forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => Mavzu boshlandi: Robiya 27 Oktyabr 2007, 16:22:45

Nom: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Oktyabr 2007, 16:22:45
Bu yerda o'qishga kirish niyatida bo'lgan abituriyentlar uchun yordam sifatida ona tili va adabiyoti fanidan tayyorlov kurslari olib boriladi.Darslar 1 noyabrdan boshlanadi.Barcha xohlovchilarni bilim olishga chorlab qolaman.Bu darslarning borishi sizning ehtiyojingiz,talabingizga qarab tashkil etiladi.Shunday ekan,fikrlaringizni kutamiz.Agar xohlasangiz, boshqa fanlardan ham tayyorlov kurslari tashkil etiladi.(tarix).
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Fatima 28 Oktyabr 2007, 11:24:11
Assalomu alaykum, Opajon!
Bu yordamiz uchun katta rahmat. Lekin dars qayerda bo`ladi?  Forumda ma`lumotlar berib borasizmi  yoki biror o`quv markazidami?
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: shoir 28 Oktyabr 2007, 12:32:52
Assalomu alaykum!
Judayam yaxshi taklif bo'libdi?
Darslar qanday olib borilishi tartibi haqida ham yozsangiz yaxshi bo'lardi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 29 Oktyabr 2007, 15:13:14
Assalomu alaykum, Opajon!
Bu yordamiz uchun katta rahmat. Lekin dars qayerda bo`ladi?  Forumda ma`lumotlar berib borasizmi  yoki biror o`quv markazidami?
Ma'lumotlar forumda,shu bo'limda berib boriladi.Haftada ikki kun ma'lumotlar kiritiladi.(Ona tili va adabiyotdan alohida ma'ruzalar). Yana boshqa takliflar bo'lsa,bemalol aytavering.Sababi,bu faqat sizlar uchun tashkil qilinyapti,bilim olishni qulaylashtirish,kelajakda shirin mevani berishi tayin.Shunday ekan,takliflaringizni kutamiz.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: AbdurRohman 29 Oktyabr 2007, 15:17:45
har bir ma'ruza oxirida keyingi mavzu qanaqa bo'lishini yozib qo'ysez, InshaAlloh, boshqalar ham o'zlaridagi ma'lumotlarini kiritishadi! xoxlasayiz sizga pm orqali yuborishsa, hammasini umumlashtirib yozardiz!
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 31 Oktyabr 2007, 17:36:22
1-Mavzu. Xalq og’zaki ijodi
  Xalq og’zaki ijodi yozma adabiyotdan ancha ilgari paydo bo’lgan va yozma adabiyotning bunyodga kelishi uchun zamin hozirlagan.Xalq yaratgan asarlar o’zining g’oyaviyligi, chuqur xalqchilligi, til boyligi va badiiyligi bilan ahralib turadi.U xalqning yengilmas irodasini, kelajakka bo’lgan ishonchini, haqiqat, adolat,tinchlik va baxt haqidagi tasavvurlarini yaqqol aks ettiradi.Xalq shoirlari yoki jamoat tomonidan yaratilib, og’izdan-og’izga , avloddan-avlodga o’tib kelgan badiiy asarlar xalq og’zaki ijodi deyiladi.Xalq og’zaki ijodi fol’klor deb ham yuritiladi.Xalq og’zaki ijodiga quyidagi janrlar kiradi: qo’shiq,maqol,matal,topishmoq,afsona,rivoyat,asotir,ertak,latifa,lof,lapar,termalar,doston,askiya,tez aytish,masal,alla,yor-yorlar, kelin salomlar va h.k.
  Lapar,lof,askiya kabi janrlar tortishuv, bahslashuv,aytishuv, hazil-mutoyiba,mubolag’a asosida ijro etiladi.
  QO’SHIQ — kuyga solib aytiladigan kichik lirik sher.Qoshiqlarning quyidagi turlari mavjud:
  1.Lirik qo’shiqlar. Bunday qo’shiqlarda insonlarning ruhiy olami, ishqiy kechinmalari aks etadi, to’rt misralik bandlardan tashkil topadi, ular kasb,payt,o’rin tanlamaydi: ularni istalgan vaqtda istalgan kishi xohishiga ko’ra baland ovoz bilan yoki xirgoyi qilib aytaveradi.
  2.Mehnat qo’shiqlari:
a)Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlar: qo’sh qo’shiqlar, o’rim qo’shiqlari, yanchiq qo’shiqlari ("œXo’p mayda"lar ), yorg’ichoq qo’shiqlar
b)Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar: sog’im qo’shiqlari: xo’sh-xo’sh govmishim, turey-turey, churiyalar.
c)Hunarmandchilik bilan bog’liq qo’shiqlar: charx qo’shiqlari,bo’zchi qo’shiqlari,o’rmak qo’shiqlari (o’zbek ayollarining gilam to’qish bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari), kashta qo’shiqlari
3.Mavsumiy — marosim qo’shiqlari:
  Yil fasllari tasvirlangan qo’shiqlar mavsum qo’shiqlari deyiladi.Qadimgi qo’shiqlarning namunalari Mahmud Koshg’ariyning "œDevonu lug’otit - turk" asari orqali yetib kelgan.Bizgacha yetib kelgan mavsumiy — marosim qo’shiqlari quyidagilar:
a)Sust xotin (yomg’ir chaqirish qo’shig’i). Sust xotin qadimgi zardushtiylik dinida muqaddas sanalgan Tishtiriyaning xalq o’rtasida nomi o’zgarib ketgan obrazidan iborat.Bunda bahor oylarida yomg’ir yetarli yog’masa, qishloq ayollari yig’ilib, poliz qo’riqchisiga o’xshash qo’g’irchoqqa keksa ayol ko’ylagini kiydirib, qishloqdagi barcha xonadonlarga kirishib, Susut xotin qo’shig’ini aytib yurganlar.Xonadon egalari ularni shodlik bilan qarshi olib, qo’g’irchoq ustidan suv sepishib, marosim ishtirokchilariga xayr-sadaqa qilishgna.Marosim tugagach yig’ilgan xayr-sadaqa hisobiga Sust xotinga atab katta is chiqarishgan.
b)Choy momo (shamol to’xtatish). Bunday qo’shiqlarda iltijo qilinadigan Choy momo tarixan Chuy momo, ya’ni Shamol momo obrazidan iborat bop’lib, u zardushtiylikning shamol tangrisi hisoblangan.Bu marosim quyidagicha o’tkazilgan: ikki kampir eski kiyim va chopon kiyib, yuzlariga qora quya surtishib, qo’llariga aso ushlab oldinda Choy momo qo’shig’ini aytib yurishgan.Bo’y yetib qolgan beshta qiz boshlariga sholcha yopib, kampirlar ortidan ergashib, qo’shiqqa jo’r bo’lib yurishgan.7-8 yoshlardagi bir yoki bir necha o’g’il bolalar xurjun osilgan eshaklarga minishib, xonadonlardan xayr-sadaqalarni yig’ib yurishgan.Eshakka o’qlog’, yumshoq supurgi va keli sopi sudratib qo’yilgan.Marosim tugagach, yig’ilgan xayr-sadaqa hisobiga shamol tangrisi sharafiga is chiqarilgan.Choy momo marosimlari hozir Qozog’istonning Turkiston,Sayram atroflarida yashovchi o’zbeklar orasida saqlanib qolgan.
MAQOL — xalqning dono, purhikmat ifodalari,yirik madaniyat arboblari,olimlar,davlat arboblarining ibratomuz gaplari, xalqning hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgan dono fikrlarni ixcham shaklda ifodalovchi asarlardir.Maqollar she’riy va nasriy tuzilishga ega.Ularda mehnatsevarlik,vatanparvarlik,mardlik,saxiylik,adolat,insof,do’stlik,olijanoblik,chininsoniy g’oyalar,sof muhabbat,ilm olisga da’vat kabilar o’z eksini topgan.
Misollar: Azob ko’rmay — rohat yo’q, Ishl;amay yegan — og’rimay o’lar, Tirishgan tog’dan oshar, Vataning tinch — sen tinch va boshqalar.
MATAL — ko’chma ma’noda ishlatiluvchi xalq majoziy iboralarining bir turi.Matal o’z ma’nosidan boshqa ma’noga ko’chirilgan so’z birikmalaridan iborat bo’ladi,unda o’xshatish,kinoya,qochirma so’z va boshqa til vositalari qo’llaniladi.Bunda majoziy iboraning o’z asl ma’nosi bilan ko’chirilgan ma’nosi o’rtasida mantiqiy bog’lanish bo’ladi.
Misollar: Temirni qizig’ida bos, Chumchuq so’ysa ham,qassob so’ysin
TOPISHMOQ — narsa yoki hodisalarning ataylab yashiringan belgisi, shakli,xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisaslarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlar.Topishmoqlar o’zbeklar o’rtasida topishmoq, jumboq ushuk, top-top kabi atamalar bilan yuritiladi.topishmoqlar xalq turmush bilan chambarchas bog’liq holda yaratiladi.Ularning  zaminida kishilarning qadimiy e’tiqod va tasavvurlari, ularning olamni bilish va idrok etishga bo’lgan intilishlari yotadi.
Misollar: Osh ichida tosh tosh ichida osh (o’rik)
AFSONA (legenda) — xayoliy uydirmalar asos bo’lgan kichik nasriy hikoyalar hisoblanadi.Afsona atamasi forscha fusun — sehr,avrash so’zidan olingan.Afsonalar asosida muayyan darajada tarixiy voqea va hodisalar yotadi, uzoq davrlar o’tishi bilan o’zining aniq ildizlarini yo’qotadi, voqelikni yuksak badiiylikda aks ettirmaydi.Afsona ijrochisi xalq ommasidir.Aristotel afsonalarni haqiqatdan xabar beruvchi yolg’on hikoyalar deb atagan.Afsonalar o’z mavzusiga ko’ra tarixiy,toponomik,diniy,maishiy kabi turlarga bo’linadi.
Misollar: Xazorasp, Guldursun, Ayoz qal’a, Shohsanam ko’shki, Obshir ota, To’maris, Shiroq va boshqalar.Qadimgi turk adabiyotida afsona sav deb atalgan.
RIVOYAT — xalqning tarixiy o’tmishi haqidagi badiiy yodnomalar.Biz rivoyatlar va afsonalar tufayli ajdodlarimiz ko’rsatgan buyuk qahramonliklar haqidagi tarixni bilib olamiz.Rivoyatlar afsonalarga qaraganda tarixga yanada yaqin turadi.Ular ham xalq ijodidir.Ertakli ertakchi, dostonlarni baxshilar ijro etganlari holda afsona va rivoyat istalgan kishi tomonidan aytilishi mumkin.
ASOTIR — ibtidoiy insonlarning koinot, tabiat hodisalarining mohiyati, paydo bo’lish sabablarini o’zlaricha izohlash maqsadida yaratgan og’zaki hikoyalari.Asotirlarda barcha mavjudot jonli obrazlar vositasida harakat qiladi.Biror narsa yoki hodisaningf paydo bo’lishi (etimologiya) va yo’qolib ketishi (esxatologiya) haqida ham juda ko’plab asotirlar mavjud.Asotirlar ertaklarga yaqin turadi.Ularning har ikkisida ham fantastika, badiiy xayolot yetakchilik qiladi.Asotirlar bir qancha turlarga bo’linadi: a)Etiologik miflar — tabiat hodisalari,tabiatdagi biror predmetlarning paydo bo’lishi haqidagi miflar; b) kosmologik miflar — dunyoning paydo bo’lishi , koinot jismlari haqidagi miflar; c)etnogonik miflar — biror urug’, qabilaning paydo bo’lishi haqidagi miflar; d)antropogonik miflar — insonlarning paydo bo’lishi haqidagi miflar; e) esxatologik miflar — insonlarning kelajagi haqidagi miflar va h.k.
Misol: Aziz Momo, Oy bilan kun (oilaviy hayot haqida,bu asotirda qo’llangan Yulduz uchdi degan tushuncha Oy uyquga ketganda, Kun bolalaridan birini olib qochmoqchi bo’lgani bilan bog’liqdir.)
ERTAK — hayot haqiqatiga asoslangan,xayolot va fantastika xususiyatlari bilan yo’g’rilgan , odamlarga ibrat o’git beruvchi og’zaki hikoyalar hisoblanadi.O’zbeklar o’rtasida ertaklar varsoq, cho’pchak, masala kabi atamalar bilan yuritiladi.Ertaklarning o’ziga xos janr xususiyatlari quyidagilar: 1.Og’zaki hikoyaga asoslangan qiziqarli syujetga ega bo’lishi; 2.voqealarning ongli tarzda xayoliy uydirmalar orqali aks ettirilishi; 3.estetik vazifaning yetakchilik qilishi; 4.o’ziga xos badiiy shakily qolip hamda tilga ega bo’lishi (ertaklar bir bor ekan, bir yo’q ekan"¦ kabi maxsus boshlamalar bilan boshlanib, murod maqsadiga yetibdi,birga turib, birga yashabdilar,soqoli ko’ksiga yetibdi kabi maxsus tugallanmalar bilan yakunlanadi.)
Xalq ertaklari mazmunan 3 guruhga bo’linadi:
1.Hayvonlar haqidagi hamda majoziy ertaklar (Susambil, bu ertakda yo’lda eshakka ho’kiz,xo’roz,ikkita kalamush, arilar hamroh bo’ladilar.Ertak qahramonlari — Ho’kiz (munkarnakir), kalamushlar (go’rkovlar), arilar (Azroil), xo’roz (so’fi), eshak (eshon), bo’rilar)
2.Sehrli — fantastic ertaklar (Guliqahqah — bu ertakda Tilla kokilli bola shum kampirning hiylasi bilan Guliqahqahni, qirq qozonni,oynayi jahonnamoni qo’lga kiritadi.Ertak qahramonlari: Tilla kokilli bola, Guliqahqah,chol,qush (o’z farzandini tanimagan podshohga tilla kokilli bola uning farzandi ekanligini aytgan), podsho (ikki xotinini vas hum kampirni otning dumiga bog’lab o’ldirgan), shum kampir va boshqalar. "œBitta dev tishini kavlasa, biror odamning soni chiqibdi" degan mubolag’a ham shu ertakda uchraydi ), Husniyabonu (ertak qahramonlari: Gardanshoh, Nodirai davron, Husniyabonu va boshqalar.Ertakda Husniyabonu o’g’rilarning boshlig’I eshon ekanligini aytganda, podsho darg’azab bo’lib, uni osishga buyuradi, lekin vazirining maslahatiga ko’ra Husniyabonu va uning doyasini dashtu biyobonga tashlab kelishadi, daraxt ostidan topib olgan xazinani Husniyabonu yetim-yesirlarga shahar qurish uchun sarflaydi.) , "œGuljamol"
3.Hayotiy-maishiy ertaklar (Malikai Husnobod)
 Voqelikka hajviy yondashish orqali aks ettirish jihatidan o’zbek xalq ertaklari hajviy va hajviy bo’lmagan ertaklar kabi turlarga bo’linadi.Ishqiy-sarguzasht ertaklarda sevgida vafodorlik kuylanadi.Ertaklarni yozib olish va nashr qildirish, asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan boshlandi.
LATIFA -  xalq og’zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo’lib, nozik, mayin kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyalar.Xalq o’rtasida afandi deb ham yuritiladi.Mustaqil janr sifatida latifa quyidagi xususiyatlarga ega:
1.Yagona qahramon bilan bog’liq holda yaratiladi(Nasriddin obrazi, bu obraz asosan XIX asrdan boshlab o’zbek latifalariga kirib kelgan.XIX asrga qadar latifa qahramoni bir kishi, mashrab, fors-tojik latifalari ta’sirida mushfiqiy, bahlul yoki turkey xalqlar og’zaki ijodida keng tarqalgan aldar ko’sa, ko’sa, kal kabi turlicha nomlar bilan yuritilgan.)
2.Ixcham syujetga ega bo’ladi.
3.Asar konflikti, qahramoni va uning muxolifi o’rtasidagi muloqot dialog orqali hal etiladi.Latifalar mazmuni va voqelikka munosabati jihatidan ikki turga bo’linadi: a) hajviy latifalar — ularda Nasriddin afandi yirik davlat arboblari, saroy ahli,mufti, qozilar, hokim va mirshablar, makkor mullalar va johil tabiblar o’rtasida taxvirlanadi.b) yumoristik alatifalar — ularda Afandi bevosita oilasi,bolalar,qo’ni-qo’shni va mahalla-ko’y davrasida tasvirlanadi.Latifani maxsus ijro etuvchilar yo’q, uni har kim aytaverishi mumkin.
LOF — biror voqeani o’ta bo’rttirib aytish, hazil-mutoyibaga asoslangan janr.
LAPAR -  xalq qo’shiqlarining bir turi, asosan, iki kishi tomonidan yoki ikki taraf tomonidan aytiladi.Lapar aytishuv deb ham yuritiladi.
TERMALAR — pand-nasihat,odob-axloq,soz va so’z haqida yaratilgan ijtimoiy hayotdagi turli hodisalar, shaxs va jonivorlarning ta’rifi va tanqidiga bag’ishlangan baxshilar tomonidan kuylanadigan 10-12 satrdan 150-200 , ba’zan undan ham ortiq misralargacha bo’lgan lirik,liro-epik she’rlar.
DOSTON -  xalq og’zaki ijodining eng murakkab,yirik va keng tarqalgan janrlaridan biri.Doston so’zi qissa,hikoya,shonu shuhrat,sarguzasht,ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi.Dostonlar lirik doston (Mirtemirning "œSurat",A.Oripovning "œYuzma-yuz" dostonlari), epik doston (Oybekning "œDavrim jarohati, M.Shayxzodaning "œToshkentnoma", E.Vohidovning "œIstanbul fojeasi" dostonlari) , dramatic doston (Fitratning "œShaytonning tangriga isyoni", A.Oripovning "œJannatga yo’l" dostonlari) kabi uch turga bo’linadi.
Xalq dostonlarini do’mbira jo’rligida ijro etuvchi va kuylovchi san’atkor shoir yoki baxshi deb atalgan. Xalq dostonlarini ijro etish uslubiga ko’ra Bulung’ur,Shahrisabz,Sherobod,Janubiy Tojikiston va Xorazm dostonchilik maktablari mavjuddir.
Fol’klorshunoslar tomonidan o’zbek xalq baxshilarining aytib turishi asosida 150 dan ortiq (variantlari bilan 400 dan ortiq) dostonlar yozib olingan bo’lib, ularning ko’pchiligi kitob holiday nashr qilingan.Bu dostonlar quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Qahramonlik dostonlari: bunday dostonlar urug’chilik zamonlari bilan, xalqning ko’chmanchilik hayoti bilan bog’liq. "œAlpomish", "œYodgor".
2.Jangnoma dostonlar: bunday dostonlarda o’zaro jangu jadallar, afsonaviy yoki tarixiy urushlar, bunday urushlardagi qo’shin yoki yakka shaxsning jasoratlari tasvirlangan. "œYusuf va Ahmad", "œAlibek bilan Bolibek", "œXoldorxon".
3.Ishqiy-romantik dostonlar : bunday dostonlarda sevgi romantikasi va fantastic sarguzashtlar uyg’unlashib ketadi. Murodxon, Rustamxon, Kuntug’mish,Malikai ayyor
4.Tarixiy dostonlar: bu turdagi dostonlarda tarixda bo’lib o’tgan voqea-hodisalar,ayrim tarixiy shaxslarning faoliyati ifoda etilgan. Edega, Shayboniynoma, Oychinor.
5.Kitobiy dostonlar: ular yaratilishi jihatidan yozma adabiy manbaga ega bo’lgan bevosita yozma adabiyot ta’sirida yaratilgan dostonlardir. Layli va Majnun, Farhod va Shirin, Zevarxon, Rustami doston.
ASKIYA -  o’zbek xalq og’zaki jodining xushchaqchaq va kulguli bir janri.Askiya atamasi arabcha zakiy so’zidan olingan bo’lib, zehni o’tkir, so’zamol,zakovatli ma’nolarini bildiradi. Zakiy so’zining ko’plik shakli askiyo bo’lib, talaffuzda askiya ko’rinishini olgan.Askiyalarning o’z syujeti va kompozitsiyasi bo’ladi.Bu ayniqsa payrov turida ravshan ko’rinadi.Payrov askiya aytuvchilar tanlagan mavzudir.
TEZ AYTISH — ma’lum so’zni,so’z birikmasini yoki tovushni to’g’ri talaffuz qilishga , uni boshqa tovushglardan farqlashga o’rgatadigan,xotirani mustahkamlaydigan va nutqni o’stiradigan janr hisoblanadi.
ALLA -  bolalarni uxlatish uchun onalar aytadigan qo’shiq.Alla ohangi beshik yoki belanchak tebranish sur’atiga mos bo’ladi.
Keyingi mavzu "She'riy janrlar(lirika)"

 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 31 Oktyabr 2007, 17:40:24
har bir ma'ruza oxirida keyingi mavzu qanaqa bo'lishini yozib qo'ysez, InshaAlloh, boshqalar ham o'zlaridagi ma'lumotlarini kiritishadi! xoxlasayiz sizga pm orqali yuborishsa, hammasini umumlashtirib yozardiz!
Bu juda yaxshi bo'lardi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: AbdurRohman 01 Noyabr 2007, 12:13:57
2-Mavzu. "She'riy janrlar(lirika)"
   She'riy janrlar Badiiy adabiyotning Lirik turiga mansub.
   Badiiy adabiyot ham san'atning bir turi hisoblanadi. Hayotni aks ettirishda rassom uchun rang, bastakor uchun ohang, haykaltarosh uchun marmar, yozuvchi, shoir, dramaturg uchun so'z asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun Badiiy adabiyot "So'z san'ati" deyiladi. Badiiy adabiyotning o'rganadigan obyekti Hayot, yanada aniqroq aytganda Inson. Insoniyat paydo bo'lgandan to shu vaqtga qadar yuzlab tilda yaratilgan butun og'zaki va yozma adabiyot 3 turga bo'linadi:
   1.Epos (Epik tur)
   2.Lirika (Lirik tur)
   3.Dramaturgiya (Dramatik tur)
Bu 3 adabiy turni "Hayotni so'z orqali aks ettirishning 3 yo'li" deb hisoblash mumkin. (Badiiy adabiyotni Aristotel o'zining "Poetika" asarida tur va janrlarga bo'lgan). Voqe'likni so'z orqali badiiy yo'sinda tasvirlashning qandaydir bir yangi - 4- yo'lini insoniyat kashf etgani yo'q. Lekin bitta qorishiq adabiy tur bor. U lirika va epik tur xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan. Biz buni Liro-epik tur deb ataymiz. Bunga yozma adabiyotdagi doston, she'riy hikoya, she'riy qissa, she'riy roman, xalq ertaklari asosida shoirlar tomonidan she'riy yo'l bilan yaratilgan adabiy ertaklar kiradi (Hamid Olimjon "Semurg' yoki Parizod Bunyod", "Oygul bilan Baxtiyor"; Pushkin "Shoh sulton haqida ertak", "Oltin baliq va baliqchi chol haqida ertak"...)

Lirik tur
Lirikada, asosan, 1 shaxsning - lirik qahramonning ichki kechinmalari, muhabbat va nafrati, sog'inch va iztiroblari, orzu va armonlari, dard-u g'amlari, tuyg'ularga chulg'angan fikr o'ylari aks ettiriladi. Lirikada bu his-tuyg'ular boshqa adabiy turlarga nisbatta chuqurroq aks ettiriladi.
   Lirik turga mansub janrlarni shartli ravishda 3 guruhga bo'lish mumkin:
I Qat'iy vaznda yoziladigan janrlar:
1.Tuyuq     
2.Ruboiy     
3.Mustazod   
4.Sayohatnoma


II O'zining qat'iy vazniga ega bo'lmagan janrlar:
1.Fard
2.Qit'a
3.G'azal
4.Masnaviy
5.Murabba
6.Muxammas
7.Musaddas
8.Musabba'
9.Musamman
10.Muashhar
11.Qasida
12.Muammo
13.Chiston (Lug'z)
14.Ta'rix
15.Tarje'band
16.Tarkiband
17.Marsiya
18.Soqiynoma


III Rus va jahon adabiyoti ta'sirida o'zbek adabiyotiga kirib kelgan janrlar:
1.Sonet
2.Gimn
3.Mansura (Sochma)
4.Oq she'r


Lirik turga mansub yana shunday asarlar borki, ular qandaydir bir janr bilan nomlanmaydi. Oddiygina qilib She'r deb yuritiladi.

She'riy janrlarni o'rganishdan oldin Qofiya nimaligini uni yuzaga keltiradigan unsurlarini bilish kerak!
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: AbdurRohman 01 Noyabr 2007, 12:39:33
Qofiya-she'r misralaridagi ohangdosh so'z va so'zlar uyushmasi.
Qofiyani ham o'ziga xos unsurlari-uni yuzga keltiradigan tovushlari bor.
Raviy-qofiyadosh bo'lib kelgan tub so'zlar oxiridagi, yasama so'zlar negizinig oxirgi tovushlaridir.
Raviysiz qofiya umuman yo'q!
         Oshiqki erur ishida sodiq
         Ma'shuq bo'lur boshida oshiq.

ushbu baytda sodiq va oshiq qofiyadosh so'zlardir.  Raviy esa q tovushi!
Qofiyada raviydan boshqa yana 8ta tovush mavjud:
1.Ta'sis
2.Ridf
3.Qayd
4.Daxl
5.Vasl
6.Xuruj
7.Mazid
8.Noyira


Qofiyaning bu sifatlari ham o'z navbatida 2ga bo'linadi:
1.Muqayyad qofiya sifatlari
2.Mutlaq qofiya sifatlari
.

Muqayyad qofiya unsurlar qofiyadosh so'zlarda raviygacha uchraydi: Ta'sis, Ridf, Qayd, Daxl.
Mutlaq qofiya unsurlari esa, qofiyadosh so'zlarda raviydan keyin keladi: Vasl, Xuruj, Mazid, Noyira.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: AbdurRohman 01 Noyabr 2007, 13:22:40
She'riy janrlar
FARD. Lug'aviy ma'nosi "yakka, yolg'iz". Bu janr lirik turdagi en kichik janr hisoblanadi. Chunki fard 2 misradan iborat bo'ladi.
           Kishi aybing desa, dam urmag'ilki, ul erur ko'zgu
           Chu ko'zgu tiyra bo'ldi, o'zga aybing zohir aylarmu?!

Devon tuzish an'anasiga ko'ra, fard devonga oxirida kiritiladi.

QIT'A. Lug'aviy ma'nosi "parcha, bo'lak, qism". Qit'alar pandnoma - tarbiyaviy ruhda yoziladi. Qit'a kamida ikki baytdan iborat bo'ladi. Qofiyalanishda toq misralari ochiq qolib, juft misralari o'zaro qofiyalanadi (b-a, v-a, g-a...)
            Yuqori o'ltirurni kim tilasa,
            Kishilikdin ani yiroq bilgil.

            O'ltirur safda yuqoriliqdin
            O'ltirur safda yaxshiroq bilgil.

Qit'a ikki xil yo'l bilan yoziladi:
1.Shoir tomonidan mustaqil yaratilishi mumkin.
2.G'azalning birinchi va oxirgi baytlaridan tashqari, qolgan baytlani olib yozish orqali.

G'AZAL. Lug'aviy ma'nosi "Oshiqona so'z". G'azal 5(3) - 17(19) baytdan iborat bo'ladi. G'azalning birinchi bayti o'zaro qofiyalanadi. Qolgan baytlarning toq misralari ochiq kelib, juft misralari birinchi baytga qofiyalanadi (a-a, b-a, c-a, d-a...)
            Jonimdin o'zga yoru vafodor topmadim,
            Ko'nglumdin o'zga mahrami asror topmadim.

            Jonimdek o'zga jonni dilafgor ko'rmadim,
            Ko'nglum kibi ko'ngulni giriftor topmadim.

            Usruk ko'zga toki ko'ngul bo'ldi mubtalo,
            Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

            Nochor furqati bila xo'y etmisham, netay,
            Chun vaslga o'zumni sazovor topmadim.

            Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko'ngul,
            Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.

            Bobur, o'zungni o'rgatako'r, yorsizki, men
            Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.

G'azalning birinchi bayti matla' yoki mabda' deb yuritiladi (matla'-quyosh chiqishi). Oxirgi bayti esa maqta' deyiladi (maqta'-quyosh botishi). Maqta'da odatda ijodkorning taxallusi bo'ladi.
G'azal devonga birinchi kiritiladi.
Turkiy tilda g'azalning ilk namunasini "Qissasi Rabg'uziyda" Burhoniddin Rabg'uziy yozib qoldirgan. (Fors-tojik she'riyatida birinchi g'azalni Abu Abdulloh Rudakiy (Odam ush-shuaro) yozib qoldirgan).
Turkiy tilda eng ko'p Alisher Navoiy g'azal yozgan. Uning "Xazoyin ul-ma'oniy" ("Ma'nolar xazinasi", devoning 2-nomi "Chor devon") nomli devonning ichki to'rt devonining har birida 650 tadan 2600 ta g'azal kiritilgan. "Devoni foniy"ga kiritilgan fors-tojik tilidagi g'azallari soni esa 600 ta.
G'azal kompozitsiyasiga - tuzilishiga ko'ra 4ga bo'linadi:
1.Musalsal g'azal
2.Yakpora g'azal
3.Voqeaband g'azal
4.Mustaqil baytlardan tuzilgan g'azal

Bundan tashqari Muvashshax g'azallar ham bo'ladi. Bunda har bir baytning birinchi misralaridagi birinchi harflar olib yozib chiqilsa, kishi ismi kelib chiqadi.
  O’zbek adabiyotida g’azallarni qofiyalanish tartibiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi:
1.Oddiy g’azal — g’azalning bu turi juda keng tarqalgan.Qofiyalanishi a-a, b-a,v-a
2.G’azali husni matla’ — bunda g’azalning birinchi baytidan tashqari ikkinchi bayti ham qofiyalangan bo’ladi.Sxemasi: a-a, a-a , b-a, v-a,g-a"¦
3.G’azal-qit’a — bunday g’azalning qofiyalanish tartibi qit’aning qofiyalanish tartibi bilan bir xil bo’ladi: b-a, v-a, g-a"¦
4.G’azali musajja’ — bu g’azalda odatdagi qofiyalardan tashqari ichki qofiyalar ham bo’ladi.
5.G’azal-muvashshah — bu g’azalning tuzilishi muvashshahning aynan o’zini eslatadi.
6.G’azal-muoshira — bu g’azal ikki yoki undan ortiq shoirning dialogi — munozarasi tarzida tuziladi.
7.G’azal-zulqofiyatayn — bu kam uchraydigan hodisa bo’lib, unda har bir bayt o’zaro qofiyalanadi: a-a,b-b,v-v,g-g"¦
8.G’azal zeb qofiya — bunda g’azalning barcha baytlari qofiyalangan bo’ladi.Bu ham kam uchraydigan hodisadir.Sxemasi: a-a,a-a,a-a,a-a,"¦
9.G’azal-chiston — bu topishmoqning o’zi.
10.G’azal-nazira(tatabbu’, tazmin) — shoirning boshqa bir shoir g’azaliga o’xshatib yozilgan g’azalidir.
  G’azalning oxirgi bayti maqta’ deb atalib, unda shoirning taxallusi keltiriladi.


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: AbdurRohman 04 Noyabr 2007, 11:23:09
MASNAVIY. Lug'aviy ma'nosi "ikkilik". Masnaviyning har bir bayti o'zaro qofiyalanadi. Mumtoz adabiyotimizdagi eng yirik she'riy asarlar masnaviy janrida yozilgan.
                 To'rt devon birla nazmi panj ganj
                 Dast berdi chekmayin anduhu ranj.

                 Nazmi nasrin kotibi taxminshunos
                 Yozsa yuz ming bayt etar erdi qiyos.

Alisher Navoiy "Me'zon ul-avzon" risolasida masnaviy janrini "Vase' maydon" deb ta'riflagan.

MURABBA'. Lug'aviy ma'nosi "to'rtlik". har bir bandi to'rt misradan iborat bo'lgan she'riy janr. Murabba'ning birinchi bandi o'zaro qofiyalandi, keyingi bandlarining 1-2-3- misralari o'zaro qoyfiyalanib, 4-misrasi birinchi banda qoyifalanadi yoki birinchi bandning 4-misrasi takrorlanadi.
                 Hamdu sanolar aytay xudoga,
                 Yorga yetar kun bormu, yoronlar?
                 Yetgaymu dodim nozuk adoga,
                 Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

                 Shum toleimdan ko’rdum jafoni,
                 Zolim raqiblar ko’rdi vafoni,
                 Holim so’r emdi, bergil davoni
                 Yorga yetar kun bormu, yoronlar?


MUXAMMAS. Lug'aviy ma'nosi "beshlik". Har bir bandi 5 misradan iborat bo'lgan she'riy janr. Mumtoz adabiyotimizda muxammasning 2 xil ko'rinishi bor:
1.Muxammasi tabi xud. Bunda shoir muxammasni to'lig'icha o'zi ijod qilib yozadi.
2.Maxammasi taxmis (tazmin). Bunda ijodkor o'zga shoirning g'azalidan ta'sirlanib, o'sha g'azalning vaznini qofiyalanishini, g'oyasini saqlagan holda, g'azalning har bir baytidan oldin 3mirsa o'zi ijod qilib qo'shadi. Bunday muxammaslarining oxirgi bandida har ikki ijodorning taxallusi bo'ladi.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=31.150
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 04 Noyabr 2007, 13:48:03
Tuyuq — bevosita turkiy adabiyotda shakllangan bo’lib, qat’iy ramali musaddasi maqsur vaznida yoziladigan, to’rt misradan iborat bo’lgan, misra oxirida radiflar omonim so’zlardan iborat bo’lgan she’r.Tuyuq sof turkcha so’z bo’lib yechilmaydigan qilib tuymoq degan ma’noni bildiradi.A.Navoiy tuyuqni "œturk shuarosining xossasi" deb ta’kidlagan.Turkiy yozma adabiyotida dastlabki tuyuqni Yusuf Xos Hojib yaratgan.Qofiyalanishi: a-a-a-a, a-a-b-a

Ruboiy — o’zbek mumtoz adabiyotida keng qo’llanib kelingan, hazaj bahrining axram va axrab shajaralarida yoziladigan, to’rt misradan iborat ishqiy, axloqiy,siyosiy-falsafiy mavzulardagi she’r.Forsiylarda dubaytiy deb ham atalgan.
 Ruboiylar ikki xil bo’ladi:
 1.Oddiy ruboiylar (ruboiyi xossa yoki xosiy ruboiy): qofiyalanishi: a-a-b-a-
2.Tarona ruboiylar(taronai ruboiy) : qofiyalanishi: a-a-a-a

Musammat — bandli she’rlar bo’lib, musammat deganda, murabba’, muxammas, musaddas, musabba’, musamman, muashshar shakllari anglashiladi.Bu atama arabcha bo’lib, ipga terilgan marvarid degan ma’noni anglatadi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 04 Noyabr 2007, 13:50:58
Musallas — uch misrali band usulida yozilgan she’r.G’arbda tersina deb atashadi.Qofiyalanishi : a-b-b,v-g-g

Murabba’ — o’zaro qofiyalangan to’rt misralik band usulida yozilgan she’r.Qofiyalanishi: a-a-a-a, b-b-b-a,v-v-v-a,"¦

Muxammas — beshlik band usulida yozilgan she’r.Muxammaslar ikki xil bo’ladi:
 1.Bir shoirning o’z muxammasi (mustaqil muxammaslar)
 2.Taxmis — boshqa shoirga ergashib,izdoshlik,uning g’azalidan ta’sirlanish,ilhomlanish usulida yozilgan muxammaslar.
Qofiyalanishi: a-a-a-a-a, b-b-b-b-a

Musaddas — har bir bandi olti misradan iborat bo’lgan she’r.Musaddaslar ham ikki xil bo’ladi:
 1.Mustaqil yaratilgan musaddaslar
 2.Boshqa shoir tomonidan yaratilgan g’azallarning vazni va qofiyasiga mos yaratilgan musaddaslar.
Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a

Musabba’
— har bandi yetti misradan tashkil topgan she’r.Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a

Musamman — sakkiz misrali band usulida yozilgan she’r.Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a

Mutassa’ — har bandi to’qqiz misradan iborat she’r.Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-a

Muashshar
— har bandi o’n misradan iborat she’r shakli.Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-b-a

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 04 Noyabr 2007, 13:52:28
Tarkibband — har bir hajman g’azlaga teng bo’;lgan va g’azal singari qofiyalanuvchi bandlardan tuzilgan she’r bo’lib, bunda har qaysi band oxiridagi ikki misra mustaqil ophangdoshlikka ega bo’ladi.

Tarje’band — qofiya tuzilishi tarkibbandnikiga o’xshash she’r shakli.Farq shundaki, tarkibbandda bandlar oxiridagi bir bayt mustaqil qofiyalansa, tarje’banddagi hamma bandlar oxirida bir xil bayt takrorlanib keladi.

Mustazod — orttirilgan degan ma’noni ifodalaydi, g’azalga monand she’r misralaridan har biriga yana yarim misra orttiriladi,oqibatda har qatori bir yarim misralik she’r hosil bo’ladi.A.Navoiy mustazodni qo’shiq deb atagan.Mustazod hazaji axrabi makfufi mahzuf vaznida yozilgan g’azalga qo’shimcha ikki rukn orttirilgan she’r hisoblanadi.O’zbek adabiyotida Ogahiynga nisbatan "œmukammal mustazod kashfiyotchisi" degan ta’rif qo’llaniladi.Chunki u mustazoddagi yarimta misrani juftlashtirgan.

Muammo — bir bayt, ba’zan ikki-uch baytdan iborat bo’lgan, arab harflari orqali biror narsani yashirishga suyangan ta’kid yoki ishora asosida yozilgan topishmpoq-she’r.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 06 Noyabr 2007, 16:19:11
Chiston — biror narsa yoki hodisaning o’ziga xos xususiyatlari, belgilarni ta’riflash orqali o’quvchilarni o’sha narsa yoki hodisani topishga undaydigan topishmoq-she’r.Adabiyotda lig’z deb ataladi.

Qasida — shohlar,amirlar,mashhur kishilar,tarixiy voqealarga bag’ishlangan maqtovli va dabdabali xarakterga ega bo’lgan she’r.Qasidaning umumiy hajmi 15-20 baytdan kam bo’lmaydi.Qasida voqelikni aks ettirish usuli,xarakteri va mazmuniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
 1.Qasidai bahoriya — bahor tasviriga bag’ishlangan qasida
 2.Qasidai holiya — o’z ruhiy holati ifodalangan,taqdirdan,hayotdam shikoyat qilish g’oyalari asosiy o’rin tutadigan qasida
 3.Qasidai ishqiya — ishqiy mavzudagi qasida
 4.Qasidai xamriya — shoirning o’z-o’zodan faxrlanishga bag’ishlangan qasida.
 5.Qasidai hajviya — biror shaxs va voqea hajviga bag’ishlangan qasida.
 6.Qasidai xazoniya — kuz fasliga bag’ishlangan qasida
 7.Qasidai masnu’ — san’atli,ya ni bezakli qasida.Qofiyalanishi: a-a.b-a,v-a,"¦

Marsiya — biror kishining vafoti munosabati bilan g’am-alamni ifodalagan lirik she’r

Mufradot — ayrim baytlardan tuzilgan mustaqil asar,fardlar majmui.

Soqiynoma — soqiyga murohaat bilan boshlanib, lirik qahramon kechinmalarini masnaviy tarzida yoziluvchi, goho qisqa lirik,goho liro-epik poemani eslatuvchi she’rdir.

Nazira — lirikada ergashish yo’li bilan, javob va o’xshatiash tariqasida yoziladigan she’r

Shiru-shakar — ma’lum bir tartibda ikki til ishtirokida yozilgan she’r

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 09 Noyabr 2007, 16:21:54
Noma — xat,maktub.Badiiy adabiyotda maktub tarzida yozilgan she’riy asarning bir turi.
 
Madhiya — biror kishi, hodisa yoki qadrli narsaga atab, uni madh etib yozilgan she’r

Muvashshah — ma’naviy san’atlardan biri,ayni vaqtda she’riy janr.Bunda she’r asosan g’azal shaklida yozilib, she’r misralari boshidagi harflar yig’indisidan bironta kishi ismi yoki narsa nomi kelib chiqadi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 09 Noyabr 2007, 16:23:55
II.   Zamonaviy she’riy janrlar.

Sonet (italyancha jaranglamoq) — jahon she’riyatida keng tarqalgan lirik janr.Sonet 14 misradan tashkil topadi, ko’pincha a-b-b-a,a-b-b-a, v-v-g-, d-g-d- shaklida qofiyalandi.U dastlab XII asrda italyan adabiyotida vujudga kelgan.O’zbek adabiyotiga 20-30 yillarda kirib kelgan.Sonetning go’zal namunasini 30-yillarda Usmon Nosir yaratdi.Hozirgi zamon she’riyatida B.Boyqobilov bu janrda barakali ijod qilib kelyapti

Oq she’r — vazni va turog’i aniq, lekin qofiyasiz she’r.Vazni,misralardagi rang-barang ritmik qurilish oq she’rning ohangdorligini, musiqiyligini ta’minlaydi.O’rta srlarda o’zbek afabiyotida "œharora" deb nom olgan qofiyasiz she’r navi bo’lgan.Oq she’r termini misralarning qofiyalanmay qolishidan,ya’ni oq qolishidan olingan.O’zbek adabiyotida Usmon Nosir, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda,R.Parfi kabi shoirlar ijodida oq she’rning ajoyib namunalari uchraydi.

Sochma (nasriy) she’r — lirik kechinmalar sochma nutq shaklida ifodalanib, jo’shqin ritmi bilan she’rga monand bo’lsa, sochma(nasriy) she’r bo’ladi.Nozim Hikmat ta’sirida Mirtemir o’zbek she’riyatiga schma shaklini olib kirgan.

Ballada — liro-epik poeziyaning bir turi.Qahramonlik xarakteridagi biror hayotiy epizodni tasvirlovchi kichik syujetli she’r ballada deyiladi.

Qo’shiq — kuyga solib aytiladigan she’r

Sarbast — bunday she’rning asosiy xususiyati shundaki, unda vazn,qofiya,band qurilishida ancha erkinlik, qadimiy qoidalardan chetga chiqish yuz beradi.Ayrim  misralardagi bo’g’inlarni (ma’no va intonatsiyani kuchaytirish maqsadida) bir necha qatorga zinapoya tartibida joylashtiriladi.

O’rama — o’rama so’zi qofiyalash tartibiga oiddir.

To’rtlik — o’zbek lirikasining ruboiy va tuyuq vaznida yozilmagan, to’rt isradangina iborat bo’lgan janri.

Keyingi mavzu: "Badiiy san'at turlari"
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 11 Noyabr 2007, 12:48:21
3-MAVZU Badiiy san’at turlari
San’at, sun ya’ni, yaratmoq so’zidan olingan bo’lib, badiiylik yaratish demakdir.Badiiylik yaratishning yo’llari ko’p.Badiiy san’atlar quyidagi iki turga bo’linadi:
1.Ma’naviy (ma’noga tegishli) sanlatlar.
2.Lafziy (shaklga oid) sana’tlar.
Quyida badiiy san’atlarning asosiylari bilan tanishasiz:
 Allegoriya (majoz) — ramzning bir ko’rinishi bo’’lib, voqea-hodisa yoki narsa buyumning mavhum tushunchasi o’rnida aniq tasvirni iifodalovchi ramziy so’zni qo’llash usuli.Misol: tulki-ayyor va aldamchi kishi, bo’ri — ochko’z, chumoli — zahmatkash kishi va hokazo.

 Antiteza (qarshilantirish) — badiiy asarda voqea yoki tushunchalarni bir-biriga qarshilantirish orqali bir-biriga zid tushunchalarni yaqqol ifodalash va ularga qiyosiy xarakteristika berish vositasi.
 Misol: Menga nomehribon yor o’zgalarga mehribon emish,
Mening jonim olib,ag’yorga oromijon emish.   (A.Navoiy)

  Anafora (takror) — she’r yoki banddagi misra,gaplarning boshidagi so’z yoki so’zbirikmasining boshqa misralar boshida aynan takrorlanib kelishi.Misol:
Endi odam quldek sotilmas,
Endi odam o’tga otilmas,
Endi unga qafas bo’lmas jon,
Endi dunyo bo’lmaydi zindon. (H.Olimjon)

  Apostrofa — jonlantirishning bir ko’rinishi bo’lib, jonsiz narsa yoki hodisaga jonli narsa hodisadek murojaat qilinadi yoki yo’q shaxsga xuddi bordek qaraladi.
 Misol: Go’zal oy, senga bir gap
Demakka ko’p hayronman.
Bemahal to’lganingdan
Toza ham pushaymonman. (H.Olimjon)

 Antifraz — shaxs yoki narsaga xos xususiyatni kulgi ohangi bilan inkor qilish.Bunda so’zlarning asl emas, teskari ma’nosi nazarda tutiladi.
 Misol: Erkalanib yotadi
U Vatan tuprog’ida
Yosh bola yotganiday
Onaning quchog’ida (H.Olimjon)

 Alliteratsiya — she’rda,jumlada,bandda va qisman nasriy asarlarda ham bir xil tovushlarning takrorlanishi.Tovushlar ohangdorligi,asosan bir xil tovushlarning takrorlanishidan hosil bo’lgan ohangdorlik alliteratsiya deb yuritiladi.
 Misol: Qaro qoshing,qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing,qiz
Qilur qatlimga qasd,qayrab,
Qilich qotil qaroshing qiz"¦ (Erkin Vohidov)

 Jonlantirish — odamlarga xos bo’lgan xislatlarni jonsiz predmetlar,tabiat hodisalari,hayvon,parranda,qush kabilarga ko’chirish orqali hosil bo’ladigan tasvir usulidir.
 Bunda qorning taglarida qish,
Bahor uchun so’zlaydi olqish. (H.Olimjon)

Jonlantirishning ikki xil ko’rinishi bor:
1.Tashxis — jonsiz narsalarni jonlantirish.
2.Ishtoq — nutqsiz narsalarni nutq egasi sifatida tasvirlash
 Misol: Shaftoli der,kulib: kuz choqlari
        Sharbat bilan lim-lim to’laman,
Yemagan armonda,yegan darmonda
Ming dardingga shifo bo’laman

Yaprog’iga berkinib olib,
-Suqing kirar,ko’p nazar solma!
Qizil yuzlarimdan bir o’pganing
Armoni yo’q,der yoqut olma  (Uyg’un)
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 15 Noyabr 2007, 12:16:43
Zulqofiyatayn (qo’sh qofiya keltirish) — bayt misralarida so’zni qofiyadosh qilib keltirish san’ati
  Misol:   Boqay desa dog’i quvvati yo’q,
               Boqmay desa dog’i toqati yo’q.  (Uyg’un "œKuz qo’shiqlari")

 Istiora (Metafora) — Istiora arabcha so’z bo’lib, biron narsani omonatga (vaqtincha ) olmoq degan ma’noni ifodalab, asarlarda so’zni o’z ma’nosidan boshqa bir ma’noda, ya’ni majoziy ma’noda qo’llash san’ati hisoblanadi.Bu san’at so’z ma’nolari ko’chishinining bir turi bo’lib, u narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanadi.Shu jihatdan istiora tashbeh san’atiga yaqin turadi.U ko’pincha tashbihi kinoyaga, ya’ni mushabbihi tushirilgan tashbihga teng keladi.Adabiyotshunoslikda istiora tashbihdan kuchli sanaladi.Tuzilishga ko’ra bir so’zdan yoki iboradan tashkil topgan istiora sodda istiora birikmali istioralar murakkab istiora sanaladi.
Navoiyning :   Furqatingdin za’faron uzra to’karmen lolalar,
                       Lolalar ermaski, bag’rimdin erur parg’olalar — baytidagi "œsarig’ yuz" ma’nosidagi "œza’faron" so’zi sodda istioraga, "œqonli yosh to’kaman" ma’nosidagi "œto’karmen lolalar" iborasi murakkab istioraga misol bo’la oladi.

 Metonomiya — ikki tushuncha o’rtaisdagi yaqinlikka asoslangan o’xshashsiz ko’chim.Metonomiyada biror narsa yoki voqea-hodisaning nomi boshqasiga ko’chiriladi, biroq bu nomlash narsalar o’rtasidagi o’xshashlikka emas,balki ular o’rtasidagi yaqinlikka,aloqadorlikka asoslanadi.Bu ko’chim bir qancha ko’rinishlarga ega:
 1.Kishi yoki narsaga xos xususiyat o’sha kishi yoki narsaning nomiga o’tkaziladi:           Ahyon-ahyon gazetlarda ko’rinasan,
                          O’qiguncha yopishaman juda iazman    (G’.G’ulom)

2.Muallifning nomi uning asari o’rnida qo’llaniladi:                    Fuzuliyni oldim qo’limga,
                    Majnun bo’lib yig’lay qichqirdi"¦  (H.Olimjon)

3.Biror narsaning harakati yoki uning natijasi shu harakatni bajaruvchi qurolning nomiga ko’chiriladi: 
                 Uning perosi qasos o’ti bilan yonardi.     
4.Biror narsani u yasalgan material bilan almashtirib ataladi:
                   Po’lat qush ham qomatin rostlab,
                   Bulutlarni etar tumtaroq.     (H/Olimjon)
5.Ma’lum joydagi  kishilar ma’nosi shu joyga ko’chiriladi:             
                Majlisga butun qishloq keldi.        (A.Qahhor)
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 15 Noyabr 2007, 12:22:31
Irsoli Masal — she’rda maqol,matal,hikmatli so’zlarni muayyan maqsad bilan ishlatish usuli.
 Misol:         Hunob ichar vaqtimda xush kelding, ko’ngulkim, xalq aro,
                     Yaxshi masaldurkim: "œKelur yaxshi kishi osh ustina".
   
                    Sabr qilsang g’o’radin holva bitar,
                    Besabrlar o’z oyog’idan yitar.        (Gulxaniy)
Iyhom (arabcha shubhaga solish, adashtirish) — she’r misralarida muayyan bir so’zni ikki yoxud undan ortiq ma’nolarda qo’llash usuli.Uning mohiyati shundaki, she’riy misralarda iki ma’noli so’z qo’llanadi, ammo bu ma’nolardan biri aniq sezilsa ham ikkinchi ma’no payqalmasligi mumkin.Shoir aslida ikkinchi ma’noni ko’zda tutsa ham dastlab yaqin, birinchi ma’no e’tiborni tortadi.
                   Ulus ichinda turur o’z begim qiyo ko’zluk,
                   Xayoli to’ktamish andin ko’ngil saroyinda.    (Lutfiy)
Bu baytda "œo’z begim" so’zi "œo’zimning begim" va "œo’zbegim" ma’nolarini ifodalaydi.Bunda Lutfiy "œxalq" ma’nosini ko’zda tutayotganini payqash qiyin emas. "œTo’ktamish" va "œsaroy" so’zlarida ham shu xususiyat bor.

Ishtiqoq (so’zdan so’zni ajratmoq) — she’r baytlarida o’zakdosh so’zlarni qo’llash san’ati.
  Misol:        Ganja Vatan , ko’ngli oning ganjxez,
                     Xotiri ganjuru tili ganjrez      (A.Navoiy)

                    Jonimdek o’zga jonni dilafkor ko’rmadim,
                    Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim.    (Bobur)

Iltifot — fikrda burilish yasash san’ati.
  Misol:        Bas yetr,cholg’uvchi,bas qil sozingni,
                    Bas, yetar,ko’ksimga urmagil xanjar"¦
                    Agar aldamasa shu sovuq simlar,
                    Gar shul eshitganim bo’lmasa ro’yo.
                    Sen beshik emassan,jallodsan dunyo!       (A.Oripov)

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 15 Noyabr 2007, 12:26:16
Ko’chim — eng ko’p ishlatiladigan badiiy vositalar jami bo’lib, adabiyotshunoslik fanida metafora atamasi bilan ham yuritiladi.Ko’chimning majoz, istiora, ramz, timsol singari ko’rinishlari bor.

Kinoya (bir fikrni yashirin ma’noda ifoda etmoq) — bayon ilmida uni "œham haqiqat, ham majoz ma’nosi anglashiladigan so’z" — deb izohlanadi.U inkorning bir ko’rinishi bo’lib, tasvir ob’ekti ustidan kesatish, qochiriq yo’li bilan yashirin kulish,piching.
  Misol:         Menga yolg’iz Omonimni qo’y,
                     Menga o’sha yomonimni qo’y.
                     U kam emas hech bir odamdan,
                    Men ul bilan uzoqman g’amdan      (H.Olimjon) 
Bunda "œOmonim - yomonim" qofiyadosh soz’lar orqali kuchli —o’tkir kinoya usuli qo’llangan.


Litota (tafrit, ifroq) — tasvir ob’ektini ataylab kichraytirib,zaiflashtirib tasvirlash usuli, ya’ni behad kichraytirilgan mubolag’adir.Ijodkor uyg’un narsa yoki hodisaning ahamiyatini ta’kidlab, bo’rttirib ko’rsatish maqsadida boshqa narsa yoki hodisaning uning ulug’vorligi hamda qudratiga nisbatan kichraytirib tasvirlaydi.
  Misol:           Bo’yung sarvu sanubardek,beling qil,
                       Vafo qilg’on kishilarg’a vafo qil.          (Xorazmiy)

                       Bu so’zning mazmuni shu qadar issiq,
                       Quyosh bir kichik sham uning yonida.    (Uyg’un)

Laff va Nashr (yig’ish va yoyish ma’nosini ifodalaydi) — ushbu san’at she’r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini ketma-ket keltirib, keyin ular haqidagi hukmlarni ketma-ket bayon qilishni nazarda tutadi.
  Misol:         Jamoling ravzai bog’i jinondur,
                      Labing sarchashmai fujhi ravondur.
                      Soching sunbul, yuzing sarvu sanubar,
                     Ko’zing nargis,yanog’ing arg’uvondur.
                     Beling,og’zing so’zi har qayda bo’lsa,
                     Xayoli noziku ramze nihondur.
                     Qaysari Rum oy yuzing,mushkin soching xoqoni Chin,
                     Shahi Hindiston menging,sultoni Turkiston ko’zung.
                     Garchi ahuyi Xo’tandur bexato bilmon nedin,
                     Chinu Mochin lolazorinda qilur sayron ko’zung.         (Atoiy)

Mubolag’a (lof urish,bo’rttirish) — tasvirlanayotgan narsa,shaxs va voqea-hodisaning muayyan jihatlarini bo’rttirib, kuchaytirib tasvirlash usuli.Sharq klassik she’riyatida mubolag’a san’atiga she’r ziynati sifatida qaraganlar. "œAhsanahu akzabahu"  —  "œEng yaxshi she’r — eng yolg’on she’r" degan naqlga amal qilganlar.
 Mubolag’a quyidagi turlarga bo’linadi:
 1.Tablig’ — tasavvur qilish mumkinu, amalga oshirish qiyin bo’lgan bo’rttirilgan tasvir usuli.
  Misol:  Ey sabo, holim borib sarvi xirmonimga ayt,
              Yig’larimning shiddatin gulbargi xandonimga ayt.    (A.Navoiy)   

2.Ig’roq — tasavvur qilish qiyin,amada mutlaqo bo’lmaydigan bo’rttirilgan tasvir usuli.
  Misol:  Otlar kishnar,qizlar kuylar, tinmay ishlar dehqonlar,
              Quyosh oltin buloqdir, qaynar,toshar"¦Ko’k tiniq.      (Oybek)
3.G’uluvv — tasavvur qilish juda qiyin bo’lgan,amalda bo’lishi sira mumkin bo’lmagan bo’rttirilgan tasvir usuli.
  Misol:  Orazin yopqach ko’zimdin sochilur har lahza yosh,
              O’ylakim,paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh.   (A.Navoiy)

4.Ifrat (bulug’, ifrot) — orttirmali, haddan ortiq mubolag’a.
  Misol:  Tikilsam quriydi daryoning gumi,
               Na’ra tortsam qular qo’rg’onning timi.    ("œAlpomish")

               Oh ursa, olamni buzar tovushi,
               To’qson molning terisidan kovushi.        ("œAlpomish")

Mulamma’ — turli tillarda she’r yozish san’ati.
  Misol:  Qochib ketdi machchoyilar askari,
              Borib shulki yurtiga ta’kidlari:
"œSaroyeki,o’ boshadash,zinhor,
             Daronjo marov memuri, ey tabor".          (Muqimiy)
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 15 Noyabr 2007, 12:30:38
Mukarrar — muayyan so’zning muayyan o’rinda takrorlanishi.
  Misol:  Yuzing mushafi sharhi o’lg’ay necha,
               Kitobu kitobu kitobu kitob.                   (K.Xorazmiy)

Mav’iza — nasihat berish,va’zga o’xshash fikrni bayon qilish usuli.
  Misol:  Kimki ming eksa, o’zi ming topar,
              Barcha mayibni saxovat yopar.

             Buxl aziz odamin xor etar,
             El ko’zida it kabi murdor etar.              (K.Xorazmiy)

Oksimoron — ikki qarama-qarshi tushunchalarni ifodalovchi so’zlarni yonma-yon keltirish bilan bo’rttirib tasvirlash usuli.
  Misol:  U yerga yiqiladi
              O’qday uchib borarkan.
              Tog’day og’ir qulaydi
              Qum singari yengil sham.             (H.Olimjon)

Portret — adabiy asarda kishining tashqi qiyofasi,siymosi,kiyim-kechagi,o’zini tutishi va hokazolar tasviri.
  Misol:  "œJodu ko’zi kishiga qattiq qaraganda qoralikdan boshqacha yana bir turlik nur sochar edi.Kipriklari ostida nafis bir surma doirasi bor edi.Qoshi tutash kabi ko’rinsa ham,ko’ndalang yotgan ikki qilich orasini nafis bir quyulib ko'tarilish ajratib turar edi".
                                              (A.Qodiriy  "œMehrobdan chayon", Ra’no portreti) 

Perifraz — majozlarning bir turi,bunda nutqning ifodaliligini oshirish maqsadida narsa, odam, voqea-hodisalar nomi ularning ma’nolarini, xususiyatlarini  ifodalovchi boshqa so’z va iboralar bilan almashtiriladi.Perifraz narsa va hodisalarning asl nomi bilan yonma-yon ishlatiladi.
  Misol:   Quyoshday mehribon
                Vataning — onang.
                Zaminday vazminu,
                Mehnatkash,mushfiq.
               Istagan narsangni tayyorlaguvchi,
               Xalq bor — onang bor.           (G’.G’ulom)

Peyzaj (Fr. Mamlakat,joy) — baddiy asarda aks ettirligan joy va tabiat tasviri bo’lib, u yozuvchining metodi va uslubi bilan bog’liq holda turlicha vazifalarni o’taydi.
  Misol: "œCho’l burgutini izlab Oltiariqdan Yozyovonga otda jo’nadim.Hali quyosh botmagan,uning kechki qizg’ish barglari sarg’aygan o’riklarni, terak uchlarini lovillab yondirayotgandek.Osmon ko’m-ko’k, ufqda xuddi atayin bo’yab qo’ygandek, qip-qizil bulut parchasi sudralib yuribdi"¦"   
                                                              (S.Ahmad  "œCho’l burguti")
Keyingi mavzu:   Badiiy san’at turlari (davomi)

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 22 Noyabr 2007, 14:42:58
Ramz (simvol) — majoz turlaridan biri bo’lib, biror hayotiy voqea yoki tushunchani ifodalash uchun shartli ravishda ko’chma ma’noda qo’llanadigan so’z va birikmalar.Misol: Kabutar — tinchlik ramzi. Sariq gul — ayriliq.

Radd ul — matla’ — g’azaldagi matla’a birinchi misrasining maqta’dagi ikkinchi misrada takrorlanishi, ya’ni bu san’at g’azalning birinchi misrasini uning oxirida takrorlanishini nazarda tutadi/

Ruju’ — she’riyatda shoirning oldingi misra yoki baytda ifodalangan fikri, qo’llagan badiiy tasvir vositalaridan qaytgandek bo’lib, keyingi misra yoki baytda unga qaraganda kuchliroq ifoda, she’riy san’atni keltirish yoki oldingi fikrni aniqlashtirish,to’ldirish usuli.Ruju’ mohiyati o’z-o’zini inkor etib, fikrni kuchaytirishdir.
Misol:   O’n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o’lsa,uldurur
             Husn shohi,ul balolarkim,ko’zu qoshindadur   (A.Navoiy)

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 22 Noyabr 2007, 14:44:18
Saj’ — gapdagi ayrim bo’laklarning vazn yoki qofiyada moslashishi, nasriy asarlardagi qofiya hisoblanadi.Misol: har kim maydonga ot soladi, Otini o’zdirgan odam oladi.har kimning ko’ngli o’zidan qoladi. ("œAlpomish" dostoni)
  Saj’ san’ati ishlatilgan nasr — nasri musajja’, nazm esa — nazmi musajja’ deb yuritiladi.Saj’ san’ati o’z tuzilishiga ko’ra uch xil bo’ladi:
1.Saj’i mutavoziy (to’liq saj’).Bunda sajlanuvchi so’z yoki birikma ham vaznda, ham raviyda bir-biriga mos keladi.Masalan: Esa, jallodlar so’yib qo’ymasin, tezroq borib qo’lidan olinglar,zindonga solinglar.("œRavshan" dostonidan)
2.Saj’i mutarraf (qofiyali saj’).Bunda sajlanuvchi so’z yoki birikma raviyda bir-biriga mos bo’lib, vaznda teng bo’lmaydi.Masalan: Zoti bemadoro, dimog’i po’lod va ko’ngli xoro (A.Navoiy)
3.Saj’i Mutavozin (vazndosh saj’).Bunda sajlanuvchi so’z yoki birikma vaznda bir-biriga teng bo’lib, raviyda bir-biriga mos kelmaydi.Masalan: Avbosh va arsol musulmonlaridin alarg’a ne maosh va ne hisol (A.Navoiy "œMahbub ul - qulub"dan)

Sarkazm — achchiq zaharxanda, istehzoli ta’na, pichingdan iborat tasvir usuli.
Misol:  Do’ppi qo’lida,kayfi tarallo,takasaltang,
            Doim ko’chada safsata, yallo takasaltang.   (Uyg’un)
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 22 Noyabr 2007, 14:45:35
Sifatlash (epitet) — narsa, voqea-hodisa,tushuncha va kishilarning belgi-xislatlarini aniqlovchi, izohlovchi,tavsiflovchi so’z.
Misol:     Kumush qishdan,zumrad bahordan,
               Qolishmaydi kuzning ziynati.   (Uyg’un)

Tadrij — voqea-hodisa yoxud vaziyatni asta-sekinlik bilan darajama-daraja rivjlanish jarayonida ko’rsatish san’ati.
Misol:  A.Navoiy "œYorsiz", "œKecha kelgumdur"¦" kabi g’azallari

Talmeh (arabcha chaqmoq chaqilish) — she’rda o’tmishdagi mashhur zotlarga, mashhur qissa,mashhur bayt yoki mashhur maqolga ishora qilish, mashhur tarixiy yoki adabiy qahramonlar nomini keltirish usuli.
Misol:   Hoki taning barbod o’lur oxir jahonda necha yil,
             Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina    (Ogahiy)

Ta’did (ta’zil, shumur, siyoqat — ul a’dod, e’dod, te’dod) — fikriy rivoj, ketma-ketlik,tadrijiylikni anglatadi.U grammatik qurilmalarning bir xil shaklidan ketma-ket foydalanish orqali ham yuzaga chiqishi mumkin.
Misol:   Oti Farrux,o’zi farxunda axtar,
             Aning hukminda ul iqlimu kishvar.    ("œGul va Navro’z")
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Noyabr 2007, 18:41:23
Tajnis (jinos) — she’r baytida ma’no jihatidan har xil, ammo shakli bir xil yoki shaklan bir-biriga yaqin ikki so’zni keltirib, ular vositasida muayyan fikr, lavha yoki timsolni ta’sirchan ifodalash san’ati.
  Misol:     Ulkim ko’ngul oldi zulfi xoli,
                 Ko’ngludin emas xayoli xoli.       (Lutfiy)

 Birinchi qatorda "œxoli" so’zi "œyuzidagi xol" ma’nosida, ikkinchi qatorda "œalohida emas" ma’nosida kelgan.

Tajziya (bo’lak-bo’lak qilmoq) — bayt misralarining har birini iki bo’lakka ajratib,misralardagi birinchi bo’laklarni ham, ikinchi bo’laklarni ham o’zaro qofiyalash san’ati.
  Misol:      Qaro zulfing firoqida parishon ro’zg’orim bor,
                   Yuzungdin ishtiyoqida ne sabru ne qarorim bor.    (Bobur)

Tazmin — "œbir narsani ikkinchi narsa orasiga qo’ymoq" ma’nosini ifodalab, she’rga o’zga shoir (ko’pincha ustozlar) she’ridan bir misra yoki bir bayt olib, o’sha vazn, o’sha qofiya va radifda mazmunga muvofiq she’r bitish san’ati.
  Misol: Ogahiy "œBo’lmasa,bo’lmasun netay" , Mashrab "œSensan sevarim"¦"
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Noyabr 2007, 18:43:13
Tanosib — she’r baytlarida bir-biriga bog’liq va bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so’zlarni qo’llash san’ati.
  Misol:    Zulfing cheriki jamol mulkin
                Oldi ko’zung ittifoqi birla.       (Atoiy)

Tajohuli orif (bilib turib bilmaslikka olish) — shoirning baytda aks ettirilayotgan biron obrazli iborani aniq aytmasdan o’zini bilib bilmaslikka olgandek ko’rsatishini nazarda tutadi.
  Misol:     Jonbaxsh la’ling ustida ul xoli hindularmudur,
                  Yo chashmai hayvon uza zog’i siyahmo’larmudur.     (K.Xorazmiy)

                Nahot shuncha ma’sum,shuncha pok,
                Sevishmoqda alam bor shuncha?            (Zulfiya)

Tamsil (misol keltirish) — bunda fikrni isbotlash uchun bironta misol keltiriladi.Ba’zan maqol ham keltirilishi mumkin.
  Misol:       Orazin yopqach ko’zumdin,sochilur har lahza yosh,
                    O’ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh        (A.Navoiy)

Takrir (takrorlash) — she’rda u yoki bu so’zni takror qo’llash san’ati.
  Misol:      Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor,
                   Qaysi bulbulning seningdek bir guli bahori bor.      (Munis)

Tasdir — she’r baytidagi birinchi so’zni bayt oxirida takrorlash san’ati.
  Misol:      Men bu yuz mushtoqidurmen, bog’i bo’stonkim bo’lur,
                  Bo’lmasin nasrinu lola, arg’uvon sensiz menga.            (Atoiy)
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Noyabr 2007, 18:44:55
Tarse’ (ziynatlash,bezash, ipga marjon tizish) — she’rda birinchi mesra so’zlari bilan ikinchi misra so’zlarining bir-biriga ohangdosh,vazifadosh,qofiyadosh bo’lib kelish usuli.
  Misol:       Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi
                   Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.          (Bobur)

                 Qamar yuzingdin bo’lur munavvar,
                 Shakar so’zingdin kelur mukarrar.            (S.Saroyi)

Tashbeh (o’xshatish) — biror obraz yoki voqeani boshqa biror narsa yoki voqeaga qiyoslash orqali o’xshatishdan iborat.Bunda so’zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisalar,xususiyatlar o’rtasida mavjud bo’lgan o’xshashlik, sifat, belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o’zaro solishtiriladi,tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va ta’sirliroq ochib beriladi.To’liq o’xshatishda 4 element bo’ladi:
1)o’xshagan narsa  (mushabbahun — bihi )
2)o’xshatilgan narsa   (mushabbah)
3)o’xshash sifat    (vajhi shabah)
4)o’xshatish qo’shimchasi      (odati tashbeh)
   Bunda — dek, - day kabi qo’shimchalar , misli, go’yo,kabi, yang’lig’ so’zlari ishlatiladi.Masalan:       Til arslon turur, eshikda yatur,
                                       Aya evlug’, arsik bashingni yeyur.     (Yu.X.Hojib)
     Tashbehning turlari:
    1.Tashbehi sareh (tashbehi mutlaq, ochiq o’xshatish)
      Shahar chu do’zax kabi zindon edi,
      Tashqari bir ravzai rizvon edi.      ("œYusuf va Zulayho")
2.Tashbehi mashrut (shartli o’xshatish)
      Kimning himmati bo’lmasa, u o’lug,
      Ekagun ajunda bu bo’lmas ulug’.        (Yu.X.Hojib)
3.Tashbehi tafzil (chekinish yo’lib bilan o’xshatish)
     Sadoqatli xizmatkor bag’ir kabidir,
     Bag’irdan ham yaqinroq yurak qonidekdir.     (Yu.X.Hojib)
4.Tashbehi aks — bunda o’xshagan va o’xshatilgan narsa bir marta o’z holicha, ikkinchi marta bir-birlarining o’rni almashgan holda keladi.
5.Tashbehi muzmar (yashirin o’xshatish)     
      Jahon shoirlari,ey gulshani bog’,
      Kimi bulbuldurur so’zda, kimi zog’.     (S.Saroyi)
6.Tashbehi tavsiya (barobar o’xshatish) — bunda shoir iki predmet bir narsaga o’xshatiladi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Noyabr 2007, 18:48:31
Tazod (zid qo’yish,qarshilantirish) — baytda man’o jihatidan o’zaro zid, qarama-qarshi bo’lgan so’zlarni qo’llab, ta’sirchan badiiy timsolar, lavhal;ar yaratish san’ati.
  Misol:         Podshoh yo’qlatsalar nogoh, gado deb axtaring,
                     Tutmang hargiz nomini, baxti qaro deb axtaring.     (Muqimiy)
 
                   
                   Bugun ey do’stlar,farzandi jonimni sog’indim,
                  Gado bo’lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog’indim. (Uvaysiy)   

Tardi aks (teskari qilib takrorlash) — she’rning birinchi misrasida keltirilgan iki so’z yoki so’z birikmalarini keyingi misrada o’rnini almashtirib qaytarishdan iborat bo’l;gan she’riy san’atdir.
  Misol:     Erursen shoh — agar ogohsen, sen,
                 Agar ogohsen, sen — shohsen sen.         (A.Navoiy)

Ta’rix — bunda biror tarixiy shaxsning tug’ilgan yoki vafot etgan sanasi, biror muhtasham binoning qurilgan yili, biror mashhur kitob yozilgan payti yoki davri ochiq emas, bal;ki arab alifbosining maxsus harflari vositasida ifodalandiAalisher Navoiy vafoti  musibati bilan amondoshlari tomonidan yozilgan ta ‘rix quyuidagicha   
          Besh harf dediyu bo’ldi taslim,
          "œAlif", "œbe", "œto", "œso" , "œjim"
 Bunda Alif — 1, be — 2 , to — 400, so — 500, jim — 3  ni ifodalaydi.Bu raqamlarni bir-biriga qo’shsak, 906 hijriy yil paydo bo’ladi.906- yilni milodiyga aylantirsak, 1501 yil kelib chiqadi.

Tasbe — bunda baytdagi birinchi misra oxiridagi so’z ikkinchi misra boshida takrorlanadi.  Misol:         Kuchum yetguncha ko’p qildim, vafolar,
                                          Vafoli qulni asrar podsholar.                      (Xorazmiy)

Hasbu hol — yozuvchi yoki shoirning o’z ahvolini bayon qilishi, o’z turmushining qandayligidan hisob berish.Misol:  Mujrim Obid "œArzi ahvol"¦"

Husni ta’lil (chiroyli dalillash) — adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biror sabab ko’rsatish, she’rda biror voqeani unga dahli bo’lmagan hodisa bilan izohlash san’ati.
   Misol:         Garchi shuncha mag’rur tursa ham,
                       Piyolaga egilar choynak.
                       Shunday ekan,manmanlik nechun,
                      Kibru havo nimaga kerak?     (E.Vohidov)

Harf san’ati (Kitobat) — badiiy tasvirda arab alifbosidagi harflardan hoydalanish san’ati.

Qati’ — she’riy nutqni kesish usuli hisoblanadi.
  Misol:        Bir o’lka bor dunyoda biroq
                     Bitilmagan dostondir bori.
                    Faqat ojiz qalamim manim
                   O’zbekiston Vatanim manim.         (A.Oripov)



Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 05 Dekabr 2007, 14:47:51
Qaytarish san’ati (radd — ul ajuz il-as-sadr yoki radd — ul ajuz min —as sadr) — baytdagi mazkur o’rinlardan biridagi so’zning yana boshqa bir o’rinda takrorlanishiga asoslanadigan san’at.Uning quyidagi turlari bor:
1.Radd — us —sadr ilal —ibtido (bayt boshidagi so’zning ikkinchi misra boshida kelishi):
              Husnni to huvaydo qildi xoliq,
              Husn birla vafo bo’lmas muvofiq.      (Xorazmiy)

2.radd — ul — aruz ilal — ibtido (birinchi misra oxiridagi so’zning keyingi misra boshida kelishi):             
             Ne ravo bo’lg’ay bukim, mehrob ichinda o’lturub,
             O’lturadur men duochini ko’zung boqib turib.        (Xorazmiy)

3.Radd — ul — aruz ilal — ajuz (birinchi misra oxiridagi so’zning bayt oxirida kelishi):
             Kitobat boshladim anjoma yetgay,
             "œMuhabbatnoma" Misru Shoma yetgay.       (Xorazmiy)

4.Radus — sadr ilal — hashv (bayt boshidagi so’zning misra o’rtasida kelishi):             Gunah qildimki, hajringda tirildim,
                  Vale mendin gunah, sendin karamdur.         (Atoiy)

5.Radd — us — sadr ilal — ajuz  (sadrning ajuzda takrorlanishi):   
        Uqush bo’lsa asg’i edi — o’q o’qush,
           Qamug’ edg’ulik ulg’u — ul bu uqush.      (Yu.X.Hojib)

6.Raddul — hashv ilal ibtido (birinchi misra hashvidagi so’zning ibtido sifatida takror kelishi):
          Qali edguka bo’lsa, esiz eshi,
          Esiz baldi qilqi ul esiz tushi.        (Yu.X.Hojib)

7.Radd — ul hashv ilal hashv (birinchi misra o’rtasidagi so’zning keyingi misra ichida qaytarilishi):       
         Ul sanamkim suv yaqosinda paridek o’ltirur,
         G’oyati nozukligindin suv bila yutsa bo’lur.          (Atoiy)

8.Radd — ul hashv ilal ajuz (misra ichidagi so’zning keyingi misra oxirida kelishi):          Ula nang kishika yetur ham ichur,
             Seni nang kechurgay, ani sen kechur.             

9.Radd — ul aruz ilal hashv (birinchi misra oxiridagi so’zning keyingi misra ichida ham kelishi):       
          Nektu ter eshitkil kur erdamlug’ er,
          Bu erdam bila er tilak arzu yer.              (Yu.X.Hojib)

10.Radd — us sadr ilal aruz (bayt boshidagi so’zning birinchi misra oxirida kelishi):          Jamolingtek kishining yo’q jamoli,
              Dareg’o, bo’lmasa erdi zavoli              (Xorazmiy)

11.Radd — ul ibtido ilal hashv (ikkinchi misra boshidagi so’zning shu misra o’rtasida kelishi):         
         Bo’yung sarvu sanubartek, beling qil,
         Vafo qilg’on kishilarga vafo qil.              (Xorazmiy)

12.Radd — ul ibtido ilal ajuz (ikkinchi misra boshidagi so’zning bayt oxirida kelishi):         Bu dunya ishi ko’r o’yun — ul o’yun,
         O’yunqa qatilma nerak bu o’yun.             (Yu.X.Hojib)

   Qaytarish san’atida quyidagilarni bilish lozim: Sadr — birinchi misraning boshlanishi, aruz — birinchi misraning oxiri, ibtido — ikkinchi misraning boshlanishi, ajuz (zarb) — ikinchi misraning oxiri, hashv — misralarning o’rta qismi.Buni quyidagicha ko’rsatish mumkin:

SADR             HASHV         ARUZ
IBTIDO               HASHV         AJUZ (yoki zarb)

5- Mavzu:    Badiiy ijod usullari va badiiy asar tuzilishi
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 Dekabr 2007, 09:08:59
  Badiiy obraz yaratish usuli, ya’ni san’atkorning hayot dalillarini tanlash prinsipi badiiy umumlashtirish va badiiy tasvir usuli prinsiplari badiiy ijod usuli deyiladi. San’at va adabiyotda bir necha badiiy ijod usuli bor. Bulardan eng asosiylari  romantizm va realizmdir.
  ROMANTIZM — turmushning o’zidan ko’ra ko’proq turmush haqidagi orzularni tasvirlash hisoblanadi. Bu usul 3 xil bo’ladi:
1.Reaksion romantizm — bunda san’atkor tomonidan yaratilgan obraz, san’atkor dunyoqarashi va istaklari jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmay, balki jamiyatdagi o’z umrini tugatgan voqelikni tiriltirishga yoki umri tugab borayotgan narsalarni saqlab qolishga qaratilgan bo’ladi.
2. Progressiv romantizm — bu reaksion romantizmning teskarisi bo’lib, bunda eskilik va yangilik o’rtasidagi kurash tarixiy taraqqiyotga muvofiq tasvir etiladi.
3. Inqilobiy romantizm — bunda san’atkor o’z ijodida eski jamiyat tuzumini tubdan o’zgartirish g’oyasini ilgari suradi.
  Reaksion romantizm passiv, progressiv va inqilobiy romantizm esa aktiv romantizm deb ham ataladi.
  REALIZM — real voqealarni haqqoniylik bilan tasvirlash. Realist san’atkorlar hayotning xarakterli tomonlarini topa oladi va uni tipiklashtiradi. Tipik xarakterlarni tipik sharoitlarda haqqoniyat bilan tasvirlash realstik san’atning negizidir. Realizm lotincha "œmoddiy", "œ"hayotiy degan so’zdan olingan. Realizm ijodiy oqim sifatida badiiy asarda xarakter va voqealarni o’z ko’rinishida ko’rsatish demakdir. Realist adiblar quyidagilar: U.Shekspir, O.Bal’zak, L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, M.Sholoxov, A.Qodiriy, Oybek, A.Qahhor va boshqalar.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 Dekabr 2007, 09:10:11
Badiiy asar tuzlishi

  Personaj — bu atama badiiy asarda ishtirok etuvchi hamma shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Ko’pincha asardagi epizodik obrazlar personajlar deb yuritiladi.
  Obraz — keng ma’noda ijodkorning fikr — tuyg’ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatadi, tor ma’noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi. Obrazlar turli xil bo’ladi:
1.Realistik obrazlar — hayot haqiqatiga monand obrazlar.
2.Romantik obrazlar — hayotda aynan bo’lmagan, ammo bo’lishi orzu qilingan obraz.
3.Xayoliy — fantastik obrazlar — haddan tashqari bo’rttirilgan, ilohiylashtirilgan, mo’jizaviy xarakterga ega bo’lgan obrazlar.
4.Afsonaviy obrazlar — butunlay xayoliy bo’lib, ular bitmas — tuganmas kuch — qudratga , yuksak fazilatlarga ega bo’ladi.
5.Simvolik obrazlar — narsalar, o’zimliklar, jonivorlar, ranglar orqali ijtimoiy hodisalarni umumlashtiruvchi obrazlar.
6.Mifologik obrazlar — afsonalar asosida yaratilgan asotiriy obrazlar.
7.Satirik — yumoristik obrazlar kulgu bilan tasvirlangan obrazlar.
8.Bosh obrazlar — asar voqealari markazida turib, asar ziddiyatining hal etilishida yetakchi rol o’ynaydigan, syujet voqealarini harakatga keltiruvchi, yozuvchi g’oyasini ifodalaydigan obrazlar.
9.Ikkinchi darajali obrazlar — asar markazida turmasa ham, biror jihati bilan yozuvchi g’oyasini ifodalaydigan, uni to’ldirishga xizmat qiladigan obrazlar.
10.Epizodik obrazlar — voqealar zanjirida bir — ikki o’rindagina qatnashib, keyin tushib qoladigan obrazlar.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 Dekabr 2007, 09:10:54
  Xarakter (yunoncha xususiyat, belgi) — obrazning mukammallashgan ko’rinishi, turli xususiyatlari aniq ko’rinib turgan, yakka xususiyatlari kashf etilgan shakli. Xarakter qahramonning muhim xususiyatlarini aniqlaydigan asosiy belgilar majmui hisoblanadi. Adabiy qahramonga mansub ichki fe’l — atvor, fazilatlar, xususiyatlar birligi; qahramonning fikrlash tarzi, tabiati, his — tuyg’ularining, ma’naviy — axloqiy belgilarning namoyon bo’lishidagi o’ziga xosliklar; badiiy asarda harakat qiluvchi kishining, personajning individualigini ifoda etuvchi shaxs o’zligi estetikada va adabiyot ilmida umumlashtirilgan holda xarakter deb yuritiladi.
  Xarakteristika (yunoncha iz, nusxa,tamg’a) — xarakterning g’oyat mukammallashgan ko’rinishi, unga mos xususiyatlarni butun to’laligi bilan aks ettiruvchi shaxs obrazi. U muayyan tarixiy sharoitdagi jamiyatning butun bir sinfi yoxud butun bir toifasiga mansub bo’lgan kishilarning tipik xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan mukammal badiiy obraz hisoblanadi.

Tipiklik — tipik xarakterlarni tipik sharoitlarda yaratish, ma’lum davr va ijtimoiy guruh uchun xarakterli bo’lgan voqealarni tipik obrazlar orqali yoritish.

Kompozitsiya (lotincha tuzib chiqish, tartibga solish) — badiiy asardagi qismlar, obrazlar va badiiy vositalarning muayyan g’oyaviy maqsadga xizmat qiladigan tartibda joylashishi, ularning tasviridagi mezoni va muvofiqligi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 Dekabr 2007, 09:12:19
G’oya — asarlarning tasvir ob’ekti ustidan chiqarilgan "œhukm".

Epigraf (yunoncha yozuv) — adabiy asar sarlavhasidan so’ng yoki uning qismi yoxud bobining boshlanishida yozib qo’yiladigan sitata,ibora, maqol.

Syujet (fransuzcha narsa, predmet) — badiiy asarlarning bevosita mazmunini tashkil etgan, o’zaro boglangan va rivojlanib boruvchi hayotiy voqealar tizimi. Syujet xarakter bilan voqealar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. U quyidagilardan tashkil topadi:

1)Prolog (yunoncha avvalgi so’z, so’z oldi) — badiiy asardagi muqaddimaning bir turi.
2) Ekspozitsiya (lotincha tushuntirish) — syujetning kirish, boshlanish qismi voqealar yuz beruvchi o’rin — joy, asar qahramonlarining xarakterini shakllantiruvchi ijtimoiy muhit va shart —sharoitlar tasviri.
3)Konflikt (lotincha ixtilof) — asar syujeti asosida yotgan hayotiy ziddiyat. U dramatizmni kuchaytiradi va voqealar rivojiga turtki beradi.
4)Tugun — badiiy asarda voqea va qahramonlar o’rtasidagi ziddiyatning , asosiy voqealarning boshlanishi, badiiy asar syujetida ziddiyatlarning paydo bo’lishi, boshlanishiga sabab bo’luvchi voqea. Tugun ekspozitsiyadan o’sib chiqadi.
5)Voqea rivoji — tugundan so’ng asarda voqealarning kuchayib, keskinlashib borishi.
6)Kul’minatsiya (lotincha cho’qqi) — badiiy asardagi voqealar rivojining eng oliy nuqtasi, yuksak cho’qqisi, ish — harakat va kurashning g’oyat keskinlashgan o’rni.
7)Yechim — badiiy asar asosida yotgan ziddiyatning hal etilishi, xarakterlar kurashining yakunlanishi.
8)Epilog (yunoncha so’nggi so’z) — asar oxirida qahramonlarning keyingi taqdiri haqida ma’lumot beruvchi xotima hisoblanadi.

Keyingi mavzu : Adabiyotshunoslik atamalari
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 17 Dekabr 2007, 15:02:26
Adabiyotshunoslik atamalari
Adabiyotshunoslik — badiiy adabiyot to’g’risidagi fan. "œAdabiyotshunoslik" atamasi etimologik jihatdan "œadabiyot" atamasiga fors — tojikcha "œshinos" (yaxshi bilish) fe’li va o’zbekcha — lik affiksining qo’shilishidan hosil bo’lgan. U adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid deb nomlanuvchi 3 qismdan iborat.

Adabiyot nazariyasi — so’z san’atining mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlarini, kishilik jamiyatidagi o’rnini, o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi. U adabiyot haqidagi umumiy ma’lumot (adabiyotning mohiyati, sinfiyligi, obrazliligi va h.k.) adabiy asar haqidagi ta’limot (mavzu, g’oya. kompozitsiya) adabiy bosqichlar haqidagi ta’limoqdan iborat.

Adabiyot tarixi — so’z san’atining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixini tadqiqi etadi, adabiyot taraqqiyotini xronologik izchillik bilan, uning eng qadimgi yodgorliklaridan boshlab shu kunga qadar yaratilgan asarlargacha tekshiradi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 17 Dekabr 2007, 15:03:07
Adabiy tanqid — zamonaviy badiiy asarlarni xalq hayoti, uning hozirgi kundagi ehtiyoj va talablari jihatidan tadqiq etadi, baholanadi, nuqsonlarni aniqlaydi, yozuvchilarning ijodiy o’sishi va adabiyot ravnaqiga ko’maklashadi.

Antiklerikal adabiyot — umuman o’rta asr diniy taassublariga, xususan zohidlarga qarshi badiiy adabiyot.

Asar (arabcha) — adabiyotshunoslikka ma’lum g’oyaviy mazmunni tegishli badiiy shaklda tugal ifodalagan kichik lirik she’rdan boshlab yirik epik polotmoga qadar bo’lgan badiiy ijod mahsuloti.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 17 Dekabr 2007, 15:04:21
Anekdot (grekcha , bosib chiqarilmagan) — g’alati voqea, kulguli hodisa to’g’risida kichik va maroqli hikoya. Termin sifatida anekdot birinchi marta VI asrda Vizantiyada qo’llanilgan.

Aforizm (grekcha, qisqa, hikmatli so’z) — aniq va ixcham ifodalanib, tugal fikrni anglatuvchi hikmatli so’zlar.

Antologiya (grekcha) — qadimgi zamonda antic adabiyot namunalarini o’z ichiga olgan to’plamlar. Hozir ham shoirlarning tanlangan asarlari yoi biror xalq poesiyasining tanlangan namunalari to’plami antologiya deb nomlanadi.

Adabiy ertak — xalq ertaklarini qayta ishlash yoki mustaqil syujet asosida biror adib tomonidan yozilgan ertaklar: H.Olimjon "œOygul bilan Baxtiyor""¦

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:30:50
Adabiy yo’nalish — muayyan tarixiy davrda ijodkor konsepsiyasi, g’oyaviy — badiiy xususiyatlari va ijodiy prinsiplari bilan bir — biriga yaqin turgan bir necha yozuvchilar ijodidagi g’oyaviy — badiiy xususiyatlar — g’oya, mavzu, badiiy tasvir tamoyillari birligi. Misol: Realistik yo’nalish.

Adabiy oqim — adabiy yo’nalishga nisbatan torroq tushuncha bo’lib, muayyan g’oyaviy, ijodiy va estetik tamoyillarni o’zida mujassamlashtirgan adabiyot.

Badiiy adabiyot tili — adabiy til va so’zlashuv, ya’ni umumxalq tiliga asoslangan til. Bu til shoir va adiblar tomonidan pardozlangan, jilolangan poetik tildir.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:32:40
Badiiy adabiyotda mistifikatsiya hodisasi — "œmistifikatsiya" qadimgi yunoncha "œmistika" so’zidan olingan bo’lib, "œsirli - sehrli" degan ma’noni anglatadi. Adabiy mistifikatsiya badiiy tasvir usullaridan bo’lib, asarda muayyan maqsaddan kelib chiqib, hodisaga sirli tus berish, yo’q narsani bor deb o’quvchini ishontirishga urinishdir.

Badiiy asarning milliyligi — asarda xalq, millat turmushi manzaralarini, milliy urf — odatlarni, millat vakillariga xos xususiyatlarni jonli, hayotiy ifodalash, asarning ruhida, ichki mazmunida, so’zlash tarzida milliylikning namoyon bo’lishi.

Badiiy asar poetikasi — asarning tuzilisgi, syujet va kompozitsiyasi, til xususiyatlari, hikoya qilish yo’sini, ifoda tarzi, tasvir usullari va vositalari, ohangi va umuman uning badiiy olami. "œPoetika" so’zi yunoncha bo’lib, "œsan’at, badiiyat" ma’nolarini anglatadi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:35:30
Badiiylik — voqelikni obrazlar orqali aks ettirish.

Badiiy mukammallik — poetik mazmunning asardagi barcha badiiy shakl unsurlari bilan yuksak darajada mutanosib holda obrazli tarzda namoyon bo’lishi.

Badiha — maxsus tayyorgarliksiz, birdan aytilgan so’z, she’r, xalq qo’shiqlari, laparlari ko’pincha badiha tarzida yaratiladi.

Bayt (arabcha "œuy") — ikki misra she’r.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:38:24
Bayoz (arabcha "œoq" , "œoqlik") — she’rlar to’plami. Bunday to’plamlar ko’pincha bir necha shoirlarning she’rlaridan tuziladi. Bayoz odatda she’r ixlosmandlarining iltimosi yoki buyurtmasi bilan kotiblar tomonidan tuziladi.

Baxshi — xalq shoiri, oqin, oshiq, dostonchi va ertakchi. Xalq ijodkorlarini o’zbek xalqi baxshi va shoir, qozoq xalqi oqin, qoraqalpoqlar jirov, ozarbayjonlar oshiq deb ataydilar.

Bag’ishlov — shoirning o’z asari boshida uni kimga ataganini yoki qanday voqea sharafiga bag’ishlanganini ifodalab yozgan she’ri, lirik kirish — debocha.

Biografiya (grekcha turmushni yozaman) — kishining tug’ilgan kunidan boshlab o’tgan hayotidagi voqealarni izchillik bilan bayon etish, tarjimai hol.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Dekabr 2007, 09:41:35
Varvarizm (lotincha ajnabiy) — asar yozilgan tilga xos bo’lmagan va boshqa tillardan olingan chet tili so’zlari, iboralari.

Vul’garizm (lotincha dag’al) — adabiy tilda ishlatilmaydigan dag’al so’zlar, noto’g’ri tuzilgan jumlalar.

Gimn (grekcha tantanali qo’shiq) — qadimgi Gretsiyada afsonaviy xalq qahramonlari yoki xudolarni maqtab aytiladigan tantanali qo’shiq, she’r. Keyinchalik biror hodisa , shaxs yoki voqeani kuylovchi tantanali qo’shiqlar, millat, davlat va sinfning birligini ulug’lab kuylangan tantanali ashulalar ham gimn deb yuritila boshlangan.

Gumanizm (lotincha insoniy) — insonga muhabbat, odamgarchilik, kishiga g’amxo’rlik qilish va yordamga muhtoj odamlarni qo’llab — quvvatlash.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Dekabr 2007, 13:26:39
Devon  (arabcha to’plam) — biror shoir she’rlarining qofiya yoki radiflariga ko’ra alifbe sirasi bilan tartib etilgan to’liq to’plami. Devonga ko’pincha birinchi o’rinda g’azallar va qasidalar, oxirida esa fard va muammolar kiritilgan. Rasmiy mukammal devon tuzishda lirik turga mansub asarlar muayyan tartibda joylashtiriladi, har bir janrga mansub asarlar radifi tugagan harfga binoan qat’iy alifbo tartibida tiziladi, har bir harf turkumi Alloh, uning payg’a,bari, chahoryoru boshqa diniy siymo hamda iloniy tushunchalar madhiga bag’ishlangan asarlar bilan boshlanadi, bunday devonda maxsus debocha bo’lib, devon maxsus nomlanadi.
 
Debocha (forscha, zar va durlar qadab tikilgan ipak kiyim) — badiiy prozaning o’ziga xos turi, mumtoz adabiyotda shoirning o’z devoniga yozgan "œso’z boshi", "œkirish so’zi".

Detektiv adabiyot (lotincha, ochish) — ayg’oqchilarning myrakkab sarguzashtlarini hikoya qiluvchi romanlar, qissalar va hikoyalardan iborat adabiyot.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Dekabr 2007, 13:27:39
Dunyoviy adabiyot — diniy — mistik adabiyotga qaram — qarshi o’laroq, hayotga muhabbat bilan qarab, dunyoning nozu ne’matlaridan bahramand bo’lishga , yashashga chaqiruvchi, inson va hayot ishqini kuylovchi adabiyot.

Dialog — iki yoki undan ortiq kishining o’zaro suhbati.

Dramatik asar — sahnada namoyish etish uchun monolog va dialog shaklida bitilgan asar. Bunday asarlar pardalarga, pardalar ko’rinishlarga bo’linadi.

Drama — kulgili vaziyat yetakchilik qilmagan va qahramon yoki qahramonlarning halokati bilan tugamagan sahna asari. Dramaning lirik drama, ertak — drama, fantastik drama singari ko’rinishlari mavjud.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Dekabr 2007, 13:28:34
Dramaturgiya — mazkur turda yaratilgan barcha janrga xos asarlar majmui.

Didaktik adabiyot (yunoncha, ibratli, saboq bo’larli, nasihatomuz) — o’z oldiga axloqiy — tarbiyaviy hamda ma’rifiy muammolarni badiiy tarzda tasvirlashni maqsad qilgan adabiyot.

Yodnomalar (memuarlar) — muallifning o’zi qatnashgan yoki o’z ko’zi bilan ko’rgan o’tmish voqealari haqidagi hikoyasi. Bayon qilish shakli, izchilligi jihatidan yodnomalar kundaliklarga yaqin tursa, materaiali, uning ishonchliligi, badiiy to’qimaning yo’qligi jihatidan esa ilmiy asarlarga yaqin turadi. O’zbek adabiyotida memuarlarni asosan ikki — tarixiy —yodnoma va badiiy — yodnoma asarlarga bo’lish mumkin. Lekin tarixiy — yodnoma asarlarda badiiylik, badiiy — yodnoma asarlarda esa tarixiylik ham bo’lishi mumkin. Yodnomalarda muallif — hikoya qiluvchi shaxs ishtirokchi yoki shohid sifatida voqealar markazida turadi. "œBoburnoma" XVI asr boshlaridagi o’zbek tarixiy — badiiy yodnoma nasrining va eski o’zbek adabiy tilining nodir namunasidir. S.Ayniyning "œEsdaliklar" , A.Qahhorning "œO’tmishdan ertaklar", Oybekning "œBolalik" asarlari hozirgi zamon o’zbek badiiy — yodnoma adabiyotiga misol bo’la oladi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:34:21
Jangnoma asar — tarixiy va afsonaviy shaxslarning sarguzashtlari, vatan ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan jangu jadallarini ko’tarinki ruhda, mubolag’ali hikoya qilib beruvchi epik asar. Jangnomalar, asosan, nasriy, ba’zan nasr va nazm aralashgan shaklda bitilgan. Jangnomalar xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyot o’rtaisda turuvchi janr hisoblanadi. O’zbek, fors — tojik xalqlari o’rtasida "œJangnomai Amir Hamza", "œJangnomai Jamshid", "œJangnomai Sayyid Battoli G’oziy", "œAhmad Zamjiy", "œRustami doston" , "œAbu Muslim jangnomasi", "œHushang", "œMusaybnoma", "œShohnomai Turkiy" kabi ma’lum va mashhur jangnomalar keng tarqalgan.

Zarbulmasal (masal orttirmoq, masalni masalga qo’shmoq) — maqol, matal va ramzli hikoya ma’nosini anglatuvchi so’z. Zarbulmasal maqol va matal keltirish ma’nosida ishlatiladi.

Ideal (grekcha, g’oya, tasavvur, tushuncha) — kishi qo’lga kiritishi mumkin bo’lgan biror sohadagi o’sish — rivojlanishining eng yuqori bosqichi, orzu qilingan olijanob narsa va yaxshi niyatlar. Ideal qahramon — kishilarga o’rnak bo’ladigan va ahrakatlari bilan ilg’or adabiyot arboblarining olijanob insoniy ideallarini ifoalash va targ’ib etgan ijobiy obraz
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:35:15
Ideologiya — siyosat, fan, axloq va adabiyotda ifodalangan muayyan qarashlar, tushunchalar, g’oyalar tizimi.

Ir (yir) — g’azal, maqom, kuy o’rnida ishlatiladigan so’z.

Ilmiy she’riyat — biror narsa va hodisa haqidagi qarashlarni, nazariy izlanishlarni nazmda(she’riy shaklda) bayon qilish. Misol: Gorasiy "œShe’riyat ilmi", Munis "œSavodi ta’lim".

Komediya — kulgili voqealar tasvirlanadigan dramatik asar. Komediya so’zi yunoncha "œKomos oda", ya’ni xushchaqchaq to’da qo’shig’i so’zlaridan olingan. Komediya uchun asosiy bo’lgan xususiyat voqelikni, insonlar o’rtasidagi munosabatlarni hajviy idrok etish va kulgili yo’sinda tasvirlash hisoblanadi. Komediya dastlab Gretsiyada eramizdan oldingi V — IV asrlarda yuzaga kelgan bo’lib, uning asoschisi Aristofandir. O’zbek komediyasi xalq o’rtasida muqllid, taqlid kabi janrlar sifatida uzoq zamonlardan mavjud edi. Biroq haqiqiy komediya janri XX asr boshlarida yuzaga keldi. Komediyaning o’zi ham fars (unga keng ommaviylik, hajviy ruhning ustunligi, fikrni  erkin bayon etish xos), vodevil (unda voqealar tez kechadi, kutilmagan yechim bo’ladi, vatanparvarlik, inqilob g’alabasi kuylangan), hazil singari qator janrlarga bo’linadi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 Yanvar 2008, 12:36:51
Klassik adabiyot (lotincha birinchi darajali so’z) — o’tmishning va hozirgi zamonning g’oyaviy — badiiy jihatdan yuksak, namuna bo’la olguvchi adabiyoti. Bu adabiyot mumtoz adabiyot deb ham yuritiladi.

Libretto (italyancha kitobcha) — katta musiqali sahna asari — opera, operetta uchun yozilgan badiiy asar matni.

Lirik parcha— epik asarlarda voqealar mazmunga g’oyaviy xulosa yasaydi, lirik asarlarda shoirning o’z qahramonlariga bo’lgan munosabatini ochib beruvchi parcha. Lirik parchalar asarning boshida, o’rtasida va oxirida kelishi mumkin.

Lirik qahramon — o’y — fikri, his — hayajonlari va kechinmalari lirik she’rda ifodalangan shaxs obrazi. Lirik qahramon deganda dastavval shorining o’z obrazini ko’zda tutamiz.


Lirik kirish — asar yoki epizodning boshida keluvchi lirik parcha.


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:22:14
Lirik chekinish — muallif nutqining bir turi bo’lib, voqealar davomida keladigan lirik parcha. Muallif tili yoki nutqi ba’zan asarda qalamga olingan voqea bayoni bilan bog’lanmay qoladi, muallif voqea bayoni va kishilar xarakterini tasvirlashdan chekinib, o’zida tug’ilgan fikr, his va hayajonni lirik ifodalashga beriladi.

Lirik xotima — asar yoki epizodning oxirida keladigan lirik parcha.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:22:58
Ma’rifatchilik adabiyoti — kishilarni o’qish va bilim olishga da’vat etguvchi adabiyot. O’zbek adabiyotida ma’rifatchilik yo’nalishi dastlab Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O’tar, Dilshodi Barno, Anbar Otin singari adiblar ijodida ko’ringan.

Majoz — adabiy asarda o’quvchiga noaniq bo’lgan tushunchani ko’pchilikka ma’lum bo’lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash.

Memuar (fransuzcha, esdaliklar, xotiralar) — yozuvchi o’zi ishtirok etgan yoki shohidi bo’lgan voqealarni jonli tasvirlagan esdaliklar tarzida yozilgan asar. Misol: "œBoburnoma".
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:24:07
Misra ( arabcha, "œeshikning bir tabaqasi") — bir qator she’r.

Modern adabiyot — "œmodern" so’zi fransuzcha bo’lib, "œyangi, zamonaviy" degan ma’nolarni bildiradi. Modern adabiyotda hayot haqiqatiga rioya qilish muhim hisoblanmaydi. Modern yozuvchilar uchun tasvirning hayotdagiga, borliqdagiga o’xshashi emas, balki odamning ichki olamini,ruhiy kechinmalarini aks ettirishi muhim sanaladi. Modern adabiyotda deyarli hech narsa o’z oti bilan atalmaydi.

Motiv — ijodkor ijodi yoki muayyan asarning asosiy g’oyasi, mavzusini to’ldirishga xizmat qiluvchi qo’shimcha mavzu yoki g’oya.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:25:50
Monolog — badiiy asarda ishtirok etgan shaxslarning o’z — o’ziga yoki o’zgalarga qaratilgan nutqi. Monolog ichki va tashqi bo’ladi.

Munshaot (arabcha, yozilganlar) — yozuvchi tomonidan yozilgan maktublar, xatlar.

Mushoira (arabcha, she’r aytishuv) — shoirlar aytishuvi, musobaqasi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 10 Yanvar 2008, 11:26:45
Munojot (arabcha, yalinish) — go’yo "œgunohkor" bandaning najot umidi bilan qilgan lirik murojaati, tavba va iltijolari.
Munozara — asar qahramonlarining o’zaro tortishuvi, bahsi asosiga quriladigan adabiy janr. Munozaradagi ishtirokchilar asosan ramziy (kinoyaviy) xususiyatga ega bo’ladi. U she’riy yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin. Yusuf Amiriyning "œBang va Cho’gir", Yaqiniyning "œO’q va yoy", Nishotiyning "œShahboz va Bulbul", "œGul va Daf", "œBinafsha va Chang" munozaralari bu janrning o’zbek adabiyotidagi go’zal namunalaridir. Ammo Mahmud Koshg’aqiyning "œQish bilan yoz" munozarasi bu janrning eng qadimgi namunasi ekanligi alohida ahamiyatga ega. Munozara janridagi asarlar ko’proq jonlantirish san’ati asosiga quriladi.

Na’t — katta she’riy — epik asarlarda "œhamd", "œmunojot"dan so’ng payg’ambarlar sha’niga aytilgan an’anaviy she’r.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:14:20
Novella (italyancha, hikoya) — hikoya hisoblanadi.

Nutq (arabcha) — kishilarning ijtimoiy aloqa quroli bo’lgan tildan foydalanib, xususiy suhbatda, umumiy majlis, uchrashuv va yig’ilishlardagi gapi yoki o’qib eshittiradigan so’zlari. Nutq ma’lum bir maqsad bilan so’zlanadi.

Nasihatnoma — biron tarixiy shaxs yoki muallifning o’ziga yaqin kishilariga bag’ishlab yoki o’z zamondoshlarini ko’zda tutib nasihat shaklida yozgan asari.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:15:15
Obrazli ifoda — narsa, hodisa va insonning muayyan vaziyatdagi holati, o’ziga xos xususiyatlarini yaqqol tasavvur etishga imkon beradigan shoirona ibora. Misol:     Kumush qishdan, zumrad bahordan,
                Qolishmaydi kuzning ziynati.             (Uyg’un)

Ocherk — epik tur janrlaridan biri bo’lib, voqea — hodisalarni, turmush dalillarini va aniq kishilar faoliyatini aynan tasvirlaydi. U ma’lum bir tarixiy davrda yuz bergan real tarixiy voqealar, real qahramonlar hayoti va faoliyatini aniq hujjatlar asosida yoritib beruvchi publisistik janrdir. Shuning uchun ocherk "œhujjat adabiyoti" deb ham yuritiladi. Ocherkda badiiy to’qimaga keng yo’l qo’yilmaydi.

Pandnoma asar — axloq — odob, urf — odat va boshqa insoniyt xislatlar targ’ib qilingan, o’git — nasihat beruvchi kichik — kichik hikoyatlardan iborat asar. Misol: "œQobusnoma", "œQutadg’u bilig", "œHibatul haqoyiq", "œGuliston" va h.k.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:16:09
Pafos (grekcha, hissiyot, ehtiros) — jo’shqinlik hisoblanadi. Asar pafosi yozuvchini maftun etgan va butun asarga singib ketgan g’oya, his va hayajonlardir.

Pamflet (inglizcha qo’ldagi varaq) — biror ijtimoiy tuzum voqelik va siyosiy partiya faoliyati, dasturi ustidan o’tkir hajv orqali kuluvchi kichik satirik asar.

Poema (grekcha) — liro — epik janrlardan biri bo’lib, she’riy rivoyat, she’riy qissa yoki she’riy hikoya hisoblanadi. Poemada shoir o’z qahramonlarining ish — harakatlari va kechinmalarini ifodalaydi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:16:51
Parodiya (grekcha, zid qo’yish) — satirik ijodning bir turi bo’lib, odatda, yozuvchi ijodi yoki alohida asarning kulguli yoki yaramas tomonlarini ko’rsatuvchi she’riy yoxud nasriy asar hisoblanadi.

Poetika (grekcha) — badiiy adabiyot haqidagi ilm, adabiyot nazariyasi, adabiyot qoidalari. Poetika she’riyat, she’r tuzilishining xususiyatlari ma’nosida ham qo’llanadi.

Proza (lotincha, bevosita qaratilgan nutq) — vazn va qofiyasiz, oddiy nutq bilan yozilgan badiiy nasriy asar.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:17:32
Prototip (yunoncha, ilk, dastlabki nuqta, nishona) — badiiy umumlashtirilgan obraz, tip yaratishga asos, manba bo’lgan, hayoti va xarakteri yozuvchi tomonidan asar qahramoni qiyofasida mujassamlashtirilgan aniq hayotdagi kishi, konkret shaxs.

Peripetiya — yunon tilidagi "œkutilmagan burilish" degan ma’noni anglatuvchi bu so’z antik davr dramaturglari va adabiyot nazariyotchilari tomonidan tragediyalardagi voqea yo’nalishining kutilmaganda birdan qarama — qarshi tomonga harakatini anglatuvchi ma’noda ishlatilgan. Peripetiya — antik davr fojianavislarining asarlarida mo’l qo’llanuvchi adabiy usul, san’atlardan biri.

P’yesa (fransuzcha, butun yoki umum) — xilma — xil sahna asarlari (tragediya, komediya,drama va boshqalarning ) umumiy nomi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:18:08
Publitsistika (lotincha, ijtimoiy) — keng ma’noda ijtimoiy — siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlar. Tor ma’noda davlat va jamiyat hayoti masalalariga bag’ishlangan ijtimoiy — siyosiy va ilmiy adabiyot.

Radif (otning orqasiga ergashib boruvchi, izma — iz keluvchi) — qofiyadan so’ng butun she’r davomida aynan takrorlanib keluvchi so’zlar va so’z birikmalari. She’rda ifodalanayotgan yetakchi fikrni ta’kidlash, o’quvchi e’tiborini asosiy g’oyaga jalb etib, shoirning g’oyaviy niyatini o’quvchi qalbiga to’laroq yetkazish maqsadida xizmat qiladigan va aynan takrorlanadigan so’z va so’zlar birikmasi radif deyiladi.
 Masalan:        Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,
                         Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.     (Bobur)

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:18:51
Raviy — so’z o’zagidagi qofiya asosini tashkil etadigan tovush. Masalan, "œko’zimdan", "œyuzimdan", "œo’zimdan" so’zlaridagi "œz" tovush raviydir.

Ramz — anglash murakkabroq bo’lgan mavhum sifatni shu sifatlarga ko’proq ega bo’lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalanadi.

Remarka (fransuzcha) — dramatik asarlarda muallif tomonidan beriladigan izohlar.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:19:36
Replika — dramada qahramonlar nutqi.

Risola (arabcha, tadqiqot, ma’ruza) — fan, adabiyot va san’atning biror sohasi yoki masalasiga oid, ilmiy, ilmiy-metodik xarakterdagi qo’llanma, kitob.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 18 Yanvar 2008, 16:20:39
Roman ("œyangi" degan ma’noni bildiradi) — epik nasr usulida yozilib, hayot keng qamrovda ko’rsatiladi, hajm jihatdan hikoya,qissa va boshqa janrlardan ajralib turadi. Lotin tilida yozilgan asarlardan farqli o’laroq roman tillarida (fransuz, nemis va boshqalar) yozilgan har qanday asar dastlab roman deb atalgan. Keyinchalik markazida alohida bir shaxs taqdiri turgan, shu shaxs xarakterining shakllanish va rivojlanish jarayoni tasvirlangan asarlar roman deb yuritila boshlagan.
  Romanlar qamroviga, tuzilishiga, hajmiga ko’ra 3 xil ko’rinishda bo’ladi:
1.Dilogiya — ikki kitobdan iborat bo’ladi. Misol: P.Qodirov "œYulduzli tunlar" va "œAvlodlar dovoni". O’zbek adabiyotidagi birinchi roman — dilogiya Cho’lponning "œKecha va kunduz" romanidir.
2.Trilogiya — uch kitobdan iborat bo’ladi. Misol: S.Ahmad "œUfq" (a) "œQirq besh kun", (b) "œHijron kunlarida", (c) "œUfq bo’sag’asida".
3.Epopeya — necha kitobdan iborat bo’lishiga qaramaydi, uning asosiy belgisi hayotni katta oqim sifatida ko’rsatish, bosh qahramon butun xalq bo’lishidir. S.Ayniyning "œQullar" romani o’zbek adabiyotidagi birinchi epopeya hisoblanadi. Epopeyalarga misollar: M.Avezov "œAbay", Tolstoy "œUrush va tinchlik" va boshqalar.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 11:59:37
Satirik asarlar — ayrim shaxslarning illatklarini kulguli tarzda keskin fosh etuvchi badiiy asarlar. Masalan: S.Ahmad "œQoplon" hikoyasi

Satira — hayotning ma’lum tomonidan yo ayrim guruh va shaxslarning yaramas salbiy xislatlaridan achchiq kulib va uni tanqidiy tasvirlab yozilgan hajviy asar. Satirada ijodkorning mavzuga qarashi o’z sezgi, his 0- hayajonlaridan ustun turadi.

Soqiynoma — Sharq mumtoz adabiyotidagi she’r shakllaridan biri.

Sayohatnoma — sayohat taassurotlari va tafsilotlarini tasvir etuvchi badiiy asar.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:02:16
Taxallus (grekcha, yolg’on ism) — muallif o’zining haqiqiy ismi o’rnida qo’llaydigan imzo, ism.

Takshut — turkiylarda she’r, bayt, nazm, manzuma ma’nolarida qo’llanuvchi so’z.

Tasavvuf — diniy va dunyoviy ta’limot bo’lib, undagi asosiy shior bo’lgan "œMo’minning mo’minga zulmi haromdir" qabilidagi shirlar Qur’on oyatlariga asoslangan. Ilmda tasavvuf tarixidagi ikki bosqich, zohidlik va oriflik ajratiladi. Zohidlik davriga xos xususiyat Olloh yo’lida toat — ibodat qilish va farzdir. Ibrohim Adham, Hasan Basriy, Abdulloh Muborak shu oqim vakillaridandir. IX asr o’rtalaridan oriflik davri boshlanadi. Endilikda xonaqohlar vujudga kelib, unda nazariy-ilmiy jihatdan ham yuksalish davri kuzatiladi. Tasavvuf insonning ma’naviy kamolotga erishish yo’lidir. Bu yo’l to’rt qismga ajraladi:
1.Shariat (ma’naviy komillikning ilk bosqichi)
2.Tariqat ("œyo’l", tasavvufning amaliy qismi). U albatta ustoz (pir, murshid) bilan egallanadi.
3.Ma’rifat ("œbilmoq", bu bosqichga erishgan zohid dunyoning hamma jismida, har bir voqea — hodisada Olloh iroasini, uning sifatlarini ko’ra oladi. Ammo bu hali o’zlashtirishning aql bilan bog’langan bosqichi).
4.Haqiqat (tasavvufning eng yuqori — oliy bosqichi). Haqiqat yo’li "œSuluk", bu yo’lga kirgan inson "œSolik" ("œSolih") deb, birlik, Olloh bilan birlashish yo’li esa vahdat deb ataladi.

Tasavvuf oqimi o’z adabiyotni ham yuzaga keltirdiki, Muhammad G’azzoliy, Yusuf Hamadoniy singari allomalar uning nazariy asoslarini yaratdilar. Turkiy adabiyotda tasavvuf ta’limoti Yusuf Xos Hojibning "œQutadg’u bilig" asaridan boshlab ifodalana va rivojlana boshlagan. Ahmad Yugnakiy va Ahmad Yassaviylar ham tasavvuf adabiyotining zukko bilimdonlaridir.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:02:50
Tazkira (arabcha, zikr qilmoq) — shoirlarning hayoti va ijodi haqida ma’lumot, asarlaridan qisqacha namuna va tahlillar keltirilgan majmua. Birinchi tazkira hisoblanadigan Abu mansur as — Saolibiyning "œYatimat ud — dahr fi mahosini ahli asr" ("œZamona ahlining fazilatlari haqida yagona durdona") asari (XI asr), Muhammad Avfiyning "œLubobul — albob " ("œMag’izlarning mag’izi", XIII asr), Davlatshoh Samarqandiyning "œTazkirat ush - shuaro" (XV asr), turkiy adabiyotdagi birinchi tazkira A. Navoiyning "œMajolis un - nafois" (Nafis majlislar, XV asr), Hasanfoja Nisroyning "œMuzakkiri ahbob" (1566 yil), Maleho Samarqandiyning "œMuzakkirul - ashob" ("œSuhbatdoshlarning zikri, XVIII asr", Fazliy Namangoniyning "œMajmuatush - shuaro", XIX asr va shu kabi boshqa asarlar tazkirachilikning yaxshi namunalaridir.

Tragediya (yunoncha, echki qo’shig’i) — qahramonlarning boshiga tushadigan eng og’ir holatlarni bo’rttirib ko’rsatish yo’li bilan hayotda hamisha mavjud bo’lgan fojeaviylikni yorqin tasvirlaydigan asar. Yunonistonda milodgacha bo’lgan antik — qadimgi davrda har yil fevral oyida hosil va may xudosi — Dionis sharafiga xalq bayramlari o’kazilgan. O’sha tantanalarda Dionis kiyimidagi kishi tushgan aravaning orqasidan bir to’p qiziqchilar ergashib yurishgan. Ular o’sha davr odatiga ko’ra echki terisini yopinib olishgan. Bularni "œtragoslar" deb atash rasm bo’lgan. Keyinchalik bu atama adabiyotga ko’chib, o’zining asl ma’nosidan uzoqlashgan. Birinchi tragediyaning vatani ham Yunoniston bo’lib, "œtragediya otasi" Esxildir (er. Avv. VI — V asr). Misol: Shekspir "œOtello", "œHamlet", Pushkin "œBoris Godunov", Fitrat "œAbulfayzxon", M.Shayxzoda "œMirzo Ulug’bek".
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:03:41
Tarixiy romanlar — voqea — hodisalari va qahramonlari uzoq hamda yaqin o’tmishdan olib yozilgan, qalamga olingan davr va shaxslar haqida haqiqiy tasavvur beruvchi romanlar.

Tarixiy — biografik roman — birgina tarixiy shaxs hayoti asos qilib olingan roman.

Tarixiy — inqilobiy roman — inqilobiy davr voqealari asos qilib olingan roman. Misol: Oybek "œQutlug’ qon".

Tarixiy — avtobiografik roman? — yozuvchining o’z hayoti asos qilib olingan roman.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:04:27
Tragikomediya (jiddiy komediya) — tragediya xususiyatlari va komediya elementlari birgalikda aks ettirilgan asar. Misol: Sh. Boshbekov "œTemir xotin".

Faxriya — shoirning o’z ijodi bilan faxrlanib aytgan so’zlari.

Fantastik asar — faraz, xayol, tasavvur qilish orqali ilmning so’nggi yutuqlariga tayanilgan holda yaratilgan asarlar. Gerbert Uells, Jyul Vern, Aleksey Tolstoy, Aleksandr Beleyev kabi yozuvchilar bu sohada mashhurdirlar.

Firoqiya (arabcha) — sharq mumtoz adabiyotidagi ayriliq, hijron alamlarini ifodalagan, yor va diyorni qo’msab aytilgan lirik she’rlar.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:05:00
Sharh — biror asar yoki uning ma’lum bir qismini, ifoda va iboralarini tahlil va talqin etish, ba’zi o’rinlariga izoh berish, sharhlash.

Shlok — "œManzuma", "œmadhiya" ma’nolarida ishlatiladigan so’z.

Shohbayt — she’rdagi mazmun va g’oyani umumlashtirgan bayt. Unda oldingi satrlardagi fikrlar tadriji oliy nuqta ko’tariladi. Misol:
          Ishq aro shohu gado tengdur, gado balki fuzun,
          Gar gadolig’ aylar o’lsa ishqning yag’mosidin.         A.Navoiy.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:06:26
Epigramma — kinoyali she’r.

Ekloga — qishloq hayoti haqidagi she’rlar.

Elegiya — g’amgin she’rlar.

Epitafiya — biror shaxsning o’limi munosabati bilan yozilgan she’rlar.

Epizod (grekcha voqe bo’lgandan ziyod) — poema, povest, roman, dramalar syujetida o’zaro bog’lanib kelgan va ma’lum darajada mustaqil ahamiyatga ega bo’lgan voqea, asardagi ma’lum bir lavha, vaziyat.

Esse (lotincha, chamalayman) — erkin kompozitsiyaga ega bo’lgan, shaxsiy mulohaza va qarashlarini ifodalovchi asar.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:08:26
Yumor — birmuncha yengil tanqidga asoslangan kulguli asar. Bunda kulgu illatning o’zidan qo’zg’otiladi. Misol: S.Ahmad "œSobir" hikoyasi.

Qissa — hayot va qahramonlarni aks ettirishdagi kenglik, chuqurlik, batafsillik jihatidan hikoya bilan romanning o’rtasida turadigan janr. Misollar: "œYulduzlar mangu yonadi", "œGulliverning sayohatlari", "œOq kema" va boshqalar.

Qofiya — she’riy misralarning muayyan bir o’rinda, ko’proq misra so’nggida so’zlarning ohangdosh bo’lib kelishi. Qofiya so’zi "œErgashtiruvchi" degan ma’noni bildiradi. Misol: "œqon", "œfig’on", "œosmon" so’zlari qofiyadosh so’zlardir. Ba’zan qofiyalarda ulash (vasl) ham bo’ladi. Masalan: "œko’zimdan", "œyuzimdan", "œo’zimdan" so’zlaridagi "œim" qo’shimchasi  qofiyadagi ulashdir
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 24 Yanvar 2008, 12:10:00
G’oya — hayot hodisalari haqida kishilarning tasavvurlari va o’sha hodisalarga munosabatlarini ifodalagan tafakkurlari.

Hikoya — kichik epik janr bo’lib, hayot hodisalari izchil ifoda etiladi va birgina voqea asosiga quriladi. O’zbek adabiyotida hikoya qadimda "œhikoyat" nomi bilan ham yuritilgan. Bu janrning zamonaviy namunalari bizda XX asr boshlarida paydo bo’ldi. Misol: A.Qodiriy "œJinlar bazmi", Cho’lpon "œNovvoy qiz", A.Qahhor "œO’g’ri", "œBemor", "œDahshat", G’G’ulom "œMening o’g’rigina bolam", O’. Hoshimov "œUrushning so’nggi qurboni" va boshqalar.

Hamd (arabcha, maqtash) — o’tmishdagi adabiyotda xudo maqtoviga yozilgan alohida lirik she’r.


Keyingi mavzu:  O’zbek Adabiyoti tarixi:  Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:28:55
O’zbek adabiyoti tarixi
9-mavzu. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.

  Dastlabki yozma manbalar VI — VII asrlarga tegishlidir. Ular O’rxun — Enasoy obidalari nomi bilan mashhur bo’lib, sug’d, turkiy run, arab va uyg’ur yozuvlaridagi bitiklardir. M. Koshg’ariy uyg’ur yozuvi haqida : "¦ barcha xoqonlar va sultonlarning kitoblari, yozuvlari qadimgi zamonlardan shu kungacha Qashqardan Chingacha hamma turk shaharlarida shu yozuv bilan yuritiladi", - deb yozgan edi. Bu yozuv hatto arab yozuvi bilan yonma — yon holda XV asrgacha, Xitoydagi uyg’urlar orasida esa keyingi asrlarda ham iste’molda edi. U so’g’d yozuvi asosida shakllangan bo’lib, unda 18 ta harf bor. Uyg’ur yozuvi o’ngdan chapga qarab yozilgan. Mazkur yozuvda buddaviy, moniy, xristian dinlariga oid axloqiy — ta’limiy asarlar, yuridik — huquqiy va moliyaviy hujjatlar saqlanib qolgan. X asrda Beshbaliq (Sharqiy Turkiston) shahrida yashagan Singku Seli Tutung "œOltin yorug’" asarini xitoy tilidan tarjima qilgan. Bu asar tarjimasi ham uyg’ur yozuvida bitilgan. Shuningdek, "œO’g’uznoma", "œMuhabbatnoma (Xorazmiy), "œLtofatnoma" (Xo’jandiy), "œMahzanul-asror" (Mir Haydar) va boshqa ko’pgina asarlarning uyg’ur yozuvdagi nusxalari ham mashhurdir.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:31:07
O’rxun — Enasoy yodgorliklarining topilishi va o’rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov, shved zobiti Ioann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga taqdim qilgan edilar. Daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklaridagi barcha harflarini o’qidilar. Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan o’rganmoqda. V. Tomson va Radlovlarda keyin S. Y. Malov, S. Y. Klyashtorning I. V. Stebleva, X. O’rxun, T. Tekin, Najip Osin, G. Aydarov o’zbek olimlaridan A. Ruastamov, R. Abdurahmonov, N. Rahmonovlar o’rganishgan. Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Bu yodgorliklar o’zbek tiliga bir necha marotaba o’girilgan. A. P. Qayumov "œQadimiyat obidalari" kitobida, G’ Abdurahmonov va A. Rustamovlar "œQadimgi turkiy til" kitoblarida o’sha yodgorliklardan namunalar keltirishgan. Ularning qog’ozga turli buyumlarga yozilgan namunalari ham bor. Run yozuvlari Talas vodiysidan ham topilgan. U hozirgi Avliyoota va Taroz shahri yaqinida bo’lgan qoyalardagi yozuvlardir. Shuningdek, kumush ko’zalarga yozilgan runiy yozuvlar Sibir o’lkasidan ham topilgan. Ermitaj (Sankt — Peterburg) da saqlanayotgan 2 ta ko’zacha shu haqida ma’lumot beradi. Minusinsk muzeyida esa teriga yozilgan runiy bitiklar mavjud. Oyna, qayish to’qasi, qog’ozga yozilgan boshqa runiy yozuvlar ham ko’pdir. Turfon (Sharqiy Turkiston) dan Le Kok tomonidan topilgan runiy yozuvlar orasida eski fors tilidagi bitiklar ham mavjud. Vena (Avstriya) muzeyida saqlanayotgan oltin idish-tovoqlarda ham runiy yozuvidagi yodgorliklar bo’lib, ular bajnoq (pecheneg) tilida yozilgan. Yog’ochga yozilgan run bitiklari Ermitajda saqlanadi. O’rxun — Enasoy obidalarida nasr usuli yetakchilik qilib, ular syujetning o’ziga xos shakliga ega, tasvirdan ko’ra bayonchilik yetakchilik qiladi. Bitiktoshlarning asosiy mavzusi vatanparvarlik va qahramonlikdir. Qahramonlar ichki olami ularning ruhiy dunyosi tasviri hali ancha sodda tarzda namoyon bo’ladi. Bu mavjud an’analar hamda ijodiy tajribalarning o’sha davralardagi holati bilan izohlanadi. Qadimgi turkiy she’riyat asosida barmoq vaznida bitilgan. She’rlarda so’zlar takrori asosiy o’rin turib, bandlarning rang — barangligi ko’zga tashlanadi. Qofiyalarda fe’l so’z turkumiga oid so’zlar ko’proq uchraydi, bu turkiy tilining gap qurilishiga bog’liq. Keyingi asrlarda qadimgi an’analarning yangicha shakl va usullarda namoyon bo’lishini kuzatish mumkin.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 29 Yanvar 2008, 12:35:16
Eramizdan oldingi V asr oxiri va VI asr boshlarida yashagan Ktesiy (430 — 354 yillar) ham bir rivoyatni yozib qoldirgan. Uning ma’lumotlari tarixchi Apellodor (er. Avv. I asr) ning "œTarixiy kutubxona" asari orqali yetib kelgan. Bayondan ko’rinishicha, "œZarina va Stryaingiya" rivoyatining mazmuni "œTo’maris" rivoyatiga yaqin keladi. Eramizdan avvalgi IV asrda yashagan tarixchi Xores Mitilienskiy orqali "œZariadr va Odatida" afsonasi yetib kelgan. O’z tarjimalari bilan turkiy adabiyotga hissa qo’shgan adib Singku Seli Tutung bo’lib, u "œOltin yorug’" asarini nasriy usulda xitoy tilidan tarjima qilgan. Bu asar X asrda Beshbaliqda yaratilgan. Bizgacha Aprinchur Tegin, Kul Tarxon, Singku Seli Tutung, Pratyya — Shiri, Asig Tutung, Chusuya Tutung, Kalim Keysi, Chuchu, Yo’llug’ Tegin kabi qadimgi ijodkorlarning nomlari yetib kelgan. Bulardan Aprinchur Teginning she’rlari Turfon matnlari orasida mavjud bo’lib, u moniylik dini g’oyalarini ifodalaydi. Uning "œBizning tengrimiz"¦" deb boshlanuvchi she’ri 12 misradan iborat bo’lib, to’rtliklar shaklidadir. Eng qadimgi she’riy asarlar muayyan urf — odatlar, marosim va e’tiqodlarga bog’liq holda yaratilgan. Masalan, "œTong tangrisiga madhiya" deb nomlanuvchi she’r qadimgi she’riyatning o’ziga xos namunasi bo’lib, unda so’zlar takrori yetakchi mavqe tutadi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 06 Fevral 2008, 11:34:18
                                                   "Avesto"

"œAvesto" O’rta Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Avestoda ham turkey, ham eroniy xalqlar dunyoqarashi, urf-odatlari,yashash tarzlariga oid ma’lumotlar uchraydi. U zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lib, undagi ma’lumotlarning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-1000 yillarga taalluqlidir.Ular "œGotlar" va "œYasht"lar deb nomlangan. Beruniy (973-1048 y) "œQadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida: "œPodshoh Doro ibn Doro xazinasida "œAvesto"ning 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtdan buyon "œAvesto"ning beshdan uch qismi yo’qolib ketdi. "œAvesto" o’ttiz "œnask" edi. Majusiylar qo’lida o’n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur’on bo’laklarini haftiyaklar deganimizdek, nask "œAvesto" bo’laklaridan har bir bo’lakning nomidir" deb ma’lumot bergan. "œAvesto" o’sha davrlar tarixi, fan, madaniyati haqida ma’lumot beruvchi qomusiy asar bo’lib, pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Uning qisqartirilgan nusxasi "œZand Avesto" nomi bilan mashhur. "œAvesto"da olam ikki asos, ya’ni yorug’lk va zulmat, yaxshilik va yomonlikning kurashidan iborat, deb izohlanadi. Yaxshilik va ezgulik xudosi Axuramazda (Hurmuzd) bo’lib, u yomonlik xudosi yovuzlik ramzi Ahriman bilan kurashadi. "œAvesto"da yozilishicha, zardushtiylikda qo’riq yer ochib, bog-rog’ qilgan odam ilohiyot rahmatiga erishadi. Yaxshilik va yovuzlik o’rtasidagi kurash 3-4 ming yillardan so’ng adolat, ezgulik g’alabasi bilan tugaydi. Yerga osmondan uch soshyanta farishta tushadi va insoniyatni yomonliklardan qutqaradi. Uchinchi farishta tushganda qiyomat — qoyim bo’lib, barcha o’lganlar tiriladi. Xurmuzd va uning farishtasi yovuz ruh — Ahrimanni qaynab turgan ma’fanga tashlaydilar. "œAvesto"da ifodalangan zardushtiylik diniga ko’ra, odam vafot etgach, to’rtinchi kuni Tangri farishtasi Surush (farishta Jabroyilning boshqacha nomi) uning ruhini Chinvod qil ko’prigiga olib keladi. Yaxshiliklari ko’p bo’lgan odam qil ko’prikdan o’tib, jannat bog’lariga kiradi. Gunohkorlar do’zaxga boshlovchi dev Vizrash ixtiyoriga topshiriladi. "œAvesto" ta’limotiga ko’ra, yaxshilik qiluvchi odam pokizalik urug’larini ekadi, bu yaxshilik urug’lari iymonni oziqlantiradi. Yaxshilik qilmay, jabr-zulm qiluvchilar iymonsiz, do’zaxiy odamlardir. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o’rtasidagi kurash Mitra, Anahita, Qayumars, Yima (Jamshid), Gershaps, Elibek va boshqa obrazlarda mujassamlashtirilgan. "œAvesto"ni o’zbek tiliga birinchi bo’lib tarjima qilgan shoir Asqar Mahkamovning xizmatlari tahsinga sazovordir.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Fevral 2008, 12:19:01
O’rxun — Enasoy yodgorliklari

Tunyuquq bitigtoshi. Bu bitigtosh 2 ta ustunga yozilgan bo’lib, ulardan biri 170? Ikkinchisi 160 smdan iborat.Bu yodgorlikni 1897 yilda Yelizaveta va Dmitriy Klementslar tomonidan Shimoliy Mo’g’ulistondan topilgan. Bitigtosh Ulan — Batordan 66 km janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilida bo’lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi. Ushbu asar 712-716 yillarda toshga o’yib yozilgan.
  Tunyuquq shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga asos slogan Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi bo’lgan. Tunyuquq Ashida urug’idan bo’lib, farovonligi, yurt osoyishtaligi va chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib brogan. Uning ana shu kurashlari maxus toshlarga o’yib yozilgan. Bu bitiktoshda voqealar Tunyuquqning tilidan hikoya qilingan. Tunyuquq "œTurk Bilga xoqon davlatida bu bitigin yozdirdim" deydi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning o’g’li edi. Mustamlaka azobi, o’zga xalq tahqiri yodgorlikda qisqa va lo’nda, ammo nihoyatda ta’sirchan tarzda ifodalanadi: "œ "¦ Tabg’achga taslim bo’lganligi uchun tangri, o’l degan shekilli, turk xalqi o’ldi, yo’q bo’ldi, tugadi. Turk Sir xalqi yerida birorta urug’ qolmadi. Yodgorlikda Tunyuquq xalq yetakchisi, dono maslahatchi, kuchli va botir sarkarda sifatida namoyon bo’ladi. U 700 kishini birlashtirib, "œshad" degan unvon oladi. Tunyuquq shaxsiyatida tavakkalchilik, dovyuraklik, jasorat, jur’at, ba’zan nihoyatda keskinlik, cho’rtkesarlik, ayni vaqtda bosiqlik, vazminlik xislatlari aniq ko’rinib turadi. U vatanparvar shaxs timsolidir. Tunyuquqning o’z vatani, xoqoni, qo’shini,xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o’zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan. Hatto dushmanning "œXoqoni bahodir emas ekan, maslahatchisi alloma ekan" degan bahosida ham shu ruh mavjud. Tunyuquqning xotirjamligi esa "œXalqning tomog’I to’q edi" jumlasi orqali ifodalangan. Dushmanning turkiylar ustiga hujum uyushtirish haqidagi yovuz niyatini eshitgan Tunyuquqning "œO’sha gapni eshitib, tun uxlagim kelmadi, kunduz o’tirgim kelmadi", deyishi uning taqdirini xalq va yurt taqdiri bilan naqadar yaxlit holda tasavvur qilishini ko’rsatib turibdi. Tunyuquq iftixoridagi eng asosiy nuqta shunday ifodalanadi: "œBu turk xalqiga qurolli dushmanni keltirmadim, yalovli otni yugurtirmadim". Bu obida vatan haqidagi madhiyadir. Unda murojaat, undov, chaqiriq yetakchilik qilib, o’ziga xos boshlanma, voqealar rivoji, xotima mavjud. Asarda oltinga "œsariq", kumushga "œoq", tuyaga "œegri" singari epitetlar — sifatlashlar qo’llangan. Undagi eng ko’p qo’llangan badiiy tasvir vositasi alliteratsiyadir.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Fevral 2008, 12:19:31
Kul Tigin bitigtoshi. Bu bitigtosh Eltarish xoqonning o’g’li Bilga xoqonning inisi Kul Tigin sharafiga qo’yilgan. "œKul Tigin" bitigtoshi marmardan ishlangan, balandligi 3 m, 15 sm, qalinligi 41 sm, tub qismi 1 m , 24 sm bo’lib, yuqoriga tomon torayib brogan. Yozuvlar o’ngdan chapga va yuqoridan pastga qarab bitilgan. Boshqa barcha bitigtoshlardan faqrli ravishda uni yozgan muallif nomi bizgacha yetib kelgan. Bu Yo’llug’tegindir. Yo’’lug’tegin turkey xalqlarning nomi saqlanib qolgan eng qadimiy yozuvchilardan biri bo’lgan. Bu bitigtosh 732 yil marmardan ishlangan bo’lib, 1889 yil N.M.Yadrinstev tomonidan Mo’g’ulistonning Kosho Saydam vodiysidagi Ko’kshin O’rxun daryosi qirg’og’idan topilgan. U Ulan-Batordan 400 km janubda Qora Bolasog’un shahri xarobalaridan 40 km shimolda joylashgan. Bitiktosh Kul Tigin qahramonliklarini, uning vatan, ona yurt oldidagi buyuk xizmatlarini sharaflashga qaratilgan.
  Bitikdagi parchalar: "œ"¦ Tarbiyat qilgan xoqonning so’zini olmayin har yerga ketding. U yerlarda butunlay g’oyib bo’lding, nom-nishonsiz ketding"¦.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Fevral 2008, 12:20:13
Bilga xoqon bitiktoshi. Bu bitiktoshni ham N.M.Yadrintsev topgan. U Kul tigin bitiktoshidan 1 km janubi-g’arbga o’rnatilgan. Uning bo’yi 3 m 45 sm, eni 1 m 72 sm, qalinligi 72 sm. Bu bitiktosh 80 satrdan iborat. Unda "œKultigin" bitigtoshidagi 41 satr takrorlangan. "œBilga xoqon" bitigi ham Yo’’lug’tegin qalamiga mansub bo’lib, unda ham qahramonlik va vatanparvarlik g’oyasini ulug’lash asosiy o’rin tutadi. Bitikdagi voqealar Bilga xoqonning yoshiga bog’liq holda davriy izchillikda ifodalangan. Qahramon 17, 18, 22, 26, 27, 30, 31, 33, 34, 40 yoshidagi voqealarni eslatadi.Voqealar Bilga xoqonning 17 yoshida Tang’ut taraflarga lashkar tortishi bilan boshlanadi. Mana g’alaba ifodasi: "œTang’ut xalqini yengdim, o’g’lini, bor narsasini, yilqisini, mol-mulkini oldim". Bu Bilga xoqonning dastlabki g’alabasi edi. Matn mavzusi harbiy sohaga aloqador. Ushbu obidada parallelism, qiyoslashlar,so’zlar takrori asosiy o’rin tutadi. Bitiktoshdagi voqealar tizimini shunday guruhlash mumkin:
1.Qahramonning muayyan yoshi;
2.Voqea sodir bo’lgan joy;
3.Voqeaning mohiyati;
4.Natija.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Fevral 2008, 12:20:43
  Irq bitigi ("œTa’birnoma"). Bu bitik she’riy usulda bo’lib runiy yozuvda qog’ozga yozilgan. Uni vengr olimi A. Steyn Sharqiy Turkistondagi Dunxua manzilidan 1907 yilda topgan.

Bitikda parchalar:   
 Quzg’unni daraxtga bog’ladi.
"œQattiq bog’la, yaxshiroq bog’la", deyishadi.
Bilib qo’ying: bu — yomon.

"œYigit lochin patina qo’lga kiritdi,
Patli qalpog’ing qutlug’ bo’lsin", deyishdi.
Bilib qo’ying: bu — yaxshi.

"œMen — kiyik o’g’liman,
O’tsiz, suvsiz qanday yashayman?
Qanday yuraman?", deydi.
Bilib qo’ying: bu — yomon.

Yuqorida osmon eshitdi,
Pastda inson xabar topdi.
Men shunday kuchliman, deydi.
Bilib qo’ying: bu — yaxshi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Fevral 2008, 12:21:49
Ongin bitigi. Mo’g’ulistonning Kosho Saydan vodiysidan topilgan. Kimga atalganligi aniq ma’lum emas. Ba’zi fikrlarga qaraganda, Eltarish xoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga qo’yilgan (735 yil); boshqa fikrga ko’ra Qopag’on xoqonga (691-716), yana boshqa bir ma’lumotga (J.Klonson) qaraganda Bilga xoqonning harbiy boshliqlaridan Alp Eletmish (taxminan 731 yilda o’lgan) sharafiga qo’yilgan. Obida 1892 yilda V.V. Radlov va 1957 yil J.Klonson tomonidan (inglizcha tarjimasi va tadqiqot bilan) nashr qilingan.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:40:06
To’maris afsonasi.

  To’maris O’rta Osiyo aholisining chet el bosqinchilari tajovuziga qarshi olib borgan mardona kurashining badiiy ifodasidir. Eposning bu janri tarixiy afsona deb ataladi. To’maris afsonasidagi voqealar O’kuz (hozirgi Amudaryo) daryosi qirg’oqlarida ro’y bergan. Eramizdan avvalgi VI asrda bir necha mamlakatlarni istilo qilgan ahamoniylar (Eron) shohi Kir (Kirovush) O’rta Osiyoga bostirib kiradi. O’rta Osiyo aholisi, ayniqsa, To’maris boshchiligidagi massaget qabilalari Kirga qarshi mardona kurash olib boradilar. Kir qo’shini yengiladi va uning o’zi 529 yilda jang maydonida o’ldiriladi. Shu voqealar tarixiy afsona "œTo’maris" eposining mazmunini tashkil etadi. Afsuski, bu asarning asli bizgacha yetib kelmagan; uning mazmuni yunon tarixchisi Gerodotning "œTaqix" kitobi orqali yetib kelgan.To’maris bizgacha yetib kelgan afsonalar orasidagi eng qadimgi ayollar tasviridir. Atoqli olima Fozila Sulaymonova yunonlar To’maris deb atagan bu qahramonni Tumor deb nomladi. Mirkarim Osim qadimgi afsonani qayta ishlash asosida shu nomli hikoyasini yaratgan. Uning shu nomli hikoyasi to’y tasviridan boshlanadi. Afsonada Kirning Krez ismli maslahatchisi dono bo’lib, shohga: "œXotin kishidan yengilsang, chidab bo’lmas nomusga qolasan" degan gaplarni aytadi va hiyla ishlatishga chaqiradi. Bu hiyla natijasida To'’aris farzandidan ayrilsa ham, Kir qo's’inini yengadi.
  O’zbek xalq og’zaki ijodiga mansub "œOysuluv" dostonida "œTo’maris"ning o’ziga xos aks — sadolari mavjud.
  Afsona qahramonlari: To’maris (M.Osimning shu nomli hikoyasida To’maris "œAgar elchi bo’lmaganingizda, shul gapni aytgan og’zingizni qum bilan to’ldirar edim. Boshimizdan zar sochganlaringda ham biz erkinlikni qullikka alishtirmaymiz" deydi. Elchi malikani Eron shohining hayoti bilan solishtiradi: "œShuyam malika bo’ldi-yu, o’z fuqarolari bilan yonma — yon o’tirib ovqat yeydi, sochlari o’sib yelkasiga tushgan, yilqichilar qo’l cho’zib, uning oldidan yog’liq go’shtni olib yeydilar, na ostida oltin taxta bor va na boshda toji"), uning o’g’li Sparganis (Sparangiz), Kir (Kayxisrav), Kirning maslahatchisi Krez, Kirning o’g’li Kambiz, eronlik asir chol va boshqalar.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 20 Fevral 2008, 11:40:38
Shiroq

  "œShiroq" ham tarixiy voqelik zaminida vujudga kelgan qadimgi afsonadir. Shiroq — Vatan uchun jonini bergan qahramonlarning eng dastlabkisidir. Eron shohi Doro I (522-486) O’rta Osiyoga bostirib kiradi va bu yerdagi qabilalarni talashni davom ettiradi. O’rta osiyoda yashagan qabilalar o’z mustaqilliklarini tiklash uchun Doroga qarshi qattiq kurash olib boradilar. Masalan, 513 yilda Sak (shak) qabilalari katta qo’zg’olon ko’targan. Shu kurash "œShiroq" afsonasiga asos bo’ldi. Bu asarning asli saqlanib qolmagan, uning mazmuni yunon tarixchisi Polienning (er. Avv. II asr) "œHarbiy hiylalar" kitobida bayon qilinadi. Afsonada cho’pon yigit Shiroq hiyla ishlatib Doro (Daryavush) qo’shinini halok qiladi va o’zi ham qurbon bo’ladi. Hikoya bosh qahramoni Shiroq timsolida o’z vataniga sadoqat, yuksak vatanparvarlik tarannum etilgan. Mirkarim Osim Shiroq obrazini badiiy ta’sirchan qilib tasvirlashga erishgan, Shiroq haqidagi yana Yavdot Ilyosov "œXolxol o’lim" qissasini, Mirmuhsin "œShiroq" dostonini, Sparetri haqida Mahkam Mahmud "œShaklar malikasi" hikoyasini yozgan.
  Afsona qahramonlari: cho’pon yigit Shiroq, yurt oqsoqollari: Rustak (uning nomi Sug’diyada ham, Eronda ham mashhur edi), Omarg, Saksfar, To’maris, Eron shohi Doro, uning sarkardasi Ranosbat va boshqalar.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Fevral 2008, 10:01:41
"Alpomish"

Mashhur Go’ro’g’li turkumidagi 40 dan ortiq dostonlardan biri "œAlpomish"dostonidir. Bu dostoning Fozil Yo’ldosh o’g’li ijrosidagi nusxasini 1927-28 yillarda Mahmud Zaripov Xodi Zaripov rahbarligida yozib olgan.Mazkur doston tuzilishiga ko’ra yirik xajmli ikki qismdan iborat. Olimlarning tasdiqlashiga,"Alpomish"dostoni X-XI asrlarda yaratilgan.
   Doston Qo’ng’irot urug’i boshliqlari, Alpinbiyning o’g’illari aka-uka Bo’ybo’ri va Boysarilarning farzandsizligi bilan boshlanadi.Unda aka-ukalarning Shoximardon pir maqbarasida 40 kun chilla saqlashi, pirning "œBo’ybo’ri senga xudoim bir o’g’il,bir qiz berdi, yolg’iz emas, egiz berdi; Boysari, senga xudoim bir qiz berdi"¦ Bundan borsang, farzandlarni ko’rsang,xaloyiqlarni yig’sang ,to’y-tomoshalar bersang , to’yda qalandar bo’lib borib,bolalaringning otini o’zim qo’yib kelaman "œ —deya xabar berishi,bo’lajak qahramonlar Alpomish (Hakimbek) va Barchinlarning ajoyib-g’aroyib holatlarda tug’ilishi,Alpomishning bahodirona yoshligi(7 yoshida bobosidan qolgan o’n to’rt  botmon birichdan bo’lgan yoyini olib otganda Asqar tog’ining cho’qqilarini yulib o’tishi),Boysarini Boybo’ridan arazlab qalmoq eliga ko’chishi (zakot talab qilingan uchun),Qalmoq shoxi Toychihon Bosarini dehqonchilik qilinadigan yerlarning payhon qilingan uchun jazolamoqchi bo’lgani, Alpomishni Barchinni olib kelish uchun qalmoq eliga borishi va Murottepada Qorajon bilan tanishib,do’st tutinishi, Surhail kampirning yetti alp o’g’lonlari bo’lgan Ko’kaldosh (kattasi,Alpomishning Boychibor otini ko’rib,o’zidan g’olib kelishini bilib,vahm bosib,yemini yemay qo’ygan Ko’kdo’pan tulpor uniki edi.Ko’kaldosh "œo’zbekning otini maqtading "deb qalmoq sinchining ko’zini o’yib olgan),Ko’kaman, Ko’kqashqa,Boyqashqa,Toyqashqa,Qo’shquloq ("œShomurta shohalab ,har yoqqa ketgan,Ichida sichqonlar bolalab yotgan,Izdan tushgan pishak oltoyda yetgan"polvon),Qorajonlar bilan yonma-yon turib,Barchinning poyga,yoy tortish,merganlik va kurash kabi shartlarini bajarishi va yorini o’z eliga olib kelishi,qaynotasi Boysarini qutqarish uchun ikkinchi marta qalmoq eliga borganda,yetti yil zindonda qolishi,asirlikdan oti Boychibor yordamida qutulib,zindondan chiqqanda "œYigit piri Shoximardon,Madad bersa sheri Yazdon.Tilarmon qodir xudodan,Bu maydonda bergin omon"¦"-deya niyat qilib o’z eliga kelishi va dushmanlarini yengishi voqealari tasvirlanadi.
   "œAlpomish"dostonining 1000 yilligi 1999 yil noyabrda Termizda nishonlanadi. Shoir va dramaturg Sobir Abdulla xalq og’zaki ijodi materiallari asosida "œAlpomish peyisasini yaratgan".
   Dostonning boshqa qahramonlari: Alpomish singlisi —Qaldirg’och (Alpomishga qarata "œBir qulga kuching yetmadimi?"deya uyaltirib,Alpomishni Barchinni qutqarishga undagan),Qultoy (Alpomish Boysunga qaytganda, uning tanasidagi panja izlariga qarab tanib olgan),Qayqubot (Alpomishga yordam bergan),Yartiboy (Yortiboy ,"Maslahat bermaymiz Boysariboyga,Osilmaymiz Boybo’rining doriga ",deb aytgan ),qalmoq shoxi Toychahon (Boychiborning oyog’iga temir parchin urib, bo’yniga cho’yandan gul solib,yetti yil azobda saqlagan),uning qizi Tovka oyim (Alpomishga qarata "œSizga qurbon bu mening shirin jonim ,Zindon ichida g’arib bo’lgan mehmonim ,CH oh ichida ko’rib turaman, Zindondan chiqarsam nimam bo’lasan? "-degan,Alpomish bergan isiriq —nishonni tutatib, Boychiborning ozod bo’lishiga ko’maklashgan),
Qoranor tuya, g’oz va boshqalar.


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 05 Mart 2008, 10:43:53
"œRavshan" dostoni

"œRavshan" g’oyaviy-badiiy pishiq ishqiy —sarguzasht dostondir. U 1927 yilda birinchi bo’lib, Hodi Zarif tomonidan Ergash Jumanbulbul o’g’lidan yozib olingan va 1941 yilda nashr ettirilgan. Ergash shoir "œRavshan"ni otasi Jumanbulbuldan, u esa ustozi Kichik Bo’rondan o’rgangan. Bu doston ham "œGo’ro’g’li" turkumiga mansub. "œRavshan" pok va samimiy muhabbatni kuylovchi maqsadga erishish yo’lida mardlik va botirlikni ulug’lovchi, zulm va adolatsizlikni qoralovchi asardir. Uning    qisqacha mazmuni quyidagichadir:
"œGo’ro’g’libek Chambil yurtida Yunus bilan Misqol parinmi Ko’hi Qofdan, Eram bogidan keltirib, umr o’tkazar edi. Unga Xudo farzand bermaydi, shuning uchun Hasanxonni Vayangandan, Avazxonni Xunxordan olib kelib o’g’il qiladi. Hasanxon Arzirumdan xon Dallini olib kelib uylanadi va o’g’il ko’radi. Unga Ravshan deb ism qo’yadilar. Avazxonga Gulqiz degan suluvni olib berishadi va qizli bo’ladi, ismini Gulanor qo’yadi. Ikki asrandi o’g’ilni tarbiyalab olgan Go’ro’g’li Avazxon bilan Hasanxonni quda qilmoqchi bo’ladi, lekin Avazxon rad etadi. Bu so’zlarni eshik ortida eshitib turgan Ravshan qattiq xafa bo’lib, buvisi Yunus pari oldiga borganda ovunsin deb buvisi qo’llidagi uzukni beradi. Ravshan uzukdagi go’zal bir qizning suratini va "œZulxumor" degan yozuvni ko’rib, bu qizga oshiq bo’lib qoladi. Jiyronqush degan tulpor otini minib, Shirvon yurtiga yo’l oladi. Shirvon bozorini aylanib, "œtelpak bozori qaydadir" deb yuradi. Bozordagi ko’shkning ustida yuzini ochib o’tiradigan Zulxumorning husni jamolini ko’rish uchun yigitlar bir la’li tillani ko’rmana berishadi. Ravshanning gul tagida pisib o’tirganidan qo’rqib ketgan qizlar qiy-chuv qilishib, Zulxumorning yoniga borishadi. Zulxumor Oqqiz degan kanizini yigit kim, qayerlik ekani, nimaga kelganini so’rab, ko’rmanasini olib kelishga yuboradi. Ravshan tillasi yo’qligi uchun Yunus pari bergan sehrli uzukni berib yuboradi. Zulxumor unda o’zining ismi va suratini ko’radi. Bir necha kunni Ravshanbek Zulxumor bilan shod-xurram o’tkazadi. Ravshanga ko’p iltifot qilsa-da, uning e’tiborini qozona olmagan Oqqiz alamidan Zulxumorning bog’ida bolayotgan voqealarni onasiga aytib beradi. Onasi hamma gapni Qozonxonga yetkazadi. Yosh va tajribasizligi, oqko’ngilligi tufayli band etilib, zindonga tashlangan Ravshandan Zulxumor yashirincha xabar olib turadi. Ravshanga 40 kun muhlat beriladi. Zulxumor mayna qushi orqali maktub yo’llaydi. Mayna Chambilga yetadi, avval Hasanxonning tomiga tushadi, nola-afg’on qilib yurgan Dallini ko’rib, ayolning Ravshanni onasi ekanligini fahmlab, qattiq sayraydi-da, uning qo’liga kelib qo’nadi. Hamma voqeadan xabar topgan Go’ro’g’li tarbiyasini olgan dongdor polvon, sherday haybatli, g’ayratli Hasanxon Go’ro’g’lining G’irko’k (G’irot) otida ikki oylik yo’lni yigirma kunda bosib o’tib, Ravshan osiladigan kun Shirvonga yetib keladi. Uni birinchi bo’lib Jaynoq kal taniydi. Hasanxon zolim Qoraxon lashkariga qarshi jang qilib, shirvonlik og’a-ini botirlar — Aynoq (polvon, "œot, tuya, arava ko’tarolmas edi. Doim bir yoqqa ko’chirmoqchi bo’lsa, piyoda ketar edi.."), Jaynoq (masxaraboz, "œhar tusli bo’la berar edi. Agar birovni aldamoqchi bo’lsa, har tusli bo’lganida o’zining jo’ralari ham tanimas edi"), Tersak kal (sinchi, "œyilqining tulporini suyagidan tanir edi, qilichning o’tkirini qinidan bilar edi"), Ersak (mergan, "œoqshomlari kamonni qo’liga olsa, qushni ko’zidan urar edi")lar ko’magida Qoraxonni yengadi, o’g’lini o’limdan qutqaradi. Hasanxon Zulxumorni Ravshanga nikoh qilib beradi, Shirvon shahriga Aynoqni podsho, ukalarini vazir, mahram qilib qaytadi".
  Dostondagi Ravshan, Zulxumor, Hasanxonlar bosh obrazlar bo’lsa, shirvonlik kampir-ena, aka-uka kallar, Oqqiz, uning Maston onasi epizodik obrazlardir.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:41:21
Kuntug’mish dostoni.

Kuntug’mish dostoni ham ishqiy-qahramonlik dostonlaridan biridir. Dostonning qisqacha mazmuni quyidagicha:
  "œDo’rman viloyatining Kuntug’mish degan polvoni bo’lib, uning Oltinoy degan singlisi bor edi.
  Zangar degan shahar podshosi Buvraxonning ikkita vaziri bor edi: Shoir vazir va Toir vazir. Kunlardan bir kuni Shoir vazir qizli bo’ladi, ismini Xolbeka deb qo’yadi, Toir vazir o’g’illi bo’lib, ismini Xolmo’min deb qo’yadi. Xolmo’minning onasi o’lib, ikkala farzandni Xolbekaning onasi emizib, katta qiladi, ular emikdosh (ko’kaldosh) bo’lib qoladilar. Xolbeka o’n to’rt yoshdan o’tgandan so’ng uning husnu zeboligini eshitgan podsholar va xonzodalar sovchi qo’yadilar. Xolbeka shart qo’yadi: "œHar kimki meni olaman deb kelsa, nard o’yinini qo’yaman, yutsa tegaman". Hech kim uni yengolmaydi. Podsho Buvraxon ham sovchi yuboradi, Xolbeka o’z gapida turib oladi. Buvraxon a’yonlarining maslahatiga ko’ra, qizning baxtini bog’lab, Xolbeka degan ismni aytishni ta’qiqlab qo’yadi.
  Bir kuni Xolbeka tushida Kuntug’mishni, Kuntug’mish Xolbekani ko’rib, bir-birlarini sevib qoladilar. Xolbeka dardini Bahragul degan kaniziga aytadi. Kanizi suratkash olib kelgach, Xolbeka o’z suratini chizdiradi. Sirti tilla bilan qoplangan sandiqqa suratini, bir tola sochini, arzi yozilgan qog’ozni solib, uni qulflab, kalitini sandiqqa bog’lab, daryoga oqizadi. Kuntug’mish qirq yigiti bilan daryoning yoqasida ov qilib yurganda, sandiqni ko’rib qoladi. Yigitlari sandiqning "œtashini", Kuntug’mish ichidagini oladi. Kuntug’mish sandiq ichidagini ko’rib, bir ishqiga yuz ishq qo’shiladi. Xolbekaning ishqida Zangar sari otlanadi. Zangarda Kuntug’mish Xolbekaning nomini aytib baqirib yurganda bir kampirga duch keladi. Bu kampir podshoning o’g’liga katta qizini bergan edi. U qizi Zamongul (Gulzamon) ni Kuntug’mishga ro’para qiladi. Sevgilisining suratini ko’rgan yigit soxta Xolbekani qabul qilmaydi. Zamongul Kuntug’mishni asl Xolbekaning yoniga olib borishga majbur bo’ladi. Kuntug’mish savdogar qiyofasida borib, Xolbekani nard o’yinida yengadi. Xolbeka "œmening shartimni bajo keltirding, men seniki bo’ldim" deya ziyofat qilaveribdi. Podsho Xolbekaga "œHar kun tong vaqtidan kichik choshkaga dovur ko’shkiga chiqsin, yuzidan niqobini olsin, olamni tomosha qilsin" — deb aytgan edi. Xolbeka uch kun ko’shkiga chiqmagach, podsho 200 jallod, 400 mirg’azabiga Xolbekadan xabar olishni buyuradi. Qirq ko’shk ichkima-ichki bo’lib, bir tarafi Xolbekaning ko;shki edi. Podshoning mirg’azablari kelayotganidan xabar topgan Kuntug’mish va Xolbeka o’zlarini ko’shkdan tashlab qochadilar va dastlab kampirnikiga, keyin esa podsho somonxonasiga bekinadilar. Lekin Zamonqulning axmoqligi, podsho miroxo’rining chaquvi natijasida qo’lga tushadilar. Podsho buyurib, bir tuyani so’yib, tulup (so’yilgan jonliqning terisini buzmay shilib olish) qilib, ikkovini zich qilib, xom teriga tiqib, bir asov baytalning dumiga bog’lab, bir cho’l jaziramaga haydab yuboradilar. Olti oy deganda ular otdan uzilib, bir quzg’un bahona balodan qutulib, Mug’oltoqqa kelishadi va birga hayot kechirib, egiz o’g’illi bo’ladilar. Zangarlik bir savdogar Azbarxo’ja non beraman deb, Kuntug’mishni ajdarga qarshi yo’llaydi. Kuntug’mish ajdarni o’ldirgach, ular do’st tutinadilar. Azbarxo’ja do’stining xotini Xolbeka ekanligini bilib, do’stiga xiyonat qilib, uni mast qiladi va kigizga o’rab, ustidan tosh bostirib qo’yadi, Xolbekani Buvraxonga berish uchun bir o’g’lini baliq yutadi, birini bo’ri olib qochadi. Kuntug’mish nima qilarini bilmay yurganda, bir cho’ponga duch kelib, bor kechmishini aytib beradi. Cho’ponlar bo’ridan qutqarib olgan bolaga Gurkiboy, Olim sayyod baliq ichidan topgan bolaga Mohiboy deb nom beribdilar. Azbarxo’ja (Aldarxo’ja) Xolbekani Buvraxonga olib borgach, podsho uni zindonga tashlab, Xolbekani Xolmo’minga beradi. Bolalar esa bir-birini topadilar va taqdir taqozosi bilan Xolmo’minga ishlash uchun yollanadilar. Gurkiboy o’zining Kuntug’mish farzandi ekanligini cho’ponlar qo’shxonasida bilib olgan edi. Buvraxon vafot etgach, davlatqush uch marta kelib Kuntug’mishning boshiga qo’nadi, shuning uchun uni podsho qilib ko’taradilar. Ona va o’g’illar Xolmo’minning uyida topishadilar. Farzandlar onasining gapiga kirib, shahardan chiqib ketadilar. Yo’lda Mohiboy Gurkiboyning gapiga quloq solmay, yilqilarni quvib soladi, amaldorlarni kaltaklagani uchun dorga osishga buyuriladi. Kuntug’mish ham bolalarni tanib, ota-ona va farzandlar topishadilar. Xolmo’minni Zangarga podsho qilib, Kuntug’mish ikki bolasi, qoshida Xolbeka yori bilan, qancha xizmatkor, kanizaklari bilan Do’rman eliga boradi, to’y-tomosha qilib, murod-maqsadiga yetadi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 Mart 2008, 10:47:19
Malika ayyor dostoni

Malika ayyor Go’ro’g’li turkumiga kiradigan ko’plab dostonlardan biridir. Asar baxshi Fozil Yo’ldosh tomonidan kuylangan. Doston an’anaviy ravishda muhabbat hangomalari, ishqiy sarguzashtlar bilan boshlangan va butun asar davomida sevgiga doir kechinmalar tasvirlangan bo’lsa-da, aslida unda imon-e’tiqod, or-nomus, insoniy iroda, topqirlik, chidam singari ezgu ma’naviy sifatlar hamda bunday fazilatlarga ega bo’lish uchun odam o’tishi zarur sinovlar tasvirlanadi. Bu dostonda qiyinchiliklarni yengib o’tishda Go’ro’g’li ko’proq yukni zimmasiga olgan bo’lsa-da, eng tahlikali sharoitlarda ham Shozargar va Avaz bilan birgalikda faoliyat ko’rsatganligi tasvirlanadi.
  Doston qahramonlari: Go’ro’g’li (Shoqalandar), Avaz, Hasan (Shozargar), Malika ayyor, Qosimshoh, Tillaqiz, Gulqiz, Gulzamon, Shodmon va Asad mergan, Yaproqdev, Qizildev, Baymoqdev, Oqshoqdev va boshqalar.

Keyingi mavzu: VIII — XIV asr adabiyoti namoyondalari. VIII — XV asrning birinchi yarmi adabiyoti haqida.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 18 Mart 2008, 12:10:32
10-Mavzu. VIII-XIV asr adabiyoti namoyondalari.

VIII-XV asrning birinchi yarmi adabiyoti haqida.

O’zbeklarning millat sifatida shakllanishi uzoq tarixga ega. O’zbeklar qadimgi turkiylarning avlodlaridir. Gerodot (mil.oldingi 490/480-430/424) Sharq qabilalari orasida turg’itoylar yoki Iskit yurtidagi turkiy (yurkey)lar haqida yozib qoldirgan. "œTavrot"da to’lxarmalar nomi zikr etilgan. Manbalarda xunlar deb nom olgan xalqlar ham turkiylarning qadim ajdodlaridir. Qadimgi Xitoy manbalarida tik, di, tukyu qabilalarining nomi qayd etilgan. Aslida bularning barchasi "œturk" so’zining turlicha nomlaridir. "œTurk" so’zi "œqalpoq", "œdubulg’a", "œtark etgan", "œyetuklik chog’i", "œdengiz qirg’og’ida o’tirgan odam", "œjazb etmoq", "œtarqalmoq", "œyoyilmoq", "œkuch-quvvat", "œbo’ri" ma’nolarini beradi.
  Birinchi Ko’k turk hokimligi VI-VII asrlarda hukmronlik qilgan. Xoqonlik 535 yilda paydo bo’lgan. 630-680 yillarda Ko’k turklar davlatni qo’ldan berib qo’ygan. Buning bir qator sabablari O’rxun-Enasoy obidalarida qayd etilgan. Bular: 1) Keyingi davrlardagi hukmdor va boshliqlarning layoqatsizligi 2) Turkiy qavmlarning o’zaro noahilligi. 3) Tabg’och davlatining siyosati va ichdan yemiruvchi targ’ibot-tashviqot.
  VI-VIII asrlar umumturkiy adabiyot degan atama mavjud. Bu davrlarda turkiylar yagona, mushtarak etnik qatlam sifatida                                                                                     yashadilar. Savdo aloqalarining kengayishi turli tillar va yozuvlarning ham keng tarqalishiga sabab bo’ldi. Oromiy va yunon yozuvlari iste’molda bo’lib, keyinchalik oromiy yozuvi asosida shakllangan so’g’d va xorazmiy yozuvlari ham keng qo’llanila boshladi. Xorazmiy yozuvining eng qadimgi namunasi Qo’y qirilgan qal’adan topilgan bo’lib, eramizdan oldingi III asrga oiddir. So’g’d yozuvining yodgorligi esa Tali Barzu (So’g’d)dan topilgan sopol idish sinig’ida o’yib yozilgan bo’lib, eramizdan oldingi I asrga tegishli. Bu yozuv namunalarining II-III asrlarga oid obidalari Dunxuan (Sharqiy Turkiston)dan topilgan. Ularda Samarqandda yashagan ona va Dunxuanda turadigan qiz o’rtasidagi oilaviy turmush haqidagi yozishmalari ifodalangan.
  X asr o’rtalarida Qoraxoniylar davlati tashkil topdi. Bu davrda madaniyat, ilm-fan va adabiyot rivojlandi. Turkiy adabiy til ham taraqqiy etdi. Qoraxoniylar davrida Mahmud Koshg’ariyning "œDevonu lug’otit-turk", Yusuf xos Hojibning "œQutadg’u bilig", Ahmad Yugnakiyning "œHibatul-haqoyiq" asarlari yaratildi. Arablar bosqinidan so’ng Movarounnahrda ham islom qabul qilindi. Islomning asosiy aqida va g’oyalari muqaddas Qur’onda o’z ifodasini topgan. Qur’on 114 suradan iborat. Har sura oyatlariga bo’lingan. Har bir suraning alohida nomi bor.VIII-XII asrlarda madaniyat, ilm-fan o’ziga xos rivojlanish yo’liga o’tdi. O’rta Osiyo olimlari arab tili orqali dunyo ilm-faniga o’ziga xos rivojlanish yo’lini ochdilar. Abu Nasr Utbiy arab tilida "œTarixi Yaminiy" asarini yozdi. Unda Sabuktagin hamda Mahmud G’aznaviy hukmronligi davriga oid ko’plab tarixchilaridan yana biri Abu Said Gardiziydir. Uning fors-tojik tilidagi "œZaynul-axbor" ("œXabarlar chiroyi") kitobi mashhur. Shu davrda yashagan Abdul Fazl Bayhaqiy (996-1077) 30 jilddan iborat "œTarixi Mas’udiy" yoki "œTarixi Bayhaqiy" deb nomlangan asarni yaratadi. Bu asarda sulton Mahmud va uning o’g’li Mas’ud davri (1000-1050)da bo’lgan voqealar, Bag’dod xalifaligi, Misrdagi fotimiylar xalifaligi bilan bo’lgan munosabatlar, ijtimoiy va madaniy hayot, hokimiyat uchun kurashlar bayon qilingan. Mashhur qomusiy olimlarimizning ilmiy ijodlari, asosan arab tilida yozilgan. Ammo badiiy ijod uch tilda: turkiy, forsiy va arab tillarida davom etdi. Arab tilida ijod qilgan adiblar haqidagi to’liq ma’lumot Abu Mansur as-Saolobiyning "œYatimat ad-daxr fi mahosin ahl al-asr" ("œAsr ahlining fozillari haqida zamonasining durdonasi") asari orqali yetib kelgan.
   Abu Mansur Abdumalik ibn Muhammad ibn Ismoil as-Saolibiy 350 (961) yili Nishopurda tug’ilgan va 429 (1038) yil shu yerda vafot etgan. U yirik olim (50dan ortiq asarlar muallifi), shoir va tarixchi edi. Uning yuqorida qayd etilgan asarining 4 qismida X-XI asrlarda yashagan 451 ta arab tilida ijod qilgan adib va yozuvchilar haqida ma’lumotlar va ijodlaridan namunalar keltirilgan. 4-qismga esa 124 ta xurosonlik va movarounnahrlik shoir kiritilgan va ularning nasriy hamda nazmiy asarlaridan namunalar berilgan. Bu qismga 4160 baytga yaqin she’r kiritilgan. Ular qasida, vasf, hajv, marsiya, masnaviy, g’azal, urjuza janrlariga mansubdir.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:11:29
Abu Nasr Asadi Tusiy (vafoti 1070 yil) Firdavsiy "œShohnoma"si izidan borib, "œGershapsnoma" dostonini yaratgan. U fors-tojik adabiyotidagi ilk yozma munozaralar muallifidir. Bular "œYer va osmon", "œKecha va kunduz", "œNayza va kamon", "œMusulmon va kofir", "œArab va ajam"dir. Shuningdek, u fors tilining eng qadimgi izohli lug’atini ham yaratgan. Lug’atda 80ga yaqin o’sha davr shoirlarining she’rlaridan namunalar berilgan.
  Adib Sobir Termiziy (taxminan, 1078-1148yy) yirik shoir bo’lgan. Uning otasi Ismoil Termiziy ham shoir bo’lgan. U Sulton Sanjar Saljuqiy saroyida xizmat qilgan. Sulton uni Xorazm shohi Otsiz huzuriga yuboradi. Xorazmshoh uni josuslikda ayblab, 1148 yil Amudaryoga cho’ktirib yuboradi. "œDevon"i qasida va g’azallardan iborat.
  XI asr sharoitida Yusuf xos Hojib shoirlarni "œso’z teruvchilar" deb ta’riflaydi. XIV asrda esa Sayfi Saroyi shoirlarni "œso’z bulbuli" deydi. Navoiy shoirlarni "œruh chamanining xushxon bulbullari" deydi. Zero, so’z adiblarning o’z nazarlarida ham mo’tabar mavqega ega. XI asrda Yusuf xos Hojib boshlab bergan dostonchilik an’nasi keyinchalik Ahmad Yugnakiy, Sayfi Saroyi, Qutb, Haydar Xorazmiy kabi shoirlar ijodida davom ettirildi. Shu davrdan boshlab adabiyotda pand-nasihat, didaktik usuli yetakchilik qiladi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 19 Mart 2008, 09:15:19
  "œHadis" arabcha so’z bo’lib, uning bir qator ma’nolari bor. Bular: 1) Yangi, yangi narsa, voqea; 2) So’z, hikoya, naql, rivoyat; 3) Muhammad payg’ambar yoki uning sahobalari haqida hikoya qiluvchi xabar yoki rivoyat. Hadislarni to’plab ularning haqiqiylarini aniqlash bilan shug’ullanuvchi olimlar muhaddis deyilgan. Imom Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj, Imom Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojja, Dorimiy, Bayhaqiy, Tabaroniy, Ibn Hibbon, Xatib, Hokim, Abu A’lo, Daylamiy, Doriqutniy, Jamoliddin Suyutiy kabi ko’pgina muhaddislarning nomi mashhur. Turkiy jumladan o’zbek adabiyotida ham hadislardan ilhomlanib yaratilgan bir qator badiiy namunalar yuzaga keldi. Bu silsiladagi dastlabki tajriba Yusuf Xos Hojib nomi bilan bog’liq. Uning quyidagi to’rtligida hadislar bilan ma’naviy uyg’unlikni sezish qiyin emas:

  Atang pandini sen qatiq tut, qatiq,
Qutadg’a kunung bo’lga kundin tatig’
Atangni, anangni sevindur tushi,
Yanut berg’a tapg’ing tuman ming asig’.

Ahmad Yugnakiy ham "œHubatul-haqoyiq" asarida hadislardan ta’sirlanib, Yusuf Xos Hojib izidan borgan va Payg’ambar sha’niga alohida maqtovlar bag’ishlaydi:

Aning madhi birla tatir bu tilim,
Aning yadi birla shakar shahd anga.
(Uning madhi bilan tilim shirindir,
Uning yodi tilimga shakar va asal bag’ishlaydi.)

  Hatto asardagi bir bobga "œTangrining mo’jizalari, johillikdan tiyilish, xudoning rasuliga sodiq bo’lish haqida payg’ambar alayhissalomning aytgan so’;zlari" deb nom qo’yilgan. Hadislardan ijodiy foydalanish keyingi asrlarda ham davom etdi. Bu yo’nalishda Jomiyning "œChil hadis" va Alisher Navoiyning "œArba’in" ("œQirq hadis" ) asarini eslash lozim. Zamondoshlarimizdan A. Oripovning "œHaj daftari" kitobi ham asosan hadisi shariflarga ijodiy yondashuv oqibatidir. XIII — XIV asrlar adabiyotida dunyoviy mavzuning asosiy o’rin tuta borishini, janrlar xilma-xilligini ko’ramiz. Bu davrda g’azal, qasida, ruboiy, tuyuq, doston, masnaviy va soqiynoma kabi janrlar asosiy o’rin egallaydi. XIII-XIV asrlarda Fazlulloh Rashididdinning "œJome ut-tavorix", Atomalik Juvayniyning "œTarixi jahongo’sha", Faxriddin Banokatiyning "œRavzatul ahbob fi tavorixul akobir val ansob", Hamdulloh Mustavfiy Qazviniyning "œNumat al-qulub" (Qalblar rohati), Husam Kotibning "œKitobi Jumjuma" (1369-1370), Ali ibn Mahmudning "œNahjul farodis" (1360), Qul Alining "œQissai Yusuf" (1239) kabi asarlari dunyoga keldi. Haydar Xorazmiyning "œGul va navro’z", Durbekning "œYusuf va Zulayho" dostonlari XIV-XV asrlarning original dostoni bo’lsa, Haydar Xorazmiyning "œGulshanul-asror", Qutb Xorazmiyning "œXusrav va Shirin" dostonlari Nizomiy dostonlarining ijodiy qayta ishlanganidir. Abushqa lug’ati XVI asrda usmonli turk tilida tuzilgan bo’lib, unda Navoiy va boshqa o’zbek shoirlari asarlaridan misol tariqasida parchalar olingan. XV asrning yarmi yozma adabiyoti janrlar xilma-xilligi bilan ham ajralib turadi. Bu davrda ham epik, ham lirik asarlar (qasida, noma, g’azal, doston, qit’a, tuyuq kabilar) ko’plab ijod etildi.


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:48:41
Sayyohlik asarlari.

O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy hayotiga dunyo xalqlari juda qadimdan qiziqib kelishgan.
  Abu Is’hoq Istaxriy (850-934) tarixchi va geograf bo’lib, Hindiston, Arab va G’arb mamlakatlari hamda O’rta Osiyo xalqlari haqida ma’lumotlar bergan.
  Gerodot (mil.avv 490-480 — 430-424 yillarda yashagan yunon tarixchisi)ning "œTarix" asari 9 kitobdan iborat bo’lib, har bir kitobi yunonlar e’zozlaydigan 9 muzadan biriga bag’ishlangan (Klio, Evderna, Galia, Menpanena, Terpsixora, Erato, Poligimniya, Urganiya, Kalliopa). Bu kitoblarda fors (Eron) podshohlari, iskif qabilalari, Midiya va Yunoniston (Ellada) kabi davlatlar o’rtasida kelib chiqqan urushlarning sabablarini aniqlashga intiladi. Gerodot fikricha, yaxshilikka yomonlik, yovuz, axloqsiz, adolatsiz ishlar xalqaro urushlarni keltirib chiqaradi.
  Strabon (mil. avv. 64\63 — mil. 23\24 yillar) qadimgi yunon tarixchisi va sayyohidir. U 17 jilddan iborat "œGeografiya" kitobida Qora dengiz mamlakatlari va Kichik Osiyo haqida noyob ma’lumotlarni jamlagan.
  Arrian Flaviy II asrda yashagan yunon tarixchisi va yozuvchisidir. "œIskandar yurishi" va boshqa asarlarida makedoniyalik Iskandarning Sug’diyonaga qanday bostirib kelgani, Spitamen kabi milliy qahramonlarimizning jasoratlari tasvirlangan.
  Xitoy sayyohi Sima-Syan o’z yurtidan chiqib ketib, ko’p yillar davomida 120 dan ortiq mamlakat va o’lkalarda bo’ladi, Qashqar va Issiqko’l orqali Sayram, Toshkent, Samarqandga borgani haqida ma’lumotlar bergan.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Mart 2008, 11:51:39
Marko Polo (1254-1324) genuyalik sayyoh va yozuvchi bo’lib, "œMarko Polo kitobi" asarida Old Osiyo, Markaziy Osiyo va Xitoydagi xalqlarning urf-odatlari, madaniyati, san’ati, jumladan badiiy ijodlari haqida ham ayrim ma’lumotlarni bergan.
  Rui Gonsales Klavixo (1412 yil vafot etgan) kastiliyalik sayyoh bo’lib, 1403 — 1406 yillar davomida Samarqandda bo’lgan. U temuriylarning adabiyoti va san’ati haqida ko’pgina ma’lumotlar to’plagan.
  Arab sayyohi Ibn Battuta O’rta osiyo xalqlarining geografiyasi, tarixi, etnografiyasiga oid ko’p qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Bu mashhur sayyoh o’zining 28 yillik sayohatlari davomida Shimoliy va G’arbiy Afrika, Xitoy va O’rta Osiyoda bo’lgan, O’rta Osiyoda mo’g’ul istilosi asoratlarini o’z ko’zi bilan ko’rgan. Ibn Battutaning to’liq ismi Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Ibrohim ibn Yusuf al Lavati at-Tanjiydir. U O’rta Osiyoning ko’plab shaharlari, xususan Xorazm, Urganch, Samarqand, Buxoro haqida nodir ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Jumladan, u "œdunyoda xorazmliklar singari olijanob, mehmondo’st xalqni uchratmadim" deydi. Yoki Saroydan Xorazmgacha uni kuzatib borgan savdogar Ali ibn Mansur kiyim-kechak uchun 10 dinordan sarflab boradi. Ammo ibn Battutaga 8 dinorga oldim deydi. Sayyoh buni tasodifan boshqa bir hamsuhbatidan bilib qoladi va hayratga tushadi. Asarda bunday urf-odatlar haqida anchagina qaydlar bor.


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 15:46:32
Imom Ismoyil Al-Buxoriy

Buxoriyning to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoyil ibn Ibrohim ibn al-Mug’ira ibn bardazbax al-Juafiy al-Buxoriydir. U Buxoroda katta olim oilasida 810 yil 20 iyulda tug’ilgan. U yoshligidanoq o’zining o’tkir zehni va kuchli iqtidorini namoyon qiladi. Muhammad Buxoriy go’dakligidayoq otasi dunyodan o’tadi va onasining qo’lida qoladi. 16 yoshlarida onalari va akasi Ahmad bilan birga hajga borib, 4 yil Makkada yashaganlar. Yo’l-yo’lakay Balx, Kufa, Bag’dod, Xums, Damashq, Misr, Makka va Madina singari ko’plab shaharlardagi hadisshunos olimlardan saboq oladi. Bu paytda u mashhur muhaddislar Abdulloh ibn Muborak va boshqalarning hadis to’plamlarini to’lig’icha yod olib ulgurgan edi. Buxoriy 18 yoshga kirganda bir qator yirik ilmiy asarlar muallifi edi. Uning ustozlaridan Shayx Doxiliy shogirdining quvvai hofizasiga, bahslashish mahoratiga, dalillarni keltirishdagi izchil mantig’iga ko’p marta qoyil qolgan, tan bergan va uni olqishlagan edi. Buxoriy islom mamlakatlarini kezib, jami 600 ming hadis yozib olgan. Al-Buxoriy umrining so’nggi kunlarini Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog'’da o'’kazadi va hijriy 256 (milofiy 871) yilda vafot etadi.
  Asarlari: "œAl-Jomi’ as-sahih"("œIshonarli to’plam"), "œAl-adab al-mufrad" ("œAdab durdonalari"), "œKitob asmo’ is-sahoba", "œKitob afhol al-ibod", "œKitob ul-farzand", "œAt-tarix al-kabir", "œTarixi us-siqot vazzuafomin ruvotil-hadis", "œQazoyi as-sahobat vat-tobe’in", "œTarixi kabir", "œTarixi Buxoro" va boshqalar.
  Hadislaridan namuna: 32-hadis. Abu Hurayra aytdilar: Rasululloh: "œUch toifa kishilarning duosi hech shubhasiz Alloh Taolo qoshida maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi", - deganlar.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 15:53:02
Abu Mansur al-Moturudiy

Al-Moturidiy 870 yilda tavallud topgan. Uning to’liq ismi Abu Mansur Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. U Samarqand shahrida podshoh Nasr saroyida ilohiy bilimlar bilan shug’ullanib, to’rt unsur haqida to’rtta ilohiy risola yozgan. Samarqandning Ismoyil Somoniy tomonidan bosib olinishi allomaning ijodiga xalaqit beradi, u saroydan ketib, Moturid qishlog’ida yashaydi. Ismoyil Somoniy al-Moturidiyni saroyga taklif qiladi, lekin alloma bu taklifni rad etadi. U Samarqanddagi katta Jome’ masjidida imom-xatib bo’ladi, o’z bog’ida ishlaydi. Moturidiy juda ko’p shogirdlar yetishtirgan, bir qancha asarlar yaratgan. U 964 yilda (hijriy 335 yilda) vafot etgan. Uning qabri Samarqanddagi Chokardiza qabristonidadir. Alloma tavalludining 1130 yilligi keng nishonlandi.
  Asarlari: "œKitob al-usul" (Diniy ta’limot usuli kitobi), "œKitob tavhid", "œShariat asoslari sarasi", "œDialektika haqida kitob", "œRisola jonvor doriy" (Jonvorlarga oid risola) va boshqalar.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 01 Aprel 2008, 15:58:24
Mahmud Koshg’ariy

Mahmud Koshg;ariy asl ismi Mahmud Ibnulhusayn ibn Muhammad Koshg’ariy bo’lib, uning bobosi Qashqarda tug’ilgan bo’lsa ham, ammo u asosan Bolosog’unda yashagan. Ba’zi manbalarda Koshg’ariyning to’liq ismi Shamsiddin Mahmud ibn Husayn tariqasida keltirilgan. Mahmud Koshg’ariy taxminan 1028-1037 yillar o’rtasida Qoshg’ar sharining janubi-g’arbidagi O’pol qishlog’ining Ozig’ mahallasida tug’iladi. U qoraxoniy hukmdorlardan Yusuf Qodirxonning evarasi. Otasi Husyan ibn Muhammad (Qodirxonning nevarasi) "œArslon elig" nomi bilan 1056-1057 yillarda Barsxon amiri bo’lgan. Mahmudning ona tomonidan buvasi Xo’ja Sayfiddin buzrukvor ham o’qimishli kishi bo’lgan. Mahmud Koshg’ariy arab, fors, rumoniy kabi 8-9 tilni mukammal egallagan. U qandaydir bir qirg’in paytida ota yurtini tashlab chiqib ketadi, ko’p o’lkalarni kezadi va 1118 yilda Qashqarga qaytib kelib madrasada dars beradi. 97 yoshida (milodiy 1126 yil) vafot etadi va O’poldagi ajdodlari maqbarasiga dafn etiladi. Maqbara hozirgacha "œHazrati Mullom mozori" nomi bilan mashhur. M.Koshg’ariy ilk geograf, botanik, zoolog, turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olim, fol’klorshunos, elshunos, adabiyotshunos, shoir, tarixchi va qomusiy olimdir. Uning "œJavohir un-nahv fi lug’otit turk" ("œTurk tili sintaksisi qoidalari" ) asari topilmagan.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:28:10
"œDevonu lug’otit"turk asari haqida
"œDevonu lug’otit turk"("œTurkiy so’zlar devoni")hijriy 469 , milodiy 1076-1077 yillarda yozilgan bo’lib, Abulqosim Abdullioh binni Muhammad al muqtatoga bag’ishlangan.  Bu vaqtda muallif 50 yoshda bo’lgan. Yangi manbalarga ko’ra bu asar 1072 yilda yozila boshlangan va 1074 yilda tugatilgan. Muallif bu haqda shunday degan: "œkitob 464 yilda (hijriy) jumadul avval boshlarida boshlandi va to’rt karra yozilgandan va tuzatilgandan so’ng 466 yil jumadul oxirning 12-kuni bitirildi". Umuman olganda bu asar XI asrda yozilgan bo’lib, turkiy so’zlar lug’ati hisoblanadi. Bu kitobda O’rta  Osiyoda yashagan turkiy xalqlarning XI asrgacha bo’lgan badiiy ijodi to’g’risida juda qimmatli ma’lumotlar jamlangan bo’lib, unda qadimgi qabilaviy hayot, ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik bilan bog’lanib ketadigan lavhalar ko’p uchraydi. Muallif unda so’zlarning ma’nosini arab tilida izohlab beradi. Misol sifatida ko’plab xalq maqollari, hikmatlari, qo’shiqlaridan keltiradi. Bu haqda Mahmud Koshg’ariyning o’zi yozadi: "œMen bu kitobni mahsus alifbe tartibida hikmatli so’zlar, saj’lar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim"¦ Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo’llanib kelgan she’rlaridan shodlik va motam kunlarida qo’llaniladigan hikmatli so’zlaridan maqollaridan keltirdim". "œDevonu lug’otit turk"asarining asl qo’lyozmasi bizgacha yetib kelgan emas. Uning yozilgan sanadan 200 yuz yil o’tgach ko’chirilgan bir-bir nusxasi Istanbul kutubxonasida saqlanmoqda. Uch jilddan iborat bu kitob 1939-1941 yillarda hozirga turk tiliga tarjima qilinib nashr etilgan. O’zbekistonda "œDevon"ning birinchi tadqiqotchisi va qisman noshiri professor Fitratdir.Bu asarni filologiya fanlari doktori, taniqli tilshunos olim S.Mutallibov hozirgi o’zbek tiliga ag’dargan. "œQo’shiq", "œshe’r", "œqasida", "œmarsiya", "œafsona", "œmaqol" kabi atamalar ilk bor shu asarda qo’llangan va uyg’ur yozuvi haqida ham ilk ma’lumotlar keltirilgan. Asarda mehnat va marosim qo’shiqlari, lirik qo’shiqlar va o’gitnomalar, "œQish va yoz" munozarasi, "œAlp Er To’nga"marsiyasi ,savlar (afsonalar), maqollar, "œOltin qon" afsonasi (unda qadimgi turkiy ajdodlarimizning Iskandar Zulqarnaynga qarshi mardliklari hikoya qilinadi) va shu kabilar keltirilgan. "œDevon"da turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog’liq bo’lgan she’riy parchalar katta o’rin tutadi. Ularda xalqning urf- odati, yashash tarzi, mashg’uloti, ishonch e’tiqodlari ifodasi ochiq ko’rinadi. Yigitlarni ishga safarbar qilish, meva terish, ovchilikka da’vat kabi qadimgi turmush tarzidan olingan qo’shiqlar maxsus berilgan.
   Lirik qo’shiqlarda insonning qalb kechinmalari, nozik his-tuyg’ulari  ifodasi, tabiat va ona yurt manzaralari tasviri yetakchilik qiladi. Kishilarni qurshagan olam haqidagi qo’shiqlarda turkiy xalqlarning doimiy yo’ldoshi-otlar ham alohida mavqe tutadi. Asarda ko’pgina qo’shiqlar ovchilik, chorvachilik bilan — turkiy xalqlarning yashash tarzi bilan chambarchas bog’liq holda yuzaga kelgan. Mahmud Koshg’ariy "œqo’shiq" atamasiga "œshe’r, qasida" deb izoh bergan. "œDevon"ga kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini to’rtliklar tashkil qiladi. Ular a-a-a-b va a-a-a-a yoki a-b-v-b shaklidagi qofiyadoshlikka ega. To’rtliklarda Vatan va yurt muhabbati, xalq uchun jang qilgan bahodirlar bilan faxrlanish, tabiat manzaralari go’zalligi, mehnat shavqi turli insoniy kechinmalar talqini mavzusi yetakchilik qiladi.
   "œDevou lug’otit turk" dagi she’riy parchalar shakliga ko’ra ikkilik, to’rtlik va murabba’lardan tashkil topgan bo’lib, ularning ko’p qismi pand-nasihat, o’gitlardan iborat. Asardagi xalq qo’shiqlarining tasvir usullari ham nihoyatda xilma-xil. "œQaqlar qamug’ ko’lardi" to’rtligi, "œQish bilan yoz" munozarasida jonlantirish, "œBulnar meni ulas ko’z"
to’rtligida esa sifatlash asosiy o’rin tutadi.       


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:29:20
"œAlp Er To’nga"marsiyasi haqida
Alp Er To’nga — turklarning qadimiy qahramoni. Yusuf Xos Xojib tojiklar uni Afrosiyob deb atashlarini yozgan. Mahmud Koshg’ariy Afrosiyobni Qashqarda — O’rdukand shaxrida turar edi, deb ko’rsatadi. To’nga Alp Er — yo’lbars kabi kuchli bahodir odam, demakdir. Shuningdek, uning barman, Barsg’an degan o’g’illari hamda Qaz ismli qizi haqida ham ma’lumotlar saqlanib qolgan. Qaz haqida asarda quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: "œQaz Afrosiyob qizining nomidir. Qazvin shaxrini shu qurgandir. Bu so’zning asli qaz o’yini — g’oz o’ynaladigan joy demakdir"¦Qazining otasi To’nga Alp Er —Arosiyobdir. U Tahmurasidan 300 yil keyin Marsiya bino qilgan. Ba’zilar butun Movorounnahrni turklar o’lkalaridan deb bilganlar. U Yaikanddan boshlanadi. Uning bir oti Dizro’iyndir. U sariqligiga ko’ra mis shaxri demakdir. Buxoroga yaqindir. Bu yerda Afrosiyobning qizi Qazning eri —Siyovush o’ldirilgan. Majusiy- otashparastlar har yilui bir kun bu yerga kelib, Siyovush o’lgan joyda atrofida yig’laydilar. Mollar so’yib qurbonlik qiladilar"¦"
  Mahmud Koshg’ariy Afrosiyobning bolalari xoqon, xon deb atalganini eslatadi. Marsiyada Afrosiyob — Alp Er To’nganing o’limi achchiq qismat, dahshatli fojia, o’rnini to’ldirib bo’lmaydigan yo’qotish sifatida baholanadi. Bu marsiya murabba’ shaklida bo’lib, misralar asosan a-a-a-b qofiyalanish tartibiga ega. Alp Er To’nga marsiyasi barmoq vaznidadir. Uning har bir misrasi yetti bo’g’indan tuzilgan. Turoqlar asosan 4+3 shaklida.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:30:10
Maqollardan namunalar:

1."œTulku o’z iniga ursa, ujuz bo’lur" ("œTulki o’z uyasiga qarab ulisa qo’tir bo’ladi"). Mahmud Koshg’ariy izohlashicha, "œbu maqol o’z elini, urug’ini va mamlakatini yomonlovchilarga qarata aytilgan".
2."œErik erni yag’lig, ermagu bashi qanlig’" ("œTirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlik"). Bu maqol yalqovlikni tashlashga, g’ayrat bilan ishlashga undab aytilgan.
3."œSuv ichirmasga sut ber". U senga yomonlik qilganga ham yaxshilik qil, degan ma’noda ishlatiladi.
4."œO’kuz azaqi bo’lg’uncha, buzag’i bashi bo’lsa yik" ("œHo’kizning oyog’i bo’lguncha, buzoqning boshi bo’lgan yaxshiroq"). U "œmustaqillik bo’ysunishdan yaxshi " degan ma’noda qo’llanadi.
5."œTavg’och xonning to’rqusi telim, tenglamazib bichmas" ("œ(Qoraxitoy) xoqonining ipak gazmoli ko’p, lekin o’lchamay kesilmaydi"). Bu maqol ishni boshida puxta o’ylab qilishga undab, isrofgarchilikka qarshi aytilgan.
6."œUma kelsa, qut kelar" ("œMehmon kelsa, qut kelar"). Bunda "œsenga mehmon kelsa, u bilan birga baraka, qut-baxt keladi, qo’noqni yaxshi qarshi oladilar, malol olmaydilar" degan fikr ilgari surilgan.
7."œQiz kishi savi yo’rig’li bo’lmas" ("œBaxil odam obro’ topmaydi"). Bu maqol odamlarni yaxshi nom chiqarish, saxiy bo’lish uchun undab aytilgan.
8."œErdam bashi til". Odob boshi til.
9."œTilin tugmishin tishin yazmas" ("œTil bilan tugilganni, tish bilan yechib bo’lmas").
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 07 Aprel 2008, 15:30:46
She’rlaridan namunalar:

Eshitib ota-onangni,
So’zlarini qadrla.
Molu mulking ko’paysa,
Mag’rurlanib quturma.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 16 Aprel 2008, 14:49:49
                                             Yusuf Xos Hojib
Yusuf Xos Hojib turkiy tilda ilk yirik hajmli adabiy — ma’rifiy asar yaratgan iste’dodli shoir, davlat arbobi, donishmand adibdir. U Quz O’rdu (Bolasog’un) shahrida taxminan XI asrning 20-yillarida tug’ilgan. Quz O’rdu turkiylar istiqomat qiladigan qadimiy shaharlardan biridir. U Bolasog’un nomi bilan ham mashhur bo’lgan. Bu shahr XI asrda yozilgan yana bir muhtasham obida — Mahmud Koshg’ariyning "œDevonu lug’otit - turk" asarida bir necha marta tilga olingan. Jumladan, bu shahrning arg’un lahjasida Quz ulus, o’g’uz lahjasida esa Quz O’rdu deb yuritilishini Mahmud Koshg’ariy qayd etadi. Yusuf Xos Hojib zamonasining eng muhim fanlari: tarix, badiiy adabiyot, astronomiya, geometriya, matematika, tabiiyot, geografiya va boshqalarni, fors-tojik va arab tillarini chuqur o’rgangan. Adib hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot beruvchi manba uning "œQUTADG"U BILIG" asaridir.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 16 Aprel 2008, 14:55:48
"œQutadg’u bilig" asari haqida.
  Yusuf Xos Hojib o’z asarini yozish uchun juda katta tayyorgarlik ko’radi: Chin (Xitoy), Mochin (Sharqiy Turkiston), Eron va Turon bo’ylab safar qiladi. U yerdagi turli madaniy-adabiy, tarixiy yodgorliklarni o’rganadi. Shuning uchun ham asarga o’z davrining nihoyatda ahamiyatli bo’lgan rang-barang mavzularini qamrab oladi. "œQutadg’u bilig" ("œBaxt — saodatga eltuvchi bilim") asari hijriy 462-yilda, milodiy 1069-1070 yillarda yozilgan. Asarni yozish uchun muallif 18 oy (bir yarim yil) vaqt sarflaydi. Kitob Qashg’ar hukmdori Tamg’ach ulug’ Bug’ro Qoraxon Abo Ali Hasan binni Arslonxonga tortiq qilingan va buning evaziga muallif Xos Hojib (muqarram, eshik og’asi) lavozimi bilan taqdirlangan. Shundan keyin u Yusuf Xos Hojib nomi bilan shuhrat qozongan. Turkiy adabiyotda aruz vaznidagi dastlabki yirik tajribani Yusuf Xos Hojib boshlab bergan. U o’z asarini mutaqorib bahrida yozgan, tajnisli qofiyalarni ishlatgan. Adib so’z qudratini , ona tilining ichki imkoniyatlarini nozik darajada his etadi. U tilni "œbilim va aql-idrok tarjimoni" deb ataydi va "œmen turkcha so’zlarni yovvoyi shoh kiyigi singari deb bildim, shunga qaramay ularni avaylab-asrab qo’lga o’rgatdim", deb yozadi. "œQutadg’u bilig" pandnoma asar bo’lib, unda to’rtliklar, bahor madhi, tilning fazilati, foyda va zararlari, bilim, o’quv-idrok farqi, bir yigitga qirq hunar ozligi haqida fikrlar keltirilgan. Asarda keltirilgan quyidagi to’rtlikni turkiy yozma adabiyotda yaratilgan dastlabki tuyuqlardan biri deb dadil aytish mumkin:

Qayu yerda bo’lsa o’qush bila o’g, (aql)
Ani er atag’il, necha o’gsa, o’g (maqta)
Uqush, o’g, bilig kimda bo’lsa tugal,
Yavuz ersa kaz te, kichik ersa — o’q (ulug’la)
Mazmuni:  Qaysi bir kishida aql va zakovat bo’lsa,
Uni (haqiqiy) kishi deb atagin, qancha maqtasang maqta.
Zakovat, aql, bilim kimda yetuk bo’lsa,
Yomon bo’lsa (ham) yaxshi de, kichik bo’lsa (ham) katta deb bil (ya’ni  ulug’la)

  Adibning bu asarini vatan, el-yurt madhiyasi deb atash mumkin. Yusuf Xos Hojib hukmdor va saroy ahlini oqil bo’lsihga, adolat bilan ish yuritib, mamlakatni obod va elni shod-xurram qilishga da’vat etadi. Asarda muallif o’xshatish (tashbeh) san’atini juda o’rinli qo’llagan. Qadni dolga (yoyga), yuzni oyga, tiriklik (hayot)ni rabotga, yigitlikni arg’umoqqa, bilimni kimyoga, mash’alga, so’zni zaharga, shakarga, ko’ngilni dengizga, shishaga, zolim amaldorlarni bo’riga, xalqni qo’yga va bekni qo’ychivonga o’xshatish yozma adabiyotda an’anaga aylangan. Yusuf Xos Hojib yilqi (hayvon) obrazini nodon, bilimsiz, zakovatsiz, ochko’z va umuman yomon xulqli kishiga nisbatan, bo’ri obrazini lashkarboshi, yov-dushman, mard, er, o’lim kabilarga nisbatan qo’llagan. Lahskarboshining kuchliligi, yovga dahshat solishi arslonga, doimiy hushyorligi zag’izg’onga, baquvvatligi qoplonga, hujumkorligi va dushmanga hamlasi to’ng’izga, mardonavorligi bo’riga, jangda mohirligi, hiylakor va tadbirkorligi tulkiga, shiddati ayiqqa, qasoskorligi qo’tos va tuya erkagiga o’xshatilgan. "œQutadg’u bilig" istioralari ham o’ziga xos. Tun bir o’rinda "œqora yuz bog’i" istiorasi bilan ifodalansa,, boshqa o’rinda "œzangi yuzi", "œsevuglar qoshi", "œqora soch bo’dug’i", "œqora ko’ylak", "œzog’ rangi", "œhabash qirtishi", "œtul to’ni"
, "œqunduz terisi" istioralari bilan ifodalangan. Shoir yigitlikni kezuvchi bulutga, yoshlikdagi yuzni arg’uvonga, sochni ipakka, qomatni qayin va o’qqa tashbeh qiladi. Yigitlikni "œtiriklik tatg’i", "œqamug’ ko’rk", "œsevug jon sevunchi" deb ataydi. Asarda keltirilgan "œBahor madhi"ni turkiy adabiyotdagi ilk qasida sifatida baholash mumkin. Bu qasida 59 banddan 6500 bayt, 73 fasl (bob)dan iborat. "œQutadg’u bilig"ni chinliklar "œAbadul-mulk", mochinliklar "œOyinul mamlakat", Sharqda "œZiynatul umaro", eronliklar "œShohnomai turkiy" yoki "œPandnomai muluk", turonliklar "œQutadg’u bilig" deb atashgan. Yusuf Xos Hojib esa o’z asarini "œTurkiy shohnoma" deb atagan.
  Bu asarning uch qo’lyozma nusxasi ma’lum. Bu nusxalar "œVena" (yoki "œHirot",), "œQohira" va "œNamangan" (Namangan nusxasi namanganlik Muhammadhoji Eshon Lolarish shaxsiy kutubxonasidan olingan) nusxalari deb yuritiladi. Uning XV asrda Hirotda ko’chirilgan nusxasi uyg’ur yozuvida bo’lib, qolgan ikki nusxasi arab yozuvidadir. "œQutadg’u bilig" XII-XIV asrlarda Yevropada "œzersal" deb nomlangan janrning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. BU dostonda to’rtta asosiy masala qo’yilgan va bu masalada to’rt majoziy obraz qiyofasida ifodalangan.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 16 Aprel 2008, 15:35:02
"œQutadg’u bilig" siymolari

  Asarda to’rtta yetakchi qahramon bor. Bular quyidagilar: ADOLAT _ Kuntug’di (chiqqan kun), davlat — vazir Oyto’ldi (to’lgan oy), aql — vazir o’g’li O’g’dulmish (aqlga to’lgan) va qanoat (ofiyat) — O’zg’urmish (uyg’ongan, xushyor qiluvchi, sergaklantiruvchi). Muallif o’z fikr-mulohazasini obrazlarning o’zaro savol-javobi va munozaralari yo’li bilan ifoda etadi. Asar qahramonlarning o’zaro suhbati asosiga qurilgan. Unda Kuntug’di va Oyto’ldi dunyo hodisalari haqida suhbatlashadi.
  Yusuf Xos Hojib tasvirida Kuntug'di "œqilmishlari to’g’ri, fe’lu tabiati rost, tili chin, yetuk, ko’zi va ko’ngli boy, bilimli, zakovatli, hushyor, yomonlarga misli bir olov edi". Kuntug’di bir kuni uch oyoqli kumush kursi ustida, qo’lida pichoq, so’l tomonida urog’un (bir xil dori) va o’ng tomonida shakar qo’yilgan holda turadi. Oyto’ldi buning sababini so’raydi. Kuntug’di quyidagicha javob beradi: "œMen ustida o’tirgan kursining oyog’i uchtadir. Barcha uch oyoqli narsa siljimas, mustahkam bo‘ladi. Agar poyalardan birortasi siljisa, u kursi yiqiladi. Qo’limdagi pichoq esa qirquvchi va kesuvchi narsadir. Kim adolatimdan bahra olsa, shakardek chuchuk bo’lib ketadi-sevinadi. Zo’ravon, zolimlar esa urog’un ichgandek yuzi burishadi".

Oyto’ldi — vazir, ayni paytda davlat ramzi. Bir kuni Elig — hukmdor uni chaqirtirganda Oyto’ldi ko’zini yumib, yuzini o’girib, koptokning ustiga o’tirib oladi. Buning sababini Oyto’ldi quyidagicha tushuntiradi: "œSen o’rin berding, men esa avvaliga o’tirmadim, chunki mening o’rnim yo’q, buni bilib ol, demoqchi bo’ldim. Koptok menga o’xshaydi. U o’rinsiz dumalab yurgan kabi Davlat ham beqarordir. Iltifot qilganingda ko’zimni yumganligim va yuzimni o’girganligim mening qilmishlarim jafo, menga ishonma, deganim edi". Asarda Oyto’ldining vafot etishi ham bejiz emas.

O’gdulmish — asardagi eng faol qahramon. O’gdulmish "œaql bilan ziynatlangan  deganidir. Undagi bosh fazilat har qanday hodisaga aql ko’zi bilan qarashdir. O’gdulmish bilimdon, donishmand kishi. U hayotning hamma sohalaridan puxta xabardor. O’gdulmish va O’zg’urmishning savol-javoblari ba’zan keskin munozara darajasiga yetadi. Shunda ham O’gdulmish bosiqlik qiladi, aql bilan ish yuritadi, natijada O’zg’urmishni o’z g’oyalariga ishontiradi.


O’zg’urmish "œhushyor qiluvchi", "œsergaklantiruvchi" demakdir. Boshqalardan o’zib ketuvchi ma’nosi ham bor. Uning zohid qiyofasida ko’rinishida shu ma’noga uyg’unlik bor. U behuda ishlar bilan band bo’lish, har xil mayda-chuyda orzu-havaslarga ovunib qolishdan ogohlantiradi. Mudrab borayotgan tuyg’ularni sergaklantiradi. O’zg’urmish qat’iy fikrli inson. U Eligning shaharga saroyga taklifini rad etadi. Garchi bu taklif uch marta takrorlansa-da, u fikrni o’zgartirmaydi. Faqat O’gdulmishning oqilona tushuntirishlaridan so’ng, ziyorat maqsadidagina Elig huzuriga boradi. O’zg’urmish Eligga so’ngsiz tiriklik, ko’rmas yigitlik, doimiy sog’lik, tuganmas boylik kabi to’rt shart qo’yadi. ("œSaddi Iskandariy"da shahzoda Iskandarga shunday shartlar qo’yilgan.) So’ngra o’z manziliga — tog’ etagidagi g’orga qaytadi va shu yerda vafot etadi. O’zg’urmish — taqvodor inson. U din va diyonatni hamma narsadan ustun qo’yadi. U O’gdulmishga quyidagi fikrlarni aytadi: "œSen tansiq taomlarni, men esa oddiy arpa oshini yeyman. Uxlab tursak ikkimiz ham och qolamiz. Shunday ekan, bunday ovqatlarga ruju qo'yishning nafi yo'q. Sen duxobalarga o’ranib yurasan. Men esa qopdan tikilgan to’n bilan kifoyalanaman. Ertaga o’lim kelsa, ikkimiz ham yalang’och ketamiz-ku! Demak, tanni emas, ruhni boyitish lozim".

  Umuman, Yusuf Xos Hojib bu obrzlar timsolida Davlat, Adolat bva Aql bilan boshqarilmog’i kerak, degan fikrni ilgari surgan.

Asardan parchalar:

1.Senga kim qilarkan odamgarchilik,
   Javob ber unga sen qilib yaxshilik.
   Vafoga vafodir kishilik haqi,
   Vafo qil, odil bo’l, nom ol mangulik.

2.Uquvli tirikdir, uquvsiz — o’lik,
   Kelu, ey uquvsiz, uquv ol ulig (ulush, hissa)

3.Biliglik uqushlug’ kishi ul kishi,
   Aningda naru barcha yilqi tushi.

Ma’nosi:  Bilimli, zakovatli odam odamdir,
                Undan boshqa barcha (kishi) yilqi tengdir.

4. Biliglig’ uqushlug’ bilar bilsa ish,
    Biliglig’ uqushlug’ qilur qilsa ish.

(Bu baytda takrir, qofiya, radif kabi she’riy san’atlar qo’llangan)

Ma’nosi:  Ishni bilsa, bilimli, zakovatli bo’ladi,
                 Ish qilsa, bilimli, zakovatli qiladi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2008, 14:53:14
Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144)

  Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad Jarulloh Zamaxshariy 1075 yilning 19 martida Xorazmning Zamaxshar qishlog’ida qassob oilasida tug’ilgan. Otasi Umar ibn Ahmad machitda imomlik qilgan, onasi taqvodor va dindor ayollardan biri bo’lgan. Zamaxshariy dastlabki ta’limni otasidan olgan, so’ngra Xiva va Buxoro, Xuroson va Isfahon, Bag’dod va Makka madrasalarida tahsil olgan. O’qishni tugatgach, bir qancha vaqt shoh xizmatida kotiblik bilan shug’ullangan. Olim tilshunoslik, adabiyotshunoslik, geografiya, tafsir, hadis, huquq, lug’atshunoslik va boshqa shu kabi sohalarga oid 56 ta asar yozgan. Umrining so’nggi yillarida Xorazmga qaytib kelgan va 1144 yilning 1 aprelida vafot etgan. Zamaxshariyni "œArablar va g’ayri arablar ustozi", "œJorulloh" (Ollohning qo’shnisi), "œXorazm faxri", "œAdablar peshvosi" va "œButun dunyo ustozi" kabi nomlar bilan atashgan.
  Zamaxshariy arab tili gramatikasiga oid "œAl-Muffasal"asarini makka shahrida 1121 yilda yozgan. Bu kitob arab tili gramatikasini o’rganishda muhim qo’llanma sifatida azalda sharqda ham, G’arbda ham shuxrat topgan asarlardan hisoblanadi. Olimning xorazmshoh Alouddavla Abdulmuzzafarga bag’ishlab 1137 yilda yozgan "œMuqqadamat —ul- adab"asari besh qismdan iborat bo’lib, otlar, fe’lklar, bog’lovchilar, otlarning turlanishi, fe’llarning tuslanishi haqida  bahs yuritilgan, unda adabiyot nazariyasiga, ayniqsa, badiiy tasvir vositalariga alohida e’tibor berilgan. Ushbu asar fors, chig’atoy (o’zbek), mo’g’ul, turk va boshqa tillarga tarjima qilingan. Manbalarda ko’rsatilishicha, "œMuqaddimat-ul-adab"ning chig’atoy (o’zbek) tiliga tarjimasi Zamaxshariyning o’zi tomonidan amalga oshirilgan.
  Asarlari: "œAl-Mufassal" (1121), "œMuqaddimat-ul-adab" (1137, "œAdabiyotga kirish"), "œAl-Kashshof" , "œAsos al-balog’a" ("œNotiqlik asoslari", lug’atshunoslikka oid), "œTog’lar, manzillar va suvlar", "œHadislardagi notanish so’zlarni o’zlashtiruvchi", "œQofiya" va boshqalar
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2008, 14:59:12
Ahmad Yassaviy (1166 yilda vafot etgan)

  Ahmad Yassaviy mutasavvuf shoir, shayxul mashoyix, sultonul orifin laqablariga musharraf bo’lgan zot, Yassaviya (Jahriya) nomli tariqatning asoschisidir. U Sayram shahrida Shayx Ibrohim ota va Oysha ona (Qorasoch momo) oilalarida dunyoga keladi. Uning Latif ota va Mustafoqul ota kabi aka-ukasi bo’lgan. Ahmad 7 yoshida otasidan yetim qoladi. Dastlab Arslonbobdan, keyinchalik buxorolik yirik mutasavvuf Yusuf Hamadoniydan tahsil oladi. So’ngra Turkistonga qaytib shayxlik qiladi, ovozasi ortadi. Ahmad Yassaviy Muhammad payg’ambardan ortiq umr ko’rishini istamagan va 63 yoshida yerto’laga tushib, umrining oxirigacha ana shu yerto’lada yashagan. Amir Temur 1395-1397 yillarda Ahmad Yassaviy dafn etilgan joyga maqbara qurdirgan. Ahmad Yassaviy she’rlarini to’rtlik shaklida yaratib, ularga "œhikmat" deb nom bergan. Hikmatlarga "œQul Xoja Ahmad", "œXoja Ahmad Yassaviy", "œAhmad ibn Ibrohim", "œSulton Xoja Ahmad Yassaviy", "œYassaviy Miskin Ahmad", "œAhmadiy", "œQul Ahmad", "œMiskin Ahmad" kabi taxalluslar qo’yilgan. Yassaviy hikmatlarida jaholat va nodonlik qoralangan. Shoir ijodi uchun Qur’on, hadis va umuman diniy ma’rifat yetakchi xususiyat hisoblanadi. Yassaviyning asarlarida hayotning barcha bosqichlari "œshariat", "œtariqat", "œma’rifat", "œhaqiqat"dan iborat degan tasavvufona g’oya o’z ifodasini topgan. Yassaviy hikmatlarining tili xalqning jonli so’zlashuv va xalq qo’shiqlari tiliga yaqin turadi.
  Asarlari: "œDevoni hikmat" (Daftari soniy (Ikkinchi daftar)), "œTariqat odobi to’g’risidagi risola", "œMe’roj hikoyasi", "œMunojotnoma", "œFaqrnoma" va boshqalar.

Hikmatlaridan namunalar:

Nafsdin kechib, qanoatni pesha qilg’on,
Har kim tepsa, rozi bo’lib bo’yin sung’on,
Yaxshilarga xizmat qilib, duo olg’on,
Andog’ oshiq mahshar kuni armoni yo’q.


Ahli dunyo xalqimizda saxovat yo’q,
Podsholarda, vazirlarda adolat yo’q,
Darveshlarni duosida ijobat yo’q,
Turluk balo xalq ustiga yog’di, do’stlar.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Aprel 2008, 15:07:44
Adib Ahmad Yugnakiy (XII asr oxiri — XIII asrning I yarmi)

  Adib Ahmad Yugnakiy turk mashoyixi va iste’dodli shoiridir. Uning "œHibat ul-haqoyiq" ("œHaqiqatlar tuhfasi" yoki "œSevimli haqiqatlar") nomli yagona ta’limiy-ma’rifiy dostoni yetib kelgan. A. Navoiy o’zining "œNasoyim ul-muhabbat" ("œMuhabbat shabbodalari") asarida Ahmad Yugnakiyning turk elidan chiqqan "œziyrak va zakiy" kishi ekanligi, Bag’dod yaqinida maskan tutib, mashhur Imom A’zam saboqlariga piyoda kelib ketishi, ko’pchilik elning unga e’tiqod qo’ygani, hikmatli va nozik mazmunli misralari turk ulusida keng yoyilgani xususida xabar beradi. Shoirning oti Adib Ahmad, otasining ismi Mahmud Yugnakiydir. Adib tug’ilgan joy Yugnak deb atalgan. Adib Ahmadning tug’ma ko’rligi haqida dostondagi ma’lumotni A. Navoiy yanada aniqlashtirib, shoirning "œko’zlari butov (yopiq, bitgan) ermishki, aslo zohir ermas emish. Basir (ko’rmaydigan) bo’lib, o’zga basirlardek andoq emas ermishki, ko’z bo’lg’ay. Ammo bag’oyat ziyrak va zakiy va zohid va muttaqiy (taqvodor, parhezkor) kishi ermish"¦ Haq subhanohu taolo agarchi zohir ko’zin yopiq yaratqondur, ammo ko’ngil ko’zin bag’oyat yorug’ qilg’ondur", deydi. "œHibat ul-haqoyiq" asari pandnoma asar bo’lib, Dod Sipohsolarbekka bag’ishlangan. U 14 bob, 256 baytdan iborat. Bu asar ham "œQutadg’u bilig" ga o’xshab aruzning mutaqorib bahrida yozilgan. Adib uning "œkoshg’archa" til bilan yozilganligini alohida ta’kidlaydi. Shoir to’g’rilik va egrilik, odob bilan odobsizlik kabi mavzular ustida to’xtalar ekan, turli badiiy tasvir vositalari — o’xshatish, tazod, jonlantirish, takrir kabilardan ustalik bilan foydalangan.
  Adib "œo’q yarasi, aqldan ozish, til jarohati va uni tiyish" haqida quyidagi fikrlarni bayon etadi:

Nekim kelsa erga tilidin kelur,
Bu tildan kim edgu, kim aqir bo’lur"¦

(Ma’nosi: Kishi boshiga nima yomonlik kelsa, tili tufayli keladi, Tili tufayli birovlar ezgu, baxtli, birovlar haqir, xoru zor bo’ladi.)

  Asarda "œQutadg’u bilig" dagi tasvir usullariga uyg’un namunalar anchagina. Adib Yusuf Xos Hojib qo’llagan "œko’ngilik (to’g’rilik) to’ni", "œmuruvvat yo’li", "œati (nomi) o’lik" singari istioralardan unumli foydalangan. "œHibat ul-haqoyiq"da barcha o’gitlar faqat muallif tilidan bayon qilingan. Ushbu asar 1951 yilda Arat Rahmatiy tomonidan birinchi marta Istanbulda, 1971 yilda O’zbekistonda Qozoqboy Mahmudov tomonidan nashr qilingan. 

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:29:01
                                   Nosiriddin Burhoniddin o’g’li Rabg’uziy

                                              (XIII-XIV asrlar oralig’i)

  Rabg’uziyning asl ismi Nosiriddin bo’lib, Xorazmning Raboti O’g’uz degan joyida yashab ijod etgan. U o’zbek nasriy adabiyotining birinchi yirik namunasi "œQissasi Rabg’uziy" nomli asar muallifi, atoqli shoir va olimdir. Otasi Burhoniddin O’g’uz Rabotining qozisi bo’lgan. "œQissasi Rabg’uziy" asari hijriy 710, milodiy 1310 yilda yozib tugallangan bo’lib, jami 72 qissadan iborat. Rabg’uziy anbiyolar — payg’ambarlar hayotidan hikoya qiluvchi qadimiy Sharq qissa va afsonalarini qayta ishlab, manzarali lavhalar, jonli tasvirlar, hiyla pishiq, his-hayajon va kechinmalarga boy obrazlar hosil qilgan, kerakli o’rinlarda she’riy parchalar qo’llagan. Asarda e’tiqod va imonga sodiqlik, pok insoniy axloqning badnafslik, hirsu hasad, qonxo’rlik va nohaqliklar ustidan g’alabasi tasvirlanadi. Rabg’uziy o’zining "œQissasul anbiyo" (yoki "œQissasi Rabg’uziy") asari bilan XIII-XIV asrlarda o’zbek nasrini o’z davrida yuqori cho’qqiga olib chiqdi.Undagi qissalarda Shish, Muso, Iso, Sulaymon, Nuh, Dovud, Muhammad kabi payg’ambarlar : Horut va Morut kabi farishtalar, Qobil va Hobil kabi shaxslar haqida turli-tuman sarguzasht voqealar hikoya qilingan. Masalan: "œNamrud hikoyati"da Namrud makru-hiyla bilan to’rtta karkas bolasi yordamida osmonga chiqib tushgani, "œNuh payg’ambarning kema safari hikoyati" da esa qanday qilib qaldirg’och odamlarni ilonlarga yem bo’lishidan saqlab qolganligi hikoya qilinsa, "œUzum hikoyatida" Nuh alayhissalom va Shayton orasidagi voqea tasvirlanadi (unda Shayton uzumni tulki, sher va to’ng’iz qoni bilan sug’oradi). "œUchar otlar hikoyati"da Sulaymonning qanday qilib uchar otlarni qo’lga kiritgani haqida ("œEy Samandun, Sulaymon o’ldi, devlar qutuldi" degan so’zlar ham shu hikoyatdan olingan), "œBilqis hikoyati"da Sulaymon va Bilqis orasidagi mojarolar haqida gap boradi (Bilqisning otasi Ahmad podsho, onasi farishta edi. Bilqis Sabo shahrida hokim edi, Hudhud uning husni jamoli, shonu shavkatlarini ta’rif va tavsif qiladi. Bilqis Rafi degan vazirni, Tab’ degan kanizini Sulaymon huzuriga yuboradi va hok.).
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:33:07
                                            Pahlavon Mahmud (1247-1326)

  Mashhur faylasyf olim, insonparvar shoir, Xorazmda Najmiddin Kubrodan boshlangan javonmardlik tariqatining davomchisi, Sharqda nomi chiqqan pahlavon va pahlavonlarga ustozlik qilib, "œPuryoyi vali" (aziz va mukarram) laqabini olgan. Mahmud 1247 yili Xiva yaqinida po’stindo’z oilasida tug;ilgan. U hayotda mardlik va jasurlikni, muhtojlarga beminnat saxovat ko’rsatish, o’zi uchun esa hech narsa tama’ qilmaslikni targ’ib etgan. Ko’hna Urganch va Xiva madrasalarida ta’lim olgan, kuragi yerga tegmagan bahodir sifatida shuhrat qozongan. Adib fors-tojik tilida ijod qilib, "œQitoliy" va "œPuryoyi vali" taxalluslarini qo’llagan, po’stindo’zlik va telpakdo’zlik bilan shug’ullangan. U fors tilida "œQanzul-haqoyiq " nomli masnaviy va ko’plab ruboiylar yozib, so’fiyona g’oyalarni bayon etgan. Shoir 1326 yilda ona shahrida vafot etadi. Hamshaharlari uning qabri ustida muhtasham maqbara tikladilar (maqbara devorlari peshtoqlariga uning ruboiylari badiiy naqsh sifatida tushirilgan). XIX asr boshlarida Muhammad Rahimxon II (Feruz) bu joyni ziyoratgohga aylantirgan. Pahlavon Mahmud ruboiylarini Imomiddin Qosimov (Ulfat), Omonulla Valixonov (Bokir), Muinzoda, Shoislom Shomuhamedov, To’xtasin Jalilov, Vasfiy, Matnazar Abdulhakim, Ergash Ochilovlar tarjima qilishgan.

Ruboiylaridan namunalar:

Tuproq to’shagida yotgan ko’p ko’rdim,
Yer qaro bag’riga botgan ko’p ko’rdim.
Yo’qlik olamiga ko’z tashlaganda,
Kelmagan ko’p ko’rdim, ketgan ko’p ko’rdim.

****

Ko’nglim oppoq, na kek va na kinam bor,
Dushmanim ko’p, valekin men hammaga yor.
Mevali daraxtman, har bir o’tkinchi,
Tosh otib o’tsa ham menga bo’lmas or.


Podsholik istasang, bo’l el gadosi,
O’zingni unutu, bo’l el oshnosi,
El toj kabi boshga ko’tarsin desang,
El qo’lin tutginu bo’l xokiposi.


Oh tortgan chog’ingda yo’lga ko’z tutgil,
Yo’lda quduq bordur, ehtiyoting qil,
Do’st uyida mahram bo’lgan vaqtingda,
Qo’lingni, ko’zingni dilni til bil.


Ul qodirki arzu aflok yaratdi,
Ko’ngilda do’g, dilni g’amnok yaratdi.
Mushkin zulflarniyu yoqut lablarni,
Yerda qorib oxirda xok yaratdi.


Necha yil ilm-hunar payida bo’ldik,
Necha yil zar-zevar payida bo’ldik.
Olam sirlaridan bo’lganda ogoh,
Bari ishni tashlab qalandar bo’ldik.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 03 May 2008, 13:36:27
  Sayfi Saroyi (1321-1396)

  Sayfi Saroyi g’azalnavis shoir, tarjimondir. U 1321yilda Xorazmning "œQamishli" degan qishlog’ida hunarmand-qurolsoz oilasida tug’ilgan. Dastlabki bilimini o’z yurtida olgan Sayfi (bu so’zning ma’nosi "œqilich" demakdir) o’qishni davom ettirish uchun Oltin O’rdaning markazi Saroyga boradi. Bu yerda u qunt bilan o’qib, shoir sifatida taniladi. Bu haqda uning o’zi quyidagilarni yozadi:

Qamishli yurt mening tuvg’on elimdi,
Biling, g’urbatga kelturg’on bilimdi.
Kelib bo’ldim saroyda she’r fidoyi,
Saroyning shoiri, elning gadoyi.

  Urushlar tufayli Sayfi Saroyi dastlab Eronga, keyin Turkiyaga boradi. U umrining oxirlarida Misrga borib, o’sha joyda taxminan 1396 yilda vafot etgan. Shoirning bizgacha bir qancha g’azal, qasida, ruboiy, masnaviylari, "œSuhayl va Guldursun" dostoni (hijriy 796(1394), 82 bayt (164 misra), hazaji musaddasi maqsur vaznida yozilgan), "œGuliston bit-turkiy" ("œTurkiy guliston", Sa’diy asarining erkin tarjimasi) asari (1391) yetib kelgan. Shoirning o’zbek adabiyotiga qo’shgan hissasi bebahodir. O’zidan oldingi yashab ijod etgan shoirlar ijodini o’rganib, Sayfi Saroyi quyidagi misralarda ijod maydonini bog’ gulshaniga, shoirlarni esa shu bog’dagi qushlarga qiyos qilib, ikki guruhga ajratgan:

Jahon shoirlari, ey gulshani bog’,
Kimi bulbuldurur so’zda, kimi zog’.

  Shoirning "œIso mo’jizasi" hikoyatida qo’lidan kelmaydigan ish bilan shug’ullanmaslik g’oyasi ilgari suriladi. Hikoya qahramoni Iso (Iusus Xristos, laqablari: Ruhulloh, Masih (Masiho))dir. Iso mo’jizasi: o’likni tiriltirishdir. Masih — tiriltiruvchi, jon bag’ishlovchi degan ma’nolarni bildiradi.
  Uning "œGulistoni bit-turkiy" asari 8 bobdan iborat:
1."œSultonlar haqidagi hikoyatlar"
2."œFaqirlar axloqi haqidagi hikoyatlar"
3."œQanoatning foydasi haqidagi hikoyatlar"
4.Sukutning foydasi haqidagi hikoyatlar
5."œIshqdagi yigitlik sifati haqidagi hikoyatlar"
6."œQarilikdagi zaiflik sifatlari haqida"
7."œTarbiyaning ta’siri haqida"
8."œSuhbat odoblari haqida".


  Bu asardagi Saboni Voil haqidagi hikoya nutq odobi mavzusiga bag’ishlanadi.

  She’rlari: "œTopilmas husn mulkinda"¦", "œKo’rinur", "œBahor tasviri", "œMeningdek nechalar hayron", "œUl yuzi oy", "œQamar yuzingdan" kabi g’azallari, "œVasful shuaro" (Shoirlar vasfi) masnaviysi va boshqalar.


Keyingi mavzu: "œXIV-XV asr adabiyoti namoyondalari"

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 May 2008, 13:51:00
                                                  Xorazmiy (XIV asr)

  Shoir Xorazmiy hayoti haqida juda kam ma’lumotlar saqlangan. "œMuhabbatnoma" degan yagona asari yetib kelgan bu adibning taxallusi o’z asarida qayd etilgan. Asar 754 (1353) yilda yozilgan bo’lib, 10 bobdan iborat bo’lib, u to’lig’icha hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Shoir bu asarda Muhammad Xo’jabekni madh etgan, g’azal, soqiynoma, munojot, qit’a, masnaviy, fard kabi janrlarni jamlagan. Xorazmiy "œzullisonayn" (ikki tilli) shoirdir. Adib asarning ikki bobini forsiy tilda yaratgan. Mavjud 946 misraning 634 misrasi o’zbek, 312 misrasi fors — tojik tilida yaratilgan. "œMuhabbatnoma" asari noma janri rivojida katta yutuq bo’lib, Xorazmiy ushbu asari bilan noma janriga asos solgan. "œMuhabbatnoma" ta’sirida Yusuf Amiriyning "œDahnoma", Xo’jandiyning "œLatofatnoma", Said Ahmad ibn Mironshohning "œTaashshuqnoma" asarlari yuzaga kelgan. "œShakardek til bilan olamni tutgan" shoir muhabbatni zavq-shavq bilan kuylagan. "œMuhabbatnoma" asarining 2 ta qo’lyozma nusxasi (uyg’ur va arab yozuvlarida) ma’lum bo’lib, ular Britaniya muzeyida saqlanadi.

Asardan parchalar:

 Saodat `ma’dabi, iqbol ganji,
Muhammad Xo’jabek — olam gunji!

Agar desam seni Rustam, yararsen,
Qiliching birla saflarni yorarsen.

Bo’yung sarvu sanubartek, beling qil,
Vafo qilg’on kishilarga vafo qil.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 May 2008, 13:56:18
                                                  Lutfiy (1366-1465)

  Lutfiy o’z zamonasida boshqa shoirlar orasida yuksak mahorat va zukko iste’dodi bilan ajralib turgan. U taxminan 1366 yilda Hirot shahri yaqinidagi Dehikanor degan joyda oddiy oilada tug’ilgan. Shoirning o’z asl ismi Lutfulla bo’lib, Lutfiy uning adabiy taxallusidir. Bu nom bilan u mashhur shoir, ulkan so’z san’atkori sifatida Sharqda tanilgan. Lutfiy Navoiyningng shoirlik istiqboliga zo’r umid va ishonch bilan qaragan. Navoiy "œMajolis un-nafois" asarida "œMavlono Lutfiy "¦ o’z zamonasining malikul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri (ya’ni tengi) yo’q erdi, ammo turkiyda shuhrati ko’prak erdi va turkcha devoni ham mashhurdir"¦" deb shoirga yuksak baho bergan edi. Bundan tashqari bu tazkirada shoirning umri so’nggida "œoftob" radifli she’r bitgani, barcha zamondosh shoirlar unga tatabbu’ qilganliklari aytilgan. Oddiy, kamtarona umr kechirgan Lutfiy 1465 yil 99 yoshida vafot etgan va o’zi tug’ilgan Dehikanordagi bog’ga dafn etilgan.
  Lutfiy fors va o’zbek tillarida 10-12 ming bayt ijod qilgan. Hozirgi kunda Lutfiy devonining 29 dan ortiq qo’lyozma nusxasi fanga ma’lum. Shoirning turkiy devonidan o’rin olgan lirikaning qasida, g’azal, ruboiy, tuyuq, qit’a, fard kabi janrlardagi she’rlaridan 49 dan ortiq, ya’ni 4560 misradan ko’proq qismi bizgacha yetib kelgan. Uning she’rlari ko’proq ishqiy bo’lib, uning har bir baytida bittadan xalq maqoli uchraydi. Lutfiy g’azalchilik an’anasiga ko’plab yangiliklar kiritgan adibdir. Uning "œSanga ne" g’azalida ilk marta suhbat — dialog usulini g’azalning boshidan oxirigacha davom ettirgan. Lutfiy Sharafiddin Ali Yazdiyning "œZafarnoma" asarining o’zbek tiliga she’riy yo’l bilan ijodiy tarjima qilgan va doston yaratgan. "œGul va Navro’z" dostoni ham Lutfiyga nisbat berilar edi, lekin ma’lum bo’ldiki, bu dostonni Haydar Xorazmiy yozgan ekan.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 May 2008, 14:01:36
                                                  Qutb (XIV asr)

  Qutb haqida juda kam ma’lumot yetib kelgan. U Xorazmda yashab ijod etgan. Shuning uchun Qutb Xorazmiy deb ham aytiladi. Qutb "œXusrav va Shirin " dostonini Sig’noq shahrida yozgan (1330-1340yy). Bu doston Oltin O’rda xoni O’zbekxon (1312-1342) ning o’g’li Tinibek va uning xotiniga bag;ishlangan bo’lib, Nizomiy Ganjaviyning shu nomli dostoni erkin tarjimasi hisoblanadi. "Xusrav va Shirin"œ dostoni 4740 bayt, 91 bobdan iborat bo’lib, aruzning hazaji musaddasi maxbun bahrida yozilgan. Bu dostonning yagona qo’lyozmasi Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 12 May 2008, 14:06:06
                                          Atoiy (XIV asr oxiri — XV asr I yarmi)

    Atoiy shirin kalom lirik shoir., majoziy ishq vasfidan ilohiy ishq lazzatini topolgan kishi. Xo’ja Ahmad Yassaviyning jiyani. A.Navoiy o’zining "œMajolis un-nafois" asariuda shunday yozadi: "œMavlono Atoiy Balxda bo’lur erdi, Ismoil ota farzandlaridandur, darveshvash va xushxulq, munosibat (ochiq ko’ngil) kishi erdi"¦"
  Atoiy Mirzo Ulug’bek saroyida xizmat qilgan. Hozirgi Qozog’istonning Turbat qishlo’gida unga nisbat berilgan qabr bor. Chamasi uning hayoti Sayram, Balx, Samarqand, Hirot shaharlarida kechgan. Taxallusini mashhur shayx ota-bobolariga ishora qilib, "œAto" (ota) deb olgan. Uning bizgacha bir devoni yetib kelgan bo’lib, 260 g’azalni o’z ichiga olgan. Atoiy g’azallari 1958 yilda nashr etilgan.
  G’azallari:  "œJamolin vasfini", "œHosili umrim"¦", "œQon bo’ldi ko’ngil"¦", "œManga", "œEy do’st", "œQora ko’zlar", "œUl sanamkim" va boshqalar.



Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:32:32
                HAYDAR XORAZMIY (XIV asrning II yarmi — XV asrning boshlari)

  Haydar Xorazmiy Xorazmda yashagan, og’ir vaziyatda hayot kechirgan. Hirotda birmuncha vaqt Umarshayxning o’g’li Sulton Iskandar huzurida falsafiy bilimlarni yaxshi bilgan. 1409-1414-yillari "œMahzan ul-asror" ("œGulshan ul — asror" deb ham ataladi) deb nomlangan falsafiy-didaktik dostonini yozgan va shahzoda Sulton Iskandarga bag’ishlagan. Doston hajmi 539 bayt bo’lib, asar 23 bob, 623 baytdan iborat. Dastlabki 7 bobi xudo, payg’ambarlar va xalifalar haqidagi a’anaviy gaplardan, Sulton Iskandar madhidan iborat. Qolgan 16 bobi maqolat, ma’viza va hikoyatlardan tashkil topgan. Unda "œPulini yo’qotgan kishi hikoyati", "œBo’z to’quvchi kampir va bazzoz hikoyati", "œHotami Toyi hikoyati", "œMahmud G’aznaviy haqida hikoyat", "œXorun bilan Bahlul hikoyati", "œTemurbek hikoyati" kabilar keltirilgan. BU doston asosan manba bo’lgan asar Nizomiy Ganjaviyning "œMahzanul-asror"idir. Asarning yaratilishi haqida shoir shunday deydi:


Menki pishurdim bu laziz oshni,
Shayx Nizomiddin olib choshni.


"œBo’z to’quvchi kampir va bazzoz hikoyati"da qalloblik va ta’nmagirlik qoralanadi. Bu hikoyatda Xoja haqparast darvishning istehzoli, kinoyali gaplaridan keyin haq yo’liga kiradi va tarkidunyo qiladi. Yangi ma’lumotlarga ko’ra "œGul va Navro’z" dostoni ham Haydar Xorazmiy qalamiga mansub.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:34:48
                                         "œGul va Navro’z " dostoni

  Navshodning keksa podshosi Farrux o’g’il ko’radi. Bola Navro’zda tug’ilgani uchun unga Navro’z deb ism beradilar. Navro’z aqlli, baquvat bo’lib yetishadi. U Farxor o’lkasining shohi Mushkinning qizi Gulni tushida ko’rib, sevib qoladi. Gul ham Navro’zni tushida ko’rib, uning ishqiga giriftor bo’ladi. Navro’z ko’p sarguzashtlarni boshidan kechirib, Farxorga yetib keladi. Biroq Mushkin Gulni Xitoy xoqoniga tortiq qilmoqchi bo’ladi. O’zaro ahdlashgan Gul bilan Navro’z Xitoy chegarasiga yaqinlashganda qochib ketadilar va sarguzashtlarni boshdan kechirib, bir daryoga keladilar. Dahshatli to’lqin sevishganlarni birbiridan ajratadi: Gul Adanga, Navro’z Yamanga tushib qoladi. Ikkalasi ham askar boshlig’i etib tayinlanadilar. Adam bilan Yaman o’rtasida urush boshlanadi. Yakkama-yakka jangda Gul Yamanlik pahlavon Bahromni yengadi. Jang maydoniga Navro’z chiqadi. U g’olib qahramon — Gul bilan olishishi kerak edi. Biroq Navro’z bilan Gul bir-birlarini tanib qoladilar, urush yarashga aylanadi. Navshod, Farxor, Adan va Yaman shohlari kengashadilar, to’rt davlatni birlashtirib, yagona davlat qilishga va Navro’zni shoh qilib ko’tarishga qaror qiladilar. Navro’z adolatli va ma’rifatparvar podsho bo’ladi.
  (Obrazlar: Yaldo (qish mavsumidagi eng sovuq, uzun bva qorong’u kecha), Farrux (go’zal, baxtli muborak, qutlug’ yuzli), Najd (yerning baland qismi, to’siq), Navro’z (yangi kun), Navjoz (xalqi go’zallik va chiroyi bilan mashhur bo’lgan shahar nomi), Farxor (orasta, chiroyli va shinam joy), Bahman (qishning eng ayozli kunlari)).

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:35:38
                                       HUSAYN BOYQARO (1438-1506)

  Husayn Boyqaro ham shoh, ham shoirdir. U Alisher Navoiy bilan zamondosh bo’lib, Navoiyga homiylik qilgan. Husayn Boyqaro 1438 yil Hirotda tug;ilgan. Otasi Mirzo Mansur ham, onasi Firuzabegim ham Temur avlodidan edilar. Shu sababli Z.M.Bobur uni "œKarim ut-tarafayn" (ikki tomonlama ulug’) deb atagan edi. U 1457 yil Abulqosim Bobur Mirzo vafot etgach, taxt uchun kurashga kirishdi va 1469 yil Hirotni egallaydi hamda temuriylar saltanatini 1506 yilgacha boshqaradi. 1490 yilda Husayn Boyqaro Moskvaga elchi yuborib, do's’lik va inoqlik haqida shartnoma tuzishni taklif etgan. Husayn Boyqaro shaxs sifatida mard, shijoatli, adolatli bo’lib, qilichbozlikda temuriylar orasida unga teng keladigani bo’lmagan, adabiyotni, san’atni sevgan. Kamchiligi esa maishatparast edi. U "œHusayniy" taxallusi bilan she’rlar yozgan va undan bizga bir "œDevon’i va "œRisola" meros bo’lib qolgan. Devondagi she’rlarning ko’pchiligi ishq va may mavzusida bo’lib, g’azallarning hammasi bir vaznda — ramali musammani maqsur (foilotun foilotun foilotun foilun)da yozilgan.

Misol:    Qilmagay erdim, yuzin ko’rmak tamanno,koshki,
               Solmag’ay erdim ko’ngil mulkiga g’avg’o koshki.

  Husayniyning "œRisola"si 1485 yilda yozilgan bo’lib, Olloh inoyat etgan podshohlik shukronasi bilan boshlanadi, unda muallif A.Jomiyni, A.Navoiiyni hurmat bilan tilga olgan, ko’klarga ko’targan. Uning "œRisola"sida ma’lumot berilishicha, Hirot va uning atrofida mingga yaqin kishi she’r bilan mashg’ul bo’lgan. U turkiy tilda asarlar yozish haqida maxsus farmon chiqargan. A.Navoiy Husayn Boyqaro she’riyatiga yuksak baho beradi. "œMajolsi un-nafois" tazkirasida unga maxsus bir fasl ajratadi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:36:13
                                    Muhammad Shayboniy (1451-1510)

  Asl ismi Shohbaxt bo’lgan Muhammad Shayboniyxon Shayboniy sulolasining asoschisidir. U turkiy va forsiyda she’rlar yozgan, surat chizgan, musiqa bilan shug’ullangan, xushovoz qiroatxona bo’lgan. Yoshligida otasi Shoh Budog’ vafot etib, ukasi Mahmud Sulton bilan birga bobosi Abulxayrxon qo’lida tarbiya topdi. Buxoroda ikki yil madrasada o’qidi. 1499-1504 yillarida Movarounnahrni Abusaid avlodlari qo’lidan tortib oldi. 1505 yilda Xorazmni, 1507 yilda Xurosonni egallab, temuriylar hokimiyatga barham berdi. 1510 yil 10 sentabrda Murg’ob daryosi bo’yidagi Ismoil Safaviy qo’shini bilan bo’lgan jangda halok bo’ldi.
  Sahyboniyxondan bizga bir "œDevon" va "œBahr ul-hido" ("œHidoyat dengizi") nomli dostoni yetib kelgan. Uning devoni Istambulda To’pqori saroy muzeyida, 1508 yilda yozilgan dostoni esa Britaniya muzeyida saqlanadi. Shayboniyxonning she’rlaridan namunalar Muhammad Solihning "œShayboniynoma" asarida keltirilgan. Sahyboniyxon Najmiddin Kubroga bag’ishlab "œShahi shuhado" ("œSahidlar shohi") degan tarix-she’r ham yozgan. Shoir she’rlarida Samarqand va Buxoroning baland, ko’tarinki ta’rif beriladi.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:38:41
                                  Majlisiy (XIV asr oxiri — XV asr I yarmi)

  Majlisiy asli Xorazmlik bo’lib, keyinroq Buxoroga ko’chib borgan. Ubaydullaxon va uning o’g’li Abdulazizxonov saroyida xizmat qilgan. "œMavlono Majlisiy — nadim va majlisaro kishi edi, - deydi Hasanxo’ja Nisoriy, - yaxshi ash’ori va marg’ub so’zlari bor. Qasidalari ko’p, yaxshi va lapar g’azallari bor." Shoirning she’rlari Boburga ham manzur bo’lgan. Uning 4 ming misralik "œQissai Sayfulmulk" nomli ishqiy-sarguzasht asari bizgacha yetib kelgan. Bu dostonning yetakchi mavzusi sevgi, vafo va sadoqat, do’stlik va ahillik, mardlik va qahramonlik kabi fazilatlarni madh etishdir. Asarni yaratishda shoir xalq og’zaki ijodidan keng foydalangan. Dostonning qahramonlari: Sayfulmulk, Misr shohi Osim, Yaman shohi Badeulasr, Sarondin shohi, Rabialmulk, Badeul jamol va boshqalar.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:39:24
                                                      Gadoiy

 "œXuloguxon zamonidin, sultoni sohibqiron temur Ko’ragon zamonidin farzandi xalafi Shohruh Sulton zamonining oxirigacha turk tili bilan shuaro paydo bo’ldilar. Va ul hazratning avlod va ahfodidan ham xushtab’ salotine zuhurga keldi: shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoiy va Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoiylardek".

                                                                                                    Alisher Navoiy.

  Gadoiy XV asrda yashab ijod etgan. Shoir haqida ma’lumot Navoiyning "œMajolis un-nafosi" tazkirasidagina mavjuddir. Bundagi ma’lumotlarga asoslanib Gadoiyni taxminan 806 (1403-1404) yilda tug’ilgan deyish mumkin. Gadoiyning yagona devoni Parij milliy kutubxonasida saqlanadi. Shoirning g’azallari asosan Surud vazni (ramali musammani maqsur) da bitilgan bo’lib, ularda sof muhabbat, vafo, visoldan g’oyat sevinish kabi insoniy tuyg’ular ifodalangan.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 May 2008, 10:40:21
                                                         Sakkokiy

  Atoqli lirik shoir Sakkokiyning hayoti va faoliyati haqida juda oz ma’lumot saqlanib qolgan. Sakkokiyning o’z devonida, Navoiyning "œMajolis un-nafois" , "œMuhokamat ul-lug’atayn", "œXutbai devon" kabi asarlarida uning XV asrda yashab ijod qilganligi ma’lum bo’ldi. Shoir Yaqiniy o’zining "œO’q va yoy" munozarasida Sakkokiyni "œTurk shoirlarining mujtahidi(g’ayratlisi)" deb ta’riflaydi. Sakkokiy shoirning taxallusi bo’lib, "œSakkok" (pichoq) so’zidan olingan. Shoir ijodi Ulug’bek hukmronligi davrida kamol topdi. Sakkokiy Ulug’bekka bag’ishlab yozgan qasidasida shunday yozadi:

Salotin dunyoda ko’p keldiyu ketdi, seningtek bir,
Falakning gar tili bo’lsa,aytsunkim, qachon keldi?


Sakkokiy Muhammad Porsoga, Xalil Sultonga, Mirzo Ulug’bekka, Arslonxo’ja Tarxonga bag’ishlab qasidalar, oshiq yor va raqib obrazlari yaratilgan go’zal ishqiy g’azallar yozgan. Sakkokiy devonining bir necha qo’lyozma nusxalari ma’lum bo’lib, ular Londonda, Britaniya muzeyida, Toshkent Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.

Keyingi mavzu: Sharq uyg'onish davri qomusiy olimlari (IX-XII asr)
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 02 Iyun 2008, 20:32:51
Abu Nasr Forobiy (873-950)
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O’zlug‘ Tarxon Forobiy 873 yilda Forobda tug‘ilgan. Dunyo ahli Arastuni birinchi muallim deb bilishsa, Forobiyni «Muallimus-soniy», ya’ni «Ikkinchi muallim» deb atashgan. Boshlang‘ich ma’lumotni ona yurtida olgan, keyin Toshkent, Buxoro, Samarqandda o‘qigan, Bag‘dod, Isfahon, Hamadon, Ray shaharlarida bo‘lgan.

Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan, falsafa, arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa, tabiat, fizika, kimyo, optika, tibbiyot, biologiya va boshqa fanlar sohasidagi kashfiyotlari bilan katta shuhrat qozonib, 160 dan ortiq asar yozgan. Bizgacha 40 ga yaqin asari yetib kelgan. Forobiy 950 yilda Damashqda vafot etgan.

Asarlari: «Arastu qonunlarining mohiyati haqida», «She’r san’ati haqida» (Arastuning «Poetika» asariga sharh sifatida yozilgan risola), «Fozillar shahri aholisining‘ fikrlari», «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Baxt-saodatga erishuv haqida risola» va boshq.
 
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 02 Iyun 2008, 20:34:27
                                             Al-Xorazmiy (780-850)

Abu Abdulla Muhammad ibn Muso 780 yilda Xivada tug‘ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va astronom sifatida tanilgan. Uning nomini tarixda qoldirgan buyuk asar «Al jabr val-muqobala» risolasidir. Olim 850 yilda Bag‘dod shahrida vafot etgan. Al-Xorazmiy Ma’mun akademiyasining ilk tashkilotchilaridan va eng faol a’zolaridan biri edi.

U  al-Farg'oniy  bilan  Bag'dodda  rasadhona  qurishga  boshchilik  qildi.  Rasadhonadagi  asboblar  yordamida  koinot  sirlarini  va  Yer  kurrasini  o'rgandi.  Al-Xorazmiy  va  Al- Farg'oniy  boshchiligidagi olimlar 1000 dan  ortiq  yulduzlarni  tekshirdilar  hamda  ularning  joylanish   xaritasini  tuzdilar. Yer  kurrasining  aylana  uzunligini  aniqladilar .

Xorazmiy "Surat al-arz" ("Yer suvrati")  nomli  kitobida Afrika, Osiyo va Yevropa  qit'alarini aniq   tavsiflagan. Koinot  sirlarini  o'rganishga  oid  ijodlari  uning  "Ziji"  ("Astronomiya")  kitobida  bayin  etilgan.

Asarlari: «Yerning surati», «Astronomik jadvallar», «Tarix risolasi», «Musiqa risolasi», «Mafotixul-ulum» («Ilmlarning kalitlari», 9 kitobdan iborat), «Kuyosh soatlari to‘g‘risida», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Sinus zijlari», «Yer sathini o‘lchash» va boshq.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 02 Iyun 2008, 20:35:58
                                      Ahmad Al-Farg'oniy (797-865)

Buyuk alloma Ahmad Farg‘oniy Farg‘onada tug‘ilgan. IX asrda yashab ijod etgan. Uning asl ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir.

Allomaning ijodiy faoliyati Bag‘dod bilan, Al-Xorazmiy rahbarligida faoliyat ko‘rsatgan «Baytul hikma» bilan bog‘liq. Farg‘oniy Bag‘dod va Damashqtsagi rasadxonalar qurilishiga qatnashgan, Ptolomey «Yudduzlar jadvali» dagi ma’lumotlarni tekshirgan, 812 yilda quyosh tutilishini oldindan bashorat qilgan, Yerning dumaloq ekanligini ochgan, Misrda Nil daryosi suvini o‘lchaydigan asbob yasagan, falakiyot ilmiga munosib hissa qo‘shgan. Yevropaliklar allomani «Al Fraganus» deb atashgan. Uning 7 ta asari saqlanib qolgan. 1998 yilda Farg‘oniyning 1200 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Kuva shahrida unga haykal o‘rnatildi va istirohat bog‘i barpo etildi.

Asarlari: «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» («Astronomiya asoslari»), «Falakiyot ilmining usullari haqida kitob», «Usturlob yasash haqida kitob», «Yetti iqlim hisobi’’ boshq.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 02 Iyun 2008, 20:37:49
                                     Abu Rayhon Beruniy (973-1048)

Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni ona shahrida olgan, mashhur olim Abu Nasr ibn Ali Iroqdan ilmi nujum, riyozat kabi fanlardan dars oladi. U 17 yoshida ilk astronomik kuzatishlarni o‘tkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi. Buyuk bobokalonimiz 1048 yil 13 dekabrda G’aznada vafot etgan. «Berun» yoki «Birun» so‘zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi.

Ma'lumotlarda  yozilishicha  uning 152  ta  kitobining  nomi  na'lum.  Bizgacha  ulardan  27  tasigina  yetib  kelgan.  Uning  bir  qancha  kitobi  tabiiyot  ilmiga  bag'ishlangan. Bu  sohaning  rivojlanishida  Beruniyning  tabiiyot  va  tabiat  hodisalarini  o'rganish  usullari  ,  harakat, tovush, issiqlik,yorug'lik, elektr, magnetizm, atmosferadagi  hodisalar, modda  tuzilishi  haqidagi  ijodiy  ishlari  katta  ahamiyatga  ega  bo'ladi.

Beruniyning  o'sha  davrda  yaratgan  kashfiyotlaridan  biri - globus  ixtiro etganligidir.

U  Quyosh atrofida  sayyoralar  aylanishini,  Yer  esa  ana  shu  sayyoralardan  biri  ekanligini  aytadi.

Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (taqvim va yil hisobi, shuningdek, sug‘diylar, qadimgi xorazmliklar, forslar, yunonlar, yaxudiylar, xristianlar va musulmonlarning bayramlari, urf-odatlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi asar), «Geodeziya», «Quyosh harakatini aniqlash yo‘li», «Mineralogiya», «Saydana», «Hindiston» va boshq.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 02 Iyun 2008, 20:41:14
                                        Abu Ali ibn Sino (980-1037)

Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona, hozirgi Isfana qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidanoq o‘tkir zehni va ilmga qiziqiishi bilan hammani lol qoldirardi. Ibn Sino An-Notiliy qo‘lida tarbiya oladi. U astronomiya, falsafa, matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, mantiq, adabiyot, mineralogiya va boshqa fanlar bilan shug‘ullangan. 10 yoshida Qur’onni yod olgan, 16 yoshdayoq atoqli tabib bo‘lgan. U Buxoro amiri Nuh ibi Mansurni davolab, saroyning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan.

Ibn Sino 1002 yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo‘ladi. U 1037 yilda (hijriy 428) 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi. Mutafakkirning turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma’lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o‘ndan ortig‘ya astronomiyaga oid asarlardir va hok.

Ibn Sino Sharqda «Shayxur-Rais», G’arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur. «Yusuf qissasi» Qur’on syujeti asosida yozilgan birinchi asar bo‘lib, ramziy-majoziy usuldadir. «Rasolat - at tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik» («Hayy ibn Yaqzon») kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda, «Salomon yea Ibsol» esa ishqiy-sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g‘azal, ruboiy, fardlar yaratgan. Uning she’rlarida ilm-ma’rifatga da’vat, dunyo sirlarini bilishga intilish, yaxshi axloqiy xislatlarni egallashga chorlov asosiy o‘rin tutadi. She’riyatning nazariy masalalari uning «Musiqa ilmida katta to‘plam» asarida ham tadqiq etilgan. «She’r obrazli so‘zlardan iborat bo‘lib, ritmli, bir-biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralari bir-biriga teng, vaznlari takrorlangan, oxirgi tovushlar bir-biriga o‘xshash bo‘lib kelgan satrlarga aytiladi», - deydi Ibn Sino. U tibbiy yo‘l-yuriqlarni, ko‘rsatmalarni she’riy yo‘l bilan bayon etgan. Bular urjuzalar deb atalgan. Bung‘a sabab ularning rajaz vaznida yozilganidir.

Asarlari: «Kitob ash-shifo», «Donishnoma», «Kitob al-qonun fi-t-tib» («Tib qonunlari kitobi», 5 kitob, 14 jilddan iborat bo‘lgan), «Salomop va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Risolat at-tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik», «Tibbiy urjuza», «Faan ash-she’r» («She’r san’ati», she’r. ilmi, yunon she’riyatining tur va shakllari haqida), «Musiqa ilmida katta to‘plam» va boshq.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 08 Iyun 2008, 17:14:08
                                          "Xamsa"chilik tarixidan

«Xamsa» - «beshlik» degani. U beshta mustaqil dostondan iborat bo‘lib, har bir doston ma’lum bir voqeani, mavzuni keng hamda atroflicha masnaviy yo‘li bilan yoritib beradi. Har bir asar «Xamsa» atalmog‘i uchun:

a)    besh dostondan tashkil topmog‘i;
b)    birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo‘lmog‘i;
v)    ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga bag‘ishlanmog‘i;
g)    uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog‘i;
d)    to‘rtinchi doston Bahrom haqida bo‘lmog‘i;
e)    beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog‘i shart edi.

Sharq adabiyotida Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar «Xamsa» yaratishgan.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 08 Iyun 2008, 17:21:53
                                                  NIZOMIY GANJAVIY
                             (1141 - 1143 yillar orasida tug‘ilgan, vafoti - 1209 yil)


Abu Muhammad Ilyos binni Yusuf Nizomiy hozirgi Ozarbayjonning Ganja shahrida tug‘ilgan. Uning hayoti haqida juda kam ma’lumot qolgan. Nizomiy fors, arab, yunon, qadimgi pahlaviy, sanskrit va boshqa ko‘p tillarni bilib, falsafa, mantiq, ilohiyot, adabiyotshunoslik, ximiya, astronomiya, matematika singari fanlarni puxta bilgan. Nizomiy Ofoq nomli xotinidan tug‘ilgan o‘g‘li Muhammadni ilm-ma’rifatli qilib tarbiyalagan, dostonlarida o‘z o‘g‘liga nasihatlar qilgan.

Nizomiy Ganjaviy Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib «Xamsa» yozgan. U yozma adabiyotda birinchi bo‘lib Mehinbonu obrazini yaratgan. Nizomiy asarlari boshqa shoirlar ijodiga ta’sir qilgan. Masalan, shoir Haydar Xorazmiy «Mahzanul-asror» dan ilhomlanib, «Gulshanul-asror» asarini yozgan. Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Aaisher Navoiy kabi shoirlar «Xamsa» chilik an’anasini davom ettirganlar. «Xusrav va Shirin» dostonini 1341 yilda Qutb, «Xaft paykar» asarini Ogahiy tarjima qilgan. Navoiydan tortib barcha o‘zbek shoirlari Nizomiyni ustoz deb bilishgan.

Asarlari: «Xamsa» («Panj ganj» («Besh xazina»), 1173 - 1201 yillar orasida yozilgan. Unda quyidagi dostonlar bor: 1. «Mahzanul asror» («Sirlar xazinasi», 1173 - 1179 yillarda Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab yozilgan), 2. «Xusrav va Shirin» (1180-1181, bu doston Iroq hukmdori To‘g‘rul II ning iltimosiga ko‘ra yozilgan bo‘lib, muhabbat va qahramonlikni ifodalaydi), 3. «Layli va Majnun» (1188, unga 118 ta nazira bitilgan. Bu asar Shirvonshohlardan Axsatan 1 buyrug‘iga ko‘ra yozilgan), 4.«Xaft paykar» («Yetti go‘zal», bu asar 1196 yilda Alovuddin Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan yuzaga kelgan. «Haft paykar» Bahrom va Fitna sarguzashtlariga bag‘ishlangan asar bo‘lib, doston voqealariga bog‘lanmaydigan besh hikoya berilgan. Nizomiyning bu dostonidagi daraxt shoxiga osib qo‘yilgan it hikoyasida Bahromshoh xiyonatkorlikdan, adolatsizlik kuchayayotganidan ogohlantiriladi. Asar so‘nggida Bahrom ov izidan g‘orga kirib ketib qaytib chiqmaydi), 5. «Iskandarnoma» (1196-1201, bu doston 2 qismdan iborat: a) Sharafnoma b) Iqbolnoma).
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 08 Iyun 2008, 17:25:54
                                                     XUSRAV DEHLAVIY
                                                             (1253 - 1325)


Yamuniddin Abulhasan Amir Xusrav ibni Amir Sayfuddin Mahmud Dehlaviy 1253 yilda Hindistonning Patyoli degan shaharchasida dunyoga keladi. Uning otasi asli shahrisabzlik bo‘lib, avlodi turkiy elatlarning lochin urug‘idan bo‘lgan. Ammo u mo‘g‘ullar hujumining dastlabki yillaridayoq tarki vatan etib, Dehli hukmroni Shamsiddin Eltutmish saroyiga xizmatga kiradi va 1261 yilda mo‘g‘ullarga qarshi jangda halok bo‘ladi.

Xusrav Dehlaviy bobosi Imodulmulk qo‘lida tarbiyalandi, Qozi Sa’duddin Muhammad ta’limini oldi. 20 yoshida Xusrav iste’dodli shoir, qomusiy bilim sohibi - olim, sozanda va bastakor bo‘lib yetishdi. U umri davomida 7 hukmdorning dargohida xizmat qilib, umrining oxirgi 30 yilini Dehlida o‘tkazadi. Ulug‘ shoir 1325 yili Dehlida vafot etgan. Xusrav Dehlaviyning she’rlari 5 ta devonga jamlangan bo‘lib, u 400000 dan ortiq bayt ijod qilgan. Abdurahmon Jomiyning ta’kidlashicha, Xusrav Dehlaviy 99 ta kitob muallifidir. Dehlaviy Nizomiy «Xamsa» siga hammadan yaxshiroq javob aytgan shoirdir.

Asarlari: «Xamsa» (1299-1301, uning tarkibida quyidagi 5 doston mavjud: 1. «Matla’ ul-anvar» («Nurlarning boshlanmasi»), 2. «Shirin va Xusrav», 3. «Majnun va Layli», 4. «Hasht behisht» («Sakkiz jannat», Ogahiy tarjima qilgan. Husrav Dehlaviy "Hasht behisht" dostonining Nizomiy "Haft paykar" idan farqlari shundaki, unda kanizakning nomi Dilorom deb o‘zgartirilgan, yetti hikoya hind eposidan olingan), 5. «Oyinayi Iskandariy» («Iskandar oynasi»)), «Tuhfat us-sig‘ar» («Yoshlik tuhfasi»), «Vasat ul-hayot» («Hayot o‘rtasi»), «G’urrat ul-kamol» («Kamolot ibtidosi»), «Baqiyai naqiya» («Saralarning sarasi»), «Nihoyat ul-kamol» («Kamolot cho‘qqisi»), «Qiron us-sa’oayn» (Ikki saodatli sayyoraning qo‘shilishi), «Miftoh ul-futuh» («G’alabalar kaliti»), «Xazoyin ul-futuh» («G’alabalar xazinalari»), «Duvalroniy va Xizrxon», «Nuh sipehr» («To‘qqiz qavat osmon»), «Tug‘uluqnoma», «Tarixi Dehli», «E’jozi Xusraviy («Xusrav mo‘jizasi») va boshq.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 08 Iyun 2008, 17:28:25
                                                   ABDURAHMON JOMIY
                                                       (1414-1492)
Ulug‘ fors-tojik shoiri va mutafakkiri Abdurahmon Jomiy 1414 yil 7 noyabrda Xurosonning Jom shahrida shayxulislom - Nizomiddin Ahmad oilasida tug‘ilgan. Jomiy go‘dakligida uning oilasi Hirotga ko‘chib boradi.

Shoir dastlab maktabda, keyin Hirotdagi Dilkash va Samarqanddagi Ulug‘bek madrasalarida ta’lim oladi. Mavlono Junayd qo‘lida, keyinroq Shahobiddin Muhammad Jojarmiy va Aloiddin Ali Samarqandiylardan ta’lim olgan.

Abdurahmon Jomiy Samarqandga kelib Qozizoda Rumiy darslariga qatnashgan. U til, adabiyot, falsafa, matematika, astronomiya, huquq va boshqa fanlar bilan shug‘ullangan. Din va tasavvufni sinchkovlik bilan o‘rgangan. Jomiy Shayx Sa’diddin Koshg‘ariydan tasavvuf bo‘yicha ta’lim olgan. Abdurahmon Jomiy 1492 yil 8 noyabrda Hirotda vafot etgan.

A. Jomiy Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonining muqaddimasida filga qiyoslab madh etilgan.

Asarlari: «Xaft avrang» («Yetti taxt», dastlab «Xamsa». Unga «Silsilat uz-zahab» («Oltin zanjir», 1472), «Salomon va Absol» (1480-81), «Tuhfat ul-ahror» («Hur kishilarning tuhfasi», 1481-82), «Sabhat ul-abror» («Yaxshi kishilarning tasbihi», 1482-83), «Yusuf va Zulayho» (1483), «Layli va Majnun» (1483), «Xiradnomai Iskandariy (1485) kabi dostonlar kirgan), «Bahoriston» (o‘g‘li Ziyovuddin Yusuf uchun yozgan), «Aruz haqida risola», «Arab tili darsligi», «Ruboiy sharhi», «Munshaot», «Qofiya haqida risola», «Naqshi fusus» («Javohirlar naqshi»), «Lujjat ul-asror» (qasida), «Nafohatul-uns («Do‘stlik tarovati») va boshq.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 14 Iyun 2008, 14:58:57
                                                        ALISHER NAVOIY
                                                          (1441 - 1501)
   
    Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug’ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o’tkazgan. Navoiyning otasi G’iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo’lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg’ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning "œMantiqut-tayr" asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o’tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500 yillar mobaynida o’z mablag’lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo’lovchilar to’xtab o’tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko’prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga "œmuqarrabi hazrati sultoniy" ("œsulton hazratlarining eng yaqin kishisi") degan unvonni beradi. Unga ko’ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she’rlarini yig’ib, "œIlk devon" (1464-65) tuzgan edilar, so’ngra "œBadoyiul-bidoya" ("œGo’zallikning boshlanishi"), "œNavodirun-nihoya" ("œNodirliklar nihoyasi") nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq "œXazoyinul-maoniy" nomli to’rt devon (1491-1498)ga jamlangan. Navoiy she’riyatining mavzular doirasi keng, janrlar ko’lami (16) xilma-xil. G’azallari "œoshiqona, orifona, rindona" (Shayxzoda) sifatlar bilan o’rganiladi. G’azallarida insoniy muhabbat, ilohiy ishq bilan uyg’un holda ulug’lanib, "œmajoz - haqiqat ko’prigi" aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy she’riyatidagi zohiriy ma’no yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham o’rgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin.

"œNazmul-javohir" (1485) Hazrat Alining "œNasrul-laoliy" asarining turkiy nazmga solingani bo’lib, 266 ruboiydan iborat bu asarda axloqiy-ta’limiy qarashlar o’z aksini topgan.

Alisher Navoiy ijodining yuksak cho’qqisi "œXamsa" asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo’lib, turkiy tilda to’liq "œXamsa" yaratdi va turkiy tilda shunday ko’lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi.

"œXamsa" tarkibiga "œHayratul-abror", "œFarhod va Shirin", "œLayli va Majnun", "œSab’ai sayyor", "œSaddi Iskandariy" kabi dostonlar kiradi.

Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singgan bo’lsa-da, maxsus "œLisonut-tayr" dostoni(1499)da, "œNasoyimul-muhabbat" manqabasi"(1495-96)da, "œTarixi anbiyo va hukamo"(1485-8), "œArbain", "œMunojot" singari asarlarida aks etgan. (To'liqroq: www.literature.uz )
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyun 2008, 03:49:25
                                      ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
                                                  (1483 - 1530)
 
          Ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da tug’ildi. Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg’ona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503-1504 yillarda Afg’onistonni egalladi. 1519-1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos soldi dekabrda Agra (1530 y. 26 dekabr)da vafot etdi. Qabri keyinchalik vasiyatiga ko’ra Qobulga ko’chirilgan.

Lirik merosi "œQobul devoni" (1519)ga, 1528-29 yillarda "œHind devoni" ga jamlangan. To’liq devon tuzgani haqida ma’lumot bor. She’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g’azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. She’rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta’limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she’riyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.

Boburning ulug’ asari "œBoburnoma" bo’lib, uni "œVaqoe" deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O’rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. "œBoburnoma"ning o’ndan ortiq qo’lyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan. O’zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asardan parchalar e’lon qildi. "œBoburnoma"ning 1948-1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda to'ldirilgan qayta nashri amalga oshirildi.

"œBoburnoma"ni Abdurahim xoni xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga, J.Leyden (1826) va V.Erskin ingliz tiliga, Pavel de Kurteyl (1871) fransuz tiliga, Rashit Rahmati Arat (1940) turkchaga, Mixail Sale (1943) ruschaga tarjima qilganlar. 1826-1985 yillar davomida "œBoburnoma" 4 marta ingliz (1826,1905,1921,1922), 3 marta fransuz (187, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga o’girilgan.

Yangi alifbo-"œXatti Boburiy"ni (1504) kashf qildi. Unda she’rlar yozdi va Qur’on ko’chirtirdi.

Boburning soliq ishlari haqida ma’lumot beruvchi "œMubayyinul-zakot" (1521), aruz vazni haqidagi "Risolai aruz" (1523-25) kabi asarlari bor. "œAruz risolasi"da turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va she’riy asarlardagi ko’rinishlari; aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan. Xoja Ahror Valining "œVolidiya" asarini o’zbekchaga she’riy tarjima qilgan. Boburning "œHarb ishi", "œMusiqa ilmi" nomli asarlar yaratgani haqida ham ma’lumot bor. Ammo, ular topilgan emas.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 21 Iyun 2008, 03:54:30
                                                 SO'FI OLLOHYOR
                                                   (1644 - 1721)
   Yirik o'zbek adibi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Samarqandning Minglar qishlog'ida (1644) tug'ilgan. O'n yoshlarida Buxoroga o'qishga boradi, 25 yoshida Buxoro bojxonasida bojgir bo'lib ishlaydi. Keyinroq Shayx Navro'z qo'lida 12 yil tahsil oladi. 1721 yilda Surxondaryo Vaxshivorda vafot etadi. Qabri o'sha yerda.

So'fi Ollohyorning "œMaslakul-muttaqiyn" ("œTaqvodorlar maslagi"), "œSabotul-ojizin", "œMaxzanul-mute'in" ("œMute'lar xazinasi"), "œMurodul-orifin" asarlari mavjud. "œBayozi alamkash"da 73 she'ri bor.

So'fi Ollohyorning mashhur asari "œSabotul-ojizin" bo'lib, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Turkiya kabi mamlakatlarda chop etilgan. Bir necha marta sharhlar yozilgan. Asar dastlab fors-tojik tilida yozilgan. Keyinchalik So'fi Ollohyorning o'zi uni o'zbek tiliga she'riy uslubda tarjima qilgan. Hajmi 12.000 baytdan ortiq "œSabotul-ojizin" asarining tuzilishi ham o'ziga xos.

"œMaslakul-muttaqiyn" asari naqshbandiya tariqati mujadiddiya qo'li (tarmog'i)ning nazariy manbasi hisoblanadi. Unda suluk odobi, murid va murshid munosabatlari yangicha talqinda bayon qilingan.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 15:39:45
                                             Boborahim Mashrab
                                                      (1653 - 1711)
Ulug’ o’zbek shoiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Boborahim Mashrab Mulla Vali oilasida (1653) dunyoga kelgan. Mullo Bozor Oxund qo’lida o’qiydi. 1665 yilda Qashqarga Ofoq Xo'ja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673 yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmud Qatag’on tomonidan (1711) dorga osiladi.

Majzub Namangoniyning "œTazkiratul-avliyo", Ishoq Bog’istoniyning "œTazkirai qalandaron", Maleho Samarqandiyning "œMuzakkiri asxob" kabi tazkiralarida, Hakimxon to’raning "œMuntaxabut-tavorix", Mirzo Olimning "œAnsobus-salotin" asarlarida ham shoir haqida ayrim ma’lumotlar uchraydi. Mashrab haqida mukammalroq tasavvur hosil qiluvchi manba "œQissai Mashrab" ("œShoh Mashrab", "œDevonai Mashrab" nomlari bilan ham uchraydi)dir. Uning ko’pgina qo’lyozma va toshbosma nusxalari mavjud.

Mashrab asarlari bir necha marta chop etilgan (1958, 1960, 1963, 1971, 1979, 1990). Shoir merosi "œQissayi Mashrab" orqali yetib kelgan. Asarda Rindiy, Umar, Mahvash, Zinda va Mansur taxalluslari ham uchraydi.

"œMabdai nur" va "œKimyo" asarlari muallifligi borasida munozara mavjud. 1997 yilda "œMabdai Nur" (Jaloliddin Rumiy "œMasnaviyi ma’naviy"siga sharh) Boborahim Mashrabning asari sifatida chop etildi.

Mashrab ijodi haqida rus sharqshunoslari N.I.Veselovskiy, N.S.Likoshin, V.L.Vyatkin; o’zbek adabiyotshunoslari Izzat Sulton, V.Zohidov, I.Mo’minov, G’afur G’ulom, A.Hayitmetov, V.Abdullaev, A.Abdug’afurov, E.Shodiev, I.Abdullaev, J.Yusupovning tadqiqot va maqolalari bor.


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 15:44:27
                                                    Turdi Farog'iy

Turdi Farog`iy Buxoro adabiy muhitining yirik vakillaridan biridir. U XVII asr o`rtalari-XVIII asr boshlarida yashab ijod qilgan. Turdining hayotiga oid ma`lumotlar juda kam saqlanib qolgan.
Turdining hayot yo`li o`sha davr shohlarining ichki nizolari tufayli ko`plab dilxiraliklar bilan o`tdi. U Rahimbiy va Norbo`tabiy kabi hukmdorlarni ko`rdi. Ulardan o`ziga, yurtiga, xalqiga saodat tilab, ko`p bora himmat va saxovat so`radi. Ammo sarson-sargardonlikdan o`zga farog`at ko`rmadi.
Shoirning she`rlarida isyonkorlik ruhi kasb etishi o`sha davr muammolari bilan bog`liqdir. U amalda janggohga aylangan jamiyatda ko`rgan-kechirganlarini o`z she`rlarida yoritdi.
Turdi Farog`iyning ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o`rni, adabiy mavqei va qudrati haqida uning quyidagi she`ri yaqqol tasavvur uyg`ota oladi:

Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman,
Kelturan amvojg`a bahri talotum Turdiman.
Qiriq, yuz, ming aqrabolar etdilar mandin nufur,
Ne balo baxti qarovu tolei shum Turdiman.
Rishtadek ming bor ro`ze chashmi so`zandan o`tar,
Bovujudi e`tibori chashmi mardum Turdiman.

Turdining hayotiy kechmishini aks ettiruvchi manbalardan biri uning Oqbo`tabiy hukmronligi davrida bitgan bitta turkiy muxammasidir.
Bizgacha Turdi ijodidan 434 misradan iborat ja`mi 18 ta she`ri yetib kelgan. Bu merosning tarkibi 5 ta muxammas, 12 ta g`azal, 1 ta farddan iboratdir.
Turdi zullusonayn shoir bo`lgan. Ya`ni, misralarining 397 tasi o`zbek tilida, 37 misrasi esa tojik tilida yozilgandir.

 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 15:53:56
                                      MUHAMMADNIYOZ NISHOTIY
                                                        (XVIII asr)
Taniqli o’zbek shoiri, liro-epik she’riyat tarraqqiyotida alohida o’ringa ega. Xorazm (1701)da tug’ildi. Ijodiy merosidan lirik she’rlari va "œHusnu Dil" dostoni yetib kelgan. She’rlari "œG’azaliyot va muxammasoti Nishotiy", "œBayozi mutafarriqa", "œBayozi majmuai ash’or" kabi manbalarda jamlangan. Muhammad Yusuf Chokar tomonidan ko’chirilgan devoni (1903) O’R FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi.

Yirik asari "œHusnu Dil" dostoni Buxoroda (1778) yozilgan. Husn va Dil sarguzashtining syujeti Sharq adabiyotida mashhur bo’lib, Yax’yo Saboq Fattohiy, Abdurahmon Mushfiqiy tomonidan ham shu nomda asarlar yozilgan. Doston 62 bobdan 15584 misradan iborat. Dostonning qahramonlari Fuod (arabcha, ko’ngul), Husn, Aql, Ishq, Nazar, Himmat, Sabr, Vafo, Hayol, G’amza, Raqib, Nomus kabi ramziy timsollar orqali muallifning axloqiy-ta’limiy g’oyalari ifodalangan. "œQushlar munozarasi" asari ham allegorik - majoziy harakterga ega bo’lib, 300 misradan iborat. Shoir 14 qushning o’zaro bahsu-munozaralari orqali o’z qarashlarini bayon etadi.

Nishotiy adabiy merosi V.Abdullaev, B.Valixo’jaev, M.Qosimova v.b. tomonidan o’rganilgan.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 15:56:43
                                           XO’JANAZAR HUVAYDO
                                                      (1704 - 1780)
Xo‘janazar G’oyibnazar o‘g‘li Huvaydo sulolasi o‘shlik bo‘lib, uning o‘zi Farg‘onaning Chimyon degan qishlog‘ida tug‘ilgan va umrining oxnrigacha shu yerda yashab, ijod etgan. Uning tug‘ilgan yili noma’lum. Huvaydo boshlang‘ich ta’limni Chimyondagi maktabda oladi, Qo‘qon madrasalarida o‘qiydi, muallimlik bilan shug‘ullanadi, to‘quvchilik san’ati bilan mashg‘ul bo‘ladi. Shoir Noseh Huvaydoni bunday tavsif etadi:

Tutub suhbat davom umrin boricha,
Bayoron ta’lim erdi fikru yodi.
Dabistonda sa’y aylab tunu kun,
Yozilg‘on necha tolibning savodi.
Muningdek olihimmat er anodin,
Du bora tug‘magay dar hech bilodi

Huvaydo taxminan 1780 - 1781 yillarda vafot etgan. Uning sulolasidan Sirojiy, Salohiddin Soqib, Samar Bonu kabi shoirlar yetishib chiqqan. Huvaydoning adabiy merosi «Devoni»da to‘plangan. Bu devondan shoirning 100 dan ortiq g‘azali, 28 ruboiysi, 41 to‘rtligi, 3 muxammasi, 1 musaddasi, 1 musammani, 1 mustahzodi va 3 masnaviysi o‘rin olgan. Shoirning «Rohati dil» (didaktik (o‘git) hikoyatlardan tuzilgan masnaviy asar) dostoniga kirgan «Bayoni g‘addoriyi dunyo» hikoyati pandnoma xarakterida bo‘lib, unda aka-ukalarning fojiali qismati, mehnatsiz topilgan boylik hech kimga nasib qilmasligi bayon qilingan.

Adabiy merosi: «Na qildim sanga man...», «Hoki poyi yaxtilar bo‘l...» (bu g‘azal mazmun va g‘oyaviy yo‘nalishi hamda shakliy-badiiy xususiyatlari, hatto aynan bir so‘zning radif qilib olinishiga ko‘ra ham Turdi Farog‘iyning «Jismi qonundin nafas tori uzulmasdan burun» misrasi bilan boshlanuvchi turkiy muxammasiga hamohangdir), «Nafsing seni qattig‘ balo...», «Qoshingga sajda qildim...», «Topolmasman» kabi she’rlari, «Ibrohim Adham» qissasi va boshq.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:01:01
                                              Shermuhammad Munis
 
                                                          (1778 - 1829)
 
Yirik o’zbek shoiri, tarixnavis, davlat arbobi Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyt qishlog’ida Avazbiy mirob oilasida (1778) tug’ildi. 1800 yilda otasi va og’a-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq, va uning o’g’li Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis "œFirdavsul-iqbol" nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813 yilgacha bo'lgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi.

Munis "œMunisul-ushshoq" ("œOshiqlar do’sti") nomli devon (1804-05) tuzadi. Bu devonning turli davrlarda ko’chirilgan, toshbosmalarda bosilgan bir necha nusxalari O’zFAShI qo’lyozmalar fondida saqlanadi(inv.¹ 1330, 1793, 7865, 940, 9556, 62, 63, 64, 9177, 10937). Munisning she’riy merosi 10000 baytga yaqin. U mumtoz adabiyotning deyarli barcha janrlarida ijod qilgan. Mirxondning "œRavzatus-safo" asarini o’zbek tiliga tarjima qiladi. 1804 yilda arab alifbosini o’rganishga bag’ishlangan "œSavodi ta’lim" nomli she’riy manzumani yaratdi. Tarixiy asarlari N.Muravev, N.Veselovskiy, V.Bartold, R.Ivanov, S.Tolstov, Ya.G’ulomov, Q.Munirov tomonidan, adabiy merosi V.Abdullaev, S.Dolimov, R.Majidiy, N.Jumaev v.b. olimlar tomonidan o’rganilgan.




G’AZALLAR


Qilmangiz

Do’stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz,
Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz.

Gar muyassar bo’lsa bir mahbub ila bazmi nishot,
Mensiziz suhbat tuzarga maylu rag’bat qilmangiz.

Topsangiz bazmi visole, anda yod etmay meni,
Zor ko’nglumni asiri dog’I furqat qilmangiz.

Men kibi yo’qdur aroda, mankubu maxmuri aysh,
Kimsaga mendin ziyoda boda shafqa qilmangiz.

Ahli donish birla har dam aylangiz bazmi kitob,
Jam’I nodonlar bila izhori ulfat qilmangiz.

Do’st uldurkim, yomon kun yuz evurmas do’stidin,
Munis ahvolin ko’rub tarki muhabbat qilmangiz.

 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:07:52
                                                 Jahon otin Uvaysiy
 
                                                           (1780 - 1845)
 
 
Atoqli shoira, o’zbek shoirlari murabbiysi Jahonotin Uvaysiy Marg’ilonda tug’ilgan. Otasi Siddiq bobo ikki tilda she’rlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi bo’lib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiyni Hojixon ismli kosibga uzatishgan, biroq shaxsiy hayoti quvonchli kechmagan. U Nodira bilan hamdardlikda Qo’qonda xon saroyida yashay boshlaydi. 65 yoshligida Marg’ilonda vafot etadi.

Uvaysiyning 15.000 misraga yaqin she’riy asarlari mavjud. Uning bir devoni O’R FA ShIda saqlanadi (inv.â„–1837). Unga shoiraning g’azal, muxammas, musaddas, murabba’lari va "œShahzoda Hasan" hamda "œVoqeoti Muhammadalixon" dostonlari kiritilgan. Shoira devonining 3 nusxasi topilgan."œShahzoda Hasan", "œShahzoda Husayn" kabi dostonlari mavjud, "œVoqeoti Muhammadalixon" nomli tarixiy asari tugallanmagan.

Uvaysiy hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar uning asarida, ayrim tazkiralarda yetib kelgan. "œMajmuai shoiron" tazkirasida (1821) ham shoira ijodiga munosabat bildiriladi. Ijodini izchil ilmiy yo’nalishda o’rganish 30-yillarda boshlangan. Uvaysiy ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, I.Haqqulov, E.Ibrohimova v.b. tomonidan o’rganilgan.


 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:09:28
                                             Amiriy (Amir Umarxon)
 
                                                         (1787 - 1822)
 
Yirik o’zbek shoiri, adabiy maktab asoschisi, tarixnavis va davlat arbobi. Amirsaid Muhammad Umarxon Qo’qonda tug’ilgan, Qo’qon xoni Olimxonning ukasi. Davlat arbobi sifatida Marg’ilon hokimi (1807-1810), Qo’qon xoni (1810-22) bo’lgan. 1808 yilda Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira) ga uylangan. "œDevon" tartib bergan, "œUmarnoma" dostonining muallifi. Asarlari turli bayozlarda ham e’lon qilingan, uning torshirig’i bilan "œMuhabbatnoma" majmuasi tartib berilib, Usmonli xalifasi Maxmud II ga tortiq qilingan.

"œDevon"ida Navoiy an’analarini davom ettirgan, she’riyatning 12 janrida qalam tebratgan. G’azallarida dunyoviy ishq tavsifi bilan bir qatorda so’fiyona talqindagi g’oyalar ham mavjud. "œDevon"ning qo’lyozma va bosma nashrlari O’R FA ShIda 3642, 4419, 90, 9993, 5065, 7489 II, 9917, 6745 I, 6672, 1880, 177, 98 III, 9765, 44, 4727 va Adabiyot muzeyida 99, 153 raqamlari ostida saqlanadi.

O’zbek adabiyotshunosligida Amir Umarxon ijodi Fitrat, Vadud Mahmud, P.Qayyumiy, A.Qayumov, M.Qodirova, A.Madaminov, H.Boltaboev tomonidan o’rganilgan, asarlari e’lon etilgan. O’zMU da tadqiqotchilar Z.Qobilova, M.Yuldasheva shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:11:27
                                                  Nodira (Komila)
 
                                                       (1792 - 1842)
 
 
Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi. 1808 yilda o’sha paytda Marg’ilon hokimi bo’lgan Amir Umarxonga turmushga chiqadi. 1810 yilda akasi Olimxon o’rniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qo’qonga keladi. 1822 yil Umarxonning fojeali vafotidan so’ng o’g’li Ma’dalixon bilan birga Qo’qon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842 yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.

Nodiraning she’riy merosi bir nechta devonlarining qo’lyozmalari (inv. â„– 7768, 660, 2090) orqali yetib kelgan.O’zbekcha she’rlarida Komila va forsiyda Maknuna taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan. Uning 10.000 misraga yaqin asari yetib kelgan. G’azal, muxammas, ruboiy, fard kabi ko’plab janrlardan faol foydalangan. She’rlarida Navoiy, Fuzuliy, Bedil an’analarini davom ettirgan. Nodira g’azallarida firoq, dard iztiroblari samimiy bayon qilingan.

  Nodira hayoti va ijodini o’rganish o’z davridanoq boshlangan. Hakimxon To’raning "œMuntaxabut-tavorix", Avazmuhammad Attorning "œTuhvatut-tavorix", Ishoqxon To’raning "œTarixi Farg’ona", Mushrifning "œAnsobus-salotin va tavorixi xavoqin" kabi tarixiy asarlarda, Uvaysiyning "œVoqeoti Muhammadalixon", Nodir-Uzlatning "œHaft gulshan" nomli dostonlarida Nodiraning iqtidori, faoliyati borasida qimmatli ma’lumotlar bayon etilgan.

Ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, X.Razzoqov, M.Qodirova kabi olimlar tomonidan o’rganilgan.

Andijonda shoira nomiga shahar markazidagi shohko’chalardan biri, kinoteatr va boshqa madaniy muassasalar qo’yilgan.
 
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:13:14
                                         Muhammadsharif Gulxaniy
 
                                                            (18 - 19)
 
Taniqli o’zbek adibi, o’zbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri. O’ratepada (ayrim manbalarda Namangan viloyatida) tug’ilgan, hayot yillari noma’lum. Turk va fors tillarida asarlar bitgan. "œZarbulmasal" asari Umarxonning torshirig’i bilan yozilgan. U haqda Fazliyning "œMajmuai shoiron", Vozehning "œTuhfatul-ahbob", Avazmuhammad Attorning "œTarixi jahonnoma" asarlarida ma’lumot bor.

"œZarbulmasal"da "œKalila va Dimna" va sharq mumtoz nasri an’analari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari fosh etilgan. "œZarulmasal" bir necha qo’lyozma va bosma nusxalari mavjud, ular O’R FA ShI da saqlanadi. Ayrim manbalarda devon tartib bergani aytilsa-da, biroq u topilmagan. Ayrim she’rlari fors tilidagi bayozlarda ham uchraydi.

Gulxaniy ijodi o’zbek olimlari A.Qayumov, R.Muqimov, F.Ishoqov, M. Qo’shjonov, M. Qo’shmoqov, A. Asrorov v.b. olimlar tomonidan o’rganilgan.



Nashr qilingan asarlari:
Gulxaniy. Zarbulmasal (nashrga tayyorl. F.Ishoqov). -T: 1958;
O’zbek adabiyoti. 4 jildlik 3-jild. -T: 1959.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:14:30
                                                  Muhammad Rizo Ogahiy
 
                                                                (1809 - 1874)
 
Ulug’ o’zbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tug’ildi. Uch yoshligida otasi o’lib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. 1829 yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857 yilda miroblikdan iste’fo beradi. Qolgan umrini ijodga bag’ishlaydi. 1874 yilda 65 yoshida vafot etadi.

Ogahiy ijodiy faoliyati davomida devon tuzdi (O’zFA ShI inv. â„– 938), 19 ta asarni o’zbek tiliga tarjima qildi (inv. â„– 1214; 809.), 5 ta tarixiy asar yozdi (inv. â„– 7474). U shoir sifatida Navoiy an’analarini davom ettirdi. "œTa’vizul-oshiqin" ("œOshiqlar tumori") nomli devon tuzgan. Unda 18.000 misra she’ri jamlangan, shundan 1.300 misrasi forsiy she’rlari. U 20 ga yaqin she’riy janrlarda asarlar yaratgan.

O’zbek mumtoz adabiyotida Ogahiy bilimdon siyosatchi, tarixchi sifatida ham yorqin iz qoldirgan. U "œRiyozud-davla" (1844), "œZubdatut-tavorix" (1845-1846), "œJome’ul-voqeoti Sultoniy" (1856), "œGulshani davlat" (1865), "œShohidi iqbol" (1873) kabi tarixiy asarlar yozdi. Bu asarlarda Xiva xonlari Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1843-1846), Muhammad Aminxon II (1846-1855), Sayyid Muhammadxon (1856-1865), Muhammad Rahimxon II (1865-1872) davridagi voqealar bayon qilingan. Mirxond, Xondamirning tarixiy asarlarini tarjima qildi. Bu asarlardan N.Muravev, N.Veselovskiy, V.Bartold, R.Ivanov, S.Tolstov, Yahyo G’ulomovlar o’z ishlarida foydalanishgan.

Ogahiy tarjima maktabi yaratgan adib. Yigirmadan ortiq sharq mumtoz adabiyoti namunalari Ogahiy tomonidan tarjima qilindi. Ular Nizomiyning "œHaft paykar" (nasr bilan), Sa’diyning "œGuliston", Kaykovusning "œQobusnoma", Mirxondning "œRavzatus-safo", Muhammad Mahriy Astrabodiyning "œTarixi Jahonkushoyi Nodiriy", Zayniddin Vosifiyning "œBadoe’ul-vaqoe’", Mahmud G’ijduvoniyning "œMiftohut-tolibin", Muhammad Muqim Hirotiyning "œTaboqoti Akbarshohiy", Muhammad Yusuf Munshiyning "œTazkirayi Muqimxoniy", Rizoqulixon Hidoyatning "œRavzatus-safoyi Nosiriy", Husayn Voiz Koshifiyning "œAxloqi Muhsiniy", Muhammad Vorisning "œZubdatul-hikoyat", "œSharhi daloyilul-hayrot", Jomiyning "œYusuf va Zulayho", Badriddin Hiloliyning "œShoh va gado", Nizomiyning "œHaft paykar" kabi badiiy va axloqiy-falsafiy asarlardir.

O’zbek adabiyotshunosligida Ogahiy ijodini ilmiy tadqiq etish, asarlarini chop etish borasida ancha ishlar amalga oshirilgan. Ular orasida G’.Karimov, S.Dolimov ishlari salmoqli. Shuningdek, Ogahiy ijodi bilan V.Abdullaev, R.Majidiy, A.Abdug’afurov, Q.Munirov, N.Komilov, A.Pirimqulov, M.Matyoqubova, Q.Sultonova, T.Matyoqubova, v.b. tadqiqot yaratganlar.



Nashr qilingan asarlari:
Ogahiy. Ta’vizul-oshiqin. —T.: 1960;
Ogahiy. Asarlar (nashrga tayyorl. G’.Karimov va S.Dolimov). Olti jildlik -T.: 1971;
Ogahiy. Ishq ahlining tumori (nashrga tayyorl. F.G’anixo’jaev v.b.) . — T.: 1999.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:15:45
                                                 Komil Xorazmiy
 
                                                       (1825 - 1899)
 
 
Komil 1825 yilda Xivada tavallud topgan. U Muhammad Rahimxon soniy (Feruz) zamonasida mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan.

Komil — lirik shoir. Uning lirikasida insoniy muhabbat va fazilatlar ulug’lanadi. Hajviy she’rlarida fuzalo va juhalo qiyoslanadi. "œKomil", "œIkki sho’x" va "œQasidai Navro’z" kabi ma’rifatparvarlik asarlari muallifi.

Komil — bastakor va musiqashunos sifatida "œMurabbai Komil", "œPeshravi Feruz" va "œTanbur chizig’i (notasi)" kabi asarlarni yaratgan.

Tarjimonlik sohasida esa Barxurdor Turkman Mumtozning "œMahfiloro", Safiyning "œLatoyif ut-tavoyif", Mirxondning "œRavzat us-safo" singari yirik asarlarini tarjima qilgan.



Manbalar:
Komil Xorazmiy, Tanlangan asarlar. Toshkent, O’zadabiynashr, 1961.
Komil. Devon. Toshkent, 1975.
Asrlar nidosi. Toshkent, 1982, 393-408 betlar.

 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:16:40
                                               Muhyiddin Muhyi
 
                                                      (1835 - 1911)
 
Muhyi Qo’qon adabiy muhitiga mansub shoir bo’lib, ikki tilda ijod qilgan. She’rlari turli mavzularda. Asosan ishq, tarkidunyochilik va xilvatnishinlik kayfiyatida.

Muhyining g’azal-munojotlari shoirning dunyoqarashi in’ikosidir. ("œO’tub umrim xato birlan kechurgaysan gunoh, yo rab", "œMani ishqi majoziyg’a giriftor aylama, yo rab").



Manbalar
She’rlar. "œO’zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasi, 1992 yil 9 oktyabr.

 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:18:18
                                      Feruz (Muhammad Rahimxon II)
 
                                                          (1844 - 1910)
 
Feruz shoh-shoir. Xiva xoni. Adabiyot va san’at rahnamosi, musiqashunos, mohir sozanda va bastakor, san’atkor ham talabchan muxlis bo’lgan.

Shoir she’riyatining bosh mavzui — ishq. Uning "œUl oy vasfini vird etsam zabonda", "œOlsa jonim qoshu ko’zing, ikki lab", "œSoldi olam ichra g’avg’o, ey malaksiymo, ko’zing", "œGulshan ichra sarv yoxud ul qadi mavzunmudur" kabi ishqiy g’azallari juda mashhur.



Nashr qilingan asarlari:
Feruz Muhammad Rahimxon. Ne bo’ldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1991.
Feruz Muhammad Rahimxon. Ne bo’ldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1994.
Feruz. Elga shohu ishqqa qul. Toshkent.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:20:19
                                                     Muqimiy
 
                                                      (1850 - 1903)
 
Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri.

Muqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy o’rin tutadi. "œOshiq bo’libman", "œAyrilmasun", "œO’zim har joydaman", "œAqlu hush uchdi boshimdin..." kabi she’rlari bunga misol.

Shoir ijodida satira va hajv ham katta o’rin egallaydi . "œTanobchilar", "œTo’y", "œSaylov", "œMoskovchi boy ta’rifida", "œHajvi Viktor boy", "œVoqeai Viktor" kabi asarlarida Muqimiy o’z zamonasining ijtimoiy illatlarini keskin tanqid ostiga oladi.

Shuningdek, Muqimiy milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotida ma’lum g’oyaviy va badiiy xususiyatlarga ega bo’lgan "œSayohatnoma" janrini boshlab bergan.

 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:21:27
                                                         Zavqiy
 
                                                          (1853 - 1921)
 
 
Zavqiy lirik shoir. Shoir ijodida muhabbat lirikasi asosiy o’rin egallaydi. Zavqiyning "œKelmasa kelmasun netay?" radifli g’azali o’zbek mumtoz adabiyotining go’zal an’analarini davom ettirib yozilgan asar hisoblanadi.

Shuningdek, Zavqiy Muqimiy boshchiligidagi satirik maktabning yetakchi namoyandalaridan biridir. Shoirning "œZamona kimniki?", "œDar mazammati zamona", "œBo’l", "œMuncha ko’p" kabi she’rlari ijtimoiy satiraning yuksak namunalari bo’lib, ularda oddiy xalqning kulfati va mashaqqatli hayoti, ayanchli ahvoli real suratlarda tasvirlanadi.

Zavqiyning "œVoqeai qozi saylov", "œQahatchilik" dostonlari ham muhim ijtimoiy hodisalarni aks ettiruvchi dostonlardir.



Manbalar:
Zavqiy. Tanlangan asarlar. T., 1958.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:23:57
                                                          Furqat
 
                                                             (1859 - 1909)
 
  Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat - milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida o’zidan boy ma’naviy meros qoldirdi. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan edi.

Furqat 1859 yili Xo’qand shahrida tug’ildi. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizg’in ijodiy faoliyat bilan mashg’ul bo’ldi. Furqatning shoir sifatidagi kamoloti ayni shu davrda boshlangan.

Toshkentda ikki yilga yaqin istiqomat qilgan shoir 1891 yili chet ellarga chiqib ketishga majbur bo’ladi. Turkiya, Yunoniston, Bolgariya, Arab mamlakatlari va Hindistonda bo’lib, Xitoyning Shinjong viloyatiga qarashli Yorkent shahrida turg’un bo’lib qoladi. U 1909 yili 50 yoshida vafot etdi.

Shoir lirikasining mavzular olami juda rang-barang. Dunyoviy muhabbat, ijtimoiy-falsafiy o’ylar aks etgan, inson erki va g’urbat ohanglari ifodalangan, diniy ma’rifatparvarlikka alohida e’tibor qaratilgan asarlari bunga yorqin dalil.

Uning o’z boshidan kechirganlari haqidagi "œAhvolot" (ba’zi tadqiqotlarda "œSarguzashtnoma", "œFurqatnoma"), xitoy tilidagi manbalar asosida yozilgan "œQavoidi Chin va umuroti siyosiy" kabi nasriy asarlari ham bor.



Manbalar:
Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1959.
Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1980.
Furqat. Asarlar majmuasi. Ikki jildlik (arab imlosida). Toshkent, 1990.
Sayohati Furqat. O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1990 yil 14 dekabr.
Furqat. Qavoidi Chin va umuroti siyosiy. Sharq yulduzi, 2001, Ikkinchi fasl.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:28:17
                                                Ishoqxon Ibrat
 
                                                         (1862 - 1937)
 
 
Ishoqxon Ibrat 19 asr ikkinchi yarmi va 20 asr boshlarida yashab ijod etgan ma’rifatparvar shoir, publitsist, tarixshunos, tilshunos, olim, sayyoh, ilk o’zbek matbaachilaridan.

"œUsuli jadid" maktablari uchun yozilgan "œSan’ati Ibrat, qalami Mirrajab Bandiy", "œIlmi Ibrat" she’riy to’plami, tilshunoslikka oid "œLug’ati sitta al-sina", "œJomi’ ul-xutut" kabilar, "œTarixi Farg’ona", "œTarixi madaniyat", "œMezon uz-zamon" kabi tarixiy asarlar adibning qalamiga mansub.

Ibrat ilk o’zbek matbaachilaridan biri sifatida "œMatbaai Ishoqiya" va "œKutubxonai Ishoqiya"ni tashkil qilgan.



Manbalar:
Ishoqxon Ibrat. "œTarixi Farg’ona". Toshkent, 1992.
Ibrat, Ajziy, So’fizoda. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1999.
Ishoqxon Ibrat. Tarixi Farg’ona. Qo’lyozma, O’zMU prof. G’. Karimov fondida saqlanadi.
Ishoqxon Ibrat. Jome’ ul-xutut. Namangan, 1912.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:29:49
                                                Anbar otin
 
                                        (1870 - vafot yili ma'lum emas)
 
Anbar Otin-XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida yashab ijod etgan shoira.

Anbar Otin - lirik shoira. Uning lirikasida sof sevgi tarannum etiladi. U ayol qalbini, his-tuyg’ularini o’ziga xos kuylovchi shoira.

Shoiraning devoni mavjud.

Shoira ijodida o’z davrining ijtimoiy-siyosiy, sotsial muammolari ko’tarib chiqilgan. Istiqbolni kuylovchi mavzular keng o’rin egallaydi. ("œQarolar falsafasi", "œQo’shulub mulki Farg’ona...", "œEy go’zal Farg’ona, o’zingni kel emdi shod qil").



Ilmiy adabiyotlar:
Anbar Otin. She’rlar. Risola. Toshkent, 1970.
Husainova F. Demokrat shoira Anbar Otin. Toshkent, 1964.
Karimov G’. O’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1975.
O’zbek adabiyoti tarixi, 5-jildlik, 5-jild. Toshkent, 1980.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:31:30
                                                  Siddiqiy Ajziy
 
                                                     (1864 - 1927)
 
  Siddiqiy Ajziy 1864 yilda Samarqandda tug’ilgan. Madrasa ta’limini olgan.

U 1890-yillarning oxirida Makkaga boradi. 1900 yilda Rusiyaning Jiddadagi elchixonasida tarjimonlik qilgan. Shoir 1901 yilda ona yurtiga qaytadi va yangi tipdagi maktab ochadi...

U keng ommani ma’rifatga boshlash, haq-huquqini anglatishni adabiyotning bosh mavzui deb bildi. Millatni o’z ahvolini anglashga, dunyo bilan barobar yashamoqqa chaqirdi.

Siddiqiy 1919 yilda Samarqand viloyati adliya bo’limi mudirining o’rinbosari, keyinroq esa bo’lim mudiri bo’lib ishladi.
 
S. Ajziyning 1903 yilda Halvoyida ochgan maktab binosi
1922 yilda yana asl kasbi muallimlikka qaytdi. 1927 yilda esa vafot etdi.

Shoir adabiy merosi professor B. Qosimov tomonidan to’plab, nashr qilingan. "œAyn ul-adab" ("œOdob ko’zi", Samarqand, 1916, o’zbekcha), "œGanjinai hikmat" ("œHikmat xazinasi", Samarqand-Toshkent, 1914, tojikcha) she’riy to’plamlari, "œMir’oti ibrat", "œAnjumani arvoh" kabi poemalari, publitsistik maqolalari, Gogol "œShinel"i tarjimasi, hikoyalari ijodining serqirraligidan dalolat beradi.

She’rlari Kavkazda "œMulla Nasriddin", "œDirilik" jurnallarida bosilgan.

 Nashr qilingan adabiyotlar: Siddiqiy-Ajziy. Tanlangan asarlar. T., 1973.
Ajziy. Mir’oti ibrat. To’plamda: Milliy uyg’onish. T., 1993, 96-107 betlar.
Ibrat, Ajziy, So’fizoda. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1999.

 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:33:00
                                                Karimbek Kamiy
 
                                                      (1865 - 1922)
 
Karimbek Sharifbek o’g’li Kamiy — Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti birinchi davriga mansub shoirlardan biri.

Kamiy 1865 yilda Toshkentning Sevzor dahasida tug’ildi. Dastlabki ta’limni Mozorxon mahallalik Mansurxon domladan oladi. Keyin "œBeklar begi" madrasasida o’qidi. Oila qurmagan. 1922 yilda o’zi tug’ilgan hovlida vafot etgan.

Kamiydan bizga olti ming misraga yaqin she’riy hamda nasriy asarlar va o’zi tuzgan bir necha qo’lyozma bayozlar saqlanib qolgan.

 
 
Karimbek Kamiy. Dilni obod aylagil.
She’rlarining aksariyat qismi an’anaviy ishqiy mavzuda. Shunga qaramasdan, ma’rifatparvarlik va ijtimoiy she’rlari ham borki, bular shoir ijodining bosh yo’nalishlarini tashkil etadi.

Kamiy ijodini ilmiy jihatdan o’rganish G’. Karimov, A. Jamolov, M. Hamidova va O. To’laboevlar tomonidan amalga oshirilgan.

 
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 27 Iyul 2008, 16:35:03
                                      Mahmudho'ja Behbudiy
 
                                                    (1875 - 1919)
 
 
Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining rahnamosi. Yoshligida tog’asi Muhammad Siddiq huzurida ta’lim olgan. Keyinchalik mirzalik vazifasida ishlab, so’ngra muftiylik lavozimiga o’tadi.

Behbudiy Turkistonda jadid maktablarining tolmas targ’ibotchisi va tashabbuskorlaridan biri. Turkiy va fors-tojik tilidagi "œRisolai jug’rofiyai umroniy", "œRisolai asbobi savod", "œKitobat ul-atfol", "œTarixi islom" kabi maktab kitoblari muallifi.

Behbudiy birinchi o’zbek dramaturgi va teatr arbobi. "œPadarkush" p’esasini yozdi va bu asar Samarqand (1914 15 yanvar), Toshkent (1914 27 fevral)da ("œTuron" truppasi) sahnalashtirildi.

Behbudiy publitsist sifatida 1901 yildan boshlab Turkiston va hatto undan tashqaridagi ko’plab matbuot namunalarida 300 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan.

1919 yilda Buxoro amiri va rus sovet chekasining xodimi yordamida Qarshida qo'lga olinib, qatl etilgan. Qarshi shahri 1926-1937 yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan.



Nashr qilingan adabiyotlar:
Behbudiy. "œPadarkush". "œSharq yulduzi" jurnali, 1989, 7-son.
Behbudiy. "œEhtiyoji millat". "œSovet O’zbekistoni" gazetasi, 1989.
Behbudiy. "œBayoni haqiqat". "œFan va turmush". 1992, 5-son.
Behbudiy. "œYoshlarga murojaat", "œIkki emas, to’rt til lozim". "œTafakkur" jurnali, 1994, 1-son.
Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma’naviyat, 1997, 1999.(ikkinchi nashri)

 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Iyul 2008, 15:51:16
                                                   Abdulla Avloniy
 
                                                         (1878 - 1934)
 
Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulida Toshkentda Mergancha mahallasida tug’ildi. Madrasa ta’limini oldi.

1904 yili Avloniy Mirobodda usuli jadid maktabi ochadi.
 
Abdulla Avloniy
1914-1915 yillarda advokat Ubaydulla Xo’jaev bilan "œSadoyi Turkiston" gazetasida hamkorlik qiladi. Gazetadagi she’r va maqolalarning aksariyati Avloniy qalamiga mansub.

U "œHijron" taxallusi bilan she’rlar yozdi. Maqolalarini esa "œMulla Abdulla", "œAvloniy", "œAbdulla Avloniy" nomlari bilan bosdirdi. So’ngroq uning ko’p ishlatgan laqablaridan biri "œIndamas" bo’lgan edi.

1909 yili usuli jadid maktablari ta’minoti uchun "œJamiyati xayriya" ochdi.
Avloniy "œTuron" jamiyati muassislaridan biri edi. Jamiyat qoshida "œTuron" teatr truppasi tuzildi. Birinchi bo’lib Behbudiyning "œRadarkush"i sahnalashtirildi.
 
Avloniy truppa uchun "œAdvokatlik osonmi?", "œPinak", "Biz va Siz", "œIkki sevgi", "œRortugaliya inqilobi" kabi dramalar yozdi.

Avloniy 1917 yil Fevral voqealaridan keyin "œYashasin xalq jumhuriyati!" shiori ostida "œTuron" gazetasini chiqardi.

1910-yillarda u "œBirinchi muallim", "œIkkinchi muallim", "œMaktab gulistoni", "œTurkiy guliston yohud axloq", "œAdabiyot yoxud milliy she’rlar" kabi kitoblar yozdi.
 Nashr qilingan asarlari
Avloniy. "œToshkent tonggi". T., 1978.
Avloniy. O’son millat. T., 1993.
Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. T., 1992.
Avloniy. Afg’on sayohati. Kundaliklar. "œSharq yulduzi", 1990, 7-son.
Milliy uyg’onish. T., 1993.
Avloniy, Tanlangan asarlar, Ikki tomlik, "œMa’naviyat"., T., 1998 y.


 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Iyul 2008, 15:55:37
                                          Muhammadsharif So'fizoda
 
                                                           (1880 - 1937)
 
 
Muhammadsharif So’fizoda 1880 yilda Chustda hunarmand oilasida tug’ildi.

So’fizoda adabiyot dargohiga 1890-yillarda kirib keldi. Uning "œG’ubor dardu alam", "O’ray" kabi lirik g’azallari, "œDakaning", "œBedanang" kabi hajviyalari, ma’rifat haqidagi "œO’qing onalar", "œGazeta to’g’risida", "œVatan", "œXonimlar isminda" kabi qator she’rlari uning demokratik adabiyot ostonasiga kirishida o’ziga xos yo’llanma bo’ldi. Shuningdek, 1893-1898 yillarda Qo’qonda yashab, Muqimiy to’garagida faol qatnashishi shoir dunyoqarashining shakllanishida, badiiy mahoratining o’sishida o’ziga xos maktab bo’ldi.
 
1913 yilning oxirlarida Chustda yangi usuldagi maktab ochdi.

1935 yilning 29 yanvarida So’fizodaning tug’ilganiga 55 yil to’lishi munosabati bilan yubiley o’tkazilgan va 200 dan ortiq she’ri nashr etish uchun to’plangan edi
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Iyul 2008, 15:58:06
                                                          Tavallo
 
                                                            (1883 - 1937)
 
To’lagan Xo’jamyorov Tavallo 1883 yili Ko’kcha dahasida dunyoga keldi. "œBeklarbegi" madrasasida, rus-tuzem maktabida o’qidi. 1910-yillardan vaqtli matbuotda she’r va maqolalari bosila boshlagan. 1914 yili Toshkentda "œNashriyot" shirkatini tuzishda ishtirok etadi. 1915 yilda esa "œTuron" jamiyatida faoliyat ko’rsatadi.
 
Uning yagona she’riy to’plami "œRavnaq-ul Islom" alohida holda 1916 yili nashr qilindi. Ushbu to’plam 1993 yili professor B. Qosimov tomonidan so’zboshi va izohlar bilan qayta nashr qilindi.

Tavalloning ijodkor sifatida shakllanishida Toshkent adabiy muhitining roli katta bo’ladi. Unga sayramlik shoir Yusuf Saryomiy ustozlik qildi. Taxallusni ham unga Yusuf Saryomiy bergan.

 U 20-yillarda "œMushtum" hajviy jurnalining faollaridan edi. "œMag’zava" imzosi bilan o’nlab hajviy she’rlari chop etilgan, ular yig’ilgan, o’rganilgan emas.

1937 yil 14 avgustda Tavallo aksilinqilobiy "œTuron", "œSho’royi islom" "œIttihodi taraqqiy", "œMilliy ittihod", "œMilliy istiqlol" tashkilotlarining a’zosi, "œMillionerning o’g’li", "œshe’rlarida millatchilik g’oyalarini ilgari surgan"likda ayblanib, qamoqqa olinadi va otib tashlanadi.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Iyul 2008, 16:00:59
                                             Sidqiy Hondayliqiy
 
                                                      (1884 - 1934)
 
Sidqiy Xondayliqiy 1884 yilda tug’ildi. 1903 yilda o’qishni davom ettirish niyatida Toshkentga keladi. Ayni paytda she’r mashq qila boshlaydi. Tarjima bilan shug’ullanadi.

Sidqiyning ilk she’rlari ishqiy she’rlar edi. Shoir "œShavkat" taxallusi bilan ikki to’plam ("œTuxfai Shavkat", T., 1913; "œSavg’oti Shavkat", T., 1914) nashr ettirdi. Bir qator she’rlariga "œShevan" ("œnola","fig’on") taxallusini qo’ydi. Lekin so’ngroq barcha asarlarini Sidqiy taxallusi bilan chop etdi. Hatto eski g’azallarini ham tahrir qilib, "œSidqiy"ga o’zgartirgan, devoninini nomini "œDevoni Sidqiy" atagan edi.

Sidqiy 1934 yili vafot etdi.

Sidqiy serqirra, sermahsul ijodkor. Arab, fors tillarini yaxshi bilgan shoir tarjima bilan ham jiddiy shug’ullangan ("œMing bir kecha", Sa’diy Sheroziyning "œBo’ston"i).

 Shoir poetik merosining salmoqli qismini hajviyot va ijtimoiy siyosiy she’rlar tashkil qiladi. Hajviy asarlarining aksariyati voqeiy va deyarli hammasi poraxo’r qozilar, ta’magir, tovlamachi amaldorlar, riyokor ruxoniylar haqida, ijtimoiy siyosiy she’rlari esa davrning muhim voqealariga bag’ishlangan. ("œMuxoraba", "œRabo(t)chilar namoyishi", "œRabo(t)chilar kelishi", "œToza hurriyat" kitobi).

Sidqiy nasriy asarlar ham yozdi. "œTazkirai Imomi A’zam", "œSad irshodi mulla Sidqiy Xondayliqiy", "œMezoni shariat", "œZarbumasali Sidqiy" an’anaviy nasrda yozilgan. Shuningdek, u "œHikoyai latifa", "œBahrom va malikai Gulandom", "œKarimo tarjimasi", "œMing bir kecha", "œAjoyib ul-maxluqot", "œO’g’ri va qozi" kabi bir qator nasriy asarlarni tarjima qildi.

Mumtoz adabiyotimizda tarjimai hol harakteridagi asarlar yozish an’anasi qadimdan ma’lum. Sidqiy ham shu janrda qalam tebratib, 1924 yili "œHoloti Sidqiy"ni yozdi va uni "œIktisob" asariga yetti bet hajmda ilova qildi.

 Nashr qilingan adabiyotlar:
Sidqiy Xondayliqiy. Navbahor. G’azallar, doston, hikoyalar, qaydlar. T., 1984.
Sidqiy Xondayliqiy. Tanlangan asarlar (matn, so’zboshi, lug’at), 2-jild. T.: Ma’naviyat, 1998.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Iyul 2008, 16:04:10
                                               Abdurauf Fitrat
 
                                                       (1886 - 1938)
 
Fitrat O’rta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi o’zbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim.
1886 yili Buxoroda tug’ilgan. Dastlab eski maktabda, so’ng "œMir Arab" madrasasida o’qidi. U 18 yoshlariga qadar Buxoroda yashadi. So’ng haj qildi. Turkiya, Hindiston, Arabistonda bo’ldi. Shuningdek, u Markaziy Rusiyaning Moskva, Peterburg shaharlariga ham sayohat qiladi. 1909-1913 yillarda Istanbuldagi "œVoizon" madrasasida o’qiydi va bu yerda "œBuxoro ta’mimi (umumiy) maorif" jamiyatini tuzadi. 1913 yili Buxoroga qaytib keldi. Shahrisabz va Karkida yangi maktablar ochdi. Qisqa muddatda Buxoro jadidchilik harakatining etakchi vakillaridan biriga aylandi. 1917 yili Fevral voqealaridan so’ng siyosiy faoliyat bilan shug’ullandi. "œYosh buxorolilar" inqilobiy partiyasiga sarkotib bo’lib saylandi. Samarqandlik ilg’or yoshlarning "œHurriyat" (1917) gazetasida keskin maqolalar bilan chiqdi. Ko’p o’tmay, unga redaktorlik qildi. (1917 yil 27-sondan 1918 yil 87-sonigacha). Yangi Rusiya Muvaqqat hukumati bilan o’zaro tenglik aloqalarini yo’lga qo’yish ishlarida faol qatnashdi. Biroq, bir tomondan, amir va u suyangan mutaassib a’yonlar, ikkinchi tomondan, chor kalonial siyosatining bolsheviklar tomonidan o’zgarishsiz qolishi Yosh buxorolilarning mustaqillik va demokratiya haqidagi orzulari amalga oshishiga yo’l bermadi. Shu sababli "œbolshevik balosi" bosh ko’targan 1917 yilning Oktyabrini "œYurt qayg’usi" deb baholadi. Shunga qaramay, u kelajakdan umid uzmadi. 1917 yilgi Turkiston muxtoriyatini so’ngsiz mehr bilan qarshi oldi. U e’lon qilingan 27 noyabrni "œMilliy laylatulqadrimiz" deb atadi. 1918 yil 19-20 fevralidan Turkiston muxtoriyati sovetlar tomonidan qonga botirildi va u "œQo’qon voqeasi" nomi bilan tarixga kirdi.
Fitrat o'sha yili Toshkentga keldi. Dastlab Xadradagi maktabda, may-iyun oylaridan Turkiston musulmon dorulfununi qoshida tashkil topgan dorulmualliminda til va adabiyotdan dars berdi. 1919-20 yillarda Afg’onistonning Toshkentdagi elchixonasida tarjimonlik qildi. Fitratning Toshkentdagi eng yirik ishlaridan biri "œChig’atoy gurungi" jamiyatini tashkil etishi bo’ldi. Jamiyat o’zbek tili va adabiyotinigina emas, umuman o’zbek madaniyatining shakllanish va taraqqiyot tarixini yangi, zamonaviy ilm asosida o’rganishga asos soldi. Fitrat 1920 yil 9 aprelida "œTong" jurnalining 1-sonini bosmadan chiqardi. Jurnalda "œChig’atoy gurungi" a’zolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, uning 3-soni chiqib, to’xtab qoldi.
 
1920 yili Fitrat Buxoroga keladi. 1921 yildan xalq maorifi noziri, yana bir yil o’tgach, Xorijiya noziri, xalq xo’jaligi yig’ilishining raisi, jumhuriyat MIK o’rinbosari. Xalq nozirlari sho’rosining muovini, Hukumat plan va smeta tashkiliy hay’atining raisi, BXShJ Mehnat kengashining Prezidium a’zosi vazifalarini olib boradi. Jumhuriyat ijtimoiy-madaniy hayotining hamma masalalarida faol ishtirok etadi. Uning tashabbusi bilan 1921 yili Buxoroda Sharq musiqa maktabi ochiladi. 1923-24 yillarda Fitrat Moskvadagi sobiq Sharq tillari (1921 yildan Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot) institutida ishladi, ilm bilan shug’ullandi. Leningrad Davlat universitetining Sharq fakultetida Sharq xalqlari tili, adabiyoti, madaniyatidan ma’ruzalar o’qidi, professorlikka saylandi. Fitrat O’zbekistonga 1927 yili qaytib keldi. Samarqandda yangi tashkil topgan Oliy pedagogika instituti (hozirgi SamDU)da ish boshladi. U o’z hayoti davomida yuzlab jangovor maqolalar, o’nlab ijtimoiy-siyosiy risolalar yaratdi. Birgina Turkiston matbuoti emas, Afg’oniston, Hindiston, Turkiya, Kavkaz, Volgabo’yi matbuotida faol ishtirok etdi.

 1930 yildan unga siyosiy ayb qo’yila boshlandi. 1937 yil 24 aprelda hibsga olindi va bir yarim yillik qiynoqlardan so’ng 1938 yil 4 oktyabrida otib o’ldirildi.

1909 yili "œMunozara" (Hindistonda bir farangi ila buxoroli mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadida xususida qilgan munozarasi") asari Istanbulda chop etildi. 1911 yili "œSayha" she’riy to’plami, 1912 yili "œSayyoh hindi" ("œBayonoti sayyohi hindi") bosilib chiqdi. "œRahbari najot" (1915), "œOila" (1916), "œBegijon" (1916), "œMavludi sharif" (1916), "œAbo Muslim" kabi asarlari nashr etildi.

Fitrat usuli jadid maktablari uchun yangi darsliklar ham yozdi. "œO’qu" (1917, Boku) kitobi, Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon bilan hammualliflikda yozilgan "œOna tili" (1918) darsligi, "œCho’zg’ilar" ("œUnlilar"), "œBitim yo’llari" (1919), "œBedil" (1923, 1924) "œO’zbek tili qoidalari", Sarf (1-kitob), Nahv (2-kitob) (1925), Sarfi zaboni tojik (1925), "œAdabiyot qoidalari" (1926) kabi darslik-qo’llanmalari shular jumlasidandir.

Fitrat o’zbek dramaturgi sifatida "œO’g’izxon", "œTemur sag’anasi" "œChin sevish" (1920), "œHind ixtilolchilari" (1923) "œAbulfayzxon" (1924), "œShaytonning tangriga isyoni" (1924), "œArslon" (1926) kabi asarlarini yaratdi.

Ayni paytda, uning o’z ahamiyatini bugungi kungacha saqlab kelayotgan "œEng eski turkiy adabiyot namunalari" (matn, tadqiqot, izohlar, 1927), "œO’zbek adabiyoti namunalari" (matn, tadqiqot, izohlar, 1929), "œSharq shaxmati" (1928), "œO’zbek klassik musiqasi va uning tarixi" (1927), "œFors shoiri Umar Hayyom" (1929) kabi ko’plab tadqiqotlari e’lon qilindi.

Adabiyot nazariyasiga oid "œShe’r va shoirliq" (1919), "œAdabiyot qoidalari" (1926), "œSan’atning mansha’i" (1926), "œAruz haqida" (1936) asarlari bilan o’zbek adabiy-estetik tafakkurini yangi bosqichga ko’tardi. Yusuf Xos Hojibdan Mashrabga qadar bo’lgan mumtoz adabiyot namoyandalari haqida chuqur nazariy maqolalar (30dan ortiq) yozdi.

Vatan va millat mustaqilligi, ilm-fan rivoji, ta’lim-tarbiya ravnaqi kabi masalalar Fitrat asarlarining leytmotivini belgilaydi.

Fitrat asarlari u hayotlik paytidayoq yuksak baho olgan, boshqa tillarga tarjima qilingan. Uni qayta "œtanitish" 80-yillarning ikkinchi yarmida boshlandi. O’zMU professori B. Qosimov 1994 yili "œFitrat" monografiyasini e’lon qildi. H. Boltaboev "œ20 asr o’zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi" (T., 1996), I. G’aniev "œFitrat dramalari poetikasi" (T., 1998) mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Uning ijodiy merosi B. Ergashev, D. Toshqo’ziev kabi faylasuflar, huquqshunoslar tomonidan ham o’rganilmoqda.

Fitrat nomida Toshkent va Buxoroda ko’chalar, maktablar bor. Tug’ilgan shahrida yodgorlik muzeyi ochilgan, xiyobon barpo etilgan, 1996 yili tavalludining 110 yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi.

 


Nashr qilingan asarlari:
Fitrat. She’rlar. "œO’zbekiston adabiyoti va san’ati", 1987 yil 11 dekabr.
Fitrat. She’rlar. "œSharq yulduzi", 1991, 6-son.
Fitrat. Hind ixtilolchilari. "œSharq yulduzi", 1990, 4-son.
Fitrat. Turkistonda ruslar. "œSharq yulduzi", 1992.
Fitrat. O’zbek klassik musiqasi tarixi. T.: "œFan", 1993.
Fitrat. Tanlangan asarlar, Ikki jildlik. T.: "œMa’naviyat", 2001.
Fitrat. Chin sevish. T.: "œAdabiyot va san’at", 1996.
Fitrat. Najot yo’li. T.: "œSharq", 2002.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Iyul 2008, 16:06:53
                                             Hamza Hakimzoda Niyoziy
 
                                                           (1889 - 1929)
 
 
Hamza jadid adabiyoti namoyandasi, shoir, dramaturg, adib va muallim.

1889 yili Qo’qon shahrida tug’ildi. Eski maktabda, madrasada va ovrupocha maktabda ta’lim oldi.

Hamza usuli jadid maktablarining faol tashkilotchilaridan. U 1910 yili Toshkentda, 1911 yili Qo’qonda, 1914 yili Marg’ilonda, shu yili yana Qo’qonda shunday maktablar ochadi. Muallimlik, tashviqotchilik bilan shug’ullanadi.

10-yillar oxiridan gazeta va jurnallar chiqarishga kirishadi. "œKengash" (1917), "œHurriyat" (1917) jurnallarini ta’sis etadi, ularga muharrirlik qiladi.

1918 yili Hamza sayyor dramtruppa tuzadi. Bu truppa uchun o’zi dramalar yozadi. "œTarjimai hol"ida ta’kidlashicha, bu truppada o’zi rejissyorlik, artistlik, suflyorlik qilgan.

U Xitoy, Hindiston, Afg’oniston, Eron, Turkiya va Arab mamlakatlarida bo’lgan. Haj amallarini bajargan.

1920 yili Qo’qonga qaytib kelib, maorif sohasida xizmat qiladi. Shu yil oxirida Buxoroga boradi. Bir yilcha yashab, 1921 yil so’nggida Toshkentga va undan Xorazmga o’tadi va u erda profsoyuzning madaniy-maorif shu’basida ishlaydi. Xorazmdan Xo’jayliga borib, 1924 yil iyulgacha o’zi tashkil etgan internatda faoliyat ko’rsatadi. 1925 yili Farg’onaga borib, Shohimardonda kolxoz tuzish, maktablar ochish, xalqning savodini chiqarish ishlari bilan shug’ullanadi.

1928 yildan unga nisbatan ta’qib va tazyiq ko’rsatila boshlaydi. Moddiy va ma’naviy qiyinchilik, iztiroblarni boshdan kechiradi. 1929 yil 18 martda Hamza toshbo’ron qilinib, vahshiylarcha o’ldiriladi.

Shoirning "œGul" (1913-1916), "œMilliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi" (1915-1917) she’riy to’plamlaridagi "œYig’la Turkiston", "œYaxshi holin yo’qotgan oqibatsiz Turkiston", "œKo’zni oching, qardoshlar", "œDarmon istariz" kabi she’rlarida milliy uyg’onish g’oyasi katta mahorat bilan ifodalangan.

Hamza dramaturg sifatida "œZaharli hayot yoxud ishq qurbonlari" (1916), "œTuhmatchilar jazosi" (1919), "œBurungi qozilar yoki Maysaraning ishi" (1926), "œParanji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi" (1927) kabi asarlari orqali o’zbek adabiyotini boyitdi. "œYangi saodat" milliy romani o’zbek nasrining ilk namunalaridan.

Ma’rifat, milliy istiqlol va ozodlik g’oyalari Hamza ijodining leytmotivini tashkil qiladi.

Hamza jahon adabiyoti va matbuotiga katta qiziqish bilan qaradi. Rossiya, Tatariston, Ozarbayjon, Turkiya va Arab mamlakatlari adabiyoti namunalarini mutolaa qildi. U yerlardagi maorif-o’qitish sohasidagi yangiliklarga qiziqdi. Ulardan o’z faoliyatida samarali foydalandi.

Hamza ijodi bilan O’zMU professori L. Qayumov ko’p yillardan beri shug’ullanib keladi. Bundan tashqari, M. Rahmonov, Yu. Sultonov kabi olimlar ham tadqiqotlar yaratganlar.

Toshkent shahrining markaziy tumanlaridan biriga Hamza nomi berilgan.
Nashr qilingan asarlari:
Niyoziy H.H. To’la asarlar to’plami. Besh jildlik, T.: Fan, 1988-1990.


 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Iyul 2008, 16:09:11
                                              Abdulla Qodiriy
 
                                                     (1894 - 1938)
 
 
Abdulla Qodiriy o’zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.

U 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug’ildi. Avval musulmon maktabida (1904-1906), keyin rus-tuzem maktabida (1908-1912), Abulqosim shayx madrasasida (1916-1917) ta’lim oldi. Oilaviy sharoit taqozosi bilan bolalikdan mahalliy savdogarlarga kotiblik qildi (1907-1915). 1917 yil Oktyabr davlat to’ntarishidan so’ng Eski shahar oziqa qo’mitasining sarkotibi (1918), "œOziq ishlari" gazetasi muharriri (1919), Kasaba uyushmasi sarkotibi (1920) lavozimlarida ishladi. 1923 yili "œMushtum" jurnalini ta’sis etdi, bir necha yil jurnal tahririyatida xizmat qildi. Moskvadagi adabiyot kursida (1925-1926) o’qidi. 1919-1925 yillar oralig’ida matbuot nashrlarida 300 dan ortiq maqolalar e’lon qildi. Umrining oxirigacha tinimsiz ijod bilan shug’ullandi.

Abdulla Qodiriy 1937 yil 31 dekabr kuni hibsga olindi. 1938 yil 4 oktyabrida Cho’lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi.

  1914-1915 yillarda Abdulla Qodiriyning "œAhvolimiz", "œTo’y", "œMillatimga", "œFikr aylagil" kabi she’rlari, "œJuvonboz", "œUloqda", "œJinlar bazmi" kabi hikoyalari, "œBaxtsiz kuyov" dramasi bosilib chiqdi. O’zbek adabiyotidagi birinchi roman "œO’tgan kunlar"ni yaratdi (1919-1920). Asar 1922 yili "œInqilob" jurnalida, 1924-1926 yillarda har bir bo’limi alohida-alohida kitob holida bosildi. 1918 yil fevralida ikkinchi yirik romani — "œMehrobdan chayon"ni yozib tugatdi. Roman 1929 yili Samarqandda bosilib chiqdi. 1934 yili adib "œObid ketmon" qissasini yozdi.

Abdulla Qodiriy tilshunos va tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shinosiyning "œFizika" (1928), N.V. Gogolning "œUylanish" (1935), A.R. Chexovning "œOlchazor" (1936) asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. Qozonda bosilgan "œTo’la ruscha-o’zbekcha lug’at"ni (1934) tuzishda ishtirok etdi.

Qodiriy 20-yillarning o’rtalarida yozgan "œKalvak Maxzumning xotira daftaridan", "œToshpo’lat tajang nima deydir?" hajviy asarlarida bid’at va xurofotni qoraladi. Ularda xalqning yashash tarzi va ruhiy olamini o’zgartirishga intilgan jadid adabiyoti maqsad va g’oyalari o’z ifodasini topgan.

 
Ma’rifatparvarlik, millat ozodligi va istiqlol g’oyalari Abdulla Qodiriy asarlarining leytmotivini tashkil qiladi.

Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa, romanlari jahon miqyosida keng tarqaldi. Uning "œO’tgan kunlar", "œMehrobdan chayon", "œObid ketmon" asarlari rus, ingliz, nemis, italyan, arab, ozarbayjon, tojik, qozoq, uyg’ur, tatar tillariga tarjima qilingan. Nemis adabiyotshunoslari N. Tun, I. Baldauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, Eden Nabi kabi olimlar Abdulla Qodiriy ijodi bo’yicha jiddiy ishlar qilganlar.

O’zMU professorlari U. Normatov, M. Qo’shjonov, B. Karimovlar Qodiriy hayoti va ijodi bo’yicha samarali ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

1991 yili O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Abdulla Qodiriyga Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1994 yili adib "œMustaqillik" ordeni bilan taqdirlandi. Shu yili Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Toshkent Madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bog’iga, katta ko’chalardan biriga, Xalq merosi nashriyotiga hamda ko’plab madaniyat muassasalariga Abdulla Qodiriy nomi berilgan.

 Nashr qilingan asarlari:
Abdulla Qodiriy. To’la asarlar to’plami, 1-jild. She’rlar. Hikoya va ocherklar. Hajviyalar. T.: Fan, 1995.
Abdulla Qodiriy. O’tgan kunlar. Mehrobdan chayon (romanlar). T., 1992.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Iyul 2008, 16:14:09
Cho'lpon
 
  (1897 - 1938)
 
 
Abdulhamid 
O’zbek yangi she’riyatining asoschilaridan biri, dramaturg, nosir, publitsist va tarjimon.

Cho’lpon 1897 yili Andijonda tug’ilgan. Eski maktabda savod chiqargan. Keyin rus-tuzem maktabida o’qigan. 1914 yili Toshkentga keladi va o’z faoliyatini "œSadoi Turkiston" gazetasi bilan bog’laydi. Uning asarlari Orenburg, Ufa, Qozon va Bog’chasaroyda chiqadigan gazeta va jurnallarda ham bosilib turgan. 1916-1917 yillarda Orenburgda yashaydi va u yerda boshqird hukumati mahkamasida kotib bo’lib ishlaydi. So’ng Toshkentga qaytadi. 1920 yilgacha TurkRosTAda xizmat qiladi. 1920 yili Bokuda bo’lgan Sharq xalqlari qurultoyida qatnashadi. O’sha yili Fitrat taklifi bilan Buxoroga boradi va o’zbek tilida chiqadigan "œBuxoro axbori" gazetasiga rahbarlik qiladi. Bir yilcha ishlab Toshkentga qaytadi. Adabiyot va madaniyat ishlari bilan shug’ullanadi. 1924-1926 yillarda Cho’lpon Moskvada yashaydi. U yerda ochilgan O’zbek dramstudiyasiga rahbarlik qiladi.

Shundan keyin jadidlarga qarshi boshlangan kompaniya Cho’lponni ham chetlab o’tmadi. Ta’qib va tazyiqlarga qaramay, u qizg’in ijodiy faoliyat bilan shug’ullandi. 30-yillarning boshida yana Moskvaga ketadi va SSSR Markaziy Ijroiya Komitetida tarjimon bo’lib ishlaydi. Cho’lpon 1937 yil 14 iyulda qamoqqa olinadi va 1938 yil 4 oktyabrda otib o’ldiriladi.

Cho’lponning "œO’zbek yosh shoirlari" (1923), "œGo’zal yozg’ichlar" (1925), "œAdabiyot parchalari" (1926) majmualarida chop etilgan she’rlari, o’z she’rlari asosida nashr qilingan "œUyg’onish" (1922), "œBuloqlar" (1923), "œTong sirlari" (1926), "œSoz" (1935) kabi to’plamlari yangi o’zbek she’iyati taraqqiyotida muhim o’rin tutadi.

Uning "œKecha va kunduz" (1936) romani, "œDo’xtur Muhammadyor" (1914), "œQor qo’ynida lola", "œNovvoy qiz", "œOydin kechalarda" hikoyalari yangi davr o’zbek nasri rivojiga salmoqli hissa bo’lib qo’shildi.

 Cho’lponning "œYorqinoy" (1920), "œXalil farang" (1921), "œCho’rining isyoni" (1926), "œYana uylanaman" (1926), "œMushtumzo’r" (1928), "œO’rtoq Qarshiboev" (1928), "œHujum" (1928) kabi dramalari uning dramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini ko’rsatadi.

Milliy istiqlol va ozodlik g’oyalari Cho’lpon ijodining leytmotivini belgilaydi.

Cho’lpon Pushkinning "œDubrovskiy", "œBoris Godunov" asarlarini, Gorkiyning "œOna" romani va "œEgor Bulichev" pe’sasini, Lohutiyning "œEvropa safari"ni, Gotsiyning "œMalikai Turandot", Shekspirning "œHamlet" dramalarini o’zbek tiliga tarjima qilish orqali o’zbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qo’shdi.

Cho’lpon ijodi bilan O’zMU professorlari O. Sharofiddinov, U. Normatov, N. Karimov, D. Quronov, B. Do’stqoraevlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Cho’lponga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. Uning "œKecha va kunduz" romani asosida videofilm yaratilgan.

Nashr qilingan asarlari:
Cho’lpon. Yana oldim sozimni. T.: Adabiyot va san’at. 1991.
Cho’lpon. Adabiyot nadir. T.: Cho’lpon, 1994.
Abdulhamid Cho’lpon. Go’zal Turkiston. T.: Ma’naviyat, 1997.
Cho’lpon. Asarlar. Uch jildlik. T.: Xazina, 1997-1998.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Iyul 2008, 16:19:56
                                               G'afur G'ulom
 
                                                      (1903 - 1966)
 
 
G'afur G'ulom 
1903 yilning 10 mayida Toshkent shahrida tug’ilgan. "œShum bola" (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.

"œDinamo" (1931), "œTirik qo’shiqlar" (1932) to’plamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy o’ziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuyg’ular "œQish va shoirlar" (1929), "œNon" (1931), "œToshkent" (1933), "œQutbda saylov" (1937), "œMen Yahudiy" (1941), "œQish" (1941), "œXotin" (1942), "œAfsuski, afsusni qo’shib ko’mmadi" (1945) singari she’rlarda aks etdi.

 "œBog’" (1934), "œSog’inish" (1942), "œKuz keldi" (1945), "œKuzgi ko’chatlar" (1948) singari she’rlarida obod bog’, saxiy bog’bon, umiddagi kelajak gavdalanadi. G’afur G’ulomda yurt, xalq, kelajak oldidagi mas’ullik Ota timsolida aks etgan "œSen yetim emassan" (1942), "œSog’inish" (1942), "œBiri biriga shogird, biri biriga ustod" (1950), "œSizga" (1947), "œBahor taronalari" (1948) singari she’rlarida yurt, xalq, kelajak mas’uliyati tasvirlanadi.

"œNetay" (1930), "œYodgor" (1936), "œShum bola" (1936-1962) qissalari, "œHiylai shar’iy" (1930), "œMening o’g’rigina bolam" (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan.

 1943 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy a’zo bo’ldi. Akademik sifatida u adabiyot tarixini, yozuvchilar ijodini ("œNavoiy va zamonamiz" (1948), "œFolklordan o’rganaylik" (1939), "œJaloliddin" dramasi haqida" (1945), "œMuqimiy" (1941)) yoritib berdi.

G’afur G’ulom ijodi O’zbekiston yurtining betakror qiyofasini, o’zbek xalqining o’ta tabiiy xarakterini yuksak badiiylik bilan yoritadi.

Shoir G’afur G’ulom 1966 yilning 10 iyunida vafot etdi, Chig’atoy qabristoniga dafn etildi.
 
Asarlari:
G’afur G’ulom. Asarlar. O’n tomlik. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1970-1978.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Iyul 2008, 16:28:43
                                                    Oybek
 
                                                    (1905 - 1968)
 
 
Oybek 
Oybek — 1905 yilda 10 yanvarda Toshkentning Govkush mahallasida tug’ilgan Muso Toshmuhammadning adabiy taxallusi. "œBolalik xotiralarim" (1963) asarida bolaligini: ota-onasi, qarindoshlari, 20 asr boshidagi Toshkent va uning atrofidagi qishloq, kentlarni, ilk sabog’i, saboqdoshlarini tasvirlaydi.
 
  1922 yildan unrining oxirigacha Oybek she’r, dostonlar yozdi. "œOnamning mozorida" (1924), "œOvchiga" (1924), "œYoshlik xotiralaridan" (1925), "œGunafsha" (1927) singari she’rlarida yosh shoir ruhiyatining holatlari tasvirlanadi. "œFanga yurish" (1930), "œFikr" (1931), "œTansiq" (1935), "œDala yo’lida" (1935), "œQishloq qizi student" (1933), "œBrigadir ayol" (1935) singari she’rlarida ijtimoiy hayot aks ettiriladi. Shoir "œDilbar — davr qizi" (1932), "œO’ch" (1932), "œNavoiy" (1947), "œQizlar" (1947), "œDavrim jarohati" (1965) singari poemalar yozgan.

 Oybek poemalarining qahramonlari "œQutlug’ qon" (1940), "œNavoiy" (1944), "œOltin vodiydan shabadalar" (1949) singari romanlariga ham o’tgan. "œQuyosh qoraymas" (1954), "œUlug’ yo’l" (1963), "œNur qidirib" (1955), "œBola Alisher" (1967) — Oybekning muhim asarlaridan. U nosir sifatida xalqning boy, murakkab tarixini aks ettirdi.

 Oybek 1943 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy a’zo bo’ldi. Olim "œAdabiyot qoidalari haqida" (1926), "œAbdulla Qodiriyning ijodiy yo’li" (1936), "œTanqidchilikda savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o’t ochaylik" (1939), "œMuqimiy asarlarida sotsial tiplar" (1939) singari tadqiqotlarni, Navoiy haqidagi maqolalarni yozdi.

U "œEvgeniy Onegin", "œSosunlik Dovud" kabi asarlarni o’zbek tiliga tarjima qildi.

Oybek 1968 yilning 1 iyulida vafot etgan, Chig'atoy qabristoniga dafn etilgan.

 Asarlari:
Mukammal asarlar to’plami. 20 jildlik. Toshkent, "œFan", 1990-1995.
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Iyul 2008, 16:32:50
                                                 Abdulla Qahhor
 
                                                      (1907 - 1968)
 
 
Talantli o’zbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentyabrda Qo’qonda tug’ildi. Oldin eski maktabda, "œIstiqbol" maktab-internatida, so’ngra Qo’qon pedtexnikumida o’qidi. 1925 yilda Toshkentga kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 1926-1930 yillarda O’rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oldi. Umri mobaynida turli ijodiy muassasalarda ishladi.

A. Qahhor o’rinli so’z qo’llash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebratgan. "œOlam yasharadi" nomli birinchi hikoyalar to’plami 1932 yilda bosilgan.
 
"œSarob" (1934), "œQo’shchinor chiroqlari" (1951) nomli romanlari, "œSinchalak" (1958), "œO’tmishdan ertaklar" (1965) kabi qissalari, "œBoshsiz odam", "œAnor", "œBemor", "œO’g’ri", "œDahshat", "œMillatchilar", "œSan’atkor", "œAdabiyot muallimi", "œO’jar", "œAsror bobo" kabi o’nlab hikoyalar yozgan.

"œShohi so’zana" (1949), "œOg’riq tishlar" (1954), "œTobutdan tovush" (1962), "œAyajonlarim" (1966) nomli komediyalar muallifi. Feletonlar, adabiy-tanqidiy maqolalar ham yozgan.

Adib asarlarida ruhiy-psixologik tasvir, realistik talqin hamda hajviy yo’nalish ustivorlik qiladi.

Pushkin, Gogol, L. N. Tolstoy, A. P. Chexov asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. 1968 yilning 25 mayida vafot etgan.

Nashr etilgan asarlar.
Abdulla Qahhor. Asarlar (5 tomlik). —T. : G’. G’ulom nomidagi nashriyot, 1987-1989. 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 28 Iyul 2008, 16:36:33
                                                Mirkarim Osim
 
                                                      (1907 - 1985)
 
 
Toshkentda ziyoli oilasida tug’ildi. "Shamsulurfon" maktabida, Narimonov nomli texnikumda (1924) o’qidi. San’at, adabiyot, milliy tarixga qiziqdi. Maktabda dars berdi, tadqiqot institutida ilmiy xodim bo’ldi, matbuot tahririyatlarida ishladi.

 40-yillarning oxirida qatag’onga uchradi, 50-yillarda ozodikka chiqdi. Tarixiy mavzularda hikoyalar, qissalar yozdi. Asosiy asarlari: "O’tror", "To’maris", "Temur Malik", "Aleksandr va Spitamen", "Astrobod", "œUlug’bek va Navoiy", "Zulmat ichra nur", "Aljabrning tug’ilishi", "Singan setor", "Mohlar oyim va Xonposhsha", "Karvon qo’ng’irog’i", "Elchilar", "Ibn Sino qissasi". Barcha asarlarida xalq tarixi, nurli siymolar xarakteri yorqin tasvirlanadi. 1985 yil fevralida vafot etdi.
 
 
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 14:35:52
                                           Maqsud Shayxzoda
                                                    (1908 - 1967)


Taniqli shoir va dramaturg. U aslida ozarbayjon millatiga mansub bo’lib, 1908 yilda Oqtosh shahrida vrach oilasida tug’ilgan. O’rta ma’lumotni Oqtoshda olgan 1921-1925 yillarda Boku dorulmualliminida o’qigan. Keyin Dog’istonning Darband, Bo’ynoq shaharlarida muallimlik qilgan. Shu davrda millatchi sifatida sudlanib, Toshkentga surgun qilinadi. Turli tahririyatlarda xizmat qiladi. 1938 yildan to umrining oxirigacha Nizomiy nomidagi pedagogika institutida ishladi. 50-yillarning boshida sho’rolarga qarshi faoliyatda ayblanib, 25 yilga qamaldi. Shaxsga sig’inish fosh etilgach, 1956 yilda qamoqdan chiqarildi.

1967 yilda vafot etgan.

1932 yilda "œO’n she’r" nomli birinchi she’rlar to’plami chiqqan. She’rlari falsafiy umumlashmalarga boyligi, mumtoz poetika ta’sirining kuchliligi bilan ajralib turadi. "œToshkentnoma" (1958) dostoni poytaxt haqida yozilgan badiiy faxriyadir.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 14:39:16
                                               Hamid Olimjon
                                                  (1909 - 1944)


Iste’dodli shoir. Lirik she’rlari bilan 20 asr o’zbek adabiyotiga munosib hissa qo’shgan. 1909 yilning 12 dekabrida Jizzaxda tug’ilgan. Boshlang’ich ta’limdan so’ng 20-yillarning oxirida tahsilni Samarqanddagi pedakademiyada davom ettirgan. "œKo’klam" nomli birinchi she’riy to’plami 1928 yilda bosilib chiqqan. She’rlarida lirik pafos yetakchilik qiladi. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanildi.

"œHolbuki, tun", "œOfeliyaning o’limi", "œQamal qilingan shahar tepasidagi oy", "œIshim bordir o’shal ohuda" singari go’zal she’rlari mashhur. "œOygul bilan Baxtiyor" (1937), "œSemurg’" (1939), "œZaynab va Omon" (1938) kabi dostonlar va "œMuqanna" (1942), "œJinoyat" (1944) singari dramalar yozgan. Rus shoir va yozuvchilarining ayrim asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.


Nashr etilgan asarlari.
Mukammal asarlar to’plami (5 jildlik). Toshkent, "œFan", 1975-1984.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 14:41:05
                                                  Mirtemir
                                                   (1910 - 1978)


O’zbek she’riyati taraqqiyotida o’ziga xos o’rin tutgan shoir Mirtemir Tursunov 1910 yilning 10 mayida Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlog’ida tug’ildi. O’n bir yoshida qishlog’idan Toshkentga keldi va Almaiy nomidagi maktabda tahsil ko’rdi. 1925 yilda o’zbek erlar bilim yurtiga kirib, uni 1929 yilda tugatdi. 1929 yilda Samarqanddagi pedakademiyaga o’qishga kirdi. 30-yillar boshida Mirtemir sud qilinib, qamoq muddatini mashhur Belomorkanal qurilishida o’tadi. Shoir ozod etilgach, turli o’quv muassasalarida o’qituvchi, teatrlarda emakdosh, radio va nashriyot tahririyatlarida muharrir bo’lib ishladi. 1978 yil 23 yanvar kuni vafot etdi.

Mirtemir she’riyatga butun hayotini baxshida etgan samimiy ijodkor edi. Shuning uchun ham rost so’z, chin tuyg’u qatag’on qilingan zamonda ham ko’ngli buyurganini she’rga solishning uddasidan chiqdi. U milliy she’riyatini dala-dashtning tarovati, chorvador va dehqon o’zbekning serjilo tili bilan boyitdi. Shoirning she’riyati so’zlarning musiqiyligi, ifodaning jimjimasiga emas, balki tuyg’uning samimiyatiyu tasvirning tabiiyligiga asoslandi. Shu bois Mirtemirning she’rlari bugungi kunda ham ohorini yo’qotmagan. Quyidagi misralar fikrimizni dalillaydi:

Yaltirar suyri tepa, yaltirar qir uzunchoq,
Kelinlar taqinchog’i, uzuk ko’zlarimi yo?
Chor atrof sabzalarda jimir-jimir ko’zmunchoq,
Bo’y-bo’y dilrabolarning suzuk ko’zlarimi yo?
Yo’q bu giryon ko’zlarning yarqiroq zamzamasi,
Kechasi tag’in onam yig’labdi-da chamasi.

Mirtemirning "œShu’lalar qo’ynida" (1928), "œZafar" (1929), "œQaynashlar" (1930), "œKommuna" (1931), "œTong" (1932), "œKipriklarim", "œYodgorlik" (1978) va boshqa she’riy to’plamlarida intim va ijtimoiy lirikaning sara namunalari o’rin olgan. Shoir qalamiga mansub "œDilkusho", "œSuv qizi", "œOysanamning to’yida", "œSurat" (1957) dostonlari va "œQoraqalroq daftari" she’riy turkumi Mirtemir tasvir imkoniyatlari nechog’lik keng ekanini ko’rsatadi.

Mirtemirning "œBetobligimda", "œBitta o’zim bilaman", "œToshbu", "œBulut", "œOnaginam", "œShudring", "œBarqut", "œYali-yali", "œRatti", "œArmon", "œChirildoq", "œSutdek oydin", "œMen kelgum", "œHayda", "œOna yurtim", "œOna tilim", "œKo’klamda" singari yuzlab she’rlarida inson ruhiyatining nozik va so’z bilan ifodalash qiyin manzaralari mahorat bilan chizilgan. Ularda olam va odamga xos jihatlar intim jihatlar ingichka aks ettirilgan.

Asarlari.
4 jildlik. Toshkent, G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980-1983.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 14:42:48
                                                    Izzat Sulton
                                                       (1910 - 2001)


Adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg Izzat Otaxonovich Sultonov 1910 yilda O’sh shahrida tug’ildi. 14 yoshida Toshkentga kelgan o’spirin "œNarimonov" nomli maktabda o’qidi, ta’lim-tarbiya texnikumini bitirdi (1929), maktabda o’qituvchi bo’ldi (1930). 1930 yilda SAGUning ijtimoiy fakultetiga o’qishga kirdi. "œBatrak" gazetasida mas’ul kotib bo’ldi (1931). 1932 yilda o’zining ilk adabiy-tanqidiy maqolasini "œQizil O’zbekiston" gazetasida chop ettirdi. Aspiranturadagi o’qishni (1934-1937) jurnalistlik, tanqidchilik faoliyati bilan qo’shib olib bordi: "œKambag’al dehqon" gazetasi tahririyatida ishladi. 1937 yildan Izzat Sultonovning qizg’in ijtimoiy faoliyati boshlandi: Til va adabiyot institutining direktor o’rinbosari (1937-1942), O’zbekiston respublikasi Xalq komissarlari soyuzi qoshidagi radioeshittirish Davlat qo’mitasi raisi muovini (1942-1943), Toshkent badiiy filmlar studiyasi direktori (1943-1945), O’zbekiston Ministrlar Soveti raisining madaniyat ishlari bo’yicha o’rinbosari (1945-1948), O’zbekiston FAning Til va adabiyot instituti direktori (1948-1950), MGUning SSSR xalqlari adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi (1950-1953), O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1956-1963).

Izzat Sulton hech qachon ilmiy va ijodiy faoliyatga befarq bo’lmadi. Ustozi Fitrat ta’sirida adabiyot nazariyasi bo’yicha mutaxassis bo’ldi: A. Sa’diy va Fitratdan keyin "œAdabiyot nazariyasi" (1939) maktab darsligini yaratdi. "œBurgutning parvozi" (1940) dramasini yozdi. 1980 yilda oliy o’quv yurtlari uchun "œAdabiyot nazariyasi" darsligini yaratdi.

Izzat Sulton 1947 yilda filologiya fanlari nomzodi, 1954 yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. "œNavoiyning qalb daftari" (1969) — I. Sultonov ilmiy ijodining cho’qqisi sanaladi. Bu asar 1979, 1985 yillarda rus tilida, A.Zirin tarjimasida chop etilgan. Olimning mumtoz falsafa va adabiyot sohasidagi bilimdonligi "œBahovuddin Naqshband abadiyati" (1994) monografiyasida yaqqol ko’rinadi.

Izzat Sultonov sal kam 40 yil davomida O’zbekiston FAning Til va adabiyot institutida sektor boshlig’I, maslahatchi sifatida faoliyat ko’rsatdi, Ixtisoslashgan Ilmiy Kengash raisi bo’ldi. U "œO’zbek sovet adabiyoti tarixi ocherklari" ikki jildligi (1961-1962), "œAdabiyot nazariyasi" ikki jildligi (1978-1979), "œO’zbek sovet tanqidchiligi tarixi" ikki jildligi (1987)ning mualliflaridan biri, muharriri bo’ldi.

Izzat Sultonov — dramaturg: "œAlisher Navoiy (Uyg’un bilan hammuallif, 1942), "œImon" (1960), "œNoma’lum kishi" (1963), "œBilmayin bosdim tikanni", "œIstehkom", "œAbdulla Qodiriyning "œO’tgan kunlar"i singari dramalar", "œFidoyi", "œDahoning yoshligi", "œSenga intilaman" kinosenariylar, "œShoir qalbi" librettosi muallifi.

Izzat Sultonov "œO’zbekistonning san’at arbobi" (1964), O’zbekiston FAning muxbir a’zosi (1966), haqiqiy a’zosi (1995), Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureatidir (1970). Izzat Sulton 2001 yil 29 iyulda vafot etdi, Chig’atoy qabristoniga dafn qilingan.


Asarlari:
Izzat Sulton. Asarlar. 4 tomlik. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1971-1974.
Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti
Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. Toshkent, "œO’qituvchi", 1980.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 14:43:46
                                                     Usmon Nosir
                                                        (1912 - 1944)


20 asr o’zbek she’riyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan talantli shoir Usmon Nosir 1912 yilning 13 noyabrida Namanganda tug’ildi. Otasidan etim qolgan Usmon Nosir Qo’qondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Iste’dodli o’spirin u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931 yildan Samarqanddagi O’zbekiston davlat universiteti(O’zDU)ning filologiya fakultetida o’qidi.

Bolaligidan she’rlar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor-yo’g’i o’n besh yilgina, ya’ni qamoqqa olinguncha astoydil shug’ullandi. Shu fursatda o’zining qanchalik nodir iste’dodiga ega ekanligini yaqqol ko’rsatdi. Yosh shoirning "œQuyosh bilan suhbat" (1932), "œSafarbar satrlar" (1932), "œTraktorobod" (1934), "œYurak" (1935), "œMehrim" (1935) kabi she’riy to’plamlari hamda "œNorbo’ta" (1932) va "œNaxshon" (1935) dostonlari bosildi. Usmon Nosir 1937 yilning 14 iyulida "œxalq dushmani" sifatida qamoqqa olindi va Toshkent, Magadan, Kemerovo turmalarida yotdi. Qamoqda inson bolasi chidashi mumkin bo’lmaydigan qiynoqlarga duchor bo’lgan shoir 1944 yilda Kemerovoda halok bo’ldi.

Usmon Nosir o’zbek she’riyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U she’rlarida alangali tuyg’ularini jilovlamas, dilida kechayotgan tug’yonlarni susaytirmas, inson ruhiy dunyosini po’rtanalar ichida ko’rsatardi. Shoirning:

Tingla, erkam, o’rtog’imsan,
Ko’nglimni ochay.
Qonim she’r bo’lib oqsin-da,
Men qayta ichay.

singari misralari bunga misoldir. O’zbek she’riyatida tuyg’ularni bor bo’yicha, dolg’ali ko’rsatish an’anasi yo’q edi. Milliy she’riyatimiz odob, andisha qoliplaridan chetga chiqmaslikka urinardi. Usmon Nosir ana shu qolirlarni buzishga jur’at qilgan birinchi shoir bo’ldi. Shoirning o’z tuyg’ularini:

Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim o’pmagan, kim tishlamagan?
Darding yoyday tilib ko’ksidan,
Kim qalbidan qonlar to’kmagan?

tarzida tasvirlashi miqyosi, ko’lami va ta’sirchanligiga ko’ra mislsiz poetik hodisa edi. Shoirning: "œIlhomimning vaqti yo’q selday keladi, Jalloddek rahm etmay dilni tiladi, Ayondir bir kuni aylaydi xarob" shaklidagi iqrori, ayni vaqtda, ulkan badiiy kashfiyot hamdir.

Usmon Nosir she’riyatiga xos eng rangin xususiyatlar uning "œYurak", "œNil va Rim", "œMonolog", "œNasimaga deganim", "œYana she’rimga", "œBegona", "œYoshlik" sigari o’nlab bitiklarida yorqin namoyon bo’lgan.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 14:45:04
                                                    Zulfiya
                                                    (1915 - 1996)

Zulfiya

O’zbek shoirasi. 1915 yilning 1 martida Toshkentda tug’ilgan. O’rta maktabdan so’ng pedagogika institutida va aspiranturada ta’lim olgan. 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik O’zdavnashrda bo’lim boshlig’i, 1950 yildan 1980 yilga qadar "œSaodat" jurnalida ishlagan. 1996 yilda vafot etgan.

1932 yilda "œHayot varaqlari" nomli birinchi she’riy to’plami bosilgan. So’ngra uning "œYuragimga yaqin kishilar", "œYurak hamisha yo’lda", "œKamalak" singari ko’plab she’riy to’plamlari va turkumlari nashr etiladi.

Xalq orasida "œOydinda", "œSensiz", "œYurak", "œFalak", "œBahor keldi seni so’roqlab", "œO’g’irlamang qalamim bir kun", "œBo’m-bo’sh qolibdi bir varaq qog’oz" kabi she’rlari, "œO’g’lim, sira bo’lmaydi urush", "œMushoira" kabi she’rlari mashhur. "œUni Farhod der edilar", "œQuyoshli qalam", "œXotiram siniqlari" kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan so’ng ko’plab mahzun she’rlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa ko’plab shoirlarning asarlaridan namunalarni o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Shoira adabiy-ijtimoiy faoliyati uchun ko’pgina davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Nashr qilingan asarlari.
Tanlangan asarlar (3 jildlik). Toshkent. G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983-1986.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 14:49:55
                                                   Asqad Muxtor
                                                       (1920 - 1996)


Shoir va yozuvchi. 1920 yilning 23 dekabrida Farg’ona shahrida tug’ilgan. Bolalar uyida tarbiyalangan. 1936 yilda maktabni bitirgan. Toshkentda jurnalistika kursida o’qigan. So’ng 1938 yilda Samarqanddagi O’zDU filologiya fakultetiga o’qishga kiradi. 1943-1945 yillarda Andijon pedogogika institutida o’zbek tili va adabiyoti kafedrasida mudir bo’lib ishlagan.

So’ngra u "œYosh leninchi", "œQizil O’zbekiston" gazetalari, "œSharq yulduzi", "œGuliston" jurnallarida ishladi. O’zbekistondagi birinchi haftalik gazeta - "œO’zbekiston adabiyoti va san’ati"ning tashkilotchilaridan biri. Yozuvchilar uyushmasida kotiblik qildi.

1996 yilning 17 aprelida vafot etdi.

"œPo’lat quyuvchi" (1947), "œHamshaharlarim" (1949), "œRahmat, mehribonlarim" (1954), "œChin yurakdan" (1956), "œ99 miniatyura" (1962), "œKarvon qo’ng’irog’i" (1964), "œShe’rlar" (1966), "œQuyosh belanchagi" (1971), "œSizga aytar so’zim" (1978) singari she’riy kitoblar yozdi. O’zbek she’riyatiga chuqur tafakkur va murakkab tuyg’ular tasvirini olib kirdi.
Prozaik sifatida "œDaryolar tutashgan joyda" (1950), "œQoraqalpoq qissasi" (1958), "œBuxoroning jin ko’chalari" (1980), "œJar yoqasidagi chaqmoq" (1982), "œKumush tola" (1987) qissalari, "œOpa-singillar" (1955), "œTug’ilish" (1960), "œDavr mening taqdirimda" (1964), "œChinor" (1969), "œAmu" (1984) romanlarini yozdi. Bu asarlarida inson ma’naviyatining qadri, odamning bosh fazilati har qanday holatda ham insoniylik ekanligini samimiy tasvirladi.

Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy singari adiblarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Nashr qilingan asarlari.
Tanlangan asarlar (to’rt tomlik). Toshkent: G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980-1983.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 14:51:33
                                               Said Ahmad


Mashhur o’zbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxo’jaev) 1920 yilning 10 iyunida Toshkent shahrining "œSamarqand darvoza" mahallasida tug’ilgan.

Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, G’afur G’ulom singari adiblar davrasida o’tdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda ko’p sohalarda o’zini sinab ko’rdi: agitplakatlar yozdi, artist bo’lishga urinib ko’rdi, doktorlik maktabida o’qidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi.

U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat o’qigach, 1941 yilda "œMushtum" jurnalida ishladi. 1942-1943 yillarda respublika radiosida, 1943-1947 yillarda "œQizil O’zbekiston" gazetasida, 1948-1950 yillarda "œSharq yulduzi" jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yo’lidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999 yilda O’zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo’lgan.

Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning "œCho’l burguti", "œLochin", "œBo’ston", "œTo’yboshi", "œJimjitlik", "œTurnalar", "œHayqiriq", "œAlla", "œMuhabbatning tug’ilishi", "œQorako’z Majnun" singari o’nlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, e’tiqod singari ma’naviy qadriyatlar ta’sirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini ko’rsatishga katta e’tibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan o’qiladi va u prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish bo’yicha Qahhor an’analarini davom ettirgan ijodkordir. Uning "œSobiq", "œQoplon", "œO’rik domla", "œMening do’stim Babbaev", "œMuzey", "œBo’ri ovi", "œXandonpista" kabi ko’plab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy so’z jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi.

Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi "œQadrdon dalalar" (1949), "œHukm" (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan "œQirq besh kun" (1974) "œHijron kunlari" (1964), "œUfq bo’sag’asida" (1969) romanlaridan iborat "œUfq" trilogiyasi, inson qismati turg’unlik davri qabohatlari fonida tasvirlangan "œJimjitlik" (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan "œSherzod va Gulshod" (1945), dunyoning etti burchiga yoyilgan "œKelinlar qo’zg’oloni" (1976), yolg’iz mo’ysafid ruhiy iztiroblari aks ettirilgan "œKuyov" (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy imkoniyatlaridan dalolatdir.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 14:53:41
                                                 Shukrullo

Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkentning Olmazor mahallasida ziyoli oilada tug’ildi. Otasi — Yusufho’ja Mahmudho’ja o’g’li emchi bo’lgan. Onasi — Zaynabxon ham ilmli ayol bo’lgan.

Mahalladagi "œShayx Sa’diy" maktabini tugatib, 3-son pedbilim yurtida o’qiydi. O’qishni tugatgach (1938), Qoraqalpog’istonda o’qituvchilik qiladi. 1938 yilda Toshkent pedinstitutiga kiradi, o’qishni 1944 yilda tamomlab, shu yil SAGUning chet el adabiyoti mutaxassisligi bo’yicha aspiranturasiga kiradi. 1946 yilda Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilinadi va shu yerda ishlay boshlaydi. U ilm yo’lini emas, badiiy ijod yo’lini tanlaydi. 16 yoshidan she’r yozishni mashq qilgan bo’lsa-da, ilk to’plami 1949 yilda bosildi.

1958 yilda bir jildlik, 1973 yilda 2 jildlik, 1981 yilda 3 jildlik asarlari bosildi. 1997 yilda "œO’g’rini qaroqchi urdi" dramalar to’plami chop etildi. 1991 yilda rus tilida (Moskvada) "œKrik dushi" p’esalar to’plami bosildi.

Shukrullo nasrda ham barakali ijod qildi. 1977 yilda "œJavohirlar sandig’I" badia-kitobi, 1991 yilda "œKafansiz ko’milganlar", 1999 yilda "œTirik ruhlar", 2002 yilda "œOg’ir kunlar sevinchi" qissa va romanlari nashr etildi. Uning asarlari rus, nemis, qozoq, turk, ozarbayjon va boshqa tillarga tarjima qilingan.

Shukqullo "œXatarli yo’l", "œTabassu o’g’rilari", "œUnsiz faryod", "œTo’ydan keyin tomosha", "œJanjal", "œO’g’rini qaroqchi urdi" singari she’riy, nasriy dramalar, "œAsr boshi", "œKo’ngil chirog’I", "œRossiya" kabi dostonlar muallifi. Shukrulloga "œO’zbekiston xalq shoiri" unvoni, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berilgan.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 14:54:50
                                                  Mirmuhsin


Mirmuhsin (Mirsaidov) 1921 yil 3 mayda Toshkentning Kesakqo’rg’on mahallasida kulol oilasida tug’ildi. Eski shahardagi 1-maktabni, Toshkent pedagogika instituning Til va adabiyot fakultetini tugatgan. U O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, "œQizil O’zbekiston" gazetasi tahririyatida ishlagan, uzoq muddat "œSharq Yulduzi", "œMushtum" va "œGuliston" jurnallarining bosh muharriri bo’lgan.

Shoir Mirmuhsin ilk to’plamlari "œEr yurak", "œVatan"ni 1942 yilda chop ettirgan. U ko’plab she’rlar, "œUsta G’iyos", "œDo’lan" (1947), "œYashil qishloq" (1948), "œQadrdonlar" (1954), "œShiroq" (1967), "œNevara" singari dostonlar, "œAdib va Ziyoda" (1957) she’riy roman muallifi.

 O’zbek adabiyotida Mirmuhsin adib sifatida o’ziga xos o’ringa ega. Uning "œDorbozlar" (1956), "œJamila" (1957), "œHikoyalar" (1959), "œQizil durralar" (1961), "œSozanda" (1963) singari hikoya va qissalar to’plamlari bor. "œArab hikoyalari", "œIskandariya ko’rfazi", "œMo’tilal", "œG’urbatdagi odam", "œChodrali ayol" hikoya va qissalarida Sharq xalqlari hayotini tasvirlaydi.

Mirmuhsin roman janrida barakali ijod qilgan. Uning "œChiniqish" (1964), "œDagrez o’g’li" (1973), "œUmid" (1974), "œMe’mor" (1974), "œChotqol yo’lbarsi" (1977), "œIldizlar va yaproqlar" (1981), "œTemur Malik" (1986), "œIlon o’chi" (1995), "œTuron malikasi" (1998) romanlari bir necha bor ko’p tirajlarda chop etilgan. Uning romanlari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Yozuvchiga "œUmid" va "œMe’mor" romani katta obro’ keltirdi. "œMe’mor" romanida hayot o’ta tiniq, xarakterlar mukammal tasvirlangan. Mirmuhsin — romannavisning iste’dod va izlanishlari shu romanlarda ko’zga aniq tashlanadi.

Mirmuhsin O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1974), "œO’zbekiston xalq yozuvchisi" (1981).

Uning uch jildlik (1971-1973), to’rt jildlik (1981-1984) asarlari to’plami chop etilgan.

Asarlari.
Mirmuhsin. Me’mor. T.: "œSharq" — 2001.
Mirmuhsin. Temur Malik. T.: Adabiyot va san’at — 1986.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 14:56:24
                                           Odil Yoqubov

Odil Yoqubov 1926 yili Qozog’istonning Turkiston viloyatida ziyoli oilasida tug’ilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta ko’rsatib, Yaponiya frontiga jo’nagan. 1945 yildan 1950 yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda bo’ldi. 1951-1956 yillar mobaynida O’rta Osiyo Davlat universiiteti (hozirgi Milliy universitet)da ta’lim olgan. "œLiteraturnaya gazeta"ning O’zbekiston bo’yicha muxbiri, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, "œO’zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasi bosh muharriri va boshqa mas’ul vazifalarda ishlagan.

O. Yoqubovning "œTengdoshlar" nomli birinchi qissasi 1951 yilda bosilib chiqqan. Keyinchalik yozuvchi "œMuqaddas", "œTilla uzuk", "œBir feleton qissasi", "œLarza", "œQanot juft bo’ladi", "œMatluba", "œIzlayman", "œBillur qandillar" kabi pishiq qissalar e’lon qildi.

O. Yoqubovning "œEr boshiga ish tushsa...", "œUlug’bek xazinasi", "œDiyonat", "œKo’hna dunyo", "œOq qushlar, oppoq qushlar", "œAdolat manzili" asarlari o’zbek adabiyotida psixologik roman maydonga kelishiga zamin bo’ldi. O. Yoqubov qalamiga mansub "œChin muhabbat", "œOlma gullaganda", "œYurak yonmog’i kerak", "œAytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim", "œFotihi Muzaffar yohud bir parivash asiri", "œBir koshona sirlari" kabi dramalar o’zbek teatrchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi.

Asarlari.
O. Yoqubov. Saylanma (3 tomlik). Toshkent. G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985-1987.
O. Yoqubov. Diyonat. Toshkent. G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1978.


Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:23:34
                                                    Pirimqul Qodirov

Pirimqul

Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktyabrda Turkiston tizma tog’i etagidagi Kengqo’l qishlog’ida tug’ildi. 1951 yildan O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) sharqshunoslik fakultetini va 1954 yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi.

Birinchi kitobi — "œStudentlar" 1950 yilda chop etilgan. Yangi avlod o’zbek ziyolilarining shakllanishi "œUch ildiz" romanida (1958) tasvirlangan. Roman 1959 yilda Moskvada rus tilida chop etildi.

Yozuvchi tug’ilgan tog’li qishloq hayoti "œQora ko’zlar" (1966) romanida aks ettirilgan. P. Qodirov "œQadrim" (1963), "œErk" (1969), "œMeros" (1975) qissalari, "œOlmos kamar" (1977) romani muallifi.

So’ng o’ttiz yil davomida xalqning tarixiy xotirasini uyg’otadigan "œYulduzli tunlar" (1978), "œAvlodlar dovoni" (1988), "œOna lochin vidosi" (2001) nomli tarixiy romanlarni chop ettirdi. Bobur haqidagi roman o’zbek tilida 6 marta, rus tilida 5 marta katta tirajda chop etildi. U hind, urdu, bengal, turk, qozoq, uyg’ur, turkman tillariga o’girilgan.

Olim P. Qodirov "œTil va dil" (1973), "œXalq tili va realistik proza" (1974) singari ilmiy, "œO’ylar" (1971), "œQalb gavhari" (2001) badia kitoblar muallifi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:27:44
                                             Ibrohim G'ofurov


Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim G`ofurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tug'ildi. O`rta maktabni tugatgach, 1956-1961 yillarda SAGU (hozirgi O`zMU) ning filologiya fakultetida o`qidi. 1961-1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir o`rinbosari lavozimlarida ishladi.

Mumtoz adabiyot, folklor, adabiy tanqid, badiiy tarjima, ko`p tomlik asarlarning nashr etilishida munosib hissasini qo`shdi. 1982-1995 yillarda "œO`zbekiston adabiyot va san`ati" gazetasida bosh muharrir o`rinbosari bo`lib ishladi.

1995 yilda "œMilliy tiklanish" demokratik partiyasini tashkil etish tashabbuskori bo`ldi. U mazkur partiyaning raisi (1996 yildan), "œMilliy tiklanish" gazetasining bosh muharriri.

I.G`afurov "œGo`zallikning olmos qirralari" (1964) "œUnitilmagan bog`" (1965), "œJoziba" (1970), "œYonar so`z" (1973), "œYam-yashil daraxt" (1976), "œYurak -alanga" (1980). "œLirikaning yuragi" (1982), "œShe`riyat - izlanish demak" (1984), "œO`ttiz yil izhori" (1987), "œTil erkinligi" (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U "œDarvoza", "œHumo qushim", "œQaldirg`ochim" singari she`riy nasrlar yohud mansuralari bilan e`tibor qozondi.

Ibrohim G`afurov jahon adabiyotining "œJinoyat va Jazo", "œTelba", "œQimorboz" (Doatoevskiy), "œAzizim" (Mopassan), "œAlvido, qurol", "œChol va Dengiz" (E.Xeminguey), "œQiyomat", "œChingizxonnig oq buluti" (Chingiz oq buluti), "œYong`in" (V.Rasputin) singari asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.

I. G`ofurov filologiya fanlari nomzodi (1973), O`zbekiston yoshlari mukofoti (1989) laureati, "œDo`stlik" ordeni sohibi (1995). 1996 yildan u I va II chaqiriq O`zbekiston Oliy Majlisi deputati. Parlamentda "œMilliy tiklanish" eraksiyasi rahbari, 2000 yildan Oliy Majlis matbuot va axborot qo`mitasi raisi o`rinbosari.

Asarlari
Yurak-alanga. T: Adabiyot va san`at. 1979.
She`riyat- izlanish demak. T: Adabiyot va san`at nashriyoti. 1984.
O`ttiz yil izhori. T: Adabiyot va san`at nashriyoti, 1987.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:37:41
                                                     Omon Muxtor


Omon Muxtor (Omonov Muxtor Sulaymonovich) 1941 yil 16 iyulda Buxoro shahrida tug’ilgan. 1958 yil maktabni, 1964 yil Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika bo’limini tugatgan. Bolalar gazetasi, O’zbekiston radiosi, Kino qo’mitasida ishlagan. Adabiyot nashriyotida muharrirlik qilgan. 1983 yildan "œSharq yulduzi" jurnalida ishlab keladi. Hozirgi kunda jurnalning Bosh muharriri.

O. Muxtorning "œYog’du" (1979), "œMarvarid" (1985), "œShiddat" (1990) va boshqa she’r to’plamlari, tarjima kitoblari bosilgan. Bundan tashqari kattalar va bolalarga mo’ljallangan yangi ertaklar, xayoliy manzaralardan iborat bir necha kitoblari ham nashr etilgan. Adib qator hikoyalar va qissalar kitoblari muallifi, "œNigoh" (1968), "œQushlar va tushlar" (1971), "œShaharlik kelinchak" (1973), "œVazifa" (1988), "œO’lmagan jon" (1995) singarilar shular jumlasidan. Uning qahramonlari oddiy kasb-hunar kishilari. She’rlarida ham, hikoya va qissalarida ham yozuvchi birovga ergashmaydi, o’zi topgan aniq fikr bilan jonli manzara chizishga urinadi. Ayniy, Fitrat, G’afur G’ulom kabi ustozlardan saboq olgani sezilib turadi.

O. Muxtor dastlab "œYillar shamoli" (1976) va "œEgilgan bosh" (1989) degan ikki roman e’lon qildi. Bu romanlar keyinchalik "œBuxorolik bir yigit" (1998) va "œO’lmagan jon" (1995) kitoblarida qayta nashr etildi. Yozuvchining shundan so’ng "œTo’rt tomon qibla" trilogiyasi ("œMing bir qiyofa", "œKo’zgu oldidagi odam", "œTepalikdagi xaroba" romanlari) (2000) bosildi. U yana "œFfu", "œAyollar mamlakati va saltanati" (1997), "œAflotun" (1998), "œMaydon" ("œSharq yulduzi" jurnali 2001 yil 1-son) romanlarini yozdi.

Dastlabki ikki romani ma’lum darajada an’anaviy uslubda bo’lsa, keyingi romanlar o’z shakli va yo’nalishi bilan butunlay yangichadir. Ular asosan, o’zbek xalq ertaklari, qissalari, dostonlari va afsonalariga suyangan holda, bu kungi inson hayotini aks ettirish bilan birga, uning xayol olamiga, ruhiyatiga sayohatni eslatadi. Adib ijodiga xos bo’lib kelgan falsafaga moyillik bu romanlarda bo’rtib ko’rinadi. Inson qismati ham, uning ruh olami ham naqadar murakkab ekanligini aks ettiradi.

Asarlari:
Omon Muxtor. Ming bir qiyofa. Roman. Toshkent, "œSharq", 1994.
Omon Muxtor. Ko’zgu oldidagi odam. Qissa va roman. Toshkent, Adabiyot va san’at, 1996.
Omon Muxtor. Ayollar mamlakati va saltanati. Romanlar. Toshkent, "œSharq", 1997.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:41:53
                                              Halima Hudoyberdieva


Shoira Halima Hudoyberdieva 1947 yil 17 mayda Boyovutdagi "œTaraqqiyot" jamoa xo’jaligida tug’ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Mehnat faoliyatini "œSaodat" jurnalida bo’lim boshlig’iligidan boshlagan (1972). Talabalik yillarida "œIlk muhabbat" (1968) she’riy to’plami chop etildi. Shoiraning "œOq olmalar" (1973), "œChaman" (1974) to’plamlari izma-iz bosildi. Halima birdan o’ziga xos shoira sifatida tanildi. 1975-1977 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy Adabiyot kursida o’qidi. Shu yillarda shoiraning "œBeliye yabloki" (Sovetskiy pisatel, 1977), "œSuyanch tog’larim" (1976), "œBobo quyosh" (1977) to’plamlari bosildi.

H. Hudoyberdieva "œYosh gvardiya" nashriyotida bo’lim boshlig’i (1978-1982), "œSaodat" jurnalida muharrir o’rinbosari, 1984-1994 yillarda "œSaodat"ning bosh muharriri, 1991-1994 yillarda O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mitasi raisi bo’ldi. Shoira she’rlarida oddiy dehqonlar, ona-yurt harorat bilan kuylandi. Mustaqillik yillarida Halima Hudoyberdieva xalq tarixi, mashhur ajdodlar haqida yozdi. "œMuqaddas ayol" (1987), "œBu kunlarga yetganlar bor" (1993), "œTo’marisning aytgani" (1996), "œSaylanma" (2000) shoiraning muhim asarlaridir.

H. Hudoyberdieva "œO’zbekiston xalq shoiri" (1992), Hamza nomidagi "œHurmat belgisi" ordeni sohibasi.

Asarlari.
Bu kunlarga yetganlar bor. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1993.
To’marisning aytgani. Toshkent, "œSharq", 1996.
Saylanma. Toshkent, "œSharq", 2000.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:49:09
                                              Ozod Sharafiddinov


Adabiyotshunos, adabiy tanqidchi O.Sharafiddinov 1929 yil 1 martda Qo’qon yaqinidagi Oxunqaynar qishlog’ida tug’ildi. Toshkentdagi 14-o’rta maktabni, O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturani tugatdi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955). Ozod Sharafiddinov poeziya muammolari bilan shug’ullandi, o’zbek she’riyati va uning holati haqida adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. O’sha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari "œZamon. Qalb. Poeziya" (1962) asarida o’z aksini topgan. XX asrning 60-80 yillarida u Cho’lpon hayoti va ijodini targ’ib qilishga intildi. O. Sharafiddinov o’zbek adabiyotining Oybek, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: "œIste’dod jilolari" (1976), "œAdabiy etyudlar" (1968), "œAbdulla Qahhor" (1988), "œBirinchi mo’jiza" (1979). Olim ijodida o’zga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan "œYalovbardorlar" (1974) adabiy-tanqidiy ocherklar kitobi muhim o’rin egallaydi. O. Sharafiddinov XX asrning 60- yillaridan XIX asrgacha bo’lgan o’zbek adabiy jarayonidagi holatlarni "œTalant — xalq mulki" (1979), "œAdabiyot — hayot darsligi" (1981), "œGo’zallik izlab" (1985), "œHaqiqatga sadoqat" (1988), "œSardaftar sahifalari" (1999), "œPrezident" (2003) singari asarlarida aks ettirdi.

Mustaqillik yillarida O. Sharafiddinov ham adabiy tanqidchi, ham tarjimon, ham jamoat arbobi sifatida ulkan ishlani amalga oshirdi. "œCho’lpon" (1991), "œCho’lponni anglash" (1994) kitoblari, "œE’tiqodimni nega o’zgartirdim" (1997) asarlarida munaqqidning estetik prinsiplari aks etgan. Keyingi yillarda O. Sharafiddinov o’zbek adiblari, madaniyat-san’at arboblari, olimlar haqida o’nlab maqolalar yozdi. U jahon adabiyotining ko’plab namoyandalari asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. ["œKo’lmak suvda quyosh parchasi" (fransuaza Sagan), "œQadimgi xitoy nasri namunalari", "œMonumental targ’ibot" (Vl. Boynovich), "œAl-ximik" (Paulo Koel’o) singarilar]

O. Sharafiddinov XX asrning 90-yillari o’rtalarigacha O’zbekiston Milliy universitetida professor bo’ldi. 1995-1997 yillarda "œTafakkur" jurnali bosh muharrir o’rinbosari vazifasini bajardi. U 1997 yildan beri "œJahon adabiyoti" jurnalining bosh muharriri. O. Sharafiddinov Beruniy nomidagi Davlat Mukofoti laureati (1970), "œBuyuk xizmatlari uchun" (1999), "œMehnat shuhrati" (1997) ordenlari sohibi. 2002 yil 23 avgustda O. Sharafiddinovga "œO’zbekiston qahramoni" unvoni berildi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:51:49
                                                       Erkin Vohidov


Taniqli o’zbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida o’qituvchi oilasida tug’ilgan. To’qqiz yoshida otasidan, bir yildan so’ng onasidan ajralgan. Toshkentlik tog’asi Karimboy Sohiboev qo’lida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi O’zMU)ning o’zbek filologiyasi fakultetida (1955-1960) tahsil olgan. So’ng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali "œYoshlik"ning asoschisi (1982).

U I va II chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hozir qo'mita raisi vazifasida ishlamoqda. Keyingi yillarda O’zbekiston Oliy majlisining qo’mita raisi vazifasida ishlamoqda. Uning birinchi kitobi "œTong nafasi" 1961 yilda chop etildi. Shundan so’ng uning "œQo’shiqlarim sizga" (1962), "œYurak va aql" (1963), "œMening yulduzim" (1964), "œNido" (1964), "œLirika" (1965), "œPalatkada yozilgan doston" (1966), "œYoshlik devoni"(1969), "œCharog’bon" (1970), "œQuyosh maskani" (1972), "œTirik sayyoralar" (1978), "œSharqiy qirg’oq" (1981), "œKelajakka maktub" (1983), "œMuhabbat" (1984), "œHozirgi yoshlar" (1986), "œIztirob" (1991), "œYaxshidir achchiq haqiqat" (1992) kabi she’riy to’plamlari nashr qilindi. Shoir inson ruhiyatining nozik va ilg’ash mushkul manzaralarini ta’sirchan aks ettiradi. Odamni komil ko’rmoq istagi uning she’rlari asosini tashkil qiladi.

 "œNido" (1964), "œPalatkada yozilgan doston" (1966), "œCharog’bon" (1970), "œRuhlar isyoni" (1980), "œKo’hinur" (1982) kabi dostonlar yozgan.

"œOltin devor", "œIstambul fojeasi", "œIkkinchi tumor" kabi dramalar muallifi. S. Esenin, A. Tvardovskiy, M. Iqbol, G. Emin, R. Hamzatov she’rlarini, Gyotening "œFaust" asarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. 1999 yilda O’zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo’ldi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:53:39
                                                 Abdulla Oripov


Atoqli o’zbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi o’zbek she’riyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy o’ziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkordir. Abdula Oripov hozirgi o’zbek she’riyatiga yangicha badiiy tafakkur yo’sinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Cho’lpon, G’. G’ulom singari ijodkorlar badiiy an’analarining davomchisidir. Shoirning butkul ijodi milliylik ruhi bilan sug’orilgan.
 
Abdulla Oripovning birinchi she’riy to’plami "œMitti yulduz" 1965 yilda chop etildi. Keyinchalik shoirning "Ko’zlarim yo’ligda" (1966), "œOnajon" (1969), "œChashma", "œRuhim" (1971), "œO’zbekiston" (1972), "œHayrat" (1974), "œYurtim shamoli" (1976), "œYillar armoni" (1984), "œIshonch ko’priklari" (1989), "œMunojot" (1992), "œHaj daftari" (1995), "œSaylanma" (1996), "œAsarlar" (4 tomlik — 2001) singari she’riy kitoblari nashr qilindi.

Abdulla Oripov she’rlarida falsafiy teranlik jo’shqin lirizm va insoniy samimiyat bilan uyg’unlashib ketgan.

Uning "Bahor", "œBirinchi muhabbatim", "œKuz", "œSaraton", "œO’zbekiston", "œMunojotni tinglab", "œOtello", "œSarob", "œDengizga", "œMalomat toshlari", "œOlomonga", "œYuzma-yuz", "œGenetika", "œChuvaladi o’ylarim sensiz" va boshqa qator she’rlarida mana shu xususiyat yaqqol seziladi.

Bu asarlar o’zbek milliy she’riyatining mumtoz namunalari bo’lib, yuksak badiiyligi, mantiqan kuchliligi, jo’shqinligi, yoqimliligi va lirik tuyg’ularga boyligi bilan ajralib turadi.

Mustaqillikka erishgan O’zbekiston Respublikasining madhiyasi Abdulla Oripov so’zi bilan aytiladi.

Millat ma’naviyati va estetik tafakkurini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun shoir Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi bo’lib, 1998 yilda "œO’zbekiston Qahramoni" degan yuksak unvonga sazovor bo’ldi.

U I va II chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.



Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:55:42
                                               O'tkir Hoshimov

O`tkir Hoshimov

Taniqli o’zbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941 yili 4 avgustda Toshkentda Do'mbirobod mahallasida tug’ilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida o’qigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qo’mita raisi.

 "œCho’l havosi" nomli birinchi qissasi 1963 yilda bosilib chiqqan. Talabchan adib Abdulla Qahhorning e’tiboriga sazovor bo’lgan. "œUrushning so’nggi qurboni", "œYanga", "œMuhabbat", "œDehqonning bir kuni", "œUmr savdosi", "œQuyosh tarozusi", "œOq bulut, oppoq bulut" singari o’nlab hikoyalari, "œShamol esaveradi" (1968), "œBahor qaytmaydi" (1970), "œQalbingga quloq sol" (1973), "œDunyoning ishlari" (1982), "œIkki karra ikki-besh" (1987) qissalari, "œNur borki, soya bor" (1976), "œIkki eshik orasi" (1985), "œTushda kechgan umrlar" (1993) kabi romanlar yozgan. Adib asarlarida zamonaviy o’zbek xalqining ma’naviy dunyosi, milliy ruhi, urf-odatlari tasvirlangan.

"œTo’ylar muborak", "œSizdan ugina, bizdan bugina", "œVijdon dorisi", "œInson sadoqati", "œQatag’on" singari pesalar muallif. U E. Xemenguey, K. Simonov, A. Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Nashr etilgan asarlari:

Hoshimov O’. Bahor sog’inchi —T. Adabiyot va san’at nashriyoti. 2001.
Hoshimov O’. Hadikli tushlar. —T. Adabiyot va san’at nashriyoti. 2002.
Hoshimov O’. Saylanma (2 jildlik). T.: "œSharq", 1993.
Hoshimov O’. Bahor qaytmaydi. Toshkent. G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1993.
Xashimov U. Voyti i viyti... Roman. —Moskva. (per s uzb. ). 1988.
Xashimov u. Den motilka. Povest i razzkazi. (Per. s uzb. ) —T. Izd "œMolodaya gvardiya". 1970.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 15:59:52
                                                  Muhammad Ali


Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov)1942 yil 13 martda Andijonning Bo`z tumanida tug`lgan. U shoir, yozuvchi, olim va jamoat arbobi. Bekoboddagi o`rta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1996) tamomlagan. Qisqa muddat Andijon va Farg`ona viloyatlari maktablarida o`qituvchilik qilgan. Adabiyot va san`at nashriyotida muharrir, bo`lim mudiri, professor (1993-1994), Halqaro oltin me`ros hayriya jamg`armasi boshqaruvi raisi (1992-2002) bo`lib faoliyat ko`rsatgan. 2003 yildan u halqaro Amir Temur hayriya jamg`armasi boshqaruvi raisi.

Muhammad Ali 1992-2002 yillar davomida AQSHning Washington Universitetida O`zbek tili va adabiyotidan saboq bergan.

Muhammad Ali nazmda, nasrda, publisistikada ko`plab asarlar ijod etgan. So`nggi 35 yil davomida 20 ta she`riy to`plami o`zbek, rus, qoraqalpoq tilllarida chop etildi. Uning besh dostoni "œBoqiy dunyo"(1979) she`riy romani ijodida muhim o`rin eqallaydi. Muhammad Ali o`zbek xalqininq XIII-XIV asrlardagi hayotini "œSarbadorlar"(1989) roman-dialogiyasida aks ettirdi. Bir necha yildan beri u Amir Temur xarakteri, u barpo etgan saltanat haqida asarlar yaratishni rejalashtirmoqda. 2003 yilda "Ulug` saltanat" romanining birinchi kitobi chop etildi.

"œO`z-o`zingni anglab yet" (1988), "œHaqiqatdan chekinma, tarix!" (1990), "œQafasdagi bulbullar" (1996), "œMen ko`rgan Amerika" (2000) singari kitoblari Muhammad Ali publisistikasi haqida tasavvur hosil qiladi. Muhammad Ali tarjimonligi oziga xos. U qadimgi hind eposi "œRamayana"ni (1978), qoraqalpoq eposlari "œShahriyor", "Mastonposhsho"ni (1985), R Byorns, Galakjion Tabidze asarlarini ozbek tiliga tarjima qilgan.

Muhammad Ali Ozbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti (1976), Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat mukofoti (1984), Xalqaro Yassaviy mukofoti (1994) laureanti, Ozbekiston Xalq yozuvchi(1992), "Mehnat shuhrati "œ ordeni sohibi (1999).


Asarlari
Saylanma. T: Adabiyot va sanat nashriyoti. 1997.
Sarbadorlar. Roman. T: Adabiyot va sanat nashriyoti,1989.
Ulug saltanat. Roman T: "œSharq" NMK- 2003.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 16:02:01
                                                   Tohir Malik


Tohir Malik Abdumalik o’g’li Habilovning adabiy taxallusi, Toshkentda tug’ilgan, Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki bo’limida o’qidi, kunduzi qurilishda ishladi. 1966 yildan beri O’zbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda ishladi. Hozir "œSharq" NMAK Bosh tahririyatida muharrir.

 Hozirgacha yozuvchining 20dan ortiq qissasi chop etildi. 1971 yilda chop etilgan "œHikmat afandining o’limi" dan keyin "œFalak" (1976), "œSomon yo’li elchilari" (1976) tahayyul, ilmiy-tahayyul qissalari bosildi. "œChorrahada qolgan odamlar" qissasida tahayyul va detektiv xususiyatlari seziladi. "œAlvido bolalik" (1989), "œQaldirg’och" (1987) qissalarida muhim mavzu ishlanadi. Mutaqillik yillarida T.Malik "œSo’nggi o’q" (1990), 4 qismdan iborat "œShaytanat" (1994-2001), "œOdam ovi" (2001), "œCharxralak", "œMurdalar garirmaydilar" (1999) qissalarini chop ettirdi. Yozuvchi 20 asrdagi hayotni, kishilar taqdirini goh tahayyul, goh izchil xolis, goh detektiv yo’sinda tasvirlaydi. U qissa janri imkoniyatlarini uzluksiz boyitib bormoqda. 2002 yilda yozuvchining "œMehmon tuyg’ular" o’ylari, "œJinoyatning uzun yo’li" risolasi chop etildi. Tohir Malikka "œO’zbekiston xalq yozuvchisi" unvoni berilgan (2000). Mustaqillik yillarida eng ko’p adadda kitob chop ettirgan Tohir Malikdir.

Asarlari:
Tohir Malik "œFalak" Ilmiy-fantastik qissa. T.: "œYosh gvardiya", 1976, 4,75 b.t.
Tohir Malik "œSo’nggi o’q" qissa, hikoya. T.: "œYosh gvardiya", 1990 13,04 b.t.
"œShaytanat" 4 qism, T.: "œSharq", 1994-2001.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 16:03:48
                                               Tog'ay Murod

Tog’ay Murod — Tog’aymurod Mengnorovning taxallusi. U 1948 yili Surxondaryoning Denov tumanidagi Xo’jasoat qishlog’ida tug’ilgan. Qishlog’idagi 43-maktabni bitirgach (1966), Toshkent Dablat universiteti (hozirgi O’zMU)ning jurnalistika fakultetida o’qigan (1966-1972). U respublika radiosida muharrir (1972-1976), "œO’zbekiston fizkulturachsi" gazetasida tarjmon (1976-1978), "œFan va turmush" jurnalida bo’lim muharriri (1982-1984) bo’lgan. 1985-1987 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida o’qigan.

 1976 yilda bosilgan "œYulduzlar mangu yonadi" nomli ilk qissasi bilan yaxshi yozuvchi sifatida tanildi. 1979 yilda "œOt kishnagan oqshom", 1980 yilda "œOydinda yurgan odamlar" qissalari chop etildi. Keyingi qissasi uchun yozuvchi Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlandi.

1985 yilda yozuvchining "œMomo yer qo’shig’i" qissasi, 1993 yilda "œYoshlik" jurnalida "œOtamdan qolgan dalalar" romani chop etildi. Tog’ay Murod o’zbek adabiyotiga betakror xarakterlarni, avval uchramagan uslubni olib kirdi. 1994 yilda "œO’zbekiston Xalq Yozuvchisi" unvoni berildi. 2001 yilda yozuvchining "œBu dunyoda o’lib bo’lmaydi" romani bosildi.

Asarlari:
Tog’ay Murod. Ot kishnagan oqshom. Qissalar. T.: "œSharq", 1994.
Tog’ay Murod. Otamdan qolgan dalalar. Roman. T.: "œSharq", 1994.
Tog’ay Murod. Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi. Roman, hikoyalar, maqolalar. T.: "œSharq", 2001.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 16:07:01
                                          Sharof Boshbekov

Sharof Boshbekov

Samarqand viloyati Bulung’ur tumanidagi G’ubir qishlog’ida 1951 yil 4 yanvarda tug’ildi. 1974 yili San’at institutining musiqali aktyorlik bo’limini tugatdi. Toshkentdagi "œMuqimiy" musiqali teatrida, Gulistondagi teatrda aktyor sifatida faoliyat ko’rsatdi. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983-1985) O’zbekiston Milliy teatrida (1986-1987) adabiy xodim bo’ldi.

Uning "œTaqdir eshigi", "œEski shahar Gavroshlari", "œTemir xotin" kabi asarlari teatrlar repertuarlaridan munosib o’rin egallagan. Inchunin, "œTemir xotin" komediyasi sobiq ittifoq respublikalarining barchasida sahnalashtirilgan.

U kino sohasida ham ijod qildi. Uning stsenariylari asosida "œYuzsiz", "œTilla bola", "œTemir xotin", "œMa’ruf va Sharif", "œMasxaraboz" kabi filmlar suratga olingan. Ayniqsa, "œCharxpalak" teleseriali mashhur bo’ldi.

Sh. Boshbekov dramaturgiyasining kuchi (sehri) asar syujetida emas, g’aroyib xarakterlar va tilidadir.

"œTemir xotin" asari uchun dramaturg O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. O’zbek kino san’ati rivojiga qo’shgan hissasi uchun "œO’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi" unvoniga loyiq ko’rildi (1999 yil). 2001 yilda "œMehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi.

Asari:
Boshbekov Sh. "œEshik qoqqan kim bo’ldi". T.: Adabiyot va san’at, 1989.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 16:14:00
                                            Muhammad Yusuf
                                                       (1954 - 2001)


1954 yil 26 aprelda Andijonning Marhamat tumanida tug’ildi. Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978-1980), "œToshkent oqshomi" gazetasida (1980-1986), Adabiyot va san’at nashriyotida, "œO’zbekiston ovozi" gazetasida (1986-1993) ishladi.

Umrining oxirgi 4-5 yilida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi bo’ldi. U "œTanish teraklar" (1985), "œBulbulga bir gapim bor" (1987), "œIltijo" (1988), "œUyqudagi qiz" (1989), "œHalima enam allalari" (1989), "œIshq kemasi" (1990), "œKo’nglimdagi yor" (1991), "œBevafo ko’p ekan" (1991), "œErka kiyik" (1992), "œYolg’onchi yor" (1994), "œOsmonimga olib ketaman" (1998) to’plamlarining muallifi. 1998 yilda unga "œO’zbekiston xalq shoiri" unvoni berildi. U II chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga deputat qilib saylandi. 2001 yilda "œSaylanma" asarlari chop etildi. M. Yusuf she’rning qo’shiqqa aylanishi, yuksak parvoz qilishini ko’rsata oldi. Shoir she’rlaridagi har bir so’zda qanoat, parvozga shaylik bor.

Ulug’vor muhabbat, o’talmagan burch, qadrlanmagan sevgi armoni, Yurtga o’g’illik sadoqati — shoir she’rlari asosini belgilaydi.

M. Yusuf 2001 yil 29 iyulda vafot etdi, tug’ilgan qishlog’idagi qabristonga dafn etildi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 16:16:16
                                           Hayriddin Sultonov

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Tuzel qishlog’ida 1956 yil 18 yanvarda tug’ilgan. 1973 yilda Parkentdagi maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi O’zMU)ning jurnalistika fakultetiga o’qishga kirdi (1972). U "œGuliston" (1974-1980), "œYoshlik" (1982-1985) jurnallarida, Adabiyot va san’at nashriyotida (1980-1982, 1985-1993) faoliyat ko’rsatdi.

1993 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Presidenti devonida mas’ul vazifada ishlab keladi. Uning "œQuyosh barchaga barobar" (1980), "œBir oqshom ertagi" (1985), "œOnamning yurti" (1987), "œUmr esa o’tmoqda" (1988), "Boburning tushlari" (1993) nasriy to’plamlari kitobxonlarga ma’qul bo’lgan. Uning "œSaodat sohili" (1981) qissasi, "œBoburiynoma" — yangi o’zbek nasridagi o’ziga xos ma’rifiy roman. Uni badiiylikka o’ralgan qiyosiy-ilmiy tahliliy asar deyish joiz.

Bobur 15 asrda yurtlardan yurtlarga qurol, askarlar bilan o’tgan. Xayriddin Sultonov 20 asrda Bobur yurgan yo’llardan yurdi. Kitobxon beixtiyor besh asr davomida odamlar tabiatida, ruhiyatida ro’y bergan o’zgarishlarni qiyoslay boshlaydi. "œBoburiynoma"ning qimmatli tomonlaridan biri inson tabiatidagi azaliy xususiyatlarning, insonlararo munosabatlarning kam o’zgarishidir.

X. Sultonov "œChangak", "œMoziydan bir sahifa", "œMehrobdan chayon", "œYozning yodgori", "œTushlarimda ko’raman seni" stsenariylar muallifi. U Abdulla Qodiriy ijodi, asarlari haqida bir qancha badialar yaratgan.

Asarlari:
Sultonov Xayriddin. Bir oqshom ertagi. T.: Adabiyot va san’at, 1983.
Sultonov Xayriddin. Boburning tushlari. T.: Adabiyot va san’at, 1993.
Sultonov Xayriddin. Boburiynoma. Ma’rifiy roman. T.: "œSharq", 1997.

Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 30 Iyul 2008, 16:18:37
DARS TUGADI.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 26 Oktyabr 2008, 13:57:14
Assalomu alaykum!

Aziz abituriyentlar! Noyabr oyidan adabiyot fanidan tayyorlov kurslarini boshlaymiz, Xudo xohlasa. InshoALLOH, bu darslar ham sizlar uchun foydali bo'ladi.
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: Robiya 02 Noyabr 2008, 15:28:59
Assalamu alaykum aziz forumdoshlar va abituriyentlar!

Adabiyotdan navbatdagi darslar endi mana bu yerda (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2950.0).
Nom: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Yuborildi: MSJON 01 Avgust 2009, 11:45:00
kuntug'mishni dor oldiga olib kelishganda ikkala bolasini qanday tanib qoladi