forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Foniy 09 Noyabr 2007, 11:28:18

Nom: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 09 Noyabr 2007, 11:28:18
Assalomu alaykum va rahmatullohi taolo va barokatuhu!
Barcha olamlar robbi Olloh subhonahu va taologa cheksiz hamdu sanolar, payg'ambarimiz Muhammadga(SAV) u zotning ahli-oilalariga, sahobai-kiromlariga cheksiz salovotu salomlar bo'lsin, Omin!

"Axloq-odobga oid hadis namunalari"
Hamidulla HIKMATULLAYEV, Abdulaziz MANSUROV

Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan!

Rasululoh(SAV) dedilar:

1. Ilmning ofati - esdan chiqarmoqlik va ilmga rag'bati bo'lmagan kishilarga o'rgatib, uni zoye ketkazmoqlikdir.

2. Qizlarni turmushga chiqarish to'g'risida onalari bilan maslahatlashinglar.

3. Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg'on so'zlash, va'dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish.
Nom: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 10 Noyabr 2007, 10:05:47
4. Chaqirilgan joygagina boring.

5. Nafaqa1 va sadaqa berishda avval o'zingdan boshla. Agar biror narsa ortsa, ahli ayolingga2 ber. Yana  biror narsa ortib qolsa, qarindoshlaringga ber. Ulardan ham ortsa boshqalarga ber.

6. Halol va ruxsat etilgan narsalar ichida Tangriga xush kelmaydigani - taloqdir.

1 Nafaqa - bu yerda moddiy yordam ma'nosida.
2 Ahli ayol - oila a'zolari
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 19 Noyabr 2007, 10:43:10
7. Odamlar ichida Tangriga yoqimsizrog'i - ashaddiy dushmanlik qiluvchidir.

8. Bid'at-xurofotga berilgan odam to ularni tark etmaguncha, uning qilgan savobli ishlarini Tangri qabul qilmaydi.

9. Taomni sovitibroq iste'mol qilinglar, issiq-qaynoq taomda baraka bo'lmaydi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 20 Noyabr 2007, 09:24:04
10. Har bir qavmning qiz farzandidan tug'ilgan bola ham shu qavmga mansubdir3.

11. Qora tanli xalqlarni ham do'st tutaveringlar, zero ulardan uchtasi jannat ahlining ulug'laridan bo'lurlar: 1. Luqmoni Hakim. 2. Najoshiy4. 3. Muazzin Bilol Habashiy5.

12. Qalbing muloyim, hojating ravo bo'lishini xohlaysanmi? Xohlasang yetimlarga mehribon bo'l, ularning boshini sila, o'z taomingdan ularga yedir. Shunda diling yumshab, hojating ravo bo'lur.

3 Qadimiy arab qabilalarida qizdan tarqalgan farzandlarni qarindosh hisoblamaslik odat bo'lgan.

4 Najoshiy - qadimgi habashistonlik musulmon podshoh.

5 Bilol Habashiy - ozod etilgan habash qul, payg'ambarimiz Muhammadning(SAV) doimiy muazzinlari bo'lgan.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 21 Noyabr 2007, 09:20:58
13. Qo'y boqinglar, chunki u barakadir.

14. Chaqimchilik nima, bilasizlarmi? U - odamlarning gaplarini (ularning o'zaro munosabatlarini buzish niyatida) bir-birlariga tashimoqlikdir.

15. Harom narsalardan saqlaning - odamlar ichida ibodatlirog'i bo'lasiz. Tangrining taqsim qilgan rizqiga rozi bo'ling - odamlarning boyrog'i bo'lasiz. Qo'shningizga yaxshilik qiling - tinch bo'lasiz. O'zingiz sevgan narsani odamlarga ham ravo ko'ring - salomat yurasiz. Ko'p kulmang. Ko'p kulish dilni o'ldiradi6.

6 Ya'ni susaytiradi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 22 Noyabr 2007, 09:19:27
16. Tangridan qo'rqing. Yaxshi va xayrli ishlarning birortasini kichik sanamang, suv so'ragan kishining idishiga chelakdan suv quyib berish bilan yoki birodaringizni ochiq yuz bilan qarshi olish bilan bo'lsada, ezgulik qiling. Kibr yuzasidan ishtonni uzaytirib kiyishlikdan saqlaning7. Tangri kibrni yomon ko'radi. Agar sizni biror kishi haqoratlasa va sizda yo'q ayblar bilan ayblasa, uni unda bor ayblar bilan ayblamang, uni qo'yavering, shunda gunohi unga, savobi sizga bo'lur. Hech kimni haqoratlamang!

17. Tangridan qo'rqinglar va farzandlaringizga bir xil mehrda bo'linglar! (Ularga kiyim va taomlarni barobar taqsimlanglar).

18. Ikki kishiga Tangri qiyomat kuni rahmat nazari bilan boqmaydi: 1. Qarindosh uryg'idan uzilib ketgan kishiga. 2. Yomon qo'shniga.

7 O'sha davrda kibrning asosiy belgilaridan biri lozimni haddan tashqari uzun kiyish bo'lgan.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 23 Noyabr 2007, 09:22:53
19. Ikki kishi bir kishidan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to'rt kishi uch kishidan yaxshi, ko'pchilik bilan birga bo'linglar. Tangri ummatlarimni faqat to'g'ri yo'lda borishlikka birlashtiradi.

20. Halokatga olib boruvchi yetti xil gunohdan saqlaninglar:
  1. Tangriga shirk keltirmoq8.
  2. Sehr ishlari bilan shug'ullanmoq.
  3. Birovni nohaq o'ldirmoq.
  4. Sudxo'rlik.
  5. Yetimlar molini yemoq.
  6. Vatan mudofaasi uchun bo'layotgan urushdan qochmoq.
  7. Erli, mo'mina, iffatli ayollarni fohisha deb haqoratlamoq.

21. Odamlarni yuziga urishdan saqlaninglar.

8 Tangrini birdan ortiq demoqlik va undan boshqalarda ham ilohiy kuch bor deb bilmoqlik.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 26 Noyabr 2007, 10:57:36
22. Aroqdan saqlaninglar, chunki u barcha yomonliklarning kalitidir.

23. Tangri nazdida eng yaxshi gap - rost gapdir.

24. Tangri nazdida eng ma'qul jihod9 - zolim podshohga aytilgan haq so'zdir.

9 - Jang
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 27 Noyabr 2007, 09:47:18
25. Tangri nazdida bandalarning eng yaxshisi o'z ahli-ayoliga foydasi ko'p tegadigan kishidir.

26. Tangri nazdida uylarning yaxshirog'i - yetimlar izzat qilinadigan uydir.

27. O'zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko'r!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 28 Noyabr 2007, 09:48:09
28. Do'stingni yengilroq sevginki, kuni kelib dushman bo'lib qolishi ham mumkin. Dushmaningga ham yengilroq adovat qilginki, kuni kelib do'st bo'lib qolishi ham mumkin.

29. Dehqonchilik qilinglar, chunki dehqonchilik barakali ishdir. Dehqonchilikni qo'riqlovchi soqchilarni ko'paytiringlar!

30. Liboslaringizni chiroyli qilinglar, ot-ulovlaringizni yaroqli tutinglar! Yuzdagi xoldek odamlarga namuna bo'linglar!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 29 Noyabr 2007, 09:36:41
31. Ikki jag’ingiz va ikki oyog’ingiz o’rtasidagi a’zolaringizni tiying!

32. O’zimdan keyin qoladigan ummatlarim uchun uch narsadan qo’rqaman:
   1. Nafsu havoga berilib, yo’ldan ozishidan.
   2. Nafsoniy va shahvoniy hissiyotga berilib ketishidan.
   3. Ilmu ma’rifatga ega bo’laturib, g’ofillarning ishini tutishidan.

33. Otangiz vafotidan keyin uning do’stlari bilan aloqani davom ettiring. Ular bilan aloqani uzsangiz, Tangri sizning nuringizni o’chiradi10.

10 Obro’-e’tiboringizni pasaytiradi, ma’nosida
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 30 Noyabr 2007, 09:18:31
34. Amirning sovg'a olishi harom va qozining pora olishi dindan chiqishdir.

35. Ummatlarim uchun eng qattiq qo’rqqan jihatlarim: qorin solib semirish, seruyqulik, dangasalik va sust e’tiqodda bo’lishdir.

36. Omonat qo’ygan kishining omonatini o’z vaqtida ado eting. Haqqingizga xiyonat qilgan kishiga siz xiyonat qilmang!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Dekabr 2007, 09:39:45
37. Iloji boricha odamlarni oily jazoga tortmaslikka harakat qilinglar. Lekin oily jazolar ham butunlay bekor qolmasin.

38. Yov tomondan biror kishi o’z joniga omonlik so’rab kelsa, uni o’ldirmang.

39. Qaysi birlaringga qozilik lavozimini o’tashlik to’g’ri kelib qolsa, jahlu g’azab kelganda hukm chiqarilmasin, xusumat bilan kelganlarga qarashda, ularni o’tqazishda va ularga imo-ishora qilishda barobar bo’linsin.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 03 Dekabr 2007, 09:43:47
40. O’t-o’chog’iga yarab turgan xodimi o’z xo’jayiniga taom tayyrolab kelganda uni o’zi bilan birga (ovqatga) o’tqazsin. Agar birga o’tqazmasa, bir-ikki osham nasiba bersin.

41. Biror qabilaning ulug’ kishisi yoki boshlig’i kelsa, sizlar ham uni izzat-ikrom qilinglar.

42. Ziyoratingizga kelgan odam hurmatini joyiga qo’yinglar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 04 Dekabr 2007, 09:36:58
43. Kim-kimni do’st tutsa, shu sevgisini bildirib qo’ysin.

44.Kimniki Tangri do’st tutib qolsa, odamlarning unga hojati tushadigan qilib qo’yadi.

45. Qachonki Tangri biror podshohga yaxshilikni xohlasa, unga sodiq vazir baxsh etadi: u unutgan paytda eslatadi, eslagan paytda yordamlashadi. Agar Tangri podshohga yomonlikni istasa, unga yomon vazir ato qiladi: u unutsa eslatmaydi, eslasa yordamlashmaydi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 05 Dekabr 2007, 09:54:05
46. Uyqudan uyg’ongan odam qo’lini to uch marta yuvmaguncha idishga tiqmasin, chunki u qo’li qayerlarda tunaganini bilmaydi.

47. Qaysi bir ayolga uylanish dilga tushib qolsa, oldin uni bir ko’rishlik yomon emas.

48. Qaysi birlaringiz namozda odamlarga imom bo’lib qolsangiz, namozning (qiroatini) yengil o’qing! Chunki ular ichida yosh bolalar, keksalar, zaif kishilar, bemorlar va hojatmand kishilar bordir. Ammo o’zingiz yakka o’qiganda xohlagancha uzoq o’qiyvering!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 06 Dekabr 2007, 09:40:41
49. Qachonki xayolingizdan biror shubhali fikr o’tsa, uni tark eting!

50. Agar gunoh ish maxfiy qilinsa, faqat egasigina zarar ko’radi. Oshkora qilinganda esa hamma zarar ko’radi.

51. Biror kishi gapirgan paytida u yoq-bu yoqqa qarab qo’ysa, demak bu gap omonatdir11.

11 Omonat — bu yerda maxfiy, faqat o’ziga aytilayotgan ma’nosida.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Dekabr 2007, 10:00:12
52. Qaysi biringizga Tangri bir kasb sababli rizq yetkazib turgan bo’lsa, o’sha kasbning o’zi o’zgarmaguncha shu kasbni tashlamang.

53. Savobli ish qilganingizda xursand bo’lsangiz, gunoh ish qilganingizda esa xafa bo’lsangiz, demak, siz haqiqiy mo’mindirsiz.

54. Biror kishidan "œOdamlar buzilib ketdi", degan gapni eshitsangiz, bilingki, o’sha odamning o’zi buzilgandir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 10 Dekabr 2007, 09:41:07
55. Qo’shnilaringiz sizni yaxshi odam deyishayotgan bo’lsa, demak, siz yaxshisiz. Agar ular sizni yomon odam deyishayotgan bo’lsa, demak, siz yomon odamdirsiz.

56. Mendan rivoyat qilingan biror hadisni eshitganlaringizda dillaringizga tanish, badanlaringizga ta’sir qiladigan va aqllaringizga sig’adigan bo’lsa, demak, u mening aytgan hadisimdir. Ammo eshitgan hadislaringiz buning aksidek bo’lsa, demak, u mening aytgan hadisim emasdir.

57. Bir joyda vabo kasali bor deb eshitsalaring, o’sha joyga kirmanglar. Agar sizlar yashayotgan joyga vabo kelsa, o’sha yerdan qochib chiqib ketmanglar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Dekabr 2007, 09:56:13
58. Qaysi bir xalqdan qirq kishi va undan ziyod odamlar biror ishga guvohlik bersalar, Tangri ularning guvohliklarini qabul etadi.

59. Qaysi bir mo’min ikkinchi bir mo’min birodari boshiga tig’ ko’tarsa, Tangrining farishtalari to o’sha tig’ni qaytarib o’rniga qo’ymaguncha la’nat aytib turadilar.

60. Qachonki biror gunoh ish qilib qo’ysangiz, uni yuvish uchun orqasidan bir savobli ish ham qilib qo’ying!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 12 Dekabr 2007, 13:40:59
61. Qaysi birlaringda jahlu g’azab qo’zisa, darhol u sukut saqlashga o’tsin.

62. Qaysi birlaringda jahlu g’azab tik turgan paytida kelsa, darhol u o’tirib olsin. Agar shunda ham g’azab ketmasa, yotib olsin.

63. Qachonki mo’minlar o’rtasida fitna fasod kuchaysa, yog’ochdan qilich qilib ol!12

12 Shahar hokimiga aytilgan hadis.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 13 Dekabr 2007, 09:18:51
64. Podshohlaringiz yaxshi, boylaringiz saxiy va ishlaringiz bamaslahat bo’lsa, sizlar uchun yerning ostidan ko’ra usti afzaldir. Aks holda yerning ustidan osti afzaldir.

65. Agar uch kishi bo’lsangizlar, ikkitalaringiz alohida uchinchi shaxsga eshittirmay pichirlab gaplashmanglar, chunki bu uni ranjitadi.

66. Qaysi birlaringiz o’zingizdan boyroq yoki axloqliroq odamni ko’rib qolsangiz, darhol o’zingizdan kambag’alroq va axloqsizroq odamlar ham borligini eslang.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 14 Dekabr 2007, 08:25:00
67. Dunyodan o’tib ketganlarning faqat yaxshi sifatlarini yod etinglar. Yomon sifatlaridan tilingizni tiyinglar.

68. To’rt toifa odamlarni Tangri yomon ko’radi: qasamxo’r savdogarni, takabbur kambag’alni, zinokor keksani va zolim podshohni.

69. Tishlaringizni misvok13 bilan tozalab yuringlar va tozalikka odat qilinglar. Takror-takror qilinadigan maxsus ishlarni toq bajaringlar, zero Tangrining o’zi toq, toq ishlarni yaxshi ko’radi.

13 Tish tozalagich
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Dekabr 2007, 12:48:38
70. O’lim kelmasidan burun tayyorgarligingizni ko’rib qo’ying.

71. Odamlarga yaxshilik qilish va qarindoshlar bilan yaqin aloqada bo’lib hol-ahvol so’rashib turish — bu savobi tez tegadigan xayrli ishlardandir. Zulm va qarindoshlardan uzilib ketishlik esa jazosi tez bilinadigan yomon ishlardandir.

72. Hamma ishlaringizda to’g’ri bo’ling, odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli bo’lsin!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 17 Dekabr 2007, 09:15:20
73. Odamlarga keng qalbli bo’linglar, shunda odamlar ham sizlarga shunday bo’lurlar.

74. Garchi sizlarga qora mayiz kabi qop-qora boshli habash qul boshliq qilib saylangan bo’lsa ham, unga quloq solinglar va itoat qilinglar.

75. Bu dunyoda odamlarga qattiq azob beradigan kishilarni Tangri qiyomat kuni qattiq azoblaydi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 18 Dekabr 2007, 09:29:20
76. Odamlarga shukur qiliuvchilar Tangriga ham shukur qiluvchilardir.

77. Ahmoqdan uzoqlashing.

78. Besh xil xislatga kafil bo’linglar, toki men sizlar uchun jannatga kafil bo’lay: 1. Meroslaringizni taqsimlashda bir-birlaringizga xiyonat va zulm qilmanglar. 2. Odamlarga o’zlaringizcha insof qilinglar. 3. O’lja taqsimotida xiyonat qilmanglar. 5. Zulm qiluvchilardan mazlumlar haqini undirib beringlar!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 20 Dekabr 2007, 09:28:25
79. Odamlarga taom yediringlar va shirin so’z bo’linglar.

80. Ochlarga ovqat bering, bemorlarni borib ko’ring va hojatmandning hojatini chiqaring.

81. Garchi Xitoyda bo’lsa ham ilmga intilinglar, chunki ilm olishga harakat qilish har bir mo’minga farzdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 21 Dekabr 2007, 20:15:35
82. Kasbning eng yaxshisi kishining o’z qo’li bilan bajaradigan ishi va halol savdodir.

83. Uyquga ketishdan oldin chiroqlarni o’chirib, darvozalarni berkitib, suv idishlari va oziq ovqatlarning ustini yopib qo’yinglar. Yopgani narsa topolmasanglar, idishlar ustiga biror cho’p bo’lsa ham tashlab qo’yinglar.

84. Yaxshilikni chehralari ochiq, xushro’y odamlardan kutinglar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 22 Dekabr 2007, 13:02:13
85. Uchrashganda qaysi birlaringiz birinchi bo’lib salom bersangiz, o’sha odam Tangriga ham itoatliroqdir.

86. Yerni turli nomlariga qarab tanib olish mumkin bo’lganidek, do’stni ham do’stiga qarab bilib olsa bo’ladi.

87. Zotu nasablaringizni (avlod va ajdodlaringizni) yaxshi tanib olinglar, toki qarindoshlar bilan aloqa yaxshi bo’lsin. O’zi yaqin turgani bilan o’zaro muruvvati14  bo’lmasa, uning yaqinidan foyda yo’q. O’zi uzoq turgani bilan bir-biriga muruvvati yaxshi bo’lsa, uzoqligining zarari yo’q.

14 Arabchasi: silai rahm
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 24 Dekabr 2007, 09:23:49
88. Xotinlarning barakalirog’i — sarf-xarajatni kamroq talab qiladiganidir.

89. Odamlar ichida xotin kishiga nisbatan haqlirog’i uning eridir. Erkak kishiga nisbatan odamlarning haqlirog’i — bu uning onasidir.

90. Beshta narsadan oldin beshta narsani g’animat biling: o’limdan oldin tiriklikni, betoblikdan oldin salomatlikni, bandlikdan oldin bo’sh vaqtni, keksalikdan oldin yoshlikni, faqirlikdan oldin boylikni g’animat biling.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Dekabr 2007, 09:11:54
91. Bir-birlaringiz bilan salomlashib yuringlar. Shunda ortalaringda mehru muhabbat uyg’onur.

92. Salomlashib yuringlar, odamlarga taom yediringlar, Tangri buyurgandek o’zaro birodar bo’linglar.

93. Tangriga imon keltirishdan keyingi amallarning afzali — bu odamlar bilan do’stlashishdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 26 Dekabr 2007, 09:25:41
94. Imonning afzali — sabr va keng qalbli bo’lishdir.

95. Sadaqaning afzali sog’lom vaqtida, xasislik qiladigan, yashashni xohlaydigan va faqirlikdan qo’rqadigan holida qilingan sadaqadir. Sadaqa qilishni uzoqqa cho’zmang, joningiz xalqumingizga kelganda molimning bunchasi falonchiga, unchasi pistonchiga, deganingiz bilan foydasi yo’qdir, chunki u paytda siz aytmasangiz ham molingiz falonchilarniki bo’lur.

96. Sadaqaning afzali yetarli boyligi bolaturib qilinadiganidir. Pastdagi oluvchi qo’ldan yuqoridagi beruvchi qo’l yaxshidir. Xayru sadaqani o’z oilangizdan boshlang.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 27 Dekabr 2007, 09:27:47
97. Sadaqaning afzali chanqoq odamlarga suv ulashmoqlikdir.

98. Sadaqaning afzali mo’min kishi ilm o’rganib, so’ng boshqa mo’min birodarlariga ham o’rgatishidir.

99. Mo’minlarning afzali xulq-atvori yaxshilaridir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 28 Dekabr 2007, 09:10:30
100. Kimgaki aqlu idrok nasib etilgan bo’lsa, demak, u omadlidir.

101. Qur’onni o’qib unga amal qilinglar. Undan uzoqlashib ham ketmanglar, uning ma’nosiga chuqur ma’no beraman deb xato va mubolag’aga berilib ketmanglar. Uni tirikchilik vositasi qilib olib, molu dunyo orttirib olishga ham o’tmanglar.

102. Boylarning uyiga kamroq kiringlar, aks holda Tangrining sizlarga bergan ne’matlarini pisand qilmagan bo’lasizlar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Yanvar 2008, 13:39:27
103. Uzr so’rashlikni15  kamroq qiling.

104. Obro’li kishilarning xato va kamchiliklarini kechiringlar, katta gunohlar bundan mustasno.

105. Tangrining hadlarini16  qarindoshu begonaga barobar joriy qilinglar. Tangri yo’lidagi barcha ishlaringizda malomatchilarning malomati (sizni) to’xtatib qolmasin.

15 Uzr so’raladigan ishni.
16 Tangri belgilab qo’ygan jazolarni.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 03 Yanvar 2008, 09:46:52
106. Gunohning kattasi: Tangriga shirk keltirmoqlik17, nohaq qon to’kmoqlik, ota-onaga oq bo’lmoqlik va yolg’on guvohlik bermoqlik.

107. Bu dunyoda bema’ni gaplarni ko’p gapiradigan odamning gunohi qiyomat kuni ko’p bo’lur.

108. Lazzatlarni yo’qotuvchi narsa (o’lim)ni ko’proq eslanglar. Kimki, kambag’allikda o’limni ko’proq eslasa, boy bo’lur, boylikda o’limni kamroq eslasa, qashshoq bo’lur.

17 Tangrini birdan ortiq demoqlik va undan boshqalarda ham ilohiy kuch bor deb bilmoqlik.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 04 Yanvar 2008, 09:52:39
109. Inson xatoni ko’proq o’z tili bilan sodir qiladi.

110. Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangizlar.

111. Nonni e’zozlanglar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 05 Yanvar 2008, 14:05:39
112. Imon jihatdan mo’minlarning komilrog’i — xulqi yaxshi bo’lgani va xotinlarga yaxshi muomala qiladiganidir.

113. Ogoh bo’lingki, g’azab bamisoli inson ichidagi yonib turgan cho’g’dir. Bilasizlarki, g’azabi kelgan kishining ko’zlari qizarib, tomirlari shishib ketadi. Agar birortalaringiz shunday holatga tushib qolsalaringiz yerga o’tirib olinglar! Ogoh bo’lingki, odamlarning yaxshisi — g’azabi sekin kelib, asliga tez qaytadiganidir. Ularning yomoni esa g’azabi tez kelib, asliga sekin qaytadiganidir. G’azabi sekin kelib, sekin ketsa yoki tez kelib tez ketsa, bu ham durust. Ogoh bo’lingki, savdogarlarning yaxshisi savdo-sotiq ishlarida xushmuomala bo’ladi, yomoni esa qo’pol muomalali bo’ladi. Ana shunday xislatlardan loaqal bittasiga ega bo’lsa ham durust.

114. Ogoh bo’lingki, har bir xiyonatchi qiyomat kuni xiyonati miqdorida tanilish uchun bayroq ko’tarib yuradi. Ogoh bo’lingki, xiyonatning kattasi amirlarning xalq ommasiga qilgan xiyonatidir. Ogoh bo’lingki, haq gapni bilgan kishining u gapni gapirishiga odamlarning haybati to’sqinlik qilmasin! Ogoh bo’lingki, jihodlarning afzali zolim podshoh oldida aytilgan haq so’zdir. Ogoh bo’lingki, umringizning qolgan qismi, bamisoli yashab turgan kuningizning qolgan qismi kabidir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Yanvar 2008, 08:43:02
115. Avvalo onangga, yana onangga va yana onangga, so’ng otangga yaxshilik qil.

116. Tangri go’zaldir, go’zallikni yaxshi ko’radi.

117. Tangri afv etuvchidir va afv etuvchi kishilarni do’st tutadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 08 Yanvar 2008, 09:39:27
118. Tangri saxiydir, saxiylarni do’st tutadi. Axloqi oily kishilarni yoqtirib, axloqsizlarni yoqtirmaydi.

119. Qozilar zulm qilmasalar, Tangri ular bilan birgadir. Zulm qilishlari bilanoq o’zi ulardan uzoqlashib shaytonni qoldirib ketadi.

120. Tangri ummatlarimni zalolat18  ishiga birlashtirmaydi. Tangri ko’pchilikka yordam beradi. Kimki ko’pchilikdan ajralsa, do’zaxga yo’l olgan bo’ladi.

18 Zalolat — noto’g’ri yo’l.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 09 Yanvar 2008, 09:08:01
121. Tangri sizlarning tashqi ko’rinishlaringiz yoki molu dunyolaringizga emas, balki dillaringizga va ishlaringizga qarab baho beradi.

122. Tangri fahsh19  ishlarni qiluvchi va behayo so’zlarni gapiruvchi kishini yomon ko’radi.

123. Tangri birodarlariga qovog’ini solib qaraydigan kishilarni yoqtirmaydi.

19 Fahsh — buzuqchilik.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 10 Yanvar 2008, 09:36:11
124. Tangri g’am-tashvishli odamlarga yordam beradiganlarni do’st tutadi.

125. Tangri har bir ishda muloyimlikni yaxshi ko’radi.

126. Tangri aksirishlikni yoqtiradi, esnashlikni yomon ko’radi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Yanvar 2008, 09:17:25
127. Tangri o’z bandalari ichida g’ayratlisini yoqtiradi.

128. Tangri aytadiki, Men ikki sherikning, agar biri ikkinchisiga xiyonat qilmasa, uchinchisidurman. Agar xiyonat qilsa, ularning o’rtalaridan chiqib ketaman.

129. Tangri qiyomat kuni aytadi: "œEy inson farzandi! Betob bo’ldim, meni kelib ko’rmding". U odam aytadi: "œEy rabbim, sen butun olamning Parvardigori bo’la turib men seni qanday ko’rishim mumkin edi?" Tangri aytadiki: "œFalonchi odamni betobligida borib ko’rmading-ku, agar borganingda uning oldida meni topgan bo’lur eding. Ey inson farzandi! O’zing ovqatlanding, ammo meni yo’qlamading". Odam aytadi: "œEy rabbim, sen butun olamning podshohi bo’lsang-ku, men seni qanday ovqatlantirishim mumkin edi?" Tangri aytadi: "œFalon bandam muhtoj bo’lib oldingga borganida, sen uning hojatini ravo qilmading. Agar ravo qilganingda edi, o’sha yerda meni topgan bo’lur eding".
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 12 Yanvar 2008, 12:14:06
130. Tangri sizlarni otalaring nomi bilan qasam ichishdan qaytaradi.

131. Tangri ayollar bilan yaxshi muomalada bo’lishlaringni tavsiya etadi, chunki ular onalaring, qizlaring, xolalaringdir. Boshqa din ahllarining har biri qo’li ipga bormagan ayolga20  uylansa ham bir-birlaridan bezor bo’lib ajrashib ketmaydilar.

132. Qachonki amir odamlar orasiga shubha tushirsa, ularni buzib qo’yadi.

20 Chevarlik ishlarini bajara olmaydigan ayolga.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 14 Yanvar 2008, 10:22:14
133. Qachonki er o’z xotiniga va xotin o’z eriga qarashsa, Tangri ham ularga o’z rahmati bilan qaraydi. Bordiyu kaftini  kaftiga qo’ysa, barmoqlari orasidan gunohlari duv-duv to’kiladi.

134. Azayimxonlik, tumor taqmoqlik va sehru jodu bilan shug’ullanmoqlik Tangriga shirk keltirish bilan barobardir.

135. Sabrlilik musibatning birinchi daqiqalarida bilinadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Yanvar 2008, 09:58:07
136. Baxtli odam fitna-fasodlardan chetlab yuruvchi va musibatga sabr qiluvchi kishidir.

137. Gaplarning yomoni — bu yolg’onchilikdir, yolg’onni hazil bilan ham, jiddiy ham gapirib bo’lmaydi. Ota o’z bolalariga biron narsani va’da qilib, keyin uni bajarmay qo’ymasin! Rostgo’ylik ezgulikka boshlaydi, ezgulik esa jannatga. Yolg’onchilik yovuzlikka boshlaydi, yovuzlik esa jahannamga. Rostgo’y odamga yaxshi baho, yolg’onchi odamga yomon baho beradilar. Rostgo’y odam chin so’zi bilan borib-borib Tangri huzurida siddiq (so’zida sodiq) deb yozib qo’yiladi. Yolg’onchi ham borib-borib uning huzurida kazzob (yolg’onchi) deb yozib qo’yiladi. Chaqimchilik ham yomon illatdir, chunki u tufayli odamlar o’rtasi buziladi.

138. Fahsh ishlar, fahsh so’zlar islomda yo’q narsalardandir. Mo’min odamlarning yaxshisi — yaxshi xulqlisidir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Yanvar 2008, 09:45:24
139. Mo’min kishi o’zining yaxshi xulqi bilan kechasi qoim21  va kunduzi soimlar22  darajasiga erishadi.

140. Ayol diyonati yoki molu dunyosi, yoxud jamoli uchun nikoh qilinadi. Sen diyonatlisini tanlagin, baraka topgur!

141. Tilamchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir: 1. Xun to’lovchiga. 2. Og’ir qarzdorga. 3. Miskin-qashshoq kishiga.

21 Qoim — ibodat bilan bedor.
22 Soim — ro’zador.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 17 Yanvar 2008, 09:14:42
142. O’lim — dahshatli hodisadir. Qachonki tobutni ko’rsangiz darhol (hurmat yuzasidan) o’rinlaringizdan turinglar.

143. Bir mo’min bemor yotgan mo’min birodarlarini ko’rgani borsa, bosib o’tgan yo’llarida jannat bog’larida yurgandek bo’ladi.

144. Ummatlarim hech qachon zalolatli ishga birlashmaydilar. Qachonki odamlar o’rtasida ixtilofni sezsalaring, ko’pchilik tomonga o’tib olinglar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 18 Yanvar 2008, 09:14:48
145. Imonli odam va’daga vafodor bo’ladi.

146.    Mo’minlar bir-birlarining og’riqlariga sherik bo’lishlari kerak. Bu bosh og’riganda bamisoli butun tana og’rigani kabidir.

147. Kishilarning molini nohaq yeyishga o’ch odamlar qiyomat kuni do’zaxga mahkumdirlar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 19 Yanvar 2008, 13:01:39
148. Kishilar o’rtasidagi nizo va muammolar xususida to’g’ri fikr beradigan va odilona hukm chiqaradiganlar yaxshi odamlardir.

149. Har bir odamning amakisi izzat-hurmat va munosabatda o’z otasi kabidir23.

150. Senda Tangriga va Uning rasuliga ma’qul va mahbub ikki xislat bor: muloyimlik va og’irlik.

23 Amaki- ota o’rnidadir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 21 Yanvar 2008, 09:16:46
151. Haq (qarz) egasi gapirishga haqlidir.

152. Har bir narsaning avji bor. Omadi kelgan kishi o’zini to’g’ri tutib yursa, undan yaxshilik kutinglar. Mabodo shuhratparastlik va manmansirashga o’tsa, uni mukammal odam hisoblamanglar.

153. Yer yuzidagi ulamolar bamisoli osmondagi yulduzlar kabidir. Yerda ham, suvda ham ularga qarab yo’l topiladi. Yulduzlar botsa, yo’lchilar adashishi mumkin.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 22 Yanvar 2008, 09:07:01
154. Bergan narsasini qaytarib oladigan kishi go’yo it qayt qilgan narsasini yana qayta yeyaverishi bilan barobardir.

155. So'zda sehr bor, she'rda esa hikmat.

156. Sochi oqargan mo’ysafidni, Qur’onni yod olib, uning ma’nolariga behuda chuqur ketmagan va uni tark ham qilmagan qorilarni va odil podshohni hurmatlash — Tangrini ulug’lash bilan barobardir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 23 Yanvar 2008, 08:50:49
157. Ko’rmagan tushini ko’rgandek gapirib berish — yolg’onning yolg’onidir.

158. Avvalgi payg’ambarlarning so’zlaridan odamlarda qolgani: "œUyalmasang, xohlagan ishni qilaver!"

159. Mo’minning o’limidan so’ng ham (uning foydasiga) yozilib turadigan amallar: tarqatgan ilmi, qobil farzandi, meros qoldirgan Qur’oni, qurgan masjidi, mehmonxonasi, chiqargan suvi, sog’lik va hayotlik paytida qilgan sadaqasidir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 24 Yanvar 2008, 08:44:07
160. Sudxo’rlik gunohidan ham ashaddiyroq gunoh mo’min kishining obro’sini nohaq to’kishdir.

161. Sizlar odamlarni molu dunyolaringiz bilan mamnun qila olmaysizlar, balki ochiq yuz va yaxshi xulqlaringiz bilan minnatdor qilishlaringiz mumkin.

162. Baxtsizlik uch narsadadir: otda, xotinda va hovlida24.

24 Ya’ni: yomon ot, yomon xotin, yomon qo’shni ma’nosida.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Yanvar 2008, 08:36:50
163. Faqat xayrli va savobli ishlar buyurilganda, unga itoat qilish kerak.

164. Ayollarga erkaklar o’z tug’ishgan opa-singillari kabi bo’lishlari kerak.

165. Men ham sizlarga o’xshagan bir insondurman. Gumon bilan aytilgan so’z xato ham ham, to’g’ri ham chiqib qolishi mumkin. Lekin sizlarga Tangri aytgan deb biror xabarni yetkazsam, men hech qachon Tangri nomidan yolg’on gapirmagan bo’laman.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 26 Yanvar 2008, 10:16:32
166. Sizlardan oldin o’tgan qavmlar nima uchun halok qilinganlar? Chunki ular hurmatli odamlar o’g’rilik qilsa kechirganlar, ammo zaif va bechora hol odamni esa jazolaganlar.

167. Ikki kishining birga o’tirib qilgan suhbatidagi gaplari omonatdir. Suhbat qurgan kishilar Tangrining omonati bilan tarqagaylar. Suhbatdoshining sirini fosh qilish taqiqlangandir.

168. Men barcha yaxshi axloqni takomillashtirish uchun yuborilganman.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 28 Yanvar 2008, 09:23:44
169. Qalb — doimo o’zgarib turishi sababli qalb deb ataladi. Go’yoki u sahrodagi bir shoxchaga ilinib qolib, goh u yoqqa, goh bu yoqqa ag’darilayotgan barg kabidir.

170. Yaxshi odam bilan o’tirish go’yo mushku anbardek, yomon odam bilan birga bo’lish esa temirchining bosqoni kabidir. Mushku anbari bor kishidan xushbo’y hid taraladi, sen undan uni sotib olishing yoki xushbo’y hididan bahramand bo’lishing mumkin. Temirchining bosqoni esa kiyimingni kuydirib qo’yishi yoki loaqal undan qo’lansa hid yetishi mumkin.

171. Men la’nat aytishga emas, balki rahmat uchun yuborilgandirman.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 29 Yanvar 2008, 09:18:58
172. Men ham hazil-mutoyiba qilaman, lekin haq gapni so’zlayman.

173. Men odamlarning qalblariga yorib kirish yoki ularning qornilarini yorib ko’rish uchun buyurilmaganman.

174. Ikki zaif toifa, ya’ni yetim va ayol haqqini yemoqlikni sizlarga harom qilaman.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 30 Yanvar 2008, 09:37:58
175. Amirlik (podshohlik) nimaligini sizlarga aytsam, u birinchidan, malomatga qolish, ikkinchidan, pushaymonlik, uchinchidan, qiyomat kunidagi azobga qolish. Odil podshohlar bundan mustasno.

176. Ekmoq niyatida qo’lingizda ko’chat turgan paytda, bexosdan qiyomat-qoim bo’lib qolishi aniq bo’lib qolganda ham, ulgursangiz uni ekib qo’yavering.

177. Biror narsaga muhtojlik sezib, uni so’rash juda zarur bo’lib qolsa, solih, yaxshi odamlardan so’rangiz.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 31 Yanvar 2008, 09:24:29
178. Musibat yetganda sochini yulib, yuzini tirnab yoki kiyimini yirtib yig’laydiganlardan bezorman.

179. Men yetimning kafilligini olgan odam bilan jannatda birga bo’lurman.

180. Birodarlaringizga — xoh u zolim bo’lsin, xoh mazlum, yordam bering. So’radilar: "œMazlumga-ku yordam beramiz, zolimga yordam berishlik qanday bo’ladi?" Javob berdilarki: "œUni zulm qilishdan to’xtatib qolsangiz, shu unga qilgan yordamingiz bo’ladi".
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Fevral 2008, 09:04:30
181. O’zingga nazar qil. Sen qizil yoki qora tanli odamlardan afzal emassan, balki Tangridan qo’rqish va taqvo bilangina fazilating ziyoda bo’lishi mumkin.

182. Tangri senga bergan ne’matlarini o’zingga ham sarflagin!

183. Ko’pi mast qiladigan ichimlikning ozidan ham sizlarni qaytaraman.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 12:43:20
184. Bid’at-xurofotga berilganlar xalq va xaloyiqning yomonlaridir.

185. Vasiyat qilamanki, maxfiy ham va oshkora holda ham xudodan qo’rq, agar yomon ish qilib qo’ysang, uni yuvish uchun yaxshi, savobli ish ham qilib qo’y. Birovdan hech narsa so’rama, omonat tutma. Ikki kishining o’rtasida hukm chiqarma.

186. Sizlarga vasiyatim shuki, sahobalarimga, so’ng ulardan keyingilarga ergashinglar. Undan so’ng yolg’onchilik keng tarqaladi. Hatto odamlar so’ralmasa ham qasam ichib, yolg’on guvohlikka o’taveradilar. "¦Ogoh bo’lgingki, qaysi bir erkak biror ajnabiy ayol bilan xilvatda bo’lsa, ularning uchinchisi shaytondir. Doimo ko’pchilik bilan birga bo’linglar. Bo’linib ketishdan saqlaninglar. Shayton yolg’iz odam bilan birgadir. Ikki kishidan esa uzoqlashur. Kimki jannatning o’rtasiga tushishni xohlasa, jamoat bilan birga bo’lsin. Kimki o’zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo’lsa, demak, u haqiqiy mo’mindir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 13:43:19
187. Qo’shni bilan yaxshi aloqada bo’linglar!

188. Johiliyat25  davridagi ichgan qasamlaringizga vafo qilinglar. Islom dini qasamning kuchini ziyoda qiladi. Ammo islomda yangidan qasam joriy qilmanglar.

189. Nikoh to’yida bir qo’y so’yib bo’lsa ham ziyofat ber!

25 Islomdan ilgarigi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 13:56:14
190. Sizlarga kimlar jannat ahli bo’lishi to’g’risida xabar beraymi? Ular zaif bechoralar yoki Tangriga qasamyod qilsalar, albatta ustidan chiqadiganlar. Do’zax ahlidan xabar bersam, ular qattiq xusumat qiluvchi, mutakabbir odamlardir.

191. Sizlarga yaxshilaringiz bilan yomonlaringizdan xabar bersam, sizlarning yaxshilaringiz — yaxshiligi umid qilinadigan va yomonlikdan esa o’zini tiyadiganlaringizdir. Yomonlaringiz esa, yaxshiligidan umid qilinmaydigan, yomonligini tark etmaydiganlaringizdir.

192. Sizlarga ibodatning yengilrog’i va bajarilishi ham osonrog’idan xabar bersam, u xomushlik va xushxulqlikdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 13:59:24
193. Qiyomat kuni kimga do’zax o’ti harom bo’lishini aytaymi?! U yuvosh, muloyim, yaxshi muomalali, bir gapga oson kelishadigan odamdir.

194. Ro’za, namoz va sadaqa qilishdan ham afzal amaldan xabar beraymi?! U ikki kishini yarashtirib qo’yishdir. Birovlarning o’rtalarini buzish dinning qironidir26.

195. Oralaringizda eng kuchlilaring kimligini aytaymi?! U g’azabi kelganda o’zini tutib tura oladiganingizdir.

26 Ya’ni din qirg’indir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 14:02:32
196. Qilib qo’yib, so’ng uzr so’raladigan ishdan saqlan.

197. Quloqqa yomon eshitiladigan gapdan saqlan.

198. Ko’chada o’tirishdan saqlaninglar! Agar ko’chada o’tirsangiz, ko’chaning haqqini ado etinglar! Ya’ni ko’zlaringizni har kimga qaratmasdan, birovlarga aziyat bermasdan, salomga alik olib, amri ma’ruf (yaxshi ishlarga buyurish) va nahyi munkar (yomon ishlardan qaytarish) qilib o’tiringlar!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 14:07:14
199. Gumondan saqlaninglar! Zero, u yolg’on gapdan iboratdir. Bir-birlaringizni tekshirib josuslik qilmanglar. Mol-dunyo uchun musobaqa qilmanglar. O’rtalaringda hasad, adovat va arazlash bo’lmasin. Tangrining o’zaro birodar bandalari bo’linglar. Birov qo’ygan sovchi ustiga, to ular o’zaro bitishguncha yoki tark qilishguncha, sovchi yubormanglar.

200. Savdo-sotiqda ko’p qasam ichishdan saqlaninglar. Zero, u oldin ko’paytirib, so’ng barbod qiladi.

201. Dinda haddan tashqari g’uluv ketmanglar27. Chunki sizlardan ilgari o’tgan qavmlar dinda haddan tashqari g’uluvlari sababli halok bo’lganlar.

27 Ya’ni chuqur ketmanglar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 14:13:50
202. Bu ikki badbo’y o’simlikni (sarimsoq va xom piyoz) yeb masjidga kirishdan saqlaninglar. Mabodo yesanglar yaxshi pishirib, so’ng yenglar!

203. Odamlar orasida chaqimchilik va bo’hton gaplarni tarqatishdan saqlaninglar.

204. Har qanday hayvon terisi ham oshlansa, toza va pok bo’ladi28.

28 Odam va to’ng’iz terisi bundan mustasno.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 14:15:19
205. Qaysi bir odam halol kasb bilan molu dunyo topib, undan o’zining va Tangrining boshqa bandalarining oziq-ovqati va kiyim-kechagi uchun sarf qilsa, shularning hammasi unga sadaqa hukmida yoziladi.

206. E odamlar, Tangridan qo’rqinglar, rizqlaringizni yaxshi yo’l bilan topib yeyishga harakat qilinglar. Hech bir inson o’z rizqu nasibasini yeb tugatmaguncha olamdan o’tmaydi. Ertami, kechmi, bari bir unga o’z ulushi keladi. Shuning uchun tirikchilikni yaxshi yo’lga qo’yib, halolini olinglar, haromini qo’yinglar.

207. Sudxo’rlikda foyda oluvchi bilan uni beruvchining gunohlari barobardir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 14:16:14
208. Qaysi bir qavm boshlig’i o’z qo’l ostidagi odamlarga xiyonat qilib, ularni aldasa, u qiyomat kuni do’zaxga mahkum bo’ladi.

209. Qaysi bir ayolning uchta farzandi yoshligida olamdan o’tsa, ular qiyomat kuni unga do’zaxni to’sib turuvchi parda bo’ladi.

210. Surma ko’zni ravshan qilib, kipriklarni o’stiradi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 14:17:40
211. Maqbara va hammomdan boshqa yer yuzining hammasi namoz uchun yaroqlidir.

212. Oila nafaqasidagi tejamkorlik tirikchilikning yarmiga teng. Odamlar bilan do’stlashish aqlning yarmiga teng. Savol so’rash odoblarini bilish ilmning yarmiga barobar.

213. Izn uch martagacha so’raladi. Agar izn berilsa, kiring, yo’qsa qaytavering!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 14:19:44
214. Islom, ya’ni musulmonchilik oshkora narsadir, imon esa dildadir.

215. Omonatni saqlab, vaqtida qaytarish kishining rizqini ziyoda qiladi. Omonatga xiyonat qilish esa qashshoqlik keltiradi.

216. Tinchlik va xotirjamlik ikki ulug’ ne’matdirki, bundan ko’p odamlar mahrumdirlar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 14:20:34
217. Sabr va bardosh Tangridan, shoshqaloqlik esa shaytondandir.

218. Imon bilan amal bir-biriga juda yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas.

219. Barmoq bilan ko’rsatiladigan darajada shuhratga ega bo’lish — yomondir. Ammo Tangri uni takabburlikdan saqlasa, zarari yo’qdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 14:21:26
220. Zakotini ado etuvchi, mehmondo’st va musibatli kishiga hamdard bo’lgan odam baxillik va qizg’anchilikdan xalosdir.

221. Taomning barakasi — undan oldin va keyin qo’l yuvishdadir.

222. To’yda miskinlar qolib, faqat boy’largina yeb ketadigan taom yomon taomdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 14:22:15
223. Uyiga mehmon qo’nmaydiganlar yomon odamlardir.

224. Oddiy kiyim kiyish ham imondandir.

225. Barcha yaxshilik — xushxulqlikdadir. Barcha gunoh va yomonlik — dildagi g’ashlik va uyatli ishdadir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 14:23:48
226. Yaxshilik — nafsingiz taskin topib, dilingiz orom oladigan ishdir. Yomonlik yoki gunoh esa uning aksidir, garchi muftiylar fatvo bersalar ham, o’z qalbingizga qarab ish tuting.

227. Yaxshilik — eskirmaydi, gunoh — unutilmaydi, jazolovchi (Tangri) esa o’lmaydi. Xohlagan ishni qil, diyonating qanday bo’lsa, jazoing ham shunday bo’ladi.

228. Barcha balo - tildandir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 16:38:48
229. O’zaro savdolashuvchilar to ajralishguncha ixtiyorlidirlar (savdoni buzish huquqiga egadirlar). Har ikkisi to’g’ri so’zlab, mol aybini oshkora aytib savdo qilsalar, savdolari barakali bo’lur. Agar yolg’on gapirib mol aybini yashirsalar, savdoning barakasi yo’qolur.

230. Rostgo’ylikda xavfu xatar ko’rsanglar ham rost so’zlanglar. Shunda najot topasizlar. Garchi foyda ko’rib turgan bo’lsangiz ham yolg’ondan saqlaninglar. Chunki bari bir yolg’onning oxiri voy.

231. Farovonlik vaqtlaringda Tangrini tanib, unga iltijo qilib yur, toki qiyinchilik vaqtingda u ham seni tanisin.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 16:39:47
232. Muqim turadigan joyingdagi yomon qo’shnidan, Tangridan panoh tilagin. Sahrodagi qo’shni esa tez ko’chib ketuvchidir.

233. Nikoh ila turmush qurib, ko’payinglar. Zero, men qiyomat kuni boshqa ummatlar oldida sizlarning ko’pligingiz bilan faxrlanaman.

234. Bir-birlaringizga xayr-ehsonli, mehr-oqibatli bo’lib, qo’l berib so’rashib yuringlar, shunda dillaringizdagi g’illu g’ashlik ketadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 16:40:40
235. Bir-birlaringizga ehson qilinglar, chunki ehson muhabbatni oshiradi va dildagi g’ashliklarni yo’qotadi.

236. Gunohidan tavba qiluvchi kishi gunohsiz odam bilan barobardir.

237. Vazminlik, tejamkorlik, bama’ni xomushlik payg’ambarlik (sifati)ning yigirma to’rtdan bir bo’lagidir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 16:41:43
238. Rostgo’y, ishonchli savdogarlar payg’ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo’lurlar.

239. Qo’rqoq savdogar boylikdan mahrum, qo’rqmas savdogar omadlidir.

240. Tadbirkorlik — turmushning yarmiga, do’stlashish — aqlning yarmiga, g’am-tashvish — keksalikning yarmiga teng, ahlu ayolning ozligi esa boylikning ikkidan biriga teng.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 02 Fevral 2008, 17:00:53
241. Uch xil sifat bordirki, kimda-kim ularga ega bo’lsa, Tangri qiyomat kuni uni himoya qilib, o’z jannatiga kirgizur:
1. Zaiflar bilan xushmuomala bo’lish.
2. Ota-onasiga shafqatli bo’lish.
3. Qo’l ostidagilarga himmatli bo’lish.

242. Uch xil sifat bordirki, ular kimda bo’lsa, Tangri uni yengil hisob qilib, o’z rahmati ila jannatga kirgizadi:
1. Seni mahrum qilganlarga ehson qilishing.
2. Senga zulm qilganlarni afv qilishing.
3. Qarindoshlar bilan silai rahmda bo’lishing.

243. Uch xil sifat bordirki, kim ularni Tangriga ishonchli holda va savob umidida qilsa, Tangri unga yordam berishi va baraka ato etishi haqdir:
1. Qulni ozodlikka chiqarishga harakat qilsa.
2. O’sha umidda oila qursa.
3. Qo’riq yerni o’zlashtirsa.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 04 Fevral 2008, 11:58:11
244. Uch xil narsa bordirki, qimor o’ynashlik bilan barobardir:
1. Qimor. 2. Oshiq o’ynash. Kaptarbozlik29.

245. Uch xil yomon sifat bordirki, ular (ma’naviy) faqirlikdandir:
1. (Yomon) podshohkim, yaxshiligingga shukur qilmaydi, yomonligingni kechirmaydi.
2. (Yomon) qo’shnidirkim, sendan yaxshilik ko’rsa yashiradi, yomonlik ko’rsa oshiradi.
3. (Yomon) xotindirkim, birga bo’lsang ozor beradi, yo’q bo’lsang xiyonat qiladi.

246. Uch xil narsaga qasamyod qilaman:
1. Sadaqa qilgan bilan bandaning moli kamayib qolmaydi.
2. Qaysi bir bandaning moliga zulm bilan xiyonat qilinsa-yu, u unga sabr aylasa, albatta Tangri uning izzat va sharafini ziyoda etadi.
3. Qaysi bir banda tilamchilik eshigini ochib qo’ysa, Tangri unga faqirlik eshigini ochib qo’yadi.

29 Hammomda ashula aytish, hazil mutoyiba qilish va kuy qilib hushtak chalish odobsizlik hisoblanadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 04 Fevral 2008, 12:00:48
247. Sizlarga bir hadisni aytaman, sizlar uni yodda tutinglar! Dunyo to’rt toifa odamlar uchun yaratilgandir:
1. Har kimga Tangri ham boylik, ham ilm ato qilgan bo’lsa, u shu boyligidan faqat o’zigina foydalanmay, balki qavm-qarindoshlariga ham inoyat qilib tursa va ilmi sababi Tangrining haqqini ham ado etsa, bu martabalarning eng afzalidir.
2. Kimgaki faqatgina ilm berilib, boylik ato qilinmagan bo’lsa: "œMenda ham davlat bo’lganda edi, falonchi kabi ishlar qilur edim", - deb sof niyat bilan aytsa, u shu niyati bilan saxiy boyning savobiga ega bo’lur.
3. Agarda kimgaki, molu dunyo berilib, ilm ato qilinmagan bo’lsa, qavm-qarindoshlariga muruvvatda bo’lmay, Tangrining haqini ham ado etmagan bo’lsa, bu martabalarning eng yomonidir.
4. Kimgaki ilm ham, molu dunyo ham nasib etmagan bo’lsa, u: "œMolim va ilmim bo’lganda edi, men ham falonchilar kabi yaxshi amalda bo’lur edim", - desa, bu niyati ila ular bilan savoblari barobar bo’ladi.

248. Uch xil duo bordirki, ular shaksiz mustajob bo’lgay:
1. Ota-onaning farzand haqiga qarg’ab turib qilgan duosi.
2. Musofirning duosi.
3. Mazlum kishining duosi.

249. Uch xil ish bordirki, ularni ummatlarim hech tark qila olmaydilar:
1. Zotu nasabi bilan faxrlanish.
2. O’likka dod-voy solib yig’lash.
3. Yulduzlar bilan fol ochish.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 04 Fevral 2008, 12:55:10
250. Uch xil sifat egalari bordirki, qiyomat kuni ularga men dushmandurman, vaholonki, kimga xusumatda bo’lsam, unga xusumatim qattiq bo’ladi:
1. Kimki mening nomim bilan30  biror narsani birovga berib, so’ng unga xiyonat qilsa.
2. Hur odamni qul deb sotib, pulini yeb yuborsa.
3. Mardikorni to’la ishlatib, haqini to’liq bermasa.

251. Uch xil kishilar borki, ularning obro’sini to’kib haqoratlash mumkin:
1. Fisq-fasod ishlarni oshkora qiluvchi odamni.
2. Zolim podshohni.
3. Bid’at-xurofot qiluvchi odamni.

252. Uch toifa kishilar borki, ularning qilgan duolarini Tangri ijobat qilmaydi:
1. Xarobaga aylangan uy ichiga tahorat ushatganlarni.
2. Yo’l o’rtasiga tahorat ushatganlarni.
3. Ot-ulovlarini bo’sh qo’yib yuborib, so’ng Tangridan uni saqlashni so’raganlarni.

30 Xudoning nomi bilan demoqchi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 04 Fevral 2008, 13:06:03
253. Uch toifa kishilar bordirki, Tangri qiyomat kuni ular bilan so’zlashmaydi va ularga rahmat nazari bilan boqmaydi, ularning gunohlarini ham kechmaydi, balki ularga qattiq azoblar beradi:
1. Sahroda ortiqcha suvini boshqa yo’lovchilardan ayagan odam.
2. Asrdan keyingi ulug’ bir soatda o’z molini bunchaga sotib olganman deb, Tangri nomi bilan yolg’on qasam ichib sotuvchi odam.
3. O’z podshohi bilan dunyo umidida ahdlashgan, agar undan foyda ko’rib tursa, ahdiga vafo qilib, foyda ko’rmasa xiyonatga o’tadigan odam.

254. Uch toifa kishilar borki, Tangri qiyomat kuni ular bilan so’zlashmaydi va  rahmat nazari bilan ham boqmaydi va gunohlarini ham kechmaydi, balki ularni  qattiq azoblaydi:
1. Keksa bo’la turib, zino ishlaridan qaytmagan odam.
2. Yolg’onchi podshoh.
3. Maqtanchoq kambag’al.

255. Uch xil kishi bordirki, Tangri qiyomat kuni ularga rahmat nazari bilan boqmaydi:
1. Ota-onasini norozi qilib, ularga oq bo’lgan kishi.
2. O’zini (kiyim va pardozda) erkaklarga o’xshatib olgan ayol.
3. O’z xotiniga rashk qilmaydigan er.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:47:42
256. Uch toifa kishilar borki, ular jannatga kirmagaylar:
1. Ota-onasiga oq bo’lgan farzand.
2. Ichkilikka mukkasidan ketgan kishi.
3. Bergan xayru ehsonini yoki yaxshiligini minnat qiluvchi odam.

257. Sakkiz toifa kishilar qiyomat kuni Tangrining maxluqlari ichida eng yomoni hisoblanurlar:
1. Yolg’onchilar.
2. Mutakabbirlar.
3. Qalblarida mo’min birodarlariga nisbatan adovat saqlagan holda, ularni ko’rganlarida mulozamat qiluvchilar.
4. Tangri bilan Rasulining da’vatini sekin, shaytonning buyrug’ini esa tez bajaruvchilar.
5. Nohaq bo’lsa-da, qasam bilan dunyodan tama qiladigan kishilar.
6. Chaqimchilar.
7. Do’stlarni bir-biridan ayirishga harakat qilib yuruvchilar.
8. Gunohsiz pok odamlarga nohaq bo’hton qiluvchilar, mazkurlarning hammasiga Tangrining g’azabi yog’ilur.

258. Molu dunyoingdan uchdan birini sadaqa qilishing mumkin, lekin shu ham ko’p. Merosxo’rlaringni odamlarga muhtoj qilib kambag’al holda qoldirib o’tganingdan ko’ra, boy holda qoldirib ketganing yaxshidir. Shuni bilib qo’yki, Tangrining rizoligi yo’lida har bir qilgan nafaqang uchun, hatto xotining og’ziga solib qo’ygan luqma uchun ham ajr olursan.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:48:31
259. Katta yoshdagilar bilan suhbatda bo’linglar, ulamolardan masalalar so’ranglar va hukamolar bilan aralashib turinglar.

260. Bola-chaqa ko’p bo’lib, moddiy mablag’ning oz bo’lishi katta balodir.

261. Bozorlarimizga chetdan mol olib kelish go’yo Tangri yo’lidagi jihod kabidir. Bozorlarimizdagi narsalarni uyida yashirib saqlovchi odam go’yo Tangrining kitobidagi xudosiz kabidir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:49:14
262. Kishining go'zalligi - uning tilidan bilinur.

263. Jihod to’rt xildir: 1. Amri ma’ruf (yaxshi ishlarga buyurish). 2. Nahyi munkar (yomon ishlardan qaytarish). 3. O’zining zarariga bo’lsa ham rost so’zlash. 4. Fosiq kishi masxara qilsa, unga chidab turish.

264. Biror narsani qattiq sevib qolish ko’zni ko’r, quloqni kar qilib qo’yadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:50:14
265. Tahoratda qo’l va oyoq barmoqlari orasini ishqalab yuvuvchi va taomdan keyin tishlarini tozalovchi ummatlarim qanday yaxshidirlar.

266. Yer yuzida bitta jinoyatga berilgan jazo Yer ahli uchun qirq kun yomg’ir yoqqanidan afzaldir.

267. Jangga ketganlarning xotinlari uzr bilan uyida qolganlar uchun bamisoli onalaridek mahramdirlar. Ulardan qaysi biri omonat qolgan shu ahlu ayollarga nisbatan shahvoniy xiyonat qilsa, qiyomat kunida uni tik turg’izib qo’yib, mazlumga: "œUning savoblaridan xohlaganingcha ol!" — deb buyuriladi. U esa uning savoblaridan oladi. Shunday bo’lgach, yana qanday gumon qilasiz.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:50:51
268. Yaxshi gumon qilish ham yaxshi ibodat qilish bilan barobardir.

269. Xizmatchilarga yaxshi muomalada bo’lish — barakadir, axloqsizlik — shumlikdir, ayol kishiga itoat qilmoqlik — nadomatdir. Sadaqa esa baloni qaytaruvchidir.

270. Har bir ishning salbiy tomonlarini hisobga olish ayni ehtiyotkorlikdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:51:51
271. Xotinning erga nisbatan haqlari: o’zi ovqatlanganda xotinini ham ovqatlantirishi, o’zi yangi kiyim olib kiysa, unga ham olib kiyintirishi, yuziga urmasligi, haqorat qilib so’kmasligi, arazlaganda uzoqqa ketmasdan, faqat bo’lak yotishligidir.

272. Mo’minlarning bir-birlarida oltita haqlari bor: salom berish, chaqirsa borish, maslahat so’rasa berish, aksirsa javob aytish, kasal bo’lsa borib ko’rish, o’lsa borib dafnida qatnashish.

273. Tangrining har bir mo’mindagi haqi yetti kunda bir marta butun a’zosini yuvib g’usl qilishligidir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:52:46
274. Har bir mo’minning zimmasida uchta haq bordir: 1. Misvok (tish tozalagich) tutish. 2. Juma kunlari g’usl qilish. 3. Ayolining xushbo’y narsalaridan olib o’ziga sepib turish.

275. Sizlardan oldin o’tgan bir odam hisob-kitob qilindi. Qaralsa, nomai a’molida birorta savobli ishi yo’q ekan. Lekin o’zi boy bo’lib, kambag’allar zimmasidagi haqini kechib yurar ekan. Shuning uchun Tangri ham: "œKechishga men loyiqroqman", - deb uning gunohlarini kechirib yuborgan ekan.

276. Achchiq sabir (aloy) asalni buzgani kabi, hasad imonni buzadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:53:54
277. Qasam ichish uni buzib qo’yish yoki nadomatdan xoli emas.

278. Ne’matga shukr qilish uning zavolidan omon saqlaydi.

279. Halol ham, harom ham aniq bo’ldi. Ularning o’rtasida shubhali narsalar bor. Ko’p odamlar buni bilmaydilar. Kimki shubhali narsalardan saqlansa, dinini ham, obro’sini ham pok saqlagan bo’ladi. Kimki shubhali narsalarga tushib qolsa, haromga o’tib ketishi ham mumkin. Agar cho’pon qo’ylarini zaharli o’t atrofida o’tlatib yurgan bo’lsa, podasi zaharli o’tdan yeb qo’yishi mumkin. Bilginki, har bir podshohning qo’riqxona kabi taqiqlab qo’ygan narsalari bo’lganidek, Tangrining ham taqiqlab qo’ygan harom narsalari bor. Bilginki, inson jasadida go’sht parchasi bor, agar u sog’lom bo’lsa, butun jasad ham sog’lomdir, agar u buzilsa, butun jasad ham buziladi. Bilginki, u yurakdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:54:27
280. Halol ham, harom ham ravshan bo’ldi. Qaysi narsa seni shubhalantirsa, uni qo’yib shubhasiziga o’taver.

281. Hayoning butun vujudi yaxshidir.

282. Hayo doimo yaxshilik keltiradi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:55:06
283. Hayo — imondandir.

284. Hayo bilan kamsuxanlik imonning ikki bo’lak qismidir. Uyatsizlik va sergaplik munofiqlikning ikki bo’lak qismidir.

285. Kimining qalbiga Tangri insoniyatga nisbatan rahmu shafqat ato etmagan bo’lsa, u eng ziyonkor bandadir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:55:41
286. Haqingni xoh mukammal, xoh kami bilan bo’lsa-da, halol qilib ol!

287. Imkoniyatlaring va toqatlaringga yarasha ibodat qilinglar. Sizlar charchaysizlar, lekin Tangri zinhor charchamaydi.

288. Mo’min kishida quyidagi ikki xislat bo’lmasligi kerak: baxilik va axloqsizlik.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:56:39
289. Besh xil zararli jonivorlarni hamma joyda o’ldirish mumkin: ilon, ola qarg’a, sichqon, qopag’on it, kalxat.

290. Besh xil gunoh kechirilmaydi: 1. Tangriga shirk keltirish. 2. Nohaq qon to’kish. 3. Mo’minlarga nisbatan bo’hton uyushtirish. 4. Jangdan qochish. 5. Qasam ichib birovning haqini nohaq o’zlashtirish.

291. Sizlarning yaxshilaringiz - xushxulq, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz esa og'zini to'ldirib, ezmalik ila ko'p gapiruvchilaringizdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:57:16
292. Sizlarning yaxshilaringiz o’z olgan qarzlarini chiroyli qaytaradiganlaringizdir.

293. Sizlarning yaxshilaringiz o’z ahlu ayoliga (ya’ni oila a’zolariga) xushmuomalada bo’lganlaringizdir.

294. Sizlarning yaxshilaringiz — uzoq umr ko’rish bilan birga yaxshi ishlarni qiladiganlaringizdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:57:54
295. Do’stlarning yaxshisi — Tangrini zikr qilishingga yordami tegadigan va yoddan chiqarganingda eslatadiganidir.

296. Sadaqaning yaxshisi — uni qilgandan keyin ham yana o’zida qoladiganidir. Pastdagi (oluvchi) qo’ldan yuqoridagi (beruvchi) qo’l yaxshidir. Sadaqani o’z oilangdan boshla.

297. Mo’minlarning yaxshisi — uning qo’li va tilidan boshqalar ozor topmaydiganidir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 07 Fevral 2008, 19:58:26
298. Xotinlarning yaxshisi erining ko’zini quvontiradigan, amriga itoat qiladigan va u yoqtiradigan narsasini yoqtiradigan va yoqtirmaydiganini yoqtirmaydigan bo’ladi.

299. Odamlarning yaxshisi — odamlarga foydalirog’idir.

300. Nikohning yaxshisi — uning mahri yengilroq bo’lganidir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 08 Fevral 2008, 19:26:32
301. Yoshlaringizning yaxshilari — o’zini katta yoshlardek og’ir tutadiganlaridir. Katta yoshdagilarning yomonlari esa o’zini yosh bolalardek yengil tutadiganlaridir.

302. Mo’min kishiga berilgan narsalarning yaxshisi chiroyli xulqdir. Unga berilgan narsalarning yomoni esa, ko’rinishi chiroyli bo’lsa-da, qalbida yomonligi boridir.

303. Sizlarning yaxshilaringiz o’z ahlu ayoliga yaxshi munosabatda bo’lganlaringizdir. Men sizlardan ko’ra ham o’z ahlu ayolimga yaxshiman. Xotinlarni faqat yaxshi odamlargina izzat-ikrom qilur, ahlu ayollarni faqat yomon odamlargina xoru zor qilur.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 08 Fevral 2008, 19:27:50
304. Sizlarning yaxshilaringiz — dunyo ishi deb oxiratni, oxiratni deb dunyo ishini tark qilmaydigan va boshqalarga malollik tushirmaydiganlaringizdir.

305. Xazinadagi narsani buyurilgan joyiga rozilik bilan to’liq holda beradigan ishonchli, mo’min xazinachi o’z yonidan sadaqa qilgan odam bilan barobardir.

306. Xola ham hurmat bobida ona bilan barobardir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 08 Fevral 2008, 19:29:38
307. Barcha xalqlar bamisoli Tangrining ahlu ayolidir. Ulardan Tangriga yoqimlirog’i o’z ahlu ayoliga foydasi ko’p tegadiganidir.

308. Ot — uch xil ish uchundir. Biri savob, biri parda va yana biri gunohdir. Savoblisi shuki, kishi uni Tangri yo’lida o’tloqda yoki uyida boqsa, unga savob yozilur. O’tlashi uchun uni yaylovda yoki o’z bog’chasida bog’lab qo’ysa, arqoni yetgan joyigacha savob yozilaveradi. Bordiyu u arqonni uzib, bir-ikki dovon ketib qolsa, yo’ldagi izi va axlati uchun ham savob yozilaveradi. Agar qochib borib biron daryodan o’zicha suv ichsa, bunga ham savob yozilaveradi. Boyish va zoriqmaslik uchun boqib, uni parvarish qilish va minishdagi Tangrining haqqini unutmagan bo’lsa, unga shu ot do’zaxdan parda bo’ladi. Agar kishi ulovini faxr va riyo uchun hamda mo’minlarga qarshi harakat uchun boqsa, bu bilan unga gunoh yoziladi.

309. Oldingi ummatlarimdan sizlarga yetib kelgan kasallik — bu hasadgo’ylik va o’zaro yomon munosabatdir. Vaholonki, bu sifat sochning emas, dinning qiruvchisidir. Muhammadning ruhiga molik zot bilan qasamyod etamanki, to mo’min bo’lmagunlaringizcha jannatga kirmaysizlar. To bir-birlaringga o’zaro muhabbatli bo’lmagunlaringcha mo’min bo’lmaysizlar. Nima qilsalaringiz do’stlashib ketishlaringizni aytaymi? Bir-birlaring bilan salomlashib yuringlar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 08 Fevral 2008, 19:31:07
310. Jannatga kirib uning darvozasida: "œSadaqaga o’n savob, qarz berganga o’n sakkiz savob", degan iborani ko’rdim. Shunda men hamrohimdan so’radim: "œEy Jabroil do’stim, nega sadaqaga 10 ta, qarzga 18 ta savob berilur?" Javob berdiki: "œSadaqa boyu kambag’al qo’liga tushaveradi. Qarz esa faqat muhtoj odam qo’liga tushadi".

311. Birodari haqiga g’oyibona qilingan duo rad etilmaydi.

312. Yaxshilikka dalolat qiluvchi bilan uni bajaruvchining savobi tengdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 08 Fevral 2008, 19:32:28
313. Dunyo yam-yashil va go’zaldir. Kimki undan haqli ravishda halollik bilan olsa, undan baraka topadi. Kimki nafs xohishi bilan dunyoni mukkasidan ketib egallasa, qiyomat kuni do’zaxdan boshqa narsaga erishmaydi.

314. Din — nasihatdan iborat.

315. Qarz — bamisoli Tangrining yerdagi bayrog’idir. Qachonki biror bandasiga yomonlikni iroda qilsa, uning bo’yniga shu qarz bayrog’ini ilib qo’yadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 08 Fevral 2008, 19:34:28
316. Qiynalib nafl ro’za31  tutgani bilan Ollohning bergan ne’matlariga shukr qilmaydigan kishining savobidan ro’zasiz bo’lsa-da, yegan taomiga shukr qilib yuradigan kishining savobi ulug’dir.

317. Kishi kechalari bedorlik bilan ibodat qilgani va kunduzlari ro’zador yurgani bilan boshqa nomaqbul ishlardan saqlanmasa, bedorligu, ochu tashnalikdan boshqa nasibani qo’lga kirita olmaydi.

318. O’z maqomida so’zlab, fursatni g’animat bilgan, o’rinsiz so’zdan saqlanib salomat yurgan kishiga Tangri rahmu shafqat qiladi.

31 Ramazon oyidan tashqari vaqtda ixtiyoriy (qo’shimcha) tutiladigan ro’za.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 08 Fevral 2008, 19:35:18
319. Tilini tuzatgan kishiga Tangrining rahmati bo’lsin.

320. Xatning javobini qaytarish — go’yo salomga alik olishlik kabi zarurdir.

321. Pashsha kallasichalik narsa berib bo’lsa-da, gadoyni quruq qaytarmanglar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 08 Fevral 2008, 19:36:02
322. Ota-onalarining keksalik vaqtida har ikkisini yoki biri bo’lmaganda boshqasini rozi qilib, jannatiy bo’lib olmagan farzand xor bo’lsin, xor bo’lsin va yana xor bo’lsin.

323. Tangri rahmdil bandalariga mehribondir. Sizlar yer yuzidagi odamlarga mehribon bo’linglar, sizlarga ulug’ Tangri mehribon bo’lur.

324. Pora beruvchi ham, uni oluvchi ham do’zaxga mahkumdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 08 Fevral 2008, 19:36:38
325. Kishi o’z do’stining dinu diyonatiga moslashib ketadi. Binobarin kim bilan do’stlashayotganini o’ylab ish tutsin.

326. Muloyimlik — hikmatning boshidir.

327. O’yinlaringiz ichida yaxshirog’i kamondan o’q otishdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:36:30
328. Qaysi bir kishi qishloqdagi birodarini ko’rish uchun yo’l olsa, Tangri uning yo’liga bir farishtani hamroh qilib qo’yadi. U yo’lovchidan: "œQayerga borursan", - deb so’raydi. U: "œMana shu qishloqdagi birodarimni ko’rgani borurman", - deb javob beradi. Yana so’raydiki: "œSenga uning biror ato etgan ne’mati bormi?" U: "œYo’q, lekin men uni Tangri yo’lida do’st tutaman", - deb javob beradi. Shunda farishta: "œMen senga Tangri tomonidan yuborilgan elchidurman. Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko’rsang, Tangri ham seni shunchalik yaxshi ko’radi", - degan so’zni senga aytgani keldim", - deydi.

329. Qabristonni ziyorat qilib turinglar, zero, u sizlarga oxiratni eslatadi.

330. Zinokorlik — faqirlik keltiradi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:37:47
331. Tarki dunyo qilish — qalbni va badanni tinchlantiradi. Unga32  rag’bat va muhabbat qo’yish esa g’am-tashvishni ko’paytiradi. Ishsizlik insonni toshbag’ir qiladi.

332. O’lib ketganlarni haqorat qiluvchi odam halokatga yaqindir.

333. Mo’min kishini haqorat qiluvchi odamning o’zi halokatga uchraydi.

32 Dunyoga.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:38:18
334. Safar qilinglar, sog’lom bo’lasizlar.

335. Safar qilinglar, sog’lom va rizqu nasibali bo’lasizlar.

336. Odamlarga suv ulashuvchi kishi hammadan keyin ichadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:38:55
337. Mo’min kishini haqoratlash gunoh, uni o’ldirish kufr va uning moli bilan qonining haromligi barobardir.

338. Tez yurish mo’minning chiroyini ketkazadi.

339. Tangridan afv va ofiyat (xotirjamlik) so’ranglar. Chunki hech birlaringiz imondan keyin ofiyatdek ne’matni topa olmaysizlar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:39:34
340. Tangridan foydali ilmni so’ranglar. Foydasizidan esa chetlashinglar.

341. Yirtqich hayvonlarning go’shti haromdir.

342. Beva xotinlarga va miskin-bechoralarga yordam beruvchi kishi go’yo Tangri yo’lida jihod qiluvchi yoki kechalari ibodat qiluvchi, kunduzlari ro’za tutuvchilar bialn barobardir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:40:12
343. Saxiylik — bamisoli jannatning daraxtlaridan biridir. Uning shoxlari dunyoga osilib tushib turadi. Kimki o’sha shoxlardan birini tutib olsa, u jannatga boshlab boradi. Baxillik esa do’zax daraxtidir. Uning shoxlari dunyoga chiqib turadi. Kimki shu shoxlardan birini ushlasa, uni do’zaxga boshlab boradi.

344. Ey Tangrining bandalari, og’ir va yuvosh bo’linglar.

345. Og’irlik va yuvoshlik insonning yutug’idir. Uni tark etishlik esa ziyonkorlikdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:41:07
346. Podshoh bamisoli Tangrining yerdagi soyasidir. Kimki uni izzat-ikrom qilsa, Tangrini izzat-ikrom qilgan bo’ladi. Agar kimki uni xorlasa, go’yo Tangrini xorlagan bo’ladi.

347. "œSalom" — Tangrining yerdagi ismlaridan biridir. Bir-birlaringiz bilan salomlashib yuringlar. Zero, mo’min kishi odamlar oldidan o’tib borayotib ularga salom bersa, ular ham alik olishsa, ularga salomni eslatgani uchun bir daraja ko’p savobga erishadi. Mabodo alik olishmasa, unga bari bir, ulardan yaxshiroq va afzalroq zotlar, ya’ni farishtalar alik olishadi.

348. Yolg’on guvohlik beruvchining oyoqlari yerdan qo’zg’almay turib, Tangri unga do’zaxni ravo qilib qo’yadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:41:45
349. Odamlarning yomoni — ular ichidagi ulamolarning yomonidir.

350. Taomlarning yomoni — qorni ochlarni qoldirib, qorni to’qlarina chaqirilgan to’y ziyofatidir.

351. Oxir zamondagi mulklarning yomoni — bu qullardir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:42:15
352. Odamlarning — yomoni Tangri nomini o’rtaga qo’yib biror narsa so’ralsa ham bermaydigan kishidir.

353. Odamlarning yomoni — o’z ahli-ayoliga baxillik va qizg’anchiqlik qiladiganidir.

354. Kishidagi eng yomon xislat — o’ta baxillik  va o’ta qo’rqoqlikdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:42:49
355. Yashirin shahvat va riyokorlik — shirkdir.

356. Inson keksayib jismi zaiflashgani bilan, qalbi uzoq umr ko’rish va molu dunyo yig’ishga yoshlardek qiziqadigan bo’ladi.

357. Qarzini uzmay dunyodan o’tgan odam, to o’sha qarzi uzilmaguncha qabrida kishanlangan holda yotadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:43:21
358. Qarindoshning qarindoshga qilgan sadaqasi — ham sadaqa, ham qarindoshlik muruvvati hukmidadir.

359. Xufyona qilingan sadaqa Tangrining g’azabini so’ndiradi.

360. Xayru ehsonni bechoraholga berishlik — sadaqa hisoblansa, uni qarindoshga berishlik ham sadaqa, ham muruvvatdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:43:53
361. Qarindoshlarga muruvvat qilish xushxulqlik va yaxshi qo’shnichilik — yurtni obod va umrni ziyoda etadi.

362. Uzilib ketgan qarindoshlaringga muruvvatli bo’l. Birov senga yomonlik qilsa ham, sen unga yaxshilik qilaver. Garchi o’zingning zararingga bo’lsa ham haq so’zni so’zla.

363. Tonggi uyqu rizqni qisqartiradi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:44:31
364. Jamoat bo’lmay yakka holda yashash davri o’tib ketdi.

365. Ziyofatning muddati uch kundir. Undan ortig’i sadaqa hisoblanadi, birovga qilingan har bir yaxshilik ham sadaqadir.

366.  Otaga itoat qilish — Tangriga itoat qilishdir. Uning oldida gunoh qilish Tangri oldida gunohkor bo’lish bilan barobardir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:45:06
367. Bir kishilik taom ikki kishiga kifoya qiladi. Ikki kishilik ovqat to’rt kishiga, to’rt kishiligi esa sakkiz kishiga kifoya qiladi.

368. Saxiy kishining taomi shifodir, baxil odamning taomi esa kasallikdir.

369. Nikoh to’yida bir kun ziyofat berishlik sunnatdir, ikki kunligi fazldir, lekin uchinchi kunga o’tish riyokorlik va xo’jako’rsinga qilingan ish bo’ladi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 11 Fevral 2008, 19:46:24
370. Ilm o’rganish har bir mo’min uchun farzdir. Ilm tolibi uchun hamma narsa, hatto dengizdagi baliqlar ham gunohini so’rab istig’for* aytadi.

371. Bir soatgina ilm o’rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik dars esa uch oy tutilgan nafl ro’zadan afzaldir.

372. Halol rizq topish har bir mo’min uchun vojibdir.

* Kechirim so’rash.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 12 Fevral 2008, 19:21:02
373. Nuqsonsiz bo’la turib kamtarin, o’zini o’ta miskin tutmagan holda past tutuvchi, halol yo’l bilan to’plagan mollaridan ehson qiluvchi, iffatli, ilmu hikmat ahli bilan aralashib yuradigan, miskin va bechoralarga rahmu shafqat qiladigan odamga ko’p yaxshiliklar bo’lur. O’zini kamtarin olib yuruvchi, halol kasb qiluvchi, qalbi pok, ko’rinishi yoqimli, odamlarga o’z yomonligini yetkazmay yuradigan kishilar naqadar yaxshi! Ilmiga amal qiladigan, ortiqcha dunyosidan xayru ehson qiladigan, behuda gapdan tilini tuyadigan kishilar naqadar yaxshi kishilardir!

374. O’z aybini tuzatish bilan ovora bo’lib, odamlardagi ayblarni qidirmaydigan, ortiqha molu dunyosidan sarf qiladigan, ortiqcha so’zlashdan saqlanadigan va sunnatga amal qilib, bid’atlarga o’tib ketmagan kishilar qanday yaxshi.

375. Tamagirlik ulamolarning qalbidagi hikmatni ketkazadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 12 Fevral 2008, 19:21:34
376. Qush ham o’z taqdiri bilan uchadi.

377. Bu dunyodagi qilgan zulmi o’z egasi uchun oxiratda qalin zulmat bo’lur.

378. Mo’min kishiga nohaq jazo berilmaydi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 12 Fevral 2008, 19:22:19
379. Tangrining bandalari! Tangri hech kimga qiyinchilikni ravo ko’rmaydi. Ammo zulm qilib birovning mulkini olgan odam uqubat va halokatga mahkumdir.

380. Ey Tangrining bandalari! Bemorlaringizni davolatinglar, zero, Tangri har bir dardning davosini ham yaratgan, faqat keksalikning davosi yo’qdir.

381. Betobligingda seni ko’rgani kelmagan odamni sen borib ko’raver. Senga xayru ehson qilmagan odamga sen qilaver.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 12 Fevral 2008, 19:23:59
382. O’nta narsa badanga tegishli sunnatdir:
1. Mo’ylabni qisqartirish.
2. Soqol qo’yish.
3. Misvok tutish.
4. Burunni suv bilan chayqash.
5. Tirnoqni olish.
6. Bo’g’im va kovak oralarini yuvish.
7. Qo’ltiq yungini olish.
8. Kindik osti mo’ylarini tozalash.
9. Najosat maxrajlariga suv sepish.
10. Xatna qildirish.

383. Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir.

384. (Boshqa) odamlarning xotinlariga nisbatan iffatli bo’linglar, shunda sizlarning xotinlaringizga nisbatan ham odamlar iffatli bo’lurlar. Ota-onalaringizga qanday yaxshi muomalada bo’lsangiz, farzandlaringiz ham sizlarga shunday muomalada bo’ladilar. Kimning oldiga uzilishib ketgan birodari uzr so’rab kelsa, u xoh haq bo’lsin, xoh nohaq bo’lsin, uzrini qabul etsin. Agar qabul etmasa, jannatdagi Kavsar havzi suvidan mahrum bo’lur.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 13 Fevral 2008, 19:22:40
385. Har bir mo’min kishiga sadaqa qilishlik vojibdir. Agar sadaqaga narsa topolmasa, ishlab o’ziga va sadaqaga narsa topsin. Unga ham qurbi yetmasa, muhtojlarga yordam bersin. Uni ham qilolmasa, odamlarni yaxshi yo’lga yo’llasin. Uni ham qilolmasa, odamlarni yomonliklardan qaytarsin, shu bilan sadaqa qilganning savobini topaveradi.

386. Bolalaringni suzishga va o’q otishga o’rgatinglar. Qiz farzandlaringiz uyda tikish-bichish ishlari bilan shug’ullangani yaxshi. Agar ota-ona birdaniga chaqirib qolishsa, avval onaga javob qil!

387. Bilganlaringizni boshqalarga ham bildiringlar. Dinni oson qilib ko’rsatinglar, qiyin qilib yubormanglar. Odamlarni suyuntiradigan gaplardan gapiringlar, ularni turli tahdidlar bilan qo’rqitib, bezdirib qo’ymanglar! G’azabingiz xuruj qilsa, sukut saqlanglar!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 13 Fevral 2008, 19:23:26
388. Odamlarning qo’lidagi narsadan umid qilma. Tamagirlikdan saqlan, chunki u faqirlikning naqd o’zidir. Namozlaringni xuddi vidolashayotgan odamdek o’qinglar. Qilgilikni qilib qo’yib, so’ng uzr so’raladigan ishdan saqlaninglar.

389. Odamlar bilan xushmuomala bo'linglar. Odamlarga qattiqqo'llik qilib behayo so'zlamanglar!

390. Har bir ishda o’rtahollik lozimdir. Hatto dinda ham ibodatlarga qattiq berilib ketgan odam oxiri o’zi mag’lub bo’ladi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 13 Fevral 2008, 19:24:11
391. Ilm ibodatdan afzaldir, taqvo dinni tutib turuvchi (ustun)dir.

392. Ilm ikki xildir: biri qalbdagi ilm bo’lib, u foydalidir. Ikkinchisi tildagi ilm bo’lib, u Tangri huzurida banda zarariga dalil bo’ladi.

393. Eshikni taqillatayotgan odam o’zining kimligini ham bildirsin. "œKimsiz?" desa, otini aytmay "œMen", deb javob berishlikni Rasululloh yoqtirmas edi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 13 Fevral 2008, 19:25:02
394. Folchilik, irm-sirim butparastlik bilan barobardir.

395. Yo’lda yotgan tikan shoxlarini olib tashlagan odamning oldingi-yu keyingi gunohlarini Tangri kechiradi.

396. Bir fohisha ayol chuqur quduq boshida chanqab o’lay deb turgan itga oyoqlaridagi etigini yechib, unga ro’molini bog’lab quduqdan suv chiqarib berib, uni o’limdan qutqarib qolibdi. Bu ishi evaziga Tangri uning gunohidan kechibdi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 13 Fevral 2008, 19:26:47
397. Odamlarni chalg’itib nohaq yo’lga boshlovchi imomlar dajjoldan33  ham xavflidirlar.

398. Yonayotgan o’t o’tinni qanday kemirsa, birovlarni ko’rolmaslik va hasadgo’ylik savoblarni ham shunday qiyratadi.

399. Qo’y barakadir, tuya azizdir, otning yollariga esa qiyomat kunigacha yaxshilik bog’lab qo’yilgandir. Xodimlaringiz birodarlaringizdir. Ularga yaxshilik qilinglar. Agar ularni qiyinchilikda ko’rsanglar, yordamlashib yuboringlar.

33 Dajjol — qiyomatga yaqin chiqib, odamlarni yo’ldan adashtiradigan bir inson.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 13 Fevral 2008, 19:27:39
400. G’iybat — birodaring yoqtirmaydigan so’zlar bilan u to’g’rida gapirishlikdir.

401. Rashk — imondandir. Rashksizlik munofiqlik alomatidir.

402. Mening nazdimda ibodatga qaraganda ilmning fazilati ortiqdir. Dindagi eng yaxshi xislat — bu taqvodorlikdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 13 Fevral 2008, 19:28:22
403. Xayrli va savobli ishlar insonni turli halokatlardan saqlaydi.

404. Birovdan so’rab o’zini xor qilgandan ko’ra hojatning bitmay qolgani yaxshidir.

405. Ikki xil qozilar borki, ular do’zaxga mahkumdirlar, bir xillari esa jannatiydirlar. Haqni bilsa-da, nohaq hukm chiqaradigan yoki umuman ilmi yo’q bo’la turib, o’z xohlaganicha hukm chiqaradigan qozilar do’zaxiydirlar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 13 Fevral 2008, 19:29:11
406. Soyasidan xalq foydalanib turgan daraxtni kesib yuborgan odamni Tangri do’zaxga mahkum etur.

407. Tangri yo’lida bir-birlari bilan do’stlashuvchi, o’zaro suhbatlashuvchi, bir-birlariga xayru saxovat qiluvchi va bir-birlarini ziyorat etuvchi kishilarga Tangrining muhabbati haqdir.

408. Mo’min kishilarning o’zaro urush qilishlari kufrdir, so’kishlari esa fosiqlikdir. Ikki mo’min bir-birlari bilan uch kundan ortiq arazlashib yurishlari durust emas.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 13 Fevral 2008, 19:30:00
409. Kimki qalbini imon uchun xolis va sog’lom, tilini rostgo’y, o’zini xotirjam, xulqini to’g’ri, qulog’ini tinglovchi, ko’zini ibrat nazari bilan boquvchi qilib olgan bo’lsa, demak, u baxtlidir.

410. Narsani qarzga berish uni sadaqa qilib yuborgandan yaxshidir.

411. "œTangriga imon keltirdim", deginu, so’ng o’zing to’g’ri bo’l!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Fevral 2008, 19:36:17
412. Oz bo’lsa-da, berilgan ne’matning shukrini ado qilib yurganing ko’pga shukr qilolmaganingdan afzaldir.

413. Ulovingni bog’lab qo’yib so’ng tavakkal qilgin!

414. Bir kishi odamlarga qarz berib yurar edi va xizmatchilariga aytardiki: "œKambag’allarning qarzlarini kechib yuboraveringlar, shoyad Tangri ham bizlarning gunohlarimizni kechirib yuborsa". Shundan keyin u o’lgach, Tangri uning gunohlarini kechib yuborgan ekan.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Fevral 2008, 19:37:07
415. Eshitgan har bir narsasini gapiraverish kishining gunohkor bo’lishi uchun kifoya qiladi.

416. Zamonning o’tishi kishi uchun pandu nasihat, o’lim esa hammani bir-biridan ajratuvchidir.

417. Eshitgan har bir gapini gapiraverishi uning yolg’onchiligiga dalildir. Haqimni hech qoldirmay undirib olaman, deydigan odam, bilginki, o’ta baxildir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Fevral 2008, 19:38:07
418. Doimiy ravishda xusumat qilishing sening gunohkor bo’lishing alomatidir.

419. Yomonligingni odamlardan uzoq tutsang, shuning o’zi ham senga sadaqa hisobida yozilur.

420. Inson gapirgan har bir yolg’on gapi unga gunoh bo’lib yoziladi, uch xili esa bundan mustasno:
1. Urushda, chunki urush hiyla va makrsiz bo’lmaydi.
2. Erning xotiniga murosa uchun gapirgan yolg’on gapi.
3. Arazlashgan ikki kishini murosa yoki sulhga keltirish niyatida gapirilgan yolg’on gap.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Fevral 2008, 19:38:40
421. Har bir mo’minning moli, obro’si va qoni boshqa mo’min uchun haromdir. Birodarini haqorat qilishi bilan kishining yomonligi bilinur.

422. Xiyonat va yolg’onchilikdan boshqa har bir nuqson mo’minda bo’lishi mumkin.

423. Dilozorlarning hammasi do’zaxga mahkumdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Fevral 2008, 19:39:29
424. Har bir qilinadigan yaxshilik sadaqa savobiga tengdir.

425. Sizlarning har biringiz bamisoli cho’pondirsizlar va o’z qo’l ostilaringizdagilarga mas’uldirsizlar. Podshoh o’z fuqarolariga, er o’z ahlu ayoliga, xotin erining uyiga, xodim o’z xojasi moliga, farzand o’z otasi mulkiga mas’uldir. Demak, har birlaringiz mas’uldirsizlar.

426. Mo’min kishining umri o’tib qarigani sari unga yaxshiliklar ato etilaveradi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Fevral 2008, 19:40:04
427. O’zing ovlagan narsaning go’shtini yegin, o’zi o’lganini tark et.

428. Taom suzilgan laganning atrofidan yenglar, o’rtasidan yemanglar, zero, o’rtasiga baraka yog’ilib turadi.

429. Yenglar, ichinglar, sadaqa qilinglar, ammo isrofgarchilikka va faxrga o’tmanglar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Fevral 2008, 19:40:37
430. Ilmga nisbatan go’yo cho’pon kabi posbon bo’linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi bo’lmanglar.

431. Zaiflari kuchlilaridan haqlarini undirib ololmaydigan xalqni Tangri qanday ulug’lasin?!

432. Hikmatli so’z mo’min kishining yo’qotgan narsasidir. Uni qayerdan topsa, o’zlashtirib olishga haqli.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Fevral 2008, 19:41:15
433. Janob payg’ambarimiz qachonki yosh bolalar oldidan o’tib qolsalar, ulardan oldin salom qilib o’tar edilar.

434. Arqon olib tog’dan o’tin terib kelib, uni sotib yeb va sadaqa qilgan odam, tilamchilik bilan kun kechirgandan yaxshidir.

435. Kishi xoli hayotida bir dirham sadaqa qilgani o’z o’limi oldidan yuz dirham sadaqa qilganidan afzaldir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Fevral 2008, 19:41:54
436. Qabr ustida o’tirgandan ko’ra, cho’g’ ustida o’tirib, kiyimlari to etigacha kuyib ketgani yaxshidir.

437. Qo’shnisining ayoli bilan zino qilishlik o’nta boshqa ayol bilan zino qilgandan yomondir. O’nta begona uyni o’g’irlagandan qo’shnining uyini o’g’irlagan yomondir.

438. Omonatga olib kiygandan ko’ra, qirq yamoqli bo’lsa-da, o’z kiyimida yurgan yaxshi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Fevral 2008, 19:42:28
439. Musibat yetganda yuzlarini yuladigan, yoqasini yirtadigan va o’zini qarg’ab yig’laydiganlarni Tangri la’natlasin.

440. Pora beruvchini ham, uni oluvchini ham, ikkalasining orasida turuvchini ham Tangri la’natlasin!

441. Tangri ayollarning kiyimini kiyadigan erkakni va erkaklarning kiyimini kiyadigan ayolni la’natlasin!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Fevral 2008, 19:42:59
442. Ota-onasi qarg’aganni Tangri qarg’aydi. Tangridan boshqaga atab jonliq so’yuvchilarni Tangri la’natlaydi.

443. Mo’min kishini la’natlashlik — uni o’ldirish bilan barobardir. O’zini o’zi o’ldirgan odam qiyomat kuni tegishli azobini tortgusidir.

444. Odamning qalbi qaynab turgan qozondan ham o’zgaruvchanroqdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Fevral 2008, 19:43:50
445. Har bir narsaning buzuvchi ofati bordir. Dinning ofati yovuz hokimlardir.

446. Har bir narsaning kaliti bor. Jannatning kaliti miskin faqirlarni sevishdir.

447. Eshigiyu derazasi yo’q bir silliq toshning ichida turib biror ish qilsalaringiz ham odamlarga ma’lum va oshkor bo’laveradi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 15 Fevral 2008, 19:44:33
448. Tilamchilik nima ekanligini bilganlaringda edi, birortalaringiz ham biror kishidan hech narsa so’ramas edingiz.

449. Mabodo men dalil-isbotsiz toshbo’ron qilishim mumkin bo’lganda, mana shu shu fohisha ayolni toshbo’ron qilar edim.

450. Agar sizlarning tilsiz hayvonlarga nisbatan qilgan zulmlaringiz kechiriladigan bo’lsa, demak juda ko’p gunohlaringiz kechirilgan bo’lar edi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:27:43
451. Insonga bir vodiy to’la molu dunyo berilsa, u ikkinchi vodiyning ham berilishini xohlaydi. Ikkinchisidan keyin uchinchisini va hokazo, uning nafsi to’ymaydi. Insonning ko’zini faqat tuproq (qabr tuprog’i) to’ydiradi. Kimki tavba qilsa, Tangri uni kechiradi.

452. Qiyinchilik qilmaganda edi, har bir namoz oldidan misvok ishlatish va xushbo’ylanishga buyurar edim.

453. Yurib ketayotganga otliq, o’tirganga yurib ketayotgan, ko’pchilikka ozchilik salom bersin! Salomga alik olsa-ku yaxshi, bordiyu olmasa, salom beruvchiga zarari yo’q.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:28:30
454. Kishi vafo qilish niyatida va’da bergan bo’lsa-yu, uni bajara olmasa — bu va’dani buzgani bo’lmaydi. Ammo vafo qilmaslik niyati bilan va’da qilsa — bu ayni xilofdir.

455. Kurash tushib yiqitgan emas, balki g’azabi kelganda o’zini bosib olgan odam kuchlidir.

456. Ro’za faqatgina yeyish-ichishdan saqlanish bilan emas, balki behuda, bema’ni va yomon so’zlardan saqlanish bilandir. Agar biror kishi seni so’ksa, sen unga: "œMen ro’zadorman", - deb uzr aytgin.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:29:09
457. Boylik molu dunyoning ko’pligi bilan emas, balki nafsning to’qligi bilandir.

458. Odamlarni murosaga keltirish uchun ularga yaxshi gaplarni tashigan kishi yolg’onchi hisoblanmaydi.

459. Yonida qo’shnisi och turib, o’z qornini to’yg’azib yuradigan odam mo’mini ko’mil emas.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:29:57
460. Odamlarni sulhga keltirish, arazlashganlarni yarashtirish uchun gapirilgan yolg’on gapning zarari yo’qdir.

461. Haqiqiy mo’min ta’na qiluvchi, la’nat aytuvchi, haqoratlovchi yoki laqma bo’lmaydi.

462. Haqiqiy dushmaning, agar uni o’ldirsang savobga, u seni o’ldirsa jannatga erishadiganing emas, balki o’z pushti kamaringdan bo’lgan (noqobil) farzandlaring va qo’l ostingdagi molu davlatingdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:30:48
463. Hech kim hech kimdan ortiq emas. Ortiqlik faqat dinu diyonatda va solih ishlarda bo’lishi mumkin. Behayo so’zlovchi, baxil, qo’rqoq odam uchun boshqa yomon sifatlar ikkinchi darajalidir.

464. Irim qiluvchi yoki irim qildiruvchi, folbinlik qiluvchi yoki folbinga boruvchi, sehr qiluvchi yoki sehr qildiruvchilar bizlardan (ya’ni mo’min) emaslar.

465. Birodarlarini aldovchi, ularga zarar yetkazuvchi yoki ularga makr hiyla qiluvchi odam bizlardan (ya’ni mo’minlardan) emasdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:31:29
466. Kimki kichiklarga rahmu shafqatli, kattalarga izzat-ikromli bo’lmasa, u bizlardan emasdir.

467. Hasadgo’ylik, chaqimchilik va folbinlik qiluvchilar mendan emaslar, men ham ulardan emasman.

468. Inson garchi o’zi odamlarning biror ishiga yaramagan bo’lsa ham, o’zini osmondagi surayyo yulduzi oldidan tushgandek tutishni yoqtiradi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:32:11
469. Agar senga o’zing so’ramay yoki kutmay turib, Tangri podshohlik tomonidan biror molu dunyo nasib qilsa, uni yeyaber va o’zingniki qilib olaver.

470. Mening u narsam bor, bu narsam bor, deyishni yoqtirmayman.

471. Kishi birodari uchun hikmatli so’zdan ortiqroq narsa hadya qilolmaydi. Chunki shu hikmat sababli Tangri uni to’g’ri yo’lga solib qo’yadi yoki yomon yo’ldan qaytaradi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:32:50
472. U qanday erki, xotinini qulni urgandek urib, so’ng kechasi yana u bilan birga yotadi?!

473. Dilingda biror shubha paydo bo’lsa, darhol uni tark qil.

474. O’z xizmatkoringning ishini yengillashtirishing sen uchun qiyomat kuni tarozingdagi savobingni ko’paytirishga sabab bo’ladi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:35:13
475. Bandaning molu dunyoga qo’ygan hirsi ikki och bo’rining qo’y podasiga qilgan tajovuzidan ko’ra zararliroqdir. Zero, bu bilan u o’z dini — imoniga putur yetkazadi.

476. Jabrail alayhis salom34  menga domiy ravishda qo’shniga yaxshilik qilishni tavsiya etar edi, hatto qo’shniga meros ham qoldirishim kerakmi, deb o’ylab qolar edim. Xizmatkorlarga ham shunday yaxshi muomalada bo’lishlikni aytar ediki, hatto muayyan bir vaqt belgilasa kerak va o’sha muddat yetishi bilan qullar o’z-o’zidan ozod bo’lib ketsa kerak, deb o’ylab qolardim.

477. Odamlar ketayotgan to’g’ri yo’llaridan to o’zaro janjal chiqarmagunlaricha adashib ketmaydilar.

34 Elchi farishta
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:36:09
478. Kimki hayotda tejamkor bo’lsa, zinhor qashshoqlikka tushmaydi.

479. Banda qilgan gunohidan nadomat chekib afsuslangan zahoti, u istig’for aytmasdan turiboq, Tangri uning gunohini kechib yuboradi.

480. Kishi sadaqa-ehson va muruvvat eshigini ochsa, Tangri uning molu dunyosiga baraka ato etadi. Agar u tilamchilik eshigini ochgudek bo’lsa, Tangri uning faqirligini ziyoda qiladi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:36:47
481. Odam farzandi uchun namoz, murosasozlik va xushxulqlikdan afzal ish yo’qdir.

482. Tirik turgan hayvondan kesib olingan parcha go’sht o’limtik hukmidadir.

483. Fahsh har qanday narsani buzadi. Hayo har bir narsaga ziynat baxsh etadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:37:40
484. Muloyimlik har bir narsaga ziynat beradi. Qaysi narsada u bo’lmasa, u narsa buziladi.

485. Qaysi bir ishni odamlar oldida qilish uyat deb bilsang, uni yolg’iz qolganingda ham qilma.

486. Odam qalbida go’yo Oy yonidagidek bir bulut bordir. Oy yoritib turganda to’satdan bulut kelib uni berkitib qo’ysa — qorong’ulik, bulut ko’tarilsa yorug’lik bo’lib turgani kabi, qalb ham ba’zida ravshanlashib, ba’zida xiralashib turadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:40:03
487. Vafotidan so’ng nadomat qilmaydigan odam bo’lmaydi. Yaxshi kishilar bu dunyoda xayrli ishlarni ziyodaroq qilmaganidan, yomon kishilar esa yomonlikdan qaytib tavba qilmaganidan nadomat chekadilar.

488. Qaysi bir odam biror mo’min birodarining boshiga musibat tushib, obro’ va hurmatiga putur yetib turganda yordam qo’lini cho’zmasa, o’zining boshiga kulfat tushib, najot tilaganda Tangri ham unga yordam bermaydi. Agar, aksincha, unga yordam qo’lini cho’zsa, Tangri ham uning hojatiga madadkor bo’ladi.

489. Tangri nazdida savob umidida g’azabni yutishdek ulug’ savob yo’qdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:41:13
490. Gunohlar ichida Tangri shirkidan keyin turadigan katta gunoh o’zining jufti halolidan boshqa ayolga shahvat suvini sarf qilishlikdir.

491. O’n kishiga va undan oritq odamlarga boshliq bo’lgan kishi qiyomat kuni ikki qo’li bo’yniga bog’liq holda qo’pgay. Agar u odil bo’lgan bo’lsa, adolati kelib qo’llarini yechadi. Bordiyu zolim bo’lgan bo’lsa, zulmi qo’llarini mahkamroq bog’laydi. Amaldorlikning boshi malomat, o’rtasi nadomat, oxiri qiyomat sharmandaligidir.

492. Bandaning savob tarozusida yaxshi xulqdan og’irroq ish yo’qdir. Uning darajasi hatto namoz va ro’zaning darajasi bilan barobardir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:42:32
493. Tangrining nazdida to’g’ri so’zdan ortiq sadaqa yo’qdir.

494. Qaysi bir mo’min o’z birodari haqiga g’oyibona duoda bo’lsa, bir farishta bu bandaga: "œSenga ham shunday bo’lsin", - deb turadi.

495. Qaysi bir bandaning bo’ynida qarzi bo’lib, niyati uni uzishlik bo’lsa, Tangri unga o’z yordamini ko’rsatadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:43:27
496. Biror qalb yo’qki, Tangrining qo’lida bo’lmasa, agar xohlasa u qalbni to’g’rilab qo’yadi, xohlasa adashtirib qo’yadi. Darajalar tarozusi ham uning qo’lidadir. To qiyomatgacha birovlarning darajasini ko’tarib, boshqalarni pasaytirib turadi.

497. Qaysi bir mo’min biror ekin eksa yoki mevali daraxt o’tqazsa-yu, ulardan qushlar, odamlar yoki hayvonlar esa, bu uning uchun sadaqa hukmida bo’ladi.

498. Ikki mo’min o’zaro uchrashib, qo’l berib so’rashgan zahoti ajralishib ketmay turiboq ularning gunohlari kechiriladi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:44:16
499. Odam tanasida qorindan yomonroq idish yo’qdir. Inson bir necha osham ovqat bilan kifoyalanadi. Agar zarur bo’lsa, qorinning uchdan birini ovqatga, yana uchdan birini suvga, qolgan uchdan birini nafas olishga ajratsin.

500. Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi.

501. Yaxshi ulfat bamisoli attordir. Attordan biror narsa olmasang-da, undagi narsalarning hidlaridan bahramand bo’lib turasan.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 16 Fevral 2008, 16:45:02
502. Odamlarga yaxshi va’z-nasihatlar qilib, o’zi unga amal qilmaydigan olim, go’yoki odamlarga yorug’lik taratib o’zini kuydirib tugatayotgan shamchiroq kabidir.

503. Inson qalbi bamisoli sahrodagi bir qush qanotining patidir: shamol uni goh u tomonga, goh bu tomonga ag’darib turadi.

504. Ilmni o’rganib, so’ng uni boshqalarga o’rgatmaslik go’yoki molu dunyoni yig’ib, uni sarf qilmay, ko’mib qo’yish bilan barobardir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 22 Fevral 2008, 19:33:43
505. Qaysi bir xalqning ichida jinoyat va gunoh ish qiluvchilardan ko’ra qilmaydiganlar ko’p va kuchli bo’laturib ularni tiyib qo’ymasalar Tangrining ofati hammalariga barobar bo’ladi.

506. Inson farzandi yaratilganda yonida o’limning 99 sababi ham birga yaratiladi. Agar u shu o’limlardan xalos topib yashasagina unga qarilik nasib etadi.

507. Ummatlarim bamisoli yomg’ir kabidirkim, yomg’irning boshlanishi ham, oxiri ham foydalidir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 22 Fevral 2008, 19:34:36
508. Menga nisbatan sizlar go’yo yoqib qo’yilgan o’tga o’zini urayotgan parvona va chigirtkalar kabidirsizlar. Men sizlarni o’tga tushishdan saqlash uchun belbog’laringdan ushlab qanchalik tortmayin, sizlar qo’limdan chiqib ketib, o’zlaringni o’tga tashlayverasizlar.

509. Odamlar bilan murosa-yu madorada bo’lish ham sadaqa hisoblanur.

510. Garchi o’zlaringiz amal qilmasangizda, odamlarga amru ma’ruf qilaveringlar va garchi o’zlaringiz saqlanmasangiz-da, yomon ishlardan boshqalarni qaytaraveringlar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 22 Fevral 2008, 19:37:22
511. Foydali ilmlarni o’rgatuvchi odamning gunohi kechirilishini so’rab, har bir narsa, hatto dengizdagi baliqlar ham istig’for aytadilar.

512. Beshta g’oyibona ilm borki, ularni Tangridan o’zga hech kim bilmaydi:

1. Tangridan boshqa hech kim ertaga nima bo’lishini bilmaydi.
2. Tangridan boshqa hech kim ona qornida qanday homila borligini bilmaydi.
3. Qiyomat qachon bo’lishini ham Tangridan o’zga hech kim bilmaydi.
4. Hech bir inson o’zining qayerda vafot etishini bilmaydi.
5. Qachon yomg’ir yog’ishini ham Tangridan o’zga hech kim aniq bilmaydi.

513. "œInjil"da35  shunday ibora bor: "œDiyonatingga yarasha jazo yoki mukofot olursan va o’lchovingga yarasha ulush olursan".

35 Injil — nasroniylarning muqaddas kitobi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 22 Fevral 2008, 19:38:46
514. Bemorni ko’rgani borganda uning peshonasiga qo’lni qo’yib hol-ahvol so’rash barkamol ziyorat hisoblanadi. Qo’l berib ko’rishib salomlashish mukammal bo’ladi.

515. Kishining bema’ni gaplardan tilini tiyishi — uning mo’minligi naqadar chiroyli ekanligidan darak beradi.

516. Boshga tushgan musibatlarni, o’zidagi kasalliklarni va qilgan xayru ehsonini yashirish — yaxshilik xazinalaridandir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 22 Fevral 2008, 19:39:29
517. Kimki mo’minlarga ularning yo’llarida aziyat tug’dirsa, unga ularning la’nati yog’ilur.

518. Kimki biror mo’minga ozor bersa, go’yo u Menga ozor bergan bo’ladi. Menga ozor bergan Tangriga ozor bergan bo’ladi.

519. Kimki ulamolar oldida faxrlanish, nodonlar bilan bahslashish yoki odamlarning diqqatini o’ziga tortish maqsadida ilm o’rgansa, uning joyi jahannamdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 23 Fevral 2008, 13:53:41
520. Kimki turli vositachilar orqali qozilik mansabini egallagan bo’lsa, u o’z holiga tashlab qo’yiladi. Bordiyu o’zi xohlamasa-da, uni majburan qozi qilib qo’yilsa, Tangri uning so’zlarini to’g’rilab turuvchi yordamchi bir farishtani hamroh qilib qo’yadi.

521. Musibat yetganda sabr qiluvchi, berilgan ne’matlarga shukr qiluvchi, birovlarning qilmishlarini kechiruvchi, o’zi birovga zulm yetkazsa, tavba qiluvchi kishilarga xotirjamlik va hidoyat ado etilur.

522. Kimki biror millatni dilidan sevsa, qiyomatda Tangri uni o’sha millat safida tiriltiradi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 23 Fevral 2008, 13:54:35
523. Kimki otasining vafotidan keyin ham unga yaxshilik qilishni istasa, uning yoru birodarlari bilan aloqani uzmasin.

524. Kimki mo’minlardan foyda orttirish uchun uyida g’alla saqlasa, u xato qilgan bo’ladi va Tangri bilan uning payg’ambariga bergan ahdu paymonini buzgan hisoblanadi.

525. Kimki yoshligida o’q otish san’atini yaxshi egallab, so’ng uni tark etib yuborgan bo’lsa, demak u ulug’ ne’matlardan birini qo’ldan beribdi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 23 Fevral 2008, 13:55:31
526. Kimki uzish niyati bilan odamlardan qarz olsa, unga Tangrining o’zi yordam beradi. Bordiyu, yeb ketish niyati bilan qarz olgan bo’lsa, Tangri ham uning dunyosidan barakani ketkazib qo’yadi.

527. Kimki biror narsani nohaq yo’l bilan o’zlashtirmoqchi bo’lib da’vo qilsa, unday odam mo’min emas, u do’zaxdan o’ziga joy tayinlayversin.

528. Kimki duolarim ijobat bo’lsin, tashvishlarim boshimdan arisin desa, kambag’allar holidan xabar olsin.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:07:54
529. Kimki Ollohni o’rtaga qo’yib sizlardan panoh tilasa, sizlar unga panoh beringiz. Va kimki Olloh nomi bilan sizlardan biror narsa tilasa, albatta beringlar. Kimki sizlarni ziyofatga chaqirsa, boringlar. Sizlarga birov xayr-ehson qilsa, sizlar ham unga shu miqdorda qaytaringlar. Bordiyu, o’sha miqdorda qaytarishga mablag’ topa olmasanglar, qilgan ehsoni evazida uning haqiga duo qilinglar.

530. Kimki biz biror amalga saylab qo’ygan bo’lsak va unga shu amaldan rizqu nasiba yetib turgan bo’lsa, shundan ziyoda olgan narsasi xiyonatdir.

531. Kimni biz biror amalga  tayin etib qo’yganimizdan keyin u nina miqdorida va undan ortiq narsani bizdan yashirib o’zlashtirmoqchi bo’lsa, qiyomat kuni shu olgan narsasi bilan xiyonatchi bo’lib turadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:08:55
532. Kimki bilib turib o’g’irlik narsani sotib olsa, u shu o’g’irlikning ori va gunohiga sherik bo’ladi.

533. Kimki biror mo’min birodari yoqtirib turgan taomni tayyorlab unga yedirsa, Tangri bunday kishini do’zaxdan omon qoldiradi.

534. Kimki qashshoqlik balosiga mubtalo bo’lib, undan qutulish uchun odamlardan madad so’rasa, albatta uni ikki yo’lning biri bilan: yo ajalini tezlatib, yoki boyitish bilan xalos qilur.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:09:33
535. Birovning uyiga beruxsat eshik yoki teshikdan mo’ralagan odamning ko’zini o’yib olish joizdir.

536. Kimki birovning yozayotgan yoki kelgan xatini beruxsat o’qishga intilsa, go’yoki u do’zaxga intilgan bo’ladi.

537. Kimki nohaq adovat va xusumat qilayotgan kishilarga yordam bersa, to bu ishidan tavba qilmagunicha, u Tangrining g’azabida bo’lur.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:10:18
538. Kimki zolimga birovlarning haqini nohaq o’zlashtirishga yordam bersa, u Tangrining va Uning payg’ambarining ahdu paymonini buzgan bo’ladi.

539. Birodarining uzrini qabul etmagan kishining gunohi sudxo’rning gunohi bilan barobardir.

540. Kimki qul va cho’rilarining ko’pligi bilan faxrlansa, Tangri uni xorlikka mahkum etur.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:11:27
541. Bir mo’min kishini g’iybat qilayotganda uning obro’sini himoya etishga qodir bo’la turib, buni qilmasa, Tangri uni bu dunyoda ham, u dunyoda ham xor etur.

542. Bilimi yetmagan narsaga fatvo bergan kishi unga amal qilganlarning gunohlarini ham olur. Kimki haqiqatni bilib turib, noto’g’ri maslahat bersa, demak, unga xiyonat qilibdi.

543. Kimki qilmishiga pushaymon bo’lib uzr so’ragan odamni kechirib yuborsa, uning xatolarini ham Tangri qiyomat kuni kechirur.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:12:17
544. Kimki birovning yerini zulm bilan egallab olsa, qiyomat kuni Tangri g’azabiga uchrar.

545. Kimki birovning mol-mulkini zo’rlik bilan tortib olsa, u islom ahlidan emas.

546. Qiynalib qolgan qarzdorga belgilangan muddatni uzaytirgan kishiga har kuni shu qarz miqdorida sadaqa qilganning savobi yozilib turadi. Bordiyu belgilangan muddat yetgach, yana uzaytirsa, har kuni qarziga ikki barobar sadaqa qilganning savobi yozilib turadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:12:55
547. Halol kasbdan charchab uxlagan odam gunohlari kechirilgan holda tunaydi.

548. Qo’llarida ovqatdan qolgan yog’ qoldiqlari bilan yotib uxlagan odamga biror kasallik yopishsa, o’zidan ko’rsin.

549. Hovlisini sotgan odam, o’sha bahoning o’ziga yana hovli sotib olmasa, orttirgan pulining barakasi ketadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:13:47
550. Molining aybini aytmay yashirib sotgan odamga Tangrining g’azabi va farishtalarining la’nati yog’ilib turadi.

551. Sababsiz o’z hovlisi yoki yerini sotgan odam molu dunyosining barakasini ketkazib turish uchun Tangri turli sabablarni paydo qilib qo’yadi.

552. Kimki badaviylik (sahroda yashash)ni ixtiyor qilsa, demak, u o’ziga jafo qiladi. Kimki ovchilikka ortiqcha berilib ketsa, boshqa ko’p foydali narsalardan g’aflatda qoladi. Kimki podshohlar saroyiga qatnayversa, fitnaga qoladi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:14:38
553. Kimki ota-onasining roziligini olgan bo’lsa, unga qanday yaxshi! Tangri uning umrini uzaytiradi.

554. Kimki shoshilmay, sabru qanoat bilan ish qilsa, qilgan ishi to’g’ri chiqadi yoki shunga yaqin bo’ladi. Shoshilgan odamning ishi xato chiqadi yoki shunga yaqin bo’ladi.

555. Dasturxonga to’kilgan taom va ushoqlarni terib yeydigan odamning gunohlari to’kiladi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:15:20
556. Tabobat ilmida tanilmagan odam soxta tabiblik qilsa, u odamlar uchun zomindur.

557. Kimki o’zini katta tutib, yurish-turishida kibru havoli bo’lsa, oxiratda Tangrining g’azabiga duchor bo’lur.

558. Tangriga suyanish o’rniga boshqa sehru jodu, tumorlarga ixlos qilgan kishini Tangri o’z holiga tashlab qo’yadi (ya’ni yordam bermaydi).
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:16:00
559. Kimki Tangri nazdida o’zini kamtar tutsa, uning martabasi va obro’sini ziyoda qilur.

560. O’zi bilimsiz bo’la turib, turli nizo va muhokama ishlarida qatnashib yuradigan odam to bu ishidan qaytmaguncha Tangrining g’azabida bo’lur.

561. Kimki hadislarimni rivoyat qilishda yolg’onmikan deb xayol qilsa, demak u yolg’onchilarning yolg’onchisidir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:16:44
562. Kimki gapirayotgan gaplarining ham nomai a’moliga yozilishiga ishonsa, bema’ni gaplardan tilini tiyishga o’tadi.

563. Har qanday odamning ham qilgan ishlari yaxshi hisob-kitob qilinadigan bo’lsa, albatta u azobga mustahiq bo’lib chiqadi.

564. Kimki birovning yoki o’z xodimining oilasida mojaro va nizo chiqishiga sababchi bo’lsa, u ahli islomdan emas.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:17:42
565. Kimki birovni o’z nomi o’rniga biror laqab bilan chaqirsa, uni farishtalar la’natlaydilar.

566. Kimki o’z jahlu g’azabini qaytarsa, Tangri undan o’z azobini qaytaradi. Kimki odamlarni g’iybat qilishdan tilini tiysa, Tangri ham uning aybu nuqsonlarini fosh qilmaydi.

567. Sizlarning qay biringiz biror jinoyat yoki gunoh ish qilayotgan odamni ko’rsangiz, uni avvalo qo’l bilan qaytaring. Bunga imkoni bo’lmasa, til bilan qaytaring. Bunga ham qodir bo’lmasangiz, dilingizda nafratlaib turing. Lekin bu uchinchisi odamning imoni zaifligiga dalolatdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:18:21
568. Kimki chumchuqdek qushni so’yishda ham o’z rahmdilligini ko’rsatadigan bo’lsa, Tangri bunday kishiga qiyomat kuni o’z mehribonligini ko’rsatadi.

569. Kimki suv toshqini yoki yong’inning oldini olsa, unga shahid bo’lganning savobi berilur.

570. Biror kasbu hunar orqasidan rizqu nasibaga ega bo’lib yashayotgan odam, shu kasbni beuzr o’zgartirmasin!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:19:30
571. Qaysi bir mo’minga Tangri soliha xotin nasib qilgan bo’lsa, demak uning diyonatining yarmiga yordam qilibdi. Qolgan ikkinchi yarmi uchun uning o’zi harakat qilsin!

572. Kimning xulqi yomon bo’lsa, u o’zini azobga giriftor qiladi. Kimning tashvishi ko’paysa, butun tanasi dard tortadi. Kimki odamlar bilan janjallashishga odat qilsa, obro’si va muruvvatidan ajralib qoladi.

573. Kimki boyish maqsadida odamlardan tamagirlik qilsa, demak jahannam o’tidan o’zi uchun nasiba tayyorlagan bo’ladi. Uni ko’paytirish yoki ozaytirish qanchalik tama qilishiga bog’liqdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:20:13
574. Qaysi bir olim ilmidan so’ralganda qizg’anib gapirib bermasa, qiyomat kuni og’ziga o’tdan tizgin solib qo’yiladi.

575. Odamlarning sirlarini bilib olib, tashimachilik qiluvchi chaqimchining nasli pok ekanligi shubhalidir.

576. Kimki bizlarga qarshi tig’ ko’tarsa, u ahli islomdan emas.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:20:58
577. Birovlarga zarar yetkazuvchi odamning zararini Tangri o’ziga qaytarur, birovlarga qiyinchilik keltiruvchi odamning ham boshiga mashaqqatli kunlarni solur.

578. Kimki o’z xizmatkorini nohaq ursa, qiyomat kuni undan qasos olib beriladi.

579. Kimki o’zining yoki birovlarning yetim bolalarini to voyaga yetib, mustaqil hayot kechiradigan bo’lgunlaricha tarbiya qilsa, unga jannat muqarrardir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:21:37
580. Ikki qiz farzandni boqib, tarbiyalab voyaga yetkazgan odam bilan Men jannatda birga bo’lurman.

581. Qarovsiz qolgan mo’minlar oilalariga kechayu kunduz moddiy yordam ko’rsatib yuruvchi odamning gunohlarini Tangri kechirib yuboradi.

582. Kimki birovning biror aybini topib ustidan kulgan bo’lsa, o’zi ham shu aybga mubtalo bo’lmaguncha dunyodan o’tmaydi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:22:45
583. Kimki xiyonat qiluvchi bo’lsa, u ahli islomdan emas.

584. Kimki ko’zi ojiz odamni qirq qadam yetaklagan bo’lsa, uning jannatga kirishi aniqdir.

585. Kimki sulh bitimi bilan yashayotgan g’ayridinni o’ldirsa, u jannatning bo’yini ham hidlamaydi. Vaholonki, uning bo’yi qirq yillik masofadan sezilib turadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:23:57
586. Kimki musulmon mamlakatida yashovchi boshqa dinga mansub kishini haqorat qilsa, qiyomat kuni o’tdan yasalgan qamchi bilan uriladi.

587. Kimki eri bir yoqqa ketgan ayol bilan zino qilsa, qiyomatda unga bir ilon orqali azob beriladi.

588. Bu dunyoda ikkiyuzlamachi bo’lgan odamning qiyomatda o’tdan yasalgan ikki tili bo’ladi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:24:42
589. Kim soch qo’ygan bo’lsa, uni e’zozlab toza va tartibli tutsin!

590. Kimning yosh go’dagi bo’lsa, unga go’daklarcha qiliq qilib erkalatsin!

591. Kimning imoni Tangriga va oxirat kuniga sodiq bo’lsa, qo’shnisiga yaxshilik qilsin, mehmonni izzat-ikrom qilsin va gapirsa foydali gap gapirsin yoki jim yursin.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:25:36
592. Kimningki Tangriga va oxirat kuniga imon-ishonchi bo’lsa, biror mo’minning ko’ngliga iztirob yoki qo’rqinch solmasin!

593. Ko’rgan bilgani haqida guvohlik berishdan bosh tortgan odam yolg’on guvohlik bergan bilan barobardir.

594. Kimki mening nomimdan yolg’on hadis to’qib tarqatsa, do’zaxning xohlagan joyidan o’ziga joy tanlayversin!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:27:06
595. Birovni yaxshi yo’lga boshlab qo’ygan odamga ham o’sha yo’lga tushib ketgan odam olayotganchalik savob yozilib borur.

596. Kimki boshiga musibat tushgan odamdan hol so’rab ta’ziya bildirsa, o’sha musibatli odamga beriladigan savob miqdoridagi savobga ega bo’ladi.

597. Kimki shuhrat topish niyati bilan yasanib kiyim kiysa, u to uni yechmaguncha Tangrining rahmat nazaridan uzoqda bo’lur.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 13:27:53
598. Kimki nard o’ynasa, Tangriga va uning rasuliga osiy bo’lur.

599. Kimki odamlarga nisbatan noshukr bo’lsa, Tangriga nisbatan ham noshukr bo’lur.

600. Zolimning zolimligini bilib turib, unga yordam berish uchun u bilan birga yurgan odam islomdan chiqib qoladi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 19:23:53
601. Kimki birovga pul qarz bersa yoki ehson qilsa36, yoki adashgan odamni yo’lga solib qo’ysa, go’yo bir qulni ozod qilganchalik savobga ega bo’lur.

602. Kimki uchta qiz farzandni o’stirib, tarbiyalab, voyaga yetkazib, munosib joylarga uzatsa, uning mukofoti jannatdadir37.

603. Uylanishga yaroqli va qodir bo’la turib uylanmagan odam ahli islomdan emas.

36 Matnda: "œsut ehson qilsa".
37 580-raqamli hadisga qarang.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 19:24:59
604. Kimki bir mo’minni shu dunyodagi biror tashvishidan xalos etsa, Tangri uning oxiratdagi tashvishlaridan xalos etadi. Kimki bechorahol kishiga yordam bersa, Tangri unga ikki dunyoda yordam beradi. Kimki bir mo’minning aybini yopsa, Tangri uning ikki dunyodagi ayblarini yopadi. Banda birovning yordami uchun harakat qilar ekan, Tangri ham uning yordamida bo’laveradi.

605. Birodari bilan bir yil arazlashib yurishlik — uning qonini to’kish bilan barobardir.

606. Kimki boshqalarga rahmu shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahmu shafqat qilmaydi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 19:25:43
607. Rahm qilmaganga rahm qilinmaydi, kechirmaganni kechirilmaydi va birovning uzrini qabul qilmaganning tavbasi ham qabul qilinmaydi.

608. Kimki odamlardan hayo qilmasa, u Tangridan ham uyalmaydi.

609. Qaysi bir kimsaga Tangri yaxshilikni ravo ko’rsa, uni diniy va huquqshunoslik ilmlariga mohir qilib qo’yadi va unga to’g’ri yo’lni ilhom qilib turadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 19:26:21
610. Kimki birovga yomonlik qilsa, shu dunyoning o’zidayoq jazosini ko’radi.

611. Bexosdan sodir bo’lgan fojeali o’lim — mo’min kishi uchun rahmat, fosiqu fojir odam uchun hasratdir.

612. Mo’min — mo’minning ko’zgusidir. Mo’min — mo’minning birodaridir, unga maishiy ishlarida yordamlashadi, yo’qligida moli va obro’sini himoya qiladi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 19:28:03
613. Mo’min mo’min bilan bamisoli o’rta devorlari bir bo’lgan va yonma-yon qurilgan uylardek bir-birlarini tutib turishlari kerak.

614. Odamlarning mollariga va jonlariga qasd qilmaydigan odam haqiqiy mo’mindir. Xato gunohlardan o’zini uzoq tutadigan odam haqiqiy muhojirdir38.

615. Mo’min kishi odamlarga o’zini yaqin olib yuradi, odamlar ham unga yaqin munosabatda bo’ladi. Shunday munosabat hosil qilmaganlarida yaxshilikning o’zi yo’q bo’ladi. Odamlarga foydasi ko’proq tegadigan kishi — odamlarning yaxshirog’idir.

38 Muhammad (s.a.v.) payg’ambar bilan birga Makkadan Madinaga ko’chgan kishi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 19:29:27
616. Mo’min kishi g’ayratli bo’ladi. Tangri eng kuchli g’ayrat egasidir.

617. Mo’min kishi soddadil, saxiy bo’ladi, fosih odam hiylakor, makkor va baxil bo’ladi.

618. Ollohning rizosi uchun harakat qiluvchi odam haqiqiy mujohiddir39.

39 Xudo yo’lida jang qiluvchidir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 25 Fevral 2008, 19:30:15
619. Ikki kishi bir-birlarini haqorat qila boshlagan bo’lsalar, ulardan qay biri birinchi boshlagan bo’lsa-yu, basharti bunisi haqoratda undan o’tkazib yubormagan bo’lsa, gunohi o’shanga bo’ladi.

620. Maslahat so’raluvchi odam omonatdordir. O’ziga qanday ko’rsa, maslahat so’raganga ham shunday to’g’ri va foydali maslahat bersin!

621. Haqiqiy mo’minning qo’lidan ham, tilidan ham mo’minlar ozor topmaydilar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 18:56:38
622. Musulmonning tili va qo’lidan musulmonlarga aziyat yetmaydi, mo’min esa mo’minlarning molu jonlariga tajovuz qilmaydi.

623. Mo’min — mo’minning ko’zgusidir. Unda biror kamchilik yoki nuqsonni ko’rib qolsa, darhol tuzatib qo’yadi.

624. Mo’minlarning hammasi bir-birlariga birodardirlar. Ularning biri ikkinchisidan ortiq emas, balki ortiq-kamlik taqvoga qarab belgilanadi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 18:57:16
625. Mo’minlar kelishilgan shartnomalarga qat’iy rioya qiladilar.

626. Vazifani o’z vaqtidan kech qoldirib bajarish ham zulm turlariga kiradi.

627. Makru hiyla va xiyonatning joyi do’zaxdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 18:59:21
628. Qabrdagi murda ahlu ayol va qarindoshlarining dod solib yig’lashlaridan azoblanadi.

629. Bizning so’zlarimizni eshitib olib, o’zgartirmagan holda, odamlarga yetkazadigan kishining yuzini Tangri yorug’ qilsin! Bevosita bizdan eshitgan odamdan ko’ra ko’proq g’oyibona rivoyat qiluvchilar40  orqali eshitgan kishilar hadislarimni yaxshiroq saqlaydigan bo’lishi mumkin.

630. O’z haqini himoya qilish yo’lida qurbon bo’lgan odamning o’limi naqadar yaxshi o’limdir!

40 Ya’ni roviylar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:00:32
631. Mo’min kishining yaxshi niyati qilgan amalidan ham afzaldir. Munofiq kishining qilgan yaxshi amali dilidagi yomon niyatidan afzaldir. Har bir kishi o’z niyatiga qarab ish tutadi. Mo’min kishi qachon biron ezgu ish qilsa, dili ravshanlanaveradi.

632. Gunohiga pushaymon bo’lish ham tavba hukmidadir.

633. Rasululloh ummatlarini adashish va yanglishishdan qaytarganlar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:01:13
634. Rasululloh ummatlarini hayvonlar kabi bichishni man etganlar.

635. Rasululloh ikki kishi birga ovqatlanganda biri ikkinchisidan beijozat dasturxondagi taom yoki mevalardan ikkitadan olib yeyishni man etganlar.

636. Rasululloh o’zini odamlardan chetga olib, xilvatda zohidlik qilishni man etganlar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:01:52
637. Rasululloh mehmon uchun ortiqcha takalluf (ziyofat uchun haddan ortiqcha urinish)ni man etganlar.

638. Rasululloh marhumlar sha’niga mubolag’a bilan madhiya va marsiya aytishni man etganlar.

639. Rasululloh ummatlarining turli nazr-niyoz qilishlarini man etganlar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:03:16
640. Rasululloh bir uyda yakka uxlashni man etganlar.

641. Rasululloh janglarda ayollarni va norasidalarni qatl qilishni man etganlar.

642. Rasululloh har qanday mast qiluvchi va bo’shashtiruvchi narsalarni iste’mol qilishni41 man etganlar.

41 Ya’ni giyohvandlikni.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:03:58
643. Rasululloh soch va soqolning oqlarini yulib tashlashni man etganlar.

644. Rasululloh qabr ustiga o’tirishni, qabr ustini butunlay tekislab tashlashni yoki uning ustiga turli baland qubbalar qurishni man etganlar.

645. Rasululloh qabr ustiga biror narsa yozib qo’yishni ham man etganlar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:06:40
646. Rasululloh safardan o’z uyiga kechasi bemahal kirib kelishni man etganlar.

647. Rasululloh beijozat ikki kishining o’rtasini yorib, oralariga suqilib kirib o’tirishni man etganlar.

648. Baxillikdan yomon illat yo’q.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:08:11
649. Odamlarni kuldiraman deb yolg’on gapiradigan odamlarning holiga voy, holiga voy.

650. Yomon ulfatdan yakkalik yaxshi, yakkalikdan yaxshi ulfat yaxshi, jim o’tirgandan foydali gap yaxshi, befoyda gapdan sukut saqlagan yaxshi.

651. Do’stlik ham, adovat ham nasldan naslga meros qoladigan narsadir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:08:49
652. Naqd pulim bo’lmasa, biror narsani nasiyaga sotib olmayman.

653. Omonatga xiyonat qiluvchida imon yo’q, ahdida turmaydiganda diyonat yo’q.

654. Parhezkor uchun molu dunyoning zarari yo’q. Boylikdan ko’ra ham parhezkor odam uchun salomatlik yaxshi. Ko’ngil ochiqligi katta ne’matdir.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:09:30
655. Salom berib kirmagan odamni huzuringizga qo’ymanglar!

656. Kofirlarni haqorat qilib, mo’minlar boshiga ulardan biror kulfat yetishiga sababchi bo’lib qolmanglar!

657. O’q otish mashqida jonli narsani nishon qilib qo’ymanglar!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:10:52
658. Uylaringizdagi yonib turgan o’tni o’chirmasdan uyquga ketmanglar!

659. O’limni orzu qilmanglar!

660. Dushman bilan to’qnashib jang qilishni orzu qilmanglar. Ammo jang boshlanib qolsa, sabot va matonatli bo’linglar!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:11:46
661. Moxov kasaliga uchraganlarni tikilib tomosha qilmanglar!

662. Odamlardan hech bir narsani tilanib so’rama. Hatto ot ustidan qo’lingdan oqamching tushib ketsa ham, o’zing tushib ol!

663. O’lib ketganlarni yomonlab haqorat qilmanglar, chunki ular qilmishlariga yarasha mukofot yoki jazo oladigan joyga ketganlar.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:12:29
664. O’lganlarni haqoratlab, ularning tirik qarindoshlarini ranjitib qo’ymanglar!

665. Ayollarni urmanglar!

666. Birodaring biror og’ir ahvolga tushib turganda sen uning ustidan kulma. Agar kulsang Tangri unga marhamat qilib, og’irini yengil qilishi va uning kunini sening boshingga solib qo’yishi mumkin.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:13:30
667. Birovning tashqi ko’rinishiga yoki qilayotgan yaxshi ishiga qarab uni maqtashga shoshilmanglar, balki uning oxirgi holiga nazar solinglar!

668. G’azablanma!

669. Qabr yonidan o’tayotgan odam hayotdan to’yganligidan: "œKoshki shu qabrdagi o’lik o’rnida men yotsam", - deydigan zamon kelmaguncha qiyomat qoyim bo’lmaydi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:14:18
670. Badbaxt odamdagina rahmu shafqat bo’lmaydi.

671. Hayotda ko’p yanglishgan va ko’p tajriba orttirgan kishilargina yuvosh va muloyim bo’lib qolurlar.

672. Bo’sh yerlarni o’zicha chegaralab o’ziga mulk qilib olish va savdoda o’zi olmayhdigan narsaning bahosini ko’tarib ketishlik islomda yo’q.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:15:05
673. Bir-birlaringga Tangrining la’nati, g’azabi yoki do’zaxini tilab so’kishmanglar.

674. Mehmondo’st bo’lmagan odamdan yaxshilik kutilmaydi.

675. Birovga ham zarar yetkazma, o’zingga ham birov zarar yetkazishiga yo’l qo’yma. Bularning ikkisi ham islomda yo’q.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:15:57
676. Mozorlarga, aziz-avliyolarga atab qurbonlik qilish islomda yo’q.

677. Birovning molu mulkiga tajovuz qilish islomda yo’q.

678. Istig’for (kechirim so’rash) bilan katta gunohlar ham kechiriladi. Muttasil qilinaversa kichik gunohlar ham kattaga aylanaveradi.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:16:34
679. Gunoh ishlarni qilaman deb ichilgan nazr (qasam) amalga oshirilmasin.

680. Johiliyat odatlaridan biri hayvonlarning birinchi bolasini qurbonlik qilish, ikkinchi odat — rajab oyida jonlik so’yish islomda yo’q.

681. Uch kundan ortiq arazlashib yurish islomda yo’q.
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:17:16
682. Tilini befoyda so’zlardan tiyib olmaguncha kishi imonning halovati qanday bo’lishini sezmaydi.

683. Hech bir savobli ish Tangri man etgan narsalaridan saqlanishga barobar kela olmaydi.

684. Bir-birlaringizga tuhmat va bo’hton qilmanglar!
Nom: Re: Axloq-odobga oid hadis namunalari
Yuborildi: Foniy 01 Mart 2008, 19:18:22
685. Mo’min kishi birovning haqiga xiyonat qilmaydi.

686. Hech kim o’ziga-o’zi o’lim tilamasin. Chunki yaxshi odam bo’lsa, tirik holida savobli va xayrli ishlarni ko’p qilishi mumkin. Agar gunohlari ko’p bo’lsa, tavba qilishga imkoniyat topadi.

687. Dinu diyonatini saqlash yo’lidagi qiyinchililklarga sabr qilaman degan odam uchun go’yo qo’lida yonib turgan cho’g’ni ushlab turgandek bo’ladigan zamonlar ham keladi.

688. Ishni puxta va chiroyli bajaruvchi odamni Tangri do’st tutadi.
Nom: Re: AXLOQ-ODOBGA OID HADIS NAMUNALARI
Yuborildi: AbdulAziz 21 Fevral 2009, 09:48:24
Axloq-odobga oid hadis namunalari

(http://www.ziyouz.com/images/books/axloq-odob_hadis.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=346)

Muallif: Hamidulla Hikmatullayev, Abdulaziz Mansurov
Hajmi: 149 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=346)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1814.0)