrat ul-Aqabani ado etib bo‘lgach, to‘xtab turmaslik kerakligini Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bilib olgan ekanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:40:39
140-bob. Ikki jamrada tosh otgach, tekislikka tushib, qiblaga yuzlanmoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu Jamrat ud-Dunyoda ketma-ket yettita tosh otar erdilar-da, tekislikka tushib, qiblaga yuzlangan holda, uzoq duo o‘qir erdilar. So‘ng, Jamrat ul-Vustoga borib tosh otardilar, keyin tekislikka tushib, yana qiblaga yuzlangan holda uzoq duo o‘qirdilar. Shundan so‘ng, vodiyning o‘rtasiga kelib, Jamrat ul-Aqabada tosh otardilar-da, to‘xtamay orqaga qaytardilar, keyin: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning shunday qilganlarini ko‘rganman»,- der erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:40:52
141-bob. Ikki jamra oldida turib duo o‘qimoq haqida

Zuhriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Mino masjidi yonida yettita tosh otar erdilar, har tosh otganlarida takbir aytar erdilar. So‘ng, oldinga yurib (pastlikka tushar erdilar), qo‘llarini ko‘tarib uzoq duo o‘qir erdilar. Shundan so‘ng, ikkinchi Jamraga (Jamrat ul-Vustoga) borib, yetti marta tosh otar erdilar, har tosh otganlarida takbir aytar erdilar. Keyin, vodiyga tushib, qiblaga yuzlangan holda qo‘llarini ko‘tarib, uzoq duo o‘qir erdilar. So‘ngra, Jamrat ul-Aqabaga borib, yettita tosh otar erdilar, har tosh otganda takbir aytar erdilar-da, to‘xtamay orqaga qaytar erdilar». Solim ibn Abdulloh ham shunga o‘xshash hadisni otalaridan eshitgan ekanlar. Ul kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamning shul tariqa tosh otganlarini o‘z ko‘zlari birlan ko‘rgan ekanlar. Ibn Umar ham shundoq qilar ekanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:41:03
142-bob. Jamralarda tosh otib bo‘lgach, xushbo‘y narsalardan foydalanmoq va tavofi ifozadan keyin soch oldirmoq haqida

O’z zamonasining nufuzli kishilaridan bo‘lgan Abdurrahmon ibn Qosimning otalari: «Oisha onamizning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, ehrom bog‘lashlaridan oldin ham, ehromlarini yechganlaridan keyin ham, mana shu qo‘llarim birlan xushbo‘y narsalar surtib qo‘yar erdim, deb aytganlarini eshitganman»,-deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:41:20
143-bob. Tavofi vido’ (vidolashuv tavofi) haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Odamlarga eng oxiri Ka’bani tavof aylamoq amr ztildi. Lekin, hayz ko‘rgan ayollar bundan istisno qilindi»,- dedilar.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minoda tosh otib qaytganlaridan so‘ng, peshin, asr, shom va xufton o‘qidilar, keyin Muhassabda uxladilar, so‘ngra tuyaga minib Ka’bani tavof qildilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:41:39
144-bob. Ayol Tavofi ifoza qilgandan keyin hayz qo‘rib qolsa...

Oisha raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy  sallallohu alayhi  va sallamning zaifalari Safiyya hayz ko‘rib qoldi, buni Janob Rasulullohga ma’lum qilgan erdim, ul kishi: «Bizni yo‘ldan qoldirg‘aydirmi, derman»,- dedilar. Shunda odamlar: «Safiyya Tavofi ifoza qilib ulgurgan erdi»,- deyishdi. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, hechqisi yo‘qdir»,- dedilar».

Ikrima rivoyat qiladirlar: «Madina ahli (Makkada) Ibn Abbos raziyallohu anhudan: «Agar ayol Tavofi ifoza qilib bo‘lgandan keyin hayz ko‘rib qolsa, ne bo‘lg‘aydir?» - deb so‘rashdi. Ibn Abbos: «U holda ayol Tavofi vido’ (vidolashuv tavofi) qilmasdan qaytib ketaverg‘aydir»,- dedilar. Madina ahli: «Biz Zayd ibn Sobitning so‘ziga ishong‘aymiz, sizning so‘zingizga ishonmasmiz»,- deyishdi. Shunda Ibn Abbos: «Undoq bo‘lsa, Madinaga borib so‘rangiz»,- dedilar. Madinaliklar (Makkadan) Madinaga qarab yo‘l olishdi, Madinaga kelishgach, mazkur masala xususida so‘rashgan erdi, Ummu Sulaym Safiyya voqeasini hikoya qilib berdilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Tavofi ifoza qilgan ayolga,'agar uhayz ko‘rib qolsa, Tavofi vido’ qilmasdan qaytib ketmakka ijozat berildi»,- deydilar.

Tovus raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Umarning «Hayz ko‘rgan ayol Tavofi vido’ qilmasdan ketmag‘aydir» - deganlarini eshitgandim, keyinchalik o‘sha kishining o‘zlarining «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hayz ko‘rgan ayolni Tavofi vido’ qilmakdan ozod qilganlar» - deb yurganlarini ko‘rdim».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Haj qilmoq niyatida Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga yo‘lga chiqdik. Janob Rasululloh Makkaga kelgach, Ka’bani tavof aylab, Safo va Marvada sa’y qildilar, lekin ehromlarini yechmadilar, chunki o‘zlari birlan qurbonlikka atab jonliq yetaklab kelgan erdilar. O’sha kuni Rasulullohning ahli ayollari hamda sahobalari ham tavof va sa’y qildilar. Ulardan qurbonlikka atab jonliq olib kelmaganlari ehromlarini yechishdi. Men ersam, hayz ko‘rib qoldim. Haj udumlarini ado qilganimizdan so‘ng Hasba (Minodagi bir kecha tunab qolinadirgan toshloq joy) kechasi: «Yo Rasululloh, barcha sahobalaringiz haj va umra qilib qaytishmoqda; yolg‘iz men (umra qilolmay) qoldim»,- dedim. Janob Rasululloh: «Makkaga kelganimizda tavof qilmagan erdingmi?»-deb so‘radilar. Men: «Yo‘q»,- dedim. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, ukang birlan Tan’imga borib, umra qilib qaytg‘il, biz sen birlan falon joyda uchrashg‘aydirmiz»,- dedilar. Men ukam Abdurrahmon bilan Tan’imga borib, umraga ehrom bog‘ladim. Biz yo‘lga chiqadirgan kecha Safiyya hayz ko‘rib qoldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sen bizni yo‘ldan qoldiradirgan bo‘lding, Nahr kuni tavof qilmaganmi erding?» - dedilar. Safiyya: «Ha, tavof qilgan erdim»,-dedi. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, yuraverg‘il, hechqisi yo‘qdir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:41:51
145-bob. Nafr kuni Abtohda asr o‘qimoq haqida

Abdulaziz ibn Rufay’ rivoyat qiladirlar: «Anas ibn Molikdan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xususlaridagi xotiralaringizdan so‘zlab beringiz!» -deb iltimos qildim. «Tarviya kuni peshinni qay yerda o‘qidilar?» -deb so‘radim. Anas: «Minoda»,- dedilar. «Undoq bo‘lsa, Nafr kuni asrni qaerda o‘qidilar?» -dedim. «Abtohda»,- dedilar. So‘ng: «Haj amirlari ne qilsalar, sen ham shundoq qilaverg‘il!»-deb qo‘shib qo‘ydilar».

Anas ibn  Molik raziyallohu anhu Nabiy  sallallohu alayhi  va   sallam haqlarida gapirayotib: «Ul kishi peshin, asr, shom va xufton o‘qidilar, keyin Muhassabda uxladilar, so‘ngra turib tuyaga mindilar-da, Ka’bani tavof qildilar»,- dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:42:02
146-bob. Muhassab haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam qo‘nib o‘tadirgan manzil dam olmoqqa juda qulay erdi (ya’ni, Bathodagi joyni nazarda tutayotirlar)».

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dam olmoq niyatidagina Muhassabga qo‘yib o‘tar erdilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:42:16
147-bob. Makkaga kirishdan avval Zu Tuvanda va Makkadan qaytishda Hulayfadagi Bathoda qo‘nib o‘tmoq haqida

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga kelsalar, Aqaba yo‘lidagi Zu Tuvanda qo‘nib o‘tardilar, so‘ng ikki tepalik oralig‘idan o‘tib, Makkaga kirardilar. Makkaga haj yoki umra qilgani kelsalar, tuyalarini (faqat) Masjid ul-Harom eshigi oldida cho‘ktirar erdilar-da, ichkariga kirib, qora rukn oldiga borib, tavof aylamakni o‘shandan boshlar erdilar. Keyin, yetti marta: uch marta tez, to‘rt marta oddiy yurish qilib tavof aylar erdilar. So‘ngra, orqaga qaytib, ikki rak’at tavof namozi o‘qib, dastlabki kelgan joylariga qaytmakdan oldin Safo va Marva orasini tavof qilar erdilar. Haj yoki umra qilib qaytishlarida Zulhulayfadagi Batho tekisligida, Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyalarini cho‘ktirib dam olib o‘tadigan yerda ul kishi ham tuyalarini cho‘ktirar erdilar».

Xolid ibn Haras rivoyat qiladirlar: «Ubaydullohdan Muhassab haqida so‘rashdi, shunda u kishi: «Rasululloh, Umar va Ibn Umar o‘sha yerda (Muhassabda) dam olib o‘tishgan deb, Nofi’dan eshitganman»,- dedilar».

Xolid ibn Haras: «Nofi’ menga: «Ibn Umar o‘sha yerda, ya’ni Muhassabda peshin va asr (menimcha, shomni ham, degandi shekilli) o‘qir erdi»,- degandi. Men Ibn Umarning o‘sha yerda xuftonni o‘qib, keyin bir oz mizg‘ib olganiga shubha qilmasman, chunki Janob Rasululloh ham o‘sha yerda shunday qilar erdilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:42:25
148-bob. Makkadan qaytishda Zu Tuvanga tushib o‘tgan kishi haqida

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga kelaetganlarida Zu Tuvanda qo‘nib, tong otgach, shaharga kirar erdilar, bu haqda u kishidan so‘rashganda «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ham shundoq qilar erdilar»,- deb javob berganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:42:39
149-bob. Haj mavsumida johiliya bozorlarida savdo-sotiq qilmoq haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Zulmajoz va Ukoz johiliya davridagi odamlar savdo-sotiq qiladirgan joy erdi. Islom davri kelgach, musulmonlar Olloh taoloning «Ollohdan fazlu karam tilamoq sizlar uchun gunoh ermas» degan oyati karimasi nozil bo‘lgunga qadar, u yerlarda savdo-sotiq qilmoqni istamadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:42:52
150-bob. Tun oxirlab qolganda Muhassabdan yo‘lga chiqish haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Muhassabdan yo‘lga chiqadirgan kecha Safiyya hayz ko‘rib qoldi. Shunda u: «Men sizlarni yo‘ldan qoldiradirganga o‘xshayman» ,— dedi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sen bizlarni yo‘ldan qoldiradirgan bo‘lding, Nahr kuni tavof qilmaganmi erding?» - dedilar. Safiyya: «Ha, tavof qilgan erdim»,- dedi. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, yuraverg‘il!»- dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birgaliqda hajga chiqdik. Makkaga kelganimizda bizga ehromlarimizni yechmakni buyurdilar. Yo‘lga chiqadigan kecha Safiyya hayz ko‘rib qolib: «Sizlarning oyog‘ingizga tushov bo‘lmasam erdi!» - dedi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Oyog‘imizga tushov bo‘lding, Nahr kuni tavofi ifoza qilganmi erding?»-dedilar. Safiyya: «Ha»,- dedi. «Unda, yuraverg‘il!» - dedilar Janob Rasululloh. «Yo Rasululloh,- dedim men,- Makkaga kelganimda umra qilmagan erdim». «Undoq bo‘lsa, Tan’imga borib, umra qilg‘il!» - dedilar Janob Rasululloh. Men ukam birlan birga umra qilgani ketdim. Umra qilib kelayotganimizda Janob Rasululloh birlan yo‘lda uchrashib qoldik, ul kishi: «Sizlar birlan falon joyda uchrashg‘aydirmiz»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:43:09
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
UMRA HAQIDAGI BOBLAR

1-bob. Umraning vojibligi va fazilati


Ibn Umar: «Har bir musulmonga haj va umra vojibdir!- deydilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Ollohning Kitobida «Umra hajning egizagidir, Olloh yulida umra va haj qilingiz!» deyilgan»,- deydilar (ya’ni, Olloh taolo haj va umrani bo‘lmay, birgalikda ado etmakka amr bergan.

Abu Hurayra raziyalloxu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Umra - ikki umra oralig‘ida qilingan gunohlarga kafforatdir va pok niyatda qilingan haj ajri - faqat jannatdir!»-deb aytganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:43:20
2-bob. Hajdan oldin umra qilgan kishi xususida

Ibn Jurayj rivoyat qiladirlar: «Ikrima ibn Xolid Ibn Umar raziyallohu anhudan hajdan oldin umra qilmoq to‘g‘risida so‘radilar. U kishi: «Bo‘laverg‘aydir, chunki Nabiy sallallohu alayhi va sallam hajdan oldin umra qilganlar»,-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 10 Oktyabr 2006, 12:43:45
3-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha marta umra qilganlar?

Mujohid rivoyat qiladirlar: «Men va Urva ibn Zubayr Madinadagi Masjid un-Nabiyga kirdik, qarasak, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu Oisha onamizning hujralari yonida o‘tirgan ekanlar. Odamlar ersa, masjidda choshgoh namozini o‘qishmoqda erdi. Urva Abdullohdan ushbu namoz haqida so‘raganda, ul kishi: «Bid’at!» - dedilar. Keyin, Urva: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam necha marta umra qildilar?» - deb so‘radi. Ul kishi: «To‘rt marta, biri Rajab oyida»,-dedilar. Keyin, biz ul kishidan boshqa biror narsa haqida so‘ramoqqa jur’at etmadik».

Mujohid rivoyat qiladirlar: «Urva, Oisha onamiz hujralarida tishlarini misvoklab turganlarida: «Ey onamiz, Abu Abdurrahmonning nelar deganin eshitdingizmi?» - dedi. Oisha onamiz: «Ne debdir?» - dedilar. Urva: «Abu Abdurrahmon Janob Rasulullohning to‘rt marta umra qilganlarini, biri Rajab oyida ekanlig‘ini aytdi»,- dedi. Oisha onamiz: «Abu Abdurrahmonga Olloh rahm aylasin! Ul, Janob Rasulullohning umra qilganlarini haqiqatan ham ko‘rgan, lekin Janob Rasululloh Rajab oyida umra qilmaganlar»,- deb aytdilar».

Urva ibn Zubayr: «Oisha raziyallohu anhodan so‘rasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Rajab oyida umra qilmaganlar» - deb aytdilar»,- deydilar.

Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Anas ibn Molikdan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha marta umra qilganlar?» - deb so‘radmm. Ul kishi: «Birinchi umralari Hudaybiya umrasi bo‘lib, mushriklar qarshilik ko‘rsatganlig‘i oqibatida chala qolgan (qazo bo‘lgan), kelasi yili o‘shal qazr bo‘lgan umrani ham ado etmak maqsadida bir yo‘la ikki marotaba umra qilganlar, keyingilari - Zulqa’da oyida qilgan umralari (Ji’rona umrasi) va haj birlan qo‘shib qilgan umralaridir»,-dedilar».

Humom rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zulqa’da oyida hajga qo‘shib qilgan umralaridan tashqari to‘rt marotaba umra qilganlar, birinchisi - Hudaybiyadagi umralari, ikkinchisi kelasi yilgi umralari, uchinchisi Hunayn o‘ljalarini bo‘lib berganlaridagi umralari va to‘rtinchisi - hajga qo‘shib qilgan umralaridir»,- deb aytdilar».

Abu Ishoq rivoyat qiladirlar: «Masruq, Ato va Mujohiddan so‘rasam, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zulqa’da oyida haj etmasdan burun umra qildilar»,- deb aytishdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 11 Oktyabr 2006, 05:57:18
4-bob. Ramazon oyida qilinadirgan umraning fazilati to‘g‘risida

Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhuning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir ansoriya ayolga (Ibn Abbos uning ismini aytgan erdi, lekin men yodimdan chiqaribman): «Biz birlan birga haj qilmog‘ingga ne mone’lik ayladi?» - deb aytdilar, deganini eshitdim. Shunda ayol: «Bizning sog‘in tuyamiz bor erdi, uni erim birlan o‘g‘lim va o‘gay o‘g‘lim minib ketdilar, bizga ersa, sutini ichib turmog‘imiz uchun boshqa bir sog‘in tuyani qoldirib ketishdi»,- debdi. Janob Rasululloh: «Ramazon oyida umra qilg‘il, chunkim Ramazon oyidagi umra haj aylagan birlan barobar savobga egadir!» - debdirlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 11 Oktyabr 2006, 05:57:38
5-bob. Hasba kechasi va boshqa vaqtlarda qilinadirgan umralar haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zulhijja oyi arafasida yo‘lga chiqdik. Ul kishi bizga: «Haj qilmoqchi bo‘lganlar ham, umra qilmoqchi bo‘lganlar ham ehrom bog‘lasinlar, agar men jonliq keltirmaganimda erdi, umraga ehrom bog‘lagan bo‘lar erdim»,- dedilar. Shundan so‘ng, ba’zilarimiz hajga, ba’zilarimiz umraga ehrom bog‘ladik, men umraga ehrom bog‘laganlar orasida erdim. Shunda men hayz ko‘rib qoldim. Bul haqda Nabiy sallallohu alayhi va sallamga ma’lum qildim. Janob Rasululloh: «Umrani qo‘ya turg‘il, sochingni yozib, g‘usl aylab olg‘il-da, hajga talbiya aytg‘il!» - dedilar. Keyin, Hasba kechasi meni ukam Abdurrahmon birlan birga Tan’imga yubordilar, men qazo bo‘lgan umrani ado etib, qaytdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 11 Oktyabr 2006, 05:59:00
6-bob. Tan’im umrasi haqida

Abdurrahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhu xabar berishlaricha, Nabiy sallallohu alayhi va sallam ul kishiga Oishani tuyaga mindirib, Tan’im umrasiga olib bormoqni amr qilganlar. Sufyon ibn Uyayna bu hadisni Amrdan bir marotabagina eshitganlarini aytdilar.

Ato rivoyat qiladirlar: «Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ashoblari birlan hajga niyat aylab, ehrom kiydilar. O’shanda Nabiy sallallohu alayhi va sallam va Talhadan bo‘lak hech kimda jonliq yo‘q erdi. Ali raziyallohu anhu ersa, Yamandan jonliq olib kelgan erdilar. Ul kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nimaga niyat aylab, ehrom bog‘lagan bo‘lsalar, men ham o‘shanga ehrom bog‘ladim»,- dedilar. Keyin, Nabiy sallallohu alayhi va sallam jonlig‘i yo‘q ashoblariga umraga niyat aylab, Ka’bani tavof etmakni, so‘ng sochlarini qisqartirib, ehromdan chiqmoqni amr qildilar.

Ittifoqo, Oisha hayz ko‘rib qolib, Ka’bani tavof qilmakdan bo‘lak barcha haj udumlarini ado etdilar. Ul kishi poklanganlaridan keyingina Ka’bani tavof aylab: «Yo Rasululloh, sizlar haj va umra qilib qaytmakdasizlar, men ersam, haj qilganimcha qoldim»,- dedilar. Shunda Janob Rasululloh Abdurrahmon ibn Abu Bakrga Oisha birlan birga Tan’imga bormakni buyurdilar. Oisha onamiz Zulhijja oyida hajdan keyin umra qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 11 Oktyabr 2006, 06:00:16
7-bob. Hajdan keyin jonliqsiz umra qilmoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Zulhijja oyi arafasida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hajga chiqdik. Janob Rasululloh: «Umra qilmakni istaganlar ham, haj qilmakni istaganlar ham, ehrom bog‘lasinlar. Men jonliq keltirmaganimda albatta umraga ehrom bog‘lar erdim»,—: dedilar. Shunda sahobalarning bir qismi umraga, qolganlari hajga ehrom bog‘ladilar. Men ersam, umraga ehrom bog‘lagan erdim. Makkaga kelganimizda hayz ko‘rib qoldim, arafa kuni erdi. Men Janob Rasulullohga bu haqda ma’lum qildim. Ul kishi: «Umrani qo‘ya turg‘il, sochingni yozib, g‘usl qilib olg‘il-da, hajga ehrom bog‘lag‘il!» - dedilar. Men aytganlarini qildim. Hasba kechasi meni ukam Abdurrahmon birlan birga Tan’imga yubordilar. Ukam meni tuyaga mingashtirib, Tan’imga olib borgach, qazo bo‘lgan umra o‘rniga qaytadan umra qilmak uchun ehrom bog‘ladim. Olloh taolo haj va umra qilmakni menga nasib etdi. Bunda qo‘shimcha jonliq ham, sadaqa ham va ro‘za tutmak ham talab qilinmag‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 11 Oktyabr 2006, 06:01:13
8-bob. Umraning savobi (ajri) chekilgan mashaqqatga yarasha bo‘lg‘aydir

Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho:' «Yo Rasululloh, odamlar bir yo‘la haj va umra qildilar, men ersam, haj qilganimcha qoldim»,- dedilar. Janob Rasululloh: «Poklanguningcha sabr aylag‘il, keyin Tan’imga borib, ehrom bog‘lag‘il, biz seni falon yerda kutib turg‘aydirmiz, biroq qilgan umrangning savobi chekkan mashaqqatingga yarasha bo‘lg‘aydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 11 Oktyabr 2006, 06:03:54
9-bob. Umra tavofini ado etgan kishi Tavofi vido’ qilmasa ham bo‘ladirmi?

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Haj oylaridan birida hajga tahlil aytib yo‘lga tushdik, ittifoqo haj man’ qilinib, Sarif degan yerda qo‘ndik. Janob Rasululloh Sahobalarga: «Kimki jonliq olib kelmagan ersa, haj o‘rniga umra qilsin, jonliq olib kelganlar ersa, bundoq qilmasinlar!» - dedilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam va bir qancha badavlat sahobalar jonliq keltirishgan bo‘lib, ular umra qilmadilar. Men yig‘lab o‘tirgan erdim. Huzurimga Janob Rasululloh kirib: «Nega yig‘layotirsen?» - deb so‘radilar. «Men sahobalaringizga aytgan so‘zlaringizni eshitdim, demak, men umra qilolmas erkanman-da?!» - dedim. Ul kishi: «Nega bundoq dersan?»-deb so‘radilar. Men: «Benamoz bo‘lib qoldim»,-dedim. Ul kishi: «Hechqisi yo‘qdir, sen ham Odam Ato qizlaridandirsan, ularning peshonalariga neki yozilg‘an ersa, sening manglayingga ham shul yozilgandir, hajni davom ettiraverg‘il, shoyad, Olloh taolo senga umra qilmakni nasib etsa!» -dedilar. Men hajni davom ettiraverdim. Minodan chiqib, Muhassabga kelib tushdik. Shunda, Janob Rasululloh ukam Abdurrahmonni chaqirib: «Opang birlan Tan’imga borg‘il, umraga ehrom bog‘lab, tavof aylab kelsin, men sizlarni shul yerda kutib turg‘aydirman»,- dedilar. Biz kechasi umra qilib kelganimizdan keyin, «Umra qilib keldingizlarmi?»-dedilar. Men: «Ha»,-dedim. Shundan so‘ng, sahobalarga yo‘lga chiqmakni buyurdilar. Odamlar qo‘zg‘olishdi, bomdoddan ilgari Ka’bani tavof aylaganlar ham yo‘lga tushdilar. Janob Rasululloh Madinaga qarab yo‘l oldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 11 Oktyabr 2006, 06:05:40
10-bob. Umrada nima qilinsa, hajda ham shu qilinadir

Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ji’ronada erkanliklarida jubba kiygan, o‘ziga xushbo‘y narsa sepib olgan bir odam kelib: «Umrani qay tariqa ado aylamakni amr etg‘aydirsiz?» - deb so‘radi. Shul payt, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga vahiy kelib qolib, kiyimlari birlan boshlarini burkab oldilar. Men payg‘ambarimizning vahiy kelgan holatlarini ko‘rgim keldi. Umar mendagi bu istakni sezib: «Bu yoqqa kelg‘il, men payg‘ambarimizning vahiy kelgan holatlarini ko‘rmoshngga yordam berg‘ayman»,-dedilar-da, payg‘ambarimiz yopinib olgan kiyimlarining bir tarafini ko‘tardilar. Qarasam, ul kishi bo‘taloqdek pishillab nafas olayotgan erkanlar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga kelib: «Umra xususinda so‘ragan odam qani?» - deb so‘radilar va unga: «Ustingdagi jubbani yechg‘il-da, yaxshilab yuvinib, hajda neki qilsang, umrada ham shuni qilg‘il!»-dedilar».

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bolalik chog‘imda Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari - Oisha onamizga: «Olloh taoloning «Safo va Marva(ni tavof aylamak) Ollohning udumlaridandir, kimki Ka’bani tavof aylab, haj qilg‘aydir, yokim umra qilg‘aydir-u, keyin Safo va Marvani tavofi sa’y etg‘aydir, gunoh bo‘lmag‘aydir» degan oyati karimasi xususida ne dersiz? Nazarimda, Safo va Marvani tavof aylamagan kishi gunohkor bo‘lmasa kerak?»-dedim. Oisha onamiz bunday dedilar: «Mutlaqo undoq ermas, agar sen aytganingcha bo‘lganda, Safo va Marvani tavof aylamasa, hech kim gunohkor bo‘lmas erdi. Biroq, bul oyat Manot degan butga sig‘ingan ansorlar haqida nozil bo‘lgandir. Ansorlar Safo va Marva oralig‘ida tavof qilmakka botinishmas erdi (gunoh bo‘ladir, deb o‘ylashar erdi). Ular Islom davri kelib, musulmon bo‘lganlaridan keyin, Janob Rasulullohdan shul xususda so‘radilar. Shunda Olloh taolo ul kishiga: «Safo va Marva(ni tavof aylamak) Olloh udumlaridandir, kimki Ka’bani tavof aylab haj qilg‘aydir yokim umra qilg‘aydir-u, keyin Safo va Marvani tavofi sa’y qilg‘aydir, gunoh bo‘lmag‘aydir» degan oyati karimasini nozil qildi».

Hishom ibn Urva: «Oisha onamiz: «Marva va Safoni tavof aylamagan odamning haj va umrasini Olloh qabul qilmag‘aydir» deb aytganlar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 11 Oktyabr 2006, 06:06:16
11-bob. Umra qilgan odam qachon ehromini yechadir?

Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sahobalariga haj o‘rniga umra qilmakni hamda Ka’ba tavofidan so‘ng, sochlarini qisqartirib, ehromlarini yechmakni buyurdilar».

Abdulloh ibn Abu Avfo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra qildilar, biz ham birga umra qildik. Janob Rasululloh Makkaga kirib tavof aylaganlarida, biz ham ul kishi birlan birga tavof ayladik. Keyin, Safo va Marvaga keldilar, biz ham ul kishi birlan birga keldik. Biz ul kishini Makka ahlidan birortasi otib qo‘ymasin deb, pana qilib yurdik».

Ishoq ibn Ibrohim rivoyat qiladirlar: «Mening bir oshnam Abdulloh ibn Abu Avfodan: «Janob Rasululloh Ka’baga kirdilarmi?» - deb so‘rabdir. Shunda ul: «Yo‘q»,- deb javob beribdir.  O’sha oshnam Abdulloh ibn Abu Avfoga:  «Nabiy sallallohu alayhi va sallam zaifalari Xadicha xususinda ne deganlar, so‘zlab bering!» - debdir. Abdulloh ibn Abu Avfo: «Janob Rasululloh, Xadichaga uning uchun jannatda shakarqamishdan qurylgan uy atab qo‘yilganini va unda g‘amu tashvish hamda mashaqqat yo‘qlig‘ini aytib, xursand qilingizlar, deganlar»,- debdir».

Amr ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Biz Ibn Umar raziyallohu anhudan: «Kimki, umra jarayonida Safo va Marvani tavof aylamay, faqat Ka’bani tavof etmak bilangina cheklansa, ayoliga yaqinlik qila olg‘aydirmi?»- deb so‘radik. Ul kishi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka’bani yetti marta tavof ayladilar, so‘ng Maqomi Ibrohim orqasida ikki rak’at tavof namozi o‘qib, Safo va Marva orasida yetti marta sa’y qildilar»,- dedilar-da, «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir» degan oyatni o‘qidilar».

Amr ibn Dinor rivoyat qiladirlar: «Biz Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan so‘ragan erdik, ul kishi: «Safo va Marvani tavof aylamaguncha ayollaringizga yaqinlashmangiz!»-deb aytdilar».

Abu Muso Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Bathoda erkanliklarida huzurlariga bordim, ul kishi tuyalarini cho‘ktirib qo‘ygan erkanlar. Meni ko‘rib: «Haj qilib keldingmi?» - dedilar. Men: «Ha»,- dedim. «Nimaga (hajgami? umragami?) tahlil aytding?» - dedilar. «Janob nimaga tahlil aytgan bo‘lsalar, men ham o‘shanga tahlil aytdim»,- dedim. Ul kishi: «Yaxshi qilibdirsen, Ka’ba hamda Safo va Marvani tavof aylag‘il-da, ehromingni yechg‘il!» - dedilar. Aytganlarini qildim. Keyin, Qays qabilasiga mansub bir ayolning oldiga bordim, ul sochimni kalta qilib qo‘ydi, so‘ng ehromimni yechdim. Keyin, Hazrat Umar xalifa bo‘lgunlariga qadar shul haqda fatvo berib yurdim. Hazrat Umar xalifa bo‘lganlaridan so‘ng, shul xususda aytgan erdim, ul kishi: «Agar Qur’onni olib o‘qisak, boshlagan ishimizni nihoyasiga yetkazmoq, Janob Rasulullohning sunnatlariga rioya qilmoq buyurilganligini anglag‘aydirmiz, chunkim Rasululloh qurbonlikka atalgan jonliqlarini zabh qilmagunlaricha ehromlarini yechmaganlar»,- deb aytdilar».

Abulasvad rivoyat qiladirlar: «Asmo binti Abu Bakrning mavlosi Abdulloh, Asmoning har safar Hajundan o‘tayotib, «Olloh Muhammadni rahmat qilsin, biz ul kishi birlan mana shul yerga tushganmiz, o‘shanda yukimiz yengil, tuyalarimiz va ozuqamiz oz erdi. Men, singlim Oisha, Zubayr va falonchi-pistonchilar umra qilgan erdik. Ka’bani o‘pib, silab tavof aylaganimizdan so‘ng, hajga ehrom bog‘lagan erdik» deganlarini eshitgan erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 11 Oktyabr 2006, 06:06:56
12-bob. Haj, umra yoki g‘azotdan qaytganda nima deyiladir?

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, g‘azot yokim haj yohud umradan qaytayotganlarida har bir tepalikda to‘xtab, uch marotabadan takbir aytar erdilar, so‘ng: «Ollohdan o‘zga iloh yo‘qdir, ul yakka-yu yagonadir, uning sherigi yo‘qdir, jamiki narsalar uning mulkidir, unga hamdu sanolar bo‘lsin! Ul hamma narsaga qodirdir! Biz (kufrdan) qaytayotirmiz, tavba qilayotirmiz, rabbimizga ibodat va sajdalar aylayotirmiz, hamdu sanolar aytayotirmiz. Olloh va’dasiga sodiqdir, ul bandalarining qo‘lini baland qilib, jamiki dushmanlarini yakka o‘zi tor-mor ayladi»,-der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 11 Oktyabr 2006, 06:08:10
13-bob. Kelayotgan hojilarni kutib olmoq

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida Baniy Abdulmutallibga mansub bolalar qarshilariga yugurib chiqishdi. Rasululloh bolalardan birini oldilariga, ikkinchisini orqalariga mingashtirib oldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 11 Oktyabr 2006, 06:30:11
14-bob. Hajdan erta tongda qaytmoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga safar qilsalar, yo‘lda «Shajara» masjidida namoz o‘qib o‘tar erdilar. Makkadan qaytishda ersa, Zulhulayfa vodiysida namoz o‘qib, tong yorishguncha o‘shal yerda qolur erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 11 Oktyabr 2006, 06:30:20
15-bob. Hajdan shomda qaytmoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam uylariga bevaqt eshik taqillatib kelmas erdilar. Bordi-yu, hajdan kech qaytsalar, xuftondan oldin yokim tong chog‘i uylariga kirar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 11 Oktyabr 2006, 06:30:34
16-bob. Madinaga kech qaytsa, eshik taqillatib uydagilarni bezovta qilmaslik haqida

Jobir raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hajdan kechasi qaytsalar, eshik taqillatib, ahli ayollarini bezovta qilmas erdilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:36:43
17-bob. Madinaga yaqin qolganda tuyasini tezlashtirgan kishi xususida

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safardan qaytayotganlarida uzoqdan Madina daraxtlari ko‘rinishi bilanoq tuyalarini tezlashtirar erdilar»,- deydilar. Abu Abdulloh Anas raziyallohu anhu rivoyatiga qo‘shimcha qilib: . «Ul kishi birlan birga, Madinani yaxshi ko‘rgan kishilar ham ulovlarini tezlashtirishar erdi»,-deydilar.

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaning devorlari ko‘rinishi bilanoq tuyalarini tezlashtirar erdilar»,- deb ham aytganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:37:34
18-bob. Olloh taoloning «Uylarga eshik orqali kiringiz!» degan kalomi sharifi haqida

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bu oyat bizning haqimizda nozil bo‘lgan erdi. Chunkim bir paytlar ansorlar hajdan qaytishda uylariga eshik qolib, tomdan oshib tushishar erdi. Bir kuni ansorlardan biri uyiga eshik orqali kirdi-da, bu birlan qolganlar ustidan o‘zicha kulgan bo‘ldi. Shunda Olloh taoloning «Savob, uylarga tomdan oshib tushishda ermas, balki Ollohdan taqvo qilishdadir, uylarga eshikdan kiringiz!» - degan oyati kariymasi nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:37:57
19-bob. Safar azobning bir parchasidir! (safar azobi - go‘r azobi)

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Safar azobning bir parchasidir (safar azobi - go‘r azobi), biringiz taomsiz, biringiz suvsiz va yana biringiz uyqusiz qolg‘aydirsiz. Safaringizni (hojatingizni) tugatiboq bola-chaqangiz oldiga shoshilingiz!» - deb aytganlar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:39:25
20-bob. Musofir safarda qiynalib qolsa, uyiga qaytadir

Zaydning otalari Aslam rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar birlan birga Makkaga ketayotgan erdim. Abdullohga Safiyya binti Abu Ubaydaning qattiq betob bo‘lib qolganlig‘ini xabar qilishdi. Shunda, ul kishi ulovlarini tezlashtirdilar, Quyosh shafag‘i g‘oyib bo‘lgach, bir joyda tushib, shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qidilar. So‘ng: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning yo‘lda qiynalib qolganlarida shomni kechiktirib, xuftonga qo‘shib o‘qiganlarini ko‘rganman»,-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:40:30
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
MUHSAR (QAMALDA QOLGAN KISHI) VA OVDAN TEGADIRGAN ULUSH HAQIDA HAMDA OLLOH TAOLONING «AGAR QAMALDA QOLSANGIZ, QURBONLIK QILMOG’INGIZGA NEChUK JONLIQ NASIB BO’LSA, O’SHANI ZABH YETMAGUNINGIZCHA SOCHINGIZNI OLDIRMANGIZ!» DEGAN KALOMI SHARIFI XUSUSIDA


21-bob. Umra qilg‘uvchi qamalda qolsa...

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu fitna sodir bo‘lgan yili (ya’ni, Hajjoj Makkani qamal qilgan yili) umra qilmoq niyatida Makkaga keldilar-da, «Agar Ka’baga meni qo‘ymasalar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ilgari qandoq qilgan ersak, shundoq qilg‘aydirman»,-dedilar. Keyin, umraga talbiya aytdilar, chunki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham Hudaybiya yili umraga talbiya aytgandilar».

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ubaydulloh ibn Abdulloh va Solim ibn Abdulloh ikkalalari, Ibn Zubayr tasarrufidagi yerlarga (Hajjoj) qo‘shini kelib tushgan kecha, Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhuga: «Bu yil siz haj qilmasangiz, hech narsa qilmag‘aydir, (dushmanlar) sizni Ka’baga qo‘yishmag‘aydir, degan xavfdamiz»,- deb aytishdi. Shunda ul kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hajga chiqqanimizda ham Quraysh kofirlari bizni Ka’baga qo‘yishmagan erdi, o‘shanda Nabiy sallallohu alayhi va sallam jonliqlarini so‘yib, keyin sochlarini oldirgan erdilar. Sizlarning guvohligingizda umra qilmoqqa ahd etdim, xudo xohlasa, yo‘lga chiqqaydirman. Bordi-yu, yo‘limni to‘sishmasa, Ka’bani tavof aylag‘aymen, basharti to‘sishsa, unda Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga ilgari nima qilgan bo‘lsak, shuni qilg‘aydirmen»,- dedilar. Keyin, Zulhulayfadan boshlab talbiya aytgancha bir oz yurdilar-da, «Ikkalasining (haj va umraning) amallari bir xildir, men sizlarning guvohligingizda bir yo‘la haj birlan umra qilmoqqa ahd etdim»,- deb aytdilar. So‘ng, ul kishi haj birlan umrani ado etib, jonliqlarini so‘ymagunlaricha ehromlarini yechmadilar. Ul kishi doim: «Makkaga kirilgan kuni Ka’bani bir marotaba tavof aylamay, ehrom yechilmag‘aydir», - der erdilar».
Ibn Umar raziyallohu anhuning o‘g‘illaridan biri (Abdulloh, Ubaydulloh yoki Solim) Nofi’ga: «Fitna vaqtida hajga bormay, Madinada turib tursangiz, yaxshi erdi»,- deb aytgan ekanlar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «(Dushmanlar) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning haj aylamoqlariga to‘sqinlik qildilar. Shunda, Janob Rasululloh sochlarini oldirib, ayollariga yaqinlik qildilar, qurbonlik qildilar. Umrani ersa, kelasi yili ado etdilar»,- dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:41:19
22-bob. Haj vaqtida bo‘ladirgan to‘sqinliklar haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Mobodo, birortangiz haj vaqtida (dushman) to‘sqinligiga duch kelsangiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari sizlarga kifoya qilmag‘aydirmi (ya’ni, Janob Rasululloh shundoq to‘sqinlikka duch kelganlarida qilgan amallarini ado etsangiz, kifoya qilmag‘aydirmi)? Janob Rasululloh hajda to‘sqinlikka duch kelganlarida Ka’ba hamda Safo va Marvani tavof aylab, ehromlarini yechganlar-da, shu birlan hajni tugatganlar. Keyin, kelasi yili haj qilib, jonliq so‘yganlar. Jonliq topmasalar, o‘rniga ro‘za tutganlar»,- dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:41:37
23-bob. To‘sqinlikka uchraganda soch oldirmasdan burun qurbonlik qilmoq haqida

Misvar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam soch oldirmoqdan burun jonliq so‘ydilar va sahobalarga ham shunday qilmoqni buyurdilar»,- deydilar.

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh va Solim otalari Abdulloh ibn Umar raziyalloxu anhuga: «Bu yil hajga bormasangiz, yaxshi bo‘lar erdi, dushmanlar to‘sqinlik qilmasa, deb qo‘rqg‘aymiz»,- deyishganda, ul kishi: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga umra qilmoq niyatida chiqqanimizda ham Quraysh kofirlari Ka’ba yo‘lini to‘sib, bizni o‘tkazishmagan erdi. Shunda, Janob Rasululloh tuyalarini so‘yib, so‘ng sochlarini oldirgan erdilar»,- deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:41:58
24-bob. Hajda to‘sqinlikka uchragan kishiga qayta (o‘sha yili) haj qilmoq lozim ermas

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hajini dunyoviy lazzat birlan buzgan odamgina qayta haj qilmog‘i lozimdir, ammo biror uzrli sabab birlan haji chala qolgan bo‘lsa, qayta haj qilmag‘aydir. Agar hajda to‘sqinlikka duch kelgan kishining jonlig‘i bo‘lsa-yu, uni biror kishi orqali qurbonlik qilinadirgan joyga berib yubormoq imkoni bo‘lmasa, o‘zi zabh qilg‘aydir. Bordi-yu berib yubormoq imkoni bo‘lsa, jonliq o‘sha yerga olib borib so‘yilmaguncha, ehromini yechmay turg‘aydir».

Imom Molik va boshqalar bunday deyishadir: «Hajda to‘sqinlikka uchragan kishi qaerda turgan bo‘lsa, o‘sha yerda jonlig‘ini so‘yib, sochini oldiraverg‘aydir, buning uchun qayta haj qilib o‘tirmag‘aydir, chunkim Nabiy sallallohu alayhi va sallam va ul kishining sahobalari Hudaybiyada to‘sqinlikka duch kelishganda, o‘sha turgan yerlarida jonliqlarini so‘yib, sochlarini oldiraverganlar. Ular Ka’bani tavof aylamay, jonliqlari qurbonlik qilinadirgan joyga olib borilmay turib, barcha haj ta’qiqlaridan xalos bo‘lishdi. O’shanda, Janob Rasulullohning sahobalardan birortasiga (ham) qayta haj qilmoqni buyurganliklari to‘g‘risida hech narsa deyilmagan. Hudaybiya haramdan (muqaddas joydan) tashqaridadir».

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu (Hajjoj) fitna qilgan yili Makkaga umra aylamoqqa kelganlarida, «Basharti, dushmanlar yo‘limni to‘sib, Ka’baga o‘tkazishmasa, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga ilgari nima qilgan bo‘lsak, shuni qilg‘aydirman»,— dedilar-da, umraga talbiya aytdilar. Chunkim Nabiy sallallohu alayhi va sallam Hudaybiya yili umraga talbiya aytgan erdilar. Ibn Umar bir oz mulohaza qilib turib: «Haj va umraning udumlari bir xil bo‘lgach»,— dedilar-da, hamsuhbatlariga qarab, «Men sizlarning guvohligingizda bir yo‘la haj va umra qilmoqqa ahd etdim»,— deb qo‘shib qo‘ydilar. Keyin, ul kishi Ka’bani bir marta tavof aylab, «Shu kifoya qilg‘aydir»,— deb jonliqlarini zabh etdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:42:16
25-bob. Olloh taoloning «Qaysi biringizkim betob bo‘lgaydirsiz yokim boshingizda illatingiz (bit) bo‘lg‘aydir, tovon uchun ro‘za tutg‘aydirsiz yokim sadaqa qilg‘aydirsiz yohud jonliq qurbonlik etg‘aydirsiz, bularning qaysi oirini qilmoq sizning ixtiyoringizdadir, biroq ro‘za tutsangiz, uch kun tutgaydirsiz» degan kalomi sharifi xususida

Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (menga): «Hashoratlar (bit) seni bezovta qilsa kerak»,— dedilar. «Ha, yo Rasululloh»,— dedim. Ul kishi: «Sochingni oldirib, uch kun ro‘za tutg‘il yokim olti miskinni to‘ydirg‘il yokim bir qo‘yni qurbon qilg‘il!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:42:31
26-bob. Olloh taoloning «... yokim sadaqa...» degan so‘zi oltita miskinni to‘ydirmoqni anglatadir

Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hudaybiyada ekanlig‘imizda tepamda turgan erdilar, boshimni bitlab ketganlig‘ini ko‘rib: «Seni bitlar bezovta qilayotirmi?» - dedilar. Men: «Ha»,- dedim. Ul kishi: «Sochingni oldirg‘il!» - dedilar. Shu payt, Olloh taoloning «Qaysi biringizkim betob bo‘lgaydirsiz yokym boshingizda illatingiz (bit) bo‘lg‘aydir..» degan oyati meni deb nozil bo‘ldi. Shunda, Janob Rasululloh menga: «Uch kun ro‘za tutg‘il, yokim olti miskinga bir farq (16 ratl) taom berg‘il, yohud qurbingga qarab jonliq qurbonlik qilg‘il!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:42:47
27-bob. Fidya (jarima) uchun yarim so’ taom sadaqa qilmoq haqida

Abdulloh ibn Ma’qil rivoyat qiladirlar: «Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhuning yonida o‘tirgan erdim, undan fidya to‘g‘risida so‘radim, ul kishi: «Mazkur oyat mening haqimda nozil bo‘lgan ersa ham, sizlarning barchangizga taalluqlidir. O’shanda meni Janob Rasulullohning huzurlariga bir yumush birlan yuborishgan erdi, boshimdan bitlar yuzimga to‘kilib turar erdi. Shunda Janob Rasululloh menga: «Seni bunchalik bitlab ketgansan, deb o‘ylamagan erdim, juda qiynalib qolibsan-ku! Bitta qo‘y topa olg‘aymisen?»-dedilar. Men: «Yo‘q»,- dedim. «Unda uch kun ro‘za tutg‘il yokim olti miskinni to‘ydirg‘il, har bir miskinga yarim so’dan taom berg‘il!» - dedilar (1 so’ - 4 mudd, 1 mudd-1,33 ratl)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:42:59
28-bob. Fidya uchun bir qo‘y qurbonlik qilinadir

Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’b ibn Ujraning boshidan yuziga bit o‘rmalab turganini ko‘rib: «Seni bit bezovta qilayotirmi?»-dedilar. Ka’b: «Ha»,- dedi. Janob Rasululloh unga sochini oldirmoqni buyurdilar. Shunda ular Hudaybiyada turishgan bo‘lib, ehromlarini shu yerda yechish-echmasliklari aniq emas erdi, chunki ular Makkaga kirmoq niyatida erdilar. Shu payt, Olloh taolo fidya haqidagi oyati karimasini nozil qildi. Mazkur oyatga binoan, Janob Rasululloh olti miskinni bir farq taom birlan to‘ydirmoqni yokim bir qo‘y qurbon qilmoqni yohud uch kun ro‘za tutmoqni buyurdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:43:12
29-bob. Olloh taoloning «... shaloq so‘z... (aytilmagaydir)» degan kalomi sharifi xususida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ka’baga haj qilgan kishi shaloq so‘z aytmay, buzuqlik qilmay, onasidan tug‘ilgandek pok bo‘lib qaytsin!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:43:25
30-bob. Olloh taoloning «Hajda buzuqlik ham, janjal ham bo‘lmasin!» degan kalomi sharifi xususida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Baytullohga haj qilgan kishi shalq so‘zlamay, buzuqlik qilmay, onasi tuqqan kundagidek pok bo‘lib qaytsin!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:43:59
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Haj vaqtidagi ov va shu kabilar jariymasi haqida


Olloh taolo bu xususda bunday deydir: «Ehromdalig‘ kezingizda hayvonlarni ov qilib, o‘ldirmangiz, qaysi biringizkim qasddan o‘ldirg‘aydirsiz, o‘ldirilgan hayyunga yarasha jariyma to‘lag‘aydirsiz. Bunda, oralaringizdan ikki adolatlig‘ kishi tayin etilib, ular sizga Ka’baga munosib qurbonlik aylamog‘ingizni yokim oltita miskinga kafforat uchun taom bermog‘ingizni yohud qilgan yomonlig‘ingizning jazosini tortmog‘ingiz uchun ro‘za tutmog‘ingizni hukm qilg‘aydir. Olloh o‘tgan gunohlarni kechirg‘aydir, ammo kimki qayta gunoh qilg‘aydir, Olloh undan o‘ch olg‘aydir, Olloh o‘ch olmoqqa qodirdir! Ul sizlarga va musofirlarga dengiz hayvonlarini ov qilmoqqa va ularning go‘shtlarini iste’mol aylamoqqa ruxsat etdi. Ammo, ul sizlarga ehromdalig‘ kezingizda quruqlikdagi hayvonlarni ov qilmoqni man’ aylag‘andir. Bir kuni o‘zlaringiz dargohida to‘planadirgan Ollohdan qo‘rqingiz!

Ibn Abbos va Anas raziyallohu anhumo: «Ehromdagi odam ov hayvonlaridan tashqari bo‘lgan tuya, qo‘y, mol, ot va tovuq kabi jonliqlarni so‘ysa, gunohi yo‘qdir»,- deyishadir.

Abdulloh ibn Abu Qatoda rivoyat qiladirlar: «Otam (Abu Qatoda) Hudaybiya yili yo‘lga tushdilar. Sheriklari ehrom bog‘lashdi-yu, ul kishi ehrom bog‘lamadilar. Ittifoqo, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga dushman bosib kelayotganini xabar qilishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam qo‘zg‘oldilar. «Men bir necha o‘rtoqlarim birlan turgan erdim, ular o‘zaro kula boshlashdi,- deydilar otam,-qarasam, bir qulon turibdir, darhol unga nayza sanchdim, Ko‘tarishib yuboringiz, olib ketaylik! desam, ular bosh tortishdi. Keyin, biz qolib, uning go‘shtidan yedik. Boshqa sheriklarimiz ketib bo‘lishgan erdi, biz ulardan ajralib qolmoqdan qo‘rqdik. Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamga yetib olmoq uchun otimni bir chopdirib, bir yo‘rg‘alatib ketdim. Kechasi men Baniy Rifor qabilasiga mansub bir kishini uchratib qolib, unga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamni qaerda qoldirib kelmakdasen?» - dedim. Ul kishi: «Ta’hinda qoldirdim»,- dedi. Men ul aytgan yerga yetib borib, «Yo Rasululloh, ahli ayolingiz sizga salom aytib yubordilar, ular sizdan ajralib qolmoqdan qo‘rqmakdalar, ularni kutib turingiz, yetib olishsin!» -dedim. Keyin yana: «Yo Rasululloh, bir qulonni otib oldim, men uning go‘shtidan olib olganman»,- deb aytdim. Janob Rasululloh qavmlariga, ular ehromda bo‘lishlariga qaramay, «Olingiz, yengizlar!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:44:37
2-bob. Ehrom kiyganlar ov hayvonini ko‘rib, kulib qo‘yishsayu, ehrom kiymagan odam buni bilib qolsa...

Abdulloh ibn Abu Qatodaga otalari Abu Qatoda quyidagi hadisni rivoyat qilgan erkanlar: «Hudaybiya yili Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga yo‘lga chiqdik. Ul kishining sahobalari ehrom bog‘lashdi, men bog‘lamadim. G’iyqa degan yerda dushman to‘planayotganini xabar qilishdi. Biz o‘shal tomonga jo‘nadik. Yo‘lda sheriklarim bir qulonni ko‘rib qolishib, bir-birlariga qarab kula boshladilar. Men otimni chopdirib borib, unga nayza sanchdim. Keyin, sheriklarimdan ko‘tarishib ketmoqqa yordam so‘ragan erdim, ko‘nishmadi. Shul boisdan o‘shal yerda qolib, uning go‘shtidan yedik. Biz Janob Rasulullohdan ajralib qolmoqdan qo‘rqdik. Men otimni goh chopdirib, goh yo‘rg‘alatib ketdim. Tunda Baniy G’ifor qabilasiga mansub bir kishini uchratib qolib, unga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni qay yerda qoldirding?» - dedim. Ul: «Ta’hinda»,- deb aytdi. Keyin, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetib olib: «Yo Rasululloh, sahobalaringiz sizga salom yo‘llab, Ollohning rahmatini tilab qoldilar, ular dushman yo‘llarini to‘sib, sizdan ajralib qolmoqdan xavfdalar, yetib olishguncha kutub turingiz!» - dedim. Keyin yana: «Yo Rasululloh, biz qulon ovlagan erdik, go‘shtidan olib kelganmiz»,- deb aytdim. Janob Rasuluyaloh sahobalarga, ular ehromda bo‘lishlariga qaramay, «Olingiz, yengizlar!»-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:45:20
3-bob. Ehromdagi kishi ehromsiz kishiga ovni o‘ldirmoqda yordam bermaydir

Abu Muhammad raziyallohu anhu Abu Qatodaning: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Madinadan uch qo‘nim naridagi Qoha degan yerda bo‘ldik» -deganini zshitgandim»,- deydilar.

Abu Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Qohada bo‘ldik, oramizda ehrom bog‘laganlar ham, bog‘lamaganlar ham bor erdi. Ittifoqo, sheriklarimning nimanidir kuzatishayotganini payqab qoldim, qarasam, bir qulon turibdir. Shul payt, qamchinim tushib ketgan erdi, ular: «Biz ehromdadirmiz, senga yordamimiz tegmag‘aydir»,- deyishdi. Men ot ustida turib bir amallab qamchinimni oldim-da, tepalik orqasiga o‘tib, qulonni o‘ldirdim. Keyin, uni sheriklarim oldiga sudrab olib keldim. Shunda, ulardan ba’zilar: «Yengizlar!»-deyishsa, ba’zilari: «Yemangizlar!» - deyishdi. Buni eshitgach, men Janob Rasulullohning oldilariga borib: «Ne qilaylik?» - dedim. Ul kishi: «Yeyaveringizlar, haloldir (ruxsatdir)!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:45:52
4-bob. Ehromdagi kishi o‘zi ko‘rib qolgan ov hayvonini ehromsiz kishiga «ovlag‘il!» deb ko‘rsatmaydir

Usmon (Ibn Mavhib) raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hajga niyat aylab, yo‘lga chiqdilar, sahobalar ham birga chiqishdi. Janob Rasululloh ulardan bir guruhini (Abu Qatoda ham shular birlan birga erdi) to‘xtatib, «Sizlar to uchrashmagunimizcha dengiz sohili bo‘ylab ketaveryngiz!» - dedilar. Ular dengiz yoqalab yurib ketishdi. Yo‘l-yo‘lakay Abu Qatodadan tashqari hammalari ehrom bog‘lab olishdi. Ittifoqo, qulonlarni ko‘rib qoldilar. Abu Qatoda darhol ulardan biriga nayza urib, o‘ldirdi-da, olib keldi. Hammalari ulovdan tushib, go‘shtidan (pishirib) yeyishdi. Keyin: «Ehromda bo‘la turib, ov go‘shtidan yeb qo‘yibmiz-da?!»-dedilar. So‘ng, qolgan go‘shtni olib, yo‘lga tushdilar. Yetib borishgach, Janob Rasulullohga: «Yo Rasululloh, biz yo‘l-yo‘lakay ehrom bog‘lab olgan erdik, Abu Qatoda ersa, bog‘lamagan erdi. Tasodifan qulonlar galasini ko‘rib qoldik. Abu Qatoda ulardan birini ovladi, hammamiz ulovdan tushib, go‘shtidan (pishirib) yedik. Keyin: «Ehromda bo‘la turib, ov go‘shtidan yeb qo‘yibmiz-a?!» — dedik-da, qolgan go‘shtni olib, oldingizga kelaverdik»,— deyishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «O’shanda birortangiz Abu Qatodaga ovni (qulonlarni) ko‘rsatib qo‘ymadingizmi, ishqilib?» — dedilar. Ular: «Yo‘q»,— deyishdi. Janyb Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, qolganini ham yeb qo‘yingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:46:07
5-bob. Ehromdagi kishiga tirik qulon hadya qilinsa, olmaydir

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sa’b ibn Jassoma al-Laysiy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Abvo’ (yoki Buddon) degan yerda bir tirik qulon hadya qilgan erdi, olmadilar. Keyin, uning xafa bo‘lganini ko‘rib: «Biz ehromda bo‘lganimiz uchungina hadyangni rad etdik»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:46:45
6-bob. Ehromdagi odam qanday jonliqlarni o‘ldirishi mumkin?

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ehrom bog‘lagan kishi besh xil jonliqni o‘ldirsa, gunoh bo‘lmag‘aydir»,— deb aytganlar»,— deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Menga Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ayollaridan biri: «Ehrom bog‘lagan kishi o‘ldirmog‘i mumkin»,— deb aytgandar»,— deydilar.

Hafsa raziyallohu anho rivoyat qiladirlarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Ehrom bog‘lagan kishi) besh toifa jonliqni — qarg‘a, kalxat, sichqon, chayon va qopag‘on itni o‘ldirsa, gunoh bo‘lmag‘aydir»,— deb aytgan erkanlar.

Oisha raziyallohu anho aytadilarkim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Besh tur hayvon — qarg‘a, kalxat, chayon, sichqon va tishlang‘ich it zararkunanda bo‘lib, ularni ehrom bog‘lagan kishi o‘ldirsa, gunohkor bo‘lmag‘aydir»,— degan erkanlar.

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu bunday deb naql qiladirlar: «Biz Nabiy sallalloxu alayhi va sallam birlan Minodagi g‘orda turganimizda ul kishiga «Va-l-Mursalot» surasi nozil bo‘lib, uni tilovat qilmoqqa kirishdilar, men ersam, ul zotning muborak og‘izlaridan mazkur sura so‘zlari chiqishi bilanoq, darhol yod ola boshladim. Ittifoqo, bir ilon bizga tashlandi, Janob Rasululloh: «Uni o‘ldiringizlar!» — dedilar. Hammamiz ilonga tashlangan bo‘lsakda, u qochmoqqa ulgurdi. Shunda ul kishi: «Sizlar ilonning yomonlig‘idan qutulib qolganingizdek, ul ham sizning yomonlig‘ingizdan qutulib qoldi»,- dedilar».

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh kaltakesakni ko‘rsatib, bu jirkanch maxluq, dedilar, lekin uni o‘ldirmakni buyurganlarini eshitmaganman». «Bundan, kaltakesakni o‘ldirmoq mumkin ermas, degan xulosa kelib chiqmaydir, chunkim ular (sahobalar) ilonni o‘ldirmakni gunoh, :deb hisoblashmadi-ku!» - deydilar Abu Abdulloh.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:47:04
7-bob. Makkaning (Haramning) daraxtlari butalmaydir

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Haramning hatto tikani ham yulinmag‘aydir, deb aytganlar»,- deydilar.

Sa’id ibn Abu Sa’id al-Maqyuriy rivoyat qiladirlar: «Abu Shurayh al-Adaviy Makkaga qo‘shin yuborayotgan Amr ibn Sa’idga: «Ey Amr, menga ijozat bersangiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Makka fath qilingan kunning ertasiga aytgan so‘zlarini sizga aytib berardim, so‘zlayotganlarini o‘z ko‘zim birlan ko‘rganman, gaplarini quloqlarim birlan eshitib, qalbimga jo qilgandirman»,-dedi-da, Janob Rasulullohning gaplarini Olloh taologa hamdu sanolar aytib, quyidagicha naql qildi: «Makkani Olloh taolo muqaddas qildi, odamlar ermas, shundoq bo‘lgach, Ollohga iymon keltirib, oxirat kuniga ishongan kishi bul shaharda qon to‘kmasligi va birorta o‘simlikni yulmasligi lozimdir. Agar biror kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari Makkada jang qilganlar-ku?!» - desa, «Janob Rasulullohga Olloh taolo ijozat bergan, sizlarga ruxsat bergan ermas»,- deb aytingiz. Olloh taolo menga kunduzi faqat bir soatgina jang qilmoqqa ruxsat berdi. Makkaning kechagi muqaddasligi bugun yana o‘z o‘rniga keldi. Bul yerda hozir bo‘lganlar kelmaganlarga so‘zlarimni yetkazsinlar!»

«O’shanda Amr sizga ne degan erdi?» - deb so‘rashibdi Abu Shurayhdan. «Men bul haqda sekdan ko‘ra yaxshiroq bilg‘ayman, Makka (Haram) osiy bandaga ham, (nohaq) qon to‘kib yokim (nohaq) vayron qilib, qochib kelganga ham panoh bo‘la olmag‘aydir»,- deb aytgan erdi»,- debdirlar Abu Shurayh.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:47:22
8-bob. Makkaning (haramning) yovvoyi hayvonlarini hurkitib bo‘lmasligi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo Makkani muqaddas qildi. Mendan oldingilarga ham, mendan keyingilarga ham bu yerda urush qilmoq man’ etilgandir, menga kunduzi bir soatgina urush qilmoqqa ruxsat berildi. Bu yerning o‘simliklari yulinmag‘aydir, daraxtlari kesilmag‘aydir, hayvonoti bezovta qilinmag‘aydir. Birovlar yo‘qotgan narsalar, faqat egasiga ma’lum qilmoq maqsadidagina olinmog‘i mumkindir»,- dedilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, izxirnigina yulmoqqa ijozat etsangiz. Chunki undan kasb-hunar ahli foydalang‘aydir, aholi ersa, qabrga ishlatg‘aydir»,- dedim. Janob Rasululloh: «Mayli, izxirni yula qolingizlar!» - deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:47:43
9-bob. Makkada urush qilmoq man’ qiling‘aydir

Abu Shurayh raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, Makkada qon to‘kmoq mumkin ermas, deb aytganlar»,- deydilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Makka fath qilingan kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Endi hech hijrat qilinmag‘aydir, ammo jihod aylab, maqsadga erishmoq kerakdir. Agar jihodga da’vat etilg‘aydirsiz, darhol boringiz! Bul shaharni Olloh taolo yeru-ko‘kni yaratgan vaqtdan to qiyomatgacha muqaddas qilgandir. Mendan oldingilarga ham, mendan keyingilarga ham bul yerda urush qilmoq man’ etilgandir. Menga faqat kunduzi bir soatgina jang qilmoqqa ijozat berildi. Olloh taoloning ta’qiqiga binoan, bul yerda jang qilmoq qiyomatga qadar man’ qilingandir. Bul yerning o‘t-o‘lanlari ham yulinmasin, hayvonoti hurkitilmasin, birovlar yo‘qotgan narsalar egasiga ma’lum qilmoqdan bo‘lak maqsadda olinmasin!» - deb aytdilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, izxirdan kasb-hunar ahli hamda aholi foydalang‘aydir»,- degan erdim, ul kishi: «Izxirdan boshqasini yulmangizlar!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:48:58
10-bob. Ehromdagi kishining qon oldirmog‘i haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehrom bog‘lagan hollarida qon oldirdilar»,- deydilar.

Ibn Buhayna raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Lahyu Jamal degan yerda ehrom kiyg‘an hollarida boshlarining o‘rtasidan qon oldirdilar»,- deydilar. .

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ehromda bo‘la turib, Maymunaga uylandilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:51:08
12-bob. Ehrom bog‘lagan erkak va ayolga qanday xushbo‘y narsalarni ishlatmoq man’ qilinadir?

Oisha raziyallohu anho: «Vars (xushbo‘y modda) yoki za’faron tekkan kiyimni ehrom bog‘lagan ayol kiymag‘aydir»,- deb aytganlar.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, ehromdalig‘ kezimizda bizga qanday kiyim kiymoqni buyurasiz?»-deb so‘radi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ko‘ylak va ishton, salla va burnus kiymangiz, kimning hajga munosib oyoq kiyimi bo‘lmasa, mahsisining qo‘njini to‘piqdan pastroq qilib kesib tashlasin, za’faron va vars tekkan kiyimni ham kiymangiz. Ehrom bog‘lagan ayol yuzini butunlay berkitib olmasin hamda qo‘llariga qo‘lqop kiymasin!» - dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir ehrom bog‘lagan kishi tuyadan yiqilib, bo‘yni sinib, o‘ldi. Janob Rasululloh uni olib kelmoqni buyurdilar-da: «Yuvib, kafanlangizlar, biroq boshini o‘rab qo‘ymangizlar, xushbo‘y narsalar ham sepmangizlar, chunkim u talbiya aytib tirilg‘aydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:51:43
13-bob. Ehromdagi odamning gusl qilmog‘i qaqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Ehrom bog‘lagan odam hammomga tushmog‘i mumkin»,- deydilar. Ibn Umar va Oisha onamiz ehrom bog‘lagan odamning hammomda ishqalab yuvinmog‘i zararsizdir, deb hisoblashgan.
Ibrohim ibn Abdulloh ibn Hunayn raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Abbos va Misvar ibn Maxrama Abvo’ degan yerda o‘zaro tortishib qoldilar. Abdulloh ibn Abbos: «Ehrom bog‘lagan odam boshini yuvmog‘i mumkin» ,— desalar, Misvar: «Ehrom bog‘lagan odam boshini yuvmag‘aydir» ,— deb aytdilar. Shunda, Abdulloh ibn Abbos meni Abu Ayyub al-Ansoriyning oldilariga yubordilar. Men Abu Ayyub raziyallohu anxuning quduq yonida o‘zlarini kiyim birlan pana qilgan holda cho‘milayotganlarini ko‘rdim. Yaqin borib, salom berdim, Ul kishi: «Bul kimdir?» - dedilar. «Bu men, Abdulloh ibn Hunaynman. Meni Abdulloh ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehromdalig‘ kezlarida boshlarini qanday yuvar erkanlar, bilib kelg‘il!» - deb sizning oldingizga yubordilar»,- dedim. Abu Ayyub pana qilib qo‘yilgan kiyimni qo‘llari birlan bir oz pasaytirdilar, shunda menga boshlari ko‘rindi. Keyin, oldilaridagi suv quyib berib turgan kishiga: «Suv quyg‘il!»- dedilar, u boshlaridan suv quydi. So‘ng, ikki qo‘llari birlan peshonalaridan ensalariga va ensalaridan peshonalariga mash tortdilar-da, «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday qilganlarini ko‘rdim»,-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:51:59
14-bob, Ehrom bog‘lagan kishi mahsidan boshqa oyoq kiyimi topmasa...

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Arafotda xutba aytayotib, «Kim oyoq kiyim topmasa, mahsi kiysin va kim izor topmasa, ishton kiysin! Bu ehrom bog‘laganlarga taalluqlidir» - deb aytganlarini eshitdim»,- deydilar.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Ehrom bog‘lagan kishi qanday kiyimlar kiyg‘aydir?»-deb so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Ko‘ylak, salla, ishton, burnus hamda za’faron va vars tekkan kiyimlarni kiymagaydir. Agar oyoq kiyim topmasa, mahsining qo‘njini to‘piqdan pastroq qilib kesib tashlab kiyg‘aydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:52:15
15-bob. Izor topmasa, ishton kiysin!

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Arafotda hammaga mashhur bo‘lgan nutqlarini so‘zlayotib, «Kim izor topmasa, ishton kiysin va kim oyoq kiyim topmasa, mahsi kiysin!» - deb aytdilar», - deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:52:31
16-bob. Ehrom bog‘lagan kishining qurol taqishi haqida

Ibn Abbosning ozod qilingan qullari Ikrima: «Ehrom bog‘lagan kishi dushmandan xavf tortsa, fid’ya (jarima) to‘lab, qurol taqaverg‘aydir», - deydilar. Lekin, bu xususda Ikrima aytgan rivoyatdan boshqasi yo‘q.

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zulqa’da oyida umraga ehrom bog‘ladilar. Lekin, Makka ahli ul kishini (qurol birlan Makkaga qo‘ymadi. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan Makka ahli o‘rtasida «Qilichi qiniga solingan musulmonlargina Makkaga kiritilg‘aydir» degan shartnoma tuzildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:53:12
17-bob. Makkaga ehromsiz kirmoq haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu Makkaga ehromsiz kirganlar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam haj va umraga niyag qilgan kishilargagina ehrom bog‘lamoqni buyurdilar, lekin o‘tin terib kelib sotguvchilar yokim boshqa yo‘llar birlan tirikchilik qilguvchilarga buni eslatmadilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Zulhulayfani Madina ahliga, Qarnni Najd ahliga va Yalamlamni Yaman ahliga miyqot (talbiya aytish joyi) qilib belgilab berdilar. Yuqoridagi miyqotlar ularga ham, boshqa joylardan haj va umraga kelguvchilarga ham tayin qilindi. Makkaga yaqin yerlarda yashovchilar, o‘sha o‘zlari yashaydirgan joyda, Makka ahli ersa, Makkada talbiya aytadirgan bo‘ldi».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam fath yili boshlariga dubulg‘a kiygan hollarida Makkaga kirdilar. Boshlaridan dubulg‘ani yechganlarida, bir kishi kelib: «Ibn Xatil Ka’ba jildiga osilib, tortayotir»,- dedi. Janob Rasululloh: «O’ldiringiz!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:54:05
18-bob. Ko‘ylagi ustidan bilmay ehrom bog‘lasa...

Ato raziyallohu anhu: «Agar bilmay xushbo‘y narsalardan foydalanib qo‘ysa yoki ko‘ylagi ustidan ehrom bog‘lasa yoinki ehromi ustidan ko‘ylak kiysa. kafforat lozim ermas»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:55:06
19-bob. Arafotda o‘lgan kishi haqida

Nabiy sallallohu alayhi va sallam uning chala qolgan haj amallarini nihoyasiga yetkazmoqni (birovga) buyurmadilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir kishi birlan birga Arafotda turgan erdilar. Shunda ul tuyasidan yiqilib, bo‘yni sindi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Uni suv va sidr birlan yuvib, ikki qavat qilib kafanlangiz, boshini berkitmangiz, xushbo‘y narsa surtmangiz, chunkim Olloh taolo uni qiyomatda talbiya aytayotgan holda tiriltirg‘aydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 11 Oktyabr 2006, 15:55:24
20-bob. Ehromdagi marhumga nisbatan ado etilmog‘i lozim bo‘lgan sunnatlar haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga turgan erdi, tuyasidan yiqilib bo‘yni sindi. Keyin, ehrom bog‘lagan holda o‘lib qoldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uni suv va sidr birlan yuvib, o‘zining kiyimiga ikki qavat qilib kafanlangiz, badaniga xushbo‘y narsalar surtmangiz, boshini ham yopmangiz, chunkim ul qiyomatda talbiya aytib tirilg‘aydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:47:49
21-bob. Mayyit nomidan haj va nazr qilmoq haqida; erkak ayol nomidan haj qilaveradir

Abbos raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Juhayna qabilasidan bir ayol Nabiy sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Mening onam haj qilg‘ayman, deb niyat etgan erdilar, lekin haj qila olmay vafot qildilar. Men onamning nomlaridan haj qilsam bo‘lurmi?»-deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ha bo‘lg‘aydir, (chunkim) onangning qarzi bo‘lsa, to‘laysan-ku! (ya’ni, haj ham kishining bo‘ynidagi qarzdir)»,- dedilar-da, bizga qarab: «Sizlar ham Ollohga qarzlaringizni beringiz! Olloh ahdnomaga vafo qilmoqqa loyiq zoti oliydir!» -deb qo‘shib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:48:15
22-bob. Tuya ustida mahkam o‘tira olmaydirgan odam nomidan haj qilmoq haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Xas’am qabilasidan bir ayol Hajjat ul-Vido’da Janob Rasulullohning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, Olloh taolo bandalariga hajni farz qilib, oyat nozil aylagan vaqt otamning tuya ustida mahkam o‘tira olmaydirgan (kasalligi uchun) paytlariga to‘g‘ri kelib qoldi, men ul kishining nomlaridan haj qilsam, bo‘lurmi?» - dedi. Janob Rasululloh: «Ha, bo‘lg‘aydir»,- deb javob berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:48:25
23-bob. Ayolning eri nomidan haj qilmog‘i haqida

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Fazl Nabiy sallallohu alayhi va sallamning orqalarida tuyaga mingashib olgandi. Shu payt, Xas’am qabilasidan bir ayol kelib, Fazlga, Fazl ersa, unga qaray boshladi. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallam Fazlning boshini boshqa tomonga qaratib qo‘ydilar. Ayol: «Ollohning farzi mening otamni qarigan paytida topdi, ul kishi tuya ustida mahkam o‘tira olmaydirlar, men ul kishining nomlaridan haj qilsam, bo‘lurmi?» - dedi. Janob Rasululloh: «Ha, bo‘lg‘aydir»,- dedilar. Bu voqea Hajjat ul-Vido’da bo‘lgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:48:40
24-bob. Yoshlarning haj qilmog‘i haqida

Ubaydulloh ibn Yazid: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam meni jo‘natdilar (yoki meni boshqalardan oldin safar yuklari birlan Jam’dan jo‘natdilar)»,-deydilar.

Abdulloh Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Balog‘at yoshiga yaqinlashib qolgan paytim erdi. Bir kuni eshak minib Minoga kelsam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotgan erkanlar. Shunda men namozxonlarning oldingi saflarini oralab o‘tdim-da, eshakdan tushib, uni o‘tlagani qo‘yib yubordim. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning orqalaridagi safga kelib turdim».

Soib ibn Yazid: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan hajqildim, shunda yetti yoshda erdim»,- deydilar.

Umar ibn Abdulaziz Soib ibn Yazidga: «Men va Nabiy sallallohu alayhi va sallam yo‘l anjomlarini olib, birgalikda haj qildik»,- deb ko‘p marta aytgan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:48:59
25-bob. Ayollarning haj qilmog‘i haqida

Ibrohim ibn Abdurrahmon ibn Avfning bobolari rivoyat qiladirlar: «Xalifa Umar raziyallohu anhu so‘nggi bor haj qilgan yillari Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ayollariga haj qilmoqqa ruxsat berdilar (bu paytda Janob Rasululloh marhum erdilar).  Shunda, Usmon ibn Affon va Abdurrahmon ibn Avfni ularga hamroh qilib yubordilar».

Oisha onamiz Oisha binti Talhaga quyidagi hadisni aytib bergan zrkanlar: «Bir kuni men: «Yo Rasululloh, biz (ayollar) siz (erkaklar) birlan birga chiqib, bir g‘azot qilmaylikmi?»-dedim. Janob Rasululloh: «Ammo, eng yaxshi jihod ezgu niyatda qilingan hajdir!» - deb javob berdilar. Men Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamdan shu so‘zni eshitganimdan buyon hajni sira kanda qilmasman».

Ibn Abbosning mavlosi Abu Ma’bud rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ayol yonida mahrami bo‘lmasa, safarga chiqmasin va yonida mahrami bo‘lmagan ayol oldiga nomahram kirmasin!»-dedilar. Shunda bir kishi: «Yo Rasululloh, men falon qo‘shin birlan birga g‘azotga ketmoqchiman, ayolim hajga borgisi kelsa, ne qilg‘aydir?»- dedi. Janob Rasululloh: «Ayoling birlan haj qilg‘il!»- dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hajdan qaytib keldilar-da, Ummu Sinonga: «Haj qilmog‘ingga ne mone’lik qilur?» - dedilar. Ummu Sinon: «Falonchining otasi (ya’ni, «erim» demoqchi) ikki tuyadan birini hajga minib ketdi, ikkinchisi ersa, yerimizni sug‘orayotir»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ramazon oyida umra qilmoq mening yonimda haj qilmoq birlan barobardir»,- dedilar».

Ziyodning mavlosi Qaz’a rivoyat qiladirlar: «Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhuning Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘n ikki g‘azotda qatnashganlarini o‘zlaridan eshitdim. Abu Sa’id: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan to‘rt hikmat eshitgandirman, ulardan biri - yonida eri yoki mahrami bo‘lmagan ayol ikki kunlik yo‘lga (ya’nI, bir kunlik yo‘ldan ortiq yo‘lga) chiqmag‘aydir, ikkinchisi - ikki kun: Ramazon va Qurbon hayitlarida ro‘za tutilmag‘aydir, uchinchisi-ikki namozdan so‘ng, ya’ni asrdan keyin, Quyosh botguncha va bomdoddan keyin, Quyosh chiqquncha namoz o‘qilmag‘aydir, to‘rtinchisi :- uchta masjidgagina, Masjid ul-Harom, mening masjidim (Masjid un-Nabiy) va Masjid ul-Aqsoga tuya yetaklab kelinmag‘aydir ».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:49:12
26-bob. Ka’baga piyoda borishni ahd qilgan kishi haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy' sallallohu alayhi. va sallam ikki o‘g‘li qo‘ltiqlab ketayotgan bir cholni ko‘rib: «Bu kishiga ne bo‘lgan?» - dedilar. O’g‘illari: «Makkaga piyoda borishni ahd qilganlar»,- deb aytishdi.   Janob   Rasululloh:    «Olloh   taolo   bu   kishining   azob   chekishidan manfaatdor ermas, ulovga minib borsin!» - dedilar».

Uqba ibn Omir Juhoniy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Singlim Baytullohga (Ka’baga) yayov borishga ahd qilib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan bu haqda fatvo so‘rab bermog‘imni iltimos qildi. Men Janob Rasulullohdan fatvo so‘ragan erdim. «Yayov ham yursin, ulov ham minsin!»-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:51:01
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
MADINA FAZILATLARI HAQIDA KITOB

1-bob. Madinaning muharram (muqaddas) ekanligi haqida


Anas raziyallohu anhu 'rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Madina shahri falon joydan falon yergacha muharram qilingandir, uning daraxtlari kesilmag‘aydir va unda Qur’onga xilof ishlar qilinmag‘aydir. Kimki quyushqondan chiqsa, unga Olloh, farishtalar va odamlarning la’nati bo‘lsin!» -dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelib, masjid qurmoqni amr qildilar. Keyin ul kishi: «Ey Baniy Najjor, menga baholab beringiz (ya’ni, bo‘lajak masjid o‘rni ikki yetim bolaniki erdi, uni sotib olmoqchilar)»,- dedilar. Ular (o‘sha ikki yetim bola va ularning yaqin qarindoshlari): «Biz pul so‘ramasmiz, Olloh yo‘liga xayr qilg‘aymiz»,-deyishdi. Lekin, Janob Rasululloh ularni baribir rozi qildilar. Keyin, Janob Rasulul,lohning farmonlariga binoan masjid o‘rnidagi mushriklar qabri boshqa joyga ko‘chirildi, xarobalar tekislandi, qibla tomondagi xurmolar kesildi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Madinaning ikki toshloq joyi oralig‘idagi yerni (uni «harra», deb atashg‘aydir) o‘z tilim birlan muharram, deb e’lon qilg‘ayman!» - dedilar. Keyin, Nabiy sallallohu alayhi va sallam Baniy Hadisa mahallasiga borib: «Ey Baniy Hadisa, sizlar (Madinaning) muharram ekanligini unutib, quyushqondan chiqqan ko‘rinursizlar»,-dedilar, keyin chor atrofga qarab: «Balki undoq emasdir»,- deb qo‘ydilar (o‘shanda Amir Hamza shahid bo‘lgan joyda turgan erdilar)». :

Ibrohim ibn Yazid Taymiy rivoyat qiladirlar: «Ali raziyallohu anhu: «Bizda Ollohning Kitobi va Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan qolgan mana bu sahifadan bo‘lak o‘zimizga xos hech narsa yo‘qdir» ,— deb Janob Rasulullohning o‘sha sahifada bitilgan vasiyatlarini quyida bayon qildilar: «Madinaning Oir tog‘idan falon joyigacha bo‘lgan yerlar muharramdir, kimki o‘shal muharram qilingan yerda islomga xilof ishlarni qilsa yokim biror bid’atchining yonini olib, joy berib hurmatlasa, unga Ollox, maloikalar va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin! Uning tavbasi ham, fidyasy (gunohni yuvmoq uchun beriladirgan to‘lovi) ham qabul qilinmag‘aydir». Hazrat Ali keyin bunday dedilar: «Mo‘sulmonlarning yagona zimmasi (musulmonlar g‘ayridinlarni o‘z himoyasiga olib tuzgan shartnomasi) bor, kimki bu ahdnomani buzsa, unga Olloh, maloikalar va odamlarning la’nati bo‘lsin! Uning tavbasi ham, fidyasi ham qabul bo‘lmag‘aydir, kimki (o‘rtada ittifoq tuzilmagan) bir qavmni xojalaridan ijozatsiz o‘ziga yaqin tutsa, unga ham Olloh, maloika va odamlarning la’nati bo‘lsin! Uning tavbasi va fidyasi qabul qilinmag‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:51:37
2-bob. Madina fazilatlari haqida; odamlarning dilidagi qabohatni mahv qilmoq Madina fazilatlaridandir

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Menga bir qishloqqa (hijrat qilmoq) amr qilindi, ul qishloq boshqa qishloqlardan ustundir. Ba’zilar (ya’ni, munofiqlar) uni Yasrib deyishg‘aydir, vaholanki, ul Madina bo‘lib, odamlarning kirini (gunohini) temir yuzidagi kuyukni dam (bosqon) qanday ketkizsa, shunday ketkizgaydir»,- dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:52:03
3-bob. Madina - Tobadir

Abu Humayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Tabuk g‘azavotidan qaytdik. Madinaga yaqinlashganimizda Janob Rasululloh: «Bu Tobadir»,- dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:52:24
4-bob. Madinaning ikki toshloq yeri

Sa’id ibn Musayyab rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Agar Madinada o‘tlab yurgan kiyikni ko‘rsam, hurkitmay o‘tib ketar erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Madinaning ikki toshloq yeri o‘rtasidagi joylar muharramdir»,- der erdilar»,- deb aytdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:53:03
5-bob. Madinani yaxshi ko‘rmaganlar haqida

Sa’id ibn Musayyab quyidagi hadisni Abu Hurayra  raziyallohu anhudan eshitgan erkanlar: «Madina sizlardan keyin yanada so‘lim bo‘lg‘aydir,- dedilar Janob Rasululloh ,— unda yovvoyi hayvonlargina yashashg‘aydir. Eng oxiri Muzayna qabilasiga mansub ikki cho‘pon tirik qolg‘aydir. Ular Madina tomon qo‘y haydab kelishganda ul yerda vahshiy hayvonlar to‘lib yotganini ko‘rishg‘aydir. Saniyyat ul-Vido’ga yetganlarida ular ham yiqilg‘aydirlar (ya’ni, o‘lg‘aydirlar)».

Abdulloh ibn Zubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Yaman fath qiling‘aydir ,— dedilar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ,— qavmlar shosha-pisha mol-hollarini haydab, bola-chaqalari-yu xizmatkorlarini ergashtirib (Yamanga) kelishg‘aydir, vaholanki Madina o‘zlari uchun afzalroq erkanin bilmaslar, keyin Shom fath qiling‘aydir, qavmlar Madinani tashlab, shosha-pisha mol-hollarini haydab, bola-chaqalari-yu xizmatkorlarini ergashtirib bul yerga ham kelg‘aydirlar, vaholanki Madina o‘zlari uchun afzalroq erkanin bilmaslar, so‘ng Iroq ham fath bo‘lg‘aydir, unga ham qavmlar bola-chaqalari-yu xizmatkorlarini ergashtirib kelishg‘aydir, vaholanki Madinaning o‘zlari uchun afzalroq erkanin anglashmag‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:53:14
6-bob. Iymon Madinada to‘planadir

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilon o‘z inida kulcha bo‘lib yashirinib olgani singari iymon ham bora-bora Madinada to‘plang‘aydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:53:22
7-bob. Madina ahliga yomonlik istaganlarning gunohi

Sa’d ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Madina ahliga yomonlik istagan odam, tuz suvda eriganidek erib ketg‘aydir»,- deganlarini eshitganman»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:53:32
8-bob. Madinaning qo‘rg‘onlari haqida

Usoma raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina qo‘rg‘onlaridan biriga chiqib, balanddan pastga qaradilar-da: «Bilurmisiz, nelarni ko‘rmakdamen? Men xonadonlaringiz o‘rtasida bo‘lajak fitnalarni shaffof suv tomchisi ostidagi narsani ko‘rgandek aniq ko‘rib turibdirmen»,- dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:53:53
9-bob. Madinaga Dajjol kirmaydir

Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Dajjol Madinaga xavf sololmag‘aydir, o‘shal kuni Madinaning yetti qopqasidan har birini ikkitadan farishta qo‘riqlab turg‘aydir»,- dedilar».

Nu’aym ibn Abdulloh Mujmir Abu Hurayra raziyallohu anhudan eshitib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Madinaga kiraverishda farishtalar mavjud bo‘lib, unga vabo ham, Dajjol ham boshini suqolmag‘aydir»,-dedilar».

Ishoq ibn Abdulloh ibn Abu Talha raziyallohu anhu Anas ibn Molik raziyallohu anhudan eshitib rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Madinadan bo‘lak Dajjol bosib olmagan birorta ham shahar qolmag‘aydir, Madinaga olib boradirgan barcha yo‘llarni farishtalar saf-saf bo‘lib himoya qilib turgaydirlar. Keyin, Madina uch marotaba silking‘aydir, Olloh uning aholisi orasidagi barcha kofir va munofiqlarni itqitib tashlag‘aydir»,- dedilar».

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anxu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga Dajjol xususida ancha gaplarni aytib berdilar. Xususan, bunday dedilar: «Dajjol Madinaga kirolmag‘aydir, chunkim ul Madinaga olib boradirgan yo‘llarga qadam qo‘ymoq imkonidan mahrum bo‘lib, shahar tashqarisidagi tuzloq yerga kelib tushg‘aydir. O’shal kuni shaharning eng fozil kishisi Dajjolga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘z hadislarida aytgan o‘shal Dajjol erkanlig‘ingni ko‘rib turibdirman»,- deydir. Dajjol: «Aytg‘il-chi, agar mana bul kishini o‘ldirib, keyin qayta tiriltirsam, mening ishim haq erkanlig‘iga shubha qilmasmisizlar?»-deydir. Odamlar: «Yo‘q»,- deyishg‘aydir. Dajjol o‘zi ko‘rsatgan kishini o‘ldirib, keyin qayta tiriltirg‘aydir, Shunda qayta tirilgan odam: «Xudo haqqi, men sening to‘g‘ringdagi so‘zlarga endi ishondim»,- der. Dajjol boyagi (fozil) kishini ham o‘ldirmoqchi bo‘lur, ammo harchand urinmasin, baribir o‘ldira olmag‘aydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:54:14
10-bob. Madina gunohdan forig‘ qiladir

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir badaviy Nabiy sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib, islomga bay’at qildi. Ertasiga ul bezgak tutib keldi-da: «Bay’atimdan qaytmog‘imga ijozat beringiz!» - dedi. Janob Rasululloh qat’iy bosh tortib: «Madina, temirchining bosqoni (dami) temir yuzidagi kuyukni ketkazgandek, gunohlarni ketkazg‘aydir»,- dedilar».

Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Uhud g‘azotiga chiqqanlarida ba’zi sahobalar orqaga qaytib ketishdi. Janob Rasululloh birlan birga qolgan sahobalarning ba’zilari ularni «o‘ldirg‘aymiz»,- deyishsa, ba’zilari «o‘ldirmasmiz»,- deyishdi. Shunda, «Munofiqlar xususida nega ikki taraf bo‘lib oldingizlar?!» degan oyat nozil bo‘ldi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam sahobalarga qarab: «Bu (Madina) temirchining bosqoni (dami) temir kuyukini ketkazgani yanglig‘ odamlar qabohatini ketkazg‘aydir»,- dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Yo parvardigor-o, Madinaga Makkaga bergan barkotingdan ikki barobar ko‘p barakot berg‘aysen!» - dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam safardan qaytayotib, uzoqdan Madina devorlarini ko‘rishlari bilanoq, tuyalarini tezlashtirar erdilar, Madinani shu qadar yaxshi ko‘rar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:54:30
11-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinaning huvillab qolmog‘ini yoqtirmaganlar

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Baniy Salama qabilasi Masjid un-Nabiyga yaqinroq yerga ko‘chib kelmoqchi bo‘ldi. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Baniy Salama, oxiratdan umid qilmasmisizlar?!»-deb erdilar, ular joylarida qolishdi...
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:55:18
12-bob.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Mening hujram birlan minbarim oralig‘ida jannat bog‘laridan biri joylashg‘aydir, minbarim ersa, Havzi Kavsar ustida bo‘lg‘usidir»,- dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida Abu Bakr birlan Bilol isitmalab qolishdi. Abu Bakr isitma zo‘riqqanda: «Uyimda bo‘lsaydim jon chiqar mahal,
Poyabzal ipidan yaqindir ajal» ,— der erdilar. Bilol ersa, isitma bir oz pasayganda, yig‘lab:
«Taqdirim ne erur, bilmasman, e voh,
Boshimga ajaldin kelurmu sipoh?
Bir kecha bo‘lsa ham, ona vodiyim,
Qo‘ynida yotsaydim, mehribon Olloh!
Qonib ichsam erdim, shaffof suvlarin,
Qaniydi, tashlasam, unga bir nigoh!»-

der erdilar. Bilol yana bunday der erdilar: «Yo parvardigor-o, vabo bizni yurtimizdan quvgandek, Shayba ibn Robi’a, Utba ibn Robi’a va Umayya ibn Xalafni la’natlab, quvgin!» Janob Rasululloh Ollohga iltijo qilib bunday . der erdilar: «Yo Olloh, bizga Madinani Makka singari yokim undan ham ortiqroq mahbub etg‘il! Yo Olloh, uning toshu-tarozusiga baraka ber, ahlini salomat qil, mana bularning bezgagini ersa, Juhfaga ko‘chirg‘il! (Juhfa Misrda bo‘lib, uning aholisi mushrik erdi).

Oisha onamiz bunday deydilar: «Biz Madinaga keldik. Bu yerda tez-tez vabo chiqib turar erdi. Madina vodiylari bo‘ylab ersa, oqin suvlar oqib turar erdi».

Zayd ibn Aslam otalari Aslamdan eshitib rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu: «Ey Olloh, o‘z yo‘lingda shahid bo‘lmoqni va Raflulloh sallallohu alayhi va sallamning shaharlarida (Madinada) jon taslim etmoqni menga nasib aylag‘il!»-der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 12 Oktyabr 2006, 05:55:44
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
RO’ZA KITOBI

1-bob. Ramazonda ro‘za tutmoqning farz ekanligi haqida


Bu xususda Olloh taolo bunday deydir: «Ey mo‘‘minlar! Sizlardan avval o‘tgan bandalarga farz qilingani yanglig‘, sizlarga ham ro‘za tutmoq farz qiling‘aydir. Shoyadki, sizlar taqvo qilsangizlar!»

Talha ibn Ubaydulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir badaviy sochlari to‘zigan holda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib dedi: «Yo Rasululloh! Menga xabar beringiz, Olloh menga qaysi namozlarni farz qilgan?» Janob Rasululloh: «Bir kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qilgan, biroq bunga qo‘shimcha tarzda xohlaganingcha nafl (ixtyyoriy namoz) o‘qimog‘ing mumkin».- deb javob berdilar. Badaviy: «Xabar beringiz, Olloh menga qaysi ro‘zani farz qilgan?»- deb so‘radi. «Ramazon oyining ro‘zasini tutmoqni, biroq bunga qo‘shimcha tarzda bir oz nafl ro‘za tutmog‘ing mumkin»,- dedilar Janob Rasululloh. U yana so‘radi: «Xabar beringiz, Olloh menga nimalar uchun zakot bermoqni farz qilgan?» Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga islomda zakot biriladirgan mollar qaysilar va ular qaysi miqdorga yetganda qanchadan va kimlarga berilishi haqida xabar berdilar. Badaviy: «Sizni mukarram qilgan xudo haqqi-hurmati, qasam ichib ayturmenkim, Olloh menga farz qilgan amali solihlarni ko‘paytirmasman ham, kamaytirmasman ham»,- dedi. «Agar bul kishi qavlida mustahkam bo‘lsa, najot topg‘usidir (yokim «jannatga kirgaydir» ,— dedilar shekilli)» ,— dedilar Janob Rasululloh».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu aytadirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘za tutar erdilar va boshqalarni ham shul kuni ro‘za tutmoqqa buyurar erdilar. Ramazon oyining ro‘zasi farz qilingandan so‘ng, Muharram oyida tutadirgan ro‘zani tark etdilar».

Abdulloh ibn Umarning o‘zlari ham Ramazonda ro‘za tutmoq farz qilingandan keyin Muharram oyida ro‘za tutmoqni tark etdilar. Ammo, nafl ro‘za Muharramning o‘shgachi kuniga to‘g‘ri kelsa, tutar erdilar.

Oisha raziyallohu anho aytadirlar: «Johiliya davrida (ya’ni, islomdan avval) Quraysh qavmi Muharramning o‘ninchi kuni ro‘za tutar erdi. So‘ng (ya’ni, islom dini barpo bo‘lgandan so‘ng), Janob Rasululloh Ramazonda ro‘za tutmoqni buyurib: «Xohlagan kishi Muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘za tutsin, xohlamagan kishi tutmasin»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:40:31
2-bob. Ramazon oyi ro‘zasining fazilati haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar: «Ro‘za (tutmoqlik) do‘zax o‘tidan asrovchi vositadir! Binobarin, ro‘za tutgan kishi haqorat so‘zlarini tilga olmasin, so‘zlashganda baqirmasin, birovni masxara qilmasin! Agar biror kishi ro‘zador birlan urishsa yokim uni haqorat qilsa, ro‘zador ikki bor: «Men ro‘zamen», desin! Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, ro‘zadorning og‘zidan kelgan bo‘y, Olloh nazdida mushk-anbar bo‘yidan ham xushbo‘yroqdir, chunkim Olloh taolo: «Ro‘zador meni deb yeb-ichmas va meni deb ro‘za tutar, binobarin uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen va har bir yaxshilig‘i evaziga mendan o‘n barobar mukofot olg‘usidir»,- deydir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:40:44
3-bob. Ro‘za tutmoqlik gunohlar uchun kafforat (gunohlarni yuvguvchi vosita) bo‘lishi haqida

Abu Voil raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Umar raziyallohu anhu: «Kim Nabiy sallallohu alayhi va sallamning fitna to‘g‘risida aytgan hadislaridan birortasini eslay olur?»-deb so‘radilar. «Men shunday hadisni eshitganman, -dedilar Huzayfa, - Janob Rasululloh: «Kishining oilasiga, molu dunyosiga berilib hamda qo‘shnisiga tenglashg‘ayman deb, bandachilik qilib, yo‘l qo‘ygan xatolarini uning o‘qigan namozi, tutgan ro‘zasi va qilgan sadaqasi yuvgaydir, ya’ni kafforat bo‘lg‘aydir»,- deganlar». Hazrat Umar: «Men bunday fitna to‘g‘risida so‘rayotganim yo‘q, men dengiz to‘lqinlaridek mavjlanib keladirgan eng katta fitnalar to‘g‘risida so‘ramakdamen»,- dedilar. «Unday fitna sizning davringizda chiqmag‘aydir, chunkim uning eshigi, ya’ni, chiqadirgan joyi qulflangandir»,-dedilar Huzayfa (Ul kishi «eshik» deganda Hazrat Umarning o‘zlarini nazarda tutdilar, chunkim Hazrat Umar davlatda fitnaga yo‘l qo‘ymovchi shaxs - xalifa erdilar). «Mazkur eshik fitnaga ochib berilg‘aydirmi yoki sindirilg‘aydirmi?»-deb so‘radilar Hazrat Umar.  Huzayfa:   «Sindirilg‘aydir»,- dedilar.  Hazrat Umar: «Fitnani to‘sib qololmagan eshik sindirmoqqa loyiqdir, chunkim ochilsa, uni qiyomatgacha berkitib bo‘lmas»,- dedilar. Biz Masruqqa: «Huzayfadan so‘rag‘il-chi, Hazrat Umar o‘sha fitna eshigini bilg‘aydirlarmi?»-deb aytdik. «Bilg‘aydirlar! Tundan keyin tong kelmog‘ini aniq bilganlaridyok, buni ham aniq bilg‘aydirlar»,-deb javob berdilar Huzayfa».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:41:00
4-bob. Ro‘za tutuvchilarning jannatga Rayyon nomli maxsus eshik orqali kirishlari xususida

Sahl raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Jannatda Rayyon nomli bir eshik bordir,- deydilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam,- bul eshikdan ro‘zani kanda qilmay tutganlargina kirg‘aydirlar, xolos. Qiyomat kuni «Ro‘zadorlar qani!» deb nido qiling‘aydir. Shunda, ular o‘rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishg‘aydir. So‘ng, eshik yopilg‘aydir. Ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmas».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Olloh yo‘lida nimaiki bo‘lsa ham, bir juftdan (ikki dinor, ikki dirham, ikki ko‘ylak, ikki do‘ppi) ehson qilsa, jannat eshiklaridan «Ey Ollohning bandasi, bu qilgan ishing xayrlik ishdir!» deb ichkariga da’vat qilyng‘aydir. Kimki namozxonlardan bo‘lsa, namozxonlar kiradirgan eshikdan, kimki jihod qilganlardan bo‘lsa, jihod qilganlar kiradirgan eshikdan, kimki ro‘za tutgan bo‘lsa, Rayyon nomli eshikdan, kimki ehson qilganlardan bo‘lsa, ehson qilganlar kiradirgan eshikdan chaqirilg‘aydir»,- dedilar. Abu Bakr raziyallohu anhu so‘radilar: «Otam-onam fidoyingiz bo‘lsin, yo Rasululloh! Bir eshikdan kiradirgan bo‘lganimdan keyin, hamma eshikdan chaqirilmog‘imning ne hojati bordir? Hamma eshiklardan chaqirilg‘aymi?». Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ha»,- deb javob berdilar, so‘ng: «,Men sizni hamma eshikdan chaqiriladigan bandalardan bo‘lmog‘ingizni istag‘aydirmen!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:41:16
5-bob. Ramazonmi yo Ramazon oyimi? «Unday desa ham bo‘ladir, bunday desa ham bo‘ladir»,- degan kishi haqida

Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ramazon ro‘zasini Ramazon oyi kelmasdan burun tutmangiz!» - deb aytganlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ramazon oyi kirsa, jannatning eshiklari ochilg‘aydir»,- deb aytganlar»,-deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ramazon kirsa, osmon eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari berkitilg‘aydir hamda shaytonlar kishanlang‘aydir»,- deganlar».
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ramazonda osmonda oyni ko‘rganingizdan keyingina ro‘za tutmoqni boshlangiz, Shavvol oyi kirgach, ro‘za tutmoqni bas qilingiz. Agar oyni bulut to‘sib qo‘ygan bo‘lsa-yu, siz uni ko‘ra olmasangiz, unda Sha’bon oyining o‘ttiz kunini to‘la o‘tkazib, so‘ng ro‘za tutingizlar!» - deganlarini eshitganman»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:41:59
6-bob. Kimki Ramazon ro‘zasini iymon-e’tiqod bilan, qanoat va ishonch bilan, yaxshi niyat qilib tutsa...

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yaxshilik qilishda hammadan ham saxiyroq erdilar. Xususan, Ramazon oyida, Jabroil alayhissalom birlan uchrashganlarida, yana ham saxovatlari oshib ketg‘ay erdi, chunki Janob Rasululloh to Ramazon tugaguncha, kechalari Jabroil alayhissalom birlan uchrashib, Qur’onni o‘qib berar va o‘zlarini imtihon qildirar erdilar. Hamisha ul Janob, Jabroil alayhissalom ila uchrashsalar, yaxshilik qilishga bo‘lgan saxovatlari kuchli shamoldan ham tezlashib ketar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:42:17
7-bob. Kimki ro‘zada yolg‘onchiligini qo‘ymasa va Olloh qaytargan narsalardan qaytmasa...

Kimki yolg‘on so‘zlamoqni tark etmasa va Olloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro‘za tutib, yemay-ichmay qo‘ygani birlan ro‘zasi qabul bo‘lmag‘aydir. Olloh unga rahmat nazarini tashlamag‘aydir.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:42:29
8-bob. Ro‘za tutgan kishini haqorat qilishsa «Men ro‘zadorman», deb aytadirmi?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Olloh taolo: «Bandalarimning odamlar ko‘zi tushgulik barcha qiladirgan ishlari (namoz o‘qimoqlari, xayr-ehson qilmoqlari, zakot bermoqlari) o‘zlari uchundir, tutadirgan ro‘zalari ersa, men uchundir (Xudo uchun bo‘lmaganda erdi, yashirincha yeb-ichib olmoq mumkin erdi, chunkim uni hech kim ko‘rmag‘aydir), binobarin, uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen»,- deydir. Ro‘za do‘zax o‘tidan saqlovchi vositadir, agar sizlardan birortangiz ro‘zador bo‘lsangiz, gunoh bo‘ladirgan so‘zlarni so‘zlamangiz, birov birlan janjallashmangiz, agar birov haqorat qilsa yokim urishsa, men ro‘zadormen, deb aytingiz. Ollohga qasam ichib ayturmenkim, ro‘zadorning og‘zidan keladirgan bo‘y Ollohning nazdida mushkdan ham xushbo‘yroqdir! Ro‘zador ikki bor xursand bo‘lur, biri - og‘iz ochganda (ya’ni, iftor qilganda), ikkinchisi - ro‘za tutib, yorug‘ yuz birlan Ollohga yo‘liqqanda!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:43:09
9-bob. Zino qilmoqdan qo‘rqqan kishining ro‘za tutmoqligi haqida

Alqama rivoyatqiladirlar: «Men Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu birlan birga ketayotgan erdim. Shunda Abdulloh: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bo‘lganimizda, ul Janob: «Kimki uylanmoqqa qodir bo‘lsa, uylansin, chunkim uylanmoq kishi ko‘zini nomahram ayollarga qaramoqdan, uni noshar’iy jinsiy aloqa qilmoqdan saqlag‘aydir. Agarda kimki uylanmoqqa qodir bo‘lmasa, ro‘za tutsin, chunkim ro‘za ro‘zadorning shahvatini (ayolga bo‘lgan rag‘batini) kesguvchidir!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:43:33
10-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Ramazon oyida yangi oy chiqqach (ko‘ringach), ro‘za tutingiz, Shavvol oyida yangi oy chiqqach, ro‘za tutishni bas qilingiz!» deganlari haqida

Sila raziyallohu anhu: «Kimki shak kuni ro‘za tutsa, Abu-l-Qosim (Janob Rasulullohni shunday deb ham atashar erdi) sallallohu alayhi va sallam oldilarida osiy bo‘libdir!» - deganlar.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon haqida bunday deganlar: «Ramazon oyida yangi oy chiqqanini ko‘rmaguningizcha, ro‘za tutmangiz, Shavvol oyida ham yangi oy chiqqanini ko‘rmaguningizcha, ro‘za tutmoqni to‘xtatmangiz. Agar bulut oyni to‘sib turgan bo‘lsa, Sha’bon va Ramazon oylarini to‘liq o‘ttiz kun, deb hisoblangiz».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deydirlar: «Sha’bon oyi yigirma to‘qqiz kun, lekin Ramazonda yangi oy chiqmaguncha ro‘za tutmangiz, agar bulut oyni to‘sgan bo‘lsa, Sha’bon oyini o‘ttiz kun qilib to‘ldirib, keyin ro‘za tutishni boshlangkz».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tepamizda turgan oy», deb ko‘rsatdilar-da, mana bunday, mana bunday qilib, ikki muborak qo‘llarining barmoqlarini yozib, ikki bor ishora qildilar, bu ersa yigirma sonini bildirg‘aydir. Keyin, boshmoldoqlarini tik qilib, ikkinchi qo‘llarining kafti birlan uni olib tashlagandek harakat qildilar, bu ersa, to‘qqizni bildirg‘aydir, jami yigirma to‘qqiz bo‘lur».

Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy o‘z ayollariga yaqinlik qilmag‘ayman, deb qasam ichdilar (Shariatda bunday qasam bor, uning nomi «iylo» deyilur). Yigirma to‘qqiz kun o‘tgandan so‘ng, ayollari oldiga kirdilar. Shunda, ul kishidan: «Siz bir oy kirmag‘ayman, deb qasam ichgan erdingiz-ku!» - deb so‘raganimda, «Tepamizdagi oy yigirma to‘qqiz kundir»,- dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy o‘z ayollariga yaqinlik qilmag‘ayman, deb qasam ichdilar, o‘sha paytda muborak oyoqlari chiqqan erdi. Bir xonada yigirma to‘qqiz kun turdilar, so‘ng xonadan chiqib, ayollari oldilariga kirganlarida, «Yo Rasululloh, bir oy yaqinlik qilmag‘ayman, deb qasam ichgan erdingiz-ku!» — deb aytishdi. Shunda, Rasululloh: «Bu oy yigirma to‘qqiz kundir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:44:34
11-bob. Ikkala hayit oylarining kunlari teng bo‘ladir

Imom Buxoriy: «Basharti ikkala hayit oylarining kunlari (o‘ttiz kundan) kam bo‘lganda ham, savobi to‘liqdir, ikkala oy ham baravariga kam kelmog‘i mumkin ermas!» — deydirlar.

Abdurrahmon ibn Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikki oy bir xil, ular o‘ttiz kundan kam bo‘lmag‘aydir, biri — Ramazon oyi, ikkinchisi — Zulhijja oyidir»,— deydirlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:46:21
12-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Biz yozmag‘aymiz ham, hisoblamag‘aymiz ham», deganlari haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ko‘pchiligimiz ummiy (o‘qimoq va yozmoqni bilmaydirgan) jamoadirmiz. Shul sababdan, biz arab jamoasi yozmoqni ham, yulduzlarga qarab hisoblamoqni ham va ularning qay tartibda harakat qilmog‘ini ham bilmasmiz, buning o‘rniga qiladirgan ibodatlarimizning vaqtlarini shundoq aniq va ko‘zga ko‘rinadirgan qilib belgiladikkim, bu belgilarni bilishda va hisob-kitob qilishda ummiylar ham, boshqalar ham birdir»,— deb, ikki muborak qo‘llarining barmoqlari ila mana bunday va mana bunday qilib, bir gal yigirma to‘qqiz va bir gal o‘ttiz raqamini ko‘rsatdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:47:06
13-bob. Ro‘zani, har ehtimolga qarshi, bir-ikki kun ilgari tutmaslik haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alaihi va sallam: «Hech kim ehtiyot yuzasidan Ramazondan bir yokim ikki kun ilgari ro‘za tutmasin, ro‘zani Ramazonda yangi oy chiqqanini ko‘rib, so‘ng tutsin, ammo haftaning ma’lum kunlari doimo nafl ro‘za tutib yurgan odam ro‘zasi Ramazonning dastlabki kunlariga to‘g‘ri kelib qolsa, tuta bersin»,— deb aytganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:47:17
14-bob. Olloh taoloning «Sizlarga Ramazon kechasida xotinlar ila jinsiy aloqa etmoqlik halol qilindi» degan oyati kariymasi xususida

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan birortasi ro‘zador holda iftorga kelsa-yu, lekin iftor qilmay, uxlab qolsa, to ertasi kuni kun botguncha unga yemoq ham, ichmoq ham, jinsyy aloqa ham mumkin ermas erdi (Ramazon ro‘zasini tutmoq farz bo‘lgan dastlabki davrlarda shundoq erdi). Qays ibn Sarmat al-Ansoriy degan sahoba ro‘za erdilar. Iftor vaqti bo‘lganda xotinlarining oldiga kelib, «Yegani biror narsang bormi?» — deb so‘radilar. Xotinlari: «Yo‘q, lekin siz uchun biron yegulik topib kelg‘ayman»,— dedi. Lekin, kuni bilan ishlaganliklari sababli, charchab, ko‘zlari uyquga ketdi. Xotinlari kelib qarasalar, iftor qilmay uxlab qolibdirlar. Shunda xotinlari: «Iftordan mahrum bo‘libsiz-ku!» — dedilar. Qays ibn Sarmat ertasiga ham ro‘zani davom ettirdilar. Kun yarim bo‘lgan paytda ochlikdan hushdan ketib qoldilar. Keyin, bu voqeani Nabiy sallallohu alayhi va sallamga aytib berishdi. Shunda, «Sizlarga Ramazon kechasida xotinlar ila jinsiy aloqa etmoqlik halol qilindi» degan oyat nozil bo‘ldi. Bundan sahobalar juda xursand bo‘ldilar. So‘ng, «Oq ipni qora ipdan ajratadirgan bo‘lguncha (ya’ni, tong yorishay deguncha) yeb-ichingizlar!» degan oyat ham nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:47:33
15-bob. Olloh taoloning «Oq ipni qora ipdan ajratadirgan bo‘lguncha yeb-ichingizlar, so‘ng ro‘zani tongdan boshlab, to kun botgunga qadar davom ettiringizlar!», degan oyati kariymasi haqida

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oq ipni qora ipdan ajratadirgan bo‘lguncha yeb-ichingizlar!» degan oyati kariyma nozil bo‘lganda, bir qatim oq va bir qatim qora ipni olib, yostig‘im ostiga qo‘yib, (yostig‘imni qiya qilib ko‘tarib) qaray boshladim, qancha tikilib qaramay, baribir qaysinisi oq va qaysinisi qora ekanligini sira ajrata olmadim. So‘ng, kunduzi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga borib, bo‘lgan voqeani aytib berdim. Janob Rasululloh: «Bundan maqsad, tun qorong‘usi-yu, kun yorug‘idir»,— dedilar».

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Oq ipni qora ipdan ajratadirgan bo‘lguncha yeb-ichingizlar!» degan oyat nozil bo‘ldi. Lekin, «Tongdan boshlab...» degan oyat hanuz nozil bo‘lmagan erdi. Shunda, odamlar ro‘za tutgan paytlarida, oyoqlariga oq va qora ip bog‘lab olib, to bir-biridan ajratadirgan bo‘lguncha yeb-ichaberdilar. Pirovardida, Olloh taolo «Tongdan boshlab...» degan oyati kariymasini nozil qildi. Bundan odamlar bildilarki, oq ip va qora ipdan maqsad, kecha va kunduz erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:47:45
16-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Bilol aytg‘an azon sizlarni saharlik qilmoqdan to‘xtatmasin!» degan so‘zlari haqida

Oisha raziyallohu anho: «Bilol kechasi azon aytar erdilar»,— deydilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga: «Ibn Ummu Maktum azon aytmaguncha yeb-ichaveringizlar, chunkim ul tong otishi arafasida azon aytg‘aydir»,— deganlar. Qosim ibn Muhammad bunday deydir: «Bilol birlan Ibn Ummu Maktumning azonlari o‘rtasida hech qancha vaqt yo‘q erdi, chunkim Bilol mezanadan tushishi birlan o‘rniga Ibn Ummu Maktum chiqar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:47:55
17-bob. Saharlikka ajratilgan vaqtdan to‘la-to‘kis foydalanmoq haqida

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men o‘z oilam birlan saharlik qilib bo‘lganimdan keyin, tez yurib borib, bomdodning birinchi rak’atidagi sajdani Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga qilmoqqa ulgurar erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:48:06
18-bob. Saharlik bilan bomdod o‘rtasidagi muddat

Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga saharlik qildik. So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozga (bomdodga) turdilar»,- dedilar. Anas raziyallohu anhu Zayddan: «Bomdodga aytilgan azon birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkalangiz qilgan saharlik o‘rtasida qancha muddat bor erdi?»-deb so‘radilar. Zayd: «Qur’ondan ellik oyat o‘qimoqqa ketadirgan vaqtcha bor erdi»,- dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:48:25
19-bob. Saharlikka turmay, ro‘zani ikkinchi kunga ulab yuborish majburiy ermas

Nabiy sallallohu alayhi va sallam va sahobalar (ba’zan) saharlik qilmay, ro‘zani ikkinchi kunga ulab yuborar erdilar, saharlik qilmoq eslariga kelmas erdi.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (ba’zan) saharlik qilmay, ro‘zani ikkinchi kunga ulab tutaverar erdilar. Boshqalar ham shundoq qilg‘aymiz, deb ancha qiynalib qolishgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga bu tariqa ro‘za tutmoqni man’ qildilar. Odamlar: «O’zingiz shunday ro‘za tutmoqdasiz-ku?!»- deyishganda, Janob Rasululloh: «Mening ahvolim sizlarning ahvolingizdan yaxshidir, chunkim menga yegan va ichganning quvvati berib turilgaydir»,- dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Saharlik qilingiz, chunkim saharlik qilishda barakot bordir!» - deganlar»,-deb rivoyat qiladirlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:48:38
20-bob. Kunduzi «ro‘zaman», deb niyat qilsa...

Ummu Dardo’ rivoyat qiladirlar: «Abu Dardo’: «Yeyishga ovqatlaring bormi?»-deb so‘rardilar, shunda biz: «Yo‘q»,- desak, «Bo‘lmasa, men bugun ro‘zaman»,-deb niyat qilingiz»,- derdilar. Abu Talha, Abu Hurayra, Ibn Abbos va Huzayfa raziyallohu, anhular ham shunday qilishar erdi (ya’ni, yegulik hech narsa bo‘lmasa, kunduzi niyat qilib, ro‘za tutishaverardi)».

Salama ibn Akva’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va salLam Muharram oyining o‘ninchi kuni: «Kimki bugun biror,narsa yegan bo‘lsa, boshqa hech narsa yemasin, ammo biror narsa yemagan bo‘lsa, kunning qolgan qismida ham yemay, ro‘za tutsin! », -deb odamlarga xabar qilmoqni topshirar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:48:54
21-bob. Ro‘za tutgan odam jimo’dan so‘ng g‘usl qilib ro‘zasini davom ettirsa...

Oisha va Ummu Salama raziyallohu anhumo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlari birlan yaqinlik qilganlarida tong otib qolardi. Shunda, Janob Rasululloh g‘usl qilib, ro‘za tutishni davom ettiraverardilar»,- deb aytishdi. Abdurrahmon ibn Haras ushbu hadisni Madina hokimi Marvonga aytib berganida, «Buni Abu Hurayraga aytib, uni bir mulzam qilmaydirsanmi?» - dedi (chunki, Abu Hurayra: «(Kechasi) jimo’ qilgan kishi ro‘zasini davom ettirmog‘i durust ermas»,-deb yurar erdilar). Marzonning: «Abu Hurayrani bir mulzam qilmaydirsanmi?» -degan gapi Abdurrahmonga yoqinqiramadi. Abdurrahmon bunday deydilar: «Men Zulhulayfa degan joyda Abu Hurayra birlan uchrashib qoldim. Shunda, mazkur hadisni ul kishiga aytib berdim-da, «Menga Marvon buyurmaganda, aytmas erdim»,-dedim. Abu Hurayra menga javoban: «Nahs odamning ro‘za tutishni davom ettirmog‘i durust ermas», degan hadisni menga Ibn Abbos aytib bergan erdi, ul kishi ersa, hammamizdan ko‘ra bilimdonroqdirlar»,- dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu Humom va Ibn Abdulloh ibn Umarga: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «(Kechasi) nahs bo‘lib qolgan odam (o‘sha kuni) ro‘za tutmasligi lozim»,- deb buyurar erdilar»,- degan ekanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:49:04
22-bob. Ro‘zador kishining badani xotinining badaniga tegishi mumkin

Oisha onamiz: «Ro‘zador kishi xotinining avratigagina yaqinlashmasligi lozim»,- deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ro‘za bo‘la turib, ayollarini o‘par erdilar, muborak badanlari ularning badanlariga tegar erdi, lekin ul Janob o‘z nafslarini sizlardan ko‘ra, ko‘proq tiya bilgan odam erdilar (ammo, o‘z nafsiga kuchi yetmaydiganlarning ro‘za tutgan holda xotiniga bunday muomalada bo‘lmog‘i xatarlidir)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:49:16
23-bob. Ro‘zador kishining o‘z ayolini o‘pmog‘i haqida

Jobir ibn Zayd: «Agar ro‘zador kishi o‘z xotiniga muhabbat ila qarasa-yu, tahorati sinsa, ro‘zasini davom ettiraverg‘aydir»,- deydirlar.

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro‘za tutgan hollarida ba’zan xotinlarini o‘par erdilar»,- dedilar-da, kulib qo‘ydilar.

Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan bir to‘shakda yotgan erdim, to‘satdan hayz ko‘rib qoldim. Shunda, Janob Rasulullohning bag‘rlaridan sekingina chiqib ketdim. Janob Rasululloh: «Nima, hayz bo‘lib qoldingmi?»-dedilar. Men: «Ha»,- dedim-da, kiyimlarimni almashtirib, yana to‘shakka kirdim».

Ummu Salama va Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkalalari ham nahs bo‘lib qolganlarida bir idishdan g‘usl qilar erdilar. Janob Rasululloh ro‘za bo‘lsalar ham Ummu Salamani o‘par erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:49:33
24-bob. Ro‘za tutgan odamning g‘usl qilmog‘i haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu ro‘za tutgan bo‘lsalar ham, bir ko‘ylakni xo‘llab, o‘z ustlariga tashlab qo‘ymoqni buyurdilar. Imom Sha’biy ro‘za tutgan bo‘lsalar ham hammomga kirdilar. Ibn Abbos: «Kishi ro‘za bo‘la turib qozondagi taomning tuzini tili birlan tatib ko‘rib, ichiga yutmasdan tuflab tashlasa, zarari yo‘qdir»,- deydirlar. Hasan Basriy: «Ro‘zador kishi og‘ziga suv olib, chayqab tashlasa, suv birlan badaniga orom bersa bo‘lur»,- deydilar. Ibn Mas’ud: «Qaysi biringiz ro‘za tutsangiz, badaningizga xushbo‘y narsalardan surtib, o‘zingizga oro beringiz!»- deb tavsiya qiladirlar. Anas raziyallohu anhu: «Menda bir katta idish bor, unga suv to‘ldirib, ro‘za bo‘lishimga qaramay, ichiga tushib olg‘ayman»,-deydilar. Janob Rasululloh ro‘za tutgan paytlarida ham misvok birlan tishlarini tozalar erdilar, deyishadi. Ibn Umar: «Ro‘zador odam ertalab va kechga yaqin misvok birlan tishini tozalamog‘i mumkin»,- deydilar. Ato raziyallohu anhu: «Ro‘zador odam tupugini yutsa, ro‘zasi ochilg‘aydir. demasman»,- deydilar. Ibn Sirin: «Ro‘zador odam misvok ishlatsa, zarari yo‘qdir»,- deb aytdilar. Shunda ul kishiga: «Misvok nam bo‘lgach, og‘izga uninG mazasi chiqadir-ku!» - deyishdi. Ibn Sirin: «Ro‘zador bo‘la turib suv birlan og‘iz chayqaladir-ku, unda ham maza bor-ku!»-deb javob qildilar. Anas va Hasan Basriy: «Ro‘zador odam surma ishlatsa, zarari yo‘qdir»,- deyishadi.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazonda subh vaqtida bulg‘anib qolar erdilar. So‘ng, g‘usl qilib, ro‘za tutishni davom ettiraverardilar».

Abu Bakr ibn Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Otam birlan birga Oisha raziyallohu anhoning uylariga kirdik. Shunda Oisha onamiz: «Qasam ichib ayturmenkim, Janob Rasululloh jinsiy yaqinlik qilmay turib, nahs bo‘lib qolganlarida (bulganib qolganlarida) g‘usl qilardilar-da, ro‘za tutishda davom etaverardilar»,- deb aytdilar. So‘ng, biz Ummu Salama oldilariga kirdik, ular ham Oisha onamiz aytgan gaplarni aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:49:45
25-bob. Ro‘zador kishi esidan chiqib biror narsa yeb-ichib qo‘ysa...

Ato raziyallohu anhu: «Agar bir kishi burniga suv olib (tahorat chog‘ida), hammasini chiqarib yuborolmay, ozrog‘i dimog‘i orqali tomog‘iga o‘tib ketsa, uning zarari yo‘qdir»,- deydilar.

Hasan Basriy: «Ro‘zadorning tomog‘iga pashsha kirib ketsa, zarari yo‘qdir»,-deydilar.

Hasan va Mujohid: «Agar ro‘za tutgan kishi ro‘zaligi esida bo‘lmay, o‘z xotini birlan jinsiy aloqa qilib qo‘ysa, hech zarari yo‘qdir»,- deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar ro‘zador odam esidan chiqib yebichib qo‘ysa, ro‘zasini davom ettirsin, chunkim uni Olloh yeb-ichiribdir», deganlar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:50:03
26-bob. Ro‘zador odam ho‘l va quruq misvokni ishlatsa...

Omir ibn Rabiy’a: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ro‘zador bo‘la turib, misyuk ishlatganlarini juda ko‘p ko‘rganman»,- deydilar. Abu Hurayra: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Agar ummatimga og‘ir bo‘lmog‘ini o‘ylamaganimda, har tahorat qilganda misvok ishlatmakni buyurgan bo‘lar erdim»,-deb aytganlar»,- deydilar. Abu Hurayra Janob Rasululloh haqlarida rivoyat qilgan hadislariga o‘xshash boshqa bir hadisni Jobir va Zayd ibn Xolid ham aytib berishgan. Imom Buxoriy: «Mazkur hadis ro‘zador odamgagina taalluqlidir» ,— deydilar.

Oisha oiamiz: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Misvok birlan og‘iz tozalamak Olloh taolo rizoligi uchun qilinadirgan amaldir!» - deganlar» ,— deydilar. Ato va, Qatoda: «Ro‘za tutgan kishi tupugini yutsa, zarari yo‘qdir»,-deb aytishadi.

Humron rivoyat qiladirlar: «Men Usmon raziyallohu anhuning tahorat qilganlarini ko‘rdim. Ul kishi avval uch bor ikki qo‘llariga suv quydilar, so‘ng, og‘iz va burun chayqadilar, keyin uch bor yuzlarini yuvdilar, keyin uch bor o‘ng va chap qo‘llarini tirsak birlan qo‘shib yuvdilar, so‘ng o‘ng hamda chap oyoqlarini uch bor yuvdilar. Keyin, menga qarab: «Rasululloh, xuddi hozir men qilgan tahoratdek, tahorat qilib, «Kimki hozirgi mening tahoratimdek tahorat qilsa, keyin ikki rak’at namoz o‘kib, namoz vaqtida namozga aloqador bo‘lmagan so‘zlarni so‘zlamasa, shul vaqtgacha qilgan mayda gunohlarining hammasi kechirilg‘aydir»,- deb aytganlar»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:50:16
27-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Birortangiz tahorat qilsangiz, albatta dimog‘ingizga suv olib chayqangiz!» deganlari hamda bunda ro‘zador bkrlan ro‘za tutmaganlarni ajratmaganlari haqida

Hasan Basriy: «Ro‘zador dimog‘iga dori quysa-yu, tomog‘iga ketib qolmasa, zarari yo‘qdir hamda ro‘zador surma qo‘ysa ham bo‘lur», - deydilar. Ato raziyallohu anhu: «Ro‘zador og‘ziga suv olib, chayqab tashlasa-yu, tupugi va og‘zida qolgan suvni yutib yubormasa, zarari yo‘kdir. Ro‘zador saqich chaynamasligi kerak, mobodo saqich chaynasa-yu, so‘lagini yutsa, ro‘zasi ochilg‘aydir, demasman»,- deydilar. Lekin, ko‘pchilik ulamolar saqich chaynaganda chiqadirgan so‘lakni yutmaslik kerakligini aytib, «Ro‘zador dimog‘ini chayqaganda tomog‘iga suv ketsa, zarari yo‘qdir, chunkim ul tomog‘iga ketayotgan suvni qaytarishga qodir ermas»,- deyishadi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:50:27
28-bob. Ramazonda xotini bilan yaqinlik qilsa...

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Kimki Ramazonda kasal bo‘lmay turib, uzrsiz bir kun ro‘za tutmasa, o‘sha uzrsiz ro‘za tutmagan bir kun evaziga umr bo‘yi ro‘za tutsa ham, Ramazondagi bir kunlik ro‘zaning savobiga erisha olmaydir»,- deydilar. Ibn Mas’ud ham xuddi shunday degan ekanlar. Sa’id ibn Musayyab, Sha’biy, Ibn Jubayr, Ibrohim Qatoda va, Hammodlar: «Uzrsiz tutilmagan bir kunlik ro‘za evaziga yana bir kun qo‘shimcha ro‘za tutg‘aydir»,- deydilar.

Abdulloh ibn Zubayr quyidagi hadisni Oisha raziyallohu anhodan eshitgan ekanlar: «Bir kishi Nabiy sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, «Men o‘zimni o‘zim kuydirdim!» - dedi. Janob Rasululloh: «Ne qilding?» -dedilar. Boyagi kishi: «Men Ramazonda kunduzi xotinimga yaqinlik qilib qo‘ydim», -dedi. Shu payt, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir katta zambilda xurmo keltirib qolishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Boyagi o‘zini o‘zi kuydirgan kishi qani?» - deb so‘radilar. «Men shu yerdaman»,-dedi u. Janob Rasululloh: «Qilgan gunohingni yuvmok; uchun (kafforat uchun) mana shul xurmoni odamlarga ehson qilg‘il!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:50:37
29-bob. Ramazon kuklari kunduzi xotinga yaqinlik qilib qo‘ysa-yu, buning kafforati uchun beradirgan hech narsasi bo‘lmasa....

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Biz Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘tirgan erdik. Shu payt, bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, men halok bo‘ldim!» - dedi. Janob Rasululloh: «Senga ne bo‘ldi?» -dedilar. Boyagi kishi: «Ro‘za holimda kunduz kuni o‘z xotinimga yaqinlik qilib qo‘ydim»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir qul ozod qilmoqqa qurbing yetg‘aydirmi?» - deb so‘radilar. O’: «Yo‘q, qurbim yetmag‘aydir»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ikki oy ketma-ket ro‘za tuta olurmisen?»-dedilar. U: «Yo‘q»,-dedi. Janob Rasululloh: «Bo‘lmasa, oltmish kishiga taom bera olurmisen?»-dedilar. U: «Yo‘q»,- dedi-da, jim qoldi. Shu asnoda Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir katta savatda to‘la xurmo keltirib qolishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Boyagi odam qani?» - deb so‘radilar. U: «Shu yerdaman»,- dedi. Janob Rasululloh: «Mana bu xurmoni olib, kambag‘allarga ehson qilg‘il»,- dedilar. U: «Yo Rasululloh, Ollohga qasam ichib ayturmenkim, Madinada mening xonadonimdan kambag‘alroq xonadon yo‘q»,- dedi. Janob Rasululloh tabassum qildilar, hatto muborak og‘izlaridagi tishlari ham ko‘rinib ketdi: «Undoq bo‘lsa, xurmoni olib borib, oilangga yedirg‘il»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:50:48
30-bob. Ramazon kuni xotiniga yaqinlik qilib qo‘ygan kishi, oilasi muhtoj bo‘lsa, beradigan kafforatini oilasiga yediradimi?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam huzurlariga bir kishi kelib, Ramazonda o‘z ahliyasi birlan jinsiy aloqa qilib qo‘yganini aytdi. Janob Rasululloh: «Qilgan gunohing evaziga qul ozod qilmoqqa qodirmisen?»-deb so‘radilar. U kishi: «Yo‘q»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ikki oy ketma-ket ro‘za tutmoqqa qodirmisen?» - deb so‘radilar. U yana: «Yo‘q»,-deb javob berdi. Janob so‘radilar: «Oltmish kishiga taom bermoqqa qodirmisen?» U kishi: «Yo‘q»,- dedi. Shu payt, Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir savat xurmo hadya qilindi. Janob: «Bu xurmoni o‘z nomingdan muhtojlarga yedirg‘il!» -dedilar. U kishi: «Yo Rasululloh, Madina shahrida mening oilamdan ham muhtojroq oila bormi?» - dedi. «Undoq bo‘lsa, buni o‘z oilangga yedirg‘il!» - dedilar Rasululloh».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:51:02
31-bob. Ro‘zadorning qon oldirishi va qayt qilishi haqida

Abu Hurayra: «Agar ro‘zador qayt qilsa, ro‘zasi ochilmaydir, chunki bu holda ovqat ro‘zadorning oshqozonidan chiqadir, unga kirmaydir»,- deydilar. Abu Hurayraning boshqa bir rivoyatlarida «Ro‘zador qayt qilsa, ro‘zasi ochiladir», deb aytilgan, lekin avvalgisi to‘g‘ri. Ibn Abbos va Ikrima: «Ro‘za qoringa kirgan narsadan ochiladir, chiqqan narsadan ermas»,- deydilar. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu  ro‘za  bo‘la  turib,  kunduzi  qon  oldirar  erdilar,  so‘ng  kechasi oldiradirgan bo‘ldilar. Abu Muso ham kechasi qon oldirardilar. Sa’d, Zayd ibn Arqom va Ummu Salamalar ro‘za bo‘la turib, kunduzi qon oldirishgani haqida rivoyat qilingan. Bukayr Ummu Alqama: «Oisha raziyallohu anho huzurlarida ro‘za holimizda qon oldirar erdik, lekin ul kishi bizni bundan qaytarmas erdilar»,- deydilar. Hasan Basriy va boshqalar: «Kishi ro‘za holda qon oldirsa, qon olganning ham, oldirganning ham ro‘zasi ochilg‘aydir», - deb rivoyat qilishadi.

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ehromda bo‘lgan chog‘larida va ro‘za tutgan paytlarida qon oldirganlar»,- deb rivoyat qiladirlar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam ro‘za hollarida qon oldirar erdilar»,- deydilar.

Sobitulbunoniy Anas raziyallohu anhudan: «Ro‘zadorning qon oldirishini yoqtirmas erdingizlarmi?» - deb so‘radilar. U kishi: «Ha, qon oldirgandan so‘ng, madori qurib qolishini yoqtirmas erdik»,- deb aytdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:51:16
32-bob. Safarda ro‘za tutmoq va tutmaslik haqida

Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Janob Rasululloh bir kishiga: «Iftor qilmog‘im uchun ulovdan tushib, sutni suvga (yokim talqonni suvga) aralashtirib berg‘il!»-deb buyurdilar, Ul kishi: «Quyoshning nurlari hali so‘ngani yo‘q-ku?!»-dedi. Janob Rasululloh ikkinchi marta buyurdilar. Boyagi kishi yana: «Quyoshning nurlari hali so‘ngani yo‘q-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh uchinchi marta buyurganlaridan keyin, u ulovdan tushib, sutni suvga aralashtirib berdi. Janob Rasululloh o‘shandan ichib, og‘iz ochdilar. So‘ng, muborak qo‘llari birlan kun botar tomonga ishora qilib, «Agar qorong‘ulik mashriq tomondan tusha boshlasa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar».

Oisha raziyallohu anho: «Hamza ibn Amrulaslamiy: «Yo Rasululloh, men har doim, har kuni ro‘za tutg‘ayman»,- deb aytdi»,- deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hamza ibn Amrulaslamiy Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan «Safarda bo‘lganimda ham ro‘za tutaverayinmi?» -deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Xohlasang tutg‘il, xohlamasang, tutmag‘il!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:51:28
33-bob. Agar kishi Ramazonda bir necha kun ro‘za tutib, so‘ng safarga chiqsa...

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonda Makkaga safar qildilar. Shunda, Kadid degan joyga kelguncha ro‘za tutdilar, undan so‘ng ro‘za tutmadilar. Buni ko‘rgan odamlar ham ro‘za tutmay qo‘yishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:51:38
34-bob.

Abuddardo’ raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Odamlar qo‘llarini boshlariga soyabon qiladirgan darajada havo isib ketadigan paytlarda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarga chiqar erdik. Bunday safarlarda Janob Rasululloh va Ibn Ruvohadan boshqa hech kim ro‘za tutmas erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:51:47
35-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Jazirama issiqda safarga chiqqan odamning ro‘za tutmog‘i yaxshi ermas» deganlari haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safar chog‘ida bir to‘da kishilarning kimnidir Quyoshdan pana qilmoqqa urinishayotganini ko‘rib: «Ne qilmoqdasizlar?» - dedilar. Shunda, ular boyagi kishining ro‘zador ekanligini aytishdi. Janob Rasululloh: «Safarda ro‘za tutmoq yaxshi ermas»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:51:58
36-bob. Nabiy sallallohu alayqi va sallamning sahobalari bir-birlariga ro‘za xususida ta’na qilishmas erdi

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Ayrimlarimiz ro‘za tutgan va ayrimlarimiz ro‘za tutmagan erdik. Shunda, ro‘za tutmagan kishiga «Nega tutmag‘aysan?», deb yoki tutgan kishiga «Nega safarda ro‘za tutg‘aysan?», deb ta’na qilmas erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:52:11
37-bob. Safarda ro‘za tutgan kishining «Odamlar mendan ibrat olsin», deb oshkora og‘iz ochganligi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyida Makkaga qarab safarga chiqdilar. Asfon degan yerga yetguncha necha kun ketgan bo‘lsa, shuncha kun ro‘za tutdilar. O’sha yerga yetgandan so‘ng, Janob Rasulo‘lloh suv keltirmakni buyurdilar. Suv keltirishgach, odamlar ko‘rsin, deb ataylab baland ko‘tarib ichdilar. Keyin, Makkaga yetguncha ro‘za tutmadilar. Bu voqea Ramazonda bo‘lgandi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarda ko‘pincha ro‘za tutardilar va ba’zan tutmay ham yurardilar. Shuning uchun bu galgi safarimizda xohlagan ro‘za tutdi, xohlamagan tutmadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:52:23
38-bob.

Ibn Umar va Salama ibn al-Akva’: «Olloh taoloning «Ro‘za tutmoqqa qurbi yetadirgan kishilar ro‘za tutmasalar, bir kunlik ro‘za evaziga bir miskin to‘yadirgan taom bersinlar!» degan oyatini uning keyingi - «Kimki Ramazon oyi kelgach, ro‘za tutmoqqa qodir bo‘lsa, ro‘za tutsin... », degan oyati bekor qilgan»,- deyishadi. Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sahobalari - Abu Laylo bunday deydilar: «Ramazon oyida ro‘za tutmoq haqidagi oyat nozil bo‘lganda biz ro‘za tutmoqqa juda qiynaldik, shunda ro‘za tutmoqqa qodir bo‘lmaganlarga bir kunlik ro‘za o‘rniga bir miskin to‘yadirgan miqdorda fidya (to‘lov) bermakka ruxsat etildi. Keyinchalik ersa, «Ro‘za tutganingiz taom berganingizdan afzalroqdir!» degan oyat nozil bo‘lib, avvalgi oyatni bekor qildi va bizga ro‘za tutmoq buyurildi».

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu: «Ro‘za tutmaganlar har kungi ro‘zasi uchun bir miskin to‘yadirgan taom bersin!» degan oyatni o‘qib, « Bu oyat bekor qilingan»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:52:35
39-bob.

Ibn Abbos: «Agar kishi bir necha kun ro‘za tuta olmagan bo‘lsa, Ramazon oyidan so‘ng tutsa ham bo‘lur, uzluksiz bo‘lmog‘i shart ermas. Chunki Olloh taolo: «Tuta olmagan ro‘zalaringizni boshqa kunlarda tutib berg‘aydirsizlar, degan»,-deydilar. Sa’id ibn Musayyab: «Ro‘zaning qazosi Zulhijja oyining o‘ninchi kunigacha tutilgani yaxshiroq, chunki kelgusi Ramazon oyigacha tutilmay qolib ketsa, yaxshi ermas»,- deydilar. Ibrohim: «Kishi Ramazon oyida beparvo bo‘lib, ro‘za tutmasa, keyingi Ramazon oyi kelganda har ikkalasini bir qilib tutishi kerak bo‘ladi, qazo bo‘lgan ro‘za uchun fidya bermoq yaxshi ermas»,- deydilar. Abu Hurayra va Ibn Abbos: «Ramazon oyi kelganda kimki ro‘za tutolmay qolsa, qazo bo‘lgan ro‘zasi evaziga bir miskin (kambag‘al, bechora) to‘ygudek taom bermog‘i kerak»,- deganlar. Imom Buxoriy ersa: «Olloh taolo qazo qilingan ro‘zalar o‘rniga taom bermoqni ermas; balkim ro‘za tutib bermoqni amr qilgan»,- deydilar.

Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Ramazonda tuta olmagan ro‘zalarimning qazosini to Sha’bon oyi kelmaguncha tuta olmas erdim»,-dedilar. Chunkim, Janob Rasululloh ham Sha’bon oyida ro‘za tutar erkanlar. Yahyo: «Ul kishining Sha’bon oyigacha ro‘za tuta olmasliklariga sabab Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan mashg‘ul erkanliklaridadir»,- deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:52:45
40-bob. Hayz ko‘rgan ayolning ro‘za va namozni tark qilmog‘i haqida

Abuzzanod rivoyat qiladirlar: «Payg‘ambarning sunnatlari va shar’iy ishlari ko‘pincha kishi fikriga xilof bo‘lur, binobarin musulmon kishi biror shariat hukmini o‘z fikriga, aqliga xilof, deb bilsa, albatta shariat ko‘rsatgan yo‘lga ergashmog‘i shartdir. Shunday ishlardan bittasi hayz ko‘rgan ayolning ro‘za qazosini tutib, namoz qazosini o‘qimasligidir».

Abu Sa’id raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Hayz ko‘rgan xotinlarning namoz o‘qimasligi va ro‘za tutmasligi ular e’tiqodidagi nuqs ermasmu?» - deganlar (ya’ni, ayollar Olloh taologa ibodat qilmoq xususida erkaklarga nisbatan ayrim nuqsonlarga egadir)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:52:55
41-bob. Vafot qilgan kishi zimmasida qolgan ro‘zaning hukmi

Hasan Basriy: «Vafot qilgan kishi zimmasida o‘ttiz kun ro‘za qolgan bo‘lsa, o‘ttiz kishi bir kundan tutib bersa bo‘lg‘aydir»,- deganlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki vafot qilsa, uning zimmasida qolgan ro‘zalarini (ya’ni, tuta olmagan ro‘zalarini) vafot qilgan kishining yaqinlari tutib berg‘aydirlar»,-deganlar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kishi'Nabiy*sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, onam, zimmalarida bir oylik ro‘za bo‘lgan hollarida vafot qildilar, o‘sha zimmalaridagi ro‘zani men ado qilsam bo‘lurmi?» - deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Ha,- bo‘lg‘aydir. Chunki Ollohning qarzini ado etmoq boshqa qarzlarni ado k;ilmoqdan ham zarurroqdir! »- dedilar». : '
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:53:06
42-bob. Ro‘zador qaysi vaqtda ogaz ochsa, yaxshi bo‘ladir? Abu Sa’id quyosh gardyshi ko‘rinmay qolgaida ogiz ochar erdilar

Umar ibn Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar qorong‘ulik mashriqdan kela boshlasa, yorug‘lik ersa mag‘ribdan keta boshlasa va quyosh botsa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar».

Ibn Abu Avfo rivoyat qiladirlar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga safarda erdik, ul kishi ro‘za erdilar. Kun botgandan so‘ng, bir kishiga og‘iz ochmoq uchun sut birlan suvni aralashtirmoqni buyurdilar. U kishi ersa: Og‘iz ochmoqqa hali ertaroq zrmasmikin?» - dedi, Janob Rasululloh buyruqlarini uch bor takrorlaganlaridan so‘ng, u kishi ichimlik suvi tayyorladi. Nabiy sallallohu alayhi a sallam suv ichib: «Agar qorong‘ulik mashriqdan kelayotgan bo‘lsa, ro‘zadorning ro‘zasi ochilgan bo‘lur»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:53:19
43-bob. Ro‘zadorning o‘zida mavjud bo‘lgan suv yoki boshqa narsalar bilan og‘iz ochishi mumkinligi haqida

Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yurgan erdik. Ul kishi ro‘za erdilar. Kun brtgandan so‘ng, «Ey Bilol, ulovdan tushib, bizga og‘iz ochmoq uchun sut birlan suvni aralashtirib berg‘il!»- dedilar. Bilol: «Yo Rasululloh, og‘iz ochmoqni bir oz kechiktirsangiz bo‘larmi erdi?»-dedilar. Janob Rasululloh yana: «Suv tayyorlag‘il!» - dedilar. U kishi yana: «Hali yorug‘-ku!»- dedilar. Janob Rasululloh yana: «Suv tayyorlag‘il!» - dedilar. Shundan so‘ng, Bilol suv tayyorlab berdilar. Shunda, Janob Rasululloh: «Agar qorong‘ulik mana bu tomondan (qo‘llari birlan mashriq tomonga ishora qildilar) kelsa, ro‘zador og‘iz ochg‘aydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:53:34
44-bob, Kun botishi bilanoq iftor qilmoq haqida

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ro‘zadorlar quyosh botishi birlan bir paytda og‘iz ochsalar, doimo yaxshilik ko‘rg‘aydirlar»,— deganlar».

Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik, Janob Rasululloh kechgacha ro‘za tutdilar. So‘ng, bir kishiga: «Og‘iz ochmoqqa narsa (suv) tayyorlag‘il!» - dedilar. U kishi: «Yana bir oz kech kirishini kutsak yaxshi bo‘larmidi?»-dedi. Janob Rasululloh: «Agar tunning mashriq tomondan kelayotganini ko‘rsang, bo‘ldi, ro‘zador bo‘lsang, og‘iz ochaverg‘il!»-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:53:43
45-bob. Agar Ramazonda og‘iz ochilgandan so‘ng quyosh ko‘rinib qolsa...

Asmo binti Abu Bakr: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam davrlarida havo bulut kuni og‘iz ochdik, biroq og‘iz ochilgandan so‘ng Quyosh chiqib qoldi»,- dedilar. Mazkur hadis roviylaridan biri - Hishomdan: «O’sha kungi ro‘zaning qazosini tutmoqni buyurdilarmi?» - deb so‘rashganda, ul kishi: «Ro‘zaning qazosini albatta tutmoq lozim»,- deb javob qildilar. Ma’mar ersa: «Hishom o‘shanda ro‘za qazosini tutishganmi, yo‘qmi, bilmadim, deb aytgan erdi»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:53:54
46-bob. Yosh bolalarning ro‘za tutmog‘i haqida

Umar raziyallohu anhu Ramazonda may ichgan Nashvon degan kishiga: «Yosh bolalarimiz ro‘za tutsalar-u, sen may ichib yursang?! Bu qilmishing uchun do‘zax azobiga giriftor bo‘lg‘il!» - deb sakson darra urdilar.
Rabi’ binti Muavvaz rivoyatqiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Muharram oyining o‘ninchi kuni ertalab Madina tegrasidagi qishloqlarga «Kimki ro‘za tutmagan bo‘lsa, to kun botguncha hech narsa yemasin, kimki ro‘za tutgan bo‘lsa, ro‘zasini davom ettirsin!», deb xabar yubordilar. O’sha kuni o‘zimiz ham, yosh bolalarimiz ham ro‘za tutgan erdik. Bolalarimiz qorinlari ochib, yig‘lasalar, ularni iftorgacha ovuntirish uchun bo‘yalgan jundan o‘yinchoqlar yasab bergan erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:54:12
47-bob. «Ikki va undan ortiq kun iftor qilmay, uzluksiz ro‘za tutmoq hamda kechasi ro‘za tutmoq durust ermas»,- degan kishilar haqida

Olloh taolo: «Ro‘zani kun botguncha davom ettiringiz!» - degan. Nabiy sallallohu alayhi va sallam kishilarga rahm-shafqat qilib, ularning salomatliklarini o‘ylab, uzluksiz ro‘za tutmoqdan qaytarganlar va «Dinda buyurilmagan narsalarni qilaman, deb o‘zini qiynamaklik durust ermas»,-deganlar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Uzluksiz ro‘za tutmangiz!» - deganlarida, «O’zingiz shunday ro‘za tutg‘aydirsiz-ku?!» - deyishdi. Janob : «Men sizlarga o‘xshagan ermasmen, uzluksiz ro‘za tutganimda, Olloh tomonidan kechalari yeb-ichirilg‘aymen»,- dedilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzluksiz ro‘za tutmoqdan qaytarganlarida, odamlar:

«O’zingiz tutg‘aydirsiz-ku?!»-deyishdi.  Shunda, Janob Rasululloh:  «Meni Olloh kechalari yedirg‘aydir va ichirg‘aydir» ,— dedilar».

Abu Sa’id rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarni uzluksiz ro‘za tutmoqdan qaytarib: «Agar xohlasangiz, to sahargacha tutingiz!» - deganlarida, odamlar: «Yo Rasululloh, o‘zingiz tutg‘aydirsiz-ku?!» -deyishdi. Janob: «Men. sizlarga o‘xshagan ermasmen, chunki kechasi Olloh tomonidan taomlantirg‘uvchi kelib, menga taom berg‘aydir va sug‘org‘uvchi kelib, suv berg‘aydir»,- dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh oda.mlarga rahm-shafqat qilib, uzluksiz ro‘za tutmoqdan qaytarganlarida, ular: «Uzingiz tutg‘aydirsiz-ku?!» - deyishdi. Ul kishi: «Men sizlarga o‘xshagan ermasmen, meni rabbim yedirib-ichirib turg‘aydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:54:28
48-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning haddan ziyod uzluksiz ro‘za tutganlarni koyiganlari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarni ro‘zani uzluksiz tutmoqdan qaytardilar. Shunda, musulmonlardan biri: «Yo Rasululloh, o‘zingiz uzluksiz ro‘za tutg‘aydirsiz-ku?!»-dedi. Janob: «Qaysi biringiz mendek bo‘la olursiz? Meni kechasi rabbim yedirib-ichirg‘aydir»,- dedilar. Odamlar uzluksiz ro‘za tutmaslikka ko‘nishmagandan so‘ng (sahobalar Rasululloh qilgan ishni qiynalsalar ham qilib, savob topmoq maqsadida ko‘nishmagan erdi), Janob Rasululloh ular birlan birga ketma-ket og‘iz ochmay, ikki kun ro‘za tutdilar. Uchinchi kuni yangi oy chiqib qoldi, shunda Janob Rasululloh: «Agar yangi oy ko‘rinmaganda uzluksiz ro‘za tutaverar erdim»,- dedilar-da, sahobalarni uzluksiz ro‘za tutganlari uchun bir oz koyigandek bo‘ldilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ikki marta ketma-ket og‘iz ochmay, ro‘za tutmoqdan ehtiyot bo‘lingiz!» -dedilar, shunda ular: «Uzingiz tutg‘aydirsiz-ku?!» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Meni Olloh kechasi yedirib-ichirg‘aydir. Sizlar qurbingiz yetadirgan ishni qilmog‘ingiz lozimdir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:54:38
49-bob. Faqat sahargacha uzluksiz ro‘za tutmoq haqida

Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uzluksiz ro‘za tutmangiz, agar qay biringiz uzluksiz ro‘za tutmoqni ixtiyor etsangiz, faqat sahargacha davom ettiringiz»,- dedilar. Odamlar: «Yo Rasululloh, o‘zingiz tutgaydirsizku?!» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Men sizlarga o‘xshagan ermasmen, menga kechasi taomlantirg‘uvchi kelib, taom berg‘aydir, suv berg‘uvchi kelib, suv ichirg‘aydir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:54:54
50-bob. Bir odam nafl ro‘za tutgan boshqa bir odamga «og‘iz ochasan!», deb turib olsa-yu, lekin uning og‘iz ochganligi uchun o‘zi bir kun ro‘za tutib berishi zarur ekanligini bilmasa, ammo, ro‘za tutgan kishiga ogiz
ochishdan ko‘ra, ro‘za tugan afzalroq bo‘lsa...


Abu Juhayfa rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Salmon bilan Abuddardo’ni o‘zaro aka-uka tutintirib qo‘ydilar. Shundan so‘ng, Salmon Abuddardo’ni ko‘rgani uylariga borsalar, Abuddardo’ning xotinlari Ummuddardo’ eski kiyim kiyib olgan erkanlar. Salmon: «Sizga ne bo‘ldi, bunchalik xarob kiyim kiyib olibdirsiz?»-deb so‘radilar. Ummuddardo’: «Birodaringiz Abuddardo’ning dunyoni suv bossa, to‘piqlariga chiqmag‘aydir»,- dedilar. Salmon gap nimada ekanligini fahmlab, Abuddardo’ kelganlarida u kishiga ovqat tutib edilar: «Men ro‘zaman, yemasmen»,- dedilar. Salmon: «Agar siz bu taomdan yemasangiz, men ham yemasmen»,- dedilar, Abuddardo’ nochor yedilar. Kechasi Abuddardo’ uyqudan uyg‘onib, ibodat qilmoqchi bo‘lib erdilar, Salmon: «Yotingiz!»- dedilar, u kishi yotdilar, bir ozdan keyin yana turmoqchi bo‘lib edilar, yana: «Yotingiz!»-dedilar, u kishi yana yotdilar. Tong otay deb qolganda, Salmon: «Mana endi turingiz!» -dedilar-da, o‘zlari ham turib, birgalashib namoz o‘qidilar. So‘ng, Salmon Abuddardo’ga: «Sizda rabbingizning ham, o‘zingizning ham, oilangizning ham haqqi bordir, sizning ularning birortasining ham haqqiga xiyonat qilmoqqa haddingiz yo‘qdir!» - dedilar. Keyin, Abuddardo’ bu voqeani Janob Rasulullohga aytib berganlarida, ul kishi: «Salmon to‘g‘ri aytibdir»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:55:08
51-bob. Sha’bon oyida ro‘za tutmoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro‘zani shunchalik maromiga yetkazib tutar erdilarki, biz hatto ul kishi har doim ro‘za bo‘lsalar kerak, derdik. Ro‘za tutmagan paytlarida ersa, endi sira ham ro‘za tutmasalar kerak, deb o‘ylardik. Janob Rasulullohning Ramazon oyidan boshqa oylarda to‘liq ro‘za tutganlarini ko‘rmadim. Sha’bon oyidan boshqa oylarda ham to‘liq ro‘za tutganlarini ko‘rmaganman».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Sha’bon oyidan boshqa oylarda ko‘p ro‘za tutmas erdilar, chunki Sha’bon oyida to‘liq ro‘za tutar erdilar. Janob Rasululloh: «Qurbingiz yetadirgan ishni qilingiz, sizlarga malol kelmasa, Ollohga ham malol kelmag‘aydir»,- der erdilar. Rasululloh qisqa bo‘lsa ham, kanda qilmay namoz o‘qimoqni yaxshi ko‘rar erdilar. Agar nafl namoz o‘qimakni odat qilgan bo‘lsalar, uni ham kanda qilmay o‘qir erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:55:23
52-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ro‘za tutmoqlari va ro‘za tutmay yurishlari haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyidan boshqa oylarning hammasida ham ro‘za tutavermaganlar. Janob ro‘za tutsalar, «Ollohga qasamlar bo‘lsinkim, bul kishining og‘izlari ochiq kun bo‘lmag‘aydir!» - deyishardi. Og‘izlari ochiq bo‘lgan vaqtlarda ersa, «Ollohga qasamlar bo‘lsinkim, bul kishi ro‘za tutmag‘aydirlar!» - deyishardi».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba’zi oylarda hech ham ro‘za tutmas erdilar, hatto biz: «Bu zot hech ham nafl ro‘ze. tutmasalar kerak?» - deb o‘ylardik. Ba’zi oylarda shunchalik ko‘p ro‘za tutar erdilarki, biz: «Bu zot doimo ro‘za bo‘lsalar kerak?»-deb o‘ylardik. Ba’zan biz, kechasi Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qimasalar kerak, deb o‘ylab uylariga borsak, ul kishi namoz o‘qiyotgan bo‘lar erdilar. Ba’zan ersa, ul kishi kechasi birlan uxlamay namoz o‘qib chiqsalar kerak, deb o‘ylab borsak, uxlayotgan bo‘lar erdilar».

Anas raziyallohu anhudan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning qanday ro‘za tutishlari to‘g‘risida so‘rashdi. Ul kishi: «Ba’zi oylarda Janobni ro‘za holda ko‘rmoqni istasam, albatta ro‘za holida ko‘rar erdim. Agar og‘izlari ochiq holda ko‘rmoqni istasam, og‘izlari ochiq holda ko‘rar erdim. Kechalari namoz o‘qiyotganlarini ko‘rmoqni istaganimda ersa, namoz o‘qiyotgan holda ko‘rar erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muborak kaftlaridek yumshoq va issiq kaftni ushlamaganman. Rasulullohning bo‘ylaridan xushbo‘yroq mushkni ham, anbarni ham hidlamaganman!» - deb javob berdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:55:33
53-bob. Ro‘zadorda mehmonning ham haqqi bor

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening oldimga keldilar-da, «Senda, seni ziyorat qilgani kelganlarning (mehmonlarning) ham, xotiningning ham haqqi bor»,- dedilar. Ul kishidan men: «Dovud payg‘ambar nechuk ro‘za tutganlar?»-deb so‘radim, chunki Janob Rasululloh: «Sen Dovud alayhissalomning ro‘zalaridan oshirib yubormag‘il!»-degan erdilar. Janob Rasululloh: «Yarim umrlariga barobar ro‘za tutganlar»,- deb javob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:55:44
54-bob. Ro‘zadorda o‘z tanasining ham haqqi bor

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Ey Abdulloh, senga har kuni ro‘za tutib, har kecha uxlamay, ibodat qilmoq xususinda aytayinmi?»- dedilar, men: «Aytingiz, yo Rasululloh!» - dedim. Janob Rasululloh: «Undoq qilmag‘il, ro‘za ham tutg‘il, og‘iz ham ochg‘il, kechasi ibodat ham aylag‘il, uyquga ham yotg‘il! Chunkim senda o‘z tanangning ham haqqi bor, ko‘zingning ham haqqi bor, ayolingning ham haqqi bordir, mehmoningning ham haqqi bordir. Senga har oyda uch kun ro‘za tutmog‘ing kifoya qilg‘aydir, chunkim har bir qilgan yaxshilig‘ing uchun o‘n barobar savob tekkaydir, bu ersa senga umr bo‘yi ro‘za tutganlik savobini berg‘aydir»,- dedilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, bundan ham ko‘proq ro‘za tutmakka quvvatim yetg‘aydir, deb o‘ylarmen»,-dedim. Janob Rasululloh: «Dovud payg‘ambarning ro‘zalaridek ro‘za tutg‘il-u, ammo andin oshirib yubormag‘il!» - dedilar. Men: «Dovud payg‘ambar nechuk ro‘za tutganlar?» - deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Yarim umrlari ro‘za tutmoq birla o‘tgan»,- dedilar».

Abdulloh keksayib ro‘za tutmoqqa qiynalib qolganlarida, afsuslanib: «Koshki erdi, o‘shanda Nabiy sallallohu alayhi va sallamning o‘gitlarini qabul qilgan bo‘lsam erdi!»-der ekanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:55:59
55-bob. Umr bo‘yi ro‘za tutmoq xususida

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh nomi birla qasam ichurmenkim, butun hayotim bo‘yi kunduzi ro‘za tutib, kechasi ibodat qila olg‘aydirmen!»,- dedilar. Shunda men Janob Rasulullohga: «Otam-onam fidoyingiz bo‘lsin, xo‘p yaxshi aytdingiz-da!» - dedim. Janob: «Sen bundoq qilmoqqa qodir ermassen, shuning uchun ro‘za ham tutg‘il, og‘iz ham ochg‘il, kechasi turib, ibodat ham aylag‘il, uxlag‘il ham! Har oyda uch kun ro‘za tutsang bo‘lg‘aydir, chunkim har bir qilgan yaxshilig‘ingga o‘n barobar savob tekkaydir, bu ersa, umr bo‘yi senga ro‘za tutganlik savobini berg‘aydir»,- dedilar. Men: «Bundan ham ko‘proq ro‘za tutmakka qodirmen»,- dedim. Janob Rasululloh: «Bir kun ro‘za tutib, ikki kun . tutmag‘il!»- dedilar. Men: «Bundan ko‘prog‘iga ham qurbim yetg‘aydir»,- dedim. Janob Rasululloh: «Bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmag‘il, Dovud payg‘ambar shundoq ro‘za tutganlar, ro‘za tutsang, shundoq ro‘za tutg‘il!»-dedilar. Men: «Yo Rasululloh, bundan ham yaxshiroq ro‘za tuta olg‘aymen»,-dedim. Janob Rasululloh: «Bundan yaxshisi yo‘qdir»,- dedilar».

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Mening uzluksiz ro‘za tutmog‘imdan, tuni birla ibodat qilmogimdan Nabiy sallallohu alayhi va sallam xabar topibdirlar. O’shanda, Janob mening oldimga bir kishini yubordilarmi yokim ul kishiga o‘zim uchradimmi, yodimda yo‘q. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Aytishlaricha, sen muttasil ro‘za tutar emishsen, tun bo‘yi uxlamay, ibodat qilar emishsen. Ro‘za tutg‘il, biroq vaqtida ovqatlang‘il, kechasi ibodat aylag‘il, ammo vaqtida uxlag‘il, chunkim, senda o‘zingning ham, ahlu ayolingning ham, ko‘zingning ham haqqi bordir (ko‘zingni deganlarida, «uni uyqusiz qoldirmoqqa haqqing yo‘qdir»,- demoqchilar)»,- dedilar. Men: «Mening bundan ham ko‘proq ibodat qilmakka quvvatim yetg‘aydir»,- dedim. «Undoq bo‘lsa, sen Dovud alayhissalomning tutgan ro‘zalarini tutgil!» - dedilar. Men: «Ul nechuk ro‘zadir?» - deb so‘radim. «Dovud payg‘ambar, bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmas erdilar, janglarda dushman birlan yuzma-yuz kelsalar ham, qochmas erdilar (ya’ni, «Ro‘za ul kishini zaiflashtirmas erdi»,- demoqchilar)»,- deb javob berdilar. Men: «Yo Rasululloh, mening dushmandan qochmaslig‘imga kim kafil bo‘la olur?»-dedim».

Ato raziyallohu anhu: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muttasil ro‘za tutmoq to‘g‘risida ne deganlarini bilmadim. Biroq, shuni eslarmenkim, uzluksiz ro‘za tutgan kishiga ro‘zaning hech qanday savobi bo‘lmag‘aydir, deb ikki marta takrorlagandirlar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:56:08
56-bob. Bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmaslik haqida

Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga har oyda uch kun ro‘za tutg‘il, dedilar. Men bundan ham ko‘proq tutmoqqa qurbim yetmog‘ini aytdim. Shunda, Janob Rasululloh bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmasligim hamda bir oyda bir marta Qur’onni xatm qilmog‘im mumkinligini aytdilar. Men: «Bundan ham ko‘p xatm qilmoqqa qodirmen»,- dedim. Nihoyat, Janob Rasululloh uch kunda bir marta xatm qilmog‘imni buyurdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:56:20
57-bob. Dovud alayhissalom qanday ro‘za tutganlar?

Abdullohibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu: «Menga Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sen uzluksiz ro‘za tutib, kechaning hammasida ibodat qilar emishsen»,-dedilar. Men: «Ha, shundoq»,- dedim. Ul kishi: «Agar shundoq qilaversang, ko‘zingning «ko‘rish qobiliyati zaiflashg‘aydir va butun a’zolaring toliqg‘aydir. Umr bo‘yi tutgan ro‘zang savobsiz qolib, zoe ketg‘aydir. Har oyda uch kun ro‘za tutgan kishiga ersa, umr bo‘yi ro‘za tutganning savobi berilg‘aydir»,- dedilar. Men: «Yo Rasululloh, bundan ham ko‘proq tutmoqqa kuchim yetg‘aydir»,- dedim. Shunda ul zot: «Bo‘lmasa, Dovud alayhissalom tutgan ro‘zani tutg‘il, ul kishi bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmas erdilar. Dushman birla ro‘baro‘ kelganlarida ham qochmas erdilar (ya’ni, bundoq ro‘za inson a’zosini zaiflashtirmag‘aydir)»,- dedilar.
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uzluksiz ro‘za tutmog‘imdan xabar topib, oldimga kirdilar. Men Janobga o‘tirmaklari uchun teridan qilingan, ichiga xurmo bargi to‘ldirilgan to‘shak soldim, ul kishi unga o‘tirmay yerga o‘tirdilar, to‘shak ersa, ikkimizning o‘rtamizda qoldi. So‘ng, Janob: «Senga har oyda uch kun ro‘za tutmak kifoya qilmag‘aydirmi?»- deb so‘radilar. Men: «Yo Rasululloh, bu ozdir»,- dedim. «Bo‘lmasa, besh kun»,- dedilar. Men: «Bu ozdir»,- dedim. «Ul kishi: «Yetti kun»,- dedilar. Men: «Bu ham ozdir»,-dedim. Janob: «To‘qqiz kun»,- dedilar. «Bu ham oz»,- dedim. Ul kishi: «O’n bir kun»,- dedilar. Men buni ham oz, dedim. Shunda ul kishi: «Dovud alayhissalomning ro‘zalaridan afzal ro‘za yo‘qdir, ul yarim umrga tengdir, bir kun ro‘za tutg‘il, bir kun og‘zing ochiq bo‘lsin» ,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:56:30
58-bob. Oy to‘lgan kunlari - o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi kunlarda ro‘za tutmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Menga do‘stim sallallohu alayhi va sallam uch narsani - har oyda uch kun ro‘za tutmoqni, ertalabki namozning ikki rak’at sunnatini har kuni o‘qimoqni va vitr namozini yotish oldidan o‘qimoqni vasiyat qildilar» ,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:56:44
59-bob. Nafl ro‘za tutgan kishining hech qaerda og‘iz ochmasligi qaqida

Anas raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ummu Sulaymning (Anasning onalarining) uylariga kirdilar. Ummu Sulaym Janob Rasulullohning oldilariga xurmo birlan yog‘ qo‘ydilar. Janob Rasululloh: «Yog‘laringizni idishiga qaytarib quyib qo‘yingiz, xurmolaringizni ham olib qo‘yingiz, chunkim men ro‘zadirman»,- dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh uyning bir chekkasiga bordilar-da, nafl o‘qib, Ummu Sulaym va ul kishining ahli baytlari haqqiga duo qildilar. Shunda, Ummu Sulaym: «Mening bir maxsus iltimosim bor»,-dedilar. Janob Rasululloh: «Ul ne erkan?» - deb so‘radilar. Ummu Sulaym: «Iltimosim, sizning xizmatkoringiz Anas xususinda»,- dedilar. Janob Rasululloh dunyoda va oxiratda neki yaxshilig‘ bo‘lsa, hammasini aytib, meni (ya’ni, Anasni) duo qildilar. Shuning uchun ham men ansorlar ichida eng badavlat kishidirmen!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:56:55
60-bob. Har oyning oxirida ro‘za tutmoq haqida

Imron ibn Husayn raziyallohu anhu rivot qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam mendan (yokim boshqa bir kishidan so‘rganlar-u, Imron eshitganlar): «Ey falonchi, ushbu oyning oxirida ro‘za tutmadingmi?» - deb so‘radilar. (Mazkur hadisning roviylaridan Abunnu’mon: «Janob Rasululloh «Ushbu oyning» deganlarida, Ramazonni nazarda tutganlar, deb o‘ylayman»,- deydirlar). Men: «Yo‘q, tutmadim, yo Rasululloh!»-dedim.. Janob Rasululloh: «Ramazon tugagach, hayitdan ikki kun o‘tkazib, ro‘za tutib qo‘yg‘il!»- dedilar».

Imom Buxoriy: «Imron aytgan boshqa bir rivoyatda Nabiy sallallohu alayhi va sallam «Sha’bon oyining oxiridan ikki kun o‘tkazib» - deganlar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:57:08
61-bob. Jum’a kuni ro‘za tutmaslik haqida

Muhammad ibn Abbod rivoyat qiladirlar: «Men Jobir raziyallohu anhudan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jum’a kuni (nafl) ro‘za tutmoqdan qaytarganlari to‘g‘risida so‘radim. Jobir: «Ha, qaytarganlar»,—dedilar».
Mazkur hadis riviylaridan biri Abu Osim: «Janob Rasululloh, jum’a kunigina (nafl) ro‘za tutmak odat bo‘lib qolib, boshqa kunlari ro‘za tutmay qo‘yishmasin, deganlar»,- deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning, hech qaysi biringiz jum’a kuni (nafl) ro‘za tutmangiz, agar tutadirgan bo‘lsangiz, jum’adan oldingi bir kunni yokim jum’adan keyingi bir kunni qo‘shib tutingiz, deganlarini eshitganman»,- deydilar.

Abu Ayyub rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Nabiy sallallohu alayhi va sallam Juvayra binti Hars raziyallohu anhoning uylariga kiribdirlar. Ul kishi ro‘za erkanlar. Janob Rasululloh: «Kecha ham ro‘zamiding?» - deb so‘rabdirlar. Juvayra: «Yo‘q»,- debdirlar. Keyin, Janob Rasululloh: «Ertaga ham ro‘za tutg‘aymisen?» -deb so‘rabdilar. Ul kishi: «Yo‘q» - debdirlar. Shunda, Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, ro‘zangni ochgil!» - debdirlar. Juvayra og‘iz.ochibdirlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:57:20
62-bob. Kishi o‘zi uchun ro‘za tutadirgan kunlariny belgilab olsa, bo‘ladirmi?

Alqama rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anhodan: «Janob Rasululloh o‘zlari uchun ro‘za tutadirgan kunlarni belgilab olganmi erdilar?» - deb so‘radim. Ul kishi: «Janob Rasululloh doimo ro‘za tutar erdilar, sizlarning qaysi biringiz ul kishi qilgan ibodatga chiday olursiz?!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:57:31
63-bob. Arafa kuni ro‘za tutmoq haqida

Ummulfazl rivoyat qiladirlar: «Arafa kuni mening huzurimda o‘tirgan odamlar Nabiy sallallohu alayhi va sallamning ro‘za yokim ro‘za ermasliklari to‘g‘risida tortishib qolishdi. Ayrimlar: «Janob ro‘zalar»,- desa, ba’zilar: «Ro‘za ermaslar»,- dedi. Shunda men Janobga bir idishda sut yubordim. Janob tuya minib Arafotda turgan erdilar, sutni ichdilar».

Maymuna raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Odamlar Nabiy sallallohu alayhi va sallamning arafa kuni ro‘za tutganlari to‘g‘risida shubha qilib qolishdi. Shunda men Janobga sut yubordim. Janob Arafotda turgan erdilar, odamlar ko‘z oldida sutni ichdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:57:45
65-bob. Qurbon hayiti kuni ro‘za tutmaslik haqida

Ato raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Ikki ro‘za va ikki savdo-sotiq, ya’ni Ramazon va Qurbon hayitlari kuni ro‘za tutmak, molni ko‘rmasdan yokim ko‘rsatmasdan bor baraka qilmak hamda sotilgan narsani qaytib olmak yokim qaytarib olmak man’ qilingandir»,- deydirlar».

Ziyod ibn Jubayr rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhuning huzuriga kelib: «Bir odam har doim ma’lum bir kunda ro‘za tutmoqqa ahd qilgan erkan, o‘shal kun - dushanba kuni bo‘lib, hayit kuniga to‘g‘ri kelib qolibdir, endi ul ne qilg‘aydir?» - deb so‘radi. «Olloh: «Ahd qilsangizlar, unga vafo qilingiz! » - deydir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, hayit kuni ro‘za tutmakni man’ qilganlar»,- debdirlar (ulamolar: «Hayit kuniga to‘g‘ri kelgan ro‘zani qazo qilib, boshqa kuni tutsa, oyatga ham, hadisga ham amal qilgan bo‘lur»,- deyishadir)».

Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘n ikkita g‘azavotda ishtirok etgan Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan meni g‘oyat taajjubga solgan quyidagi to‘rt hikmatni. eshitdim»,- deydirlar: 1)yonida mahrami bo‘lmagan ayol ikki kunlik yo‘lga yolg‘iz o‘zi chiqmasin! 2)ikki kun -Ramazon va Qurbon hayitlari kuni ro‘za tutilmasin! 3)Bomdoddan so‘ng, to kun chiqquncha va asrdan so‘ng, to kun botguncha namoz o‘qilmasin! 4)Uchta masjid - Masjid ul-Harom, Masjid ul-Aqso va mening masjidlarimdan (ya’ni, Masjid un-Nabiydan) o‘zga masjidlarga tavof qilmak niyatida safar qilinmasin!
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:57:56
66-bob. Tashriq kunlari ro‘za tutmoq haqida

Hishom raziyallohu anhu: «Oisha raziyallohu anho ham, otalari (Abu Bakr) ham Tashriq kunlari ro‘za tutmak qurbonlikka jonliq so‘ymakka qurbi yetmaganlargagina ruxsat etildi»,- deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Bir yo‘la haj va umra qilmakni niyat aylab, ehrom bog‘laganlar, arafa kunigacha umra qilgan bo‘lsalar-u, lekin qurbonlikka jonliq so‘ymakka qurbilari yetmagan bo‘lsa, hamda ro‘zani hayit kunigacha tutishmagan bo‘lsa, Tashriq kunlari ro‘za tutmaklari kerak bo‘lg‘aydir»,- deydirlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:58:19
67-bob. Ashuro kuni ro‘za tutmoq qaqida

Solim raziyallohu anhuning otalari: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, kimki Ashuro kuni ro‘za tutmakni istasa, tutsin! deb aytganlar»,- deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Ramazon oyining ro‘zasi farz qilingunga qadar, Ashuro kuni ro‘za tutmakni buyurgan erdilar. Ramazonda ro‘za tutmak farz bo‘lganidan keyin ersa, Ashuro kuni istaganlar ro‘za tutdi, istamaganlar tutmadi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Islomdan avyul, johiliya davrida quraysh ahli Ashuro kuni ro‘za tutar erdi. Janob Rasululloh Madinaga kelganlaridan keyin ham Ashuro kuni ro‘za tutdilar, boshqalarni ham tutmakka buyurdilar. Ramazon oyida ro‘za tutmak farz qilinib, Janob Rasululloh Ashuro kuni ro‘za tutmakni tark etganlaridan keyin, Ashuro kuni ro‘za tutmak ixtiyoriy bo‘lib qoldi».

Humayd ibn Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Muoviya ibn Abu Sufyon haj qilgan yillari Ashuro kuni minbarga chiqib: «Ey Madina ahli, ulamolaringiz eshitib qo‘ysinlar! Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ashuro kuni ro‘za tutmak farz qilinmagan ersa ham, men ro‘zadirman, ammo sizlarga bu ixtiyoriydir», deb aytganlarini eshitganman»,- dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida, qarasalar, yahudiylar Ashuro kuni ro‘za tutishar erkanlar. Shunda, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu nechuk ro‘zadir?» - deb so‘radilar. Yahudiylar: «Bu yaxshi kundir, shu kuni Muso, Olloh taolo Baniy Isroilni dushmanlaridan xalos qilgani uchun ro‘za tutganlar»,-deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz Musoga sizlardan ko‘ra haqliroqdirmiz»,- deb shu kuni o‘zlari ham ro‘za tutdilar, boshqalarga ham ro‘za tutmakni amr qildilar».

Abu Muso raziyallohu anhu: «Yahudiylar Ashuro kunini bayram, deb hisoblashar erdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Sizlar ham shul kuni ro‘za .tutingiz!» -deb aytdilar»,- deydilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Ashuro kunini boshqa kunlardan ortiq bilib va Ramazon oyini boshqa oylardan ortiq bilib, ro‘za tutmakka qasd qilganlarini ko‘rmaganman»,- deydilar.

Salama ibn Akva’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Aslam qabilasidan bir kishiga: «Kimki bugun ovqat yegan bo‘lsa, kunning qolgan qismida ro‘za tutsin, kimki ovqat yemagan bo‘lsa, sahargacha ovqat yemasin, chunkim bul kun Ashuro kunidir!»-deb e’lon qilmakni buyurdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:58:43
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
TAROVIH KITOBI

1-bob. Ramazon kechalari turib tarovih o‘qimoqning fazilati haqida


Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ramazon kechasining fazilatiga ishonib va savobidan umid qilib (tarovih o‘qimoqqa) turgan kishining ilgari qilgan barcha gunohlari mag‘firat qiling‘aydir»,- deganlar».

Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot qilgunlaricha ham, Abu Bakr raziyallohu anhuning xalifalik davrlarida ham, Umar ibn Xattob raziyallohu anhu xalifalik qilgan dastlabki yillarda ham kechasi turib tarovih o‘qimoq tartibi o‘zgarmadi. «Men, -deydirlar Abdurrahmon ibn Abdulqori’,- Umar ibn Xattob raziyallohu anhu birlan birga kechasi masjidga chiqqan erdim, har yer-har yerda odamlar to‘p-to‘p bo‘lishib, o‘z hollaricha namoz o‘qishar erdi. Hazrat Umar: «Bularning barchasini yig‘ib, bir qorini boshliq qilib qo‘ysam, yaxshi bo‘lur erdi»,- dedilar. So‘ng, ularga Ubay ibn Ka’bni boshliq qilib qo‘ydilar. Ertasiga kechasi ul kishi birlan yana masjidga chiqdim, odamlar qoriga iqtido qilib namoz o‘qishayotgan erkan. Hazrat Umar (buni ko‘rib): «Qandoq yaxshi bid’at (ya’ni, Janob Rasulullohdan keyin joriy qilingan bir yaxshi tartib ma’nosida), tunning birinchi qismida namoz o‘qib, so‘ng uxlab qolganlaridan ko‘ra, tun oxirida turib, namoz o‘qiyotganlar afzalroqdir!» -dedilar».

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechasi o‘z masjidlariga chiqib, namoz o‘qidilar»,- deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechalaridan birida masjidga chiqib namoz o‘qidilar. Janob Rasulullohga iqtido qilib, odamlar ham namoz o‘qishdi. Bu darhol odamlar orasida ovoza bo‘ldi. Ertasiga masjidga anchagina odam to‘planib, namoz o‘qishdi. Uchinchi kecha yana ham ko‘proq odam yig‘ilib, Janob Rasululloh birlan birga namoz o‘qishdi. To‘rtinchi kecha masjidga odam sig‘may ketdi. Janob Rasululloh bu gal kechasi chiqmadilar, faqat bomdod namoziga chiqdilar, Bomdoddan so‘ng, xutba tashahhudini o‘qib bo‘lgach, odamlarga qarab: «Meni sizlarning ko‘payib ketganligingiz cho‘chitgani yo‘q, balkim bul sizlarga farz bo‘lib qolib, bajara olmay qolg‘aymisizlar, deb qo‘rqg‘aydirmen»,- dedilar. Rasululloh vafot qilgunlaricha qayta bundoq namoz o‘qilmadi».

Abu Saliyma ibn Abdurrahmon Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon kechalari nechuk namoz o‘qir edilar? » - deb so‘radilar. Oisha onamiz bunday dedilar: «Janob Rasululloh Ramazonda ham, boshqa vaqtda ham namozni o‘n bir rak’atdan oshirmas erdilar, avval to‘rt rak’at o‘qir erdilar, uning ko‘rkamligiyu uzunligini so‘ramay qo‘ya qolingiz, so‘ng yana to‘rt rak’at o‘qir erdilar, uning ham ko‘rkamligiyu uzunligini so‘ramay qo‘ya qolingiz, so‘ng tag‘in uch rak’at o‘qir erdilar. (Keyin o‘rinlariga yotardilar). Shunda men: «Yo Rasululloh, vitr o‘qimasdan uxlaydirsizmi?» - der erdim. Ul kishi: «Ey Oisha, ikkala ko‘zim uxlag‘aydir-u, qalbim uxlamas»,- deb javob qilar yrdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Nodi 12 Oktyabr 2006, 07:58:59
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

2-bob. Laylat ul-Qadrning fazilati qaqida


Olloh taolo bunday deydir: «Biz ushbu Qur’onni Qadr Kechasi nozil qildik. Laylat ul-Qadr deganda, neni tushung‘aysen va Laylat ul-Qadr o‘zi nedir? Laylat ul-Qadr ming oydan ham yaxshiroqdir. O’shal kecha parvardigorlari hukmi ila farishtalar va Jabroil tushg‘aydirlar, ul kecha tong otguncha omonliq kechasi bo‘lg‘aydir».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Ramazonning farz ekanlig‘iga ishonib, unga ixlos qilib va uning savobidan umid aylab, ro‘za tutgaydir, ilgarigi qilgan gunohlarining barchasi kechirilg‘aydir, va shuningdek, kimki Qadr Kechasini, uning ulug‘ligiga inonib, unga ixlos qilib va undan savob umid aylab, bedor o‘tkazg‘aydir ham, ilgari qilgan gunohlarining barchasi kechirilg‘aydir»,- deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 10:36:44
3-bob. Laylat-ul qadrni Ramazonning ohirgi o'n kunligining yettisida  kutingiz!

Ibn Umar raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir qancha sahobalari Laylat ul-Qadrning Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida bo‘lmog‘ini tushlarida ko‘rishgan erkan. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarning tushlaringiz Laylat ul-Qadr Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisinda erkanlig‘iga muvofiq kelg‘aydir, deb o‘ylarmen. Kimki Laylat ul-Qadrni kutmoqchi ersa, Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisinda kutsin!» - dedilar».

Abu Sa’id rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirdik. Janob Rasululloh Ramazonning yigirmanchi kuni ertalab chiqib, bizga va’z qildilar, so‘nt: «Tushimda menga Laylat ul-Qadr aniq ko‘rsatildi, ammo uning qaysi kun bo‘lmog‘i yodimdan chiqib qoldi. Uni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining toq kunlarida kutingiz! Men tushimda loy joyda sajda qilayotgan ermishman, endi kimki paygambar birlan e’tikrfga o‘tirgan ersa, uyiga qaytsin!» -dedilar. Biz uyimizga yo‘l oldik. Osmonda hech qanday bulut yo‘q erdi. Ittifoqo, bir bulut paydo bo‘lib, shundoq yomg‘ir yog‘dikim, hatto masjidning tomi oqib tushdi, chunki masjidning tomiga xurmo shoxlari yopilgan erdi. So‘ng, bomdodga takbir aytildi. Shunda, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning loy joyda sajda qilayotganlarini, hatto peshonalariga loy tekkanini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 10:42:46
4-bob.Laylat-ul qadrni Ramazonning ohirgi o'n kunligining toq kunlarida  kutmoq lozim.

Oisha raziyallohu anxo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining toq kunlari kutingiz, deb aytibdirlar»,- deydilar.

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyining ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirib, yigirmanchi kechani o‘tkazgach, e’tikofni tugatar erdilar. Keyin, yigirma birinchi kechani o‘tkazib, yana e’tikofga o‘tirar erdilar, boshqalar ham qaytib birga e’tikof qilishar erdi. Janob Rasululloh Ramazon oyida odatdagidek e’tikofga o‘tirdilar. Yigirmanchi kechani o‘tkazgach, tashqariga chiqdilar-da, odamlarga ta’z aytdilar, so‘ng ularga bir qancha yumushlarni buyurib: «Bu o‘n kunlikda e’tikof qildim, ammo menga oxirgi o‘n kunlikda ham e’tikof qilmoq lozimligi ayon bo‘ldi, kimki Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikof qilgan ersa, e’tikofni davom ettirsin! Tushimda menga Laylat ul-Qadr (kechasi) bo‘ladirgan kun aniq tayinlandi, biroq ul yodimdan chiqib qoldi. Endi, uni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining toq kunlarida kutingiz! Men tushimda loy yerga sajda qilayotgan erkanman» ,— dedilar. Shul kecha yomg‘ir yog‘di, masjid tomidan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiydirgan yerlariga chakka o‘tib, loy bo‘lib ketdi. Keyin, Ramazonning yigirma birinchi kechasi Janob Rasulullohning bomdod o‘qib qaytayotganlarida muborak yuzlariga loy tekkanini ko‘rdim».

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qadr Kechasini kutingiz!» deb aytdilar»,-deydilar.

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirardilar va «Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligida kutingiz!» - der erdilar»,- deydilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligida, ro‘zaning to‘qqiz kuni qolganda yokim yetti kuni qolganda yohud besh kuni qolganda kutingiz!» - der erdilar»,- deydilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Laylat ul-Qadr oxirgi o‘n kunlikda - yigirma to‘qqizda, yigirma yettida bo‘lg‘aydir»,- dedilar»,- deydilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu «Laylat ul-Qadrni to‘rtinchi kecha kutingiz!» degan hadisni ham aytganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 10:46:46
5-bob. Laylat-ul qadr tayin qilingan kunni, kishilar janjallashgani sababli, yoddan ko'tarilgani haqida.

Uboda ibn as-Somiy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Laylat ul-Qadr qaysi kuni bo‘lmog‘ini xabar qilmoq uchun chiqdilar. Yo‘lda ikki musulmonning janjallashayotganini ko‘rib, o‘shal kun yodlaridan chiqib qoldi. Janob Rasululloh sahobalarga: «Men sizlarga Laylat ul-Qadr bo‘ladirgan kunni xabar qilmoqchi bo‘lib chiqqan erdim, biroq yo‘lda falonchi birlan pistonchining janjallashayotganini ko‘rib, yodimdan ko‘tarilib ketdi, Qadr Kechasini Ramazonning yigirma to‘qqiz yokim yigirma yetti yoki yigirma beshinchi kunlarida kutingiz!» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 10:48:27
6-bob. Ramazonning ohirgi o'n kunligida ibodat qilmoqqa qattiq kirishmoq lozimligi haqida.

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligi kelsa, ahllari ila aloqa qilmoqdan uzoqlashar erdilar, kechalari uxlamas erdilar va uydagilarni ham ibodat qilmoqqa uyg‘otar erdilar»,-deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 10:50:51
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM.
7-bob. E'tikof haqidagi boblar


Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikof qilinadir. Hamma masjidlarda ham e’tikof qilmoq mumkin. Olloh taoloning quyidagi kalomi bunga dalil: «Masjidlarda e’tikofda o‘tirgan kunlaringizda ayollarga yaqinlik qilmangiz! Bu Olloh belgilagan chegaralardir. Binobarin, alarga yaqinlik qilmangiz! Shul tariqa Olloh taolo o‘z hukmlarini bandalariga tushuntirg‘aydir, shoyad ular Ollohning aytganini qilib, qaytarganidan qaytsalar!»

Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirar erdilar»,- deydilar.

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam to Ollohtaolo omonatini olguncha Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirmakni kanda qilmadilar. Janobdan so‘ng, ul kishining ayollari ham shundoq e’tikof qilishadigan bo‘ldi»,- deydilar.

Abu Sa’id Hudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi bir yili Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirdilar. Yigirmanchi kuni ertalab e’tikofni tugatib, tashqariga chiqdilar-da, bunday dedilar: «Kimki men birlan birga e’tikof qilgan bo‘lsa, oxirgi o‘n kunlikda ham e’tikofni davom ettirsin! Shul kecha menga Laylat ul-Qadr o‘tadigan kun tayin qilingan edi, ammo yodimdan ko‘tarilibdir. Tushimda loy yerda sajda qilayotgan ermishman, Laylat ul-Qadrni oxirgi o‘n kunlikning toq kunlarida kutingiz!» Shu kechasi yomg‘ir yog‘di. Masjid tomi xurmo shoxlari birlan yopilgan erdi, yomg‘ir o‘tib ketdi. Rasulullohning peshonalariga loy tekkanini yigirma birinchi kuni ertalab o‘z ko‘zim birlan ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 10:52:30
8-bob. Hayz ko'rgan hotin e'tikofda o'tirgan erini sochini tarashi mumkin.

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam masjidda e’tikofda o‘tirgan kunlari muborak boshlarini darchadan chiqarar erdilar, men hayz ko‘rgan bo‘lsam ham, sochlarini tarab qo‘yardim»,- deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 10:54:18
9-bob. E'tikofda o'tirgan kishi uyiga juda zarur bo'lganda kiradir..

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjiddan chiqmay boshlarini darchadan chiqarar erdilar, men sochlarini tarab qo‘yardim. E’tikofda bo‘lsalar, uyga hech kirmas erdilar, faqat zarur bo‘lsagina kirar erdilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 10:55:44
10-bob. E'tikofda o'tirgan kishini yuvinmog'i haqida.

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam hayz ko‘rgan bo‘lsam ham meni quchoqlar erdilar. E’tikofda o‘tirgan kunlari boshlarini darchadan chiqarar erdilar, men hayz ko‘rgan bo‘lsam ham yuvib qo‘yardim»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 10:56:44
11-bob. Kechasi e'tikofda o'tirmoq haqida.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Men johiliya davrida bir kecha Masjid ul-Haromda e’tikof qilurmen, deb niyat aylagan erdim» ,— dedilar. Janob Rasululloh: «Niyatingga vafo qilg‘il!»-dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 10:58:47
12-bob. Ayollarni e'tikofda o'tirmog'i haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofda o‘tirar erdilar. Janob Rasululloh mening uchun masjid sahnida chodir tutib bergan erdilar, bomdoddan so‘ng oldimga kirardilar. Janob Rasulullohning boshqa zaifalari - Hafsa mendan o‘ziga chodir tutib olmoqqa ruxsat so‘rab erdi, ruxsat berdim, chodir tutib oldi. Buni ko‘rgan Zaynab binti Jahsh (Rasulullohning xotinlaridan biri) ham o‘ziga chodir qurib oldi. Ertasiga ertalab Janob Rasululloh chodirlarni ko‘rib: «Bu nesidir?»-dedilar. «Xotinlaringizning chodiri»,- deyishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ular yaxshi ish qilishibdir, deb o‘ylaysizlarmi?»- dedilar. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh o‘sha oydagi e’tikofni tark etdilar. Buning evaziga Shavvol oyida o‘n kun e’tikof qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 11:00:06
13-bob. Masjidga chodir tikmoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: Nabiy sallallohu alayhi va sallam e’tikof qilmoq niyatida masjidga chiqib erdilar, men, Hafsa va Zaynabning chodirlarimizni ko‘rib qoldilar. Shunda: «Bular yaxshi ish qilishibdir, deb o‘ylaysizlarmi?»- dedilar-da, e’tikofga o‘tirmay, chiqib ketdilar. Keyin, Shavvol oyida o‘n kun e’tikof qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 11:01:41
14-bob. E'tikof o'tirgan kishi biror hojat birlan masid eshigi oldigacha boradimi?

Safiyya raziyallohu anho: «Men Rasululloh sallalloxu alayhi va sallamni Ramazonning oxirgi o‘n kunligida masjidda e’tikofda o‘tirganlarida ko‘rgani bordim»,- deydilar. Keyin, Safiyya Janob Rasululloh huzurlarida bir oz suhbatlashib o‘tirganlaridan so‘ng qaytish uchun o‘rinlaridan turibdirlar, Janob Rasululloh ham ul kishi birlan birga turib, masjidning eshigi oldigacha birga boribdirlar. Shunda, ansorlardan ikki kishi o‘tib ketayotib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga salom berishibdi. Janob Rasululloh ularga: «Shoshmangiz, bul Safiyya binti Huyay (ya’ni, «Ko‘nglingizga bir narsa kelmasin, bu - mening xotinim» demoqchilar)»,- debdirlar. Boyagi ikki kishiga bu gap og‘ir botib: «Subhonalloh»,-  deyishibdi.   Nabiy   sallallohu  alayhi   va   sallam:   «Shayton insonning qon tomirlarida yurib, vasvasa qilg‘aydir, shul boisdan sizlarni ham shayton vasvasa qilib, xayolingizga bo‘lmag‘ur fikrni keltirmadimikan, deb xavotir oldim»,- debdirlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 11:03:50
15-bob. E'tikofda o'tirmoq va Nabiyning  s.a.v. yigirma kun bo'ldi, deganda tashqariga chiqishlari haqida

Abu Saloma ibn Abdurrahmon Abu Sa’id Xudriydan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Laylat ul-Qadr to‘g‘risida gapirganlarini eshitganmisiz?»-deb so‘radilar. Ul kishi: «Ha»,- dedilar-da, quyidagilarni rivoyat qilib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ramazonning ikkinchi o‘n kunligidz e’tikofga o‘tirdik, yigirma kun bo‘ldi, deganda ertalab e’tikofni tugatib chiqdik. Shunda, Janob Rasululloh bizga va’z aytdilar-da: «Laylat ul-Qadr kuni menga tayyn qilinib .erdi, ammo ul yodimdan ko‘tarilib qoldi. Uni Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligida, toq kunlarda kutingiz. Tushimda men loy yerda sajda qilayotgan ermishman. Kimki men birlan birga e’tikof qilgan bo‘lsa, masjidga qaytsin!»-dedilar. Odamlar masjidga qaytib kirishdi. Shu paytda osmonda bir parcha ham bulut yo‘q erdi, birdan qaerdandir bulut paydo bo‘lib, yomg‘ir yog‘di. So‘ng, bomdodga takbir aytildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam loy yerda sajda qildilar, hattoki men Janob Rasulullohning muborak peshonalari va burunlariga loy tekkanini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 11:05:53
16-bob. Mustahozaning(ichidan muttasil qon ketadirgan ayolning) e'tikof qilomg'i haqida.

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga xotinlaridan biri mustahoza holida e’tikofga o‘tirdi. Uning ichidan qizil va sariq suyuqlik kelib turardi, biz ostiga tog‘ora qo‘yib qo‘ygandik»,- deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 11:07:52
17-bob. Ayolning e'tikofda o'tirgan erini ko'rgani bormog'i haqida.

Ali ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam masjidda (e’tikofda) erdilar. Ul kishini ko‘rgani kelgan) ayollari uylariga qaytmoqchi bo‘lib, o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Shunda, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga: «Shoshmag‘il, kuzatib qo‘yg‘aymen!» - dedilar. Safiyyaning uyi Usomaning hovlisida erdi. Janob Rasululloh Safiyya birlan birga chiqdilar. Ittifoqo, ikki ansoriy yo‘liqib, Janob Rasulullohga bir nigoh tashlashdi-da, yo‘lda davom etishdi. Janob Rasululloh ularni chaqirib: «Bu - Safiyya binti Huyay (ya’ni, «Bu - mening xotinim» demoqchilar)»,- dedilar. Ular taajjublanib: «Subhonalloh, yo Rasululloh!»-deyishdi. Janob Rasululloh: «Shayton insonning qon tomirlarida yurg‘aydir, shul boisdan shayton vasvasa qilib, yomon xayolga bormangiz, deb xavotir oldim»,- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 11:09:46
18-bob. E'tikofda o'tirgan kishi shubhani o'zidan soqit qiladirmi?

Ali ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Safiyya raziyallohu anho Rasululloh sallallohu alayhi va sallam e’tikofda o‘tirganlarida huzurlariga keldilar, so‘ng qaytishlarida Janob Rasululloh ham birgalashib yo‘lga tushdilar. Yo‘lda ansorlardan biri ularni ko‘rdi. Janob Rasululloh ansorni chaqirib: «Bu -Safiyya (ya’ni, mening xotinim), tag‘in xayolingga har xil fikr kelib yurmasin, chunkim shayton odam bolasining qon tomirlarida yurg‘aydir»,- dedilar».
Zuhriy Sufyondan: «Safiyya kechasi kelganmidi?»-deb so‘raganlaryda, ul kishi: «Ha, kechasi»,- deb javob bergan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 11:10:58
19-bob. Ertalab e'tikofni tugatib chiqsa.

Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirdik. Yigirmanchi kuni ertalab narsalarimizni ko‘tarib, Rasulullohning xuzurlariga keldik. Shunda, Janob Rasululloh: «Kimki men birlan birga e’tikof qilgan bo‘lsa, yana joyiga qaytsin (e’tikofni davom ettirsin), chunkim shul kecha menga Laylat ul-Qadr o‘tadirgan kun ayon qilindi. Tushimda men loy yerda sajda qilayotgan ermishman»,- dedilar. Janob Rasululloh joylariga qaytdilar hamki, yomg‘ir yog‘a boshladi, Ollohga qasam ichib ayturmenkim, o‘shal kuni kechgacha yomg‘ir yog‘ib, shox-shabba tashlangan masjid tomidan chakka o‘tib ketdi. Keyin, men Janob Rasululloh (sajda qilayotganlarida) burunlariga loy tekkanini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 11:12:14
20-bob. Shavvol oyida e'tikofda o'tirmoq haqida.

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har Ramazonda e’tikofga o‘tirar erdilar. Bomdod vaqti bo‘lgach, turib namoz o‘qirdilar-da, yana qaytib e’tikofga o‘tirardilar»,- deydilar. Oisha onamiz Janob Rasulullohdan e’tikofga o‘tirmoqqa ruxsat so‘raganlarida, unga ijozat berdilar. Shunda, Oisha raziyallohu anho o‘zlariga chodir qurib oldilar. Buni eshitib, Hafsa ham o‘zlariga chodir qurib oldilar. Keyin, Zaynab ham eshitib, chodir qurib oldilar.. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdoddan so‘yg kelib, to‘rtta chodir turganini ko‘rib, . «Bu nesidir?»-dedilar. Janob Rasulullohga chodirlar ayollariniki ekanligini aytishdi. Janob Rasululloh: «Ne sababdan bundoq qilishdi, yaxshi niyatdami? Olib tashlangiz, men ikkinchi ko‘rmayin!»-deganlaridan so‘ng, chodirlarni olib tashlashdi. Shundan keyin, Janob Rasululloh Ramazon oyidagi e’tikoflarini to‘xtatib, Shavvol oyining oxirgi o‘n kunligida uni davom ettirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 11:13:36
21-bob. E'tikofda o'tirgan kishi ro'za tutmasa ham bo'ladir.

Umar ibn Xattob raziyallohu anhu: «Yo Rasululloh, men johiliya davrida, Masjid ul-Haromda bir kecha e’tikof qilg‘aymen, deb ahd etgan erdim»,- dedilar. Shunda, Janob Rasululloh: «Ahdingga vafo qilg‘il!»-dedilar (biroq ro‘za tutmok, haqida indamadilar). Keyin, Hazrat Umar bir kecha e’tikofga o‘tirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 11:15:02
22-bob. Johiliya davrida e'tikof qilishni ahd qilib, so'ng musulmon bo'lsa.

Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Johiliya davrida Hazrat Umar raziyallohu anhu Masjid ul-Haromda (nazarimda, bir kecha) e’tikofga o‘tirmoqqa ahd qilgan erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul kishiga: «Ahdingga vafo qilg‘il!»-deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 11:16:08
23-bob. Ramazonning ikkinchi o'n kinligida e'tikof o'tirmoq haqida.

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va' sallam har Ramazonda o‘n kun e’tikofga o‘tirar erdilar. Vafot qiladirgan yillari ersa, yigirma kun e’tikof qildilar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 11:17:14
24-bob. E'tikofda o'tirgan kishi e'tikofni to'htatmoqchi bo'lsa...

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirg‘ayman, deb odamlarga aytdilar» ,— deydilar.
O’shanda Oisha ham e’tikofga o‘tirmakka Janobdan ruxsat so‘radilar, ul kishi ijozat berdilar. Hafsa Oishaga: ' «Menga ham ruxsat so‘rab beringiz»,- dedilar. Oisha ul kishiga ruxsat so‘rab berdilar. Buni ko‘rgan Zaynab ham o‘zlariga masjiddan e’tikof uchun joy tayyorladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiganlaridan so‘ng, e’tikofda o‘tiradirgan joylariga qaytganlarida, ul yerdagi e’tikofga tayyorlab qo‘yilgan joylarni ko‘rib: «Bu nesidir?»-dedilar. «Oisha, Hafsa va Zaynabning joylari»,- deb aytishdi. Janob Rasululloh: «Yaxshi ish qilishmabdir, men e’tikofimni to‘xtatg‘aymen»,- deb ro‘zalarini buzdilar. Keyin, Shavvol oyida o‘n kun e’tikof qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 11:18:33
25-bob. E'tikofda o'tirgan kishi yuvdirmoq uchun boshini darchadan chiqaradir.

Oisha raziyallohu anho: Janob Rasulullohning muborak boshlarini, e’tikofda bo‘lganlarida hayz ko‘rganligimga qaramay, yuvib-tarab qo‘yardim»,- deydilar. Janob Rasululloh masjidda turib, darchadan boshlarini chiqarar erdilar. Oisha onamiz hujralarida turib, muborak boshlarini yuvib-tarab qo‘yardilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (1-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 08 Noyabr 2006, 06:08:35
MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg1089#msg1089)
Iymon kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg1093#msg1093)
Ilm kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg1134#msg1134)
Tahorat kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg1390#msg1390)
G'usl kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg2419#msg2419)
Hayz kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg3157#msg3157)
Tayammum kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg6368#msg6368)
Namoz kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg17559#msg17559)
Namoz vaqtlari haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg19616#msg19616)
Azon kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg20043#msg20043)
Jum'a kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg22840#msg22840)
Ikki hayit haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg22961#msg22961)
Vitr haqida hadislar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg22988#msg22988)
Alloh taolodan yomg'ir so'rash (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg22996#msg22996)
Kun tutilishi haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23046#msg23046)
Qur'on tilovat qilinganda sajda qilmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23127#msg23127)
Namozni qasr o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23139#msg23139)
Kechasi Tahajjud o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23161#msg23161)
Nafl namozlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23186#msg23186)
Makka va Madinada o'qilgan namozning fazilatlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23195#msg23195)
Namozda qilinadigan harakatlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23201#msg23201)
Janoza va o'lim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23237#msg23237)
Zakot berishning vojibligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23393#msg23393)
Haj kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23485#msg23485)
Umra haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23722#msg23722)
Muhsar va ovdan tegadigan ulush haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23941#msg23941)
Haj vaqtidagi ov haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg23951#msg23951)
Madina fazilatlari haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24075#msg24075)
Ro'za kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24087#msg24087)
Tarovih kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24259#msg24259)
Laylatul qadrning fazilati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24260#msg24260)
E'tikof haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.msg24269#msg24269)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (1-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyun 2009, 01:24:13
Al-Jome' as-sahih. 1-jild

(http://www.ziyouz.com/images/books/sahih1.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=83)

Muallif: Imom al-Buxoriy
Hajmi: 1,13 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=83)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=177.0)