forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: JaviK 12 Noyabr 2007, 23:02:45

Nom: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 12 Noyabr 2007, 23:02:45
Bazilar sevadi qora qoshlar uchun
bazilar sevadi uzun sochlar uchun
bazilar sevadi boyligi uchun
Men sizni sevan sof yurak uchun.

Sevsang sevgin bittasini
Ishontirma ikkitasini
Va`da qilsang uchtasini
Zaynit qilma to`rtasini

Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 22 Noyabr 2007, 06:08:58
Qiz bo'lgan...
BIZGACHA HAM OLOV BO'LGAN SUV BO'LGAN,
SIZGACHA HAM NE-NE OHU KO'Z BO'LGAN.
O'ZINGIZGA BINO QO'YMANG YAXSHI QIZ,
YALMOG'IZ HAM YOSHLIGIDA QIZ BULGAN
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 22 Noyabr 2007, 06:10:20
Haftalik hayot...
Dushanbada biz tanishdik
Seshanbada yana uchrashdik
Chorshanbada sovchi qo’yildi
Payshanbada to’yimiz bo’ldi
Jumada biz qaymoq yalashdik
Shanbada biz qattiq talashdik
Yakshanbada jonimdan to’ydim
Dushanbada olib borib qo’ydim
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: azizaxon 22 Noyabr 2007, 13:41:13
Assalomu Alaykum!!! Javik_0770_lito juda chiroyli she'r ekan nega to'xtab qoldiz yana davom eting.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: azizaxon 22 Noyabr 2007, 13:44:57
Bog'inga bir nafas kirayin dedim,
Gullarning ifforin tuyayin dedim
Tonggacha muxabbat sharobin ichib
Qalbing mexmoni xam bo'layin dedim.
Ko'rsam ko'zlaringni ko'zim quvonar
Tinglasam so'zingni dilim quvonar
Ishq so'zin tilimga olmayin NECHUN
Qalbim ezgulikka nurga cho'lg'onar!!!"

Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: AbdurRohman 22 Noyabr 2007, 18:20:32
manimcha bunaqa she'rlarni Muhabbat bo'limida yozsa ham bo'ladi  Muhabbat haqida hazil she'rlar  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=799.0) mavzusida.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 02 Dekabr 2007, 08:25:25
Atir gulni avaylashar
Hidi so`lib qolguncha
Yigit qizni sevadi
Boshqasini topguncha
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 02 Dekabr 2007, 08:27:39
1.СЕВГИЛИМ
2.ЮА АГАМ
3.КЕА АГИМ
4.ХААТИМ
5.ХААЛИМ
6.МУХАББАТИМ
7.БАХТИМ
8.ТАХТИМ
9.АЛГИЗИМ
10.КЕЧА-КУАДУЗИМ
11.КОА А КУЗИМ
12.ШИАИА  СУЗИМ
13.ЯГОААМ
14.БИА ДОААМ
15.ХААТИМ БОА И
16.БАХТУ-ОЗОА ИМ
17.ЖОАИМ
18.АА МОАИМ
19.МЕХА ИБОАИМ
20.КУЛИМДАГИ КАЛАМИМ
21.ЮА АКДАГИ АЛАМИМ
22.КУЗИМДАГИ АШИМ
23.ЯГОАА СИА ДОШИМ
24.КАЙГУ-КУВОАЧИМ
25.ДИЛДАГИ ИШОАЧИМ
26.ДУСТУ-ДУШМААИМ
27.УМА ИМ ДАВОМИ
28.КАЛБИМ ОА ОМИ
29.БАХОА ИМ
30.БЕГУБОА ИМ!!!!!
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: Jiddiyqiz 07 Dekabr 2007, 09:13:33
Севги севги дейсиз севги узи борми?
Кизларни юраги севгига зорми?
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 08 Dekabr 2007, 06:58:54
Mening haqimdagi g'iybatlar yolg'on,
Ixtiyor o'zimda bo'lsa qaniydi.
Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan,
Ichmasam ul zotning ko'ngli ranjiydi.

O'zim boshladimmi, o'zim qilgum bas,
Do'stlarim behuda zavolim izlar,
Agar qirqqa kirmay o'lsam, may emas,
Meni xarob etgan bevafo qizlar!..

Muhammad Yusuf
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: Mahzunabonu 08 Dekabr 2007, 20:29:18
Tuyalar dumlari yerga tekkanda,
Sichqonga begemot erga tekkanda,
Sigir tuxum qo'yib, ho'kiz tuqqanda,
Men sizni sevaman, jonim, o'shanda!

DragonLORD qalamiga mansub. ;D
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 09 Dekabr 2007, 08:05:18
Ey go`zal sevdim seni
sevmasang meni yer yutsin seni
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: Mahzunabonu 17 Dekabr 2007, 22:22:28
Qurbaqalar ko'kda parvoz qilganda,
Baliqlar timsoxga ko'ngil qo'yganda,
Osmondan maydalab chalpak yoqqanda,
Men sizni sevaman jonim o'shanda

o'zimdan ;D
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 30 Dekabr 2007, 08:12:47
                                                                 Mani sevaman degan
-Mani sevaman degan,
Qalbimga olov yoqqan.
Qulog'imga lag'mon osgan,
O'shal go'zal senmusan?
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 30 Dekabr 2007, 08:13:21
Qalb torizdan joy olgan
Lapshalarni qulog'izga
bir amallab joylagan
ushal oshpaz mendurman
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 30 Dekabr 2007, 08:13:54
Mezim bilan yeyish kerak
Sizzi solib qozonga,
Yaxshilab qovurish kerak.
Bevafoligiz uchun
Mezim bilan yeyish kerak.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 30 Dekabr 2007, 08:15:08
                                                             Mangu qoladi
Qishda sevmang sovuq uradi,
Yozda sevmang qurip qoladi,
Kuzda sevmang hazon bo`ladi,
Bahorda sevsang mangu qoladi.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 30 Dekabr 2007, 08:17:48
                                                              Ilib ketar
Agar yigit sevib qolib
Gar aytmasa so`zini
Boshqa yigit sevib qolib
Ilib ketar qizini
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 02 Yanvar 2008, 07:31:56
Kaptar boqsang ikkita boq
Biri qafasda tursin .
Yigit topsen ikkita top
Biri zapasda tursin
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 02 Yanvar 2008, 07:34:22
Toshkent oblist ,muhabbat rayon ,
Indekis yurak ,siz menga kerak .
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: Usmon 04 Yanvar 2008, 16:54:34
               ...
Bahorda sevsang mangu qoladi.
Bahor sevsang ivib qoladi :)
Chindan sevsang MANGU QOLADI :9
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 05 Yanvar 2008, 04:04:32
Urib tursang edi agar yuragim,             
Muxabbat bor derdim dunyoi dunda.
Oh, sevgimni men ham uchratarmidim
Yomg‘ir shovullagan shunday bir kunda
Urib tursang edi bedor yuragim
Navqiron umrimga qilmay xiyonat
So‘ragan bo‘lardim taqdir azaldan
Balki fojeali go‘zal muxabbat.
Urib tursang edi xasta yuagim
Sevgining qo‘lidan dadil tutardim,
Sevgiga, umidga zor bu dunyoning
Barcha ko‘chasidan birga o‘tardim.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: AL_laziz87 21 Yanvar 2008, 17:48:25
Bizning adres
Muxabbat viloyati,
Sevgi qishlog'i
Birinchi burulish
Yurakka urulish
Indeks visol
Men sizga intizor
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: Mariya 22 Fevral 2008, 03:22:50
Aytchi shuncha sevganlar
Bo'lganmikan mencha bahtiyor
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 18 Aprel 2010, 20:25:39
Yig’layapman azizim, yig’layapman,
Qo’limda pichoq, yig’layapman.
O’ylamang, sizni deb yig’laganim yo’q,
Oshxonada piyoz to’g’rayapman.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 18 Aprel 2010, 20:29:37
Qalbga zardob bo`lib to`lganing alam
Gohida ochilmay so`lganing alam
Muhabbat hammasidan ham
Sochga oq tushganda kelganing alam
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: BelleQizcha 18 Aprel 2010, 21:24:14
Mezim bilan yeyish kerak
Sizzi solib qozonga,
Yaxshilab qovurish kerak.
Bevafoligiz uchun
Mezim bilan yeyish kerak.
Umuman adashtirovoribbsizzzzz ;D ;D ;D ;D ;D
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: munisaxon 19 Aprel 2010, 00:19:37
Tushlarimga kirmang uyqum qochadi
Xayolimga kelmang rangim o'chadi.
Sizga sms yozsam javob kelmasa
Ketgan sentlarimga mazam qochadi !
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: munisaxon 19 Aprel 2010, 00:20:26
Kun botib osmonga oy chiqqan zamon,
Rozi bo’l tushingda man bo’lay mehmon,
Rad etsang ko’ksingga qadayman kamon,
So’ng esa teringga tiqaman somon"¦
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: munisaxon 19 Aprel 2010, 00:21:20
A rmon etmang sevgimni, sizni sevib qolibman
S izni deya hayotda men o'zimdan tonibman
A do bo'lgan yuragim faqatgina sizni der
L ab burmang jonim netay ishq o'tida yonibman
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: munisaxon 19 Aprel 2010, 00:22:16
Kim sevib sevilmas yoshlik chog'ida.
Kim kuyib kulmas ishq firog'ida.
Qizlar ham sevarlar qanchalar sevar.
Lekin sevolmaslar yigitlarchalik.
Yolg'ondir qizlarning muhabbatlari.
Sevdim sevaman deb yozgan hatlari.
Bir boplab yahshilab so'ksa adasi.
esdan chiqib ketar bergan va'dasi
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: Shoxjahon12 19 Aprel 2010, 15:46:52
Bunday mavzu ochishga xojat yo'q edi, menimcha. Chunki "Muhabbat" bo'limida "Muxabbat haqida hazil she'rlar" degan mavzu bor ediku.  ::)
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: UzMuslim 19 Aprel 2010, 18:42:54
Yurakkinam yonib-yonib kuyib ketdi,
yig'lab-yig'lab ko'z yoshlarim tugab bitdi.
Bu dunyoda kutganlarim armon bo'lib.
Yurakdagi sevgi uyim qulab ketdi.
Men ham baxtdan to'yib-to'yib kulsam edi.
Bir borgina yorginamni quchsam edi.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: siddiqa 11 May 2010, 06:59:27
Kim sevib sevilmas yoshlik chog'ida.
Kim kuyib kulmas ishq firog'ida.
Qizlar ham sevarlar qanchalar sevar.
Lekin sevolmaslar yigitlarchalik.
Yolg'ondir qizlarning muhabbatlari.
Sevdim sevaman deb yozgan hatlari.
Bir boplab yahshilab so'ksa adasi.
esdan chiqib ketar bergan va'dasi

Kim sevib-sevilmas yoshlik chog'ida
Kim mahzun yig'laydi ishq titrog'ida
Qizlar ham sevarlar,shunchalik sevar
Qovrilib yasharlar hayo cho'g'ida

Haqiqat qizlarning muhabbatlari
"Sevdim-sevaman" deb yozgan baytlari
Eng go'zal sevgidan go'zalroq erur
Otasin hukmiga itoatlari

Eshmatjon Toshmatuf.

Yonib yashasa ham kulib turarlar ,
bu dardga yetadi qanoatlari ,
mahramin hukmidan chiqmagan qizlar ,
Ko'rinur  Rahmonga itoatlari .

(aytishuv bo'pketdi )
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: @ASI@ 11 May 2010, 11:24:16
SEN MENI UZGAGA UXHSATMA ZINHOR,
QUSH DEMA, UCHMOQQA YUQ MENDA MADOR
YULDUZ HAM EMASMAN, EMASMAN BAHOR,
MENI MENLIGIMCHA SEVA OLSANG SEV!!!!!
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: siddiqa 12 May 2010, 00:43:58
Bizning sevgimiz havas qilgudek ,
sen kulsang kulaman ,
sen xafa bo'lsang xafa bo'laman ,
sen oynadan sakrasang -men ham .......yo'g'e sal adashdim
tomosha qilaman va kulaman  :7 :7 :7 :7 :7
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: BelleQizcha 12 May 2010, 01:31:24
Bunday mavzu ochishga xojat yo'q edi, menimcha. Chunki "Muhabbat" bo'limida "Muxabbat haqida hazil she'rlar" degan mavzu bor ediku.  ::)
Nega nolisiz?
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: Shoxjahon12 12 May 2010, 12:32:44
Bunday mavzu ochishga xojat yo'q edi, menimcha. Chunki "Muhabbat" bo'limida "Muxabbat haqida hazil she'rlar" degan mavzu bor ediku.  ::)
Nega nolisiz?
Moxiyati bitta bo'lgan mavzularning nima keragi bor?
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 12 May 2010, 13:16:39
Bunday mavzu ochishga xojat yo'q edi, menimcha. Chunki "Muhabbat" bo'limida "Muxabbat haqida hazil she'rlar" degan mavzu bor ediku.  ::)

Chin she`rlarni qidirish uchun yana yangi mavzu qidirish kerakmi?
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: Shoxjahon12 12 May 2010, 13:40:46
Bunday mavzu ochishga xojat yo'q edi, menimcha. Chunki "Muhabbat" bo'limida "Muxabbat haqida hazil she'rlar" degan mavzu bor ediku.  ::)

Chin she`rlarni qidirish uchun yana yangi mavzu qidirish kerakmi?
"Sevgi-muxabbat haqida eng yaxshi she'rlar" degan mavzu chin she'rlarga kirmaydimi?
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: Shoxjahon12 12 May 2010, 13:43:02
Buning ustiga bu mavzu uchun "Oila va jamiyat" bo'limi ichidagi "Muxabbat" bo'limchasi bor edi. Yana bilmadim.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 12 May 2010, 13:48:15
Aytishadiku "O`zbekning kallasi abeddan keyin ishlaydi deb" bu mavzu ochilganiga uch yil bo`libdi, endi buni moderatorlarimi ikki guruhga  ajratishdan ko`ra kim ma`qul ko`rsa she`rlarini joylashsin, hohlamagan siz aytgan mavzularga joylashsin.  
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: Shoxjahon12 12 May 2010, 13:56:28
Aytishadiku "O`zbekning kallasi abeddan keyin ishlaydi deb" bu mavzu ochilganiga uch yil bo`libdi, endi buni moderatorlarimi ikki guruhga  ajratishdan ko`ra kim ma`qul ko`rsa she`rlarini joylashsin, hohlamagan siz aytgan mavzularga joylashsin.  
Men bilan o'chakishish uchun shunaqa gaplarni gapiryapsizmi? Qandaydir maqollaringiz ko'payib qoldi so'nggi paytlarda. Avvalo bu bo'limning moderatori emasman. Bu vaziyatda bo'lim moderatorini ham ayblash noto'g'ridek, nazarimda. Chunki mavzu ochayotgan foydalanuvchi forumni yaxshilab ko'rib chiqishi va bunday o'xshashliklar va bachkanaliklar paydo bo'lmasligiga ko'zi yetgachgina yangi mavzu ochishi kerak, deb o'ylayman.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: JaviK 12 May 2010, 14:42:28
1. Siz meni noto`g`ri tushundiz, maqol sizga qaratilmagan edi.

2. Siz bilan tortishish maqsadim ham yo`q, bu uchun ilmim va yoshim ham yetarli emas.

3. Men shunchaki mavzuni birlashtirgandan ko`ra qolaversin, kim joylagisi kelsa joylayversin, agar moderatorlarimiz hohlashmasa qarshiligim yo`q va ularni aylash  niyatim ham.

4. Bemazagarchilik debsiz, Fikri ojizimcha Ikkimzning postdan tashqari bekorchi postni ko`rmadim. Albatta postimizga aytilgan javobdan tashqari.

5. Bu mavzuni ochganimda 16 yoshda edim, forumdagi ilk qadamchalarim. Hozirgi holatimda esa Bu hol bo`lmas edi.

6. Bizning jamoamizda "Adolatli va Zolim podshoxga" qarshilik qilinmaslik ko`rsatilgan. Olloh bilguvchidir.
 
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: Shoxjahon12 13 May 2010, 15:13:45

Men juda to'g'ri tushundim, shekilli.
Mayli, off-toplarga to'ldirmay qo'ya qolay...
Ixlosimni qoldiryapsiz, janob  javik_0770_lito
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: munisaxon 16 May 2010, 17:49:22
Ishq bog’ida kezib tanho,
Qayta seni uchratmadim,
Yana korish ilinjida,
qidirishni to`xtatmadim.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: munisaxon 16 May 2010, 17:50:29
Bir kun xudo olsa-yu omonat jonim
Töxtasa tomirdan oqayotgan qonim
Ruhim chiqib ketsa,qolsa oq tanim
Sog'inib eslaysanmi meni sevgilim
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: @ASI@ 16 May 2010, 17:52:53
Ichim yonib, qalbim tonib
Qotib qoldim, toshdek qotib,
Sevgan edim jonim berib,
Alam qildi, kurganlarim alam qildi.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: munisaxon 16 May 2010, 17:54:38
Yuragimda armon bo‘lib sevgi yotar,
Qalblarimga toshdek bo‘lib sevgi botar,
Muhabbatning yo‘llaridan ko‘ngil ketar,
Men sevgan qiz dil bozorda sevgi sotar.

Qarolmayman endi uning ko‘zlariga,
Sog‘inch bo‘lib ko‘zlari ham dilga yoqar.
Azob berib ketgan o‘shal bevafo yor,
Men sevgan qiz dil bozorda sevgi sotar.
Aldab ketib bag‘ri tosh yor dilni o‘rtar,
U siz mening kunlarim ham sekin o‘tar.
Sevgimni ham baxtsiz qilib ketdi toptab,
Men sevgan qiz dil bozorda sevgi sotar.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: munisaxon 16 May 2010, 17:55:10
HAVO BULUT LEKIN YOMG`IR YO'Q
QUYOSH BORU LEKIN ISSIQ YO'Q
TUN QORAYU LEKIN YULDUZ YO'Q
MEN BORMANU LEKIN YONIMDA SEN YO'Q
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: munisaxon 16 May 2010, 17:56:47
Hech narsa iliqmas sening qalbingdan
Hech narsa go'zalmas sening ko'zingdek
Hech narsa shirinmas sening so'zingdek
Hech narsa arzimas sening o'zingdek
sevaman deymanu sev deyolmaman
majburiy sevgini tan ololmayman
agar menda emas o'zgada bo'lsa ko'ngling
Baxtli bo'l deymanu unutolmayman !!!
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: munisaxon 16 May 2010, 17:58:22
Seni dedim ko‘zlaringga qarolmadim,
Hatto sendan hol ahvoling so‘rolmadim,
Sog‘inib men yonginagga borolmadim,
Kechir meni, sevishimni aytolmadim.

Ko‘z yosh bilan yonginamga kelar eding,
Hol ahvolim so‘rab zimdan kular eding,
Sog‘inganim ko‘zlarimdan bilar eding,
Kechir meni sevishimni aytolmadim.

Menga bunday nigoh bilan boqma endi,
Dilginamga o‘t-olovlar yoqma endi,
Baxtsizman deb o‘z-o‘zingni so‘kma endi,
Kechir meni sevishimni aytolmadim.
Sevdim ammo yuragimda asrab keldim,
Qalblarimda, og‘ushimda saqlab keldim,
Ostonangga bordim ammo qaytib keldim,
Kechir meni sevishimni aytolmadim.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: munisaxon 16 May 2010, 17:58:57
Yolg‘izlikda qolsam nogahon,
Go‘yo dengiz uzra suzaman.
Mensiz yashay ololsangiz ham
Biling faqat sizni sevaman.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: Sadulla 10 Iyun 2010, 07:59:04
 :as:

Bir do’stim uch yildan beri bir litseyda o’qib yurgan qizni o’qish oxirlarda ko’rib qolib yaxshi ko’rib qolibdi.Ancha yurib dardini menga aytib qoldi.Hatto sevgi dardi zo’rlik qilib she’r ham yozibdi.Uning yozgan she’rini o’qib menda ham yoshlik xotiralari yodga tushib qo’lga qalam oldim.Natijada quyidagi she’r dunyoga keldi.

                                  O’n sakkiz yoshingda

Aylayin xitob senga dunyoi jannatin.
Olloh bandalariga ko’rsatgan marhamatin,
Bir kunmas bir kun totarding lazzatin.
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.

Yurar eding shu kungacha oddiygina,sho’x bola,
Sevgi dardin anglamay,ishq o’tidin begona.
Hayot yo’linnga qadam qo’yadigan bir damda,
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.

Kechadan to tonggacha ,endi yo’q ko’zda uyqu.
Qalbingga tig’ urganday tilkalaydi bir tuyg’u,
Bedavo dard ekan deb,chekasan ming bir qayg’u
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.

Suygan bandaga berar,Olloh bu ishq o’tini.
Quvonarsan,yayraysan totganda ishq mayini,
Bo’lib mast ishq o’tidin,yo’qotmagin sevgingni.
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.

Odamlar kelib ketar bu dunyoga bir bora.
Kelishimiz bo’lgandek,ketish ham bor bir onda,
Iymonsiz ketishlikdan,Ollohim o’zing asra.
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: shirin_a 16 Iyun 2010, 09:14:39
Assalomu alekum dindoshlar, Payg`ambarimiz s.a.v dan kelgan muhabbat (sevgi) haquda eng mashxur hadis? kim  biladi? :3
Nom: Re: Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar
Yuborildi: _IYMONA_ 11 Oktyabr 2010, 09:31:02
Билғилким, "сотка" ишвали жоноға схшайдур, қанча ксп мулоқот айласанг, шул қадар ксп пул йсқотурсан.