forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:26:28

Nom: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:26:28
Dardkash qalbni izlaydi
O'ylaymangki, uning qalbi yo'q-
Ko'pni sevar, ko'pni ko'zlaydi.
Hamma bilan bo'lsa ham do'st, sho'x-
U bir dardkash qalbni izlaydi.

Hayot takror uchrashtirarkan,
Kimni "žsen"œlab, kimni "žsiz"œlaydi.
Yo'q, ularga bermaydi u tan-
U bir dardkash qalbni izlaydi.

Dersiz "žoshiq"œlari emas kam,
O', qanchasi unga so'zlaydi"œ.
Dil rozlarin tinglab turib ham-
U bir dardkash qalbni izlaydi.

Yoki demang "žqish sovug'iday,-
Unga yaqin yurgan muzlaydi"œ.
O'zgalarga harorat bermay-
U bir dardkash qalbni izlaydi.

Demang, mayus tortib qolgan dam-
"žUnutgan oshig'in eslaydi"œ.
Ishonchini hamon qilmay kam,
U bir dardkash qalbni izlaydi.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:26:49
Qor uchqunlab turganda
Ko'p narsalar kelar esga, qor uchqunlab turganda,
Ko'hna dunyo yoshdir ko'zga, qor uchqunlab turganda.

G'amlar toshi yuragingdan ko'cha boshlar birma-bir,
Sen o'zgasan, hasrat o'zga, qor uchqunlab turganda.

O'y-rejalar qushlarining to'dasiga otar tosh,
G'am-tashvish yo'q rizqi-ro'zga, qor uchqunlab turganda.

Ajab, sershovqin dunyoga atay cho'kar sukunat,
Yigitlar qalb ochsa bizga, qor uchqunlab turganda...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:27:09
Yigit qadam tashlarkan
Yigitlarni kuylamoqlik erish tuyular chog'i,
Dilbar, nafis she’rga o'zi qovushmaydi yigitlar.
Gulga kira boshlar ekan ularning ko'ngil bog'i,
Quyoshda chatnab o'sadir unda yovvoyi o'tlar.

Dasht guliday o'sar ular har yonga shox tashlashib,
Baquvvat har shoxlarki, qayirib, burib bo'lmas,
Qiyqirishib bog'larga kirishsami boshlashib,
Qah-qah sadolaridan cho'chimay yurib bo'lmas.

Inson panjasimi u yoki sher panjalari,
Qo'llar bir xil mayin-ku, tug'ilganda, yo'rgakda.
Payt kelib biz titratib shu sherning panjalarin,
Go'dakday quvonamiz, qush uchirgan go'dakday.

Yuraklar u yurakmas, dugonajon asrangin,
Uchqun tushsa kuydirar, unda yongan o'tlardan,
Garchand biz deb hamisha baxt, borlig'in asradi,
Hayiqmay bo'lmas axir, ul asov burgutlardan.

Tortinib o'tmoq taqdir bizga ular dastidan.
Ma’sum tortib, atirgulday, chiroy ochib dam-badam.
Toki olis yulduzlarning chaqnoq nuri ostida ,
Odam ota zurriyodi- yigit tashlarkan qadam.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:27:40
Siz bilan minnatdor xayrlashaman

Neniki sharob deb o'ylab yugurdim,
Sarob bo'lib chiqib, qoqildim yo'lda.
Qaerdaki ko'm-ko'k jannatni ko'rdim,
Uchib etgach hayron, tentidim cho'lda.

Neni oy deb o'ylab, ko'zimni tikib,
Zarrin shu’lasiga yuz tutdimki zor,
Oy deb o'ylaganim yoy bo'lib chiqib,
U otgan o'qlardan ko'ksim yarador.

Neniki mangu deb ushlagan paytim,
Baliqday sirg'alib chiqdi qo'limdan.
Ortiq oldi, ammo bermadi qaytim,
Savdogarlar chiqib ba’zan yo'limdan.

Qay bog' qorovulin g'aflatki oldi,
Bog'ni talon etar o'g'riyu kazzob.
Bu kun darmon ketib tizlarim toldi,
Sizki yonimdasiz, yonimda azob.

Kim men qushcha misol talpingan damim,
Qarg'aday xo'mrayib tashladi nazar.
Bu kun ularda bor o'chim, alamim,
Bu kun men ulardan qilarman hazar.

Ishqingizdan qoldi yuragimda dog',
Angladim ishqingiz o'tsiz ekanin.
Porlab ko'ringan gul bo'ldi-yu yantoq,
Ko'nglimni qon qildi uning tikani.

Agar ishqingizda bo'lsa edi o't,
Bu qora quyunlar qilmas edi kor
Va mening qalbim ham qolarmidi but,
Ming bitta baloga bo'lmay giriftor.

Bu chigal xatolar to'ydirdi juda,
Tilagim oq, sizga duch kelsin baxt, shon.
Ammo menga ayting bir og'iz vido
Va uzilsin bizni bog'lagan arqon.

Siz bilan minnatdor xayrlashaman...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:28:02
To'satdan ko'zimga...

To'satdan ko'zimga tushdi cho'p,
Yo'qotdim xushbo'y gul isini.
Sevgilim, o'rtanma, yonma ko'p,
Qaytadan topmasman men seni.

To'satdan ko'zimdan ayrildim,
Ko'zsiz ham yashar-ku odamzot.
Agar-chi yo'llarda tayrildim,
Avvalgi shiddatda surmam ot.

Atrofda sukunat, bir sovuq,
Jimlik... yo'q, to'polon, to'polon.
Sen kelma, bo'lmagin chirmovuq,
Usiz ham bu dardlar olarjon.

Endi men
Dilimga "žtosh bo'l"œ,- deb aytaman.
Senga ham tilayman to'zimni.
Axir kim ko'rgan ko'r qaytadan
Topganin yo'qotgan ko'zini.
To'satdan ko'zimga tushdi cho'p.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:28:27
Yurak yonar

Yurak yonar, tuyg'ularim mastona, daydi,
Toshayotir, eh, bu qalam nega yozmaydi?

Xalal bermang, sindiraman ikki bukib shart.
Yuragimdan qo'shiq bo'lib uchar shavqu dard.

Shavqlarimni etagidan qolmasa tutib,
O'ylarimning quyunini she’rga berkitib,

Qo'limdagi qurolimdan ko'rmasam qadr,
Yozilmasdan chirib bitsin ko'nglimda satr.

Ishonch bilan ko'ksimni tik ko'targan chog'da
Shu qalamday do'st ham meni qoldirsa dog'da-

Shu fursatdan men degayman unga xayru xo'sh,
Endi oraliq arqonni qo'yib bo'lmas bo'sh.

Tarang tortgum, yo dosh berib menga turgay tan, yo uzilib yiqilgaymiz ikkov yuztuban.

Kimga bersam berdim dilning bor ishq, bor o'tin,
O'zimning hamolgim kelar albatta butun.

Istamayman, rizqim mening bo'lmasin yarim,
Porlab yongay yo nogohda so'ngay ko'zlarim.

Yashay bilmam quvonib yo g'am chekib kam-kam,
Hayotim yo jannat bo'lur, yo dud, jahannam.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:28:53
Bolajon, Sen Otam Bo'lgin
Ulug'bekka

Bolajon, sen otam bo'lgin,
Qilgin menga otalik.
Kechirmoqqa Hotam bo'lgin,
O'tsa mendan xatolik.

Men-ku Senga onadirman,
Onamasman to'zimga.
Goh o'zimdan tonadirman.
Goh kelurman o'zimga.

Yig'lamadim men to'ygancha,
Ko'z yoshimni yutdim jim.
Bilmam unda kulgu qancha,
Kuyib boradir ko'ksim.

Sen kularding, kulardim teng,
Garchand, goh yosh ichardim.
Sen yig'lasang kulgum mening,
O'z-o'zidan o'chardi.

Shunday o'ngu tushlar bilan,
quvonch-g'amim qatlandi.
Ketayin deb qushlar bilan
Necha qayta otlandim.

Ammo ketolmadim uchib,
Bog'langanding xuddi ip.
Rahmat bog'laganing uchun
Sen dunyoda tug'ilib.

Endi o'zing hal qil, tushun,
Kechar ekan hayotim.
Ko'nglimdagi uchqur qushim,
qoqib qolsa qanotin.

Sho'x qush bo'lib, solib chah-chah,
Chamanlarga bo'ylansam.
Goho bevaqt urib qah-qah,
Goho bevaqt o'ylansam.

Bevaqt sarxush, ma’yus yurib,
Vaqt qo'shig'in aytarman.
Ketajakman chappar urib,
Chappar urib qaytarman.

Sen tushunarmikansan, o,
Men goh kamon, gohi o'q.
Qilganlarimda iltijo,
Berganlarimda buyruq.

Men ona bo'lay deb har dam,
Umrim o'tdi izlab yo'l.
Endi Senga bolalik ham,
Bolakayim, ko'p mushkul.

Sabru toqat bitsa tanda,
Toldirib goh qayg'u-shon.
Men go'dakka aylanganda,
Otalik qil, bolajon.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:29:18
Qizlar bilan suhbat

-Ayting, qizlar, ochilasiz gul bo'lib qachon,
Nima sizni talpintirar azaldan-azal?
-Birov eshitmasin, bilsang, bizda qolmas jon,
Yigitning sho'x ko'zlarida o't yongan mahal.

-Qachon sezilmas hayotning butligi, kami,
Qo'lingizda echiladi oson har chigal?
-Nima bo'pti, bu serg'avg'o dunyoning g'ami,
Yigitning sho'x ko'zlarida o't yongan mahal.

-Qizg'ish tortib, husningizga qo'shilib chiroy,
Shaddodlikdan tiyilasiz qaysi paytda sal?
-Mayinlashib biz begunoh oy bo'lamiz, oy -
Yigitning sho'x ko'zlarida o't yongan mahal.

-Qachon qurigan jilg'aday qolasiz tinib,
Qora tunda yorug'likka bo'lasiz mahtal?
-Yigit bizni ardoqlashni unutgan kuni,
Yigitning sho'x ko'zlarida o't so'ngan mahal.

-Qachon xazonrez bog'larga kelasiz kirib,
Ko'tara olmay cho'kasiz qayg'u toshini?
-Biz yigitni topolmasak to'rt yon yugurib,
Biz yostiqda ko'rsak uning aziz boshini.

-Qachon qop-qora kiyimda o'ltirasiz toq,
Chidab bo'lmas siz ko'targan nolayu dodga?
-Yigitning sho'x ko'zlariga to'lganda tuproq,
Biz yigitni yo'qotganda abad-abadga.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:29:39
Hamqishloqlarim

Sizni sog'inyapman, ko'zim qaroqlari,
Hamqishloqlarim!
Sizga sig'inyapman, ko'nglim chiroqlari,
Hamqishloqlarim.
Siz ketmasin desangiz meni
Tog' misol nurab,
Qaroqlarim,
Tortmangiz xira!

Shu qaroqlar bo'ldi menga ko'z,
Shu qaroqlar til.
Qarzdormiz ulardan beso'z,
Ey mastona dil!
Otlarining quloqlari orasidan sho'x
Behisht shamoli
Esgan shamol misol chavandozlarim,
Sizdan bir nafas ham ayrilganim yo'q,
Qahratonda ham
Ko'ngli yozlarim!

Hamon kechqurunlar changli ko'chalar
Tuyoq dupurlari, mol bilan to'lsa,
Bolalar choparmi ko'tarib tayoq...
Bolakaylar tanish,
Shu yil va yo shu oy tug'ilmagan bo'lsa,
Ularni taniyman bir ko'rishdanoq.
Bu Sanamning qizi, bu Sultonniki,
Aralashib chopar mening ham o'g'lim.
Ularning jovdiroq ko'zlariga ko'z tikib,
Yorishib ketadi, yorishib ko'nglim!
qo'lin tizaga urib qah-qah otgan chog'I
Soqoli selkillab qiyqirgan chollar,
Meva tugayotgan qiyg'os gul butog'i-
Ko'hna bog'lardagi jajji nihollar...

Yuzi qizg'ish, olcha gullari tusida,
Hurkak ko'zlarida iymanish, hadik-
Kelinchak yuradi qaynota ko'ziga,
Qaynona ko'ziga qaray olmay tik.

Qoziqda otamning sirdosh, saman oti,
Otam ketgach u ham cho'kayotgani,
Ayvonda onamning xayollarga botib,
Qilich qoqib, o'rmak to'qiyotgani.

Tag'in engil tortib, iliq ko'klamgi kun
Men uchun o'smalar ekkan damlari,
Ko'zoynagin taqib ukam oti uchun
Shoshib egar jabduq tikkan damlari...

O'chmas tamg'a misol dilimga bosilgan,
Parvona aylangan ona qishloqqa.
Go'daklik chog'danoq .
Dilimda sanoqsiz qo'shiqlar yozilgan,
Endi ko'chiryapman men uni oqqa.
Sizni sog'inyapman, hamqishloqlarim!
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:30:08
Burgut

Pastda ko'klam ochar edi barg,
Pastda kezinardi sur bulut.
Pastga sho'ng'ib bo'ldi juvonmarg,
Uchayotib o'q edi burgut.

Farzand edi yuksakliklarga,
Ne falokat tortdi uni past.
Madori yo'q qaddin tiklarga,
O'ralishar endi xoru xas.

Tiniq osmon kulga aylandi,
Osmon- endi-o'nglanmas bir tush.
Xoru xasga, qulga aylandi,
Moviy yurtda sulton bo'lgan qush.

Pastda daryo shovullar to'lib,
Burgut yotar bejon, ayanch hol.
Yashay olmas sulton qul bo'lib,
Unga aza tutgin, majnuntol.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:30:32
Dugonaginam Mukambarga

Kel, ey, quvlashgancha kelar so'nggi dam,
Universitet yillari qolmoqda ortda.
O'rniga qo'yaylik, dugonaginam,
So'nggi sho'xliklarni bu erkin yurtda.

Sokin dunyolarga jo'nab ketarkan,
Biz ham qolajakmiz quyilib unda.
Bugun sho'x, serg'avg'o bizning bu Vatan -
Pirpirab suzamiz asov to'lqinda.

Kel, ajralish chog'in qilaylik unut,
Shodumon kuylaylik qo'lga qo'l berib.
Garchand har g'animat o'tguvchi minut,
Bizning shoh umrni borar emirib.

Bulutsiz tonglardan bo'larmi kechib,
Unut bo'larmi hech yarqiragan kun?!
Biz istamay yoshlik libosin echib,
Balog'at libosin kiyamiz bugun.

Olcha niholiday qoldikmi o'sib,
Besh qayta olqishlab ko'klamni, kuzni.
Kursdosh Normuhammad so'zlar yo'l to'sib:
"žKo'zlaring qarodir o'lgur sen qizni"œ.

Shoshtirib qo'ydi-ku qaro ko'zlilar,
Qay birin tanlashni bilmay qolding sen.
Arosatda qo'yib ketmasin ular,
Yigit, so'ng ham seni sevgi siylasin.
Mukash!
Sirli suhbatlardan ogoh yotoqda,
So'nggi sirlashuvlar ko'ngilni yozsin.
Taqdir oppoq tole ulashar choqda,
Sening peshonangga muhrini bossin.

Ertangi xayrli tashvishlar, mayli,
Bezovta qilmasin buguncha bizni.
Bugun o'ylamaylik ish, turmush zaylin,
Va qurilgusi uy, ro'zg'orimizni.

Kel, kuyla, birinchi kurslardagiday,
O'tli ishqdan, toring sayratib qo'lda.
Garchand undagiday chalolmay nay ,
Garchand sevolmayiz bugun u xilda.

Yaqinlashib borar qirg'oqqa kema,
Dengizda sayrimiz bo'lmoqda oxir.
Yurakka titroqlar solar bir nima,
Garchand tiroq bilan kuylamoq og'ir.

Ammo kuylamoq shart, kuylash dard bilan,
To bu qo'shiq umri topmasin zavol.
Taqdir uchrashtirsin seni mard bilan,
So'ng ham erkin yasha, talaba misol.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:30:55
Zanjirband dil

Ishoning, ko'zimni to tuproq bosib -
Qolguncha Sizniki bo'lmayman desam.
Ammo Siz hech kimga qilmaysiz nasib,
Hech kimga bermayman, ichganman qasam.

Siz mening boshimda bo'lmaysiz panoh,
Isina olmaysiz dilim o'tidan.
Boshqa ayol deb ham chekolmaysiz "žoh"œ,
Yo'lga tusholmaysiz o'zga ketidan.

Oyoqlaringizda zanjir borligi -
Bir menga, bir Sizga ayon haqiqat.
Men tunda kimdir deb kuyib borlig'im -
Tongda o'zi kelsa etganimday rad.

Xuddi men dunyoda doim kimdir kam -
Beadog' hijrondan yursam-da bezib.
Kimdir chorlaganda bosolmay qadam,
Zanjirband ekanim qolganday sezib.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:31:15
O'rtoqlarim
Ketsam oldin men ketay.
Vladimir Sokolov.

O'rtoqlarim, mening yoshlik jigarbandlarim,
Bugun nogoh yurak urib, "žqanisiz"œ deyman.
O'tgan har kunimga tutash bandu bandlarim,
Siz qaydasiz, bu kun sizning g'amingiz eyman.

O'rtoqlarim, bir davraga yig'ilaylik, bas,
Bir nafasga yig'ilaylik hech bo'lmaganda.
Bugun hatto yulduzlarga etganida dast-
Shu yulduzlar suhbatini biz qilib kanda.

Bir nafas bir-birimizga ajrataylik vaqt-
Bir nafasga to'yib-to'yib tikilishaylik.
Yillar qilib qo'ymadimi bizni ko'r, karaxt-
Chiqib olgan cho'qqilardan bir dam tushaylik.

Pastni kuzatar ekansan, cho'qqidan turib,
Chumoliday ko'rinadi dup-durust odam.
Bir nafasga sirlashaylik yonma-yon yurib,
Tamom-tamom unutilsin serg'avg'o olam.

Aytgil, Usmon, baxting seni siylayotirmi,
Mukarrama, sen do'stlarni yangi uyda kut.
O'g'il bilan qutlaymizmi bugun Botirni?
Odil qani, Odil qani? Javob yo'q. Sukut.

Qani Odil, boshlar egik, tortajakmiz "žuh"œ,
Jingalak soch, qora ko'zli sho'x yigit qani?
Do'stlar, chorlang davramizga qo'shilsin u ruh,
Bizlar bilan kuylagani, qah-qah otgani.

Davra nuray boshladimi, yo'q-yo'q, nuramas,
Qani, kuylang, bilinmasin Odilning o'rni.
Sochimizga qor yog'sa gar kurak kuramas,
Sho'r yoshimiz o'chirolmas iztirob, qo'rni.

Bir daraxti qulasa ham alamzada bog',
Bir do'stni yo'qotib biz ham "žoh"œlar uramiz.
Davramizni to'ldira qol, kech qolgan o'rtoq,-
Bir mayizni qirqqa bo'lib baham ko'ramiz.

O'rtoqlarim, shodmon qo'shiq boshlaylik endi,
Shodmon qo'shiq seli yuvsin dillar zangini.
Azal-abad g'am-anduhni shod qo'shiq engdi-
Men chizayin chizib bo'lmas quvonch rangini.

O'rtoqlarim, boshingizda so'nmasin quyosh,
Barchangizni tole suysin, baxt qolmasin kech.
Biringizning g'amingizda ko'zga olib yosh-
Kuyar damga duch kelmayin, duch kelmayin hech.

O'rtoqlarim, har biringiz men suyangan tog',
Do'st deganda jon bermoqqa fikrim mutlaqdir.
Ketar bo'lsam men oldinroq ketayin, biroq,
Do'stlarimning qora kunin ko'rsatma, taqdir.

O'rtoqlarim, mening yoshlik jigarbandlarim.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:31:38
Xotirani o'chirib

Bir maktub singari xotiramni men,
O'chirib-o'chirib yashayotibman.
Dilimni o'rtagan armon, g'amni men,
Qog'ozga ko'chirib yashayotibman.

...Sirimni yashirmay to'kdim men tunga,
Tun bo'yi yig'lagan bo'lsa ham baytim.
Kunduz yonib-izlab kelganda unga,
"žVaqtida ayrildik, yaxshi"œ, deb aytdim.

Tun bo'yi ko'zimdan achchiq yosh sizib,
Bezabon armondan o'qisam ham dars,
Tongda u kelganda "Uyqumni buzib...
Tag'in Siz!.." yuziga eshik yopdim qars.

"žBaribir eshikni ocholmas birov,
Kelaman"œ,-jimlik....so'ng yillarki mushkul.
Endi u kelguncha sochimga qirov-
Qor yog'ar, so'ng taniy olarmikin ul...

Qoplagani uchun bir zum ko'zni xob-
Balki umrim bo'yi berurman javob.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:31:59
Xitob

Kim yashagan bo'lsa bo'ron bilan qasdma-qasd,
Qishning qahri, quyuniga o'rtansa tani,
Ko'klam, bog'lar jimjitligi unga tatimas,
Sezmaydi ham sovuq vujud issiq o'tganin.

Jajji qushim, sen ham bekor o'rtaysan bag'ir,
Kuying shirin, ammo menga chuchmaldir toti.
Kuying anglash menga uncha o'ng'aymas axir, Bu sohada ko'pdan o'chgan xatu savodim.

Jajji qushim, sen kuyingni qushlarga kuyla,
Bog'dan chiqmaslarga kuyla, yil-o'n ikki oy.
Menga chopmoq-taqdir, hayot aylana bo'ylab,
Goh o'qday tik, goh egilib bamisoli yoy.

Yo'lga chiqma, sen men bilan chopa olmassan,
Qola qolgin, bo'lma endi girdikapalak,
Menday betinchlikdan tinchlik topa olmassan,
Menga o'rtoq quyun seni qilgusi halok.

Bu hayotda, qushginam, biz qo'shilmas zarra,
Menga - abad chopmoq, senga - bog' aro sayr,
Kuylaringni qayta-qayta tinglab ming karra,
Bir siringni angladim, qushim, endi xayr!

Mening kuyim g'oyat achchiq, taxirdir, ichma,
Sening kuying ortiq shirin, chuchmaldir, chuchmal!
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:32:18
Bugun o'zim zormen

O'z egik boshimni ko'tarmay turib,
Yasharkan egilgan boshlarni silab,
Bugun Sizga keldim o'zim bosh urib,
Bugun men turibman mehringiz tilab.

Ming dardimdan birin sololsam xatga,
Bir shodon umrimga tortadi chiziq.
Qachonlardir menga zar bo'lgan baxtga,
Bugun o'zim zormen qo'llarim cho'ziq...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:32:41
Men ketib boraman

Men ketib boraman, qoramtir samo,
Quvlashib o'ynoqi shamollar bilan.
Taqdirimda mingi aralash, ammo,
Biri yechilmagan savollar bilan.

Men ketib boraman, yorishadi ko'k,
Nogahonda ovoz... nega bo'shashdim.
Chaqirmang, ortimga qaytolmayman, yo'q,
Chaqirmang, yo'q esa qaytguday shashdim.

Men Siz chorlagan payt ojizman, aytdim,
Ketsam ham qulog'im, ko'zim berkitib,
Qaytmasam, yurganim yo'lim unmaydi.
Qaytsam, kelolmayman Sizga ham etib.

Garchand Siz sig'ingan shohman, pirman men,
Aro yo'lda qolib adodirman men.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:33:00
Aldashni ko'rmayman ravo

Men Sizni aldashni ko'rmayman ravo,
Tushuning, shu o'zi men uchun basdir.
Sezaman, mendagi bu dard- bedavo,
Istaganim bilan bu ishq so'nmasdir.

Men Sizni aldashni ko'rmayman ravo,
Ehtiyoj sezmayman ortiq tirakka,
Men uchun qachondir kuylangan navo,
Endigi navolar sig'mas yurakka.

Sizday sodiq do'stni aldamayman, yo'q,
Ishoning, bu yo'llar tushmas bir izga.
Ko'ksimga qachondir tekkandi bir o'q,
Yarador qalb bilan bormayman Sizga.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:33:23
Surat

Tan olaman, dil, qo'limdan ko'p narsa ketdi,
Men ishongan tog'lar ham ketdilar nurab.
Qish qorlari ko'p izlarni ko'mdi, berkitdi,
Ko'zlarimdan ketmay qoldi yolg'iz shu surat.

Mana bu-Siz, papirosni asabiy ezib,
Turib qolgan, ko'zlarida to'zg'igan to'zim.
Bunisi sho'rtak bir ta’mni labida sezib-
Ma’yus, Sizdan ketayotgan menman, men-o'zim.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:33:52
Ajralishdik...

Ajralishdik, ko'tar boshing,
Ko'zlaringda nega g'am?
Mardim, to'kma ko'zing yoshin,
Tomchisiga arzimam.

Ne kun solding sen boshimga,
Bu qanday ishq, qay firoq?
Arzimaysan ko'z yoshimga,
Men ham yig'layman biroq.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:34:27
Alvido deng

Alvido deng, alvidolar ayting so'nggi bor,
Ko'zingizni yumib, keyin mendan buring yuz.
Toqatim toq, bog'ingizdan uchayapman, yor,
Qarg'amangiz, bog'ingizga kelar bo'ldi kuz.

Men bilmayman, tushgan yo'lim xatomi, xayrli,
Rostin yozay tun zulmati o'rab kelgan choq.
Garchand tushmagan bo'lsam ham bir lahza ayru,
Bir lahza ham yashamadim siz bilan biroq.

Sabab bo'ldim bag'ringizga qo'ngan dog'larga,
Bekor bo'ldi menga ko'ngil qo'yganlaringiz.
Bog'ingizda meni ko'rib, o'zga bog'larga
Bitta-bitta uchib ketdi suyganlaringiz.

O'sha paytlar bu hol menga tuyulgandi shon,
Sarob ekan, tutar-tutmay izlab qoldim men.
Bu satrlar quyilarkan oshga urar qon,
Sizdan soviy-soviy bugun muzlab qoldim men!

Alvido, yor, to'kilmoqda toqat degan jom,
Ketmoq ishqi kuydirmoqda o't bo'lib mani.
Alvido, yor, ko'ksingizdan o'chiring tamom,
Bog'ingizga yanglish qo'nib uchgan qushchani.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:34:52
Tugating, bas,-dedim

-Tugating, bas, -dedim, - Siz qildingiz bas,
Ortiq ishq haqida ochmadingiz gap.
Ishoning, u so'zlar meniki emas,
Men, axir, yuribman ishqimni chorlab.

"žKetgan to'lqin albat ortiga qaytadi"œ,
O'zimga berurman taskinu to'zim.
"žO'zi kelib tag'in ishqin aytadi"œ,
O'zi kelib, ammo, kelmaydi o'zi...

Ishq meni topganda bo'lolmasman el,
So'ng o'zim topmasman, ko'z yoshlarim sel...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:35:17
Qaylargadir yozgan edim...

Qaylargadir yozgan edim ismingni sening,
Qaerlarga...keyin uzoq o'zim qidirdim.
Ko'p tingladim jilg'alarning sho'x kulgusini,
Endi kurtak ochayotgan bog'larga kirdim.

"žSor burgut-ey, shiddatingga shiddat ulansin-
Senga yozganmidim"œ, desam dilimni dog'lab.
U der: "žYo'q, yo'q, eslolmayman, uning nomin sen
Qanotimga yozganing yo'q"œ,- ketar uzoqlab.

Tolmabo'yin oqqushlarni tutaman so'zga:
"žBalki sizga yozganman men"œ,-ahvolim ko'rib,
Oqqushlar der: "žEslab ko'rgin, yozmading bizga-
Qayga yozsang yozgansan sen parishon turib"œ.

Daryolarga savol tashlab xuddiki qarmoq,
Oylab kutib, javob olmay topmadim izin.
Erga aytsam, er aytdiki: "žTishlama barmoq-
O'chmas qilib yozgandingmi nomini o'zi?!"œ

Shunda-shunda sergak tortib men bo'ldim tamom-
Yog'ayotgan sust qorlarga yozgandim seni.
To'kilguday chayqalganda ko'nglimdagi jom,
Ko'nglimdagi ozorlarga yozgandim seni.

Yozib ketdim, yo'l-yo'lakay nigohim tushib,
Yot dillarning tasodifiy yor-yorlariga.
Bir beparvo sho'xlik bilan yozdim qizishib,
Bu dunyoning ur-sur, gavjum bozorlariga.

Endi, endi bari abas, bersam hamki tan-
Ba’zan ko'ngil tag'in seni yo'qlasa bo'zlab,
Qori erib ketgan erdan izlab qolaman,
Tarqab ketgan bozorlardan qolaman izlab...

Qaylargadir yozgan edim ismingni sening.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:35:37
O'q haqida olti she’r
1

Yo'q, men sog' qalb bilan kuylaganim yo'q,
Dardi yo'q ko'ngilning kuylashi qiyin.
Ko'ksimga sanchildi bir kun qizil o'q,
Men alvon qo'shiqlar kuyladim keyin.

Yurolmadim doim kimnidir suyib-
Bu ko'ngil gohi but, goh chil-chil sindi.
Sariq o'qdan ko'ksim ketgandi kuyib,
Hijron qo'shiqlari maysaday undi.

Ko'zlarimda o'tday yonmoqda bashar,
Garchand men- bir o'tday so'nar o'tkinchi.
Bu o'qlardan qolgan qo'shiqlar yashar-
Ko'ksim qaro o'qdan qolganda tinchib.

2

Onam egilib naq kamon,
Otdi, aylanib o'qqa-
Uchyapman, bilmam qay tomon-
Tungami yo yoruqqa.

Bilganim "žtegadi shu o'q"œ,
Onam ichgandir qasam.
Unda ortiq boshqa o'q yo'q,
Men mo'ljalga tegmasam.

3

Oshkor aytganlarning ko'ksi bo'lsin tog',
Oshkor aytganlarga mening hurmatim.
Chorak asr yashab nomardning, biroq,
Bir oshkor qilmishin ko'rmadim.

Men shohona bazmga boraman kirib,
Charx urib, shohona qo'shiqlar to'qib.
Yo'lda otmasa gar yashrinib biri,
Yo'lda o'ldirmasa nomardning o'qi.

4

O'zgalarga omad tilayman bu choq,
O'zgalar sinchiklab otsin o'qini.
Ovlagan qushidan ko'ngli bo'lib tog',
Boshlarida ko'ray tole tug'ini.

O'zim tan olaman yuzga qon urib,
Bukilmas dilimni bukib, etib yoy,
Arzimas qushlarga o'q otib yurib,
Umrimning yarmini berib qo'ydim boy.

5

Aldangan ishonchdir senga tekkan o'q,
O'q- bu o'z qadrini topmagan qadr.
Achchiq o'q azobin bermasmi to'liq-
Yozganda yuraging kuymagan satr.

Men ham horg'in, g'olib ancha yo'l yurdim,
Doim ham kuyinib kuylamadi tor.
Uch marta ko'ksimni sinchiklab ko'rdim-
Yarador, yarador, tag'in yarador...

6

Yana u ko'ksimga uchar xuddi o'q,
Yana u men uchun dalli-devona.
Uning sanchilmog'i uchun bo'sh joy yo'q,
Buni unga Sen ayt, hayot, ey Ona!

Men she’rga aytaman ko'ksimdagi sir,
Sonsiz yaralardan sachraganda qon.
Ko'ksimga qancha o'q singib ketgandir,
Ko'ksimda qancha o'q bo'lgandir qurbon.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:36:02
Allaqachon unutganman...

Allaqachon unutganman bari-barini,
"žAllaqachon"œ aldayman men o'zimni-o'zim.
Ortda qolgan muhabbatning qo'shiqlarini,
Eslama, deb o'z-o'zimga tilayman to'zim.

Eslab qolsam, toqatlarim- to'zigan bir pat,
Egilgan yoyga aylanar bo'y-bo'y qomatim.
Eslasam, bu yorug' dunyo-bo'm-bo'sh bir xilqat,
Bir pul bo'lar e’tiqodim, baxtim, omadim.

Kulgularim kinoyasi zarra sezilmas,
"žAllaqachon unutganman"œ... qah-qah uraman.
Hijronning talx sharobidan ortiq sarxush, mast,
Baxtlilardan baxtiyorroq yashnab yuraman.

Allaqachon unutganman, unutgan ma’qul.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:36:30
Barchasi Sizga

Sizga ishqim, Sizga qarg'ishim,
O'zga izlab mendan topmas iz,
Bu dunyoda mening bor ishim,
Sizga tushdi, bir Sizga yolg'iz.

Adashdim-da yolg'onga yo'ydim-
Ishqingizni, qo'l silkdim, "žbekor!"œ
Shoshib g'urur gultojin kiydim,
Endi boshdan olib qo'ymoq or.

Endi dunyo ishin qarangki,
Ishq ortidan qul bo'larmish shoh.
"žUnutdim"œ, deb sarg'ayar rangim,
"žSevmayman"œ deb jim chekamanoh.

Siz deganda men sinmas torman,
Kuta-kuta ko'zim yo'l o'yib,
Umrim bo'yi qarg'ab o'tarman-
Umrim bo'yi jonimda suyib.

Garchand hijron talxdan-talx maydir,
Men ichardim, bo'lganda ham qon.
Qarg'ishlarim Sizni urgaydir,
Sog'inchlarim saqlaydir omon.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:36:51
Ketyapman...

Qaydan ham yo'limda kelgandingiz duch,
Ayqash-uyqash qilib o'ngu ro'yoni.
Topdim, Siz, yolg'iz Siz, qolgan dunyo puch,
Yo'qotdim, qaytadan ko'rdim dunyoni.

Qayta ko'rsam ko'zim kuyib ketar, chin,
Armon to'lqinlari ketgaydir ko'mib.
Qayta Sizni ko'rib qolmaslik uchun,
Ketyapman umrbod ko'zimni yumib...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:37:14
Kechiring...

Men Sizdan so'rayman bu kech kechirim,
Hijron bo'lganim-chun bo'lmayin visol.
Garchand umringizni tongi, kechini-
Aralash qildim men kartalar misol.

O'ylaysizmi, meni qildi deb atay,
Sizga burilmasdan ketganim-chun tik.
Men dardli ko'ksimni yorib ko'rsatay-
Bormi unda Sizga zarra yomonlik.

Garchand, oqlay olmas o'zin aybdor dil,
Ishoning, sezmasdan qoldim men u choq -
Tabib bo'layin deb bo'lganim qotil,
Malham bo'layin deb urganim pichoq.

Beayov ishqingiz o'tin o'chirdim.
Kechira olsangiz agar, kechiring.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:37:36
Kechagi kun

Tinchlan, ko'ngil, bo'lma dilxun,
Orom topmading sira.
Mayli, garchand kechagi kun,
Bugunni qilar xira.

Boshqa edi kechagi kun,
Sen unimi yo'qlaysan.
Chaqirganda bermading un,
Endi nechun yig'laysan?

Kechagi kun quyosh boshqa,
Boshqa edi tun, maysa.
Bugun boshing urib toshga,
Samar topmay izlaysan.

Bu tungi oy tortiq ma’yus,
Kunduz quyosh ortiq sho'x.
Gullari ham boshqaroq tus-
Kechagiday tortmas, yo'q.

O'tgan o'tdi, dil taskin top,
Bo'lsa hamki xuddi tush.
Kechagi chekilgan azob,
Bugungi quvonchdan xush.

Dil, bugungi bog'larga qo'n,
Bo'lolsang, bo'l asira.
Garchand, dilda kechagi kun
Bugunni qilar xira.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:38:00
O'tyapman...

Abad so'lmas muhabbatga fido bo'lib o'tyapman,
O'nglab bo'lmas muhabbatga fido bo'lib o'tyapman,
So'ng nafasi kelar bir kun- ne tirik jon tug'ildi,
Men hech o'lmas muhabbatga fido bo'lib o'tyapman.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:38:26
Goh kunlar g'aroyib

Goh kunlar g'aroyib, sharhiga yo'q so'z,
Ta’mi talx sharobday joming to'ldirar.
Duelga chiqardi avval yuzma-yuz,
Endi bir-birini zimdan o'ldirar.

Avvalgi oshiqlar ko'zlarida qon,
Ishqi uchun jonin qo'yardi garov.
Endigi oshiq goh chamalar imkon,
Qiyinroqmi, yo'ldan qaytadi darrov.

Avvalgi oshiqlar ko'kragida oh,
Maydonga kirganlar g'urur, shon uchun-
Bugungi oshiqlar tuyuladi goh,
Ot solayotganday mansab, non uchun.

Tag'in eng qizig'i, faqat pardali,
Pardali suyarlar, pardada yurar.
Ko'nglidagi qahrni hech kim zardali,
Qahr bilan aytmaydi, pardaga o'rar.

Parda orasida ketyapmiz horib,
Yo'l solaolmasdan oshkor bir yoqqa.
Jur’at tark etmoqda bizlarni, borib,
Do'stga "žMen sog'indim Seni"œ demoqqa.

Jur’at tark etmoqda bizlarni goho,
"žPichoq kesar, o'tkir bo'lsa dami"œ deb.
Birovga bermaymiz munosib baho,
Boshqasi arazlab qoladimi, deb.

Jur’at tark etmoqda bizlarni ba’zan,
Garchand goh mehrdan ko'ngil yoshlanar,
Sor burgut madad so'z kutmoqda bizdan,
Ulug' parvoz balki shundan boshlanar.

Madad so'zsiz burgut uchsa-ku uchdi,
Goh burgut keksayar shu so'zni kutib.
Ojizmiz, biz qo'llay bilmadik qushni,
Ayanchmiz, "žyilt"œ etgan nur ketdi o'tib.

Men hammaga avval jur’at tilayman,
Muqim jur’at olgan qalbni, qal’ani.
Dushman dushmanlig'in oshkor olsin tan,
Do'stim oshkor bo'lsin ko'nglim malhami.

Jur’at nima, jur’at o'zi asli o'q,
Nishonni urmasdan qo'ymas otgan dam,
Ko'p rahmim keladi oshkor fikri yo'q,
"žPardali"œ she’r yozgan shoirlarga ham.

Goh kunlar g'aroyib, sharhiga yo'q so'z...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:38:51
Issiq qor

Chillada issiq qor qaerdan paydo-
Bul qadar iliqlik, top-toza husn.
Men tiniq xayollar charx urgan joyda,
Yo'qotib qo'yaman dunyoning tusin.

Ko'karar ko'ksimda bargin to'kkan bog',
O'tolmas daryoda ko'raman kechik.
O'zini yo'qotib topmoq, charx urmoq,
Ko'klam jilg'asining ishi, har nechuk.

Ishq, armon gul ochib, so'lsa jonimda,
Yillar olib ketsa berkitib, o'rab,
Jilg'a dardin bermang qahratonimda,
Umrimning so'ngida kelmangiz so'rab.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:39:17
Yolg'iz ayol xati

Sen, sevib baxtimga bo'lganding zomin,
Sen, sevib baxtimni ketganding yulib,
Aytgil, yolg'izlikning achchiq alamin,
Ikkov bab-barobar oldikmi bo'lib.

Eshigingni, balki uchib xuddi o'q,
Baxt ochar, bag'ringda to'lg'anar sochlar.
Mening eshigimni gezargan, sovuq-
Bir-bir bosib kelib YOlg'izlik ochar.

Sen eshikdan kirsang yoniq dil bilan,
Balki baxt otilar quchog'ingga tik.
Men eshikdan kirsam muzday qo'l bilan,
Bellarimdan mahkam quchar yolg'izlik.

Baxt Seni jon bilan sevar betoqat,
Ko'zingda his etib ishq zarblarini.
Meni ham ko'zimga sevib, yutoqib,
Yolg'izlik bosadi muz lablarini.

Tushda visollarga ketdim ko'nikib,
Tushdagi tonglarim charaqlab otar.
Toshday yostig'imning yarmi meniki,
Yarmida yolg'izlik- bosh qo'yib yotar.

Faqat tong otlansam, qololmas ushlab,
Yarim tun qaytsam ham, rashk, g'azab yo'q, shan.
Barin ichga yutib, ko'ksimga mushtlab,
Men yonib ketyapman, yonib ketyapman.

Suyib, balki mendek kuyib xuddi sham,
Yashayapsan, farq yo'q, qanday o'tding Sen.
Faqat ayt, o'z qo'ling bilan qandog'am,
Meni yolg'izlikka qo'shib ketding Sen.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:39:40
Hisob-kitob haqida

Ba’zan men tunlari ishlagan kezda,
O'y surib ketaman unutib she’rim,
Ba’zi savollarni so'rayman Sizdan,
Taxminan bo'lsa ham hisoblab bering.

Deylik, bir but dilga sachrab ketdi qon,
Bir ko'ngil o'tlarda qovrilar, tutar-
Ayting, malham qayda, kelar u qachon,
Bir ko'ngil yarasi qanchada bitar.
Menga mana shuning hisobi kerak,
Tag'in izi qolmay bitarmi yurak?

Diqqat qiling: kuzgi xazon dilxasta,
Har lahza sezilmay sarg'ayib borar.
Daraxt to'kiladi asta va asta,
Birdan to'kilsa-chi, yurakni yorar.
Daraxt qancha vaqtda sarg'aydi, yondi,
Qayg'u qancha vaqtda to'kar Insonni?

Ishqli ko'ngillar-ku pardan engilday,
Ishqsiz qalbga qancha tosh to'ldi, ayting.
Lahza...ishq tug'ildi qancha ko'ngilda,
Lahza...qancha dilda ishq o'ldi, ayting.
Hisobin chiqarib bering-chi, qani,
O'lgani ortiqmi yo tug'ilgani?!

Nomard g'olib kelsa mard diltangu zor,
Bosh egib turganda qancha kuch sarflar.
"žAyriliq"œ so'zini qanchadan yozar,
Mayishib, chaplashib ketmasdan harflar.
Ayting, yana necha asr solib iz,
Bu do'zaxiy so'zdan kuyar tilimiz?!

Siz, ey, bu dunyoning hisobdonlari,
Taxminan bo'lsa ham qilingiz hisob:
Qanchalik umri bor sun’iy shonlarning;
Sun’iy ko'rk qanchada bo'lgusi xarob;
Qancha davolangach past tushib har kas,
O'zin allomai zamon sanamas.

Usiz ham cho't tashlab ishchan, goh karaxt,
Tinmaysiz millionni millionga urib.
Bir lahza shularga ajrating Siz vaqt-
Shularning hisobin qiling o'y surib.
Topolsak shularga ketar vaqtni biz,
Chuqurroq tuyardik balki baxtni biz.

Men ba’zan tunlari ishlagan kezda
O'y surib ketaman, unutib she’rni...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:40:01
Shoir yashay bilmas...

Shoir yashay bilmas tilini tishlab,
Ko'rib, ko'rmaslikka solib o'zini.
Nomard ketar ekan vaqtini xushlab,
Mushfiq tasalli deb bilsa to'zimni,
Shoir yashay bilmas.

Tinch qaray bilmas u tog'u tosh qolib,
Insonning yuragi qular chog'larga,
Osmonning o'rniga insonni olib,
Ko'nglin to'ldirsalar qaldiroqlarga,
Shoir yashay bilmas.

Yasholmaydir ermas, dil qolsa muzlab,
Ko'rib payhon bo'lgan ishq iqbolini.
Bolariga gulmas, inson bo'lsa daf,
So'rib tugatsalar shira bolini,
Shoir yashay bilmas.

Yashay bilmas qay bir fahmi ko'ru kar,
Taroqni sochgamas fikrgsha ursa,
Chetlab sho'x, qiyqiriq nafasli qushlar,
To'ti savlat to'kib bog'larda yursa,
Shoir yashay bilmas.

U yashay bilmaydir o'tmas, qay bir on,
Oq-oydin tuyg'ular ketsa o'rilib.
Shilliqurt misoli sip-silliq yolg'on,
Haqiqat yonida tursa kerilib,
Shoir yashay bilmas!

Tug'yon ko'tarar ul bo'lib bag'ri qon,-
Mayli, usiz ham mo'l beg'amlar, go'llar,
Ishqilib, uzunroq umr ko'r, isyon,
Tug'yon tugagan kun shoir ham o'lar.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:40:22
Sadoqat

Otani mahzun g'am, xastalik yutdi,
Farzand yuksak-yuksak avj uchar fasli.
Uchmay, tashvishlarga ko'milib o'tdi,
Bu otaga yuksak sadoqat asli.

Mayli, ishq haqida chekmasa ham oh,
Balki bu ham so'zsiz ishq toqatidir.
Ammo o'zin unga sinarmi panoh,
Bu erning ayolga sadoqatidir.

Yuragi haqida ochib yurmang fol,
Buni tekshirmasdan, his etgan ma’qul.
Silab, ko'ylagiga urdimi dazmol,
Ayolning erkakka sadoqati shul.

Boshga ko'taringiz, tortmasdan hadik,
Chidab tanbehlari ko'pu oziga.
Kelin boqolmasmi ko'zlariga tik,
Sadoqati shuldir qaynonasiga.

Shunday, sadoqatga o'lchov bormi, bas,
Insonni ham inson qilgan shu his, kuch.
Inon, baxt qushining qanoti sinmas,
Bu xil belgilarga kelib tursak duch.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:40:43
Begonalar...

Bu o'g'il meniki emas aslida,
Garchand eng so'nggi dam ko'zlarim yopar.
Men uni topgandim ishqim faslida,
Ishq faslida u ham o'zgani topar.

Bu qiz ham birovga ketadigan gul,
Ushlab qololmagay na zar, na tillo.
Mendan-da mehribon kimsa bo'lar ul-
Mendan-da vafodor chiqar ul illo.

Bu she’rmi, she’rni ham o'zgalar oldi,
Rashku gumondan goh ranglarim somon,
She’rku bu, boshimga ming g'avg'o soldi,
Kelib- kelolmayman o'zimga hamon.

Voajab, bul qadar yolg'izlik nega,
G'aroyib bu hayot-biz o'tar yo'lak.
Hech kim, hech narsaga men bo'lmam ega,
Sevgilim, Sizga o'z ishqimdan bo'lak.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 15 Noyabr 2007, 12:41:05
Bir qadam
(ballada)

Men bag'rim yoqib bo'ldim, sel kabi oqib bo'ldim,
Necha bor qayta o'ldim bu holat tasviridan.
Naqd ber deb yig'lamagan, taxt ber deb yig'lamagan-
Baxt bergin deb yig'lagan Bodomgul taqdiridan.
Uy oldida mashina, yuk ortishar qo'shnilar,
"žBu qiyomat qoyim"œ deb, g'am tortishar qo'shnilar.
Eri chetda hangu mang, eri chetda holi tang,
Balki oralariga tag'in tushar qo'shnilar.
Bodom ham bir chekkada yaralangan qush iyanglig'.
Goh hushiga kelganday goh ma’yus, behush yanglig'
Qo'sh go'dagi pinjiga suqiladi jovdirab,
Kechagi baxt, go'daklik bo'ldi bugun tush yanglig'.
"žBalki oralariga... tushmasin yo'q, Bodomjon,
Sen ko'ksimda ishq eding, endi sen o'q, Bodomjon.
Ertak edim men Senga, poymol bo'ldi ertaklik,
Erkak edim men Senga, poymol bo'ldi erkaklik.
Derlar-ku axir: "žGulni uzsin qo'sha-qo'shgani"œ,
Hayhot, qandoq kechiray uzganini boshqani"œ.
Yurak-bag'ri to'kilib Bodom betus yig'laydi.
Ul sho'rlikka tikilib bor el-ulus yig'laydi.
Hasan-Husan zorlaydi, otasini chorlaydi,
Ota borolmas, sim-sim atrofda kuz yig'laydi.
Yuklar tayyor. Yo'l oldi Bodom qaddin tutdi g'oz:
"žTuzingizni ko'p ichdim, xizmatlarim bo'ldi oz,
Rozi bo'ling, begim"œ, deb bir-bir xayru xo'sh qilar.
"žBu qay kun"œ,- deb yoqasin ushlar qo'ni-qo'shnilar.
Katta-kichik tikilib qolgan qirda-piyoda,
Qo'sh go'dagi qo'lida, Bodom oldda, piyoda.
Orqada yuk mashina, bu yo'l shunday boshlandi.
Qarab turib keksayu yoshning ko'zi yoshlandi...
* * *
Qancha o'tdi, bilmaydi, er kelganda o'ziga,
Bitta-yarimta yulduz chiqib ko'kning yuziga,
Shom qorong'usi o'tib quyuq tun tushar edi;
Uning bo'm-bo'sh qalbiga o'chmi-xun tushar edi.
Chap ko'kragi sanchidi, Hasan-Husan joyimi,
Suvda oy chil-chil sindi, uning ko'ngil oyimi?!
Keyin kechagi tunni eslab ketdi hovliqib...
Yarim tunda qaytardi u shahardan toliqib,
Uyga yaqin kelganda eshitildi qichqiriq-
Lang ochiq derazadan uyga o'zin otdi tik,-
Hayhot, kolxoz raisi, ko'p ardoqli do'st uyda!
Xotiniga kanadek chippa yopishgan ko'yda,
Quchog'idan chiqarmas, o'pardi so'rib-so'rib,
Xotini jonhoatda yulqinib, o'zin urib,
Jilolmas, uy ichiga sochilgan bir dasta pul,
O'zi ham sezmay qindan pichoqni sug'urdi ul!
Mana senga raisning muruvvati, boyaqish,
Tug'ishganday, o'rtoqday kuyib-qo'llaganlari.
Ko'ngling ovlabu avrab topib biror zarur ish,
Ikki kunning birida shahar yo'llaganlari,-
Hayhot, mening ko'nglimga g'oyat yaqin edi u, SHul yaqinlikdan turib, yuragimni edi u!
Unga ham omonlik yo'q! Pichoq aytdi so'ng so'zni,
"žEding"œ ushbu so'z bilan rais ham yumdi ko'zni.
* * *
Yolg'iz qari onasi ko'z yosh qildi kuyunib,
Sho'rlik Bodom ham oldi bevalikni kiyinib.
Qo'sh go'dagim etim, deb etti bukilar edi,-
Ich-ichidan kun-bakun tutday to'kilar edi.
"žRais bosqinchi bo'lsa, mening aybim nimadir,
Nahot sevgi oqibat toshga tegar kemadir.
Begim uchun tumanli ishonch bo'ldim oqibat,
Tuhmat balolariga nishon bo'ldim oqibat.
Farishtam-derdi, mana, farishta ham xor, ona,
Qo'sh olchaday yashaymiz degani bekor, ona"œ.
Hasan-Husan ko'ziga jovdiramoqdan toldi,
Guldaygina kelinchak silga chalinib qoldi.

...So'ng ham uzoq yotmadi, bir choshgohda ro'yi rost,
Mushtipar onasidan shundoq qildi iltmos:
-Ona, ko'p bo'lguchiydi Sizning g'azal, baytingiz-
Go'dak chog'imdagiday bugun alla aytingiz.
Faqat g'azalingizda bo'lmasa alam-angiz,
Keyin...mening yuzimga doka yopib qo'ysangiz...
Faqat uzoq aytasiz, ir eshitay miriqib.
Keksa onaning rangi bu gaplardan siniqib,
Hayot bebaxt qiziday motamsaro tuyuldi,
Alla aytdi, joladay ko'z yoshlari quyildi,
O'ttiz yashar go'dagi qancha istasa aytar,
Uning ma’yus allasi nayday ingragan paytlar.
Ona yuragi bilan sezdi, qizi silkindi,
Yo uh tortdi, har qalay, bir zum nafasi tindi. Ul dokani tortganda bir titroq sezib tizda,
Qizi tinchib qolgandi, o'tin bo'lib o'ttizda.
Yorab, gullab-gullamay nuraganni ko'rdim men,
O'lim oldi "žalla"œni so'raganni ko'rdim men!

Bitta qadam, ne uchun shoshilamiz qo'ymoqqa,
Bitta qadam va lekin bo'ladi-ku tiyilsak.
Faqatbiz birovlarni o'rganolsak suymoqqa,
Faqat biz birovlarga birozgina qiyilsak,
Goh qanoatda sobit, daho bo'ladi inson,
O'z nafsin yo'lida goh yuho bo'ladi inson.
Odamzod-ku aslida bu dunyoga mard keldi,
Bir qadamidan goho tig'i parron-dard keldi!
* * *
...qo'sh go'dakni etaklab kampir ketib boradi-
Qulagan ustunini ziyorat qilmoq uchun-
Ona bu xil o'ylarni unga eltibboradi,
Bolam, shunday gaplar, deb unga egilmoq uchun.
Hasan-Husanlar bo'lsa tushunmas bu gaplarga,
Hasan-Husanlar bo'lsa go'dak dili qonagan,
Qachon ona sut bermas bu achchiq alaflarga.
Qachon bu xil qotillar tug'ilmaydi onadan,-
Yigitmisan yigit er bir o'qdan o'ldi ma’nan,
Bodom guliday Bodom bo'ldi shu o'q qurboni.
Rais shu bir qadamda bu dunyoi gulshandan,
Olib ketdi o'ziyu o'zgalarning ham jonin.
Bodom, garchand, tuhmatning toshiga bermading tob,
Garchand nohaqliklardan ado ketgan bir jonsan.
Ammo o'shal qora kun el ko'zidan o'chdi xob,
O'shal kundan dillarda uchqundangan isyonsan.
Mayli, garchand sendan bir ma’yus ovoza qoldi,
Ammo ishqni bukmading, ammo ishq toza qoldi.
Men bugun xotirlayman seni oppoq o'lim deb,
Ishq, nomusga jon nisor shahid qizil gulim deb.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Noyabr 2007, 11:24:17
Bugun o'zim zormen

O'z egik boshimni ko'tarmay turib,
Yasharkan egilgan boshlarni silab,
Bugun Sizga keldim o'zim bosh urib,
Bugun men turibman mehringiz tilab.

Ming dardimdan birin sololsam xatga,
Bir shodon umrimga tortadi chiziq.
Qachonlardir menga zar bo'lgan baxtga,
Bugun o'zim zormen qo'llarim cho'ziq...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Noyabr 2007, 11:25:28
Men ketib boraman

Men ketib boraman, qoramtir samo,
Quvlashib o'ynoqi shamollar bilan.
Taqdirimda mingi aralash, ammo,
Biri yechilmagan savollar bilan.

Men ketib boraman, yorishadi ko'k,
Nogahonda ovoz... nega bo'shashdim.
Chaqirmang, ortimga qaytolmayman, yo'q,
Chaqirmang, yo'q esa qaytguday shashdim.

Men Siz chorlagan payt ojizman, aytdim,
Ketsam ham qulog'im, ko'zim berkitib,
Qaytmasam, yurganim yo'lim unmaydi.
Qaytsam, kelolmayman Sizga ham etib.

Garchand Siz sig'ingan shohman, pirman men,
Aro yo'lda qolib adodirman men.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Noyabr 2007, 11:26:18
Aldashni ko'rmayman ravo

Men Sizni aldashni ko'rmayman ravo,
Tushuning, shu o'zi men uchun basdir.
Sezaman, mendagi bu dard- bedavo,
Istaganim bilan bu ishq so'nmasdir.

Men Sizni aldashni ko'rmayman ravo,
Ehtiyoj sezmayman ortiq tirakka,
Men uchun qachondir kuylangan navo,
Endigi navolar sig'mas yurakka.

Sizday sodiq do'stni aldamayman, yo'q,
Ishoning, bu yo'llar tushmas bir izga.
Ko'ksimga qachondir tekkandi bir o'q,
Yarador qalb bilan bormayman Sizga.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Noyabr 2007, 11:27:06
Surat

Tan olaman, dil, qo'limdan ko'p narsa ketdi,
Men ishongan tog'lar ham ketdilar nurab.
Qish qorlari ko'p izlarni ko'mdi, berkitdi,
Ko'zlarimdan ketmay qoldi yolg'iz shu surat.

Mana bu-Siz, papirosni asabiy ezib,
Turib qolgan, ko'zlarida to'zg'igan to'zim.
Bunisi sho'rtak bir ta’mni labida sezib-
Ma’yus, Sizdan ketayotgan menman, men-o'zim.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 19 Noyabr 2007, 11:27:54
Ajralishdik...

Ajralishdik, ko'tar boshing,
Ko'zlaringda nega g'am?
Mardim, to'kma ko'zing yoshin,
Tomchisiga arzimam.

Ne kun solding sen boshimga,
Bu qanday ishq, qay firoq?
Arzimaysan ko'z yoshimga,
Men ham yig'layman biroq.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:17:26
Alvido deng

Alvido deng, alvidolar ayting so'nggi bor,
Ko'zingizni yumib, keyin mendan buring yuz.
Toqatim toq, bog'ingizdan uchayapman, yor,
Qarg'amangiz, bog'ingizga kelar bo'ldi kuz.

Men bilmayman, tushgan yo'lim xatomi, xayrli,
Rostin yozay tun zulmati o'rab kelgan choq.
Garchand tushmagan bo'lsam ham bir lahza ayru,
Bir lahza ham yashamadim siz bilan biroq.

Sabab bo'ldim bag'ringizga qo'ngan dog'larga,
Bekor bo'ldi menga ko'ngil qo'yganlaringiz.
Bog'ingizda meni ko'rib, o'zga bog'larga
Bitta-bitta uchib ketdi suyganlaringiz.

O'sha paytlar bu hol menga tuyulgandi shon,
Sarob ekan, tutar-tutmay izlab qoldim men.
Bu satrlar quyilarkan oshga urar qon,
Sizdan soviy-soviy bugun muzlab qoldim men!

Alvido, yor, to'kilmoqda toqat degan jom,
Ketmoq ishqi kuydirmoqda o't bo'lib mani.
Alvido, yor, ko'ksingizdan o'chiring tamom,
Bog'ingizga yanglish qo'nib uchgan qushchani.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:17:51
Tugating, bas,-dedim

-Tugating, bas, -dedim, - Siz qildingiz bas,
Ortiq ishq haqida ochmadingiz gap.
Ishoning, u so'zlar meniki emas,
Men, axir, yuribman ishqimni chorlab.

"žKetgan to'lqin albat ortiga qaytadi"œ,
O'zimga berurman taskinu to'zim.
"žO'zi kelib tag'in ishqin aytadi"œ,
O'zi kelib, ammo, kelmaydi o'zi...

Ishq meni topganda bo'lolmasman el,
So'ng o'zim topmasman, ko'z yoshlarim sel...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:18:06
Qaylargadir yozgan edim...
Qaylargadir yozgan edim ismingni sening,
Qaerlarga...keyin uzoq o'zim qidirdim.
Ko'p tingladim jilg'alarning sho'x kulgusini,
Endi kurtak ochayotgan bog'larga kirdim.

"žSor burgut-ey, shiddatingga shiddat ulansin-
Senga yozganmidim"œ, desam dilimni dog'lab.
U der: "žYo'q, yo'q, eslolmayman, uning nomin sen
Qanotimga yozganing yo'q"œ,- ketar uzoqlab.

Tolmabo'yin oqqushlarni tutaman so'zga:
"žBalki sizga yozganman men"œ,-ahvolim ko'rib,
Oqqushlar der: "žEslab ko'rgin, yozmading bizga-
Qayga yozsang yozgansan sen parishon turib"œ.

Daryolarga savol tashlab xuddiki qarmoq,
Oylab kutib, javob olmay topmadim izin.
Erga aytsam, er aytdiki: "žTishlama barmoq-
O'chmas qilib yozgandingmi nomini o'zi?!"œ

Shunda-shunda sergak tortib men bo'ldim tamom-
Yog'ayotgan sust qorlarga yozgandim seni.
To'kilguday chayqalganda ko'nglimdagi jom,
Ko'nglimdagi ozorlarga yozgandim seni.

Yozib ketdim, yo'l-yo'lakay nigohim tushib,
Yot dillarning tasodifiy yor-yorlariga.
Bir beparvo sho'xlik bilan yozdim qizishib,
Bu dunyoning ur-sur, gavjum bozorlariga.

Endi, endi bari abas, bersam hamki tan-
Ba’zan ko'ngil tag'in seni yo'qlasa bo'zlab,
Qori erib ketgan erdan izlab qolaman,
Tarqab ketgan bozorlardan qolaman izlab...

Qaylargadir yozgan edim ismingni sening.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:18:23
O'q haqida olti she’r
1

Yo'q, men sog' qalb bilan kuylaganim yo'q,
Dardi yo'q ko'ngilning kuylashi qiyin.
Ko'ksimga sanchildi bir kun qizil o'q,
Men alvon qo'shiqlar kuyladim keyin.

Yurolmadim doim kimnidir suyib-
Bu ko'ngil gohi but, goh chil-chil sindi.
Sariq o'qdan ko'ksim ketgandi kuyib,
Hijron qo'shiqlari maysaday undi.

Ko'zlarimda o'tday yonmoqda bashar,
Garchand men- bir o'tday so'nar o'tkinchi.
Bu o'qlardan qolgan qo'shiqlar yashar-
Ko'ksim qaro o'qdan qolganda tinchib.

Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:18:40
2

Onam egilib naq kamon,
Otdi, aylanib o'qqa-
Uchyapman, bilmam qay tomon-
Tungami yo yoruqqa.

Bilganim "žtegadi shu o'q"œ,
Onam ichgandir qasam.
Unda ortiq boshqa o'q yo'q,
Men mo'ljalga tegmasam.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:19:02
3

Oshkor aytganlarning ko'ksi bo'lsin tog',
Oshkor aytganlarga mening hurmatim.
Chorak asr yashab nomardning, biroq,
Bir oshkor qilmishin ko'rmadim.

Men shohona bazmga boraman kirib,
Charx urib, shohona qo'shiqlar to'qib.
Yo'lda otmasa gar yashrinib biri,
Yo'lda o'ldirmasa nomardning o'qi.

4

O'zgalarga omad tilayman bu choq,
O'zgalar sinchiklab otsin o'qini.
Ovlagan qushidan ko'ngli bo'lib tog',
Boshlarida ko'ray tole tug'ini.

O'zim tan olaman yuzga qon urib,
Bukilmas dilimni bukib, etib yoy,
Arzimas qushlarga o'q otib yurib,
Umrimning yarmini berib qo'ydim boy.

Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:19:24
5

Aldangan ishonchdir senga tekkan o'q,
O'q- bu o'z qadrini topmagan qadr.
Achchiq o'q azobin bermasmi to'liq-
Yozganda yuraging kuymagan satr.

Men ham horg'in, g'olib ancha yo'l yurdim,
Doim ham kuyinib kuylamadi tor.
Uch marta ko'ksimni sinchiklab ko'rdim-
Yarador, yarador, tag'in yarador...

6

Yana u ko'ksimga uchar xuddi o'q,
Yana u men uchun dalli-devona.
Uning sanchilmog'i uchun bo'sh joy yo'q,
Buni unga Sen ayt, hayot, ey Ona!

Men she’rga aytaman ko'ksimdagi sir,
Sonsiz yaralardan sachraganda qon.
Ko'ksimga qancha o'q singib ketgandir,
Ko'ksimda qancha o'q bo'lgandir qurbon.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:19:47
Allaqachon unutganman...

Allaqachon unutganman bari-barini,
"žAllaqachon"œ aldayman men o'zimni-o'zim.
Ortda qolgan muhabbatning qo'shiqlarini,
Eslama, deb o'z-o'zimga tilayman to'zim.

Eslab qolsam, toqatlarim- to'zigan bir pat,
Egilgan yoyga aylanar bo'y-bo'y qomatim.
Eslasam, bu yorug' dunyo-bo'm-bo'sh bir xilqat,
Bir pul bo'lar e’tiqodim, baxtim, omadim.

Kulgularim kinoyasi zarra sezilmas,
"žAllaqachon unutganman"œ... qah-qah uraman.
Hijronning talx sharobidan ortiq sarxush, mast,
Baxtlilardan baxtiyorroq yashnab yuraman.

Allaqachon unutganman, unutgan ma’qul.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:20:08
Barchasi Sizga
Sizga ishqim, Sizga qarg'ishim,
O'zga izlab mendan topmas iz,
Bu dunyoda mening bor ishim,
Sizga tushdi, bir Sizga yolg'iz.

Adashdim-da yolg'onga yo'ydim-
Ishqingizni, qo'l silkdim, "žbekor!"œ
Shoshib g'urur gultojin kiydim,
Endi boshdan olib qo'ymoq or.

Endi dunyo ishin qarangki,
Ishq ortidan qul bo'larmish shoh.
"žUnutdim"œ, deb sarg'ayar rangim,
"žSevmayman"œ deb jim chekamanoh.

Siz deganda men sinmas torman,
Kuta-kuta ko'zim yo'l o'yib,
Umrim bo'yi qarg'ab o'tarman-
Umrim bo'yi jonimda suyib.

Garchand hijron talxdan-talx maydir,
Men ichardim, bo'lganda ham qon.
Qarg'ishlarim Sizni urgaydir,
Sog'inchlarim saqlaydir omon.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:20:27
Ketyapman...

Qaydan ham yo'limda kelgandingiz duch,
Ayqash-uyqash qilib o'ngu ro'yoni.
Topdim, Siz, yolg'iz Siz, qolgan dunyo puch,
Yo'qotdim, qaytadan ko'rdim dunyoni.

Qayta ko'rsam ko'zim kuyib ketar, chin,
Armon to'lqinlari ketgaydir ko'mib.
Qayta Sizni ko'rib qolmaslik uchun,
Ketyapman umrbod ko'zimni yumib...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:20:53
Kechiring...

Men Sizdan so'rayman bu kech kechirim,
Hijron bo'lganim-chun bo'lmayin visol.
Garchand umringizni tongi, kechini-
Aralash qildim men kartalar misol.

O'ylaysizmi, meni qildi deb atay,
Sizga burilmasdan ketganim-chun tik.
Men dardli ko'ksimni yorib ko'rsatay-
Bormi unda Sizga zarra yomonlik.

Garchand, oqlay olmas o'zin aybdor dil,
Ishoning, sezmasdan qoldim men u choq -
Tabib bo'layin deb bo'lganim qotil,
Malham bo'layin deb urganim pichoq.

Beayov ishqingiz o'tin o'chirdim.
Kechira olsangiz agar, kechiring.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:21:22
Kechagi kun

Tinchlan, ko'ngil, bo'lma dilxun,
Orom topmading sira.
Mayli, garchand kechagi kun,
Bugunni qilar xira.

Boshqa edi kechagi kun,
Sen unimi yo'qlaysan.
Chaqirganda bermading un,
Endi nechun yig'laysan?

Kechagi kun quyosh boshqa,
Boshqa edi tun, maysa.
Bugun boshing urib toshga,
Samar topmay izlaysan.

Bu tungi oy tortiq ma’yus,
Kunduz quyosh ortiq sho'x.
Gullari ham boshqaroq tus-
Kechagiday tortmas, yo'q.

O'tgan o'tdi, dil taskin top,
Bo'lsa hamki xuddi tush.
Kechagi chekilgan azob,
Bugungi quvonchdan xush.

Dil, bugungi bog'larga qo'n,
Bo'lolsang, bo'l asira.
Garchand, dilda kechagi kun
Bugunni qilar xira.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:21:49
O'tyapman...

Abad so'lmas muhabbatga fido bo'lib o'tyapman,
O'nglab bo'lmas muhabbatga fido bo'lib o'tyapman,
So'ng nafasi kelar bir kun- ne tirik jon tug'ildi,
Men hech o'lmas muhabbatga fido bo'lib o'tyapman.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:22:14
Goh kunlar g'aroyib

Goh kunlar g'aroyib, sharhiga yo'q so'z,
Ta’mi talx sharobday joming to'ldirar.
Duelga chiqardi avval yuzma-yuz,
Endi bir-birini zimdan o'ldirar.

Avvalgi oshiqlar ko'zlarida qon,
Ishqi uchun jonin qo'yardi garov.
Endigi oshiq goh chamalar imkon,
Qiyinroqmi, yo'ldan qaytadi darrov.

Avvalgi oshiqlar ko'kragida oh,
Maydonga kirganlar g'urur, shon uchun-
Bugungi oshiqlar tuyuladi goh,
Ot solayotganday mansab, non uchun.

Tag'in eng qizig'i, faqat pardali,
Pardali suyarlar, pardada yurar.
Ko'nglidagi qahrni hech kim zardali,
Qahr bilan aytmaydi, pardaga o'rar.

Parda orasida ketyapmiz horib,
Yo'l solaolmasdan oshkor bir yoqqa.
Jur’at tark etmoqda bizlarni, borib,
Do'stga "žMen sog'indim Seni"œ demoqqa.

Jur’at tark etmoqda bizlarni goho,
"žPichoq kesar, o'tkir bo'lsa dami"œ deb.
Birovga bermaymiz munosib baho,
Boshqasi arazlab qoladimi, deb.

Jur’at tark etmoqda bizlarni ba’zan,
Garchand goh mehrdan ko'ngil yoshlanar,
Sor burgut madad so'z kutmoqda bizdan,
Ulug' parvoz balki shundan boshlanar.

Madad so'zsiz burgut uchsa-ku uchdi,
Goh burgut keksayar shu so'zni kutib.
Ojizmiz, biz qo'llay bilmadik qushni,
Ayanchmiz, "žyilt"œ etgan nur ketdi o'tib.

Men hammaga avval jur’at tilayman,
Muqim jur’at olgan qalbni, qal’ani.
Dushman dushmanlig'in oshkor olsin tan,
Do'stim oshkor bo'lsin ko'nglim malhami.

Jur’at nima, jur’at o'zi asli o'q,
Nishonni urmasdan qo'ymas otgan dam,
Ko'p rahmim keladi oshkor fikri yo'q,
"žPardali"œ she’r yozgan shoirlarga ham.

Goh kunlar g'aroyib, sharhiga yo'q so'z...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:22:50
Issiq qor

Chillada issiq qor qaerdan paydo-
Bul qadar iliqlik, top-toza husn.
Men tiniq xayollar charx urgan joyda,
Yo'qotib qo'yaman dunyoning tusin.

Ko'karar ko'ksimda bargin to'kkan bog',
O'tolmas daryoda ko'raman kechik.
O'zini yo'qotib topmoq, charx urmoq,
Ko'klam jilg'asining ishi, har nechuk.

Ishq, armon gul ochib, so'lsa jonimda,
Yillar olib ketsa berkitib, o'rab,
Jilg'a dardin bermang qahratonimda,
Umrimning so'ngida kelmangiz so'rab.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:23:18
Yolg'iz ayol xati

Sen, sevib baxtimga bo'lganding zomin,
Sen, sevib baxtimni ketganding yulib,
Aytgil, yolg'izlikning achchiq alamin,
Ikkov bab-barobar oldikmi bo'lib.

Eshigingni, balki uchib xuddi o'q,
Baxt ochar, bag'ringda to'lg'anar sochlar.
Mening eshigimni gezargan, sovuq-
Bir-bir bosib kelib YOlg'izlik ochar.

Sen eshikdan kirsang yoniq dil bilan,
Balki baxt otilar quchog'ingga tik.
Men eshikdan kirsam muzday qo'l bilan,
Bellarimdan mahkam quchar yolg'izlik.

Baxt Seni jon bilan sevar betoqat,
Ko'zingda his etib ishq zarblarini.
Meni ham ko'zimga sevib, yutoqib,
Yolg'izlik bosadi muz lablarini.

Tushda visollarga ketdim ko'nikib,
Tushdagi tonglarim charaqlab otar.
Toshday yostig'imning yarmi meniki,
Yarmida yolg'izlik- bosh qo'yib yotar.

Faqat tong otlansam, qololmas ushlab,
Yarim tun qaytsam ham, rashk, g'azab yo'q, shan.
Barin ichga yutib, ko'ksimga mushtlab,
Men yonib ketyapman, yonib ketyapman.

Suyib, balki mendek kuyib xuddi sham,
Yashayapsan, farq yo'q, qanday o'tding Sen.
Faqat ayt, o'z qo'ling bilan qandog'am,
Meni yolg'izlikka qo'shib ketding Sen.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:23:41
Hisob-kitob haqida

Ba’zan men tunlari ishlagan kezda,
O'y surib ketaman unutib she’rim,
Ba’zi savollarni so'rayman Sizdan,
Taxminan bo'lsa ham hisoblab bering.

Deylik, bir but dilga sachrab ketdi qon,
Bir ko'ngil o'tlarda qovrilar, tutar-
Ayting, malham qayda, kelar u qachon,
Bir ko'ngil yarasi qanchada bitar.
Menga mana shuning hisobi kerak,
Tag'in izi qolmay bitarmi yurak?

Diqqat qiling: kuzgi xazon dilxasta,
Har lahza sezilmay sarg'ayib borar.
Daraxt to'kiladi asta va asta,
Birdan to'kilsa-chi, yurakni yorar.
Daraxt qancha vaqtda sarg'aydi, yondi,
Qayg'u qancha vaqtda to'kar Insonni?

Ishqli ko'ngillar-ku pardan engilday,
Ishqsiz qalbga qancha tosh to'ldi, ayting.
Lahza...ishq tug'ildi qancha ko'ngilda,
Lahza...qancha dilda ishq o'ldi, ayting.
Hisobin chiqarib bering-chi, qani,
O'lgani ortiqmi yo tug'ilgani?!

Nomard g'olib kelsa mard diltangu zor,
Bosh egib turganda qancha kuch sarflar.
"žAyriliq"œ so'zini qanchadan yozar,
Mayishib, chaplashib ketmasdan harflar.
Ayting, yana necha asr solib iz,
Bu do'zaxiy so'zdan kuyar tilimiz?!

Siz, ey, bu dunyoning hisobdonlari,
Taxminan bo'lsa ham qilingiz hisob:
Qanchalik umri bor sun’iy shonlarning;
Sun’iy ko'rk qanchada bo'lgusi xarob;
Qancha davolangach past tushib har kas,
O'zin allomai zamon sanamas.

Usiz ham cho't tashlab ishchan, goh karaxt,
Tinmaysiz millionni millionga urib.
Bir lahza shularga ajrating Siz vaqt-
Shularning hisobin qiling o'y surib.
Topolsak shularga ketar vaqtni biz,
Chuqurroq tuyardik balki baxtni biz.

Men ba’zan tunlari ishlagan kezda
O'y surib ketaman, unutib she’rni...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:24:05
Shoir yashay bilmas...
Shoir yashay bilmas tilini tishlab,
Ko'rib, ko'rmaslikka solib o'zini.
Nomard ketar ekan vaqtini xushlab,
Mushfiq tasalli deb bilsa to'zimni,
Shoir yashay bilmas.

Tinch qaray bilmas u tog'u tosh qolib,
Insonning yuragi qular chog'larga,
Osmonning o'rniga insonni olib,
Ko'nglin to'ldirsalar qaldiroqlarga,
Shoir yashay bilmas.

Yasholmaydir ermas, dil qolsa muzlab,
Ko'rib payhon bo'lgan ishq iqbolini.
Bolariga gulmas, inson bo'lsa daf,
So'rib tugatsalar shira bolini,
Shoir yashay bilmas.

Yashay bilmas qay bir fahmi ko'ru kar,
Taroqni sochgamas fikrgsha ursa,
Chetlab sho'x, qiyqiriq nafasli qushlar,
To'ti savlat to'kib bog'larda yursa,
Shoir yashay bilmas.

U yashay bilmaydir o'tmas, qay bir on,
Oq-oydin tuyg'ular ketsa o'rilib.
Shilliqurt misoli sip-silliq yolg'on,
Haqiqat yonida tursa kerilib,
Shoir yashay bilmas!

Tug'yon ko'tarar ul bo'lib bag'ri qon,-
Mayli, usiz ham mo'l beg'amlar, go'llar,
Ishqilib, uzunroq umr ko'r, isyon,
Tug'yon tugagan kun shoir ham o'lar.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:24:24
Sadoqat
Otani mahzun g'am, xastalik yutdi,
Farzand yuksak-yuksak avj uchar fasli.
Uchmay, tashvishlarga ko'milib o'tdi,
Bu otaga yuksak sadoqat asli.

Mayli, ishq haqida chekmasa ham oh,
Balki bu ham so'zsiz ishq toqatidir.
Ammo o'zin unga sinarmi panoh,
Bu erning ayolga sadoqatidir.

Yuragi haqida ochib yurmang fol,
Buni tekshirmasdan, his etgan ma’qul.
Silab, ko'ylagiga urdimi dazmol,
Ayolning erkakka sadoqati shul.

Boshga ko'taringiz, tortmasdan hadik,
Chidab tanbehlari ko'pu oziga.
Kelin boqolmasmi ko'zlariga tik,
Sadoqati shuldir qaynonasiga.

Shunday, sadoqatga o'lchov bormi, bas,
Insonni ham inson qilgan shu his, kuch.
Inon, baxt qushining qanoti sinmas,
Bu xil belgilarga kelib tursak duch.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:24:42
Begonalar...
Bu o'g'il meniki emas aslida,
Garchand eng so'nggi dam ko'zlarim yopar.
Men uni topgandim ishqim faslida,
Ishq faslida u ham o'zgani topar.

Bu qiz ham birovga ketadigan gul,
Ushlab qololmagay na zar, na tillo.
Mendan-da mehribon kimsa bo'lar ul-
Mendan-da vafodor chiqar ul illo.

Bu she’rmi, she’rni ham o'zgalar oldi,
Rashku gumondan goh ranglarim somon,
She’rku bu, boshimga ming g'avg'o soldi,
Kelib- kelolmayman o'zimga hamon.

Voajab, bul qadar yolg'izlik nega,
G'aroyib bu hayot-biz o'tar yo'lak.
Hech kim, hech narsaga men bo'lmam ega,
Sevgilim, Sizga o'z ishqimdan bo'lak.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:25:15
Bir qadam
(ballada)

Men bag'rim yoqib bo'ldim, sel kabi oqib bo'ldim,
Necha bor qayta o'ldim bu holat tasviridan.
Naqd ber deb yig'lamagan, taxt ber deb yig'lamagan-
Baxt bergin deb yig'lagan Bodomgul taqdiridan.
Uy oldida mashina, yuk ortishar qo'shnilar,
"žBu qiyomat qoyim"œ deb, g'am tortishar qo'shnilar.
Eri chetda hangu mang, eri chetda holi tang,
Balki oralariga tag'in tushar qo'shnilar.
Bodom ham bir chekkada yaralangan qush iyanglig'.
Goh hushiga kelganday goh ma’yus, behush yanglig'
Qo'sh go'dagi pinjiga suqiladi jovdirab,
Kechagi baxt, go'daklik bo'ldi bugun tush yanglig'.
"žBalki oralariga... tushmasin yo'q, Bodomjon,
Sen ko'ksimda ishq eding, endi sen o'q, Bodomjon.
Ertak edim men Senga, poymol bo'ldi ertaklik,
Erkak edim men Senga, poymol bo'ldi erkaklik.
Derlar-ku axir: "žGulni uzsin qo'sha-qo'shgani"œ,
Hayhot, qandoq kechiray uzganini boshqani"œ.
Yurak-bag'ri to'kilib Bodom betus yig'laydi.
Ul sho'rlikka tikilib bor el-ulus yig'laydi.
Hasan-Husan zorlaydi, otasini chorlaydi,
Ota borolmas, sim-sim atrofda kuz yig'laydi.
Yuklar tayyor. Yo'l oldi Bodom qaddin tutdi g'oz:
"žTuzingizni ko'p ichdim, xizmatlarim bo'ldi oz,
Rozi bo'ling, begim"œ, deb bir-bir xayru xo'sh qilar.
"žBu qay kun"œ,- deb yoqasin ushlar qo'ni-qo'shnilar.
Katta-kichik tikilib qolgan qirda-piyoda,
Qo'sh go'dagi qo'lida, Bodom oldda, piyoda.
Orqada yuk mashina, bu yo'l shunday boshlandi.
Qarab turib keksayu yoshning ko'zi yoshlandi...
* * *
Qancha o'tdi, bilmaydi, er kelganda o'ziga,
Bitta-yarimta yulduz chiqib ko'kning yuziga,
Shom qorong'usi o'tib quyuq tun tushar edi;
Uning bo'm-bo'sh qalbiga o'chmi-xun tushar edi.
Chap ko'kragi sanchidi, Hasan-Husan joyimi,
Suvda oy chil-chil sindi, uning ko'ngil oyimi?!
Keyin kechagi tunni eslab ketdi hovliqib...
Yarim tunda qaytardi u shahardan toliqib,
Uyga yaqin kelganda eshitildi qichqiriq-
Lang ochiq derazadan uyga o'zin otdi tik,-
Hayhot, kolxoz raisi, ko'p ardoqli do'st uyda!
Xotiniga kanadek chippa yopishgan ko'yda,
Quchog'idan chiqarmas, o'pardi so'rib-so'rib,
Xotini jonhoatda yulqinib, o'zin urib,
Jilolmas, uy ichiga sochilgan bir dasta pul,
O'zi ham sezmay qindan pichoqni sug'urdi ul!
Mana senga raisning muruvvati, boyaqish,
Tug'ishganday, o'rtoqday kuyib-qo'llaganlari.
Ko'ngling ovlabu avrab topib biror zarur ish,
Ikki kunning birida shahar yo'llaganlari,-
Hayhot, mening ko'nglimga g'oyat yaqin edi u, SHul yaqinlikdan turib, yuragimni edi u!
Unga ham omonlik yo'q! Pichoq aytdi so'ng so'zni,
"žEding"œ ushbu so'z bilan rais ham yumdi ko'zni.
* * *
Yolg'iz qari onasi ko'z yosh qildi kuyunib,
Sho'rlik Bodom ham oldi bevalikni kiyinib.
Qo'sh go'dagim etim, deb etti bukilar edi,-
Ich-ichidan kun-bakun tutday to'kilar edi.
"žRais bosqinchi bo'lsa, mening aybim nimadir,
Nahot sevgi oqibat toshga tegar kemadir.
Begim uchun tumanli ishonch bo'ldim oqibat,
Tuhmat balolariga nishon bo'ldim oqibat.
Farishtam-derdi, mana, farishta ham xor, ona,
Qo'sh olchaday yashaymiz degani bekor, ona"œ.
Hasan-Husan ko'ziga jovdiramoqdan toldi,
Guldaygina kelinchak silga chalinib qoldi.

...So'ng ham uzoq yotmadi, bir choshgohda ro'yi rost,
Mushtipar onasidan shundoq qildi iltmos:
-Ona, ko'p bo'lguchiydi Sizning g'azal, baytingiz-
Go'dak chog'imdagiday bugun alla aytingiz.
Faqat g'azalingizda bo'lmasa alam-angiz,
Keyin...mening yuzimga doka yopib qo'ysangiz...
Faqat uzoq aytasiz, ir eshitay miriqib.
Keksa onaning rangi bu gaplardan siniqib,
Hayot bebaxt qiziday motamsaro tuyuldi,
Alla aytdi, joladay ko'z yoshlari quyildi,
O'ttiz yashar go'dagi qancha istasa aytar,
Uning ma’yus allasi nayday ingragan paytlar.
Ona yuragi bilan sezdi, qizi silkindi,
Yo uh tortdi, har qalay, bir zum nafasi tindi. Ul dokani tortganda bir titroq sezib tizda,
Qizi tinchib qolgandi, o'tin bo'lib o'ttizda.
Yorab, gullab-gullamay nuraganni ko'rdim men,
O'lim oldi "žalla"œni so'raganni ko'rdim men!

Bitta qadam, ne uchun shoshilamiz qo'ymoqqa,
Bitta qadam va lekin bo'ladi-ku tiyilsak.
Faqatbiz birovlarni o'rganolsak suymoqqa,
Faqat biz birovlarga birozgina qiyilsak,
Goh qanoatda sobit, daho bo'ladi inson,
O'z nafsin yo'lida goh yuho bo'ladi inson.
Odamzod-ku aslida bu dunyoga mard keldi,
Bir qadamidan goho tig'i parron-dard keldi!
* * *
...qo'sh go'dakni etaklab kampir ketib boradi-
Qulagan ustunini ziyorat qilmoq uchun-
Ona bu xil o'ylarni unga eltibboradi,
Bolam, shunday gaplar, deb unga egilmoq uchun.
Hasan-Husanlar bo'lsa tushunmas bu gaplarga,
Hasan-Husanlar bo'lsa go'dak dili qonagan,
Qachon ona sut bermas bu achchiq alaflarga.
Qachon bu xil qotillar tug'ilmaydi onadan,-
Yigitmisan yigit er bir o'qdan o'ldi ma’nan,
Bodom guliday Bodom bo'ldi shu o'q qurboni.
Rais shu bir qadamda bu dunyoi gulshandan,
Olib ketdi o'ziyu o'zgalarning ham jonin.
Bodom, garchand, tuhmatning toshiga bermading tob,
Garchand nohaqliklardan ado ketgan bir jonsan.
Ammo o'shal qora kun el ko'zidan o'chdi xob,
O'shal kundan dillarda uchqundangan isyonsan.
Mayli, garchand sendan bir ma’yus ovoza qoldi,
Ammo ishqni bukmading, ammo ishq toza qoldi.
Men bugun xotirlayman seni oppoq o'lim deb,
Ishq, nomusga jon nisor shahid qizil gulim deb.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:25:36
Xalqona ohanglarda
Yig'lasangiz yig'lang hushyor, sergak uchun,
Ne bir yaxshi, yomon kunda tirgak uchun.
Opam, singlim, ko'z yosh to'kmang sira-sira,
Ayolga baxt berolmagan erkak uchun.

Erkak o'zi kimligini bilamakan,
Bir sirli, tilsimligini bilamakan,
Ishq gavharin ayoliga asrolmasa,
Sho'rpeshona, shumligini bilamakan.

Yo'lga chiqsang yo'ling bersa, boylanmasa,
Xayollaring tiniyversa, loylanmasa.
Erkak erkakmidir ayol jilg'a bo'lib,
Uni aylanib oqmasa, aylanmasa.

Dupur-dupur tulpor kelar tog'lar bilan,
Erkak kelar dupurlab o'ng-sog'lar bilan,
Ayol qo'li yollarini silamasa,
Tulpor ketar ko'kayida dog'lar bilan.

Tulporlarim, ukam-akam, otalarim,
Ming-ming uyli xalqqa ehson, atolarim,
Hali munglug' ayol ko'nglin topmapsizmi,
Bosgan izi xatolarim, xatolarim!

Bekor jangu xunlar uchun aza oching,
Yolg'iz o'tgan tunlar uchun aza oching.
Hatto tog'ning ayiqlari juft axtarar,
Siz so'qqabosh kunlar uchun aza oching!

Yo'qsa avval Sizga qarg'ish tegar bir kun,
Yov yoprilib kelib Sizni egar bir kun.
Hali munglug' ayol ko'nglin topmapsizmi,
Ko'paymagan el kamayib tugar bir kun.

El qolmaydir, faqat boylik, erlar bilan,
Odam topib ko'r-chi na sim, na zar bilan.
Gumonim yo'q, qay el qolsa yashab qolar,
Ayolini elim degan erlar bilan!
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:25:59
Qirchillama qirq yigit
Bu jang asli suv bilan olovning jangi bo'ldi,
Eskirgan jarohatlar qaytalab yangi bo'ldi.
Tunlar bevaqt sarg'ayib hijronning rangi bo'ldi,
Bellarin ko'tarolmay yo'llar belangi bo'ldi,
Qirchillama qirq yigit uyga qaytmagan kunlar.

Endi deganlarida qarchig'ay yigit bo'pdi,
Asta egilib qizni yo o'pmadi yo o'pdi.
Ammo uchib ketdilar lochini bo'lib ko'pdi,
Ammo yurt qon qaqshadi, yurtda qiyomat qo'pdi,
Qirchillama qirq yigit uyga qaytmagan kunlar.

Qaytmadilar va lekin "žnoma’lum"œ deb yozdilar,
Qayda nihon yururlar shuncha qishu yoz ular?
Onalari goh hushli, goh aqldan ozdilar,
Qondoshlar goh ko'nglida go'rlarin ham qazdilar,
Qirchillama qirq yigit uyga qaytmagan kunlar.

Yuragimda achchiq o't, na ginayu na zarda,
Erga sig'may qolaman faqat ba’zan kechlarda.
Leningradda o'lgan balki, qamal,o'chlarda,
Balki Buxenvalddadir, odam yoqar pechlarda,
Qirchillama qirq yigit uyga qaytmagan kunlar.

Qirq yigitni qirq asov toy desam ot bo'lmadi,
Qaytgan turnalar ichra qirq qo'sh qanot bo'lmadi.
Ular qirqta shon bo'ldi, biror isnod bo'lmadi.
Qirchillama bu hayot ammo hayot bo'lmadi,
Qirchillama qirq yigit uyga qaytmagan kunlar.

Qirq yigitni do'l urgan qirqta boqqa mengzadim,
To'fon kelib o'chirgan qirq chiroqqa mengzadim.
Yuragimda o'yilgan qirqta doqqa mengzadim,
Tiklanar choq qulagan qirq bayroqqa mengzadim,
Qirchillama qirq yigit uyga qaytmagan kunlar.

Yigirma million bayroq go'rli-go'rsiz qo'zg'olsa,
Soviyotgan o'choqlar qo'rli-qo'rsiz qo'zg'olsa,
Munkaygan kelinchaklar erli-ersiz qo'zg'olsa,
Bugungi urushqoqlar, Siz ne dersiz qo'zg'olsa,
Qirchillama qirq yigit uyga qaytmagan kunlar!
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:26:18
Qamal kunlarida
Qamal kunlar shahar jim-jim yig'lar odatda,
Sal sharpadan har bir qarich tuprog'i dodlar.
Har eshikdan chiqaverar ko'zlari katta,
Eti borib suyagiga yopishgan zotlar.

Xayolimda kimdir betin qo'ng'iroq chalar,
Qarg'a murda ko'zin cho'qib kelaveradi.
Tobutu go'r etishmagan go'daklar, chollar,
To'p-to'p bo'lib go'rdan chiqib kelaveradi.

Kim chidab jon saqlar ozg'in mushugini eb,
Kim chidamas, aqldan ozib qah-qah solar kim.
Shoir she’rda "žBiz g'alaba qilajakmiz"œ deb,
Muk tushib ish stolida qilar jon taslim.

Tushlarimda qichqiraman, hech kim bermay sas,
Arvohday sob, dardin ichga yutib turadi.
Mevalarmas, o'liklarni tashib ulgurmas,
Jasad ortgan mashinalar o'tib turadi...

Yo'q, fashistlar ostonada qolarlar turib,
Bilolmay bu ado erning kuch, sirlarini,
Mingdan qolgan o'n qasoskor tishin botirib,
Ulug' shahar uzar qamal zanjirlarini!

Qamal kunlar shahar jim-jim, yig'lar odatda...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:26:52
Xato takrorlanmas
Xirosimadagi atom bombasining qurbonlari sharafiga qo'yilgan haykal poyida: "œTinch uxlang, xato mangu takrorlanmaydi!"œ-degan yozuv bor.

Xato takrorlanmas, takrorlanmaydi,
Odam o'ylab, ko'rib tursa har lahza.
Kim alahlab kelgan joyiga qaytdi,
Badanin kuydirib o'q lahcha, lahcha.

Ayol, bolalarni podaday haydab,
Bir saroyga qamab fashist o't qo'ydi,
Sen vaqt topib tez-tez bor o'sha joyga,
Sen shu kultepani yurakka o'ygin.

Komandirning avval bir ko'zin o'yib,
Qo'llarin ustunga mixlab qoqdilar.
Keyin boshdan-oyoq kerosin qo'yib,
Tovonidan oshlab gugurt chaqdilar.

Ko'z oldida suygun eri otildi,
Suygun go'dagiga sanchildi pichoq.
Ayolning gunohi afu etildi,
Ayolga ochildi ishq bilan quchoq.

Shu tun qaro kechdi ayolning tuni,
Bolta bilan fashist boshini uzdi.
Va aqli ham uchdi boshidan uning,
Shodmon qah-qahqasi dunyoni buzdi!

So'ng bor kiyimlarin echinib otdi,
Yovni izlab ketdi, soch yoyib, daydib!
Agar... shu lahzalar chiqmasa yoddan,
Urush-mash’um xato takrorlanmaydi...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:27:14
Vatan baxti
Urushdan qaytganlar, yo qaytolmagan,
Bevaqt qo'porilgan daraxt otalar.
Qaytib dardin aytgan, yo aytolmagan,
Gung otalar, soqov, karaxt otalar.

Tutun bo'lib qochib chiqqanlar- Vatan,
Buxenvaldning qora mo'rilaridan.
Go'daklarin erga ekkanlar — Vatan,
Qamal kunlarida. Ochlik zo'ridan.

Yupun, och, qamalning izg'irinida,
O'pkasini sovuq olganlar haqqi,
Har xanjarlar hali chiqmay qinidan,
Yov tuprog'i aro qolganlar haqqi.

Yigitga ko'rpaday yopilgan qorlar,
Ochiq ko'zigacha to'lgani haqqi.
Tunda o't-o'lan eb shishgan bemorlar,
Tongda qatorlashib o'lgani haqqi.

Vatan, bul yaralar ketmaydi bitib,
Vatan, Sening noming qon aralash Shon.
Senga kelgan o'qqa ko'ksini tutib,
Farzandlaring shunday bergandilar jon.

Shundan Vatan desam, desam men bayroq,
Ko'ksim og'rir, og'ir, ko'p og'ir bu baxt.
Ko'ksimga o't tushib yonaboshlar bog',
Qo'porila boshlar daraxtlar bevaqt...

Menam bir fidoyi ruh ila bir tan,
Yoz kunlaring yozlab, qishingni qishlab.
Ketyapman, Sen bilan qovushib, Vatan,
Achchiq, aziz baxting tishimda tishlab.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:27:40
Qaytmayman
"žQaytmayman, burchimni o'tab o'laman"œ-
Qirq ikkinchi yildan yozdim ko'chirib.
Men bugun to'laman, jomday to'laman-
Kechmish to'fonlarni qayta kechirib.

"žQaytmayman, burchimni o'tab..."œ, vo darig',
Qog'ozning qolgani ketgan titilib.
Qirq yilki bu ko'm-ko'k olam sap-sariq,
Yashayman qog'ozday bag'rim sitilib.

Qaysi to'zim bilan o'tkazdim boshdan,
Qirq yil qaytalagan ko'klam, yozni men.
Ko'kragimda yong'in chiqqanda toshday-
Toshday bosdim unga muz qog'ozni men.

Istasang ko'p narsa amalga oshar,
Istadim, shu qog'oz menga yer bo'ldi.
Faqat qo'msagan chog' yigirma yashar,
Istagim yer bo'ldi, ko'nglim yer bo'ldi.

Qaytmayman...ha, men ham qaytmadim faqat,
Umr o'tdi hijronning tutunin yutib.
Ketyapman, ko'ksimga muhrlangan xat,
Sarg'aygan shu qog'oz qo'limdan tutib.

Qaytmadim...mard turib tugayotir jon,
Qaytib, Senga yum-yum yosh quysam, qani?!
Mo'’jiza bo'lsa-yu tirilsang bir on,
Qaytib ko'kragingga bosh qo'ysam, qani?

Qaytmayman, burchimni o'tab o'laman.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:28:08
Qirq yildan so'nggi nido
Kimga o'pkam, zorim, bu mung, bu gina,
qonlarimda qoldi ne bolagina.
Mirtemir.

Ne bir go'daklarning zavoliman men,
Bedorlikdan mahrum ko'zlarimda xob.
Dunyoning ko'ndalang savoliman men,
Hali-hanuz hech kim topmagan javob.

So'ramang umrimning baland-pastidan,
Umrim- aloq-chaloq, bosirinqi tush.
Uzun umrim bo'yi beshik ustida,
Bedor, qalqib o'tsam emasmidi xush.

Axir uzun tunlar zil, qo'rg'oshin tan,
Oh ursam ohimdan yostig'im kuyib.
Umrim o'tmadimi bir bor tutmasdan,
Go'dagimga ko'krak sutimni iyib.

Men ham ayol edim mevadek suyuk,
Jon-jonimda so'ngan o'tlarim bilan.
Qonlarimda qolgan ne go'dakka rizq,
Ko'ksimda qurigan sutlarim bilan.

Dunyoga ko'ndalang savoldirman men,
Hech kim javob berib qarolmaydi tik.
Ham baxtsiz, ham xushbaxt ayoldirman men,
Qirq yilki elkamda "žurush"œ degan yuk.

Baxtsizligim, tutab ketdim goh o'chdan:
"žYolg'iz o'tmadi-ku qancha yosh-qari!"œ
Baxtim shu, uyimni qulfladim ichdan,
Bu o'y sudramadi meni tashqari.

Baxtsizligim shuki, o'tdim ishqqa zor,
Ko'rdim-u, qaddiga ko'zim to'ymadi.
Baxtim shu, ko'yida sochim bo'ldi qor,
Yotog'imga o'zga oyoq qo'ymadi...

Baxtsizligim, umrbod ko'z tikkanlarim,
Qirq yil, qaytmadi-ey, sarob bor shukuh.
Baxtim,shu tuyg'uga ko'nikkanlarim,
Hayratdaman, qandoq portlamadi ruh!

Baxtim...baxtsizligim...sanchaverdi tig',
Garchand hamon butman, demakki, yutdim.
Huzur-halovatli erdan, voh darig',
Men o'z-o'zim bilan kurashib o'tdim.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:28:34
Ko'kragi dog'lilarga

Rivoyat qilurlarki: bir tabib charxlab pichoq,
Zog' ko'ksini tilarkan ko'rib qolibdi bir dog'.

Voh, ko'ksi dog'lik erkan, bul zog'ni qo'yibdi ul,
Darhol tutib keltirib boshqa zog' so'yibdi ul.

Yorab, bunda ham bir dog', yaqosini tutibdi,
Hayrat bilan uchinchi zog' ko'ksini titibdi.

Dog' ustiga dog' emish, uchinchi zog' ko'kragi,
Hayhot, shuncha dard cheksa, qushlar hatto ko'kdagi!

Va junbushga kelib ul ko'ksin ochmish ming zog'ni-
Oh urib har birida ko'rganida bir dog'ni...

Behol tabib yozibdi "žbu dunyo ko'p qadim"œ, deb
"žUnda birorta zog'i bedog' uchratmadim"œ, deb.

...Odamlarda bedog' dil, egilmagan qad uchrar,
Ko'kragida bir dog' yo'q, bedard, bo'yi bad uchrar.

Ammo mening sharafim ko'krakning dog'lariga,
Ko'ksi dog'lini oldim ko'zim qaroqlariga.

Yo'q, yo'q, behudaga hech ko'kraklarga dog' tushmas,
Bizning lablar soxta so'z, maqtovlarga qovushmas.

Haq so'zimiz ro'yoni albat o'tajak yanchib,
Shu haq so'zni aytgach goh qolar ko'ksimiz sanchib.

Bizning yurak dog'lidir, kim uchundir kuydik biz,
Kim uchundir ko'krakda og'riq, dardni to'ydik biz.

Sog'lom, bo'm-bo'sh qalb bilan yashamadik bekorga,
Yaralanib bo'lsa ham malham bo'ldik bemorga!

So'nggi yo'lga ketarmiz, shafqatni tishda tishlab,
Dog'li, yarador, lekin toza yurakni ushlab...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:28:58
Bu Vatan

Men Vatan so'zin qanday nafas bilan aytaman,
Bu yo'ldan qaydan boshlab, qay nuqtadan qaytaman.
U bir go'dak, men uni qay tarzda ulg'aytaman,
Bilmam, o'zni anglay deb ko'z yumdimmi qay fursat?
Shu xil turfa holatlar asta rostlay boshlar qad.

Lampachiroq piligi titrab, kuyar kechalar,
Kelinchaklar boshini muzga qo'yar kechalar,
Chaqaloqdan otasin hidin tuyar kechalar,
Kuyovlar qaytib kelmas, kelgan g'amni g'aramlab,
Kelinchaklar fig'oni:"œVoy to'ram-ey, to'ram"œlab.

Qad ko'taraveradi yillar devorin yiqib,
Bir tikilgan mahsini to'rt bor to'zdirib, tikib. Ko'rpasin boshga tortsa, oyog'i qolgan chiqib,
Qiyin kunlar qorida yupun, ivigan ayol,
Tirnog'idan qon sizib, ko'sak chuvigan ayol,

Shu kelinchak, shu ayol Senmasmiding, dilbandim,
Etmish ikki tomirim, jigarim, bandi-bandim,
Sen otammi, bolammi, bilolmayman asli kim,
Bir chetida quyoshday onam botgan Vatanim,
Bir chetini qo'riqlab otam yotgan Vatanim.

Otam bo'lsang ruhingga sadoqatdan aytayin,
Bolam bo'lsang yonar jon, yonar xatdan aytayin,
Momom, onam aytganni men boshqatdan aytayin,
Ko'ylagim shamolidan bahra olar Vatansan,
Maysasida sochimning sochimning hidi qolar Vatansan.

Ko'raman, xayol surib mardlar ketgan yo'l bilan,
Etik izin sog'ingan chechakli o'ng-so'l bilan,
Jang xanjarlari kesgan yigirma million qo'l bilan,
G'alaba bayrog'ini ko'tarishgan Vatanni,
Kim razolatdan kuysa teng kuyishgan Vatanni.

Shunday g'alaba barhaq, er bilan ko'k qo'llasa,
Kechayu bugungi kun, vijdonu o'q qo'llasa,
Har ulusin eng avval chap ko'krak- cho'g' qo'llasa.
Suyan, abad nuramas qoya bo'lar bu Vatan,
Avlodlarni ko'targan g'oya bo'lar bu Vatan.

Bugun mening ko'ksimda gul unadigan kunim,
Diydoringga termulib jim, tinadigan kunim,
Sutdan halol yurt, Senga sig'inadigan kunim,
Bir chetida quyoshday onam botgan Vatan deb,
Bir chetini qo'riqlab otam yotgan Vatan deb.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:29:29
Chinni kosa

O'g'il-qizi gullab, ko'karib,
Etilganda, odamlar oldi.
Har birini boshda ko'tarib,
Ona o'zi bukilib qoldi.

Bugun ular yasharlar bekam,
Qo'ndirmaslar kiprikka gardni.
Ammo hamon dil o'ksigan dam, Borib unga to'karlar dardni.

Bor g'urbatni- eskimi, yangi,
Aytib-aytib o'yga toldirib,
Qaytib uchib ketarlar, engil,
Yuklarini unga qoldirib.

Og'ir, bedor kechar yana tun,
Ko'kragida ortadi og'riq.
Farzandlari...esga tushgan kun,
Xat yozarlar tilashib sog'liq.

Xato, xato, xato bu hollar,
Bu yozug'ni o'zing o'chirgil.
Turli yoqqa esgan shamollar-
Farzandlarni o'zing kechirgil.

O'nta farzand, o'n baxtga ega,
Har birin o'z ishqu g'azali.
O'nta go'dak talashib yegan,
Bitta chinni kosa asalim!

To'xtang, uni tinmasdan ichib,
Yeyapsiz-ku uni tinmasdan.
O'n tomondan o'nta qush uchib,
Etib boring kosa sinmasdan.

To'g'ri, ro'zg'or nondir, ro'zg'or suv,
Ammo Ona, Onadan nari.
Tortarmi qiz qo'g'irchog'i-yu,
O'g'ilchaning samokatlari...

To'xtang, bunday yashamoq tahqir,
Sizni qanday taqdir kutmoqda?
O'novingiz yararsiz, axir,
Bir kampirni boshda tutmoqqa.

Yashayapsiz go'dakka o'xshab,
Kerak paytda solmay qoshiq, chang,
To'xtang, kosa qolmasdan bo'shab,
To'xtang, kosa sinmasdan to'xtang!
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:29:52
Uchinchi qiz
Shekspirning "žQirol Lir"œ tragediyasini o'qib...

Aytolmayman shirin so'z avrab,
Kechiromam pastlik, gunohni.
Toza qalbi barcha o'qqa daf-
Men uchinchi qiziman shohning.

Opalarim o'xshash nusxa gul,
Maqtay olar silliq, shirali,
Men to'g'ri so'z-yuragimga qul,
Bir yurakka chapdast, qirrali.

Opalarim zarga ko'madi,
Shirin aldoq, siylovi baland.
Meni erim olib jo'nadi,
Yurak, shul bir bisotim bilan.

Keksa otam uchun talashib,
Ardoqlashga topib ming so'z, rang,
Avval mushuk yanglig' yalashib,
So'ng soldilar ko'kragiga chang.

Mol-dunyosin bo'lguncha olib,
Tantiq jonni unga tikdilar.
Olgach, yurtdan oldiga solib,
Shir yalang'och haydab chiqdilar.

Haq eshitdi, balki, ohimni,
Qaytardi-yu uni qo'limga,
Qutqarar chog' qiblagohimni-
Men o'zimni berdim o'limga.

Xalqim, seni o'rtamasin dard,
Boshginangga kelmasin-ku tun.
Ammo bilib qo'ymoqliging shart,
Men uchinchi qizman Sen uchun.

Sen Lir emas, Kordeliya-men,
Faqat abad Sen emagin pand.
Haqning o'zi seni asrasin,
Opalarim yanglig' qizlardan.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:30:14
Omon bo'ling
Bu dunyoning bori yo'ldir,
Bu yo'llarda tuzoq mo'ldir,
Yo'l boshida so'zim shuldir,
Omon bo'ling, omon bo'ling.

Ko'zingizga tortsa ham mil,
Ko'prigingiz bo'lsa ham qil,
Nomard bilan topishmang til,
Sarson bo'ling, sarson bo'ling.

Nopok ketsa erdagi jang,
Mayli, bo'lsin holingiz tang,
Hech bozorgir bo'la ko'rmang,
Arzon bo'ling, arzon bo'ling.

Har darzni tez yopmoq uchun,
To'rt yon ildam chopmoq uchun,
Har shohga yo'l topmoq uchun,
Beyuz bo'ling, bejon bo'ling.

Har bir ovga qosh-ko'z bo'lib,
G'olib yovga Siz o'z bo'lib,
Tana bo'lsa, Siz po'st bo'lib,
Faqat enggan tomon bo'ling.

Menam odam, emas Xizr,
Har kim o'z bilganin tuzur,
She’rim tegib ketsa, uzr,
Omon bo'ling, omon bo'ling.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:30:42
Xolis niyat
Sotqin qadamlardan toptaldi bog'im,
Bo'lding ko'kragimning hech ketmas dog'i. Yorab, ertaklarda bo'lar edi-ku,
Qandoq bir yumalab Sen bo'lding yog'iy.

Men desam tishimda tishlab yuribman,
Bag'rimda ilonni ushlab yurib man,
Inshoolloh,
Kimni himoyalab, suyib yopgaysan.
Sen ham mendek undan ilon topgaysan,
Boshqa niyatim yo'q.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:31:04
Evrilish bo'lmasa

Orol oqmay qo'ydi oqar yo'lidan,
Ayol oqmay qo'ydi oqar yo'lidan,
Suyib, bir-biriga boqar yo'lidan,
Inson boqmay qo'ydi. Bk ne sinoat?

Huvillab qolganday yurtning o'r, qiri,
Yigitlarda shahd kam, qizlarning siri,
Odamzod birining ko'ngliga biri,
Chiroq yoqmay qo'ydi. Bu ne sinoat?

Erkakni goh rashkmas, hasad o'ldirar,
Ayolni goh fahshu fasod o'ldirar,
Odamzod bir-birin ko'nglin kuldirar,
Bir gul taqmay qo'ydi. Bu ne sinoat?

Gulob tutajakmiz, bo'ri cho'llasa,
Ishqilib qo'llasa, bizni qo'llasa...
O'zi yo'qligida xotin gullasa,
Er tutaqmay qo'ydi. Bu ne sinoat?

Bugun shunday. Bilmam, ne bor oldinda,
Misda bugun mis yo'q. Oltin oltin-da.
Evrilish bo'lmasa dunyoi-dunda,
Yashash yoqmay qo'ydi. Bu ne sinoat?
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:31:30
O'lim yaxshi

Jon-joningda do'sting o'ssa,
Tunlarda oy to'lin, yaxshi.
Unga blo boqsa, to'ssang,
Uzun bo'lsa qo'ling, yaxshi.

Yolg'iz izdan o'tlar yig'lar,
Hatto bag'ri butlar yig'lar,
Qo'sh iz ketsa mahshargacha,
Birga ketsang. Yo'ling yaxshi.

Ezmas sangu tosh ko'tarsang,
Tazyiq, dorga bosh ko'tarsang,
Qismat yukin qo'sh ko'tarsang,
Osoning, mushkuling yaxshi.

Agar,
Nogoh bossa ham, tog',
Oldinroq oq, odinroq oq,
Lahza bo'lsin oldin ketmoq,
Do'stdan oldin o'lim yaxshi!

Tugamas ishq, bu sir, bu gap,
Arvohing ham g'animga daf.
Tirik do'stni himoyalab,
Go'rdan qo'llar qo'ling yaxshi.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:32:03
Bir she’r kerak...

Bir she’r kerak, shunday she’r bitta,
Yozgach, tag'in umr so'ramay,
O'sha she’rdan gurlagan o'tda,
O'la olay ortga qaramay!
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:32:27
Qadah
(ballada)

Shom shamoli izg'igan kechda,
Uchta odam o'tirib ichdi.

Er, xotin va uchinchi erkak,
Uchinchining ko'zlari sergak.

Xotin silab-siypar erini,
Er bilmaydi uning erini.

Xotin tilda bergudayin jon,
Ko'kragida g'imirlar ilon.

Qani oldik!
Oq urarlar, oq,
Er ko'ksini changallar shu choq.

O'h, yurakka borib etdi o't,
Tomirlarin qirqib ketdi o't.

Za-har!
Qulab, eri berdi jon,
Na qotil bor, na bir tomchi qon...

Bo'sh qadah ham ketmadi sinib,
Dasturxonga qaytdi yuvinib...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:32:51
"žEski O'zbek tili"œga yozuv

Mening tig' tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim,
Bahaybat to'g'on tushib,
Yo'li to'silgan tilim.

Qushning unut patiday,
To'kilgan unut jonim.
Kitoblarning qatida,
Rangi-ro'yi somonim.

"žEski o'zbek tili"œmas,
Dedilar eskirgan til,
Qo'rqib chiqarmoqqa sas,
Sandiqlarga kirgan til.

Senda bodom isi bor,
Senda bobom isi bor,
Bolam na rus, na o'zbek,
Arosat belgisi bor.

Besh yuz yillar avvalgi,
Xatni men anglayman, bas,
Men bugun aytganimni,
Bolam ba’zan tushunmas.

Ko'kragimda dod qotgan,
Yaqinlashar katta xavf,
O'z tilini yo'qotgan,
Xalq bo'lmasmi erdan daf.

Oldga, safarbarlikka,
Qanday yaraydi bolam.
Ortidagi jarlikka,
Qanday qaraydi bolam.

Uni kim qilib qo'ydim,
Kim bo'ldi og'am-inim.
Tomir-tomirim kuydi,
Sindi bo'g'in-bo'g'inim.
Guli unut xalq bo'ldik,
Yo'li unut xalq bo'ldik,
Ommaviy gunglik sodir,
Tili unut xalq bo'ldik.

Umrimning shom, kechiga,
Shu o'y sanchilib turib.
"žLug'atit-turk"œ ichiga,
Yoshim tomchilab turib.
Dedim:- Tig' tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:33:21
Qiyomatning qattiq toshi
Men azada, yig'laganda qon,
Bir yashirin kulgu ko'raman,
Qiyomatdan belgi ko'raman.

Halolu pok odamlar aro,
Bir ustomon tulki ko'raman,
Qiyomatdan belgi ko'raman.

Birov qon tupurib topganin,
Birovlarning mulki ko'raman,
Qiyomatdan belgi ko'raman.

Portlamog'i shart bo'lganida,
Asablarni salqi ko'raman,
Qiyomatdan belgi ko'raman.

Boyi boyib, faqiri gado,
O'zgarmasa xulqi, ko'raman,
Qiyomatdan belgi ko'raman.

Shoir kuyib bo'lganda ado,
Tebranmasa xalqi, ko'raman,
Qiyomatdan belgi ko'raman.

Qiyomatning qattiq toshi, men,
Bularni, ming yilki, ko'raman.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:33:52
Bexato so'z

Subhonolloh, tomirimga tutashmoqda o't,
Janglar aro jangari sado qilajakman.

Siniq ko'nglim ming bo'lakdir, bo'lmagayman but,
Haq yo'linda o'zimni gado qilajakman.

Umrning intihosida uchgan ruhlarni,
Qaytaraman, qayta ibtido qilajakman.

Omonatin olgunicha avlodlarimga,
"žBirlash"œ deb o'z tilimda nido qilajakman.

Erk istagi ummonlarda ko'pni qilgan g'arq.
Menam unga jonimni ato qilajakman.

Har so'zimdan xato izlab raqibim sarson,
Men qo'rqaman, umrimni xato qilajakman.

Xato qilmay ayta olgum: qachon o'lsamam,
She’r ustida o'zimni ado qilajakman.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:34:21
Inshoolloh...

Inshoolloh, bo'lsa umr vafosi,
Men xalqimning suyanch tog'i bo'lurman.
Nodiraning qayta kelgan sadosi,
Turk-Turonning qo'ng'irog'i bo'lurman.

Qo'ng'iroqlar tindi tili kesilib,
Baland tog'lar sindi beli kesilib,
Turk daraxti sindi eli kesilib,
Qayta ungan dov butog'i bo'lurman.

Shundayin sas, sazo kelar oldindan,
Qasrlarim quyilajak oltindan,
Turkning tuprog'iga do'nib men chindan,
Er yuzining kungay yog'i bo'lurman.

Ko'nglim bo'lur davronlardan oshuvchi,
She’rim bo'lur o'lim bilmas, yashovchan.
Yassaviyni zamonlarga tashuvchi,
Xizmatkori, elka tog'i bo'lurman.

Turk-Turonning qo'ng'irog'i bo'lurman.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:37:55
Turkistonning onalarini...
O'n ikki oy birday ishlaydi,
Faqat ishlab ko'ngil xushlaydi,
Imoratning loyin mushtlaydi,
Bolalarin tishda tishlaydi,
Go'daklari toqmas, qo'shlaydi.
Turkistonning onalarini...

O'g'li Bobur Hind sori bosdi,
qaytarmoqqa etmadi dasti,
Nodirasin jaholat osdi,
Jaholatga bor erur qasdi.
Yuragini armon nishlaydi,
Turkistonning onalarini...

Mashrab Balxda, dorda salanglar,
Usmon qah-qah urib, alanglar,
Hamzasini tilkalar sanglar,
Tushlari ham ahvolin tanglar,
Tushlari ham toshlab, g'ishtlaydi.
Turkistonning onalarini...

Amir Temur yodi o'stirar,
Kenagasning dodi o'stirar.
Sirtmoq, kunda, jodi o'stirar,
Yassaviyning oti o'stirar.
Xudo suyar, ruhlar ushlaydi,
Turkistonning onalarini...

Afg'on mulki bo'ldi minglab er,
Harbiy ketgan yuzlab yigit-er,
Bir bolaning dog'i qilar sher,
Qodir Olloh, o'zing toqat ber,
Yuragida arslon qishlaydi.
Turkistonning onalarini...

Olgani shu elidan duo,
Tilovati, selidan duo,
Har qo'llovchi elidan duo,
Qo'lidan ish, tilidan duo,
Boshidan oq ro'mol tushmaydi.
Turkistonning onalarini!
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:38:45
So'ylar Sulaymon manga

Xudodanmi, bandadan,
Odamdan, darrandadan,
Do'st topaman, berib tan,
So'zlaydi ilon manga.

Belim bog'lasam sirib,
Selni olurman burib,
Qashqirlar tumshuq surib,
Yig'laydi nolon manga.

Suydim, jon bilan suydim,
O't-la qovushdim, kuydim,
To'zmas libosin kiydim,
Kelaverar shon manga.

Qon-yorug'lik, man horib,
Ruhni qon bilan qorib,
Kuylasam, bo'g'zim yorib,
Otiladir qon manga.

Man safarga chiqar dam,
Oshiq Yunus berur sham:
"žMan qush tilin biluram,
So'ylar Sulaymon manga"œ.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:39:07
Qizil toshlar

Xotiramning yo'liga chiqsam,
Qizil toshlar o'taveradi.
Qoni chak-chak tomib erlarga,
Kesik boshlar o'taveradi.

Boshlar bilan ora bir qadam,
Boshsiz tanlar xunuk salanglar.
Sug'urilgan tillar orqada,
Ilonlarday sapchir bilanglab.

To'rt muchasi butun ham borday,
Faqat bejo, jununvor ko'zi.
Biri Cho'lpongami o'xsharday,
Biri Usmon, Usmonning o'zi...

Kir, beqasam to'nin itqitib
Goh yig'lar u, goh gullab kular.
Birdan...ne bor selday yiqitib,
Bir ko'cha qon shovullab kelar.

Qizaradi yulg'un, sho'ralar,
Qizil toshlar qizib chinqirar.
Bir fig'on bu toshlar oralab
Bor dunyoni buzib chinqirar.

Umrimning tun, kechalaridan.
Uyqu bilmay o'tsam qaniydi.
Xotiramning ko'chalarida,
Qon isdan ko'nglim ayniydi...

Tuzum, Sening yoqangda qo'lim.
Kunduzlar ham cho'chib mizg'iyman.
To kelguncha xaloskor o'lim,
Xotiram cho'lida izg'iyman.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:39:37
Bir kun g'ov yo'q yo'limga

Aytmang deyman, gap uqmas,
Gullar kelib aytadi.
Egri iz bosilganin,
Yo'llar kelib aytadi.

So'zlamasday tuyulgan,
Sezilmasday tuyulgan.
Menga moslab quyulgan,
G'ullar kelib aytadi.

Orqamda tirab nagan,
"žHolin ko'ramiz"œ degan,
Oldimda titraydigan.
Qo'llar kelib aytadi.

Qay boy menga g'am bichgan,
Quturgan itin echgan.
Nonu tuzumni ichgan,
Qullar kelib aytadi.

Bir kun... g'ov yo'q yo'limga,
Ketarkanmiz o'limga.
Kul qilmishin kulimga,
Kullar kelib aytadi.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:40:09
Sen qolarsan

Dunyo, bo'lma ko'p darg'azab,
Sen qolarsan, biz ketarmiz.
Bog'laringni ko'klab, bezab,
Sen qolarsan, biz ketarmiz.

Mehmondirmiz to'rt-besh kunlik,
Ko'zi shodon, ko'ngli munglik.
Qilgin tenglik, qilgin kenglik,
Sen qolarsan, biz ketarmiz.

Sen bevafo, bizlar horib,
Bir kun qaro erga borib.
Dard aytamiz, ko'ngil yorib,
Sen qolarsan, biz ketarmiz.

Ko'nglimiz,ko'nglimiz doston,
Ko'nglimiz gul. Ko'nglimiz qon,
Bir sirimiz ololmasdan,
Sen qolarsan, biz ketarmiz.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:40:32
Sendan oldin
Men behisob dunyosini,
Boshga uray Sen bo'lmasang.
Egnimning shoh libosini,
Toshga uray Sen bo'lmasang.

Sen ko'zim ustida yursang,
Maysa bo'lsin kiprigim.
Men o'zimni qaysi toqat,
Bardoshga uray Sen bo'lmasang.

Keng jahona sig'mayurman,
Jahon menga tangu tor,
Men o'zimni qay Namangon,
O'shga uray Sen bo'lmasang.

Gul qo'shini, dil qo'shini,
Bu olamda qo'shin ko'p.
Men o'zimni qay begona,
Qo'shga uray Sen bo'lmasang.

Qaro erga ketar bo'lsang,
Ayt, men oldinroq ketay.
Bu yurgisiz dunyosida,
Qandoq yuray Sen bo'lmasang.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:41:01
Kulim kular

Kulim kular, ehtimol...
Men yig'ladim, kun kelib,
Gulim kular, ehtimol.
Zardob to'la ko'kayim-
Kulim kular, ehtimol.

Yo'qotdim so'z uyumin,
Eng billur, eng suyumin,
Tiksam juldur kiyimin,
Tilim kular, ehtimol.

Qat-qat yarador tizim,
O, erk, behishtiy sezim.
Tiz cho'kmay o'ssa qizim,
Ulim kular, ehtimol.

O'zim o'tgan kezlarim,
So'zim o'tgan kezlarim,
Qoldirgan qon izlarim,
Yo'lim kular ehtimol.

Ko'ngil ko'rmay yiriklik,
Ishim- g'amga sheriklik,
Kulmay o'tgach tiriklik,
O'lim kular, ehtimol.

Onam sochim o'rmadi,
Taqdir keldi burmali.
Ko'nglim quvonch ko'rmadi,
Kulim kular, ehtimol.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:41:36
Ko'rib yozdim

Men yo'l ko'rmay, yozmam hali,
Yozarimiz ko'rib, yozdim.
Avji qizib borayotgan,
Bozorimiz ko'rib yozdim.

Hali gul bo'lamiz qancha,
Qurib, kul bo'lamiz qancha,
Ko'ksimizga tegar o'qlar,
Ozorimiz ko'rib yozdim.

Ey raqibim, surib yotar,
Kun ham botar, oy ham botar,
Bir kun turkni qo'rib yotar,
Mozorimiz ko'rib yozdim.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:41:58
Bu shovqinzor oralab...
Ko'nglimda chopayotgan,
Soatlarning shovqini.
Ko'nglimda tosh-tosh qotgan,
Toqatlarning shovqini.

Suvga aytib tushlarni,
O'zni sokin ushlarman.
Ko'nglimda bir qushlarning,
Bir otlarning shovqini.

Kech keldi el azoni,
Ayol erning arzoni,
O'zi xazon-u, joni,
Po'lotlarning shovqini.

G'am daryosiga botgan,
Zahar totgani totgan,
Har kuni sinayotgan
Qanotlarning shovqini.

Hech kim sezmay qoladi
Bir kun arshga etganim,
Bu shovqinzor oralab
Dodlab o'tib ketganim.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:42:24
Bolalar anglar

Kurgagimda tig' izi-azob,
Tovonimda mix izi-azob.
Yiqilmayman yuztuban, chunki
Yuragimda tug' izi-gulob.

Chunki menam qasam ichuvdim
Yov ortimdan xanjarin sungach,
Qo'limni yov qonida yuvdim
To'marisga sarboz tutingach.

Tug' asragan yuragim dodlar,
Qo'llarimni qasos qonlagan.
Chunki Turonzaminda yotlar,
Mollarini xo'p arqonlagan.

Turkning qiri, qiyoqlarini,
Jannat chechashiday isi bor.
U mollarning tuyoqlarini,
Elkamizda o'yiq izi bor.

To yasharkan o'yilgan bonglar,
To yasharkan so'yilgan bonglar,
Qanday yashash kerakligini
Bolalar anglar!

Meni esa...
Kuragimda tig' izi - azob,
Yuragimda tug' izi-gulob...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:43:09
Kiyikday bu qiz jon ozug'i
Ovozi ham ko'zidan kelar. G. Lorka.

Ovozi ham ko'zidan kelar-
Xushta’mligi so'zidan kelar,
Ketdi demang ketgan onani,
Kelayotgan qizilan kelar.

Kelar tiniq bir suvlar hali,
Sirli, shirin g'uluvlar hali.
Man-man degan suluvlar hali,
Bu qizchaning tizidan kelar.

Tutqich bermas kiyik-ishq, ovda,
Ildizlari ulkan, tik tovda,
Yonavermas har xil olovda,
Sokinligi muzidan kelar.

Kiyikday bu qiz jon ozug'i,
Bir Majnuni nolon ozug'i,
Manglayi sho'r bo'lmas, yozug'I
O'zi sepgan tuzidan kelar.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:43:50
Ulug'bekka

Ko'p chiqdim men Vatanimning to'riga,
Poygagida senam oyoq ech, bolam.
Ekin ekkin uning qiru o'riga,
To'kin ekkin, ekkin qolmay kech, bolam.

O'zga yurtlar shamollari chaqirdi,
Ko'z olguvchi jamollari chaqirdi.
Balandu barkamollari chaqirdi,
Ketmadik biz. Ketolmadik hech, bolam.

Momong shu erda chirqillab yo'qlaydi,
Bobong oyog'in uzatib uxlaydi.
Ketsak ular...go'rlarida yig'laydi,
Qolgan gaplar bari yolg'on, puch, bolam.

Olloh bizga o'zga Vatan yozmagan,
Bobosini, momosini bosmagan,
Yuz to'fondan bir yaprog'i to'zmagan,
Metin bolam, qudrat bolam, kuch bolam!

Ko'p chiqdim men Vatanimning to'riga...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:44:17
Qozoq do'stlarga
(O'zbekistonda o'tgan "žQozog'iston kunlari"œning yopilish kechasida o'qilgan)

Bizlar asli bir onaning,
Egiz bolalarimiz.
Johillikka, qonxo'rlikka
Bigiz bolalarimiz.

Tariximiz birdir bizning,
Ko'z yoshlarda cho'milgan.
Turor Risqul Cho'lpon bilan,
Bir o'raga ko'milgan.

Ne kunlarga biz guvohmiz,
Butlandik, chil-chil bo'lsak.
Shoh bo'lsak, biz ikki shohmiz,
Ikki qulmiz, qul bo'lsak.

O'ljas, Roza qozoq dashtin,
Saratoni, yozidir.
Alibekning asli ulkan,
Asli qurmong'ozidir.

Turk to'zishi to'xtadi deng,
Asli toza qon engdi.
Abay, Navoiyzodalar,
Faqat yuksalgay endi!
Inshoolloh, shunday bo'lgay,
Mudom halol tomon bo'l!
Peshonangdan o'pdim, aziz-
Qozoq og'am, omon bo'l!
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:44:41
Qo'sh tog'miz, qoraqalpoq
(Qoraqalpog'istonda o'tgan "žToshkent kunlari"œ tantanalarida o'qilgan)

Seni mengzasam toqqa,
Qo'sh tog'miz, qoraqalpoq.
Ko'kka- ko'k-u tuproqqa,
Tuproqmiz, qoraqalpoq.

Sen bilan ildizi bir,
Butoqlarday kun ko'rdik.
Ham ko'ngli, ham so'zi bir,
O'rtoqlarday kun ko'rdik.

Imperiya qamchisin,
Elkamizda izi bir.
Suvimizning tomchisin-
Taxirligi, tuzi bir.

Sho'rpeshonaligimiz,
Dardu nidomiz bitta.
Bugun...boshda tug'imiz,
Dilda xudomiz bitta.

Dunyo ichra porloq iz,
Ko'rk bo'lib qolajakmiz.
Buzilmagay qonimiz,
Turk bo'lib qolajakmiz.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:45:07
Tilovchiman

Men kim,
Men bir munglig' singil, tilovchiman,
Og'alarim kiprigimla silovchiman.
Og'alarim bir-biridan kechar oson,
Jonim ipdir. Men ularni ulovchiman.

Borlig'imni yaratgandir ishq, ohlardan,
Qonlar, shonlar kechgan yovqur guvohlardan.
O'ch olganda yog'iylardan, gumrohlardan,
To'marisning qo'llarini qo'llovchiman.

Moziy ichin yoritadi miltillab sham,
Sir ko'raman karvonlari, ko'chida ham.
To'lib oqqan qon daryosin ichida ham,
Hushni olib, chappar urib gullovchiman.

Bihamdilloh, qolsam hamki sinib , qurib,
So'z aytarman xoki turob bo'lib turib.
Avlodimni qaytmaslikka ont ichdirib,
Amir Temur yo'llaridan yo'llovchiman.

Men kim, men bir munglig' singil,
Tilovchiman...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:45:31
Mohlaroyim tug'ilajak...
Nodirai davron fojiasi, Mashrab, Mirzo Ulug'bek fojiasi kunlari kabi xalqimiz tarixida qonli yoshlar to'kadirgan, o'z qonli yoshlarimizga o'zimiz cho'kadirgan kunlar bo'lib qoladi. O'tmishni o'zgartirib bo'lmaydi. Ammo undan saboq olib, xulosalar chiqarib, yashash har mo'min-musulmonga ham qarz, ham farzdir...
-Xalqim,- deyman ruhim tushib,
Kimlar ko'ngling to'q qildilar.
Ming so'qiring til topishib
Bir uyg'og'ing yo'q qildilar.

Nodira she’r aytdi erib,
O'likka ham o't, kuch berdi.
Lekin birov fatvo berib,
Nasrulloga qilich berdi...
Xalqim, garchand o'tkir tig'san,
Yolg'izlanma, qo'sh-qo'sh o'tgin.
Nasrulloday o'g'il tug'sang,
Jonim onam, bepusht o'tgin.

Aytgin, xalqim, orim, sha’nim,
Biz u yo'ldan bormaymiz,-de.
Qayta topsak... Nodirani
Nasrulloga bermaymiz,-de.

Uyg'ondik de, tiklan, qalqqin,
Ko'zlaringda kun kulajak.
Sen inontir, shu kun, xalqim,
Mohlaroyim tug'ilajak.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:45:54
Birlashing
Kel, o'rmonning tulkisimi, sheri sen,
Kim bo'lsang ham, kel yonimga, beri sen.
Sen yot emas. Xuddi mendek ertaga,
Turk bolasin bosib yurar eri sen.

Er ustida chiqmadik urushlardan,
Er ustiga sig'madik, lek botarmiz,
Er ostida bu xunolud ishlardan,
Afsus chekib, pichirlashib yotarmiz.

Ey, Siz elning tik o'mrovli sherlari,
Sur-surlashmay suron soling, erlashing!
Bugun-odam, erta-elning erlari-
Erga aylanmasdan turib birlashing!
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:46:24
Menam o'tdan o'tganman

Tumanli tundan keldim. Endi tongga ketaman,
Uzlatda uzoq kechdim. Endi shonga ketaman.
Barorim bir joydadir. Borarim bir joydadir,
Turkistondan kelganman, Turkistonga ketaman.

Nima farq bor, dunyoda mangumanmi, oniyman,
Qalandarlik xirqasin kiydim, boshqasin kiymam!
Muhimi, kuyib bo'ldim, endi qaytadan kuymam,
Menam o'tdan o'tganman. Menam Turkistoniyman.

Umr nima, bir lahza, o'qday mehmon kamonga,
Bugun maysaday qoshu kiprik bo'lsam ehtimol.
Erta kim bilar... balki zamonlardan zamonga,
Turk bolalar o'tguchi ko'prik bo'lsam ehtimol!

Tumanli tundan keldim. Endi tongga ketaman!
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:46:48
Unutmaydi
Unutmas meni bog'im.
Usmon Nosir.

Hamma unutganida ham,
Erlar, ko'klar unutmaydi.
Ochganimiz ko'zlardagi,
Qorachug'lar unutmaydi.

Siylasa-da she’r, shonu shahd,
Goh keldi baxt,
Goh ketdi baxt.
Tik tashlandik.Mo'ljalga naqd,
Tekkan o'qlar unutmaydi.

Ko'pni ko'rdik kuyunganni,
Sadaqadan suyunganni.
"žOh, Olloh"œ deb to'yinganni,
Ko'ngli to'qlar unutmaydi.

Garchand edik joni qillar,
Janggohlarda bo'ldik fillar,
Erk yo'lida qolgan qullar,
Qolgan cho'g'lar unutmaydi!

To'fonlarida isinib,
Bol deb ichdik qor, muzini,
O'pdik. Labimiz izini,
Turkiy tug'lar unutmaydi!
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:47:16
Inson aslan Buyuk

Inson aslan buyuk, aslan bechora...
Ohim dilingizga yo'l topsa zora.
Qo'lingizdan kelsa qilmang ovora,
Shul yolg'iz insonni tuhmatga bermang!

Bir-birini selu, toshqin qo'llaydi,
Qayda bo'lsa etib, shoshqin qo'llaydi.
Bir-birini bo'ri, qashqir qo'llaydi,
Siz uni sinovga, muhlatga bermang!

Ko'pdir zamonlarning qimor o'yini,
Qirqadir odamning eni-bo'yini-
Qo'lingizdan kelsa ko'ring to'yini,
Uni har qanday dor, xilqatga bermang!

O'chmas deb ishoning bosgan iziga,
Panoh deb ishoning o'g'il, qiziga.
O'ziga ishoning, faqat O'ziga,
Tushuntirish xati, tilxatga bermang!

Nopok dunyosidan ketmasin to'yib,
Desangiz yuragin g'ijimlab, o'yib.
Yillar bo'yi o'tmas pichoqda so'yib,
Qadrsizlik degan kalxatga bermang!
Inson aslan buyuk, aslan bechora...
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 21 Noyabr 2007, 18:48:15
Bu o't
Qayda dard eli bo'lsa mubtalo Uvaysiyman...

Kim bilar bu hayotda qay taqdir a’lo bo'lg'ay,
Shoirga o'z yuragi bir umr balo bo'lg'ay,
Qayda dard eli bo'lsa shoir mubtalo bo'lg'ay,
Menam bilmam, dunyoga g'ammi, nurman, momojon,
Mubtalolik dardiga merosxo'rman, momojon.

Garchand zikr etganlari bulbul bo'lgan, gul bo'lgan,
Garchand har ash’orig'a minglab yurak qul bo'lgan,
Bedilni bilardingiz, dili yonib kul bo'lgan,
Nechuk sizam shu o'tga ko'p shoshdingiz, momojon,
Ko'ra-bila o't bilan o'ynashdingiz, momojon.

Hazrati Navoiy-ku nazm bobida shoh o'tdi,
Mangu takror o'lmag'ay endi bu yangroq, o'tdi.
Ammo ko'ngil uyida yoqmasdan chiroq o'tdi;
Ammo bu sohir ko'ngil dog' o'tdi-ku, momojon,
Yorab, shoh yigit umri toq o'tdi-ku, momojon.

Nodirai Davron-ku surardilar davronni,
She’r ila kuylatardi xalqi-yu, Umarxonni.
Nechun kun kelib u ham jallodga berdi jonni,
Hatto Mohlaroyimday oyim bebaxt, momojon,
Ayting, kimga baxt bergan bu she’riy taxt, momojon.

Yo'q-yo'q, garchand to abad dilga og'riq hamrohdir,
She’r o'zi eng buyuk baxt, bunga tarix guvohdir.
She’r nurin payqamagan qay qalb bor-ki, gumrohdir,
Baxt yo bir e’tiqodda mahkamlikmi, momojon,
Bir dardimand yurakka malhamlikmi, momojon.

Pushkin she’rda ozodlik ka’balarin tikladi,
So'ng on o'adar xor-zorni suyadi, qo'ltiqladi.
Sobit turib beshafqat o'z o't ko'ksin tig'ladi,
Avval-oxir shoirni o'tda ko'rdim, momojon,
Azal shoir dardini katta ko'rdim, momojon.

Bu o't menga ham sachrab har xush damni yondirdi,
Na har xush dam, har bitta hujayramni yondirdi.
Haq, she’r qoldi, qolgan bor ortiq-kamni yondirdi,
Qo'llang, menam shu o'tni jonda tuyay, momojon,
Qo'llang, to ro'zi mahshar unda kuyay, momojon.
Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Mart 2008, 17:10:18
Dorilamon kunlar keldi"¦

Onaginam!
Dorilamon kunlar keldi, shafaqlari ol,
Quyosh boqsang, shaylanishlar va sozlashlar tor.
Olcha gulni ko’zlaringga surtasan behold.
"œBu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor".
So’lg’in-so’lg’in lablaringdan ucharkan shu so’z,
Otaginam xayolimda rostlay boshlar qad.
Dorilamon kunlarga qayt, onam, yumib ko’z
O’ksik dilda boshlanmasin desang qiyomat.
Bu tabiat suyumlidir ham ko’zlari ko’r,
Goh sharobdan, goh og’udan qilar bizni mast.
Belginangga tirak bo’lay, onajonim, tur.
Dorilamon quyoshga boq, unga qasdma-qasd.
Yuzing ardoqli quyoshday issiq va mahvash.
Ko’zlaringda umid yonar tikilgan oni.
Qorli kunlar bilan ketsin dilingdagi g’ash,
Qizg’ish, lola rang qonlaydir bu kun dunyoni.
Bu dunyoning qir-darasi mo’l,
Yerni yalang oyoq bossang yayraydi taning.
Yashamoq — bir tansiq taom, unga ursang qo’l,
Brogan sari ochiladir ishtahang saning.
Bog’lardagi yetilgusi har mevali shox,
Rizqdir bizga, rizqqa doim dil ilinjlikdir.
O’g’lonlaring kelar ana, ochishib quchoq,
O’g’lonlaring meva qadar bir shirinlikdir.
Onaginam!
O’zing tortma davralardan, el chorlaganda,
"œTiriklikning bayrami", deb sozlaganda tor,
O’zing so’lg’in lablar bilan pichirlaganda:
"œBu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor".




Nom: Re: Halima Xudoyberdiyeva sherlaridan
Yuborildi: Muhammad Amin 16 Mart 2008, 17:11:50
Shunchaki

Men shunchaki o’ylagim kelmas,
Xayol-sharob misol qilsin sarxush, mast.
Men shunchaki kuylagim kelmas,
Ovoz pardalarim chidab bersa bas.

Qo’lingga tusharkan jajji chaqaloq,
Shunchaki sevmoqda qanday lazzat bor.
Kerak chinqirtirib o’pib, tishlamoq,
Biz ham go’daklikda topganmiz ozor.

Shunchaki sevilmoq-baxti qoralik,
To’la tole uchun bu kemtik, bu kam.
Mening qalbim shunday sevgiga molik,
Bir charsillab yonay, so’ngra so’nsam ham.

Ohangga shunchaki solmasdan quloq,
Tarjima qilib yoz sim sadolarin.
Axir buloqmasmish tog’dagi buloq,
Ko’z yoshlarimish u ishq gadolarin.

Shunchaki kulmoq ham istehzodek gap,
Birdan qah-qah uray, cho’chib ketsinlar.
Boshlariga osmon tushganday qulab,
G’aflat bandalari yoqa tutsinlar.

Shunchaki yig’lash ham yarashmas bizga,
Uni eplar faqat yuragi toshlar.
Shunday yig’lay, hojat qolmasdan so’zga,
Qurg’oq ko’zlardan ham to’kilsin yoshlar.

Shunchaki yozmoqchi, ko’ngil to’lmaydi,
Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo’lim.
Shunchaki yozganga chidab bo’lmaydi.
Shunchaki yozmoq bu — shoirga o’lim.