forum.ziyouz.com

Kutubxona => Jahon adabiyoti => Mavzu boshlandi: Munira xonim 27 Oktyabr 2007, 13:42:29

Nom: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 27 Oktyabr 2007, 13:42:29
Aldangan Ayselning tavbasi (qissa)

(http://www.ziyouz.com/images/books/aysel.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=104)

Muallif: Xolid Erto'g'rul
Hajmi: 194 Kb
Fayl tipi: PDF
Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=104)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1784.0)
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 27 Oktyabr 2007, 14:02:12
(http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/aysel2.jpg)


Alamli bolalik yillarim.

"Birin-ketin butun oila azo'larimni yo'qotdim. Falokat ustiga falokat yog'ilar edi. Dunyoda yakkayu yolg'iz qolgandim go'yo. Mehribon va tigak bo'ladigan biror kishim yo'q edi. Men uchun yagona tasalli ko'z yoshlarim edi. Oldinda hayotning og'ir kulfatlari kutib yotardi..."


Qayg'uli maktub.

Ramazon oyi. Xoanmdagi jimjitlikni xiqqilashlarim buzardi. Necha soatlardan buyon stol yonida ko'z yosh to'kardim. O'qiganim uzundan uzoq maktubning har bir so'zi go'yo ichimni yoqar, yuragimni dog'lardi. Butun o'y-hayollarimni ostin-ustun qilgandi bu maktub.
Muxlislarimdan har kuni son-sanoqsiz maktub olaman. Har bir maktub ayri bir qayg'uni, ayri bir mushkulot, ayri bir xursandchilikni xabarchisi edi. Ba'zisidan yordam va dalda ovozlari yuksalar, ba'zilaridan shirin bir mujda eshitilar, ba'zilarida esa har xil muammolarga yeshim so'ralardi. Umuman, barcha maktublar samimiy slaom bilan boshlanib, yahshi duolar bilam yakullanrdi.
Bu maktub esa bulardan farqli o'laroq, har bir harfi ko'zyoshlar, faryod va alam bilan bezalgan edi. Shunchalar og'ir dard hasratga to'la ediki, "bir inson buncha azobni qanday yenga oldiykin?', deya ajablanardim. Bu maktub egasiga go'yoki yuzlab qassob qo'llarida o'tikir pichoqlar bilan hamla qilayotgandek tuyulardi.
Har turli insonlar, oilalar, tarbiyachilar, rahbarlarning maktublarni o'qib bitirdim. Nihoyat, shu maktubni tugatar ekanman, bola kabi yig'lashga tushdim.
Xiqqilashlarimni eshitgan xotinim yonimga keldi. Qrashimdagi maktublarni ko'rib"
- Yana shularmi?- deya so'radi.
- Ha,- dedim. Ammo bu galgisi juda boshqacha ekan.
Xotinim uni qo'liga oldi. kelgan maktublarni bizni dardkash do'stlarimiz edi. Maktublar qayg'uli, iztirobli bo'lsa, birga ko'z yosh to'kamiz, sevinchli bo'lsa, birga shodlanar va bahtiyor bo'lardik.
Maktubda:"Yagona choram qoldi, u ham bo'lsa, o'zimni o'zim o'ldirib qutulishdi", deyilgandi. "Bu dunyoda iflos, gunohkor va ortiqchaligimni his qildim. Poklanish uchun o'lishim kerak. Men uchun yashashdan va umid qilishdan boshqa narsa qolmagani cuhun shunday qilmoqchiman".
Maktub shunday umidsiz boshlangandi. Ammo juda ibratli va hayratlantiruvchi bir shaklda yakunlagndi.
Hayoti azoblar ichida o'tgan yosh qizning o'lim to'shagida yozgan bu ibratli maktubini o'qishda davom etdim.
- Hurmatli Ertug'rul bey,- deya murojaat qilgandi u.
Ushbu maktubimni xush ko'ring. Chunki buni o'lim to'shagida yozyapman. O'lim to'shagidagi insonni qanchalar qayg'u ichida, muvozanatsiz bo'lishini yahshi bilasiz. Jumlalarim uzuq yuluq, yozuvlarim egri bugri. Zero, bu maktubni adabiyot asari bo'lishi uchun yozayotganim yo'q.
Maqsadim shuki, insonlar buni o'qib, o'zlaridan uyalishsin, ko'chalarda qarovsiz qolgan kishilarga odamdek munosabatda bo'lishsin. men hamma narsamni - butun pokligimni, rostgo'yligimni, o'zligimni yo'qotdim. Hamma yahshi narsalarimni tortib olishdi.Endi o'zimdan ham, boshqa narsalardan ham uyalaman. Bu hayot boshqa birovda takrorlanishini hohlamayman. Shuning uchun bu maktubni yozdim.
Men sog'lom odam emasman. O'limimga oldindan rozi bo'lganman. Bu ishni o'zim bir daqiqa bo'lsa ham oldin tugatmoqchi edim. Xullas, ortiqcha bir inson o'limni tanlamoqchi. Bu nopok odamning chor-atrofni kirlatishga hech ham haqqi yo'q....
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 28 Oktyabr 2007, 10:11:09
Nega bu maktubni sizga yozyapman?

Nega bu maktubni boshqa birovga emas, sizga yozyapman? Buni hozir tushuntirib bera olmayamn. Tabiiyki, jumlalarim ravon emas.
O’tagna hafta o’lim to’shagida yotib, so’nggi bor insonlarga, jamiyatga nafrat yog’dirmoqchi bo’ldim. Mening hamma narsamni tortib olishdi. Hammasining yuziga tupuraman. Ichimni yondirgan olovga ozgina bo’lsa ham suv sepaman.
Kasalxonadan qochdim. Ammo uzoq yura olmadim. Faqat hovlidan ko’chaga chiqdim, xolos. Nafratimni, qarg’ishlarimni dilga tugib, u yoq bu yoqqa qaradim. So’ngra bir buffet yonida cho’kkaladim. "œEy, insonlar!", dedim. O’zingizga ehtiyot bo’ling, bu la’natilarga aldanmang. Nimangiz bo’lsa oladilar, hech achinmaydilar. "œOr-nomus", degan, "œIzzat-nafs" degan narsalaringiz tugasa, szi ham tamom bo’lasiz. Ortingizda shunday boylik qoladiki, uni faqat kafanlikka, hapdoriga, arqon sotib olishga ishlata olasiz".
Zulmatga aylangan hayotim bilan o’zimcha vidolashar ekanman, buffet qarshisidagi kitob do’koni diqqatimni tortdi. Ikki kitob yonma yon turardi. "œO’zini izlagan odam", "œO’zimni topdim". Narxi qimmat bo’lgani uchun sotib ololmasligimni bilganim uchun xo’rsindim. Shunday bo’lsada, "œOz’imni topdim" kitobini qo’limga oldim. Sotuvchi esa, ahvolimni ko’rib, hech vaqosi yo’q bir daydi ekanimni tushunib, kitobni menga hadya etdi. Hayotda ilk marta ta’masiz yahshilik ko’rdim. Hayron bo’ldim. Bu insonlar ichida shundaylari ham bormi?
Nega bu kitobni oldim? Buni bilmayamn. O’lishga qaror qilgan kishi bu kitobni nima qiladi? Buni ham bilmayamn.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 28 Oktyabr 2007, 10:11:32
Kasalxonaga qaytdim. Yana shifokorlardan dashnom ustiga dashnom eshitdim.
-   O’zingga qaramaysan, qo’limizda qolasan, o’lib ketasan"¦
-   Qayerda o’sha kunlar! Oh, qaniydi o’lsam"¦
-   Ham narkotikka qarshi davolanyapman, ham ruhiy muolaja olyapamn. Ular mendan kasalligimni yashirishar, ammo ichgan dorilarimdan bilardim. Taqdir ekan-da. Zero, o’lishni istamayamn. Og’riq vujudimni uvishtira boshlagach, kitobni qo’limga oldim. Shunchaki ko’z yugurtira boshladim. Esiz o’tgan umrim"¦ Holbuki, yahshi bir inson bo’lishim mumkin edi. Afsus umr o’tdi. Kitobda sizga yozilgan bir qancha maktublar bor edi. Boshqalarga ham kerakli bir shaxs ekaningiz ma’lum. Sziadn yordam kutuvchilar o’z muammolarini tushuntirganlar. Mening kitob o’qishim bunaqa mushohada uchun emas. Zero, hech narsani bunday aqlimni to’plab, chuqur fikr qilib o’qiyolmayamn.
-   Kitobda men kabi oqqon kasaliga chalingan bir xastaning maktubi diqqatimni tortdi. To’g’risi bu hayotda o’qiganim eng jiddiy bir hat edi. U qalbimda ba;zi hissiyotlarni uyg’otib, aks-sado berdi. Faqat fikrimda shunchalik zulmat, dilim iztiroblar bilan to’la bo’lgani uchun bu tuyg’ular beiz ketgan edi.
-   Farroshga iltimos qildim. Menga qog’oz va qalam keltirdi. Sizga maktub yoza boshladim. Balki ibrat uchun kitoblaringizga kiritarsiz, chekkan azoblarimdan dars oluvchi yoshlar chiqar"¦.Och bo’rilardan uzoq yurishni o’rganishar. Hech bo’lmaganida shuni umid qilaman.
-   Agar bu maktubni itira olsam va sizga jo’natishga ulgursam, yahshi bir ish qilgan bo’laman. Hayotimni zulmatga aylantirganlarning yuziga so’nggi marta tupurganim va so’nggi marotaba ularni qarg’aganim uchun biroz bo’lsada, taskin toparmidim"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 28 Oktyabr 2007, 10:12:12
Onamni ko’rmaganman. Dadam ko’p ichar edi.

O’zimni sizga tanishtirishni bolaligimdan boshlamoqchiman. U kunlarga qaytishni also istamayman, hatto xotirlashni ham hohlamas edim. Har kuni, har yili, har sahnasi iztirob, nafrat, ko’zyosjlarga to’la edi.
To’rt kishilik bir oila edik. Dadam, onam, mendan bir yosh katta akam va bahtiqaro men. Onamning mehriga to’yish baxti nasib qilmadi. Ehtimol, eng katta omadsziligim ham onam bilan hamnafas bo’lolmaganimdir. Agar hayot qiyinchiliklarida onam yonimda bo’lsaydi, kim biladi, balki bu qiyinchiliklar ozgina kamaygan bo’larmidi. Balki bugun kasalxonada yolg’iz qolmagan, oilam, bolalarim o’rtog’im yonimda bo’larmidi.
Bunday baxtiyorliknii ko’p sog’indim, ko’p hayol qildim, ammo bo’lmadi. Bo’lmadi, chunki onam meni dunyoga keltirganida, ko’p qon yo’qotishi sabab oldamdan o’tgan edi. Mening holim esa ma’lum"¦Chunki nochor, kambag’al bir uyda yangi tug’ilgan chaqaloq, onasi yo’q, kasalamnd, aroqxo’r otaning qo’lida"¦.Buyog’ini o’zingiz tushunib olavering.
Onaga, dardimni to’kadigan bir mehribon, meni tushundigan. Mas’uliyat sezadigan bir odamga juda-juda muhtoj yashadim.
Koshki, oanm bo’lsaydi, xato qilganimda sochlarimdan sudrasaydi, xonaga qamab qo’ysa, dadamga aytib kaltaklatsa edi. Oanm meni och bo’rilarning qo’liga topshirib qo’ymagan bo’lardi. Balki ba’zan meni tizzalariga olib sochlarimni silar, yanoqlarimni o’par, boshimni o’sha qaynoq, mehri to’la quchog’iga bosardi. Men esa biroz oldin yegan kaltaklarimni unutar, bolaligimning go’zalligiga berilarmidim"¦
Oanmning yo’qligi, yetim o’sishim, va dilni yondiruvchi ona sevgisi, sopg’inchi meni sh’er shaydosi qilib qo’ygandi. Qachon, qayerda ona haqida sh’er uchratsam, onam xotirasi, uning omonaidek saqlab qo’yardim yoki yodlab olardim.
To’plagan she’rlarimni qiynalgan, qayg’uga botgan va bir sirdosh do’sr qidirgan kezlarim o’z-o’zimga pichirlab,ha o’qir, ham yig’lardim.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 28 Oktyabr 2007, 10:13:12
Barcha yosh qizlarga.

Ba’zida barcha yosh qizlarga shunday hayqirgim keladi:"Meni tinglang, holimni ko’ring!Ibrat oling, ya’ni qattiqqo’lligiga qaramay hamisha ota-onangizni yonida bo’ling. Eng yomon ona eng yahshi begonadan ko’ra marhamatli, bexavotirroqdir. Eng yomon oila eng zo’r farog’atli joylardan ko’ra yahshidir. Chunki, hech qursa, joningiz va nomusingiz ishonchli qo’llarda bo’ladi. O’sha o’ziga tortuvchi, ko’zni qamashtiruvchi, rang-barang va serhasham joylar"¦.Keling, mendan so’rang, ualr nimalarimni olib qo’yishganini"¦."
Mavzudan uzoqlashdim, so’zimga qaytayin. Qo’limda emas, fikrimni bir joyga jamlay olmayapman. Onam o’lgach, men bir chaqaloq, bir yoshli akam, o’pka kasali bo’lgan dadam, ikki xonali (biri oshhona) uyda dardlar, alamli qayg’ular bilan qoldik.
O’shanda:" taqdirda yordam beraman", deguvchilar ham chiqqan edi, ammo bari og’izda qolib ketdi. Qarindosh bo’lsa, jondan ko’ngildan bo’lsin. Onam yetimlikda ulg’aygani uchun ham hech yaqinlari qarindoshlari yo’q edi. Dadamning yaqinlari — amakim va ammam yahshi munosabat ko’rsatishmadi. Zero, amakimning o’zi ham falaj edi. Ko’p yashamadi. Ammamning esa ziqna bir eri bor edi. Har kuni kaltak, so’kish bilan o’tadi. Xullas, qayg’ularga ko’milib qolganik.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 28 Oktyabr 2007, 10:13:38
Dadam yo’qchilikka va qayg’ularga bir yil chidadi. O’zi ham o’pka kasali bo’lgani uchun bardosh berolmadi. Dadam bilan ochiq suhbatlasholmas, kasalligi haqida aniq bir narsa bilmas edik. Men o’n bir yoshga kirganimda dadam vafot etdilar. U kishi ko’p sigaret chekardi. Yoshligida ichkilik ham ichgan. Har holda o’pkasini ishdan chiqargandi. Yo o’pkasi shishgan yoki sil bo’lgan. Aniq bilmayamn. Dadam o’ziga qaramas, e’tiborsiz, ertani o’ylamaydigan kishi edi. Topganini ichradi. Shu bois juda kambag’al edik. Ammo onam unaqa emas, juda pokiza va tartibli ayol edilar. Ibodatlarini kanda qilmas edilar. Uyda har doim Qur’on va boshqa kitoblarni o’qirdilar. Nurli va idrokli ayol edilar.
Onamning dindorligini bilganim uchun eng qiziqqon dahriy bo’lgan davrimda ham dindor insonlardan jahlim chiqmasdi. Ularni kamsitmasdim. Balki oanm tirik bo’lsaydi, bu fanatic fikrlarim, dahriyona qarashlarim va umidsizligim bo’lmasmidi. To’g’risi, bu dahriy va moddiyunchi haytimdan mamnun bo’lganimni aytolmayman. Dindor kishi bo’lsaydim, bahtiyor bo’larmidim. Endi bu foydasiz. Bo’m-bo’sh bir dunyoda bo’m-bo’sh qalb bilan o’limimni kutardim. Tuproqqa aylanib, hashoratlarga yem bo’lish uchun. Juda achinarli hol, ammo haqiqat.
Qo’rqmayman.O’limning sovuq nafasi juda yaqin. Shu eshikni bir kuni o’lim ochishiga ishonaman. O’lim dahshati kuchli. Shuncha ezilsam-da, azobim cho’zilsa-da, o’lganim yo’q"¦
Yana mavzudan uzoqlashdim. Qaytaman.
Tanaffus barishga majburman. Yana bir qancha film, tahlillar. Hech yoqtirmayman. Meni qutqarishlaridan qo’rqamna. Yashashni istamagan bir kishi qutqarishda unga bir yomonlikni o’ylashmaydi. Keyin juda ham sovuq va mehrsiz insonlar. Shifokorlar va hamshiralar nega bunaqa? Odamni sira ham mensishmaydi. Biror narsa demoqchi bo’lsang gaping og’zingda qoladi. Ehtimol, olim bo’lish boshqa, odam bo’lish boshqadir. Maktablarimiz bilim odami yetishtirishadi, ammo odamni tarbiyalashmaydi. Barcha muallimlarni yomon demayamn. Oralarida yahshilari ham bor. Ammo umumiy ahvol yomon.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 28 Oktyabr 2007, 10:14:17
Yosh doktorga mehrim tovlandi.

Hohlasangiz ikkita misol keltiraman.
Birinchisi yomon bir misol.
Narkotiklar sabab davolanishim kerak edi. Chunki, jigarimda ba’zi o’zgarishlar, og’riqlar boshlangandi. Shuning uchun davolanishga qaror qildim. Bir o’qituvchim yordami bilan kasalxonaga yotdim. Meni davolagan doktorlardan birining oshkora tahdidiga uchradim. Juda nomusli bo’lganim uchun emas. Ammo tibbiyot xodimi og’ir ahvoldagi bemorga bunday munosabatda o’lmasligi kerak edi. Kechsi xonamga keldi. Eshikni yopdi, keyin ma’lum aldovlar:"Seni sevaman, sen bilan turmush qurishni hohlayamn"¦" Narkotiklar ta’sirida jigarini tugatgan bemor bilanmi? Bu yolg’onni ko’p eshitdik. Shunday yolg’onlar sababli yoshligimning eng go’zal damlarini zulmatga aylantirdim.
Qichqirdim, baqirdim. Yugurib kelishdi. Qyasidir biri yuzimga shapaloq tushirdi. "œBu qiz quturibdi, menga majburan munosabat taklif qilyapti. Qo’lidan qutulolmayapman", deya aybini yashirdi. Tushunyapsizmi? Qaysi kasal ayol zo’rlab, erkak kishiga tajovuz qila oladi? Dardingni kimga tushuntirarding? Tajovuzga uchragan men bemor, ikki kundan keyin eshikdan haydaldim. Keyin menga o’qituvchim ham qaramdi. Unga men haqimda juda yomon gaplar aytishgan shekilli. Sog’liqni saqlash vazirligiga shikoyat yozdim. Natijasi nima bo’ldi, bilmayamn. Vaqt topib u yerdagilarga uchrashganim yo’q.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 28 Oktyabr 2007, 10:14:43
Ikkinchisi esa yahshi bir misol:
Yana jigarim og’riyapti. Kasalxonadamn. Bir mehmonxona boshlig’ining ko’magi bilan davolanyapman. Shifohonaning yosh va yoqimtoy assisenti. Unga nisbatan dilimda umidsiz bir iliqlik.Har kuni ertalab keladi, men bilan gaplashadi. O’ta ko’ngilchan, samimiy. Hamma bemorlarga shundaqa edi. Tasalli berishga harakat qiladi. Tabiiyki, men eshitmagan, bizning dunyoga begona so’lzar edi bular.
- Sabr qil. Hastalik bir imtihondir. Inshaalloh,gunohlaringni to’kadi. Eng katta shifo kayfiyatdir"¦va hokazo.
Yangi bir muhabbat hayajoni ichidaman. Kimligimni bilsa yonimga yaqinlashmasdi. Chunki men hamma narsasini yo’qotgan bir qizman"¦O’tkinchi sevgiga yo’l bo’lsin"¦Hovliga chiqaman.Kuz. Assisent xonamga keldi. Qalbimdagi tuyg’ularimni oshkora aytdim.
-Sen juda yahshi qizsan,-dedi u. Bu ish mening falsafamga to’g’ri eklmaydi. Sen bemorimsan, men esa sening doktoringman. Keyin nima deyishadi: kuchsiz va hasta bemorining tuyg’ularini suiste’mol qildi deyishmaydimi? Sen juda yahshilarga loyiqsan. Inshaalloh, bahtli bo’lasan. Seni duo qilaman.
Ha, bunaqalari ham bor. Ikkisi ham bir insitutni bitirgan, bir xil kioblarni o’qigan. Xo’sh, bu farqlilik nimadan? Bilgan izoh bersin, marhamat.
To’htatdim. Qaytganimdan keyin yozishga kirishaman".
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 28 Oktyabr 2007, 10:15:10
Mudhish bir maktub. Stolimda xotinim bilan birga karaxt bo’layozdik. Shu sahnalarga hayolan kirish, bunday hayot bilan hayolan tanishish dahsahtli. Mudhish bir drama, ishnilmas hayot hikoyasi edi bu o’qiganlarim. Biz ham chiday olmadik, tanaffus qildik. Xotinimning iltifotini kutardim. Qahva ichgach, yana o’qishda davom etdik, bardosh berib o’qiy olmasdik"¦
"œSziga yangidan salom hojam. Yozgan sari yozgim kelyapti. Meni tinglang"¦
Qalbingni tushunadigan bir inson borligini o’ylash ham kishiga madad beradi. Fikrlarim, taxminlarim barbod. Umid qiladigan biron narsam yo’q. Zero, bu ham mening istagim emasmi? Balki, bu o’lim meni bir zahmatdan qutqarar. O’z qo’lim bilan emas, sog’ bo’lgur jigarim yordamida hayotimni tugataman.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 28 Oktyabr 2007, 10:17:03
Yetimxonada o’tgan qayg’uli kunlarim"¦

Yana qaytaman o’sha bolalik yillarimga. Lekin oson emas. Chunki aytadigan, yozadiganim shu qadar ko’pki, qo’nimsiz, beqarorligim shundan. Sizga tartibli bir maktub yozolmayamn deb aytdimku. Shu sabab bu maktub emas, bir safsata bo’lar"¦Gap va hayollar xirmonidir balki"¦
Yana ham qat’iyatliman"¦
Hasta dadam yo’qchilikka bardosh berolmaganidan meni bir yoshimda, akamni esa ikki yoshida bolalar uyiga berdi. Biz aqlimizni taniganimizda atrofimizda bir guruh bolalar bilan oqshomgacha g’alva qilar, yuz tirnab soch yulishardik. Ayol tarbiyachilarning muloyim yuzi, tabassum qilgan chehrasi, mehr to’la ko’zlarini hech qachon his qilmaganman. Doimo ustimda musht, kufr va ozorli so’zlar"¦"Yo’qolasan, harom o’lasan,inshaalloh" kabi duoyibadlar.
O’grilikni ilk bora o’sha yerda o’rgandik. O’g’irlaganim ham bir chaqaloq edi. Shuning uchun ham o’rtog’imdan ham tarbiyachimdan kaltak yegandim. Ammo hadeb kaltak yeyaversangiz, ta’siri sezilmay qolarkan. Jonni og’ritish tarbiya bermaydi. Bu juda hato usul.
O’qituvchilikdan, tarbiyachilikdan xabarim yo’q, ammo bu yo’l yanglish edi. Chunki kaltak yegach, yana o’g’irlik qilaverardim. Yomon so’z eshitgach,yana ham ko’proq yaramasliklar qilardim. Buning eng katta sababi esa meni tarbiyalagan kattalarning mehrsiz munosabatlari edi.
Endi o’ylasam, bu kabi joylarda ishlaydigan ayollar ham mutlaqo ona bo’lishmagan, ularda sevgi va achinish hissi sust bo’larkan. Oddiy, insofsiz va mehrsiz ayollar tarbiyalayamn deb juda ko’p bolalarni buzib, zararli yo’lga solib qo’yadilar.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 28 Oktyabr 2007, 10:17:27
Nima bo’lganida ham hozir falsafa qilmoqchi emasman. Yana ortga qaytib, yahshi bir ta’lim olishga hech hushim yo’q. Nima qilishsa qilishsin. Natija men kabi bo’lganidan keyin"¦.
Yoshim oltiga to’lganida akam bilab bir-birimizni yahshigina qo’llay boshladik. Dadam avvaliga tez-tez kelib turardi, keyin esa yo’qlashni kamytirdi. Ishim ko’p, kelolmayman, der edi u. Aslida og’ir kasal ekanlar. Bizga lavlagi va mayiz olib kelardi. Kam-kam harid puli berardi. Ammo bu pullarning hech foydasini ko’rmasdik. Nima qilsak qilardik doimo o’g’irlatardik. Biz ham o’g’irlardik, albatta.
Mendan bir yosh katta akam juda mehribon edi. Juda tez yig’lardi.Voqealarning farqiga borgach ko’zlari yana ham so’lginlashgandi. Men unaqa emasdim. Biroz qattiq fe’lli, biroz loqayd. Ba’zan ovqatlanishda bizga meva berishardi. Akam uni yemas, menga keltirardi:"Men o’g’il bolaman, har joydan topaman. Sen qiz bolas an birovdan so’rolmaysan". Oh, akajonim! Sen qanchalar mehribon aqlli eing-a!
Meni kechiring bu sahnani yozolmayman. Qachonki yodimga akam tushsa, go’yo ichimda bir narsalar qo’porilib ketardi. U mening hayotimda yagona suyanchig’im, yagona do’stim, yagona sirdoshim edi.
Nima bo’ldi deysizmi? Bardoshim yetsa buni ham tushuntirarman. Men yetti yoshligimda boshlang’ich maktabning birinchi sinfiga bordim. Akam kasal edi. Shamollab qolgandi. Bir nech kun maktabga borolmadi, yotoqxonada qoldi"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 28 Oktyabr 2007, 10:18:09
Yagona sirdoshim — akamni ham yo’qotdim.

Oqshom tushganida amktabdan qaytdim. Ne ko’z bilan ko’rayki, hayotimning ildizi qo’porilgan, hayotimning iplari uzilgan edi. Umidim so’nib, dunyo zulmatga aylandi. Oh, Hayot! Nima ko’rdim sendan?
Akam kravatdan yiqilib tushgan, boshi temirga urilib o’lgan edi. Yoki boshqacha bo’lgandir, menga shunday deyishdi, bilmadim. Bardoshli bo’l. Bola qalbing bilan qanday chidasang, chida. Endi hayotda qaysi kuch, qaysi umid bilan yashaysan? Baxtli bo’l.Yolg’iz boshingga qanday uddalay olasan?
Falakning eng og’ir zarbasi edi bu. Birinchisi biror marta bo’lsa-da ko’rolmaganim oanm, ikkinchisi esa, jon do’stim, borlig’im, mehribongina, kichik pahlavonim akam"¦Oh, u tirik bo’lsaydi, aminmanki, men bu yerda emas, malikalardek bahtiyor bir oilada bo’lardim. Oh, u tirik bo’lsaydi, hech bir yitqich bo’ri yonimga yaqinlasha olmasdi. Oh- u hayot bo’lsaydi, meni har kuni kaltaklasaydi, sochimdan sudrab uyga qamab qo’ysa edi"¦Hech qursa, hurmatli odamlar qatorida, hech bir tuyg’usiga qo’l siltamagan, yuzi yorug’, boshi tik bir inson bo’larmidim"¦
Oh, u yonimda bo’lsaydi"¦
Ichimdan bir olov chiqqanini his qilyapman, xojam.Siz qalb yonishini bilasizmi? Bu yonish olovdan ham kuchliroq bir qo’rdir. Buni ichi yonganlar biladi.
Qo’llarim titrayapti shu lahzalarda.Gaplarimni tushunayotgan bo’lsangiz kerak. Qalbimning hissiz, kuchsiz urishi yana tezlashdi. Yillar bo’yi yig’lashga ko’nikka ko’zlarim yana yosh to’kyapti. Nima ham qilardim, mening qismatim shu. Yig’lash, eng katta qurolim. Kuchsizning kuchi ko’zyoshidan boshqa narsa emas. Biroz tin olayin, chidolmayapman, xojam"¦"
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 28 Oktyabr 2007, 10:18:31
Ha, chidash mumkin emas. Bu yoshdagi bola bardosh qiladigan azob emas bu.
Qahvalarimizni ham ichishni unutdik. Biz ham ko’zyosh to’ka boshlagan edik. Ayniqsa, xotinim hech chiday olmasdi. Alloh hech kimni bunday azoblarga giriftor qilmasin. Xotinim qahvani yangilashga turdi. Men ham biroz o’zimga kelish uchun stol yonidan uzoqlashdim. Bu qayg’uga chidolmasdim. Vaqti-vaqti bilan yuragim siqilganini his qilardim"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 29 Oktyabr 2007, 12:38:58
Juda ajib hikoya iltimos davomini tezroq qoying!!

Assalamu alaykum.
Opajon, albatta, Alloh qodir qilganicha qo'yib boraman,Inshaalloh.
Duo qilib turing.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 29 Oktyabr 2007, 12:39:38
Biroz o’zimizga kelgacha yana maktubga qaytdik:
Yotoqxonada endi yolg’iz qolgandim. Har kuni yig’lardim. Bu shunday hasratli yig’I ediki, go’yo o’zimni tamom qilayotgan edim. Shu sabab ikki marta ko’zlarim shishdi, mikrob tushdi. Doktorga ko’rsatishdi. Ammo atrofimdagi kattalar juda mehrsiz, toshbag’ir insonlar edi. Har gal yig’laganimda, tasalli berish o’rniga ozor berib to’xtatishga harakat qilishardi. O’qituvchilardan faqat bir kishi boshqacha, yahshi kishi edi. Kelar, men bilan qiziqar, muammolarimni tinglar, hikoyalar aytar, kitoblar berardi. Qalbi mehrga to’la inson edi. Keyin uni yotoqhonadan uzoqlashtirishdi. Nimagaligini bilmayman. Bu voqea ham men uchun quvonarli bo’lmadi albatta. Usmon afandi degan kishi ham bor edi. Yahshi inson edi. Bizga har kuni qand-qurs ulashar, bizni "œshakarlarim,chechaklarim" deya erkalardi. Eng katta azobni esa o’n yoshimda uchinchi sinfga ko’chganimda kechirdim.
Bir kuni meni mudir chaqirtiribdi. Yotoqxonadagi o’quvchilar uni mudir ota deyishardi. Mudir otani yoniga bordim. Meni xonasiga taklif qildi. Ilk marotaba bir mehr muruvvat ko’rsatishini hohlardim. Ochiq yuz bilan va shirin so’zlar aytib, yonimga keldi. Buning sababini bilolmasdim. Avval kamchiliklarimni va muammolarimni so’radi. "œQo’rqma qizim, gapir, senga yordam beraman", dedi. Men ham shu paytdagi muammolarimni aytdim.
"œBo’pti, bularning hammasi bo’ladi,-dedi. Sen kuchli, jasur va irodali qizsan,- deya davom etdi. Senga juda ishonaman. Sening keljaging porloq. Sen har qanday qiyinchilikni yenga olasan. Har qanday qayg’uni yengasan. Nega bunday demoqda? Hech narsaga tushunmas edim. Men jasur va irodali qiz emasdim, axir"¦
Nihoyat, qayg’u to’la hayotimni zulmatga aylantirgan, umidlarimni so’ndirgan, o’n yoshimda o’limga hukm etgan "œbomba" portladi.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 29 Oktyabr 2007, 12:43:31
Dadam ham o’lgandilar.

-Qizim juda qayg’udaman. Ammo buni bilishing kerak. Dadang rahmatli bo’libdi.
U so’nggi so’zlarini aytib tugatmasdan, mening butun borlig’im yonib tamom bo’lgan edi. Xonadagi butun jihozlar oyoqqa turgan, hamma narsa ustimga bostirib kelardi. Devorlar, eshilar, shift deraza hamma narsa chir aylanardi. Shunday aylanardiki, o’rtasida bir jarlik paydo bo’ldi va u yerga to’g’ri qulb tushganimni his qildim. Keyin nima bo’lganini bilmayamn.
Ko’zimni ochganimda boshimda ikki oq kiyimli odam menga qarab turardi. Boshim karaxt, ichimda ta’rifsiz bir alam"¦Bir olov vujudimni kuydirardi. O’sha kuni ichimga tushgan hayot olovi hech so’nmadi. Bugun ham o’sha otashning azoni, yong’ini ichidaman. O’n yoshli bir qiz. Onasi, otasi va akasidan juda bo’lgan. Hayotda yakkayu yolg’iz. Allohning birorta quli yo’qki, unga tasalli bersa, suyanchiq bo’lsa. O’ylab ko’ring, taqdiringiz shunday bo’lsa nima qilardingiz? Juda dahshatli, qo’rqinchli emasmi?
Nech kunlar och, suvsiz yig’ladim. Burchak-burchaklarga tiqildim, odamlardan qochdim. Umuman, holdan toydim, yiqildim. O’sha yili maktabga ham borolmadim, sinfda qoldim. Go’yo boshqa birovning hayotida yashar edim. Sen ovqatlanmasang, kasal bo’lsang, maktabga bormasang, kimning nima ishi bor? O’sha yillarda menga yagona tasalli beruvchi kishi ishchi Usmon afandi bo’ldi. Meni har kuni yo’qlardi. Sochlarimni silab:"Mening shakarim, gulim", deya erkalatar va menga har kuni bittadan qand berardi. Shuncha iztirob ichida mittigina bo’lsa-da, uchqun ham bahtiyorlik nuri bo’ladi. Bugun ham hurmat bilan hotirlayamn. Unga nima bo’ldi, hozir qayerda, bilmayman. Ammo mudir otani also kechirmayman. Undan keyin hech ham yo’qlamadi. Dardlarim bilan sira qiziqmadi ham, ehtiyojlarimni to’g’rilamadi ham. Holbuki, u so’z bergan edi. Nega shunday insonlar bunday muasssasalarga qo’yiladi? Bilmayman. U yerdagi bolalar eng ko’p mehrga, muhabbatga muhtoj bolalardir. Bu yerda ishlaydiganlar esa sevgi va mehrni umuman bilishmas, qalbi borlari sanoqli edi.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 29 Oktyabr 2007, 12:45:35
 O’sha yillari izzat-nafsimga tekkan bir boshqa hodisa ham esimda. Bir kuni juda och qoldim va oshhonaga borib bir parcha non, ozgina pishloq oldim. Pulim yo’q edi, bufetdan ololmasdim. Buni oshpaz Komil afandi ko’rdi, qo’limdan tutdi va mudir yordamchisiga sudrab bordi. U ham bo’lmag’ur qiliqlarni topdi. Bir burda non, bir bo’lak pishloq uchun.
-Sizlar non uchun o’zingizni ham sorasiz. O’g’rilar, nomusszialr kabi so’zlar bilan shunday haqorat qildiki"¦
Holbuki, shu yoshdagi qiz shunchalar och, behad qiyin ahvolda qolmasa, bir parcha non uchun shunday sharmandlari ahvolga tushishni hohlaydimi? Bu insonlar qanaqa tarbiyachi o’zi? Qilgan ishim qoidadan tashqari bo’lsa-da, shunchalikka boorish kerakmi?
Ammo ko’p o’tmay mudir yordamchisi, bir qancha yosh onalarning shikoyati bilan yotoqxonadan ketishga majbur bo’ldi. Qizlarni bezovta qilar emish. Bu tarbiyachiga nomunosiz ish. Insonalrga o’rnak bo’ladigan kishi boshqalardan farqli, afzal, pokiza va to’g’ri bo’lishi lozim. Yo’qsa, bizlar kimdan o’rnak olamiz. Endi bular meni umuman qiziqtirmaydi. Ammo men biror hamdard kishim bo’lishini juda — juda hohlar edim"¦
Maktab yillarim ham bundan unchalik farq ilmadi. Ammo atrofdagi odamlar, maktab o’qituvchilari qobiliyatli ekanimni gapirishar edi. O’sha yillari xotirlashga arzigulik ikki ta’sirli voqea bo’lgan edi. Mana birinchisi eshiting:
Sunfdoshim Oyshaning dadasi badavlat edi. Juda yahshi kiyinardi. Doimo puli bo’lar edi.Har tanaffusd bir nimalar olib yer, men esa uni uzoqdan havas bilan kuzatar edim. Chunki, umuman, pulim bo’lmasdi. Bir kuni u men juda yahshi ko’radigan va kiyishni hohlaganim bir tufli kiyib keldi. Buni ko’rib xo’rligim keldi, ko’p yig’ladim. Allohga ilk marta isyonim ana o’sha kunlari boshlandi. Din o’qituvchilari Allohning, dinning va taqdirning qanchalar shafqatli ekanini tushuntirishardi. Unday bo’lsa qani? Na onam, na dadam, na akam? Na besh so’m pulim bor? Hayotda yakka-yolg’iz hamma narga muhtoj qiz? Shu ham shafqatdanmi? Allohning menga ortiqcha zulm ko’rgizganini, meni unutganini va nazaridan qoldirganini o’ylardim.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 29 Oktyabr 2007, 12:46:45
O’qituvchimizning dahriylikni tushuntirishi.

Dahriylik va markscha fikrlar bilan tanishuvimda eng kuchli ta’sir etgan turk tili o’qituvchimiz bo’ldi. Ya’ni, turk tili o’qituvchimizning mahsus harakatlari bilan biz dahriy bo’la boshladik. U bizga alohida e’tibor berar edi. Oqshomlari bizni yotoqxonada to’plar yoki yonimizga kelar, har gal meva, shokolad, qand yoki shunga o’hshash narsalar olib kelar, bizga tarqatar, biz ham sevinchimizdan sakrar edik. Ketayotganida ortidan:"Eng buyuk o’qituvchi Erdal o’qituvchi" deya qichqirishardik.
U bizlarni yoniga o’tirg’izar, sochlarimizni silar, mehribonchilik ko’rsatar, keyin esa suhbatni boshlar edi. Go’zal, ta’sirchan so’zlar edi. Bizga va bizdan boshqalarga ham xitob qilardi. Chunki u yerdagi qizlarni hammasi yo yetim, yo qarovsiz, xullas, mehrga muhtoj edi. O’qituvchimiz esa bundan juda yahshi foydalanar edi.
-Alloh, degan biror narsa yo’q,-derdi u. —Agar Alloh bor bo’lsa, nega adolatli emas. Nega ba’zi qizlarni ota-onasi, uyi va imkoniyatlari bor-u, sizniki yo’q? Nega insonlar teng emas? Agar insonlarni Alloh yaratgan bo’lsa,nega hammasini teng qilmagan. Agar insonalr orasida "œadolat, tengllik" degan narsa yo’q ekan, demak Alloh degan narsa ham yo’qdir. Payg’ambar, din va Qur’on ham uydirmalardir. Bular ba’zi ta’magir insonalar to’qigan narsalardir. Insonlar bu hayotda o’z ko’ngillaricha, hohlaganlaricha yashashlari kerak. Chunki ular o’lgach, hayot tugaydi, insonlar tuproqqa aylanishadi. Insonlar bu dunyoda bahtiyor qilish esa, sotsialistik boshqaruv bilangina mumkindir. Agar sotsializm kelsa, hamma teng bo’ladi, birov-birovni kamsitmaydi.
O’qituvchimizning bunday fikrlari juda ta’sirli bo’lardi. Bizlar ham Allohga ishonmasligimizdan va sotsialist bo’lganimizdan faxrlanardik.Ammo e’tirofim etishim lozimki, o’lganda keyin tuproqqa aylanib ketish mavzusini hozir ham ko’nglimga sig’dirolmayman. Ya’ni, ichimda yangidan tirilish ovozlari har doim yuksalaverardi.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 29 Oktyabr 2007, 12:47:23
Ikkinchi unutlmas hodisa din darsi o’qituvchimiz bilan bog’liq.
O’rta maktabning ikkinchi sinfidaman. Din darsi o’qituvchimiz mening ahvolimdan xabardor. Menga juda yahshi munosabatda bo’lardi. Vaqti-vaqti bilan katta-kichik ehtiyojlarimni ta’minlar edi. Ayniqsa bayramlarda menga harj puli berardi. Bu payt bu o’qituvchimizning harakatlari bilan dinni va Allohni seva boshlagandim. Dinga qiziqishim o’sha yillari boshlandi. Ammo voqealarning boshqacha tus olishi bois uzoqqa cho’zilmadi. Din o’qituvchimiz doimo yahshi o’qisam muvaffaqiyatga erishuvim haqida uqtirar edi.
-Sen baxtli bo’lishing kerak. Senda o’zgarish bor. Yo bahtli bo’lasan, yoki tamom bo’lasan. Yolg’iz bir qizga yashash juda qiyin. Bundan tashqari juda kuchli bo’lishing kerak. Agar harakat qilsang, eng katta yordamching Alloh bo’ladi. Qayg’urma, bu kunlar o’tkinchidir.
Balki, ishonchi kerakli, mantig’I to’g’ridir. Ammo bu hayot yo’llari shunchalr chigal va o’nqir cho’nqirki, o’qituvchim aytgan maqsadlarga erisholmadim. Yana bugun ichimda din va ishonchga doir hech bir rag’bat bo’lmasa-da, din darsi o’qituvchimizni hurmat bilan hotirlayapman. Bugun kelsa ham, uni huddi shunday hurmat bilan qabul qilar va tinglar edim.
Nimalarni tushuntirayin. Yozilmagan ko’p narsalar bor. "œTuyada quloq bor" deydilarku, axir"¦Ammo dengizdan qatra bo’lsa ham, misollar ko’p narsani anglatadi, deb o’ylayman.
Charchadim, biroz dam olishim kerak. Vaqt ham allamahal bo’lib qoldi. O’zimga kelsam davom etarman.Kelolmasam ish joyida qoladi"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 29 Oktyabr 2007, 12:47:48
Biz uchun ham vaqt kech bo’lib qolgan, ammo maktubdan uzulolmasdik. Toshqinlar, bo’ronlar ichidagi maktub ikkimizni ham holdan toydirgandi. Xotinimga:
-Biz ham tonggacha tanaffus qilsak?-dedim.
-Yo’q!- deya javob berdi.-Tanaffus qilsak ham men uxlolmayman. Maktubni oxirigacha o’qiymiz.
-Hech bo’lmasa, biroz dam olib, o’zimizga kelib olsak.
Shunday qildik. O’qiganlarimizni tahlil qilib o’tirdik. Aybdorlarni topib, xulosa chiqarishni, muassasaga va muassasa rahbarlariga tushgan vazifalarni topishga harakat qildik. Keyin maktubni o’qishda davom etdik.
Xojam, yana bir bor assalamu alaykum. Ikkinchi kun. Soat 10 bo’ldi. Ertalabki tekshiruvlar, davolash ishlari tugadi. Soat 13gacha yolg’izman. Ya’ni, maktub yozishni 13gacha davom ettirishim mumkin. Bugun biroz yahshiman. Balki kechasi ichimdagilarni qog’ozga tushirganim uchun biroz yengil tortgandirman. O’limga ketyapsan, xursand bo’lma. Qanday ayanchli, shunday emasmi? Och odamning "œochlik" bilan to’yishi kabi"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 29 Oktyabr 2007, 12:48:36
IKKINCHI BO’LIM.

Yolg’izlik qurboni bo’lgan litsey yillarim.


Hayotning chirkin, azobli va tahlikali tuzoqlari qarshisida yolg’iz boshim bilan himoyasizman.
Yosh qizlik ahyollarim, ba’zi haqiqatlarni ko’rishimga to’siq bo’lardi. Tajribasizligim tufayli, yahshi-yomonni ajratolmasdim.
Atrofimni o’rab olgan yovuz niyatli kishilarga ko’p suyana olmadim. Hayotning yorug’ kunlarini ko’ra olmadim. Zulmat va umidsizlik boshlandi.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 29 Oktyabr 2007, 12:50:13
"œYirtqich bo’rilar" atrofimni o’rashdi.

Uzilgan joyidan davom etaman, litsey yillarimni yozaman. Hayotimni barbod qilgan, qismatimning sho’rligini aniqlagan joy. Och qashqirlar ilk bora hujum qilgan, qarovsiz qizlarga tashlangan, hayotimni zulmatga aylantirgan joy. Qaniydi bu yillar taqdirimda bo’lmasa"¦
Men ko’p o’ylayman, oils bir qishloqda nochor johil qolsaydim. Eski bir kulba, sigirlar, ho’kizlar, qo’ylar, bir etak bolalar va meni ozgina bo’lsa ham tushunadigan ho’jayin. Buni hozirgi ahvolimdan, ya’ni, o’qimishli, ammo hammer narsasini yo’qotgan bu hayotimdan ming marotaba afzal bilardim.
Nega bunday imkonsiz ishlarni xayol qilyapamn, bilmayman. Har holda ichki tuyg’ularim, pinhona istaklarim vaqti-vaqti bilan shunday uyg’onib qoladi.
Litsey hayotimga qaytaman. Litsey hayotim"¦Umuman, yodga olishni istamaganim, hayotimning eng dahshatli, eng qayg’uli, eng og’riqli yillaridir. O’zligimni,  izzat-nafsimni, sha’nimni, pok-bokira olamimni o’sha yillarda bulg’adim. Yana ham to’g’rirog’i, majburan bulg’andim. Meni menda ayirgan, meni mendan o’g’irlagan yillarim. Qaniydi bu yillarni umuman yashamagan bo’lsam. Yoki bular bir tush bo’lsayu, uyg’ongach o’tib unutilib ketsa. Balog’at yoshining qing’ir-qiyshiq yo’llaridaman. Bu davrning bebosh va mantiqsiz o’tmasligini bilasiz. Ko’ngil hamma narsani tusaydi. Hamma narsani kerak, deb biladi. Yanglish muhabbatlar, go’r va homhayol yoshlar, panada kutib yotgan och qahqirlar"¦
Tengdoshlarim o’z ko’ngillaricha yashashardi. Ko’ylaklar, yangi soch turmaklashlar, turli xil dezodrantlar"¦Yosh qizlar husnining o’ziga xos jilvalari"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 29 Oktyabr 2007, 12:50:40
Faqat men hammasidan mahrum edim. Bir burchakda, guruhdan tashqarida, do’stlar davrasidan uzoqda"¦
Kim bilan nimani gaplashaman?Ular bilan bog’liq nuqtalarim yo’qku. Nimadan bahslashaman? Onamning qanday jahli chiqqanidanmi? Dadam bergan harj pulidanmi? Kecha kelgan mehmonlardanmi? Kecha pishirgan xom kotletdanmi? Yoki mashinada qandau shaharni tomosha qilganimdanmi? Nimani suhbatlashaman?
Ularning orasiga kirolmayman.Ular kabi bo’lolmayamn. Ular kabi yashayotganim yo’q. Mening bittagina dugonam bor edi. Amina"¦Dadasi maktab o’qituvchisi.Aqlli, intizomli, tartibli qiz. Tahlikani qayerdan kelishini biladi. Oilasida yahshi tarbiya olgan. Shu sababli o’rtoqlari Aminani bu holiga chidayolmaydi:"Sen qaydan bilasan bu ishlarni, o’rgimchak miya" deyishadi. Ya’ni Amina dindor oila farzandi edi. Ammo men Aminadan hech bir zarar ko’rmadim. Kelajak haqidagi qarashlarida ham also ziddiyat yo’q edi. Amina meni ham o’zi kabi qilishga ko’p intildi. Menga kitoblar berdi. Hafa bo’lmasin deb kitoblarni oldim, lekin umuman o’qimadim. Bir kuni meni uylariga olib bordi. Onasi juda yahshi kutib oldi. Ovqatlar pishirdi. Ayol o’z aqlicha bizga o’gitlar berdi. Boshqasini uncha eslolmayamn. Ketayotganimda qo’limga bur tugun tutqazdi. Keyin ochdik. Bir shippak, bir paypoq, sochiq, biroz pul ham bor edi. Juda ta’sirlandim, quvondim. Berilgan hadya yoki onasining mehribonchiligidan emas,oilaviy hayotning qaynoqligidan, onaning borligidan, yaqin va iliq munosabatlaridan"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 29 Oktyabr 2007, 12:51:26
Mana, mening hasratim, sog’inchim"¦Hayotim va tungi tushlarimni bezagan ham shular edi.
Oh, onaginam!Sizning qanday sog’inganimni bilsangiz edi"¦

Ko’pdan beri ko’rmadim yuzingizni,
Meni xarob qilar bu holat, ona!
Xolimni kelganu ketgandan emas,
Issiq qo’llaringdan so’rab bil, ona!
Ona, g’urbatdaman, g’am o’chog’ida,
Sevgim, yuragimni qo’rida yasha.
Meni sog’inar bo’lsang, yo quchog’ingda
Yohud ko’zyoshingda hayol qil, ona!
Ayriliq qismatim ekan, netarman,
Faqat Yaratgandan umid etarman,
Balki shu yerlarda o’lib ketarman,
Ne bo’lsa ham mendan rozi bo’l,ona!

Liyseyda ortimdan yuruvchilar bor edi. Bularning bir qismini yahshi tanirdim. Ular men bilan ko’ngilxushlik qilishni hohlashardi. E’tibor bermasdim. Men gaplashishni hohlaganlar esa, menga e’tibor berishmasdi.Ya’ni, yahshilari mening qo’limga kirmas, yomonlarini esa men xushlamasdim.
Litseydagi ba’zi bolalar bilan kafelarga borardim. Ularning suhbatlari menga yoqardi. Yolg’izlik dardiga bir chora bo’lardi go’yo. Bunday suhbatlar muassasaning ishonchlari bilan masxarakash qonuniga isyon qilish, bir intiqom kebi o’tardi. Ichdagi yongan alangani qaysidir ma’noda so’ndirardi. Adolat, haqqoniylik, tanglik shiorlari qulog’imga yoqar, qonimni ko’pirtirardi. Hammaga inson kabi yashash, hammaga ish, sog’lik va tarbiya yahshi tushunarli edi. Bunga hech kim yo’q deya olmasdi. Bu yerda gunoh, jahannam, Alloh va farishta kabi insonlarni qiynaydigan tushunchalar yo’q edi. Iymonning ham bo’lmasligi yana ham yahshi edi. Nima bo’lsa ham muassasaning ahamiyat bergani or-nomus, ayol-erkak munosabatlaridagi chegaraga unchalik ahamiyat bermasalar-da, asosiy shart edi. Hech bo’lmasa bu yerdagi yoshlar meni odam hisobiga qo’shishar, hurmat qilishardi. Ammo ba’zi istaklarida "œoldinga" ketishsa ularga qarshi chiqsam:"Sen ham o’sha eski paytlarda qolding. Qo’y, o’sha "œbokira safsatachilikni", deyishlarini unchalik ham ko’ngilga singdirolmasdim.Singdirsam ham, singdirmasam ham o’zimni himoya qilolmaydigan bir muhitda edim. Kim do’st, kim dushmanligi noaniq bo’lgan bir uhit. Yomon niyatlilar va yahshi niyatlilar yoshlik davrining havosi ichida bir-biriga qorishib ketgandi. Yoki bizning o’lchovlarimiz, tortishuvlarimiz ularni ajratolmasdi.

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 29 Oktyabr 2007, 20:31:14
Juda ajib hikoya iltimos davomini tezroq qoying!!

Assalamu alaykum.
Opajon, albatta, Alloh qodir qilganicha qo'yib boraman,Inshaalloh.
Duo qilib turing.

Va alaykum assalom .Sizdan Alloh rozi bo'lsin jazoyingizni hayrlik qilsin .Bu hikoyaga shunchalar qiziqqanimdan kelgusi sahifalarni orziqib kutayapman.SHu sabab sizni biroz shoshirgandim.

Hech qisi yo'q, opajon.
Sizni tushunaman.
Bu kitob meni eng sevimli kitoblarimdan. Har gal yig'lab-yig'lab o'qiyman.
Oyda bir marta o'qiyman. Har gal o'qiganimda bir yangi narsani o'rganaman.
Shuning uchun bu kitobni,biroz qiyin bo'lsa ham sizlarga ham ilindim.
Hammaga, ayniqsa yoshlarga juda foydali...
Alloh taolo hammamizni har narsadan ibrat oluvchilardan qilsin...
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 11:55:07
Hayotimni zulmatga aylantirgan odam.
Meni kutayotgan juda mudhish narsalardan bexabar, tubsiz jarliklarga qulayotgan hayotimni yashashda davom etardim. Ha. Hayotimda mudhish voqea bo’ldi. Koshkiydi, o’sha voqea yuz bermagan bo’lsa"¦Aminmanki, bu yerlarda emas, juda yahshi joylarda yuragn bo’lardim.
U dahshatli hodisa"¦Qachon eslasam, asablarim qaqshaydi. Voqeaning o’zidan emas, qanday yuz berganidan"¦.Bayon qilib, buni ham ichimdan to’kib tashlashni hohlayman. Hayoliy bir sevgi bilan yashardim.yolg’iz o’zim ichimdan yonib, hech kim bilmaydigan bir sevgi. Kimga deysizmi? Mashhur boyning o’g’liga. Bola yoqimli, ko’zga yaqin bir yigit edi. Ilk bor ko’rganimdayoq tuyg’ularim isyon qilgandi. Yigit ham harakatlari bilan tuyg’ularimga da’vat etardi. Rasm chizishga qiziqqanimdan rasm o’qituvchimizning to’garagiga qo’shilgandim. To’garakning boshlig’I esa mashhur siyosatchining o’g’li Chag’dash edi. Chag’dash maktabing ko’zga ko’ringan o’quvchisi, barcha tadbirlarning tashkilotchisi. Boy, yoqimtoy, va harakatchan bor bola.
Goho tutilardik, goho tutilmasdik. Ammo tutilgan faqat men emasdim. Shu sababli bir-birimiz bilan janjallashardik. Dugonam Amina meni ko’p ogohlantirardi. "œBu bola yahshi niyatli emas, ehtiyot bo’l", der edi u. Yoshlik-da"¦Insonning yonida bir egasi, rahbari bo’lmasa, yo turli guruhlarning fanatic qarashlariga yoki "œmuhabbat" tuzog’I qurgan jirkanch amallarga qurol bo’larkan. Shunday ham bo’ldi.
Rasm chizay deb qo’limga qog’oz qalam oldimmi, faqat bir uy suratini chizardim. Ko’pincha, bir butun oila a’zolarini"¦ Bu ichimda so’nmagan, o’chmagan sog’inchning hikoyasi edi. Yo rasm chizish yoki "œona" haqida she’rlar o’qish.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 11:55:41
Chag’dash bilan munosabatlarimiz "œquyuqlasha" boshladi. Endi sevgi mavzusida ham suhbatlashardik. U menga sevgi izhor qildi va maktabni bitirgach men bilan turmush qurishini aytdi. Dugonam Amina esa bor kuchi bilan bunga qarshilik qilardi. Shu sabab men uni hafa qildim:"Sen meni ko’rolmayapsan, qizg’anyapsan", deya baqirdim. Chag’dash bir shanba kuni meni uyiga taklif qildi. Bunga bahona qilib:"bir guruh qizlar keladi, meni chizgan rasmlarimni tomosha qilishadi. Choy ham ichamiz", dedi. Qabul etdim.
Uyiga bordim. Meni yahshi kutib oldi.
-Hammadan oldin kelding,-dedi. Bu bilan meni qanchalar sevishngni ko’rsatding. Bu iltifotingdan mamnun bo’ldim.
Ammo men hayron edim. Vaqt o’tib borsa-da, hech kim kelmas edi. Buning sababini so’raganimda:
-Seni juda sevganim uchun, taklifimni qabul qilsin deb, kichik bir yolg’on ishlatdim,-dedi. Ikkimiz yolg’iz bo’lamiz. Hamma gaplarimizni gaplashib olamiz.
Bu harakatidan ham bsevindim, ham biroz tortindim. Uning meni sevishi buyuk bir taraqqiyot bo’lsa-da, bunaqa reja bilan chaqirishi unchalik yahshi niyatni bildirmasdi"¦.
Natija tahmin qilganingizdek. Menga zo’rlik bilan ega bo’ldi. Bu voqea men uchun katta bir falokat edi. Ichimdagi kuchning, bardoshning, yashash umidining va orzu qilgan go’zal hayollarimning tugaganini ilk marta his qildim. O’sha jirkach voqea, u och qashqirning yovuz niyati juda dahshatli edi. Butun hayotimni zulmatga aylantirdi. Yashash ilinji, orzularimni ostin-ustun qildi.  Faryodlarim butun uyni oyoqqa turgizdi. Kimning nima ishi bor? O’sha ishni rejalashtirgan odam, chorasini ham topib qo’ygandi. Kuchim yetganicha baqirdim.
-Ey,Alloh! Bor bo’lsang kuchingni ko’rsat. Mendan ham ko’proq yordamga muhtoj kim bor?- deya baqirdim.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 11:56:13
Uydan chiqdim. Hamma menga qarardi.
-O’z oyog’ing bilan kelganingdan keyin shunaqa bo’ladi,-deyishardi. Men dunyoda ortiq yashay olmasdim. Tirik murdaga aylangandim. Muassasa uchun buning ahamiyati bor. Fohishalar safiga yana bir qiz qo’shildi, tamom"¦
O’zimni o’ldirmoqchi bo’ldim.
Yotoqxonaga yetib kelgunimcha uch marotaba o’zimni-o’zimni o’ldirmoqchi bo’ldim. Uch marotaba"¦Uch marotaba o’zimni mashina tagiga tashladim. Qanchalik mushkul o’lim. O’lishni istayman, ammo o’lolmayapman. Ortiq yasholmayman. Mashinalar ham bosmaydi. Yo qattiq tormoz bosishadi yoki chap berib o’tishardi. Qancha falokat bo’ladi, qancha odamlar o’ladi. Qayerdasiz? Shofyorlarning ustaligi menga kelganida ish beradimi? Haydang, bitiring shu ishni. Yo’q"¦Bo’lmaydi"¦Go’yo bir kuch bunga to’sqinlik qilardi.
Yotoqxonaga keldim. Umuman karaxtman. Necha kunki yeyish — ichish yo’q. Maktabga ham bormasdim. Yiqilgandim, tamom bo’lgandim, ortiq yashagim kelmasdi. Yagona do’stim, sirdoshim Amina edi. Necha marotaba yonimga keldi. Hatto bir safar onasini ham olib keldi. Qaysarlik qildim. Hammasi tugadi, o’lishim kerak.
Aminaning qistovi bilan bo’lgan voqeani gapirib berdim. Amina go’yo bu voqeani oldindan bilan va meni necha bor ogohlantirmoqchi bo’ldi. Uning aytgani bo’ldi. Men nega bilmadim, nega o’ylamadim? Bu holatimni tushuntirish uchun Chag’dashning dadasini oldiga bordim. Boshimdan o’tgan va o’g’li tomonidan menga qo’yilgan jirjanch tuzoqni yig’lab gapirib berdim. Mening faryodlarimni eshitishni ham istamadi. Kulgili va navbatdagi oddiy hodisani eshitgan kabi "œqah-qah" urib kuldi.
-Sen birinchi ham emassan, bu ketish bilan oxirgisi ham bo’lmaysan. Ko’zingga qara edi, qizim,-dedi. Qo’limdan sudrab chiqarib yubordi. Dardu iztiroblarim bilan yolg’iz qoldim. Butun umidim so’ngandi. Ehtimol, dugonam Amina hech tildan qo’ymaydigan bir shiorda haqiqat bordir:"Qaysi bir insonda Allohdan qo’rqish va hisob berishga ishonch bo’lmasa, u barcha yomonliklarni qiladi". Hoh ishon, hoh ishonma. Bir insonni to’xtatishning, tinchlantirishning, nazorat ostiga olishning yo’llaridan biri ham shudir aslida.
Yana falsafa qilishni boshladim. Ba’zan shunaqa bo’lib qolaman. Ichimda o’chmagan izlar, malham qo’yilmagan yaralarim meni yillar bo’yi azoblaydi, huddi shu sahnani yangidan o’ynatib, tiklaydi. Chag’dash dunyoyimni zulmat qilgan kun bir telba kabi "œAgar bor bo’lsang, qudratingni ko’rsat,Alloh, menga yordam ber.Mushkul ahvoldaman", degan edim. Bu ahyqiriq go’yo samoga uchgan o’qdek nishonini topgandi. Bugun ham yechilmagan, tushunolmaganim bir voqeaoydinlashdi. Aminaning fikricha, bu Allohning bir mazlum faryodiga javobi edi.
Nima bo’ldi deysizmi? Haligacha nafratim kuchli, yurakdagi dog’larim katta bo’lganidan bir maromda gapirolmayapman. O’shanda men o’zimni yoki Chag’dashni o’ldirishni rejalashtirib qo’ygandim. Kutilmaganda yotoqxonaga dugonam Amina keldi"¦
Shoshib hayajonlanib"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 11:57:33
Tajavuzkor Chag’dash uch kun o’tib o’lgandi.
-Alloh seni eshitdi!-deya menga otildi.
-Nima bo’ldi?-dedim.
-Chag’dash o’lik topilibdi!
O’libdi degan so’zini eshitib turib ketdim. Dugonamni sochlariga yopishdim.
-To’g’risini gapir,-dedim. Ortiq na tasalliga, na ovutishga bardoshim bor.
-To’g’risini aytyapman,-dedi. Uyidan o’ligi topilibdi. Doktorlar zaharlanganini aytishdi. Lekin aslida nimadan o’lganini bilmayman.
Shu on ilk marotaba:"Sen borsan, sen buyksana, Allohim", deya hayqirgim keldi. Go’yo butun shaharni kezib, buni hammaga aytgim keldi. Men bir dagriy qiz edim. Bu mening falsafamga zid edi. Ammo bo’lgan hodisa esa, chin haqiqat edi. Go’yo kimdir menga qilingan bu zulmni his qilmagandek"¦Endi buning kimligi muhim emas. Muhimi bu zolim va benomus kishining o’limi va shu shaklda qasd olganimdir. Joyimda o’tirgancha ho’ngrab yig’lay boshladim.Bu yangi bir hayajonning, bir nafratning, bir intiqomning ko’zyoshlari edi. Yana maktabga qaytdim. O’sha kuni janozasi qoldirilgandi. Tobutni maktabga keltirib tantana qilishdi. Qilgan numossizligini hech kim bilmasdi. Minbarga chiqqan har bir o’quvchi uning fazilatini, harakatchanligini va namunali o’quvchi bo’lganini gapirardi. Necha marta o’rtaga chiqib:"Biroz meni ham tinglang, u nomussiz"¦men ham ikki og’iz gapirayin", demoqchi bo’ldim. Ammo dugonam Amina qo’limni qo’yib yubormasdi. Bir telbalik qilishimni bilardi. Uning sharafiga yahshi so’zlar aytildi. Hatto ba’zilar ko’zyosh ham qilib olishdi. Negadir bir kilo muz yutgandek ichim muzladi. Amina o’sha kuni meni uylariga olib ketdi. Shu topda dindor oila muhitini istamasdim. Ammo majbur bo’ldim. Kulfatli kunlarimning do’sti Aminani hafa qilmoqchi emasdim. U ham meni bilgani va o’zi dindor bir qiz bo’lgani uchun meni yolg’iz tashlab qo’yolmasdi. Men kabi o’ylaydigan o’rtoqlarim oldida mening unchalik hurmatim yo’q edi. Ulardek bir hayot kechirsang nima bo’pti. Buni esa men qilolmasdim. Inson obro’yi bilan yashashi kerak. Har doim boshlangan suhbat, yotoqda bitmasdi,buning nomi esa ko’ngil bilan ish ko’rish edi. Nomusszilikni ham, hurmatsizlikni ham, dahriylikni ham bir nomusi, obro’yi bo’lishi kerak. Sen erkaksan, sen yashay olasan. Senga hech kim bo’ydoqligingni ta’na qilmaydi, men esa"¦Mana shu nuqtada men o’rtoqlarim bilan kelisholmasdim.
Dugonam Amina esa, dindor o’rtoqlari bilan emas, men bilan yurardi. Bilardim, o’z ishonchiga ko’ra savobli ishni bajarayotgandi. Meni iymonga qaytarishni istardi. Oh, qaniydi qila olsa. Ba’zida buni juda hohlayman. Ammo mening ko’nglim bunday jiddiy narsalarni qabul qilmasdi.
Yana mavzudan uzoqlashdim,hojam, uzr so’rayman.
Juda charchadim,dam olayin. Davom etishni hohlayman,bir ishkal bo’lmasa, albatta"¦.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 11:58:28
Yana birgamiz hojam.Amina mnei qo’ymay uyida olib qoldi. Chag’dash bilan bo’lgan mojaroni hech kimga aytmaganini va aytmasligini tushuntirdi. Shunday qildi ham. Haligacha o’sha falokatni hech kim bilmadi, demak, durust qiz, bergan so’zida turdi. Boshqa tengdoshlar bilsa bormi,allaqachon tillarda doston bo’lardik. Mana dindorlarning qadrli tomonlari. Hech bo’lmasa aytgan so’zlarida turadilar. Biz esa"¦U yog’ini aytmay qo’ya qolay.
Yana uzoqlashdim shundaymi?Azoblarim meni o’ngu so’lga tortadi. Toygan mavzular emas, aqlim. Dunyoyim chigal, hayotim past, balandliklarga to’la. Yurishni bilmagan odamdek no’noqman. Nima qilay qo’limda emas"¦
Dugonam va dadasi meni qutqarmoqchi.
Aminaning ota-onasi meni juda yahshi kutib olishdi. Pokiza bir xonadon. Har tarafdan huzurbaxsh. Baqirib-chaqirish, kufr, hiyonat va tuzoqlar yo’q. Bu yerda o’zimning juda ishonchli qo’llarda ekanimni his qildim. Onasi meni mehr bilan quchib:"Xush keliding, qizim", deya o’par ekan, onamni esladim. Agar hayot bo’lganlarida edi, u ham mening yo’limni poylar, u ham menga ovqatlar tayorlar va meni ostonada qarshilar edi. Uning qaynoq quchog’ida yotolmadim. Yonoqlarim mehr to’la dudoqlarini ko’rolmadi. Oh, onam! Qaniydi tirik bo’lsangiz"¦Menga bir martagina "œQizim, bolajonginam" desangiz yetardi"¦.Bu ovozni eshitolmay, qanchalar
hasratdaligimni bilsangiz edi"¦

Ona, o’ylamaki, kunlar o’tdi deb,
O’zgardi avvalgi hissim tobora!
Sendan umiddaman,sog’indim yana,
Bugun shfqatingga, muhabbatingga
Ehtiyoji yo’q, deb o’ylayapsanmi?
Balki avvalgidan ko’proq muhrojman!
Ul bokira sevging xotiramdayu
Har kecha yig’lagan dudoqlarimda.
Qanday tark etildim, qanday tashlandim!
Ona men aldandim, og’ir aldandim,
Yolg’iz u quchoqmish,yolg’iz u tizzamish,
Insonlar qanchalar marhamatsiz-a"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 11:59:13
Men bulardan kechaman, chidolmayman. Xotirlashim bilan yana dilim vayron bo’lib, kayfiyatimni, muvozanatimni yo’qotaman. Ular aslida ham yo’qku"¦
Aminaning onasi eng yahshi taomlarni tayorlab, stolga qo’yardi. Atrofimda parvona bo’lardi.
-Buni ham ye, bolajonim, bundan ham ol, bolajonim. Shu taomdan ham tatib ko’r qizim"¦
Qanchalar toza qalbli, qanchalar mehribon ayol.
-Dadang yo’qmi?-so’radim Aminadan.
-Bizni bemalol ovqatlansin, deb yonimizga kelmadi,-dedi.
Qanchalar nozik tushuncha. Men bunday narsalarga odatlanmaganman. Chunki men yashagan hayot, menga nazokatni unuttirgan. Ovqatdan keyin zalga o’tdik. Zalda bir katta kutubxona bor edi. Shu paytgacha ko’rmaganman buncha kitoblarni. Madaniyati yuksak bir xonadon.Devorda suratlar va har bir suratning tagida nesa ibratli so’zlar. Bittasi hozir ham yodimda:"Ey, inson, o’zingni o’rgan!" O’rganadigan narsalarimdan ayirdilar, deb yonida ko’p turolmadim. Men u yoq-bu yoqqa qararkanman,Aminaning dadasi kirib keldi. Ochiq chehrali, pokiza qiyofali mehribon bir inson.
-Xush kelding, bolam-dedi. Ammo qo’lini uzatmadi, men ham javob bermadim. Uzoq hol-ahvol so’rashdi. Meni suhbatga tortishdi,kayfiyatimni ko’tarishga va yumshoq muomala qilishga harakat qildi. Buni bilib turardim.
-Qizim,-dedi. Seni mehmon qilishni Amina juda hohlagandi. Men ham orzu qildim. Men o’qituvchiman. Sen ham mening o’quvchim hisoblanasan. Faqat Aminaning dugonasi bo’lganing uchun ma’naviy qizim ham hisoblanasan. Men ham senga o’hshab, ota-onasiz, yetim katta bo’ldim. Bolaligim oyoq kiyim moylash va non sotish bilan o’tdi. Qancha qiyinchiliklar ko’rdim. Chidadim, bardosh berdim va sabr qildim. Alloh hech bie mehnatni zoye ketkiazmaydi. Ishonamanki, bu qiyinchiliklar sen ham yengasan, go’zal hayot kechirasan.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:00:08
Uch tavsiya.
Senga uch tavsiyam bor. Shularga amal qilib, foydalansan degan umiddaman.
Birinchisi:uyimning eshiklarini bugundan e’tiboran senga bir qizimdek ochishni hohlayman. Har qandau muammolaring bilan o’rtoqlashib, senga yordam berishga harakat qilaman. Seni tez-tez uyimda Amina bilan birga ko’rishni hohlayman. Buni turmush o’rtog’im ham juda hohlaydi. Muammolaringni biz bilan o’rtoqlash. Imkoni boricha senga yordamlashamiz.
Qanchalar yahshi insonlar, deya o’ylardim. Faqat menga unchalik ma’qul bo’lmagan tomoni o’ta dindorliklari. Men bunaqa joylarda juda siqilaman. Men yotoqxonada rohatlanib, sigaret chekardim. Baqirib-chaqirib istagan so’zlarimni ishlatardim. Bunaqa xonimcha bo’lib o’tirolmasdim. O’tirishga ko’p harakat qildim, bo’lmadi. Aminaning dadasi so’zini davom ettirdi.
Ikkinchi:Dunyoga mashhur kishilarning ko’pchiligi yo’qsillik, imkonsizlik va qiyinchilik ichida voyaga yetishgan. Ular qiyinchiliklar bilan kurasha-kurasha omad sirlarini o’rganib baxtli bo’lgan insonlardir. O’zingga-o’zing so’z ber, bir hunar tanla. Rejali ishla, vaqtingni qadrla. Ishonamanki, baxtli bo’lasan va o’z  o’rningni topasan. Rejali ishlashing uchun yordam berishim mumkin. Faqat do’stlar guruhida inson omadini topadi. Agar omadsiz guruh bilan bo’lsak, buni qo’ldan chiqaramiz.
Uchinchi maslahatim shuki: Hayotda bir umidi bo’lgan, zafar istagan, huzur va bahtiyorlik qidirgan inson, o’zini o’rganadi, o’z qadrini va borliqni kashf etadi. Bualrdiz zafarlarga erishi o’tkinchi va lazzatsizdir.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:00:45
Har kuni o’zimizga shu savolni berishimiz lozim."Men kimman? Nimaga yashayapman? Qayerdan keldim?Qayoqqa ketyapman? Bu dunyoni va butun borliqni bizga xizmatkor qilib yaratgan qudrat sohibi bizdan nimani istaydi? Dunyoni kashf qilishga intilgan,sir-sinoatlarini o’rganmoqchi bo’lgan inson o’zligini qanchalik bilarkin?Atrofning, hayotning va insonlarning fe’li, nuqsonlari bilan qiziqqan kishi, o’z fe’li, nuqsonlarini qay darajada bilarkin?
Bu mavzuga shunday qarash ham mumkin:
Tongda uyqudan turib o’zimiz bilmagan sirli bir olamda, koinot  bilmagan bir burchakda,hech ma’lum bo’lmagan jonzotlar ichida ekanimizni ko’rsak, hech narsa bo’lmagandek, hayotimizni davom ettira olamizmi? Ha, ko’z ochganimizda o’zimizni begona bir olamda ko’rdik. Tasodiflar bilan to’la ro’yolar olami bu. Quyoshning bunchalar go’zal chiqib, chiroyli botadigan boshqa bir koinot yo’q biz bilgan olamda. Har soniyada o’n minglab tonna suvni havoga parlanib, yana yerga qaytishi, samoda bir-birlarida go’zal jonzotlarning qanot qoqishi, zamini rango-rang gilamlar bilan bezalgan, osmoni nurli yulduzlar bilan bezangan boshqa bir joy yo’q. Sharsharalar shu yerda, tog’lar shu yerda. Dengizlar, tekisliklar, cho’llar, muzliklar shu yerda. Atrofimiz milyon xil jonzotlar bilan to’la. Shunaqa dunyoga keldik. Yohud keltirildik. Yillardan bir yil, kunlardan bir kun to’satdan bu yerda ko’z ochdik. Keyin yana, biz umid qilmagan va istamagan bir paytda bu ro’yolar o’lkasini ham tashlab ketamiz. Mana, dunyo va koinotni sirlari bilan aloqador ishlar."Bular nima? Qanday bo’lgan? Nega yashyapti?" kabi o’nlarcha savollarni kuniga necha marta o’zingizga berib:"Men kimman? Nimaga yashayapman? Qayerdan keldim? Qayoqqa ketyapman? Mening borligimni sababchisi kim?" deya so’rayapsizmi? Inson, avvalo, o’zini tanishi, o’zini so’roq qilishi va o’zi bilan aloqador muammolarga javob qidirishi kerak emasmi? Bu insoniylikni ilk sharti emasmi? Inson shoshma-shosharlik, bezovtalikdan qutulishi, nima va kimligini tushunishi uchun shu va shunga o’xshash savollarga javob topishi kerak. Kimligini bilmagan va o’zini tanimagan kishi hayotda qanday huzur topadi?Qanday baxtli bo’ladi?...
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:01:03
Afsus men uning gaplarini tinglab, tushunadigan ahvolda emasdim. Ruhim-dunyoyim ostin-ustun edi. Bu jiddiy mavzular havoda qolib, yuragimga, ongimga yetib kelmasdi. Hasta kishiga eng lazzatli taomlar keltirsangiz, uni ishtaha bilan yeya oladimi? Bu jiddiy mavzular men uchun huddi shunday edi. Men o’qituvchining maqsadini bilardim.Yahshi banda bo’l, Alloh buyurganini qil. Yo’qsa, bahtli bo’lolmaysan, demoqchi. Ammo bu mavzuga e’tirozim bor. Zero, mening ishim  ham unga mos. Ma’qul bo’lmagan gapni hech qachon tinglamasdim. Natija nima bo’lsa bo’lsin, bahslashardim. Shu sababli bunday guruh bilan ko’p tortishardim. Ularning gaplari ma’qul bo’lmadimi, shartta e’tiroz bildirardim. Hozir bu o’qituvchining gaplariga ham e’tirozim bor edi. Juda ko’p. Ammo meni shunday nazokat bilan mehmon qilishdiki, bir kuddat ilk marotaba "œayb bolar" deb o’yladim. Demakki, o’sha payt endi-endi "œayb" tushunchasi ham borligini bilayotgandim.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:02:23
Har umidim yarim.
Men o’ta omadsiz insonman. Hayotdagi har orzuyim yarim yo’lda so’ngandek, bunisi ham chala qolgandi. Uzoq cho’zilgan va’zdan zerikdim. Aminaning dadsi to’g’ri gaplarni gapirardi. Ammo bularning hech biri meni qiziqtirmasdi. Mening qorong’u hayotim bunaqa gaplar bilan oydinlashib, yangidan boshlanishga tayyor emasdi. Mendek qayg’uga ko’milgan inson osonlikcha ruhan poklanib, shukr aytolmaydi, birovga tashakkur bildirolmaydi.Zerikdim. Aminaning dadasi zerikkanimni sezgach, o’rnidan turib, xonaga o’tdi. Bizni yolg’iz qoldirdi. Hayotimdagi dovullar, otash-alangali azoblar lazzalanib, huzurlanishga to’sqinlik qilardi. Bu insonlarning hatto nazokati ham meni zariktirardi. Huddi davo istab bog’langan katta yara ataylab og’ritilib, qonatilgandek ham so’zlar ham menga botar, og’ir tuyulardi.
Litsey yillarida meni alangalatgan, zafarlarga boshlagan o’qituvchilarimizdan biri matematika muallimi Bilol Bey edi. Menga ko’p mehribonchiliklar ko’rsatdi, ko’maklashdi. Bir safar ayoli bilan birga keldi. Meni boshdan oyoq kiyintirishdi. Ayoli ham o’qituvchi, og’ir, bosiq, hijobli ayol edi. Ayoli mening dindan yiroqligimni bilgach, menga "œO’zini qidirgan odam" nomli bir kitob berdi. Muallifi kimligini eslolmayapman.
-O’qi, ko’p foydalanasan,-dedi. Bu kitobda Alloh, oxirat va shunga o’hshash mavzular ilmiy dalillangan. O’qisang, shubhalaringga javob topasan.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:02:59
O’qidim ham, ammo chiday olmadim. Keyin nima qildim, bilmayman. O’qituvchim Bilol Bey menga bir yil davomida matematikadan dars berdi. Bilimimni oshirdi. Meni muvaffaqiyatlarfa havaslantirdi. Endi men ham bilib olgandim. O’qishni muvaffaqiyat bilan tugataman va meni kamsitgan, hafa qilgan kishilardan qasos olaman. Jiddiy o’qishga kirishdim. Aminaning dadasi yordamida bir kunlik reja tuzdim va o’zimni dars tayorlashga mahkum qildim. Qisqa vaqt ichida o’zgarish sezilib, o’qituvchilarim muvaffaqiyatlarimni tan ola boshlashdi. Yotoqxonada mudir otamiz, litseyda esa diraktor bizlardan yutuqlar kutishayotganini aytishdi. Uninchi yo’l o’lim yo’li edi. Agar universitetga kira olmasam, yotoqxonadan chiqarib yuborishadi. To’g’ri, yahshi muhit emas, ammo, ko’chada qolishdan yahshi. Ko’chada hozirgi "œoch qahqirlardan" ham battarlari yo’limni to’sib, har biri bir yonimdan tishlab tortishi mumkin. Shu bois o’z-o’zimcha qaror qildim:"Yo universitetga kiraman yo o’zimni-o’zim o’ldiraman". Bu qarorimdan yotoqxonadagi o’rtoqlarim, o’qituvchilar kulib qo’yishdi. Adashgan bir menman-mi? Hay jonim-a. Omad qayerda-yu, sen qayerda? Ko’raverasiz"¦
Menga yordam qilgan insonlar sog’ bo’lishsin. Matematika o’qituvchisi, uning ayoli, Amina va uning dadasi. Meni yutuqqa erishsin deb nimalar qilishmadi.
Yana charchadim, xojam. Men boshqa narsani o’ylayapman, qalamim boshqa narsani yozyapti. Biroz dam olaman. Uddalay olsam, oqshomda ko’risharmiz"¦
Bu hayajonli hayot qissasiga biz ham bardosh berolmasdik. Qarshimizda diqqat bilan o’qilishi kerak bo’lgan uzundan-uzun bir maktub bor edi. Sokin va toza fikr bilan izohlash va zarur o’rinlarini tafsilotlari bilan kichraytirish uchun tanaffus qildik. Nonushtadan keyin dam oldik. Yakshanba kuni yagona ishimiz shu bo’ldi. Ayolim bilan faqat shu maktub haqida suhbatlashamiz. Qilingan xatolar, fidokorliklar, yahshi niyatlar va qizimizning so’zi bilan aytsak "œoch qashqirlar" ko’z oldimizdan o’tardi. Maktubda bitilgan hayot suroni bir kishining emas, go’yo butun jamiyatning xatolari va nuqsonlarini ochib berardi. Ortiqcha vaqtimiz yo’q. O’qish uchun sabrsizlanyapmiz. Nihoyat, ish stulidamiz va qarshimizda turgan maktub. Kelgan joyimizdan davom ettiramiz.
Bugun ham hamshiralarni yonimdan haydadim. Ukol qilishdi, dorilarni oldim. Bo’shagan shishalrni to’ldirishdi. Tunga yaqinlashyapman. Yana biroz kuch to’pladim, ehtimol. Shunda yana biroz yoza olarman"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:03:47
Bo’limda birinchi bo’ldim.
Nihoyat litseyni bitirdim. Bu vaqtda ko’pgina jiddiy muammolarga uchradim. Meni yemoqchi bo’lgan "œoch qashqirlar" bilan jonholatda kurashdim. Ortiq qulay luqma bo’lmasligimni tushundilar. Bir qancha inqilobiy guruhlarni ham tark etdim. Aqlim qabul qilmagan narsaga meni ishontira olmaysizlar, dey isyon qildim. Ammo meni osonlikcha qo’ldan chiqarishmaydi. Qanday qilib chiqarsinlar, kimsasiz yosh bir iqzni qaysi ahmoq qo’ldan chiqarardi. Kurashda davom etardim. Or-nomusli bo’lganim uchun emas, o’zligimni va borlig’imni himoya qilish uchun. Maktabni bitirgach, bir to’da bekorchilardan bir xabar eshitdim. Men bo’limimizda birinchi bo’libman. Bu ishonib bo’lmas hol edi. Menga yordam berganlar sog’ bo’lishsin. Meni chuqurdan olib, yuksaklikka olich chiqishdi. Nima ham derdim, qarzdorman. Amina, uning dadasi, matematika o’qituvchim va uning ayolidan. Ammo e’tibor bergan bo’lsangiz, menga ko’mak berishgan, fikr va qarashlarini men pisand qilmagan odamlar dindor insonlar edi. Meni fohishadek ko’rib, hayotimni bulg’aganlar esa binzing revalutsion bolalar. Shunda ham ko’nglim ularda. Tuyg’ularim ularda. Ammo aqlim dindorlar to’g’ri ekanini biladi. G’arib, ammo haqiqat. Maktab idorasi menga birinchilikni berishni istamagan. "œU qiz qaysar, nomi fisqu fasodlarga aralashgan. Isyonkor, itoatsiz", deyishibdi. Ammo yana omon bo’lgur matematika o’qituvchim qarshi chiqib, men uchun kurashibdi. "œHaq kimniki bo’lsa, unga beriladi,haqiqatning o’ng chapi bo’lmaydi", debdi. Nihoyat, majbur bo’lishibdi. Holbuki, mendek "œinqilobchi" o’qituvchilar ham ovozlarini chiqarishmabdi. O’zlariga zarar bo’ladi, deb meni himoya ilishmagan. Nima ham derdim. Yana omon bo’lsinlar. Bu orada yana bir karaxtlik bo’ldi.  Ko’p vaqtdan buyon izimdan yurgan Ilker hech qo’ymay:"Senga uylanmoqchiman, taklifim o’ta jiddiy", deb turib oldi. Ortiq birovga ishongim yo’q. To’g’risini tushintirdim. "œMen hamma narsasini yo’qotgan qizman", dedim. "œKeyin o’yinbuzarlik qilma". Bizning inqilobchi Ilker, bularning hammaisni qabul qildi. Hatto oilasi bilan tanishtirishga ham olib bordi. Ota-onasi meni yahshilab surishtirishibdi. Dadasi siyosatchi ekan, ammo meni yoqtrimadi.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:04:49
-Menga qara, qizim,-dedi u. Bizlar ilg’or fikrli, sotsial-demorat insonlarmiz. Inqilobchiligingga va qarashlaringga e’tirozim yo’q. Ammo bizlar elga tanilgan, hurmatli insonlarmiz. Noming ba’zi fisqu fasodlarga aralashgani bu ishning eng katta to’sig’dir. Sen bahtingni boshqa joydan qidir. Yig’lab o’zimni tashqariga otdim. Bu hayotni men hohlamagndim. Bu voqealarni men rejalashtirmagandim. Bu zolim va xoin insonlardan o’zimni himoya qilolmasdim. Buni hech kim tushunmasdi. Hamma menga fohishaga qaragandek qarardi. Oh, o’sha inqilobchi do’stlarim endi meni shunaqa deb aytishayotgandi hammaga! Shu bilan Ilker mojarosi ham tugadi. Hursand ham bo’ldim qaysidir ma’noda. Ortiq menga hech kimni osilishini istamasdim. Mutlaqo omadli bo’laman, kuch-qudratim bo’ladi, menga azob berganlarni jahannamga jo’nataman. Bu fikr dilimga shunday mustahkam joylashgandiki, bu haqda hatto tushlar ko’rardim. O’sha kun ham keldi. Universitet imtihoniga kirayotgan edim. Har doimgidek yana Amina yonimda. Meni yolg’iz qoldirmagandi. Imtihondan oldin menga kichkina duo kitobchasini berdi.
-Men bunaqa narsalarga ishonmayman, desam ham qo’ymadi, oldim. Munchoqdek bo’ynimga taqib oldim. Shuni aytishim kerakki, bo’ynimga taqqach, o’zgacha bir huzur, yengillik his qildim. Hayajonim bosildi, imtihonni juda yahshi topshirdim. Har holda ruhiy ta’sir bo’ldi.Inson biror narsaga ishonsa buni foydasini ko’radimi yoki bu shunchaki gaplarmi, deb o’ylardim.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:07:01
Uchinchi bo’lim.

"œOch bo’rilar" davrasida talaba.


Qudratli inson bo’lish va menga azob berganlardan qasos olish uchun Istanbulga ketib,"Och qashqirlar" dasturxoniga tushgandim.
Natija ma’lum"¦Men tushuntirishga chiday olmayman. Sizning ham o’qishga bardoshingiz yetmaydi"¦
Onam meni chqirardilar.
Imtihon natijasi muhim edi. Men orzu qilgan, istagan makyub keldi. Istanbul universiteti, huquq fakulteti.
Bu hayotimda bir inqilob edi. Ilk marotaba bahtiyor edim va telbalarcha shodlanar edim. Endi buyuk inson bo’lgandim, universitetga kirdim. Endi men huquqshunosman. Joningizni olaman, zolimlar, nomusszilar, deb hayqirgim kelardi. Endi hech kim meni bolalar uyidan chiqqan, tashlandiq falonchi deb tahqirlay olmaydi. Orzu qilgan, xayollarimni o’g’irlagan shaharga, Istanbulga ketayotgandim. Hech ko’rmagandim. Ammo hamma inqilobchi o’rtoqlar o’sha yerdan kelar, o’sha yerdan bahslashar va o’sha yerdagi ishlarni tushuntirishardi. Endi ortimdan tor muhitning "œoch bo’rilar’I quvlamas, bezovta qilmas, zamonaviy bir muhitga kirayotgandim. Ilk marotaba hayolda emas, chinakamiga bahtiyor edim. Tahqirlanganlarimni, xo’rlanganlarimni va kimsasizligimni ilk marotaba unutgandim. Insonlarga haq, adolat va tenglik ulashuvchi bir huquqshunos bo’lish"¦ Oh!Qanday ajoyib"¦Hayollar ham ajoyib,huzurbaxsh. Keyin esa millatlararo inqilobchi, mashhur huquqshunos bo’lish"¦ Mahkama zallarida gurillagan va salobatli ovozim yangrasa"¦Ishonarlimi? Ahamiyati yo’q. Huquqshunos bo’lmasdan avval buning beboshligini chiqaraman yo"¦Endi meni Istanbul va huquq fakulteti sehrlagan edi. Ilm marotaba butun azoblarim unutilganini his qildim.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:07:36
Shuncha orzular qilarkanman, bir kecha tushimda hech tanimagan, rasmini ham ko’rmaganim onamni ko’rdim. Bir daqiqaga bo’lsa ham yomon kunlarni unutgandim. Bunisi qayerdan chiqdi? Onam:
-Seni sog’indim, bolam. Nega meni yo’qlamaysan?-dedi.
Hayron qoldim. O’lgan odam tuproqqa aylanadi. Biz ham o’lamiz. Tushimga kirgan va meni chaqirgan kim? Albatta, ruh falonchi emas. Unaqa demayman. Har holda yurakdagi iztirobli tuyg’ular yangidan alangalangan edi. O’zimga keldim. Ha, katishim kerak. Borib onam bilan dardlashay. Shodligimni bo’lishay, qishlog’imni ko’rayin. Ehtimol, qalbimda ba’zi g’arib ishonchlarim bordir. Qishlog’imizni oxirgi marta akamning janozasida ko’rgandim,o’n yil avval. Kichkina bola edim. Endi ancha ulg’aygan qziman. Vaqt qanday tez o’tadiya"¦ Ketaman,ammo qanday? Cho’ntagimda ikkita nonga yetadigan pul bor. Oh, bu yo’qsillik qursin. Nima bo’ladi, bir kun kerak bo’lganida pul topilsa, nima bo’ladi? Bir kun do’stligingni ko’rsat"¦ Istagimni, hayollarimni ichimga ko’mar ekanman, yonimda Amina paydo bo’ldi. Qo’lida convert bor edi. Bu ning har doimgi odati. Ochiqchasiga pul bermasdi-yu, olmayman deb e’tiroz bildirsam, uzrli sababi tayyor edi:
-Onamga qo’shnimiz keltirib beribdi, senga deb.
Bilardim. Qo’shni emas. Har oyda dadasi meni quvvatlantiradi, pul jo’natadi. Olmaydi deb, Amina yolg’on ishlatadi. Yahshi bir oila. Inqilobchi bo’lishmasa ham, bizdan yahshi odamlar. Chorasiz pulni oldim. O’qish boshlanmasdan oldin onamni bir ziyorat qilmoqchiman. Darhol qaror qildim. Ertaga yo’lga chiqaman. Tonggacha onamni, dadamni va akamni o’yladim. "œSiz o’ldingiz qutuldingiz. Men ham yonlaringizda yotgan bo’lsaydim,bu azoblarni ko’rmas edim. Nima qilay, o’lishni hohladim, ammo o’lolmadim. Kelib tuprog’ingizni hidlayapman. Yashagan joyingizdagi xotiralaringiz Bilan suhbatlashaman".
Oh, bu o’lim. Yo sen bo’lmasayding, yo biz bo’lmasaydik"¦

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:09:00
Qishloqdagi qarindoshlarim ham o’tishgan edi.
Nihoyat, yo’lga chiqdim. O’n soatlik masofa. Shaharga tushilganidan so’ng, qishloqqacha yana ikki soat yuriladi. Bularning hammasiga onam uchun bardosh berdim. Hech bo’lmaganda hayotdagi yagona suyanchim bo’lgan akam, sirdoshim uchun. Seva-seva, onajon sizni yo’qlab kelyapman.

Men bu g’urbatga tushdim tug’ilib,
Har kuni tobora surilmoqdaman.
Hech kecha ichingga marmar sochaman,
Bu sovuq joylarda siqilmoqdaman.
Shundayin sinovlarda qolgan paytimda,
Tunlarni bag’rimga olgan paytimda,
Ko’zlarim yumilib qolgan paytimda,
Yangidan yo’llarga ko’z tikmoqdaman.
Hayotimning so’nggi ko’rinib qoldi,
Qolmadi bir qadam yo’lim oldingga
Yuzini ko’rmasdan o’lolsam deya,
Ranjimoqdaman men, ranjimoqdaman.

Qishlog’imiz kichkina edi. O’n yil ichida yarim aholisi boshqa shaharlarga ko’chib ketibdi. Tanishlar yo’q. Faqat kiyimlarimga va kiyinishim uchun menga ters qaraydigan keksalar bor edi. Qishloqqa tushdan keyin yetib keldim. Horg’in, holdan toyib. O’n yildirki, umuman xabarlashmagan ikki qarindoshim bor edi. Amakimning xotini va ammam. Uylarini eslayman. Birinchi brogan joyim ammamning uyi bo’ldi. Eshik qulf,uy ancha avval tashlab ketilgan. Keksa bir amakini uchratib qoldim va undan ammamni so’radim.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:10:25
-Taniyman, Guluzor Xonimni,-dedi. Oxiratda opam bo’lsin. Juda yahshi ayol edilar. Sizlarga umr bersin, bolam.
Karaxt bo’lib qoldim. Demak, ammam ham o’libdilar-da"¦Oilamizning so’nggi yodgori"¦ O’lsinlar"¦to’g’ri odamlar. To’g’rilarning bu dunyo bialn nima ishi bor. Azaldan bu dunoy egrilarga qolgan, to’g’rilarga kun yo’q. O’lim xabarini eshitgach, ichimda bir narsa uzildi. Oh, o’lim, seni qanday yo’qotsam ekan. Sen mening eng sevimli insonlarimni olib ketding.
Keksa amaki meni tanimadi.
-Sen kimning qizisan?-dedi. Dadamning ismini aytganimda, qishloqqacha yoyilgan dovrug’imizni gapirdi.
-Tushundim, tushundim. Sen shu talofatlarga aralashgan qizsan. Nima ham derdim. Alloh panohida asrasin.
Bir narsalarni sezgandi. Balki men o’ylaganimdan ko’prog’ini.Chunki yomon xabar tez tarqaladi. Men haqimda nimalarni o’ylayotganini taxmin qilardim. Men bu qishloq uchun yahshi qiz emasdim. Qariya gapida davom etdi:
-Dadang ham, oanng ham yahshi odamlar edi. Ayniqsa, onang farishtadek bir ayol edi. Iymonli, tilida doim Qur’on. Qishloq qizlarini o’qitar,ularga dinni, diyonatni o’rgatar edi. Qariyaning qisqagina bir maktubini olgandim:"Yahshi bir otadan, dindor bir onadan qanday qilib bunaqa qiz bo’ldi. Sen ham oilangni, ham qishloqni yuzini qrao qilding".
Ehtimol, qariya haqdir. Oanm tirik bo’lib, meni shu holda ko’rsaydi, bundan boshqa narsa demasdi. Oh,onajonim! Siz tirik bo’lsaydingiz. Hurmatingiz uchun ham Qur’on ham namoz o’qirdim. Yoq’ligingiz kun sayin bilinmoqda. Bu hasrat boshqacha bir qayg’u. Siz qaytolmaysiz, bilaman"¦Ammo men yoningizga boraman. Ko’pam uzoq kutmaysiz"¦
Bu dunoyda eng tinch joy qabrdir. U yerda "œoch bo’rilar" ortimdan quvlamaydi, izzat-nafsim, g’ururim bilan o’ynashmaydi.
Shular hayolimdan o’tarkan, qariya savol berishda davom etardi:
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:10:57
-Hozir nima qilyapsan, qizim?
-Litseyni bitirdim. Huquq fakultetiga kirdim.
-Ya’ni sudya, prokuror bo’lsanmi?
-Ha. Qariya ajablandi
-Yo,Alloh! Dunyo kimlarga qoldi-ya!
Keta boshladi. Ortidan chaqirdim:
-Amaki! Bir daqiqa.
To’htadi.
-Bu qishloqda mening amakim va xotini bo’lardi?
-U ham ketdi, bu ham ketdi,-deya qo’li bilan bir tarafni ko’rsatdi. U taraf qabriston edi. Demak,ular ham vafot etishgan. Demak, bu qishloqda endi hech kimim qolmagan. To’g’ri qabristonga yo’l oldim. Jon do’stlarim, qadrdonlarim, hayotim ildizlari u yerda yotardi. Mening kelganimni bilishmasdi. Men ularning tuproqlari, ustlaridan unib chiqqan o’tlar bilan suhbatlashaman,dardlashaman yo"¦
Bu ham yetmaydimi?
Qabristonga yo’nalganimda, meni bir hayajon, g’arib bir his, yuragimni titratuvchi bir tuyg’u qopladi. Go’yo sirli bir dunyoning ajib olamiga kirib borardim. Bir lahza butun hayollarim tin oldi. Atrofdagi hamma narsa men bilan birga qabristonga yo’naldi. U tomon go’yo bir qo’l meni oldindan tortar, ortimdan esa nimadir itarardi go’yo. Haligacha anglolmagan bir tuyg’u bilan ilgariladim. Ko’nglimda, yuragimda yashagan oilam tomon yurdim"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:11:21
Qabriston boshida uch mozor,
Onam, dadam va akam.
Bir hovuch tuproq, bir parcha marmar,
Unda yozilgandir ismingiz, yoshingiz,
Bosh ustingizda motamsaro sarvlar,
Hayotingiz qayg’u bilan titradi"¦
Sizni ko’mdik ona, bir nech yil oldin.
Ko’zyoshlar-la bu sassiz yerga.
Kamsasiz bir oqshom nurlarga badal,
Motam ulasharkan hasta qalblarga"¦

-Nima bo’lardi, meni ham olib ketsangiz,-deya yig’lay boshladim. Yolg’iz qoldim. Sizsiz qiynalib ketdim. Olib keting, meni"¦Sizni sog’indim. Sog’inchingiz dilimni o’rtadi. Hayot juda mushkul. Yana ham ko’proq gunohlarga botmasimdan olib keting, shu bolangizni,onajon,-deya hayqirardim.
Qancha faryod chekkanimni, qancha yig’lab, ko’nglimni bo’shatganimni eslolmayman. Onamning qabri ustiga suyandim. Uning siynasiga uning mehribon quchog’iga bekinib, yumoshoq qo’llarini silashni istardim. Ha, o’sha qaynoqlik, o’sha mehrni his qilar, dildan tuyar edim.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:13:49
Onamning qabri yonida o’zimni yo’qotdim.

Oradan qancha vaqt o’tdi bilmadim. O’zimni unutibman,faryodim atrofga eshitilgan shekilli, bir ayolning ovozidan hushimga keldim:
-Bolam, mozorda yig’lash yahshi emas, o’zingni qo’lga ol.
Zo’rg’a o’girildim. Ortimda bir ayol va bir kishi turardi. Ayol yelkalarimdan tutib, turishimga yordamlashdi. Yoshli ko’zlarimga mahzun, samimiy va do’stona nigoh bilan boqib:
-Kimsan bolam,-deb so’radi. Seni bu yerlarda hech ko’rmagandik. Bu qabrlar Malak Ahsen va Dovud afandilarniki. Sen ularning kimi bo’lasan?
Demak qishloqdagilar onamni "œMalak Ahsen" deyisharkanda. Ismi Ahsen edi, qishloqdagilar bundan chiqdi, yahshiliklari uchun ismlariga Farishta nomini ham qo’shib chaqirisharkanda.
-Qiziman,-deya oldim.
-Oh,bolam,-deya meni bag’riga bosdi. Sen uning begona qo’llardagi Ayselimisan? Sen haqingda yahshi xabar eshitmagandik. Yomon qizlarga qo’shilgan deyishardi. Ishonolmadik.Mashalloh,juda shirin qiz bo’libsan.
Keyin menga o’zini tanishtirdi.
-Men rahmatli onangni ko’rganman. Bolaligimda u menga Qur’onni o’rgatgan. Alloh rozi bo’lsin, joyi jannatda bo’lsin.
Imom afandining ayoli qo’limdan tutdi.
-Yur qizim, uzoq yo’ldan kelgansan, uyga boramiz, biroz dam ol.
Ikki ezgu niyatli inson qo’limdan tutishdi. Dardlasha-dardlasha uylariga keldik.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:14:10
Sodda,pokiza, tartibli bir uy. Kichkinagina hovlisi bor. Ikkita bolasi ham. Birisi litseyda, bir maktabda o’qirkan. Ikkisi ham juda yahshi bolalar. Imom afandi va ayolining uyida o’zgacha bir huzur topdim. Harakatlaridan insonni ta’sirlantiruvchi ajoyib bir quvvat tarqalar edi. Bu insonlar chindan ham yahshi niyatli va halol kishilar edi. Men yashagan muhitdagi kishilarga also o’hshamas, bizning inqilobchi guruh bilan esa, umuman qiyoslab ham bo’lmasdi"¦
Men shu kunlari sira ishdan bo’shamasdim. Inqilobchi bo’lishning o’ziga yarasha zaruriyatlari bor edi. Haq, adolat, tenglik kabi tushunchalarni shior qilib olishgandi. Dindorlarga qarshi bo’lishdan asosiy maqsadlari esa dahriylarni ko’paytirish edi. Ammo o’ylamasdan bir ish qilmasdim. Haq, adolat, tenglik kabi asosiy inson huquqlarini mensimaganlardan nega doim zarar ko’rdim?
 Nega bu insonlar hayotimni zulmatga aylantiradi,meni mendan ayirishdi. Albatta, ba’zi inqilobchilarning xatolari barchasiga tegishli emasdi. Ammo, menga umuman yahshilari uchramasdi. Negadir hammasi menga "œoch bo’ridek" tashlanish uchun fursat poylardi. Men e’tiroz bildirganimda:"Sen nomusli qizsan, qizim"-deyishardi. "œNomus degan narsa, eski feodal shiordir. Hozirgi dunyo u eski tushunchalar o’tib ketgan". Mana shuni hech qabul qila olmasdim. To’rtxotinlikka qarshi bo’lgan inqilobchilarning nomus haqidagi qarashlari ijobiymidi va bu nimani ifodalardi?
Men qarshi bo’lgan, fikrlariga qo’shilmagan dindorlar esa, doimo to’g’rilik, va xolis ko’mak beruvchilar bo’lib chiqishardi. Ajablanardim. To’g’ri deganim yanglish, yanglish deyayotganim to’g’ri chiqayotgandi. Nima bo’lganida ham, yana yiroqlashdim, xojam. Mavzuga qaytayin. Imom afandi va ayoli menga shunday hurmat ko’rsatib, shunday taskin berishardiki, hayotimdagi bunchalik nazokat, bunchalik yahshi muomalani ko’rmagandim. Menga tegishli ko’p narsalarni bilishsa ham, hech sezdirishmas, go’yo dunyoning eng jiddiy va eng nomusli qizi bilan suhbatlashayotgandek bo’lishardi. Ayolning tavsiyasi bilan qishloq hammomiga tushdim. So’ngra meni bir xonaga qamashdi. To’rt-besh soat uxladim. Uyg’onib qarasam, malikalarga xos dasturxon yozishibdi. Unda yo’q narsaning o’zi yo’q edi. To’g’risi, juda ta’sirlandim. Go’yo menga hayotdan dars berishardi ular. Bu bebosh, bu iflos hayotda farishtadek ma’sum va pokiza insonlar borligi meni ajablantirar edi.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:17:34
Tushda oilamizni jannatda ko’rdim.
O’sha kech ishonib bo’lmas bir voqea bo’ldi. Bugungacha ta’sirini sezaman. Ammo ilmiy bir izoh keltirolmayman bu voqeaga. Ya’ni u bir tush edi. Tushlarga ko’p ham ishonmayman. Ko’pincha yahshi bir tush ham ko’rmayman. Chala-chulpa tuishlarim bo’ladi ular, kulib qo’ya qolaman. Ammo bu tush juda boshqacha edi. O’zimni qo’lga olib tushuntirishga harakat qilaman. Mezbonlarim ikki xonali uylarining bir xonasini menga berishdi. Top-toza xonada yolg’iz o’zim, shovqin va sotqinliklardan yiroqda uyquga ketdim. Balki hayotimda ilk bora bunchalar rohatli va shirin uyquga cho’mgandirman. Yerga joy solindi. Choyshabi, ko’rpasi, yostig’I hamma narsasi top-toza. Qanday ko’rgulikki, shunday pokiza to’shakda mendek bir nopok qiz. Ehtimol, bilaturib"¦
Soat ikkilarda bir ayolning:"Biror narsa kerakmi? Biror narsa istaysanmi?" deb so’rashlarini aytmaysizmi? Yo,Alloh! Siz bunchalik nazokatni qayerdan o’rgangansiz? Fakultetni bitirganlar, ilm odamlari, quloqlaringiz qizisin. Bu qadar iliq munosabat oldida siqilib, uyalyapman, hatto go’dakdek his qilyapman o’zimni. Qattiq uyquga ketdim. Uxlashim bilan o’sha tush boshlandi:
Hech ko’rmaganim begona shahar. Shu qadar muhtasham, shu qadar bir chiroyli bir joyki. Yam — yashil bog’lash ichida"¦ Na ko’chalarida bir ifloslik bor, na insonni behuzur qiluvchi bir shovqin. Rohatbahsh bir shahar. O’zimni bunday hayratlanarli go’zallik ichida ko’rgach, begona joy bo’lganbi uchun xursand bo’lib ketdim. O’zimga o’zim tushintirish berardim:"bu Turkiyaning bir shahri emas", derdim. Bunaqa tartibli, pokiza va go’zal shahar qayerda bo’lishi mumkin:"Ovro’padami?"deb o’ylarkanman, ba’zi hovlilarning eshiklaridagi arab yozuvlari e’tiborimni tortdi. Bilmaganim uchun nima yozilganini o’qiy olmadim. Ammo ishonch hosil qildimki:"Bu arab shaharlaridan biri bo’lishi kerak".
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:18:15
Biroq bilishimcha, qurg’oqchilik hukm surgan aran shaharlari bunaqa yam-yashil, suvli va jilvakor bo’lolmaydi. Yoshligimdan tasavvurimga o’rnashgan "œjannat" tushunchasi yodimga tushdi. Dinshunos o’qituvchilarimiz aytgan "œjannat" shu yer bo’lishi kerak, deb o’ylay boshladim. Ammo birozdan keyin fikrim o’zgardi. Chunki insonlar o’lgach tuproqqa aylanadi, mening moddiyuncha dunyoqarashim bo’yicha shunday. Jannat va jahannam yo’q. Tushimda ham bu ikki qarama-qarshi fikr meni behuzur etardi. Ammo jannatdek bir joyda ekanligim aniq. Shaharning top-toza yo’llaridan, ko’priklaridan, suvlaridan o’tib borardim. Biror kishini uchratsam so’rarman. Ammo hech kim menga qaramas, men bilan gaplashmasdi. Shunchalar pokiza, go’zal ajoyib insonlarki. Qayoqqa qaramay hayratim oshardi"¦.
Qayerdan kelganini bilmayman, bir payt ro’paramda akam paydo bo’ldi. Ajablandim, sevinganimdan:"Abi" deya quchoqladim. Chunki akam bilan yoshimiz deyarli teng bo’lgani uchun uning ismini ayrib chaqirardim. U ham menga yotoqxonadagidek akalik va g’ururli sevgisini bir tarafda qoldirib,"Aysel", dedi sevgi va mehr to’la bir ovozda. Akamning xushbo’y hidlarini tuyardim, ichlarimga singib borardi. Yana har doimgidek irodali va qat’iy ohangda "œYig’lama,Aysel!" derdi u. "œYur, seni oanmning oldiga olib boraman".
-Onam ham shu yerdami? Deya so’radim undan. Bu yer qayer?  Javob bermadi. Faqat:
-Seni onamning yoniga olib boraman,-deya takrorladi. Akam oldinda, men orqada, go’yo yumayapmiz, yuguryapmiz, uchayotgandekmiz. Ha, uchyapmiz. Chunki oyoqlarimiz yerga tegmayapri. Turk kinolarida shunga o’hshash yoki shunday sahnalar bor"¦ Akam bilan qanday uchyapmiz u tubsiz, cheksiz, go’zal shaharni qanday kezyapmiz, bilmayman. Yana go’zalliklar ichidagi bir koshona qarshisidamiz. Bog’chasiga kirarkanmiz, men so’ramasdan, akam izoh berdi.
-Bu uy bizniki,-dedi. Onam ichkarida.
Ishonolmasdim. Karaxt bo’lib qolgandim. Nurab, qulay-qulay degan ikki xonali paxsa uydan tengsiz koshonaga-ya"¦
-Bu yerni qanday oldingiz? Deya so’radim. Akam javob bermasdi. Nihoyat bir ayol chiqdi qarshimdan. Akamning "œBu onam", deyishiga hojat ham yo’q edi"¦.

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:20:13
Onamni quchdim, xushbo’y hidlarini tuydim"¦
Onamning chehrasi, bo’ylari, go’zalligi xuddi xayolimdegidek. Ya’ni, men oanmni xuddi ko’rgandek xayol qilar kanman. Quchog’iga tashladim o’zimni. Ichimni yondirgan, yuragimni qon qilgan "œOna"¦" faryodi ila"¦Bu ovozga, bu hidlarga,bu mehr, bu quchoqqa qanchalar mushtoq edim"¦
-Bolajonim, Ayselim,-derdi u yuragimni titratib, butun alam va iztiroblarimni to’kib, uloqtiruvchi bir ovozda. Men yig’lardim, tinmay yig’lashni xohlardim. Shu yoshgach faqat shu xayol bilan ovundim. Bo’lsaydi, meni ursaydi, sochlarimdan sudrab tortsaydi, degan onam"¦Boshimni ko’ksiga qo’yib olgandim. Imkon qadar xushbo’y hidiga to’yib olay der edim"¦ Oh, onam, tush bo’lsa ham, xayol bo’lsa ham, bu uchrashuv, bu diydorning lazzatini hech narsa berolmaydi. Ammo bu tush, mana g’ayritabiiy bir hol, nur kabi o’tadi-ketadi.
-Senga ikkita omonat qoldirdim,Ayselim,-dedi. Ular mening eng sevimli omonatim. Uyimizda, kichkina shisha sandiqning ichida. Ularni ol. Senda qolsin. Ularga juda yaxshi qara, xo’pmi?
-Dadam qayerda?-so’radim men.
-U haligacha kelmadi. Biz akang bilan birgamiz. Uning hisobi cho’zilib ketdi, kutyapmiz. Inshaalloh, hisobi tugar va kelar"¦
Shu lahza uyg’onsam, ko’rpa ichida terlab ketibman. Negadir o’zimga kelolmas, qo’rqqanimdan baqirardim. Tushning ta’siri bo’lsa kerak. Imomning ayoli so’zlarkan o’zimga keldim.



Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:21:02
-Nima bo’ldi Aysel?
-Yo’q, hech narsa, onajon, bir tush ko’rdim.
-Inshaalloh yaxshilikkadir.
Onalik mehri ila yonimga o’tirib, qo’llarimdan tutdi, yuzlarimni siladi.
-Sizni ham bezovta qildim, shundaymi?
-Yoq’, yo’q, bezovta deganing nimasi. Shundog’am tong otay deb qoldi. Xoja afandi masjidga ketdi. Men ham namozga turgandim.
Qanchalar mehribon ayol. Gaplarini maroq bilan tinglardim. Xoja ayolini"Xonim afandi", xonim esa uni "œXoja afandi" deydi. Ovozlari shunchalik nazokatliki, bunday baxtli muhitni ko’rib, bu baxtli oilaga hasad qildim. Yana yotdim, uxlashga urundim, lekin uxlolmadim. Ko’rgan tushimni har soniyasini balki yuz martalab tahlil qildim. Akam, onam bilan quchoqlashishim, ularning hidi dimog’imga o’rnashib, go’yo ichimga ham singib ketgandek. Har nafasda xuddi shu bo’yni tuymoqdaman. Tong otgach, birinchi navbatda, uyimizga borib, onam menga qoldirgan ikki omonatni olaman. Ammo u tashlandiq uydan qo’rqaman. Imomning ayoli kelsa birga boramiz. Dadam nega yo’q edi. Nega uning hisobi cho’ziladi? Onamning bu gapidan hech narsa tushunmadim. Tushimni Imom afandi ta’bir qildi.
-Sizni tabriklayman, qizim,-dei u. U ko’rgan tushing Rahmoniydir. Ya’ni haqiqat tush. Tushda ko’rganing jannat. Onang va akang jannati bo’lishgan. Demak, dadangni hisob beradigan ishlari bor. Ha, o’ziga yarasha ta’bir. Haqiqat bo’lmasa ham, buni bilish quvonchli. Onamning, akamning huzur-halovatga erishgani ham taskin beradi. Imom afandi bu tush ta’sirida qoldi. Ayoli bilan yig’lay boshladi. Balki ular bir narsani bilishgani uchun shunday qilishayotgandir.

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:22:28
Omonatni qidirdik.
Imomning ayoli bilan uyimizga bordik. Bizni ko’rgan bir qancha qo’shnilarimiz to’planishdi. Hammasi bir narsalarni so’rashadi. Ba’zisi u yoq bu yoqdan gap ochadi. Ba’zisi nafratlangandek, ba’zilari esa qiziqib so’zlaydi.
Xojam, meni ogohlantirishdi. Chiroqni o’chirib, uxlashim kerak. Ertaga qiyin kun bo’ladi. Yana bir qator tomosha, tahlil va boshqalar. Davom etish umididaman. Hozircha ruxsatingiz bilan"¦

Yana birgamiz xojam. Yozish davomida dam olganimni, yengil tortganimni, oz bo’lsada madad topganimni e’tirof etaman. Garchi shuncha talofat ko’rdim. Chunki natijalar yana barbod bo’ldi. Tez tarqalgan kasallik edi bu. O’pka xastaligi qinayotir. Kanser butun tanamni azoblayapti.Kundan-kun yashashga ishtiyoqim oshib boryapti. Axir kim ham qo’lini o’limga uzatardi? Kasallikmi, qasd qilishmi? Qasd qilishga hojat yo’qligini bilaman. Negaki"¦ tuyg’ularimga asir bo’lmayman.
Kelgan joyimizdan davom etamanQishloqda, qishloq odamlari orasida vayrona, tashlandiq, tuproq uyimizdamiz. Hamma ashyolar turibdi. Chang tuproq ichida. Birov qo’l tekkizmagan. Devorlari yorilibdi. Bir kishi bunga izoh berdi.
-Bu uy endi cho’kadi. Hamma ashyolari ko’chirilsaydi. Ashyo deyish to’g’ri bo’lsa"¦
Onamning yodgorliklari"¦Butun dunyosi shu yerda. Har qadami aziz, har zarrasi qadrli. Har qarichida ming xotiralar. Oh, onam! Shular bilan baxtiyor edingiz-a"¦Achinaman sizga.

Eng achchiq, chorasiz kunimda mening,
Bo’ldingiz menga yor onajonginam.
Qalbimdadir hanuz iliq mehringiz,
Yana mehr-la quching, oanjonginam.
Tunda sizni o’yladim, to’ldi ko’zlarim,
Yig’lashni xohlab, tek turdi ko’zlarim.
Sizni har joydan izlar ko’zlarim,
Sizdan ayrildim-a, onajonginam"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:23:29
Boshqa bir kishi gapga aralashdi:"Biz rahmatli amammngga ko’p aytdik. Bu ashyolar qarovsiz qolmasin dedik. Ammo qo’l tekkizmadi. O’lgunicha kelib tozalab turdi, uyga qradi, o’lganidan keyin shu holga tushdi, mana"¦
Ko’p gaplarni anglolmasdim. Chunki o’y-xayolim onamning xotiralari bilan band edi. Ham u qoldirgan ikki omonatda"¦Ularni qidirardik, qishloq odamalrining bundan xabarlari yo’q, edi albatta. Imom afandi, ayoli va men.Birinchi xonada shisha sandiqni ko’rmadik. Ikkinchi xonaga kirar kirmas eski yog’och divan yonida oynasi yorilgan bir sandiq ko’rdim. Onamdan yodgorlik"¦Balkikelinliksarposidir. Oynali sandiqni ko’rib, yanada kuchli hayajon bosdi meni. Titray boshladim. Imom afandining ayoli qo’limdan tutdi. Joyimda o’tirib qoldim.Yig’layotgan faqat ko’zlarim emasdi, yuragimning har nuqtasi yonar, o’rtanar edi.Imom afandi sandiqni ochdi. Ichida ikkita kitob.
-Bittasi Qur’oni karim,-dedi imom afandi. Juda ham eski ekan. Ikkinchisi "œSo’zlar"nomli kitob. Onam aytgan ikki omonat shularmikin? Katta sovg’a bo’ldi. To’g’risi buni kutmagandim. Chunki bunaqa narsalarga beparvo edim. Endi esa"¦Onamning omonati"¦Ular men uchun naqadar qimmatli "¦ Imom afandi Said Nursiyni ta’riflay ketdi:
-O’lkamizdan chiqqan mashhur olim, yaxshi murabbiy,-dedi Kitoblari butun dunyoda qiziqish uyg’otgan. Yoshlar bu kitoblardan qidirgan narsalarini topishadi.
Umid qilamanki, men ham topaman. Chunki mening ham qidirgan narsalarim ko’p"¦

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:26:42
Imom afandi — huquqshunos.

Imom afandi davom etdi:
-Men huquq fakultetida o’qiyotgan paytlarimda tanishgan edim. Ko’p foyda oldim. Dunyoqarashim kengaydi. Qalbimdagi shubha va andishalar ketdi.
To’xta,to’xta"¦Demak, Imom afandi — huquqshunos. Buni qarang. Ham imom, ham huquqshunos.,shu qadar nazokatli va mehribon inson. Hecham tushunolmayman, ba’zan asabiylashaman ham. Bu dindorlar meni ko’p ajablantirishadi. Goho mutaassib odam maktabni tark etib, qizlar oviga chiqadi. Menga shu holni tushuntirib bering-chi"¦
Imomning rafiqasi kun bo’yi meni tashlab ketmadi. Butun mehribonchiligni va muhabbatini berib men bilan ko’p suhbatlashdi. Imom afandi, bilimdon, madaniyatli kishi edi. Hamma u kishidek bo’lsa, na dahriylik na jamiyat muammolari bo’lardi. Ruhiyatshunos kabi insonni o’ziga yaqin olar, muammolarimni iliqlik bilan tinglar, chuqur o’ylab, qo’rslik qilmay javob qilardi. Bu usulga faqat imomlar emas, balki o’qituvchilarning ham ehtiyoji bor. Agar o’qituvchilar bola va o’smir ruhiyatini bilsalar edi, hech kim maktabdan qochmas edi. Hech kim o’qishga yoshlikdan behafsala bo’lmasdi. Kaltak bilan, tahdid bilan insonni tarbiya qilib bo’ladimi? Avvalo, bolaning, o’smirning qalbiga kirib, uning mehrini qozonish yo’llarini o’rganishsa, muammo qolarmidi"¦Xuddi imom afandi kabi"¦ Suhbat davomida biroz asabiylashdim:
-Johillar,eraksionerlar va eski odamlar bizlarni shu ko’yga solishdi. O’z holimizhca yashashga qo’yishmadi,-dedim.
Men dindor odamalrni ayblamoqchi emasdim. Ammo meni noto’g’ri tushunishdi. Imom afandi ayoliga bir qarab oldi. Lekin ikkisi ham javob bermadi. Biroz tortinishdi. Men xato qilganimni angladim.Tuzatmoqchi bo’ldim, lekin nimadan so’z boshlashni bilmasdim. 
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:27:30
.  Imom afandi o’ta nazokat bilan:
-Aysel, qizim, senga bir nima deyishga haqqim yo’q,-dedi Bizlar aybdormiz, to’g’ri gapirding. Biz dindoalr har bir harakatimiz bilan boshqalarga o’rnak bo’lishimiz kerak. Bizlar ko’p bilgan, ko’p o’qigan to’g’ri yo’lni ko’rsatuvchi insonlar bo’lishimiz lozim. Imom afandi o’ta kamtar kishi edi. Shu bois men battar tortinar edim. Men mahmadonalik qilib qo’ydim. Uyida mehmon bo’l, senga bag’rini, ko’nglini ochsin-u, sen uni "œaqidaparast","reaksioner" deb aybla. Bu qnaday bedodlik"¦Gar u oddiy qo’pollik bo’lsa ham"¦Bunday qilish hech mumkin emasdi. Bu mening telbaliklarimdan biri, xolos. Onamning omonatlarini olib ketishga jasorat qilolmadim. To’g’rirog’I, o’zimni munosib ko’rmadim. Mendek nopok, gunohga botgan, or-nomusi toptalgan bir qizning Qur’oni karimni olib ketishga haqqi yo’q. Imom afandidan iltimos qildim. U kishi ularni qabul qildi.
-Sneda qolsa, juda yaxshi bo’lardi, senga kuch bag’ishlardi, tayanch bo’lardi,-dedi, ammo men bunaqa qiz emasdim.  Meni kuzatib qo’yishdi. Bir vaqt Imom afandining ayoli sumkamga qo’l solgandek bo’ldi. Bu ham Onado’liga xos nazokat edi. Keyin qarasam, biroz pul slogan ekan. Ikki enlik xat ham bor:"Biz seni juda yoqtirib qoldik. Sen jannatlarga loyiq bir qizsan. Har qanday qayg’uli onlaringda, sevinchli kunlaringda do’st kabi senga quchoq ochishga hozir ekanimizni unutma".
Ko’zlarim yoshga to’ldi. Qanday yaxshi odamlar. Shunchalik yaxshi bo’lish zarurmi sizlarga? To’g’risi, qalbimni, mehrimni oldingiz. Yuragimni sizga qoldirdim. Umid qilamanki, sizlarni yo’qlaydigan darajada sof va pokiza bir tuyg’u haligacha qalbimga begona emas. Ammo qayerda u"¦Bu qahqirlar davrasida sof va pokiza qolish mumkinmi? G’uborli hislarim bilan o’zimni bu yerda begonadek sezdim. Ajoyib, pokiza va huzurbaxsh muhitni buzishga haqqim yo’q edi. Shuning uchun barcha sirlarni ortda qoldirib, yo’lga chiqdim. Yana sovuq chehralar, jirkanch rejalar to’la manfaatlari har narsadan ustun bo’lgan bir muhitga qochayotgandeim. Baxtsiz inson baxtiyorlikni ham his etolmaydi. Ko’ramiz,"jondek aziz do’stlarim" menga yana qanday tuzoqlar qurisharkin?
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:30:30
Istanbulda, qahqirlar davrasida.
Mana, Istanbuldaman. Bir huquqshunos talaba dunyoni tuzatishga kirishdi. Yuksak orzular yo’liga tushgan buyuk sohaning vakili bo’lmoqchi yolg’iz yosh qiz. Amina ham Anqarada. U ham tibiiyot fakultetiga kirdi. Bilaman uning kelajagi porloq. U o’zini himoya qila oladigan va tahlikani oldindan sezadigan aqlli qiz. Uning fikr dunyosini va g’oyalarini yoqtirmasam ham, bu haqiqatni tan olaman.  Men-chi? Bulg’angan, toptalgan, zulmatli bir keljak. Chunki men burnimning uchini ko’rolmaydigan qoloq fikrli odamman. Har qancha ilg’or, inqilobiy nutqlar so’zlasam ham"¦ Amina va ota-onasi men uchun ko’p qayg’urishdi. "œSenga ishonchli bir joy topamiz. Istanbul katta shahar, ko’chalarda har turli tahlika kezadi. Yolg’iz o’zing qiynalasan", deyishdi ular"¦ Yo’q"¦ Yana qaysarligim tutdi. Keljagimni o’zim tanlayman. Kuch qudratimni isbot qilaman. Hech kimning hayotimga aralashuvini xohlamayman. Davlat yotoqxonasiga joylashdim. Ammo mening nomim, ovozam o’zimdan avval yetib kelgan ekan"¦Atrofimni bir guruh "œipini uzgan" yoshlar o’rab olishdi. Ilg’orlar, nurlilar,hurriyatchilar va yana shu kabi toifa vakillari"¦ Men kim bo’libman o’zi? Topilmas bir aksilon yoki to’shaklarni isituvchi et-ustixon yig’indisimi? Bunaqa savollar hech tugamasdi. Xato niyatli, qoloq fikrli, qat’iy qarorli bo’lganim uchun emas, menga shundaylar uchrayotgani uchun. Boshda darslarga yaxshi qatnashdim. Ammo menga osilganlar yanada kuchli chiqdi
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:31:01
 U yoq bu yoqqa tashlay boshladim. Maktabga bormay qo’ydim. Ilk borganlarim har xil guruhlar, "œsotsial faolliklarni oshirish" nomi ostida iflos ishlar qiladigan joylar edi. Inqilobchilar, komunistlar, marksistlar, eronchilar, giyohvandlar, bilmayman yana nimalar"¦ Qorishiq, iflos"¦Har tomon ostin-ustun. Va bir yosh qiz. Sohasini, g’oyasini asta sekin yo’qotgan, kuchi, irodasi nuragan bir qiz"¦ "œOrtimga tushgan, qo’limdan tutgan yoshlar soyasidan burnimni har teshikka suqardim. Ilk yoqtirgan odamim juda fe’li tez chiqdi. Uni tutib keltirishdi. Qilmishi yo davlatga qarshi bir namoyish yoki geroin tijorati"¦ Har ikkisidan ham bor. Dinni bilmaydi,Allohni tanimaydi. Ba’zi o’xshashliklarimiz bor. Ammo uning ahloqsizliklari menikidan o’tadi. Shunaqa daydiliklari na yaxshi fikr qoldiradi, na umid uyg’otadi. Asl maqsadi pul, foyda. Yana soxtalik va tuzoq. Aytish joiz bo’lsa ayatman. Huquq fakulteti haqidagi shirin hayollar tugadi. Har kuni qilganimiz ichkilik ichish, qo’shiq kuylash va uchish. Ha, uchish"¦Keyin esa dunyoni qutqarmoqchi bo’lgan bir daydining yotog’ida ko’zlarimni ochaman. Mana senga va’da qilingan "œideal hayot". Istanbul meni juda tez yutib yubordi. Qarshimda yana bir zarba muallaq turibdi. Ularga qo’shilishga majburman. Pul yo’q, joy yo’q, ovqat yo’q. Allohning qahriga uchrasin bunaqa inson. O’zimdan jirkanaman. O’zimcha "œzamonaviy hayot ayoli" bo’ldim. Ba’zi inqilobchi o’rtoqlarimni fikricha, bu yaxshi. Ayol ham, erkak ham o’zi xohlaganidek yashashi kerak. Shunday yashash mumkinm, bilmayman? Ba’zi narsalarni bila turib tepaman. O’zim xohlab, o’zim yig’layman. Yaxshi odamlarga ham duch keldim, albatta. O’jarligim ularni ko’rishga, ergashishga to’siq bo’lardi. Amina, dadasi, Imom afandi, matematika o’qituvchisi"¦Bu insonlar meni juda yaxshi ko’rishdi. Himoya qilmoqchi bo’lishdi. Yordam bermoqchi bo’lishdi. Men esa? Zehnli, aqlli, ilg’or fikrli, inqilobchi bo’laman, deb ularni mensimadim. Ko’zing ko’r bo’lsin. Bilaturib jarga qulash deganlari shu-da"¦

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:32:22
Shu erkinlikmi?
Istanbulda mustaqilman,shundaymi? Sho’ri qursin bu erkinlikning. Tashqariga chiqsang ortingdan bir suruv it"¦To’satdan oromingni buzishadi. O’qishga ketyapman. Juda orqadaman. Tartibga kelishim qiyin. Yotoqxonadan ayrildim. Uy topishim kerak. Ammo ijaraga katta haq to’lanadi. Har galigi to’lov ruhimdan, rostg’oyligimdan, xayollarim va idelimdan bir parchasini olib ketadi. Shumi erkinlik? Yo’q, azizim, yo’q. Sen erkin falonchi emassan. To’rt devor ichida yashayotgan qishloq qizining fikrlarida sening bu qarashlaringdan ilg’orroq bir erkinlik bor. Gapir? Amina, Imom afandi mendan ko’ra erkin emasmi? Men zamonaviy,ular eskicha. Miyamga bunday mantiqsiz fikrlar qaydan keldi? Endi ulardan qutulolmayapman. Chiqarib tashlolmayapman. Ichishni xohlayapman, bo’lmaydi. Uchishni xohlayapman. Qayg’ularimni unuttiruvchi sehr kerak. Shu ahvolda ketsam manzil juda yaqin. Kinlarim yomon xonalarda, iflos uylarda, tark etilgan burchaklarda o’tmoqda.U yerlarda ichar, faqat ichardim. Keyin esa ukol. Topsam, albatta. Hozircha piyodaman. Ukollarni tashiydigan qizlar bor. Bu ham bir tijoratmi? Keyin esa chidab bo’lmas iztirob. Mudhish bo’shliq"¦Nega yashayotganimni, qayerdaligimni unutaman. Qaniydi, umuman uyg’onmasam. Bir mikrob yo’qolardi. Ba’zan inqilobchi do’stlarim majlisiga qatnashaman. Haqiqat haqidagi yolg’on gaplarga kulib qo’ya qolaman. Oh, haqiqatlar, tildagidek toza bo’lsa, to’g’ri chiqsa. "œObro’li kurash, to’g’ri hayot, inson haqlari"¦"qanchalar go’zal emasmi? Xuddi shunday deb hayqirganlarning hayotimizni zulmatga aylantirishi, bizni bir matohdek ishlatib, so’ngra tashlashi? Mana shuning uchun isyon qilardim. Shuning uchun ichib alamlarimni unutmoqchi bo’lardim. Kunlarim azobli, oylar umidsiz. Zo’rg’a ikkinchi kursga o’tdim. Bu yog’I yoz mavsumi. Aminaning yuzlarcha da’vatlari ortda qoldi. Necha marotaba Imom afandining ayoli va matematika o’qituvchim yo’qladi. Yo’q, yo’q. Yonimga kelmang, mendan yaxshilik kutmang. Ular bilan gaplashsam, yanada terslashardim. Aminaning ahvol so’rashi, matematika o’qituvchimning chin dildan samimiy bir tarzda "œQandaysan,qizim?" deyishi"¦Imom afandini ayolining "œSeni sog’indik" deyishi yuragimga bir og’riq solardi. Bu yaxshi insonlarni ko’rgach, ichimda bir mudhish kurash boshlanardi. O’zimni hisob berishga majburlovchi bir tuyg’u"¦Qilmishlarim uchun meni ayblovchi bir ovoz. Shunday paytlarda o’zimni burda-burda qilib tashlagim kelardi. Nega men bunchalik yomon odamman, deb ezilardim.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:33:00
. Eng yaxshisi ular bilan ko’rishmaslik. Ichaman, ichaveraman, o’zimni yo’qotaman, alamlarimni unutaman. Yozda yana bekorchiman. Ish topishim kerak. Ammo meni o’g’irlaganlar also o’z holimga qo’yishmaydi."Biz senga pul, ovqat, yoradigan joy beramiz". To’g’ri berishadi"¦Ammo endi yetar, axir mening ham izzat-nafsim bor-ku"¦Nomim, ishim, obro’yim, ayolligim bo’lishi kerak. Yo’q hammasi bir-biriga qorishib ketadi. O’zgarmas vat ark etilmas bir muhitdaman. Necha to’shak, necha "œsevgili" necha aldagan insonlar yoki aldanganlar"¦Titrayman, uyalaman, boshimni devorlarga uraman. Meni xalos etuvchi yo’qmi"¦Ammo qutqarmoqchi bo’lganlarga ham yaqin yo’lamayman. Bu holat meni yiqitadi. Ular yonimga kelishganida o’zimcha ulardan intiqom olardam. Qanday qilib, deysizmi? Ayollarni matohdek biluvchi va ko’pxotinlikni yo’qlovchi va bu haqda nutqlar so’zlovchi oxirgi "œsevgilimni" atay aldadim. Tabiiyki, aqldan ozayozdi"¦
Bir daqiqa,xojam, xoanmga yana oq xalatlilar kirishdi. Ikki vrach, ikki hamshira. Natijalar haqida bahslashishmoqda. Ko’zlarida umidsizlik seziladi. Men soxta tabassumlaridan payqadim. Ishlar to’g’ri ketyapti. Yetar, bu umrga ko’p narsani sig’dirdim. Balki bir necha kishining hayotini yashadim. Bular ketishsin, keyin davom etamiz"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 31 Oktyabr 2007, 12:33:28
Ayolim ikkimiz joylashib olgan xonaga o’g’lim va qizim kirib kelishdi. Bizni ko’zlarimiz yoshli, bezovta va g’amgin ko’rib sababini so’rashdi.
-Maktub,-dedik. Ammo bu safar umuman boshqacha. Shuni o’qiyapmiz. Qaysar qiz ekan, bir qancha to’g’ri odamlarni yaxshi ko’rmaydi. Shu sabab boshiga tushmagan balo yo’q.Qaraylik-chi, qanday tugarkin. Biroz suhbat qurib, dam olgan bo’ldik. Bunday hayot to’zonida, aybning katta qismi Ayselning o’zida. Yordamga cho’zilgan shuncha qo’lni ortga surdi. Onasining omonatlarini olmagandan keyin, oladigani nima bo’lardi"¦Yig’layinmi, jahl qilayinmi? O’qiylik, ko’ramiz natija nima bo’larkin?
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:10:52
Insoniylik qadrimni yo’qotdim.

Salom xojam, davom etamiz. Endi natijalar meni bezovta qilmaydi. Oladihganimni olib bo’ldim.
Endi bir ko’cha qiziga aylangandim. Inqilobiy nikoh bilan turmush qurgan kishim mendan ham jinni chiqdi. Jizzakiliklarimga qo’shilardi. Haqiqiy ma’noda razolatga botdim. Insoniylik qadrimni yo’qotdim. Endi yomon so’zlar, haqoratlar meni ranjitmasdi, ta’sir etmasdi. Chunki, ranjish insoniylikni belgisidir. Hech auras unda bir fazilat borligidan ishora. Endi haqoratdan ranjimaganim uchun butun yaxshiliklarni, insoniylikni oyoqosti qildim. Shu bilan menga ishingan va umid qilganlarni ham uyaltirdim. Turmushimiz uzoq davom etmasligini hamma bilardi. Erim ehtimol tentakdir. U ham bu ishga chiday olmadi. Ko’pxotinlikni yoqlaydiganlardan edi. "œNima ahamiyati bor jonim, ko’ngil kimni xohlasa",-derdi. Qilmishlarimdan u ham aqldan ozardi. Men ham. Ortiq o’zimni taniyolmaydigan ahvoldaman. Go’yo ichimda ikki holat kurashardi. Yaxshi insonlar qo’llashga, himoya qilishga harakat qilayotgan men bilan Istanbulning ko’cha bezorilari orasidagi qiz kurashar edi. Hozircha Istanbul tomon g’olib. Oxirgi "œsevgilimdan" ham ayrildim. Beyo’g’li tomonda edim. Topgan o’rtog’imdan dori olib uchardim. Yoki aqlni zaiflashtiruvchi biror narsa. Ichim to’la, asabiy holda, boshim yorilgudek og’riyapti. Agar hech narsa topolmasam juda yomon ahvolga tushaman. Bu la’nati odat hech narsani tinglamaydi va kutmaydi. Bu ishda sabr ham qilib bo’lmaydi. Avtobus bekatida turganimda kimdir meni turtdi;
-Aysel,qizim,-dedi, tanish bir ovoz.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:11:26
Orqamga o’grildim. Imom afandining ayoli.
-Siz nima qidiryapsiz,-deya oldim zo’rg’a. Meni qucholqadi, yonoqlarimdan o’pdi. Zo’rg’a turgan gavdamni qiyinchilik bilan jonlantirishga harakat qildim. Biroz narida turgan Imom afandi ham hol-ahvol so’radi. Allohim!Ayni vaqti edi go’yo. Uchib o’zimni yo’qotay deganimda, imom afandiga yaqin bordik. Bo’ladigan narsami?
-Biz mehmonxonaga ketyapmiz. Agar imkon bo’lsa kel, oqshombirga o’tiramiz. E’tiroz bildirolmadim. Aslida qarshilik qilmoqchi edim. Ammo ichimda qandaydir bir kuch to’xtatdi go’yo. Birga yo’lga tushdik.
-Xoja afandi huquq fakultetida o’qiyapti. Imtihonlarga keldi. Men ham biroz hastalandim, tekshirmoqchiydim.
Demak, Imom afandi o’qiyapti! Voy, erinmaganey"¦Qulning aqidaparastligiga qara. O’zlashtirib ilg’orlarga qo’shiladi. Bunisiga chidayolmayman. Nima bo’lganida ham tabriklashim kerak. Nima qilay? Atrofimda bunaqa yo’lboshci topa olmadim. Topgan yo’lboshchilarim qarshi fikr bilan chiqishdi. Xoy,Allohning balolari, biznkilar, qayerdasiz?
-O’qishing qanday qizim?-dedi Imom afandi.  Zo’raki bo’lsa-da, biror nima deyishim lozim.
-Bu yil ikkinchi kursdaman. Biroz qiyin, lekin amallayapman.
-O’qituvchilaringni yaxshi taniyman.Ular mening ham o’qituvchilarim edi. Hozir ham ular o’qitishmoqda. O’qishim tugash arafasida. Doktorlikka tayorlanyapman.Doktorlik bitsa, huquq fakultetida muallim bo’lmoqchiman. Kursimizda eng a’lochisi menman. O’qituvchilar ham meni ko’z ostiga olib qo’yishgan. Sen ham harakat qil, bir lmiy ish boshlaysan.
Men jim turardim. O’zimga-o’zim derdim:"Kel, aqldan ozma.Shu insonlarning yaxshiligi, seni yoqtirishi va mehribonligi uchun ham aqldan ozma. Mendek tugab bo’lgan bir qizga nechun bunday ko’mak? Meni tushuning. Mening bir ko’cha qizi ekanimni tushunishingiz uchun yana nima qilay? Tushunadilar, tushunib turib, men bilmagan yaxshiliklarni qilishadi. Oqshom mehmonxonada bir o’tirdik. Ularning subati menga huzur baxsh etardi. Bir daqiqa bo’lsa-da, boshqa narsalarni unutdim. Ikkita farishtadek insonning siymosiga mahliyo bo’ldim, na bosh og’riq qoldi, na karaxtlik. Bir dam o’yga cho’mdim. Bular bilan birga qishlog’imga ketsam"¦Vayrona uyimizda, yolg’iz o’zim baxtliroq bo’lmasmidim? U yerda inson go’shtini bozorga soladigan to’ng’izlar ham yo’q, qtrofimni o’ragan och qahqirlar ham. Kirlangan tanani suv bilan yuvmoqchiman. Nopok ruh, ahloq va insoniylikni ham!
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:12:35
-Meni ham qishloqqa olib ketsangiz"¦Tog’lar orasida izsiz hayot kechirayin. Mushuklarga,itlarga, eshaklarga o’rganib qolaman. Bas, meni qutqaring. Balki tavba qilib o’zgararman. Balki onam orzu qilganidek dindor qiz bo’larman yoki meni shu holimda qabul qiluvchi ham topilar. Farzandlar ko’rib, onalik baxti bilan yasharman.
Har holda o’z-o’zim bilan gaplashardim.
-Biror nima dedingmi,Ayselim,-dedi imom afandining ayoli.
-Yo’q,-dedim. O’ylayapman faqat. O’sha kecha meni ham mehmonxonada olib qolishdi. Imom afandi ham, ayoli ham menga nasihatlar qilishdi. Ammo bularni tinglab,tahlil qiladigan miya qayerda? Faqat shunga aminmanki, bunday oilada yashasam, men ham baxtiyor bo’lardim. Qani bunday imkoniyat? O’qishni uchinchi kursda tashlashga majbur bo’ldim. Giyohvandlik tufayli boshimiz melisalar bilan janjaldan chiqmasdi. Ko’pxotinlik, ajralishlar"¦Hammasi bir xil masalalar"¦Atrofda qashqirlar, o’rtaning qizi edim"¦Besh so’m pul topish harakatidaman. Aslo tushuntira olmayman, also xotirlashni xohlamayman bu jirkach hayotni. Bir do’kon yonida ochlikdan bexush yiqildim. Eslaydiganim — qornimni to’ydiruvchi bir parcha nonga qaraganim. Kichik bir shifoxonada o’zimga keldim. Katta-katta ko’zlarini menga tikkan  bir doctor. Yonida yana bir kishi. Qo’limdagi igna izlari meni qanday qiz ekanimni bildirib turardi. Hanuz 22 yoshdaman. Bardoshi tugagan bir vujud. Doktor meni shu yerda qoldirdi.
-Jiddiy savol bor,-dedi. Bu balodan qutulmasang, uzoq yashamaysan. Alohida qon tahlili qildik. Ba’zi savollar tug’ildi. Bular jiddiy, sog’liqqa oid savollar edi. O’zingni qo’lga olib, sog’ligingga e’tibor berishing kerak.
Gapirgancha gapirdi. Yaxshi inson edi. Men uchun foydali takliflar aytdi.

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:13:43
Och qolmay deb"¦

Doktorning yonidagi keksa kishi meni bu yerga keltirgan edi. Ayyubda yashaydigan yolg’iz biro dam. Ikki yil avval ayolini yo’qotgan ekan. Farzandlari esa boshqa joylarda yashashar ekan. Men bilan qiziqdi, yordam berdi. Salomat bo’lsin. Eng og’ir ahvolda shunday bir insonga uchradim. Ammo bus afar qta’iy qaror qildim. Bu odamni tashlab ketish yo’q. Chunki chorasizman. Meni issiq uyiga kiritadigan insonga ehtiyojim bor. Ortiq tanlash imkonim yo’q. kimligidan qat’iy nazar, meni uyiga olsa bo’ldi"¦U kishiga dardimni aytdim. Nihoyat rozi bo’ldi. Ammo yolg’onchi bo’lmay deb, bor haqiqatni aytdim. Tavba qildim. Ayyub Sultonga birga borib, duo iltijo etdik. Ishinmasangiz kerak. Dahriy bir qiz dindor kishi bilan turmush qurdi? Men 22 yoshda, u esa 60ga yetgan biro dam. Men biroz tartibli, ehtiyotkor qiz rolini o’ynay boshladim. Hatto boshimga ro’mol ham o’radim. Buni qarang, inqilobchi, dahriy qiz musulmon bo’ldi-ya? Bunga kim ishonadi? Albatta, bu odam mendek bir dahriyni iymonga keltirgani, yoshgina bir xonimni topgani uchun"¦Hech bo’lmasa o’zicha shunday deb hisoblagani uchun ko’p xursand bo’ldi. Haqqini inkor etolmayman. Buyuk bir mehr bilan menga sohib bo’ldi. Dastlab olti oy giyuhvandlikka qarshi davolandim. Endi tuzala boshlaganimda jigar xastaligiga chalindim. Ustiga-ustak jigarim shisha boshladi. Kanserni ancha vaqtgacha mendan yashirishdi. Ammo bilib oldim. Ichkilikning, giyohvandlikni, hapdori va giyohvand moddalar ta’sirida chalajon bo’lib qolgan jigar. Keksa turmush o’rtog’im meni davolattirdi. Hatto mo’jiza ro’y berayotgan edi. Sog’ligim tiklangani haqida ma’lumot ham oldik. Shu orada zarba yedim. Keksa ho’jayinim yurak xastaligidan vafot etdi. Nima bo’lganida ham oylik nafaqasini menga qoldirdi. Sog’liq sug’urtasi bilan davolana boshladim. Ammo bir kuni farzandlari kelishdi, uy kalitini qo’limdan olib, meni ko’chaga haydashdi. Ularning fikricha fohisha bir ayol otalarini boplab aldagan edi. Baribir, ho’jayinimdan xursandman. Meni davolatib, nafaqa bilan sug’urta qoldirdi. Istanbuldek katta shaharda yolg’iz ayol uchun bu oz narsa emas.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:14:07
Oh, bu sho’r peshonam! Kasallikni yengib, sog;ayib ketishga ishonchim bor edi. Ahloqimni tuzatayotgan edim. Hattao kasalxonadan chiqib, Ayyub Sulton ziyoratiga ham borishni o’ylab qo’ygan edim. Ya’ni, Amina va Imom afandining aytgani bo’ladi. Shu tariqa halovat topishimga ishonar edim. Ammo iplar uzildi. Yaxshi o’tayotgan hayotim buzildi. Yana eski jarga quladim. O’sha hayotgan, yana och qashqirlar davrasiga qaytdim. Faqat bus afar borsa-kelmas bir yo’l. Oxiri berk ko’cha meni kutayotgan edi. Necha kun ma’nosiz,maqsadsiz kezdim. Kimlarga uchradim, kimlar bilan yotib-turdim, bilmayman. Yana ko’chada qoldim. Hushdan ketib yiqilgan edim. Ochlikdanmi yoki kasallikdanmi? Menimcha ochlikdan, doktorlarni fikricha kasallikdan.. Marhum keksa xo’jayinimning nafaqasini olaman. Ammo qancha deng! Bir martalik kayfga ham yetmaydi. Ichkilik, sigaret, tuz-non uchin bir haftaga ham yetmaydiKeyin esa"¦O’sha manzaralar.Kasalxonada yana biroz davolandim. Ammo bu azobga chiday olmadim"¦Bir tekshiruv vaqtida qochdim. Pristanda yana bir mo’ysafid bilan tanishdik. Hammasi shunday boshlanar yo"¦Falakdan bir necha kinga o’g’rilangan vaqt"¦Natija esa ma’lum"¦
Ammo bu  mo’ysafid menga ko’p yaxshilik qildi. Mendek ayolga sevgi izhor qilsa bo’ladimi? Ko’pdan buyon eshitmagandim bunaqa gaplarni. "œbo’lsa-bo’lar" dedim. Hech qursa yana biroz yashaymanku"¦ U kishi anqaralik ekan. Qat’iy turib oldi. Boshqa ilinjim bormi o’zi/ Ortidan tushdim. Ahmoqligim qursin deyinmi? Shuncha "œtajribadan" keyin ham yana aldanish? Bu odam ayollarni bozorag olib borib sotishni ustasi ekan. Bu yerda ham bir janjal bo’ldi. Ammo menda kuch quvvat yo’q edi. Kasalim og’ir edi. Oyoqda turolmasdim. Butkul holdan toygan edim. Bitayotagn bir hayot. Har kunim so’nggi kundan ham og’ir kechar edi. Ha, xato qildim. Balki shu paytgacha o’zimni bunchalar ayblamagandirman. Bir dahriylik, bir inqilobchilik va yana bir qancha razolatlar, yetib bo’lmas bir maqsad sari ketayotgandim. Juda qaysarman. "œTo’g’rilarni" agar mening fikrim bo’lmasa qabul qilmasdim. Holbuki, ‘to’g’rilar" faqat mengagina tegishli emasdi. Boshqa to’g’rilar ham bo’lar edi. Eng katta xatoim ham shu edi. O’zim balsam-da, atay jamoaga qarshi chiqardim. Shu bois burnimni har tashikka suqardim. Har safar bir mag’lubiyatga uchrar, ammo hech aqlim kirmasdi. Ya’ni, bu be’manu hayotning sababchisi o’zim edim.

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:14:55
To’rtinchi bo’lim.
O’zimni o’ldirmoqchi bo’lgan kunlarim.


"œbuni qarangki, men jonimga qasd qilishni o’ylarkanman, ishonib bo’lmas voqealar ham navbat bilan tizilishmoqda edi"¦

Alloh bor bo’lsa"¦?

Yana hayotimning bir sahifasi yopildi. O’ta jiddiy va iztirobli sahifa. Katta bir shifoxona bo’limida ko’zlarimni ochdim. Ish tugagan ekan. Kasalligim bir sabab sifatida meni jonimga qasd qilishdan saqlb qolgan ekan. Yana shifoxonadaman, ya’ni o’lim to’shagida. O’limni ko’ryapman, biroz narida turib meni kutmoqda"¦Shunday ayanchli kezlarda maktub yozib, kimdir ovozimni eshitsin, deya qog’ozni qoralamoq"¦Nega deysizmi? Oh, qaniydi buning javobini balsam. Balki yana puch xayollarga berilayotgandirman. Balki, ayblanish, haqoratlanish va xo’rlanish uchndir. Balki, "œMen shunday qildim, siz ehtiyot bo’ling", deyish uchundir. Yoki bir tasalli ma’naviy bir ko’mak, balki duo olishdir maqsadim"¦Balki bulardan hech biri uchun emas, o’zimdan bir xotira, ma’lumot qoldirish uchun. Nima bo’lganida ham"¦Ammo bu maktubni yozish uchun katta kuch sezdim. Go’yo bu maktubni yozish uchun alohida berilgan bir quvvat"¦Hayotni yangidan yashash, o’zimni so’nggi marotaba so’roq qilish uchun bir quvvat edi bu. Maktubni yoza boshlaganimga ikki kun bo’ldi. Bir necha soatda yozib, tugatishni o’ylagan edim. Ammo bunday bo’lmadi. Har xil tuyg’ular, turli fikrlar, holatlar va ularning bir-biridan farqli izohlarni his qilib, qog’ozga tushira boshladim. Holbuki, maktubni boshlarkanman, jonimga qasd qilish niyatim qat’iy edi. Bu maktub orqali hayotimni zaharlagan benomuslarga so’nggi arta nafrat bildirmoqchi edim. Ammo shu ikki kun ichida maktub bitarkanman, hayotimni qaytadan tahlil qildim. To’g’ri ishlarim bilan xatolarimni solishtirdim. Qaysidir ma’noda o’zimga hisob berdim. Bu hayotimning umumiy bahosi edi. Ehtimol, bugungacha hech o’ylamagan va hatto aqlimga ham sig’dirolmagan muhim farqlarni sezdim. Eng muhim farq:bu borliqning, koinot va insonlarning ulug’ bir Yaratuvchisi borligini anglayotganim edi. Avvalboshdan qat’iy tarzda "œyo’q" deya keskin uzib tashlaganim bu mavzuni, aqlim qabul qila boshlagan edi. Xo’sh, Alloh bor bo’lsa? Alloh bu koinotni va insonlarni yaratgan bo’lsa? Bizdan qilgan hamma amallarimizni so’rasa? Bu hisobga men qanchalik hozirman? Mana shu savol, bir gumon tarzda bo’lsa ham, ichimni, aqlimni kemira boshlagandi. Maktub yozarkanman, dilimga yangi bir quvvat sezardim.Go’yo qalamim meni bir tomonga boshlayotgandek"¦Men istamagan, bu haqda o’ylashni ham xohlamagan bir tomonga. Endi o’zim ham bu maktubning qanday yakunlanishini qiziqish bilan kutayotgandim"¦Xojam yana charchadim,darmonim quridi yana.Ertaga davom ettiraman degan umiddaman"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:16:13
Bugun uchinchi kunki maktub yozyapman. Ammo bugun butkul o’zgacha holatdaman. Mudhish tuyg’ular qurshovidaman. Bu satrlarni yig’lab, faryod chekib yozyapman. Vaqt yarim tundan oshdi. Ishonib bo’lmas hodisalarni boshdan kechirdim. Butun tanam titrardi. Dahshatli hayajonda edim. Go’yo yuragim qinidan otilib chiqib ketadigandek..
O’zimni zo’rg’a qo’lga olib, bu voqelarni sizga bayon qilmoqdaman.Bu voqealar hayollarimni ostin-ustun qilib yubordi. Bir zumda dunyoimni o’zgartirdi, zehnimni xiralashtirdi. Hayajonimni bosolmayapman. Barmoqlarimda, umuman kuch yo’q. Nima qilayotganimni bilmayman. Qalam qo’limdan tushib ketyapti. Tunning ikkinchi yarmi. Quyuqlashgan qonni tortib olishganiga ham bir soat bo’ldi. Uxlasin deb ukol ham qilishdi. Xonada yolg’izman. Boshsiz, adog’siz qorishiq o’y-fikrlar aro bir yo’l izlayapman. Yana hayot kemamni o’ngga-‘so’lga burib, bir umid, bir ilinj kutyapman. O’ylayapman. Koinotning boshi bo’sh qo’yilganmi? Yoq’lik va cheksizlik sari uchyaptimi u? Bir kun kelib, butun jonzotlar va barcha insonlar o’lib, hamma narsa yo’q bo’lib ketadimi? Bu olamlarning yagona Allohi bormi? Hamma narsa Uning amri biraln bo’ladimi?Biz o’lganimizdan keyin, yana qayta tirilib, hisob beramizmi? Men orzu qilganim, qo’llarimni tutib, tizzalariga bosh qo’yishni xohlaganim onamga, dadamga, akamga yetisha olamanmi? Agar jahannam bor bo’lsa, men shu holimda, u jannatiy insonlar bilan topisha olamayman. Yana tinchim yo’qoldi. Ya’ni, qayta tiriladigan bo’lsam, menga tinchlik va rohat yo’q, bo’lmaydi ham. Yana boshi berk ko’chalarga kirib qoldim. Iztirob chekyapman.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:16:57
Allohning izni bilan.

Shunga o’xshash hayollar bilan o’tgan yillarimga nazar tashlar ekanman, xonamning eshigi g’ichirladi. Tushimmi yo o’ngimmi? Eshik tomonga o’girildim. Ikkita ayol, oppoq, top-toza libosda. O’rangan. Boshlari ustida o’zgacha nur. Yuz — ko’zlaridagi nurlar ichimga kirib, iliqlik paydo bo’ldi. Ko’z-ko’zga to’qnashdi. Shunchalar muloyim, mehribon boqishlari, tabassumlari borki, go’yo atrofni o’zlariga rom etishdi,meni o’sha sirli olamga tortishdi. Bular kim? Hamshiralar emas, Hamshiralarning boshlari ochiq, bo’ylari kichik, ular unchalik yoqimli ham emas. Tunning bu paytida meni kim ham yo’qlardi. Bu nurli chehralarning, umuman, boshqacha ta’sir kuchini sezdim. Xona ularning ajib nuriga to’ldi. Ular quloqlarimni, miyamni, butun vujudimni chulg’agan,ta’sirlantirgan bir ohangda:
-Alloh shifo bersin, qizim,-dedi o’ng tomondagi ayol.Ikkinchisi esa qo’llari oldinda, bog’li, go’yoki "œtayorlan" degandek qarab turardi. Men rahmat deya olmadim. Chunki karaxt bo’lib qolgandim. Yuzlariga hayajon, qiziqish bilan titrab qarab turardim. Shu qadar hayajonda edimki, yuragimning otashi ko’ksimni kudirar, go’yo parcha-parcha bo’lib ketgudek edi.
-Siz kimsiz, nima istaysiz mendan,-deya so’ramoqchi edim, mendan oldin ayol gap boshladi.
-Bizlar Allohning izni va Payg’ambarimizning sav amri ila nochor qolgan, yordamga muhtoj va yordamga munosib bo’lgan musulmonlarga ko’maklashamiz.
So’zlari shunchalik ta’sirli va muloyim ediki, har bir so’zi menga xush yoqar, ichimni kuydirardi. Bir zumda bu so’zlar minglarcha, milyonlarcha aks-sado bera boshladi. "œAllohning izni va Payg’mabarimizning amri ila nochor, yordamga muhtoj va yordamga munosib musulmonlarga ko’maklashamiz".
Qandaydir umid paydo bo’ldi:demak, meni Alloh va Payg’ambar nazardan chetda qoldirmadi, yordamga loyiq inson ekanman, shundaymi? Bu juda muhim. Balki so’nggi najot yo’li"¦Men shularni o’ylarkanman, kelgan ayollar fikrlarimni o’qirdilar.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:17:20
-Alloh hamma narsani ko’rguvchi, bilguvchi va ko’mak berguvchidir. Payg’ambarimiz esa, ummatlarida boxabar, nochor qolganlar ko’mak uchun shoshilguvchidir. Olamning ajoyib tartibi Allohnung ilmi va qudratidandir. Son-sanoqsiz ne’matlar esa,Allohning qullariga ikromidir. Alloh qullarini O’zini tanishi va qullik vazifasini ado etishlari uchun yaratgan. Insonlarga amri, irodasini bildirish uchun payg’ambarlar va kitoblar yuborgan. Ne ko’rgulikki, ba’zi insonlar shaytonga qul bo’lib, nafslariga erk berib, dunyo lazzati va zavqiga berilib,Allohni butkun unutishadi. Bunday insonlar hatto pashshaga diqqat bilan boqsalar edi,uning qanchalik mo’jazaviy qudrat bilan yaratilganini ko’rishardi. Bunday mo’jizalarda hamisha Allohning ilmi va qudrati namoyondir. Ammo johillar shaytonga va nafslariga erk berishdi. O’ylamadilarki, insonning dunyoga keltirilishi qanday mo’jizalarga boy bo’lsa, o’limidan so’ng qayta tirilib, hisob berishi ham shundaydir. Insonni yaratgan qudrat Sohibiga uni takror tiriltirish hech qiyin emas!
Bu so’zlar mening fikrlarimga, dunyoqarashimga, hayotga munosabatimga achchiq va ta’sirli javoblar edi. Bularning hammasini necha qaytalab o’qituvchilarimdan, o’rtoqlarimdan eshitgan bo’lsamda, nega bunchalik ta’sirlanmadim? Har bir so’z, har bir gap miyamda aks-sado berar, asli qarshilik qilishga yo’l qo’ymasdi.
-Onang seni ko’p duo qiladi,sendan xavotirda. Tayorlan, tavba qil!Allohdan kechirim so’ra!Uning rahm-shafqati g’azabidan, jazosidan buyukdir. Allohga yolvor, xatolaringni tuzat. Chunki sening umring juda qisqa qoldi.
Ko’z o’ngimda mayin ovozli, mehribon va nuli bilan xonani to’ldirgan ikki ayol g’oyib bo’ldi. Faqat eshikning g’ichirlagani eshitildi, xolos.

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:18:27
Endi nima bo’ladi?
Allohim, endi men nima qilay? Nochor qolgan gunohkor bir qulingni bunday yordamga loyiq ko’rganing uchun endi men nima qilay? Yig’layinmi? Faryod chekayinmi?O’zimni ming marotabalab senga qurbon qilayinmi? Alloohim, shu choqqacha gunohdan, razolatdan boshqa narsani bilmadim. Duo qilish, yolvorish, iltijo qilish, namoz o’qish"¦Hech birini bilmayman.Terlab, hamma narsam shalabbo bo’lgan edi. Dahshatli bir hayajon va qo’rquv ichida o’zimga keldim. O’rnimdan turdim. Ha,Alloh bor. Bu olamning egasi U,  biz Uning  qulimiz.Ammo hech bir tafsilotni bilmayman. Nimadan va qanday boshlayman? Nima bo’ladi, menga kim yordam beradi?
Faryodimga, qichqiriqlarimga hamshiralar yugurib kelishdi. Tabiiyki,ularga ko’rganlarimni tushuntira olmasdim.
-Hech qisi yo’q,-dedim. Qo’rqib ketibman"¦
O’limim tobora yaqinlashmoqda. Boshim qotgan, xato qilganlarimni, egri yo’ldaligimni aytib hayqiraman. Bu ko’rganlarimning hammasi men uchun oxirgi imkoniyat, so’nggi fursat ekanini bilaman. Buyuk Alloh meni kutib turganini ham bilaman. Ammo yo’lning oxiriga keldim, endi nima qilishni ham bilmay qoldim.Qorishiq fikrlar, ma’nosiz hayollar tubida bir kuch topdim. Alloh"¦Ha, ilk marotaba bunday kuchli hayajonlasnih"¦Alloh! Ehtimol hamma narsa tugab, butun shubhalar yo’qolganidan keyin bu kuch yuzaga chiqayotgandir. Yoki boshqa choram yo’qligi uchun"¦Nima bo’ladi, biror kishi kela qolsaydi. Men ketyapmanku. Kimdir menga Allohni,o’zimni va oxiratni anglatsaydi. Nima bo’ladi endi? Hamshiralarga, doktorlarga yolvorardim.
-Amina ismli tibbiyot insitutida o’qiydigan bir dugonam bor. Uni topishim kerak, ko’rishim kerak.U kelsin, nima bo’lsa ham, kelsin.Kelib menga tushuntirmoqchi bo’lgan,ammo men tinglashni ham istamagan gaplarni aytsin. Endi ularning navbati keldi. Endi o’sha gaplarga mutojman.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:18:48
Aminani kutyapman.Hayotim davomida hech kim, hech narsani bu qadar intiqlik ila kutmaganman. Niam bo’ladi,Allohim. Sendan biror narsa so’rashga yuzim yo’q. Ammo onam, akam, menga yordamlashmoqchi bo’lgan yaxshi insonlar hurmati, o’lmasimdan avval Aminani keltir"¦Bunday gunohkor holda huzuringga borishni istamayman. Bilaman, og’ir-og’ir gunohlar qildim. Menga so’nggi marotaba imkon ber,Allohim"¦Birdan bo’limdagi pokiza yuzli, dindor assistant esimga tushdi. U har gal xonamga kirganida menga dalda berar,Allohga ishonishni va sabrli bo’lishni uqtirardi. Hatto bir kuni qo’limda "œO’zimni topdim" kitobingizni ko’rib:
-Men ham o’qidim.Juda yaxshi foyda oalsan,-degandi. Ha, bu masalada shu assistent yordam bera oladi. Uni topib, hamma narsani tushuntirishim va yordam so’rashim lozim. Ertalab birinchi qilgan ishim uni topish bo’ldi. Unga hamma narsani tushuntirdim. Farishtadek bir o’spirin. Meni ko’zyoshlari ila tingladi. Menga yordam berishini so’rab yolvordim.
-Xavotirlanman,-dedi. Hammasi yaxshi bo’ladi.Men senga yordam beraman.
Bir necha soatdan keyin muloyim, go’zal, mehribon va xushhulq bir qiz bilan kirib keldi.
-Senga unashtirilgan qizimni tanishtirmoqchiman va u sen istagan masalada yordamlashadi,-dedi
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:19:04
Allohning ishlarini qarang, u ham huquqshunoslikda o’qir ekan.Xuddi ruhiyatshunosga o’xshaydi. Juda ilg’or, juda ko’ngilga yaqin. Ko’rganlarimni unga ham tushuntirdim. Meni quchoqlab, yig’lay boshladi.
-Sen gunohlaringni o’ylab, umidsizlikka tushma,-dedi u menga. Bular qanday yaxshu mujdalar. Bizlar ibodatlarimizni, qulligimizni oqsatmaganimiz holda bunday lutfu ikromga munosib bo’lolmadik. Allohning cheksiz marhamati, shafqati va sevgisi seni panohiga olsin. Seni qutlayman. Hatto havasim kelyapti,senga hasad qilyapman
Shunday shirin so’zlar, go’zal harakatlar bilan meni umidlantirar, e’zozlar edi. Qo’llaridan tutdim.Balki yoshi mendan kichikdir,bilmadim. Hech qisi yo’q. Menga yordam berishni so’radim.
-Mening vaqtim oz,-dedim. Umrimni bir necha kunga sig’dirishim kerak. Menga yordam ber. Qayerdan, qanday boshlay?
-Sen hafa bo’lma, shoshilma,-dedi. Endi sen bilan birgaman.Avval namozdan boshlaymiz, keyin kitob o’qiymiz,suhbatlashamiz, kamchilikarimizni tuzatishga harakat qilamiz.
-Xo’p,-dedim. Men bularni qilishim kerak Hali aqlim, qalbim so’roqlarga, shubhalarga to’la,bualrdan qutulishim, iymonli bo’lishni xohlayman.
-Qo’rqma,-dedi. Hammasi joyida bo’ladi"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:19:39
Savollarimni so’ray boshladim.

Birgalashib reja tuzib oldik. Assistentning suygani ertalab soat sakkizda keladi va oqshom beshgacha qoladi. Bu vaqt ichida namozlarni,duolarni o’rganamiz. Savollarga javob topamiz. Kitoblar o’qiymiz, suhbatlashamiz. Oqshom u menga kitoblar beradi, men ularni o’qiyman. Juda baxtiyorman, hayotimda ilk marotaba bunchalik huzur va baxtuyorlikni his qildim. Namoz o’qishni va duolarni o’rgana boshladim. Turli kitoblardan go’zal parchalar o’qidik, ilohiyot mavzusida suhbatlar qurdik.
Dugonamdan so’ragan ilk savolim:
-Faqat qoqilish, xo’rlanish"¦Kimningdir daldasiga va ko’magiga muhtojlik, mehr ko’rmaslik va inson sifatida qadrlanmaslik"¦Qochgan, masxaralangan holda o’yin kulgu ichidagi yoshlarga havas va siqilish"¦Keyin esa qashqirlar davrasida yem bo’lish, bir chetga uloqtirilish"¦Mana meni isyonim sabablari.Nega bu holga tushdim? Mening aybim gunohim nima edi? Nega menga hamma zulm qildi? Nega Alloh mega rahm qilmadi? Bu adolatsizlikdan, haqsizlikdan ko’z yumadi? Mana dahriyligimning, inqilobchiligimning, haq va tanglik haiqdagi falsafamning asosi. Bu savollar hayotim davomida ichim yondirib keldi. Ha,Alloh bor! Ammo bu haqsizlik nega? Bu adolatsizlik nima uchun? Alloh (o’zi kechirsin) bu adolatsizlikka nega yo’l qo’yadi? Nega ba’zilarni qo’llaydi, bizga o’xshaganlarni chetda qoldiradi? Bizning aybimiz, gunohimiz nima? Hayotim bunday bo’lishini men xohlamagandim. Oxirigacha shunday yashashga majburmanmi? Nega boshqalar yaxshi hayot kechirishadi-da, men oyoqosti bo’laman? Bu isyon meni shubhaga soladi. Dahriylikka undaydi,yana Allohning(O’zi kechirsin) adolati bir yoqlama — ojizlarni unutib kuchlilarni va boylarni panohida saqlash degan fikrga da’vat etadi.
Qiz necha yillardan buyon yuragimga dard bo’lib yotgan bu fikrlarimni jim turib tingladi. Keyin javob bera boshladi.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:20:12
-Alloh bizga foydalanish uchun ikki omonat bergandir,-dedi u. Birinchisi, o’z tanamiz va hayotimiz,ikkinchisi esa koinot va undagi cheksiz ne’matlar. Agar inson hayoti va koinot qonuni inson qo’li bilan o’zgartirilib, qorishiq holga keltirilsa, berilgan ne’matlardan hikmatiga uyg’un foydalanilsa, insonlarda umuman, muammo qolmasdi. Hamma ko’rguliklar Allohning adolatsizligidan emas, insonlarning o’z qollari bilan hayotlarini buzishlaridandir. Ko’zni, aqlni, qo’lni, oyoqni va dunyoni mukammal qilib yaratgan Alloh qullarining xatolarini natijasida paydo bo’lgan adolatsizlikar uchun qanday mas’uliyatli bo’lsin? Masalaga haq va adolat tuzasidan ham shunday qarashimiz mumkin. Bizni va koinotni buyuk hikmat bilan yaratgan Janobi Haq yaratilgan hamma narsada bizga kamchilik,nuqson va adolatsizlik kabi ko’ringan hollarning biz bilmagan hikmatlari, sabablari bor. Ba’zi narsalarni bizlar o’z qo’limiz bilan buzamiz va adolatsizlikni yuzga keltiramiz. Hozir mana shu xonaga bir boy odam kirib, hammaga pul tarqatsa"¦Ammo birovga oz, birovga ko’p barsa. Sen o’sha kishiga:"Nega menga oz, boshqalarga ko’p berding?-deb ta’na qila olasanmi? Agar shunday desang, katta odobsizlik qilgan bo’lasan. Chunki berilgan pullarda sening haqqing yo’q, ular senga tagishli emas. U kishi achinib, senga yordam qildi. Yordam miqdorini ham o’zi belgilagan. Bu holda sizning shikoyat qilishga haqqingiz yo’q. Xohlasa bergan pulini qaytraib olishi ham mumkin. Bizga ham Alloh koinot ne’matini, insoniy ne’matlarni berganammo ba’zilarga oz, ba’zilarga ko’p. Bu dunyosi imtihon dunyosi bo’lgani uchun oz berilganlarni oz hisob bilan, ko’p berilganlarni esa ko’p hisob bilan imtihon qiladi. Ko’p olganlar, meni imtihonim ko’p deb kerila olmaydilar. Bil’aks, ko’p mol tufayli ularda mas’uliyat ham kattadir. Kam mol berilganlar esa, isyon qilib,"Nega bizga kam beriladi?" deya Allohni ayblay olmaydilar. U to’g’ridan-to’g’ri ALlohga oid va Uning ikromidir. Qanchalik oz berilsa ham, qul shukr qilishi lozim. Shukr qilmasa, haqqi bo’lmagan ne’matga erishmoqchi bo’ladi. Natijada oz ne’matga ham erisha olmaydi. Shukr qilsa,oz ne’matning hisobi ham o’ziga yarasha oz bo’ladi.

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:20:47
Olimning misollari mo’jiza.

Qara,Ayselginam, senga onang omonat qoldirgan kitobdan bir mo’jiza keltirayin:"Sizlar o’zingizdan baland martabadagi sog’lom kishilarga qarab shikoyat qilmangiz. Balki siz o’zingizdan sog’liq borasida past bo’lgan bechoralarga kishilarga qarab, shukr qilishga majbursiz. Sening qo’ling, pchoq bo’lsa, kesilgan qo’llarga qara! Bir ko’zing yo’q bo’lsa, ikki ko’zi yo’qlarga qara! Alloha shukr qil. Ha. Ne’matda o’zidan yuqoriga qarab shikoyat qilishga hech kimning haqqi yo’q. Musibatda ham barchaning haqqi o’zidan ko’ra ko’proq musibat chekkanlarga qarab shukr qilmoqdir". Muallif bu izoxdan keyin shunday misolni keltiradi:"Bir zot bir bechorani minora ustiga chiqaribdi. Minoraning har bir zinapoyasida unga alohida — alohida ehson, hadyalar beribdi. Minoraning ustida eng katta hadyani beribdi. U turli hadyalar uchun bechoradan tashakkur ve minnatdorchilik eshitmoqchi bo’libdi. O’sha chirkin odam zinapoyalarda olgan hadyalarni unutib yohud bepisand bo’lib, shukr qilmasdan, yana yuqoriga qarabdi:"Koshki bu minora yanada balndroq bo’lsaydi, yana ham yuqori chiqsaydim. Nega u tog’dek yoki boshqa minoralardek judayam baland emas?"deya noshukrlik qilibdi. Bu qanchalar yomon ish, kufroni ne’matdir, adolatsizlikdir. "œShunda ham bir insonning yo’qlikdan paydo bo’lib, bir tosh,daraxt va yo hayvon emas, inson, musulmon bolib, uzoq vaqt sog’ salomat va hurmat ko’rib, yuksak daraja, oily ne’matlarga sazovar bo’laturib, ba’zi nuqsonlar bialn sog’liq va hurmat kabi ba’zi ne’matlarga munosib bo’lmagani yoki yomonini afzal ko’rishi bilan yoki yomonlik qilish bilan qo’ldan chiqargani, yoki qo’li yetmagani uchun noshukrlik qilishi, sabrsizlik ko’rsatishi"¦Nima gunoh qildim, nega bular boshimga tushdi?-deya rububiyati ilohiyotni tanqid qilish yomon bir xastalik, musibatli ma’naviy kasallikdir. Xuddi singan qo’l bilan ko’rishish kabi"¦"
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:21:47
Men bu izohlardan so’ng ko’zlarimni bir nuqtaga tikib, chuqur o’yga toldim. U esa kitob o’qishda davom etdi:"Bizlar buyuk qudrat egasi tarafidan dunyoga keltirilganmiz. Bizga minglarcha ne’mat va ikrom taqdim etilgan. Ne’matlarga ko’milib hayot kechiramiz. Bu hayot maqomiga va insoniylik darajasiga erishish uchun minoraning zinapoyalaridek bir qancha hayot zinalaridan o’tamiz. Eng buyuk, eng yuksak daraja insoniylik maqomini topishimizdir." O’ylayman:bir tosh, bir tuproq yo daraxt bo’lishimiz mumkin edi-ku. Bir mushuk, sichqon, ilon yoki bir hashorot bo’lishimiz ham mumkin edi. Ularning ham jonlari bor, ualr ham hayot kechirishadi. Odam tuproq, toshga nisbatan omadliroq bo’lgani uchun shukr qilishi kerak. Sichqonga nisbatan mushuk baxtliroq. U ham shukr qilishi kerak. Ilonga nisbatan sut beruvchi qo’y yaxshi munosabat ko’radi. U ham shukr qilishi lozim.
"œButun hayot zinalariga chiqqan, minglarcha qimmatli va noyob ne’matlarga ega bo’lgan inson, hamma berilgan ikromlarni unutib, "œNega men boshqalardek emasman?Bunda bir tengsizlik, adolatsizlik bor", desa, sichqon, hashorot, ilon yoki mushuk bu so’zga qo’shilib,"Xohlamasang joy almashamiz", deyishi mumkin. "œBzining bu haqqimiz kam emas. Bil’aks, haqqimiz bo’lmagan qancha narsalarga va haqqa egamiz. O’ylayapmiz, ko’ryapmiz, suhbatlashyapmiz, yeyapmiz, uxlayapmiz, kulib-yig’layapmiz, bu ne’matlar qanday kam hisoblanishi mumkin? Yoki qalb ko’rligidan noshukrlik kelishi mumkinmi?" "œHozir bizga shu Anqarani bersalar-u, uning evaziga aqlimizni so’rasalar beramizmi?" "œBu qimmatli, go’zal a’zolar mukammaligini bergan Zotnng maktublarini nega bilmaymiz? Uning nimani xohlashini va bu ne’matlarni nima uchun berganini o’ylab tadqiq qilmaymiz?"

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:22:23
Onam qoldirgan kitobni qayta tanidim.

"œBiz maxluqmiz, ya’ni yaratilganmiz. Bizni yaratgan Zot bor. Insonni yaratgan Zot insonga zulm qilmaydi. Bil’aks, insonni eng ko’p sevuvchi va madad beruvchi Udir". "œAdolatsiz bo’lib ko’ringan har bir narsaning hikmatli tomoni bo’ladi. Bu imtihon dunyosida hamma nima bilandir imtihon qilinadi. Har bir insonning imtihon qilinish darajasi u ega bo’lgan imkoniyatlarga ko’radir". "œKo’zi yo’q odam tabiiyki, ko’z haqida imtihon qilinmaydi. Buning ustiga ko’zi yo’qligiga sabr qilgan bo’lsa, shunga loyiq mukofatlanadi. Ko’zi borlar esa, ko’zi ochiq bo’lgani, ko’rgan hamma narsalari uchun hisob berishga majburdirlar. Boshqa a’zolar borasida ahm shunday".
Chuqur o’yga cho’mgandim. Har bir jumlani tahlil qilar, hayotimda aks etgan ta’sirini izohlardim. Demak, ma’noli va go’zal izohlar onam o’qigan kitob muallifiga tegishli shundaymi? Hay, oanm-a! Sen qanchalar bebaho insonsan. O’sha qishloqi, kamtar soda qalbing bilan olimlardek hayot kechirib, ongli umr o’tkazgansan. Hozir seni juda yaxshi tushunyapman. O’sha ikki kitobni ham nima uchun omonat qoldirganingni ham.  Ko’nglimdagi javobsiz savolardan biri:"Alloh nega bu koinotni yaratdi?’degan masala edi. Buni ham so’radim.
-Alloh bu olamni nega yaratdi? Bir qancha inson yomon yo’lsa yurib jahannamiy bo’ladi, ahyot ularga zindon bo’ladi. Yaratmasaydi, shuncha azob bo’larmidi? Shunda hech narsa bo’lmasdi ham, biz ham, qayg’ularimiz ham bo’lmasdi.
Shu va shunga o’xshash savollarni shunchaki emas, o’rganish uchun so’rar, o’zimcha tahlil qilardim. Abrinur xonim bu savolimga ham javob berishga harakat qildi.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 02 Noyabr 2007, 11:22:40
-Koinotni yaratish Allohning irodasi bilandir. Buning sabablarini qidirish biz kabi maxluq insonga munosib ish emas. Biro dam ko’nglida paydo bo’lgan marhamat bilan muhtojlarni yedirsa, kiydirsa,ularga pul bersa, xursand qilsa, ulardan biri chiqib:"Bularni nega qilyapsan, qilmasang bo’lmasmidi?", deb so’rasa, odobsizlik qilgan bo’lmaydimi? Allohning ham olamni nima uchun yaratgani sababini qidirish ana shunday odobsizlikdir. Zotan bu mavzuga o’z aql o’lchovlarimiz bilan izoh bersak ham, biror natija bo’lmaydi. Chunki yaratgan nima uchun yartaganini o’zi izohlamasayu, yaratilgan bo’la turib bizlar buni qnaday izohlaymiz. Izohlasak ham, yana kamchilik va xato qilishimiz aniq. Ammo bu savolga qisman bo’lsa-da, javob beradigan bo’lsak:dastlab yaratish istagi biror ehtiyojdan paydo bo’lmaganini va buni faqat Janobi Haqning o’ziga havola etish afzalligini aytishimiz lozim. Inson zimmasidagi eng asosiy vazifa o’zi bilan bog’liq muammolarni o’rganish, hal etishdir. Nima uchun yaratilgan? Vazifasi nima? Qayerga ketyapti? Kimga qanday hisob beradi? Hayoti davomida atrofini o’rab turgan ne’matlarning Egasi undan nima istaydi? Inson uchun, avvalo, ushbu savollarning javobi muhimdir".
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:13:38
ILK NAMOZ!!!

To’rtinchi kun"¦Ilk marotaba namoz o’qiy boshladim. Yo Rab!...Bun qanchalar yuksak, anglab bo’lmas baxt. To’shak ustiga yostiqni oldimga qo’yib, sajda qildim. Turaman, egilaman, o’tiraman. Xasta bo’laturib bularni bajryapman. Alloh qullariga qulayliklar yaratgan. Bas, Unga yaqin bo’lishga intil va Undan mag’firat so’ra. Ilk namoz"¦Hayotimda hali hech narsadan bunday hayajonlanib, bundya huzurlanmagan edim. Olovdek yonib turgan vujudimning har bir hujayrasiga go’yo muz qo’ygandek sokin va ajoyib olamga qovushdim. "œAllohu Akbar" deya olganim takbir sadosi ruhimga ifodalab bo’lmas bir lazzat keltirdi. Chidolmadim, yig’ladim"¦U buyuk Zotga ibodat etishning o’zi bunchalar yuksak, bunchalar oily hurmatga munosibligini shu paytgacha bilmaganim, anglamaganimdan pushaymon bo’lib oh chekardim. Zero, Allohga yaqin bo’lishga intilish, unga yuzlanib duoga qo’l ochish, Uning eshigini qoqish va Undan gunohlarni kechirishni so’rash insonni go’zal, nurli dunyolarga olib boradi.  Shu payt odamlarga "œyurak titrog’iga, Allohdan kechirim so’rab, yolvorishlarimga guvoh bo’ling, mening xatolarimni takrorlamang", deya hayqirgim kelardi. Boshimni sajdaga qo’ydim. Allohim!Buyuklar buyugi, Sevgililar Sevgilisining qarshisida yerga bosh qo’yish"¦Yo Rab! Sendan nima so’ray olaman? Menga shunday yorug’ kunlarni ham ko’rsatding. O’zimni tutolmayman. Bu shunday ko’zyosh ediki, shu paytgacha to’kkan barcha achchiq ko’zyoshlarimga badal. Barcha chekkan faryod-fig’onlarimni arzimas qilib qo’ydi. Yig’lagan sari rohatlanar,,ko’z yosh to’kkan sarim ko’nglimdagi g’uborlar to’kilardi. Go’zal bir yengillik va huzur tuydim. Ruhimda, qalbimda turgan g’uborlar, xatolar, gunohlar yuvilib, bosh qo’yganim yostiqqa oqar edi. Buyuklar buyugi, ko’zyoshlarimni, tavbamni qabul qil. Tilaklarimni bajo keltir. Sen eshigingga kelganni quvmaysan. Qancha gunoh va xatolari bo’lsa kechirasan. Zero, boshqa chora ham, boshqa boradigan eshigim ham yo’q. Agar sen qabul etmasang men qaysi eshikka boraman, men kimga o’zimni anglataman. Meni Sen yaratding. Men Sening gunohkor bir qulingman. Ming marta tavbamni buzdim. Ammo yana Sening dargohingga keldim. Meni bebahra qilma. O’zimdan ham kechdim-a"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:14:07
Yana xonani faryod va qichqiriqlarim to’ldirdi. Nima bo’layotganini anglolmasdim. Hamshiralar yugurib kelishdi. Bir necha soatdan keyin o’zimga keldim. Men boshqa bir dunyoga tushib qolgandim. Ngea shu paytgacha ibodat, namoz lazzatidan mahrum yashadim, deb afsus — nadomatlar chekardim. Tong otdi. U go’zal qiz yana xonamga keldi. Chehrasida mehr nuri va sevgi to’la ovozi bilan salom berdi, hol-ahvol so’radi. Namozni boshlaganimni aytdim. Tabiiy, bo’lgan voqealarni ham"¦Yana menga iltifotlar ko’rgazdi. Ba’zi savollarim bor edi javob istagan. Sumkasidan bir kitob chiqardi.
-Senga kitob keltirdim,-dedi. Mendan savol so’rab charchama. Bu kitobni o’qi. Keyin savollaring qolsa, so’raysan. Ko’pgina savollarga bu kitobda javob berilgan.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:14:39
O’zini qidirgan odam.

"œO’zini qidirgan odam"¦" Muallifi o’zingiz afandim. Bu kitobni avvalroq, litseydagi matematika o’qituvchimning ayoli ham bergan edi. Ammo unga e’tibor qilmagan, o’qimagan edim. Yana kitob o’qidik. Suhbatlashdik,savollar berdim. Dugonam shunchalik muakammal inson ediki, nimani so’rasam, mantiqqa xos, meni sihontiruvchi javoblar berardi. Kechqurun kitobingizni o’qiy boshladim. "œO’zini qidirgan odam""¦Xuddi mening kitobim"¦Mendek o’zini yo’qotgan, xarob qilgan, so’ngra:"Bir qutqaruvchi yo’qmi?"deya faryod qilgan insonlar kitobi"¦Kitobda nimalar yo’q? Kitob diqqat bilan o’qilsa, inson aqli bilan qalbini xiralashtiradigan, mone’lik qiladigan, ba’zi haqiatlarga to’siq bo’lgan hamma narsa yo’qoladi. Hayajon ham tugagan natija"¦Uzoq yillar dahriy bo’lgan mashhur bir kommunistning qaytishi va hayratlanarli ilk namozi"¦ O’sha ilk namozni o’qirkanamn, necha soatlar yig’ladim.Xuddi mening ilk namozim kabi. Men yashagan buyuk fojelai sahna kabi. Iymonga qaytish. Allohga qaytish. Undan avf so’rash. Bu nima degani? Siz bilmaysiz. Iymonini yo’qotgan, keyin mo’minlik baxtiga erishganlar biladi buni"¦"Oz’ini qidirgan odam" xuddi o’tkir tabibdek ma’naviy muammolariga malham qo’ydi, javobsiz deb o’ylagan savollarimga javob berdi.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:15:09
Beshinchi kun"¦.Yana farishtalardek dugonam bilan birgaman. Yana o’sha qizg’in suhbat, bilmagan mavzularim, qilishim kerak bo’lgan amallar"¦ Ko’p muammolar yechimini topdim. Yana ko’p narsalarni gaplashdik. Ko’p muammolar yechimini topdi. SHu kuni oqshom dugonam menga ikkinchi bir kitobni berdi. "œDuzjalik Mehmed""¦Yana sizning kitobingiz. Bu kitobning ta’siri va darajasi, umuman, boshqacha edi. Go’yo men, mening hayotim bor edi u kitobda. Tor fikrli insonlarga, dunoy, oxirat va Allohga isyon qilgan o’spirin qiz"¦Natijami? Ayanchli chidab bo’lmas bir holat"¦Kitobda ko’pgina muhim mavzular bor. Bu mavzular necha yillardan buyon men yechimini, javobini qidirgan, lekin topolmagan masalalar"¦Balki ularning javobsiz qolishi dahriy bo’lishimning sabablaridan biridir. Xojam, bu kitob uchun sizga behad minnatdorchilik bildiraman,rahmat aytaman. Diqqatimni tortgan mavzularning tagiga chizib qo’ydim. "œMinglab ne’matlarni in’om etgan Zot bularni tekinga beradimi?" degan bo’lim juda e’tiborli ekan. "œBizni bu dunyoga yuborgan va bizga tekin ne’matlar in’om etgan Zot, bizni bir maqsad uchun yartagan. Qachon bo’lsa ham bu ne’matlardan hisob berishimizni so’raydi. Chunki har bir oldi-berdining sababi va hisobi bor".
Juda to’g’ri. Har bir narsaning hisobi bor. Bundan qanday ko’z yumish mumkin? Qanday idrok etmaslik mumkin buni?
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:15:30
"œKoinotning bir boshi bor, bir oxiri", degan mavzu ham diqqatimni tortdi. Chunki necha yillardan buyon men amal qilgan falsafaga ko’ra, moddiylik azaliydir. Borliqning boshlanishi yo’q. Nihoyasi ham bo’lmaydi. Buni o’qib ko’p foyda oldim. Dagriylik falsafamning so’nggi qoldiqlari ham o’chirilgandek bo’ldi. "œChirigan suyaklarni kim tiriltiradi?" nomi bilan berilgan ma’lumotlar esa, bir so’z bilan aytsam, men uchun mo’jiza edi. Tuproq ostida necha asrlar buzilmagan va shu vaqt oralig’ida hech bir tiriklik nishonasini bildirmagan viruslar mos bir muhitda tirilib hayot topar ekan, vafot etgan insonning Janobi Haq amri bilan yana hayotga qaytishi nega mumkin bo’lmasin? Koinotni barcha maxluqoti bilan benuqson qilib yaratgan Robbimiz, bu "œidashdagini", O’zi xohlasa to’kib, "œBo’l!" amri bilan bitta-bitta tiriltirib, ilohiy sahnaga to’play oladi.  Taqdir bilan bir izoh e’tiborimni tortdi. "œJanobi Haq, taqdirimizda tug’ilishdan o’limga qadar nimalar borligini, nimalarni orzu qilib va qanday yashashni istashimizni va irodamizni qanday ishlatishimizni, azaliy ilmi bilan biz tug’ilmasdan oldin biladi. Ana shu istaklarimizga ko’ra taqdirimizni yozadi. Ya’ni, bizning xohishimiz va istaklarimizga ko’ra taqdirimizni oldindan rejalashtirib qo’yadi. Shuning uchun, Alloh va qismatni ayblashga haqqimiz yo’q. Faqat o’zimizni, no’tog’ri ishlatgan irodamizni ayblay olamiz".

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:16:43
Haqiqiy Iymon eng ulkan baxtdir.

"œDuzjalik Mehmed"ni o’qib bo’lgach, buni yaxshi bilib oldim. Iymon shunday bir kuch-quvvatki, unga yetishgan inson bu dunyoda baxtiyor bo’ladi. Shuni e’tirof etish kerakki, Allohga ishonmagan insonlar baxtsiz, noumiddirlar. Baxtli va sabotli ko’rinsalar-da, bu holatlari soxtadir. Inson qancha:"Ishonmayman, bunaqa narsa yo’q" degan sari qalbining tub-tubidan "œAlloh bor, seni yaratgan Udir" degan haqiriqlarni eshitadi. Men o’sha ovozni, umuman, to’xtatolmadim. Eng ishonchasiz, eng tajavuzkor kunlarimda ham, ruhimning tub-tubidan o’sha qaynoq va mehribon ovozni his qildim. "œAlloh bor, Unga yolvor", deya hayqirardi. Ammo quloq solmadim. Bularning hammasiga noto’g’ri ishonchlarim sabab bo’lgani tabiiy. Bu jamiyat aybidir, ta’lim tarbiya aybidir. Yoshlarga ishonch iymonni tushuntirmasangiz,o’zlaricha osiy, gunohkor, isyonkor va buzg’unchi bo’lib ulg’ayadilar. Keyin siz:"Nega yoshlar buncha bebosh chiqishdi?" deysiz. Tarbiya uchun mas’ul odamalr qayga qarashmoqda? Ishonamanki, ular bu haqda ertaga albatta, javob beradilar. Masalaga chuqurroq kirish uchun bir xotirani so’zlab bermoqchiman. Huquq fakultetida o’qiyotgan paytlarim bir majlisga chaqirildik. Bir guruh dahriylar yurtni, millatni va hatto butun dunyoni ham qutqarishmoqchi. Minbarga chiqqan o’rtoqlar bilganlaricha balandparvoz gaplarni gapirishdi. Mening hayolim joyida bo’lmagani uchun nimalar gapirilayotganini yaxshi anglay olmasdim.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:17:23
Tanish o’rtog’imiz yana minbarda. U mashhur usta edi. Huquqdan tibbiyotga, rassomchilikdan yozuvchilikka, xulla har ish, har joyga ko’chib yurar, ammo qorni to’ymasdi. U bizning fikr ustozimiz edi. Qarashlari bizga nisbatan sayoz bo’lsa-da, ko’p olqish olardi. She’riy bir suhbat uslubi bor edi. Jo’shib gapirar, odamalrni ham jo’shtirar, ba’zan o’ylantirib qo’yardi. Mana u yana minbarda:"Hayotga bir marta kelamiz,o’lgach, ko’zlarimizni qayta ochish yo’q. Bu do’stlik, g’maxo’rlikning qadriga yetmayapmiz. "œQayta tirilish" yoki "œBoshqa tanaga kirish" kabi safsatalarni qo’ying. Ular aqldan uzoq, ilmga begona narsadir. Koinot ham, biz ham bir moddamiz. O’limdan keyin hamma narsa yo’q bo’ladi. Qo’rqmang, sizni sizdan boshqa hech kim taftish qilolmaydi. Bunday bo’lmag’ur, halol-harom haqidagi qo’rquvlarga berilmang. Bular O’rta asrning qoloq tushunchalaridir. Istaganingizni qiling, orzu qilganingizdek yashang, xohlagan joyingizda va istagan kishingiz bilan"¦Mana yaxshi hayot kechirish va baxtiyorlik"¦
Olqishlar yog’ilar"¦Bu bizning sarkan ustamiz edi. Bizning ilg’orimiz, fikr otamiz va rahbarimiz Sarkan usta. Ammo, u to’satdan oramizdan ketdi. Keyin esa uning bu yo’ldan qaytganini, namoz o’qiy boshlaganini eshitdik. O’shanda biz bu holga tushunolmagan edik. Sarkan usta asl haqiqatlarni anglab yetganini endi tushundim. Bizni tarbiyalaganlar, ota-onalar, tarbiyachilar va o’qituvchilar bu haqiqatlarni yoshlikdan, bolalikdan tushuntirishganida edi, jamiyatda adolatsizlik va anglashilmovchilik qolmagan bo’lardi. Nega shunday qilishmaydi, ular,a? Taqdir ekan, yoshlikda iymon yo’lini ko’rsatmoqchi bo’lgan insonlarga ham monelik qildim. Qilmishimdan endi nadomat chekmoqdaman"¦

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:19:14
Beshinchi bo’lim.

O’lim to’shagida qayta tirilish.


Bir mo’jiza ro’y bera boshladi. O’limni kutarkanman, tanimda yangidan bir kuch paydo bo’la boshladi. Ko’zyoshlarim joynamozni ho’l qilgan"¦Tirilish, go’yo yangidan tug;ilish"¦
Allohning rahmatidan umid uzib bo’ladimi?
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:21:42
Endi avvalgi Aysel emasman.

Avvalgi Aysel emasman"¦Dugonam bilan tanishganimga bir hafta bo’ldi. Shu aniqki, men bir hafat oldingiz Aysel emasman. Har holda, o’zgarish va o’nglanish shu bo’lsa kerak. Qalbimni, tuyg’ularimni va tushunchalrimni so’roqqa tutyapman. O’tgan hayotimning kichik qayg’ulari unutilgan. Faqat katta gunohlarning qayg’usi, iztirobi azoblaydi. Bu chirkin ishlarda aybim, ishtirokim yo’q deya olmayman. Albatta, go’zal fursatlarni boy berdim va iymon yo’lini tutmay, sarkashlik qildim. Ammo men yetim, tarbiyasiz, hech kimi yo’q yolg’iz qiz edim. Atrofimda ezgu niyatli kishilar bor edi. Shunday botqoqlikka, gunohlarga va xatolarga botdimki, qutulish umidim qolmagan edi. Xato qilayotganimni bilardim. Bu xatolarga vaqti-vaqti bilan qarshi chiqardim,ammo yolg’iz edim, eplay olmadim. Endi esa, manzilga yetay deganimda Allohni tanimoqdaman,ammo shuncha xato, shuncha og’ir gunohlar bilan"¦Gunohlardan, qilgan xatolardan titrab ketyapman.Alloh iltijoyimni qabul qilmasa, gunohlarimni kechirmasa? Mana, meni o’ylantiradigan, tashvishga soladigan narsa"¦Bir daqiqa bo’lsa ham bu hayoldan qutula olmayapman. Bilaman, Allohning mag’firati va marhamati oily. Yagona tasalli shu. Har namozda, har soat, har daqiqa va hatto har soniyada  Mavloning huzurida ekanimni bilaman. Shu sabab ko’zyoshlarimni to’xtatolmayapman. Ko’zlarim yumilsa ham, yuragim va butun borlig’im faryod chekadi. Suhbatdoshimning bugungi mavzusi "œAllohning avfi va marhamati" edi. Abrinur Xonim menga taskin berish uchun bu mavzuni tanlagan.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:23:16
Gunoh va mag’firatga oid oyat va hadislarni yozib oldim:
"œKIM ALLOHGA ISHONSA UNGA ERISHADI.ALLOH UNING ISHINI XAYRLI QILADI" (TALOQ,3)

 "œSIZ MENI YOD ETINGKI, MEN HAM SIZNI YOD ETAYIN"(BAQARA, 152)

"œALLOHNI KO’P ZIKR ETINGKI, NAJOT TOPASIZ"(AHZOB,41)

"œHAR MO’MIN GUNOH BILAN OJIZDIR VA TAVBA BILAN KUCHLIDIR. ULARNING YAXSHISI TAVBA BILAN O’LGANLARIDIR". (HADIS)

"œQILMISHIDAN PUSHAYMON BO’LIB YIG’LASH QANDAY BAXT" (HADIS)

"œMEN QALBI O’KSIKLARNI YONIDAMAN" (HADIS)

Bu oyat va hadislar menga umid bag’ishladi. Qilgan xato va gunohlarim Allohning avfi oldida hech narsa emasligini bildirib, ichimni yondirayotgan otashni biroz so’ndirgandek bo’ldi. Allohga yaqin bandalardan biri bir odamga shunday umidni yetkazgan,"Yana kel"¦yana kel!" deya da’vat qilgandi:Nima bo’lganida ham yana kel!Bu bizning dargohimiz, umidiszlik dargohi emas. Yuz marotaba tavbangni buzgan bo’lsang ham yana kel!!! Allomalarni biri aytganidek:"Har bir inson zimmasidaiymonli bo’lish yoki uni to’qotish da’vosi bordir". Bundan qochib qutulish, bu masalani eshitmaslik yoki u bilan qiziqmaslik mumkinmi? Men shunday girdob ichidaman. Iymonli bo’lish da’vosi nimaligini butun borlig’im bilan jo’shib, titrab his qilyapman. Tobora o’limga yaqinlashmoqdamna.Hozir shu eshik ochilib, boshqa bir zot ichkariga kirishi va o’zgacha natija bo’lishini bilaman.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:24:12
Eng oily maqsad Iymondir.

Bu mehmonlarning mehmoni. Hayotning tugaganini e’lon qiluvchi farishta"¦nomi qo’rqinchli bo’lsa-da,Allohning amrini bajaruvchi bir farishta"¦Noiloj boshimni ko’tarib, "œmarhamat, kelin" deyman. Meni Allohga yetishtiruvchi so’nggi hamlani kutaman. Endi juda yaxshi bilamnki,, insonning eng katta vazifasi, eng buyuk maqsadi, eng katta da’vosi iymonli bo’lishdir. Chunki so’nggi damda, bizga qo’l keluvchi iymondir. Hamma narsa jim bo’lib, faqat iymon suhbatlashadigan so’nggi daqiqa. U paytda insonga hech narsa yordamlashmaydi. Ne do’st, na o’rtoq, na go’zallik, na boylik"¦Hayot tushunchasini ko’proq tushunib boryapman. Hayotning yagona ma’nosi bor, iymonni qo’lga kiritish yoki boy berish"¦Hamma hisob kitoblar shu asosda"¦Yordam ber,Yo Rabbim! Mendek bir hayotini razil yo’llarda o’tkazgan ojiza qulingga yordam ber. Yuzim yo’q, uyatliman, hijolatdaman, iztirobdaman. So’nggi kunlarimni, so’nggi daqiqalarimni o’tkazyapman. Sendan boshqa yoronim, do’stim va suyanuvchim yo’q. Yana Senga hamdlar bo’lsin, shukrlar bo’lsin. Shularni ham bilmay, bundan ham chuqurroq botqoqlikda umrim tugasa nima bo’lardi? Abadiy jahannmda qolardimku"¦Onamga,dadamga, akamga yetisha olmasdim"¦Allohim!Bu dahshatni o’ylash ham kishini hayajonga soladi. Hurmatli Xojam, sizga yozish yozmaslik xususida ikkilanganim bir voqeani boshdan kechirdim. Assistentning qistovi bilan yozishga qaror qildim. Qur’onni o’rgana boshlaganimga sakkiz kun bo’ldi. Endi o’zim o’qiy olaman. Asosan shomdan keyin va bomdod namozidan oldin o’qiyapman. Qur’onning ham, Javshanning ham ma’nolarini bilmaganim uchun ularning har bir harfi mo’jizadek tuyular, dilimga rohat baxsh etardi. Qanchalik yengil tortganimni, rohatlanganimni aytib berolmayman. Ishinishingizni xohlayman, "œQur’on" yoki "œJavshan" o’qiy boshlasam, og’ir qayg’ularim, iztiroblarim go’yoki beiz yo’qolardi. O’qishni to’xtatsam yana boshlanardi. Bu Qur’onning mo’jizasi, Javshanning karomati ekanligi aniq"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:25:11
Kecha hayotimda bir voqea ro’y berdi. Haligacha uning ta’siridaman. Uni bir shukr uchun ham yozishim lozim. Bu voqeani eslasam, o’zimni yo’qotaman. Na barmoqlarimda, na o’zimda quvvat qoladi. Butun vujudim hayajondan larzaga keladi. Yo Rabbim! Sen buyuklar buyugi,har bir mazlumning, bechora, nochor va har bir qulning Homiyi, madadkori, suyanchig’isan"¦Bu gunohkor qulingga tushda bo’lsa ham, bunday go’zal tuyg’ularni berganing uchun Senga cheksiz shukronalar bo’lsin"¦Kecha bomdod namoziga tayorlanish uchun bir soat erta turdim, Qur’on o’qidim, rohatlandim. Ishtiyoq bilan Rabbim huzurida qo’l bog’lab, namozni boshladim. Aytishga majburman, bu ikki oshiqning topishuviga o’xshaydi"¦Namozni boshlasam, Rabbimning qarshimda turganini butun hujayralarim bilan his qilaman,titrab hayajonlanib ketaman. Unga qo’l ochib, bo’yin egish, yig’lab yolvorish, avf so’rash"¦Tushuntirolmayman, also tushuntirolmayman. Bu tuyg’u, bu sevgi, bu ishq hech narsaga o’xshamaydi. Butun borlig’imni rohat va lazzat chulg’aydi. O’sha ishqning sururini his qilmagan hujayram qolmaydi. O’zimni xuddi pokiza va mas’um go’dakdek his qilaman. Oh, haqiqatda ham shunday bo’lsa qaniydi. Buning uchun nimalar berishim kerak"¦Buning uchun har qancha qurbonlik bo’lsa tayorman. Nasib qil, nima bo’ladi bu qulingga shu baxtni ravo ko’rsang,yo Rabbim! Shu hislar og’ushida Rabbim huzuridaman. Ko’zlarimdan oqayotgan yosh to’g’ri yonoqlarimdan sirg’alib tushayotganini his qilardim. Yuragimning hayajon bilan ishq bilan urishi.Go’yo sho’x bir bolakay qo’lidagi qushcha kabi"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:26:06
Ka’bada onamni ko’rdim.

Mana shu payt o’sha voqeaning siri oydinlashdi. Qarshimdagi turgan devor, deraza, pardalar bir zumda yo’qoldi. Go’yo teatr pardasi ochilib, boshqa sahna ko’rindi. Faqat rasmlardagina ko’rganim — Ka’ba. Boshqa bir ko’rinishda men o’sha sahnada paydo bo’ldim. Minglab musulmonlarning "œAllohu Akbar!Allohu Akbar!" degan nidoalri ichida Ka’baga qarab namoz o’qirdim. Kuchli hayajon, hayrat va jo’shqin tuyg’ualr qo’ynida edim. Bu joining fayzi, lazzati butun tomirlarimga qadar yetib bordi. Ha, xuddi shunday olamon orasida edim. Bu hayol emas. Insonlar bilan ko’rishyapman, gaplarini eshityapman. Yo Rabbim! Nimalar bo’lyapti? Bu tush bo’lmasin, uyg’ongach tugamasin. Nogoh bir qo’l meni tutdi va "œBolam" deya quchog’iga oldi.
-Onajon"¦Siz?...
Yonida akam, Ammo dadam yo’q. So’rasam, yana o’sha javobni oldim:
-Haligacha hisobi tugamadi, eklgani yo’q.
Onamning to’yib bo’lmas hidini tuydim. Quchoqladim, hidladim, o’pdim.
-Onajon, siz qanchalar mehribonsiz. Akam bilan quchoqlashdim.
-Qizim, seni tabriklayman,-dedi onam. Sen Qu’ronni o’qiy boshlading, seni qutlayman. Meni iymonimni o’sha kitoblar qytqardi. Seni ko’p duo qildik. Biz har juma kuni Payg’ambarimiz sav bilan ko’rishamiz. Sen uchun necha marta Payg’ambarimizga sav yolvordim. "œUnga iymon haqiqatlari nasib qiladi", deb mujda berdilar. Shukrlar bo’lsin. Seni kutayotgandik. Demak, Janobi Haq tavbangni qabul qilibdi. Yu, seni Payg’ambarimiz sav yonlariga olib boraman.
Allohim,men!...Mendek gunohkor, isyonkor bir qulmi shu? Sizga te’riflab berolmayman,Xojam. Chunki bardoshim yetmaydi. Payg’ambarimiz sav bilan uchrashdik. Bu gunohkor ummatini, qabul qildilar, meni odam safiga qo’shdilar.
-Seni muborak bir kunda chaqiramiz,-dedilar.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:26:26
O’zimga keldim. Namoz o’qirdim. Bu qanday ikrom, qanday ehson"¦Qanday tushunish mumkin bu hodisani? Yo Rabbim! Meni shuncha ne’matlarga munosib ko’rding. Haqiqatini ayon qil! Qo’limni bo’sh qaytarma. Hijolat qilma. Sening avfing va rahmating barcha gunohlardan xato va isyonlardan buyukdir. Ha, juda yaxshi tushundim, xojam. Albatta, muborak bir kunda hayot bilan vidolashish nasib qiladi"¦Muborak kun"¦Bu juma bo’lishi mumkinmi? Yaqinlashayotgan Baroat kechsi ham"¦Ikkisi ham juda yaqin. Yo’lovchiman"¦Go’zallar go’zali"¦Buyuklar buyugining roziligini topish yo’lidaman. Barcha gunoh, xato va isyonlarim bilan"¦Uning eshigiga borib, boshimni egaman. Balki, maktub yozib bitirolmasman. Toqatim tugadi, bardoshim so’ndi. Yana biroz dam olayin. Bugungi kun men uchun so’nggi faslning boshlanishi edi.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:27:15
Dugonam Amina bilan uchrashdim.

Birinchisi, yana kuzatishlarning natijasi"¦Vujud saroyim qulayapti. Hayot so’qmog’ining so’ngida o’lim chirog’ining nurlari yorqin ko’rinmoqda. Buni vujudimni qamragan bardoshdan ham sezyapman. Ba’zan og’riqlarim chidab bo’lmas darajada bo’ladi. Narkozlar ham yordam berolmasligini bilaman. Ammo nolimayman. Nolishga haqqim bormi? Chunki mulk meniki emas. Mulkni bergan va uni istagnidek tasarruf etuvchi Allohdir. Bizlar faqat omonatchilarmiz. Omonatchi faqat omonatni nazorat qiladi, xolos. Ammo unga egalik qila olmaydi. Ikkinchisi esa, yo’llariga ko’z tikib, hasrat chekib kutayotganim Aminaning tashrifi"¦Bu tong xuddi farishtalardek eshigimni ochib kirob keldi. Biro lam iztirob, og’riqni unutdim. Yillar hasratidan biz sarmast edik. Omon bo’lsin, assistant Aminani topibdi. To’g’rirog’I, Amina bizni topibdi. Men pastga tushayotganimda Amina meni ko’rib qolgan. Albatta, qo’rqib ketgan,bu holda meni tanib olishga qiynalgan. Bo’limdan so’rashga chiqqanida assistentga uchragan"¦Meni so’ragan.Assistent mening Aminani kutayotganimni bilgani uchun tezda tanigan. Amina shu fakultetning boshqa bo’limida o’qirkan. Ya’ni, bzi yonimizdagi Aminani qidirib yurgan ekanmiz.
-Oh,Amina! Sen eng aziz dugonamsan. Sen qanday yaxshi do’stsan. Meni bu chirkinliklardan qutqarish uchun. Och qashqirlar qo’lidan tortib olish uchun, iymon haqiqatlarinidan xabardor qilish uchun ozmuncha harakat qildingmi? Sen og’I, kulfatli kinlarimning do’stisan. Yana shunday yaxshilik qilyapsan.
Bu jamiyatda shunday insonlar ko’p bo’lishi kerak. Yo’qsa, yoshlik gunohlardan, yomonliklardan o’zini himoya qilolmaydi. Amina samimiyligi, mehribonligi va do’stligi bilan menga tasalli berar, o’lim, oxirat va iymonning rohati va lazzatini anglatardi. Assistentning suyuklisi Abrinur Xonim bilan Amina ikki qo’riqlovchi farishtadek boshimda turishibdi. Bu vujud saroyining inqirozi yaqin ekanligini ular ham bilishadi. Amina hujjatlarimni tekshiribdi. Xonaga kirgach, sezdirmaslikka harakat qildi. Ammo, men yuzidan tezda anglab oldim. Yana meni mehr bilan quchib:"Tuzalib ketasan, qo’rqma", degan so’zlarining ohangi go’yo "œHozirlan, uzoq yo’lga chiqyapsan!" degandek eshitildi.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:28:15
Azroil bilan uchrashuvni kutyapman.

Ha, men bir yo’lovchiman. Manzilim juda yaqin. Azroil bilan uchrashuv onimni, Huzuri Ilohiyga chiqishimni kutib, kun sanay boshladim. Ushbu satrlarni yozarkanman, yuragimning so’nggi kuchini sarflayotganimni bilaman. Chunki, endi turolmas, o’tirolmas edim. Namozlarimni ham ishora bilan o’qiyapman. Bu endi aniq nihoya edi. Allohning ishlariga qarang,Xojam! Qayerdan qayerga"¦Bu maktubni nima maqsadda boshlagandim, oxiri nima bo’ldi? Yo Rabbiy! Senga beadad shukrlar bo’lsin. O’z jonimga qasd qilish maqsadida boshlagan mojaroli maktubim meni Rabbim huzuriga keltirdi. Senga cheksiz shukrlar"¦
Sizdan bir iltimosim bor xojam. Siz yuzlab, minglab shigordlar tarbiyalagansiz. Bular ichida to’g’ri yo’lni topgan, iymon haqiqatlariga yetishgan o’quvchilar ko’p "œDuzjalik Mehmed" kabi shahid bo’lganlari, duosi ijobat bo’lguvchi yana ko’pgina o’quvchilaringiz ham bordir. Boshqa ko’pgina tabarruk insonlarni taniysiz. Nima bo’lsa ham mening haqqimga duo qiling. Meni ham bir o’quvchingizdek qabul qiling. Modomiki, ustoz ekansiz, siz ham men uchun mas’ulsiz. Ustozlar qabrini ziyorat qilganingizda men uchun ham fotiha o’qing. Mening ham salom va duolarimni ualrga yetkazing. Qur’oni karim tilovatidan keyin duo etarkansiz, bu gunohkor shogirdingizni ham ismini zikr qiling. Buni juda ham xohlayman. Nima bo’lganida ham  unutmang, xojam. Bu maktub mening eng katta hisobchim, eng katta kitobim bo’ldi. Inshaalloh o’qiganlar, eshitganlar meni duo qilarlar. Inshaalloh, ular menga la’nat yog’dirishmas"¦.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:28:48
Bu maktubni yozishim ham Allohning lutfu karami bilan bo’ldi. Maktub yozish havasi meni qayerdan qayerga olib keldi-ya! Ham maktub bitdi, ham o’zim ado bo’ldim. Balki bular so’nggi satrlar, so’nggi so’zlarimdir. Tush ko’rganimdan keyin ham bir juma o’tdi. Ajalim bitmagan ekanman, tirikman. Muborak Baroat kechasiga ikki kun bor. Chorshanba oqshomi gunohlarimga mag’firat so’rab, muboark kechada yana yolvorib, ko’zyosh to’kaman. Balki, o’sha kechani kutayotgandirman. Bu maktub sizga yetib borsa, men uchun duo etishingizni istayman"¦Agar yonimda bo’lganingizda edi, qo’llaringizdan o’pardim. Ammo mening o’rnimga bu maktubim qo’llaringizni o’par,Inshaalloh. Hech bo’lmaganida samimiyatimni shu tarzda qabul eting. Shubhasiz, hali Huzuri Ilohiyda Duzjalik Mehmedning sohibini taniyman. Kitoblaringizdan ko’p foydalandim. Iymonimni qo’lga kiritishim uchun katta mehnatingiz singdi. Allohdan kelganman. Unga ketyapman. Azroilga iymon bilan ruhimni topshirib, Huzuri Ilohiyga iymon ila qaytmoqchiman. Bu maktub ham iymonimga shohid bo’lsin. Allohga omonat bo’ling, xojam. Inshaalloh, sizga yana ko’p yaxshi iymonli shogirdlar tarbiyalash nasib qilsin.
Hurmat bilan qo’llaringizni o’pib qolaman.
Gunohkor shogirdingiz Aysel"¦
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:29:50
Bu maktubni o’qigan o’zini hisob qiladi.

Maktub bitdi. Ammo biz ham adoyi tamom bo’ldik. Bu go’yo maktub emas, bir insonning girdobdan qanady qutulgani haqidagi tarixiy bir hujjat edi. Dindan, iymondan mahtum etib tarbiyalangan qizning  bu qayg’uli hayot hikoyasini o’qib, kimlardir uyaladi, kimlardir g’amga botadi. Tarbiyachilar,ota-onalar,o’qituvchilar,jamiaytdagi hamma"¦Bu maktub necha qo’llarga boradi, hamma o’qiydi va har kim qilgan xatolari haqida o’zini so’roqqa tutadi. Bugun Aysel bo’lsa, ertaga boshqa bir qiz"¦Bunday tuzoqlar yana ko’p yoshlarni kutayotgani sir emas. Bu maktubni o’qib ushbu haqiqatni yana bir nagladim:
"œIymon insonni inson qiladi. Kufir insonni tuban hayvonga aylantiradi. Agar iymon bo’lmasa yohud isyon bilan iymondan uzoqlashsa, inson hayoti zohiriy, qisqa bir zavq va lazzat bilan o’tsada, undan ming marotaba uzoq va ortiq alamlar iztiroblarga giriftor bo’ladi.Qarshimda katta yong’in, olovi ko’kka o’rlaydi. Ichida farzandlarim, iymonim yonyapti, yong’inni o’chirmoqchi bo’laman. Yo’lda kimdir meni to’smoqchi bo’ladi, oyog’im tegadi, nima ahamiyati bor"¦"
Ha, yoshlikning iymoni o’tga tutilgan. Bu yong’in bir avlodning natijasidir. Bu yong’in o’chirilmasa, jamiyat tinchimaydi. Ota-onalar, faryod chekish bilan, tarbiyachilar esa iymonini yo’qotgan anarxistlar bilan shug’ullanishda davom etishga majbur. Bu yong’in har biro damning Allohga ishonchi bilan nega yashayotganini, kimligini va qimmatini tushunishi bilan so’nadi. O’ylab ko’ring, o’lganidan keyin tirilishga ishongan inson jamiyatga zarar yetkaza oladimi? Hayotini g’ayriqonuniy yo’lda o’tkazadimi? Yoshligini zaharlab, umrini tijorat matosi qilib ishlata oladimi? Millatiga xoinlik qila oladimi? Insonni to’xtatishning, uni nazorat qilib, namunali va go’zal axloqli qilib tarbiyalashning Allohdan qo’rqish va qullik shuurini anglatishdan boshqa yo’li yo’qdir"¦
Mana eng katta misol"¦Biz o’qigan shu maktub"¦Nima ham qilardik? Butun oila a’zolari bilan bahslashamiz. Nimadir qilishimiz, o’lim to’shagida yotgan qizga yetishuvimiz kerak. Ammo qanday qilib? Maktub oxirida faqat "œAysel" ismi yozilgan edi. Na manzl, na u yotgan shifoxona aniq emas. Ammo maktub Anqaradan kelgan edi. Qiz maktubda yozishicha, onkologiya bo’limida davolangan. Anqaradagi hamma kasalxonalarni qidirib chiqish kerak. Shunday qildik.

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:30:34
Anqarada Ayselni qidirar edim.

Anqaraga bordim. Barcha kasalxonalarni ko’rib chiqa boshladim. Ismi Aysel,22yoshlardagi bir bemorni izlayapman. Faqat kech qolishdan qo’rqaman. Chunki, maktub avval kitoblarim nashr qilingan nashriyotgan brogan, keyin menga yuborilgan edi. Ya’ni, yozilganidan beri bir oydan ko’proq vaqt o’tgan. Nihoyat, katta bir shifoxonaning onkologiya bo’limida xabarini qopdim. Afsuski, kech qolgandim. Chunki Aysel, o’sha Baroat kechasidan rahmatlik bo’lgan ekan.
-Siz Xolid Ertug’rulsiz, shundaymi,-deya quchoq ochdi bir shifokor. Kitoblaringizni sevib o’qiyman. Tanishdik. Bu maktubda keltirilgan assistant edi. Meni boshqa o’rtoqlari bilan tanishtirdi. Men toqatsizlanardim. Darhol mavzuga o’tdim. Ayselning menga yozgan maktubidan gap ochdim.
-Bilaman, xojam,-dedi assistant. Chunki o’sha maktubni men yuborgandim. Nimalar yozganini menga o’qib berar va tushuntirardi.
-So’nggi daqiqalrini qanday o’tkazganiga qiziqyapman, qanady rahmatli bo’ldi?-deya so’radim.
Assistant Beyning ko’zlari yoshga to’ldi. Chuqur xo’rsinib olganidan so’ng:
-So’ramang, xojam,-dedi g’amgin ovozda"¦Go’yo to’y, bayramga ketayotgandek bir o’lim. Uning ovozi titrab, bo’g’ildi. Ko’zyoshlari yanoqlaridan oqib tusha boshladi.
-Alloh bizga ham shunday o’lim nasib qilsin,-deya yig’lay boshladi. Xonada yuzma yuz o’tirib ko’zyosh to’kardik. Gunohlar to’la, isyinkor bir hayotning bunday tugashi juda ibratli, juda ta’sirchan va juda ma’nodir edi. Bu hayot hikoyasi hech bir qul also umidsizlikka tushmasin deb uqtirilgan ilohiy maktubning eng muhim dalilllari bilan to’la edi. Assistant davom etdi. "œBaroat kechasi" edi, tongga yaqin vafot etdi. Boshida Abrinur Xonim va Amina xonim bor edi. Ular ham Ayselning vafot etish daqiqalrining ta’siridan hali ham qutula olishgani yo’q. "œYo,Rabbiy! Menga ham shunday o’lim ber", deya ko’zyosh to’kkanlari to’kkan."
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:31:01
-Vafot etish daqiqalri haqida eshitishni xohlayman,-dedim.
-Biz ham sizga yetkazishni yo’lini qidiryotgandik. Abrinur va Amina ham siz bilan ko’rishmoqchi edi. Oqshom bizning mehmonimiz bo’ling. Ham birga iftorlik qilamiz, ham Aysel haqida gaplashamiz. Abrinur ham Amina ham sizga ko’rishga qiziqishadi. Kitoblaringizdan ko’p foydalanishadi. Birga iftorlik qilsak,xursand bo’lardik.
Kelishdik. Oqshom hammamiz to’plandik. Aminaning dadasi nafaqaga chiqqan va Aminani yolg’iz qolmasin, deb Anqaraga ko’chib kelgan ekan. Amina esa tibbiyot fakultetida keljagi porloq bir talaba. Toza, tartibli va kattagina kitob javoni bor bo’lgan xonaga kirdik. Devordagi suratlar va ular tagidagi ibratli so’zlar diqqatni tortardi. Aminaning dadasi ochiq chehrali, kishi edi. Madaniyatli, tajribali bir inson"¦Suhbatimiz mavzusi Aysel edi. Hozir bo’lgan har bir kishi Ayselni yaxshi tanirdi. Amina va dadasi,Ayselni to’g’ri yo’lga solishga ko’p harakat qilishgan. Assistant va Abrinur xonim esa, so’nggi kunlarda Ayselning yonida turgan, katta dalda bergan va ruhiy madadkor bo’lishgan.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:32:21
Aysel Baroat kechsida vafot etishini bilardi.

Abrinur xonim Ayselning so’nggi daqiqalarini gapira boshladi. Xonaga biran jimlik cho’kdi. Birinchi jumladayoq Abrinur xonimning tomog’iga nimadir tiqildi. Bir necha marta tomoq qirdi, lekin o’tib ketmadi. Lablari burishdi, ko’zlaridan yosh chiqib ketdi. Yonida o’tirgan Amina ham yig’lardi.Aniqki, Ayselning o’limi ibratga to’la edi. Assistant Bey suygan qiziga taskin berdi. Bir muddat xonaga jimlik cho’kdi, hamma ichidagi jo’shib kelayotgan his-hayajonlarini bosishga harakat qilardi. Keyin Abrinur Xonim boshladi:
-Baroat kechsi edi. O’sha kuni ro’zamizni Amina ikkimiz Ayselning xonasida ochdik. Chunki u bizni hech qayoqqa qo’yib yubormasdi. Necha kunlardan buyon Baroat kechasini kutayotgandi. O’sha kecha o’lishiga shu qadar ishonardiki, butun tayorgarligini ko’rib qo’ygandi. Bir necha kun avval ham shuni gapirardi. Yo Juma kuni yoki Baroat kechasida. Deya"¦Juma kuni o’tgach, "œBaroat kechasida umrim tugaydi. Kutayotgan mehmonim o’sha kuni keladi", deya boshladi. Aysel shunday qat’iy iymon keltirgandiki, uning qalbi iymon cho’qqisida edi. Butun vujudi, butun ruhiyati bilan Allohga yo’nalgan, Unga bo’yin egib, kechirim so’rardi. Har bir daqiqada ibodat bilan mashg’ul edi. O’qiyotgan namozlari xuddi ibratga to’la go’zal sahnalar edi. Ishonamanki, har bir namozi Ka’bada o’qilgandek yoki namoz o’qigan xonasi Ka’ba havosi bilan to’lgandek edi. Ko’zyoshlari, hayajoni bilan namozlarini ado etardi. Qisqa vaqtda Qur’on o’qishni o’rgandi. Har kungi ibodatlari Qur’on, Javshan mutoalasi, suhbatlar uning xonasini masjidga, go’yo oxiratga tayorgarlik maktabiga aylantirgandi.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:32:51
Aysel juda qobiliyatli edi. Hamma narsani so’rar, biror savolini javobsiz qolishini xohlamasdi. 22yillik gunohlarining nadomati bilan edi. Men bunday pushaymonlik, bunday samimiy tavba, hayajon va mag’firat orzusini ko’rmaganman. Go’yo u og’ir chidab bo’lmas kasalligini unutgan. Qoshlari, sochlarining to’kilishi, tekshiruvlarning natijasi uning uchun ahamiyatsiz edi. Aysel faqat iymon bilan jon topshirishni o’ylardi. Tanasi va chehrasi so’nggi kunlarda shu qadar nurli bo’lib, go’yo farishtaga o’xshardi. Yuziga termulib o’zgacha bir lazzat olardim. "œDuzjalik Mehmed" kitobingizni o’qigan kuni juda ko’p yig’ladi. "œYo Rab!Menga  ham shunday bir so’nggi nafasni nasib et!" deb iltijo qilardi. Har kuni tushlar ko’rar, bir necha marotaba onasini, Payg’ambarimizni sav  va boshqa ustozlarni ham tushida ko’rar, bir qismini bizga ham so’zlab berardi. Ammo bizga aytmagan ko’plab muhim tushlari ham bor edi. Bu tushlarni yaxshilikka ta’bir qilib, Ayselning ko’zlari sevinchdan porlab ketardi. Payg’ambarimizni sav tushida ko’rgan kuni tongdan oqshomgacha ko’zyosh to’kardi. Ayselning bu holiga havas qilardik. Bu qnaday buyuk ne’mat edi. Allohim! Go’yo xasta va yordam muhtoj u meas, biz edik. Endi biz undan duo qilishini so’ray boshladik. So’nggi kun, ya’ni Baroat kechasida hamma tayorgarligini ko’rib tugatgandi. Juda holdan toygan, zo’rg’a gapirardi.

Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:34:50
Ayselda "œo’lim yengillashuvi" boshlangan edi.

Amina xonim ikkimiz Ayselda bir o’zgarish sezgandik. Ya’ni, tobora o’limi yaqinlashayotgan edi. Xalq orasida "œo’lim yengillashuvi" degan gap yuradi. Ya’ni, bemor o’limi yaqinlashgach, hamma og’riqlarni unutib, yengil tortadi va qaysidir ma’noda tuzalgandek bo’ladi. Ayselda ham shu holat ko’rinayotgandi. Kuchli zirqiragan og’riqlar ichidagi Ayselning azoblari go’yo to’xtadi va o’ziga kelib gapira boshladi.
Amina xonim so’zga aralashdi.:
-"œO’lim yengillashuvi" tibbiyotda ham muammoli bir mavzudir,- deya izoh berdi. Bu narsa tibbiyotda inkor etib bo’lmas hodisadir. O’lim daqiqalari yaqinlashgan insonda ko’pincha aqliy tiniqlik kuchayadi. Bemorlarning o’lim oldidan ahvoli yaxshilangani kuzatiladi. Bu voqea juda tez fursatda sodir bo’ladi. O’pkasi tamom bo’lgan, nafas olishi qiyin bemorlarda, kislorod berilsa ham nafas siqilishidan qiynaluvchi bemorlarda ham so’nggi daqiqalarda aqlga sig’mas hodisalar yuz beradi. O’lim yengillashuvi nima? Agar inson faqat moddadan iborat bo’lsa edi, o’limi yaqinlashgach, ortadigan fiziopatologik jarayonlar iztirobi, nafas olish og’irlashuvi kuchayib, inson kuchli og’riqlar girdobida qolgan bo’lardi. Ammo hayotda buning teskarisi kuzatiladi. Ysira kutilmagnda bemorning ahvoli vaqtincha bo’lsa ham bir oz o’nglanadi. Bu payt inson tanasidagi ruhning so’nggi kuchi yuzaga chiqadi. Haqiqatdan ham o’lim go’yo tug’ilishdek bir hodisadir. Bu sirni bizga bildirish uchun Alloh o’lim yengillashuvini beradi. Bunday daqiqalrda o’lim yengillashuvidan tashqari og’riq sezmaganlarda ham ongli ravishda hushyorlik bo’ladi. Uzoq hayot sahifalari bir-bir ochiladi. Yangi bir dunyo eshigi oldida  go’ro boqiy dunyoning muqaddimasi boshlanadi. Ong eng muhim soz’larni so’nggi nafaslarda arz etadi. Agar o’lim insonning nihoyasi bo’lsaydi, buning butunlay teskarisi kuzatilgan bo’lardi.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:35:32
Halokati yaqin qolgan tana mazmun mohiyatini yo’qotadi. Ruh esa o’lim yengillashuvi bilan go’yo yangilangandek bo’ladi. Bu ruhning borligi,o’limning hayot nihoyasi emas, bir o’zgarish ekaniga dalildir. Yana ham muhimi, o’lim oldidan insonning haqiqatga, adolatga yaqin bo’lish hikmatidir. O’limi yaqinlashganda ko’p chilik adashganlar yo’lidan qaytib, yaqinlariga jiddiy haqiqatlarni gapirishi ko’p uchraydi. Insonning faqatgina moddiy mavjudot emasligi juda muhimdir. U ba’zi hodisalarni oldindan sezadi. Bu tuyg’u hammada uchraydi. Faqat bu tuyg’uni amalda, moddiy holatda izohlash mumkin emas. Chunki dunyoviy voqealar vaqt bilan chegaralangan. Ilohiy voqealarda esa vaqt cheksizdir. Folbinlik bilan bashoratni ajrata bilish kerak. Ruhiyatga bag’ishlangan kitoblarda zobitlarga oid minglab voqealar bor. Bular orasida samolyot falokatlarini oldindan sezganlar, urushlarda o’limi yaqinlashganini bilganlar ko’p bo’lgan. Sog’liqdan muammosi bo’lmaganlarning o’lim haqida xabar berish hollari ko’p uchraydi. Janobi Haq o’lim yengillashuvi bilan quliga so’nggi imkoniyatni beradi.
Bularning ko’pi mo’jiza edi. Abrinur xonim Amina xonimni bu izohlarini davom ettirdi.
Ayselning og’riqlari to’xtab, o’ziga kelgach, bizlarni hayratga slogan o’zgarish ro’y berdi. "œSuv olib keeling, tahorat olaman", dedi u. "œMehmonlarim keladi, ularni tahoratli kutib olishim kerak". Tahorat oldi. Ammo biz bilan umuman qiziqmadi. U endi boshqa bir olamning vakilidek, nigohi, harakatlari bizga noma’lum narsalarga qaratilgan edi. "œQara",-dedi. "œAzon o’qish boshlandi. Bu men uchun o’qilyapti. Menga "œtayorlan’, deya xabar berishyapti". Tabiiyki, bzi azonni eshitmasdik. Ammo Aysel dunyoni tark etgan, boshqa bir olamda yashay boshlagandi. U ko’p narsalarni ko’rar, eshitar,ammo uning ko’rayotganlarini biz ko’rmasdik. O’girildi, tiz cho’kdi, qo’llarini tizzaga qo’yib katta ishtiyoq bilan azonning tugashini kutdi.  "œAzon tugadi", dedi. "œEndi meni olib ketishga kelishadi". O’zining haqqiga duo qila boshladi.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: Munira xonim 03 Noyabr 2007, 17:36:20
Meni olib ketishga onam kelyapti.

-Huzuringga boryapman,Allohim! Meni qabul qil.Senga, buyukligingga ishonaman, iymon keltirdim. Sen meni yaratding va yana senga qaytyapman.
Bir necha marotaba "œonam kelsin, onam kelsin’, deb takrorladi.
-Kim klesin?- dedim
-So’rashyapti,-dedi. Seni olib ketishga onang klesinmi, boshqa birovmi? Deya Men onam kelishini xohlayapman. Onam keladi"¦Bir daqiqa jim qoldi. Kelayotgan tovushga butun diqqatini qaratgan edi. Va shu asnoda uning yuziga urilayotgan nur bizning ham ko’zimizni qamashtira boshladi. Biz hayrat ichida Amina xonim bilan bir-brimizga qarardik. Aysel Xonim shu asno baland ovoz bilan hayajonlanib:"Allohu Akbar, Allohu Akbar, La ilaha illalloh"¦" deya takbir keltirdi va ortidan shahodat keltira boshladi. Biz bu hodisa qarshisida lol qolgandik. Men karaxt bo’lib qolgandim. O’lim oldidagi bu ishlar iymonimni mustahkam qilardi. Soat uchgacha boshida Qur’on va Javshan o’qidik. Aysel ham o’qiyotganlarimizni takrorlashga harakat qilardi. Men Yosin surasini o’qirdim. Amina xonim esa Ayselning tepasida parvona edi. Qibla tomondagi derazada chaqmoqdek bir nur porladi, xonani yoritib yubordi. Bunga ikkimiz ham guvohmiz. Bu nur yog’dusi xonadagi oydinlikni bosib yubordi. Juda ajoyib va huzurbaxsh nur edi u"¦Aysel bu nurni ko’rar-ko’rmas o’rnidan turishga harakat qildi. Amina darhol unga yordamlashdi. Aysel hayajon ila qo’llarini ochdi.
-Onajon! — deya baqridi. Sen! Sen keldingmi, meni olib ketgani?
Go’yo onasi bilan quchoqlashayotgandek qo’llarini ochdi, bir-biriga qovushtirdi va bir muddatdan keyin Aminaning qo’llariga tushdi.
So’nggi damda yumilish arafasidagi ko’zlarida ham shunday bir yorqin nur,lablarida ham bir ajib tabassum bor edi. Bu so’nggi nigoh cheksiz azob va gunohlarga bir vido, abadiy huzurga esa bir salom edi. So’nggi nafasi "œAllohu  Akbar,Allohu Akbar" bo’ldi"¦Joyiga yotqizdik. Azobu iztiroblarga xastalikka ko’milgan bir umr nihoya topgan edi. Azroil a.s. unga eng sevimli kishisi bo’lgan onasi qiyofasida ko’ringan edilar. Undagi iymon tavbasi shu darajada yuksak va samimiy ediki, Alloh huzuriga pokiza, gunohlari kechirilgan holatda ketdi. Iymonli bir o’limning haqiqiy guvohlari bo’ldik.
Biz, biz nima bo’lamiz?
Abrinur Xonim hayajondan titrar edi. Abrinur Xonimning so’nggi jumlasi shunday ta’sirchan va o’yli chiqdiki, xonadagilarni qalblarini va ko’zlarini qaytadan yoshlantirdi.
Ertaga o’lim daqiqalarida bizning holimiz nima kechadi? Har bir inson har kuni yuz marta o’ziga shu savolni berishi lozim. Aysel Xonimning hayoti bizlarga saboq bo’lsin. Har bir aqlli inson bu saboqni yaxshi o’zlashtirishga intiladi. Chunki, iymonni asrash, iymon bilan ketishdan-da buyukroq saodat yo’qdir. Buning uchun bugundan harakat qilmasak, ertaga kech bo’lishi mumkin.
Nom: Re: Xolid Ertug'rul." Aldangan Ayselning tavbasi".
Yuborildi: AbdulAziz 26 Noyabr 2007, 07:54:02
Aldangan Ayselning tavbasi (qissa)

(http://www.ziyouz.com/images/books/aysel.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=104)

Muallif: Xolid Erto'g'rul
Hajmi: 194 Kb
Fayl tipi: PDF
Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=104)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1784.0)