forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Laylo 02 Noyabr 2007, 06:56:47

Nom: Xasup Asutay. Qurbonlik risolasi
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 06:56:47
QURBONLIK RISOLASI
(Savol - javobli)

Tarjimon: Sayfiddin Sayfulloh

Hanafiy mazhabining olimi Xasip Asutayning ushbu risolasi ilmiy manbalarga asoslanganligi bilan birga, sodda, ommabop va savol-javob tarzida yozilgan. Shu bois, ushbu risolani kitobxonlarimiz uchun juda zarur va foydali, deb o‘ylaymiz.

Toshkent
«Movarounnahr»
2005

MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85193#msg85193)
Qurbonlikning ta’rifi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85195#msg85195)
Qurbonlikning shar’iyligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85196#msg85196)
Qurbonlikning tarixi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85198#msg85198)
Qurbonlikning hukmi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85199#msg85199)
Qurbonlikning vojibligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85201#msg85201)
Qurbonlikning xillari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85210#msg85210)
Qurbonlik qilinadigan hayvonlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85213#msg85213)
Qurbonlikda yoshni hisobga olish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85214#msg85214)
Qurbonlikda sherikchilik qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85215#msg85215)
Sherikchilikda talab qilinadigan shartlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85219#msg85219)
Afzal bo’lgan qurbonlik qurbonlikning ruknlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85225#msg85225)
Qurbonlik sahih bo‘lishining shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85228#msg85228)
Qurbonlikka mone’ bo‘ladigan qusurlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85229#msg85229)
Qurbonlik qilishning vaqti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85243#msg85243)
Vaqtida so‘yilmagan qurbonlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85250#msg85250)
Qurbonlikning so’yilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85253#msg85253)
Qurbonlikning go‘shti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85254#msg85254)
Yeyish mumkin bo‘lmagan qismlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85257#msg85257)
Sherikchilik bilan qilingan qurbonlik go‘shtining taqsimi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85258#msg85258)
Qurbonlikning terisi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85261#msg85261)
Qurbonlikning mustahablari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85263#msg85263)
Qurbonlikning makruhlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85264#msg85264)
Qurbonlik bilan bog’liq turli masalalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85265#msg85265)
Qurbonlikning boshqa turlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85302#msg85302)
Atalgan (nazr) qurbonlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85303#msg85303)
Atalgan qurbonlik bilan bog‘liq turli masalalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85307#msg85307)
Shukr qurbonligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85317#msg85317)
O’lik (marhum nomidan) qurbonlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85319#msg85319)
Aqiqa qurbonligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85321#msg85321)
Hady (hajdagi) qurbonlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85325#msg85325)
Hayvon (jonliq)ning so’yilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85333#msg85333)
So‘yishdagi asosiy shartlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85336#msg85336)
So‘yishdagi mustahablar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85350#msg85350)
So‘yishdagi makruhlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85351#msg85351)
Hayit va hayitning jamiyat hayotidagi o’rni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85352#msg85352)
Tashriq takbirlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85354#msg85354)
Hayit namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85358#msg85358)
Bayramda mustahab bo‘lgan amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85365#msg85365)
Manbalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85366#msg85366)
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 06:59:38
MUQADDIMA

Biz mansub bo‘lgan Islom dinining moliy ibodatlaridan bo‘lgan qurbonlik, buyuk Allohning ne’matlari uchun shukr etishimiz va Uning yo‘lida fidokorlik qilishimizning bir nishonasidir.

Qurbonlik diniy bir ibodat bo‘lishidan tashqari, ayni vaqtda uning axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati ham bor. Qurbonlik shu jihati bilan ham Islomdagi o‘zaro ijtimoiy yordamlashishning go‘zal bir namunasini tashkil etadi. Qurbonlikdan maqsad, Alloh roziligini topish. Bu maqsadning amalga oshishi esa kibr va riyodan uzoq bo‘lib, samimiyat va ixlos bilan qurbonlikni ado etishga bog‘liqdir. Bo‘lmasa, Allohning na qurbonlik go‘shtiga, na qoniga ehtiyoji bor. Qur’oni karimda mavzuga doir aytilganki: «Allohga (qurbonlik) go‘shtlari ham, qonlari ham yetmas. Lekin, u Zotga sizlardan taqvo yetar. Alloh sizlarni hidoyat qilgani sababli - U zotni ulug‘lashlaringiz uchun - ularni sizlarga bo‘ysundirib qo‘ydi. Ezgu ish qiluvchilarga xushxabar bering!». (Haj surasi, 37-oyat).
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 06:59:51
Musulmon birodarlarimizning bu ibodatni bajarayotganlarida, umuman shu mavzu bilan bog‘liq ko‘plab savollar tushishini hamda mavzuga doir sodda, ommabop manbalarning kamligini inobatga olib diniy, axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati bo‘lgan bu sohada kitob yozishga kirishdik.
Kitobimizni yozayotganda mavzuni xalqimiz va din olimlari foydalanadigan shakl va uslubda tushuntirishga harakat qildik. Hukm va masalalarni hanafiy fiqhi asosida tushuntirdik. Faqat ayrim muhim va farqli qarashlar bor bo‘lgan o‘rinlarda shofi’iy mazhabining nuqtai nazarlarini ham sharh qismida va snoska (matn osti)da izohlab berdik. Lozim bo‘lganda murojaat qilish uchun imkoni boricha manbalarni ham ko‘rsatib o‘tdik. Ushbu ishimiz shu holatida ham mavzuimizga doir muhim bir bo‘shliqni to‘ldiradi, degan qanoatdamiz. Lekin qancha harakat qilmaylik xato va kamchiliklar o‘tib ketgan bo‘lishi mumkin. Shu sababli foydali tanqidlarni samimiyat bilan qabul qilamiz va keyingi nashrlarda inobatga olamiz, inshoalloh. Muvaffaqiyat Allohdandir.

Muallif
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:00:11
QURBONLIKNING TA’RIFI

Savol: Qurbonlik nima?

Javob: Qurbonlik lug‘atda «yaqinlashmoq», istilohda Qurbon hayiti kunlarida Allohga ma’naviy yaqinlashish maqsadi bilan so‘yilgan hayvonga (jonliqqa) berilgan nomdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:00:36
Qurbonlikning shar’iyligi

Savol: Qurbonlik qachon mashru’ (shar’iy amal) qilingan?

Javob: Qurbonlik hijratning ikkinchi yili Madinada mashru’ qilingan. Shar’iy amalligi kitob, sunnat va ijmo’ bilan sobitdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:00:55
Savol: Qurbonlik shar’iyligininghikmati nimada?

Javob: Buyuk Allohning ne’matlari uchun shukr etish, Haq yo‘lida fidokorlik qilish, moddiy imkoniyatlari yo‘l qo‘ymagan kimsalarning ma’lum bir vaqtlarda bo‘lsa ham, go‘sht yeyishlarini ta’minlash, pirovardida savob olmoq va bir qancha balolardan asranmoq kabi diniy, axloqiy va ijtimoiy maqsadlarga yetishish Qurbonlik shar’iyligining hikmatidir. Qurbonlik ayni paytda Islomdagi ijtimoiy o‘zaro yordamlashishning va birdamlikning go‘zal namunalaridan biridir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:01:32
Qurbonlikning tarixi

Savol: Qurbonlik ibodatining tarixi qaysi davrga borib taqaladi?

Javob: Qurbonlik ibodatining tarixi ancha eskidir. Bugungi ko‘rinishi Hazrat Ibrohim alayhissalom va o‘g‘li Ismoil alayhissalomga borib taqaladi. Hazrati Ibrohim bir kuni o‘g‘li Ismoilni qurbonlik qilayotganini tushida ko‘radi, bu - ilohiy vahiy bo‘ladi. Hazrati Ibrohim ahvolni o‘g‘liga tushuntiradi, o‘g‘li ham bunga tayyor, rozi ekanligini bildiradi. Hazrati Ibrohim o‘g‘li Ismoilni qurbonlik qilishga tayyorlanayotganda Janobi Haq ularning bu samimiyatlari va taslimiyatlari sababli Ismoilning o‘rniga bir qo‘y yuboradi. Hazrati Ibrohim Ismoilning o‘rniga bu qo‘yni qurbonlik qiladi. Qur’oni Karimda bu haqda aytiladi: «Bas, qachonki u (otasi) bilan birga yuradigan bo‘lgach, (Ibrohim): «Ey, o‘g‘ilcham, men tushimda seni (qurbonlik uchun) so‘yayotganimni ko‘rmoqdaman. Endi sen o‘zing nima ra’y (fikr) qilishingni bir (o‘ylab) ko‘rgin», - degan edi, u aytdi: «Ey, otajon, senga (tushingda Alloh tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. Inshoalloh, meni sabr qiluvchilardan topursan». Bas, qachonki ikkisi ham (Allohning amriga) bo‘yin sunib, (Ismoilni qurbonlikka) peshonasi bilan (erga) yotqizgan ediki, Biz unga nido qildik: «Ey, Ibrohim! Darhaqiqat, sen tushni tasdiq etding. Albatta, Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz». Albatta, bu (qurbonlikka buyurishimiz) ayni sinovdir. Biz (Ismoilning) o‘rniga katta bir (qo‘chqor) so‘yishni evaz qilib berdik. Keyingi (avlod)lar orasida u (Ibrohim) haqida yaxshi gaplarni qoldirdik. Ibrohimga salom! Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz! Darhaqiqat, u Bizning mo‘‘min bandalarimizdandir!». (As-soffat surasi, 102-111-oyatlar).
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:01:45
Qurbonlikning hukmi

Savol: Qurbonlik qilishninghukmi nimadir?

Javob: Qurbonlik qilish vojibdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:02:04
Savol: Qurbonlik vojib bo‘lishining dalili nima?

Javob: Qur’ondagi: «Robbing uchun namoz o‘qi va qurbonlik qil», ma’noli oyati karima hamda «Sharoit, imkoniyati bor bo‘lib qurbonlik qilmagan kishi namozgohimizga yaqinlashmasin» ma’nosidagi hadisi sharif qurbonlik vojib bo‘lishining dalilidir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:02:16
Qurbonlikning vojibligi

Savol: Qurbonlik kimlarga vojibdir?

Javob: Qurbonlik boy va muqim (musofir bo‘lmagan) har bir musulmon erkak va ayolga vojibdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:02:28
Savol: Boy deb kimga aytiladi?

Javob: Boy deb, qarzidan va asosiy ehtiyojlaridan boshqa 20 misqol (80.18 gr) oltin yoki shu qiymatdagi pul yoki molga ega bo‘lgan odamga aytiladi. Qurbonlik bilan zakotning nisobi bir xil bo‘lishi bilan birga, qurbonlik nisobida molning ko‘payadigan bo‘lishi yoki qurbonlik muddatidan bir yil o‘tishi kerak degan shart yo‘qdir .
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:02:40
Savol: Asosiy ehtiyojlar nimalar?

Javob: Odamning yashayotgan uyi, kerakli uy ashyosi, libos, ulov, ish qurollari va shunga o‘xshashlar asosiy ehtiyojlarning muhimlaridir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:02:52
Savol: Muqim deb kimga aytiladi?

Javob: Muqim deb qurbonlik so‘yiladigan kunlarda oilasi yashayotgan joyda bo‘lgan yoki safarda kamida o‘n besh kun yoki undan ham ko‘p qolishga niyat qilgan kishiga aytiladi. Qurbonlikni ta’minlash, so‘yish va go‘shtini haqdor kishiga berish qiyin bo‘lgani uchun musofir kishiga agar boy bo‘lsa ham qurbonlik qilish vojib qilinmagan. Lekin musofir xohlasa nafl tariqasida qurbonlik qilishi mumkin.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:03:03
Savol: Kishining tug‘ilib o‘sgan yoki safar (musofir) hisoblanadigan masofaga borib qiladigan qurbonligining hukmi qanday?

Javob: Kishining u joyda uyi yoki aqori bo‘lmasa qilinadigan qurbonligi nafldir. Uyi yoki aqori bor bo‘lsa qurbonlikning hukmi ixtiloflidir. Ba’zilarga ko‘ra nafl, ba’zilarga ko‘ra vojibdir. Birinchi qarash to‘g‘riroqdir. Bunday ixtiloflar bunday vaziyatlarda kishining musofir yoki muqim bo‘lishiga borib taqaladi .
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:03:14
Savol: Musofir bo‘lgan kishining yashayotgan joyida vakolat bilan qilgan qurbonligining hukmi qanday?

Javob: Musofir bo‘lgan kishining yashayotgan joyida vakolat bilan qilgan qurbonligi nafldir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:03:24
Savol: Muqim bo‘lgan kishining safar masofasida bo‘lgan bir joyda vakolat bilan qilgan qurbonligining hukmi qanday?

Javob: Muqim bo‘lgan kishining safar masofasida bo‘lgan bir joyda vakolat bilan qilgan qurbonligi vojibdir. Bu ikki masalada qurbonlik so‘yiladigan joyga emas, qurbonlik sohibining muqim yoki musofir bo‘lishiga e’tibor qilinadi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:03:37
Savol: Musofir bo‘lgan kishi qurbonlik so‘ygandan keyin qurbonlik qiladigan kunlarda muqim holatiga kelsa yana qurbonlik qilishi kerakmi?

Javob: Yo‘q, musofir qurbonlik qilgandan keyin Hayit kunlarida muqim holatiga kelsa yana qurbonlik qilishi kerak emas.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:03:49
Savol: Qurbonlik vojib bo‘lishi uchun aql va balog‘at shartmi?

Javob: Qurbonlik vojib bo‘lishi uchun Imomi A’zam va Abu Yusufga ko‘ra aql va balog‘at shart emas. Shu sababli boy bo‘lgan bir bola yoki ruhiy kasal bo‘lgan kishining molidan otasi yoki valiysi qurbonlik qilishi kerak. Bu qurbonlikning go‘shtidan faqat bola yoki ruhiy kasal bo‘lgan kishining o‘zi yeyishi mumkin. Go‘shtning qolgan qismini kiyim-kechakka yoki  foydalanadigan  boshqa   narsalarga  almashtirish  mumkin.  Lekin Imom Muhammadga ko‘ra qurbonlik vojib bo‘lishi uchun aql va balog‘at shartdir. Fatvo ham shunga ko‘radir. Shu sababli bola yoki ruhiy xastaning molidan qurbonlik qilinishi kerak emas.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:04:12
QURBONLIKNING XILLARI

Savol: Hukm tomonidan qurbonlik necha xildir?

Javob: Hukm tomonidan qurbonlik vojib va nafl bo‘lib, ikki xildir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:04:23
Savol: Vojib bo‘lgan qurbonlik xillari qaysidir?

Javob: Vojib bo‘lgan qurbonlik xillari shulardir:
1-Boyning hayit kunlari qilgan qurbonligi;
2-Nazr qilingan qurbonlik;
3 Kambag‘alning qurbonlik niyati bilan sotib olgan qurbonligi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:04:35
Savol: Nafl bo‘lgan qurbonlik xillari qaysidir?

Javob: Nafl bo‘lgan qurbonlik xillari shulardir:
1.   Musofirning qilgan qurbonligi;
2.   Kambag‘alning qurbonlik uchun niyat qilmay sotib olgan yoki mulkiyatida (tasarrufida) bo‘lgan hayvonlardan qilgan qurbonligi.
3.   Kishining Qurbon hayiti kunlaridan tashqari Alloh rizosi uchun so‘ygan qurbonligi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:04:49
Qurbonlik qilinadigan hayvonlar

Savol: Qaysi hayvonlar qurbonlik qilinishi mumkin?

Javob: Hayvonlardan faqat qo‘y, echki, to‘ya va qoramol qurbonlik qilinishi mumkin. Qo‘tos ham qoramol jinsidandir. Xo‘roz, tovuq, kurka va g‘oz kabi uy parrandalari hamda go‘shti yeyiladigan yovvoyi hayvonlar qurbonlik niyati bilan so‘yilishi mumkin emas.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:05:05
Qurbonlik molining yoshi

Savol: Qurbonlik qilinadigan hayvonning yoshi nechada bo‘lishi kerak?

Javob: Qo‘y va echki bir, tuya besh, qoramol ikki yoshdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Faqat qo‘y olti oyni tamomlaganda bir yoshni tamomlagan kabi gavdali bo‘lsa, u ham qurbonlik qilinishi mumkin. Qo‘ydan tashqari boshqalari har qancha salobatli ko‘rinsalar ham belgilangan yoshga to‘lmaguncha qurbonlik qilinishlari joiz emas .
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:05:34
QURBONLIKDA SHERIKCHILIK QILISH

Savol: Bir hayvon nechta odam nomidan qurbonlik qilinishi mumkin?

Javob: Bir qo‘y yoki echki faqat bir kishi nomidan qurbonlik qilinishi mumkin. Bir tuya yoki bir qoramol bir kishidan yetti kishiga qadar odamlar nomidan qurbonlik qilinishi mumkin. Yetti kishidan oshmaslik sharti bilan sheriklarning toq yoki juft bo‘lishlarining aslo farqi yo’q.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:05:47
Savol: Boy bir odam o‘zi uchun qurbonlik qilish niyati bilan sotib olgan qoramolga boshqani sherik qilishi joizmi?

Javob: Ha, boy bir odam o‘zi uchun qurbonlik qilish niyati bilan sotib olgan qoramoliga keyinroq boshqalardan badalini (haqini) olib sherik qilish mumkin. Lekin bunda bir noxushlik bor. Chunki u odam bergan so‘zidan qaytgan hisoblanadi. Bu holat eng yaxshisi, olingan pulni sadaqa qilinishidir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:05:56
Savol: Kambag‘al bir odamning o‘zi uchun qurbonlik qilish niyati bilan sotib olgan bir qoramoliga boshqalarni sherik qilishi joizmi?

Javob: Yo‘q, kambag‘al bir odamning bu holatda boshqasini sherik qilishi joiz emas. Chunki kambag‘al uni sotib olib o‘ziga vojib qilgan.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:06:05
Savol: Bir odamning boshqalarni sherik qilish niyati bilan qoramol sotib olishi, keyin boshqalarni sherik qilishida karohat bormi?

Javob: Yo‘q, bu vaziyatda boshqalarni sherik qilishda karohat yo‘qdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:06:27
Sheriklardan talab qilingan shartlar

Savol: Qurbonlikda sheriklardan talab qilingan shartlar qaysilar?

Javob: Bir qoramol yoki tuyani qurbonlik qilishda sherik bo‘lganlardan talab qilingan shartlar shulardir:
1.   Barcha sheriklarning musulmon bo‘lishlari;
2.   Hammasining qurbonlik niyati bilan sherik bo‘lishlari;
3.   Har birining umumiy qurbonlikdan eng kamida yettidan biriga ega bo‘lishi;

Sheriklardan biri musulmon bo‘lmasa yoki qurbonlik niyati bilan emas, go‘sht uchun qo‘shilsa yoki birining hissasi yettidan biridan kam bo‘lsa, u qurbonlik tamoman qabul qilinmaydi. Lekin (niyatda) qurbonlik xillarining bir xil bo‘lishi shart emas. Ya’ni bir qismining vojib qurbonligiga, bir qismining sunnat, nafl, o‘lik (marhum nomidan) yoki aqiqa kabi farqli qurbonlik xillari uchun niyat qilinishi joizdir. Barcha sheriklarning bir xil qurbonlik (turi) uchun sherik bo‘lishlari mustahabdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:06:47
Savol: Sakkiz kishining ikkita qoramolga sherik bo‘lishlari joizmi?

Javob: Yo‘q, joiz emas. Hatto sakkiz kishining sakkizta qoramolga sherik bo‘lishlari joiz emas. Chunki bu holda har bir sherikning har bir qoramoldagi hissasi yettidan birdan oz. Lekin yetti yoki kamroq kishining bir qoramolga sherik bo‘lishlari joiz bo‘lgani kabi birdan ko‘p qoramolga ham sherik bo‘lishlari joizdir. Zero, bu holatda har bir sherikninghar bir qoramolga eng kamida yettidan bir hissasi bordir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:06:58
Savol: Ikki kishi ikki qo‘y uchun sheriklik qilishlari joizmi?

Javob: Ha, ikki kishining ikki qo‘y uchun istihsonan sherikchilik qilishi joizdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:07:11
Savol: Nazr qurbonligi niyati bilan bir qoramol yoki bir tuyaga sherikchilik qilish joizmi?

Javob: Ha, nazr qurbonligi niyati bilan bir qoramol yoki tuyaga sherikchilik qilish joizdir. Chunki fiqh kitoblaridagi «qurbat jihatining (qurbonlik turlarining) farqli bo‘lishida zarar yo‘qdir» jumlalaridan birortasida nazr qurbonligi istisno qilinmagan.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:07:26
Savol: Valima (uylanish ziyofati) niyati bilan bir qoramol yoki bir tuyaga sherikchilik qilish joizmi?

Javob: Ha, shukr yoki sunnat niyati bilan valima uchun bir qoramol yoki bir tuyaga sherikchilik qilish joizdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:07:39
Savol: Qazo qurbonligi niyati bilan bir qoramol yoki bir tuyaga sherikchilik qilish joizmi?

Javob: Yo‘q, qazo qurbonligi niyati bilan bir qoramol yoki bir tuyaga sherikchilik qilish joiz emas. Agar sheriklardan biri bunga niyat qilsa, niyati hisoblanmay, qazoga niyat qilgan narsa naflga aylanadi. Boshqa sheriklarning qurbonliklari sahih bo‘lsa ham hissalari umumiy hissa bo‘lganligi uchun hammasining sadaqa qilinishi kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:07:59
AFZAL BO’LGAN QURBONLIK

Savol: Qaysi hayvonni qurbonlik qilish afzalroqdir?

Javob: Tuya qoramoldan, qoramol qo‘ydan, qo‘y echkidan afzalroq . Savol: Qurbonlikning erkagi afzalmi yoki urg‘ochisimi? Javob: Qo‘y va echkining erkagi, tuya bilan qoramolning urg‘ochisi afzaldir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:08:10
Savol: Qo‘y yoki echkini qurbonlik qilish afzalmi, yo‘qsa, tuya yoki qoramolning yettidan bir hissasiga sherikchilik qilganmi?

Javob: Go‘sht va qiymatda teng bo‘lgan taqdirda qo‘y yoki echki qurbonlik qilish, tuya yoki qoramolning yettidan bir hissasiga sherikchilik qilishdan afzalroq.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:08:23
Qurbonlikning ruknlari

Savol: Qurbonlikning ruknlari qaysilar?

Javob: Qurbonlikning faqat bir rukni bor, u ham bo‘lsa, qurbonlik qilinishi joiz bo‘lgan hayvonlardan birini so‘yishdir. Hayvonni so‘ymasdan tirik yoki evazini (haqini) kambag‘alga berish bilan qurbonlik mas’uliyatidan qutilmaydi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:09:06
Qurbonlik sahih bo‘lishining shartlari

Savol: Qurbonlik sahih bo‘lishining shartlari qaysilar?

Javob: Qurbonlik sahih bo‘lishining shartlari shulardir:
1. Qurbonlik qilinadigan hayvonning qusursiz bo‘lishi.
2.   Vaqtida so‘yilgan bo‘lishi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:09:40
Qurbonlikka to‘siq bo‘lgan kamchiliklar

Savol: Bir hayvonning (jonliqning) qurbonlik qilinishiga to‘siq bo‘lgan qusurlar qaysilardir?

Javob: Bir hayvonning qurbonlik qilinishiga to‘siq bo‘lgan kamchiliklarning asosiylari shulardir:
1.   Kasalligi aniq oshkor bo‘lsa;
2.   Suyaklari mag‘zida ilik qolmaydigan darajada ozg‘in bo‘lsa;
3.   Ikki yoki bir ko‘zi ko‘r bo‘lsa;
4.   Oqsayotgan oyog‘ini yerga bosib, qurbonlik qilinadigan joyga borolmaydigan darajada cho‘loq bo‘lsa;
5.   Tishlarini ko‘pi to‘kilgan bo‘lsa;
6.   Qulog‘ining yoki dumining yarmidan ko‘pi uzilgan yoki kesilgan bo‘lsa;
7.   Shoxlaridan biri yoki ikkisi tomiri bilan kesilgan bo‘lsa;
8.   Qo‘yning bir, qoramolning ikki yelinininguchi uzilgan bo‘lsa;
9.   Dumi yoki qulog‘i tug‘ilgan paytidanoq bo‘lmagan bo‘lsa;
10.   Burni kesilgan bo‘lsa;
11.   Faqat axlat yegan bo‘lsa;
12.   Tilining ko‘p qismi kesilgan bo‘lsa.

Lekin qurbonlik hayvonining g‘ilay, qo‘tir yoki jinni bo‘lishida, quloqlarining teshilgan yoki yorilgan yoki uchidan kesilib osilib yotgan holatda bo‘lishida, jinsiy olatlarining yo‘qligida yoki bichilgan holda bo‘lganligida zarar yo‘qdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:10:15
Savol: Qurbonlik qilishga to‘siq bo‘lgan qusurlar nima bilan belgilangan?

Javob: Bu qusurlardan to‘rttasi (aniq kasallik, ozg‘inlik, ko‘rlik va cho‘loqlik) hadis bilan belgilangan. Mazkur qusurlar darajasida yoki ulardan badtarroq bo‘lgan boshqa qusurlar yuqoridagi qusurlarga qiyos qilingan va mujtahidlar tomonidan qo‘shilgandir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:10:25
Savol: Boy kishining sotib olgan qurbonligida belgilangan qusurlardan biri keyinroq paydo bo‘lsa, o‘rniga boshqasini olib so‘yishi kerakmi?

Javob: Ha, bu holatda boy kishi avvalgisining o‘rniga boshqasini olib so‘yishi kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:10:36
Savol: Kambag‘al odamning sotib olgan qurbonligida qusurlardan biri keyinroq paydo bo‘lsa, uning o‘rniga boshqasini olib so‘yishi kerakmi?

Javob: Yo‘q, kambag‘al odamning avvalgisining o‘rniga boshqa bir hayvon olib so‘yishi kerakmas. Bunday qusurli bir hayvonning so‘yilishi kifoyadir. Chunki bu qurbonlik u kambag‘al uchun nafldir. Naflda esa kenglik va qulaylik bordir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:10:46
Savol: Qurbonlik hayvoni so‘yish asnosida qusurlansa, o‘rniga boshqasini olish kerakmi?

Javob: Yo‘q, bu vaziyatda boy bo‘lsin, xoh kambag‘al bo‘lsin o‘rniga boshqasini olishi kerak emas.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:11:08
Savol: Qurbonlik hayvonda mavjud bo‘lishi makruh sanalgan qusurlar qaysilar?

Javob: Qurbonlik hayvonda mavjud bo‘lishi makruh sanalgan asosiy qusurlar shulardir:
1.   Qarilik sababi bilan sutdan yoki tug‘ishdan qolgan bo‘lsa;
2.   Qulog‘i yorilgan yoki teshilgan bo‘lsa;
3.   Yangi tug‘ilgan bo‘lsa;
4.   Bo'g‘oz (tug‘ishi yaqin qolgan)bo‘lsa.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:11:21
Savol: Boy odamning sotib olgan qurbonlik hayvoni o‘lsa, o‘rniga boshqasini olishi kerakmi?

Javob: Ha, boy odamning sotib olgan qurbonlik hayvoni o‘lsa, o‘rniga boshqasini olishi kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:11:31
Savol: Kambag‘al odamning sotib olgan qurbonlik hayvoni o‘lsa, o‘rniga boshqasini olishi kerakmi?

Javob: Yo‘q, kambag‘al odamning sotib olgan qurbonlik hayvoni o‘lsa, o‘rniga boshqasini olishi kerak emas.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:11:41
Savol: Boy kishining sotib olgan qurbonlik hayvoni o‘g‘irlansa yoki yo‘qolsa, o‘rniga boshqasini so‘ygandan keyin topilsa, uni ham so‘yishi kerakmi?

Javob: Yo‘q, boy odamning bu holatda uni ham so‘yishi kerak emas. Chunki qurbonlik so‘yish burchini ado etib bo‘lgandir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:11:54
Savol: Kambag‘al kishining sotib olgan qurbonligi o‘g‘irlansa yoki yo‘qolsa, o‘rniga boshqasini so‘ygandan keyin topilsa, uni ham so‘yishi kerakmi?

Javob: Ha, kambag‘al kishining bu holatda uni ham so‘yishi kerak. Chunki kambag‘alning qurbonlik niyati bilan sotib olgan hayvoni qurbonlik qilish uchun atalgandir. Unga qurbonlik vojib bo‘lmagan bo‘lsa ham, sotib olgan qurbonligi o‘ziga (qurbonlikni) lozim qilgan.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:12:07
Savol: Boy bir odamning qurbonlik uchun olgan hayvonini sotishi joizmi?

Javob: Imomi A’zam va Imomi Muhammadga ko‘ra boy bir odamning qurbonlik uchun olgan hayvonini sotishi karohat (makruhlik) bilan joizdir. Bu holatda o‘rniga boshqa o‘xshashini yoki yaxshirog‘ini olib qurbonlik qiladi. Abu Yusufga ko‘ra qurbonlik niyati bilan olingan hayvonni sotishi joiz emas.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:12:16
Savol: Kambag‘al bir odamning qurbonlik niyati bilan olgan hayvonini sotishi joizmi?

Javob: Yo‘q, kambag‘al bir odamning qurbonlik niyati bilan olgan hayvonini sotishi joiz emas. Chunki kambag‘alning bu maqsad bilan olgan hayvoni qurbonlik uchun atalgandir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:12:40
Savol: Qurbonlik niyati bilan sotib olingan hayvonni sotishi joiz bo‘lsa, almashtirilishi ham joizmi?

Javob: Ha, qurbonlik niyati bilan olingan bir hayvonni qaysi hollarda sotilishi joiz bo‘lsa, o‘sha hollarda almashtirilishi ham joizdir. Qaysi hollarda sotilishi joiz bo‘lmasa, o‘sha hollarda almashtirilishi ham joiz emasdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:12:49
Savol: Qurbonlik hayvoni so‘yilishidan oldin tug‘sa, bolasini ham so‘yish kerakmi?

Javob: Ha, bu holda bolasini ham so‘yish kerak. Chunki bolasi onasiga bog‘liqdir. Agar bolasi so‘yilmasdan sotilsa, pulini sadaqa qilish kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:13:05
QURBONLIK QILISHNING VAQTI

Savol: Qurbonlik qachon qilinadi?

Javob: Qurbonlik qilishning vaqti, Qurbon hayitning birinchi kuni tong boshlanishi bilan boshlanadi va uchinchi kuni quyosh botishigacha davom etadi. Lekin hayitning birinchi kuni so‘yilishi afzalroq. Shaharda va hayit namozi o‘qiladigan joylarda qurbonlikni hayit namozidan keyin so‘yish shartdir. Biroq Hayit namozi o‘qilmaydigan joylarda hayit kuni tong ota boshlashi bilan so‘yilishi mumkin.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:13:20
Savol: Birinchi kun zavol vaqti kirishdan oldin hayit namozi o‘qilmagan bo‘lsa, qurbonlik qilish joizmi?

Javob: Hayitning birinchi kuni zavol vaqti kirmasidan oldin hayit namozi o‘qilmagan bo‘lsa, zavoldan oldin qurbonlik qilish joiz emas. Faqat hayitning birinchi kuni zavol vaqtigacha hayit namozi o‘qilmagan bo‘lsa, zavol vaqtidan keyin qurbonlik qilish joiz bo‘ladi. Agar Hayit namozining o‘qilishi ikkinchi yoki uchinchi kunga qoldirilgan bo‘lsa, bu kunlarda qurbonlik zavol vaqtidan oldin ham, keyin ham so‘yilishi mumkin. Hayit namozining o‘qilishini kutish kerakmas. Chunki hayit namozi bilan qurbonlik so‘yishning orasidagi tartib, adoida shart bo‘lib, qazoida shart emas. Bizga ma’lumki hayit namozining vaqti quyosh bir yoki ikki nayza yuqoriga ko‘tarilishidan zavol vaqtigacha bo‘lgan vaqtdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:13:32
Savol: Qurbonlik so‘yilgandan keyin u kunni hayit emas arafaligi ma’lum bo‘lsa, qilingan qurbonlik qurbonlikka o‘tadimi?

Javob: Ha, qurbonlik so‘yilgandan keyin u kunning hayit emas arafaligi ma’lum bo‘lsa, qilingan qurbonlik qurbonlikka o‘tadi. Chunki bu xil xatolardan har doim saqlanmoq mumkin emas.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:13:41
Savol: Qurbonlik vojib bo‘lishi uchun vaqtning qaysi jihatiga e’tibor qilinadi?

Javob: Qurbonlik vojib bo‘lishi uchun vaqtning oxiriga e’tibor qilinadi. Ya’ni Qurbon hayitning uchinchi kuni quyosh botishidan oldin boy bo‘lgan odam qurbonlik so‘yishi kerak. Aksincha, o‘sha kuni quyosh botishidan oldin kambag‘al bo‘lgan yoki o‘lgan odamdan qurbonlik majburiyati ketadi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:13:54
Savol: Boy bo‘lgan bir odam qurbonlik so‘ymay, hayit kunlari o‘tgach kambag‘al bo‘lib qolsa, qurbonlik majburiyati ketadimi?

Javob: Yo‘q, bu holda kishining qurbonlik majburiyati ketmaydi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:14:05
Savol: Muqimlik va musofirlik uchun ham vaqtning oxiriga e’tibor qilinadimi?

Javob: Ha, muqimlik va musofirlik uchun ham vaqtning oxiriga e’tibor qilinadi. Ya’ni Qurbon Hayitining uchinchi kuni quyosh botishidan oldin muqim bo‘lgan odam qurbonlik qilishi kerak. Aksincha, o‘sha kuni quyosh botishidan oldin musofir bo‘lgan kishidan qurbonlik majburiyati ketadi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:14:17
Savol: Kambag‘al bir odam qurbonlik qilgandan keyin qurbonlik qilinadigan kunlarda boy bo‘lsa yana qurbonlik qilishi kerakmi?

Javob: Ha, bu holda sahih qarashlarga ko‘ra yana qurbonlik qilishi kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:14:30
Vaqtida so‘yilmagan qurbonlik

Savol: Boy bir odam qaysidir bir sabab bilan hayit kunlari qurbonlik qilmagan bo‘lsa, nima qilishi kerak?

Javob: Bu holda bir qurbonlik qo‘yining qiymatini kambag‘allarga sadaqa qilishi kerak. Keyingi yillarga qoldirilmaydi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:14:40
Savol: Bir kishi Qurbon hayitida so‘yish niyati bilan olgan hayvonini so‘ymasa, qurbonlik kunlari o‘tib ketsa nima qiladi?

Javob: Boy kishi bo‘lsa, xohlasa o‘zini, (ya’ni o‘sha hayvonni), xohlasa qiymatini beradi, kambag‘al bo‘lsa, o‘zini sadaqa qiladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:14:52
Savol: Bir odam hayit kunlarida so‘yish uchun atab olgan bir hayvonini hayit kunlarida so‘ymasa nima qilishi kerak?

Javob: Bu holda boy kishi bo‘lsa ham, kambag‘al bo‘lsa ham u hayvonni kambag‘allarga sadaqa qilishi kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:15:06
QURBONLIKNING SO’YILISHI

Savol: Qurbonlik qanday so‘yiladi?

Javob: Qurbonlik qiblaga qarab yotqiziladi, keyin duo niyati bilan: «Mening namozim, ibodatlarim, yashashim va o‘limim olamlarning Rabbisi bo‘lgan Alloh uchundir. Uning sherigi yo‘qdir». (An’om surasi, 162-163-oyatlar), oyati karimasi o‘qilgandan keyin «Bismillahi Allohu akbar» deb so‘yiladi. Qo‘lidan kelsa qurbonlikni o‘zi so‘yishi kerak, kelmasa, munosib ko‘rgan bir musulmonga vakolat bilan so‘ydirish mumkin.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:15:22
Qurbonlikning go‘shti

Savol: Qurbonlikning go‘shti qanday taqsimlanadi?

Javob: Qurbonlik go‘shtining hammasini kambag‘alga sadaqa qilib berish yoki o‘zi va bolalari uchun olib qolish joiz bo‘lsada, maqbul bo‘lgani qurbonlik go‘shtini uchga bo‘lib, bir qismini faqirlarga sadaqa qilib tarqatmoq, bir qismini boy bo‘lsa ham qo‘shnisi va yaqinlariga ikrom qilmoq, bir qismini ro‘zg‘ori uchun ayirmoqdir . Agar qurbonlik qiluvchi bolajon, serfarzand va moddiy ahvoli ham o‘rtacha bo‘lsa, go‘shtning hammasini ularning yeyishi uchun olib qolishi mustahabdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:15:37
Savol: Qurbonlik go‘shtining musulmon bo‘lmaganga berilishi joizmi?

Javob: Ha, zimmiy bo‘lsa ham, harbiy bo‘lsa ham musulmon bo‘lmaganga ehson qilib berilishi joizdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:15:51
Savol: Qurbonlik go‘shtining ko‘chirilishi joizmi?

Javob: Qurbonlikning so‘yilgan joyidan boshqa bir joyga ko‘chirilishi tanzihan makruhdir. Lekin kishining qarindoshlariga yoki yanada muxtojroq bo‘lganlarga yuborishida zarar yo‘qdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:16:13
Yeyish mumkin bo‘lmagan qismlar

Savol: So‘yilgan hayvonni yeyilishi mumkin bo‘lmagan qismlari qaysilar?

Javob: Qurbonlik bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham so‘yilgan hayvonning yeyilishi mumkin bo‘lmagan qismlari shulardir:
1.   Oqqan qoni;
2.   Erkaklik jinsiy olati (zakari);
3.   Urg‘ochilik jinsiy a’zosi;
4.   Tuxumlari;
5.   Siydik xaltasi;
6.   G’uddasi;
7.   O’t pufagi .
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:16:27
Sherikchilik bilan qilingan qurbonlik go‘shtining taqsimi

Savol: Sherikchilik bilan qilingan qurbonlik go‘shti qanday taqsimlanadi?

Javob: Tuya yoki qoramol kabi hayvonlar sherikchilik bilan so‘yilganda, go‘shti sheriklar orasida tortilib, teng bir shaklda taqsimlanishi kerak. Chamalab (taxminan) taqsimlash joiz emas. Chunki bu jinsning jins bilan o‘zgarishi hukmida bo‘lgani uchun ortiqchasi foiz bo‘ladi. Lekin bosh, teri va oyoqlaridan bir narsalar go‘shtga qo‘shilsa jinsning jins xilofiga o‘zgargani uchun chamalab taqsimlash joiz bo‘ladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:16:36
Savol: Bir oila a’zolari uchun so‘yilgan sherikchilik qurbonligining go‘shtini taqsimi kerakmi?

Javob: Yo‘q, bir oila a’zolari uchun so‘yilgan sherikchilik qurbonligining go‘shtini taqsimlash kerak emas.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:16:47
Savol: Kambag‘al bir odam qurbonlik niyati bilan sotib olib so‘ygan hayvonining go‘shtini yeyishi mumkinmi?

Javob: Bu masalada ikki nuqtai nazar bor. Bir qarashga ko‘ra yeyishi mumkin emas. Chunki unga qurbonlik vojib bo‘lmagani holda, bunday qurbonlik olib so‘yishi nazr hukmidadir. Boshqa bir qarashga ko‘ra nazr haqida so‘z yuritilmagani uchun faqat qurbonlik niyati bilan sotib olingan jonliq nazrga utmasligi uchun yeiishida bir zarar io‘qdir. Fatvo shu nuqtai nazarga ko‘radir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:17:01
Qurbonlik terisi

Savol: Qurbonlikning terisi nima qilinadi?

Javob: Kishi o‘z qurbonligining terisini ishlatishi yoki o‘zi foydalanadigan bir narsa bilan almashtirishi joiz bo‘lsa ham, maqbul bo‘lgani uni bir yo‘qsilga (kambag‘alga) sadaqa qilib berishdir. Qurbonlikning terisini sotish joiz bo‘lmagani kabi uni qassob haqqi qilib berish ham joiz emasdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:17:13
Savol: Qurbonlikning terisini muassasalarga berilishi mumkinmi?

Javob: Ha, qurbonlik terisini shaxslarga berilishi mumkin bo‘lgani kabi, Islomga xizmat qiladigan muassasalarga ham berilishi mumkindir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:17:30
Qurbonlikning mustahablari

Savol: Qurbonlikning mustahablari qaysilar?

Javob: Qurbonlik mustahablarining asosiylari shulardir:
1.   Qurbonlik qilinadigan hayvonni bir muddat saqlab boqilishi;
2.   Qurbonlik hayvonining bo‘yniga taqinchoq kabi bezak turlaridan biror narsaningtaqilib qo‘yilishi;
3.   Qurbonlik jonlig‘ining semiz bo‘lishi;
4.   So‘yishdan oldin yoki keyin duo o‘qilishi;
5.   Qo‘lidan kelsa sohibining o‘zi so‘yishi;
6.   So‘yilgandan keyin taqinchog‘ini sadaqa qilinishi;
7.   Qurbonlik so‘yilishidan keyin ikki rak’at namoz o‘qilishi;
8.   Qurbonlik go‘shtidan sohibining yeyishi;
9.   Qurbonlik go‘shtidan sadaqa qilinishi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:17:46
Qurbonlikning makruhlari

Savol: Qurbonlikning makruhlari qaysilar?

Javob: Qurbonlikda makruh bo‘lgan narsalarning asosiylari shulardir:
1.   Qurbonlik hayvonining yungidan yoki sutidan foydalanishi;
2.   Qurbonlik hayvonining almashtirilishi;
3.   Qurbonlik hayvoniga minish yoki unda yuk tashish;
4.   Qusuri makruh sanalgan hayvonning qurbonlik qilinishi;
5.   Qurbonlikni kitob ahlidan biriga so‘ydirilishi;
6.   Sotib olingan qurbonlikka keyinchalik sherik bo‘lish;
7.   Qurbonlik go‘shtini yoki terisini sotilishi;
8.   Qurbonlik go‘shtining bir joydan boshqa joyga ko‘chirilishi;
9.   Qurbonlik go‘shtidan yoki terisidan qassob haqini berilishi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:18:00
QURBONLIK BILAN BOG’LIQ TURLI MASALALAR

Savol: Qurbonlik nisobiga bog‘, bog‘cha va dala kabi narsalarning o‘zlari kiradimi yoki daromadlarimi?

Javob: Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra bularning daromadlari, boshqa bir qarashga ko‘ra o‘zlari qurbonlik nisobiga kiradi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:18:10
Savol: Bir odamning uy sotib olish maqsadi bilan yiqqan pulidan qurbonlik qilishi kerakmi?

Javob: Ha, sahih bo‘lgan qarashga ko‘ra bir kishining uy sotib olish maqsadi bilan yiqqan pulidan qurbonlik qilishi kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:18:19
Savol: Bir kishining birovga qarzi bo‘lsayu, olish muddati yetmagan bo‘lsa va nisob miqdori qadar boshqa moli bo‘lmasa, qurbonlik so‘yish uchun boshqa birovdan qarz olishi kerakmi?

Javob: Yo‘q, bu holda qurbonlik sotib olish uchun qarz olishi shart bo‘lmaganidek qarzini olgandan keyin ham qurbonlikning evazini (haqini) sadaqa qilishi shart emas.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:18:27
Savol: Bir ayolning nisob miqdori qadar oltini bo‘lib, boshqa moli bo‘lmasa qurbonlik so‘yishi kerakmi?

Javob: Ha, bir ayolning oltin taqinchog‘i bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham, lekin boshqa moli bo‘lmasada, nisob miqdoriga yetadigan qadar oltini bor bo‘lsa, qurbonlik so‘yishi kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:18:39
Savol: Qurbonlik qilish majburiyatida bo‘lgan kishi qurbonlikni xotini nomidan so‘yishi mumkinmi?

Javob: Yo‘q, o‘zining qurbonligini xotini nomidan so‘yolmaydi. Chunki qurbonlik so‘yish o‘ziga vojib bo‘lgandir. Lekin o‘zining qurbonligiga qo‘shib xotini uchun ham qurbonlik qilishi mumkin.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:18:49
Savol: Qurbonlik so‘yish o‘rniga haqini bir faqirga yoki xayriya tashkilotlariga berilishi joizmi?

Javob: Yo‘q, qurbonlik so‘yish o‘rniga haqini bir faqirga yoki biror tashkilotga berilishi joiz emas. Chunki qurbonlik qilish majburiyati faqat Alloh rizosi uchun so‘yilsa zimmadan soqit bo‘ladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:18:58
Savol: Qurbonlik fe’lan vojib bo‘lgandan keyin molning yo‘q bo‘lishi bilan qurbonlik so‘yish majburiyati ketadimi?

Javob: Yo‘q, bunday bir holatda qurbonlik qilishi majburiyati soqit bo‘lmaydi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:19:07
Savol: Qurbonlik so‘yilgandan keyin butunlay talaf (yo‘q bo‘lib ketsa) qurbonlik majburiyati ketadimi?

Javob: Ha, bu holatda qurbonlik so‘yish majburiyati qolmaydi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:19:16
Savol: Uy yoki mashinaning hashamatli va qimmatbaholiligi qurbonlik nisobiga kiradimi?

Javob: Yo‘q, uy va mashina asliy ehtiyojlardan bo‘lganligi uchun har qanday holatda ham ular qurbonlik nisobiga kirmaydi. Lekin musulmon har doim dabdaba va isrofdan saqlanishi kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:19:26
Savol: Bir kishi ruxsatsiz xotini yoki to‘ng‘ich o‘g‘li nomidan qurbonlik so‘yishi joizmi?

Javob: Yo‘q, bu holda xotini yoki katta o‘g‘li nomidan qurbonlik so‘yishi joiz emas. Biroq Imom Abu Yusufga ko‘ra kishi xotini yoki qaramog‘ida bo‘lgan to‘ng‘ich o‘g‘li nomidan istisno tarzida qurbonlik so‘yishi joizdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:19:38
Savol: Bir odam ruxsatsiz o‘rtog‘ining sotib olgan qurbonligini so‘ysa, egasidan soqit bo‘ladimi?

Javob: Ha, egasidan soqit bo‘ladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:19:48
Savol: Ikki kishi sahvan (adashib) bir-birlarining qurbonliklarini almashtirib so‘yishsa, qurbonliklari o‘tadimi?

Javob: Ha, har ikkisining qurbonligi o‘tadi. Har biri so‘yilgan shaklida o‘zining qurbonligini oladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:19:57
Savol: Boy bo‘lgan bir odam birdan ko‘p qo‘ylarni qurbonlik qilsa, hammasi vojib qurbonlik o‘rniga o‘tadimi?

Javob: Yo‘q, bu vaziyatda bir donasi vojib o‘rniga, qolgani nafl qurbonlik o‘rniga o‘tadi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:20:07
Savol: Boy bir odam o‘zi uchun bir qoramol qurbonlik qilsa, yettidan biri vojib qurbonlik hisobiga o‘tadimi yoki butunimi?

Javob: Bu holda butun qoramol vojib qurbonlik hisobiga o‘tadi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:20:18
Savol: Boy bir odam Qurbon hayitda o‘nta qurbonlik so‘yishga nazr qilsa, hammasini so‘yishi kerakmi?

Javob: Ha, sahih qarashga ko‘ra nazr qilingan miqdorning hammasini so‘yishi kerak. Lekin ba’zi olimlarga ko‘ra ikkita so‘yish yetarlidir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:20:27
Savol: Uy hayvoni bilan yovvoyi hayvonning qo‘shilishidan tug‘ilgan bir hayvon qurbonlik qilinishi mumkinmi?

Javob: Bu holda u hayvonning onasiga e’tibor qilinadi. Onasi xonaki bo‘lsa, bolasi ham xonaki hisoblanadi va qurbonlik qilinishi mumkin. Onasi yovvoyi bo‘lsa, bolasi ham yovvoyi hisoblanib, qurbonlik qilinmaydi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:20:39
Savol: Xonakilashgan yovvoyi hayvon qurbonlik qilinishi mumkinmi?

Javob: Yo‘q, xonakilashgan yovvoyi hayvon qurbonlik qilinishi mumkin emas. Biroq yovvoyilashgan xonaki hayvon qurbonlik qilinishi mumkin.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:20:48
Savol: Qurbonlikning qabul bo‘lishi uchun hayvon kishining mulkida (qo‘l ostida, tasarrufida) bo‘lishi kerakmi?

Javob: Ha, qurbonlik qabul bo‘lishi uchun hayvon kishining mulkida bo‘lishi kerak. Masalan, kishi yonida omonat bo‘lib turgan bir hayvonni o‘zining nomidan qurbonlik qila olmaydi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:20:59
Savol: Bir odam boshqasiga «Mening nomimdan bir jonliq sotib ol va qurbonlik qilib so‘y» desa, u kishining o‘z mulkida bo‘lgan bir hayvonni uning nomiga qurbonlik qilib so‘yishi joizmi?

Javob: Yo‘q, joiz emas. Chunki bir shaxs ham oluvchi, ham sotuvchi bo‘la olmasligidan hayvon bunday holatda nomidan qurbon so‘yiladigan kishining mulkiga o‘tmagan hisoblanadi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:21:12
Savol: Nasiyaga yoki kreditga qurbonlik olib so‘yish joizmi?

Javob: Ha, qurbonlik vojib bo‘lgan kishi bu holda qurbonlik sotib olishi joizdir. Chunki nasiyaga yoki kreditga olingan qurbonlik ham avvaldan olingan qurbonlik kabi kishining mulki hisoblangan bo‘ladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:21:20
Savol: Qishlik va yozlik uyi bo‘lgan, lekin nisob miqdoriga yetadigan moli bo‘lmagan odamning qurbonlik so‘yishi vojib bo‘ladimi?

Javob: Yo‘q, bu vaziyatdagi bir odamning qurbonlik so‘yishi vojib emas.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:21:30
Savol: O’n kishi birgalikda o‘nta hayvonni olib har biri bittadan qurbonlik qilishi joizmi?

Javob: Ha, bu holda go‘shtlari tarozi bilan taqsimlanadi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:21:39
Savol: Voris o‘lgan shaxs (marhumning) vasiyat qilmasdan qoldirgan molidan uning uchun qurbonlik qilsa, o‘zi ham yeyishi mumkinmi?

Javob: Vasiyati bo‘lmagan holda voris so‘ygan qurbonligidan yeyishda biror zarar yo‘q.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:21:49
Savol: Kambag‘al bir odam qurbonlik niyati bilan tovuq yoki xo‘roz so‘yishi mumkinmi?

Javob: Yo‘q, kambag‘al bir odamning qurbonlik niyati bilan tovuq yoki xo‘roz so‘yishi tahriman makruhdir. Chunki bunda majusiylarga o‘xshashlik bordir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:21:58
Savol: Qurbonlik qabul bo‘lishi uchun niyat qilish shartmi?

Javob: Ha, qurbonlik qabul bo‘lishi uchun niyat qilish shart. Chunki hayvon ibodat niyati bilan ham, faqat go‘shti uchun ham so‘yilishi mumkin.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:22:11
Savol: Biror zotni kutib olish uchun so‘yilgan qurbonlikning go‘shti yeyiladimi?

Javob: Alloh rizosi bo‘lmasdan faqat biror zotning kelishini qutlash niyati bilan so‘yilgan qurbonlikning go‘shti, hatto «bismilloh» aytilgan bo‘lsa ham yeyilmaydi. Biroq u odamga yoki boshqalarga ikrom qilish niyati bilan so‘yilsa joizdir va go‘shti yeyiladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:22:36
Savol: O’lik nomiga (marhum uchun) Arafa kuni qurbonlik so‘yilishi mumkinmi?

Javob: Agar qurbonlikni niyat qilsa, Arafa kuni so‘yish mumkin emas. Chunki qurbonlik faqat hayit kunlarida so‘yiladi. Biroq sadaqa niyati bilan so‘yishni xohlasa Arafa kuni ham so‘yishi mumkin.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:22:45
Savol: Tuyani niyat qilgan, lekin topolmagan bir odam o‘rniga yettita qo‘y yoki echki so‘yishi mumkinmi?

Javob: Ha, bunaqa vaziyatda yettita qo‘y yoki echki so‘yishi mumkin.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:22:57
Savol: Kambag‘al bir odamning qurbonlik niyati bilan sotib olgan hayvoni qurbonlikka atalgan bo‘ladimi?

Javob: Ha, sahih bo‘lgan qarashga ko‘ra kambag‘alning bu niyat bilan sotib olgan hayvoni qurbonlik uchun atalgan bo‘ladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:23:06
Savol: Boy bir odam «Shu ishim amalga oshsa Qurbon hayiti kunlarida bir qurbonlik so‘yaman», desa, Hayit kunlarida nechta qurbonlik so‘yishi kerak.

Javob: Agar Qurbon hayitdan oldin shunday bir nazr qilgan bo‘lsa, yoki Qurbon hayiti kunlarida aytib, odatda so‘yishi kerak bo‘lgan qurbonlikdan boshqa qurbonlikni nazarda tutgan bo‘lsa, ikkita so‘yishi kerak. Biri nazr qilgani uchun, boshqasi boy bo‘lgani uchun. Biroq Qurbon hayiti kunlarida bunday bir nazr qilgan bo‘lsa-da, aslida boy bo‘lganligidan so‘yishi vojib bo‘lgan qurbonlikni nazarda tutgan bo‘lsa, bitta so‘yishi yetarlidir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:23:19
Savol: Qusurli bir hayvon sotib olgan kishi qusuri yaxshilangandan so‘ng uni qurbonlik qilib so‘yishi joizmi?

Javob: Ha, joizdir. Chunki muhimi so‘yilayotgan vaqtda hayvonning qusursiz bo‘lishidir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:23:32
Savol: Go‘shtining hammasi sadaqa qilinishi kerak bo‘lgan qurbonliklar qaysilar.

Javob: Go‘shtining hammasi sadaqa qilinishi kerak bo‘lgan qurbonliklar shulardir:
1.   Nazr qilingan qurbonlik;
2.   Hayit kunlarida so‘yilmagan qurbonlik;
3.   O’likning (marhumning) vasiyati bilan so‘yilgan qurbonlik;
4.   Sheriklaridan birining qazoga niyat qilgan qurbonligi;
5.   Kambag‘alning sotib olgan qurbonligi (ikki qarashdan biriga ko‘ra);
6.   Qurbonlikning tuqqan bolasi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:23:42
Savol: Bo‘g‘oz bo‘lgan hayvonning qurbonlik qilinishida biror zarar bormi?

Javob: Bo‘g‘oz bo‘lgan hayvonning qurbonlik qilinishida biror zarar yo‘q. Lekin tug‘ishi yaqinlashgan bir hayvonning qurbonlik qilinishi makruhdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:23:51
Savol: Makkada muqim bo‘lgan hoji (haj bilan bog‘liq qurbonlikdan tashqari) boyligi sababli, Qurbon hayiti munosabati bilan qurbonlik so‘yishi kerakmi?

Javob: Sahih rivoyatga ko‘ra so‘yishi kerak. Boshqa bir qarashga ko‘ra hoji muqim bo‘lsa ham, boyligi sababli qurbonlik so‘yishi kerak emas.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:24:00
Savol: Yoshligida biror sabab bilan dumbasining ko‘p qismi uzilib qolgan qo‘ylarning qurbonlik qilinishida mone’lik bormi?

Javob: Yo‘q, kichik yoshda biror sabab bilan dumbasi uzilib qolgan qo‘ylarning qurbonlik qilinishida mone’lik yo‘qdir. Chunki bu nuqson hisoblanmaydi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:24:09
Savol: Elektr asbob bilan hayvon so‘yilishi joizmi?

Javob: Oddiy so‘yilgan har bir hayvon uchun alohida-alohida «Bismilloh» aytish kerak. Biroq ikki yoki ortiqroq hayvonlarni ustma-ust yotqizib, bir marta «Bismilloh» deb o‘tkir qilich (tig‘) bilan birdan so‘yilishi joiz bo‘lganiga ko‘ra birdan ko‘p hayvonni qatorga tizib kesadigan biror jihoz bilan avtomatik ravishda birdan so‘yilishi joiz bo‘lishi mumkin. Bunaqa vaziyatda avtomatning har bor ishlashida «Bismilloh» boshidan aytilishi kerak. Biroq bu holda hayvonning joni chiqmasidan boshi uzilayotgan yoki hayvon ensasidan so‘yilayotgan bo‘lsa makruh bo‘ladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:24:24
Savol: Hazrati Iysoni Allohning o‘g‘li deb ishongan xristianlar va Hazrati Uzayrni Allohning o‘g‘li deb ishongan yahudiylarning so‘yganlari yeyiladimi?

Javob: Ba’zi olimlar «bu holatdagi xristianlar va yahudiylarning so‘yganlari yeyilmaydi», desalar ham, sahih qarashga ko‘ra yeyiladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:24:42
O’zgacha qurbonlik turlari

Savol: Qurbon hayiti kunlarida so‘yiladigan qurbonlikdan tashqari yana qanday qurbonlik turlari bor?

Javob: Qurbon hayiti kunlarida so‘yiladigan qurbonlikdan tashqari nazr, shukr, o‘lik (marhum nomidan), aqiqa va hady (haj asnosida so‘yiladigan) qurbonlik turlari ham bor.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:24:57
Nazr qurbonligi

Savol: Nazr qurbonligi (atalgan qurbonlik) nimadir?

Javob: Nazr qurbonligi, biror ahdu paymon natijasida so‘yiladigan qurbonlik. Masalan, bir kishi «Shu ishim bitsa, Alloh rizosi uchun bir qurbonlik so‘yaman» desa, ishi bitgan vaqtda bir qurbonlik so‘yishi vojib bo‘ladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:25:07
Savol: Nazr qurbonligi qachon so‘yiladi?

Javob: Nazr qurbonligi har doim so‘yilishi mumkin. Jonliq hayit kunlarida so‘yilishi shart emas. Biroq kishining istagi amalga oshgandan keyin qurbonlik so‘yishni iloji boricha kechiktirmaslik kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:25:17
Savol: Kishi nazr qilgan qurbonligining go‘shtidan yeyishi mumkinmi?

Javob: Kishi nazr qilgan qurbonligining go‘shtidan yeya olmagani kabi ayoli, onasi, otasi, buvisi, buvasi, bolasi va nevaralari ham yeya olmaydi. Uning hammasi kambag‘allarga sadaqa qilinishi kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:25:49
Savol: Nazr qurbonligining durust bo‘lishi uchun kerakli shartlar qaysilar?

Javob: Nazr qurbonligining durust bo‘lishi uchun asosiy shartlari shulardir:
1.   Nazr qurbonligining turi qurbonlik bo‘la oladigan hayvonlardan bo‘lishi kerak. Bir odam «xo‘roz yoki tovuqni qurbonlik qilaman», desa bu durust bo‘lmaydi, chunki xo‘roz va tovuq qurbonlik bo‘la oladigan hayvon turidan emas. Lekin bir tovuq yoki xo‘roz go‘shtini sadaqa qilishni nazr qilishi mumkin. Bu holda nazrning turi so‘yilishidan sadaqaga aylanadi.

2.   Nazr (atalgan) qurbonlik nazr qiluvchining molidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Nazr qiluvchining qurbonlik qila oladigan darajada moli yoki oladigan imkoniyati bo‘lmasa, qilgan nazr qurbonligi maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.

3.   Qurbonlik faqat Alloh rizosi uchun atalgan bo‘lishi kerak. Masalan, bir kimsa «kasalim yaxshilansa falon maqbaraga qurbonlik qilaman» desa, bu qurbonlik durust bo‘lmaydi. Chunki bu turdagi qurbonlik Alloh rizosi uchun nazr qilingan qurbonlik hisoblanmaydi.

4. Nazr qilingan qurbonlik zotan o‘ziga vojib bo‘lgan qurbonlik bo‘lmasligi kerak. Masalan, boy bir kimsaning o‘ziga vojib bo‘lgan qurbonlikni nazr qilgani kabi .
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:26:08
Nazr qilingan qurbonlik bilan bog‘liq turli masalalar

Savol: Belgilangan bir kunda so‘yilishi nazr qilingan qurbonlik, o‘sha kunda so‘yilishi kerakmi?

Javob: Muvofiq bo‘lgani, qurbonlikni belgilangan kunda so‘yilishidir. So‘yilmagan taqdirda, boshqa bir kun qazo qilinishida xavf yo‘q.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:26:20
Savol: Shartga bog‘liq holda qurbonlik qilishni nazr qilgan kishi, u shartning yuzaga chiqishidan oldin qurbonlik so‘yishi mumkinmi?

Javob: Shartga bog‘liq holda qurbonlik qilishni nazr qilgan kishi, u shart bajarilmasidan avval qurbonlik so‘ya olmaydi. Agar so‘ysa, shart bajarilganidan keyin yana so‘yishi kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:26:29
Savol: Bir kimsa mavjud bo‘lishini xohlamagan bir ish uchun qurbonlik qilishni nazr qilsa va xohlamagan ishi amalga oshsa, qurbonlik so‘yishi kerakmi?

Javob: Bu holatda qurbonlikni nazr qilgan kishi xohlasa qurbonlikni so‘yadi, xohlasa, kafforatini beradi. Masalan, bir kimsaning «yolg‘on gapirsam qurbonlik so‘yaman», deyishi kabi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:26:39
Savol: Nazr qilingan qurbonlik so‘yilgandan keyin butunlay talaf (yo‘q) bo‘lsa, qurbonlik majburiyati ketadimi?

Javob: Ha, bu holda qurbonlik majburiyati ketadi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:26:50
Savol: Bir kimsa o‘nta qurbonlik nazr qilsa hammasini so‘yishi kerakmi?

Javob: Ha, sahih bo‘lgan qarashga ko‘ra hammasini so‘yishi kerak. Ba’zi olimlarga ko‘ra bu holda ikkita qurbonlik so‘yishi yetarlidir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:27:38
Savol: Nazr qilingan qurbonlik go‘shtini zimmiyga berishi joizmi?

Javob: Yo‘q, nazr qilingan qurbonlik go‘shtini sahih bo‘lgan qarashga ko‘ra zimmiyga berish joiz emas.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:27:49
Savol: Nazr qilingan qurbonlikning terisi nima qilinadi?

Javob: Nazr qilingan qurbonlikning terisi ham go‘shti kabi faqirlarga beriladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:27:58
Savol: Bir kimsa «Alloh uchun bolamni qurbonlik qilaman», desa nima qilishi kerak?

Javob: Imomi A’zam va Imomi Muhammadga ko‘ra bu holda u kimsa bir qo‘y yoki echki so‘yishi kerak. Abu Yusufga ko‘ra hech narsa lozim emas.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:28:07
Savol: Bir kimsa o‘zi va oila a’zolarining yeyishi sharti bilan qurbonlik nazr qilsa, nazr qilgan qurbonlikdan yeyishi mumkinmi?

Javob: Yo‘q, bir kimsa bunday shart bilan qurbonlik nazr qilgan bo‘lsa ham o‘zi va oila a’zolari nazr qilingan qurbonlikdan yeyishi joiz emas. Lekin nazr qilingan qurbonlikni so‘yishi kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:28:19
Savol: Kishi qiymatini faqirlarga berish sharti bilan atalgan qurbonlikdan bir miqdorini o‘z bolalariga yedirishi mumkinmi?

Javob: Yo‘q, qiymatini faqirlarga bersa ham nazr qilingan qurbonlikdan bolalariga yedira olmaydi. Agar joiz bo‘lmasa ham yedirgan bo‘lsa, yedirgan qiymatini faqirlarga berishi kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:28:36
Shukr qurbonligi

Savol: Shukr qurbonligi deb nimaga aytiladi?

Javob: Shukr qurbonligi deb bir ne’matga shukrona sifatida so‘yilgan qurbonlikka aytiladi. Masalan, bir kishi uy yoki mashina kabi bir molga sohib bo‘lganida so‘ygan qurbonligidir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:28:49
Savol: Qurbonlikdan egasi ham yeyishi mumkinmi?

Javob: Ha, shukr qurbonligidan egasi va oila a’zolarining yeyishi mumkin. Shuningdek, faqir bo‘lsin, boy bo‘lsin, xohlagan kishiga tarqatishi mumkin.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:29:01
O’lik (marhum nomidan) qurbonlik

Savol: O’lik qurbonligi deb nimaga aytiladi?

Javob: Savobini o‘lgan bir kimsaning ruhiga bag‘ishlash uchun so‘yilgan qurbonlikka aytiladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:29:21
Savol: O’lik qurbonligi necha qismga bo‘linadi?

Javob: O’lik qurbonligi ikki qismga bo‘linadi:

1   - vasiyatga binoan so‘yilgan: bir kimsaning tirikligida qilgan vasiyatiga binoan o‘lganidan keyin vorislari tomonidan molining uchdan biri asosida so‘yilgan qurbonlikdir. Qurbon hayiti kunlarida so‘yilishi kerak bo‘lgan bu qurbonlik go‘shtidan o‘lganlarning vorislari va boylar yeyishlari mumkin emas. Uning hammasi yo‘qsillarga tarqatilishi kerak.

2   - vasiyati bo‘lmasdan so‘yilgan: o‘lgan kishi vasiyat qilmagan bo‘lsa, merosxo‘rlari uning nomiga (ya’ni savobini unga atab) qurbonlik so‘yishlari shart emas. Biroq bir kimsa savobini o‘lgan onasiga, dadasiga yoki boshqa yaqinlariga bag‘ishlash uchun faqirlarga sadaqa bergani kabi, qurbonlik ham so‘yishi mumkin. Har qanday vaqtda so‘yilishi joiz bo‘lsa ham Qurbon hayiti kunlarida so‘yilishi afzal va savobliroq bo‘lgan bu qurbonlik go‘shtini faqirlarga sadaqa qilish mumkin. Shuningdek, undan egasi, oila a’zolari va boylar ham yeyishlari mumkin.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:29:36
Aqiqa qurbonligi

Savol: Aqiqa deb nimaga aytiladi?

Javob: Aqiqa, lug‘atda yangi tug‘ilgan chaqaloq boshidagi tukka, istilohda esa yangi tug‘ilgan o‘g‘il yoki qiz bola uchun Buyuk Allohga shukr qilish uchun so‘yilgan qurbonlikka aytiladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:29:48
Savol: Aqiqa qurbonligining hukmi nima?

Javob: Aqiqa qurbonligini so‘yish mubohdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:29:58
Savol: Aqiqa qurbonligi qachon so‘yiladi?

Javob: Aqiqa qukrbonligi bolaning tug‘ilgan kunidan voyaga yetgunicha so‘yilishi mumkin. Lekin yettinchi kuni so‘yilishi fazilatliroqdir. Tug‘ilganidan keyin yettinchi kuni bolaga ism qo‘yilib, sochi olinadi, kesilgan soch og‘irligi miqdoricha kambag‘allarga oltin yoki kumush sadaqa qilib berish mustahabdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:30:07
Savol: Aqiqa qurbonligining go‘shtidan sohibi yeyishi mumkinmi?

Javob: Aqiqa qurbonligining go‘shtidan sohibi yeya olishi boshqalarga yedirishi va sadaqa qilib tarqatishi ham mumkin.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:30:21
Hadyi qurbonligi

Savol: Hadyi qurbonligi deb nimaga aytiladi?

Javob: Hajga bog‘liq bo‘lib, Makkani o‘rab olgan Haram mintaqasida so‘yilgan qurbonlikka aytiladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:30:37
Savol: Vojib bo‘lgan hadyining muhimlari qaysilar?

Javob: Vojib bo‘lgan hadyining muhimlari shulardir: 1. shukr hadiysi, 2. jazo hadiysi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:30:47
Savol: Shukr hadiysi deb nimaga aytiladi?

Javob: Tamattu’ yoki qiron hajiga niyat qilganlarning so‘yishlari vojib bo‘lgan qurbonlikka aytiladi?
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:30:55
Savol: Jazo hadyisi deb nimaga aytiladi?

Javob: Sababsiz haj vojiblaridan birining tark qilinishi yoki vaqtida qilinmaganligi yoki ehrom ta’qiqlaridan birining buzilishi sababli vojib bo‘lgan qurbonlikka aytiladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:31:14
Savol: Hadyi qurbonligi qaerda so‘yiladi?

Javob: Hadyi qurbonligi Haram o‘lkasi hududida so‘yiladi. Biroq shukr hadyini Minoda so‘yilishi sunnatdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:31:29
Savol: Hadyi qurbonligi qachon so‘yiladi?

Javob: Jazo hadyisi har doim so‘yilishi mumkin. Shukr hadyisining hayit kunlarida so‘yilishi vojibdir. Abu Yusuf va Imomi Muhammadga ko‘ra shukr hadyini hayit kunlarida so‘yilishi vojib emas, sunnatdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:31:39
Savol: Hadyi qurbonligidan egasi ham yeyishi joizmi?

Javob: Shukr hadyisidan egasi yeyishi joiz, lekin jazo hadyisidan yeyishi joiz emas.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:31:48
Savol: Nazr qilingan, shukr, o‘lik, aqiqa va hadyi qurbonliklari uchun so‘yiladigan hayvonlarda qanday shartlar mavjud bo‘lishi kerak?

Javob: Hayvonning jinsi, yoshi, nuqsonli va nuqsonsiz bo‘lishi kabi qurbonlikda bo‘ladigan shartlarning hammasi bularda ham bo‘lishi kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:32:04
HAYVON (JONLIQ)NING SO’YILISHI

Savol: Shar’iy so‘yilish necha xil bo‘ladi?

Javob: Shar’ii so‘iilish ikki xil bo‘lib, iztirorii (zarur holatda) va ixtiyoriydir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:32:13
Savol: Iztiroriy so‘yish deb nimaga aytiladi?

Javob: So‘yiladigan bir hayvonni so‘yishdan ojiz qolgan holatda duch kelgan joyiga biror jarohat yetkazib, qonini to‘kib o‘ldirishga aytiladi. Quduqqa tushib ketgan va chiqarishning imkoni bo‘lmagan, qochib ketib tutqich bermaydigan yoki tajovuzkor hayvonlarning so‘yilishi shu turga kiradi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:32:25
Savol: Ixtiyoriy so‘yilish deb nimaga aytiladi?

Javob: Hayvonning jag‘iga ulangan joyi bilan ko‘kragiga ulangan joyi orasidagi har qanday bir joydan qoidaga muvofiq holda so‘yilishga aytiladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:32:37
So‘yishdagi kerakli shartlar

Savol: So‘yishda lozim bo‘lgan shartlar qaysilar?

Javob: So‘yishda lozim bo‘lgan shartlar shulardir:
1   - So‘ygan kishining musulmon yoki kitob ahli (yahudiy yoki xristian) bo‘lishi, musulmonning xotin yoki erkak, kitob ahlining zimmiy yoki harbiy bo‘lishining farqi yo‘q;
2   - «Bismilloh» aytilgan bo‘lishi;
3   - Bo‘ynidagi kesilishi kerak bo‘lgan tomirlarning kesilgan bo‘lishi.
Biroq bu shart ixtiyoriy so‘yilishda bordir; iztiroriy so‘yishda o‘ldiruvchining jarohat yetkazishi kifoya.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:32:47
Savol: So‘yish asnosida xristanlarning Masih otini, yahudiylarning Uzayr otini eslaganlari bilinsa, so‘yganlari yeyiladimi?

Javob: Yo‘q, bunday holatda so‘yganlari yeyilmaydi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:33:12
Savol: «Bismilloh» qaysi holatda aytilmasa so‘yilgan hayvonning go‘shti yeyilmaydi?

Javob: «Bismilloh» qasddan tark qilinsa so‘yilgan hayvonning go‘shti yeyilmaydi. Lekin unutilib yoki shart ekanligini bilmasdan tark qilinsa yeyiladi. So‘ygan musulmon bo‘lsa ham, kitob ahli bo‘lsa ham hukm bir xildir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:35:04
Savol: «Bismilloh»ning aytilgani yoki aytilmagani bilinmasa yeyiladimi?

Javob: Ha, yeyiladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:35:21
Savol: Bir kishi bir necha hayvonni birin-ketin so‘yadigan bo‘lsa, har biri uchun alohida «Bismilloh» aytishi kerakmi?

Javob: Ha, bu holatda har biri uchun alohida «Bismilloh» aytishi kerak. Biroq bir-birini ustiga yotqizib, hammasi birdan so‘yiladigan bo‘lsa, bir marta «Bismilloh» aytish kifoya.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:35:30
Savol: «Bismilloh» aytgandan keyin pichoqni almashtirish paytida «Bismilloh»ni qayta aytish kerakmi?

Javob: Yo‘q, pichoqning almashishi bilan «Bismilloh»ni qayta aytish kerakmas, lekin hayvon almashishi bilan «Bismilloh»ni qaytadan aytish kerak.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:35:48
Savol: Bo‘yinda qanday tomirlar bor?

Javob: Bo‘yinda ovqat quvuri, havo quvuri va ikki shohtomir bo‘lib, to‘rt tomir bor.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:36:16
Savol: Bulardan kamida nechtasini kesish kerak?

Javob: Imomi A’zamga ko‘ra kamida uchtasini (ovqat va havo quvurlari bilan shoh tomirlardan birini yoki ikki shohtomir bilan havo yoki ovqat quvurlaridan birini) kesish kerak. Abu Yusufga ko‘ra ovqat quvuri bilan havo quvurini va shohtomirlardan birining kesilishi shartdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:36:27
Savol: So‘yishda musulmon uchun «Bismilloh»ni aytish va tomirlarni kesish shart bo‘lganidek kitob ahli uchun ham shartmi?

Javob: Ha, so‘yishda «Bismilloh»ni aytish va tomirlarni kesish musulmon uchun shart bo‘lgani kabi kitob ahli uchun ham shart.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:36:45
Savol: So‘yilgan bir hayvonnig qornidan chiqqan bolasi yeyiladimi?

Javob: Imomi A’zamga ko‘ra so‘yilgan hayvonning qornidan chiqqan bolasining go‘shti yeyilmaydi. Chunki onasining so‘yilishi bolasining so‘yilishi hukmiga o‘tmaydi. Biroq Abu Yusuf va Imomi Muhammadga ko‘ra bolasining a’zolari paydo bo‘lgan bo‘lsa, so‘yilgan onasi qatori uning ham go‘shti yeyiladi. Chunki bola onasining bir parchasi hukmidadir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:36:55
Savol: Junub va hayz ko‘rganning qurbonlik so‘yishi joizmi?

Javob: Ha, junub va hayz ko‘rganning qurbonlik so‘yishi joizdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:37:07
Savol: Bolaning qurbonlik so‘yishi joizmi?

Javob: «Bismilloh» aytishning kerakligini tushunish va lozim shartlarni bajarish bilan bolaning qurbonlik so‘yishi joizdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:37:16
Savol: So‘yishda kekirdak suyagining bosh qismida qolishining hukmi nima?

Javob: Kekirdak suyagining bosh qismida qolishi sahih bo‘lgan qarashga ko‘ra sunnatdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:37:24
Savol: So‘yilgan hayvondan qon oqishi yoki hayvonning harakat qilishi kerakmi?

Javob: So‘yilgan hayvonning tirik ekani bilinmasa qonning oqishi yoki hayvonning harakat qilishi shart emas. Biroq hayvonning tirik ekani bilinsa bu holda qonning oqishi, hayvonning harakat qilishi keraklidir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:37:41
So‘yishdagi mustahablar

Savol: So‘yishdagi mustahablar qaysilar?

Javob: So‘yishdagi mustahablarning asosiylari shulardir:
1.   Kunduz kuni so‘yilishi;
2.   So‘yayotgan qassobning qiblaga yuzlanishi;
3.   So‘yilayotgan hayvonning qiblaga qaratilishi;
4.   Pichoqning o‘tkir bo‘lishi;
5.   Hayvonga yumshoqlik bilan muomala qilinishi;
6.   Qo‘y, echki va qoramolning chap yoniga yotqizilishi, tuyaning o‘ng tizzasi bog‘lanib oyoqda so‘yilishi;
7.   Hayvonning ensasidan emas, tomoq tarafdan so‘yilishi;
8.   Tomirlarining butunlay kesilishi;
9.   Tomirlarining tez kesilishi;
10.   Qo‘y, echki va qoramolning jag‘ tagidan, tuyaning bo‘ynidan so‘yilishi;
11.   Pichoqning bo‘yindagi qovurg‘a iligiga qadar kesib bormasligi;
12.   Kekirdak suyagining hayvonning bosh tarafida qolishi;
13.   Hayvonning joni to‘liq chiqqanidan keyin terisining shilinishi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:38:18
So‘yishdagi makruhlar

Savol: So‘yishdagi makruhlar qaysilar?

Javob: So‘yishdagi makruhlarning asosiylari shulardir:
1.   Kechqurun so‘yilishi;
2.   Oyoqlaridan sudralib so‘yiladigan joyga olib kelinishi;
3.   Qassobning qibladan boshqa bir tarafga qarab so‘yishi;
4.   So‘yilayotgan hayvonning qibladan boshqa bir tarafga qaratilishi;
5.   Hayvonga yumshoq muomala qilishga sa’y-harakat qilinmasligi;
6.   Butunlay tomirlarning kesilmasligi;
7.   Tomirlarning sekin kesilishi;
8.   O’tmas pichoq ishlatilishi;
9.   Kekirdak suyagining gavda qismida qolishi;
10.   Hayvonning ko‘zi oldida pichoqning qayralishi;
11.   Pichoqni bo‘yindagi qovurg‘a iligiga yetkazilishi;
12.   Hayvon hali o‘lim talvasasidayoq shilishni boshlanishi;
13.   Hayvonning ensasidan so‘yilishi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:38:51
HAYITNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O’RNI

Savol: Bayram (hayit) nimadir?

Javob: Bayram xursandchilik va sevinch kuni degani.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:39:02
Savol: Bayramning jamiyat hayotidagi o‘rni qanday?

Javob: Bayramning jamiyat hayotida afzal jihatlari bor. Zero, bayramlar musulmonlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan, birodarlik tuyg‘ularini oshiradigan, xafachiliklarni yo‘qotadigan muhim kunlardir. Jamoat holatida o‘qiladigan bayram namozlari birlik va barobarlikning eng go‘zal namunasidir. Bayram kunlarida ota-onamizni ziyorat qilib, qo‘llarini o‘pib, xayrli duolarini olishimiz kerak. Qarindosh, do‘st va qo‘shnilarimiz bilan bayramlashish va tabriklashish orqali aloqalarimizni kuchaytirishimiz lozim. Uchraganga salom berib, bayram bilan tabriklashimiz, kasallarni ziyorat qilib, shifo tilashimiz kerak. Atrofimizdagi faqirlarga, yetim-esirlarga yordam qo‘limizni cho‘zib, ularga bayram sevinchini sezdirishimiz kerak. O’liklarimiz uchun duo qilib, Qur’on o‘qishimiz kerak. Bolalarga sovg‘alar berib, ularni xursand qilishimiz kerak. Bularning barchasi jamiyatda o‘zaro sevgi va hurmat, yordamlashish va birdamlikni hosil qiluvchi go‘zal harakatlardir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:39:16
Tashriq takbirlari

Savol: Tashriq takbirlari qachon kerak bo‘ladi?

Javob: Tashriq takbirlari Qurbon hayitning Arafa kuni bomdod namozidan e’tiboran boshlanib bayramning to‘rtinchi kuni asr namozigacha davom etadi. Jami yigirma uch (23) vaqt bo‘lgan farz namozlaridan keyin: (Allohu akbar, Allohu akbar, La ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd) deb takbir aytiladi. Bunga «Tashriq takbirlari» deyiladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:39:31
Savol: Tashriq takbirlarining hukmi nima?

Javob: Tashriq takbirlarining aytilishi vojib.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:39:40
Savol: Tashriq takbirlari kimga vojib?

Javob: Farz namozini o‘qishga majbur bo‘lgan har bir kishiga tashriq takbirlarini aytish vojib. Bu xususda yolg‘iz namoz o‘quvchi va imomga ergashuvchi musofir va muqim, erkak bilan xotin orasida farq yo‘q.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:39:52
Savol: Bu yigirma uch vaqtdan qazo bo‘lgan namozlarning ham orqasidan tashriq takbirlari aytiladimi?

Javob: Ha, bu yigirma uch vaqt namozdan qay biri qazo bo‘lib, tashriq kunlari qazosi o‘qilsa orqasidan tashriq takbirlari aytiladi. Keyinroq (bir necha kun yo yillar o‘tib) qazosi o‘qilsa, tashriq takbirlari aytilmaydi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:40:05
Hayit namozi

Savol: Hayit namozi qachondan beri o‘qiladi?

Javob: Hayit namozi hijratning ikkinchi yilidan o‘qila boshlangan. Shar’iyligi kitob, sunnat va ijmo’ bilan sobitdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:40:14
Savol: Hayit namozining hukmi nimadir?

Javob: Hayit namozining hukmi vojibdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:40:24
Savol: Hayit namozining vojib bo‘lganligining dalili nima?

Javob: «Namoz o‘qi va qurbonlik qil» ma’noli oyati karima va Payg‘ambarimiz sallallohu alyhi vasallamning doimiy o‘qib va o‘qittirganliklari hayit namozining vojib bo‘lishining dalilidir.
 
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:40:32
Savol: Hayit namozi kimlarga vojibdir?

Javob: Hayit namozi juma farz bo‘lgan har bir kishiga vojibdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:40:44
Savol: Hayit namozining shartlari qaysilar?

Javob: Juma namozining sahih (to‘g‘ri va maqbul) bo‘lishi uchun kerakli shartlar hayit namozining sahih bo‘lishi uchun ham keraklidir. Biroq juma namozi uchun xutba o‘qish farz, hayit namozi uchun sunnatdir.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:40:53
Savol: Hayit namozi qachon o‘qiladi?

Javob: Hayit namozi bayramning birinchi kuni quyoshning bir yoki ikki nayza bo‘yi ko‘tarilganidan boshlab to zavol vaqtigacha o‘qiladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:41:07
Savol: Hayit namozi qanday o‘qiladi?

Javob: Jamoat bo‘lib o‘qiladigan hayit namozi uchun azon va iqomat aytilmay imom ikki rak’at Ramazon yoki Qurbon hayiti namoziga niyat qiladi. Jamoat ham «Ikki rak’at hayit namoziga, hozir bo‘lgan imomga ergashdim», deb niyat qiladi. «Allohu akbar» deb iftitah (avvalgi) takbiri aytiladi va qo‘llar bog‘lanadi. Hamma birlikda maxfiy «Subhanaka»ni o‘qiydi. Keyin imom jahriy, jamoat esa maxfiy «Allohu akbar» deb uch marta takbir aytadi. Takbir aytganda qo‘llar yuqoriga ko‘tarilib keyin yonga tashlanadi va takbirlar orasida uch tasbeh miqdori turiladi. Uchinchi takbirdan keyin qo‘llar yana bog‘lanadi. Imom «A’zu» va «Bismilloh»ni maxfiy aytib, keyin jahriy «Fotiha» surasi bilan Qur’oni karimdan bir miqdor o‘qiydi va jahriy «Allohu akbar» deb ruku’ va sajdaga ketadi. Jamoat ham maxfiy takbir aytib imomga ergashadi. Keyin yana takbir aytilib ikkinchi rak’atga turiladi. Imom «Bismilloh»ni maxfiy aytib, keyin yana jahriy «Fotiha» surasi bilan Qur’ondan bir miqdor o‘qiydi. Yana uch marta qo‘llar ko‘tarilib birinchi rak’atdagiga o‘xshab uch takbir aytiladi . Keyin imom yana jahriy, jamoat esa maxfiy «Allohu akbar» deb takbir aytib ruku’ va sajdaga ketiladi. Keyin o‘tirib «Attahiyot», «Solli ala», «Borik alo» va «Robbana» duolari maxfiy o‘qilib salom beriladi . So‘ngra Imom minbarga chiqib xutba o‘qiydi, orqasidan duolar qilinib namoz tugatiladi.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:41:28
Bayramda mustahab bo‘lgan narsalar

Savol: Bayramda mustahab bo‘lgan narsalar qaysilar?

Javob: Bayramda mustahab bo‘lgan narsalarning asosiylari shulardir:
1.   Bayram kechalarini ibodat bilan o‘tkazish;
2.   Bayram kunlarida barvaqt turmoq;
3.   Yuvinmoq (g‘usl qilmoq);
4.   Misvok ishlatish;
5.   Libosning yangi yo tozasini kiyish;
6.   Xushbo‘yliklar surtish;
7.   Ochiq chehra bo‘lish;
8.   Mutavoze’ (xoksor) bo‘lish;
9.   Ko‘p sadaqa bermoq;
10.   Bola-chaqaga saxiy bo‘lmoq;
11.   Masjidga viqor bilan ketmoq;
12.   Bayram namoziga ketayotganda Ramazon hayitida maxfiy, Qurbon hayitida esa pastroq ovoz bilan takbir aytib bormoq;
13.   Kuchi yetsa namozga yurib bormoq;
14.   Iloji bo‘lsa namozdan keyin boshqa yo‘l bilan uyiga qaytmoq;
15.   Ramazon hayitida Hayit namozidan oldin xurmo kabi shirin bir narsa yemoq;
16.   Qurbon hayitida esa namoz o‘qib bo‘lguncha biror narsa yemaslik.

* * *

Allohning irodasi ila ushbu tarjima hijriy 1426 yili zulqa’da oyining 19 kuni, melodiy 2006 yil dekabr oyining 20 kunida tugallandi. Alloh qabul aylasin.

Sayfiddin SAYFULLOH
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:42:49
MANBALAR

1.   Al-Bahrur-roiq. Sharhi Kanzid-daqoiq. Zayniddin Ibn Nujaym, Dorul-ma’rifa, Beyrut, 2 nashr.
2.   Badaiu’s-sano’iy fi tartibush-shara’iy. Aloiddin Abubakr bin Mas’ud al-Kosoniy. Dorul-kitabul-arabiy, Beyrut, 1982 (1402 h).
3.   Al-Binayatul fi sharhil-hidoya. Mahmud bin Ahmad al-Ayniy. Dorul-fikr, 1-nashr, 1981.
4.   Bug‘yatul-mustarshidin. Abdurrahmon bin Mahmud. Dorul-ma’rifa, Beyrut.
5.   Buyuk Islom Ilmiholi. O’.Nasuhi Bilman. Bilman nashriyoti, Istanbul.
6.   Jomi’ur-rumuz. Shamsiddin Muhammad al-Quhistoniy, Istanbul, 1300
7.   Durarul-hukkom fi sharhi g‘urarul-ahkom. Mulla Xusrav. Fazilat nashriyoti, Istanbul, 1979.
8.   Al-Anvar li a’molil-abror. Yusuf al-Ardabiliy. Al-maktabatit-tijariyya, Misr.
9.   Al-Fatavo al-Hindiyya. Shayx Nazzam. Doru Ihyoit-tirasiil arabiy, Beyrut, 3-nashr, 1980 (1410 h).
10.   Al-Fatavo al-hindiyya. Qozixon Mahmud al-O’zjandiy (al-Fatava al-Hindiyya hoshiyasida).
11.   Al-Fatava al-Bazzoziyya. Ibnul Bazzaz bin Muhammad bin Shihob (al-Fatava al-Hindiyya hoshiyasida).
12.   Fathul qadir (Sharhul-hidoya). Ibn Hummon Kamoliddin Muhammad bin Abdulvohid. Doru Ihyoit-tirasiil-arabiy, Beyrut.
13.   al-Fiqhu alal-mazohibil-arba’a. Abdurahmon al-Jazariy. Dorul-fikr, Beyrut.
14.   al-Fiqhul-islomiy va adillatuhu. Vahbiy Zuhayliy, Shom, 2-nashr, 1985 (1405 h).
15.   Hoshiyatul-jamal ala sharhil-manhaj. Sulaymon al-Jamol. al-Maktabatut-tijoriyya, Misr.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:43:08
10.   Hoshiyatul-Bajuriy. Shayx Ibrohim al-Bajuriy. Matbaatu mustafa al-Bobiy al-Halabiy, Misr, 1343.
11.   Hoshiyatush-Shurunbuloliy (Durarul-hukkom bilan birgalikda). Hasan bin Imad ash-Shurunbuloliy.
12.   al-Hadiyatul-aloiyya. Aladdin Obidin. Qahramon nashriyoti, Istanbul, 1984.
13.   Ionatut-tolibin. Muhammad Shato al-Dimyotiy. Matbaatu mustafa al-Bobiyal-Halabiy, 2-nashr, Misr, 1938 (1357h).
14.   Qurbonlik risolasi. Avliyo Afandi. Mehmet Xulusiy, Istanbul, 1320h.
15.   Islom dini. A.Hamdiy Aksekiy. Bashbaqanlik nashriyoti. Anqara, 1980.
16.   Al-Mabsut. Shamsiddin as-Saraxsiy. Chag‘ri nashriyoti, Istanbul, 1983 (1403 h).
17.   Majmaul-anhur fi sharhi multaqal-abhur. Damad Afandi. Abdulloh bin Muhammad. Doru ihyoit-tirasiil-arabiy, Istanbul, 1319 h.
18.   Mug‘niil-muhtoj ilo ma’rifati ma’onii alfozil-minhoj. Muhammad ash-Shirbiniy al-Xatib. Matbaatu Mustafo al-Bobiy al-Halabiy, Misr.
19.   Al-Muhazzab. Abu Ishoq Ibrohim bin Ali ash-Shiroziy. Matbaatu Iso al-Bobiy al-Halabiy, Misr.
20.   Nihoyatul-muhtoj bilan sharhi Minhoj. Shamsiddin Muhammad bin Ahmad ar-Ramliy, Matbaatu mustafa al-Babiyal-Halabiy. Misr, 1967 (1386 h).
21.   Raddul muxtor. Ibn Obidin Muhammad Amin. Matbaatu Mustafa al-Bobiy al-Halabiy. Misr, 2-nashr, 1966 (1386h).
22.   At-Tahtaviy ala Maroqiil-faloh. Ahmad bin Muhammad at-Tahtoviy. Asosiy nashriyot, Istanbul, 1985.
23.   Tabyinul-haqoiq sharhu kanzid-daqoiq. Faxriddin Usmon bin Ali az-Zayla’iy. Dorul-ma’rifa, 2-nashr, Beyrut.
24.   Tuhfatul-muhtoj bi sharhil-minhoj. Shahobiddin Ahmad bin Hajar al-Haytamiy. Al-Maktabatul-islomiyya, Istanbul.
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: Laylo 02 Noyabr 2007, 07:56:21
MUNDARIJA

Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85193#msg85193)
Qurbonlikning ta’rifi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85195#msg85195)
Qurbonlikning shar’iyligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85196#msg85196)
Qurbonlikning tarixi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85198#msg85198)
Qurbonlikning hukmi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85199#msg85199)
Qurbonlikning vojibligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85201#msg85201)
Qurbonlikning xillari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85210#msg85210)
Qurbonlik qilinadigan hayvonlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85213#msg85213)
Qurbonlikda yoshni hisobga olish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85214#msg85214)
Qurbonlikda sherikchilik qilish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85215#msg85215)
Sherikchilikda talab qilinadigan shartlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85219#msg85219)
Afzal bo’lgan qurbonlik qurbonlikning ruknlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85225#msg85225)
Qurbonlik sahih bo‘lishining shartlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85228#msg85228)
Qurbonlikka mone’ bo‘ladigan qusurlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85229#msg85229)
Qurbonlik qilishning vaqti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85243#msg85243)
Vaqtida so‘yilmagan qurbonlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85250#msg85250)
Qurbonlikning so’yilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85253#msg85253)
Qurbonlikning go‘shti (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85254#msg85254)
Yeyish mumkin bo‘lmagan qismlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85257#msg85257)
Sherikchilik bilan qilingan qurbonlik go‘shtining taqsimi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85258#msg85258)
Qurbonlikning terisi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85261#msg85261)
Qurbonlikning mustahablari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85263#msg85263)
Qurbonlikning makruhlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85264#msg85264)
Qurbonlik bilan bog’liq turli masalalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85265#msg85265)
Qurbonlikning boshqa turlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85302#msg85302)
Atalgan (nazr) qurbonlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85303#msg85303)
Atalgan qurbonlik bilan bog‘liq turli masalalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85307#msg85307)
Shukr qurbonligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85317#msg85317)
O’lik (marhum nomidan) qurbonlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85319#msg85319)
Aqiqa qurbonligi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85321#msg85321)
Hady (hajdagi) qurbonlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85325#msg85325)
Hayvon (jonliq)ning so’yilishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85333#msg85333)
So‘yishdagi asosiy shartlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85336#msg85336)
So‘yishdagi mustahablar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85350#msg85350)
So‘yishdagi makruhlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85351#msg85351)
Hayit va hayitning jamiyat hayotidagi o’rni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85352#msg85352)
Tashriq takbirlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85354#msg85354)
Hayit namozi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85358#msg85358)
Bayramda mustahab bo‘lgan amallar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85365#msg85365)
Manbalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.msg85366#msg85366)
Nom: Re: QURBONLIK RISOLASI. Xasup Asutay
Yuborildi: AbdulAziz 02 Dekabr 2007, 01:50:09
Qurbonlik risolasi

(http://www.ziyouz.com/images/books/qurbonlik.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=79)

Muallif: Hasip Asutay

Hajmi: 121 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=79)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1796.0)